O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

77
1 O`ZBEKISTON ReSPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O`zbek adabiyoti kafedrasi «O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) fanidan ma`ruzalar matni NUKUS - 2012

Transcript of O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

Page 1: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

1

O`ZBEKISTON ReSPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

O`zbek adabiyoti kafedrasi

«O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi )

fanidan ma`ruzalar matni

NUKUS - 2012

Page 2: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

2

KIRISh

Reja: 1. «Adabiyoti tarixi» tushunchasi va uning xalqimiz tarixidagi o`rni. 2. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixining ob`ekti. 3. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari 4. XU1-X1X asrlar adabiyotining alohida davr sifatida o`rganilish sabablari. Adabiyot tarixi Vatan tarixining ajralmas qismi bo`lib, ahamiyati jihatidan

Fuqarolik tarixi, Davlatchilik tarixi, Madaniyat tarixi kabi tariximizning boshqa jabhalaridan kam emas. Adabiyot tarixi ma`naviy meros va milliy qadriyatlar majmuasi bo`lgani uchun ham u nafaqat o`tmish adabiyotini o`rganish va tushunishda, balki bugungi adabiy an`analarning mohiyatini anglashda, ildiz va manbalarini aniqlashda ham benazirdir. Tabiiyki, bugungi adabiyotning shakllanishiga ta`sir ko`rsatgan adabiy meros kelajakka ham asqotishi, buyuk davlatchilikning ma`naviy poydevori bo`lib xizmat qiladi. Hujjatlardan anglashilgan tarix qariyb uch ming yillikni o`z ichiga olgan ekan, adabiyot tarixi undan ham qadimiyroq ekani o`z-o`zidan anglashiladi.

Dastlabki yozma yodgorlik sifatida tan olingan «Avesto»dan tortib to Istiqlol davri adabiyotiga qadar davom etgan adabiy-ma`naviy davr o`ziga xos tarix sifatida jahon adabiyotining ham uzviy qismi ekani, jahon ma`naviyati xazinaini minglab daho san`atkorlar hisobiga boyitgani barchaga oydin haqiqat. Ana shu muhtasham tarixning har bir davrida yaratilgan an`ana va o`ziga xosliklarini tushunish uchun adabiyotimiz tarixini davrlashtirish muammolariga e`tibor qaratish lozim.

O`zbek adabiyoti tarixini, shuningdek, umumturk adabiyoti tarixini davrlashtirishga intilish XX asrning boshlaridan boshlangan. Ushbu yo`nalishda dastlabki tasnifni turk olimi Mahmat Fuod Ko`prulu 1926 yili yozgan «Turk adabiyoti tarixi» kitobida bergani ma`lum:

1. Islomga qadar turk adabiyoti (qadimgi davrlardan USh asrgacha) 2. Islom ta`siri ostidagi adabiyot (1X-XU1 asrlar adabiyoti). 3. G`arb madaniyati ta`siri ostidagi adabiyoti (XUP-XX asrlar) Ushbu tasnifning dastlabki ikki qismi umumturk tarixiga dahldor bo`lsa-da,

«g`arb ta`siri» ostidagi adabiyot deyilganda olim, asosan, usmonli adabiyotini nazarda tutgan. Chunki taxminan XUP asrdan usmonli adabiyoti g`arb,xususan, frantsuz adabiyoti ta`siri ostida rivojlangan, Bizning o`zbek adabiyotida esa, «g`arb ta`siri» X1X asrning P yarmidagi Rusiya ishg`oli bilan bog`liq holda kechgan. Shuning uchun ham ushbu tasnifni to`la holda o`zbek adabiyoti tarixi uchun qabul qilib bo`lmaydi.

20-yillarda tarixchi olim Bo`lot Soliev, adabiyotshunos Fitrat va Otajon Hoshim tomonidan ilgari surilgan davrlashtirishga oid miulohazalar sho`rolar davri talablarrg`ini o`zida aks ettirganini anglash qiyin emas:

1. Qabilaviy adabiyot namunalari (qadimgi davrlardan UP asrgacha)

Page 3: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

3

2. Feodalliq davri adabiyoti (USh asrdan Islomiy adabiyotgacha) 3. Savdo sarmoyasi davri adabiyoti («Qutadg`u bilig»dan «Boburnoma»ga

qadar yaratilgan adabiy asarlar) 4. O`zbekxonlar va uch xonlik davri adabiyoti (XU1-X1X asrlar

adabiyoti) 5. Jadid adabiyoti (XX asr boshlari)

Bu fikrlar Fitratning 1928 yilda yozgan «O`zbek adabiyoti namunalari» asarida o`z aksini topgan. Ushbu tasnif garchi formatsiyalar bo`yicha tarixiy davrlashtirish tamoyillarini o`zida aks ettirgan bo`lsa ham, asosan, adabiy asarlarga tayangan holda ish ko`rgani bilan e`tiborga molikdir. Shunday qilib, fitrat talqinida «16 asrdan so`ngra o`zbek adabiyoti» alohida adabiy davr sifatida o`rganilgan bo`lib, u qariyb uch yuz yillik adabiyotimiz tarixi materiallarini o`zida aks ettiradi. 20-yillarda Ozarbayjonda chiqqan «Turk adabiyoti tarixi» kitobida esa, Ismoil Hikmat ayrim daho iste`dodlar zakovati bilan bog`liq holda davrlashtirish tamoyillarini ishlab chiqishni ma`qul ko`rgan. Bu qarashlardan chuqur xabardor bo`lgan olim Vadud Mahmud «Navoiygacha turk adabiyoti» maqolasida o`zbek adabiyoti tarixini yuqoridagicha, «Navoiygacha, Navoiy davri va Navoiydan keyingi davr» sifatida talqin qilgan. Demak, 20-yillarda amalga oshirilgan tasnif va davrlashtirish tamoyillari, asosan, adabiy asarlar va ijodkorlar siymosi nuqtai nazaridan kelib chiqqani bilan ahamiyatli ekan.

Davrlashtirish masalalariga sho`rolar davrida bir necha marta murojaat qilingan bo`lsa-da, ma`lumki, bunday davrlashtirish tamoyillari asosan, ijtimoiy tazyiq ostida kechgan edi.

Istiqlol davriga kelib, ushba masalaga qayta yondoshilganda biz quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etgan bo`lar edik:

1. Islomga qadar turk adabiyoti (qadimgi davrlardan USh asrgacha) 2. Ilk turk-islom davlarlari davri adabiyoti (1X-XP asrlar) 3. Chingizxon istilosi davri adabiyoti (XSh-X1U asrning 1 yarmi) 4. Temuriylar davri adabiyoti (X1U asrning P yarmi- XU asr) 5. O`zbekxonlar va uch xonlik adabiyoti (XU1-X1X asrning 1 yarmi) 6. Rusiya istilosi davri adabiyoti (X1X asrning P yarmi XX asr boshlari) 7. Sho`rolar davri adabiyoti (1017-1991 yillar) 8. Istiqlol davri adabiyoti (1991 yildan keyin) Bizga tavsiya etilgan qator manbalarda, ayniqsa, sho`rola davri adabiyoti

manbalarida «O`rta Osiyoda uch xonlik davri» deb nomlangan atama anglatilgan davr adabiyoti muammolarini o`zida to`la aks ettira olmaydi. Chunki, Markaziy Osiyoda uch xonlik ko`rsatilayotgan XU1 asr boshlarida emas, balki XUSh asrning o`rtalariga kelib to`la ravishda shakllangan. Shunday .kan, bu nomlanish tavsiya etilayotgan davrning qariyb 150 yillik tarixini o`z qamroviga atama jihatilan ololmay qoladi. Ikkinchidan, tariximizda sifat jihatidan mutlaq o`ziga xos davr bo`lgan «Temuriylar davri adabiyoti» ham sho`rolar davrida alohida bosqich sifatida o`rganilmagan edi. Adabiyot tarixidagi mana shu davrning adabiy manbalarini tiklash barobarida undan keyingi «Shayboniylar davri»ga ham alohida

Page 4: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

4

xususiyat sifatida qarash lozim. 20-yillar manbalarida bu davrni «o`zbekxonlar» davri deb atashgan. Biroq birgina «O`zbekxonlar davri» deb nomlash ham undan keyinroq o`lkada yaratilgan ko`plab adabiyo yodgorliklarni, xususan. Xiva va Qo`qon xonligi yodgorliklarini inkor qilishga olib keladi. Mana shulardan kelib chiqqan holda, 1501 yil voqealari bilan Markaziy Osiyoda temuriylar davri inqiroz topib, Shayboniyxon mamlakat tarixiga chiqqan ekan, bu voqealar so`zsiz badiiy adabiyotga o`z ta`sirini ko`rsatgani uchun ham yangi adabiy davrni mavhumroq qilib, XU1, ayrim manbalarda esa, XUP asrdan boshlab emas, balki mana shu O`zbekxonlar davrida yaratilgan adabiy yodgorlikning tabiatidan kelib chiqqan holda belgilash lozim. XU1 asr boshlarida Xiva va XUSh asr o`rtalarida Qo`qon xonligining barpo bo`lishi bilan Buxoro xonligi bartaraf etilgani yo`q, balki uning tarkibidan kelib chiqqan yangi xonliklar mustaqil davlat sifatida shakllana boshladilar. Shunday ekan, «O`zbekxonlar va uch xonlik davri adabiyoti» deb nomlash bizningcha, tarix haqiqatiga ham, bu davrda yaratilgan adabiy manbalar tabiatiga ham mos keladi.

Tayanch so`z va tushunchalar Adabiyot tarixi, Adabiy meros, Davrlashtirish tamoyillari, Milliy qadriyat,

Temuriylar davri adabiyoti, «O`zbekxonlar davri» adabiyoti, «G`arb ta`siri» Savol va topshiriqlar

1. «O`zbek adabiyoti tarixi» deyilganda qanday tarixni tushunasiz? 2. «O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi»ning ob`ekti, maqsad va vazifalari

nimalardan iborat? 3. «O`zbek mumtoz adabiyoti»ning adabiyot tarixidagi o`rni. 4. Adabiyot tarixini davrlashtirishda qanday tamoyillarga amal qilinadi? 5. 20 asr boshlaridagi mavjud davrlashtirishga intilishlarda qanday

tamoyillar asos qilib olingan? 6. 20—yillardagi tasniflarga munosabat. 7. Adabiyot tarixini davrlashtirish masalasida ilmdagi so`nggi qarashlar

qaysilar7 8. «XU1-X1X asrlar adabiyoti» alohida davr sifatida o`rganilishining

sababi. Adabiyotlar: 1. O`zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. Sh jild. - T.: Fan, 1978. 2. Asrlar nidosi. - T.: G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti,

1982. 3. Fitrat. O`zbek adabiyoti namunalari. - T.: 1928. 4. Qayumov A. Qo`qon adabiy muhiti. - T.: 1961. XU1-X1X asr (1-yarmi ) o`zbek adabiyoti

Reja:

1. Davr adabiyotini o`rganilish tarixi. 2. Davr adabiyotining manbalari. 3. Adabiy manbalarni o`rganishdagi amal qilinadigan tamoyillar.

Page 5: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

5

4. Tarixiy sharoit va adabiy-ma`naviy muhit xususiyatlari

Sharq mumtoz adabiyotida an`anaviy adabiyotshunoslik «Il-mi adab» va uning tarkibiga kirgan «Ilmi bade`», «Ilmi aruz», «Ilmi qofiya» singari ilmiy risolalar hamda tazkira va manoqib kitoblarida davr adabiyotidagi poetik hodisalar, ayrim ulug` adiblarning ijodi va ularning uslubiy xususiyatlari aks etmagan bo`lsa ham, uch yuz yildan mo`lroq davom etgan bu adabiy davr manbalarini o`z ichiga olgan «adabiyot tarixi» XX asr boshlariga qadar yaratilmagan edi. Asrimizning 20-yillarida, dastlab, «adabiy manbalar» sifatida jamlangan va nashr etilgan majmualarni ham bu yo`ldagi dadil qadamlar deb aytish mumkin. Bu jihatdan 20-yillarda adabiyot tariximizga oid ko`plab manbalar to`plandi, tartibga solindi, ayrimlari nashr qilindi va, nihoyat, «adabiyot tarixi» yaratish uchun muayyan zamin hozirlandi.

1918-20 yillarda faoliyat ko`rsatgan «Chig`atoy gurungi» tashkiloti bu jihatdan ilmiy faoliyat boshlagan birinchi ilmiy jamiyat bo`ldi. Keyinroq 1919 yili Turkiston Muxtor jumhuriyati hukumati va Turkiston o`lka mumulmon byurosi mahalliy xalqlar adjabiy merosini to`plab, nashr qilish haqida qaror qabul qildi. Ko`lamli bu ishlarni amalga oshirish uchun Nazir To`raqulov (rais), Fitrat (rais mulvini) va Laziz Azizzoda (kotib)dan iborat boshqaruv hay`ati belgiladi. Bu vaziflarning amalga oshirish uchun Abdurahmon Sa`diy, G`ozi Yunus, G`ulom Zafariy, Cho`lpon, Shokirjon Rahimiy singari olim va adiblar hamda e.Polivanov, A.Semyonov, A.Divaev kabi rus mustashriqlari ham jalb qilingan. Bu vaqtga qadar esa, o`rganilayotgan adabiy davr manbalaridan Armeniy Vamberining «Chig`atoy adabiyoti xrestomatiyasi» (1867), A.Samoylovichning «O`rta Osiyo turkiy adabiyotidan materiallar» (1917) nashr qilingan edi. 1928 yilda Fitrat tomonidan «O`zbek adabiyoti namunalari»ning P jildi nashrga tayyorlana boshlandi. Biroq 1 jild atrofidagi bahs-munozaralar va 20-yillarning oxiridagi o`zgargan adabiy muhit bu majmuani nashr qilish imkonini bermadi. Shunda Fitrat tomonidan qator maqolalar «XU1 asrdan so`ngra o`zbek adabiyotiga umumiy bir qarash», «Muhammad Solih», «O`zbek shoiri Turdi», «Mashrab» kabilar e`lon qilindi. Ayni mana shu maqolalarni davr adabiyoti yuzasidan olib borilgan jiddiy ilmiy tadqiqotlar sifatida qabul qilish mumkin. Shuningdek, Abdulhamid Majidiyning Turdi haqidagi, Lutfilla Olimiyning «Nodira», To`xtamurod A`lamov (To`g`rul)ning «Eski shoirlarimizdan Muqimiy» kabi maqolalar ham chg`nashr etildi.

30-yilladagi adabiy harakatlar garchi 20-yillardagi kabi keng ko`lamda bo`lmasa ham ko`proq sotsialistik mafkuraga mos keladigan adiblarni tanlab olib o`rganishga harakat bo`ldi. Bu jihatdan A.Sa`diyning «O`zbek burjua adabiyoti» kitobini eslash mumkin. 1945 yilda esa, O.Sharafiddinov «O`zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi»ni nashr qildi. 50-60yillarda XU1 asrdan keyingi o`zbek adabiyotini o`rganish borasida jiddiy siljishlar yuz berdi. Bu jihatdan, Vohid Zohidov, Subutoy Dolimov kabi olimlarning maqola va tadqiqotlari arzirli hissa bo`ldi. Vohid Abdullaev o`zining doktorlik dissertatsiyasida Xorazm adabiy maktabi shoirlari ijodining keng o`rgandi. «O`zbek adabiyoti tarixi» darsligining 2 kitobi uzoq yillar mobaynida bu davr adabiyotini o`rganishda tayanch manba

Page 6: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

6

sifatida qaraldi. Shuningdek, akademik A.Qayumovning «Qo`qon adabiy muhiti» kitobi, Homil Yoqubovning Turdi haqidagi maqolasi, To`xtasin Jalolovning «O`zbek shoiralari» nomli kitobi kitobxonlar qo`liga tegdi. 70-yillarda Mahbuba Qodirovaning Amiriy, Muhsin Zokirovning Magshrab, Fathiddin Ishoqovning Gulxaniy kabi tadqiqotlari vujudga keldi. 90-yillarda davr adabiyotini yangi aspektda o`rganish, Istiklol tufayli ma`naviy merosga yangicha munosabatlar shakllanishi bilan bog`liq ravishda Hasanxo`ja Muhammadxo`jaev va Inoyatulla Suvonqulovning So`fi Ollohyor, Nusrat Jumaxo`janing Munis, Ogahiy va boshqa ijodkorlar haqidagi tadqiqotlari yuzaga chiqdi. Biroq davr adabiyotining umumiy va xususiy jihatlarini o`zida aks ettirgan, alohida ulug` siymolar ijodini izchil tahlil etuvchi, Istiqlol mafkurasi saboqlarini o`ziga singdirgan darslik yoki qo`llanmaning yaratilmagani bu davr adabiyotini o`rganishda jiddiy qiyoinchiliklar tug`ilmoqda. Shuning uchun ham ayrim talaba va tadqiqotchilar B.Qosimov va N.Jumaxo`ja tomonidan yaratilgan o`rta maktablarning 10-sinflari uchun mo`ljallangan darslik va majmuadan vaqtincha foydalanib turish bilan cheklanmoqdalar. O`rganilayotgan davr adabiy manbalari nihoyatda xilma-xil va qariyob 350 yil davom etgan muddatda yaratilgani uchun biri ikkinchisini inkor etadigan darajada munozaralidir. Shularga qaramay, mavjud adabiy hayotda aks etayotgan an`analar, zamonaning notekis rivojlanishida xalq badiiy tafakkurining eng go`zal ne`mat`larini tanlab olib, ularning yo`nalishlarini aniqlab, izchil ilmiy tizimga solish zarurati tug`ilganda bu davr adabiy manbalarini quyidagi yo`nalishlarda taraqqiy etganini aniqlash mumkin: 1. Xalq og`zaki ijodi namunalari va xalq kitoblari. Yozma adabiyotning shakllanishi va taraqqiy etishiga ta`sir ko`rsatgan ushbu omillar sifatida «Alpomish» dostoni, «Go`ro`g`li» turkum dostonlarini, «Tohir va Zuhra», «Oshiq G`arib va Shohsanam» kabi epik asarlar keng tarqalganini eslash bilan birga «xalq kitoblari» umumiy nomi ostida «Yusufbek va Ahmadbek», «Sanobar», «Bo`zo`g`lon», «Shoh Mashrab» singari manqaba va tasavvufiy asarlar yaratilganini ham eslash joiz.

2. Adabiy an`anaga ko`ra «Devon» tarzida tartib berilgan alohida shoirlarning she`riy majmualari bu davr adabiyotida nazm namunalarining asosiy tarqalish usuliga aylangan. Bu jihatdan Munis va Ogahiy, Amiriy va Nodira devonlarini keltirish mumkin.

3. Devon shaklida jamlanmagan, amoo she`rlari turli xil manoqib-holotlar, tazkiralar, majmualar, bayozlar vositasida bizgacha etib kelgan ijodkorlarning asarlari ham mana shu davr adabiy qiyofasini belgilashda arzirli manba bo`la oladi. Bunga misol tariqasida Turdi she`rlarining majmua va bayozlarda uchrashi, Mashrab she`rlarining turli xil manqaba va xalq kitoblari vositasida bizgacha etib kelishi kabi hollarni keltirish mumkin.

4. Sharq nasri an`analarini o`zida aks ettirgan qissa va badiiy talqindagi hikoyatlar to`plamlari ham mana shu davrda yaratilgan adabiy mahsullardan edi. Bunga Xojaning «Gulzor», Gulxaniyning «Zarbulmasal» tipidagi asarlarini keltirish mumkin.

Page 7: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

7

5. Tasavvufiy ruhdagi g`azallar va hikmatlar yoki umumiy tarzda olganda ayrim mutasavvif shoirlarning ijodlarini bunga misol qilib keltirish mumkin: Qul Ubaydiy, So`fi Ollohyor kabilar.

6. Tarixiy manbalar - sultonlar va xonlar xonadoni va sulolasining yilnomalari, ayrim davrlar tarixnavislarining asarlari, e`tiborli voqealar bayoni va boshqa tarix asarlari ham bu davrda ko`plab yaratilganki, ularning aksariyatida adabiy manbalarga murojjat qilingan. Masalan, Abulg`ozi Bahodurxonning «Shajarayi turk», «Shajarayi tarokima», Muhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullonoma», Hakimxon to`raning «Muntahob ut-tavorix», Munisning «Firdavsul iqbol» asarlari shular jumlasidanjir.

7. Tarjima adabiyoti namunalari. Bu davrda, asosan, arab va fors tillaridan Xorazm adabiy muhitida amalga oshirilgan Hiromiy tarjimasidagi «Chor darvesh» asarini, Ogahiy tomonidan o`zbekchaga o`girilgan Sa`diyning «Guliston», Kaykovusning «Qobusnoma» asarlarini bunga misol qilib keltirish mumkin.

8. Adabiyotshunosldikka oid risola va tazkiralar, jumladan, izohli lug`atlar tarkibidagi adabiy-nazariy lavhalar ham bunga misol bo`la oladi. Bu jihatdan Muhammad Bade` Samarqandiyning «Muzakkiru-l-ashob», Hasanxoja nisoriyning «Muzakkiri ahbob» tazkiralari, Muhammad Hoksorning «Muntahobu-l-lug`ot»i tarkibida adabiyotshunoslikka doir istilohlarning sharh qilinishi kabilarni eslash mumkin.

9. Zullisonaynlik an`anasi Buxoro va Qo`qon adabiy muhitlarida muvaffaqiyat bilan davom etgan bo`lib, bu davrning eng old shoirlari o`zbek va fors tillarini mukammal suratda egallagan edilar. Qul Ubaydiy, Amiriy, Nodiraning forsiy devonlari, Hindistonda boburiylar tomonidan yaratilgan adabiy asarlarning asosan, fors tilida tarqalishi kabi holatlarni eslash mumkin. Bu kabi yo`nalishlarga tushgan yoki tur va janrlar jihatidan aniq tasnif qilinmagan minglab asarlar ushbu davrda yaratilgan ediki. Ular XX asr boshlariga qadar adabiyotshunoslik tomonidan o`rganilmagan, hatto xronologik jihatdan ham tartibga solinmagan edi.

XU1-X1X asr (1 yarmi) lar adabiyotini o`rganishda amal qilinadigan tamoyillardan asosiysi tarixiy metod bo`lib, bu jihatdan barcha yuqorida tasnif qilingan yo`nalishdagi asarlarni izchil xronologik tartibda o`rganib chiqish zarurati tug`iladi. Buning natijasida esa, adabiyotdagi mavjud an`anaviylik va vorislik talablariga qat`iy suratda amal qilinadi. Chunki, ayniqsa, ushbu davr adabiyotida an`anaviylik va vorislikni izchil suratda kuzatish mumkinki, davr adabiyotiga avvaplgi davrlarda yashagan yoki yaqin bir davrda boshqa o`lkalarda yashab, ijod etishga majbur bo`lgan turk tilli shoirlarining ijodi bu davr o`zbek adabiyotiga jiddiy ta`sir ko`rsatgan. Bu jihatdan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Muhammad Fuzuliy ta`sirini deyarli har bir adabiy manbada uchratish mumkin bo`ladi.

Davr adabiyoti ijtimloiy-tarixiy voqealar ta`siri bilan bu davrda bo`linib ketgan uch xonlik hududida taraqqiy etgani uchun ham uni o`rganishda areal adabiyotshunoslik, ya`ni adabiy o`lkashunoslik nuqtayi nazaridan yondoshib, har bir xonlik markazida vujudga kelgan adabiy muhitni o`z ichki qonun-qoidalaridan kelib chiqib o`rganish maqsadga muvofiqdir. Masalan, Buxoro va Qo`qon adabiy

Page 8: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

8

muhitlarida zullisonaynlik an`anasi kuchli bo`lsa, Xorazm adabiy muhitida esa, turkchilikka e`tiborni kuchaytirish bilan birga tarjima adabiyotiga alohida e`tibor berilganini ham kuzatish mumkin. Har bir xonlik adabiy muhitida vujudga kelgan an`ana va boshqa poetik xususiyatlar ham barqarorlashgan ediki, davr adabiyotini o`rganishda bulardan ko`z yumib bo`lmaydi.

Bu davr adabiyotida uch xonlik markazida saroyda vujudga kelgan adabiy muhit bilan birga saroy tashqarisida xalq hayoti yoki sufiylar qarashlari bilan bog`liq holda alohida adabiy jarayon ham taraqqiy etgan ediki, saroydan tashqaridagi adabiyot ayni davrda o`zining etuk namunalarini ham bergan. Shuning uchun ham xalq adabiyoti, ayniqsa, xalq kitoblari bilan barobar ravishda bu asarlarning prototiplari bo`lgan ijodkorlar hayoti va ijodini o`rganish ehtiyoji ham tug`iladi. masalan, Mashrabning hayoti va ijodini «Qissayi Mashrab» yoki «Shoh Mashrab» nomi bilan mashhur bo`lgan manqabasiz o`rganib bo`lmaydi. Shuningdek, So`fi Ollohyor, Huvaydo singari ayrim ijodkorlar asarlarini o`rganishda saroydan tashqarida ham taraqqiy etgan adabiy muhit xususiyatlarini ham inobatga olish lozim.

Bu davr adabiyotining tamoyillarini belgilashda adabiy manbalar tiliga e`tibor berish alohida muhim hodisadir. Chunki bu davr adabiyotining tili saroyning dabdabali tilidan birmuncha umumxalq tiliga yaqinlashganining ham guvohi bo`lamiz. Ayrim manbalar tilida esa, forsiy tantanavorlikning ta`siri yoki g`arb turkchasining, xususan, Fuzuliy asarlari tilining keskin ta`sirini ilg`ash mumkin. Bu ta`sirni Mashrab, Umarxon asarlari tilida kuzatganimizdan tashqari Xoniy taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Alixonning bizgacha saqlangan devonining tili g`arb turkchasiga yaqinligini qayt etmaslik mumkin emas. XU1-X1X asrlar adabiyotida dastlab temuriylardan keyin Buxoroda hukm surgan O`zbekxonlar sulolasi, uning asoschilaridan biri Shayboniyxon tasarufidagi davlat muayyan o`rin tutgan va bu davlatning parchalanishi bilan vujudga kelgan Xiva xonligi hamda Qo`qon xonliklari, tabiiyki, adabiy jarayonga kuchli ta`sir ko`rsatgan. Shuning uchun ham yuqoridagi tamoyillarda ko`rsatilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda har bir xonlikda vujudga kelgan ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog`liq holda o`sha xonlik markazida taraqqiy etgan saroy adabiyoti va uning hududidagi adabiy manbalarni o`rganish orqasida bunga erishish mumkin.

Tayanch so`z va tushunchalar: Adabiy an`ana va vorislik, Adabiy muhit va adabiy maktab, Devon va bayoz, XX asr boshlari adabiyotshunosligi, Manqaba va holotlar, Xalq kitoblari, Tasavvuf adabiyoti, Tarixnavislik, Tarjima adabiyoti, Qalandariylik tariqati Savol va topshiriqlar: 1. Davr adabiyotining o`rganilishi tarixiga oid nimalarni bilasiz?

2. Istiqlol davri adabiyotshunosligida biz o`rganayotgan adabiy davr xususida qanday ishlar qilingan?

3. Davr adabiy manbalarini qaysi yo`nalishlarda o`rganish mumkin?

Page 9: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

9

4. Ushbu davr adabiyotini o`rganishda qanday tamoyillarga asoslanish mumkin bo`ladi?

5. Bu davr adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari nimalarda ko`rinadi? 6. Nima uchun bu davr adabiyotini o`rganishda adabiy muhit va adabiy

maktab masalalariga e`tibor qaratish lozim? 7. Ushbu davr adabiyotiga tashqi jihatdan ta`sir ko`rsatgan qaysi omillarni

bilasiz? Adabiyotlar: 1. O`zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. Sh jild. - T.: Fan, 1978. - B. 7-42. 2. Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi. 2 kitob. - T.: O`qituvchi, 1968. 3. Jumaxo`ja N. Istiqlol mafkurasi va madaniy meros. Doktorlik diss.

Avtoreferati. - T.: 1998. 4. Fitrat. XU1 asrdan so`ngra o`zbek adabiyotiga umumiy bir qarash.

«Navqiron Buxoro», 1992. 2-son.

Boborahim Mashrab hayoti va ijodi R e j a :

1. Mashrab hayoti haqida ma`lumot beruvchi manbalar. 2. «Qissayi Mashrab»da shoir hayotiga doir voqealarning aks etganligi. 3. Mashrabga oid ma`lumotlar aks etgan tazkiralar (Muxammad Bade`

Maleho Samarqandiy «Muzakkiral-asxob», Abdulmutallib Xojai Fahmiy «Majmuai Fahmiy»,Ishoq Bog`istoniy «Tazkirayi qalandaron» va boshqalar)

4. Mashrab tarjimayi holini tiklashga bo`lgan urinishlar va bu yo`lda erishilgan natijalar.

5. Mashrab she`riyati: timsollar olami, janrlar xilma-xilligi, san`atkorligi.

Shoir Boborahim Mashrab hayotiga doir shunchalar ko`p va bir-biriga zid ma`lumotlar ko`pligidan ularning aslini soxta ma`lumotlardan ajratish qiyin. Buning boisi xalq o`zi sevgan shoir haqida turli xil rivoyat va afsonalar to`qigani, turli xil manqaba va xalq kitoblaridagi ma`lumotlarni tarixiy deb qabul qilinganligidandir. Shoir Mashrab hayoti va ijodini o`rganish va uning tarjimayi holini to`la tiklash uchun dastlab o`z davrida yaratilgan manqaba va tazkiralarni o`rganib chiqish lozim bo`ladi. Dastlab «Devonayi Mashrab» (ayrim manbalarda «Shoh Mashrab») nomi bilan mashhar bo`lgan manqabani o`rganish lozim bo`ladi. Bu manbaning muallifi garchi aniq bo`lmasa-da, unda bayon qilingan voqealar asosan, Mashrabning yaqin zamondoshlari va muhiblari tomonidan bayon qilingani va tasdiqlangani uchun shoir tarjimayi holini tiklashda bu birlamchi manba bo`lishi shubhasizdir. Bundan tashqari bevosita shoirning hayotligida yaratilgan tazkiralar borki, bulardan birinchisi Muhammad Bade` maleho Samarqandiyning «Muzakkir al-ashob» asaridir. Asar muallifi Mashrab bilan ikki marta uchrashganini va dastlabki uchrashuv shoirning «navras»lik davrida ekanini yozadi. Ushbu tazkiradagi voqealarni «Qissayi Mashrab» voqealari bilan solishtirilsa, shoir hayotining noma`lum qirralari ochilishi mumkin. Yana bir e`tiborli manbalardan

Page 10: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

10

biri Abdumutallib Xojayi Fahmiyning «Majmuayi Fahmiy» tazkirasi bo`lib, bu e`tiborli manba bo`lgani uchun ham Fitrat shoir tarjimayi holi voqealarini tiklashda unga bir necha bor murojaat qilgan. Tazkiralar orasida Mashrabning bevosita shogirdlaridan biri Ishoq Ziyovuddin Bog`istoniyning «Tazkirayi qalandaron» asari bo`lib, bunda manqaba yo`li bilan shoir mashrabga xos bir necha sifatlar ko`rsatilgan yana shu manbadan ma`lum bo`lishicha, «Qissayi Mashrab»ning bizgacha etib kelishida ham ushbu muallifning hissasi bor. Shu ishoradan kelib chiqib «Qissayi mashrab»ni ayrim olimlar Ishoq Bog`istoniyga, ayrimlari esa Pirmat Setoriyga nisbat berishadi. Keyinroq yaratilgan yana bir muhim manba Majzub Namangoniyning «Tazkiratu-l-avliyo» asari bo`lib, bunda Mashrabning keyingi davrlarda yashagan shogirdlarining shohidlariga tayangan holda muallif yangi ma`lumotlar beradi. Bundan tashqari ayrim olimlar Mashrab haqidagi tarixiy manba sifatida Abdushukur Ziyoning «Musavvadayi Abdushukur» asarini ham ko`rsatadilar.

Mashrabning bevosita hayot voqealari aks etmagan bo`lsa ham u yashagan davr voqealari mana shu davr tarixchilari Sayyid Hakimxon to`raning «Muntahabu-t-tavorix», Mirza Olim munshiyning «Ansobu-s-salotin» nomli asarlarida ham aks etgandir. Bu tarixiy manbalarni ham «Qissayi Mashrab» bilan solishtirish natijasida ko`p zarur ilmiy haqiqatlarni anglash mumkin.

Shoirning tavallud vaqti haqida turli xil fikrlar mavjud: Ko`plab sho`ro davrida tarqalgan manbalarda, jumladan, G`afur G`ulom, A.Hayitmetov va A.Abdug`afurov 1640 yilda tug`ilgan deb yozganlar. Bir necha olimlar Fitrat, V.Abdullaev, M.Zokirov 1657 yilda tug`ilganini manbalar asosida isbot qiladilar. Tadqiqotchi Jaloliddin Yusupov esa, 1653 yilda tug`ilgan degan xulosani beradi. Mashrabning tavallud o`rni haqida ham shunday bahsli fikrlar mavjud bo`lsa-da, prof. Fitrat birlamchi manbalar asosida Andijonda tug`ilganini va 14-15 yoshlarida Namanganga tahsil uchun ketganini yozadi. Fitrat boshlagan birlamchi manbalar asosida shoir hayoti va ijodini o`rganish davom etmoqda. Holbuki, Malehonning «Muzakkira-l-ashob», Majzubning «Tazkira qalandaron» asarlari ham shu fikrni tasdiqlaydi. Namanganli olim I.Abdullaev so`nggi maqolalarida Mashrab Namanganda tug`ilgan, degan da`voni takrorlab turibdi.

Hozirga qadar Mashrab hayotiga oid shunday ma`lumotlar bor: Boborahim Mulla Vali o`g`li Andijonda qashshoq bir oilada 1657 yilda tug`ilgan, 15 yasharlikda Namanganga o`tib, Mulla Bozor Oxundning tarbiyasiga kirdi. 20-25 yoshlarida Samarqandga keldi, so`ngra yana Namanganga qaytdi. Namangandan Mulla Bozor Oxund dalolati bilan Qashg`arga borgan. Ofoq Xo`jaga murid bo`lgan. Umuman, Xitoy Turkistonida 8-10 yil o`lkalarni aylanib, 1691 yilda Samarqandga jo`nagan va yana Buxoroga qaytib, so`ngra Hindiston safariga chiqqan. Hindistondan yana O`rta Osiyoga qaytgan va Qarshi shahrida to`rt yil turgan. Qarshidan yana safarga chiqqan, bu safarning 3-4 yillarida Balxda Mahmudbiy Qatag`on tomonidan 1711 yilda o`ldirilgan (Qarang: Fitrat. Mashrab. «Ilmiy fikr» majmuasi, 1930. 1-son, 40-57 betlar. Qayta nashri: «Yosh leninchi» gazetasi, 1991, 29 iyun, 2-3 iyul)

Page 11: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

11

Mashrabning asarlari ham asosan bizgacha manqabaga ko`ra bizga kelgan. Bundan tashqari «Boqirg`on kitobi» kitobi nomli majmuada shoir she`rlaridan namunalar keltirilgan.

Shu bilan birga quyidagi tazkira va bayozlarda ham shoir she`rlaridan namunalar bor: Ziyovuddin Ishoq Bog`istoniy «Tazkirayi qalandaron» (Pirmat Setoriy iltimosi bilan yozilgan), «Kitobi Sadoiy», «majmuayi Xojam Poshsho» va boshqalar.

Yuqorida tilga olingan manbalarda mualliflik masalasi degan muammo ham bor. Chunki «Qissayi Mashrab», tabiiyki, Mashrab tomonidan yozilmagan. Shunday ekan, muallif o`z nomidan ayrim baytlar aytib asarni to`ldirgani bo`lishi ehtimoli ayrim manbalarda tilga olinadi. Shuningdek, manqabaning turli nusxalaridagi she`rlar turlicha ko`chirilgani ham bu fikrni isbyuotlab turibdi. Hatto manqabada Mashrabdan boshqa taxalluslar ham uchraydi, ba`zi o`rinlarda esa, boshqa shoirlarning, jumladan, Turdining quyidagi she`rlari: Jism qolibdin nafas tori uzulmasdan burun, Boshingga davri qazo bazmi qurilmasdan burun,

Xasta joning (Turdida «javon xon»ning) tark rahmatidin so`kilmasdan burun, Ey ko`ngul, kasi asosi tan buzulmasdan burun, Oqi abaru kursiyu dindin to`kulmasdan burun

deb boshlagan 5 bandli musammas to`la holda Turdi majmusida 9 band holida bor. «Qissayi Mashrab» tarkibida Ranjiy, Ahmad Qori, Mahvash, Zayrak, Mansur kabi shoirlarning asarlari ham borligi ma`lum bo`lmoqda.

Nechun aylay ayo do`stlarim janonimdin ayrildim Tiriklik boyasi ul munisi jonimdin ayrildim

Mahvash bibining she`rlari ekani haqidagi ma`lumot Majzubning «Tazkiratush-avliyo»sida ma`lumot bor. Tabiiyki, Mashrab taxallusli she`rlarning hammasi hali uniki emas, ayrim misralari ham shubhali. Ayniqsa, vazn buzilganlari Mashrabniki emas. «Qissa»dagi eng ishonchli she`rlarnigina o`rganganimizda Mashrabning chindan-da o`ta nozik iste`dod sohibi bo`lganini anglaymiz: To kiydi qizil o`zini zebo qiloyin deb O`t yoqdi jahon mulkina yag`mo qiloyin deb deb boshlanadigan g`azali yoki quyidagi mustazodi shoirning shunday yuksak iste`dod bilan yozilgan asarlaridan:

Bul hasta vujudimni mani o`rtadi bir yo`l ul g`unchayi xondin Ul gul yuzini ishqida men valayu hayron ul zulfi parishon

Mashrab she`rlarida «yig`i» timsoliga alohida ma`no berilgan Anlashimizcha, Mashrab hammani ham yig`lashga loyiq deb hisoblamaydi:

Matlabim bor - narovo men yig`lamay kim yig`lasin, Dard beribdur bedavo men yig`lamay kim yig`lasin

yoki onasi haqida yozganda: E safo baxshi bahoru bo`stonim qaydasan, Nuri diydam, mushfiqim oromi jonim qaydasan,

Page 12: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

12

Volidam Makkam, Madinam mehribonim qaydasan kabi dardli misralarni tizgan. Mashrab she`rlarida Navoiy va Fuzuliydan ta`sirlanish hollarini ham kuzatish mumkin:

Mashrab benavoduman, vasling uchun gadoduman, Hajr o`tig`a kuyadiman, yor jafosini ko`rung. Hay, hay, na go`zalsan, na ajoyib qiyomat

Mani mavjudlig`im bazmi xarobat erdi san bilmong, Gunash qondir sarupoyim, karomat erdi san bilmong yoki Mani Majnunni bekor onglama, ey ahli g`aflat san, Ki kunda boshima yuz mingga ofat erdi, san bilmong (san bilmading) Albatta, xalqqa dardkash ravishda aytilgan bu misralar Mashrabning o`tli iste`dodidan darak beradi: Dili tig`i sitamdin pora bo`lgan xalqni ko`rdim, Tani dardu alamdin yora bo`lgan xalqni ko`rdim Kuzi vaqti sahar sayyora bo`lg`an xalqni ko`rdim Mashhur Lutfiyning: Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma deb boshlanadigan g`azaliga chiroyli nazira bog`laganini yoki Navoiyning Ohkim ul oshno begona bo`ldi oqibat deb boshlanuvchi g`azali ruhida Naylayin dil dardin, begona bo`ldim oqibat, Yuz g`amu hasrat bilan hamxona bo`ldim oqibat, Qildi bu charxi falak rasvoi davron oqibat, Boru yo`qim bo`ldi oxir erga yakson oqibat kabi she`rlarini ko`rish mumkin. Yoki Va`da qildi bir kelay deb, ko`zga uyqu kelmadi, Men shahidi ishq bo`ldim, qatrai so`z kelmadi kabi satrlarda insoniy ishqning fojeasi ham anglatilgan. Yana: Mashrab yurubon olam aro topmadim maqsud, Yuz shukurki, oning bilan ulfat bo`la qoldi kabi she`rlarni aytgan otashnafas shoir haqli ravishda Lutfiy, Navoiy va Fuzuliylar qatoridan o`rin olgusidir. Tayanch so`z va tushunchalar: Manqaba, manoqib, Xasbi hol, «Tazkirayi avliyo»lar, Mualliflikni tiklash, «Boqirg`on kitobi», Adabiy ta`sir, Nazira, tatabbu Savol va topshiriqlar:

1. Mashrab tarjimayi holi haqida ma`lumot beruvchi qaysi manbalarni bilasiz?

Page 13: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

13

2. Mashrabning she`rlari qaysi manbalar asosida to`plangan? 3. Mashrab tarjimayi holi haqidagi so`nggi to`xtamga munosabatingig. 4. Mashrab she`riyatining ustivor jihatlari nimada? 5. Mashrab she`rlarida qaysi shoirlarning ta`sirini kuzatish mumkin va

qaysi misollar orqali? 6. Mashrab she`rlarining muallifligi masalasi qaysi yo`l bilan

aniqlanmoqda? 7. Shoir g`azal va mustahzodlaridagi asosiy timsollar haqidagi fikringiz? 8. Mashrabdan ta`sirlangan qaysi shoirlarni bilasiz va bu ta`sirlanish aks

etgan she`rlardan misollar keltiring.

Mashrab va qalandariylik tariqati R e j a :

1. Markaziy Osiyodagi tasavvufiy tariqatlarning bu davr adabiyotidagi ko`rinishi.

2. Qalandariylik tariqati: mohiyati, tariq usuli, ta`siri va badiiy asarlardagi aksi.

3. Mashrab shen`rlarida qalandariylikning aks etishi. 4. Mashrabga nisbat berilgan tasavvufiy asarlar («Mabdayi nur»,

«Kimiyo»)

O`rta Osiyoda XVI asrning boshlarida yangi sklola - Shayboniyxon hukumatining hukumronligi boshlanishi bilan temuriylar davrida gullab-yashnagan iqtiodiy va sotsial hamda madaniy hayot ham bir muncha o`zgarishlarga duchor bo`ldi. Natijada «bir ko`b shoirlar, san`atkorlar. Olimlar Hindistonda Bobir Mirzo tomonidan qurulgan mo`g`ul hukumatining poytaxtiga hijrat -ila boshladilar. O`rta Osiyoda qolgan shoirlar esa, saroydan himoya ko`ra olmagach, omma orasidan o`quvchilar ta`min etuvga kirishdilar. Shuning uchun saroyning muhtasham, takallufli, bezakli uslubini tashlab, omma uslubiga yaqinlashuvga tirishdilar». So`fi Olloyor, Mashrab, Huvaydo kabi usluban bir-biriga yaqin shoirlar mana shu davrning, mana shunday xalq ichida kamol topgan she`riyatining vakillari edilar. Shunday qilib, Fitrat 20-yillarning oxirlarida Mashrab mavzusiga qo`l urarkan, bu adabiy davrining barcha siyosiy ham madaniy xususiyatlarini puxta o`rgangandan keyingina bu mas`uliyatni vazifaga o`zini bag`ishladi. Fitrat maqolasida Mashrabning qalandarligi munosabati bilan tasavvuf ta`limotining qalandarlik tariqati haqida ilmda birinchilardan bo`lib izchil ma`lumot berishga erishgan. Olimning yozishicha, «juda oz material bilan qalandarlik masalasining sinfiy mohiyatini ochmoq va shu yo`l bilan Mashrabning sinfiy tusini ko`ra olmoq mumikn bo`lmaydir. Shunday bo`lsa ham bundan so`ngragi tekshirishlarga balki yordami bo`lur umidi bilan qalandarlik haqida bilganim narsalarni qayd etib o`tmakni munosib ko`raman». Ma`lumki, qalandarlik haqida ozmi-ko`pmi ma`lumotlar «Haft qulzum», «Bahori ajam» kabi lug`at va tasavvuf kitoblarida uchraydi. Bundan tashqari Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul - uns» asarida ham bu haqda qisman xabarlar berilgan. Mana shu manbalarga asoslangan olim O`rta Osiyoda qalandarlik

Page 14: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

14

«qadimdan mavjud ekani»ni qayd etgan. Turk olimi Fuod Ko`pruli esa, qalandarlik tarixini XIII-XIV asrlarda Onado`lidagi mashhur tasavvuf oqimlari bobiylik, abdollik, bektoshiylik, xurufiylik, qizilboshlilik, haydariylik qatorida qalandariylik ham mavjud bo`lib, bu oqimlardan nisbatan keng tarqalgan bektoshiylik ta`limoti o`zining asosini qalandariylikdan olgani, ayrim shorilarda xurufiylik bilan qalandariylik qorishiq holda mavjud bo`lganini qayd etgan.1 Shu bilan birga Kichik Osiyoda mashhur mutasavvuf, abdollik ta`limotining asoschisi Pir Abdol, asosan, Qalandar Abdol ismi bilan mashhur bo`lganini ham e`tiborga olsak, bu tariqat Onado`lida Yunus Emroga qadar mavjud bo`lgan degan xulosaga kelishga yordam beradi. O`rta Osiyoda esa qalandariylik ayrim hollarda yassaviylik tariqatidan oziqlanganini va undan so`ngra mavjud bo`lganini tasdiqlovchi asoslar bor. «Boqirg`on kitobi»da esa yassaviy shoirlarining asarlari keltirilgani holda unda Mashrabning ham she`rlari uchrashi bu ikki tariqat o`rtasida bir-birini tutashturuvchi vositalar bo`lgani ko`rsatadi. Fitrat «Yassaviy maktabi shoirlari to`g`risida tekshirishlar» maqolasida mana shu muhim nuqtani qayd etib o`tgan, «Shoh Mashrab» qissasida esa: «Kechib dunyoi foniydin talabda bir qalandarman», yoki «Solib har erda bir gulxan talabda bir qalandarman» degan Mashrab Xo`tan shahriga kelgach, u erning fozillari bilan bo`lgan suhbatda «Mushkoti sharifdan ikki masala oraga solgach, bu qalandar ilmi holdan xabardor ekan» deb unga tavozi` qiladilar. Bu holat, ya`ni qalandariylikning ilmi hol (tasavvuf bilan) munosabatini ko`rsatuvchi muhim nuqtalaridan biri. Demak, O`rta Osiyoda Fitrat keltirgan ma`lumotlarga ko`ra, qalandariylik Onado`lidagiga nisbatan ham qadimiyroq bo`lib chiqadi. Shunday ekan, uning vujudga kelish tarixini yassaviyya tariqatidan so`ng, taxminan X11-X111 asrlar deb belgilash mumkin. Yuqorida tilga olingan manba «Haft quluzum»da qalandariylik sifatlaridan so`z ochilgan: «qalandar butun rasmiy takliflardan, butun qaydlardan ozod bo`lgan, har turli diniy amal va odatlardan ayrilgan, butun moddiy, hayotiy aloqalarni tark qilgan, ibodat va odatlarning hammasini buzg`uvchi kishining ismidir». Jomiyning «Nafahot ul-uns» asarida esa, «Qalandarlar diniy ibodatlarning farz bo`lgan qismlarinigina ado qiladilar» degan izoh bilan uning ma`lomatiylikdan farqli tomonlari ko`rsatilgan: «Malomatiylar diniy ibodatlarni ijro qiladilar, biroq ijro qilganlarini xalqdan yashiradilar. Qalandarlar esa, to`g`ridan-to`g`ri diniy ibodatlarni va odatlarni buzadilar. Jomiyning bu ma`lumotida qalandarlik sifatining ayrim jihatlari ko`rsatilgan bo`lsa-da2, ular «Shoh Mashrab» manqabasidagi qalandar Rahimboboning ayrim xususiyatlarini sharhlashda yordam berishi mumkin. «Bahori ajam» asarida qalandarlik yo`lining ayrim odoblari bayon qilingach, mashhur tasavvuf shoiri Urfiy Sheroziyning ushbu bayti keltirilgan: Sanamorai qalandar sardor ba man namon, Ki basi daroz didam rahu rasmi porson 1 Ôóîä Êûïðóëó. Òóðê Åäåáèéàòèíäà èëê ìóòàñàââèôëàð. Àí=àðà. 1991, 7-áîñ=è÷, 72-áåò, (òóðê òèëèäà). 2 Íóðèääèí Àáäóðàùìîí Æîìèé. Íàôàõîò óë - óíñ ìèí õàçàðîò êóäñ. Òåõðîí, 1370 (õ),ñàõ. 11 (ôîðñ òèëèäà)

Page 15: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

15

(Tarjimasi: Taqvo yo`li juda ham uzoq ekan, menga qalandarlik yo`lini ko`rsating) Mana bu bayt yuqoridagi ma`lumotlar bilan birgalikda qalandarlar zuhdu taqvo yo`lidan boshqacharoq yo`l tanlaganini ko`rsatadi. Bu boshqa yo`lning asosiy yo`nalishlarini esa, Fitrat Hoji Abdurahim Buxoriyning 1672 yilda yozilgan «Risolayi odobi tariq» kitobi vositasida tushuntirgan. Bu kitobda qalandarlik ismigagina emas, uning har bir ashyosiga, narsasiga ham tasavvufiy ma`no yuklatilib, ularning quyidagicha sharhi berilgan: «qalandar kulohi to`rt turli bo`lgan: kulohi amr, kulohi raviyat, kulohi subhoniy, kulohi ato. Bu to`rt turli kulohdan har birining to`rt burchagi bo`ladir. Kulohning burchagiga forsi(y)cha «tark» derlar. Qalandarlar so`z o`yini qilib, bu forsi(y)cha «tark»ni arabcha «tashlamoq, qoldirmoq, qo`ymoq» ma`nolaridagi «tark» so`ziga aylantiradilar va kulohlarning «tark» (burchak) laridan har biriga arabcha «tark» so`zidan foydalanib, bir turli tasavvufiy ma`nolar beradirlar». Shu kabi kulohiy amrning to`rt tarkibi: tarki muharamot (haromni tark etish), tarki donish, tarki sufoti bashariy (ayrim insoniy sifatlarning tarki), tarki ashyovu satoti mulki (butun narsalar va mulkni tark qilmoq). Shuningdek, kulohi raviyatning to`rt tarki: tarki xalq, tarki tamoq, tarki dolq, tarki xirqa. Kulohi subhoniyning tarklari esa: baxillik, minnat, ikkiyuzlamachilik va takabburlikni tark etishdan iborat. Kulohi atoning tarklari: tarki dunyo, tarki nafs, tarki jannat va tarki vujudga ishoradan iboratdir. Bulardan tashqari risola muallifi qalandarlarning kamarlari etti band bo`lib, har biri tasavvufdagi bir martaga ishorat ekanini, ularning kiyim liboslari dolq atalib, ular o`z navbatida uch turli: xirqa, kafani va jandadan iborat bo`lganini qayd etadi. Bular bilan birgalikda qalandarlarning kachkul, kadu, matbah va asolari haqida ham turli tasavvufiy ishoratlarni ma`lum qilgan. «Yana qalandarlarga maxsus shartlardan biri soch kuydirish. Ayniqsa, birinchi davrlarda soch kuyishni juda lozim deb biladilar. O`z oralarida so`ylashga maxsus sun`iy bir tillari ham bor. Unga «abdal tili» deylar». Mana shu kabi katta-kichik tafsilotlarni «risolayi odobi toriqdan keltirgandan so`ng Fitrat bularni umumlashtirib, shu kabi bizga muhim ma`lumotni etkazgan: qalandarlik musulmon tasavvufining sho``basidir. Bu maslak bizning o`lkamizda so`ng kunlargacha davom qildi. O`zbekiston shaharlaridan har birining tashqarisida «qalandarxona» ismli go`zal bog`cha holiga keltirilgan bir joy bor edi. Qalandarlar shunda turar edilar. Bular qisman mahalliy, qisman musofir, ersiz, xususiy mulklari bo`lmagan kishilardan iborat bo`lib, asosiy kasblari tilanchilik edi. Haftada ikki daf`a tilanchilikka chiqib, shahar va bozorlarni aylanar edilar. O`zlariga maxsus qalandariy kuylari bor edi. Oralarda eng yaxshi tovushlisi shu kuylarda Yassaviy, Mashrab kabi shoirlarning she`rlarini o`qur va boshqalari uning naqoratini qaytarib turar edilar. Oralarida bir boshliqlari bo`lub, munga «bobo» derlar. Tilanchilik chog`ida to`plangan pulni shu bobolari terar va shundan ularni ta`min qilib turar edi». Bu kabi hayotiy kuzatishlarni yuqoridagi risolada bayon qilingan mulohazalar bilan bog`lash natijasida Mashrabning qator she`rlarini mana shu qalandariylik tariqatidan kelib chiqib sharhlagan. Mashrabxonlik xususidagi xabarlar o`z-o`zidan qalandarlik bilan bog`langanini ayni shu o`rinda qayd etmoq kerak. «Xalq bir choyxonada yo birining mehmonxonasida yig`ilishar, eng yaxshi va baland tovushli bir hofiz (mashrabxon) Mashrabning g`azallarini «Savt», «talqin», «Munojot» kabi kuylarda o`qur edi.

Page 16: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

16

Uning atrofida o`tirgan kishilar qimirlamay, nafas chiqarmay, buyuk bir diniy hayajon bilan tinglar edilar... Mundaqa mashrabxonlik majlislari erkaklar orasida bo`lgani kabi xotunlar orasida ham bor edi. Xitoy Turkistonida klassik musiqamizning mashhur «Shashmaqom»dan boshqa «Mashrab» ismli etti kuydan iborat yana bir maqom paydo bo`lganini musiqamizning tekshiruvchi G`ulom Zafariy xabar beradi. Bu esa Xitoy Turkistonidagi haligi mashrabxonlik majlislarining judayam teranlashganini bizga ochiq bildirarlik dalildir». Demak, xalq buyuk bir diniy hayajon bilan tinglagan, o`z uylarida, mehmonxona va choyxonalarda uyushtirilgan mashrabxonlik anjumanlarining boisi Mashrab she`rlarining xalqchil, tasavvufiy va san`atkorlik nuqtaiy nazaridan yuksakligidan kelib chiqqan holatdir. Uyg`urlar orasida «Mashrab» ismli «ikkinchi shashmaqom»ning yaratilishi bevosita Mashrab she`riyatining klassik musiqamiz va madaniyatimizning boshqa jabhalariga ta`siri masalasi bilan bog`liq. «Mashrabning dilbar va maftunkor she`riyatini o`rganar ekanmiz, Mashrab ayrim «olim»lar ko`rsatganiday, «nasha chekib, ko`k nor ichish bilan mashg`ul bo`lgan, jinnimijoz kishi» emas, balki, o`tkur tasavvuf shoiri bo`lganini anglatuvchi shunday misralar bor: Ming ma`nini bir nuqta ila muxtasar etdim,

Ko`toh nazari bo`lmasa deb xasta bu Mashrab. Mashrabning bunday poetik xulosaga kelishida Xojam podshoh (Ofoq xo`ja) bilan kechgan bir suhbatni «Shoh Mashrab» manqabasi muallifi asos sifatida keltirgan. Mashrab Ofoq xoja bilan uchrashuvdan mutassir bo`lib: Ilohi mag`firat daryosidan Mashrabni shodob et, Hamisha «Shay`anilloh» deb qalandarvor yig`larman,- maqta`si bilan tugallanadigan va Kecha kunduz bu Mashrabni xayoli ostonbusi,

Visoling davlatini topmoqg`a itlarni salohimdur,- maqta`si bilan yakunlangan hamda Kel ey Mashrabi umid etgil Xudoying loyazol etmish,

Muhammad Mustafo haqqi mani vaslingga etkurgil, bayti bilan tajassum etilgan g`azallarini o`qigandan so`ng (manqabada ular

munojot deb berilgan) Ofoq Xo`ja aytgani ekanki, «Ey Mashrab, sani iching torlik qildi, ma`nini oshkor qilding» deb og`izlariga tuflagan ekanlar. Shundan Mashrab she`riyatida yangi bir tasavvufiy chuqurlik, ya`ni zohiriy ma`nini ochmoq emas, balki ma`nining botiniy dunyosiga rag`bat kuchaygan. Natijada «ming ma`nini bir nuqta ila muxtasar etgan» san`atkorlik yo`lida izlanishlar kechganini uning she`rlarining ichki poetikasidan anglash mumkin. Fitrat Mashrab she`riyatining tasavvufiy botiniy jihatlarini va she`rda zuhur bo`lgan poetik xususiyatlarini o`rganar ekan, uning she`riyatidagi eng e`tiborli jihatlarni kuzatgan: «Mashrab o`zidan burung`i va muosir bo`lgan bir ko`b mutasavvif shoirlarimiz kabi hayajonsiz shoirlardan emas. Uning she`rlarida har vaqt bir kuchli hayajonni ko`rish mumkin. U ko`brak Jaloliddin Rumiydagi so`fiyona hayajonni o`z she`rlarida aks ettirishga tirishardir» izohi bilan eng ehtirosli so`fiyona baytlarini ajralib turadi:

Gulshani bog`i dahr aro bulbuli nag`magar o`zim,

Page 17: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

17

Bir buti xush hirom uchun oshiqi darbadar o`zim, yoki

Naqsh davlat muhrini nafsimga bosdi chun ajal, Shams Tabriziy manam, gohi Jaloliddin manam,-

talqinlaridagi «Jaloliddin Rumiy kabi shoirlardagi so`fiyona hayajonni o`z she`rlarida» anglatish bilan cheklanmay, nafaqat fors tilli she`riyatning, balki o`z ona tilidagi turk she`riyatining o`ziga qadar o`tgan daho san`atkorlaridan ham oziqlanganini uning mustazodlari orqali ko`rish mumkin:

Mashrab bu sifat toza suhan aylasa izhor, Sen qilma taajjub, G`oyibdin ani ko`ngluga ilhomi xudodur, Bo`lgil anga munqod. Mashrab tasavvufiy talqinida ko`zga tashlanib turadigan jihatlardan biri

yig`idir. Bu faqatgina ayriliq yoki dunyoning boshqa bir ko`rnamakliklari tufayli yuzaga chiqqan zohiriy ruhiy holat emas, balki shoir o`z qalandarlik tariqati va ehtimol, shaxsiy hayotida zuhur bo`lgan ishqi ilohiyning surati sifatida o`zini yig`lashga haqli ko`rsatadi:

Matlabim bor - noravo, men yig`lamay kim yig`lasin, Dard beribdir bedavo men yig`lamay kim yig`lasin. Bunday «yig`i»ga giriftor bo`lgan birgina shoir emas, uning nazarida

«bazmning sham`i parvonasi», «may shishalari» hamma-hammasi yig`laydi. O`z bolasini yo`qotgan ota Ya`qub zor bo`libgina yig`lamaydi, balki bolaning ham otasi uchun, uning shu ahvolga tushishiga sababkor bo`lgan osiy otaning gunohi uchun Yusuf yig`lashini, bu holga Ibn Kan`on va boshqalar ham yig`lashi lozim foje` deb qaraydi:

Sog`inib Yusufni yolg`iz yig`lamas Ya`qub zor, To musofir bo`ldi Yusuf Ibn Kan`on yig`ladi. «Yig`i» ramzi bilan bog`liq Mashrabda o`ndan ortiq g`azal va muxammaslar

uchraydi. Albatta, ularning hammasaini ham Allohning ishqi deb, ko`kragini chok qilgan qalandar yig`isi deb qabul qilib bo`lmaydi. Ayniqsa, bevosita shoirning shaxsiy hayoti, fojeasi bilan bog`liq manzaralarda uning oddiy kishilar singari samimiy ko`z yoshi to`kib yig`lashga majbur qilgan holatdir. Shuningdek, Mashrab onasining o`limi ham juda qattiq ta`sir ko`rsatgan:

«Ey safo baxsh-bahoru bo`stonim qaydasan... Volidam, Makkam Madinam, mehribonim qaydasan».

Mashrabning forsiy she`rlariga Rumiyning ta`siri borligini ham kuzatib mukin. Yana manqaba tarkibida Turdi, Ranjiy, Ahmad Qori, Mahfash, Ziyrak, Mansur kabi bizga aniq ma`luum bo`lmagan shoirlarning she`rlari ham bo`lishi mumkin.

Mashrabga nisbat berilgan asarlar «Mabdai nur», «Kimiyo» asarlarini ham matn jihatidan va tasavvufiy talqinda o`rganib chiqib shunday xulosaga kelish mumkin. «Kimiyo» asari «Mabdai nur» bilan bir muqova ostida e`lon qilingani uchungina uni Mashrabga nisbat berishgani va bu asar Imom G`azzoliy asari ekani bugungi kunda ma`lum bo`lgan haqiqatdir. Faqatgina

Page 18: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

18

«Mabdai nur» asarining matnini o`rganib shunday xulosaga kelish mumkinki, bu Jaloliddin Rumiyning mashhur «Masnaviyi ma`naviyya» asariga she`riy sharh sifatida yaratilgan asar bo`lib, uning har bandida Mashrab va «Mabdai nur» so`zlari uchraydi. Uslub jihatidan bu asar Mashrabning Rumiyga o`xshatma tarzida yozgan forsiy asarlaridagi uslubga yaqin. Shuningdek, «Mabdai nur» Mashrabniki ekanini tasdiqlovchi bir qator manbalar ham hozirgi kunda ma`lum bo`ldi. Bulardan biri, Ziyovuddin Ishoq Bog`istoniyning «Tazkirayi qalandaron» va Majzub Namangoniyning «Tazkirat ul-avliyo» tazkiralaridir. Bu har ikki manba ham, ayniqsa, Mashrabning shogirdlaridan biri Ishoq Bog`istoniyning dalolat berishicha, unga Pirmat Setoriy ikki asar bergan. Ulardan biri bizga ma`lum «Qissayi Mashrab» asari bo`lsa, ikkinchisi «Mabdayi nur» asaridir. Shu bilan birga Fitrat yuqorida ko`rsatilgan maqolada bu asarning Mashrabga tegishli ekanligini ham isbotlab ko`rsatgan. Shuning uchun ham bu tasavvufiy asar Mashrabniki ekanini inkor qiluvchi keskin bir isbotga uchramaganimiz uchun Mashrab asari ekanini qabul qilishga majburmiz. O`z vaqtida aytilgan G`afur G`ulomning «Ikki Mashrab» haqidagi qarashlari hozirgi kunda Milliy Istiqlol sharoitida o`z ta`sirini yo`qotgan. Demak, yuqoridagi asoslar bo`yicha bu asarni ham Mashrab qalamiga mansub deb aytishga mone`lik yo`q. Tayanch so`z va tushunchalar Tasavvuf tariqatlari, Qalandariylik, Abdollik, Qalandariylik she`riyati, Mualliflik muammosi Savol va topshiriqlar:

1. Markaziy Osiyoda qaysi tasavvufi tariqatlari mavjud bo`lgan? 2. Qalandariylik ta`limoti haqida qaysi manbalarda qanday ma`lumotlar

berilgan? 3. Mashrabning qalandariylik tariqati aks etgan qaysi asarlarini bilasiz? 4. Qalandariylik she`riyatidagi timsollar haqida ma`lumot bering. Har bir

timsolga Mashrab ijodidan misollar keltiring. 5. «Mabdayi nur» asarining muallifi masalasida fikringiz qanday? Ushbu

mavzuda yaratilgan qaysi ilmiy manbalarni bilasiz? Ularga munosabatingiz?

6. «Kimiyo» asari haqida adabiyotshunoslikdagi so`nggi xulosalar nimalardan iborat.

Xo`janazar Huvaydo ijodi Reja:

1. Shoirning tarjimai holiga oid ma`lumotlar. 2. Shoir ijodining o`rgalinishi haqida. 3. «Devoni Huvaydo». 4. «Rohati dil» dostonini falsafiy-tasavvufiy doston.

Page 19: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

19

XUSh asrning 40-yillariga kelib ashtarxoniylarning so`nggi vakili Abulfayzxon zamonida Farg`ona ham ayrila boshladi. Ayniqsa, Buxoro hukumatiga uzoq vaqt muxolif bo`lgan ming urug`i vakillari Abulfayzxondan keyin kuchaya boshladilar. Nihoyat, «Oltin beshikxon» orqali boburiylar sulolasiga bog`lanuvchi Farg`ona davlati vujudga kelib, uning dastlabki hukumdorlaridan biri Shohruhxon 1710-16 yillarda podshohlik qilgan. Shohruh 40 yoshida vafot qilganidan so`ng uning o`rniga o`g`li Abdurahimbiy o`tirdi. U sohibqiron unvoniga erishgan podshohlardan, uning davrida Samarqand va Kattaqo`rg`on qo`lga kiritildi, biroq 1733 yilda u o`z ukasi Abdulkarimbiy tomonidan o`ldirildi va u o`n yilcha hukumdorlik qildi. Abdurahimbiy 54 yoshida vafot etgach, o`rniga Abdurahmon tahtga o`tiradi va u Erdonabiy tomonidan o`ldirilgandan so`ng Erdonabiy hukumronligi 14 yil davom etadi. 42 yoshida vafot etgan Erdonabiy o`rniga Norbo`tabiy hukumronlik qildi, 1798-99 yilgacha uni hukumdorligi davom etadi. Bu davrda Andijon, Namangan, O`sh va boshqa hududlar Qo`qon honligi tasarrufiga o`tgan.

Keyingi asrlarda Olimxon (1799-1811), Umarxon (1811-1822) Qo`qon xoni sifatida shuhrat qozonganlar. XUSh asrda mustaqillikka erishgan Farg`onada bir muncha madaniy hayot jonlana boshlagan. Adabiy muht kuchlanish davriga kirgan. Nafaqat xonlar saroyida, balki xalq orasida yashagan shoirlar ham talaygina. Bu haqda Fitrat:

«Bu davrda Farg`ona saroy adabiyotlarining xalq adabiyotiga ayricha diqqat qilg`anlari ham ko`riladir»1 Shu kabi fikrlarni akad. A.Qayumovning «Qo`qon adabiy muxiti» kitobida o`qiymiz. «XUSh asrda Qo`qonda xon saroyiga mutlaqo aloqasi bo`lmagan, butun qayotini xolq ichida o`tkazgan shoirlar ham bor edi. Ularning asarlarida xalq hayotining ayrim lavhalari o`z aksini topadi»12 Shuningdek bu kitobda Farg`ona xududida yashagan shoirlardan Nizomiddin Xo`qandiy (vafoti 1710) va Akmal (vafoti 1810) taxallusli ijodkorlar haqida ma`lumot berilgan.

Shu davr shoirlaridan Mirzo Ma`sum Kosoniy Shohruhbek vafotiga ta`rix yozadi:

Agar xohe xusuli soli favti Shohruh sulton Shovad ravshan zi naqdi Shohruhbek bekamu nuqson.

(«Shohruhbek» so`zidan 1126, ya`ni 1716 sanasi chiqadi). Tarjimasi:

Agar Shohruh sultonning vafot etgan yilini topmoqchi bo`lsang, u (bekamu) nuqson Shohruhbekdan aniq bo`ladi. Ushbu shoir Qo`qon xoni Abdulkarimbek vafotiga bag`ishlab, «Xayf az shahonshohi Abdulkarim»deb tarix ham yozgan edi. Shuningdek, XUSh asrda yashagan Mirzo Sho`xiy, Nusrat kabi shoirlar saroy bilan yaqin aloqada bo`lganlari tarixiy manbalardan ma`lum.

1 Ôèòðàò. ÕÓ1 àñðäàí ñûíãðà ûçáåê àäàáè¸òèãà óìóìèé áèð =àðàø. Àëàíãà. 1929.8-9.Á.8. 2 À. +àþìîâ. +û=îí àäàáèé ìóõèòè. - Ò: Ôàí, 1961. Á 49.

Page 20: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

20

Huvaydo ijodi haqidagi ma`lumotlar bizgacha «Devoni Huvaydo» asarining qo`lyozmasi, «Bayozi Haziniy»da Huvaydo g`azallariga bog`langan taxmislar, «Tuhfatu-l-Obidin va unsu-l-oshiqin»bayozi orqali etib kelgan Huvaydo nafaqat Farg`onada, balki Buxoro va Xorazm adabiy muhitida ham mashhur bo`lib, Mujrim Obid (Buxoro), Ogahiy (Xorazm) kabi shoirlar uning ijodiga murojaat etib, asarlariga tatabbu va taxlis bitishgani ma`lum. Huvaydo ijodi uning avlodlari Hoji Saloxiddin va Mirza Hakim ibn Mirza Umid Marg`iloniylar tayyorlagan devonda to`la aks etgan bo`lsada, shoir asarlaridan namunalar 1961 yilda nashr qilindi3 va «Roxati dil» dostoni Istiqlol tufayli o`z kitobxonlariga qaytarildi4 Xo`janazar G`oyibnazar o`g`li Huvaydo O`shda tug`ilgan bo`lib, uning vafoti Noseh va Mirxasan Sadoyi kabi shoirlarning tarixlarida 1195(1780) deb ko`rsatilgan. Huvaydoning otasi G`oyibnazar so`fi Qashgarda mashhur Ofiq Xo`ja eshonga muridlik qilgan, so`ngra Chimyonda xonadon qurdirib shayxlik qilgan. Huvaydo avlodlaridan Mavloviy Sirojiy, Samarbonu, Saloxiddin Soqib sohibi devon shoirlar bo`lgan. Huvaydoning she`riy asarlari «Devoni Huvaydo»da jamlangan bo`lib, uning ko`plab qo`lyozma va toshbosma nusxalari mavjud. Devonda 351 g`azal, 28 ruboiy, 41 to`rtlik (qit`a), 3 muxammas, 3 masnaviy va bittadan musaddas, musammon va mustahzod kirgan. «Roxati dil»nomli diniy-tasavvufiy manzum dostoni ham «Devon»dan o`rin olgan.

Huvaydo she`riyatining aksar qismi Ishqi ilohiy tavsifiga bag`ishlangan bo`lib, tabiiki, ularda Qur`oni karim hikmatlari, diniy mifologik qahramonlar talaygina. Xuvaydoning ayni ruxdagi asarlari keyinroq Haziniy, Nizomiy-Ho`qondiy, Muxlis, Shovqiy Namangoniy asarlariga ko`chgan, bu shoirlar Huvaydo g`azallariga muxammaslar bitganlar. Shuningdek, Huvaydo she`rlarida o`z davrdan qolish, shikoyat motivlari ham o`rin olgan:

Kimga borib aytayin zolim folkidin dodni, Uqmagay ahli zamona nolayu faryodni.

Yoki: Huvaydo aytadur zolim falakning ilnidin ming dod, Menga qolganda ul zolimni charxi najravon bo`ldi. Huvaydo g`azallarida hikmatli iboralar, nazn kuzatishlar, go`zal san`at yaratgan misralar anchagina:

G`uncha ko`p og`zin ochkach bog`da qo`ymay uzdilar, Og`zini ochmasligida bildi bog`bon qadrini. Huvaydoning engil, ohangdor va o`ynoqi misralari tabiiy ravishda boshqa shoirlar ijodiga ham singan. Masalan, Arzimni aydim bodi saboga, etkursa holim ul dilraboga. Qilsa xudoyim ko`nglin muloyim, Raxm aylagaymu man mubtaloga.

3 Ùóâàéäî. Òàíëàíãàí øåúðëàð. -Ò: 1961. 4 Õûæàíàçàð Ùóâàéäî. Ðîùàòè äèë. -Ò: À.+îäèðèé íîìèäàãè õàë= ìåðîñè íàøðè¸òè 1994

Page 21: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

21

Baytlari Muqimiy va Hamza g`azallariga ham ko`chgan. Huvaydoning: Kabobi dudi bag`rimdin Xubon saxrosiga tushsa, Ushaldi qadri mushkim deb kiyin bag`rida qon kuygay

baytlari ta`sirida Hamid Olimjonning «Kuygay» radifli g`azali yaratilgan. Shoirning Shiddati ohim o`tidin gunbazi ahzoring kuyar, Shamsu Kamer bila yana jumlai axtoring kuyar. Chiqsa tanimni uchquni, tushsa jaxonni mulkina, Vaxshu tuyuru devu jin, mo``minu kofiring kuyar. Kabi shiddati baytlari uning yurak alangasidan otilgan ishq o`tining parchalaridir. Huvaydo lirikasi an`anaviy sharq she`riyatining vazn va janr talablari asosida yaratilsa-da, bu she`riyat shoir iste`dodi tufayli yaratilgan go`zal g`azal va ruboiylar evaziga boyidi, timsollar olami kengaydi, ruhiy axvoli chuqurlashdi. «Rohati dil» dostonini falsafiy-tasavvufiy ruhdagi asar bo`lishi bilan birga unda shoir tarjimayi holiga dahldor o`rinlar ham bor. Kitobning yozilish sabablari ham doston muqaddimasidan anglashiladi Kitobimning otidur «Rohati dil», Erur har bir so`zi tanbehi gofil.. Du`odin o`zga sizlarga so`zum yo`q Bu dunyoda so`zum qolgay o`zum yo`q. Kaminaning oti Xo`janazardur, Otasining oti Goyibnazardur. Nasabda Ravshaniy, mavludiy Chimyon, Garibi xokisori dil parishon. Ko`ngil shaxri yagona azm qildim, Kitobim asar edi, man nazm qildim. Bu Chimyon shahrining liyru javoni, Tamomiysi erurlar turkiyxoni. Alar garchi so`zega behunerroq Dedim bo`lsa kitobim turkiy behroq. «Roxati dil» dostonining asosiy g`oyasi komil inson shaxsini kamol topishda e`tiqod sofligi, iymon mustaxkamligini shakllantirishdur. Insonda iymon-e`tiqod etakchi o`rin olishida shoir islom dining asosiy rukunlariga amal qilishlik lozim deb biladi. An`anaviy dostonlar kabi asar «Hallo-ul jaxonga hamd», «Na`ti Rasulilloh (SAV)», bilan boshlanib, so`ngra «Hikoyati tobuti Jabroyil alayxissalom»keladi. Hikoyatda aytilishicha, Jabroyil alayxissalom Muhammad Mustavoga bir tobut keltirib, bu o`lim belgisi ekanini aytadi. Shunda Payg`ambar o`lim xaqligiga iymon keltirish bilan birga men bu dunyodagi barcha g`arib-qurobolar bilan birgaman. Ularni razolatga tashlab, o`zim arshi-a`loga keta olmayman, men ularga shafoat etishim, bu imtihon-dunyodin o`tishda xaq yo`lga yo`llashim kerak» mazmunida javob beradi: Dedi: - Yo Jibriyil, siz menga sirdosh Bu tobutni olib borgil, ayo yor, Xudoyim va`da qildi manga bisyor... G`arib ko`ngli sinuq bechoralarni...

Page 22: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

22

Bu isyon dashtida ovoralarni... Nechun tashlab man alarni man ketayin. Alar birla bo`layin munda, ey yor, Yana o`zga umidim, maqsudim bor. Ushba hikoyat bayonidan so`ng , Abubakr Siddiq, Umar Foriq, Usmon Nuran, Hazrat Ali va uning o`g`illari Imom Hasan, Imom Husayn haqida qisqa bayonnomalar keltirib, ular hayotining barcha mo``minlarga ibratli bo`lganini eslatadi. So`ngra yuqorida zikr qilingan «Dar bayoni kitob» bobidan so`ng Qiyomat kuni barcha o`z gunohlari uchun mas`ul mazmunida ikki bob bayon qilinadi, so`ngra safarda uch qardosh «nafsi shaytoniy»ga bo`lib xalok bo`lganlari haqida maxsus hikoya aytiladi. Doston shu kabi diniy rivoyat va hikoyatlar majmuasidangina iborat emas, balki unda soflik, halollik va insoniylikni tarannum etgan qismlar talaygina. Dostonning ta`limiy ahamiyati shundaki, u poklikka rahna soluvchi, insonni to`g`ri yo`ldan ozdiruvchi barcha harom-zararli jihatlarni birma-bir sanaydi. Bunda «chog`ir ichmakning zarari», g`iybatchi, yolg`onchi, zinogar kimsalarning qilmishi qattiq qoralanadi. Dostondagi ayni boblarda ezgu sifatlar qabih holatlarga qarshi qo`yilib «Hikoyati mardi foniy», «Hikoyati ilmi tolib» kabi boblar keltirilgan. Doston tarkibida ancha mufassal bayon qilingan hikoyatlardan biri «Qissayi Ibrohim binni Adham»dir. Huvaydo bayonida bu qissa an`anaviy «Qissayi Ibrohim Adham»dan biroz farq qiladi. Asosiy syujet Ibrohim binni Adham voqealarini hikoya qilsa-da, Huvaydo Adham ismli cho`pon, uning qabrda tirilgan shoh qizini ozod qilib, unga uylanishi, keyin esa Adhamning sulton bo`lishi, nihoyat, mashhur voqea - tevachining o`z tuyasini shohga qarashli tomlardan izlashi va u shohlikni tashlab ketishi voqealari bayon qilinadi. Adhamning o`g`li Ibrohim otasining daragini izlab ketishi, uni Makkada topib, o`shal on vafot etgani va Adham umrini g`ariblikda kechirgani bayon qilingan. Shoir Adham qismati asarda shunday xulosalanadi: Muhammad ummatisiz bandayi xos, Manim so`zimga emdi aylang ixlos. Manim yig`lag`anim o`g`limga ermas, Kishi g`am chekmaguncha g`amni bilmas. G`ariblik uchun ko`nglim to`ladir, Aning holiga rahmim ko`p keladir. Dedi har kim g`aribliq birla bo`lsa, G`ariblarga kishi ko`z yoshi qilsa, Payg`ambarning g`aribligin qilib yod, Xudo qilg`ay ani do`zahdin ozod... Umid uzdimki shohlikdin ilohim, Zanu farzand etim qildim ilohim.

Page 23: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

23

Agar ming pora qilsalar bu yo`lda, Qachon sandin ko`nglum uzgum ilohim. Qobis tog`ing borib ul zamonda, Necha yillar ibodat qildi onda. Ki bir kun bordi shohi oliyhimmat, Bu doriy bebinodin qildi rihlat. Dostondagi boshqa hikoyatlardan farqli ravishda ushbu qissa ichida Huvaydo nomidan olti g`azal keltirilgan. Ularning dastlabki to`rttasi qahramon holini bayon qiluvchi, yoki uni boshqalarga aytgan so`zlarini ifoda qiluvchi baytlardir. So`nggi ikki g`azal ham shoirning qissadan chiqarilgan hissasi bo`lgani uchun g`azal maqta`ida shoir tahallusi keltirilgan: G`ofil ersang qil ibodat berma dunyoga ko`ngil, Berdi dunyoga ko`ngilni ahlikim ko`tohlar. Dunyo hasratxona erur, ey Huvaydo dunyodin, Hasrat ila o`tdilar ming - minglabo xamroxlar.

«Roxati dil» dostoni «Munojot ba jonibi qoziyu-l-xojat» (birga xojatlarning qozisi Alloxga iltijo) bilan yakunlangan:

Xoliqo, jabr ayladim o`z jonima, Qvymadim toat ta`omin xonima... Na balo kelsa o`zingdan roziman, Munda g`amgin ondja beg`am aylagil. Bu Huvaydoyi g`aribning xolini, Qilmag`il san nafsi bodga mubtalo. «Roxati dil» asarining asosiy yo`nalishi islom dinining tarixiga murojaat

etish orqali o`quvchining ma`naviyatini boyitishga qaratilgan. Dostonda garchi insonning falsafiy dunyoqarashi, yaratuvchiga bo`lgan muhabbat kuylangan bo`lsa-da, sho`rolar davrida nashr qilinmay keldi. Xo`janazar Huvaydoning nafaqat bu dostoniga, balki uning ijodini tadqiq qilishga rag`bat ham asosan Istiqlol davrida amalga oshirildi. Zero, dostonning nashrlaridan biri prof. Saidbek Xaan yozadi: «Huvaydo har bir hikoyatning mazmuni va bosh qahramoni qiyofasini badiiy ifodada ochib berishgan ekan, o`ziga xos uslub, yuksak badiiylik, tilning ravonligi, she`rning o`ynoqligini rang - barang bo`yoqlar orqali ochib beradi. Dostondagi har bir misra o`quvchini to`lqinlantiradi. Undagi chuqur mazmunni idrok etishga chorlaydi»1

1 Ñàèäáåê Ùàñàí. Õàññîñ øîèð âà äîñòîííàâèñ Õûæàíàçàð Õóâàéäî «Ðîõàòè äèë». -Ò. Àáäóëëà +îäèðèé íîìèäàãè õàë= ìåðîñè íàøðè¸òè, 1994. - Á-5.

Page 24: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

24

Xo`janazar Xuvaydo o`zining betakror ijod yo`li bilan inson ma`naviyatini boyitishga, qalbning rangini olamlari tasviri orqali badiyatga o`quvchini hurmat ruxida tarbiyalashga xizmat qiladi.

MUHAMMAD ShARIF GULXANIY Reja:

1. Gulxaniy hayoti va ijodiy faoliyati 2. Shoir lirikasi 3. «Zarbulmasal» asari 1. «Zarbulmasal»da timsollar.

Gulxaniy XVIII asr oxiri va asrning birinchi yarmidagi o`zbek adabiyotining demokratik yo`nalishiga mansub vakillaridan biri bo`lib, u o`z ijodiy faoliyatida hajv va masal janrini yangi bosqichga ko`targan shoir va masalnavisdir.

Gulxaniyning bizgacha etib kelgan adabiy merosidan ma`lum bo`lishicha, u o`zbek, forstojik klassiklari asarlarini qunt bilan o`rgangan; ozorbayjon adabiyotiga ishtiyoq qo`ygan, hind adabiyotining o`lmas durdonalaridan hisoblangan «Kamila va Dimna»ni mutolaa qilgan.

Biografiyasiga Gulxaniy hayotining tafsiloti doir ba`zi keyingi vaqtlarga qadar ravshan emas ma`lumotlar edi. Lekin adabiyotshunoslarimiz tamonidan olib borilgan tadqiqotlar bu sohani ancha oydinlashtirmoqda. Fozliy Namangoniyning «Majmuai shoiron», Qori Rahmatullo Vozeh Buxoriyning «Tuhfat ul ahbob fi tazkirot-ul ashob» antologiyalarida Gulxaniy haqida ba`zi ma`lumotlar berilgan bo`lib, ulardan shoir hayotining ba`zi bir tamonlarini, uning ijodi feodal-klerikal saroy adabiyoti vakillari bilan kurashda o`sganini, uning so`z san`atida jiddiy imtihondan o`tganini ko`rsatadi. Gulxaniyning tug`ilgan yili noma`lumdir. Fazliy Namangoniyning Gulxaniy haqidagi ma`lumoti, shoirning tojikcha g`azallarining til va xususiyatlari, uning g`armlik bo`lganligidan dalolat beradi. Fazliy o`z tazkirasida uning «Kuhiston mulkidan» ekanligini ta`kidlab, quyidagilarni yozadi:

Buvad Gulxani shoiri ko`hsor, Asosi suhanxon o` bemador. G`azalho navshta latifu ravon, Ba dasturi alfozi ko`histon. (Gulxaniy tog`lik shoirlardandur, uning so`zlarining asosi bo`shdir. Latif va

ravon g`azallar bitgan, bu g`azallar tog`liklar tili uslubidadir). Ammo boshqa tazkiralarning mualliflari uni goh Namangandan, goh

Qo`qondan chiqqan deb talqin qiladilar. Qori Rahmatullo Vozeh o`z tazkirasida Gulxaniyning ismi Mullo Muhammad Sharif bo`lib, asli namanganlik ekanini, Umarjonning saroy shoirlaridan bo`lganini o`qtiradi. Shuningdek, tazkira muallifi uning dastlab hammomdorlik ishlariga munosabati bo`lgani uchun Gulxaniy taxallusini qabul qilganligini eslatadi va uning shoirlik iste`dodiga baho berib, «she`rlari vazn jihatidan ravon va o`z tengdosh-zamondoshlari tomonidan yug`ori baholangan» deb qayd etadi.

Muhammad Sharif Gulxoniy XVIII asrning 70-yillarida dunyoga kelgan, deb taxmin qilinadi. Fazliyning xabar berishicha, uning ota-bobalari tog` aholisining e`tiborli kishilaridan bo`lgan. Muhammad Sharif o`z ilmini oshirish

Page 25: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

25

niyatida Qo`qon xonligiga qarashli Namangan shahriga kelib, kishilar yumushini bajarib yuradi. Muhammad Sharifning og`ir turmush sharoiti uning Farg`onaga kelishini ham taqozo qildi desak, xato qilmasmiz. Chunki tog`lik tojik aholisining hunarmandchiligi va savdo sotiq ishlari birmuncha rivojlangan shaharlarga kelishi, shu asosda g`ariblik ko`rinishidagi ko`pgina ruboiylar, to`rtliklarning paydo bo`lishi ham buni yaqqol isbotlaydi.

Bungacha etib kelgan ma`lumotlarda Olimxon saltanati davrida navkar olish e`lon qilingan bir paytlarda Gulxaniyning o`z istagi bilan sipohiylikka kirgani aytiladi. Jumladan, Fazliy bir o`rinda Gulxaniyning xon navkorlaridan ekaniga ochiq ishora qilib, uni sipohiy sifatida tasvirlaydi va o`z ishiga mohirligini o`qtiradi. Ammo Muhammad Sharif usullarda faol qatnashib, botirlik namunasini ko`rsatgan bo`lsa ham, u qoshiqlikda kun kechirdi, qorni nonga to`ymadi. Urush ma`rakalarida ko`rsatgan qahramonliklari xon tomonidan taqdirlanmadi.

Umarxon davridagi Qo`qon muhiti qatnashchilarining ma`lum ma`nodagi tarjimai holi Fazliyning yuqoridagi so`zlariga shubhalanmasa ham bo`ladi.

Shuni aytish kerakki, Fazliy bu so`zlarinitasdiqlash, uning real zaminga asoslanganini ko`rsatish maqsadida shoir ijodiga murojaat qiladi va «g`araz soxt dar surati holi xesh, chunin guft dar arzi ahvoli xesh» deya Gulxaniyning navkarlik davridagi ayanchli ahvolini ko`rsatuvchi avtobiografik xarakateridagi «bideh» (bergil-ber menga) radifli g`azalini keltiradi:

Hazratim ochlikdan o`ldim, egani non ber menga, Kofir o`lg`ayman agar desamki, bahmon ber menga. Moshu bug`doyu guruch berkim, shular menga kerak, Hech aytmaslik aqiqu la`lu marjon ber menga. Engima yopiq berib, qornimni to`yg`iz, non bilan, Senga billohkim demasman dinu imon ber menga. Navkoring ochlikdan o`lsa, nega hayfing kelmagay, Ey tabibi hoziqim, doruyu darmon ber menga. Nonu to`n ber benaolik dardidin qutqor meni, Men qachon aytdimki, Qorun ganjidek kon ber menga. Gulxaniyni er yigitlar to`pidan kamsitmagil, Fo`ta ber, ot ber, qilich ber, to`nu chakmon ber menga. (Muinzoda tarjimasi) Bu she`r Gulxaniyning bizgacha kelgan g`azallarining kattasi bo`lib, 9

baytdan iboratdir. Shoir ana shu g`azalda sipohiylik vaqtlaridagi kayfiyatlarini, og`ir turmush sharoitini ifodalaydi. G`azal matlai och qolgan kishining o`z xo`jayinidan non so`rashi bilan boshlanib, lirik qahramon-navkarning qalb alamlari so`nggi betlarda izchil ichila boradi. Lirik qahramon ochlik qoshshohlik hukm surgan davrda qimmatbaho toshlarning, dur va oltinlarning ahamiyati yo`q, och kishi uchun mosh, bug`doy va guruch hamma narsada keraklidir, demoqchi. Bu g`azalga chuqurroq nazar tishlansa, unda faqat yakka, ochlikdan tinkasi qurigan ayrim shaxs haqida gapirilmay, balki katta ijtimoiy muammo haqida amir Olimxonning navkarlik rejimi haqida fikr yuritilayotgani ma`lum bo`ladi. G`azalda qahramonning timsoli umulashma timsol darajasigacha ko`tarilgan, chunki Olimjon navkarlaridan faqat Gulxoniy xon iltifotiga sazovor bo`lolmadi, degan

Page 26: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

26

qarorga kelish yanglishdir. Demak dirik qahramon navkar o`z boshidan kechirganlarini bayon qilish asosida Olimjonning navkarlariga muruvvatsizligini va qo`lindagi tartibsizlikni fosh qiladi. O`z haquqini yoqlash bilan boshqa navkarlarni ham ana shunday ish ko`rishga da`vat etadi.

G`azalning maqtai (oxirgi bayti) ham xarakterlidir. Unda lirik qahramonning o`z hazratida uni «er yigitlar qatoridan kamsitmaslik» haqidagi istagi ifodalanadi. She`rni ma`lum ma`noda sipohiy saqlash borasida xonga berilgan qo`llanma desa ham bo`ladi. Chunki shoir, hokim o`z navkarlariga qaramog`i, ularning ochlikdan o`lishiga yo`l qo`ymasligi, ularning xizmatlarini vaqt-vaqti bilan taqdirlab turishi kerak, degan fikrni ilgari surishga harakat qiladi. G`azal markazida o`z davridan norozi bo`lib, xonning navkardorlik tizimini fosh etuvchi shoir obrazi turadi. Ana shu obrazning maqsadi g`azal matlaida bayon etiladi, obraz xarakterining boshqa tomonlari esa qolgan baytlarda birin-ketin ochila boradi. G`azal goh zorlanish, goh talab, goh kesatish, goh umid ohanglari bilan almashinib chorasiz qolgan kishining ruhiy holatini ichki olamini ravshan ko`rsatadi.

Umuman, Gulxaniyning navkarlik yillari uning hayotidagi eng og`ir onlardan edi. Lekin, shunga qaramay shoir o`sha yillarda ham o`z bilimini oshirish, takomillashtirish uchun g`ayrat qiladi. Bashqacha qilib aytganda, Gulxaniyning sipohiylik yillari ham ijodiy ish ham o`z bilimini tinmay oshirish, o`zbek va fors-tojik adabiyoti namunalarini mutalaa qilish davri hisoblanadi.

Olimxon vafotidan so`ng taxtga chiqqan Umarxon o`z iste`dodini navkarlik davridayoq ko`rsata olgan Gulxaniyni saroy adabiyotiga jalb qilmoqchi bo`ldi. U o`z hakimiyatini mustahkamlash, siyosiy maqsadlarini amalga oshirish niyatda saroy atrofiga bir qator qalam ahllarini tortdi. Movarounnahrning turli joylaridagi qalam ahllarini, shuningdek, Xurosonning ba`zi bir shoirlarini o`z atrofiga to`pladi. Masalan, Fazliy e`tirofiga ko`ra , balxlik shoir Faniy «shaxriyor», ya`ni Umarxonning shuhrati yoyilganda o`z vatanini tark etib Qo`qonga kelgan. Shu shoirlar qatoriga Gulxaniy ham bor edi. Unga saroydan joy berilgan edi. Biroq shoirning saroy adabiy muhitiga tortilishi uning shaxsiy hayotida jiddiy yasay olmadi, boshqalar qatori «ba ta`bi shoh», «ba ramuzi shoh», «bamayli shoh» kabi she`r aytish printsipiga rioya qilib, g`azallar bitdi.

Jumladan shoir «Omad burun» radifli g`azalida Umarxonni she`r fanda «Fikridi ro`zgor», ya`ni o`z davrining yagona so`z ustasi sifatida ta`riflab, xon iste`dodi (davrida) oldida o`zining tislim bo`lishidan boshqa iloji yo`qligini ta`kidlaydi:

Xomaamro Gulxani g`ayr az xamo`shi chora nest, Dar fani she`r on faridi ro`zgor omad burun... Umarxonga ana shunday she`rlar, uning iste`dodini maqtovchi g`azallar

ma`qul tushar edi. Saroyning maddoh shoirlari ham buni istar edilar. Shuning uchun ham Fazliy Gulxaniyning Umarxonni maqtab yozgan «omad burun» radifli g`azalini: «Bu rangin g`azal Gulxaniydin erur, ko`ngil gulshaniga taravat berur» deb ta`riflagan edi.

Shuni esda tutish kerakki, Olimxon davrida ancha iltifotsizlik, xorlik ko`rgan Gulxaniy dastlabki vaqtlarda Umarxonni adolatli va tadbirkor podshoh deb o`ylab, unga bir qancha g`azal va qasidalar bag`ishladi. Qasidalarida Umarxonni ko`klarga

Page 27: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

27

ko`tarib maqtadi, xonga unda bo`lmagan yaxshi xislatlarni taqdi, uni fuqaroparvar, adolatparvar, zulm va haqsizlikka xotima beruvchi kishi qilib tasvirladi va bu bilan xonni ana shunday ijobiy xislatlar egasi bo`lishga da`vat etdi. Ammo Umarxon saroyidagi fisq-fujurlar, munofiqliklar, xon va uni o`rab olgan arkoni davlat-davlat tayanchlari tomonidan xalq boshiga keltirilgan qora kunlar Gulxaniydek hassos shoirning saroy ahliga bo`lgan munosabatini o`zgartirib yubordi: endi u ba`zan ixtiyoriy ravishda va ba`zan payravlik qilib shohni ta`riflashdan chekinadigan bo`ldi, o`z e`tirozlarini bildira boshladi.

Gulxaniy hayotining oxirgi davrlariga doir turlicha ma`lumotlar bor. Agar ba`zi bir manbalarda Gulxaniyning Umarxon vafotidan so`ng o`z vataniga qaytib ketganligi taxmin qilinsa, boshqa manbalarda uning Muhammadalixon (1822-1842) tomonidan aldab o`ldirilganligi aytiladi. Chunonchi, mazkur xon hokimiyatga kelgan, otasi davridagi e`tiborli kishilarni ta`qib ostiga oladi. Jumladan, Gulxaniyni Yangiqo`rg`onga hokim qilish bahonasi bilan Namangan hokimi bilan kelishib shoirni junqopga solib, Sirdaryoga tashlab yuboradi. Gulxaniyning bunday fojiali o`ldirilishini O`zFA muxbir a`zosi shoir Boxiy (Abdulla Nasriddinov) qo`lidagi qo`l yozma hamda Avaz Muhammad Attorning «Tarixi jahonnamo» va muallifi noma`lum «Tarixi Qo`qand» qo`l yozma asarlari tasdiqlaydi.

Xullas, Gulxaniydek iste`dodli shoirning xon va uning amaldorlari tamonidan halok qilingan bo`lishi mumkin.

Gulxaniy lirikasi. Agar Gulxaniyni XVIII asrning 70-yillarida tug`ilgan deb taxmin qilsak, o`z-o`zidan ravshanki, uning adabiy faoliyatining boshlanishi Namangan madrasalarida o`qib yurgan vaqtlariga to`g`ri keladi. Adabiyot maydoniga endigina qadam qo`yayotgan Gulxaniyning dastlabki she`rlari taqlidiy xarakterdagi xamoni she`rlar bo`lishi tabiiy edi. Lekn u asta-sekin kamol topa borib, mustaqil ijod qila boshlaydi. Albatta Muhammad Sharifning dastlabki she`rlari madrasadagi she`r ixlosmandlari, shaharda yashab ijod etgan shoirlar tahriridan o`tgan bo`lishi mumkin. Ehtimol, Gulxaniyning ustozi ham bo`lgandir. Lekin shoir hayotining lavhalari qarong`uligicha qola berganligi sababli haqda aniq bir narsa deyish hozircha amri maholdir.

Gulxaniy ham o`zbek, ham tojik tillarida bemalol qalam tebratgan. Fazliy ta`biri bilan aytganda, u «takallum qilur turkiyu erur she`r maydonining forisi» (ot chopari)dir.

Muhammad Sharif avallari o`z taxallusini Gulxaniy deb atab kelgan, keyinchalik esa, ma`lum sabablarga ko`ra, uni Jur`at so`zi bilan almashtirgan:

Bu Jur`at ki avval edi Gulxaniy, Erur barcha haz`en fani. Muxammad Sharifning o`ziga Gulxaniy taxallusini olim sababini shoir

Fazliy o`z tazkirasida quyidagina izohlagan edi: Xusho Gulxani shoiri pulfan ast, Chi gulxan, ki zebotdar az gulshan ast. Zi devonaxo`iyu otashfani, Taxallus nihoda ba xud gulxani.

Page 28: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

28

(Gulxaniy hamma narsani biluvchi shoirdir. U faqat gulxan emas, balki gulshandan ham chiroyliroqdir. Devonafe`lligi, olovtabiatligi, iste`dodliligi, o`tkir fikrliligi tufayli o`ziga Gulxaniy taxallusini qo`ygan).

Qori Rahmatullo Vozeh Gulxaniyning she`r va qasidalar devoi borligini xabar qilgan bo`lsa ham, ammo u hanuzgacha topilgani yo`q. Bizgacha shoirning 12 g`azali va bir qasidasi Fazliy tazkirasi orqali etib kelgan, xolos.

Bular «Angushtali», «Az chashmi man», «Omad burun», «Ey to`ti», «Angusht» radifli hamda «Lola ko`ksidek bag`rim tahbatoh, qaro qonlar», «Terlamish may tobidin gulbargi ruxsorin ko`rung» satrlari bilan boshlangan g`azallari va boshqalardir. Ulardan ayrimlari Umarxon she`rlariga nazira tariqasida yozilgan.

Gulxaniy lirikasiga nazar tashlar ekanmiz, shoirning adabiy an`anaga, g`azalchilik an`anasiga rioya qilganini darhol sezamiz. Unda lirik qahramon-oshiqning qalb alamlari, ruhiy kechinmalari, ichki tug`yonlari, mashuqaning o`jarligi, vafosizligi, yoriga bergan ozorlari tasvirlanadi. Oshiq hamisha yor visoliga intiladi, murod hosil qilolmaydi, g`amiga botadi. Shoir lirik qahramonining zabun holini ko`rsatish asnosida ba`zi-ba`zida bahorning go`zal manzarasini ham chizib o`tadi:

Dar bahoron bahri taz`in novaro`soni chaman, Mekashand dar go`shho durri xushob az chashmi man. (Bahor chamanining kelinchaklari o`zlariga zeb-ziynat berish uchun

quloqlariga mening ko`z yoshlarimdan xalqa taqib oladilar). Agar Gulxaniy g`azallariga diqqat qilinsa, ularda real turmushdan olingan

obrazlar, hayotiy lavhalar tasviri ko`zga tashlanadi. Ma`lum adabiy an`ana bilan bog`langan g`azalchilikda bunday holning bo`lishi she`rga hayotiylik baxsh etadi, uning ta`sirchanligini oshiradi. Chunonchi, shoirning «etmoz» radifli g`azalida shahar tabibi, qaroqchi, zohid timsollarini uchratish mumkin. Gulxaniy g`azallarida o`xshatish, sifatlash, mubolag`a, talmeh kabi badiiy vositalarning qo`llanganini ko`rish mumkin. Uning ayrim g`azallari yorni sifatlaydigan, «Ey buti shirin labi simini toni rangin qabo» singari, misra bilan boshlansa ba`zi birlarida oshiq-lirik qahramonning ichki kechinmalarini ochishga yordam beradigan mubolag`ani (Didai men bar lobi la`li mayolude, ki bud, Metarovod nash`ai sad xum sharob az chashmi man») uchratamiz. Shoir lirikasida xalq hikmatini eslatuvchi satrlar ham bor:

O`z makonini tilar hargiz qafasdan qochsa qush, Eyki istarsiz ko`ngilni, zulfi har torin ko`ring. Gulxaniy g`azallarining tili ham umuman sodda va tushunarlidir. Uning

she`rlarida ozorbayjon tili va qadimgi tojik tili elementlari ham mavjud, bu hol g`azal muallifining ozarboyjon adabiyotidan xabardor ekanligini, fors-tojik klassiklari asarlari ustida ishtiyoq bilan ish olib borganini ko`rsatadi.

Biroq Gulxaniyning «Majmuan shoiron»da keltirilgan tojik tilidagi qasidaning o`ziyoq shoirning qasidachilikda yutuqqa erisha olmaganini ko`rsatadi. Qasida 52 misradan iborat bo`lib, u Umarxonga bag`ishlanadi. Qasida:

Sahargoh bulbuli sho`rida nolas sarkard,

Page 29: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

29

Zi xuni dida guli surx domane tar kard- matlai bilan boshlanib, tashbib (muqaddimi) qismida bahor ayyomining jozibali manzarasi tasvirlanadi. Shundan so`ng shoir asl maqsadga-Umarxon saltanatini maqtashga kirishadi. Fors tojik va o`zbek klassik adabiyotidagi eskirgan shablon iboralarni, tasviriy vositalarni qo`llab, xon hokimiyatini tasvirlashga kirishadi, uning o`zini esa er yuzida eng odil, eng farosatli hokim qilib ko`rsatishga intiladi. Qasidada Umarxon hokimiyati tepasiga kelishi bilan butun Farg`ona xonligi er yuzining jannatiga aylandi deb tasvirlanadi, Umarxon quyoshdan yuqori qo`yiladi. Shoir qasidani qo`yidagi bayt bilan tugatadi:

Tu Gulxaniy ba xudo tak`ya mekunu meku, Har on chi Anvariy dar ro`zg`ori Sanjar kard (Sen Gulxaniy shoir Anvariy Sanjar saroyida xudoga sig`inganidek, hamisha

xudoga sig`ingan). Qasidaning mazkur baytida Gulxaniy mashhur madhiyachi qasida janrining

tanilgan ustozlaridan biri, ayni vaqtda umrining oxirlarida shohlarni maqtashdan pushaymon bo`lgan shoir Anvariy hayotiga ishora qilib, o`zining Umarxonga bo`lgan munosabatini ravshan ko`rsatadi. Umuman esa bu qasida shoir ijodi uchun xarakterli emasdir. Gulxaniy lirikasida nazira tarzida yozgan g`azalida o`z turmush sharoitini aks ettirish poeziyani real turmush bilan bog`lashga urunish hollari seziladi.

«Zarbulmasal» Gulxaniy o`z turmush tajribasida, ijodiy faoliyatida g`azalning hodisa-voqealarni atroflicha tasvirlashga qulay emasligini uning ma`lum adabiy an`analar bilan belgilanishini, g`azalning bosh mavzusi shiq va oshiqlik ekanligini yaxshi tushindi. Shuning uchun ham shoir o`zining muhim ijtimoiy qarashlarini, el-ulus taqdiriga bo`lgan munosabatini adabiyotning boshqa janrida yaxshiroq ifoda eta olishi mumkinligini nazarda tutib «Zarbumasal» asarini yozdi.

Gulxaniy saroy ruhoniylari bilan kelisha olmadi. Mehnat ahlining og`ir mashaqqatli hayoti uning ko`zini ochdi. Gulxoniy saroy bazmlari va keti uzilmas mayparastliklarning xalqni talash va qiynash hisobiga unashtirilganini payqaydi. Bu hol, o`z navbatida uning saroy a`yonlariga, zodagonlarga amaldorlar va katta er egalariga nafratini tobora oshirdi. Lekin shoir hukmron doiralardan noroziligini ochiqdan-ochiq ifodalay olmas edi. Shuning uchun u majoziy asar yozishga jazm qildi zotan feodao munosabatlari va islam dini hukmron bo`lgan, oddiy kishilarning haq-huquqini, manfaatini yoqlab chiqishga qaratilgan har bir urinish shubha ostiga olingan bir davrda taraqqiyparvar kuchlarning o`z progressiv qarashlarini, xalqchilik g`oyalarini targ`ib qilish uchun eng qulay bo`lgan badiiy shakllardan biri allegoriya edi.

Majozda shoirning hayotga, o`zini o`rab olgan muhitga, hokim tabaqalarga munosabati to`g`ridan-to`g`ri, bevosita emas, balki jonivorlar, qushlar va shunga o`xshash majoziy timsollarning tasviri orqali tasvirlanadi.

Gulxaniy «Zarbumasal» asarini yozish uchun ancha vaqt tayyorgarlik ko`rib yurdi; masal janrining xususiyatlarini yaxshi o`zlashtirdi. Bir necha vaqt davomida

Page 30: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

30

jamiyatning turli tabaqa kishilari bilan muomala-munosabatda bo`lib, xalq maqollarini, hikmatli so`zlarni to`pladi. Ana shu jihatdan Gulxaniy xalq og`zaki ijodining eng yaxshi ixcham namunalaridan biri sanalgan zarbumasal va maqollar to`plamii yoki, boshqacha qilib aytganda, adib-fol`klorist deyish mumkin.

«Zarbumasal» shunchaki oddiy bir majoziy asar bo`lib qolmay, qushlarning xarakteriga, asardagi mavqeiga mos ravishda ustalik bilan ishlatilgan maqollar va hikmatli so`zlari boy bo`lgan asardir. Asarning ham shakl, ham mazmun, ham badiiy tasviriy vositalarning qo`llanishi jihatidan xalq og`zaki ijodiga, hayotiy-manshiy ertaklarga o`xshab ketishi uning ko`zga darhol tashlanuvchi asosiy xususiyatidir. Asar halq ertaklari singari, ma`lum bilan boshlanib, «murodlariga etdilar» iborasi bilan tugallanadi. Asarning ana shu va shunga o`xshash boshqa o`rinlari o`uning xalqchilligini, kitobxonlar tomonidan sevib o`qilishini ta`minlagan. Chunki, V.G.Belinskiy aytganidek, agar adabiyot mustahkam va abadiy bo`lishni istasa, u albatta, xalqchil bo`lishi kerak».

Asarning asosiy maqsadi faqat Mavaraunnahrning emas, balki Qo`qon xonligining ham vayronaga aylanganini, xorabazorga yuz o`girganini, hukmron ijtimoiy guruhlarning zulmini yaramasligini, saroydagi fisq-fujur va qabohatlarni, xalq ommasining chidab bo`lmas og`ir turmush sharoitini va shunga o`xshash bir talay masalalarni ko`rsatishdan iboratdir. Bu masalalarning hammasi qushlarning quda-qudag`ay bo`lishi majoralari orqali, qizning mahriga ming chordivor so`rash orqali bayon qilinadi.

Shuni aytish kerakki, Gulxaniy qushlarning bir-birlariga quda bo`lishi majaralarini tasvirlash jarayonida o`sha zamondagi ijtimoiy munosabatlarni, milliy odatlarni, jumladan,qizga sovchilik qilish, mahr so`rash, xutba o`qitish kabi rasm-rusumlarni ko`rsatishga muvofiq bo`lgan. Asardagi Boyo`g`li, Yapaloqqush, Gunashbonu, Gulonkursulton, Ko`rhush shunchaki oddiy parrandalar bo`lmay, balki o`sha zamonda yashagan turli kishilarning ma`lum xulq atvorini o`zida mutassamlashtirgan majoziy timsallardir.

Ma`lmki, musulmon olamida qizni erga berayotgan paytda ota-onasi uning roziligi bilan hisoblashib o`tirmas edi. Gulxaniy asarda, qizning taqdiri hal bo`ladigan vaqtda ota-ona o`z farzandidan uning fikrini so`rashi, uning arz-dodiga quloq solishi kerak: degan g`oyani ilgari suradi va bu bilan asarning hajviy-tanqidiy kuchini oshiradi.

«Zarbumasal»da latifaga o`xshash kichik-kichik hikoyalar, jamiyatning turli ijtimoiy guruh ishlarining kirdikorlari, hatti-harakatlarini fosh qiluvchi hajviy parchalardan tashqari personajlar tilidan hikoya qilingan «Maymun bilan Najjor», «Tuya bilan Bo`taloq» va «Toshbaqa bilan Chayon» masallari ham bor. Bu masallar asarning ta`sirchnligini oshirish uchun keltirilgan bo`lib, qandaydir bir chekinish tarzida hikoya qilingandair.

«Maymun bilan Bu masal Kashmir o`lkasining Najjor» boy peyzaji, sermeva joylari, xo`shbo`y gullari, kishi hordig`ini chiqaruvchi, unga rohat bixsh etuvchi shirin suvlarining quyidagi realistik tasviri bilan boshlanadi:

«Bor edi Kashmir navhisida tog`, Bog`i eram rashkidan ko`ksida dog`, Anda imoratg`a yarog`lik yag`och,

Page 31: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

31

etti quloch, bo`yi o`n ikki quloch Bor edi ko`p ne`matu alvonlari, Xurramu ma`mur edi hayvonlari Zulf kabi sunbuli xushbo`ylari, Rohatijon erdi oqar suvlari. Shundan so`ng Gulxaniy ana o`sha go`zal tabiat qo`ynida, bir gulbuta ichida

Maymunning istiqomat qilishini uqtirib masalning ikkinchi bosh qahramoni bilan tanishtiradi. Bu bosh qahramon o`z ishiga mohir, dono bir duradgor bo`lib, ish masayahi yo`qligidan ancha o`zini o`ng`aysiz sezadi. Shoir o`z qahramonining ruhiyatini, shaharning dimiqtiruvchi havasidan qutilib, duradnorlik asboblarini olib toqqa jo`naganini, tog`da peshasini bir erda esidan chiqarib qoldirganini va so`ngra teshani olib kelgali ketganini tasvirlaydi. Ana shunday qulay bir fursatda o`zini «oqilu-dano» hisoblagan maymunning ko`zi fona qoqilgan yog`onga tushadi:

«Aydi: ulus ichra bu bir kasbdur, Kasbini boshina kiysang nasbdur. Kisai purzor emaish elga hunar, Behunar elni dedilar rishxor. Men daxi najjorligi o`rganay, Bolalarim barchasig`a o`rgatay. Jahd qilib turdi ravon barg`ali, Ya`ni yag`och qalmishini yorg`ali... Mindi yag`och ustiga najjordek, Kosibi purkardagi pujardek. Ketdi hunar shavqi bila g`ussasi, Tushdi yag`och ayrisig`a dumchasi. Bilki nedin bo`ldi tutdim oqlig`t, Mumkin emas o`ldi qutulmoqlig`i. «Maymun bilan Najjor» masalida shoir bir qator muhim fikrlarni olg`a

suradi; hunar va hunar ahlini ulug`laydi; qo`lingdan kelmaydigan ishga aslo urunma, degan fikrni majoziy timsollar xatti-harakati orqali ifodalaydi. Masalda Najjor timsoli muhim o`rin tutadi. O` hammadan oldin o`z suv qilib ichgan hunar ahllaridandir. Najjor uchun ijtimoiy foydali mehnat bilan shug`ullanish har narsadan muhimdir. Maymun esa hunarning katta ahamiyatga ega ekanligini fahmlab, uni o`rganmoqchi va so`ngra bolalariga o`rgatmoqchi bo`ladi. Ammo, kaltafahmligi, farosatsizligi tufayli dumi yog`och orasiga qisilib qoladi va dumidan ayriladi. Shoir masal oxiridagi:

Odami jansida yo`q qissasi Qoldi aning dumchasining hissasi- bayti bilan hikoyat juda yaxshi yakun yasab, qo`lidan kelmaydigan ishiga

tutinganlarning ahvoli ana shunday bo`ladi, demoqchi bo`ladi. «Tuya bilan Bo`taloq» Bu masalda hikoya qilinishicha, Farg`ona bir sarbon-tuyachi bo`lib, uning bola-chaqalari anchagina ekan Tuyaning bisotida bor-yo`g`i bir tuya bo`lib, u ana shu tuyasi bilan yuk tashib o`z ro`zg`orini zo`rg`a tebratar ekan. Kunlarning birida sarbon, odatdagidek, tuyaga ancha yukni ortib,

Page 32: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

32

yo`lga tushadi. Tuyaning orqasidan emadigan bo`talog`i ham ergashadi. Bo`taloq onasini emalmoy, orqasidan zorlanib ketaveradi. Bo`taloq ko`p namganidan so`ng:

Aydi onosi bolasig`a boqib, Ko`zlaring yoshlari suvdek oqib Ko`rki burunduq kishining qo`lida, Bu kishining ko`zlari o`z yo`lida Menda agar zarra kabi ixtiyor Bo`lsa edi bo`lmas edim zeri bor. Masal tuyaning ana shu so`zlari bilan tugaydi. Avvalo shum aytish kerakki,

hajmi katta bo`lmagan bu masalda mehnatkash xalqning og`ir turmush sharoiti, huquqsizligi, ilojsizligi juda yaxshi tanlab alingan timsollar orqali ko`rsatiladi. Voqeaning tipik sharoit fonida tasvirlanishi Gulxaniy olg`a surmoqchi bo`lgan fikrning kitobxln tomonidan tezlik bilan anglab olinishiga imkon beradi. Biz masalni o`qir ekanmiz, tuyaning ilojsizligini, og`ir mehnat ostida qolganligini tushunamiz va ma`lum ma`noda unga xayrixohlik bildiramiz. Bo`taloq timsoli tuya timsolini ancha to`ldiradi. Tuyaning naroziligi ana shu Bo`taloq yordamida ifodalanadi. Nihoyat «qizim senga aytaman, kelinim sen eshit» maqoli yuzasidan ish ko`rib, sarbon hayoti tasviri orqali tuyaning og`ir turmush sharoitini, mehnatkash ommaning erksizligi ko`rsatishga erishgan.

Bu masal, «Maymun bilan Najjor» singari, aruzning sare` bahrida yozilib, uning ta`sirchanligi, og`ir sukut bilan o`qilishi ta`minlangan. Chunonchi, Bo`taloqning onasiga aytgan:

Bo`zg`lanib aydi halo berahm onam, Quydiyu yondi-yu tutoshti tonam. Asta-asta yursang, bo`lg`ay ne g`am? Siyna sutingdan emayin dam-badam- So`zlari juda hazin, mungli o`qilib, chorasiz bo`taloqning qalb alamlarini,

ichki kechinmalarini ifodalaydi. Shuni aytish kerakki, masalda mehnatkash xalqning ekspluatatorlarga qarshi

noroziligi juda passiv shikoyat tarzida ifodalangan. «Tashbaqa bilan «Tashbaqa bilan Chayon» Gulxaniy Chayon» masallari

ichida dramatizmning kuchliligi bilan ajralib turadi. Bu masal safar man faatlarini isbotlash maqsadida Kordan tilidan Turumtoyga Bozonda va Navozanda naili ikki kabutarning sarguzashtini hikoya qilib berish orqali bayon qilinadi. Bozandaning safarga jo`nash uchun oshiqqanini bilgan Navozanda unga qarib «Safarga ko`p harsh bo`lmaki, anda bir nuqta ziyoda bo`lsa, saqar bo`lur. Safarda rafiq kerak... Yaxshi rafiq birla safar qiling, saodat toparsan va yomon rafiq birla shaqovat», deb o`z so`zini tasdiqlash maqsadida Tashbaqa (Sangpusht) bilan Chayon sarguzashtini ishora qiladi. Shunda Bozanda Navozandadan bu mojaroni aytib berishini talab qiladi.

Tashbaqa bilan Chayon haqidagi masal xalq og`zaki ijodining mahsuli bo`lib, ana shu masal orqali qalam ahllari o`zlarining progressiv qarashlarini, axloqiy-didaktik fikrlarini olg`a surganlar. Jumladan, bu masal Jamiyning

Page 33: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

33

«Bahoriston» asarida ham bordik. Unda hikoya qilinishicha, Chayon safarga jo`nab, bir suvga duch keladi. Suvda o`talmay, hayron bo`lib qoladi. Shunda Tashbaqaning unga rahmi kelib, o`z orqasiga mindirib q, qirg`oqdan o`tkazib ho`ymoqchi bo`ladi. Shu paytda Tashbaqaning qulog`iga bir tovush chalinadi. Tashbaqa undan bu nima deb so`raganida, Chayon «Mening peshimning tovushidir», garchi sening yaxshiligingga bunday (yomonlik) qilish insof yuzasidan bo`lmasa ham, lekin bu odatimni tashlab olmayman. Chunonchi debdurlar: (fard)

Neshi aqrab na az pai kin ast, Muqtazoi tabiatash inast. («Chayonning nish urushi adovatdan bo`lmay, balki uning tabiati shuni

taqozo qiladi»). Toshbaqa o`zicha, yaxshisi, bunday xulqi yaramasni yomonlik kislatidan xalos qilsam va yaxshilarni uning zararidan qutqazsam, deb suvga sho`ng`iydi. Suv Chayonni olib ketadi. Gulxoniyning Jomiy talqin etgan versiyadan foydalangan shubhasidir. Lekin «Zarbumasal» muallifi Jamiy versiyasini asosan saqlagani holda, unga yangi detallar qo`shib, masalning ta`sirchanligini ancha oshiradi.

Gulxaniy talqinida avvalo Tashbaqaning safar marshruti Iroqdan Hizojgacha deb konkret ko`rsatiladi va u Chayon bilan ehtiyoj yuzasidan yo`ldosh bo`ladi. Ikkavlari yo`lda bir katta daryoga yo`liqadilar. Vaholanki Jomiyning, «Bahoriston»ida talqin etishicha, ular suv bo`yida tanishadilar. Shuningdek, Jomiy asarida, Chayonning Tashbaqadan uzr so`rashi, Tashbaqaning o`zicha himmat boyida aytgan so`zlari ham yo`q. Nihoyat, Gulxaniy Chayonning Tashbaqa ustiga minishi epizodini ancha kuchaytirib, ular o`rtasidagi dialogni kuchli dramatizm aylantiradi. Maqol orqali Chayondagi salbiy xususiyatlarni bo`rttirib ko`rsatadi. Ana shu detallar masalga yangicha ruh bag`ishlaydi. Gulxaniyning bu masalni talqin qilishidagi navotarligi ham xuddi shundadir.

Tashbaqa farosatli safarlarda ko`p yurib, ancha tajriba hosil qilgan inson timsolidir. U Chayondan yomonlik sodir bo`lishini bilsa ham, lekin uni yana bir marta durust yo`lga salmoqchi va buning uchun o`z hatti harakati bilan unga ibrat ko`rsatmoqchi bo`ladi. Lekin yaxshilikka yomonlik ko`rgach, suv tubiga sho`ng`ib, Chayonni halok qiladi.

Chayon umr bo`yi birovga yomonlik qilgan, zarar-ziyon etkazgan insonning majoziy tarzda talqin qilingan timsoldir. U birovga zahar solish odatini o`zining yomon xulqidan deb bilmaydi, balki tabiati shu narsani taqoza qilajagini ochiq e`tirof etadi: «Bilganing yo`qmukim, aqrobning muddaosi kesh urmoqdur, xoh do`st ko`ksinadur, xoh dushman orqasina» «Zarbumasal» ning boshqa majoziy asarlaridan ajralib turadigan xususiyatlaridan biri shuki unda mayda-mayda hikoyalar berilib, ular shoir yashab turgan davrning u yoki bu konkret shaxsiga qaratiladi. Bunday hikoyalarda shunday shaxslar: din vakillari, bozor dalalari, xato ko`chiruvchi kotiblar va boshqalar qattiq tanqid qilingan. Chunonchi Muhammad Qosim dallash rangiru-rushning qiyofasi ko`rsatuvchi hikoya bilan tanishaylik: «Qo`rqush aydi: So`zingning omadi Muhammad Qosim dallash rangfurushga o`xsharkim, bir kun devor urg`ali mardikar salibdur. Namozi digar vaqtida mardikorga qarab turib, tahorat qilib, do`ppisini tez suvga oqizibdur Necha johdu

Page 34: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

34

jadal birla ololmay, mardikorga tag`in zahrini solibdur. Mardikor ishdan forig` bo`lib, haqqi muzdirlikni talab qiladi. Mazkur Muhammad Qosim dallal o`rnidan turib, bechora mardikorning boshidan do`ppisini zo`r birla tortib olib, o`zining boshiga kiyib aydikim, «Mening do`ppimning bahosi uch tanga edi, sening do`ppingni bazur bir tanga oladi. Bir tanga ishlaganing birla ikki tanga bo`lur. Mening bir tangam hoqim sening gardaningga boqidur. Men senga qarab turib, do`ppimni suvga oqizib olalmadim. Endi buning tavonini sen berursan. Yana bir kun kelib ishlab bergil» debdur. Vaholanki, Muhammad Qosim dallolning do`ppisi mardikor do`ppisidan ham xarob uch miriga ham olmas ekan...»

Bu hikoyada ikki personaj qatnashadi. Ularning biri o`ta xasis, o`z manfaati yo`lida hech narsadan tap tortmaydigan dallos obrazidir. Muallif ana shu xasis odamning xarakterini to`la ochish uchun uning do`ppisini ataylab tez oqar suvga oqizadi. So`ngra dalasning mardikorga qilgan muamasini tasvirlab, o`z mehnati bilan kun ko`ruvchi kishining-mardikorning haq-huquqini yoqlaydi.

«Zarbumasalda»gi hikoyalarning bosh xususiyati shundan iboratki, ularda muallif bir-ikki shtrix bilan o`z qahramonining kimligi, nima ish bilan shug`ullanishi ma`naviy hiyofasi haqida o`quvchida aniq bir tasavvur hosil qildiradi.

Boyo`g`li tilidan naql ettirilgan Iuhammad Aminxo`ja mufti haqidagi hajviy hikoya ham juda xarakterlidir. Hikoya nasr va nazm yo`li bilan yozilgan. Unda hikoya qilinishicha «Muhammad Aminxo`ja mufti ... mudam har ishda o`zidan bemaza va befahm va beidrok roq odamg`a maslahat qilur erdi. Xoh forsiya, xoh arabiy har kitob bitsa sahv va g`alatdin xoli emas erdi, bo vujudi bu hamma noqisligi birla o`zini hammadin mullo va donishmandi ro`zgor ko`rar erdi. «Shundan keyin muallif bu shaxsning ochko`zligi, kasisligi, manmanligi va kekkoyishini ko`rsatib, hikoyani tugatadi.

Hikoyada Muhammad Aminxo`ja xato ko`chiruvchi kotiblarning umumlashma obrazi darajasigacha ko`tarilib «Zarbumasal»ning muallifi o`z asarining ham xatosiz ko`chirilishiga doir fikrini ora sira qistirib o`tadi. Chunki badiiy asar shoir va yozuvchining ko`p mehnat sarflashi natijasida vujudga eladi. Navoiy ta`biri bilan aytganda, «kotib shuaro so`zining varaqnigoridur va so`z maxzanining xazinadori. Xozin hunari amonat bo`lur va tasarrufi xiyonat bo`lur».

Modamiki kotiblarning ishi so`z xazinasini qo`riqlash, undagi qimmatbaho durlarga xiyonat qilmaslik ekan, ular, dastavval ahllari mumkini ko`z qorachig`iday soqlashlari lozim. Binobarin, Gulxaniy xato ko`chiruvchi kotib haqida gapirganda, avvalo, ana shularni ko`zda tutadi.

Muhammad Sharif Gulxaniy «Zarbumasal»ning kompazitsiyasi, tili va tasviriy vositalari ustida ancha mehnat qilgan. Asar Sharq xalq ijodida keng tarqalgan shuningdek, Navoiy singari so`z ustalari tamonidan qo`llanilgan hikoya ichida hikoya, xalq aksiyachiligi usulida yaratilgan.

Gulxaniy asarni yozishga kirishar ekan avvalo, xalq askiyalarida ko`p ishlatiladigan maqollarni turlarga ajratadi, mavzularga bo`ladi, so`ngra ularni personajlarning xarakteri va dunyoqarashiga mos ravishda ishlatadi. «Zarbumasal»ning tili sodda va xalq jonli tiliga yaqindir. Unda ayrim forscha va

Page 35: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

35

arabcha so`zlar ham qo`llaniladi. Umuman, Gulxaniy masali yaratilgunga qadar va o`sha davrdagi nama va yorliqlarning dabdobali uslubda yozilgani hisobga olinsa, «Zarbumasal»ning keng xalq ommasi tushunadigan tilda yozilganligi yanada aydinlashadi. Gulxaniy «Zarbumasal»da qudalik mojarolari fonida mavjud ijtimoiy tuzumga, o`z atrafidagi muhitga, saroy ruxoniylarning dabdabali hayotiga bo`lgan munosabatini juda katta ustalik va ehtiyotkorlik bilan bildiradi. U o`zining ana shunday qarashlarini ko`pincha hajviy tarzda ifodalaydi.

Yozuvchi tasviriga ko`ra, Boyo`g`li mutakkabbir, mol-mulkka hars qo`ygan, o`z manfaatini har narsadan ustun ko`rovchi jamiyatning yuqori tabaqasiga mansub shaxsdir. U qizini moldek sotishga jon-dil bilan tirishadi, sovchilar bilan savdolashadi. Gunashbonu boyning to`q badavlat oilada o`sgan yakkayu-yagona va erkatoy qizidir. Muallifning tasviriga, u bo`yiga etganda onasining to`g`ri so`zlaganiga egri so`zlay boshlaydi. Asar qahramonlaridan biri Malikshohindir. U tadbirkor, ishning ko`zini biladigan shaxs obrazidir. Kordon esa saroy xizmatkorlarining tipik vakili, Malikshohning xalqabago`shlaridandur. U Malikshahindan bo`yruq olgan, uni tezlik bilan bijarishiga kirishadi, qalin taraddudida bo`lib ortiqcha xarajatlarni ravo ko`rmaydi. Kordonning tabiatiga xos narsa xarji isrofga, ya`ni bekorchi xarajatlarga yo`l quymaslikdir. Yapaloqqush bilan o`g`li Kulankirsulton jamiyatda Boyo`g`liga nisbatan birmuncha pastroq mavqeda bo`lsa ham, lekin a`yon-ashroflar guruhiga mansubdir. Bu holni Kulonkirsulton dargohining hashomati ham tasdiqlaydi. Gulxaniy adolatli shoh tarafdoridir. Uning fikricha, o`lkani odil, insofli, fuqaroparvar shoh idora etsa va bu shoh o`z atrofiga halol, tajribali kishilarni to`plab ish ko`rsa, davlatning ahvoli yaxshilanishi mumkin. Uning bu haqdagi qaralari Ko`rqo`sh masalida ochiq bayon qilindi.

«Zarbumasal»ning o`zbek adabiyoti tarixida tutgan o`rni yana shu bilan izohlanadiki, unda muallif mehnatkash xalqning og`ir turmush sharoitini, majoziy timsollar orqali ko`rsatdi. Ammo Gulxaniy Boyo`g`li talab qilgan ming chordevorning Farg`ona iqlimida emas, balki Buxoroda mavjudligini ta`kidlaydi. Bu ta`kidlash hammadan oldin kinoya tarzida aytilgan bir haqiat bo`lib, aslida Buxoroda ham, Farg`ona iqlimining o`zida ham juda ko`p vayronagarchiliklar, xarobazorlar mavjud edi. Bu holni Maxmur Hapalak qishlog`i misolida, Ma`dan esa Pong`oz va Shaydon xarobasi misolida ochiq ko`rsatgan edilar.

Shunday qilib, Muhammad Sharif Gulxaniy o`zi yashab ijod etgan zamonning ayrim yaramas tomonlarini, uning munofiq kishilarini ustalik bilan tanqid qildi, hatti-harakatlarini fosh qildi. Ammo, shunga qaramay, u o`z davridagi ijtimoiy tengsizlikning she`riy mohiyatini tushuna olmadi.

JAHONOTIN UVAYSIY REJA:

1. Shoira hayoti haqida ma`lumot. 2. Uvaysiyning adabiy merosi. 3. Uvaysiyning lirik mao`orati. 4. O`zbek mumtoz she`riyati tarixida shoiraning tutgan o`rni.

Page 36: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

36

Jahon otin Uvaysiy 18-asrning oxiri va 19-asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan iste`dodli shoiradir. Shoiraning chevarasi bo`lgan Xoljon otinning aytishicha, Jahon otin Xojixon degan kishiga turmushga chiqib, Muhammad ismli o`g`il va quyoshxon ismli qiz ko`rgan. Jahon otinning o`g`li Majnun, qizi esa Xokiy taxallusi bilan she`rlar yozganlar. Ammo ular o`z davrlarida murakkab hayot yo`lini bosib o`tganlar, turmush qiyinchiliklarini boshdan kechirganlar. Jahon otin she`riyatini ko`ngillarga oshno etgan xususiyatlardan biri shuki, u “meo`nat, alam, g`am-g`ussalarga giriftor”larning kuychisi sifatida maydonga chiqqan. Meo`natu alamlarga mubtalo Uvaysiyman, qayda dard eli bo`lsa, oshno Uvaysiyman... Kechalar fig`onimdin tinmadi kavokiblar, Arz tosamo uzra mojaro Uvaysiyman singari o`tli nolalari xanuzgacha ko`ngillarni hayajonga solishi bejiz emas. Shoira tuxmatchi va g`arazgo`y raqiblardan ozor chekib, nola qildi. Samimiy ishq va pokizalikka asoslangan oilaviy hayt yo`liga to`g`anoq bo`luvchilarga nafratini bayon etdi. Riyokor shayx va zoxidlarni hajv ostiga oldi. Bularning barchasi shoira lirikasining etakchi pafosini tashkil etdi. Shoira mao`oratining yana bir belgisi u jonli xalq tiliga yaqin ijod qildi. Maqollar, xikmatli so`zlar, topishmoqlarni o`z she`riyatiga olib kirdi. Buki derlar bordurur devor keynida quloq, Ul makon davrida ko`z etguncha devor o`lmag`ay. So`z o`yinlari, muammo janri ham shoira ijodida yangicha ko`rinishlarga ega bo`ldi. Masalan, quyidagi baytdan “Jahon” so`zi kelib chiqadi. Jimu, xoyu, alifkim, men kimu dardim yuki birla Dilida nuqtasi bag`rimda dog`im loyixi xun men. Uvaysiy devonida 209 g`azal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba` va “ Dostoni Hasan va O`usayn”, “Voqeoti Muhammad Alixon” nomli asarlar o`rin olgan. Shoira Uvaysiy “Shaxzoda Hasan”, “Shaxzoda O`usayn” manzumalarida sharq adabiyotida masho`ur bo`lgan syujetlarga murojat qiladi. Har ikki doston birgalikda “Karbolonoma”, “Kitobiy Uvaysiy” nomlari bilan yuritilgan. Bu dostonlarda Muhammad Alayo`issalomning qizi Fotimaning o`g`illari Hasan va O`usayn voqealari bayon etiladi. Muo`imi shundaki, Uvaysiy ana shu voqealar zamirida o`z zamonasining ijtimoiy voqealariga ishoralarni joylaydi, o`z zamondoshlariga ibrat bo`ladigan fikr-mulohazalarni bayon etadi. Shoiraning mazkur dostonlari o`sha davr dostonchiligi nuqtai nazaridan muo`im siljish bo`lsa-da, lekin ular shoira “Devo”idagi lirik she`rlarga nisbatan badiiy jihatdan ancha bo`shdir. “Voqeoti Muhammad Alixon” asari Muhammad Alining tug`ilishi, uning taxtga o`tirigsh, qashqarga xarbiy yurish qilishi voqealari tasviriga bag`ishlangan. Asar asosan, masnaviy shaklida yozilib, o`rni-o`rni bilan g`azallar ham o`rin olgan.

Page 37: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

37

Bu manzuma tugallanmay qolgan. Dostonda rivoyat va afsonalarga keng o`rin berilsa-da, ayrim voqealar, shaxslar tasvir va talqinida realistik tamoyillar ham sezilib turadi. Ayniqsa, bu asar Nodira haqidagi ma`lumotlari bilan qimmatlidir. Shoira uslubi va she`riyattining o`ziga xos jihati shundaki, uning ijodida ayollik latofati va nazokati barq urib turadi. Samimiy tuyg`ularini nafis ifodalay oladi. quyidagi namunada shoiraning o`zi ham buni e`tiroq etadi: Dilrabo, yuzung uzra kokulung parishon qil, O`usnunga niqob o`lsun, maqsadimni pinxon qil. Uvaysiy ijodida munis va mushfiq ona obrazi ham yaqqol ko`zga tashlanib turadi. O`g`li Muhammadning firoqida Bukun, ey do`stlar, farzandi jonimni sog`indim, Gado bo`lsam na ayb, ul shoo`i davronimni sog`indim. Deya o`tli satrlar bitsa, bevaqt xazon bo`lgan qizi quyoshxon g`amida Seningdek shaxga mendek bir g`aribi bevatan yig`lar, Sabab uldur ko`rib ao`volimni baytulxazan yig`lar deya fig`on chekadi. Uvaysiy o`ziga xos ijodiy maktab yarata olgan mumtoz san`atkordir.

Nazorat savollari 1. Shoira haqida ma`lumot bering. 2. qanday asarlar yaratgan? 3. She`riyatidagi etakchi lirik obrazlarni sanang. 4. Shoira ijodining o`ziga xosligi nimada? 5. Uvaysiy qanday masnaviy –dostonlarni yaratgan? 6. “Voqeoti Muhammad Alixonning qanday g`oyalar olg`a

surilgan? 7. ”Dostoni shao`zoda Hasan”da qanday g`oyalar qanday

olg`a surilgan? 8. Epik tasvir usuli deganda nimani tushunasiz? 9. Shoira ijodi kimlar tomonidan o`rganilgan? 10. Uvaysiy adabiy merosining ahamiyatini asoslang.

Tayanch atamalar Chiston - tojicha “chist on?” (nima u?) ma`nosini bildirib, biror predmetning nomi she`rda yashiriladi. Topishmoq. Voqeot - biror tarixiy shaxs misolida muayyan davr voqealarini badiiy tasvirlash (“Voqeoti Muhammad Alixon”).

Tayanch tushunchalar Doston - epik turga mansub, voqeabadn asar. Dostonlar to`la nazmda yoki nasr va nazmda yozilishi mumkin. Masnaviy - ikkilik ma`nosida bo`lib, she`riy misralarning aa, bb, vv tarzida qofiyalanishi. Adabiyotlar 1. Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi. T., 1980. 2. Jalolov T. Go`zallik olamida. T., 1970.

Page 38: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

38

3. Ibrohimova E. Uvaysiy. T., 1963. 4. O`tkir Rashid. Uch shoira. T., 1958.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Uvaysiy. Devon. T., 1963. 2. Qayumov A. Qo`qon adabiy muo`iti. T., 1961. 3. Qodirova Munis. XIX asr O`zbek shoiralari ijodida inson va xalq taqdiri. T., 1977.

NODIRA Reja:

1. Shoira hayoti va ijodi haqida ma`lumot 2. Shoira lirikasi 3. Nodira lirikasida timsollar

Hayoti va adabiy faoliyati. Sharq adabiyotida Robia, Ismatu va Oysha (XI asr), Munisga Xo`jandiy, Sittixonim Mutriba (XII asr), Jahon xotun (XIV asr), Munajjima va Mehri (XV asr), Gulbadanbegim, Gul`chehrabegim (XVI asr), Nurjahonbegim va Zebniso (XVI-XVII asrlar), Mahzuna, Navon va Uvaysiy (XVIII-XIX asrlar), Muazzamxon, Nazmixonim (XIX-XX asrlar), shoira Anbar va boshqa o`nlab shoiralar singari shuhrat topgan Mohlaroyim Nodira XIX asr o`zbek adabiyotida quvonch va g`azabni, visol xursandliklari va hijron alamlarini, tinch hamda osoyishta yashash umidlari va bu umidlar qarshisidagi fojiali hollarni o`z ijodida aks ettirganligi bilan mashhurdir.

Mavlono Nodir tomonidan xilma-xil, sharofat»lari, «karam bobida yuz erdin ziyoda» fazilatlari, aql va idroki ta`riflangan Nodira ruhaniy oilaga mansubligi bilan, o`z zamondoshlari bo`lgan kosib qizi Uvaysiy va tog`lik bechora Mahzunadan farq qilardi. Nodiraning otasi Rahmon qulbiy Qo`qon xoni Norbo`tabiyning hukmronligi vaqtida Andijon hokimi edi. Norbo`tabiy o`limidan so`ng hokimiyat uning katta o`g`li Olimxonga o`tganda ham Rahmonqulbiy shu mansabda qoldi. Bu vaqtlarda Marg`ilonda hokimlik qilib turgan Olimxonning ukasi Umarxon qo`nu qo`shnilar, qarindosh-urug`lar va saroy ahli o`rtasida ta`riflana boshlagan Nodiraxonga ishq qo`ydi va 1808 yilda uni o`ziga nikoh qilib oldi. Olimxon o`ldirilgandan keyin 1810 yilda Umarxon hokimiyat tepasiga o`tirdi va Nodirani Qo`qonga ko`chirib olib keldi.

Nodira hali Andijondaligidayoq faqat husnlatofati, zeboligi bilangina emas, balki aql-idroki, donoligi, ilm-fanga mayli, adabiyotga ishtiyoqi bilan ham ko`zga chalina boshlagan edi. Uning xatsavod chiqarib, eski maktablarda o`qilishi rasm bo`lib qolgan Sa`diy, Hofiz, Navoiy, Jamiy, Fuzuliy, Bedil asarlarini mutalao qilishi Qo`qonda yana ham kuchaydi. Nodira xon kutubxonasidan istagancha foydalanar va she`r yozishini mashq qilishida avvalo Umarxon (Amiriy) va so`ngra uning saroyidagi shoirlardan maslahat olar, ularning adabiy munozaralaridan manfaatlanar edi. Nihoyat, u shoira sifatida kamolga etib, hammaga ma`qul va manzur asarlar yaratdiki, haqiqatan ham uning go`zal va sermazmun so`zlarini o`qiganda, «ahli davron marhabo» demay qo`ymas edi:

Nodira har so`zki, insho ayladim, Aydi anga ahli davron marhabo!

Page 39: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

39

Lirikasi. Nodira ishq-muhabbat, ilm-ma`rifat, el-yurt, do`stlik, osoyishtalik, obodonlik va maishiy farovonlik haqida asarlar yaratgan edi. Albatta, uning bevosita mamlakat va xalq hayoti bilan aloqador bo`lgan she`r va g`azallari aholining turli qatlamlari, jumladan mehnatkash tabaqalar «marhabo»siga musharraf bo`lgan; uning «Shoh uldurki, raiyatga tarohhum qilsa» degan so`zlari, «Shod qilgan bandalarning ko`nglini ehson etib» degan iboralari xalqqa ma`qul tushgan va Nodiraning shoira sifatidagi muborak ovozini xalq ovozi, xalq istak-orzusi bilan ma`lum darajada hamohang qilgan.

Masalan, u xonni adolatparvarlikka chaqirib, bunday degan edi: Bo`yla kim mumtoz erursen barcha sultonlar aro, Shod qilg`il bandalarning ko`nglini ehson etib... Fuqaro holig`a gar boqmasa har shoh, anga Hashmatu saltanatu raf`atu shon barcha abas. Shoh uldurki raiyatga tarahhum qilsa, Yo`q esa qoidai amnu omon barcha abas... Nodira davlat boshlig`ining shunday bo`lishini orzu qilar edi. U ba`zan

adolatsiz shohdan (mavhum holda bo`lsada) shikoyat qilardiki, shubhasiz, bu shikoyat ma`lum darajada uning o`z atrofidagi muhitidan shikoyati edi:

Doda keldim, ey salatin sarvari, dodim eshit, Sen shohu men benavo, lutf ayla faryodim eshit... Kabi misralari Nodiraning bevosita shaxsiy arz-dodi, o`z his-to`yg`ulari

ifodasiday ko`rinsada, bunday «shohdan lutfu marhamat tilab, arz qilgan kishining «dod-faryodlari» ham o`z ifodasini topgan. Chunki shoira, bir tamonda saroy saltanati va hoshamatini, ikkinchi tomonda qashshoq va xor-zor, g`arib va benavo kishilarni ko`rdi. Mana shu qashshoq va g`arib kishilarga achindi, ularning farovon va asoyishta yashashini istadi. U saltanat egalari, avvalo podsho xalqqa rahm-shafqat qilsa, «fuqaro holi»dan xabar olsa, el-yurt osoyishta va farovon bo`lishi mumkin deb o`ylar edi.

Nodira ruhoniy tabaqaga mansub bo`lishiga qaramay, kishilarga shafoqatli, xayrixoh va mehribon edi. Binobarin, u kishilarni ko`plagan muhitidan, shafqatsiz va bevafo kishilardan, qisman bo`lsa ham shikoyat qiladi. Masalan, u odamlarda «vafo» yo`qligidan va o`z tevaragidagi dunyodorlarning makkorligi, aldamchiligidan shikoyat qilib bunday degan edi:

Olam elida vafo topilmas, Bu gavhar erur jahonda noyob... Shoira she`rlarida Umarxonni madh etadi, uni mubolag`a bilan maqtab

ta`riflaydi. Unga bo`lgan muhabbat to`g`risida yozgan baytlaridan «Lazzati she`ri Umar sohibqiron» anqib turajagini aytadi:

Nodira qilg`ach muhabbat nash`asidin gufti-go`, Lazzati she`ri Umar sohibqirondan berdi yod... Bu bayt, bir tomondan, Nodiraning sevgisini ifodalasa, ikkinchi tomondan,

uning she`riyatda Umarxondan ta`lim olganini anglatadi. Shunday bo`lishiga qaramay, nega Nodiraning she`riyati mafkuraning ba`zi tomonlari e`tibori bilan Umarxonning dunyoqarashi va adabiy estetik didiga ma`lum darajada zid keladi?

Page 40: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

40

Xo`sh, shoiraning o`zi hukmron doiralarga mansub bo`la turib hayotdan va zamonidan nima uchun shikoyat qiladi?

Buning asosiy sababi, bir sharoitda turib, hayot voqea-hodisalarini turli xil mushohada qilish, turlicha anglash va ularga turli xil munosabatda bo`lishdadir. Umarxonning hukmronligi jabr-zulmga asoslangan edi. U minglab begunoh kishilarni qonga beladi, qurbon qildi. Umarxon o`z she`rlarida bularning hammasidan ko`z yumadi, ular haqida hech narsa demaydi.

Nodira esa bunday qilmaydi. Chunki u janglarda va boshqa paytlarda qurbon bo`lgan hamda qilich va xanjarlar zarbidan jarahatlangan son-sanoqsiz kishilarga duch keladi: xon ov va harbiy safarda yurganida Nodira ko`pincha xonning farmonlari Qo`qonda, saroyda va zindonda qanday ijro etilishini ko`radi, begunoh kishilarni o`limga sudrovchi jallodlarning vahsiyona harakatlariga shohid bo`ladi; dunyoga aql-idrok ko`zi bilan qaragan har bir hodisa va voqeaning mohiyatini anglashga intilgan Nodira bu dahshatli manzaralardan ta`sirlanmay qolmaydi, indamay o`tib ketavermaydi. O`ylaydi, hayron qoladi, o`ziga-o`zi savollar beradi, javob axtaradi, qiynaladi va o`z o`ylarini she`riy misralar ichiga shodalab:

Hisob etmoqqa chark anjumanlarin bor ehtimol anda, Mening dog`i dilimni lek bo`lmaydi hisob aylab...-deb yozadi va, tab`i

noshodi»ni bayon etish uchun ba`zan tangdan oqshomgacha g`am-g`ussa bilan to`lib toshgan g`azallar yozadi, xonni adolatga, saroy ahlini aql-donish bilan rahmdil bo`lib ish ko`rishga chaqiradi.

Nodira bir tomondan, badavlat hayot kechirayotganligi uchun o`zini bahtiyor deb biladi va ikkinchi tomondan, qashshoq, yalang`och va azobu uqubatda parcha nonga zor va xor bo`lib yashayotgan kishilarni ko`rib, ularning baxtsizligiga achinadi.

Nodiraning ko`pchilik g`azallari muhabbat mavzusida yozilgan bo`lib, u ijtimoiy-axloqiy fikrlarini, zulm-zo`rlikdan norozilik to`yg`ularini mazkur g`azallarga singdirib yuboradi. Shoira muhabbat haqidagi qarashlarini ifodalaganida o`z zamonasidagi voqea va hodisalarga, ko`zga yaqqol chalinib turgan faktlarga ham ishora qilib o`tadi.

Nodira muhabbatni odam uchun eng aziz va eng muborak, pok va samimiy tuyg`ular mujassami, oshiqning ma`shuqaga oshiqqa nisbatan iliq sevgisi, ikki dil va ikki tilning xohish va irodada, hurmat va samimiyatda birligi, hamjihatligi deb biladi. Shoira muhabbatsiz kishilarni odam qatoriga ham qo`shmaydi.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et... Zohid va shayxlar, umuman ruxoniylar «Yor manzili, diydor manzili»ni

jannatga o`xshatish va tenglashtirishni «xudo»ga shak keltirish islom aqidalarini buzishni kufr ish deb biladilar. Ular odamlarni «narigi dunyo»ga da`vat qiliyu, bu dunyoda orzu-havas qilish gunoh bo`ladi, deb uqtirar edilar. Nodira ularning ana shunday tashviqotlarini yoqtirmas, bu tashviqotlarni muhabbat ravnaqiga to`siq va sevishganlarning eng olijanob fazilatini so`ndirish deb bilar edi. Shu sababdan Nodira ular bilan murosa qilolmay, ularga qarshi tubandagilarni yozadi:

Tarki ishq et, dedi menga zohid, Demadi hech telba muncha qabih.

Page 41: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

41

Yoki: Bale, bir-biriga oshiq birla zohid Mukashfdur nechukkim o`t bila yax. Yoki: Topilsa, Nodira, bir shayxi orifi kashi, Boshim havosin etay nazri ostonai shayx... Nodira shayx va zohidlar ibodatining muhabbat ravnaqi uchun aloqa

yo`qligini anglab, ularning jig`iga tegish uchun «jomi muhabbatni mabalab ichibon, ilq namozini ado» etmoqchi bo`ladi:

Nodira jami muhabbatni labalab ichibon, Mastlik birla qilay ishq namozini ado... Shoira paranji-chachvonni ham, qizlarning husn-jamoli, latofatini to`suvchi

yuz yoping`ichlarning ham yoqtirmaydi. Bir vaqtlar Atoiy: Kel, beniqob chiqqil uyungdin tom ustina, Ahli zamona xo`blarini bir uyoldur-degan bo`lsa, Nodira: Ko`zlarim mushtoqdur diydor uchun ruxsora och, Pardani yuzdin ko`zim qilg`uncha bir nazzora och. Pakdai nozu xayo xomush la`lindin ko`tar, Ikki gul bargini bir-birdin guhar guftori och...-deb yozdi: Nodira 30 yoshlarda ekanligida, 1822 yilda Umarxon vafot etdi. Erning

vafoti, judalik va yolg`izlik Nodira she`riyatida hijron azobi motivlarini yanada kuchaytirdi. U umrining so`nggi yillarigacha yozgan she`rlarida qayta-qayta ayriliqning yomon oqibotlari haqida so`zlaydi:

Nodira gar vasli davronin g`animat bilmadi, O`rtanur erdi xayoli shohi davron aylagach... Yoki: Har kishining bir munosib yori bor, Men o`shal ovoradurman yorsiz... Nodiraning bundan keyingi hijron qo`shiqlari keng mazmun kasb etib

boradi. Shoira Muhammad Ali va Sulton Mahmud nomi o`g`illari bilan beva qoldi.

Uning taqdiri Umarxon bilan bog`langani uchun qaytadan turmushga chiqolmas, o`zi ham yangidan kimgadir erga tegishni istamasdi. Shu sababdan ham «pirohan» (odatdagi ko`ylak) o`rniga qora «qabo» (qora kamzul) kiyib olib, metall libosida judalik alamini ko`ylardi:

Domani yor ilikdan ketdi, Nodira pirohanim bo`ldi qabo. Shunday qilib, Nodiraning hijron mavzusida yozgan ko`pgina, olamli va

hasratli g`azallari vujudga keldi. Umarxonning vorislari yosh edi. Xonlikning idora ishlarini Nodira o`zi

boshqara boshladi. Bu aqli, tadbirli ayolning faoliyati amaldorlarga, ayniqsa, din-shariat peshvolariga ma`qul tushmadi. Ular hokimiyatdagi Muhammad Alixon va ukasi Sulton Mahmudn bir-biriga qarama-qarshi qilib, Nodira hukmronligiga shikoyat etkazishni istar edilar. Ularning qo`li ustun kelayotganidan Nodiraning «gardundin muruvvat» kutishi mumkin emas edi.

Page 42: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

42

Shu sababdan ham ayriliq kuylari shoira «dardi dili»dan sado berar edi: Yordin ayiruv meni bedilni zor etti falak, Yoshurun dardi dilimni oshkor etdi falak. Nodira, ko`z to`tma gardundin muruvvat kim base, E`tibori dahrni be`tibor etdi falak. Nodira uchun endi faqat bir yo`l qolgan edi; u xonlikni qattiq turib idora

qilishga, olimu fozil, shoir va shoiralarni, ko`proq to`plashga, iloji boricha, madrasa, karvonsaroy va yo`llar qurdirishga qaror berdi. Nodira ana shunday maqsad bilan «Mohlaroyim» nomida madrasa qurdirdi, binolar tikladi, she`riyat va adabiyot ishiga rivoj berishga kirishdi. Nodiraning hukmronligi zamonida yozilgan «etti gulshan» kitobining muallifi Nodir bu haqda quyidagilarni yozgan edi:

Aningdek kelmagay dahr ichra oyim, Aning ko`ngli saxovat birla doim. Surubon keltirib ahli fazoyil Yig`ildi dargohida har qaboyil. Barisi she`r ichra erdi mohir, G`azal demoqqa barcha erdi shoir... Nodira donishmand ayollarni ko`proq to`pladi, ular bilan kengashdi,

maslahatlashdi. Nodiraning «Maknuna» taxallusi bilan yozgan she`rlarini to`plab ko`chirgan

kotib-shoira «devon muqaddimasida keltirgan she`riy ta`riflardan birida Mavlono Nodirning fikrlarini tasdiqlab, mana bunday deb yozgan edi:

Iqbol yoft fahmi maoni zi fitratash, Ravnaq girift she`r ba davru zamon o`... Bu davrda Shoira Uvaysiy ham o`z ijodiy ishini davom ettirib, bir necha

dostonlar, jumladan «Voqeoti Muhammad Alixon» manzumasini yoza boshladi. etmish yashar keksa shoir Malono Nodir esa o`nlab she`r va «Haft gumian» asarini bunyod etib, yuqorida aytib o`tkanimizdek adolatli shoh, soxiy hukmdor, donishmand olim, haqiqiy oshiq va ma`shuqlar timsolini yaratdi. Nodiraga tuhora qilingan bu asar o`sha davr o`zbek adabiyotida muhim voqea edi. Bu davrda Nodiraning o`zi ham she`r yozishnini to`xtatmadi. O`zbekcha Nodira va Kamila, tojikcha Majnuna taxalluslari bilan g`azallar bitdi va devonlar tuzdi.

Fors tojik Mahloroyim-Nodiraning yuqorida tilidagi she`rlari qisman tahlil qilingan she`rlari uning o`zbekcha va tojikcha devonlarida keltirilgan.

Tojikcha devon muqaddimasida noma`lum kotib shoiraning Mohlaroyim fazilatlari va xizmatlari haqida «Kamal dengizining gavhari, izzu iqbol sadafining durri noyobi, ul xotinlar toji» degan so`zlari; shuningdek, Nodiraning o`zbekcha va tojikcha «yoqimli va shirin-shirin she`rlar» yozgonligi haqidagi qoydlar muhim ahamiyatiga egadir. Chunki shu «Majmua» (devon)da keltirilgan she`rlar muqaddimada qayd etilgan fikrlarni to`la tasdiqlaydi.

5000 misradan ko`proq bo`lgan 333 she`rni o`z ichiga olishi bu «Devon»dagi g`azallarning birida Nodira: «Men gavharlikda Jayhun daryoga etsam ham, bir qatra suvman, qadru martabada osmonga etsam ham, bir zarra to`proqman» deb quyidagilarni yozadi:

Qatram obam gor az gavhar ba Jayhun merasam,

Page 43: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

43

Zarram xokam gar az riv`at ba gardun merosam. Bu yurak so`zlari Majnunaning olijanoblik, kamtarlik fozilatlaridan darak

beradi. Katta falsafiy fikrlar bilan to`la bo`lgan bu «Devon»dagi she`rlarning birida

shoira: To buvad pai jahdi Maknuna Az sari justujo` nagardam boz (Maknunaning oyoqlari harakatda ekan, izlashdan qolmaydi),-desa, boshqa

bir she`rida: Umid hast ki, subhi umedi birasad, Nihoyati shabi zindoni balo birasad. (Umidimiz borki, iqbol quyoshi chiqajak, zindon qorong`uliklariga ham

nihoya etajak»,-deb yaxshi kunlarni orzu qiladi. Mohlaroyimning yaqinda Namangandan topilgan yangi devoni hijriy 1239

(melodiy 1824) yilda tuzilgan bo`lib, unda shoirning Nodira Kamila, Maknuna tokalluslari ilan bitilgan o`zbekcha va tojikcha 120 she`ri keltirilgan.

Devonda Xotir, Xoziq, Gulxaniy, Miskin, Dabir, Mushrif, Fazliy she`rlari bilan birga, xozirgacha adabiyotshunosligimizda noma`lum bo`lgan shoir Nodirning 111 g`azali ham bor. Muhimi shundaki, bu devonga Navoiyning «Ko`ngil jon birla bo`ldi hamrohing, men dard ila turdum», Mullo Abduqadir Bedilning «Ilohi pora tamkin deh dami vahshi nigohonro» kabi g`azallariga shoira tomonidan bog`langan mukammaslar ilova qilingan.

Devondagi 103 banddan iborat muxammaslar, 11 bandlik ikki musaddas, 5 bandlik bir musamman, 8 bandlik tarkbband va 10 bandlik muashshar (har bandi 10 misradan iborat) shoirning faqat g`azal jonrida emas, balki boshqa xilma-xil janrlarda ham mahorat bilan qalam tebratganini ochiq ko`rsatib turadi. Misol uchun shoiraning firoqnama tarzidagi muashsharidan bir bandini ko`zdan kechiraylik:

Ohkim behad menga javru jafo aylar falak, Furqat ichra qismatim dardu-balo aylar falak. Yordin ayru mango ko`p mojaro aylar falak, G`am bila guldek yuzumni kahrabo aylar falak. Bevafodir oqibat, kimga vafo aylar falak, Hasratu dordu alamga mubtalo aylar falak, Yorning albatta yoridin judo aylar falak, Gul bila bulbulni bebargu navo aylar falak. Hech kim yorab jahonda yoridin ayrilmasun, Jondin ortuq mehribon dildoridin ayrilmasun. Bu misralardan ayonki, she`riyatning har qanday formasida ham o`z

fikrlarini ravon ifodalay olgan shoira, boshiga qanchalik kulfatlar tushmasin, umid tonglariga etmoqchi, qorong`u zindon oqshomlaridan yorug`likka chiqmoqchi bo`lgan. Shoira qandaydir ilm, ma`rifat va madaniyat rivojiga yo`l beruvchi sharoitlarga intilgan.

Albatta, Nodira o`z sinfiy pozitsiyalaridan tamomila voz kechmagan edi. Uning amaliy faoliyati shubhasiz o`zi mansub bo`lgan feodal sinfining xokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan edi. Lekin u har doim adolat,

Page 44: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

44

sulhparvarlik va xalqparvarlik nuqtai nazaridan ish ko`rar edi. Ammo uning bu jur`atlari ruhoniylarning g`azabini qo`zg`amay qolmas edi. Ular o`zlarining eng yaqin tayanchlari bo`lgan Buxoro amiri Nasrulloxonga takror-takror murojaat etib, Nodirani o`rtadan olib tashlashni so`raydilar.

Nodiraning Tarix kitoblarida keltirilgan fojiasi dalillaridan ma`lumki, amir Nasrullo, dastlab, Muhammad Alixonga teskari borgan ukasi Sulton Mahmudga Shahrisabzdan «tak`yagoh»- xoy beradi. So`ngra uni Xo`jandga hokim qiladi. Nodira anchadan keyin aka-ukani yarashtirib, Toshkent taraflarini Sulton Mahmudga, paytaxt Qo`qonni, Xo`jandni, umuman Farg`ona vodiysini Muhammad Alixonga beradi. Bu haqda Muhammad Fozilbek Muhammad Otabek o`g`li «Tavorixi mukammoli Farg`ona» nomli kitobida quyidagilarni yozadi: «Amir (amir Nasrullo-V.A) ketgandan so`ng Muhammad Alixon onasi Xujand kelib, kichik, kichik o`g`li Sulton Mahmudxonni akasi Muhammad Alixon birla yarashtirib Sulton Mahmudxonni Tashkentga hokim aylab, o`zi Xo`jandg`a ketdi».

Bundan g`azablangan amir Nasrullo 1842 yilda katta qo`lin tortib Qo`qonga bostirib keladi va Muhammad ham, Sulton Mahmudni ham, shoiraning 12 yoshli nabirasi Muhammad Aminni ham so`ydiradi. Nodira begunoh nabirasining jasadi ustida dod-faryod ko`tarib, amir Nasrulloga la`natlar yog`diradi. Shundan keyin amir Nasrullo Nodirani ham uning eng yaqin mahramlari (Xushholbibi, Norbibi kabilar) bilan birgalikda. O`ldirtiradi.

Nodiraning fojiasi haqidagi ma`lumotlar shoir Mutribning «Shohnomai devona Mutrib» dostonida, Muhammad domlo Attorning «Tuhfat-ut-tavorix» kitobida, Mirzo Olimning «Ansab-ussalotini va tavorixi xavoqin» kitobida, samarqandlik Mir Abdul hayxojaning bir kitobida ham bayon qilingan.

Umri ana shunday mudhish fojia bilan tugagan Mohlaroyim-Nodiraning she`rlari o`zbek va tojik she`riyatining muhim durdonalaridandir. Shoira Nodira so`z san`atining mohir ustasi sifatida misralarni badiylashtirishga, ma`no-mazmunning ifodasiga mos usullar qo`llashga, talmeh, tazmin, mukarrar, husni ta`lil va tazod san`atini to`g`ri ishlata bilishga qobil edi. Shoira faxriya usuli bilan yozgan quyidagi misralarida:

Bo`lubtur Nodira mumtozi ma`ni, Kalomi ravshanu ash`ori farrux... Deyishga haqli edi. U she`riy ifodada «mumtoz»liklar ko`rsatib, «ravshan

kalam»lar ishlatib, ijodiy mehnat qilib, she`riyatda tarix sahifasidan o`chmaydigan «neknom» qoldirdi:

Xusho oqilki, aylab yaxshilik bunyodini mahkam, O`tar bu dayri foniydin o`zini neknam aylab...

MAXMURNING HAYoTI VA IJODI. Reja:

1. Shoir hayoti va ijodiy faoliyati 2. Shoir lirikasi 3. Shoir hajviyoti va undagi timsollar

Page 45: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

45

Maxmur XVIII asrning oxiri va XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod

etgan, o`zining satirik asarlari bilan o`zbek adabiyotini rivojlantirishga sezilarli hissa qo`shgan shoirlardan biridir.

Maxmur taxallusi bilan ijod etgan shoirning nomi Mahmud bo`lib, u XVIII asrning oxirlarida Qo`qon shahrida o`sha davrning ilg`or ziyolisi oilasida dunyoga keldi. Maxmurning otasi Mulla Shermuhammad o`z davrining e`tiborli mudarrislaridan va Akmal taxallusi bilan she`rlar yozgan shoirlaridan edi.

Maxmur butun umrini Qo`qonda mhim o`tkazib, ahyon-ahyondagina Farg`ona vodiysi qishloqlarida, Hapalak kabi, shuningdek Xo`jand atrofi viloyatlari, Qaroqchiqum, Qurama, Asht va boshqa joylarda sayohatlarda bo`lgan.

O`zbek adabiyotining etuk shoiri o`z asarlari bilan o`zbek adabiy tilining shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatgan. O`zbek adabiyoti xalq demokratik yo`nalishning shakllanishi, kuchayishida tanqidiy realizm oqimining vujudga kelishida favqulodda hal qiluvchi rol` o`ynagan.

Maxmur fors-tojik adabiyotida Rudakiy, Ubayd Rakoniy, o`rta asr Movaraunnahr arabiyzabon adabiyotida ibn Lahxomlar asos solgan hajviyot «Qo`qon adabiy muhiti» bilan bog`liq davrda o`zbek badiiy-ijtimoiy muhitida keng rivojlanishiga, unda mustaqil fan (ya`ni san`at majmui`)-2-sifatida gullab-yashnashicha sabab bo`lgan salaflardan biridir.

Maxmur hayot qiyinchiliklariga, oilasining og`ir iqtisodiy ahvoliga, kambag`alligiga qaramay o`z davri uchun ancha mukammal ma`lumot oldi, xususan Qo`qondagi Madrasai Mirni tugalladi, grammatika, hisob, handasa, ilmi nujum, tib, mantiq kabi ilmlarni egalladi. Rudakiy, Firdavsiy, Sa`diy, Hofiz, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Saib Tabriziy va boshqalar merosini chuqur o`rgandi.

Maxmur o`ylangan, uning uch farzandi bo`lgan. Shoir qanchalik o`qimishli bo`lmasin, iqtisodiy jihatdan nihoyatda qiynalib yashagan, hatto bolalariga non topishga ham qiynalib qolgan.

Ana shu davrda u Umarxonning lashkariga sipoh (askar) qilib olinadi. Lekin sipohlikda ham Maxmurning moddiy ahvoli yaxshilanmaydi. Maxmurning kiyishga kiyimi, eyishga ovqati bo`lmaydi:

Kechalar yotgani na qo`shim bor, Kunduzi ichgani na no`shim bor, Bir ovuch ne o`yimda g`allam bor, Ichki gaz ne boshimda sallam bor, Boshima gar desam ki sallam yo`q, Salla desam uyimda g`allam yo`q. Maxmur xonning sipohi bo`lib xizmat qilsa-da, to`g`ri so`zligi uchun

shohning marhamatlariga sazovor bo`la olgan emas edi. Saroy ahli Maxmurning ustidan kular va turli ayblar taqshicha intilar edi. Maxmurning hayoti o`sha davrda «misli soillar» (tilanchilar)ga aylanib qolgan xalq ahvolining yaqqol misoli edi.

Maxmur og`ir hayot kechirib, bu hayotini yaxshilash yo`llarini axtardi, lekin topa olmadi; xon va amirlarga umid bog`ladi, lekin umidi saroy bo`lib chiqdi.

Maxmur faqat Qo`qon shahrining o`zida emas, balki uning atrofidagi qishloqlarda ham keng ommaning yomon ahvolda kun kechirayotganini ko`rdi,

Page 46: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

46

xarkim oqsoqol, qozi, mufti, a`lam va aminlarning nihoyat darajada zolimligi va xiyonatchiligining shohidi bo`ldi.

Qori Qunduziy Komiyning «Tavorixi manzuma» asarida eslatilishicha, shoir Maxmur hijriy 1265 (melodiy 1844) yilda vafot etgan. Chunonchi, bu asarda bu to`g`risida shunday ma`lumot berilgan (mazmuni).

Farg`ona mamlakatining shoirlaridan bo`lib, yaxshi va kabeh so`zlari ham o`tkir bo`lgan, xususan hajviyotda tengi bo`lmagan Maxdum Maxmurning (Boytuman qishlog`idagi Mullo Sher Akmalning o`g`li) vafoti tarixini:

Komiy, kimki uning vafoti yilini so`rasa, Garchi sebsiz bo`lsada, xayf u Maxmur o`ldi degin».

Maxmurning hozirga qadar yagona nusxa hisoblangan devoni bo`lib, unda shoirning asosan satirik va yumoristik xarakterdagi 69 asari (3417 misra) to`plangan. Bu devon Maxmurning butun ijodiy faoliyati davomida yaratgan adabiy merosining faqat bir qismini-satirik va yumoristik merosini o`z ichiga oladi. Shoirning lirik merosi biror devonga to`plangani hozircha ma`lum emas. Ammo ko`pgina (manbalarda), bayozlarda, «Majmui shoiron» va shu kabi qo`l yozma manbalarda shoirning lirik merosidan namunalar ham bor. Ularning ayrimlari nashr etilgan, xolos.

Maxmurning bizgacha etib kelgan adabiy merosi turli janrlarda yaratilgan bo`lib, unda g`azal, masnaviy, muxammas, musamman, qasida tarixlarni uchratish mumkin.

Maxmur adabiy tur va janrlardan ilg`or fikr va g`oyalarni ifodalash uchun foydalanib o`z asarlarida zamonasidagi illatlarni, hukmron tabaqalarning jirkanch kirdikorlarini, zolimligi va ahloqiy buzuqligini mahorat bilan fosh etdi.

Maxmur o`zining hajviy asarlari bilan to`ntarishgacha bo`lgan o`zbek adabiyotidagi satirik oqimni rivojlanishida, o`zbek adabiyotidagi demokratik tendentsiyaning yanada kuchayishida katta xizmat qildi.Maxmurning satirik asarlarida fosh etuvchi yo`nalish, tanqid qiluvchi, daharxanda ostiga oluvchi kishi shunday kuchli va baquvvatki, u adolatli turmush va adolatli kishi ideali asosida xudo bilan ham munozara qilib, uni mulzam qiladi, xonga ham dadil tikilib, adolatli bo`lishni talab etadi, saroy amaldorlariga ham iste`zali boqadi, xokim ijtimoiy guruhlarning shofqatsizligini, munofiqlarcha qilmishini ochib tashlaydi, ularni masxaralaydi. Ammo hamma o`rinlarda ham shoirning ust-boshi yupun, och-yalang`och, etim-esirlarga, mehnatkash ommaga bo`lgan iliq muhabbati va somimiy sezilib turadi.

Chunonchi Maxmurning «Munojat ba dargohi qoziyul hojot» asari muxammasi mulammaoot janridagi asar bo`lib, unda muallif umumiy tarzda «charxi kajravishning dastidan» shikoyat qiladi, uning barcha qilmishi yomon, jabru zulmi esa «haddu g`oyatdan burun» ekanini o`zbekcha va tojikcha bandalarda zo`r achinish va g`azab bilan ifoda etadi:

Qaysi bir zulmning etay ta`dod, ey garduni dun, Kim sening bedodu javring haddu g`oyatdin burun, Beunar johilga berding beadad dunyoi dux, Jam`i donolarni qilding holini zoru zabun,

Page 47: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

47

Zog`ni a`lo qilib, to`tini nodon aylading. Shundan so`ng o`sha garduni dunning «ahli dil bag`rini hasrat o`tida...

kabob» etganini, «sinalar ma`murasini seldek... xarob» qilg`anini, so`zida bir rostlik yo`qligini, izzat-hurmatli kishilarni nihoyat xor-zor etganini, olijanob kishilarni «chahm zindon ichra band»ga giriftor etganini birin-ketin fosh qilib tashlaydi. Buning natijasida ko`z-o`ngimizda XIX asrning birinchi yarmida mashaqqatli va uqubatli hayotning mudhish manzaralari nomoyon bo`ladi. Maxmurning mashhur she`rlaridan biri «Hapalak» (aniqrog`i «Dar sifati qishloqi hapalak ki bi Maxdum Maxmur taalluq yofta») nomli g`azalidir. Bu g`azal nihoyatda o`tkir, real yozilganligi uchun Maxmur ijodiyotida alohida o`rin tutadi. Bu asarda shoir o`z zamonasidagi qishloqlarning xarobligi va undagi aholining xon va beklar ostida ezilib yotganini aks ettirib, xalq manfaatini ximoya qiluvchi kishi sifatida bu holga bir tomondan g`oyat achinadi, ikkinchi tomondan esa, og`ir ahvolni engillashtirishi maqsadida xondan iltifot, adolat qilishini talab etadi. Shoir o`z maqsadini amalga oshirishda-qishloq va uning aholisi ahvolini chizishda shunday ustalik ko`rsatadiki, buning natijasida she`rni o`qigan har bir kishi Hapalak deb atalgan qishloq «Bir kapa, ikki kapa, uch olachuq, to`rt katalak»dan iboratligini, ular ham:

Dema uy, balki zaminkandur, agar kirsa kishi, Har tarif betiga urgaylar aning ko`rshapalak Tarzida ekanini, ya`ni qop-qorong`u erto`ladan boshqa narsa emasligini zo`r

achinish bilan anglab oladi. Bu tasvirdan ma`lumki, qochonlardir, ko`pgina xonodonlardan iborat bo`lgan Hapalak qishlog`i XIX asrning birinchi yarmiga kelib, amaldorlarning zolimligi, hokimlarning lak-lak soliqlari tufayli xarobazorga, chordevorga aylanib qolib, aholisi esa:

Xalqini ko`rsang agar o`lasi-yu qoqu xarob, Ochligidan egilib qomati misli kamalak-bo`lib qolgan. Shunday qilib, Maxmur Hapalak qishlog`ining g`oyat manzarasini, undagi

aholining nihoyatda qashshoqlik bilan azob chekib yashashini, suvsizlikdan qiynalishini tasvirlaydi.

Shoirning «Ta`rifi viloyati Qurama va az devoni Kandir guzashtan» nomli muxammasi ham mavjud. Bu asar o`ziga xos xarakteri bilan sayohatnoma janri xususiyatiga egadir. Chunki unda avtor sayohatnoma janri xususiyatiga egadir. Chunki unda avtor o`zining Qirovchini-Cho`li Qiyomatni bosib o`tganini, Kandir dovonidan oshgani va nihoyat Qurama viloyatiga safar qilganini hamda shu sayohatdan olgan taasurotlarini yozadi.

Shoirning hokim tabaqa vakillarini «Dar sifati Niyozcha og`aliq», «Dar hajvi Mahmud Qurama», «Dar madhi domullo G`oib Munishi Kuyuk», «Avsofa Qozi Muhammad Zuhur zargar», «Takabbur», «Avsofi Karimqul» mehtar», «Hajvi chor dar chor dar sifati Navruz mehtar komkor», «Dar madhi Muhammad Sharif otaliq», «Dar sifati amir Olimxon, atrixi o`», «Dar hajvi Malono Fazliy, saraladi she`r musammo ba Abdulkarim Namanganiy» kabi turli janrlarda yozgan satirik asarlarida ham ayovsiz fosh qiladi.

Page 48: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

48

Bu asarlarda turli lavozimlarni egallab olgan amaldorlar-xon, mehtar, malik-ushshuaro, otaliq va munishlar o`zlariga xos tasviriy vositalar, shtrix va detallar bilan fosh etiladi.

Maxmurning satira sohzasidagi yana bir xizmati uning o`sha zamon adabiyotida she`rlar tsiklini yaratganligidir.

Bu tsikl ham g`oyaviy, ham kompozitsion jihatdan bir butunni tashkil etadi. Maxmurning satirik tsikldagi she`rlariga uning:

«Avsofi qozi Muxammad Rajabi avj», «G`azali Qozi Muhammad Rojabi Avj dar barai xud», Avsofi Hoji Niyoz», «G`azali Hoji Niyoz», Afsofi louboli o`ratepagi», «G`azali luobol dar borai xud», «Dar sifati hakim Turobiy hazor xoshti» «Dar sifati hakim Turobiy hozor xalta», «Dar sifati mullo Ya`qub Xo`jandiy», «G`azal guftani Xujandiy» (G`azali mullo Ya`qub), «Dar sifati qozli Xo`ja Sagbon», «G`azali qozim xo`ja sagbon» nomli she`rlari kiradi. Maxmurning satirik asarlari devoni bizgacha etib kelgan bo`lsa ham, ammo uning lirik she`rlar devoni hozirgacha nama`lumdir. Lekin turli bayozlarda shoirning lirik she`rlari ham uchrab turadiki, bu hol Maxmurning satira sohasidagina emas, balki lirik she`rlar yozishida mohir ijodkor ekanidan dalolat beradi. Albatta, Maxmurning «Majmuai shoiron»da keltirilgan g`azallari shoir lirik merosining hammasi emas. Uning tojik tilida yozgan g`azallari, Hafiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Soib Tabriziy kabi mohir so`z san`atkorlari g`azallariga bog`lagan muxammaslari diqqatiga sazovor asarlaridir.

Abdurahmon Jomiy g`azaliga bog`langan muxammasning matlai: Ey sarvi sumanbari sihizod, Shud ey qaddi tu, chi naxli shamshod, Gardida ba bog`i husni bedod, Kurboni sari tu sarvi ozod, Majmuki ruxat hazor Farhod. Mahmur ijodi o`zining badiiy qimmati bilan ham diqqatga sazovordir.

Boshdanoq shuni uqtirish kerakki, u mazmunga muvofiq adabiy janrlarni tanlashga, tasvirlanadigan ob`ektni ham tamonlama ochishga xizmat qiluvchi janrlarda, xususan masnaviy va muxammasda ko`proq ijod qilishga harakat qildi. Shu bilan birga, u asarlarning g`oyaviy va mantiqiy izchilligini, bir butunligini ta`minlashga alohida e`tibor berdi va, hatto o`z asarlarida klassik adabiyotda bo`lgan badiiy tasvir vositalarining mazmunini ochib berishga, tasvirlanayotgan ob`ektga muvofiq va mos kelishiga diqqat qilib, o`z davri adabiyotiga ko`ra, katta yutuqli qo`lga kiritdi. Shuning uchun ham bir satirik she`rning hajviy qahramoni o`ziga xos portret va xususiyat bilan o`quvchi ko`z o`pkida gavdalanadi. Salbiy obrazlar portretini chizishida, Maxmur o`zining ajoyib san`atkor ekanligini namoyish etadi. Shoir obrazlarni tashqi qiyofani badiiy tarzda gavdalantirishda shunday detallarni topadiki, buning natijasida salbiy ob`ektning tashqi ko`rinishigina emas, balki uning ma`naviy dunyosi ham oydinlashadi. Chunonchi, goh zohid va obid, goh olimi dono, goh shayxi zufukun, goh shoir, goh qozi olimi dono, goh shayxi zufukun, goh shoir, goh qozi qiyofasida yuruvchi firibgor Muhammad Rajabning basharasi shunday tasvirlanadi:

Chiqib ar-ari qaddi chandon uzuk,

Page 49: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

49

Bo`lur saqfi gardung`a qilsang sutun... Teribdurkim ofoqdik pattani, Yig`ib ko`chadik lakburush lattani. Bunda shoir sifatlash va metaforalarni ishlatib, satirik obrazning karikatura

shaklidagi portretini chizgan. Shuni aytish kerakki, shoir ikki tilda-o`zbek va tojik tilida mulommaot

uslubida she`rlar yaratib, birinchidan, o`zbek va tojik xalqlariga tushunadigan sodda varavon she`rlar ijod etdi, ikkinchidan, bu ikki qardosh xalq o`rtasidagi madaniy-adabiy aloqalar tajribasini yanada boyitdi.

Albatta, XIX asrda birinchi yarmida ijod etgan Maxmurning dunyoqarashi qarma-qarshilik va kamchiliklardan holi emas jdi. Bunday hol esa, xususan, ijtimoiy hayot masalalarini tushunishi va tushuntirilishi ko`zga yaqqol tashlanib turadi.

Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida Qo`qon xonligida yashab ijod etgan, progressiv o`zbek adabiyotining vakillaridan biri bo`lgan Maxmur o`zining merosi, xususan, satirik asarlari bilan o`zbek adabiyotining xazinasini boyitdi, o`zbek satirasi an`analarini davom ettirib, o`zbek satirasining taraqqiyotiga zamin hozirladi.

SHERMUHAMMAD MUNIS.

REJA 1. Shoirning tarjimai holiga oid ma`lumotlar. 2. Shoir ijodining o`rgalinishi haqida. 3. Munis - lirik shoir. 4. “Munis-ul ushshoq” devonida insoniy - axloqiy mavzularning yoritilishi.

1. Shoir she`riyatida mehr-muhabbat, insoniylik, do`stlik tuyg`ularining tarannum etilishi.

O`zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Shermuhammad Munis shoir, tarixchi, tarjimon, hattot, sug`orish mutaxassisi, ma`rifatparvar siymo edi. Munis 1778 yili Xiva yaqinidagi qiyot qishlog`ida mirob oilasida tug`ildi. Uning bolalik va yoshlik yillari dastlab qiyot qishlog`ida, so`ngra Xivada masjid yonidagi maktabda, keyincha madrasada o`qish, kitob mutolaa qilish bilan o`tdi. Uning o`qishi va tarbiyasiga qo`shnisi Sayideshonxoja kabi olim va shoirlar rao`barlik qildilar. Munisning adabiyotga bo`lgan xavasini oshirishda, uni she`r mashq qilishga va klassiklarni puxta o`rganishga rag`batlantirishda o`sha zamonning qiroliy, Ravnaq, Mavlono Nishotiy kabi peshqadam va tajribali qalamkashlari muo`im rol o`ynagan edilar. 1800 yilda Avazboy vafot etib, xon Avaz inoq uni saroyning farmonnafis kotibi qilib tayinlaydi. 1804 yilda Munis o`zining ilk devoni “Devoni Munis”ni tuzadi. O`sha yili “Savodi ta`lim” yoki “Risolai savod” asarini she`riy yo`lda yozib, talabalarga o`usni xat ta`lim qoidalarini o`rgatadi. 1808 yilda Elto`zarxon Xiva xonligi tarixini yozishni buyuradi va u “Firdavsul-iqbol” (“Saodat bog`i”) nomli tarixiy asar ustida ish boshlaydi.

Page 50: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

50

1812 yilda mirob Erniyozbek vafot etib, xon uning o`rniga Munisni Xorazm mirobligiga tayinlaydi. 1819 yilda xon topshirig`i bilan Mirxondning ko`p jildli “Ravzatus-safo” (“Poklik bog`i”) tarixiy asarini fors-tojik tilidan O`zbek tiliga tarjima qila boshlaydi. Munis uning birinchi jildini tarjima qilib ulguradi xolos. 1815-1820 yillarda Munis o`zining mukammal devoni “Munisul ushshoq”ni tuzadi. “Oshiqlar do`sti” deb nomlangan bu to`plamga shoirning 16 ming misradan ziyod she`rlari jamlangandir. Munis badiiy ijodda o`ziga Navoiyni ustoz deb biladi va ko`p jihatda Navoiyga ergashadi. U 1829 yilda vafot etdi. 2. Munis o`z davrining etuk shoiri, adibi, tarixchisi, tarjimoni, murabbiysi va ma`rifat kuychisi edi. U faqat zamonasidagina emas, balki keyingi davrlarda ham xalq o`rtasida madaniyat muo`lislari, shoirlar, olimlar, san`atkorlar va tolibi ilmlar o`rtasida xiyla shuxrat qozongan edi. Munisning faoliyatini va adabiy merosini o`ganishda ma`lum yutuqlar qo`lga kiritildi. Dastlab sharqshunoslar Munisning oxiriga etkazilmagan “Fidasul-iqbol” asarini o`rganib, unga ko`proq murojaat qildilar. Munisning tarixiy asarini o`rganishda V. V. Barotold, P. P. Ivanov ma`lum xizmat qildilar. Keyingi yillarda esa S. P. Tolstov O`zbek olimlaridan Ya. g`ulomov, Munis. Yo`ldoshev, K. Munoirovlar Munis va Ogahiyning “Firdafsul-iqbol” asarini o`rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Adabiyotshunosligimizda Munis hayoti va ijodiga doir ko`plab ishlar qilindi. Chunonchi, shoirning ijodiy merosiga aloqador bo`lgan qo`lyozma va litografik asarlar Xiva, Urganch, Samarqand, Buxoro va Dushanbe kutubxonalarida, ayniqsa Toshkentda ko`proq to`plandi. Munisning adabiy faoliyatiga doir bir necha maqola va tadqiqotlar bunyodga keldi. Dissertatsiyalar yozildi. Munis asarlari majmua va dasrliklarga antologiya va to`rt tomlik “O`zbek adabiyoti”ga kiritildi. Shoiring o`n ming misragacha she`ri aloo`ida “Devon” qilib nashr etildi. Bulardan ko`rinadiki, Shermuhammad Munisning ijodi keng o`rganilmoqda. Hozirda Munis ijodining namunalaridan keng kitobxonlar ommasiga etkazishda katta yutuqlar qo`lga kiritildi. 3. Munis asosan lirik shoirdir. Devonining nomidan ko`rinib turibdiki, she`rlarining asosiy qismi muhabbat taronalaridir. Shoir ijodida ijtimoiy-siyosiy va falsafa mavzusidagi asarlar g`oyat siyrakdir. Munis talqinicha, she`r jahon xalqlari dillarini oson zabt eta oladigan eng qudratli quroldir. U bitmas tuganmas buloq, qulash nimaligini bilmaydigan buyuk koshona, bag`ishlov she`rlar kishilarni abadiylashtiruvchi mislsiz vositadir. Shoir xaqli ravishda she`r va uning manbaini adabiyotga dao`ldor xodisalar sifatida belgilaydi. Munis aksariyat g`azallari nio`oyasida she`riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy ruo`ida ko`mak va tarbiya kutadi. Munis ijodida ko`plab talmiq sa`atiga murojaat qiladi. U she`larida, g`azallarida tarixiy shaxslardan Navoiy, Sulton Xusayn, Mao`mud g`aznaviy, Firdavsiylarni keltiradi. Munisning ko`p she`rlari musiqaga solinib, xofizlar tomonidan aytilmoqda.

Page 51: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

51

Munis devoni asosan iloo`iy va insoniy muhabbat kechinmalari talqinidan iborat bo`lsada, san`at sankor moo`iyati ijtimoiy hayotning dolzarb masalalari aks etgan g`azallari ham uchrab turadi. Munis “So`z”, ”Shuaro” she`larida she`r va ijodkor qadr qimmati haqida qalam tebratadi. She`r ul tig`i dudamdurkim, jahonni fatx etar, Chekmayin lashkar gar olsa ilgiga har podshoo`. She`r ul nemat erurkim, har necha bazm etsalar, Lazzati ortar, dog`i qadrig`a topmas nuqs roq. Munis qasida janrida ham barakali ijod qiladi. U qasidalarini asosan Avazbek inoqqa bag`ishlab unga maqtovlar yog`diradi. Munis ijodida jamiyat o`zgarishlari ham o`z aksini topadi. Muhammad Raximxon vafotidan so`ng o`ukmronlik uning katta o`g`li Olloquliga o`tadi. Munis hayotining keyingi to`rt yili Olloquli o`ukmronligi davrida o`tadi. Munis o`zining bu davrida yaratgan baytlarida Olloqulini mamlakat obodonligi, elementlar osoyishtaligi uchun harakat qilishga da`vat etish payida bo`ldi. 4. Muhammad Rao`imxon o`ukmronligining ettinchi yili Munis o`z she`larini to`plab devon tartib bera boshladi. Devonga kiritilgan she`r turlari va baytlarining soni haqida shoirning o`zi “Munisul ushshoq” ning debochasida quyidagilarni yozadi. “...Garro qasidalar, dil gusho g`azallar, fasohatayin tarkibbandlar, latofat tazyin qit`alar, sharif musaddas va muxammaslar, latif ruboiy va muammolar, shirin masnaviy va g`amgin tuyug`lar va g`ayr ham taxminan olti ming baytdir”. Mumtoz poeziyaning xilma -xil turlari bo`yicha yaratilgan baytlari o`z ichiga olgan ana shu “Munisul ushshoq” devonining bir qo`l yozma, ikki tosh bosma varianti bor. “Munisul ushshoq” devonining muallifi O`zbek adabiyoti xazinasiga qimmatbao`o durdonalar qo`shish yo`lida she`r san`ati ustida qanday ishlaganini she`rlarining mavzui doirasi g`oyaviy mazmuni, badiiy saviyasi qanday ekanini klassiklardan yoki zamondoshlardan kimlar unga ustozlik va o`omiylik qilganini umumiy tarzda devonda o`n sakkizinshi she`rida ko`rish mumkin. Ma`lumki, Munisning hayoti Xiva xonligiga saroy doirasi bilan bog`langan o`olda o`tdi. Lekin u saroy muo`itida yashagan bo`lsada, o`zining fikr hayoli bilan xalq tomoniga intilib, ish olib borgan. Binobarin devondagi she`larning mavzu doirasi g`oyaviy mazmunini ko`zdan kechirganda bunga aloo`ida e`tibor berib, shoirning davrga, o`ukmdor doiralarga, turli ijtimoiy guruo`larga, ilm o`unarga, adabiyot madaniyatga, ishq-muhalbbat va do`stlik masalalariga bo`lgan qarashlarini kengroq va chuqurroq tekshirish lozim. Munis feodal zulm avj olib, xalq og`ir ao`volda yashagan davrdan o`ukmdor doiralardan norozi edi. U o`zining anashu noroziligini ifodalovchi she`r va qit`alar yaratgan, ba`zan esa ishqiy lirik g`azallari ichiga norizolik ruo`idagi fikrlarini qistirib ketgan. Munis mamlkat o`okimi va uning xalqqa qanday munosabatda bo`lishi kerakligi haqida o`z davri uchun muo`im bo`lgan o`z fikrlarini olg`a surdi. qabilachilik, urug`aymoqchilik nizolarini qoraladi.

Page 52: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

52

5. Shermuhammad Munis 18-asr oxiri va 19-asrning birinchi choragida Xivadagi adabiy muo`itda yashab ijod etgan etuk shoir va donishmand, tarixchidir. U o`z davrida ro`y bergan ko`pgina voqea va xodisalarning guvoo`i bo`lgan muo`okama qilgan va o`z qarashlarida xalqning o`ukmdorlar tomonidan eo`ilayotganligiga achingan va norizoligini ifodalagan. O`z she`rlarida hamda tarixiy asarlarida mumkin qadar xalqning o`imoyasini ko`zda tutgan xalqparvar va ma`rifatparvar shoirdir. Munis ijodida turmushning ko`p tomonlari shoirning xon, vazir va beklarga, shayx va zoxidlarga, shoir va olimlarga o`unarmandlar va boshqa meo`nat axllariga bo`lgan qarashlari aks etgan. Munis poeziyasida jao`olat va nodonlikka, ilm-o`unarga e`tiqod, she`r va shoirga o`urmat, pok vijdonli va vafodor ishq axllarini o`imoya qilish kabi motivlar asosli o`rinlarni egallaydi. Shoir hamma masalalar tasvirida dastlab ba`zi kamchiliklar bilan, keyincha esa she`r san`atining vakili sifatida ish tutadi va zamondoshlariga hamda o`zidan keyingi shoirlarga o`rnak bo`larli darajada badiiy yutuqlarga erishadi. Buni shoirning o`zi ham e`tirof etib juda ko`p qiyinchiliklarni boshidan kechirib bo`lsada, she`riyatning baland cho`qqisiga ko`tarila olganini qayd etadi: To musao`har ayladim so`z birla ma`ni kishvarin, Shoo` men, ey Munis, ao`li donishu idrokmen. Haqiqatdan ham Munis o`z zamonasining adabiy doirasida axli donishlarning shoo`i edi.

Nazorat savollari 1. Shermuhammad Munis adabiy merosi haqida nimalarni bilasiz? 2. Munisning “Savodi ta`lim” asari qanday asar?

Tayanch atamalar “Munisul ushshoq”-“Oshiqlar do`sti”. . Zullisonayinlik - ikki tilda baravar ijod qila olish. Tayanch tushunchalar Ma`rifatparvarlik - shoirning o`z ijodida ilm hamda ta`lim-tarbiya masalalariga urg`u berishi. . Satirik xarakterdagi asar - hayotdagi nuqson va illatlarni fosh etuvchi kulgiga asoslangan asar. Adabiyotlar 1. Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi. T., 1980. 2. Voo`idov Z. O`zbek adabiyoti tarixidan. T.,1961. 3. Munirov K. Munis, Ogahiy va Bayoniylarning tarixiy asarlari. T., 1960. 4. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik, 4-jild. T., 1978.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Munis Shermuhammad Xorazmiy. Saylanma. T., 1980. 2. O`zbek adadibyoti. 4 jildlik, 3-jild. T., 1959.

Page 53: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

53

MUHAMMADNIYoZ NIShOTIY Reja:

2. Nishotiy hayoti va ijodi 3. Shoir lirikasi. 4. Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni 5. Dostondagi munozaralar

Hayoti va faoliyati. Nishotiy XVIII asrda etishgan iste`dodli lirik va epik

shoirdir. Uning «Husni Dil» dostoni xalq orasida ayniqsa mashhurdir. Bu dostonda shoirning hayotiga doir ba`zi ma`lumotlar bayon etilgan. Chunonchi dostonning kirish qismidagi:

Bor edi Xorazm diyori erim, Ondin edi yaxshi, yomon gavharim. Chiqmoqda fikr aylabon ikki rafiq Ul dedi: g`urbat sari boshla tariq, Men dog`i amrig`a qilib inqiyod, Yo`lg`a tushib izladim o`zga savod. Poki Buxoro sari qo`ydim qadam, Oh, bu xori aro bo`ldim adam. Garchi eruk manzili dilkash base, Lek musofirg`a emas xush base- Kabi misralardan ko`rinib turadiki., shoir Xorazmda tug`ilgan va umrining

ma`lum qismini Buxoroda o`tkazgan Aftidan, XVIII asr o`rtalarida Xorazm toj-taxti uchun bo`lgan o`zaro urushlar vaqtida Nishotiy xanovayron bo`lib, bashpana va osoyishtalik izlab Buxoroga borgan bo`lsa kerak. Chunonchi, shoirning quyidagi misralari bunga dalil bo`la oladi:

Charxi dun nogah o`lub badmijoz, Dun elig`a berdi kamolu rivoj... Moliki amlok o`dub ul boj o`lub, Bizg`a iloji aning ixroj o`lub... Nishotiy Buxoroda ham ko`p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Tanish

bilish va turar joyi yo`qligi, oziq-ovqat tanqisligi uni ko`p mashaqqatlarga duchor etgan:

Ne mango ma`voyu ne manzil ayon, Vah na dedim turg`ali qayda makon? Tu`ma uchun shomu sahar nomishim, Tife kibi barmog`i so`rmoq ishim. Qay bir alam vasfini tahrir etay? Yoki qayu dardni taqrir etay? «Husni Dil» dostoni XVIII asrning 70-yillarida yozilganligini e`tiborga

olganda «Nishotiyning Buxoro hayotidagi og`ir domlar tasviriga doir misralari asason shu yillarga to`g`ri keladi.

Nishotiy Nishotib nozik va jo`shqin lirik shoirdir lirikasi. Uning lirik she`rlari «G`azaliyot va Muxammasoti Nishotib» (bu 1903 yilda Muhammad Yusuf Chokariy tomonidan ko`chirilgan puxta nusxa bo`lib, O`zFA

Page 54: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

54

Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda), «Bayozi mutafarriqa», «Bayozi majmuan ash`or» kabi manbalardan o`rin olgan. Nishotiyning:

Ochganda doli zulfing, etgach shamoli zulfing, Qildi hayoli zulfing toroji dinu imon... kabi somimiy sevgini tarannum etuvchi g`azallari hayotiyligi va jo`shqinligi

bilan kitobxonlarni o`ziga maftun etadi. Dastlab shuni ta`kidlash lozimki, Nishotiyning ijtimoiy-siyosiy fikr-

munohazalari ko`proq «Husnu Dil» dostonida, ayniqsa uning kirish qismi va xotimasida mujassamlashgan bo`lsa, muhabbat mavzui bilan bog`liq his-to`yg`ulari, ichki kechinmalari ko`proq lirikasida ifodalangan. Lekin, shunga qaramay, uning she`rlarida lirik kechinmalar bilan birga, yashagan muhitning ayrim illotlarini fosh qiluvchi va qoralovchi ijtimoiy siyosiy fikrlari ham aks etgan. Bunday she`rlar yoki misralar Nishotiy lirikasining ijtimoiy-estetik qimmatini yanada oshiradi. Misol uchun quyidagi bir parchani ko`zdan kechiraylik:

Yorab nechuk balodir boshimg`a shomi hijron, Ne dardig`a nihoyat, ne mehnatig`a payon. Ne sabru ne qarorim, ne hush, ne ixtiyorim, Ne yoru ne diyorim, ne jon mango, ne jonon. Har kunda boshqa g`avg`o, har tunda o`zga savdo, Ne manzilu ne ma`vo, yo`qdur makoni imkon. Shoir Navoiy va Fuzuliy g`azallariga bog`lagan muxammaslarida ham

ko`proq ijtimoiy hayot voqealariga e`tibor beradi. Ayniqsa Navoiyning, davronidur-hijronidir», «oftob-oftob» kabi qofiyalar bilan tamamlangan she`rlariga va Fuzuliyning «besukun-tale zabun» kabi qofiyalar bilan tugagan g`azaliga bog`lagan muxammasida Nishotiyning o`z davriga, o`z muhitiga tanqidiy munosabati shikoyat ruhida ifodalagan fikrlar ko`proq uchraydi. Masalan:

Yo`qdurur davroni dunparvar madorig`a qaror, Inqlobe birla oxir bo`yg`usidir xor-zor Shoir XVIII asr o`rtalaridagi Xeva xonligi hayotidan olgan taassurotlarini

lirik kechinmalar shaklida ifodalab, «davroni dunparvar»ni qoralagan va o`sha mashaqqatli ayyomdan qoniqmaganini yashirmay yozgan. Nishotiyning Navoiy g`azaliga bog`lagan muxammasining quyidagi bandi ham mazmuni jihatidan shu ruhdadir:

Nechun etmay charxi kajraftor alindin dodkim, G`am uza g`am etkurur bedod uza bedodkim, Nega hasrat o`tig`a kuymay mani noshodkim, So`zi ishqimdin savol etdi un oy farodkim, Yuz javobim boru yo`q hushrim demakka bir javob. Ozarbayjon xalqining mashhur mumtoz shoiri Fuzuliy o`z kechinmalari

fonida feodal muhitini qoralab, «berahm falak», «beparvo do`st», «qaviy dushmon»dan noroziligini, dard ko`pligi va tole zabunligini tasvirlovchi bir she`rini shunday boshlagan edi:

Do`st beparvo, falak berahm, davron besukun, Dard cho`x, hamdard yo`q, dushman haviy, tole zabun.

Page 55: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

55

Shoir Nishotiy bu misralarda tasvirlangan holatni o`z muhitida ko`rganday bo`ladi va Fuzuliyning shu g`amgin g`azaliga muxammas bog`lab, Xeva xonligida kishilarga, «hamdam-oh», hamnafas-afg`on «ekanini, kishilar ruhi-hazin, xotiri g`ussalarga to`lib-toshganini ta`kidlabdi, mamlakatda fisq-fujun, azob va o`lim rivoj topganidan faryod chekadi:

Hamrohim-g`am, munisim-dardu rafiqimdur ano, Mahramim-mehnat, shafiqim-marg, hamdardim qazo Quyidagi parchada shoir o`zini olov ichida qolgan somon parchasiga

o`xshatadi, aql va donish najot yo`li qolmaganligini, falakning teskariligi va davlat ishlari tushgunligini ta`kidlab bunday deydi:

Vah nechuk aylay gumon o`zni bu holatda hayot, Xlk aro pinhonman andoq axtarib topmas mamot, O`tda bargi kohdek aqlu xirodag`a yo`q najot, elda bargi loladek tamkinu donish besabot, Suvda aksi sarvdek ta`siri davlat vojgun. Nishotiyning bu misralari XVIII asrning 40-yillaridagi g`oyat og`ir ahvolni

ko`rsatadi. Biroq shoirning o`sha muhit-sharoitdan norozilik ruhidagi bu fikrlari faqat shikoyatligicha qolavergan; g`azab o`tida yongan keng xalq ommasining o`tkir noroziligi, qarshiligi mamlakatda jabr-zulm va xarobalikning avj oldirgan hukmron doiralarga qarshi kurashni ifodalash darajasiga ko`tarila olmagan.

Mavjud tarixiy sharoit bilan izohlanadigan fikriy ojizlik natijasida shoir xalqni xon va beklarga qarshi kurashga da`vat etish o`rniga:

Zulm etdi charxi zolim, qildi fuzun malolim, Ko`p mushkul o`ldi holim, yorab sen ayla oson- deb xudoga yolvardi. Shoir shu fikriy ojizlik natijasida nima qilishini

bilmay, mayxonada hushdan ketgancha ichib, orom olishni istabdi, «ahli xirad»dan ajralmoqchi bo`ladi, «or ila namus»ga nafrat izhor etadi, boshi berk ko`chaga kirib qoladi:

Tuting ey ahli xirad biringiz o`zga maqom, Kunji mayxona aro men dog`i aylay orom, Qutulib bir yo`la sizdin bo`layin masti mudom. Qoching ey or ila nomus, keting ey nang ila nom. To bakoy rijtai donish bila payvast bo`lib? Qo`ying ahbobki loyaqil o`lay, mast bo`lay. Bu-shoirning og`ir fojiasi edi. Nishotiyning turmush voqealariga faol

qatnashmaganligi, hayotni yaxshilashning haqiqiy yo`llarini anglamaganligi, hukmron doiralarni fosh qilishda etarli darajada dadillik ko`rsata olmaganligi, tinchlik va osoyishtalik uchun kurash yo`lini topolmaganligi shunga olib keldiki, uning ayrim she`rlarida qayta-qayta sherlatilib, siyqasi chiqib ketgan shakllar, tashbehlar, ifodalar takrorlandi va shoir o`z qayg`ularini, g`am-g`ussalarini, shayxlar, zohidlar va voqealar qaratilgan fikrlarini ifodalashda ham ko`pincha an`anaviy tashbehlar va usullarni qayta-qayta qo`lladi. Chunonchi, shoirning:

Do`stlar pand bu kim, jom ila may no`sh qiling, O`zni bilmasdek ichib, shomu sahar jo`sh qiling, Zuhdu taqvo bila toatni faromo`sh qiling,

Page 56: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

56

Beribon jami labolab meni madhush qiling- Kabi misralari bunga misol bo`la oladi. Ammo Nishotiy lirikasi an`anaviy obraz va badiiy vositalar doirasida qolib

ketmaydi. Shoirning bir qator she`rlarida zamonasining sog`lom nidosi, feodal-klerikal muhitdan nolish barakalla eshitiladi. Shoir o`z davridagi aqlu donish aqllarini musibatli hayotidan iztirob chekib:

Aqlu binish bila to boshdin oyoq zor o`ldilo, Sabr zindonida donishg`a giriftor o`ldum, Barchadan zor Nishotiy kibi bezor o`ldim... kabi alamli misralar bitadi. Shoirning ishqiy-intim she`rlarida ham bunday ziddiyatlarni ko`rish

mumkin. Shuni alohida uqtirish lozimki, shoir qaerda konkret hayotga yaqinlashib, ko`z oldida gavdalangan oshiq-ma`shuqlar haqida, jonli odamlar to`g`risida qalam tebratsa, o`sha o`rindagi jozibadorligi va haroratligi bilan ajralib turadi. Chunonchi, uning:

Har bir kunim edi oy, har oyim erdi bir yil, Ul zulfu yuzni ko`proq xush bo`ldi mohu solim, Dedimki: shomi hijron to`y erdi ham qorong`u, Dediki: ko`zing oydin topding bu tun visolim- kabi baytlari hayotiyligi, haqqoniyatligi bilan maroqlidir. Shoir boshqa bir

she`rida oshiq va ma`shuqa o`rtasidagi ayriliqning g`am-g`ussasini ifoda etish fonida o`zi yashagan davrining g`urbat va alamlarini tasvirlaydi:

Qayda ul bedilg`a oyo sabru oromu ishkeb, Azm etib g`urbatg`a ul qolsa vatan ichra habib. Nishotiy yor haqidagi ba`zi she`rlarini real taassurotlar asosida yozmagan,

shuning uchun bu she`rlarida mavhum manzara va lavhalar, ta`sirsiz, kuchsiz mubolag`alar, sun`iy tashbehlar uchraydi. Bunday she`rlar yoki baytlarda qosh kamonga, kiprik o`qqa, zulf kajdum (chayon)ga yoki ilonga, qad-qomat sarv daraxtiga yoki niholga, og`iz pistaga, xol qora zog`ga, bel qilga o`xshatiladi, oshiq va ma`shuqlarning xulq-odatlari, bir-birlariga munosabatlari, oilaviy hayotdagi, muhabbatlaridagi samimiyliklari real tarzda aks ettirilmaydi.

Shoirning ayrim she`r va baytlaridagi bunday nuqsonlarga qarab, uning she`rlaridagi iste`dodini kamsitish noto`g`ri bo`lur edi. Chunki Nishotiy hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo`lgan borgan sari g`oyaviy-badiiy kamolatga etib, bunday nuqsonlardan qutulib boradi.

Nishotiy she`rlarining anchagina qismi Navoiy g`azallariga bog`langan muxammaslardan iborat. Shoir Navoiyni «aql-donishda» g`urron kalang» deb ta`riflagan va uning g`azallariga 15 dan ortiq muxammas bog`lagan. Bu muxammaslarning ba`zilari Navoiy misralariga g`oyaviy-badiiy jihatdan mos kelmaydi.

Lekin, bunday kamchiliklardan qat`iy nazar, Nishotiy lirikasi XVIII asrdagi poeziyasining go`zal namunasidir.

«Husnu dil» dostoni. «Husnu Dil» dostonining syujeti fors-tojik va turkiy tillar adabiyotida

ko`pdan beri keng tarqalgan va qayta-qayta ijodiy ishlangan syujetdir. Chunonchi,

Page 57: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

57

XV asrda shoir Fattahiy (1450 yilda vafot etgan) «Husnu Dil» syujeti asosida nasru nazm uslubida tojikcha doston yozgan edi. Bu dostonning qo`lyozmasi Tojikiston fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutining Sharqshunoslik bo`limida saqlanmoqda. Shu fondda saqlanayotgan, Ravzat-ul-ushshoq va hikoyati Ibodullohil G`afuri Nishopuriy va Riyoz-ul-latoif"»nomli qo`l yozma kitobning 89-137 betlarida ham tojikcha, «Husnu Dil» dostoni berilgan. Bu doston o`z syujeti nasriy ifodasi, vazni va boshqa jihatlari bilan, qisman bo`lsa-da, Fattoqiy variantidan farq qiladi. Shuningdek, mashhur tojik yozuvchisi Mashfiqiy ham (XVI asr) «Gulzori eram» dostonida «Husni Dil» syujetini ijodiy ravishda qayta ishlagan (1571 yil). Fors tojik adabiyotida «Husnu Dil» dostonining boshqa variantlari ham bor. «Husnu Dil» dostoni o`zbek adabiyotida ham xiyla uzoq tarixga egadik. Jumladan, XVI asrda o`tgan oshnozlik shoir Ohiy «Husnu Dil» syujetida doston yozgan. «Husnu Dilning xalq orasida keng tarqalgan variantlaridan biri shoir Nishotiy dostonidir. Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni shu syujet asosida yaratilgan boshqa dostonlardan tubdan farq qiladi. Bu dostonning ko`pgina qo`l yozma nusxalari Toshkent, Xeva, Buxoro, Samarqand va boshqa joylarda bor.

Dostonning «Husnu Dil» dostonining mazmunidan ravshanki, obrazli va shoir davrining g`oyalari mavqeida g`oyaviy mativlari turib, ajoyib afsonaviy syujet shaklida tinch va osoyishta hayot haqidagi olijanob insoniy ideallarni ifodalagan. Shoir, aql va ishq, fahm-farosat, himmat-muruvvat, rng-idrok bilan ish ko`rgan taqdirdagina olib niyatlarga erishish, mumkin, degan oqilona xulosalar chiqargan. Nishotiy mamlakatda ranju sitam urug`iga barham berish va olamni har qanday «horu xos»dan tozalab, «Dahr eliga, fayz va zavq» bag`ishlovchi bog`-rog`lar yaratish g`oyasini quyidagi misralarida yaqqol ifodalagan:

Kimki birov qasdig`a o`tni yoqar, Charx ani ul o`t uza oxir yoqar. Ranju sitam tuxmini eksa birov, Urg`usidir ham oni vaqti darov. Ey naxush ul subhi saodat nasim, Nakhat anga bor esa davlat shalish. Bahravar andin bo`libon bog`-rog`, Dahr eliga bo`lsa muattar dimog`. Qilsa jahon sahnini gulzorvash, Qalmasa ul gulshan aro xoru xos. Dostondagi obrazlar orasida Aql, Fuod, Nazar, Ishq, Husn, Himmat, Qomat,

On, Xayol, Vafobonu, G`amza, Ishva, Karashma kabilar ayniqsa muhim rol` o`ynaydi. Nishotiy bu obrazlarning qiyofasi va faoliyatida tinchlik, osoyishtalik,obodonlik va farovonlik g`oyalarini mujassamlashtiradi. Dostondagi ikkinchi guruh timsallar esi Vahm, Raqib, Foruqa, Foxir, Shayx zarq, Shohi Fasod kabilardan iborat bo`lib, ular zulm va zo`rovonlik, qahr-g`azab nomoyonlari sifatida gavdalanadi. Demak, ziyo va zulmat kuchlarini mujassamlashtiradigan majoziy obrazlar o`rtasidagi kurash dostonidagi konflikt asosini tashkil etib, uning xarakterini belgilaydi.

Page 58: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

58

Aql obrazi. Nishotiyning tasviricha, Aql Yunonda podshoh bo`lib zo`r aqlliliga, donishmandligi, shoirligi va axloqliligi bilan ajralib turar ekan, uning adolatidan «Mulk ma`mur» va yaxshi ishlaridan «xalq masrur» bo`lgan ekan.

Ilm ila hikmat aro Luqmon edi, Fahm ila fikrat aro burqon edi. etmagudek fahmi Falotun ango, O`zga edi rasm ila qonun ango. Mulki jahon ichra qilib adlu dod, Dodi bila erdi jahon mulki shod Adli bila mulk edi ma`mur ango, Fazli bala xalq edi masrur ango. Ilmu adab bobida mohir dag`i, Qariyasanj erdiyu shoir dog`i, Bo`lganidan zoti qabuli inom, Dahr eli otin der edi Aqli tom. Ammo Aql shuncha bilim va donish egasi bo`lishiga qaramay, bir daraja

parishonhayol va beparvo ekan. U o`zining vaziri Vahmi balo va ishongan maslahatchisi Murimdi Ilhon degan shayx xasofati tufayli ana shunday bo`lib qolgan ekan. Aql shunday kamchiliklari sababli qottiq jazolanadi. Bu esa uning o`z vaziri Vahmning yolg`on gaplariga ishonaverishning oqibati edi. Buning natijasida Aql noto`g`ri chora tadbir ko`radi. Hatto u Vahmning chaqimchiligi va shayxning bo`qtonlarini o`ylab o`tirmay, Fuod, Nazar, Xayol va Nog`mani asir alib, zindonga solish haqida bo`yruq beradi.

Fuodning ahvoli yomonlashadi. Hakimlar uning kasalini «ishq kasali» deb aytadilar. Aql xa yana o`zining Vahmi balo kabilarning gapiga kirib. Ishq o`lkasiga qarshi jangga otlanadi va bir hamla bilan ishq o`lkasini bosib olmoqchi bo`ladi. Ammo u Ishq o`lkasining qudratini e`tiborga ham olib o`tirmaydi. U o`z kuchlariga ortiqcha baho beradi, mag`rurlanadi. Nishotiy Aqishohdagi salbiy sifatlarning XVIII asr hukmdorlariga xos ekanligini nazarda tutib ana shunday qahr-g`azobga to`lgan johil va zolim shohlarga yaqin yo`lamaslik kerakligi to`g`risida bo`nday dedi:

Kimki qilur qurbati shohni havos, Qahr o`tig`a yong`usi andoqli xas Shoh demak kimsaga o`pka havos, Oxir anga oh bo`lur halinafas. Shoh qusuridin o`zing ayla dur, Toki sanga shah degay el bequsur. Demak, Nishotiy Aqlshohning savodi va ilmini maqtash bilan birga, uning

kamchiliklarini ham tanqid qiladi. Shoir Aqlshoh tabiatida sodir bo`lgan qahrg`azab uning yaramas maslahatchilariga ishonganining natijasi ekanini qayd etib, XVIII hukmdorlarida ham bunday salbiy sifatlar borligiga ishora qiladi.

Fuod obrazi. Fuod Aqlshohning o`g`li. U dunyoga kelganida hikmat eli birgalashib, maslahat bilan unga nam quyishgan. Fuod esini taniy boshlashi bilanoq, hikmat eli tarbiyasida bo`lib, fahm-farosatini oshira borgan. Shoirning yozishicha Fuodning zehni o`tkir bo`lganidan, u etti yoshidayoq qiroatni

Page 59: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

59

o`rgangan, asta-sekin har qanday ilmni ham o`rganib, «har jeki mashhul» bo`lsa, fikr yuritib o`zlashtira borgan. U ko`proq tarix o`qish, she`r san`ati ustida muhokama yuritish bilan shug`ullangan.

Fuod «Qal`ai jism» degan joyda o`sadi. «Qal`ay jism» qasrlari oldida 360 nahr va 440 anhor bo`lib, bundan butun mamlakat foydalanar edi. Aqlshoh shu joyning hukmronligini o`g`li Fuodga topshiradi. Fuod bu joyni adolatparvarlik bilan idora qildi:

O`g`li dag`i ko`rsatibon adlu dod, Mamlakatin ayladi obodu shod. Adl hurufi kabi ko`z birla dil Xalq anga bog`lab edi muttasil. Fuodning yoshlik yillari turli fanlarni o`rganish bilan o`tadi. U ilm va hikmat

aqllarini hurmat qiladi. Ammo o`z o`g`lini g`oyat sevgan Nafisbonuning unga «Dahr yomon-yaxshisi»ni bildiradigan, boshdan oyoq «Ishq ila Husn» ta`rifidan iborat kitobni taqdim qilishi bilan Fuod hayotida o`zgarish paydo bo`la boshlaydi. Endi Fuod ishq-muhabbat xayoliga berilib ketadi va g`amgin voqealarga duch keladi:

Lek ichibon rohi muhabbat mudom, Chehralari bor edi gulgun davom Nishotiy tasviricha, Fuod ko`p bilimlardan xabardor bo`lgan va ayni

zomonda Husnni zo`r otash bilan sevgan ishq yo`lidagi niyatlaridan sira qaytmagan oshiqdir. Ammo u (ko`p) ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Chunonchi, ko`p ichib, mast bo`lganligi natijasida Foruqaning qo`liga tushib, jafo chekadi:

Vahki na xush dedi o`yshun muxtaram, Mast parishon esa ko`rgay sitam. Fuodning boshiga tushgan tashvishlar uning aqlu farosat va sargaklik bilan

harakat qilmay, it bilan ohunu, zog` bilan bulbilni farq qilolmay qolishi natijasida edi. Nishotiy Fuodning bu nuqsonlarni umumlashtirib, unga ham «javhari idrok»ka befarq qarovchilarga ham tanbeh beradi:

Kimda kim yo`q javhari idrok-aql, Kungli emas ainai poki ilm... It bila ohu bo`libon halqnafas, Zog` ila bo`lbulg`a bir o`ldi hafas. Nishotiy o`z qahramonlaridagi bu kamchiliklarni tanqid qilish bilan birga,

unga yordam qo`lini cho`zgan Husnga taqsin o`qiydi va uning g`alabasidan xursand bo`lgani holda o`z zamonida ana shunday mehr muhabbat, or-nomus yo`qligidan shikoyat qilib, o`z ahvoliga achinadi:

Ohki man hastaga yo`q yoru or, Vah ne dedim bal mango qayda diyor? O`lsam agar so`rg`ali yo`qdir ishim, Vah ajab yoqsa ko`ki nashishim... Nazar obrazi. «Husnu Dil» dostonidagi obrazlar orasida Nazar obrazi

o`zining ma`naviy boyligi, g`ayrati, shijoati, harakatchanligi va tadbirkorligi bilan

Page 60: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

60

diqqatga sazovordir. Aslida «Shahri Bedahshon»lik bo`lgan Nazar xalqdan chiqqon va «purhunar» kishi bo`lib, shahzoda Fuodning xizmatkori edi:

Xizmatida bor edi bir pirhunar, Zoti qarovul edi, oti Nazar. Nazar Fuodning ahvolini bilgach har qanday xavf-xatarga qaramay,

«Chashmayi hayvon kanoridagi jonon»dan xabar olishga junaydiki, bu uning jasurligidan va insonga bo`lgan g`amxo`rligidan dalolat beradi. Dostonda tasvirlanishicha, u dengizlardan jasur «malloh» (matros) sifatida suzib o`tadi, dahshatli dashtu sahralarda botir sayyoh sifatida kezib yuradi:

Kulzumu ummon aro malloh edi, Dashti jahon sahnida sayyoh edi. Nazar shoh Foxirning ham, Shayx Zirqning ham yolg`on gaplariga

ishonmaydi, ularning so`ziga kirib o`z oldiga qo`ygan maqsadidan qaytmaydi. U shayxning bemoza va «sidqu safo»dan mahrum so`zlaridan hamda boshdan oyoq bema`ni va tartibsiz va`zxonligidan uning ma`naviy qashshoqligini bilib oladi:

Chunki Nazar ongladi oning so`zin, Ko`rmadi ul shayx so`zining tuzin. Va`zi aro yo`q edi nam`u namo, Chunki yo`q erdi yangi sidqu safo. Xullas oning so`zin eshitti tamom, Boshdin oyoq bor edi muhmal nizom. Nazar Shayxni nazar-pisand qilmaydi va aqlu farosati bilan uni mulzam qilib

toshlaydi. Bu epizoddagi shayx misolida mujaassib ruhoniylarning riyokorligi, Nazar timsolida haqiqat axtaruvchi oddiy kishilarning halolligi, pokligi namoyon bo`ladi «Daryoi hayrat» epizodida esa Nazarning pahlavonligi gavdalanadi. Shoirning tasviricha Nazarning pahlavonligi turli bilim va hunarlarni egallashida ham zohir bo`ladi. Nazar obrazidagi bunday ma`naviy fazilatlar «Shahri Habib» epizodida uning shoh Qomat bilan uchrashuvida alohida namoyish ettirilgan. Shoh Qomat Nazarning sadoqati va bahodirligiga qoyil qoladi.

Bu o`zinda shoir Nazarga shunday tavsif beradi: Dedi Nazar borman aningdek faqir, Hur fan aro tab`im erur benazir. Ilmi nujum, hikmatu advor ham, Bilgum erur sihr ila ash`or ham. Ilmi riyoziyu ilohiy sango, Tab`im aro barcha qamohiy mango... Nazar Vahmi va Murshidi ilhon shayx kasofati bilan zindonga ham

umidsizlanmaydi. U zindondan qutilish yo`llarini izlar ekan, faqat o`zinigina emas, balki xayol, G`amza kabi dustlarini ham qutqarishni ko`zlab harakat qiladi:

Har kishikam bor edi yo`ldosh ango, Mehnati zindon aro sirdosh ango. echdi olar bandini dog`i ravon, Chiqtilaru qochtilar eldin nihon...

Page 61: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

61

Xullas, Nazar o`z orzulari bilan qarovchi ijobiy obraz bo`lib, ko`p jihatdan «Farhod va Shirin»dagi Shopurga, «Alpomish»dagi Qorajonga o`xshab ketadi. U o`zining harakatchanligi, kurashchanligi bilan Fuoddan ancha ustundir.

Husn obrazi. Husn Shahriyori Ishqning qizi bo`lib, u go`zal, bilimdon, tadbirli, bardoshli bo`lishi bilan birga, vafo va sadoqat timsoli hamdir. Husn naqoshlik, binokorlik, musiqa va she`riyatni juda sevadi. Xayol uning yonida naqqoshlik qilsa G`amza mahoinavozlik qiladi. Husn, Qal`ai diydor»da yashab, xotin qizlar bilan birga bo`ladi, ornomusi va yurt himoyasi uchun Mardona kurashda sherga teng keladigan bu xotin-qizlarga homiylik qiladi.

Husn Nazarni samimiyat bilan kutib oladi. Fuod ishqning nishonasi sifatida «Chashman hayvon» aqiqini berib, naqqosh Xayol bilan nag`minavoz G`amzoni unga qo`shib yuboradi. Ammo «Qal`ai diydor»ga lashkar tortgan Aqlshohga qarshi otlanishga majbur bo`ladi. U adashmaslik uchun kengashib ish qilishni birdan-bir tadbir deb biladi. Shuning uchun ham u o`z farmonida quyidagilarni aytadi:

Dedi qiling jam azomlari, Safhai devondagi nozimlari, To na kengash qilg`ay alar oshkor Topg`amiz ul maslahat uzra qaror. Neki kengash birla topar irtikob, Bo`lg`usi albatta xatosiz savob... Husn Aqlshoh qo`shini bilan Shohi Fasod ustidan g`alaba qozongandan

so`ng, Fuodning zindonidan qutqarish tadbirlarini o`ylab, bu haqda Vafobonu bilan maslahatlashadi. Bu bilan shoir g`alabaga erishish uchun kengashib ish tutish kerak, degan to`g`ri xulosa chiqaradi.

Husn-ishq sirini har kimga ham bermaydigan o`ylab ish qiladigan, hayoli, iffatli sohibjamol qiz:

Urmas edi degali g`am elda dam, Topmas edi mahrami asror ham. Uning qalbiga eng yaqin kishilardan biri Vafobonu edeb. Nazar Fuodga

qanchalik sadoqat bilan xizmat ko`rsatgan bo`lsa, Vafobonu ham Husnga shunchalik vafodor va fidokor edi. Shuning uchun ham shoir uni Vafobonu deb atagan. Husn o`z muhabbatini yashira olmaydi; buni Nishotiy quyidagicha ifodalaydi:

Mushkni gar saqlasang eldin niqon, Qilg`usidir isi-uq oni ayon, Mushk ila ishq o`lmag`usi yoshirun, Zohir etar o`t bor ekanni tutun... Husn faqat o`z sevgisi baxt-saodati uchungina emas, balki do`stlari

omadining kelishi, hayotining quvnoq bo`lishi uchun ham jonbozliq qiladi. Chunonchi, u Nozni Nazarga, Vafobuni Hishmatga, Karashmani Sabrga unashtirish ishiga aralashadi. Nishotiyning fikricha, Husn o`zi va do`stlarining muhabbatini el osoyishtaligi, vatan obodonligi, vijdon pokligi uchun kurash bilan chambarchas bog`langan deb bilgan namusli va qahramon qizdir.

Shahriyori Ishq. Ishq-ideal shoh obrazi. Nishotiyning tasviricha, Ishq kishilarni qadrlash, do`stlikka rivoj berish, maslahat bilan ish ko`rishi, yurt

Page 62: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

62

obodonligi uchun g`amxo`rlik qilish kabi oshjanob insoniy xislatlarga ega bo`lgan. Shoir Ishqning g`alabasidan, riyokorlikning mahv etilishidan quvonadi, she`riga qanot bog`lab, zamoniga etib keladi o`zining zamon «zarqi riyo»laridan uzoq turgan holda, Ishqning fazilatlariga ixlosmandligini bildirib:

To topayin zarqu riyodin xalos, Aylayin ixlosga jonimni xos- deb yozadi. Aqlshohni engan Ishq bu g`alaba bilan cheklanib, mag`rurlanib qalmoydi,

balki Aqlshohning yurti «Mushki badan»ni egallab olgan Shohi Fasodga qarshi kurash ham ochadi. Hamma joyda tinchlik, asoyishtalik o`rnatmoqchi bo`ladi. Ko`pchilikning maslahati bilan Aqlshohni zindondan qutqaradi va o`ziga vazir qilib belgilaydi. Hamma joyda «amn-amonlik», nisbiy tinchlik uchun kurashdan aqllarining ham qadr-qimmatini oshiradi:

Ahli hunar qadrini qildi baland, Etti inod ahlini xoru najand... Nishotiy bu ideal shohlikda ishq va aql ham, dil va qimmat ham borligini

ifodalaydi va qimmat bo`lmagan joyda dunyo, «Chohi balo»dan iborat bo`ladi, deb yana o`z zamonidan shikoyat qiladi:

Yorab etib sabr ila himmatni yor, Ishq janobida mango ber qaror. Himmat agar bo`lmas edi dovarim, Aql ila dil bo`lmadilar yovarim, Himmat ila bo`lmas esang dastgir. Chohi balo ichra erurman asir... Ishqning suyangan kishilari Himmat va G`ayratdir. Ular do`stni dushmandan

farq qilib, Ishq saltanatiga rivoj beradilar. Binobarin, Nishotiy tasviricha, Ishq qo`shini ziyo yorug`lik baxsh etadi; dushman tomoni esa «Lashkari Shom»-zulmat bo`lib, u o`limga mahkumdir. Nishotiy bunday majoziy obrazlar orqali, «olam kamyob» bo`lishi kerak degan xalq orzu-umidlarini o`z poetik niyati bilan ulab, romantik tasvir yaratadi:

Ishq erur izohi muallojanob, Andin erur alam eli koyyob, Zot anga aksar erur kimiyo, Tufrog`a ul qadr berur ham baho. Roqib obrazi. Raqib razil kuchlar va devlardan iborat bulgan «Lashkari

Furqat»ning boshlig`idir. Raqib-ziyo dushmani Shoir Raqib misolida mujassamlashtirilgan qaro guruhlarga nafrat qaraydi, «mol egasiga o`xshamasa, harom o`ladi» degan halq maqoliga ishora qilib, ularning qo`shni va tug`laridan kuladi:

Tug`i aning bor edi andoq garoz, Hashr xunidin qadi erdi daroz Chunki erur el aro bu xushkalom, O`xshamasa mol egasiga harom. Raqib «Do`zaxnishon» bo`lgan o`z qizi Foruqaning maxrlariga tayanadi.

Uning gapiga kirib, Fuod bilan Nazarni dorga, so`ngosmoqni, so`ng ularning

Page 63: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

63

jasadini o`tda yoqib, kullarini ko`kka sovurmoqchi bo`ladi. Lekin qo`lga tushirganidan keyin turli nayranglar ishlatib, g`ayat «firibg`ar tovlamochi ekanini ko`rsatadi. Chunonchi Hilmot uni asir olib, Fuod va Nazar haqida so`roq qilganida, u makkorlik bilan shunday deydi:

Xalqi jahon matlai ogoh emas, Tanimag`an siylamasa ayb emas. Nishotiy tasviricha, Raqib kishilik jamiyatiga nuqul «ranju sitom» urug`ini

sepadigan qora kuchlar namoyandasidir. Shuning uchun ham Ishq shrhning lashkarboshilari himmat bilan G`ayrat uning ildizini quritish choralarini ko`rib, uni o`zi qazilgan chohga tashlaydilar.

Foruqa obrazi. Foruqa Raqibning qizi bo`lib, «Qalg`ai hijron»ning posponidir. U o`z qiyofasi va xulqi bilan Husn, Vafo, G`amza, Ado, Ishva hamda Karashmaga sira o`xshamaydi. U g`oyat badbasharo, yomon xulqli, haramtabiat va pastkashdir. Shoir foruqani shunday tasvirlaydi:

Bor edi bir duni falokatmoob, Erdi najas suratu nahs intisob. Umri o`lub zali falakdin ziyod, Qiz edi er topmayin u badnihod. Talg`at anga bor edi do`zaxnamoy, Xilqat anga otashi qahri xudoy. Yuz uza churuk yog`och erdi burun, Har era ul borsa, borib ul burun. Baski sovuq yuzlik edi tirojon, Qochmoqi andin tilar erdi yilon. Oti aning Foruqai joduvon, Qo`rqar edi haybatidin insu jon. Otasining oti Raqibi muhib, Hokimi darbardi «Visoli habib»... Foruqa jodugarlik ham qiladi. U mast bo`lib qolgan Fuodga o`zini Husn sifat

qilib ko`rsatishga harakat qiladi. Fuod bilan Husn turmushni buzmoqchi bo`ladi. Lekin siri fosh bo`lgach, g`azablanib, Fuod bilan Nazarni dorga osmoqchi bo`ladi. Ammo Shohriyori Ishqning zarbasiga uchrab, tog`dan-toqqa qochib, qilmishiga yarasha jazolanadi.

Nishotiy Foruqani eng yomon va zararli og`uga o`xshatadi va bunday kishilarni jamiyatdan quvib, tog`-tomiri bilan supurib toshlashga undaydi. Pirovardida Himmat bilan G`ayrat uni o`tga tashlaydi.

Shayx Zarq obrazi. Nishotiy riyokor shayxlarni kishilarni jaholatga sudraydigan qabih shaxslar sifatida tasvirlab shayx Zirq va Mushridi obrazlarini yaoatadi.

Shayx Zarqda «na zavq, na nur, na ilm, na amal» bor. U bid`at-kasofat nomoyandasi, u hatto, «g`o`lu shayotin»ga ham rahbarlik qiladi:

Zikr aro yo`q edi juz naqsh fikr, Kayfi pareshon bor edi anga fikr... Shayx dema bir yax edi faqshin, Anda na ilmu, na amal, na yaqin...

Page 64: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

64

Shayxning ichi g`oyat qora bo`lib, birovga yaxshilikni ravo ko`rmaydi, doim va`zkonlik qilib, kishilarni aldashga harakat qiladi. Shayx Zarq va uning muridlari doim ko`z yoshi to`kish kerak, chunki ko`z yoshi kimdir, u bilan molu iqbalga etish mumkin, xazina topish uchun mol jonni nazr qilish zarur, deb kishilarni avraydi:

Nazr qilib xalq ango, chun molu jon, Topg`usi ul dahr aro ganji ravon... Vahmi balo Vahmi balo Aqlshohning vaziridir. Vahmi obrazi balo ismining

o`ziyoq uning xalq boshiga balalar keltiruvchi kishi ekanini ko`rsatadi. Shoir ta`biri bilan aytganda:

Oti aning Vahmi balojo` edi, Baddimu baddin edi, badgo` edi... Vahmning eng yaramas va xavfli xisloti uning chaqimchiligidir. Kutilmagan

joylarda paydo bo`lib, birovlarning gapini tinglash va chin gapni qo`yib, yolg`on so`zlash uning odatidir. U ana shu yaramas odati tufayli, Fuod va Nazarning boshiga kulfat soladi, Aqlshohni husn va Ishqqa qarshi qo`shin tortishga majbur etadi.

Dostonda Nishotiyning «Husnu Dil» dostonida «Shah keltirilgan boz va Bulbul», Gul va Daf», «Nay va Shamshod» masalalar «Kosai va Nargis», «Binafsha va Chang» kabi masallar ham keltirilgan bo`lib, ular dostonning uzviy qismini tashkil etadi. Shu bilan birga bu masalalar dostondagi voqealardan qat`i nazar, mustaqil asarlar sifatida ham ko`zga tashlanib turadiki, ularni ko`zlan kechirish maqsadga muvofiqdir.

«Shahboz va Bulbul» Kunlarning birida, bahor ayyomida, Bulbul bilan Shohboz munozara bashlabdi. Bulbul kelishgan husni va Xushxonligini pesh qilib Shohbozga maqtanibdi uning «Jahl asor»ligi «badjamol» va «badmaqol»ligidan kulibdi:

Bir chamane sahnida fasli bahor, Boz ila Bul edilar so`z guvor. Bozga Bulbul dedi, ey jahlasar, Senda qani savtu navodin xabar? Qushlar aro son kabi bir badmaqol, Mumkin emas bo`lmog`i, ey badjamol Manman o`shum Bulbuli go`yoxvash Nag`mam erur el aro dovudavash. Bulbulning tapqididan «Savtu navo»dan xabardor bo`lish, shirin so`zli

bo`lish kerak, degan xulosa chiqadiki, bu tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Lekin Bulbulning ham kamchiliklaridan ko`z yummaslik kerak. Masalan u Shihbozni tanqid qilar ekan, o`z fazilatlaridan mag`rurlanadi, «manman»likka beriladi. Garchi Bulbilning so`zlari Shahbozga og`ir botsa ham, u Bulbulga shoir tilidan «izzat tilasang, bekordan bekorga vaysama, yuz ish qilganingda, birini ayt xudbinlarning iqboli past bo`ladi», deb g`oyat oqilona javob qaytaradi:

Boz dedi onga ki: xomush bo`l, Bo`lma til izzat tilasang go`sh bo`l,

Page 65: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

65

Angla yaqinki, mangadur yoz qish, Yuzni qilib birni demaslik ravish Har kishi xudbin esayu xudparast, Sen kibi iqboli netong bo`lsa past. Manzili maqsad tilasang soda bo`l. Joda kibi sar basar aftoda bo`l. Har kishi xudbinu ya`mo erur, Chunki ko`zi xokaro ma`vo erur... «Shohzod va Bulbul» masali hech narsani pisand etmay, Husn ustiga qo`shin

tortib borayotgan Aqlshohning mag`rurligini fosh etish uchun keltirilgan. «Gul va Daf»

Doston personajlaridan Mehri dilovar to`y qatnashchilarini «Gulzori bahor»ga taklif qilar ekan:

Har ne ki, ul bazmg`a darkor edi, G`ayri talab barchasi tayyor edi- deb, u erda ilm eli she`r bilan badeha aytayotganini, nuktadonlar ma`nolar

dengizida suzayotganini, soz ahli nag`malar ko`ylayotganini bayon qiladi. Shu payt Gulga ko`zi tushib qolgan Daf (childirma) unga qarab:

Garchi qadim g`am yukidin dal erur, Shakl mango aqsonul ashkol erur... deydi. Gul unga javob qaytaradi: Garchi seni qo`lga ko`tardi gado, Bo`ldi navo istobon ul benavo. Lek meni boshi o`za shohlar Qo`ydilar ul mohi falaktohlar... Ko`ramizki, bu masalda Dafni qo`liga olib, navo istovchilarning benavo

bo`lib qolganligiga, binobarin shoir yashab ijod etgan davrda san`at ahllarining kamol topishi uchun hech qanday sharoit bo`lmaganiga ishora qilinadi.

«Nay va Shamshod» Shu to`yda Shamshod daraxtining savlat bilan gardoyib turishini ko`rgan Nay gapga aralashib: Sen havoyi, xudbin va mag`rursan. Oyoqlaring loy ichida bo`lsa ham, ammo dimog`ing ko`kka ko`tarilgan. Bahor kela bersa, g`ururlanib, yanada balandroq ko`tarilasan. Ammo shuni ham bilib qo`yki, xazon eli bir kun seni xarob qilib qo`yadi,-deydi:

Otingni Shamshod etibon shohsan, Noxli barumandi erga band... Asling erur bandi baloyu havo, Sen kibi yo`q dahr aro bir xudnamo. Loy arodur band oyog`ing sening, Baski etar ko`kka dimog`ing sening. Faxri bahor ila ko`p o`lma baland. Bodi xazon qilg`usi bir kun najand. Shundan keyin Nai o`z shakli va sifatlari haqida gapirib, bunday deydi: Manman o`shal tutish shakkar nosib,

Page 66: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

66

Bardam erur nola chog`i andalib, Mehr kibi ich bila tashim yorug`, Charx kibi ko`z bila kunglum ochuq Dudi damim she`lardir ul bod emas, Pesha mango behuda fard emas. Shamshod esa uni «ikki boshli o`lik ilon»ga o`xshatadi va o`z soyasini

maqtab, undan shohu gado bahramand bo`lishini aytadi: Etsang haqiqatda o`zingga nazar, Zoting erur murdai mori dusar, Soya mango o`yla saodat ishor, Qo`ysa humo bo`lg`usidir tojdor. Manman o`shal sohibi bargu navo, Mandin olur bahrani shohu gado Demak, Nishotiy Nay va Shamshidning foydali tamonlarini qayd etib,

ularning maqtanchoqliklarini qoramaydi va bir-birini pisand qilmaslik jamiyatda yomon ish ekanligini uqtirib o`tadi. Shoir, birovlarni nazar-pisand qilmay dimog`ini ko`tarib yuruvchilar bir kun xazon eli bilan yaksan bo`lurlar, deb «qissadan hissa» chiqaradi. Shoir ichki dunyosi ham, tashqi ko`rinishi ham, «mehr kibi» (quyosh kabi) yorug` kishilarni ulug`laydi.

«Kosai Chin va Nargis» G`amzaning «Ravzai jannat obod»idagi suhbatda Kosa bilan Nargis munozarasi beriladi. Suhbatda qo`ldan-qo`lga o`tib yurgan Kosaning ko`zi hech kimni pisand qilmay gerdayib o`tirgan Nargisga tushadi:

Kosai Chin. Nargisa soldi nazar, Didam ma`qul ila ul bebasar, Bori takabburdin edi sargaron, Ilmas edi ko`ziga yaxshi-yomon. Bu misolda Nishotiy Kosa va Nargis obrazlari orqali jamiyatdagi «Naqshi

habdin asar»i bo`lmagan nodonlarga kecha-kunduz fikru xayoli «simu zar» (kumush, oltin) to`plash bilan band bo`lgan «surat eliga tana qilib, «ma`ni eli»ga xayrixlhlik bildiradi.

«Binafsha va Chang». Gesu to`y qatnashchilarini o`z binafsha-zoriga olib chiqadi. Binafsha to`shilgan bu joyda kishilar ham binafsha libosida namoyon bo`ldilar. Hamma mast bo`lib, yiqilib qolganida, qora kiyimli, boshini quyi salib o`tirgan Binafsha ular o`rtasida shayxga o`xshab ko`rinadi:

Boshi quyi erdi, libosi qaro, Shayx edi bu rasm ila ul el aro. Binafshani bu ahvolda ko`rgan Chang unga qarab: Fikr sango tibro libosing qaro, Xona sango toru palosing qaro. Pesha sango bo`ldi siyahkorliq, Din yo`lidin ish sango bezorliq. Loyiq emas bo`lmog`ing ushshoq aro, Vah na dedim bal bu kuhan toq aro- deb, o`zini maqtaydi: Ko`k mani kim, foyiqi ofoqman,

Page 67: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

67

Sarvari sardaftari ushshoq man. Binafsha esa unga javoban: Majlis aro sen kibi g`amgin qani? Maherili zoting aro tamkin qani? Tabiy maqomat ila ko`p urma dam, Ko`z sanga ko`r o`ldi dag`i shal qadam, Kaj bo`yinu, kal boshu badmo`ysan, Egri qulu, ham qodu badxo`y san. Ishq suzi birla ko`p etma g`ulo``, Loyiq emastur sango bu guftu bu guftugo`... Deydi va u ham o`zini maqtashga kirishadi. Bil mani attori gulistoni ishq, Mendin olur bo`yni gulistona ishq. Gulning erur rangi bila bag`ri suv, Mandin erur er bila ko`p mushkbo`. Bildim ani dahr vafosiq emish, Umr degan usru baqosiz emish. Oning uchun bo`ldi libosim qaro, O`ldumu ham tutdum o`zumga azo. Ushbu o`limdurki, muabbad hayot, Derlar ani yo`qturur onga mamot. Bu so`zlar Changni hozin bir holatga soladi: Changi hozin etdi bu ohangni go`sh, Boshi quyi soldiyu bo`ldi xalmo`sh. Bu misolda ham shoir Binafsha va Chang singari allegorik timsollar orqali

o`z zamonasining nojo`ya: xatti-harkatlari ustidan kuladi, «Dil yo`lidin ish sango bezorliq» kabi misralar bilan mutaastblarning bezoriligini ochib tashlaydi.

Dostonning tili «Husnu Dil» dostonining tili asosan va badiiy vositalari. Mumtoz nasriy nazm uslubi bilan uzviy bog`langandir. «Nahri hayot», «Ayni sadoqat chashmasi» kabi ta`birlar Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi iboralarga, «g`ulg`ula», «valvala» kabi so`zlar esa «Saddi Iskandariy» dostonidagi so`zlarga hamohangdir. Chunonchi:

Chekti kelib na`rom purg`ulg`ula, To`ldi falak dashti aro valvala. Shuningdek, Nishotiy dostonidagi: Har na yomon bor esa ondin yomon, Bor edi holim mening ey nuktadan- kabi misralarning tuzilishi va lug`aviy tuzilishida Navoiyning «Hayrat-ul-

abror» dostonida shayxlar haqida bitilgan: Bu el erur barcha yomondin yomon, Har ne yo`q, ondin yomon, ondin yomon- baytlarining ta`siri yaqqol ko`rinadi. Nishotiy leksikonida Fuzuliy she`riyatining barakali ta`sirini ham ko`rish

mumkin. Chunonchi dostonda tushum kelishigi qo`shimchasi (-ni)-i shaklida

Page 68: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

68

(Kelturung Aqli dedi kishvarsiton), qaratqich kelishigi qo`shimchasi (-ning)-ing shaklida (Qomating og`ushig`a qildi nigoh) qo`llanilgan.

Dostonning tilida Xorazm shevasiga xls elementlar bor: Xush dedimu amrig`a qildim shuru`, So`z qopusi sorig`a ettim rujo``... Shuningdek, dostonda Buxoro shevasiga xos va iboralar ham tez-tez uchrab

turadi. (bu-dostonning Buxoroda yozilganidan bo`lsa kerak). Masalan, feodal o`tmishda yomon xulqli kishilarga, zolim hukmdorlarga o`lim tilanar ekan, ularning kiyimi, savlati yurish-turishga kinoya qilib, «margi nov muborak» (yangi o`lim muborak) deyilar ekan. Shaxriyori Ishqning elchisi G`ampahlavon Aqlshohning oldiga borib, u bilan so`zlashganida gap orasida shu tojikcha qochirimni qistirib o`tadi:

Shohg`a duo der chog`i eltib garav, Dedi: «Muborak sango bu margi nav». Doston mumtoz epik nazmining masnaviy shaklida, aruzning «Havshri

musaddasi mahbuni mahzuf» bahrida yaratilgan bo`lib, 7092 bayt (15584 misra)dan iborat. Ayrim boblardagi tavsiflar esa qofiyalangan musajja`i Sharq nasri uslubida yozilgan. Masalan, Himmati sipohdor, sabri falok iqtidor, g`ayrati salor... Diyori Saksorga... Fuodi giriftorga» bordilar...-«Husni dilnavoz, Vafobonum Sohib e`zoz va Nozi Tannovoz, G`amzai g`ammoz, Gesui fusunsoz va Mahliqon oinapardoz va Mahtakallumi sehrparvoz va Mehrbonui boso`zu gudoz, Qamatsardori balandparvoz, Sarvi Sarafroz, ya`ni Fuodi sohibniyoz...» xizmatga tayyor edilar.

Nishotiy she`riy satrlarning mumkin qadar soddi, ma`noli, ravon va obrazli bo`lishi uchun harakat qilgan; asarning estetik ta`sir kuchini oshirish maqsadida xilma-xil badiiy usullarni ishga solgan. Dostondagi bayt va misralarda o`xshatish istiora, kinoya, mubolag`a, sifatlash, majoz, qarama-qarshi ho`yish kabi usullarni juda ko`p uchratish mumkin. Bu badiiy usullar vohiy manzaralarni yorqin ifodalashiga yordam beradi. Masalan, Nazarning suvsiz sahroda kezib holdan toshish quruqlikka tashlangan baliq talvasasiga o`xshatilib mubolag`a bilan quyidagicha bo`rttirilgan:

Tolpinibon o`ylaki suvsiz baliq, Jon yo`q edi anga bugun tongloliq. Ishqning lashkari bilan Aqlning Novkorlari o`rtasidagi jang tasvirida: «Sher

ham bu talashlardan qo`rqib, hatto qornidagi bolasini tashlab yubordi», deb mubolag`a qilingan.

Bo`ldi ayon turfa hatali kabir, Qo`rqusidin tashladi hamlini sher. Tubandagi misralar It bilan Ohu, zog` bilan Bulbul, Shohd bilan Og`u

kabilarni qarama-qarshi qo`yish (tazod) yo`li bilan bitilgan bo`lib, ular Fuod bilan Foruqa o`rtasidagi voqeani yoritishga qaratilgandir:

It bilan Ohu bo`libon hamnafas, Zog` bila Bulbulg`a bir o`ldi qafas. Shahd ila Og`u topibon imtizoj, Ishq ila ishrotg`a bor erdi rivoj.

Page 69: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

69

Inkor ma`nosini ta`kidlovchi na bog`lovchisi bir necha marta qaytarilgan satrlarda takror usuli qo`llangan:

Onda na zovu, nu hozuru na nur... Onda na ilmu, na amal, na yaqin. Quyidagi misralarda birin-ketin fikrni kuchaytiruvchi sifatlashlar beriladi: Oti aning Vahmi balojo` edi, Bad dilu baddin edi, badgo` edi. Dostonda xalq ertaklariga xos bo`lgan muqaddima ham ko`zga tashlanadi. Bor edi Yunonda birov podsho, Erdi jahon shohi anga xokiroh. Dostonda xalqning hikmatli so`zlari va iboralarini keng qo`llash-asar tilini

ommabop qilishga intilish sezilib turadiki, bu maqtovga loyiqdir. Chunonchi, Fudoning mast bo`lib, Foruqaning damiga tushganligini

anglatish uchun, mast parishonxotir bo`lsa, «sitam ko`radi» aforizmi ayniqsa o`rinli ishlatilgan:

Vahki na xush dedi o`lum mo`htaram, Mast parishon esa ko`rgay sitam. Shuningdek, dostonda, Osh egasi bilan totli» maqoli Fuod tilidan

quyidagicha ifodalangan: Lek demish kimsaki diqqatlidir, Osh egasi birla esa totlidir «Avval o`yla, keyin so`yla» maqoli: Xar kishining bor esa gar aqli tuz, Avval anga ko`z keragu so`ngra so`z- baytiga mohirlik bilan singdirilgandir. Shuningdek tojikcha «Chrh kandaro

choh dar pesh» maqoli yoki shu mazmundagi o`zbekcha «Kim birovga quduq qazisa, o`zi tushadi» hikmatli so`zi. Nishotiy misralariga badiiy soddalik baxsh etadi:

Ushbu masal bordurur el ichra fosh, Zohiru ravshan erur andoq quyosh; «Kimki qozor oqibat ul tushg`usi, Kimki yoqar oxir o`shul pishg`usi». Shoir xalq maqollarining ustalik bilan o`rinli ishlatish natijasida o`zi ham

maqol shaklidagi misralar bitish-maqollar yaratish darajasiga ko`tariladi: Chunonchi: To`yu azo xushturur ahbob ila, Shodiyu g`am ham yana atrob ila Yoki: Ishki o`tar anga pushaymon na sud, Qush ki tutildi anga afg`on na sud. «Husnu Dil» dostonining tilidagina emas, balki g`oyaviy mazmuni va badiiy

shaklida ham Navoiy ijodiyotining ta`siri sezilib turadi. Navoiy: Jahon kim zohir aylar nalayu bog`, Erur ul bog` zindon, lolasi dog`- kabi misralari bilan o`z zamonasiga

tanqidiy qarashini ifodalagan bo`lsa, Nishotiy ham bu mazmunni o`z muhitiga totbiq etib:

Page 70: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

70

Yorab o`zing lutf oson mongo Aylaki, bog` uldi chu zindon mango- deb yozgan edi. Navoiy o`zining «Farhod va Shirin» dostonidagi: Diloromu Dilorayu, Diloso, Gulandamu Sumanbo`yu Sumanso, Parichehru Parizodu Parivash Paripaykar ziho o`n ismi dilkash- kabi misralarda shirinning suhbatdoshlaridan o`kta olima qiz nomini eslatib

o`tganidek, Nishotiy ham Husning atrofini o`ragan qizlar nomini quyidagi misralarda birin-ketin tasvirlab beradi:

Barcha dilorom edi anda tamom, Har biriga nom edi bir ehtirom. G`amzavu Ishva dag`i Lnu Ado, Sheva Karashma dag`i Mehru Vafo, Yana biri Nozi fusunsoz edi, Biri ani Sarvi sarafroz edi. Dostonning qofiyalanishida ham so`z san`atining xilma-xil namunalarini

uchratish mumkin. Ko`p o`rinlarda bir so`z bir necha ma`noda qo`llaniladi. Chunonchi, tuyuqchi eslatuvchi:

Yuz uza churuk yog`och erdi burun, Har era borsa, boribon ul burun-amonlik qofiyali baytning birinchi

misrasidagi «burun» odam organlaridan biri, ikkinchi misrasidagi «burun» esa ilgari, oldin ma`nolarida qo`llanilgan.

Umuman «Husnu Dil» dostoni muallifi Navoiy va Fuzuliyning badiiy tilidan fayz va zavq olish bilan birga, o`zbek va tojik tilidagi xalqchi ibora va ifodalardan, hatto, mahalliy sheva unsurlaridan ham bahramand bo`lib, o`z asarini sodda til va ravon uslubda yaratish uchun katta ijodiy mehnat qilgan.

Dostonda adabiyot va uning ulug` namoyandalari haqida aytilgan fikrlar.

«Husnu Dil» dostonida Nishotiyning so`z san`ati va uning ulug` arboblari Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy va Navoiy haqidagi fikrlari alohida ahamiyatga egadir.

Shoir XVIII asrning 70-yillarida Xorazmda o`zbek adabiyoti jonlana boshlagan bir sharoitda ulug` mumtozlar izidan borib til va adabiyotga doir muhim nazariy hulosalar chiqaradi. Uning fikricha, so`z duri jon gavharidan ham azizdir. So`z kishiga jon beradi. So`zsiz odam devorga o`xshaydi. Birov xunuk, cho`loq va shol bo`lsa ham, lekin ishin va baqa`ni so`zlay olsa-kishilar uning yoniga boradilar albatta.

Nishotiy so`zining ikki qismdan-«qabih» va «malih»dan iborat bo`lishini, qabih barcha yomondan yomon ekanini, malih esa, el ta`biricha, jonning suti ekanini uqtiradi, uning ta`rificha, qabih so`zlar-«gilob» (layqa) bo`lsa, mashq so`zlar «gulob»dir. Binobarin, qabih so`zlamasdan, malih so`zlash, unga ma`no bilan rang berish lozimdir. Ma`nosiz so`z, gardu bod»dir:

Page 71: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

71

Mantiq eli qilganida jonda farq, Qildilar hayvon bila insonda farq, So`zdin erur ma`niyi rangin murod, Bo`lmasa ul so`zni degil gardu bod. Kimki yomon so`zni der inson emas, So`zki yomondir ani hayvon demas Nishotiyning fikricha «ganji roz» dunyoda shu qadar ko`pki, uni olish bilan

turalmaydi. So`zga zebu ziynat berish lozim. Uni dilu jon deb atalmish «ayvonda» (halbda) parvarish qilib chiqarish kerak. So`z shunday ta`sirchan bo`lsinki, uni tinglovchi «jon» desin. So`z san`atining nazmi ham, nasri ham nozik ado bo`lishi, latif libosga o`ralishi lozim.

Nishotiy so`z san`atining ulug` ustozlari Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy va Navoiyning ijodiy xizmatiga yuksak baho beradi, ularning muqaddam kishilar bo`lganligini va har qaysilari adabiyot sohasida alohida bir ulug` dengiz ekanliklarini zo`r faxr bilan kuylaydi:

She`r elidin ul ki muqaddai edi, Har biri bir bahri muazzam edi. Durri balog`at qilib onlar nihon, Mavji fasoqat qilur erdi ayon. Dema alar vasfini shoir edi, Muso edi yo`q esa sohir edi... Shoirning e`tiroficha ular nazm elining sardaftarlari, suxon ahllari tojlarining

qimmatbaho gavharlaridir. Nishotiyning ta`biricha, Nizomiy, Xisrav, Jomiy va Navoiylar shunday ijod

bog`larini yaratib o`tganlarki, u bog`larcha bodi xazon ziyon etkaza olmaydi, u ijod bog`lari abadiy yashlab qola beradi. Nishotiy ana shu ulug` ustozlarning sodiq shogirdlari singari kamtar tutib, «Husnu Dil» dostonining muallifi «g`arib» va «mulki diyoridin benasib» bo`lgan shoir sifatida quyidagilarni yozadi:

Yozmoq erur pesha manga dam-badam, Lek netay bo`yla yozibdir qalam. So`zima sahvan agar eteang nazar. To`yla xato ko`rsang agar sar-basar... Nuqsima bordur o`zima e`tirof, San jag`i etgil aning aybin maof... Muncha bila dog`i bor erdim g`arib, Mulki diyorimdan edim benasib... Xullas, Nishotiyning «Husnu Dil» dostonida shoir yashab ijod etgan jamiyat

hayotining tasviri va umum foydasiga qaratilgan andishalar muhim o`rin tutadi. Doston 62 bobdan iborat bo`lib, dastlabki boblarida shoirning er, suv, osmon, oftob, tabiat, inson (1-5 bob); Hayot, odam va uning ishqi (2-bob), muallifning yor-diyoriga munosabati (6-bob), asarni yaratish toraddudi (7-bob), suv san`ati va uning qadru qimmati (8-bob) haqidagi fikr va mulohazalari, his-to`yg`ulari aks etgan.

Doston syujeti murakkab vaziyatlar, hayotiy lavhalar bilan rivojlanib boradi. Aql-farosat, ishq-muhabbat, ilm va hunar, do`stlik va sadoqat singari olijanob

Page 72: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

72

insoniy xislatlar ulug`lanadi. Demak, adolat, insonparvarlik, do`stlik, obodonlik, insoniy sevgi va ma`rifatni, so`z va so`z san`atini bunday ulug`lash, shoir zamonasining sharoitiga ko`ra, muhim va sharafli xizmatdir. Shoir qachonlardir yaxshilikning yomonlik ustidan g`alaba qozonlichiga ishonadi:

Dun elining dunlig` erur peshasi, Yaxshi eling yaxshidur andeshasi. O`z davrida xalqning xonavayron va oyoq osti qilinishdan noligan shoir

nisbiy tinchlikka, osoyishtalikka undaydi, o`z davridagi qo`pollik va dag`alliklarga qarshi:

Charx kibi san dag`i bo`lma dag`al- Deb xitob qilib, g`am-alam, kulfat va mashaqqatlardan mustasno bo`lgan

yangi bir dunyo qurishni orzu qiladi: Kim yo`q anda alamdin nishon, Mehnatu kulfat bila g`amdin nishon... Biroq shoirning bunday progressiv romantik fikr va g`oyalari qaloq

zamonasining sharoitlari bilan mahdudlangan-cheklangan edi. U o`z davridagi hukmdorlarni yaxshilikka, insofga chaqirish yo`li bilan o`z orzusiga erishmoqni xayol qilar edi. Buning ustiga, shoir jamiyat hayotini yaxshilash haqidagi romantik g`oyalarini xudojo`ylikka bog`laydi va baxtiyor yor bo`lib uchun «Xudo»dan lutf, inoyat va madod tilaydi.

Shoirning kitobxonlarga mutsrojaat qilib yozgan: Bor esa ko`p har necha sahvu xato, Aylagil islohini oning ato. Zayli karamdin anga yopqil niqob, Aylamagil ruhima qahru itob... Kabi baytlari, an`anaviy xotila torzida bo`lishidan tashqari hikmatli

baytlardir zamonasining sharoitlari bilan izohlanadigan fikriy ojizlik orqasida tug`ilgan «sohvu xato»lardan qat`iy nazar, asarga xalq orzusi va zamon ruhining singdirilishi, unda nisbiy tinchlik va farovon hayot haqidagi, yaxshilik va muhabbatning yomonlik va ayriliq ustidan g`alaba qozonishiga ishonch kabi ilg`or fikrlarning aks ettirilishi g`oyat muhimdir.

Mavlono Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni ana shunday g`oyaviy-badiiy fazilatlari bilan solaflarining dostonlaridan farq qiladi. Binobarin, «Husnu Dil» dostoni XVIII asr o`zbek dostonchiligida g`oyat muhim o`rin egallagan ajoyib she`riy qissadir

OGAHIY HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI.

REJA: 1. Ogahiyning adabiy-ilmiy faoliyati. 2. Shoirning tarjimai o`oliga ma`lumotlar. 3. “Ta`viz-ul oshiqin” devoni. Debocha. 4. Ogahiy ijodida falsafiy qarashlar ifodasi. 5. Ogahiy va uning o`zbek mumtoz adabiyotida tutgan o`rni.

Page 73: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

73

Muhammadrizo Erniyozbek Ogahiy barakali ijod qilgan san`atkor sifatida haqli ravishda Alisher Navoiyga qiyoslangan. 19-Asr Xorazm adabiyotining yirik namoyondasi Ogahiy serqirra iste`dod sao`ibi bo`lib, shoirlik iqtidori, tarixnavis saloo`iyati, tarjimonlik maxorati bilan O`zbek madaniyati ravnaqiga katta ulush qo`shgan. Uning she`riy merosini tashkil etuvchi “Ta`viz ul-oshiqin” (Oshiqlar tumori) asari O`zbek mumtoz adabiyoti xazinasidagi eng yirik va qimmatli devonlardandir. Ogahiyning tarixnavisligiga mansub “Firdavs ul-iqbol” (bu asarni Munis boshlagan, Ogahiy davom ettirgan), “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shoo`idi iqbol” asarlari mamlakatimiz o`tmishi voqeligini haqqoniy aks ettiruvchi nodir tarixiy o`ujjatlardandir. Ogahiy forsidan O`zbek tiliga o`girgan - Mirxonndning Ravzat ussavo”, Muhammad Mao`diy astrobodiyning “Tarixi Jahonkushoyi Nodiriy”, Zayniddin Vosifiyning “Badoe` ul-vaqoe”, Mao`mud binniy Shayx Ali g`ijduvoniyning “Miftoo` ut Tolabin”, Muhammad Muqim O`irotiyning “Tabakoti Akbarsho`iy”, “Muhammad Yusuv Munshining “Tazkirayi Muqimxoniy”, Rizoqulixon O`idoyaning “Ravzat us-safoyi Nosiriy”, Musayn Voiz Koshifiyning “Ao`loqi Muksiniy”, Kaykovusning “qobusnoma”, Muhammad Vorisning “Zubdat ul-o`ikoyat”, “Sharo`i daloyil al-hayrat”, Sa`diy Sheroziyning “Guliston”, Abduraxmon Jomiyning “Yusuf va Zulayxo”, Badriddin O`iloliyning “Shoo` va gado”, Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar” kabi tarixiy, badiiy asarlari O`zbek tarjima adabiyotining ulkan boyligi o`isoblanadi. Ogahiy 1809 yili 17 dekabrda Xiva shao`ri yaqinidagi qiyot qishlog`ida Erniyozbek mirob oilasida tug`ildi. Bolalik va o`smirlik yillarini qiyotda o`tkazdi. Boshlang`ich ma`lumotni o`sha erda oldi. Yoshligida otasi olamdan o`tdi. Keyin Xiva madrasalarida tao`sil ko`rdi. Shu orada, aniqrog`i, 1829 yili Ogahiy amakisi, ustozi Shermuhammad Munisdan ajraldi. Olloqulixon Ogahiyni Munis o`rniga mirob etib tayinladi. Shu davrdan e`tiboran, Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan bog`laydi. qizg`in ijtimoiy-ijodiy meo`nat bilan mashg`ul Ogahiy 1845 yili miroblik yumushlari bilan safarda yurganida, otdan yiqilib shikastlandi va o`z ta`biri bilan aytganda, “Shakarlang” (oqsaydian) bo`lib qoldi. Ogahiy 1857 yilda miroblik vazifasidan iste`fo berdi. Ogahiy 1874 yili oltmish besh yoshda hayotdan ko`z yumdi. “Ta`viz ul-oshiqin” devoni mutolaasiga kirishishdan burun unga yozilgan debochaning badiiy qimmati xhaqida fikrlashmoq joizdir. “Ta`viz ul-oshiqin” debochasi, avvalo, Ogahiyning hayoti, hasbi o`oli haqida ma`lumot beruvchi birlamchi manbadir. Unda shoirning orzu va rejalari, sarguzashtlari, hayotining turli davrlardagi ruo`iy o`olati izchil maroqli aksini topgan. Debochada ijodkor dunyoqarashining shakllanishi, yosh, izlanuvchan Muhammadrizoning jamiyatdagi voqe-o`odisalarga, turfa, guruo`, amal namoyandalariga munosabatini kuzatish mumkin. Mana bu so`zlar Ogaxiy devon yaratgunga qadar shoir sifatida tanilgani uning asarlari xalq tomonidan yaxshi kutib olingani va sevib o`qilgani, uning asarlari xalq tomonidan yaxshi kutib olinganidan dalolat beradi: “...Ushbu sayr asnosida har toifaning o`oliga loyiq va har jamoaning af`oliga muvofiq bir

Page 74: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

74

mazmun shoo`idining xayoli xotirim ko`zgusiga xutur qisqa erdi, gunogun iboratlar bila rangin nazmlar libosini kiydirib, dilkash suratlar bila xaloyiq nazarida namoyish berur erdim va har birining rangin ruxsori va mushkin gesusi tomoshosidin shavq va dard ao`lining shaydo ko`ngillarini volalig va asirlik maqomiga etkurur erdim, andog`kim, shavkangez g`azallar va mav`izaomez qasidalar va muhabbatotsor ruboiylar va diqqatparvar masnaviylar va bazmaro muxammaslar va ruo`fazo musaddaslar nazm silkiga chekib bir necha qog`oz poralarga musavvada kulur erdim. Alarning ko`prog`i xaloyiqning tillari askorida mazkur ko`ngullari arvoxida mastur bo`lib, olim atrofi va falak va atroviga quloch yanglig` shuxrat tutib, akobir majolasida rutub ulison va asogir maxofilida virdi zabon bo`lur erdi, toki alardin, ba`zi musavvadasi judonda pinxon qilib, bizning musovadasi beparvoligin sababidin har tarfga sochilib, nobud va parishon bo`lur erdi”. “Taviz ul-oshiqin” debochasi 19-asr O`zbek nasrining go`zal namunasi hamdir. Debocha - mustaqil nasriy xasbi o`ol asar sifatida bao`olasa arzigulik durdona. Birgina 19-asrda yashab ijod etgan uch zabardast nodir - Munis, Ogahiy, Bayoniy asarlari olib ko`rilsa, ularning nasri uslubi, badiiy tarovati, til xususiyatlari jihatidan bir-biridan farqlanib, ayricha jilolanib turadi. Ogahiy debochasining matni an`anaviy sayqaldor uslubda yozilgani, tilning shirador va samiymiligi , sach usuli bilan muzayyanligi, fikr - mulohazalarining nazmiy parchalar vositasida dalillanib borishi bilan go`zaldir. Debocha Ogahiy tabiiy tamoyillarini aks ettirishi bilan ilmiy qimmatga ham egadir. Ogahiy haq orasida ko`proq lirik shoir sifatida masho`ur. Muhammadrizo o`z she`riyatining oshiqlar qalbiga yaqin, ular bilan tumordek doimo hamroo` bo`lishini, ishq ao`liga dard alamlaridan xalos qiluvchi fazilatlarga ega bo`lishini istadi va devonini “Tavis ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) deb atadi. Bu fikrni shoir ko`pgina she`rlarida faxriya usulida izo`or etgan. Ogahiy, dil so`z nazmingni eishtsa ao`li ishq Bo`yniga tavizdek aylarlar ashyoringni band. Xususan, “Ta`viz ul-oshiqin” debochasidan Ogahiy o`z nazmi moo`iyatini juda aniq va ravshan izoo`lab ketan: “...Toza she`r tafakkuri bodasin ichib, goo`o o`zimga keldim, goo`o o`zimdan ketdim va har xol bilan necha muddatlar ko`p meo`na va mashaqqatlar chekib, aksari ashyorimni jam etib, devon suratida bir necha avroq suturiga bitdim. Chun orchasi dardi ishq o`tining harorati bilan ogishta va shavqu muhabbat asarining seroyati bilan sirishdta va oshiqlar g`amining taskiniga sabab va dardmanlar alamining taxfifiga mujub erdi. Lojaran agar ishq va dard ao`lining qo`liga tushsa, taviz yanglig` ixloslari buyumlariga osib, izzat bila asrar erdilar va mutolaa qilib, shavkangiz mazmunlari dorusidin ishq bemorligi maraziga navi shifo topar erdilar” “Ta`viz ul-oshiqin”da sharq mumtoz adabiyotining 19 janridagi asarlar mujassam. Ular 470 g`azal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba`, 4 musamman, 4 tarjiband, 7 qit`a, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bao`ri tavil, 1 munojat, 1 savol javobi oshiq va ma`shuq, 20 tarix, 19 qasidadan iborat. “Ta`viz ul-oshiqin” devonida 1300 misradan ortiq asar “Ash`oriy forsiy” nomi bilan aloo`ida o`rin tutadi.

Page 75: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

75

Ogahiy devonidagi asarlar ijtimoiy mazmun salmoqdorligi, inson va xalq manfaatlari uchun kurash maslagi bilan ham sharqning o`lmas obidalari qatorida turadi. Ogahiyning inson taqdiriga munosabati uning lirikasidagi davr va aqli davr tasvirida ko`zga yaqqol tashlanadi. Mavjud jamiyatda insonga munosabat hamda insonning jamiyatdagi o`urmat-e`tibori haqida shoir kinoya va alam aralash mana bunday xulosa bayon etadi: Ey ko`ngul, hayvon gulu hamoqatpesha bo`l, Odam o`lmoq istasang gar aqli davron oldida. Ma`naviy inqirozga yuz tutgan jamiyat insonga faqat shunday yashash usulini ravo ko`radi, xolos. Aks o`olda inson “gulu hamoqatpesha” emas, o`ushyor, mustaqil fikrli, haqparast bo`lsa, kibor jamoat uni odamgarchilik va odob doirasidan chiqib, yakkalab, mudom g`amu kulfat, mashaqqatu qadrsizlikka mubtalo qilib qo`yadi. Ayniqsa, ijodkor va ijod qadri haqidagi baytlar diqqatga sazovor. Har damda agar so`zdin yuz duru guhar sochsang, Bir ko`o`na xazaf chog`li elementlar aro topmas qiymat. Gar kiprik ila qozsang yuz toza quduq, ondin Serobi murod o`lmoq ko`rgusmagusi surat. Ilm-ma`rifat, badiiy so`z namoyondalari shundayin qadrsizlangan zamonda Ogahiydek sabot va bardosh katta umidvorlik bilan tinimsiz ma`naviyat quduqlarini qazmoq, mukammal devon va qator tarixiy-badiiy kitoblar yaratmoq bukulmas iroda fidoiylik nishonasidir: Go`yoki, seni tangri meo`nat uchun etmish xalq, Yo`qsa, senga ham eldek bermasmu edi davlat. Do`stparvarlik ruo`i bilan yo`g`rilgan misralar Ogahiy do`stlikka, muhabbatga ulug` eo``tiqod bilan yondashganidan dalolat beradi. Ular, ayni paytda, shoir samimiy meo`ribon, muruvvatli, xayrixoo` do`stu yor topolmay qiynalanidan ham darak beradi. Ushbu misralar shoirning g`am-g`usor, nekbin yor istabyovuz kimsalarga yo`liqqanining achchiq sabog`idir: eri badni dabdururlar mori band, qochmoq ondin keldi sunnat, ey ko`ngil. Ezgulik umid bog`lab, “yori bad” ga yo`liqqan shoir “barcha avqotini beo`uda o`tirgani“ dan o`ksinadi, zamon va zamon ao`lidin omonlik istaydi. Muft bilgil boru yo`qingi berib, Xalqdin topsang farog`at, ey ko`ngil. Zamona ziddiyatlari, zo`rovonligi, adolatsizligi bilan murosa qilolmagan bir “eri bddan qochmoq”ni, “xalqdan farog`at topmoq”ni va “faqir go`shasini makon etmoq”ni aylaydi: Har kimki, faqir go`shasi bo`lmish makon ango, Xotir hamisha bao`r g`amidin amon ango. Sultondur ul gadoki, buzuq kulbasi aro, Osudadur topilsa biror pora non ango. Mazkur baytda, Ogahiy talqinidagi shoo` va gado nisbatidan tashqari, faqirlik mashabidani insonning sobirlik va qonelik fazilati, musulmon dunyosidagi sabru-qanoat falsafasi tajassum topgan. Komil inson tarbiyasi yo`lidagi muo`im

Page 76: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

76

axloqiy omildir bu. Sabru-qanoatni tark etib, nafs itiga, xisru-xavas devlarigap duchor bo`lgan inson tadjrijiy kamolotdan to`xtaydi. Uning tolei kamoldan zavol tomon yuzlanadi. Ishqqa falsafiy munosabatiga ko`ra, Ogahiy insoniy ishqqa sig`ingan, dunyoviy muhabbatni eng yuksak pardalarda, tiniq va dilkash, ta`sirchan navolarda, ming yillik muhabbatnomadan o`zgacha jozibada kuylay olgan. Har g`azalga “ishq o`urram markzorinig g`izoli sho`xi” yanglig` seo`r sinoat singdirigan shoiri soo`ir edi. Biroq, Ogahiy she`riyati faqat mijoziy ishq tasviridan iborat emas. “Ta`viz ul-oshiqin” dan shoirning ishqi haqiqiy tasvirida ham mao`oratli san`atkor ekanligidan dalolat beruvchi asarlar keng o`rin egallagan. Ayniqsa, Ogahiy, jao`d et, musoo`id bo`l haqiqat ao`liga, Tabaki bo`lg`ay majoz ao`li bilan ulfat sango. Matla`i bilan tugallangan g`azalda Ogahiyning ishqqa, haqiqat va mijozga falsafiy munosabatda yaqqol aks etgan. Iloo`iy ishq kechinmalari tasviri Ogahiy nazmining ta`sirchan sao`ifalarini tashkil etadi. Hattoki, shoir tahallusida ham iloo`iyot sirlariga bog`liq ma`no bor: Ne tong ogoo` bo`lsa Ogahiy ishqning siridinkim, Ongga beo`uda ermas osmondin bu laqab paydo. Demak, Ogahiy tahallus tanlaganida, iloo`iy ishq - Olloo`ga muhabbat sirlaridan ogoo`lik, habardorlikning ham nazarda tutgan. Bu - tahallusning bir ma`nosi. Ogahiyning falsafiy asarlari ko`rsatadiki, o`z salaflari singari, so`fiylikning panteistlik yo`nalishiga, ko`proq Naqshbandiylik sulukiga e`tiqod qo`ygan. Chunki u o`rta Sharq falsafasidagi eng taraqqiyparvar, hayot - sevar, insonparvar, zakovatli maslak edi.

Nazorat savollari 1. Adabiy muhit deganda nimani tushunasiz? 2. Ogahiyni nima uchun Navoiyning izchil davomchisi deb ataymiz? Tayanch atamalar “Ta`viz-ul oshiqin” - oshiqlar tumori (ramziy). Debocha - kirish so`z, muqaddima. Tayanch tushunchalar Hasbi xol - shoir ijodida uning tarjimai o`oliga oid ma`lumotlarning aks etishi. g`azali musalsal - g`azal baytlarining o`zaro mantiqiy bog`lanishi, syujetlilik. Adabiyotlar 1. Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi. T., 1980. 2. Majidiy R. Ogahiy lirikasi. T., 1963. 3. Zoxirov V. Ogahiy. T., 1961. 4. Munirov K. Munis, Ogahiy va Bayoniylarning tarixiy asarlari. T., 1960. Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Karimov G`., Dolimov S. Muhammadrizo Ogahiy. Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik. 1-Jild. T., 1971.

Page 77: O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti

77

2. Ogohlik sirlari. To`plam. Farg`ona., 1999