943-Ozbekistan Tarixi Tashkend.pdf

249
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI A K A D E M I YA O‘ZBEKISTON TARIXI TOSHKENT

Transcript of 943-Ozbekistan Tarixi Tashkend.pdf

  • OZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

    A K A D E M I YA

    OZBEKISTON TARIXI

    TOSHKENT

  • OZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

    A K A D E M I YA

    OZBEKISTON TARIXI

    Maruzalar kursi

    Toshkent 2005

  • 63.3 (2O) O33

    O33 Ozbekiston tarixi: Maruzalar kursi / Hasanov B. V. va boshq. T.: Ozbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005. 251 b.

    Ushbu maruzalar kursi Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim

    vazirligi tavsiya qilgan Ozbekiston tarixi namunaviy dasturi asosida tayyorlangan bolib, unda tariximizni hozirgi kun nuqtai nazaridan organish, unga xolisona munosabatda bolish prinsiplari bayon etilgan.

    Mualliflar jamoasining ayrim olingan davr, voqelik, yani tarixiy jarayonlarga oid yozilgan maruzalari Ozbekiston tarixi fanini oqitish, uni ozlashtirib olishda qollaniladi.

    Oliy oquv yurtlarining oqituvchilari, tinglovchilari hamda keng qiziquvchilar ommasiga moljallangan.

    BBK 63.3 (2O)

    Taqrizchilar: tarix fanlari doktori,

    professor S. S. Azamxojayev;

    tarix fanlari doktori R. M. Abdullayev

    Ozbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005

  • KIRISH Ozbekiston tarixida 1991 yil 31 avgustdan boshlab yangi, mustaqillik

    davri boshlandi. Xalqimiz ozi tanlagan yolidan borib, huquqiy demokratik davlat qurish, mamlakatimizni rivojlangan buyuk davlatlar darajasiga kotarishdek murakkab, oliy maqsadlarni royobga chiqarish uchun sobitqadamlik bilan mehnat qilmoqda.

    Mustaqillik ruhi mamlakatimiz miqyosida davlatchilik, iqtisodiyot, siyosat sohasida roy berayotgan ozgarishlar bilan bir qatorda ijtimoiy-siyosiy qarashlar, manaviyatni shakllantirish masalalariga yangicha yondashishni talab qilmoqda. Sanab otilgan muammolarning yechimini topishda tarix fanining ahamiyati kattadir. Tarix faniga, xususan, Ozbekiston tarixiga nisbatan turli yondashuvlar kozga tashlanmoqda. Buning bir qancha sabablari bor. 74 yillik sobiq sovetlar davrida kommunistik mafkuraning tazyiqi ostida juda kop tarixiy jarayonlar siyosiy maqsadda buzib korsatilgan yoki xasposhlab otilgan. Natijada haqiqatga putur yetgan. Bundan tashqari, unchalik uzoq davr bolmasa ham mustaqillik yillarida nafaqat tarixchilar, balki faylasuf, siyosatchi, tilshunos, iqtisodchi olimlar, shuningdek, jurnalistlar, publitsistlar tomonidan juda katta ishlar olib borildi. Yangi tarixiy faktlar ochildi, arxiv hujjatlari matbuot yuzini kordi, ilmiy, obyektiv xulosalar shakllandi. Bularning barchasi Vatanimizning yangicha, haqiqiy tarixini yaratishga imkon tugdirdi.

    Bayon qilingan vaziyatni hisobga olib, Ozbekistonning tarixini yaratishga yangicha yondashuvga alohida ahamiyat berib, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996 yil 16 dekabrda Ozbekiston tarixining yangicha talqinini tayyorlash va nashrdan chiqarish haqida maxsus qaror qabul qildi. Ushbu qarorda tarixiy jarayonlarni va shaxslarni talqin qilishning, baholashning metodologik yonalishlari belgilab berildi.

    Mazkur taqdim qilinayotgan maruzalar toplamini yuqorida qoyilayotgan talablarni royobga chiqarish yolidagi bir tajriba deyish mumkin. Maruzalar songgi bir necha yillar davomida IIV Akademiyasida Ozbekiston tarixi kafedrasi tomonidan tinglovchilarga talim berish jarayonida sinovdan otdi va muayyan mazmun va shaklga ega boldi.

    Haqiqatan ham, Ozbekiston tarixi fanini oqitishda unga xolisona yondashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri, desak yanglishmaymiz. Tarixiy haqiqatni tinglovchilarga oz holicha yetkazish uchun esa biz, murabbiylardan, ozgina jonbozlik, fidoyilik talab etiladi.

    3

  • Hukmingizga havola etilayotgan maruzalar toplami V 380200 Huquqni muhofaza qilish faoliyati talim yonalishi boyicha Ozbekiston tarixi fani namunaviy oquv dasturi asosida tayyorlandi. Bu Siz, aziz kitobxonlarga ona Vatanimiz tarixini organish yolida hadya etilayotgan bir debocha, kichik bir tuhfadir. Albatta, ushbu maruzalar mukammal, kamchiliklardan xoli deyishdan yiroqmiz, unga Siz, aziz oquvchilar, tegishli baho berasiz degan umiddamiz.

    Maruzalarni yozishda mualliflar B. V. Hasanov (2, 3, 16, 17-maruza-lar), SH. Q. Alimov (6, 7, 14, 15-maruzalar), E. Q. Arifdjanov (1, 8, 9, 10, 11, 12-maruzalar, xulosa), B. A. Irmuhamedov (4, 5, 13-maruzalar), qat-nashdilar. Toplam haqidagi fikr va mulohazalaringizni bajonidil qabul qilamiz.

    4

  • 1- maruza OZBEKISTON TARIXI FANINING MAZMUNI, NAZARIY-

    METODOLOGIK ASOSLARI VA UNI ORGANISHNING AHAMIYATI

    1. Ozbekiston tarixini organish muhim siyosiy vazifa

    Ozbekiston hududida istiqomat qilayotgan xalqlarning tarixi qadim

    otmishga borib taqaladi. Yashab turgan hududimiz tarixiy manbalari, arxeologik qazilmalari, xalq ogzaki ijodi namunalari orqali umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bolganligini butun olam tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk zaminda buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, siyosatchilar, buyuk sarkardalar yashab otganlar. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu yerda yaratilgan, sayqal topgan. Milodgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, osori atiqalar dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, memorchilik va shaharsozlik sanati yuksak bolganligidan dalolat beradi. Topilgan koplab qadimgi toshyozuvlar, bitiklar, kutubxonalarda saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qolyozmalar, ijtimoiy hayotning turli sohalariga doir on minglab qimmatbaho asarlar olka xalqlari manaviyatining yuksakligini namoyon qilib turibdi.

    Ota-bobolarimizning asrlar davomida toplagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini sinchiklab organish, ulardan Ozbekiston mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatimizni buyuk davlatlar qatoriga kotarishda, xalq farovonligini yuksaltirishda foydalanish muqaddas vazifadir. Chunki Ozbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov takidlaganidek, ...kim bolishidan qati nazar, jamiyatning har bir azosi oz otmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yoldan urish, har xil aqidalar tasiriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka orgatadi, irodasini mustahkamlaydi1. Demak, ozligini tanigan, tarixiy tajribadan chuqur saboq olgan fuqarolariga ega bolgan davlatni tanlagan yolidan qaytarib bolmaydi. Bunday davlatda tinchlik, taraqqiyot, farovonlik barqaror boladi.

    Ozbekiston tarixining bogchadan boshlab barcha turdagi oquv yurtlarida oqitilishi yuqoridagi goyadan kelib chiqadi. Fanni oqitilishining ahamiyati uning oldiga qoyilayotgan vazifalar va maqsadlardan kelib chiqishi tabiiydir. Bizningcha, Ozbekiston tarixini oqitishdan kozlangan maqsadni quyidagi uch jihat bilan izohlash mumkin:

    Birinchidan, Ozbekiston tarixini fan sifatida oqitish bilan ijtimoiy jarayonlarni chuqur tahlil qilishga, ularning rivojlanish qonuniyatlari, sabab va oqibatlarini aniqlash va tushuntirib berish orqali yoshlarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga, intellektual qobiliyatini yuksaltirishga erishiladi. Tarixiy jarayonlar tasodifiy, ozaro boglanmagan voqealar emas,

    1 . . . ., 1998. 34-. 5

  • balki muayyan qonuniyatga, mantiqqa ega bolgan hodisalar ekanligini tushungan, ongli, bilimli odamni aldab bolmaydi. U har bir narsani aql va mantiq tarozisiga solib koradi va togri xulosalar chiqara oladi.

    Ikkinchidan, hech qaysi ijtimoiy fan Ozbekiston tarixi kabi millatimizning ozligini bilishiga salmoqli hissa qoshmaydi. Aynan shu sababli Ozbekiston tarixini organish jarayonida millatimizning ozini ozi anglash ehtiyoji tolaroq qondiriladi. Boshqacha aytganda, tarix xalqning manaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Manaviyatning ajralmas tarkibiy qismi milliy tuygudir.

    Milliy tuygu insonning ozi mansub bolgan millatning tarixi, xususiyatlari, ruhiyati, hozirgi ahvoli va qadriyatlarini tugma, hissiy anglashidir. Insonda milliy ong, tuygu va gurur bolmasa, u ozining qaysi millatga mansubligini his etmasa, bunday inson ozga millatlarning ham qadr-qimmatini anglab yetmaydi, unda tarbiyaning vatanparvarlik, jasorat, ishonch kabi shakllarini qaror toptirish togrisida gap ham bolishi mumkin emas.

    I. Karimovning tabiri bilan aytganda, Xalqimizning manaviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va oziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yolidan muvaffaqiyatli ravishda olga siljishda hal qiluvchi..., belgilovchi ahamiyatga ega1.

    Shuningdek, Ozbekiston tarixini organish davlatimiz fuqarolarini vatanparvarlik, baynalmilallik ruhida tarbiyalash, xalqimizning milliy xudbinlik, maqtanchoqlik, milliy mahdudlikka botib ketmasligining oldini olish kabi bir qator tarixiy vazifalarni ado etadi.

    Uchinchidan, mustaqil davlatimizning kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotidagi insonparvar demokratik rivojlanish yolini tanlaganligi bu davrda turli xil partiyalar, siyosiy harakatlar va birlashmalarda ishtirok etayotgan fuqarolardan davlatimizning iqtisodiy rivojlanishi uchun siyosiy barqarorlikni taminlashlarini talab etadi. Bu talab fuqarolarimizda siyosiy ong va siyosiy madaniyatning yuksak darajada bolishini taqozo etadi. Ozbekiston tarixi fani esa jahondagi ilgor demokratik kuchlar, davlatlarning tajribalarini umumlashtirish asosida fuqarolarimizda yangicha siyosiy madaniyatni shakllantirish, ularning davlatimizni boshqarish ishlaridagi qatnashuvida siyosiy kaltabinlikka yol qoymasliklarining yol-yoriqlarini korsatish kabi amaliy-siyosiy vazifalarni ham bajaradi.

    Xullas, otmishimizni chuqur tahlil etsak, undagi boy tajribani tolaligicha egallasak, undan saboq olsak, eski xatolarga yol qoymasak, bugungi kunimiz va kelajagimizni togri belgilab olish imkoniyatiga ega bolamiz.

    Tarixsiz kelajak, milliy gurursiz mustaqillik bolishi mumkin emas. Shunday ekan, endilikda biz istiqlolga erishgan vatanimizning turli mafkuraviy qarashlardan xoli bolgan ilmiy siyosiy tafakkurini

    1 . . . . 3. ., 1996. 273-.

    6

  • shakllantirishning asosiy omillaridan biri bolgan yangicha tarixiy tafakkurning mahsuli sifatida organishimiz kerak. Uni mustaqillikni mustahkamlash, millatimizning ozligini anglash, milliy gururni shakllantirish, yoshlarimizni mustaqil Vatanimizga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga xizmat qildirmogimiz darkor.

    2. Ozbekiston tarixini organishning ilmiy-nazariy

    va metodologik asoslari

    Tarix sozi aslida arabcha bolib, ozbek tilida voqealar haqida

    hikoya, otmish haqida hikoya manolarini anglatadi. Lekin bu tarix faniga berilgan tarif emas. Tarix fani otmishni organadi. Masalan, har bir sohaning, jumladan, texnika, tibbiyot, matematika, dehqonchilik kabi behisob sohalarning oz tarixi bor. Bu tabiiy hol. Tarixga turli qarashlar ham mavjud, kimlardir tarixni fan emas, balki bolib otgan voqealarning sarhisobi, kimlardir uni buyuk otmishdoshlarimizning faoliyati deb biladi va hokazo. Bu ularning vijdoniga, dunyoqarashiga havola. Bizga koproq mashhur tarixchi, buyuk vatandoshimiz Amir Temurning faoliyatiga bagishlangan Zafarnomaning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiyning tarixga munosabati yaqinroq tuyuladi. Uning tabiricha, tarix fani mamlakat hamda davlatlar otmishida yuz bergan holatlarning sabablarini organadi: qaysi tadbir va choralar tufayli mamlakatda osoyishtalik bolganligini, qanday sharoitlarda mamlakat tanazzul, halokat yoliga tushib qolganligini, shuningdek uni bu yoldan chiqarish, taraqqiyotga yol ochish uchun qaysi ishlarni qilish yoki qilmaslik kerakligini korsatib beradi1.

    Sharafiddin Ali Yazdiyning bu fikrlaridan kelib chiqib, Ozbekiston tarixini biz, asosan, hududimizdagi kop ming yillik ijtimoiy hayotni organadigan fan deb tushunamiz. Ana shu fikrga asoslanib, Ozbekiston tarixi fanining mazmun doirasini belgilashga harakat qilamiz.

    Bizningcha, Ozbekiston tarixi fanining mazmuniga muayyan hududda hodisa va voqealarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va inqirozga uchrash sabablari, turli siyosiy kuchlar, tabaqalar, sinflar, tarixiy shaxslar orasidagi munosabatlarning qonuniyatlarini tarixiylik nuqtai nazaridan organish kiradi. Shu bilan birga, bu fan organilgan qonuniyatlarga tayanib, Ozbekiston Respublikasi doirasida rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurish uchun ozining tarixiy tajribaga asoslangan ilmiy xulosalarini ishlab chiqadi.

    Ozbekiston tarixining organish obyektlariga siyosiy jarayonlar, milliy ozodlik harakatlari, ishlab chiqarish kuchlari, ilm-fan va madaniyatdagi ozgarishlar, manaviyatga aloqador bolgan din, mafkura va turli goyalar, buyuk shaxslar faoliyati hamda shu kabilar kiradi.

    Ozbekiston tarixini ilmiy asosda organish borasida, ayniqsa, respublikamiz mustaqillikka erishgandan song, salmoqli ishlar amalga

    1 .

    . .,

    1993. 17-.

    7

  • oshirildi. Fanni organishning dolzarb muammolari, asosiy goyalari Prezident I. Karimovning tarixchi olimlar bilan uchrashuv chogidagi nutqida belgilab berildi. Bu goyalar Ozbekiston tarixini organishning asosiy konsepsiyasini ishlab chiqishda oz aksini topdi. Bugungi kunda mazkur konsepsiyaning asosiy goyalari shakllantirildi. Ular quyidagicha:

    Ozbekiston hududida tub aholi va uning ajdodlarining kop ming yillar davomida otroq yashab kelganligi hamda mahalliy madaniyatning boy qadimiy ildizi va otmishi bolganligini qayd etish;

    Ozbekistonda davlatchilikning paydo bolishi va ozbek xalqining shakllanishi jarayonida tub otroq dehqonchilik bilan shugullangan aholining orni hal qiluvchi omil ekanligini nazarda tutish. Bugungi ozbek xalqi tarixan shu zaminda yashagan xalq shajarasining davomi va shu yerda shakllangan turmush tarzi hamda madaniyatining vorisi ekanligining tan olinishi;

    mil. av. III-II ming yilliklarda shakllangan suniy sugorishga asoslangan dehqonchilik xojaligi, hunarmandchilik va mahsulot almashish Ozbekistonda davlatchilikning kelib chiqishidagi asosiy omil ekanligini tushunish;

    Ozbekistonda davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida tub aholining urf-odatlari, ananalari va manaviyati, azaliy ijtimoiylashuv birlashtiruvchi omil bolganligining tan olinishi;

    Ozbekistonda ijtimoiy hayotning shakllanishi, butun Orta Osiyo miqyosidagi qadimiy madaniy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni qamrab olgan siyosiy-ijtimoiy hodisa sifatida talqin etilishi;

    Ozbekistonda ijtimoiy hayotning shakllanishi va rivojlanishi unga xos xususiyatlar va qonuniyatlarga, jahon sivilizatsiyasi rivoji, dunyo xalqlari tarixida muhim oringa ega ekanligining qayd etilishi.

    Agar konsepsiyaning mohiyatini chuqur talqin va idrok qiladigan bolsak, bir qancha yangicha muammolar mavjud ekanligi korinib turibdi. Jumladan Ozbekistondagi ijtimoiy hayotning oziga xosligi, uning shakllanishida otroq ozbek aholisining yetakchi orin tutganligi, ozbeklarning ozi esa shu yerda yashagan otroq xalqning qonuniy vorislari ekanligi kabi ilmiy asoslangan goyalar shular jumlasidandir.

    Ozbekiston tarixi davrlarga bolib organiladi. Bugungi kunda ular shartli ravishda quyidagi davrlarga bolinadi:

    1. Davlatchilikka otish davri (mil. av. II ming yillikning ortalari va ikkinchi yarmi).

    2. Ilk davlat uyushmalari (mil. av. I ming yillikning birinchi yarmi). 3. Qadimgi davr ijtimoiy-siyosiy hayoti tarixi (mil. av. IV asrning oxiri

    milodning IV asri). 4. Ilk orta asr davlatchiligi tarixi (VVIII asrlarning ortalari). 5. Rivojlangan orta asrlar davlatchiligi (IXXIII asrlarning boshlari). 6. Amir Temur va Temuriylar davlati tarixi (XIV asrning ikkinchi yarmi

    XVI asrning boshlari). 7. XVIXIX asrlarning birinchi yarmi davlatchiligi tarixi. 8. Ozbekiston XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrdagi

    mustamlakachilik davrida.

    8

  • 9. Mustaqil Ozbekiston tarixi. Ushbu davlatlashtirish bosqichlari muayyan kamchilikdan ham mustasno

    emas, lekin keltirgan bu usulimiz yetarli darajada ozini oqlamagan tarixiy jarayonlarni formatsion usulda tahlil qilishdan voz kechilganidan dalolat berib turibdi. Buni ilgarigiga nisbatan biroz bolsa-da, olga siljish deyish mumkin.

    Ozbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlar kabi ozining muayyan qonun-qoidalariga ega. Ular umumiy va xususiy usullarga bolinadi. Umumiylariga, jumladan obyektivlik (holislik), tarixiylik qoidalarini keltirish mumkin. Tarixiy hodisalarni chuqurroq organish uchun xususiy usullar qollanishi mumkin. Ularga, masalan, statistika, matematika, sotsiologik tadqiqot usullari kiradi. Bu usullar tarixiy hodisalarning miqdoriy va sifat ozgarishlarini tahlil qilish asosida chuqur tarixiy-ilmiy xulosalarni shakllantirishga yordam beradi. Ulardan qaysi birini qollash tadqiqotchining oz oldiga qanday maqsad qoyganligi bilan belgilanadi.

    Endi asosiy qoidalarni izohlab berishga harakat qilamiz. Obyektivlik qoidasi. Tarixiy voqealarni organishning ushbu asosiy

    qoidasi butun borliqning, har bir tarixiy hodisaning inson xohish-irodasiga bogliq emasligini takidlab, ular qanday bolsa shundayligicha, holisona, hech qanday ozgartirishlarsiz, aniq hujjatlar, ishonchli dalillar asosida, ularning barcha kop qirrali, qarama-qarshi salbiy va ijobiy tomonlarini bir butun yaxlit holda, organish demakdir. Obyektivlik tarixiy hodisalar va shaxslarni siyosiy va mafkuraviy qarashlardan mustasno tahlil qilishni taqozo etadi. Bu qoidaning buzilishi ijtimoiy hayotni boshqarish konsepsiyalarini ishlab chiqishda notogri, noilmiy, xato xulosalarga olib kelishi mumkin. Masalan, bolshevik siyosatdonlarning real vaziyatni hisobga olmasdan taraqqiyotdan bir oz orqada qolgan xalqlarning taraqqiy etgan mamlakat yordamida ijtimoiy hayotning muayyan bosqichlaridan sakrab otishlari mumkinligi haqidagi xulosalarini ana shunday xato sifatida misol qilib keltirish mumkin. Natijada ijtimoiy hayotning rivojlanishi buzilganligi sababli Ozbekiston buhronlar girdobiga duchor boldi, millionlab begunoq insonlar qurbon boldi, uzoq vaqtga qadar iqtisodiy rivojlanish izdan chiqdi, mahalliy turmush darajasi pasayib ketdi, madaniyat va manaviyatga putur yetkazildi. Ularning bazi bir salbiy oqibatlari shu bugungi kungacha sezilib turibdi. Va aksincha, mustaqillikka erishgan Respublikamiz rahbariyatining tashabbusi bilan otmishni va bugungi kundagi ijtimoiy jarayonlarning obyektiv, holisona tahlil qilinishi orqali mamlakatimiz ozining ilmiy va mantiqiy asoslangan taraqqiyot yolini tanlab oldi va shu yoldan ogishmay bormoqda. Mustaqillikka erishilganidan keyingi davrda amalga oshirilgan islohotlarning natijalari tanlangan yolning qanchalik togriligidan dalolat berib turibdi.

    Tarixiylik qoidasi. Tarixiy voqealarni organishning bu asosiy qoidasi har bir yuz bergan hodisani aniq bir tarixiy vaqt ichida birin-ketin paydo bolgan tarixiy jarayon deb qarashni taqozo etadi va ularning bir zaruriy bosqichdan ikkinchi zaruriy bosqichga otishining tarixiy izchilligini ochib beruvchi kalit hisoblanadi. Bu qoida har bir hodisani, eng avvalo, uning kelib chiqishidagi

    9

  • tarixiy shart-sharoitlarni organishni, songra jahondagi boshqa voqealar rivojiga qanday tasir otkazganligini, ular bilan aloqasini tahlil etib, ilmiy xulosalar chiqarish zarurligini etirof etadi. Boshqacharoq aytganda, tarixiy hodisalarni, shaxslar faoliyatini tahlil qilishda har bir davrning oz mantigidan kelib chiqish lozim. Aks holda, bu notogri xulosalarga olib kelishi muqarrar. Fikrimizning isboti uchun Amir Temurning faoliyati bilan bogliq bir misol keltiramiz. Malumki, yadro qurollari mavjud bolgan hozirgi sharoitda har qanday urush axloqiy, mantiqiy nuqtai nazardan inkor qilinishi tabiiy. Lekin bu mantiqni Amir Temur faoliyatiga qollash mumkinmikin? Bizningcha, yoq. Ana shu qoidani buzib sobiq sovet tarixchilari Temurni qonxor va vahshiylar qatoriga qoshish bilan siyosiy maqsadda haqiqatni buzdilar va uning asosiy xizmatlarini korsatmasdan, oz xalqi, Vatani uchun xizmat qilgan qahramonni xalqning ongidan sugurib tashlamoqchi boldilar.

    Milliy va mahalliy xususiyatlarni hisobga olish. Tarixiy jarayonlarni organishning bu asosiy qoidasi har bir millat teng huquqli bolib, oz taqdirini ozi hal qilishi kerak, har bir tarixiy voqea va hodisani organishda milliy hamda mahalliy xususiyatlarni, yani har bir millat va elatning tilini, dinini, yashash hududini, ishlab chiqarishni tashkil qilish usulini, ruhiyatini, urf-odatlarini, rasm-rusmlarini, ananalarini, marosimlarini toligicha, har tomonlama hisobga olgan holda organishi kerak, degan fikrga asoslanadi.

    Ushbu qoidaga rioya qilish ilgaridagidek bazi bir qabih niyatlarda mustamlakachilik siyosatining ijobiyligi haqidagi haqiqatga mutlaqo zid xayoliy xulosalar chiqarishga imkon bermaydi.

    Chor Rossiyasining siyosatini faqat Orta Osiyoda mustamlakachilik siyosatining mahsuli sifatida qurilgan temir yol, telegraf, bazi korxonalarga qarab baholashimiz togri bolarmikan? Siyosatga, uning oqibatiga baho berishda mahalliy xalqning (ular 1917 yilgacha Orta Osiyoda umumiy aholining 95 foizdan ortiqrogini tashkil qilar edi) turmush darajasi qanday ozgarganligi, siyosiy, iqtisodiy huquqlari qanday amalga oshirilganligi, mahalliy va manaviy ehtiyojlari qay darajada qondirilganligi, turmush tarzi, etiqodining ixtiyoriy yoki majburlab ozgartirilganiga qarab baholanishi shart. Muayyan xalqning taraqqiyot darajasi past bolsa bu uning hayoti, ichki ishi. Uni har qanday olijanob maqsadda hech kimning tashqaridan kelib ozgartirishga haqqi yoq.

    Ijodiy yondashuv qoidasi. Obyektivlik va tarixiylikni toldiruvchi omillardan biridir. Fan bir joyda qotib qolmaydi, yani yangi manbalar ochiladi, izlanishlar orqali yangi xulosalar ishlab chiqiladi. Ulardan tarixiy jarayonlarni, shaxslarni baholashda foydalanish obyektiv haqiqatni tiklashga yordam beradi.

    Bundan tashqari, ijodiy yondashish har bir manbaning asl nusxa yoki soxta ekanligini qayta-qayta tekshirib korishni, qiyoslashni taqozo etadi. Shuningdek, otmishda mafkuraviy va bazi bir siyosiy maqsadlarda shakllangan xulosalar vaqt va tarixiy sharoit ozgarishi bilan ozining ahamiyatini yoqotadi yoki tarix sinovidan otmaganligi malum boladi.

    10

  • Masalan, sovetlar davrini organayotgan tadqiqotchi, albatta, partiya va sovet tashkilotlari hujjatlariga murojaat qilishi aniq. Lekin ularning ayni haqiqat deb qabul qilinishi mushkul. Haqiqatni aniqlash uchun esa mavjud hujjatlarga kommunistik mafkuraning tasiri bolganligi ham hisobga olinishi kerak.

    Tarixiy hodisalarni malum davr, vaqt olchovlari asosida organadigan usullar ham mavjud. Ularga bir vaqtda, bir yola, baravariga sodir bolgan tarixiy voqealarning vaqtini ketma-ket hisobga olib borish, tarixiy tadrijiylik, davrlarga ajratish usullarini kiritish mumkin. Shulardan birinchisi bir vaqtda, bir yola sodir bolgan bir nechta tarixiy voqealar ortasida aloqadorlik borligini ochsa, ikkinchisi tarixiy voqealarning kelib chiqishidagi genetik aloqalarning mohiyatini tushuntiradi, uchinchisi ularning rivojida yangi sifat ozgarishlariga otish imkoniyatlarining borligini korsatib beradi.

    Yana shu guruhga kiruvchi usullar: tarixiy qiyoslash, tuzilish tartibi boyicha yondashish usullari ham mavjud bolib, ulardan birinchisi tarixda yuz bergan bir xil turdagi voqealarni qiyoslash (taqqoslash) orqali ularning taraqqiy etishidagi umumiy yonalishlarni aniqlab bersa, ikkinchisi bolib otgan tarixiy hodisalarning bazi muhim tomonlarini qaytadan hosil qilib, ular ortasidagi aloqalarning qonuniyatlarini aniqlab beradi, uchinchisi esa jamiyatni kop qirrali murakkab tartibli jism deb bilgani holda, ularning gorizontal, yani yon tomonlama aloqalarini tahlil qilib beradi. Tadqiqotchining oz oldiga qoygan aniq maqsadlariga qarab uslub ham belgilanadi.

    Ozbekiston tarixi jahon xalqlari tarixidan alohida, yangi tarixiy fan bolmay, balki jahon tarixi fanining tarkibiy qismi, uning qonuniy davomi bolgan, ozining yutuqlari bilan jahon tarixi fanini boyitadigan va ularning yutuqlaridan ozbek xalqini bahramand qiladigan fandir. Bu fanni jahon xalqlari tarixi faniga qarama-qarshi qoyish, ulardan ajratish yoki ular bilan aynanlashtirish mumkin emas.

    Ozbekiston tarixi boshqa ijtimoiy fanlar falsafa, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, iqtisodiyot, huquqshunoslik fanlari bilan chambarchas bogliqdir. Masalan, falsafa fanining qonun va kategoriyalari Ozbekiston tarixi uchun uslubiy asos bolib xizmat qilsa, siyosatshunoslik esa bevosita siyosiy tarix fanining davomi sifatida uning asosiy yonalishlarini belgilab beradi. Iqtisodiy fanlar esa tarixda yuz bergan siyosiy munosabatlar qaysi iqtisodiy bazisning inikosi ekanligini korsatib beradi. Ozbekiston tarixi davlat va huquq tarixi fani bilan uzviy bogliq bolib, ulardan birinchisi koproq siyosiy munosabatlar tarixini organsa, ikkinchisi davlat va huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonini toliq, xronologik (birin-ketin yuz berishi) tarzda organadi. Ular ortasidagi chambarchas bogliqlik har ikkala fanning ham siyosiy munosabatlarni organishi va shu asosda huquqiy munosabatlar tarixini tahlil qilishi bilan tavsiflanadi.

    Shunday qilib, Ozbekiston tarixi fani oldida quyidagi vazifalar turibdi:

    11

  • Ozbekistonda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va eng qadimgi davlatchilikning kelib chiqishida azaliy otroq aholining madaniyati hal qiluvchi omil bolganini korsatib berish;

    miloddan avvalgi IXVIII va VIIVI asrlarda ilk davlatchiligimiz taraqqiyoti jarayonini chuqur va izchil tadqiq etish;

    ahamoniylar bosqini, Iskandar Zulqarnayn va uning vorislari davridagi qadimiy davlatchiligimizni tiklash uchun kurashning mohiyatini ochib berish; Kushonlar sulolasi davri tarixini ozbek davlatchiligi tarixi asosida chuqur tadqiq qilish;

    Buyuk Ipak yolining paydo bolishi va uning ichki, tashqi savdo, iqtisodiy hamda madaniy munosabatlarda tutgan ornini yoritib berish;

    ilk va rivojlangan orta asrlarda ozbek davlatchiligining barcha bosqichlari tarixini yaxlit tizim sifatida organish va uning jahon sivilizatsiyasi rivojlanishiga qoshgan hissasini tadqiq etish;

    XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda markazlashgan ozbek davlatchiligi rivojlanishining oziga xos qonuniyatlari va xususiyatlarini, Amir Temurning yirik davlat arbobi, madaniyat va fan xomiysi sifatida jahon tarixida tutgan ornini chuqur yoritish;

    XVIXIX asrning birinchi yarmida ozbek davlatchiligining xususiyatlarini, siyosiy tarqoqlik sharoitida boshqarish usullaridagi nuqsonlarni, madaniyat, fan, sanat sohalaridagi tanazzul alomatlarini organish;

    ozbek xalqining Chor Rossiyasi mustamlakachiligi va shorolar istibdodi davridagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, manaviy ahvoliga xolisona baho berish;

    ozbek davlatchiligi tarixining istiqlol qolga kiritilgandan keyingi eng yangi davrini har taraflama, keng yoritish.

    3. Ozbekiston tarixining asosiy manbalari

    Tarixni organishda manbalarning ahamiyati ota muhim. Manbalar

    shartli ravishda ikkiga bolinadi. Birinchisi arxeologik izlanishlarning natijalari. Bunday manbalar ayniqsa, yozuv paydo bolguncha otgan davrni organishda hal qiluvchi orin tutadi. Olimlarning fikricha, yer yuzida insoniyat paydo bolganiga million yildan ortiqroq vaqt otgan. Yozuv esa atigi 6 ming yil ilgari yuzaga kelgan. Ozbekistonning tarixi bilan bogliq, saqlanib qolgan ilk yozma manba Avesto taxminan 3 ming yil oldin yaratilgan deb hisoblanadi. Demak, undan oldingi tarixning qiyofasi hozircha asosan arxeologik izlanishlar orqaligina tiklanishi mumkin.

    Arxeologiya mutaxassisligiga aloqador bolmagan oliy oquv yurtlarining talabalari, jumladan IIV Akademiyasi tinglovchilari izlanishlarda bevosita ishtirok etmasalar-da, biroq matbuotda elon qilingan malumotlardan tolaroq bahramand bolishlari mumkin.

    Yozma yodgorliklar Ozbekiston tarixining asosiy manbai hisoblanishi lozim. Lekin qadimdagi mahalliy: Xorazm, Baqtriya, Sogd yozuvlaridan

    12

  • namunalar saqlanib qolmagan. Buning asosiy sabablari arab bosqinchilarining faoliyati bilan bogliq. Olkada etiqod qilinadigan zardoshtiylik va buddaviylikni tag-tomiri bilan yoq qilish uchun yozma manbalar gulxanda yondirildi, savodli bolgan din targibotchilari jismonan yoq qilindi. Shuning uchun eng qadimgi tarixning tiklanishida yunon, rim (Gerodot, Strabon va h. k.), xitoy, arab, fors manbalaridan foydalanilgan. Keyingi davr orta asrlarga taalluqli bolgan juda koplab arab, fors, turkiy tillarda yozilgan manbalar bizgacha yetib kelgan. Bugungi kunda Ozbekiston kutubxonalarining ozida tarix va ijtimoiy hayotning ozga sohalariga oid 20 mingdan ortiq nodir qolyozmalar saqlanmoqda.

    Respublika kutubxonalarida tarixning turli jabhalari yoritilgan minglab ilmiy, publitsistik, badiiy adabiyotlar, davriy matbuot materiallari borki, oquvchi bularni organish bilan Ozbekiston tarixi haqida tola tasavvurga ega bolishi mumkin. Akademiya tinglovchilari Ozbekiston tarixini oquv dasturi doirasida bilishlari shart. Buning uchun Vatanimiz tarixiga oid darsliklar, oquv qollanmalari yetarli.

    Talabalar uchun asosiy manba sifatida Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oliy Majlisning umumiy va oliy talimga oid boshqa qonunlari, hukumat qarorlari va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishlari xizmat qiladi. Bu borada Prezident I. A. Karimovning asarlarini alohida takidlab otmoq lozim. Ularda otmishni organishning mohiyati va metodologiyasi, yuksak manaviyatni shakllantirish, ozlikni anglashning ahamiyati, tarixiy, milliy qadriyatlar, diniy etiqodlarni tiklash va boshqa masalalar yoritilganki, ularni bilish va amal qilish voyaga yetayotgan yoshlarimiz uchun ota muhimdir. Bundan tashqari, Prezident asarlari otmishga va bugungi kunimizga taalluqli boy tarixiy malumotlar keltirilgan yagona manba hisoblanadi.

    Tarixni organuvchi har bir inson zamon bilan hamnafas bolishi, yani tinglovchi davriy matbuot bilan muntazam tanishib borishi, radioeshittirish va televideniye korsatuvlaridan boxabar bolib, ularda ilgari surilayotgan goyalarni ozlashtirib borishi kerak. Shundagina oquvchining fikri asoslangan, mukammal boladi, u mustaqil ravishda jamiyatda sodir bolayotgan jarayonlarning kelib chiqish sabablarini tushunib, ularga obyektiv baho bera olish darajasiga yetadi. Shu tariqa oquvchi Ozbekiston davlatining yetuk fuqarosi bolib shakllanadi.

    13

  • 2-maruza

    OZBEK XALQINING ETNIK SHAKLLANISHI

    1. Ozbek xalqining etnogenezi: tarixiy xususiyati va mohiyati

    Ozbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgani shu olkada ming

    yillar mobaynida yashab kelgan ajdodlarimiz tarixini qaytadan organishni taqozo etadi, chunki yetmish uch yil hukmronlik qilgan kommunistik partiya tomonidan ota-bobolarimiz yozuvlarining tez-tez almashtirilib turilgani, kopgina tarixiy adabiyotlarning mafkuramizga togri kelmaydi, deb yoq qilinishi, yuqori darajadagi ilmiy ahamiyatga molik bolgan tarixiy asarlarning markazga tashib ketilgani, hujjatlarning ota maxfiy saqlangani olkamizda yashagan xalqlar, ayniqsa, ozbek xalqining kelib chiqishi va shakllanishi tarixini toligicha xolisona, ilmiy dalillar asosida yoritishga imkon bermadi.

    Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning oz yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, ozligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, ozi tugilib osgan qishloq, shahar, xullas, Vatanining tarixini bilishni istaydi1.

    Bugungi kunda istiqlolimiz ozbek xalqining jahon xalqlari orasida teng bolib yashashdek azaliy orzusini royobga chiqarish uchun imkoniyat yaratish bilan birga, ozbek xalqining izzatini joyiga qoyishni2 oliy maqsad sifatida talab qilmoqda. Mazkur maruzadan kozda tutilgan maqsad, birinchidan, ozbek xalqining qachon kelib chiqqani, qaysi elat va qabilalarning tasirida shakllanganini yoritish, ikkinchidan, tarixiy adolatni tiklash, uchinchidan, tinglovchilarning milliy ongini shakllantirish asosida ularni ichki ishlar organlarining ona Vatanga sadoqatli, Ozbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun kuch-quvvatini va aql-zakovatini ayamaydigan xodimlari qilib yetishtirishdir.

    Yer yuzida yashayotgan barcha xalqlar tosatdan yoki tasodifan paydo bolgan emas, ular turli nomlar bilan hayot soqmoqlarini bosib otgan. Bir guruh xalqlar ozlarining etnik nomlarini asrlar osha saqlab kelgan, boshqalari esa ozga qavmlar tarkibida hayot kechirgan. Bazi elatlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy munosabatlar tufayli hamda ayrim etnik guruhlarning nufuzli tasirida boshqa qavmlarga singib ketganlar. Xuddi shuningdek, turkiy elatlar ham oz nomlariga ega bolgunga qadar turli etnik nomlarga ega bolib, boshqa elatlar bilan birga yashaganlar3.

    Xalqlarning kelib chiqish tarixini (etnogenezini) va shakllanish jarayonini organishda ijtimoiy fanda etnos (yunoncha xalq) va etnik birlik iboralari qollaniladi. Etnos atamasi juda keng va tor manolarda

    1 . . . ., 1998. 3-. 2 . . ., 1993. 8-. 3 . // . 1991. 2.

    14

  • ishlatiladi. Masalan, Amerika xalqi, Rossiya xalqi, Ozbekiston xalqi, viloyat xalqi yoki boshqa kichik bir guruh kishilariga nisbatan ham xalq iborasi qollanilgan. Shuning uchun ham malum bir ijtimoiy tuzumda vujudga kelgan etnik uyushmaga Etnik birlik iborasi ishlatiladi. Etnik birlik mano jihatidan xalq atamasiga nisbatan aniq tushunchadir. Etnik birlik aniq sharoitda, tabiiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy uyushma. Fanda etnik birlik bosqichining uch turi mavjud: qabila, elat va millat1.

    Ozbek xalqining kelib chiqishi togrisida tarixchi va qadimshunos olimlar ortasida hozirgi kunga qadar turli fikrlar mavjud. Bazi olimlar ozbek xalqi kelib chiqishining tarixini XVI asrda Orta Osiyoga Shayboniyxon boshchiligidagi kochmanchi ozbeklarning bostirib kirishi bilan boglaydilar.

    Kochmanchi ozbeklar turkiy tilda sozlashuvchi aholi tarkibiga keyinroq kelib qoshilib, ularga oz nomlarini berganlar. Bundan ozbek degan nomning ozi ham XVI asrda paydo bolgan ekan-da, degan fikr yuzaga kelishi mumkin. Albatta, yoq. Ozbek sozi XIIIXIV asrlarda yashagan Juvayniy va Rashididdinlarning asarlaridan ham bizga malum. Jumladan, Eron tarixchisi va geografi Hamidulloh Qazviniy Tarixi Guzida nomli tarixiy asarida 1335 yilda Ozarbayjonga yurish qilgan askarlarni ozbeklar degan etnik nom bilan ataydi. Oltin Ordaning sharqiy qismida yashagan va Oltin Orda xoni (13121342 yy.) Ozbekxon qoshini tarkibiga kirgan kochmanchi xalq ham ozbek etnik termini bilan atalgan.

    Tarixchi Hamidulloh Qazviniy yuqoridagi tarixiy asarida Oltin Ordani Mamlakati ozbekiy deb ataydi. Nizomiddin Shomiy bilan Sharafiddin Ali Yazdiy ham Temurning Oltin Ordaga qilgan yurishini tasvirlaganlarida, ozbek atamasini shu manoda qollaydilar2.

    Biz yuqorida keltirilgan manbalarga tayanib, ozbek degan atama XVI asrda emas, balki undan ham avval paydo bolgan, deb ayta olamiz.

    Birinchidan, bu masalalar yuzasidan mulohaza yuritayotganda xalqning kelib chiqishi bilan nomning kelib chiqishini ajrata bilishimiz kerak. Albatta, avval xalq kelib chiqadi, song oz nomiga ega boladi. Shuning uchun ham, biz, bu fikrlarni davom ettirib, Ozbekiston hududida yashagan ajdodlarimiz kimlar bolgan va qaysi qabilalarning tasirida ozbek xalqi shakllangan, degan savollarga javob berishga harakat qilamiz.

    Ozbek xalqining kelib chiqishi chuqur qadimiy tarixga ega bolib, uning dastlabki korinishlari asosan ikki guruhda, birinchisi Amudaryoning quyi oqimi havzasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Sirdaryo havzalarida, ikkinchisi esa Toshkent vohasining keng hududlarini oz ichiga qamrab olgan, Sirdaryoning qirgoqlaridan to Talas, Chu daryolari havzalarigacha, Fargona vodiysidan Osh, Ozgan, Signoqqacha bolgan viloyatlarda kop asrlar mobaynida yuzaga kelgan.

    1 . . ! " // #. 1998. 6. 3132-.

    2Qarang: . . . ., 1941.

    15

  • Orta Osiyo xalqlari kabi ozbek xalqi ajdodlarining ham etnik guruhlari paydo bolishi miloddan avvalgi uchinchi va ikkinchi ming yilliklarga togri keladi. Ibtidoiy jamoa tuzumi, kochmanchi chorvadorlik bilan shugullanuvchi aholi, Amudaryoning quyi oqimi havzalaridagi xorazm-kanguy va massaget qabilalari, Sogdiyonaning sogd va sak qabilalari aholisi, shu jumladan Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon havzalaridagi, Sirdaryoning orta oqimi Chirchiq, Norin, Qoradaryo, Talas, Chu, Toshkent vohasi va Fargona vodiylarida yashagan qanga, day va sak qabilalari ozbek xalqi etnik guruhlarining dastlabki namoyandalari hisoblanadi1.

    Turkiston tarixiga oid onlab tadqiqotlari bilan jahon ilm-fanida etirof etilgan mashhur Ahmad Zaki Validiyning Umumturk tarixiga kirish (Istanbul, 1881, 3-nashr) kitobidan ayrim dalillar keltiramiz. Tarix ilmining asoschilaridan biri bolgan mashhur Gerodot miloddan avvalgi VII asrda hozirgi Orta Osiyo deb ataladigan mintaqamizda Argippay nomi bilan qudratli bir davlat qurilganini malum qiladi. Uni saqalar qurganlar. Saqa Ovrupoda skif nomi bilan mashhur bolgan. Hech kim bularga daxl qila olmaydi, chunki ular ilohiy sanaladilar, deb yozadi argippaylar haqida Gerodot, ular qurol taqmaydilar, lekin insonlar orasidagi ixtiloflarni hal qilib beradilar. Bularga sigingan insonlarga hech kim tega olmaydi. Gerodot ularning raislari hamisha sochini oldirib yurishini, kop tillarni bilishini, madaniyatda boshqalardan ilgarilab ketganini yozadi. Argippay yoki boshqa bir manbaga kora Argimbay yangi zamon tarixchisi V. Tomachekning fikriga kora, Arginbay sozidan olingan. Argin esa bugungi kunda ozbek, qozoq, qirgiz millati tarkibiga singib ketgan argin urugining nomidir. Darhaqiqat bugungi Toshkent va Fargona vodiysini aylansangiz yoxud Qarshi Buxoro vohasiga otsangiz, Argin nomli jugrofiy atamalarga, mahalla-qishloq nomlariga duch kelishingizga shubha yoq2.

    Ammo, yuqorida keltirilgan vohalarda va dashtlarda yashagan aholi haqida ilk malumot bergan yunon tarixchilari (avvalo, Gerodot) bu xalqlarni kelib chiqishi jihatdan yunonlarga mansub bolmasa-da, skiflar deb ataganlar.

    Haqiqatan ham, ozbek xalqining ajdodlari bolmish turkiy xalqlarning Oltoy davridan keyingi rivojlanish jarayoni aynan skiflar faoliyati bilan uzviy boglangan. Shuni aytib otish joizki, skiflar murakkab qabilalar birikmasidan iborat bolib, ularga oid malumotlar yoq, faqat skiflar davlatiga asos solgan podshoh Targitoy nomigina saqlanib qolgan. Uning ogillari nomi, jumladan Yorgitoy ismi mano jihatidan turkiy atamalarga mos keladi3.

    Dashti Qipchoq, Orta Osiyo, Oltoy, Markaziy Osiyoda yashagan va bundan uch ming yil avval skif deb atalgan xalqlar hunnlar nomi bilan mashhur bolganlar. Skiflarning etnografik, antropologik xususiyatlari

    1 . $ #% . ., 1968. 2Qarang: . ? // &'. 1999. 24

    #. 3 . // . 1992. 2.

    16

  • xunlarga yoki turkiy xalqlarga oxshashdir. Mahmud Qoshgariyning takidlashicha, Iskandar Zulqarnayn Orta Osiyoni bosib olayotganida turklar oq-yoyni old tomonga qanday otsa, orqa tarafga ham shunday mahorat bilan otganlar. Bu etnografik xususiyalar xunnlar yoki turkiy xalqlarning udumlari skiflarnikiga oxshash deb qarashga asos beradi.

    Qadimgi yunon olimlari ham skiflarning yetakchi qabilalari nomi gunnlar (xunnlar) ekanligini takidlashgan. Hatto IX asr allomasi Muhammad al Xorazmiy arab muarrixlari turkiy xalqlarni yoki VIIIX asrlarda siyosiy hayot maydonida koringan turkiy qavm toqqiz ogizlarni skif sozi oldiga i tovushini qoshib iskif deyishini aytgan. Skiflar tarkibidagi xalqlarga yunonlar, xitoyliklar, eroniylar oz tillariga moslab nom qoyganlar. Shuning uchun ham yuqorida aytganimizdek, yunonlar miloddan avvalgi V asrdan milodning boshlariga qadar Orta Osiyoda yashagan xalqlarni umumiy etnik nom bilan skif deb atashgan. Eron Behistun, Nahshi Rustam va Persopol degan joylardagi Ahamoniy Eroniy podsholarning qabr toshlarida va yodgorlik lavhalarida, qoyatoshlarga oyib yozilgan zafarnomalarda Orta Osiyoda yashagan xalqlar sanab korsatiladi va shu bilan bir qatorda saklarning uchta qabila guruhi eslatiladi1.

    Bulardan: 1)saka-xaumavorka tekshiruvchilar bu guruhni Gerodotning Skif-

    amyurgiyalari, Ktesiy Knidskiyning (Gerodotning kenja zamondoshi) Shoh Omargning skiflari va keyingi davr mualliflarining sakaravalari bilan aynan bir deb hisoblaydilar;

    2) saka-tigraxauda bu nom, odatda tepasi uchli telpak kiygan saklar deb tarjima qilinadi. Bu yunoncha matnlardagi ortokoribantlar degan terminga togri keladi;

    3) saka-tiay-tara-darayya dengiz ortidagi yoki daryo ortidagi saklar. Mualliflar yaqin vaqtlarga qadar ularni Yevropa skiflari bilan aynan bir deb hisoblab kelganlar. Ammo songgi yillarda, ayniqsa, Behistun yozuvlarining V ustuni tadqiq etilishi munosabati bilan olimlar (xususan, akademik V. V. Struve) bu orinda gap Orta Osiyolik daryo ortidagi saklar haqida bormoqda, degan fikrga kela boshladilar. Yozuvning V ustunidagi matnga qaraganda, saka-tigra-xaudalar daryo ortidagi saklar bilan qoshni bolib yashaganlar. Bazi mualliflar saka-xaumovarkalar Murgobda, bazilar Pomirda (R. Gerrman, A. N. Bernshtam) yoki qisman Pomir va Fargonada (K. V. Trever) yashaganlar degan fikrni ilgari suradilar. Saka-xaumovarkalar Xorazm-massaget harbiy ittifoqining asosini tashkil etgan, degan nuqtai nazar ham bor. Bu ittifoq Qoraqumni, Xorazm vohasini va Sirdaryoning quyi oqimini egallagan (S. P. Tolstov, YA. G.Gulomov) Saka-tigra-xaudalar, saka-xaumovarkalarning sharq tomonida, yani Toshkent viloyatida, Sirdaryoning orta oqimida va janubiy Qozogistonda, saka-tiay-tara-darayyalar esa Orta Osiyoning janubida,

    1 **+ . . 1. ., 1970. 69-.

    17

  • Amudaryoning ong sohilidagi togli va dasht viloyatlarda sogdlar bilan yonma-yon yashaganlar deb hisoblashadi1.

    Keyingi davrlardagi yunon-rim mualliflarining (Polibiy, Pliniy, Ptolemey va boshqalar) asarlarida ayrim sak va massaget qabilalarining juda kop nomlari berilgan. Ular yashagan joylarning aniq chegarasini belgilash masalasi onlab yillar davomida munozaralarga sabab boldi. Yani keng hududlarda, Toshkent vohasi va Fargona vodiysida yashagan va uning tub aholisi bolgan saklar, bizningcha, turkiy tilda sozlashuvchilar bolib, faqat malum qismigina eroniy sogd tillarida sozlashuvchilar bolgan. Antik mualliflar forsiy yozuvlar, eron xalqining kelib chiqishini sharhlab, saklar madaniyatini, urf-odatlarini, tilini va turmush tarzlarini tasvirlaganlar. Ozbekistonning hozirgi hududida yashagan saklar ozbek xalqining dastlabki ajdodlaridan biri bolib hisoblanadi.

    Biz bu malumotlardan ozbek xalqining va Orta Osiyodagi boshqa xalqlarning shakllanishida madaniy otroq vohalar Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent vohasida, shuningdek, Fargona vodiysida yashagan mahalliy saklar muhim orin tutganlar, degan xulosaga kelamiz. Yana shunday taxmin qilish mumkinki, choldagi kochmanchi qabilalar massagetlar, daylar va boshqalar, hatto saklardan ham oldin paydo bolganlar, ammo ularning kelib chiqishi bir bolgan. Bu haqida qadimgi antik mualliflar xabar berib otganlar.

    Songgi yillarda yangi arxeologik materiallar topilganligi tufayli bu qabilalardan kopchiligining yashagan hududi yetarli darajada aniqlandi. Bulardan yana biri massagetlar (mil. av. VIIV asrlar) qabilalarining yirik ittifoqi bolib, uning tarkibiga bir necha asl sak qabilalari kirar edi.

    Ularning kopchiligi frako-kimmeriy qabilalariga mansub bolgan. Ular nomining oziyoq maza-geta, yani ulug getlar shundan guvohlik beradi. Getlar degan etnik nom frako-kimmeriy qabilalari yashagan viloyatning garbida juda katta hududga tarqalgan edi. Boshqa bir gipotezaga kora, massagetlar sozi mas-saka-tadan iborat bolib, katta saklar ordasi demakdir.

    Zarafshon havzasida saklar tiliga yaqin turuvchi qadimgi sogd tilida gapirgan sogdlar ham yashar edilar. Ular shimoli-garbiy tomondan saka-xaumavarkalar bilan garbda dirbeklar bilan chegaradosh bolganlar. Sogd tilida sozlashuvchi qabilalar yashagan Sogdiyona bilan Baqtriya ortasidagi chegara Hisor tizma toglari boylab otar edi. Shunday qilib, tarixiy rivojlanishning ilk bosqichida ozbek xalqi qadimgi ajdodlarining etnik-til munosabatlari shakllangan. Bu bosqich juda kop asrlarni, jumladan, miloddan avvalgi minginchi yillarning boshidan, taxminan miloddan avvalgi II asrgacha bolgan davrni oz ichiga oldi.

    Ikki daryo oraligidagi xalqlarning yerlari doimo ajnabiy bosqinchilarning etiborini oziga tortib kelgan. Qadimdan ona yurtimiz hududlariga bostirib kirgan xalqlar, albatta, ozbek xalqining shakllanishiga tasir otkazmasdan qolmagan.

    1Osha manba. 65-b.

    18

  • Miloddan avvalgi 550 yilda Ahamoniylar boshliq forslar midiyaliklar hukmronligiga chek qoyganlaridan song, hokimiyatni oz qollariga oladilar, song Orta Osiyo yerlarini boysundirish uchun kurash olib boradilar.

    Gerodot Kirning Midiya va Bobilni boysundirgandan keyin oz kuchlarini Kaspiy dengizining sharqiy tomonidagi massagetlar yashaydigan tekisliklar sari yonaltirgani togrisida xabar beradi1.

    Ahamoniylarning Orta Osiyodagi bir qancha viloyatlar ustidan hukmronligi ikki yuz yildan ortiqroq davom etdi. Albatta, Ahamoniylarning Orta Osiyodagi hukmronligi, bu yerda yashovchi xalqlarning tiliga va tashqi korinishiga ham tasir korsatdi. Tarix ilmi Turon yerida va Turon davlatlarida faqat turklar emas, balki hozirgi kunda tojik deb nomlangan xalqlarning ota-bobolari ham yashaganligini korsatadi.

    Bundan bilishimiz mumkinki, Turon zamini qadimdan turkiylar va tojiklar yeri edi. Orta Osiyoda azaldan sogdlar, xorazmliklar hamda turkiy elatlar aralash bolib yashab kelganliklari malum. Sogdlar otroq hayot kechirib, asosan, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan shugullanishgan, turklar va sogdlarning sak qabilalari esa kochmanchi hayot kechirib, asosan, chorvachilik va askarlik bilan shugullanganlar. Tili har xil, lekin tarixda doimo bir davlat doirasida yashagan bu ikki elatni bir-birisiz tasavvur etish qiyin. Shuning uchun ozbek xalqining shakllanishida bu xalqning ham tasiri bolganligini aytmasdan ilojimiz yoq.

    Uzoq davr mobaynida Iskandar Zulqarnayn yurishidan (miloddan avvalgi 329327-yillar) VI asrning ortalarigacha, yani Yettisuv tuprogida Garbiy turk xoqonligi yuzaga kelgan vaqtga qadar, hozirgi Ozbekiston hududiga juda kop istilochilar kelib ketdi. Ular bu yerda ozlarining chuqur siyosiy, madaniy va etnik izlarini qoldirdilar. Iskandar Zulqarnaynning yurishlari natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi vujudga keldi, miloddan avvalgi IIIII asrlarda mavjud bolgan Sogd olkasi shu podsholik tarkibiga kirgan va u zamonlar mahalliy sogd madaniyati ellinizm elementlari bilan boyigan edi.

    Biroq mahalliy aristokratik guruhlar bilan boglangan yunon-makedoniyaliklar Yunon-Baqtriya olkasida kichik bir qatlamni tashkil etganliklaridan, dehqonchilik qiluvchi aholining etnik tarkibiga, xususan, sogdlar tiliga jiddiy ozgartirishlar kiritmadilar2.

    Orta Osiyo xalqlari tarixida, jumladan ozbek xalqining shakllanishida Qang davlatining ahamiyati juda katta bolgan. Miloddan avvalgi III asrda bu davlat Sirdaryoning orta oqimida yashovchi tub aholini va bir qancha kochmanchi, yarim kochmanchi qabilalarni hamda olkalarni birlashtiradi. Ishlab chiqarish kuchlarining tobora osib borishi bilan dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat taraqqiy etadi, yirik shaharlar va qishloqlar vujudga keladi. Qang davlatining chegarasida qadimiy eron tilida sozlashuvchi xalqlar Markaziy Osiyo, Janubiy Sibir va Yettisuvning shimoliy tumanlarida yashovchi turkiy tilda sozlashuvchi qabilalar bilan

    1 **+ . . 1. ., 1970. 71-. 2 Qarang: . . .

    ., 1941.

    19

  • yaqinlashib, ozaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikda bolib keladilar. Ana shu aloqalar natijasida bu ikkala til guruhida xalqlar qisman aralashib boradilar va bularning qoshilishidan miloddan oldingi III asrlarda Sirdaryoning orta oqimlarida turkiy tilda sozlashuvchi yangi etnos vujudga kela boshlaydi. Xuddi shu xildagi jarayon keyinroq Fargona va Zarafshon vohasida ham yuz berdi. Milodiy III asrlarda yangi etnos son jihatdan birmuncha kopayadi va alohida elat bolib shakllanadi. Shu asrlarga kelib Sirdaryoning orta qismida yashovchi xalqning alohida elat bolib shakllanishi uchun asosiy omillar mavjud edi: iqtisodiy, siyosiy, madaniy va manaviy hayot birligi, umumiy hudud va etnik nom (qandar, qangar) vujudga kelgan. Ammo bu elat antik bosqichda vujudga kelgan bolib, oz davriga xos siyosiy va etnik birlik edi. Qang davlati yemirilishi bilan (milodiy V asr ortalarida) uning tarkibidagi elat va qabilalar tarqalib ketadi, yangi siyosiy uyushmalar va etnik birliklar vujudga keladi.

    Qang davlati inqirozga uchragandan song, uning tarkibidagi salmoqli bir qismi ilk orta asrlarda Sirdaryoning orta va quyi oqimlarida yangi qabila ittifoqini tashkil etadi, bular qadimiy etnik nomlari bilan qangar deb atala boshlaydi. Ammo bu yangi qabila ittifoqi ikki asr mobaynida saqlanib, keyin tarqalib ketadi1.

    Qadimgi davrda ozbek xalqi rivojlanishining keyingi ikkinchi bosqichi massaget-kushonlar davriga togri keladi va bu bosqich milodning II asridan III asrlarigacha davom etadi. Bu davrda etnik til korinishlarining shakllanishi mahalliy otroq va kochmanchi aholi ortasida yanada rivojlanib, turkiy tilda sozlashuvchilarning etnik til tarkibi yanada kengayadi.

    Biz yuqorida takidlaganimizdek, turkiy xalqlarning shakllanishida juda katta orin tutgan massaget-yuyechji-kushon qabilalari turkiy aholiga mansub edi. Bu haqida Xitoy yozma manbalari, shuningdek arxeologiya-numizmatik topilmalari malumot beradi. Shuning uchun ozbek xalqi shakllanishining ikkinchi bosqichini tashkil qilgan kushonlar, yani oq xunnlarning qay tarzda bizning xududimizga kirib kelganliklari haqida toxtalib otamiz.

    Miloddan avvalgi III asrda Oq xunnlar (kushonlar) xunnlarning bir tarmogi sifatida Markaziy Osiyoning Gansu viloyatida yashagan. Oq xunnlar Ulug xunnlarning ittifoqchisi hisoblangan hamda ularga qarindosh bolgan.

    Oq xunnlar bilan Xunn imperiyasining ittifoqchisi uysunlar (uysunlar, xunnlarning bir tarmogi) orasida nizo kelib chiqadi va bu kurashda yengilgan Oq xunnlar oz hukmdori xonning xotini boshchiligida garb tomonga kochadilar. Dastlab Kochar olkasiga, songra Ili vodiysiga joylashadilar, uysunlar miloddan 150 yil avval Ulug xunn davlatidan yordam olib, Oq xunnlarni bu vodiydan ham siqib chiqaradilar.

    Oq xunnlar avval Qashqar vodiysiga, songra Baqtriyaga kochib keladilar, Amudaryoning ong qirgogiga (Surxondaryo va Qashqadaryo vohasiga) ornashadilar, yunon-makedon (Ellin) davlatiga zarba beradilar va ular hukmronligini yemirib tashlaydilar. Ular miloddan avvalgi ikkinchi

    1 .

  • asrda Ulug Kushon davlatini tuzadilar. Bichurinning bergan malumotlariga qaraganda, ular bir yuz yigirma ming oiladan iborat, har qaysi oila bir harbiy kishi berishga qodir bolgan, bu davlat aholisi tarkibini kushonlar tashkil etib, malum qismi juan-juanlar (mogullar) edi.

    Shuningdek, kushonlar, qanga (qangalilar), qanlar, usunlar, tyukyu kabi xalqlar bir-biriga yaqin lahjada sozlashgan hamda qonunlari (tuzuklari), udumlari bir-biriga oxshash bolgan. Bunga misol qilib, shuni ayta olamizki, kushonlar va eftalitlar davriga oid ellin-baqtriya xatida beshinchi asrda turkiy tilda bitilgan jumlalar saqlanib qolgan: Kuysan (Kushon) tilintin togri tilincha yaratmish, anatkak (sanskrit) tilintin toxri tilincha yaratmish1. Bu misol Orta Osiyo xududiga kirib kelgan kushon va eftalitlar ham turkiy xalqlar avlodi ekanligini, ular qatori xunnlar ham qadimgi turkiy qavmlar bilan qarindoshligini korsatadi.

    Ozbek xalqi ajdodlari shakllanishining eng asosiy uchinchi va tortinchi bosqichlari esa Eftalitlar davlati va Garbiy turk xoqonligining vujudga kelishi davriga togri keladi. Ayniqsa, bu paytga kelib turkiy tilda sozlashuvchi ozbek xalqi ajdodlarining bir-birlari bilan qoshilishi va shakllanishi uchun qulay sharoit yetiladi.

    Eftalitlar davlati va garbiy turkiy xalqlar hukmronligi davrida turkiy tilda sozlashuvchi mahalliy aholi va eroniy aholi, shu jumladan sogdiy aholining hozirgi Ozbekiston tuprogida, Toshkent vohasi, Fargona vodiysi va Qozogiston viloyatlari, Qirgiziston va Yettisuvdagi qardosh turkiy qabilalar bilan aralashuvi, qoshilishi yuz bergan. Bunday qiyin jarayon tufayli mahalliy qabilalarning etnik til tarkibi kengaydi va natijada turkiy xalqlarning monolit etnik til birikmalari paydo boldi, ular Eftalitlar davlati va Garbiy Turk hoqonligining asosiy tayanchi bolib qoldilar.

    Eftalitlar haqidagi malumotlar milodning IV asriga taalluqlidir. Xitoy manbalarida eftalitlar Jujonlar tarkibiga kiritilib, yeda nomi bilan atalgan. Keyinchalik Vizantiya manbalarida eftalitlarni oq xunnlar deb nomlaganlar. IXXII asrlarda fors va arab tilida yozilgan Sharqiy Osiyo manbalarida eftalitlar tilga olinib, ular xaytal yoki xeptal deb atalgan. Ular otroq hayot kechirishga otib, dehqonchilik va hunarmandchilik, kochmanchilar esa chorvachilik bilan shugullanganlar.

    Sobiq sovet olimlaridan S. P. Tolstov va A. YU. Yakubovskiylarning shahodat berishlaricha, eftalitlarning hokimiyatga kelishlari massaget qabilasi boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan tontarish oqibatida roy bergan. Eftalitlar davlati IV asrda paydo bolgan, uning gullab-yashnagan davri V asrga togri keladi va Kushon davlatining davomi hisoblanadi.

    Turkiy xalqlar asrlar osha Osiyo qitasining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotida yetakchi guruhlardan biri hisoblanib kelgan. Orta Osiyo hayotida yuqorida aytib otilgan Turk xoqonligi juda katta orin tutgan, u milodning 552 yilida katta kochmanchi davlatga aylangan. Xoqonlikning markazi Yettisuv bolgan garbiy qismi oz davrining birinchi on yilidayoq mustaqil davlatga aylangan.

    1 . // . 1992. 2.

    21

  • Bu davlat tarixda Garbiy Turk xoqonligi nomi bilan mashhurdir. Eftalitlar tor-mor etilgach (563567 yillar orasida), turklar asta-sekin Orta Osiyo viloyatlariga kira boshlaydilar. Shunisi etiborliki, VI asrning 70-yillarida turklar Amudaryoga yaqinlashadilar. Biroq ular harbiy otradlar bolib, bu yerda vaqtincha turar edilar va shuning uchun ular ozlaridan keyin mahalliy aholi tarkibida ahamiyatliroq bir iz qoldirmaganlar.

    Yana bir qiziqarli malumot, mashhur Sosoniy hukmdori Xisrav Anushirvon (531579 y.) turk malikasiga uylangan bolib, Anushirvonning ogillaridan bolgan Xormuzning onasi shu malika edi. Shunday bolsa-da, osha VI asrning ikkinchi yarmida garbiy turk hoqonligida turklarning malum qismi Zarafshonning quyi oqimi taraflariga borishiga va Buxoro hududida joylashib qolishlariga sababchi bolgan voqelar roy beradi1.

    Makvart va S. Tolstovning aniqlashlaricha, Hoqon Mugan bilan kanizakdan tugilgan turk shahzodasi Abo (forsiycha transkripsiyada Abroy) farosatsizroq bolib, VI asrning 80-yillarida qozgolon kotaradi va kopchiligi kambagallashgan aholidan tashkil topgan bir talay turklar bilan Buxoroga jonab ketadi, bu yerda dehqonchilik qiluvchi aholining mulksiz qismi bilan birlashib, mahalliy aristokratiyani haydab yuboradi, Poykent shahrini qolga olib, unda davlat tasis etadi. Bu orada Buxoro tumanlariga bir talay turklar kirib keladilar. Keyinchalik, turklarning yangidan-yangi guruhlari shimoldan kelib Sirdaryo va Amudaryo oraligidagi yerlarga asta-sekin ornasha boshladilar. Demak, bu fikrlardan shu narsa yaqqol boladiki, bu yerda yashovchi sogdiylar bilan turkiylarning aralashuvi keyinchalik ham davom etagan.

    Turk hoqonligida sogdlar qishloq xojalik mahsulotlari, hunarmandchilik uchun masul bolsalar, turklar chorva mahsulotlari va davlat mudofaasi urush vazifasi uchun masul bolganlar. Na Xitoy, na Eron va na Arab manbalarida sogd-turk nizosi haqida biror gap yoq. Bu manbalarning barchasida turk sozi yonida sogd kalimasi ishlatilmagan orinlarni topish mushkul. Bu tarixiy-ijtimoiy yaxlitlik xatto hozirgi zamon tilshunoslik, tarix fanlarida ham oz aksini topgan2.

    Afsuski, VIVII asrlarda, yani arab istilosidan avvalgi davrlarda turkiy elatlarning Vatanimiz hududiga kelib ornashishlari qanchalik va qaysi tartibda sodir bolganligi haqida yetarli malumotlar saqlanib qolmagan. Arab bosqinchilari Orta Osiyo hududiga bostirib kirganlaridan song, turk tilida bitilgan yozuvlarni, madaniy va moddiy yodgorliklarning hammasini yoq qildilar. Manbalarning yoqligi tufayli ham bu davrni organish ancha qiyin kechadi.

    Arab istilosiga qarshi kurashda ham turk-sogd lashkarlari birgalikda mudofaa uyushtirganlar. Mahmud Koshgariyning Devon ul lugatit-turk asarida ham Turon shaharlarida sogdiy til bilan birga turkiy tillar kop qollangani qayd qilingan. Demak, arab istilosigacha hozirgi Ozbekiston aholisi ikki asosiy etnik qatlam sogd va turkiylardan iborat bolgan. Arab

    1 . . . ., 1941. 2 . > -=? // *. 1992. 9.

    22

  • istilosidan keyin, xususan, Somoniylar davriga kelib sogd qatlamining oz tilini yoqotish jarayoni kuchaygan.

    Tabiiyki, bu ikki qatlam sogd va turkiy qatlamdan sogd tilining yoqolib borishi turkiy tilning toliq hukmronligiga olib kelishi kerak edi. Biroq bunday bolmadi. Aholining, jumladan sogdlar bir qismining tili turkiy bolib qoladi. Sogdlarning mana shu qismida miloddan ham avval boshlangan jarayon turkiylashtirish jarayoni poyoniga yeta boshladi. Natijada turkiy va sogdiylarning bir necha asrlik aralashish jarayoni hosilasi hozir ozbek deb nom olgan turkiy xalqqa asos solinadi1.

    Sogdlar va turklarning aralashuvidan vujudga kelgan yana bir etnosning tili turkiy ham, sogdiy ham bolmadi. Ularning tili Erondagi hukmron til fors tili bolib qoldi. Bu chigal muammoni soddaroq bayon qilishga urinib koramiz.

    Arab istilosi davrida, arablar bilan birga forslarning ham Turonga bostirib kirgani ayon. Arab lashkarlarining taxminan ikkidan bir qismi forslar bolgan. Tub aholisi islom dinini qabul qilishi qiyin kechganligi bois, arab sarkardalari mahalliy aholining (asosan, shahar va unga yaqin qishloqlarning) xonadonlariga musulmonchilik odatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchilarni joylashtirganlar. Forslar Turonning xususiyatlarini arablarga nisbatan yaxshi bilganliklari uchun mahalliy oilalarga arablar nomidan forslarning joylashtirilishi maqul hisoblangan. Hokim va goliblar tiliga moslashish ruhi hukmron bolganligi tufayli kopgina shaharlarda sogd-turklar fors tilini uylaridagi qorovullardan organa boshlaganlar2.

    Tarixdan malumki, arablarning ozlari ham Eron madaniyati tasiriga uchraganlar. Mahalliy aholi sogd-turkiylar uchun bosqinchi arabmi, forsmi, baribir edi. Shuning uchun osha paytgacha arablar uchun qollanilgan atama tazik ularni umumlashtiruvchi nom bolib qolgan (qiyos qiling: ruslar tatarlar bilan birga bostirib kelgan turkiylarni ham tatar deb nomlaganlar yoki hozir bizda odamlar ukrain, polyak, yahudiylarni ham oris deyishadi)3.

    Somoniylar sulolasi ornatilgach, fors tili davlat tili darajasiga kotarildi va bu davrga kelib fors tilida badiiy, ilmiy adabiyotlarning yaratilishi bu tilning Orta Osiyo mintaqasida keng tarqalishini tezlashtirdi. U davrda boshqaruv tizimida va adabiyotda fors tilini qollash ragbatlantirilgan. Keyinroq ularning orniga kelgan turkiy sulolalar ham shu yosinda ish tutadilar.

    Turkiy tilni fors tili kabi keng kolamda qollashga ham ahamiyat berildi. Mahalliy aholi uzoq paytgacha, bazi joylarda hozirgacha bu tilni tojik tili deb nomlashga konikmadi, uning asli fors tili ekanligini takidlab keldi. Masalan, Pomir aholisi hali ham tojik tilini pors tili deb ataydi. Yani bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, sogdlar bir paytning ozida ham ozbeklarning, ham tojiklarning ajdodi hisoblanadi.

    1Osha manba. 2Osha manba. 3Osha manba.

    23

  • Somoniylar zamonida turkiylashish jarayoni Shosh viloyatida ildamroq bordi. X asrning ikkinchi yarmida yashagan arab geografi Ibn Xavqalning korsatishicha, islom dinini qabul qilgan minglarcha turkiy oilalar sharqdan Forob, Kandij va Shosh ortasidagi tumanlarga, yani Chimkentdan garbga va janubi-garbga kochib borganlar. Bu kochmanchilar, bundan avval Sirdaryoning sharq tomonida, keyinroq uning ong qirgogiga yaqin joylarda yashagan ogizlar edilar.

    X asr oxirida Movarounnahrni Qoraxoniylar istilo qila boshlaydilar. Ularning bu viloyatlarga kirish jarayoni tadrijiy, lekin davomli tayyorgarlik bilan boradi. Qoraxoniylarning istilochilik harakatlari Yettisuv va Sharqiy Turkistonning unga qoshni bolgan viloyatlaridan boshlanadi, bu yerlarda esa X asrning ikkinchi yarmida harbiy jihatdan kuchli, dastlabki feodal tipida bolgan yarim kochmanchi, yarim otroq turkiy davlat vujudga kelgan edi1.

    Yettisuvdagi turkiylar birlashmasiga bir qancha qabila va xalqlar argu, tuxsi, qorliq, chigillar va yagmolar kirgan edi. Shu sanalgan xalqlardan dastlabki torttasi madaniy jihatdan yuqori bosqichda turar edi, ular ortasida faqat ovchi, chorvadorlar emas, balki oz bolsa ham dehqonlar bor edi. Shunisi etiborliki, xuddi shu vaqtlarda bu yerdagi hamma sogd mustamlakalarida va shahar aholisining sogdlar ornashgan qismida turkiylashish jarayoni tezlik bilan boradi.

    Turkiylashish hammadan burun turkiy tili va nutqning galaba qozonishida ifodalanadi. Buni X asrning mashhur olimi Mahmud Qoshgariy ham qayd etib otadi. Malumki, Movarounnahr viloyatlarining Qoraxoniylar tomonidan istilo qilinishi jadallik bilan on yillar mobaynida amalga oshdi.

    Hayotning hamma sohalarida katta ozgarishlar boldi. Bu ozgarishlar ijtimoiy munosabatlar va siyosiy tuzumda bolganidek, dehqonchilik bilan tirikchilik qiluvchi tumanlardagi aholi tarkibida ham yuz berdi. Albatta, faqat songgi masala hozir bizning diqqat markazimizda turadi. Agar Qoraxoniylardan avvalgi davrlarda, turkiylarning Ozbekiston tuprogiga kirishlari mamlakatdagi kochmanchilar kochib yuradigan maydonlarni toldirish hisobiga bolsa, qoraxoniylar zamonida bu hodisa yanada boshqacharoq tus olganligini, yani turkiylar dehqonchilik tumanlarida otroq hayotga, mehnatga asta-sekinlik bilan ota boshlaganliklarini ham korsatadi.

    Fikrimizcha, bu har ikki jarayon tezlik bilan borgan, mogullar hujumi davri, yani XIII asrning 20 yillariga kelib, kopgina qishloq joylarida sogd tili turkiy til bilan almashgan. Modomiki, butun hayot sogdiylik asosiga qurilgan Sogd olkasida shunday hodisa yuz bergan ekan, Shosh bilan Fargona togrisida nima deyish mumkin? Bu yerda turkiy aholining hukmron bolganligi haqida shubha yoq. Bizdagi dalillarga kora, Orta Osiyoning bazi bir shaharlarida turkiy aholi mogullar zamonidayoq hukmronlik mavqeini qolga olganlar.

    Masalan, buni Urganch shahri misolida ham korishimiz mumkin. 1333 yilda bu yerda bolgan arab sayyohi Ibn Batutaning malumotiga kora, Urganch katta, chiroyli va ahamiyatli turk shaharlaridan biri edi2.

    1 . . . ., 1941. 2 Osha manba.

    24

  • XIII asrning 20-yillarida Orta Osiyoda mogullar istilosi tugatilgan bir qancha joylarda, hozirgi Ozbekiston aholisi tarkibiga mogullar hokim element sifatida kirgan vaqtlarda, ular hech qayerda tojik tili tasiriga yoliqmaganlar, hamma yerda turkiy til va nutqqa duch kelganlar.

    Malumki, XIII asrda mogul Chigatoy ulusining qarorgohi Ili daryosing vodiysiga qurilgan edi. Yana osha XIII asrda qarorgohning garbga kochganligi haqida malumotlar bor, ammo chigatoylarning bir qismi Movarounnahr tuprogiga ketgan. Shunisi qiziqarliki, XIII asrning 60-yillarida chigatoy xoni Muborakshohning taxtga otirish marosimi Ohangaronda otkaziladi. Chigatoy uruglaridan biri bolgan jaloyirlar taxminan shu yillarda Ohangaronda turib qolgan, ikkinchi bir yirik chigatoy urugi barloslar yana osha vaqt yoki undan sal keyinroq Qashqadaryo vodiysiga, Kesh (Shahrisabz)ga borib joylashgan1.

    Yettisuvdagi chigatoylar til jihatidan turkiylashgan bir zamonda bu jarayon Ohangaron bilan Qashqadaryoda endigina tugagan edi. Bu har ikki joyda ham turkiy aholi asosiy ommani tashkil etganligi uchun, bu jarayon tezroq royobga chiqa oldi. XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib, jaloyirlar bilan barloslarni sira mogul deb aytib bolmas edi. Ular ozlarini turk deb tasavvur etib mogullarga yoki Yettisuv mogullariga qarshi edilar.

    Jaloyir va barlos uruglari bilan mogullar bir-birlariga yomon koz bilan qarardilar. Ular bir-birlarini yarim mashara, yarim haqoratli laqablar bilan chaqirishlari ham tasodif emas edi. Yettisuv mogullari chigatoylarni karavnos, yani duragay, chigatoylar esa mogullarni jate, yani ashaddiy qaroqchi deb ataganlar2.

    Barlos urugidan chiqqan Amir Temur (13361405) mogulchani bilmas, ikki til ona tili bolgan turkiy va shahar tili bolgan tojik tillarida gaplashar edi3.

    Amir Temur ozini mogul deb tan olmaganidek, uning Movarounnahrdagi zamondoshlari ham uni mogul deb oylamaydilar. Biz uning markazlashtirish maqsadida qoshni mamlakatlarga qilgan yurishlariga qanchalik salbiy nazar bilan qaramaylik, baribir, uning Movarounnahrni sevishini va mamlakatni markazlashtirish uchun jonini jabborga berganini, shahar hayotini va dehqonchilik ekinlarini rivojlantirishga intilganligini etirof qilishimiz zarur.

    Uning tugilgan yurti Kesh (Shahrisabz) va Qashqadaryo vodiysi edi, oz nasli-nasabini mahalliy turkiy aholiga qarshi qoymasdi. Bazi kishilar chigatoy terminiga va chigatoylarning uruglarga bolinishiga hanuzgacha rasmiyatchilik nazari bilan yondashadilar. Bu terminning kelib chiqishidan boshlab otgan bir yarim asr mobaynida bu termin oz manosini ozgartirdi, Chingizxonning ikkinchi ogli Chigatoy nomi bilan bogliq bu termin dastlab, Chingiz qoshinini tashkil etgan mogul qabilalariga nisbatan ishlatilgan edi4.

    1 Osha manba. 2 Osha manba. 3 Osha manba. 4 Osha manba.

    25

  • XIII asrning 30- va 40-yillarida ushbu qabilalar haqiqatan mogul edilar, biroq XIV asrning 6070-yillarida jaloyirlar ham, barloslar ham mogullikdan chiqib qoladilar. Hatto Temurning chigatoylardan kelib chiqqan, turkiy aholi odatiga xilof ravishda kokil qoygan eng imtiyozli askarlari ham endi faqat turkiy zabonda gapira boshlaydilar.

    Agar XIV asrda chigatoylar deganda ularning faqat tort urugi barlos, jaloyir, kauchiy va orlotlarni tushungan bolsalar, XV asrda bu termin yanada kengroq manoga ega boladi. Bu vaqtda Movarounnahrdagi barcha turkiy aholini chigatoylar deb atay boshlaydilar. Zarafshon vohasi va Fargonaning bazi bir shaharlarini hisobga olmaganda Movarounnahrning dehqon va kochmanchi aholisi Temur davriga kelib asosan turkiylardan yoki turkiy tilda sozlashuvchilardan iborat bolib qoladi.

    Demak, XIV asrda yoki XIV asrning ikkinchi yarmida ahvol shunday ekan, XV asrga nisbatan nima deyish mumkin? Ajabo, temuriylar ozlarini mogul yoki loaqal turk-mogul deb etirof qilar edilarmi? Yoq, ular ozlarini turkiylar deb bilar edilar. XV asrda barlos va jaloyirlarga turkiy uruglar deb qarar edilar, vaholanki, bu turkiy uruglarning xoh nomlari, xoh qisman ota-bobolari jihatidan mogullarga borib chatishishlari zamondoshlariga, ayniqsa, tarixchilarga yaxshi malumdir, Biz qisman deb gapirayotirmiz, chunki XV asr barloslari faqat mogullarning avlodlarigina emas, balki Qashqadaryo vohasiga barloslar kelmasdan avval, bu yerda yashagan turkiy aholining ham avlodlaridandir1. XV asr oxiri XIV asr boshlarida ular Shayboniyxon boshchiligida Movarounnahrga bostirib kiradilar va hokimiyatni Temuriylar qolidan tortib oladilar. 1500 yilda poytaxt Samarqandning songgi hukmdori temuriy Sultonali ham oldiriladi. Oradan kop vaqt otmasdan Toshkent, Buxoro va Fargona shaharlari zabt etiladi. Orta Osiyoda hukmronlikni Temuriylardan tortib olgan Shayboniylar mamlakatni xarob qilib tashlamaydi, dehqonchilik, savdo va hunarmandchilikni rivojlantirishga harakat qilganlar. Temuriylar xonadoni va ularga yaqin bolgan feodal aslzodalargagina zarar yetadi, ularning yer-suvlari va mol-mulklari musodara qilinadi, tirik namoyandalari oldiriladi.

    Ana shu vaqtdan boshlab, Orta Osiyoda ozbek xonlarining hokimlik davri boshlanadi. Kochmanchi ozbeklar dehqonchilikning yuksak madaniyatini egallagan uruglarga aralashib, ularning koplari asta-sekin dehqonchilik mehnatiga ota boradilar va shu zayilda Orta Osiyoning turkiy aholisiga yangi bir muhim qatlam bolib qoshiladilar.

    Kochmanchi ozbeklar keyinchalik barcha turkiy aholiga oz nomlarini berdilar. Ularga qadar bu aholi Ozbekiston tuprogida yashagan turkiy aholidan juda katta farq qilar edilarmi, degan savol tugiladi. Ozbeklar kelmasdan ilgari Movarounnahrda yashagan turkiy aholi, biz yuqorida korib otganimizdek, Sirdaryo va Yettisuv tomonlaridan Movarounnahrga kelgan turklar bilan turkiy bolmagan mahalliy aholining qoshilishidan vujudga kelgan edi.

    Demak, Abulxayrxon bilan Shayboniyxon boshchiligidagi kochmanchi ozbeklarga kelsak, bularning qabilaviy tarkibida Movarounnahrga Yettisuv

    1 Osha manba.

    26

  • va Sirdaryo tomonlaridan kelib ornashgan qabilalarga urugdosh bolgan qabila va qavmlar ham oz emas edi.

    Bu qavmlar 92 urug-qabiladan iborat bolgan, deb aytiladi. Masalan, shayboniy hukmdorlaridan bolmish Abdullaxon II (158398) Hindiston podshosi boburiy Jaloliddin Akbar (15561605)ga yuborgan maktubida: Biz toqson ikki ozbek qavmi ustidan hukm yurgizib turibmiz, deb yozgan1.

    Yakka ozbek xalqi asosida davlat tuzish hech kimning xayoliga ham kelmagan. Bunday fikr birinchi marta 1920 yilda Lenin tomonidan ilgari suriladi. U Turkistonni Ozbekiston (aslida Uzbekiya), Qirgiziston (Qozogiston nazarda tutilayapti) va Turkmanistonga bolib yuborish masalasini korib chiqishga topshiriq beradi2. Bu goya 1924 yilda amalga oshirildi. Buxoro va Xorazm respublikalari bolsheviklar tomonidan majburiy ravishda yoq qilinib, uchta Ozbekiston, Qozogiston, Turkmaniston sovet sotsialistik respublikalari tuzildi. Sovet rahbariyatining maqsadi aniq doimo birga yashagan qon-qardosh xalqlarni bolib tashlab, ular ortasida milliy nizo kelib chiqishi uchun sharoit yaratish edi. Ushbu tadbirning salbiy oqibatlari bugungi kunda ham ozini namoyon qilib turibdi.

    Ozbekiston SSRning tashkil qilinishi munosabati bilan bu yerda istiqomat qiladigan aholining turkiy tilda sozlashadigan asosiy qismi ozbeklar deb qonun bilan suniy ravishda mustahkamlandi. Gap amalga oshirilgan tadbirning togri yoki notogriligida emas: tarixni ozgartirib bolmaydi. Xullas, ozbek, ozbeklar atamalari shunday murakkab tarixiy jarayonlarni boshidan kechirdi. Mustaqillikka erishganimizdan song xalqning milliy rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga sharoit yaratildi. Shu xususda Prezident I. A. Karimovning sozlarini eslatib otmoqchimiz. U shunday degan edi: Bizning oliy maqsadimiz mustaqillik edi. Bunga erishdik. Mustaqillikning oliy maqsadi ozbek xalqining izzatini joyiga qoyish3.

    Masalani bunday qoyishning oz mantigi bor: respublika aholisining aksariyat qismi ozbeklardir. Shu bois, birinchi navbatda, mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikning kafolatchisi aynan shu xalqdir. Lekin bu fikr davlatimizda ozbeklarning manfaati bu yerdagi 100 dan ortiq millatlar manfaatlarining kamsitilishi hisobiga hal qilinishini bildirmaydi. Bunday bolishi ham mumkin emas. Respublikada istiqomat qiladigan barcha xalqlarning teng huquqliligi qonun bilan mustahkamlangan. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida: Ozbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bolib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oldida tengdirlar,4 deb belgilab qoyilgan.

    Quyida biz ozbek xalqining milliy ongini yuksaltirish, uning qadr-qimmati, milliy, tarixiy, diniy qadriyatlarini tiklash, urf-odatlarini hurmat

    1 . // * . 1992. 10. 2 !. . @. . 41. 492-. 3 . . . ., 1992. 8-. 4 +W [\%. ., 2003. 6-.

    27

  • qilish, erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratilayotganligi xususida soz yuritar ekanmiz, ushbu tadbirlar respublikada yashaydigan barcha millat vakillariga ham togridan-togri aloqadorligini doimo yodda tutamiz. Chunki, I. A. Karimovning sozlari bilan aytganda: Ozbekiston aholisining kop millatliligi ozbek xalqining milliy ozligini anglashi va manaviy qayta tiklanishining osishi bilan chambarchas bogliq holda jamiyatni yangilash, uni demokratlashtirishga undovchi zor kuch bolib xizmat qilmoqda1.

    2. Mustaqil Ozbekiston Respublikasida etnosiyosat

    masalalarining dolzarbligi

    Respublika mustaqillikka erishgandan buyon ozbeklarning ozligini

    tanish jarayoni juda tezlashib ketdi. Bunga quyidagi sabablarni keltirish mumkin:

    mustaqillik tufayli ozbeklarning otmishi haqida holisona, adolatli fikr yuritish uchun imkoniyat tugildi. Natijada milliy madaniyatimizning shakllanishiga ulkan hissa qoshgan va uni jahonga tanitgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Amir Temur va boshqa koplab buyuk ajdodlarimizning faoliyati va ijodiga alohida etibor qaratilishi, ular tavallud topgan kunlarning bayram qilinishi, maqbaralarining tiklanishi natijasida ular xalqimizning tom manodagi milliy iftixori bolib qoldilar;

    ozbek tiliga qonuniy davlat tili maqomi berilishi ozbek xalqi ruhining tiklanishiga, millat manaviy-axloqiy ideallarining tola shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratib berdi;

    respublika talim tizimi bir tomondan, milliy ananalarga moslashtirish, ikkinchi tomondan, jahon andazalari darajasiga kotarish maqsadida tubdan isloh qilindi;

    xalqning manaviyatini yuksaltirish yolidagi ishlarni muvofiqlashtirish va ilmiy asosda tashkil qilish maqsadida marifiy-manaviy tarbiya, targibot bilan bogliq davlat va nodavlat tashkilotlarining Respublika manaviyat va marifat kengashi tasis etildi. Uning asosiy vazifalaridan biri etib milliy qadriyatlarimiz va ulug mutaffakkirlarimiz merosidan butun xalqimiz, jumladan yoshlarimizning ham bahramand bolishiga, islom dinining insonparvarlik falsafasi, goyalari yosh avlod qalbidan joy olishiga komaklashish belgilandi2;

    milliy ruhiyatni tarbiyalashning asosi bolgan Vatanimizning haqqoniy tarixini yaratishga va uni barcha oquv maskanlarida oqitish masalalariga alohida etibor berildi va boshqa bir qancha chora-tadbirlar belgilandi. Endilikda ular oz natijasini bermoqda. Lekin respublikada yagona

    1 . . ]]I =: # ,

    > #. ., 1997. 72-. 2 +W ^ +W _"% "-

    # - = # // ] . 1997. 1

    .

    28

  • millatning birligini shakllantirish borasidagi muammolar oxirigacha hal bolgani yoq.

    Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi milliy va etnik muammolarni oz-ozidan hal qilmaydi, bunga davlatning ushbu masalada faqat turli manfaatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan oqilona siyosatining oqibati sifatida qarash mumkin. Shuning uchun davlatning xalq manaviyatini yuksaltirishga, ozligini tanishga qaratilgan chora-tadbirlari nafaqat ozbeklarning ruhiyatiga, balki bazi bir etnik guruhlarga mintaqaviy va urug-aymoqchilik birlashmalariga tasir qilishini hisobga olishi lozim. Bu muammolarning respublikada mavjudligi, ularning bazi mintaqalarda salbiy oqibatlarga olib kelayotganligi haqida I. A. Karimov Samarqand va Navoiy viloyatlari xalq deputatlari navbatdan tashqari kengashida batafsil gapirib otdi. Mazkur viloyatlarda mahalliychilik, qarindosh-urugchilik shu darajaga yetdiki, birinchi rahbarlar daromad keltiradigan joylarga oz odamlarini qoydilar, ozlarining va hamtovoqlarining hamyonini toldirishga kirishdilar. Natijada mahalliychilik, oshna-ogaynigarchilik ijtimoiy hayotga va taraqqiyotga tahdid soluvchi omilga aylanadi, chunki bunda talon-taroj uchun sharoit yaratiladi, jamiyatda adolat yoqoladi. I. A. Karimov bu salbiy hodisalarning oldini olish choralarini ham belgilab berdi. Bu:

    eski asoratlardan xalos bolgan, zamon talabiga javob beradigan yoshlarni qollab-quvvatlash;

    koppartiyaviylik asosidagi jamoatchilik nazoratining kuchayishi, jamiyatda demokratik tamoyillarni mustahkamlash;

    mulkchilik masalasini yechish; soglom kuchlarni birlashtirish va yangi harakat, siyosiy kuchlar

    faoliyatiga yol ochib berish1. Belgilangan tadbirlar ikki narsani hal qiladi, yani birinchidan, har qanday

    sharoitda xalqlarning barcha sohada tengligini taminlaydi, ikkinchidan, tenglik, adolatlilikning taminlanishi ustidan qatiy nazorat ornatadi va ana shu vosita orqali xalqlarni birlashtiradi, yakqadam qiladi.

    Mustaqillik tufayli xalqning manaviyatini shakllantirish borasida yangi-yangi talablar qoyilayapti. Ular I. A. Karimovning Turkiston gazetasi muxbiri savollariga bergan quyidagi javoblarida ham aniq belgilab berilgan: Bu vazifa erkin fuqarolik jamiyatining manaviyatini shakllantirish, boshqacha aytganda, ozod, oz haq-huquqlarini yaxshi taniydigan, boqimandalikning har qanday korinishlarini ozi uchun or deb biladigan, oz kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda oz shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uygun holda koradigan komil insonlarni tarbiyalashdan iboratdir2. Albatta, bu vazifani amalga oshirish faqat ozbeklargagina emas, balki Ozbekistonning barcha aholisiga taalluqlidir. Uni hayotga tatbiq qilish, agar xalq 130 yillik mustamlakachilik davrida tobelikni oz boshidan kechirgan bolsa, osonlikcha kechmasa kerak. Yana

    1 . . @, # =. ., 1998.

    37-. 2 . . // ] .

    1999. 3 #.

    29

  • shuni ham takidlab otish kerakki, agar xalq oz qobigiga oralib, jahon tajribasidan ajralib qolsa, bu jarayon yanada ogirroq kechib, chozilib ketadi.

    Demak, har qanday xalq yuksak manaviyatga ega bolishi uchun milliy oziga xosligini, asrlar davomida sinovdan otgan, iymon-etiqod bilan yashash kabi ananalarini saqlab qolish bilan birga, umuminsoniy qadriyatlarni ham ozlashtirib borishi lozim. Lekin biz uchun muhim ahamiyatga ega bolgan inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ijtimoiy va iqtisodiy raqobat, ozaro murosa, ozgalarning fikrlarini hurmat qilish, ular bilan hisoblashish kabi demokratik qadriyatlar biz uchun yangilik. Bu sohadagi ehtiyotsizlik kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, marifatdan yiroq bolgan siyosiy raqobat ekstremizmga, ijtimoiy yonaltirilmagan bozor munosabatlari iqtisodiy tanglikka olib kelishi mumkin. Ana shunday noxush hodisalarning oldini olish maqsadida oz rivojlanish yolini aniqlab olgan respublika rahbariyati otish davrida davlat bosh islohotchi bolishi lozimligi haqidagi qoidaga amal qilishni ozining muhim burchi deb hisoblab kelmoqda va unga tola-tokis amal qilmoqda. Mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik yuqoridagi qoidaga izchillik bilan amal qilinayotganligidan dalolat berib turibdi.

    Mustaqillik sharoitida mamlakatdagi siyosiy barqarorlikni taminlash respublika aholisining farovonligini oshirish, moddiy va manaviy ehtiyojlarini tobora tolaroq qondirishdek murakkab vazifani sozsiz bajarishning kafolatidir. Oz navbatida, barqarorlikning negizi Ozbekiston aholisining milliy va etnik yakdilligini taminlashga bogliq. Buning uchun respublika rahbariyati mustaqillikning birinchi kunlaridanoq Ozbekiston barcha xalqlari uchun Umumiy uy shiori asosida oz faoliyatini kop elatli birlikni vujudga keltirishga qaratib kelmoqda. I. A. Karimovning takidlashicha: Ozbek madaniyatining umuminsoniy mohiyati, manaviy-ruhiy qadriyatlarning va milliy ozlikni anglashning tiklanishi bu birlikning negizini tashkil etdi1.

    Bizningcha, bu birlik murakkab jarayonning boshlanishidir. Ozbekiston aholisini tashkil qilgan barcha millat vakillari men rus, qozoq, tojik, qirgiz yoki turkmanman deyish orniga gurur bilan men Ozbekistonlikman, desin. Kelajakda shunday boladi ham, chunki respublikada milliy masalada ornatilgan tartib boyicha hech qaysi millat vakili kamsitilmaydi. Bunga koplab misollar keltirish mumkin. Respublikaning eng yuqori organlaridan tortib viloyat, shahar, tuman, qishloqlar boshqaruvida istisnosiz barcha millat vakillari bab-baravar ishtirok etmoqdalar. U yoki bu millat vakillari uyushibroq yashagan hududlarda ular oz ona tillarida bilim olish imkoniyatiga egalar. Televideniyeda maxsus xalqaro telekanal tashkil qilingan. Shuningdek, radioda rus, qozoq, tojik va boshqa tillarda eshittirishlar olib boriladi. Oz milliy ehtiyojlarini tolaroq qondirish imkoniyatiga ega bolishlari uchun turli milliy markazlar tashkil qilingan va h.k.

    1 . . ]]I =: # , > #. ., 1997. 143-.

    30

  • Shunday qilib, bu omillar hozirgi ozbek xalqining tarixi faqat XVXVI asrlardan boshlanadi, deb oylashimiz togri emasligini asoslaydi. Ozbek xalqining tarkibiga kochmanchi ozbeklar songgi qoshilma sifatidagina kirdi.

    Ozbek xalqining asosini uzoq asrlar mobaynida murakkab etnogenez jarayoni orqali shakllangan barcha turkiy aholi tashkil etadi.

    Vatanimiz Ozbekistonning uzoq davom etib kelgan, uzluksiz taraqqiyot yoli, tarixi bor. Shuningdek, biz xalq tarixini uning nomi tarixi bilan aralashtirish mumkin emasligini ham kordik. Garchi, u ozbek nomini hayot kechirib kelgan zamonlardan ancha keyin olgan bolsa-da, lekin bu uning qadimgi tarixini sira yoqqa chiqara olmaydi.

    Uzoq yillar davomida ozbek xalqi ozining eng buyuk qadriyatlarini asrab-avaylab saqlab qolish bilan birga, ozga xalqlarning ilgor madaniyatini ham oziga singdirib, manaviyatini boyitib bordi. Shuningdek, ozbek xalqining yuksak madaniyatidan boshqa xalqlar ham bahramand boldilar.

    Mustaqillik tufayli ozbek xalqining madaniyati va manaviyatining yuksalishi, turmush tarzining boyishi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Uning umuminsoniy qadriyatlar bilan uygunlashgan manaviyatining hosilalari Ozbekiston xalqining yakdilligi, tabiiy birligi va davlat miqyosida tili va etnosidan qati nazar yagona millat sifatida shakllanishiga asos bolmoqda.

    31

  • 3-maruza

    MARKAZIY OSIYODAGI DASTLABKI DAVLAT TUZILMALARI, ULARDAGI IJTIMOIY HAYOTNING OZIGA XOSLIGI

    1. Osiyocha ishlab chiqarish usulining oziga

    xos xususiyatlari

    Mustaqillik tufayli ozbek davlatchiligi ozining yangi bosqichiga

    kotarildi. Songgi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida Markaziy Osiyoda oziga xos davlatchilik tizimining paydo bolganligi malum bolmoqda.

    Ozbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish jarayonida otmishning tarixiy tajribasi, ozbek xalqining qadimiy davlatchilik ananalari beqiyos ahamiyat kasb etishi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning asarlarida oz aksini topdi.

    Davlatlarning paydo bolishi insoniyat tarixida muhim orin egallaydi. Zero, har bir xalqning oz sivilizatsiya bosqichini otgan yoki otmaganligi uning oz davlatchilik tizimiga egaligi yoki ega emasligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, xalqimizning oz davlatchilik tizimiga qachon ega bolganligini bilish tarix fani oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

    Davlatlar kelib chiqishiga kora, birlamchi yoki ikkilamchi davlatlarga bolinadi. Birlamchi davlatlar deb, ozga davlatlarning tasirisiz, mustaqil tarzda yuzaga kelgan davlatlarga aytiladi. Ikkilamchi davlatlar ozga davlatlarning tasiri ostida yuzaga kelgan davlatlar hisoblanadi.

    Markaziy Osiyo hududida dastlabki davlatlarning paydo bolishi masalasida tarixchi olimlarning qarashlari mavjud. Bir guruh olimlar bizning hududimizdagi ilk davlatlar er. av. I ming yillik boshlarida, Qadimgi Sharq davlatlari tasirida paydo bolgan, degan fikrni bildiradilar (masalan, Masson). Ikkinchi guruh olimlar Markaziy Osiyo hududida ilk davlatlar mil. av. II ming yillikning birinchi asrlarida paydo bolgan degan fikrdalar (masalan, Zeymal). Olimlar bu masalani yechishda tashqi omillarga berilib, Markaziy Osiyo xalqlarining asrlar davomida qolga kiritgan anana va tajribalariga yetarli etibor bermadilar1.

    Fikrimizcha, Markaziy Osiyoning qulay jugrofiy orni, tabiati, unumdor yerlari ushbu hududda ham davlatchilik juda erta paydo bolganidan dalolat beradi.

    Sobiq sovet davri tarix fanida davlatlarning kelib chiqishiga biryoqlama, tor sinfiy yondashuv mavjud edi. Shuningdek, davlatchilik rivoji bosqichlarini togri tushunmaslik, yozma manbalarning yoqligi ham bu masalada xato fikrlar kelib chiqishiga sabab bolgan. Masalaning mohiyati shundaki, Qadimgi Sharq mamlakatlarida ilk davlatlar shahar-davlatlar korinishida paydo bolgan. Bu jarayon sugorishga asoslangan barcha

    1 ". ". _ `> W . w, 1998.

    32

  • dehqonchilik hududlari orta va Yaqin Sharq, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan. Dastlab, Markaziy Osiyodagi ilk davlatlar deyilganda, yaqin yillargacha miloddan avvalgi VIIIVII asrlarda vujudga kelgan Katta Xorazm va Qadimgi Baqtriya podshohliklari tushunilib kelingan. Ular davlatchiligimiz rivojining ikkinchi bosqichiga tegishli davlatlardir. Songgi yillardagi arxeologik tadqiqotlar Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar shahar-davlatlar korinishida bolib, ular miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida paydo bolganligidan guvohlik beradi1.

    Shu davrda Markaziy Osiyoning Qizilqum, Qoraqum chollarining ichkarilari, Pomir va Oloy toglarining yuqori qismidagi yerlar ajdodlarimiz tomonidan ozlashtirilgan. Andronova, Tozabogyob, Zamonbobo, Qayroqqum madaniyatlari shundan dalolat beradi. Markaziy Osiyoning janubiy qismida aholi otroq holda, dehqonchilik bilan shugullangan. Bu yerda Nomozgoh, Sopolli, Dashtli kabi otroq dehqonchilik madaniyatlari qaror topgan. Markaziy Osiyoning janubida qadimda Baqtriya, Margiyona, Parfiya, Areya va Girkaniya singari tarixiy-madaniy hududlar bolgan. Otroq dehqonchilik bilan shugullangan aholi qadimda vodiylarda yashagan. Kezi kelganda shuni takidlash lozimki, aholining bunday joylashishi suv manbalari birmuncha cheklangan orta Yaqin Sharq mamlakatlariga xos xususiyatdir.

    Vohalarda ishlab chiqaruvchi xojalik, ayniqsa, sugorma dehqonchilikning yuksalishi jamiyatda ijtimoiy va mulkiy tabaqalanish jarayonini yuzaga keltiradi. Ushbu jarayon uzoq davom etib, uning natijasida davlatchilik tizimi shakllana boshlaydi.

    Jamiyatda sodir bolgan iqtisodiy siljishlar Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi IIIII ming yilliklardan boshlab ilk shaharlarning paydo bolishiga olib keldi. Umuman olganda, shaharlarning paydo bolishi jarayonini organish maqsadga muvofiqdir. Zero, kopchilik mutaxassislarning fikrlaricha, shaharlar va davlatlarning paydo bolish jarayoni uzviy bogliq holda kechgan2.

    Bu davrlarga kelib dehqonchilik vohalarida aholining alohida-alohida joylashish tizimi shakllangan. Aynan shu narsa shahar tipidagi aholi manzilgohlarining shakllanishiga shart-sharoitlarni yaratib beradi. Tarixni organishda shaharlarni yuzaga keltirgan omillarni bilish ham muhim ahamiyatga egadir.

    Birinchi omil aholining nihoyatda zichligi, uning bu yerda toplanishiga imkon yaratadigan oziq-ovqat olish yoli, yani otroq dehqonchilikning paydo bolishi. Aholi zichligi otroq dehqonchilik jamiyatlarida oldingi terimchilik, ovchilik bilan shugullangan davrga nisbatan 100 barobar oshadi.

    1 ., #. . +%% % { !W |

    * @. *. 1993. *. 137. 2 !. @|-W. . }@[$. . XVIII. ~., 1981. *. 122123.

    33

  • Masalan, janubiy Turkmanistonda IVIII ming yillik boshlarida 10002000 kishilik aholi manzilgohlari yuzaga kelgan1.

    Ikkinchi omil hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi. Buning natijasida ayrim aholi manzilgohlarida, asosan, maxsus ishlab chiqarish (hunarmandchilik) bilan shugullanadigan aholi toplana boshlaydi. Umuman olganda, hunarmandchilikning ajralish jarayoni bilan shaharlarning paydo bolish jarayoni bir vaqtda kechgan. Shuni alohida takidlash joizki, dastlab shahar tipidagi manzilgohlarda aholi dehqonchilik bilan shugullangan. Shaharlarning asta-sekin rivojlanib borishi bilan hunarmandchilik shahar hayotida tobora muhim mavqeni egallagan. Hunarmandchilikning yangi tarmoqlari paydo bolgan. Ayniqsa, uning temirchilik va kulolchilik kabi tarmoqlarining yuksalishi shaharlarning shakllanish jarayonini tezlashtirgan.

    Shuningdek, jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish hamda boshqaruv tizimining tobora murakkablashib borishi ham shaharlarning shakllanishini yuzaga keltirgan omillardan hisoblanadi. Chunki, aynan yirik aholi manzilgohlarida boshqaruv tizimlari vujudga kelgan.

    Yuqorida takidlaganimizdek, shaharlarning shakllanishida aloqa munosabatlari va savdo-sotiq rivoji ham muhim omillardan hisoblanadi. Masalan