O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI …lectures.ndpi.uz/lektions/ozbek adabiyoti/O`zbek...

38
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O'ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI O'zbek tili adabiyoti bakalavr ta'lim yo'nalishi uchun TA`LIM BOSHQA TILDAGI UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA O`ZBEK ADABIYOTINI O`QITISH fanidan O'QUV METODIK MAJMUA NUKUS - 2012

Transcript of O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI …lectures.ndpi.uz/lektions/ozbek adabiyoti/O`zbek...

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA

INSTITUTI

O'ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI

O'zbek tili adabiyoti bakalavr ta'lim yo'nalishi uchun

TA`LIM BOSHQA TILDAGI UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA

O`ZBEK ADABIYOTINI O`QITISH

fanidan

O'QUV METODIK MAJMUA

NUKUS - 2012

2

1-MA`RUZA

TA`LIM BOShQA TILLARDA OLIB BORILADIGAN MAKTABLARDA O`ZBeK TILINI O`QITIShNING IJTIMOIY-SIYoSIY VA MeTODOLOGIK ASOSLARI .

ReJA

1. Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda «O`zbek tili»ni o`qitishning

huquqiy asoslari. 2. O`zbek tilini o`qitishning metodologik asoslari. 3. Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda «O`zbek tili»ni o`qitishdan

ko`zlanadigan asosiy maqsad

ADABIYoTLAR: 1. .I.A.Karimov. «Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» T.,

«O`zbekiston», 1992. 2. O`zbek tili. DTS. Tuzuvchilar: R.Yo`ldoshev v. b. 3. R.Tolipova. Ta`lim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun o`zbek tilidan dastur.T.,

«Sharq» 2000 «TAT» jurnal. 4. O`zbek tilini o`qitish kontseptsiyasi. T., «O`qituvchi»... 5. A.G`ulomov va boshqalar. O`zbek tili (2-9-sinflar uchun dastur) «Ustoz» gazetasi 2000

yil, 34-42-sonlar Demokratik jamiyat, adolatli huquqiy davlat barpo etayotgan mamlakatimiz til siyosati

masalasida ham hududida istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning sha`ni va g`ururiga tegmaydigan, ularning insoniy va konstitutsiyaviy huquqlarini poymol qilmaydigan, teng huquqliligini ta`minlaydigan til qonunini qabul qilishga intildi. Chunki O`zbekiston Respublikasi hududida 130 dan ortiq millat va elatlar vakillari istiqomat qiladi. “o`zbek tilini davlat tili deb e`lon qilish, uni majburiy joriy qilish yoki boshqa tillar imkoniyatlarini pasaytirgan holda unga sun`iy ravishda alohida nufuz, obro` yaratishni anglatmaydi. Aksincha, bu tarixiy voqea ilk marta O`zbekiston tarixida uning hozirgi zamon til siyosati uchun huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi”1/

O`zbekistonda Davlat tili haqidagi Qonun ikki marta qabul qilindi. Birinchi marta u 1989 yil 21 oktyabrda (O`zbekiston SSR Davlat tili Qonuni sifatida), ikkinchi marta esa u 1995 yil 21 dekabrda (Mustaqil O`zbekiston Respublikasi Davlat tili Qonuni sifatida) qabul qilindi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, «Bu qonun o`sha paytda boshqa respublikalarda qabul qilingan tilga oid hujjatlardan o`zining demokratik mohiyati bilan ajralib turadi”2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida esa: "Qoraqalpoq tili va o`zbek tili Qoraqalpog`iston Respublikasining davlat tilidir", – deb qayd qilingan.3

Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan o`quv maskanlarida o`zbek tilini ikkinchi til sifatida o`qitish o`zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo`lga kiritilishi bilan berilgan imkoniyatlardan biri bo`ldi.

Rus sinf (guruh)larida o`zbek tilini o`qitish metodikasi roppa-rosa bir asrlik tarixga ega. O`zbek tilini o`qitish dastlab rus-tuzem maktablarida boshlangan. 1905 yildan e`tiboran Turkiston general-gubernatorining buyrug`iga muvofiq “Turkiston o`lkasida yashovchi rus

1 Abdullaev Yu., Bushuy A. Yazыk i obщestvo. – T.: FAN, 2002, -s 295 2 Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch. –T.: 2008. -176 bet 3 Qaraqalpaqstan Respublikasini… Konstitutsiyasi. «Qaraqalpaqstan», – Nokis, 1996, 125

3

jamoasining bolalari mahalliy tilni va yozuvini bilishi zarur”4 bo`lib qoladi. Shu tariqa qanday maqsad ko`zlanmasin, rus bolalariga o`zbek tili o`rgatila boshlangan.

Ta`lim boshqa tillarda (qozoq, turkman, qoraqalpoq, qirg`iz, tojik) olib boriladigan maktablarning 2-9-sinflarida o`zbek tilining asosiy fan sifatida o`qitilishi 1993-1994 o`quv yilidan boshlangan edi.

Mustaqil davlatimizda o`zbek tilining ijtimoiy mavqei tobora ortib borayotgan sharoitda ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o`zbek tilini o`qitish, o`quvchilarning davlat tilida erkin fikrlashi, o`z fikrlarini yozma va og`zaki ravishda to`g`ri ifodalash ko`nikmalarini egallashi, o`zbek xalqining milliy, madaniy qadriyatlari, muomala madaniyati hamda boy adabiy-badiiy merosi bilan tanishishining ko`zda tutilishi masalaning davlat ahamiyatiga ega ekanini anglatadi.

Qator hujjatlarda, jumladan, ta`lim o`zbek tilida olib borilmaydigan sinf (guruh)larda o`zbek tili va adabiyotini o`qitish Kontseptsiyasi (1994)., ta`lim o`zbek tilida olib borilmaydigan maktablarning 2-11-sinflari uchun «O`zbek tili va adabiyoti» dasturi, (1996)., Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning 2-9-sinflari uchun O`zbek tili dasturi. (2000) kabilarda o`zbek tilini davlat tili sifatida o`qitishning kontseptual asoslari belgilab qo`yilgan

“Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi tufayli, mamlakatimiz hududida o`z madaniyati va an`analariga ega bo`lgan 130 dan ziyod millat vakillari farzandlarining o`zbek tilini yanada samaraliroq o`rganishlari uchun etarli shart-sharoit yaratilishi natijasida ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan o`quv maskanlarida davlat tilini o`qitishga bo`lgan munosabat o`zgardi. Bu esa shu tipdagi ta`lim muassasalarida ta`lim mazmuni va metodlarini pedagogik texnologiyalar vositasida jahon andazalariga mos tarzda tinmay takomillashtirib borishni taqozo etadi.

Hozirgi kungacha ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan umumta`lim maktablari uchun o`zbek tilidan o`quv dasturlari va darsliklari yangi avlodi amaliyotga joriy qilinmoqda. Shunday bo`lsa ham davlat tilini o`qitishni yaxshilash yuzasidan tegishli darajada metodik adabiyotlar yaratishda bir qancha muammolar ham ko`ndalang bo`lib turibdi. Tajribalardan ma`lumki, bunday hol o`zbek tili darslarini DTS talablari darajasida uyushtirishga, o`quvchilarda davlat tiliga doir bilim va tushunchalar, ko`nikma hamda malakalarni shakllantirishga salbiy ta`sir ko`rsatishi tabiiy. Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda davlat tilini o`qitishni muayyan maqsadga yo`naltirish, ta`limda qat`iy izchillikka amal qilish, til o`rgatishda adabiyotning qudratiga tayanish zarurati bilan bog`liq muammolar o`qitishning metodologik mazmunini yangilash, ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan boyitish, bu borada etilgan masalalarni ilmiy-metodik jihatdan kechiktirmay hal qilishni taqozo etadi. Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktab o`quvchilarini davlat tilida erkin fikrlaydigan, o`z fikrlarini yozma va og`zaki tarzda to`liq ifodalashga qodir, o`zbek xalqining azaliy qadriyatlari misolida umuminsoniy qadriyatlarni teran idrok etadigan yuksak ma`naviyat egalari qilib tarbiyalash bilan bog`liq muammolarning turli qirralari pedagogika fanlari nomzodlari R.Yo`ldoshev5, Q.Husanboeva6, R.Niyozmetova7, M.Rixsieva8, D.Toshxo`jaeva9, M.Ergasheva10,

4 Nazarova S. O`zbek tili o`qitish metodikasi.- T.: O`qituvchi, 1992. – 9-bet. 5 Yuldashev R.A. Izuchenie padejnыx konstruktsiy na urokax uzbekskogo yazыka v III-VIII klassax shkol s

russkim yazыkom obucheniya. Avt.diss. na soisk. ... kand.ped.nauk. –T.: 1979. -25 s. 6Husanboeva Q. O`zbek adabiyotini ta`lim davlat tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda

o`qitishning ilmiy-metodik asoslari: Ped. fan. nomz. ...diss. avtoreferati. – T.: 1997. - 24 b. 7 Niyozmetova R.X. Ta`lim rus tilida olib boriladigan maktablarda XX asr o`zbek adabiyotini o`qitish

mazmunini belgilashning nazariy-metodik asoslari /o`zbek tili darslari tarkibida/. Ped.fan. nomz. ... diss. –T.: 2000. -158 b.

8 Rixsieva M.M. Ta`lim rus tilida olib boriladigan maktablarning o`zbek tili darslarida o`quvchilarni matn tuzishga o`rgatish: Ped. fan. nomz. diss...avtoreferati. – T.: 1998. – 23 b.

9 Toshxo`jaeva D.R. Matn mazmunini o`z so`zlari bilan qayta hikoya qilishga o`rgatishning metodik asoslari: Ped. fan. nomz. diss. – T.: 2000. –132 b.

4

A.Naurizbaevalarning11 rus maktablarida o`zbek va qoraqalpoq tillarini, e. Abduvalitovning12 qozoq maktablarida o`zbek adabiyoti, Sh. Bo`ronova13, M. Ernazarova14, Q. Qiyosovalarning15 qoraqalpoq maktablari, kasb-hunar kollejlarida o`zbek, rus tillarini o`qitish masalalariga bag`ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, metodik maqola va kitoblarida tahlilga tortildi.

Ta`lim qoraqalpoq, qozoq, qirg`iz, turkman tilida olib boriladigan maktablarning davlat tili ta`limida turkiy tillarning qon-qardoshligi hisobga olingan dastur va darsliklardan emas, balki rus tilida ta`lim olayotgan o`quvchilar uchun yaratilgan o`quv dasturlari va darsliklaridan foydalanilayotganligi, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar yaratish ishida ijobiy siljishlar sezilmayotganligi ta`lim sifatini yaxshilashga keskin ta`sir qilmoqda.

O`rta umumta`lim maktablarida ta`limning boshqa bosqichlarida bo`lgani kabi o`zbek tilini davlat tili sifatida o`qitishning muh im ijtimoiy-siyosiy ahamiyati bor: o`zbek tilini o`rganuvchilarga tilning o`ziga xos xususiyatlarini o`rgatish barobarida milliy va ma`naviy qadriyatlar bilan tanishtirish, yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash, Prezidentimiz ta`kidlaganidek, “xalqimizning aqliy boyliklari, jahon fani va madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o`ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish” “Davlat tili” fanining ham asosiy vazifasi sanaladi.

Bugungi kungacha ta`lim jarayonining barcha bosqichlarida – maktabgacha ta`lim, boshlang`ich ta`lim, umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus ta`lim, oliy ta`lim tizimining ta`lim boshqa tilda olib boriladigan sinf (guruh)larida o`zbek tili ta`limi mazmuni, metodlari yuzasidan dasturlar, salmoqli risola, qo`llanma va darsliklar yaratilgan. Ayniqsa, umumta`lim maktablari va oliy ta`limda “O`zbek tili” fanini o`qitish bo`yicha yaratilgan qator dasturlar, o`quv-metodik qo`llanmalar ijobiy samaralarini bermoqda. Ularning aksariyati ta`lim rus tilida olib boriladigan muassasalar uchun mo`ljallangan.

Dastlabki paytlarda o`zbek tilining grammatikasini tizimli turda o`rgatish ishlari olib borildi. Funktsional-semantik usul asosida o`qitish masalasi oldingi usuldan bir qadar afzallikka ega bo`ldi. Umumta`lim maktablari uchun yaratilgan dastur va darsliklar sinovdan o`tib, ularning afzalliklari ham, kamchiliklari ham o`z tasdig`ini topdi.

O`zbek tilini davlat tili sifatida o`qitishning maqsad va shart-sharoitlari til materialining hajmi, xarakteri, xususiyatini belgilaydi. Umumiy va xususiy tilshunoslik faktlariga qarab o`quv materialini tanlash, tashkil qilish amalga oshiriladi. Ularning hal qilinishi tilshunoslik, til materialining qonuniy xarakterga ega ekanligi, til va nutq, ularning o`zaro munosabati, vazifalari bilan bog`liqdir. Tildan amaliy foydalanish uchun, ya`ni nutqni o`zlashtirish uchun til vositalari va ulardan foydalanish qoidalarinigina emas, balki ularni nutqiy jarayonda faol ravishda qo`llashni bilish zarur. O`qitish jarayonida faqat til vositalarini esda saqlash va ularni qo`llash malakasinigina mustahkamlashni ko`zda tutmay, muomalada mashq qilish, ya`ni nutqiy harakatlarni amalga oshirish ham hisobga olinishi kerak, degan xulosaga kelish mumkin. Til va nutq birliklarini farqlash, ularning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash, til birliklari hisoblangan fonemalar, morfemalar, so`zlar, gaplarni o`zlashtirish jarayonini ta`minlash uchun ularning o`ziga xos xususiyatlarini bilish kerak. Bunday material tilshunoslikdan olinadi.

10 Ergasheva M. O`zbek tili darslarida o`quvchilar nutqini fe`llar bilan boyitish haqida. – T.: O`zPFITI,

1993. – 47 b. 11 Naurizbaeva A.S. Metodika obucheniya konstruirovaniyu predlojeniy na urokax karakalpakskogo yazыka

v nachal`nыx klassax shkol s russkim yazыkom obucheniya. Avt.diss. na soisk. ... kand.ped.nauk. –T.: 2002. -22 b. 12 Abduvalitov e.B. Ta`lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarning V-IX sinflarida o`zbek adabiyotini til

tarkibida o`qitish asoslari: Ped. fan. nomz. ...diss. – Toshkent: 2002. -138 b. 13 Bo`ronova Sh.M. Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning 5-sinflarida o`zbek tili

o`qitishning ilmiy-metodik asoslari. Ped. fan. nomz. ...diss. – Toshkent: 2002. – 158 – bet. 14Ernazarova M.S. Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning 2-sinflarida o`zbek tilini o`qitish

metodikasi. Ped. fan. nomz. ...diss. – Toshkent: 1999. – 132 b. 15Qiyasova Q.Q. Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan kasb-hunar kollejlarida ixtisosiy nutqni

shakllantirishning metodik asoslari. Ped. fan. nomz. ...diss. – Toshkent: 2004. – 203 – bet.

5

O`zbek tilini o`qitishda ona tili tizimini yaxshi bilish o`quvchilarga katta yordam beradi. Ona tilidagi ko`nikma va malakalar o`zbek tiliga ko`chiriladi. Masalan, «Hammamiz o`yinda, o`yinning ham xillari ko`p, kattalar oshiq, chillak o`ynaydi, biz – kichiklar, tol kesib ot qilib minamiz-da, tor ko`chaning changini burqiratib chopamiz, charchashni bilmaymiz» gapida kichiklar so`zidan oldin tire, keyin vergul qo`yilishi sababini o`quvchi qoraqalpoq tilidagi “Ayыrыmlang`an ag`za” mavzusini yaxshi o`rgangan bo`lsa anglab etadi va xatoga yo`l qo`ymaydi. Oshiq, chillak so`zlari orasida vergul “Birgelkili ag`za” mavzusidan olgan bilimlar tufayli to`g`ri qo`yiladi. Qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarning “dənekersiz” qo`llanishi, “Janapay” yordamida bog`lanishi yuzasidan olgan bilimlari tufayli o`quvchi boshqa tinish belgilarini ham to`g`ri qo`llay oladi.

Shu bilan birga, ona tili o`zbek tilini o`rganishda salbiy ta`sir ham ko`rsatadi. Masalan, o`quvchilar o`zbek tili tovushlarini ona tili tovushlariga o`xshatib talaffuz qiladi: chang emas shang; shokila emas, chokila; otam emas, otom, charchashni emas, sharshashni kabilar. Chunki lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosida sh harfiy birikmasi ch, sh, rus tilidagi щ tovushlarini ifodalash uchun qo`llanadi. Bu hol o`quvchilarning o`zbekcha talaffuziga o`z ta`sirini o`tkazadi. O`zbek tilini o`qitishda bu jihatlar oldindan aniqlanib, mos o`qitish usullari ishlab chiqilishi lozim.

O`zbek tilini davlat tili sifatida o`qitishda o`quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, qiziqishlariga alohida e`tibor qaratilishi lozim. Ularning ehtiyojlari hisobga olingan holda o`quv jarayonida quyidagi lingvodidaktik munosabatlar ko`rib chiqilishi zarur:

1. O`rganilayotgan tilning ko`p millatli O`zbekiston Respublikasida muloqot vositasi ekanligiga diqqat qaratish.

2. O`quvchilarni faollikka undaydigan axborotlar bilan kengroq tanishtiradigan, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik bo`lgan o`qitish mazmunini tanlash.

3. O`quvchilarning tabiiy muloqot vaziyatlari va sohalarini ko`zda tutish. 4. Qulay kommunikativ vaziyatlarni yaratish. Tanish va notanish kishilar bilan

tayyorgarliksiz muloqot vaziyatiga kirishib keta olishga o`rgatish, muloqotga mos til vositalarini tanlash, qo`llash ko`nikmalarini shakllantirish, rivojlantirish.

5. O`quvchilarning til o`rganishga bo`lgan qiziqish va mayllarini chuqurlashtirish. 6. Bozor iqtisodiyoti, huquqiy-demokratik, ijtimoiy, ma`naviy, ma`rifiy masalalar, milliy

g`oya ruhiga mos matnlardan foydalanish; o`quvchi shaxsining kamol topishida mehnat va tarbiyaning ahamiyatiga e`tibor berish, jamiyat hayoti, tadbirkorlik va biznes masalalari bilan bog`liq nutqiy vaziyatlarni dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarda qo`llash.

7. O`quvchilarda Vatanga muhabbat, mustaqillik g`oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg`otish.

8. O`quv jarayonida milliy qadriyatlar, an`analar, mahalliy xususiyatlarni aks ettiradigan ma`lumotlardan keng foydalanish.

9. O`zbek va qoraqalpoq xalqlarining etnik va madaniy o`ziga xosligi bilan tanishtirish o`zbek tili o`qitish mazmunini yanada boyitishini nazarda tutish.

Fanning metodologik asosini O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta`lim to`g`risida”gi davlat Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, ta`lim-tarbiya sohasida keyingi yillarda qabul qilingan me`yoriy hujjatlar, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning ta`lim taraqqiyoti va xalqlar do`stligiga oid asarlari, metodist olimlarning ta`lim-tarbiyaga doir qarashlari tashkil etadi.

O`zbek tilini davlat tili sifatida o`qitishdan asosiy maqsad. Barcha ijtimoiy fanlar kabi o`zbek tilini davlat tili sifatida o`qitishda quyidagi maqsadlar

alohida ko`zga tashlanadi: 1. Tilning kommunikativ – aloqa, muloqot vositasi ekanligidan kelib chiquvchi maqsad.

O`quvchilarda o`zbek tilida muloqot malakasi, ya`ni o`zbekcha og`zaki nutq, o`qish, yozuv ko`nikmalari hosil qilinadi.

6

2. Umumta`limiy maqsad. O`quvchilarning tafakkurini o`stirish, o`zbek xalqining tarixi, adabiyoti, madaniyati haqida yangi tushuncha, bilimlar, ma`lumotlar berish orqali o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish ko`zda tutiladi.

3. Tarbiyaviy maqsad. O`zbek tili materiallari orqali o`quvchilarda xalqlar do`stligi, axloqiy va estetik tarbiya, mehnatga munosabatni tarbiyalash amalga oshiriladi.

4. Rivojlantiruvchi maqsad. Bunda o`quvchining til faktlarini tahlil qila olishi, umumlashtirishi, mustaqil xulosa chiqara olishi, qo`shimcha adabiyotlardan foydalana bilishi, lug`at va qo`llanmalar bilan mustaqil ishlay olishi, darsdan tashqari ishlarga mustaqil tayyorlanishi kabi malakalarga erishishlari ko`zda tutiladi.

Davlat tilining o`qitilishi o`quvchilarning o`zbek tilida kundalik turmush, o`quv, ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohalarda og`zaki va yozma shaklda muloqot qilishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, o`zbek adabiyotining mumtoz hamda zamonaviy namunalarini o`qishiga, tushunishiga ham yordam beradi. Eng muhimi, o`quvchilarni o`zbek tilida muloqot qilishga o`rgatishdir: suhbatdoshi bilan u yoki bu narsani aniqlashtirish uchun savol-javob qilish, rozilik yoki norozilik bildirish, iltimos qilish, buyruq berish, vaziyatni baholay olish, munosabat bildirish, shuningdek, suhbatni kutilmaganda boshlash, uni rivojlantirish kabi malakalarga o`rgatiladi.

O`zbek tilini o`qitish jarayonida kommunikativ-nutqiy malaka va ko`nikmalar shakllantirilishi asosida ta`limiy va tarbiyaviy maqsadlar ham amalga oshiriladi. Buning uchun o`zbek adabiyoti o`zbek tili ta`limining tarkibiy qismiga aylantirilishi lozim. Adabiy o`qish uchun tanlangan asarlar o`zbek xalqining an`analari, madaniyati, tarixini aks ettirishi, dolzarb mavzular yoritilishi va badiiy etukligi jihatidan xarakterli bo`lishi lozim.

Biz davlat tilini o`qitish vazifalari quyidagilardan iborat deb hisoblaymiz: 1. Kommunikativ-nutqiy, leksik-grammatik materialni ma`lum bir tizimga solish; imlo va

ishorat qoidalarini o`rgatish; ish qog`ozlarini yurita olish malakalarini rivojlantirish. 2. Bilim, ko`nikma va malakalarni chuqurlashtirish; nutq madaniyati haqida zarur minimal

bilim berish, lug`atlardan foydalanish ko`nikmalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash qo`nikmasini shakllantirish.

3. O`quvchilar nutqini etarli so`zlar lug`ati va kommunikativ-nutqiy malaka bilan boyitish. 4. O`zbek xalqining milliy-madaniy o`ziga xosliklariga doir bilimlarini kengaytirish. 5. Fanlararo bog`lanish, xususan, qoraqalpoq tili va adabiyoti, tarix, geografiya, biologiya

kabi fanlarning materiallaridan foydalanib o`quvchilarning O`zbekiston va Qoraqalpog`iston tarixi, geografiyasi, tili, adabiyotiga doir bilimlarini chuqurlashtirish.

6. O`quvchilarni erkin fikrlashga o`rgatish.

NAZORAT SAVOLLARI:

1. Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda «O`zbek tili»ni o`qitishning huquqiy asoslari nimalardan iborat?

2. Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda «O`zbek tili»ni o`qitishning metodologik asoslari nimalardan iborat?

3. Davlat tilini o`qitishdan ko`zlanadigan asosiy maqsadlar nimalardan iborat? 4. Davlat tilini o`qitish vazifalari nimalardan iborat?

2-MA`RUZA

Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda «O`zbek tili» o`quv fanining mazmuni

1. Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda «O`zbek tili» o`quv fani

mazmuniga qo`yiladigan asosiy talablar.

7

2. «O`zbek tili» o`quv fanidan o`quvchilar bilimi va malakalariga DTS me`yorida qo`yiladigan talablar.

3. Boshlang`ich va tayanch sinflarda o`zbek tili dasturi mazmunidagi uzviylik.

ADABIYoTLAR 1. I.A.Karimov. «Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poy-devori» T.,

«O`zbekiston», 1992 2. A.G`ulomov., H.Ne`matov. Ona tilidan ta`lim mazmuni. T., «O`qituvchi», 1995. 3. A.G`ulomov. M.Qodirov. Ona tilini o`qitish metodikasi. Toshkent., Universitet.

2001. 4. A.G`ulomov va boshqalar. O`zbek tili (2-9-sinflar uchun dastur) «Ustoz»

gazetasi 2000 yil, 34-42-sonlar 5. S.Nazarova. O`zbek tilini o`qitish metodikasi. (Ta`lim boshqa tilda olib

boriladigan guruhlar uchun.) Toshkent., «O`qituvchi» 1992 yil. 6. G`ulomov A. Ona tili o`qitish tamoyillari va metodlari. Toshkent. «O`qituvchi»,

1998 yil. 1. Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda «O`zbek tili» o`quv fani mazmuniga

qo`yiladigan asosiy talablar. Sh.Bo`ronova qorqalpoq sinflarda o`zbek tilini o`qitish masalalari haqida fikr yuritar ekan

«O`zbek tili» o`quv fani mazmuni bilan bog`liq quyidagilarni qayd qiladi: Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda o`zbek tilini o`qitishning umumiy

va xususiy maqsadlari bor. Umumiy maqsad-qoraqalpoq o`quvchilarini o`zbek tilida muloqot qilishga, davlat tilida ish yuritishga tayyorlashdir.16 Xususiy maqsad esa muayyan bir sinf doirasida belgilanadi. Masalan, boshlang`ich sinflarda "O`zbek tili"ni o`quv fani sifatida o`qitish o`quvchilarni tovush va harf, leksika, grammatika, imlo, gapda so`zlarni grammatik jihatdan aloqaga kiritish, kichik, bolalarbop nasriy va nazmiy asarlarni ifodali o`qiy olish, ularning mazmunini o`z so`zlari bilan qayta hikoyalash singarilarda namoyon bo`lsa, yuqori sinflarda bu maqsad bir qadar o`zgacha mazmun kasb etadi.

Tayanch sinflarda "O`zbek tili" o`quv fanini o`qitishdan ko`zlangan xususiy maqsad sintaksis va punktuatsiya, nutq tovushlari (harflari)ning talaffuzi (imlosi), so`z va uning ma`nolari xususida o`quvchilarga ma`lumot berish, nutqiy faoliyatda ulardan foydalanishga o`rgatishdan iborat.

Agar boshlang`ich sinfda qoraqalpoq o`quvchilariga o`zbek tilidan umumiy bilimlar berilgan bo`lsa, 5-sinfdan boshlab tilning har bir sathi alohida-alohida bo`lim sifatida o`rganiladi. Ta`limning bu bosqichida quyidagi zaruriy amaliy malakalarni tarkib toptirish ko`zda tutiladi:

1. Nutqiy kommunikativ malakalar. Nutqiy kommunikativ malakaning 4 ta turi bor: a) gapirish; b) nutqni tinglab tushunish; v) o`qish; g)yozish.

Gapirish malakasi ta`lim boshqa tilda olib boriladigan maktablarda, shu jumladan, qoraqalpoq maktablarida asosiy ko`rsatkich sanaladi. Chunki "O`zbek tili"ni o`quv fani sifatida o`qitishdan ko`zlanadigan asosiy maqsad gapirish malakalarini tarkib toptirishdir. Boshlang`ich sinflarda ma`lum darajada tarkib topgan bu malakalar 5-sinfga kelganda ancha takomillashadi. Agar boshlang`ich sinflarda o`quvchi faqat ko`rgan yoki ko`rayotgan narsalar, voqea-hodisalar xususida gapirsa, 5-sinfga kelganda u bevosita o`zi ko`rmagan, lekin eshitgan narsa-buyumlar, voqea-hodisalar xususida xam fikr yuritadi.

16 UO`T o`quv dasturi. O`zbek tili. Ta`lim qoraqalpoq tilda olib boriladigan maktablarning 2-9-sinflari

uchun. Tuz: G`ulomov A., Bo`ronov M va b. «Ustoz» gazetasi 38-44-sonlar.

8

Tushunish o`qiganni uqish demakdir. Demak, tushunish o`qishning mahsulidir. Matn mazmunini tushunish bir necha omillar bilan chambarchas bog`langan. Chunonchi, o`quvchilarning o`zbekcha so`z zaxirasi, so`zlarni to`g`ri va o`rinli qo`llash, so`z ma`nodoshlari va ularning vazifadoshlari (qiymatdoshlari) singarilarni bilishlari bilan chambarchas bog`langan.

Tushunish malakasi dastlab boshlang`ich sinflarda tarkib toptirilsa, yuqori sinflarga etgach, nisbatan murakkabroq nazmiy va nasriy matnlar mazmunini anglash darajasiga etadi.

Yuqori sinfda rivojlantirilishi zarur bo`lgan bu malakalar matn mazmuni asosida so`roq gaplar tuzishda, berilgan so`roqlarga javob berishda, matn mazmuni asosida reja tuzishda, uni o`z so`zlari bilan qayta hikoya qilishda namoyon bo`ladi.

Nutqiy kommunikativ malakalar o`qish va uqishni o`zaro chambarchas aloqadorlikda amalga oshirishni taqozo etadiki, shu asosda o`quvchilarning o`zbekcha matnlarni o`qishiga ham bir qator talablar qo`yiladi. Chunonchi, o`quvchilarning boshlang`ich sinflarda egallagan malakalari (o`zbekcha nutq tovushlarni (harflar)ni to`g`ri talaffuz etish; gap ohangiga rioya qilib ravon o`qish; gaplardagi tinish belgilarni talaffuzda aks ettirish; murojaat so`zlarni va so`z birikmalarini ajratish ohangi bilan o`qish, so`z urg`ulariga rioya qilish, boshlng`ich sinf fanlari doirasidagi ilmiy atamalarni to`g`ri o`qish v.k.) takomillashadi va ayni vaqtda, yuqori sinfda o`rganilishi ko`zda tutilgan materiallar hisobidan bu malakalar takomillashib boradi.

DTS talabiga ko`ra o`zbek tili ta`limi adabiy o`qish va milliy ma`naviyatga oid bir qator zaruriy malaka va ko`nikmalarni tarkib toptirishni ham talab etadi. Chunonchi, o`quvchilarni o`zbek va qoraqalpoq xalqlarining boy tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va ularning o`ziga xos boy adabiy, badiiy merosi bilan tanishtirish, uni o`qib o`rganish, ular asosida har bir o`quvchiga milliy madaniyat an`analarini, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlarni singdirishni, insonparvarlik his-tuyg`ularini kamol toptirishni taqozo etadi.

O`zbek tili darslari orqali o`quvchilar o`zbek va qoraqalpoq adabiyotining eng go`zal namunalari, xalqning madaniy hayotiga xos muhim lavhalar, jahon milliy madaniyatiga hissa qo`shgan shoirlar, yozuvchilarning ijod namunalari bilan tanishtiriladi.

Xullas, o`zbek tilini o`qitishda asosiy e`tibor nutqiy kommunikativ malakalarga qaratiladi. Grammatik bilim, malaka va ko`nikmalar esa nutqiy kommunikativ malakalarni rivojlantirishning muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi.

2. Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda «O`zbek tili» o`quv fanidan o`quvchilar bilimi va malakalariga DTS me`yorida qo yiladigan talablar.

Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan umumiy o`rta ta`lim maktablarining davlat ta`lim standarti, tayanch o`quv rejasiga muvofiq "O`zbek tili" o`quv fanini haftasiga 2 soatdan (bir o`quv yilida 68 soat) o`qitish ko`zda tutiladi.

DTSda "O`zbek tili" o`quv fanidan tuzilgan dasturda o`quvchilarga qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg`iz, rus, tojik va o`zbek tillari orasidagi fonetik va leksik farqlar haqida ma`lumot berish, o`zbekcha matnlarni tez, ravon, ifodali, to`g`ri va tushunib o`qish, ona tilidagi matnni o`zbek tiliga, o`zbekcha matnni ona tiliga o`gira olish va matn mazmunini tushunish, so`z zaxirasiga ega bo`lish, o`zbekcha gap qurish malakalarini egallash, fikrni og`zaki va yozma shaklda bayon qilish singarilar nazarda tutilgan.17 9-sinf bitiruvchilari o`zbek tilida 120-180 so`z tezligida o`qiy olishlari, 80-90 so`zdan iborat matn asosida diktant yozishlari, 120-130 so`zli matn asosida bayon yozishlari, 15-20 gap bilan turli tipdagi matn tuza bilishlari, bayon va inshoga reja tuza bilishlari va reja asosida matn yaratishlari, ish qog`ozlari (ariza, tarjimai hol, xat, e`lon, maqola, tushuntirish xati, ishonch qog`ozi) yoza bilishlari, 2- 2,5 daqiqaga mo`ljallab so`zlangan nutqni yoki o`qib eshittirilgan matn mazmunini tushuna olishlari, o`z fikrini og`zaki

17 UO`T o`quv dasturi. O`zbek tili. Ta`lim qoraqalpoq tilda olib boriladigan maktablarning 2-9-sinflari

uchun. Tuz: G`ulomov A., Bo`ronov M va b. «Ustoz» gazetasi 38-44-sonlar.

9

va yozma shakllarda to`g`ri, ravon ifodalay olishlari lozim18. Bu o`zbek tili ta`limi mazmuni va metodlarini ilg`or, zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil etishni taqozo etadi.

3. Boshlang`ich va tayanch sinflarda o`zbek tili dasturi mazmunidagi uzviylik. Sh.Bo`ronovaning o`zbek tilini davlat tili sifatida o`qitishning maqsad va vazifalari borasidagi fikrlari o`rinlidir: “Ma`lumki, qoraqalpoq maktablarida "O`zbek tili" o`quv fanini o`qitish 2-sinfdan boshlanadi. O`quvchilar bu sinfda o`zbek alifbosi bilan tanishadilar; bo`g`in, so`z va gaplar orasidagi farqlarni bilib oladilar; so`zning tarkibiy qismlari, so`zlarni muayyan ma`no guruhlariga ajratish singari ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajaradilar.

O`zbek tilini o`qitishdan ko`zlanadigan asosiy maqsad o`quvchilarni o`z fikrini og`zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o`rgatish ekan, bu ishni matn ustida ishlamay turib amalga oshirib bo`lmaydi. Ular gap va matnni o`zaro qiyoslab farqini aniqlash, matnning o`ziga xos xususiyatlari ustida ishlash, matn mazmuni haqida umumlashma hosil qilish, matnni qismlarga ajratish, matnga sarlavha topish, fikrning kim yoki nima haqida borayotganligini aniqlash orqali matn ustida ishlashga o`rgatiladi. Ikkinchi sinfda so`z tarkibi yuzasidan kengroq ma`lumot beriladi. O`quvchilar so`zlarni o`zak va qo`shimchalarga ajratish, o`zakdosh so`zlar hosil qilish, ularning ma`nosini sharhlash, so`zlarni tub va yasamalarga ajratish, yasama so`zga qo`shilgan qo`shimchani aniqlash singari zaruriy malakalarga ega bo`ladilar.

Ikkinchi sinfda o`quvchilar manzilgoh yozish, o`z tarjimai holini og`zaki so`zlab berish malakalariga ham ega bo`ladilar.

Uchinchi sinfda o`quvchilarning unli va undosh tovushlar talaffuzi, harakatni ifodalovchi so`zlar, shaxs va narsani ifodalovchi so`zlar, narsaning belgisini ifodalovchi so`zlar, son-sanoqni ifodalovchi so`zlar xususida egallagan bilim, malaka va ko`nikmalari kengaytiriladi.

Unli va undosh tovushlarning talaffuzi ustida ish olib borilar ekan, o`quvchilar o`zbek va qoraqalpoq tillaridagi unli va undoshlarni qiyoslash asosida ular orasidagi o`xshash va farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu sinfda talaffuzi va imlosi murakkab so`zlar ustida ish olib boriladi; qoraqalpoqcha so`zlarni qoraqalpoqcha talaffuz ohangi bilan aytish, o`zbekcha so`zlarni o`zbekcha talaffuz ohangi bilan aytish malakalari takomillashtiriladi.

Ko`rinib turibdiki, uchinchi sinfda o`rganilishi ko`zda tutilgan materiallar ko`proq so`z bilan ishlashga yo`naltirilgan. Ammo bu degani matn ustida ishlash diqqat-e`tibordan chetda qoladi, degan gap emas, albatta. Barcha sinflarda bo`lgani kabi, III sinfda ham so`z ustida ishlash matn ustida ishlash bilan qo`shilib bir yaxlitlik hosil qiladi. Bu bosqichda ular "Assalom, maktab", "Bizning sinf", "Kuz mevalari", "Oilamiz", "Jismoniy tarbiya mashg`ulotida", "Hasharotlar", "Sinfdoshimning yaxshi va yomon fazilatlari", "Do`konda", "Mening sevgan kasbim", "Nukus shahri" singari mavzularda matn yaratib, egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni amaliyotda qo`llashga o`rganadilar.

IV sinfda o`quvchilar olmoshlar bilan tanishtiriladi. Ular olmoshlarning shaxsga, narsa-buyumlarga, predmetga ishora qilishiga duch keladilar. Kishilik olmoshlarini nutqda to`g`ri va o`rinli qo`llash malakalari shu sinfda hosil qilinadi.

Bu sinfda ular men, sen, u, biz, siz, ular singari olmoshlarning kelishiklar hamda shaxs va sonda o`zgarishi yuzasidan ma`lumotga ega bo`ladilar.

"So`z tarkibi" mavzusini o`rganish orqali o`quvchilar so`zlarni ma`noli qismlarga ajratish, berilgan so`zlarni tub so`zlar va yasama so`zlar singari guruhlarga bo`lish, hosil bo`lgan qatorlarni mustaqil davom ettirish, tub so`zlarga so`z yasovchi qo`shimchalar qo`shib yangi so`zlar hosil qilish, ularni qoraqalpoq tilidagi so`z yasovchi qo`shimchalar bilan qiyoslab o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash, o`zakdosh va qo`shimchadosh so`z qatorlari hosil qilish singari zaruriy malakalarga ega bo`ladilar.

To`rtinchi sinfda o`quvchilar sodda so`zlarni qo`shma so`zlardan farqlay oladigan bo`ladilar. Ular berilgan qo`shma so`zlar qatorlarini davom ettirish, berilgan matndan qo`shma

18 Umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi. O`zbek tili (ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun). - Sharq, 1999. 1-maxsus son. 258-261- betlar.

10

so`zlarni aniqlash, qo`shma so`zlar ishtirokida gaplar tuzish singari malakalarni egallaydilar. Ayni vaqtda qo`shma so`zlarning talaffuzi va imlosi ustida ham ish olib boriladi.

O`quvchilarni o`zbekcha gap qurishga o`rgatish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. "Gap" mavzusini o`rganishda kesim gapning markazi ekanligi, ixcham gaplarni kengaytirish, egasini tiklash, kesimdan so`roq berish orqali egasini kengaytirish, o`z bekcha ixcham va sodda yig`iq gaplar ustida ish olib boriladi.

Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning ikkinchi bo`g`inida davlat tili - o`zbek tilining o`qitilishi juda katta ijtimoiy, ma`naviy ahamiyatga molik masalalardan biri sanaladi. Uning ijtimoiy, ma`naviy ahamiyati shundaki, o`zbek tilini bilgan o`quvchi ertangi mustaqil turmushga dadil qadam tashlaydi, ayni vaqtda muloqot chegarasi kengayadi; jamiyatda o`zining munosib o`rnini egallaydi, uning ma`naviy olami kengayadi. U nafaqat o`z xalqining o`tmishi, urf-odatlari, an`analari, badiiy adabiyoti namunalari bilan tanishadi, balki o`zbek xalqi, uning boy tarixiy o`tmishi, badiiy adabiyotini ham bilish imkoniyatiga ega bo`ladi. Natijada, har ikki qardosh xalqning do`stlik rishtalari mustaqkamroq bog`lanadi, ularning o`tmishi, urf-odatlari, an`analari orasida juda ko`p mushtarakliklar va o`ziga xosliklar borligini bilib oladi. Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning ikkinchi bo`g`inida "O`zbek tili" o`quv fanini o`qitishdan ko`zlanadigan asosiy maqsad o`quvchilarni qoraqalpoq tili bilan bir qatorda O`zbekiston Respublikasining davlat tili - o`zbek tilida muloqot qilish, ish yuritishga tayyorlashdir.

Xullas, "O`zbek tili" o`quv fanidan boshlang`ich sinflarda egallangan bilimlar 5-sinfda poydevor vazifasini o`taydi. Shuning uchun boshlang`ich sinf o`qituvchisi 5-sinfda ularni nimalar kutayotganligi, aksincha, 5-sinf o`qituvchisi esa boshlang`ich sinfda nimalar o`rgatilayotganligini yaxshi bilishi lozim.

Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar «O`zbek tili» o`quv fanining mazmuniga biz yuqorida qayd qilganimizdek, bir qancha talablar qo`yiladi. Ana shu talablarning ijrosi o`zbek tili ta`limida uzviylikni talab qiladi.

Uzviylik «O`zbek tili» o`quv fanining mavzulari orasida, bo`limlari orasida va maktabda o`qitiladigan o`quv fanlari orasida bog`lanishlarni ta`minlash orqali qo`lga kiritiladi.

Mavzulararo bog`lanish ikki xil xarakterga ega: 1.Yuqoridan pastga qarab bog`lanish. 2.Pastdan yuqoriga qarab bog`lanish. 1. Yuqoridan pastga qarab bog`lanish o`rganilayotgan o`quv materialini oldin

o`rganimalgan material bilan bog`lash orqali ta`minlanadi. 2.Pastdan yuqoriga qarab bog`lanish esa o`rganilayotgan materialni keyinchalik

o`rganiladigan materiallar bilan bog`lash demakdir. Masalan, so`zlarning lug`aviy shakllari va ma`no guruhlari o`rganilayotganda so`zlarning aloqa-munosabat shakllari xususida to`xtalish, bu materiallarning 8-sinfda o`rganilishini ta`kidlash, aloqa-munosabat shakllari kelishik, egalik, shaxs-son, zamon, kesimlik so`zlari singarilarni o`z ichiga qamrab olishini qayd qilish shunday bog`lanishga misol bo`ladi.

Uzviylik avvalo boshlang`ich ta`lim bilan o`rta ta`lim bo`g`inlari orasida yaqin aloqadorlikni ta`minlash orqali qo`lga kiritiladi. Ya`ni, "O`zbek tili" o`quv fanidan boshlang`ich sinflarda egallangan bilimlar yuqori sinflarda poydevor vazifasini o`taydi.

Shunday qilib ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda "O`zbek tili« o`quv fanini o`qitishda uzviylikka qat`iy amal qilish dars samaradorligini oshirishda muhim omil sanaladi. Shuning uchun uzviylik o`qitishning eng etakchi va asosiy tamoyillaridan biri sanaladi.

NAZORAT SAVOLLARI

1. «O`zbek tili» o`quv fanidan o`quvchilar bilimi va malakalariga DTS me`yorida qo`yiladigan talablar nimalardan iborat?

2. «O`zbek tili» o`quv fani mazmuniga qo`yiladigan asosiy talablar haqida gapirib bering.

11

3. Boshlang`ich va tayanch sinflarda o`zbek tili dasturi mazmunidagi uzviylik borasidagi fikrlaringiz bilan o`rtoqlashing.

12

3-MA`RUZA

TA`LIM BOShQA TILLARDA OLIB BORILADIGAN MAKTABLAR U ChUN YaRATILGAN DASTUR VA DARSLIKLAR TAHLILI

1. 90-yillarda yaratilgan dastur va darsliklar tahlili . 2. XXI asrning dastlabki yillarida yaratilgan dastur v a darsliklar tahlili

Adabiyotlar

Sh.Bo`ronovaning 90-yillarda yaratilgan dastur va darsliklarning afzallik va kamchiliklari borasidagi fikrlarini aynan keltiramiz:

“70-yillarda yaratilgan M.eneleeva va D.Boqievaning 5-sinflar uchun yaratilgan darsliklarida lug`at ustida ishlash, matn mazmuni asosida savollar tuzish, tuzilgan savollarga javob topish, matnning mazmunini saqlagan qolda shaklini o`zgartirish, matnga sarlavha topish singari topshiriqlarga keng o`rin ajratilgan.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng ta`lim o`zbek tilida olib borilmaydigan maktablar uchun "O`zbek tili" o`quv fanidan dastur va darsliklar yaratish muhim davlat ahamiyatiga molik masalaga aylandi. Bu yillarda rus maktablarining 5-sinflari uchun yaratilgan dastlabki darslik R.Yo`ldoshev va A.Saidniyozovalarning "O`zbek tili" darsligidir. Mazkur darslikda o`quvchilarning o`zbekcha so`z zaxirasini oshirish, ularning og`zaki va yozma nutqini rivojlantirishga e`tibor kuchaytirilgan.

1995 yilda O`zPFITI tomonidan rus maktablarining 2-9-sinflari uchun "O`zbek tili va adabiyoti" dan dastur loyiqasi e`lon qilindi. Bu dastur ruscha matnlarni o`qib, mazmunini o`zbek tilida o`z so`zlari bilan so`zlab berish; matn asosida savollar tuzish va javob qaytarish, rasm asosida matnlar yaratish singari mustaqil ish turlaridan ko`proq foydalanishni tavsiya etadi.

1995 yil professor R.Tolipova rahbarligida bir guruh o`qituvchi-metodistlar ta`lim o`zbek tilida olib borilmaydigan maktablarning 2-11-sinflari uchun "O`zbek tili va adabiyoti" dan yana bir dastur e`lon qilishdi.

Bu dastur funktsional-semantik tamoyil asosida tuzilgan bo`lib, har bir mavzu doirasida besh turda ish olib borish rejalashtirilgan. Bular: a) so`z, so`z birikmalari yoki gaplarni o`qish, til hodisasi nutqda qay tarzda o`z ifodasini topganligini ko`rsatish; b) mavzu yuzasidan o`rganilishi zarur bo`lgan barcha lisoniy: fonetik, morfologik, sintaktik, imlo va so`z yasash xususida o`quvchilarni xabardor qilish; v) so`z boyligini oshirish yuzasidan ijodiy-amaliy ishlar; g) o`zbekona muomala madaniyatga o`rgatish; d) matn yaratish malakalarini shakllantirish 19”.

Keyinchalik bu dastur asosida 1999-2000-o`quv yilida ta`lim boshqa tilda olib boriladigan maktablarning 5-sinflari uchun sinov tariqasida R.Tolipova, Q.Yo`ldoshev va D. Qosimxo`jaevalarning "O`zbek tili" o`quv qo`llanmasi nashr etildi. Ta`lim boshqa tilda olib boriladigan maktablar uchun "O`zbek tili"dan ommaviy darsliklar (mualliflar: R.Tolipova, Q.Yo`ldosheva, D.qosimxo`jaeva, N.Ubaydullaeva) 2001 yildan boshlab nashr etila boshlandi. Darslikda grammatik materiallar nutqiy mavzular tarkibida berilgan. Masalan, qarashlilikni ifodalash "Mening Vatanim", kichraytirish va erkalash ma`nosini ifodalash esa "Yoz soz o`tdi" mavzusiga bog`liq holda o`rganiladi. Darslikda ana shunga o`xshash 24 ta nutqiy mavzu berilgan.

Mazkur darslik, yuqorida aytganimizdek, garchand "Ta`lim boshqa tilda olib boriladigan maktablar uchun" deb yozilgan bo`lsa-da ammo u ko`proq ta`lim rus tilida olib boriladigan maktablar uchun moslashtirilgan.

19 O`zbek tili va adabiyotidan dastur. (Ta`lim o`zbek tilida olib boriladigan maktablarning 2-11-sinflari

uchun) «til va adabiyot ta`limi» jurnal. 3-4-son, 1995-yil 29-27-b

13

Bizning nazarimizda, birinchidan, ta`lim boshqa tilda olib boriladigan maktablar uchun o`zbek tilidan universal dastur va darsliklarning bo`lishi mumkin emas. Chunki berilgan qozoqcha, turkmancha, tojikcha, ruscha v.h. matnni o`qib, mazmunini o`zbek tilida o`z so`zlari bilan so`zlab berish, har ikki tilni o`zaro qiyoslab, ularning o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash, lug`at ustida ishlash singarilar har bir millat bolalari uchun moslashtirilgan maxsus darslik bo`lishini taqozo etadi.

Ikkinchidan, har bir millatning o`ziga xos ma`naviyati, urf-odatlari, an`analari borki, ular, avvalo, maktab darsliklarida o`z ifodasini topishi kerak. Darsliklarda millat fikri, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg`or namunasi aks etishi kerakligini muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so`zlagan nutqlarida ham qayd qilib o`tganlar. Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar uchun yaratilgan "O`zbek tili" darsliklarida ham o`zbek va qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg`iz, tojik xalqlarining fikri, tafakkuri, mafkurasi o`z ifodasini topmog`i lozim.

Uchinchidan, ta`lim rus, tojik tilida olib boriladigan maktablarda o`quvchilarning o`zbek tilini tushunishi bilan qoraqalpoq, qozoq yoki turkman o`quvchisining o`zbek tilini bilishini tenglashtirib bo`lmaydi. Chunki, qoraqalpoq, turkman, qirg`iz, qozoq, qirg`iz tillarining leksik qatlami, gap qurilishi o`zbek tiliga nihoyatda yaqin. Qoraqalpoqcha paxta, terim, qozi, buwday singari so`zlarni o`zbek bolasi ham shunday ataydi. "Paxta yig`im-terimi boshlandi" yoki "Biz maktab kutubxonasiga a'zo bo`ldik" singari gaplarni qoraqalpoq o`quvchisi ham "Biz mektep kitapxanasina ag`za boldiq", "Paxta jiyim-terimi baslandi" tarzida ifodalaydi.

Bu hol har ikki qardosh til orasidagi o`xshashlikdan dalolat beradi. Qoraqalpoq va o`zbek tillari orasidagi o`ta yaqinlik nazarda tutiladigan bo`lsa, ta`lim

qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar uchun o`zbek tilidan maxsus darsliklar yaratilishini maqsadga muvofiq deb bilamiz.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 1996 yildagi 41-buyrug`iga binoan ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning 2-11-sinflarida 1996-97 o`quv yilidan boshlab "O`zbek tili" ni asosiy o`quv fani sifatida o`qitish yo`lga qo`yildi. O`zbekiston Respublikasi O`zPFITI J.O`rinboev nomli qoraqalpoq filiali zudlik bilan mazkur buyruqning ijrosiga kirishdi. O`qishlar qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda o`zbek tili ta`limini tubdan yangilashda "O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish to`g`risida"gi qaror muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 1998 yil ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar uchun "O`zbek tili va adabiyoti"dan sinov dasturi tuzildi va bu dastur respublikaning 17 ta maktabida tekshirib ko`rildi. Erishilgan ijobiy natijalarga asoslangan qolda 1998 yil 15 may kuni mazkur dasturning qabul marosimi o`tkazildi.

Hozirgi kunda ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-, 8-sinflari uchun yangi yo`nalishdagi darsliklar yaratilgan. Mazkur darsliklarda o`quv materiallari kommunikativ tamoyilga asoslangan holda tanlangan bo`lib, har bir topshiriq bevosita o`quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish, davlat tilida o`zaro muloqot qilishga o`rgatish, bolaning ijodiy tafakkur olamini kengaytirishga qaratilgan”.

XXI asrning dastlabki yillarida yaratilgan dastur v a darsliklar tahlili. Amaldagi dastur va darsliklar tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, o`zbek tilining tizimli

grammatikasini o`qitish masalasi chetga surib qo`yilgan. Darslar oddiy suhbatlarga aylantirilayotganligi o`quvchilar nutqiy malakalarining rivojlanishiga salbiy ta`sir etayotgan omillardan biridir.

So`nggi paytlarda ayrim mualliflar guruhlari o`zbek tilini chet elliklarga intensiv (jadal) o`rgatish dasturi bo`yicha o`qitish usulini tanlash lozimligini e`tiborga olib shu asosda dastur va darsliklar yaratishga kirishdilar. Asosan grammatik bilimlar ham bir emas, bir necha marta qayta o`rganilishi mo`ljallangan. Ortiqcha takrorlarga yo`l qo`ymasdan, yangi ma`lumotlar berish, xususan, o`quvchilarni uslubiyat bilan bog`liq bilimlar bilan qurollantirish, ya`ni grammatik

14

bilimlarni ta`lim uzluksizligi va uzviyligini hisobga olgan holda tanlash maqsadga muvofiq bo`lar edi.

Chet tillarni o`qitishning zamonaviy tajribasida nutq mavzulari bo`yicha dars tashkil etish samarali usul hisoblanadi. Biroq ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan o`rta maktablarda o`zbek tilini o`qitishda qoraqalpoq, qozoq, qirg`iz, turkman va o`zbek tillarining bir til oilasiga mansubligini hisobga olish lozim, deb hisoblaymiz.

Ta`lim boshqa tilda olib boriladigan maktablar uchun o`zbek tili dasturida o`quv fanining asosiy mazmuni, asosan, nutqiy kommunikativ malakani egallash orqali o`zbek tilini o`rgatish o`qitishning umumta`limiy maqsadini, milliy madaniyatni egallash malakasi esa tarbiyaviy maqsadni ko`zda tutadi, deyilgan20. Shu maqsadda o`rta maktablarda til bilimlari bilan bog`liq holda badiiy asarlardan parchalar, fol`klor namunalari asosida o`zbek adabiyoti bo`yicha ham bilim berib borilishi mo`ljallangan. Bizningcha, o`quvchilar nutqini rivojlantirishda tilshunoslik fani asoslarini o`rganishni ham maqsad qilib olish zarur. Tilshunoslik faniga oid bilimlar qanday hajmda berilishi lozim, degan savol tug`ilishi tabiiy. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, o`quvchilar, avvalo, o`z ona tili, ya`ni qoraqalpoq tili darslarida tilshunoslik faniga oid ma`lumotlar bilan tanishadilar. Shu bois qardosh tillarga xos umumiy jihatlar ko`pligini hisobga olib tilshunoslik atamalarining tarjimasiga ko`proq e`tibor qaratilsa, grammatik ma`lumotlarga ortiqcha vaqt sarflanmasligi mumkin.

O`zbek tilining qaysi til sistemasiga mansub tilda gaplashuvchi o`quvchiga o`rgatilishi ko`zda tutilib o`ziga xos dastur va darsliklar, o`qitish metodlari va usullarini tanlash taqozo etiladi.

R.Yo`ldoshevning o`zbek tili darslarida asosiy e`tibor matnni o`qishga, uni o`zbek tilidan ona tiliga, ona tilidan o`zbek tiliga tarjima qilish, savol-javob qilish va hikoyalashga qaratilishini, yuqori sinf o`quvchilarining oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirish uchun o`zbek tilining nazariy asoslarini o`rganish harakatida bo`lishlarini hisobga olib, “o`qituvchining, metodist-olimning tutgan yo`li o`quvchining asl ehtiyojlari o`rtasida kelishib bo`lmaydigan ziddiyat va g`ov paydo qiladi”21, degan fikrlari ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan o`rta maktablarning davlat tili ta`limi uchun ham tegishlidir.

O`zbek tilini o`qitishda amal qilinayotgan mavjud dastur va darsliklarga tayanganimizda davlat tili ta`limida o`quvchilarning savodxonligini oshirish borasida bir qancha muammolar paydo bo`ladi: birinchidan, o`quvchilarning o`zbek tilini o`rganishga bo`lgan qiziqishlari so`nadi; ikkinchidan, ta`lim turlari va bosqichlari o`rtasidagi uzviylik, ta`lim mazmuni uzluksizligi ta`minlanmaydi.

NAZORAT SAVOLLARI

1. 90-yillarda yaratilgan o`zbek tili dasturi va darsliklarining afzallik va kamchiliklari nimalardan iborat?

2. Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning o`zbek tili ta`limi uchun dastur va darsliklar yaratish borasidagi urinishlar haqida gapirib bering

3. So`nggi yillarda 2-9-sinflar uchun yaratilgan amaldagi darsliklar borasidagi fikrlaringizni o`rtoqlashing

20 Davlat ta`lim standartiga sharh: O`zbek tili (ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun):

Mualliflar: R.Yo`ldoshev, A.Rafiev, M.Rixsieva, D.Toshxo`jaeva, D.Nuritdinova. “Ta`lim taraqqiyoti” axborotnomasi: 1-maxsus son.- T.: “Sharq” nashriyot-matbaa kontserni, 1999. – 246-261 b.

21 Yo`ldoshev R. Ta`lim rus, qozoq va boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun “O`zbek tili” darsliklari modelini yaratish haqida. / Uzluksiz ta`lim. – T.: 2002. – 6-son.- 79-85-betlar.

15

4-MA`RUZA

TILLAR ORASIDAGI MUShTARAKLIK VA O`ZIGA XOSLIKLAR. O`ZBeK VA BOShQA TILLAR ORASIDAGI O`ZIGA XOSLIKLARNI O`RGATIS hNING MeTODIK

ASOSLARI

ReJA

1. O`zbek tilining qoraqalpoq tili bilan mushtarakligi 2. Fonetik, leksik umumiylik va o`ziga xosliklar. 3. Tillar orasidagi mushtaraklik va o`ziga xosliklarni o`rganishning samarador usullari,

metod va vositalari. 4. O`zbek, qoraqalpoq tillarining grammatik qurilishidagi umumiylik hamda o`ziga

xosliklar

ADABIYoTLAR 1. G`ulomov A. Ona tili o`qitish tamoyillari va metodlari. Toshkent. «O`qituvchi», 1998

yil. 2. S.Nazarova. O`zbek tilini o`qitish metodikasi. (Ta`lim boshqa tilda olib boriladigan

guruhlar uchun.) Toshkent., «O`qituvchi» 1992 yil. 3. A.G`ulomov. M.Qodirov. Ona tilini o`qitish metodikasi. Toshkent., Universitet. 2001. 4. Sh.Bo`ronova. «Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning 5-sinflarida

o`zbek tilini o`qitishning metodik asoslari» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasiga yozilgan avtoreferat. Toshkent 2002 yil.

Sh.Bo`ronovaning nomzodlik ishida o`zbek va qoraqalpoq tillari orasidagi mushtaraklik

va o`ziga xosliklar ilmiy nuqtai nazardan yoritib berilgan: Talaffuz va imlodan "Unli tovushlar talaffuzi va imlosi", (A, I, e unlilarining talaffuzi va

imlosi, U unlisining talaffuzi va imlosi, O, O` unlisining talaffuzi va imlosi) "Undosh tovushlar talaffuzi va imlosi", "Ayrim jarangli undoshlar talaffuzi va imlosi", (V, D undoshlari, J, V, Z undosh-lari, G,G` undoshlari, Ngr Sn Ch harfiy birikmalarining talaffuzi va imlosi.) ( R, F, S undoshlari, X,N undoshlari), "Yonma-yon kelgan bir xil undoshlar talaffuzi va imlosi", "Bo`g`in" singari mavzular o`rganiladi.

"Leksika" bo`limi "So`zning moddiy va ma`noviy tomoni", "So`zning o`z va ko`chma ma`nosi", "Ma`nodosh so`zlar", "Uyadosh so`zlar", "Shakldosh so`zlar", "Nutqda qo`llanilishi chegaralangan va chegaralanmagan so`zlar", "Atamalar", "Olinma so`zlar", "Tasviriy ifodalar", "Iboralar" kabi mavzularni o`z ichiga qamrab oladi.

O`zbek va qoraqalpoq tillari sintaksisi hamda punktuatsiyasida o`zaro o`xshashliklarning ko`pligi va bu har ikki til orasidagi o`zaro o`xshashlikni nazarda tutib, biz ularning tipologik tahlilini berishni lozim ko`rmadik.

O`zbek va qoraqalpoq tillari turkiy tillar oilasiga mansub tillar bo`lib, o`zbek tili qarluq guruhiga, qoraqalpoq tili esa qipchoq-no`g`ay guruhiga kiradi. Bu har ikki tilning fonetikasi, lekisikasi, so`z yasalishi, grammatikasi va stilistikasida behad ko`p o`xshashliklar mavjud. Buni leksik va (fonetik) tovush jihatdan tubandagi faktlar isbotlaydi:

O`zbek tilida. ota, opa, boja, kumush, bosh, tish, tort, nevara, xola, tog`a. qoraqalpoq tilida: ata, apa, baja, ul, gu'mis, bas, tis, to`rt, aqhq, apa, dayi.

Yuqorida keltirilgan so`zlarning tovush va lug`aviy-ma`noviy qiyosi o`zbek va qoraqalpoq tillarini turkiy tillar oilasining o`g`uz, qipchoq guruhlariga kiritish uchun lisoniy asosdir.

16

Qonuniyki, ayni holat O`rta Osiyo va Qozog`istondagi o`g`uz, qipchoq qarluq guruhlariga kiruvchi o`zbek, qoraqalpoq, turkman, qozoq tillariaro o`xshashliklar mavjudligining dalilidir.

Mazkur qonuniyat o`zbek va qoraqalpoq tillariaro mushtaraklik va o`ziga xosliklarda namoyon bo`ladi.

Avvalo, shuni ta`kidlash joizki, o`zbek va qoraqalpoq tillari fonetikasi va leksikasining tipologik tahlilidan kelib chiqib, ularni 4 turga ajratish mumkin:

I. O`zbek va qoraqalpoq tillari uchun ham tovush va ham ma`no jihatdan bir xil bo`lgan so`zlar.

II. O`zbek va qoraqalpoq tillarida ma`no jihatdan bir xil bo`lib, tovush jihatdan farqlanuvchi so`zlar.

III. O`zbek va qoraqalpoq tillarida tovush va semantik jihatdan qisman farqlanuvchi so`zlar.

IV. O`zbek va qoraqalpoq tillarida tovush jihatdan o`xshash bo`lib, ma`no jihatdan tomomila farqlanuvchi so`zlar.

O`zbek va qoraqalpoq tillariaro mushtaraklik va o`ziga xoslikning yuqorida ko`rsatilgan to`rtta tasnifi bu qardosh tillararo yaqinlik, o`xshashlik-mushtaraklikni hamda tovush va ma`no jixatdan farqlarni –o`ziga xosliklarni tipik va aniq, xarakterli lisoniy dalillar bilan ko`rsatib, isbotlashni taqozo qiladi. Ayni maqsadda biz birinchi va ikkinchi tasnif talabini alohida-alohida guruhlarga ajratgan qolda berishni lozim topdik.

1. O`zbek va qoratsalpoq tillari uchun tovush va ma`no jihatdan bir xil bo`lgan so`zlar. Bunday so`zlar o`zbek va qoraqalpoq tili so`z boyligining - lugatining umumturkiy leksik qatlamida qam, qorijiy tillardan kirgan lugaviy birliklar qatlamida hamaksariyatni tashkil qiladi. O`zbek va qoraqalpoq tillarining amalda mavjud izohli lugatlaridan mazkur guruhga mansublarini quyidagicha mavzuviy tasnifda ko`rsatish mumkin:

a) o`zbek va qoraqalpoq tillari uchun tovush qurilishi va ma`nosi bir xil so`zlar; b) talaffuzi va ma`nosi bir bo`lgan so`zlar; v) tovush qurilishi metateza hodisasiga uchragan so`zlar.

qiyosiy tahlil shuni ko`rsatdiki, faqat tovush qurilishi va ma`nosi bir xil so`zlarga zarur-za'ru'r, zahar -za'ha'r, xat-xat, g"ayrat-g"ayrat tipidagi talaffuzi hamda ma`nosi bir xil so`zlarni kiritish mumkin. Bunday xulosa chiqarishda biz o`zbek tilidagi a, j, i, o` unlilarining qoraqalpoq tilidagi so`zlarda a-a', i-i, i-i', o-o harfiy shakllariga, ya`ni ularning qattiq-yumshoq talaffuz qilinishiga asoslandik.

Darhaqiqat, qar ikki tilning izohli va imlo lug`atlaridan qiyos uchun tanlangan o`zbekcha a unlisi bilan berilgan so`zlar qoraqalpoq tilida a-a' unli harflari va tovushlari bilan yozilgan. Shubhasiz, bu qoraqalpoq tilining talaffuziy va imlloviy me`yori hisoblanadi. Lekin o`zbek tilida qar ikki me`yor uchun qam, ya`ni a unlisining dada tipidagi so`zlarda old qator, xalq tipidagi so`zlarda esa orqa qator talaffuzi uchun hambirgina harfiy shakl qabul qilingan, uning talaffuzda ikki xil tovushni ifodalashi me`yor sanaladi. Shuning uchun biz o`zb. anjir, anor, dasta guruhiga kiritilgan so`zlarni qq. apag, anjir, daste tarzida yozilishidan qat`i nazar, tovush qurilishi va ma`nosi bir xil so`zlar sirasiga kiritdik.

Ayni ma`noda qiyos uchun tanlangan o`zbekcha so`zlardagi i, u, (f unli harf (tovush)larining qoraqalpoqcha i-i, u-u`, o-o` unli harflari va unli tovushlarini ifodalovchi harfiy shakllar bilan berilishini o`zbek va qoraqalpoq tillarining o`ziga xos me`yorlashgan tovush qonuniyati deb hisoblash lozim. qiyoslang o`zbekcha: kiyik, kir, qiliq, iqlim, siniq, qir, duldul, qul, kul, oroq, otin, qol, to`rt, ko`z, bo`z (gazlama) qoraqalpoqcha: kiyik, kir, qiliq, iqlim, siniq, qir, du'ldu'l, qul, ku'l, oraq, otin, qol, to`rt, ko`z, bo`z. (gazlama).

Qiyoslardan ayonki, bu so`zlarning imloviy shakllarida har ikki tilda, unli tovushlarning talaffuzi va imlosi qoidaga muvofiq, hamda qanday undoshlar bilan yonma-yon kelishiga ko`ra, fonetik qonuniyatlar taqozosi bilan izohlanadigan grafik farqlar mavjud bo`lsa-da, ular talaffuzi va ma`nosi bir xil so`zlar guruhiga mansubdir.

17

O`zbek va qoraqalpoq tillarida talaffuzi qisman farqlanuvchi va ma`nosi bir xil so`zlar anchaginadir. Bunday o`zbekcha-qoraqalpoqcha so`zlarga anjir-a'njir, anor-anar, asir-a'sir, bodom-badam, bo`taloq-bo`talaq, gumon-gu'man, diydor-diydar, diqqat-diqqat, dolon-dalan, dutor-duwtar kabi so`zlar mansubdir.

Tovush qurilishi metateza hodisasiga uchragan so`zlar qoraqalpoq tilida sanoqlidir. Bu tilda atigi 4 ta tub so`z kuzatildi, xolos. qiyoslang. Qopqoq-qaqpaq, qopqon-qaqpan, kiprik- kirpik, tuproq-topiraq.

II. O`zbek va qoraqalpoq tillarida tovush jihatdan farqlanuvchi, ammo ma`nosi bir xil bo`lgan so`zlar

Tovush va leksik jihatdan qiyosiy tavsif uchun tanlangan so`zlarning umumiy miqdori tasnifida qar ikki tilda ma`nosi bir xil bo`lib, tovush jihatdan farqlanuvchi tub so`zlar miqdori 259 tani tashkil qildi. Ular rang -barang shakllar va murakkab tovush o`zgarishlarga uchragan so`zlardir. Bunday so`zlarning qiyosiy-tovush shakllari aniq bo`lsin uchun ularni quyidagicha guruhlarga ajratdik.

Ayrim unli tovushlariga ko`ra farqlanuvchi, lekin ma`nosi bir xil so`zlarning aksariyati o`zbek tilidagi bir kator so`zlarning qoraqalpoq tilida asosan a>e: agar-eger, banda-bende, barakat-bereket; u>o: noqulay-naqolay, upa-opa shuningdek, e>o`, e>i singari tovush o`zgarishlar bilan talaffuzi va imlosi me`yor qi-soblangan so`zlardir.

qonuniyki, "O`zbek tili" o`quv fanini ikkinchi til sifatida o`rgatish mashg`ulotlarida bunday hodisalarga alohida e`tibor berish o`quvchilar nutqidagi talaffuziy va imloviy nuqsonlarni bartaraf qilish, ularni o`zbekcha talaffuz va imloviy savodxonlikka o`rgatishning tayanch omilidir. Chunki ta`limning qiyosiy metodidan foydalangan qolda 5-sinfda o`zbek tilining "Fonetika" va "Leksika" bo`limlariga doir mavzular uchun tuziladigan mashqlar, bajariladigan o`quv topshiriqlariga bular asosiy materiallardan bo`lishi shubhasizdir. Ikkinchidan, o`quvchi, avvalo, o`z ona tilida fikrlaydi, so`ngra fikr maqsulini o`rganayotgan ikkinchi tilga qiyoslaydi.

Mazkur guruhga kiritilgan o`zbekcha bemani, bemahal, bemalol; qoraqalpoqcha biyma'ni, biyma'lel, biyma'ha'l va sh.k. so`zlar ikkinchi tilni o`rgatish ta`limining ayni maqsadi uchun lisoniy-didaktik faktlarning hamnamunasidir.

O`zbek va qoraqalpoq tillarida ayrim unli tovush (harf) larga ko`ra farqlanuvchi, lekin ma`nosi bir xil so`zlarga namuna sifatida quyidagilar xarakterlidir:

1-jadval

O`zbekcha Qoraqalpoqcha Viloyat, gumbaz, iyak, garang, katak,

ko`klam, sarishta, surma, surnay, kunda, kokil, kamtar, kampir, kanizak.

Wa'layat, gu'mbez, iyek, geren', ketek, serishte, su'rme, sirnay, ku'nde, kemtar, kempir, ka'nizek.

Fikrimizcha, o`zbek tilini ikkinchi til sifatida o`rganayotgan qoraqalpoq o`quvchilarining

yozma nutqidagi imloviy nuqsonlardan biri o`zbek va qoraqalpoq tillarida ayrim unlilarga ko`ra farq qiluvchi, lekin ma`nosi bir xil so`zlarni amaliy faoliyatga tatbiq eta olmaslikdir. Shuning uchun o`zbek tili darslarida qo`llaniladigan ta`limiy-didaktik topshiriqlarda bu farqlar inobatga olinishi shart.

Ayrim undosh tovushlariga ko`ra farqlanuvchi ma`nosi bir xil so`zlar. Bunday so`zlar jami 23 tani tashkil etadi. Bu o`rinda o`zbekcha so`zlarning qoraqalpoq tilida sh > s, ch > sh, q >g`, g` > o`, x > q, b >m va b >p kabi talaffuziy va imloviy me`yor hisoblangan to`rt jildlik lug`atdagi so`zlarning barchasi statistik ma`lumotga kiritilmadi. Faqat yuqorida tilga olingan umumiy miqdorning (259 ta so`z) eng xarakterlilari kiritiddi. Bular: xayr-qayir, xafa-qapa,

18

sanchqi-shanishqi, chana-shana, chama-shama, shunqor-sun'qar, chayon-shayan, qosh-qas, xum - qum, xom-qam, bug'-puw, bo`r-por, bumn-murin, xalta-qalta, kalit-gilt va shu kabi so`zlardir.

Bu o`rinda shuni alohida qayd qilish lozimki, ch>sh, s>sh tipidagi so`zlarning umumiy miqdori uncha ko`p emas. Buning asosiy sababi qoraqalpoq tilida ch fonemasining yo`qligi uning o`rnida sh tovushining, sh fonemasi o`rnida esa s fonemasining ishlatilishidir. qiyoslang: qash>qoch, qis >qish, osh>as, tosh>tas kabi. qoraqalpoq tili to`rt jildlik lugatining "Ch" harfida izohlangan jami 58 ta so`zdan atiga 11 tasi: chay, chaynik, chayshap 47 tasi esa chek, chekist, cherkes, chuvash tipidagi so`zlardir Qiyosiy tahlillar shuni ko`rsatdiki, x >q; xalta-qalta, xom-qam, xotin-qatin; k > g: kuzak-gu'zek kabi ayrim undoshlariga ko`ra farqlanuvchi so`zlar qoraqalpoq tilining tovush qonuniyati taqozosidir.

Ba`zi undosh hamda unli tovush (harf) lariga ko`ra farqlanuvchi ma`nosi bir xil so`zlar. O`zbek va qoraqalpoq tillarida ma`nosi bir xil so`zlar qar ikki tilning tovush qonuniyatlari va imloviy tamoyiliga ko`ra ba`zi undosh hamda unli tovush (harf)larga ko`ra farqlanadi. Chunonchi, ari-ha'rre, mehmon-miyman, nowot-nabat, og'ir-awir, teshkich-teskish v.q. Bu o`rinda shuni alohida ta`kidlash joizki, o`zbek va qoraqalpoq tillarida ma`nosi bir, ayrim tovush farqlarga ega bo`lgan so`zlar arab, fors, tojik tillaridan kirgan so`zlardir.

Bunday so`zlarning aksariyati qoraqalpoq tilida o`zbek tiliga nisbatan ko`proq tovush o`zgarishlarga uchragan. Bu qaqda e.Berdimuratov "Bir tildan ikkinchi tilga o`tgan so`zlarning ba`zilari turli sabablarga ko`ra tovush jihatdan o`zgarishlarga uchraydi" deya to`g`ri xulosa qiladi. Olim mazkur xulosani hozirgi zamon qoraqalpoq tilida leksik, (fonetik) tovush me`yori hisoblangan medrese, xaliq, pikir, sapar, o`mir, ahwal, na'pes kabi arabcha; ba'lent, qirman, sirnay, diydar, aspan kabi forscha-tojikcha o`zlashmalar etimologiyasi misolida haqqoniy isbotlab bergan

O`zbek tilida esa bunday so`zlar imloning tarixiy-etimologik yoki grafik tamoyillarga ko`ra asliga muvofiq yoziladi. Bu tamoyillarga ko`ra ayb, mashq, nasl tipiga mansub ikki undosh qator kelgan so`zlar talaffuzida i unlisi, qoida, doim, Saida tipiga mansub so`zlar talaffuzida u undoshi qo`shiladi. Lekin asliga muvofiq ular talaffuz jarayonida qo`shilgan bu unlilarsiz an`naga asoslangan qoidalar asosida yoziladi.

Demak, bunday so`zlar qar ikki tilning imloviy tamoyillari asosida fonetik-leksik va grammatik me`yor sifatida qonunlashtirilganligi, qoidalashtirilganligi sababli, ular ma`nosi bir xil, lekin tovush jihatdan farqlanuvchi so`zlarni keltirib chiqaradi.

Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda "O`zbek tili" o`quv fanini davlat tili sifatida o`qitish jarayonida o`quvchilar so`z boyligini, imloviy savodxonligini oshirish uchun eng zarur hisoblangan namunalarning qiyosini quyidagi jadvallarda keltiramiz:

2-jadval Arabcha o`zlashmalarning o`zbek

tilidagi shakli Bu so`zlarning qoraqalpoq tilidagi

shakliIshtasha hassa, masjid, mehnat, mehmon,

nafaqa, naqsh, norasta, nusxa, roat, tabarruk, shohid, qoida, hisob, hujra v.q.Ishtey,

hasa, meshit, miynet, miyman, napaqa, nag`ish na`reste, nusqa, ra'ha't, teberik, sheyit, qag`iyda, esap, o`jire v.q.

Jadvallarda ko`rsatilgan so`zlar tarkibida qoraqalpoq tilida unli va undosh tovushlarining

rang -barang o`zgarishlarga uchraganligini, bu tilda imloda tovush (fonetik) tamoyil ustuvorligi hamda turkiy talaffuz ixchamligi nazarda tutilganligidan dalolat beradi. O`zbek tilida esa yuqorida ko`rsatilgan o`zlashmalarda ularning talaffuzi emas, asli-o`zlashtirilgan tildagi shakli saqlab holingan.

Bu o`rinda shuni ham unutmaslik lozimki, qoraqalpoq tiliga kirgan arabcha va forscha -tojikcha so`zlar ustida ishlash baynalmilal tarbiya vositasi bo`lib, o`quvchilar o`rtasida millatlararo do`stlik rishtalarini bog`lashda bir vositadir.

19

Tovush qurilishi boshqa-boshqa, lekin o`zbek va qoraqalpoq tillarida bir xil ma`noni ifodalovchi so`zlar. Bu guruh (qiyos uchun tanlangan so`zlar) ning 93 tasi tashkil etadi.

qiyoslanayotgan so`zlar sirasidagi o`zbekcha to`g`nog`ich, burchak, randa, dasta, g`alaba,

unvon kabi so`zlarning qoraqalpoq tilida shu ma`noni ifodalovchi tu'yrewish, mu'yesh, su'rgi, sap, jen'is, ataq kabi shakllarda qo`llanilishi bunga misol bo`la oladi. Ular tarixiy jihatdan o`zbek tili lug`at tarkibidagi o`z qatlam va o`zlashgan qatlamga mansub so`zlardir.

Tabiiyki, bu tipga kiritilgan o`zbek tili lug`at tarkibidagi so`zlarning ma`nolari qoraqalpoq tilining leksik me`yoriga muvofiq boshqacha shakl (so`z) bilan ifodalangan. Ayni holat o`zbek tilining ikki jildlik lug`atida berilgan izohlar va qoraqalpoq tilining to`rt jildlik lug`atidagi izohlar bilan isbotlanadi:

Randa (f-t). Yoqoch va taxtalarni tekis qilib yo`nish, silliqlash uchun ishlatiladigan o`rtasiga po`lat tiq o`rnatilgan dastali asbob.

G`a1aba (a). Jangda, kurashda, musobaqada qo`lga kiritilgan muvaffaqiyat To`g`nog`ich. To`qnash, qadash, mustaqkamlash uchun ishla-tiladigan bir uchi to`mtoq

igna, o`tkir uchi uyachasiga tushib maqkamlanadigan buyum. Su'rgi. Yog`ochning yuzini tekislaydigan asbob. Jen'is. Urushda, jangda dushmanning tormor qilinishi. Tu'yrewish. Ikki bo`lak buyumni bir-biriga qistirib maqkamlash uchun ishlatiladigan

buyum. rus. bulavka. Biz yuqoridagi jadvalda tovush qurilishi boshqa-boshqa, lekin qar ikki tilda bir xil ma`noni

ifodalovchi so`zlardan namunalar keltirdik, xolos. Chunonchi, o`zbek tili ta`limi jarayonida bunday so`zlar ustida muttasil ishlash o`quvchilarning so`z boyligini oshirish, so`zdan to`g`ri va o`rinli foydalanish malakalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Tovush qurilishi boshqa-boshqa, lekin o`zbek va qoraqalpoq tillarida bir xil ma`noni ifodalovchi so`zlar o`z qatlamda qam, o`zlashgan qatlamda hamanchagina qismni tashkil etadi. Namuna:

4-jadval O`z qatlamga mansub o`zbekcha

so`zlar Bu so`zlarning qoraqalpoq tilidagi

shakli Argimchoq, buurak, bo`shang, yostiq,

jizza, isiriq, kapalak, kungaboqar, ko`chat, mog`or, nevara, ninachi, eshik, o`rmon, qayrag`och, quyoncha, qo`zg`olon, hushtak v.h

A'tko`nshek, bo`teke, uyan', ko`pshik, shijiq, a'diraspan, gu'belek, ayg`abag`ar, na'l, baz, aqliq, iynelik, qapi, tog`ay, qaraman, go`jek, ko`terilis, u'shpelek v.h

Jadvallardan ko`rinib turibdiki, qar ikki til lug`at tarkibidagi o`z qatlamga mansub

so`zlarning turli shakllarda aynan bir xil ma`noni ifodalashi o`zbek va qoraqalpoq tillarining benihoya yaqinligidan dalolat beradi.

Tovush (harf) tushishi, qo`shilishi kabi fonetik o`zgarishlarga uchragan so`zlar. Bu guruhga mansub so`zlar tovush va leksik-semantik jihatdan tahlil qilinar ekan, bizga qar ikki tilning talaffuz va imlo qoidalari bilan izohlanadigan rang-barang tovush hodisalari (fonetik o`zgarishlar) ma`lum bo`ladi. Jumladan:

1.O`zbekcha so`zlarning biror bo`g`inida unli yoki undosh tovush (harf)ning tushib holish hodisasi: ohak-hak, past-pa`s, go`sht-go`sh, rost-ras, tariq-tan, sariq-san kabilar.

2. O`zbekcha so`zlarning biror bo`g`iniga qoraqalpoqchada unli yoki undosh tovush (harf)ning qo`shilish hodisasi: arslon- arislan, tarix-tariyx, loy-ilay, ovoz-hawaz, ro`za-oraza, ro`mol-oramal, qoida-qag'iyda, xazina-g'a'ziyne, fasl-pasil kabilar.

20

3. O`zbekcha so`zlar tarkibidagi biror tovush (harf)ning qoraqalpoq tilida o`zgarishi va bu o`zbekcha so`zlar tarkibida tovush qo`shilishi hodisasi: bemalol-biyma'lel, bemaza- biymaza, bemahal-biymahdl kabilar.

Tilshunoslikda so`zning boshida tovush tushib holishi (prokopa), so`zning o`rtasida tovush tushib holishi (sinkopa), so`zning oxirida tovush tushib holishi (apa-kopa), so`z boshida tovush qo`shib aytish (proteza), so`z o`rtasida tovush qo`shib aytish (epinteza) hodisalari mukammal o`rganilgan va ilmiy adabiyotlarda keng yoritilgan bo`lib, ularga to`xtalishni ortiqcha deb o`ylaymiz. Keltirilgan qiyosiy dalillar nafaqat o`zbekcha so`zlarning qoraqalpoqcha talaffuz jarayoni uchun, balki imlo uchun hamme`yordir.

III. O`zbek va qoraqalpoq tillarida tovush va ma`no jihatdan farqlanuvchi so`zlar. O`zbek va qoraqalpoq tillari leksik qatlamida ko`pgina so`zlarning so`z boshida, o`rtasida yoki oxirida ch>sh, y>j, sh>s, o`>g`-(v), t>d, k>g kabi rang-barang tovush o`zgarish hodisalariga uchrashi, ammo bir xil ma`noni ifodalashi mavjud. O`zbek va qoraqalpoq tillarida shunday so`zlar hamborki, ular tovush va ma`no jihatdan qisman farqlanadilar. Namuna sifatida quyidagilarni keltiramiz:

Shamchiroq - to`ngadigan yoqdan o`rtasiga pilik qo`yib yasalgan tayoqchasimon chiroq: shamni yoqmoq kabi.

Fozil - fan asoslarini mukammal egallagan olim. Nochor - 1. Ravish. O`z mayliga, xoqishiga qarshi; chorasiz, ilojsiz. 2. Kambag`al,

bechora odam. Lol - ruqiy qayajonlanish, qayratda holish kabi holatlar tufayli vaqtincha, bir laqza

gapira olmay qolgan kimsa. Shamshiraq - 1. Yoruq va nur beradigan, yoruqlantiruvchi tosh. 2. O`z xalqiga yaxshilik qiluvchi, baxt keltiruvchi odam.

Fazil - Ijobiy xususiyat, qadr-qimmat soqibi bo`lgan kishi. Nashar - 1. Umuman xotin-qizlar. 2. Past, yomon vaziyat, aqvol ma`nolarida. Lal II. qolsizlik, darmonsizlik kabi jismoniy, ruqiy holatlar. Bu tipga kiruvchi so`zlar ta`lim tizimida o`quvchilarni lug`atlar bilan ishlashga

odatlantiradi, ularni so`z ma`nolarini sharhlashga da`vat qiluvchi o`quv topshiriqlarini bajarishda aqliy faoliyatga undaydi, ona tilini va ikkinchi tilni o`rganishga qiziqtiradi.

IV. Fonetik o`xshash, ma`no jihatdan tamomila farqlanuvchi so`zlar. Garchi o`zbek va qoraqalpoq tillari turki tillar oilasiga mansub bo`lsa-da, ammo ular ikki alohida-alohida guruhga - qipchoq va qarluq guruhiga kiritiladi. Shuning uchun bu qar ikki tilda fonetik o`xshash, ammo ma`no jihatdan farqlanuvchi so`zlar hammavjud. Chunonchi:

O`zbek tilida qoraqalpoq tilidaInkor-tan olmaslik, qabul yoki tasdiq etmaslik; rad qilmoq, inkor etmoq.

Manzur-kishilarga ma`qul bo`ladigan, yoqadigan narsa-buyum yoki shaxs. Nokas-Vijdonsiz, insofsiz, yaramas, pastkash odam. Notiq-Nutq so`zlovchi. Gapga chechan, gapga usta, so`zamol odam. Parvona-Shu`la yoki chiroq atrofida aylanuvchi tun kapalagi. In`kar-biror narsa yoki kishiga xushtor bo`lmoq, intilib kutmoq. Manzur-Chin ko`ngildan samimiy kechirim so`rash. Na`ka`s-Nakas-qo`lidan ish kelmaydigan, uquvsiz, didsiz kimsa. Natiq-uyatchan, tortinchoq, injiq odam. Pa`rwana-kimgadir qamxo`r, qo`llab-quvvatlovchi shaxs Shunday qilib, ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda "O`zbek tili" o`quv

fanini o`qitishda bu har ikki qardosh turkiy tilning tovush hamda leksik xususiyatlarini hisobga olish hamda qar ikki til orasidagi o`xshashlik va farqli tomonlarni bilish, ta`lim samaradorligini ta`minlash uchun o`ta muhim bo`lib, o`zbek tili o`qituvchisi barcha mavzularni o`rgatishda unga qat`iy amal qilmog`i kerak bo`ladi.

21

O`quvchilarga ona tili va o`zbek tili ma`lumotlari qiyoslanar ekan o`quvchilarning imlo va to`g`ri talaffuz ko`nikmalarini mustahkamlashga yordam beradigan nazariy ma`lumotlarni keltirib o`tish yaxshi samara beradi. Masalan, o`zbek tili fonetikasi va qoraqalpoq tili fonetikasi qiyoslanganda quyidagi ma`lumot taqdim qilinishi mumkin:

O‘zbek tilida oltita unli tovush bor: a, o, e, o‘, u, i (Qoraqalpoq tilida unli tovushlar 9 ta: a, 1, i, 7, o, 5, u, 6, e. O‘zbek tilining ayrim shevalarida unli tovushlar 9 ta). O‘zbek tilida qoraqalpoq tilidagi 1, 6, 7 unlilari, qoraqalpoq tilida esa o‘zbek tilidagi o unlisi mavjud emas.

Ona tili qoraqalpoq tili bo‘lgan aksariyat o‘rganuvchilar Uu, O‘o‘, Ii unlilari bilan bog‘liq imlo xatolariga yo‘l qo‘yadilar. Masalan, uzbek (o‘zbek), ilim (ilm) kabilar.

Aa unlisi: o’zbek tilida xat, aql, ayb so‘zlaridagi a tovushi qoraqalpoqcha xat, aqil, ayip so‘zlaridagi a kabi talaffuz qilinadi. Ata (ota), al (ol), adam (odam), shay (choy) kabi so‘zlardagi a harfi o‘zbek tilidagi a harfi talaffuzidan farqlidir.

O‘zbek tilida muomala, munosabat, muhokama kabi so‘zlarda a tovushi i tovushiga yaqin talaffuzi qilinadi (muomila, munosibat, muhokima). Ammo har vaqt a yozish kerak.

Ii unlisi: o‘zbek tilida deyarli hamma so‘zlarda aniq eshitiladigan, ba’zan juda qisqa aytiladigan tovush. O‘zbek tilidagi bilan, bilak, tilak kabi so‘zlarda i unlisi bilinear-bilinmas talaffuz qilinadi, qoraqalpoq tilidagi ilim, bilek, tilek singari so‘zlarda i tovushi aniq talaffuz qilinadi.

Esda tuting! Ilm, fikr, xalq kabi so‘zlarda qo‘sh undosh orasida i tovushi aytilsa ham yozuvda yozilmaydi. Qoraqalpoq tilida esa ilim, pikir, xaliq tarzida i yoki i orttirilib yoziladi.

Oo unlisi: O‘zbek tilidagi o unlisi qoraqalpoq tilidagi o bilan shaklan bir xil. Ammo ularning talaffuzi tamomila farqli. Masalan, o‘zbek tilidagi qol (qolmoq), bol (asal) so‘zlari qoraqalpoq tilida qol, bol tarzida yoziladi, biroq qo‘l (tana a’zosi), bo‘l (bo‘lmoq) tarzida talaffuz qilinadi. Qoraqalpoq tilidagi o harfi o‘zbek tilidagi u, ba’zan o‘ tovushlarining vazifasini bajaradi. Masalan, olar (ular), oqi (o‘qi)

O rus tilidan kirgan so‘zlarda o‘ tarzida talaffuz qilinadi: oktabr, kod, telefon, tonna, kurort kabi. Konstitutsiya, biologiya kabi so‘zlarda esa a tarzida, aytiladi, direktor, traktor kabi so’zlarda i tarzida aytiladi. Ammo o yoziladi.

O‘o‘ unlisi: o‘zbek tilida o‘ harfi so‘zning birinchi bo‘g‘inida keladi: o'rik, to‘g‘ri, to‘lqin, so‘z kabilar. O‘zbek tilida o‘ unlisi qoraqalpoq tilidagi o‘ unlisi bilan vazifadoshdir. Qoraqalpoq tilidagi o‘ tovushi o‘zbek tilidagi u va o‘ tovushlarining vazifasini bajaradi. O‘z – o‘z, ko‘z – ko‘z; o‘mir – umr, o‘nimli – unumli.

Ba’zi so‘zlarda qoraqalpoq tilidagi o unlisi bilan mos keladi. O’rta Osiyo – Orta Aziya, bo’lgan – bolg’an kabilar.

Uu unlisi: Uu unlisi un, buloq, uyqu kabi so‘zlarda, shuningdek, qovun, sovun kabi oldingi bo‘g‘inida o kelgan

so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida keladi. Ee harfi el, ekin, aeroport, duel kavi so‘zlarda yoziladi. Adres, teatr, telefon delegatsiya, sentner kabi so‘zlarda e kuchsizlanib i ga yaqin talaffuz qilinadi,

biroq e yoziladi. Qator kelgan unlilar imlosi

Adabiy talaffuz va imlo me’yoriga asosan qator unlilar oa, ao, ia, ai, io, aa tarzida aytiladi va shunday yoziladi.

Qator kelgan unlili so‘zlar boshqa tillardan kirib kelganligi tufayli bunday so‘zlardagi qator unlilarni og‘zaki nurqda yo bir cho‘ziq unliga aylantirish (masalan, muallimni malim), yoki qator kelgan unlilar o‘rtasiga ayrim undoshlarni qo‘shish yo‘li bilan tilimizga moslashtirishga harakat qilinadi. Masalan: soat so‘zi Farg‘onada shohat, Toshkentda sog‘at tarzida talaffuz qilinadi.

Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi

O‘zbek tilida og‘zaki talaffuzda so‘z oxirida jarangli undoshlar jarangsizlashsa ham yozuvda jarangli undoshlar yoziladi. Masalan, maktab, borib, kelib kabi so‘zlarda b undoshi jarangsizlashib p tarzida aytiladi, yozuvda b saqlanadi. Qoraqalpoq tilida esa aksariyat so‘zlar fonetik yozuv asosida yoziladi

22

(mektep, barip, kelip). Burun, bo‘yin kabi so‘zlardagi b undoshi qoraqalpoq tilida m tarzida ifodalanadi: murin, mo‘yin.

M undoshi ishtirok etgan ketmon, chakmon, yozma kabi so‘zlar qoraqalpoq tilida p, b tovushlari bilan qo‘llanadi: ketpen, shekpen, jazba.

O‘zbek tilida do‘st, past, go‘sht kabi so‘zlarda qator undoshlar yoziladi. Qoraqalpoq tilida esa do‘s, pas, go‘sh tarzida t undoshisiz yoziladi. O‘zbek tilida t tovushi qo‘llangan tuz, tovush, tizza, tizim kabi so‘zlar qoraqalpoq tilida duz, davis, dize, dizim tarzida d undoshi bilan yoziladi.

O‘zbekcha so‘zlarda so‘z oxirida kelgan d undoshi og‘zaki talaffuzda jarangsizlashib talaffuz qilinadi, ammo yozuvda jarangli saqlanadi. Qoraqalpoq tilida esa azat, balent, bant, qant tarzida talaffuz qilinadi va yoziladi.

N undoshi shanba, tanbur kabi so‘zlarda b undoshidan oldin kelganda m tarzida talaffuz qilinadi, yozuvda n saqlanadi. Qoraqalpoq tilida esa o‘zbek tilida talaffuzdagina uchraydigan bu holat shembi, tambur tarzida yozilishi qoidalashtirilgan.

O‘zbek tilida sh bilan yoziladigan aksariyat so‘zlarda qoraqalpoq tilida s undoshi faol qo‘llanadi: shamol – samal, sholi – sali, qish – qis kabilar.

Qoraqalpoq tilida ch undoshining yo‘qligi tufayli soch, cho‘l, guruch kabi so‘zlar shash, sho‘l, gurush tarzida sh undoshi bilan yoziladi. Qoraqalpoq tilida sh undoshi ch undoshining vazifasini ham bajaradi. Sh harflar birikmasi bitta til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi. s va h yonma-yon kelib alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasiga (‘) belgisi qo‘yiladi.

Aksariyat l bilan boshlanuvchi so‘zlar qoraqalpoq tilida i orttirilgan holda talaffuz qilinadi va yoziladi: loy – ilay, laqqa – ilaqa kabilar.

Ma’lumki, turkiy so‘zlar r tovushi bilan boshlanmaydi. Shu bois bo‘lsa kerak, qoraqalpoq tilida aksariyat so‘zlarda r tovushi oldidan i unlisi orttiriladi: rost – iras, rizo – irza kabilar.

Fonetik qonuniyatlarga ko‘ra o‘zbek tilida k bilan boshlanuvchi so‘zlar qoraqalpoq tilida g bilan yoziladi: kalla – gelle, kenja – genje, kumush –gumus, kurash – gures kabilar.

Qoraqalpoq tilida aksariyat so‘zlar oxirida o‘zbekcha q undoshi o‘rnida v undoshi yoziladi: bo‘yoq – bo‘yav, sanchiq – shanshiv. Ayrim hollarda esa q tovushi tushirilib qoldiriladi: sariq – sari, issiq – issi kabilar.

O‘zbekcha x bilan boshlanuvchi so‘zlar qoraqalpoq tilida q bilan yoziladi: xo‘roz – qo‘raz, xalta – qalta, xamir – qamir, xanjar – qanjar, xosiyat – qasiyet kabilar. Taqsim (taxsim), maqtov (maxtov), maqsad (maxsat) kabi so‘zlarda jarangsiz tovushlar bir-biriga moyillashsa ham, yozuvda q harfi yoziladi.

X va h tovushlarini aniq talaffuz qilish lozim bu tovushlar ma’no ayiradi: hush –xush, hol-xol, hiyla-xiyla, shoh-shox, ham-xam va b.

V undoshi qoraqalpoq tilida faqat evropa tillaridan kelgan so‘zlarda uchraydi: vagon, avtobus. Boshqa holatlarda w undoshi yoziladi: vatan – o‘atan, qovun – qao‘in kabilar.

O‘zbek tilida g‘ undoshi qo‘llanadigan so‘zlar qoraqalpoq tilida v undoshi bilan ifodalanadi: to‘g‘ri – tuvri, og‘iz – aviz kabilar.

F undoshi. Bu undosh qoraqalpoq tilida evropa tillaridan kirgan so‘zlarda f tarzida yoziladi, qolgan o‘rinlarda esa p bilan yoziladi: fil – pil, safar – sapar, farmon – parman kabilar. Afzal, afg‘on kabi so‘zlarda f undoshi, p yoki v holida o‘qilsa ham, f bilan yoziladi. Har ikki tovushning ma’no ayirishdagi o‘ziga xos xususiyatini ham nazarda tutish lozim: sof-sop, tif-tip va b.

O‘zbek tilida y bilan boshlanuvchi so‘zlar qoraqalpoq tilida j bilan boshlanadi. Yoz – jaz, yig‘in – jiyin, yil – jil kabilar.

Ng harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi. Bu harflar birikmasini ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harflarning yonma-yon kelishidan farqlash lozim. Solishtiring: shudrihg, ko‘ngil, dengiz, singil; menga, osmonga, congress, shtanga

Qo‘sh undoshlar talaffuzi va imlosi

Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so‘zlar qo‘sh undoshli so‘zlardir.

23

Ikki, chaqqon muhabbat, takabbur, muqaddas, raddiya, izzat, muallim, tavallud, muammo, qimmat, tamanno, tannoz, muyassar kabi so‘zlarda qo‘sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Qoraqalpoq tilida o‘zbek tilidagi ayrim qo‘sh undoshli so‘zlar farqli yoziladi: ikki – eki, sakkiz – segiz va b.

Qator undoshlarning talaffuzi va imlosi

Bir bo‘g‘inda yonma-yon ikki xil undosh kelgan so‘zlar qator undoshli so‘zlardir. So‘z boshidagi qator undoshlar o‘rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo‘shib talaffuz qilinsa ham bu

qisqa unli yozilmaydi. Fikr, zikr, vaqt kabilar. Qoraqalpoq tilida esa bu so‘zlar piker, vaqit tarzida yozish qoidalashtirilgan.

Go‘sht, do‘st, barg kabi so‘zlar oxirida kelgan qo‘sh undoshlardan biri talaffuzda tushib qoldirilsa ham yozuvda ifodalanadi.

Paxta, nimcha, o‘simlik so‘zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo‘g‘inda bo‘lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.

(‘) belgisining ishlatilishi

(‘) belgisi a’lo, Ra’no kabi so‘zlarda unlidan keyin kelib, uning cho‘ziqroq aytilishini ifodalaydi. Masuliyat, qat’iyat, san’at, in’om kabi so‘zlarda (‘) belgisi unlidan oldin qo‘yiladi va unlini

undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi. O`zbek tili mashg`ulotlarida tillarni qiyoslab o`rgatish jarayonida quyidagi mashq

turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi:

1-mashq. Guruhlarga bo‘lingan holda quyidagi topshiriqlarni bajaring. 1-TOPShIRIQ. 1. U va O‘ tovushlari bilan farqlanuvchi so‘zlar qatorini davom ettiring. Namuna: bur – bo‘ r, tur – to ‘ r... 2. I va U tovushlari bilan farqlanuvchi so‘zlar qatorini davom ettiring. Namuna: urush – urish, tush – tish... 3. Qaysi biri xato yozilgan? Tarozi-tarozu, adab-odob, adl-adil, asr-asir, ahl-ahil,

qism-qisim, azm-azim, jayron-jiyron, kift-kaft. 2-TOPShIRIQ. “Xatosini toping” o ‘yini. Gaplardagi qaysi so‘zda xato borligini

aniqlang, imlo lug‘atidan tekshirib ko‘ring va to‘g‘ risini taxtada yozib ko‘ rsating. 1) Ayyorlikning fojiyasi shundaki, u bir marta bilinmaydi, ammo keyin otning qashqasidek

ko‘ rinib turadi. Ming nasihat qilganim bilan sening tabiyating o‘zgarmaydi. Xiyla va xiyanat daraxtining mevasi musibat va falokat bo‘ ladi.

2) Quzg‘ in bilan qarg‘ani chalkashtirish mumkin emas. Dunyoda haqiqiy kishi deb ataladigan ikkita toyifa odamlar bor: ularning biri o‘ rgatuvchi, bo‘ lagi – o‘ rganuvchi. Yo‘d tanqisligi buqoq kasalligiga olib keladi.

3) “Amir Temur o‘ rdeni” ta’sis etildi. Kishiga nima yarashsa ana shu mo‘da deganidir. Dunyo toomilida shunday qonuniyat bor: baxilga haqorat, saxiyga olqish tegadi.

4) Ozginagina xushmuomilalik hayotingizni yoqimli, kuningizni esa nurafshon etadi. O‘zbekiston sanooti tinmay rivojlanib bormoqda. Bu sen tug‘ulgan tuproq.

3-mashq. “Xatosini toping” o‘yinini tashkil qiling. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarning to‘g‘ri shaklini imlo lug‘atidan toping.

Jixatdan, ixlim, sharoyit, mo‘tadil, dexqonshilik, shorvashilik, qurg‘on, shaxar, uzinlikka,

tadqiqod, obot, sabzavat, uz aro, xiyobon, shegara, saylanma, matbuot, oliy majlis, marifat, kinotiyatr, xalqara, milliyon, orzuv, xuzur, xic, hurmatga iloyiq, ko‘zi azzi, xayratda, hayolchang, ranjitpay, so‘ranaman, alo, vaqit, baxo, xurmat

24

4-mashq. Tez aytishlarni mashq qiling. Sh v a ch tovushlarini to‘g‘ri yalaffuz qilishga harakat

qiling, so‘zlarning imlosini esda saqlang 1. Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi. 2. Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish

qishmasmish. 3. Mosh toshsizmish, toshsiz moshmish. 4. Turg‘un turib tarozida turp tortdi. 5. Hamalda hamma halim hozirlaydi. 6. Erkin eshkakni eshdi. 7. Sharif Sharofatni sharaflab she’r to‘qidi. 8. Qayiqqa ayiq chiqdimi, qayiq qirg‘oqqa chiqdimi? 9. Non yasashasizmi? Tosh sanashasizmi?

5-mashq. Guruhlarga topshiriqlar: 1. Nuqtalar o‘rniga h yoki x harflaridan mosini qo‘ying:

za…a, za…ar, za…, ma…fiy, ma…sus, la…za, za…mat, ma…luq, ma…si, e…tiros, i…tisos, e…tiyot, i…cham, e…son, e…tirom, i…tiro, e…timol, be…isht.

2. Nuqtalar o‘rniga d yoki t harflaridan mosini qo‘ying:

Mada.., ban…, oqiba…, jasa…, rasama…, qan…, nadoma…, hasa…, zab…, tahdi…, sobi…, gar…, tanqi.., ta…biq, …izza, …izim, go‘sh…, …engiz, …eraza, …o‘ppi, …o‘mboq,

3. Nuqtalar o‘rniga s yoki sh harflaridan mosini qo‘ying:

…amol, …olg‘om, …oli, bo…., to…, qi…, …och, aso…, olmo…, …atil, …alut, …apchimoq, ada…, arala…, bardo…, bo‘…liq, bo‘r…iq, bo‘…ag‘a, dunyoqara…, i…itma.

4. Nuqtalar o‘rniga sh yoki ch harflaridan mosini qo‘ying:

so…, …ahar, pi…iq, ...o‘l, u…, guru…, baliq…i, pi…oq, …ang, qili…, ro‘ka…, qulo…, kar…, ravo… , ku…, …aman, …oy, bi…iqchi, bo‘y…an, bosqi… .

5. Nuqtalar o‘rniga g yoki k harflaridan mosini qo‘ying: …uzar, …enja, …ovush, …uz, …umon, …umush, …urash, …urak, …alit, …alla, …ulol, …umbaz, …unoh, …unjara, …unjut, …azlama, e…,…ar.

6. Nuqtalar o‘rniga x yoki q harflaridan mosini qo‘ying: …o‘roz, ma…sad, …amir, …alta, ta…simot, …omtama, …anjar, to‘…son, …afa, …aridor, …asmkor, ta…sim, …atar, …asta, …osiyat, …arajat, …avf, …ipcha, …itoy, …ayol.

7. Nuqtalar o‘rniga f yoki p harflaridan mosini qo‘ying: …oyda, …arq, ka…tar, …armon, …ikr, …uqaro, sa…ar, atro…, a…g‘on, a…zal, …aqir, tara…, ur…, u…a, …ol, tu…, inso…, …arf,

8. Nuqtalar o‘rniga y yoki j harflaridan mosini qo‘ying: …igit, …aproq, …avhar, …osh, …ordam, gi…da, …o‘lovchi, …umush, …iyda, ..ulduz, ilo…, a…darho, …adal, …oqimli, …az, …odi, …odu, …on.

9. Nuqtalar o‘rniga g‘ yoki v harflaridan mosini qo‘ying: to…, …oza, to…ri, o…iz, so…, bu…, o…riq, ala…da, anqo…, ar…amchi, aso…, beayo…, belbo…, biro…, yo…, do…, zo…, o…, tam…a, ulo…, uru…, yangli… .

5-mashq. Topshiriq: 1. Uchuq, butun, usul, yulduz so‘zlarining qaysi tilga xos ekanligini aniqlang, so‘zlarni

bo‘g‘inlarga bo‘ling, yopiq bo‘g‘iniga ahamiyat qarating, u yozilishi haqida xulosa chiqaring.

25

2. Mumkin, mushfiq, musiqa, munis, mudir, so‘zlarining qaysi tilga xos ekanligini aniqlang, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ling, yopiq bo‘g‘iniga ahamiyat qarating, i yozilishi haqida xulosa chiqaring.

3. Uyqu, bug‘u, tuyg‘u kabi so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrating, bo‘g‘in turlarini, ikkinchi bo‘g‘inida qanday undoshlar kelganligini aniqlang.

4. Turtki, tushki, kulgi so‘zlarini bo‘g‘inlarga ajrating. Ikkinchi bo‘g‘inini izohlang. 5. Sovuq, ovul, dovul so‘zlarini bo‘g‘inlarga ajrating, bo‘g‘in turlarini aniqlang. U yozilishi

haqida xulosa chiqaring. 6. Zohir, oqin, mohir so‘zlarini bo‘g‘inlarga ajrating, bo‘g‘in turlarini aniqlang. I yozilishi

haqida xulosa chiqaring. 7. Yozuv, totuv, boquv so‘zlarini bo‘g‘inlarga ajrating, bo‘g‘in turlarini aniqlang. I

yozilishi haqida xulosa chiqaring. 8. Chug‘urchiq, burushiq so‘zlarini bo‘g‘inlarga ajrating, bo‘g‘in turlarini aniqlang. U va I

yozilishi haqida xulosa chiqaring. 9. To‘qim, so‘qim, o‘tin so‘zlarini bo‘g‘inlarga ajrating, bo‘g‘in turlarini aniqlang. O‘ va I

yozilishi haqida xulosa chiqaring. Maqol va hikmatli so`zlardan foydalanish o`quvchilarning so`z boyligini oshirish bilan

birga unli yoki undoshlarning qo`llanishiga oid bilimlarini mustahkamlaydi, o`quvchilar ma`naviyatini o`stiradi. Buning uchun yozma ishlarda, nazorat diktantlarida o`quvchilar yo`l qo`yadigan unli yoki undoshlar bilan bog`liq xatolarni nazarda tutib “Maqol, hikmatli so`z bilan javob bering” o`yinini tashkil qilish mumkin.

1. Oltin xazina nima? (kitob) 2. Mehnati borning nimasi bor? (taxti) 3. Nima etimning haqidan yomon? (ko`pning haqi) 4. Nima o`z uyasiga qarab uchar? (qush) 5. Xalq ishi qanday ish? (haq) 6. Kimdan bemaza gap chiqadi ? (bekorchidan) 7. Qanday erda xato bor? (ish bor erda) 8. Ishlagan osh tishlar, ishlamagan-chi? (tosh) 9. Mehnat bilan nima og`a-ini? (o`qish) 10. Afting qiyshiq bo`lsa nimadan o`pkalama? (oynadan) va h.k. Ataylab noto`g`ri yozilgan so`zlarni imlo lug`atidan axtarib topish bo`yicha topshiriqlar

berish, zarur harfni qo`yib ko`chirtirish o`quvchilarni izlanuvchanlikka undaydi. Ko`rish, yozish, o`zlari faol qatnashish tufayli bilimlarning xotirada uzoq saqlanishida yordam beradi. Shuning uchun “Xatosini toping” o`yinini tashkil qilib borish lozim.

O`zbek tilidagi so`zlarning tarkibi, grammatik shakllar haqida ma`lumot berilganda, uni qoraqalpoq tili grammatikasi bilan qiyoslash o`rinli bo`ladi. Qoraqalpoq tilida deyarli barcha qo`shimchalarning fonetik variantlari mavjud. Masalan, o`rin-payt kelishigi qo`shimchasi –da doimo morfologik yozuv qoidasiga ko`ra yoziladi. Qoraqalpoq tilida esa -da (-de, -ta, -te, -nda, -nde) tarzida qo`llanadi.

atizda dalada Qiyar uyde bodring uyda

sebette savatda22 Jo`nalish kelishigi –ga o`zbek tilida morfologik tamoyil asosida ham, fonetik tamoyil

bo`yicha ham yoziladi: ishga

Dadam qishloqqa ketdi.

22 Naurizbaeva A.S. Metodika obucheniya konstruirovaniyu predlojeniy na urokax karakalpakskogo yazыka

v nachal`nыx klassax shkol s russkim yazыkom obucheniya. Avt. diss. na soik…kand.ped.nauk. – T.: 2002. –22 str.

26

Muborakka Qoraqalpoq tilida esa -qa, -qe, -ke, -g‘a, -ge, -a, -e qo`shimchalari barыs sepligini hosil

qiladi, asosan fonetik yozuv qoidasiga ko`ra yoziladi: baliqqa, terekke, balag‘a, uyge, balama, uyine.

O`quvchilarning imlo qoidalarini egallash ko`nikmalari morfologiya bo`limini o`rganishda mustahkamlanib boradi. Chunki imlo qoidalarining ko`pchiligi morfologik printsipga asoslangan. O`zbek tili so`z turkumlarini o`rganish o`quvchilarning o`rta umumiy ta`limda egallagan bilimlariga, ona tili ko`nikmalariga asoslanishi lozim. Bunda o`zbek tili va ona tili terminlarining o`zaro muvofiqligiga alohida e`tibor qaratish kerak. Shuni nazarda tutgan holda “Ta`riflaymiz” o`yinini tashkil qilish mumkin. Bunda o`qituvchi mavzuga mos bir necha ta`riflarning ro`yxatini tayyorlaydi. O`quvchilar esa ta`rif nima haqida ekanligini aniqlashlari lozim bo`ladi. Masalan, o`quvchilarning sifat, ravish, sifatdosh va ravishdoshlarga oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida quyidagicha ta`riflar ro`yxatini tuzish mumkin:

Ular qoraqalpoq tilida kelbetlik feyil deb yuritiladi. (sifatdosh) Ularda qo`shma so`zlar asosan qo`shib yoziladi. (sifat) Ular qoraqalpoq tilida hal feyil deb ataladi. (ravishdosh) Ular tuzilishiga ko`ra sodda, qo`shma, juft va takroriy bo`ladi. (sifat, ravish). Jarangsiz undosh bilan tugagan fe`l o`zagiga qo`shilganda jarangsizlashib aytilsa ham,

yozuvda morfologik yozuv qoidasiga ko`ra yoziladi. (ravishdosh, sifatdosh) Ular harakat-holatning belgisini bildirib kelishlari bilan bir-birlariga o`xshaydilar.

(ravish, ravishdosh) Ular tub va yasama bo`ladi. (sifat va ravish) Ular q bilan tugagan fe`l o`zagiga –qach, -quncha, -qani tarzida qo`shiladi. (ravishdosh) -ga, -dan, -da, -i, -si qo`shimchalari ularning tarkibida yaxlitlanib qoladi. (ravish) Ular etakchi va ko`makchi fe`llarni bog`lab keladi. (ravishdosh) Ularning qoraqalpoq tilida -tugыn shakli mavjud. (sifatdosh) Ulardagi -b, -ib qo`shimchasini doim morfologik yozuv qoidasi bo`yicha yozishimiz kerak.

(ravishdosh) va h.k. Bu usuldan foydalanish natijasida o`quvchilar so`z turkumlarining o`xshash va farqli

tomonlarini ajrata boshlaydilar, imlo qoidalarini etarli darajada o`zlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

O`zbek tili so`z turkumlarini o`rganishda o`quvchilarning ona tili ko`nikmalariga asoslanish lozim. Bunda o`zbek tili va ona tili atamalarining o`zaro muvofiqliligiga alohida e`tibor qaratish kerak. Xususan, so`z turkumlari o`zbek tilida ham, qoraqalpoq tilida ham deyarli bir xil nomlanadi: ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, modal so`zlar, undov so`zlar, taqlid so`zlar kabi atamalarimizga qoraqalpoq tilidagi atlыq, kelbetlik, sanlыq, almasыq, feyil, rao`ish, tirkeo`ish, daneker, janapay, modal` so`zlar, tanlaqlar, elikleuishler mos keladi.

Ko`rinadiki, o`qituvchi o`quvchining ona tilidan egallagan bilimlariga tayansa, grammatik ma`lumotlarni berish uchun ko`p vaqt sarflamasa, aksincha, o`quvchilar lug`atini ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish, yordamchi so`zlar, alohida turkumlar – undov, taqlid, modal so`zlar bilan boyitish yo`llarini axtarsa, so`zning turli shakllarini o`rganish, yangi so`zlar hosil qilish, ularni qiyoslash, so`zlarni so`z birikmalarida, gap tarkibida, bog`lanishli nutqda o`rinli ishlatish ko`nikmalarini rivojlantirishga harakat qilsa, har bir so`zning o`quvchi shaxsining dunyoni bilish va o`zlashtirishdagi, uning nutqiy faoliyatidagi muayyan bir xizmatlari bo`lishiga e`tibor qaratsa, o`quvchi amaliyotida tez-tez uchrab turadigan so`zlarga ko`p murojaat qilsa ular nutqining ravon, boy, ta`sirchan bo`lishiga erishadi. Shundagina o‘rinlaydi (bajaradi), tavallud topdim (tarjimai hol yozilganda tug`ildim so`zi o`rnida badiiy uslubga xos jumlaning qo`llanilishi),

27

muqaddaslaydi (ulug‘laydi), siyliqli (faxrli), o‘z ishining mamani (o‘z ishining ustasi) kabi so`z va jumlalarni noo`rin qo`llash bilan bog`liq xatolarni bartaraf qilib borish mumkin bo`ladi.

So`z turkumlarini o`rganishda o`quvchilar so`z boyligini oshirish imkoniyatlari benihoya ko`p. O`quvchi nutqiy malakalarini o`stirishda har bir turkumning uslubiy imkoniyatlaridan o`rinli foydalanish, so`zlarni nutq sharoitiga mos ravishda erkin va mustaqil qo`llashni o`rgatish o`quvchilarning fikrlash darajasini kengaytiradi, tafakkurini o`stiradi.

Shuni alohida ta`kidlash o`rinliki, har bir so`z turkumiga xos grammatik kategoriyalar o`rgatilar ekan, ularning qoraqalpoq tilida xuddi shu kategoriyalarga mos kelishi yoki mos kelmasligi, qaysi grammatik shakllarning o`zbek tilida faol qo`llanilishi, qoraqalpoq tilida ularga qaysi grammatik ko`rsatkichlarning muvofiq kelishi tushuntirilib borilsa, ularga oid ma`lumotlar asosida mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqilsa yaxshi samara beradi. Shunday yo`l tutilganda o`quvchilar nutqida o‘quv davrinda (harakat nomi va egalik qo`shimchasi), akademiyaliq litsey, xayolchang (sifat yasovchi qo`shimcha), so‘ranaman, o’qib atir (zamon qo`shimchasi), ranjitpay (ravishdoshning bo`lishsiz shakli), so‘rav lazim (harakat nomining -v shakli qoraqalpoq tilida faol qo`llanishi tufayli) kabi xatolar bartaraf qilinadi.

Umumta`lim maktablarining o`zbek tili o`qituvchilari asosan nazorat diktantlari, ayrim hollarda bayon, insho yozdirayotganligini kuzatdik. Diktantning nazorat turidan tashqari lug`at, izohli, sharhli, saylanma, grammatik topshiriqli, ijodiy, xotira (yoddan yozuv) kabi ta`limiy diktant turlaridan foydalanish o`quvchilar savodxonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini o`qituvchilar e`tiborda tutishlari kerak.

Darhaqiqat, sharhli diktantlar (diktantы s kommentirovaniem) o`tkazilganda, o`qituvchi diktovkasi ostida o`quvchilar matnni yozayotganlarida oldindan belgilangan “sharhlovchilar” so`zlarning qanday yozilishi, tinish belgilarining qo`yilishini tushuntirib bordilar. Bu o`quvchilarning to`g`ri yozish ko`nikmalarini ongli o`zlashtirishlariga yordam berdi.

Masalan, Hirot sultoni Husayn Boyqaro “Dunyodagi eng xushbo‘y hidli narsani keltiring”, – deb qolibdi. Unga quchoq-quchoq gul keltirishibdi. Husayn Boyqaro rad etibdi. Yer yuzidagi jamiki xushbo‘y hidli narsalarni muhayyo qilishibdi, sulton bo‘lsa: “Men aytgan narsa bu emas” – deb turib olibdi.

Ushbu matn yozdirilayotganda guruhdagi bir o`quvchi shunday sharh berdi: Hirot – atoqli ot, bosh harf bilan yoziladi, yumshoq h (hakke so`zidagi) yozamiz. Husayn Boyqaro atoqli ot – bosh harf bilan yoziladi. Dunyodagi so`zi bilan ko`chirma gap boshlanayapti, bosh harf bilan yoziladi; xushbo`y – qo`shma so`z, qo`shib yoziladi, hid – yumshoq h bilan yoziladi; deb – b jarangsizlashib p tarzida aytilsa ham b yoziladi; qolibdi – ip eshitiladi, ib yoziladi, chunki – -ib ravishdosh qo`shimchasi; –ti eshitiladi, –di yoziladi, o`tgan zamon qo`shimchasi; unga – yangi gapning boshlanishi, bosh harf bilan yoziladi; quchoq-quchoq – takroriy so`z – chiziqcha bilan yozamiz; portlovchi ch qo`llangan; keltirishibdi – -ib ravishdosh qo`shimchasi –ip tarzida aytiladi, –ib yoziladi; 4-bo`g`inda sirg`aluvchi sh (shana so`zidagi) yoziladi, portlovchi ch bilan adashtirmang; –di qo`shimchasi –ti bo`lib eshitiladi, lekin –di yoziladi, morfologik printsip bo`yicha; er – yangi gapning birinchi so`zi, bosh harf bilan yozamiz va h.k.

Diktant matni yana bir o`qilgandan keyin tinish belgilari sharhlandi: Dunyodagi eng xushbo`y hidli narsani keltiring gapi ko`chirma gap, qo`shtirnoqqa olamiz; darak gap (xabar gap) bo`lgani uchun vergul, tire qo`yamiz; ko`chirma gap muallif gapining ichida kelgan, shuning uchun Husayn Boyqaro so`zidan keyin ikki nuqta qo`yiladi; 1- gap qolibdi so`zi bilan, 2- gap keltirishibdi, 3- gap rad etibdi, 4-gap turib olibdi so`zi bilan tugagan; hammasi darak gap, shuning uchun nuqta qo`yamiz va h.k.

Dastlab guruhdagi eng yaxshi o`qiydigan o`quvchilar “sharhlovchi” rolini bajargan bo`lsa, o`quv yilining oxiriga kelib, deyarli barcha o`quvchilar bu vazifani bajara oladigan bo`lishdi. Sharhlashda dastlabki paytlarda qoraqalpoqcha so`zlardagi tovushlarni misol tariqasida keltirib o`tish (shana, hakka, xat, qoraz), qoraqalpoqcha atamalardan foydalanish yaxshi samara beradi,

28

keyingi jarayonda o`zbek tilining tovushlar tizimini yaxshi o`zlashtirish natijasida aynan o`zbek tilining tovushlar tizimiga xos atamalar orqali sharhlashga imkoniyat paydo bo`ladi.

Teleko`rsatuv va radioeshittirishlarda, xususiy studiyalarda yaratilayotgan fil`mlarda o`zbek adabiy tili me`yorlariga rioya qilmaslik (ba`zan suxandonlar nutqida ham) odat tusiga kirib qoldi. Bu hol qoraqalpoq tilida ta`lim olayotgan o`quvchilarning o`zbek adabiy tilini o`rganishlariga salbiy ta`sir ko`rsatadi. O`zbek tili o`qituvchilari bu holatni hisobga olib borishlari lozim. Ba`zi kinofil`mlarni o`quvchilar bilan birgalikda tomosha qilish, mavzuga mos parchalarni tanlab, o`quvchilar bilan muhokama qilish, o`quvchilarning shevalar ta`siridan chiqib olishlariga, adabiy til me`yorlarini puxta egallashlariga yordam beradi. “So`zlashuv uslubi, o`zbek xalq shevalari va adabiy til” mavzusini o`rgatish jarayonida bizning tavsiyalarimiz asosida “O`zbekkino” milliy agentligining 5 –studiyasi yoshlar ijodiy uyushmasi tomonidan suratga olingan “O`yin” kinofil`midan ayrim parchalarni o`qituvchilar Artiqboeva Anora, Razzaqova Muqaddas, Yuldasheva Nazokat, Nurmanova Matlubalar o`z guruhlarida o`quvchilar bilan birgalikda tomosha qilgandan keyin aktyorlar nutqi bo`yicha quyidagi usulda kichik guruhlarda ish olib bordilar: Dastlab fil`mning ona va Jamshid suhbati aks ettirilgan epizodi namoyish qilindi. So`ng o`quvchilarga shunday topshiriqlar berildi:

— aktyorlar nutqini yozib olishga harakat qiling; — aktyorlar nutqidagi shevalarga xos talaffuz qilingan so`zlarni aniqlang; — siz alohida ajratgan so`zlar o`zbek adabiy tilida qanday talaffuz qilinadi? O`quvchilarning dialogni yozib olishlari uchun parcha bir necha marta namoyish qilindi. Jamshid: Bugun tunda kemasam xavotir omangla. O`rtog`larim bilan aylangani

ketyappiz Chalakka. Ona: ..... Jamshid: Bugun bozoru, bir kun dam olishga haqqim bormi, yo`qmi? Ona: To`r kundan beri bozor bo`lyapti. Yangi kuyov dip indamadik. Choyxona

tog`angniki bo`sa. Ha, mundog` o`ylash keraymi? Jamshid: Bu deyman, ertalaptan kayfiyatti bir pul qilish bizzi oyilada odat bo`p

qoganmi? Kechayam nag`ma qildiyiz, bugunam. Tinchgina choy ichib bo`ladimi, yo`g`mi? Ona: Ha, to`g`ri-da, tog`angga nima deysan? Jamshid: Tog`am bilan o`zim gaplashaman. Silani ishingla bo`masin. Guruhlar eng ko`p xato topish va ularni to`g`rilash bo`yicha musobaqalashdilar. Xavotir

omangla, o`rtog`larim, ketyappis, to`r, dip, bo`sa, mundog`, keraymi, ertalaptan, kayfiyatti, bizdi, oyilada, odat bo`p, qoganmi, kechaam, qildiyiz, bugunam, yo`g`mi, silani, ishingla, bo`masin kabi so`zlarni misol tariqasida keltirdilar. O`qituvchilar o`quvchilarning javoblaridagi ketyappis, bo`sa, mundog`, ertalaptan, oyilada, odat bo`p, qoganmi, kechayam, bugunam, bo`masin kabi so`zlarning adabiy talaffuzga zid emasligini, ayrim tovushlar va qo`shimchalarning shevalarda adabiy tildan farq qilishini tushuntirdilar. Shu tariqa o`quvchilar shevaga xos talaffuz va adabiy talaffuz haqida kengroq ma`lumotga ega bo`ldilar. Bugungi kunda shu kabi usullardan foydalanish uchun imkoniyatlar topish mumkin. Chunki komp`yuterlarga o`zbek tilida suratga olingan yoki o`zbek tiliga dublyaj qilingan fil`mlar, mult`fil`mlar, albatta, kiritilgan. O`qituvchilar o`quvchilarning saviyasiga mos, tarbiyaviy ahamiyati katta bo`lgan kino mahsulotlarini tanlab qoraqalpoq tilida so`zlashuvchi o`quvchilarning tinglab tushunish malakalarini rivojlantirish va darsda o`rganilishi ko`zda tutilgan grammatik mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda badiiy va hujjatli fil`mlar hamda mul`tfil`mlardan foydalansalar, davlat tili ta`limining samaradorligi yanada ortadi.

NAZORAT SAVOLLARI

1. O`zbek va qoraqalpoq tillarining mushtarak jihatlari haqida ma`lumot bering.

29

2. Har ikkala tildagi fonetik, leksik umumiylik va o`ziga xosliklar nimalardan iborat. 3. O`zbek, qoraqalpoq tillarining grammatik qurilishidagi umumiylik hamda o`ziga

xosliklar haqida gapirib bering. 4. TQM da tillarning mushtarakligi va o`ziga xosliklarini hisobga olish qanday samara

beradi.

30

5-MA`RUZA DAVLAT TILI TA`LIMIDA DARSDAN TAShQARI MAShG`ULOTLA RNI

TAShKIL ETISh USULLARI

1. Darsdan tashqari mashg`ulotlarning turlari 2. Darsdan tashqari ishlarni tashkil etish, nazorat qilish va baholash usullari 3. O`zbek tilidan olimpiadalar tashkil qilishning o`ziga xos xususiyatlari 4. Xulosalar

Metodika ilmida darsdan va maktabdan tashqari ishlar yakka, guruhga bo`linib ishlash va

ommaviy ishlash shakllariga bo`linadi. O`quvchilarga she`r, monolog yod oldirish; o`zbek tilida ashula, raqs o`rgatish; maqola

yozish bilan tanishtirish; dars uchun ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar tayyorlatish; o`zbek tilida ma`ruza qilishga, olimpiadada ishtirok etishga tayyorlash kabilar yakka ishlash turi hisoblansa, o`quvchilarni til to`garaklariga jalb qilish, to`garak a`zolari bilan toponimlarni yoki frazeologizmlarni chuqurroq o`rganish, qoraqalpoq tilidan o`zbek tiliga yoki aksincha tarjima qilish, o`zbek adiblarining asarlariga stsenariylar yaratish, ularni sahnalashtirish kabilar guruh bo`lib ishlash turiga kiritiladi.

Ommaviy shaklga o`zbek tilida kechalar, olimpiadalar, quvnoqlar va zukkolar musobaqasini tashkil qilish; fil`m tomosha qilish, so`ng uni o`zbek tilida muhokama qilish, o`zbek tilida devoriy gazetalar chiqarish, stendlar tashkil qilish kabi turlarini kiritish mumkin.

Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning o`zbek tili ta`limida darsdan tashqari mashg`ulotlar alohida ahamiyatga egadir. Darsdan tashqari mashg`ulotlar yordamida o`zbek tilini chuqur o`zlashtirishga, o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini o`stirish, fanga doir bilim va ko`nikmalarini mustahkamlashga erishiladi.

O`zbek tili ta`limida darsdan tashqari mashg`ulotlar quyidagi maqsad va vazifalarni ko`zlagan holda olib boriladi:

1. O`zbek tili fani bo`yicha o`quvchilar bilimini chuqurlashtirish. 2. O`quvchilarning tafakkurini rivojlantirish. 3. Bilim olishga bo`lgan intilishni rivojlantirish. 4. Aniq ilmiy faoliyatga tayyorlash. 5. Aqliy mehnatni ilmiy tashkil qilishni o`rgatish. 6. Ommaviy nutq malakalarini shakllantirish, rivojlantirish. 7. Fanlararo bog`liqlikni ta`minlash. 8. Egallangan bilimlarni amalda tatbiq eta olishni o`rgatish. 9. O`quvchilarni o`zbek adabiyoti namunalari bilan kengroq tanishtirish. 10. O`z va o`zgalar faoliyatiga baho berish, hurmat qilish hissini rivojlantirish. Sanab o`tilgan vazifalardan darsdan tashqari mashg`ulotlarning mazmun va mohiyati kelib

chiqadi. Darsdan tashqari mashg`ulotlarning quyidagi shakllari ko`p qo`llaniladi: 2. Til va adabiyot to`garaklari. 3. Ekskursiya, sayohatlar. 4. Kecha va viktorinalar. 5. Fan bo`yicha olimpiadalar o`tkazish. Darsdan tashqari ishlarni quyidagi shakllarda tashkil etish mumkin: – o`zbek tili fanining nazariy mavzularini o`quv adabiyotlari, lug`atlar yordamida mustaqil

o`zlashtirish; – o`quvchilar konferentsiyalarida, seminarlarida ma`ruzalar bilan qatnashish; – ko`rik-tanlovlarda ijodiy insholar bilan ishtirok etish; – fanlardan uyga beriladigan topshiriqlarni bajarish;

31

– til va adabiyot to`garaklari faoliyatida ishtirok etish; – fan bo`yicha olimpiadalarda qatnashish va h.k. Biz quyida o`quvchilarning darsdan tashqari ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash

yuzasidan maktablarda amalga oshirilayotgan tadbirlardan birining tafsilotini keltirib o`tmoqchimiz.

O`qituvchi o`quvchilarga Said Ahmadning “Sarob” hikoyasini o`qib, o`rganish, tahlil qilishni vazifa qilib topshirgan. Savol va topshiriqlar oldindan tayyorlanib, ular o`quvchilarga tanishtirilgan. Savollar quyidagi mazmunda bo`lib, ular o`quvchilar hikoya matni bilan tanishib bo`lgach, taqdim qilingan:

1. Nima uchun yangi kelgan mahbuslar lagerning zo`ravonlariga yoqmadi, deb o`ylaysiz? 2. Olimjon domlaning oftobda yalang`och yotganlarga qarab ichi yonib, kuyib, o`rtanib,

ko`zlaridan oqqan yosh soqollariga tomib turishini qanday izohlaysiz? 3. Maktabga kelgan notanish odam o`z maqsadini amalga oshirish uchun nimaga aynan

Kimsanboyni tanladi, deb o`ylaysiz? 4. Pavlik Morozov kim? U haqda nimalarni bilasiz? 5. Kimsanboyning Mansurov bergan tilxatni bir o`qib chiqiboq darhol imzolashini qanday

izohlaysiz? 6. Domla qamalgandan keyin odamlarning u haqda salbiy fikr bildirishlarini izohlang. 7. Mansurovning xatti-harakati sizda qanday fikr uyg`otdi? 8. Tergovdagi ota va o`g`il yuzlashganda otaning “E-e, attang, attang!”- deb peshonasiga

shapillatib urishi sizda qanday fikr tug`dirdi? 9. O`ng qo`li sinib, qiyshiq bitib qolgan, yurganda boshi u yoq bu yoqqa og`ib ketaveradi,

deb ta`riflangan Kimsanboyning bunday ahvolga tushib qolishining sabablarini aytib bering. 10. Kimsanboyning o`z joniga qasd qilishini qanday izohlaysiz? 11. Olimjon domla Kimsanboyning jasadiga uzoq tikilib o`tirib, o`kirib yig`lagani holda,

nima uchun janoza o`qilib dafn qilinishini xohlamadi, deb o`ylaysiz? 12. Hikoyaga nima uchun “Ota qarg`ishi misoli o`q – u oxiratda emas, shu dunyoning

o`zida nishonga tegadi”, degan jumla epigraf qilib olingan? 13. “Sarob” so`zining lug`aviy ma`nosini izohlang, hikoyaga nima uchun shu so`z sarlavha

qilib olingan? 14. Hikoyada aks etgan voqeaning bugungi hayotimizga daxldor jihatlari haqida gapirib

bering. 15. Asardagi roviy-rassom obrazi haqida fikr bildiring. O`qituvchi topshiriqning bajarilishini boshqacha yo`sinda nazorat qildi, ya`ni savollarga

beriladigan javoblarni har bir o`quvchidan alohida qabul qilish amaliyotidan voz kechib, “Sarob” hikoyasi yuzasidan kitobxonlik kechasi tashkil qildi.

Dastlab o`qituvchi hikoya muallifi Said Ahmad ijodi haqida ma`lumot berdi. So`ng muammoli ta`lim metodidan foydalanib, hikoya yuzasidan bahs-munozara tashkil qildi. Bahslashuvchilarning fikrlari turli-tuman bo`ldi, bu tabiiy hol edi. Aslida o`qituvchi uchun shunisi muhim edi. Masalan, “Kimsanboyning Mansurov bergan tilxatni bir o`qib chiqiboq darhol imzolashini qanday izohlaysiz?” degan savolga o`quvchilar shunday javob berdilar:

1-o`quvchi: Mansurov Kimsanboyni shon-shuhratga qiziqtirdi. Uning “Biz aytgan ishlarni bajarsang, seni Butunittifoq pionerlarining “Artek” nomli lageriga yuboramiz. Faol pionerlarning Moskvada bo`ladigan slyotida ham qatnashasan. O`sha erda buyuk ustozimiz, dohiymiz Stalinni ko`rasan”, degan gaplari 12 yoshli Kimsanboyni qiziqtirmasligi mumkin emas edi.

2-o`quvchi: Kimsanboy otasi haqida ma`lumot to`plab berishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushunadigan yoshda edi.

3-o`quvchi: Kimsanboyning bunday yo`l tutishida otaning ham aybi bor-ku! Ota o`z o`g`liga e`tiborsiz qaragan. Asarda “Domlaning bo`yiga etib qolgan egizak qizlari bor edi. Shu egizaklardan keyin ko`rgan bolalari turmadi. Bir yoshga to`lar-to`lmas vafot etaverdilar”,

32

deyiladi. Menimcha, ota intizor bo`lib kutgan yolg`iz o`g`lini erkalab o`stirgan bo`lishi mumkin. “Shu bola o`n ikki yoshga kirdi. Beshinchi sinfda o`qiydi. Domla kitob titish bilan ovora. Tong otguncha o`tirib, nimalarnidir yozadi”, - deydi yozuvchi. Bu parchadan otaning o`z ishlari, tashvishlari, ilm bilan bo`lib, o`g`liga e`tibor bermaganligini payqash mumkin.

2-o`quvchi: Asarda Olimjon domlaning Lenin, Stalin haqida yozilgan she`rlarni jon-dili bilan deklamatsiya qilayotgan, rayon, viloyat miqyosida o`tadigan tantanali yig`inlarda, slyotlarda, konferentsiyalarda qatnashayotgan o`g`liga “Bolam, unaqa havoyi ishlarga juda ham berilib ketma, yo artist bo`lmoqchimisan? Yaxshisi, darsingni tayyorla”, deb nasihat qilishi haqida ham aytilgan. Kimsanboy uchun otani ayblash noto`g`ri.

O`quvchilarning “Domla qamalgandan keyin odamlarning u haqda salbiy fikr bildirishlarini izohlang”, – degan topshiriqqa ham javoblari turlicha bo`ldi:

1-o`quvchi: Asarda aytilishicha, domla qamalgandan keyin “Maorifga uya qurgan quzg`unlar” nomli maqola e`lon qilinadi. Shuning uchun ayrim kishilar domla haqida salbiy fikr bildirishlari tabiiy edi.

2-o`quvchi: Hikoyada tasvirlanishicha, domla o`ta bilimdon, dono kishi. Tabiiyki, uni ko`rolmaydiganlar, har bir yutug`iga hasad bilan qaraydiganlar bo`lgan. Ig`volar, baland-past gaplar shunday kishilar tomonidan o`ylab topilgan bo`lishi mumkin.

3-o`quvchi: Menimcha, ko`pchilik domlaning yaxshi inson ekanligini biladi. Lekin zamon og`ir bo`lgan. Odamlar birin-ketin aybsiz qamalavergan, hadik, qo`rquv hukmronlik qilgan. Har kim o`z jonini o`ylagan. Nazarimda, yozuvchi shu holatni ifodalamoqchi bo`lgan.

“Mansurovning ishi sizda qanday fikr tug`dirdi?” – deb qo`yilgan savolga o`quvchilar shunday javob berdilar:

1-o`quvchi: Mansurov kabi kimsalar xalqimiz boshiga qancha musibatlarni solgan. Asl farzandlar, o`zbek yozuvchilaridan A.Qodiriy, Cho`lpon, U.Nosir, qoraqalpoq ziyolilaridan Q.Avezovlar qatag`onga uchrashida Mansurovlarning “xizmati” katta.

1-o`quvchi: Mansurov bolaning yoshligidan, g`o`rligidan foydalandi. Uni yolg`on-yashiq, tuhmat, ig`vo ishlarga aralashtirdi, soxta shon-shuhrat ketidan quvlashga o`rgatdi.

O`qituvchi shu kabi bahs-tortishuvlar, munozaralardan xulosa chiqarishni ham o`quvchilarning ixtiyoriga berdi.

Hikoyada aks etgan voqeaning bugungi hayotimizga daxldor jihatlari haqida gapirar ekanlar, o`quvchilar bugungi kunda ham yoshlar hayotiga suqilib kirayotgan yot illatlar borligini, ulardan ehtiyot bo`lish lozimligini ta`kidladilar. Mansurov, Kimsanboy Yolqinovlar xalq boshiga solgan kulfatlar, musibatlar yana takrorlanmasligi uchun yoshlar, o`smirlar va ota-onalar ogoh bo`lishi; hushyorlik boy berilmasligi; terrorizm, giyohvandlik kabi illatlar chuqur ildiz otishiga yo`l qo`ymaslik lozimligiga diqqat qaratdilar.

Munozaradan so`ng o`quvchilar kichik guruhlarga ajraldilar. Ular quyidagicha nomlandi: 2. “Adabiyotshunoslar guruhi”. 3. “Tilshunoslar guruhi”. 4. “Rassomlar guruhi”. 5. “Stsenariychilar guruhi”.

Dastlab 10 daqiqa, so`ng qo`shimcha berilgan 3 daqiqa, jami 13 daqiqa ichida o`quvchilar topshiriqlarni bajarish uchun o`z jamoasida ishladilar.

“Adabiyotshunoslar” asarning badiiy xususiyatlari, obrazlar haqida fikr bildirdilar. Hikoya janri xususiyatlari haqida gapirib berdilar.

“Tilshunoslar” asarning til xususiyatlari haqida so`zlab, eskirgan so`zlarga misollar topishdi: deklamatsiya, komsomol, pioner, rayon, slyot kabilar.

“Stsenariychilar” GPU xodimi Mansurov va Kimsanboyning birinchi va ikkinchi uchrashuvlari, Olimjon domlaning Fuzuliy g`azali mag`zini chaqib bergan o`rinlarni tanlab stsenariy yaratishdi va uni o`qib berishdi.

33

“Rassomlar” guruhi ikkita tasvir yaratishdi. Ulardan birida Mansurov Kimsanboyga soat sovg`a qilayotgani tasvirlangan edi. Ikkinchisida Kimsanboy o`z joniga qasd qilishi, ko`ksida Stalin tasviri bilan dafn qilinayotganligi aks etgan edi. Ikkinchi rasmda jasadga teskari qarab o`tirgan 2-3 kishi tasvirlangan bo`lib, “Rassomlar” bu holni Kimsanboy o`z joniga qasd qilib azob-uqubatdan qutulmoqchi bo`ldi, lekin ota va el g`azabidan, nafratidan o`lib ham qutulolmaydi, deb izohladilar.

Hikoyadan olgan taassurotlarini o`rtoqlashar ekanlar, o`quvchilar quyidagi fikrlarni bildirishdi: “Olqish olmasam ham qarg`ish olmaslikka intilaman”, “Ota qarg`ishini olmaslik lozim”, “O`zgalar tomonidan aldanmaslikka harakat qilish lozim”, “Uydagi gapni ko`chaga chiqarish yomon oqibatlarga olib keladi” va shu kabilar.

O`qituvchi Said Ahmadning “Qorako`z majnun” kitobidan o`rin olgan adabiyotshunos olim Umarali Normatovning “Sarob” hikoyasi haqidagi fikrlari bilan kechaga yakun yasadi va hikoya yuzasidan insho yozishni topshiriq sifatida tayinladi.

Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, o`quvchilar o`z qarashlarini ifodalar ekanlar ayrim jumlalarni juda jo`n tuzganlar. Tasvirni yaqqol aks ettirishga xizmat qiluvchi sifatlovchilardan kam foydalandilar. Ona tilining salbiy ta`siri, ya`ni interferentsiya sezildi, xususan, so`zlarni to`g`ri talaffuz qilmaslik, qo`shimchalarni noto`g`ri qo`llash kuzatildi. (Fuzuliy emas, Fizuliy; do`stidan emas, do`stinan; kechirim emas keshirim kabilar). O`qituvchi mumkin qadar o`quvchilarning xato va kamchiliklarini to`g`rilab borishga intildi. Muhimi shuki, darsdan tashqari tadbirlarni o`tkazish jarayonida o`quvchilar nutqidagi kamchiliklarni ko`proq aniqlash imkoni paydo bo`ladi.

Albatta, bunday mashg`ulotlarni tashkil qilish o`qituvchidan ham, o`quvchidan ham g`ayrat, shijoat talab qiladi. Kundalik darsda o`quvchilar tayyor bo`lmasalar, o`qituvchi o`zining mahorati bilan bu holatdan qutilib keta oladi. Biroq darsdan tashqari mashg`ulotlarga o`quvchilar tayyorgarliksiz kelsalar, ishni tashkil etish murakkablashadi. O`qituvchi “Menga ayt, esimdan chiqaraman, menga ko`rsat, eslab qolishga harakat qilaman, meni qatnashtir, hammasi meniki bo`lib qoladi”, – degan xitoy xalq maqolini shior qilib olsa, bu maqol mazmunini o`quvchilar ongiga singdirsa, maqolni ularning mulkiga aylantirsa, o`quvchilarni mustaqil mutolaaga qiziqtirsa, yaxshi natijalarni oldindan bashorat qilish va unga erishish osonlashadi. Ta`lim qoraqalpoq tilida olib borilayotgan maktablar o`quvchilari o`zbek adiblarining asarlarini o`qib-o`rganishga tashna. Hatto o`qituvchilar o`quvchilarining adabiyot darslarini ko`proq tashkil qilishni iltimos qilib murojaat qilayotganliklarini ta`kidlaydilar. Hozirgi sharoitda esa yuqoridagi kabi usullardan foydalanib o`zbek adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borilsa, o`quvchilarning o`zbek adabiyoti nazariy masalalarini chuqurroq o`rganishlariga, adabiy tahlil ko`nikmalarining rivojlanishi uchun imkon yaratiladi. Bu esa o`z navbatida qoraqalpoq tilida ta`lim olayotgan o`quvchilarning o`zbekcha so`z boyligini oshirish, nutqiy savodxonligini rivojlantirish, ma`naviyatini boyitishda muhim omil hisoblanadi. Shu bois mustaqil ishlarni tashkil etishda munozaraga sabab bo`luvchi badiiy asarlarni tanlab, o`quvchilar hukmiga havola qilishdan cho`chimaslik lozim.

Umumta`lim maktablarida darsdan tashqari mashg`ulot shakllaridan biri hisoblanuvchi “Til bayrami” va boshqa shu kabi kechalarning o`quvchilar tafakkurini o`stirishda ahamiyati kattadir:

Nurlan: Assalomu alaykum, aziz ustozlar va qadrli mehmonlar! Nigora: Assalomu alaykum, hurmatli o`quvchilar! Nurlan: 21 oktyabr` o`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi kuniga bag`ishlab

o`tkazilayotgan badiiy kechamizga xush kelibsiz! Nigora: 1989 yildan buyon bu kun har yili yurtimizda o`ziga xos tarzda nishonlanib, tarixiy

voqelik sifatida qadrlanadi. Nurlan: “Qancha ko`p tilni bilsangiz, shuncha yaxshi. Biroq odam ona tilida tafakkur

qiladi, ona tilida yig`laydi, farzandlarini ona tilida erkalatadi. Hatto o`lim oldidan onasini ona tilida yo`qlaydi”,- degan edi O`zbekiston Xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimov.

34

Nigora: Bilasizmi, O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov Rasul Hamzatovning “Ona tilim” she`rini yuksak badiiy mahorat bilan o`zbek tiliga tarjima qilgan. Unda shunday satrlar bor:

Mayli, kim qay tilda zavqu shavq olsa, Mening o`z tilimga ming jonim fido. Erta ona tilim agar yo`qolsa, Men bugun o`limga bo`lurman rizo. Mayli, qashshoq bo`lsin, mayli behasham, Lekin mening uchun aziz va suyuk. Jahon minbaridan yangramasa ham, Ona tilim menga muqaddas buyuk.

Aniq fanlar yo`nalishi 203-guruh o`quvchisi Akimova Raisaning shoir Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Ona tilim” she`rini maromiga etkazib o`qishini ko`rganingizda she`r o`zbek o`g`il-qizlari tomonidan o`qilayotgandek tasavvur uyg`otadi:

Garchi zug`um qilganlarni yoqtirmadim, She`r yozdimu bo`lak ishni qotirmadim. Tilim turib o`z tilimda gapirmadim, Bir eslasam eziladi bag`ri-dilim. Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Kimdir mayda millat bo`ldi, kimdir katta, Katta millat-Afandisi yo`qdir hatto, Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda, Zulm o`tsa faqat sendan o`tdi zulm, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Sen bo`lmasang nima bizga silliq she`rlar, Bu dunyoda tili yo`qda dil yo`q derlar, Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar, Yuragimning to`ridagi so`lmas gulim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Bir qarasam har shevangda ming jilolar Har novdangda, har mevangda ming jilolar. Qodiriylar, Cho`lponlar-u, Abdullolar, Sening qaytgan kuning men tug`ilgan yilim, Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

Bu kabi she`rlarning ifodali o`qib berilishi o`quvchilar ruhiyatini shakllantirishga, ma`naviy olamini boyitishga, ona tiliga, boshqa tillarga bo`lgan mehr-muhabbatini oshirishga xizmat qiladi. Nafaqat bu kabi kechalarda balki boshqa shu kabi darsdan tashqari mashg`ulotlarda, kundalik dars jarayonida o`quvchilarda she`riy nafosatni uyg`otish, rivojlantirish, she`riy san`atlarni ilg`ay olishga o`rgatish, aruz sirlari bilan tanishtirish, adabiy turlar va janrlarga oid tasavvurga ega bo`lishlari, asarning g`oyaviy-badiiy ahamiyatini to`la anglab etishlariga erishish borasida yangi, qulay usullarga murojaat qilish lozimdir.

Ta`lim o`zga tillarda olib boriladigan maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida boshqa fanlar qatorida garchi o`zbek tili tarkibida bo`lsa ham, o`zbek adabiyotini o`qitish muhim o`rin tutadi. Chunki vatanimizda yashovchi boshqa millat farzandlarining o`zbek adabiyotining boy adabiy merosi, o`zbekona urf-odatlar, milliy-ma`naviy qadriyatlar, millatning o`ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishishi millatlararo yaqinlik va ahillikka, pirovard natijada davlatimizning yanada ravnaq topishiga xizmat qiladi.

35

Ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan o`rta va o`rta maxsus ta`lim maskanlarida o`zbek adabiyotining o`zbek tili tarkibida o`qitilishi jarayonida o`quvchilarga o`zbek adabiyoti, uning tarixi, o`zbek yozuvchi va shoirlarining ijodiy faoliyatini o`rgatish maqsad qilib olingan. Lekin shu tipdagi o`quv maskanlarida o`zbek adabiyotini o`qitish ta`lim o`zbek tilida olib boriladigan o`quv yurtlarida o`zbek adabiyotini o`qitishdan ajratilgan o`quv soati, mavzu doirasi, o`rganiladigan masalalar ko`lami jihatidan farq qiladi. Bizningcha, mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda ta`lim o`zga tillarda olib boriladigan o`rta va o`rta maxsus o`quv maskanlarida ham o`zbek adabiyotidan darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish orqali o`quvchilarni o`zbek adabiyotiga qiziqtirish borasida talay ishlarni amalga oshirish mumkin. Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi 1-sonli akademik litseyda o`zbek tili va adabiyoti o`qituvchisi Matluba Nurmanova bilan hamkorlikda G`afur G`ulom ijodi bo`yicha uyushtirilgan darsdan tashqari mashg`ulotda bunga to`la ishonch hosil qildik.

Bizning tavsiyalarimiz asosidagi mashg`ulotga o`quvchilar tomonidan G`afur G`ulom ijodiga doir al`bom hozirlanib, devoriy gazeta chiqarildi. Shoir ijodiga bag`ishlangan maqolalar to`plandi.

Adabiy kecha partalar «P» shaklida joylashtirilgan maktab kutubxonasida o`tkazildi. Kutubxonaga kiraverishda G`afur G`ulom portreti ilib qo`yildi, kitoblaridan ko`rgazma tayyorlandi.

O`qituvchining kirish so`zidan keyin bir o`quvchi «G`afur G`ulomning hayoti va ijodi» mavzusida, ikkinchi bir o`quvchi «G`afur G`ulom she`riyati» mavzusida ma`ruza qildi. Said Ahmadning «Yo`qotganlarim va topganlarim» asaridan G`afur G`ulom haqida berilgan xotiralaridan o`qituvchi ba`zi o`rinlarni o`qib berdi. Bu xotiralar kechani ancha jonlantirdi. Ayniqsa, ikki o`quvchi ijrosida G`afur G`ulom va har xil gazetalarga she`rlarni sotib yuradigan «soxta» shoir suhbati sahnalashtirilganda hammaning yuzida nur balqidi:

«Viloyatma-viloyat sanqib, tuman gazetalariga she`r sotadigan betayin shoirni G`afur G`ulom uchratib qoldi:

G`afur G`ulom: Hozir she`r qanchadan ketyapti? Shoir: Har xil. Tuman gazetalarida ikki so`mdan besh so`mgacha. Viloyat gazetalarida olti

so`mdan o`n so`mgacha to`lashadi. G`afur G`ulom: Bir yilda necha so`mlik she`r sotasan? Shoir: Uch ming so`mga etib qolar. G`afur G`ulom: Menga qara, agar mutlaqo she`r yozmayman, she`r yozsam falon bo`lay,

deb tilxat bersang, o`zim senga yiliga besh ming so`mdan berib turaman. Xo`pmi?» Ushbu ko`rinishdan keyin «G`afur G`ulomning nasriy asarlari» mavzusida ma`ruza qilindi.

So`ngra oldindan o`qishga berilgan G`afur G`ulomning «Mening o`g`rigina bolam», Abdulla Qahhorning «O`g`ri», O`tkir Hoshimovning «Urushning so`nggi qurboni» hikoyalaridagi o`g`ri obrazlari yuzasidan bahs-munozara tashkil qilindi.

Ma`lumki, bahs-munozara o`quvchilarning loqaydligiga barham beradi. Mustaqil fikrlashga, o`z fikrlarini asoslashga, tegishli xulosalar chiqarishga o`rgatadi. Bahs-munozara butun bir dars davomida yoki darsning ma`lum bosqichida ham o`tkazilishi mumkin. Butun dars davomida o`tkazilgan bahs bahs–dars deb, darsning ma`lum bir bosqichida uyushtirilgan bahs esa darsning bahsli bosqichi hisoblanadi. Yuqoridagi hikoyalar asosidagi bahs munozara kechaning bahsli bosqichi bo`ldi. U oldindan o`quvchilar e`tiboriga havola qilingan quyidagi muammoli savol–topshiriqlar asosida uyushtirildi:

1. O`g`ri obrazi yaratilgan qanday asarlarni bilasiz? 2. G`afur G`ulomning «Mening o`g`rigina bolam» hikoyasida Qora buvi nima uchun

o`g`riga yumshoq muomala qiladi? 3. «Urushning so`nggi qurboni» hikoyasida Ilhom samovarchining xotini o`g`rilar

tomonidan pichoqlab ketilishi aytilgan. Shone`matning tug`ay deb turgan sigiri o`g`irlanadi.

36

Umri xola o`z o`g`li tomorqasidan kechalari yashirincha qulupnay uzadi. Bu hodisalarni qanday izohlaysiz?

4. A.Qahhor «O`g`ri» hikoyasida «Otning o`limi – itning bayrami» maqolini peshlavha qilib oladi. Peshlavhani izohlang.

5. Ellikboshining o`zini tutishi haqida fikrlaringizni bildiring. 6. «Bu odam ellikboshi bo`lish uchun ozmuncha pul sarflaganmi?»

jumlasidan nimani angladingiz? 7. A.Qahhorning asari nima uchun «O`g`ri», G`afur G`ulomning hikoyasi esa «Mening

o`g`rigina bolam» deb nomlangan? 8. Uchala hikoyadagi o`g`rilar obrazlarini taqqoslang. Bahslashuvchilarning fikrlari har xil bo`lishi tabiiy. Masalan, bir o`quvchi G`afur

G`ulomning hikoyasidagi o`g`rini salbiy obraz deb baholadi, boshqa bir o`quvchi bunga asos yo`q, deb hisobladi. Qora buvining yumshoq muomalasi o`g`rini insofga keltirishi mumkinligini asardagi dialoglardan dalillar keltirish bilan isbotladi. Yana bir o`quvchi haqiqiy o`g`ri «Urushning so`nggi qurboni» hikoyasida tilga olinganligini aytdi. O`g`rilar Ilhom samovarchining xotiniga rahm – shafqat qilmasdan pichoqlab ketishganini razillik, deb hisoblashdi. Umri xolaning o`limida ba`zilar Shone`matni ayblasalar, ba`zilari Xadichaning qurumsoqligi deb topdilar. Ayrimlar esa aynan o`g`rilarning qilig`i Shone`matni elektr simlarni tomorqaga tashlab qo`yishga majbur qilishganini ta`kidlashdi. O`quvchilar asardan zarur o`rinlarda namunalar keltirgan holda fikrlarini asoslashga intildilar.

Ba`zi o`quvchilar A.Qahhorning «O`g`ri» hikoyasidagi ellikboshi va mingboshilarni haqiqiy o`g`ri sifatida ta`kidladilar. O`qituvchi tomonidan mazkur muammo bo`yicha to`liq ma`lumot berilgani tufayli munozara uchun tanlangan mavzuni o`quvchilar ayovsiz «Shturm» qildilar va pirovard natijada muammoga tegishli ma`lumotlarni atroflicha o`rgandilar. O`quvchilar mavzuga doir g`oyalarni bildirar ekan, ular umumiy fikrga zid bo`lsa–da, hech biri rad qilinmadi. Munozarada o`quvchilarning har biriga o`z fikrlarini ifodalash uchun imkoniyat berildi. Bildirilgan g`oyalarni o`quvchilarning o`zlari tahlildan o`tkazdilar va muammoning echimiga tegishli bo`lgan fikrlarnigina ajratib oldilar.

O`qituvchi tomonidan bahs-munozaraga yakun yasalgach, bir o`quvchi «G`afur G`ulom va qoraqalpoq adabiyoti» mavzusida quyidagicha ma`ruza qildi:

G`afur G`ulom va qoraqalpoq adabiyoti O`zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalari, asosan, 1936 yildan, ya`ni Qoraqalpoq Muxtor

Respublikasi O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kirgandan keyin boshlangan. 1936 yilda Qoraqalpog`istonga tashrif buyurgan o`zbek madaniyati arboblari tarkibida Oybek, G`afur G`ulom, Uyg`un va boshqa shoirlar, yozuvchilar, artistlar, bastakorlar bor edi. Shunday qilib, bu ikki xalq o`rtasidagi madaniy aloqalarga tamal toshi qo`yildi.

G`afur G`ulomning «Qoraqalpog`iston» she`ri bunga yaqqol misol bo`la oladi. Bu she`r G`afur G`ulomning qoraqalpoq xalqiga chin dildan aytgan yurak so`zlari edi.

1957 yili Toshkentda bo`lib o`tgan «Qoraqalpoq adabiyoti va madaniyati» dekadasi, 1962 yilda bo`lib o`tgan «Qoraqalpoq madaniyati haftaligi» ikki xalq madaniyatini tutashtiruvchi ulkan ko`prik bo`lganligi shubhasiz.

Bu haftaliklarda yuzdan ortiq san`at arboblari, iste`dodli yozuvchi va shoirlar O`zbekistonning serfayz shaharlari va baxmal tusli qishloqlari bilan tanishdilar.

Ular orasida O`zbekiston xalq shoiri T.Jumamuratov ham bor edi. Uning «O`zbek o`z og`am» she`ri o`zbek va qoraqalpoq xalqlari orasidagi do`stlik rishtalarini ochib beradi. Ushbu she`rda shoir G`afur G`ulomni katta hurmat bilan tilga oladi.

Assalomu alaykum, G`afur og`a! Toshkenting ko`p shahardan yaqin, og`a. Yosh ulug`ni ko`rganda inilari Egilib salom bergani ma`qul, og`a.

37

Mashhur qoraqalpoq shoiri I.Yusupovning «Toshkentlik shoir do`stlarimga» nomli she`ri ham shunga yaqin turadi:

Yashin Moskvagami, bir yoqqa ketgan, Yo`qlovini oshirib endi og`amning Ketib borayotsam choyxona tomondan, Kulgisini eshitdim G`afur og`amning.

50–yillardan boshlab G`.G`ulom, H.Olimjon, Uyg`un, Mirtemir, Zulfiya asarlari qoraqalpoq tiliga tarjima qilina boshlandi. Dastlab G`afur G`ulomning «Ko`kan» poemasi qoraqalpoq tiliga o`girildi.

Ushbu ma`ruza o`zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalariga doir muhim ma`lumotlarni qamrab olganligi bois tinglovchilarda katta qiziqish uyg`otdi.

G`afur G`ulomning «Shum bola» qissasidan parcha namoyish qilingach, o`qituvchi o`quvchilarni adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va shoirlarning G`ulom G`ulom haqidagi xotiralari, fikr-mulohazalari bilan tanishtirdi va kechaga yakun yasadi.

Ko`rinadiki, akademik litseylarda o`zbek ijodkorlarining asarlarini turli xil usullardan foydalangan holda darsdan tashqari mashg`ulotlarda ham o`rganish o`quvchilarning ma`naviy saviyasini oshirishga yordam beradi, ularda matnni tahlil qila olish ko`nikmasini shakllantiradi, o`zbek adiblari ijodiga hurmat – e`tibor uyg`otadi.

Ma`lumki, olimpiada faqat o`zbek tilidan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish uchungina emas, balki o`quvchilarning o`zbek tilining har xil bo`limlarini mustaqil o`zlashtirishga bo`lgan qiziqishlarini orttirishga yordam beradi. Olimpiadalar tufayli o`quvchilar o`zbekcha og`zaki va yozma nutq malakalarini sinovdan o`tkazsalar, o`qituvchilarning mehnatlari natijalari o`zlari va boshqalar tomonidan baholanadi.

Ma`lumki, o`zbek tilidan olimpiada quyidagi bosqichlarda olib boriladi: 1. Yozma ish (insho). 2. Og`zaki sinov. 3. Test sinovi. O`zbek tilida insho yozish, yozma nutq malakalarini namoyon qilish olimpiada

ishtirokchilari uchun ancha murakkab ish hisoblanadi. Shunday bo`lsa ham, ta`lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan umumta`lim maktablari o`quvchilari orasida Qoraqalpog`iston Respublikasi va O`zbekiston miqyosidagi olimpiadalarda ijodiy yondashilgan, mazmunli insholari bilan qatnashib kelayotgan o`quvchilarni ko`plab uchratish mumkin. Ular o`zlarini qiziqtirgan “Mening orzuim”, “Giyohvandlik – asr vabosi”, “Men sevgan adib”, “Sog` tanda sog`lom aql”, “Ona-muqaddas”, “Vaqting ketdi- baxting ketdi”, “XXI asr – texnika asri” kabi erkin mavzularda shaxsiy qarashlarini ifodalashga intiladilar.

Olimpiada ishtirokchilari rasm asosida monolog, har xil mavzularga doir nutqiy vaziyatlar, dialog yarata bilishlari lozim bo`ladi.

Hay`at a`zolari o`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini, xususan, o`qish tezligi, ifodali o`qish, mavzuni chuqur, mazmunli yorita olish darajalarini baholaydilar. Ishtirokchilar taqdim qilingan biror mavzu (O`zbekistonning shahar va qishloqlari, Davlat ramzlari, buyuk allomalar, milliy bayramlar va udumlar, musiqa, kino, rassomlik san`ati, tabiat, yoshlar hayoti, ta`lim va tarbiya va h.k.) bo`yicha suhbatni rivojlantira olishlari kerak bo`ladi. O`zbek shoir va yozuvchilarining eng sara asarlaridan parchalar ayta olishi, ularga o`z munosabatini bildira olish malakalarining rivojlanganligiga ham ahamiyat beriladi.

O`zbek tili fonetikasi, imlo va ishorat qoidalari; sinonim, antonim, omonim, uyadosh so`zlar, ko`p ma`noli so`zlar, iboralarning qo`llanishi; so`z turkumlari va ularning grammatik kategoriyalarini farqlash; o`zbekcha nutqiy muloqot malakalarini egallash; o`quvchilarning ona tilidagi so`z, so`z birikmasi, ibora va gaplarning o`zbek tiliga tarjimasi, o`zbek adabiyoti bilan bog`liq test savollari olimpiada ishtirokchilarining bilim, ko`nikma va malakalarini tez aniqlash, baholash imkonini beradi. Test savollari

38

1-bosqich uchun 25 (20) savol, 2-bosqich uchun 25 (20) savol, 3-bosqich uchun 25 (40) savol hajmida tayyorlanadi. O`quvchilar ko`p variantli javoblardan faqat bitta to`g`ri javobni belgilashlari lozim bo`ladi.

Olimpiada dasturiga gazeta yoki jurnal matnini tarjima qilish bilan bog`liq yana bir ish turini kiritishni: 1-bosqich o`quvchilari uchun 1000 belgi, 2-bosqich uchun 1250, 3- bosqich uchun 1500 belgi bo`lgan matnni tavsiya qilish mumkin.

Olimpiadalarning yakuniy bosqichini faqat imtihon emas, balki bilimlar bayramiga aylantirish an`ana bo`lib kelmoqda. O`quvchilarni shahar muzeylari, o`zbek adiblarining uy-muzeylari, diltortar maskanlari, madaniyat va istirohat bog`lari, tarixiy joylarga sayr-sayohat qildirish ularning o`lkashunoslikka oid bilimlarini boyitadi. Chunki har bir ishtirokchi safar taassurotlarini o`z litseyiga, o`rtoqlariga, tengdoshlariga gapirib beradi.

Darsdan tashqari mashg`ulotlar muntazam o`tkazib turilsa, o`quvchilar o`z fikrlarini o`zbek tilida erkin ifodalash, axborotlarni tanqidiy qabul qilish, jamoada ishlash, o`z mavqeini mustahkamlash, fikrlarni himoya qilish kabi imkoniyatlarga ega bo`la boradilar. Mustaqil ishlash natijasida o`quvchilarda tilni o`zlashtirishga ijodiy yondashish ko`nikmalari shakllanib boradi. O`quvchilar biror mavzu yuzasidan fikr ifodalash jarayonida nutqiy imkoniyatlarini kengaytirib, shaxsiy mulohazalarini bayon qila olish malakasiga ega bo`ladilar. Shu bilan birga o`zbek adabiyotini o`rganish imkoniyati kengayadi.

Xulosa qilib shuni aytib o`tish o`rinliki, o`quvchilar nutqiy malakalarini o`stirishda turli ta`lim usullaridan, birinchi navbatda pedagogik texnologiyalardan foydalanish ijobiy samara beradi. O`zgalarni o`qitish bilim olishning eng yaxshi usuli ekanligini hisobga olib, ta`lim jarayonida o`quvchilarni faollashtirishga erishish davlat tilini o`qitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot tizimi tez sur`atda rivojlangan davrda o`qituvchilar ommaviy–axborot vositalaridan ko`p narsa o`rganayotgan o`quvchilardan bir pog`ona oldinroqda yurishi, komp`yuter va boshqa texnik vositalardan, Internet materiallaridan foydalanishga harakat qilishi zarur. Darsdan tashqari mashg`ulotlarda, mustaqil ta`lim uchun o`quvchilarni o`zbek tilidagi badiiy asarlarni, gazeta va jurnallarni mutolaa qilishga ko`proq jalb qilish o`qituvchining savodli o`quvchilar tayyorlashdagi zahmatli mehnatini engillashtiradi. O`quvchilarning o`zbek tiliga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, bilimlarini chuqurlashtirish, bilim, malaka va ko`nikmalarini rivojlantirish bilan birga ularning g`oyaviy, siyosiy, mehnat va estetik tarbiyalanishlari uchun bo`sh vaqtlarini band etadi.

NAZORAT SAVOLLARI

1. Darsdan tashqari mashg`ulotlarning turlari haqida gapirib bering 2. Darsdan tashqari ishlarni tashkil etish, nazorat qilish va baholash usullari borasidagi

fikrlaringizni o`rtoqlashing. 3. O`zbek tilidan olimpiadalar tashkil qilishning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan

iborat?