XXOO JJAALLIIKK IISSHHLLAARRII BBOO‘‘YYIICCHHAA ...files.tsul.uz/student/32.pdfToshkent davlat...

484
Loyiha O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI ESANOVA ZAMIRA NORMUROTOVNA AZIZOV NASIMBEK ABDUMUXTOROVICH KALANDAROVA MALIKAXON PIRNAZAROVNA X X O O J J A A L L I I K K I I S S H H L L A A R R I I B B O O Y Y I I C C H H A A P P R R O O T T S S E E S S S S U U A A L L H H U U J J J J A A T T L L A A R R ( O‘QUV QO‘LLANMA) TOSHKENT-2016

Transcript of XXOO JJAALLIIKK IISSHHLLAARRII BBOO‘‘YYIICCHHAA ...files.tsul.uz/student/32.pdfToshkent davlat...

  • Loyiha

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI

    TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI

    ESANOVA ZAMIRA NORMUROTOVNA

    AZIZOV NASIMBEK ABDUMUXTOROVICH

    KALANDAROVA MALIKAXON PIRNAZAROVNA

    XXOO‘‘JJAALLIIKK IISSHHLLAARRII BBOO‘‘YYIICCHHAA

    PPRROOTTSSEESSSSUUAALL HHUUJJJJAATTLLAARR

    (O‘QUV QO‘LLANMA)

    TOSHKENT-2016

  • 2

    Xo‘jalik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar / o‘quv qo‘llanma. Mas’ul

    muharrir yu.f.d. Z.Esanova. – Toshkent, TDYU nashriyoti. 2016. - 483 b.

    Mualliflar jamoasi:

    Esanova Zamira Normurotovna: (8, 14-boblar va protsessual hujjatlar namunalari)

    Azizov Nasimbek Abdumuxtorovich:

    (1, 2, 3, 4, 5, 6, 15-boblar va protsessual hujjatlar namunalari)

    Kalandarova Malikaxon Pirnazarovna:

    (7, 9, 10, 11, 12, 13-boblar va protsessual hujjatlar namunalari)

    Taqrizchilar:

    X.T.Azizov - Toshkent davlat yuridik universiteti “Tadbirkorlik

    huquqi (biznes huquqi)” kafedrasi mudiri, yu.f.n.,

    dotsent;

    K.X.Davletova - O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi sudyasi.

    Ushbu o‘quv qo‘llanmada xo‘jalik sud ishlarini yuritishga oid protsessual

    hujjatlar, ularning turlari va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, asosiy

    tushunchalar, nazorat uchun kazuslar, mantiqiy-muammoli savollar, sxema va

    jadvallar hamda xo‘jalik protsessining turli bosqichlarida yuritiladigan

    hujjatlardan namunalar o‘rin olgan.

    O‘quv qo‘llanma yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat va

    magistratura bosqichi talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar,

    sud, prokuratura, adliya, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa

    organlar xodimlari, sudyalik lavozimiga zaxiraga olingan nomzodlar,

    shuningdek, keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

    Protsessual hujjatlarning mazmuni va undagi ma’lumotlar hujjat chiqarilgan

    sanadagi amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga asoslangan va foydalanilgan

    taxminiy ma’lumotlarning biror bir shaxs holati bo‘yicha o‘xshashligi

    tasodifiydir va bunga mualliflar javobgarlikni o‘z zimmalariga olmaydilar.

    © Z.N.Esanova, N.A.Azizov, M.P.Kalandarova. 2016-yil

    © Toshkent davlat yuridik universiteti. 2016-yil

  • 3

    MUNDARIJA

    Kirish 4 Asosiy tushunchalar 5 O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining amalda

    bo‘lgan qarorlari ro‘yxati, Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi

    xalqaro shartnomalar va huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi

    bitimlar to‘g‘risida ma’lumot

    9

    I BOB. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlarning umumiy

    qoidalari 17

    II BOB. Da’vo arizasi, ariza, shikoyatlarni ish yuritishga qabul qilish

    va ishni sudda ko‘rishga tayyorlash jarayonida rasmiylashtiriladigan

    protsessual hujjatlar

    26

    III BOB. Xo‘jalik sudi tomonidan chiqariladigan ajrimlar 55 IV BOB. Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bilan

    bog‘liq protsessual hujjatlar 78

    V BOB. Xo‘jalik sudining hal qiluv qarori 90 VI BOB. Xo‘jalik sudlarida sud majlisi bayonnomasi 104 VII BOB. Alohida toifadagi ishlar bo‘yicha ish yuritishdagi

    protsessual hujjatlar

    115

    VIII BOB. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda

    hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

    varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishga oid protsessual

    hujjatlar

    124

    IX BOB. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni

    yuritishga oid protsessual hujjatlar 138

    X BOB. Apellyatsiya instansiyasida ish yuritishga oid protsessual

    hujjatlar 148

    XI BOB. Kassatsiya instansiyasida ish yuritishga oid protsessual

    hujjatlar 168

    XII BOB. Nazorat tartibida ish yuritishga oid protsessual hujjatlar 183 XIII BOB. Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi

    ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishdagi protsessual hujjatlar 188

    XIV BOB. Sud qarorlarini ijro etish bosqichida rasmiylashtiriladigan

    protsessual hujjatlar 195

    XV BOB. Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik

    faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi

    bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi ishlarni yuritishda protsessual

    hujjatlar

    205

    Protsessual hujjatlardan namunalar 220

  • 4

    Foydalanishga tavsiya etiladigan manbalar ro`yxati 480

  • 5

    KIRISH

    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari, o‘z

    navbatida, sud amaliyotini yanada chuqur o‘rganishni, soha mutaxassislarining

    bilim saviyasi tobora yuksalib borishini, shuningdek, huquqshunoslik yo‘nalishi

    bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun zamonaviy darslik, o‘quv, o‘quv-

    uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashni taqozo etmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik

    kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

    to‘g‘risida”gi PQ-1990-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan,

    Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universitetiga

    aylantirildi. Bu esa, o‘z navbatida, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada

    takomillashtirish, uni yangi bosqichga olib chiqish sari tashlangan muhim bir

    qadam bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Ushbu qarorga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universiteti

    “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlar tayyorlash, qayta

    tayyorlash bo‘yicha bazaviy davlat oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasa etib

    belgilandi. Mazkur hujjatda Toshkent davlat yuridik universitetining asosiy

    vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari ko’rsatib berildi.

    Shu ma’noda, “Xo‘jalik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar” fanidan

    tayyorlangan “Xo‘jalik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar” nomli o‘quv

    qo‘llanma xo‘jalik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar haqida asosiy tushuncha,

    ko‘nikma va bilim hosil qilishda, protsessual hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirishda

    muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mazkur o‘quv qo‘llanma hozirgi zamon

    talablaridan kelib chiqib yozilganligi, yuridik oliy o‘quv yurtlarida ta’lim

    oluvchilarning faol bo‘lishiga va tanqidiy fikrlashga undashi, talabaning o‘zini-

    o‘zi baholash va mustaqil ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratishi, protsessual

    hujjatlardan namunalarning berilishi mavzuga oid asosiy qoidalarni esda

    qolishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu o‘quv qo‘llanma hozirgi

    kunga qadar qonunchilikka kiritilgan eng oxirgi o‘zgartirishlar va

    qo‘shimchalarni hisobga olgan holda tayyorlangan.

    Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda yetuk olimlar: Sh.Shoraxmetov,

    M.Azimov, M.Abdusalomov, O.Okyulov, Sh.Ro‘zinazarov, F.Otaxonov,

    X.Burxanxodjayeva, X.Azizov, M.Mamasiddiqov, F.Ibratovalarning ilmiy-

    tadqiqot ishlaridan va boshqa foydali o‘quv materiallaridan foydalanildi hamda

    ularga mualliflar nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

  • 6

    ASOSIY TUSHUNCHALAR

    Ajrim – xo‘jalik sudi tomonidan ish ko‘rish keyinga qoldirilganda, ish

    yuritish to‘xtatib turilganda, tugatilganda, da’vo ko‘rmasdan qoldirilganda,

    shuningdek, Xo‘jalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa

    hollarda chiqariladigan alohida hujjat.

    Bayonnoma – sud majlisida, shuningdek, sud majlisidan tashqarida

    ayrim protsessual harakatlar bajarilganda tuziladigan hujjat.

    Da’vo arizasi – xo’jalik sudiga yozma shaklda taqdim etilayotgan

    da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadigan, o’zining buzilgan

    huquqi va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni

    so’rab sudga murojaat etayotgan shaxs talablaridan ibotat hujjat. Da’vo

    arizasi shakli va mazmuniga qo‘yilgan talablar XPKning 112-moddasida

    belgilangan.

    Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr – ishda ishtirok etuvchi shaxs

    da’vo arizasi yuzasidan da’voga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar

    ilova qilingan yozma fikr.

    Da’vogar – huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini

    himoya qilinishini suddan iltimos qilib, da’vo qo‘zg‘atgan yoxud

    manfaatini ko‘zlab da’vo taqdim etilgan shaxs.

    Hal qiluv qarori – birinchi instansiya sudida ishni mazmunan ko‘rish

    natijasi bo‘yicha qabul qilingan hujjat.

    Ijro varaqasi – sud hujjatini majburiy ijro etish uchun shu hujjatni

    qabul qilgan xo’jalik sudi tomonidan beriladigan hujjat.

    Javobgar – da’vo yuzasidan da’vogarning huquq va qonuniy

    manfaatlarini buzganligi uchun sud tomonidan javob berish uchun sudga

    jalb etilgan shaxs.

    Kelishuv bitimi – o’zaro kelishishga asoslangan, da’vo talabi

    (talablari)ga nisbatan aniqlikka erishishga qaratilgan, nizoni hal qilish

    to’g’risidagi taraflarning yozma kelishuvi.

    Qaror – apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni

    apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) asosida ko‘rish natijasi

    bo‘yicha, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi

    Rayosatida sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta ko‘rish natijalari

    bo‘yicha qabul qilinadigan sud hujjatlari, shuningdek, xo‘jalik sudi

    tomonidan qonun hujjatlari bilan xo‘jalik sudlarining vakolatiga kiritilgan

    ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qabul

    qilingan hujjat. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik

    sudi Plenumi a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali

  • 7

    qabul qilinadigan va qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradigan

    hujjat.

    Qarshi da’vo – ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar

    javobgarning dastlabki da’vo bilan birga ko‘rib chiqish uchun da’vogarga

    qarshi taqdim etiladigan da’vosi.

    Qo‘shimcha hal qiluv qarori – hal qiluv qarorini qabul qilgan

    xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biron-bir

    talab bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo‘lsa; sud huquq

    masalasini hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, berilishi lozim

    bo‘lgan mol-mulkni yoki javobgar bajarishi shart bo‘lgan harakatlarni

    ko‘rsatmagan bo‘lsa; sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal qilinmagan

    hollarda qabul qiladigan hujjat.

    Sud buyrug‘i berish bo‘yicha ariza – xo‘jalik sudiga yozma shaklda

    sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari bo‘yicha beriladigan, kreditor

    yoki uning vakili tomonidan imzolanadigan hujjat.

    Sud buyrug‘i berish bo‘yicha ariza yuzasidan bildirilgan yozma

    fikr – qarzdor unga sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza nusxasi

    topshirilgan paytdan boshlab o‘n kunlik muddatda xo‘jalik sudiga kreditor

    talablariga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda

    taqdim etishga haqli bo‘lgan yozma fikr.

    Sud buyrug’i – kreditorning pul summasini undirish yoki undiruvni

    qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi yoxud qarzdordan nizosiz

    talablar bo’yicha mol-mulkni talab qilib olish to’g’risidagi arizasi bo’yicha

    sudya chiqargan hujjat. Sud buyrug’i ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrug’i

    bo’yicha undiruv buyruq berilgandan so’ng o’n kunlik muddat o’tgach sud

    hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

    Sud hujjatining qaytarma ijrosi – agar ijro etilgan sud hujjati

    o‘zgartirilib yoki bekor qilinib, da’voni to‘la yoki qisman rad etish

    to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa,

    yoxud da’vo ko‘rmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi

    o‘zgartirilgan sud hujjati bo‘yicha da’vogar foydasiga undirilgan hamma

    narsa javobgarga qaytarilishi.

    Sud hujjatlarini ijro etish – qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari

    O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari,

    fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor

    shaxslar va fuqarolar tomonidan Xo‘jalik protsessual kodeksida va boshqa

    qonunlarda belgilangan tartibda ijro etilishi.

    Sud topshiriqlari – xo‘jalik sudiga ayrim protsessual harakatlarni

    bajarish to‘g‘risida chet davlatlar sudlari tomonidan O‘zbekiston

    Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan

  • 8

    tartibda (chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa hujjatlarni topshirish, yozma

    dalillar olish, ekspertiza o‘tkazish, joyni ko‘zdan kechirish va boshqalarni)

    ijro etish uchun berilgan topshiriqlar hamda xo‘jalik sudlari chet

    davlatlarning sudlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi

    topshiriqlar bilan belgilangan tartibda murojaat qilishi.

    Sud xarajatlari – davlat bojidan va ishni ko‘rish bilan bog‘liq

    chiqimlardan: sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlaridan,

    xo‘jalik sudi tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni chaqirish,

    dalillarni o‘z joyida ko‘zdan kechirish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan

    summa sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq

    xarajatlar, shuningdek, ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan

    tashkil topadigan xarajatlar.

    Taraflar – nizo predmetiga nisbatan ikki xil qarama-qarshi asoslarga

    ega bo‘lgan shaxslar, ya`ni da`vogar va javobgar.

    Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisi – real vaqt rejimidagi

    telekommunikatsiya texnologiyalari yordamida audio va video axborotlar

    almashinuvi imkoniyatlaridan foydalangan holda ishni ko‘rayotgan sud va

    sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sud o‘rtasidagi interaktiv

    o‘zaro ta`sir qilish yo`li bilan masofadan sud majlisini o‘tkazish.

    Xo‘jalik sudiga taalluqli ishlarning sudlovga tegishliligi –

    ishlarning xo‘jalik sudlari kesimida u yoki bu sudga hududiy yoki

    vakolatlar doirasida sudlovga tegishliligi.

    Xo‘jalik sudida sud ishlari (yoki xo‘jalik ishlari) – taraflarning

    tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladigan, iqtisodiyot

    sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki

    nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan

    manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha xo‘jalik sudining ish yurituvi

    tushuniladi. Xo‘jalik sudida xo‘jalik ishlari nizoli yoki nizosiz bo‘lishi

    mumkin.

    Xo‘jalik sudiga taalluqlilik – huquq haqidagi nizolarni ko‘rish va hal

    qilish vazifasi qonun bilan xo‘jalik sudlariga yuklatilganligi.

    Xo‘jalik sudining majlisi – xo‘jalik sudining ish ko‘riladigan majlisi.

    Xo‘jalik sudining majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi

    mumkin.

    Xo’jalik ishlari bo‘yicha sud hujjatlari – xo’jalik sudining hal qiluv

    qarori, ajrim, qaror, sud buyrug’i shaklidagi, barcha davlat organlari,

    fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari,

    korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar

    uchun majburiy bo’lgan, O’zbekiston Respublikasining butun hududida

    ijro etilishi shart hisoblanadigan hujjatlar.

  • 9

    Xo’jalik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar – xo‘jalik ishlari

    bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishda sud va sudda ishtirok etuvchi shaxslar

    bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hamda protsessual tizimga asoslangan xo‘jalik

    protsessual qonunchilikda belgilangan asosda harakatlarni amalga oshirilgan

    hujjatlar tushuniladi. Bunday protsessual harakatlar tartibi ariza, da’vo arizasi,

    shikoyat, protest, sudning hal qiluv qarorlari, qarorlar va ajrimlari va boshqacha

    shakllarda o‘z ifodasini topadi.

    Xususiy ajrim – nizoni ko‘rish vaqtida tashkilotlar, davlat organi va

    boshqa organ, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun

    hujjatlari buzilgani aniqlangan taqdirda, xo‘jalik sudi chiqarishga haqli

    bo‘lgan hujjat.

  • 10

    O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi

    Plenumining amalda bo’lgan qarorlari

    RO’YXATI

    1993-yil 1. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining “Mahsulotlar, tovarlar yetkazib

    berishda kamomad chiqishi bilan bog’liq nizolarni hal etish amaliyoti to’g’risida”gi 1993-yil 3-

    iyundagi 17-son qarori.

    1994-yil

    2. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining “Meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish va temiryo’l orqali tashish chog’idagi kamomadi va buzilib qolishi bilan bog’liq

    nizolarni hal qilish amaliyoti to’g’risida”gi 1994-yil 5-yanvardagi 22-son qarori.

    1996-yil

    3. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Respublika xo’jalik sudlarining 1995-yil ish yakunlari va 1996-yilda iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashda odil sudlovni

    amalga oshirish va qonunchilikni takomillashtirish vazifalari to’g’risida"gi 1996-yil 1-martdagi 41-

    son qarori.

    4. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi qoshidagi Ilmiy-maslahat kengashi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 1996-yil

    1-martdagi 48-son qarori.

    5. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning "O’zbekiston Respublikasi xo’jalik sudlarining tarkibini takomillashtirish

    to’g’risida"gi 1996-yil 25-iyuldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasi yig’ilishida mamlakatimizda

    iqtisodiy islohotlarning borishi to’g’risida 1996-yil birinchi yarim yillik yakunlariga bag’ishlab

    so’zlagan nutqidan kelib chiqadigan xo’jalik sudlari oldidagi vazifalari to’g’risida"gi 1996-yil 9-

    avgustdagi 57-son qarori.

    6. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Sud hokimiyati to’g’risida"gi 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-son qarori.

    1998-yil

    7. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi xo’jalik sudlarining 1996-yildagi ishlari yakuni va 1997-yilda iqtisodiy munosabatlarni

    mustahkamlashda odil sudlovni amalga oshirish hamda qonunchilikni takomillashtirish vazifalari

    to’g’risida"gi 1997-yil 28-fevraldagi 63-son qarori.

    8. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi xo’jalik sudlarining 1997-yildagi faoliyati yakunlari hamda 1998-yilda odil sudlovni

    takomillashtirish va iqtisodiy munosabatlarda qonunchilikni mustahkamlash borasidagi vazifalari

    to’g’risida"gi 1998-yil 6-fevraldagi 67-son qarori.

    9. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi "Xo’jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va

    shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish

    to’g’risida"gi Farmonini tatbiq etish bilan bog’liq masalalar to’g’risida”gi 1998-yil 9-apreldagi 72-

    son qarori.

    1999-yil

    10. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlarining 1998-yil yakunlari va respublikada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida xo’jalik nizolarini hal

    etish, odil sudlovning samaradorligini oshirishdagi 1999-yil vazifalari haqida"gi 1999-yil 5-

    fevraldagi 76-son qarori.

    2000-yil

    11. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlarining 1999-yil ish yakunlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2000-yil 22-yanvarda Oliy

    Majlisning Ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida so’zlagan nutqidan kelib chiqadigan xo’jalik

    sudlari uchun ustuvor vazifalar to’g’risida"gi 2000-yil 28-yanvardagi 81-son qarori.

  • 11

    12. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq qonunchilikni qo’llash sud amaliyoti

    to’g’risida"gi 2000-yil 28-apreldagi 2/84-son qarori.

    13. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2000-yil 21-iyulda Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida so’zlagan

    nutqidan kelib chiqadigan ko’rsatmalar asosida respublika xo’jalik sudlarining iqtisodiy

    qonunchilikni mustahkamlash, odil sudlovni ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan

    vazifalar to’g’risida"gi 2000-yil 28-iyuldagi 85-son qarori.

    2001-yil

    14. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining reglamentini (ish tartibi) tasdiqlash haqida"gi 2001-yil 27-iyuldagi

    98-son qarori.

    15. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi rayosatining reglamentini (ish tartibi) tasdiqlash haqida"gi 2001-yil 27-iyuldagi

    99-son qarori.

    16. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "2001-yilning 1-yarmi ish faoliyati yakunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2001-yilning birinchi yarmi yakunlariga

    bag’ishlangan 17-iyuldagi yig’ilishida Respublika Prezidenti I.Karimov tomonidan belgilangan

    ustuvor yo’nalishlar asosida xo’jalik sudlarining odil sudlov sifatini oshirish va qonunchilikni

    mustahkamlash sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 2001-

    yil 28-iyuldagi 101-son qarori.

    17. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlarining 2000-yil ish faoliyati natijalari hamda Respublika Prezidenti I.Karimov tomonidan mamlakatning ijtimoiy-

    iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy islohotlarning yakunlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining

    2001-yil 16-fevraldagi majlisida belgilangan ustuvor yo’nalishlar asosida xo’jalik sudlarining

    qonunchilikni mustahkamlash, odil sudlov sifatini oshirish hamda shartnoma intizomini

    kuchaytirish borasidagi dolzarb vazifalari to’g’risida"gi 2001-yil 23-fevraldagi 90-son qarori.

    2002-yil

    18. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Respublika xo’jalik sudlarining odil sudlovni amalga oshirish va qonunchilikni mustahkamlash borasidagi 2001-yildagi

    amaliyotining tahlili va navbatdagi vazifalar hamda VMning respublikani ijtimoiy-iqtisodiy

    rivojlantirish yakunlari, iqtisodiy islohotlarning borishini baholash va 2002-yil vazifalariga

    bag’ishlangan majlisida belgilangan ustuvor yo’nalishlar ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari

    to’g’risida"gi 2002-yil 4-martdagi 102-son qarori.

    19. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasining "Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi

    to’g’risida"gi Qonunini xo’jalik sudlari amaliyotida qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi 2002-

    yil 4-martdagi 103-son qarori.

    20. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Oliy xo’jalik sudining Plenum va Rayosat kotibiyati Nizomi to’g’risida"gi 2002-yil 26-iyuldagi 106-son qarori.

    21. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi qo’shma Plenumining " Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qonun hujjatlarini sud

    amaliyotida qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi 2002-yil 25-oktabrdagi 20/107-son qarori.

    2003-yil

    22. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlarining 2002-yildagi ish faoliyati yakunlari hamda Prezident I.A.Karimovning 2003-yil 17 fevraldagi VM

    majlisida islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan ma’ruzasidan kelib

    chiqadigan vazifalarning bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlari haqida"gi 2003-yil 28-fevraldagi

    109-son qarori.

    23. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog’liq

    normalarini qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida"gi 2003-yil 28-fevraldagi 110-son qarori.

  • 12

    24. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo’yicha qayta ko’rishda O’zbekiston

    Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksining qo’llanishi haqida"gi 2003-yil 25-iyuldagi 111-son

    qarori.

    2004-yil

    25. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Oliy xo’jalik sudining 2001-2003-yillarda qabul qilingan Plenum qarorlarining ijrosi haqida"gi 2004-yil 20-fevraldagi 113-son

    qarori.

    26. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Qishloq xo’jaligida qonuniylikni ta’minlash va yerdan foydalanishdagi suiiste’molchiliklarning oldini olishda xo’jalik

    sudlarining rolini oshirish to’g’risida"gi 2004-yil 12-martdagi 115-son qarori.

    2005-yil

    27. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati faoliyati to’g’risida"gi 2005-yil 31-martdagi 125-son qarori.

    28. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Oliy xo’jalik sudi uchinchi sudlov tarkibining faoliyati to’g’risida"gi 2005-yil 31-martdagi 126-son qarori.

    29. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi xo’jalik sudlari Reglamentini tasdiqlash to’g’risida"gi 2005-yil 31-martdagi 128-son qarori.

    30. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining ayrim qarorlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida"gi

    2005-yil 31-martdagi 129-son qarori.

    31. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko’rishda O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksining qo’llanilishi

    to’g’risida"gi 2005-yil 23-dekabrdagi 136-son qarori.

    2006-yil

    32. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Bankrotlik to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini xo’jalik sudlari tomonidan qo’llashning ayrim masalalari

    haqida"gi 2006-yil 27-yanvardagi 142-son qarori.

    33. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish va ularning moliyaviy javobgarligini

    erkinlashtirishni takomillashtirishga yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini

    qo’llash bilan bog’liq masalalar to’g’risida"gi 2006-yil 22-dekabrdagi 12/149-son qarori.

    34. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to’g’risidagi fuqarolik

    qonun hujjatlarini qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-son

    qarori.

    35. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining ayrim qarorlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida"gi

    2006-yil 22-dekabrdagi 157-son qarori.

    2007-yil

    36. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Sudning hal qiluv qarori haqida"gi 2007-yil 15-iyundagi 161-son qarori.

    37. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Birinchi instansiya sudida ishlarni ko’rishda O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksining qo’llanilishi

    to’g’risida"gi 2007-yil 15-iyundagi 162-son qarori.

    38. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik to’g’risidagi fuqarolik

    qonun hujjatlarini qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi 2007-yil 15-iyundagi 163-son qarori.

    39. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudining xususiy ajrimi to’g’risida"gi 2007-yil 28-dekabrdagi 172-son qarori.

    40. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko’rishda O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksini qo’llash

    haqida"gi 2007-yil 28-dekabrdagi 173-son qarori.

  • 13

    41. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Tegishli darajada sifatli bo’lmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan nizolarni hal qilish tartibi

    to’g’risida"gi 2007-yil 28-dekabrdagi 174-son qarori.

    42. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Tovarlarni tanlab olmaslik bilan bog’liq nizolarni hal qilishning ayrim masalalari to’g’risida"gi 2007-yil 28-dekabrdagi 175-

    son qarori.

    43. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish hamda

    ba’zilarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida"gi 2007-yil 28-dekabrdagi 176-son

    qarori.

    2008-yil

    44. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlari tomonidan davlat boji to’g’risidagi qonun hujjatlarini qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi 2008-yil 18-

    apreldagi 180-son qarori.

    45. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o’zgartishlar kiritish va o’z kuchini yo’qotgan deb

    topish to’g’risida"gi 2008-yil 30-oktabrdagi 189-son qarori.

    2009-yil

    46. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini

    qo’llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida"gi 2009-yil 10-apreldagi

    06/196-son qarori.

    47. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlari tomonidan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida"gi 2009-yil 24-

    apreldagi 197-son qarori.

    48. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik shartnomalarini tuzish, o’zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini

    qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida"gi 2009-yil 18-dekabrdagi 203-son qarori.

    49. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Kelishuv bitimini tasdiqlashda O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksi normalarining qo’llanilishi

    haqida"gi 2009-yil 18-dekabrdagi 204-son qarori.

    2010-yil

    50. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi

    2010-yil 18-iyundagi 210-son qarori.

    51. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Mulk huquqini tan olish to’g’risidagi ishlarni ko’rishda qonun hujjatlarini qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi 2010-yil

    19-noyabrdagi 220-son qarori.

    52. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlari tomonidan moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda

    o’zlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish to’g’risidagi qonun hujjatlarini

    qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi 2010-yil 19-noyabrdagi 221-son qarori.

    2011-yil 53. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston

    Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi "O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga

    o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan

    O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksini qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi

    2011-yil 30 iyundagi 229-son qarori.

    54. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Mulk ijarasi shartnomasi to’g’risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi 2011-yil 1-

    dekabrdagi 234-son Qarori.

  • 14

    55. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish hamda

    ba’zilarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida"gi 2011-yil 1-dekabrdagi 235-son qarori.

    2012-yil

    56. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini

    majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to’g’risidagi ishlarni ko’rishda qonun hujjatlarini

    qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi 2012-yil 15-iyundagi 238-son qarori.

    57. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog’liq qonun hujjatlarini sud amaliyotida qo’llashning

    ayrim masalalari haqida"gi 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-son qarori.

    58. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi

    Plenumi qo’shma majlisining Reglamenti haqida"gi 2012-yil 14-sentabrdagi 13/240-son qarori.

    2013-yil

    59. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig’ini ijro etish

    to’g’risidagi ishlarning xo’jalik sudlari tomonidan ko’rilishida qonun hujjatlarini qo’llashning ayrim

    masalalari haqida"gi 2013-yil 24-maydagi 248-son qarori.

    60. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Sud buyrug’i berish to’g’risidagi ishlarni ko’rishda O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksi normalarini

    qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi 2013-yil 5-dekabrdagi 254-son qarori.

    61. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi

    2013-yil 5-dekabrdagi 255-son qarori.

    2014-yil

    62. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo’llash amaliyotining ayrim masalalari haqida"gi 2014-yil 20-

    iyundagi 261-son qarori.

    63. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Ishtirokchilar o’rtasida, ishtirokchilar bilan xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari o’rtasida, aksiyadorlar o’rtasida, aksiyador

    bilan AJ o’rtasida xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xo’jalik

    sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida"gi 2014-yil 20-iyundagi 262-son qarori.

    64. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi O’zbekiston

    Respublikasi Qonunini qo’llashning ayrim masalalari haqida”gi 2014-yil 3-oktabrdagi 17/266-son

    qarori.

    65. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo’jalik sudi Plenumining “O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi

    Plenumining ayrim qarorlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 2014-yil 3-

    oktabrdagi 18/267-son qarori.

    66. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining bitimlarni haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi normalarini qo’llashning

    ayrim masalalari haqida"gi 2014-yil 28-noyabrdagi 269-son qarori.

    67. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik

    protsessual kodeksi normalarini qo’llashning ayrim masalalari haqida"gi 2014-yil 28-noyabrdagi

    270-son qarori.

    68. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi

    2014-yil 28-noyabrdagi 271-son qarori.

  • 15

    2015-yil

    69. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining 2014-yil 28 noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik

    sudi Plenumining ayrim qarorlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi 271-sonli

    qaroriga tuzatish kiritish haqida"gi 2015-yil 11-fevraldagi 276-son qarori.

    70. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi

    2015-yil 13-martdagi 277-son qarori.

    71. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "Xo’jalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo’llashning ayrim masalalari

    haqida"gi 2015-yil 19-iyundagi 282-son qarori.

    72. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo’jalik sudlari

    tomonidan qo’llanilishining ayrim masalalari haqida"gi 2015-yil 19-iyundagi 283-son qarori.

    73. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi

    2015-yil 19-iyundagi 284-son qarori.

    74. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining "O’zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi "O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga

    xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni

    jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar

    kiritish to’g’risida"gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy

    xo’jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi

    2015-yil 30-sentabrdagi 286-son qarori.

    75. “Ishlarning taalluqliligi bilan bog‘liq protsessual qonun hujjatlari normalarini sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi

    Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi №

    16/287-son qarori.

    76. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qo‘shma qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ayrim

    qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi

    va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi № 17/288-son

    qarori.

    77. “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi 2015-yil 27-noyabrdagi 289-son qarori.

    78. “Aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan (qabul qilingan) bitimlarni

    (qarorlarni) haqiqiy emas deb topishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2015-yil 27-noyabrdagi

    290-son qarori.

    2016-yil

    79. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2016-yil 25-fevraldagi 292-son qarori.

    80. “Davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan

    qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor

    shaxslarining shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi

    nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 2016-yil 17-

    iyundagi 298-sonli qarori

    81. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi

    2016-yil 17-iyundagi 299-sonli qarori

    http://oxs.uz/ishlarning-taalluliligi-bilan-boli-processual-onun-uzhzhatlari-normalarini-sudlar-tomonidan-llashning-ayrim-masalalari-trisida.htmlhttp://oxs.uz/ishlarning-taalluliligi-bilan-boli-processual-onun-uzhzhatlari-normalarini-sudlar-tomonidan-llashning-ayrim-masalalari-trisida.htmlhttp://oxs.uz/zbekiston-respublikasi-oliy-sudi-plenumi-va-zbekiston-respublikasi-oliy-hzhalik-sudi-plenumining-shma-arorlariga-zgartirish-va-shimchalar-kiritish-amda-ayrim-arorlarini-z-kuchini-yotgan-deb-topish-aida.htmlhttp://oxs.uz/zbekiston-respublikasi-oliy-sudi-plenumi-va-zbekiston-respublikasi-oliy-hzhalik-sudi-plenumining-shma-arorlariga-zgartirish-va-shimchalar-kiritish-amda-ayrim-arorlarini-z-kuchini-yotgan-deb-topish-aida.htmlhttp://oxs.uz/zbekiston-respublikasi-oliy-sudi-plenumi-va-zbekiston-respublikasi-oliy-hzhalik-sudi-plenumining-shma-arorlariga-zgartirish-va-shimchalar-kiritish-amda-ayrim-arorlarini-z-kuchini-yotgan-deb-topish-aida.htmlhttp://oxs.uz/lizing-munosabatlarini-tartibga-soluvchi-onun-uzhzhatlari-normalarini-hzhalik-sudlari-tomonidan-llanilishining-ayrim-masalalari-aida.htmlhttp://oxs.uz/lizing-munosabatlarini-tartibga-soluvchi-onun-uzhzhatlari-normalarini-hzhalik-sudlari-tomonidan-llanilishining-ayrim-masalalari-aida.htmlhttp://oxs.uz/akciyadorlik-va-bosha-hzhalik-zhamiyatlari-tomonidan-ular-aidagi-ahborotni-oshkor-ilishning-belgilangan-tartibi-buzilgan-olda-amalga-oshirilgan-abul-ilingan-bitimlarni-arorlarni-aiiy-emas-deb-topishning-ayrim-masalalari-trisida.htmlhttp://oxs.uz/akciyadorlik-va-bosha-hzhalik-zhamiyatlari-tomonidan-ular-aidagi-ahborotni-oshkor-ilishning-belgilangan-tartibi-buzilgan-olda-amalga-oshirilgan-abul-ilingan-bitimlarni-arorlarni-aiiy-emas-deb-topishning-ayrim-masalalari-trisida.htmlhttp://oxs.uz/akciyadorlik-va-bosha-hzhalik-zhamiyatlari-tomonidan-ular-aidagi-ahborotni-oshkor-ilishning-belgilangan-tartibi-buzilgan-olda-amalga-oshirilgan-abul-ilingan-bitimlarni-arorlarni-aiiy-emas-deb-topishning-ayrim-masalalari-trisida.htmlhttp://oxs.uz/akciyadorlik-va-bosha-hzhalik-zhamiyatlari-tomonidan-ular-aidagi-ahborotni-oshkor-ilishning-belgilangan-tartibi-buzilgan-olda-amalga-oshirilgan-abul-ilingan-bitimlarni-arorlarni-aiiy-emas-deb-topishning-ayrim-masalalari-trisida.htmlhttp://oxs.uz/akciyadorlik-va-bosha-hzhalik-zhamiyatlari-tomonidan-ular-aidagi-ahborotni-oshkor-ilishning-belgilangan-tartibi-buzilgan-olda-amalga-oshirilgan-abul-ilingan-bitimlarni-arorlarni-aiiy-emas-deb-topishning-ayrim-masalalari-trisida.html

  • 16

    Huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi bitimlar:

    1. Huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (Moskva, 1994 yil 21 oktyabr)

    2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi bilan Rossiya Federatsiyasining Oliy arbitraj sudi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 1996 yil 8 yanvar);

    3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi bilan Tojikiston Respublikasi Oliy iqtisodiy sudi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 1996 yil 26 aprel);

    4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 1996 yil 27 noyabr);

    5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 1996 yil 25 dekabr);

    6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (Olmota, 1997 yil 2 iyun);

    7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Azerbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 1997 yil 18 iyun);

    8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (Moskva, 1998 yil 6 may)

    9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Maldova Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 1998 yil 17 dekabr)

    10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Gruziya Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 2000 yil 3 fevral)

    11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi bilan Belarus Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (diplomatik kanallar orqali

    matn almashuvi yo‘li bilan tuzilgan, 2000 yil 27 aprel);

    12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (Dushanbe, 2000 yil 15 iyun)

    13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqiy axborotlar almashish to‘g‘risidagi Bitim (Minsk, 2001 yil 13 avgust)

    Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar:

    1. Fuqarolik protsessi masalalariga doir Konvensiya (Gaaga, 1954 yil 1 mart, O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirishi 1996 yil 2 dekabr)

    2. Chet el mamlakatlari hakamlik qarorini e’tirof etish va ijro etish to‘g‘risidagi Konvensiya (Nyu-York, 1958 yil 10 iyun, O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirishi 1996 yil 7 may)

    3. Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq nizolarni hal etish tartibi to‘g‘risidagi Bitim (Kiev, 1992 yil 20 mart, O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirishi 1993 yil 6 may)

    4. Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya (Minsk, 1993 yil 22 yanvar, O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirishi 1994 yil 19 may)

    5. O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati o‘rtasidagi fuqarolik, savdo va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi Shartnoma (Anqara, 1994 yil 23 iyun, kuchga kirishi

    1997 yil 19 dekabr)

    6. O‘zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi o‘rtasida fuqarolik, oilaviy, mehnat hamda jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy munosabatlar va huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma (Toshkent, 1996 yil 23 may,

    kuchga kirishi 1997 yil 11 aprel)

    7. O‘zbekiston Respublikasi va Gruziya o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Shartnoma (Tbilisi, 1996 yil 28 may, kuchga kirishi 1997

    yil 22 iyun)

    8. O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Shartnoma (Toshkent, 1996 yil 27 noyabr, kuchga

    kirishi 1998 yil 21 iyul)

  • 17

    9. O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi Shartnoma (Toshkent, 1996 yil 24 dekabr, kuchga

    kirishi 1998 yil 29 dekabr)

    10. O‘zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Shartnoma (Toshkent, 1997 yil 20 fevral, kuchga

    kirishi 1998 yil 10 iyul)

    11. O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Shartnoma (Olmota, 1997 yil 2 iyun,

    kuchga kirishi 1998 yil 29 noyabr)

    12. O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Shartnoma (Toshkent, 1997 yil 18 iyun,

    kuchga kirishi 1998 yil 15 iyun)

    13. O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma (Pekin, 1997 yil 11 dekabr, kuchga kirishi 1998 yil 29 avgust)

    14. O‘zbekiston Respublikasi va Ukraina o‘rtasida fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Shartnoma (Kiev, 1998 yil 19 fevral, kuchga kirishi 1999 yil 19

    iyun)

    15. O‘zbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi o‘rtasida fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Shartnoma (Toshkent, 2002 yil 18 yanvar, kuchga

    kirishi 2003 yil 1 dekabr)

    16. O‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o‘rtasida fuqarolik ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma (Sofiya, 2003 yil 24 noyabr, kuchga kirishi 2004 yil 11 noyabr)

    17. O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma (Seul, 2012 yil 20 sentyabr, kuchga kirishi 2013 yil 11

    avgust)

  • 18

    I BOB.

    XO‘JALIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL

    HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

    ____________________________________________________________

    1.1. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar tushunchasi

    va ularning ahamiyati

    Xo‘jalik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishda sud va sudda

    ishtirok etuvchi shaxslar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hamda protsessual tizimga

    asoslangan harakatlarni amalga oshiradi. Bunday protsessual harakatlar tartibi

    qonunda belgilangan asosda, ya’ni ariza, da’vo arizasi, shikoyat, protest, sudning

    hal qiluv qarorlari, qarorlar va ajrimlari va boshqacha shakllarda o‘z ifodasini

    topadi. Protsessual hujjat tushunchasi o‘z tarkibiga sud hujjatlarini ham qamrab

    oladi.

    “Xo‘jalik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar” fani xo‘jalik ishlari

    bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish borasida vujudga keladigan xo‘jalik

    protsessual huquqiy munosabatlari doirasida protsessual hujjatlarning turlarini,

    mazmuni va shakliga qo‘yilgan talablarni, ularning tuzilishi, qabul qilinishi

    hamda taqdim etilishini, shuningdek, ushbu hujjatlarda amaldagi qonun

    hujjatlarining tegishli qoidalari to‘g‘ri tatbiq etilishi va boshqa protsessual

    xususiyatlarining nazariy va amaliy masalalarini o‘rganadi, tekshiradi va

    umumiy xulosa chiqaradi, protsessual hujjatlarga ilmiy sharh beradi.

    Xo‘jalik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar bo‘yicha ayrim muammoli

    masalalarni bu fanda chuqur o‘rganish uchun asos bo‘ladigan holatlardan yana

    biri amaldagi Xo‘jalik protsessual kodeksini (keyingi o’rinlarda matnda – XPK

    yoki Kodeks deb yuritiladi) va boshqa xo‘jalik nizolarini hal etishga qaratilgan

    qator qonun hujjatlarining mustaqillik-yillarida qabul qilinganligi tufayli ularni

    amaliyotda tatbiq etilishini o‘rganish davom etayotganligidir. Masalan, sud amaliyotida protsessual hujjatlarning ahamiyati shundan iboratki, xo‘jalik ishlarini sudda

    qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib, qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarori chiqarilishi aynan

    protsessual hujjatlarning ixcham va belgilangan talablarga muvofiq tuzishni talab etadi hamda kelgusida ishni

    to‘g‘ri hal etishga yordamlashadi. Aksincha, protsessual qonun talablariga rioya qilinmasdan tuzilgan hujjatlar

    ish ko‘rishni qiyinlashtiradi, qonunda ko‘zda tutilgan ba’zi hollarda esa yuqori sudlar tomonidan sud

    qarorlarining o‘zgartirilishiga yoki bekor qilinishiga olib keladi. Biroq xo‘jalik protsessual qonunchiligi sud

    ishlarini yuritish jarayonida barcha protsessual hujjatlar uchun qat’iy belgilangan shaklni nazarda tutmaydi.

    XPKda xo‘jalik sudiga murojaat qilish huquqi berilgan bo‘lib, unda har

    qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari

  • 19

    yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so‘rab xo‘jalik

    sudiga murojaat qilishga haqli, deb ko‘rsatilgan va bu ma’lum xo‘jalik ishini

    qo‘zg‘atishga asos bo‘lishi mumkin. Shuningdek, protsessual hujjatlar

    rasmiylashtirilishida yoki unga qanday hujjatlar ilova qilinishida, yuridik

    atamalarni to‘g‘ri qo‘llashda nafaqat qonun hujjatlariga balki ayrim hollarda,

    xalqaro huquq me’yorlaridan iborat konvensiya, bitim, shartnomalar va boshqa

    hujjatlar talablariga ham rioya etish shart hisoblanadi.

    Masalan, 1992-yil 20-martda Kiyev shahrida MDH davlatlari rahbarlari tomonidan shu davlatlar xo‘jalik

    subyektlari o‘rtasida shartnomaviy va boshqa fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni

    ko‘rib hal etish hamda ular bo‘yicha qarorlar ijrosini ta’minlash haqidagi Bitim imzolangan. Bundan tashqari,

    Minsk shahrida 1993-yil 22-yanvarda MDHga a’zo davlatlar tomonidan "Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar

    bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida" Konvensiya imzolangan. O‘zbekiston

    Respublikasi bir qator davlatlar bilan huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ikki taraflama shartnomalar tuzgan.

    Konvensiya, bitim va shartnomalar qaysi holatlar chet el davlatlari hakamlik sudida qanday e’tirof va ijro

    etilishi lozimligini, shuningdek, chet el davlatlari hakamlik sudlari qarorlarini ijro etish holatlarini belgilaydi.

    Lekin ayrim xo‘jalik sudlari tomonidan protsessual hujjatlarida qarorlarni hech qanday e’tirof etmasdan

    ijro etish uchun sud ijrochilariga berilgan holatlar ham bor.

    Bunday amaliyot chet el davlatlari hakamlik sudlari qarorlarining avval, albatta, e’tirof etilishi, so‘ng ijro

    etilishi belgilangan konvensiya, bitim va shartnomalar mazmuniga ziddir. Binobarin, chet el davlatlari

    hakamlik sudlari qarorlarini e’tirof etish va ijrosini ta’minlashni ikkita mustaqil bosqichga bo‘lish mumkin:

    birinchisi, qarorni e’tirof etish; ikkinchisi, e’tirof etilgan qarorni ijro etish.

    1.2. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlarning turlari

    Xo‘jalik sudlari tomonidan qabul qilinadigan xo‘jalik protsessual hujjatlari

    bir necha turlarga bo‘linadi. Bu xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘riladigan

    ishlarning mazmuni va mohiyati, turlari, qaysi instansiyada ko‘rilishiga, har bir

    protsessual hujjatlarning mazmuni va shakliga bog‘liq bo‘ladi.

    Xo‘jalik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar sud ishlarini yuritish turlari,

    xo‘jalik protsessi bosqichlari, protsessual hujjatlarning tuzilishi, mazmuni,

    ushbu hujjatlarni tuzish yoki qabul qilish vakolatiga ega subyektlar doirasiga

    ko‘ra turlarga bo‘linadi.

    Masalan, sud (sudya) tomonidan chiqariladigan, ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoxud xo‘jalik sudlov

    ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan tuziladigan va taqdim etiladigan hujjatlar bo‘lishi

    mumkin. Shuningdek, sud majlisi kotibi yoki sud ijrochisi ayrim protsessual hujjatlar tuzilishida ishtirok etishi

    mumkin.

    XPKning 34-moddasiga asosan, taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat

    organlari va boshqa organlar o‘z zimmalariga yuklatilgan vakolatga ko‘ra,

    shuningdek, arizachilar hamda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash

    to‘g‘risidagi va tashkilotlar hamda fuqarolar bankrotligi to‘g‘risidagi ishlardan

    manfaatdor boshqa shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadilar.

  • 20

    XPKning 45-moddasiga asosan, xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning

    boshqa ishtirokchilari bo‘lib ishda ishtirok etuvchi shaxslardan tashqari xo‘jalik

    sudlov ishlarini yuritishda vakillar, guvohlar, ekspertlar, tarjimonlar ishtirok

    etishlari mumkin.

    Masalan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning birgina arizalari bo‘yicha quyidagilarni keltirish mumkin:

    birinchi instansiya sudiga sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza (XPK 104-moddasining birinchi

    qismi), da’vo arizasi (XPK 112-moddasining birinchi qismi), qarshi da’vo arizasi (XPK 120-moddasining

    birinchi qismi), huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza (XPK 15514-moddasining birinchi qismi),

    sudya, prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi va (yoki) tarjimonni rad qilish haqidagi ariza (XPK 20-moddasining

    birinchi qismi), da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirish yoki

    kamaytirish to‘g‘risidagi ariza (XPK 40-moddasining birinchi qismi), dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza

    (XPK 72-moddasining ikkinchi qismi), da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza (XPK 76-moddasining birinchi

    qismi), o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza (XPK 99-moddasining birinchi

    qismi), da’vo arizasining (arizani) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgunga qadar uni qaytarib

    olish to‘g‘risidagi ariza (XPKning 118-moddasi birinchi qismining 9-bandi), hal qiluv qarorini tushuntirib

    berish, yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va (yoki) hisob-kitobdagi yanglishliklarni tuzatish to‘g‘risidagi ariza

    (XPKning 150-moddasi birinchi qismi), hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza

    (XPKning 1552-moddasining birinchi qismi), hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun

    ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza (XPK 1557-moddasining birinchi qismi), qonuniy kuchga kirgan sud

    hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza (XPKning 205-moddasi birinchi

    qismi), ijro varaqasining dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza (XPK 216-moddasining birinchi qismi), sud

    hujjatining ijrosini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi

    ariza (XPK 217-moddasining to‘rtinchi qismi), yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi

    arizalar (XPK 155-moddasi), nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza (XPKning 1921-moddasi).

    Ushbu arizalar murojaat qilish yozma shaklda amalga oshiriladi. Bunday murojaatlar va ularga ilova

    qilinadigan hujjatlar xo‘jalik sudiga axborot tizimi orqali elektron shaklda ham yuborilishi mumkin.

    Shu o‘rinda, xo‘jalik sudiga da’vo, iltimosnoma va ularga ilova

    qilinadigan hujjatlar bilan birgalikda ma’lumotlar almashishning elektron

    vositalari orqali murojaat qilish imkoniyati berilishini ta’minlash maqsadida

    2013-yil 30-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga

    o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-352-sonli O‘zbekiston

    Respublikasi Qonunining 23-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining

    Xo‘jalik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligini ham

    ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Xususan, mazkur Kodeksning 1-moddasi xo‘jalik

    sudiga murojaat qilish XPKda belgilangan shakllarda amalga oshirilishi,

    murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar xo‘jalik sudiga axborot tizimi

    orqali elektron shaklda yuborilishi mumkinligini nazarda tutuvchi norma bilan

    to‘ldirildi. Undan tashqari, XPKning da’vo arizalar va arizalarning mazmuni va

    shakliga nisbatan talablarni belgilovchi moddalariga ariza bilan murojaat qilgan

    shaxslarning telefonlari, faks raqamlari va elektron manzili ko‘rsatilishi

    mumkinligini nazarda tutuvchi normalar kiritildi (XPKning 104, 112-

    moddalari). Xuddi shu kabi talablar da’vo arizasi yuzasidan beriladigan fikr-

    mulohazalarga ham tatbiq etildi (XPKning 119-moddasi).

    Xo‘jalik protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan

  • 21

    yana biri-bu ma’lumotlar almashishning elektron vositalari orqali sud

    muhokamasi qatnashchilarini xabardor qilish imkoniyatini yaratish bilan

    bog‘liqdir. Masalan, muqaddam mazkur Kodeksning 124-moddasi ishda

    ishtirok etuvchi shaxslar sudda ko‘riladigan vaqt va joy to‘g‘risida sudning

    ajrimi orqali xabardor qilinishini, ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan

    buyurtma xat bilan yuborilishini nazarda tutgan bo‘lsa, endilikda mazkur

    qoidaga qo‘shimcha sifatida ushbu shaxslarga tilxat olib topshirilishi yoxud

    xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan

    foydalangan holda xabardor qilinishi kabi talablar belgilandi. Shuningdek, agar

    ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron

    manzilini xo‘jalik sudiga ma’lum qilgan bo‘lsalar, ular ishni yuritish vaqtida bu

    ma’lumotlar o‘zgarganligi haqida xo‘jalik sudini yozma shaklda, shu jumladan,

    axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishlari kerakligi haqidagi

    talablar ham nazarda tutildi (XPKning 121-moddasi).

    XPKning bir necha moddalarida xo‘jalik sudlari tomonidan chiqariladigan

    protsessual hujjatlarning nomlari va ularning mazmuni aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

    Xo‘jalik sudlari tomonidan quyidagi protsessual hujjatlar rasmiylashtiriladi:

    hal qiluv qarorlari, qarorlar, ajrimlar, sud buyrug‘i, sud bayonnomalari, sud

    chaqiruv qog‘ozlari va xabarnomalar hamda ijro varaqalari. Ushbu protsessual

    hujjatlar turlarini keyingi mavzularimizda atroflicha ko‘rib, mazmun va

    mohiyatiga kengroq to‘xtalib o‘tamiz.

    Protsessual hujjatlarning xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning bosqichlari

    bo‘yicha ham alohida turlari va xususiyatlari borligi sababli quyidagi

    bosqichlarni keltirish mumkin:

    1) xo‘jalik sudida ish qo‘zg‘atish;

    2) ishni sud muhokamasiga tayyorlash;

    3) birinchi instansiya sudida ish yuritish;

    4) apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritish;

    5) kassatsiya instansiya sudida ish yuritish;

    6) nazorat tartibda ish yuritish;

    7) xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan

    holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish;

    8) sud hujjatlarini ijro qilish.

    Shuningdek, XPK xo‘jalik sudlarida ko‘riladigan ishlarning turlarini ajratib,

    ularga quyidagilarni kiritgan:

    1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda

    tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor

    maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar o‘rtasidagi fuqaroviy,

    ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir

    file:///D:/МОЛИЯ%20КАФЕДРАСИ/Users/HP/AppData/Roaming/КАФЕДРА%20ТОПШИРИҚЛАР/ЯНГИ%20КИТОБ%20ХИБПА/Downloads/2006789%232006869

  • 22

    ishlar;

    2) iqtisodiyot sohasida tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari vujudga

    kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni

    aniqlash (yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash) to‘g‘risidagi ishlar;

    3) tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan hamda yakka

    tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolarning

    bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar;

    4) xo‘jalik protsessual kodeksining 15519-моddasida ko`rsatilgan korporativ

    nizolar bo`yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno.

    XPKga asosan, quyidagi ishlar bo‘yicha ham protsessual hujjatlar alohida

    ahamiyatga ega:

    1) sud buyruqlarini berish to‘g‘risidagi ishlar;

    2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi

    arizalar bo‘yicha ishlar;

    3) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro

    varaqalari berish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlar;

    4) huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar;

    5) chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda

    chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlar.

    Iqtisodiyot sohasidagi va boshqa nizoli ishlarni ko‘rib, hal qilish natijasida

    xo‘jalik sudlari sud hujjatlarini qabul qiladi. Xo‘jalik sudining sud hujjatlari deb,

    bu sud yoki sudya irodasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozma

    shaklda ifodalanishi tushuniladi.

    Xo‘jalik sudi hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrug’i shaklidagi sud

    hujjatlarini qabul qiladi.

    Xo‘jalik sudlari tomonidan qabul qilingan va qonuniy kuchga kirgan sud

    hujjatlari butun O‘zbekiston hududida barcha davlat organlari, fuqarolarning

    o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar,

    tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy

    hisoblanadi.

    1.3. Protsessual hujjatlarning huquqiy asoslari

    Har qanday huquq tarmog‘i huquqiy me’yorlar tizimidan iborat bo‘lgani

    kabi, xo‘jalik protsessi ham ana shunday tizimlardan tashkil topib, o‘zining

    vakolatiga tegishli bo‘lgan ishlarni xo‘jalik sudi orqali protsessual qonunlar

    asosida manfaatdor subyektlarning suddagi faoliyatini tartibga solish bilan odil

    sudlovni amalga oshirishga qaratilgan protsessual harakatlarni amalga oshiradi

    va shu bilan sud protsessual vositalari orqali moddiy-huquqiy me’yorlarni

    himoya qiladi.

    file:///D:/МОЛИЯ%20КАФЕДРАСИ/Users/HP/AppData/Roaming/КАФЕДРА%20ТОПШИРИҚЛАР/ЯНГИ%20КИТОБ%20ХИБПА/Downloads/2006789%232006869

  • 23

    O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi, O‘zbekiston

    Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy

    javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va boshqa qonunlar hamda qonun osti normativ

    huquqiy hujjatlari xo‘jalik sudlari tomonidan chiqariladigan protsessual

    hujjatlarni chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

    Xo‘jalik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar fuqarolik ishlari bo‘yicha

    sudlar tomonidan chiqariladigan protsessual hujjatlarga o‘xshash va farqli

    jihatlari mavjud. Lekin fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari ish yuritish xo‘jalik

    sudlarida ish yuritish turlari va ishlarni ko‘rish instansiyalari, hal qiluv

    qarorlari, qarorlari, ajrimlarining mazmun-mohiyati, ularning kuchga kirish

    muddatlari, sudda ishtirok etuvchi shaxslar toifasi bilan farqlanadi.

    O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi 2000-yil 14-dekabrdagi yangi tahrirdagi

    Qonunining 48-moddasiga asosan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qarori majlisda

    ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan

    ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi va qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari

    bo‘yicha tushuntirishlari xo‘jalik sudlari, ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini

    qo‘llayotgan boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun

    majburiydir”,-deb belgilangan.

    XPK 138-moddasining beshinchi qismiga ko‘ra, hal qiluv qarorining

    asoslantiruvchi qismida ishning xo‘jalik sudi tomonidan aniqlangan holatlari,

    xo‘jalik sudining bu holatlar to‘g‘risidagi xulosalariga asos bo‘lgan dalillar va

    xo‘jalik sudi u yoki bu dalillarni rad qilishiga hamda ishda ishtirok etuvchi

    shaxslar asos qilib keltirgan qonun hujjatlarini qo‘llamasligiga sabab bo‘lgan vaj,

    shuningdek, sud hal qiluv qarorini qabul qilishda tayangan qonun hujjatlari

    ko‘rsatilishi lozimligi belgilangan.

    Bundan tashqari, Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi

    “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarori 5-bandining oltinchi

    qismida qarorning asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan

    holatlari, sud xulosalari asoslanilgan dalillar, sud tomonidan u yoki bu dalilni rad

    etishga sabab bo‘lgan vajlar, mazkur nizoni hal etishda sud tomonidan

    qo‘llanilgan moddiy va protsessual huquq normalari, shuningdek, O‘zbekiston

    Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qarorlari ko‘rsatilishi haqida tushuntirish

    berilgan.

    Birgina xo‘jalik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ushbu Plenum

    qarorining 1-bandida xo‘jalik sudlarining e’tibori qarorning odil sudlovning

    konstitutsiyaviy asoslarini amalga oshiradigan va O‘zbekiston Respublikasi

    nomidan qabul qilinadigan hujjat sifatida qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi

    haqidagi XPKning XVIII bobi talablariga so‘zsiz va qat’iy rioya etilishi shart

  • 24

    ekanligiga qaratilgan.

    Mazkur Plenum qarorining 2- va 3-bandlarida qonuniy va asoslantirilgan

    hal qiluv qarori (qaror)ga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra, qaror protsessual huquq

    normalariga aniq rioya etilgan va nizoli huquqiy munosabatga nisbatan

    qo‘llanilishi lozim bo‘lgan moddiy huquq normalariga to‘liq mos holda qabul

    qilingan taqdirda, qonuniy hisoblanadi. Qaror qachonki, unda ish uchun

    ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan va taraflarning huquq va majburiyatlari

    haqidagi xulosalarini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan bo‘lsa, asoslantirilgan

    hisoblanadi. Sudlar hal qiluv qarori qabul qilishda XPKning 136-moddasining

    birinchi qismi talablariga so‘zsiz rioya etishlari lozim. Mazkur moddaning

    birinchi qismiga asosan, sudlar hal qiluv qarorini qabul qilishda dalillarga baho

    berishi, ish uchun ahamiyatli qaysi holatlar aniqlanganligini va qaysilari

    aniqlanmaganligini belgilashi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan

    qaysi qonun hujjatlarini ushbu ish bo‘yicha qo‘llash mumkin emasligini hal

    qilishi, ushbu ish bo‘yicha qaysi qonun hujjatlarini qo‘llash zarurligini belgilashi,

    ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday huquq va majburiyatlari borligini

    belgilashi, da’voni qanoatlantirish lozimligi yoki lozim emasligini hal qilishi

    kerak.

    Masalan, sud amaliyotini umumlashtirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, oddiygina hal qiluv qarori

    (qaror)ning kirish qismida majlisda hozir bo‘lgan shaxslarning vakolatlari ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi qoidalarga

    amal qilinmayotganligi aniqlanmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi “Yog‘” qo‘shma

    korxonasi manfaatida xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Obod” fermer xo‘jaligidan

    2.122.200 so‘m undirishni so‘ragan.

    Da’vo arizasi sudning 2011-yil 25-yanvardagi ajrimi bilan ish yuritishga qabul qilinib, ishni ko‘rish

    2011-yil 11-fevralga tayinlangan. Biroq, shu kuni sud majlisida javobgar ishtiroki ta’minlanmaganligi sababli,

    ishni ko‘rish 17-fevralga qoldirilgan. Sud 2011-yil 17-fevralda ishni mazmunan ko‘rib chiqib, da’vo talabini

    qisman qanoatlantirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan.

    Ammo hal qiluv qarorining kirish qismida shu kungi sud majlisida da’vogar vakili F.Masharipov

    ishtirok etayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, unga sud majlisida ishtirok etish uchun berilgan ishonchnomaning

    sanasi, tartib raqami va kim tomonidan berilganligi ko‘rsatilmagan.

    Bundan tashqari, ishda mavjud bo‘lgan da’vogar tomonidan F.Masharipov nomiga berilgan

    ishonchnoma mazkur ish 1795-sonli ishda vakil sifatida qatnashish uchun emas, balki 1791-sonli boshqa ishda

    da’vogar manfaatlarini himoya qilish uchun berilganligi aniqlangan.

    Vaholanki, XPKning 138-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, hal qiluv

    qarorining kirish qismida uni qabul qilgan xo‘jalik sudining nomi, sud tarkibi,

    sud majlisi kotibi, ishning tartib raqami, ish ko‘rilgan sana va joy, ishda ishtirok

    etuvchi shaxslarning nomi, nizo predmeti, majlisda hozir bo‘lgan shaxslarning

    familiyalari va vakolatlari ko‘rsatiladi.

    Shuningdek, Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning

    hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarori 5-bandining uchinchi qismida

    qarorning kirish qismida qarorni qabul qilgan sudning nomi, sud tarkibi, ishning

    tartib raqami, sud muhokamasi sanasi va joyi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning

  • 25

    nomi, nizo predmeti, sud majlisida qatnashayotgan shaxslarning vakolatlari

    ko‘rsatilgan holda familiyalari, shuningdek, ishning yopiq yoki ochiq, sayyor sud

    majlisida ko‘rib chiqilganligi ko‘rsatilishi haqida tushuntirish berilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Rayosatining 2015-yil 26-

    martdagi R№ 28-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik sudlarining ish yuritish

    Yo‘riqnomasi” qabul qilindi. Ushbu hujjatda hujjatlarni tuzish va

    rasmiylashtirish bo‘yicha talablar o‘rnatilgan. Hujjatlar tuzilishida e’tibor

    qaratishimiz lozim bo‘lgan ayrim masalalar keyingi mavzularda batafsil keltirib

    o‘tiladi.

    Masalan, Yo‘riqnomaning 14.3-bandida “Ijro varaqasining matni 1-1,5 satr

    kengligida, “Times New Roman” shriftida, qora rangda, 12 dan 14 gacha

    bo‘lgan kattalikda, matnning chap chegarasi 30 mm, o‘ng chegarasi 15 mm,

    yuqori va pastki chegaralari esa 20 mmda yozilishi kerak”, - deb belgilangan.

    Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning

    qonuniy huquqlarini himoya qilish, ularning faoliyati kafolatlarini kuchaytirish

    masalasini hal etishda sud organlari rolini oshirishga alohida ahamiyat

    berilmoqda. Sudlar tegishli da’vo arizasi ko‘rib chiqilayotgan paytda tadbirkorlik

    subyekti nazorat organining qaroridan norozi bo‘lsa, uning ijrosini to‘xtatib

    turish huquqiga ega bo‘ldi. Agar tadbirkorlik subyekti soliq va bojxona

    qonunchiligini buzgan bo‘lsa, uning mulki faqat sud qaroriga binoan musodara

    qilinishi mumkinligini belgilaydigan qonun normasi joriy etildi, da’vo arizasini

    ko‘rib chiqish muddatlari ham sezilarli ravishda qisqartirildi. Agar tadbirkorlik

    subyekti soliq va bojxona qonunchiligini buzgan bo‘lsa, uning mulki faqat sud

    qaroriga binoan musodara qilinishi mumkinligini belgilaydigan qonun normasi

    joriy etildi, da’vo arizasini ko‘rib chiqish muddatlari ham sezilarli ravishda

    qisqartirildi.1 Shu sababli bugungi kunda xo`jalik protsessual qonunchilikdagi

    sud-huquq islohotlari tadbirkorlik sub`ektlarini huquqiy himoya qilishda muhim

    ahamiyat kasb etmoqda.

    NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

    1. Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan sudyalarga protsessual hujjatlarni

    rasmiylashtirishda qaysi huquqiy manbalar ko‘makchi bo‘la olishini tushuntiring.

    2. Protsessual hujjatlar, masalan, hal qiluv qarori yoki ajrimda har qanday

    holatda xalqaro huquq me’yorlariga havola etish shart yoki shart emas degan

    turli fikrlar mavjud. Xalqaro konvensiya, bitim va shartnomalar va boshqa

    1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-

    iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim

    ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.

    Internet manbaa: http://www.press-service.uz/uz/news/5226/

    http://www.press-service.uz/uz/news/5226/

  • 26

    hujjatlarning ahamiyati va yuqoridagi fikrlarni muhokama qiling.

    3. Da’vogar “Alf Grup” qo‘shma korxonasi Toshkent shahar xo‘jalik sudiga

    da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarlar ATIB “Ipoteka bank” va “Ipoteka

    bank” Yakkasaroy filialini shartnoma tuzishga majburlashni, ulardan 46 590 000

    so‘m asosiy qarz va 4 662 727 so‘m penya undirishni so‘ragan. Hal qiluv qarori

    bilan da’vo qisman qanoatlantirilgan. Birinchi instansiya sudining sud majlisi rus

    tilida olib borilgan va taraflar o‘zlarining tushuntirish va e’tirozlarini rus tilida

    ifoda qilishgan hamda barcha taqdim etilgan ishga oid hujjatlar ham rus tilida

    bo‘lgan. O‘zbek tili davlat tili bo‘lganligi bois, hal qiluv qarori o‘zbek tilida

    yozilgan. Javobgar apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, hal qiluv qarorini

    bekor qilib, ishni birinchi instansiya sudiga yangidan ko‘rishga yuborishni

    so‘ramoqda.

    Vaziyatga huquqiy baho bering. Ishni ko‘rishda sud ishi yuritiladigan til to‘g‘risidagi qoidalar buzilgan yoki buzilmaganligi bo‘yicha fikrlaringizni

    asoslang.

    Apellyatsiya instansiyasi ushbu masala yuzasidan qanday protsessual hujjat qabul qiladi va qanday xulosaga kelishi mumkin?

    4. Da’vogar Samarqand viloyat adliya boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on

    tumanidagi “Kumush” xususiy korxonasi manfaatida xo‘jalik sudiga da’vo

    arizasi kiritib, javobgar “Samarqand” fermer xo‘jaligidan 358.097 so‘m

    qoplanmagan bo‘nakni hamda 37.375 so‘m jarima undirishni so‘ragan. Ishni

    ko‘rish vaqtida da’vogar “Kumush” xususiy korxonasi sudga ariza bilan

    murojaat qilib, javobgar “Samarqand” fermer xo‘jaligi tomonidan to‘lov to‘liq

    to‘langanligi sababli da’vodan voz kechishini va uni sud qabul qilishini so‘ragan.

    Samarqand viloyat xo‘jalik sudi XPK 86-moddasining 6-bandini qo‘llab,

    da’vogar da’vosidan voz kechganligini inobatga olib, da’vo arizasi bo‘yicha ish

    yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqargan. Da’vogar uning manfaatlarini

    ko‘zlab, adliya boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan da’vodan voz kechgani

    bilan o‘z da’vo arizasidan voz kechishi o‘rtasida farq mavjud yoki mavjud

    emasligi to‘g‘risida turli xil fikrlar paydo bo‘ldi.

    Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering va protsessual hujjat to‘g‘ri rasmiylashtirilgan yoki yo‘qligini muhokama qiling.

  • 27

    II BOB.

    DA’VO ARIZASI, ARIZA, SHIKOYATLARNI ISH YURITISHGA

    QABUL QILISH VA ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH

    JARAYONIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL

    HUJJATLAR.

    _________________________________________________________

    2.1. Da’vo arizasi, ariza, shikoyatlarning mazmuni va shakli.

    Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr bildirish.

    Qarshi da’voni protsessual rasmiylashtirish tartibi.

    Xo‘jalik protsessual kodeksining 1-moddasiga asosan, har qanday

    manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud

    qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so‘rab, xo‘jalik sudiga

    belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.

    Xo‘jalik sudiga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.

    Xo‘jalik sudiga murojaat qilish belgilangan shakllarda amalga oshiriladi.

    Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar xo‘jalik sudiga axborot tizimi orqali

    elektron shaklda yuborilishi mumkin.

    Demak, XPKning 6-moddasiga muvofiq, xo‘jalik sudi:

    1) manfaatdor shaxslarning;

    2) prokurorning;

    3) qonun bo‘yicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida

    xo‘jalik sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda davlat organlari va

    boshqa organlarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atadi.

    2.1.1. Talabnoma yuborish tartibi

    Agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish

    (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda

    tutilgan bo‘lsa, taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish

    choralarini ko‘rganlaridan so‘nggina xo‘jalik sudida ish qo‘zg‘atish mumkin.

    Bunda prokuror, davlat organlari va boshqa organlarning arizalari bo‘yicha ish

    qo‘zg‘atish taraflar yuqoridagi choralarni ko‘rgan-ko‘rmaganliklaridan qat’i

    nazar amalga oshiriladi.

  • 28

    Sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmaslik

    oqibatlari:

    № Holat

    mazmuni va

    sudning

    harakati

    Arizani qabul

    qilish

    jarayonida

    aniqlansa

    Sud majlisi boshlangandan so‘ng

    aniqlansa

    1. Sudgacha hal

    qilish

    (talabnoma

    yuborish)

    tartibiga rioya

    etmaslik

    oqibatlari

    XPKning 118-

    moddasi 6-

    bandiga asosan,

    shu toifadagi

    nizolar uchun

    qonunda yoki

    shartnomada

    nazarda tutilgan

    hollarda

    da’vogar

    javobgar bilan

    nizoni

    sudgacha hal

    qilish

    (talabnoma

    yuborish)

    tartibiga rioya

    etilganini

    tasdiqlovchi

    hujjatlarni

    taqdim

    etmagan bo‘lsa,

    da’vo arizasi

    qaytariladi.

    XPKning 88-

    moddasi 5-

    bandiga asosan,

    da’vogar nizoni

    sudgacha hal

    qilish (talabnoma

    yuborish)

    tartibiga rioya

    etmagan, bu esa

    shu toifadagi

    nizolar uchun

    qonunda yoki

    shartnomada

    nazarda tutilgan

    bo‘lsa, da’vo

    ko‘rilmasdan

    qoldiriladi.

    XPKning 86-

    moddasi 8-

    bandiga asosan,

    da’vogar

    sudgacha hal

    qilish (talabnoma

    yuborish) tartibiga

    rioya etmagan

    bo‘lsa, basharti bu

    shu toifadagi

    nizolar uchun

    qonunda yoki

    taraflar

    shartnomasida

    nazarda tutilgan

    va bunday tartibni

    qo‘llash

    imkoniyati

    yo‘qotilgan bo‘lsa

    ish yuritish

    tugatiladi.

    2. Ushbu

    holatlarda

    da’vo arizasini

    qaytarish,

    ko‘rmasdan

    qoldirish, ish

    yuritishni

    tugatish

    oqibatlari

    XPKning 118-

    moddasiga

    asosan, da’vo

    arizasining

    qaytarilishi yo‘l

    qo‘yilgan

    xatolar bartaraf

    etilgandan

    keyin ikkinchi

    XPKning 89-

    moddasiga

    asosan, da’voni

    ko‘rmasdan

    qoldirish uchun

    asos bo‘lgan

    holatlar bartaraf

    etilgach, da’vogar

    xo‘jalik sudiga

    XPKning 87-

    moddasiga

    asosan, ish

    yuritish tugatilgan

    taqdirda, ayni bir

    shaxslar

    o‘rtasidagi, ayni

    bir predmet

    to‘g‘risidagi va

  • 29

    marta xo‘jalik

    sudiga umumiy

    tartibda da’vo

    arizasi bilan

    murojaat

    etishga

    to‘sqinlik

    qilmaydi.

    umumiy tartibda

    yana murojaat

    qilish huquqiga

    ega.

    ayni bir asoslar

    bo‘yicha nizo

    yuzasidan xo‘jalik

    sudiga ikkinchi

    bor murojaat

    qilishga yo‘l

    qo‘yilmaydi.

    Talabnomaning mazmuni va shakliga oid qoidalar O‘zbekiston

    Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-

    huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 1998-yil 29-avgustdagi qonuni va boshqa qonun

    hujjatlarida belgilangan.

    Ushbu qonunning 17-moddasiga muvofiq, huquqlari va qonuniy

    manfaatlari buzilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt mazkur huquq va manfaatlarni

    buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan talabnoma bildirishga haqlidir.

    Talabnoma yozma shaklda bildiriladi. Talabnomada quyidagilar

    ko‘rsatiladi:

    - talabnoma bildirgan xo‘jalik yurituvchi subyektning va talabnoma

    bildirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi;

    - talabnoma bildirilgan sana va uning raqami;

    - talabnoma bildirish uchun asos bo‘lgan holatlar;

    - talabnomada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;

    - arz qiluvchining talablari;

    - talabnoma summasi va uning hisob-kitobi, arz qiluvchining to‘lov va

    pochta rekvizitlari;

    - talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.

    Talabnoma xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari yoki rahbarning

    o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Talabnoma buyurtma yoki qimmatli xat

    tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek, talabnoma jo‘natilganligini qayd

    etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan

    foydalanilgan holda jo‘natiladi yoxud tilxat olib topshiriladi.

    Yuklarni tashish va aloqa xizmatlari ko‘rsatishga doir operatsiyalardan kelib

    chiqadigan talabnomalarni transport va aloqa xo‘jalik yurituvchi subyektlariga

    bildirish tartibi va muddatlari qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.

    Ushbu qonunning 18-moddasiga asosan, o‘ziga talabnoma bildirilgan

    xo‘jalik yurituvchi subyekt talabnomani olgan kundan boshlab bir oy muddat

    ichida unga javob qaytarishi shart.

  • 30

    Talabnomaga javob xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbarning

    o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.

    Talabnomaga javob buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp

    orqali, shuningdek, talabnoma jo‘natilganligini qayd etadigan, qabul qilib

    oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda

    jo‘natiladi yoxud tilxat olib topshiriladi.

    Talabnoma to‘liq yoki qisman tan olingan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi

    subyekt arz qiluvchiga o‘zi tan olgan summani ixtiyoriy ravishda o‘tkazadi.

    Agar talabnomani tan olish to‘g‘risidagi javobda tan olingan summa

    o‘tka