samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish...

29
Ozbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan “Axborot soati va murabbiylik soati” materiallari Samarqand- 2018 y

Transcript of samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish...

Page 1: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

2018 yil 24 aprel seshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan “Axborot soati va murabbiylik soati” materiallari

Samarqand- 2018 y

Page 2: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

PARLAMENTLARARO HAMKORLIK JADAL RIVOJLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 17 aprel kuni Latviya Respublikasi Seymi Raisi Inara Murnietse rahbarligidagi ushbu mamlakat parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muloqot chog‘ida Senat Raisi N.Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Latviya Respublikasi Seymi o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. 

2010 yilda Latviya Seymida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha guruh tuzilgan bo‘lsa, 2012 yil iyulda mamlakatimiz parlamentida xuddi shunday do‘stlik guruhi tashkil etildi. O‘sha yili sentyabrda Oliy Majlis va Seymning parlamentlararo do‘stlik guruhlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. 

O‘tgan yil may oyida Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasining Latviyaga tashrifi, ushbu tashrif doirasida o‘tkazilgan qator uchrashuvlar hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

Tashrif kunlari Riga shahrida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Latviya biznes-seminari o‘tkazilib, unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 300 nafardan ziyod vakili ishtirok etdi. Bir qator idora va muassasalar o‘rtasida hamkorlikka oid memorandumlar imzolanib, kelishuvlarga erishildi.

Latviya Respublikasi Seymi Raisi Inara Murnietse boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga ushbu tashrifi parlamentlararo hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. 

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi ahvoli va istiqbollarini muhokama etdilar. Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha to‘plangan tajriba tahlil qilindi. Parlamentlar o‘rtasidagi muloqotni mazmun jihatdan yanada boyitish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan uchrashuvda Spiker N.Ismoilov O‘zbekiston bilan Latviya o‘rtasida o‘zaro ishonch va manfaatdorlikka asoslangan munosabatlar parlamentarizm sohasida ham izchil rivojlanayotganini qayd etdi. 

Mamlakatlarimizni mustahkam do‘stlik rishtalari bog‘lab turishi, qonun ijodkorligi sohasidagi aloqalar faollashgani teng huquqlilikka asoslangan sheriklik munosabatlarining yana bir ifodasi ekani ta’kidlandi. 

Muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorlikning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilgan O‘zbekiston – Latviya hamkorlik komissiyasi olib borayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. 

Page 3: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

Uchrashuvda mehmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Latviya parlamenti delegatsiyasi, shuningdek, mamlakatimizning qator vazirlik va idoralarida ham muzokaralar o‘tkazdi. 

IQTISODIYOTDA HISOB-KITOBLAR HOLATINI YAXSHILASH – BARQARORLIK OMILI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17 aprel kuni iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitob tizimini takomillashtirish, debitor, kreditor va byudjet oldidagi qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlarida nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, to‘lov intizomini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilindi. Prezidentimizning 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, bu borada yangi tizim yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi. Bu sohada to‘planib qolgan jiddiy kamchilik va muammolarni bartaraf etish borasida muhim qadam bo‘ldi. 

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari uzoq yillardan beri hisob-kitob tizimiga e’tibor qaratilmay kelingani, iqtisodiyot tarmoqlarida pul oqimlari samarasiz boshqarilgani va nomutanosib taqsimlangani oqibatida qarzdorlik holatlari ko‘payib ketganini ta’kidladi. 

Buni bartaraf etish bo‘yicha so‘nggi vaqtlarda qator choralar ko‘rildi. Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida “O‘zbekneftgaz” va “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatlarining umidsiz debitor qarzlari hisobdan chiqarildi. “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining kreditor qarzdorliklari byudjet ssudalari orqali kamaytirildi. 

Iqtisodiyot tarmoqlarini yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash uchun neftni qayta ishlash korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida salmoqli mablag‘lar ajratildi. 

Soliqlarni taqsimlash tizimi qayta ko‘rib chiqilishi orqali neftni qayta ishlash korxonalari ixtiyorida yiliga 670 milliard so‘m, elektr stansiyalari hisobida 100 milliard so‘m mablag‘ qoldirildi. 

Fermer xo‘jaliklari bir necha marta tugatilishi va qayta tashkil etilishi hisobiga tijorat banklari yo‘qotgan likvidlikni qoplash uchun mablag‘ yo‘naltirildi. 

Monopol korxonalarning yuqori likvidli 27 turdagi mahsulotlarini faqat elektron birja savdosi orqali ichki bozorga sotish mexanizmlari yo‘lga qo‘yildi, davlat tomonidan ularning narxini deklaratsiya qilish tartibi bekor qilindi. 

Biroq, shunga qaramasdan, joriy yil 1 mart holatiga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlarida jami debitor va kreditor qarzdorlik o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda

Page 4: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

16 foiz va 13 foizga oshgan. Muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yil boshiga nisbatan 60 foizga kamayishiga erishilgan bo‘lsa-da, o‘tgan yilgi qarzdorlikdan 2,7 barobar ko‘p. 

Jami debitor qarzdorlikning salmoqli qismi yoqilg‘i-energetika kompleksiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu sohadagi debitor qarzdorlik yil boshiga nisbatan 16 foizga oshgani kuzatilgan. Mashinasozlik va paxtani qayta ishlash kompleksida 13,7 foizga, qurilish va transport masalalari kompleksida 20 foizga oshgan. 

Birgina “O‘zbekneftgaz” va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlari tizimida muddati o‘tgan debitor qarzdorlik 460 milliard so‘mga etgan. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida 341 milliard so‘mlik muddati o‘tgan qarzdorlik hosil bo‘lgan. “O‘zavtosanoat”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarida ham debitor qarzdorlik yuqoriligicha qolmoqda. 

– Biror tashkilotga rahbar tayinlandimi, u ishni hisob-qitob tizimini tartibga solishdan boshlashi kerak. Bizda esa aksincha, texnik-iqtisodiy tomoni bilan shug‘ullanishga kirishadi. Iqtisodiyotda qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha tizimni o‘zgartirish davri keldi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Davlatimiz rahbari fermer xo‘jaliklarining soliq borasidagi qarzdorligini ham kamaytirish zarurligiga e’tibor qaratdi. Chunki mashina-traktor parklari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishning joriy mexanizmi ta’sirida fermer xo‘jaliklarining “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati oldidagi qarzdorligi oshib bormoqda. 

Soliq va kadastr idoralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik samarali yo‘lga qo‘yilmagani oqibatida soliq idoralari bazasida 212 ming gektar erga ega 3 ming 247 fermer xo‘jaligi haqidagi ma’lumot mavjud emas, kadastr idoralarida ro‘yxatga olingan 405 ming 508 turar va noturar joy obyekti soliq idoralarida hisobga olinmagan. Buning oqibatida byudjetga yagona yer solig‘i bo‘yicha 1,8 milliard so‘m tushmasdan qolgan. 

Hozirgi kunga qadar 1 million 100 mingdan ortiq turar joylarning kadastr hujjatlari mavjud emas va bu obyektlar soliq bazasida hisobga olinmasdan kelmoqda. 

Joriy yil 1 aprel holatiga ko‘ra, byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan soliq qarzdorligi ham yuqori. 

O‘z navbatida, 2015-2017 yillarda korxonalarga soliq imtiyozlari asossiz taqdim qilingani natijasida byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga 49,2 milliard so‘m undirilmagan. Bundan tashqari, bojxona omborlarida 90,5 million dollarlik tovarlar 3 yildan ortiq muddat davomida saqlab kelinmoqda. 

Iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning aniq hisobi hanuzgacha mavjud emasligi, davlat idoralari o‘rtasida elektron hamkorlik va ma’lumot almashuvi yo‘lga qo‘yilmagani, soliq, bojxona nazorati tizimi etarlicha tartibga solinmagani, qarzdorlikni undirish tizimi samarasizligi, mazkur sohada o‘rnatilgan javobgarlik choralari mansabdor shaxslar va fuqarolarning to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etish borasidagi mas’uliyatini oshirish uchun etarli emasligi ushbu qarzdorliklar kelib chiqishining asl sabablari hisoblanadi. 

Yig‘ilishda Prezidentimiz Bosh vazir o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitoblar tizimini

Page 5: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

takomillashtirish, debitor, kreditor va byudjet oldidagi qarzdorliklarni qisqartirish, tuman, viloyat va respublika darajasida soliq organlari, banklar, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa idoralar o‘rtasida har oy yakuni bo‘yicha o‘zaro qarzdorlik holatini solishtirib borish tizimini joriy etish, solishtirmalar asosida qarzdorlik ahvolini Vazirlar Mahkamasi komplekslarida har oyda jiddiy muhokama qilish, davlat idoralari o‘rtasida elektron hamkorlik va ma’lumot almashuvini yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi. 

IJTIMOIY SOHA XODIMLARINI JAMOAT ISHLARIGA MAJBURIY JALB ETISHGA YO‘L QO‘YILMAYDI

Ijtimoiy soha xodimlarining jamoat ishlariga majburiy jalb etilayotgani, bu borada ayrim mahalliy rahbarlar tomonidan qonunbuzarlik va ko‘zbo‘yamachilik holatlari kuzatilayotgani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan jiddiy tanqid qilinmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir A.Aripov rahbarligida hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot, ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va boshqa ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash, bu borada barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizda yangi taraqqiyot bosqichini boshlab bergani, barcha sohalarda yuksak natijalarga erishilayotgani, pirovardida xalqimiz farovonligi yuksalayotgani va bu xalqaro hamjamiyatning keng e’tirofiga sazovor bo‘layotgani alohida ta’kidlandi. 

Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizda bolalar mehnatiga barham berildi. Xususan, Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ham Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilgani ta’kidlangan edi. 

Mazkur ishlarning amaliy ifodasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzurida majburiy mehnat bo‘yicha alohida komissiya tashkil etildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan 2017 yilgi paxta yig‘im-terim ishlariga jalb qilingan talabalar qaytarildi. 

Ammo joylardagi aksariyat rahbarlar tomonidan ijtimoiy soha xodimlari, asosan, o‘qituvchilar va shifokorlarni jamoat ishlariga jalb qilish holatlari kuzatilmoqda. 

Yig‘ilishda bu ishlarning achinarli oqibati xususida so‘z bordi. Prezidentimiz Sirdaryo viloyati faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Diana Enikeeva jamoat ishlariga jalb etilgan vaqtda mashina urib ketishi oqibatida vafot etganini qanchalik kuyinib gapirgani eslandi. Bu kabi holatlar davlatimiz rahbari yuritayotgan siyosatga xiyonat ekani, mahalliy rahbarlarning bunday noto‘g‘ri xatti-harakatlari islohotlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. 

Sir emas, turli ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida mahalliy hokimliklar tomonidan ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimi vakillarini boshqa

Page 6: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

ishlarga majburiy jalb qilish holatlari uchrayotgani keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Qashqadaryo viloyatida ko‘chalar bo‘yida issiqxonalar tashkil etish, Jizzax viloyatida kollej o‘quvchilarini to‘qimachilik fabrikasi ishchilari sifatida foydalanish holatlari yuz bergan. Andijon viloyatining Andijon shahri, Xo‘jaobod, Marhamat, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq tumanlarida ko‘cha tozalash, mahallalarni obodonlashtirish, dala ishlariga ijtimoiy soha xodimlari muntazam jalb etib kelinmoqda. Mazkur holatlar ayrim rahbarlar tomonidan nafaqat majburiy ishlatish, moddiy manfaatni ham ko‘zlab amalga oshirilmoqda. Bu esa aholi o‘rtasida turli norozilik kayfiyatlarini keltirib chiqarmoqda. 

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari N.Rahmonov, Andijon shahar hokimi D.Rahmatullayev barcha yig‘ilishlarda ochiqdan-ochiq maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlariga shahar ko‘chalarini obodonlashtirish uchun o‘z ish haqlaridan qimmat narxlarda gul va daraxt ko‘chatlarini sotib olishga majbur qilgan. Topshiriq bajarilmasa, ularni hatto ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilgan. 

Xuddi shunday holat Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida, Sirdaryo viloyatining Guliston shahri, Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlariga nisbatan ham kuzatilgan. 

Aytish kerakki, Prezidentimiz tashabbusi bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad barcha hududlarda, ayniqsa, chekka tumanlarda band bo‘lmagan fuqarolarni ish haqi to‘lash orqali obodonlashtirish, uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash, infratuzilmani yaxshilash ishlariga keng jalb etishdir. Ammo hokimlar bu imkoniyatlardan foydalanish o‘rniga, byudjet tashkilotlari ishchilarini tahdid qilish orqali majburiy ishlatishni odatga aylantirib olishgan. 

Yig‘ilishda 2018 yilda ishsiz aholini jamoat ishlariga jalb etish uchun 714 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, joylarda ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanilmayotgani ta’kidlandi. Joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida mehnat qonunchiligi bo‘yicha jami 10 mingga yaqin qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. Ularning asosiy qismi xalq ta’limi, tibbiyot muassasalari hisobiga to‘g‘ri keladi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan hududlarda “Obod qishloq” dasturi loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha ijrosiga hokimlarning byudjet tashkilotlarida ishlayotgan xodimlarni noqonuniy jalb etayotgani ham sir emas. 

Masalan, Ulug‘nor tumanidagi Oqobod, Oltinko‘l tumanidagi Shahriobod, Bo‘z tumanidagi G‘olib, Peshku tumanidagi Turkiston, Qo‘shko‘pir tumanidagi Ittifoq, Urganch tumanidagi Turkman mahallalarida «Obod qishloq» loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga maktab o‘qituvchilari ommaviy jalb etilgan. Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi Jom qishlog‘ida qurilish va obodonlashtirish ishlariga nafaqat shu, balki boshqa tumanlardan ham o‘qituvchi va shifokorlar majburiy biriktirilgan. Bu esa, o‘qituvchi va shifokorlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. 

Bundan tashqari, o‘qituvchi va shifokorlarni qishloq xo‘jaligi ishlariga ham keng jalb etish amaliyoti kuzatilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani, Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani, Surxondaryo

Page 7: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

viloyatining Oltinsoy tumani, Samarqand viloyatining Paxtachi tumani, Xorazm, Farg‘ona viloyatlarining qator tuman va shaharlaridagi ayrim ta’lim muassasalari xodimlari majburiy mehnat ishlariga jalb qilingan. 

Oliy ta’lim muassasalarining 2017/2018 o‘quv yilidagi holati tahlil qilinganda, mamlakat bo‘yicha ko‘cha supurish ishlariga 17 ming, ariq tozalash ishlariga 4 ming, qurilish ishlariga 7 ming, dala ishlari, chopiq, chekanka, yig‘im-terimga 23 ming nafar talaba va o‘qituvchilar majburan jalb etilgani aniqlandi. 

Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 mingdan ortiq, Andijon viloyatida 8 ming 500, Jizzax viloyatida 5 ming, Namangan viloyatida 2 ming 600, Toshkent viloyatida 5 ming 500 ga yaqin talaba va o‘qituvchilar turli ishlarga jalb qilingan. 

Yig‘ilishda mazkur sohalar rahbarlari ushbu muammoni bartaraf etish o‘rniga, kuzatuvchi bo‘lib o‘tirgani, bu borada aniq choralar ko‘rmayotgani jiddiy tanqid qilindi. 

Ishga mas’uliyatsizlik bilan qaragani, xodimlarning majburiy mehnatga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yib bergani uchun xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov, sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov, Jizzax viloyati hokimi E.Soliev qat’iy ogohlantirildi. Shuningdek, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari hokimlariga nisbatan hayfsan e’lon qilindi. 

Yig‘ilishda ijtimoiy soha xodimlarini jamoat ishlariga majburiy jalb etishga chek qo‘yish borasida qator vazifalar belgilandi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hududiy va tuman shahar hokimliklarining hududlarni obodonlashtirish ishlari uchun mas’ul bo‘lgan boshqarmalari faoliyatini tanqidiy o‘rganib chiqish, xodimlar mehnat huquqlari buzilishining oldini olish, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va fuqarolarning jamoat ishlariga qonuniy jalb etilishiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan davlat va jamoatchilik nazoratini tashkil etish, ayniqsa, byudjet tashkilotlari xodimlari qishloq xo‘jaligi, kommunal xo‘jalik, obodonlashtirish, qurilish, ikkilamchi xomashyo yig‘ish ishlariga majburan jalb etilmasligini alohida nazoratga olish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish topshirig‘i berildi. 

JANUBIY KOREYA TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV 2018 yilning 18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Hva bilan uchrashdi. 

Ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomon kun tartibidagi dolzarb masalalar, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar. 

Avvalambor, 2017 yilning 22-25 noyabr kunlari Seul shahrida O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlarining samarali sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Ta’kidlanganidek, strategik sheriklikni har tomonlama chuqurlashtirish bo‘yicha davlat rahbarlarining qabul qilgan Qo‘shma bayonoti, tashrif chog‘ida imzolangan 10 milliard AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi ikki tomonlama qator hujjatlar O‘zbekiston-Janubiy Koreya muloqotini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqdi. 

Page 8: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini yana bir bor ta’kidlab, ushbu sohalardagi aniq qadamlarni ko‘rib chiqdilar. 

Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘z mamlakatining Koreya yarim orolidagi vaziyatni bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni joriy yilning aprel oyidagi koreyalararo sammit o‘tkazilishini ma’qulladi va Koreya yarim orolida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik o‘rnatish uchun Koreya Respublikasi sa’y-harakatlarini qat’iyan qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Sammitning ijobiy natijalari Koreya yarim orolining Janubi va Shimoli hamda butun mintaqaning yanada rivojlanishi va farovonligi uchun qulay shart-sharoit yaratishiga ishonch bildirildi. 

Muzokaralarda Koreya Respublikasi Elchisi Kvon Yon U ishtirok etdi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI KOREYA RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva xonimni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari mustahkamlanib, strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan ta’kidladi. 

Suhbatda 2017 yil noyabr oyida Janubiy Koreyaga oliy darajadagi tarixiy tashrif hamda uning yakunida erishilgan muhim kelishuvlar O‘zbekiston – Janubiy Koreya o‘zaro manfaatli hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani alohida qayd etildi. 

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlari izchil o‘sib bormoqda. Janubiy Koreya O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi. “Posko-DEU”, “DjiES”, “Evergrin”, “Yanguan” va boshqa ko‘plab kompaniyalar bilan birgalikda qiymati 5 milliard dollardan ortiq yangi investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. 

Joriy yilning fevral oyida Toshkentda yangi formatda savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha birinchi qo‘shma hukumatlararo uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 

Sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim, shahar boshqaruvi, energetika, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishda Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasi, ilmiy yutuqlari va texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan qo‘shma dasturlar faol amalga oshirilmoqda. 

Koreya Respublikasining etakchi mutaxassislari mamlakatimiz vazirliklari, idora va hokimliklari tomonidan maslahatchi sifatida jalb etilmoqda. Gumanitar, ta’lim va turizm sohalarida almashinuvlar kengaymoqda. 

Uchrashuvda davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Cje In tomonidan Koreya yarimoroli va butun mintaqada tinchlik va xavfsizlikni

Page 9: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan siyosatni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi. 

Prezidentimiz rejalashtirilayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etishi va yangi istiqbolli kelishuvlarga erishishni ta’minlashiga ishonch bildirdi. 

Tashqi ishlar vaziri Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini etkazdi. 

Mehmon Janubiy Koreya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlarini yuksak baholashini, ushbu anjuman, shubhasiz, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishini ta’kidladi. 

Vazir O‘zbekiston Prezidentiga Janubiy Koreya fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etish to‘g‘risida qabul qilingan qaror uchun samimiy minnatdorlik bildirdi, bu sayyohlar oqimini salmoqli darajada oshirish va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qilayotganini qayd etdi. 

Uchrashuv so‘nggida Kan Gyon Xva Janubiy Koreya ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va keng ko‘lamli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi. 

KAN GYON XVA: KOREYALIKLAR O‘ZBEK XALQINING BOY MADANIYATI VA URF-ODATLARINI YUKSAK QADRLAYDIO‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda

izchil rivojlanib bormoqda. Xalqlarimizning mentaliteti, madaniyati bir-biriga o‘xshash. Yurtimizda yashayotgan koreys diasporasi mamlakatimizdagi ko‘plab boshqa millat vakillari qatori tinch-totuv va farovon hayot kechirib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotir. 

Mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva xonim O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi: 

– Avvalo, samimiy qabul uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston rahbari bilan suhbatimiz g‘oyat mazmunli bo‘ldi, konstruktiv ruhda o‘tdi. 

Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib bormoqda. 2017 yil 22-25 noyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi. Ikki davlat rahbarlarining ichki va tashqi siyosat masalalariga yondashuv va qarashlari o‘xshash, ular mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida hamfikrdir. 

Mazkur tashrif davomida davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning uch muhim yo‘nalishi – oliy darajadagi muloqotlarni yanada faollashtirish, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaliy sheriklikning soha va yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish yuzasidan kelishib oldi. Shunga asosan, joriy yil fevral oyida Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi va Toshkentda yangi formatda ilk bor tashkil qilingan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha qo‘shma

Page 10: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

hukumatlararo uchrashuvda qatnashdi. Bu kabi anjumanlar ikki tomonlama aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishda muhim qadam bo‘lmoqda. 

Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keyingi o‘n bir yilda ilk bor tashrif buyurmoqda. 

O‘zbekistonga safar asnosida koreys millati vakillari bilan ham uchrashdik. Ular o‘zbek xalqi Koreyani, koreys madaniyatini yuksak qadrlashini ta’kidladi. Biz esa Janubiy Koreyada o‘zbek xalqining boy madaniyati va urf-odatlari yuksak qadrlanishini qayd etdik. Bunday omillar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati a’lo darajada ekanidan dalolat beradi. 

Muzokaralar davomida mamlakatlarimiz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilish, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish, mintaqalarimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalarida ishonchli hamkor ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim. 

QANDIM GAZNI QAYTA ISHLASH MAJMUASI OCHILDIBuxoro viloyatida 19 aprel kuni Qandim gazni qayta ishlash majmuasining

ishga tushirilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

ishtirok etdi. O‘zbekiston uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish imkonini beradigan

muhim uglevodorodli salohiyatga ega. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi barcha mineral zaxiralarning uchdan bir qismi O‘zbekistonda joylashgan. Mamlakatimiz gazni qazib chiqarish bo‘yicha dunyoning ilg‘or yigirmataligiga kiradi. 

Bugungi kunda O‘zbekiston neft-gaz sanoati nafaqat er osti boyliklarini qazib olish, balki xomashyoni qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqaruvchi majmualar tizimiga aylandi. Bu tarmoq yuksak rivojlangan sanoat ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha qator yirik korxonalarni birlashtirdi. 

Hozirgi bosqichda tarmoqning asosiy iqtisodiy yo‘nalishlaridan biri uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash va undan qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda eksport geografiyasini kengaytirish hisoblanadi. Bu boradagi loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizga neft va gazni qazib chiqarishda etakchi qator yirik chet el kompaniyalari jalb etilmoqda. Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi bilan hamkorlikda “Qandim-Xauzak-Shodi-Ko‘ng‘irot” mahsulot taqsimoti bitimi doirasida bunyod etilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ulardan biridir. 

Ta’kidlash joizki, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi muddatidan 8 oy avval qurib bitkazildi. Bundan roppa-rosa ikki yil ilgari 2016 yil 19 aprelda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tgan edi. Unda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan edi. Majmua va infratuzilma obyektlarini barpo etishda 10 mingga yaqin ishchi-mutaxassis qatnashdi. Korxona foydalanishga topshirilgach, 2 mingdan ortiq doimiy ish o‘rni yaratildi. 

Qandim gazkondensat konlari guruhi negizida bunyod etilgan mazkur sanoat korxonasi O‘zbekiston – Rossiya hamkorligining yuksak namunasidir. Uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlashga

Page 11: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

mo‘ljallangan. Majmua to‘la quvvat bilan ishlaganda 212 ming tonna sof oltingugurt, 134 ming tonna barqarorlashtirilgan gaz kondensati olinadi, tozalangan tabiiy gaz eksportga yo‘naltiriladi. 

Davlatimiz rahbari majmuaning texnologik jarayonini ko‘zdan kechirdi. Laboratoriya va markaziy boshqaruv pultida bo‘ldi. 

Qandim gazni qayta ishlash majmuasiga gaz qazib olish va yig‘ish tizimi, ikkita gazni qayta ishlash texnologik tarmog‘i, mahsulotlarni ortish va tashish uchun terminallar, magistral gaz quvuri orqali tabiiy gazni eksport qilish hamda muhandislik va energoresurslar bilan ta’minlash qurilmalari kiradi. Bu erga gaz ikkita tabiiy gaz yig‘ish punktiga birlashtirilgan 114 quduqdan keladi. 

Loyiha doirasida Qorako‘l tumanining olis cho‘l hududida 1 ming 150 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy shaharcha bunyod etildi. U erda ishchilarning yashashi va dam olishi uchun barcha sharoit yaratildi. Bundan tashqari, 500 kilometrlik texnologik va quvur tarmoqlari, 280 kilometrdan ortiq yo‘llar, 50 kilometrlik temir yo‘l, 272 kilometrlik elektr uzatish liniyalari barpo etildi. 

Korxona ma’muriy binosida majmuaning ishga tushirilishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi. Unda Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri Aleksandr Novak, “Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, diplomatik korpus, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, zavod ishchi-muhandislari, yoshlar, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar sanoatning etakchi yo‘nalishlarini izchil rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilayotgani, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi O‘zbekiston bilan Rossiya hamkorligi barcha sohada jadal rivojlanib borayotganining yorqin namunasi ekanini qayd etdi. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tabrigini energetika vaziri Aleksandr Novak o‘qib eshittirdi. 

“Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi muhandisi Shahzod Qurbonov, neft-gaz sohasi faxriysi Komil Fozilov ushbu sana mamlakatimiz uchun tarixiy kun ekani, cho‘ldagi mo‘‘jizaga aylangan ushbu majmua O‘zbekistonda hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish, inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan islohotlarning natijasi ekanini ta’kidladi. 

Shundan so‘ng Qandim gazni qayta ishlash majmuasi faoliyatiga start beruvchi ramziy tugma bosildi... 

Buxoro viloyati katta sanoat, ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyatga ega. Bu o‘z navbatida yangi majmuani samarali ishlatish uchun zamin yaratadi. Yangi korxona viloyat iqtisodiyoti uchun o‘ziga xos lokomotiv bo‘libgina qolmasdan, butun mamlakatimizni uglevodorod mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini tubdan yaxshilash va eksport hajmini oshirish imkonini beradi. Davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 sentyabrdagi “2016 – 2020 yillarda uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida bu boradagi ishlar izchil rivojlantiriladi. 

Page 12: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

Umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod ushbu ulkan loyihada Janubiy Koreyaning “Xyunday injenering” kompaniyasi asosiy quruvchi-pudratchilardan bo‘ldi. Hech shubhasiz, bu yangi sanoat kompleksi nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi noyob sanoat obyektlaridan biriga aylandi. 

– Biz bugun juda muhim voqeaga guvoh bo‘ldik, – dedi Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev. – Men ikki yil avval mana shu majmua poydevoriga tamal toshi quyilgan kunni mamnuniyat bilan eslayman. Rossiyaning “LUKOYL” va Koreyaning “Xyunday injenering” kompaniyalari katta qiziqish bildirgan mazkur loyiha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishda muhim bosqichdir. qandim loyihasi O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, Prezident Shavkat Mirziyoyev alohida ta’kidlaganidek, O‘zbekiston faqat tabiiy xomashyosi bilan cheklanmay, uni chuqur qayta ishlashda Qandim majmuasi katta imkoniyat yaratadi. 

– Mazkur ulkan sanoat korxonasi O‘zbekiston, Rossiya va Koreya Respublikasi muvaffaqiyatli hamkorligining namunaviy loyihasidir, – dedi Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yong U. – Qandim majmuasi O‘zbekistonda gazdan unumli foydalanish, uni eksport qilish ko‘rsatkichlari oshishiga salmoqli hissa qo‘shadi. O‘ylaymanki, muvaffaqiyatli amalga oshgan ushbu loyiha boshqa sohalarni modernizatsiya qilish va rivojlantirish jarayonida koreyalik investorlarning ishtiroki oshishiga katta turtki beradi. 

Xulosa qilib aytganda, Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilishi O‘zbekistonda gaz konlarini o‘zlashtirishda yangi bosqichni boshlab berdi. O‘zbekiston iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan neft-gaz sohasi rivoji mamlakatimiz iqtisodiy yuksalishi va xalqimiz farovonligi yanada oshishida muhim omil bo‘ladi. 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING QANDIM GAZNI QAYTA ISHLASH

MAJMUASINING ISHGA TUSHIRILISHIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI NUTQI

Hurmatli do‘stlar! Xonimlar va janoblar! Avvalo, sizlarni Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi

yakunlangani va uning ishga tushirilishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bugungi tantanali marosimda qutlab, ushbu muhim voqea bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz. 

Birinchi navbatda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash masalalariga doimo ahamiyat berib, katta e’tibor qaratib kelayotgani uchun minnatdorlik bildiraman. 

Ana shunday muhim qo‘llab-quvvatlash tufayli bunday keng ko‘lamli loyiha atigi ikki yilda amalga oshirildi. 

Qandim majmuasining ishga tushirilishi, hech shubhasiz, xalqlarimiz farovonligiga va O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qilishini alohida ta’kidlashni istardim. 

Page 13: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

Bugungi imkoniyatdan foydalanib, Rossiya Federatsiyasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri janob Aleksandr Valentinovich Novak, “Lukoyl” kompaniyasi boshqaruvi raisi janob Vagit YUsufovich Alekperov, “Xunday Injiniring” kompaniyasi prezidenti janob Song Sang Rok, Rossiya Federatsiyasi va Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchilariga va boshqa hamkorlarimiz, mamlakatimiz hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga biz uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu tadbirda ishtirok etayotgani uchun o‘zimning tashakkurimni izhor etaman. 

Qadrli mehmonlar! Biz O‘zbekistonda qabul qilgan Harakatlar strategiyasining samarali va keng

miqyosda amalga oshirilayotgani sanoatning etakchi tarmoqlarini jadal rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 

Mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari oqimi ko‘paymoqda, xorijiy sheriklar bilan barcha tarmoqlar, jumladan, yoqilg‘i-energetika majmuasi bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorligimiz kengaymoqda. 

O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish borasida sifat jihatidan yangi bosqichda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida biz neft-gaz sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. 

Bugungi kunda tarmoqda amaldagi aktivlar samaradorligini oshirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan qudratli ishlab chiqarish bazasini yaratish, uglevodorod xomashyosini qazib olish hajmini ko‘paytirish, uni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan yangi turdagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksportini tashkil etishga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirilmoqda. 

Katta hajmdagi investitsiya portfeli va boy xomashyo bazasi bizga, eng ilg‘or bilimlar va g‘oyat samarali texnologiyalarni joriy etishga alohida ahamiyat qaratgan holda, sohani kompleks rivojlantirishga o‘tish imkonini berdi. 

Hurmatli do‘stlar! Biz O‘zbekistonda o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash, ikki tomon uchun

ham foydali va umumiy manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida shakllangan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yuksak baholaymiz va qadrlaymiz. 

Bizning oliy darajadagi uchrashuvlarimiz natijasida erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimizning ko‘pqirrali amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish uchun g‘oyat keng imkoniyatlar yaratdi va uni yangi bosqichga ko‘tardi. 

Rossiya bizning savdo va investitsiya sohasidagi eng yirik an’anaviy hamkorimizdir. Hozirgi kunda o‘zaro savdo hajmi muttasil ortib bormoqda, birgalikda ustuvor ahamiyatga molik investitsiyaviy dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Rossiyaning etakchi energetika kompaniyalari va banklari bilan sheriklikda hamkorligimizning lokomotiviga aylangan neft-gaz sohasida yirik loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. 

Tabiiy gaz va neft etkazib berish bo‘yicha kelishuvlar muvaffaqiyatli bajarilmoqda, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasida o‘zaro samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 

Bizning vaqt va hayot sinovidan o‘tgan asosiy, strategik hamkorimiz – energetika sohasida dunyoda etakchi o‘rin tutadigan “Lukoyl” kompaniyasidir. 

Page 14: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

Biz ko‘p yillardan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Qandim guruhiga kiradigan konlar, Havuzak va SHodi, Janubi-g‘arbiy Hisor konlarini qazish va o‘zlashtirish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirganimiz buning yorqin misolidir. 

O‘tgan oyda O‘zbekistonda “Lukoyl” kompaniyasining birinchi yoqilg‘i quyish shoxobchasi ishga tushirildi. 

Bu bizning sherikligimiz samarasining yaqqol misoli bo‘lib, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning muvaffaqiyatli rivojlanishiga xizmat qilishini alohida ta’kidlamoqchiman. 

Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz avvalambor mamlakatimizning tabiiy boyliklaridan oqilona va samarali foydalanishga, yuqori texnologiyalarga asoslangan va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan. 

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!Bundan roppa-rosa ikki yil avval, 19 aprel kuni biz siz bilan ushbu obyekt

tamal toshini qo‘yishga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etib, mazkur loyiha qurilishi boshlanishiga start bergan edik. 

Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va mutaxassislarning yuksak mahorati tufayli Markaziy Osiyodagi eng yirik inshootlardan biri bo‘lgan mazkur majmua qisqa muddatda qurib bitkazildi. 

O‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 3 milliard dollardan oshganini alohida qayd etmoqchiman. 

Qurilish “Xunday Injiniring”, “Posko” va “Dji-Es”, “Enter Injiniring” kabi dunyoga mashhur kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Bunda “BASF”, “Yakobs”, “Xanivell” va boshqa ko‘plab xorijiy etakchi kompaniyalarning ilg‘or texnologiyalari, ilmiy ishlanmalari tatbiq etildi. Mazkur qurilishga yuqori malakali xorijiy mutaxassislar ham jalb qilindi. 

Sizlarning barchangizga ushbu keng ko‘lamli loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qo‘shgan hissangiz uchun samimiy minnatdorlik bildirmoqchiman. 

Bu loyihaning ahamiyati bebaho ekanini ta’kidlash o‘rinlidir. Majmuaning foydalanishga topshirilishi yiliga 8 milliard kub metrdan ortiq

tabiiy gaz qazib olish va uni qayta ishlash, tozalangan tovarbop gaz hamda 130 ming tonnadan ziyod barqaror gaz kondensatini olish imkonini beradi. 

Eng muhimi, 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari, zamonaviy ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari yaratildi. 

Bu borada majmua qurilishida ishtirok etgan minglab yosh mutaxassislar ilg‘or texnologik echimlar va yuqori xalqaro sifat standartlari asosida eng yirik ishlab chiqarish obyektlarini jadal qurish bo‘yicha zamonaviy usullarni o‘zlashtirgani, bu erda orttirgan ko‘nikma va tajribasini kelgusida mamlakatimizda yangi loyihalarni amalga oshirishda qo‘llash imkoniga ega bo‘lgani muhim ahamiyat kasb etadi. 

Hurmatli mehmonlar va marosim qatnashchilari! Fursatdan foydalanib, bizning do‘stlarimiz va hamkorlarimizga, ko‘p sonli

mutaxassislar, muhandis va quruvchilarga, o‘zining fidokorona mehnati va kasb mahorati bilan ushbu zamonaviy sanoat majmuasini barpo etishga hissa qo‘shgan

Page 15: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

barcha insonlarga yana bir bor o‘zimning samimiy minnatdorligimni izhor etaman. 

Hech shubhasiz, bugun ishga tushirilayotgan, o‘zining ko‘lami va texnologiyalari bo‘yicha noyob bo‘lgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi bizning tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorligimiz va sherikligimizning yana bir timsoliga aylanadi, mamlakatimizning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi. 

E’tiboringiz uchun rahmat. 

IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH JADAL TARAQQIYOTGA XIZMAT QILADI

Buxoro viloyatida 19 aprel kuni Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish imkonini beradigan boy uglevodorod zaxiralariga ega. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi barcha mineral zaxiralarning uchdan bir qismi O‘zbekiston hududida joylashgan. Mamlakatimiz gaz qazib chiqarish bo‘yicha dunyoning dastlabki yigirmataligiga kiradi.

Bugungi kunda O‘zbekiston neft-gaz sanoati nafaqat erosti boyliklarini qazib olish, balki qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqaruvchi majmualar tizimiga aylandi. Bu tarmoqda sanoat yuksak darajada rivojlanib, ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha qator yirik korxonalarni birlashtirdi. 

Hozirgi bosqichda tarmoqning asosiy iqtisodiy yo‘nalishlaridan biri uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash va undan qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda eksport geografiyasini kengaytirish hisoblanadi. Bu boradagi loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizga neft va gaz qazib chiqarishda etakchi bo‘lgan qator yirik chet el kompaniyalari jalb etilmoqda. Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi bilan hamkorlikda “Qandim – Xauzak – Shodi – Ko‘ng‘irot” mahsulot taqsimoti bitimi doirasida bunyod etilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ulardan biridir. 

Ta’kidlash joizki, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi muddatidan 8 oy avval qurib bitkazildi. Bundan roppa-rosa ikki yil ilgari 2016 yil 19 aprelda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tgan edi. Majmua va infratuzilma obyektlarini barpo etishda 10 mingga yaqin ishchi-mutaxassis qatnashdi. Korxona foydalanishga topshirilishi bilan 2 mingdan ortiq doimiy ish o‘rni yaratildi. 

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi tarkibiga gaz qazib olish va yig‘ish tizimi, ikkita gazni qayta ishlash texnologik tarmog‘i, mahsulotlarni ortish va tashish uchun terminallar, magistral gaz quvuri orqali tabiiy gazni eksport qilish hamda muhandislik va energoresurslar bilan ta’minlash qurilmalari kiradi. Bu erga gaz ikkita tabiiy gaz yig‘ish punktiga birlashtirilgan 114 quduqdan keladi. 

Majmuaning ishga tushirilishiga bag‘ishlangan marosimda Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri Aleksandr Novak, “Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, diplomatik korpus, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, zavod

Page 16: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

ishchi-muhandislari, yoshlar, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. 

Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar sanoatning etakchi yo‘nalishlarini izchil rivojlantirishga xizmat qilayotgani samarasida yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar faol jalb etilayotganini ta’kidladi. Xususan, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi O‘zbekiston bilan Rossiya hamkorligi barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotganining yorqin namunasi ekanini qayd etdi. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tabrigini ushbu mamlakatning energetika vaziri Aleksandr Novak o‘qib eshittirdi. 

“Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi muhandisi SHahzod Qurbonov, neft-gaz sohasi faxriysi Komil Fozilov ushbu sana mamlakatimiz uchun tarixiy kun ekani, cho‘ldagi mo‘‘jizaga aylangan mazkur majmua O‘zbekistonda hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilayotgan islohotlarning natijasi ekanini ta’kidladi. 

SHundan so‘ng Qandim gazni qayta ishlash majmuasi faoliyatiga start beruvchi ramziy tugma bosildi. 

– Biz bugun juda muhim voqea guvohi bo‘ldik, – dedi Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev. – Men ikki yil avval mana shu majmua poydevoriga tamal toshi quyilgan kunni mamnuniyat bilan eslayman. Qandim loyihasi O‘zbekiston iqtisodiyotida alohida o‘rin tutadi. Zero, Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, Qandim majmuasi O‘zbekistonga faqat tabiiy xomashyo bilan cheklanib qolmay, uni chuqur qayta ishlash borasida ham katta imkoniyat yaratadi. 

– Mazkur ulkan sanoat korxonasi O‘zbekiston, Rossiya va Koreya Respublikasi muvaffaqiyatli hamkorligining yorqin namunasidir, – dedi Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon YOng U. – Qandim majmuasi O‘zbekistonda gazdan unumli foydalanish, uni eksport qilish ko‘rsatkichlarini oshirishga salmoqli hissa qo‘shadi. O‘ylaymanki, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ushbu loyiha boshqa sohalarni modernizatsiya qilish va rivojlantirish jarayonida koreyalik investorlarning ishtiroki ortishiga katta turtki beradi. 

Xulosa qilib aytganda, Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilishi O‘zbekistonda gaz konlarini o‘zlashtirishda yangi bosqichni boshlab berdi. O‘zbekiston iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan neft-gaz sohasi rivoji mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yanada oshishida muhim omil bo‘ladi. 

Davlatimiz rahbari majmuaning texnologik jarayonini ko‘zdan kechirdi. Laboratoriya va markaziy boshqaruv pultida bo‘ldi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifi davomida viloyat va tumanlar hokimlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, mutasaddilar bilan yig‘ilish o‘tkazdi. 

Page 17: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

Yig‘ilishda davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17 fevral kunlari viloyatga tashrifi asnosida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

SHU KUNI PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV NAVOIY VILOYATIGA TASHRIF BUYURDI.

Davlatimiz rahbari dastlab viloyatdagi to‘rt sektor rahbarlari, tashkilot va idoralar mas’ullari bilan muloqot qildi. Unda Prezidentimizning joriy yil 2 mart kuni viloyatga tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi. Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi. 

Shavkat Mirziyoyev "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan tanishdi. “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati 1964 yilda ishga tushirilgan. Korxonada qishloq xo‘jaligi, neft-gaz tarmog‘i, energetika va tog‘-kon sanoati ehtiyoji uchun 70 dan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Vaqt o‘tishi bilan texnologik uskuna hamda qurilmalar jismonan va ma’nan eskirdi. Ko‘p miqdorda elektr energiyasi va boshqa tabiiy resurslarni sarf qilish evaziga mahsulot ishlab chiqara boshladi. Ya’ni foydali ish koeffitsenti bugungi davrga umuman mos kelmay qoldi. Bu jihatlar e’tiborga olinib, korxonada bosqichma-bosqich modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. 

Xususan, jamiyat hududida uchta yirik investitsion loyiha – Polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish, Ammiak va karbamid ishlab chiqarish hamda Azot kislotasi ishlab chiqarish korxonalari qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Ushbu korxonalarga zamonaviy, tejamkor texnologik uskunalar o‘rnatiladi. 

Prezidentimiz yangi obyektlardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, quruvchilar, xorijlik investorlar bilan muloqot qildi. 

Polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 500 million AQSH dollaridan oshadi. Qurilish ishlarini Xitoyning “China CAMC Engineering CO. LTD” va "HQC (Shanghai)" kompaniyalari konsorsiumi hamda yurtimiz mutaxassislari amalga oshirmoqda. 

Korxona foydalanishga topshirilgach, yiliga import o‘rnini bosuvchi 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol tayyorlanadi. 900 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Mahsulotning 50 foizdan ziyodini eksport qilish ko‘zda tutilgan. 

Qurilish ishlarida 197 zamonaviy texnika, 1280 ishchi mehnat qilmoqda. Korxonani malakali xodimlar bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilayotir. Bu erga o‘rnatiladigan zamonaviy uskunalarni boshqarish uchun mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida muhandis-texnolog, mexanik, energetik, iqtisodchi va dasturchilar tayyorlanyapti. Ishchilarning asosiy qismi Navoiy shahridagi kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadi. 

Davlatimiz rahbari bu kabi yirik ishlab chiqarish korxonalarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni haqida to‘xtalib, qurilish ishlarini tez va sifatli yakunlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. 

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining mavjud energiya sarfi yuqori bo‘lgan ammiak ishlab chiqarish 1-2 navbatlarini ekspluatatsiyadan chiqarish ko‘zda tutilgan. Xususan, Ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 985 million dollar bo‘lgan loyiha amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari

Page 18: samgasi.uz soati/24_04_2018... · Web viewO‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 24 aprel seshanba

yakunlangach, bu erda yiliga 660 ming tonna ammiak, shuningdek, 577,5 ming tonna karbamid olish, ulardan tayyorlanadigan mineral o‘g‘itlar turini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. 500 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. 

Yaponiyalik hamkorlar (“Mitsubishi Heavy Industries, Ltd”, “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari) bilan birgalikda barpo etilayotgan majmuani 2020 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 

Aksiyadorlik jamiyatining azot ishlab chiqarish bo‘yicha eski 1-2 navbatlari ham ekspluatatsiyadan chiqarilmoqda. YA’ni kelasi yili yana bir loyiha – Azot kislotasi ishlab chiqarish majmuasi qurilishini nihoyasiga etkazish rejalashtirilgan. Texnik iqtisodiy asoslarga muvofiq umumiy qiymati 216,6 million dollarga teng ushbu ishlab chiqarish obyekti SHveysariyaning “CASALE SA” kompaniyasi tomonidan bunyod etilmoqda. Bu erda yiliga 500 ming tonna mahsulot tayyorlash mumkin bo‘ladi, 122 ta ish o‘rni yaratiladi. 

Bu kabi yirik ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qiladigan tajribali muhandis va ishchi-xodimlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Kerak bo‘lsa, ularni xorijdagi korxonalarga jo‘natib, tajriba almashish va malaka oshirishini yo‘lga qo‘yishimiz lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING ROSSIYA FEDERATSIYASI PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI

TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 aprel kuni

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Davlatimiz rahbari Prezident Vladimir Putinga samimiy qutlov hamda kuni kecha Buxoro viloyatida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi yakunlangani va ishga tushirilgani munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Rossiyadan nufuzli delegatsiya ishtirok etgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. 

“LUKOYL” kompaniyasi bilan hamkorlikda tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bo‘yicha ishga tushirilgan yuqori texnologik ishlab chiqarish majmuasi mamlakatlarimiz o‘rtasida tobora mustahkamlanib borayotgan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yana bir yorqin namunasi ekani alohida ta’kidlandi. 

Muloqotda oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida O‘zbekiston – Rossiya ko‘p qirrali aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. 

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentiga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelishni yana bir bor taklif etdi. Taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi. Tashrifning aniq muddati diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi. 

Muloqot so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin turli formatlarda o‘zaro aloqalarni faol davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.