Oâ€ZBEK TILI - Uyghur Uniw©rsal Munbiri » Azat Uyghur ... ifodalashga xizmat...

download Oâ€ZBEK TILI - Uyghur Uniw©rsal Munbiri » Azat Uyghur ... ifodalashga xizmat qiladigan unsurlar

of 347

  • date post

    23-Mar-2019
  • Category

    Documents

  • view

    901
  • download

    6

Embed Size (px)

Transcript of Oâ€ZBEK TILI - Uyghur Uniw©rsal Munbiri » Azat Uyghur ... ifodalashga xizmat...

Ozbekiston Respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi

Samarqand davlat chet tillar instituti

N.Turniyozov

A.Rahimov

OZBEK TILI

(maruzalar matni)

1-qism

- 2 -

Samarqand-2006

MUNDARIJA

- 3 -

1-MARUZA

1.1. Til va uning umumiy tavsifi ...................................................... 3

1.2. Ozbek adabiy tili ..................................................................... 8

2-MARUZA

2.1. Fonetika .................................................................................... 13

2.2. Nutqning fonetik bolinishi ..................................................... 23

2.3. Nutq tovushlarining fonetik ozgarishi .................................. 26

3-MARUZA

3.1. Grafika ..................................................................................... 29

3.2. Orfografiya .............................................................................. 35

3.3. Orfoepiya ................................................................................. 37

4-MARUZA

4.1. Leksikologiya ........................................................................... 40

4.2. Sozlarning shakl va mano munosabatiga kora turlari ..... 44

5-MARUZA

5.1. Ozek tili leksikasining tarixiy - etimologik qatlamlari ..... 52

5.2. Ozbek tili leksikasining ijtimoiy - dialektal tarkibi ........... 54

5.3. Ozbek tili leksikasining tarixiy - funksional xususiyatlari . 55

5.4. Uslubiy jihatdan ozbek tili leksikasi ................................... 56

5.5. Frazeologiya ............................................................................. 58

- 4 -

5.6. Leksikografiya ......................................................................... 59

6-MARUZA

6.1. Morfemika ................................................................................ 62

7-MARUZA

7.1. Soz yasalishi ............................................................................ 68

7.2. Soz turkumlarida soz yasalishi ............................................ 71

7.3. Otlarning yasalishi .................................................................. 71

7.4. Sifat yasalishi ........................................................................... 75

7.5. Fellarning yasalishi ................................................................ 77

7.6. Ravishlarning yasalishi .......................................................... 79

8-MARUZA

8.1. Grammatika ............................................................................. 81

8.2. Soz turkumlari tasnifi ............................................................ 84

9-MARUZA

9.1.Ot soz turkumi ......................................................................... 86

9.2. Otning grammatik kategoriyalari .......................................... 88

9.3. Egalik kategoriyasi .................................................................. 91

9.4. Kelishik kategoriyasi ............................................................... 93

9.5. Otning lugaviy shakllari ...................................................... 102

9.6. Otlarning tuzilish turlari ...................................................... 104

- 5 -

10-MARUZA

Sifat ................................................................................................ 107

11-MARUZA

Son ................................................................................................. 112

12 MARUZA

Olmosh soz turkumi .................................................................... 118

13 MARUZA

13.1. Fel soz turkumi ................................................................. 133

13.2. Felning grammatik kategoriyalari ................................... 135

14-MARUZA

14.1. Felning vazifadosh shakllari ............................................. 146

14.2. Felning modal mano ifodalovchi shakllari ......................... 152

15-MARUZA

Ravish ...................................................................................................... 157

16-MARUZA

16.1. Komakchilar ....................................................................... 160

16.2. Boglovchilar. ....................................................................... 164

16.3. Yuklama ............................................................................... 167

17-MARUZA

- 6 -

17.1. Modal sozlar ....................................................................... 169

17.2. Undov sozlar ....................................................................... 170

17.3.Taqlid sozlar ........................................................................ 172

- 7 -

Ushbu maruzalar matnida hzbek tilining fonetika, grafika, orfografiya,

orfoepiya, leksikologiya, fraziologiya, morfemika , soz yasalishi va

morfologiya bolimlari haqidagi nazariy malumotlar jamlangan bolib,

mazkur majmua Samarqand davlat chet tillar inistitutining ingliz, fransuz,

nemis, koreys filologiyasi va maktabgacha talim (chet tili bilan)

ixtisosliklari boyicha talim olayotgan talabalarga, shuningdek, ozbek tili

bilan qiziquvchilar uchun muhim malumotnoma sifatida xizmat qilishi

mumkin.

Maruzalar matni Samarqand davlat chet tillar institutining Oquv-

uslubiy kengashining 2006 yil 24 mart 7-son qarori bilan nashrga tavsiya

etilgan.

- 8 -

Masul muharrir: filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Gafforov

Taqrizchilar: filologiya fanlari doktori, professor S.A.Karimov,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent X.Xayrullayev.

- 9 -

1-MARUZA

1.1. Til va uning umumiy tavsifi

1-. Til kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy

ong mahsuli sifatida yuzaga Kelgan moddiy, manaviy va madaniy

boyliklarning ifodasi bolgan murakkab tizimdir. Tilning tabiati,

mohiyati, jamiyatda tutgan orni, ichki mexanizmi va ishlash

tamoyillarini ilmiy nazariy jihatdan idrok etishga intilish, uni

tariflashdagi turlicha nuqtai nazarlar ifodasida yaqqol kozga tashlanadi.

Jumladan, 1) til ijtimoiy ahamiyati etiboriga kora: kishilar ortasidagi

eng muhim aloqa quroli bolib, xabar yetkazish, saqlash va qabul qilish

vositasidir; 2) ichki qurilish nuqtai nazaridan: til turli unsurlar va

ularning ozaro munosabatini taminlovchi qoidalar kombinatsiyasidir; 3)

doimiy barqarorligi, yashovchanligi jihatidan: til jamiyat azolarining

umumiy faoliyati mahsuli bolib, nutq tovushlarining doimy muayyan

mano doirasida birlashuvi asosida yuzaga chiquvchi hosiladir; 4) aloqa

almashuv (kommunikatsiya) nazariyasiga kora: til mano tashuvchi

kodlar majmuyidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, til

bevosita kuzatishda berilmagan ijtimoiy hodisadir. U jamiyat

azolarining ongida yashovchi, ular uchun tayyor, umumiy, majburiy

bolgan hamda fikrni shakllantirish va uni nutq jarayoni asosida

- 10 -

ifodalashga xizmat qiladigan unsurlar va bu unsurlarni ozaro birikishi,

boglanishini belgilovchi qonun-qoidalar yigindisidan iborat murakkab

sistemadir.

Nutq esa til tizimida mavjud birliklar va qoidalarining sozlash

qobiliyati asosida yakka shaxs tomonidan muayyan kommunikativ

(xabar berish, xabar olish) maqsadni amalga oshirish uchun royobga

chiqarilishidir. Tilning umri uni yaratgan xalq umridek uzoq muddatli,

xizmat doirasi keng, doimiy rivojlanib boyib boruvchi, hajmi

olchovsizdir. Nutq esa umri qisqa, hajman chegarali bolib, monolog,

dialog, polilog holatda, ogzaki va yozma shaklda hamda turli badiiy

janrlarda (roman, sher, drama) yuzaga chiquvchi hosiladir. Shunday

qilib, til va nutq orasidagi dialektik aloqani quyidagicha umumlashtirish

mumkin:

1. Til bevosita kuzatishda berilmagan aloqa imkoniyati - nutq esa

ushbu imkoniyatning voqelanishi, royobga chiqishidir.

2. Til barcha uchun umumiy nutq esa har bir kishining xususiy

faoliyatidir.

3. Tilning faoliyat muddati cheksiz, uzoq nutqning faoliyat

muddati esa cheklangan, qisqa.

- 11 -

4. Tildan foydalanish imkoniyati makon va zamon bilan bogliq

emas nutq jarayoni esa muayyan makon va zamon bilan

boglangan boladi.

5. Til birliklari miqdoran chegaralangan nutq birliklari esa

cheklanmagan, davomiy boladi.

6. Til barqaror (statik) hodisa nutq esa doimiy harakatlanuvchi

(dinamik) hodisadir.

Til va nutqqa xos bu kabi umumiy va xususiyliklarning mohiyatini

ilmiy asosda organuvchi fan tilshunoslik fanidir. Tilshunoslik fani

tarkiban fonetika, fonologiya, grafika, orfografiya, orfoepiya,

leksikologiya, semasiologiya, leksikografiya, morfemika, grammatika

kabi bir qancha mustaqil, ayni paytda, ozaro uzviy bogliq bolgan

bolimlardan tashkil topadi.

2-. Dunyo tillari haqida malumot. Kishilar til vositasida oz

fikrlarini, his-tugularini ifodalaydilar. Kishilik jamityatining rivoji bilan

bevosita bogliq bolgan til va uning ravnaqi ilm-fan, madaniyat,

texni