· Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan...

176
K I R I SH Tarixdan shu narsa ma’lumki, har bir davr, ijtimoiy tuzum insoniyat oldiga u yashab turgan hayotni real idrok qilish, mavjud ijtimoiy-siyosiy, moddiy-ma’naviy salohiyatdan yangicha, o’z istiqboli manfaatlaridan kelib chiqib foydalanish, turlicha mazmundagi an’analarni zamon talablariga moslab isloh qilish masalalarini ko’ndalang qilib qo’yadi. O’zbekiston Respublikasi XX asrning oxirgi o’n yilligi boshida qo’lga kiritgan mustaqillik xalqimizning har tomonlama rivojlangan, kamol topgan, o’z tarixiy va milliy an’analarimizni yangicha bir tarzda rivojlantirishga imkon beradigan, o’zbek millatini dunyodagi ma’naviyati eng yuksak xalq darajasiga ko’tarishga sharoit yaratadigan kelajagimizni barpo qilishga zamin yaratdi. Islohot deb ataladigan ko’p qirrali va o’ta murakkab jarayon ijtimoiy-siyosiy hayotimizning, shubhasiz, barcha jabhalarini qamrab oladi. Jumladan, barkamol avlod tarbiyasini milliy istiqlol g’oyasiga yo’g’rilgan aniq maqsadlarga yo’naltirish, yaxlit bir butunlikni tashkil qiladigan uzluksiz ta’lim jarayonini ana shu vazifalarga bo’ysundirish ham yuqorida tilga olingan islohotlar doirasida qaraladi. «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustda bo’lib o’tgan sessiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida so’zlagan nutqida istiqbolimiz, umidimiz bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash strategiyasini aniq va ravshan belgilab berdi. Binobarin, ijtimoiy hayotning ana shu murakkab jabhasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir ziyoli, pedagog uni o’ziga dastur sifatida qabul qilishi, o’z ish rejasini undagi g’oyalar, taklif va mulohazalar asosida tuzib, ish ko’rmog’i lozim bo’ladi. Zero, yosh avlod tarbiyasi bizning istiqbolimiz uchun

Transcript of  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan...

Page 1:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

K I R I SHTarixdan shu narsa ma’lumki, har bir davr, ijtimoiy tuzum insoniyat oldiga u

yashab turgan hayotni real idrok qilish, mavjud ijtimoiy-siyosiy, moddiy-ma’naviy salohiyatdan yangicha, o’z istiqboli manfaatlaridan kelib chiqib foydalanish, turlicha mazmundagi an’analarni zamon talablariga moslab isloh qilish masalalarini ko’ndalang qilib qo’yadi.

O’zbekiston Respublikasi XX asrning oxirgi o’n yilligi boshida qo’lga kiritgan mustaqillik xalqimizning har tomonlama rivojlangan, kamol topgan, o’z tarixiy va milliy an’analarimizni yangicha bir tarzda rivojlantirishga imkon beradigan, o’zbek millatini dunyodagi ma’naviyati eng yuksak xalq darajasiga ko’tarishga sharoit yaratadigan kelajagimizni barpo qilishga zamin yaratdi.

Islohot deb ataladigan ko’p qirrali va o’ta murakkab jarayon ijtimoiy-siyosiy hayotimizning, shubhasiz, barcha jabhalarini qamrab oladi. Jumladan, barkamol avlod tarbiyasini milliy istiqlol g’oyasiga yo’g’rilgan aniq maqsadlarga yo’naltirish, yaxlit bir butunlikni tashkil qiladigan uzluksiz ta’lim jarayonini ana shu vazifalarga bo’ysundirish ham yuqorida tilga olingan islohotlar doirasida qaraladi.

«Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustda bo’lib o’tgan sessiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida so’zlagan nutqida istiqbolimiz, umidimiz bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash strategiyasini aniq va ravshan belgilab berdi. Binobarin, ijtimoiy hayotning ana shu murakkab jabhasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir ziyoli, pedagog uni o’ziga dastur sifatida qabul qilishi, o’z ish rejasini undagi g’oyalar, taklif va mulohazalar asosida tuzib, ish ko’rmog’i lozim bo’ladi. Zero, yosh avlod tarbiyasi bizning istiqbolimiz uchun ne chog’lik muhim ekanligini hyech birimizning unutishga haqqimiz yo’q.

Prezidentimiz ta’kidlaydilarki, «yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash» zarur ( K a r i m o v I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. O’zR Oliy Majlisi 1X sessiyasida so’zlangan nutq, 1997 yil 29 avgust. – Toshkent, 1997, 4-bet.). Binobarin, ta’lim jarayonini, o’qitish sifatini tubdan yaxshilash davlatimiz olib borayotgan ko’p qirrali siyosatda asosiy vazifalardan biri bo’lib keldi va shunday bo’lib qoladi. Uni amalga oshirish uchun esa ma’lum mavzu doirasida keng va atroflicha bilim beradigan hamda bu bilimlarni milliy istiqlol g’oyalari bilan, milliy mafkura va dunyoqarash hamda uzoq yillar davomida shakllangan ma’naviyatimiz bilan uzviy bog’lay oladigan darsliklar, o’quv qo’llanmalari zarur.

Tabiiyki, ana shu zaruriyat bilan bog’liq dunyoqarash tilshunoslik ilmini o’qitish jarayonida ham e’tiborga olinishi lozim. Garchi bu fanni o’rganishdagi ko’plab qonun-qoidalar, til materiali doirasidagi o’zgarishlar juda sekinlik bilan yuz bersa-da, tilning sosiolingvistik jihatlari, uni amalda qo’llash jarayonining yangicha, zamonaviy talablarga muvofiqlashtirilishi hayot talabidir. Bu, dastavval, til materialidan nutq jarayonida samarali foydalanish, nutq madaniyatini yanada

Page 2:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

takomillashtirish borasida me’yoriy muammolarni ma’lum darajada hal qilish va bunga oid bilimlardan talabalarni, jamoatchilikni xabardor qilib borish bilan bog’liq.

Negaki, ko’p asrlar davomida shakllangan ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarimizga tayangan, bugungi kunda yangi istiqlol mafkurasi bilan oziqlantirilayotgan, shu bilan birga, bizni umumbashariy ulug’ ma’naviyat sari yetaklayotgan milliy ongimiz, shuurimiz va dunyoqarashimiz o’zbek nutqi madaniyatini, ona tilimizning amaliy jihatlarini zamon talablariga mos ravishda o’rganish barchamiz uchun zarurdir.

Ana shu olijanob vazifaning hyech bo’lmaganda ma’lum qismini amalga oshirish yo’lida yaratilgan ushbu ma’ruza matnlari nutq madaniyatini idrok qilishda yordam beradi, binobarin, uning tarkibiy qismi bo’lgan o’zbek tilining me’yoriy muammolarini o’rganishda filolog talabalarga ko’maklashadi, deb umid qilamiz.

Me’yor tushunchasiga til nuqtai nazaridan munosabat bildirishdan avval talabalarga 1- kursda tanishilgan ba’zi bir til atamalarini eslatib o’tish maqsadiga muvofiq bo’ladi. Bu, eng avvalo, til va nutq tushunchalari, ular o’rtasidagi dialektik, chambarchas aloqa masalasidir.

Tabiiyki, inson tabiat va jamiyat mahsuli sifatida ularning qurshovida yashaydi. Ayni paytda, ularning oliy mahsuli ham sanalib, ana shu qurshovni narsa va predmet shaklida, voqyea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda material hisoblangan tilning ahamiyatini hyech narsaga qiyoslab bo’lmaydi. Shuning uchun ham til tafakkur quroli deb bejiz aytilmaydi. «Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo’lmaganidek, til ham tafakkursiz bo’lmaydi» (S o d i q o v A., A b d u a z i z o v A., I r i s q u l o v M. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: O’qituvchi, 1981, 20-bet).

Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo’lishini, moddiy asos sifatida xizmat qilishini hali birinchi bosqich deyishimiz mumkin. Ikkinchi bosqichda esa fikrlash natijasida, tafakkur mahsuli reallashmog’i, ya’ni fikrlash markazi bo’lgan miyadan tashqariga chiqishi lozim. Bunda esa tilga bo’lgan ehtiyojning ikkinchi bosqichi boshlanadi - u kommunikativ vazifani bajarishga kirishadi.

Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning turli tillarda turlicha nomlanishidan qat’iy nazar, mana shu jarayonda u insonlar faoliyatida fikrlash va o’zaro ijtimoiy munosabat - muomala vositasi, materiali bo’lib qolaveradi. Ammo til muomala vositasiga aylandimi, uning tabiiy ravishda imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Endi u nutq, nutqiy jarayon quroliga aylanadi.

Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichlar soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik imkoniyati ham tobora kengayishi ma’lum bo’lib qoladi. Ya’ni, inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til ko’magida suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum axborot ham yetkaziladi. Demak, tilga bo’lgan munosabatda to’rtinchi bosqich yuzaga keladi.

Shu o’rinda akad.V.V.Vinogradovning muhim bir fikrini eslamaslik aslo mumkin emas. U tilning uchta eng muhim vazifasi mavjudligini ta’kidlagan edi: aloqa, xabar, ta’sir etish (V i n o g r a d o v V.V. Stilistika. Teoriya poeticheskoy rechi. Poetika. – M.,1963, s.6.).

2

Page 3:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Demak, til insonlar o’rtasida aloqa vositasi bo’lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to’g’risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o’tkazish, hissiyotini qo’zg’atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo’lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz.

Mana shu o’rinda tilning hyech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga amin bo’lamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda o’z ifodasini topadi. Nutq og’zaki va yozma holda mavjud bo’lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo’lib qoladi (X a y r u l l a ye v M., H a q b ye r d i ye v M. Mantiq. – Toshkent, 1993, 31-bet).

Ma’lum bo’ladiki, til nutqning o’ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o’laroq kishilik jamiyati to’plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug’vor ijtimoiy vazifani bajaradi.

Asl muddaomiz - tildagi me’yor masalasini anglab olishga qarab borayotgan ekanmiz, tilning amalda bo’lish jarayonidagi yana bir muhim jihatga e’tibor qilishimiz zaruriyati tug’iladi. O’z shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yo’l va muddatni o’taydigan til ana shu jarayonda, asta-sekinlik bilan bo’lsa-da, takomillashib ham boradi. Bu holni uning ichki qurilishida, amalda bo’lish qoidalarining ma’lum bir tizimga kela borishida kuzatamiz. «Ichki qurilish nuqtai nazardan til ma’lum miqdordagi bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan til birliklarining yig’indisi va ana shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir» (S o d i q o v A., A b d u a z i z o v A., I r i s q u l o v M. Tilshunoslikka kirish, 22-bet).

Tilning takomillashib borishi va nutq jarayonidagi bosqichlarini taniqli tilshunos olimlar H.Ne’matov va R.Rasulovlar sistem tilshunoslik «til-me’yor-nutq» tarzida ajratishini ta’kidlashib, qayd qiladilarki, «Til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat a’zolarining ongida mavjud bo’lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo’lgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning o’zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig’indisi sifatida qaraladi.

Nutq tilning namoyon bo’lishi, ro’yobga chiqish, voqyelanish shakli bo’lib, u bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir.

Me’yor (norma) - til birliklarini nutqning u yoki bu ko’rinishida ishlatish qonuniyatlari va imkoniyatlari bo’lib, ular jamiyat tomonidan belgilangan va aniqlangandir» (N ye ‘ m a t o v H., R a s u l o v R. O’zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O’qituvchi, 1995, 7-bet).

Aytilganlardan anglashilayaptiki, til va nutq tizimida me’yor ham o’z o’rniga ega. Binobarin, til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamoa, jamiyat ehtiyojiga aylangan, me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan. Mana shu o’rinda yuqorida nomlari tilga olingan olimlarimizning quyidagi fikrlarini keltirish muhim: «Me’yor ta’rifida «jamiyat (ijtimoiy) tomonidan belgilangan, aniqlangan qonuniyatlar va

3

Page 4:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

imkoniyatlar» tushunchasi mavjud. Bu tushuncha quyidagi izohlarni talab etadi. Birinchidan, tilning moddiy tomoni haqidagi bizning tasavvurimiz nutqda yuzaga chiqar ekan, u qanday shakl va ko’rinishda voqyelanishi jamiyat tomonidan muayyan me’yorlar bilan belgilangan bo’ladi. Masalan, «bu yoqqa kel» tushunchasini imo-ishora bilan ifodalamoqchi bo’lsak, ko’rsatkich barmoqni yoki qo’lni ishora qilinayotgan kishidan o’zimiz tomon harakatlantirishimiz lozim. Og’zaki nutqda esa jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan maxsus tovushlar tizmasi mavjud bo’lib, biz ularni talaffuz etishimiz - aytishimiz shart. Aytilganlarning barchasi me’yorning tarkibiy qismlaridir. Shunga ko’ra til imkoniyatlari me’yor darchasidan o’tib, nutqda yuzaga chiqadi» (N ye ‘ m a t o v H., R a s u l o v R. Yuqoridagi asar, 27-bet).

Jamiyat taraqqiyoti bilan bab-baravar aholi soni, binobarin, ularning tilga bo’lgan ehtiyoji ham o’sib boraveradi. Bu ehtiyojlarni qondirish zarurati esa o’z navbatida tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi tabiatini, mohiyatini, vazifasini o’rganishni taqozo qiladi, nutq jarayonidagi iste’molda bo’lish xususiyatlarini kuzatishni keltirib chiqaradi. Agar mana shu aytilganlarni boshqacharoq tarzda izohlash mumkin bo’lsa, til va nutq me’yorini o’rganish, tahlil qilish kuzatuvchilarning asosiy muddaosiga aylanib qoladi.

Bunda ma’lum tilning iste’molchisi bo’lgan xalq, bu xalq yashagan va yashab kelayotgan tarixiy sharoit, uning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf odatlari singari qator omillarni ham e’tiborda saqlab turish lozim bo’ladi. Chunki inson faoliyatining muhim qismi sanalgan tilni va uning o’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini ana shunday qurshovda o’rganishgina atroflicha xulosalar chiqarishga ko’maklashadi. Shu bilan birga, til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda ana shu tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik aslo mumkin bo’lmaydi. O’z ona tili - barcha o’ziga xosligi bilan shakllangan tili bo’lgani uchun ham u millat sanaladi. Shunday ekan til tarixini, uning me’yoriy nuqtai nazardan shakllanish jarayonini, ko’lamini millat tarixidan ajratib olib o’rganib bo’lmaydi.

Ana shu ma’noda me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo’ladi. Inson tafakkurining borliqni idrok etishi juda murakkab va uzoq davom etuvchi jarayon ekanligi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning tilda tegishli atamalar bilan nomlanishi insonning fikrlash jarayonida ko’maklashishi barchamizga ayon. Bir xil predmet, narsa va hodisaning turli tillarda turlicha nom olishi esa tilning ijtimoiy-tarixiy-milliy hodisa ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu bilan birga, bu nomlanishlarning har bir holatda o’ziga xos tarzda me’yor ekanligini ham ko’rsatib turadi.

Bundan tashqari, tildan foydalanishdagi tarixiy jarayon shuni isbotlaydiki, ma’lum bir tilda bir tushunchani ifoda etadigan so’z mavjud bo’lishi bilan birga uning boshqa bir tildan o’zlashtirilgan mustaqil varianti ham baravar ishlatilib kelinadi. Hatto davrlar o’tib, ular o’zaro sinonimik nozikliklardan ham judo bo’lib qolishi, bab-baravar lingvistik qiymatga ega bo’lishi mumkin. Bu holatni ham tildagi me’yoriy qonuniyat sifatida qabul qilishga majbur bo’lamiz.

4

Page 5:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Millatlararo ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, hamkorliklar til birliklaridan shu tarzda foydalanishni keltirib chiqarganligi tushunarli. Mavjud til me’yorlarining ana shunday sabablar bilan o’zgarishi, o’z navbatida yangicha bir me’yorlarning yuzaga kelishi uzoq davom etadigan jarayondir.

Demak, tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishini ham tarixiy jarayon sifatida qabul qilishga to’g’ri keladi. Shu o’rinda A.Berdialiyevning «So’z va atamalar hosil qilishning ba’zi nazariy masalalariga doir» nomli maqolasida keltirilgan ayrim misollardan foydalanamiz: «...ma’nodoshlik paradigmalarida muqobil «eshdosh» (a’zo)lar sanaluvchi mehnat, mashaqqat so’zlari XI asr o’zbek tilida ko’k (kok) shaklida ishlatilgan. Uy, xona hamda turmushga chiqmagan qiz so’zlari ev shaklida ham uchragan. Yaxshilik, ezgulik ma’nolaridagi lisoniy birlik aaz shaklida qo’llangan. (Devonu lug’otit turk. Indeks-lug’at. Toshkent, 1967)». (B ye r d i a l i ye v A. So’z va atamalar hosil qilishning ba’zi nazariy masalalariga doir // «Davlat tili haqida»gi Qonunni amalga oshirishning dolzarb muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tezislari. – Navoiy, 1993, 23-bet).

Bu kabi davriy me’yoriy o’zgarishlarni tildagi har bir me’yoriy jarayonga tatbiq etish to’g’ri bo’lmaydi, albatta . Me’yor o’zgarishidagi har qaysi aniq holat alohida tahlil qilinishi va ana shu asosda umumiy nazariy xulosa chiqarilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Anglashiladiki, til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas «... nutq madaniyati problemasining o’rganilishi ... ikki aspektga ega deyish mumkin: birinchisi, o’zbek adabiy tili normalarini, imkoniyat doiralarini yanada silliqlash, stabillash bilan bog’liq bo’lgan nutq madaniyati problemalari; ikkinchisi esa o’zbek adabiy tilidan bu tilda gapiruvchi jamiyat a’zolarining (hatto konkret shaxslarning) to’g’ri, izchil hamda namunali foydalana olishlari uchun yordamlashishi bilan aloqador bo’lgan nutq madaniyati problemalari» (B ye g m a t o v E. Nutq madaniyati problemasining paydo bo’lishi va asoslanishi // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent: Fan,1973, 168-bet).

Afsuski, tildagi me’yoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatlar ichida hal qilishning imkoni yo’q. Agar buning aksini aytsak, tilimizning amalda bo’lish qonunlariga, bugungi real ijtimoiy hayotimizga zid fikr bo’lishi mumkin edi. Bir tarixiy holatni eslaylik. 1989 yilda «O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqida» qabul qilingan Qonunini katta quvonch bilan kutib oldik va uni amalda tatbiq etishga ishtiyoq bilan kirishdik. Ammo uning hamma moddalarini birdaniga va tezlikda bajarishning imkoni bo’lmadi. O’sha paytda qonuniy bo’lmasa-da, amaldagi ish yuritish tili rus tili ekanligi, bir qism o’zbek millatiga mansub kishilarning sharoit taqozosi bilan rus tilida savod chiqarganligi, farzandlarini ham bog’chalar va maktablarda ana shu tilda ta’lim-tarbiya olishga jalb qilganligi, buning ustiga respublikamizda ko’pmillatli aholining birgalikda yashashlari ana shunday tabiiy to’siqlardan bo’lib turdi. Oqibatda ma’lum muddat muomala jarayonida, rasmiy ish qog’ozlarini yuritishda, turli darajadagi anjumanlarni o’tkazishda rus tilidan foydalanishdagi mavjud an’analar o’z kuchini saqlab turdi.

5

Page 6:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

To’g’risini aytganda, oradan o’n to’rt yildan ortiq vaqt o’tsa ham bu nuqsonlardan to’laligicha qutila olgan emasmiz. O’zbek tilidan foydalanishdagi qiyinchiliklarning ko’plari bartaraf etilganligini, til amaliyotiga oid masalalarning bosqichma-bosqich hal bo’lib borayotganini ham kuzatamiz. Buning obe’ktiv va subyektiv omillari ham bor, albatta. Harqalay o’tgan vaqt mobaynidagi tildan foydalanish jarayoni bir narsani isbotladi - til me’yoriy muammolarining talqin etilishi va ijobiy hal qilinishi vaqt degan hakamga ham bog’liqligi ham ma’lum bo’ldi.

Shiddat bilan davom etayotgan ijtimoiy tarixiy jarayon til taraqqiyotiga qanday ta’sir ko’rsatsa, uning amaliy me’yorlariga ham shunday ta’sir qiladi. Demak, ana shu taraqqiyot talablaridan kelib chiqib, me’yor darajasini ham doimo kuzatib borish va tartibga solib turish lozim bo’ladi.

Til elementlarining ma’lum bir me’yorga keltirilishi, bir tomondan, til mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa ma’lum - tilning amalda bo’lish holatlariga tazyiq o’tkazib bo’lmaydi. Lekin tegishli yo’l-yo’riqlar, ko’rsatmalar, tavsiyalar berilib borilishi zarur. Bu me’yoriy tavsiyalarning qanchalik hayotiy ekanligini esa amaldagi nutqiy jarayonning o’zi belgilaydi. Ikkinchidan, ana shu me’yoriy hujjatlarsiz, yo’l-yo’riqlarsiz ham til va nutq rivojini tasavvur etib bo’lmaydi. Qabul qilingan «Davlat tili haqida»gi Qonun buni yaqqol isbotladi. Keyingi yillarda tilimiz rivoji, taraqqiyoti va nutq madaniyatida yuz bergan o’zgarishlarni nafaqat o’zbek tili mutaxassislari, balki shu tilda so’zlashuvchi barcha insonlar, hatto respublikamiz hududida yashovchi ona tilisi boshqa bo’lgan kishilar ham kuzatib, bilib, erishilgan yutuqlarni e’tirof etib turishibdi.

Shu bilan bir qatorda, o’zbek tili va nutqi madaniyati uchun olib borayotgan ishlarimiz talablar darajasida emasligidan, bizni qanoatlantirmayotganligidan ham ko’z yuma olmaymiz. Xulosa shu bo’ladiki, bu boradagi ishlarimizni izchil va doimiy holatga keltirishimiz kerak. Biz Prezidentimiz I.A.Karimovning «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida»gi Farmonidan ham jiddiy imkoniyat sifatida foydalanib, bu sharafli vazifani yo’lga qo’yish ishiga hissa qo’shishimiz lozim.

Buning uchun, eng avvalo, adabiy til me’yorini belgilashning amaliy jihati bilan jiddiy shug’ullanishimiz kerak. Xo’sh, me’yorni belgilashning amaliy jihati nimadan iborat? Bu savol ham xuddi tilni ilmiy jihatdan o’rganish nima uchun kerak, deganga o’xshaydi. Yillar davomida olib borilgan yoki olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va kuzatishlar natijasida til elementlarida qanday mazmuniy va shakliy imkoniyatlar mavjudligi sinxronik va diaxronik yo’nalishda, matniy jihatdan tahlil qilinadi, lingvistik imkoniyatlari ochib beriladi va ulardan nutq jarayonida foydalanish yo’llari tavsiya qilinadi. Ma’lum ma’noda bu ham ularning me’yorni belgilash va til birliklarining ishlatilishiga oid tavsiyalar berish degan gapdir.

Shu mazmunda til mutaxassislari, ziyolilar o’zlarining to’g’ri maslahatlarini, tavsiyalarini berishlari, bu borada jonkuyarlik qilishlari mumkin. Buning ham ijobiy jihatlari ko’p, albatta. Ammo hal qiluvchi gapni bu tildan foydalanuvchilar

6

Page 7:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

aytadi. Buning ustiga, har bir til elementining me’yor holiga kelgunicha ma’lum vaqt o’tishi ham lozim bo’lib qoladi.

Biz o’rganayotganimiz me’yor masalasi ijtimoiy hayotimiz uchun yangilik emas. Til va jamiyat mavjudki, bu masala ham o’rtada. Ammo, har bir davr o’z taraqqiyoti bilan bog’liq ravishda tildan foydalanishning o’z muammolarini, dolzarb vazifalarni keltirib chiqaraveradi. Masalani ana shunday tushunish to’g’ri bo’ladi, deb o’ylaymiz.

Ammo, iqtisodiy muammolarni hal qilishdek suronli bir davrni boshdan kechirib turgan paytimizda til madaniyati bilan shug’ullanish shartmikan, iqtisodiy qiyinchiliklar hal bo’lgach, bu masalalar bilan shug’ullanishga o’z-o’zidan imkoniyat paydo bo’ladi, deguvchilar xalq orasida, hatto ziyolilar, rahbarlar o’rtasida ham topiladi (Bu haqda yana qarang: A b d u l l a ye v M. Ma’naviyat va iqtisodiy tafakkur // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 2000 yil 28 iyul).

Nazarimizda, bu tushuncha yanglishdir, hatto keyinchalik tuzatib bo’lmaydigan xatodir. Jamiyatimizga hamma kasbdagi kishilar va ularning mehnati kerak. Ammo har bir millat dunyo ilmi va madaniyatida qaysi bisoti bilan faxrlana olishi mumkinligiga bugun hammamizning aqlimiz yetib turibdi. Muhtaram Prezidentimizning, yuqorida tilga olganimiz, ma’naviyat va ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish borasidagi farmoni ana shu ma’noda uzoqni ko’zlab qabul qilingan hujjatdir. Binobarin, til - ma’naviyat ko’zgusi, ma’rifat chirog’i, bilim kaliti ekan unga hyech qachon ikkinchi darajali narsa deb qarashga haqqimiz yo’q.

2-ma’ruza: Adabiy til va adabiy me’yor

R ye j a:1. O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari.2. O’zbek tilining boyib borishida ichki va tashqi omillar.3. Dialekt va sheva umumxalq tilining tarkibiy qismi.4. Adabiy til va uning taraqqiyot davrlari.5. Adabiy tilning yozma va og’zaki shakllari.6. Adabiy til va adabiy me’yor.7. Adabiy me’yorning tiplari.

Tayanch so’z va iboralar : Adabiy tilni davrlashtirish masalasi. Til shakllari: og’zaki va yozma. Ijtimoiy vazifasi : aloqa, xabar, ta’sir. Umumiy va

7

Page 8:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

xususiy me’yor. Umumiy - yozma nutq, yozma adabiy til, yozma uslub. Xususiy – leksik-semantik, talaffuz, aksentologik, fonetik, grammatik, so’z yasalishi, orfografik, grafik, punktuasion, uslubiy.

Necha asrlar davomida sayqal topib, silliqlashib, mukammalashib, bugungi holatga kelgan o’zbek adabiy tili xalqimizning umumxalq tili negizida shakllangan va taraqqiy topgan. Turkiy tillar tizimi va oltoy tillar oilasiga kiruvchi o’zbek tili hozirgi holatga kelgunga qadar uzoq taraxiy taraqqiyot davrini boshidan kechirganligi ma’lum.

Barcha tillarda bo’lgani kabi o’zbek tilining boyib borishida ham ichki va tashqi omillarning ta’siri katta. Bu haqda talabalar ona tilimizning «Leksikologiya» kursidan saboqlar tinglaganlarida ma’lumot olishgan. «O’zbek tilining bevosita o’ziniki bo’lgan asosiy leksik qismini shu tilning taraqqiyoti prosessida uning ichki imkoniyatlari, o’ziga xos qonun-qoidalari asosida hosil etilgan yasama so’zlar tashkil etadi» (Sh o a b d u r a h m o n o v Sh. va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. – Toshkent, 1980, 121-bet).

Binobarin, yangi so’zlar yasalishining yoki mavjud so’zlarning yangi-yangi ma’nolar anglatishining o’zbek tilida imkoniyatlari kengdir.

Shu bilan birga, tilimizdagi leksik birliklar juda oz bo’lsa-da, grammatik vositalar orasida tashqaridan olingan, jumladan, hindcha, yunoncha, arabcha, mo’g’ulcha, forscha-tojikcha, ruscha-baynalmilal birliklar uchraydi. Bu xalqimizning o’tgan juda ko’p asrlik davr mobaynida boshqa xalqlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqadorlikda bo’lganligi, buning ustiga, ayrim davlatlar va ularning boshliqlarining O’rta Osiyo hududida olib borgan bosqinchilik urushlari va harakatlari bilan bog’liq. Qanday bo’lganda ham tilimizga chet so’zlar kirib kelganligini inkor qilib bo’lmaydi va uning, yuqorida ta’kidlaganimizdek, obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Bu birliklar bugungi kunda tilimiz lug’aviy boyligining tarkibiy qismi sanaladi.

Til me’yorining adabiy tilga munosabati haqida mulohaza yuritishni maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, dastlab tilimizning ana shu boyib borish yo’llariga, taraqqiyot davrlariga, qisqacha bo’lsa-da, ko’z yugurtirish lozim bo’ladi.

Ushbu masalaga qiziqish qadimgi davrlardayoq, hatto XI asrdan - M.Koshg’ariy zamonidan boshlanganligini olimlarimiz e’tirof etishadi. Ammo bu qiziqish va tilimiz taraqqiyot bosqichlarini davrlashtirish hamda uning mukammal tasnifi bilan shug’ullanish XIX asrdan boshlangan.

Turkiy tillarni davrlashtirish bo’yicha V.V. Radlov, A.N.Samoylovich, S.Ye.Malov, Ye.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.R.Reshetov, N.A. Baskakov, V.A. Bagorodiskiy kabi rus turkiyshunos olimlarining xizmatlari katta bo’lgan. Keyinchalik, ularning ilmiy qarashlariga tayanilgan holda o’zbek tili tarixini davrlashtirish masalasi ham kun tartibiga qo’yilgan. Bu borada Tesha Salimov, Faxri Kamolov, A.M.Shcherbak, Olim Usmonov, Ђani Abdurahmonov, Shamsiddin Shukurov, Ergash Fozilov, Fattoh Abdullayevlar o’z qarashlarini bayon qilishgan (Bu haqda qarang:T u r s u n o v U., O’ r i n b o ye v B. O’zbek adabiy tili tarixi. – Toshkent, 1982, 30-33-betlar. T u r s u n o v U., O’ r i n b o ye v B., A l i ye v A. O’zbek adabiy tili tarixi. – Toshkent, 1995, 19-26-betlar.; Mu x

8

Page 9:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

t o r o v A., S a n a q u l o v U.. O’zbek adabiy tili tarixi. – Toshkent, 1995, 21-26-betlar).

Bu qarashlar bir qadar batafsil tahlil qilingan va umumlashtirilgan ilmiy manbalar o’zbek adabiy tili tarixini o’rganishning eng keyingi yutuqlarini mujassam qilgan, darslik va qo’llanma sifatida tavsiya etilgan U.Tursunov, B.O’rinboyev, A.Aliyev hamda A.Muxtorov, U.Sanaqulovlarning asarlari hisoblanadi (T u r s u n o v U., O’ r i n b o ye v B., A l i ye v A. Yuqoridagi asar; Mu x t o r o v A., S a n a q u l o v U. Yuqoridagi asar).

Bu kitoblardagi har ikkala tasnifni ham keltirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

U.Tursunov, B.O’rinboyev, A.Aliyevlar tasnifi:1. Qadimgi turkiy xalqlar davrida adabiy til (V-X asrlar). Ilk davr o’zbek xalq tili (X-XIV asrning yarmi).O’zbek xalq tilining takomillashish davri (XIV asr oxiri XIX asrning II

yarmi).Milliy til unsurlarining paydo bo’lish, shakllanish va rivojlanish davridagi

o’zbek adabiy tili (XIX asrning II yarmidan hozirgi kungacha bo’lgan davr) (T u r s u n o v U., O’ r i n b o ye v B., A l i ye v A. Yuqoridagi asar, 24-26-betlar).

A. Muxtorov va U. Sanaqulovlar tasnifi: Qadimgi turkiy adabiy til davri (VII - XIII asrlar).Eski o’zbek adabiy tili davri (XIII - XX asr boshlarigacha). 3. Hozirgi o’zbek adabiy tili davri (XX asr boshlari keyingi davr) (M u x t

o r o v A., S a n a q u l o v U. Yuqoridagi asar, 24-bet). Bu tasniflarning qaysi biri nisbatan mukammal va ilmiyligini tahlil qilish

bizning vazifamizga kirmaydi. Ammo adabiy til me’yori masalasini bir qadar kengroq o’rganishimiz uchun tasniflardan xabardor bo’lishimiz zarur . Bu o’rinda xulosa sifatida faqat shuni ta’kidlash lozim bo’ladiki, ona tilimiz tarixi qanday tartibda davrlashtirilganidan qat’iy nazar uning rivojidagi hamma bosqichlarda ham til birliklarini bir me’yorga keltirish masalasi xoh ongli, xoh stixiyali tarzda bo’lsin, muomala jarayonida e’tiborda bo’lgan. Ammo shu narsa hayotiy, ilmiy haqiqatga yaqinki, adabiy me’yorning shakllanishidagi dastlabki bosqich stixiyali ravishda yuz bergan.

Ma’lum til birligining jamoa o’rtasidagi ma’lum shakl va holatda ko’p iste’molda bo’lishi me’yoriy ko’rinishlarning turg’unlik kasb etishiga asos bo’ldi. Tilda yuz, balki ming yillab davom etgan differensiasiya - ajralish, tarqalish jarayoni bu me’yorning ma’lum bir til doirasida bir yo’nalishda umumtil-adabiy, ikkinchi bir yo’nalishida esa umumxalq tilining tarkibiy qismi bo’lgan dialekt va shevalar ham mahalliychilik shaklida mustahkamlanib borishiga olib keldi.

Tabiiyki, jamiyat taraqqiyoti bilan bab-baravar til, jumladan o’zbek tili ham rivojlanib, mukammallashib, ilmiy jihatdan o’rganilib borildi. Natijada uning barcha tarmoqlarida me’yoriy tomonlar anchagina barqarorlashdi. Bu yerda ham til me’yorlarining mustahkamlanishida nutq jarayonining katta ahamiyat kasb etganini esdan chiqarmagan holda, uning taraqqiyoti tobora ongli boshqarila borganligini, tilshunoslik ilmining ta’siri sezilarli darajada kengayganligini kuzatish qiyin emas.

9

Page 10:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Ana shu omillar ta’siri va natijasi o’laroq til qatlamlaridagi mavjud birliklarga belgilab qo’yilgan me’yoriy holatlar tildan foydalanuvchi barcha vakillar uchun majburiy ko’rinishga keltirildi va bu majburiylik tegishli hujjatlarda, lug’atlarda o’z ifodasini topdi (Bugungi kunda amalda bo’lgan hujjatlar va lug’atlar quyidagilar : O’zbek orfografiyasining asosiy qoidalari. – Toshkent, 1956; O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari. – Toshkent, 1995; O’zbek tilining imlo lug’ati. – Toshkent, 1976; O’zbek adabiy talaffuzi lug’ati. – Toshkent, 1984; Ozbek tilining imlo lugati. – Toshkent, 1998).

Mazkur o’quv qo’llanmasi talabalarimizga - umidimiz bo’lgan kelajagimizga, yoshlarimizga mo’ljallab yozilgani sababli, shu o’rinda ularni, nazarimizda, bir haqiqatdan xabardor qilib qo’yishga ehtiyoj seziladi. Barcha tildan foydalanuvchilar uchun me’yoriy holatlarning majburiy ekanligi tayin gap. Ammo unga amal qilishimiz qay ahvolda? Tilimizdan foydalanishdagi barcha talablarni bir chetga qo’yayligu, so’raylik: foydalanuvchilarning hamma vakillari ham, ayniqsa yoshlarimiz o’z ona tillarida savodli yoza oladilarmi, adabiy til me’yorlariga mos tarzda so’zlarni talaffuz etadilarmi? Bu savollar har bir vatanparparvar va millatsevar inson qalbidagi og’riq nuqtalardir.

Shuning uchun ham mustaqillik va faqat mustaqillik sharofati bilan yaqin paytlarda og’izda «shaklan milliy, mazmunan sosialistik» deb atalgan, aslida o’shanda ham ko’pchiligimizga ko’zda tutilgan maqsadi ayon bo’lgan mafkuradan butunlay qutulib, o’z milliy mafkuramizni, istiqlol g’oyamizni shakllantira borayotgan paytimizda ona tilimizga bo’lgan munosabatimizni ham milliy manfaatlarimizga mos keladigan yangicha qarash asosiga qurmog’imiz shartdir. Zero, til tarbiyasi ham millat tarbiyasining tarkibiy qismi sanaladi. Shu o’rinda buyuk Abdulla Avloniyning asrimiz boshlarida aytgan quyidagi so’zlari beixtiyor esga keladi: «Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur» (O’zbek adabiyoti, 11 sinf uchun darslik. – Toshkent: O’qituvchi, 1997, 37-bet).

Darhaqiqat, Avloniyning «o’qish, o’qitish, tarbiya ishlarida davr talabi asosida islohotni amalga oshirish nihoyatda zarur» degan fikri o’z zamoni uchun ham, bugungi kun uchun ham qimmatlidir.

Prof. E.Begmatovning «Nutq madaniyati problemasining paydo bo’lishi va asoslanishi» maqolasida e’tiborli bir fakt keltirilgan. «Sovetskaya Rossiya» gazetasining 1965 yil 31 yanvar sonida yozilishicha, bir vaqtlar rus tilining «g’amxo’rlari» rus tilida to’g’ri gapirishni yo’lga qo’yish maqsadida «filologik milisiyalar», «rus tili o’qituvchilaridan tuzilgan ixtiyoriy drujinachilar» tashkil qilishni, shuningdek, noto’g’ri qo’llangan so’z uchun ma’muriy usulda jarimalar undirilishini taklif qilishgan (B ye g m a t o v E. Nutq madaniyati problemasining paydo bo’lishi va asoslanishi // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent, 1973, 156-bet).

Albatta, taklif kulgili. Ammo qanday yo’l tutilsa, adabiy til me’yorlari saqlab qolinadi va ularga amal qilinadi, degan mazmunda bosh qotirish, bu vazifaning yo’llarini topishga harakat qilish esa e’tiborga molik.

Xo’sh, o’zbek tiliga hali ham shevalarning ta’siri kuchli bo’lib turgan, rus tilining iskanjasidan to’laligicha qutila olmayotgan ayni bir paytda ona tilimizning

10

Page 11:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

madaniyligi uchun kim kurashayapti, kim fidoyilik qilayapti? Savollar ana shu tarzda qo’yilsa, yuqoridagi takliflarda ham jonkuyarlik uchqunlari borligini ko’ramiz. Vatanni sevish har bir imonli kishining burchi ekan, til ham ana shu ulug’ muhabbatning bir chetida turadi. Adabiy til haqida, uning me’yoriy qoidalariga amal qilishi haqida qayg’urish nafaqat filologlarning, balki millatning har bir vakilining, o’zbek tilini hurmatlaydigan har bir olijanob insonning vazifasiga aylanadi.

Prof. S.Ibrohimov ham bir vaqtlar mana bu taklifni bekorga o’rtaga tashlamagan edi: «Adabiy til normalaridagi kamchilik, noaniqlik va chalkashliklarni o’rganib, muhokama qilib, turliliklarni bartaraf qiladigan «normalash komissiyasi» tashkil etilishi, uning qaror va tavsiyalari qonun kuchiga ega bo’lishi lozim. Shuningdek, nutq madaniyatidan konsultasiyalar beradigan markaziy va mahalliy konsultasiya byurolari tuzish zarur» (I b - r o h i m o v S. O’zbek tilining nutq madaniyatiga oid masalalar //«Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent, 1973, 38-bet). O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil etilgan Atamalar qo’mitasi ma’lum ma’noda ana shunday vazifalarni bajarib kelmoqda.

Ma’lumki, adabiy tilning yozma va og’zaki shakllari mavjud. Agar tilimizning adabiylik darajasiga ko’tarilgunga qadar umumxalq, umummilliy ko’rinishda bo’lganligini inobatga olsak, adabiy tilimizning og’zaki shaklini anglash birmuncha osonlashadi. Shu o’rinda A.Muxtorov va U.Sanaqulovlarning kitobida keltirilgan jadvalining mag’zini chaqsak, tasavvurimiz yana ham kengayadi (Mu x t o r o v A., S a n a q u l o v U. O’zbek adabiy tili tarixi. – Toshkent, 1995, 9-bet).

Ammo bu o’rinda biz nimaga e’tiborimizni qaratishimiz lozim? Nazarimizda, til va nutqning ushbu ko’rinishlarining farqli va umumiy, afzal va mushkul jihatlariga, paydo bo’lish davri va imkoniyatlariga. Shunda ham bu jihatlarga adabiy me’yor nuqtai nazaridan munosabat bildirilishi to’g’ri bo’ladi.

Shu ma’noda til va nutqning og’zaki shakli vaqt nuqtai nazaridan yozma nutqqa qaraganda ancha ilgari paydo bo’lganligi, undagi me’yorlashish jarayonining stixiyali tarzda kechganligini ta’kidlash joiz. Buning ustiga o’zbek tilidagi dialekt va shevalarning ko’pligi, ularning bir-biridan ba’zan jiddiy farq qilishi tilning og’zaki me’yori haqida mulohaza bildirishni nihoyatda chigallashtiradi. Shuning uchun ham prof. F.Abdullayev adabiy tilning qonun-qoidalarini, me’yorlarini belgilashda bu xususiyatni hisobga olmaslik kutilgan natijani bermasligini ta’kidlagan edi (A b d u l l a ye v F. O’zbek milliy adabiy tili va uni o’rganishga oid masalalar // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent, 1973, 43-bet).

Zero, tilimizning me’yori buzilishidagi asosiy kamchilik xuddi ana shu og’zaki ko’rinishda ko’p sodir bo’ladi va ularni bartaraf etish ham qiyin kechadi.

Inson muomalasida, o’zaro fikr almashish jarayonida yozuv degan bir nodir ne’matning paydo bo’lishi kishilik jamiyati uchun buyuk inqilob bo’lgani aniq. Bu jarayon juda qadimdan o’z yozuviga ega bo’lgan turkiy ayrim xalqlar, jumladan o’zbek tili uchun ham tegishlidir. Yuqorida bir necha bor ta’kidlaganimizdek, me’yor adabiy tilning asosini tashkil qilar ekan, u «milliy adabiy tilni ta’riflashda

11

Page 12:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

(ham) markaziy tushuncha bo’lib, xuddi ana shu asosiy belgi yangi davrda misli ko’rilmagan darajada rivojlanadi va adabiy tilning yozma turida yuzaga kelib rivojlanayotgan birlik uning og’zaki turiga ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bu hodisa adabiy tilning orfoepik normasini ixchamlashtiradi va borgan sari uning adabiy tilning yozma turiga yaqinlashuvida markazlashtiruvchi rol o’ynaydi» (A b d u l l a ye v F. Yuqoridagi maqola, 39-bet).

Prof. F.Abdullayevning aytganlaridan xulosa chiqaradigan bo’lsak, me’yor masalasidagi bugungi ilmiy amaliy vazifamiz ham oydinlashadi. Bu - og’zaki nutqni yozma nutqqa yaqinlashtirish. Xo’sh, bunda ularning qaysi jihatlari asosiy e’tiborga olinishi lozim? Talaffuzmi, nutq qurilishimi yoki til birliklarining emosional-ekspressiv imkoniyatimi? Fikrimizcha, bu savollarga bir tomonlama javob berib bo’lmaydi. Negaki, biz tilimizning qanchalik adabiy, me’yoriy va madaniy bo’lishiga intilmaylik, og’zaki va yozma nutqning o’ziga xos xususiyatlaridan ko’z yumib bo’lmaydi.

Ko’pchilik o’zbek tilshunos olimlari «millat rivojlangan sari milliy til bilan jonli so’zlashuv o’rtasida ayirma ham asta-sekin zaiflashib boraveradi» (A b d u l l a ye v F. Yuqoridagi maqola, 39-bet), degan fikrda edilar. Darhaqiqat, shunday bo’lishi lozim edi. Chunki ana shu maqsad yo’lida ziyolilarimiz, filolog olimlarimiz, adiblarimiz, jurnalistlarimiz tomonidan juda ko’p ishlar amalga oshirildi. Tilning nazariy jihatlarini asoslashdan tortib turli xarakter va hajmda bo’lgan lug’atlar yaratildi, tildan amalda foydalanishga oid tavsiyanomalar berildi. Ammo umumo’zbek nutqi madaniyatida nega jiddiy o’zgarishlar sezilmayapti? Nega belgilab qo’yilgan me’yorlarga amaliyotda to’la rioya qilinmayapti? Nima uchun adabiy til millatning hamma vakillari, undan barcha foydalanuvchilar uchun emas, balki faqat ziyolilar uchun tegishliday bo’lib qolayapti?

Albatta, til madaniyati milliy va umuminsoniy madaniyatning, qadriyatlarning, ma’naviyatimizning ajralmas qismi sanaladi. Uning darajasi qaysi bir ma’noda iqtisodiy omillarga borib taqalishi mumkin. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ma’naviyat masalalari bilan shug’ullanish davlatimiz yuritayotgan siyosatda ustuvor yo’nalishlardan biri deb e’lon qilgan bir paytda qachon respublikamiz iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etib bo’lgandan keyin til madaniyati masalalari bilan shug’ullanamiz, degan fikrda bo’lish nodonlikdan boshqa narsa emas.

Tildagi me’yoriy holatlarni belgilashda, tilning adabiylik darajasini ta’minlashda ilmiy asoslangan imlo va talaffuz qoidalarining mavjud bo’lishi, ular vakolatli tashkilotlar tomonidan rasmiylashtirilib, ma’lum ma’noda til iste’molchilari uchun majburiy bo’lishi, qonuniy hujjat holigi keltirilishining ahamiyati katta, albatta. Ammo til iste’molchilarining hammasida ham ana shu qonun-qoidalardan yetarli darajada xabardor bo’lish imkoni bo’lavermaydi. Ular til me’yorini asosan eshitish va ko’rish natijasida o’zlashtiradilar hamda shu asosda gapirib va yozib ketaveradilar. Bunda tildan foydalanuvchining, ayniqsa, yosh paytidagi, tilni endi o’zlashtira boshlagan chog’laridagi oila qurshovining, atrof muhitning - bog’chaning, maktabning, umuman, bundan keyingi ta’lim va tarbiya manbalarining ahamiyati katta bo’ladi. Shuning uchun ham ko’pchiligimiz

12

Page 13:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

shevachilik illatlaridan qutula olmaymiz, ayrimlarimizning savodxonligimiz o’ziga yarasha bo’ladi. Aslida bu jarayon insonning butun umrida davom etishi mumkin.

Harqalay, hozirgi davrda bizga tilimizning me’yorini belgilab beruvchi, ularni o’zlashtirib olishimizga, ko’nikma hosil qilishga yordam beruvchi ommaviy axborot, badiiy adabiyot singari kuchli vositalar ham borki, ularni, ayniqsa, badiiy adabiyot namunalarini, ana shu ma’noda o’ziga xos ko’zgu deyish mumkin. Chunki ularning tilni qamrash imkoniyatlari boshqa manbalarga nisbatan kengdir.

Shuning uchun ham til va nutq madaniyatidagi haqiqiy ahvolga, vaziyatga baho beruvchi, mavjud kamchiliklarni tanqid qiluvchi, ularni bartaraf etish yo’llarini ko’rsatuvchi chiqishlar ommaviy axborot vositalari orqali olib borilishi va bu mas’uliyatli vazifani amalga oshiruvchi shu soha xodimlariga, jurnalistlarga, adiblarga tayanib ish ko’rilishi lozim.

Biz esa nutqiy madaniyatimizdagi kamchiliklar to’g’risida gap boshlashimiz bilan darhol matbuot, teatr, kino, televidiniye, radio xodimlarini tanqid qilishga o’tamiz. Vaholanki, insof bilan aytganda, adabiy til me’yorlariga asosan o’shalar rioya qilib kelishmoqda-ku! Omma bilan ko’proq ishlaydigan, ularga faoliyat va burch yuzasidan yaqin bo’lgan ko’pchilik tarbiyachilar, o’qituvchi-pedagoglar, mahallalar, fuqarolar yig’inlari faollari va oqsoqollari armiyasi ham mavjud. Afsuski, hayotning o’zidan boshqa ularning nutqini nazorat qiladigan, kamchiliklarini ko’rsatadigan til mas’uliyatini eslatadigan kuch ham, so’zlashish madaniyatini, notiqlik san’atini o’rgatadigan maktablar ham yo’q.

Rus tilshunosi G.V. Kostomarov shunday degan ekan: «Kishilar ataylab yomon so’zlamaydilar, balki boshqacha gapirishga o’rganmaganliklari uchun ham shunday so’zlaydilar» (K o s t o m a - r o v V.G. Nasuщnыye zadachi ucheniy o kulture rechi // Russkiy yazыk v shkole, 1965, № 4, s.3 ). Demak «boshqacha gapirishga» o’rganish uchun ham e’tibor, ham til savodxonligi zarur bo’ladi. Shu ma’noda me’yor tarzida shakllangan, bizga yozish va so’zlashda andoza bo’la oladigan namunalar va tavsiyalar kerak.

Gap shundaki, tildan foydalanishda e’tiborsizlik bilan bir qatorda mas’uliyatsizligimiz ham bor. Vaholanki, «so’zni adabiy tilda qabul qilingan normalarga muvofiq - adabiy formalarda qo’llash.... nutqqa qo’yiladigan umumiy talablarning birinchisidir» (Ђ u l o m o v A.Ђ. Adabiy til normalari // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent, 1973, 59-bet). Bu hol qachongacha davom etishini aytish qiyin. Ammo shu paytga qadar til ilmini o’rganishda to’plagan tajribalarimiz, olib borilayotgan ilmiy kuzatishlar, ularning hayotga, o’quv jarayoniga bevosita tatbiqi, kun sayin qalbimizda ravshanlashayotgan milliy o’zligimizni anglash, xalqning madaniy va ma’naviy barkamolligi ertami-kechmi barchamizni adabiy til me’yorlariga yetarli darajada amal qilishga olib keladi, degan umiddamiz.

Garchi ona tilimiz - hozirgi o’zbek adabiy tilini E.Begmatov ta’kidlagan «o’z normativ sistemalarining yuqori darajada shakllanganligi, takomili va boyligi jihatdan yuksak darajadagi madaniy til» sifatida faxrlanib tilga olsak-da, uni yanada yuksaltirish borasigi ishlar keng ko’lamda, izchillik bilan davom ettirilishi lozim. «Endilikda o’zbek adabiy tilining madaniy normativ imkoniyatlarini o’rganish va bu imkoniyatlardan amaliy nutqda o’rinli va effektiv ravishda

13

Page 14:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

foydalana olish yo’llarini tadqiq qilish, shuningdek, o’zbek adabiy tili normalarini takomillashtirish, ularning yanada stabillashuvi, o’tkirlashuvi hamda rivoji uchun ko’maklashish muhim vazifadir» (B ye g m a t o v E. O’zbek nutqi madaniyati masalalari // O’zbek tili va adabiyoti, 1980, № 4, 54-bet).

Til tarbiyasi ham farzand bola tarbiyasiga o’xshaydi. Intizom ozroq bo’shashgan joyda u ham albatta o’zining salbiy natijasini ko’rsatadi. Bu boradagi ishlarda stixiyaga, kampaniyachilikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Aksincha, bu faoliyatni markazlashtirish va muvofiqlashtirish, uni davlat ahamiyatiga ega bo’lgan, keng jabhada olib boriladigan, odat tusiga kirgan ish darajasiga olib chiqish lozim.

Adabiy til umumxalq tilining yashash shakllaridan biri ekan, unga millat uchun nafaqat yagona aloqa vositasi sifatida, shu bilan birga, qalbimizdagi eng nozik his-tuyg’ularni ifoda eta oladigan qimmatbaho boylik sifatida munosabatda bo’lmog’imiz, uning o’sishi, rivojlanishi uchun doimo g’amxo’rlik qilishimiz, parvarishlashimiz zarur bo’ladi. Nutq jarayonida, ayniqsa, so’zlashuv va badiiy ijod jarayonida uning shunday bir imkoniyatlari ochiladiki, biz uni payqashimiz va bir lahza bo’lsa-da, ochilgan bu xazina boyliklaridan lazzatlana va huzurlana olishimiz lozim.

Til uchun belgilab quyilgan me’yoriy holatlar doirasidan chiqib, uning har bir vazifaviy uslub doirasida har bir nutqiy vaziyatda ifoda etayotgan nozik ma’nolarini ilg’ay olish, tahlil qilish va uni turli yo’llar hamda vositalar bilan xalqqa yetkazish til bilimdonlarining burchi va vazifasidir.

Adabiy tilimizning yashovchanligini, obro’sini, martabasini saqlab qolish esa unda belgilangan me’yorlarga qat’iy rioya qilishni taqozo etadi. Chunki zamonlar silsilasida toblangan o’zbek tili, bir tomondan, o’z maromida sayqal topib, silliqlashib borgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, o’zbek tilshunosligi ham fan sifatida ko’plab olimlarimizning sa’y harakatlari tufayli o’zining yuksak taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi. U til birliklarining juda ko’p jihatlarini ilmiy asosida me’yorlashtirishga ko’maklashdi. Boshqacha aytganda, bugunga kelib til me’yorlari ilmiy xulosalarga tayanilgan holda ongli boshqarila boshlandi. Shuning uchun ham o’zbek adabiy tilining hozirgi me’yorlarini, mavjud kamchiliklardan ko’z yummagan holda, qat’iy qoida va tartibga solingan, yozuvda mustahkamlangan, namuna bo’la oladigan, uning iste’molchilari uchun tushunarli va ma’qul bo’lgan, ular tomonidan bab-baravar foydalaniladigan, umummajburiy bo’lgan, ma’lum ma’noda turg’unlashgan va barqarorlashgan, shu bilan birga, asta sekinlik bilan o’sib, rivojlanib boruvchi, o’rni bilan variantlari ko’payuvchi, uslublararo tarmoqlanib, kengayib boradigan, ayni paytda an’anaviylikni ham saqlab qolishi mumkin bo’lgan me’yorlarga aylandi, deb bemalol ayta olamiz.

O’zbek adabiy tili me’yorlari xususida to’plangan bilim va tajribalarga tayanib yana shuni aytish mumkinki, uning umumiy va konkret ko’rinishlari mavjud. Umumiy tarzda uni og’zaki va yozma nutq me’yorlariga ajratamiz. O’z navbatida, yozma adabiy nutq me’yori, yozma adabiy til me’yori va yozma uslub me’yoriga, og’zaki nutq me’yori og’zaki adabiy til, og’zaki uslub me’yoriga bo’linadi. Konkret tarzda esa, tilimizda leksik - semantik, talaffuz, grafik,

14

Page 15:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

punktuasion, fonetik, grammatik, so’z yasalishi, orfografik va uslubiy me’yorlar mavjudligini qayd qilamiz.

3-ma’ruza: Hozirgi o’zbek adabiy tili me’yoriy ko’rinishlari va ularning muhim belgilari.

Imlo va talaffuz me’yorlari

R ye j a:1. O’zbek tilining tovush va grafik tizimi.2. Tovush me’yori va uning yozuvda aks etishi.3. Amaldagi rus grafikasi, uning yutuq va kamchiliklari.4. «Davlat tili haqida»gi Qonun. 5. Yangi o’zbek alifbosi.6. Orfografik me’yor.7. Orfoepik me’yor (talaffuz me’yorlari).

Tayanch so’z va iboralar :Tovushlar tizimi. Tovush va yozuv. Alifbo sohasidagi muammolar. Bu sohaga oid qonunlar. Lotin grafikasi asosidagi o’zbek yozuvi. Fonetik va talaffuz me’yori.

O’zbek tilining tovushlar tizimi va ularning yozuvdagi harfiy ifodasi masalasida talabalarga «Hozirgi o’zbek adabiy tili» fanining «Fonetika» bo’limida tegishli ma’lumotlar berib o’tilgan. Ana shu kursni o’qitishga oid darsliklarda o’zbek tilda 6 unli, 25 undosh tovush - fonema mavjudligi qayd etiladi. Unlilarning harfiy ifodasi 6 ta: i , e (ye), a, o, u, o’. Undosh fonemalar esa 25 ta. Ularni ifoda etish uchun 23 harf va harflar birikmasi qo’llaniladi: b, v, g, d, z, j, dj, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, s, ch, sh, q, g’, h, ng.

Demak, hozirgi o’zbek tilida 31 ta tovush - fonema mavjud bo’lib, ularni ifodalashga xizmat qiladigan rus grafikasiga asoslangan belgilar soni 35 ta. Shu belgilar orasida ikki tovushning yig’indisidan iborat bo’lgan ye, yo, yu, ya grafemalari ham mavjud. Aslida 31 ta fonema 33 grafik belgi bilan, jumladan 6 ta unli, 4 grafema va 23 ta undoshni ifodalovchi belgilar bilan ifoda etiladi. Ularga ‘ va belgilari qo’shilsa, grafik belgilar soni 35 taga yetadi.

Ana shu tovushlar tizimi va ularning harfiy ifodasiga ega bo’lgan o’zbek tili bugungi kunga qadar 1956 yil 4 aprelda O’zbekiston SSR Oliy Soveti

15

Page 16:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Prezidiumining Farmoni bilan tasdiqlangan va kuchga kiritilgan «O’zbek orfografiyasining asosiy qoidalari»ga binoan ish ko’rib kelmoqda. Binobarin o’zbek tilining imloviy me’yorlari hozirgacha ana shu qoidalarga muvofiq amal qilmoqda va bu jarayon O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonunining yangi tahririni amalga kiritish tartibi to’g’risida»gi 1995 yil 21 dekabr qaroriga asosan 2005 yilgacha davom etadi.

Undan keyin esa to’lig’icha O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini hayotga joriy qilish to’g’risida»gi hamda 1995 yil 6 maydagi «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonunlariga asosan ish ko’riladi.

Hozirda ham bu qonunlar amalda. Respublikamizda ta’limning barcha tizimlarida ushbu qonunlarni bajarish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustda «O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qabul qilgan qarori asosida o’qitilmoqda.

Yangi o’zbek alifbosiga 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasi va tutuq belgisi kiritildi hamda bu bilan alifbo tizimi anchagina soddalashtirildi. Bu soddalashtirish ikki tovushni ifoda etuvchi ye, yo, yu, ya singari grafemalarni, ona tilimizga xos bo’lmagan tovush ifodasi - s harfini va - yumshatish belgisini olib tashlash hamda ‘ - ayrish belgisini ' - tutuq belgisiga almashtirish, shuningdek, ch, sh, ng tovushlarini ifodalovchi harflar birikmasini kiritish evaziga amalga oshirildi.

Shu bilan ancha paytlardan beri alifbomizda, ayniqsa, unlilar tizimida mavjud bo’lgan kamchiliklar borasida bo’lib kelayotgan bahsu munozaralar ma’lum ma’noda yakunlandi.

O’zbek xalqi uchun jahon miqyosiga chiqishdek olamshumul vazifani amalga oshirishga katta hissa bo’lib qo’shiladigan bu tadbirning istiqbolimizga xizmat qilishi shubhasizdir. An’anaviy imlo me’yorlarini saqlab qolgan holda lotin grafikasi asosidagi yangi o’zbek alifbosi bilan ish ko’radigan imlo ham o’z me’yoriy qoidalariga ega va bu me’yorlar yuqorida tilga olingan hujjatda o’z ifodasini topgan. Undagi qoidalarga amal qilish tilimizdan foydalanuvchilar uchun bundan keyin majburiy sanaladi va shu tarzda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida o’zbek tilining orfografik me’yori yo’lga qo’yiladi.

Anglashimizcha, hozir qulay bir vaziyat vujudga keldi. Bir alifbodan ikkinchisiga o’tish davridan to’g’ri foydalanib, orfografik va orfoepik me’yorlarni bir-biriga yaqinlashtirish ustida samarali ish olib borishimiz lozim.

Kezi kelganda bir mulohazani aytib ketishga to’g’ri keladi. Xalq o’rtasida ba’zan lotin grafikasi asosidagi o’zbek imlosiga o’tish ma’lum darajada savodxonlikka salbiy ta’sir etishi mumkin, degan fikrlar quloqqa chalinib qoladi. Balki xalqning yoshi ma’lum bir darajaga yetgan qatlami orasida shunday bo’layotgandir. Ammo hozirgi yoshlar va kelajak avlod savodxonligi uchun bu muammo yo’q. Gap uni qay darajada o’zlashtirishda ekanligini tushunib yetsak bo’ldi.

16

Page 17:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Masalani biroz boshqacharoq tarzda qo’yishimiz ham mumkin: Rus grafikasi asosidagi o’zbek alifbosidan foydalanishda savodxonligimiz talablar darajasidami? To’g’risi, bu savol ko’pchiligimizni tashvishga soladi. Keyingi yillarda Samarqand Davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakultetiga test asosida qabul qilingan talabalar o’rtasida har yili, barcha kurslarda o’tkazilayotgan sinov diktantlari natijalari bu borada jiddiy ish olib borish lozimligini ko’rsatadi.

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi va maorifimiz jonkuyarlarining sa’yi harakatlari balan ta’lim sohasida yirik islohotlar amalga oshirilayapti. Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlariga talabalarni test sinovlari asosida qabul qilish ana shunday ulkan qadamlardan biri bo’ldi. Ammo negadir bu islohotlar bilan ham yoshlar savodxonligining oshishida jiddiy o’zgarishlar sezilmayapti. Buning sabablari nimada? Maktabdagi ona tili va adabiyot fanlarini o’qitish jarayonida bu masalaga e’tibor susayganmi? Test sinovlariga bo’lgan burilish yoshlarimiz uchun orfografik me’yorga qat’iy rioya qilish masalasini keyingi o’ringa surib qo’ydimi? Balki o’tish davridagi ayrim qiyinchiliklar o’qituvchilar talabchanligini susaytirib, ulardagi kuch va imkoniyatlarni boshqa tomonlarga burib yuborayotgandir? Harqalay, bu masalalar tahliltalab, izohtalab masalalardir.

Endi bir necha og’iz so’z orfoepik - talaffuz me’yori va unga hayotda amal qilish to’g’risida. Bu o’rinda o’rta va keksa avlod, turli ijtimoiy qatlamlar nutqini bir chetga qo’yib turayligu, mulohazalarimiz ko’proq samara berishi mumkin bo’lgan yoshlar nutqiga e’tiborimizni qarataylik. Ko’p yillik tajribalar, olib borilgan kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki, bu qatlamda ham talaffuz me’yorlariga rioya qilishni quvonarli deb bo’lmaydi. «Respublikamizdagi ko’pgina maktablarda o’quvchilarning nutq madaniyati yuqori saviyada emas. Bu holat ko’proq o’quvchilarning og’zaki nutqda o’z shevalariga xos so’zlarni va ba’zi qo’shimchalarini noo’rin ishlatishlarida, jumlalarni to’la tuza bilmasliklarida, ba’zi affikslarni to’g’ri talaffuz eta olmasliklari va ayrim so’zlarni o’rinsiz takrorlay berishlari kabi holatlarda ko’rinadi», - deb yozgan edi prof. M.Asqarova (A s q a r o v a M. Respublika maktablarida ona tili o’qitishi va nutq madaniyati «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. - Toshkent: Fan, 1973, 75-bet). Afsuski, bu holat hamon davom etmoqda.

Prof. A.Mamatov quyidagi mulohazalarni bayon qiladi: «Yoshlarning adabiy til normalariga amal qilgan holda so’zlashishi, nafaqat ularning o’qimishliligidan darak beradi, balki ayni vaqtda aqlli va madaniyatliligini ham ko’rsatadi. Shuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z, ibora, aniq va ravon jaranglashi kerak. Yoshlarning notiq bo’lishi shart emasdir (balki), lekin faqat fikrini, tushunchalarini to’g’ri, aniq iboralar bilan ifoda qilishlari zarur, chunki ona tilimizning sofligini saqlash har bir yosh avlodning sharafli burchidir» (M a m a t o v A.E. Yosh avlodning nutqiy madaniyatini tarbiyalash xususida // Davlat tili haqidagi qonunni amalga oshirishning dolzarb muammolari mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tezislari. - Navoiy, 1993, 7-bet).

17

Page 18:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Xo’sh, buning uchun nima qilish kerak? «Bolalar nutqini o’stirish ishi maktabgacha tarbiya muassasalaridanoq boshlanishi kerak. Buning uchun maktabgacha tarbiya muassasalarida orfoepik qoidalardan yaxshi xabardor mutaxassislar kichik va qiziqarli mashg’ulotlar olib borishlari zarur deb hisoblaymiz.

Maktab o’quvchilarining nutqini o’stirishda birinchi navbatda grammatik qoidalarni puxta singdirish va shu orqali o’zbek adabiy tili normalarini egallashlariga erishish kerak. Shunda ular dialektal xatolarni qilmaydigan bo’ladi, o’quvchilarga adabiy til normalarini singdirishda faqat bir qoidaning o’tilishinigina kutib turmasdan, birinchi sinfdalik davridan boshlab, adabiy til elementar normalariga rioya qilgan holda so’zlatishga odatlantirish lozim» (A s q a r o v a M. Yuqoridagi maqola, 75-76-bet).

Shu o’rinda quyidagi mulohazalarni keltirish ham maqsadga muvofiq:«... adabiy tilning orfoepik normalari haqida jiddiy o’ylash va uning qonun-

qoidasini belgilash vaqti allaqachon kelgan. Bunda, birinchidan, dialektologik tekshirish natijasini hisobga olish va nimaiki keng tarqalgan va umumxalq tusiga kirib qolgan bo’lsa, o’sha orfoepik qoidaga asos qilib olinishi zarur; ikkinchidan, an’ana tusiga kirib qolgan talaffuz qoidalari ham chuqur va atroflicha o’rganilishi va qonun asosida mustahkamlanishi zarur. Bu fikr ayniqsa boshqa tillardan kirgan (arab, fors-tojik va rus tillaridan olingan) so’zlar talaffuziga nisbatan to’g’ridir. Uchinchidan, ma’lum qoida ichiga olinishi qiyin bo’lgan ayrim holatlarda ongli boshqarish prinsipiga suyangan holda ish ko’rish kerak bo’ladi. Bunda umummiliy manfaatlar ko’zda tutilmog’i, adabiy tilning funksional vazifalarining nihoyat darajada zo’r ahamiyati e’tiborga olinmog’i kerak. Ayrim shaxslarning subyektiv mulohazalari, shevachilik, «mahalliychilik» tendensiyalariga yo’l qo’yilmasligi kerak» (A b d u l l a ye v F. O’zbek milliy adabiy tili va uni o’rganishga oid ayrim masalalar // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent: Fan.1973, 45-bet). Tilimizdagi orfoepik me’yor va uning nutq madaniyatiga ta’siri borasidagi muammolarning mavjudligi ilmiy adabiyotlarda qayd etib kelinayotgan bo’lsa-da, ularni bartaraf etishning ba’zi yo’llari ko’rsatilayotgan bo’lsa-da, ushbu masalalarning kun tartibiga qo’yilganiga 20-30 yil vaqt o’tganiga qaramasdan, bu vazifa batamom hal qilingan emas. Kishida qiziqish ham, tashvishlanish ham go’yo asosan ziyolilar, tilshunoslar orasidagina mavjuddek tasavvur paydo bo’ladi.

Afsuski, bu borada aytilgan hamma fikr-mulohazalarni ham ma’qullash qiyin. Birgina misol. S.Otamirzayevaning «O’zlashtirilgan so’zlarning orfoepiyasiga doir ba’zi masalalar» nomli maqolasida arab, fors-tojik va rus tillaridan kirib kelgan so’zlar talaffuzining tilimiz ichki fonologik sistemasiga muvofiq kelish-kelmasligi darajasi o’rganilgan. So’z tarkibidagi ayrim tovushlarning o’zbek tili talaffuz qoidalariga moslashgan holda tushib qolishi, orttirilishi, o’rin almashishi hodisalari, urg’uning ko’chishi va butunlay o’zgarishi holatlari yaxshilab tahlil qilingan. Maqola pirovardida olima ishonarli xulosaga keladi: «Umuman qaysi tildan so’z qabul qilinishdan qat’iy nazar, qabul qiluvchi til har bir so’zni o’z «g’alviridan» o’tkazib, qonun-qoidalariga bo’ysundirib oladi» (O t a m i r z a ye v a S. O’zlashtirilgan so’zlar orfoepiyasiga doir ba’zi masalalar // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami, 96-bet). Haq gap.

18

Page 19:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Lekin maqoladagi bir fikrga munosabat bildirishga to’g’ri keladi! Olima ham o’zbek tilida singarmonizim hodisasi yo’q, deb hisoblash tarafdori. Ammo bu qarashlarning hayotiy emasligini, ayrim qoidalarni tilga zo’rlik bilan kiritib bo’lmasligini o’zbek tili faktlari, bu fikrlar paydo bo’lgandan keyingi o’tgan davr isbotladi. S.Otamirzayevaning «...singarmonizm hodisasi o’zbek adabiy tilida yo’qolishga asosiy sabab tojik tilining ta’siri bo’ldi» (O t a m i r z a ye v a S. Yuqoridagi maqola, 87-bet), degan fikrini esa qabul qila olmaymiz.

Birinchidan, u yo’qolgan emas. Ikkinchidan, demografik sharoitiga ko’ra O’zbekiston hududida, o’zbeklar orasida ozchilikni tashkil qiladigan tojik xalqining tili qanday qilib ko’pchilik gaplashadigan tilga bu darajada kuchli ta’sir o’tkazish mumkin, degan savolga javob topish ham kerak.

Ustoz J. Hamdamovning “Tilimizning yuksak madaniyati uchun” nomli maqolasi ham orfoepik normalar masalasiga bag’ishlangan. Unda a - o, h - x, u - o’, f - p, n - ng tovushlarining talaffuzda farqlanmasligi ishonarli tarzda tahlil qilinadi (H a m d a m o v J. Tilimizning yuksak madaniyati uchun // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent: Fan.1973, 97-100-bet).

Aytilganlaridan, orfoepik me’yor masalasini, nutqiy madaniyatimizdagi shevachilik muammolarini ijobiy hal qilish, ularni adabiy til me’yorlariga muvofiqlashtirish jarayoni hayotimizda hali uzoq davom etadigandek bo’lib tuyuladi.

To’g’ri, mavjud vaziyatning o’z obyektiv va subyektiv sabablari bor. Turg’unlik deb ataladigan sovetlar davrida quyidan tortib yuqorigacha hujjatlar asosan rus tilida yuritilar edi. Respublika davlat arboblari bir yilda faqat bir martagina - u ham bo’lsa, qishloq xo’jaligi xodimlarining respublika qurultoyida o’zbekcha nutq so’zlash imkoniyatiga ega bo’lar edilar, xolos. Qolgan paytlarda ko’pchilik yig’ilishlar, agar unda birgina rus kishisi o’tirgan bo’lsa ham, rus tilida olib borilar edi. 70 foizdan ortiq aholi yashaydigan qishloq joylarda esa o’z shevalari asosiy muomala vositasi bo’lib qolaverdi. Ma’lum me’yorga solingan adabiy til namunalarini esa faqatgina radio, televideniye orqali eshitdilar, kitoblardan o’qidilar.

Tildan, o’z ona tilimizdan foydalanish va rus tilidan foydalanishda ana shunday tafovutlar mavjud bo’lib, amaliyotda o’zbek tili uning iskanjasida tobora qisilib borayotgan edi.

Buning ustiga, o’zini ziyoliman deb hisoblaydigan, shaharda yashovchi ko’pchilik o’zbeklar nutqi ham namuna bo’lish vazifasini bajara olmay qolgan edi. Ular ham zamonasozlik qilishga, o’z farzandlarining istiqbolini o’ylab, ularni rus tilida ta’lim-tarbiya beradigan bolalar bog’chalari va maktablarda o’qitishga majbur bo’la boshladilar. Hayotning bu oqimi tabiiy ravishda o’z ona tilisida muomala qilishni bilmaydigan, yoki bo’lmasa, rus va o’zbek tillarini aralashtirib gapiradigan chalamulla o’zbeklarni maydonga keltirdi. Bu hol bir kishi, bir oila, bir shahar doirasidan chiqib, butun muhitga, til ekologiyasiga jiddiy ta’sir qila boshlagan edi.

Hayotda shiddat bilan urchib, tomir otib kelayotgan bu millat mustaqillik tufayligina chilparchin qilingan bo’lsa-da, uning asoratlarini hozir ham ko’rib, sezib, bilib turibmiz.

19

Page 20:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Mana shunday holatda ruscha o’qib, muomalada faqat rus tilidan foydalanib kelayotgan o’zbeklar oldida yangi muammo paydo bo’ldi. O’z ona tillari - o’zbek tilida gaplashish hayotiy zaruratga aylandi.

Tabiiyki, bu narsa osonlik bilan amalga oshmaydi. Tilni o’rganish kerak. So’zlarni yod olish mumkindir. Ammo ularning mag’zini chaqish, talaffuzichi? Artikulyasion bazasi rus tili talaffuziga moslashgan kishini sof o’zbek tili talaffuziga o’rgatish oson ish emas. Buning oqibatida, ya’ni o’zbekcha so’zlarni rus talaffuziga moslab aytish tufayli tilimizda buzilishlar sodir bo’lib turibdi. «Umuman, tovush a’zolarimiz bir-biridan farq qiladi,-deydi prof. M.Sodiqova, - ya’ni o’zbek tiliga xos ba’zi til orqa yoki bo’g’iz tovushlari rus tilida yo’q, shu bois ular bizning Q,Ђ,H, kabi tovushlarimizni ravon talaffuz qila olmaydilar» (S o d i q o v a M. Talaffuz ravonligi – nutq boyligi // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1998 yil 16 yanvar).

Ana shu sabab bilan bog’liq talaffuz me’yoridagi buzilishlar ma’lum vaqt tilimizda davom etishi mumkin. Ammo unga vaqtinchalik hodisa deb qarash kerak. Chunki o’zbek tilini o’rganishdagi hozirgi ommaviy jarayon bu kamchiliklarni albatta siqib chiqaradi.

Harqalay, endi faxrlanib aytish mumkinki, til iqlimi, unga bo’lgan munosabat butunlay o’zgardi. Ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi uning hayotiylik, yashash shart-sharoitlarini belgilab berdi. Rivojlanishi va istiqboli qonun yo’li bilan kafolatlandi.

Endi u borada hyech tortinmasdan, ikkilanmasdan amaliy ishlarga o’tish payti keldi. Qishloqda ham, shaharda ham bir xil tarzda nutq madaniyati bilan shug’ullanishiga qonuniy asos, imkoniyat yaratildi.

Bu ulkan vazifani birdaniga hal etib bo’lmasligi ham aniq. Ammo u bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, ijobiy natijalar qo’lga kiritilishi lozimligi zamon talabidir. Ko’pchilikning fikriga tayanib aytamizki, ona tilimizga mehrni bolalar bog’chasidayoq uyg’otishimiz, adabiy til me’yorlarini o’rganishning bolalar bog’chasi o’rta maktab oliy maktab tarzidagi uzluksizligini ta’minlashimiz zarur.

Shu narsani e’tirof etish adolatdan bo’lar ediki, keyingi yillarda tilimizdagi fonetik jarayonlarni, o’zbekcha talaffuz me’yorlarini belgilab beradigan texnik vositalarni biz oliy ta’lim o’quv jarayonida ko’rgan emasmiz. Shuning uchun ham ko’p dialektli va shevali o’zbek tilining adabiy talaffuz me’yorlarini belgilab berish qiyin bo’lib qolayapti. Bu borada talabalarimizga bergan bilimlarimiz ham yuzaki, sayoz bo’layapti. Vaholanki, ular uchun eksperimental fonetika, uning asosiy quroli bo’lgan texnik vositalar ko’magida biz adabiy me’yor tarzida tavsiya etiladigan namunaviy nutq andozalarini berishimiz, har bir tovush tembri, amplitudalarini ko’rsatishimiz va shu asosda talabalarni mashq qildirishimiz, piravord natijada adabiy talaffuz me’yoriga muvofiq keladigan uzus - nutqiy ko’nikmalar hosil qilishga ko’maklashishimiz lozim.

E.Begmatov «O’zbek nutqi madaniyati masalalari» nomli maqolasida og’zaki nutq madaniyatini rivojlantirish borasida quyidagi vazifalarni o’rtaga qo’ygan edi:

20

Page 21:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

«- Og’zaki nutqning mohiyatini o’rganish. Bu nutq tipining adabiy-normativ va nonormativ tomonlarini aniqlash.

- Og’zaki nutqning uslubiy, situativ ko’rinishlarini o’rganish.- So’zlashuv nutqini normalash imkoniyatlarini tadqiq etish. - O’zbek og’zaki nutqining talaffuz normalarini eksperimental usulda

o’rganishni yo’lga qo’yish.- Adabiy og’zaki nutqning radio nutqi, televideniye nutqi, lektor

(propagandistlar) nutqi, sahna nutqi singari ko’rinishlarini tadqiq qilish va ularning normativ xususiyatlarini belgilash» (B ye g m a t o v E. O’zbek nutqi madaniyati masalalari// O’zbek tili va adabiyoti, 1980, № 4, 58-bet).

Ma’lum bo’ladiki, og’zaki nutqning to’laligicha adabiy holatga keltirilishini ta’minlash talaffuz jarayonini me’yorlashtirish bilan bog’liq. Og’zaki nutq ishlatiladigan qaysi soha va yo’nalish bo’lmasin, turli uslublardagi vazifasini belgilash bo’lmasin, barcha o’rinlarda ham til birliklarini bir me’yorga keltirib qo’llash masalasi birinchi o’rinda turadi.

Xulosa shuki, orfoepik me’yorlarga rioya qilmaslik nutqimiz madaniyatida jiddiy nuqsonlardan biri bo’lib qolmoqda. Tilshunoslarimiz zahmatlari tufayli o’zbek tilidagi birliklarining deyarlik barchasidagi me’yoriy ko’rinishlar ommaga turli qo’llanmalar, lug’atlar shaklida tavsiya etildi. Yangi imlo qoidalariga o’tishimiz munosabati bilan bu yumushlar davom ettirilmoqda. Nafaqat filolog olimlar, balki maorifimiz jonkuyarlari, o’z ona tiliga chuqur hurmat bilan qaraydigan barcha ziyolilarimiz bu me’yorlarning buzilishiga e’tiroz, tuzatish va tavsiyalar tarzida chiqishlar qilib turishibdi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, talaffuz me’yorlarini buzish, til madaniyatiga e’tiborsizlik hamon davom etmoqda. Yillar davomida majlislarni rus tilida olib borgan yoki ma’ruzalarni rus tilida eshitgan ko’pchilik kishilar o’z nutqlarida ruscha so’z va iboralarni qo’llash, ayrim holatlarda rus tili gap qurilishi tartibida o’zbekcha jumlalar tuzish iskanjasidan chiqib keta olmayaptilar. Omma uchun bu vaziyatning ta’siri salbiy bo’layotganini sezib turibmiz.

Bu kamchiliklar hatto radio, ayniqsa, televideniye eshittirishlarida ham seziladi. Dasturlarni olib boruvchi ayrim jurnalistlarning o’zlari shevachilikka berilib ketishlari noo’rin tuyuladi. Xalqimiz shevachilikdan batamom qutula olgan emas. Garchi ko’pchiligimiz adabiy til me’yori talablari asosida savodli yozsak-da, talaffuzda e’tiborsizlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik davom etmoqda.

Mavjud imkoniyatdan, me’yor qilib belgilab qo’yilgan til birliklaridan to’g’ri foydalanishga o’zimizda burch sezmas ekanmiz, ulardan chiroyli, jozibali va ta’sirli qilib foydalanishni umumxalq, umummilliy darajaga ko’tarish masalasi muammoligicha qolaveradi.

Zero, til ma’naviyatimiz va madaniyatimiz ko’zgusi ekan undan ehtirom va hurmat bilan foydalanish milliy burchimizga aylanmog’i lozim.

21

Page 22:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

4-ma’ruza: Leksik - frazeologik me’yor

R ye j a:1. Leksik me’yor tushunchasi.2. Tildagi leksik birliklar va ularning adabiy

me’yorga munosabati.3. Tildagi variantdorlik.4. O’zbek tilining keng iste’mol so’zlari me’yori.5. Frazeologik me’yor.6. Frazeologizmlarda okkazional variantlar va adabiy me’yor.

Tayanch so’z va iboralar: Lug’aviy me’yor. So’z tanlash va uning ahamiyati. Tildagi birliklar : dialektal qaytariqlar, paronimlar va adabiy me’yor. Variantdorlik. Sinonim va dublet. Doimiy va matniy variantlar.

Hozirgi o’zbek adabiy tilidagi til sathlari orasida leksik birliklar alohida o’rin tutadi va ularning o’ziga xos me’yoriy xususiyatlari mavjud. O’zbek tilidagi leksik-frazeologik birliklarning ana shu xususiyatlari yuzasidan A.E.Mamatov ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan va bu kuzatishlarning natijasi o’laroq doktorlik dissertasiyasi himoya qilingan hamda «Hozirgi zamon o’zbek adabiy tilida leksik va frazeolgik norma muammolari» nomli monografiya yuzaga kelgan. Ushbu qo’llanmani yozishda ham bevosita ana shu tadqiqot natijalaridan foydalanildi.

«Tilshunos-normalist olimlar, - deb yozadi u, - leksik normaning maqomini aniqlashda turlicha fikrlar aytganlar. Jumladan, O.S.Axmanova leksik normani «bu muayyan bir tilda so’z qo’llash normasidir»,- deb ta’rif bersa (A x m a n o v a O.S. Slovar lingvisticheskix terminov. – M., 1961), K.S. Gorbachevich esa «so’zni to’g’ri tanlash va hammaga ma’lum bo’lgan va umumxalq tomonidan qabul qilingan, o’rinli so’z ishlatishdir», - deb yozadi (G o r b a ch ye v i ch K.S. Izmeneniye norm russkogo literaturnogo yazыka.- L., 1971). Demak, leksik normalarga rioya qilish so’zlovchi (yozuvchi) va tinglovchi (o’quvchi) tomonidan o’zaro muloqotda bir-birini to’liq tushunishni taqozo qiladi.

Leksik normani ta’riflashda esa adabiy tilning quyidagi belgi va mezonlarini nazarda tutmoq lozim: 1) uning og’zaki va yozma shaklda amalga oshirilishini; 2) territorial va ijtimoiy qo’llanish doirasini; 3) ma’lum milliy tilning boshqa shakllari bilan adabiy til o’rtasidagi munosabatlar masalasini inobatga olish kerak.

Shunday qilib, leksik norma bu og’zaki va yozuv tili oppozisiyasi doirasida leksik vositalarning turlicha amalga oshirilishi o’rtasidagi munosibliklar, tengliklardir» (M a m a - t o v A.E. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari.- Toshkent, 1991, 117-118-betlar).

Demak, tilda asosiy birlik sanalgan so’zning lingvostilistik birlik sifatida, aytaylik, ko’pma’nolilik, sinonimlar va variantlar shaklida bir tushuncha doirasida ma’no anglatish va farqlash imkoniyati tilning boshqa sathlaridagiga qaraganda keng ekan, leksik me’yorlarni belgilash birmuncha qiziqarli va munozarali bo’ladi. D.E.Rozental ham «Qayerda tanlash imkoniyati bo’lsa, o’sha yerda stilistika

22

Page 23:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

boshlanadi», - deb bekorga yozmagan (R o z ye n t a l D.E. Prakticheskaya stilistika russkogo yazыka. - M, 1974, s 11).

Leksik birliklar doirasida tanlanish imkoniyatining ko’pligi uning xususiy me’yorlarining shakllanishiga ham sabab bo’lgan. Shuning uchun ham tilimizdagi dialektizm, neologizm va okkazionalizm, pleonazm va boshqa leksik birliklarning me’yoriy xususiyatlari yuzasidan mulohaza yuritish leksik me’yor to’g’risidagi tasavvurimizni, shubhasiz, kengaytiradi.

Dialektizimlar va adabiy til me’yori doirasida me’yorni belgilash tilimizdagi mas’uliyatli masalalardan biri sanaladi. Ayni paytda, bu borada me’yoriy holatlarni belgilovchi o’lchovlar ham mavjud. «O’zbek adabiy tilining orfografiyasi, orfoepiyasi va grammatik qurilishi ma’lum tayanch shevalarga (asosan, Toshkent va Farg’ona shevalariga) asoslangan bo’lsa-da, leksik jihatdan esa barcha o’zbek shevalariga asoslangan»ligi qayd etilgan «O’zbek dialektalogiyasi» darsligida ana shu o’lchovlar ko’rsatib o’tilgan. Adabiy til sheva leksikasidan ularning ko’pchiligi uchun umumiy bo’lgan so’zlarni tanlab olishi va uni o’z leksik tarkibiga kiritishi (mas., sigir-siyir-inak; chaqaloq-buvak, tuxum-moyak-yumurta, chumoli-murcha-qarinja-qumurusqa kabilar) ta’kidlangan (R ye sh ye - t o v V., Sh o a b d u r a h m o n o v Sh. O’zbek dialektologiyasi. - Toshkent, 1978, 170-171-betlar).

Ammo shevalarimizda shunday leksik birliklar mavjudki, ular adabiy tilimizga kirib ulgurmagan yoki shu holicha qolib ketgan. Bu kabi so’zlarning adabiy me’yori haqida nima deyish mumkin? A.Yu.Aliyev «O’zbekiston jumhuriyatining davlat tili haqidagi qonuni va o’zbek tili nutq madaniyati» nomli ma’ruzasida «Ayrim narsa va hodisalarning nomlari adabiy til va uning lug’atlarida uchramaydi. Lekin dialekt va shevalarda mavjud bo’ladi. Bunday vaqtda aniq narsa va hodisalarning nomlarini anglatuvchi so’z va atamalarni hyech ikkilanmasdan shevalardan olib adabiy tilga kiritishimiz kerak», - degan fikrni aytib, uning tasdig’i sifatida quyidagi misollarni keltirgan edi (A l i ye v A.Yu. O’zbekiston jumhuriyatining davlat tili haqidagi qonun va o’zbek tili nutq madaniyati // «O’zbek nutqi madaniyatining dolzarb muammolari» to’plami. - Toshkent, 1990, 8-bet): cho’kkala (laganbardor), o’tik (o’tadigan joy), kechik (kechib o’tadigan joy), sarimsoq (go’dakning nomi qo’yilguncha bo’lgan ismi), uzuchak (uchta bola tuqqan xotinning bolalari yoki qo’yning qo’zilari), madang (yog’ochdan qilingan eshik qulfi, tanba), qalang’i-qasang’i (yengil tabiat odam), o’mgan (ko’krak), arpabodiyon (ukrop turi), o’ymoq (angishvona) singari.

Tadqiqotchining aytgan fikrlariga qo’shilish mumkinu, keltirgan misolarini ma’qullab bo’lmaydi. Chunki kechik, qalang’i-qasang’i, arpabodiyon, o’ymoq, o’mgan so’zlari «O’zbek tilining imlo lug’ati»da bor, demak, allaqachon adabiy tilga qabul qilingan, me’yorlashgan. O’tik so’zi ham o’tuv va o’tadigan joy tarzida iste’molda. Cho’kkala so’zini adabiy tilga qabul qilganda ham endi uning laganbardor so’zini siqib chiqarishi dargumon, qiyin. Sarimsoq so’zini balki o’ylab ko’rish mumkindir, ammo madang so’zini adabiy tilga olib kirib bo’lmaydi. U umumxalq tili mulki bo’lib qolaveradi, ammo ilmiy texnika inqilobi ro’y bergan hozirgi zamonda yog’ochdan qilingan eshik qulfining - o’zi yo’q bo’lib ketgan narsaning nomini adabiy tilga olib kirishga hojat yo’q.

23

Page 24:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

To’g’ri, umumxalq tilidagi ayrim so’zlar, haqiqatdan ham, adabiy tilga kirmasdan qolgan. Bu holni faqat lug’atlarni tuzuvchilarning kamchiligi yoki ana shunday so’z va tushunchalarning mavjudligidan xabardor emasligida deb baholanishi mumkin. Masalan, yangi tuqqan sigirning sutidan tayyorlangan taomning kilagay/ gilagay/ galagay, yangi tuqqan qo’y-echkining sutidan tayyorlangan taomning esa qag’anoq/ /qog’onoq deyilishi o’zbek tili vakillarining hammasiga, jumladan, tilshunos-lug’atshunoslarning barchasiga ham ma’lum bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun ham, «O’zbek tilining imlo lug’ati»ga bu so’zlarning ikkinchisi kirgan, birinchisi kirmasdan qolgan. Aslida o’zbeklarning chorvachilik bilan shug’ullanadigan qismi yoki uylarida sigir, qo’y, echki saqlab, ularning sut-qatig’idan foydalanadiganlari ana shu taomlarni tayyorlashadi va bu jarayon hozir ham davom etmoqda. Shunday ekan, bu so’zlarni faqat sheva so’zlari deb bir chetga surib qo’yib bo’lmaydi va ular adabiy tilga kirishga haqli. Shu ma’noda A.Yusupov keltirgan to’tra / to’rta (yog’ quyqasi) so’zini ham adabiy tilga kiritish mumkin. Bu kabi lingvistik birliklar turli kasblar va sohalarda kuzatiladi.

E’tirof etish kerakki, o’zbek tilidagi ko’p shevalilik sharoitida leksik me’yorlarni belgilashning o’ziga xos qiyinchiliklari ham bor. Har bir sheva vakilida ma’lum tushunchani ifodalaydigan so’zning tabiiy ravishda o’z shevasidagi variantidan foydalanishga moyillik seziladi. Bu holatni hatto ayrim sheva vakillari bo’lgan shoir va yozuvchilar ijodida ham kuzatish mumkin. Buning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor, albatta. Ijobiy tomoni adibning, ya’ni sheva vakili bo’lgan ijodkorlarning sharofati bilan ma’lum so’z adabiy tilga kirib qolib, me’yorlashishi mumkin. Agar bu birlik ko’pchilik tomonidan qabul qilinmasa, uni endi til leksik me’yorining buzilishi deb qarashga to’g’ri keladi.

Akad. Sh.Shoabdurahmonov «O’zbek adabiy tilining leksik normalari» maqolasida R.I.Avanesovning «Adabiy til normalarini ongli ravishda boshqarib borish qandaydir yo’nalish, qandaydir dialektga suyanish, tayanch nuqta bo’lishini taqozo qiladi» degan fikrini keltiradiki (Sh o a b d u r a h m o n o v Sh. O’zbek adabiy tilining leksik normalari// «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami - Toshkent: Fan, 1973, 51-bet), leksik me’yorlarni belgilashda unga asoslanish mumkin bo’ladi.

Ijtimoiy muhitning tildan foydalanish jarayoniga ta’sir ko’rsatishi tabiiy bir holdir. Kishilar nutqlarida o’zlari bilib-bilmay yoki e’tiborsizlik oqibatida boshqa til elementlaridan ham foydalanadilar. Boshqa millat vakillari bilan birgalikda yashash, mehnat qilish, ta’lim olish, xullas, muomala jarayonida ana shu hol yuz beradi.

Boshqa tillardan so’z o’zlashtirish ulardan nutqda zaruriyatga ko’ra foydalanish salbiy hodisa emas. Ammo bunday so’zlar orasida varvarizm deb ataluvchi shunday bir qatlam mavjudki, ularni nutqda qo’llash-qo’llamaslik masalasiga adabiy til me’yorlari nuqtai nazaridan munosabat bildirish lozim.

Gap shundaki, varvarizm sifatida qaraladigan nu, tak, vot, sovsem, voobщye, tolko, tolko tak, yestestvenno, obyazatelno, konechno, uje, pochti, tak chto, znachit, kak raz, neujeli, tem boleye, dokument, oformit qilmoq, organizovat qilmoq, prinimat qilmoq, razresheniye olmoq, podpis qo’ymoq, bo, akun, soni kabi so’z va

24

Page 25:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

birikmalarining o’zbek tilida aynan ekvivalentlari mavjud. Buning ustiga ular adabiy tilimizga kirgan emas. Demak bu so’zlar o’zbek tili uchun me’yor emas. Ammo biz ularni, ijtimoiy muhit ta’siridan bo’lsa kerak albatta, farqiga bormasdan ishlataveramiz, nutqimizni nazorat qilmaymiz. Shu tarzda leksik me’yor ham, nutq ham buziladi.

Shuning uchun ham tilda varvarizmlarning ishlatilishini ijobiy hodisa sifatida emas, balki me’yorning buzilishi deb qaralishi va ularni nutqda qo’llamaslik lozim.

Ruscha so’z va iboralarning, sintaktik qurilishlarning tilmizdan juda sekinlik va qiyinchilik bilan chiqib ketayotganini ham tarixiy jarayon sifatida qabul qilishga to’g’ri keladi.

Jismoniy tarbiya va sport atamashunosligi bo’yicha tadqiqotlar olib borgan S.Azizov 1961 yilda R.Ismoilov va M.Norkinlarning «Ruscha-o’zbekcha fizkultura va sport terminlari izohli lug’ati» nashridagi ayrim holatlarga e’tiroz bildirib, lug’atda bu sohaga oid absolyut chempion, arbitr, sudya, baryer, bokovoy sudya singari atamalarning faqat ruscha shakli berilganligini ma’qullamaydi (A z i z o v S. O’zbek tilining fizkultura va sportga oid terminologiyasidagi har xilliklar // Ilmiy-amaliy konferensiya tezislari. – Navoiy, 1993, 14-bet). Bu mulohaza to’g’ri. Ayrim so’zlarning bu tarzda lug’atlarda rasmiylashtirilishi ham ularning yashovchanligiga sabab bo’lgan bo’lsa, ajabmas.

Bu kabi mulohazalarni enag’ar, xotintaloq, qizitaloq, qanjiq singari vulgar so’zlar xususida ham aytish o’rinli.Bu birliklar ommabop lug’atlarda berilmaydi.

Bir necha og’iz gap atamalarga tarixiylik, davriylik nuqtai nazaridan munosabat xususida.

Prof. B.Bafoyev «Navoiy asarlari tilida so’z varianti va adabiy norma» nomli maqolasida me’yorning tarixiylik tomonlariga e’tibor beradi. Ta’kidlanishicha, tilda ma’lum tushunchani ifoda etuvchi sinonimik variantlarning me’yor sifatida tanlanishida ularning bo’g’in tuzilishi hamda har birining ijod turlarida ma’lum qimmatga ega bo’lishi e’tiborga olinadi. Bu xulosa, poetik asarlar matniga tegishli, albatta.

So’z variantlaridagi bo’g’inlar soni, ochiq-yopiqligi, cho’ziq-qisqaligi har xil bo’lsa, bu fikr tushunarli. Agar shu holatlar baravar darajada bo’lsa-chi? Muallif xizmat/xidmat so’zini tahlil qilib yozadi:

«Alisher Navoiyning g’azaliyoti va nasriy asarlari tilida ikkala variant ham uchrasa-da, adibning g’azaliyoti, «Lison ut-tayr», nasriy asarlari tilida xizmat yetakchi va «Xamsa» dostonlari tilida esa, asosan xidmat varianti aktiv ishlatilgan. So’zning ikkala bo’g’ini ham yopiq bo’g’in bo’lganligidan nazmu nasrda va nazmning turli janrlarida ikkala variant ham, deyarli bir xil filologik xususiyatga ega» (B a f o ye v B. Navoiy asarlari tilida so’z varianti va adabiy norma // O’zbek tili va adabiyoti, 1988, 1-son, 32-bet).

Endi nima qilish lozim? B.Bafoyev bu savolga javob izlab, «Ularning aktiv-passivlik sabablarini boshqa poetik hodisalardan izlash kerakka o’xshaydi»,- deydi (O’sha joyda, 32-bet).

B.Bafoyev maqola oxirida yana bir xulosa beradi: «Alisher Navoiyning 90-yillargacha yozilgan asarlari tilida, ayniqsa «Xamsa»si tilida xidmat va undan

25

Page 26:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

keyingi yillarda yozilgan asarlari tilida xizmat yetakchi variantdir» (O’sha maqola, 35-36-bet). Bundan sal oldinroq «Gul va Navro’z» da faqat xidmat, Bobur she’riyatida esa faqat xizmat varianti ishlatilganligi faktini keltiradi (O’sha maqola, 32-bet).

Bu fikrlardan navbatdagi xulosani chiqarish mumkin bo’ladi: Eski o’zbek adabiy tilida o’zaro variant hisoblangan xidmat va xizmat birliklaridan xidmat tarixan eskiroq, ya’ni uning qo’llanilishi XV asrgacha me’yor hisoblanib kelgan va asta-sekinlik bilan u xizmat so’ziga o’z o’rnini bo’shatib bergan. Bugungi kunga kelib esa u umuman qo’llanilmaydi.

Demak, variantlar orasidan til birliklarining me’yor sifatida tanlanishi ham tarixiy jarayon bo’lib, ulardan foydalanish yoki foydalanishdan voz kechish tilning yaratuvchisi va iste’molchisi bo’lgan xalq hukmidadir.

«Eski o’zbek yozma manbalarida - ... ko’pgina so’zlar ikki, hatto bir qanchalarining uch-to’rt fonetik variantlarda keng ishlatilganiga duch kelamiz» deb yozadi B.Bafoyev va qo’yidagi so’zlarni misol tariqasida keltiradi : yaproq-yafrog’-yapurg’oq, tuproq-tuprog’-tufroq-tufrog’. (B a f o ye v B. O’zbek tili tarixida leksik norma masalalari // O’zbek nutqi madaniyatining dolzarb muammolari. Jumhuriyat ilmiy-amaliy anjumani ma’ruzalarining qisqacha bayoni. – Toshkent, 1990, 17-18-betlar). Olim ta’kidlaydiki, «tarixiy leksikologiyada bu lingvistik hodisani obe’ktiv baholashda barcha yozma manbalar tilidagi har bir variant qaytariqlari bilan olib chiqilishi kerak». Bu gaplar to’g’ri, albatta. Shunday qilinganda bu kabi elementlarning adabiy tildagi yoki badiiy uslubdagi qo’llanish chastotasi va vazifaviy chegaralanishini aniqlash, ularning bu jabhalardagi me’yoriy holatlarini belgilashga imkon beradi. Harqalay, yaproq ning yafrog’, yapurg’oq va tuproq ning tuprog’, tufroq, tufrog’ tarzida badiiy, ayniqsa poetik nutqda ishlatilishi matnning ohangdorli va musiqaviyligini, vazn va hatto qofiya singari an’anaviy qoidalarga bog’liqligini ham yodga keltirishimiz zarurati tug’iladi.

Yana boshqacha qarashlar ham bor. Ayrim olimlar fanlardagi ba’zi atamalarning o’zbek tilida muqobili yo’q, shuning uchun u hozirgacha qanday qo’llanilib kelinayotgan bo’lsa, shundayligicha qoldirilgani ma’qul degan fikrni afzal ko’rishmoqda. Bu fikrni inkor etish mumkin emas.

Ammo fanning qaysi yo’nalishi bo’lmasin, undagi tushunchalarni ifoda etish uchun dunyodagi eng boy tillardan biri deb faxrlanadigan o’zbek tilida so’z topilmasligiga shubha ham yo’q emas. Masalan, «Davlat tili haqida» gi Qonunni amalga oshirishning dolzarb muammolariga bag’ishlab 1993 yilda Navoiy shahrida o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada chiqish qilgan navoiylik matematik Z.Avliyoqulov quyidagi fikrni aytgan: «Bu sohada atamalarni muqobili bo’lmasa o’zbek tilidagi atamalar bilan almashtirish ijobiy natija bermasligi mumkin. Bu atamalar ilgaridan shunday qo’llangan ekan o’zicha qolishi zarur. Jumladan noverbal holatdagi ayrim matematik ishoralar ham o’zicha qolishi zarur» (A v l i yo q u l o v Z. Davlat tilini amalga oshirishning noverbal imkoniyatlari // Ilmiy-amaliy konferensiya tezislari. – Navoiy, 1993, 13-bet). Shunday. Buning ustiga, matematika sohasini yaxshi bilmaganimiz uchun ham bu fikrga e’tiroz bildirib bo’lmaydi. Bir narsani qo’shimcha qilish mumkinki, nafaqat tilimizda paydo

26

Page 27:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

bo’lgan so’z, balki tushunchaning yoki narsaning o’zi ham yangilik. U yaratilganda, kashf qilinganda dastlab shunday nomlangan. Masalan, amper, rentgen, volt singari. Bu atamalar fanda bundan keyin ham shundayligicha qoladi.

Qolaversa, ko’pchilik dunyo tillarida bir xil nomlanadigan atamalarni yangilashga urinaverish ham to’g’ri harakat emas. Bu ham sun’iy ravishda me’yorni buzishga kiradi.

Leksik me’yorning buzilishi hamma vaqt ham ko’zga yaqqol tashlanavermaydi. Misol: Janob boy, sizni k a y f s i z ko’raman, mumkinmi sababini bilsam. Asrimizning boshlarida M.Behbudiy yozgan «Padarkush» fojiasidan olingan bu parchadagi kayfsiz so’zi hozirda tilimizdagi kayfiyat so’ziga to’g’ri keladi. Darhaqiqat, «O’zbek tilining izohli lug’ati»da ham kayf va kayfiyat so’zlari insoning ruhiy holati ifodasi sifatida talqin qilinadi va ular ifoda etgan qator ma’no ottenkalari beriladi ( O’TIL, 1 tom, 358-359 betlar ) . O’zagi bir bo’lgan bu so’zlarning bundan yuz yillar avval ana shu yaqinligi inobatga olinib, biri o’rnida ikkinchisi bemalol qo’llanavergan bo’lishi va bu me’yoriy holat sanalgan bo’lishi mumkin.

Ammo, hozirgi kunda bu me’yoriy holat o’zgargan. Har ikkala so’zdagi noziklikni anglagan holda, aniq ma’nolarda ishlatamiz: 1. Kayf, kayfi bor, kayfi yaxshi, kayfi baland, kayfi zo’r, kayfi taraq , kayf qilmoq, kayf qilib olgan, shira kayf, kayfi oshmoq, kayfni kesmoq kabi holatlarda kayf so’zi mastlikni bildiradi va shu holatda uning ma’nosi bir qadar aniqlashib, kayfiyat bildirgan ma’nodan yiroqlashadi. Ammo kayfi chog’ , kayfi uchgan, kayfini surib yuribdi singari holatlarda u kayfiyat so’zini anglatgan ma’nolarni berishi kuzatiladi.

Shu bilan birga kayf qilmoq kabi holatlarda har ikki ma’noni -kayfni ham, kayfiyatni ham matnga qarab anglashimiz mumkin.

Bu nimadan dalolat beradi? So’z ma’nolarida bo’lgan o’zgarishlar, zamon taraqqiyoti o’z navbatida me’yorga ham ta’sir qiladi. Yuqoridagi kayf so’zi tahlilidan shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, bir vaqtda ma’nolari anchagina yaqin bo’lib turgan so’zlarda, vaqt o’tishi bilan differensiasiya - ajralish, ma’nolardagi kengayish yuz bergan va bu holat tilimiz taraqqiyoti uchun me’yoriy holat sifatida qaralishi va belgilanishi kerak.

Ushbu parchaga ham diqqat qilaylik: Xususan, mana, banklar ko’paydi. Katta boylar ch l ye n bo’lib, har kim ch

l ye n l a r n i izzat qilur, hatto ishi tushaturg’onlar ch l ye n molini qimmat olur, azbaski ch l ye n iltifotiga olmagan odamlarga banklar pul bermaydurki, so’ngra mulkdorlar sinib, mayda-chuyda bo’lur, bildingizmi? (M.B. Padarkush).

Yana «Padarkush»dan olingan misolda M. Behbudiy qo’llagan chlen so’zini o’sha paytda ham almashtira oladigan a’zo so’zi bo’lgan. Ammo, chlen o’rnida a’zo ni qo’llash notabiiylikni, tasvirda quruq ifodani keltirib chiqarishi mumkin edi. Chlen so’zi garchi vaqtincha bo’lsa-da, bankka a’zo bo’luvchilarning atamasi sifatida tilimizda qo’llanildi, a’zo so’zining ma’nosini to’la ifoda etadigan birlik - atama, me’yoriy holat sifatida tilimizda vaqtincha yashab turdi. Chunki, bu so’z qanday bo’lsa, xalq uni shundayligicha qabul qildi, qo’llay boshladi, tushundi. Xalqimiz, tilimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida esa a’zo o’rnida chlen so’zini qo’llash tilimizga hurmatsizlik va savodsizlik alomati bo’ladi.

27

Page 28:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan respublikamiz miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar tilimiz taraqqiyotiga, xususan uning terminologik rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.

«Davlat tili haqida» gi Qonunning yuzaga kelishi munosabati bilan fanlarning turli yo’nalishlari bo’yicha atamashunoslik sohasida islohotlar o’tkazish, ularni «o’zbekchalashtirish» ga imkoniyat yaratildi.

Shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni «milliylashtirish» ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar xam nihoyatda ko’paydi. Jo’yali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bo’lishi qiyin bo’lgan takliflar ham o’rtaga tashlandi. Bu gapning tasdig’i sifatida ayrim misollarni keltiramiz: matematika-riyoziyot, fakultet-kulliyot, rassom-musavvir, gazetxon- mushtariy, auditoriya-saboqxona, xona, o’quv xonasi, sirk-tomoshaxona, sirkul-pargar, sellofan-suvqog’oz, seyf-zarf, attestasiya-ko’rik, samolyot- aeroplan, tayyora, aeroport-tayyoragoh, familiya-naslnoma, klub-da’vatxona, titul list-sarvaraq va hokazo.

Bu kabi tavsiyalar mustaqillikdan keyin - «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingach, o’rtaga tashlandi. Ona tilimizning chin fidoyilari erksevar va millatsevar jadidlar tomonidan esa shu mazmundagi mulohazalar asrimizning boshlarida, mustamlakachilik paytlaridayoq o’rtaga tashlanganligi tarixdan ma’lum.

Ulug’ ma’rifatparvar Fitrat 1921 yildagi til, imlo qurultoyida kontrrevolsion «Chig’atoy gurungi» tashkilotining dasturini bayon etib, o’zbek tilidan yot so’zlar (arabcha, forscha, ruscha) ni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz bo’lgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi.

Ular (tilning sofligi uchun kurashuvchilar - S. K.)... ko’plab qadimiy so’zlarni tiriltirishni, o’zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zaxmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob, maktub so’zlari o’rniga emgak, el, olqish, o’gut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so’zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so’zlari o’rniga baliq, taniq, sipok so’zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyusiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so’zlar o’rniga o’txona, otash arava, o’zgarish, yo’qsil, o’zi qaynar, choparxona, ekin bilg’ich, simchiroq, yer biligi, o’simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so’z va iboralarni ishlatishni ko’tarib chiqdilar (T u r s u n o v U., O’ r i n b o ye v B. O’zbek adabiy tili tarixi. – Toshkent: O’qituvchi, 1982, 155-bet).

Bu qarashlar shu ma’noda diqqatga sazovorki, ularda tilni mumkin qadar chet el unsurlaridan tozalash, umumturkiy birliklarni adabiy til me’yori sifatida belgilash g’oyasi yotadi. Masalaning qo’yilishi ana shu tarzda tushuniladigan bo’lsa, yuqoridagi riyoziyot, kulliyot, musavvir, mushtariy, saboqxona, pargar, tayyora, tayyoragoh, naslnoma, da’vatxona kabi so’zlar bu g’oyaga mos kelmaydi. O’z-o’zidan savol paydo bo’ladi: qabul qilishga tavsiya etilayotgan so’zlar umumturkiy bo’lmagach, qanday farqi bor – ruscha- baynalmilal bo’ldi nima-yu, arabcha yoki forscha-tojikcha bo’ldi nima ?

Masalaning boshqa bir muhim tomoni bor: tavsiya etilgan birliklar adabiy tilimizga leksik me’yor sifatida qabul qilinmadi. Nega? Shuning uchunki, birinchidan, tildagi o’zgarishlar jarayoniga o’sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy

28

Page 29:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

ziddiyatlarning ta’siri bo’ldi. Millatsevarlik millatchilik deb ayblanayotgan bir davrda, tilimizga bo’lgan bu kabi munosabatlar, yangilikka intilishlar qo’llab-quvvatlanmadi. Ikkinchidan, asrimizning boshlarida, hatto hozirda ham narsa va tushunchalarni ifodalovchi birliklarni tavsiya etilgan so’zlar shaklida qo’llash hali me’yorlashmagan, odat tusiga kirmagan edi va shundayligicha qolib ketdi.

Tilimizda qo’llanilib kelinayotgan avtor, arxitektor, gumanizm, doklad, ideologiya, inspektor, intelligent, kontrol, komandirovka, komanirovochnaya, leksiya, ministr, oblast, ostanovka, planeta, problema, rayon, raport, redaktor, revolyusiya, spravka, student, sekretar, tema, territoriya, tradisiya, forma singari so’zlar o’rnini muallif, me’mor, insonparvarlik, ma’ruza, mafkura, nozir, ziyoli, nazorat, safar, safarnoma, ma’ruza, vazir, viloyat, bekat, sayyora, muammo, tuman, bildirishnoma /xabarnoma, muharrir, inqilob, ma’lumot/ma’lumotnoma, talaba, kotib /kotiba, mavzu, hudud, an’ana, shakl kabi tavsiya etilgan so’zlar osonlik bilan egalladi. Buning sababi shu bo’ldiki, ular dubletlar sifatida tilimizda ozmi-ko’pmi oldindan ham qo’llanilib kelinayotgan edi.

Ko’pgina misollar tahlili atamalar, nomlanishlar turg’unligi murakkab masala ekanligini ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi sobiq Ittifoq tasarrufida ekanligida, rus tilining Ittifoq hududidagi boshqa tillarga ta’siri kuchli bo’lgan paytlarda biz hyech bir ikkilanmasdan respublika, oblast, rayon, avtor, agitasiya, propaganda, ideya, plan, forma, prosent, prosess, komandirovka, raport, spravka, student, sekretar, ministr kabi ko’plab so’zlarni, garchi ularning tilimizda (oldin qaysi tildan qabul qilingan bo’lishidan qat’iy nazar) muqobil variantlari bo’lsa-da, ishlataverar edik. Vatanimizning mustaqillikka erishishi munosabati bilan tabiiy ravishda bu so’zlarga jamoatchilik tomonidan munosabat bildirildi. Jumhuriyat, viloyat, tuman, muallif, tashviqot, targ’ibot, g’oya, reja, shakl, foiz, jarayon, safar, bildirishnoma, ma’lumotnoma, talaba, kotib(a), vazir, nozir, nazorat kabi muqobil variantlari ham 90-yillar boshlaridan ular bilan bab-baravar qo’llanila boshlandi va bu parallellik tilimizda me’yor sifatida ma’lum muddat saqlanib turdi.

Endi oradan o’n yildan ko’proq vaqt o’tgach, butunlay boshqa manzara kuzatiladi. Bu o’tgan vaqt orasida birinchi guruh so’zlar asosan ikkinchi guruh so’zlariga o’z o’rnini bo’shatib berdi, deb bemalol ayta olamiz. Nega asosan deb aytayapmiz ? Shuning uchunki, saragi sarakka, puchagi puchakka deganlaridek, bu so’zlarning har biri vaqt g’alviridan o’tdi. Ayrimlari hozir ham parallelik xususiyatini saqlab qoldi: respublika-jumhuriyat, universitet-dorilfunun kabi. Ularning semantik-uslubiy ma’nolari aynan bir xil bo’lmagani uchun ham shunday bo’ldi.

Bunday parallel qo’llanishning boshqa sabablari ham bor. Biz tilshunosligimizda epitet - sifatlash, derivasiya - so’z yasalishi, affiks - qo’shimcha, abbreviatura - qisqartma so’z, anafora - misra boshidagi tovush takrori, antroponimlar - kishi ismlari, toponimlar - joy nomlari, atribut - aniqlovchi, affrikatlar - qorishiq undoshlar, stil - uslub, stilistika - uslubshunoslik kabi o’nlab atamalarni parallel holda hozir ham ishlatib kelmoqdamiz. Buning boisi atamalarning birinchisi xalqaro termin sifatida barcha tillarda qo’llanilib kelinayotganligidadir.

29

Page 30:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yangi tavsiya etilayotgan so’zlarning ma’qul kelishi va me’yorlashishi ularni tilda avval qo’llanilib kelayotgan yoki kelmayotganiga ham bog’liq. Boshqacha aytganda, ularni ko’rish va eshitishga odatlanish me’yorlashishga ko’maklashadi.

Atamalar qo’llashda me’yorni saqlab turish boshqa so’zlar, masalan, ko’p ma’noli yoki sinonim so’zlar me’yorini turg’un holatda ushlab turishga nisbatan osondek tuyuladi. Aslida esa bu yerda ham o’z muammolari bor. Mas., shu paytgacha tilimizda faol ishlatilib kelinayotgan tovar so’zi o’rnida mol so’zini ishlata olamiz: mol, sanoat mollari, mol ayriboshlash, mol olib kelmoq, narxi tushirilgan mollar kabi. Ammo bunday ishlatish bemalol emas. Sanoat mollari deyish mumkin bo’lgan holda oziq-ovqat mollari deb bo’lmaydi, mol keltirdim deganda faqat sanoat mollari tushuniladiyu, tovar keltirdim deganda farqlanmasdanmi yoki promtovarы, prodtovarы so’zlariga asoslanibmi, har ikkalasi ham tushunilaveradi. Tovar so’zidan tovaroved so’zini yasay olamizu, mol so’zidan ana shu ma’nodagi molshunos so’zini yasay olmaymiz. Yasagan taqdirimizda ham u mol so’zining asosiy ma’nosiga - hayvon ma’nosiga tortib ketadi va hayvonni yaxshi biladigan, hayvon bilan shug’ullanadigan kishi ma’nolarini anglatadi. O’zbek tilida esa bunday ma’nolarni ifodalashga zarurat bo’lmagan. Aytaylik, insonshunos, hatto hazil tariqasida ershunos deyish ham mumkin, ammo hayvonshunos deb bo’lmaydi. Shunday ekan tilimizda tovaroved so’zidan foydalanib turishga to’g’ri keladi.

Ma’lum bo’ladiki, tilshunoslik ilmida, tilshunoslar va boshqa mutaxassislar faoliyatida, ayniqsa, atamalar bobida tildan foydalanishdagi vaziyatni muvofiqlashtirish, bir xillikni yuzaga keltirish, osonlik va qulaylik yaratish, eng muhimi, tushunarli bo’lishni ta’minlash maqsadida tavsiyalar berib boriladi. Aytaylik, agroprom, agroximiya, akvarel, annotasiya, arxeolog, astronom, vakant so’zlari o’rniga dehqonchilik sanoati, dehqonchilik kimyosi, suv buyoq, muxtasar bayon, qadimshunos, falakiyotchi, bo’sh o’rin /bo’sh lavozim kabi so’z va birikmalarni ishlatish taklifi (Misollar A. Berdialiyevdan olindi).

Ammo, bu tavsiyalar qanchalik ilmiy, amaliy va me’yoriy asosga ega? Bu variantlarning qaysi biri tilda yashab qolishi mumkin? Ularning qaysi biri narsa va hodisaning, predmet va tushunchaning mohiyatini to’laroq ifoda etadi? Bu masalani, qaysi variant ma’qul bo’lishdan qat’iy nazar, hayotning o’zi, til elementlaridan foydalanish jarayoni hal qiladi, albatta. Lekin bunday tavsiyalarning berib borilishi, tavsiya etilayotgan variantlarning afzallik tomonlari tushuntirib berilishi mutlaqo zarur bo’lgan faoliyatdir. Faqat shunday yo’l bilangina tilimiz takomillashib, sayqallashib, so’z ma’nolaridagi eng nozik imkoniyatlar ham reallashib boradi. Aytilganlarning tasdig’i sifatida bir misol keltiramiz: psixologiya faniga oid ko’plab atamalar shu soha mutaxassislarining tavsiyasiga binoan o’z o’rnini sharq ilmida qo’llanib kelingan atamalarga bo’shatib berdi. Psixologiya-ruhshunoslik, psixika-ruhiyat, psixik prosess-ruhiy jarayon, adaptasiya-moslashish, nerv-asab, nerv sistemasi-asab tizimi, talant-iqtidor/iste’dod, temperament-mijoz, emosiya-jo’shqin holat /jo’shqinlik, xarakter-xulq tarzida ataladigan bo’ldi (Q a r a n g: Ilmiy-amaliy konferensiya tezislari. – Navoiy, 1993, 36-bet).

30

Page 31:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Bundan shunday xulosa qilib chiqadiki, tildagi me’yoriy holatlarni tayinlashda har bir tilning o’z ichki qonun-qoidalariga tayanib, ko’pchilikka ma’qul bo’lish-bo’lmaslik jihatlari e’tiborga olinsagina asosli bo’ladi.

Shu o’rinda yana bir misolni tahlil qilaylik. Ko’plab atamalarning muqobillarini izlash jarayonida rayon so’zi o’rnida nohiya , depara, tuman so’zlari ishlatila boshlandi. Keyinchalik, garchi so’zning asl mohiyatiga unchalik to’g’ri kelmasa ham tuman so’zi me’yorlashdi. Ammo, ta’kidlash lozimki, bu so’zning birgina ma’nosi - viloyatning bir qismi bo’lgan, ma’lum chegaraga ega bo’lgan, ma’muriy hudud atamasi sifatida me’yorlashdi. Ammo, lug’atda rayon so’zining umuman joy ma’nosini anglatish imkoniyati ham ko’rsatilgan: prigorodnыy rayon - shahar atrofi rayoni, promыshlennыy rayon - sanoat rayoni, zavodskoy rayon - zavodlar rayoni, rayon voyennыx deystviy - urush harakatlari rayoni, rayon boya - jang maydoni, oboronitelnыy rayon - mudofaa doirasi kabi. Bu birikmalarni qanday me’yorlashtiramiz? Bizning ongimizda u hozircha ma’muriy hudud tarzida shakllanib turgan ekan, shahar atrofi tumani, zavodlar tumani, urush harakatlari tumani tarzida ham me’yorlashib keta oladimi?

Buning ustiga, shu so’z o’zagidan yasalgan rayonirovaniye, rayonirovannыy - rayonlashtirish, rayonlashtirilgan so’zlari bor. Masalan, biror ekin navlari urug’ini, ya’ni biror joyning sharoitiga eng ko’p moslashtirilgan navlar urug’ini rayonlashtirish (Russko-uzbekskiy slovar. – M.,1954, s. 711). Buni qanday me’yorlashtiramiz? Urug’ni tumanlashtirish debmi yoki urug’ni joylashtirish, urug’ni joylarga moslashtirish, debmi? Harqalay, nazarimizda, masalaning yechimini o’tayotgan vaqt topadi.

Atamalarni almashtirish va me’yorlashtirishda ro’y berayotgan jarayonlarni tahlil qilib quyidagi xulosaga kelish mumkin : atamalarning bir qismi tezgina almashdi, me’yorlashdi va ommalashdi, yana bir qismi esa variantlar, dubletlar tarzida baravar ishlatilib kelinmoqda. Atama sifatida tavsiya qilingan birliklarning ma’lum qismi esa tilda o’z o’rnini topmadi, ko’pchilik tomonidan ma’qul ko’rilmadi.

Demak, mustaqillikdan keyingi davr atamalarini me’yorlashtirish xususida gap ketganda ana shu jihatlarning hayotiy ekanligini inobatga olishga to’g’ri keladi.

Umuman, Atamalar qo’mitasining bu jarayonni muvofiqlashtirib borishda, tartibga solib turishda xizmatlari katta ekanligini qayd qilish lozim. Qo’mita o’z faoliyatida bu borada juda ko’p vazifalarni amalga oshirdi.

Tilimizda yangi narsa va tushunchalarni ifodalash yoki narsa va tushunchalarni yangicha ifodalash bilan bog’liq hamda undagi tayyor modellar asosida mavjud narsa va tushunchalarni biroz boshqacharoq, perifrastik tarzda baholashga intilish natijasida yuzaga kelgan neologizm va okkazionalizm deb ataluvchi so’zlar guruhi mavjudki, ularga ham adabiy til me’yori nuqtai nazardan munosabat bildirish zaruriyati bor.

Bu kabi so’zlarning me’yoriylik darajasini aniqlashda ham tilimizdagi me’yoriylik holatlarini belgilashning mavjud qoidalariga tayanib ish ko’riladi. Basharti bu birliklar neologizm yoki okkazionalizm sifatida e’tirof etildimi, demak ular hali tilimizning haqiqiy lug’at birligiga aylanib ketmagan. Faqatgina o’zlari

31

Page 32:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

qo’llanilayotgan matnda narsa va tushunchani aniqroq, to’laroq, balki obrazliroq ifoda etish hamda boshqa badiiy-estetik maqsadlarni ko’zda tutib qo’llanilgan. Ularning adabiy tilimizda me’yor holatiga kelishi uchun ma’lum vaqt va xalqning iste’molda qo’llay boshlashi bilan bog’liq bo’lgan e’tirofi lozim bo’ladi.

Bu turkum so’zlarning ma’lum qismi o’zi ifodalayotgan predmet va tushunchalar bilan bog’liq tarzda o’z tilimiz so’zlari bo’lishi bilan birgalikda chet tillardan kirib kelgan bo’lishi, bir qismi esa so’zlashuv, ayniqsa badiiy ijod jarayonida yaratilgan bo’lishi mumkinligini ham yodimizdan chiqarmasligimiz zarur. Binobarin, ularning yashovchanligi, ommalashuvi, ya’ni me’yorlashuvi aynan ana shu omillarga bog’liq bo’ladi. A.E.Mamatov ta’kidlaganidek, «ular badiiy asar tilida, matbuotda va og’zaki nutqda ko’p qo’llanilsa, leksikografik manbalarda va lug’atlarda aks etsa, u holda okkazional so’zlar jumlasidan chiqib, normalashgan leksik qatlamga aylanadi» (M a m a t o v A.E.Okkazional so’zlar va til normasi // «O’zbek nutqi madaniyatining dolzarb muammolari» to’plami. – Toshkent,1990, 69-bet). A.Mamatov bu kabi so’zlar va iboralarning tilimizda mavjud bo’lgan mazmunan va shaklan o’xshash yoki teskarisi bo’lgan birliklarga nisbatan taqlidan yaratilishini ta’kidlab, quyidagi misollarni keltirgan : oltinzor (paxtazor), changiston (guliston), yilquvar, pulquvar, to’qayquvar (cho’lquvar), raykattalar (raygaz, raysobes) kabilar (M a m a t o v A.E. Yuqoridagi maqola, 68-bet).

Ushbu misollardan ma’lum bo’lib turibdiki, bu kabi so’zlarning yaratilishi individual xarakterga va asosan emosional-ekspressiv ma’noga ega. «So’z estetikasi» asarining mualliflari X.Abdurahmonov va N. Mahmudovlar ham ana shu tarzda so’z yasashga moyil bo’lgan shoir Maqsud Shayxzoda ijodidan yaxshi namunalar keltirishgan: siynachok (siynai chok), xayolxona (gulxona, to’yxona), dollarshoh, mehnatdosh (mehnatkash), oydosh, ilhomdosh, yurakdosh, fazoshumul (olamshumul), baxtsozlik, huriston, sheriston, jangbozlar, nafosatbozlar, qishboy, oybachcha, xorazmlashmoq, kalidlamoq (qulflamoq), teskarilamoq, xayollanmoq, tundalik (kundalik) singari (A b d u r a h m o n o v X., M a h m u d o v N. So’z estetikasi. – Toshkent, 1981. 32-38 betlar).

Darhaqiqat, ushbu so’zlarning hyech biri ham me’yorlashgan so’z sifatida tilimiz lug’at boyligidan o’rin olgan emas.

Endi frazeologizmlar va me’yor masalasiga qisqacha to’xtalamiz. O’zbek tilining boy lingvistik imkoniyatlarini ko’rsatuvchi vositalardan biri frazeologizmlardir. Sh.Rahmatullayev asos solgan o’zbek frazeologizmshunosligi keyingi yillarda katta yutuqlarga erishdi. Turli hajmdagi ilmiy maqolalar, risolalar, nomzodlik dissertasiyalari bilan bir qatorda A.E.Mamatovning «Hozirgi o’zbek adabiy tilida leksik-frazeologik norma muammolari» (1991), B.Yo’ldoshevning «Hozirgi o’zbek adabiy tilida frazeologik birliklarning funksional uslubiy xususiyatlari» (1994), A.Mamatovning «O’zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari» (2000) nomli doktorlik ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi. Sh.Rahmatullayev tomonidan 1978 yilda yaratilgan «O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati» esa hozirgacha muhim qo’llanma sifatida foydalanib kelinmoqda.

32

Page 33:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Xullas, o’zbek frazeologiyasi nazariyasiga oid yuzaga kelgan nazariy qarashlar va to’plangan boy materiallar frazeologik me’yorlar haqida bemalol gapirishga imkon beradi. Frazeologik me’yor ta’rifi masalasida bu o’rinda A. Mamatov qarashlariga tayanamiz. Uning ta’kidlashicha, «Frazeologiya tilshunoslik fanining mustaqil, alohida soha ekanligini tan olish, mantiqan frazeologik normaning mavjudligini ham tan olishni taqozo qiladi.

…adabiy normaga taalluqli bo’lgan to’rt asosiy mezon va kategoriya: barqarorlik, kodifikasiyalashganlik, dinamiklik va variantdorlik xususiyatlari frazeologik normaga ham bevosita tegishlidir. Demak, xulosa qilish mumkinki, bu alohida-alohida to’rt mezon va kategoriya o’zaro dialektik bog’liq bo’lib, yaxlit umumiylikni, ya’ni adabiy me’yorni tashkil qiladi.

Demak, frazeologik birliklarning til normasi bilan bog’liqlik xususiyatlarini shunday izohlash mumkin: birinchidan, frazeologizmlar o’z lisoniy tabiatiga ko’ra, barqaror bo’ladilir, aks holda, ular frazeologik birlik degan maqomga ega bo’lmas edi va erkin so’z birliklariga aylanib qolgan bo’lardi, ikkinchidan, hamma frazeologizmlar lug’atlarda, normativ va maxsus qo’llanmalrda, ma’lumotnomalarda qayd qilingan, tanlab olingan, umummajburiy qo’llanish xususiyatiga ega bo’lgan, kodifikasiyalashgan bo’lishi shart, aks holda, ular turg’un frazeologik birliklar bo’lmasdan, balki okkazional yoki potensial iboralar bo’lib qoladi, uchinchidan, frazeologizmlar tilning boshqa birliklari singari har doim rivojlanib, o’zgarib turadi, ular dinamik xususiyatlarga ega, aks holda frazeologizmlar shtamp va qolip birikmalarga aylanib qoladi va o’zining semantik-stilistik xususiyatlarini ma’lum darajada yo’qotadi, to’rtinchidan, frazeologizmlar ham leksik birliklar kabi o’z sinonim va variant qatorlariga ega, bu ularning ma’nolarini ifoda qilishda, til boyligini oshirishda katta ahamiyatga ega» (M a m a t o v A. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari.- Toshkent, 1991, 214, 216-217-betlar).

Frazeologik birliklarni sinchiklab tahlil qilgan A. Mamatov ulardagi me’yoriy buzilishlar sifatida quyidagilarni sanab o’tadi:

1.Ma’no jihatdan buzilish. Bunda ma’nosiga mos kelmaydigan matnlarda qo’llash (Xotin kishi bo’lsayam b ye l i d a b ye l b o g’ i b o r edi. O’. Hoshimov), pleonastik holatlar (Shuday qilganimda bormi, bechoralarning q a l b l a r i n i ch i l – ch i l s i n d i r a r k a n m u, k o’- n g i l l a r i n i v a y r o n q i l i b yu b o- r a r k a n m a n – d a . R.Fayziy), shu ma’noni beradigan so’z yoki so’z birikmasi bilan yonma-yon qo’llash (O’zingiz bilasiz, oyijon, men s i r k a m s u v k o’ t a r m a y d i - g a n, i n -j i q bolaman. M. Ismoiliy) nazarda tutilgan.

2. Strukturasidagi buzilish. Bunda esa komponentlarning almashishi (kovushini to’g’rilamoq-qiyshiq kiygizmoq: K o v u sh i n i q i y sh i q k i y g i z i sh d a n toymaydi bularing. J.Abdullaxonov), strukturasining kengayishi (Ammo i ch i d a g i g’ a z a b shu tobda mashinaning vaqqillagan suvidan ham besh battar q a y n a r e d i. L.Mahmudov), komponentlarning tushirib qoldirilishi (…dedi Usmonov a v v a l o’ z i n g g a b o q degan ma’noda), komponentlar birlashtirilishi-kontominasiya (oq bo’yrada o’tirib, q i p – q i z i l q a s a m i ch i b q o’ y i b m a n. Ђ. Ђulom), butun matn bo’ylab sochilishi- antisipasiya (U y g a

33

Page 34:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

ketsam, o’rtoq Vahobov, harna, o’ l a n to’shagim tuzuk. M.M. Do’st) kabi holatlar e’tiborga olingan (M a m a t o v A.E. Yuqoridagi asar, 207-272 betlar).

Aytilgan ushbu fikr-mulohazalar talabalarga frazeologik birliklar me’yori haqida ma’lum tasavvur bera oladi.

Mustaqillik tufayli yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar natijasida tabiiy ravishda tilimizda ham juda ko’plab yangi so’z va iboralar, birikmalar paydo bo’layapti. Bu holatni asosan fan, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar sohalarida, qisman maorif, madaniyat, san’at va badiiy adabiyot sohalarida kuzatamiz. Xalqimiz ularni qanday qabul qilishidan qat’iy nazar, tilshunoslar ularni qo’llashdagi har bir holatga o’z munosabatlarini bildirib borishlari, yuqorida aytib o’tganimizdek, me’yor sifatida tavsiya etilayotgan variantlarning nega shunday tarzda ma’qul ko’rilganligini ilmiy asoslab berishlari zarur bo’ladi.

5-ma’ruza: M O R F O L O G I K M Ye ‘ Yo R

R ye j a:1. Morfologik me’yor tushunchasi.2. Qo’shimchalar sinonimiyasi va nutqiy me’yor masalasi.3. Grammatik kategoriyalar, subyektiv baho shakllarining qo’llanishida

adabiy me’yor.4. Sifat darajalari, kelishik shakllari, fe’l zamonlari, shaxs-son

qo’shimchalarining qo’llanishida grammatik va uslubiy me’yor.

34

Page 35:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Tayanch so’z va iboralar: Morfologik birliklar : ko’plik, egalik, kelishik, subyektiv baho shakllari va me’yor. Daraja, zamon, shaxs-son, mayl, nisbat ko’rsatkichlari va me’yor.

O’zbek tili grammatikasi tilshunoslik sohalari orasida nazariy jihatdan bir muncha yaxshi ishlanganligi, so’z shakllari, qo’shimchalar, so’z birikmalari va gap qurilishi bir qadar mukammal me’yoriy tavsiyalarga ega bo’lganligi bilan ajralib turadi. Bu haqda ilmiy adabiyotlarda, darsliklarda, o’quv qo’llanmalarida tegishli mulohazalar aytilgan (Qarang : Q o’ n g’ u r o v R., K a r i m o v S., Q u r b o n o v T.I. Nutq madaniyati asoslari, 1-qism. – Samarqand: SamDU nashri, 1985, 38-40-betlar; Sh o m a q s u d o v A. va boshqalar. O’zbek tili stilistikasi. – Toshkent, 1983, 75-228-betlar).

Morfologik me’yor haqida fikr yuritilganda gap aslida qo’shimchalar qo’llashning me’yoriy holatlari haqida boradi. Qaysi guruh qo’shimchalari bo’lishidan qat’iy nazar, ular o’rtasida variantdorlikning, sinonimiyaning mavjudligi nutqda bu qo’shimchalar me’yorlari yoki ularning buzilishlari haqida, ba’zan esa vazifaviy chegaralanishlari xususida mulohaza yuritishga sharoit yaratadi.

Demak morfologik me’yor tushunchasi tilning ana shu qatlamini qamrab oladi va uning atrofida yuritiladigan fikr-mulohazalar har bir so’z turkumi doirasidagi qo’shimchalar hamda ularning nutq jarayonidagi me’yoriy ko’rinishlari, agar ular buzilgan bo’lsa, tuzatish yo’llari haqida bo’ladi.

Darhaqiqat, grammatikaning uzviy qismi bo’lgan morfologiya doirasida me’yor muammolarini anglashga intilish ona tilimiz salohiyatini yanada teranroq qilishimizga ko’maklashadi. Bu yo’nalishda me’yorlashish uzoq davom etadigan tarixiy jarayon ekanligi ma’lum bo’lib turadi. Ya’ni tilimizning morfologik ko’rsatkichlari qat’iy bir holatga kelgunga qadar uzoq davrni bosib o’tganligi, hatto ularning ma’lum qismi hali ham me’yorlasha olmayotgani ba’zan ko’zga tashlanadi.

Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o’zgarishlar, o’tib borayotgan vaqt tilga o’z ta’sirini o’tkazmasdan, unda o’z aksini topmasdan qolmaydi. Masalan, XX asrning boshlari O’rta Osiyoga, jumladan, bizning yurtimizga ham g’arbdan sanoat, ishlab chiqarish, savdo, fan va madaniyatga oid yangiliklar shiddat bilan kirib kelgan bir davr edi. Shubhasiz, bu holatlar nafaqat tilimiz leksikasida, balki morfologiyasida ham o’z aksini topdi. Bu haqda Ђani Karimovning «Sovet davri o’zbek adabiy tili taraqqiyoti» nomli asaridan yaxshi ma’lumotlar olamiz.

Tilimizda so’z yasalish imkoniyatlari kengayib borayotganligini ta’kidlab, olim shunday yozgan edi: «…boshqa tillardan qabul qilingan so’zlar va ot yasovchi –izm, -ist ; sifat yasovchi –ik; familiya ko’rsatkichi –ov, -yeva, -yevna kabi affikslar, rus tilidan qabul qilingan abbreviatura yo’li bilan ot yasalishi kabilar Oktyabr revolyusiyasining mahsuli bo’lib, 20 va 30 yillarda juda keng avj olgan va o’zbek milliy adabiy tilining boyishiga, rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan» (K a r i m o v Ђ. Sovet davri o’zbek adabiy tili taraqqiyoti. – Toshkent : Fan, 1985, 12- bet).

35

Page 36:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Jarayonga ijobiy hodisa sifatida baho berganda, davr nuqtai nazaridan muallif haq. Lekin bu jarayon keyingi paytlarda tilimizni har tomondan o’rab kelib, siquvga olayotgan edi. Faqat mustaqillikkina uni to’xtatib qoldi, tilimiz rivojida boshqa bir muhit paydo bo’ldi. Yuqorida keltirilgan – ist qo’shimchasini misol tariqasida olganimizda, u asta- sekinlik bilan o’z o’rnini – chi, – navis, – shunos so’z yasovchi qo’shimchalariga bo’shatib berayotganini ko’zatamiz: ocherkist – ocherkchi - ocherknavis, royalist – royalchi, pianist – pianinochi, romanist – romannavis, folklorist – folklorshunos, traktorist – traktorchi kabi. Shu qo’shimcha bilan qo’llaniladigan so’zlarning ko’p qismi esa tilimizdan chiqib bormoqda: ekonomist – iqtisodchi, reformist – islohotchi, shovinist – millatchi, utopist – xayolparast, lingvist – tilchi - tilshunos, yurist – huquqshunos kabi.

Ђ.Karimov kitobini varaqlar ekanmiz, o’sha paytlar me’yor hisoblangan ko’plab til elementlari va so’z shakllari hozirgi davrgacha yetib kelmaganini ko’ramiz. Masalan, – chi qo’shimchasi bilan yasalgan yamoqchi, taroqchi, o’roqchi, o’qchi singari so’zlar hozirda ham shu tarzda ishlatilib kelinayotgan bo’lsa-da, hunarchi, dinchi, jadidchi, chilangarchi kabi so’zlarda bu qo’llanish davom etmadi. U hunarmand, dindor, jadid, chilangar shaklida me’yorlashdi. Bir holatda o’zbekcha affiks o’rnini tojikcha – mand, ikkinchi holatda – dor egallab oldi. Qolgan misollardagi qo’shimchaning tushib qolishi esa leksik–grammatik me’yor tarzida turg’unlashdi.

– chilik /- chiliq qo’shimchasi me’yorlashuvida ham ayrim o’zgarishlarni sezamiz. U paxtachilik, g’allachilik, dehqonchilik kabi so’zlarda davom etayotgani holda ommachilik, idorachilik so’zlarida – viy qo’shimchasiga o’rnini bo’shatib berdi: ommaviy, idoraviy kabi. O’sha paytlarda arabcha -iyot affiksining bir muncha faolligi seziladi: muzaffariyot, mashg’uliyot, ruhiyot, nazariyot, mexanisiyot, elektriqiyot, elastiqiyot. Vaqt o’tishi bilan so’zlarning bu tarzda yasalishi me’yoriy tasdig’ini topmadi.

Shu o’rinda sintaktik yo’l bilan yasalgan ko’pmingchi, oktyabroldi singari misollarga ham e’tiborimizni qaratsak yomon bo’lmaydi. Chunki bu so’zlar ham yuqorida aytilgan fikrlarni, jumladan so’z yasalishi, undagi yasovchi unsurlarning ishtirok etishi davri bilan hamohang ekanligini tasdiqlaydi. Binobarin, bugun ana shu so’zga yoki u ifodalaydigan tushunchalarga murojaat qilishga ehtiyoj yo’q. Ular bir umrga tarix bilan birga tilimiz xazinasiga ko’chirildi. Mingboshi, ellikboshi so’zlarini olaylik. Bular ham shunday. Ammo so’zlarni tarkibiy qismlarga ajratganimizda ular ming, ellik, bosh tarzida tilimizda saqlanib turibdi. Hatto bosh affiksoid sifatida hamon so’z yasayapti: yurtboshi, karvonboshi, turkmanboshi kabi.

Yana bir holatga e’tibor qilaylik. Tilimizga o’zlashgan qisqartma otlarni o’zlashtirayotgan tilda qanday bo’lsa shu holicha qabul qilish odat tusiga kirgan edi: SSSR, KPSS, VLKSM kabi. Ular hyech qachon SSRI, SIKP, BLKYoI deyilmasdi. Deyarli barcha vazirliklar, qo’mitalar, tashkilotlar, korxonalar va muassasalarning nomlari, ayniqsa og’zaki nutqda, shu tarzda qo’llanaverardi: minvuz, minpros, molprom, ptiseprom, zerdolvodxoz, peduchiliщye kabi. Hozirda esa bu kabi so’zlar qo’llanilishida ijobiy o’zgarishlar aniq sezilib, oliy ta’lim vazirligi, xalq ta’limi vazirligi, sut sanoati, parrandachilik sanoati, zarvodiysuv,

36

Page 37:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

pedbilim yurti tarzida keng qo’llanilmoqda va ularning safi kun sayin kengayib bormoqda.

Demak, ijtimoiy hayotda yuz bergan o’zgarishlar tilning barcha sathlarida bo’lgani kabi morfologik birliklar me’yoriga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Buni biz ot so’z turkumining me’yoriy tahlilida yaqqol kuzatamiz (Otlardagi grammatik kategoriyalar uslubiyati marhum professor R.Qo’ng’urovning «O’zbek tili stilistikasidan ocherklar» (Samarqand,1975), «Stilistika imeni suщyestvitelnogo v uzbekskom yazыke» (Tashkent, 1983); «Subyektiv baho formalarining semantik va stilistik xususiyatlari» (Toshkent, 1980) asarlarida keng va batafsil o’ritib berilgan. Biz ham morfologik me’yor masalalarini yoritishda shu qarashlariga tayanamiz).

O’zbek tilida ko’plik ma’nosini ifodalashning yo’llaridan biri – lar qo’shimchasi ekanligi ma’lum. Shu bilan birga, bu qo’shimchaning ko’plik doirasidan chiqib, asosan ot va fe’llarga qo’shilganda hurmat, kinoya, piching, noaniqlik, kuchaytirish, takrorlash, ta’kid, predmetning turi, umumlashtirish, so’zlovchi munosabatini alohida bildirish singari turli xil ma’nolarni ifodalashi uning grammatik-uslubiy imkoniyatlarining kengayib borayotganligidan dalolat beradi. Garchi qo’shimchaning bu kabi ma’nolarni anglatish jarayonidagi so’zlarga qo’shilish tarzi morfologik me’yorning buzilishi sanalsa-da, uni uslubiy me’yorning buzilishi deb bo’lmaydi: tillar, yuraklar, jigarlar, burunlar, boshlar, suvlar, qonlar, sutlar, saroblar, barglar, yo’qlar, chiriblar kabi.

Shunday holatlarga ham duch kelamizki, uning ayrim otlarga qo’shilishida guyo morfologik me’yor buzilmaganday ko’rinsa-da, uslubiy me’yorga jiddiy putur yetgani seziladi: dadamlar keldilar. – lar ning fe’lga qo’shilishining o’ziyoq hurmat ma’nosini bildiradi. Ammo negadir keyingi paytlarda, ayniqsa so’zlashuv nutqda bu qo’shimchani dada so’ziga qo’shib ishlatish kuchayib bormoqda. Unga mana bunday holat sabab bo’lishi mumkin: Eshik ochilib, kirib kelgan odamning kimligini bilish maqsadida yangi oila qurgan yigit kelinchagidan: – Kim keldi? –deb so’raganida – Dadamlar…, – deb javob berishi kabilar.

Harqalay, bu o’rinda –lar ning hurmat bildirishga nutqiy vaziyat nuqtai nazaridan baho berish to’g’ri bo’ladi ()Ilmiy adabiyotlarda «Hurmat ma’nosini ifodalovchi – lar alohida affiks deb, son kategoriyasi va egalik kategoriyasi sistemasidan tashqarida turuvchi mustaqil forma deb qaralishi lozim» degan fikrlar ham bor. Q a r a n g: O’zbek tili grammatikasi, 1 tom – Toshkent, 1975, 187- bet. Kelinchakning yoki boshqa bir farzandning javobida birgina dadamlar so’zi ishlatilganda u hurmat ma’nosini o’z zimmasiga olar, ammo dadamlar keldilar gapidagi dadamlar so’zi tarkibidagi -lar ga me’yorning va bundan kelib chiqadigan mantiqning buzilishi deb qaralishi to’g’ri bo’ladi. Chunki diqqat qilgan odam dadamlar so’zidan gapiruvchining bir necha dadasi borligi ma’nosini tushunishi ham mumkin.

Afsuski, O’zbekiston televideniyesi ko’rsatuvlarida ayrim jurnalistlarimiz qo’shimchadagi bu noziklikni ba’zan payqamasdan, suhbatdoshlarini teletomoshabinlarga tanishtirayotganlarida bir kishiga nisbatan ham ular, bular so’zlarini (hatto ula, bula shaklida) qo’llashib, «hurmat bildirishmoqdalar». Yozuvchi Said Ahmad esa ular, bular o’rnida u kishi jumlasini qo’llaydi va

37

Page 38:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

ko’zda tutilgan ma’noni to’lig’icha saqlab qoladi: Ammo Ђafur aka yozishga shoshilmasdi. Sababini so’raganimda, u k i sh i shunday deb javob bergan edilar (Nazm chorrahasida). Hammamiz mana shu tarzda hurmat bildirsak, tilimiz me’yorlariga to’g’ri kelgan bo’lar edi.

Yana bir holatga e’tibor beraylik. Fe’llarga qo’shilganda –lar qo’shimchasi hurmat yoki boshqa ma’nolarni anglatar ekan, uni mana bu misoldagidek ishlatish ham me’yorning, binobarin mantiqning buzilganligi deb qaralishi kerak: Intellektual so’zlar umumiste’moldagi leksikaga xos b o’ l g a n l i k l a r i d a n , har qanday janrda i sh l a t i l a v ye r a d i l a r va stilistik jihatdan chegaralanmagan b o’ l a d i l a r . Shunga ko’ra ularni stilistik neytral bo’lgan leksika deb ham ataydilar (A.Shomaqsudov). Misoldagi ularni, ataydilar so’zlari haqida bu gapni aytib bo’lmaydi. Ular grammatik-uslubiy jihatdan to’g’ri qo’llangan.

Kelishiklar me’yori borasida gap ketganda nimalarga e’tibor qilishimiz mumkin? Birinchidan, ularning turli variantlari va bu variantlarning vazifaviy uslublar doirasida qo’llanish chegarasiga. Ikkinchidan, bu qo’shimchalarning belgili-belgisiz holatiga. Uchinchidan esa, ularning o’zaro va kelishiklar bilan sinonimiyasiga.

Shu talablar nuqtai nazaridan qaraganda qaratqich kelishigining -ning shakli adabiy tilimiz uchun me’yor sifatida qabul qilingan. Uning - -ting, -tыng, -ding, -dыng, -ti, -tы, -dы, -i, -ni, -nung, -dung, -ing shakllari sheva va lahjalar uchun xos bo’lib, adabiy tilda ishlatilishi me’yorning buzilishi sanaladi. So’zlashuv uslubida ham bu buzilishlar sezilib turadi. Ilmiy va rasmiy uslublarda uning adabiy shakliga qat’iy rioya qilinadi. Bu kelishikning badiiy uslubda ishlatilishi esa o’ziga xos tarzda kechadi. Bu uslubda uning quyidagi shakllari qo’llaniladi: –(i)m : Yo rab, yozug’im nedur m a n i m (O.Yoqubov), Nega m ye n i m qulog’imda tun va kun / Boyqushlarning shumli tovshi baqirar (Cho’lpon), -n : Qanday ko’rkam qizlar a v l o d i n / Hassos didi va shoir dili (Zulfiya), -ing : K o’ n g l u m i n g mahzani gul orazi gulnora fido (Joniy) kabi. Bundan tashqari she’riyatda qaratqich-qaralmish birikmaning seli ashkim, kamolingda sening tarzida inversiyaga uchrab qo’llanilishi ham shu uslub uchun me’yor sanaladi. Ko’rinadiki, bu qo’shimchaning bir uslub uchun xos bo’lgan, me’yor sanalgan shakli boshqa bir uslubda g’aliz, g’ayriodatiy bo’lishi mumkin.

Qaratqich kelishigi nutqda ba’zan belgisiz qo’llaniladi, tarixan ham shunday bo’lgan (A b d u r a h m o n o v Ђ., Sh u k u r o v Sh. O’zbek tilining tarixiy grammatikasi.- Toshkent, 1973, 36-bet). Barcha uslublarda ham belgili-belgisiz tarzida qo’llanaveradi. Ammo bunday qo’llanishni hamma nutqiy holatlarda ham bir xil qabul qilish, me’yor sifatida belgilash to’g’ri bo’lmaydi. Universitet xiyoboni, Samarqand universiteti, Navoiy ko’chasi, ziyolilar uyi, shoirlar bog’i qurilmalarida shunday ham qarashlilik anglashilib turgan bo’lsa-da, ularni universitetning xiyoboni, Samarqandning universiteti, Navoiyning ko’chasi, ziyolilarning uyi, shoirlarning bog’i tarzida qo’llash grammatik me’yorning emas, balki nutqiy me’yorning buzilishiga olib keladi, tegishlilik bir qadar g’aliz ifoda etiladi.

38

Page 39:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Aksincha, boshqa bir holatlarda ularni belgisiz qo’llab bo’lmaydi. Masalan: mening kitobim, sening kitobing, uning kitobi qurilmalarini men kitobim, sen kitobing, u kitobi tarzida shakllantirish mumkin emas.

Nutqda, uyushiq bo’laklar tarkibida bu kelishikning o’rni alohida bo’lishi mumkin. «O’zbek tili stilistikasi» darsligida shunday yozilgan: «uyushiq bo’laklarning qachon qaysi birini belgili, qaysi birini belgisiz ishlatishni bilish kerak. Chunki buni bilmaslik ma’noga, aytilmoqchi bo’lgan fikrning aniqligi va konkretligiga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, Tohir, Salim va Odilning otasi keldi gapini bir necha xil tushunish mumkin. Ya’ni ota bitta bo’lib, Tohir va Salim bilan birga kelgan bo’lishi (birgina ota) yoki har uchala bolaning otasi kelgan bo’lishi mumkin» (Sh o m a q s u d o v A. va boshqalar. O’zbek tili stilistikasi – T., 1983, 81- bet).

Tildan foydalanishda esa ikki xillilikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ifoda etilayotgan fikr aniq va ravon, tushunarli bo’lishi uchun ham me’yorga ehtiyoj bor. Shunday ekan yuqoridagi misolda kelishikning qo’llanishida nutqiy me’yor buzilgan. Variantlar qo’yidagicha bo’lishi mumkin: 1. Tohir va Salim bilan Odilning otasi keldi. Aslida gapda har uchala bolaning otasi kelganligi nazarda tutilayotgan bo’lishi kerak. Unda: a) Tohirning, Salimning va Odilning otasi keldi yoki b) Tohir, Salim va Odilning otasi kelishdi (bunda – ish birgalikni ifodalovchi affiks ko’plik ma’nosini ham anglatadi.) v) Tohir, Salim va Odilning otalari keldi. (ularning uch kishi ekanligini bildirishni –lar qo’shimchasi o’z zimmasiga oladi.) g) Tohir, Salim va Odilning otalari kelishdi ( –lar va –ish birgalikda uch kishi ekanligini yana ham asoslaydi). Eng ishonchli variant: Tohirning, Salimning va Odilning otalari kelishdi. Ammo bu variant yozma nutq me’yoriga xos bo’lib, og’zaki nutqda ko’proq yuqoridagi variantlar qo’llanilishi mumkin. Nutqiy vaziyat esa fikrning aniq reallashuviga ko’maklashadi.

Nutqda qaratqich va tushum kelishiklari farqlanmasdan ishlatili-shini ham ijobiy hodisa sifatida qarab bo’lmaydi. Ђ.Karimov kitobidagi misollarning tasdiqlashicha, bu kamchilik avval ham bo’lgan: uzumni shirasi, o’zini butun tashabbusini, mehnatkashlarni ko’plarni savodsizliklari, seksiyaning qo’mitasining, hammaning ham hayron qoldirar, payg’ambarning haqligining tanitadirgan kabi (K a r i m o v Ђ. Yuqordagi asar, 34- bet).

Bu singari farqlamaslik tilimizda, ayniqsa og’zaki nutqda hozir ham davom etmoqda. Aslida esa ular ma’nosiga ko’ra ham, vazifasiga ko’ra ham bir-birlaridan jiddiy farqlanadi. Qiyoslaylik: Direktorni kabinetida ko’rdim – Direktorning kabinetida ko’rdim. Ikkala gap ham kimni ko’rganlik haqidagi so’roqqa javob bo’ladi, ammo aynan ana shu -ni va –ning qo’shimchalarining farqlanishi natijasida ikki xil ma’no anglashiladi. Birinchi misoldan direktorning o’zini, ikkinchi misoldan esa boshqa bir kishini ko’rganlik tushuniladi. Shu sababli ham ularni bir-birdan farqlamasdan qo’llashni me’yorning buzilishi deb tushunilsa to’g’ri bo’ladi.

Nutq jarayonida ba’zan ularning farqlanmasligidan yozuvchi A.Qahhor savodsiz bir san’atkor obrazini yaratishda yaxshi foydalangan. «Xizmatchisi savod maktabida o’qiyotgan bir kishini traktorist savodsiz, desa alam qilmaydimi? – dedi san’atkor o’zicha bo’g’ilib, - «labingdan bo’lsa olsam, e, shakarlab», deganim u

39

Page 40:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

kishiga yoqmabdi, «bo’lsa» emas, «bo’sa» emish! O’zi bilmaydi-yu, menga o’rgatganiga ko’yaman! Senga o’xshagan savodsizlar «bo’sa, bo’masa» deydi. Artist kulturniy odam – gapni adabiy qilib aytadi «bo’lsa», «bo’lmasa» deydi. Pojarni «gugurtni yerga tashlamang deydi, rejissyorimiz esa «gugurtning yerga tashamang» deydi. Qanday chiroylik! Pojarnimi, Pojarningmi? Shoshma, nima uchun pojarni? Pojarni, albatta!». Kichkina bir parchada nutqiy buzilishlar anchagina: bo’sa-bo’lmasa, gurgutni-gurgutning, tashlamang-tashamang, chiroyli-chiroylik, pojarni-pojarning kabi. Ular nafaqat so’z qo’llash, shu bilan birga, qo’shimchalarni (ni - ning, li - lik, hatto pojarni so’zini ham o’zbekcha anglab, tilimizga moslashgan –niy o’rnida –ni va - ning ni qo’llash) buzib ishlatish natijasida sodir bo’lgan.

Qaratqich kelishigi ba’zan qarashlilik, mavhum egalik ma’nosini anglatadigan – niki qo’shimchasi bilan sinonim munosabatga kirishadi: Samoviy va yerdagi bor narsa U n i n g d i r, kecha va kunduzga jo bo’lgan bor narsa U n i n g d i r (Qur’oni Karim). Bu kabi sinonimlik badiiy-tarixiy asarlar tilida uchrab tursa ham, vazifa nuqtai nazaridan hozirgi tilimizning boshqa uslublari uchun me’yor hisoblanmaydi.

Tushum kelishigi qo’shimchasi -ni ning qo’llanish doirasi ancha keng bo’lgan. Ђ.Karimov uning –n shaklida va belgisiz ishlatilib kelinganligini ta’kidlash bilan birgalikda, bu qo’shimchani so’z tarkibida ortiqcha qo’llash (Matbuot yoshlarni tarbiyalashda katta o’ r i n n i tutadilar), jo’nalish kelishigi (O’z a k a s i n i i sh l a m a s a ham 48 mehnat kuni yozg’an ), chiqish kelishigi (Y o’ l l a r i n g i z n i adashmangiz), o’rin-payt kelishigi (Rahmat aka m u s o b a q a n i yutib chiqdi) va qaratqich kelishigi (T a sh k i l o t i m i z n i sifat tomoni) vazifalarida ishlatish 20-30- yillar tili uchun xos xususiyat bo’lganligini ko’rsatib o’tgan (Ђ.Karimov. Yuqoridagi asar, 34-35-betlar).

Hozirgi adabiy tilimiz materiallari tushum kelishigini qo’llashdagi bu nomuvofiqliklar barham topib, ba’zi hollarda qaratqich kelishigi bilan farqlanmasdan ishlatilayotganligini e’tiborga olmaganda, – ni shaklida me’yorlashganini kuzatamiz.

Vazifaviy uslublar nuqtai nazaridan qaraganda uning – (i)n shakli adabiy asar tilida me’yorlashgan va qo’llanishi badiiyat talabiga ko’ra nihoyatda faol : Erka malak achchig’lanmam senga / Uchirsang-da ko’kka yurak k u- l i n / Achchig’lanmam senga nozli qo’yosh, / Yondirsang-da umidimning g u l i n (Fitrat). Qolgan uslublarda adabiy me’yorlashgan shaklda, masalan so’zlashuv uslubida ba’zan non yedim, miltiq otdim kabi belgisiz qo’llaniladi.

Bu kelishik belgili-belgisiz qo’llanishining o’zbek tilida shunday me’yoriy holatlari vujudga kelganki, ularning birini ikkinchisi bilan mazmun manfaati nuqtai nazaridan mutlaqo aralashtirib bo’lmaydi. Masalan, non yedim – nonni yedim, ot mindim – otni mindim, kitob o’qidim – kitobni o’qidim tarzida baravar ishlatilaverishi mumkin bo’lgani holda, qo’l qo’ydi – qo’lni qo’ydi, bola ko’rdi – bolani ko’rdi, ot qo’ydi – otni qo’ydi, miltiq otdi – miltiqni otdi birikmalarini bir-biridan farqlash kerak. Ularning har ikkla ko’rinishi ham tilda o’z holicha me’yorlashgan va boshqa-boshqa mazmunlarga ega. Bu haqda R.Qo’ng’urov shunday degan edi : «Tushum kelishigidagi so’z o’zi aloqaga kirishgan so’z bilan

40

Page 41:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

shunday zich bog’lanadiki, hatto ba’zan ular ana shu fe’llar sostaviga singib ketganga o’xshaydi. Ko’pincha esa ular o’zini boshqargan fe’l bilan tamoman birikib ketadilar va ular o’rtasidagi sintaktik aloqa yo’qoladi (ya’ni bola ko’rdi, qo’l qo’ydi kabi turg’un birikma holiga keladi – S.K.). Natijada birikma yagona qo’shma so’zga aylanadi. Bu birikma yagona qo’shma so’zga aylangandan keyin ularning umumiy ma’nosi sifatida boshqa ma’no kelib chiqadi» (Q o’ n g’ u r o v R. O’zbek tili stilistikasidan ocherklar. – Samarqand, 1975, 79-bet).

-ni o’rnida –mi ning qo’llanishi adabiy til me’yorining buzilishi va shevachilik deb baholanishi kerak : Top… top…topberasizlar-a d u b u l g’ a m m i ? (M.Mansurov). Sh o i r r i kitobi; yemasang, z a h a r r i ye misollaridagi –ri xususida ham shu gaplarni aytish to’g’ri bo’ladi.

Tushum kelishigining o’rin-payt, jo’nalish, chiqish kelishiklari bilan sinonimiyasiga ham sinchkovlik bilan qarash lozim. Mashinani mindim – mashinaga mindim misolida ikkinchisi – jo’nalish kelishigining qo’llanishi, eshakni mindim, otni mindim, mashinani mindim, qayiqni mindim va, shu bilan birga, eshakka mindim, otga mindim, mashinaga mindim, qayiqqa mindim deyish mumkin bo’lgan holda, poyezdni mindim, kemani mindim, paroxodni mindim, samolyotni mindim, vertalyotni mindim deyish odat emas. Nega shunday? Fikrimizcha, tushum kelishigi ishlatilganda minish vositasini so’zlovchining o’zi boshqargan, jo’nalish kelishigi qo’llanganda esa bu vositani boshqa bir kishi boshqargan bo’lib chiqadi. Binobarin, harakatning bajarilishida bu kabi farqlar mavjud ekan, ularni kelishiklar o’rtasida sinonimiya deb tushunish to’g’ri bo’ladimi yoki ikki xil me’yoriy holat, debmi? Biz ikkinchisining tarafdorimiz.

Tushum va chiqish kelishiklari munosabati ham tahlil talab: Nonni yeng – nondan yeng, nonni oling – nondan oling. Nonni yeng – uning hammasini yeng, nondan yeng – bir qismini yeng, nonni oling – turgan bitta nonni oling, nondan oling – turgan ko’p nondan bir qismini oling. Demak, ularning har ikki ko’rnishini ham alohida mazmun ifoda etuvchi me’yoriy holat sifatida e’tirof etish mumkin.

Mana bu misolni esa tushunish oson bo’lmadi: Ayniqsa shunisi turib- turib alam qilardiki, b a g’ r i d a g i l a r n i hamdardlashadigan kishisi yo’q edi (Sharq yulduzi,1986,8). Muallif ko’nglida bor gaplarni dardlashadigan kishisi yo’q edi, demoqchidir.

Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi– ga o’zbek tilida -ka, -qa, -g’a, -a, -na singari bir qator fonetik va lahjaviy ko’rinishlarga ega. Ularning qo’llanilishi vazifaviy uslublar me’yori jihatidan farqlanadi. -ga, -ka, -qa adabiy tilning yozma va og’zaki shakllarida, -g’a, -a, -na esa badiiy uslubda ishlatiladi: ukamga, maktabga / maktapka, qishloqqa, tufrog’ima, yo’lingg’a, ustina kabi.

-ga ning tomon, sari ko’makchilari bilan sinonimik munosabatga kirishishi yozma nutq uchun asosiy me’yor sanaladi: Xorazm Jaloliddin xayolidek qiziq tush, / Ta’birga par bermasa na bir pari na bir qush, / Sodda G u r l a n s a r i bor, kelar bir bosiq tovush : /"Ko’ngilni ko’targuvchi saboni ko’rmoq bo’lsang,/ Bor Amu b o’ y l a r i g a, borgin do’stginam (O. Matjon).

Ђ. Karimov bu kelishikning tushum kelishigi (Har t o m o n g a tomosha qildi), chiqish kelishigi (Dunyoning b u z i l i sh i g a darak bergan), o’rin-payt kelishigi (...k o l x o z l a r g’ a chopiq sifatsiz o’tayotir), o’rnida qo’llanish

41

Page 42:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

hollarini ta’kidlab o’tgan (K a r i m o v Ђ. Yuqoridagi asar, 37-bet). Hozirgi tilimiz uchun bu holatlar me’yor sanalmaydi. Vaqt o’tishi bilan bu kabi sinonimik munosabatlar o’rtasidagi ma’noviy farqlar tobora oydinlasha borayotganini kuzatamiz: birlashmaga boshliq - biron tashkilotning o’ziga boshliq, birlashmada boshliq - tashkilot qaramog’idagi biron-bir bo’limga boshliq, institutda domla - institutdagi fakultetdan birida o’qituvchilik qiladi, institutga domla - ham grammatik, ham uslubiy jihatdan me’yorning buzilishi, shevachilik. Yana qiyoslaymiz: institutda rektor, institutga rektor. Vazifa ifodalash nuqtai nazaridan rektor va domla so’zlari bir-biridan farq qilganligi tufayli, -ga va -da o’rtasidagi sinonimiya ham o’ziga xos tarzda kechmoqda. Uslubiy g’alizlik ikkinchi holatda sezilmaydi. Institutni, aytaylik, universitetdan ajratib ko’rsatishga xizmat qilayapti, xolos. Shu o’rinda u qiymat jihatdan –ning ga teng kelishi mumkin: institutga rektor, institutning rektori.

So’zlashuv va badiiy uslublarda uning belgisiz qo’llanishiga me’yor sifatida qaraymiz: maktab bordingmi (ammo uy bordingmi emas). M a k t a b b o r d i k, og’ir bo’lib qoldik daf’atan (A. Oripov). Ammo mana bu misoldagi jo’nalish kelishigining belgisiz qo’llanishini me’yor deb bo’lmaydi: Qizil sarbon bir d a l a l a r i m qaradi, bir m ye n qaradi (T. Murod).

Chiqish kelishigi qo’shimchasi 20-30 - yillardayoq -dan tarzida me’yorlasha boshlaganini Ђ. Karimov ko’rsatib o’tgan. Uning olim keltirgan O’ z l a r i d a n gapirtirish lozim, O’qituvchilar ikki oylik o t p u s k a d a n ancha dam oladilar, T u p r o q d a n qarasam, bir necha ilonlarning izi bor (K a r i m o v Ђ. Yuqoridagi asar, 39-b.) misollaridagi tushum, o’rin, jo’nalish kelishigi vazifasida qo’llanishlar hozirgi adabiy tilimiz uchun xos emas.

Bu kelishikning -din shakli hozirgi paytda faqat badiiy uslubda me’yorlashgan. Vatan s ye v m a k d i n ortiq /Menga olamda shior bo’lmas (E. Vohidov).

O’rin-payt kelishigi ham ish-harakatning bajarilish o’rni va paytini bildiruvchi vosita sifatida tilimizda uzoq davrlardan beri o’z vazifasini bajarib kelmoqda. Ђ. Karimovning qayd qilishicha, XX asrning boshlarida uni qo’llashda hozirgidan farq qiluvchi tomonlari bo’lgan : tushib qolish (eski sh a h a r hunarmand juda ko’p edi), kerak bo’lmaganda ishlatish (U vaqtda bobongiz ham h a yo t d a edilar), jo’nalish (K o’ z d a ko’rsatib), chiqish kelishigi (masalalalar yu z a s i d a muzokaralar bo’ldi) o’rinda (K a r i m o v Ђ. Yuqoridagi asar, 40-b.) qo’llash kabi. Hozirda esa bu qo’llanishlar adabiy til uchun me’yor emas.

«O’zbek tili stilistikasi» kitobida –da ning - dan va orqali ko’makchisi bilan sinonimik munosabatga kirishishi aytib o’tiladi va quyidagi misollar keltiriladi: r a d i o -d a e’lon qildi – r a d i o o r q a l i e’lon qildi- r a d i o- d a n e’lon qildi. Tushunishimizcha , ikkinchi va uchinchi holatda sinonimiya bor. Birinchisi esa og’zaki nutqdagi e’tiborsizlik natijasi. Ammo qo’lda tarqatdi, qo’ldan tarqatdi, qo’l bilan tarqatdi deyilganda sinonimiya kuzatiladi.

Mana bu misolda esa -da va -dan munosabatlarini va farqlarini anglash yana ham qiyin: X o l a m n i k i d a n qolgan ro’molimni olib kelaman deb bu yoqqa chiqqan edi (A.Majidiy). «Xolamnikida qolgan ro’molim»mi yoki «Xolamnikidan olib kelaman» mi? Birinchisi to’g’ri bo’lsa, -dan ning ishlatilishi

42

Page 43:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

noto’g’ri, ikkinchi fikr nazarda tutilgan bo’lsa, so’zlarning joylashish tartibi boshqacha bo’lishi lozim edi.

Ilmiy adabiyotlarda egalik qo’shimchalari -(i)m, -(i)ng, -i, -(s)i,-(i)miz, -(i)ngiz ekanligi ko’rsatilib, ularning variantlari ko’p emasligi aytiladi. Variantlarning ozligi esa ularning tilda me’yorlashishini osonlashtiradi. Bu o’rinda bizning maktab, sizning uy singari birikmalarda ham -ning tufayli anglashiladigan egalik mavjudligini e’tirof etgan holda, morfologik me’yor buzilganligini aytib o’tish lozim. Albatta, bu nutqiy, masalan, poetik talab bilan bo’ladi va uslubiy g’alizlik hisoblanmaydi. Vatanim manim, maktabing sening, uying sening birikmalari to’g’risida ham shu gapni aytish mumkin. Bu yerda ham poetik matn talabi bilan aniqlovchi-aniqlanmish o’zaro o’rin almashadi.

So’zlarda ba’zan P shaxsda egalik va ko’plik qo’shimchalari yonma-yon keladi : kitoblaring, kitoblaringiz kabi. Og’zaki nutqda ba’zan kitobinglar so’zi ham quloqqa chalinib qoladi. Bu yerda ko’plik ma’nosini berayaptimi yoki hurmat ma’nosinimi? Odatda hurmat ma’nosi insonlarga nisbatan bildiriladi : opalarim – opamlar, onalarim – onamlar, tog’alarim – tog’amlar misollaridagi birinchi so’zdagi -lar ko’plik, ikkinchisidagi esa hurmat ma’nosini anglatmoqda. Buning ustiga hurmat so’zlovchining o’zidan yoshi kattalarga nisbatan ekanligi ham sezilib turadi. Yana qiyoslashda davom etamiz : ukalarim – ukamlar, singillarim – singlimlar, jiyanlarim – jiyanimlar misollaridagi ikkinchi so’zlarda qo’shimchalarning joylashishi g’alizroq va ular nutqda hurmatni bildirish maqsadida shu tarzda qo’llanilmaydi. Nutqda ularga nisbatan erkalash ma’qul ko’rinadi va mehribonlikni ifodalashning maxsus vositalari bor. Masalan: ukajonlarim, singiljonlarim, jiyanjonlarim kabi. Shunday ekan, singlinglar, jiyaninglar, kitobinglar, maktabinglar deb ishlatish maqsadga muvofiq emas. «O’zbek tili grammatikasi»da aytilgan mana bu fikr ham mulohazaning to’g’riligini tasdiqlaydi : «Asli hurmat formasi egalik affiksi tarkibidagi son ko’rsatkichini o’z o’rnidan ortga tomon siljitish natijasida yuzaga kelgan deb izohlash mumkin : avval egalik affiksining ikkinchi qismi holatida bo’lib, keyin esa egalik affiksining har ikki qismidan so’ng qo’shiluvchi affiks holatiga o’tgan» (O’zbek tili grammatikasi, 1 tom, 188-bet) O’zbek tilida morfologik ko’rsatkichlar orasida –cha, -gina, -choq, - chak, -chiq, -loq, -jon, -xon singari subyektiv baho shakllari ham mavjud bo’lib, ular «asosan, og’zaki so’zlashuv nutqi uchun xos bo’lgan hodisadir. Badiiy asar tilida tez-tez uchrab turuvchi bu formalarni ham og’zaki so’zlashuv nutqi uchun xos bo’lgan elementlar sifatida qarash ma’qul» (Sh o m a q s u d o v A. va boshq. O’zbek tili stilistikasi, 103-bet) Shunday ekan, ularni boshqa vazifaviy uslublarda me’yor sifatida qabul qilib bo’lmaydi.

Prof. Yo.Tojiyevning «O’zbek tilida shaxs otlari yasovchi affikslar sinonimiyasi» asari ham ot so’z turkumi doirasidagi me’yoriy holatlarni belgilashda ishonchli manba sanaladi. Masalan, birgina –chi affiksining –furush, -soz, -kash, -kor, -boz, -paz, -shunos, -go’y, -xo’r, -dor, -navis, -parvar, -do’z, -bon, -xon, -parast kabi qo’shimcha va affiksoidlar bilan sinonimik munosabatga kirishishi mumkinligi, ular qaysi so’zlar qo’shilganda me’yoriy hisoblanishi yoki hisoblanmasligi semantik-uslubiy jihatdan boy faktik materiallar asosida ko’rsatib berilgan : tuyachi – tuyakash – tuyabon, kirachi – kirakash, kemachi – kemakash,

43

Page 44:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

mehnatchi – mehnatkash, tilchi – tilshunos, qonunchi – qonunshunos, do’ppichi – do’ppifurush – do’ppido’z, holvachi – holvafurush, muqovachi – muqovasoz, tunukachi – tunukasoz, somsachi – somsapaz, mantichi – mantipaz, maslahatchi – maslahatgo’y, qasidachi – qasidago’y, etikchi – etikdo’z kabilar (T o j i ye v Yo. O’zbek tilida shaxs otlari yasovchi affikslar sinonimiyasi. – Toshkent, 1987, 12-62-betlar). Misollar tahlilidan kelib chiqib, sifat so’z turkumi doirasidagi grammatik birliklar anchagina me’yorlashganligini ayta olamiz. Ularda faqat qo’llanishdagi uslubiy farqlarni ajrata bilish lozim. Masalan, sifat yasovchi qo’shimchalarning asosiy qismi umumiste’moldagi birliklar bo’lib, barcha uslublarda ishlatilsa-da, -dor, -kor, -mand, -omuz, -parast, -parvar, ba-, ser-, no- lar adabiy tilda so’zlashuvchilar nutqida, -iy, -viy, -gan, -simon, -on, -ik, -iv, -al, -shunos affikslarining ilmiy, ommabop va rasmiy uslublarda bir muncha faolligi seziladi. Badiiy uslubda esa –lik qo’shimchasining –liq, -lig’, -luq, -lug’ kabi variantlari ajralib turadi (K a r i m o v S. O’zbek tilining badiiy uslubi. – Samarqand, 1992, 53-54-betlar). Binobarin, vazifaviy uslublar nuqtai nazaridan ular ana shu tarzda me’yorlashgan.

Shu o’rinda yana bir holatga e’tiborni qaratish zaruriyati bor. Ayniqsa so’zlashuv nutqida otlarga qo’shilib, sifat yasaydigan –li va turli so’z turkumlariga qo’shilib ot yasaydigan –lik qo’shimchasini bir-biridan farqlaymiz : aytarli – aytarlik, bandli – bandlik, deyarli – deyarlik, dastali – dastalik, jildli – jildlik, sallali – sallalik, serbargli – serbarglik, serzardali – serzardalik, farzandli – farzandlik, shirali – shiralik, haftali – haftalik kabi. Vaholanki ularning vazifalari va anglatgan ma’nolari xususida har bir misol asosida batafsil gapirish mumkin (Ђ u l o m o v A., T i x o n o v A., Q o’ n g’ u r o v R. O’zbek tilining morfem lug’ati. – Toshkent, 1977, 428-429-betlar).

Sonlar o’zbek tilida ozchilikni tashkil qiladi (ular 23 ta). Shuning uchun ham bu sonlarning morfologik me’yori xususida so’z yuritish oson kechadi. Lekin sonlarning ma’no va grammatik jihatdan farqlashga xizmat qiladigan –ta, -ov, - ala, -lab, -larcha, -(i)nchi kabi maxsus shakl yasovchi qo’shimchalar mavjudki, ularning sonlarga qo’shilishida o’z me’yorlari bo’lib, ana shu me’yoriy holatlarni bir-biriga aralashtirmaslik lozim bo’ladi. Masalan, -ta va –(i)nchi qo’shimchalari o’zbek tilidagi barcha sonlarga qo’shiladi va bu me’yor sanaladi. –ov qo’shimchasi ikki, uch, to’rt, besh, olti, yetti sonlariga qo’shiladi va jamlik ma’nosini bildiradi. Bir soniga qo’shilganda esa sonlik doirasida chiqib, olmoshga o’tadi (Bu haqda yana qarang : O’zbek tili grammatikasi, 1 tom, 327-bet). Uning boshqa sonlarga qo’shilishi me’yorning buzilishi sanaladi. –ala qo’shimchasi ham 2 dan 7 gacha bo’lgan sonlarga qo’shiladi. Qolgan holatlarda me’yor buziladi.

Sanoq sonlarga qo’shiladigan va chamani bildiradigan –lab, -larcha, -tacha qo’shimchalari ham odatda o’n dan boshlab yuz, ming, million kabi yirik miqdordagi sonlarga qo’shiladi (O’zbek tili grammatikasi, 1 tom, 324-bet). Oltilab, oltilarcha, oltitacha, o’n birtacha, o’n birlab, o’n birlarcha deyish o’zbek tilida odat emas. Chunki bir dan o’n gacha bo’lgan sonlarda aniqlik kuchli bo’lib, umumiylik, jamlash ma’nolarini ifodalashga xizmat qiladi.

Olmoshlar me’yoriga kelganda Ђ.Karimovning «Sovet davri o’zbek adabiy tili taraqqiyoti» asariga tayanib aytish mumkinki, keyingi yuz yillikda jiddiy

44

Page 45:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

o’zgarishlar sodir bo’lgan emas. Faqat u, bu, shu ko’rsatish olmoshlarining tarkibida asrimiz boshlarida bitta –n tovushi orttirilib, me’yor sanalgan on – oning (onlarning, oni), onlarni, onga/onlarga, onda/onlarda, ondan/onlardan; bun – buning/bunlarning, buni/bunlarni, bunga/bunlarga, bunda/bunlarda, bundan/bunlardan; shun– shuning/shunlarning, shuni/shunlarni, shunga/shunlarga, shunda/shunlarda, shundan/shunlardan, mun – muning/munlarning, muni/munlarni, munga/munlarga, munda/munlarda, mundan/ munlardan so’zlarining ko’plikni ifodalovchi hamda mu bilan boshlanuvchi shakllari hozirgi adabiy tilimizda tamoman qo’llanmasligini, faqat birlikda qo’llanadigan bunga, bunda, bunda, shunga, shunda, shundan shakllari saqlanib qolganligini kuzatamiz.

Olmoshlarning qo’llanilishi barcha vazifaviy uslublarga xos. Shu bilan birga, ularning biri o’rnida ikkinchisining qo’llanilishi ayrim uslubiy chegaralanishlarni, xosliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, ilmiy uslubda men o’rnida biz ishlatiladi va u kamtarlik alomati sanaladi : Zero, har bir fikrimiz isboti uchun badiiy adabiyotdan ko’plab misollar keltirishga harakat qildik yoki M.N.Kojina morfologik sinonimlarning hammasini stilistik sinonim sifatida qarash mumkin emas demoqchi bo’lsa, biz unga qo’shilamiz (R.Qo’ng’urov). Ilmiy uslubda biz so’zi kamtarlik ifodasi sifatida me’yor sanalsa, so’zlashuv va badiiy uslubda maqtanchoqlik, o’zini katta olish ma’nosida me’yor sanaladi : - Ma, ich, amir, - dedi va kuldi. – Bilib qo’y, b i z d a y amirul-mo’min qo’lidan yolg’iz sen may ichursen (O.Yoqubov).

Ko’rinadiki, hatto bir so’z misolida bir uslub uchun me’yor hisoblangan holat ikkinchi bir uslubga mos kelmaydi.

Me’yorning, shu o’rinda olmoshni qo’llashdagi grammatik me’yorning ataylab buzilishi badiiy adabiyot tilida kuchli uslubiy vositaga aylanishi mumkin. Masalan, K.Yashinning «Nurxon» pyesasida hamisha xotinini senlab gapiradigan Hoji bir o’rinda uni sizlaydi va bu usulni nutqiy vaziyatdagi holat va kayfiyatni ifoda etishning favqulodda kuchli quroliga aylantiradi:

K i m yo. Jon otasi, qizimga rahm qiling. Yosh narsani sil qilib, ajalidan besh kun burun o’ldirmang!

H o j i. Ovozingizni ko’tarmang, jim… Eshitiladi!!K i m yo . Yetti uxlab tushiga kirmagan kunlarni ko’radimi endi sho’rlik

qizim…H o j i. Jim!! …Gap bitta, indinga to’y, bu haqda birovga og’zingizni ocha

ko’rmang! Shu kundan boshlab xotinim kasal, deb gap tarqataman, agar biror narsa payqab qolsam, ertaga xotinim o’ldi, deb ovoza qilish ham qo’limdan keladi! Uqdingizmi, aylanay xotin!..

Yirik so’z turkumlaridan sanaladigan fe’lning qo’llanishida me’yoriy holatlarni belgilash katta tadqiqotlarni talab qiladi. Bu o’rinda biz ishning hajmini hisobga olib, ayrim fe’l ko’rsatkichlari misolida me’yoriy buzilishlarning yuz berishini va buning nutqda salbiy natijalarga olib kelishi mumkinligini ko’rsatib o’tamiz, xolos.

Nutqda, ayniqsa so’zlashuv jarayonida o’zaro farqlanmaydigan -kaz va -qaz qo’shimchalarini olib ko’raylik. «O’zbek tili grammatikasi» ning fe’lga

45

Page 46:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

bag’ishlangan qismida ham, A. Ђulomov, A. Tixonov, R. Qo’ng’urovlarning «O’zbek tili morfem lug’ati» da ham ular -gaz qo’shimchasining variantlari, fe’lning orttirma darajasini ko’rsatuvchi birliklar sifatida talqin qilinadi. Haqiqatdan ham shunday. Ammo ular bu vazifani alohida - alohida olingan so’zlarda bajaradi. Ketkazmoq, bitkazmoq deyilish mumkin bo’lgan holda ketqazmoq, bitqazmoq deyish me’yorning buzilishi sanaladi.

Shu o’rinda bir misol xarakterli hisoblanadi. Bu qo’shimchalar bir so’z o’zagiga qo’shilishi ham mumkin: o’tkaz-o’tqaz kabi. Ammo bu yuqoridagi fikrni inkor qilmaydi. Chunki ular bu yerda ham bir xil grammatik vazifani bajarmoqda. Ayni paytda, so’zlardagi ma’no ikki xil: o’tkazmoq - elektr simlarini o’tkazmoq, o’tqazmoq - daraxt ko’chatlarini o’tqazmoq. Bu ikki xillik aslida -gaz qo’shimchasining yuqoridagi variantlari bilan emas, balki so’z o’zagidagi ma’nolar bilan bog’liq. Omonimlik holatni yuzaga keltirgan o’t so’zi birinchi holatda o’tish (o’ yumshoq, til oldi), o’tirtirish/o’tirg’izish (o’ qattiq, til orqa) harakatlari bilan bog’liq holda yuzaga kelgandir. O’ tovushining ikki xil talaffuzi nafaqat ma’noning, shu bilan birga, uning ishtirokidagi so’zga qo’shiladigan qo’shimchaning ham farqlanishiga olib kelgan. Ana shuning uchun ham ularni farqlamasdan ishlatish ma’noning, binobarin, me’yorning buzilishiga olib keladi.

Tahlilni davom ettiramiz. Shu o’rinda –kaz, -qaz qo’shimchalarining bir ko’rinishi sifatidagi -kar, -qar (ammo bu miskar so’zidagi -kar emas, u aslida misgar) qo’shimchasini ham eslashga to’g’ri keladi. Chunki lug’atlarda bitkazmoq-bitkarmoq, o’tkazmoq-o’tkarmoq, chiqazmoq-chiqarmoq, qutqazmoq-qutqarmoq kabi variantlar mavjud (I b r o h i m o v S., B ye g m a t o v E., A h m ye d o v A. O’zbek tilining imlo lug’ati – Toshkent: FAN., 1976; Q o’ n g’ u r o v R., T i x o n o v A. O’zbek tilining chappa lug’ati – Samarqand, 1968). Ammo bu qo’shimcha haqida nomi yuqorida tilga olingan ikki adabiyotda ham hyech narsa deyilmagan. Bu narsa uni –kaz /-qazning dialektal variantini sifatida tushunishimizga asos bo’ldi.

Misollar tahlili bu qo’shimchaning hamma vaqt ham -kaz va –qaz ning o’rnini bosa olmasligini ko’rsatadi. Chunki ularni yuqoridagiday tarzda ishlatish mumkin bo’lgani holda ketkarmoq, yutkarmoq, o’tkarmoq deb ishlatish joiz emas. Shu sababli ular lug’atlarda ham aks etmagan.

Ayni paytda yana bir narsani ta’kidlab qo’yish lozimki, -kar/-qar qo’shimchasi ayrim so’zlar misolida tilimizda –kaz/-qaz ga nisbatan turg’unlashib va faollashib bormoqda: Onadek tug’ma azoblarni, ochliklarni o’ t k a r d i n g i z (N. Qobul). Bu hol ayniqsa chiqarmoq va qutqarmoq so’zlarida yaqqol seziladi. Masalan, Zulfiya «Asarlar» to’plamining II tomligida qutqarmoq ni 7 marta, chiqarmoq ni 14 marta qo’llagani holda, qutqazmoq va chiqazmoq so’zlarini qo’llagan emas (Q o’ n g’ u r o v. R., K a r i m o v S. Zulfiya poeziyasi tilining lug’ati.-Toshkent. O’qituvchi, 1981, 210 va 259-b.).

Endi bir necha og’iz so’z -lan va -lash qo’shimchalari xususida. Ular aslida - la+n, la+sh shaklida bo’lib, birinchisi sifat va sonlarga qo’shilib, fe’l hosil qiladi va odatda o’zlik darajada bo’ladi: shodlandi, otlandi, tinglandi kabi. Ikkinchisi birgalik darajadagi fe’l hosil qiladi: yordamlashmoq, gaplashmoq, xayrlashmoq singari (Ђ u l o m o v A. va boshq . O’zbek tili morfem lug’ati, 427 -b.).

46

Page 47:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Ammo, bu o’rinda gap butunlay boshqa masalada - ularning o’zaro sinonimlashuvi borasida ketayapti. «O’zbek tili grammatikasi»da «O’zlik daraja formasi asosan - (i)n, ba’zan - (i)l affiksi yordamida obyektli fe’llardan yasaladi: tashlanmoq, maqtanmoq, qo’shilmoq va boshqalar. Bir-ikkita fe’ldagina o’zlik daraja formasining - (i)sh affiksi yordamida yasalishi uchraydi: joyla - joylash, ker – kerish kabi» deyilgan (O’zbek tili grammatikasi, 1 tom, 445-446-bet). Ammo til materiallari bunday holatlarning ham anchagina ekanligini ko’rsatadi: asabiylanmoq – asabiylashmoq, butunlanmoq – butunlashmoq, vahshiylanmoq – vahshiylashmoq, dadillanmoq – dadillashmoq, yengillanmoq – yengillashmoq, yovuzlanmoq - yovuzlashmoq, jarangsizlanmoq - jarangsizlashmoq, joylanmoq - joylashmoq, jipslanmoq - jipslashmoq, juftlanmoq - juftlashmoq, zichlanmoq - zichlashmoq, loylanmoq - loylashmoq, loyqalanmoq - loyqalashmoq, moyillanmoq - moyillashmoq, moslanmoq - moslashmoq, muvofiqlanmoq - muvofiqlashmoq, oydinlanmoq - oydinlashmoq, ravshanlanmoq - ravshanlashmoq, ruhsizlanmoq - ruhsizlashmoq, razillanmoq - razillashmoq, sog’lomlanmoq - sog’lomlashmoq, suyuqlanmoq - suyuqlashmoq, soddalanmoq - soddalashmoq, siyqalanmoq - siyqalashmoq, sekinlanmoq - sekinlashmoq. taranglanmoq - taranglashmoq, tetiklanmoq - tetiklashmoq, takomillanmoq – takomillashmoq, tezlanmoq – tezlashmoq, tartiblanmoq – tartiblashmoq, tartibsizlanmoq – tartibsizlashmoq, ulanmoq – ulashmoq, uzoqlanmoq – uzoqlashmoq, uvoqlanmoq – uvoqlashmoq, xastalanmoq – xastalashmoq, xoslanmoq – xoslashmoq, xarobalanmoq – xarobalashmoq kabi.

So’zlarning ana shu shakllari imlo lug’atlarda o’z ifodasini topgan va ularda o’zlik nisbatda qo’llanilayotgan –lan/-lash qo’shimchalarini sinonimlar sifatida qarash, binobarin, bunday qo’llanishlarni me’yoriy holat sifatida anglash mumkin.

Ammo ularning qo’llanilishida aylanmoq – aylashmoq, achchiqlanmoq – achchiqlashmoq, ishqalanmoq – ishqalashmoq, sudlanmoq – sudlashmoq singari holatlar borki, ularda yuqoridagi qo’shimchalarni o’zaro sinonim sifatida qarash mumkin bo’lmaydi. Chunki so’zlarning ma’nosidagi va fe’llar nisbatidagi ikki xillik bunga imkon bermaydi. Gavdalanmoq, foydalanmoq, shodlanmoq, rivojlanmoq hamda qudalashmoq, sizlashmoq, rozilashmoq, ko’maklashmoq so’zlarida esa mazkur qo’shimchalarning o’rnini almashtirish ham mumkin emas. Agar shunday qilinsa, me’yor butunlay buziladi.

-lan/-lash qo’shimchalari masalasida uchinchi bir nozik jihatga ham e’tibor qilishga to’g’ri keladi : tekislanmoq – tekislashmoq so’zlarini olib qaraylik: yer tekislandi, yer tekislashdi gaplarida yer o’z-o’zidan tekis bo’lib borgan yoki tekis bo’lib qolgan ma’nolari anglashiladi. Bunda har ikkala qo’shimcha o’zlik nisbati ma’nosini beradi. Yerni tekislashdi gapida ma’no ham, nisbat ham o’zgaradi. Demak bu o’rindagi tekislashmoq ni birinchi gapdagi tekislashmoq bilan bir narsa deb bo’lmaydi. Yana bir jihatga e’tibor beraylik – yer tekislandi. Bu gapdagi –lan da majhullik ham bor. Shunday ekan bu qo’shimchalarning me’yoriylik darajasini belgilash ancha qiyin kechadi. Ammo u belgilanishi lozim. Chunki bu ham tilimizning nutq jarayonidagi imkoniyatlarini ko’rsatishga xizmat qilishi tabiiy.

O’zbek tilida ravishlar uslubiyati va me’yori haqida olimlarimiz haligacha o’z mulohazalarini bildirishgan emas. Buning sabablari bor, albatta. «Ravishning

47

Page 48:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

asosiy belgisi uning o’zgarmasligidir,- deyiladi «O’zbek tili grammatikasi»da,- ya’ni ravish biror so’z bilan bog’lanib, birikma hosil qilganda, o’z formasini o’zgartirmaydi, hyech qanday so’z o’zgartuvchi affiks olmaydi» (O’zbek tili grammatikasi, 1 tom, 528-bet).

Ravishlardagi ana shu o’zgarmaslik uning qo’llanishidagi uslubiy xilma-xillik bo’lishini chegaralaydi. Shu bilan birga, ularning nutq jarayonidagi me’yorlashishini, turg’unlashishini osonlashtiradi.

Shunga qaramasdan, ayrim misollar yordamida ravish so’z turkumiga oid so’zlarda ham me’yor muammolari mavjudligini kuzatish mumkin. Chunonchi fors-tojik tilidan kirib kelgan –ona qo’shimchasining ishlatilishi misolida ana shu masala mavjud. Bu qo’shimchaning o’zbek tilidagi –lar va –chasiga qo’shimchalariga teng kelishi ilmiy adabiyotlarda qayd qilib o’tilgan (O’zbek tili grammatikasi, 1 tom, 532-bet). Dabdurustdan qaraganda shundayligi ham to’g’ri. Ammo qator misollarni tahlil qilib, til faktlarini me’yor prizmasidan o’tkaza boshlagandan so’ng bu qarashning ayrim izohtalab o’rinlari ham ma’lum bo’lib qoladi. Misollarga murojaat qilamiz: ayyorona – ayyorlarcha – ayyorcha - ayyorchasiga, beadabona – beadablarcha, birodarona – birodarlarcha, bahodirona – bahodirlarcha, botirona – botirlarcha – botirchasiga, go’dakona – go’daklarcha – go’dakchasiga, do’stona – do’stlarcha – do’stchasiga, zolimona – zolimlarcha, iblisona – iblischasiga – iblislarcha, mag’rurona – mag’rurlarcha, mardona – mardlarcha – mardchasiga, mastona – mastcha, mag’rurona – mag’rurchasiga, mohirona – mohirlarcha – mohirchasiga, pahlavonona – pahlavonlarcha, tajavvuzkorona – tajavvuzkorlarcha, firibgar – firibgarlarcha – firibgarchasiga, faqirona – faqirlarcha, xoinona – xoinlarcha, qahramonona – qahramonlarcha – qahramonchasiga kabi variantlar tilimizda yashab kelayotganligi imlo lug’atlarda qayd etilgan. Ammo adibona, badbaxtona, betarafona, donishmandona, dilbarona, dilovarona, devkorona, johilona, jinoyatkorona, jasurona, zohidona, zaifona, ig’vogarona, isyonkorona, kamtarona, lutfkorona, muloyimona, ma’sumona, majnunona, muzaffarona, makkorona, mutakabburona, mug’ombirona, ma’yusona, namoyishkorona, ojizona, odilona, oshkorona, oqilona, payg’ambarona, razilona, riyokorona, sitamkorona, san’atkorona, tashabbuskorona, takabburona, fidokorona, xoloskorona, xiyonatkorona, xolisona, ehtiyotkorona, g’oyibona, g’olibona, g’aribona kabi so’zlarga –larcha, -chasiga qo’shimchalarining qo’shilishini o’zbek tili va imlo va morfem lug’atlarida uchratmadik. Bundan ana shu so’zlar doirasida ular sinonim emas ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Faqatgina shu narsani ta’kidlash zarur bo’ladiki, misollar tahlilida bu uch qo’shimcha sinonimiyasida nutqiy me’yor asosiy o’ringa chiqishi ma’lum bo’lib qoladi.

Boshqacha aytganda, bu so’zlarning deyarlik barchasiga, faqatgina oshkor va g’oyib so’zlarini istisno qilgan holda, -larcha qo’shimchasini qo’shish to’g’ri bo’ladi va ularning ishlatilishini me’yor hisoblash mumkin. Lekin –chasiga qo’shimchasi haqida bu gapni aytish hamma vaqt ham to’g’ri emasday ko’rinadi. Mas., biz nutqimizda so’zlarni, garchi grammatik jihatdan qo’pol xato hisoblanmasa-da, badbaxtchasiga, betarafchasiga, go’dakchasiga, dadilchasiga, johilchasiga, zaifchasiga, muhibchasiga, muloyimchasiga, mas’umchasiga,

48

Page 49:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

muzaffarchasiga, ma’yuschasiga, namoyishkorchasiga, ojizchasiga, oshkorchasiga, oqilchasiga, olimchasiga, razilchasiga, sitamkorchasiga, tajavvuzkorchasiga, xoinchasiga, xolischasiga, g’oyibchasiga, g’aribchasiga tarzida qo’llashga odatlangan emasmiz. Ayrim holatlarda ba’zi shaxslar va badiiy adabiyot tilida qo’llanganda ham ularni ommalashgan, binobarin, me’yorlashgan deb aytish qiyin.

Bu qo’shimchalarning ishlatilishida ba’zan yuqorida aytilganlarning aksini ko’rish ham mumkin. Mas.: dehqonchasiga, dehqonlarcha tarzida tilimizda faol ishlatilishi bilan birga dehqonona deyish me’yorlashgan emas.

Ma’lum bo’ladiki, chegaralangan tarzda bo’lsa-da, ravishlar me’yori haqida ham so’z yuritish mumkin. Ularning me’yoriy holatlarini belgilashda xuddi boshqa so’z turkumlarida bo’lgani singari, matn - nutqiy jarayon hal qiluvchi vazifani o’taydi.

Shunday qilib, yuqorida bildirilgan mulohazalardan xulosa qilishimiz mumkinki, tilimiz morfologik shakllarining so’zlardagi yasalish, shakl hosil qilish va o’zaro grammatik munosabatlarga kirishish imkoniyatining kengligi tabiiy ravishda ayrim me’yoriy muammolarni ham keltirib chiqaradi. Bo’lajak mutaxassis sifatida filolog talabalar bu muammolarni ilg’ab borishi, ularni tahlil qilishi, nome’yoriy holatlarni bartaraf etish yo’llarini izlashi va piravordida ilmiy asoslangan ma’qul variantlarni amalda qo’llashi va boshqalarga tavsiya etishi zarur bo’ladi.

6-ma’ruza: S i n t a k t i k m ye ‘ yo r

R ye j a:1. Sintaktik me’yor tushunchasi.2. Gap qurilishining sintaktik me’yori.3. Inversiya.4. Sintaktik me’yorning vazifaviy chegaralanganligi.5. Badiiy matnda sintaktik me’yor.6. Poetik sintaksis.7. Ilmiy, so’zlashuv uslublarida me’yor.

49

Page 50:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Tayanch so’z va iboralar :Sintaktik me’yorning amal qilish doirasi. So’z birikmalarida, gapda so’z

tartibi. To’g’ri tartib. Inversiya. Nasr va nazmiy matn va me’yor. Uslublar va gap qurilishi.

Sintaksis doirasida me’yorning amal qilinishi deganda, avvalo, grammatik jihatdan to’g’ri tuzilgan nutqni ko’z oldimizga keltiramiz. Grammatik jihatdan to’g’ri bo’lishlik gap tarkibidagi so’zlarning o’zaro mazmuniy muvofiq kelishiga – valentligiga bog’liq bo’ladi.

Bu xususiyat, ayniqsa so’z birikmalariga tegishli bo’lib, ular tarkibidagi semantik va grammatik aloqaning kuchliligi, ulardagi a’zolar yaxlit holda gap tarkibida paradigma hosil qilishi ana shu a’zolar o’rtasidagi aloqalarning turg’unligini, binobarin, me’yorning muntazamligini taqozo qiladi.

Ana shu muntazamlik tilimiz boyligining turg’un birikmalar deb ataladigan qismida mavjud va ular asrlar davomida tilimizda deyarlik o’zgarishga uchramasdan abjag’ini chiqarmoq, avjiga minmoq, avzoyi buzilmoq, adabini yemoq, adi-badi aytishmoq, amalga oshirmoq, asabga tegmoq tarzida qo’llanilib kelinmoqda.

Shuni ham esdan chiqarmasligimiz kerakki, ular ham o’rni bilan o’zgarishlarga uchrashi mumkin. Badiiy nutq va so’zlashuv nutqida shunday holatlarga duch kelamiz. Mas., badiiy nutqda muallifni tilda mavjud bo’lgan turg’un birikmaning aynan shu holati qanoatlantirmaydi, deb hisoblaylik. Shunday paytda u o’z fikri yoki hissiyotini to’laroq ifoda etish uchun birikmani qisman o’zgartirishlarga uchratib ishlatadi yoki mavjud qolip asosida yangilarini yaratadi. «Odatda, - deydi A.Mamatov. – tilda mavjud frazeologik birliklar obrazi asosida yaratilgan frazeologik xarakterdagi so’z birikmalarida norma doirasidagi frazeologizmlarning strukturasi va uning umumiy komponentlari saqlanib qoladi. Shuningdek, asl frazeologik birlikning umumiy ma’nosi ham okkazional variantda o’z ifodasini topadi» (M a m a t o v A.E. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari. – Toshkent, 1991, 266-267-betlar). Shundan so’ng ular qiyoslanadi : me’yoriy variant – muallif varianti : xotin deb qo’ynimga solganim ilon bo’lib chiqdi – bulbul deb qafasga solganim olaqarg’a bo’lib chiqdi; bildim dedim tutildim, bilmadim dedim qutildim – qatiq ichgan qutuldi, ayron ichgan tutildi; tili qichimoq – tilini burga chaqmoq; janjal boshlagan Turdali, kaltak yegan Berdali – aravani ot tortarkan-u, it hansirarkan; jonim-jonim deb jonini olmoq – boshini qashlab turib qorniga mushtlamoq kabi.

Bu holatlarni grammatik me’yorning buzilishi deb bo’lmaydi. Demak, so’z birikmalaridagi me’yoriy o’zgarishlarni turg’un birikmalar tarkibidan axtarish to’g’ri emas. Ayni paytda, yuqoridagi o’zgarishlarni frazeologik me’yorning buzilishi deb qarashga ham shoshilmaslik kerak. Chunki uni qo’llanish jarayonining o’zi belgilab beradi. Agar tavsiya etilgan, yaratilgan yangi variant nutqda erish tuyulsa, muomalada ommalashmasdan, lug’atga kirmasdan qolib ketaveradi. Binobarin, tilimiz me’yoriy buzilishdan saqlanib qoladi. Mabodo qabul qilinib, ommalashsa, uni me’yorlashdi deb hisoblashga asos paydo bo’ladi.

50

Page 51:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Erkin so’z birikmalarining bitishuvli, boshqaruvli, moslashuvli shakllari mavjud. Ular orasida bitishuvli birikmalar me’yorga munosabati bilan ajralib turadi. Ot+ot tipidagi birikmalarni olib qaraylik : kumush qoshiq, movut chakmon, chilvir belbog’, zar do’ppi, g’isht devor kabi. Bu birikmalar ongimizda kumush (metall)dan yasalgan qoshiq, movut (material)dan yasalgan chakmon, chilvir (arqon)dan bo’lgan belbog’, zardan tikilgan do’ppi, g’ishtdan qurilgan devor tarzida shakllanadi. Ammo ularni aynan shu tarzda qo’llash me’yor sanalmaydi. Tildagi tejamkorlik, qisqalikka intilish qoidalari ularni dastlab qo’llagan shakllarda aytish va yozishni taqozo qiladi.

Nisbiy sifat + ot tipidagi birikmalar orasida ularning yuzaga kelishiga xizmat qiluvchi – li qo’shimchali shakllari mavjud: mazali ovqat, aqlli odam, kulgili holat, g’ayratli yigit kabi. Bu birikmalarning aniqlovchi qismi ikki a’zodan iborat bo’lgan ko’rinishlari ham uchraydi: o’tkir tig’li pichoq, qora ko’zli bola, jigar rangli sumka, o’ta aqlli odam, juda g’ayratli ayol, nihoyatda kuchli shamol singari. Ularning bir qismini belgisiz – o’tkir tig’ pichoq, qora ko’z bola, jigar rang sumka tarzida qo’llash mumkin bo’lgani holda, ikkinchi qismini bunday qo’llash mumkin bo’lmaydi, me’yor buziladi.

Shuni ham aytish kerakki, belgili-belgisiz holatlarning nutqda o’zaro o’rin almashinib qo’llanishi grammatik me’yor nuqtai nazardan mumkin bo’lsa-da, uslubiy me’yor jihatdan ular bir-biridan farqlanadi. «O’zbek tili grammatikasi» da bu fikrni tasdiqlovchi bir tahlil keltirilgan: qora ko’zli (bola) umuman bolaning ko’zi qora, lekin qora ko’z (bola) birikmasi o’zaro jipslashganda, rangni emas, butun bir tushuncha – go’zallikning belgisini ifodalovchi qo’shma so’zdir (O’zbek tili grammatikasi, 1 tom – Toshkent, 1975, 36-bet). Bu tahlilni boshqa misollar asosida ham davom ettirish mumkin.

Boshqaruvli va moslashuvli birikmalarda ham belgili va belgisiz holatlarga duch kelamizki, ularga grammatik me’yor qoidalri asosida munosabat bildirish mumkin. Masalan, jo’nalish kelishigi uchun asosan belgili holat me’yor sanaladi: vatanga muhabbat, do’stga ishonch, xo’jalikka rahbar, oilaga bosh kabi. Faqat ayrim holatlardagina belgisiz qo’llanishi mumkin: Kunlarimiz jilg’alarday o’tdilar oqib, / M a k t a b b o r d i k – og’ir bo’lib qoldik daf’atan (A. Oripov).

Mana shunday belgisiz qo’llanish qaratqich va tushum kelishiklari uchun ham me’yor sanalishi tilimizda ko’p uchraydi: maktab bog’i, sinf jurnali, kitob varag’i, orden lentasi, kitob o’qimoq, kino ko’rmoq, mol boqmoq, sigir sog’moq, paxta termoq kabi. Yana: Qarshingda turibdi u m- r i m bir kuni (J. Kamol), Elga sabr bardoshdan bo’lak n a r s a ber (H. Xudoyberdiyeva). Ammo yuqoridagi singari belgisiz shakllar o’rin-payt va chiqish kelishikli birikmalar uchun me’yor sanalmaydi.

So’zlarni o’zaro grammatik munosabatga kirishtiruvchi kelishik qo’shimchalarining, masalan tushum kelishigining – i (n), jo’nalish kelishigining – a, -na, -qa, -g’a, chiqish kelishigining – dan, qaratqich kelishigining –(i) m, - n, - nung, - ing shakllari ham mavjud va ularning nutqda qo’llanishi adabiy til nuqtai nazaridan me’yorning buzilishi sanaladi. Ammo vazifaviy uslublar nuqtai nazaridan bunday emas. Ular badiiy va so’zlashuv uslublarida ishlatilishi mumkin.

51

Page 52:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Ikkinchi navbatda esa so’z o’zgartuvchilar yoki yordamchi so’zlar shaklidagi grammatik vositalarning o’z o’rnida ishlatilishi muhim sanaladi. Egalik qo’shimchalarini olib ko’raylik. Bu qo’shimchalarni olgan so’zlar odatda qaralmish sanaladi hamda grammatik jihatdan shakllangan- shakllanmaganligidan qat’iy nazar, uning oldida qaratqich bo’ladi: mening ukam, sening ukang, uning ukasi, ukam, ukang, ukasi kabi. Bunday holatlarda me’yorning buzilishi kuzatilmaydi.

Me’yoriy grammatika qoidasiga muvofiq aniqlovchi-aniqlanmish qurilishli birikmalarda aniqlovchi qaratqich kelishigi shaklini olganda aniqlanmish ham uncha mos shaklda turlanishi lozim bo’ladi. Ammo ayrim holatlarda, masalan badiiy matnda misralardagi bo’g’inlar sonining qat’iy bo’lishi haqidagi qoidadan kelib chiqib, bunday bo’lmasligi ham mumkin: Ђururing sig’maydi po’lat teringga, / Sharaflar yuki bor s ye n i n g b u n k ye r d a (Ђ. Ђulom). Egalikning bu tarzda ifodalanishi badiiy uslub me’yoriga to’g’ri kelar, ammo umuman grammatik me’yor yoki boshqa vazifaviy uslublar nuqtai nazaridan uni me’yor hisoblay olmaymiz.

Ayrim tadqiqotlarda tahlil materiali sifatida dadasilar keldilar, tog’asilar gapirdilar misollari keltiriladi. Bu yerdagi egalikni ifoda etuvchi – si qo’shimchasining –lar dan oldin keltirilishisun’iylik bo’lib, grammatik me’yor tarozisiga to’g’ri kelmaydi (Qarang: H o j i ye v a H. O’zbek tilida hurmat maydoni va uning lisoniy-nutqiy xususiyati: Filol.fan.nomz. …dis.avtoref. – Samarqand, 2001, 17-bet).

Egalikning ko’plik shaklda ifodalanishi ham yuqorida ta’kidlaganimiz aniqlovchi-aniqlanmish birikuvi qoidasiga muvofiq kelishi lozim: bizning sevgimiz, sizning sevgingiz, ularning sevgisi kabi. Ammo nutqda hamma vaqt ham bunday bo’lavermaydi. Ular bizning uy, bizning mahalla, bizning maktab tarzida qo’llanishi, egalik qo’shimchasi bajaradigan vazifani qaratqich kelishigi ko’rsatkichi o’z zimmasiga olishi ham mumkin va bunda grammatik me’yor buzilgan hisoblanmaydi. Hatto bizning uy, bizning mahalla shaklida qo’llanishlar so’zlashuv nutqida ommalashib ketgan. Ushbu birikmalarning aniqlovchi qismi nutqda qo’llanilmaganda esa ularni egalik qo’shimchalarisiz ishlatish mumkin bo’lmaydi.

So’z birikmalarining shakllanishiga xizmat qiluvchi grammatik vositalar orasida kelishik qo’shimchalarining o’rni alohida ekanligi ma’lum. Ular haqida «Morfologiya» mavzusida alohida to’xtalganimiz. Bu o’rinda faqat ularning ko’makchilar bilan sinonimik munosabatidagi me’yoriy holatlarga to’xtalamiz.

O’zbek tilida kelishiklar va yordamchi so’zlar tadqiqiga oid kuzatishlarga tayanib aytish mumkinki, to’rtta kelishik qo’shimchasi ko’makchilar bilan sinonimik munosabatga kirishadi:

- ga / sari (dushmanga yuzlandi / dushman sari yuzlandi, ko’chaga otlandi /ko’cha sari otlandi ), - ga /uzra (olamga chiqqanda quyosh / olam uzra chiqqanda quyosh), - ga /tomon (qizga qaradi / qiz tomon qaradi, unga burildi / u tomon burildi, o’ziga tortdi / o’zi tomon tortdi), - ga /bilan (qahqahaga to’ldi, qahqaha bilan to’ldi), - ga /uchun (ukamga oldim / ukam uchun oldim) kabi. Mana shu tarzda – ni qo’shimchasi bilan, haqda, - da qo’shimchasi bo’ylab, ichra, bilan,

52

Page 53:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

- dan qo’shimchasi sababli, orqali, tufayli, osha, bo’ylab, uzra, ichra, bo’yicha, to’g’risida, bilan, uchun ko’makchilari bilan sinonimik munosabatga kirishadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ular bir matnda biri ikkinchisining o’rnini bosa olishi, ikkinchi bir holatda ana shu vazifani to’liq bajara olmasligi mumkin. Bu masalaning uslubiy tomonlari, albatta. Gapda so’zlarning o’zaro birikishiga xizmat qiladigan grammatik vosita sifatida me’yoriy talablarga javob berish-bermaslik esa boshqa masaladir.

R.Qo’ng’urovning quyidagi gaplariga e’tibor beraylik: «Hozirgi o’zbek tilida maktab tomon kuzatib bordi, deyish mumkin bo’lgan holda, funksiyasi bir xil bo’lishidan qat’iy nazar, qarab, qadar kabi ko’makchilarning belgisiz tushum bilan maktab qarab, maktab qadar tarzida qo’llab bo’lmaydi. Bu ko’makchilar kelganda tobe so’z, albatta belgili qo’llanilishi kerak. Aks holda fikr noaniqligi kelib chiqadi, aytilmoqchi bo’lgan fikr eshituvchiga yetib bormaydi. Maktab so’zini jo’nalish kelishigi qo’shimchasisiz yuqoridagi ko’makchilar bilan birgalikda qo’llab ko’raylik: Karim Salimani maktab qadar kuzatib bordi; Karim Salimani maktab qarab kuzatib bordi; Karim Salimani maktab tomon kuzatib bordi. Bu gaplarning faqat uchinchisi adabiy til normasiga to’liq mos keladi. Qolgan ikkitasi esa hozirgi o’zbek tili normasiga unchalik mos kelmaydi» (Q o’ n g’ u r o v R. O’zbek tili stilistikasidan ocherklar. – Samarqand, 1975, 97-bet). Olimning fikrini qo’llab-quvvatlagan holda faqat bir narsani qo’shimcha qilish mumkinki, maktab tomon birikmasining me’yorlashuvi uning ko’pchilik tomonidan qo’llanish chastotasi bilan bog’liq. Qadar, sari ko’makchilari o’z sinonimlari qarab va tomon ga nisbatan nutqda, ayniqsa so’zlashuv nutqida kam qo’llaniladi. So’zlashuv nutqi esa til biriliklarining me’yorlashuvi uchun eng qulay imkoniyat sanaladi. Shu ma’noda hatto qarab ko’makchisining qadar va sari ga qaraganda –ga o’rnida qo’llanishning ommalashib, me’yorlashib borayotganini kuzatish qiyin emas.

Bu o’rinda xulosa sifatida shuni qayd qilish mumkinki, nutqiy jarayonda so’zlarning o’zaro birikuvini tashkil qiluvchi so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar va ularning ayrim ko’makchilar bilan sinonimiyasi o’zbek tilining fikrni eng nozik jihatlari bilan ifoda etishdagi imkoniyatlari naqadar kengligidan dalolat beradi. Binobarin, ular uslubshunoslik uchun qimmatli material bera oladi. Masalan, ularning o’zaro almashinib qo’llanishiga me’yor nuqtai nazardan qaraganimizda esa grammatik me’yor nomuvofiqligi uslubiy me’yor buzilishlariga qaraganda nisbatan kam diqqatni tortadi.

Uchinchi tomondan, gap tarkibidagi sintaktik bo’laklarning joylashish o’rnining turg’unlik darajasi ham me’yorni belgilaydi.

Biz bu o’rinda o’zbek tilida gap qurilishining og’zaki yoki yozma nutq shakllarida va vazifaviy uslublarida namoyon bo’lish xususiyatlarini unutmagan holda dastlab gap tizimida so’zlarning odatdagi joylashuvi haqidagi qarashlarni eslaymiz. «So’zlar tartibi, - deyilgan «O’zbek tili grammatikasi»da, – gap bo’laklarining nutqda o’rinlashishini bildiradigan sintaktik hodisadir. O’zbek tilida so’zlar tartibi asosan erkin, lekin unda so’zlarning bog’liq tartibi ham uchraydi. Bu hol o’zbek tili gap qurilishining o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatadi» (O’zbek tili grammatikasi, P tom. – Toshkent, 1975, 178-bet). O’zbek tili grammatikasi

53

Page 54:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

tadqiqiga oid adabiyotlarda gap tarkibidagi so’zlarning joylashishi asosan erkin ekanligi ta’kidlansa ham (O’zbek tili grammatikasi, P tom, 184-bet), bu erkinlikning ma’lum mantiqiy-grammatik qonuniyatlar doirasida bo’lishini unutmasligimiz kerak. Gap qanday shakllar va birliklardan tashkil topgan bo’lishidan qat’iy nazar, u shakllanish jarayonida o’z tabiatidan kelib chiqib, ma’lum me’yorlarga bo’ysunadi.

Demak o’zbek tili sintaktik me’yorlarini belgilashda gaplarning erkin tartibini nazariy asos qilib olsak to’g’ri bo’ladi. Chunki, Samarqand – viloyatimizdagi yirik shahar yoki Viloyatimizdagi yirik shahar - Samarqand gaplarida yoki Men qishlog’imizdan kecha keldim / Men kecha qishlog’imizdan keldim / Qishlog’imizdan kecha men keldim gaplarida so’zlar va ularning o’rin almashinishi mazmunni o’zgartirib yuborgan emas. Shunday ekan bu yerda grammatik me’yor buzilgan deb aytib ham bo’lmaydi. Sodir bo’lgan ma’lum matniy o’zgarishlar esa uslubga tegishlidir.

Tilimizda gaplar tugallangan bir fikrni ifoda etishi, predikativlik xususiyatiga ega bo’lishi bilan bir qatorda ular ma’lum grammatik shakllar va ko’rinishlarni ham oladi. Shu ma’noda ular bir tarkibli va ikki tarkibli singari turlarga ajratiladi. Gapning bu shakllari nutqda, tabiiyki, o’ziga mos imlo va talaffuz me’yorlarining bo’lishini taqozo qiladi. Bu me’yorlar garchi bir gap doirasida bo’lsa ham bir-biriga o’xshamasligi mumkin.

Modomiki, gapda so’zlarning joylashish tartibi haqida mulohaza yuritilayotgan ekan, biz odatda to’laqonli grammatik shakllanish namunasi deb hisoblaydigan ikki tarkibli gaplarni tahlil materiali qilib olsak, to’g’ri bo’ladi.

Gapning bosh bo’lagi sanaladigan ega o’ziga oid so’zlar bilan gapning boshida kelishi, kesim esa xuddi shunday so’zlar bilan gapning oxirida kelishi, har qaysi bosh bo’lakka oid so’zlar esa ulardan oldin qo’llanilishi o’zbek tili uchun odatdagi to’g’ri tartib, ya’ni me’yor ekanligi tilshunosligimizda allaqachon ma’lum. Demak, ana shu tartibning buzilishini me’yorning buzilishi deb baholaymiz. Ayrim misollar keltirish bilan cheklanamiz: Gazeta o’z savollariga qoniqarli javob topolmaydi millat ichidan (I. Ђafurov. Millatning billurlanishi), It - insonning do’sti – Insonning do’sti – it. Men gado Xonzodaga ko’nglimni berdim, do’stlarim (qo’shiqdan), O’lmoq uchun sen tug’ilgan emassan, /Zax tuproqning bag’riga sen uvolsan (H. Olimjon). Keyingi ikki misoldagi, ayniqsa uning birinchisidagi gado so’zining kimga qaratilganini aniqlash uchun alohida diqqat yoki intonasiya zarur bo’ladi.

Grammatik me’yorlarni belgilash jarayonida mantiqiy fikrlash va uning natijasida yuzaga keladigan grammatik qurilishlar, shakllar o’rtasidagi munosabat masalasi ham muhim. Chunki ularning o’rtasida ajratilib bo’lmaydigan bog’liqlik mavjud. Shu bilan birga, mantiq va til qonuniyatlariga ko’ra ularni aynan bir narsa deb ham bo’lmaydi. Tafakkurda umumiy tarzda, fikr egasining ifoda maqsadi va niyatidan kelib chiqib, yuzaga kelgan hosila mulohaza nutqda turli grammatik shakllarda ifodalanishi mumkin. Masalan, oling, olib turing, olib o’tiring, ovqatga qarang, ovqatdan oling, ovqatni oling, boshlang, boshladik, dasturxonga qarang, dasturxonga qarab o’tiring, qani-qani; qani, mehmon; marhamat, marhamat qiling, qolmasin, shu qolib nima bo’ladi, oling mehmon, yeb o’tiring, yeb turing,

54

Page 55:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

olib turing va hokazo shakllardagi garmmatik qurilmalar so’zlashuv uslubida me’yor sanaladi va bitta «yemoq» semasi atrofida birlashadi. Ayni paytda, shu ma’noni beradigan ovqatdan iste’mol qilib turing, mehmon; ovqatdan tanavvul qilib turing, mehmon; iste’mol qiling, tanavvul qiling singari qurilmalar ham garchi «yemoq» ma’nosini bersa-da, so’zlashuv nutqi uchun me’yor hisoblanmaydi.

Buning ustiga, agar sinchiklab tahlil qilinsa, yuqoridagi sintaktik birikmalarning har biri matnda alohida ma’no nozikliklarini, uslubiy farqlanishlarni hosil qilishi ham mumkin. U yana o’z navbatida har bir holatdan kelib chiqadigan grammatik me’yorlar haqida mulohaza yuritishimizga imkon beradi.

Agar sintaktik me’yor hajmini ana shu qamrov doirasida tasavvur qiladigan bo’lsak, alohida olingan gap, kichik yoki katta matn tarkibidagi til birliklarini ularga sinonim bo’lgan boshqa birliklar bilan yoki o’zaro o’rnini almashtirib qo’llashning mumkinligi nutq jarayonida katta uslubiy imkoniyatlarni keltirib chiqarish bilan birga, ma’lum darajada me’yoriy buzilishlarni paydo qilishi mumkinligi ham aniq bo’lib qoladi.

Shuning uchun ham har bir tilning o’ziga xos me’yori mavjudligi haqidagi fikr , ayniqsa, sintaktik me’yor bilan aloqador bo’ladi. Darhaqiqat, har bir milliy tildagi gap qurilishi o’ziga xos tarzda shakllanadi, jumladan o’zbek tilida ham.

Nutq uchun faqat ma’lum so’zlardagi turlicha ma’nolarni bilish emas, balki ulardan muomala jarayonida foydalana olish, munosabatlarning, fikr-mulohazalar, hissiyotlarning eng nozik jihatlarini ham ifodalab berishga xizmat qildirish muhim sanaladi. Nutqni shakllantirishdagi piravord maqsad ham ana shu. Ammo ko’zda tutilgan matnni shakllantirish uchun so’z va uning ma’nolarini bilishning o’zigina yetarli bo’lmaydi. So’zlovchi yoki yozuvchi niyati ana shu omillar bilan bir qatorda til birliklarining matnda o’zaro grammatik aloqasini ta’minlash tufayligina amalga oshadi. Boshqacha aytganda, nutq jarayonidagi til birliklariaro sintaktik munosabat fikrning to’laqonli ifodasida katta mavqyeni egallaydi. Masala ana shu tarzda qo’yilar ekan, tilimiz rivojida sintaktik me’yorlarni belgilash ham muhim o’rin tutadi.

Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra bo’linishlarida me’yoriy mustahkamlik turlicha ekanligini kuzatish mumkin. Masalan, darak gaplarda shakl va mazmun munosabati zich bog’liqlikda bo’ladi, «sintaktik darak ma’nosi gapning sintaktik darak shakli orqali ifodalanadi» (M a h m u d o v N., N u r m o n o v A. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis. – Toshkent, 1995, 49-bet). Lekin so’roq gaplardagi mazmuniy ifoda doirasining kengligi, ya’ni bir sintaktik shakldagi gapning matnda har xil ma’nolarni ifodalashi mumkinligi bu gaplarning turli nutqiy vaziyatlardagi me’yoriy holatlarni belgilab olishga zarurat tug’diradi. «O’zbek tilining nazariy grammatikasi» asarining mualliflari bu xildagi gaplarda sof so’roq mazmunining bo’lishidan tashqari taajjub, gumon, buyruq, darak, tashvish, g’azab, kinoya singari bir qator qo’shimcha ma’nolar ifodalashi haqida mulohaza yuritishib, ularni mazmun va shakl jihatdan mutanosib va nomutanosib bo’lgan so’roq gaplar, deb ikkiga ajratishadi (M a h m u d o v N., N u r m o n o v A. O’sha asar, 51-52-betlar).

55

Page 56:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Shu bilan birga, tahlillar, garchand shaklan bir bo’lsa ham, bu gaplardagi mazmun imkoniyatlarining kengligi ularning hammasiga bir xil me’yoriy o’lchovlarni qo’llab bo’lmasligini ko’rsatadi. Boshqacha aytganda, ko’zda tutilgan mazmunni ifodalash uchun ular maxsus ohang yordamida ijro etilishi lozim bo’ladi (M a h m u d o v N., N u r m o n o v A. O’sha asar, 51-bet). Mas.: Bahor keldimi? «Bahor keldimi?» - dedingmi? «Bahor keldimi?» emish! «Bahor keldimi?» ekan. «Bahor keldimi?» ham gapmi! «Bahor keldimi»ng nimang? Bahor keldi? Bahor keldi?! gaplari umumiy ma’noda bahorning kelishi haqidagi so’roq mazmunini va unga munosabatni bildirsa ham yuqoridagi har bir grammatik shakl samimiy, xolisona so’rash, eshitmaganini bilib olish uchun so’rash, mensimaslik, achchiqlanish, taajjublanish, ta’kidlash singari turli xil ma’no ottenkalarini ohang yordamida farqlaydi.

Darhaqiqat, ohang xususida. Tilimizda, garchi u nutqning barcha ko’rinishlarida yaqqol bilinib turadigan vosita sanalmasa ham, so’zlashuv jarayonida ahamiyati juda sezilib qoladi. Gap shakliga sirtdan qarab bu darak, so’roq yoki undov gap deb dastlabki yuzaki bahoni beramiz. Ammo yuqoridagi singari so’roq gaplardagi maslahat, iltimos, yalinish, ko’ndirishga harakat qilish, avrash, tashviqot qilish singari ma’nolarni gap tarkibidagi hyech bir grammatik yoki tinish belgi ifoda eta olmaydi. Bu masalani faqat ohang hal qilishi mumkin.

Ushbu gaplarni qiyoslaylik: Qo’y, menga u kunlarni eslatma! Menga u kunlarni eslatma, qo’y! Qo’ygin, menga u kunlarni eslatmagin! Menga u kunlarni eslatmagin, qo’ygin! Qo’ygin, u kunlarni eslatma menga! Qo’ygil, u kunlarni eslatma menga! Bu gaplar ham xuddi yuqoridagi so’roq gaplarda kuzatilgani kabi, garchi umumiy ma’noda o’tgan voqyea-hodisalarni eslatmaslikka da’vat qiliyotgan bo’lsa-da, bu da’vat har bir gapda ohang ko’magida so’zlovchi maqsadiga mos tarzda ifoda etilmoqda, vazifaviy uslublar jihatidan ham farqlanmoqda.

Nutqda ohangning naqadar muhim omil ekanligini mana bu misollar ham yana bir bor tasdiqlaydi: I m o n s i z, v i j d o n s i z, siz aziz inson / Kamolim, hayotim, aziz onajon (D.Komilova). Parchadagi imonsiz, vijdonsiz so’zlarini o’zbek tilida urg’u odatda oxirgi bo’g’inga tushadi, degan qoidaga amal qilib, imonsúz, vijdonsúz tarzida talaffuz qiladigan bo’lsak, nihoyatda xunuk ifoda kelib chiqadi. Agar bu so’zlardagi –siz qismi ta’kid yuklamasi vazifasini bajarayapti, shuning uchun urg’u so’zning o’zak qismidagi ikkinchi bo’g’inga tushishi lozim degan mulohaza bilan talqin qilinsa, imónsiz, vijdónsiz tarzida talaffuz qilinsa, muallif kutgan ma’no kelib chiqadi. Aslida she’rni bu qoidalardan bexabar oddiy kishi ham o’qishi mumkinligi hisobga olinib, Siz imon, siz vijdon, siz aziz inson tarzida tuzilganda edi munozaraga ham, noaniqlikka ham o’rin qolmasdi. Bu kabi noqisliklarni nutqda ko’plab uchratamiz.

Kishi s a n ch i q so’z aytsa, s a n ch i q andin. Yomondin qoch, yomondin qoch, yamondin (So’fi Ollayor) misolidagi sanchiq so’zini ham birinchi holatda (urg’u oxirgi bo’g’inga tushganda – sanchúq) ot, ikkinchi holatda (urg’u birinchi bo’g’inga tushganda – sánchiq) so’zning olmosh va fe’l bo’lib ajralishini va boshqa-boshqa ma’nolar ifoda etishini ham talaffuz, ohang farqlaydi.

Nutqda ba’zan shunday bo’ladiki, bir ma’no atrofida turlicha ohanglar, aytaylik, har bir kishi nutqida, o’ziga xos tarzda yuzaga kelishi, ma’nolari

56

Page 57:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

vaziyatga qarab kuchli va kuchsiz, ta’sirli va betaraf hamda befarq ifodalanishi mumkin.

Demak, nutq jarayonida ohangga e’tibor berish me’yorga e’tibor berishning asosiy sharti bo’lib qoladi.

Sintaktik uslubiyat doirasida ega va kesim mosligi hamda uning me’yoriy munosabati xususidagi mulohazalar ham muhim o’rin tutadi. Nutqimizda faol ishlatiladigan bir gap misolida me’yoriy munosabatni tahlil qilishga harakat qilib ko’ramiz: dadam keldi – dadamlar keldi – dadam keldilar – dadamlar keldilar. Sonda moslashuvidagi sezilmas darajadagi nomuvofiqlikni hisobga olmaganda, ularning hyech birida grammatik munosabat buzilgan deb bo’lmaydi. Darvoqye, bu qurilmalarda ega va kesim mosligiga nutqiy zarurat ham yo’q. Odatda o’zbek tili iste’molchilari ularning ana shu ko’rinishlarining barchasidan ham foydalanaverishadi. Shunday ekan, ularda grammatik me’yor buzilmagan deb bemalol aytish mumkin. Ammo uslubiy me’yor nuqtai nazaridan bunday deb bo’lmaydi.

Uslub nuqtai nazaridan har birimizning nutqimizda ularning o’z o’rni va bahosi bor: dadam keldi – shunchaki xabar, dadamlar keldi – aytaylik, o’zining va turmush o’rtog’ining (har ikkalasining) dadasi kelganligini haqida xabar, dadam keldilar – xabar bilan birgalikda o’z otasiga bo’lgan hurmat ifodasi, dadamlar keldilar – grammatik me’yorning saqlangani, ammo uslubiy me’yorning bir holatda – bitta ota nazarda tutilgan holatida buzilishi. Shunday ekan, nutq uchun eng ma’qul variant sifatida dadam keldilar tanlanishi ma’qul bo’ladi.

Ega va kesim mosligi haqidagi qarashlarni sinchiklab tahlil qilgan Ђ.Zikrillayev «Nazariya quruq og’och…» maqolasida – lar qo’shimchasining bu boradagi xizmati haqida ma’qul fikrni aytadi: « Bunday holda -lar sintaktik vazifa bajarmaydi, ya’ni so’z o’zgartuvchi qo’shimcha bo’la olmaydi. Shunga ko’ra ega-kesim mosligiga dahli yo’q. U hurmat kategoriyasi shaklini hosil qiladi» (Z i k r i l l a ye v Ђ. Nazariya quruq og’och… / «Istiqlol va ona tili qurilishi talqini» to’plami. – Buxoro, 1998, 24-bet). Shu o’rinda, vaziyat talabidan kelib chiqib, Ђ. Zikrillayevning bir fikriga munosabat bildirishga majbur bo’layapmiz. A. Ђulomovning shu mavzuga oid fikrlari haqida u quyidagilarni yozgan: «Ega ko’plik formasida kelganda (uchinchi shaxs) ot kesim birlikda ham, ko’plikda ham qo’llana oladi deb (A. Ђulomov tomonidan – S.K.) quyidagi misollar beriladi: Ular studentlar – Ular student. Bu qizlar shaxmatchilar – Bu qizlar shaxmatchi. Qo’shnilarim ham halol odamlar («S. O’zb»). Bu qoida boshqa sahifada yana takrorlanadi: Uchqun va Tolib artistlar. – Uchqun va Tolib artist. Ta’kid nazarda tutilsa (ya’ni hissiy bayonda), faqat gazetadan olingan misolda qo’shimcha qo’llansa bo’ladi. Boshqa misollarda – lar ishlatilishi rus tilining xususiyatiga mos keladi : Oni – studentы. Oni – shaxmatistы. O’zbek tilida bayon oddiy, nohissiy bo’lsa, qo’shimcha tejaladi, ta’kid nazarida tutilsa, –lar emas, boshqa vosita qo’llanadi.

Adabiy normaning namunaviy umummajburiy hodisa (E.Begmatov) ekanligini inobatga olsak, A.Ђulomov millatning barcha a’zosiga ruscha fikrlashni namuna qilib ko’rsatayotgan ekan-da, barchani ruscha fikrlashga ajbur qilayotgan

57

Page 58:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

ekan-da, degan xulosa kelib chiqadi» (Z i k r i l l a ye v Ђ. Yuqoridagi maqola, 25-bet).

Bizningcha, u darajada emas. Negaki, o’zbek tilida ular studentlar, ular student; ular shaxmatchilar, ular shaxmatchi deyish mumkin bo’lgani holda rus tilida faqat oni – studentы; oni – shaxmatistы deyish shart, oni – student; oni – shaxmatist deyish mutloqo mumkin emas. Shu faktning o’ziyoq A.Ђulomovni yuqorida qo’yilgan ayblardan qutqaradi. Buning ustiga kishining tili qaysi tilda chiqqan bo’lsa, aslida ana shu tilda tafakkur qiladi. Uning ifoda etilishida esa o’zi ta’lim olgan va tarbiyalangan, yashayotgan muhitning ta’sirida boshqa til namunalaridan foydalanish mumkin.

Misollar tahlilidan yana bir narsa - o’zbek tilining nafaqat grammatik, shu bilan birgalikda uslubiy imkoniyatlari ham naqadar kengligi ayon bo’lib qoladi. O’zbekcha variantlarda ta’kidlash, ajratib ko’rsatish kabi ma’nolar oddiy xabardan ana shu –lar tufayli farq-lanayotgan bo’lsa, rus tilidagi shaklda ma’no ohang yordamida ajratilmoqda. Bu narsa har ikki tilning o’z me’yoriy xususiyati sanaladi.

Bir tarkibli gaplar nafaqat grammatik tuzilishi, shu bilan birga, mazmuniga, fikrni ifoda etish hususiyatiga ko’ra ham ikki tarkibli gaplardan farq qiladi. Ayni paytda, bu uning me’yoriy xususityati hamdir.

Shaxsi noma’lum gaplarni olib ko’raylik. Ilmiy adabiyotlarda bunday gaplarda ish-harakatni bajaruvchi shaxs grammatik jihatdan ifodalan-masligi ta’kidlanadi. Masalan: Mahmudovni jamoa xo’jaligining raisi etib tayinlashdi, Hisobot yig’ilishida qarshi ovoz berishdi kabi. Bu gaplarga grammatik egani qo’yish mumkin. Ammo u aniq bir shaxs bo’lmaganidan, noma’lum bo’lganidan qo’llanilmaydi. Kesimning odatda III shaxs, birgalik nisbatda bo’lishi bunday gaplarning mantiqiy grammatik tabiatidan kelib chiqadi va bu holat ular uchun me’yor sanaladi: Ertaga soat 10 da universitetga chet eldan mehmonlar kelishini aytishdi. Bu gapni Ular ertaga soat 10 da universitetga chet eldan mehmonlar kelishini aytishdi shaklida tuzish ham mumkin. Ega grammatik jihatdan shakillangan bo’lsa- da, harakatni bajaruvchi haqiqiy shaxs (shaxslar) baribir noma’lumligicha qolmoqda.

Kesimi ifodalanmagan gaplarga e’tibor beraylik: Bahor. Atrofda qushlar chug’urlashadi; Tong. Oppoq tong. Orzularim mavjlanar shu dam. Qiyoslaymiz: Bahor keldi. Atrofda qushlar chug’urlashadi; Tong otmoqda. Oppoq tong otmoqda. Orzularim mavjlana shu dam. Gaplarning kesimi grammatik jihatdan shakllantirilganda ham mazmunda o’zgarish bo’lmaganini payqash qiyin emas. Ammo uslub nuqtai nazaridan o’zgarish bo’lganligi, ma’lum darajada gapning ta’sirchanligi yo’qolganligi seziladi. Kesim grammatik jihatdan shakllanamagan bo’lganda ham bu harakat ongimizda mavjud bo’ladi. Nutqda uni tinglovchi va o’quvchi ham payqaydi. Bahor, tong so’zlarining gapga aylanishidagi asosiy omil ham ana shu kesimlarning shakllanmasligi bo’lib hisoblanadi. Bu so’zlar hukmni ifodalash, gapga aylanish jarayonida kesimning vazifasini, mazmunini ham o’z zimmasiga oladi. Faqat farqi shundaki, bu alohida so’z gap bo’lganda alohida bir tugallangan ohang bilan, ehtiros, hayajon bilan talaffuz etiladi hamda bahorning kelishi, tongning otishi haqidagi xabarni berish bilan birgalikda bahor va tongning mavjud va hukmron bo’lib turganligi ham ta’kidlanadi.

58

Page 59:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Shuning uchun ham gaplardagi ega yoki kesimning shakllanmaganligini grammatik me’yorining buzilishi deb emas, aksincha, ma’lum bir nutqiy vaziyatda ko’zda tutilgan maqsadning ifodalanishi uchun zarurat deb tushunish kerak.

Maqollar tahlili misolida xalq og’zaki ijodi namunalarining sintaktik xususiyatlari haqida yirik tadqiqotlar olib borgan X. Abdurahmonov bu janr nutqiy me’yorlarining o’ziga xos ko’rinishlari to’g’risida ishonarli xulosalar berganki, ularga tayangan holda gaplarning ikki tarkibli ko’rinishidan boshqa ayrim turlarining me’yoriy xususiyalari haqida mulohaza bildirish mumkin bo’ladi.

Masalan, maqollarning buyruq gap shaklida berilishi (Avval o’yla, keyin so’yla) me’yoriy holat, so’roq va undov gaplar shaklida kelishi esa tilimiz uchun xos xususiyat emas. Gapda ega ko’proq otlashgan so’z yoki so’z birikmalari orqali ifodalanadi va u nechta so’z va so’z birikmalari bilan ifodalansa, kesim ham shuncha so’zli birikma orqali ifodalanadi. (Oz so’z – soz so’z, yoz mevasi – qish xazinasi). Izohlovchilar uchramaydi. Ko’p o’rinlarda so’z qaratqich, tushum va boshqa kelishiklar bilan shakllanishi lozim bo’lganda, belgisiz ishlatiladi.

Bir tarkibli gaplarning shaxsi umumlashgan turi maqollar sintaksisi uchun asosiy me’yoriy xususiyat sanaladi (Olim bo’lsang olam seniki; Mard bir o’lar, nomard yuz o’lar kabi). Maqollarning bog’lovchisiz qo’shma gap shaklida kelishini ham ularning muhim me’yoriy belgilari deb hisoblash lozim (Qo’shning tinch – sen tinch, Gap ko’p – ko’mir oz, Rahmat olgan omondir, la’nat olgan yomondir singari).

Shu narsa ham muhimki, bu tipdagi gaplarda qiyoslash, zidlash mazmuni, parallelizm yorqin sezilib turadi. So’z tartibi esa turg’un. Qo’shning tinch – sen tinch tartibida shakllangan gapni Sen tinch – qo’shning tinch, deb o’zgartirish maqsadga muvofiq emas. Demak, komponentlar turg’unligi bunday gaplar uchun me’yoriy holat hisoblanadi.

Tadqiqotchi qo’shma gap shaklidagi maqollar ohangiga ham alohida e’tibor beradi va bunda ham me’yorning buzilishi so’zlovchi yoki yozuvchini kutilgan natijaga olib kelmasligi mumkinligini uqtiradi. Gaplarning ifoda maqsadidan kelib chiqib, tenglik, davomlilik, jimlik, cho’ziqlik, sokinlik va jiddiylik kabi ma’nolar ohang yordamida yuzaga kelishi hamda ularning qo’shma gapning ma’lum turlariga xoslanishi haqida mulohazalar bildiriladi.

Aytilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, o’zbek tili sintaksisi doirasida me’yoriy chegaralarni belgilash nihoyatda murakkab vazifa. Tildagi har bir sintaktik kategoriya, har bir sintaktik birlik matn xususiyatiga qarab, vazifaviy uslublar doirasida qo’llanishiga ko’ra o’ziga xos mazmun va shakl kasb etishi mumkin. Demak, kelajakda sintaktik me’yorlar har bir uslub, ularning alohida tur va janrlari misolida batafsil tadqiq etilishi lozim bo’ladi.

Alisher Navoiy nasriy asarlarining sintaksisi yuzasidan tadqiqotlar olib borgan S.Ashirboyev xulosalari til me’yorlarining davriy xarakterini, sintaktik me’yorlarining bir muncha turg’unlik xususiyatiga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Olimning ta’kidlashicha, «Alisher Navoiyning nasriy asarlarida qo’llangan sodda gaplarning tarkibiy va ma’no amallari XY asr nasrining ajoyib namunasi bo’lib, o’sha davr normasini aks ettiradi». (Uning) «nasriy asarlaridagi qo’shma gaplargina emas, balki sodda gaplarning shakllanishida ham fors- tojik

59

Page 60:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

adabiy tilining ta’siri kuchli bo’lgan»ligi sezilib turadi. Buning ustiga «o’rta asr adabiyoti va tilini diniy tushunchalarsiz tasavvur qilib bo’lmas edi, binobarin, dunyoviy tushunchalar diniy tushunchalar bilan bog’lanib kelingan edi. Shu tufayli ham Alisher Navoiyning nasriy asarlarida bunday so’z shakllari va birikmalarining qo’llanishi tabiiydir» (A sh i r b o ye v S. Alisher Navoiyning nasriy asarlaridagi sodda gaplarning tarkibiy va ma’no xususiyatlari: Filol.f.d-ri …dis.avtoref. – Toshkent,1990,39-41-betlar).

Tadqiqotda keltirilgan «Va sart orasida ahli ta’bu donish va zumrai ilmu zehnu biynish ko’prakdur», «Chun taxti anga muvaffaq bo’ldi, alar hasaddin ittifoq qilib, Erajni o’lturdilar», «Barcha sadot va mashoyix va ulamo va fuqaroning mahbubi qulubi erdi», «O’z namozin maqbul taxayyul qilg’an jamoat namozi qabuliyatin ham takafful qilg’an» singari gaplarga ko’z yugurtirish bu fikrning to’g’ri ekanligini tasdiqlaydi. Tabiiyki, oradan 500-600 yil o’tgandan keyingi o’zbek tili gap qurilishi va ularda ishtirok etayotgan leksik-grammatik birliklarda boshqacha manzarani kuzatamiz.

Sintaksis nazariyasi asoschilari tomonidan asosiy sintaktik birliklar – so’z birikmasi va gap o’rtasidagi grammatik farq yetarli ko’rsatib berilgan. Ammo nutqiy jarayon shunday keng qamrovli va murakkabki, ayrim holatlarda ular bir-biriga teng kelib qolishi mumkinligini ko’rsatadi. Qiyoslaymiz: oppoq tong, oydin kecha, kech kuz so’z birlikmalari. Gap: Qaysi yil edi, yodimda yo’q. Kech kuz. Daraxtlar barglarini deyarli to’kib bo’lgan. Ko’rinadiki kech kuz bir holatda so’z birikmasi, ikkinchi holatda gap. Qaysi holatni me’yoriy buzilish deb baholash mumkin? Qanday belgilariga ko’ra ularning birini so’z birikmasi, ikkinchisini gap deb ataymiz? Albatta, bu masalani ana shu grammatik birliklar shakllanayotgan nutqiy qurshov hal qiladi.

Til tizimidagi sintaktik me’yorlarni belgilashda gap qurilishining nazariy asoslariga tayanib ish ko’rish va bunda har bir tilning o’z grammatik tabiatini hisobga olish to’g’ri bo’ladi.

Gap qurilishida turli grammatik vositalar yordamida shakllanadigan grammatik munosabatlar, hokim-tobelik xususiyati mavjud ekan, me’yoriylikni belgilashda ham ana shu mazmuniy va shakliy munosabatlar e’tiborga olinishi shart. Tildagi ega-kesimlik, birikmalardagi so’zlararo moslik va muvofiqliklardan har qanday chekinish ham me’yorning buzilishi deb qaralishi lozim.

To’g’ri, til faqatgina aloqa va xabar vositasigina emas, u tas’ir o’tkazish quroli hamdir. Ana shu vazifani amalga oshirish yo’lida, masalan poetik matnda, ayrim grammatik qoidalardan chekinishga yo’l qo’yilishi tabiiy. Shuning uchun bu chekinishlarga vazifaviy uslublar nuqtai nazaridan baho berilsa, ulardagi me’yor masalasi ham o’z-o’zidan hal bo’ladi.

O’zbek tili uslblarining vazifaviy chegaralanishida sintaktik me’yorlarning ham o’z o’rni bor, albatta. Chunki har bir vazifaviy uslubning muttasil amalda bo’lib turishi tabiiy ravishda ularning nutqiy me’yorini belgilab qo’yadi va uning tilda yashovchanligi ham ana shu me’yor asosida mustahkamlanib boraveradi hamda bu me’yor uni boshqa uslublardan farqlashga imkon beradi.

Shu o’rinda vazifaviy uslublarning umumiy va xususiy tomonlari borasida so’z yuritishiga zarurat seziladi. Bu masalaga A.I.Yefimov bir qadar aniqlik kiritib,

60

Page 61:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

adabiy tilning barcha uslublari uchun tilning dastavval grammatik qurilishi va umumiste’moldagi umumiy so’zlar sanalishini ta’kidlagan edi (Ye f i m o v A.I. Stilistika xudojestvennoy rechi. – M.,1961, s.66.). Uning barcha vazifaviy uslublar uchun grammatik qurilishning umumiy ekanligi haqidagi fikri nazariy jihatdan to’g’ri ekanligini ta’kidlagan holda, bu qarashning ham nisbiy ekanligini, umumiylik har bir vazifaviy uslubda juz’iy tarzda yuz berishini aytib o’tish ham lozimdir. Chunki, o’z-o’zidan ayonki, aytaylik, so’zlashuv va ilmiy uslubda shakllangan matnlarni bir-biriga taqqoslashdan aynan ana shu grammatik qurilishda ham farqlar yaqqol sezilib turishi ma’lum bo’ladi.

M.N.Kojina ham vazifaviy uslublarning barchasi uchun umumiy bo’lgan belgilar – to’g’rilik, aniqlik, ta’sirchanlik, mantiqiylikni ko’rsatib o’tadi va ularning har birining qaysi vazifaviy uslubga ko’proq xos ekanligini va ularning aks etish me’yorini belgilab berishga harakat qiladi. Masalan, aniqlik ilmiy va rasmiy uslubga xos xususiyat, ammo u badiiy obraz yaratish uchun ham zarur, deb hisoblaydi va mantiqiylik badiiy nutqda obraz, obrazli fikrning izchil tuzilishi bo’lsa, ilmiy nutqda u fikrlar ifodasining qat’iy tartibi bilan farq qiladi, degan xulosaga keladi (K o j i n a M.N. Stilistika russkogo yazыka. – M., 1983, s.80.). Mana shu farqlarning esa har bir vazifaviy uslubga oid matnlarning grammatik qurilishida reallashuvi o’z-o’zidan ayon bo’lib qoladi.

Har bir vazifaviy uslubning sintaktik o’ziga xosligi uni boshqa uslublar bilan qiyoslaganda ochiladi. Masalan, og’zaki nutq me’yorini olib ko’raylik. Odatda suhbatdoshlar nutqqa tayyor bo’lishmaydi, uni kutilmagan tarzda ijro etishadi. Masalan: Xolmat. Yo’q….axir, bu, qo’ying – ey. Po’latov. Xolmat ota … Xolmat ota (K. Yashin), Maktabni necha bilan bitirib eding? Ay, ko’rsavod-ye! Dotasiya, bu… xo’-o’sh…muttahamlarcha yashash … yo’q, davlat qaramog’ida yashash…, yo’q, qarz bo’lib yashash demakdir, ha! (T. Murod). Bu uslub doirasida shakllangan gaplar qanchalik uzuq-yuluq, bir – biriga bog’lanmagan bo’lmasin, nutqiy vaziyat, suhbatdoshlarning o’zaro munosabati bu gaplarni tushunishga ko’maklashadi, so’zlarni yoki gaplarni vaziyat bir-biriga bog’laydi (Bu haqda qo’shimcha ma’lumot olish uchun qarang: O’rinboyev B., O’rinboyeva D. Hozirgi o’zbek adabiy tilining so’zlashuv uslubi. – Toshkent, 1991). Ba’zan og’zaki nutq matni asl holatida qog’ozga tushirilsa, u o’quvchi uchun umuman tushunarli bo’lmasligi mumkin. Chunki, bunday paytda og’zaki so’zlashuv jarayonidagi imtiyozlar – nutqiy vaziyat, so’zlovchining harakatlari, eng muhimi, ohangning ishtirok etishiga imkon bo’lmaydi. Shunday holatni ham so’zlashuv uslubi gap qurilishi uchun me’yor deb tushunishimiz lozim bo’ladi.

Ilmiy uslubni ham olib ko’raylik. Bu uslub o’zining sintaktik xususiyatlariga va me’yorning bir qadar turg’unligiga ko’ra boshqa vazifaviy uslublardan farq qiladi. Bu narsa ilmiy matndagi fikrning tugalligi, to’liqligi, mantiqiy izchilligida, bir tarkibli va qo’shma gaplarning faolligida, fikrni va gaplarni o’zaro bog’lovchi maxsus vositalarning ishlatilishida, o’zbek tili gap qurilishining odatdagi tartibiga rioya qilinishida ko’rinadi (Bu haqda yana qarang: Mu k a r r a m o v M. Hozirgi o’zbek adabiy tilining ilmiy uslubi. – Toshkent, 1984, 111-151-betlar). Misol: «Yozma manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi YII- YI asrlarda O’zbekiston hududida sug’diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget

61

Page 62:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi ko’plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud So’g’da («Avesto»da), Sug’uda (Behistun yozuvlarida ), Arrian, Strabon, Kursiy Ruf asarlarida Sug’diyona deb nomlangan. Bu hududda yashovchi aholi sug’diylar deb atalgan» (O’zbekiston tarixi, 6 - sinf).

Biz odatda to’g’rilikni, ya’ni grammatik qurilishning to’g’ri bo’lishini nutqning eng asosiy xususiyatlaridan biri sifatida e’tirof etayapmiz. Ammo yuqorida keltirilgan misollardan shu narsa ham ma’lum bo’ladiki, mazmun va shakl munosabatidagi birlamchilik va ikkilamchilik qoidasidan bu holatda ham chetga chiqib bo’lmaydi.

Nutqiy ifoda jarayonida fikriy mukammallik, maqsadga muvofiqlik asosiy muddao sanalar ekan, barcha grammatik vositalar va qurilmalar ana shu vazifaga xizmat qilishi lozim bo’ladi.

Yuqorida aytilganlardan shu narsa ma’lum bo’ladiki, sintaktik me’yor doirasida tildan foydalanuvchilar uchun to’g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, maqsadga muvofiqlik va ta’sirchanlik kabi nutqiy lingvostilistik omillar doirasida amal qilishi zarur bo’lgan jihatlar anchagina. Bu o’rinda ularning ayrimlari sanab o’tildi, xolos. Ammo o’zbek tili grammatikasi qoidalarini, ularni amalda qo’llashni boshqa kurslarda ham o’rganish davomida talabalar ana shu aytib o’tilgan masalalarga e’tiborni kuchaytirsalar, sintaktik me’yor muammolarini tushunish yanada osonlashadi.

62

Page 63:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

7-ma’ruza: U s l u b i y m ye ‘ yo r

R ye j a: 1. Uslubiy me’yor tushunchasi.2. Adabiy me’yor va uslub.3. Uslubiy mezonlar.4. Uslubiy me’yorlarning erkinligi.5. Nutqiy oppozisiyalar.6. Uslubiy me’yor va til uslublari.7. Uslublardagi me’yoriy va nome’yoriy vositalar.

Tayanch so’z va iboralar :Vazifaviy uslubilar : so’zlashuv, ilmiy, rasmiy, publisistik, badiiy uslublar va

me’yor. Nutqning shakllanishida sharoit, mavzu, ijtimoiy muhit, dunyoqarash, tilni bilish darajasi. Uslubiy mezon.

Uslubiy me’yor to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish ham filolog talabalar uchun muhimdir. Ammo bu me’yorning nozik tomonlarini tushunib olish adabiy til me’yori tizimidagi boshqa xususiy me’yorlarni anglashga nisbatan bir qadar og’ir kechadi. Buning sababini E.Begmatov shunday izohlagan edi : «Ma’lumki til sohalariga ko’ra normalar o’z materiali, ya’ni o’z til birliklariga egadir. Masalan, fonetik normalar – fonema, grafik normalar – grafema, morfologik normalar – morfema, leksik normalar – so’z (leksema), sintaktik normalar – so’z birikmasi, gap; so’z yasash normalari – yangi so’z va so’z formalari singari. Uslubiy normalarda ham mana shu kabi material, birikmalar bormi? Birinchi qarashda har bir uslub o’z mustaqil vositalariga egadek tuyuladi. Aslida esa bunday vositalarning yo’qligini ko’ramiz» (B ye g m a t o v B. va boshq. Adabiy norma va nutq madaniyati. – Toshkent, 1983, 78-79-betlar).

Demak, o’zbek tili sohalaridagi me’yorni namoyon etuvchi til vositalarining uslubiy me’yor doirasida yaqqol ko’zga tashlanib turmasligi uni alohida me’yor sifatida tushunishimiz va fahmlashimizni qiyinlashtiradi. Lekin bu mushkullikdan qat’iy nazar uslubiy me’yor to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishimiz uchun uni adabiy til me’yorlari qatorida hisoblay olamizmi, u umumiy me’yor sirasidagi xususiy me’yorlarning bir ko’rinishi hisoblanadimi, agar hisoblansa, bu xususiy me’yorlar orasidagi mavqyei qanday va uning o’zbek nutqi madaniyatining takomillashib boruvida xizmati nimadan iborat bo’ladi, degan savollarga javob topishimiz lozim bo’ladi.

Xo’sh, uslubiy me’yorning o’zi nima va uni qanday tushunishimiz kerak? Ma’lum bir nutqiy vaziyatda, u og’zaki va yozma bo’lishidan qat’iy nazar, so’zlovchi va yozuvchining o’z niyati va muddaosidan, nutq mavzusi va mazmunidan kelib chiqib, til birliklarini qo’llash, tanlab ishlatish imkoniyati uslubiyatni yuzaga keltiradi. Bu birliklarni tanlab ishlatishga bo’lgan so’zlovchi yoki yozuvchining individual ehtiyoji ularning o’z uslubini, agar kengroq doirada

63

Page 64:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

olib qaraladigan bo’lsa, ana shu elementlarni ijtimoiy hayotning ma’lum sohalarida qo’llash bu sohalarda tobora xoslana boradigan vazifaviy chegaralanganliklarni, binobarin, funksional – vazifaviy uslublarni keltirib chiqaradi. Yuqoridagi savollarga javob berib bo’lganimizdan so’ng masalaning ana shu jihatiga kengroq to’xtalamiz.

Angladikki, tildagi har bir vosita uslubning shakllanishi uchun material bo’la olishi mumkin. Boshqacha aytganda, nutqiy jarayonda har bir til birligi uslubiy vosita bo’la oladi. Ularning me’yoriy darajasini esa, xuddi boshqa til me’yorlarida bo’lgani singari, nutqiy jarayon va vaziyat belgilaydi.

Aytilganlarni uslubiy me’yorni anglashdagi birinchi bosqich deyish mumkin. Qisqa xulosa shu bo’ladiki, uslubiy me’yor deganda tildagi birliklarning har bir nutqiy mavzu va vaziyatga mos tarzda qo’llanilishi tushuniladi.

Navbatdagi bosqichda uni adabiy tilning umumiy me’yori doirasida xususiy me’yorlardan biri sifatida qarash-qaramaslik masalasiga aniqlik kiritilishi zarur bo’ladi. «Tilshunoslikda uslub tushunchasini nutq oldiga qo’yiluvchi mezon deb bilishdan ko’ra, uni tilning o’ziga, til normasiga tegishli hodisa deb baholash, shunga ko’ra uslubni ham xuddi konkret normalar kabi real normalarga tenglashtirish ustun turadi. Uslub bilan bog’liq real normalar uslubiy normalar deb yuritiladi. Uslubiy normalar keltirilgan ma’noda tilning fonetik, morfologik, talaffuz, orfografik, sintaktik normalari bilan bir qatorda qayd etiladi» (B ye g m a t o v E. va boshq. Yuqoridagi asar, 78-bet).

Olimning o’z mulohazalarini qanchalik ehtiyotkorlik bilan bildirayotganidan qat’iy nazar uslubiy me’yorni ham yuqorida sanab o’tilgan adabiy til me’yorlari qatorida hisoblashga asoslar bor. Faqat uning nutq jarayonidagina reallashuvini e’tibordan chetda qoldirmasak bas. Aslini olganda, yuqorida til me’yorlari sifatida e’tirof etilayotgan fonetik, talaffuz, orfografik, leksik yoki grammatik me’yorlarning qaysi biri nutqdan tashqarida shakllanadi? Savol shu tarzda qo’yilgandagina masalani tushunish birmuncha oydinlashadi.

Uslubiy me’yorning boshqa xususiy me’yorlar bilan umumiy, ayni paytda, farqli tomonlarini anglash ham muhim. Masalan, har bir til birligi, aytaylik, biron bir morfologik birlik ham morfologik, ham uslubiy me’yor uchun obyekt bo’lsa, ularni bir-biridan qanday farqlash mumkin? Masala shu tarzda qo’yilganda morfologik me’yoriy holatlarni aniqlashga qaraganda uslubiy me’yorlarni aniqlash anchagina mushkul ekanligi ma’lum bo’lib qoladi. Buning ustiga, qay holatda morfologik me’yor buzilganu, qay paytda uslubiy me’yor buzilayotganligini payqash ham oson kechmaydi. Qiyoslaymiz : ukamni kitobi, kitobni o’qimoq. Birinchi misolda morfologik me’yorning buzilganligi ko’rinib turibdi. Nutqda –ning va –ni kelishik qo’shimchalarining farqlanmasdan ishlatilishi oqibatida bu buzilish sodir bo’lmoqda. Farqlanmaslikning oqibati mana bu misolda yana ham aniq bilinadi: (Uni) ukamni uyida ko’rdim. (Uni) ukamning uyida ko’rdim. Ukamni (o’z) uyida ko’rdim. Ma’lum bo’layaptiki, morfologik me’yorning buzilishi ikkinchi navbatda uslubiy me’yorning buzilishiga, ya’ni fikrning noaniq ifoda etilishiga olib kelmoqda. Talab esa boshqacha. Nutqda kimni ko’rganlik aniq ifoda etilgan bo’lishi kerak : ukaning o’zinimi yoki uning uyida boshqa birovnimi?

64

Page 65:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Endi so’z qo’llash me’yoriga ham diqqat qilib ko’raylik. Zavqiyda shunday misralar bor : Yuzingni ko’rsatib avval o’zingga bandalar qilding misolidagi yuz so’zini uning sinonimlari bilan almashtirib ko’ramiz: J a- m o l i n g ko’rsatib avval…, R u x s o r i n g ko’rsatib avval… Yana: T u r q i n g n i ko’rsatib avval o’zingga bandalar qilding, B a sh a r a n g ko’rsatib avval… va hokazo. Garchi bir sinonimik qatorda joylashgan so’zlar misrada o’rni almashtirilib qo’llanilayotgan va bu so’zlarning leksik ma’no darajasi teng bo’lsa ham, ularning uslubiy qiymatini bir xil deb aytish mutlaqo mumkin emas. Hatto keyingi almashtirishlar tufayli ifodada mantiqsizlik ro’y bermoqda, uslubiy me’yor qo’pol ravishda buzilmoqda.

Tahlildan shu narsa ma’lum bo’ladiki, adabiy til doirasidagi har bir me’yoriy buzilish nutqiy ifoda va mazmunga, binobarin, uslub va til madaniyatiga ham salbiy ta’sir o’tkazmasdan qolmaydi.

Aytilganlardan, uslubiy me’yor adabiy tilning boshqa xususiy me’yorlari bilan bir xil ekan-da, degan xulosa aslo kelib chiqmaydi. Nutqda boshqa me’yorlar buzilmasa ham uslubiy me’yorning buzilishini kuzatish mumkin : It - odamning do’sti. Odamning do’sti – it. Gaplarda so’zlarning o’rni va vazifasi almashgan bo’lsa ham, grammatik me’yor buzilgan emas. Ammo so’zlarning o’rni almashtirilishi bilan gapning mazmuni butunlay o’zgarib ketdi, binobarin uslubiy me’yor buzildi. Agar birinchi gapdan itning insonga vafodorligi, sadoqatli ekanligi anglashilayotgan bo’lsa, ikkinchi gapdan teskari ma’no tushuniladi. Mazmun o’zgarib ketib, umuman odam itga tenglashtiriladi.

Ko’rinadiki, adabiy tilning boshqa me’yorlari bilan uslubiy me’yor chambarchas aloqadorlikda, ayni paytda, ularning har biri o’zining alohida xususiyatlariga ham ega. Bu narsa uslubiy me’yorni o’zbek adabiy tili umumiy me’yorining alohida – xususiy ko’rinishi sifatida qarashimizga asos bo’la oladi.

Uslubiy me’yorni adabiy til umumiy me’yorining bir ko’rinishi ekanligini e’tirof etish bilan birgalikda uning boshqa xususiy me’yorlar bilan teng mavqyeda emasligini ham aytib o’tish lozim bo’ladi. Chunki uslubiy me’yorlar tilda belgilangan barcha xususiy me’yorlarning vazifaviy uslublarda matn talabi va manfaatidan kelib chiqib yashash shakli hisoblanadi. Shuning uchun ham me’yor tahliliga oid adabiyotlarda uni har bir vazifaviy uslub doirasidagi fonetik, leksik-semantik va grammatik hodisalardagi me’yorlar va ularning matn uslubiga ta’siridan izlash kerak, degan fikrlar bayon qilinadi.

Ko’rinadiki, uslubiy me’yorni boshqa me’yorlardan farqli o’laroq, til me’yori deb atashdan ko’ra, nutq me’yori deb atash maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki uslubiy me’yorlarni matndan tashqaridagi biron bir holatda aniqlash mushkul ekanligi tahlillardan ayon bo’lib qolaveradi. Shuning uchun ham E.Begmatov uslubiy me’yorlarda adabiy me’yorga mos bo’lmagan holatlarning mavjudligini hisobga olib, uni «adabiy normaning til sohalariga ko’ra belgilanuvchi normalari bilan bir qatorda turishi mumkin emas»ligini ta’kidlaydi. «Uslubiy norma, - deydi u, - bu – adabiy norma, dialektal norma, sodda so’zlashuv normasi kabi ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin» (B ye g m a t o v E. va boshq. Yuqoridagi asar, 78-bet).

65

Page 66:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Demak, me’yor haqida gap ketgan paytda, avvalambor, adabiy til qonun-qoidalariga rioya qilishni anglar ekanmiz, adabiy tilning amalda bo’lish jabhasi keng ekanligini ham unutmasligimiz kerak. Ana shu keng jabhani vazifaviy uslublar ma’nosida bilsak, uslub va me’yor munosabatlarini tushunishimiz ham osonlashadi. Binobarin, uslubiy me’yorlar haqida gap ketganda ularning vazifaviy uslublarda namoyon bo’lishi asosiy diqqat markazida turishi zarur.

Tildagi vazifaviy uslublarni dastlab nutq shakllariga – yozma va og’zaki nutq shakllariga bo’lish bu uslublarning faoliyat doirasi va qo’llanish ko’lamini aniqroq tasavvur qilishimizga ko’maklashadi. Bundan tashqari, qaysi uslubda bo’lmasin, nutqning yozma yoki og’zaki shaklda ifoda etilishi ma’lum ma’noda har bir uslubdagi me’yorlarning ham o’ziga xos ko’rinishlarda yuzaga kelishiga turtki bo’lishi mumkin. Masalan, birgina badiiy matnning janr ko’rinishlari sifatida roman yoki xalq dostonlarini olib qaraylik. Katta bir syujetga ega bo’lgan, yirik hajmdagi asarni maydonga keltirish uchun yozuvchi oylab, hatto yillab o’ylaydi, har bitta til birligini o’z joyiga qo’yish, ayni muddaosiga xizmat qildirish uchun bosh qotiradi. Binobarin, tildan foydalanishda aksariyat holda adabiy til me’yorining buzilishiga yo’l qo’yilmaydi. Mobodo qo’yilganda ham bunda ma’lum bir badiiy-estetik maqsad ko’zda tutilgan yoki badiiy asarning yuzaga kelish talablariga itoat qilingan bo’ladi.

Og’zaki ijod namunasi bo’lgan dostonlar matnining shakllanishida esa boshqacha bir holatni kuzatamiz. Keyingi paytlarda o’zbek xalq og’zaki ijodiga tegishli bo’lgan dostonlarning barchasi yozma matn holiga keltirilgan bo’lsa ham, boringki dostonchi – baxshi uni yodlab olib, doston mazmunini yozma matn asosida hikoya qilayotgan bo’lsa ham, unda matnni ijodiy o’zlashtirish va bayon qilish erkinligi bor. Tabiiyki, bunday holatda adabiy me’yorning buzilishiga sharoit yaratiladi. Badiiy uslub doirasidagi o’tirib, o’ylab yozilgan she’r bilan badiha tarzda aytilgan she’rni taqqoslashimiz ham bu fikrni isbotlaydi. Badiha she’rlar janr sifatida mavjud bo’lsa-da, nihoyatda kam uchrashining sabablaridan biri ham aslida adabiiy me’yorni buzib qo’yishdan qochishga intilish bo’lishi mumkin.

Bundan tashqari biron-bir ilmiy materialning yozma bayonini u qanday bo’lsa, shundayligicha o’qib berish bilan bu matnning mazmunini og’zaki bayon qilish holatlarini ham taqqoslaylik. Yoki bo’lmasin televideniye eshittirishlaridagi, ayniqsa «Axborot» dasturidagi jurnalistlarning ma’lum bir voqyea-hodisa, yangiliklar to’g’risida xabar berish jarayonidagi avval o’zi kamera qarshisida turib erkin gapirishi va kadr orqasida turib, avvaldan tayyorlab qo’yilgan matnni o’qib berishi o’rtasida, garchi bu nutqning har ikkalasi bir muallifniki bo’lsa-da, bir-birlaridan aynan me’yorga munosabatda farqlanishini kuzatamiz.

Aytilganlar shundan dalolat beradiki, me’yorni vazifaviy uslublar doirasida o’rganish jarayonida ularning yozma va og’zaki shakllarini e’tibordan qochirib bo’lmaydi. Me’yoriy buzilishlar asosan vazifaviy uslub materiallarining og’zaki ifodasida ko’proq kuzatiladi. Bu esa, o’z navbatida yozma nutqqa nisbatan og’zaki nutqning o’zbek tilida talablar darajasida takomillashmaganidan dalolat beradi.

Uslubiy me’yorlar chegarasini belgilashda mana bunday mulohazalarga ham duch kelamiz : «uslub – bu umumiy normaning individual tatbiqidir» (B ye g m a t o v E. va boshq. Adabiy norma va nutq madaniyati, 83-bet) Bu fikrni ikki xil

66

Page 67:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

ma’noda tushunishimiz mumkin. Birinchidan, til vositalarining har bir vazifaviy uslub doirasida qo’llanilishidan kelib chiqib belgilanadigan me’yor bo’lsa, ikkinchidan, har bir individ (shaxs)ning tildan foydalanishdagi me’yori.

Ma’lumki, odamning shaxs, inson sifatida shakllanishida qator omillar bilan birgalikda tildan foydalanishdagi o’ziga xosligi ham hisobga olinadi. Chunki ona tilidan foydalanish mahorati uning ko’pgina fazilatlarini o’zida mujassam qiladi. Garchi ma’lum tildan foydalanuvchilar uchun bu tilning adabiy me’yorlaridan foydalanish talab qilinsa-da, o’zi tarbiyalangan ijtimoiy muhitning ta’sirida unda tabiiy ravishda o’z me’yorlari ham shakllanadi. Xuddi tabiatda bir narsa ikkinchisiga aynan o’xshash bo’lmagani singari bir kishining nutqi ikkinchi bir kishinikiga aynan o’xshashi yoki ularning adabiy til me’yorlariga bir xilda rioya qilishi amalda qiyin bo’ladi. Shunga qaramasdan, umumadabiy til madaniyatiga bo’lgan intilish bu me’yorlarga amal qilishni taqozo etadi. Har bir inson yoki millat madaniyatining tobora yuksala borishi uning bu borada ham mukammallashib borishiga olib keladi.

Masalaning ikkinchi tomoni esa har bir millat hayotida ijtimoiy munosabatlarning, faoliyat sohalarining shakllana va kengaya borishi, binobarin, bu yo’nalishlarda tildan foydalanishning o’ziga xos usullari shakllanishi, buning natijasida til elementlarning ana shu sohalar va yo’nalishlararo taqsimlanishi bilan bog’liq bo’ladi. Oqibatda ularda tildan foydalanishda o’ziga xos uslublar vujudga keladi. Jamiyat taraqqiy eta borgani sari bu uslublarning miqdori, undagi chegaralanishlar tilning barcha sathlari bo’yicha tobora oydinlashib boraveradi.

Turmush sharoitiga, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy taraqqiyot darajasiga ko’ra, tilning qanchalik rivojlanganligi va undan foydalanish madaniyatiga qarab turli tillarda vazifaviy uslublar miqdori turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, tadqiqotchilar tomonidan ularning soni adigey tillarida uchta deb ko’rsatilsa (K o k o v D.N. Z.Yu.Kumaxova, M.A.Kumaxov. Funksionalnaya stilistika adыgeyskix yazыkov. Resenziya // Voprosы yazыkoznaniya, 1981, № 3, s.148), ozarbayjon tilida oltitagacha ekanligi aytiladi (Azerbajchan bedii dilini? uslubijjatы.Ocherklar. – Bakы, 1970, 16-17-betlar).

Hozirgi o’zbek adabiy tili vazifaviy uslublari miqdori va tasnifi haqida ham turlicha qarashlar mavjud. A. Sulaymonovning «Til stillari haqida» nomli maqolasi ana shu masalaga oydinlik kiritish yo’lidagi dastlabki urinishlardan biridir. Muallifning «Stilistikaning vazifasi u yoki bu stilda yoki nutq formasida, ya’ni og’zaki va yozma nutqda, qanday til hodisalari ko’proq qo’llanishini aniqlashdan iboratdir» (S u l a y m o n o v A. Til stillari haqida // Sovet maktabi, 1964, №6, 21-23-betlar) degan gaplaridan tushunish mumkinki, u til yoki nutq stillarini yozma va og’zaki – so’zlashuv uslublariga ajratgan. Ђ. Abdurahmonov tasnifida ham ana shu fikr yetakchi o’rinda turadi: «Ma’lumki, nutq ikki xil (yozma va og’zaki) nutqdan iborat.

Yozma nutq: 1) badiiy nutq, 2) ilmiy nutq, 3) publisistik nutq, 4) rasmiy nutq, 5) neytral nutqdan iboratdir (Bu nutq turlari ayrim adabiyotlarda stilistik qatlamlar sifatida talqin qilinadi).

Og’zaki nutq esa turli ijtimoiy qatlamlarning nutqlaridan, turli sheva nutqlaridan tashkil topadi.

67

Page 68:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Nutq stili bo’lsa quyidagi qatlamlardan iborat bo’ladi: 1) neytral stil, 2) tantanali stil, 3) intim stil, 4) yumoristik stil va satirik stil, 5) rasmiy stil.

Nutqda (xoh yozma, xoh og’zaki bo’lsin) bu stil qatlamlari aralashib keladi, nutq janriga ko’ra biror stilistik qatlam yetakchi, asos bo’ladi» (A b d u r a h m o n o v Ђ. Stilistik normalar haqida // O’zbek tili va adabiyoti, 1969, № 6, 51-bet).

I. Qo’chqortoyev bu masalaga ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshadi: «O’zbek adabiy tilining stilistik ixtisoslashuvi, uning funksional uslublari ilmda ham qat’iy chegaralab berilgan emas. – deydi u. – Shuning uchun bu masala yuzasidan hozircha aniq, izchil bir fikr aytish qiyin, albatta. Lekin o’zbek adbiy tili doirasida badiiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy uslublarning o’ziga xos xususiyatlari, ularni bir-biridan farqlaydigan belgilar ma’lum darajada aniq sezilib turadi» (Q o’ ch q o r t o ye v I. Adabiy tilning stilistik tabaqalanishi va nutq madaniyati // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent, 1973, 110-bet).

Vazifaviy uslublar tasnifi masalasiga oid fikrlar S. Muhamedov tomonidan ham aytilgan (M u h a m ye d o v S. O’zbek tili funksional stillarini belgilash to’g’risida // O’zbek tili va aabiyoti, 1983, № 4, 58-bet).

B.O’rinboyev ham «Funksional uslubiyat va uning mohiyati» asarida ushbu masalaga to’xtaladi: «Hozirgi o’zbek tilidagi uslublar quyidagilardan iborat deb hisoblaymiz:

I.Til uslublari.1.Kitobiy uslub; 2. So’zlashuv uslubi.II. Nutq uslublari.1.Asosiy kommunikativ uslub. Bu uslubga o’z navbatida: a) so’zlashuv nutqi

uslubi; b) ilmiy nutq uslubi; v) gazeta – publisistik uslubi; g) rasmiy – ish nutqi uslubi kiradi» (O’ r i n b o ye v B. Funksional uslubiyat va uning mohiyati. - Toshkent: Fan, 1992, 32-33-bet).

N.A. Baskakovning quyidagi mulohazalari turkiy tillarda uning yana boshqa turlari mavjud bo’lganligidan dalolat beradi: «Turkiyning har bir mahalliy varianti stilistik sistemalari, birinchidan, ham prozaik, ham poetik janr tiplari va ko’rinishlarining ulkan rivoji va murakkablashishi bilan, ikkinchidan, barcha funksional uslublarning; 1. ilmiy – publisistik, (tarixiy) jug’rofiy, filologik xarakterdagi prozaik va poetik traktatlar, tabiiy va aniq fanlar bo’yicha prozaik hamda poetik asarlar va boshqalar; 2) badiiy (prozaik va ulkan darajadagi poetik asarlarning ko’plab poemalar, dostonlar, g’azallar, muxammaslar, soqiynomalar, qit’alar, ruboiylar, tuyuqlar kabi har xil turlari va xillari); 3) xizmatga doir (farmonlar, tarxon yorliqlari, nomalar, turlicha diplomatik hamda huquqiy hujjatlar va boshqalar); 4) diniy uslub (vaqf hujjatlar, diniy falsafiy va huquqiy asarlar, tafsirlar, imomlarning diniy murojaatlari kabi) larning ko’plab poetik va prozaik janr ko’rinishlari shakllanishi bilan xarakterlanadi.

Funksional uslublarning bu barcha tiplari va ko’rinishlari o’rta va yangi davr yozma va og’zaki turkiy tillarda sezilarli darajada ko’pchilik turkiy xalqlar uchun rasmiy din bo’lgan islom ta’sirida, u orqali esa o’sha davrda amalda bo’lgan qoidalar – adabiy yozma, qisman og’zaki, arab va fors tillari ta’sirida shakllandi» (B a s k a k o v N.A. Strukturnыye i funksionalnыye stilisticheskiye modifikasii v sovremennыx tyurkskix yazыkax // Razvitiye stilisticheskix sistem literaturnыx

68

Page 69:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

yazыkov narodov SSSR. – Ashxabad, 1968, s.57). Ko’rinadiki, o’zbek tilidagi vazifaviy uslublarga doir qarashlar umumlashtiriladigan bo’lsa, uslublar dastlab og’zaki va yozma shakllarga, ularni yana o’z navbatida ilmiy, rasmiy, ommabop, badiiy, diniy va so’zlashuv kabi ko’rinishlarga ajratish haqida qarashlar mavjud. Hozircha ulardan beshtasi – ilmiy, rasmiy, ommabop, badiiy, so’zlashuv uslublari va ularning me’yoriy xususiyatlari, til materiali sifatidagi hamda nutq jarayonidgi o’ziga xosliklari o’zbek tilshunosligida monografik yo’nalishda o’rganilgan (O’ r i n b o ye v B. O’zbek so’zlashuv nutqi masalalari. DD. – Toshkent, 1974; M u k a r r a m o v M. Hozirgi o’zbek adabiy tilining ilmiy uslubi semantik-funksional aspektda. DD. – Toshkent, 1985; K a r i m o v S.A. O’zbek tilining badiiy uslubi. DD. – Toshkent, 1994; B o b o x o n o v a D.A. Hozirgi o’zbek adabiy tilining rasmiy-ish uslubi, ND. – Toshkent, 1978; Q u r b o n o v T.I. Hozirgi o’zbek adabiy tilining publisistik uslubi. ND – Toshkent, 1987). Ammo diniy uslub o’zbek tilida haqiqatdan mavjudmi, agar mavjud bo’lsa, uning lingvostilistik xususiyatlari nimalardan iborat, degan masala hozircha o’rganilgan emas.

Mavjud materiallar asosida har bir uslubning me’yoriy xususiyatlari to’g’risida qisqacha ma’lumot berish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda biz R. Qo’ng’urov, S. Karimov, T. Qurbonovlarning «O’zbek tilining funksional stillari» kitobidan ham foydalanamiz (Q o’ n g’ u r o v R.Q., K a r i m o v S.A., Q u r b o n o v T.I. O’zbek tilining funksional stillari. – Samarqand, 1984).

Rasmiy uslub hozirgi o’zbek tilining davlat-ma’muriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo’ladigan ko’rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas barcha rasmiy ish qog’ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning og’zaki va yozma ko’rinishlari, binobarin, ushbu ko’rinishlarning o’z me’yorlari mavjud.

Jumladan, aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab o’rinlarga yo’l qo’yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi kerak: O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat beradigan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.(O’zR Konstitusiyasi, 7 - modda).

Qolip. Fikr – mulohaza, bayon asosan bir qolipda ifodalanadi. Solishtiramiz: O’zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan marhum adabiyot va san’at namoyandalarini mukofotlash to’g’risida.

Betakror iste’dodi va o’lmas ijodiy merosi bilan o’zbek milliy madaniyatining rivojiga beqiyos hissa qo’shgan, butun hayotini el-yurt taraqqiyoti, xalqimiz ma’naviyatining yuksalishiga baxsh etgan vatandoshlarimizning xotirasini yod etib, ularni Vatan oldidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib, quyidagi marhum adib va san’atkorlar «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlansin. (O’zR Prezidentining 2001 yil 22 avgust Farmoni).

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e’lon qilinganligining o’n yilligi munosabati bilan amnistiya to’g’risida.

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e’lon qilinganligining o’n yilligi munosabati bilan insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, O’zbekiston Respublikasi

69

Page 70:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Konstitusiyasi 93-moddasining 20-bandiga asosan qaror qilaman (O’zR Prezidentining 2001 yil 22 avgust Farmoni).

Shu tarzda ariza, qaror, bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining o’ziga xos bayon etish qolipi bo’ladi. Ayni paytda ularning har birining alohida so’z va turg’un birikmalari ham mavjud bo’ladi. Masalan, huquqiy hujjatlar matniga ko’z yugurtirsak, ularda boshqa vazifaviy uslublarda deyarli uchramaydigan atamalarga duch kelamiz: ma’muriy javobgarlik, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jabrlanuvchi bilan yarashuv va boshqalar.

Ish qog’ozlari va hujjatlarning xilma-xilligiga qarab ularga oid atamalarning me’yorlashuvi va chegaralanuvi ham kuzatiladi. Qiyos uchun diplomatik munosabatlar doirasidagi so’z va iboralarga ko’z yugurtiraylik : ahdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, muxtor elchi, muxtor vakil, ishonchli vakil, nota, ratifikasiya, shartnoma, bayonot, qo’shma bayonot, deklarasiya, tashrif, qarorgoh kabilar.

Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so’zlashuvga xos so’zlar, emosional- ekspressiv bo’yoqqa ega bo’lgan so’zlarning ishlatilishi me’yor sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi.

Rasmiy uslubning grammatik me’yori ham alohida xususiyatlarga ega. Masalan, ot so’z turkumiga oid so’zlar ko’p ishlatiladi. Noaniqliklarga yo’l qo’yilmaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi: O’zbekiston Respublikasi o’z taraqqiyot yo’lini, o’z nomini aniqlaydi, o’z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog’i, madhiyasini ta’sis etadi, o’z davlat tilini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir (1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» gi Qonunning 16 - moddasidan).

Bu uslubda fe’lning harakat nomi shakli faol qo’llaniladi, gapning kesimi ko’pincha hozirgi zamonning majhul nisbatida ifodalanadi, hujjatning xarakteriga qarab shart mayli shakliga tez-tez murojaat etiladi. Masalan, «O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari» haqidagi 78 – moddasida o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, qabul qilish, belgilash, tasdiqlash, tartibga solish, o’zgartirish, joriy qilish, komissiyasini tuzish, saylov kunini tayinlash, saylash, ozod etish, ratifikasiya qilish, ta’sis etish, amalga oshirish singari fe’lli birikmalar ishlatilgan. Ushbu hujjatda amalga oshiriladi, asos bo’ladi, tashkil etadi, belgilanadi, asoslanadi, hisoblanadi, himoya qilinadi, amalga oshiradi, tan olinadi, ish ko’radi, ado etadi, kafolatlanadi, taqiqlanadi singari fe’llarning faol ishlatilishi ham yuqoridagi fikrning tasdig’idir. Yana : O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ma’ruzasidagi konseptual qoidalar va xulosalar ma’qullansin hamda ular Oliy Majlisning kelgusi faoliyatida inobatga olinsin. Ma’ruzaning … dasturiy xulosalari prokuratura, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, sudlar faoliyati uchun asos qilib olinsin. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga … mustaqillik va demokratiya qo’lga kiritgan yutuqlarni himoya qilish, ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi hamda totuvligini ta’minlash ishlarini kuchaytirish t a

70

Page 71:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

v s i ya e t i l s i n. (O’zR Prezidenti I. A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy majlisining oltinchi sessiyasidagi ma’ruzasi yuzasidan O’zR Oliy majlisining 2001 yil 29 avgust qaroridan).

Shu o’rinda rasmiy uslubda yozilgan matnlar uchun barcha morfologik vositalar va kategoriyalarning qo’llanilishi bir xil darajada emasligini ta’kidlash ham maqsadga muvofiq. Masalan, sonlar va olmoshlar bu uslubda boshqa so’z turkumlariga qaraganda ikkinchi darajali omil hisoblanadi.

Rasmiy uslubning sintaktik alomatlari ham matnda darhol ko’zga tashlanadi. Unda darak gaplar, uning ayniqsa qo’shma gap shakli ko’p ishlatiladi. Yoyiq va murakkab so’z birikmalari mahsuldor hisoblanadi, murakkab tipdagi nomlar keng qo’llaniladi. Gap tuzilishida o’zbek tilidagi odatdagi me’yorga amal qilinadi va yuqorida sanalgan jihatlari bilan ilmiy uslubga o’xshab ketadi.

Ilmiy uslub ilmiy asarlar uslubidir. Til birliklarining fan sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi mazkur uslubning shakllanishiga asos bo’ladi. Ilmiy tafakkur fikrlashning o’ziga xos usuli ekanligi, obyektiv borliqni idrok etishda faqatgina dalil va faktlarga tayanish, fikriy izchilik kabi ekstralingvistik omillar ham nutqning ush- bu turining shakllanishida, binobarin, nutqiy me’yorning o’ziga xos turining yuzaga kelishida muhim omil sanaladi.

Yuqorida bu kabi xususiyatlarning mushtarakligi bilan rasmiy uslubga yaqinligi aytib o’tilgan edi.

Ilmiy uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik, o’quv qo’llanmasi, o’quv-metodik qo’llanma, dastur, ma’ruza matnlari, taqriz va referat singarilar uning ana shu janr ko’rinishlari hisoblanadi. Garchi ularning har birining bayon usuli va uslubi ma’lum darajada bir-birlaridan farq qilsa-da, til birliklaridan foydalanish me’yoriga ko’ra umumiylikni tashkil etadi.

Ilmiy uslubga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: 1. Aniqlik. Har qanday ilmiy bayon, xulosa, shubhasiz, aniqlikni talab qiladi.

Shuning uchun bu uslubda so’zlarni aniq, asosan bir ma’noda qo’llash, sinonimik qatordagi variantlardan masalaning mohiyatini birmuncha aniq ifoda etadigan variantini tanlash, hyech bo’lmaganda neytral variantini qo’llash taqozo etiladi. Terminlarni qo’llash bu uslubning asosiy xususiyati sanaladi: Ximiyaviy tarkibiga ko’ra gerbidsidlar anorganik va organik gerbidsidlarga bo’linadi. Anorganik gerbidsidlar: natriy arsenit, ammoniy sulfat, kalsiy sianamid, sulfat kislota va boshqalar. Organik gerbidsidlar: traktor kerosini, mochevina hosilalari, xlorfenoksisirka kislota, xlorfenoksimoy kislota va boshqalar. Hozirgi vaqtda ko’proq organik birikmali va ba’zan anorganik birikmali gerbisidlar qo’llaniladi (Dehqonchilik, 134).

2. Obyektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til materiali fikrning haqqoniyligi, obyektivligiga xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi (M u k a r r a m o v M. Hozirgi o’zbek adabiy tilining ilmiy stili. – Toshkent, 1984, 17-bet). Lekin «Mantiq» darsligidan bir misol keltiramiz: «Epimenid «Men yolg’on gapiraman» deb aytdi. Bu paradoksni mutlaqo hal etib bo’lmaydi. Aytaylik, Epimenid rost gapirdi, bu holda uning haqiqatda yolg’on gapirgani aniq bo’ladi. Aytaylik, u yolg’on gapirdi. Bu holda uning haqiqatda ham rost gapirgani ma’lum bo’ladi» (X a y r u l l a ye v M., H a q b ye r d i ye v M. Mantiq. – Toshkent, 1993, 282 –bet).

71

Page 72:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Ma’lum bo’ladiki, haqqoniylik, obyektivlik nihoyatda murakkab jarayon bo’lib, uning reallashuvida faqatgina til birliklariga tayanib ish ko’rish qiyin. Uni vaziyat, suhbatdoshlarning bir-birlarini bilishi va tushunishi kabi ekstralingvistik omillar ham belgilashi mumkin.

3. Mantiqiy izchillik ilmiy bayon uslubining o’ziga xos xususiyatini tashkil etadi. Matnda so’zlar, gaplar, abzaslar o’zaro mantiqiy bog’langan bo’lishi lozim. Shuning uchun ham ilmiy matnlar bu izchillikni yuzaga keltiruvchi ma’lumki, ma’lum bo’ladiki, ta’kidlash lozimki, ta’kidlash o’rinliki, darhaqiqat, binobarin, shunday ekan, birinchidan, ikkinchidan, ko’rinadiki, ta’kidlash joizki, xulosa qilib aytganda, xulosa qilganimizda, birgina misol, faqat bugina emas singari ko’plab bog’lovchi vazifasini bajaradigan so’z va birikmalar qo’llaniladi.

4. Qisqalik. Bu xususiyat aynan ilmiy bayonga xos xususiyatdir. Shuning uchun unda tilning tasviriy imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmaydi. Gaplar darak mazmunida bo’lib, asosan sodda yoyiq holda bo’ladi. Agar fikr qo’shma gaplar yordamida ifodalansa, bog’lovchilarning faol ishlatilishi kuzatiladi: Ђalla ekinlari urug’larini saqlashga ancha chidamli hisoblanadi. Qishloq xo’jaligini sifatli urug’ bilan ta’minlashda uni saqlash muhim tadbirdir. Ekiladigan g’alla urug’lari uchun davlat standarti belgilangan (Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi).

Ilmiy uslub fonetik jihatdan boshqa uslublardan farqlanib turuvchi yorqin belgilarga ega emas. Leksikasida esa farq qiluvchi jihat sohaviy atamalarning ko’pligi hisoblanadi. Bu uslubda ham, xuddi rasmiy uslubda bo’lgani kabi, so’zlarni ko’chma ma’nolarda qo’llash, tasviriy vositalardan unumli foydalanish xos xususiyat sanalmaydi. Subyektiv emosionallik, obrazlilik, og’zaki nutq elementlari, umuman g’ayri adabiy unsurlar kam ishlatiladi. Mumkin qadar bayon bir xil me’yorda ifoda etiladi. Shu bilan birga, ayrim holatlarda fikr yuritilayotgan manba, mavzu bilan uyg’un ravishda ba’zan bu uslubda ham obrazli ifodalardan foydalanish istisno emas. Masalan: Differensial tenglamalarning xususiy hosilalari fizikaga ch o’ r i b o’ l i b ishga kirdi, keyin u ch o’ r i d a n b ye k a g a a y l a n i b k ye t d i (R.Bekjonov).

Muallif individualligining kam sezilarli bo’lishi ham ilmiy uslubning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir.

Ilmiy uslubning morfologik xususiyatlari to’g’risida M.Mukarramovning «Hozirgi o’zbek adabiy tilining ilmiy stili» monografiyasida quyidagi fikrlar bayon qilingan:

Ilmiy uslubda faqat adabiy tilda me’yor sifatida e’tirof etilgan grammatik ko’rsatkichlardan foydalaniladi. So’z turkumlaridan ot faol, ayniqsa takror qo’llanadi. Subyektiv baho shakllari xos emas. –lar ko’plikdan boshqa semantik-uslubiy ma’nolarni ifodalamasa-da, atama hosil qilishda ishtirok etadi. Umumiy egalik ustun turadi, I-II shaxs qo’shimchalari ishlatilmaydi, III shaxs shakli faol. Undov va taqlid so’zlar ham bu uslubga xos emas. Yuklamalarning esa imkoniyati chegaralangan.

Ilmiy nutq uchun deyiladi, aytiladi, yoritiladi, bayon qilinadi, aniqlanadi, tekshiriladi, foydalaniladi, ta’riflanadi singari xoslangan fe’llar mavjud. Fe’lning majhul daraja shakli ham bu uslub uchun xos. Ammo hozirgi-kelasi zamon

72

Page 73:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

shaklidan tashqari xarakterli zamon ko’rsatkichi yo’q. Kishilik olmoshlari kam qo’llaniladi. Bu gap faqat muallif va men ma’nolarida qo’llaniladigan hamda kamtarlik ma’nosini ifodalaydigan biz olmoshiga tegishli emas.

M.Mukarramov ushbu monografiyasida «Adabiy tilning konkret ko’rinishlari bo’lgan so’zlashuv, badiiy, publisistik, rasmiy-hujjat va ilmiy nutqlarning real mavjudligini tan olsak, u vaqtda har bir nutq turining o’z modal ma’no ifodalovchi so’zlarini ham tan olishimizga to’g’ri keladi» (M u k a r r a m o v M. Hozirgi o’zbek adabiy tilining ilmiy stili, 108-bet) degan mulohazani aytib, demak, xullas, darhaqiqat, haqiqatan, shubhasiz, albatta, darvoqye, masalan, jumladan, ayniqsa, xususan, aksincha, afsuski singari modal so’zlar va modal ma’no anglatuvchi boshqa birliklar tahlil qilingan.

Shu singari ilmiy uslubning ammo, lekin singari o’z bog’lovchilari, bilan, uchun, kabi, singari, haqida, to’g’risida, tufayli, sababli, doir, oid, binoan, tashqari, qaraganda, asosan, muvofiq, qadar singari ko’makchilari borligini ham qayd qilish to’g’ri bo’ladi.

Ilmiy uslubda bayon etilayotgan matnning sintaktik qurilishi fikriy tugallikka, mantiqiy izchillikka xizmat qiladi hamda bayonning tabiatidan kelib chiqib, bir tarkibli gaplarning shaxssiz, shaxsi umumlashgan turlari faol. Undov, atov gaplar qo’llanilmaydi, nutq monologik xarakterda bo’ladi. Rasmiy uslubdagiga o’xshab gap tuzilishining odatdagi tartibi qo’llaniladi. Qo’shma gap faol ishlatiladi. Darak gap asosiy mavqyeni egallaydi, so’roq va buyruq gaplar deyarli qo’llanilmaydi.

Ommabop uslub o’zbek tilshunosligida T.Qurbonov tomonidan monografik yo’nalishda o’rganilgan (Q u r b o n o v T.I. Hozirgi o’zbek adabiy tilining publisistik stili. ND. -Toshkent, 1987).

Til taraqqiyotida muhim omil sanaladigan publisistika o’z navbatida tilning imkoniyatlaridan ham keng foydalanadi.

Ommabop uslub imkoniyatlarining kengligini lingvistik va ekstralingvistik omillarning mustahkam aloqadorligida kuzatamiz. Publisistik janrda yozilgan asarlarning mohiyatan hozirjavobligi, ularning axborot hamda targ’ibot-tashviqot xarakterda bo’lishi va ommani dunyo yoki mamlakatimiz miqyosida sodir bo’layotgan voqyea-hodisalardan zudlik bilan xabardor qilish natijasida yuzaga keladigan novatorlik unda tabiiy ravishda yangi ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning qo’llanilishi va tilimizda me’yorlashishiga sabab bo’ladi. Boshqacha aytganda, ommabop uslub tilning yangi so’z va iboralar hisobiga boyib borishiga ko’maklashadi.

Ommabop uslub ma’lum ma’noda oraliq uslub sanaladi. Bu uslubda shakllangan matnlar obrazliligi, ta’sirchanligi, tasviriy vositalarning mahsuldor qo’llanilishi bilan badiiy uslubga yaqinlashsa, dialektizmlar, istorizmlar, argo va jargonlar qo’llanilmasligi bilan undan uzoqlashadi. Ifodaning aniqligi va publsistik janrlarga xoslangan hamda ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning qo’llanilishi bilan ilmiy uslubga o’xshaydi. Ayni paytda ifodadagi qisqalik, lo’ndalik, ixchamlik, yorqinlik kabi xislatlar ham uni ilmiy uslub bilan yonma-yon qo’yadi.

Radio va televideniyedagi ayrim chiqishlar bu uslubdagi matnda so’zlashuv uslubi elementlari ham ba’zan aralashib ketishi mumkinligini ko’rsatadi.

73

Page 74:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Ma’lumki, publisistika badiiy, siyosiy, ilmiy jabhalarni qamrab oluvchi yirik soha hisoblanib, ommaviy axborot vositalari sanaladigan radio va televideniyeda, gazeta va jurnallar sahifalarida aks etadigan yangilik, xabar, reportaj, tahlilnoma, bosh maqola, maqola, ocherk, felyeton, pamflet, e’lon, reklama singari qator janrlarni qamrab oladi. Ana shu qamrov doirasining kengligi o’z navbatida til birliklarining har bir janrda alohida tarzda me’yorlashuvini taqozo etadi. Bu o’rinda esa me’yorlashishning umumiy jihatlari xususida so’z yuritish imkoniyati mavjud.

T.Qurbonovning kuzatishicha, sifatdosh oborotlar, fe’llarning shart mayli shakllarining almashinib ishlatilishi, ritorik so’roq, ritorik murojaat, undov, bir bosh bo’lakli gaplarning faolligi bu uslubga xos xususiyatlar sanaladi (Q o’ n g’ u r o v R., K a r i m o v S., Q u r b o n o v T. O’zbek tilining funksional stillari.- Samarqand, 1984, 35- bet). Eng muhimi, ijtimoiy-siyosiy atamalar ko’p qo’llaniladi. Hatto umumiste’moldagi so’zlar ham ommabop uslubda yozilgan matnda atamaga aylanishi mumkin: ovoz, ochiq ovoz, yopiq ovoz, hal qiluvchi ovoz, maslahat ovozi, qarshi ovoz, ovozga qo’ymoq , ovoz bermoq, Osiyo ovozi singari.

Ijtimoiy- siyosiy atamalar asosan –chi, -parast, -parvar, -xona,-nomaqo’shimchalari yordamida yasaladi. Misollar: terrorchi, qo’poruvchi, aqidaparast, millatparvar, devonxona, bojxona, hissador, tadbirkor kabi.

Shu o’rinda mazkur uslubda so’z yasalish imkoniyatining boshqa vazifaviy uslublarga nisbatan mahsuldor ekanligini ta’kidlash o’rinli bo’ladi.

Turli metaforik turg’un birikmalar - davr talabi, do’stona suhbat, yuqori hosil uchun kurash, yaratuvchilik ishlari, dunyo hamjamiyati, mustaqil mamlakatlar hamdo’stligi, mustaqillikni mustahkamlash singarilarni faol qo’llash ham ommabop uslub tabiatiga mosdir.

So’roq gaplarning faol ishlatilishi, ularning murojaat va dialog shaklda bo’lishi, bunda savol beruvchi ham, javob beruvchi ham muallifning o’zi bo’lishi (Ђurur nima o’zi? Rangi qanaqa? U hammada birday bo’ladimi yoki aksinchami? Menimcha, g’ururli odam mamlakat miqiyosida amalga oshirilayotgan har qanday muvaffaqiyatni o’ziga tegishli deb biladi va undan quvonadi. Xalq so’zi, 2001 yil 20 sentyabr), uyushiq bo’lakli gaplarga ko’proq murojaat qilinishi (Chunki o’qituvchi zoti mashaqqatli mehnati, hayotiy tajribasi, beqiyos mehri bilan yosh avlodga faqat ilm-fan sirlarini o’rgatib qolmay, uning yuragida Vatanga muhabbat, ajdodlar ruhiga hurmat, el-yurtga sadoqat kabi yuksak tuyg’ularni kamol toptirishda ibrat va namuna bo’ladi. I.Karimov. O’zbekiston o’qituvchilariga va murabbiylariga tabrik. Xalq so’zi, 2001 yil 29 sentyabr), undovlarning, kirish bo’laklar va kirish gaplarning (Vaholanki, ular o’z mutaxassisligi bo’yicha qayerga joylashishni bilmay yurishgandi. Albatta, bu bilan muammo bartaraf etildi, deb aytish noto’g’ri bo’lar edi. Ishonch, 2001 yil 22 sentyabr), shaxsi umumlashgan gaplarning keng qo’llanishi bilan ajralib turadi.

Ommabop uslubning badiiy uslub bilan mushtarak tomonlari, ayniqsa, uning leksikasi va frazeologiyasida seziladi.

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, yangilikni yoritishga bo’lgan intilish ommabop uslubning asosiy xususiyati sanalib, bu xususiyat tilning yangi so’z va

74

Page 75:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

iboralar bilan boyib borishiga sabab bo’ladi. T.Qurbonov bu uslubda so’z yasalishning ikki ko’rinishi – morfologik va kompozision usulining mahsuldor ekanligini ta’kidlaydi hamda bunda -chi, -shunos, -parast, -xona, -dosh, -lik, -cha birliklarining ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.

Badiiy uslub o’zbek tili vazifaviy uslublari orasida o’ziga xos mavqyega ega bo’lib, ayni paytda o’zining alohida ma’yorlariga ham ega. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo’lgan barcha lingvistik birliklarning, shu bilan birga, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo’lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga – badiiy-estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati hisoblanadi. Tabiiyki, bunday imkoniyatlar boshqa vazifaviy uslublarda chegaralangan.

Til vositalarini qo’llashdagi ana shu keng qamrovlilik bo’lishi bilan birga bu uslub doirasida ularni qo’llashning ma’lum me’yorlari ham amal qiladiki, fonetik, grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlar tarzida ko’zga tashlanadigan ana shu me’yorlar uni boshqa vazifaviy uslublardan chegaralash imkonini beradi.

Badiiy adabiyot tilidagi fonetik o’zgarishlar asosan matnda tovushlarning qisqargan va orttirilgan (S o’ r m a mendan, kim diloro / Do’stmi yo janona deb. E.Vohidov; Ne balolig’ kun edikim. O sh i n o bo’ldim sango. Alisher Navoiy; Sh a b b o d a men seni ko’rmayman, / Qo’limga tutmayman. Zulfiya), ona tilimizning tarixiy taraqqiyot va she’riyat qoidalariga mos tarzda «z» ning «y» ga ( S o’ y l a quyosh nimalar bo’lgan, / Sen chiqqanda birinchi marta. H.Olimjon), «q»ning «g’»ga (Quyosh orqasidan –behisob ch i r o g’ / Nuriga kiradi mamlakat shu ch o g’. Zulfiya) o’tgan ko’rinishlarda me’yorlashgan.

Shuningdek, badiiy uslubda, xususan poetik nutqda hozirgi adabiy orfografik me’yor talablariga muvofiq kelmaydigan qaro, yamon, yaro, oshno, talosh singari so’zlar ham ishlatilaveradi.

O’zbek tili grammatik, xususan morfologik uslubshunosligining nazariy masalalarini, ayniqsa so’z turkumlaridan ot va unga bog’liq kategoriyalar uslubini o’rganishga bag’ishlangan yirik tadqiqotlar R.Qo’ng’urov qalamiga mansub (Qarang: O’zbek tili stilistikasidan ocherklar.- Samarqand,1975; Grammatik stilistika// O’zbek filologiyasi. – Samarqand, 1976; Stilistika imeni suщyestvitelnogo v uzbekskom yazыke. – Tashkent, 1983; Subyektiv baho formalarining semantik va stilistik xususiyatlari. – Toshkent,1980; Semantiko-stilisticheskiye osoben nosti formoobrazuyuщix morfem imeni suщyestvitelnogo v uzbekskom yazыke: Avtoref.dis. …d-ra filol nauk. – Baku,1982; O’zbek tili stilistikasi (hammualliflikda). – Toshkent,1983 kabilar).

O’zbek tili so’z turkumlarining grammatik shakllari turli adabiy, tarixiy hamda dialektal variantlarga ega bo’lib, ular hozirgi adabiy til me’yori nuqtai nazaridan bir tomondan qo’llanish chastotasiga ko’ra faol yoki aksincha bo’lsa, ikkinchi tomondan ularda vazifaviy-uslubiy chegaralinish ham sezilib turadi. Bu xususiyatlar so’z yasovchi hamda ko’plik, egalik, kelishik, daraja, shaxs-son, zamon, mayl, nisbat kabi ma’nolarni ifoda etuvchi affikslarning nutqdagi ishtirokida, yordamchi so’zlarning turlicha ko’rinishlari va variantlarida namoyon bo’ladi. Ularning ma’lum qismida badiiy uslubga xoslanganlik mavjud.

75

Page 76:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Masalan, -lar kesim tarkibida kelgan paytda hurmat (Dadam k ye l d i l a r), kinoya, piching (Mulla Eshmat, k ye l s i n l a r ) kabi ma’nolar so’zlashuv uslubiga xos bo’lsa, ta’kid, kuchaytirish, mubolag’a singari ma’nolar badiiy uslubda ko’proq ishlatiladi (Shu k o’ z l a r yulduzday abadiy kulsin, Bahor y o’ l l a r i n g g a to’shasin chechak. Zulfiya). Bu kabi holatlar ilmiy va rasmiy uslublarda ko’zga tashlanmaydi.

Bundan tashqari bu uslublarda grammatik shakllarning adabiy-me’yoriy variantlari qo’llanilsa, aksincha, badiiy uslubda bu grammatik shakllarning barcha ko’rinishlari – lahja va tarixiy variantlari ham asarning mavzu talabi bilan qo’llanilaveradi.

Uslubiy xoslanish kelishik qo’shimchalari variantlarining tanlanishida ayniqsa seziladi. Masalan, qaratqich kelishigining –(i)m (Axir hayajonlar o’zligim m a n i m , / Mayli qalbingga ham ko’chsin hayajon. K.Bahromova), -n (Qanday ko’rkam qizlar a v l o d i n /Xassos didi va shoir dili. Zulfiya), -ing ( Shavqimning shuhrasi boshing uza zar tora fido, / K o’ n g l u m i n g mahzani gul orazi gulnora fido. Joniy) tarzida qo’llanishi, qaratqich-qaralmish inversiyasi (Yarqirar ming bir bahor ko’rki kamolingda sening, /Oftobning aksi bor o’tlug’ jamolingda sening. J.Jabborov), grammatik ko’rsatkichlarsiz kelishi (Qarshingda turibdi u m r i m bir kuni, / Mening uvoq she’rim mening dilporam. J.Kamol); tushum kelishigining –(i)n (Uchirsang-da ko’kka yurak k u l i n , / Achchig’lanmam senga nozli quyosh. Fitrat) va belgisiz shakli (Ulug’ Hoqon, sendan so’rov shu erdi. / Elga sabr, bardoshdan bo’lak n a r s a ber. H. Xudoyberdiyeva); jo’nalish kelishigining – a (Tog’larning yuzi qora. Na ko’kat bor, na lola. Ul taajjub etardi. Kunduzdagi a h v o l a… H. Olimjon), - na (Soya tushsa nogahon bu jismi betob u s t i n a. Navoiy), -qa (Hajri ashkim yetkurur har dam q u yo sh q a bir hayot. Navoiy), -g’a (Yo ilohi, emdi qilg’aysan bu bandangga nazar. Jandami, bir do’sh etib, kirdim y o’ l u n g g’ a darbadar. Mashrab) hamda belgisiz holatda bo’lishi ( M a k t a b bordik - og’ir bo’lib qoldik daf’atan. A.Oripov); chiqish kelishigining –din tarzida ishlatilishi (Vatan s ye v m a k d i n ortiq Menga olamda shior bo’lmas. E.Vohidov), o’rin kelishigi qo’llanganda u bilan egalik qo’shimchasi o’rtasida bitta «n» tovushining orttirilishi (Surxoningda anor guli kahrabodur, Yoboningda bodomlaring talx g’izodur, Qovun-tarvuz q u r s o g’ i n d a selitrodur, Kimlar seni bemor etdi, Tabiatingni xor etdi. O.Hojiyeva) shu uslubga xos xususiyatlar sanaladi.

Sifat va son turkumlari doirasida qaraladigan grammatik birliklarning ko’pchiligi barcha vazifaviy uslublarda ishlatilishi bilan xarakterlansa-da, ularda ham uslubiy farqlanishlarni, stilistik ottenkalarni payqash qiyin bo’lmaydi (Bu haqda yana qarang: Q o’ n g’ u r o v R. Sifat stilistikasi // O’zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati masalalari. - Samarqand, 1982, 3-10 betlar; Sh u m u a l l i f. Olmosh stilistikasiga oid ayrim mulohazalar// O’zbek tili stilistikasidan kuzatishlar. –Samarqand, 1981, 4-21-betlar). Masalan, sifatdagi –lik qo’shimchasining –liq, -lig’, -luq, -lug’ kabi shakllari (Shohigul ermas bu o’ t l u g’ yuzlaring hijronida. E.Vohidov) ajralib turadi; charog’on, shodon, za’faron kabi so’zlar tarkibidagi –on; chirkin, otashin kabi so’zlardagi –in affikslarida

76

Page 77:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

badiiy uslubga xos chegaralanganlik seziladi (So’ng bu iflos zafardan Ular shodon yurdilar. Olamda mard yo’q ekan. Bizlar mardmiz dedilar. O.Matjon).

Olmoshlarning uslubiy chegaralanishlari badiiy adabiyotda sezilarli o’rin tutadi. Kishilik olmoshlarini olaylik. Men, biz, sen, siz, ular singari olmoshlarning biri o’rnida ikkinchisi, ya’ni men o’rnida biz (-Ma, ich, amir, -dedi va kuldi. –Bilib qo’y, b i z d a y amirul-mo’min qo’lidan yolg’iz sen may ichursen. O.Yoqubov), men o’rnida sen (..Bilmaydikim… yo’q, to’xta Muhammad Tarag’ay! Nechun s ye n shahzodadan ranjiysen. O.Yoqubov), siz o’rnida sen (Izn ayla! Ona. Darig’ tutma lutfingni, Avval shuki, s ye n g a qalqon bo’la olmagan Bizni - noshud farzandlarni afu etgaysen. E.Samandar) qo’llanishi bu uslub uchun me’yor sanaladi.

Fe’lda badiiy uslubga xos belgilar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: Emoq-ermoq (Kecha ustod chaqirtirgan e r k a n. O.Yoqubov), kan-kin ( B o’ l g a n m i k i n yer uzra bir ko’z Ko’rmak uchun seni osmonda. H.Olimjon), -gin/-gil/-g’il ( Q o’ y g i l u kunlarni eslatma menga. A.Oripov; Lekin hazar q i l m a g’ i l. O.Yoqubov), -sin/-sun (Jonlar sening yuzginangdan a y l a n s u n. Fitrat) kabilar.

Uslub talabi bilan o’zaro o’rin almashishlarni mayl va nisbat kategoriyalari misolida ham kuzatamiz. Masalan, shart mayli - aniqlik mayli: Terimchi chevarlar etaklab qoplab Tog’day xirmonlarga keltirib t o’ k s a, Men behad sevaman (Zulfiya). Yoki aksincha: Men hayot e k a n m a n, hayotsan sen ham (Zulfiya). Buyruq mayli - shart mayli: Boysunqur mirzo z o’ r a v o n l i k q i l s i n ! Men mo’minlarcha bosh egib elchi yuboray! (O.Yoqubov), buyruq-istak mayli – aniqlik mayli (Qayga b o r s i n taqdirdan qochib? (Zulfiya).

Mayl shakllarining bu tarzda qo’llanilishi ilmiy va rasmiy uslublarda chegaralangan. Ularda fe’llar asosan aniqlik mayli shaklida bo’ladi.

Badiiy uslubda fe’lning barcha nisbat shakllari ishlatiladi. Ammo aniq nisbatdagi fe’llar birmuncha faol. Ilmiy nutqda esa, aksincha, fe’llar asosan majhul nisbatda qo’llaniladi.

Badiiy asar bayonida zamon shakllarining barchasi ishtirok etadi. Lekin odatda badiiy asarlarda bo’lib o’tgan voqyealarning hikoya qilinishi tufayli unda fe’lning o’tgan zamon shakllari mahsuldor hisoblanadi. Shu bilan birga, tasvirdagi keng ko’lamlilik muallif tilida hozirgi va kelasi zamon shakllarining ishlatilishini ham taqozo qiladi (S a d ы k o v a M. Stilistika glagola v sovremennom uzbekskom literaturnom yazыke: Avtoref. dis…. d-ra filol.nauk. - Tashkent, 1991, s.34). Kelasi zamon - o’tgan zamon: Qish chillasi avjida. Izg’irinli yellar esadi. Qo’l oyoqlariga kishan solingan, kiyimlari yirtiq mahbuslar Samarqandning Registon maydonida sovuqdan qaltirab shahar qozisining hukmini tinglaydilar (P.Qodirov).

She’riy nutqda esa, asosan fe’lning o’tgan va kelasi zamon shakllaridan foydalanish mahsuldor.

Yordamchi so’zlar ham tilimizdagi boshqa birliklar singari nutq jarayonida o’zining uslubiy imkoniyatlarini namoyon qila oladigan to’laqonli til birliklaridir. Ularning ana shu keng uslubiy imkoniyatlarini biz, eng avvalo, vazifaviy chegaralanishlarda payqaymiz.

77

Page 78:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Badiiy uslubga xoslari quyidagilar: Ko’makchilarni olaylik. Bilan ko’makchisining birla, birlan, ila, -la; uchun ko’makchisining –chun; kabi ko’makchisining misol, misoli, misli; ora ko’makchisining aro, shuningdek yanglig’, uzra, ichra ko’makchilari badiiy matn uchun xos.

Lekin va agar bog’lovchilarining qisqargan shakli lek va gar hamda vale, yoinki, holonki bog’lovchilari haqida ham shu gaplarni aytish mumkin: Yor istig’nosidan o’lmasmanu, kuydim va l ye k – Lobarim oldida nazmim bu qadar behol uchun (E.Vohidov); G a r gunoh orttirsang o’zingga og’ir, Vijdon azobida qovrilsang bot-bot (A.Oripov), Men xud ul tifli parivashg’a ko’ngul berdim, v a l ye. Xonumonim nogahon buzilmag’ay boshdin yana (Bobur), …hammani olib boradimi yo i n k i xohlagan borib, xohlamagan qolaberadimi? (O’zbek tili grammatikasi), H o l o n k i men sizni xondan ham yuqori qo’ygan edim (A.Qodiriy) kabilar.

Yuklamalarda uslubiy chegaralanish aniq bilinib turmaydi. Faqat yuklamasining o’rni bilan sinonimi bo’lib keladigan yolg’iz so’zidagina badiiy uslubga xoslik ko’rinadi: Nechun hamma darichalar qorong’i, yo l g’ i z uning darichasi yorug’ (O.Yoqubov).

Sintaksisda til birliklarini mazmunga mos ravishda turli kombinasiyalarda qo’llash mumkinligi ularning uslubiy imkoniyatlari ham naqadar kengligidan dalolat beradi. Ta’kidlash o’rinliki, prozaik asarlar sintaksisi hozirgi o’zbek adabiy tilining sintaktik me’yorlarini o’zida aks ettiradi. Buni ayniqsa gap bo’laklarining nutqda joylashuvida kuzatamiz. Ammo poetik nutq sintaksisi boshqacha. She’riy nutqning asosiy belgilaridan biri bo’lgan inversiya tufayli matnda ko’plab sintaktik qurilishlar majmui vujudga keladi.

Ekspressiv-emosionallikni vujudga keltiruvchi vosita sifatida inversiya so’zlashuv va badiiy uslubga tegishlidir.

So’roq gaplarning ritorik turi, undov gaplar, his-hayajon gaplar ham so’zlashuv va badiiy uslubga xos. Bu uslubdagi gap qurilishi ham ma’lum darajada farqlanadi. Masalan, rasmiy va ilmiy uslublarda ko’proq qo’shma gaplar, ularning bog’langan va bog’lovchisiz turlari, so’zlashuv uslubida sodda gaplar, ayniqsa ularning to’liqsiz shakli ishlatilishi xos bo’lsa, ommabop va badiiy asarlarda gapning har ikki turi ham aralash holda kelaverishi mumkin. To’liqsiz gaplar dramatik asarlarda, xususan dialogik nutqda mahsuldor qo’llaniladi. Bir bosh bo’lakli gaplarning shaxsi noaniq turi, atov gaplar, so’z-gaplar, kiritma gaplar badiiy matnda ijodkor individual uslubini yuzaga keltiruvchi qulay grammatik vositalar sanaladi (Bu haqda kengroq ma’lumot olish uchun qarang: K a r i m o v S. O’zbek tilining badiiy uslubi.- Samarqand, 1992, 77-96-betlar).

Badiiy uslub leksikasi ham alohida belgilarga ega. «…boshqa funksional stillar uchun xos bo’lgan leksika (masalan, ilmiy va rasmiy ish uslubiga xos bo’lgan terminlar)ning badiiy stilda keng qo’llanilmasligi va faqat badiiy stilda qo’llanuvchi maxsus vositalarning mavjudligi badiiy stilga xoslangan leksikani alohida ajratishga asos bo’ladi», deydi E.Begmatov (B ye g m a t o v E. O’zbek tili leksikologiyasi, 186-b.). Abru, albat, armug’on, bazmaro, balqimoq, bahoriston, boda, bo’ston, gavharafshon, giryon, gulbahor, guliston, gulro’, gulshan, debocha, dilafro’z, dilxona, dolg’a, durafshon, duto, jahonbaxsh, jondosh, jo’shmoq,

78

Page 79:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

jo’shqin, kabk, kuylamoq, libos, lolagun, lo’livash, maygun, mardonavor, mastona, mahvash, mahpora, moviy, moh, mujda kabi xoslangan so’zlar lug’atlarda poetizmlar nomi bilan yuritiladi.

Ma’lumki, yozuvchining til ustida ishlash mehnati, eng avvalo, sinonimik birliklar ustida ishlash mahoratidir. Sinonimik qatordan mos, kerakli birlikni tanlab olish ekspressivlikni, subyektiv bahoni aniq ifoda etishning eng to’g’ri yo’li bo’lganligi tufayli u badiiy adabiyotda zarur lingvistik vosita sanaladi. Buning ustiga tilda sinonimik variantlar borligi uchun uslubiy me’yorni belgilash imkoniyati mavjud. A.Hojiyevning «O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati» (Toshkent, 1974) ana shu sinonimik variantlarni farqlashda amaliy yordam beradi.

Frazeologizmlar mohiyat e’tibori bilan asosan so’zlashuv va badiiy nutq mevasidir. Ulardagi boshqa uslubga xos chegaralanishlar esa ma’lum muddat keyin yuzaga keladi. Masalan, birgina o’lmoq ma’nosini anglatadigan yuzga yaqin frazeologizmlar sinonimik qatorining paydo bo’lishi ularning vazifaviy chegaralanish imkoniyatini tug’diradi. Masalan bu tizimga kiradigan olamdan o’tmoq, dunyodan o’tmoq, omonatini topshirmoq, qulog’i ostida qolmoq, jon bermoq shakllari so’zlashuv uslubida ishlatilsa, vafot etmoq, hayotdan ko’z yummoq, dunyodan ko’z yummoq, hayot bilan vidolashmoq kabilar ilmiy, ommabop va rasmiy uslublarda uchraydi. Alloh rahmatiga yo’l tutmoq, shahodat sharobini ichmoq, dorilfanodan dorilbaqoga rixlat qilmoq singarilar esa badiiy matnga tegishlidir.

Agar badiiy adabiyotda, xususan she’riyatda ishlatilib kelinayotgan eskirgan so’zlarni bu uslubning muhim lisoniy alomatlaridan deb hisoblash mumkin bo’lsa, dialektizmlarning ishlatilishi adabiy til me’yoriga muvofiq kelmaydi.

Kichik bir xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, badiiy uslubda adabiy til boyliklaridan foydalanibgina qolinmasdan, undagi ko’plab birliklarning tilda me’yorlashuviga, adabiy tilning boyib, rivojlanib borishiga doimiy ravishda ta’sir o’tkazib turadi.

So’zlashuv uslubi kishilarning kundalik rasmiy-norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o’ziga xos tarzda amal qilishidir. Uni ma’lum ma’noda tildagi boshqa uslublarga qarama-qarshi qo’yish mumkin.

Bu uslubning o’ziga xos xususiyati nutq jarayonida til va tildan tashqari omillarning uyg’un bo’lishida ko’rinadi. Ayni paytda, bu holat so’zlashuv uslubidagi me’yoriy holatlarni belgilashni qiyinlashtiradi. Chunki tildan foydalanuvchining shaxsi, buning ustiga, nutqiy vaziyat yagona bir me’yorni tayin etishga imkon bermaydi.

Shunday bo’lsa-da, so’zlashuv uslubining o’ziga xos me’yorlari haqida mulohaza yuritish uchun ham tilimizda dalillar yetarli. Ammo nima bo’lganda ham bu me’yorlarni so’zlashuv uslubi uchun muhim bo’lgan til va tildan tashqari omillarning uyg’unligidan axtarish bizni asl maqsadga yaqinlashtiradi.

Xo’sh, so’zlashuv uslubi qanday o’ziga xosliklarga ega? Birinchidan, nutq elliptik xarakterda bo’ladi. Lekin bunday holatda ham tinglovchiga fikr tushunarli bo’ladi. Chunki u oldin aytilgan fikrning mantiqiy davomi bo’ladi. Masalan, qorami? ko’kmi? shaklida beriladigan savolni ikki xil vazifada olib ko’raylik. Agar biz uni uy bekasi tilidan eshitsak, qora choy damlaymi yoki ko’k choy damlaymi?

79

Page 80:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

degan ma’noda tushunishimiz mumkin. Xuddi shu savolni do’kon sotuvchisi tilidan eshitsak, qora choy olsizmi yoki ko’k choy sotib olmoqchimisiz? ma’nosida tushunishimiz ham mumkin.

Ikkinchidan, so’zlashuv nutqida til birliklari o’zining ekspressivlik imkoniyatlarini keng namoyish qiladi. Masalan, ulguramizmi ? degan savolga yo’q, ulgurmaymiz deyishdan ko’ra vaziyatdan kelib chiqib, ulgurib bo’pmiz, ulgurish qayoqda, ulgurib ham bo’ldik singari javoblar birmuncha tabiiy va ekspressivroq bo’lib chiqadi.

Uchinchidan, bu uslubda ohang - intonsiyaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ohang og’zaki nutqning reallashuvida til birliklaridan keyingi muhim, hal qiluvchi vosita bo’lib, uning nutq tempi, pauza, ton, melodiya, tovush tembri, so’z va gap urg’usi kabi ko’rinishlari ma’noni farqlashda, ottenkalarni ajratib ko’rsatishda, hayajonni kuchaytirishda xizmat qiladi.

So’zlashuv uslubi ham boshqa vazifaviy uslublar kabi fonetik, leksik, grammatik o’ziga xosliklarga ega.

Nutqda tovushlarning uyg’unlashuvi (ketti, ottan, yigichcha), bir tovush o’rnida ikkinchisining talaffuz qilinishi (traktir, zaril, bironta), tovushlarning o’rin almashishi (turpoq, aynalmoq), tovushlarning orttirilishi (o’ramol, fikir, banka), tushirib qoldirilishi (gazet, burni, egni) kabi fonetik hodisalar avvalo so’zlashuv uslubida namoyon bo’ladi.

So’zlashuv uslubi leksikasida ikki qatlam alohida ajralib turadi. Birinchi qatlam – bu kundalik turmush muomalasida faol qo’llaniladigan ijtimoiy hayot va uy-ro’zg’or yumushlari bilan bog’liq so’zlar. Bundan tashqari bu uslubda «…siyosat, san’at, madaniyat, sport va so’zlovchining kasb-hunarga mansub xilma-xil narsa va hodisalarni ifodalovchi umumadabiy leksika ko’plab ishlatiladi» (Sh o m a q s u d o v A. O’zbek tili stilistikasi. –Toshkent: O’qituvchi, 1983, 15-bet).

Ikkinchi qatlam - og’zaki nutqdagi ekspressiv bo’yoqqa ega bo’lgan so’zlar. Ular neytral qiymatdagi so’zlar bilan sinonimik munosabatga kirisha oladi: kichkina (bolagina), yiqildi (quladi), buzoq (ish bilmas, galvars), og’zi ochiq (yig’loqi) kabi.

Bu uslubning burnini ko’tarmoq, ko’zini shira bosmoq, qo’li kaltalik qilmoq singari o’z frazeologizmlari mavjud. Kishi nomlari Abdi, Bek, Zuli, Dili singari qisqartirib ishlatish mumkin. So’zlarning metonimik ko’lami juda keng tarqalgan. Masalan: auditoriya kuldi, kengash bo’ldi, dasturxonga o’tirdi, samovarga chiqdi kabi.

So’zlashuv uslubida nutqiy vaziyatning ahamiyati juda katta. Salom, assalomu alaykum, vaalaykum assalom, xayr, ha, yo’q, albatta, aha, xo’p singari so’zlar nutqda ko’p ishlatiladi.

So’zlashuv nutqi o’zbek tilshunosligid B.O’rinboyev tomonidan anchagina durust ishlangan (O’ r i n b o ye v B. O’zbek tilining so’zlashuv nutqi sintaksisi masalalari. –Toshkent: Fan, 1975; O’ r i n b o ye v B., O’ r i n b o ye v a D. O’zbek tilining so’zlashuv uslubi. – Toshkent, 1991). Bu nutq kitobiy nutqdan bir qadar farq qilib, Asal, asal, barmog’ingni tishlab olasan; Ish, faqat tugmachani bossang bas; Kechaday kecha; Boladay bola kabi.

80

Page 81:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Kitobiy nutq uchun bog’lovchisiz qo’shma gaplar odatda xos emas, og’zaki so’zlashuv nutqi uchun esa, aksincha, xarakterlidir. So’zlashuv nutqidagi sodda gaplar ko’pincha fe’l bilan ifodalangan kesimning yo’qligi bilan xarakterlanadi. Hatto ba’zan shunday holatlar ham bo’ladiki, bunday gaplarga fe’l-kesimni qo’yib ham bo’lmaydi. Masalan, Biz siznikiga. Biz magazinga; Men, odatda ishga avtobusda, ishdan piyoda kabi.

81

Page 82:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

8-ma’ruza: O’zbek tili me’yorlari va lug’atchilik

R ye j a: 1. O’zbek lug’atchiligi haqida ma’lumot.2. Og’zaki va yozma nutq me’yorlari hamda lug’atlar.3. Imlo lug’ati va uning amaliy ahamiyati.4. Og’zaki nutq madaniyati.5. Orfoepik lug’atlar.6. Paronimlar lug’ati va uning ahamiyati.7. Variantlilik. Variantlilikning imlo, izohli va frazeologik lug’atlarda aks

etishi.

Tayanch so’z va iboralar: Lug’at turlari : qomusiy, filologik. Imlo, izohli, frazeologik, sinonim, omonim, antonim, paronim, chappa, konkordans. Lug’atchilik va me’yor. Ahamiyati.

Tilshunoslik fanining alohida sohasi bo’lgan leksikografiya lug’at tuzish yo’llarini o’rgatadi va uning ilmiy asoslari hamda usullarini ishlab chiqadi. Turkiyshunoslikda lug’at tuzish qadimdan boshlangan. XI asrda Mahmud Koshg’ariy tomondan tuzilgan mashhur «Devonu lug’otit turk» lug’atchiligimizning nodir namunasidir. «Men bu kitobni maxsus alifbo (ajam harflari) tartibida hikmatli so’zlar, saj’lar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan parchalar bilan bezadim, - deb yozadi Mahmud Koshg’ariy , - qattiq joylarini yumshatdim, qiyin va qorong’i joylarini yoritdim. So’zlarni o’z joyiga qo’yish, kerakli so’zlarni osonlik bilan topish uchun bu ish ustida bir necha yillar mashaqqat tortdim. Nihoyat, kerakli so’zlarni o’z joyida ko’zlaydigan, qiyinchiliksiz topa oladigan bir holga keltirdim.

Kitobni sakkiz asosiy bo’limga chekladim:1.Hamzalik (alif bilan boshlanadigan so’zlar) bo’limi.2.Solim (tarkibida alif, vov, yoy bo’lmagan so’zlar) bo’limi.3.Muzaf (bir harfi ikki marta takrorlangan so’zlar) bo’limi.4.Misol (boshida yoy bo’lgan so’zlar) bo’limi.5.Uch harfli so’zlar bo’limi.6.To’rt harfli so’zlar bo’limi.7.Ђunnalilar bo’limi.8.Ikki undosh qator kelgan so’zlar bo’limi.Har bir bo’limni otlar (ismlar) va fe’llar tarzida ikki qismga ajratib berdim.

Otlarni oldin, fe’llarni esa otdan keyin o’z sirasiga qarab, boblarga ajratib, o’z o’rnida oldinma-ketin ko’rsatdim. Tushunilishi oson bo’lishi uchun asarda arabcha istilohlar qo’lladim» (M a h m u d K o sh g’ a r i y. Devonu lug’otit turk, 1 tom. –Toshkent, 1960, 44-45-betlar).

82

Page 83:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

7500 ga yaqin so’zni qamrab olgan ushbu lug’at arablar tajribasiga tayanib, turkiyshunoslikda ilk bor lug’at tuzish usullarini belgilab berganligi bilan qimmatlidir. Ana shu an’ananing davom etishi hamda Alisher Navoiy ijodiga bo’lgan qiziqish keyinchalik XV asr va undan keyingi davrlarda Eron, Afg’oniston va Hindistonda o’zbekcha va forscha lug’atlar tuzilishiga sabab bo’ldi. Mas., Toli’ Hiraviyning «Badoyiul-lug’at», Mirzo Mahdiyxonning «Sangloh» asarlari maydonga keldi (O’zbek Sovet Ensiklopediyasi, 6 tom. –Toshkent, 1975, 313-bet). XVI asrda muallifi noma’lum bo’lgan Alisher Navoiy asarlaridan foydalanuvchilar uchun «Abushqa» nomli izohli lug’at tuzildi.

Ta’kidlaganimizdek, ko’p asrlik an’analarni davom ettirib kelayotgan o’zbek lug’atchiligi bugungi kunda katta tajriba to’pladi. O’zbek tilida qomusiy va tarjima lug’atlarining ko’plab turlari mavjud. O’zbek Milliy Ensiklopediyasining I va II tomlari nashr qilindi (Toshkent, 2000). Turli fan sohalari bo’yicha izohli lug’atlar maydonga keldi. Shu o’rinda ayrim lingvistik lug’atlarni sanab o’tish to’g’ri bo’ladi. Olim Usmonning «Qisqacha internasional so’zlar lug’ati» (Toshkent, 1959), R.Qo’ng’urov va A. Tixonovlarning «O’zbek tilining chappa lug’ati» (Samarqand, 1968), A.Hojiyevning «O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati» (Toshkent, 1974), «Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati» (Toshkent, 2002), S.Ibrohimov, E.Begmatov va A.Ahmedovlarning «O’zbek tilining imlo lug’ati» (Toshkent, 1976), A.Ђulomov, A.Tixonov va R.Qo’ng’urovlarning «O’zbek tili morfem lug’ati» (Toshkent, 1977), Sh.Rahmatullayevning «O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati» (Toshkent, 1978), Sh.Rahmatullayev, N. Mamatov va R.Shukurovlarning «O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati» (Toshkent, 1980), A.Hojiyev va L.Reshetovalarning «O’zbek tili grammatik terminlarining qisqacha izohli lug’ati» (Toshkent, 1980), Z.Ma’rupov tahriri ostida nashr qilingan «O’zbek tilining izohli lug’ati, 1 va P tomlar» (Moskva, 1981), M.Asomiddinova, E.Begmatov, A.Boboyeva, S.Ibrohimov, O’.Usmonovalarning «O’zbek adabiy talaffuzi lug’ati» (Toshkent, 1984), H.Berdiyorov va R.Rasulovlarning «O’zbek tilining paremiologik lug’ati» (Toshkent, 1984), Sh.Rahmatullayevning «O’zbek tili omonimlarinig izohli lug’ati» (Toshkent, 1984), A.Hojiyevning «Lingvistik terminlarining izohli lug’ati» (Toshkent, 1985), Sh.Rahmatullayev va M.Qodirovlarning «O’zbek tilining qisqa etimologik lug’ati», (I-IV qismlar.- Toshkent, 1998-1999) kabi lug’atlar shular jumlasidandir.

1993 yil 2 sentyabrda «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida» gi Qonun qabul qilinishi bilan ana shu alifboda yangi lug’atlar maydonga keldi. Masalan, E.D.Panasenko v E.Umarovlarning «O’zbek tilining imlo lug’ati.» (Toshkent, 1998) kabi.

Shubhasiz, o’zbek leksikograf olimlarining juda katta mehnatlari tufayli yuzaga kelgan bu lug’atlarning ijtimoiy va ma’naviy hayotimizda xizmatlari beqiyosdir. Birinchidan, kishilarning yodlash qobiliyati qanchalik kuchli bo’lmasin, tildagi barcha so’z va iboralarning hamda ularning turli-tuman ma’nolarini yodda saqlab qolishning imkoni yo’q. Ana shunday paytlarda lug’atlar insonlarning yaqin hamrohi bo’ladilar. Ikkinchidan esa, lug’atlar so’zlarning

83

Page 84:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

to’g’ri yozish va talaffuz qilinishiga ko’maklashadi, til birliklarining asl va ko’chma ma’nolari, uslubiy imkoniyatlari to’g’risida keng ma’lumot beradi.

Qayd etilgan ikkinchi masalada lug’atchilik adabiy til me’yorlari bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’liqlikni ikki yo’nalishda tushunish to’g’ri bo’ladi. Bir tomondan, lug’atlar yozma va og’zaki adabiy til me’yorlarini belgilashda har bir so’zning yozma va talaffuz shaklini o’zlashtirishda asosiy manba hisoblanadi. Ikkinchi tomondan esa, lug’atlar tuzishda tildan foydalanish jarayonida shakllangan me’yorlar o’lchov sanaladi. Bu me’yoriy holatlar muayyan qonun-qoidalar bilan mustahkamlab qo’yiladi.

Masalan, hozirgi o’zbek adabiy tilining yozuv me’yorlari, avval qayd etib o’tganimizdek, O’zbekiston SSRning 1940 yil 8 mayda qabul qilgan «O’zbek yozuvini lotinlashtirilgan alifbedan rus grafikasi asosidagi yangi o’zbek alifbesiga ko’chirish to’g’risida» gi Qonuni va O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi 1956 yil 4 aprelda tasdiqlangan «O’zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» ga tayanadi. Unda unli va undoshlar imlosi, ayirish (‘) va yumshatish () belgilari imlosi, o’zak va negizlar, qo’shimchalar, qo’shma, juft va qisqartma so’zlar imlosi, bo’g’in ko’chirish va bosh harflarni yozish tartibini ko’rsatib beruvchi 72 paragrafdan iborat qoidalar kiritilgan (O’zbek orfografiyasining asosiy qoidalari. –Toshkent, 1956). Bu qoidalar hozirgacha amalda bo’lib, orfografik me’yorlarni tartibga keltirishga, mukammallashtirishga xizmat qilib kelmoqda. Ayni paytda, O’zbekiston Respublikasining mustaqillikni qo’lga kiritishi munosabati bilan amalga oshirilayotgn tub ijtimoiy-siyosiy islohotlar «Asosiy qoidalar»ning ma’naviy jihatdan eskirganligini ko’rsatdi.

Shu boisdan mustaqil O’zbekiston Respublikasining yuqorida tilga olingan «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida»gi Qonuni va 1995 yil 6 mayda «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qonun hamda bevosita bu qonunlarning ijrosiga qaratilgan 1995 yil 24 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida»gi qarori juda katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi.

Shu bilan birga, tilimiz imlo qoidalari ham soddalashtirildi, ham takomillashtirildi, ayni paytda, o’zbek tilshunosligi fani yangi atamalar bilan boyitildi. Masalan, negiz o’rnida asos, sonor tovush o’rnida ovozdor tovush, qaratqichli birikma o’rnida qaratuvchi birikma, apostraf o’rnida tutuq belgisi, tire o’rnida chiziq, shuningdek ko’chish belgisi, o’zlashma so’z atamalari qo’llaniladagan bo’ldi.

Binobarin, bundan buyon tilimiz orfografik me’yorlarini belgilashda ana shu qoidalarga amal qilish majburiy sanaladi va ular imlo lug’atlarida mustahkamlanib boriladi. Ana shu qarorga binoan 1940 yil 8 mayda qabul qilingan Qonun va 1956 yil 4 aprelda qabul qilingan «Asosiy qoidalar» 2005 yilning 1 sentiyabridan e’tiboran o’z kuchini yo’qotadi.

Rus grafikasi asosidagi o’zbek yozuvidan voz kechilib, lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosi qabul qilinayotgan hozirgi o’tish davrida, ayniqsa, matbuot sahifalarida o’zboshimchaliklar, so’zlarni buzib yozishlar kuzatilmoqda. Tildan foydalanuvchilar ma’lum muddat amaldagi har ikki «Imlo qoidalari»ga ham

84

Page 85:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

rioya qilishlari umummajburiy ekanligini unutmasliklari, lozim bo’lganda me’yoriy lug’atlarga ko’z yugurtirib turishlari zarur.

Garchi til me’yorlarining mustahkamlanishida lug’atlar xizmat qilsa ham, bu xizmatlarning darajasi har xil bo’lishi mumkin. Masalan, qomusiy-ensiklopedik lug’atlarni olib ko’raylik. Tabiiyki, bunday lug’atlar filologik yoki lingvistik lug’atlardan farq qiladi. Bunday lug’atlarda muayyan bir millat, mamlakat, hudud yoki fan, texnika, madaniyat va ma’naviyatning barcha sohalariga oid tushunchalar, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, voqyealar hamda mashhur kishilar va joy nomlari to’g’risida atroflicha ma’lumotlar beriladi. O’z vazifasidan kelib chiqib, qomusiy lug’atlar oldiga til me’yorlarini belgilash vazifa qilib qo’yilmaydi. Aksincha, ularning yozilishi jarayonida til me’yorlariga amal qilish talabi qo’yilishi mumkin. Ammo bu degani qomusiy lug’atlar til me’yorini ko’rsatuvchi o’lchov bo’la olmaydi degan gap emas. Ular bu borada ham ma’lum vazifalarni bajaradi.

Bundan tashqari, o’zbek tilshunosligi badiiy adabiyot hamda shoir va yozuvchilar tili lug’atlarini tuzishda ham yetarli tajribaga ega. Bunga «O’zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug’at» (Toshkent, 1953), «Navoiy asarlari lug’ati» (Toshkent, 1972), «Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug’ati, 1-1U tomlar» (Toshkent, 1983-1985), S.Rizayevning «O’zbek sovet bolalar adabiyoti tilining chastotali lug’ati» (Toshkent, 1980), R.Qo’ng’urov va S.Karimovlarning «Zulfiya poeziyasi tilining lug’ati. Konkordans» (Toshkent, 1981), Sh.Maxmatmurodovning «Slovar yazыka poeticheskix proizvedeniy Xamzы» (Toshkent, 1989) lug’atlarini misol tariqasida keltirish mumkin (Bu haqda qo’shimcha ma’lumot olish uchun qarang: N u r m o n o v A., Y o’ l d o sh ye v B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. –Toshkent, 2001, 125-132-betlar).

Bu tipdagi lug’atlar ma’lum darajada lingvistik lug’atlarning boshqa turlaridan farq qiladi. Chunki bu kabi lug’atlarda adabiy me’yor doirasidagi so’zlar bilan birgalikda umumxalq tiliga, badiiy uslubga hamda shoir va yozuvchilar uslubiga xos bo’lgan so’z va iboralar ham keltirilgan bo’ladi. «Zulfiya poeziyasi tilining lug’ati»ga murojaat qilaylik. Unda keltirilgan alqamoq (II.142), ardog’ (I.244), arslonto’sh (I.206), baxmalto’sh (I.113), betaxlit (I.II.55), beteng (I.250), betuman (I.44), betus (II.133), bexalol (I.237), behusn (I.300), biyuda (I.211), boybeka (I.212), beodob (II.183), bulog’ (I.137), burkimoq (II.151) kabi so’zlar va ularning ayrimlarining yozilishi «O’zbek tilining imlo lug’ati» da (Toshkent, 1976) uchramadi. Agar qiyosni «Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug’ati» misolida amalga oshirsak, bu kabi birliklarning miqdori ko’pchilikni tashkil qilishi aniq.

Ana shunday holatda bu kabi lug’atlar me’yor uchun namuna bo’la oladimi, degan savolga bir xilda javob berib bo’lmaydi. Chunki material qamrovining kengligi va har xilligi ularga ham diaxronik, ham sinxronik nuqtai nazardan munosabatda bo’lishni taqozo qiladi.

Lingvistik lug’atlarning maqsadi esa tamoman boshqacha. Ularda asosiy diqqat harflar imlosiga, so’zlar va ularning tarkibiy qismlariga, so’z birikmalariga va ularning imlosiga, talaffuziga hamda umuman til birliklarining leksik-semantik-uslubiy ma’nolarining izohlanishiga qaratiladi. Hozirgi paytda o’zbek tilida ana shunday lug’atlarning izohli, imlo, talaffuz, morfem, chastotali, ters-chappa,

85

Page 86:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

o’zlashma so’zlar, frazeologik, sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektal, terminologik singari ko’plab turlari mavjudki, ularning ayrimlari yuqorida sanab o’tildi.

Lingvistik lug’atlar orasida Z.Ma’rufov tahriri ostida 1981 yilda Moskvada nashr qilingan ikki tomlik «O’zbek tilining izohli lug’ati» salmoqli mavqyega ega. U yigirma yil davomida xalqimizga beminnat xizmat qildi. Ammo aytish mumkinki, bu lug’at bugunga kelib ma’naviy jihatdan eskirdi. Izohli lug’atlarda tilimizda keyingi yigirma yilda yuz bergan o’zgarishlar ham o’z ifodasini topishi lozim. Shu bilan birga, u e’tibordan chetda qolib ketgan so’zlar hisobidan to’ldirilishi zarur.

Izohli lug’atlarning so’z ma’nolarini to’liq anglashda, ularning etimologiyasi va hozirgi ma’no taraqqiyotini belgilashda katta ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Mas., lug’atdagi avliyo so’zini olib ko’raylik. Uning uch ma’nosi qayd etilgan: 1. din. E’tiqodli dindor kishilar nazarida go’yo karomat, bashorat qila oladigan, mo’’jizalar ko’rsata oladigan muqaddas, aziz odam. 2. ko’chma, kesatiq. Ulug’, zo’r fahmli odam yoki narsa. 3. s.t.da, hazil. Darveshsifat, darveshnamo, hyech narsa bilan ishi yo’q odam.

Hozirgi o’zbek adabiy tilining imlo me’yorlari, yuqorida ta’kidlaganimizdek, 1956 yil 4 aprelda tasdiqlangan «O’zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» hamda 1995 yil 25 avgustda qabul qilingan «O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida»gi qarori asosida belgilangan. Bu qoidalar hozirgi o’zbek adabiy tilining yozma shaklidan foydalanuvchi barcha kishilar uchun majburiy sanaladi.

Shu paytga qadar nashr qilingan barcha lug’atlarda nutq uslublarida qo’llaniladigan so’zlar, o’rni bilan ularning yasalishi va variantlari berilgan.

Shu o’rinda bir narsani ta’kidlash lozimki, to’g’ri yozish qoidalarini shunchaki yod olish bilan yozma nutq madaniyati va uning me’yorlarini belgilab bo’lmaydi. Buning uchun imlo lug’atlari bilan ishlash, ularga tez-tez murojaat qilish, har bir so’zning talaffuz qoidalarini bilish va imlo lug’atlaridagi tavsiyalarga rioya qilish zarur. To’g’ri yozish me’yorlarini o’zlashtirishda ko’proq imlo lug’atlari bilan birgalikda adabiy manbalarni o’qish, matnlarni ko’chirib yozish ham yordam berishi shubhasizdir.

Demak har birimiz savodxon bo’lishimiz, to’g’ri yozishimiz, fikrimizni boshqalarga aniq tarzda yetkazishimiz uchun imlo lug’atlarga har doim murojaat qilib turishimiz zarur bo’ladi. Chunki noto’g’ri yozilgan yoki talaffuz qilingan so’z o’quvchi yoki tinglovchi tomonidan noto’g’ri, noaniq tushuniladi.

Imlo lug’atlari shaklan yoki talaffuzda bir-birlariga yaqin bo’lgan, ammo ma’nolariga ko’ra turlicha bo’lgan so’zlarni farqlashga ko’maklashadi. Masalan, adib (yozuvchi, shoir) - adip (ko’rpacha yoki ko’rpaning chetiga tikilgan material), a’zo (biror tashkilot yoki biror jamiyatning vakili) - aza (marhum uchun tutiladigan motam, marosim), amir (davlat boshlig’i) - amr (podshoh tomonidan chiqariladigan buyruq, farmon), asr (yuz yil) - asir (tutqun) kabi so’zlarning yozilishi, talaffuzi va ma’nolarini farqlashda lug’atlargina yordam berishi mumkin. Imlo lug’atlardan samarali foydalangan kishigina nafaqat adabiy

86

Page 87:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

so’zlarni, balki ularning lahjaviy shakllarini farqlaydi, ularni qo’llashda ehtiyot bo’ladi. Masalan, ata (ota), chovamiz (chopamiz), kelli (keldi), yechki (echki) kabi.

Lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tilishi esa imlo lug’atlar borasida ham ulkan ishlarni amalga oshirishni taqozo qilmoqda.

Mubolag’asiz aytish mumkinki, keyingi yillarda, garchi nuqsonlardan holi bo’lmasa-da, o’zbek adabiy tili faqat yozma adabiy til shaklida emas, balki og’zaki adabiy til shaklida ham rivoj topmoqda. Og’zaki nutq madaniyatining takomillashib boruvida, uning me’yoriy jihatlarining sayqal topishida bir qator omillar muhim rol o’ynamoqda. Bunda, ayniqsa uzluksiz ta’lim tizimi alohida o’rin tutadi.

Tabiiyki, biz bugun bundan 10-20 yil avvalgi odamlar emasmiz. Bugungi ziyolilarimiz, olimu muhandislarimiz, tadbirkorlarimiz dunyo miqyosida fikrlashmoqda, jahon xalqlarining ko’pchilik tillarida muloqotda bo’lishmoqda, muzokaralar olib borishmoqda. Bu esa, o’z navbatida, umummilliy madaniyatimizning tarkibiy qismi bo’lgan til madaniyatiga, og’zaki nutq madaniyatiga ta’sir ko’rsatmoqda.

Og’zaki nutq me’yorlarining ommaviy suratda yoyilishi va singishida avvalo maktabgacha va maktab ta’limi katta ahamiyatga ega. Buning ustiga, ommaviy axborot vositalarining radio va televideniye singari turlarining roli salmoqli.

Og’zaki nutq madaniyati mavqyeini ko’tarish uchun adabiy til og’zaki shakli qonuniyatlarini o’rganish, bu nutq shaklini ko’rinishlariga qarab me’yorlash va silliqlash, og’zaki nutq ko’rinishlarining namunaviy shakllarini yuzaga keltirish, uning lingvistik va tildan tashqarida bo’lgan o’lchovlarini belgilash muhimdir.

Shunga ko’ra, og’zaki nutqni adabiy til talablari asosida me’yorlashda orfoepik qoidalar, adabiy talaffuz lug’atlari, qo’llanmalar muhim rol o’ynaydi. Ana shu ma’noda talaffuz (orfoepik) lug’atlar adabiy tilning talaffuz me’yorlarini yoki so’zlarni adabiy til qoidalariga muvofiq talaffuz qilishni belgilab beruvchi vosita sanaladi. Talaffuz lug’atlari fonetika va nutq madaniyati bilan bevosita aloqada bo’lib, ma’lum ma’noda biri ikkinchisini to’ldiradi.

Hozirgi kunda, ayniqsa yoshlarimiz o’rtasida, she’rxonlik kechalarida, to’y-tomoshalarda, turli uchrashuvlar va telekonkurslarda, kitobxonlar anjumanlarida tilimizning adabiy me’yorlaridan foydalanishga intilish kuchayib borayotgani seziladi.

Kishilarning so’zlarni to’g’ri talaffuz etishi, adabiy til me’yorlariga amal qilishi, nutq madaniyati talablariga e’tibor berib, chiroyli so’zlash, o’z fikrini boshqalarga aniq, ravon, ifodali qilib yetkazishda talaffuz lug’atining ahamiyati katta.

O’zbek tilida ana shunday lug’at bor. U «O’zbek adabiy talaffuzi lug’ati» deb atalib, 1984 yilda «Fan» nashriyotida chop etilgan. Unda 20 mingga yaqin so’z va so’z shakllarining adabiy talaffuz me’yori belgilab berilgan.

Ushbu lug’at mualliflarining ta’kidlashicha, lug’atni tuzish jarayonida bir qator qiyinchiliklarga duch kelingan. Jumladan, adabiy talaffuz doirasida variantdorlikning kuchliligi ma’lum bo’lgan. Bu xususiyat o’zbek adabiy nutqi me’yorlarining ham yetarli shakllanib yetmagan va qat’iylashmaganini ko’rsatadi.

87

Page 88:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Darhaqiqat, adabiy nutq va kundalik so’zlashuv nutqi, adabiy nutq va dialektal nutq, neytral adabiy nutq va adabiy nutqning vazifaviy-uslubiy ko’rinishlari, to’liq uslub hamda noto’liq uslub va boshqalariga oid talaffuz variantlarini to’g’ri baholash anchagina murakkab vazifadir. Adabiy talaffuz doirasida so’z urg’usi, an’anaviy va yangicha talaffuz, keksa va yosh avlod talaffuzi bilan bog’liq bir qator qiyinchiliklar ham mavjud.

So’zlarning leksik me’yorini belgilashda va ulardagi ma’no nozikliklarini farqlashda hamda umumiy jihatlarini payqashda sinonim, omonim va antonim lug’atlarning xizmati katta bo’ladi. O’zbek leksikografiyasida yuqorida sanab o’tilgan bu kabi lug’atlarning izohli ko’rinishlari mavjudligi quvonarli voqyeadir. A.Hojiyev «O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati» (Toshkent, 1974) ining 223-betidan misol keltiramiz: Chiroyli, go’zal, husndor, husnli, xushro’y, ko’hlik, ko’rkam, barno, suluv, zebo, latofatli, sohibjamol. Ular garchi ma’nolarining yaqinligi bilan bir sinonimik qatorda joylashsa-da, me’yoriy o’lchovlariga ko’ra teng emas. Lug’at xuddi ana shu jihatlar hisobga olinganligi bilan qimmatlidir. Fikrimizning isboti uchun sinonimik qatordagi so’zlarga berilgan izohlarni to’liq keltiramiz: «Husni odatdagidan ortiq, xunuknig aksi. Chiroyli stilistik jihatdan neytral. Bu so’z odamga, boshqa jonli narsalarga nisbatan ham qo’llanilaveradi. Go’zal odamga va jonsiz narsalarga nisbatan qo’llanadi. Bu so’zda belgi darajasi kuchli. Husndor, husnli so’zlari nisbatan kam qo’llanadi. Xushro’y, ko’hlik faqat odamga nisbatan qo’llanadi va «yoqimlilik» ottenkasi bor. Barno, suluv, zebo so’zlari ham odamga nisbatan qo’llanadi. Suluv – kam qo’llanadi. Zebo kitobiy. Ko’rkam asosan jonsiz narsalarga, kam darajada odamga nisbatan qo’llanadi».

Ko’rinadiki, semantik va vazifaviy uslubiy nuqtai nazardan bu so’zlarning ekspressivlik va qo’llanish imkoniyatlari bir xil emas. Ularning qo’llanishi so’zlashuv, badiiy va ommabop uslublarda me’yor sanalsa, rasmiy uslub uchun xos emasligi ma’lum bo’lib qoladi. «Lug’at» da keltirilgan badiiy adabiyotlardan olingan misollardagi chiroyli saman, chiroyli oyoq, go’zal qiz, ko’rkam ayol, husnli ayol, xushro’y yigit, barno qiz, zebo bezanmoq, ko’rkam hayot, latofatli Saodat, sohibjamol qiz birikmalaridagi aniqlovchi bo’lib kelgan so’zlarni ularning sinonimlari bilan almashtirishning hamma vaqt ham imkoni yo’qligi buning dalilidir. Chiroyli yuz yoki chiroyli saman deyish mumkin bo’lgani holda ko’rkam yuz yoki oyoq, sohibjamol saman deyishga nutqda aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ana shu holatlar me’yor tushunchasining qanchalik nozik va murakkab qamrovli ekanligini hamda ularni payqash va farqlashda lug’atlarning, ayniqsa, izohli lug’atlarning roli beqiyos ekanligini yana bir bor ko’rsatadi.

Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan «O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati» (Toshkent, 1984) dan tildagi mazkur birliklar to’g’risida ham nazariy, ham amaliyotda qo’l keladigan ma’lumotlar olishimiz mumkin.

Olimning ta’kidlashicha, bir til doirasida so’zlarning shakliy o’xshashligi, metonimiyaga uchrashi, ma’no tarqqiyotida o’zgarishlar, o’sishlar ro’y berishi, o’zga tillardan birliklar qabul qilinishi kabi omillar omonimlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Masalan, ushbu lug’atdan dam so’zi haqida quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lamiz:

88

Page 89:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

1. ot – havo; 2. ot - temirchilik atamasi; 3. ot-lahza, nafas; 4. bog’lovchi – dam.., dam.; 5. ot-tig’, o’tkir joy, yuz; 6. predikativ so’z – dim ma’nolarida kelgan (R a h m a t u l l a ye v Sh. O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati.-Toshkent, 1984, 49-50-betlar). Lug’atdagi maqolalar statistikasi ham leksemalarning mazkur turkumi haqida ba’zi fikrlarga kelishga asos bo’ladi. «Lug’at»da berilgan 497 omoifodaning 372 tasi ikki omoleksemali, 93 tasi uch omoleksemali, 21 tasi to’rt omoleksemali, 7 tasi besh omoleksemali va 4 tasi olti omoleksemali bo’lib, 1160 dan ortiq leksemani birlashtiradi» (R a h m a t u l l a ye v Sh. Yuqoridagi lug’at, 13-14-betlar) Tildagi omonimlarning ozligi yoki ko’pligi, bir maqolada 2 tadan tortib 6 tagacha ma’noning farqlanishi tilimiz uchun ijobiy hodisami yoki salbiymi, bu haqda shu o’rinda bir narsa deb bo’lmaydi. Ammo ayrim so’z shakllarining ma’nolarida farqlanishini ko’rsata olishda mazkur tipdagi lug’atlarning xizmatini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.

«Nutq madaniyati va normativ lug’at» asarining muallifi S.Akobirov me’yor va lug’at munosabatlarini oydinlashtirishga harakat qilar ekan me’yorlar tilda ikki ko’rinishda- nooshkor va oshkor ravishda mavjud bo’lishini ta’kidlab, quyidagilarni qayd qiladi: «Normalarning nooshkor mavjudligi shundan iboratki, tildan foydalanuvchilar o’zaro fikr almashinish jarayonida, xususan, so’zlashuvda tilning qonun-qoida va normalariga rioya qilayotganliklarini hatto sezmaydilar ham. Haqiqatda esa barcha til sohiblari tildan foydalanish tajribasi orqali tilning qoida va normalarini u yoki bu darajada o’zlashtirib olgan bo’ladilar va ularga «umumiy odat» bo’yicha amal qiladilar. Busiz hyech qanday aloqaning bo’lishi mumkin emas, chunki «umumiy odat»ga muvofiq kelmaydigan har qanday nutq boshqalarga anglashilmaydi, binobarin, unga javob (reaksiya) ham bo’lmaydi.

Umumiy odatga aylangan normalar (yoki, qisqacha, odat hukmidagi normalar) til sohiblarining tildan foydalanish tajribasi orqasida orttirgan malaka va ko’nikmalaridan iborat. Ular tildan foydalanuvchilarning nutq faoliyatidagina namoyon bo’ladi, shuning uchun ham nooshkordir.

Oshkor normalar tilning grammatika darsliklarida va turli xil lug’atlarida tavsiflangan va tavsiya etilgan normalardir. Darsliklar va lug’atlar tilning obyektiv normalarini tavsiflash bilan birga, ularni qonun (kodeks) hukmiga kiritadi, qonunlashtiradi» (A k o b i r o v S. Nutq madaniyati va normativ lug’at.- Toshkent, 1977, 11-bet).

Demak, tuzilgan imlo, talaffuz va boshqa filologik lug’atlar til birliklarining amalda mustahkamlanishi, binobarin, adabiylashishi, barqarorlashishi va bir xilliligi uchun xizmat qiladi. Agar masala shu tarzda tushuniladigan bo’lsa, lug’atlarning xizmati naqadar ulkan ekanligini tasavvur qilish qiyin bo’lmaydi.

Me’yor muammosi qayerda va qachon paydo bo’ladi? Til birliklari o’rtasida har xillik va variantlar bo’lgan joyda. Tilshunoslar bu har xilliklarni tilning tabiatidan va amaldagi qoidalardan kelib chiqib tahlil qilishadi, bartaraf etishning yo’llarini axtarishadi va to’g’ri keladiganlarini me’yoriy variant sifatida ommaga tavsiya etishadi. Ana shu tavsiyalar nafaqat grammatikaga, leksikologiya va stilistikaga oid adabiyotlarda, shu bilan birgalikda, lug’atlar orqali ham qonunlashtiriladi - kodifikasiyalashtiriladi. Bir vaqtning o’zida til madaniyati talablaridan kelib chiqqan holda omma uchun majburiylashtiriladi.

89

Page 90:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Shunday holatlarga ham duch kelamizki, nutq jarayonida so’zlarning leksik-grammatik variantlari saqlanib qolingan bo’ladi. Masalan, «Imlo lug’ati»da (Toshkent, 1976) birgina «A» bilan boshlanadigan so’zlarda quyidagi so’z variantlari va ulardan yasalgan shakllar mavjud: avr/abr, adab/odob, ayqirish/hayqirish, alifbo/alfavit, arava/aroba, asta/ohista, ash-pash/hash-pash va hokazo. Tilimizda bu kabi variantlar mavjud ekan, ularni me’yor sifatida yana saqlab turish, an’anani tuzilajak lug’atlarda ham davom ettirishga to’g’ri keladi.

S.Akobirov yuqorida nomi tilga olingan kitobida o’zbek tili tizimida ilgari bo’lmagan va ularning qo’llanilishi o’zbek adabiy tili uchun me’yoriy hodisa sanaladigan birliklar sifatida tahlil uchun keltirgan obyektiv, normal, agrar, proyeksion, krovat, plan, praktika, proyekt, truba so’zlarini (A k o b i r o v S. Nutq madaniyati va normativ lug’at, 7-bet) tilimizning hozirgi me’yor o’lchovlari asosida olib qaraydigan bo’lsak, oradan chorak asr vaqt o’tgach, manzaraning o’zgarganini kuzatish qiyin emas. Hozirda obyektiv va truba so’zlarining bir ma’no yo’nalishida xolisona va quvur, normal o’rnida me’yoriy, plan o’rnida reja, praktika o’rnida amaliyot, proyekt o’rnida loyiha birliklarini ishlatish asta-sekinlik bilan odat tusiga kirib bormoqdaki, buni tilimiz taraqqiyotiga mustaqillikning bevosita ta’siri, ona tilimizga bo’lgan yangicha munosabatning mevasi, deb aytishimiz mumkin.

Keltirilgan ma’lumotlar tildagi me’yoriy holatlarni mutlaq va o’zgarmas hodisa deb tushunish to’g’ri bo’lmasligini ko’rsatadi. Ma’lum bo’ladiki, bir davrda me’yor sanalgan til birligi boshqa bir zamonda shunday bo’lmasligi mumkin ekan. Bu narsa til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq, degan qoidaning to’g’riligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Mustaqillik sharofati bilan o’zimizda tilimizni tozalashga, «o’zbekchalashtirish»ga rag’bat va moyillik sezayotgan ekanmiz, muomala jarayonida o’z o’rnini ekvivalentiga bo’shatib berayotgan til birliklarini yangi nashr qilinadigan lug’atlarda qoldirish-qoldirmaslik ustida o’ylab ko’rishimizga ham to’g’ri keladi.

Hatto 70-yillarda, jumladan S.Akobirovning kitobida ham faol qo’llangan norma, normativ, pozisiya, reaksiya, sistema, stabillashuv, tendensiya, tradision kabi so’zlarning nutqimizdan asta-sekinlik bilan chekinayotganligini, ularning o’rnini me’yor, me’yoriy, mavqye, o’rin, holat, ta’sirlanish, tizim; barqarorlashuv; g’oya, fikr, intilish, mayl, xohish; an’anaviy singari so’zlar egallay boshlayotganini kuzatamiz. Binobarin, bundan keyin yaratiladigan lug’atlarda ana shu jarayon hisobga olinishi lozim bo’ladi.

Ammo avvalgi imlo lug’atlarida bo’lmagan auditor, kompyuter, kompyuterxona, menejer, menejment, broker singari yangidan paydo bo’lgan so’zlarni kelajakda tuziladigan imlo lug’atlarida aks ettirish masalasi bahs talab qilmaydi (O’zbek lug’atshunosligida bu ishlarning allaqachon boshlab yuborilganligini ta’kidlaganmiz. Q a r a n g : O’zbek tilining imlo lug’ati. Tuzuvchilar: E.Panasenko, E.Umarov, -Toshkent, 1998).

Harqalay, mavjud lingvistik lug’atlar xalqimizning ehtiyojini to’liq qondirmoqda, deb aytish qiyin. Buning ustiga lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tilishi munosabati bilan turli mazmundagi lug’atlar masalasida ham

90

Page 91:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

islohotlar o’tkazish hayotiy zarurat bo’lib turibdi. Ana shunday lug’atlarni nashr qilish endigina boshlandi deyish mumkin. Turli mutaxassislikdagi, kasbdagi kishilarning ish faoliyatida, o’qish-o’qitish, adabiy me’yorlarni muntazam ravishda tartibga keltirib turishda, har xilliklarni bartaraf qilishda lug’atlarning ahamiyati katta ekanligini hisobga olib, yangi yozuvdagi lug’atlarni yaratish va nashr qilish ishini ham jonlantirish zarur. Negaki, ta’kidlanganidek, tilning me’yoriy va madaniy darajasini belgilashda lug’atlar asosiy oyna hisoblanadi.

91

Page 92:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

9-ma’ruza: Adabiy me’yor va nutq madaniyatimasalalari

R ye j a:1. Nutq jarayonida me’yorning buzilishi va ularni tuzatish yo’llari.2. Me’yorga amal qilish shu tilda so’zlashuvchilar uchun majburiy ekanligi.3. O’zbek tilining hozirgi me’yoriy holati uning madaniylik mezoni.

Tayanch so’z va iboralar: Nutqiy kamchilik : og’zaki va yozma nutqdagi kamchiliklar. Og’zaki nutqda : noto’g’ri talaffuz, dialektizmlar, varvarizmlar, vulgarizmlar, kokofimizmlar, jargonizmlar. Yozma nutqda: orfografik, punktuasion me’yorlarning buzilishi.

O’zbek millatining uzoq asrlik tarixida keyingi o’n yillikda erishgan mustaqilligimiz alohida o’rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosimizni nafaqat o’rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo’ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Bizning pirovard maqsadimiz – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish ekan, ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi faoliyatimizni ulkan bir vazifaga – xalqimiz ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirishimiz, ularda uzoq yillar davomida shakllangan va ulug’langan umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qayta o’zlashtirishimiz, e’zozlashimiz hamda uning aqidalarini hayotda qo’llashga qaratishimiz lozim. Bu borada qiladigan ishlarimizni Prezidentimiz I.A.Karimov aniq-ravshan ko’rsatib berganlar: «Endigi vazifamiz shundan iboratki, milliy istiqlol g’oyasi tushunchalari asosida keng jamoatchilik, ziyolilarimiz, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, avvalo, ma’naviy-ma’rifiy soha xodimlari milliy mafkurani takomillashtirish hamda uning asosiy tamoyillarini odamlar ongiga va qalbiga singdirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga ko’tarishlari zarur» (K a r i m o v I.A. So’z boshi. Milliy

istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent : O’zbekiston, 2000, 8-bet).

Muhtaram Prezidentimiz belgilab bergan vazifalarni amalga oshirishdan tilshunoslar chetda tura oladimi ? Yo’q, albatta. Davr barcha ziyolilar qatori tilshunoslar oldiga ham yangi va ulkan vazifalarni qo’ydi. Bu vazifalarni lo’nda qilib, bir tomondan, tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tahlil qilish, ikkinchi tomondan, uning amaliy jihatlari, aniqrog’i, nutqiy madaniyat masalalari bilan shug’ullanish tarzida tushunish to’g’ri bo’ladi.

Darhaqiqat, tilning barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni adabiy tilimizning qat’iy me’yorlarini belgilash, ularni imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so’zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug’atlar shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bo’lib qoladi. Chunki milliy istiqlol g’oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, shu bilan

92

Page 93:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

birga, odatdagi, an’anaviy usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o’rgatishni maqsad qilib qo’yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo’lmaydi.

To’g’ri, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizasiyasining barcha bosqichlarida o’rtaga qo’yib kelinganligi ham sir emas. U ta’limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo’lsa ham, shunga qadar Misr va Assuriyada, Hindiston va Xitoyda mavjud bo’lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Gap shundaki, u paytlarda davlat arboblarining obro’-e’tibori va yuqori lavozimlarga ko’tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog’liq bo’lgan. Grek notig’i Demosfen (eramizdan oldingi 384 - 322) va Rim notig’i Siseron (eramizgacha 106 - 43) larning hayoti bunga misol bo’la oladi.

O’rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug’ullanish o’ziga xos mavqyega egadir. Ulug’ turkolog olim Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» va Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarlari bu masalaning juda qadimdan o’rtaga qo’yib kelinganligidan guvohlik beradi. U davrlarda shartli ravishda «Nutq odobi» deb yuritiladigan qoida va ko’rsatmalarda sodda va o’rinli gapirish, qisqa va mazmundor so’zlash, ezmalik, laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to’g’ri, rost va dadil gapirish, yolg’onchilik, tilyog’malikni qoralash va boshqalar haqida gap borgan (Bu haqda yana qarang: B ye g m a t o v E. Nutq odobi. – O’qituvchilar gazetasi, 1969 yil 25 may).

Mahmud Koshg’ariyning «Devon»ida nutq odobi uchun ahamiyatli bo’lgan til ma’lumotlari bilan birgalikda nutq, nutq madaniyati, nutqiy go’zallikka oid qimmatli ma’lumotlar mavjud. Birgina misol:

Ko’p sukutga qush qo’nar, Ko’rkluk kishiga so’z kelar,

ya’ni, shoxi ko’p, shoxlari o’ralib ketgan daraxtga qush qo’nadi, yaxshi kishiga so’z (maqtov) keladi. Yana: Ardam boshi til, ya’ni odob va fazilatning boshi tildir.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» dostonida ham «Til fazilatlari, foyda va zararlari haqida», «Til ardami» deb nomlangan boblari bo’lib, ular so’zlash madaniyatiga bag’ishlangan. Ayrim namunalar keltiramiz.

So’zingni ko’dazgil boshing bormasun, Tilingni ko’dazgil tishing sinmasun… (So’zingga ehtiyot bo’l, boshing ketmasin, Tilingga ehtiyot bo’l, tishing sinmasin…) Esanlik tilasa saning bu o’zung, Tilingda chiqarma yarog’siz so’zung. (Sening o’zing esonlik tilasang, Tilingdagi yarog’siz so’zingni chiqarma). Bilib so’zlasa so’z biligka sonur, Biligsiz so’zi o’z boshini yeyur.(Bilib so’zlasa, so’z donolik sanaladi,Nodonning so’zi o’z boshini yeydi).Bu o’rinda biz ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning nomini

alohida ehtirom bilan tilga olamiz. O’z ijodi bilan so’z qudrati va notiqlik san’atini yuksak darajaga ko’targan alloma nutq madaniyati nazariyasi bilan ham jiddiy

93

Page 94:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

shug’ullangan. U «Mahbub-ul qulub» asarining 24-bobini voizlikka (notiqlik san’atiga) bag’ishlagan «Muhokamat-ul lug’atayn» va «Majolis-un nafois» asarlari esa bevosita tilshunoslikning nazariy muammolarini hal qilishga, turkiy (o’zbek) tilining boshqa tillar orasidagi o’rnini belgilab berishga hamda nutq madaniyatini o’rganishga qaratilgan edi.

«Xamsa» ning har bir dostonida Alisher Navoiy so’zga bo’lgan ehtiromini alohida qayd qiladi. Quyida dostonlarning nasriy bayonidan ayrim parchalarni keltiramiz. «Hayratul - abror»dan:

«So’z gavharining sharafi shunchalik yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham unga sadaf bo’la olmaydi.

So’z jon bo’lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam unga ehtiyoj sezadi. So’z dunyoda bor barcha ko’ngillarning qutisidagi javhar, hammaning og’iz qutisidagi qimmatbaho gavhardir. Agar til bamisoli bir po’lat zanjir bo’lsa, so’z unga qadalgan injulardir. Til shu chamanning ochilgan lolasi bo’lsa, so’z durlari unga qo’ngan shabnamlardir. So’z o’lgan odamning tanasiga pok ruh bag’ishlaydi. So’zdan tandagi tirik ruh halok bo’lishi mumkin.

Yaxshi so’z bilan o’lganni tiriltirib olgani uchun Iso payg’ambar o’zini «Jonbaxsh» laqab bilan atagan. So’z tufayli Xalil o’zini o’tga tashlagan. Jabroil ham so’z yukiga hammol bo’lgan. Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko’targan ekan, uni so’zlash qobiliyatiga ega bo’lgani uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi.

Agar, qo’l bilan berib xayr qilish iloji bo’lmasa, til bilan ham naf yetkazish mumkin. Odamni bir og’iz yaxshi so’z bilan xursand qilish kerak bo’lgan vaqtda unga xazina bersang ham, u qaramaydi. So’z bilan el o’limdan najot topadi, so’z bilan o’lik tan qayta tiriladi. So’z bilan dinsizlar musulmon bo’ladi, so’z bilan hayvon deganing insonga aylanishi mumkin. Bir so’z bilan qancha balolar daf bo’ladi, qancha boylik sochsang ham bunday naf’ga yetishmaydi. Insonga xos konning gavhari, bu – so’zdir, odamzod gulshanining mevasi ham shu so’zdir» (A l i sh ye r N a v o i y. Hayratul-abror. – Toshkent, 1989, 222-223, 303-betlar).

«Sab’ai sayyor» dan: «Har bir inson dunyoga kelgach, u so’z bilan najot topadi. Eng avval so’zni tavhid so’zi (xudoga yetishuv) deb bil, chunki vahdat ahlida (birlik ahlida) bunga ikkilanish yo’qdir. Avvalu oxiringga nazar solib, boshi ham, oxiri ham so’z ekanligini anglab ol !

Haq insonni hayvondan mumtoz aylab (ajratib, saralab), uni o’ziga mahram qildi.

Agar kamolotli xohish bildirib, ma’no durriga intilib, so’z libosini kiysa, ul tovlanib turgan ipak matoday tuyuladi. Chunki u so’zning nozik ipagidan kiyib, go’zalning jamolini o’ziga yoqimli qiladi.

Bularning barchasi so’zdagi mo’’jiza, uning hikmatlari esa elni ojiz qoldiradi. Uning biri o’likka so’zi bilan jon berib, so’z bilan jonga ruh kirgizadi.

Olloh, olloh qanday so’zdur bu so’z, bundan ortiq ham yana bo’lurmu so’z! So’z jism bo’stonidagi daraxtdir, so’z daraxtlardagi mevadir. Insonning jismi gulshan bo’lsa, nutq undagi xushovoz bulbuldir. Agar so’z bo’lmaganda baxtsizlik yuz bergan bo’lur edi.

94

Page 95:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Ma’noli so’z noziklikda jon rishtasiday, uning rohati rishtaga sarrishta jondaydir» (A l i sh ye r N a v o i y. Sab’ai sayyor. – Toshkent, 1991, 363-365-betlar).

Alisher Navoiyning til madaniyatiga oid fikrlari uning boshqa asarlarida ham aytilgan. Ularning ayrimlarinigina keltirish bilan chegaralanamiz: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz. So’zni ko’ngilda pishqarmaguncha tilga keltirma, va har nekim, ko’ngilda bor tilga surma. Ma’dani inson gavhari so’z durur, gulshani odam samari so’z durur. Ko’p demak so’zga mag’rurlik Va ko’p yemak nafsga ma’murlik. Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdurki, gar nopisand zahir bo’lsa, tilning ofatidur (A l i sh ye r N a v o i y. Hikmatli so’zlar. – Toshkent, 1985, 58-73-betlar).

Yana bir allomaning nutq madaniyati va nutqiy me’yor, nutq qoidalariga oid qarashlariga qisqacha to’xtalamiz. Bu XV – XVI asr ma’naviyatining yirik vakili Mavlono Husayn Voiz Koshifiydir. Uning «Futuvvatnomai sultoniy» asarining «Tariqat ahlining odobi» deb nomlangan beshinchi bobida inson ma’naviyati va madaniyatiga oid qarashlari e’tiborga molikdir. Olim bu bobda insonning yetti a’zosi – ko’z, quloq, til, qorin, og’iz, qo’l va farj (tanosil a’zosi) ni saqlash odobi haqida mulohaza yuritar ekan, ularni inson organizmi deb emas, balki ma’naviyati va axloqi namoyon bo’luvchi ramziy belgilar sifatida talqin qiladi.

Jumladan, uning muomala madaniyati va muloqot odobi haqidagi qarashlari ana shu umuminsoniy fazilatlarning tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Koshifiy quyidagilarni yozadi: «Tilning odobi qaysi deb so’rasalar, bu olti narsaga tilni ochish va sakkiz narsadan tilni saqlash deb aytgil. Tilni ochish kerak bo’lgan narsalar qaysi deb so’rasalar, aytgil: hojat zarurati yuzasidan ko’ngillarda yashirin bo’lgan rozni izhor etish, mazlumlar faryodiga javob berish va marhumlar imdodi uchun so’z aytish. Chunki bu so’zlar orqali zolimning zulmi mazlumlar boshidan ko’tarilishi mumkin.

Tilni saqlash lozim bo’lgan narsalar qaysi deb so’rasalar, aytgil: birinchidan, yolg’on gapirishdan, zero yolg’onchi xudoning dushmanidir. Ikkinchi, va’daga xilof gapirish va munofiqona so’z aytishdan. Uchinchi, g’iybat va bo’hton gaplardan, chunki bo’hton fosihlar ishidir. To’rtinchi, behuda bahsu munoqashadan, ayb qilishdan va gap tashishdan. Bular shayton vasvasasiga kiradi. Beshinchi, o’zini maqtash va ta’riflashdanki, bu xudbinlikka olib keladi. Oltinchi, navkar va xizmatkorlarni la’natlashdan. Yettinchi, qarg’ashdan, duoi bad qilishdan, chunki bu jonu dilning ofatidir. Sakkizinchi, mazax-masxara qilish va hazil-huzuldan» (H u s a y n V o i z K o sh i f i y. Futuvatnomai sultoniy // Sharq yulduzi, 1993, № 3-4, 165-bet).

Olim shu bobning «Suhbat odobi haqida» deb nomlangan oltinchi faslida til odobi haqidagi mulohazalarini davom ettirib, quyidagilarni bayon qiladi: «Bilgilki, odamzodning sharafi nutq bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir. So’z hamma vaqt savob uchun ishlatilishi, to’g’ri va haqqoniy bo’lishi kerak. Agar shunday bo’lmasa, jim turgan ma’qul. Shayxlar va boshqa martabaga erishganlar uchun ham, hali martabaga erishmagan kishilar, muridlar uchun ham rioya qilinishi zarur bo’lgan bir qancha suhbat odobi mavjud. Agar martabaga erishganlar suhbatda qaysi qoidalarga amal qilishi kerak deb

95

Page 96:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

so’rasalar, aytgilki, quyidagi sakkiz qoidani saqlash kerak: birinchidan, har kimning ahvoliga qarab, munosib so’z aytsin. Ikkinchidan, dag’allik qilmasdan, lutf va muloyimlik bilan gapirsin. Uchinchidan, gapirayotganda tabassum qilib, ochilib gapirsin. To’rtinchidan, ovozini baland ko’tarmasin, eshituvchilarga malol keltirmaydigan qilib gapirsin. Beshinchidan, odamlarga naf’i tegadigan ma’noli gaplarni gapirsin. Oltinchidan, agar so’zning qimmati – qadri bo’lmasa, uni tilga olmasin, chunki ulug’larning so’zi bamisoli urug’dir, agar urug’ puch yoki chirigan bo’lsa, uni qay yerga ekmang, unib chiqmaydi.

Agar martabaga yetmaganlarning suhbat odobi nechta deb so’rasalar, bu ham sakkizta deb aytgil. Birinchidan, so’ramaguncha gapirmasin. Ikkinchidan, gapirayotganda ovozini baland ko’tarmasin. Uchinchidan, gapirayotganda o’ngu- so’liga qaramasin. To’rtinchidan, g’arazli va kinoyali gaplarni gapirmasin. Beshinchidan, qattiq gapirmasin va betga choparlik qilmasin. Oltinchidan, pushaymon bo’lmaslik uchun o’ylab gapirsin. Yettinchidan, odamlar gapini bo’lib so’z qotmasin. Sakkizinchidan, ko’p gapirmasin. Chunki ko’p gapirish aqli noqislik belgisidir. Oz bo’lsa ham soz gapirishni shior etsin.

Agar qaysi til bilan so’z so’zlaysan deb so’rasalar, sidqu-sadoqat tili bilan deb aytgil. Agar so’zni qaysi quloq bilan eshitasan deb so’rasalar, qabul qulog’i bilan deb aytgil.

Agar so’z senikimi yoki sen so’znikimi deb so’rasalar, aytgil: men so’zniki va so’z menikidir, chunki so’z insonlik daraxtining mevasidir,. Daraxtni mevadan, mevani esa daraxtdan ajratib bo’lmaydi» (H u s a y n V o i z K o sh i f i y. Yuqoridagi manba, 168 – bet).

Voiz Koshifiy mana shu tarzda asarning oltinchi bobining ikkinchi faslida ma’raka tuzuvchi so’z ahli, ya’ni notiqlar haqida ma’lumot berib, ularni uch toifaga ajratadi: «birinchi toifa – maddohlar, g’azalxonlar va saqqolar (meshkobchilar). Ikkinchi toifa – xossago’ylar (dorifurushlar) va bisotandozlar (ko’rgazmachilar). Uchinchi toifa – qissa so’ylaguvchilar va afsona aytuvchilar.

Ularning har birining fazilatlari haqida so’z yuritib, adab shakllarini birma-bir ko’rsatib, nutq so’zlaganlarida me’yorni saqlash lozimligini bir necha bor takrorlaydi (H u s a y n V o i z K o sh i f i y. Yuqoridagi manba, 176 –179 - bet).

O’rta Osiyo notiqligining o’ziga xos xususiyati uning xalq ommasi hayotining turli jabhalarini qamrab olganligida edi. O’sha davr nutqiy san’at ustalarining nadimlar, qissago’ylar, masalgo’ylar, badihago’ylar, qiroatxonlar, muammogo’ylar, voizlar, go’yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilganliklari ham shundan dalolat beradi.

Afsuski, o’zbek nutqi madaniyatining shakllanishi, notiqlik san’ati tarixi o’zbek tilshunosligida maxsus tadqiqot obyekti bo’lgan emas. Bu ishning amalga oshirilishi esa boy madaniy tariximiz yangi qirralarining ochilishiga, o’ziga xos milliy ma’naviyatimiz doirasidagi til madaniyatimizning qorong’u jihatlarini oydinlashtirishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Harqalay, bugunga kelib nutq madaniyatiga bo’lgan talab tubdan o’zgardi. Chunki mustaqil O’zbekiston kelajakda o’ziga xos va o’ziga mos taraqqiyot yo’lini tanlab oldi. Bu yo’lda adashmay borish uchun milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqdi. Ana shu milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishda

96

Page 97:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

nutqiy ta’sirchanlik ham alohida mavqyega ega, albatta. «O’rnida ishlatilgan so’zlar, yorqin va dildan bayon etilgan nutq, bama’ni fikr har doim odamlarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Muloqot jarayonida fikrga, sog’lom g’oyaga ega bo’lish masalaning bir jihati. Uning boshqa bir muhim jihati ana shu fikrlarni bayon eta olish qobiliyatidir» (Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Oliy ta’lim muassasalari uchun qo’llanma. – Toshkent : Yangi asr avlodi, 2001, 191-bet).

Xo’sh, nutq madaniyati nima? Uni yetarli darajada egallash uchun qanday vazifalarni amalga oshirish lozim va bunda adabiy til me’yorlarining o’rni qanday bo’ladi? Bu savolga javoblarni, avvalo taniqli tilshunos olimlarning asarlaridan topamiz. S.I.Ojegov shunday degan edi : « Yuqori nutq madaniyati nima? Yuqori nutq madaniyati - bu o’z fikrlarini til vositalari bilan to’g’ri, aniq va ta’sirchan qilib bera olishdir. To’g’ri nutq deb esa hozirgi adabiy til me’yorlarga rioya qilib tuzilgan nutqqa aytiladi. Ammo yuqori nutq madaniyati faqatgina me’yorga rioya qilishidan iborat emas. U yana fikrni ifodalashning aniq vositasini topishdangina iborat bo’lib qolmasdan, birmuncha ta’sirchan va maqsadga muvofiq vositalarni topish uquvini ham o’z ichiga oladi» (O j ye g o v S.I. Leksikologiya. Leksikografiya. Kultura rechi. – M., 1974, s.287-288).

L.I. Skvorsov : «Nutq madaniyati» tushunchasi bir tomondan nutqning adabiy til me’yorlariga mos kelish darajasini bildirsa, ikkinchi tomondan tilshunoslik fanining madaniyat quroli bo’lgan adabiy tilni mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish muammolari bilan shug’ullanuvchi sohadir» (Osnovы kulturы rechi. Xrestomatiya. – M.: Vыsshaya shkola, 1984, s.29).

Ma’lum bo’ladiki, nutq madaniyati, agar masalaga lingvistik nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, bu dastlab nutqning grammatik to’g’riligi demakdir. Ikkinchidan esa, u uslubiy jihatdan ham to’g’ri bo’lishi kerak, ya’ni yaxshi nutqda noaniqlikka, ikki ma’nolilikka, uzundan uzoqlikka yo’l qo’yilmasligi, qisqalik, aniqlik va soddalik uning o’lchovi bo’lishi lozim. Keng ma’noda esa nutq madaniyati nutqiy ta’sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, o’tkirlik va obrazlilikni ifoda etadi.

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, nutq madaniyati muammolari bilan olimlar hamma zamonlarda ham shug’ullanib kelishgan. Bu sohada Praga lingvistik to’garagi, rus tilshunosligi katta yutuqlarga erishganligini ta’kidlab o’tish lozim. Keyingi 40-50 yil ichida bu sohada o’zbek tilshunosligida ham ma’lum ishlar amalga oshirildi va bu ishlar davom ettirilmoqda.

O’zbek tilshunosligi erishgan yutuqlardan biri shu bo’ldiki, nutq madaniyati alohida o’rganish obyekti qilib olindi va u alohida fan sifatida nazariy asosga qo’yildi, ilmiy o’rganish metodlari ishlab chiqildi, u bilan aloqador tushunchalarning chegaralari belgilandi. Bu borada O’zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida tashkil etilgan Nutq madaniyati sektorining, ayniqsa bir necha yillar shu sektorning bo’lim boshlig’i bo’lib ishlagan E.A. Begmatovning xizmatlari katta bo’ldi. Olimning qalamiga mansub «Nutq madaniyati problemasining paydo bo’lishi va asoslanishi» (1973), «Tilshunoslikning muhim sohasi» (1973), «Nutq madaniyati tushunchasi haqida» (1975), «Nutq madaniyati mezonlari» (1976), «O’zbek nutqi madaniyati

97

Page 98:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

masalalari» (1980), «Notiqning nodir boyligi» (1980), «Adabiy norma va nutq madaniyati» , «O’zbek nutq madaniyati ocherklari» (1989), «O’zbek nutqi madaniyati asoslari» (1991), «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari» (1992), «Adabiy norma nazariyasi» (1997, 1998, 1999) singari asarlarida (Ularning ayrimlari hammualliflikda yozilgan. Bu haqda qarang: Q o’ n g’ u r o v R., K a r i m o v S. O’zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati. Bibliografik ko’rsatkich. – Samarqand, 1984; K a r i - m o v S., J o’ r a ye v T. O’zbek tili uslubiyati va nutq madaniyati. Bibliografik ko’rsatkich. – Samarqand, 2001) nutq madaniyatiga oid ko’plab ilmiy-nazariy fikrlar bayon etilgan.

Nutq madaniyatini yuksaltirishning oldida turgan muammolarni aniq ko’ra bilgan olim bundan 30 yil muqaddam quyidagilarni yozgan edi: «Bizning fikrimizcha, nutq madaniyati sohasi o’z o’rni va fandagi mavqyeini to’la egallashi uchun u nazariy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Birinchidan, bu tushunchaning til hodisasi va ilmiy problema sifatida tarixi yoritilmog’i kerak. Ikkinchidan, nutq madaniyati sohasini o’rganuvchi asosiy obyekt bo’lgan til hodisasi aniqlanishi kerak. Uchinchidan, nutq madaniyatining ilmiy-tadqiqiy obyekti bilan bog’liq problemalar belgilanishi lozim. To’rtinchidan esa, nutq madaniyatini o’rganish aspektlari (lingvistik va ekstralingvistik) chegaralanishi zarur» (B ye g m a t o v E. Nutq madaniyati problemasining paydo bo’lishi va asoslanishi // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent, 1973, 156-bet).

XXI asrning boshlariga kelib bu masalalarning ko’plari hal bo’ldi. Bu borada yana E.Begmatovning xizmatlari katta ekanligini ta’kidlashimiz zarur. Birgina «til madaniyati» va «nutq madaniyati» tushunchalarini chegaralash masalalarini olib qaraylik. Olimning fikrlarini keltiramiz: «…nutq madaniyati tushunchasi bu, avval to’g’ri, shu bilan birga, yaxshi so’zlash, ya’ni madaniy nutqiy prosess demakdir. Ammo madaniy gapirish uchun nutqda xizmat qiluvchi madaniy vositalar, ya’ni aniqrog’i madaniy til vositalari lozim bo’ladi. Shunga ko’ra aytish mumkinki, madaniy nutq ikki faktor asosidagina yuzaga chiqa oladi: a) madaniy til (adabiy til) vositalarining mavjudligi, ushbu madaniy til vositalaridan gapirganda yoki yozganda maqsadga muvofiq ravishda foydalana olish.

Keltirilgan ikki omil asosida nutq madaniyati hodisasi ham, bizningcha, ikki xil talqin qilinishi va nomlanishi lozim bo’ladi.

Til madaniyati. 2. Nutq madaniyati yoki so’zlashuv madaniyati.Nutq madaniyati tushunchasini til madaniyati va so’zlash madaniyati

tushunchasiga ajratish tilshunoslikda izchillikka ega emas. Umuman, bu ikki tushuncha, asosan, birga yoki qorishtirilgan holda nutq madaniyati yoki til madaniyati termini bilan yuritilmoqda. Demak, bu holda til madaniyati termini nutq madaniyati terminiga ekvivalent bo’lib kelmoqda. Shu sababli ham, biz nutq madaniyati nomi bilan umumiy tarzda yuritilayotgan tushuncha (hodisa)dagi ikki holatni til madaniyati va nutq, ya’ni so’zlash madaniyatini farqlash tarafdorimiz. Nutq madaniyati tushunchasi va termini keltirilgan ikki hodisa uchun umumiy tasavvur va umumiy nom tarzida tushunilishi mumkin. Xo’sh, til madaniyati tushunchasi nima ?

98

Page 99:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Til madaniyati tushunchasi nutq madaniyati sohasida til sistemasining o’zini, masalan, o’zbek adabiy tilining vosita va imkoniyatlarini, «madaniylashtirishni» ko’zda tutadi. Demak, til madaniyati termini bilan ataluvchi tushuncha til sistemasining madaniylik darajasini, ya’ni uning qanchalik ishlanganligi, normalanganligini ko’rsatadi» (B ye g m a t o v E. «Nutq madaniyati» tushunchasi haqida // O’zbek tili va adabiyoti, 1975, № 5, 50-58-betlar).

Ko’rinadiki, garchi «til madaniyati» va «nutq madaniyati» tushunchalari tilga oid atama sifatida bir-birlaridan farqlansa ham, aslida ularning birini ikkinchisidan ajratib bo’lmaydigan, biri ikkinchisini taqozo qiladigan tushunchalardir. «Nutq madaniyati» aniq ma’noda til birliklarini nutq jarayonida qo’llashning me’yori, maqsadga muvofiqligini anglatsa ham, umumiy ma’noda ma’lum millatning umumtil doirasida qaraladi. To’g’ri, nutq til va tildan tashqaridagi (lingvistik va ekstralingvistik) omillarni o’z ichiga oladigan murakkab jarayon bo’lib, u mantiq, ruhshunoslik, pedagogika, etika, estetika masalalari bilan ham bog’liq. Ammo nutq uchun tilning birinchi darajada turishini hyech kim inkor eta olmaydi.

Ma’lum bo’ladiki, til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy va tushunarli bo’lgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanalsa ham, u nutq madaniyati sohasining xizmatlarini inkor etmaydi. Binobarin, me’yor muammolari hamisha ushbu sohaning tadqiqot obyekti bo’lib qolaveradi. Nutq madaniyati tilda ma’lum me’yorda keltirilgan til birliklarining nutqda qo’llanish shart- sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu me’yorga amal qilishni ma’lum ma’noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, kamchiliklarni tugatishning eng ma’qul yo’llari ko’rsatib turiladi. «Nutq madaniyati keng miqyosidagi til tarbiyasini va ommaviy stilistik savodlilikni, boshqacha aytganda, so’zlovchi va yozuvchi omma orasida til haqidagi fanning hozirgi zamon yutuqlarini tadbiq etishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi» (Osnovы kulturы rechi: Xrestomatiya, s.39).

Til elementlarining me’yorlashishidek uzluksiz jarayonda eskilik bilan yangilik o’rtasida kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan so’z va iboralar ularning o’rniga kelayotgan yangilariga osonlikcha o’rnini bo’shatib bermaydi. Ma’lum muddat ular teng darajada, parallel yashab turishi va vaqtlar o’tishi bilangina o’rnini bo’shatib berishi mumkin.

Ba’zan buning aksi ham kuzatiladi. Bunday birliklar orasida til tizimiga to’g’ri kelmaydigan, tasodifiylari uchrab qolishi, omma o’rtasida me’yorlashmasdan, adabiy til doirasining tashqarisida qolib ketishi ham mumkin.

Shu tariqa amaldagi me’yor va yangilik o’rtasida doimiy kurash davom etadi. «Biz yangi me’yorlarning grammatika va lug’atlarda qoidalashtirilishi (kodifikasiya) va joylashish vaqtini qayd qilishimiz mumkin, - deb yozadi V. A. Iskovich. - Ammo eski me’yorni yangisining siqib chiqarishi uzoq va ko’p bosqichli jarayondir. Yangi birlik adabiy qo’llanishning tashqarisida - jonli so’zlashuvda, kasb-hunarga oid va kundalik maishiy nutqda paydo bo’lib, faqat asta-sekinlik bilangina adabiy tildan o’rin oladi» (I s k o v i ch V.A. Yazыkovaya norma. - M., 1968. 47- 48- betlar).

99

Page 100:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Xuddi mana shu eskilik bilan yangilik o’rtasidagi kurash va bu kurashda tildagi me’yoriy ko’rinishlarning tanlana borishi jarayonida adabiy til shakllanib boradi. O’zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o’sib chiqqan bo’lsa ham, unda mavjud bo’lgan dialektlar va shevalardan, jargonlardan, oddiy so’zlashuv tilidan, umuman xalq tilidan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili o’zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni o’z ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo’ladi. Adabiy til esa undan o’zbek millati uchun tushunarli bo’lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini tanlab oladi hamda ularni millat vakillari uchun me’yor sifatida tavsiya etadi.

Garchi umumxalq tilining hamma ko’rinishlarida, barcha til jamoalarida o’ziga xos tarzda amal qiladigan me’yorlar mavjud bo’lsa ham kodifikasiyalashtirilgan, ya’ni ma’lum qoidalarga kiritilgan me’yorlar faqat adabiy tilga xos xususiyatdir. «Faqat adabiy tildagina, - deydi V.A. Iskovich, - qanday gapirish va qanday gapirmaslik; me’yoriy grammatikalarda, lug’atlarda, ma’lumotnomalarda qayd etilgan; maktablarda o’rganiladigan qoida va ko’rsatmalar amal qiladi» (I s k o v i ch V.A. Yuqoridagi asar, 8-bet). Shuning uchun ham adabiy tilning umumxalq tilidan farq qiluvchi tomoni unda yagona me’yorning qat’iy amal qilishi hisoblanadi.

Tilning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi xalq hisoblansa ham, uning taraqqiyotida olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimizning, davlat va jamoat arboblarining, pedagoglar va matbuot xodimlarining, kino, teatr san’ati ustalari va nashriyot xodimlarining hamda jurnalistlarning xizmatlarini qayd qilish lozim. Ayniqsa mustaqillik davrida tilshunos olimlarimiz, shoir-yozuvchilarimiz va jurnalistlarimizning xizmatlari katta bo’ldi. Ularning samarali mehnatlari tufayli tilshunoslikning ko’pgina yo’nalishlari bo’yicha qat’iy me’yorlar belgilandi, ona tilimiz rivojiga oid yangi qoidalar va qarorlar inobatga olingan holda til birliklarining yozuv va muomala jarayonidagi namunaviy variantlari tavsiya etildi, til tizimidagi ko’pgina munozarali masalalar o’zining nazariy asosiga qo’yildi.

Ammo adabiy til muntazam taraqqiyot va takomillashuv jarayonini boshidan kechirar ekan, bu jarayonni faqatgina so’z ustalarining xizmatlariga bog’lab qo’yish ham to’g’ri bo’lmaydi. Shu o’rinda A.I. Yefimovning «Agar adabiy til tarixan taraqqiy etgan o’zaro hamkorlikda bo’lgan va bo’lib kelayotgan uslublarning murakkab tizimi hisoblanar ekan, unda alohida bir kishining rolini ular orasidagi ma’lum bir uslubning ishlanuvi doirasida e’tirof etish mumkin» (Ye f i m o v A.I. Istoriya russkogo literaturnogo yazыka. Kurs leksiy. - M.: izd. Moskovskogo universiteta, 1954, s.7), degan fikrini esga olishimiz lozim. Olimning ta’kidlashicha, adabiy qayta ishlash (binobarin, me’yorlashtirish - S.K.) umumxalq tilining juda katta zahirasidan nisbatan yorqin, hayotiy va tipik nutqiy vositalarni tanlab olish va ijodiy boyitishdan iboratdir.

So’z ustalari, ijodkorlar adabiy tilning boyishiga, undagi ifoda imkoniyatlarining kengayishiga xizmat qilsa, tanlangan ushbu til boyliklarining adabiy nutqda mustahkamlanishida jamiyatdagi yana bir katta kuch- ziyolilar, ayniqsa, o’qituvchilar yordamga keladi. «Aynan shu maktab, - deydi T. A. Degtereva, - so’z ustalari tomonidan ko’proq umumiy, kamroq individual nutqiy vositalarni tilda mustahkamlaydi, ularni adabiy nutq me’yorlariga aylantiradi,

100

Page 101:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

avloddan avlodga o’tishini ta’minlaydi. Bironta yozuvchi, bironta siyosiy va ilmiy asarlar muallifi, bironta notiqlik san’atining dahosi u yoki bu ma’noda nutqiy madaniyat tayyorgarligining maktab bosqichini chetlab o’tgan emas» (D ye g t ye r ye v a T.A. Stanovleniye norm literaturnogo yazыka. - M., 1963, s. 170).

Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida shoir va yozuvchilar ijodi namunalari ko’rinishidagi badiiy adabiyotning o’rni ham alohida. Ayni paytda, badiiy adabiyot tilidagi me’yorni belgilashning o’zi murakkab vazifa ekanligini ta’kidlash lozim. Chunki badiiy matnda ijodkor niyati, o’y-xayoliga bog’liq ravishda adabiy me’yor doirasidan tashqarida bo’lgan til shakllari ishlatilishi ham mumkin. Ammo gap shundaki, bu me’yordan tashqarida bo’lgan holatlar badiiy-estetik jihatdan o’zini oqlaydigan, kitobxon tomonidan tushunarli va qabul qilinadigan bo’lishi lozim.

Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o’z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan, favqulodda original ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo’lda ular yangi so’z va iboralar yaratadilar. Yaratilagan birliklar o’sha matnning o’zida qolib ketaverishi, ommalashmasligi, adabiy tildan o’rin olmasligi, bir so’z bilan aytganda, tilda me’yorlashmasligi mumkin. Ularning me’yorlashishini sharoit, vaqt va ommaning qabul qilishi kabi omillar belgilaydi.

Ammo bir narsa ravshanki, bu birliklar o’zi qo’llangan matnda badiiyat uchun, obrazli tasvir va ifoda uchun xizmat qiladi. Shunday ekan ularni bir uslub doirasida me’yoriy deb hisoblashga asosimiz bo’ladi. Adabiy asarlardan namunalar keltiramiz: Shovillaydi tun bo’yi shamol. Qaldirg’ochlar uchun l a r z a k o r (A.Oripov. Shovilladi tun.), Lekin faqirga eng ulug’ tuyulgan fazilatlari - Hazrat Mirning i s t ye ‘ d o d sh u n o s l i k l a r i - yu, z a k o v a t p a r v a r l i k l a r i edi (P.Qodirov. Yulduzli tunlar), Ammo samo o’g’li ya sh i n v o r, Tashlanmasdan ohuga yovqur, Changalidan ketgandi mador, Ko’zlarida so’ngan edi nur (O. Matjon. Aks-sado) kabi.

Lekin badiiy adabiyot matnida ba’zan boshqa manzaraga ham duch kelib qolamiz. Ollayor Begaliyev «Yo’qolgan tabassum» hajviy hikoyasida (Sharq yulduzi, 1988,7) qo’llagan ayrim so’z va iboralarni til me’yori va mantiq me’yori nuqtai nazaridan qanday tushunish lozimligiga o’quvchi qiynaladi. Jumladan hikoyada shunday ibora va jumlalar bor : tabassumni tashlab kirmoq; tabassumini katta-kichik, qalin va yupqa, bo’yalgan va tabiiy, samimiy va g’arazli tabassumlar tartibsiz qalashib yotgan kotibaning stoli ustiga tashlab ketmoq; tabassumlarini qabulxonada qoldirmoq; tabassumidan ayrilmoq; mo’jaz tabassum; tabassumini yechib-kiyib yurmoq; tabassumi bilan kirmoq; tabassumidan ayrilmay o’tirmoq; tabassumini uyiga tashlab kelmoq; tabassumini supurib, o’raga tashlab kelmoq; tabassumlarini o’z joyiga qo’ndirmoq; o’z tabassumini olish uchun kotibaning stoliga engashmoq; tepkilangan tabassumini bukilib olmoq; tabassumining changini qoqmoq; tabassumini joyiga o’rnatmoq; elliginchi razmer tabassum; yangi tabassum; barkashdek yuzidagi qovunning tilimini eslatuvchi tabassum; baxtsiz tabassum; kichkina tabassumni kattalashtirmoq; o’z tabassumiga tikilmoq; tabassumli kulishni o’rganmoq kabilar.

101

Page 102:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Bu iboralar va jumlalardan tabassumning nima ekanligini bila olmay qolasan kishi. Hikoyani kulgili chiqarish maqsadida tasvirni bu qadar bachkanalashtirib yuborgan qalamkashning badiiyatdan xabari bor-yo’qligi haqida o’quvchida shubha tug’iladi.

L.V.Shcherba me’yordan chekinmagan yozuvchining bo’lmasligi, chekinilmasa asarning zerikarli bo’lishi mumkinligi haqida yozib, «Insonda me’yorni his qilish xususiyati tarbiyalangan bo’lsa, u yaxshi yozuvchilardagi asosli chekinishlarni butun go’zalligi bilan his qila boshlaydi», deb ta’kidlagan edi (Щ ye r b a L.V. Spornыye voprosы russkoy grammatiki // Russkiy yazыk v shkole, 1939, №1, s.10).

Tildagi birliklar va hodisalarning reallashuvi, mustahkamlanuvi hamda me’yorlashuvida yozuvning xizmati katta bo’lib kelayotganligi shubhasiz. Nafaqat tilning me’yorlashuvi, balki dunyo xalqlari taraqqiyotida ham yozuvning o’rnini chetlab o’tib bo’lmaydi. Zero, har bir xalq, millat sivilizasiyasi u yaratgan yoki foydalangan yozuvga ham bog’liq.

O’zbek davlatchiligining shakllanishi hamda xalqimizning dunyo fani va madaniyatida, binobarin, til va nutq madaniyatida tutgan o’rni, egallagan mavqyei haqida so’z yuritganda bu xalqning necha ming yillar davomida foydalanib kelgan oromiy, yunon, karoshta, sug’d, xorazm, kushon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, urxun (runik), uyg’ur, arab, lotin, rus (kirillisa) yozuvlarini va yana lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tayotganligimizni eslash kifoya. Shunday ekan, o’zbek adabiy tilining shakllanishi, shubhasiz, o’zbek xalqi asrlar davomida foydalanib kelgan yozuv madaniyatining takomili hamdir.

Til tadqiqotchilarining tasdiqlashicha, davlatchilik darajasida, ya’ni rasmiy muomalada tildan foydalanish uning me’yorlashuvini, binobarin, adabiy tilning shakllanuvini tezlashtirgan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, qayerda davlatchilik taraqqiy etgan, mustahkamlangan va bu davlatning boshqa davlatlar bilan munosabatlari yaxshi yo’lga qo’yilgan va rivojlangan bo’lsa, shu yerda tilning me’yorlashuvi va madaniylashuvi ham tezroq amalga oshgan. Xuddi ana shu fikrni dunyo sivilizasiyasiga o’zlarining munosib hissasini qo’shgan xalqlarning badiiy va ilmiy tafakkuri haqida bemalol aytish mumkin.

Darhaqiqat, davlat olib borgan ijtimoiy siyosatning til rivoji va me’yorlashuviga ta’siri sezilarli bo’lishi mumkin. Buni sobiq SSSR hududida yashovchi xalqlar tillariga bo’lgan munosabatdan ham anglasak bo’ladi. «Rus tili – ikkinchi ona tilimiz » degan sun’iy shior bir asrga yaqin vaqt mobaynida asta-sekinlik bilan tilimizga rus yoki u orqali boshqa tillardan so’z qabul qilish va ularning me’yorlashib borishini ta’minladi. Biz hyech ikkilanmasdan, xuddi shunday bo’lishi kerakdek, absolyut, avangard, avantyura, avariya, avtobiografiya, avtonom, avtor, agitator, agressiv, agressor, aktiv, aktual, alfavit, alyans, amnistiya, anonim, arbitr, aristokrat, aristokratiya, arsenal, arxaik, ataka, attestat, auditoriya, aforizm singari so’zlarni qo’llayverdik va shunday qo’llashga ko’nikdik. Ularning tilimizda muqobillari yo’qmikan deb o’ylab ko’rmadik. To’g’risi, bunga imkon ham, umumiy oqimdan chetga chiqishning iloji ham yo’q edi. Loqaydligimiz esa bunga ko’maklashdi.

102

Page 103:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

Rus tilining tazyiqi kuchayib borgan sari, asta-sekinlik bilan, o’zimiz sezmagan holda o’z so’zlarimiz va ifoda usullarimizdan voz kecha boshladik. O’nta sigir, o’nta qo’y deyish mumkin bo’lgani holda o’n bosh qo’y, o’n bosh sigir, o’n bosh qoramol deb ishlata boshladik. Chunki ba’zi rahbarlarimizning bosh qotirib, tilimizda mavjud bo’lgan so’z va iboralarni axtarib o’tirishdan ko’ra stol ustida turgan rus tilida yozilgan ayrim birliklarni so’zma-so’z tarjima qilib qo’ya qolish oson tuyuldi-da. Bu ruscha matnlarda esa «desyat golov oves», «desyat golov korova» deb yozilgan bo’lgan. Shu darajaga borib yetdikki, tilimizdagi oddiy sovliq, qora mol, uloq so’zlarini unuta boshladik. Ularni rus tilidan kalkalab, ona qo’y (ovsematok), yirik shoxli qoramol (krupnыy rogatыy skot), mayda shoxli mol (melkiy rogatыy skot) tarzida ishlatishdan tortinmadik. Achinarlisi shu bo’ldiki, oddiy qishloqi o’zbek chorvadorlarimizning, cho’ponu molboqarlarimizning o’zlari ham gazeta yoki radiodan muxbir kelib suhbatlashganda shunday deb gapiradigan bo’ldilar.

Gazeta tilining tadqiqotchisi A.Abdusaidov bu noxush jarayonning xalqimiz o’rtasida tarqalib ketganligi haqida so’z yuritib, ona tovuq, ona cho’chqa, ona quyon, ona biya, yirik shoxli mol, mayda shoxli mol, mayda tuyoqli mol singari o’nlab jumlalarni tahlil qilib beradi va ularning bu tarzda qo’llanilishini qoralaydi (A b d u s a i d o v A. Gazeta tili va adabiy norma. – Samarqand, 1986, 39 –42-betlar).

Hattoki, 80-yillarda yozilib, o’zimiz hammualliflik qilgan «Nutq madaniyati asoslari», «O’zbek tilining funksional stillari» singari asarlarda quyidagi so’zlarni ishlatganmiz: agitasiya, aktual, analiz, diapazon, ideologiya, informasiya, konstruksiya, kontekst, kollektiv, norma, obzor, oblast, operativ, ottenka, personaj, prinsip, prinsipial, publisistik, publisistika, sensasiya, sensasion, sosial, struktural, tematika, territoriya, forma, funksiya, funksional kabi.

O’zbek tiliga chetdan kirib kelgan birliklarning me’yorlashish sabablarini shu tarzda anglaydigan bo’lsak, uning lug’at tarkibidagi grekcha- yunoncha, mo’g’ulcha, ayniqsa, arabcha so’zlarining paydo bo’lish omillarini ham to’g’ri tushunamiz. Xayriyatki, mustaqilligimizni qo’lga kiritib, biz bu kamchiliklardan qutuldik. Hyech bo’lmaganda, asta-sekinlik bilan qutulib borayapmiz. Buni yuqorida tanqid qilganimiz chorvachilik sohasida atamalar ishlatishdagi o’zgarishlarda ham kuzatamiz. Masalan, Samarqand qishloq xo’jalik institutining 70 yilligiga bag’ishlab nashr etilgan «Qishloq xo’jalik korxonalari rahbarlari va fermerlar uchun amaliy qo’llanma va tavsiyalar» (Samarqand, 1999) kitobining «Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi» bo’limida yuqorida keltirilgan atamalar o’rnida qoramol, sigir, buzoq, tana, g’unajin, buqa, qo’y, qo’chqor, sovliq, qo’zi, echki,uloq so’zlari qo’llanganini kuzatamiz (138-221-betlar).

Shunday qilib, o’zbek adabiy tilining qanchalik me’yorga keltirilganligi va unga qay darajada amal qilinishi umummilliy o’zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan sanalar ekan, bu muammo bilan shug’ullanish ziyolilar, xususan tilshunoslarning bundan keyin shug’ullanishi va hal qilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifasi bo’lib qolaveradi. Kelajakda o’zbek tilida uning barcha sathlari bo’yicha me’yoriy holatlar aniqlangan va ularning natijasi o’laroq

103

Page 104:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

me’yoriy fonetika, me’yoriy leksikologiya, me’yoriy frazeologiya, me’yoriy grammatika, me’yoriy stilistika singari yo’nalishlar tadqiq etilishi va ularda til faktlari vazifaviy-uslubiy jihatdan tahlil qilinishi lozim.

A D A B I Yo T L A R

1. K a r i m o v I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. O’zR Oliy Majlisi 1X sessiyasida so’zlangan nutq, 1997 yil 29 avgust.

2. A b d u l l a ye v F.O’zbek milliy adabiy tili va uni o’rganishga oid masalalar // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent, 1973.

3. A b d u r a h m o n o v X. O’zbek xalq og’zaki ijodi asarlarining sintaktik xususiyatlari bo’yicha kuzatishlar. – Toshkent: Fan, 1971.

4. A b d u r a h m o n o v Ђ. Stilistik normalar haqida //O’zbek tili va adabiyoti, 1969, №6.

5. A s q a r o v a M. Respublika maktablarida ona tili o’qitish va nutq madaniyati // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. - Toshkent: Fan, 1973.

6. B a s k a k o v N.A. Strukturnыye i funksionalnыye stilisticheskiye modifikasii v sovremennыx tyurkskix yazыkax. // Razvitiye stilisticheskix sistem literaturnыx yazыkov narodov SSSR. – Ashxabad, 1968.

7. B ye g m a t o v E. Nutq madaniyati problemasining paydo bo’lishi va asoslanishi // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent: Fan, 1973.

8. B ye g m a t o v E. O’zbek nutqi madaniyati masalalari // O’zbek tili va adabiyoti, 1980, № 4.

9. B ye g m a t o v E., B o b o ye v a A., A s o m i d d i n o v a M. Adabiy norma va nutq madaniyati. – Toshkent: Fan, 1983.

10. V i n o g r a d o v V.V. Stilistika. Teoriya poeticheskoy rechi. Poetika. – M., 1963.

11. Ye f i m o v A.I. Stilistika xudojestvennoy rechi. – M, 1961.12.. I b r o h i m o v S. O’zbek tilining nutq madaniyatiga oid

masalalar //«Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent, 1973.13. K a r i m o v S. O’zbek tilining badiiy uslubi.-_Samarqand: Zarafshon,

1992. 14. K o j i n a M.N. Stilistika russkogo yazыka – M., 1983.15. M a m a t o v A.E. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tilida leksik va

frazeologik norma muammolari.- Toshkent, 1991.16. M a h m u d o v N., N u r m o n o v A. O’zbek tilining nazariy

grammatikasi. – Toshkent, 1995.17. M u k a r r a m o v M. Hozirgi o’zbek adabiy tilining ilmiy stili. –

Toshkent, 1984.18. Mu x t o r o v A., S a n a q u l o v U. O’zbek adabiy tili tarixi.

Toshkent, 1995.19. M u h a m ye d o v S. O’zbek tili funksional stillarini belgilash

to’g’risida // O’zbek tili va adabiyoti, 1983, №4.

104

Page 105:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

20. N ye ‘ m a t o v H., R a s u l o v R. O’zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O’qituvchi, 1995.

21. R ye sh ye t o v V., Sh o a b d u r a h m o n o v Sh. O’zbek dialektologiyasi. - Toshkent, 1978.

22. R o z ye n t a l D.E. Prakticheskaya stilistika russkogo yazыka. – M., 1974.

23. S a d ы k o v a S. Stilistika glagola v sovremennom uzbekskom literaturnom yazыke: Avtoref. dis…. d-ra filol.nauk.- _Toshkent, 1991.

24. S u l a y m o n o v A. Til stillari haqida // Sovet maktabi, 1964, №6.25. T u r s u n o v U., O’ r i n b o ye v B. O’zbek adabiy tili tarixi. –

Toshkent, 1982. 26. T u r s u n o v U., O’ r i n b o ye v B., A l i ye v A. O’zbek adabiy tili

tarixi. – Toshkent, 1995.27. Sh o a b d u r a h m o n o v Sh. va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy

tili. – Toshkent, 1980. 28. Sh o a b d u r a h m o n o v Sh. O’zbek adabiy tilining leksik

normalari // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami - Toshkent: Fan, 1973.29. Sh o m a q s u d o v A. O’zbek tili stilistikasi. –Toshkent: O’qituvchi,

1983.30. O’zbek tili grammatikasi. 1 va P tomlar. – Toshkent, 1975, 1976.31. O’ r i n b o ye v B. Funksional uslubiyat va uning mohiyati. – Toshkent:

Fan, 1992.32. O’ r i n b o ye v B. O’zbek tilining so’zlashuv nutqi sintaksisi masalalari.

–Toshkent: Fan, 1975. 33. O’ r i n b o ye v B., O’ r i n b o ye v a D. O’zbek tilining so’zlashuv

uslubi. – Toshkent, 1991.34. Q i l i ch ye v E., Q i l i ch ye v B. Nutq madaniyati va uslubiyat

asoslari. – Buxoro, 2001.35. Q u r b o n o v T.I. Hozirgi o’zbek adabiy tilining publisistik uslubi. ND

– Toshkent, 1987.36. Q o’ n g’ u r o v R. O’zbek tili stilistikasidan ocherklar. – Samarqand,

1975.37. Q o’ n g’ u r o v R. Sifat stilistikasi // O’zbek tili stilistikasi va nutq

madaniyati masalalari. –Samarqand, 1982.38. Q o’ n g’ u r o v R. Olmosh stilistikasiga oid ayrim mulohazalar//

O’zbek tili stilistikasidan kuzatishlar. –Samarqand, 1981.39. Q o’ n g’ u r o v R.Q., K a r i m o v S.A, Q u r b o n o v T.I. O’zbek

tilining funksional stillari. – Samarqand, 1984. 40. Q o’ ch q o r t o ye v I. Adabiy tilning stilistik tabaqalanishi va nutq

madaniyati // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent, 1973. 41. Ђ u l o m o v A. Adabiy til normalari // «Nutq madaniyatiga oid

masalalar» to’plami. – Toshkent, 1973.

105

Page 106:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

M u n d a r i j a

Kirish………………………………………………………..3Me’yor hodisasining lingvistik tushuncha ekanligi…….5Adabiy til va adabiy me’yor………………………………13Hozirgi o’zbek adabiy tili ko’rinishlari va ularning muhim belgilari. Imlo va

talaffuz me’yori ………………………….23Leksik-frazeologik me’yor………………………………..32Morfologik me’yor…………………………………………49Sintaktik me’yor……………………………………………69Uslubiy me’yor………………………………………………87O’zbek tili me’yorlari va lug’atchilik……………………112Adabiy me’yor va o’zbek nutqi masalalari……………….125Adabiyotlar……………………………………………..….141

106

Page 107:  · Web viewShuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z,

5.12.2001 yilda bosishga ruxsat etildi.№ 300 buyurtma, 9,0 bosma taboq,hajmi 60x84, 1,16. Adadi 100 nusxa

__________________________________SamDU nashr-matbaa markazi bosmaxonasida chop etildi.

703004, Samarqand sh., Universitet xiyoboni, 15.

107