To'garak ishlanma: Badiiy so`z qudrati

5
TEXNOLOGIK XARITA MAVZU Badiiy so`z qudrati MAQSAD Ta limiy : o’quvchilar so’z san’ati haqida va adabiyotning turlari to’g’risida tushuncha hosil qiladilar. Tarbiyaviy: ona-vatanga muhabbat va nafosat tarbiyasini oladilar. Rivojlantiruvchi : og’zaki nutqni o`stiradilar. DTS Bilim: adabiyotning san’at turlaridan biri ekanligini bilish. Ko’nikma: adabiyotning boshqa san’at turlaridan farq qiluvchi xususiyatlarini anglash. Malaka: adabiyot tushunchasini mustaqil sharhlay olish. O’QUV JARAYONINING MAZMUNI 1. Badiiy so`zning qudrati haqida ma’lumot berish. 2. Badiiy adabiyotning turlarini bilish. 3. Ulug’ kishilarning adabiyot, so’z va kitobning ahamiyati to’g’risida aytgan hikmatlaridan bilish. O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI Metod: “Suhbat” texnologiyasi, “Aqliy hujum” metodi, Vosita: darslik, ko’rgazma, yozuvchilarning rasmlari, DVD pleyr, metoplan kartalar. Usul: og’zaki nazorat va ifodali o’qish. KUTILADI- GAN NATIJA (o’qituvchi va o’quvchi) O’qituvchi: badiiy so’zning qudrati, uning turli xil jilolari haqida o’quvchilarning ongiga singdiradi. O’quvchi: adabiyotning so’z san’ati ekanligi haqida tushunchaga ega bo’ladilar.

Transcript of To'garak ishlanma: Badiiy so`z qudrati

Page 1: To'garak ishlanma: Badiiy so`z qudrati

TEXNOLOGIK XARITAMAVZU Badiiy so`z qudrati

MAQSAD

Ta ’ limiy : o’quvchilar so’z san’ati haqida va adabiyotning turlari to’g’risida tushuncha hosil qiladilar.

Tarbiyaviy: ona-vatanga muhabbat va nafosat tarbiyasini oladilar.

Rivojlantiruvchi: og’zaki nutqni o`stiradilar.

DTS

Bilim: adabiyotning san’at turlaridan biri ekanligini bilish.Ko’nikma: adabiyotning boshqa san’at turlaridan farq qiluvchi

xususiyatlarini anglash.Malaka: adabiyot tushunchasini mustaqil sharhlay olish.

O’QUV JARAYONINING

MAZMUNI

1. Badiiy so`zning qudrati haqida ma’lumot berish.2. Badiiy adabiyotning turlarini bilish.

3. Ulug’ kishilarning adabiyot, so’z va kitobning ahamiyati to’g’risida aytgan hikmatlaridan bilish.

O’QUV JARAYONINI

AMALGA OSHIRISH

TEXNOLOGIYASI

Metod: “Suhbat” texnologiyasi, “Aqliy hujum” metodi, Vosita: darslik, ko’rgazma, yozuvchilarning rasmlari, DVD

pleyr, metoplan kartalar.Usul: og’zaki nazorat va ifodali o’qish.

KUTILADI-GAN NATIJA(o’qituvchi va o’quvchi)

O’qituvchi: badiiy so’zning qudrati, uning turli xil jilolari haqida o’quvchilarning ongiga singdiradi.O’quvchi: adabiyotning so’z san’ati ekanligi haqida tushunchaga ega bo’ladilar.

KELGUSI REJALAR(o’qituvchi va o’quvchi)

O’qituvchi: 1. Yangi badiiy asarlar bilan tanishadi.2.Mavzuga oid qo’shimcha ilmiy qo’llanmalarni ko’rib chiqadi.O’quvchi: 1. Kutubxonadagi badiiy adabiyotlar bilan tanishadi.2. Ulug’ kishilarning so’z, adabiyot to’g’risidagi hikmatli so’zlaridan topib o’qiydi va o’rganadi.

DARSNING BORISHI: I.TASHKILIY QISM.

1.O’quvchilar bilan salomlashiladi.

Page 2: To'garak ishlanma: Badiiy so`z qudrati

2.O’quvchilar davomati aniqlanadi. 3.Xona tozaligi nazorat qilinadi. 4.Siyosiy daqiqa o’tkaziladi. II.O’TILGAN MAVZUNI SO’RASH. O’quvchilar yozgi ta’til oylarida qanday badiiy asarlar o’qiganligi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.- Ta’tilda qanday badiiy adabiyotlar o’qidingiz?- O’qigan asaringiz kim tomonidan yozilgan?- O’qigan asaringiz qahramonlari haqida gapiring.- Badiiy asar sizda qanday taassurot qoldirdi? Guruhlar “Sinkveyn” metodi orqali vatan, ona, ota, do’st so’zlarini izohlaydilar. Bu metod o’quvchilarga tushuntiriladi. Masalan: Adabiyot. 1 Adabiyot. 2 Badiiy adabiyot. 3 Adabiyot – so’z san’ati. 4 Adabiyot insonni go’zallikka yetaklaydi. 5 Odobnoma.III.YANGI MAVZU BAYONI. REJA: 1. Adabiyot – odob-axloq haqidagi fan. 2. Badiiy so’z qudrati. 3. Badiiy adabiyotning uch turi haqida. 4. So’z, adabiyot, kitob to’g’risida buyuk kishilarning aytgan hikmatlari. 5. Adabiyotning tarbiyaviy ahamiyati.

“AQLIY HUJUM” metodi. 1. Aziz o’quvchilar, siz qanday she’rlar yod olgansiz? 2. Hozirga qadar o’qigan asarlaringizdan qaysi biri sizga eng kuchli ta’sir qilgan? 3. Bu ta’sirning sababi nimada, deb o’ylaysiz?Adabiyot arabcha “adab” so’zidan olingan bo’lib, odob-axloq degan ma’nolarni bildiradi. Adabiyot insonning orzu-xayoli, umid va armonlari, odam va olam to’g’risidagi tushunchalarini badiiy so’z yordamida ifoda etishdir. Adabiyotning asosiy quroli esa badiiy so’z hisoblanadi. Demak, adabiyot so’z san’atidir. Zero, yurtboshimiz Islom Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek, “Adabiyot, so’z san’ati azaldan xalq qalbining ifodalovchisi, haqiqat va adolat jarchisi bo’lib keladi”. Adabiy asarlar turli-tuman shaklda, uslubda yaratiladi. Shunga ko’ra 3 turga bo’linadi:

- She’riyat.- Nasr.- Dramaturgiya.

Page 3: To'garak ishlanma: Badiiy so`z qudrati

Haqiqiy adabiyot vaqtda ham, hududda ham chegara bilmaydi. Ya’ni qachon, qaysi tilda yaratilgan bo’lmasin, ezgulikni, go’zalliklarni tarannum etgan asarlar barcha avlod va xalqlarga birdek qadrli bo’lib qolaveradi. “Alpomish” yoki “Odissey” dostonlari yaratilganidan beri oradan ming yillar o’tgan bo’lsa-da, hali hamon o’quvchilarni hayajonga solaveradi. Nemis shoiri Gyote asarlarini o’zbeklar qanchalik qiziqish bilan mutolaa qilsalar, Bobur Mirzoning “Boburnoma” kitobini nemislar shunchalik diqqat bilan o’qib-o’rganadilar. Badiiy asarda faqat go’zal tashbehlar o’rin olibgina qolmay, balki juda boy ma’naviy-ma’rifiy ma’lumotlar istagancha topiladi. DVD pleyr orqali ulug’ kishilarning hikmatlari eshittiriladi.Masalan : “Adabiyot,- deb yozgan edi Oybek,- fikr ommasi, qalb hislari bilan sayqallanadigan, to’xtashni bilmaydigan, borgan sari hamisha nurlanishi, chaqnashi oshib boradigan bir soha”. Islom Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday deb yozadi: “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo’lsa so’z san’ati – badiiy adabiyotdir. Adabiyotni insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarni esa inson ruhining muhandislari deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta”.

IV. MUSTAHKAMLASH.1. Darslikdagi “Adabiyot –so’z san’ati” maqolasi ifodali o’qiladi.2. Savol-topshiriqlar ustida ishlanadi.

- Ko’chalar, qishloqlar, turli davlat mukofotlarining ko’pchiligi shoir-yozuvchilar nomiga qo’yilishining sababi nimada ekan?- Adabiy asar bilan o’qituvchingiz darsi o’rtasida qanday o’xshash va farqli tomonlari bor?

- Adabiyot kishining didi, axloqi , bilimlari boyishiga kuchli ta’sir ko’rsatishini biror asar misolida isbotlashga urining.

Vatan haqida yod olgan she’rlaringizdan ayting.Xulosa qilib aytsak, insonlarning tabiatida bir narsani ikkinchi bir narsaga qiyoslash, hamma narsani so’z yordamida ifodalash so’z san’atiga, adabiyotga xosligini tushunib oldik. Demak, adabiyot so’z san’atidir.V. BAHOLASH. O’quvchilar ishi baholanadi va rag’batlantiriladi. Yakka tartibda o’quvchilar 5 balli reyting tizimida baholanadi.YAKUNLASH. Dars quyidagi savollar bilan yakunlanadi:

1. Dars davomida nimalarni bilib oldingiz?2. Dars jarayoni sizga yoqdimi? Nima uchun?

“Chehralar” termometridan foydalaniladi. O’qituvchi o’quvchilarning kundaliklariga baholarni qo’yadi.YAKUNLASH. Dars quyidagi savollar bilan yakunlanadi:

Page 4: To'garak ishlanma: Badiiy so`z qudrati

1. Dars davomida nimalarni bilib oldingiz?2. Dars jarayoni sizga yoqdimi? Nima uchun?

“Chehralar” termometridan foydalaniladi. O’qituvchi o’quvchilarning kundaliklariga baholarni qo’yadi.