O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik...

145
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Qo’lyozma huquqida UDK 78:371,3 OMANQULOVA SHOHIDA NEMATILLO QIZI BOSHLANG’ICH SINF MUSIQA MADANIYATI DARSLARI JARAYONIDA O’QUVCHILARNING MUSIQIY-BADIIY DIDINI SHAKLLANTIRISH 5A111101-Musiqiy ta’lim mutaxassisligi Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya

Transcript of O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik...

Page 1: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Qo’lyozma huquqida

UDK 78:371,3

OMANQULOVA SHOHIDA NEMATILLO QIZI

BOSHLANG’ICH SINF MUSIQA MADANIYATI DARSLARI

JARAYONIDA O’QUVCHILARNING MUSIQIY-BADIIY

DIDINI SHAKLLANTIRISH

5A111101-Musiqiy ta’lim mutaxassisligi

Magistr

akademik darajasini olish uchun yozilgan

dissertatsiya

Ish ko’rib chiqildi va himoyaga Ilmiy rahbar:

ruxsat berildi.

“Musiqa o’qitish metodikasi va Prof. A.Ergashev________

xalq cholg’u asboblari”kafedrasi

mudiri

dot. E.K.Jalilov_______

Page 2: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

SAMARQAND -2012

Mavzu:BOSHLANG’ICH SINF MUSIQA MADANIYATI

DARSLARI JARAYONIDA O’QUVCHILARNING MUSIQIY-

BADIIY DIDINI SHAKLLANTIRISH

MUNDARIJA.

Kirish………………………………………………………………… 3-7

I Bob: Musiqiy-badiiy did tarbiyasining ilmiy-nazariy masalalari. 8

1.1. Musiqiy-badiiy did va tarbiyaning psixologik-pedagogik

xususiyatlari talqini……………………………………………………

8-18

1.2. Musiqa darslarida musiqiy-badiiy didni shakllantirishning

pedagogik shart-sharoiti va mezonlari…………………………………

18

-28

II-Bob: Musiqa darslarida musiqiy-badiiy didni shakllantirishga

yo’naltirilgan pedagogik faoliyat mazmuni………………………..

28

2.1. Milliy musiqiy asarlar vositasida o’quvchilar musiqiy-badiiy

didini shakllantirish imkoniyatlari…………………………………….

28

-37

2.2. O’quvchilarda musiqiy-badiiy didni shakllantirish usul va

shakllari………………………………………………………………

37

-54

III-BOB: Musiqa darslarida o’quvchilarning musiqiy-badiiy

didini shakllantirish tizimi va uning samaradorligi………………..

55

3.1. Musiqiy-badiiy didni shakllantirish yuzasidan amaliy tajribalar

mohiyati……………………………………………………………….

55

-65

3.2. Tajriba-sinov ishlari natijalari va uning statistik tahlili………….. 65-71

Umumiy xulosa………………………………………………………. 72-74

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….. 75-77

Ilovalalar………………………………………………………………

Page 3: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

A.Navoiy nomidagi SamDU, musiqiy ta’lim yo’nalishi magistranti

Omanqulova Shohidaning “Boshlang’ich sinf musiqa madaniyati

darslari jarayonida o’quvchilarning musiqiy-badiiy didini

shakllantirish.” mavzusidagi Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar

X U L O S A S I.

Umumta’lim maktablari musiqa madaniyati fani dasturlari mazmunida

musiqiy-badiiy didni shakllantirishga yetakchi ahamiyat berilgan.

“Musiqa madaniyati” fani orqali o’quvchilarda musiqiy-badiiy didni

shakllantirish bugungi kunda eng muhim masalalardan biridir. Did insonga

xos fazilat hisoblanib u musiqa darslarida olib boriladigan nazariy va amaliy

bilimlar orqali shakllanib boradi.

Omanqulova Shohida o’zining “Boshlang’ich sinf musiqa madaniyati

darslari jarayonida o’quvchilarda musiqiy-badiiy didni shakllantirish”

mazkur ilmiy-tadqiqot ishida o’quvchilarda musiqiy va badiiy didini qanday

shakllantirishning pedagogik va uslubiy negizini yoritib berishga harakat

qilgan.

Ishning 1-bobi mazmunida Didning insonlar hayotidagi ahamiyati,

badiiy did tushunchalarini adabiyotshunoslik, san’atshunoslikka oid

manbalarga tayangan holda tahlil qilingan. Shu o’rinda musiqiy-badiiy didga

oid asarlar g’oyaviy badiiy mazmuni orqali estetik tarbiyalashga xizmat

qilishi tushuntirib berilgan.

Ishning 2-bobida esa o’quvchilarda musiqiy-badiiy didni

shakllantirishning shakl va usullari va pedagogik mazmuni yoritib berilgan.

Bundan tashqari musiqiy asarlar orqali (tinglash, kuylash va asarni tahlil

Page 4: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

qilish) o’quvchilarning musiqiy-badiiy didini qay darajada shakllanganligini

alohida ko’rsatib bergan.

Ishning 3- bobida esa magistrant to’plagan bilimlari va ilmiy tadqiqot

jarayonidagi nazariy va amaliy natijalarini matematik-statistik tahlil orqali

yoritib bergan.

Chiqarilgan xulosa va muallifning o’z izlanishlari samarasi o’laroq

bergan tavsiyalari ham ilmiy qiymatga egaligi bilan diqqatga molikdir.

Ushbu magistrlik dissertatsiyasining umumta’lim maktablari musiqa

o’qituvchilari, talabalar uchun foydali manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Ishni muhim dolzarb muammoni tadqiqiga bag’ishlangan izlanish

sifatida baholash va himoyaga tavsiya etish mumkin.

Ilmiy rahbar: Prof: A.Ergashev_______

Page 5: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

A.Navoiy nomidagi SamDU, musiqiy ta’lim yo’nalishi magistranti

Omanqulova Shohidaning “Boshlang’ich sinf musiqa madaniyati

darslari jarayonida o’quvchilarning musiqiy-badiiy didini

shakllantirish.” mavzusidagi Magistrlik dissertatsiyasiga

T A Q R I Z

Badiiy-estetik tarbiya, badiiy-estetik (musiqiy) did tarbiyasi muammolariga

azal-azaldan jiddiy e’tibor berib kelishganligi uning insonni ma’naviy, axloqiy

kamolitini belgilvchi muhim omil ekanligi san’atshunoslikka, musiqashunoslikka

oid manbalarda qayd etilgan. Bubungi kunda ham barkamol avlodni tarbiyalashga

yo’naltirilgan pedagogik ta’lim tizimida badiiy did tarbiyasi eng muhim va dolzarb

vazifalardan biridir.

Omanqulova Shohida tomonidan tadqiq etilgan muammo

“Boshlang’ich sinf musiqa madaniyati darslari jarayonida o’quvchilarda

musiqiy-badiiy didni shakllantirish” deb nomlanib masalaning xuddi shu

tarzda Magistrlik dissertatsiyasi sifatida o’rganilmaganligi uning mustaqil

bajarilganligini bildiradi.

Muallif o’z ishini yoritishda avvalo nazariy tomonlarini yoritishga

jiddiy yondoshadi. Shu o’rinda respublikamizda taniqli pedagog va

san’atshunos olimlarning musiqiy-badiiy ijodiyotiga oid ilmiy-amaliy

ishlarini atroflicha o’rganadi. Umumiy o’rta ta’limning Davlat Ta’lim

Standartlari va o’quv dasturiga ko’ra musiqiy-badiiy didni bo’yicha

o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan bilim va tushunchalarni tahlil qilib, bu

boradagi mavjud muammolar yuzasidan o’z fikr, xulosa va tavsiyalarini ilgari

suradi va ularni o’z tadqiqiy ishini bajarish davomida erishilgan natijalariga

asosan dalillashga harakat qilgan.

Page 6: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Ishning apparat qismi ilmiyligi bilan ajralib turadi. 1-bob esa “Musiqiy-

badiiy did tarbiyasining ilmiy-nazariy masalalari” deb nomlanib, didning

estetik yarbiyadagi o’rni, musiqiy-badiiy did tushunchasi 2-bobda esa

musiqiy-badiiy didni o’quvchilarda qanday shakllantirish usullariga ta’rif

beriladi va 3-bobda ularning samaradorlik xususiyatlari tajriba-sinov ishlari

va matematik-statistik tahlil natijalari orqali dalillanadi. Olib borilgan amaliy

tajribalar mohiyati va mazmuni ushbu ishni mustaqil bajarilgan va

tugallangan ish sifatida baholash imkonini beradi. Chiqarilgan xulosalar va

ishlab chiqarilgan tavsiyalar ishning nazariy va amaliy ahamiyatini oshiradi

va undan amaliy faoliyatda foydalanish mumkinligini ko’rsatadi.

Umuman olganda mazkur ish va uni bajarish bo’yicha “Nizom

talablariga” javob beradi va uni himoyaga tavsiya etish mumkin.

Taqrizchi: SamDU “Musiqa nazariyasi va

an’anaviy ijrochilik kafedrasi

dotsenti: N.Valixo’jayev _________

Page 7: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

A.Navoiy nomidagi SamDU, musiqiy ta’lim yo’nalishi magistranti

Omanqulova Shohidaning “Boshlang’ich sinf musiqa madaniyati

darslari jarayonida o’quvchilarning musiqiy-badiiy didini

shakllantirish.” mavzusidagi Magistrlik dissertatsiyasiga

T A Q R I Z

Respublikamiz ta’lim tizimida amalgam oshirilayotgan islohatlarni

belgilovchi islohatlarni belgilovchi davlatimizning asosiy hujjatlarida ta’lim

mazmuni, shu jumladan musiqa madaniyati darslari mazmunli, milliy zamin

asosida o’rgatish va o’rganishga alohoda e’tibor berilgan. Shu boisdan ham

mazkur dissertatsiyaning mavzusi dalzarbdir.

Muhokama qilinayotgan dissertatsiya tuzilish jihatidan kirish, uch bob,

adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tarkib topgan.

Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi,

tadqiqotning vazifalari, tadqiqotning obyekti va predmeti, himoyaga olib

chiqiladigan holatlar kabi tushunchalar to’g’ri va tushunarli qilib bayon qilingan.

Dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblari tadqiqotning maqsadi va

vazifalariga mos ravishda shakllantirilgan. Uning uchinchi bopi esa dissertatsiyada

ko’tarilgan masalalarni amaliyotda sinab ko’rishga qaratilgan.

Dissertatsiya muallifi tadqiqot jarayonida amalga oshirilgan ishlari asosida

e’tiborga loyiq xulosalarga kelgan hamda mazkur ishni kelgusida davom ettirish

bo’yicha tavsiyalar bergan

Dissertatsiyada mazmunan boy adabiyotlar ro’yxati keltirilgan, ammo ularni

rasmiylashtirishda mavjud talablarga birmuncha rioya qilmagan hamda

tadqiqotchining shaxsiy maqolalaridan keltirilmagan.

Umumiy xulosa:

Page 8: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Mazkur dissertatsiya bilan tanishgan kishida u yaxshi tasavvur qoldiradi, bu

uning muallifni ishga ijodiy yondoshganligidan dalolat beradi.

Dissertatsiya YDA talablariga javob beradi, uni himoyaga tavsiya etish

barobarida yuqori baholanishiga aminman.

Taqrizchi: SamDU “pedagogika” kafedrasi

professori: N.Shodiyev___________

Page 9: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi

uning ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yilishi, fan, madaniyat sohalariga

bo’lgan e’tiboriga bog’liq bo’ladi. Zotan ta’lim-tarbiya jamiyatning, millatning

kelajagini ta’minlaydigan jahon miqiyosidagi nufuzini belgilaydigan ustuvor omil

hisoblanadi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan ana shu haqiqatga

amal qilgan holda Prezaidentimiz tashabbusi bilan eng avvalo Ta’lim tizimini

isloh qilish, uni yangicha, rivojlangan mamlakatlarning ilg’or tajribalari va milliy

madaniy meros asosida shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. “Ta’lim

to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida ham

ta’limni milliy madaniy meros negizida barpo etishga urg’u berilganki, milliy

madaniy meros namunalari mazmunida aks etgan g’oyalar yosh avlodni barkamol

shaxs sifatida tarbiyalashda ularda milliy ong, milliy nafosat, milliy madaniyat

ruhida tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi. Shu bois ham mustaqillik yillarida

jamiyatimizning barcha ijtimoiy-madaniy sohalarida bo’lgani kabi ma’rifiy

yo’nalishda ham, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’limlarida musiqa

ta’limining ham mazmuni tubdan yangiligi uni milliy madaniy meros tizimida

salmoqli mavqega ega bo’lgan xalq musiqa merosi negizida shakllantirishga

e’tibor kuchaydi. Natijada o’sib kelayotgan yosh avlod milliy musiqamizning

tarixi, o’ziga xos an’analari, janrlari, ijrochilik uslublari va eng nodir namunalari

bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

O’zbek milliy musiqa san’ati xalq hayotining turli qirralari, tarixi, tili,

madaniyati urf-odat, marosimlari, orzu-umidlari, kelajak orzularini uning

ruhiyatini o’zida ifodalashi bilan ta’sirchanlikka ega bo’lib, ushbu ta’sirchanlik

imkoniyatlardan yosh avlod tarbiyasida foydalanish bugungi kunda musiqiy ta’lim

tizimi oldiga qo’yilayotgan ijtimoiy buyurtmaning asosini tashkil qiladi. Shu bilan

birga o’zbek kompozitorlarining o’zbek xalq musiqasidan ruhlanib yaratayotgan

3

Page 10: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

xor, vokal, cholg’u ijrosi uchun moslashtirilgan xalq qo’shiqlarining yangicha

variantlari, shuningdek zamonaviy kompazitorlik ijod mahsuli bo’lgan musiqa

asarlari orqali o’quvchilarni badiiy nafosat ruhda tarbiyalash bir vaqtning o’zida

o’quvchilarning badiiy didini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu o’rinda musiqa

ta’limi sohasida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarning kasbiy mahorati, musiqiy

ta’limning nazariy asoslari, amaliy ijrochilik mahorati va o’qitish metodlaridan

puxta tayyorgarlikka egaligi muhim rol o’ynaydi.

Musiqa darslari jarayonida o’quvchilarning badiiy-estetik, axloqiy, ma’naviy

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdik musiqiy faoliyatning turli

yo’nalishlari (xor, orkestr, vokal ijrochiligi) orqali musiqiy ta’lim samaradorligini

takomillashtirish bo’yicha respublikamizda anchagini ilmiy tadqiqot ishlari amalga

oshirilagan. Bunga H.Nurmatov, Q.Mamirov, B.Azimov, A.Hasanov, B.Fayziyev,

N.Tolibov, D.Jalilova, D.Soipova, I.Qudratov, R.Tursunovlarni dissertatsion

tadqiqotlarini ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Musiqiy-badiiy did va uni

shakllantirishning ayrim masalalari D.Rajabova, S.Fayzulina, F.Xalilov, rus

pedagog olimlaridan V.Asafiyev, D.G.Dmitriyeva, A.Grozzonelayalarning

dissertatsion ishlarida ma’lum darajada yoritib berilgan. E.Fayzullayevning

dissertatsion ishi esa O’zbek mumtoz musiqasi vositasida bo’lg’usi musiqa

o’qituvchilarini badiiy didini shakllantirishga qaratilgan bularning barchasi biz

tomonimizdan tanlangan mavzuni mustaqil tadqiqot muammosi sifatida

o’rganilmaganligini ko’rsatadi va mazkur tadqiqot mavzusini dolzarb pedagogik

muammo sifatida e’tirof etish imkonini beradi.

Tadqiqot maqsadi: Umumta’lim maktablarining musiqa

madaniyati darslari jarayonida o’quvchilarning musiqiy-badiiy didini

shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari, nazariy hamda uslubiy asoslarini

o’rganish ushbu jarayonni samarali tashkil etishga yo’naltirilgan ilmiy asoslangan

tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqotning vazifalari:

4

Page 11: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

1.Viloyat va shahar miqyosida umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa

madaniyati darslarini DTS va o’quv dasturi talablari darajasida o’qitilish ahvoli va

ushbu jarayinda o’quvchilarning musiqiy-badiiy didlarini shakllantirishga bo’lgan

e’tibor va muammolarni o’rganish;

2. Musiqa madaniyati darslari jarayonida o’quvchilarni musiqiy-badiiy

didini shakllantirish yuzasidan soha mutaxassislari, pedagogik olimlar, tajribali

o’qituvchilar bilan suhbatlar o’tkazish;

3. Musiqa madaniyati darslari jarayonida o’quvchilarni musiqiy-badiiy

didini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, imkoniyatlari, tashkiliy-

uslubiy asoslarini (shakl, usul, vositalar) aniqlash;

4. Musiqa madaniyati darslari jarayonida o’quvchilarni musiqiy-badiiy

didini shakllantirilganlik darajasini aniqlovchi mezonlarni ishlab chiqish;

5. Musiqa madaniyati darslari jarayonida o’quvchilarni musiqiy-badiiy

didini shakllantirishga oid ilmiy metodli tavsiyalarni ishlab chiqish;

Tadqiqotning ilmiy farazi. Boshlang’ich sinf musiqa madaniyati darslarida

o’quvchilarning musiqiy-badiiy didini shakllantirishga yo’naltirilgan mumkin,

Agarda:

- Musiqa madaniyati darslari jarayonida o’quvchilarni musiqiy-badiiy

didini shakllantirishning nazariy, ilmiy, uslubiy asoslari ishlab chiqilsa;

- Musiqa madaniyati darslari jarayonida o’quvchilarni musiqiy-badiiy

didini shakllantirish mazmuni shakl, usul va vositalari aniqlansa;

- Musiqa madaniyati darslari jarayonida o’quvchilarni musiqiy-badiiy

didini shakllanganlik darajasini aniqlovchi mezonlar ishlab chiqilsa;

- Tajriba-sinov ishlari jarayonida qo’llanilgan metodikaning samaradorligi

aniqlanib, amaliyotga tadbiq etilsa;

- Ushbu faoliyatni yanada takomillantirish bo’yicha tavsiyalar ishlab

chiqilsa;

5

Page 12: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Tadqiqot obyekti: Umumta’lim maktablari boshlang’ich sinflari musiqa

madaniyati darslarida o’quvchilarning badiiy didini shakllantirish jarayoni.

Tadqiqot predmeti: Musiqa madaniyati darslari jarayonida o’quvchilarni

musiqiy-badiiy didini shakllantirish mazmuni, shakl, usul va vositalari.

Tadqiqotni bajarish jarayonida qo’llanilgan metodlar: Mavzuga

dahildor ilmiy, falsafiy, psixologik, tarixiy, musiqashunoslik, estetik tarbiya

bo’yicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik

kuzatish, ilg’or ish tajribalarni o’rganish, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalash,

savol-javob, anketa-so’rov, tajriba-sinov, matematik tahlil.

Himoyaga olib chiqishdagi holatlar:

• Musiqa madaniyati darslari jarayonida o’quvchilarni musiqiy-badiiy didini

shakllantirishning nazariy uslubiy asoslari;

Musiqa madaniyati darslari jarayonida o’quvchilarni musiqiy-badiiy didini

shakllantirish mazmuni, shakl, usul va vositalari;

O’quvchilarning badiiy didini shakllanganlik darajasini aniqlovchi

mezonlar;

O’quvchilarning badiiy didini shakllantirishga oid ilmiy-uslubiy tavsiya va

xulosalar;

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Umumta’lim

maktablari boshlang’ich sinflari musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning

badiiy didini shakllantirish ilmiy tadqiqot muammosi sifatida ilk bor mustaqil

iadqiqot mavzuyi sifatida o’rganildi; Musiqa madaniyati darslari jarayonida

o’quvchilarni musiqiy-badiiy didini shakllantirishning nazariy uslubiy asoslari,

pedagogik imkoniyatlari aniqlandi; Musiqa madaniyati darslari jarayonida

o’quvchilarni musiqiy-badiiy didini shakllantirishning samarali shakl, usul va

vositalari aniqlandi; Umumta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan musiqa

6

Page 13: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

o’qituvchilari uchun dars jarayonida o’quvchilarni badiiy estetik didini

shakllantirish va takomillashtirish imkoniyati yaratildi. Tadqiqot natijalaridan

ta’limning barcha bo’g’inlarida musiqa ma’muriyatlari va musiqa tarbiyasi

ishlarida foydalanish shuningdek, ilmiy ma’ruzalar, Bitiruv malakaviy ishlari

yozishda ham foydalanish mumkin.

Tadqiqotning metadalogik asoslari sifatida quyidagi manbalarni ko’rsatib

o’tish mumkin: O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Umumiy o’rta ta’limning musiqa fani bo’yicha

DTS va o’quv dasturi, Prezident I.Karimovning ta’lim tizimini isloh qilish va uni

yangicha asoslarda qayta qurishga oid ma’ruzalari, qaror, farmoyishlar,

shuningdek falsafa, pedagogika, psixologiya, estetika, san’tashunoslikka oid ilmiy,

uslubiy manbalar.

Ishning sinovdan o’tganligi: Mazkur tadqiqot ishi A.Navoiy nomidagi

Samarqand Davlat Universiteti “Musiqa o’qitish metodikasi va xalq cholg’u

asboblari” kafedrasi yig’ilishlarida, Magistrlarning ilmiy seminarlarida muhokama

qilingan, ish mazmuni SamDU professor-o’qituvchilari va magistrantlarning

2011,2012-yillarda o’tgan an’anaviy, ilmiy-amaliy anjumanlarida ilmiy ma’ruzalar

shaklida e’lon qilingan, shuningdek yuqori malakali pedagogik olimlar nazaridan

o’tkazilgan.

Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi: Dissertatsiya Kirish, uch bob, olti

paragraf, umumiy xulosalar, tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar hamda

Ilovalardan iborat bo’lib, umumiy hajmi 8 sahifani tashkil etdi.

7

Page 14: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

I BOB: Musiqiy badiiy did tarbiyasining ilmiy-nazariy masalalari.

1.1. Musiqiy-badiiy did tarbiyasining pedagogik-psixologik,

xususiyatlari talqini.

Did (estetikada) – hayot va san’atning barcha sohalarida insonning estetik

hodisalarni farqlash, tushunish va baholash qobiliyatidir. Did uzoq ijtimoiy-tarixiy

taraqqiyot, mehnatning turli sohalarida tajribalar natijasida vujudga keladi. Didda

shaxs, guruh va xalqning olamga munosabati, tajribasi inikos etilib, uni har bir

kishi turli yo’llar bilan o’zlashtiradi, o’z individual estetik faoliyat bilan boyitadi.

Did insonga xos fazilatdir. U yuksak yoki past, keng yoki tor, cheklangan yoki

cheklanmagan, nozik yoki sayoz bo’lishi mumkin. Didning yuksak yoki pastligi

biror narsa yoki hodisaga berilgan baho, bildirilgan munosabatda seziladi. Did

insonning tabiat, jamiyat, hayot haqidagi tasavvurlari hamda kechinmalari

darajasini bildiradi. Did – insonning tarixan shakllanib, o’zgarib turuvchi ma’naviy

salohiyatlari ko’rinishidir. Muayyan ijtimoiy-tarixiy hodisalar, turli davrlar silsilasi

didning mazmuni ko’rinishiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Tabiat, jamiyat, san’at va

insondagi go’zallikni xunuklikdan, noziklikni qo’pollikdan, yazshini yomondan

ajrata bilish estetik did va xarakter darajasini ko’rsatadi. Estetik did milliy va

umumiy xususiyatlarga ega. Milliy xususiyatlar aniq tarixiy sharoit va an’analar

bilan, umumiy xususiyatlar esa bashariyat ma’naviy merosi bilan bog’liq. His-

tuyg’usiz, ma’naviy kechinmasiz estetik did mavjud bo’lmaydi.

Estetik did muhokamasida mavhum tafakkur emas, ma’naviy tuyg’ular,

yorqin his-hayajonlar birinchi o’rinda turadi. Estetik idrok jarayonida, ya’ni biror

narsaning estetik qiymatini belgilashda insonnning aqliy va hissiy salohiyatlari

birgalikda qatnashsada, hissiy mushohada asosiy ahamiyat kasb etadi. Har kimning

didi har xil bo’ladi. Shuning uchun did yo’nalashini har bir kishining go’zallik

haqidagi tushunchasi belgilaydi.

8

Page 15: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Did insonning faqat muomala madaniyatinigina emas, jamiyatdagi muayyan

ma’naviy darajasini, komolotini ham ko’rsatadi. Did insonning kasbi, jinsi, yoshi,

madaniyati bilan uzviy bog’liq.

Didsizlik – me’yorni buzish, uni bilmaslik va unga amal qilmaslikdir.

Qo’pollik va bachkanalik didsizlik alomatidir.

Inson didi tug’ma emas. U tarbiya orqali takomillashib va taraqqiy etib

boradi. Yuksak va sog’lom estetik didga ega bo’lish kishining ham ma’naviy, ham

ruhiy boyligidan dalolatdir. Estetik didi takomillashgan va tarbiya ko’rgan

odamning madaniy saviyasi yuksak, axloqiy qiyofasi go’zal, aqliy va hissiy

kechinmalari chuqurroqdir. Insonning san’at asariga munosabati badiiy didda

nomoyon bo’ladi. Badiiy did insonning adabiyot va san’at asarlarini tushunib

yetish, baholay olish va ulardan zavqlana bilish salohiyatini ko’rsatadi.

Didni shakllantirish va rivojlantirish estetik tarbiyaning vazifasidir.

Badiiy-estetik tarbiya, badiiy-estetik (musiqiy) did tarbiyasi muammolariga

azal-azaldan jiddiy e’tibor berib kelishganligi uning insonni ma’naviy, axloqiy

kamolitini belgilvchi muhim omil ekanligi san’atshunoslikka, musiqashunoslikka

oid manbalarda qayd etilgan. Bubungi kunda ham barkamol avlodni tarbiyalashga

yo’naltirilgan pedagogik ta’lim tizimida badiiy did tarbiyasi eng muhim va dolzarb

vazifalardan biridir.

Mustaqillikka erishgandan so’ng ta’limni, modernizatsiyalash, uni yangicha

milliy asoslarda barpo etish borasida ulkan o’zgarishlar qilishga erishildi.

Ta’limning barcha bo’g’inlarida ta’lim mazmuni, shu jumladan musiqa ta’limi va

tarbiyasi mazmuni ham milliy negizda yangilandi. Fan dastur va darsliklari

yangittan ishlab chiqildi va ularni takomillashtirish ishlari bugungi kunda ham

muvaffaqiyatli tarzda davom ettirilmoqda.

Adabiyot, san’at, xususan musiq san’ati, uni rivojlantirish, musiqa ta’limini

yosh avlodni ma’naviy, badiiy-estetik madaniyatini yuksaltirishdagi mavqeyini

yanada takomillashtirish borasida shaxsan Prezidentimiz I.Karimov tomonidan

9

Page 16: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

qilinayotgan sayi harakatlarning ta’siri ayniqsa beqiyos bo’lmoqda. I.Karimov

musiqa san’atining bugingi kundagi tarbiyaviy ta’sirchan kuchi, uning bevosita

o’sib kelayotgan yosh-avladni rolini baho berar ekan o’zining “Yuksak ma’naviyat

yengilmas kuch” asarida shunday yozadi: “ —… Agar insonning qulog’i yengil-

yelpi, tumtaroq ohanglarga o’rganib qolsa bora-bora uning badiiy didi, musiqa

madaniyati pasayib ketishi, uning ma’naviy olamini soxta tushunchalar egallab

olishi ham hech gap emas. Oxir – oqibatda bunday odam “Shashmaqom” singari

milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va

Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompazitorlarning asarlarini ham qabul

qilishi qiyin bo’ladi.

Hech shubhasiz bugungi kunda yoshlarimiz tarbiyasida boshqa san’at

turlariga qaraganda musiqa san’atining ta’siri kuchliroq bo’lmoqda”¹

San’atning ayniqsa musiqa san’atning inson tarbiyasiga ta’siriga

dunyo ilm fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan buyuk alloma, mutafakkir,

shoirlar musiqaga juda katta e’tibor berishganligi bejiz emas. Musiqa san’ati eng

avvalo, inson ruhiyatiga badiiy emotsional ta’siri bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Musiqa bilan muntazam va ma’lum tizimlashtirilgan dastur asosida

shug’ullanish natijasida inson shaxsida, ayniqsa o’quvchi yoshlarda estetik

hissiyot, ehtiyoj, munosabat, estetik madaniyat va ularning umumlashgan

ko’rinishi sifatida namoyon bo’luvchi estetik did tarkib topadi.

Pedagogika, psixologiya fanlari hamda san’atshunoslik, musiqa shunoslikka

oid manbalarda bildirilgan fikr, g’oya, ta’limotlarda badiiy-estetik did

tushunchasiga umumiy tarzda shunday tarif beriladi:

_________________________

1.I.Karimov, Yuksak ma’naviyat yengilmas kach.- Toshkent, -Ma’naviyat, 2008

yil, 143-bet

10

Page 17: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Badiiy-estetik did — insonoiyat tomonidan yaritilgan go’zal mukammal

narsalarni tanlay olish, badiiy yetuk va sayoz namunalarni bir- biridan farqlay

olish, ularga baho berish, o’z munosabatini bildirish, qadriga yetish, guzalikni

yaratilishiga xayrixoxlik bildirish va uni yaratishga ishtiyoqmand bo’lish hislarini

o’z ichiga oladi.

Go’zallikni tushunish, his qilish, unig go’zal jihatlarini nozik ilg’ash

qobiliyati o’quvchi shaxsining estetik shakllanganligi, yani undagi badiiy didni

rivojlanganlik darajasinining muayyan mezoni emas. Balki, u shaxsning o’z

qobiliyati va iqtidori rivojlanishi uchun eng muhim omil sifatida namoyon bo’lib,

ko’pincha uning ma’lum bir badiiy asar, obraz, ko’rinish, holat, tasvir, haqida o’z

tushuncha va munosabatlarini bildira olish, ifodalay va his etishining u yoki bu

darajasidir.

Go’zallikni, aytaylik musiqiy asarning badiiy mukammal ijod mahsuli yoki

cholg’uchining mohir ijro mahoratini ichki tuyg’u bilan his qilish hamda tushunish

vaqt o’tishi bilan san’at va hayotdagi go’zallikka ongli munosabatni shakllanishiga

va oxir-oqibat musiqiy, badiiy-estetik didni rivojlanishiga olib keladi. Bunday

rivojlanish dinamikasi maqsadga yo’naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonida tabiiy

va uzluksiz bo’ladi. Agar ana shu tabiiylik va uzluksizlik buzulsa (masalan,

mazkur rivojlanishga bola o’sayotgan va ta’lim olayitgan muhit, tizim yordam

bermasa, yoki ta’lim-tarbiya ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilmagan bo’lsa) estetik

tarbiyaning samaradorligi bo’lmaydi. Shuning uchun ham ta’limning barcha

bosqichlarida, xususan uning eng muhim shakllantiruvchi bo’g’uni bo’lmish

umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqiy estetik tarbiya ishlarini maqsadga

muvofiq holda tashkil etish, o’quvchi-yoshlarni kelgusida ma’naviy yetik, axloqiy

barkamol, aqlli dono va intellektual salohiyatli shaxs sifatida kamolga

yetishishlarini ta’minlash oliy maqsadlarimizdan biri sanaladi.

Shuni unutmaslik kerakki, har qanday ijtimoiy-estetik voqeylik va

obrazlilikning ham estetik, ham axloqiy va ma’naviy mohiyati bo’ladi.

11

Page 18: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Axloqiylik, go’zallik, aqllilik o’z mohiyatiga ko’ra farosatlilik, sergaklik,

zukkolik, zehnlilik kabi xislatlar bilan uzviy-tarkibiy birlikni tashkil qiladi. Kishiga

baho berishda uning zukkoligi, topqirligi, mantiqiy fikrlashi, o’z fikrlarini ilmiy

asosli ifoda etishi undagi bilimdonlik aqllilik, donolik xislatlari sifatida baholansa

farosat, sergaklik, o’zini tutishi, munosabat bildirishi aynan bilimdonlik va yuqori

didni uyg’unlik ifodasi bo’lib hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, go’zalikni his etish, tushunish ruhida tarbiyalangan

inson har bir narsaga talabchanlik bilan munosabatda bo’ladi, shoshqaloqlik,

palapartishlikka yo’l qo’ymaydi, ehtiyotkor, tejamkor, axloq odob me’yorlariga

amal qiladi, har bir narsani o’z didiga mos tanlaydi va bu umumiy munosabat

mezoniga mos tushadi.

Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslari jarayonida o’quvchi-

yoshlarni musiqiy-badiiy didini shakllantirish estetik tarbiyani amalga oshirishning

bosh maqsad va vazifalari mazmunidan kelib chaqadi. Chunki dars jarayonida

shunchaki musiqani tinglash, qo’shiq kuylash, nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish

bilan o’quvchilarda musiqiy-badiiy didni yoki estetik madaniyatni shakllantarib

bo’lmaydi. Estetik tarbiya va badiiy-estetik did bir-birini inkor etmaydigan,

aksincha bir-birini to’ldiruvchi, biri ikkinchisini yuzaga chiqaruvchi, imkoniyat

yaratuvchi sifatida pedagogik va psixologik xususiyat kasb etadi.

Musiqa darslari jarayonida estetik tarbiya vazifalarini amalga oshirishga

ko’pincha yuzaki munosabatda bo’lishadi. Bu tinglanayotgan, yoki jamoa bo’lib

kuylanayotgan qo’shiqning badiiy asar sifatidagi xususiyatlari (g’oyaviy badiiy

mazmuni, obrazlar mohiyati, muallif g’oyasi ijodiy fantaziyasi, asar yaratilgan

davr, qahramonlar kechinmalari, asarning ifoda vositalari, janri, shakli, xarakteri,

ijro uslublari va hokazo) badiiy, musiqiy-nazariy tahlil qilinmasligi musiqa

o’qituvchilarini darsga alohida tayyorgarliksiz, aniq maqsadsiz munosabatda

bo’lishida ko’rinadi. Vaholanki, o’quvchilar bilan badiiy-musiqiy asar materiali

asosidagi ta’limiy va tarbiyaviy ishning saviyasi, asarni o’quvchilarning kuylash,

12

Page 19: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

tinglab idrok qilish imkoniyatlariga mosligi, g’oyaviy-badiiy mazmunni tarbiyaviy

ta’sirchanlikka ega bo’lishiga bog’liq bo’ladi. Aks holda badiiy asarning

o’quvchilar musiqiy ongi, tafakkuri, dunyoqarashi va badiiy didi shakllanishiga

ijobiy ta’siri samarasiz bo’lib qoladi.

San’atni bilishning ikkita muhim tomoni: badiiy asarni bevosita idrok etish

va uni baholash tomonlari bor. Musiqa ta’limi jarayonida bularning ikkalasiga ham

e’tibor berish lozim. O’quvchi birinchi navbatda tinglangan yoki kuylash uchun

taqdim etilgan asar muhitida bo’lishi, asar mazmunini uni tasvirlash yoki yaratish

vositalaridan boshqa hech qanday vositalar yoprdamida yaratrib bo’lishlagini

faxmlashi lozim. O’quvchining musiqa haqidagi ilk taassuroti, munosabati

pedagogning maqsad va vazifasi mohiyatini belgilaydi. Agar o’quvchi musiqani

loqayd kutib olsa yoki loqayd munosabatda bo’lsa, o’qituvchining barcha

urunishlari zoya ketadi.

Asarni bilishning ikkinchi bosqichida o’quvchi asar haqida o’z fikrini

aytishi, uning g’oyaviy-badiiy mazmuniga baho berishi, asarning xarakterli

xususiyatlarini tahlil qilish kerak. Bunda uning umummusiqiy,musiqiy nazariy

bilimlari bilan bir qatorda musiqiy-badiiy didini qay darajada shakllanganligi

muhim rol o’ynaydi.

Musiqiy asarni bilish, idrok etish amaliyotida unga hayotning individual-

psixologik va g’oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan bog’liq obrazli tasviri deb

qaralsa, idrokning hissiyligi va emotsionalligi shaxsning xususiyati sifatida

saqlanadi Bunda shaxs asar qahramonlari, obrazlari hayotiga kiradi va o’zini asar

voqeyalari ichida his qiladi va ularga o’z munosabatini bildiradi (ayblaydi,

huzurlaydi,yoqlaydi yoki aksincha).

Bilishning turli formalaridan (idrok qilish, kechinma, san’at materyalini

o’zlashtirish, xayoliy tafakkur va badiiy-musiqiy didni rivojlantirish) foydalanish

tajribasi o’quvchida badiiy-ijodiy qobiliyat, tafakkur, musiqiy didni rivojlantirishni

izga solib turuvchi omiliga aylanadi.

13

Page 20: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

San’atni, tabiatni va go’zallik xususiyatlariga ega narsa va hodisalarni,

xususan musiqa asarini estetik idrok qilish o’quvchida badiiy did, estetik ideal

go’zallik va uyg’unlikni ko’rish, his qilish va ularni baholash ko’nikmalarini tarkib

topishiga olib keladi. Bu jarayonda umumta’lim maktablaridagi musiqa darslari,

darsdan tashqari musiqiy faoliyat, maktabdan tashqari ishlar o’zaro uyg’unligi

jiddiy bosqich hisoblanadi. U o’quvchilarni san’atdagi va borliqdagi go’zalliklar

bilan tanishtirib, ularda san’atdagi voqelikni teran anglash, badiiy asarga xos

xususiyatlarni farqlay olish, baholash badiiy difdlarini o’sishiga salmoqli ta’sir

ko’rsatadi.

Musiqa darslarida ta’limiy vazifalarni maqsadga muvofiq holda amalga

oshirilishi natijasida o’quvchilar badiiy-musiqiy asarlarni mazmunini tushunib,

baholay oladigan, ulardagi ijobiy go’zallik va ijro mahoratini his etadigan asl

narsani oddiy narsadan farqlay oladigan darajaga erishadilar. Muhimi shundaki,

musiqa asarlarini o’tkir did bilan baholay oladigan o’quvchi kelgusida yetuk shaxs

bo’lib yetishishi kafolatlanadi. O’quvchilarning musiqiy-badiiy didini tarbiyalash

o’z ichiga bir nechta jihatlarni birlashtiradi:

1. Asar g’oyaviy-badiiy mazmunini ongli idrok etish, his etish;

2. Asarga asosli ravishda baho bera olish;

3. Badiiy yetuk asarlarni oddiy asarlardan farqlay olish;

4. Asarlarni badiiy-emotsional his qilish, asardan ilhomlanish, lazzatlanish va

rohatlanish;

5. Asardagi go’zallikni ilg’ay olish, haqiqiy san’at asarini qadriga yetish, asrab

avaylashga ehtiyoj sezish;

6. Asarlarni bevosita ijro etishga bo’lgan ishtiyoq, uni badiiy mukammal qilib

ijro etishga intilish;

7. Asarning badiiy obrazlarini tahlil qila olish va uni o’z hayotiga tadbiq

etishga intilish ya’ni hayotga badiiy estetik ko’z bilan qaray olish.

14

Page 21: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Bunday xislatlar shakllanishi jarayonida badiiy-musiqiy did bora-bora

o’quvchilarning musiqiy dunyoqarashiga aylanadi.

Musiqa asari kim tomonidan yaratilmasin, ijodkor muayyan obrazlar

vositasida yuksak insoniy ideallarni musiqiy obrazlarda yoritishga harakat qiladi.

Musiqiy kuy va qo’shiqlarda tabiat manzaralari, hayvonot olami, insoniy fazilatlar,

turli urf-odat, marosim, bayramlar, ayrim shaxslar hayoti, ezgu ishlari, muhabbat,

ota-ona, do’stlik, umuminsoniy g’oyalar tarannum etiladi. Shuningdek insoniy

psixologik holatlari-xursandchilik yoki aksincha g’am, alam, istirob, tushkunlik

holatlari ifodalaniladi.

Musiqiy alyorlarni eng muhim xususiyatlaridan biri ular kishilarning

irodaviy sifatlarini rivojlantirish, hissiyotini boyitishga, emotsional ta’sirini

ko’rsatadi. Ohanglar ta’sirida inson ruhiyatida muayyan psixologik o’zgarishlar

ro’y berib, ijobiy yoki salbiy kayfiyat yuzaga keladi.

Pedagog olim Q.Mamirovning fikricha badiiy-estetik didni shartli ravishda

uch turga ajratish mumkin:

1. Xususiy did (shaxsiy did)

2. Umumiy did (jamoa, guruh)

3. Keng ma’noda didning qay darajada mukammalligini belgilovchi

jamotchilik fikriga asoslangan did.

Xususiy did − har bir o’quvchining musiq asariga ichki tuyg’ulari,tajriba

xulosalaridan kelib chiqqan holda bergan bahosi bilan belgilanadi. Xususiy did

ma’lum darajada cheklangan bo’lib, u har doim ham talab darajasida

bo’lavermaydi. Ayniqsa musiqa asariga munosabat unchalik ijobiy bo’lmagan

oilada ulg’aygan bolalarning musiqaga bee’tibor va past nazar bilan qarashlari va

ularni bergan baholari har doim ham to’g’ri bo’lavermaydi.

Musiqani sevuvchi va uni o’z hayotining bir bo’lagi deb biluvchi

kishilarning farzandlari aksariyat ko’pchilik hollarda musiqa asarlarini to’g’ri idrok

etgan holda baholaydilar. Ular ma’lum asar ustida fikr yuritishganda “Shu asar

15

Page 22: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

menga juda yoqdi”, “Shu qo’shiqni o’rganishni va kuylashni juda istayman”, “Shu

musiqaga raqs tushishni yoqtiraman” deb, u haqda ijobiy fikr bildirishadi va shu

kabi asarlar ularga yaxshi kayfiyat bag’ishlashini aytishadi. Ular uylarida

television ko’rsatuvlardagi musiqiy eshittirishlar, kinofilmlarning musiqasi orqali

obrazlarning ifodali hissiyotlarini holatlarini emotsional his etadilar.

Umumiy did – xususiy diddan farqli o’laroq ko’pchilikning, asosan mu’lum

guruhning, maktabda esa bir sinf jamoasining fikri sifatida ajralib turadi. Xususiy

didi rivojlanmagan o’quvchilar esa o’zlarining fikri qay darajada to’g’ri ekanligini

ko’pchilikning bergan bahosiga qarab to’g’rilab oladilar. Ammo ayrim hollarda

shunday hollar ham bo’ladiki, o’quvchi o’zining fikri, musiqiy asarlarga bergan

bahosi to’g’ri ekanligini qattiq turib himoya qiladi, bahslashadi. Bunday bahs-

munozaralarda o’quvchi to’g’ri bo’lib chiqsa bu usha o’quvchining shaxsiy fikri

(didi) umumiy fikrga (didga) aylanadi.

Har bir o’quvchida informatsion bilim, axborotlar oqimi ma’lum darajada

o’zining izini qoldirib ketadi. Olingan axborotlarga tayangan hamda o’quvchi o’z

fikriga qat’iy tura olishi muhim hisoblanadi hozirgi kunda davr talabi har bir

o’quvchining mustaqil qat’iy ilmiy o’z fikriga ega bilimiga erishishni ko’zda

tutadi. Shuning o’qituvchi ham, sinf jamoasi ham jamoatchilik fikriga tayanishi

lozim.

Jamoatchilik didi – bu shunday didki, bu barcha didlarning mezoni

hisoblanadi. Har bir o’quvchi hamda o’qituvchining o’zi ham, butun sinf ham bu

manbaga tayanib ish ko’radi.

Hazirgi kunda ommaviy axborotlar ko’lami kunsayib ortib bormoqda,

intellektual o’yinlarning xilma-xil turlari bolalarni tobora o’ziga jalb qilishi

kuchaymoqda. Butun dunyo bo’yicha tarqalayotgan yangiliklarni o’quvchilardan

tortib o’qituvchilargacha televideniya, radeo, internet xabarlari orqali kuzatib

borishadi. Jamoatchilik fikri xususiy didni ham, umumiy didni ham rejaga

soluvchi, ulardagi mavjud kamchiliklarni to’g’rilab olishga imkon beruvchi did

16

Page 23: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

hisoblanadi.

Ayni paytda muhim bir jihatni yoddan chiqarmasligi lozimki, o’quvch-

yoshlar bugungi kunda onlab telekanallar, radeo to’lqinlari, qo’l telefonlari,

axborot va boshqa oxborot uzatuvchi, tashuvchi vositalar orqali o’z xotiralarida

axborotlarni tahlil qilib, fikrlar to’plab boradilar. Bu manbalarning hammasi ham

yosh avlodning estetik-badiiy didni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan deb

bo’lmaydi. Buni ayniqsa yoshlarning o’zi yengil-yelpi, badiidy va mazmunan

sayoz, shovqinli, chet el ohanglariga taqlid sifatida yaratilgan yoki ko’chirilgan

musiqalarga o’zlari tushunib yetmagan holda ruju qo’yayotganliklarida va bu

holatni tobora kuchayib borayotganligida ko’rishimiz mumkin. Bu o’z navbatida

ta’lim tarbiya ishlari uchun mas’ul pedagog-murabbiylar oldiga juda murakkab va

mas’uliyatli vazifalarni qo’yadiki, ta’limni barcha bosqichlarida faoliyat

yuritayotgan musiqa o’qituvchilari ham bundan mustasno emas. Shuning uchun

hozirgi kunda musiqa o’qituvchilari musiqa darslarida o’quvchilarni birinchi

navbatda musiqa san’atiga, milliy musiqamizga, xalq qo’shiqlari, mumtoz va

maqom musiqasiga qiziqishlarini, unga muhabbat bilan yondoshish, o’rganish,

targ’ib qilishga ishtiyoqlarini rivojlantirib borishlari lozim. O’quvchilar nafaqat

musiqa asarlarini tinglash, kuylashlari, balki ularni badiiy qimmati, o’ziga xos

xususiyatlari, ijrochilik uslublari, janri, an’anaviyligi, tuzilishi, mohir ijrochilari

haqida zarur ma’lumotlarga ega bo’lishlari, musiqiy asarni ta’kidlab o’tilgan

jihatlari xususida o’z fikrlarini bildira olish salohiyatiga ega bo’lishlari lozim.

Shuningdek ularning musiqiy tafakkuri, dunyoqarashi faqatgina milliy musiqamiz

doirasidagi bilim va tushunchalar bilan cheklanib qolmasligi, ayni paytda ular

qardosh xalqlar, chet ellarning milliy va kompazitorlik ijodiga tegishli asarlari,

Yevropa klassik musiqasi, uning mashhur namoyondalari asarlari bilan tanishib

borishlari shartdir. Bularning barchasi o’quvchi-yoshlarning ma’naviy, badiiy-

estetik, musiqiy-nazariy bilim, tushuncha dunyoqarash, mafkurasini takomillashib

borishiga shu orqali ularda turli janrdagi, turli xalqlar ijodidagi o’xshash ijrolar,

17

Page 24: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

an’analar to’g’risida mushohada qilish, fikr yuritish, ularga baho bera olish

qobiliyatlarini rivojlanishiga keng imkoniyat yaratiladi. Zero, yosh avlodni har

tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllantirishda musiqa ta’limi va tarbiyasi oldiga

qo’yilayotgan vazifalar ham shuni taqazo qiladi.

1.2. Musiqa darslarida musiqiy-badiiy didni shakllantirishning

pedagogik shart-sharoit va mezonlari.

O’zbek milliy musiqa san’ati xalqning madaniy taraqqiyoti bilan bog’liq

holda xalq hayotining san’atdagi badiiy in’ikosi sifatida rivojlanib kelgan. O’rta

Osiyo xalqlarining eng qadimiy madaniy yodgorligi bo’lgan “Avesto”da keltirilgan

she’riy matnlardagi vazn, turoq va bo’g’in o’lchovlarining qo’shiq matniga mos

kelishi, hattoki quron oyatlarini tilovati (tilovat bilan o’qish)da o’ziga xos ohang

tovlanishlari bilan o’qilishi, onalar allasida qo’shiqchilikka xos ijrochilik

mavjudligi, bularning barchasi milliy qo’shiqchilik san’ati rivojida o’z ta’sirini

ko’rsatib kelganligini bildiradi. Sharq xalqlari tarixi, adabiyoti, san’ati haqida

o’lmas asarlar yaratgan allomalar, shoirlar asarlarida barcha fanlar qatori musiqa

san’atining ko’p ming yillik tarixi, ijro uslublari, an’analari, janriy yo’nalishlari,

turli udumlar marosimlar bilan bog’liq jihatlari haqida ham qimmatli

ma’lumotlarga keng o’rin berilgan.

Og’zaki an’anadagi xalq musiqasi (folklor) mazmunida xalq ijtimoiy

hayotining deyarli barcha qirralari o’z aksini topgan desak also yanglishmaymiz.

Ushbu san’at negizida asta sekin sinfiy jamiyat paydo bo’lish bilan musiqa

san’atida og’zaki an’anadagi kasbiy (professional) musiqa san’atining paydo

bo’lishiga olib keldi. Sinfiy jamiyatdagi tabaqalanish musiqa san’atida ham xalq va

yuqori tabaqaga mansub, saroy musiqa ijrochiligi vujudga keldi. Saroy kasbiy

musiqasining vujudga kelishi, musiqa san’ati bilan shug’ullanuvchi, o’rganuvchi,

o’rgatuvchi (ta’lim an’anasi tizimi) san’atkorlarni ya’ni professional

18

Page 25: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

musiqachilarni shakllanishiga keng imkoniyat yaratdi.

Sharq uyg’onish davri ayniqsa O’rta Osiyo, shu jumladan o’zbek milliy

musiqasi hamda musiqa ilmi rivojlanishida eng muhim rivojlanishida eng muhim

davr bo’lib, bu davrda o’zbek milliy musiqasining ayniqsa og’zaki an’anadagi

kasbiy (mumtoz musiqasi) janri rivoji yo’lida muhim ishlar amalga oshirildi. Bu

rivojlanish nimalarda o’z ifodasini topdi degan savolga quyidagicha javob

berishimiz mumkin:

1. Musiqa ilmi (nazariy va amaliy ijrochiligi, shuning milliy cholg’ular) da

nihoyatda katta ahamiyatga molik maxsus asarlar yozildi;

2. Yangi cholg’ular yaratildi takomillashtirildi;

3.Mumtoz (maqom) musiqaning shakllanishi, rivojlanishida muhim

ahamiyatga ega cholg’u kuylari va qo’shiqlar vujudga keldi;

4. San’at sohasida ijod qiluvchi professional kishilar paydo bo’ldi va ular

uchun imkoniyat yaratildi;

5. Sharq uyg’onish davri birinchi bosqichida o’zbek mumtoz musiqasining eng

noyob va murakkab turi maqom ijodiyoti yo’nalishida muvaffaqiyatli ishlar

amalgam oshirildi.

O’zbek xalq san’ati o’z rivojida juda ko’plab bosqichlarni, o’ziga xos

rivojlanish va turg’unlik, yot ta’sirlarga moslashtirish kabi majburiy, siyosiy,

mafkuraviy tahdidlarni boshdan kechirdi.

Mustaqillikka erishilgandan keyin jamiyat ijtimoiy madaniy hayotining

barcha sohalarida bo’lgani kabi musiqa san’atini milliy negizini mustahkamlash,

yosh avlodning milliy musiqiy merosni chuqur va atroflicha o’rganishi, ta’limning

barcha bo’g’inlarida milliy musiqiy namunalarni o’rganishi, shu orqali o’quvchilar

badiiy tafakkuri va musiqiy didini shakllantirishga ustuvor ahamiyat berildi.

Musiqa san’ati barcha san’at turlari kabi inson ruhiyati hamda hayotdagi

voqeyliklarni o’ziga xos badiiy ifoda etuvchi vosita, shuningdek, olamni badiiy

idrok etishning o’ziga xos shakli hisoblanadi.

19

Page 26: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Musiqa asari xoh bastakor, xoh kompazitor yoki xalq ijodiyotiga tegishli

bo’lmasin, muayyan shaxs (ijodkor) tomonidan yaratiladi. O’z navbatida ijodkor

muayyan tasavvur, kechinma, his-tuyg’ularining ifodasi o’laroq badiiy obrazlar

vositasida yuksak ideallar, insoniy fazilatlarni yoritadi. Musiqa asarlarida tabiat

manzaralari, insonlarga xos xususiyatlar, ijtimoiy munosabatlar ruhiy holatlar,

xursandchilik yoki aksincha salbiy holat- g’am, alam, tushkunlik, iztirob, firoq

kabi holatlar ifodalanadi.

Musiqiy ohanglar ta’sirida inson ruhiyatida muayyan psixologik holatlar-

tasavvurli kechinma, his tuyg’u (xursandchilik lazzatlanish, qoniqish, zavq,

jo’shqinlik, g’urur, g’amginlik, qayg’urish, iztirob chekish, achinish, hamdardlik)

lar paydo bo’ladi va musiqaga unda tasvirlangan voqea, hodisa va qarashlarga

o’ziga xos ijobiy va salbiy munosabatlarni, kayfiyatni yuzaga keltiradi. Bu kayfiyat

ijobiy va salbiy bo’lishidan qat’iy nazar shaxs ongida, tafakkurida muayyan

qarash, fikr, g’oyalarni bahsiga sabab bo’ladi. Bu jarayonning tizimli va

davomiylik tamoyillariga ko’ra ta’lim mazmunida tadrijiy ravishda rivojlanib

borishi insonda didlar bahsini yuzaga keltirib chiqaradi. Ya’ni asta-sekinlik bilan

oson, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak ta’lim jarayonida o’quvchi musiqaning sehrli

olamida qanchalik kirib borishi davomida unda asarlarni “yaxshi”, “yomon”,

“yoqimli”, “yoqimsiz”, “mazmunli”, “sayoz”, “badiiy saviyasi yuqori-past”,

“yuksak ijro mahsuli”, “ijro mahorati sust, past”, “mukammal asar”, “bo’sh”,

“yangi, mustaqil ijod mahsuli”, “boshqa asarlar ta’siri ostida yozilgan”

(o’g’irlangan, taqlid qilingan), “milliy uslibda yaratilgan”, “milliylikdan yiroq”,

“ko’pchilikka manzur bo’ladigan, yoki tor doiradagi muxlislarbop” va hokazo

fikrlarni, munosabatlarni qarashlarni vujudga keltiradi. Ayni shunday fikr, his-

tuyg’u, tasavvur, qarashlar o’quvchi shaxsida musiqiy didni shakllanganlik

darajasini belgilovchi mezonlar hisoblanadi.

Qadimda olimlar musiqiy ohanglarni “alqonlar” deb etirof etganlar va

ularning ta’sirada quyidagi uch xususiyat yuzaga kelishiga turtki berganlar:

20

Page 27: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

1.Kishiga lazzat bag’ishlovchi kuy-qo’shiqlar (“alqoni mullizo”) bo’lib, ular

odatda hayotdagi, insondagi yoki insoniy munosabatlar (muloqot, odob-axloq,

sevgi-muhabbat) dagi go’zal jihatlarni tarannum etadi va kishiga huzur, zavq-

shavq bag’ishlaydi.

2. Kishini xayolot, shirin orzular va xayoliy o’ylarga yetaklovchi xayoliy

kuylar (“alqoni muhayyila”)

3. Kishi rayfiyatida g’amginlikni yuzaga keltiruvchi va lerik kechinmalarni

yuzaga keltiruvchi kuylar (“alqoni infioliyiq”).

Musiqiy asarlarni yaratishda ijodkorga ichki his-tuyg’u, xayoliy tasavvurlar

bir qatorda tashqi olam, hayot, voqelikni ayrim ko’rinishlari ham o’z ta’sirini

ko’rsatadi. Masalan, inson kayfiyati, tabiat manzaralari, hayotdagi turli voqea,

hodisa, munosabatlar va ularga xos bo’lgan xususiyatlarning ohanglarda ifodalab

berilishida namoyon bo’ladi. Bunda ohang retmik tempi, toniga alohida e’tibor

qaratiladi, obrazlar uchun xarakter xususiyatlar belgilanadi. Xuddi shuningdek

tashqi detallar she’riy matnning mazmunidan kelib chiqadigan fikrlarni ifodalashga

ham yordam beradi. Shu tariqa ular o’rtasida muayyan mutanosiblik o’rnatiladi va

musiqiy obraz yaratilishi ta’minlanadi.

Musiqa darslarida o’quvchilarning musiqiy-badiiy didini shakllantirishda

o’qituvchi asosiy o’rin tutadi va o’quvchilarga musiqa asari haqidagi mazmuni,

ta’sitli suhbat, tishuntirish, ko’rsatib berish, misollar keltirish orqali beriladigan

ma’lumotlar katta ahaniyat kasb etadi. Mutaxassis-o’qituvchilarning o’quvchilarni

musiqiy-badiiy didini shakllantirish borasidagi asosiy vazifalarini quyidagicha

belgilash mumkin:

1.O’quvchilarning tinglanayotgan yoki kuylash uchun tavsiya etilgan musiqa

asariga munosabatini kuzatib, o’rganib borish, ularni musiqiy asarlarni qaysi

turuga (janr) va qanday asarlarni (xalq musiqasi, zamonaviy Estrada, mumtoz va

hokazo) o’rganishga bo’lgan ehtiyoj va qiziqishlarini hisobga olish;

21

Page 28: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

2.O’quvchilarning yosh xususiyatlari individual imkoniyatlari va alohida

iqtidorlari to’g’risida aniq ma’lumotlar zahirasiga ega bo’lish;

3.O’quvchilarning alohida cholg’u asboblarida chalish, raqsga tushish va

sahnaviy ko’rinishlarda chiqish kabilarga bo’lgan ehtiyoji, qiziqishlari, iqtidarlari,

ko’nikma va malakalariga muvofiq tarzda repertuar tanlash;

4.Mashg’ulatlarda musiqiy faoliyat imkoniyatlaridan o’rinli samarali

foydalanish va darsni pedagogik-psixologik hamda metodik jihatdan to’g’ri tashkil

qilish;

5.Mashg’ulotlar jarayonida musiqiy yozuv(zapis)lar, video tasvirlar,

ko’rgazmali metodik vositalardan maqsadga muvofiq foydalanish;

6.Dars jarayonida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va

malakalarni, shuningdek, ularda shakllangan badiiy did darajasini obyektiv

baholash.

O’quvchilar musiqa asarlarini tinglash va kuylash jarayonida asar haqidagi

qo’shimcha ma’lumotlarni bilishga qiziqadilar. Bumday qiziqishlarning o’zi

ta’limil ishlarni muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim omil

hisoblanadi. Repertuarni xilma-xilligi faqat ta’limiy jihatdan emas, balki badiiy

jihatdan ham ahamiyatli bo’lishi musiqiy estetik tarbiya masalalarini ijobiy hal

qilishda, ularni qiziqishlari va estetik didini o’stirishda katta yordam beradi.

Hozirgi kunda badiiy-estetik tarbiya barkamol shaxsni shakllantirishning eng

muhim vositalaridandir. Estetik tarbiya hayotdagi hamda san’atdagi go’zallikni

to’g’ri idrok etish va baholashda yordam beradi, shuningdek ijodiy qobiliyatni ham

rivojlantiradi. Umuman aytganda estetik tarbiyaning mohiyati obrazli, g’oyaviy-

hissiy idrokni, san’at hodisalari va voqelikka munosabatni, ijodiy qobiliyatni,

badiiy didni “go’zallik qonunlari bo’yicha” faoliyat va hatti harakatlar

ko’nikmalari hamda malakalarini shakllantirishi va rivojlantirishidir.

Ijodiy faoliyatning badiiy did tarkib topishi va rivojlanishining eng muhim

omillaridan biri musiqa darslari jarayonida o’quvchilarni san’at asarlariga ijodiy

22

Page 29: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

munosabati, qiziqish bilan tinglash, kuylash va nazariy, amaliy

ko’nikmalarni qunt bilan egallab borishlariga erishishdir.

Musiqa darslarida musiqa tinglash, qo’shiq kuylash, cholg’u asboblarida

chalish, musiqaga xos harakatlar bajarish kabi faoliyatlarda o’quvchilarni estetik

va aqliy kamol toptirish orqali yuqori darajadagi badiiy didini shakllantirish

imkoniyati vujudga keladi.

Dars jarayonida turli janr, uslubdagi, turli xalqlar musiqa namunalari

bilan tanishish davomida o’quvchilar muayyan dunyoqarashda aks etgan hayotdagi

obrazlar ta’sirida yashash imkoniyatiga ega bo’ladilar, turli estetik kechinmalar

ta’sirida ularda ma’naviy-estetik fikrlar vujudga keladi. Bu esa sekin-asta badiiy

didni shakllanishiga olib keladi. O’quvchilarda “bilishi ya’ni bilimning zahirasi

qancha ko’p to’plansa, ular har xil san’at asarlaridagi obrazlarni, mazmunini,

mohiyatini shuncha to’la va chuqur tushunishlari va anglashlari mumkin. Ijro

etilayotgan obrazlarga va ular orqali voqelikdagi hodisalarga, hissiy kechinmalarga

estetik munosabat o’quvchilarni badiiy-estetik didini tarbiyalashdagi muhim

mezonlardan hisoblanadi.

Umumta’lim maktablaridagi, xususan boshlang’ich sinflardagi musiqa

ta’limi asosiy maqsadi o’quvchilarda musiqiy madaniyatni, estetik dunyoqarashni

tarkib toptirishdir. Bu borada quyidagilar o’quvchilar e’tiborida bo’lishi lozim:

-Musiqiy asarlarni kuylash, tinglash, kerakli ma’lumotlar orqali o’quvchida

g’oyaviy e’tiqodni shakllantirish; axloqiy tarbiyani amalga oshirish, ijtimoiy

faollikni, san’atni idrok qilish, his etish, tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish,

esteti va musiqiy didni o’stirish, badiiy tafakkurni, fikr doirasini kuchaytirish;

-Mashg’ulotlar jarayonida musiqaviy fanlar aloqadorligidan unumli

foydalanish, taqqoslash, tahlil qilishga keng o’rin berish, o’quvchilarni har bir

topshiriq, vazifani chiroyli, go’zal va badiiy ta’sirchan bajarishlariga e’tibor berish;

-Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan rang- barang mavzulardagi qo’shiq,

kuylarni o’rganishda rang tasvir, adabiyot asarlariga, tabiat va turmush

23

Page 30: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

manzaralariga murojaat qilish juda foydalidir.

-O’zbek bastakorlar asarlari bilan ishlashda asar xarakterining milliy

xususiyatlari haqidagi tushunchalarga e’tibor qaratish, o’zbek milliy musiqiy

an’analari bastakorlar ijodi uchun asosiy manba ekanligini, bu an’analar xalqning

fikr-o’ylari va orzu-umidlarini ifodalovchi yuksak badiiy boyliklar namunasi

sifatidagi asarlar ekanligi haqida tushunchalarni berib borish.

O’qituvchining yana bir muhim vazifasi o’quvchilarda musiqa

mashg’ulotlariga qiziqishini o’z ijrosida musiqani obrazli va badiiy

govdalantirishga ishtiyoq va intilishni tarbiyalashi zarur.

O’quvchilarga musiqa san’ati bo’yicha ma’lum doirasida bilim, ko’nikma va

malakalar berish haqida gap ketganda quyidagi me’yorlarni alahida ko’rsatib

o’tishni istar edik:

1. O’quvchilarning musiqa asarini qiziqish va hissiy tinglash yoki

kuylashlari;

2. Asarni kuylash, cholg’u sozlarida chalishga ehtiyojni yuzaga kelishi;

3. Asarni badiiy ijrosi ustida ishlash ko’nikmalariga ega bo’lish;

4.Harflar, bo’g’inlar, so’zlar, talaffuzi, nola, qochirim, soz, ansambllik,

intonatsiya ustida ishlash ko’nikmalariga ega bo’lish;

5.O’rganish davomida mukammallikka erishilmagan o’rinlar, kamchiliklar

ustida ishlash;

6.Kuy- qo’shiqlarni ularning mazmuniga muvofiq ijro etishga erishish, ijro

chog’ida musiqiy bezak, dinamik rang-baranglikka erishish:

7.Kuylash, chalish paytida o’z hatti-harakatlariga e’tibor berib, ularni

me’yorlashtirish;

8.Kuylash yoki chalishda eng munosib yo’lni tanlash;

9. O’z ijro uslubiga hamda muayyan tajribaga ega bo’lish.

Mana shunday ko’nikma va malakalar zahirasiga ega bo’lgan o’quvchilarda

musiqiy badiiy didni shakllanganligini ta’minlash imkoniyati vujudga keladi.

24

Page 31: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Xo’sh, o’quvchilarda musiqiy-badiiy didni qay darajada shakllanganligi

qanday mezonlar asosida aniqlanadi?. Biz o’z tadqiqiy izlanishlarimiz davomida

mazkur mezonlar tizimini ishlab chiqishga harakat qildik va amaliy

tajribalarimizda ularni amaliyotda qanday namoyon bo’lishini kuzatdik va bu

mezonlar o’quvchilarning musiqiy-badiiy didini shakllanganlik darajasini

aniqlashda qo’l kelishiga ishonch hosil qildik.

Ushbu mezonlar quyidagicha:

- o’quvchilarni musiqa asarini tinglash va kuylash, ular haqida ko’proq

bilishga bo’lgan qiziqishlari va ishtiyoqlarini kuchayganligi;

- darsda o’rganilgan kuy-qo’shiqlar janri, tuzilishi, ijro uslublari, mualliflari,

g’oyaviy-badiiy mazmuni haqidagi tasavvur va tushunchalari kengayganligi;

- musiqa asar xarakteri, ifoda vositalari, musiqiy-badiiy obrazlar mohiyatini

anglash, his qilish, asar haqidagi o’z ta’surotlarini so’zlab berish iqtidorlarini

oshganligi;

-asardagi so’zlar ma’nosini anglash, tushunish, asardagi obrazlilikni o’zining

shaxsiy ijrosida gavdalantirish mahoratini o’sganligi;

-asarlarda eng nozik, hayajonli o’rinlar, qochirimlar, nomlar (xalq

qo’shiqlari, mumtoz asarlar) o’ziga xosligi, mavjud murakkabliklarni his etishi,

dinamik belgilarni aniq ifoda eta olishlari;

-o’zining va sinf jamoasi ijrosini baholay olishi va unga naqadar to’g’ri va

ijodiy yondoshish malakasini rivojlanganligi;

Mazkur ko’nikma va malakalarni to’g’ri shakllantirish musiqa darslarini

izchillik, tizimlilik, davomiylik, ilmiylik tamoyillariga asoslanganligi,

o’qituvchining pedagogik mahorati va ilg’or tajribalardan unumli foydalanishga

ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Har bir o’qituvchi, pedagog o’quvchilarda estetik

jihatdan qadrli bo’lgan asarlarni idrok qilish, baholash va yaratish qobiliyatini

rivojlantirishga, e’tirof etib o’tilgan mezonlarga tayangan holda ularni musiqiy-

badiiy didini shakllantirib borishga intilib ish tutish lozim. O’quvchilarni atrofdagi

25

Page 32: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

narsa va hodisalarni, shu jumladan xilma-xil mavzu, janr, uslubdagi musiqiy

asarlarni go’zalligidan, mazmundorligidan emotsional zavq olishga, u yopki bu

ifoda xususiyatlari qiymatiga baho berishga o’rgatib boorish kerak. Ana shunday

baholash layoqati asosida o’quvchining his qilish, baholash qobiliyati sifatidagi

didi ham shakllanadi.

Boshlang’ich sinflarda maktab o’quvchisiga yoqadigan yoki yoqmaydigan

(tog’ri, ongli idrok etolmaydigan) musiqa asarlari, ularning o’ziga xos badiiy

xususiyatlari to’g’risida tushunib, anglab aytilgan fikrlarrivojlanib boradi.

O’quvchining o’z mulohazalarini o’zaro bog’liq holda mantiqan anglash va

taqqoslashga odatlanishini rivojlantirish, ularda musiqiy-badiiy did va estetik

hissiy kechinmalar qaror topishi uchun foydalidir. Musiqa o’qituvchisi hamma

vaqt o’quvchining estetik taassurotlari, fikrlari, baholash me’yorlarini sinchiklab

kuzatib, qo’llab quvvatlashi yoki qayta o’ylab ko’rishiga undamog’i kerak.

Shundagina san’at bilan muntazam muloqotga endigina kirishgan bola tabiat bilan,

odamlar bilan muloqotdan olgan tajribani estetik baholash va ongli tasavvur etish,

uni o’z hissiyotida boshdan kechirishga harakat qiladi.

Musiqiy badiiy asarning go’zal san’at namunasi ekanligini, ta’sirchanligini,

jozibadorligini, idrok etish va baholay olishida o’qituvchining doimiy ko’magi jada

muhimdir. Shunday ham bo’ladiki, ba’zi musiqiy asarlarga bolalar bahoni

boshqalar fikriga qarab berishga harakat qiladi, o’zi esa o’sha asarning “yaxshi”,

“yomon” tomonlarini to’g’ri anglab ololmaydi yoki unga ulgurmagan bo’ladi.

Bunday yuzaki baho berish, munosabat ba’zan o’smirlik yoshida ham, ancha katta

yoshda ham saqlanib qoladi. Natijada o’quvchi-yoshlarda musiqa asariga yoki

turmushdagi boshqa narsalarga, masalan kiyim-kechak, xulq-atvor, tabiat

go’zalligi, rassomlar asari, amaliy san’at namunalari va hokazolarga beradigan

baholarida yuzakilik taqlidiy munosabat vujudga keladi.

O’quvchi-yoshlarni musiqa darslari jarayonida o’rganilayotgan, tinglash

uchun tanlab olingan musiqa asarlarining badiiy yetukligi, g’oyaviy badiiy

26

Page 33: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

mazmuni, xarakterini, yoqimliligini to’g’ri baholash ko’nikmalarini

rivojlantirishga erishish uchun eng avvalo o’quvchining o’zida ushbu xislatlarni

egallashga bo’lgan intilishini kuchaytirish lozim bo’ladi. Shundagina

o’quvchilarda musiqiy asarni to’g’ri idrok qilish, baholashni mashq qildirishga,

voqelikning, san’atning,estetik xossalarini o’zlashtirish imkoniyatlarini

kuchaytirishga olib keladi. Shuning uchun ham musiqiy estetik tarbiya, musiqiy

didni shakllantirish musiqa tarbiyasiga qaraganda ancha keng tushuncha bo’lib,

pedagogik-psixologik murakkab jarayonlarni talab qiladi. Bu jarayonda musiqa

asarlari muhim o’rin tutadi, lekin alohida va hal qiluvchi emas. Bu o’rinda

musiqiy-estetik tarbiyaning sinfda, sinfdan va maktabdan tashqari hamda oiladagi

faoliyatlar uyg’unligi katta rol o’ynaydi. Bu zanjirda tarbiyalovchi va

rivojlantiruvchi vositalarning jami musiqaviy-estetik muhitni tashkil etadiki, bu

muhitda o’quvchilarning musiqa san’ati va u orqali hayotni badiiy idrok qilish

qobiliyatlari, tafakkuri, dunyoqarashi va badiiy-estetik didi barqaror shakllanishiga

yordam beruvchi shart-sharoit yaratiladi.

27

Page 34: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

II Bob: Musiqa darslarida musiqiy-badiy didni shakllantirishga yo’naltirilgan

pedagogik faoliyat mazmuni.

2.1.Milliy musiqiy asarlar vositasida o’quvchilarning musiqiy-badiy

didini shakllantirish imkoniyatlari.

Umuta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslari jarayonida

o’quvchilarning musiqiy-badiy didni va musiqiy idrok etish malakalarini

shakllantirish va boshqa har qanday tarbiyaviy vazifalarni amalgam oshirish kabi

uzoq muddatli tizimlashtirilgan va aniq rejaga asoslangan pedagogik faoliyatni

talab etadi.

Umumta’lim maktablarining bizning tadqiqotimiz obyekti sifatida tanlangan

boshlang’ich sinf o’quvchilarining musiqiy-badiiy, estetik didini ma’lum bir

mezonlarga mos darajada shakllangan, badiiy-estetik tasavvur, dunyoqarash,

fikrlash, baholay olishning yaqqol bir namunasi sifatida tasavvur qilish qiyin va

bunday baholash noto’g’ridir. Bu yoshdagi bolalarning musiqiy idrok, tafakkur va

badiiy-estetik didi hali unchalik asosli fikr yuritish darajasida bo’lmaydi.

O’quvchilar maktabga turli darajadagi musiqiy tayyorgarlik bilan keladilar.

Shu tufayli hali ularning musiqiy eshituvi, tinglash va kuylash ko’nikma va

malakalarini barqaror tenglashgan darajaga olib kelish o’qituvchilardan anchagina

mehnat va sayi-harakatni talab etadi. Bu jarayonda o’quvchilar musiqiy-badiy

didlari hali mavhum darajada bo’ladi. Ularga berilgan birinchi savollardanoq

bunga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan, o’quvchilarni musiqa san’atiga

qiziqishi va munosabatini aniqlash maqsadidagi “Sen qanday (qaysi) qoshiqni

yaxshi ko’rasan?”, “Sen qanday bolalar qo’shiqlarini bilasan?”, “Sen qaysi

qo’shiqni kuylashni yoqtirasan?”, “Vatan haqidagi qanday qo’shiqlarni bilasan?”,

“O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasini kim yozgan?”, “Qaysi

o’zbek xalq kuylarini nomini bilasan?” kabi savollarga tayinli javob olish qiyin

28

Page 35: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

bo’ladi. O’quvchi bu savollarga qanday javob berishni ham bilmay dovdirab

qolishi, yoki javoblar noaniq va palapartish bo’ladi. O’qituvchi tomonidan

bolalarga qulaylik tug’dirish uchun qo’shiq, kuylarning nomlari aytilgandagina

ular bu qo’shiq yoki kuylarni eshitganligini, o’ziga tanishligini va ayrimlarini

yaxshi ko’rishini aytishadi. Ayrim o’quvchilar esa qo’shiqlardan bir kupletlarini

xirgoyi qilib berishlari ham mumkin. Bular o’quvchilarni turli darajadagi musiqiy

tayyorgarliklari, qiziqish va qobiliyatlari bilan ham bog’liq bo’ladi.

O’qituvchi ma’lum bir qo’shiqni kuylab bergandan so’ng “Bu qo’shiq

sizlarga yoqadimi?” degan savolga so’zsiz “ha, yoqadi” degan javob eshitadilar.

Bu esa ularning hali qo’shiqni baholash layoqatlari shakllanmaganligidan dalolat

beradi. Ko’pincha ular to’g’ri-noto’g’ri bo’lishidan qat’iy nazar o’qituvchining

fikrini, baholashini to’g’ri deb qabul qiladilar, javob berishda shunga tayanadilar.

Shuning uchun o’qituvchi bolalarni musiqiy asarlarni, ularni ma’lum frazalarini

kuylash, u haqda o’z fikrlarini bildirishga (baho berishga) o’rgatar ekan, ularga eng

avvalo o’z fikrlarini ro’yi-rost, yashirmasdan, tortinmasdan aytishlarini, bu ular

o’ylagandek xato bo’lmasligini, aksincha aytilgan fikrini to’ldirish, xatolari bo’lsa

to’g’rilash va shunga ko’ra ularda to’g’ri tushunchani hosil qilishga erishish

muhimligini tushuntirib borishi lozim. O’quvchilar fikri so’ralganda bir nechta

javoblarni eshitish va qaysi to’g’ri ekanligini o’quvchilar hukmiga havola qilish,

erkin tortishuv, bahs-munozaraga yo’l berish, o’quvchilarda asta-sekin o’z fikrini

tortinmasdan aytish, o’z fikrini himoya qilish, tushunmaganlarini tushunishga katta

yordam beradi. O’qituvchi esa bunday ishlarni har bir darsda olib borishi

maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bunday mustaqillik va erkin fikr yuritish vaziyatini yaratish uchun

o’qituvchi hech bir o’quvchini qanday javob berishiga qaramasdan

kamsitmaydigan, uyaltirib qo’ymaydigan holatlarni topa olishi lozim, bunda

o’quvchi o’zining javobi hech kimni shunday vaziyatga solib qo’ymasligini his

qilsin tushunib yetsin.

29

Page 36: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

O’qituvchi turli janrlardagi va murakkablikdagi qo’shiq, marsh, alla, raqs

xarakteridagi asarlardan namunalar eshittirishi va sinfga murojaat qilib kimga

qaysi asar yoqqanini va nima uchun yoqqani ochiq aytishlarini so’raydi. Bunda har

bir o’quvchi o’ziga yoqqan asarni tanlab nomini aytadi. Dastlabki paytlarda

o’quvchi asar nomini aytish bilan cheklanadi, keyinchalik esa o’z fikrlarini

to’laroq tarzda bildirishga harakat qiladi. Ikkinchi, uchinchi, to’rtincha sinflarda

esa asarning yoqqanlik sababini izohlab berish, tushuntirib berishlariga erishish

kuzatiladi va brogan sari bu jarayonni murakkablashtirib boorish talab etiladi.

Uchinchi, to’rtinchi sinflarda o’quvchilar kuylash va tinglash uchun tavsiya

etilgan asarlarni bu qo’shiq yoki kuy qaysi janrga mansubligini, u kim tomonidan

yaratilganligi, g’oyaviy-badiiy mazmuni, xalq musiqasi yoki kompazitor ijod

mahsuli ekanligini, bastakor ijodining ayrim jihatlari haqida ham so’zlab

beraoladigan bo’ladilar.

O’quvchilarni musiqiy idrok etish va badiiy didlarini shakllantirishga

qaratilgan ishlarni cholg’u sozlarida asarlarni chalib berish orqali ham amalgam

oshirish mumkin. Bunda asarni qaysi cholg’u sozida chalish o’quvchilarga ma’qul

ekanligi so’raladi, bitta kuyni ikki cholg’u ijrosidagi variantlarini tinglash va

yuqoridagi savolga javoblar tahlil qilinadi. Yoki ayrim kuylarning bir jumlasi

(fraza) chalinadi va o’quvchilardan bu qaysi kuy ekanligi (nomi) va muallifi

so’raladi.

Uchinchi-to’rtinchi sinf o’quvchilari asar haqida ancha to’liq va mazmunli

so’zlab bera oladigan va asar mualliflari haqida ham, ayrim ma’lumotlarni ham

keltira oladigan bo’ladilar. O’qituvchining yordami, o’quvchini rag’batlantirib

borish, uni fikrini bulib qo’ymaydigan tarzdagi tuzatishlari o’quvchilarda bu

jarayonga faol munosabat va xayrixohlikni kuchayishiga olib keladi.

Boshlang’ich sinf musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning musiqiy-

badiiy didlarini shakllantirish albatta, birinchi navbatda yoqimli va badiiy

ta’sirchan ijroga asoslangan bo’lishi lozim. Badiiy didga yo’naltirilgan

30

Page 37: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

faoliyatning dastlabki bosqichida tanlangan qo’shiqlarni o’qituvchining o’zi ijro

etib berishi, yoki biror o’zbek milliy cholg’u asbobida chalib berishiga to’g’ri

keladi. Shundan so’ng bolalar tetapoya bo’lib yurishga o’rgangani kabi o’quvchilar

asta sekinlik bilan tinglangan yoki ijro etilgan asarlarni o’qituvchining bevosita

talabi, topshirig’i, bergan yo’nalishi hamda yordamida, shuningdek, o’qituvchi

fikrlariga tayangan holda tahlil qila boshlaydilar.

Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, har qanday musiqiy asarni tahlil

qilaverish o’quvchilarning badiiy didini o’stirishga xizmat qilavermasligi, kutilgan

samarani bermasligi ham mumkin. Aniq maqsadlarni ko’zlab ish tutganga muvofiq

shunday asarlarni tanlash lozimki, u o’zining badiiy qiymati, g’oyaviy-badiiy

mazmuni bilan boshqa asarlardan yaqqol ajralib tursin. Shundagina bunday asarlar

o’quvchilar yodida mustahkam saqlanib qoladi.

Har bir o’quvchi har kuni turfa musiqiy ohanglar ta’sirida bo’ladi.

Hayotning har bir lahzasida turli tuman janr va uslublardagi qo’shiqlarga duch

keladi. Ammo ularning ma’lum qismigina ko’pchilikning tiliga tushgan va yaxshi

qo’shiq (san’at) sifatida tan olingan, ommaviylashgan bo’ladi. Yoki aksincha,

ayrim katta yoshdagi bolalar, o’spirinlar, talabalar tomonidan telefonga tushirilgan,

disklarga yozib olingan, chet el xalqlariga tegishli, ularga taqlid qilib yaratilgan,

saviyasi past musiqalar, kliplar ham yosh bola ongida o’zining izini qoldirishi

mumkin. Bu o’rinda musiqa darslari jarayonida o’quvchilarga birinchi navbatta

milliy musiqamiz, yuksak ijod namunalari, qardosh va chet ellarning ham eng sara,

mumtoz asarlari haqidagi suhbat, hikoya, tushuntirishlarga keng o’rin berish

musiqa o’qituvchilari oldidagi dolzarb vazifalar sanalmog’i lozim. Shuning uchun

boshlang’ich sinf o’quvchilariga repertuar tanlaganda manashu jihatlarni yoddan

chiqarmasligi kerak bo’ladi.

Bizning mazkur tadqiqot doirasidagi kuzatuvlarimiz va ko’plab pedagog

olimlar, metodist o’qituvchilar tajribalari shuni ko’rsatadiki, ayrim kichik hajmdagi

murakkabliklarni yengib o’tish boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ham unchalik

31

Page 38: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

qiyinchilik tug;durmaydi. Retmik xilma-xilliklar, interval va akkordlarning

kuylanishidagi qiyinchiliklar, dinamik murakkabliklar, kuy va qo’shiqning yoqimli

ohanglari orasida o’z yechimini topib ketishi mumkin ekan.

Shuning uchun ham bastakorlarimiz o’zlarining bolalar uchun yaratgan

asarlarida seksta, septima, orttirilgan va kamaytirilgan seksta, septima sakrashlari,

xromatik yarim tonliklarni iloji boricha qo’llamaslik yoki, ijro jarayonida

o’qituvchi ularni kuylash bilan bog’liq qiyinchiliklarni bartaraf qilish yo’llarini

topishga harakat qiladilar.

Taniqli bolalar kompazitori Sh. Najmiddinovning “Pianino” qo’shig’idagi

birinchi jumlalar (Do, re, mi, fa, sol, lya, si) major gammasini kuylash unchalik

oson bo’lmagani holda qo’shiq kuylash jarayonida undan foydalanish

o’quvchilarga unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi.

Istedodli kompazitor Avaz Mansurovning bolalar uchun yozilgan

“Toychoq”, nomli qo’shig’ida ishlatilgan yarim tonlarni chalish va kuylash ancha

murakkabliklarni tug’dirgani homda uni so’zlari bilan kuylash jarayonida kuylash

o’quvchilar uchun qiziqarli va qulay. Bunday misollarni yana ko’plab keltirish

mumkin. O’quvchilarning musiqiy-badiiy didini o’stirishda qo’shiq kuylashning

o’rni va ahamiyati alohidadir. Chunki qo’shiq kuylash jarayonida o’quvchilar bu

faoliyatga ijodiy yondashadilar, ya’ni, har bir o’quvchi o’z ovozi orqali ma’lum bir

qo’shiqni, yoki kuyni bevosita kuylashi talab etiladi.

Qo’shiq kuylash bolalar uchun eng sevimli va qulay faoliyat hisoblanadi.

Dars jarayonidan barcha faoliyat turlarini olib tashlaganda ham qo’shiq kuylash

o’quvchilarni zeriktirmaydi. Ammo boshlag’ich sinf o’quvchilari ma’lum bir

faoliyatda kuylash yoki tinglash bilan shug’ullanganlarida tezda zerikib, charchab

qolishlari mumkin. Shuning uchun ham darslarning qiziqarli va unumli bo’lishi

uchun dars jarayonida faoloyatning xilma-xil turlaridan foydalaniladi.

Musiqa tinglash o’ziga xos bo’lgan hamda muhim faoliyat hisoblanib, uning

afzalliklari shundaki, o’quvchilar bu jarayonda o’zlari ijro eta olishlari qiyin

32

Page 39: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

bo’lgan, hatto mumkin bo’lmagan (mumtoz, maqom) asarlarni ham tinglash

imkoniga ega bo’ladilar. Ular turli chilg’u sozlarida turli janr va mavzulardagi

asarlarning na’munaviy ijrolarini eshitishadi. Ayniqsa dutor, tanbur, rubob, g’ijjak,

chang sozlarida ijro etiladigan o’zbek xalq kuylari “Chetrmak”, “Ro’molcha”,

“Yallama yorim”, “Chamanda gul”, “Dutor bayoti”, “Qashqarcha”, “Bahor valsi”,

“Andijon polkasi” kabi ko’plab xalq kuylarini tinglaydilar.

O’quvchilar bevosita xalqning an’analari bilan bog’lanib ketadigan

qo’shiqlar “Lola”, “Boychechak”, “Laylak keldi”, “Oq terakmi ko’k terak”,

“Chuchvara qaynaydi”, “Chitti gul” kabi qo’shiqlarni tinglab so’ngra o’zlari

kuylaganlarida estetik didni shakllanishi kuchayadi, hattoki bunga qulay imkoniyat

yaratiladi.

Xalqimizning milliy qadriyatlarini yoshlar ongiga singdirishda keng

imkoniyatlar yaratilgan bugungi kunda xalq qo’shiqlaridan foydalanish alohida

ohamiyat kasb etmoqda. Musiqa darslarida xalq qo’shiqlari vositasida

o’quvchilarni badiiy didini shakllantirish muammosi hozirgi kunda nihoyatda

dolzarb muammodir. Musiqiy-badiiy didni shakllantirish sifatida xalq

qo’shiqlarining imkoniyatlaridan ta’limjarayonida unumli foydalanish yuzasidan

ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish zarurati sezilmoqda.

Xalq qo’shiqlari vositasida o’quvchilarni musiqiy-badiiy didini

shakllantirishda musiqa darslari katta imkoniyatlarga ega. Zero, xalq qo’shiqlari

xalqning ezgu niyatlari, orzu istaklari va ichki tuyg’ulari, uning urf-odatlari va

an’analari bilan bevosita bog’langandir.

Turli millat xalqlarining qo’shiq, kuylarini tinglash, kuylash va boshqa ko’p

ovozlik elementlardan foydalanish o’quvchilarning saviyasini yanada oshiradi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilari bevosita musiqa mashg’ulotlari jarayonida

turli retmik va raqs harakatlarini bajarishlari, cholg’u sozlarida jo’r bo’lishlari,

rebuslar yechishi, aks-sado elementlaridan, yangi pedagogik texnalogiyalardan

foydalanishlari ularda musiqiy badiiy didni shakllantirishning imkoniyatlarini

33

Page 40: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Taniqli musiqa nazariyotchisi va tanqidchisi B.A Katayev shunday deb

yozgan edi: “Musiqa ijodida va idrokida intellektual asosni qaror toptirishdan hech

qachon voz kechmaslik kerak. Musiqa tinglar ekanmiz u yoki bu holatlarni his etib,

boshdan kechiribgina qolmasdan, balki idrok qilinib kelinayotgan materialni

farqlaymiz, tanlaymiz, baholaymiz, binobarin fikr yuritamiz”.

O’quvchi-yoshlarda badiiy idrokni, estetik didlarni tarbiyalash, badiiy

qobiliyatlarni rivojlantirish doimo aqliy va axloqiy tarbiya bilan o’zaro ta’sirda

bo’ladi. Hozirgi kunda musiqa madaniyati fanini o’qitish jarayonida musiqaviy

ta’lim va tarbiyaning o’ziga xos vazifalari bilan bir qatorda ancha murakkab

vazifalarni ham bajarishga to’g’ri keladi. Chunki maktabdagi musiqa tarbiyasi

ko’pkina faoliyatlar majmuasidan tashkil topadi. Bular: musiqa darsi, sinfdan

tashqari to’garaklar, musiqiy ommaviy tadbirlar, maktabdan tashqari ish olib

boruvchi turli tirli badiiy jamoalar, musiqa maktablari, bolalar ijodiyot markazlari,

musiqiy-estetik tarbiyani amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari

bugungi kunda yoshlarni badiiy-estetik tarbiyasiga ommaviy axborot vositalari,

radio, televideniyaning ham ta’siri oshib bormoqda. Tarbiyalovchi va uni amalda

bajaruvchi vositalarning barchasi umumiy holda musiqiy-estetik muhitni tashkil

etadiki, bu muhitda o’quvchilarning musiqa sohasidagi qiziqish va ehtiyojlari

doirasi yanada kengayadi, shakllanadi, estetik didlari o’sadi.

Umumta’lim maktablarining boshlang’ish sinflarida musiqa madaniyati

darslarini olib borishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu o’rinda

har bir chorakda berilgan chorak mavzulari, har bir darsda o’rganilgan kuy va

qo’shiqlar, milliy o’zbek xalq cholg’ulari, xor san’ati, zamonaviy mavzudagi

kompazitorlar asarlari, o’zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari, o’zbek xalq

raqs kuylari haqidagi zarur ma’lumot, bilim va tushunchalarni o’quvchilarni to’g’ri

idrok qilishlari, ularga qiziqish va munosabatlari, asarlarni to’g’ri talqin qilish

qobiliyati, did, idrok etish salohiyati, namoyon bo’ladi. Bu jarayonda musiqa

34

Page 41: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

ijodining go’zalligi, quvonchini anglash tuyg’usi rivojlanadi, go’zallikka

dahldorlik bastakor xalq musiqasidan ilhomlanib yaratgan axloqiy-estetik

mazmundan xuzurlanish xislatlari shakllanadi.

Musiqa darslarida musiqiy-estetik didni shakllantirish maqsadining o’ziga

xosligi shundaki, darsda musiqa ta’limi va tarbiyasi vazifalaridan tashqari badiiy-

ijrochilik vazifalari ham qo’yiladi. Bu gaplar birinchi navbatda maktabda

musiqadan talim berishning eng faol shakli bo’lgan jamoa bo’lib qo’shiq

kuylashga ta’luqlidir. Juda qadimiy ildizi va ijrochilik an’analariga ega bo’lgan

xalq qo’shiqchiligida ko’pchilik bo’lib qo’shiq kuylash (folklore jamoalari),

zamonaviy xor ijrochiligi va bu jarayondagi ko’p ovozli asarlarni, jo’rsiz (a

kapella) qo’shiqlar kuylash faqat musiqiy qobiliyatlarni emas, balki xarakter

sifatini, dunyoqarashni, musiqiy idrokni, badiiy didni, estetik tuyg’uni ham

rivojlantiradi. Jamoa bo’lib qo’shiq aytish darsda olib boriladigan faoliyat

ishlarning xilma-xil shakllarini: qo’shiq ijro etishni, musiqa asarini tinglashni,

musiqiy savodxonlikni, musiqa asboblarida chalishni, raqs, vokal-xor malakalarini

bajarishni o’zida birlashtiradi.

San’at estetik tarbiyaning bitmas-tuganmas manbaidir, chunki, u o’zida

to’laligicha va bevosita estetik olam, inson qalbi va aqlining cheksiz kuch bilan

zabt etuvchi maftunkor dunyodir. O’quvchilar uchinchi, to’rtinchi sinfga kelib

psixologik-fiziologik jihatdan bir muncha o’zgargan bo’ladilar, ularda vokal-xor

malaka va ko’nikmalari ham anchayin shakllangan bo’ladi. Ular sof unisonda

kuylash, ikki ovozlilik elementlari bo’lgan mashqlar yoki kichik qo’shiqlar kuylash

imkoniga ega bo’ladilar. Qo’shiq haqida, tinglangan asar haqida mustaqil fikr

yuritish qobiliyatiga ham ega bo’ladilar. Fanlarga qiziqish va o’zlarining sevgan

kasblariga astoydil mehr bilan qarash xislatlari barqarorlashadi.

Musiqa san’atining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, unda

haykaltaroshlik va rassomchilikka xos bo’lgan predmet tasviri yoki nasr va nazmga

xos “portretlar” mavjud emas. Musiqada insonning turfa his-tuyg’ulari,

35

Page 42: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

kechinmalari, ruhiyati ifoda etiladi. Darslarni qiziqarli va to’g’ri tashkil qilish bilan

birga o’quvchilarning qiziqishlarini nazarda tutish muhim pedagogik omillardan

sanaladi. Shunga ko’ra o’quvchilarni qiziqtiradigan, jalb etadigan,

rag’batlantiradigan vaziyatni yaratish, ularda estetik hissiyotni o’stirishning eng

zarur shartidir. Baholanki, o’quvchilardagi hissiyot, tuyg’u o’zlariga tanish bo’lgan

kuy va qo’shiqlarni bevosita o’zlari ijro etganlarida sodir bo’ladi. O’quvchilarda

sodir bo’layotgan his-hayajonlarni ongli bo’lishiga harakat qilish, ularni mustaqil

fikrlashga, baholashga o’rgatish va buning uchun mavjud imkoniyatlardan to’la

foydalanish asosiy omil bo’ladi. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarni ma’lum bir

qo’shiq bilan tanishtirishi va o’rgatishda “Bu qo’shiqni birinchi marta qachon va

qayerda eshitgansiz?”, “Bu qo’shiq sizga nima uchun yoqib qoldi?”, “Bu qo’shiqni

qanday ijro etish kerak?”, “Qo’shiqni so’zlari musiqa ohangiga to’g’ri

kelyaptimi?”, “Qo’shiqni yaxshi, mazmunli ijro etish uchun nimalarga e’tibor

berish kerak?” kabi savollar bilan o’quvchilarni yanada diqqat bilan tinglashga,

ilgari e’tibor bermagan ayrim jihatlarini payqab olishiga, mustaqil fikr yuritish va

ma’lum darajada baholashga odatlantirib boradi. O’quvchilarda badiiy didni asta-

sekin o’sishi va shakllanishi uchun yetarli zamin shu tariqa yaratiladi. O’quvchilar

o’zlari kuylayotgan, tinglayotgan kuy va qo’shiqlarni tahlil qilish jarayonida

quyidagilarga e’tibor qaratiladi.

1.Lad (parda- tuzuk) va tonallik, asar qaysi bosqichdan boshlanadi.

2. O’lchov. Kuylashda dirijyorlik qilish:

3. Kuyning emotsional tuzilishi, xususiyatlari (harakat, yo’nalish, qismlari,

notalar nomi, interval sakrashlari, akkordlar, ularning katta-kichikligi).

4. Kuy va qo’shiqning ritmik tuzilishi, xususiyatlari. Asarda qanday

cho’zimlar uchraydi, pauzalar borligi, asar takdning qaysi hissasidan boshlanadi va

boshqalar.

5. Asardagi musiqiy iborani va nafas olishni aniqlash;

6. Asarni janri, lapar, yalla, qo’shiq, ashula, ariya, vokal, xor ijrosiga

36

Page 43: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

mansubligiga ko’ra janr xususiyatlarini anglash;

Kuy va qo’shiqlarning mazmunini tushunish, uni idrok qilish tinglovchining

umumiy madaiyatiga, shuningdek, uning maxsus tayyorgarlikka egaligiga bog’liq

bo’lib, musiqani tushunadigan o’quvchining musiqa asarlariga qiziqish doirasi,

badiiy didning yuqori darajada namoyon bo’lishi bilan ajralib turadi. Musiqani

anglash va tushunish atrofdagi hayotni to’la-to’kis idrok qilish uchun zarurdir,

chunki, amalda san’at asari va hayotdagi estetik voqelikning (narsa, buyum, tasvir,

musiqiy asar) mohiyatiga chuqur kirib borish qobiliyati maktab o’quvchisi

shaxsining har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlarini har qanday ijodiy namoyon

etishlariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lgan holda rag’batlantirib borish va

qo’llab-quvatlash kerak, toki ularning o’zlari yashash joylarida ijodkorlikning

qiyin yo’lidan borib so’zni, ranglar, ohanglar, ichki hissiyot bilan idrok qilishlariga

erishilsin. O’quvchilarni musiqiy-badiiy, estetik didini yuqori darajada shakllangan

bo’lishi o’qituvchi, o’quvchi, oila, muhit va tarbiyaning bu muammoga birdan

mas’uliyat bilan qarashiga bog’liqdir.

2.2. O’quvchilarda musiqiy-badiiy didni shakllantirish usul va shakllari.

Umumta’lim maktablarida amalga oshiriladigan keng ko’lamdagi ta’lim-

tarbiya ishlarida o’quvchilarni musiqiy-estetik madaniyatni, estetik hissiyot,

ko’nikmalari qatori badiiy didini tarbiyalab borish ham alohida o’rin tutadi.

Estetik ong Estetik did ham estetik madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, u

asosan o’quvchilarda o’quvchilarda adabiyot va san’at turlari vositasida estetik

tushuncha, ko’nikma va sifatlarni o’zlashtirish orqali shakllanadi.

Estetik madaniyat tushunchasiga estetik ong va estetik didning turli

faoliyatlar jarayonida namoyon bo’ladigan estetik holatlar va tarbiya kiradi.

Insonning estetik madaniyatini – bu estetik ong tafakkur, dunyoqarash, yuqori

37

Page 44: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

ma’naviy-axloqiy sifatlar majmuini ifoda etedi. Shunday ekan u doimo emotsional

his-tuyg’u tarbiyasi bilan, estetik tushuncha, estetik did, estetik ehtiyoj tarbiyasi

bilan bog’liq holda rivojlanadi.

Musiqa asarini ijro hamda idrok etish hissiy va ruhiy kechinmalar bilan

bog’liq holda kishi qalbida o’ziga xos oliy janob his – tuyg’ularni o’yg’otadi.

“Buyuk musiqa sana’tini seving va o’rganing, – deb yozgan edi atoqli kompozitor

D. Shostakovich, - u sizda olam jahon ulug’ hislar , jo’shqin fikrlar o’yg’otadi. U

sizni ruhan boyetadi, pok qiladi, kamolga eltadi. Musiqa tufayli siz o’zingizda

yangi kuch sezasiz, - u sizni barkamol inson darajasiga yaqinlashtiradi.” (Д.

Шостакович. Знать и любит музыку. – М. Просвещение, 1973. 19стр.)

Har bir san’atni tushunish va to’la idrok etish uchun kishi ma’lum badiiy va

umumiy kamolot darajasiga erishgan bo’lmog’i lozim. Mana shu kamolot darjasi

uning badiiy- estitik kamoloti daralasini ham belgilovchi asosiy omil sanaladi.

Shuning uchun ham donishmandar iborasi bilan aytganda “San’atdan zavqlanish

uni his qilish uchun badiiy jihatdan ma’lumotli bo’lish lozim, aks holda musiqa

asarini tinglashga ko’nikmagan quloq uchun eng go’zal musiqa ham ma’nisiz narsa

bo’lib qoladi”. Aynan mana shu fikrda musiqiy badiiy didni o’rni va ahamiyatiga

nisbat berilgan desak xato bo’lmaydi.

Shuning uchun musiqiy madaniyatni eng muhim komponenti hisoblanmish

musiqiy estetik didni tarbiyalash uchun musiqa darslarida o’qituvchi eng avvalo

o’quvchilarni darsga, o’tilayotgan mavzularga tinglayotgan va kuylash ichun

o’rganilayotgan qo’shiqqa nisbatan qiziqish uyg’otish va asarlar g’oyaviy-badiiy

mazmunidan unumli foydalanishi, o’quvchilar tomonidan har bir musiqiy asarni

hissiy idroq etish, nazariy, amaliy tushunchalarni puxta egallash, unga o’z

munosabatini bildirish, asar obrazlari, ularda aks etgan ijodkor fikrlari, g’oyalari

(fantaziyasi), lirik kechinmalarini tasavvur eta olish va ularga baho bera

olishlariga erishish lozim.

38

Page 45: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Asarlarni tinglash va kuylash oldidan o’quvchilarda paydo bo’ladigan

qiziqish ularga musiqiy asarlarning janri, xarakteri, ijodiy vositalari kabi musiqiy

bilim, tushuncha, malakalarni chuqurroq singdirib berish uchun keng imkoniyat

ochib beradi.

Musiqa fani dastur va darsliklariga kiritilgan kuy va qo’shiqlar o’quvchilarni

yoshi, dunyoqarashi, imkoniyatlariga mosligi, mazmunan rang-barangligi qiziqarli

va hamohangligi bilan ajralib turadi. Ularda ona Vatan, go’zal tabiat, yil fasllari,

qushlar va tabiat dunyosi shuningdek lirik raqs, hazil-mutoyiba xarakteridagi

ko’plab qo’shiqlar o’quvchilarni nafosat olamiga chuqurroq kirib borishiga katta

imkoniyat yaratadi.

Kompozitor F. Nazarovning shoir T.Ilhomov she’rlariga yozgan “Paxtaoy”

qo’shig’ini olib ko’raylik. Qo’shiqda oltin kuz fasli, keng dalalarimizda fayz tutib

ochilgan kumush paxtasi haqida, uning go’zal rang va chiroyi haqida

ifodalanadi.Qo’shiq uch band va naqoratdan tashkil topgan.

Bizning kumush paxtaoy,

Dalamizga sen chiroy.

To’lib toshding chanoqqa,

Kulib boqding har yoqqa.

Naqorat:

` Paxta-paxta jon paxta,

Yurtim senga kon paxta.

Yulduzlardek sochilib,

Lo’ppi, lo’ppi ochilib.

O’lkamga fayz berasan,

Dilni xushnut etasan.

Naqorat:

39

Page 46: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Xirmoningdan tog’qildim,

Kungillarni chog’ qildim.

Sen bizning g’ururimiz,

Senda mehnat durumiz.

Naqorat:

Paxta-paxta jon paxta,

Yurtim senga kon paxta.

Qoshiq re major tonalligida yozilgan bo’lib ovoz deapazoni bolalar

(boshlang’ich sinflar) uchun juda mos va qulay (re¹-si¹). U o’rtacha tez sur’tda

jo’shqin va yengil kuylanadi. O’quvchilar qo’shiqning nomi, uning she’r va

musiqa mualliflari haqida bilib oladilar (o’quvchi so’z orqali) o’quvchi bolalarni

kuz “paxta” haqidagi bilim va tushunchalarini bilib olish uchun ularga savollar

bilan murojaat qiladi shundan so’ng qo’shiq haqida quyidagicha suhbat o’tkazish

mumkin:

“Bolalar, paxta respublikamizda yetishtiriladigan asosiy ekinlardan biri

milliy boyligimiz sanaladi. Paxta chigiti erta bahordan mehnatkash dehqonlarimiz

tomonidan ekiladi. Chigitlardan unib chiqqan barg va ko’soklar bahor va yoz bo’yi

barq urib o’sadi, kuz fasli yetib kelgach ko’m-ko’k ko’soklar pishib yetildi. Keng

paxtazorlar bo’ylab lo’ppi-lo’ppi momiqdek paxtalar ochilib boshlaydi. Paxta

dalalari shunday guzal tus oladiki, chamandek ochilgan paxtalarni ko’rib kishining

zavqi keladi. Qarabsizki, paxta yig’im-terimi ham boshlanib ketadi. Yomg’irli

kunlar boshlanmasdan ochilgan paxtalarni terib olish kerak. Shuning uchun ham

barcha kishilar – kattalar ham, yoshlar ham, hatto o’quvchilar ham paxta terim

hashariga chiqadilar. Terib olingan paxtalar paxta tozalash zavodiga jo’natiladi.

Paxta tolalaridan ip, gazlama, qog’oz, sovun, yog’ kabi ko’plab kerakli va

qimmatli maxsulotlar olinadi.

Egningizdagi turli-tuman chiroyli kiyimlaringiz ham ana shu paxta tolasidan

40

Page 47: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

tayyorlangan. Ko’rdingizmi, paxta xalqimiz uchun juda ham zarur va qimmatli

mahsulot hisoblanadi. Xalqimiz shuning uchun ham paxtani ardoqlab uni “oq

oltin” deb ataydi.

Suhbat o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi, ular paxta haqida ko’p

narsani bilib olganlaridan mamnun bo’lishadi. Shundan so’ng qo’shiqning she’ri

o’quvchilarga ifodali qilib o’qib eshittiriladi. Qoshiqning har bir so’zi, takti,

bandlari ustida, ohangi va ijro uslubi ustida ishlaydilar.

Qo’shiqni o’rganish jarayonida o’quvchilarning e’tibori she’riy matndagi

“kumush paxtaoy”, “dalamizga sen chiroy”, “yulduzlardek sochilib”, “fayz

berasan” kabi so’zlarga jalb etiladi. Bunda qo’shiqda ifoda etilgan kuz faslining

o’ziga xos go’zalligi, paxtaning husni va chiroyini his qilishga erishish asosiy

maqsad hisoblanadi.

Qo’shiq ifodali va xushohang o’zlashtirib olingach, biz o’quvchilarga

quyidagi savollar bilan murojaat qildik:

-Paxta qaysi faslda ochiladi?

-Kuz faslining o’ziga xos belgilari?

-Paxta qiygos ochiganda dalalar qanday tus oladi?

-Nima uchun paxtani “oq oltin” deb ataymiz?

-Paxtadan qanday maxsulotlar olinadi?

- “Qo’shiq” sizlarga yoqdimi?, nima uchun yoqdi? va hokazo.

Javoblar o’quvchilarni qo’shiqni yoqtirib qolganliklarini va taassurotlarini ijobiy

bo’lganligini ko’rsatadi.

Biz o’z tajribamizda shu narsaga ishonch hosil qildikki, tabiat yil fasllari,

tabiat hodisalari (qor, yomg’ir, kamalak) haqidagi qo’shiqlar ularda tabiat

go’zalligiga ijobiy munosabatlarini shakllantirib boradi. Qo’shiqda ifoda etilgan

tabiat go’zalligi, husni, chiroyi, o’ziga xos xususiyatlari haqidagi qisqa va qiziqarli

suhbatlar, savol-javoblar hamda tabiatni bevosita kuzatishlar ularni tabiat haqida

bilim, tushunchalarini oshirib borishga samarali ta’isr etadi.

41

Page 48: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

O’rganilayotgan qo’shiqning dastlabki o’qituvchi tomonidan ijrosi

o’quvchilarda yaxshi taassurot qoldirishi lozim. Badiiy mahorat bilan hamohang

ijro etilgan jonli ijro o’quvchilarda yaxshi kayfiyat, uni o’rganish, kuylashga

ishtiyoq uyg’otadi. Ijroda qo’shiq matni, ohangi, sur’ati, ifoda vositalari, ijro uslubi

borasida puxta tayyorgarlik ko’rish, qo’shiq o’quvchilarda qanday kayfiyat

uyg’otishi, qanday his-tuyg’u, kechinma, taassurot paydo qilishi, u haqidagi savol-

javoblar oldindan o’ylab qo’yilgan bo’lishi lozim.

Kompozitor A.Muhammadiyevning Z.Diyor she’riga bastalagan “Archa

qo’shig’i” ni o’rganishda nimalarga e’tibor qaratilishi haqida to’xtalib o’tamiz.

Qo’shiqda yaqinlashib kelayotgan yangi yil, rang-barang o’yinchoqlar bilan

bezatilgan, bayramona bezangan yashil archa va bayram munosabati bilan uning

atrofiga to’plangan quvnoq bolalar davrasi haqida kuylanadi.

Chaman-chaman bog’larning,

Bizlar jambil rayhoni.

Bizning quvnoq qo’shiqlar,

Jaranglatar har yonni.

Salom senga ko’k archa,

Qishin yozin go’zalsan.

Yaproqlaring ninacha,

Yasalgansan, go’zalsan.

Atrofingda aylanib,

Qo’shiq aytib quvnaymiz.

Har birimiz qo’l berib,

Yangi yilni qutlaymiz.

42

Page 49: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Qo’shiqning quvnoq, shodiyona, jo’shqinlik xarakteri va bayramona

kayfiyati, tanlangan temp, major tonligi uning mazmun va ta’sirchanligini yanada

oshiradi.

Bolalar qish faslini ham sevadilar. Hamma yoq oppoq qorga burkangan,

bolalar chana va konkilarda uchishadi, rang-barang o’yinchoqlar bilan bezatilgan

maktab archasi atrofida davra olib qo’shiq aytishadi, raqsga tushishadi,

qorbobodan sovg’alar olishadi. Qo’shiqni o’rgatishda o’quvchilarga shular haqida

hikoya qilib beriladi. Quyidagicha savol-javob o’tkazilishi mumkin:

-Aytingchi siz qanday fasllarni bilasiz?

-Qish fasli sizga yoqadimi? Nima uchun?

-Qishda tabiat qanday tus oladi?

-Yangi yil bayrami qanday kutib olinadi?

-Qorbobo va Qorqizlar nima ulashadi?

Bu jarayonda imkon qadar o’quvchilarning o’z fikrlarini kengroq va batafsilroq

ifodalashlariga e’tibor qaratiladi. Masalan, qish fasli kelishi bilan tabiatdagi barcha

daraxtlar o’z barglarini tukib qishki uyquga ketishi, archa esa aksincha xuddi

yozdagidek yam-yashil va chiroyli bo’lib turishi, archa har doim yangi yilni

quvnoq bolalar davrasida kutib olishi haqidagi suhbatlar, ulardagi estetik hissiyot

va fikrlash kunikmalarini o’sishiga, badiiy didlarini rivojlanishiga olib keladi. Bu

o’rinda o’qituvchi turli savollar, suhbat, hikoya, ko’rgazmali vositalar orqali

o’quvchilarda sodir bo’layotgan hissiy kechinmalarni ongli bo’lishiga, mustaqil

fikrlash, baholashga o’rgatishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarga am’lum bir

qo’shiqni tinglatish va o’rgatishda “Bu qo’shiqni aval ham eshitganmisiz?

Qayerda?”, “Bu qo’shiq sizga nima uchun yoqib qoldi?” “Qo’shiqni qanday ijro

etish kerak?”, “Qo’shiq matnida nima ifodalangan?”, “So’z bilan ohang bir-biriga

mos keladimi?” kabi savollar o’quvchilrni darsda musiqa asarlarini diqqat bilan

tinglash, oldin e’tibor bermagan ayrim narsalarni payqash, mustaqol fikr yuritish

va ma’lum darajada o’z bahosini berishga odatlantirib beradi.

43

Page 50: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Ayni paytda o’quvchilar ijodiy faoliyatlaridagi har bir o’zlashtirilayotgan

bilim, kunikma va malakalar ular tomonidan ongli ravishda idrok etilishi va

tushunilishi eng muhim shartlardan biridir.

O’quvchilarda asta sekin shakllanib boradigan estetik elementlarga ega

bo’lgan fikrlash, mulohaza, mushohada qilish, baholash qobiliyatlari ularni estetik

didlarini shakllanishida nisbatan yuqori darajada dinamik o’sib borashiga olib

keladi. O’quvchilarni asarlarni g’oyaviy-badiiy mazmunini anglash va unga o’z

munosabatlarini bildirishlarida qo’shiq so’zlarini yaxshi o’zlashtirib, tushinib

olishlari katta rol o’ynaydi.

So’z va matnni tushinish ustuda ishlashda musiqa o’qituvchisi so’z va matn

mazmunini va uni qo’shiq kuylashdagi ahamiyatini shu bilan birga ular yuzasidan

olib boriladigan ishlar mazmunini yaxshi bilishi ommaviy ish uslublaridan ma’lum

darajada xabardor bo’lishlari shart.

Endi qo’shiq g’oyaviy-badiiy mazmunini o’quvchilarga yetkazish borasida

hali qisqacha to’xtalib o’tamiz:

-Qo’shiq o’rgatishga kirishishdan oldin o’qituvchi qo’shiqning mualliflari

(she’r hamda musiqa) haqida qisqacha so’zlar berishi lozim. Shundan so’ng

qo’shiqning mavzusi, g’oyaviy mazmuni, me’yoriy asar sifatidagi badiiy

xususiyatlarini tahlil qilib berishi lozim bo’ladi. Bunda:

- Qo’shiqning yaratilishi, tarixiy asosi (xalq kuy- qo’shiqlari, mumtoz

maqom, tarixiy voqialar, bayramlar, sanalarga bag’ishlangan), yaratilgan davr

ijtimoiy sharoitining qo’shiq mazmunida aks etishi haqidagi ma’lumotlarga o’rin

berish;

-O’quvchilarni diqqatini qo’shiq g’oyaviy-badiiy mazmunini chuqur anglab

olish, har suzni ma’nosini (xalq mumtoz maqom musiqalaridagi ayrim shevaga xos

so’zlar, baynalminal so’zlar, iboralarni o’quvchilar yaxshi ilg’ab ololmaydilar)

tushunib olishiga qaratish;

-Qo’shiq aytishdan oldin she’riy matnni ifodali o’qish, tushunarsiz suzlarni

44

Page 51: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

tashbeh o’xshatishlarni izohlab berish;

-Mahalliy uslublarga xos qo’shiqni o’rganish, ijro etishda so’z talaffuzida

usha voha koloretini berishga, unga xos xususiyatlarni saqlashgfa e’tibor qaratish;

-Xalq qo’shiqlari xususan Navruz, mavsum-marosim qo’shiqlari haqida

o’quvchilarga ma’lumot berishda Navruz bayaramining tarixi, o’tkazilishi,

an’analari, bu bayramning o’ziga xos bo’lgan, unga atab yaratilgan, qo’shiqlar va

raqslar haqida ma’lumot berish;

-Qo’shiq mazmuni ijodkorlari, ijrochilar, an’analari haqida savol-javob

munozaralar o’tkazib turish;

-Qo’shiqlarda uchraydigan ayrim ist’emoldan chiqqan so’zlar uchun alohida

lo’g’at daftari tutish, ularni tarjimasi, sharhi, ma’nosini yozdirib berish kabilar

estetik tarbiyani muvofaqqiyatini ta’minlovchi muhim omillar bo’lib hisoblanadi.

Musiqa asarini yaratishda ijodkor muayyan obrazlarni yaratadi. Unda tabiat

manzaralari, insoniy fazilatlar, ijtimoiy munosabatlar, mahalliy holatlar-

xursandchilik g’amxo’rlik kabilar ifodalanadi. Musiqiy asarlardagi jozibani idrok

etishda uning ayrim tomonlari, xususan, shakl va she’riy matn tuzulishlardan

xabardor boklishi talab etiladi. Masalan, oddiy ko’plitli qo’shiqlardagi joziba, eng

avvalo uning me’yoriy matn tzulishi mazmunini idrok etishdan boshlanadi. She’riy

matn qatorlarining o’zaro bog’lanishi, ulardagi bo’g’inlar talafuzi, suzlarni

qofiyadoshligi, uning estetik ta’sirchanligini belgilovchi muhim omillar, sanaladi.

Bizga ma’lumki yuqori sinflarda o’quvchilarga o’zbek musiqasining mumtoz va

maqom yo’nalishlariga oid bilimlar beriladi va mavzularga bog’liq holda tinglash,

tahlil qilish uchun tavsiya etilgan namunalar, shu janrlarga xos qo’shiq, ashulalar

bo’ladi. Mumtoz ashulalarning aksariyati klassik janrlar g’azallariga basralangan

bo’lib, ularda bugungi kunda nutqimizda qo’llanilmaydigan suzlarni ko’pligi matn

ustida jiddiy ish olib borishni taqazo etadi. She’riy matnlardagi o’xshatishlar,

tashbexlar, ruhiy holat tasvirlari, bo’rttirib izohlashlar o’quvchilarni tushunishlari

uchun muayyan qiyinchiliklarni tug’diradi. Bu jarayonda muayyan vazifalarni hal

45

Page 52: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

etish maqsadga muvofiqdir.

1. Mumtoz qo’shiq (ashula) ning matni,(g’azal) ning mazmunini o’rganish .

2.Matnni yod olish, suzlarni to’g’ri va aniq talaffuz etishni o’rganish.

3.Notanish so’zlar ustida ishlash, chunki g’azal matnlaridagi suzlar

ma’nosini anglamay turib, uning mazmuni, g’oyasini tushinish mumkin emas.

Umumiy o’rta ta’lim maktablari har bir sinfida O’zbekiston Davlat

madhiyasini tinglash tavsiya etiladi. Ushbu qo’shiq yoshlarni vatanparvarlik ruhida

tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Qo’shiq matnida jonajon

O’zbekistonning betakror tabiati, xalqimizning ajoyib hislatlari, ajdodlarimizning

mardona ruhi, bag’ri kengligi, mustahkam iymoni musiqiy misralarda kuylanadi.

Madhiyaning dastlabki satri ,,Serquyosh hur o’lkam” iborasi bilan

boshlanadi. Bu O’zbekiston qaynoq harorat maskani ekani, ana shu qaynoq o’lka

elga baxt, najot bo’lishiga ishora qiladi.

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt najot,

Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon,

Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

“Shuhrating porlasin toki bor jaho!” degan orzu umid, yorqin tilakni

aytishdan oldin shoir o’zining olijanob edialini izhor etadi va bu bilan ilm-fan,

ijodga rag’bat uyg’otadi.

Bir hadisda “So’zda sehr, she’rda hikmat bor”, - deyilganidik ushbu asarda

ham g’oyat katta hikmat mavjud bo’lib, bu yurtboshimiz I.Karimovning

“O’zbekiston- kelajagi buyuk davlat”, - degan dono fikrlariga hamohangdir.

Shoir “Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni”ni tarannum etar ekan, bu

iymonni o’chmasligiga shahodat bo’lgan ertangi tayanchni ajdodlar merosiga sodiq

vorislarni ko’ra oladi, ularga nisbatan bo’lgan ishonch tuyg’usi-la alohida satr

baxsh etadi va bu bilan ertangi kunimizni e’tiqodi mustahkam ishonchli qo’llarda

46

Page 53: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

berilayotgandek haroratli ruh uyg’otadi.

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot.

Shundan ozod, obod, tukin, farovon yurtda yashayotganimizdan quvonamiz,

uning ishqi bilan yonamiz. Butun dunyoga hayqirgimiz, yurt dovrug’ini olishga

yongimiz keladi.

Istiqlol mash’ali, -tinchlik posboni,

Xalq sevar, ono-yurt, mangu bo’l obod.

Albatta, qo’shiq mazmunini badiiy idrokl etishni ta’sirchanligini oshirishga

xizmat qilivchi bu kabi tahrirlar o’quvchilarda olijanob tushunchalarni uyg’otishga

va axloqiy-estetik ideallar ruhida kamol toptirishga yordam beradi.

1-Sinfda “Bulbulcham” qo’shig’ini o’rganishda quyidagicha ish tutish ham

o’quvchilarga tabiatga bo’lgan qiziqishlari, mehr-muhabbatlarini oshirishga ijobiy

ta’sir etadi.

O’quvchi “Bulbulcham” qo’shigi she’rini ifodali qilib o’qib beradi. So’ngra

uning mazmunini tushuntirib yod olishlari kerakligini aytadi.

Shundan so’ng musiqa sozi jo’rligida qo’shiq kuylab beriladi:

Jon bulbulim, bulbulim,

Bog’da ochilgan gulim.

Senga quchoq keraman,

Gullarimdan teraman.

Qo’shiq misrama- misrama o’qituvchi ovoziga ergashib kuylanadi. Qo’shiqning

birinchi bandi o’rganilgach, o’qituvchi qo’shiq mazmuni yuzasidan quyidagicha

suhbat o’tkazadi:

-Mana, bolalar bulbul ham xuddi sizlarday bog’larda sizlarday bog’larda

yayaraydi, kuylaydi. Uning ovozi insonlar qalbiga zavq-shavq bag’ishlaydi.

Shuning uchun kishilar unga zarar yetkazmasdan, don-dun berib boqish kerak.

Shunda bog’larimiz zavqli va go’zal bo’ladi. Ona tabiat bizga mana shunday turfa

47

Page 54: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

qushlar , turfa o’simliklar, go’zal manzaralar, fasllari, hayvonlari, suv va ob-havosi

bilan mazmunli va zavqli hayot kechirish imkonini yaratib bergan. Shuning uchun

ham biz ularni qadriga yetishimiz kerak.

O’qituvchi dars tugashiga 15 daqiqa qolganda bolalarni sport

maydonchasiga olib chiqadi. Bolalar ikki guruhga bo’linib saf tortishadi.

O’qituvchi bolalarga “Oq terakmi, ko’k terak” o’yinini o’ynashlari haqida aytadi.

Bu qo’shiq-o’yinda har bir guruh o’zini himoya qilishga harakat qiladi, shuning

uchun bir safdagi guruh bolalari, boshqa safdagi guruh bolalarining noziklarini

chaqira boshlaydi:

Biz quvnoq bolalarmiz,

Bog’dagi lolalarmiz.

Oq terakmi, ko’k terak?

Bizdan sizga kim kerak?

-Rustam qo’zichoq kerak.

-Go’zal Gulnoza kerak!

Bolalarni lolacha, qo’zichoqqa qiyoslanishlari insonlarni boshqa jonli-jonsiz tabiat

predmetlari bilan uzviy bog’liqligini anglatadi.

Quyida shunday qo’shiqlardan “Quyonim-quyonim” hamda “Xo’rozcha”

bolalar qo’shiqlarini o’rgatilash jarayonini o’rgatib o’tamiz:

“Quyonim-quyonim” qo’shig’i.

Qo’shiqni o’rganish jarayonida bolalarni uy hayvonlari, ularning odamlar

uchun kerakliligi, bajariladigan vazifalari, insonlarni moddiy ehtiyojlari uchun

nihoyatda zarurligi to’g’risida so’zlab beradi. Keyin esa ma’lum bir o’yin tarzida

qo’shiq o’rganiladi:

-Bolalar xalqasimon davra quradilar.Davra o’rtasida quyon niqobini kiygan

bola xomush, jim o’tiradi. Uning atrofida bolalar qo’l ushlashib, aylangan holda

xor bo’lishib, qo’shiq aytishadi:

48

Page 55: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Quyonim, quyonim, ne bo’ldi:

Kasalga o’xshab o’tiribsan?

Gapir kim xafa qildi,

Nimaga yig’lab o’tiribsan?

Uyna quyonim, o’yna quyonim,

Sakra quyonim, sakra quyonim!

Quyon:

Xech kim menga qaramas,

Qornim och-yo’q yemishim.

Qandni ko’p yeganimdan,

Tinmay og’riydi tishim.

O’ynolmayman, o’ynolmayman.

Oq xalat keygan qiz:

Tishlaringni davolay og’zingni och, och, qani,

Bundan buyon avayla, tuzaldi, o’yna, qani.

Bolalar:

O’yna quyonim, o’yna quyonim.

Sacra quyonim, sacra quyonim.

Shundan so’ng quyon sakrab o’ynay boshlaydi, bolalar qarsak chalib uni

olqishlashadi.

Yuqori sinflardagi xalq musiqa merosining bir muncha murakkabroq

janrlariga murojaat qilish tabiiy hol. Chunki, 5-sinfda dars mavzulari xor, orkestr,

simfonik janrlar bilan bog’langan bo’lsa, 6-sinfda o’quvchilar o’zbek mumtoz

musiqasi bilan, 7-sinfda esa o’quvchilar o’zbek xalq musiqasining mahalliy

uslublariga xos janrlar, shu o’rinda maqom (Shashmaqom, Xorazim maqomi,

Farg’ona-Toshkent maqom yo’nalishlari) janrlari bilan tanishadilar. O’z o’rinda

49

Page 56: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

ayrim namunalarni tinglab, tahlil qilib, o’z imkoniyatlariga mos ashulalarni

o’rganib kuylashadi ham.

Mumtoz musiqa o’zbek xalq musiqasining eng sara nafaqat kuyi musiqiy

matni, balki chuqur mazmunga ega she’riy matni bilan ham badiiy qiymati yuksak

ijod mahsulidir. Mumtoz ashulalar folklore qo’shiqlardan farqli ravishda keng

qamrovli katta diapazonga ega, murakkab shakllanishi bilan xarakterlanadi.

Mumtoz ashulalar asosan mumtoz she’riyat ya’ni klassik shoirlar

g’azallariga bastalangan. Ular Lutfiy, A.Navoiy, Fuzuliy, A.Jomiy, Z.M.Bobur,

Sakkokiy, Atoiy, Muqumiy, Nodira, Zebinuso, Uvaysiy, Furqat kabi shoirlardir.

Ularning g’azallaridagi bugungi kunda iste’molda bo’lmagan so’zlar ustida ishlash

jiddiy izlanishni taqazo etadi.

She’riy matnlardagi o’xshatishlar, solishtirish tashbehlar, ruhiy holatlar,

obrazlarga xos sifatlarning bo’rttirib tasvirlanishi kabi holatlarni o’quvchilarga

o’rgatish muayyan qiyinchiliklarni tug’diradi. Bu jarayonda ma’lum vazifalarni

muvaffaqiyatli hal etish lozim bo’ladi:

1.Mumtoz ashula matni mazmunini puxta va mukammal o’rganish

(tushuntirish);

2.Matnni yod olish (so’zlarni aniq to’g’ri talaffuz etish);

3.Ijro uslubini o’rganish (tonlik, ritm, sur’at, ayniqsa usul, diapazondan

to’g’ri foydalanish ko’nikmasini o’zlashtirish);

4.Mumtoz ashulani o’qituvchi yardamida jo’rsozlikda aytishga o’rganish;

5.O’z-o’zini baholash asosida ijro uslubi va darajasini tahlilqilish;

6.Mumtoz ashula, kuylarni ko’oroq tinglash, g’azal mazmunini tushunib

olishlari va asarda ifodalangan shoir kechinmalari, hissiyotlari, obrazlarini yaqqol

tasavvur qilish uchun she’riy matnni zanjirli kompazitsiya asosida tahlilqilish

muhim ahamiyatga ega.

Zanjirli kompazitsiyaning asar mazmunini to’g’ri va puxta tushunishga

yordam berishini quyidagi misolda ko’ramiz.

50

Page 57: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

“Sinaxiroj” asarini texnalogik loyiha asosida tahlil qilish.

Bu asar o’bek mumtoz musiqa ijodiyotida o’ziga xos o’rin tutuvchi, sevimli

qo’shiqlardandir. O’quvchilarni milliy mumtoz qo’shiqlar haqida bilim,

tushunchatasavvurlarini kengaytirish, unga muhabbat va qizaiqish uyg’otish, ularni

badiiy qiymatini to’g’ri anglash va baholashga o’rgatish eng muhim vazifalardan

hisoblanadi.

1.Asar haqida nazariy ma’lumotlarni berish. “Sinaxiroj” asari o’zbek xalq

kuyi “Dilxiroj” ohangi asosida yaratilganligi uning shakli, xarakteri haqida

to’xtalib o’tiladi.

2.Asar she’ri muallifi, hayoti, faoliyati bilan tanishtirish. O’quvchilarga

g’azal muallifi buyuk Ozarbayjon shoiri Fuzuliy haqida gapirib beriladi. Fuzuliy

1494-yilda hozirgi Iroq hududidagi Karbaloda tug’ilgan o’z asarlarini ozarbayjon,

fors, arab tillarida yozgan hayotining asosiy qismini Bog’dodda kechirgan. Uning

ijodida g’azal, qasidalar yetakchi o’rin tutadi. Uning “Layli va Majnun” liro-epik

dostoni juda mashhur. Shoir g’azallari o’zbek xalqi orasida ham keng tarqalgan, va

uning g’azallari asosida juda ko’p nodir ashulalar yaratilgan. “Yozalar”, “O’landan

so’r (Bayot 1)”, “Ahli yor”, “G’amzasin sevding ko’ngil”, “Dedi” kabilar shular

jumlasidandir.

3.Nomlari qayd etilgan asarlardan tinglash. Bu o’quvchilarni xotiralarida

ularga tanish bo’lgan ohanglarning tiklanishini ta’minlaydi.

4.G’azal matnini yozib olish.(Asar yaxlit holda ifodali qilib o’qib

eshittiriladi).

Hosilim barqi hovodisdan malomat dog’idir,

Masnadim kuyi malomatda fano tuprog’idir.

Zar kunglim tanda zindoni balo dutsog’idur,

Rahm qil, davlatli, sultonli, muruvvat chog’idur.

Davr javrindan tanu jonimda rohat qilmadi,

Surati holimda osori farog’at qolmadi.

51

Page 58: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Mehnatu, g’am chekmaga minbag’d toqat qilmadi,

Rahm qil, davlatli, sultonli, muruvvat chog’idur.

Ko’r Fuzuliyning ruhi zardinda ashki olini,

Pardai idbor dutmish suratoi iqbolini,

Dardman dilingdur –inoyatlar edub so’r holini,

Rahm qil, davlatli, sultonli, muruvvat chog’idur.

5.Notanish so’zlar ustida ishlash.

G’azalda bir qator ozarbayjoncha so’zlar ham qo’llanilgan bo’lib

o’quvchilar ularning ma’nosini anglashga qiynaladilar. Shuning uchun ham ularga

notanish so’zlar ma’nosi tushuntiriladi.

Havodis – hodisalar, voqialar;

Masnad – o’rin martaba dargoh;

Dutsa – tutqich;

Idbor – baxtsizlik, tutqinlik;

Davr javrindan – davr jabridan;

Chekmaga – chekmoqqa;

Dutmish – tutmish;

Edub – etib.

6.O’quvchilar tomonidan lug’atdan foydalangan holda g’azal mazmunini

yoritilishi.

7.Asarni tahlili.

“Sinaxiroj” o’lchovi jihatdan biroz murakkabroq “bum-ba-ka” (3/4, 2/4, 2/4,

2/4). Sarning “voy yoray”

Deb kuylanadiga qismida o’lchov 2/4 ga “qulingo” va “gulingo” so’zlarida esa

o’lchov ¾ gat eng.

Asrning birinchi qatori ikki marta kuylansada, ularning har biri yakunida

muayyan o’zgarishlar ro’y beradi. Birinchi safar “malomat dig’idir” pastroq

52

Page 59: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

kuylansa, ikkinchi safar sof kvartaga yuqoriga kuylanadi. Ba’zi so’zlar o’rtasida

bo’linish holatining yuz berishi uchraydi. “Havodista” so’zining “dis” bo’g’inida

ohangning bir qismi tugan “da” bo’g’inida ohangning keyingi so’zga qo’shilib

ketadi. Ikkinchi qatordagi “malomatda” so’zining “malomat-da”, uchinchi

qatordagi “zindoni” so’zining “zindo-ni”, turtinchi qatordagi “sultoni” so’zining

“sulto-ni” tarzida bo’lishi ijrodagi so’zlar talaffuzining me’yoriga xalal beradi.

Ushbu asarni tinglash chog’ida milliy ijrochilikka xos nola, qochirim,

xonishlarga alohida e’tibor qaratish, quyidagi tavsiyalarni boshqa asarlarni

o’rganishda ham foydalanish mumkin:

1.Nazariy ma’lumotlar aniq bo’lishi;

2.Asar muallifi haqida xabardor qilish;

3.G’azal matnida uchraydigan notanish so’zlarni maxsus daftarga yozib

olish;

4.Mumtoz asarni ma’lum qismlarini o’qituvchiga ergashib kuylash, nisbatan

yingilroqlarini kuylash ko’nikmasini shakllantirish;

5.Asar usulini dirijorlik qilib, stolga chertib mashq qilish, o’zlashtirish;

6.So’zlarning musiqiy ohang bo’yicha joylashishi, talaffuziga e’tiborini

qaratish;

7.Kuy rivojlanishini jumla, qismlar kesimida tahlil qilish;

O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini shu tarzda shakllantirish

usullari mohiyatini mantiqan tahlil qilish natijasida shunday xulosaga kelish

mumkin. Birinchidan bunday ish tutish o’quvchilarda turli janrlardagi asarlarni

farqlash, o’rganish, kuylashga e’tibor kuchayadi, ikkinchidan o’quvchilarda

yuksak badiiy didni shakllantirish imkoniyati yuqori bo’ladi.

Musiqiy ta’limni samarali tashkil etilishi natijasida o’quvchilarda folklore,

mumtoz, maqom kuy-qo’shiqlarini to’g’ri anglash, farqlash, badiiy qiymati

darajasiga baho berish, yuqori badiiy saviyaga ega qo’shiqlardan mazmuni sayoz

asarlarni ajrata olish ko’nikmalarini shakllanishiga ijobiy ta’sir etadi.

53

Page 60: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Asarni tinglash, o’rganish va kuylashda avvalo ularni jonli yoki musiqiy

yozuvi (magnitafon, audio, video tasmalarda) ni tinglash, o’qituvchi tomonidan

cholg’u sozida ijro etilishi, taniqli sozandalar bilan uchrashuvlar o’tkazib tinglash

samarali usullardan hisoblanadi.

Kuzatishlarimiz davomida shu narsaga amin bo’ldikki, jonli ijro o’quvchilar

ruhiyatiga yanada kuchli, emotsional, ijodiy ta’sir etadi. Shu sababli murakkab

janrlarga xos mumtoz, shashmaqomlarni jonli ijroda, yoki mashhur hofizlar,

ansambllar ijrosida tinglash o’quvchilarni milliy musiqa san’atimizga muhabbatini

oshiradi, musiqiy dunyoqarashi, tafakkuri, mantiqiy fikrlashi va badiiy-estetik

didini rivojiga katta yordam beradi.

54

Page 61: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

III-BOB: Musiqa darslarida o’quvchilarning musiqiy-badiiy didini

shakllantirish tizimi va uning samaradorligi.

3.1. Musiqiy-badiiy didni shakllantirish yuzasidan amaliy tajribalar

mohiyati.

Musiqa inson his tuyg’ularini, orzu-istaklarini o’ziga xos badiiy tilda ya,ni

ohanglar orqali ifoda etadi va kishining his-tuyg’ulariga badiiy-emotsional ta’sir

qiladi. Ta’limning qaysi bo’g’inida bo’lishidan qat’iy nazar musiqa darslari

o’quvchi- yoshlarning badiiy-estetik, madaniy- ma’rifiy, ma’naviy- axloqiy

tarbiyasiga ijobiy ta’sir etdi, ulardagi go’zallikka bo’lgan intilishlarini

rivojlanishiga yordam beradi.

Umumta’lim maktablaridagi musiqa darslarini boshqa predmetlar bilan

bog’lab olib borishda turli tarixiy, uslubiy, adabiy materiallardan unumli

foydalanish, darslarni ko’rgazmali, texnik vositalar orqali namoyish qilish,

tasvirlash, eshittirish, qo’shimcha ma’lumotlar berish kabilarni ta’minlaydi.

Musiqa darslarida yangi pedagogik texnalogiyalardan, darsni faoliyat turlaridan

o’z o’rnida foydalanish, o’quvchilarni erkin fikrlash, darsning faol ishtirokchisiga

aylantirish o’quvchilarning musiqiy madaniyatini, bilim va malakalarini har

tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi.

Musiqiy- badiiy didni shakllanishi bevosita musiqiy madaniyatni

shakllanishi bilan bilan bevosita bog’liq holda kechadi. Bunda darslarni o’qituvchi

tomonidan qiziqarli tashkil etilishi, bolalarni sinfdan tashqari musiqiy- ommaviy

tadbirlarga, ko’rik- tanlovlar, badiiy kecha va konsertlarga tez-tez jalb qilish ham

foydalidir. Musiqa tarbiyasining ushbu shakllari o’quvchilar jamoasini ma’lum bir

maqsad asosida tarbiyalab berishga qaratilganligi tufayli o’quvchi- yoshlarni

kelgusida kim bo’lishi, qanday kasbni tanlashi mehnatni sevish hamda yaxshi

bilim olish, oilada, turmushda o’z o’rnini topa bilishlariga katta yordam beradi.

55

Page 62: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Musiqa madaniyati darslarining musiqa tinglash jarayonida tarix va adabiyot

predmetlari materiallaridan, turli xil o’qitish uslublaridan foydalanishning samarasi

haqida o’zimiz tomonimizdan kuzatilgan darslar misolida bayon qilishni lozim

topdik.

Samarqand shahridagi 30- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining musiqa

o’qituvchisi Ruziyeva Dilnozaning bir soatlik musiqa darsining tahlili mazmunini

keltiramiz. – O’qituvchi darsni tashkiliy- metodik jihatdan to’g’ri tashkil etib, zarur

manbalar, qiziqarli ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan unumli foydalandi.

Musiqa mashg’ulotlari olib borilayotgan sinf xonalarining did bilan risoladagidik,

namunali jihozlanganligi ham e’tiborga molikdir. O’quvchilar magnitafon orqali

yangragan “Maktabim” musiqasi sadolari ostida tartibli marshona qadam tashlab

sinfga kirib keldilar. Dars “musiqali salomlashuv” bilan boshlandi. Shundan so’ng

o’qituvchi boshqaruvida darsning dastur va rejasi asosida ovoz sozlash, oldingi

darsda o’rganilgan qo’shiqni qaytarish, mustahkamlash, yangi qo’shiq haqida

suhbat, uning 1-ko’plitini o’rganishdilar, so’ngra musiqa nazariyasiga doir bilim-

tushunchalarni tinglangan va ijro etilgan qo’shiqlar bilan bog’langan holda

o’zlashtirishlari kabi mas’uliyatli vazifalar o’qituvchi tomonidan amalgam

oshirildi.

O’qituvchi tomonidan o’quvchilarni darsga munosabati, qiziqishlari kuzatib,

nazorat qilib borildi, savollar berilib aniqliklar kiritildi.

Musiqa tinglash jarayonida o’zbek xalq kuylaridan “Dilxiroj” musiqasi

magnitafon orqali eshittirildi. O’qituvchi o’quvchilarga xalq musiqa ijodiyoti,

uning tarkibidagi mumtozlik kasb etuvchi asarlarga shu jumladan “Dilxiroj”

musiqasi nazariy va amaliy jihatlariga qisqacha tavsif berdi. Bu kuy mumtoz

sirasiga kiruvchi, o’zbek xalqi eng ommalashgan sevimli kuylaridan hisoblanib,

xarakteri sho’x, raqsbop. O’lchovi jahatidan biroz murakkab bo’lsada “bum-ba-

ka” ohangi usulning har bir hissada takrorlanishi ijro vaqtida doirachi uchun

qiyinchilik tug’dirmaydi. Asarga ko’proq 3/4, 2/4, 2/4, 2/4 tarzdagi o’lchovlar mos

56

Page 63: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

keladi. O’lchov haqida aniq tasavvur qilish uchun asarga dirijorlik qilish tavsiya

etiladi.

Ushbu kuy asosida uning ashula varianti ham yaratilgan bo’lib, u “

Sinaxiroj” deb atalishi haqida ma’lumot berildi. “Sinaxiroj” ashulasi matni buyuk

ozarboyjon shoiri Fuzuliy ijodiga mansub bo’lib uning she’rlari ,g’azallari asosida

bir qator o’zbek xalq qo’shiqlari mavjud. “Yozalar”, “Ulandan so’r”, “Ahli yor”

kabi ashulalar shular jumlasidandir. “Dilxiroj” kuyi va uning asosida yaratilgan

“Sinaxiroj” ashula varianti eshittiriladi. O’quvchilarni kuy va ashulaga raqs

tushishi taklif etiladi. Raqs xarakterlari yengil, sho’xchan hech kimda ortiqcha

harakat talab qilmaydi.

Ko’rinadiki, o’quvchilar turli musiqa asarlarini tinglash, kuylash va ularga

raqsga tushish jarayonida muayyan kechinmalarni boshidan kechiradilar, o’sha

asarning badiiy-estetik ta’sirida, asar g’oyaviy-badiiy mazmunida ifodalangan

dunyoqarashda aks etgan hayotda yashash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bunday

emotsional ta’sir natijasida ularda ma’lum ma’naviy-g’oyaviy fikrlar ham vujudga

keladi. Psixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana

shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlar

san’atning boshqa turlarida badiiy qobiliyat va estetik didlarni shakllanishiga katta

yordam berishi mumkin. Bunga adabiyot va san’atning, musiqa va tasviriy

san’atning uyg’unlik jihatlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Haqiqatdan ham

musiqa va adabiyot san’atning egizak turlari desak also xato bo’lmaydi. Har

qanday qo’shiq adabiy matnsiz (she’r, g’azal) bo’lmaydi. Qo’shiqlardagi adabiy

matnda asarning g’oyaviy-badiiy mazmuni o’z aksini topadi. Qo’shiqni yaratishda

ham bastakor va kompazitor asar matni ya’ni g’oyaviy-badiiy mazmunidan kelib

chiqadi. Adabiy matn va unga muvofiq yaratilgan kuy o’zaro bog’liqlikda asarning

badiiy qimmatini belgilaydi. Shuning uchun ham musiqa darslari jarayonida

tinglangan yoki o’rganilayotgan asar (qo’shiq, ashula, xor asari) haqidagi

o’qituvchining qiziqarli suhbati, uning bolalar tomonidan idrok etilishi, ularni

57

Page 64: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

ma’naviy-estetik olamiga ta’sirini ikki baravar darajada oshishiga olib kelishi

mumkin. O’quvchilarda o’rganilayotgan asar haqida bilim, tushunchalar qancha

ko’p bo’lsa, ular o’sha asar xarakteri, mazmuni, o’ziga xoslik tomonlarini,

obrazlarni shuncha to’la va chuqur tushunishlari va anglashlari mumkin. Ijro

etilayotgan obrazlarga va voqelikdagi hodisalarga, tasvirlarga, ijodkor

fantaziyasiga, hissiy kechinmalariga estetik munosabat, o’quvchilarning estetik

ongi, dunyoqarashi va badiiy didini shakllanishida eng faol va ta’sirchan yo’ldir.

Oddiygina misol, o’zbek xalq bolalar qo’shig’i “Oq terakmi, ko’k terak”ning

ijro uslubini qarab ko’raylik. Asarni sinfda an’anaviy uslubda, ya’ni oddiy qo’shiq

aytish uslubida ijro etish va uni ochiq maydonda, bolalarni ikki guruhga bo’lib,

o’yin-musobaqa shaklida ijro ettirish lozim. Ijro etish paytidagi bolalarning

kayfiyati, faolligi, har bir harakatni qiziqib sho’x-shodon va chin-dildan, berilib

ijro etishlari va darsdan olgan taassurotlari ham yuqori saviyada ekanligini

osongina sezish mumkin. Asarlarni bunday o’rganish, darsda qo’llaniladigan ish,

usul, shakl va vositalarni rang-barangligi, qiziqarliligi va o’qituvchining pedagogik

yondashuvlariga shunchalik ko’proq bog’liq ekanligini tushungan holda ish tutish

lozimligini ko’rsatadi.

Yuqorida ta’kidlab o’tilganimizdik tasviriy san’at va musiqaning tarbiyaviy

maqsadlaridagi mushtaraklik jihatlar ko’pincha biri ikkinchisini to’ldirishga

musiqa san’ati bo’yicha qobiliyatli bolalarni tasviriy san’at asarlarini ham

boshqalarga nisbatan yaxshiroq idrok etishlari, hissiy-emotsional qabul qilishlariga

sabab bo’ladi. O’quvchilarga o’zlari tanlagan, kuylagan asarlarni obrazlari rasmini

chizish buyurilganda ular bu ishni astoydil zavq-shavq bilan, o’ta qiziqish va

tirishqoqlik bilan bajarashadi. Misol uchun kapalak, lola, quyon, toshbaqa, quyosh,

daraxtlar rasmi, ona va bola, kitob, har xil idishlar rasmlarini ular o’z

tasavvurlaridan o’tkazib chizishga harakat qilishadi.

Taniqli pedagog olim H.Nurmatovning “Musiqa va estetik madaniyat” nomli

asarida shunday bir misol keltiradi: - Kunlarning birida kompozitor Arkadiy

58

Page 65: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Ostrovskiy o’zining yaqin do’stlaridan birining uyiga mehmonga boradi.

Kompozitor u yerga borganida xonalarning devoriga osig’liq, yoshgina bola

chizgan rasmni ko’rib hayratga qoladi. Rasmda yashil maysazor, havorang

musaffo osmon aks ettirilgan bo’lib, quyosh oltin nurlarini sochib turibdi. Unda

mehribon ona jajji o’g’ilchasi bilan qo’l ushlashib turgani aks ettirilgan. Rasmning

ostiga “Har doim bo’lsin osmon, har doim bo’lsin onam, har doim bo’lay men”

(Пусть всегда будет небо, пусть всегда будеть сонце, пусть всегда будеть

мама, пусть всегда буду я) deb yozib qo’yilgan edi.

A.Ostrovskiy uyiga qaytar ekan, rasm chizgan bolaning iqtidoriga tasannolar

aytib, oddiygina rasmda butun dunyo bolalarining, xalqlarning orzu- istaklarini

ifodalagani haqida o’ylab hayratga botibdi.

Kompozitor uyiga qaytar ekan, yo’lini o’zgartirib uyiga emas, balki to’g’ri

boshqa bir shoir Lev Oshonining oldiga borib, unga o’z fikrlarini aytibdi. Ikki

do’st o’sha bola chizgan rasm mazmuni asosida qo’shiq yaratishga ahd

qilishibdilar. Ertasiga qo’shiq ham bitibdi. Unga “Unga har doim bo’lsin quyosh”

(Пусть всегда будеть сонце) nom beribdilar. Bu asar dastlabki ijrodayoq nafaqat

Rossiyada, balki butun jahon bo’ylab mashhur bo’lib, dunyo bolalarining eng

sevimli qo’shig’iga aylanib qoldi.

Umumta’lim maktablarida musiqa o’qituvchisining asosiy maqsadi

o’quvchilarni g’oyaviy, hissiy va axloqiy tarbiyalash, ularda ularda musiqa

madaniyatini tarkib toptirish orqali barkamol shaxsni ma’naviy shakllantirishdan

iboratdir. Yuksak ma’naviyatli shaxsda esa estetik ong, tafakkur, dunyoqarash, did

ham yuqori darajada bo’lishi shart, shuning uchun ham musiqa tarbiyasi:

G’oyaviy e’tiqodni shakllantiradi, axloqiy tarbiyalaydi, shaxsdagi

qiziqishlarning psixologik maqsadi va yo’nalishini belgilaydi, ijtimoiy kayfiyatini

vujudga keltiradi, tashkil etadi va birlashtiradi. Ijtimoiy faollikni tarbiyalaydi,

san’atni idrok etish, his qilish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantiradi, estetik va

musiqiy didni o’stiradi, aqliy kokolotni, ijodiy faollikni, tafakkurni, o’ziga xos

59

Page 66: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

fikrlash, mushohada qilish, o’z fikrini bildirish, himoya qilishni oshiradi, musiqiy

ijrochilik ko’nikma, bilim va malakalarini takomillashuviga yordam beradi.

Bolalar musiqani tushunishi tasavvur qilishi uchun musiqaning ifoda

vositalari “tili” ning o’ziga xos qoidalarini shakl yasash xususiyatlarini bilishi,

muayyan darajada rivojlangan musiqiy (baland tovushli, tembrli, garmonik,

dinamik musiqani tinglash, lad va ritmni his qilish, musiqani eslab qolish

qobiliyatlariga, musiqaga baho berish malakalariga ega bo’lishlari zarur.

Musiqa mashg’ulotlari shunday tashkil etilishi kerakki, har bir faoliyat aniq

maqsadga yo’naltirilgan, unda har bir o’quvchi biron narsaga ega bo’lishi,

nimanidir bilishi, tushunishi, eslab qolishi, oldingi tushunchasini mustahkamlashi,

aniqlik kiritishi, hissiy, obrazli tasavvur qilishi va baholashi kerak bo’ladi.

O’quvchilar bilan olib boriladigan har bir mashg’ulot zerikarli bo’lmasligi,

pedagog o’quvchining qiziqishi, nimalarni o’qishi qaysi cholg’u asbobga qiziqishi

Uyidagi sharoitini yaxshi bilishi lozim. Mana shularni bilib olish maqsadida

o’tkaziladigan suhbatlar mazsus uyushtirilmasdan, o’quvchilar sezmay qoladigan

tarzda o’tkazilishi, anashu suhbatlar natijasida o’qituvchi o’quvchining

imkoniyatlarini yaxshi bilib olishlari mumkin. O’quvchilar bilan yakka tartibda

yoki jamoaviy o’tkaziladigan savol-javoblar, suhbat munozaralar paytida har xil

mavzular, masalan: dunyoqarashni va axloqiy-estetik fazilatlarni, estetik did,

mushohada va baholashni, musiqa san’ati, uning muayyan turlariga qiziqishni

tarbiyalash bo’yicha o’tlazish mumkin.

Maktab musiqa darslarida barcha o’quv-tarbiya ishlari jamoaviy tarzda

amalgam oshadi. Barcha darsda bir mavzuga oid materiallarni o’rganadilar. Lekin,

ularni o’zlashtirishi, tushunishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, baholashi, qabul

qilishi turlicha bo’lishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchi imkon qadar layoqati

sustroq o’quvchilar bilan ko’proq ish olib borishi zarur bo’ladi. O’quvchiga

asarlarni o’ziga xos xususiyatlarini anglab olishini, g’oya va mazmunni

tushunishni, uning mohiyatiga kirib borishni, xarakteriga qarab kuylash, ijro

60

Page 67: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

etishni o’rgatib borishi lozim.

Mashg’ulotlar jarayonida san’atning yaqin sohalariga murojaat etishga,

taqqoslashga ko’proq e’tibor berish, o’rganilayotgan asarlardagi ma’lum bir

voqealarni o’quvchilarga aniq misollar orqali tushuntirishi va ko’rsatishi uchun

uning o’zi ham keng va har tomonlama ma’lumotli bo’lishi kerak.

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar (boshlang’ich sinflarda) bilan turli janr

va xarakterdagi asarlarni tinglash va kuylash jarayonida, rang-tasvir, adabiyot,

kino, dramaturgiya asarlariga, tabiat manzaralariga o’xshash obrazlarga murojaat

qilish mumkin. Bunda bolalarga ijro etilayotgan asar uchun rasm chizish, kichik

she’r, hikoya tuzishni tavsiya qilish foydalidir. Asarlarni o’rganishda she’r

matniga, turli belgilarga e’tibor berish ,ijodiy topqirlik , o’z talqinini topish

malakalarini shakllantirishga ham e’tibor berish yaxshi samarali usullardan biri

hisoblanadi.

Birgalashib musiqa tinglash, taassurotlarni o’rtoqlashish, bunda har bir

o’quvchini gapirtirishga erishish ana shunday suhbatlarda o’quvchilarni erkin fikr

almashishlariga sharoit yaratish, ularni kuzatib boorish, ularda chinakkam musiqiy

didni tarbiyalab boorish kerak.

Musiqa darslarida musiqiy-badiiy didni shakllantirishga yo’naltirilgan

pedagogik faoliyatni nazariy va amaliy tajriba yo’li bilan tadqiq etish natijasida

quyidagicha xulosalarga keldik:

1.Musiqiy ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarni musiqaga dastlabki

havaslari, barqaror ichki ehtiyojlarga aylanishi uchun musiqiy-badiiy didni

shakllanishi va rivojlanishi uchun yo’naltirilgan bo’lishi;

2.O’rganilayotgan asarlarni (repertuarni) badiiy-emotsional ta’sirchanlik,

tarbiyaviylik va o’quvchilar fikrlash va tasavvur qilishlariga mos mazmundor janr

xarakterlari, mavzulariga ko’ra xilma-xilligiga doimiy e’tibor berib borish;

3.O’quvchilarni individual qiziqishi va qobiliyatlariga qarab ularni

san’atning turli yo’nalishidan qo’shimcha bilim olishlariga maslahat berish,

61

Page 68: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

ko’maklashish;

4. Har bir asarga estetik munosabatni vujudga keltirish o’quvchining

musiqiy asar mazmuni, uni badiiy gavdalantirishning qiyin tomonlarini

o’zlashtirishga qiziqtirish bilan ularni rivojlantirib borishga erishish;

5.Darsning faoliyat turlaridagi bajariladigan ishlar bo’yicha estetik

taassurotni ham xilma-xil ko’rinish olinishini ta’minlash kerak. anashu xilma-xillik

o’quvchining shaxsiy ijrosi, suhbati, savollari, qo’shimcha ma’lumotlardan o’rinli

foydalanishi, o’quvchilarning o’z fikrlari taassurotlarini ifodalashlariga imkoniyat

berishi, ayrim asarlarni musiqiy yozuvlarni tinglash va ularga baho berishga

o’rgatib borishi bilan amalga oshirilishi lozim;

O’quvchilarda jo’r bo’lib kuylash, bolalar cholg’ularida ansambil bo’lib

chalish, notaga qarab kuylash, notani varaqdan o’qish, mustaqil holda musiqa

o’rganish sharoitini yaratish lozim;

7.Musiqa darslarida musiqa bo’yicha sinfdan va maktabdan tashqari

faoliyatlarda olingan bilim, ko’nikma va malakalardan maktabning madaniy-

ma’rifiy faoliyatida o’quvchilarni faol ishtirok etishiga jalb etish orqali muntazam

foydalanish;

Musiqiy-badiiy didni shakllanishida eng muhim omillardan biri musiqiy

asarni anglashdir uni musiqa tilida (psixolagiyada) musiqani idrok etish, uning

go’zalligini, o’ziga xos xususiyatlarini g’oyaviy-badiiy mazmunini go’zalligi,

ifodaliligini his qilish, muayyan badiiy mazmunini ko’z oldiga keltirish xayolan

tasavvur qilish va uni o’z hissiyotlari va kechinmalariga bog’lash deb tushuniladi.

Musiqani anglashni tarbiyalash mumkin va uning rivojlanishi musiqa

ma’lumotlarining qanday tashkil etilishiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Musiqani

anglash musiqiy didni shakllantirishning boshlovchi yo’lidir. Bunda musiqadagi

badiiy obrazlarni anglash muhim sanaladi.

Agar bolalarda musiqiy bilim, tushunchalarning tabiiy, erkin rivojlanishini

tahlil etilsa bu rivojlanish avvalo musiqiy ohangni jozibadorligiga qiziqish asosida

62

Page 69: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

bo’lishini yaqqol his qilish mumkin. Zotan qiziqishini, bolanining diqqatini bir

nuqtada jamlay va to’xtata iladi, unda o’zi eshitgan narsalarni eslab qolishga

hamda aniq ifodalashga yordam beradigan “kuzatuvchiligini” vujudga keltiradi.

Musiqadan tasirlanish o’quvchining xotirasida iz qoldiradi va unda o’ziga

yoqqan qo’shi qni aytish yoki uning kuyini biror asbobda chalish istagini

vujudga keltiradi. Buna taassurot qanchalik yaqin bo’lsa, tinglangan musiqani

to’g’ri eslab qolishga aniq ijro etishga intilishi ham shuncha yorqin namoyon

bo’ladi. Shu tarixiy musiqiy bilimlar zahirasi kengayib, musiqiy did ham

o’tkirlashib boradi.

Mana shularga asoslanib, tajribali o’qituvchilar musiqa darslarida bolalar

bilan ishlashda eng avvalo bolalarga bog’cha davridan, oilada, radio televideniya

orqali tanish bo’lgan tez yodda qoladigan, yoqimli, sho’xchan, raqsbop xalq

musiqasining yorqin va xilma-xil namunalaridan, kompozitorlarning musiqiy

obrazlari va xarakteri bolalar dunyosiga yaqin asarlardan foydalanadilar. O’zbek

kompozitorlari orasida bolalar uchun ijod qiladigan kompozitorlar anchagina. Ular

asarlarini yozishda bolalarbop she’riy matnlarni ko’proq hayvonlar (quyon, tulki,

ayiq, kiyik, jirafa, ot (toychoq), xo’roz, quyon), usimlik, dov-daraxtlar, tabiat

manzaralari va hodisalari (qor, yomg’ir)ga bog’liq bo’lganlarini tanlaydilar.

Bunday kompozitorlar sarasiga F.Alimov, G’.Qodirov, S.Abramova,

N.Norxo’jayev, D.Omonullayeva, Sh.Yormatov, H.Rahimov, A.Mansurov

kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin.

Yorqin obrazli asarlar bolalarda tasavvurni qo’zg’ashga, ma’lum kayfiyatni

hosil qilishga, ularni tushunarli va aniq obrazlarga qiziqtirishga, turli xarakterdagi

quvnoq, g’amgin, tantanavor, raqsbop qo’shiq va kuylarni tushunishni o’rgatishga

ishtiyoqni kuchaytiradi. Shu tariqa bolaning diqqati tabiiy ravshda jamlanishi va

unda “tinglash kuzatuvchanligi” vujudga kelishi uchun sharoit yaratiladi.

Darslarga mana shunday yondoshishdan musiqiy ma’lumotlarning ayrim

unsurlari (tinglash, ritm, xotira)ning o’sishi va takomillashuvi o’quvchida musiqani

63

Page 70: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

umumiy anglash bilan chambarchas bog’lanadi. Bunda o’quvchining birinchi

ta’sirlanishi yaxlit tasavvur qilishiga imkon yaratadi.

O’quvchilarga dars jarayonida dasturda berilgan bilim, ko’nikma va

malakalar berish haqida gap borar ekan, o’rganiladigan va tinglanadigan asarlar

repertuari g’oyat xilma-xil bo’lishi va o’quvchilar uchun faqat ta’limiy jahatdan

emas, balki badiiy-estetik jihatdan ham kuchli tasirlik kasb etishi kerak. Mana shu

talablarning bajarilishi musiqiy madaniyatning, musiqiy-estetik tarbiyani va

musiqiy-badiiy didni shakllantirish vazifalarini hal qilishda ayniqsa

o’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishda shuningdek, xalq, qardosh

xalqlar, kompozitorlik ijodiga mansub asarlar bilan tanishish orqali musiqaga

qiziqish va muhabbat uyg’otishda estetik didni o’stirishda katta yordam beradi.

Boshlang’ich sinflarda o’qituvchi musiqa darsni olib borar ekan birinchi

sinfdan boshlab darsda estetik tarbiyani amalga oshirish, o’quvchilarda musiqa

madaniyatini oshirish va shu orqali musiqiy didni tarbiyalash uchun o’z oldiga

quyidagi vazifalarni qo’yishi lozim:

1.Bolalarda musiqani sevish, unga havas va qiziqish uyg’otish;

2.O’quvchilarni musiqani diqqat bilan tinglash, musiqa xarakterini his etish,

uni o’zini hissiy kechinmalari orqali idrok etishlariga erishish;

3.Kuylash, jamoa bo’lib kuylashning talab, qoidalarini o’zlashtirish, vokal,

xor, maqomlarini shakllantirish;

4.O’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ish

usul, vositalaridan unumli va o’z o’rnida tizimli foydalanish;

5.Jamoaviy ijrochilik jarayonida qo’shiqni ta’sirchan, ifodali, tushunarli va

asar matnida ifodalangan g’oyaviy mazmunni tushunish hamda kuylashga

o’rgatish;

6.Musiqa san’ati haqidagi umumiy tushunchalarini musiqiy nazariy

bilimlarini tobora boyitib, takomillashtirib boorish;

64

Page 71: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

7.Musiqiy-badiiy didlarini tarbiyalash, bu yo’nalishda o’quvchilarni fikrlash,

farqlash, taqqoslash va o’z munosabatini bildirish ko’nikmalarinini rivojlantirishga

ahamiyat berish;

8.Musiqani badiiy-emotsional his etishlariga e’tibor berish;

Bu vazifalarni birinchi sinfdan yettinchi sinfgacha tizimli amalgam oshirib

borish umummusiqiy madaniyat va musiqiy didni tarbiyalashda eng asosiy omil

bo’lib hisoblanadi.

3.2. Tajriba-sinov ishlari natijalari va uning statistik tahlili.

Biz o’zimizning mazkur tadqiqot ishimizni olib borish jarayonida

umumta’lim maktablarining “Musiqa madaniyati” darslarida o’quvchilar savodi

jarayonida musiqiy asarlarni nazariy va badiiy tahlil qilish, asar g’oyaviy-badiiy

mazmunini o’quvchilar tomonidan to’g’ri va to’liq idrok etishlariga erishish,

musiqa asarlari haqida turli qo’shimcha ma’lumotlar, tahliliy suhbatlar, savol-

javoblar orqali ularda musiqa asariga to’g’ri munosabat, uni baholay olish,

mazmunan va badiiy yetuk asarlar bilan mazmunan va badiiy sayoz asarlarni

farqlay olish, shu orqali ularda musiqiy-badiiy didni shakllantirib borishda olib

borilgan amaliy natija, kuzatuvlar va ilmiy izlanishlarimizning samaradorlik

xususiyatlarini aniqlash maqsadida dastur loyihasini tuzib, uni negizida

bosqichma-bosqich kuzatuv ishlarini olib borish.

Aytish joizki, tadqiqotimizni rejalashtirish jaroyida tajriba-sinov ishlarini

yo’lga qo’yish hamda amalgam oshirish yo’llari hisobga olingan edi. Shinga ko’ra

tajriba-sinov ishlarimiz uch bosqichda amalga oshiriladi:

1.Tashkiliy-tayyorgarlik bosqich. Bu bosqichda tajriba-sinov ishlarimiz

mazmunini belgilovchi loyiha va ishchi reja ishlab chiqildi. Har bir bosqichda hal

etiladigan vazifalar aniqlandi, tajriba-sinov ishlarini olib borish obyektlari,

muddatlari belgilandi.

65

Page 72: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

2.Asosiy bosqich. Umumta’lim maktablari musiqa darslarida o’quv

ma’lumotlarini tadqiqotimizning maqsad va vazifaridan kelib chiqqan holda tashkil

etish imkonini beruvchi zarur shart-sharoitlarni yaratish yo’lidagi ishlar yo’lga

qo’yildi. Tajriba-sinov ishlari olib boriladigan maktab, muayyan sinflar aniqlandi,

maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, musiqa o’qituvchilari bilan tadqiqot ishimiz

maqsadi, amalgam oshiriladigan ishlar yuzasidan hamkorlik shartlari kelishib

olindi.

3.Yakunlovchi (umulashtiruvchi-taqqoslovchi bosqich). Bu bosqichda

tajriba-sinov ishlari natijalari umumlashtirildi va tahlil qilinib, yakuniy

ko’rsatkichlar matematik-statistika metodi yordamida ishlab chiqildi.

Umumta’lim maktablarida musiqa ma’lumotlari jarayonida o’quvchilarni

musiqiy-badiiy didni shakllantirish muammosini tadqiq etish jarayonida amalga

oshirilgan tajriba-sinov ishlari quyidagi didaktik tamoyillarga tayangan holda

amalga oshiriladi.

-tajriba-sinov ishlarining tadqiqot mqsadi va vazifalaridan kelib chiqib

maqsadga muvofiq rejalashtirilganligi;

-tajriba-sinov ishlarining o’ziga xos loyihasi va dasturi ishlab chiqilganligi;

-tajriba-sinov ishlari olib boriladigan umumta’lim maktablaridagi tanlab

olingan sinflarda yaratilgan metodik muhit, shart-sharoit, imkoniyatlar va sinf

rahbarlari, musiqa o’qituvchilarining tadqiqot ishimizga xayrixoxlik bilan

munosabatda bo’lganligi;

-amaliy tajribaviy ishlarimizning uzluksiz takomillashtirish xususiyatiga

egaligi;

-musiqa mashg’ulotlarida tinglash kuylash uchun tavsiya qilingan kuy-

qo’shiqlani tinglash, o’rganish, kuylash davomida ularni nazariy-badiiy tahliliga

asar haqida suhbat, savol-javob, munozara, o’quvchilarni mustaqil va ijodiy

ishlashlariga keng o’rin va e’tibor berilganligi.

66

Page 73: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

O’quvchilarni musiqa asarlarini tinglash, kuylash, nazariy ma’lumotlarni

amalda qo’llash, musiqa tur va janrlariga qiziqishlari, ularni farqlash, munosabat

bildirish, baholash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarida bo’lgan

o’zgarishlarni aniqlashda anketa-so’rov metodidan foydalanildi.

Olingan javoblarni tahlil qilish, tadqiqot jarayonida olib borilgan ishlarning

samaradorligini aniqlash, o’quvchilarning musiqiy-badiiy didini shakllantirishga

yo’naltirilgan amalaiy ishlar natijasida bo’lgan ijobiy o’zgarishlarni aniqlovchi

nizomlar ishlab chiqildi.

1.O’quvchilarni musiqa asarlarini o’rganish, tinglash va nazariy

ma’lumotlarni amalda qo’llash malakalarini o’sganligi;

2.O’rganilayotgan, tinglanayotgan asarlar g’oyaviy-badiiy mazmuni haqida

o’z fikrlarini bildira olishlari;

3.Asarlarni eshitib, uning janri, o’lchovi, xarakteri, lad-tonalligi, ijrochilik

uslubi (xususiyatlari) haqida ma’lum tushunchalarni bildira olishlari;

4.Asar mualliflari ijodi faoliyatidan xabardorligi;

5.Asar tuzulishi, kim uchun, qanday jamoa uchun yozilganligi, murakkablik

darajasini his qilish, notanish so’zlar ma’nosini bilishga qiziqishi (bilishi);

kuchayganligi;

6.Asardagi dinamik tuslarni asar badiiyligini ta’minlashdagi rolini

anglashlari;

7.Asarni ijro etilishidagi milliy ijrochilikka xos nola, qochirim, bezak,

shtrixlarni to’g’ri tushunishlari va ularni aniqlay olishlari;

8.Ijrochilar mahoratiga, asarning badiiy qimmatiga baho beraolishlari.

Shundan so’ng biz tadqiqotimiz davomida biz amalgam oshirilgan

ishlarimiz, ya’ni o’quvchilarni musiqa mashg’ulotlari jarayonida musiqiy-badiiy

didini shakllantirishda samarali deb hisoblangan ish usul va shakllarini o’zida

mujassam etgan dastur asosida tanlangan maktablardagi sinflarda amaliy

tajribalarimizni amalga oshirishga kirishdik. Oradan ma’lum vaqt o’tgandan keyin

67

Page 74: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

bizning maxsus dasturimiz asosida olib borilgan mashg’ulotlar o’quvchilarni

musiqiy-badiiy didini o’sishida samara berayotganini guvohi bo’ldik.

Tajribalar natijasida musiqa darslarida o’quvchilar tomonidan

tinglanayotgan, o’rganilayotgan, kuylanalayotgan qo’shiq va kuylar bo’yicha

tahliliy suhbatlar, savol-javoblar, nazariy, badiiy tahlil, qo’shimcha

ma’lumotlardan o’rinli foydalanish va bu ishlarni tizimli ravishda olib borilishi

o’quvchilarga kuchliroq ma’naviy-estetik ta’sir etishi bilan ularni musiqiy-badiiy

didlari shakllanishiga yuqori darajada ahamiyat kasb etishini tasdiqladi.

Bundan tashqari tajribalarimiz davomida o’quvchilarni xalq musiqasi,

zamonaviy turli janrlardagi qo’shiqlarni kuylash, ular haqida ko’proq ma’lumot

olish, bilish, o’z bilimlarini ko’pchilik oldida, maktab sahnasida, turli bayram

tadbirlarida, konsertlarda namoyish etishga bo’lgan xoxishlari oshib bordi. Bu esa

ishimizning samaradorligidan darak beradi.

Shundan kelib chiqqan holda tajribalarimizning asosiy shakllantiruvchi

bosqichida o’quvchilarni musiqa mashg’ulotlarida musiqiy- badiiy didni

shakllantirishga yo’naltirilgan turli tadbirlar, ilg’or pedagogik texnalogiyalar

tadbiq etilgan darslar, darsdan tashqari musiqiy faoliyatlarga o’quvchilarni keng

jalb etishga harakat qildik.

Tajribalar samaradorligini, ularning o’quvchilarning musiqiy-badiiy didini

o’sishiga ta’sirini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqdik. Bu mezonlar tajriba-

kuzatuv ishlari boshlanishi va tugallanishi oralig’ida o’quvchilarning badiiy-

estetik, ma’naviy va musiqiy didlarini o’sishida ro’y bergan sifat o’zgarishlarni

baholash imkonini berdi.

O’quvchilarning musiqa san’atiga qiziqish va munosabatlari, bilim, malaka,

tushuncha, tasavvur, idrok etishlari, taassurotlarini to’gi ifodalay olish dinamikasi,

musiqiy janrlar, turli mavzu va murakkablikdagi asarlarni o’ziga xos jihatlarini

farqlay olish, g’oyaviy mazmunni baholash, musiqiy asarni kuylash, tinglash, tahlil

qilish jarayonida ularning tuzilishi, ijrochilik uslublari, g’oyaviy mazmuni, ifoda

68

Page 75: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

vositalari, badiiy darajasi haqida bilimlarini aniqlashga harakat qildik.

O’quvchilarning musiqiy, badiiy didini shakllanganlik darajalari quyidagi

uch ko’rinishda aniqlandi:

1) Yuqori daraja – barcha savol, topshiriqlarga ijobiy javob

qaytarilganligi, o’quvchilarni asarlarga o’z munosabatini bildirish va

baholash talab darajasida ekanligi;

2) O’rta daraja – savol va topshiriqlarga qisman to’g’ri javob berganligi,

ayrim savollarga javoblar va amaliy topshiriqlar qoniqarli emasligi,

o’quvchining harakati sezilib tursada, ayrim o’rinlarda chalkashlik va

xatolarga yo’l qo’yganligi;

3) Past daraja - savol va topshiriqlarga javoblar 40 % dan kamligi, amaliy

topshiriqlarga javoblarni qoniqarsiz ekanligi.

O’quvchilarda badiiy didni shakllanganlik darajasi yuqorida qayd etilgan 8

ta holat-mezonga muvofiq aniqlandi. Natijalar umumlashtirilib, tahliliy xulosalar

natijasida quyidagi ko’rsatkichlar qo’lga kiritildi, (1-2-jadvallar).

1-jadval.

Tajriba va nazorat guruhlari ko’rsatkichlarining qiyosiy tahlili.

(Samarqand Shahar № 28-sonli Umumta’lim maktabi).

Guruhlar O’quv

chilar

soni

Badiiy didni shakllanganlik darajasi

Yuqori O’rta Past

Sinov

boshi

Sinov

oxiri

Sinov

boshi

Sinov

oxiri

Sinov

boshi

Sinov

oxiri

Tajriba

(2ta sinf) 60

12/

21.2%

22/

38.4%

18/

30.3%

26/

44.7%

30/

49.5%

12/17%

Nazorat

(2 ta sinf) 60

15/

25.4%

14/23% 18/

30.6%

29/49% 27/44% 17/28%

Jami:

120

27/23% 36/

30.8%

36/

30.4%

55/

44.7%

57/47% 29/21%

69

Page 76: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Biz o’quvchilarning badiiy-estetik didlarini shakllanganlik darajalaridagi

o’zgarishlarni ifodalovchi ma’lumotlarni matematik-statistik usulda tahlil qilib

tegishli xulosalar chiqardik.

2-jadval.

Guruhlar

B A H O L A R

Past O’rta Yuqori

Tajriba n=16.9% N =44.7% N3=38.4%

Nazorat M =28% M =49% M =23%

Bu jadvalda biz n1 va m1 lar orqali tajriba va nazorat guruhlarining sinov

oxiridagi milliy musiqa an’analariga qiziqish, ularni farqlay va baholay olish

darajalarini (% hisobiga) belgilab oldik. Bundan tashqari biz x1 va n1 lar orqali

mos ravishda tajriba va nazorat guruhlaridagi o’zlashtirish ko’rsatkichlarini

belgilab olib, 2-jadval asosida quyidagi 3-tanlanma taqsimoti jadvalini tuzub

olamiz:

3-jadval.

O’quvchilarning badiiy-musiqiy didlarini shakllanganlik

darajalari taqsimoti.

Tajriba guruhlari bo’yicha Nazorat guruhlari bo’yicha

X1=3, 4, 5 N1 : 3, 4, 5

P1:P1=0.169; P2=0.447; P3=0.384 G1=G1=0.28; G2=0.49; G3=0.23

70

Page 77: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Tajriba-sinov guruhlarida olib borilgan ishlar o’quvchilarni musiqiy bilim,

tushuncha, malakalari hamda musiqiy-badiiy didlarida ijobiy o’sish bo’lganligiga

olib keldi. Bunda nazorat-sinov guruhlaridagidan ancha farq qilishi ayon bo’ldi.

F8 va F9 lar orqali taqsimot qonunlarini belgilab olib, asosiy: Ho : F8=F9

gepotezaga qarama-qarshi muqobil H1 : F8 = F9 gepotezani oldinga surdik. Bu

gepotezalarni tekshirish maqsadida Pirsonning quyidagi ikki tanlanma X2

statistikasidan foydalandik:

=

Demak, =6,8>5,99= (2) bu esa o’z navbatida 95% ishonch bilan Ho

gepotezani rad etib , H1 gepotezaning to’g’riligini tasdiqlaydi.

Shunday qilib tajriba va nazorat guruhlarida olib borilgan ishlar nazorat

guruhlariga nisbatan samarador ekanini mo’ramiz. Buni isbotlash maqsadida

dastlab har ikki guruhlardagi tanlanma baholashlarni 3-jadval asosida hisoblaymiz

Bundan ma’lum bo’ladiki, agar variatsiya koeffitsenti qiymati 30 % dan

oshmasa o’rtaga arifmetik qiymat no’malum-nazariy o’rta qiymatni ifoda etadi.

Bunda Vx = 16.11% < 30%<57.67%= Vy. Shu tariqa tajriba guruhlarida olib

borilgan ishlar nazorat guruhlaridan samarali ekanligi asoslandi.

71

Umumiy xulosalar.

Page 78: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy didni shakllantirish musiqiy-

estetik tarbiyani pedagogik va metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilishiga bog’liq

bo’lib, musiqiy asarlarni tinglash, kuylash bilan birag u haqdagi nazariy va turli

tarixiy, adabiy, statistik ma’limotlardan xabardor bo’lib borish, asar haqidagi

suhbat, savol-javob, bahs-munozara, jamoa bo’lib konsertlarga borish, ommaviy-

madaniy tadbirlarda qatnashish kabi jarayonlarga o’quvchilar keng va tizimli

tarzda jalb etilishiga bog’liq. Shu bois o’quvchilar ongiga musiqaning tarbiyaviy-

ta’sirchanlik xususiyatlarini musiqada ifodalangan g’oyaviy-badiiy mazmunini,

muallifning ijodiy o’y-fikr, kechinmalarini chuqurroq singdirib borish zarur. Bu

esa o’quvchilarni nafaqat musiqiy asarlarini idrok etish, unga baho berish, hissiy

anglash ko’nikmalarini, shu bilan bir qatorda uning fikrlashi munosabat bildirishi

hamda yurush-turushi, kiyinish tarzini tartibli yo’lga qo’yish bilan ham

atrofdagilarga ijobiy ta’sir ko’rsatish, ilarda yoqimli taassurot hosil qilishda ham

muhim rol o’ynaydi.

Musiqa asarlarini o’rganish, tinglash, ular haqidagi tahliliy ishlar,

qo’shimcha ma’lumotlarni o’zlashtirish orqali musiqiy-badiiy didni

takomillashtirishda asar g’oyaviy-badiiy mazmuni va musiqa ohang tuzilmasini

o’zaro uyg’unligini, ifodadagi sinxronlikni his qila olish juda muhim. Bu o’ziga

xos murakkab pedagogik jarayonda jonlanib boradi, o’qituvchi va o’quvchilardan

katta diqqat e’tibor, musiqa san’tiga, kasbiga muhabbat, doimiy ravishda ijodiy

izlanish, o’z mahoratini takomillashtirib borishni va murakkab epetsifik mehnatni

talab qiladi. Aynan shunday ijodiy mehnat sa’yi harakar natijasida o’quvchilarning

badiiy didida ham ijobiy o’zgarishlar yuzaga keladi.

O’quvchilarda musiqiy-badiiy didni o’sishi ularning cholg’u kuylari, qo’shiq

va ashulalarga havas qo’yib tinglash, o’rganish, ijro etish, badiiy qiymatga to’g’ri

baho bera olish bilan bir qatorda ularni qadrlash, kelgusida vorislik qilishiga

intilish kabi ishtiyoqlarni paydo bo’lishida ham o’z ifodasini topadi.

72

Page 79: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

O’quvchi-yoshlarda musiqa san’ati orqali musiqiy-badiiy didni

shakllantirish jarayoninig murakkabligi o’ziga xos metodik tizimi asosida ish

yurutishni talab qiladi. Maxsus metodik tizim tarkibidan pedagogik kuzatish,

suhbat, savol-javob, qo’shincha manbalarni o’rganish va amalda foydalanish ilg’or

pedagogik texnalogiyalardan o’rinli va samarali foydalanish, asarlarni nazariy va

badiiy tahlil qilish kabilar muhim o’rin egallaydi. Bu bizning olib borgan amaliy

tajribaviy ishlarimiz va qo’llagan metodikamizning ijobiy natijalaridan o’z isbotini

topganligida ham ko’rindi.

Tadqiqotlarimizning so’ngi bosqich tajriba-sinov ishi davrida ham o’ziga

xos tarzda loyihalashtirilgan metodika va o’quvchilarni musiqa mashg’ulotlari

jarayonida musiqiy-badiiy didni shakllantirishga yo’naltirilgan ilmiy-metodik

tavsiyalarning samaradorlikka ega ekanligini va ulardan umumta’lim

maktablaridagi musiqa o’qituvchilari, murabbiylar o’z faoliyatlarida ijodiy

foydalanishlari isbotlandi.

T A V S I Y A L A R.

1.Umumta’lim maktablarida o’quvchilarni musiqa san’atiga, musiqa

darslariga, musiqiy asarlarni sevib, mehr qo’yib tinglash, o’rganish, kuylashga

jiddiy e’tibor berish;

2.Musiqa darslarini bir soatlik senariy asosida badiiy spektakl tarzida

o’quvchilarniu faol ishtirokchilar sifatida tashkil etish;

3.Sifda har bir o’quvchi ma’lum bir savol berish, o’z fikrini bildirish,

munozaralarda faol qatnashishlariga erishish;

4.Darslarda erkin muloqot, ijodiy fikr almashish, qo’shimcha manbalardan

unumli foydalanish, yuksak saviyadagi ijrolarni tinglash, so’ngra tahlil qilish kabi

ishlarga keng o’rin berish;

5.Musiqa san’atini targ’ib qilishga yo’naltirilgan tadbirlar, madaniy-

ommaviy tadbirlarga e’tiborni kuchaytirish va imkon qadar o’quvchilarni ularga

ommaviy jalb qilish;

73

Page 80: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

6.Umumta’lim maktablari bilan maktabdan tashqari san’at muassasalari,

akademik litsey, pedagogika oily o’quv yurtlaridagi musiqiy ta’lim yo’nalishlari

bilan o’zaro ta’limiy hamkorlikni yo’lga qo’yish asosida musiqa o’qituvchilarini

nazariy va uslubiy bilim, amaliy malakalarini uzluksiz rivojlantiririb borishga

erishish.

74

Page 81: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.-T.: O’zbekiston,

1996 y.

2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi.-T.: O’zbekiston, milliy

ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2000y.

3. Karimov I.A.Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.:

“Sharq” nashriyoti,1997y.

4. Karimov I.A.Yuksak malakali mutaxassislar taraqqiyot omili -

T.:O’zbekiston, 1995y.

5. Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008y.

6. Karimov I.A.O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.: Ma’naviyat,

2011y.

7. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi.” -T.:Ma’rifat, 1997-y

8. O’zberiston Davlat Standarti. 5141000-musiqiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha

bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga

qo’yiladigan talablar. -T.: 2008y.

9. Umumiy o’rta ta’limning DTS va o’quv dasturi. Musiqa. -T.: Ta’lim

taraqqiyoti, 6-7-maxsus sonlar, 1999y.

10. Umumtalim maktablari musiqa dasturi.-T.: O’qituvchi, 1996y

11.O’zberiston Respublikasi Prezidentining “O’zberistonda musiqa san’atini

yanada rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbiri

to’g’risida”gi farmoni. 1995-y, 20-oktyabr. -T.: O’zberiston ovozi, 1995y,

21-oktabr.

12.An’anaviy qo’shiqchilik va maqom asoslari. Fan dasturi. Tuzuvchilir:

Q.Mamirov, M.Mamirov, -T.: 2001y.

13.Axmedov F. Ommaviy bayramlar rejissurasi.-T.: Aloqachi, 2008y.

75

Page 82: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

14.A.Avloniy. Turkiy guliston-yoxud axloq.-T.: O’qituvchi, 1992y.

15.Азхимов Б.Г. Нравственное воспетание молодёжи средствами

народной музыки (материале музыкального самодеятельности П.Т.У.

Респудлики Узбекистан) Автореф. Дис. …канд. пед. наук.-Т. 1991й

16.Аннамуратова С.К. Художественно-естетическое воспитание

школьников Узбекистана.-T.: Фан,1992y

17.Asrlarga tengdosh qo’shiqlar. (Urf-odat va marosimlarimizga doir qo’shiqlar

majmuasi).-T.: jumhuriyat ilm. Metod markazi, 1995y.

18.Burov A. Естетика проблемы и скоры.-М.: -Просвешение, 1987й.

19.Естетическая культура и естетическое воспитания. Составитель Е.С.

Лобковекая.-М.: -Музыка, 1993й.

20.Fayzullayev E. Bo’lajak musiqa o’qituvchilari badiiy didini shakllantirishda

o’zbek mumtoz musiqasi imkoniyatlaridan foydalanish.-T.: 2008yil.

21.Gudkova E, Vasileve B. Ashula darsi metodikasi.-T.: O’qituvchi, 1974y.

22.Hamidov H. O’zbek an’anviy qo’shiqchilik madaniyati tarixi. -T.:

O’qituvchi, 1996y.

23.Hasanov A.Sh. Нраветвенное естетического воспитание молодёжи

средствами музыки. (monagrafiya) -T.: Fan, 1985y.

24.Hasanov A.Sh. Musiqa va tarbiya.-T.: O’qituvchi, 1993y.

25.Hamidov H. Musiqa qo’shiqchilik madaniyatimiz tarixidan.-T.: O’qituvchi,

1995y.

26.Ibrohimov O. Musiqa. 4-sinf uchun darslik.-T.: G’ G’ulom nomidagi

nashriyot -matbaa ijodiy uyi, 2009y.

27.Ismoilova M.E. “Alla mavzusiga bag’ishlangan dars”. Pedagogik ta’lim

jurnali, -T.: 2-son 2004y.

28.Kushayev A. Estetik tarbiya asoslari. -T.: O’qituvchi, 1988y.

76

Page 83: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

29.Кабалевский Д.Б. Как рассказыват детям о музыке. -М.: Просвешение,

1987й.

30.Karamatov F. O’zbek xalq musiqa merosi. Qo’shiq. Birinchi kitob.-T.:

1978y.

31.Matyoqubov O. Og’zaki an’anadagi o’zbek professional musiqa asoslariga

kirish. –T.: O’qituvchi, 1983y.

32.Mansurov A, Karimova D. Musiqa. 5-sinf uchun darslik. -T.: G’ G’ulom

nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi, 2008y.

33.Mamirov Q, S.Begmatov. Musiqa. 6-sinf uchun darslik. -T.: G’ G’ulom

nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi, 2010y.

34.Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi.-T.: O’qituvchi,

1996y.

35.Mamirov Q. Milliy musiqa va uning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati.

(To’plam. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot.)-T.: O’zbekiston, 1997y.

36.Nurmatov H. Musiqa va estetik madaniyat.-T.: O’qituvchi, 1992y.

37.Nosirov R. Xalq qo’shiqlari kompazitsiyasi.-T.: Fan, 2006y.

38.Nurmatov H. Musiqa va estetik madaniyat. Uslubiy qo’llanma.-T.: -TDPU -

1992y.

39.Nurmatov H, N.Norxo’jayev. Musiqa alifbosi. 1-sinf uchun darslik.-T.:

G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2010y.

40.Nurmatov H, N.Norxo’jayev. Musiqa. 2-sinf uchun darslik.-T.: -G’ofur

G’ulom nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi, 2008y.

41.Nurmatov H, N.Norxo’jayev. Musiqa. 3-sinf uchun darslik.-T.: G’ofur

G’ulom nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi, 2008y.

42.Qudratov I. Talabalarni xalq qo’shiqlari vositasida estetik tarbiyalash

(monografiya)-T.: Fan, 2009y.

77

Page 84: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Web viewPsixolag- pedagog B.M.Teplovning fikricha badiiy-estetik tarbiyada yana shunisiham muhimki, san’atni bir yo’nalishdagi ta’limiy-tarbiyaviy

43.Qodirov R.F. Boshlang’ich maktabda ko’povozli kuylash.-T.: O’qituvchi,

1997y.

44.Rajabov I. Maqomlar masalasiga doir. -T.: O’zberiston Badiiy adabiyot

nashriyoti, 1963y.

45.Rajabova D. Fortepiano mashg’ulatlari.-T.: O’qituvchi, 1994y.

46.Soipova D. Musiqiy va musiqiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirish jarayonini

takomillashtirish.-T.: 2006y.

47.Teplov B.M. Musiqiy qoboliyatlar psixologiyasi.-M.: RSFSR. PFA. 1997Y.

48.Vetlugina N.A. Bolalar bog’chasida estetik tarbiya. -T.: O’qituvchi, 1981y.

49.Халабузар П и другие. Методика музыкалного воспитания,-М.:

Музыка, 1983й.

50.Yuldoshev S. Xalq urf-odatlari va an’analari.-T.:-Ijod dunyosi, 2003y

51.Sharipova.G Boshlang’ich sinflarda musiqa o’qitish metidikasi. O’quv

qo’llanma.-T.:-TDPU-2004y.

78