samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent...

37
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2020 yil 28 fevral juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari Samarqand 20 20 y

Transcript of samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent...

Page 1: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI

2020 yil 28 fevral juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Samarqand – 2020 y

Page 2: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

JAMIYATDA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNI SOG‘LOMLASHTIRISH, MAHALLA INSTITUTINI YANADA

QO‘LLAB-QUVVATLASH HAMDA OILA VA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI YANGI DARAJAGA OLIB CHIQISH CHORA-

TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n ihttp://uza.uz/oz/documents/zhamiyatda-izhtimoiy-manaviy-mu-itni-so-

lomlashtirish-ma-all-19-02-2020

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAHALLA VA OILANI QO‘LLAB-QUVVATLASH VAZIRLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-ma-alla-va-oilani-llab-

uvvatlash-vazi-19-02-2020

LIMONCHILIK TARMOG‘INI YANADA RIVOJLANTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningq a r o r i

http://uza.uz/oz/documents/limonchilik-tarmo-ini-yanada-rivozhlantirishga-doir-shimcha--20-02-2020

LITSENZIYALASH VA RUXSATNOMALAR BERISH TARTIBI TUBDAN TAKOMILLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 fevral kuni tadbirkorlik faoliyatida litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartibini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga o‘tgan oyda yo‘llangan Murojaatnomada tadbirkorlik faoliyatida litsenziyalash tartibini qayta ko‘rib chiqish va yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab bergan edi.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida litsenziya va ruxsatnomalar turlarini qisqartirish, ularni berish tartibini soddalashtirish va tegishli talablar bajarilishini monitoring qilishning oshkora mexanizmlarini ishlab chiqish hozirgi davr talabidir.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman tarkibida maxsus Ishchi guruh tuzilgan.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur Ishchi guruh ishini tashkil etishdagi asosiy yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Page 3: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Binobarin, avvalo inson sog‘ligiga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan faoliyat turlari litsenziyalashdan chiqarib tashlanishi lozimligi ta’kidlandi.

Masalan, o‘quv markazlaridagi o‘qitish jarayoni fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga ziyon yetkazmasa-da, litsenziyalanadi.

Ayni paytda, ayrim litsenziya shartlari sohada raqobatni ham cheklamoqda.Xususan, kredit tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatish bilan yagona

kredit byurosi shug‘ullanib, bozorga boshqa tadbirkorlar kirishiga deyarli imkon yo‘q. Kredit byurosini ochish uchun kamida 10 ta tijorat bankining roziligini olish talab etiladi. Mavjud 30 ta bankdan 26 tasi ushbu yagona kredit byurosining muassisi hisoblanib, qolgan 4 ta bank yangi byuro tashkil etishga rozilik bergan taqdirda ham tashabbuskor litsenziya ololmaydi.

Shu bilan bir qatorda, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil usullarini keng joriy etish lozimligi qayd etildi.

Xorijiy tajribada litsenziyalash o‘rniga xabardor qilish, majburiyatni sug‘urtalash, o‘zini-o‘zi boshqarish, texnik tartibga solish kabi muqobil usullar mavjud. Misol uchun, turar joy ob’ektlarini noturar sifatida qayd etish uchun tadbirkor alohida ruxsatnoma olishi kerak. Vaholanki, buning uchun davlat idoralari xabardor qilinsa kifoya bo‘lishi mumkin.

Xuddi shunday, rieltorlik, auditorlik, sud boshqaruvchiligi kabi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchilarning javobgarligini sug‘urtalash yoki o‘z-o‘zini boshqarish tizimlariga o‘tkazish mumkin.

Shu munosabat bilan, Adliya va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ikki oy muddatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil usullarini joriy qilish vazifasi yuklatildi.

Davlatimiz rahbari litsenziya va ruxsatnomalar berish tartibi va muddatlarini ham qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.

Adliya vazirligiga bir oy muddatda litsenziya va ruxsatnoma berish muddatlari va to‘lovlarini o‘rganib chiqib, ularning shartlarini aniq belgilash yuzasidan topshiriq berildi.

Undan tashqari, ba’zi holatlarda tadbirkor litsenziya olish uchun uzoq vaqt davomida sarson bo‘lib, kerakli hujjatlarni to‘plab topshiradi, biroq arzimagan sabablar bilan uning arizasi qaytariladi.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev litsenziyalash jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni to‘liq joriy qilish zarurligini qayd etdi.

Litsenziyalarning 79 foizi, ruxsat beruvchi hujjatlarning 80 foizi hanuzgacha qog‘oz shaklida berilmoqda. “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi 2014 yilda tashkil etilganiga qaramay, bugungi kunda bu portal deyarli faoliyat yuritmayapti. O‘tgan yili 4 mingdan ortiq litsenziya “bir darcha” tamoyiliga rioya qilinmasdan berilgan.

Axborot texnologiyalari va kommuni-katsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga joriy yil 1 avgustga qadar litsenziya berish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni to‘liq avtomatlashgan yagona elektron tizimini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, litsenziya talablariga rioya etishni (post-litsenzion) monitoring qilishning yangi, oshkora tizimini joriy qilish lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.

Page 4: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Masalan, yong‘in nazorati organlari yong‘inga qarshi vositalarni o‘rnatuvchilar faoliyatini nazorat qilishi kerak bo‘lsa-da, bunday nazorat tizimi amalda mavjud emas.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida barcha litsenziya talab qiluvchi faoliyat turlarida avtomatlashtirilgan risk-analiz tizimini va masofaviy nazoratni yo‘lga qo‘yish zarurligi aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, Prezidentimiz ta’kidlanidek, sohada korrupsiya va turli suiiste’molchiliklarning oldini olish maqsadida jamoatchilik nazorati tizimini joriy qilish talab etiladi.

Yig‘ilishda mutasaddilar olib borilayotgan ishlar hamda har bir tarmoq kesimida qaysi litsenziya va ruxsatnomalarni qisqartirish mumkinligi to‘g‘risida axborot berdi.

XITOY XALQIGA BILDIRILGAN HAMDARDLIK VA KO‘RSATILGAN YORDAM UCHUN O‘ZBEKISTON PREZIDENTIGA

MINNATDORLIK BILDIRDIXitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubda bunday deyilgan:“Muhtaram Prezident janoblari!Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan kurashi munosabati

bilan yo‘llagan ta’ziyanomangiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman.Aytishganidek, qayerdadir kulfat yuz bersa, har yoqdan yordamga

shoshiladilar. Dunyo hamjamiyati, shu jumladan O‘zbekiston, Xitoy hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi va turli ko‘rinishda qo‘llab-quvvatladi. Bu bizga bo‘lgan do‘stona munosabatni to‘liq namoyon etdi.

Xitoy epidemiyani profilaktika qilish va nazoratga olish borasida muvaffaqiyatga erishishiga ishonchi komil va bunga qodir, shuningdek, butun jahonda jamoat sog‘lig‘ini saqlash ishiga hissa qo‘shish yo‘lida xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ishlashga tayyor.

Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdaman hamda Siz bilan yaqin muloqotni davom ettirishga tayyorman.

Sizga mustahkam sog‘lik, faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekistonga esa ravnaq va farovonlik tilayman.

Xitoy Xalq Respublikasi RaisiSi Szinpin”

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI VENGRIYA DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari oxirgi yillarda izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Page 5: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Turli darajada samarali muloqotlar yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 45 foizga ortdi. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim, madaniyat va turizm sohasidagi almashinuvlar kengaymoqda.

Peter Siyyarto samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy, jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan muloqot formatidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Vengriyaning yetakchi kompaniyalari ilg‘or tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ularni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlararo aloqalarni rivojlantirish, bank, transport sohalariga oid dastularni amalga oshirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

O‘ZBEKISTON – TURKIYA: OLIY DARAJADAGI STRATEGIK HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning taklifiga binoan 2020 yil 19 fevral kuni ushbu mamlakatga tashrif buyurdi.

“Esonbug‘a” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya hukumati a’zolari, Anqara muzofoti va shahri rahbariyati hamda boshqa rasmiy kishilar kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev xorijiy tashriflari chog‘ida albatta o‘sha mamlakatning tabarruk ziyoratgohlarida bo‘lib, ulug‘ siymolari xotirasiga hurmat bajo keltiradi. Turkiyaga bu galgi tashrif ham ana shu ezgu an’ana bilan boshlandi. Davlatimiz rahbari Anqara shahrida Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi.

Turk xalqining ardoqli farzandi, buyuk davlat arbobi Mustafo Kamol Otaturk mangu orom topgan maskan xalq uchun juda qadrli. Yil davomida bu yerdan ziyoratchilarning qadami uzilmaydi.

Ushbu majmuadagi muzeyda o‘z mamlakati ozodligi uchun kurashgan siyosatchining hayoti va faoliyatiga oid ko‘plab ashyolar saqlanadi, muzey zallari uzra Mustafo Kamol nutqlari yangraydi, tarixiy kadrlar namoyish etiladi. Bu ziyoratchilarga o‘sha davrlar ruhini his qilishiga imkon beradi.

Mustafo Kamol Birinchi jahon urushidan keyin parchalanib, qaramlikda qolgan mamlakatni ozod etgan. 1923 yili mustaqillik e’lon qilib, hozirgi Turkiya Respublikasiga asos solgan. Mamlakatning bugungi taraqqiyotini belgilab bergan siyosiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarni amalga oshirgan. 1934 yilda mamlakat parlamentida uni Otaturk deb atash qonuniylashtirilgan.

Davlatimiz rahbari muzey bilan ham tanishdi, majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Page 6: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Tashrifning asosiy tadbirlari Turkiya Respublikasi Prezidenti saroyida bo‘lib o‘tdi. Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

O‘zbekiston bilan Turkiyani mushtarak til va tarix, o‘xshash madaniyat va an’analarga asoslangan yaqin do‘stlik va qardoshlik munosabatlari birlashtirib turadi. Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgani ham ana shu qardoshlikning yuksak ifodasi bo‘lgan edi. 1996 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan. 2017 yil oktabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga ilk davlat tashrifi chog‘ida mamlakatlarimiz hamkorligini strategik sheriklik darajasiga ko‘taradigan Qo‘shma bayonot imzolandi.

O‘tgan uch yilda aloqalar strategik sheriklik darajasiga chiqdi. Prezidentlar 7 marta uchrashdi. Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Bu ikki mamlakat ishbilarmon doiralari uchun qulay sharoit yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash, qo‘shma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirish kabi ko‘plab yo‘nalishlarda o‘z aksini topmoqda.

O‘tgan yili sentabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga to‘la huquqli a’zo bo‘ldi. O‘zbekistonning mazkur tashkilotga qo‘shilishini barcha turkiy mamlakatlar, avvalo, Turkiya Respublikasi qizg‘in qo‘llab-quvvatladi. Shu tariqa mamlakatlarimiz uchun yana bir xalqaro tuzilma doirasida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Turkiy kengashning Bokuda o‘tgan yettinchi sammiti oldidan Toshkentda Turkiy tilli davlatlar ishbilarmonlar kengashi majlisi va Investitsiya forumi tashkil etildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro manfaatli do‘stona munosabatlar izchil rivojlanmoqda. Barcha darajadagi muloqotlar keskin faollashdi. O‘zbekiston va Turkiya xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini doimiy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Hududlararo aloqalar jadal tus oldi. Toshkent va Anqara, Samarqand va Istanbul o‘rtasida amaliy hamkorlik olib borilmoqda.

Turkiya O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biridir. Keyingi yillarda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti samarasida turk biznesi vakillari yurtimizdagi faoliyatini kengaytirdi. 2019 yilda o‘zaro savdo hajmi 2,5 milliard AQSh dollaridan oshdi.

Ayni paytda Turkiya bilan 500 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bundan uch yil oldin 20 million dollar ham bo‘lmagan. O‘tgan yilning o‘zida qo‘shma shirkatlar salkam 500 taga ko‘payib, qariyb 1 ming 300 tani tashkil etmoqda.

Transport sohasidagi hamkorlik kengaymoqda. Jumladan, 2019 yilda avtomobilda yuk tashish 33 foizga, temir yo‘lda 17 foizga, havo qatnovlari orqali 42 foizga oshdi. Bugungi kunda Istanbuldan Toshkent va Samarqandga parvozlar amalga oshirilmoqda. Kelgusida Buxoro shahriga ham parvozlar rejalashtirilgan.

Page 7: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Turkiya hukumatlararo komissiyasi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, hududlar va tarmoqlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga ko‘maklashmoqda. Ayni paytda ikki mamlakatda xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni yetkazib berish va uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish orqali o‘zaro savdo hajmini muttasil oshirib borish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.

Muzokarada o‘zaro manfaatli imkoniyatlarni ishga solish, yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

Turkiya rivojlangan to‘qimachilik sanoati bilan ham mashhur. Mamlakatimizda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan to‘qimachilik korxonalari tashkil etish va yetishtirilayotgan paxtani to‘liq qayta ishlab, tayyor mahsulot uchun sertifikatlashni joriy etish va jahon bozoriga yo‘naltirish mo‘ljallanmoqda. Buning uchun Ege, Okan va Istanbul texnika universitetlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Uchrashuvda transport aloqalarini kengaytirish, Turkiya orqali Yevropaga multimodal xalqaro tashuvlarni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi. Intensiv bog‘dorchilik, baliqchilik, chorvachilik, naslchilik yo‘nalishlarida Turkiyaning ilg‘or tajribasini o‘zlashtirish, universitetlar va ilmiy markazlar bilan qo‘shma tadqiqotlar olib borish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashda madaniy-gumanitar tadbirlar, turli festivallar muhim o‘rin tutadi. Turkiya madaniyati va san’ati vakillari Samarqandda o‘tadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida muntazam ishtirok etadi. Shuningdek, turk amaliy san’ati va folklori namoyandalari yurtimizda ilk bor o‘tkazilgan Xalqaro maqom san’ati anjumani, Hunarmandchilik festivalida ham o‘z san’ati va madaniyati namunalarini taqdim etdi.

Sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim sohalarida, yetakchi tadqiqot markazlari o‘rtasida tajriba almashish hamda professional kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada o‘tgan yili Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro fakultet tashkil etilib, 131 talaba o‘qishga qabul qilinganini qayd etish o‘rinli. Turkiya bilan hamkorlikda bunday qo‘shma ta’lim dargohlarini ko‘paytirish, hududlarda tibbiyot darajasini oshirish va aholini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiy turizmni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Prezidentlar O‘zbekistonda onkogematologiya, kardiojarrohlik, oftalmologiya yo‘nalishlarida zamonaviy qo‘shma klinikalar va diagnostika markazlari tashkil etish, kichik biznes, to‘qimachilik kabi yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, klasterlar uchun mutaxassislar tayyorlash taklifi yuzasidan fikr almashdilar.

So‘nggi yillarda Turkiyadan sayyohlar oqimi ikki barobar oshdi. Jumladan, o‘tgan yili 64 ming turkiyalik sayyoh mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy muloqot va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga intilish qat’iy ekani yana bir bor tasdiqlandi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Page 8: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Davlatimiz rahbarining Turkiyaga tashrifi doirasida shu kuni Anqara shahrida Oliy darajadagi O‘zbekiston – Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bu kengash ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi muloqot formatidir. U 2018 yili davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotiga muvofiq tuzilgan.

Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida olib boradi. Siyosat, xavfsizlik va mudofaa, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, turizm, energetika, transport va tranzit, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, madaniyat, ta’lim, fan va texnika, innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash va boshqa o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Turkiya hukumatlararo komissiyasi hamraislari erishilgan natijalar to‘g‘risida mazkur kengashga doimiy axborot kiritib boradi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va Turkiya tashqi ishlar vazirligi kengashning muvofiqlashtiruvchi organlari hisoblanadi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on davlatimiz rahbarini tashrif bilan qutlab, mamlakatlarimiz parlamentlari, davlat idoralari va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi. Turkiya va O‘zbekistonning qo‘shma loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik va cheksiz hurmat uchun Turkiya rahbari va xalqiga tashakkur izhor etdi.

– Bu uchrashuv strategik sherikligimiz yuksak bosqichga ko‘tarilganining yaqqol ifodasidir. Mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda besh milliard dollarga yetkazishga qaratilgan ustuvor vazifalarni bajarishda ham ushbu kengash, albatta, muhim zamin bo‘ladi. Biz bugungi yig‘ilish natijalarini mustahkamlab, kelgusi yili bo‘lib o‘tadigan uchrashuvning kun tartibi va hamkorligimizning asosiy yo‘nalishlari haqida hozirdan o‘ylashimiz maqsadga muvofiq, – dedi davlatimiz rahbari.

O‘zbekiston bilan Turkiya hamkorligi, ayniqsa, oxirgi uch yilda ancha faollashdi. Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil oktabr oyida Turkiyaga hamda Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning 2018 yil aprelda O‘zbekistonga davlat tashriflari o‘zaro siyosiy ishonchni mustahkamlab, samarali hamkorlikka keng yo‘l ochdi.

Izchil muloqotlar va mushtarak intilishlar samarasi hamkorlik rivojida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Ikki davlat rahbarlarining qo‘llab-quvvatlashi va yaratilayotgan sharoitlar natijasida hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish mumkinligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston va Turkiya savdo vazirlari so‘zga chiqib, ikki tomonlama hamkorlik rivoji to‘g‘risida batafsil axborot berdi.

Muzokaralarda mamlakatlarimiz hamkorligiga oid barcha masalalar va ularning yechimlari, istiqboldagi asosiy vazifalar hamda qo‘shma loyihalar kelishib olindi.

Shavkat Mirziyoyev Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun Rejep Tayyip Erdo‘g‘onni O‘zbekistonga taklif qildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Strategik hamkorlik kengashining

Page 9: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

birinchi yig‘ilishi natijalari to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shuningdek, iqtisodiyot, savdo, texnologiyalar sohasiga oid hujjatlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda Rejep Tayyip Erdo‘g‘on O‘zbekiston Prezidenti tashrifidan mamnun ekanini bildirdi.

– Ilmi, ijodi bilan dunyoga ezgulik ulashgan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Ali Qushchi, Alisher Navoiy kabi buyuklarimiz tuproqlaridan salom keltirgan bu insonlarning tashrifi biz uchun juda aziz va qadrlidir. O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz mustahkam qardoshlik rishtalariga tayangan holda, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini qadrlaymiz, – dedi Turkiya Prezidenti.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi do‘stona aloqalar tarixida yangi sahifa ochgani, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, madaniy-gumanitar sohalarga oid ko‘plab masalalar atroflicha muhokama qilinganini ta’kidladi.

– Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasi muloqotimizning markaziy mavzularidan biri bo‘ldi. Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan qiymati bir milliard dollardan ortiq bo‘lgan yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bu jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldik, – dedi davlatimiz rahbari.

Aksariyat mintaqaviy va xalqaro muammolar borasida, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Turkiy tilli davlatlar kengashi doirasidagi hamkorlikka oid yondashuvlar mushtarak ekani ta’kidlandi. Zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ham muloqotni kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Ma’rifiy islomni targ‘ib etish, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida birgalikda tadbirlar o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

– Qardosh xalqlarimiz taraqqiyoti, tinch va farovon hayoti yo‘lida rivojlanib borayotgan an’anaviy do‘stlik, keng qamrovli hamda istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etishga tayyormiz. Aynan shu tamoyillar muloqotimiz yakunida imzolangan Qo‘shma bayonotda o‘z ifodasini topdi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Davlatimiz rahbari tashrif doirasida 20 fevral kuni Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashishi, Turkiya Respublikasi Prezidenti kutubxona majmuasining ochilish marosimida qatnashishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirlar Turkiya bilan iqtisodiy hamkorlikda yangi sahifa ochadi, ziyo maskaniga tashrif xalqlarimizning o‘z kelajagini yuksak ma’naviyat, o‘lmas axloqiy qadriyatlar, bilim va ma’rifat orqali ko‘rayotganining namoyoni bo‘ladi.

 HAR QAYSI DAVLAT, HAR QAYSI MILLAT INTELLEKTUAL

SALOHIYATI, YUKSAK MA’NAVIYATI BILAN QUDRATLIDIRO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya

Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 fevral kuni Anqara shahrida Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashdi. Tadbirda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi, «Gebze» uyushgan sanoat zonasi, “Ziraat” banki, «Zorlu xolding», «Joshkunoz xolding», “Ekzachibashi”, «Baykar»,

Page 10: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

«Dunyagoz», «Kanimed saglik», «Bau global», «Xavelsan» kabi qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekistonda qulay biznes muhitini yaratish bo‘yicha qilinayotgan o‘zgarishlar va xorijiy investorlarga yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar turkiyalik ishbilarmonlarning yurtimizga qiziqishini oshirdi. Jumladan, oxirgi yillarda o‘zaro savdo hajmi ikki barobardan ziyodga ortdi. Qo‘shma shirkatlar soni salkam mingtaga ko‘paydi. Transportda tashish ko‘lamlari jadal kengayib bormoqda.

Bugungi kunda Turkiya kompaniyalari mamlakatimizda qurilish, energetika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, turizm, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda. Bunda qo‘shma sarmoyaviy loyihalar ijrosi nazoratga olingani, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish rag‘batlantirilayotgani muhim omil bo‘lmoqda. 

Masalan, 2019 yilda Turkiyaning “Calik Enerji” kompaniyasi ishtirokida Navoiy issiqlik elektr stansiyasining ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi.

Mamlakatimizda 1993 yildan buyon vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatayotgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi yurtimizdagi tibbiyot va ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator loyihalar hayotga tatbiq etilishida faol qatnashib kelmoqda. 

O‘zbekistonga qiziqish bildirayotgan turk kompaniyalari tibbiyot, ta’lim, mashinasozlik kabi sohalarga investitsiya kiritish, xalqaro sifat standartlarini joriy etish orqali yuqori sanoatlashgan mahsulotlar ishlab chiqarib, uchinchi davlatlarga eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda biznes muhiti o‘zgargani, byurokratiyaga barham berilgani, xorijiy investorlarga eshiklar ochilgani, ularga erkin ishlashi uchun kafolat berilishini ta’kidladi. Jumladan, O‘zbekistonda investorlarga xuddi Turkiyadagi kabi barcha sharoitlar yaratib berilishini qayd etdi.

– O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman. Buning uchun zarur huquqiy, institutsional sharoitlar yaratib beriladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘tgan yili investitsiya bo‘yicha qonun qabul qilindi. Bu qonun bilan endilikda O‘zbekistonda investorlarning barcha huquqlari himoya qilinadi.

Prezidentimiz endilikda turkiyalik ishbilarmonlar bilan muntazam muloqot olib borilishi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida 5 nafar xodim faqat investitsiya bo‘yicha ishlashini ta’kidlab, turk tadbirkorlarini faollikka chorladi.

Uchrashuvda kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng ko‘lamda amalga oshirish, savdo, innovatsiya, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, turizm, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni faol ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Turkiyalik ishbilarmonlar o‘tgan yili O‘zbekistonga borgani, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o‘zgarishlarga, odamlarda «islohotlar tafakkuri»ga guvoh bo‘lganini ta’kidladi. O‘zbekiston bozoriga kirish, hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanini bildirdi.

Shu bilan bir qatorda "Ronesans Holding" bilan "O‘zbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga 630

Page 11: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

million yevro, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish, shuningdek, shifoxonalar va savdo markazlarini qurish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkiyaning vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro mahsulot yetkazib berish, xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy o‘quv yurtlari tashkil etish bo‘yicha aniq loyihalar muhokama qilindi. Prezidentimiz bu rejalarni ma’qullab, mutasaddilarga tez fursatlarda amaliy ishlarga o‘tish, byurokratik to‘siqlarsiz ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti devoni Xalq kutubxonasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu majmua Prezident qarorgohidan tashqari turli davlat muassasalari, kongress-xol, madaniyat markazi, masjid va Xalq kutubxonasidan tashkil topgan. 4 million bosma nashr va 120 milliondan ziyod elektron fayldan iborat fondga ega kutubxona xizmat darajasi bo‘yicha dunyodagi eng ulkanlaridan biridir. Ushbu ma’naviy boylik maskani Prezident qarorgohi – Jumhur bashkanligi saroyi yonida qurilgani ham uning ahamiyatini ko‘rsatadi.

Kutubxona arxitekturasi, shuningdek, butun majmua loyihasi turk muhandisi Shafik Birke tomonidan milliy me’morlik va zamonaviy uslublarni uyg‘unlashtirgan holda ishlangan. Loyihani yaratishda bir qancha rivojlangan davlatlar ziyo maskanlari, AQShdagi Prezident kutubxonasi, Buyuk Britaniya, Fransiya milliy kutubxonalari tajribalari o‘rganilgan.

Kutubxona qurilishi 2015 yili boshlangan. Umumiy maydoni 125 ming kvadrat metrdan iborat binoning asosiy qismi 11 qavat bo‘lib, markaziy katta gumbaz va foye, o‘qish va ko‘p tarmoqli zallar, qadimiy qo‘lyozma adabiyotlarni restavratsiya qilish laboratoriyasi, arxiv majmuasi, ko‘rgazma maydonlari, bolalar uchun audio va video ko‘rish xonalari, nashrlarni saqlash fondlari, kafelar, restoranlardan tashkil topgan.

Ushbu ma’rifat maskani eng zamonaviy texnik imkoniyatlarga ega bo‘lib, yangi formatdagi kutubxona xizmatlarini o‘zida mujassam etgan.

Ochilish marosimida butun dunyodan ikki mingga yaqin mehmon –olimlar, yozuvchilar, ta’lim va madaniyat namoyandalari, davlat va jamoat arboblari qatnashdi. Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti tomonidan taklif etilgan oliy darajadagi yagona mehmon bo‘ldi.

Bunda ham o‘ziga xos chuqur ma’no bor. Davlatimiz rahbarining kitobga mehri, kitobxonlik targ‘ibotiga e’tibori bo‘lakcha. Ma’rifat, ta’lim, yoshlar tarbiyasiga oid xalqaro tashabbuslari ham barchaga ma’lum. Joriy yil O‘zbekistonda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb e’lon qilingani ham ilmga e’tiborning yana bir dalolati.

Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.Davlatimiz rahbari shunday muhim va shukuhli voqeaga taklif uchun

minnatdorlik bildirib, qardosh turk xalqini ushbu ilm-ma’rifat maskani bilan muborakbod etdi.

Page 12: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

– Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa, avvalo, insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda, – dedi Prezidentimiz.

O‘zbek va turk xalqlarining ildizi bir, ma’naviyati mushtarak. Imom Buxoriy, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro, Alisher Navoiy merosi xalqlarimizning milliy yuksalishiga katta hissa qo‘shgan. Qozizoda Rumiy Samarqandda mudarrislik qilgan. Ali Qushchi hayotining so‘nggi yillarini Istanbulda o‘tkazgan. Abdurauf Fitrat, Muhammadsharif So‘fizoda, Said Ahroriy kabi ko‘plab jadid bobolarimiz Turkiyada tahsil olgan.

Bugungi kunda Istanbulda Abu Rayhon Beruniy nomidagi universitet bor. Turkiya kitob fondlarida Alisher Navoiy asarlarining 100 dan ortiq qo‘lyozmalari saqlanib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari yurtimizda zamonaviy maktablar, ilmiy-ma’rifiy markazlar tashkil etilayotganini ta’kidladi.

Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, shuningdek, hadis, kalom, aqiyda, tasavvuf, fiqh maktablari ochilgan. Toshkent shahrida ko‘p asrlik ma’rifat xazinasini namoyon etadigan, fundamental tadqiqotlar olib boriladigan Islom sivilizatsiyasi markazi bunyod etilmoqda.

Bu yil ulug‘ allomalar Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband tavalludlariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy tug‘ilganining 145 yillik sanasi nishonlanadi. Shuningdek, joriy yilda Buxoro shahri “Islom madaniyati poytaxti”, Xiva shahri “Turkiy dunyo madaniyati poytaxti” deb e’lon qilingani munosabati bilan bir qator xalqaro anjumanlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Prezidentimiz turkiyalik olimlar, adabiyotshunos va dinshunoslarni ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirlarga taklif etdi. O‘zbekistonning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod noyob qo‘lyozma asarlar saqlanayotgani, ularning aksariyati o‘z tadqiqotchilarini kutayotganini ta’kidladi.

Turkiya Prezidenti ushbu quvonchli ayyomda O‘zbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga ishtirok etayotgani uchun tashakkur izhor etdi.

– O‘zbekiston biz uchun madaniy tasavvurimizni shakllantirgan, olimlarni yetishtirgan, ilm, irfon va ma’naviy dunyomizni ta’minlagan hayotiy manbalarimizdan eng muhimidir, – dedi Rejep Tayyip Erdog‘an. – Ilm muhiti asrlar davomida Toshkent bilan Anqara, Samarqand bilan Konyo, Buxoro bilan Bursa, Xiva bilan Edirneni bog‘lab, o‘zaro boyitgandir. Bu kun Xalq kutubxonasini Janobi Oliylari bilan birgalikda ochib, mushtarak madaniyatimiz haqida butun dunyoga muhim bir ishora bermoqdamiz.

Shavkat Mirziyoyev dunyoda o‘ta noyob bo‘lgan “Usmon Mushafi”ning xattotlarimiz tomonidan ko‘chirilgan nusxasi, Jaloliddin Rumiyning mashhur “Masnaviy” asari hamda Abu Bakr ar-Roziyning “Kasalliklar tarixi” asari qo‘lyozmalarining faksimile nusxalari, “Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi tasviriy nusxalari” nomli kitob-albom, Yunus Emro she’rlarining o‘zbek tiliga tarjimasi jamlangan “O‘lmas ko‘ngul” deb nomlangan kitoblarni kutubxonaga tuhfa qildi.

Page 13: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Shuningdek, Turkiya Respublikasi Prezidenti devoni Xalq kutubxonasiga 350 dan ziyod turli mavzudagi kitoblar taqdim etildi.

Davlat rahbarlari rafiqalari hamrohligida Turkiya Respublikasi Prezidenti devoni Xalq kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi mazkur mahobatli koshonaning birinchi faxriy mehmonlari bo‘lishdi.

Noyob kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbariga noyob kitoblardan birini sovg‘a qildi. Davlat rahbarlari birgalikda O‘zbekistondan keltirilgan kitoblar ko‘rgazmasi bilan ham tanishdilar.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga tashrifi yakunlandi. Oliy darajadagi O‘zbekiston – Turkiya muloqotining yangi formatiga asos solgan ushbu tashrif mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning muhim istiqbollarini belgilab berdi. O‘tkazilgan uchrashuv hamda muzokaralar, imzolangan hujjatlar, erishilgan kelishuvlar ikki davlat munosabatlari va qardosh xalqlar do‘stligini har tomonlama mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING TURKIYA RESPUBLIKASI PREZIDENTI DEVONI XALQ KUTUBXONASINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMIDAGI

NUTQIMuhtaram Prezident Janobi Oliylari, aziz qardoshim!Hurmatli tadbir ishtirokchilari!Xonimlar va janoblar!Avvalambor, mana shunday g‘oyat muhim va shukuhli

marosimgataklifqilganlariuchunTurkiyaRespublikasiPrezidentiRejepTayyipErdog‘anJanobi Oliylariga, muhtaramaEmineXonim Oliyalariga, qardosh turk xalqiga chin qalbimdan minnatdorchilik izhor etaman.

Muhtaram do‘stlar!Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi navbatda o‘zining

intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa, avvalo, insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda, desak, adashmagan bo‘lamiz.

Barchangizni qadrli birodarimErdog‘anJanobi Oliylarining tashabbusi va rahnamoligida barpo etilgan Turkiya Prezidenti devonining Xalq kutubxonasi bilan samimiy muborakbod etaman.

Qadimiy va zamonaviy me’morchilik an’analari, muhandislik san’atining eng so‘nggi yutuqlarini, turk xalqining buyuk o‘tmishi, bunyodkorlik salohiyati, boy ma’naviy olamini o‘zida yorqin mujassam etgan bu mahobatli koshona har qanday yuksak tahsinga munosibdir.

Agar azim Anqara Turkiya mamlakatining toji bo‘lsa, ushbu kutubxona ana shu tojga o‘rnatilgan eng yorqin, eng go‘zal gavharlardan biri bo‘libdi.

Bu tengi yo‘q ma’rifat qasri barchangizga, butun Turkiya xalqiga muborak bo‘lsin.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!Biz Turkiya Respublikasi O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib

tan olganini hamisha minnatdorlik bilan eslaymiz.

Page 14: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Bugungi kunda go‘zal mamlakatingiz ulkan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy salohiyatga ega bo‘lgan davlat sifatida dunyoda tobora ravnaq va shuhrat topib bormoqda.

Zamonamizning yirikdavlatvasiyosatarbobiRejepTayyipErdog‘anJanobi Oliylari rahbarligida Turkiya xalqi erishayotgan barcha yutuqlar zamirida, avvalambor, inson omiliga, ilm-ma’rifatga beqiyos e’tibor mujassam ekanini biz yaxshi bilamiz. Sizlarning bu boradagi noyob tajribangizni o‘rganishga doimo intilamiz.

So‘nggi yillarda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va xalqlarimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan do‘stlik va hamkorligimiz tarixida mutlaqo yangi sahifa ochildi. Kecha bo‘lib o‘tgan Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bu yo‘ldagi yangi amaliy qadamdir.

Bugungi kunda O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik kengashiga qo‘shildi. Biz barcha a’zo mamlakatlar qatori Turkiya bilan munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish uchun faol harakat qilmoqdamiz. Davlatlarimiz o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport va kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda.

Ilm-ma’rifat va kitobxonlik madaniyatiga bo‘lgan katta qiziqish va e’tibor xalqlarimizni o‘zaro yaqinlashtiradigan bebaho qadriyatdir.

Mamlakatimizda 2020 yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilganimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ulug‘vor g‘oyamizga to‘la mos keladi.

Aziz qardoshlar!Tarix sahifalariga nazar solsak, xalqlarimizning madaniy hamkorligi olis

davrlardan boshlanganiga guvoh bo‘lamiz. Rumelida tug‘ilib kamolga yetgan QozizodaRumiybuyuk davlat arbobi va alloma Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining asoschilaridan biri bo‘lganini biz iftixor bilan eslaymiz.

O‘z navbatida, Mirzo Ulug‘bekning sadoqatli shogirdi, mashhur astronom va matematik Ali Qushchi hayotining so‘nggi yillarini Turkiyada o‘tkazgani va bu yurtda aniq fanlar rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini ham barchamiz yaxshi bilamiz. Ali Qushchining nabirasi Mirim Chalabiy ham bobosi singari atoqli alloma bo‘lib tanilgan va bunda turk ilmiy-ma’rifiy muhitining ulkan xizmatlari borligi shubhasiz.

O‘zaro madaniy hamkorligimiz haqida so‘z borganda, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning bu jarayonda g‘oyat muhim o‘rin tutganini ta’kidlash lozim. Tarixiy manbalar XV asrda turk hukmdori Boyazid Ikkinchining Sulton Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy bilan maktublar va elchilar orqali o‘zaro muloqotda bo‘lganidan guvohlik beradi.

Turkiyaning mashhur olim va adiblari Alisher Navoiyni turkiy dunyoning eng buyuk shoiri, turk tilining himoyachisi sifatida ulug‘lab keladilar. Turkiya kitob fondlarida benazir shoirimiz asarlarining 100 dan ortiq qo‘lyozmalari saqlanayotgani ham shundan dalolat beradi.

Alisher Navoiy bebaho ijodi bilan bugun ham turkiy xalqlarni ma’naviy jihatdan birlashtirishga xizmat qilib kelmoqda.

Qadrli anjuman ishtirokchilari!Xalqimiz tarixining og‘ir va murakkab davri, ya’ni XX asr boshida jadid

bobolarimiz Vatanimiz mustaqilligi yo‘lida fidoyilik bilan kurashganlar. Bu borada

Page 15: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

ular turkiyalik ma’rifatparvarlar bilan faol hamkorlik qilganlari, bu diyorda ta’lim olib, yangi g‘oya va qarashlarga ega bo‘lganlarini yaxshi bilamiz.

O‘sha yillarda Abdurauf Fitrat, Muhammadsharif So‘fizoda, Said Ahroriy singari atoqli adib va arboblarimiz Turkiyada tahsil olganlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ibrat, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon kabi o‘nlab ulug‘ vatandoshlarimiz turk madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topganlar. Ming afsuski, ularning aksariyati mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lganlar.

Bugungi kunda biz O‘zbekistonda jadidchilik harakatining noyob merosini chuqur o‘rganish bo‘yicha katta ishlarni boshladik. O‘tgan yili mumtoz adibimiz Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligini keng miqyosda o‘tkazdik. Bu yil mashhur jamoat arbobi, alloma va adib Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasini nishonlaymiz. Biz bu ajdodlarimizning ibratli hayoti va faoliyatini qancha ko‘p o‘rgansak, bizni o‘ylantirayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz.

Ayni paytda o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari bilan bir qatorda zamonaviy shoir va yozuvchilarimizning asarlari ham Turkiyada muntazam nashr etilayotganini biz yuksak baholaymiz. Mamlakatingizning bir qator oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitilayotgani, Istanbulda buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy nomidagi universitet faoliyat olib borayotgani bizni mamnun etadi.

Go‘zal va betakror turk diyorida o‘zbek xalqi tarixi va madaniyati bilan bog‘liq o‘nlab joy nomlari – mahalla va markazlar, takyalar yuz yillar davomida bezavol saqlanib kelmoqda. Bunday bag‘rikenglik va do‘stona munosabat uchun Turkiya rahbariyati va xalqiga yana bir bor tashakkur bildirishga ijozat bergaysiz.

Bizning yurtimizda ham turk adabiyoti va san’atiga qiziqish tobora ortib, ular ilmiy va ta’lim maskanlarida keng o‘rganilmoqda. Mavlono Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro, Ahmad Posho, Saydi Ali Rais Kotibiy,Toshlijali Yahyo, Hamdi Chalabiy singari buyuk shoirlar ijodini xalqimiz sevib o‘qiydi.

Shu bilan birga, zamonaviy turk adabiyoti, xalq dostonlari, antologiyalar o‘zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarimizning ma’naviy mulkiga aylanganini ta’kidlash lozim.

Aziz qardoshlar!Biz ilm-ma’rifatni keng ma’noda tushunamiz. Shu sababli yurtimizda

dunyoviy ta’lim dargohlari bilan birga diniy maktab va madrasalar, ilmiy-ma’rifiy markazlar tashkil etilmoqda. Xususan, Toshkent shahrida ko‘p asrlik ma’rifat xazinasini o‘zida mujassam etadigan, fundamental tadqiqotlar olib boriladigan Islom sivilizatsiyasi markazini bunyod etmoqdamiz.

Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda boshqa fanlar qatori hadis, kalom, aqida, tasavvuf, fiqh ilmlari chuqur o‘rganilmoqda.

Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Bu yil hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy, aqida ilmida maktab yaratgan allomalar – Abu Mansur Moturidiy va Abu MuinNasafiygabag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazish niyatidamiz. Shuningdek, ulug‘ alloma – nasli-nasabi turkiyalik bo‘lgan Abduxoliq G‘ijduvoniy hazratlarining, Bahouddin

Page 16: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Naqshband bobomizning tavallud ayyomlarini, Mir Arab madrasasining 500 yilligini ham yuqori saviyada o‘tkazishni niyat qilganmiz.

2020 yil Buxoro shahri – “Islom madaniyati poytaxti”, Xiva shahri – “Turkiy dunyo madaniyati poytaxti”, deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan joriy yil davomida mamlakatimizda bir qator xalqaro anjumanlar tashkil etiladi. Turkiyalik muhtaram olimu ulamolarimiz ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirlarning aziz mehmonlari bo‘ladilar, deb ishonaman.

Qadrli do‘stlar!Hozirgi kunda O‘zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod

noyob qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Biroq, aytish kerakki, ularning aksariyati hamon o‘z tadqiqotchilarini kutib turibdi. Bu ma’naviy xazinani har tomonlama chuqur o‘rganish va ommalashtirish oldimizda turgan muhim va sharafli vazifadir.

Fursatdan foydalanib, men O‘zbekiston va Turkiya universitetlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga da’vat etaman. Bu jarayonlarda Turkiyaning bugun ochilayotgan ushbu eng ulkan kutubxonasi va 150 yillik tarixga ega bo‘lgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbuskor bo‘ladilar, deb umid qilaman.

Qadrli anjuman ishtirokchilari!Bugun Turkiyada katta shodiyona, ta’bir joiz bo‘lsa, ma’naviyat va ma’rifat

to‘yi bo‘lib o‘tmoqda. Bizning xalqimizda “To‘yga to‘yona bilan bormoq lozim”, degan hikmatli so‘z bor.

Shunga ko‘ra, biz Turkiya Prezidenti devonining Xalq kutubxonasiga 350danziyod turli mavzudagi kitoblarni keltirdik. Ularning orasida dunyoda o‘ta noyob bo‘lgan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanayotgan “Usmon Mushafi”ning mohir xattotlarimiz tomonidan ko‘chirilgan nusxasi ham bor.

Butun islom olamining faxri bo‘lmish mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlarining mashhur “Masnaviy” asari qo‘lyozmasining facsimile nashrini siz, azizlarga taqdim etamiz.

Ma’lumki, buyuk alloma Abu Bakrar-Roziyning “Kasalliklar tarixi” nomli asari butun dunyoda shuhrat qozongan. Bu kitobni XVIII asrda istanbullik tabib, shoir va xattot Muhammad Rafi’arabchadan turk tiliga tarjima qilib, o‘z qo‘li bilan ko‘chirgan. Biz keltirgan kitoblar ichida ushbu qo‘lyozmaning faksimile nusxasi ham bor.

Ayni vaqtda “Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi tasviriy nusxalari” nomli kitob-albom adabiy hamkorligimizning chuqur tarixiy ildizlaridan dalolat beradi.

Nafaqat Turkiya, balki butun musulmon olamining otashnafas shoiri bo‘lgan Yunus Emroning “O‘lmas ko‘ngul” nomli yangi kitobi yaqinda mamlakatimizda o‘zbek tilida nashr etildi. Men ushbu kitobga “So‘zboshi” yozish sharafiga muyassar bo‘lganimdan baxtiyorman.

Ijozatingiz bilan Yunus Emroning do‘stlik haqidagi she’riy satrlarini keltirmoqchiman:

Mening tilim – qush tilidur,Mening qo‘lim – do‘st qo‘lidur.Men bulbulman, do‘st gulimdur,Biling, gulim so‘lmas mening.

Page 17: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik kengashi doirasida “Turkiy adabiyot xazinasi” ruknida 100 jildlik kitoblar turkumini nashr etish g‘oyasini ilgari surgan edi. Ana shu ezgu tashabbusning ilk samarasi o‘laroq, Yunus Emroning ushbu asarini ham Prezident devoni Xalq kutubxonasiga taqdim etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!Aziz do‘stlar!Sizlarni bugungi tantanali marosim bilan yana bir bor chin yurakdan

qutlayman.Bu muazzam kutubxona Turkiya xalqi, Turkiya yoshlari uchun, ilm-

ma’rifatni yuksak qadrlaydigan barcha insonlar uchun chinakam ma’naviyat saroyiga aylanishini qodir Allohdan so‘rab qolaman.

E’tiboringiz uchun tashakkur.

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI MAVZUSIDA O‘TKAZISH UCHUN

TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR“Sog‘lom turmush tarzi – farovon hayot asosi”

Turmushda odam turli xil salbiy tassurotlar, nojo‘ya holatlar va sharoitlarga tushib qolishi mumkin. Bularning oldini olish uchun aholining o‘z salomatligiga bo‘lgan munosabatlarini tarbiyalash va tibbiy bilimlarni tag‘ib qilish zarur.

Sog‘lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, u unumli mehnat, faol dam olish, badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, shahsiy gigiyenaga rioya qilish, oqilona ovqatlanish, zararli odatlardan o‘zini tiyish, har yili shifokor ko‘rigidan o‘tib turish va shu kabi boshqa ko‘plab tarkibiy qismlardan iboratdir. Jamiyatning har bir a’zosi bularni o‘z turmush tarziga tatbiq etsa, sog‘lom hayot kechiradi.

Odamlarda inson uchun eng bebaho boylik bo‘lgan o‘z sog‘lig‘ini saqlashga to‘g‘ri va mas’uliyatli munosabatda bo‘lish, sog‘lom turmush tarzi, o‘z hayot faoliyatini oqilona tashkil qilish, salomatlik uchun zararli va xatarli odatlardan voz kechish, sog‘lom bo‘lish, jismoniy va ruhiy jihatdan uyg‘un kamol topishga yo‘naltirilgan hayotiy falsafani shakllantirish lozim.

Qadim davrlardan filosoflar, vrachlar salomatlik va xastalikni insonning tabiatiga, hayot faoliyatiga, hulqiga, turmush tarziga bog‘lab o‘rganishga harakat qilishgan. Tibbiyotning otasi bo‘lmish Gippokrat o‘z davrida: “Inson faoliyati qanday bo‘lsa, uning o‘zi shunday, uning tabiati va kasalliklari shunday”- degan edi. Demak ,inson sog‘lom bo‘lishi uchun uning faoliyati, hatti harakati, turmush tarzi sog‘lom bo‘lishi lozim.

Turmush tarzi deganda tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllangan insonlar xatti-harakatining, faoliyatining majmuiy ko‘rinishi tushiniladi. Aniq tarixiy taraqqiyot jarayoniga asoslangan urf-odatlar vaqt mobaynida takrorlanib turadi. Ular, o‘z navbatida, ehtiyoj bo‘lib qolgan harakatlarni, odatlarni, turmush xarakterini yuzaga keltiradi. Alohida shaxs turmush tarzining kompleks ko‘rsatkichlari qatoriga turmush xarakteri, turmush darajasi, turmush stili kiradi.

Page 18: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Turmush darajasi deganda, odamlarning ovqatlanishi, ma’lumoti, ish bilan ta’minlanganlik, ish sharoiti, yashash sharoiti, ijtimoiy ta’minlanganlik, dam olishi, kiyinishi, bo‘sh vaqtdan foydalanishi, huquqi tushuniladi.

Aholi salomatligini mustahkamlashda xuddi shu tushunchalarga asosiy kuchlar qaratilgan bo‘lishi kerak. JSST konsepsiyasiga muvofiq, sog‘liqni mustahkamlash, salomatlikni yaxshilash, unga ta’sir etuvchi omillar ustidan shaxs va jamiyatning nazoratini kuchaytirish uchun sharoitlarni yaratish lozim.

Shunday qilib, salomatlikni mustahkamlash — insonga o‘z salomatligini yaxshilash va nazorat qilishga imkon yaratuvchi jarayondir.

Sog‘lom turmush tarzi o‘z ichiga insonning hayotga intilishlarini, sog‘liqini mustahkamlash va uning buzilishining oldini olishga qaratilgan hatti-harakatlarining yig‘indisini qamrab oladi. Demak, sog‘lom turmush tarzi — odamlarning o‘z salomatliklarini saqlash va yaxshilashga qaratilgan faoliyatidir.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishning muhim yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:

• salomatlikni saqlashni ta’minlovchi omillarni targ‘ib etish;• mehnat gigiyenasi;• sog‘lom jinsiy aloqa;• ratsional ovqatlanish;• shaxsiy gigiyena;• dam olish gigiyenasi;• optimal harakat rejimi;• jismoniy tarbiya va sport;• stresslar, zo‘riqishlar bilan oqilona kurashish;• organizmni chiniqtirish;• er-xotin munosabati gigiyenasi va oilani rejalashtirish gigiyenasi;• psixogigiyena;• tibbiy-ijtimoiy faollik;• atrof-muhit gigiyenasi;• salomatlikka zarar yetkazuvchi xavf omillari.Aholini gigiyenik tarbiyalash va o‘qitish maktabgacha tarbiya va boshqa

o‘quv muassasalarida amalga oshirilishi va o‘rgatilishi kerak, ishchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vaqtida ularning o‘quv dasturiga gigiyenik bilimlarni kiritish zarur.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining (JSST) ta’rificha: salomatlik-bu nafaqat kasallik va jismoniy kamchiliklarning bo‘lmasligi, balki sog‘lom, jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatga ega bo‘lishlikdir. Shaxs, inson salomatligi - bu nafaqat kasallik, xastalik, yoki jismoniy kamchiliklarning yo‘qligigina emas balki, insonning barcha a’zo va organlari faoliyatining tashqi tabiiy va ijtimoiy muhit bilan garmonik mutanosibligi, insonning ijtimoiy, biologik va ruhiy holatining uyg‘unligidir.

Insonlar o‘z salomatligini saqlash, yaxshilash, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanmas ekan, sog‘liqni saqlashga qaratilgan barcha tadbirlar samarasiz bo‘lib qolaveradi. Shunday qilib, birlamchi profilaktikaning muhim komponentlaridan biri sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat.

Page 19: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Sog‘lom turmush tarzi tarafdorlarining fikricha, odamlarning sog‘-salomat bo‘lishining, faol mehnat qilishning, uzoq umr ko‘rishning hamda baxtli va saodatli yashashning quyidagi shartlari bor :

Birinchi shart: Ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilish. Bu – kundalik iste’mol qiladigan oziq-ovqatlarni kishi tanasidagi fiziologik, biologik talablar asosida tashkil etish. To‘g‘ri ovqatlanish shunday tashkil etilishi kerakki, u o‘zining fizik, kimyoviy hamda biologik xususiyatlari bilan inson tanasiga og‘irlik qilmasligi, aksincha, tez va oson hazm bo‘lib, organizmni kerakli oziq moddalar bilan ta’minlay olishi lozim.

Ovqatlanish. To‘g‘ri, ratsional ovqatlanish va energetik balansni saqlash ko‘pgina noinfeksion kasalliklarning profilaktikasi uchun poydevor hisoblanadi. Ratsional ovqatlanish degani nima?

Ratsional ovqatlanish deganda, insonning jinsi, yoshi, ish xarakteri va boshqa omillarni hisobga olgan holda, faol uzoq umr ko‘rish, yuqori jismoniy va aqliy ish qobiliyati, tashqi muhit zararli omillariga qarshilikni oshiruvchi va sog‘liqni saqlashga yordam beruvchi fiziologik to‘la qiymatli ovqatlanish tushuniladi. Ratsional ovqatlanishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

• ovqat ratsionining energetik qiymati;• ovqat ratsionining asosiy komponentlar bilan muvofiqlashtirilganligi

(oqsillar, yog‘lar, vitaminlar, uglevodlar, mikroelementlar);• ovqat iste’mol qilish rejimi va sharoiti.Tug‘ri ovqatlanishni shunday tashkil etilishi kerakki, u o‘zining fizik,

kimyoviy hamda biologik xususiyatlari bilan inson tanasiga og‘irlik qilmasligi, aksincha, tez va oson xazm bo‘lib, organizmni kerakli oziq moddalar bilan ta’minlay olishi lozim.

Ovqatlanish kunning ma’lum bir vaqtida bo‘lishi zarur, uyqudan 2-3 soat oldin ovqatlanish kerak, ovqatlar xilma-xil bo‘lishi lozim, oqsilli ovqatlar (mol, tovuq, baliq go‘shtlari, tuxum, pishloq) ratsionda bir marotabadan kam bo‘lmasligi kerak, haftasiga 1-2 kun ko‘proq miqdorda ko‘katlar, sabzavotlar va mevalar iste’mol qilib vegetarin kuni deb e’lon qilinishi lozim, kunlik ovqat tarkibida kamida bir marotaba ho‘l meva va sabzavotlar bo‘lishi kerak (salatlar, pyurelar, sharbatlar va boshqalar), ratsionda sabzavotli ovqatlar (karam, lavlagi va sabzi), olma, yong‘oqlar, malina, qulupnay va boshqalar bo‘lishi talab etiladi, yog‘li go‘sht tanavvud qilganda, albatta hazm qilishni yaxshilaydigan salatlar, ayniqsa ko‘katlar iste’mol qilish kerak. Shakar va tuzni me’yorida iste’mol qilish kerak. Shakar o‘rnini asal, quritilgan xurmo yoki mag‘izga almashtirish mumkin, ovqatni yaxshilab chaynash kerak. Ovqatni yaxshilab chaynasangiz, siz uni oson hazm bo‘lishiga, hazm qilish tizimi ishini yengillashtirishga yordam berasiz, to‘yish hissi paydo bo‘lganda ovqat iste’mol qilinishi to‘xtatilishi kerak.

Ratsionida organizmni emotsional holatlariga chidamliligini oshiruvchi, oqsil va vitaminlarga boy mahsulotlarni ko‘paytirish tavsiya qilinadi. Oziq-ovqat mahsulotlarning ayrimlari aql-idrokni, asab tizimini barqarorligiga, tez va chuqurroq o‘ylashga hamda boshqalarga yordam beradi.

Yoshlarning me’yorida – oqilona ovqatlanmasligi o‘sish va jismoniy rivojlanishni kechiktiradi, xastalikka olib keladi.

Sog‘lom ovqatlanish, ortiqcha ovqatlanish, yetishmaydigan ovqatlanishlar tafovut qilinadi.

Page 20: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Sog‘lom ovqatlanish— urf-odat, an’anani hisobga olib turli aholi guruhlarining ratsional ovqatlanishida ilmiy asoslangan, ehtiyojni qondirishni ta’minlaydigan, kasalliklar profilaktikasi va sog‘liqni mustahkamlashga yordam beradigan, turli ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga asoslangan ovqatlanish.

Shaxsga nisbatan sog‘lom ovqatlanish ratsional ovqatlanishning sinonimi sifatida qaraladi.

Ortiqcha ovqatlanish — ovqat mahsulotlarini sistematik ravishda haddan tashqari iste’mol qilish (masalan, tuz, yog‘, qandlar va boshq.) yoki ovqat ratsioni energetik sig‘imining jismoniy talabga to‘g‘ri kelmasligi.

Yetishmaydigan ovqatlanish — miqdor jihatidan kam, sifati past ovqat moddalari yoki alohida komponentlarni qabul qilish, ovqat ratsioni kaloriyasining fiziologik ehtiyojni qondirmasligi.

Ijtimoiy muhim, surunkali noinfeksion kasalliklarning tarqalishida keragidan ortiq ovqatlanish alohida xavf tug‘diradi. U yurak-qon tomir, oshqozon-ichak, o‘pka-bronx tizimi, moddalar almashinuvi kasalliklari, tayanch-harakat a’zolari, xavfli o‘sma kasalliklarini yuzaga keltiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sabzavot va kletchatkalar ko‘p iste’mol qilinsa, yog‘ning iste’moli kamaytirilsa, ba’zi o‘sma kasalliklarining oldini olish mumkin ekan. Ortiqcha ovqatlanish qonda xolesterin miqdorining oshishi, ortiqcha tana vazni, ortiqcha tuz iste’mol qilish kabi xavf omillarining paydo bo‘lishiga olib keladi.

Tana vaznining ortiqligi. Mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, iqtisodiy rivojlangan davlatlarning 11 dan 38% gacha aholisining 25—64 yoshida semizlik kuzatiladi. Yog‘larning ortiqcha yig‘ilishi (ko‘pincha, qorin qismida) arterial bosimning oshishi, lipid almashinuvining buzilishi, insulinli diabet va boshqalar kabi kardiologik kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Semizlik buyrak, nafas funksiyasiga, hayz davrining buzilishiga, qo‘l-oyoqlarning osteoartroziga olib kelishi, o‘t qopi tosh kasalliklarining rivojlanish xavfini oshirishi haqida aniq ma’lumotlar bor. Hozirgi kunlarda semizlik rivojlanayotgan hamda rivojlangan davlatlarda epidemiya tusini olgan. Katta yoshdagi 50% ga yaqin aholi tana vaznining indeksi me’yoridan ko‘p.

JSST semirish profilaktikasi bo‘yicha qator tadbirlarni tavsiya etadi: tana vaznining oshishida kam jismoniy faollikning rolini aholiga tushuntirish; o‘zining vaznini to‘g‘ri baholash; ish joyida jismoniy mashqlarni bajarish va hokazo.

Ikkinchi shart:Jismoniy faollik, hayot – harakatdadir. Inson kundalik hayotida jismoniy mashqlar, sport o‘yinlari, badanni chiniqtiruvchi muolajalar bilan ko‘proq shug‘ullansa, uning tanasidagi fiziologik, biologik jarayonlar tezlashadi va oqibatda kayfiyati ko‘tariladi, ishchanligi ortadi. Shubhasiz, bu salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.XX asrning 2-yarmiga kelib kam harakatli hayot tarzi ommaviy tus oldi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan davlatlarda jismoniy kuch talab qiladigan ish kam qolgan. Urbanizatsiya, avtomatizatsiyaning rivojlanishi odam hayot tarzini kam harakatli qilib qo‘ydi, vaholanki, million yillar oldin evolyutsiya jarayonida insonning asosiy mashg‘uloti ovchilik, o‘simlik va mevalar yig‘ishdan iborat bo‘lgan.

Jismoniy faollik susayib borar ekan, avvaliga quvvat sarfi kamayib, so‘ng to‘qimalarning qon, kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanishi yomonlashadi.

Yurak mushak tolalarining tuzilishida o‘zgarishlar paydo bo‘lib, organizmni idora etuvchi tuzilma holati, jumladan gormonal va asab tizimining ishi

Page 21: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

buziladi.Kam harakat qilish, ko‘p o‘tirish natijasida mushaklar erta quvvatsizlanib, bo‘shashib qoladi, kishining qaddi bukilib, fiziologik qarish jarayoni tezlashadi.

Ko‘pchilik aholi kunning ko‘proq qismini kam harakatli turmush tarzida olib borishadi, ularning jismoniy harakatlanishi kamroqdir. Kam jismoniy faollik (gipodinamiya) mushaklar atrofiyasini rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Agar gipodinamiya ovqat ratsionidagi buzilishlar (ko‘p miqdorda yuqori kaloriyalik ovqatlar) bilan birgalikda kuzatilsa bu holat semizlikka sabab bo‘ladi.

Hozir iqtisodiy rivojlangan davlatlarda har 2-odam o‘tirib ishlaydigan hayot tarzini olib boradi, bu proporsiya katta yoshli shaxslarda ko‘paymoqda. Kam harakatli hayot tarzi, semizlik, modda almashinuv jarayonining buzilishi, o‘z navbatida, ijtimoiy muhim, ahamiyatli kasalliklarning tarqalishiga olib kelmoqda.

Jismoniy faollik sog‘lom turmush tarzining kalitli shartlaridan biri hisoblanadi. U insonni nafaqat jismoniy kelishgan, balki uning sog‘lig‘ini ham ahamiyatli darajada yaxshilaydi, hayot davomiyligi ayniqsa uning faol qismiga ijobiy ta’sir qiladi.

Doimiy jismoniy faollik to‘satdan o‘limni, qon bosimini ortishini, qandli diabetning 2 tipini, yo‘g‘on ichak rakini hamda ruhiy buzilishlarni kamaytiradi, shuningdek u tana vazni nazoratini, suyak to‘qimasi mustahkamligini hamda hayot sifatini yaxshilaydi.

Jismoniy faollik nafas olish tizimi, yurak-qon-tomir tizimi, hatti-tayanch apparati holatini hamda boshqa a’zolar ishini muvofiqlashtiradi, ortiqcha tana vaznini kamaytiradi, shu bois semirishni oldini oladi, insonni stress va depressiyaga bardoshligini oshiradi va uyqusini yaxshilanishiga olib keladi. Shuningdek jismoniy faollik ruhiyatga endokrin gormonini ishlab chiqishi tufayli ta’sir ko‘rsatadi, bu esa inson o‘zini yaxshi his qilishiga va kayfiyatini oshishiga sabab bo‘ladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib JSST fikricha, muntazam jismoniy faollik turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lishi kerak. JSST ko‘pgina profilaktika dasturiga bolalar va o‘smirlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish komponentlarini kiritadi. Ba’zi hukumatlar milliy tashkilotlar va sport klublari bilan birgalikda faol turmush tarzini rag‘batlantirish uchun ijtimoiy marketing dasturlarini tuzganlar. Dasturlar turmush tarzini o‘zgartirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ratsional ovqatlanish va jismoniy mashqlarni birgalikda olib borishni tavsiya etadi, chunki noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq semizlik qon bosimining oshishi, giperxolesterinemiya kabi buzilishga olib keladi.

Uchinchi shart: Kun va ishni biologik rejimlar asosida tashkil qilish. Koinotda tabiiy hodisalar ma’lum bir tartib asosida takrorlanadi. Xususan, quyoshning har kuni ma’lum vaqtda chiqishi va botishi, yil fasllarining har yili takrorlanishi tabiatdagi barcha harakatlarning ma’lum bir tartibga bo‘ysuntirilganligi misol bo‘la oladi. Xuddi, shuningdek, tartibli harakatlar kishi badanida ham sodir bo‘ladi. Masalan, yurakning har daqiqada 70–75 marotaba bir maromda urishi, nafas olishning bir daqiqada 16–20 marta takrorlanishi kishi tanasida ma’lum bir qonuniyat borligidan darak beradi. Bunday tartibda solingan biologik hodisalar 100 dan ortiq. Odam tanasi to‘qimalaridagi o‘zgarishlar ham shu qonuniyatga bo‘ysunadi. Demak, tabiatdagi va tanamizdagi hodisalar o‘ziga xos qoidalarga amal qilar ekan, biz kundalik turmushimizni ma’lum bir tartib asosida tashkil etishimiz va bu tartib badanimizdagi o‘zgarishlarga mos bo‘lishi

Page 22: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

kerak. Masalan, inson paydo bo‘lganidan beri uning tanasidagi faollik kunduzi ortadi, kechasi susayadi. Bordi-yu, biz shu tartibga bo‘ysunmay faqat ovqat yeyish, ichkilikbozlik va turli nomaqbul ishlar bilan band bo‘lsak, bunday holat sog‘lig‘imizga katta zarar yetkazadi. Shuningdek, ish kuni, dam olish vaqti to‘g‘ri rejalashtirilgan bo‘lishi kerak.

Mehnatni va dam olishni to‘g‘ri tashkil etish, ya’ni kun va ishni biologik rejimlar asosida tashkil qilish. Ratsional mehnat va hordiq rejimining asosiy maqsadi – bu ishlash qobiliyatini optimal darajada ushlab turish hisoblanadi.

Mehnat va hordiq insonning asosiy fiziologik jihatlaridan biri bo‘lib, alohida a’zolarning, qolaversa, butun organizmning hayot faoliyatini ortishi va pasayishi davrlarini bioritmik tarzda ketma-ket amalga oshirilishi hisoblanadi. Talabalarning o‘quv jarayoni davomida kam harakat qilishi, bir xilda majburiy holatda uzoq vaqt o‘tirishi moddalar almashinuvini sekinlashishiga, oyoq mushaklari, qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a’zolarida qon to‘lishishilariga hamda miyani kislorod bilan ta’minlanishini yomonlashishiga olib keladi. Ko‘ruv analizatorining zo‘riqishi kuchayadi va faoliyati buziladi natijada ko‘ruv o‘tkirligi pasayadi.

Talabalarning dam olish vaqti va dam olish kunlari hordiqsiz dars qilishi tufayli charchoqlik paydo bo‘ladi. Charchoqlik holati oldin bo‘lib o‘tgan zo‘riqishga nisbatan rivojlanadigan organizmning normal fiziologik reaksiyasi hisoblanib, u odatda dam olishdan so‘ng o‘tib ketadi hamda kayfiyat va ish qobiliyat tiklanadi. Charchoqlik bu uzoq ishlash tufayli kelib chiqadigan organizmning funksional imkoniyatlarini vaqtinchalik pasayishi bilan kechadigan holatdir. Sub’ektiv jihatdan u charchoqlik xissi bilan, ob’ektiv jihatdan esa ishlash qobiliyatini sifatiy va miqdoriy ko‘rsatkichlarini pasayishi bilan namoyon bo‘ladi. Charchoqlikning tashqi belgilariga e’tiborni turg‘unligini turli darajada sustlashishi, qomati o‘zgarishi (boshni turli tomonlarga bukishi, cho‘zilishi, boshni qo‘llar bilan ushlashi, boshni stolga qo‘yishga harakat qilishi va b.), harakatlarning ishonchsizligi va sekinlashuvi, husni xatni tushunarsiz bo‘lishi, o‘rganilayotgan mavzuga qiziqishning pasayishi, savollarni bo‘lmasligi kabilar kiradi. Bular o‘z navbatida ijodiy faoliyatni hamda yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish qobiliyatini pasaytiradi.

Talabalar o‘z sog‘lig‘ini charchoqning xavfli asoratlaridan himoya qilishi uchun organizm hayot faoliyatining tibbiy biologik ritmini buzmasliklari kerak. Aqliy mehnatni faol hordiq chiqarish bilan almashtirib turish hamda to‘la qimmatli tungi uyquga rioya qilish, chekish va boshqa zarali odatlardan voz kechish zarur. Uzoq vaqt stolda o‘tirib ishlash oqibatida kelib chiqadigan charchoqni kamaytirish uchun har bir soatda qisqa jismoniy tanaffuslar qilish kerak – o‘rindan turib, bir oz yurish, 8-10ta o‘tirib turish, ko‘krakni, boshni burish, qo‘llarni aylanma harakat qilish, ko‘zlar uchun mashqlar qilish tavsiya qilinadi.

Ratsional hordiq qisqa vaqtlik, ya’ni kun davomida hamda har kunlik (kamida 1 soat, uyqudan tashqari), har haftalik (dam olish kunlari aqliy mehnatdan holi bo‘lishi kerak) hamda har yillik (kamida 3-4 hafta tiklanish uchun aqliy mehnatdan butunlay holi bo‘lishi kerak), bo‘lishi kerak.

To‘rtinchi shart: Ruhiy osoyishtalik yoki asabiy muvozanatni ta’minlash. Inson organizmining me’yoriy faoliyati uning ruhiyati qay darajadaligiga bog‘liq. Odamning ruhan ezilishi va ko‘ngliga og‘ir zo‘riqishlarga olib keladi. Ruhiy

Page 23: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

zo‘riqishlar natijasida kishilarda gipertoniya, stenokardiya va miokard infarkti kabi holatlari kelib chiqadi.Ruhiy va emotsional salomatlik sog‘liqning umumiy holatini yaxshilashda asosiy o‘rinni tutadi. Insonlar o‘zlarini yuqori baholay oladigan, yaxshi munosabatlarni rivojlantira oladigan, o‘ziga ishongan shaxs sifatida yetishishiga ko‘maklashuvchi sog‘lom, xotirjam va faollikka yetaklovchi muhitda yashashga intilishlari darkor.

Beshinchi shart: Ichkilikbozlik, kashandalik va giyohvandlik kabi odatlardan o‘zini tiyish. Bu illatlarning kishi tanasiga, sog‘lig‘iga, turmush tarziga ziyoni bisyorligi shubhasizdir. Bu odatlarning zararini bilmaydigan odamning o‘zi yo‘q. Ichkilikbozlikka, kashandalikka va boshqa zararli odatlarga ega bo‘lgan shaxslarni hayotga befarq, tavakkaliga yashovchi va o‘z sog‘lig‘ini o‘ylamaydigan, faqatgina shu kunning rohati, bir fursatlik aldamchi ko‘ngilxushlik uchun yashovchilar deyish mumkin.

Chekish nafaqat o‘sma kasalliklari, balki yurak-qon tomir kasalliklarining yuzaga kelishida ham xavf omili hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda chekishga barham berish rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda aholini sog‘lomlashtirishda samarali chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.

Ko‘pchilik davlatlarda (Finlyandiya, Islandiya, Irlandiya, Kanada, O‘zbekiston va boshqalar) chekishga qarshi kurashga qaratilgan kampaniyalar tashkil etilgan. U aholi salomatligini yaxshilashga va chekuvchilar sonini kamaytirishga olib kelmoqda.

2012 yilning 7 aprelidan O‘zbekistonda “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste’molini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi.Bugungi kunda Toshkentda butun respublikadagi kashandalarning 44% istiqomat qiladi, 30% - mamlakatning boshqa hududlarida yashaydi.

JSST tomonidan 1980 yili chekishga qarshi kurashish uchun «Chekish yoki salomatlik...» chaqirig‘i ostida kampaniya tashkil etilgan. Chekish sog‘liqqa zarar ekanini ilmiy ma’lumotlar tasdiqlamoqda. Bir necha misol keltiramiz. AQShda o‘tkazilgan tekshirishlarning birida yurak-qon tomir kasalliklarining o‘rtacha soni 45—54 yoshdagi shaxslarda agar kuniga 20 ta sigaret chekilsa, chekmaydiganlarga nisbatan 1,4 marotaba oshadi, 20 tadan ortiq sigaret chekilsa, 2 barobar oshishi aniqlandi.

To‘satdan o‘lim bilan chekish orasida aniq bog‘liqlik bor. Oxirgi yillarda chekuvchi ayol va qizlar soni oshib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Sankt-Peterburgda 14—18 yoshli qizlarning 68,4%chekadi (muntazam yoki har zamonda). Chekish erkaklarga nisbatan ayollarda ko‘proq yurak-qon tomir, o‘sma va boshqa kasalliklarning rivojlanishida xavfli omil bo‘lishdan tashqari, qator muammolarni yuzaga keltiradi.

Chekish homiladorlikka yomon ta’sir ko‘rsatadi.Shunday qilib, noinfeksion kasalliklar profilaktikasida chekishga qarshi kurash

muhim o‘rin tutishi kerak. Ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, aholi orasida chekuvchilar sonini kamaytirish bilan yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi kurashda 50% muvaffaqiyatga erishish mumkin. Chekish to‘xtatilsa, 10 yildan keyin yurak-qon tomir patologiyasi rivojlanish xavfi chekmaydiganlar bilan teng bo‘lib qoladi.

Page 24: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Alkogol va giyohvand moddalar iste’mol qilish. Alkogolizm –bu nafaqat ichkilikbozlik kasalligi, balkim meyoridan ortiq spirtli ichimliklarni istemol qilish natijasida aynan sog‘ligiga, oilasiga, farzandlar sog‘ligiga va ularni tarbiyasiga zararli ta’sir qiladigan muxim ijtimoiy-gigiyenik muammo hisoblanadi.Ichkilikbozlik bilan shug‘ullanadigan va uni ko‘p istemol qiluvchilarda ba’zi gurux kasalliklarining ko‘p uchrashi aniqlandi: jaraoxatlar t v s, baxtsiz xodisalar, qon bosimi, jigar kasalliklari, tanosil organi kasalliklari va o‘pkaning surunkali kasalliklari ko‘p uchraydi.

Spirtli ichimliklarni ko‘p istemol qiluvchilar o‘rtasida jaroxatlar va baxtsiz xodisalar 2,7 marta ko‘p uchraydi.

Oilani oladigan bo‘lsak ushbu oilalarda tug‘ilgan bolalar ko‘p paytlarda nogiron bo‘lib dunyoga keladilar va ular o‘rtasida kasallanish, o‘lim ko‘rsatkichlari ko‘p uchraydi.

Barcha aholini muntazam ravishda alkogol istemol qilishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi

- oiladagi kelishmovchiliklar;- past madaniy daraja - ish joyidagi xar-xil vaziyatlar Ichkilikbozlik oshib borishi bilan tibbiyot xodimlari oldida quyidagi

muammolar paydo bo‘ladi.a) Salomatlik muammosi: jaroxatlanish, asab buzilishlari, yurak kon tomir

kasalliklari, oshqozon yarasi, o‘smalar, befarzandlik, impatentlar.b) Oila muammolari: oilaning buzilishi, bolalarning boshpanasiz qolishi,

oilada nogiron bolalarning ko‘payishi.v) Jamiyatdagi muammolar: o‘ta xavfli bezoriliklar, jinoyatchilik,

o‘g‘irliklar va boshkalar.Ichkilikbozlikka qarshi kurash - bu tadbir xozirgi kunda eng asosiy

muammolardan biri hisoblanadi. Xozirgi vaqtda eng asosiy tadbirlardan biri-bu ishga jamiyatchilikni jalb etish, axoli o‘rtasida targ‘ibot ishlarni olib borish.

Giyohvandlik –bu kasallik har xil tibbiyotda tan olinmagan narkotik moddalarni suistemol qilishidir. Giyoxvandlikning eng asosiy sabablaridan biri-bu yoshlarning ushbu moddalar qabul qilingandan keyingi asoratini tushunmaslik, uning ijtimoiy, asabiy, jismoniy, ruxiy zararlarini baxolay olmasligidir.

Giyoxvandlik tufayli sodir bo‘ladigan barcha jinoyatlar 3-guruxga bo‘linadi.1. Giyohvand moddalarni saqlash va ularni istemol qilishni o‘zi

jinoyatchilik.2. Moddalarni ekish, sotish saqlash 3. Ushbu moddalarni iste’mol qilgan shaxslar jinoyatchilikka qo‘l uradilar. Shunday qilib, ko‘pchilik davlatlarda salomatlikning eng og‘ir

muammolaridan biri alkogolizm va giyohvandlik hisoblanadi. Me’yordan ko‘p alkogol iste’mol qilish oqibatida yuzaga keladigan o‘tkir va surunkali kasalliklar haqida keng yoritilgan. Ko‘pchilik davlatlarda oxirgi 10 yil ichida jigar tsirrozidan o‘lim holati oshib ketdi, spirtli ichimliklar iste’mol qilish oqibatida qon bosimi (QB) oshishi isbotlangan, hattoki, ko‘p iste’mol qilmagan paytda ham boshqa ijtimoiy kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Salomatlik uchun giyohvandlikning tarqalganligi ham katta muammo.

Page 25: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

Oltinchi shart: Ozoda-orastalikka rioya qilish, atrof-muhitga bo‘lgan munosabat masalasi. Inson o‘z faoliyati bilan tanasi va atrof-muhitga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsiy gigiyena – bu keng tushuncha bo‘lib, inson sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan qoidalarga rioya qilishni o‘z ichiga qamrab oladi.

Shaxsiy gigiyenaning keng kompleksli tarkibiga quyidagilar: tananing, og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarning gigiyenasi, jismoniy madaniyat va sport, badanni chiniqtirish, shaxsiy turar joy gigiyenasi, yomon odatlarni oldini olish, kiyim va poyabzal gigiyenasi, turmush va oila gigiyenasi,aqliy mehnat gigiyenasi, dam olish va uyqu gigiyenasi, psixogigiyena va insonning har kunlik faoliyatidagi boshqa muhim elementlari kiradi. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik atrof-muhitdagilarning sog‘lig‘iga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin (passiv chekish, yuqumli kasalliklar va gelmintozlarni tarqalishi, turar joy muhitining havo sifatini yomonlashishi va b.).

Barcha boshqa omillar orasida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish yoki qilmaslik 50% individual salomatlikka ta’sir qilishi Butun Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan e’tirof qilgan .

O‘tkazilgan tadqiqotlar toza, yuvilgan qo‘lda bakteriya kulturalarining soni 10 daqiqadan so‘ng 85% ga kamayishini ko‘rsatdi. Ifloslangan teri ko‘p jihatdan o‘zining xususiyatlarini yo‘qotadi. Ayniqsa, tirnoq ostida ko‘plab bakteriyalar va zararli mikroorganizmlar bo‘lishi aniqlangan, shuning uchun tirnoqlarni doimiy ravishda va to‘g‘ri parvarish qilish juda muhim ahamiyatga ega. Tirnoqlar kalta kesilgan hamda toza bo‘lishi mumkin.

Shaxsiy gigiyenaning yana bir muhim qismi bu og‘iz bo‘shlig‘ining parvarishidir. Tishlarni toza holda saqlash ularni nafaqat butunligini saqlashga balki ichki a’zolarning ko‘plab kasalliklarini oldini olishga yordam beradi. Tishlarni har kuni ertalab yuvish, og‘izni esa har ovqatdan so‘ng chayish lozim. Og‘izdan nohush xid kelganida shifokorga murojaat qilish kerak. Tish kariyesini o‘z vaqtida aniqlash, tish toshini olish va davolash uchun bir yilda kamida 2 marta stomatolog ko‘rigiga borish maqsadga muvofiqdir.

Yettinchi shart: Jinsiy tarbiya. Barcha odamlar faoliyati singari jinsiy munosabatlar ham xavflar bilan bog‘langan. Juda ham erta nikohlar, hamda erta homiladorlik yosh qizlarning salomatligiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Butun dunyo bo‘ylab ayollarning homilador bo‘lishligining maqul bo‘lgan yoshi 18 yoshdan 35 yoshgachadir. 18 yoshgacha bo‘lgan qiz bola homilador bo‘la oladi, lekin uning tanasi onalikka tayyor bo‘lmaydi, bu esa homiladorlikning salbiy oqibatlariga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari tug‘riqlar orasidagi davr 3 yildan kam bo‘lmasligiga erishish lozim.

Yoshlar turmush qurishdan oldin bir oy oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozimligini unutmasliklari kerak. Chunki sog‘lom farzand ko‘rishning o‘ta zarur omillaridan biri sog‘lom oila qurishdir. Shuningdek yosh-erta nikohlar ya’ni balog‘atga yetmasdan turmush qurish, qarindosh urug‘lar o‘rtasida tuzilgan nikoh kelgusida nogiron, tug‘ma yetishmovchiliklari bo‘lgan bolalarni tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.

Yoshlar hayotda pala partish jinsiy aloqalardan o‘zlarini tiyishi zarur. Hozirgi kunda yoshlar orasida jinsiy faollikni ortishi hamda nikohgacha bo‘lgan jinsiy aloqalarning ommaviy tarqalib borish hollari kuzatilmoqda. Bunday xatti-

Page 26: samgasi.uz soati/Axb soati 28... · Web viewBuxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islomma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk

harakatlar jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarga hamda OITV (orttirilgan immun tanqisligi virusi) ga duchor bo‘lishiga olib keladi. OITV oxir oqibatda OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi)ga olib keladi. Odam OITS bilan kasallanib qolsa, uning organizmi o‘zini infeksiyalardan himoya qila olmaydi, oqibatda odam ko‘plab kasalliklarga moyil bo‘lib qoladi va nihoyat bu kasalliklar uni o‘limga olib keladi. OITS davolab bo‘lmaydigan kasallikdir.

Sog‘lom turmush tarzi sog‘liqni saqlashning muhim muammolaridan biri bo‘lgan-yurak, qon-tomir, onkologik, ayrim asab, oshqozon - ichak, o‘pkaning nospetsifik kasalliklarini oldini olishda va ular sababli kelib chiqadigan o‘lim hollarini kamaytirishda yetakchi rol o‘ynaydi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xususan birlamchi profilaktikani amalga oshirish, davlat, jamoat tashkilotlari tibbiyotmuassasalari hamda ko‘p jihatdan aholining o‘ziga bog‘liq.

Hozirgi vaqtda Yevropa va Shimoliy Amerikada o‘lim holatining to‘rtdan uch qismi yurak-qon tomir, o‘sma, respirator kasalliklar va jigar tsirroziga to‘g‘ri keladi. Aholining qarish tendensiyasini hisobga olgan holda, kelajakda o‘lim strukturasida bu kasalliklar ulushining oshishini oldindan aytish mumkin. Bu guruh kasalliklarning shakllanishida yashash muhiti va turmush tarzi, xavf omillari muhim ahamiyat kasb etadi.