O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM...

75
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI UZOQ SHARQ VA JANUBIY OSIYO TILLARI FAKULTETI BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mavzu: Xitoy tilida musiqiy asboblarning leksik-struktur tahlili. Bajardi: “Xitoy filologiyasi” ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabasi Abduvoxidova Madina Baxtiyor qizi ____________ Ilmiy rahbar: “Xitoy filologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi f.f.n Hoshimova S.A.__________ TOSHKENT- 2012

Transcript of O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM...

1

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

UZOQ SHARQ VA JANUBIY OSIYO TILLARI FAKULTETI

BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mavzu: Xitoy tilida musiqiy asboblarning leksik-struktur tahlili. Bajardi: “Xitoy filologiyasi” ta’lim yo’nalishi

bitiruvchi kurs talabasi Abduvoxidova Madina

Baxtiyor qizi ____________

Ilmiy rahbar: “Xitoy filologiyasi” kafedrasi katta

o’qituvchisi f.f.n Hoshimova S.A.__________

TOSHKENT- 2012

2

Bitiruv malakaviy ishi himoyaga tavsiya etildi

“Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo tillari” “Xitoy filologiyasi” kafedrasi mudiri

fakulteti dekani f.f.n. Nosirova S. A. Sultanova L.A.

_____________________________ ______________________________

“____” _____________ 2012-yil “____” _____________ 2012-yil

3

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo tillari fakulteti

xitoy filologiyasi kafedrasining

4-kurs talabasi Abduvoxidova Madina Baxtiyor qizining

“ Xitoy tilida cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili” deb nomlangan

BMI ishiga ilmiy rahbar xulosasi

Mazkur malakaviy ish kirish, ikki bob, xulosa va ilovadan iborat. Birinchi bob

“Xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining tadrijasi” deb nomlanib, bob ikki fasldan

tashkil topgan. Mazkur bobda xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining kelib chiqishi

tarixi, musiqiy asboblar deb qanday asboblarga nisbatan aytilishi bayoni ko’rib

chiqilgan.

Ikkinchi bob “O’zbek va xitoy cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili”

deb nomlanib, ikki fasldan iborat.

Ushbu bobda cholg’u asboblari iyerogliflarining yasalish usullari haqida

bayon etilgan.

Xulosada tadqiqot mavzusi bo’yicha erishilgan natijalar bayoni keltirilgan.

Ishning obyekti: Cholg’u asboblarning leksik-struktur tahlili. Ishning

predmeti : Xitoy va o’zbek xalqi cholg’u asboblari tasnifi, ularning tadrijasi,

o’xshash va farqli jihatlari.

Ilmiy ishning yangiligi: xitoy tilida musiqiy asboblarni kelib chiqish tarixi,

cholg’u asboblar nomlarini struktur jihatdan tahlili ko’rib chiqildi. Cholg’u

asboblarning kelib chiqishiga doir turli olimlarning bergan fikrlari tahlil etildi. Shu

natijasida “Xitoycha - o’zbekcha lug’at” mini – lug’ati yaratilishi ko’zda tutilgan.

Malakaviy ishning nazariy ahamiyati: Tadqiqot materiallaridan xitoy tiliga

oid bo’lgan turli xil darsliklar, o’quv qo’llanmalar, “Xitoy va o’zbek cholg’u

asboblari” nomli brashura shaklidagi kitobcha tuzish mumkinligi.

Malakaviy ishning amaliy ahamiyati: Xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan litseylar

va maktab o’quvchilari uchun xitoy cholg’u asboblari haqida qiziqarli

4

ma’lumotlarga ega bo’lishlari, cholg’u asboblarining nomlari, kelib chiqishi tarixi,

tuzilishi va ko’rinishi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lishlari, musiqa olami

haqida dunyoqarashlarini boyitishlari uchun asqotishi mumkin.

Mazkur diplom ishi talablar asosida bajarilgan va himoyaga tavsiya etiladi.

Ilmiy rahbar: TDShI

Xitoy filologiyasi kafedrasi katta oqituvchisi,

f.f.n. S.A.Hashimova

5

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo tillari fakulteti xitoy filologiyasi kafedrasining bakalaviatura ta’lim yo’nalishining 4-kurs

talabasi Abduvoxidova Madina Baxtiyor qizining “ Xitoy tilida cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili” deb nomlangan BMI ishi

ANNOTATSIYASI

Mavzuning dolzarbligi. Hammamizga yaxshi ma’lumki davlatlar va xalqlar o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va yanada yaqinlashtirishda ma’daniyatning ayniqsa, musiqa va cholg’u asboblari madaniyatining o’rni beqiyosdir. Har bir xalqning o’ziga xos musiqiy asboblari bo’ladi. Lekin shunga qaramay musiqa asbobi qaysi xalqga mansub bo’lishidan qat’iy nazar undan taralgan kuy har bir insonga hush kayfiyat baxsh etadi. Turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, festivallar va tanlovlarni musiqasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. “O’smirlarning hayotga qiziqishi, atrof-muhitni kuzatish qobiliyatning o’sishida musiqa muhim rol o’ynaydi. Demak boshqa san’at turlariga nisbatn musiqa san’ati estetik tarbiyaning muhim tarkibiy qismidir. Estetik tarbiyada musiqa san’ati o’ziga xos alohida ta’sirchanlikka ega bo’lganligi sababli qadim zamonlardan buyon hozirgacha maorifchilarning e’tiboriga sazovor bo’lib kelmoqda. Qadimgi xitoy faylasufi va maorifchisi Konfutsiy “Xursandliging she’rdan, do’stliging odobdan, yetilishing musiqadan bo’lur” degan edi1. Albatta musiqaning sifati u qaysi cholg’u asbobdan taralayotganiga uzviy bog’liq. Cholg’u asboblari sadosining sifati esa muayyan cholg’u asbobning shakli, umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatiladigan materialga bog’liq. Musiqa cholg’u asboblari qadimdan bambuk, yog’och, tosh, suyak, metall, teri,ipak, kokos yong’og’i, qovoq va boshqalardan tayyorlangan. Musiqa cholg’u asboblari tovush manbalariga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: torli, puflab chalinadigan, teri qoplamali, tilchali, plastinkali, elektr va elektron musiqa cholg’ulari va idiofonlar2. Diplom ishimizni boshlashimizdan avval bizda bir savol tug’ildi: bugungi kunda O’zbekistonda va Xitoyda mavjud bo’lgan cholg’u asboblar aslida qanday paydo bo’lgan – O’rta Osiyodan Xitoyga borib qolganmi yoki aksincha Xitoydan O’rta Osiyoga kelib o’zlashganmi? Buni qarangki O’rta Osiyo va Xitoy xalqlari o’rtasidagi aloqalar juda uzoq vaqtlardan beri olimlarni qiziqtirib kelmoqda. Ma’lumki, xitoyliklar G’arbiy O’lka 3 bilan mil.av. II- asrda Xan davri elchixonasi Chjan Szyan boshchiligida O’rta Osiyo hududi chegaralariga kirib borgan davrda tanishadilar. Shu davrdan boshlab ikki hudud o’rtasida savdo va madaniy sohada ayriboshlash rivojlana boshlaydi. Xan davridanoq G’arbiy O’lkadan Xitoyga ba’zi musiqiy asboblar va alohida musiqalar kirib kela boshlagan. Misol uchun, ko’ndalang fleyta hu ya’ni ajnabiy cholg’u(ko’chmanchi 1 Oytilla Xoliq. Uyg’ur Xalq musiqasi vositasida kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni estetik tarbiyalash. Dis.nomz.Toshkent. 2001y. 22-b. 2 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Давлат илмий нашриёти. Тошкент,2003.-149-б. 3 Xitoyliklar Suy va Tan (589-906) sulolalari davrida G’arbiy O’lka deganda Vizantiyadan to Eron va Hindistongacha, xususan,Osiyoning bir qismini; Yuan (1280-1376) sulolasi davrida esa sanab o’tilgan hududlar bilan birga Yevropa va Afrikanning ham bir qismini tushunganlar.

6

gunlardan o’zlashtirilgan), zhong qo’ng’iroqlari, sitra zheng, gorizontal arfa konghou, vertikal arfa konghou, zarbli cholg’u yangqin, pipa, tilli cholg’u sheng, damli cholg’u xiao, yaogu(belbog’li baraban), bo kimvallari va b.

Xitoy tilshunosligida musiqa asboblari nomlarining tahlili, ularning kelib chiqishi, tarixiga oid tadqiqot ishlari kam olib borilgan. Bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligi xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili o’rganilmaganligi, ularni o’zbekcha tasnifi keltirilmaganligi, xitoy tili cholg’u asboblari lug’ati o’zbek tilida yo’qligidan iboratdir.

Muammoning o’rganilganlik darajasi. O’zbekiston xitoyshunosligi tarixida ushbu mavzu bo’yicha izlanishlar chuqur olib borilmagan. Markaziy Osiyo cholg’ushunosligi,xususan, o’zbek milliy cholg’u ijrochiligining tarixiy, nazariy va amaliy masalalari o’zbek olimlari F.Karomatli, I.Rajabov, A.Nazarov, J.Rasultoyev, A.Malkeyeva,Botir Matyoqubov, M.Yusupova, A.Xalimovalar, rus olimlaridan T.S.Vizgo, Revo Markovich Petrov, A.N.Petrosyants, Belyayev V.M lar, yevropalik musiqashunoslar Egon Welesz, G.Farmer, L.Pekkin, yaponiyalik T.Genichi va boshqa qator olimlar izlanishlarida keng tadqiq etilgan.

Chunonchi T.Vizgo, A.Malkeyeva asarlarida o’zbek xalq cholg’ulari, ularning tarixi, F.Karomatli tadqiqotlarida esa cholg’ularning ijro imkoniyatlari, mahalliy uslublari, sozlanish va diapazonlari har tomonlama o’rganiladi. Shu bilan birga, o’zbek milliy cholg’ulari A.Vamberi, M.Masson, L.Pempel, S.Tolstov, R.Sadokov, G.Pugachenkova kabi tarixchi va arxeolog olimlar tomonidan ham umumiy tarzda yoritiladi. Bitiruv malakaviy ishining obyektini xitoy tilida cholg’u asboblarning leksik-struktur tahlili tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Xitoy tilidagi o’zbek va xitoy cholg’u asboblarning kelib chiqishi tarixi, xitoy va o’zbek madaniyatida cholg’u asboblarning tutgan o’rni bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishining bosh maqsadi – xitoy tilida cholg’u asboblarni tadrijasini o’rganib chiqish, ularning leksik-struktur tahlilini amalga oshirish, o’zbek va xitoy cholg’u asboblarining o’xshash va farqli jihatlarini ko’rib chiqishdir. Ushbu muammolarni yuzaga chiqarish maqsadida bitiruv malakaviy ishining oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:

- Xitoy cholg’u asboblarini tadrijasini Van Dzichuning “中国乐器” kitobi asosida ko’rib chiqish.

- Ularni leksik va struktur jihatidan tahlil qilish.

- Ularning tasnifini keltirish.

- O’zbek cholg’u asboblarini T.S.Vizgoning “Музыкальные инструменты Средней Азии” asari, F.Karomatovning “Узбекская инструментальная музыка” asari asosida tadrijasini ko’rib chiqish.

- Ularni leksik va struktur jihatdan tahlil qilish.

7

- O’zbek va xitoy cholg’u asboblarini o’xshash va farqli jihatlarini ko’rib chiqish.

Bitiruv malakaviy ishining metodlari. Bitiruv malakaviy ishini yozishda analiz, tasniflash, ta’riflash, guruhlashtirish, solishtiruv usullaridan foydalanildi.

Ilmiy ishning yangiligi. Xitoy tilida musiqiy asboblarni kelib chiqish tarixi, cholg’u asboblar nomlarini struktur jihatdan tahlili ko’rib chiqildi. Cholg’u asboblarning kelib chiqishiga doir turli olimlarning bergan fikrlari tahlil etildi. Ushbu ish natijasida kelajakda “Xitoycha - o’zbekcha lug’at” mini – lug’ati yaratilishi ko’zda tutilgan.

Bitiruv malakaviy ishi natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishining materilallari, ishning nazariy xulosalari xitoy va o’zbek musiqa asboblarining turlari, tadrijasi bo’yicha aniq ma’lumotlarga ega bo’lishlari uchun hissa qo’shadi. Bitiruv malakaviy ishining natijalari xitoy tilidagi cholg’u asboblarning leksik-struktur tahlili masalasiga oydinlik kiritadi. O’zbek va xitoy cholg’u asboblari o’rtasidagi farqlar tahlil qilindi. Tadqiqot materiallaridan xitoy tiliga oid bo’lgan turli xil darsliklar, o’quv qo’llanmalar, “Xitoy va o’zbek cholg’u asboblari” nomli brashura shaklidagi kitobcha tuzish mumkin. Xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan litseylar va maktab o’quvchilari uchun xitoy cholg’u asboblari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishlari, cholg’u asboblarining nomlari, kelib chiqishi tarixi, tuzilishi va ko’rinishi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lishlari, musiqa olami haqida dunyoqarashlarini boyitishlari uchun asqotishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishining aprobatsiyadan o’tishi. Mavzu doirasida O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasidagi diplomatik aloqalarning 20 yilligiga bag’ishlangan anjumanda “Дворцовое великолепие: изображение музыкальных инструментов на гравюрах Династии Хань” nomli maqola, “Mustahkam oila yili”ga bag’ishlangan iqtidorli talabalar ilmiy to’plamida “ Xitoy musiqiy asboblari tarixidan” nomli maqolalar nashr etildi.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat. Birinchi bob “Xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining tadrijasi” deb nomlangan. Birinchi bob ikkita bo’limni o’z ichiga olgan. 1.1. “Xitoy cholg’u asboblarning tadrijasi”, 1.2. “O’zbek cholg’u asboblarining tadrijasi” deb nomlangan. Ikkinchi bob esa “Xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili”deb nomlangan. Ikkinchi bob ham ikki bo’limdan tashkil topgan. 2.1. “Xitoy cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili”, 2.2. “O’zbek cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili” deb nomlangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan 11 ta asosiy manba, 11 ta rus,o’zbek va ingliz tillaridagi adabiyot, uchta ilmiy ishlar, 3 ta lug’at va internet saytlari joy oladi. Ilovada xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining rasmlari va ularga berilgan qisqacha tariflar keltiriladi.

8

MUNDARIJA :

KIRISH………………………………………………………………

I-bob. Xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining tadrijasi………….......

1.1. Xitoy cholg’u asboblarining tadrijasi…………………………......

1.2. O’zbek cholg’u asboblarining tadrijasi…………………………....

II-bob. O’zbek va xitoy cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili

2.1. Xitoy cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili………………..

2.2. O’zbek cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili……………...

XULOSA: ……………………………………………………………….

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………

ILOVA………………………………………………………………….

9

塔什干国立东方语言学院 汉语教研室 四年级学生 Abduvoxidova Madina 的毕业论文的

简介 本毕业论文的题目是“汉语乐器词汇与结构分析” 本毕业论文序幕,两大章, 总结, 参考书籍, 随录 组成的。 第一 章 是 “中国和乌兹别克乐器的 来源” 它包括两个节 : 第一节. “中国乐器的来源” 第二节. “乌兹别克乐器的来源” 第二章是 “中国和乌兹别克乐器的词汇与结构分析” 它也包括两个节 : 第一节. “中国乐器的词汇与结构分析” 第二节. “乌兹别克乐器的词汇与结构分析” 这个毕业论文的目的是研究中国和乌兹别克乐器来源,关于中国和乌兹别克乐器的词汇与结构进行分析。 Kirish

10

Hech kim jonli tafakkur, toza zexn va sog’lom jismoniy tabiatga ega bo’lmay turib musiqa faniga chuqur sho’ng’ib keta olmaydi.

Faxruddin ar-Raziy Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgach siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda turli o’zgarishlar, yangiliklar ko’zga tashlana boshlandi. Respublikamiz taraqqiyoti kun sayin yuqori pog’onalarga ko’tarilib, o’z madaniyati, tili, urf-odatlari biz yoshlarning ilmga bo’lgan salohiyati bilan dunyo sathlarida samarali foydalangan holda dunyo mamalakatlarini o’rganish, ularning dini, urf-odatlari, madaniyati, tilini bilishi zarurdir 4 . Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirayotgan islohotlarimizning samaradorligi avval xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning o’rganilishi, an’analari- mizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir 5 . Respublikamiz va Xitoy o’rtasidagi o’zaro do’stona aloqalarimiz borgan sari keng rivojlanib bormoqda. Hammamizga yaxshi ma’lumki davlatlar va xalqlar o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va yanada yaqinlashtirishda ma’daniyatning ayniqsa, musiqa va cholg’u asboblari madaniyatining o’rni beqiyosdir. Har bir xalqning o’ziga xos musiqiy asboblari bo’ladi. Lekin shunga qaramay musiqa asbobi qaysi xalqga mansub bo’lishidan qat’iy nazar undan taralgan kuy har bir insonga hush kayfiyat baxsh etadi. Turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, festivallar va tanlovlarni musiqasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. “O’smirlarning hayotga qiziqishi, atrof-muhitni kuzatish qobiliyatning o’sishida musiqa muhim rol o’ynaydi. Demak boshqa san’at turlariga nisbatn musiqa san’ati estetik tarbiyaning muhim tarkibiy qismidir. Estetik tarbiyada musiqa san’ati o’ziga xos alohida ta’sirchanlikka ega bo’lganligi sababli qadim zamonlardan buyon hozirgacha maorifchilarning e’tiboriga sazovor bo’lib kelmoqda. Qadimgi xitoy faylasufi va maorifchisi Konfutsiy “Xursandliging she’rdan, do’stliging odobdan, yetilishing musiqadan bo’lur” degan edi 6 . Albatta musiqaning sifati u qaysi cholg’u asbobdan taralayotganiga uzviy bog’liq. Cholg’u asboblari sadosining sifati esa muayyan cholg’u asbobning shakli, umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatiladigan materialga bog’liq. Musiqa cholg’u asboblari qadimdan bambuk, yog’och, tosh, suyak, metall, teri,ipak, kokos yong’og’i, qovoq va boshqalardan tayyorlangan. Musiqa cholg’u asboblari tovush manbalariga qarab

4 Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. Toshkent.,2010. 10-b. 5 Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. – Toshkent.: O’zbekiston, 1999. – 230-b. 6 Oytilla Xoliq. Uyg’ur Xalq musiqasi vositasida kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni estetik tarbiyalash. Dis.nomz.Toshkent. 2001y. 22-b.

11

quyidagi turlarga bo’linadi: torli, puflab chalinadigan, teri qoplamali, tilchali, plastinkali, elektr va elektron musiqa cholg’ulari va idiofonlar7. Diplom ishimizni boshlashimizdan avval bizda bir savol tug’ildi: bugungi kunda O’zbekistonda va Xitoyda mavjud bo’lgan cholg’u asboblar aslida qanday paydo bo’lgan – O’rta Osiyodan Xitoyga borib qolganmi yoki aksincha Xitoydan O’rta Osiyoga kelib o’zlashganmi? Buni qarangki O’rta Osiyo va Xitoy xalqlari o’rtasidagi aloqalar juda uzoq vaqtlardan beri olimlarni qiziqtirib kelmoqda. Ma’lumki, xitoyliklar G’arbiy O’lka 8 bilan mil.av. II- asrda Xan davri elchixonasi Chjan Szyan boshchiligida O’rta Osiyo hududi chegaralariga kirib borgan davrda tanishadilar. Shu davrdan boshlab ikki hudud o’rtasida savdo va madaniy sohada ayriboshlash rivojlana boshlaydi. Xan davridanoq G’arbiy O’lkadan Xitoyga ba’zi musiqiy asboblar va alohida musiqalar kirib kela boshlagan. Misol uchun, ko’ndalang fleyta hu ya’ni ajnabiy cholg’u(ko’chmanchi gunlardan o’zlashtirilgan), zhong qo’ng’iroqlari, sitra zheng, gorizontal arfa konghou, vertikal arfa konghou, zarbli cholg’u yangqin, pipa, tilli cholg’u sheng, damli cholg’u xiao, yaogu(belbog’li baraban), bo kimvallari va b.

Xitoy tilshunosligida musiqa asboblari nomlarining tahlili, ularning kelib chiqishi, tarixiga oid tadqiqot ishlari kam olib borilgan. Bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligi xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili o’rganilmaganligi, ularni o’zbekcha tasnifi keltirilmaganligi, xitoy tili cholg’u asboblari lug’ati o’zbek tilida yo’qligidan iboratdir.

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. O’zbekiston xitoyshunosligi tarixida ushbu mavzu bo’yicha izlanishlar chuqur olib borilmagan. Markaziy Osiyo cholg’ushunosligi,xususan, o’zbek milliy cholg’u ijrochiligining tarixiy, nazariy va amaliy masalalari o’zbek olimlari F.Karomatli, I.Rajabov, A.Nazarov, J.Rasultoyev, A.Malkeyeva,Botir Matyoqubov, M.Yusupova, A.Xalimovalar, rus olimlaridan T.S.Vizgo, Revo Markovich Petrov, A.N.Petrosyants, Belyayev V.M lar, yevropalik musiqashunoslar Egon Welesz, G.Farmer, L.Pekkin, yaponiyalik T.Genichi va boshqa qator olimlar izlanishlarida keng tadqiq etilgan.

Chunonchi T.Vizgo, A.Malkeyeva asarlarida o’zbek xalq cholg’ulari, ularning tarixi, F.Karomatli tadqiqotlarida esa cholg’ularning ijro imkoniyatlari, mahalliy uslublari, sozlanish va diapazonlari har tomonlama o’rganiladi. A.Petrosyant rahbarligida milliy cholg’ularimizni “qayta ishlash” natijasida ularning sadolanish xususiyatlari va an’anaviy ko’rinishlari o’zgartirildi, labaratoriya sharoitida milliy cholg’ular sadosidan uzoq bo’lgan cholg’ular va ularning oilalari yaratildi. Shu bilan birga, o’zbek milliy cholg’ulari A.Vamberi, M.Masson, L.Pempel, S.Tolstov, R.Sadokov, G.Pugachenkova kabi tarixchi va arxeolog olimlar tomonidan ham umumiy tarzda yoritiladi.

Qomusiy olimlar Al-Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin al-Urmaviy, Xoja Abdulqodir asarlarida cholg’u asboblariga oid ko’plab qimmatli ma’lumotlar keltirilib, nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan edi. Abdurauf Fitrat o’zining 7 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Давлат илмий нашриёти. Тошкент,2003.-149-б. 8 Xitoyliklar Suy va Tan (589-906) sulolalari davrida G’arbiy O’lka deganda Vizantiyadan to Eron va Hindistongacha, xususan,Osiyoning bir qismini; Yuan (1280-1376) sulolasi davrida esa sanab o’tilgan hududlar bilan birga Yevropa va Afrikanning ham bir qismini tushunganlar.

12

“O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” nomli tadqiqotlarida sharq musiqasi bag’rida muhim o’rin tutgan o’zbek musiqasi, milliy cholg’ulari, maqomlari mazmuni, musiqa va aruz kabi dolzarb muammolarni yoritib bergan9. Bitiruv malakaviy ishining manbalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishimiz mavzusi ustida izlanish olib borish jarayonida asosan Van Dzichuning “中国乐器” kitobi, aynan shu kitobning N.Vasilyev tarjimasidagi “Китайские музыкальные инструменты” kitobidan, Vizgo T.Sning “Музыкальные инструменты Средней Азии” asari, Revo Markovich Petrov va Botir Matyoqubovning “Cholg’ushunoslik va Cholg’ulashtirish” o’quv qo’llanmasidan, F.Karomatlining “Узбекская инструментальная музыка” asaridan, Васильченко Е.В. ning “Музыка на цине и его место в китайской культуре” kitobidan, Завадская Е.В. ning “Культура Востока в современном западном мире” asaridan, Рмановская E. ning “Узбекская инструментальная музыка” kitobidan foydalandik.

Bitiruv malakaviy ishning yangiligi.

• Xitoy tilida musiqiy asboblarni kelib chiqish tarixi, cholg’u asboblar nomlarini struktur jihatdan tahlili ko’rib chiqildi.

• Cholg’u asboblarning kelib chiqishiga doir turli olimlarning bergan fikrlari tahlil etildi.

• Shu natijasida “Xitoycha - o’zbekcha lug’at” mini – lug’at yaratilishi ko’zda tutilgan.

Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Zamonaviy xitoy tilida musiqiy asboblarning kelib chiqish tarixi va leksik-struktur tahlilini ko’rib chiqish. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirildi:

1. Xitoy cholg’u asboblarini tadrijasini Van Dzichuning “中国乐器” kitobi asosida ko’rib chiqish.

2. Ularni leksik va struktur jihatidan tahlil qilish.

3. Ularning tasnifini keltirish.

4. O’zbek cholg’u asboblarini T.S.Vizgoning “Музыкальные инструменты Средней Азии” asari, F.Karomatovning “Узбекская инструментальная музыка” asari asosida tadrijasini ko’rib chiqish.

5. Ularni leksik va struktur jihatdan tahlil qilish.

6. O’zbek va xitoy cholg’u asboblarini o’xshash va farqli jihatlarini ko’rib chiqish.

Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot materiallaridan xitoy tiliga oid bo’lgan turli xil darsliklar, o’quv qo’llanmalar,

9 Saidiy Said Boltazoda . Markaziy Osiyo madaniyatida urma cholg’ular (o’zbek va tojik musiqa an’analari misolida). Dis.nomz.Toshkent. 2008. 9-b.

13

“Xitoy va o’zbek cholg’u asboblari” nomli brashura shaklidagi kitobcha tuzish mumkinligi. Xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan litseylar va maktab o’quvchilari uchun xitoy cholg’u asboblari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishlari, cholg’u asboblarining nomlari, kelib chiqishi tarixi, tuzilishi va ko’rinishi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lishlari, musiqa olami haqida dunyoqarashlarini boyitishlari uchun asqotishi mumkin.

Ishning obyekti: Cholg’u asboblar. Ishning predmeti : Xitoy va o’zbek xalqi cholg’u asboblarining leksik-

struktur tahlili, tasnifi, ularning tadrijasi, o’xshash va farqli jihatlari.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Mazkur malakaviy ishimiz kirish, ikki bob, xulosa va ilovadan iborat. Birinchi bob “Xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining tadrijasi” deb nomlanib, bob ikki fasldan tashkil topgan. Mazkur bobda xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining kelib chiqishi tarixi, musiqiy asboblar deb qanday asboblarga nisbatan aytilishi bayoni ko’rib chiqilgan.

Ikkinchi bob “O’zbek va xitoy cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili” deb nomlanib, ikki fasldan iborat. Ushbu bobda cholg’u asboblari iyerogliflarining yasalish usullari haqida bayon etilgan.

Xulosada tadqiqot mavzusi bo’yicha erishilgan natijalar bayoni keltirilgan. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishimiz foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va

ilovadan tashkil topgan.  

14

I-bob. Xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining tadrijasi

Ushbu bob doirasida biz o’zbek va xitoy cholg’u asboblarining kelib chiqishi tarixini davrlar bo’yicha tahlil qilib, cholg’u asboblarning o’xshash va farqli

jihatlarini ko’rib chiqishni ko’zda tutganmiz.

1.1. Xitoy cholg’u asboblarining tadrijasi. Eng qadimgi xitoy cholg’u asboblar. Ovoz(ohang, tovush) chiqaradigan, odamlar tomonidan musiqiy faoliyat uchun tayyorlangan asbobni musiqa asbobi deb ataymiz. Insoniyat paydo bo‘lgandan keyin vujudga kelgan dastlabki eng oddiy musiqa asboblari musiqiy tovushlarni chiqarish uchun qulay bo‘lgan uy buyum va mehnat qurollari hisoblangan. O‘sha davrlarda musiqiy san’at insonlarning kundalik hayot va ishlab chiqarish faoliyatidan ajralmagan holda bo‘lgan. Insoniyat jamiyatining ravnaqi va ularning ishlab chiqarish qobiliyatining oshishi tufayli sekin-asta qadimgi odamlar musiqa chalish uchun maxsus uskunalarni yasashni o‘rganib borganlar. Qadim zamonlarda hozirgi xitoyliklarning ajdodlari turli musiqa asboblariga ega bo‘lganlar. Arxeologik qazilmalarning ko‘rsatishicha, qadimgi musiqa asboblari dastlab suyak, loytuproq va toshlardan tayyorlangan. Balki bambuk, daraxt va terilardan ham bunday musiqa asboblari tayyorlangandir, lekin bunday materiallardan tayyorlangan musmqa asboblarini bizni davrimizgacha yetib kelishi dargumon. Hozirgi davrda topilgan qadimgi musiqa asboblari suyakdan yasalgan nay 骨笛 gudi va surnay 骨唢 gusuo , loytuproqdan yasalgan nay (okarina –

loytuproqdan yasalgan kichik nayga o‘xshash musiqa asbobi) xun 埙, burg‘i 陶角 taojiao(qo‘biz, surnay) kabi puflab chalinadigan asboblar hamda loytuproqdan yasalgan shiqildoqlar 陶响器 taoxiangqi va barabanlar 陶鼓 taogu, toshdan

yasalgan 磬 qing (burchaklari nefrit yoki tosh lavha bilan qayrilgan qadimgi

zarbdor asbob) kabi zarb bilan uruvchi asboblar, sopoldan yasalgan qo‘ng‘iroq 陶铃 taoling va qo‘ng‘iroqchalardir 陶钟 taozhong. Bu buyumlarning aksariyat qismi musiqa chalish uchun maxsus tayyorlangan va shuning uchun ham, ularni to‘liq ma’noda musiqa asboblari deb aytishimiz mumkin10. Gansu (甘肃)viloyatidagi qazilma ishlaridan topilgan Keramik shiqildoq

tao xiangqi 陶响器 . Shiqildoq sifat musiqa asbobini arxeologlar Gansu 甘肃 viloyatidagi qadimgi odamlar manzillaridan topganlar. U oval shakldagi idish bo‘lib, ustiga ishlov berilgan, bir tomondan bir-biri bilan tutashgan chiziqlar shaklida o‘yib ishlangan. Ichi qattiq shariklar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uni silkitganda shitirlab ohang 10 Van Dzichu 中国乐器 .- 8-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 7-bet.

15

chiqaradi. Mazkur topilmaning yoshi 6000-7000 yilni tashkil etadi, ya’ni Yangshao 仰韶 (eramizdan avvalgi 5000-4000 yillar) madaniyati davriga tegishlidir. Bunday loytuproq shiqildoqlar Xitoydagi qator neolit manzillari qazilmalari vaqtida topilgan. Bu topilgan shiqildoqlardan chiqadigan ovoz unchalik baland bo‘lmaganligi sababli, aytishlaricha, ular qadimgi odamlarni raqs tushayotganligida, xuddi dekorativ qo‘ng‘iroqlar kabi raqsni bezash uchun qo‘llanilgan. Ba’zi loy shiqildoqlar qadimgi bolalar mozorlaridan topilgan. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bu shiqqildoqlar bolalar o‘yinchoqlari bo‘lgan. Haqiqatda, insoniyat sivilizatsiyasining ilk davrida o‘yinchoqlar va musiqa asboblari o‘rtasida aniq cheklanishlar bo‘lmagan. Qadimgi sopol shiqildoqlar raqqoslarning bezagi yoki bolalar o‘yinchog‘i bo‘lganmi yo‘qmi bundan qat’iy nazar ular o‘yin-kulgi uchun ohang chiqarish vazifasini bajargan11. Gansu viloyati, Yumen(玉门)dagi Xuoshaogou(火烧沟) manzilidagi

Baliq shaklidagi sopol xunlar 陶埙 okarinalar12

Loytuproqli xun 埙 (loytuproqdan yasalgan kichik nayga o‘xshash musiqa asbobi) puflab chalinuvchi musiqa asbobi sifatida tarqalgan bo‘lib, dastlab neolit davrida Xitoyda paydo bo‘lgan. U odatda kuydirilgan loydan tayyorlangan. Hozirgi davrda topilgan eng qadimgi sopol xun 埙 Hemudu 河姆渡 madaniyatiga

tegishli bo‘lib, Zhejiang(浙江) viloyatidagi qazilmalar davrida topilgan. Uning ovoz chiqarish uchun faqat bir dona teshigi bo‘lib, uning yoshi 7000 ni tashkil etadi. Mazkur xun 埙 bizning davrimizgacha neolit davridan saqlanib kelgan. Bu

asbobning eng qadimgi namunalari odatda, tuxum shaklidadir, biroq, xun 埙 ning bir qancha boshqa shakldagi, xususan baliq shaklidagi namunasi ham topilgan. Bu asbobning uchta teshigi bo‘lganligi uchun uni puflab salib ohang chiqarish mumkin13. Gansu viloyati Yongdeng(永登) uyezdidan topilgan sopol baraban

taogu 陶鼓。 Rivoyatlarga ko‘ra, xitoyliklarning afsonaviy ajdodi hisoblangan Sariq imperator (Huang-di 黄帝), uchadigan sehrli qobiliyatga ega bo‘lgan Chi You

蚩尤 bilan jang qilish uchun borgan. Sariq imperator katta sehrli baraban yasagan va baraban tayog‘i sifatida momaqaldiroq ruhi suyagidan foydalangan, uning momaqaldiroq kabi baland zarbasi qirq chaqirimdan ham eshitiladigan bo‘lgan. Buning natijasida Chi You 蚩尤 garang bo‘lib, joyidan osmonga chiqa olmay

11 Van Dzichu 中国乐器. - 9-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты. - 9-bet. 12 Okarinalar - loytuproqdan yasalgan kichik nayga o‘xshash musiqa asbobi 13 Васильченко Е.В. Музыка на цине и его место в китайской культуре. В.сб. Музыкальные традиции стран Азии и Африки. М. 1986.- стр.22

16

qolgan. U Sariq imperator tomonidan ushlanib, asirga olingan va Sariq imperator butunlay g‘olib chiqqan. Baraban – insoniyatning eng qadimgi musiqa asboblaridan biri bo‘lib, u nafaqat Xitoyda, balki ko‘pgina dunyo xalqlari orasida keng tarqalgan asbobdir. 2000 yillik o‘tmishga ega bo‘lgan qadimgi Xitoyga tegishli hujjatlarda barabanning o‘nlab turli shakllari bayon etilgan. Xitoy arxeologlari qadimgi barabanlarning ko‘plab namunalarini topgan bo‘lib, ularning orasida sopol, yog‘och barabanlar ancha ko‘p uchraydi. Yog‘ochdan yasalgan buyumlar bizning davrimizgacha yaxshi saqlanmaganligi munosabati bilan bizgacha yetib kelgan bu musiqa asbobining sopoldan ishlangan namunalari aksariyatni tashkil etadi. Kuydirilgan loydan yasalgan bu sopol barabanlar taogu 陶鼓 (loytuproq baraban) deb nomi bilan ma’lum bo‘lgan sopol barabanlar birinchi bor Gansu, Qinghai, Henan va Shandong viloyatlaridagi neolit manzillaridan topilgan. 1985 yili Gansu viloyatining Yongdeng 永登 hududidan uch xil shaklga ega hajmdagi to‘qqizta baraban to‘plami topilgan. Bu to‘plamda har bir naqsh berilgan baraban uch qismdan iborat: katta og‘iz qismiga ega bo‘lgan, tashqi tomondan shashka sifatida ishlangan bosh qism (“katta boshi”), truba shaklidagi korpusi, tubi kichik silindr (“kichik boshi”). Mazkur barabanlar usti silliq bo‘lib, unga qora va qizil bo‘yoqlar bilan naqsh chizilgan. Aytishlaricha, barabanning membranasi xom teridan tayyorlanib, baraban atrofiga o‘ralgan va shashka chizig‘i perimetri bo‘yicha joylashtirib, mahkamlangan. Xom teri quriganida, tarang tortilib, unga zarba berilganida past ohang chiqargan. Barabanning korpusiga ikki tomoniga ilgich qo‘yib, unga qayish bog‘langan va xuddi hozirgi zamonda barabanchi uni bo‘yniga osishi kabi, ular ham bo‘yinlariga osib chalganlar. Barabanning bosh qismi va tub qismiga navbatma-navbat zarba berilganda past va baland ohanglar chiqib, hissiyotli taassurotlar bergan14. Gansu viloyatidagi Dunhuang(敦煌)dan topilgan musiqiy ansanbl.

Arfa konghou 箜篌 – G‘arbiy Osiyodan Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoyga

kelib qolgan chertib chalinadigan tor asboblardan biridir. 1996 yili Xinjiang 新疆-

Uyg‘ur avtonom rayoni Qiemo 且 末 uyezdidagi qabrdan ikki butun piyoz

shaklidagi arfa konghou 箜篌 va bir qancha uning qismlari topilgan. Ularning madaniy tipologik tahlili va bu arxeologik hududdan topilgan boshqa madaniy yodgorliklarning tarixiy kelib chiqish tahlili natijasiga, qabr eksperimenti asosiga ko‘ra, eramizdan avvalgi 4-3 asrlarga tegishli ekanligi aniqlandi. Topilgan bu qadimgi musiqa asboblarida Yaqin Sharqqa xos ifodalarning aniq ko‘rinishi, Sharq va G‘arbning o‘zaro musiqiy almashuvini tushunib yetishdagi katta hissa bo‘ldi.

14 Van Dzichu 中国乐器. - 14-15-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты. - 12-bet.

17

Gansu 甘 肃 viloyati Dunhuang 敦 煌 shahridagi Mogao 莫 高 g‘or

kompleksidagi 220-sonli g‘orda Sui 随 sulolasi hukumronligidan boshlagan

vaqtdan qolgan rasmda musiqa va raqs ijrosi tasviri topilgan. Bu Dunhuang 敦煌dagi eng yirik va mahobatli tasvir bo‘lib, unda 28 kishidan iborat orkestr tasviri ifodalangan. Bu tasvirda arfa konghou 箜篌 juda aniq tasvirlangan. Qolgan musiqa

asboblaridan baraban jiegu 羯鼓 , baraban dutangu 都昙鼓 , ko‘ngdalang nay

hengdi 横笛, shiqildoq taogu 鼗鼓, baraban dalagu 答腊鼓, bong luo 锣, bei 贝asbobi (chig‘anoq), tartarak paiban 拍板, kimval bo 钹, labda chalinadigan organ

sheng 笙, yog‘och surnay bili 筚篥, vertikal nay shudi 竖笛, belga taqadigan

baraban yaogu 腰鼓, baraban maoyuan 毛员鼓, nay chiba 尺八, dumaloq ud ruan

阮 , chang fangxiang 方响 , ko‘p stvolli paixiao 排箫 va sitra zheng 筝 lar tasvirlangan. Rasmdagi yozuvga qaraganda, bu tasvir eramizning 642 yiliga mansub. Dunhuang 敦 煌 g‘oridagi bu rasm o‘sha davrning qizil gilamida o‘tkazilgan tomoshalari, musiqa asboblari san’ati ravnaqi haqida jonli tassurotni beradi15. Shandong viloyati Ju(具) hududidagi Lingyanghe 陵阳河 dan topilgan

sopol shoh Taojiao 陶角. Musiqa asboblarining asosiy shakllari ichida misdan yasalgan puflab chalinadigan asboblar muhim o‘ringa egadir. Ulardan eng qadimgisi hayvon shohi hisoblanib, u odamlarni o‘zining yuqori trubasifat ohangi bilan jalb etgan. Uzoq masofalardan yaxshi eshitilganligi uchun u ovda eng foydali asbob bo‘lgan. Bu asbob ovchilar orasida keng tarqalganligi sababli, ba’zilar uni qizdirilgan loydan yasay boshlagan. Bu esa, o‘z navbatida sopol shoh taojiaoni kelib chiqishiga turtki bo‘lgan va bu shog‘larni musifa asboblari sifatida tayyorlashning ma’lum bir darajadagi yutug‘ini namoyon etadi. Chamasi, eng qadimgi musiqali shohlar tabiatga – hayvonlar shohiga taqlid natijasi bo‘lgan. Lingyanghe 凌阳河(Shandong 山东 vailoyati, Ju

具 hududi) qazilmalaridan topilgan sopol shoh uy xo‘kizi shohini eslatadi. U qo‘lda loydan yasalgan bo‘lib, ohang chiqaradi, biroq bu ohang ancha bo‘g‘iq ohangdir16.

Jiangu(建鼓) raqsi tasvirlangan gravyura.

15 Van Dzichu 中国乐器.-59-60-61-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 39-bet 16 Van Dzichu 中国乐器.-13-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты .-11-bet.

18

1958 yil Shandong(山东) viloyati Tengzhou(滕州) hududidagi Xihukou

(西户口) qishlog‘idagi qazilmalar vaqtida yaxshi saqlangan gravyura topilgan

bo‘lib, unda baryelef 17 shaklida aniq o‘yilgan jiangu 建鼓 raqsi tasvirlangan. Gravyura gorizantal sakkizta bo‘lakka bo‘lingan bo‘lib, bu bo‘laklarning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchisida raqs ijrochisi va tomoshabinlar tasvirlangan. Baraban markazdagi yo‘lbars ko‘rinishidagi taglik 18 ka qo‘yilgan bo‘lib, tepasidagi baldaxin 19 li langarcho‘p rasmning butun uch bo‘lagidan vertikal tarzda kesib o‘tgan. Baldaxinning har tomonida ko‘p stvolli tilda chalinadigan nay yu 竽 chalayotgan bittadan musiqachi tasvirlangan. Barabannning ikki tomonida ikkita odam bir-biriga qarab hamla qilgandek barabanni tayoq bilan urib raqs tushmoqda20. Bronzali ajoyibot: Shang 商 va Zhou 周 davrlaridagi musiqa asboblar paradi. Xitoy bronza asriga taxminan eramizdan avvalgi 2000 yilda kirib kelgan. Xitoyda topilgan juda ko‘p bronzadan yasalgan musiqa asboblari 15 asrlik davrga va Xia, Shang va G‘arbiy Zhou hamda Urushuvchi podshohlar davriga (eramizdan avvalgi 2070-221 yillar) tegishlidir21. Henan 河南 viloyati Luyi (鹿邑)uyezdidan topilgan suyakdan yasalgan

ko‘p stvolli nay paixiao 排箫 ning arxeologik qazilmalari Shang sulolasi hukumronligining oxirgi Zhou sulolasining dastlabki

hukumronlik davrlariga tegishli qadimgi madaniy yodgorliklar oxirgi yillarda ko‘p miqdorda Henan 河 南 viloyati Luyi 鹿 邑 uyezdidagi qadimgi qabrlardan Arxeologiya instituti hodimlari tomonidan topildi. Ularning orasida suyakdan yasalgan ko‘p stvolli nay paixiao 排箫, toshdan yasalgan gong shiqing 石磬 va

biannao 编铙 ning sozlangan kimvallarning ikki to‘plami bo‘lib, bu zamonaviy musiqa arxeologiyasining yirik kashfiyotlaridan biri bo‘ldi. Nay trubkalari qush suyagidan yasalgan bo‘lib, yashma kabi silliq va yaltiroq edi22. Henan 河南 viloyati Wuyang(舞阳)dan topilgan suyakli nay gudi 骨笛.

Wuyang 舞阳 dan topilgan suyakli nay Xitoy musiqa arxeologiyasining muhim kashfiyoti hisoblanadi. Bu turdagi nay, odatda, oq qush qanoti suyaklaridan tayyorlangan bo‘lib, puflab chalinadigan asbobning bo‘yiga yoki eniga barmoqlar 17 Baryelef - tekis yuzaga bo‘rttirib ishlangan surat 18 Tirgovich, tirgak 19 Chodir, soyabon, taxtiravon 20 Van Dzichu 中国乐器.-38-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 26-bet. 21 Van Dzichu 中国乐器.-18-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 14-bet 22 Завадская Е.В. Культура Востока в современном западном мире. М. Наука. 1977. –стр.48.

19

uchun teshiklar qoldiriladi. 1986 va 1987 yillar davomida Henan viloyati Wuyang 舞阳 uyezdining Jiahu 贾湖 neolit manzilida xitoylik arxeologlarning qazishmalari davrida 25 ta suyak naylar topildi. Ularning yoshi 7800-9000 yil deb baholandi. Ularning aksariyati zamonaviy yetti bosqichli tovush qatoridan ohang chiqarsa bo‘ladigan yetti barmoq teshiklariga ega. Mazkur suyak naylar hozirda Xitoy hududidan topilgan nafaqat eng qadimgi musiqa asbobi hisoblanadi, balki eng dastlabki xitoy ohangdor (yoqimli) asbob edi. Mazkur maddiy madaniy yodgorliklar Huanghe daryosi havzasida yashagan xitoy xalqi ajdodlarining yetti bosqichli tovush qatoridan foydalanganligi va insoniyatning musiqa sohasidagi rivojlanishining avangardi bo‘lgan qadimgi yuqori musiqiy madaniyatini ravnaqini butun dunyoga namoyish etadi23. Henan (河南)viloyati Yanshi (偃师)uyezdidagi Erlitou(二里头)

manzilidan topilgan bronza qo‘ng‘iroqcha tongling 铜铃

Henan 河南 viloyati Yanshi 偃师 uyezdidagi qadimgi odamlarning Erlitou 二里头 manzilidagi ba’zi qabrlardan bir qancha bronza qo‘ng‘iroqchalar topilgan bo‘lib, ular eramizdan avvalgi 2000-1600 yillarga tegishlidir. Bu topilmalarni shuni ko‘rsatadiki, bronza topilib ishlatila boshlagandan so‘ng, hozirgi xitoy ajdodlari bu qimmatbaho metaldan musiqiy asboblar tayyorlashda foydalanganlar24. Fuhao( 妇好)qabridan topilgan sozlangan kimvallar25 biannao 编铙. Xitoy Shang 商 sulolasi davri (eramizdan avvalgi 1600-1046 yillar)da bronza asri yuksalishiga yetgan. Bu davrdagi bronzani eritish texnologiyasi tufayli bronzadan ishlangan musiqa asboblarini yasash keng tarqalib, yuqori darajaga yetgan. Bronzadan yasalgan kimvallar saroy musiqa marosimlarining muhim qismi hisoblangan va Shin sulolasi hukumronligining oxirlarida u keng tarqalgan. Ular dastakli cheripisaning ichi kavak shaklda bo‘lib, kimvallarni tagini pastga qaratib yog‘och chorcho‘plarga o‘rnatganlar va tepasi ochiq bo‘lib, ularni korpusiga urib chalganlar. Fuhao 妇好 Shang sulolasi podshohlaridan biri Wu Ding 武丁 ning xotini bo‘lgan va Fuhaoning o‘zi ham kuchli harbiy qo‘mondon bo‘lgan. 1976 yilda uning qabrini tekshirgan arxeologlar beshta sozlangan kimvallarni topganlar. Topilgan kimvallarning to‘rttasi ancha yaxshi holatda saqlangan. Bu kimvallarning o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ularning har biri turli balandlikdagi ikki xil tovush chiqarar ekan. Ularning barchasida kuy ijro etilganda ular besh darajali tovush

23 Van Dzichu 中国乐器.- 16-17-bet. N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 13-bet. 24 Васильченко Е.В. Музыка на цине и его место в китайской культуре. В.сб. Музыкальные традиции стран Азии и Африки. М. 1986. –стр.24. 25 Sozlangan kimvallar - qadimgi misdan yasalgan likopchali musiqa asbobi

20

qatoridagi ohangni ham chiqara olar ekan. Sozlangan kimvallar bronzadan yasalgan yoqimli (ohangdor) musiqa asboblari qatoriga kiradi26.

Knyaz I (曾侯乙)qabridan topilgan litofon - bianqing 编磬

G‘arbiy Zhou 西周 sulolasi hukumronligi davri (eramizdan avvalgi 1046-771 yillar) ning boshida Xitoy hukumronlari marosim musiqa tashkilotlarini tuzganlar va buning natijasida bianzhong 编钟 (sozlangan qo‘ng‘iroq) va bianqing

编磬 (sozlangan tosh plastinali bonglar) kabi musiqa asboblari keng ko‘lamda

ishlatila boshlangan va tez sur’atlarda rivojlanib borgan. 1978 yilda Hubei 湖北viloyati Sui 随 uyezdida Zeng knyazligi (曾国)hokimlarining qabrlari topilgan. Bu qabrda musiqa asboblarining katta to‘plamlari ko‘milgan bo‘lib, bu to‘plamlar xuddi 2400 yillik qadimgi davrdagi orkestr uchun tanlangandek edi. Qabr I ismli knyazga tegishli bo‘lib, U Urushuvchi podshohlik davrida (eramizdan avvalgi 475-221yillar) yashagan. Bu mozorni Zeng knyazi I qabri deb atadilar. Bir yuz yigirma beshta musiqa asbobi va boshqa musiqiy madaniyat yodgorliklari topilgan bu qabr 20 asr Xitoy musiqa arxeologiyasining eng yirik kashfiyoti bo‘lib qoldi.

Bu vaqtga qadar Shang sulolasi manzillaridagi arxeologik qazilmalarda, odatda, alohida-alohida ishlatilgan tosh zarbali asboblar, ya’ni juda ko‘p miqdorda tosh plastina-bonglar shiqinglar 石磬 topilgan bo‘lsa, Knyaz I qabridan topilgan

tosh plastina-bonglar teqing 特 磬 lar esa, aksincha, litofonni tashkil etuvchi

to‘plamdir. Qing 磬 tosh plastinalar qadimgi zamonlardan boshlab musiqa asbobi sifatida qo‘llanila boshlagan. Shang va Zhou sulolalalari davrida ularni tayyorlkash usullari ma’lum bir jihatdan o‘sdi hamda musiqiy imkoniyatlari kengaydi. Shang sulolasi davrining oxrigi yillarida ular juda katta o‘zgarishlarga uchradi. Tosh plastinalar shakli mukammallashib, ma’lum bir musiqa maqomiga sozlantirildi, to‘plam holatiga keltirildi. Buning natijasida boy qo‘llanish imkoniyatlariga ega yoqimli musiqa asbobi vujudga keltirildi. Knyaz I qabridan topilgan sozlangan tosh plastina to‘plami musiqa asboblarining evolyusion cho‘qqisi bo‘lib, o‘sha davr san’atining eng yuqori darajadagi namunasidir. U 32 ta tosh plastinalardan tashkil topgan bo‘lib, har birida 16 tadan plastinalar bo‘lgan ikki yarusdagi chorcho‘p (dastgoh)larga osilgan. Mazkur litofon nafaqat ajoyib musiqa asbobi, balki qadimiy san’atning qimmatbaho namunasi hisoblanadi27. Knyaz I qabridan topilgan sozlangan bronza qo‘ng‘iroqlar – bianzhong 编钟

Knyaz I qabridan topilgan sozlangan qo‘ng‘iroqlar bianzhong 编 钟 dunyoning sakkizinchi mo’jizasi deb atalgan. Mazkur ajoyib to‘plam uch turdagi

26 Van Dzichu 中国乐器.-21-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 16-bet 27 Van Dzichu 中国乐器.-27-28-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 19-bet.

21

65ta qo‘ng‘iroqchalardan tashkil topgan bo‘lib, uch yarusli chorcho‘plarga osilgan. Qo‘ng‘iroqlar besh oktavali diapazonga ega bo‘lib, ulardan uchtasi (o‘rtadagisi) to‘liq xromatik gammalar chiqara oladi. Har bir qo‘ng‘iroqcha ikki har xil balandlikdagi tovush chiqarib, qadimgi Xitoyda yasalgan ajoyib ilmiy kashfiyot hisoblanadi. Hozirgi vaqtgacha topilgan qadimgi bronza qo‘ng‘iroqchalar ichida knyaz I qabridan topilgan qo‘ng‘iroqchalar to‘plami son, hajm, tuzilishi, diapazoni va saqlanishi jihatidan tengi yo‘q hisoblanadi28.

Knyaz I qabridan topilgan qo‘ng‘iroqni “sozlovchi” bezaklari junzhong 均钟

Zeng(曾 ) podshohligi davridagi Knyaz I qabridan topilgan qo‘ng‘iroqni

“sozlovchi” junzhong 均钟 bezaklari bronza qo‘ng‘iroqchalarining qiyin tovush tizimi qanday hisoblanganligi va qurilganligiga ravshanlik kiritadi. Ustki qismi silliq va bosh qismi g‘adir-budir asbob har bir guruhda o‘n ikkitadan turli rangli qaqnuslar bilan bezatilgan bo‘lib, bu qadimiy rivoyatga borib taqaladi, unga ko‘ra, Ling Lun 伶伦 ismli bir odam qaqnus qo‘shig‘ini chiqarish uchun 12ta bambuk surnaydan foydalangan va shu yo‘l orqali xitoy o‘n ikki bosqichli xromatik gammasi kashf qilingan. Qo‘ng‘iroq sozlagichning orqa qismi afsonaviy imperator Xia Qi 夏启 ni ajdaho ustida o‘tirgan ikki tasviri bilan bezatilgan. Imperator Xia

Qi 夏 启 haqidagi hodisalar xitoy musiqasi asoslariga ham aloqadordir.

Rivoyatlarga ko‘ra, Xia Qi 夏启 uch marotaba Osmonga ko‘tarilgan va o‘zi uchun Samoviy imperatorning “Musiqa haqida to‘qqiz mulohaza” hamda “To‘qqizta qo‘shiq” ni o‘g‘irlagan. Shunday yo‘l bilan musiqa odamlarga kelib qolgan. Knyaz I qabridan topilgan qo‘ng‘iroqni “sozlovchi” bezaklari 2400 yil avval yaratilgan tengi yo‘q san’at asaridir29.

Knyaz I qabridan topilgan o‘n torli sitra - Qin 琴

Qadimgi Xitoy chertib chalinadigan tor asbob sitra30 qin 琴 tarixi uzoq asrga,

3000 yilga borib taqaladi. O‘n torli qin 琴 Bahor, Kuz va Urushuvchi podshohlar davrida mashhur bo‘lgan. Zeng podshohligi Knyaz I qabridan topilgan o‘n torli qin 琴 asbobi shu vaqtgacha topilgan yagona namuna hisoblanadi. Mazkur qin 琴butunlay yog‘ochdan qilingan bo‘lib, qora lak bilan ishlangan, yaxshi saqlangan va uni yerdan kavlab olinganida yangidek yaltirlagan.

Zhou sulolasi davrida (eramizdan avvalgi 1046-256 yillar) bronzadan yasalgan xitoy musiqa asboblari ravnaqi o‘z cho‘qqisiga yetgan bo‘lib, qadimgi

28 Завадская Е.В. Культура Востока в современном западном мире. М. Наука. 1977. –стр.49 29 Van Dzichu 中国乐器.-31-32-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 22-bet. 30 Nohina bilan chertib chalinadigan mausiqa asbobi

22

dunyoning hashamatini ko‘rsatib, asrlar osha bizning davrimizga yorug‘lik olib kelgan31. Ko‘ndalang nay di 笛 va uzinasiga chalinadigan (vertikal) nay xiao 箫.

Ko‘ndalang bambuk nay zhudi 竹 笛 odatda, janubda torli va puflab

chalinadigan musiqada ishlatiladi. Qadimgi ma’lum bo‘lgan zhudi 竹 笛 nayi Urushuvchi podshohliklar davri (eramizdan avvalgi 475-221 yillar) ga tiegishlidir. Mazkur nay Zeng 曾 knyazi I qabridan topilgan bo‘lib, bu asbob oliy navli qora bambukdan yasalgan.

Uzinasiga chalinadigan (xushtak) nay xiao 箫 ham bambukdan yasaladi va uni chalganda vertikal holatda ushlanadi. Bu nay haqida Han sulolasi davri (eramizdan avvalgi 202 – eramizning 220 yillari) ga tegishli qabrlarga ko‘milgan sopol haykalchalar orqali tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Bu asbob, ehtimol di 笛nayidan ham qadimgi bo‘lishi mumkin. Tang va Sun sulolasi davri bilan sanalanuvchi chiba 尺八 deb ataluvchi xiao 箫 ning turli xillari hozirgi xiao nayining ajdodi hisoblanadi32.

Muzeylarda saqlanayotgan noyob cholg’u asboblar: Pekindagi Gugong (故宫)muzeyidagi katta kimval danao 大铙

Bronzali asbob danao 大 铙 o‘z shakliga ko‘ra sozlangan kimvallarga o‘xshashdir. Bronza kimvallning eng kattasi, bu ajoyib asbobning eng yaxshi namunasi Hunan 湖 南 viloyati Ningxiang 宁 乡 uyezdi qazilmalari vaqtida topilgan. Ba’zi katta bronza kimvallar kolleksiyasi Pekinning Gugong muzeyida va Shanghai muzeyida saqlanadi. Katta kimvallar nafaqat o‘z hajmi va og‘irligi bilan sozlangan kimvallardan farq qiladi, balki ular juda chiroyli bezatilgan va qiyin naqshlar bilan ishlangandir. Katta kimvalda odatda alohida musiqa chalganlar. Uning ovozi yuqori va tantanavor bo‘lsa-da, ancha bo‘g‘iq va ma’lum bir yualandlikka ega emas. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, u sozlanmagan marosim musiqa asbobi sifatida qo‘llanilgan33.

Gugong muzeyi kolleksiyasidagi “To‘qqiz bulut nefrit shildiroq” Qin 琴

Qin 琴 (xitoy sitrasi) xitoyda chertib chalinadigan tor asboblarining eng qadimgisi hisoblanadi. Xitoyning butun tarixi davomida mamlakatda vujudga kelgan oliy tabaqa vakillari o‘zlarining qin 琴 ni chalish qobiliyatlari bilan shuhrat topganlar. Bu asbobni chalishda mashhur usta bo‘lganlar orasida Bahor va Kuz 31 Van Dzichu 中国乐器.-33-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 23-bet. 32 Васильченко Е.В. Музыка на цине и его место в китайской культуре. В.сб. Музыкальные традиции стран Азии и Африки. М. 1986. -36-b. 33 Van Dzichu 中国乐器.- 22-23-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.-17-bet.

23

davrlaridagi faylasuf Konfutsiy (eramizdan avvalgi 551- 479 yillar), buyuk tanlik shoirlari Li Bai 李白(eramizning 701-762 yillari) va Bai Juyi 白居易(eramizning

772-846 yillari) hamda Sun sulolasi imperatori Huizong 徽宗 (hukumronligi 1100-1125 yillar)lar edi. Mazkur asbob to‘g‘ri burchakli shaklda, yetti torga ega bo‘lgan. Qinning qadimgi namunalari chuqur va yoqimli tovushga ega. Qadimgi xitoyliklar yasagan ba’zi bunday asboblar bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ulardan biri, tengi yo‘q qin 琴, “To‘qqiz bulut nefrit shildiroq” nomi bilan hozirgi vaqtda

Pekindagi Gugong muzeyi kolleksiyasida saqlanmoqda. Mazkur qin 琴 noyob

bo‘lib, rivoyatlarga ko‘ra, Lei Wei 雷威 (tug‘ilgan va vafot etgan yili noma’lum) ismli kishi tomonidan yasalgan. Yana rivoyatda aytilishicha, bu asbobni yasalish jarayonida u uzoq tog‘larga va o‘rmonlarga ketib qor bo‘roni vaqtida daraxtlar orasida shuvillagan-guvillagan shamol ovozini eshitgan va shu yo‘l bilan bu asbobni tayyorlash uchun eng yaxshi materiallarni tanlagan. “To‘qqiz bulut nefrit shildiroq” o‘zining noyob chiroyli tovushi bilan eng mashhur qadimgi xitoy sitra asbobi hisoblanib, bizning davrgacha yetib kelgan34. Saroy hashamati: Han sulolasi gravyura35laridagi musiqa asboblari tasviri.

Bronza asrining Shang va Zhou sulolalari o‘rniga kelgan Han sulolasi davri (eramizdan avvalgi 202 yil – eramizning 220 yili) Xitoy tarixining muhim davrlaridan biri bo‘lgan. Han sulolasining go‘r ustiga qo‘yilgan gravyuralari Han davri musiqiy hayotiga oid ko‘pgina tasvirlarga ega36.

“Yuz tomosha” gravyurasi. Yinan 沂 南 (Shandong 山 东 viloyati) dan topilgan “Yuz tomosha”

gravyurasi Han davrining musiqiy tomoshalarini eng mashhur tasviri hisoblanadi. Unda juda ko‘p asboblarni, jumladan, jiangu 建 鼓 barabanlari, sozlangan

bianzhong 编 钟 qo‘ng‘iroqlarni, sozlangan tosh plastina bianqing 编 磬to‘plamlarini, taogu 陶 鼓 barabani shaklidagi shiqildoqlarni, paixiao 排 箫naylarini, xun 埙 naylarini, sheng 笙 til va lab bilan chalinadigan organini,

uzunasiga ishlangan xiao 箫 nayini va 25 torli se 瑟 sitra (nohina bilan chertib chalinadigan mausiqa asbobi)ni ko‘rish mumkin37.

Han sulolasi davridagi Mawangdui(马王堆) qabridan topilgan yu 竽.

34 Васильченко Е.В. Музыка на цине и его место в китайской культуре. В.сб. Музыкальные традиции стран Азии и Африки. М. 1986. -28-b. 35 Gravyura - toshga, metalga yoki yog‘ochga qo‘lda o‘yilib solingan surat 36 Van Dzichu 中国乐器.-34-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 24-bet. 37 Завадская Е.В. Культура Востока в современном западном мире. М. Наука. 1977.-стр.52

24

Yu 竽(nay) va se 瑟(sitra) Han sulolasi davrida eng keng tarqalgan musiqa asbobi hisoblanadi. Shuning uchun ham, bu davrni “nay va sitra ohanglari” davri deb ataydilar. Yu 竽 yirik til asbobi bo‘lib, ko‘pgina bambuk trubkalardan tashkil topgan va bu trubkalar quritilgan hamda ichi o‘yilgan qovoqdan qilingan korpusga o‘rnatiladi hamda bu korpusga munshtuk (naycha) ham qo‘yilgan bo‘ladi. Yu 竽Urushuvchi podshohlar davridan (eramizdan avvalgi 475 – 221 yillar) boshlab mashhur bo‘lgan. 1872 yili Han sulolasi davriga tegishli sharqiy Changsha 长沙shahrida joylashgan Mawangdui 马王堆 degan joydagi qabrdan topilgan va juda yaxshi saqlangan bu asbob namunasiga qadar, yu musiqa asbobi haqida faqat Hanlarning g’or ustiga solingan gravyuralari va musiqachilarning terrakota (sopol)dan ishlanib, dafn qilingan haykalchalari orqali ma’lum edi38. Han sulolasi davriga tegishli Mawangdui №1 qabridan topilgan 25 torli

sitra se 瑟.

Se 瑟 Han sulolasi davrida tarqalgan “nay va sitra ohanglari”ni namoyon etuvchi ikkinchi guruhning boshi hisoblanadi. Ikki yarim ming yil avval tuzilgan “Shijing” “诗经”(“Qo‘shiqlar kitobi”)da bu asbob haqida juda ko‘p eslatilgan. Se

瑟 chertib chalinadigan tor asbob bo‘lib, to‘g‘ri burchakli yog‘och korpusga ega.

Odatda uning 25 ta tori bo‘lgan. Se 瑟 qo‘pincha qadimgi hursandchilik tadbir va

marosimlarida qo‘shiqqa jo‘r bo‘lish uchun qo‘llanilgan. Se 瑟 sitraning xilma xil

namunalari Henan 河南, Hubei 湖北 va Hunan 湖南 viloyatlaridagi arxeologik manzillardan topilgan. Bu madaniy yodgorliklarning ba’zilari xuddi yangidek yaxshi holatda topilgan. Nozik ishlangan sitra Caojiagang(曹家岗) (Hubei viloyati,

Dangyang 当阳 shahri)dagi 5-sonli qabrdan topilgan bo‘lib, bahor va kuz davrlari (eramizdan avvalgi 770 - 476 yillar)ning oxirigi davrlariga tegishlidir. Mazkur musiqa asbob hozirgi qadar topilgan eng qadimgi namuna hisoblanadi39. Luozhuang (洛庄)Han sulolasiga tegishli qabrdan topilgan sozlangan

qo’ng’iroq bianzhong 编钟

Zhongqing40 钟磬 bronza asri uchun xos bo‘lgan musiqadir. Han sulolasiga tegishli qabrdan bu asbobning namunasi topilgan. Bu esa o‘z o‘rnida, bu asbobdan o‘sha davrda ham foydalanganliklarini ko‘rsatadi. Yaqinda Luozhuang 洛 庄

38 Van Dzichu 中国乐器.-39-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 27-bet. 39 Завадская Е.В. Культура Востока в современном западном мире. М. Наука. 1977.-стр.54 40 Qo‘ng‘iroq va litofonlar ohangi

25

(Shandong 山东 viloyati, Zhangqiu 章丘 uyezdi) Han sulolasi davriga tegishli qabrdan 149 ta musiqa asboblari topilgan, ular orasida yaxshi saqlangan 19 ta sozlangan qo‘ng‘iroqlar to‘plami bo‘lib, ikki qavatli yog‘och taxtaga osilgan edi. Luozhuang 洛 庄 dagi qabrdan o‘nlab boshqa turli xildagi musiqa asboblari

namunalari, jumladan, chunyu 淳于 (harbiy baraban), tongzheng 铜钲(qo‘ng‘iroq

shaklidagi bronza bong), tonling 铜铃(bronza qo‘ng‘iroqchalar), se 瑟(25 torli

sitra), jiangu 建鼓 barabani, xiaobiangu 小扁鼓(kichik yapaloq baraban), xuangu

悬鼓 (osiladigan baraban) va lab bilan chalinadigan organ sheng 笙 asboblari ham topilgan. Mazkur qadimgi musiqa asboblari hozirgi kunga qadar musiqa arxeologiyasi sohasida topilgan eng yirik topilma hisoblanib, Han sulolasi saroyi orkestri haqida aniq va jonli tassurotni beradi41. Henan 河 南 viloyatidagi Jiyuan (济源)hududidan topilgan musiqachilarning sopol haykalchalari.

Han sulolasi hukumronligi davrida zarbli-puflab chalinadigan musiqa (gu-chui yue 鼓吹乐) sohasida ko‘tarilish yuz berganligi sababli ko‘p stvolli paixiao 排箫 , til bilan chalinadigan jia 笳(nay shaklida) va shoh jiao 角 kabi musiqa asboblari keng tarqalgan. Mazkur musiqa asboblarni sulolaning butun hukumronligi davridagi qabrlar ustiga qo‘yilgan tasvirlarda ko‘rishimiz mumkin. Nay (sviril) dunyoning turli yerlarida paydo bo‘lgan birinchi puflab chalinadigan asbob hisoblanadi. Mazkur musiqa asbobining toshga o‘yilgan tasvirlari namunalari Mesopotamiyada uchraydi.Yaxshi saqlangan ikki nay paixiao 排箫Jiyuan 济源 dagi Knyaz I qabridan ham topilgan. Bunday asboblarning har biri 13 ta bir xil uzunlikda tanlab olingan turubkalarni bir-biriga bog‘lab, uch qismdan iborat bambuk korpusga o‘rnatilish orqali yasaladi. Jiyuandagi qabrdan topilgan haykalchalar, ularning ko‘rinishi qanday ekanligi haqida umumiy tassurot beradi. 1969 yil Henan viloyati Jiyuan 济源 uyezdi Sijiangou 死建构( hududidan topilgan va Han sulolasi davriga tegishli bo‘lgan bir guruh haykalchalar orasida ikkita raqqos, to‘rtta musiqachi va dirijer bor. Paixiao 排箫 ushlagan bir musiqachi bu asbobning obraziga juda o‘xshashdir42. Sichuan (四川 )viloyati Pi 啤 uyezdidan topilgan qo‘shiqchi-rivoyatchi haykalcha.

41 Van Dzichu 中国乐器.-43-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 29-bet. 42 Van Dzichu 中国乐器.-45-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.-30-bet.

26

Han sulolasi davrida nay jia 笳 va shoh jiao 角 G‘arbiy Xitoyda tarqalgan

gu-chui yue43 鼓吹乐 musiqasining asosiy musiqa asboblari hisoblangan. Hozirgi

davrda jia 笳 kabi asboblar ishlatilmaydi. Ehtimol, bunday asbobning ilk nusxasi o‘ralgan qamish barglaridan qilinib, puflanganda tovush chiqargan. Keyinchalik jia 笳 yog‘och o‘ramadan qilingan va uni chalish uchun qamishdan naycha yasaganlar. Ehtimol, hozirgi turli shakldagi puflab chalinadigan mashhur xitoy asboblari jia 笳 asbobining evolyusiyasi natijasidir. Han sulolasi davridagi qabr

usti gravyuralarida o‘sha davrdagi shoh jiao 角 juda katta bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Shuning uchun ham bu asbob hayvon shohidan emas, balki boshqa materiallardan yasalgan. O‘zining yuqori va ta’sirchan ovozi tufayli gorn (surnay) va baraban Xitoy tarixidagi urushlarda foydalanilgan va harbiy musiqada muhim o‘rin egallagan. Xitoy tilida gu jiao xiang wen “鼓角相闻”(shoh va baraban bir vaqtda jaranglaydi) degan turg‘un so‘z birikmasi mavjud bo‘lib, bu ikki asbobni bir-biri bilan uzviy bog‘liq ekanligi ko‘rsatadi. Shu bilan birga, baraban umuman musiqiy ijodiyotda katta ahamiyat kasb etadi. Mana shu ajoyib va noyob qadimgi san’at yodgorliklari 2000 yil o‘tmishdagi musiqa asboblari va uning ijrochilari haqida yorqin tasavvurni beradi44.

Qizil gilamdagi tomosholar: Sui 随 va Tang 唐 sulolalari davridagi musiqiy asboblarning ravnaqi va rivojlanishi.

Sui 随 va Tang 唐 sulolalari davri (eramizning 581-907 yillari) xitoy musiqiy madaniyatining katta yutuqlari davri bo‘lib, bu davrda ijro etish san’atida ham, musiqa asboblarini tayyorlash texnologiyasida ham katta qadamlar qo‘yilgan. Sharq va G‘arbning o‘zaro musiqiy almashuvi Xitoyda joylashgan xalqning turli millatlarining o‘zaro ijodiy ta’siri sifatida juda ko‘p musiqa asboblarining rivojlanishini tezlatib yubordi. Tarixiy hujjatlarga ko‘ra, Tang sulolasi davrida 300 ta turli shakldagi asboblardan, jumladan, ud pipa 琵琶, arfa konghou 箜篌, guqin

古琴(qadimgi qin), til va lab bilan chalinadigan organ sheng 笙, ko‘ndalag nay di

笛, fangxiang 方响(changga o‘xshash musiqa asbobi) va baraban jiegu 羯鼓 lardan foydalanganlar.

Yaponiyadagi Nara milliy muzeyida 1200 yildan ortiq vaqtga borib taqaladigan Tang sulolasi davriga oid qator musiqa asboblari va musiqiy madaniyat yodgorliklari mavjud bo‘lib, ular yuqori darajadagi qimmatbaho tarixiy meros hisoblanadi45.

43 Zarbli-puflab chalinadigan musiqa 44 Завадская Е.В. Культура Востока в современном западном мире. М. Наука. 1977. –стр.54 45 Van Dzichu 中国乐器.-48-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 32-bet.

27

Yaponiyadagi Nara milliy muzeyi kolleksiyasidagi ud pipa 琵琶

Sui va Tang sulolalari davrida ud pipa 琵琶 chertib chalinadigan asboblar orasida muhim hisoblanadi.

Bo‘yni qayrilgan pipa (lyutnya pipa) va 5 torli pipa 琵琶 asboblarining vatani Yaqin Sharqning Ikki daryo – Dajla va Frot oralig‘i (“yarim oy hosildor” hudud) hisoblanib, eramizning 4 asrida qadimgi Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoyga kirib kelgan. Bu asbobning birinchi ko‘rinishi noksimon korpusga, boshi qayrilgan, to‘rt torli va to‘rt pardaga (lad) egadir. Besh torli pipa 琵琶 ham shunday shaklda,

lekin hajmi jingxiang 颈项 pipaga nisbatan biroz kichikdir. Tang va Sui sulolalari davridan keyin bu asbob – an’anaviy xitoy torli chertib chalinadigan asbob bir oz o‘zgarishlarga uchrab, bugungi kunda ham mavjud. Chetdan kelganligiga qaramay, pipa xitoy asboblarining eng muhimlaridan biriga aylangan. Bu asbob yakka ijroda ham, qo‘shiqqa jo‘r bo‘lishda ham, musiqa konsertlarida ham, an’anaviy opera va musiqiy dramalarda ham qo‘llaniladi. Undan tashqari, pipa musiqiy duet va boshqa guruhlar tarkibida ham sahnalarda paydo bo‘lmoqda46.

Yaponiyadagi Nara milliy muzeyidagi dumoloq ud ruan 阮 Sui va Tang sulolalari davridagi (581-907 yillar) yana bir mashhur

asboblardan biri dumaloq ud ruanxian 阮 咸 hisoblanadi. Mazkur chertib chalinadigan tor asbob to‘g‘ri cholg‘u pardasi (grif)ga va dumaloq rezonator47 ga ega bo‘lib, uni chalganda vertikal holda ushlash lozim. Ud ruanxian 阮咸 o‘z

nomini Sharqiy Jin sulolasi davridagi (317-420 yillar) adabiyotchi Ruan Xian 阮咸(tug‘ilgan va vafot etgan yili aniqlanmagan) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u bu asbobni chalish bo‘yicha shuhrat qozongan. Hozirda Xitoyda uni qisqartirilgan holda ruan deb ataydilar. Tang sulolasi davrida ruan Yaponiyaga kelib qolgan va hozirda uni Yaponiyadagi Nara milliy muzeyi kolleksiyasida ko‘rish mumkin. Bu asbobning tuzilishi o‘z mohiyatiga ko‘ra, uning hozirgi qo‘llaniladigan shakliga o‘xshashdir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bu asbob ming yillar davomida hech qanday o‘zgarishlarga uchramagan48.

Wuchang 武昌 shahridagi Hejialong 何家垅 hududidan topilgan musiqachilar haykalchalari. Han sulolasi hukumronligi davrida odat tusiga kirgan, marhumlar bilan birga

sopol haykalchalarni ko‘mish Sui 随 va Tang 唐 sulolasi hakumronliklari davrida ham yana urf-odat bo‘lgan. Arxeologlar bu davrga oid juda ko‘p musiqa

46 Завадская Е.В. Культура Востока в современном западном мире. М. Наука. 1977. -56-b. 47 Tovushni kuchaytirib beradigan asbob 48 Van Dzichu 中国乐器.-52-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 35-bet.

28

guruhlarini tasvirlovchi haykalchalarni qabrlardan topganlar. Ularni odatda kuydirilgan loytuproqdan yasaganlar va marhumlar narigi dunyoda chiroyli musiqani tinglab lazzatlanishlari uchun ular bilan birga qabrlarga qo‘mganlar. Bu haykalchalar qo‘lida tasvirlangan musiqa asboblari orasida baraban paigu 拍鼓,

yog‘och surnay (goboy) bili 筚篥, ud pipa 琵琶, ko‘ndalang nay (fleyta) hengdi 横笛, arfa konghou 箜篌 va lab bilan chalinadigan organ sheng 笙 mavjud.

1956 yilda Hubei 湖北 viloyati Wuchang 武昌 shahridagi Hejialong 何家龙dan marhum bilan ko‘milgan akrobat va turli asboblarni chalayotgan musiqachilarning haykalchalari topilgan bo‘lib, bu kolleksiyada baraban paigu 拍鼓, ud pipa 琵琶, tartarak (shaqildoq) paiban 拍板 va lab bilan chalinadigan organ

sheng 笙 mavjud edi49.

Qin ovozi saroy devorlari ortida: Song 宋 va Yuan 元 sulolasi davrida an’anaviy xitoy operasi. Song 宋 sulolasi davrida (eramizning 960-1276 yillar) iqtisodiyotni o‘sishi

shaharlar sonining turg‘ur o‘sishi va shahar aholisi orasida yangi ijtimoiy qatlamlar sonini ko‘payshiga turtki bo‘ldi. Mana shu yangi ijtimoiy tabaqaning madaniy ehtiyojlari tufayli ming yillik an’anaviy xitoy operasi tez ravnaq topdi. Saroy devorlari yoqimli, jarangli nay ovozlarini, qin 琴 ning sekin bo‘g‘iq tovushini ko‘tarolmay qoldi va xitoy musiqasining asosiy oqimi xitoy zodongonlarining qizil gilamidan shahar ko‘cha va maydonlariga ko‘chib o‘tdi50.

Yuan sulolasi davridagi Zhong 忠 Duxiu 都秀 ijrosidagi Zaju 杂剧 operasidan ko‘rinish. Xitoy operasi ancha uzoq tarixga ega bo‘lib, uning asoslari Qin sulolasidan

avvalgi davrlarga (eramizdan avvalgi 221 yil) borib taqaladi. Qo‘shiq-raqs tomosholari rivojlanib, nafaqat syujet va rollarga, balki ashula va musiqiy jo‘rlik, raqslar, rechitiv51 ,grim, liboslar va oddiy dekoratsiya (sahna bezaklari)ga ega bo‘la boshladi. Sun sulolasi davrida an’anaviy opera xitoy jamiyatining barcha qatlamlari hayotiga kirib keldi. Janubiy musiqiy drama nanqu 南 曲 (janubiy

ohanglar) xitoy operasining ko‘rinishlaridan biri edi va Song 宋 va Yuan 元sulolalari davrida Janubiy Xitoyda keng tarqalgan edi. Beiqu 北 曲 (shimoliy ohanglar) “zaju” (qo‘shma, aralash pyesalar) operasining musiqiy uyg‘unligi bo‘lib, mamlakat shimolida vujudga kelgan musiqiy dramani namoyon etadi.

49 Van Dzichu 中国乐器.-57-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 37-bet. 50 Van Dzichu 中国乐器.-62-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 40-bet 51 Operaning muhim bir qismi, kuy va ohangda aytiladigan so‘zlar.

29

Opera san’atining har ikkala ko‘rinishida juda sodda musiqiy asboblar jo‘rligidan foydalanganlar. Ularda odatda baraban, nay va tartarakdan foydalanganlar52.

Tekis baraban bangu 板鼓 va yog‘och tartarak paiban 拍板.

Baraban bangu 板鼓 – an’anaviy xitoy operasining muhim zarbali asbobi bo‘lib, u hozirga qadar ishlatiladi. Bangu ikki qo‘lda chalinadi, uni bambuk tayoqcha bilan galma-galdan urib, aniq va jarangdor tovush chiqarib chalinadi. Baraban bangu 板鼓 yog‘och tartarak bilan birga vokal ariya53 larga ohang beradi va aktyorlar harakatini mustahkamlaydi, zarbali jo‘r bo‘lishni bezaydi, sahna bezaklariga va personajlar xarakteriga jilo beradi. Boy va qiyin texnikaga ega bo‘lgan bangu 板鼓 barabanini chalish katta badiiy ifodalikni beradi.

Yog’och tartarak paiban 拍板 ham an’anaviy xitoy operasida ko‘pincha

uchraydigan zarbali asboblaridan biri hisoblanadi. Paiban 拍板 Sui 随 va Tang 唐 sulolasi davrlarida saroy va xalq musiqalarida paydo bo‘lgan. Tartarak to‘plami odatda uch, olti yoki ko‘pi bilan to‘qqiz yog‘och plastinalardan tashkil topgan. Tartarak xalq musiqa ansambllarida va an’anaviy xitoy operalariga jo‘r bo‘lishda ishlatiladi54. Hebei 河北 viloyatidagi Xuanhua 宣化 qabridan topilgan rasm (tasvir).

1971 yil Hebei 河北 viloyatidagi Xuanhua 宣化 hududi dehqonlari ekin maydonlarini tekislayotgan vaqtida qadimgi qabrga duch keldilar. Bu qabrda yetarli darajada yaxshi saqlangan tasvir topilgan. Ming yillar davomida yomg‘ir suvlari ta’sirida bo‘lganligiga qaramay, bu tasvirning bo‘yoqlari o‘z oxorini yo‘qotmagan. Mazkur freskada 11 ta musiqachi va bir raqqosning tomosha ko‘rsatish tasviri tasvirlangan. Birinchi qatorda turgan besh kishidan ikkitasi yog‘och surnay bili 筚篥 da, uchtasi – lab bilan chalinadigan organ sheng 笙 da,

belga taqilgan baraban yaogu 腰 鼓 va katta barabanda musiqa chalayotgani

tasvirlangan. Orqa qatordagi olti musiqachilar tartarak paiban 拍板 da, ud pipa 琵琶 da, belga taqilgan baraban yaoguda, 12 stvolli nay nay paixiao 排箫 da va ikki

ko‘ndalang nay hengdi 横笛 da musiqa chalayotgani tasvirlangan. Eng oldingi planda kichik jussali odam musiqa ohangiga raqs tushayotgani tasvirlangan. Tasvirda o‘sha davrda mashhur bo‘lgan opera guruhi Xiban 戏班 ning namoyishi

52 Van Dzichu 中国乐器.-63-64-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 41-42-bet. 53 Operada orkestr jo‘rligida bir kishi tomonidan ijro etiladigan kuy. 54 Васильченко Е.В. Музыка на цине и его место в китайской культуре. В.сб. Музыкальные традиции стран Азии и Африки. М. 1986. -33-b.

30

tasvirlangan bo‘lib, bu namoyish musiqa asboblari va raqs orqali amalga oshirilgan55. Zamonaviy xitoy musiqa asboblari.

Xitoyda 56 xil millatlar istiqomat qilib, ularning har birining sevimli musiqa asboblari bor. Yanszi (Changjiang 长江 )daryosi vohasida ipak va bambukdan qilingan56 , bong va barabanlar, Huanghe daryosi sohillarida lab bilan chalinadigan organ sheng, mashhur, Ichki Mo‘g‘ulstonda skripka nurin-xur ya’ni matouqin57马头琴, qor bilan qoplangan yuqori tog‘ hududlarida, Janubiy-G‘arbiy Xitoyning

uzoq hududlarida ko‘ndalang nay dizi 笛子 bilan bir qatorda kovakli qovoqdan

qilingan nay hulusi 葫芦丝 mashhur bo‘lib, bularning barchasi xitoy musiqa asboblarining ajoyib tizimiga o‘ziga xos tus beradi.

1949 yilda XXR tuzilishi bilan an’anaviy xitoy musiqasi o‘z rivojlanishining va innovatsiyasining yangi davriga kirib keldi. Talab qilingan yangi musiqiy uslubga o‘rganish uchun qator yangi asboblar, jumladan, skripka gehu 革胡 ning alt58 va bas59 modellari, paigu 排鼓 barabanlar to‘plamlari va ma’lum bir balandlik darajasi ega bo‘lgan turli zarbali asboblar ishlab chiqildi. Xitoy milliy asboblari avvalgidan ham to‘liq , katta hayotiy kuch va ta’sirchanlilik bilan jahon saxnalariga chiqdi60.

Janubiy Xitoyning “ipak va bambuk” ohanglari: xitoy xalq

asboblarining jozibador ta’sirchanligi. Xitoyning butun uzoq tarixi mobaynida xitoy cholg‘u musiqasi sulolaviy

hunarmandlar tomonidan avloddan avlodga o‘tib kelayotgan, ma’lum bir asboblardan foydalanuvchi va o‘zining aniq repertuariga ega bo‘lgan turg‘un mahalliy shakllarga nisbatan turli takomillashuvlarni boshidan o‘tkazdi.

Janubiy “ipak va bambuk” ansambli. Jiangsu 江 苏 , Zhejiang 浙 江 viloyatiga kiruvchi Yanszidan janubda

joylashgan hudud va Shanxay shahri jozibador cholg‘u uslubidagi kamera musiqasi vatani hisoblanib, “ipak va bambuk” “江南丝竹”ohanglari nomi bilan mashhurdir. “Ipak” deganda, ipak torli turli xil tor asboblar nazarda tutilib, bu janrda skripka erhu 二胡, ud pipa 琵琶, chang yangqin 扬琴 va uch torli ud sanxian 三弦 da kuy chalinadi. “Bambuk” deganda, bambukdan yasalgan puflab chalinadigan asboblar nazarda tutilib, ularga ko‘ndalang nay dizi 笛子, labda chalinadigan organ sheng 笙

55 Van Dzichu 中国乐器.-68-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 46-bet 56 Torli va puflab chalinadigan asboblarning obrazli ma’nosi 57 Ot kallasi shaklidagi boshga ega bo‘lgan skripka 58 Alt notada alt belgilaridan biri, alt –musiqa asboblari 59 Yo‘g‘on ovozli musiqa asboblari 60 Van Dzichu 中国乐器.-72-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 49-bet.

31

va vertikal nay xiao 箫 lar kiradi. Bu janrda qo‘llaniladigan zarbali asboblarga

barabanlar, tartaraklar, muyu 木鱼61 va jezdan qilingan qo‘ng‘iroqchalar kiradi. “Ipak va bambuk” musiqasi ansambli tarkibi ixcham bo‘lib, bambuk nay va erhu二胡 ikkiligidan katta miqdordagi turli asboblar orkastri diapazonigacha bo‘ladi. Janubiy Xitoyning “ipak va bambuk” musiqasining jonli va latofatli ohangi odamlarda zavq va shavq hissiyotlarni uyg‘otadi62. Ikki torli erhu 二胡 skripkasi.

Erhu 二 胡 (ikki torli skripka) “ipak va bambuk” musiqasini chalishda ishlatiladi va barcha kamoncha bilan chalinadigan tor asboblar orasida eng ta’sirli tuvushga ega. Erhu 二胡 ning tarixi uzoq ming yillik asrga borib taqaladi. Oldingi

asrning 20-30 yillarida mashhur musiqachi va pedagog Liu Tianhua 刘天华 (1895-1932) erhuni tayyorlash bo‘yicha yangi o‘zgarishlar kiritib, bu asbobni prfessional musiqa sohasiga kirib kelishiga yo‘l ochdi. Erhu 二胡 ni chalganda ko‘pgina qiyin

texnik kamoncha bilan chalinadi va barmoq usullari ishlatiladi. Erhu 二 胡 skripkasi ko‘pincha an’anaviy xitoy milliy asboblari orkestrida va torli va puflab chalinadigan musiqalar ijrosida yetakchi asbob sifatida chalinadi63.

Nurin-xur skripkasi matouqin 马头琴

Nurin-xur skripkasi (matouqin 马 头 琴 ) mo‘g‘ul kamoncha bilan chalinadigan tor asbob bo‘lib, asosan Ichki Mo‘g‘ulistonda keng tarqalgan. Matouqin 马 头 琴 o‘zining takrorlanmas ovoz tembriga ega bo‘lib, turli xil musiqalarni chalish uchun qo‘llash mumkin64. Sitra65 Zheng 筝.

Sitra zheng 筝 ud pipa 琵琶 va dumaloq ud ruan 阮 kabi xitoyliklarning o‘ziga xos yorqin ta’sirga ega chertib chalinadigan tor asbob hisoblanib, ko‘pincha yakkaxon chiqishlarda ishlatiladi. Zheng 筝 Bahor va Kuz davri (eramizdan avvalgi 770-476 yillar)ning oxirlarida keng tarqalgan. Bu asbobning qadimgi arxeologik namunasi o‘z shakliga ko‘ra taxminan 2500 yil yosh deb belgilangan. Hozirgi Zheng 筝 16 torga egadir. Sitra Zheng 筝 musiqaga bezak beruvchi yoqimli

61 Aynan: “yog‘och baliq” deb tarjima etilib, ichi kovak yog‘och dasta oxur bo‘lib, ohangga zarba berish uchun ishlatiladi. 62 Van Dzichu 中国乐器.-75-76-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 51-bet. 63 Van Dzichu 中国乐器.-79-80-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 53-bet. 64 Завадская Е.В. Культура Востока в современном западном мире. М. Наука. 1977. 65 Noxina bilan chalinadigan musiqa asbob

32

tembrga ega. U ko‘pincha ashula, raqs va an’anaviy xitoy operasi uchun jo‘r bo‘lishda ishlatiladi66. Suona 唢呐 va sheng 笙.

Suona 唢呐(2- tilli gorn) til bilan chalinadigan xitoy asbobi hisoblanadi va ehtimol, kelib chiqishiga ko‘ra Yaqin Sharqdagi ikki daryo oralig‘i hududidagi qadimgi Mesopatamiyaga borib taqaladi. Bu asbob Xitoyga G‘arbiy va Sharqiy Jin近 sulolasi davri (eramizning 265-420 yillari) kelib qolgan va sekin-asta saroy

zodagonlari va oddiy xalq orasida tarqalgan. Hozirgi vaqtda suona 唢呐 xalq cholg‘u ansambllarida keng ko‘lamda ishlatiladi.

Xitoy iyeroglifi yordamida yozilgan sheng 笙 (labda chalinadigan organ) asbobi nomi ikki qismdan iborat bo‘lib, “hayot: avlodni davom ettiruvchi” va “bambuk” ma’nosini bildiradi. Bu asbobni kashf etilishi rivoyatiga ko‘ra, u qadimgi ma’buda – odamning ajdodi Nuwa nomi bilan bog‘liq. Sheng 笙 xan millatining xalq cholg‘u ansambllarida hamda an’anaviy xitoy operasining turli mitaqaviy ko‘rinishlarida jo‘r bo‘lish uchun keng foydalaniladi67.

Pekin operasi skripkasi – Jinghu 京胡.

Jinghu 京胡 – Pekin operasining asosiy uch asboblarining birinchisi bo‘lib, an’anaviy kamoncha bilan chalinadigan asboblar asosida Qing sulolasi hukumronligi davrining o‘rtalarida Pekin operasining rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan. Jinghu 京 胡 repertuarining katta qismi – Pekin operasi ohanglaridir68. Oyli ud - Yueqin 月琴 ni chalish.

Yueqin 月琴 - Pekin operasining asosiy uch asboblarining uchinchisi bo‘lib,

chertib chalinadigan tor asbob hisoblanadi, o‘z shakliga ko‘ra dumaloq ud ruan 阮ga o‘xshash bo‘lib, oy shaklidagi korpusga va ancha qisqa bo‘yinga ega. 20 asr davomida oy ud turli ijrodagi usullardan qoniqish olish uchun moslashtirilgan69.

Bo 钹 kimvallar. Pekin operasining harbiy orkestr tarkibida zarbali asboblarning keng

to‘plami mavjud. Bong luo 锣 va kimvallar bo 钹 urush manzalarini tasvirlovchi

sahnalar uchun eng xarakterli asboblar guruhi hisoblanadi. Bo 钹 bronzadan yasalgan cholg‘u asbobi bo‘lib, eng kamida Janubiy va Shimoliy sulolalar davriga 66 Van Dzichu 中国乐器.-83-84-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.-55-bet. 67 Завадская Е.В. Культура Востока в современном западном мире. М. Наука. 1977. 68 Van Dzichu “中国乐器(92-93-bet), N.Vasilyev tarjimasi “Китайские музыкальные инструменты” (62-bet) 69 Васильченко Е.В. Музыка на цине и его место в китайской культуре. В.сб. Музыкальные традиции стран Азии и Африки. М. 1986.-37-b.

33

(eramizning 420- 589 yillari)borib taqaladi. Bu asbob taxminan eramizning VI - asri boshlaridan boshlab aholining barcha qatlamlari orasida keng tarqalgan. Bo 钹 ikki dumaloq tekis kimvallardan tashkil topgan. Kimvallar bo ko‘pincha xalq cholg‘u musiqasi ansambllarida hamda maxsus zarbali asboblar orkestrida ishlatiladi70. Yog‘och shaqildoq bangzi 棒子.

Yog‘och shaqildoq bangzi 棒 子 yoki bangban 梆 板 , zarbali asboblar

qatoriga kiradi. Henan 河南 operasini ham Henan “bangzi”河南“棒子”, ya’ni

shaqildoq nomi bilan ataladi, u maqom beruvchi asbobdir. Shaqildoq bangzi 棒子lar ikki xil hajmda, qattiq darxatga ishlov berib yasalgan taxtadir. Undan chiqadigan ovoz aniq va zarangdor bo‘lib,belgilangan tovush darajasiga ega emas. Mazkur asbob nafaqat turli ko‘rinishdagi bangzi 棒子 operalar maqomni ushlab turish uchun ishlatiladi, balki uni xalq cholg‘u ansambllari chiqishlarida ham eshitish mumkin71.

1.2. O’zbek cholg’u asboblarining tadrijasi。

O’zbeklar musiqa va qo’shiqni ehtiros bilan sevishadi… Sayohatchini turkman va qirg’izlardagi qo’shiqqa bo’lgan xuddi shunday ehtiros hayron qoldiradi. Bu odamlar uchun musiqa va she’riyat – buyuk lazzatdir.

A.Vamberi

Musiqa asboblari moddiy madaniyat yodgorliklarida (Eramizdan oldingi III asr – eramizning IX asri)

Juda qadimda O’rta Osiyoda odam paydo bo’ldi va unda badiiy ijodga intilish paydo bo’ldi. Bu haqda geometrik shakllar, hayvonlar va o’simliklarning tasvirlari bilan bezatilgan keramika idishlar, shuningdek bronza va toshdan yasalgan buyumlar – bu yerda 1-5 ming yillar ilgari yashagan insonlar faoliyatining eng qiziq namunalaridan so’zlashadi. 70 Van Dzichu 中国乐器.-96-97-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 65-bet. 71 Van Dzichu 中国乐器.-100-101-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 67-bet

34

O’rta Osiyoda yashagan qadimgi odamlarning musiqasi haqidagi ma’lumotlar deyarli saqlanib qolmagan. Yunon va rim yozuvchilarining asarlarida esa faqatgina ibodatga oid marosimlarga doir bo’lgan forslar va massagetlarning72 qo’shiqlari va raqslari to’g’risidagi muloxazalargina mavjud. Avesto – Eron yassi tog’ligi va O’rta Osiyo daro oralig’ida yashagan qadimgi xalqlarning afsonalarini o’ziga singdirib olgan zaroastrizmning (otashparastlik) muqaddas kitobi bo’lib, koxinlar ((afsungarlar) tomonidan ijro etilgan gimn qo’shiqlarini (gatalar) o’z ichiga oladi. Lekin bu she’rlar qanday navolarda ijro etilganini aniqlash endi mumkin emas. Musiqa asboblarining eramizdan ancha ilgari paydo bo’lganini tasdiqlovchi «jonli» guvoxlar katta qiziqishlarni paydo qilmoqda. Nisbatan yaqinda Samarqand viloyatidagi qishloqlardan birida ayollar dafn etilgan joydan (tilla va bronza taqinchoqlar orasida) topilgan suyakdan qilingan fleyta shulardan biridir. Uni bronza asriga kiritishmoqda. Arxeologik ma’lumotlar musiqa madaniyatining asosiy manbalarini aniqlash imkonini beradi. Bu antik davlatlarning yirik viloyatlari markazlaridir: Sug’diyonadagi Maroqand (qadimiy Samarqand), Parfiyadagi Nisa. Bu shuningdek ibodatxona va saroy inshootlarining butun majmuasi mavjud bo’lgan o’ng qirg’oqdagi Xorazm va Baqtriya shaharlaridir. O’tgan asrning oxirida boshlangan va shu kunga qadar davom etayotgan Afrosiyobdagi arxeologik qazilmalar boy materiallarni in’om etdi. Topilmalar massasi orasida terrakotali haykalchalar alohida qiziqish uyg’otadi. Qiyofali mazmuniga ko’ra ular g’oyatda turlichadir: ayol ma’buda, jangchilar, musiqachilar va musiqachi ayollar tasviri. Shunisi qiziqki, musiqachilar favqulodda ko’p uchraydi. Ularning miqdorining o’zi qadimgi haykaltaroshlarning musiqachilik kasbiga hurmat bilan munosabatda bo’lishgani to’g’risida so’zlaydi. Barcha shubxalar, bu tasodifiy emas, va,menimcha musiqaning so’g’diylar xayotidagi muhim roli, uning ibodatga oid ma’rakalar, ommaviy, umumxalq bayramlaridagi ishtiroki bilan bog’liq. Afrosiyob terrakotalariga qarab xulosa qilish mumkinki, so’g’diylarning sevimli asbobi ud73 bo’lgan. Afrosiyob terrakotalarida tasvirlarning juda ko’pligi So’g’dda uddan keng tarzda foydalanilganidan dalolat beradi. Garchi kalta ud tasvirlari antik Xorazm, Marv va Sharqiy Turkiston terrakotalarida uchrab tursa ham, O’rta Sharqning boshqa koroplastik markazlarida biz unga o’xshash xech narsani topmaymiz. Qadimiy Mirsga kelsak, uning madaniyatining ko’psonli yodgorliklari «uzun 74 » deb ataluvchi boshqa turdagi ud mavjud bo’lganini

72 Massagetlar – eramizdan avval gi VIII-IV asrlarda Sirdaryoning quyi tomonida yashagan skiflar qabilasi: O’rta Osiyo skiflari guruxlaridan birini shuningdek saklar deb atashgan. 73 Biz so’g’diylar bu asbobni qanday ataganlarini bilmaymiz, shuning uchun yevropacha ud so’zidan foydalanamiz. 74 Ud asboblari guruxiga kalta bo’yinchali (kalta ud) va uzun bo’yinchali (uzun ud) udlar kiradi. Agar birinchi tur uchun belgilarning (kalta biyinchaga o’tuvchi va orqaga qayrilgan boshchali katta korpus) bir xilligi xarakterli bo’lsa, ikkinchi tur uchun – aksincha, ularning turli xilligidir. Bo’yinchaning uzunligi – bo’lishi shart bo’lgan belgi bo’lib, u bu turdagi asboblarni birinchisidan ajratib turadi. Lekin bo’yincha juda uzun va sal uzaygan bo’lishi mumkin. Korpus shakllari ham turlichadir. Ba’zi asbobshunoslar (K.A.Vertkov) hamma uzun bo’yinchali udlarni umumiy «tanbursifatlar» nomi ostiga birlashtirishni taklif qiladilar. Xorij adabiyotida uzun udlarni pandorlar deb atashadi. Zaksning fikriga ko’ra, udning yunoncha nomi pandura shumercha pan-tar (kichik nayza) so’zidan kelib

35

bildiradi, lekin u ham qadimiy Misr musiqasi tadqiqotchilarining taxminlariga ko’ra Misrga Osiyodan kirib kelgan. Ma’lumki, (kalta) ud azaldan Xitoy musiqa asboblari majmuiga kiradi va u yerda u pipa deb ataladi. Biroq, Xitoy xroniklari guvoxlik berishicha, ud – ajnabiy asbob Xitoyga G’arbiy O’lkadan kelib qolgan. Farmer udning Xitoyga kirib kelishini Xitoy imperatori Vu-Tining o’zi bilan birga «yovvoyi» asbob (ya’ni, Farmerning aytishicha, turkmancha barbat) chaluvchi mashshoqni olib kelgan turk malikasiga uylanishi bilan bog’laydi. Aynan shu mashshoq (Xitoyda Su Chi-po nomini olgan) Xitoy musiqasiga o’z mamlakatining yetti modusini olib kirgan, ularning eski xitoycha nomi «ariylardan, aniqrog’i – forslardan kelib chiqqani ma’lum xususiyatlarga ega». Pipa nomining o’zi esa, Farmerga ko’ra, forscha «barbat» atamasining fonetik o’zgargan shaklidir. Bu atamaning boshqa ifodasini biz L.Pikkenda topamiz: «pi» qilni oldinga tashlashni, «pa» esa – qilning orqa tomonga harakatini ifodalaydi. Xitoy yozma manbalari va arxeologik topilmalarni taqqoslab, Pikken shunday xulosaga keladi: Xitoyda kalta udning (tuxumsimon korpusli) paydo bo’lishini V asr boshidan oldingi sonni belgilash mumkin emas va uning kelib chiqish joyini Markaziy Osiyodan, ehtimol, g’arbga tomon, masalan Parfiyadan izlash lozim. Pikkenning fikrlari e’tiborga loyiq. Ma’lumki, eramizning birinchi asrlarida Sharqiy Turkistonda so’g’d koloniyalari yuzaga keldi. Ko’chirib kelingan so’g’diylar o’zlari bilan o’zlarining musiqa asboblarini, shuningdek udni ham olib kelgan bo’lishlari ham ehtimoldan holi emas. Sharqiy Turkistondan ud osongina Xitoyga borib qolgan bo’lishi mumkin. So’g’dda tarqalgan musiqa asboblarining Sharqiy Turkistonda yoyilgan izlari Xotandagi arxeologik qazilmalar bilan tasdiqlanadi. Yotkan shahrining (Xotanning poytaxti, eramizning birinchi asrlari) terrakota shaklchalarida ud, fleyta, barabanlarning tasvirlari mavjud. Xotan udi, Afrosiyob udi kabi, to’rtta torga ega, lekin uning korpusi uzunroq. Mashshoqlar sifatida ko’pincha maymunlar chiqishadi, bu esa buddiylik ibodati bilan bog’liqdir. Boshqa, So’g’dda mashhur bo’lgan torli asboblardan biri arfa bo’lgan. Afrosiyob terrakotalari orasida arfachi mashshoqlar (doim erkaklar) ko’p uchraydi. Uzoq vaqt arfaning vatani Misr hisoblangan. U yerlarda u Qadimiy podshoxlik (eramizdan 3000-2250 y. avval) yodgorliklarida paydo bo’lgan va bir necha yuz yilliklar mobaynida xarakterli bo’lgan yoy shaklida saqlab qolgan (uning nomi «yoyli arfa» shundan kelib chiqqan). Old Osiyodagi arxeologik kashfiyotlar asbobning avval mavjud bo’lgani geografiyasini kengaytirdi. Boy inkustisiyalangan arfa Urlar sulolasiga tegishli bo’lgan Shumer malikasining (eramizdan 3000 yil avval) sag’anasidan topilgan. Burchakli arfa yoyli arfadan keyin paydo bo’lgan. Misrga u Osiyodan borib qolgan (uni «osiyo» arfasi deb atashlari tasodif emas). Mesopotamiya yodgorliklarida bu arfa saroy yoki marosim saxnalarida, ko’pincha boshqa asboblar bilan bir ansamblda ishtirok etadi.

chiqqan, ammo yunonlar bu atamani bevosita shumerliklardan emas, balki kavkaz xalqlarining biridan o’zlashtirishgan.

36

Ayrim xorijiy tadqiqotchilar taxmin qilishlaricha, egilgan rezonatorli arfa yunonlarga sambuka yoki sambik75 nomi bilan tanish bo’lgan. Turli davrlarga tegishli bo’lgan (eramizdan oldingi III asrdan to eramizning V-VIII asrlarigacha) Afrosiyob terrakotalari turli madaniy tasvirlar, turli uslubiy jixatlarning chatishib ketganini aks ettiradi. So’g’ddagi arfachi erkakning tasviri topilan sanasi eramizdan avvalgi 1900 yil deb belgilangan, tasviri yaxshi saqlangan Shumerlik arfachi ayol o’rtasidagi yaqin parallel Sadokov tomonidan bildirilgan taxminlar foydasiga so’zlaydi. Ham u, ham bu xaykalchada asbob qisman ko’rinadi, lekin aloxida detallariga ko’ra (rezonator va tor ushlagichning qismi), xuddi ularning mashshoq qo’llarida turishi holatining bir xilligiga ko’ra, ikkala tasvirni burchakli arfa turiga kiritish mumkin. Ikkita ming yillikni ajratib turuvchi badiiy kirinishlarning bu yaqinligi ajablanarli xoldir76. Afrosiyob terrakotasidagi puflama asboblar fleytalarning turli ko’rinishida tasvirlangan. Ulardagi ijrochilar – ayollar va erkaklar. Ko’ndalang fleyta - Qadimgi dunyoning eng keng tarqalgan asboblaridan biridir. Ko’p yerlarda u o’z tuzilishini saqlab qolgan xolda hozir ham mavjud, Kuchuk oldida fleyta chalayotgan cho’pon bola tasviri Shumer tarixining arxaik davriga mansub. Ko’ndalang fleyta (ikkala tomoni ochiq g’ovak tayoq ko’rinishida) Misrda O’rta podshoxlik davrida mavjud bo’lgan (eramizdan 250-1600 y. avval) va hozirgi davrga qadar kolik cho’ponlar turmushida saqlanib qolgan. Xan davrida mashxur bo’lgan qadimgi xitoycha di uchta chalish uchun teshikchali 700-800 mm. uzunlikdagi bambukdan yasalgan naychani ifodalagan. Eramizdan avvalgi III asrda di endi oltita teshikchaga ega bo’lgan. Bu qadimiy asbob zamonaviy xitoycha xiao asbobi bilan deyarli bir xildir. Xitoyda ko’ndalang fleyta mashxur asboblardan biri sanaladi. Biroq, xitoycha manbalarida asbobning (uning eskicha nomi xenchuy) xorijdan kelib chiqishi to’g’risida ko’rsatilganligi qiziqarlidir. «Szan tarixlari» musiqaviy bilimida aytilishicha, xenchuy – bu ko’ndalang fleyta bo’lib, xu – asbobidir (ya’ni ajnabiy). Eramizdan avvalgi II asrda xitoylik diplomat va sayyox Chjan Szyan, g’arbiy o’lkada bo’lib, u yerdan xenchuy olib kelgan va o’z qabiladoshlariga bu asbobni chalish san’atini topshirgan. Zamonaviy Xitoy (ko’ndalang) fleytasi o’zbekcha nayga yaqin. U oltita chalish uchun teshikchalari bo’lgan 610-630 mm. uzunlikdagi bambukdan yasalgan naychani aks ettiradi. Afrosiyob terrakotasida shuningdek o’ziga xos tuzilishli fleyta asboblari ko’rsatilgan. Ular puflash uchun yonlama o’simtasi (patrubok) bo’lgan va bir nechta chalish uchun teshikchalari bo’lgan xushtakli, ya’ni okarina turidagi asboblar, balki oddiy xushtaklar bo’lishi mumkin. Shuningdek ta’kidlash mumkinki, u davrda ushbu turdagi musiqa asboblari bolalar o’yini uchun emas,

75 Yunon va rim manbalarida uchraydigan «sambuka» atamasini R.Girshman qayiq shaklidagi asosga tayanuvchi zinaga o’xshagan, haqiqatda birmuncha egilgan rezonatorli arfani eslatuvchi harbiy mashina nomidan olgan. 76 Davlat Tarixiy muzeyidagi (Moskva) arfachining haykalchasi uslubiy xususiyatlariga ko’ra Samarqand muzeyidagi V.A.Mashkeris tomonidan so’g’diylardan keyingi davrga (eramizning V-VIII asrlari) kiritilgan afrosiyob terrakotalari guruxiga tutashib ketadi.

37

balki murakkabroq bo’lgan boshqalari bilan teng ravishda, tantanali marosimlarda ishtirok etgan. Torli va puflama asboblar bilan birga barabanlar tasviri xam uchraydi. Baraban doimo bir xil - qumsoat shaklidagi ikki tomonlama asbob. Marsel-Dyubua77 uni «baraban-qumsoat» deb ataydi va Hindistonning qadimiy asboblari qatoriga kiritadi. Xitoyda u yaogu (bel barabani, ya’ni belga maxkamlanadigan baraban) deb nomlanadi. Shunisi qiziqki, qadimgi yaogu xam, zamonaviysidan farqli o’laroq, qumsoat shaklida bo’lgan. Antik O’rta Osiyoda qumsoat shaklidagi baraban Xorazm yodgorliklarida (Afrosiyobdan tashqari) aks ettirilgan. Uni III-IV asrdagi (Tuproq qal’a) saroy binosi devorlaridagi yozuvlar aks ettiradi. Tuproq qal’adagi yozuvlarda ko’rsatilganidek, uni ikkala qo’l barmoqlari bilan (chiplarsiz) chalishgan.Asbobning terrakota xaykalchalaridagi xolatiga qaraganda, so’g’diycha barabanlar yelkaga tashlangan, kamarga osilgan yoki bel yoniga maxkamlangan. Modomiki ijrochilar sifatida ba’zida ayollar chiqar ekan, faraz qilishimiz mumkinki, baraban So’g’dda, xuddi Sharqdagi boshqa mamlakatlardagi kabi, nafaqat harbiy yo’nalish, balki ibodat yo’nalish asbobi ham bo’lgan. Afrosiyob terrakotalaridan birida (juda yomon saqlangan) otliq mashshoq (ehtimol, askar) likopchaga o’xshagan asbobni ushlab turibdi. Assuriyadagi harbiylar raqsiga doir bo’lgan asboblar ansambli tasvirlangan tosh relyef saqlanib qolgan. Ansambl ishtirokchilaridan biri qo’llarida likopcha ushlab turibdi78. Nisadagi topilmalar orasida yuzlab odamlar, xudolar va fantastik mavjudotlar shakllariga ega barelef tasvirlar bilan qoplangan ritonlar – fil suyagidan yasalgan shoxsimon idishlar aloxida qiziqish uyg’otdi. Pugachenkovaning fikricha, Nisadan topilgan ritonlar asosan ibodat bilan bog’liq ichimliklar uchun xizmat qilgan. Riton karkasga o’rnatilgan fil suyagi bo’laklaridan tuzilgan. Nisa ritonlaridagi musiqa asosan ibodat bilan bog’liq harakatlarning faol ishtirokchisi kabi chiqadi. Agar olimp xudolarini tasvirlovchi frizlarda u faqat Apollon qo’lidagi kifara ko’rinishida tasvirlangan bo’lsa, frizlarning diniy marosimlar bilan bog’liq boshqa guruxida musiqaga alohida rol berilgan. Kifara – Sharqning (Shumer, Assiro-Vaviloniya) va O’rta yer dengizi bo’yidagi (Misr, Siriya, Yunoniston, Rim) qadimiy sivilizatsiyalarning muhim musiqa asboblaridan biri bo’lgan. Tuzilishi bo’yicha kifara liraga yaqin79. Bu ma’lumotlarga tayangan holda, Nisa ritonlari asbobini kifara deb atash mumkin. Nisa ritonlarining urib chalinadigan asboblari – bular doira va likopchalardir. Aksariyat tasvirlarda asbob zamonaviy o’zbekcha yoki tojikcha doiraga o’xshab ketadi. Doirani ayollar chalishi e’tiborni o’ziga tortadi. 77 Marsel-Dyubua (1898-1949) – belgiyalik skripkachi, musiqa fani o’qituvchisi bo’lgan. Bryusseldagi konservatoriyani tamomlagan. Keyinchalik ushbu konservatoriyada skripka bo’yicha professor bo’lgan. 78 Relyefda ular yaqqol ko’rinadi. Bu – ikkita o’zaro uriluvchi, markaziga charm kamar maxkamlangan mis disklardan iborat bo’lgan o’zi ovoz chiqaruvchi asbob. Ko’p asarlarda bu asbob «kimvallar» nomi ostida ifodalanadi. 79 Kifara, xuddi lira kabi tepasida xari bilan biriktirilgan ikkita ustunli yassi yog’och korpusga ega. Unga torlar (ichakli yoki paychali) biriktiriladi, ularning pastki uch qismi korpusning pastiga maxkamlanadi.

38

Doira, boshqa ayrim asboblar kabi (ko’ndalang fleyta va uzun ud) minglab yillar davomida mavjuddir. Zamonaviy o’zbek-tojik doirasi Nisa ritonlarining to’g’ridan-to’g’ri avlodidir. Marv terrakotalarining musiqiy asboblar majmuasi Nisa ritonlarining ohanglarini takrorlamaydi. Xuddi So’g’ddagi kabi, Marg’iyonadagi asosiy asbob bir nechta variantlarda taqdim qilingan ud hisoblanadi. Ulardan biri Afrosiyob terrakotasidagi udga aynan o’xshashdir. Xorazm80. Antik Xorazm (Eramizdan avvalgi IV asr – eramizdagi III asr) yirik, hududi bo’yicha keng, markaziy qismi Amudaryo etagida joylashgan quldorlik davlatidir. Antik Xorazmning torli asboblari arfalar, kifara turli ko’rinishdagi chertib chalinadigan asboblarni o’z ichiga olgan. Arfa va kifaralarning tasvirlari ilk asboblar qatoriga kiradi. Qo’yqirilgan qal’adan topilgan Qadimiy Xorazmning terrakotalari orasida kifarali mashshoqning bilagi ajralib turadi. Mazkur Xorazm kifarasining relyef bilagida saqlanib qolgan Afrosiyob kifarasiga yaqinligini ta’kidlash mumkin. Unisida ham, bunisida ham beshtadan tor bo’lib, o’xshashligi shaklning konturida (to’rtburchak) va umumiy qiyofaning og’irligida ko’rinadi. Torli asboblar guruhini urib chaladigan asbob – ikkitomonlama baraban to’ldiradi. Baraban chalayotgan ayol tasviri Tuproq qal’a saroyi yozuvlari orasidan topilgan. Bilakda o’yin lahzasi tasvirlangan: ikkala qo’lining barmoqlari bilan barabanchi ayol chap membranani urmoqda. Ayritom frizidagi ud o’ziga xosdir. Katta dumaloq korpusli Afrosiyob udlaridan va kichkina korpusli Parfiya ritonlari udlaridan farqli o’laroq, ayritom udlari o’rtasida yengilgina «beli» bo’lgan cho’zinchoq korpusga ega. Udning tashqi konturining bu o’ziga xosligi ayrim tadqiqotchilarga Ayritom frizida bizga zamonaviy bo’lgan shakldagi rubob tasvirini ko’rishga asos berdi. Bunga qo’shilish qiyin. Avalambor, shuning uchunki, ayritom udi zamonaviy rubobning oddiy belgisi – teskari tomonidagi tor va chuqur, go’yoki korpusni ikkita teng bo’lmagan bo’lakka bo’luvchi o’yiqdan maxrumdir. Lekin, balki biz bu yerda zamonaviy rubobning ajdodini ko’rayotgandirmiz? Bunday ham bo’lmasa kerak, chunki Gandxar releflaridan olingan asbob zamonaviy (afg’on) rubobga to’liq o’xshashlik beradi. Bu tasvir rubobning bizga zamonaviy bo’lgan shaklda I asrdayoq mavjud bo’lganini isbotlaydi. Gandxar relyeflarida Ayritomning «belli» udida parallellar yo’q. Torli asboblardan hammadan ko’proq rubob o’zining tipik shaklida uchraydi. Kalta ud u yerda ikkita– noksimon korpusli va cho’zinchoq tor korpusli ko’rinishda uchraydi. Gandxaraning musiqaviy sahnalarida ham Parfiyaning katta korpusli va bo’yinchasi uzun bo’lmagan tanbursifat asboblaridan farq qiluvchi ikkitorli tanbur ifodalangan. Tanburning ushbu ko’rinishi ko’p asrlar o’tib, turli maktablar rassomlari tomonidan yaratilgan minyatyuralarda hayotga qaytadi. Qadimiy Sharq mamlakatlari ikkita g’ovak naychadan iborat bo’lgan ikki turdagi puflama asbobni bilishgan, aniqrog’i – bular ikkita turli asboblar bo’lgan:

80 Antik Xorazmning madaniy yodgorliklarida musiqa asboblarining tasvirilari nisbatan kam, lekin ular turli xil asboblar majmui mavjud bo’lganidan dalolat beradi.

39

bittasi – yunonchasiga avlos deb ataluvchi «ikkilangan goboy», va ikkinchisi – naychalarining parallel joylashganligi va boshqacha ovoz chiqarishi bilan avlosdan farq qiluvchi asbob. Uning forscha nomi – dunay yoki dubay (Hozir u O’zbekistonda qo’shnay nomi bilan tanish). Dunayning ilk tasviri – Nishopurdagi sanasi eramizdan avvalgi II ming yillik deb belgilangan va Shumer madaniyatiga kiritilgan terrakota xaykalchasida keltirilgan. Yuqori Siriyadan topilgan terakkota xaykalchasi ham uning bu yerda mavjud bo’lganini bildiradi. U tuyaning orqasiga mahkamlangan taxtiravondagi ikkita qizni tasvirlaydi. Ulardan biri, ko’rinishicha, qo’shiqchi, ikkinchisi esa – dunay chaluvchi qiz. Afsuski, dunay hamma yerda shunchalik umumlashtirib tasvirlanganki, uning na chalinadigan teshiklari, na uni chalish usullariga baxo berish mumkin. Faqat aytish mumkinki, zamonaviy qo’shnayga nisbatan bu asbob qadimda katta uzunlikdagi naychalarga ega bo’lgan. O’rta Osiyo antikligining (Eron kabi) bizga tanish bo’lgan yodgorliklari dunay tasvirini saqlab qolmagan. Uning o’sha davrlarda bu yerda mavjud bo’lganining bevosita isboti yo’q. Biroq, Forobiy asarlarida dunayni uning davrida keng tarqalgan musiqa asboblarining safida uchratamiz. Bundan kelib chiqadiki, uning o’tgan asrlarda ham mavjud bo’lgani ehtimoldan holi emas. Ilk o’rta asrlar (V-IX asrlar) O’rta Osiyo tarixida «musiqaviy arxeologiya» yodgorliklari antik davrdagichalik boy emas. Musiqachilar va cholg’u asboblarning tasvirlarini biz faqat feodallar saroylari va madaniyat uylarini bezab turgan devordagi yozuvlarning alohida-alohida bo’laklaridagina uchratishimiz mumkin. Albatta buni biz ushbu davr arablar istilosi davri bo’lgani bilan izohlay olamiz. Bu davrdagi jamiyat qurilishidagi inqiroz, doimiy ravishda ko’chmanchilarning shimoldan va shimoli-sharqdan bostirib kirishi yirik davlatlarning bo’linishiga, kuchlarning susayishiga olib kelardi. Siyosiy va ijtimoiy vaziyat albatta madaniy hayotga ham ta’sir qilmay qolmasdi. V-VI asrlarning tasviriy san’atida murakkab jarayonlar sodir bo’ldi: kompozitsiyaning yangi prinsiplari, yangi texnik usullarni qidirish ishlari olib borildi. Shu sababli ham so’g’diylarning kechroq davrlaridagi devoriy sur’atlarida tayorlanishi texnikasi onsonroq bo’lgan ancha ilgarigi haykallarga nisbatan chala-chulparoq yasalgan haykalchalarni uchratishimiz mumkin. Ya’ni, boshi yoki oyoq qismi yo’q,cholg’u asboblar ham nisbatan tushunarsiz holda tasvirlangan musiqachilar haykalchalari. VI-VII asrlarning terrakotalari uchun taxtda o’tirgan xudolar va podshoxlarning xaykalchalari xarakterlidir. Yangi uslubiy hislatlar – gavdaning nafisligi, liboslarning serhashamligi, yuzlarning ma’nodorligi – xaykalchalarni oldingi terrakotalardan ajratib turadi va badiiy ijodiyotdagi yangi an’analardan dalolat beradi. Zarafshonning chap sohilida joylashgan uncha katta bo’lmagan so’g’diylar shahri – Panjikentdagi qazilmalar natijalari ayniqsa boydir. Panjikent binosining ichki devorlari deyarli butunlay jang va ziyofat ko’rinishidagi turli xil madaniy urf-odatlar va ilohiy sahnalarni aks ettiruvchi yozuvlar bilan qoplangan. Panjikent yozuvlari turli xil torli asboblar, shuningdek alohida puflama va urib chaladigan asboblar tasviridan iborat. Ularga arfa, fleyta va udni kirgizishimiz mumkin.

40

Panjikent va Sharqiy Turkiston yozuvlarida umumiy o’xshashliklar ko’zga tashlanadi,bu holni biz III –asrda boshlangan va VI-VIIIasrlarda yanada kuchaygan so’g’diylar ta’siri bilan izohlashimiz mumkin. Musiqiy asboblarga kelsak, ba’zi bir aniqliklar kiritib olish zarur. Xutning «Sharqiy Turkistonning musiqa asboblari» tadqiqotiga tayangan xolda, Farmer shunday xulosaga keladiki, ud va pandorning turli ko’rinishlari, tik rezonatorli arfa va goboy – «G’arbiy Osiyoda paydo bo’lgan» asboblardir va Xitoyga ular Sharqiy Turkiston orqali borib qolgan. Shu bilan birga qarama-qarshi oqimni ham rad qilish mumkin emas, garchi u, Farmerning ta’kidlashicha, arab-fors madaniyatining chuqur ta’siri ostida bo’lgan G’arbiy Turkistonda deyarli ko’zga tashlanmaydi, Panjikentdagi topilmalar orasida shox tasviri keltirilgan yozuv bo’lagi qiziqish uyg’otadi. Unga o’xshash cholg’u asbobni biz O’rta Osiyoga xos boshqa madaniy yodgorliklarda uchratmaymiz. Shu o’rinda takidlash kerakki, suyakli shox - qadimiy musiqa asboblaridan biridir81. Bolalik tepadagi qazish ishlari yana bir noyob topilmani berdi. Gap musiqa asbobining tasviri haqida emas, balki asbobning o’zi haqida, to’g’rirog’i uning qismlari: tepasi dumaloq bo’lgan konussimon kallasidagi (bo’yinchaning yuqori qismida) va simlarini tortish uchun mo’ljallangan yog’ochli kolka haqida bormoqda. Aftidan, bu ud tipidagi asbob bo’lgan. Sanasi V asr deb belgilangan (dastlabki ma’lumotlar bo’yicha) Kankalik ud chaluvchi ayol haykali ilk o’rta asrlar davrida O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan torli-chertma asboblar turining rang-barangligidan dalolat beradi. Garchi O’rta Osiyo san’atiga unchalik xos bo’lmasa ham, qumsoat shaklidagi barabanlarni chalayotgan maymunlar tasviri hammasidan ko’proq uchraydi. Misol sifatida Hisor vodiysi (Tojikiston) tog’ etaklaridagi qadimgi nekropolni qazish ishlarida topilgan ikkitomonli baraban ushlagan maymunning loydan qilingan xaykalchasini keltirishimiz mumkin. Xaykalchaning sanasi eramizning birinchi asrlari deb belgilangan. Ermitaj muzeyida saqlanadigan kumush vaza esa,(Farmer uni VIII-IX asrga tegishli Eron san’atiga xos deb hisoblaydi) arfa, surnay, ud va shen asboblarini chalayotgan to’rtta musiqachi qizlarning sur’ati bilan bezatilgan. Birinchi uch asbob O’rta Osiyo madaniyatiga xos bo’lsada,oxirgi shen deb nomlanuvchi cholg’u asbob u yerda umuman uchramaydi82. Anikov likopchasidagi puflama asboblarda ayrim tadqiqotchilar o’zbek va tojik karnaylarining avlodini ko’radilar. Haqiqatda, ularning ijtimoiy vazifalari, «rasmiy» asboblar singari, g’oyat o’xshash bo’lgani shubxasizdir. Ma’lum umumiylik ularning tuzilishida ham ko’zda tutiladi, zero ularda ham, boshqalarida ham yonlama (chalish uchun) teshiklari yo’q va ularning ovoz chiqarish imkoniyatlari bir nechta tabiiy obertonlar bilan cheklangan. Shu bilan birga, bu yerda ketma-ketlik haqida gapirish mumkin bo’lmasa kerak. Buning ustiga, og’zi turli shaklda bo’lgan to’g’ri naychalar (loyli, yog’och, metall) Qadimgi dunyoda (ulardan Misr, Persiya, Rim imperiyasida foydalanishgan) keng ma’lum bo’lgan.

81 Беленицкий А.М. Обшие результаты раскопок городища древнего Пянджикента: Материалы и исследования по археологии СССР. – М.- Л., 1958.- стр.14 4. Sheng – damli tilli cholg’u asbob bo’lib, turli xil kattalikdagi bambuk trubochkalari o’rnatilgan chashka ko’rinishidagi korpus va havo puflaydigan qayrilgan munshtukdan iborat.Sheng Sharqiy Osiyo mamlakatlarida tarqalgan. Uni biz mil.av.XV-XII asrlarga oid(suyaklardagi yozuvlar) Xitoy manbalarida uchratishimiz mumkin.

41

Ko’plab yuz yillar davomida karnayni eslatuvchi to’g’ri naychalar (ko’pincha ular uch qismdan iborat bo’lgan) turli xalqlarda shoxlar bilan parallel ravishda mavjud bo’lishgan83. Ilk o’rta asr tasviriy materiallari yozma manbalarning ma’lumotlari bilan to’ldiriladi. O’z ko’zlari bilan shohid bo’lgan, VII asr boshida So’g’dga tashrif buyurgan buddiy rohibning so’ziga qaraganda, Samarqand axolisi qo’shiq va raqslar bilan o’tkaziladigan tantanali bayramlarni juda yaxshi ko’rishgan. Xitoylik sayyoh tomonidan keltirilgan samarqandliklarning musiqa asboblari nomlari N.Ya.Bichurinning mashhur asarida: «Katta va kichik doiralar, gitara, beshtorli gusli, katta gusli, fleytalar» deb ko’rsatilgan. Bichurin matnini xitoycha asl nusxasi bilan (Beysha, 97-bob) solishtirganda, tarjimaning «erkinligi» aniqlandi. Xitoycha matnda so’zma-so’z aytilgan: «ularda (samarqandliklarda) katta va kichik barabanlar (gu), udlar (pipa), beshtorli arfalar (syan kunxou), sitralar (katta kunxou)lar mavjud. Lekin asliga eng yaqin bo’lgan bu tarjima ham ayrim atamalarni aniqlashtirishga muhtoj. Xo’sh, gu – (xitoy lug’atlariga muvofiq) – baraban, ba’zida esa doira ham. Aftidan xronika muallifi, «katta gu»lar haqida gapirganda aynan barabanni nazarda tutgan, «kichik gu» ostida esa doirani tushungan. Afrosiyob terrakotalariga qaraganda, ikkala asbob So’g’dda azaldan mavjud bo’lgan. Ilk manbadagi boshqa «qorong’u joy» - «katta kunxou» - bu atama ham arfa, ham sitra (yotgan arfa) deb tarjima qilinadi. Modomiki aslida u syan kunxou va kantta kunxou ketma-ket sanab o’tilar ekan, gap turli asboblar haqida bormoqda deb o’ylash mumkin, negaki «u syan kunxou» (u syan beshta tor) atamasi azaldan besh torli arfaga maxkamlangan ekan, unda «katta kunxoular» - bu torlari beshtorli arfadan ko’ra ko’proq bo’lgan sitra tipidagi asboblar84 deb taxmin qilishimiz qoldi, xolos. Bunday asbob qadimdan Sharqda keng tarqalgan va o’rta asrlar Yevropasida psalteriy nomi ostida tanilgan85. Biz uni qadimiy Shumer yodgorligida – sanasi eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklar deb belgilangan lyapis-lazur vaza bo’lagida topamiz. Ma’lumki, IV asrdan boshlab so’g’diy tilida ahamiyatli yozuvlar mavjud bo’lgan. Lekin yodgorliklar arab bosqinchiligi davrida vayron qilingan. Paxlaviyning lotin xarfida transkriblangan bayonida va parallel tarzda ingliz tiliga tarjimasida chop etilgan podshox Xusravning paj bilan dialogi matni qiziqish uyg’otadi. Shox bilim darajasini aniqlashga intilib, yigitchaga o’ziga xos imtixon o’tkazadi. Uning savollaridan biri musiqa asboblariga taalluqli bo’ladi. Hukmdorga javob berayotib, yigit barbat, vina, pipa va boshqalarni nomini aytadi. Shoxning qanday mashshoqlarni u eng yaxshi deb o’ylashi haqidagi savoliga yigit chang, vina, tanbur, barbat chaluvchilarni deb javob beradi. 83 Альбаум И. Балалык – тепе. – Ташкент, 1960.-10ст. 84 Xitoycha-yaponcha lug’at (Tokio, 1966-1968) ma’lumtlariga ko’ra, kunxou – G’arbiy o’lkadan olib kelingan musiqa asbobi. Uning torlari «uzun taxtacha» bo’ylab tortilgan; uni barmoqlar yoki chiplar yordamida chalishadi. Aynan shu asbob – Bichurinning tarjimasida «katta gusli»ni buddiy roxib VII asr boshlarida Samarqanddagi bayramda ko’rib qolgan bo’lishi mumkin. 85 Psalteriy (psalterium) – ko’ptorli rezonator qutisiga tortilgan turli uzunlikdagi simlarning to’plagichi.

42

Bu ro’yxatda ud yo’q, bu esa atama asbobning o’ziga nisbatan ancha keyin paydo bo’lganligining dalili bo’lib hizmat qilishi mumkin. Lekin bu yerda «barbat» atamasi ikki marta takrorlanyapti, u esa islomdan oldingi Persiyada kalta udni bildirgan. Ilk o’rta asrlardagi arab tilidagi manbalarga tayangan holda, Farmer yozadiki, VI-VII asrlarda barbat daraxtning butun bir (ichi g’ovak) bo’lagidan yasalgan, asbobning to’rtta ipakli tori bo’lgan va uning korpusining «orqasi bukri» va «qorni yassi» bo’lgan. VIII asrda barbat takomillashgan. U kvartlar bo’yicha sozlangan va bu sozlangan asbob hamma yerda arabcha ud so’zi bilan nomlanishni boshlagan keyingi asrlarda ham saqlanib qolgan. Lekin barbatni yangi nom bilan ataganda, arablar uning sozi va torlarining fors tilidagi nomlarini saqlab qolishgan. So’g’diylar udni qanday nom bilan (barbat, rud, vina yoki yana qandaydir) 86 atashmasin, muximi, u «ud» nomi ostida ko’plab mamlakatlarni zabt etgan va turli xalqlarning musiqa madaniyatiga katta ta’sir ko’rsatgan o’sha asbobning avlodidir. O’rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi (VII asr irtasi – VIII asr boshlari) uning xalqlariga hisobsiz ofatlarni olib keldi. Musiqaga kelsak, ishonch bilan aytish mumkinki, bu yerda sezilarli sinish bo’lmagan. Musiqa yuzaga kelgan an’analar oqimida rivojlanishda davom etgan. O’rta Osiyoda va Eronda ilgaridan va barqaror mavjud bo’lgan musiqa asboblari, VIII-IX asrlarda Pirineya yarim orolini qo’shganda barcha Xalifotlarda tarqalgan. Ularning tasvirlari shu mamlakatlarning san’at asarlarida uchraydi. VIII asrning birinchi yarmidagi Siriya freskalari barbat (ud) va surnay (arabcha mizmar) O’rta Osiyo va Eronning o’sha va undan ancha oldingi davrlari yodgorliklari uchun xos bo’lgan shakllarda o’z tasvirini saqlab qolgan. Ud (keyinroq uning torlari soni ortadi) va surnay, shuningdek chang (egilgan rezonatorli burchakli arfa), rubob (ikkitorli), fleytalar (bo’ylama va ko’ndalang) tasvirlari Suriya, Misr, Turkiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarning madaniy yodgorliklarida juda ko’p uchraydi. So’g’d va Xurosonga kirib chiqilayotgan davrda xuddi o’sha asboblar (burchakli arfa, ud, surnay) mavjud bo’lgan. Yana shunisi qiziqki, Sosoniy Persiyasining mashhur mashshog’i Barbad asli O’rta Osiyodan (Marvda tug’ilgan) bo’lgan, afsona esa aynan u Eron musiqa tizimining87 «yetti asosiy oxangni kashf etganini yozadi. Tabiiy tarzda taxmin qilish mumkinki, Xusrav II-ning saroyida to’la shakllangan mashshoq, moxir udchi holida paydo bo’lgan Barbad o’zi bilan nafaqat asbobni, balki o’zining vatanida ishlab chiqilgan udni chalish maxoratini ham olib kelgan. Keltirilgan ikonografik material ba’zi asboblar u yerdan keyin Xitoyga borib qolgan Sharqiy Turkiston bilan musiqaviy aloqalarning qizg’inligini ochib beradi. Xitoyning o’zi bilan madaniy aloqalar eramizdan avvalgi III asrdayoq boshlangan, lekin O’rta Osiyo musiqasi Xitoyda VI asrdan boshlab keng e’tirof etila boshlagan.

86 So’g’d tili eron tillari qatoriga kirgan, shuning uchun nafaqat ildizlarning, balki butun so’zlarning ham umumiyligi ehtimoldan xoli emas. 87 Albatta, bu shunchaki afsona. Oxang tizimini tuzish – musiqachilarning ko’plab avlodlarining xarakati bilan uzoq yaratish jarayonidir. Shunda ham, turli mamlakatlarning musiqa madaniyati muammolari doirasida, afsona juda axamiyatlidir, chunki Barbad xaqiqatda yetuk musiqachi bo’lgan. Shubxasiz, tarixiy ma’lumotlarni taqqoslash yo’li bilan Barbad o’zining har tomonlama iqtidorining (qo’shiqchi, asbobsoz, ko’plab yangi kuylarning ijodkori) kuchi bilan “ikki sosoniy musiqasi»ga ulkan ta’sir ko’rsatgan, degan xulosaga kelgan Xristensenning da’vosidan shubxalanishga bizda asos yo’q.

43

Xitoy imperatorlarining saroylarida yettita, shu jumladan buxorocha (Ango) va samarqandcha (Kango) «musiqa bilimlari» tuzilgan. Keyinchalik bilimlar soni o’zgargan, biroq buxorocha va samarqandcha musiqa bilimlari o’zgarmasdan o’z o’rnini saqlab qolgan. Bu bilimlar (yoki zamonaviychasiga aytganda, ansambllar) mahalliy yerga mansub bo’lgan libos kiygan va o’zlari uchun qadrdon bo’lgan asboblarda chaladigan O’rta Osiyolik musiqachilardan va raqqoslardan tashkil topgan. Buxoro va Samarqand bo’limlaridagi asboblar qatorida pipa (ud), u syan pipa (besh torli ud), kunxou (arfa), di yoki xendi (ko’ndalang fleyta), syao (bo’ylama fleyta), bili (surnay kabi ikkita tayoqchachaga ega bo’lgan puflama asbob), chjengu va xegu (barabanlar), tunba (mis likopchalar) ham esga olinadi. Xitoy manbalarida G’arbiy o’lkadan (shu jumladan, Buxorodan va Samarqanddan) chiqqan musiqachilar haqida ma’lumotlar keltiriladi, Xitoyda (VIII asrda) u yerda yangi xitoycha nomga ega bo’lgan (ko’chib kelgan musiqachilar o’zlariga xitoycha ismlar olgani singari) musiqalar tarqalganligidan xabar beradi. Tadqiqotchi IXasrdagi Xitoy manbalariga tayanadi, ularga ko’ra kamoncha bilan chalinadigan asbob (hu-ch`in) Xitoyga O’rta Osiyodan keltirilgan. Moddiy madaniyatlar orasida Yaponiya imperatorlari xazinasida saqlanib qolgan O’rta Osiyodan kelib chiqqan (IX-X asrlar) ud deko’sidagi yozuv aloxida qiziqish uyg’otadi. Tasvir markazida – ziyofat saxnasi, unda ikkita mashshoq ishtirok etmoqda: biri plektor bilan ud, ikkinchisi, chamasi kamoncha bilan chalinadigan asbob chalmoqda.Kamoncha bilan chalinadigan asbob (agar faqat bu haqiqatda u bo’lsa) g’oyat xomaki tasvirlangan. Bu tasvirning timsoli bilib nima xizmat qilganini, Forobiy tomonidan ta’riflangan kamonda chalinadigan rubobmi, yoki cho’michsimon shakldagi korpusga ega ikki torli kamonda chalinadigan asbob - qobuzmi, aytish qiyin. Qobuz, so’zsiz juda qadimda paydo bo’lgan. Musiqashunos B.Sariboyev yozganidek, «uning qozoqlarda paydo bo’lishi VIII-IX asrlarda yashagan yarimafsonaviy mashshoq yigit bilan bog’liq». Ud dekasida aynan bir zamonlar Yaponiyaga O’rta Osiyodan qimmatbaho sovg’a sifatida olib kelingan qobuz tasvirlangan bo’lishi ham ehtimol. Xitoy xroniklarining materiallari asosida xulosa qilish mumkinki, buxorolik va samarqandlik mashshoqlarning ijro mahorati O’rta Osiyodan tashqarida ham haddan tashqari yuqori baxolangan. Yaqin va uzoq mamlakatlar bilan madaniy aloqalarning faollashtirilishi, o’z navbatida uning yutuqlari uzoqqa g’arbga va Sharqqa shiddatli ravishda kirib borishiga yordam bergan holda, O’rta Osiyo musiqa san’atini yangi badiiy ko’rinishlar bilan boyitdi. O’sha vaqtda to’plangan qadriyatlar O’rta Osiyoning ijtimoiy-siyosiy va madaniy tarixining yangi bosqichlari bilan bog’liq bo’lgan musiqa san’atining yanada rivojlanishiga asos bo’lib hizmat qildi. Abu-Nasr Muxammad Forobiy88 – o’rta asrlarning musiqa to’g’risidagi fani asoschisidir.

88 Forobiy Sirdaryoning (Zamonaviy Qozog’iston xududida) quyi oqimi bo’ylab joylashgan Farob nomli o’lkada tug’ilgan, kelib chiqishi biyicha turkdir. Uning balog’at vaqti Arab Xalifotining markazlarida (Bag’dod, keyin Aleppoda) o’tdi. U yerda uning unga olamshumul mashxurlik olib kelgan asarlari yaratilgan. Forobiyning musiqaviy-nazariy asarlaridan faqatgina «Musiqa to’g’risida katta traktat» («Kitab ul-musiqi al-kabir») saqlanib qolgan.

44

Musiqiy ijro ko’rinishlari qatorida Forobiy urib chalinadigan asboblardan (doira, likopchalar) chalish, shuningdek chapak chalish, raqs, ritmik xarakatlarni (qoshlarni. yelkani, boshni o’ynatish) ham tilga oladi. Ud, tanbur, rubob kabi va puflama asboblar sanab o’tilgan ritmik ijrodan tovushining davomiyligi bilan ustundirlar. Ovoz jarangiga hammadan ham rubob va puflama asboblar yaqin keladi. Forobiyning «Musiqa to’g’risida katta traktat» asarining ikkinchi kitobi musiqa asboblariga bag’ishlangan. U xuddi shunday – «Asboblar xaqida kitob» deb ham nomlanadi. Unda Forobiy zamonida mavjud bo’lgan asboblar ketma-ket va faqulodda mufassal tarzda ta’riflanadi. Ud 89 - . asboblardan eng keng tarqalgani – Forobiy tomonidan tovush chiqarishi torlarining qismlarga bo’linishi tufayli paydo bo’ladigan torli asboblar qatoriga kiritilgan. Forobiy o’zining «Asboblar haqida kitob»ini yozishga kirishishiga qadar ud,uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. IX-X asrlarda arabcha ud nomini olgan O’rta Osiyo-Eron udi, yupqa segmentlardan yopishtirilgan noksimon korpus, yengil yog’ochli deka, torlar uchun qoziqchalari bo’lgan egilgan boshchali kalta biyinchadan iborat bilgan, torlar tirtta, ba’zida esa beshtani tashkil qilgan. «Pokizalik Birodarlari maktublari»da «Musiqa xaqidagi fan bilan shug’ullangan biz donishmandlar shuni aytamizki, biz udning sozi to’rttadan ko’p ham, kam ham bo’lmasligi kerak deb belgiladik. Bu bilan ular <…> yaratuvchining donishmadligiga taqlid qilib, o’z ijodlarini oy ostidagi hayotda sodir bo’layotgan tabiat ko’rinishlariga o’xshatmoqchi bo’lishgan. Mana, nima uchun, «zo’r» <tori> olov elementiga o’xshash hisoblanadi, undan chiqayotgan ton esa uning tafti va alangasiga mos keladi; «masna» <tori> havo elementiga o’xshash hisoblanadi, undan chiqayotgan ton esa xavoning namligi va yumshoqligiga mos keladi; «maslas» <tori> suv elementiga o’xshash xisoblanadi, undan chiqayotgan ton esa uning suvning namligi va sovuqligiga mos keladi; «bamm» <tori> yer elementiga o’xshash hisoblanadi, undan chiqayotgan ton esa yerning og’irligi va dag’alligiga mos keladi. Torlar xususiyatlarining ta’rifi ular o’rtasida mavjud aloqalarga va ular tomonidan chiqarilayotgan tovush ularni tinglayotganlarning tabiati qorishmasiga ko’rsatayotgan ta’siriga mos keladi90». Udning to’rtta tori kvartada bir-biriga nisbatan sozlangan. Forobiy beshinchi torni qo’shishni tavsiya qiladi. Beshinchi tor arabcha «xadd» (keskin) nomini olgan. Biroq, Forobiy davrida besh torli ud hali uncha keg tarqalmagan edi. Tanbur. Forobiy torli asboblarning xamma turlaridan ko’ra tanbur udga yaqinroq deb ta’kidlaydi. Uning tovushlari, udga o’xshab, torning qismlarga bo’linishi yo’li bilan xosil bo’ladi. Tanbur xuddi ud kabi keng tarqalgan bo’lib,

89 Bu yerda va keyin asboblarning nomi D.Erlanj nashri biyicha keltiriladi. «Lyutnya» so’zi ostida ud (barbat) ko’zda tutilayotganini tushunish oson. Asboblardan eng keng tarqalgani – Forobiy tomonidan ovoz chiqarishi torni qismlarga bo’linishi tufayli paydo bo’ladigan torli asboblar qatoriga kiritilgan. «Zir» to’rt torli udning eng baland tori. (Izox: T.V.) 90 «Pokizalik birodarlari» Bag’dodda X asr irtasida paydo bilgan diniy-faylasufona tashkilot. Bu tashkilot ishtirokchilari tomonidan yozilgan traktatlar «Pokizalik Birodarlari maktublari» nomi ostidagi ulkan ensiklopediyani tashkil qilgan. Ensiklopediyaning matematika fanlariga bag’ishlangan bilimiga «Musiqa tig’risidagi traktat» kiritilgan. A.V.Sagadeyevning tarjimasida keltirilgan sitata o’sha yerdan olingan.

45

xalq tomonidan xam xuddi shunday sevimli bo’lgan. Odatda tanbur ikki torli, ba’zida esa – uch torli bo’lgan. Fleytalar. Fleytalarga Forobiy turli puflama asboblarni kiritib, tovush chiqarishi prinsipiga (puflaganda yuzaga keladigan naychadagi xavo xarakati) ko’ra ularni bir guruxga birlashtiradi. Boshqa keng tarqalgan puflama asbob – bu Forobiy tomonidan fleytalar guruxiga kiritilgan surnay bo’lgan. Tanasining oldi tomonida sakkizta, orqa tomonida bitta va yon tomonlarida ikkita chaluv teshikchalari bo’lgan. Forobiy surnayi, xuddi zamonaviy surnay kabi, qo’shaloq naychaga ega bo’lgan. Forobiy shuningdek dunay deb nomlanuvchi qo’shaloq fleyta haqida xam eslatib o’tgan. Rubob (Forobiy bo’yicha) torlarining alohida qismlarining to’lqinlanishi orqali tovush chiqaradigan asboblar qatoriga kiradi. Rubob bir yoki ikki torli bo’ladi. Biroq, ba’zan rubob to’rt torli ham bo’ladi. Xuddi tanbur kabi, rubobning ham pastki qismida tugmachasi bo’ladi. XIV asrning forscha «Kanz al-Tuxaf» - «Xazinalar tuxfasi» (Britaniya muzeyi, London) (anonim) traktatida rasmlari keltirilgan holda qonun va nuzxalarning ta’rifi keltirilgan. Traktat muallifining yozishicha, qonun olxo’ri daraxtidan yasalgan. Qonunda o’n uchta uchtalik tori (jami o’ttiz oltita) bo’lgan. Nuzxa esa – qonundan ikki barobar katta bo’lgan, shamshod, sarv yoki qizil toldan tayyorlangan. Torlari juda ko’p (yuzdan ortiq) bo’lib, ularning bir qismi uchtalik bo’lgan. Nuzxa ham, xuddi qonun singari, ikkala qil barmoqlari bilan chalingan. «Dutor» atamasining paydo bo’lishi ikki torli91 asbobni o’sha turdagi, faqat torlari ko’proq bo’lgan boshqa asboblardan farqlash zaruriyatiga ko’ra yuzaga kelgan bo’lishi mumkin. XVII asrning buxorocha traktati shuningdek musiqa asboblari haqidagi ma’lumotlar manbai bo’lib hizmat qilishi mumkin. Uning muallifi – mashhur hofiz va changchi (changi-yi-xakani) Darvish Ali92 hisoblanadi. Asar o’sha davrga xos musiqaga bo’lgan did va qarashlarni aks ettiradi. Traktat ko’pchilik boshqa asarlardan shunisi bilan farq qiladiki, unda san’at odamlari: «musiqa bo’yicha asarlar qoldirgan olimlar va shoirlar» (VII-bob), «musiqa bilimdonlari va qadriga yetuvchilar» (VIII-bob), «ko’plab musiqaviy asarlar tuzgan yetuk va iqtidorli odamlar» haqidagi ma’lumotlar bayon etiladi. An’anaga ko’ra, mana shu «yetuk va iqtidorli odamlar»ning ismiga ularning u yoki bu asbobni chalish ixtisosligini ko’rsatuvchi so’z qo’shilishi (g’ijjak - g’ijjakchi, dutor – dutorchi, qonun – qonunchi va hk) tufayli, biz Mavoraunnaxr va Eronda XVI-XVII asrlarda mavjud bo’lgan asboblarning turlarini aniqlash imkoniyatini beruvchi boy materialga ega bo’lamiz. Traktatning beshinchi va oltinchi boblari musiqa asboblariga bag’ishlangan. Afsuski, A.A.Semenovning bayonida asboblar ta’rifida ko’pgina narsalar tushirib qoldirilgan; faqatgina ularning qisqa xarakteristikalari va ularning kelib chiqishi to’g’risidagi afsonalar saqlanib qolgan. Mana ayrim ma’lumotlar: tanbur -

91 Du (eroncha) – ikki, tor – tor. 92 Mavorounnaxr hukmdori Imom Quli xonning (1611-1642) saroy mashshog’i bo’lgan.

46

qadimiy asboblardan biri bo’lib, u barcha asboblarning «o’qituvchisi»dir, chang (arfa) – musiqachilar homiysi - Zuxra sayyorasiga bag’ishlangan. U yigirma olti tor va yetti pardaga ega; «bu yetti parda unda yetti maqomni ijro etishga xizmat qiladi». Biroq, zamonaviy moxir musiqachi bu asbobda hamma o’n ikki maqomni ijro etish darajasiga yetishi zarur. Nay - qadimiy asboblardan biri bo’lib, tayoqcha yoki yangi (qurimagan) daraxtdan yasaladi. U sakkizinchi (sakkizinchi teshikcha deb tushunish lozim) pardaga ega va shuning uchun unda hamma maqomlarni, tayoqchali nayda esa faqat ayrimlarini chalish mumkin. Qonun oltita «soz»ga ega. Ud – «hamma asboblarning podshoxi, chunki tovushining yoqimliligi va diapazonining kengligi bo’yicha torli asboblarning eng yaxshisi hisoblanadi. Unda o’n ikkita juft-juft sozlangan ipak torlar mavjud: birinchisi (eng yuqori) xadd, ikkinchisi – zir, uchinchisi – lisan, tirtinchisi – maslas, beshinchisi – bam, oltinchisi (eng past) – muxtalif. Bizning ud rivojlanishi haqidagi tasavvurimiz bu muloxazani aniqlashtiradi. Eslatib o’tamiz, (Forobiyga ko’ra) beshinchi tor (xadd) eng baland tor sifatida yuzaga kelgan va shu tarzda udning yuqori pardasini to’ldirgan. Endi, Darvish Alining sharofati bilan, chamasi XIV-XV asrlarda paydo bo’lgan oltinchi tor (muxtalif) asbobning quyi diapazonini kengaytirgan. Darvish Alining traktatida boshqa asboblarning nomi ham keltirilgan: rubob – uning beshta tori bor (to’rtta ipakli va bitta kumush); qobuz – (juda yaxshi tondagi asbob va juda ohangdor; g’ijjak – uni kamon bilan chalishgan. Bu asboblar Darvish Ali davrida juda mashxur bo’lgan. Boshqalari yoxud endi iste’moldan chiqqan, yoxud Buxoro va Samarqandda mahalliy bo’lmagan, bu yerga esa tasodifan, o’tkinchi mashshoqlar bilan birga kelib qolgan. So’nggilariga, aftidan,: musikar (Pan fleytasi) –qadimiy (Darvish Alining so’zlari bo’yicha) asboblardan biri bo’lib, uni chalish «bosh og’rig’ini davolaydi» 93 ; nayi-eyban – «charm mo’ynali» puflama asbob (uning O’rta Osiyoda mavjud bo’lgani haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan); ruxavza – olti torli chertib chalinadigan, ayniqsa Xitoyda ko’p foydalaniladigan asbob. Darvish Ali tomonidan sanab o’tilgan yettita asbob – tanbur, chang (arfa), qonun, ud, rubob, qobuz, g’ijjak, shubhasiz, o’sha davrda uning mamlakatida keng tarqalgan asboblar bo’lgan94. O’tgan asr oxirlari – hozirgi asr boshlarida O’rta Osiyoga kelgan rus sayyoxlari musiqaning favqulodda mashhurligiga, uning xalq hayotidagi muhim roliga, musiqa asboblarining keng tarqalganligiga e’tibor qaratdilar. «Xuddi qirg’izlar kabi, o’zbeklarning ham musiqa va she’riyatga muhabbati kuchli; musiqa asboblarini (dutor va qibiz) deyarli har bir uyda uchratish mumkin…», deb yozgan edi Turkiston o’lkasining taniqli tadqiqotchisi V.I.Massalskiy. Darvish qiyofasida O’rta Osiyo ko’chalarida daydigan, Xiva va Buxoroda ham bo’lgan vengriyalik turkshunos A.Vamberi ham xuddi shuni ta’kidlagan.

93 Qiziq, musikarni qadimiy Eroncha asbob de v b atagan xolda, Darvish Ali u bu yerda esdan chiqib qoldirilgan va Bag’dod xalifalari saroyida qayta dunyoga kelgan deb aytadi. Bu bilan Pan fleytasining G’arbiy va Janubiy Eronda keg tarqalganligini tasdiqlovchi kitob miniatyuralari ma’lumotlari mos keladi. 94 Дарвиш-Али. Трактат о музыке. Ук.рукопись, л. 22а.-43b.

47

O’tgan asrning 70-80-yillarida O’rta Osiyoning tub aholisining hayoti, ularning turmush tarzi, udumlari va odamlari rus olimlarining (tarixchilar, etnograflar, sharqshunoslar) diqqat-e’tiborini o’ziga qaratadi.Xalqning turmushiga tarkibiy qism bo’lib kirgan musiqa asboblariga bo’lgan qiziqish ham shundan. Turkiston bo’ylab sayohat qila turib, sayyohlar xalq musiqa asboblarini sotib olishar, ulardan kolleksiyalar to’plashardi. SSSR FN Etnografiya Instituti qoshidagi Petr Birinchi nomidagi Muzey (Leningrad) musiqa asboblarining deyarli to’lla kolleksiyasiga ega. Revolyutsiyaga qadar to’plangan musiqa asboblaridan eng ahamiyatlisi – Toshkentga 1870 yilda kelib qolgan, rus harbiy orkestrining kapeleysteri A.F.Eyxgornning kolleksiyasidir. Toshkentda, uning tevarak-atrofida, Farg’ona vodiysi shaharlarida (Qo’qon, O’sh, Andijon, Namangan va boshqa) va yaqin joylashgan qishloqlarda Eyxgorn xalq qo’shiqlari va asbob ohanglarini yozib olgan, xalq musiqa asboblari namunalarini to’plagan. Bu ish Eyxgornng O’rta Osiyoda bo’lgan butun davri mobaynida davom etgan. Eyxgorn tomonidan to’plangan musiqa asboblari kolleksiyasi Moskvadagi Politexnika ko’rgazmasida (1872), keyin esa Venadagi Butunjaxon ko’rgazmasida namoyish etilgan. Katalog ikki bo’limdan iborat. Birinchisi – «qirg’izlar va boshqa mo’g’ul qabilalarining asboblari» do’mbira, qobuz, sibizg’a va quraylarni o’z ichiga oladi. Ikkinchisi Eyxgorn tomonidan «Turkiston, Qoshg’ar, Qo’qon, Afg’oniston, Buxoro va Xiva aholisining musiqa asboblari» deb nomlangan. Qirg’iz qobuzi bir bo’lak daraxt yog’ochidan o’yib yasalgan (korpusi bo’yinchasi va boshi bilan birga). U uncha katta bo’lmagan rezonator teshikchali yog’ochli dekaga, uchta payli torga ega bo’lgan. Qozoqlarning kamon bilan chalinadigan qobuzini ham Eyxgorn qirg’izlarniki deb hisoblaydi. Chunonchi, u bilan qirg’izcha qiyoq o’rtasida umumiylik shunchalik ko’pki, ularga huddi o’sha bitta asbob deb qarash mumkin. Qobuz (qiyoq) eshilmagan ot yolidan yasalgan ikki torga, cho’michsimon o’yib yasalgan korpusga ega. «Turkiston albomi95»dagi materiallar qobizning XIX asr oxirida mavjud bo’lgani haqida guvoxlik beradi. Demak, do’mbira (qimiz) va qobuz (qiyoq), Eyxgornning so’zlariga ko’ra, «qirg’izlar»ning asosiy asboblaridir. Ulardan tashqari, yana sibizg’a deb ataluvchi «tog’lik qirg’izlarning fleytasi» ham mavjud. Eyxgorn bu yerda yana qirg’izcha (choor) atamasi o’rniga qozoqcha atamadan foydalangan. Lekin asbobning o’zi bir xil va u o’tgan asrda O’zbekistonning cho’lli va tog’li hududlarida quray nomi ostida mavjud bo’lgan. Choor – bo’ylama ochiq fleyta. Soyabongulli o’simlik poyasidan yoki daraxt bo’lagidan (shoxidan) bo’ylama yorish yo’li bilan yasaladi. O’zbekistonda (hozirgi kunlarda va o’tgan asrlarda) eng ko’p tarqalgan asboblardan biri – dutor bo’lib, u katta noksimon korpusli va uzun bo’yinchali ikki torli chertma asbobdir, ungda o’n uchta-o’n to’rtta to’plama ohang mavjud.

95 «Turkiston albomi» - Turkiston o’lkasining XIX asrning 70-yillaridagi hayotini tasvirlovchi suratlar to’plami.

48

Tanbursimon asboblar Eyxgornning kolleksiyasida aynan tanbur va uning turli ko’rinishlarida taqdim qilingan. Asbob o’tmishda Hudoyorxonning «sevimli san’atkori» bo’lgan, taniqli qo’qonlik mashshoq Karimboydan sotib olingan. Eyxgorn tanbur uchta: biri oxang beruvchi, ikkitasi «jo’r bo’luvchi» torga ega bo’lganini yozadi va uni sozlashning96 bir qancha turini keltiradi. Huddi dutor singari, XIX asr tanburi xam xalq orasida sovet davrida ham mavjud bo’lgan tanburga mos keladi. Eyxgorn kamon bilan chalinadigan tanbur haqida ham eslatib o’tadi. Uni setor deb atagan xolda, u bu atamani noto’g’ri qo’llaydi, chunki bu asbob o’n ikki torga ega. Belyaev, garchi «setor» atamasi odatda «uch torli» degan ma’noni anglatsada, uni ko’pincha tanburning kamon bilan chalinadigan turini qo’llashgani haqida yozadi. XIX asr g’ijjagi – kamon bilan chalinadigan asboblarning tipik vakilidir. Zamonaviy xalq g’ijjagi singari, u yarim shar shaklidagi korpusga ega. Minyatyuralar bilan taqqoslash g’ijjak XV-XVI asrlardayoq g’oyat takomillashgan va XIX asrda ham o’zining tipik (tashqi va konstruktiv) xususiyatlarini saqlab qolgan asbob deb xulosa qilish imkoniyatini beradi. Bu asbob ham O’zbekiston, ham Tojikiston uchun xarakterlidir. Uning hozirgi davrdagi evolyusiyasi kvintali sozlanadigan to’rt torli g’ijjaklar paydo bo’lishiga olib kelmoqda. Qayd etilganlardan oxirgisi – «afg’on rubobi» deb nomlanuvchi asbobdir. XIX asr oxiridagi suratda bu asbob namunasi saqlanib qolgan. Qizig’i shundaki, uni chalayotgan musiqachi ham, chamasi Afg’onistonlikdir. Turkistonning puflama asboblari qatorida – surnay (Eyxgornga ko’ra – «sunay»), qo’shnay, sarboznay va karnaylar mavjud. Surnay – konussimon og’zi bilan tugaydigan yog’och tanali asbob bo’lib, tanasining oldi tomonidan yettita, orqasida esa - bitta chaluv teshikchasi bor. Qo’shnayni Eyxgorn «qo’shaloq tayoqchali fleyta» deb belgilaydi. Belyaev esa (xuddi o’sha saxifada)tuzatish kiritadi va bu klarnet tipidagi (silindrik kanal va bitta tilcha) asbob ekanligini ko’rsatadi. U ikkita o’zaro bog’langan bir xil uzunlikdagi naychadan iborat bo’lib, ularning yuqori uchi og’izga olib chalinadi. Qo’shnay nafaqat yakka ijro asbobi, balki ansambl ijrosi asbobi sifatida ham qo’llanilgan. Eyxgorn kolleksiyasidagi nay (ko’ndalang fleyta) – xalqda mavjud bo’lgan yog’och yoki bambukdan emas, balki metalldan (jezdan) yasalgan. Shuning uchun u sarboznay (ya’ni askarcha yoki harbiy nay) deb nomlangan bo’lishi mumkin. Sarboznay xonliklarning harbiy orkestrlari tarkibiga kirgan. Undan Qo’qon xoni saroyi qo’riqchilarining tungi qorovullari foydalanishgan:»… sarbozlar qorovuli fleytaning (sarbozli – T.V.) bir xil tovushi orqali qo’riqchilar tetik ekanliklari haqida bilib olgan». Lekin sarboznay faqatgina askarlarning asbobi bo’lmagan. «Turkiston albomi»dagi surat («nay sarbozi» degan yozuv yozilgan) guvoxlik

96 V.M.Belyaevning ta’kidlashicha, Eyxgorn tomonidan keltirilayotgan tanburlarni sozlash uning kolleksiyasidagi ayrim asboblarning shikastlanganligi sababli hamma yerda ham to’g’ri kelavermaydi.

49

berishicha, metalldan yasalgan naylar shuningdek kundalik turmushda ham qo’llanilgan. Karnay – misdan yasalgan puflama asbob – Eyxgornning kolleksiyasida ikkita: to’g’ri tanali va tirsakli turi taqdim qilingan. Bizning davrimizgacha faqat to’g’ri karnay yetib kelgan, lekin o’tgan asrning oxirlarida tirsakli karnay mavjud bo’lganini tasdiqlovchi ma’lumotlar saqlanib qolgan. Uni Buxoro amirining harbiy ko’rigida ishtirok etgan (rus diplomatik missiyasining a’zosi) V.V.Krestovskiy ko’rgan va eshitgan. So’ng quyidagicha ta’riflagan: “Amir machit peshtoqiga yaqinlashganda, «uning qarshisida ulkan tunuka quvurlarining quloqni qomatga keltiruvchi na’rasi gumburlab ketdi. Ularning birlari bir yarim sarjincha bor, agar ikki bo’lmasa, tanasi to’g’ri bo’lib, og’zi peterburglik chiponlarning shoxchalariga o’xshab konussimon kengayib ketgan; boshqalari ham shunday uzunlikda bo’lib, o’rtasidan qo’shaloq to’g’ri burchakli tirsak bilan bukilgan. O’z og’zini osmonga qaratgan holda, bu quvurlar o’sha bitta na’rali notani burqiratib chiqarar, ularning biron narsa bilan taqqoslab bo’lmaydigan qattiq, bir me’yordagi na’rasi maydonning qolgan hamma tovushlarini bosib ketardi». Ko’rinishicha, XIX asr oxiriga kelib tirsakli karnay faqat Buxoro amirining marosimlarida saqlanib qolgan, amirlik qulaganidan so’ng esa, asbob o’zining mavjudligini to’xtatgan. To’g’ri karnayga kelsak, u o’tgan asrning oxirlarida olingan suratda aks ettirilgan. Buxorodagi tungi o’yin-kulgilar (Ro’za97 vaqtidagi) haqida gapirayotib, rus sayyohlari yil eslatmalarida u xaqda eslatib o’tishgan. Eyxgorn katalogining oxirgi bo’limida urib chalinadigan asboblar – doira, nog’ora, chindaul, safoyil, sagat va chang keltirilgan. Doira (chirmanda, childirma) ingichka yog’ochli gardishdan iborat bo’lib, uning bir tomoniga membrana tortilgan, ichida esa metall xalqachalar maxkamlangan. O’rta Osiyo xududida ikki mingga yaqin yil muqaddam paydo bo’lgan doira qolgan hamma asrlar davomida xalqning musiqaviy xayotida o’z o’rnini mustaxkam saqlab qolgan. To’g’ri, uning tuzilishi o’zgargan. O’rta Osiyo antik davrining ilk yodgorliklarida – doira (buben) tasvirlangan nisa ritonlari – bu asbob oldindan zamonaviy o’zbek doirasiga juda yaqin bo’lganligini bildiradi. Doira maqomlari ulkan xissiy ta’sir kuchiga ega. Ularning ketma-ketligi, dinamikani keskinlashtirishi ruxiyatni ko’tarish, dilga tetiklik baxsh etish, kuchli irodaviy g’ayratni xis qilish layoqatiga ega. Bu haqda tojik adibi Sadriddin Ayniy o’zining yoshlikdagi do’stlaridan biri – Mullo Omonning tili bilan aytib o’tgan. Mullo Omon doirani boshqa barcha asboblardan, shu jumladan, tanburdan afzal bilgan, chunki tanbur «..g’amginlikni chaqiradi, xatto ko’z yoshini keltiradi. Men esa yig’lashni yomon ko’raman. Balki bu men bolalikdan doira tovushi ostida o’sganimdandir. Bizning Rozmoz qishlog’imizda, bizning Vobkent, G’ijduvon rayonlarimizda shunday ajoyib doirachilar borki, ular o’zining o’yini bilan tinglovchilarni maftun etishlari mumkin; yurakda qandaydir yengillik paydo bo’ladi, barcha alamlar va tashvishlar esdan chiqadi. Axir Xofiz bejiz aytmagan:

97 Ro’za – bir oylik o’zini tiyish bo’lib, musulmonlar uning davomida saxardan to kech tushgunga qadar yeyish, ichish va chekishdan o’zini tiyib turishi lozim. Bu oy davomida tungi bozorlar va sayrlar tashkil qilingan.

50

Eshitgandim – banogox kishi ma’yuslanib qolsa gar, Doiraning ovozi qayg’udan uni xalos aylar. Nog’ora. Uning korpusi pishirilgan loydan yasaladi. Membranasi (hayvon terisidan) kesishuvchi kamarlar yordamida tortiladi. Katta o’lchamdagi momaqaldirqsimon tovushli bittalik nog’ora (dol-nog’ora) maxsus vazifaga ega bo’lgan – uning shartli signallari xon yoki amirning chiqishi yoki kirishidan xabar bergan. Eyxgorn kolleksiyasigi o’zi jaranglovchi asboblardan «sagat» deb nomlangan likopchalar kiritilgan. O’rta asrlarda – bu harbiy asbob, qadim o’tmishda esa, chamasi ibodat marosimlari bilan bog’liq asbob bo’lgan. Boshqa o’zi jaranglovchi asbob – safoyil sayyor qo’shiqchilar, ko’zboylog’ichlar, darveshlar tomonidan qo’llanilgan. U shuningdek raqslarga jo’r bo’lishda qo’llanilgan va hozir ham qo’llanilmoqda. Eyxgorn katalogidagi oxirgi asbob – vargan (chang deb atalgan) bo’lib, urib chalinadigan asboblar bo’limiga tushib qolgan, lekin uni tilchali asboblarga kiritilsa, to’g’riroq bo’lardi. U uchlari juda chizilgan metall nag’alchadan iborat bo’lib, o’rtasida ilgaksimon bukilgan uchi bo’sh po’lat tilcha mahkamlangan. Uning kelib chiqishi, shubhasiz juda qadimiy: metalldan yasalgan vargan ilgari ba’zi cho’l rayonlarida hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan suyakdan (tuya suyagidan) yasalgan bo’lishi mumkin. Shuningdek, raqslar maqomiga jo’r bo’lish uchun o’ziga xos kastanetalar – to’rtta yassi silliqlangan plitkalar ko’rinishidagi qayroq va yog’och qoshiqlar ko’rinishidagi qoshiqlar mavjud bo’lgan. Ularni raqqoslarning o’zlari chalishgan. XIX asrning oxiriga kelib, O’zbekistonda rubobning alohida, xozirda qashqar rubobi deb tanilgan turi tarqala boshlagan. O’sha davrda simbal tipidagi asbob paydo bo’lgan va u «chang» nomini olgan, lekin tovush chiqarish uslubiga ko’ra O’rta Osiyo changidan (arfa) juda farq qiladi. Yangi chang – trapetsiya ko’rinishidagi torlari juda ko’p bo’lgan, yog’och cho’pchalar yordamida chalinadigan asbobdir. N.S.Likoshkin guvoxlik berishicha, «… Toshkentda dunganlik muxojir paydo bo’lgan, u simbalga o’xshagan yangi, hali biz ko’rmagan asbobda ikkita cho’pcha bilan uncha murakkab bo’lmagan ohanglarni chalyapti; uni qiziqtiruvchi yangilik sifatida baravariga yig’ilishlarga taklif qilishmoqda. Keyin mahalliy musiqachilardan biri dunganlikdan uning asbobini sotib oldi va, nooqil simbal texnikasini tezda o’zlashtirib olib, unda nafaqat dunganliklar ijro etgan qo’shiqlarni, balki boshqa ko’pchilik ijro etgan, sof mahalliy ohanglarni chaldi, bu bilan u tinglovchilarda o’zgacha yoqimli taassurot qoldirdi. Shundan beri simbalchi torli orkestr tarkibida hamma yig’ilishlarga taklif qilinmoqda. Shundan beri, qo’shimcha qilishimiz mumkinki, chang-simballar O’zbekistonda (ayniqsa Farg’ona vodiysida va Toshkentda) keng e’tirofga ega bo’lmoqda va cholg’u asboblari ansambllari tarkibida mustahkam o’rin egallamoqda98. 98 « Музыкальная фольклористика в Узбекистане» (Первые записи.) Эйхгорн А.Ф. Музыкально- этнографические материалы. Ташкент, 1963.-стр.62

51

Bob yuzasidan xulosa: Musiqa asboblarning evolyusiyasini o’rganish – tarixiy musiqashunoslikning eng qiziq bo’lgan jihatlaridan biridir. Musiqa asboblari doim u yoki bu mamlakat (xalq) musiqa madaniyatining zaruriy tarkibiy qismi bo’lib kelgan (hozir ham bo’lib qolmoqda). Ularning xalq ijodiyoti, uning musiqasining shakllari va janrlari, odamlarning butun musiqaviy turmushi bilan aloqasini rad qilib bo’lmaydi. B.V.Asafev yozishicha, musiqa asboblari, ularning materiali, tuzilishi, tembri, ularni chalish texnikasi – musiqaviy shakllanish jarayoni va jarayon natijasi – asarga ta’sir ko’rsatuvchi favqulodda muxim omildir. Xitoy yozma manbalari va arxeologik topilmalarni taqqoslab, Pikken shunday xulosaga keladi: Xitoyda kalta udning (tuxumsimon korpusli) paydo bo’lishini V asr boshidan oldingi sonni belgilash mumkin emas va uning kelib chiqish joyini Markaziy Osiyodan, ehtimol, g’arbga tomon, masalan Parfiyadan izlash lozim. Pikkenning fikrlari e’tiborga loyiq. Ma’lumki, eramizning birinchi asrlarida Sharqiy Turkistonda so’g’d koloniyalari yuzaga keldi. Ko’chirib kelingan so’g’diylar o’zlari bilan o’zlarining musiqa asboblarini, shuningdek udni ham olib kelgan bo’lishlari ham ehtimoldan holi emas. Sharqiy Turkistondan ud osongina Xitoyga borib qolgan bo’lishi mumkin. O’z ko’zlari bilan shohid bo’lgan, VII asr boshida So’g’dga tashrif buyurgan buddiy rohibning so’ziga qaraganda, Samarqand axolisi qo’shiq va raqslar bilan o’tkaziladigan tantanali bayramlarni juda yaxshi ko’rishgan. Xitoylik sayyoh tomonidan keltirilgan samarqandliklarning musiqa asboblari nomlari N.Ya.Bichurinning mashhur asarida: «Katta va kichik doiralar, gitara, beshtorli gusli, katta gusli, fleytalar» deb ko’rsatilgan. Bichurin matnini xitoycha asl nusxasi bilan (Beysha, 97-bob) solishtirganda, tarjimaning «erkinligi» aniqlandi. Xitoycha matnda so’zma-so’z aytilgan: «ularda (samarqandliklarda) katta va kichik barabanlar (gu), udlar (pipa), beshtorli arfalar (wu xiang konghou), sitralar (katta konghou)lar mavjud. Gu – (xitoy lug’atlariga muvofiq) – baraban, ba’zida esa doira ham. Aftidan xronika muallifi, «katta gu»lar haqida gapirganda aynan barabanni nazarda tutgan, «kichik gu» “xiaogu” 小鼓 ostida esa doirani tushungan.

52

II-bob. O’zbek va xitoy cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili Ushbu bob doirasida biz xitoy cholg’u asboblari ma’nosini bildiruvchi

iyerogliflarning yasalish usullari, o’zbek cholg’u asboblarining nomlari qaysi tildan olinganligi va ma’nolari, tuzilishi haqidagi ma’lumotlarni yoritamiz.

2.1 Xitoy cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili 1. 笛子 dizi – “bambuk fleytasi”. Mazkur so’z sodda so’z bo’lib, ikki iyeroglifdan

va ikki bo’g’indan iborat; birinchi iyeroglif 笛 di – “bambuk99”; ikkinchi iyeroglif

子 zi – sufiks (so’z yasovchi sufiks) vazifasiga ega. Ko’ndalang bambuk nay zhudi

竹笛 odatda, janubda torli va puflab chalinadigan musiqada ishlatiladi. Qadimgi

ma’lum bo’lgan zhudi 竹笛 nayi Urishuvchi podsholiklar davri (eramizdan avvalgi 475-221-yillar) ga tegishlidir. Mazkur nay Цзэе knyazi I qabridan topilgan bo’lib, bu asbob oliy navli qora bambukdan yasalgan100. 2. 笙 sheng – “shen” (milliy damli cholg’u asbobi) – mazkur so’z tub so’z bo’lib bir iyeroglif va bir bo’g’indan iborat. Xitoy iyeroglifi yordamida yoziladigan sheng 笙 (labda chalinadigan organ) asbobi nomi ikki qismdan iborat bo’lib, “hayot: avlodni davom ettiruvchi “ va “bambuk” ma’nosini bildiradi. Bu asbobni kashf etilishi rivoyatiga ko’ra, u qadimda ma’buda – odamning ajdodi Nyuyve nomi bilan bog’liq. Sheng 笙 ham millatning xalq cholg’u ansambllarida hamda an’anaviy xitoy operasining turli mintaqaviy ko’rinishlarida jo’r bo’lish uchun keng foydalaniladi101. 3. 唢呐 – “suona” (milliy damli cholg‘u asbobi) – mazkur so’z sodda o’zlashma so’z bo’lib,ikki iyeroglif va ikki bo’g’indan iborat; “sona” ya’ni “surnay” so’ziga taqlid qilib yasalgan va fonetik kalkalash orqali iste’molga kiritilgan. Suona 唢呐 (2-tilli gorn) til bilan chalinadigan xitoy asbobi hisoblanadi va ehtimol, kelib chiqishiga ko’ra Yaqin Sharqdagi ikki daryo oralig’i hudududagi qadimgi Mesopotamiyaga borib taqaladi. Bu asbob xitoyga G’arbiy va Sharqiy Jin sulolasi davri (eramizning 265-420-yillari) kelib qolgan va sekin – asta saroy zodagonlari va oddiy xalq orasida tarqalgan. Hozirgi vaqtda sona xalq cholg’u ansambllarida keng ko’lamda ishlatiladi102. 4. 葫芦丝 hulusi– “qovoq shaklidagi fleyta”. Mazkur so’z murakkab so’z bo’lib, uch iyeroglif va uch bo’g’indan iborat. Bu yerda birinchi iyeroglif 葫 hu alohida 99 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-187-bet. 100 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-52-bet. 101 Yuqorida keltirilgan manbaa .-59-bet 102 Yuqorida keltirilgan manbaa .-58-bet.

53

ma’noga ega emas, 葫 芦 hu lu iyeroglifi – qovoq shaklidagi damli cholg’u

asbob103; uchinchi iyeroglif 丝 si – ipak104 degan ma’noga ega.

5. 箫 xiao– “xitoycha kichik nay”. Mazkur so’z tub so’z bo’lib, bir iyeroglif va bir

bo’g’indan iborat. 箫 xiao iyeroglifi- zamonaviy xitoycha nay ma’nosiga ega.

Uzinasiga chalinadigan (hushtak) nay xiao 箫 bambukdan yasaladi va uni chalganda vertikal holatda ushlanadi. Bu nay haqida Han sulolasi davri (eramizdan avvalgi 202- eramizning 220 yillari) ga tegishli qabrlarga ko’milgan sopol haykalchalar orqali tasavvurga ega bo’lish mumkin. Bu asbob, ehtimol di nayidan ham qadimgi bo’lishi mumkin. Tan va Sun sulolasi davri bilan sanaluvchi chiba 尺八 deb ataluvchi xiao 箫 nayining turli xillari hozirgi xiao 箫 nayining ajdodi hisoblanadi105. 6. 琵琶 pipa – “ torli cholg’u asbob pipa”. Mazkur so’z sodda o’zlashgan so’z bo’lib, ikki iyeroglif va ikki bo’g’indan iborat. Xitoy tiliga forscha “barbat” atamasidan fonetik kalka orqali iste’molga kiritilgan, ya’ni fonetik o’zgarishga duch kelgan. Kalta ud azaldan xitoy musiqa asboblari majmuiga kiradi va u yerda u pipa deb ataladi. Biroq, xitoy xroniklari ma’lumot berishicha, ud- ajnabiy asbob Xitoyga G’arbiy O’lkadan kelib qolgan. Farmer udning Xitoyga kirib kelishini Xitoy imperatori Vu-Tining o’zi bilan birga “yovvoyi” asbob ya’ni Farmerning aytishicha, turkmancha barbat chaluvchi mashshoqni olib kelgan turk malikasiga uylanishi bilan bog’laydi. Aynan shu mashshoq Xitoy musiqasiga o’z mamlakatining yetti modusini olib kirgan. Pipa nomining o’zi esa, Farmerga ko’ra, forscha “barbat” atamasining fonetik o’zgargan shaklidir106.

Suy va Tan sulolalari davrida ud pipa 琵琶 chertib chalinadigan asboblar

orasida muhim hisoblanadi. Bo‘yni qayrilgan pipa 琵琶(lyutnya pipa) va 5 torli

pipa 琵琶 asboblarining vatani Yaqin Sharqning Ikki daryo – Dajla va Frot oralig‘i (“yarim oy hosildor” hudud) hisoblanib, eramizning 4 asrida qadimgi Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoyga kirib kelgan. Bu asbobning birinchi ko‘rinishi noksimon korpusga, boshi qayrilgan, to‘rt torli va to‘rt pardaga (lad) egadir. Besh torli pipa 琵琶 ham shunday shaklda, lekin xajmi lyutnya pipaga nisbatan biroz kichikdir. Tan va Suy sulolalari davridan keyin bir asbob – an’anaviy xitoy torli chertib chalinadigan asbob bir oz o‘zgarishlarga uchrab, bugungi kunda ham mavjud. Chetdan kelganligiga qaramay, pipa xitoy asboblarining eng muhimlaridan biriga aylangan107. 103 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-367-bet 104 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-852-bet 105 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-52-bet. 106 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г .-18-19-betlar. 107 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-33-bet.

54

7. 筝 zheng– “chjen deb nomlanuvchi torli cholg’u asbob”. Mazkur so’z tub

so’z bo’lib, bir iyeroglif va bir bo’g’indan iborat. Sitra Zheng 筝 ud pipa 琵琶 va dumaloq ud juan kabi xitoyliklarning o’ziga xos yorqin ta’sirga ega chertib chalinadigan tor asbob hisoblanib, ko’pincha yakkaxon chiqishlarda ishlatiladi. Zheng 筝 Bahor va Kuz podsholiklari davri (eramizdan avvalgi 770-476 –yillar) ning oxirlarida keng tarqalgan. Bu asbobning qadimgi namunasi o’z shakliga ko’ra taxminan 2500 yil yosh deb belgilangan. Hozirgi zheng 筝 16 torga egadir. Sitra

zheng 筝 musiqaga bezak beruvchi yoqimli tembrga ega. U ko’pincha ashula, raqs va an’anaviy xitoy operasi uchun jo’r bo’lishda ishlatiladi108. 8. 扬琴 yangqin– “xitoycha tsinbal”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif va ikki bo’g’indan iborat; birinchi iyeroglif 扬 yang –“ qoqmoq109” ; ikkinchi iyeroglif 琴 qin – “cholg’u asbob110 ” ma’nosiga ega. Yangqin 扬琴Sichuan qo’shiqchiligida yetakchi o’rinni egallaydi. Tahmin qilinishicha Yangqin扬 琴 ning ajdodi Yaqin Sharqda keng tarqalgan va keyinchalik Xitoyga olib

kelingan qadimgi zarbli cholg’u asbob bo’lishi mumkin. An’anaviy yangqin 扬琴trapetsiya yoki kapalak shaklidagi 90-97 sm.li korpusga ega bo’lib uning 8, 10 va 12 torga ega uch xil turi mavjud. Bu cholg’u asbobni ikkita bambukdan yasalgan maxsus tayoqchalar yordamida torlariga urib chiroyli musiqiy ohang taratib chalinadi111. 9. 冬不拉 dong bu la –“do’mbira”. Mazkur so’z sodda o’zlashgan so’z bo’lib, uch iyeroglif va uch bo’g’indan iborat. Xitoy tiliga turkiy tildan fonetik kalka orqali iste’molga kiritilgan. O’zbek do’mbirasi ikki torli bo’lib,nok shaklidagi korpusga ega. Odatda do’mbrani huddi dutor kabi ikkala torini baravar chertib chalinadi112.Do’mbira qozoqlarning asosiy asboblaridan biridir.113 10. 阮 ruan– “ruan”yoki “dumaloq ud”. Mazkur so’z tub so’z bo’lib, bir iyeroglif va bir bog’indan iborat. Ushbu cholg’u asbob o’z nomini Sharqiy Jin sulolasi davridagi ( 317-420yillar) adabiyotchi Ruan Xian nomi bilan bog’liq bo’lib, u bu

108 Yuqorida keltirilgan manbaa .-55-bet 109 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-1054-bet. 110 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-722-bet. 111 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-85-bet. 112 Ф.Кароматов Узбекская инструментальная музыка Издательство “литературы и исскуства им. Гафура Гуляма” Ташкент 1972г . стр.116 113 O’zbek do’mbiralaridan farq qilgan holda qozoqcha do’mbiraning 2 xil turi mavjud: nok shaklidagi rezonator-korpusli va uchburchak yoki to’rtburchak shakldagi korpusli. Qarang. Б.Гизатов. Казахский государственный оркестр народных инструментов им. Курмангазы. – Алма-Ата, 1957, стр. 143

55

asbobni chalish bo’yicha shuhrat qozongan. Hozirda Xitoyda uni qisqartirilgan holda ruan 阮 deb ataydilar114. 11. 柳琴 liu qin – “ud pipa”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib,ikki iyeroglif va ikki bo’g’indan iborat; birinchi iyeroglif 柳 liu – “majnuntol 115 ”; ikkkinchi iyeroglif 琴 qin – “cholg’u asbob” ma’nosiga ega. Ushbu cholg’u asbob Xitoyga eramizning 4-asrida qadimgi Buyuk Ipak Yo’li orqali kirib kelgan116. 12. 鼓 gu– “baraban”. Mazkur so’z tub so’z bo’lib, bir iyeroglif va bir bog’indan iborat; oddiy so’z yasalish usuli orqali yasalgan. Baraban - insoniyatning eng qadimgi musiqa asboblaridan biri bo’lib, u nafaqat Xitoyda, balki ko’pgina dunyo xalqlari orasida keng tarqalagan asbobdir. 2000 yillik o’tmishga ega bo’lgan qadimgi Xitoyga tegishli hujjatlarda barabanning o’nlab turli shakllari bayon etilgan.117 13. 二胡 er hu – “arxu”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki ieroglif va ikki bo’g’indan iborat, ikki torli skripka ma’nosini beradi. Ya’ni, 二 er – ikki, 胡 hu- tor,skripka ma’nosida qo’llanilgan. “Erhu” 二胡 torli musiqiy cholg’u asboblar orasida eng yoqimli ovozga ega. Ushbu cholg’u asbob ming yillik tarixga ega118. 14. 马头琴 ma tou qin – “mo’g’ul skripkasi”. Mazkur so’z murakkab so’z bo’lib, uch iyeroglif va uch bo’g’indan iborat; bu yerda 马 ma – ot, 头 tou – bosh, 琴 qin – cholg’u asbob ma’nosiga ega. Ushbu cholg’u asbob asosan Ichki Mongoliyada keng tarqalgan va mangoliyaliklarga xos asbob hisoblanadi. Eng tepa bo’yin qismi otning boshini eslatgani uchun ham unga xuddi shu ma’nolarni beruvchi iyerogliflar nomi tanlangan119. 15. 钹 bo – “Bo kimvali” yoki “likopchalar”. Mazkur so’z tub so’z bo’lib,bir iyeroglif va bir bo’g’indan iborat. Bo bronzadan yasalgan zarbli cholg’u asbob bo’lib, uning kelib chiqishi Janubiy va Shimoliy dinastiyalar (eramizning 420-589 yillari) davriga borib taqaladi. Ushbu cholg’u asbob 6-asrning boshlariga kelib xalq orasida ommalashgan, u ikkita dumaloq tarelkadan iborat bo’lib, o’rtasidagi teshikga ingichka lentalar mahkamlanadi, bu narsa musiqachi ikki lokopchani ikki

114 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-35-bet. 115 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-578-bet. 116 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г (18-bet) 117 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-12-bet. 118Yuqoridagi manbaa .-53-bet. 119 Yuqoridagi manbaa .-54-bet.,

56

tomonidan ushlab, bir-biriga urib chalishi uchun qulay qilib ishlanganidan darak beradi. 16. 陶响器 taoxiangqi - “ keramik shiqildoqsifat musiqiy asbob”. Mazkur so’z murakkab so’z bo’lib, uch ieroglif va uch bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 陶 tao – keramika120,响 xiang – jaranglamoq121, 器 qi – sopol idish122 degan ma’noga ega. Shiqildoqsifat musiqiy asbob oval shaklidagi idish bo’lib, bir tomondan bir-biri bilan tutashgan chiziqlar shaklida o’yib ishlangan. Ichi qattiq shariklar bilan to’ldirilgan bo’lib, uni silkitganda shitirlab ohang chiqaradi. Ushbu shiqildoqlar ham musiqiy asbob, ham bolalar o’yinchog’i sifatida qo’llanilgan. Uni musiqashunoslar ilk kashf etilgan musiqiy asboblardan deb hisoblaydilar123. 17. 陶角 taojiao – “sopol shoh”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 陶 tao – keramika, 角- shox124 degan ma’noga ega. Bu musiqiy asboblarning eng qadimgisi hayvon shohi hisoblangan ya’ni hayvonlar shohiga taqlid qilib ishlangan, uzoq masofalardan yaxshi eshitilgani uchun u ovda eng foydali asbob bo’lgan, keyinchalik uni qizdirilgan loydan yasay boshlashgan. Sharqda ushbu musiqiy asbob riton nomi bilan mashhur125. 18. 埙 xun – “baliq shaklidagi sopol okarina”126. Mazkur so’z tub so’z bo’lib, bir iyeroglif va bir bo’gindan iborat. Loytuproqli xun 埙 puflab chalinuvchi musiqa asbobi sifatida tarqalgan bo‘lib, dastlab neolit davrida Xitoyda paydo bo‘lgan. U odatda kuydirilgan loydan tayyorlangan. Hozirgi davrda topilgan eng qadimgi sopol xun 埙 Hemudu 河 姆 渡 madaniyatiga tegishli bo‘lib, Zhejiang 浙 江 viloyatidagi qazilmalar davrida topilgan. Uning ovoz chiqarish uchun faqat bir dona teshigi bo‘lib, uning yoshi 7000 ni tashkil etadi. Mazkur xun 埙 bizning davrimizgacha neolit davridan saqlanib kelgan. Bu asbobning eng qadimgi namunalari odatda, tuxum shaklidadir, biroq, xun 埙 ning bir qancha boshqa shakldagi, xususan baliq shaklidagi namunasi ham topilgan. Bu asbobning uchta teshigi bo‘lganligi uchun uni puflab chalib ohang chiqarish mumkin127. 19. 陶鼓 taogu – “keramik baraban”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki

iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 陶 tao – keramika, 鼓 gu – baraban degan ma’noga ega. Baraban – insoniyatning eng qadimgi musiqa 120 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-881-bet. 121 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-995-bet. 122 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-704-bet. 123 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-9-bet. 124 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-446-bet. 125 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-11-bet. 126 Okarina – loytuproqdan yasalgan kichik nayga o’xshash musiqa asbobi. 127 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-10-bet.

57

asboblaridan biri bo‘lib, u nafaqat Xitoyda, balki ko‘pgina dunyo xalqlari orasida keng tarqalgan asbobdir. 2000 yillik o‘tmishga ega bo‘lgan qadimgi Xitoyga tegishli hujjatlarda barabanning o‘nlab turli shakllari bayon etilgan. Kuydirilgan loydan yasalgan bu sopol barabanlar taogu (loytuproq baraban) deb nomi bilan ma’lum bo‘lgan sopol barabanlar birinchi bor Gansu 甘肃, Qinghai 青海, Henan

河 南 va Shandong 山 东 viloyatlaridagi neolit manzillaridan topilgan 128 . Aytishlaricha, barabanning membranasi xom teridan tayyorlanib, baraban atrofiga o‘ralgan va shashka chizig‘i perimetri bo‘yicha joylashtirib, mahkamlangan. Xom teri quriganida, tarang tortilib, unga zarba berilganida past ohang chiqargan. Barabanning korpusiga ikki tomoniga ilgich qo‘yib, unga qayish bog‘langan va xuddi hozirgi zamonda barabanchi uni bo‘yniga osishi kabi, ular ham bo‘yinlariga osib chalganlar. Barabanning bosh qismi va tub qismiga navbatma-navbat zarba berilganda past va baland ohanglar chiqib, hissiyotli taassurotlar bergan129. 20. 骨笛 gudi – “suyakli nay”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif va

ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 骨 gu – suyak, 笛 di – fleyta, nay degan ma’nolarga ega. Uyandan topilgan suyakli nay Xitoy musaqa arxeologiyasining muhim kashfiyoti hisoblanadi. Bu turdagi nay, odatda, oq qush qanoti suyaklaridan tayyorlangan bo‘lib, puflab chalinadigan asbobning bo‘yiga yoki eniga barmoqlar uchun teshiklar qoldiriladi. 1986 va 1987 yillar davomida Henan 河南 viloyati

Wuyang 舞阳 uezdining Jiahu 贾湖 neolit manzilida xitoylik arxeologlarning qazishmalari davrida 25 ta suyak naylar topildi. Ularning yoshi 7800-9000 yil deb baholandi. Ularning aksariyati zamonaviy yetti bosqichli tovush qatoridan ohang chiqarsa bo‘ladigan yetti barmoq teshiklariga ega. Mazkur suyak naylar hozirda Xitoy hududidan topilgan nafaqat eng qadimgi musiqa asbobi hisoblanadi, balki eng dastlabki xitoy ohangdor (yoqimli) asbob edi130. 21. 铜铃 tongling - “ bronza qo’ng’iroqcha”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 铜 tong – mis, 铃 ling – qo’ng’iroq degan ma’noga ega. Henan 河南 viloyati Yanshi 偃师 uyezdidagi qadimgi odamlarning Erlitou 二里头 manzilidan ba’zi qabrlardan bir qancha bronza qo‘ng‘iroqchalar topilgan bo‘lib, ular eramizdan avvalgi 2000-1600 yillarga tegishlidir. Bu topilmalarni shuni ko‘rsatadiki, bronza topilib ishlatila boshlagandan so‘ng, hozirgi xitoy ajdodlari bu qimmatbaho metaldan musiqiy asboblar tayyorlashda foydalanganlar131. 128 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-12-bet. 129 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г .-стр.154 130 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-13-bet. 131 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-15-bet.

58

22. 编铙 biannao – “sozlangan kimvallar”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki

iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 编 bian – jamlash132, tuzish,

铙 nao – kimval ma’nosiga ega. Xitoy Shang 商 sulolasi davri (eramizdan avvalgi 1600-1046 yillar)da bronza asri yuksalishiga yetgan. Bu davrdagi bronzani eritish texnologiyasi tufayli bronzadan ishlangan musiqa asboblarini yasash keng tarqalib, yuqori darajaga yetgan. Bronzadan yasalgan kimvallar (qadimgi misdan yasalgan likopchali musiqa asbobi) saroy musiqa marosimlarining muhim qismi hisoblangan va Shang 商 sulolasi hukumronligining oxirlarida u keng tarqalgan. Ular dastakli cheripisaning ichi kavak shaklda bo‘lib, kimvallarni tagini pastga qaratib yog‘och chorcho‘plarga o‘rnatganlar va tepasi ochiq bo‘lib, ularni korpusiga urib chalganlar. Sozlangan kimvallar bronzadan yasalgan yoqimli (ohangdor) musiqa asboblari qatoriga kiradi133. 23. 大铙 danao – “ katta kimval”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif

va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 大 da – katta, ikkinchi iyeroglif 铙 nao – kimval degan ma’noga ega. Bronzali asbob danao (katta kimval) o‘z shakliga ko‘ra sozlangan kimvallarga o‘xshashdir. Bronza kimvallning eng kattasi, bu ajoyib asbobning eng yaxshi namunasi Hunan 湖南 viloyati Ningxiang 宁乡uyezdi qazilmalari vaqtida topilgan. Ba’zi katta bronza kimvallar kolleksiyasi Pekinning Gugong 故宫 muzeyida va Shanghai 上海 muzeyida saqlanadi. Katta kimvallar nafaqat o‘z hajmi va og‘irligi bilan sozlangan kimvallardan farq qiladi, balki ular juda chiroyli bezatilgan va qiyin naqshlar bilan ishlangandir. Katta kimvalda odatda alohida musiqa chalganlar. Uning ovozi yuqori va tantanavor bo‘lsa-da, ancha bo‘g‘iq va ma’lum bir balandlikka ega emas. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, u sozlanmagan marosim musiqa asbobi sifatida qo‘llanilgan134. 24. 编磬 bianqing – “ litofon”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif va

ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 编 bian – jamlash,tuzish ikkinchi

iyeroglif 磬 qing – qadimgi plastina ko’rinishidagi xitoy zarbli cholg’u asbobi

degan ma’noga ega. G‘arbiy Zhou 周 sulolasi hukumronligi davri (eramizdan avvalgi 1046-771 yillar) ning boshida Xitoy hukumronlari marosim musiqa tashkilotlarini tuzganlar va buning natijasida bianzhong 编 钟 (sozlangan

qo‘ng‘iroq) va bianqing 编磬 (sozlangan tosh plastinali bonglar) kabi musiqa asboblari keng ko‘lamda ishlatila boshlangan va tez sur’atlarda rivojlanib borgan. 132 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-45-bet. 133 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-16-bet. 134 Yuqoridagi manbaa .-17-bet.

59

1978 yilda Hubei 湖 北 viloyati Sui 随 uyezdida Zeng knyazligi 曾 国hokimlarining qabrlari topilgan. Bu qabrda musiqa asboblarining katta to‘plamlari ko‘milgan bo‘lib, bu to‘plamlar xuddi 2400 yillik qadimgi davrdagi orkestr uchun tanlangandek edi. Qabr I ismli knyazga tegishli bo‘lib, U Urushuvchi podshohlik davrida (eramizdan avvalgi 475-221yillar) yashagan. Bir yuz yigirma beshta musiqa asbobi va boshqa musiqiy madaniyat yodgorliklari topilgan bu qabr 20 asr Xitoy musiqa arxeologiyasining eng yirik kashfiyoti bo‘lib qoldi135. 25. 编钟 bianzhong – “sozlangan qo’ng’iroqlar”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib,

ikki iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 编 bian - jamlash,tuzish,

ikkinchi iyeroglif 钟 zhong – qo’ng’iroq degan ma’noga ega. Knyaz I qabridan topilgan sozlangan qo‘ng‘iroqlar bianzhong 编钟 dunyoning sakkizinchi mo’jizasi deb atalgan. Mazkur ajoyib to‘plam uch turdagi 65ta qo‘ng‘iroqchalardan tashkil topgan bo‘lib, uch yarusli chorcho‘plarga osilgan. Qo‘ng‘iroqlar besh oktavali diapazonga ega bo‘lib, ulardan uchtasi (o‘rtadagisi) to‘liq xromatik gammalar chiqara oladi. Har bir qo‘ng‘iroqcha ikki har xil balandlikdagi tovush chiqarib, qadimgi Xitoyda yasalgan ajoyib ilmiy kashfiyot hisoblanadi. Hozirgi vaqtgacha topilgan qadimgi bronza qo‘ng‘iroqchalar ichida knyaz I qabridan topilgan qo‘ng‘iroqchalar to‘plami son, hajm, tuzilishi, diapazoni va saqlanishi jihatidan tengi yo‘q hisoblanadi136. 26. 古琴 qin – “Sitra sin”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 古 gu- qadimiy, 琴 qin- cholg’u asbob degan ma’noga ega. Qadimgi Xitoy chertib chalinadigan tor asbob sitra (nohina bilan chertib chalinadigan mausiqa asbobi) qin 琴 tarixi uzoq asrga, 3000 yilga borib taqaladi. O‘n torli qin 琴 Bahor va Kuz va Urushuvchi podshohlar davrida mashhur bo‘lgan. Zeng podshohligi knyaz I qabridan topilgan o‘n torli qin 琴 asbobi shu vaqtgacha topilgan yagona namuna hisoblanadi. Mazkur qin 琴 butunlay yog‘ochdan qilingan bo‘lib, qora lak bilan ishlangan, yaxshi saqlangan va uni yerdan kavlab olganlida yangidek yaltirlagan137. 27. 竽 yu – “ Yuy”. Mazkur so’z tub so’z bo’lib, bir iyeroglif va bir bo’gindan iborat. Yu 竽 yirik til asbobi bo‘lib, ko‘pgina bambuk trubkalardan tashkil topgan va bu trubkalar quritilgan hamda ichi o‘yilgan qovoqdan qilingan korpusga o‘rnatiladi hamda bu korpusga munshtuk (naycha) ham qo‘yilgan bo‘ladi. Yu 竽Urushuvchi podshohlar davridan (eramizdan avvalgi 475 – 221 yillar) boshlab

135 Yuqoridagi manbaa .-19-bet. 136 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-20-bet. 137 Yuqoridagi manbaa .-23-bet.

60

mashhur bo‘lgan. 1872 yili Han sulolasi davriga tegishli sharqiy Changsha 长沙shahrida joylashgan Mawangdui 马王堆 degan joydagi qabrdan topilgan va juda yaxshi saqlangan bu asbob namunasiga qadar, yu 竽 musiqa asbobi haqida faqat Hanlarning go‘r ustiga solingan gravyuralari va musiqachilarning terrakota (sopol)dan ishlanib, dafn qilingan haykalchalari orqali ma’lum edi138. 28. 瑟 se – “25 torli sitra se”. Mazkur so’z tub so’z bo’lib, bir iyeroglif va bir bo’gindan iborat. Ikki yarim ming yil avval tuzilgan “Shijing”诗经 (“Qo‘shiqlar kitobi”)da bu asbob haqida juda ko‘p eslatilgan. Se 瑟 chertib chalinadigan tor asbob bo‘lib, to‘g‘ri burchakli yog‘och korpusga ega. Odatda uning 25 ta tori bo‘lgan. Se 瑟 qo‘pincha qadimgi hursandchilik tadbir va marosimlarida qo‘shiqqa jo‘r bo‘lish uchun qo‘llanilgan. Se sitraning xilma xil namunalari Henan 河南, Hubei 湖北 va Hunan 湖南 viloyatlaridagi arxeologik manzillardan topilgan139. 29. 板鼓 bangu – “ tekis baraban”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif

va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 板 ban - doska, patnos; ikkinchi

iyeroglif 鼓 gu – baraban degan ma’noga ega. Baraban bangu 板鼓 – an’anaviy xitoy operasining muhim zarbali asbobi bo‘lib, u hozirga qadar ishlatiladi. Bangu ikki qo‘lda chalinadi, uni bambuk tayoqcha bilan galma-galdan urib, aniq va jarangdor tovush chiqarib chalinadi. Baraban bangu 板鼓 yog‘och tartarak bilan birga vokal ariya140larga ohang beradi va aktyorlar harakatini mustahkamlaydi, zarbali jo‘r bo‘lishni bezaydi, sahna bezaklariga va personajlar xarakteriga jilo beradi. Boy va qiyin texnikaga ega bo‘lgan bangu 板鼓 barabanini chalish katta badiiy ifodalikni beradi141. 30. 拍板 paiban – “ yog’och tartarak”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki

iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 拍 pai - qarsillatish142;

ikkinchi iyeroglif 板 – doska, patnos degan ma’noga ega. Yog’och tartarak paiban

拍板 ham an’anaviy xitoy operasida ko‘pincha uchraydigan zarbali asboblaridan

biri hisoblanadi. Paiban 拍 板 Suy va Tan sulolasi davrlarida saroy va xalq musiqalarida paydo bo‘lgan. Tartarak to‘plami odatda uch, olti yoki ko‘pi bilan to‘qqiz yog‘och plastinalardan tashkil topgan. Tartarak xalq musiqa ansambllarida va an’anaviy xitoy operalariga jo‘r bo‘lishda ishlatiladi143. 138 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-27-bet. 139 Yuqoridagi manbaa .-28-bet. 140 Operada orkestr jo‘rligida bir kishi tomonidan ijro etiladigan kuy. 141 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-44-bet. 142 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-662-bet. 143 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-44-bet.

61

31. 京胡 jinghu - “Pekin operasi skripkasi”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 京 jing – Pekin shahri;

ikkinchi iyeroglif 胡 hu - skripka degan ma’noga ega. Ushbu cholg’u asbob Pekin operasining asosiy uch asboblarining birinchisi bo’lib, an’anaviy kamoncha bilan chalinadigan asboblar asosida Qing 清 sulolasi hukmronligi davrining o’rtalarida

Pekin operasining rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan. Jinghu 京 胡 repertuarining katta qismi – Pekin operasi ohanglaridir144. 32. 月琴 yueqin – “ oy shaklidagi ud”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 月 yue - oy; ikkinchi iyeroglif

琴 qin – cholg’u asbob degan ma’noga ega. Oyli ud – Pekin operasining asosiy uch asboblarining uchinchisi bo’lib, chertib chalinadigan tor asbob hisoblanadi. O’z shakliga ko’ra dumaloq ud ruan 阮 ga o’xshash bo’lib, oy shaklidagi korpusga va ancha qisqa bo’yinga ega145. 33. 梆子 bangzi – “yog’och shaqildoq”. Mazkur so’z sodda so’z bo’lib, ikki iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif 梆 bang - shaqildoq ; ikkinchi iyeroglif 子 zi – sufiks (so’z yasovchi sufiks) vazifasiga ega. Yog’och shaqildoq bangzi yoki bangban, zarbli asboblar qatoriga kiradi. Henan 河南 operasini ham Henan “bangzi” 棒 子 , ya’ni shaqildoq nomi bilan ataladi, u maqom beruvchi asbobdir. Shaqildoq bangzi lar ikki xil hajmda, qattiq daraxtga ishlov berib yasalgan taxtadir. Undan chiqadigan ovoz aniq va jarangdor bo’lib, belgilangan tovush darajasiga ega emas146. 2.1. O’zbek cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili O’zbek xalqi zarbli cholg’ulari: 1. Doira – “ arabcha” so’zdan olingan bo’lib, childirma ham deyiladi. O’zbek xalq cholg’ulari ichida eng keng tarqalgan zarbli cholg’ulardan biri. Doira (chirmanda, childirma) ingichka yog’ochli gardishdan iborat bo’lib, uning bir tomoniga membrana tortilgan, ichida esa metall xalqachalar maxkamlangan147. O’rta Osiyo xududida ikki mingga yaqin yil muqaddam paydo bo’lgan doira qolgan hamma asrlar davomida xalqning musiqaviy xayotida o’z o’rnini mustaxkam saqlab qolgan. To’g’ri, uning tuzilishi o’zgargan. O’rta Osiyo antik davrining ilk

144 Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-62-bet. 145 Yuqoridagi manbaa .-63-bet. 146 Yuqoridagi manbaa.-67-bet 147 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006.-33-bet.

62

yodgorliklarida – doira (buben) tasvirlangan nisa ritonlari – bu asbob oldindan zamonaviy o’zbek doirasiga juda yaqin bo’lganligini bildiradi. Doira maqomlari ulkan xissiy ta’sir kuchiga ega. Ularning ketma-ketligi, dinamikani keskinlashtirishi ruxiyatni ko’tarish, dilga tetiklik baxsh etish, kuchli irodaviy g’ayratni xis qilish layoqatiga ega. Bu haqda tojik adibi Sadriddin Ayniy o’zining yoshlikdagi do’stlaridan biri – Mullo Omonning tili bilan aytib o’tgan. Mullo Omon doirani boshqa barcha asboblardan, shu jumladan, tanburdan afzal bilgan, chunki tanbur «..g’amginlikni chaqiradi, xatto ko’z yoshini keltiradi. Men esa yig’lashni yomon ko’raman. Balki bu men bolalikdan doira tovushi ostida o’sganimdandir. Bizning Rozmoz qishlog’imizda, bizning Vobkent, G’ijduvon rayonlarimizda shunday ajoyib doirachilar borki, ular o’zining o’yini bilan tinglovchilarni maftun etishlari mumkin; yurakda qandaydir yengillik paydo bo’ladi, barcha alamlar va tashvishlar esdan chiqadi. Axir Xofiz bejiz aytmagan: Eshitgandim – banogox kishi ma’yuslanib qolsa gar, Doiraning ovozi qayg’udan uni xalos aylar148. 2. Nog’ora - “arabcha” so’zdan olingan. Nog’oralar tuvaksimon sopolga teri sirib yasalgan va ikkita cho’p bilan urib chalinadigan bir juft musiqa asbobi 149 . Nog’oralarning katta va kichik turlari bor. Uning korpusi pishirilgan loydan yasaladi. Membranasi (hayvon terisidan) kesishuvchi kamarlar yordamida tortiladi150. Katta o’lchamdagi momaqaldirqsimon tovushli bittalik nog’ora (dol-nog’ora) maxsus vazifaga ega bo’lgan – uning shartli signallari xon yoki amirning chiqishi yoki kirishidan xabar bergan151. 3. Qayroq - to’rtta silliqlangan uzunchoq qayroq toshchalardan iborat. Asosan Xorazm raqslarida ko’p ishlatiladi. Xorazm qayroqlarining ikkitasi temirdan, ikkitasi tosh-qayroqdan yasaladi. Qayroq o’zbek xalq cholg’ulari orkestri va ansambllarida asarning turli epizotlarida va qismlarida qo’llaniladi. Qayroqni ijrochi har qo’lida bir juftdan ushlaydi va bir-biriga urishi natijasida quruq chaqillagan tovush hosil bo’ladi152. 4. Safoyil – “arabcha” so’zdan olingan153. Safoyil – zarblilar ichida o’ziga xos cholg’u bo’lib, shaqildoqlar turiga kiradi. U yuqori tomoniga ikkita katta temir halqa o’rnatilgan juft tayoqcha bo’lib, katta temir xalqalarning har biriga o’n oltita temir halqachalar kiygizilgan. Ushbu cholg’uda tovush uch xil yo’l bilan amalgam oshiriladi: kichik halqachalarni titratish, ijrochining o’ng yelkasiga safoyilni urish, shuningdek, safoyilni oldinga silkitib, katta halqalarni tayoqchaga urilishini ta’minlash natijasida tovush hosil qilinadi. Safoyil asosan raqs kuylarida xalq

148 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г. -151-bet. 149 Ўзбек тилининг изохли луғати. Москва “Рус тили” нашриёти 1981й.-514-б. 150 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006.-33-bet. 151Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии. (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г .-152-bet. 152 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006.-33-bet. 153 Ўзбек тилининг изохли луғати. Москва “Рус тили” нашриёти 1981й. -II. 28-bet.

63

cholg’ulari ansambliga jo’rlik qiladi154. O’zi jaranglovchi asbob – safoyil sayyor qo’shiqchilar, ko’zboylog’ichlar, darveshlar tomonidan qo’llanilgan. 5. Qoshiq - tut yog’ochidan yasaladigan,silkitib yoki qo’lning kaftiga urib chalinadigan qoshiq shakliga o’xshash zarbli cholg’u asbobi. Qoshiqlar o’zi yakka holda ritmik usullarni chalishi yoki doiraga qo’shilishi mumkin. Ushbu cholg’u dunyoning turli mamlakatlarida kastan’et yoki ispancha kastan’et kabi nomlar bilan raqqoslar raqs tushganda usulni yanada bo’rttirib ko’rsatish uchun ishlatiladi. Hozirgi davrda qoshiq xalq cholg’ulari orkestrida zamonaviy kompozitorlar asarlarini ijro etishda ishlatiladi155. Musiqiy damli cholg’ular: 6. G’ajir nay,cho’pon nay – ikki tomoni ochiq nay bo’lib, cho’l burgutining ichi g’ovak suyagidan ishlanadi. U cho’ponlar amaliyotida ko’proq qo’llaniladi va lirik tarzdagi kichik kuylar ijro etishga qulay156. Ko’ndalang fleyta (nay) - Qadimgi dunyoning eng keng tarqalgan asboblaridan biridir. Ko’p yerlarda u o’z tuzilishini saqlab qolgan xolda hozir ham mavjud, Kuchuk oldida fleyta chalayotgan cho’pon bola tasviri Shumer tarixining arxaik davriga mansub. Ko’ndalang fleyta (ikkala tomoni ochiq g’ovak tayoq ko’rinishida) Misrda O’rta podshoxlik davrida mavjud bo’lgan (eramizdan 250-1600 y. avval) va hozirgi davrga qadar kolik cho’ponlar turmushida saqlanib qolgan157. 7. Ishvalak – “arabcha” so’zdan olingan bo’lib, “ishvasi bor”, “ishvakor” degan ma’nolarni bildiradi158. Turli qush va jonzotlar shaklida sopoldan yasaladi va har xil bo’yoqlar bilan bezatiladigan xushtaksimon cholg’u. Uning xushtak hosil qiladigan bitta teshigi va barmoq bilan bosiladigan bitta teshikchasi mavjud. Ishvalak asosan bolalar o’yinchog’i sifatida qo’llaniladi. 8. Nay – “fors-tojikcha” so’zdan olingan bo’lib, “qamish” ma’nosini bildiradi159. Nay oltita teshigini barmoqlar bilan berkitib –ochib, puflab chalinadigan, yonlama musiqa asbobi. Nay O’zbekistonda juda keng tarqalgan yog’ochli musiqiy asbob bo’lib, yakka ijroda, cholg’u ansamblida va o’zbek xalqi chog’ulari orkestri tarkibida keng qo’llaniladi160. Zamonaviy Xitoy (ko’ndalang) fleytasi o’zbekcha nayga yaqin. U oltita chalish uchun teshikchalari bo’lgan 610-630 mm. uzunlikdagi bambukdan yasalgan naychani aks ettiradi. Afrosiyob terrakotasida shuningdek o’ziga xos tuzilishli fleyta asboblari ko’rsatilgan. Ular puflash uchun yonlama isimtasi (patrubok) bo’lgan va bir nechta chalish uchun teshikchalari bo’lgan xushtakli, ya’ni okarina turidagi asboblar, balki 154 Ф.Кароматов Узбекская инструментальная музыка Издательство “литературы и исскуства им. Гафура Гуляма” Ташкент 1972г. -50-bet. 155 Рмановская Е. Узбекская инструментальная музыка. – Т., 1948г. –стр.66. 156 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006.-33-bet. 157 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г. -24-bet. 158Ўзбек тилининг изохли луғати. Москва “Рус тили” нашриёти 1981й .-I. 343-bet. 159 Ўзбек тилининг изохли луғати. Москва “Рус тили” нашриёти 1981й .-I. 493-bet. 160 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006. -10-bet.

64

oddiy xushtaklar bo’lishi mumkin. Shuningdek ta’kidlash mumkinki, u davrda ushbu turdagi musiqa asboblari bolalar o’yini uchun emas, balki murakkabroq bo’lgan boshqalari bilan teng ravishda, tantanali marosimlarda ishtirok etgan161. 9. Kichik nay (“nay-pikkolo”) – “ingliz tili”dan olingan so’z bo’lib, “kichik fleyta” degan ma’noni bildiradi. Asosan, o’zbek xalq cholg’ulari orkestrida foydalaniladi. Tuzilishi jihatidan oddiy nayga o’xshash, lekin sal kichikroq. Qoraqalpoq va tojik xalqlarida ham qo’llaniladi va shunday nomlanadi162. Tilli- trostli163 cholg’ular: 10. Balaban, bulomon – (fors. balabam, bolo – baland, bom – past) silindrik shakldagi quvurining uzunligi 300mm bo’lib, karnaychasi ustki tomonidan qalinlashtirib, mevali yog’ochdan yasalgan cholg’u. Uning tovush tembri bo’g’iqroq bas tusda bo’lib, asosan baxshilar ansambli tarkibida va yakka holda ham qo’llaniladi. Dramatik va fojiaviy dostonlar musiqalari bulomonsiz ijro etilmagan. Hozirgi davrda ham shimoliy O’zbekiston, asosan Xorazm va Qoraqalpog’istonda baxshilar ansambllarida keng qo’llaniladi164. 11. Qo’shnay – g’arov qamishdan yasalgan 220-250mm uzunlikdagi juft naylardan iborat cholg’u bo’lib, tovushi kuchli, mungli ohangga ega. Qo’shnayda barmoq bilan bosiladigan 7 (ba’zan 8)ta teshik ochilgan. Asosan yakka, ansambl va o’zbek xalq cholg’ulari orkestrida qo’llaniladi. Hozirgi davrda Xorazm, Toshkent va Farg’onada keng tarqalgan165. Qadimiy Sharq mamlakatlari ikkita g’ovak naychadan iborat bo’lgan ikki turdagi puflama asbobni bilishgan, aniqrog’i – bular ikkita turli asboblar bo’lgan: bittasi – yunonchasiga avlos deb ataluvchi «ikkilangan goboy», va ikkinchisi – naychalarining parallel joylashganligi va boshqacha ovoz chiqarishi bilan avlosdan farq qiluvchi asbob. Uning forscha nomi – dunay yoki dubay (Hozir u O’zbekistonda qo’shnay nomi bilan tanish). Dunayning ilk tasviri – Nishopurdagi sanasi eramizdan avvalgi II ming yillik deb belgilangan va Shumer madaniyatiga kiritilgan terrakota xaykalchasida keltirilgan. Yuqori Siriyadan topilgan terakkota xaykalchasi ham uning bu yerda mavjud bo’lganini bildiradi. U tuyaning orqasiga mahkamlangan taxtiravondagi ikkita qizni tasvirlaydi. Ulardan biri, ko’rinishicha, qo’shiqchi, ikkinchisi esa – dunay chaluvchi qiz. Afsuski, dunay hamma yerda shunchalik umumlashtirib tasvirlanganki, uning na chalinadigan teshiklari, na uni chalish usullariga baxo berish mumkin. Faqat aytish mumkinki, zamonaviy qo’shnayga nisbatan bu asbob qadimda katta uzunlikdagi naychalarga ega bo’lgan. O’rta Osiyo antikligining (Eron kabi) bizga tanish bo’lgan yodgorliklari dunay tasvirini saqlab qolmagan. Uning o’sha davrlarda bu yerda mavjud

161 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г .-25-bet. 162 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish. (Musiqa va san’at kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006. -10-bet. 163 Tilli trostli cholg’ularda tovush hosil qiluvchi membrana ularning tillari – trostlari hisoblanadi. 164 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006. -10-bet. 165 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006. -11-bet

65

bo’lganining bevosita isboti yo’q. Biroq, Forobiy asarlarida dunayni uning davrida keng tarqalgan musiqa asboblarining safida uchratamiz. Bundan kelib chiqadiki, uning o’tgan asrlarda ham mavjud bo’lgani ehtimoldan holi emas166. 12. Sibiziq – (bizillovchi ma’nosida) g’arov qamishdan yasalgan cholg’u bo’lib, asosan og’zaki nutqda “sibizg’a” deyiladi. Uning bosh qismida tilcha kesib ochilgan, barmoq bilan bosiladigan uchta teshigi bor. Sibiziq cho’ponlar cholg’usi bo’lib, unda sho’x-o’ynoqi kuylar chalinadi. U turkmanlarning dilli-tuyduqiga o’xshaydi167. 13. Surnay – “forscha”dan olingan bo’lib, sur – to’y,bayram, nay – qamish, “to’yda chalinadigan nay “degan ma’noni bildiradi. O’zining tuzilishi va tovush hosil qilinishi jihatidan goboyga ibtido bo’lgan bo’lgan cholg’udir. Surnay mevali (o’rik,tut,yog’och) yog’ochdan silindrik shaklda, karnaychasi kengaytirilgan Hilda yasaladi. Uning barmoq bilan bosiladigan 8 ta teshigi bor. Surnayning tovushi keskin va juda o’tkir bo’lib, unda tovush hosil qilish murakkab hisoblanadi. Surnay cholg’usining kelib chiqishi juda qadimiy bo’lib, bu haqdagi ma’lumotlar miloddan oldingi qal’alar devorlaridagi tasvirlar va o’rta asr miniaturalarida aks etgan. Surnay harbiy yurishlar, to’y, sayl va bayramlarda asosiy cholg’u sifatida karnay, nog’ora va doiralar ishtirokidagi cholg’ular ansamblida qo’llanilgan. O’zbekistonda ikki xil surnay mavjud bo’lib, Farg’ona- Toshkent surnayi menzurasi kengroq bo’lganligi sababli tovushi mayin va nolali, Xorazm surnayi esa menzurasi nisbatan torligidan tovushi keskin va chiyildoq168. Munshtukli cholg’ular: 14. Bug’ – tojikcha-o’zbekcha so’z bo’lib, sopoldan ishlangan trubadir (rus tilida керамический рог). Undan qadimda tegirmon don yanchish uchun tayyor ekani yoki shahar hammomi suvi isib, yuvinish uchun tayyor bo’lganini bildirish uchun chaqiriq chalingan169. 15. Karnay – (forscha qarn – shox, nay – qamish) hayvon shoxidan yasalgan nay yoki Sharqdagi yana bir nomi burg’u (bug’u shoxi) degan ma’nolarni bildiradi. Karnay – misdan yasalgan uch metrcha keladigan puflama asbob – Eyxgorn170ning kolleksiyasida ikkita: to’g’ri tanali va tirsakli turi taqdim qilingan. Bizning davrimizgacha faqat to’g’ri karnay yetib kelgan, lekin o’tgan asrning oxirlarida tirsakli karnay mavjud bo’lganini tasdiqlovchi ma’lumotlar saqlanib qolgan. Uni Buxoro amirining harbiy ko’rigida ishtirok etgan (rus diplomatik missiyasining a’zosi) V.V.Krestovskiy ko’rgan va eshitgan. So’ng quyidagicha ta’riflagan: “Amir machit peshtoqiga yaqinlashganda, «uning qarshisida ulkan tunuka quvurlarining quloqni qomatga keltiruvchi na’rasi 166 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г .-43-bet. 167 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006. -11-bet. 168 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006 .-11-bet. 169 Yuqoridagi manbaa (11-bet) 170 A.F.Eyxgorn -Toshkentga 1870 yilda kelib qolgan, rus harbiy orkestrining kapeleysteri. U Toshkentda, uning tevarak-atrofida, Farg’ona vodiysi shaharlarida (Qo’qon, O’sh, Andijon, Namangan va boshqa) va yaqin joylashgan qishloqlarda xalq qo’shiqlari va asbob ohanglarini yozib olgan, xalq musiqa asboblari namunalarini to’plagan.

66

gumburlab ketdi. Ularning birlari bir yarim sarjincha bor, agar ikki bo’lmasa, tanasi to’g’ri bo’lib, og’zi peterburglik chiponlarning shoxchalariga o’xshab konussimon kengayib ketgan; boshqalari ham shunday uzunlikda bo’lib, o’rtasidan qo’shaloq to’g’ri burchakli tirsak bilan bukilgan. O’z og’zini osmonga qaratgan holda, bu quvurlar o’sha bitta na’rali notani burqiratib chiqarar, ularning biron narsa bilan taqqoslab bo’lmaydigan qattiq, bir me’yordagi na’rasi maydonning qolgan hamma tovushlarini bosib ketardi». Ko’rinishicha, XIX asr oxiriga kelib tirsakli karnay faqat Buxoro amirining marosimlarida saqlanib qolgan, amirlik qulaganidan so’ng esa, asbob o’zining mavjudligini to’xtatgan. To’g’ri karnayga kelsak, u o’tgan asrning oxirlarida olingan suratda aks ettirilgan. Buxorodagi tungi o’yin-kulgilar (Ro’za171 vaqtidagi) haqida gapirayotib, rus sayyohlari yil eslatmalarida u xaqda eslatib o’tishgan172. Torli cholg’u asboblar: 16. Dutor – “fors-tojikcha” so’zdan olingan bo’lib, “du”- ikki, “tor” – cholg’u asboblarning tebranib tovush chiqaradigan ipi degan ma’noni beradi 173 . O’zbekistonda (hozirgi kunlarda va o’tgan asrlarda) eng ko’p tarqalgan asboblardan biri – dutor bo’lib, u katta noksimon korpusli va uzun bo’yinchali ikki torli chertma asbobdir, unda o’n uchta-o’n to’rtta to’plama ohang mavjud.

«Dutor» atamasining paydo bo’lishi ikki torli asbobni o’sha turdagi, faqat torlari ko’proq bo’lgan boshqa asboblardan farqlash zaruriyatiga ko’ra yuzaga kelgan bo’lishi mumkin174.

17. Tanbur – Manbalarda kelishicha tanbur so`zi – “forscha” yurakni tirnovchi ya’ni tan - yurak, bur - tirnash degan ma'noni anglatadi yoki tanbur so`zi yunoncha tanbura so`zidan paydo bo`lgan deb yoziladi. Fitratning tarificha esa tanbur O`rta Osiyo xalqlari cholg`usidir, do`nbra tanburni qadimiy bir ko`rinishi ekanligini va u judayam qadimiy cholg`u ekanligi ma`lum bo`ladi. Darvish Alining yozishicha qadimda tanbur ikki torli bolib unga keyinchalik uchinchi tor qoshilgan, shundan bolsa kerak tanburni ba`zi kitoblarda Setor ya`ni uchta torli deb nomlanganligi ham e'tiborga loyiqdir. Tanbur uch yoki to’rtta sim torli, noxun bilan chartib chalinadigan musiqa asbobi. Tanbur qadimiy asboblardan biri bo’lib, u barcha asboblarning «o’qituvchisi»dir, Forobiy torli asboblarning hamma turlaridan ko’ra tanbur udga yaqinroq deb ta’kidlaydi. Uning tovushlari, udga o’xshab, torning qismlarga bo’linishi yo’li bilan hosil bo’ladi. Tanbur xuddi ud kabi keng tarqalgan bo’lib, xalq tomonidan ham xuddi shunday sevimli bo’lgan. Odatda tanbur ikki torli, ba’zida esa – uch torli bo’lgan. Eyxgorn tanbur uchta: biri oxang beruvchi, ikkitasi «jo’r bo’luvchi» torga ega bo’lganini yozadi va uni

171 Ro’za – bir oylik o’zini tiyish bo’lib, musulmonlar uning davomida saxardan to kech tushgunga qadar yeyish, ichish va chekishdan o’zini tiyib turishi lozim. Bu oy davomida tungi bozorlar va sayrlar tashkil qilingan. 172 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г .-149-bet. 173 Ўзбек тилининг изохли луғати. Москва “Рус тили” нашриёти 1981й .-I. 241-bet. 174 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г .-144-bet.

67

sozlashning175 bir qancha turini keltiradi. Huddi dutor singari, XIX asr tanburi ham xalq orasida sovet davrida ham mavjud bo’lgan tanburga mos keladi. Eyxgorn kamon bilan chalinadigan tanbur haqida ham eslatib o’tadi. Uni setor deb atagan xolda, u bu atamani noto’g’ri qo’llaydi, chunki bu asbob o’n ikki torga ega. Belyaev, garchi «setor» atamasi odatda «uch torli» degan ma’noni anglatsada, uni ko’pincha tanburning kamon bilan chalinadigan turini qo’llashgani haqida yozadi176. 18. Rubob – “fors-tojikcha” so’z bo’lib, mediator bilan chertib chalinadigan besh torli musiqa asbobi degan ma’noga ega177. Rubob (Forobiy bo’yicha) torlarining alohida qismlarining to’lqinlanishi orqali tovush chiqaradigan asboblar qatoriga kiradi. Rubob bir yoki ikki torli bo’ladi. Biroq, ba’zan rubob to’rt torli ham bo’ladi. Xuddi tanbur kabi, rubobning ham pastki qismida tugmachasi bo’ladi178. Darvish Alining traktatida rubobning beshta tori bor (to’rtta ipakli va bitta kumush) deb aytilgan179.

XIX asrning oxiriga kelib, O’zbekistonda rubobning alohida, xozirda qashqar rubobi deb tanilgan turi tarqala boshlagan. 180 . Buxoro, Tojikiston va Afg`onistonda tarqalgan Rubobning yana bir turi – Afg`on rubobi, tojik rubobi yoki Buxoro Rubobi deb ham ataladi. Bunda asosiy tordan tashqari rezonans beruvchi qo`shimcha torlar ham bor. O`rta osiyo xalqlariga nisbatan janubiy Xitoyning Xinjiang viloyatida yashovchi uyg`urlar o`rtasida keng tarqalgan turi Qashqar Rubobi deyiladi. 19. G’ijjak – “fors-tojikcha” so’zdan olingan bo’lib, skripkaga o’xshash kamonchali cholg’u asbob degan ma’noga ega181. G’ijjak - yarim doira shaklidagi, odatda daraxtdan, kokos yong’og’idan va qovoqdan qilinadigan korpusdan, charm membrana va dumaloq yog’och bo’yindan (aniqroq qilib aytsak dastadan) iborat. G’ijjakdagi torlar soni odatda 3-4 ta bo’ladi. Ancha ilgarigi g’ijjaklar ikki torli bo’lgan. Bu borada Boburning habarlari juda qiziq: uning takidlashicha o’z davrining mohir sozandasi Qul-Muhammad Udiy g’ijjakga 3-torni ham qo’shgan182. Lekin shundan so’ng ham ikki torli g’ijjak uch torli g’ijjak(keyinroq to’rttorli) bilan parallel ravishda bizning davrimizgacha mavjud bo’lib kelgan. Bunga isbot sifatida Eyxgornning o’rta osiyo musiqiy asboblari kolleksiyasida ham ikki torli g’ijjakning mavjud bo’lganini keltirishimiz mumkin. XIX asr g’ijjagi – kamon bilan chalinadigan asboblarning tipik vakilidir. Zamonaviy xalq g’ijjagi singari, u yarim shar shaklidagi korpusga ega.Minyatyuralar bilan taqqoslash g’ijjak XV-XVI asrlardayoq g’oyat

175 V.M.Belyaevning ta’kidlashicha, Eyxgorn tomonidan keltirilayotgan tanburlarni sozlash uning kolleksiyasidagi ayrim asboblarning shikastlanganligi sababli hamma yerda ham to’g’ri kelavermaydi. 176 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г . -145-146-betlar. 177 Ўзбек тилининг изохли луғати. Москва “Рус тили” нашриёти 1981й .-I. 628-bet. 178Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии. (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г . -80-bet. 179 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г .-90-bet. 180 Yuqoridagi manbaa .-165-bet. 181 Ўзбек тилининг изохли луғати. Москва “Рус тили” нашриёти 1981й .-II. 656-bet. 182 Bobur. Boburnoma. Toshkent ,1960-yil .-244-bet.

68

takomillashgan va XIX asrda ham o’zining tipik (tashqi va konstruktiv) xususiyatlarini saqlab qolgan asbob deb xulosa qilish imkoniyatini beradi. Bu asbob ham O’zbekiston, ham Tojikiston uchun xarakterlidir. Uning hozirgi davrdagi evolyusiyasi kvintali sozlanadigan to’rt torli g’ijjaklar paydo bo’lishiga olib kelmoqda183. 20. Qobuz - Qirg’iz qobuzi bir bo’lak daraxt yog’ochidan o’yib yasalgan (korpusi bo’yinchasi va boshi bilan birga). U uncha katta bo’lmagan rezonator teshikchali yog’ochli dekaga, uchta payli torga ega bo’lgan. Qobuzning torlariga chap qo’lni yengilgina bosib chalinadi. Shu orqali asbobning barcha registrlari bo’ylab bir maromda betakror kuy taraladi. Qozoqlarning kamon bilan chalinadigan qobuzini ham Eyxgorn qirg’izlarniki deb hisoblaydi. Chunonchi, u bilan qirg’izcha qiyoq o’rtasida umumiylik shunchalik ko’pki, ularga huddi o’sha bitta asbob deb qarash mumkin. Qobuz (qiyoq) eshilmagan ot yolidan yasalgan ikki torga, cho’michsimon o’yib yasalgan korpusga ega184. Bugungi kunda qobuz ancha iste’moldan chiqib ulgurgan, lekin o’tmishda qobuz shubhasiz o’zbek xalqining cholg’u asboblari orasida muhim o’rin egallagan. Bunga tarixiy manbalar ham guvohlik beradi. Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma” asarida XV asrda Samarqandda yashagan mashhur qobuzchining ismini keltirib o’tadi185. Taniqli olim, buxorolik Darvish Ali ham o’zining musiqa haqidagi traktatida “qobuz- juda chiroyli ohangga ega va xalq orasida ko’p talab qilinadi” deb aytib o’tgan186. Huddi shu yerda u qobuzni o’z davrining mashhur musiqashunosi Sulton Uvays (1356-1374) tomonidan afg’on rubobini bo’ynini uzaytirib,korpusini kichraytirish orqali ixtiro qilinganligi haqidagi tahminini aytib o’tadi. Lekin shu vaqtning o’zida Darvish Ali qator olimlarning “Sulton Uvays qobuzni avzonlardan olgan” degan tahminlarini ham keltirib o’tadi187. 21. Afg’on rubobi – torli cholg’u asboblar orasida afg’on (yoki tojik, buxoro) rubobi o’zining tashqi ko’rinishi va o’ziga xos tembr xususiyatalari bilan alohida ajralib turadi, Buxoro va Samarqandda keng tarqalgan. Bugungi kunda O’zbekistonning boshqa viloyatlarida xususan Toshkentda ham afg’on rubobini uchratishimiz mumkin. U Tojikistonning zamonaviy ansambllarida alohida o’rin egallaydi. Afg’on rubobining O’zbekistonga qachon kirib kelganinini aniq aytib bo’lmaydi,hatto Darvish Alining “Musiqa haqidagi traktatlarida” ham u haqdagi ta’riflarni uchratmaymiz188. Lekin, XIX asr oxiridagi suratda bu asbob namunasi saqlanib qolgan. Qizig’i shundaki, uni chalayotgan musiqachi ham, chamasi

183 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г . -146-bet. 184 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г .-141-142-betlar. 185 Bobur. Boburnoma. Toshkent ,1960-yil .-417-bet. 186 Дарвиш-Али. Трактат о музыке. Ук.рукопись, л. 22а. 187 Ф.Кароматов Узбекская инструментальная музыка Издательство “литературы и исскуства им. Гафура Гуляма” Ташкент 1972г. -108-bet. 188 Ф.Кароматов Узбекская инструментальная музыка”Издательство “литературы и исскуства им. Гафура Гуляма” Ташкент 1972г. -140-141-betlar.

69

Afg’onistonlikdir189. Rubobda beshta asosiy 10-11 ta qo’shimcha torlar mavjud. Dutor va tanburdan farqli ravishda afg’on rubobida barcha asosiy torlar ohangdor. Afg’on rubobi tanburga o’xshab o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan asboblar sirasiga kirganligi uchun O’zbekistonda asosan professional xalq hofizlari tomonidan turli xil harakterdagi chol’gular kiritilgan ansabllar tarkibida foydalaniladi190. 22. Chang – “fors-tojikcha” so’z bo’lib, to’rt burchak yassi quti shaklidagi, sim torlar tortilgan, qo’sh cho’p bilan urib chalinadigan cholg’u asbobi ma’nosiga ega191. Changadagi umumiy torlar soni 40 taga yetadi. Chang ham yakka, ham ansambl tarkibida ijro etiladi. Lekin shunga qaramay chang qo’shiqchiga asosan milliy cholg’ular ansambli tarkibida jo’r bo’la oladi, ya’ni yolg’iz o’zi bu maqsadda ishlatila olmaydi192. Eyxgorn katalogidagi oxirgi asbob – vargan (chang deb atalgan) bo’lib, urib chalinadigan asboblar bo’limiga tushib qolgan, lekin uni tilchali asboblarga kiritilsa, to’g’riroq bo’lardi. U uchlari juda cho’zilgan metall nag’alchadan iborat bo’lib, o’rtasida ilgaksimon bukilgan uchiga bo’sh po’lat tilcha mahkamlangan. Uning kelib chiqishi, shubhasiz juda qadimiy: metalldan yasalgan varganning namunalari ilgari ba’zi cho’l rayonlarida hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan suyakdan (tuya suyagidan) yasalgan bo’lishi mumkin193. Bob yuzasidan xulosa: - Xitoy cholg’u asboblari iyerogliflarining aksariyat qismining yasalish usuli so’z yasalishning kompozitsiya (kompozitsiya – ikki so’zni qo’shib, yangi so’z hosil qilish usuli) usuliga xos bo’lib, asosan sifat+ot , ot+ot, fel+ot konstruksiyasida yasalgan. Masalan, 柳琴 liu qin – “ud pipa”. Mazkur so’z ikki iyeroglif va ikki bo’g’indan iborat

bo’lib, birinchi iyeroglif 柳 liu – “majnuntol194”; ikkkinchi iyeroglif 琴 qin – “cholg’u asbob” ma’nosiga ega. 陶角 taojiao – “sopol shoh”. Mazkur so’z ikki ieroglif va ikki bo’gindan iborat

bo’lib, birinchi iyeroglif 陶 tao – keramika, 角- shox195 degan ma’noga ega.

大铙 danao – “ katta kimval”. Mazkur so’z ikki iyeroglif va ikki bo’gindan iborat

bo’lib, birinchi iyeroglif 大 da – katta, ikkinchi iyeroglif 铙 nao – kimval degan ma’noga ega.

189 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г . -146-bet. 190 Ф.Кароматов Узбекская инструментальная музыка Издательство “литературы и исскуства им. Гафура Гуляма” Ташкент 1972г. -145-bet. 191 Ўзбек тилининг изохли луғати. Москва “Рус тили” нашриёти 1981й .-II. 353-bet. 192 Ф.Кароматов Узбекская инструментальная музыка Издательство “литературы и исскуства им. Гафура Гуляма” Ташкент 1972г. -149-153-betlar. 193 Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г . -152-bet. 194 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-578-bet. 195 Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-446-bet.

70

编钟 bianzhong – “sozlangan qo’ng’iroqlar”. Mazkur so’z ikki iyeroglif va ikki

bo’gindan iborat bo’lib, birinchi iyeroglif 编 bian - jamlash,tuzish, ikkinchi

iyeroglif 钟 zhong – qo’ng’iroq degan ma’noga ega. - Xitoy cholg’u asboblari iyerogliflari orasida:

1. Sodda so’z – 3 ta

2. Tub so’z – 9 ta

3. Yasama so’z – 15 ta

4. Murakkab so’z – 3 ta

5. Sodda o’zlashma so’z - 3 ta

71

Xulosa: Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizning xulosasi sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 1. Qadim zamonlarda hozirgi xitoyliklarning ajdodlari turli musiqa asboblariga ega bo‘lganlar. Arxeologik qazilmalarning ko‘rsatishicha, qadimgi musiqa asboblari dastlab suyak, loytuproq va toshlardan tayyorlangan. Hozirgi davrda topilgan qadimgi musiqa asboblari suyakdan yasalgan nay 骨笛 gudi va surnay

骨唢 gusuo , loytuproqdan yasalgan nay (okarina – loytuproqdan yasalgan kichik

nayga o‘xshash musiqa asbobi) xun 埙, burg‘i 陶角 taojiao(qo‘biz, surnay) kabi

puflab chalinadigan asboblar hamda loytuproqdan yasalgan shiqildoqlar 陶响器

taoxiangqi va barabanlar 陶鼓 taogu, toshdan yasalgan 磬 qing (burchaklari nefrit yoki tosh lavha bilan qayrilgan qadimgi zarbdor asbob) kabi zarb bilan uruvchi asboblar, sopoldan yasalgan qo‘ng‘iroq 陶铃 taoling va qo‘ng‘iroqchalardir 陶钟taozhong. - Xitoy cholg’u asboblari asosan quyidagi viloyat va uyezdlardan topilgan: Gansu 甘肃 (3ta cholg’u asbob), Shandong 山东(4ta cholg’u asbob), Henan 河南(3ta cholg’u asbob), Sichuan 四川(qo’shiqchi haykalcha), Hebei 河北(rasm tasvir),

Hunan 湖南(1ta cholg’u asbob), Wuyang 舞阳 uyezdi(1ta cholg’u asbob), Wu

chang 武昌 shahri(musiqachilar haykalchalari), Mawangdui 马王堆(2ta cholg’u asbob) manzilgohi. - Xitoy cholg’u asboblarining noyob namunalari Pekindagi Gugong va Yaponiyadagi Nara muzeyida saqlanmoqda. - Quyidagi shaxslarning qabrlardan musiqa asboblari topilgan: Shang sulolasi podshohlaridan biri Wu Ding 武丁 ning xotini Fuhao 妇好 qabridan (编铙

qo’ng’iroqlari), Zeng podsholigi davridagi Knyaz I qabridan (编磬,编钟,均钟,琴,竹笛 kabi ch.a.lar) - Bitiruv malakaviy ishida tadrijasi ko’rib chiqilgan xitoy cholg’u asboblari orasida 6 tasi keramika(sopol), 3 tasi suyak, 2 tasi toshdan, 13 tasi yog’ochdan, 5 tasi bronzadan va 5 tasi bambukdan yasalgan. 2. Xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining tadrijasini o’rganib chiqar ekanmiz ular o’rtasida quyidagi o’xshashliklarga duch keldik: - Ma’lumki, (kalta) ud azaldan Xitoy musiqa asboblari majmuiga kiradi va u yerda u pipa deb ataladi. Biroq, Xitoy xroniklari guvoxlik berishicha, ud – ajnabiy asbob Xitoyga G’arbiy O’lkadan kelib qolgan. Farmer udning Xitoyga kirib kelishini Xitoy imperatori Vu-Tining o’zi bilan birga «yovvoyi» asbob (ya’ni, Farmerning aytishicha, turkmancha barbat) chaluvchi mashshoqni olib kelgan turk

72

malikasiga uylanishi bilan bog’laydi. Aynan shu mashshoq (Xitoyda Su Chi-po nomini olgan) Xitoy musiqasiga o’z mamlakatining yetti modusini olib kirgan, ularning eski xitoycha nomi «ariylardan, aniqrog’i – forslardan kelib chiqqani ma’lum xususiyatlarga ega». Pipa nomining o’zi esa, Farmerga ko’ra, forscha «barbat» atamasining fonetik o’zgargan shaklidir. - Zamonaviy Xitoy (ko’ndalang) fleytasi o’zbekcha nayga yaqin. U oltita chalish uchun teshikchalari bo’lgan 610-630 mm. uzunlikdagi bambukdan yasalgan naychani aks ettiradi. Afrosiyob terrakotasida shuningdek o’ziga xos tuzilishli fleyta asboblari ko’rsatilgan. Ular puflash uchun yonlama o’simtasi (patrubok) bo’lgan va bir nechta chalish uchun teshikchalari bo’lgan xushtakli, ya’ni okarina turidagi asboblar, balki oddiy xushtaklar bo’lishi mumkin. Ya’ni ushbu asbob xitoydagi xiao fleytasi bilan bir xil. - Afrosiyob terrakotalarida torli va puflama asboblar bilan birga barabanlar tasviri xam uchraydi. Baraban doimo bir xil - qumsoat shaklidagi ikki tomonlama asbob. Xitoyda u yaogu (bel barabani, ya’ni belga maxkamlanadigan baraban) deb nomlanadi. Shunisi qiziqki, qadimgi yaogu ham, zamonaviysidan farqli o’laroq, qumsoat shaklida bo’lgan. - Antik O’rta Osiyoda qumsoat shaklidagi baraban Xorazm yodgorliklarida (Afrosiyobdan tashqari) aks ettirilgan. Uni III-IV asrdagi (Tuproq qal’a) saroy binosi devorlaridagi yozuvlar aks ettiradi. Tuproq qal’adagi yozuvlarda ko’rsatilganidek, uni ikkala qo’l barmoqlari bilan (chiplarsiz) chalishgan.Asbobning terrakota xaykalchalaridagi xolatiga qaraganda, so’g’diycha barabanlar yelkaga tashlangan, kamarga osilgan yoki bel yoniga maxkamlangan. - Afrosiyob terrakotalaridan birida (juda yomon saqlangan) otliq mashshoq (ehtimol, askar) likopchaga o’xshagan asbobni ushlab turibdi. Assuriyadagi harbiylar raqsiga doir bo’lgan asboblar ansambli tasvirlangan tosh relyef saqlanib qolgan. Ansambl ishtirokchilaridan biri qo’llarida likopcha ushlab turibdi. Xitoy cholg’u asboblari orasida ham shunday asbob mavjud, faqat u yerda bo kimvallari deb ataladi. - Yana xitoyda uyg’urlar orasida aynan o’zbek doirasi bilan bir xil ko’rinishdagi shougu 手 鼓 deb nomlangan doira ham mavjud. Afrosiyob terrakotalariga qaraganda, ikkala asbob So’g’dda azaldan mavjud bo’lgan. - So’g’d va Xurosonga kirib chiqilayotgan davrda burchakli arfa, ud, surnay mavjud bo’lgan. XIX asrning oxiriga kelib O’rta Osiyoda simbal tipidagi asbob paydo bo’lgan va u «chang» nomini olgan, lekin tovush chiqarish uslubiga ko’ra O’rta Osiyo changidan (arfa) juda farq qiladi. Yangi chang – trapetsiya ko’rinishidagi torlari juda ko’p bo’lgan, yog’och cho’pchalar yordamida chalinadigan asbobdir. N.S.Likoshkin guvoxlik berishicha, «… Toshkentda dunganlik muxojir paydo bo’lgan, u simbal (yangqin 扬琴)ga o’xshagan yangi, hali biz ko’rmagan asbobda ikkita cho’pcha bilan uncha murakkab bo’lmagan ohanglarni chalyapti; uni qiziqtiruvchi yangilik sifatida baravariga yig’ilishlarga taklif qilishmoqda. Keyin mahalliy musiqachilardan biri dunganlikdan uning asbobini sotib oldi va, nooqil simbal texnikasini tezda o’zlashtirib oldi. Shundan beri, qo’shimcha qilishimiz mumkinki, chang-simballar O’zbekistonda (ayniqsa

73

Farg’ona vodiysida va Toshkentda) keng e’tirofga ega bo’lmoqda va cholg’u asboblari ansambllari tarkibida mustahkam o’rin egallamoqda. - O’zbek xalqi rubobi bilan bir xil ko’rinishdagi rubob esa xitoyda rewapu 热瓦普 nomi bilan mashhur. Ushbu asbob 14-asrda Qashqar rayonida ya’ni hozirgi Xinjiang Uyg’ur Avtonom rayonida paydo bo’lgan va u yerda Qashqar Rubobi deyiladi. Bu yerda ko’rinib turibdiki rewapu so’zi xitoy tiliga turkiy tildan ya’ni rubob so’zidan fonetik kalka orqali iste’molga kiritilgan. - 冬不拉 dong bu la –“do’mbira”, xitoy tiliga turkiy tildan fonetik kalka orqali iste’molga kiritilgan. O’zbek do’mbirasi ikki torli bo’lib, nok shaklidagi korpusga ega. Odatda do’mbrani huddi dutor kabi ikkala torini baravar chertib chalinadi. Do’mbira qozoqlarning asosiy asboblaridan biridir. - 唢呐 – “suona” (milliy damli cholg‘u asbobi) “sona” ya’ni “surnay” so’ziga

taqlid qilib yasalgan va fonetik kalkalash orqali iste’molga kiritilgan. Suona 唢呐 (2-tilli gorn) til bilan chalinadigan xitoy asbobi hisoblanadi va ehtimol, kelib chiqishiga ko’ra Yaqin Sharqdagi ikki daryo oralig’i hudududagi qadimgi Mesopotamiyaga borib taqaladi. Bu asbob xitoyga G’arbiy va Sharqiy Jin sulolasi davri (eramizning 265-420-yillari)da kelib qolgan va sekin – asta saroy zodagonlari va oddiy xalq orasida tarqalgan. - Kamonchali asboblar guruhuga kiruvchi g’ijjak asbobini esa xitoyda juda mashhur hisoblanadigan erhu 二胡 asbobiga ko’rinishi jihatidan o’xshash deb olishimiz mumkin. G’ijjak - yarim doira shaklidagi, odatda daraxtdan, kokos yong’og’idan va qovoqdan qilinadigan korpusdan, charm membrana va dumaloq yog’och bo’yindan (aniqroq qilib aytsak dastadan) iborat. G’ijjakdagi torlar soni odatda 3-4 ta bo’ladi. Ancha ilgarigi g’ijjaklar ikki torli bo’lgan. Erhu ham darxtdan qilinadi va rezonatori piton iloni terisi bilan qoplanadi, dastasi esa bambukdan yasaladi va torlari soni 2 ta bo’ladi, lekin sihu 四湖 deb nomlangan 4 torga ega turi ham mavjud. 3. Farqli jihatlariga keladigan bo’lsak, O’zbek cholg’u asboblari orasida mo’g’ullarga xos matouqin 马头琴 skripkasi, zheng 筝 sitrasi, sheng 笙 tilli-trostli

cholg’u asbobi, jinghu 京 胡 pekin opersi skripkasi, shugu 书 鼓 barabaniga o’xshash biron bir cholg’u asbobni uchratmaymiz, demak ushbu cholg’u asboblar aynan xitoy xalqiga xos musiqiy asboblardir. 4. Xitoy cholg’u asboblari iyerogliflarining aksariyat qismining yasalish usuli so’z yasalish turining kompozitsiya (kompozitsiya – ikki so’zni qo’shib, yangi so’z hosil qilish usuli) uslubiga xos bo’lib, asosan sifat+ot , ot+ot, fel+ot konstruksiyasida yasalgan. 5. O’zbek cholg’u asboblarining nomlarining aksariyat qismi esa for-tojik va arab tilidan olingan.

74

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Prezident asarlari:

1. Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. – Toshkent.: O’zbekiston, 1999.

2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. Toshkent.,2010. Asosiy adabiyotlar: 3. Вызго Т.С. “Музыкальные инструменты Средней Азии”

(Исторические очерки). Издательство “Музыка” Москва 1980г. 4. Беляев В.М. « Музыкальные инструменты Узбекистана» , М. 1933. 5. Van Dzichu “中国乐器” , N.Vasilyev tarjimasi “Китайские

музыкальные инструменты” 6. Васильченко Е.В. Музыка на цине и его место в китайской культуре.

В.сб. Музыкальные традиции стран Азии и Африки. М. 1986. 7. Дарвиш-Али. Трактат о музыке. Ук.рукопись, л. 22а 8. Завадская Е.В. Культура Востока в современном западном мире.

М. Наука. 1977. 9. Дарвиш-Али. Трактат о музыке. Ук.рукопись, л. 22а 10. Кароматов Ф. “Узбекская инструментальная музыка” Издательство

“литературы и исскуства им. Гафура Гуляма” Ташкент 1972г. 11. Петросянц А.И. « Инструментоведение». Ташкент, «Уқитувчи» 1980. 12. « Музыкальная фольклористика в Узбекистане» (Первые записи.)

Эйхгорн А.Ф. Музыкально- этнографические материалы. Ташкент, 1963.

13. Серова С.А. Пекинская музыкальная драма. (сер. 19в. – 40-е г.г. 20в.) М. 1970.

14. Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich “Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.”(Musiqa va san’at kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006.

Qo’shimcha adabiyotlar: 15. Абдуллаев К. Нодир топилма. – Ўзбекистон маданияти, 1973. 16. Альбаум И. Балалык – тепе. – Ташкент, 1960. 17. Беленицкий А.М. Новые памятники искусства древнего

Пянджикента. – В кн.: Скульптура и живопись Пянджикента. – М., 1959.

18. Беленицкий А.М. Обшие результаты раскопок городища древнего Пянджикента: Материалы и исследования по археологии СССР. – М.- Л., 1958.

75

19. Бентович И.Б. Музыкальные инструменты древнего Согда (по данным росписей Пянджикента). – Краткие сообщения Института археологии АН СССР, 147. – М., 1976.

20. Bobur. Boburnoma. Toshkent ,1960-yil 21. Зряковский Н.Н. Обший курс инструментоведения. / Н. Беспалова –

М. Музыка, 1984г. – 480с. 22. Горелов В.И. “Лексикология современного китайского языка “. – М.,

1984 г.

23. Струве Б. Реконструкция узбекских музыкальных инструментов. Пути развития узбекской музыки. – Л.: М; 1947 г.

24. Рмановская Е. Узбекская инструментальная музыка. – Т., 1948г.

Horijiy adabiyotlar: 25. “ Ancient and Oriental musik”. Edited by Egon Welesz. 1960, London. Ilmiy ishlar:

26. Oytilla Xoliq. Uyg’ur Xalq musiqasi vositasida kichik maktab yoshidagi

o’quvchilarni estetik tarbiyalash. Dis.nomz.Toshkent. 2001y. 27. Saidiy Said Boltazoda . Markaziy Osiyo madaniyatida urma cholg’ular

(o’zbek va tojik musiqa an’analari misolida). Dis.nomz.Toshkent. 2008. 28. Расултоев Жасур Кумушевич. Узбекская традиционная

инструментально- исполнительская культура. Дис.канд.Ташкент.2004 Lug’atlar: 29. Музыкальная Энциклопедия. – М.: Сов. Энциклопедия, 1981. 30. “Ўзбек тилининг изохли луғати”. Москва “Рус тили” нашриёти 1981й 31. Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006. 32. 汉俄词典。 北京。 2006 年。 33. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. -Т. 2003. 6-том

Internet saytlari:

34. www.filology.ru

35. www.baidu.com

36. www.google.ru