SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning...

13
SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTI Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi Tuzuvchi: Ro’ziqulova Z. BOTANIKA,O’SIMLIKLAR FIZIOLOGIYaSI VA BIOLOGIYAfanidan laboratoriya mashg’ulotlar ishlanmasi MAVZU:O’simlik va hayvonlar hujayra va to’qimalarini o’rganish. 2-Laboratoriya mashg’uloti (Biologiya qismi) Topshiriqlar: 1. O’simlik hujayrasining tuzilishini o’rganish. 2.Hayvon hujayrasining tuzilishini o’rganish. 3.O’simlik to’qimalari bilan tanishish. 4.Hayvon to’qimalari bilan tanishish. Samarqand-2015

Transcript of SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning...

Page 1: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK

INSTITUTI

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi

Tuzuvchi: Ro’ziqulova Z.

“BOTANIKA,O’SIMLIKLAR FIZIOLOGIYaSI VA BIOLOGIYA”

fanidan laboratoriya mashg’ulotlar ishlanmasi

MAVZU:O’simlik va hayvonlar hujayra va to’qimalarini o’rganish. 2-Laboratoriya mashg’uloti (Biologiya qismi)

Topshiriqlar:

1. O’simlik hujayrasining tuzilishini o’rganish.

2.Hayvon hujayrasining tuzilishini o’rganish.

3.O’simlik to’qimalari bilan tanishish.

4.Hayvon to’qimalari bilan tanishish.

Samarqand-2015

Page 2: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

2

O’simlik va hayvonlar hujayra va to’qimalarini o’rganish

PASPORTI

Mashg’ulot maqsadi: Talabalarni o’simlik va hayvon to’qimalari bilan

tanishtirish, ularda o’simlik va hayvon to’qimalari to’g’risida tushuncha hosil

qilish.

Kerakli material va obektlar:

Mikroskop, buyum va yopqich oynacha, priproval nina, skalpel, fuksin yoki

lyugol bo’yog’i, pipetka, spirt lampasi, 96 % li spirt, paxta, sanchiq, o’simlik va

hayvon to’qimalaridan tayyorlangan doimiy preparatlar, tradiskansiya

o’simligining bargi, behi yoki nok mevasi, makkajo’xori yoki bug’doy maysasi,

ivitilgan bug’doy yoki no’xat urug’lari, to’qimalarga oid jadvallar.

Topshiriqlar:

1. O’simlik va hayvon hujayralari bilan tanishish (2 soat).

2. O’simlik vahayvon to’qimalari bilan tanishish (2 soat).

Adabiyotlar:

1. To’raqulov Ye.X. va boshqalar «Umumiy biologiya»., Toshkent, 1996 y,

2. Hamdamov I., Shukurullayev P. “Botanika fanidan amaliy mashg’ulotlar”,

Samarqand 2005.

3. Hamdamov I, S.B. «Umumiy biologiya» fanidan tuzilgan ma’ruza matnlari

(o’quv qo’llanma). Samarqand 2002.

4. www.biologiya.

5. www.zyonet.

6. www.google.

Tuzuvchilar: I.H.Hamdamov, S.B. Mustanov,

G.A.Suvonova., Z.Ro’ziqulova.

Page 3: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

3

Laboratoriya ishini o’qitish texnologiyasi

Talabalar soni: 30 ta 2 ish – 4 soat.

2 – laboratoriya mashg’uloti -4 soat

O’quv mashg’ulotining shakli Laboratoriya ishi

Mashg’ulot rejasi. 1. O’simlik hujayrasining tuzilishini o’rganish.

2.Hayvon hujayrasining tuzilishini o’rganish.

3.O’simlik to’qimalari bilan tanishish.

4.Hayvon to’qimalari bilan tanishish.

1.

O’quv mashg’ulotining

maqsadi:

Talabalarni O’simlik va hayvonlar hujayra va

to’qimalari bilan tanishish, ularning bilimlarini

mukamallashtirish va chuqurlashtirish.

Pedogogik vazifa:

Mavzuni mustaqil o’rganish

uchun asos yaratadi.

Mavzu bo’yicha bilimlarni

chuqur o’zlashtirish va mustah-

kamlashga yordam beradi.

Kichik guruxlarda ishlashni

tashkil qiladi.

O’z nuqtai nazarga ega bo’lishni

shakllantiradi.

Mantiqiy xulosa chiqarishga

ko’mak beradi aniqlab berdi.

O’quv faolyati natijasi:

O’simlik hujayrasining tuzilishini tushuntirib

beradi.

Hayvon hujayrasining tuzilishini tushuntirib

berishadi.

O’simlik to’qimalarini tushuntirib beradi. Hayvon to’qimalari bilan tanishishtirishadi.

. Hayvon to’qimalari bilan tanishishtirishadi.

O’qitish usullari va texnika Laboratoriya ishi, bir-biridan o’rganish usuli.

O’qitish vositalari Ma’ruza matni, darslik, kompyuter

texnologiyasi, ekspert varaklari, grafiklardan

foydalanish.

O’qitish shakllarii Guruxlarda va «jamoa bo’lib ishlash» usuli.

O’qitish shart-

sharoitlari Laboratoriya ishini

o’qitish texnologiyasi

I

Texnik vositalar bilan ta’minlangan, guruxlarda

ishlash usulini qo’llash mumkin bo’lgan

auditoriya.

Monitoring va baholash

Og’zaki nazoart, savol – javob, o’z-o’zini nazorat

qilish, reyting tizimi asosida baholash

Page 4: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

4

Laboratoriya ishini o’qitish texnologik kartasi

Ish jarayonlari Faoliyat :

O’qituvchi Talaba

1-bosqich

Kirish.

(10 min.)

1.1.O’quv mashg’ulotining mazusini, maqsadini,

o’tkazish tartibini va natijasini e’lon qiladi.

1.2. O’simlik va hayvonlar hujayra va

to’qimalarini O’RGANISH bo’yicha talabalarni

faollashtirish maqsadida savol-javob o’tkazadi.

1.1.Eshitadilar

1.2.Savol-javobda

qatnashadilar

2-bosqich

Asosiy.

(60 min.)

2.1.Muammoli o’qitish uslubidan foydalanib:

hujayra va to’qima haqida umumiy tushunchalar

tushuntiriladi.

2.2. O’simlik va hayvon to’qimalari tushuntiriladi.

2.3 O’simlik va hayvon hujayralari o’xshashlik

va farqlari tushuntiriladi Venn diagrammaga

solib aniqlang va har biriga munosabat bildirish.

(2-ilova)

2.1. va 2.2. –

topshiriqlarni

yechishda talabalar

qanday muammolar

borligi va ularni hal

qilish yullarini aytib

beradilar.

2.3.Toshiriqni Venn

diagramma

usulidan foydalanib

bajaradilar.

3-bosqich

Yakuniy

bosqich

(10 min.)

3.1.Mavzuda qo’yilgan savollar va ulardan

chiqqan muammolarni qanday hal qilinganligini

o’qituvchi yakun yasaydi (xulosa qiladi) va

yechilmagan muammolar ustida ishlash

lozimligini aytadi.

3.2.Kelgusi mavzu e’lon qilinadi va unga

tayyorgarlik kurish uchun mustaqil ishlash

lozimligi tushuntiriladi.

Texnologik o’qitishda ilgari kursatilgan

texnologik vositalar, texnik vositalar va darsni

o’tkazishdagi umumiy uslublar qo’llaniladi.

3.1.Eshitishadi va

yozib olishadi

3.2.Mustaqil ish

mavzularini yozib

oladilar

Page 5: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

5

2 - Laboratoriya mashg’uloti.

O’simlik va hayvon hujayra va to’qimalariningtuzilishini o’rganish

Mashg’ulotning maqsadi: O’simlik va hayvon hujayra va to’qimalarini

tuzilishini, ularning farqlarini o’rganish.

Kerakli material va jixozlar: Mikroskop, buyum va yopqich oynacha,

priprovalnena, skalpel, fuksin bo’yog’i, immersion moy, pipetka, spirt lampasi, 96

% li spirt, paxta, sanchiq, pishgan pomidor mevasining yoki na’matak, qalampir

mevasi, hayvon tuklari, soch tolasi.o’simlik va hayvon hujayralaridan tayyorlangan

doimiy preparatlar, hujayralarning tuzilishiga oid jadvallar.

Topshiriqlar:

1.O’simlik hujayrasining tuzilishini o’rganish.

2.Hayvon hujayrasining tuzilishini o’rganish.

3. O’simlik to’qimalari bilan tanishish.

4.Hayvon to’qimalari bilan tanishish.

Umumiy tushuncha

O’simlik va hayvon hujayralarining tuzilish xususiyatlari (hujayra po’sti, sitoplazma, yadro va boshqa organizmlar, hujayra hosilalari). Barcha tirik organizmlarning funksional tuzilishining asosida hujayra yotadi. Bakteriyalar, sodda hayvonlar, ba’zi bir suvo’tlari va zamburug’larda hujayra alohida organizm sifatida yashaydi, ko’p hujayrali hayvonlar va o’simliklarda esa u to’qimalar tarkibiga kiradi, faqatgina viruslarda hujayra bo’lmaydi. Hujayraning asosiy qismini protoplast tashkil qiladi.

Hujayraning asosiy organoidlari yadro, sitoplazma, metoxondriya hisoblanib o’simlik hujayralarida bundan tashqari plastidalar ham bo’ladi (1-2-3-4-rasm). Elektron mikroskop bilan kuzatilganda sitoplazmada yana bir qancha argonellar borligini ko’ramiz. Ana shular jumlasiga ribosomalar, endoplazmatik to’rlar, golji kompleksi, lizasomalar, hujayra membranalari, mikronaychalar, mikrofebrinlar va boshqa har xil moddalar kiradi. Hujayraning muhim kimyoviy qismlaridan biri oqsillar va fermentlardir. Har bir hujayraning qismi o’ziga xos muhim vazifani bajaradi. Masalan, eukariot organizmlarda nafas olish jarayoni, mitoxondriya membranalarida, oksidlarning sintez qilinishi ribosomalarda, yog’lar sintezi esa sferasomalarda ro’y beradi. O’simliklar hujayrasi hayvon hujayrasidan farq qilib, tashqi tomondan qattiq hujayra po’sti bilan o’ralgan, bundan jinsiy hujayralar mustasnodir. Hujayra po’stida poralar bo’lib bu poralar orqali bir hujayraning sitoplazmasi ikkinchi hujayra sitoplazmasi bilan sitoplazmatik iplar yordamida yoki plazmade’malar bilan birlashib o’zaro aloqada bo’lib turadi. Ko’pincha o’sishdan to’xtagan o’simlik hujayralarining po’sti liging, suberin, qumtuproq moddalarni shimib olishi natijasida yog’ochlanadi, po’kaklashadi va mustahkam bo’ladi.O’simlik hujayralarida bitta yoki bir nechta vakuolalar bo’lib unda suv va erigan organik va mineral moddalarning eritmasi, hujayra shirasi to’planadi.

Page 6: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

6

1-rasm. Mitoxondriyning tuzilishi

2-rasm. Hayvon hujayrasining tuzilishi

Page 7: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

7

3-rasm. O’simlik hujayrasining tuzilishi

4-rasm. Hujayra yadrosining tuzilishi

1-karioplazma, 2-yadro membranasi, 3-yadrocha.

Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to

155 mm (stroaus tuxumlari) gacha boradi. Ko’pchilik eukariotlarda hujayra 10-100 mkr kattalikda bo’ladi, hayvonlarda eng kichik hujayra 4 mikronga teng bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqda taxminan 2 mln hujayra bo’lib, bitta hujayraning og’irligi 0,00000001(10

-8) gram, diametri esa 0,02 mm (20 mkr) ga teng bo’ladi. Yopiq urug’li

o’simliklarning hujayralari 7-9 mkrdan 90 metrgacha bo’ladi. G’amlovchi to’qimalarning, parenxema hujayraning kattaligi bundan ortiqdir. Masalan, pomidor, tarvuz, limon va shu kabi o’simliklarning sharbatli mevalaridagi hujayralarning kattaligi 1 mm va undan ham ko’proq bo’lishi mumkin. Po’stloq tolalarining prozenxima hujayralari o’zining katta hajmi bilan ajralib turadi. Masalan, zig’ir va

Page 8: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

8

kanop o’simliklaridagi prozenxema hujayralarining kattaligi 20-40 mm, chayon o’tniki 80 mm, jami o’simliklarning hujayralari esa 200 mm ga tengdir. Chigitning bir hujayrali tukchalarining uzunligi 33-44 mm ni tashkil etadi, hujayralarning shakli ko’pincha ularning bajaradigan vazifasiga bog’liqdir. Masalan; muskul hujayralari cho’ziq, qoplovchi to’qima hujayralari ko’pburchakli, nerv hujayrasi ko’pgina o’simtalar hosil qilganligi uchun yulduzsimon shaklda bo’ladi. Erkin harakatda bo’luvchi eritrositlar yumaloq bo’lib, ba’zan amyobasimon shaklda ham uchrashi mumkin. O’simlik hujayralari shakl jihatidan asosan parenxema va prozenxema hujayralarga bo’linadi. Birinchi tipdagi hujayralarning uch o’lchovi (uzunligi, kengligi va balandligi) taxminan bir xil. Prozenxema hujayralar esa uzunasiga cho’zilgan va ikki tomoni uchlangan bo’ladi. Organizm tarkibida hujayra bittadan (protistlarda) to milliardgacha uchrashi mumkin.

to’qima. Mexanik to’qima o’simlik organlarini mustahkamlaydi. Bu to’qima

mustahkamligi uning hujayra po’stining qalinlashuviga bog’liq. Mexanik to’qima

hujayraning shakliga, bajaradigan vazifasiga, joylashish o’rniga ko’ra kollenxima,

sklerenxima, sklereid (tosh hujayra)ga bo’linadi.

O’tkazuvchi to’qima. Barcha urug’li o’simliklar tanasida o’tkazuvchi

to’qimalar bo’lib, ular orqali suv va unda erigan mineral va organik moddalar

harakatlanib turadi. Suv va unda erigan mineral modallar ildizdan poyaga poyadan

esa barglarga o’tkazadigan ksilema – yog’ochlikda joylashgan traxeya va traxeid

naylar orqali yuqoriga ko’tariladi. Bargda hosil bo’lgan organik moddalar esa

o’simlik organlari lub-floemasida joylashgan elaksimon naylar orqali boshqa

organlar va ildizgacha boradi.

Hayvon to’qimalari

Inson va hayvonlarda tashqi tuzilishi va funksiyalariga ko’ra 5 xil tipdagi

to’qimalar mavjud: epiteliya, biriktiruvchi, muskul, nerv to’qimalari hamda qon va

limfalar.

1. Epiteliya to’qimasi. Bu bir yoki ko’p qavatli hujayralardan tashkil topgan

bo’lib, organlarning ichki va tashqi yuzasini qoplab turadi. Epiteliya to’qimasi u o’rab

olgan organlarni infeksiyalardan va mexanik shikastlanishdan saqlab turadi. Epiteliya

to’qimasini tashkil qiluvchi hujayralar shakli va undagi hujayra qatlamlariga ko’ra uni

bir necha guruxlarga bo’lish mumkin.

Kubik epiteliya. Bu kubiksimon hujayralardan tashkil topgan bo’lib, u ko’pincha

buyrak kanalchalarida joylashgan hamda tuxumdon va boshqa organlarning tashqi

qavatida ham bo’ladi.

3-rasm. Kubsimon epiteliy to’qimasi

Page 9: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

9

Yassi epiteliya – bu oddiy ko’p burchakli hujayralardan hosil bo’ladi. Bu

epiteliya terining tashqi tomonida, og’iz bo’shlig’ida, qizil o’ngach va qin dahlizida

bo’ladi.

4-rasm. Yassi epiteliy to’qimasi

Prizmatik yoki ustunsimon epiteliya. Bu epiteliya silindrik shakldagi

hujayralardan tashkil topgan bo’lib, u meda, ichak, bachadon va shu kabi organlarning

devorlarini qoplab turadi.

5-rasm. Prizmatik epiteliy to’qimasi

Kiprikchali epiteliya. Bu ham ustunsimon hujayralardan tashkil topgan bo’lib,

ular hujayrasining erkin yuzasida kichik protoplazmatik o’simtalar hosil bo’ladi, bu

o’simtalarni kiprikchalar deyiladi.

6-rasm. Kiprikchali epiteliya

Nafas oluvchi yo’llarning ko’pchilik qismida ana shunday kiprikchali epiteliya

bo’lib, ular nafas olganda kirgan chang va boshqa xil moddalarni ushlab qoladi.

Sezuvchi epiteliya (sensorlar). Bu ta’sirlanishni qabul qiladigan maxsus

hujayralarni o’zida saqlaydi. Bunga misol qilib, burun bo’shlig’idagi hid sezuvchi

qavatni misol qilib olish mumkin.

Ajratuvchi epiteliya. Bu epiteliyalar prizmatik va kubiksimon hujayralardan

tashkil topgan bo’lib, maxsus moddalar (sekret) ajratadi.

Biriktiruvchi to’qima. Bu xil to’qimaga suyak to’qimasi, tog’aylar, paylar,

bog’lovchilar, tolali biriktiruvchi to’qimalar kirib, ular boshqa hujayralarni

(to’qimalarni) birlashtirib ushlab turadi. Tolali biriktiruvchi to’qima tola va hujayra

oralig’i moddasidan tashkil topgan.

Page 10: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

10

7-rasm. Biriktiruvchi to’qima

1-pay biriktiruvchi to’qima, 2-tolali biriktiruvchi to’qima,

3-tog’ay biriktiruvchi to’qima, 4-suyak biriktiruvchi to’qima

Suyak to’qimasi organizm skeletini tashkil etadi. U suyak hujayrasidan (osteosit,

ostloblas, ostloklast) dan tashkil topgan.

Tog’aylar ular ham organizm skeletini hosil qiladi. Umurtqali hayvonlarning

embrional davrida skeletlar tog’aylardan tashkil topgan. Odamlarda quloq suprasi va

burun uchida qolgan.

Muskul to’qimasi. Hayvon organizmida uch xil muskullar bo’ladi.

1. Suyak muskullari yoki ko’ndalang-targ’il muskullar.

2. Silliq muskul to’qimasi.

3. Yurak muskul to’qimasi.

Muskul to’qimalarining qisqarishi natijasida ular mexanik ish bajaradilar, hamda

ular faqat tortilishlari mumkin, hyech qachon ularda itarish xususiyati bo’lmaydi.

Suyak muskullari ancha katta miqdorda uchrab, ular ko’pincha suyakka

birlashgan bo’ladilar.

Yurak muskullari yurak devorlarini hosil qiladi.

Silliq muskullar esa ovqat hazm qilish hamda ba’zi bir ichki organlarning

devorlarini hosil qiladi.

Page 11: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

11

8-rasm. Muskul to’qimasi

1. Suyak muskullari yoki ko’ndalang-targ’il muskullar, 2. Silliq muskul to’qimasi, 3. Yurak

muskul to’qimasi.

Qon va limfa. Qon oziqlantirish, nafas olish va transport kabi eng muhim

vazifalarni bajaradi. Qon murakkab tuzilishga ega bo’lib, u odam massasining

taxminan 5-9 % ni tashkil etadi. Qon tarkibida qon plazmasi, shaklli elementlardan

eritrositlar, leykositlar, trombositlar (qon plastinkalari) bo’ladi. Qon plazmasi

tarkibida 90-93 % suv bo’lib u o’zida oqsillar, yog’lar, uglevodlar va mineral

moddalarni saqlaydi.

Eritrositlar yoki qizil qon tanachalari yadrosiz oval shakldagi hujayralardan

tashkil topgan bo’lib, ularning diametri 7,1-7,9 mkr. Erkak odamning 1 ml qonida

3,9-5,5x10 miqdorda va ayol kishining 1 ml qonida esa 3,7-4,9x10 miqdorida

eritrositlar bo’ladi. Eritrositlar asosan kislorod va karbonat angdridini tashish uchun

xizmat qiladi.

Leykositlar yoki oq qon tanachalari. 4-10 mkr kattalikda bo’ladi. Ular

organizm immunitetini shakllantirib, organizmni himoya qilishga xizmat qiladilar.

Trombositlar (qizilqon plastinkalari). Bular ham yadrosiz hujayralar bo’lib,

kattaligi 2 – 3 mkr ni tashkil etadi. Odamning 1 ml qon tarkibida 3x108 ta trombositlar

bo’ladi. Ular qonni ivishida qatnashadilar.

Limfa – qonga o’xshash suyuq qismdan va shaklli elementlardan tashkil topgan.

Suyuq qismi limfaplazma deyilsa, shaklli elementlari asosan limfasitlardan tarkib

topgan. Limfa tarkibida yana kam miqdorda monositlar ham buladi. Limfa

limfasitlarni tartibga solib turishda hamda organlarda metabolizm natijasida

to’plangan suyuqliklarni qaytarishda (chiqarib tashlashda) xizmat qiladi.

Nerv to’qimasi. U bir-birlari bilan zich joylashgan va bog’langan nerv

hujayralari – neyronlardan tashkil topgan. Neyronlarning birgina odam miyasidagi

mikdori 1010

taga tengdir. Har bir neyron diametri 3- 100 mkr keladigan yadro va

boshqa organoidlari bo’lgan tana hujayradan hamda tana hujayradan hosil bo’lgan bir

qancha sitoplazmatik o’simtalardan tashkil topgan. Neyronlar olingan ta’sirotni doimo

o’tkazib turadi.

Ishni bajarish tartibi: O’simlik to’qimalarini o’rganish.

O’simlik to’qimalarini, ularning hujayraviy tuzilishini o’rganish uchun har xil preparatlar tayyorlanadi.

1. Qoplovchi to’qimasining hujayraviy tuzilishini o’rganishda tradiskansiya bargidan foydalanamiz. Buning uchun barg yuviladi, buyum oynachasini tozalab ustiga bir tomchi suv tomiziladi. Barg ostidan skalpel yordamida epidermis qismidan kesma olinadi va preproval nina yordamida asta buyum oynachasining suv tomizilgan joyiga qo’yilib qoplag’ich oynacha bilan yopiladi. Tayyor bo’lgan preparatni mikroskop buyum stolchasiga qo’yiladi va obyektivdan ko’rib rasmi chizib olinadi.

2. Asosiy to’qimani g’amlovchi to’qimasining hujayraviy tuzilishini o’rganishda kartoshka tuganagi, ivitilgan bug’doy yoki nuxat donidan yupqa qilib

Page 12: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

12

kesma olinib preparat tayyorlanadi, tayyorlangan preparat mikroskop ostida ko’rilib unda ko’ringan g’amlovchi to’qima hujayralarini rasmi chizib olinadi.

3. Mexanik to’qimaning sklirid yoki tosh hujayralarining tuzilishini o’rganish uchun nok yoki behi mevasining eti (mezokarp)dan ozroq yupqa kesma olinib preparat tayyorlanadi va mikroskopda ko’rib sklirid (tosh) hujayralarini rasmi chizib olinadi.

4. O’tkazuvchi to’qimani ko’rish uchun makkajo’xori yoki bug’doy maysasidan foydalanib poyasidan ko’ndalang kesma olinib, preparat tayyorlanadi va lyugol bo’yog’i bilan bo’yalib mikroskopda ko’rish va rasmini chizib olish.

5. O’simlik organlaridan tayyorlangan doimiy preparatlardan foydalanib o’simlik to’qimalarining hujayraviy tuzilishini kuzatish.

Hayvon to’qimalarini o’rganish.

1. Qon to’qimasini ko’rish uchun chap qo’lning 4-barmog’ini spirt eritmasi bilan dizenfeksiya qilinib, nina sanchiladi va chiqqan qon spirtlangan paxta bilan artib olinadi. Keyin barmoq siqilib ozroq qon buyum oynachasining bir tomoniga qo’yib yupqa surtma tayyorlanadi. 2 daqiqa yaxshi quritiladi. Uning ustiga 96% li spirt tomizilib fiksasiyalanadi. Bir oz vaqtdan so’ng surtmaga bo’yash uchun fuksin bo’yog’i 1-2 tomchi tomizilib 5 minut quritiladi. Quritish spirt gorelkasi yordamida olib boriladi. Tayyorlangan preparat ehtiyotkorlik bilan yuvilib biroz quritiladi. Surtmani avval mikroskopning kichik (8x) obyektivida, so’ng siyrak joyiga immersion moy tomizilib katta (90x) obyektiv, 7x okulyarda qon to’qimasining shaklli elementlarini ko’rish.

2. Muskul va epiteliy to’qimasini o’rganish uchun farmalin eritmasida saqlangan yomg’ir chuvalchangidan o’tkir skalpel yordamida yupqa kesma olinadi. Kesmani buyum oynachasiga bir tomchi suv ustiga quyilib yopqich oynacha bilan yopiladi va mikroskopda ko’rib rasmi daftarga chizib olish.

Машғулот мавзусини мустаҳкамлаш.

1. Ўсимлик ва ҳайвон тўқима турларини қуйидаги жадвал бўйича

тоифаланг.

Ҳайвон тўқимаси тўқимаси

Эпителий Бириктирув

чи

Мускул Нерв Қон

ва лимфа

Page 13: SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTIsamqxi.uz/attachments/article/701/2...Hujayraning katta-kichikligi har xil bo’lib, u 0,1-0,25 mkr dan (bakteriyalar) to 155 mm (stroaus tuxumlari)

13

2. Олинган маълумотлар асосида билимларингизни

мустаҳкамлаш учун қуйидаги жадвални тўлдиринг.

V + – ?

Изоҳ: (“V”- мен билган маълумотларга мос; “-“ - мен билган маълумотларга зид; “+” - мен учун

янги маълумот; “?” - мен учун тушунарсиз ёки маълумотни аниқлаш.)

Blits savollari

To’qima deb nimaga aytiladi?

Asosiy tuqima va ularning turlarini ayting.

Mexanik to’qimaning vazifasi va ularning turlari haqida ma’lumot bering.

Biriktiruvchi tuqima vazifasi va ularnig turlari to’g’risida nimani bilasiz.

Epiteliy to’qimasining vazifasi va xillarini tushuntirib bering. Muskul to’qimasi va ularning xillari to’g’risida ma’lumot bering.