PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI -...

87
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYA PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI O‘QUV QO‘LLANMA Mas’ul muharrir yuridik fanlar nomzodi, dotsent T.B.Mamatqulov TOSHKENT – 2017

Transcript of PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI -...

Page 1: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D E M I Y A

PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI

O‘QUV QO‘LLANMA

Mas’ul muharrir yuridik fanlar nomzodi, dotsent

T.B.Mamatqulov

TOSHKENT – 2017

Page 2: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan

T a q r i z c h i l a r :

O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika markazi boshlig‘i, polkovnik G.F.Nikishin;

yuridik fanlar doktori, dotsent D.M.Mirazov

N 90

Nurumbetova S.A. Portret ekspertizasining zamonaviy imkoniyatlari: O‘quv

qo‘llanma / S.A.Nurumbetova, T.B.Mamatkulov, F.E.To‘rayev; Mas’ul muharrir yuridik fanlar nomzodi, dotsent T.B.Mamatqulov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017. – 87 b.

O‘quv qo‘llanmada «portret ekspertizasi» tushunchasi va huquqiy asoslari, metodlari

tizimi, kriminalistik amaliyotda qo‘llaniladigan tashqi qiyofa haqidagi ma’lumotlarning tabiiy-ilmiy asoslari, odam tashqi qiyofasining belgilari va elementlari, portretlar bo‘yicha identifikatsiya qilish turlari, signaletik fotosuratga olish qoidalari, «og‘zaki portret» metodi bo‘yicha tashqi qiyofa belgilarini ta’riflash, odamlarning portretlari asosida o‘tkaziladigan identifikatsion tadqiqotlar, portret ekspertizalarini o‘tkazishdagi xatolar hamda shaxsni portret identifikatsiya qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimning zamonaviy imkoniyat-lari yoritilgan.

IIV Akademiyasining tinglovchilari, ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika xizmati xodimlari uchun mo‘ljallangan.

BBK67.99(5U)94ya73

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017

Page 3: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

3

SO‘ZBOSHI

Ma’lumki, mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar tobora

keng quloch yoymoqda. Huquqning barcha sohalarini rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish vazifalari davlat miqyosiga ko‘tarildi. Bunga davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ish-langan tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson manfaat-larini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” deb nomlangan ma’ruzasini misol qilib keltirishimiz mumkin. Shuningdek, yurtimizda jinoiy jazolarni liberallashtirish jarayoni amalga oshirildi va bu jarayon hozirgacha davom etmoqda. Yuqorida keltirilgan barcha faoliyatlar birgina maqsad – inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ta’minlashga qaratilgandir. Chunki bu muammo g‘oyat katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Mustaqillikka erishgan respublika-mizning bosh maqsadi o‘z fuqarolarining farovon hayot kechirish-larini, qonunchilikni ta’minlash va yuksak zamonaviy madaniyat yaratishdan iborat.

Qonunchilikni to‘liq ta’minlash huquq-tartibot idoralarining jinoyat-chilikka qarshi kurash faoliyatlarida ko‘proq o‘z aksini topmog‘i zarur. Chunki O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinligiga e’tibor va hurmat bilan qarashning huquqiy asoslari qat’iy belgilab qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida: «Jinoyat sodir etilganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya etish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shaf-qatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzidagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilish mumkin emas», deb alohida ta’kidlangan.

Huquqni muhofaza qilish organlari oldida jinoyatlarni tergov qilish va ochish, jinoyatlarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan bir birga, o‘z ish faoliyatlaridagi mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etish vazifalari ham ko‘ndalang turibdi. Haqiqatan ham, turli sabablarga ko‘ra huquqni muhofaza qilish organlarining xizmat faoliyatlarida ayrim muammolar ba’zan uchrab

Page 4: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

4

turadi. Jumladan, ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliy faoliyat-larida ham ayrim muammolar va ekspertiza o‘tkazish bilan bog‘liq noaniqliklar mavjud.

So‘ngi yillar mobaynida sud ekspertizasining imkoniyatlari ko‘p jihatdan kengaydi. Bu sohada qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar tadqi-qotning yangi turlarini yuzaga keltirdi va kengroq imkoniyatlar yarat-di. Shu o‘rinda Respublikamizdagi sud va tergov apparatlarining sifat jihatdan yangilanganligini ham ta’kidlab o‘tish joizdir.

Ichki ishlar organlari jinoyat-qidiruv va tergov xizmatlarining amaliyotida turli xil jinoyatlarni ochish va tekshirish jarayonida turli foto- va videotasvirlarda bir yoki boshqa-boshqa shaxslar tasvirlangan-ligini, jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan yoki olingan hamda aynanligini aniqlash uchun taqdim etilgan fotosuratda shaxsi noma’lum murdaning tasviri tushirilganmi yoki bo‘lmasa birorta ish bo‘yicha aniqlangan yoki topilgan bosh suyagi fotosurati tadqiqotga taqdim etilgan shaxsga tegishliligiga oydinlik kiritish kabi savollarni aniqlash zarurati tug‘i-ladi. Bunday savollarga javob topish maqsadida portret ekspertizasi-ning ko‘rsatmalari hamda ilmiy-texnik qoidalaridan foydalaniladi.

Yuqorida aytilgan huquqshunoslik sohasini rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, amaldagi faoliyatni yanada takomillashtirish vazifalari huquqning kichik, ammo o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan kriminalistik ekspertizalar sohasiga ham tegishli-dir. Kriminalistik ekspertizalarning turlari xilma-xil bo‘lib, ularning yosh, barcha ilmiy, amaliy va nazariy xilvatgohlariga hali yetib boril-magan sohalari juda ko‘p. Ana shundan turlardan biri – portret ekspertizasidir.

Portret ekspertizasi kriminalistik texnikaning bir tarmog‘i sifatida nazariy qoidalarga asoslangan, kriminalistik amaliyotda odam tashqi qiyofasini yig‘ish, o‘rganish va jinoyatchilikka qarshi kurashda foyda-lanishning vosita va metodlaridan iborat.

Ushbu vosita va metodlar yoki amaliy gabitologiya ichki ishlar organlari faoliyatida quyidagi vazifalarni hal etish uchun qo‘llaniladi:

� jinoyatchi yoki bedarak yo‘qolgan shaxsni qidirish jarayonida; � shaxslarni va murdalarni tanib olish uchun taqdim etishda; � shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishda; � kriminalistik hisoblarda; � tashqi qiyofa belgilariga ko‘ra ekspertizada amalga oshiriladi-

gan aynanlikni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlarda.

Page 5: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

5

Portret ekspertizasining ilmiy-nazariy asoslari bo‘lib izlar, belgi-lar, qidiruv haqidagi kriminalistik ta’limotlar, kriminalistik ro‘yxatga olish haqidagi ta’limotlar, kriminalistik aynanlikni aniqlash nazariyasi va hokazolar xizmat qiladi.

Portret ekspertizasining obyektlari quyidagilardir: - odam tashqi qiyofasining tushunchasi, tuzilishi va xossalari,

uning element va belgilari tizimi, odam tashqi qiyofasini shaxsning kriminalistik aynanligini aniqlash bo‘yicha tabiiy-ilmiy ildizlari;

- odam tashqi qiyofasining turlicha aks etishdagi tasvirlari, ular-ning tizimi va tavsifi, ulardan kriminalistik amaliyotda foydalanish imkoniyatlari;

- odam tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish va foydalanishning umumiy qonuniyatlari hamda ilmiy-texnik vosita va metodlari tizimi;

- shaxsni tashqi qiyofa belgilariga ko‘ra kriminalistik aynanligini aniqlash metodikasi.

Zamonaviy portret ekspertizasining imkoniyatlari juda katta, jumladan: – og‘zaki portretlar tuzish; – signaletik fotosuratlar tuzish; – subyektiv portretlar tuzish; – o‘limdan keyingi niqoblarni tayyorlash; – bosh suyagi bo‘yicha shaxsning qiyofasini plastik qayta tiklash; – tashqi qiyofaning barcha mavjud tasvirlari bo‘yicha aynanligini

aniqlash va hokazo. Ana shu aytilgan imkoniyatlar va kriminalist-olimlar tomonidan

amalga oshirilgan barcha ijobiy ishlarga qaramasdan kriminalistik texnikaning kichik bir tarmog‘i bo‘lgan portret ekspertizasida ham ayrim muammolar uchrab turadi. Jumladan, ekspertiza tayinlashda tergovchilar tomonidan noto‘g‘ri, ilmiy asoslangan metodikalar mavjud bo‘lmagan hollarda ekspertning vakolatiga kirmaydigan vazifalarni hal etish bo‘yicha savollarning qo‘yilishi yoki tadqiqotlar natijasida tuziladigan xulosalarda ushbu turdagi tadqiqotlarga xos bo‘lmagan, tizimlashtirilmagan atamalardan foydalanish, odam tashqi qiyofasi haqida ma’lumotlar olish usullarini yanada takomillashtirish, ushbu turdagi ekspertiza xulosalarining o‘zbek tilida tuzilmasligi va hokazolar. Bu muammolarni bartaraf etish, ekspertizaning ushbu turini yanada takomillashtirish ishlarini olib borish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Page 6: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

6

1-§. «PORTRET EKSPERTIZASI» TUSHUNCHASI VA

HUQUQIY ASOSLARI Inson biologik-ijtimoiy hodisa sifatida jismoniy, biologik va

ijtimoiy xossalarga ega. Ushbu xossalar tashqarida aks etib, odamning moddiy va ideal izlari shaklidagi ma’lumotlar manbaini tashkil etadi va ular jinoyatlarning oldini olish va ochishda, jinoyatchilarning shaxsni aniqlash va qidirishda tekshiriladi.

Jismoniy xossa va xususiyatlari insonni, uning ichki va tashqi tuzilishini jismoniy bir jism sifatida xarakterlaydi. Tashqi jismoniy xarakteristikalar yoki anatomik xossalar inson tanasini yaxlit va alohida a’zolari – boshi, tanasi, yuzi, tishlari, ochlari, lablari, teri qoplami, qo‘l va oyoqlari hamda boshqalarning tuzilishni aks ettiradi. «Tananing aynan ushbu a’zolarining xossalari qidiruv, aniqlash va aynanlikni aniqlashda ishlatiladi. Aynan ular asosida daktiloskopik, portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik hisoblar, ma’lumotli-so‘rov tizimlari tuzilgan»1.

Ichki jismoniy xossalar yoki fiziologik xossalar inson to‘qima-larining tuzilishi, tana a’zolari va inson ajratmalarining tuzilishini aks ettiradi. Ularning tashqi aks etishi ham kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarning manbai bo‘lishi mumkin.

Insonning biologik yoki funksional xossalari «insonni ijtimoiy muhitda funksiya bajarayotgan biotizim sifatida xarakterlaydi» va insonni muayyan bir harakat sodir qila olish qobiliyatini aks ettiradi (masalan, yurish, gapirish, yozish va hokazolar). Aynan ana shu xossa-larga bog‘liq ravishda, «inson oliy ijtimoiy-biologik jonzot sifatida o‘ziga o‘xshash jonzotlar orasidan dinamikasi, ovozi va tili bilan farqlanadi»2. Bu xossalar ham odamni qidirish va aynanligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.

Insonning ijtimoiy xossalari uni shaxs sifatida xarakterlaydi, ya’ni ular insonni jamiyat hayotining mahsuli sifatida ifodalaydi va uning qonun, jamiyat, axloq, oila va mulkchilikka munosabatlarini aks

1 Дубягин Ю.П. Использование данных о внешности человека в раскры-тии преступлений. – М., 1987.

2 Синицин А.В. Количественные признаки в системе идентификации личности по изображению лица // Информационно-техническое обеспечение деятельности органов внутренних дел. – М., 1998.

Page 7: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

7

ettiradi. Bu xossalar turli xil asoslarga ko‘ra tasniflanadi. Masalan, kriminalistlardan P.P.Svetkov ijtimoiy xossalarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadi: personografik xossalar, psixofiziologik va psixo-logik xossalar, dunyoni bilish xossalari, ishlab chiqarish-kasbiy va axloqiy-maishiy xossalar.

Ushbu xossalarning tashqi aks etilishida jinoyatchi, jinoyatni sodir etish va uni yashirish mexanizmlari haqida kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni olish mumkin.

Yuqorida aytilgan ma’lumotli xossalarning tashqi aks etishi zamonaviy kriminalistikada odam qiyofasining tashqi belgilari deb ataladi. Ular shaxsni xarakterlaydi va bir guruh odamlar orasidan alohida shaxsni ajratib olish imkonini beradi.

Keng ma’noda odam tashqi qiyofasining belgilariga odam tanasi va a’zolarining anatomik tuzilishi, qad-qomati, yurish-turishi, jestiku-lyatsiyasi, artikulatsiyasi, mimikasi, qo‘l va oyoq terisining papillyar naqshlari, tish apparatining xususiyatlari, ovozi, tili, yozma nutqi va hokazolari kiradi.

Hozirda tadqiqot predmeti – odam tashqi qiyofasining u yoki bu belgilari hisoblangan kriminalistik bilimlarning tizimi rivojlanib bormoqda. Masalan, barmoqlarning papillyar naqshlari daktiloskopiya, ovozlar – fonoskopiya, yozma nutq va xatlar – xatshunoslik tomonidan o‘rganiladi.

Oddiy ko‘z bilan ko‘riladigan va odam tashqi qiyofasining qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatuvchi belgilar, muayyan shaxsni yoki uning ayrim elementlarini alohida ajratish, tanib olish imkonini beradi hamda tashqi qiyofa haqidagi kriminalistik bilimlar – gabitologiyaning tadqiqot predmeti hisoblanadi.

M.V.Saltevskiy ushbu belgilarni «tashqi qiyofaning xususiy yoki gabitologik (lotincha «habitus» – tashqi ko‘rinish, tashqi qiyofa, grekcha «scopeo» – ko‘raman, qarayman) belgilari»1 deb ataydi. Bu belgilar tananing va uning ayrim a’zolarining, odamning yurish-turishi, jestikulyatsiyasi, artikulatsiyasi, mimikasi va ularning elementlari hamda anatomik tuzilishining xususiyatlarini ifodalaydi. Zamonaviy gabitologiyada yuqorida aytilgan belgilar odam tashqi qiyofasi element va belgilarining ilmiy tasniflangan tizimini tashkil qiladi.

1 Салтевский М.В. Габитоскопия. – М., 1997. – С.11.

Page 8: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

8

«Gabitologiya» atamasi lotincha «habitus» va grekcha «logos» so‘zlaridan olingan bo‘lib, «tashqi qiyofa» va «tushuncha», «bilim» ma’nolarini anglatadi.

1973-yilda V.A.Snetkov odam tashqi qiyofasi haqidagi bilimlarni gabitoskopiya deb atashni taklif etdi. Uning fikricha, shunday nomlash predmetni aniq ifodalaydi, chunki «odam tashqi qiyofasining o‘rgani-layotgan belgilari doirasini ko‘z bilan ko‘rib bo‘ladigan belgilar yorda-mida aniq belgilaydi, o‘rganish predmetining muhim tomonlarini aks ettiradi, kriminalistik texnikaning tez rivojlanib borayotgan fonoskopiya, odorologiya va boshqa sohalari bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi»1.

Haqiqatan ham, juda ko‘p kriminalist-olimlar «gabitologiya» tushun-chasini juda keng ma’noda talqin etganlar. Masalan, M.V.Saltevskiy tashqi qiyofa belgilari tizimiga gabitoskopik belgilardan tashqari, yana odam tashqi qiyofasining daktiloskopik, dentaskopik va dermoskopik belgilarini ham kiritishni taklif etgan. Kriminalistika fanining rivoj-lanishi va taraqqiy etishi natijasida bu kabi takliflar qabul qilinmagan va yuqorida aytilgan turlarning har biri hozirda alohida mustaqil bilimlarning o‘rganish va tadqiqot predmeti bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, «gabitologiya» atamasi umumqabul qilingan atama sifatida saqlanib qolgan.

E.Lokar: «Jinoyatlarni ochish va tergov qilish kishilik jamiyati singari ko‘hnadir»2, deb yozgan edi. Bizgacha yetib kelgan tarixiy yodgorliklar va ko‘hna huquqiy hujjatlar odam tashqi qiyofasi haqida-gi ma’lumotlar juda uzoq vaqtlardan beri jinoyatchilarni qidirishda va shaxsini aniqlashda ishlatilgan. Masalan, qadimgi Misrda eramizdan avvalgi 300 yil oldin odam tashqi qiyofasini ta’riflashning «Kulay-Pulay» deb nomlangan tizimi mavjud bo‘lgan3.

Odatda, odam tashqi qiyofasi haqidagi barcha bilimlar avloddan-avlodga meros sifatida o‘tib kelgan va juda tor doiradagi kishilarga ma’lum bo‘lgan. Tashqi qiyofa belgilarini ta’riflashning mavjud metodlari o‘zaro atamalar tizimi, element va belgilarning tasnifi hamda tizimi bilan farq qilgan, ularning aniq ilmiy-nazariy ildizlari ishlab chiqilmagan bo‘lgan.

1 Снетков В.А. Габитоскопия. – Волгоград, 1979. – С.4-5. 2 Локар Э. Руководство по криминалистике. – М., 1941. – С.8. 3 Дубягин Ю.П. Использование данных о внешности человека в раскры-

тии преступлений. – М., 1987. – С.13.

Page 9: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

9

Odam tashqi qiyofasi haqidagi kriminalistik bilimlarning vujudga kelishi XIX asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu asrning 80-yil-larida fransuz kriminalist-olimi A.Bertilyon odam tashqi qiyofasi element va belgilarini ta’riflashning maxsus metodikasini ishlab chiqdi va uni «og‘zaki portret» deb nomladi.

Keyingi o‘n yilliklar davomida ushbu metodika doimiy ravishda takomillashib bordi va bizga kelib odam tashqi qiyofasi element va belgilarini maxsus atamalar yordamida ta’riflashning ilmiy tasniflan-gan tizimidan iborat bo‘ldi. «Og‘zaki portret» gabitologiyaning barcha bo‘limlarini o‘zaro bog‘lovchi zanjir hisoblanadi.

«Og‘zaki portret» metodikasining, umuman, gabitologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimlar safiga G.Gross, R.A.Reyss, S.M.Potapov, I.N.Yakimov, N.V.Terziyev, P.Shabo, A.A.Gusev, M.V.Saltevskiy, V.A.Snetkov, A.M.Zinin, N.S.Polevoy va boshqalarni kiritish mumkin.

Yuqorida sanab o‘tilgan olimlarning ilmiy ishlari asosida odam tashqi qiyofasi haqidagi kriminalistik bilimlar – kriminalistik texnika-ning mustaqil sohasi – gabitologiya vujudga keldi. Uning asosiy mazmunini shaxsni tashqi qiyofa alomatlariga ko‘ra kriminalistik identifikatsiya qilish tashkil etadi.

Gabitologiya o‘ziga ilmiy-nazariy qoidalar va tashqi qiyofa haqi-dagi ma’lumotlarni yig‘ish va kriminalistik amaliyotda qo‘llashning ushbu qoidalariga asoslangan texnik-kriminalistik vosita va metod-larini qamrab oladi.

Ko‘rsatilgan texnik-kriminalistik vosita va metodlar yoki amaliy gabitologiya ichki ishlar organlarining faoliyatida quyidagi vazifalarni hal etishda keng qo‘llaniladi:

- jinoyatchi yoki bedarak yo‘qolgan shaxsni qidirishda; - shaxslarni va murdalarni tanib olish uchun taqdim etishda; - shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishda; - kriminalistik hisoblarda; - odam tashqi qiyofasining belgilariga ko‘ra shaxsni identifika-

tsiya qilishda. Ta’kidlash joizki, odam tashqi qiyofasini o‘rganishga to‘laligicha

bag‘ishlangan gabitologiyadan tashqari, kriminalistik texnikaning boshqa sohalari ham tashqi qiyofa haqidagi ma’lumotlardan qidiruv, identifikatsion va jinoiy ro‘yxatga olish maqsadlarida foydalanadi.

Page 10: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

10

Masalan, kriminalistik fotografiya yoki tadqiqot fotografiyasi odam tashqi qiyofasini fotografik va boshqacha qayd etish usul va metod-larini o‘rganadi.

Odam tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlar shaxslarni va murda-larni kriminalistik hisoblaridagi maxsus axborotli (jumladan, avtomat-lashtirilgan) tizimlarda ishlatiladi.

Odam tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish va ulardan foydalanish masalalari kriminalistik taktika va metodika-ning, shuningdek, operativ-qidiruv huquqi ayrim sohalarining ham tadqiqot predmeti bo‘lib hisoblanadi.

Gabitologiyaning ilmiy-nazariy asoslari bo‘lib izlar, belgilar va qidiruv haqidagi kriminalistik bilimlar, kriminalistik hisoblar haqidagi bilimlar, kriminalistik identifikatsiya haqidagi bilimlar hisoblanadi.

Gabitologiyaning tadqiqot obyektlari quyidagilar hisoblanadi: - odam tashqi qiyofasi tushunchasi, tuzilishi, xossalari, uning

element va belgilari tizimi, shaxsni kriminalistik identifikatsiya qilish-da tashqi qiyofa belgilaridan foydalanishning tabiiy-ilmiy asoslari;

- odam tashqi qiyofasini turli tasvirlarda aks etishi qonuniyatlari, ushbu qonuniyatlarning tizimi va xarakteristikalari, ulardan krimina-listik amaliyotda foydalanishning imkoniyatlari;

- odam tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlar yig‘ish, o‘rganish va ulardan foydalanishning umumiy qonuniyatlari hamda ilmiy-texnik vosita va metodlari tizimi;

- odam tashqi qiyofasi belgilariga ko‘ra shaxsni kriminalistik identifikatsiya qilishning metodikasi.

Keng ma’noda, odamning tashqi qiyofasi deganda odam ma’lu-motli xossalarini (insonga xos axborot (ma’lumot yoki jihat)larning) tashqi aks etishidan iborat bo‘lgan turli tashqi belgilar majmuasi tushuniladi.

Odamning tashqi qiyofasi juda murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ko‘z bilan ko‘rinadigan va odam tashqi qiyofasini vizual o‘rganishda alohida ajratilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab elementlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Odam tashqi qiyofasining quyidagi elementlari o‘zida krimina-listik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni saqlab qoladi:

- odamning umumjismoniy ma’lumotlari (jinsi, yoshi, antropolo-gik tipi va boshqalar);

Page 11: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

11

- bosh, yuz, tana va boshqa a’zolar tuzilishidagi ko‘rinuvchi qismlari;

- ko‘rinuvchi funksional hodisalar (qad-qomati, yurish-turishi va boshqalar), kiyimlar va boshqa buyumlarning sezilarli tashqi qismlari.

Ma’lumki, odam tashqi qiyofasining aks etishlari odam tashqi qiyofasining moddiy va ideal (xayoliy) izlari hisoblanadi. Krimina-listik ahamiyatga ega bo‘lgan manbalar sifatida ushbu moddiy va ideal izlar aks etish turlari bo‘yicha tasniflanadi.

1. Moddiy izlar va ularning nusxalari: – bevosita ta’sirlashish izlari; – niqoblar va quyma nusxalar (gipsli va boshqa modellar); – foto-, kino-, videonusxalar; – bosh suyagi va skeletning boshqa suyaklari (odamning suyak

qoldiqlari). 2. Subyektiv tasvirlar va ularning moddiy nusxalari: – odam – shohid; – tashqi qiyofani tizimlashgan yoki ixtiyoriy shaklda ta’riflashlari-

ni qamrab olgan (protsessual va noprotsessual) hujjatlar; – hisob kartochkalari va kriminalistik hisoblarning maxsus tizimlari; – badiiy, chizilgan va kompozitsion (sintetik) portretlar. Kriminalistik texnikaning boshqa har qanday amaliy sohalari kabi

gabitologiya ham gabitologik ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish va foy-dalanishning umumilmiy va maxsus metodlariga ega. Gabitologiya-ning maxsus metodlari ikki guruhga bo‘linadi:

1) gabitologiyaning texnik-kriminalistik metodlari; 2) gabitologiyaning taktik- va metodik-kriminalistik metodlari. Birinchi guruhga quyidagilar kiradi: – tashqi qiyofaning subyektiv va obyektiv tavirlarini olishning

texnik-kriminalistik metodlari. Ushbu metodlar yordamida tashqi qiyofaning ta’riflari tuziladi, chizilgan va kompozitsion portretlari, signaletik va boshqa suratlari, izlar va o‘limdan keyingi niqoblari olinadi, yuzni bosh suyagi bo‘yicha qayta tiklash amalga oshiriladi va hokazolar;

– tashqi qiyofani o‘rganish va baholashning texnik-kriminalistik metodlari. Bu metodlar shaxs va murdalarni tabiiy holda hamda ularni tasvirlari bo‘yicha ko‘zdan kechirish, ta’riflab yozish, o‘lchashlar, proporsiyalarini aniqlash va tashqi qiyofasining element v belgilarini tahlil etishda yorda beradi.;

Page 12: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

12

– gabitologik ma’lumotlardan foydalanishning texnik-krimina-listik metodlari. Metodlarning ushbu guruhi jinoyatlarning oldini olish va ochish maqsadlarida, shaxsni tashqi qiyofa belgilariga ko‘ra operativ, tergov va ekspertizaga oid identifikatsiyalarda ishlatiladi.

Ikkinchi guruhning metodlari – bu jinoyatlarni tekshirishning yaxlit va alohida tergov harakatlari hamda operativ-qidiruv tadbir-larini o‘tkazish, shuningdek, ayrim turdagi jinoyatlarning oldini olish hamda ochishning muayyan usullari va yo‘llaridan iborat. Ular jinoyatlarning oldini olish va ochishning boshqa, taktik va metodik usullari va uslublari bilan birgalikda qo‘llaniladi va birinchi guruh metodlari orqali tashqi qiyofa belgilarini yig‘ish, o‘rganish va ishlatishni ta’minlaydi.

Boshqacha qilib aytganda, taktik- va metodik-kriminalistik metodlar asosiy gabitologik vazifa – shaxsni aynanligini bilvosita aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ushbu ko‘rsatilgan vazifa bevosita usulda texnik-kriminalistik metodlar yordamida hal etiladi. Bu holda shaxsni tashqi qiyofa belgilariga ko‘ra kriminalistik identifikatsiya qilishning turlicha shakllari va turlari ishlatiladi.

Endi portret ekspertizasining predmetiga kelsak, «portret eksper-tizasining predmeti» tushunchasi, bir tomondan, «sud ekspertizalar predmeti» tushunchasi bilan aniqlanadi, chunki portret ekspertizasi kriminalistik ekspertizaning bir turi sifatida maydonga chiqadi. Shun-dan kelib chiqib, «sud ekspertizasining predmeti – bu maxsus ilmiy bilimlar va jinoyat ish materiallari bilan tanishish asosida aniqlana-digan faktik ma’lumotlardir»1.

Ammo, ekspertiza predmetining bu kabi tushunchasi, ekspertiza-larning alohida bir turi sifatida portret ekspertizasi haqida gap borayot-ganida, juda chuqur alohidalashtirishni talab etadi. Xususan, ushbu turdagi ekspertizalarning predmetini aynan qanday faktik ma’lumotlar-dan iboratligi alohidalashtirilishi lozim bo‘ladi.

Portret ekspertizasi uchun bu kabi faktik ma’lumotlar odam tashqi qiyofasidagi mavjud o‘xshashliklar va farqlar haqidagi ma’lumotlar hisoblanadi.

«Predmet» tushunchasi, boshqa tomondan, portret ekspertizasi deganda nima tushunilishiga bog‘liq ravishda aniqlanadi: kriminalistik-portret ekspertizasi kriminalistika fanining bir sohasi yoki – muayyan

1 Криминалистика / Под ред. Р.С.Белкина. – М., 2004. – С.277.

Page 13: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

13

ish bo‘yicha portret identifikatsiyasini amalga oshirayotgan ekspertning amaliy faoliyati kabi.

Ma’lumki, fanning predmeti voqelikning obyektiv qonuniyat-larining aniq bir guruhi, ekspertizaning predmeti esa fandagi mavjud bilimlar asosida aniqlanishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlardir. «Qonuniyatlarni o‘rganish bilishning amaliy maqsadlariga xizmat qiluvchi, ya’ni ekspertiza maqsadlariga xizmat qiluvchi, mos holdagi metod va metodikalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi»1.

Binobarin, portret ekspertizasi predmetini aniqlash chog‘ida, amaliy faoliyat nazarda tutilsa, portret ekspertizasining predmeti bo‘lib ekspert tomonidan maxsus ilmiy bilimlar va fotoportretlar hamda odam tashqi qiyofasining boshqa obyektiv tasvirlarini o‘rganish natijasida aniqlanadigan, odam tashqi qiyofasidagi ayniyatning bor yoki yo‘qligiga bog‘liq faktik ma’lumotlar hisoblanadi.

Fanlarning umumiy nazariyasidan ma’lumki, har qanday bilimlar, jumladan, jinoyat protsessidagi qidiruv-bilish faoliyati (ekspertiza esa jinoyat protsessining xususiy holidir), bilish obyektlarini tadqiq etish natijasida amalga oshiriladi. Shu bois, R.S.Belkin va boshqa kriminalist-olimlar bilish obyektlarini sud ekspertizasi predmetining asosiy elementi deb hisoblaydilar.

Sud ekspertizasining bilish obyektlari – «jinoyat-protsessual qonunchilik tomonidan moddiylashtirilgan ma’lumot manbalaridir. Ular sirasiga daliliy ashyolar va ularning nusxalari, modellari, hodisa sodir bo‘lgan joyning shart-sharoitlari, taqqoslash uchun namunalar kiradi».2 Amaliyotda ushbu sanab o‘tilganlarning barchasi ekspertiza obyektlari deb ataladi.

Ekspertizaning predmetlari kabi uning obyektlari ham oilaviy, guruhiy va aniq xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Yuqorida keltirilgan ta’rifga asosan, portret ekspertizasining turga oid obyektlari bo‘lib odam tashqi qiyofasining obyektiv tasvirlari kabi ma’lumot manbalari hisoblanadi.

Birorta jinoyat ishi bo‘yicha tergovchi yoki sud tomonidan tayin-langan ekspertizaning aniq obyektlari bo‘lib tadqiqotga taqdim etilgan foto- va videotasvirlar, bosh suyagi va uning tasvirlari, kinosuratlar,

1 Белкин Р.С. Криминалистика: проблемы, тенденции, перспективы. От теории – к практике. – М., 2000. – С.64.

2 Криминалистика / Под ред. В.А.Образцова. – М., 1997. – С.286.

Page 14: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

14

gologrammalar va aniq shaxslar boshining rentgen suratlari (ya’ni, yuqorida portret identifikatsiyasining identifikatsiyalovchi obyektlari sifatida so‘z yuritilgan barcha narsalar ekspertizaning aniq obyekti) hisoblanadi.

Portret ekspertizasi kriminalistik identifiatsion ekspertizaning bir turi bo‘lgani sababli, uning uchun taqqoslash tadqiqotlari bosqichi xosdir. Ushbu tadqiqot bosqichida ekspert, odamning turlicha identifi-katsiyalovchi obyektlarda tasvirlangan tashqi qiyofasini solishtirish ishlarini amalga oshiradi.

Bu kabi tadqiqotlarda quyidagilar solishtirilishi mumkin: - murdaning signaletik va boshqa fotosuratlari bedarak yo‘qolgan

shaxsning surati bilan; - qidirilayotgan jinoyatchi bilan gumon qilinuvchining fotosuratlari; - bedarak yo‘qolgan shaxs bilan yashiringan jinoyatchining foto-

suratlari; - hujjatlar aynan bir shaxsning suratidan foydalanib qalbakilash-

tirilgan degan shubha tug‘ilgan vaqtlarda, bir necha shaxslarga rasmiy-lashtirilgan turli hujjatlardagi umumiy ko‘rinishi o‘xshash bo‘lgan fotosuratlar;

- turli joylardan kelib tushgan va aynan bir shaxsligi isbot qili-nishi lozim bo‘lgan hollarda, aynan bir gumon qilinuvchi, qidiriluvchi yoki bedarak yo‘qolgan shaxsning fotosuratlari;

- bosh suyagining fotosurati bilan boshning odam hayotlik davri-dagi rentgen surati yoki murda boshining rentgen surati va hokazolar.

Portret ekspertizasining obyektlari o‘xshashlik yoki farqlarning mavjudligini aniqlash maqsadida tekshiriladi, ammo bunday hollarda tergovning, ekspertiza tayinlashini keltirib chiqargan turli holatlari aniqlanadi. Ushbu vazifalar yoki holatlar sirasiga «shaxsi noma’lum jinoyatchilar, noma’lum murdalar, guvohlar, ayblanuvchilar, gumon qilinuvchilar, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning egalariga tegishliligi faktlari, jinoyatlarning oldini olish va ochish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlar, shuningdek, jinoyatchilar va boshqa shaxslarni qidirish»1 kabilar kiradi.

Albatta, ushbu vazifalarning barchasi portret ekspertizasi yorda-mida hal etilsa-da, ushbu turdagi ekspertizalarning bevosita vazifalari

1 Снетков В.А. Габитоскопия. – Волгоград, 1979. – С.107.

Page 15: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

15

hisoblanmaydi. Uning bevosita vazifasi tashqi qiyofa belgilari orasida o‘xshashliklar yoki farqlar mavjudligi yoxud yo‘qligi hisoblanadi.

2-§. PORTRET EKSPERTIZASINING

METODLARI TIZIMI

Tadqiqotlarning yuqori ilmiy-texnik darajasi, jinoyatlarning oldini olish va ochish uchun turli odamlarning shaxsini aniqlash va qidirish maqsadida odam tashqi qiyofasining barcha belgilarini o‘rganishning ilmiy asoslangan vosita va metodlari mavjud bo‘lishini taqozo etadi.

Gabitoskopiyada odam tashqi qiyofasi o‘zgarishining qonuniyat-lari, shaxsni aniqlash va jinoyatchini qidirish uchun tashqi qiyofaning turli element va belgilarining kriminalistik ahamiyati haqidagi ma’lu-motlar to‘plangan, tashqi qiyofaning tasvirlari bo‘yicha o‘rganish va qayta tiklash uchun kerakli metodikalar ishlab chiqilgan, tashqi qiyo-fani qayd etish, shuningdek, uni xayoliy tasvir bo‘yicha ta’riflashning texnik vosita va metodlari yaratilgan. Aynan ana shu asosda, odam tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlardan tergov harakatlarida, operativ-qidiruv tadbirlarida, portret ekspertizalarini o‘tkazishda hamda sud-tibbiyot ekspertizalarida foydalanish metodikalari ilmiy asoslangan holda ishlab chiqilgan.

Hodisalarni bilishning dialektik metodlari majmuasi gabitoskopiya metodining mohiyatini tashkil etadi.1 Gabitoskopiyaning metodlarini kriminalistikaning bir sohasi sifatidagi gabitoskopik metodlar hamda kriminalistikaning amaliy sohasi sifatidagi gabitoskopik metodlar kabi turlarga ajratish zarur. Birinchi holda – bu gabitoskopiya tomonidan o‘rganiladigan qonuniyatlarni bilish metodlari, ikkinchi holda esa – gabitoskopik ma’lumotlarni jinoyatlarning oldini olish va ochish maqsadida yig‘ish, qayd etish hamda kriminalistik baholashning ilmiy-texnik vosita va metodlaridir.

Gabitoskopiyaning metodlari tuzilishi bo‘yicha har ikki tushu-nishda ham o‘zaro o‘xshashdir va bir necha bo‘g‘indan iborat. Ushbu metodlar tuzilishining asosiy bo‘g‘ini bilishning umumiy metodi (dia-lektik metod) hisoblanadi. Tizimning ikkinchi bo‘g‘ini – bu kriminalis-tikada qo‘llaniladigan umumilmiy metodlar, ya’ni kuzatish yoki ko‘zdan kechirish, o‘lchash, ta’riflash (ta’riflab yozish), taqqoslash, eksperiment

1 Криминалистика / Под ред. Р.С.Белкина. – М., 2004. – С.240.

Page 16: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

16

(tajriba), modellashtirish va tadqiqotning matematik metodlari kabilar hisoblanadi. Tizimning uchinchi bo‘g‘ini – gabitoskopiyaning xususiy metodlari – yuqorida sanab o‘tilgan har ikki metodlarni, odam tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlarni jinoyatlarning oldini olish va ochish maqsadida foydalanish bo‘yicha amaliy faoliyat va kriminalistik qonu-niyatlarni hisobga olgan holda kerakli tarzda o‘zgartirilgan turlaridan va shakllaridan iborat1. Gabitoskopiyada bu, eng avvalo, odam tashqi qiyofasini o‘rganish bo‘yicha metodlar, odam tashqi qiyofasi belgilari-ning vujudga kelish, o‘zgarish yoki buzilish qonuniyatlarini o‘rganish metodlari hamda tashqi qiyofa belgilarini turlicha tasvirlarda aks etish qonuniyatlarini o‘rganish metodlaridan iborat.

Gabitoskopiyada odam tashqi qiyofasini o‘rganish uchun quyidagi metodlar qo‘llaniladi:2

anatomiya metodlari – odam tanasi va tashqi qiyofasining tuzilish elementlarini yaxlit holda o‘rganish, inson organizmining ichki va tashqi tuzilishi elementlarining o‘zaro bog‘liqligidagi qonuniyatlarini o‘rganish uchun;

antropologiya, antroskopiya va antropometriya metodlari – turlicha antropologik guruhlarga tegishli bo‘lgan odam tanasining tashqi tuzi-lish elementlarini, tananing ichki va tashqi tuzilish elementlarining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish uchun;

psixologiya va fiziologiya metodlari – odam tashqi qiyofasiga ta’sir qiluvchi, ularni harakatlantiruvchi malaka va ko‘nikmalarni o‘rganish uchun;

tovarshunoslik metodlari – tashqi qiyofaning kiyim, poyabzal, mayda taqib yuriluvchi jihozlarni o‘rganish uchun;

sartaroshlik sohasi, gigiyena va kosmetika metodlari – odam soch qoplamalari, yuz terisi kabi elementlarni o‘rganish uchun;

matematik statistika metodlari – odam tashqi qiyofasining element va belgilarini uchrashish darajasini aniqlash va o‘rganish uchun.

Shuningdek, odam tashqi qiyofasini o‘rganishda gabitoloskopiya-ning tashqi qiyofani ta’riflash bo‘yicha xususiy metodlaridan biri – og‘zaki portret metodi muhim ahamiyatga ega.

1 Снетков В.А. Габитоскопия. – М., 1979. – С.13. 2 Зинин А.М. Криминалистическое описание внешности человека (функ-

циональные и сопутствующие элементы и признаки): Справочное пособие. – М., 1988. – С.14.

Page 17: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

17

Odam tashqi qiyofasining rivojlanishidagi qonuniyatlarni tadqiqot etish uchun gabitologiyada quyidagi metodlar qo‘llaniladi:

odam morfologiyasi metodlari – odam organizmining tabiiy, butun umri davomida yuz beradigan o‘zgarishlarini o‘rganish uchun;

umumiy tibbiyot metodlari – odam a’zolarining patologik o‘zga-rishlarini o‘rganish uchun;

travmatologiya va sud-tibbiyoti metodlari – turli jarohatlar natija-sida va o‘limdan keyingi o‘zgarishlarni aniqlash uchun;

tibbiy kosmetika va plastik xirurgiya metodlari – tashqi qiyofa ayrim elementlarining atayin vujudga keltirilgan o‘zgarishlarini o‘rganish uchun;

odam fiziologiyasi metodlari – turli omillar ta’siri natijasida odam tanasi ayrim a’zolarining o‘zgarish tendensiyalarini o‘rganish uchun.

Ushbu sohalarning sanab o‘tilgan metodlari gabitologiyada ushbu turdagi tadqiqotlar uchun moslashtirib o‘zgartirilgan shaklda qo‘llaniladi.

Odam tashqi qiyofasini aks etish qonuniyatlarini o‘rganish uchun gabitologiyada quyidagi metodlar qo‘llaniladi:

geometriya metodlari – turli tekisliklardagi tasvirlarni o‘rganish uchun;

psixologiya metodlari – xayoliy tasvirga asoslangan subyektiv tasvirlar, suratlar, ta’riflarni o‘rganish uchun;

optika, fotografiya va fotokimyo metodlari – fototasvirlarning vujudga kelishini o‘rganish uchun.

Gabitoskopiyaning metodlari kriminalistikaning amaliy sohasi sifatida jinoyatlarning oldini olish va ochish uchun mo‘ljallangan. Xususan, gabitologik ma’lumotlar tergov harakatlari hamda operativ-qidiruv tadbirlarida ishlatish uchun yig‘ish, qayd etish, kriminalistik baholash maqsadida qo‘llaniladi. Gabitologiyaning barcha metodlari mohiyatiga ko‘ra texnik, taktik va metodik guruhlarga ajraladi1. Gabitoskopiyaning texnik-kriminalistik metodlari safiga odam tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlar olishning texnik usul va yo‘llari – tashqi qiyofaning obyektiv va subyektiv moddiy tasvirlarini olish, shuning-dek, ularni o‘rganish hamda ulardan foydalanish kiradi. Subyektiv tasvirlar olishning maxsus gabitoskopik metodlari sirasiga, asosan, og‘zaki portret va subyektiv xarakterdagi turli ko‘rgazmali tasvirlarni olish kiradi.

1 Снетков В.А. Габитоскопия. – М., 1979. – С.15.

Page 18: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

18

Og‘zaki portret – odam tashqi qiyofasini standart atamalar yordamida tizimlashgan kriminalistik ta’riflash.

Subyektiv xarakterdagi turli ko‘rgazmali tasvirlar – xayoliy tas-virga asoslangan turli: chizilgan, fotokompozitsion (turli shaxslarning fotosuratlarining lavhalaridan tayyorlangan), kompozitsion-chizilgan (shaxslarning oldindan chizib tayyorlangan suratlaridan tayyorlangan) portretlar. Ushbu turdagi ko‘rgazmali tasvirlarga yuzning bosh suyagi bo‘yicha qayta tiklangan nusxalari – grafik (chizilgan) va plastik (haykaltaroshlik) ham kiradi.

Obyektiv material tasvirlarni olishning texnik metodlariga foto-grafiya, rentgenografiya, flyuorografiya, videoyozuvlar, quyma-nusxa-lar olish metodlari kiradi.

Gabitoskopiyaning maxsus metodlari deganda esa signaletik suratga olish va murdaning gipsli quyma nusxalarini olish metodlarini tushuniladi.

Odam tashqi qiyofasini o‘rganish va baholashning maxsus metod-lari – tirik shaxs yoki murdaning tabiiy holatida yoki birorta tasviri (aks etishi) bo‘yicha tashqi qiyofasini ko‘zdan kechirish metodlaridir. Ushbu turdagi metodlarga tashqi qiyofa element va belgilarini og‘zaki portret metodida aniqlash, element va belgilar o‘lchamlarini fotografik tasvirlarning qonuniyatlarini hisobga olgan holda aniqlash, tashqi qiyofa belgilarini fotosuratga olish sharoitlarini hisobga olgan holda tahlil qilish, bosh va boshqa suyaklar bo‘yicha shaxsning hayotiy davridagi xarakteristikalarini qayta tiklash kabi metodlar kiradi.

Gabitoskopik ma’lumotlardan foydalanishning texnik-krimina-listik metodlari tashqi qiyofaning obyektiv tasvirlarini tadqiq etishda yoki tashqi qiyofa belgilariga ko‘ra kriminalistik hisoblarni olib borishda qo‘llaniladi. Gabitoskopiyaning taktik-metodik kriminalistik metodlari deganda turli tergov harakatlari va operativ-qidiruv tadbir-lari, jinoyatchilikning oldini olish va uni ochishda ishlatiladigan, odam shaxsini aniqlash yoki uni qidirish maqsadida tashqi qiyofa belgilarini yig‘ish, o‘rganish, baholash va ulardan foydalanishga mo‘ljallangan metodlar tushuniladi. Bu kabi metodlar safiga murdani ko‘zdan kechirish, guvohlantirish tergov harakatlarini kiritish mumkin. Ushbu metodlar mazmuniga ko‘ra texnik metodlar hisoblanmaydi, shuning uchun jinoyatlarning oldini olish va ochish bo‘yicha boshqa taktik va metodik metodlar bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi yoki olib

Page 19: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

19

borilishi lozim. Ushbu metodlar gabitoskopiyaning ilmiy qoidalari, amaliy metodlari va boshqa ma’lumotlariga asoslanadi.

3-§. KRIMINALISTIK AMALIYOTDA

QO‘LLANILADIGAN TASHQI QIYOFA HAQIDAGI MA’LUMOTLARNING TABIIY-ILMIY ASOSLARI

Tashqi qiyofa element va belgilarini jinoyatlarning oldini olish va

ularni ochish, jinoyatchilarni qidirish jarayonlarida ishlatishning ilmiy asoslar bo‘lib, odam tashqi qiyofasi hamda uning tasvirlarining xususiyat-lari, shuningdek, ularni aniq o‘rganish imkoniyatlari hisoblanadi.

Tashqi qiyofaning eng asosiy xususiyatlari tashqi qiyofaning alo-hidaligi, nisbiy barqarorligi va tashqi qiyofa reflektorligi hisoblanadi.

Odam tashqi qiyofasining alohidaligi uning betakrorligi, boshqa shaxslarning tashqi qiyofalaridan farqi, odam tashqi qiyofasining murakkabligidan, tashqi qiyofa elementlarining juda ko‘p miqdordagi belgilaridan va ushbu belgilarning juda ko‘p miqdordagi variantlari-dan aniqlanadi.

Odam tashqi qiyofasining murakkabligi, tashqi qiyofaga tegishli bo‘lgan element va belgilarning juda ko‘p miqdori bilan ifodalanadi. Misol uchun oladigan bo‘lsak, faqatgina yuz elementlarining miqdori elliktadan ortadi. Shu bilan birga, ushbu elementlar belgilarining to‘liq bo‘lmagan miqdori yetmish beshtadan ortadi. Ammo, har bir alohida elementni chuqur o‘rganishda, ushbu elementni xarakterlovchi belgilar majmuasini ajratib ko‘rsatish mumkin. Masalan, kriminalistlar faqat yuz elementlarini xarakterlovchi yuzdan ortiq belgilarni sanab bera oladilar1. Aslida esa, har bir elementni xarakterlovchi belgi eng kamida uch xil variantga ega bo‘ladi. Shunday qilib, faqatgina yuzni ellikta miqdordagi elementi faqatgina ikki belgi bilan xarakterlansa va bu belgilarning uchtadan varianti mavjud bo‘lsa, u holda, bir guruh shaxs-larning ichidan, ushbu belgilar majmuasi bo‘yicha ajratib olinadigan har bir shaxsning soni 9050 taga teng bo‘lar ekan. Bu miqdor element-larni xarakterlovchi belgilarning hammasi emas. Shu tariqa identfika-tsion suratlar komplekti IKR-1ni tayyorlashda Yevropa irqiga mansub shaxslarning faqat anfas shaklda o‘zaro identifikatsiya qilish imko-

1 Терзиев В.Н. Криминалистическое отождествление личности по призна-кам внешности. – М., 1998. – С.7.

Page 20: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

20

niyatini beruvchi belgilarning 960 dona variantini yaratishga muvaffaq bo‘lingan va bu variantlar quyidagicha taqsimlangan: soch tarash usullari – 75 ta variant, qoshlar – 153 ta, ko‘zlar – 185 ta, burun – 172 ta, lablar – 189 ta, yuzning quyi qismi – 78 ta, quloq supralari – 27 ta, ajinlar va teri qatlamlari – 70 ta. Yuqoridagilar ham belgilar variant-larining oxirigacha aniqlangan miqdori emas.

Haqiqatan ham, odamning yuzi ellik yoki yuz dona belgilar bilan aniqlanmaydi, bu belgilarni yoki ularning yig‘indisini yanada oshirish mumkin. Bundan tashqari, har qanday elementni xarakterlovchi belgi-larning va ularning variantlarining miqdori chek-chegarasizdir, buning natijasida esa, har qanday odamni bir guruh odamlar orasidan ajratib olish, uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradi.

Odam tashqi qiyofasining barqarorligi, vaqt o‘tishiga bog‘liq ravishda o‘zgarishiga qaramasdan, uning shaxsini aniqlash imkonini beradi1. Moddiy dunyoning har qanday obyekti kabi odam tashqi qiyofasi ham vaqt davomida turli o‘zgarishlarga uchraydi. Bunda ushbu o‘zgarishni keltirib chiqaruvchi omillar sirasiga odam orga-nizmining rivojlanishi va eskirishining doimiy qonuniyatlarigina emas, balki turli kechuvchi jarayonlarning ham ahamiyati katta (masalan, har xil kasalliklar, yashash tarzi va hokazolar). Juda ko‘p hollarda tashqi qiyofaning atayin o‘zgartirish yoki jismoniy jarohatlar natijasidagi o‘zgarishlari ham ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bu kabi o‘zgarishlar, odatda, orqaga qaytadigan va qaytmaydigan bo‘lishi mumkin. Asl holatiga keltirib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga yoshga xos, o‘lim natijasida, jarrohlik operatsiyalari natijasida vujudga kelgan o‘zgarishlarni kiritish mumkin. Asl holatni tiklash mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga esa vaqtinchalik o‘zgarishlarni (masalan, tushgan tishning o‘rniga yangisining chiqishini) kiritish mumkin.

Odam tashqi qiyofasi ayrim elementlarining holatini o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar ta’siri ostida tashqi qiyofaning vaqtinchalik o‘zgarishlarining miqdori juda ko‘p. Ularning ta’siri epizodik xarak-terga ega bo‘lib, tashqi qiyofa elementlarining chuqur o‘zgarishiga ta’sir qilmaydi. Tashqi qiyofa o‘zgarishlarining bu turi vaqtga bog‘liq sharoitdan kelib chiqadi, ya’ni muayyan bir ruhiy holat natijasidagi tashqi qiyofaning o‘zgarishlar (masalan, g‘ayriodatiy holatlarda odamning yurishini o‘zgarib qolishi). Bu o‘zgarishlar odam tashqi

1 Снетков В.А. Габитоскопия. – М., 1979. – С.9.

Page 21: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

21

qiyofasining odatiy, asta-sekin yuz beradigan o‘zgarishlari doirasida kechadi va odam tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlarni kriminalistik amaliyotida qo‘llashga ta’sir etmaydi.

Odam tashqi qiyofasi turli o‘zgarishlarga duch kelishini hisobga olgan holda gabitoskopiyada tashqi qiyofaning mutlaq barqarorligi (ya’ni, odam tashqi qiyofasining butun umri davomida o‘zgarmay saq-lanib qolishi) emas, balki tashqi qiyofaning nisbiy barqarorligi (ya’ni, tashqi qiyofani muayyan vaqt oralig‘ida o‘zgarmay turishi) tushunchasi qo‘llaniladi. Odam tashqi qiyofasining o‘zgarishlarga uchrab turishi shaxsni tashqi qiyofasining belgilariga ko‘ra identifikatsiya qilishga to‘sqinlik qilmaydi, chunki fanga bu o‘zgarishlarning qonuniyatlari oldindan ma’lum. Odam tashqi qiyofasini, odam tashqi qiyofasi element-larining belgilariga ko‘ra uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beruv-chi o‘zgarishlarining qonuniyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) tashqi qiyofaning ayrim element va belgilarining, odamning ma’lum bir yosh davri oralig‘idagi barqarorligi. Masalan, yuzning suyak asosli elementlari (peshona, burun, iyak va hokazolar) 20-25 yoshga-cha to‘la shakllanib, to qarilik davrigacha deyarli o‘zgarishga uchra-maydi. Yuzning tog‘ay suyakli elementlari (quloq supralari, burun uchi) yanada ertaroq shakllanadi va to o‘ta qarilik davrigacha o‘zgarmaydi;

2) odam tashqi qiyofasi element va belgilarining doimiy o‘zga-rishi aniq bir yo‘nalishda, rivojlanishning muayyan fazalari ketma-ket almashishi shaklida yuz beradi. Masalan, yuz terisi asta-sekinlik bilan, o‘zining rivojlanishida rang o‘zgarishlariga barcha odamlarda deyarli bir xil bo‘lgan holatda yuz beradi. Bundan tashqari, ajindorlikning xarakteri va darajasi, sochlarning peshona o‘sish chizig‘i yoshga bog‘-liq ravishda o‘zgarib, erkaklarda peshonadan boshning orqa tomoniga qarab siljib boradi;

3) tashqi qiyofa elementlari va belgilarining o‘zgarishi ularning butkul yo‘qolib ketishiga olib kelmaydi. Bu element va belgilar o‘zgarishlarga uchrar ekan, odam rivojlanishi uchun tabiiy bo‘lgan boshqa element va belgilarga aylanib ketishi mumkin. Masalan, odam yuzidagi mayda chuqurchalar, yosh o‘tishi bilan qatlamga, keyin esa ajinlarga aylanishi mumkin;

4) tashqi qiyofa element va belgilarining o‘zgarishi turlicha tezlik bilan yuz beradi. Chunki, rivojlanishning bir davriga tegishli bo‘lgan tashqi qiyofaning element va belgilari, rivojlanishning boshqa davriga

Page 22: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

22

tegishli bo‘lgan element va belgilarga o‘tadi1. Masalan, odam hayoti-ning birinchi yillarida, yuzining juda tez o‘zgarishiga qaramasdan, ayrim elementlar boshqalariga qaraganda sekinroq o‘zgaradi va odam tashqi qiyofasining umumiy o‘zgarishlaridan qat’i nazar, o‘sha shaxsni kriminalistik identifikatsiya qilish imkonini beradi (quloq suprasining belgilari, ko‘zning rangi va yuqori qovoqlarning tuzilishi).

Odam tashqi qiyofasining belgilaridan kriminalistik amaliyotda foydalanishning ilmiy asoslari qatoriga tashqi qiyofaning reflektorligi – turli tasvirlarda – fotosuratlar, ta’riflar, rasmlarda aks etish xususiya-tini kiritish mumkin. Ushbu xususiyat odam tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlarni olish, yig‘ish, saqlash, o‘rganish, shuningdek, ichki ishlar organlarining turli faoliyatlarida ulardan foydalanish imkonini beradi. Reflektorlikning xususiy holi sifatida odam tashqi qiyofasining ko‘rgazmaliligi – uni boshqa odamlarning ongida aks etish xususiyati maydonga chiqadi. Odam tashqi qiyofasining ko‘rgazmaliligi tashqi qiyofani yaxlit va uning ayrim a’zolarining element hamda belgilarini, kuzatishning turlicha sharoitlarida, alohida ongda qabul qilishni ta’minlaydi.

Odam tashqi qiyofasini tergov va operativ-qidiruv amaliyotida ishlatishning ilmiy asoslari sirasiga odam tashqi qiyofasini aks etishi-ning bir qator umumiy xususiyatlarini kiritish mumkin. Ular quyidagi-lardir: aniqlanganlik, adekvatlik va to‘liqliq.

Odam tashqi qiyofasini aks etishining aniqligi tashqi qiyofaning akslari yoki tasvirlari moddiy dunyoning muayyan qonuniyatlariga bo‘ysungan holda vujudga kelishini anglatadi. Masalan, odam tashqi qiyofasi fototasvirlarining vujudga kelish qonuniyatlari ma’lum, odam tashqi qiyofasi haqidagi tasavvurlar ham odam ongida ma’lum qonu-niyatlar asosida vujudga keladi. Odam tashqi qiyofasining aks etishlari yoki tasvirlarining ushbu xususiyati tashqi qiyofa haqidagi, turli tasvir-larni (manbalarni) o‘rganish yo‘li bilan olingan ma’lumotlardan maq-sadga yo‘naltirilgan tarzda foydalanish uchun tegishlidir. Odam tashqi qiyofasining qonuniyatlarga rioya etilgan holatda aks etishi odam tashqi qiyofasining tasvirlarini, ushbu tasvirlarning vujudga kelish qonuniyatlarini hisobga olgan holda to‘la o‘rganish imkonini beradi.

Odam tashqi qiyofasi aks etishining adekvatligi, ya’ni asl voqelik-ka mosligi, odam tashqi qiyofasi aks etishining navbatdagi aks etish-

1 Снетков В.А. Габитоскопия. – М., 1979. – С.11.

Page 23: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

23

lardan kriminalistik amaliyotda foydalanish imkonini beruvchi yana bir xususiyati bo‘lib hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, odam tashqi qiyo-fasi, har qanday aks ettiruvchi obyektlarda o‘zgarishlarga uchraydi. Ammo, shunga qaramasdan, tashqi qiyofaning tasvirlari ma’lum daraja-da, adekvatdir. Shuning uchun ular tashqi qiyofani o‘rganishga hamda tashqi qiyofaning tasvirlaridagi aks etgan element va belgilarni to‘g‘ri qayd etish imkon beradi. Masalan, shohidning xotirasidagi tasavvur va tasvirlarga (xayoliy tasvirga) asosan jinoyatlarning oldini olish va ochish, jinoyatchilarni qidirishda samarali foydalaniladigan shaxsning tashqi qiyofasi tiklanadi, ta’rifi yoki subyektiv portreti tuziladi.

Odam tashqi qiyofasi aks etishining to‘liqligi – bu tashqi qiyofa element va belgilarining to‘la, kriminalistik maqsadlarga mos keluvchi holatdagi aks etishidir. Aks etishlarning to‘liqligi tasvirda aks etgan element va belgilarning miqdori bilan xarakterlanadi. Albatta, odam tashqi qiyofasi tasvirlarining texnik xarakteristikalariga bog‘liq ravish-da tasvirda element va alomatlar chegaralangan miqdorda aks etadi. Masalan, tashqi qiyofani fotografik yassi tasvirda aks etishida uning hajm, yoki bo‘lmasa, quyma nusxalarda rang, ta’riflashda ko‘rgaz-maliligi yo‘qolishi mumkin. Ammo, tashqi qiyofaning tasvirlarida, shaxslarni tashqi qiyofalari bo‘yicha aniqlash va qidirish uchun yaroqli bo‘lgan element va belgilar miqdori aks etadi va qayd qilinadi.

Albatta, odam tashqi qiyofasi va tasvirlarining xususiyatlari kri-minalistik amaliyotda o‘z-o‘zidan amaliy samara bermaydi. Buning uchun inson ongining muayyan qobiliyati va odam tashqi qiyofasi hamda uning tasvirlari bo‘yicha ilmiy-texnik bilimlar darajasi zarur bo‘ladi. Shu bois, odam tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlardan jinoyatlarning oldini olish va ularni ochish, jinoyatchilar shaxsini aniqlash va qidirishda foydalanishning ilmiy asoslaridan yana biri – odam ongining odam tashqi qiyofasini aniq, to‘la, to‘g‘ri qabul qilish, saqlash, qayta tiklash va tanib olish hamda ulardan kriminalistik amaliyotda samarali foydalanish qobiliyatlaridir1.

Odam ongining aytib o‘tilgan qobiliyatlari jinoyatchi shaxsni aniq-lash yoki qidirish jarayoniga o‘sha jinoyatchini ko‘rgan-bilgan shaxs-larni (shohidlarni) jalb etib, odam tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumot-

1 Синицин А.В. Количественные признаки в системе идентификации личности по изображению лица // Информационно-техническое обеспечение деятельности органов внутренних дел. – М., 1998. – С.12.

Page 24: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

24

larni kriminalistik amaliyotda samarali foydalanish imkonini beradi. Shohidlar yordamida olingan tashqi qiyofaning ta’riflari, subyektiv portretlar, tanib olish uchun taqdim etilgan ma’lumotlar ichki ishlar organlarining tergov va operativ-qidiruv faoliyatlarida keng qo‘llaniladi.

4-§. ODAM TASHQI QIYOFASINING BELGI

VA ELEMENTLARI Odamning tashqi qiyofasi vizual o‘rganishda aniqlanishi mumkin

bo‘lgan elementlar tizimidan iborat bo‘ladi. Insonning tashqi qiyofa belgilari asosan ikki turga mansub. Birinchisi, odamning homila davri-da shakllangan o‘ziga xos bo‘lgan anatomik belgilari bo‘lib, u krimi-nalistikada statik turg‘un belgilar deb ataladi. Ikkinchisi, insonning turli harakatlari va faoliyatida aks etadigan (yurish, qadam tashlash, nutq va boshqalar) dinamik belgilar.

Tashqi qiyofaning elementi – odam tashqi qiyofasini o‘rganishda alohida ajratilgan muayyan bir ixtiyoriy qism. Ko‘pincha, bu odam anatomik va funksional a’zolari, odamning turli funksiyalari hisobla-nadi. Tashqi qiyofaning belgisi – odam tashqi qiyofasining yaxlit holda yoki uning ayrim alohida elementlarini ifodalovchi ko‘rinadigan (sezilarli, e’tiborni tortadigan) tavsiflaridir. Inson organizmi yoki uning hayotiy faoliyatining element va belgilari xususiy element va belgilar deb ataladi. Bunday element va belgilar anatomik (morfo-logik), funksional, umumjismoniy element va belgilarga bo‘linadi.

Odam tashqi qiyofasining anatomik elementlari – odamni kuza-tish yoki o‘rganishda uning tanasi va yuzining alohida ajratiladigan muayyan a’zolari, jumladan, yaxlit tanasi, boshi, yuzi, bo‘yni, yelka-lari, ko‘kragi, kuraklari, qo‘llari, oyoqlari va boshqa barcha a’zolari.

Odam tashqi qiyofasining yo‘ldosh elementlari – odam egnidagi kiyimlar va ularning ayrim qismlari, jumladan bosh kiyimlari, ko‘ylak-lar, poyabzal, shuningdek, turli olib va taqib yuriluvchi maishiy buyum-lar, ya’ni portfel, sumka, qo‘l soatlari; yozuv buyumlari (masalan, ruchka, yon daftarcha va boshqalar); bezaklar; yordamchi buyumlar, ya’ni ko‘zoynaklar, hassalar, eshitish moslamalari va h.k.

Odam tashqi qiyofasining funksional elementlari – odamni kuza-tish jarayonida sezilarli (ko‘zga tashlanarli, e’tiborni tortuvchi) barcha elementlari, jumladan, o‘zini tutishi, qaddi-qomati, yurish-turishi, mimi-

Page 25: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

25

kasi, artikulatsiya, jestikulyasiya, maishiy odatlari, maxsus ko‘nik-malari va tajribasi.

Odam tashqi qiyofasining umumjismoniy (kompleks) elementlari – odam tashqi qiyofasining yosh, jins, uning antropologik mansubligi va boshqa shu elementlari. Bu elementlar odam tashqi qiyofasining anatomik, funksional va yo‘ldosh elementlarining turli variatsiyalari orqali izohlanadi.

Tashqi qiyofa elementlari o‘z tabiatiga ko‘ra bir xilda bo‘lmaydi va ular doimiy va vaqtinchalik, zaruriy va tasodifiy, tabiiy, sun’iy va patologik kelib chiqishga ega bo‘ladi.

Tashqi qiyofaning doimiy elementlari – bir marta vujudga kelib yoki paydo bo‘lib, odam hayotining oxirigacha saqlanib qoladigan elementlar (agar jarrohlik vositasida olib tashlanmagan yoki birorta jarohat olish natijasida o‘zgarmagan bo‘lsa).

Tashqi qiyofaning vaqtinchalik elementlari – odamning hayotiy jarayonida paydo bo‘lib, ma’lum vaqtdan so‘ng yo‘qolib ketadigan elementlar (masalan, tishlar, soch qoplamasi, so‘gallar va boshqalar).

Tashqi qiyofaning zaruriy elementlari – muayyan guruhdagi odam-larga xos bo‘lgan elementlar (masalan, erkaklar uchun mo‘ylovlar).

Tashqi qiyofaning tasodifiy elementlari – odamning tashqi qiyofa-sida mavjudligi shart bo‘lmagan elementlar (masalan, xollar, tojlar va shu kabilar).

Tashqi qiyofaning sun’iy elementlari – odamda tashqi qiyofaning ixtiyoriy ravishda yoki beixtiyor o‘zgartirilishi (turli jarohatlar, kosme-tik ta’sirlar, plastik operatsiyalar va h.k.) natijasida paydo bo‘lgan elementlar.

Tashqi qiyofaning tabiiy elementlari – odamga tug‘ilganidan xos bo‘lgan yoki yoshi o‘tishi bilan paydo bo‘ladigan elementlar.

Tashqi qiyofaning patologik elementlari – kasallik oqibatida odam tashqi qiyofasi elementlarining odatiy holatidan chetlashishi yoki buzi-lishi bo‘lib, ular tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin.

Tashqi qiyofaning kompleks yoki umumjismoniy belgilari – jinsi, yoshi, antropologik turdoshligi (tashqi ko‘rinishi bo‘yicha, osiyolik, yevropalik va h.k.); – umumiy gavda tuzilishi, boshi, yuzi, bo‘yin, yelka, ko‘krak qafasi, qo‘l va oyoqlar (bular umum o‘lchov va shakl-lari bo‘yicha o‘rganiladi); – soch, qosh, mo‘ylov-soqol o‘simlari (soch tolalarining shakli – tuzilishi-tekis, jingalak, rangi bo‘yicha – qora,

Page 26: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

26

malla); – teri qoplamasining rangi (pigmentatsiya belgilari, ko‘zlari-ning shakli, katta-kichikligi va rangi). Umumiy gavda tuzilishi inson-ning to‘la, qotma yoki ozg‘in bo‘lishi, bo‘yi baland, o‘rta, past, boshning katta, o‘rta va kichik o‘lchovda bo‘lishi, shakl bo‘yicha geometrik dumaloq, uchburchak, oval kabi atamalar bilan tavsiflanadi.

Antropologik tip – odamning qaysi irq, millat va elatga tegishli ekanligini ifodalovchi belgi. Bu belgi anatomik belgilar bilan aniqlanadi (masalan, O‘rta Osiyo xalqlari millatiga mansub, Kavkaz xalqlari millatiga mansub, mongoloid irqiga mansub).

Yoshi – odamning yoshi darajasini ifodalovchi belgi (masalan, chaqaloq, yosh bola, bola, o‘smir, yigit, o‘rta yashar yoki qari odam).

Anatomik belgilar – odam tashqi qiyofasi anatomik elementlari-ning shakl, (kontur, tuzilish), kattalik, holat (joylashish), miqdor (son), simmetriya va ifodalanganlik darajalari kabi xususiyatlarini ifodalay-digan tavsiflar yoki belgilar. Anatomik belgilar tavsifi insonning umumjismoniy xususiyatlaridan boshlanadi.

Odam tashqi tuzilishi belgilarining asosiy o‘lchov shakllari uning yuzi, ya’ni bet qismida aks etadi: yuzning tavsifi to‘g‘ridan va yonbosh (o‘ng va chap) va qiya (nim yonbosh) tomonidan kuzatiladi; dumaloq, uchburchak, oval shaklida, peshona, qosh, ko‘z, burun, og‘iz, engak qismlari ham katta, o‘rta, kichik shakllari bo‘yicha joylashadi va o‘zaro proporsiyalari belgilanadi.

Tishlarning yirik, mayda yoxud joylashuvi bo‘yicha tekis-to‘g‘ri va qiyshiq-so‘yloq bo‘lishini insonning nutqi, lab harakati vaqtida kuzatish mumkin. Og‘iz va lab tuzilishi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, o‘lchovi va shakllari ham umumiy tavsiflanadi. Labning qalinligi, yupqaligi va rangi alohida ko‘rsatilishi mumkin.

Engakning o‘lchovi katta-kichikligi, shakli bo‘yicha dumaloq, uch-burchak, oldinga yoki orqaga qarab yo‘nalganligi, bo‘yni qismiga nis-batan baland-past, qavatlangan, osilganligiga qarab belgilanadi. Bo‘yi-nning uzun-kaltaligi, yo‘g‘on-ingichkaligi (to‘la-semiz, ariq va h.k.), yelka tuzilishi, keng qisqa, to‘g‘ri, to‘g‘ri-tekis, qiyalashgan, yelkaning orqa tomondan ko‘rinishi, gavdaning umumiy shakliga nisbatan to‘g‘ri yoki bukraygan, qo‘l va oyoqlar ham umumiy bo‘yiga proporsiya me’yori belgilanadi (katta-kichik, uzun-kalta, to‘la-oriq va h.k.).

Anatomik elementlar quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: shakl, kattalik, holati, simmetriya va ifodalanganlik darajasi, rang.

Page 27: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

27

Shakl – tashqi qiyofa elementlari sirtining umumiy ko‘rinishi va tashqi chegaralari. SH. ma’lum geometrik tushunchalar (masalan, egri, to‘g‘ri, botiq, qabariq va h.k.), shakllar (masalan, oval, uchburchak, to‘rtburchak), buyumlar (masalan, bodom-qovoq, do‘ngpeshona) bilan solishtirilib aniqlanadi va h.k. Ko‘p hollarda SH. o‘rniga kontur yoki tuzilish atamasi ishlatiladi. Bu atamadan tashqi qiyofa elementlarining tashqi chegara chiziqlari shakli, kengligi va qalinligini ta’riflash qiyin bo‘lgan elementlarni ifodalashda foydalaniladi (masalan, odam yuzining konturi va ajinlar konfiguratsiyasi kabi).

Kattalik – odam tashqi qiyofasining o‘lchamlari (uning balandligi, kengligi, qalinligi, uzunligi, chuqurligi, ichki va tashqi proporsiyalari va h.k.). Ichki proporsiya – o‘rganilayotgan element qismlarining o‘zaro nisbati, tashqi proporsiya – bir element o‘lchamlarining boshqa elementlar o‘lchamlariga nisbati.

Holat (joylashish) – tashqi qiyofa biror elementining boshqa ele-mentlarga (masalan, peshonadagi ajinlar) yoki biror jismning tomon-lariga (masalan, oldinda, orqada, chapda, o‘ngda, yuqorida, pastda va h.k.) yoki biror tekislik va chiziq, turli nuqtalarga (masalan, tik yoki yotiq) nisbatan holati yoki joylashishi. Nisbiy holat – odamning muay-yan holatidagi (yurganda, turganda, o‘tirganda va yotganda) tana a’zo-lari va yuzining odatiy joylashishi va holatini ifodalovchi belgi.

Simmetriya darajasi – tashqi qiyofa juft elementlarining (qoshlar, ko‘zlar, quloqlar va shu kabilar) shakli, kattaligi, holati va joylashi-shiga ko‘ra bir xilligini ifodalovchi, hosil qilingan belgi. Portret ekspertizasi amaliyotida tashqi qiyofaning juft elementlari orasidagi farqlarga, ya’ni asimmetriya darajasiga e’tibor beriladi.

Ifodalanganlik darajasi – odam tashqi qiyofasining elementi haqida muayyan va yagona tasavvur mavjud bo‘lganda ekspertiza tad-qiqotlari jarayonida ishlatiladigan, hosil qilingan belgi. Bu biror ele-mentning alohida belgilarini ta’riflash murakkab yoki ushbu belgilarni ta’riflash mazkur elementning tavsifi uchun unchalik ahamiyat kasb etmagan holatlarda qo‘llaniladi (masalan, peshonadagi ajinlar kam yoki kuchli ifodalangan yoxud umuman ifodalanmagan).

Rang – portret ekspertizasida odamning terisi, sochlari, ko‘zlari va boshqa shu kabilarning spektr bo‘limlari ranglari, maxsus etalon va keng tarqalgan buyumlarning ranglari bilan solishtirilib aniqlanadigan xususiyati.

Page 28: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

28

Miqdor (son) – odam tashqi qiyofasining bir nomdagi elementlari-ning miqdori yoki soni (masalan, sochlarining qalinligi). Miqdor aniq (elementlarning soni ko‘rsatiladi) yoki ta’riflab (sochlar qalin, siyrak) izohlanadi.

Funksional belgilar qatoriga insonning ma’lum harakatlari jara-yonida hosil bo‘ladigan xususiyatlar kiradi. Mazkur belgilar odamning hayoti davomida hosil bo‘lib, kun sayin takrorlanib, odatga aylanib qoladi va ayrim sabablar ta’sir etsagina o‘zgarishi mumkin bo‘ladi.

Tashqi qiyofaning funksional belgilari – anatomik elementlarning odatiy holati va ularning harakat xususiyatlarini ifodalovchi belgilar. Ularga nisbiy holat, harakatlar tavsifi, harakat yo‘nalishi, harakat tezligi (tempi), harakat amplitudasi, harakat turi kabilar kiradi.

Bu guruhdagi belgilar insonning faoliyati, harakati natijasida hosil bo‘ladi va tavsifi inson gavdasining yurish-turishidagi umumiy holat vaziyatidan boshlanadi: gavdaning to‘g‘ri, chap yoki o‘ng tomonga, orqaga, oldinga og‘dirilgan holda tutishi; tik turganda yoki o‘tirgan holda ham yuqoridagi belgilarning hosil bo‘lishi.

Qadam tashlash, yurish xususiyatlari odamning o‘ziga xos bo‘l-gan yurish tezligi, sustligi, qadamning uzunligi, qisqaligi, oyoq kafti-ning yo‘nalish tomoni, qadam tashlash jarayonida boshning, umuman gavdaning, qo‘llarning vaziyati (harakati), chayqalishi va shu kabilar bilan belgilanadi.

Yurish xususiyati – odamning odatiy yurish (yugurish) xususiyat-larini ifodalovchi belgi. Uni aniqlashda yurish tezligi, yurganda tana-ning holati, qadam tashlash xususiyatlari, yurish jarayonida qo‘llarning harakati kabi xususiyatlarga e’tibor beriladi.

Yuzning yumshoq muskul to‘qimalarining harakatda bo‘lib turishi, tebranishi (mimikasi) insonning ichki hissiyoti (ruhiy holati)dan darak beruvchi belgidir. Bu belgi ba’zi odamlarda sezilarli darajada bo‘ladi, ba’zilarda esa deyarli sezilmaydi. Mimika insonning ma’lum holatlar-dagi doimiy ravishda yuzning (chehraning) ochiqligi, xushchaqchaq-ligi yoki jiddiylik, xafalik ko‘rinishi bilan bog‘liq.

Artikulatsiya – odam gapirayotganda kuzatiladigan (nutqning har bir tovushiga mos lablarning sezilarli darajadagi harakat qilishi – artikulatsiya kuchli ifodalangan) yoki kuzatilmaydigan (odam lablarini xiyol qimirlatib gapiradi – artikulatsiya kam ifodalangan) darajada lablarini qimirlatishi.

Page 29: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

29

Jestikulyatsiya – muloqot, so‘zlashuv, birorta munosabat chog‘ida yelkalar, qo‘llar va boshqa a’zolarning harakatlari. Ushbu belgining ifodalanganlik darajasi (kuchli, kam) yoki aynan qaysi a’zoning qanday harakati mavjudligi ko‘rsatiladi.

Jinsi – odamning qaysi jinsga mansubligini ifodalovchi belgi. Bu belgi tana tuzilishi, yuz belgilari, kiyim-kechak va ayrim funksional belgilar bilan izohlanadi.

Mimika – odam yuzi elementlarining so‘zlashuv, birorta munosa-bat chog‘ida yoki muayyan bir holda ma’lum ruhiy holatlarni ifoda-lovchi tarzda joylashishi (masalan, hayronlikni ifodalovchi yuzda – ko‘tarilgan qoshlar, xiyol ochilgan og‘iz yoki xursandlikni anglatuvchi yuzda – og‘iz burchaklari, ko‘z va qoshlarning tashqi burchaklari ko‘tarilgan va h.k.).

Odatiy holat – odamning turganida, yotganida, o‘tirganida, yon-boshlab yotganida va boshqa holatlarida tana a’zolarining o‘zaro joy-lashishi va holati bilan ifodalanadigan belgi.

Insonga xos bo‘lgan so‘zlashish (nutq) xususiyatlari, funksional belgilar qatorida boshqalariga nisbatan mustahkam bo‘lib, ovozning o‘ziga xos individualligi namoyon bo‘ladi. Ovozning past, baland, jaranglovchi, bo‘g‘iqligi, mayinligi, qalin yo‘g‘onligi, so‘zlashish jarayonida tovushlarni, so‘z turkumlarini ifoda etishdagi individual xoslik xususiyatlarining aks etishi (tilning chuchukligi, harflarni buzib ifoda etish, ayrim sheva so‘zlarni ishlatish), so‘zlashishda nutqning tezligi, sustligi, cho‘zib, to‘xtab ifoda etish va hokazolar shular jumlasidandir.

Anatomik va funksional belgilarning alohida turlari ayrim odam-larda uchraydigan, ko‘zga tashlanadigan alohida belgilar turkumi hisoblanadi. Bularga insonning o‘ziga xos tug‘ma yoki hayoti davomi-da hosil bo‘lgan jismoniy nuqsonlari, belgilari misol bo‘la oladi. Masalan, oyoq-qo‘llardagi kamchiliklar, kasalliklar, teri yuzasidagi nor, xol, chandiq, so‘gal, chechak kasalligi va jarohat izlari, tatuirovka (badanga igna bilan yozish, rasm chizish), cho‘loqlanish, oyoq yoki qo‘l bar-moqlarining umum tuzilishidan ko‘proq yoki kamroq bo‘lishligi va hokazolar kiradi.

Yuqorida keltirilgan belgilarga qo‘shimcha sifatida insonning egnidagi kiyimini ham ta’riflash mumkin. Bunda libosning umumiy turi: bosh kiyim, egnidagi ustki libos (yozgi, qishki), poyabzal (yengil

Page 30: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

30

yozlik, uyda kiyadigan, qishlik, issiq etik, maxsi va h.k.), ularning o‘lchovlari, modeli, bichim turi (milliy, umumiy), ishlab chiqarishda xizmat turiga ko‘ra maxsus kiyiladigan, uning tuzilishi xususiyatlari ta’riflanadi.

Insonning egnidagi kiyimini tavsiflaganda uning ishlatilganlik darajasi (yangi, biroz kiyilgan, anchagina to‘zigan va shu kabilar) ham ifodalanishi lozim. Shuningdek, kiyim va poyabzal yuzasidagi turli moddalardan hosil bo‘lgan dog‘lar, ta’mirlash belgilari ham ko‘rsati-lishi mumkin.

Odamning funksional belgilari turli ashyolarda, fotosurat, rasm, chizmalarda aks etmaganligi uchun ular asosan tezkor-qidiruv va ba’zi tergov harakatlarini o‘tkazishda qo‘llaniladi.

Turg‘unlikka xos bo‘lgan anatomik belgilar insonning turli portret (rasm)larida aks etadi. Shuning uchun ekspertiza tekshiruvida ko‘p hollarda insonning u yoki bu portreti identifikatsiya obyekti bo‘lib xizmat qiladi.

Tashqi qiyofa doimiy bo‘lmagan elementlarining belgilari – tashqi qiyofaning (asosan, odam yuzining) zaruriy bo‘lmagan hamda qat’iy aniq joylashish joyiga ega bo‘lgan odatiy qismlarining belgilari (masalan, yonoq va iyakdagi chuqurchalar, xollar, sepkillar va h.k.).

Tashqi qiyofa mayda elementlarining belgilari – og‘iz, ko‘z atrofidagi va boshqa mayda ajinlar, quloq suprasi mayda qismlarining o‘lchami, shakli, konturi, nisbiy joylashishi, shuningdek, qoshlarning o‘sish chizig‘i kabi belgilar.

Yo‘ldosh belgilar – tashqi qiyofaning yo‘ldosh elementlarini ifo-dalovchi belgilar. Bu belgilar ishlab chiqarishga oid va aks etuvchi belgilarga ajraladi.

Yo‘ldosh element va belgilar – inson organizmi yoki uning hayotiy faoliyatining element va belgilari bo‘lmay, balki odamning tashqi qiyofasini to‘ldiruvchi element va belgilar. Bularga kiyim yoki uning ayrim qismlari, olib yoki taqib yuriluvchi mayda buyumlar va ularning belgilari kiradi.

Odam tashqi qiyofasi elementlarining umumiy va xususiy bel-gilari. Gabitologiyada odam tanasining yaxlitligicha yoki to‘laligicha bo‘yi, tana tuzilishi, tana a’zolarining nisbiy joylashishi va to‘lalik (semizlik) darajasi kabi belgilari o‘rganiladi. Gabitologiyada odam yuzi-ning yaxlit holatidagi shakli, o‘lchami, kenglik va balandlik propor-

Page 31: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

31

siyalari, yuzdagi asosiy a’zolarining kattaligi, yuzning to‘lalik darajasi, peshona, burun va og‘iz qismlarining vertikal chiziqqa nisbatan asosiy o‘lchamlari kabi belgilari o‘rganiladi.

Gabitologiyada odamning boshi va bo‘ynining yaxlit holdagi nisbiy kattaligi, konturi va holati kabi anatomik belgilari, burunning qismlari bo‘lgan qanshar, burun yelkasi, uchi, asosi, qanotchalari, burun kataklarining balandligi, kengligi, turtib chiqish darajasi va boshqa shu kabi belgilari o‘rganiladi.

Gabitologiyada burunning qalinligi, uzunligi, ifodalanganlik darajasi va boshqa belgilari, yelkalarning nisbiy kattaligi, shakli, holati va joylashi, simmetriya darajasi kabi belgilari, ko‘zlarning va qora-chiqlarning rangi, simmetriya darajasi, ko‘z tirqishining shakli, ko‘z tirqishi o‘qining holati, ko‘z tirqishining kengligi va uzunligi, ochilishi darajasi, ko‘z gavharining ko‘z tirqishida joylashish holati kabi belgilari, inson ko‘kragining shakli (yonboshdan), kengligi (oldindan) kabi belgilari, odam lablarining yuqori lab balandligi, turtib chiqish darajasi, lablar kaymasining kengligi, konturi va xususiyatlari kabi belgilari o‘rganiladi.

Shuningdek, gabitologiyada oyoqlarning nisbiy kattaligi, oyoq panjasining shakli, holati va joylashishi, og‘izning o‘lchami, tirqishi-ning konturi, burchaklarining holati va joylashishi, odam peshonasi-ning konturi, holati, ifodalanganlik darajasi, peshonaning nisbiy katta-ligi yoki o‘lchamlari (balandlik va kenglik), odam qoshlarining gorizontal chiziqqa, ko‘z tirqishi va o‘zaro joylashishi yoki holati, konturi, kengligi, uzunligi, simmetriya darajasi, tuzilishidagi xusu-siyatlari, quloqning nisbiy kattaligi, holati, joylashishi, shalpangquloq-lik darajasi, shakli, a’zolari va qismlarining o‘lchami, kengligi, kon-turi, holati hamda qo‘llarning nisbiy kattaligi, shakli, barmoqlarining uzunligi, qalinligi, tirnoqlarning o‘lchamlari, qon tomirlarining ifoda-langanlik darajasi va konfiguratsiyasi kabi belgilari o‘rganiladi.

Qomat (qaddi-qomat) – odamning tana yoki gavdasini odatiy tutishi. Bu belgini o‘rganishda uning boshi, yelkalari, ko‘kragining holatiga e’tibor beriladi. Masalan, harbiycha qomat – ko‘krak oldinga chiqqan, qomat va yelkalar to‘g‘ri tutib turiladi.

Yuqoridagilardan tashqari gabitologiyada quyidagilar ham umu-miy va xususiy belgi sifatida o‘rganiladi:

Page 32: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

32

anomaliyalar – odamning anatomik tana tuzilishining odatdagi-dan tug‘ma chetlashishlari. Masalan, juda katta quloqlar, g‘ilaylik va boshqalar;

jarohatlar va jarrohlik operatsiyalarining izlari yoki belgilari – chandiqlar, tirtiqlar, burun yelkasining qiyshiqligi, yaralarning izlari, tishlarning yo‘qligi (kemshiklik), ko‘z tirqishining to‘liq ochilmasligi va boshqalar;

maishiy odatlar – odamning birorta maishiy harakat (masalan, sigareta chekish) jarayonidagi o‘zini tutishi (masalan, o‘zini kamtarona tutishi), kiyinishi, sochlarini tarashi (masalan, ayollarning soch tur-maklashi) kabi belgilari;

tatuirovka – odam tanasidagi bir va turli ranglardagi so‘zlar, iboralar, rasmlar, belgilar, raqamlar va shu kabilar ko‘rinishidagi hosil qilingan belgilar;

yuzdagi soch qoplamalari – gabitologiyada o‘rganiluvchi odam sochlarining rangi, konfiguratsiyasi, sochlar o‘sish chizig‘ining kon-turi, kallikning mavjudligi, joylashishi, sochlarning uzunligi, soch tarash usuli va fasoni kabi belgilari;

yuzdagi tuklar – odam yuzidagi mo‘ylov, soqol va shu kabi belgilarni ifodalovchi tushuncha (mo‘ylov, soqol va bakenbardalarning kattaligi, shakllari va fasonlari kabilar o‘rganiladi);

harakat amplitudasi – harakatlarning fazoviy chegaralarini ifoda-lovchi belgi. Ushbu belgi harakat turiga qarab turlicha nomlanishi mumkin (masalan, shaxs chayqalib yursa – katta (ancha) yoki kichik (kam), qo‘llarining harakati – keng, kam seziladigan va hokazo);

harakat yo‘nalishi – odamning harakati qaysi tomonga (chapga, o‘ngga, yuqoriga, pastga, aylanma harakat va h.k.) yo‘nalganligini bildiruvchi belgi;

harakat tezligi (tempi) – harakatlarning tezligi darajasi (tez, sekin) yoki bir xildagi harakatlar ko‘p marta takrorlanganda ularning miq-dorini (ko‘p, kam) ifodalovchi belgi;

harakatning xususiyati – harakatlarning yo‘nalishi, tezligi va boshqa shu kabi bir qator belgilaridan kelib chiquvchi kompleks belgi.

Portret ekspertizasida anatomik elementlarni ifodalovchi identifi-katsion turdagi belgilar quyidagicha aniqlanadi:

– nisbiy kattalik (elementlar va ularning ayrim qismlari); shakl (yoki kontur);

Page 33: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

33

– holat yoki joylashishi; – simmetriya darajasi (tashqi qiyofaning juft elementlarida); ifo-

dalanganlik darajasi; – miqdori yoki soni (bir nomli elementlarda – ajinlar, sepkillar va

boshqalar); – ayrim hollarda rang sifatida (rangli fotosuratlarda). Portret ekspertizasida qo‘llaniladigan identifikatsion xususiy

belgilar. O‘rganilayotgan shaxs taalluqli bo‘lgan guruhga xos belgilar-ning g‘ayriodatiy variantlari (masalan, ayollardagi juda sezilarli bo‘lgan mo‘ylovlar), birorta guruhdagi shaxslar uchun odatiy bo‘lgan belgining turlicha o‘zgarishlar bilan ifodalanishi (masalan, Kavkaz xalqlari millatiga mansub odamlarda burunning katta botiqlikka ega bo‘lishi), tashqi qiyofada uchrab turadigan anomaliyalar, tashqi qiyofa doimiy bo‘lmagan elementlarining belgilari, tashqi qiyofa mayda elementlarining belgilari, jarohatlar va jarrohlik operatsiyalarining izlari yoki belgilari, tatuirovkalar portret ekspertizasida qo‘llaniladigan identifikatsion xususiy belgilarga misol bo‘la oladi.

5-§. PORTRETLAR BO‘YICHA

IDENTIFIKATSIYA QILISH TURLARI Portret ekspertizalari boshqa turdagi kriminalistik ekspertizalar

kabi sud va tergovga oid qidiruv-bilish faoliyatining xususiy hollaridan biri. Shuning uchun bu turdagi ekspertizalarni o‘tkazishda bir qancha prinsiplarga asoslaniladi. Bunday prinsiplar sirasiga quyidagilar kiradi:

– obyektivlik; tadqiqotlarning to‘liqligi va har tomonlamaligi; – tadqiqotlarning o‘z vaqtidaligi; – maqsadga muvofiqligi va rejaliligi; – ekspertiza obyektlari bilan ishlashda kriminalistik qoidalarga

rioya etish prinsipi; – ekspertizalarni o‘tkazishda qonuniylik prinsipi. Portret ekspertizalarini o‘tkazishning zaruriyligi shaxs to‘g‘risida-

gi birorta usul bilan olingan (masalan, tergov jarayonida) ma’lumot-larni qayta tekshirish, birorta fuqaroning shaxsini aniqlash jarayonida boshqa zarur ma’lumotlar olinmagan bo‘lsa (masalan, murdaning shaxsini ekspertizaga oid identifikatsiyasiz aniqlashning imkoni bo‘l-masa) tug‘iladi. Bundan tashqari, oradan vaqt o‘tishi bilan tayyorlan-

Page 34: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

34

gan fotosuratlar yoki bosh suyagi bo‘yicha shaxsni identifikatsiya qilish portret ekspertizasining metodlari orqali bajariladi.

Kriminalistik identifikatsiyaga obyekt bo‘ladigan portretlarning tayyorlanishi, ishlanishi, qanday materialda aks ettirilganligi, qanday modda, ashyo ishlatilganligi bo‘yicha farqlanadi. Ishlanish usuliga asosan portretlar, fotografiya suratlari, rassomchilik, chizmachilik va alohida qismlardan yig‘ilgan (sintetik) usulda tayyorlangan bo‘lishi mumkin.

Xayoliy tasvir. Birorta predmet, obyekt yoki hodisaning odam ongida nisbatan barqaror hosil qilinadigan tasviri xayoliy tasvir deyiladi va uning umumiy xususiyatlari lavhalilik, beqarorlik (no-turg‘unlik), umumlashganlikdan iborat. Xayoliy tasvirga ta’sir etuvchi obyektiv omillar bo‘lib qabul qilinayotgan, o‘rganilayotgan shaxsning tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlarni qabul qilish, xotirada saqlash hamda xayoliy tasvirni shakllantirishning obyektiv shart-sharoitlari hisoblanadi. Subyekt – xayoliy tasvirning tashuvchisi bo‘lgan shaxs-larning shaxsiyatiga bog‘liq omillar, shart-sharoitlar esa xayoliy tas-virga ta’sir etuvchi subyektiv omillar deyiladi.

Sud ekspertizasi amaliyotida asosan ko‘proq uchraydigan turlari fotosuratlar bo‘lib, rassomchilik, chizmachilik va boshqa usulda ish-langanlari kam uchraydi. Oxirgi bir necha yillar davomida fototasvir-lardan ayrim qismlari (ko‘z, burun, og‘iz kabi) olinib sun’iy tayyorlash ko‘proq tarqalib ketdi. Fotografik obyektlarni obyektiv (to‘g‘ri va haqiqatga yaqinroq ma’noda) rassomchilik, chizmachilik va sun’iy tayyorlangan portretlarni subyektiv deb ataydilar. Fotoportretning tay-yorlanishi fotoapparat obyektivi orqali olinadigan optik tasvir bo‘lgan-ligi uchun shunday nomlangan. Portretlarning ikkinchi guruhi esa inson-ning xotirasida saqlangan qiyofa tuzilishi portret muallifi (ekspert, rassom, guvoh) tomonidan tiklanib yasalgani uchun subyektiv deyiladi.

Portret tayyorlashda fotoqog‘ozda tushirilgani, karton, qalin mato, yog‘och, plastmassa, chinni yuzasiga chizilgani va rasm chizish vositasi sifatida akvarel yoki mayda tayyorlangan bo‘yoq rangi va oddiy qalam yoki siyoh ishlatiladi.

Signaletik suratga olish. Odam tashqi qiyofasini eng to‘liq va aniq fotografik tasvirlash hamda qayd etish uchun maxsus mo‘ljallan-gan metodlardan biri signaletik suratga olishdir. Bu metod boshning holati va joylashishi, suratga olinuvchining holati, tasvir masshtabi,

Page 35: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

35

suratga olinuvchi shaxsning holati, yoritish usullari va holati, negativ va pozitivning ishlanishi, ushbu turdagi fotosuratga olishda ishlatiladi-gan fotokamera (fotoapparat) va fotomateriallar uchun qo‘yilgan talab va qoidalarga rioya etilib bajariladi. «Signaletik» – fransuz tilidan olingan bo‘lib, «belgilarni qayd etuvchi» degan ma’noni anglatadi. Signaletik suratga olishning samaradorligini oshirish maqsadida krimi-nalistikada qoidalar majmui ishlab chiqilgan bo‘lib, ular quyidagi-lardan iborat:

1) signaletik fotosuratga olishda boshning standart holati tashqi qiyofani og‘zaki portret metodi bo‘yicha ta’riflashdagi kabi bo‘ladi. Suratga olinuvchi shaxsning boshi fransuz antropologik tekisligiga shunday joylashtirilishi kerakki, natijada fotokamera yoki fotoapparat-ning optik o‘qi ushbu antropologik tekislikda joylashishi lozim;

2) signaletik fotosuratga olishda suratga olinuvchi shaxsni ikki: anfas (oldindan) va o‘ng profil (o‘ng yonboshdan) holatlarida suratga olish majburiydir;

3) signaletik fotosuratga olishning asosiy qoidalaridan biri olina-yotgan tasvirning masshtabiga bo‘lgan talabdir, ya’ni bunda tasvirning masshtabi asl kattalikning 1/7 (yettidan bir) qismiga teng bo‘lishi kerak;

4) signaletik fotosuratga olishda ishlatilayotgan yoritish tashqi qiyofaning barcha belgilari, jumladan, mayda ajinlar, dog‘lar, shishgan joylar va shu kabilar ham hech qanday buzilishlarsiz, o‘zgarishlarsiz aks ettirilishi lozim;

5) keyingi talablar fotosuratga olinuvchi shaxsning tashqi qiyofa holatiga bog‘liq. Fotosuratga olinuvchi bosh kiyimsiz holatda bo‘lishi, uning sochlari va kiyimining alohida qismlari yuz elementlarining ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarini, jumladan, quloq supralari va pesho-nasini berkitib yoki to‘sib qolmasligi lozim. Shaxsning yuz holati xotirjam va oldinga (kamera obyektiviga) qaratilgan bo‘lishi lozim;

6) signaletik fotosuratga olishda ishlatilgan negativ va pozitiv materiallarni qayta ishlash tashqi qiyofa belgilarining to‘liq, obyektiv va aniq tasvirlanishini ta’minlashi lozim. Shuning uchun negativlarni tashqi qiyofaning barcha belgilari namoyon bo‘ladigan holda shaxsan kuzatib qayta ishlash maqsadga muvofiqdir;

7) signaletik fotosuratga olishda alohida bir turdagi fotoapparat yoki fotokameralar ishlatilishi talab qilinmaydi. Ammo, shunga qara-

Page 36: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

36

may, signaletik fotosuratga olishning asosiy maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, negativ material sifatida tasvirning asl kattaligini nega-tivning o‘zida 1/7 o‘lchamda olish hamda bevosita kuzatish usulida kontaktli ishlab chiqish imkonini beruvchi past sezgirli fotoplastinkalar (ortoxrom, izoortoxrom va h.k.)ni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Fotoportretlar. Fotosuratda boshqa portretlardagi kabi asosan inson-ning yuzi aks etadi. Eng ko‘p tarqalgan fotosurat portretlari odamning ko‘krakkacha bo‘lgan qismi 3x4, 9x12 sm o‘lchovida tayyorlanadi va turli hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida bosh kiyimsiz, to‘g‘ridan, yorug‘lik ustki va yonboshi tomonlaridan bir me’yorda berilib tayyor-lanadi. Ba’zida bunday fotosuratning pastki o‘ng burchagi bo‘sh qoladi.

Odam yoki uning yuzi tasvirining turli shaxslar fototasvirlarining lavhalaridan tanlanib tayyorlangan kompozitsiyasi esa fotorobot deb ataladi. Fotorobot tayyorlash turli shaxslarning anfas holatdagi surat-larini shohidning ko‘rsatuviga asosan tanlab olish bu suratlardan o‘rga-nilayotgan shaxsga yoki uning tashqi qiyofa elementlariga o‘xshash suratlar yoki elementlarni tanlashni, ya’ni dastlabki suratni tanlashni taklif etish, suratlar lavhalaridan portret tuzish, ushbu tuzilgan portret-ni shohidlarga ko‘rsatish, kerak bo‘lsa, reproduksiya, retush qilish, oxirgi xulosaga kelish uchun yana shohidga ko‘rsatish kabi bosqich-larni qamrab oladi.

Subyektiv portretlar. Odam tanasi va yuzining shohidlar yoki guvohlarning ushbu shaxsning tashqi qiyofasi haqidagi tasavvurlariga mos holda tayyorlangan tasviri. Subyektiv portret xayoliy tasvirning tashuvchisi yoki uning ko‘rsatuvlariga asosan operativ xodimlar, ter-govchilar, mutaxassis kriminalistlar yoki rassomlar tomonidan tayyor-lanishi (tuzilishi) mumkin.

Tezkor-qidiruv va tergov ishlarida ko‘krakkacha, belgacha bo‘l-gan qismlari, bo‘yi baravarida yakka va guruh shaxslar qatorida tasvir-langan fotosuratlar keng qo‘llaniladi. Bunday fotosuratlarga ko‘proq badiiy tus berilib tayyorlanganligi va odamning o‘ziga xos tashqi qiyofasi yuzining ayrim belgilari to‘liq aks etmasligi identifikatsiyaviy tekshiruv uchun bir qator qiyinchiliklarni tug‘diradi.

Identifikatsiyaviy tekshiruv uchun ko‘p hollarda oq-qora foto-suratlar ishlatiladi, rangli portretlar kamroq uchrab turadi. Rangli foto-portretlar oq-qora turlariga qaraganda tekshiruv uchun bir muncha qiyinchiliklar, hatto ikkilanishlarga olib keladi, chunki odamning

Page 37: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

37

tabiiy (xos bo‘lgan) rang xususiyatlari suratda bir muncha o‘zgarishi mumkin, shuningdek, rangli fotosuratlar yorug‘lik va quyosh nurlari ta’sirida (rangi o‘chib) o‘zgaradi.

Fotosuratlarda aks etgan shaxsning yuzi, uning tuzilishi, ayrim belgilarini suratga olish jarayonida yorug‘likni qaysi tomondan beril-ganligiga qarab, bosh qismining to‘g‘ri-qiya tutib turishi va boshqa sababga ko‘ra u biroz o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun fotoportret asosida shaxsni aniqlash ishini dastavval fotosuratdagi tasvirlangan odamning yuzini, uning qarashi (nigohi)ga, yorug‘lik qaysi tomondan berilganligi, boshning holati va hokazolarga e’tibor berish lozim. Bundan tashqari, fotoportretda ayolning tasviri ifodalan-gan bo‘lsa, uning sochi, yuzidagi kosmetik moddalar (bo‘yalgan qosh, kiprik, lab kabilar) yuz tuzilishidagi haqiqiy belgilarni tasvirlash uchun qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Fotosuratda tasvirlangan, umumtuzi-lishni kuzatishda yuzning qaysi qismi (o‘ng, chap, pastki-yuqorisi) aniqroq aks etgan yorug‘lik nurlari bir xilda yoki qisman ayrim joylarini yoritganligini ajratib, shu nuqtalardagi belgilarini tasvirlash mumkin. Yuzning tuzilishi undagi belgilarning fotosuratda aks etishiga boshning holati (rakursi) ta’sir etadi. Shuning uchun suratga tushirish vaqtida bosh yuqoriga yoki pastga, chap yoki o‘ngga qaratilganda yuz tuzilishidagi belgilarning shu sharoitga ko‘ra biroz bo‘lsa-da o‘zgarishi ham inobatga olinishi lozim.

Odam murdasining fotoportretini kuzatish va o‘rganish jarayonida shunga amin bo‘lish mumkinki, uning tashqi qiyofasidagi (yuzi va ko‘rinarli qismlarida) jarohatlar, murdaning (chirishi natijasida) o‘zgarish belgilari hayoti davridagi tasviridan ancha farqlanadi. Ularga jiddiyroq e’tibor berish lozim. Ba’zida murdani yuzi fotosuratga tushi-rishdan oldin uning yuzidagi qon va boshqa moddalar yuvilib, jarohat-larni tekislash (tualet) o‘tkaziladi. Bunday hollarda murdani ko‘zdan kechirish va fotosuratga olish jarayonida qayd etilgan bayonnoma bilan tanishib chiqish lozim.

Kinofilmlar va videoyozuvlar – odamning operativ usulda, havas-korlik yo‘li bilan yoki operatorlar tomonidan kino yoki videokameralar yordamida olingan tasvirlari.

Rassom ishlagan va chizma portretlar. Kompozitsion chizilgan portretlar – shohidlar yoki guvohlarning ko‘rsatuvlari asosida odam yuzi elementlarining oldindan tayyorlangan suratlaridan yaratilgan

Page 38: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

38

subyektiv portretlar. Bu jarayonda olinadigan portret chizilgan portret kabi bo‘ladi. Mazkur tasvirlar qalin matoda, qog‘oz-karton kabi materiallarda bajariladi. Portretni tayyorlovchi (rassom) insonning tashqi qiyofasini naturadan o‘zini kuzatish bilan birga boshqa shaxslardan eshitib, xotirasida shakllantirib, so‘ng portretga tushiradi. Mazkur portretlar odamning tashqi qiyofasini umumiy shakli, ko‘rinishi va rassomning xotirasiga singib qolgan xususiyatlargina aks ettirilib, aniq o‘lchovdagi proporsiya va belgilar tushib qoladi. Bunday portretlar tasvirdagi odam bilan umumiy o‘xshashlikkagina asoslangan bo‘ladi. Amaliyotda ko‘proq uchraydigan portretlar qidiriluvchi shaxsning tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlar asosida tayyorlanadi. Qidiriluvchi shaxsning tashqi qiyofasi, uni ko‘rgan-bilgan (guvoh, jabrlanuvi va boshqa)larning xotirasida saqlanib, so‘z bilan tasvirlab tiklanadi va shu axborot asosida uning tashqi tuzilishining asosiy xusu-siyatlarini aks ettiruvchi portret chiziladi. Chizilgan portretlarni tayyorlash shohidlar yoki guvohlarning ko‘rsatuvlari asosida mutaxas-sis kriminalist yoki professional rassom tomonidan chizish yo‘li bilan tayyorlash eskizni shohidlar va guvohlarning ko‘rsatuvlari asosida chizib olish, unga shohid va guvohlar yordamida kerakli tuzatishlar kiritish, kerakli element va belgilarni qo‘shimcha chizish, shunday portretlarning bir necha variantlarini tayyorlash, oxirgi variantlar ichidan o‘rganilayotgan shaxsga o‘xshashining shohidlar tomonidan tasdiqlanishi kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.

Qidiruvda bo‘lgan shaxslarning fotosuratlari bo‘lmagan hollarda har xil odamlarning yuz qismlaridan olingan (yig‘ma portret) sun’iy portretlar tayyorlanadi. Bunday usul quyidagilardan iboratdir: izlanuv-chi shaxsni ko‘rgan-bilgan guvohga turli fotosuratlar ko‘rsatiladi: shular ichidan o‘xshash bo‘lgan yuzning qismlari (ko‘z, qosh, ayrim belgilari) ajratiladi: ularni o‘zaro birlashtirib yig‘ma portret ishlanadi. Hozirgi kunda bunday portretlarni tayyorlashda kompyuter dasturida mavjud bo‘lgan odamning yuzi, tuzilishi belgilarini aks ettiruvchi turli tasvirlari bo‘lgan fotorobotlardan foydalanilmoqda.

Rassom ishlagan, chizma va (fotorobot) yig‘ma portretlarni tek-shirishda ularning xususiyati odamning tashqi tuzilishining haqiqiy tasvirini aks etmasligini va umumiy yaqinlashtirilganligini, o‘xshash-likka asoslanganligini unutmaslik lozim.

Page 39: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

39

Mazkur portretlarni tekshirishdan olinadigan ma’lumot tezkor-qidiruv faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lib, ular tergov-protsessual harakatlarni o‘tkazishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Og‘zaki ta’riflar. Odam tashqi qiyofasini tasvirlashning jinoyat-chilarni qidirish, shaxslarning aynanligini aniqlashda juda keng qo‘lla-nadigan usuli bo‘lib, bu usulda odam tashqi qiyofasi maxsus atama-larni qo‘llash yordamida ta’riflanadi.

Og‘zaki portret. Odam tashqi qiyofasini tizimlashtirilgan va ilmiy asoslangan metodika yordamida maxsus, standartlashtirilgan atamalar-dan foydalanib ta’riflash.

Og‘zaki portret metodi bo‘yicha yozilgan ta’riflarning bir xilligini ta’minlovchi qoidalar. Odam tashqi qiyofasini og‘zaki portret metodi bo‘yicha ta’riflashda ta’riflarning bir xil bo‘lishini ta’minlash uchun kriminalistikada ishlab chiqilgan qoidalar. Ushbu qoidalar quyidagilar-dan iborat:

1) tashqi qiyofani og‘zaki portret metodi bo‘yicha ta’riflashda ta’riflanayotgan shaxs boshining holati mo‘tadil holatda bo‘lishi kerak. Og‘zaki portret metodi bo‘yicha tashqi qiyofani ta’riflashda ta’rifla-nayotgan shaxsning boshi «fransuz antropologik tekisligi» deb atalgan tekislikda joylashsa, mo‘tadil holatda joylashgan deyiladi. Buning uchun o‘rganilayotgan shaxsning boshi quyidagicha o‘rnatilishi lozim: quloq kozelogining o‘rtasi va ko‘z tirqishlarining eng quyi nuqtalari bir tekislikda joylashishi hamda ko‘zlarning tashqi burchagidan quloq kozelogining o‘rtasiga o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq 15O burchak hosil qilishi kerak;

2) odam tashqi qiyofasi va uning elementlari ikki holatda – oldin-dan va yonboshdan ta’riflanishi shart;

3) odam tashqi qiyofasini og‘zaki portret metodi bo‘yicha ta’rif-lashda tashqi qiyofaning elementlari muayyan ketma-ketlikka rioya etilgan holatda bajariladi, avvalo, shaxsning jinsi, yoshi, bo‘yi, tana tuzilishi ta’riflanadi. Keyin shaxsning boshi va yuzining elementlari yuqoridan pastga yo‘nalgan tarzda ta’riflanadi. Undan keyin funksional elementlar, kiyimining element va belgilari ta’riflanadi;

4) tashqi qiyofa element va belgilarini ta’riflashda portret eksper-tizasida qabul qilingan maxsus atamalardan foydalaniladi;

5) odam tashqi qiyofasini ta’riflashda uning alohida belgilari ajra-tilishi va ta’riflanishi shart.

Page 40: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

40

Rentgen suratlar va flyuorogrammalar – odam tanasining asosan tibbiy maqsadlarda suratga olishning soyali usulida tayyorlangan tas-virlari.

6-§. SIGNALETIK FOTOSURATGA OLISH

QOIDALARI Fotosuratga olish – ichki ishlar organlarining operativ-qidiruv va

tergov faoliyatlarining turli sharoitlarida odam tashqi qiyofasini qayd etishning kriminalistikada keng qo‘llaniladigan metodlaridan biridir.

Odam tashqi qiyofasini eng to‘liq va aniq fotografik tasvirlash hamda qayd etish uchun maxsus mo‘ljallangan metodlardan biri – bu signaletik fotosuratga olish bo‘lib, bu metod boshning holati va joylashishi, suratga olinuvchining holati, tasvirning masshtabi, suratga olinuvchi shaxsning holati, yoritish usullari va holati, negativ va pozitivning ishlanishi, ushbu turdagi fotosuratga olishda ishlatiladigan fotokamera (fotoapparat) va fotomateriallarga nisbatan qo‘yiladigan talab va qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. «Signaletik» fransuz tilidan olingan bo‘lib «belgilarni qayd etuvchi» degan ma’noni anglatadi. Signaletik fotosuratga olish jarayonidagi yuqorida ta’kidlan-gan qoidalarni ko‘rib chiqaylik.

1. Signaletik fotosuratga olishda boshning standart holati tashqi qiyofani «Og‘zaki portret» metodi bo‘yicha ta’riflash yozishdagi kabi bo‘ladi. Suratga olinuvchi shaxsning boshi fransuz antropologik tekis-ligiga shunday joylashtirilishi kerakki, fotokamera yoki fotoapparat-ning optik o‘qi ushbu antropologik tekislikda joylashishi lozim.

2. Signaletik fotosuratga olishda suratga olinuvchi shaxsni ikki holatda: anfas (oldindan) va o‘ng profil (o‘ng yonboshdan) holatlarida suratga olish majburiydir. Suratga olish chog‘ida suratga olinuvchi shaxsning boshi – ko‘z tirqishining eng quyi nuqtasi, quloq supralari-ning yostiqchalari (kozeloklari) eng quyi nuqtasi va fotokamera obyektivining optik o‘qi bir tekislikda bo‘ladigan qilib joylashtirilishi lozim. Bosh suyagini suratga olishda esa – ko‘z tirqishining eng quyi nuqtasi, eshitish tirqishining eng quyi nuqtasi va fotokamera obyektivi-ning optik o‘qi bir tekislikda bo‘ladigan qilib joylashtirilishi lozim. Bosh suyagini anfas holatda suratga olishda qulaylik uchun, eshitish tirqishiga to‘g‘ri tayoqcha (gugurt donasi) quyilib aniqlanadi.

Page 41: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

41

Anfas holatda suratga olishda odam yuzining o‘rta chizig‘i foto-kamera qidirgichi (shaffof shisha)ning o‘rta vertikal chizig‘i bilan mos tushishi kerak. Profil holatda suratga olishda suratga olinuvchi shaxs-ning boshi shunday joylashtirilishi kerakki, «o‘ng ko‘z burchagi – quloq yostiqchasi» to‘g‘ri chizig‘i «o‘ng quloq yostiqchasi – ko‘z tirqishining quyi cheti» gorizontal to‘g‘ri chiziq bilan 150 S burchak hosil qilishi lozim. Bosh suyagini suratga olishda ushbu gorizontal to‘g‘ri chiziq eshitish tirqishi hamda ko‘z tirqishining eng quyi nuqta-laridan o‘tadigan holatda joylashtirilishi lozim. Yuqorida ta’kidlangan suratga olish jarayonida shaxs yuzining birorta alohida belgilari tasvir-lanmay qolsa, shaxsning yuzi ana shu aytilgan alohida belgilar aniq tasvirlanadigan qilib boshqa ixtiyoriy tarzda suratga olinadi, masalan, yuzning chap profil (chap yonboshdan) holatda suratga olinadi.

Signaletik usulda suratga olishda, yuqorida aytilgan suratga olish-dan tashqari, qidiruv vazifalaridan kelib chiqqan holda shaxsni butun bo‘y balandligini tasvirlash tavsiya etiladi.

Murdalarni suratga olishda chap profil holatida suratga olish maj-buriy. Bundan tashqari, suratga olishda boshning o‘ng va chap yonbosh-laridan murdaning boshini 3/4 qismga burib suratga olinadi. Suratga olishdan oldin murdaning boshi yuqorida aytilgan qoidalar asosida suratga olish uchun qulay holatga keltiriladi.

3. Signaletik fotosuratga olishning asosiy qoidalaridan biri – olina-yotgan tasvirning masshtabiga bo‘lgan talab (ya’ni tasvirning masshtabi asl kattalikning 1/7 (yettidan bir) qismiga teng bo‘lishi kerak). Tasvirning bunday kattaligi shaxsni suratga qarab o‘rganishning aniqligi va qulayligi uchun eng ma’qul bo‘lgan eng kichik o‘lchamdir. Signaletik fotosuratning o‘lchami – ushbu suratni jinoiy elementlarni fotosurat bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun ishlatilganda juda katta aha-miyatga ega. Bundan tashqari, qidiruv maqsadlari uchun fotosuratning o‘lchamlari unchalik katta bo‘lmagani maqsadga muvofiq. Bu masshtab qabul qilinishi yana fotografik plastinalar o‘lchamini hisobga olingan holda bajarilgan. 1/7 qism kattalikdagi tasvirni ikki xil usulda olish mumkin. Birinchi usulda – bevosita negativda suratga olish mumkin. Bunda negativdan tasvir kontaktli tarzda ishlab chiqiladi hamda negativda kichik o‘lchamli tasvir olish bilan amalga oshiriladi. Mazkur usulda fotosurat negativdan kerakli hajmda ishlab chiqiladi. Signaletik suratga olish jarayonida negativda kerakli hajmdagi foto-

Page 42: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

42

suratni olish uchun (ya’ni, yuqorida aytilgan birinchi usulda) suratga olinuvchining yuzidan fotokamera yoki fotoapparatgacha bo‘lgan masofa, suratga olishda ishlatilayotgan fotokamera obyektivining asosiy fokus masofasi uzunligidan sakkiz marta katta bo‘lgan masofaga teng bo‘lishi lozim. Ikkinchi usulda esa – suratga olinuvchi shaxs yuzining tekisligiga masshtabli chizg‘ich quyiladi, keyin suratni ishlab chiqish-da negativ tasviridan kerakli o‘lcham aniqlanadi, ya’ni tasvirning o‘lchami va hajmi kattalashtiriladi. Murdalar, odatda, har doim chiz-g‘ich bilan suratga olinadi.

4. Signaletik fotosuratga olishda ishlatilayotgan yoritish tashqi qiyofaning barcha belgilarini, jumladan, mayda ajinlar, dog‘lar, shish-gan joylar va hokazolarni ham hech qanday buzilish va o‘zgarishlarsiz ifodalashi lozim. Bu kabi talabga bir muncha yuqoridan shaxsning yuzini 40-450S burchak ostida yoritish orqali erishish mumkin. Yuzning boshqa qismlarida turlicha soyalar paydo bo‘lmasligi uchun qaytaruvchi ekranlardan foydalaniladi. Yoritish manbasi sifatida xona oynasidan tushayotgan yorug‘likdan foydalanishda, fotokamera va suratga olinuvchini – oynali devorga nisbatan 400S burchak ostida turuvchi shunday xayoliy chiziqqa joylashtirish kerakki, natijada kamera suratga olish chog‘ida o‘sha devorga yaqinroq joylashishi lozim.

5. Keyingi talablar fotosuratga olinuvchi shaxsning tashqi qiyofasi holatiga bog‘liq. Fotosuratga olinuvchi bosh kiyimsiz, uning sochlari va kiyimining alohida qismlari yuz elementlarining ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarini, jumladan, quloq supralari va peshonasini berkitib yoki to‘sib qolmasligi lozim. Shaxsning yuz holati xotirjam va oldinga (kamera obyektiviga) qaratilgan bo‘lishi lozim.

Murdani suratga olishda unga hayotiy ko‘rinish beriladi. Odatda, suratga olishda murdaning yuzi va sochlari yuz belgilarini suratga olishga to‘sqinlik qiluvchi turli iflosliklardan va begona moddalardan tozalanadi, murda yuzining kerakli qismlari tikiladi, jarohatlar va shikastlanishlar terining umumiy rangiga moslab grim qilinadi, qovoq-lar ochiladi, ko‘z soqqasiga tabiiy yaltiroqlik berish uchun glitserin bilan moylanadi.

6. Signaletik fotosuratga olishda ishlatilgan negativ va pozitiv materiallarni qayta ishlash tashqi qiyofa belgilarining to‘liq, obyektiv va aniq tasvirlanishini ta’minlashi lozim. Shuning uchun negativlarni – tashqi qiyofaning barcha alomatlari namoyon bo‘ladigan holda

Page 43: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

43

shaxsan kuzatib, qayta ishlash maqsadga muvofiqdir. Signaletik suratga olishda tasvirlarni retush qilish mumkin emas. Fotosuratlarni chiqarishda kontaktli usuldan foydalangan ma’qul.

7. Signaletik fotosuratga olishda ishlatiladigan fotokamera va fotoapparatlarga bo‘lgan talablar alohida bir turdagi apparatlar ishla-tilishini talab qilmaydi. Ammo, shunga qaramay, signaletik fotosuratga olishning asosiy maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, negativ mate-rial sifatida tasvirning asl kattaligini negativning o‘zida 1/7 o‘lchamda olish hamda bevosita kuzatish usulida kontaktli ishlab chiqish imkonini beruvchi past sezgirli fotoplastinkalar (ortoxrom, izoortoxrom va ho-kazo)ni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fotoapparatlar yoki foto-kameralarni esa, bunday mahsulotlar juda rivojlangan va ularning imkoniyati juda katta bo‘lgan hozirgi davrda Ekspert-kriminalistika xizmatlari uchun qulay va sharoitga bog‘liq ravishda imkon bo‘lgan-larini tanlash mumkin, lekin ularning barchasi, tasvirdagi shaxs yuzining barcha belgilari aniq ifodalanadigan degan talabga javob berishi shart.

Yuqorida aytilgan qoidalarga rioya etish signaletik suratga olishning samarali bo‘lishini va ichki ishlar organlari oldida turgan vazifalarni hal etish imkonini beradi.

7-§. «OG‘ZAKI PORTRET» METODI BO‘YICHA TASHQI

QIYOFA BELGILARINI TA’RIFLASH Ma’lumki, IIOning vakolatli xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan

operativ-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarida jinoyat sodir etib yashiringan, jazoni o‘tash joylaridan qochgan, bedarak yo‘qolgan shaxslarni, shaxsi noma’lum murdalarni va shu kabilarni qidirishga va aniqlashga tez-tez zarurat tug‘iladi.

Shaxslarni qidirib topishga yo‘naltirilgan operativ-qidiruv tadbir-lari va tergov harakatlari bilan birga kriminalistik vosita va metodlar-dan unumli foydalanish ham juda katta samara beradi.

Ana shunday amaliy faoliyatlar sirasiga tashqi qiyofaning alomat-lariga ko‘ra shaxsning aynanligini kriminalistik usulda aniqlash kiradi. Shaxsni qidirish va uning shaxsini aniqlashda odam tashqi qiyofasi-ning belgilaridan to‘g‘ri foydalanish va uning zaruriyligi nafaqat operativ-qidiruv va tergov apparatlari, balki ichki ishlar organlarining barcha xizmat hamda bo‘limlarida amaliy faoliyat ko‘rsatayotgan

Page 44: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

44

xodimlar ishlarida yuzaga keladi. Qidirilayotgan shaxsning tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlar ichki ishlar organlarining barcha xodim-lariga yozma va og‘zaki shakldagi maxsus qidiruv xabarnomalari orqali yetkaziladi. Ichki ishlar organlari xodimlarining qidiruv ishlarini samarali olib borishi ana shu maxsus qidiruv xabarnomalarida ta’riflangan tashqi qiyofaning qanchalik to‘g‘ri va aniq bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Odam tashqi qiyofasining birorta elementi belgilarini to‘liq ta’riflash har doim kerak bo‘lmasa ham, ammo tashqi qiyofaning asosiy belgilari juda aniq va to‘liq ta’riflanishi lozim.

Ichki ishlar organlarining amaliy faoliyatida odam tashqi qiyo-fasini ta’riflashning eng ko‘p tarqalgan turi – «og‘zaki portret» deb ataluvchi maxsus, tashqi qiyofani standart atamalar orqali ta’riflash metodi hisoblanadi.

Odam tashqi qiyofasining belgilari xususiy (anatomik va funk-sional) hamda yo‘ldosh belgilar (kiyimlar va mayda taqib yoki olib yuriluvchi buyumlar belgilari)ga bo‘linadi.

Anatomik belgilar – odam tanasi tuzilishining belgilari. Anatomik belgilar deganda tashqi qiyofa elementlari, shakl, kattalik, o‘lcham, holati va joylashishi, rangi va boshqa belgilari tushuniladi.

Funksional belgilar – odam hayotiy faoliyati va organizmining ayrim funksiyalarining belgilari. Bunday belgilar odamning odatlari va holatini ifodalaydi. Funksional belgilar deganda odamning yurish-turishi, qomatini tutishi, ovozi, tana harakati shakli va hokazolar tushuniladi.

Odamning tashqi qiyofasini tavsiflash uchun ba’zida kiyimlari-ning belgilari ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Ular quyidagilarga ajratiladi: ishlab chiqarish belgilari – mo‘ljallangan maqsadi, materiali, ko‘rinishi, fasoni, kiyim o‘lchami (razmeri) va hokazo; aks etuvchi belgilar – ishlatilganlik xarakteri va uning darajasi, turli markirovka va tovar belgilarining shakli va mazmuni, kiyimlarda begona moddalar-ning mavjudligi va hokazo. Bu belgilar kiyimlarning kiyilishi va saq-lanish holatlarini ifodalagani uchun aks etuvchi belgilar deb ataladi.

Tashqi qiyofaning boshqa belgilari bilan birga, qidirilayotgan shaxs tomonidan doimiy ravishda taqib yoki olib yuriluvchi mayda buyumlar (soat, turli taqinchoqlar, qalam, avtoruchka va hokazolar)ning belgilari ham tashqi qiyofani ta’riflashda ishlatiladi.

Odam tashqi qiyofasini o‘rganishda yuzdan ortiq belgilar ajratili-shi mumkin, ammo shaxsning aynanligi aniqlashning asosiy mezonlari bo‘lib tashqi qiyofa alomatlarining betakrorligi (alohidaligi) hisoblana-

Page 45: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

45

di. Tashqi qiyofa va uning belgilarining alohidaligi esa ushbu belgilar-ning uchrab turish chastotasi bilan ifodalanadi: belgi qanchalik kam uchrab turish chastotasiga ega bo‘lsa, u tashqi qiyofani shunchalik aniq va to‘liq alohidalashtiradi.

Belgilar orasida guruhiy ahamiyatga ega bo‘lganlari ham mavjud – odamning yoshi, jinsi, milliy taalluqlilik va boshqalar. Shuningdek, alohida ahamiyatga ega bo‘lganlari – alohida belgilari, juda kam uch-raydigan belgilar – tug‘ma yoki orttirilgan anomaliyalar, nuqsonlar, jarrohlik operatsiyalarining ta’siridan vujudga kelgan belgilar, chan-diqlar, tatuirovkalar va hokazolar ham uchraydi.

Shaxsni alohidalashtirish nafaqat ayrim xususiyatlar, balki belgi-larning yig‘indisi yoki majmuasi orqali amalga oshirilishi lozim, shunda tashqi qiyofani to‘liq ta’riflash imkoniyati bo‘ladi, shuningdek, tashqi qiyofaning aynanligini aniqlashda xato va kamchiliklarga yo‘l quyish ehtimoli kamayadi.

Odam tashqi qiyofasini ta’riflashda yoki aynanligini aniqlashda yana muhim omillardan yoki mezonlardan biri belgilarning odam hayotining muayyan bir vaqt oralig‘idagi nisbiy turg‘unligi yoki o‘zgarmasligidir. Masalan, odam yuzining proporsiyalari uzluksiz o‘zgarib boradi va 20-25 yoshga kelib barqarorlikka erishishi mumkin. Belgilarning turg‘unligi yoki barqarorligi kasalliklar, asab va jismoniy charchashlar natijasida va yana boshqa bir qancha omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkin.

Shuning uchun ayrim hollarda barqaror va turg‘un deb hisoblan-gan juda ko‘plab belgilar, aynanlashtirishning boshqa bir hollarida noturg‘un va beqaror bo‘lib topilishi mumkin.

Portret identifikatsiyasida portretlar tayyorlash usuliga ko‘ra foto-grafik, badiiy, chizilgan, sintetik (maxsus tuzilgan) turlarga ajraladi. Kriminalistik amaliyotda fotografik portretlar ko‘p qo‘llaniladi.

Odamni fotosurati bilan solishtirish uchun shu shaxsdan boshqa, yana tashqi qiyofani turlicha ta’riflashlari va tashqi qiyofa haqidagi boshqa ko‘plab ma’lumotlar ishlatiladi (masalan, rentgen suratlari, suyak qoldiqlari, shohidlarning xotirasida saqlanib qolgan xayoliy tasvirlar va shu kabilardan foydalaniladi).

Tashqi qiyofani ta’riflash, asosan, odamning anatomik belgilari-ning standart atamalarigina ishlatiladigan og‘zaki portret talablariga qat’iy rioya etgan holda bajarilishi lozim.

Page 46: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

46

Odam tashqi qiyofasini «og‘zaki portret» metodi bilan ta’riflashda tashqi qiyofaning quyidagi a’zolari tavsiflanadi: odamning yaxlit hol-dagi tanasi, yelkalari, ko‘kragi, yaxlit holdagi boshi va bo‘yni, boshi-ning orqasi, yaxlit holdagi yuzi, sochlari, peshonasi, qoshlari, ko‘zlari, yonoqlari, burni, og‘zi, tishlari, iyagi yoki jag‘i, quloq supralari, yuz terisi, mo‘ylovi, soqoli, bakenbardalari (chekka sochlari) va alohida belgilari.

Odam tashqi qiyofasi belgilarini «og‘zaki portret» metodi bo‘yi-cha o‘rganish va ta’riflash, ushbu belgilarning shakli, konturi, kattaligi, miqdori, holati va joylashishi, rangi, simmetriya va ifodalanganlik darajalari bilan amalga oshiriladi.

Anatomik belgilar. 1. Millati: O‘rta Osiyolikka o‘xshash, Yevropa xalqlari millatiga o‘xshash, Kavkaz xalqlari millatiga o‘xshash va hokazo.

2. Yoshi: (5 yil oralig‘ida aniqlanadi, masalan, 20-25 yosh, 35-40 yosh va hokazo).

3. Jinsi: erkak, ayol. 4. Bo‘yi: baland (175 sm va undan ortiq), o‘rtacha (160-175 sm),

past (160 sm gacha).

Page 47: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

47

Ayollarning bo‘yi balandligini aniqlashda erkaklarning bo‘yi balandligidan 5 sm olib tashlanib o‘lchanadi.

5. Odam tana tuzilishi: yelkador (atletik), o‘rtacha va nimjon.

6. Odam tanasining belgilari: Yo‘g‘onlik darajasiga ko‘ra – ozg‘in, o‘rtacha to‘liq, to‘liq va

semiz (yo‘g‘on). O‘ziga xos xususiyatlari: yelkalari ko‘tarilgan, gorizontal, tushgan, keng yelkali, o‘ng yelkasi chapidan balandroq va aksincha.

Page 48: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

48

7. Bosh: balandligi – past, baland. Shakliga ko‘ra – yassi, turtib chiqqan orqa qism.

Page 49: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

49

8. Yuz: shakliga ko‘ra – oval, dumaloq (kulcha yuz), uchburchak, to‘rtburchak, kvadrat va hokazo.

Yuz tuzilishining xususiyatlari – yevropacha, mongolcha, kavkaz-

cha va O‘rta Osiyocha.

Page 50: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

50

9. Peshona: joylashiga ko‘ra – qiya, vertikal (tik), do‘ngpeshona. Kengligiga ko‘ra – tor, o‘rtacha, keng. Balandligiga ko‘ra – past, o‘rtacha, baland

Peshonaning xususiyatlari – peshona chuqurchalari, qosh usti yoylarining kuchli turtib chiqqanligi, peshona do‘nglarining mavjudligi.

10. Qoshlar: konturiga ko‘ra – to‘g‘ri, yoysimon, to‘lqinsimon.

Balandligiga ko‘ra (ko‘zga nisbatan) – baland, o‘rtacha va past joylashgan.

Page 51: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

51

Qoshlarning xususiyatlari – qo‘shilib ketgan, dumlari ajralgan, tarmoqlangan, asimmetrik joylashgan.

Asimmetrik qoshlarning turlari:

11. Burun: balandligiga ko‘ra – uzun, o‘rtacha, kalta. Turtib chiqqanligiga ko‘ra – kichik, o‘rtacha, katta. Burun yelkasining konturi – botiq, to‘g‘ri, qabariq, egri, bukrisi bor.

Page 52: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

52

12. Ko‘z: shakliga ko‘ra – dumaloq, oval, tirqishsimon (qisiq), uchburchak. Ko‘z tirqishi joylashiga ko‘ra – gorizontal, ichkariga og‘ma.

Ko‘zning xususiyatlari – katta, kichik, chuqur joylashgan, bo‘rtib chiqqan. G‘ilaylik – tutashuvchi g‘ilaylik, ajraluvchi g‘ilaylik, o‘ng ko‘z g‘ilayligi yoki chap ko‘z g‘ilayligi, ko‘zoynak taqish, yaxshi ko‘rmaslik yoki ko‘zi ojizlik (ko‘rlik).

13. Og‘iz: kattaligiga ko‘ra – katta, o‘rtacha, kichik. Og‘iz burchak-larining joylashishiga ko‘ra – tushgan, ko‘tarilgan va gorizontal. Og‘iz-ning xususiyatlari – yarim ochiq og‘iz, qiyshiq og‘iz.

Page 53: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

53

14. Lablar: o‘lchamiga (kattaligiga) ko‘ra – qalin, o‘rtacha, yupqa. Lablarning xususiyatlari – yuqori yoki pastki lablarning turtib chiqqanligi, ikkiga ajralgan lablar.

15. Lablarning chetki chizig‘i (kayma): shakliga ko‘ra – yoysi-mon, to‘lqinsimon, to‘g‘ri.

16. Tishlar: o‘lchamiga (kattaligiga) ko‘ra – katta, o‘rtacha, kichik. Tishlarning xususiyatlari – protez tishlar va koronkalar.

17. Iyak (jag‘): shakliga ko‘ra – qiya, vertikal, turtib chiqqan. Kengligiga ko‘ra – tor, o‘rtacha, keng. Balandligiga ko‘ra – past, o‘rta-cha, baland.

Iyakning (jag‘ning) xususiyatlari – ko‘ndalang egatcha, iyak chuqurchasi, ajralgan iyak, ikkilangan iyak.

Page 54: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

54

18. Quloq: shakliga ko‘ra – oval, dumaloq, uchburchak, to‘g‘ri-to‘rburchak. Shalpangquloqlik – yuqori, quyi va umumiy shalpang-quloqlik. Quloqlarning xususiyatlari – ikki quloqning yopishganligi, o‘ng yoki chap quloqning yopishganligi.

19. Quloq solinchog‘i: shakliga ko‘ra – aylana, uchburchak, gorizontal-to‘g‘ri chiziqli va og‘ma-to‘g‘ri chiziqli. Joylashishiga ko‘ra – alohida va qo‘shilgan. Quloq solinchog‘ining xususiyatlari – ikkilangan, zirak yoki sirg‘alar uchun teshiklar.

Page 55: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

55

20. Sochlar: rangiga ko‘ra – qora, kashtan, sarg‘ish va hokazo. Shakliga ko‘ra – to‘g‘ri, to‘lqinsimon, jingalak, qo‘ng‘iroq. Uzunligiga ko‘ra – kalta, o‘rtacha, uzun (erkaklar uchun 10 sm dan, ayollar uchun 35 sm dan ortiq bo‘lsa uzun hisoblanadi).

21. Kallik: peshona kalligi, peshona-bosh usti kalligi, bosh usti kalligi, to‘liq kallik.

22. Sochlarning o‘sish chizig‘i: to‘g‘ri, oval va egri chiziqli.

23. Mo‘ylovlar: tushgan, gorizontal, ko‘tarilgan, ingichka, keng, o‘rtacha, siyrak (kichik).

Page 56: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

56

24. Soqol: kattaligiga ko‘ra – kichik, o‘rtacha, katta. Shakliga ko‘ra – ponasimon, dumaloq, oval (shkipercha).

25. Chekka sochlar (bak): bakenbardalar va yonoq sochlarni egri qilib kestirish.

26. Bo‘yin: ingichka, o‘rtacha, yo‘g‘on. Bo‘yinning xususiyatlari – hiqildoqning turtib chiqqanligi.

27. Ajinlar: peshona, ko‘z va ko‘z osti, og‘iz-burun, bo‘yin ajinlari va ularning shakli.

28. Oyoq o‘lchami: (poyabzal o‘lchamiga mos holda). Alohida belgilar. Tana a’zolaridan birortasining (oyoq, qo‘l, bar-

moqlar va shu kabilarning) yo‘qligi; protezlarning mavjudligi; jismo-niy nuqsonlar – oqsoqlanish, bukrilik, bo‘g‘inlarning ingichkaligi, bar-moqlarning qiyshiqligi, bir qo‘lning boshqasidan kaltaligi va hokazo-lar; so‘gallar, xollar, sepkillar, tojlar, ishib qolgan sohalar, chandiqlar, tirtiqlar, shilinish va kuyish izlari; tatuirovkalar – harflar, sana, raqam-lar, nomlar, ismlar, matnlar, turli suratlar va rasmlar; ko‘krak va qo‘l-larda, tananing boshqa qismlarida sochlarning kuchli rivojlanganligi.

Funksional belgilar. Bu kabi belgilarga quyidagilar kiradi: qad-qomat, gavda bichimi – harbiycha, egilgan, erkin. Boshning

odatiy holati: oldinga egilgan, to‘g‘ri (tik), orqaga tashlangan, yonboshga o‘ng yoki chap tomonga egilgan;

yurish-turishi – sekin, tez, yengil, og‘ir (salmoqli), gandiraklab yuradigan, sakrab yuradigan, oyoqlar orasi tor yoki keng ochilgan, oyoqlarni ichkariga yoki tashqariga tashlab yuradigan, mayda yoki katta qadam tashlab yuradigan;

jestikulyatsiyasi (nutqni ifodalash maqsadidagi qo‘l harakat-lari) – sekin, tez, qo‘l harakatlarining o‘ziga xosligi yoki ma’nodorligi;

mimika (yuz muskullarining o‘ziga xos harakatlari) – qovoq solish, ko‘zlarni qisish, lablarni tishlash, yuz muskullarining titrashi va hokazo;

Page 57: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

57

qarashlar (nigoh) – sinovchan, o‘zgaruvchan (ko‘zlari olma-kesak teruvchi), ochiq (samimiy), yer ostidan qarash, gumonlovchi qarash, istehzoli, yomon qarash;

ovozi (tovush) – tembri bo‘yicha past, o‘rtacha, baland; eshitilishi (tovushi) bo‘yicha toza, xirillagan, bo‘g‘iq, burun bilan tovush chiqarish, tomoqdan tovush chiqarish;

nutqi (gapirishi) – sekin, tez, bog‘langan va bog‘lanmagan (uzuq-uzuq), Gapirishdagi nuqsonlari: duduqlanish, harflarning, so‘zlarning noto‘g‘ri talaffuz etilishi, til chuchukligi yoki «R» va «S» harflarining o‘rniga «Y» va «SH» harflarini ishlatish, mahalliy yoki milliy sheva va hokazo;

odatlari – stul chetida o‘tirishi, oyoqning ustiga oyoqni qo‘yishi, qo‘llarni yonga, gavdaning orqasiga tashlab turishi, cho‘ntakka solib yurishi, qo‘llarini bir-biriga ishqalab turishi, oyoqdan-oyoqqa tashlab turishi, tirnoqlarini tishlashi, ma’nodor yo‘talishlar, sigaretani o‘ziga xos ushlashi yoki tishlab turishi, sigareta qoldig‘ini o‘ziga xos o‘chirishi va boshqa e’tiborli odatlari.

Kiyimlar va buyumlarni ta’riflash. Odam tashqi qiyofasini «og‘zaki portret» metodi bo‘yicha ta’riflashda kiyimlarga alohida e’tibor berish lozim. Bunda nafaqat qiyimning turiga (palto, plash, pidjak, ko‘ylak, etik va hokazo), balki fasoni, mavsumiyligi, o‘lchami (razmeri), markirovka belgilari, bichilishi va tikilishi, ishlatilgan matoning nomi, rangi, surat-lari, kiyilish darajasi va izlari, nuqsonlari, ta’mirlanish izlari, ifloslan-ganlik darajalariga ham e’tibor berish kerak. Bundan tashqari, mayda taqinchoqlar va taqib-olib yuriluvchi buyumlar (sirg‘a va ziraklar, kulon-lar, brasletlar, soatlar va hokazolar) ham ta’riflanishi lozim. O‘g‘irlan-gan buyumlarni ta’riflashda ushbu buyumlarning guruhiy va xususiy belgilariga, raqamli (nomerli) belgilariga, ishlab chiqargan korxonaning tovar belgisiga e’tibor berish lozim. Birorta buyumni aniq ta’riflash uchun maxsus ma’lumot beruvchi adabiyotlar, texnik pasportlar va shunga o‘xshash hujjatlarga murojaat etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

8-§. ODAMLARNING PORTRETLARI ASOSIDA

O‘TKAZILADIGAN IDENTIFIKATSION TADQIQOTLAR Mazkur identifikatsiya ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: birinchisi, ekspertiza shaklida o‘tkazilib, uning natijasi tergov ishi

yuzasidan dalil bo‘lib xizmat qiladi;

Page 58: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

58

ikkinchisi, tezkorlik tekshiruvi bo‘lib, uning natijasi dalil bo‘lma-sa-da, ekspertiza tayinlashga va boshqa protsessual harakatlarni o‘tka-zishga asos bo‘ladi.

Identifikatsion portret ekspertizasi tadqiqotlarining o‘zaro aniq chegaraga ega bo‘lmagan alohida jarayonlari bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:

1) dastlabki tadqiqotlar (materiallarni o‘rganish); 2) alohida tadqiqotlar; 3) taqqoslash tadqiqotlari; 4) tadqiqotlarning natijalarini baholash va yakuniy xulosalarni

shakllantirish. Ekspertiza tekshiruviga obyektlar odamning tashqi tuzilishini aks

ettiradigan fotosuratlari, ularning ko‘chirmalari, yuzning ayrim qism-lari qoliplari, bosh suyagi (chanog‘i) va ularning rentgen nurlarida olingan tasvirlari yuboriladi. Ekspertizaga rassomchilik, chizmachilik va yig‘ma (sun’iy portret)lar ham yuborilishi mumkin. Lekin bular yuzasidan o‘tkaziladigan ekspertiza tekshiruvining natijalari bir muncha cheklangan bo‘ladi.

Ekspertizaga yuboriladigan fotoportretlarni tadqiq etish, ularni ko‘z-dan kechirib umumiy xususiyatini qayd etishdan boshlanadi. Chunon-chi, portretning shakli, o‘lchovi, qanday yozuvlari borligi, tasvirlangan shaxslarning jinsi, taxminiy yoshi, fotosurat ishlangan vaqt va bosh-qalar aniqlanadi.

Suratga olingan shaxslarning portret ekspertizalariga doir dastlab-ki tadqiqotlar jarayonlarida aniqlangan ayrim umumjismoniy belgilari, shuningdek, fotosuratga olish shart-sharoitlari, tasvirlarning sifati, to‘la-ligi kabi ma’lumotlar kiritiladigan dastlabki tadqiqotlar jarayonlarida – dastlabki tadqiqotlar jarayonida aniqlangan belgilarni solishtirish uchun ishchi jadval-ishlanma tuziladi.

Portretlardagi tasvirlarning tashqi qiyofalaridagi identifikatsion belgilarni o‘rganish, ushbu belgilarning sifat darajalarini aniqlash (tur-g‘unlik yoki barqarorlik darajasi va alohidaligini), shuningdek, suratga olingan har bir shaxsning taqqoslash tadqiqotlarida foydalanish mum-kin bo‘lgan bir nomdagi belgilari yig‘indisini aniqlash jarayonlarini portret ekspertizasining alohida tadqiqot bosqichi qamrab oladi. Ushbu bosqichda aniqlangan umumiy va xususiy identifikatsion belgilarning yig‘indisi uchun ishchi jadval-ishlanma, ya’ni o‘rganilayotgan obyekt-

Page 59: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

59

larining portret ekspertizalarida o‘tkaziladigan alohida tadqiqotlar jarayonida aniqlangan umumiy va xususiy identifikatsion belgilarining yig‘indisini qayd etish uchun jadval tuziladi.

Tekshiriluvchi shaxsning fotoportreti bilan shunga o‘xshash bo‘l-gan yoki namuna vazifasini bajaruvchi fotoportretlarni tadqiq etish, ularda tasvirlangan bitta shaxsning aynanligini aniqlash uslubi, umu-miy ekspertiza tekshiruvi uslubiyotidan bir muncha o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari bilan farqlanadi. Jumladan, qiyosiy-uslubiy modellash-tirish, portretlarni bir-biriga ustma-ust tushirish, birlashtirish va boshqa texnik usullar bilan amalga oshiriladi. Tashqi tuzilish belgilarining bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almas belgilari bo‘yicha ayni bir xil o‘lchamga keltirilgan taqqoslanayotgan tasvirlarni birlashtirish (montaj) usullari ham mavjud. Hozirgi kunda fotoportret tekshiruvlarida o‘lchash uslub-lari ham keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, ayrim anatomik nuqtalar o‘rtasidagi burchak kattaliklari oddiy transportir asbobi bilan yoki uning qo‘shimcha qo‘shilmasi bo‘lgan doiraviy shakldagi maxsus asbob yordamida o‘lchanadi.

Bir xil shaklda tayyorlangan fotoportretlardagi tasvirlarni taqqos-lashda grafik yasash uslubi ham samaralidir. Taqqoslanayotgan obyekt-lardagi bir guruhga tegishli belgilar aniqlanib, ulardagi uchburchak, romb, trapetsiya va boshqa geometrik shakllarning (bir-biriga to‘g‘ri kelishi) tengligi rasmdagi shaxslar tasviri mazkur izlanuvchi shaxsning tasviri ekanligi, ya’ni aynanligi aniqlanadi. Shuningdek, grafik identi-fikatsiyalashning algoritmlarini tuzish uslubi ham mavjud. Bu uslub tekshirilayotgan obyektning o‘ziga xos bo‘lgan nuqtalari, belgilar tizi-mi, istiqbolli muvofiqlik yoki aksini kuzatish uchun tavsiya qilingan.

Ekspertiza tekshiruviga odam murdasining suyak qoldiqlari (asosan bosh chanog‘i) yuborilib, uning shaxsini aniqlash zarur bo‘lsa, ekspertizaga shubhalangan shaxsning hayotiy davridagi foto yoki boshqa portretlari yuboriladi. Shu bilan birga iloji bo‘lsa, o‘lgan shaxsning rentgen surati, ko‘zdan kechirishda tayyorlangan fotosurati, qo‘lda chizilgan boshqa turdagi portretlari ham yuboriladi. Bu eksper-tizani o‘tkazishda kriminalistlar bilan bir qatorda tibbiyot sohasidagi mutaxassislar ham jalb etiladi.

Mazkur ekspertiza turini o‘tkazishda ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi manba obyektlar ham yuborilishi mumkin. Shulardan eng ko‘p tarqalgan turi odamning qiyofasini so‘z-nutq yordamida tasvir-

Page 60: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

60

lashdir. So‘z yordamida tuzilgan portretlar turli protsessual hujjatlarda (bayonnomalar, so‘roq ko‘rsatuvlarida) ro‘yxatga olish kartalarida va tegishli mutaxassis tomonidan tuzilgan ma’lumotlarda aks ettirilgan holda tasvirlanadi. So‘z yordamida tuzilgan portret asosan anatomik belgilar asosida shakllanadigan, ba’zida unga insonning ayrim anato-mik va funksional belgilari bilan bir qatorda alohida belgilari (xollar, chandiqlar, kasallik belgilari) ham kiritiladi. Bunday ma’lumotlar tergov harakatlari (so‘roq, ko‘zdan kechirish, guvohlantirish, tanib olish uchun ko‘rsatish) bayonnomalarida, jinoiy ro‘yxat kartalarida va boshqa hujjatlarda bo‘lib, ulardan ekspertiza o‘tkazishda keng foydala-nish mumkin.

Ekspertiza tekshiruvi dastlab portretlarni alohida-alohida o‘rga-nishdan boshlanadi, so‘ng har bir tekshirilayotgan portretdagi tashqi qiyofa belgilari aniqlanib, o‘zaro o‘xshash belgi-tuzilish xususiyatlari solishtirilib, tahlil qilinadi. Belgilarning o‘zaro o‘xshashligi yoki aksin-cha har xil bo‘lishi sharhlanib, o‘xshashlik yoki o‘xshamaslik sabablari asoslantiriladi. Portretlardagi tasvirlangan shaxslar qiyofasi bir odamga tegishlimi yoki har xil o‘xshash bo‘lgan shaxslarning tasvirimi – bu haqda xulosa qilinadi. Tekshirilayotgan portretlardagi umumiy va xususiy belgilar yig‘indisi bir-birini takrorlasa (bir xilda ekanligi kuzatilsa), portretlardagi tasvir bitta shaxsga tegishli ekanligi, ya’ni qidirilayotgan odamning aynanligi tasdiqlanadi. Belgilarning ba’zilari o‘xshash bo‘lsayu, ba’zilari mutlaq boshqa shakl, o‘lchov va shu kabilar bilan tasvirlansa, aynanlik masalasi inkor qilinadi.

Identifikatsiyaning asosiy bosqichi – tekshirilayotgan portretdagi insonning individual o‘ziga xos bo‘lgan va o‘zgarmaydigan belgilarini qayd etib ularni taqqoslab tekshirish va natijasini baholashdir.

Portret ekspertizasida odam tashqi qiyofasini solishtirish yoki taq-qoslash metodlari yordamida taqqoslanayotgan tasvirlarning bir nom-dagi umumiy va xususiy belgilarining individuallikka ega yig‘indisini, ular orasidagi o‘xshashliklar yoki farqlarni, shuningdek ushbu o‘xshash-liklar va farqlarning sifatini aniqlash maqsadida taqqoslash tadqiqotlari o‘tkaziladi. Buning uchun ekspert maxsus tajribalar o‘tkazadi. Ekspert tajribasi (eksperimenti) – fotosurat yoki video tasvirga olishning turli shart-sharoitlarida u yoki bu anatomik element va shu elementlarni tavsiflovchi belgilarning o‘zgargan aks-tasvirlarini o‘rganish imkonini beruvchi va qayta tiklash maqsadlarida bajariladigan tajribalar. Tajriba

Page 61: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

61

maqsadida mulyajlar, tekshirilayotgan yoki taqqoslanayotgan shaxslar yoxud ularga o‘xshash bo‘lgan shaxslarning o‘zlari yoki ularning yuzlaridan olingan niqoblardan foydalaniladi.

Portret ekspertizasining taqqoslash tadqiqotlari jarayonida quyida-gi masalalar hal etilishi mumkin: a) tekshirilayotgan va namuna tasvir-larning sifati va umumjismoniy elementlari bo‘yicha solishtirish mum-kinligini aniqlash; b) tadqiqotlar jarayonida tekshiriladigan ekspert tusmollarini shakllantirish.

Ushbu tadqiqotlarda nisbiy kattaliklarni solishtirish usulidan boshqa barcha hollarda, faqat bir xil masshtabli reproduksiyalar, diapozitiv va negativlar bilan olib borilishi kerak bo‘lgan hamda solishtirish, yonma-yon tushirish va ustma-ust tushirishdan iborat bo‘l-gan maxsus usullar qo‘llaniladi. Ular quyidagilar:

– solishtirish – taqqoslashning asosiy usuli bo‘lib, agar tashqi qiyofaning bir nomli belgilarini umumiydan xususiyga o‘tish taribida vizual solishtirish imkoni bo‘lsa, oddiy solishtirish, xayolan ularning o‘xshashligi va farqini aniqlash, agar tekshirilayotgan suratlardagi shaxs-lar bir xil holatda tasvirlangan bo‘lsa, koordinat setkalar yordamida solishtirish, agar odam yuzining alohida elementlariga e’tibor qara-tishga to‘g‘ri kelsa, niqoblash usulida solishtirish, agar tashqi qiyofa elementlarining o‘lchamlarini taqqoslash mumkin bo‘lsa, kerakli natijalarni tashqi qiyofa elementlarining o‘lchamlarini solishtirish usullaridan foydalanib o‘tkaziladi.

– oddiy solishtirish – solishtirishning bir turi bo‘lib, bu usulda tashqi qiyofaning bir nomli belgilari umumiydan xususiyga o‘tish tartibida vizual solishtiriladi va ularning xayolan o‘xshashligi va farqi aniqlanadi. Keyin natijalarning obyektivligini oshirish uchun taqqosla-nayotgan tasvirlardagi tashqi qiyofaning o‘xshash (qizil bo‘yoq bilan) va farqlanuvchi (ko‘k bo‘yoq bilan) belgilarining o‘lcham, shakl, konturini ko‘rsatuvchi belgilari yordamida solishtirish amalga oshi-riladi. Ushbu belgilar yordamida ekspert o‘zining tasavvurlariga mos holda, solishtirilayotgan elementlarning tavsiflarini aniq va bir xilda qayd etadi.

– yonma-yon tushirish usuli – taqqoslashning asosiy usullaridan biri bo‘lib, taqqoslanyotgan shaxslar bir xil holatda suratga olingan holatda qo‘llaniladi. Suratga olingan shaxslarning holatida ozgina farq-lar mavjud bo‘lganda, ekspert suratlarda fokal tekislikda bir xil

Page 62: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

62

joylashgan elementlarni topishi lozim. Yonma-yon tushirish shunday amalga oshirilishi kerakki, bu holda tashqi qiyofaning taqqoslanayot-gan elementlari xuddi yaxlit bir butundek bo‘lishi, tasvirning bir qis-midan boshqasiga uzluksiz o‘tishi kerak, bunda elementning anatomik birligi buzilmasligi kerak. Odatda tasvirlarning o‘rtasidan yoki shaxsning ko‘z qorachig‘idan o‘tuvchi chiziqlar bo‘yicha yonma-yon tushiriladi, ammo boshqa chiziqlar bo‘yicha ham bajarilishi mumkin. Tasvir nuqtalarining yonma-yon tushirish chizig‘i joylashadigan fokal tekislikka nisbatan mos tushishi asosiy shart hisoblanadi. Yonma-yon tushirilgan tasvirlar qismlarining mos keluvchi belgilari mavjud bo‘lganda, tasvirlarning solishtirilayotgan qismlari xuddi yaxlit bir tasvir yoki bir-birining uzviy davomi kabi ko‘rinadi, mos kelmagan qismlar esa yonma-yon tushirilmaydi.

– ustma-ust tushirish usuli (applikatsiya yoki superpozisiya) – taqqoslashning asosiy usullaridan biri bo‘lib, bir tasvirni boshqasining ustiga, taqqoslanayotgan bir xil nomdagi qismlarning (nuqtalarning) har bir jufti bir xil joyda joylashadigan qilib tushirish usulidir. Ustma-ust tushirish faqat solishtirilayotgan shaxslar bir xil holatda tasvirlan-gan suratlar mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi. Ustma-ust tushirishning ikki turi mavjud: a) qo‘shish, bunda barcha tasvirlar pozitiv yoki negativ bo‘ladi; b) ayirish, bunda bir tasvir pozitiv, boshqasi negativ bo‘ladi.

– koordinat setkalar yordamida solishtirish – solishtirishning yordamchi bir turi bo‘lib, agar tekshirilayotgan suratlar-dagi shaxslar bir xil holatda tasvirlangan bo‘lsa, ekspert solishtirishni shu usulda bajaradi. Bu usulda odam yuzining bir nomdagi elementlari bo‘yicha bir xilda oriyentirlangan setkalar bir masshtabli tasvirlarga qo‘yiladi va ular bo‘yicha tekshirilayotgan elementning kattaligi, holati o‘rganiladi. Koordinat setkalar oldindan shisha plastinaga tushirilishi mumkin yoki tasvirlarning reproduksiyalariga chizilishi mumkin.

– kompozitsiyalar yordamida solishtirish – solishtirishning yordam-chi turi bo‘lib, tasvirdagi odam yuzining simmetriya yoki asimmetriya darajasi va xususiyatini solishtirish maqsadida alohida tadqiqotlar jarayonida odam yuzining suratlarining fotokartochkalari (portretlari) bilan bajariladi.

– o‘lchamlarni solishtirish usuli – solishtirishning bir usuli. Bu usul tashqi qiyofa elementlarining o‘lchamlarini taqqoslash mumkin bo‘lgan hollarda bajariladi. Bunda ekspert alohida tadqiqot jarayonida

Page 63: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

63

olingan miqdoriy ma’lumotlarni solishtiradi. Solish tirishda yuqorida aytilgan nisbiy kattaliklargina emas balki bir masshtabli tasvirlardagi mutlaq kattaliklar ham taqqoslanishi mumkin. Kattaliklarni baholash alohida diqqat-e’tibor bilan bajarilishi lozim, chunki suratga olishdagi ozgina farq ham odam yuzining aks etishida katta farqlarni keltirib chiqaradi.

Taqqoslash tadqiqotlaridan so‘ng o‘tkaziladigan baholash bosqichi ekspertning o‘zi bergan xulosani odam tashqi qiyofasidagi o‘xshash-liklar, farqlarning tabiatini (kelib chiqishini) hisobga olgan holda asos-lashi, ekspertizaga qo‘yilgan savollarga javoblarni shakllantirishi jarayoni bo‘lib, unda belgilarning ahamiyati aniqlanadi. Ekspertning baholash ishining obyektiv omili identifikatsion ekspertizalar metodi-kasiga mos holda, o‘xshash belgilarning yig‘indisi alohidaligining miqdor va sifat jihatidan baholanishi hisoblanadi. Ekspertning baho-lash ishining subyektiv omili bu ekspertning maxsus bilimlari, uning doirasining kengligi, chuqurligi, qobiliyati, fikrlashining rang-barang-ligi, amaliy ish staji va shu kabi fazilatlaridir. Tadqiqot o‘tkazish qobiliyatiga ega, maxsus bilimli shaxs – ekspertga xos barcha sifatlar subyektiv omillarga kiradi. Ekspertning ichki ishonchi subyektiv omil asosida paydo bo‘ladi.

Aniqlangan belgilardan, ma’lum obyektlarning o‘zaro farqini aniqlash maqsadida foydalanish imkoniyati, ya’ni belgilarning kerakli xulosa chiqarishga tatbiq etilish imkoniyatlari tashqi qiyofa belgilari-ning ahamiyati deyiladi. Boshqa belgilar bilan bir qatorda bir guruhga tegishlilik yoki aynanlikka asos bo‘la oluvchi, kamida ikki obyektda mavjud bo‘lgan belgilar o‘xshash belgilar hisoblanadi. Baholashda belgilarning uchrab turish chastotasi va turg‘unlik darajasi ham aniqla-nadi. Belgining uchrab turish chastotasi – shu belgining barcha belgi-larning umumiy miqdoriga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadigan kattalik. Masalan, Kavkaz xalqlari millatiga mansub odamlardagi burunning kattaligi belgisi ushbu millatga mansublar uchun uchrab turish chasto-tasi katta bo‘lgan belgi hisoblansa, boshqa millatlarga mansub odamlar uchun uchrab turish chastotasi kam yoki kichik belgi hisoblanadi. Uchrab turish chastotasi ta’riflab (kam uchraydigan belgi kabi), foizlarda (belgi 10, 50 % uchraydi kabi) va raqamlarda (uchrab turish chastotasi 0,2, 0,5 kabi) ifodalanishi mumkin. Belgining beqarorlik (noturg‘un-lik) – tashqi qiyofaning odam ongida aks etgan xayoliy tasvirini xotira-

Page 64: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

64

da uzoq vaqt davomida saqlanib qolmasligi. Tashqi qiyofaning ifo-dalovchi element va belgilarning barcha majmuini to‘liq eslab qolish qiyin, chunki ular bundan tashqari, xayoliy tasvirning o‘zi ham obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida o‘zgarib turadi.

Portretda tashqi qiyofa belgilarining barchasi aks etmasligi, uni tayyorlashda yorug‘likning turli sharoiti, fotosuratning sifati kabi holatlar identifikatsiya uchun zarur bo‘lgan yig‘indisini bir muncha cheklab qo‘yadi. Mana shu sababli identifikatsiyaning mazkur bosqi-chini o‘tkazishda turli optik asboblar, yorug‘lik sharoitini moslovchi qurilmalar qo‘llaniladi.

Ekspertiza tekshiruvida odam kallasining rentgen surati ham ishlatiladi. Boshning o‘ng yoki chap qiyasi tomonidan olingan shak-lida ayniqsa yumshoq to‘qima soyasida peshona, burun, lab va boshqa ba’zi nuqtalari aniq ifodalanadi. Rentgen surati boshning to‘g‘ri (fas) holatida olinsa unda yuzning shakli, o‘lchovi bosh chanog‘ining shakli-o‘lchovi kabi belgilar ifodalanadi. O‘lgan odamning suyak qol-diqlaridan turli qoliplar ham yasalib tekshiruvga yuborilishi mumkin. Ularga kalla suyagiga gips yoki boshqa yumshoq moddadan qoliplar yasab uning shakli – tuzilishi tiklanadi. Bunday hollarda marhumning tishlaridan qolip olish hodisalari ham uchrab turadi va mazkur obyektlar kompleks tekshiruvga yuboriladi.

Odamning tashqi qiyofa tuzilishi uni ko‘rgan, bilgan ayrim shaxs-larning xotirasida saqlanib, xayoliy portreti tiklanishi mumkin. Ba’zi tergov harakatlari, xususan tanib olish ana shu xayoliy tasvirlash usuli-ga asoslanadi. Identifikatsiyaviy tekshiruvda xayoliy portret odamning foto yoki boshqa turdagi portreti bilan qiyoslanadi.

Odamlarning tashqi qiyofa belgilari asosida o‘tkaziladigan ba’zi bir tekshiruvlarni kriminalistlar bilan sud-tibbiyot sohasidagi (anatom, antropolog) mutaxassislar hamkorligida o‘tkaziladi.

Ekspertiza hal qiladigan masalalarni to‘g‘ri va aniq tuzilishini ta’minlashda, shuningdek, kerakli namuna, nusxa qoliplarini tayyor-lashda mutaxassisning ishtiroki va yordami beqiyosdir.

Tegishli tadiqotlarni o‘tkazib ekspert quyidagi xulosalardan birini berishi lozim:

– ijobiy qat’iy yakuniy xulosa – o‘rganilayotgan tashqi qiyofaning portret ekspertizasida aniqlangan o‘xshash belgilarining alohida yig‘indi-lari asosida beriladi. Bu holda aniqlangan va unchalik ahamiyatga ega

Page 65: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

65

bo‘lmagan farqlar tashqi qiyofa belgilarining aks etishiga ta’sir ko‘r-satuvchi omillar bilan izohlanishi kerak (yosh o‘tishi bilan, o‘limdan keyingi o‘zgarishlar va h.k.).

– ijobiy ehtimol yakuniy xulosa – tashqi qiyofa o‘xshash belgilari-ning yig‘indisi alohidalikka ega bo‘lmasa yoki bu belgilar ba’zilari-ning haqiqiyligi shubha tug‘dirsa, unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan farqlarni hisobga olgan holda beriladi.

– savolni ekspertiza usulida hal etishning imkoni yo‘qligi – quyi-dagilardan vujudga keladigan holat: ekspertiza obyektlarining yetarli emasligi, qo‘yilgan savollarni hal etish imkoniyatini beruvchi ilmiy asoslangan metodikaning yo‘qligi va kerakli tadqiqotlarni o‘tkazish uchun ekspertiza muassasasida jihozlarning yoki ushbu sohadagi maxsus bilimlarga ega ekspertning bo‘lmasligi.

– ayniyat haqidagi savolni yechib bo‘lmasligi yoki uni hal etish imkonining yo‘qligi to‘g‘risidagi portret ekspertizasida o‘xshash va farqlanuvchi belgilarning sifati aniqlanmaganda (buning imkoni bo‘l-masa), jumladan farqlanuvchi belgilarning barqarorligi va o‘xshashlik-larning alohidaligini aniqlashning imkoni bo‘lmaganda beriladi.

– salbiy qat’iy yakuniy xulosa – portret ekspertizasida barqaror farqlanuvchi belgilarning yig‘indisi mavjud bo‘lganda beriladi. Bunda ushbu yig‘indi alohidalikka ega bo‘lishi shart emas. Chunki tashqi qiyofadagi farqlar guruhiy (umumiy) belgilarga ko‘ra aniqlanadi. Bun-dan tashqari, ayniyatni inkor etish uchun to‘liq aniqlangan belgidagi farqning mavjudligi asos bo‘ladi (ya’ni farqlar belgi yoki uning aksi-ning o‘zgarishlari natijasi emas).

– salbiy ehtimol yakuniy xulosa – portret ekspertizasida mavjud farqlar to‘liq aniqlanmagan, o‘xshashliklar esa alohida yig‘indi tashkil qilmaganda yoki faqat guruhiy belgilarning o‘xshashligi aniqlanganda beriladi. Ta’kidlash joizki, amaliyotda bunday turdagi yakuniy xulosa deyarli uchramaydi, chunki u savolning yechilmasligi kabidir.

– xulosa berishning iloji yo‘qligi – ekspertizaning savollariga javob berish ekspertning vakolati va huquqlari doirasiga kirmasa, imkoniyati darajasi yoki taqdim etilgan materiallar tadqiq qilish uchun yetarli bo‘lmasa yoxud yaroqsiz hamda berilgan savolga javob berish uchun ilmiy asoslangan metodika ishlab chiqilmagan bo‘lsa, xulosa berishning imkoni yo‘qligi haqidagi yozma ma’lumot. Bu holda xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi. Bu eksper-

Page 66: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

66

tizaga berilgan savollarga javob berish ekspertning vakolati va huquq-lari doirasiga, imkoniyati darajasiga kirmaganda yoki taqdim etilgan materiallar tadqiq qilish uchun yetarli bo‘lmaganda yoxud yaroqsiz bo‘lganda hamda berilgan savolga javob berish uchun ilmiy asoslan-gan metodika ishlab chiqilmaganligi sababli javob berishning imkoni bo‘lmaganda ekspert tomonidan beriladigan yozma hujjat hisoblanadi.

Portret ekspertizasi xulosasining tuzilishi. Portret ekspertizasida tegishli tadqiqotlar o‘tkazish jarayoni va natijalari bayon etiladigan hamda tergovchi (sud)ning savollariga ilmiy asoslangan javoblar beri-ladigan protsessual hujjat tuziladi va u ekspert xulosasi deyiladi. Portret ekspertizasi xulosasi sudga oid daliliy ahamiyatga ega bo‘lib, u jinoyat ishiga kiritiladi hamda tergovchi (sud) va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari tomonidan baholanadi, u uch qismga bo‘linadi-gan matn: kirish qismi, tadqiqot qismi va yakuniy xulosalardan iborat.

Ekspertiza xulosasining kirish qismida ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng yoziladigan ekspert xulosasining tadqiqot o‘tkaziladigan (o‘tka-zilgan) muassasaning nomi, «Tilxat», «Ekspertiza xulosasi», «Ishning mohiyati», «Ekspertizaga taqdim etildi», «Ekspert oldiga qo‘yilgan savollar» bandlari va bu bandlarga oid ma’lumotlar yoziladi. Eksper-tiza xulosasining kirish qismidagi alohida bo‘limcha bo‘lib, ekspertiza xulosasining blankasidagi ushbu band ostiga ekspert xulosaning raqami va tadqiqotlar o‘tkazilgan sanasi, shuningdek quyidagilar: ekspertning lavozimi, familiyasi, ismi-sharifi, ma’lumoti va ish staji; ekspertiza tayinlash haqidagi qarorning qachon, kim tomonidan va qanday jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgani; ekspert qaysi turdagi krimi-nalistik ekspertizani o‘tkazgani haqidagi ma’lumotlarni yozadi. Eks-pertiza xulosasining kirish qismidagi bo‘lim, ekspertiza xulosasining blankasidagi ushbu belgisi ostiga ekspertizaga keltirilgan barcha materiallar va obyektlar qayd etiladi. Ekspertiza xulosasining kirish qismidagi bir bo‘lim bo‘lib, ekspertiza xulosasining blankasidagi ushbu belgi ostiga qarorda ko‘rsatilgan barcha savollar qayd etiladi.

Ekspert xulosasining tadqiqot qismi ekspertiza xulosasining asosiy qismi bo‘lib, «Tadqiqot» bandi bilan boshlanadi, ekspertiza xulosasi-ning blankasidagi ushbu sarlavha ostiga tadqiqotlar jarayonining borishi, aniqlangan belgilarning o‘xshashligi yoki farqlarini baholash jarayonini o‘z ichiga olgan ekspert xulosasining sintezlovchi qismi to‘liq bayon etiladi.

Page 67: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

67

Ekspert xulosasining oxirgi qismi ekspertiza xulosasining yakun-lovchi (natija) qismi bo‘lib, «Yakuniy xulosalar» bandi bilan boshla-nadi, ekspertiza xulosasining blankasidagi ushbu band ostiga ekspert oldiga qo‘yilgan savollarga aniq va qisqa, tadqiqotlar natijasida aniqla-nib ilmiy asoslangan javoblar shaklidagi ma’lumotlar bayon etiladi.

Ekspert xulosasiga suratli ilova – ekspert tadqiqotlarining borishi va natijalarini aks ettirib, ekspert xulosasiga ilova qilinadigan suratlar-dan iborat fotojadvallar.

9-§. PORTRET EKSPERTIZALARNI O‘TKAZISHDAGI

XATOLAR Portret ekspertizasi eng murakkab kriminalistik ekspertizalardan

biri hisoblanadi. Ushbu turdagi ekspertizalar metodikasining murak-kabligi va portret ekspertizasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliy faoliyatida kam tayinlanganligi sababli bu turdagi tadqiqotlar metodikasini yetarlicha tarzda egallagan ekspertlar juda kam. Shu boisdan, portret ekspertizalarini o‘tkazishda bir qator xatolarga yo‘l qo‘yiladi, oqibatda asoslanmagan va noto‘g‘ri ekspertiza xulosalari beriladi.

Ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliy faoliyatining tahlili shuni ko‘rsatdiki, portret ekspertizalarini o‘tkazishdagi xatolar portret ekspertizasining obyektlari bo‘lgan fotosuratlarni taqqoslash usullari-dan samarasiz foydalanish, ekspertiza tadqiqotlari bosqichlarini to‘liq o‘tkazmaslik va taqqoslash tadqiqotlari natijalarini noto‘g‘ri baholash natijasida vujudga keladi. Shu bois, portret ekspertizalarini o‘tkazish-dagi xatolarni tadqiqotlarni o‘tkazish bosqichlari bo‘yicha ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Dastlabki tadqiqotlar jarayonidagi xatolar. Ushbu bosqichda, avvalo, tadqiqotga taqdim etilgan materiallar ko‘zdan kechirilishi lozim. Juda ko‘p hollarda ushbu materiallar unchalik sifatli bo‘lmagan fotosuratlardan iborat bo‘ladi. Ularda ravshanlik yomonligi yoki kon-trastning haddan ortiqchaligi, fotosuratning izohi va boshqa nuqsonlar oqibatida odam tashqi qiyofasining ko‘plab belgilari yaxshi aks etmay-di. Tadqiqotlarga juda kam hollarda signaletik fotosuratga olish qoida-lariga rioya etib olingan fotosuratlar taqdim etiladi. Odatda, portret ekspertizasi tadqiqotlarida havaskorlik yoki badiiy usulda olingan

Page 68: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

68

fotosuratlar tekshiriladi. Bunday fotosuratlarda odamlar (shaxslar) turli xil holatlarda va turlicha yorug‘likda tasvirlangan bo‘ladi. Undan tash-qari, taqdim etilgan fotosuratlar ko‘pincha retushlangan (suratning ko‘rinmas qismlari ko‘rinadigan qilib ishlov berilgan) yoki buzilishga uchragan bo‘ladi va natijada ularda tasvirlangan shaxslarni o‘rganish qiyinlashadi.

Tadqiqotga taqdim etilgan materiallarning bu kabi sifatiga bog‘liq ravishda, ekspert tadqiqotlarni boshlashdan oldin, fotosuratga olish va ularni tayyorlash sharoitlari, yoritish turi va tabiati, fotosuratga olish chog‘ida shaxs boshining holati (boshning biror tomonga og‘ish bur-chagi, boshning biror tomonga burilish burchagi), tashqi qiyofa belgi-lari (mimikasi, kosmetikasi va shu kabilar), retushning mavjudligi, va imkoni bo‘lsa, turini hamda taqdim etilgan tasvirning taqqoslash tad-qiqotlari uchun yaroqliligini aniqlashi lozim. Ammo juda ko‘p hollar-da, tadqiqotlarning ushbu bosqichida ekspertlar, taqdim etilgan foto-suratlar, ushbu fotosuratlarda tasvirlangan shaxsning kiyimlarini ta’rif-lash hamda bu shaxsning taxminiy yoshini aniqlash bilan cheklana-dilar. Taqdim etilgan portretni tashqi qiyofa belgilarining to‘liqligi va sifati jihatdan baholash juda kam hollarda amalga oshiriladi, tashqi qiyofaning fotosuratda aks etmagan yoki yomon aks etgan belgilari ko‘rsatilmaydi. Natijada tadqiqotlarning ushbu bosqichidagi muhim vazifalardan biri – taqdim etilgan portretlarning identifikatsion tadqi-qotlar uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosalar shakllantirilmaydi.

Alohida tadqiqotlar jarayonidagi xatolar. Ushbu tadqiqot bosqi-chida tadqiqotlar uchun ajratib olingan portretlarda tasvirlangan har bir shaxslarning tashqi qiyofasi o‘rganiladi. Amalda esa alohida tadqiqot-lar noto‘liq va yuzaki tarzda o‘tkaziladi. Ko‘plab hollarda ekspertlar-ning og‘zaki portret metodining tizimi va atamalarini, odam yuzining morfologiyasini yaxshi bilmasliklari kuzatiladi. Natijada tashqi qiyofa-ning xususiy belgilari va ularning xususiyatlariga, ayrim hollarda umumiy belgilar – boshning o‘lchamlari, yuzning shakli, qoshlar va ko‘z tirqishlarining konturiga ham noto‘g‘ri ta’rif berish kelib chiqadi.

Juda ko‘p hollarda ekspertiza xulosalarida tashqi qiyofa belgilari-ning ifodalanganlik darajasi bayon etilmaydi, matnda ushu belgilar-ning ro‘yxatigina keltiriladi. Shu bois, taqqoslash tadqiqotlari bosqi-chida tashqi qiyofa belgilarining o‘xshashligi yoki farqlarini baholash orqali bajarilayotgan solishtirish jarayoni ishonchli bo‘lmaydi.

Page 69: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

69

Ba’zan ekspertlar tomonidan tashqi qiyofaning individuallashti-ruvchi belgilari (masalan, anfas usulda tushirilgan fotosuratlarda aks etgan quloq chanoqlarining tuzilishi) aniqlanmaydi va tadqiq qilinmay-di. Natijada, bir qator ahamiyatli belgilar inobatga olinmaydi, taqqos-lash tadqiqotlarida tashqi qiyofa xususiy belgilarining, unchalik aha-miyatga ega bo‘lmagan cheklangan miqdori tadqiq qilinadi.

Ayrim ekspertiza xulosalarida esa tashqi qiyofaning fotosuratga olish sharoitlari yoki ularning sifatiga bog‘liq ravishda aniqlab bo‘l-maydigan belgilarini aniqlash bo‘yicha fikrlar mavjud. Bu, ko‘pincha, quloq chanoqlarining tuzilishiga (fotosuratda buni aniqlash juda murakkab vazifa), sochlarning rangiga (taqdim etilgan fotosurat rangli bo‘lmasa ham) tegishli. Undan tashqari, faqat turli tomonlardan surat-ga olingan portretlardagina to‘liq aniqlanishi mumkin bo‘lgan tashqi qiyofa belgilari – burun va iyaklarning xususiyatlari ham ekspertiza xulosalarida bayon etiladi. Natijada, identifikatsion majmuaga. Taqdim etilgan portretlarda yaxshi ifodalanmagan belgilar ham qo‘shilib qoladi va ekspert xulosasining ishonchsiz bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Alohida tadqiqotlar jarayonidagi xatolar. Portret ekspertizalari-ning ushbu tadqiqot bosqichida ekspertlar tomonidan quyidagi taqqos-lash usullari eng ko‘p qo‘llaniladi: vizual solishtirish, alohida belgilar-ni belgilash yordamida solishtirish, tasvirlarni qisman yonma-yon tushirish usulida solishtirish, o‘lcham kattaliklar o‘lchamli nisbatlarni solishtirish. Ushbu usullarni qo‘llashda ekspertlar bir qator xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Masalan, vizual solishtirishda tashqi qiyofaning faqat o‘xshash belgilari yoki faqat farqlari tahlil qilinadi.

Ba’zida ekspertlar xulosalarni asoslash maqsadida odam yuzi elementlarining o‘lchamli nisbatini kriminalistik tahlillarsiz solishtirish natijalaridan foydalanadilar. Ta’kidlash joizki, fotosuratlardan aniqlan-gan o‘lchamli nisbatlar, juda ko‘p hollarda, boshning fotosuratga olish-dagi holati va yoritish sharoitlari, suratdagi shaxsning yuzi mushaklari-ning harakatlari, shuningdek, odam yuzining fotosuratga tushirishdagi o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘ladi.

Ekspertlar tadqiqot obyektlarining o‘zaro o‘xshashligi yoki farqla-nishi bo‘yicha ekspertiza xulosalarini asoslash uchun tashqi qiyofa belgilarining shaxs boshining fotosuratda arzimagan farqlari oqibatida o‘zgarib ketadigan o‘lchamli xususiyatlarini matematik solishtirish nati-jalaridan foydalanadilar. Masalan, ekspert tadqiqotga taqdim etilgan

Page 70: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

70

signaletik usulda olingan fotosurat va shaxsning boshi biroz orqaga tashlangan fotosuratni tadqiq qilishda ko‘z qorachiqlari va og‘iz bur-chaklari orasidagi masofalar nisbatini solishtirgan. Ushbu nisbatning qiymatini olib, ekspert ushbu qiymat aynan bir shaxs uchun belgilan-gan proporsiya (± 0,05)dan katta deb hisoblagan. Aynan bir shaxs boshining holati o‘zgarishi bilan, yuqoridagi, ko‘z qorachiqlari va og‘iz burchaklari orasidagi masofalar o‘zgarganligi bois, solishtiri-layotgan nisbatlardan taqqoslash tadqiqotlarida foydalanish maqsadga muvofiq emas va ekspertning xato xulosa berishiga sabab bo‘lgan.

Juda ko‘p hollarda ekspertlar tekshirilayotgan portretlarda aniq-langan farqlarni baholashda tashqi qiyofa belgilarining aks etishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish maqsadida eksperimentlar o‘t-kazmaydilar. Holbuki, suratlar rakurslarini modellashtirish, fotosuratga olishda boshning holatini modellashtirish va tadqiqot obyektlarini turli usullarda yoritish yordamida taqqoslanayotgan belgilaring ishonchlili-gini oshirish, ularning xususiyatlaridagi shubhalarni bartaraf etish ham-da, eng asosiysi, aniqlangan o‘xshashliklar yoki farqlarning tabiatini izohlash mumkin bo‘lar edi.

Ma’lumki, tirik shaxs bilan murdaning fotosuratlarini o‘zaro taq-qoslash o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega. Bu kabi tadqiqotlar, maxsus ekspertlardan kriminalistik bilimlardan tashqari, odamning o‘lganidan keyingi o‘zgarishlari borasida ham maxsus bilimlarga ega bo‘lishni talab etadi. Bu kabi bilimlar esa sud-tibbiyotiga tegishlidir. Shu bois, bunday tadqiqotlarni sud-tibbiyot eksperti bilan ekspert-kriminalist tomonidan kompleks ekspertiza doirasida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq.

Portret ekspertizasining tadqiqot obyektlaridan biri murdaning fotosuratga bo‘lgan hollarning barchasida murdaning ko‘zdan kechi-rish bayonnomasi va uning sud-tibbiyot tadqiqotlari akt (dalolat-noma)ni qo‘shimcha tarzda so‘rab olish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki aynan ushbu hujjatlardagi ma’lumotlarga asoslanib murdaning tashqi qiyofa belgilarini batafsil o‘rganish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Juda ko‘p hollarda ekspertlar huquqni muhofaza qiluvchi organ-larning faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ayrim vazifalarni bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, muzeylar, gazeta va jurnal tahririyatlarining iltimosiga ko‘ra turli portretlarning tadqiqotlari o‘tkaziladi. Undan tashqari, ekspertlar, nafaqat fotosuratlarni, balki grafik, badiiy havas-korlik suratlar, va hatto, skulptura portretlarini ham tadqiq qiladilar.

Page 71: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

71

Bunday hollarda, odatda, ekspert-kriminalistlar tasviriy san’at mutaxas-sislari bilan kompleks tadqiqotlar o‘tkazishlari maqsadga muvofiqdir.

Ekspertiza tadqiqotlari natijalari baholash bosqichdagi xatolar. Ushbu bosqichda eng ko‘p uchraydigan xatolar bu – tadqiqotlar jarayonida aniqlangan o‘xshashliklar yoki farqlarni yuzaki baholash hisoblanadi. Ijobiy xulosalar berilganda mavjud farqlarning kelib chiqishi va sabablari tahlil qilinmay qoladi. Natijada, xulosalarning asosini tashkil qiladigan tashqi qiyofa belgilarining yig‘indisi, tadqiqot obyektlarining batafsil o‘rganilishi natijasida, ekspert tomonidan berilgan shakldagi (ijobiy yoki salbiy) xulosa chiqarish uchun yetarli emasligi ma’lum bo‘lib qoladi.

Ta’kidlash joizki, portret ekspertizalarining dastlabki va alohida tadqiqotlarini talab darajasida va ilmiy asoslangan metodikalarga tayanib o‘tkazmaslik, o‘z navbatida, taqqoslash tadqiqotlari hamda tadqiqot natijalarini baholashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada eks-pertlar xato xulosalar chiqaradilar.

Shundek qilib, ekspertlarning xatolari juda ko‘p hollarda subyektiv sabablari – eng avvalo, portret identifikatsiyasi metodlarini yaxshi bilmaslik va tadqiqotlarni yuzaki o‘tkazish bilan bog‘liq. Shu bois, portret ekspertizalarini o‘tkazishda yo‘l qo‘yiladigan xatolarning oldini olish va bartaraf etish uchun har bir tuzilgan ekspertiza xulosa-larini ekspert-kriminalistika xizmati rahbarlari tomonidan batafsil tekshirish talab etiladi. Bunda o‘tkazilgan tadqiqotlarning to‘liqligi, tadqiqot obyektlarining solishtirish metodlari to‘g‘riligi va yakuniy xulosalarning asoslanganligiga alohida e’tibor qaratish lozim.

10-§. SHAXSNI PORTRET IDENTIFIKATSIYA QILISH BO‘YICHA AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMNING

ZAMONAVIY IMKONIYATLARI Portret kriminalistik ekspertizasi, shaxsni portret identifikatsiya

qilishning shakllaridan biridir. Mazkur ekspertizaning maqsadi video tasvir, portret va fotosuratda aks ettirilgan yuzning aynanligini aniq-lashdan iborat. Kriminalistik aynanlashtirishning nazariyasi shaxsning portret identifikatsiya qilishning asosi hisoblanadi. Mazkur ekspertiza-da aniq bir shaxs aynanlashtirish obyekti hisoblanib, fotosuratlar va shu kabilarni – aynanlashtirishda identifikatsion belgilari – shaxsning

Page 72: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

72

tashqi belgilari obyekt hisoblanadi; taqqoslashning maqsadi ikki yoki undan ortiq fotoportretlarda yuzning aynanligini aniqlash yoki uni inkor etish hisoblanadi. Portret taqqoslashda ekspertning faoliyati, foto-surat bo‘yicha yuzning belgilarini aniqlash, suratlardagi yuzlarni taqqoslash va tadqiqotni natijasini baholash, shuningdek tadqiqot jarayoni va natijasini qayd etib borishdan iborat. Portret identifikatsiyasi jarayoni uchun «Portret ekspertizasi» AIT maxsuslashtirilgan vositani namoyon qiladi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika markazida EKM boshlig‘i o‘rinbosari – maxsus tadqiqotlar bo‘limining, EKM ga bo‘ysunuvchi bo‘linmalar boshlig‘ining rahbarligi ostida – «Maxsus tadqiqotlar bo‘limi», «Avtomatlashtirilgan shaxsni identifi-katsiya qilish tizimining bo‘limi» faoliyat yuritadi. Avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimi bo‘limi (bo‘linmasi, guruhi) ekspert-kriminalistika markazi, bo‘limi qoshidagi tarkibiy bo‘linma bo‘lib, quyi turuvchi shaxsni identifikatsiya qilish bo‘linmalari kuchlari va vositalarini tezkor boshqarish va ular ustidan kuratorlik nazorati vakolatlariga ega. Avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimi bo‘limi portret bo‘yicha «Avtomatlashtirilgan shaxsni identifi-katsiya qilish tizimi» va «Avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifika-tsiya qilish tizimi» vazifalarining qo‘shilishi asosida tashkil etiladi, bu esa birgalikda shaxsni portretiga, qo‘l barmoq izlarining papillyar naqsh-lari va anketa ma’lumotlari bo‘yicha identifikatsiya qilishga imkon beradi. Mintaqaviy Avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimlari tarkibida o‘z EKBlarida, Toshkent shahrida – shahar-tuman IIIB, Transportda IIBda – tarmoq IIIBda joylashgan «Masofadagi ish stansiyalari» bo‘lib, ular o‘z Avtomatlashtirilgan shaxsni identifika-tsiya qilish tizimi bo‘limlariga bo‘ysunadi.

Avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimining ishla-shiga muvofiq Avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimi bo‘limlari va «Masofadagi ish stansiyalari» xodimlariga quyidagi vazifalarni hal etish yuklatiladi:

1) huquqbuzarlarni fotosuratlar, videoyozuvlar va boshqa portret ma’lumoti tashuvchilaridagi rasmlari bo‘yicha, fotorobotlar bo‘yicha identifikatsiya qilish, murdalarni o‘limdan keyingi tanib olish foto-suratlari bo‘yicha, jinoiy tajovuz obyektlaridan yoki voqea joyini ko‘z-dan kechirish davomida olingan qo‘l barmoqlarining izlari bo‘yicha,

Page 73: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

73

shuningdek tirik shaxslar va murdalarning daktilokartalari bo‘yicha identifikatsiya qilish;

2) tezkor-tergov strukturalarining xodimlari tomonidan ekspert-kriminalist oldida qo‘yilgan savollarga javoblar sifatida rasmiy hujjat-larni (ekspert xulosalari va ekspert ma’lumotnomalari) tayyorlash;

3) avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimi bo‘lim-lari va «Masofadagi ish stansiyalari» apparat-dasturiy majmualarining texnik-texnologik talablarga muvofiq ishlashini ta’minlash;

4) shaxsni identifikatsiya qilish bo‘linmalari – Avtomatlashtiril-gan shaxsni identifikatsiya qilish tizimi bo‘limlari va «Masofadagi ish stansiyalari» va boshqa xizmatlarning shaxsiy tarkibini shaxsni qiyofa xususiyatlari va daktiloskopik hisob bo‘yicha identifikatsiya qilishda Avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimi imkoniyatlari-ni qo‘llash masalalari bo‘yicha o‘qitish;

5) shaxsni identifikatsiya qilish tizimlari ishini va tezkor-tergov xizmatlar va bo‘linmalar, BXCHKF bo‘linmalari, O‘zbekiston Respubli-kasi IIV Axborot Markazi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro faoliyatini tahlil qilish asosida ishini takomil-lashtirishni ta’minlash.

Hech kimga sir emaski, bugungi kunda fan-texnikaning taraq-qiyoti rivojlanishi natijasida, eski plyonkali fotoapparatlarning o‘rniga raqamli fotoapparatlardan keng foydalanilmoqda. Tadqiqot uchun namuna sifatida aynan raqamli fotosuratlarning taqdim etilish holatlari ko‘p uchramoqda.

Portret ekspertizasini o‘tkazish maqsadida mazkur turdagi vosita-lar ishlab chiqilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ya’ni, foto-suratni taqqoslashning barcha turlarini, uslubiyatda nazarda tutilgan (fotosuratni bir masshtabga keltirish, to‘g‘ri va siniq chiziqlar bilan ustma-ust taqqoslash, qisman ustma-ust taqqoslash, koordinat setkasini qo‘yish) iborat.

«Portret ekspertizasi» AIT portret aynanlashtirishni amalga oshi-rish uchun o‘zida maxsuslashtirilgan vositani namoyon qiladi. Tizim, boshqaruv elementlari va funksional ko‘rinishdagi jamlanmasini, foy-dalanuvchi ekspertning axborotli belgilar ta’minoti va satrli ma’lum qiluvchi belgilar orqali ishonch bilan qo‘llashi, mazkur tizim asosida u yoki bu elementlarni boshqarish va maxsus tayyorgarliklarsiz tadqiqot olib borishni o‘z ichiga oladi.

Page 74: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

74

Tizim axborotli belgilar va matnli izohlar bilan ta’minlangan funksional shakllar va boshqaruv elementlarini o‘z ichiga oladi, bu foydalanuvchi-ekspertga u yoki bu boshqaruv elementining vazifasini ichki ishonchiga asoslanib aniqlashga va ushbu tizim asosida maxsus tayyorgarliksiz tadqiqot o‘tkazish imkonini beradi.

Quyidagi 1-rasmda qator asosiy qismlarga ajratilgan dasturning asosiy oynasi ko‘rsatilgan. Portret tadqiqotini o‘tkazish davomida tadqiqotning borishi va natijalari qayd etib borish imkoniyati mavjud. Portret identifikatsiyasini o‘tkazishning barcha bosqichlarida qayd etib borish juda muhim ahamiyatga ega.

Tizimda tadqiqotning alohida bosqichlarini aniqlash, saqlash va natija – loyiha ko‘rinishida ifodalash hamda ularga zarur bo‘lganda qaytish va tahrir qilish imkoniyati mavjud.

1-rasm. Qator asosiy qismlarga ajratilgan dasturning asosiy oynasi.

Tizimli resurslarni ishga solgan holda asl manbalarga qaytish

imkoniyati doimo bo‘lishi uchun nafaqat natijalarga, balki ularni izohlash va saqlash tavsiya etiladi. Tadqiqot borishining barcha saqlangan natijalari ko‘rish uchun panelda aks etadi (2-rasm).

Page 75: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

75

2-rasm. Tadqiqot borishining barcha saqlangan natijalari ko‘rish uchun

panelda aks etishi.

Taqqoslash tadqiqotini o‘tkazishdan oldin, metodik qo‘llanmaga asosan taqqoslanayotgan suratlarni ko‘z qorachiqlari markaziga koordi-natalarni qo‘yish orqali bir xil masshtabga keltiriladi. Ushbu protsedura maxsus «Ustanovka koordinat sentra zrachkov» uskunalari orqali rasmda ko‘rsatilgani kabi amalga oshiriladi, so‘ng «Privesti masshtabi izobra-jeniy» tugmachasi bosilib bir xil masshtabga keltiriladi (3-rasm).

3-rasm. Taqqoslanayotgan suratlarni ko‘z qorachiqlari markaziga

koordinatalarni qo‘yish.

Page 76: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

76

Rasmni va uning alohida qismlarini tahrir qilish uchun «Yorqinlik» (rasmning yorqinligini o‘zgartirish uchun), «Kontrastlik» (rasmning keskin farq qilishini o‘zgartirish uchun) boshqaruv elementlari mavjud. Ular tegishli «polzunka»ning holatini o‘zgartirish orqali yangi sozlamalarni o‘rnatish imkonini beradi. Foydalanuvchiga rasmning ma’lum joyini tegishli uskuna yordamida to‘g‘ri burchak ostida yoki istalgan ko‘rinishda belgilash imkoniyati taklif etiladigan ish rejimini aks ettiruvchi «Joyni belgilash» boshqaruv elementi ham bor. Alohida belgilarning konturini yanada aniqroq belgilash uchun rasmni rangli kontrastdan oq-qoraga o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Buni amalga oshirish uchun uskunalar panelida «kulrang gradatsiyaga o‘tish» boshqaruv elementi mavjud (4-rasm).

4-rasm. Uskunalar panelidagi «kulrang gradatsiyaga o‘tish» boshqaruv elementi.

Tasvirning alohida ajratilgan joyini yorug‘ligi va keskin farqli

jihatlarini aniqlash ham mumkin (5-rasm).

5-rasm. Tasvirning alohida ajratilgan joyini yorug‘ligi va keskin farqli

jihatlarini aniqlash namunasi.

Page 77: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

77

Portret identifikatsiyasi jarayonida majburiy va aynan navbatdagi bosqich alohida tadqiqot sanaladi.

Alohida tadqiqot jarayonida tashqi ko‘rinishning alohida element-lari o‘rganiladi, ushbu elementlarning belgilari va sifati belgilanadi. Birinchi vazifa – fotosuratlarda yaxshi aks etgan tashqi ko‘rinish elementlarini ajratib ko‘rsatish. Keyin esa identifikatsiya maqsadlarida foydalanilishi mumkin bo‘lgan elementlar belgilari – tashqi ko‘rinish-ning identifikatsion belgilari, ya’ni tashqi ko‘rinishning alohida jihatlari belgilab olinadi.

Bu kabi maqsadlar uchun «Chizish paneli» deb nomlanuvchi maxsus panel mavjud. Unga egri va to‘g‘ri chiziqlar, izohlar, chiziqlar-ning ranglari va qalinligini o‘zgartirish, elementlarni o‘chirish va ajra-tib ko‘rsatish, oldingi harakatlarga qaytish imkoniyatlari bor (6-rasm).

6-rasm. Chizish paneli. 7-rasmda chizish panelidan foydalanish qoidalari keltirilgan.

7-rasm. Chizish panelidan foydalanish qoidasi.

Page 78: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

78

Rasmlarning alohida elementlari kattaligi yoki o‘lchamlari nisbiy hisoblanadi. Ya’ni tashqi ko‘rinishning boshqa elementlarining o‘lchamlariga nisbatan (proporsiya ko‘rinishida) belgilab olinadi.

Foydalanuvchining proporsional o‘lchamlarni belgilashda yanada aniqroq mo‘ljal olishi uchun koordinata setkasini qo‘yish va ko‘chirish imkoniyati mavjud (8-rasm).

8-rasm. Koordinata setkasini qo‘yish. Tizimda ikkita suratni ustma-ust taqqoslash imkoniyati mavjud. Ushbu protsedurani o‘tkazish uchun bir qancha yengillashtiruvchi

uskunalar mavjud. Maxsus uskunalar taqqoslanayotgan suratlarni vertikal, gorizontal va diagonal ko‘rinishlarda ayrim qismlarni to‘g‘ri burchak va ixtiyoriy shaklda kesish orqali amalga oshiriladi.

Keltirilgan ishchi panelda ekspertlar tomonidan tadqiqotlarda foy-dalanish mumkin bo‘lgan boshqaruv elementlari keltirilgan (9-rasm).

9-rasm. Suratlarni taqqoslashda boshqaruv elementlari.

Page 79: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

79

10-rasm. Vertikal taqqoslash namunasi. Tizimda tadqiqot obyektlarini vertikal taqqoslash (10-rasm) va

gorizontal taqqoslash (11-rasm), diagonal taqqoslash (12-rasm) va siniq chiziqlar bilan taqqoslash (13-rasm) imkoniyatlari ham mavjud.

11-rasm. Gorizontal taqqoslash namunasi.

Page 80: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

80

12-rasm. Diagonal taqqoslash namunasi.

13-rasm. Siniq chiziqlar bilan taqqoslash namunasi.

Page 81: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

81

Shuningdek tizimda 14-rasm. Suratlarni vertikal (14-rasm), gorizontal (15-rasm), diagonal (16-rasm) va siniq chiziqlar orqali taqqoslash (17-rasm) imkoniyatlari ham mavjud.

14-rasm. Suratlarni vertikal taqqoslash namunasi.

15-rasm. Suratlarni gorizontal taqqoslash namunasi.

Page 82: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

82

16-rasm. Suratlarni diagonal taqqoslash namunasi.

17-rasm. Suratlarni siniq chiziqlar orqali taqqoslash namunasi.

Page 83: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

83

Ustma-ust taqqoslash uslubida yuz tuzilishlari faqat bir xil holatda tushirilgan va bir xil masshtabga ega bo‘lgan suratlar o‘zaro taqqos-lanadi (18-rasm). Suratlar shunday taqqoslanishi lozimki, ulardagi nuqtalar, chiziqlar va bir nomdagi yuz qismlari bir-biriga mos kelishi lozim. Bunda aniqlangan mos keluvchi yoki farq qiluvchi belgilar suratlardagi bir xil nomdagi elementlarning mos kelishi va farq qilishi xarakteri va chegaralarini aniqlashda, solishtirilishi lozim bo‘lgan surat-larning ustma-ust taqqoslanishining maqsadga muvofiqligini aniqlash-da yordam beradi.

18-rasm.Usta-ust qo‘yish usuli bilan taqqoslash.

Ushbu uslub tashqi ko‘rinishning barcha mos keluvchi va farq qiluvchi belgilarini to‘liq va obyektiv aks ettirishga yordam beradi.

Tizimda mexanik va proyeksion taqqoslash uslublarini o‘tkazish-da bir qator instrumentlar mavjud bo‘lib, bunda ikkala suratlarni to‘g‘ri va qiya chiziqlar, ikkita kursor rejimi hamda koordinata setkasidan foydalanish mumkin.

Tizim tashqi ko‘rinishdagi turli elementlarning o‘lchamlari va ularning belgilarini, ularning nisbiy joylashishini va kelib chiqishini aniqlash imkoniyatini beradi. Bu esa o‘lchov va grafik tadqiqotlarning vazifalarini, shuningdek, portret ekspertizalari o‘tkazishning zaruriy protsedurasini to‘liq ko‘rsatib beradi.

Page 84: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

84

Tizim tadqiqot qilinayotgan fotosuratlarni turli ko‘rinishlardagi o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaydi, biroq ekspertlarga tashqi ko‘rinishdagi alohida belgilarni aniqlash maqsadida suratlar va ulardagi ayrim qismlarning rangini va yorug‘ligini o‘zgartirishga imkon beradi.

Shuningdek, tizim keng qo‘llaniladigan hisobga olish, bajarilgan ekspertizalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash tizimiga ega, bu esa ekspertlar tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha barcha ma’lumotlarni markazlashtirishga va ma’lumotlarga kirish imkoniyatini tashkillash-tirishga yordam beradi.

Ma’lumotlarni saqlashda tizim «SUBD Microsoft SQL SERVER 2005 express edition» relyatsion texnologiyalaridan foydalaniladi. Tizim «Microsoft.Net», «WPF» texnologiyalaridan foydalanilib, «C#» programmalashtirish tilida yozilgan.

AIT «Portret ekspertizasi» – bu kriminalistik metodikalar, yuqori informatsion-texnologiyalar yechimlari jamlanmasi hisoblanadi, bu esa sud-portret ekspertizalari o‘tkazilishida juda katta imtiyozlar beradi.

Page 85: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

85

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т., 2014.

Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 1 июндаги «Суд экспертизаси тўғрисида»ги қонуни / Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2010. – №22. – 173-м.

Биркин М.М. Средства и методы габитологии. – Т., 1993.

Дубягин Ю.П. Использование данных о внешности человека в раскрытии преступлений. – М., 1987.

Синицин А.В. Количественные признаки в системе идентификации личности по изображению лица // Информационно-техническое обеспече-ние деятельности органов внутренних дел. – М., 1998.

Снетков В.А. Габитоскопия. – М., 1979.

Снетков В.А. Типы и элементы внешности. – М., 1979.

Антонов А.С. Криминалист-художник. – М., 1991.

Зинин А.М. Криминалистическое описание внешности человека (функ-циональные и сопутствующие элементы и признаки): Справочное пособие. – М., 1988.

Морозов Б.Н. Использование криминалистической фотографии при расследовании преступлений. – Т., 1990.

Page 86: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

86

MUNDARIJA

SO‘ZBOSHI...........................................................................................................3 1-§. «PORTRET EKSPERTIZASI» TUSHUNCHASI VA HUQUQIY ASOSLARI ......................................................................................... 6

2-§. PORTRET EKSPERTIZASINING METODLARI TIZIMI ................................................................................................ 15

3-§. KRIMINALISTIK AMALIYOTDA QO‘LLANILADIGAN TASHQI QIYOFA HAQIDAGI MA’LUMOTLARNING TABIIY-ILMIY ASOSLARI ...................................................................................... 19

4-§. ODAM TASHQI QIYOFASINING BELGI VA ELEMENTLARI.................. 24

5-§. PORTRETLAR BO‘YICHA IDENTIFIKATSIYA QILISH TURLARI........... 33

6-§. SIGNALETIK FOTOSURATGA OLISH QOIDALARI .................................. 40

7-§. «OG‘ZAKI PORTRET» METODI BO‘YICHA TASHQI QIYOFA BELGILARINI TA’RIFLASH ................................................... 43

8-§. ODAMLARNING PORTRETLARI ASOSIDA O‘TKAZILADIGAN IDENTIFIKATSION TADQIQOTLAR................................. 57

9-§. PORTRET EKSPERTIZALARNI O‘TKAZISHDAGI XATOLAR ................. 67

10-§. SHAXSNI PORTRET IDENTIFIKATSIYA QILISH BO‘YICHA AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMNING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI........................................................................... 71 ADABIYOTLAR RO‘YXATI.................................................................................... 85

Page 87: PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI - …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2017_S.A.-Nurumbetova_Portret-ekspert... · portret-kriminalistik aynanlikni aniqlash, kriminalistik

NURUMBETOVA Sadoqat Allyarovna;

MAMATKULOV To‘lqin Boyxo‘rozovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent;

TO‘RAYEV Faxriddin Egamberdiyevich

PORTRET EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI

O‘quv qo‘llanma

Muharrir S.S.Qosimov Texnik muharrir D. R. Djalilov

Bosishga ruxsat etildi 15.03.2017. Nashriyot-hisob tabag‘i 5,0.

Adadi 30. Buyurtma № . Bahosi shartnoma asosida.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 100197, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi, 68.