O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI...

175
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI "SUV XO`JALIGIDA MENEJMENT" FAKUL’TETI "SUV XO`JALIGIDA MENEJMENT" KAFEDRASI EKOLOGIK MENEJMENT fanidan O’QUV QO’LLANMA TOSHKENT 2017

Transcript of O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI...

Page 1: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI VAZIRLIGI

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI

"SUV XO`JALIGIDA MENEJMENT"

FAKUL’TETI

"SUV XO`JALIGIDA MENEJMENT"

KAFEDRASI

EKOLOGIK MENEJMENT

fanidan

O’QUV QO’LLANMA

TOSHKENT – 2017

Page 2: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Ushbu o`quv qo`llanma institut Ilmiy-uslubiy Kengashning 2016 yil «31»

mayda bo`lib o`tgan 4 - sonli majlisda ko`rib chiqildi va chop etishga tavsiya

etildi.

Ekologik menejment - bu talabalarga globalizatsiya sharoitida iqtisodiy-

ekologik hayotni boshqarishning murakkab va tez o`zgaruvchan xususiyatlarini

to`g’ri tushunib olishiga, ushbu sohada xilma-xil axborotlarni tahlil qilishni

o`rgatishga, ekologik boshqaruvning hozirgi ilmiy-amaliy darajasi bilan

tanishtirishga yo`naltirilgan.

O`quv qo`llanmada ekologik menejmentning nazariy asoslari, ekologik

boshqaruv qonuniyatlari va printsiplari ta`rifiga keng o`rin berilgan, ekologik

boshqaruv tizimlarining tashkiliy strukturalari va ularni takomillashtirish

masalalari asoslangan, korxonalar ekologik menejment doirasida ekologik va

resurs muammolari yyechimini topish va ekologik menejmentning maqsadga

muvofiq tizimini joriy etish masalalariga katta ahamiyat berilgan. ekologik

menejment ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining ekologik xavfsizligini,

resurslarni tejashni, ekologik xavf-xatarlarni eng oz darajaga tushirishni boshqarish

usullarini asoslab beradi. ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar,

dasturlar va strukturalar, ularni amaliyotga joriy etish va natijalarni nazorat

qilishni, ishlab chiqarishni o`z ichiga oladi va hozirgi va kelajak avlodlarning

ekologik farovonligi ko`p jihatdan konkret korxonalar ekologik boshqaruv tizimi

faoliyati samaradorligiga bog’liq ekanligini ko`rsatadi.

Ushbu o`quv qo`llanma 5340200 - “Menejment” (suv xo`jaligida) bakalavriat

yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan, undan magistrantlar,

aspirantlar, ekologik menejment sohasidagi mutaxassislar ham foydalanishi

mumkin.

Tuzuvchilar: X.A. Baxretdinova, i.f.d., prof., B.U.Xasanov, i.f.n. dots.,

X.I.Xujamkulova, kat. o`qit., S.A.Dustnazarova, ass.

Taqrizchilar: B.F. Sultonov, Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti ilmiy

tadqiqot instituti direktori., i.f.n., dotsent.

A.G. Ibragimov, i.f.n., dotsent.

© Tоshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2017 yil.

Page 3: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

KIRISH

"Ekologik menejment" dolzarb ekologik ilmiy-amaliy vazifalarning maqbul

yyechimini topishga yo`naltirilgan zamonaviy fan tizimining tez rivojlanib

borayotgan sohalari qatoriga kiradi. Ushbu ma`ruzalar matni talabalarga

globalizatsiya sharoitida iqtisodiy-ekologik hayotni boshqarishning murakkab va

tez o`zgaruvchan xususiyatlarini to`g’ri tuShunib olishiga, ushbu sohada xilma-xil

axborotlarni tahlil qilishni o`rgatishga, ekologik boshqaruvning hozirgi ilmiy-

amaliy darajasi bilan tanishtirishga yo`naltirilgan.

Ekologik xavfsizlikni ta`minlash muammolari «Ekologik menejment» fani

yutuqlaridan bevosita foydalanish bilan uzviy bog’liqdir. "Ekologik xavfsizlik

muammolari, - dedi Birinchi Prezident I.A. Karimov - allaqachonlar milliy va

mintaqaviy doirasidan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga

aylangan. Tabiat va inson o`zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda

bo`ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o`nglab bo`lmas ekologik falokatlarga olib

keladi".

"Ekologik menejment" bir tomondan "Umumiy menejment"ning, boshqa

tomondan esa yangidan shakllanib va rivojlanib kelayotgan "Ekologiya

iqtisodiyoti"ning hamda "An`anviy tabiatdan foydalanish iqtisodi" fanlarining

tarkibiga kiradi. "Ekologik menejment" turli darajada - korxonadan to umummilliy

va global darajalargacha ekologik-iqtisodiy ierarxiyada yuzaga keladigan ekologik-

iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni boshqarishning yyyechimini topishga xizmat

qiladigan fandir. U ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining ekologik

xavfsizligini, resurslarni tejashni, ekologik xavf-xatarlarni eng oz darajaga

tushirishni boshqarish usullarini asoslab beradi. "Ekologik menejment" usullari

tegishli strategiyalar, dasturlar va strukturalar, ularni amaliyotga joriy etish va

natijalarni nazorat qilishni, ishlab chiqarishni o`z ichiga oladi. Bu usullar ekologik

boshqaruvning barcha bo`g’inlariga taalluqlidir. Shu bilan bir qatorda ekologik

ta`sir va ekologik mas`uliyatning asosiy qismi korxona zimmasiga tushadi. Bu esa

hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik farovonligi ko`p jihatdan konkret

Page 4: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

korxonalar ekologik boshqaruv tizimi faoliyati samaradorligiga bog’liq ekanligini

ko`rsatadi.

Ekologik xatarlar va tahdidlarni muvaffaqiyatli boshqarish va ekologiya

bilim bilan bog’liq bo`lgan imkoniyatlarni amalga oshirish hozirgi zamon ekologik

muammolarining mazmuni va mohiyatini chuqur bilish va tuShunishni, ularni

boshqarishning ekologik-iqtisodiy usullarini to`la o`zlashtirib olishni talab qiladi.

Shu munosabat bilan "Ekologik menejment"ning asosiy nazariy va amaliy

masalalari yoritilgan, Shuningdek, "Ekologik menejment"ning nazariy asoslari

ta`riflangan, ekologik boshqaruv qonuniyatlari va printsiplari ta`rifiga keng o`rin

berilgan; ekologik boshqaruv tizimlarining tashkiliy strukturalari va ularni

takomillashtirish masalalari asoslangan; korxonalar «Ekologik menejment»i

doirasida ekologik va resurs muammolari yechimini topish va «Ekologik

menejment»ning maqsadga muvofiq tizimini joriy etish masalalariga katta

ahamiyat berilgan; strategik ekologik xususiyat va firmalarning ekologiya bo`yicha

ibratli xalqaro tajribalari ta`riflangan xamda har bir mavzu bo`yicha qisqacha

xulosalar berilgan, nazorat va muhokama uchun savollar va topshiriqlar tuzilgan,

adabiyotlar ro`yxati tavsiya qilingan.

Page 5: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

MAVZU. "EKOLOGIK MENEJMENT" FANINING PREDMETI,

TADQIQOT USULLARI VA VAZIFALARI

REJA:

1.1. "Ekologik menejment" fanining mazmuni va mohiyati

1.2. «Ekologik menejment» turlari va ierarxiyasi

1.3. «Ekologik menejment» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o`zaro

bog’liqligi

1.4. «Ekologik menejment»ning tadqiqot usullari

1.5. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida «Ekologik menejment»ning maqsad va

vazifalari

1.1. "Ekologik menejment" fanining mazmuni va mohiyati

"Menejment" (management) so`zi inglizchadan o`zbek tiliga boshqaruvni

tashkil qilish, boshqarish hokimiyati va san`ati ma`nolarida tarjima qilinadi.

Bugungi kunda menejment korxona (tashkilot)ga rahbarlik qilish va uni boshqarish

bo`yicha muvofiqlashtiruvchi faoliyat turi, tashkilotni boshqaruvchilar, boshqaruv

jarayoni, mustaqil fan va o`quv predmeti va boshqa ma`nolarda qo`llaniladi. Shu

nuqtai nazardan "Ekologik menejment" umumiy menejment tizimining bir qismi

bo`lib, u menejmentning boshqa sohalaridan atrof-muhit bilan o`zaro uzviy

bog’liqligi orqali tubdan farq qiladi.

"Ekologik menejment" iqtisodiy ierarxiyaning turli bo`g’inlari - korxonalar,

tumanlar, viloyatlar iqtisodiyotidan to respublika va global iqtisodiyotgacha

yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy munosabatlarni boshqarish va ayni vaqtda

xilma-xil tabiiy resurs va ekologik muammolar yyechimini boshqaruvchi usullar

majmui hisoblanadi. "Ekologik menejment" fani ekologik ijtimoiy-iqtisodiy

munosabatlarda boshqaruvchiga tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasini

boshqarish sohasida ilmiy asoslangan tanlovni to`g’ri amalga oshirishni va maqbul

qaror qabul qilishni o`rgatadigan fandir. Uning asosiy maqsadi bozor

munosabatlari sharoitida barcha bo`g’inlarda ekologik xatar va xavfni

Page 6: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

muvaffaqiyatli boshqarish malakasini, mavjud ekologik-iqtisodiy imkoniyatlarni

amalga oshirishning ekologik iqtisodiy boshqaruv usullarini egallagan yuqori

malakali ekolog-menedjerlarni tayyorlashdan iborat.

"Ekologik menejment" ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining ekologik

xavfsizlik darajasini oshirish, resurslarni tejash va ekologik xatarni eng kam

miqdorga tushirish usullarini asoslab, qo`yidagilarni amalga oshirishga imkon

beradi:

a) korxonalar va kompaniyalarga xarajatlarni aniqlash, yangi ekologik

bozorlarni o`zlashtirish va shu asosda raqobatbardoshlikni oshirish;

b) mintaqalar va mamlakatlarga hozirgi hamda kelgusi avlodlarning

manfaatlarini hisobga olgan holda tabiat, atrof-muhit sifatini oshirish;

v) tabiatda biologik xilma-xillikni asrash, tabiiy resurslarni muhofazalash.

«Ekologik menejment» fanining predmeti ekologik ijtimoiy-iqtisodiy

munosabatlarni boshqarishdir. U ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq bo`lib, ushbu

ijtimoiy-iqtisodiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha to`rtta fazasi

(davri)da ishtirok etadi: ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan mahsulotni taqsimlash,

uning muomilada bo`lishi va iste`mol qilinishi. ekologik-iqtisodiy munosabatlarni

boshqarish tabiat ob`ektlari (Ekotizimlar)ni asrash, yaxshilash, tiklashga va ulardan

samarali foydalanish hamda muhofaza qilishga yo`naltiriladi va ayni paytda

zamondoshlarimiz va kelajak avlodlari uchun atrof-muhitni maksimal darajada

asrash maqsadini ko`zlaydi. Shu nuqtai nazardan ushbu fanning predmeti ekologik-

iqtisodiy munosabatlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini, turli ob`ekt va

sub`ektlarni boshqarishni, ekologik boshqarishning boshqa xilma-xil

yo`nalishlarini (xodimlarni boshqarish, mintaqaviy boshqarish, boshqarish

madaniyati v. b.) o`z ichiga oladi.

Ushbu fanning tadqiqot ob`ekti turli miqyos va darajadagi ekologik va

ekologik-antropogen (ekologik iqtisodiy) tizimlar hisoblanadi. Bu yerda

korxonalarning tabiat muhofazasi muammolari va ularning mintaqaviy,

umummilliy va xalqaro muammolar bilan o`zaro ta`sirini ko`rib chiqish markaziy

Page 7: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

tadqiqot ob`ekti bo`lib xizmat qiladi. Tuman, viloyat, mamlakatning ekologik

munosabatlarini boshqarish va hokazolar «Ekologik menejment» ob`ektlaridir.

Bunda shuni hisobga olish kerakki, ushbu ob`ektlar va ularda ekologik

vaziyatlarning shakllanishi ko`plab, omillar (ekologik axborot va axborot

madaniyati, ekologik ongning rivojlanish darajasi, umumiy biznes, madaniyat va

etika, ekologik siyosatni amalga oshirish, milliy biznes va ekologik siyosatning

global iqtisodiyot va siyosatga integratsiyasi darajasi v.b.) ta`sirini o`zida aks

ettiradi. Har bir mamlakat va uning rayonlariga xos bo`lgan o`ziga xos bunday

omillar ekologik boshqaruvni tashkil etishning konkret shakllariga, ularning

samaradorligiga ta`sir ko`rsatadi. Ekologik boshqaruv ishini bajaruvchi idoralar,

tashkilotlar va ularning mas`ul xodimlari (rahbarlari) «Ekologik menejment»ning

sub`ektlari hisoblanadi. ekologik menejment sub`ekti (boshqaruv organi, rahbarlar,

mas`ul xodimlar) qatoriga mamlakat miqyosida O`zbekiston Respublikasining

Oliy Majlisi (parlamenti), O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kiradi. Ular o`z vakolatlari doirasida ekologik

muammolar yuzasidan boshqaruv qarorlarini qabul qiladi va ularni amalga

oshiradi. Atrof tabiiy muhitning davlat boshqaruvi Vazirlar Mahkamasi, Tabiatni

muhofaza qilish qo`mitasi va mahalliy hokimiyat organlari (sub`ektlar) tomonidan

amalga oshiriladi.

1.2. «Ekologik menejment» turlari va ierarxiyasi

«Ekologik menejment» tizimi o`z mazmuniga ko`ra qo`yidagi uchta turga

bo`linadi: 1)menjment tarmog’i; 2)fan; 3)o`quv fani sohasi.

Ekologik menejment umumiy menejmentning tarmog’i sifatida ekologik

ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni boshqarishning ixtisoslashgan tarmog’i

hisoblanadi. U o`z navbatida umumiy va tarmoq «Ekologik menejment»lariga

bo`linadi. Bunday bo`linish korxonalar va tashkilotlar faoliyatini tashkil etishda

ularning atrof - muhit bilan o`zaro ta`siri xususiyatlarini har tomonlama hisobga

olish bilan bog’liqdir (faoliyatni tashkil etishning "ekologik aspekti").

Page 8: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Umumiy «Ekologik menejment» mamlakat bo`yicha ekologik ijtimoiy-

iqtisodiy munosabatlarni boshqarish tizimini o`z ichiga oladi va mamlakat

ekologik tizimlaridan (landshaftdan) maqsadga muvofiq foydalanish, ularni asrash

va muhofazalashni ta`minlash maqsadlariga xizmat qiladi. Tarmoq ekologik

menejmenti er, suv, o`simlik, hayvonot olami, er osti boyliklari, atmosfera, alohida

muhofaza qilinadigan ob`ektlar va komplekslardan foydalanish, ularni asrash va

muhofaza qilishni boshqarish tizimidan tashkil topadi. Bulardan tashqari ushbu

yo`nalishga xalqaro ekologik munosabatlar menejmenti ham kiradi.

Bu tizimning «Ekologik menejment»i mamlakatning ma`muriy - hududiy va

tarmoqlar bo`yicha boshqarilishi ierarxiyalariga mos tushadi. Iqtisodiyotning

xilma-xil tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari ekologik ijtimoiy-iqtisodiy

munosabatlarni boshqarishning o`ziga xos «Ekologik menejment»i tizimini amalga

oshiradilar. «Ekologik menejment» tizimi ekologik-iqtisodiy munosabatlarni

boshqarish siyosati va maqsadlarini o`rgatishga, Shuningdek, ushbu maqsadga

erishishga xizmat qiladi. U korxonaning sifat menejmenti, moliya faoliyati

menejmenti, yoki ekologik menejmenti tizimini o`z ichiga oladi.

Ekologik menejment tizimi ekologik siyosatning ishlab chiqish, joriy etish,

amalga oshirish, tahlil qilish va dolzarbligini quvvatlash uchun zarur bo`lgan

tashkiliy strukturani, rejalashtirish, mas`uliyatni taqsimlash, amaliy usullar,

protsedura, jarayonlar, resurslarni qo`shib oladi. Lekin bularning hammasi keng

predmetga ega bo`lgan «Ekologik menejment» fani tizimini ifodalay olmaydi.

«Ekologik menejment» fan sifatida "Umumiy menejment" fanining tarmog’i

bo`lib, u ekologik menejment to`g’risidagi bilimlar tizimi hisoblanadi. Bu fan

predmetiga axborotlarga qo`shimcha bo`lib qo`yidagi mustaqil mavzular kiradi:

tadqiqot usullari; amaliyot; rivojlanish tarixi; turli manbalar; ekologik

munosabatlarni boshqarish; ilmiy axborot manbaalari; tuShunchalar apparati;

ekologik ijtimoiy munosabatlar v.b.

Page 9: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

«Ekologik menejment» fani nazariy «Ekologik menejment», aniq amaliyot

tajribalarini o`z ichiga oladi va Shunga mos holda umumiy nazariy, tarmoq, amaliy

«Ekologik menejment» sohalariga bo`linadi.

«Ekologik menejment» o`quv fani sifatida «Ekologik menejment»ning fan

sifatidagi tizimiga mos tushadi. Ularning farqi bo`lg’usi ixtisoslashish ehtiyojlariga

bog’liq.

1.3. «Ekologik menejment» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va

o`zaro bog’liqligi

«Ekologik menejment» fani ko`plab ijtimoiy-iqtisodiy, sotsial, huquqiy,

tabiiy, texnika, kibernetika va boshqa fanlar bilan uzviy aloqada.

«Ekologik menejment» dastavval "Atrof-muhit iqtisodiyoti" ("Tabiatdan

foydalanish iqtisodiyoti"), "Iqtisodiy ekologiya" ("Ekologiya iqtisodiyoti") fanlari

bilan yaqindan bog’liq. Ular ushbu fanning eng muhim nazariy asosi bo`lib xizmat

qiladi. Bir qator iqtisodiy fanlar - "Makroiqtisodiyot", "Mikroiqtisodiyot",

"Statistika", "Strategik rejalashtirish va bashoratlash", "Mintaqaviy iqtisodiyot",

"Mehnat iqtisodiyoti", "Iqtisodiy kibernetika", "Qishloq va suv xo`jaligi

iqtisodiyoti", Shuningdek, "Geografiya", "Biologiya", "Ekologiya", "Geologiya",

"TuproqShunoslik", "Texnika va texnologiya" fanlari bilan chambarchas

bog’liqdir. Ularning yutuqlaridan foydalanish «Ekologik menejment»

muammolarining maqbul yyechimini topishga xizmat qiladi. «Ekologik

menejment» bilan "Ekologik huquq" fanlari o`rtasida yaqin aloqalar mavjud bo`lib,

ular muayyan muammolar yyechimini huquqiy asosda hal etishga yordam beradi.

"Sotsiologiya", "Psixologiya", "Mehnat fiziologiyasi" ekologik ijtimoiy-iqtisodiy

munosabatlarni boshqarishda juda katta rol` o`ynaydi. Kibernetika ekologik

menejmentda axborotlarni qayta ishlash, axborot tizimini takomillashtirish,

boshqarish jarayonini komp`yuterlashtirishga va avtomatizatsiyalashga keng yo`l

ochib beradi.

Page 10: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Ko`rsatilgan aloqador fanlarning nazariy ishlanmalari «Ekologik

menejment»ning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishida muhim rol` o`ynaydi.

Shu sababdan aloqador fanlarni mukammal o`rganish va ularning yutuqlaridan

samarali foydalanish ekologik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni boshqarishning

sir-asrorlarini chuqur anglashga va ekologik menejment samaradorligini oshirishga

imkon beradi.

1.4. «Ekologik menejment»ning tadqiqot usullari

«Ekologik menejment» ekologik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni

boshqarishni bilish va o`rganishda turli usullar kombinatsiyasidan foydalanadi va

ularni keng miqyosda qo`llaydi. Ushbu tadqiqot usullarining o`ziga xos

xususiyatlari «Ekologik menejment»ning o`ziga xos xususiyatlari bilan uzviy

bog’liqdir. Shuning uchun «Ekologik menejment»ning predmeti hisoblangan

ekologik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni boshqarish kompleksi ularni «Ekologik

menejment» yo`nalishida tartibga solish usullari kombinatsiyasida o`z ifodasini

topadi. ekologik menejment predmetiga bog’liqligiga qaramasdan bu usullarning

o`zi ham ma`lum mustaqillikka ega, chunki usulning o`ziga xos xususiyatlari

aniqlanmasa, ekologik boshqarishning ushbu umumiyligini menejmentning

mustaqil tarmog’iga aylantirishga asos ham bo`lmaydi.

Predmet va usul ma`lum birlikka va umumiylikka ega bo`lishi kerak. Ta`sir

ko`rsatish usullarining tartibga solinadigan ekologik ijtimoiy-iqtisodiy

munosabatlardan ajralib qolishi «Ekologik menejment» yo`nalishida tartibga solish

samaradorligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. «Ekologik menejment»da jamiyat va tabiat

o`rtasidagi munosabatlarni boshqarishni uyg’unlashtirishga yo`naltirilgan

boshqarishni ekologizatsiyalash usuli asosiy hisoblanadi.

Bu usul umumekologik yondaShuvlarni differensiyalangan ob`ektlar

bo`yicha yondaShuvlar bilan birga qo`shib olib borishga asoslanadi. CHunki

«Ekologik menejment» yo`nalishida har bir tabiat ob`ektini boshqarishni tartibga

Page 11: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

solish ushbu tizimning saqlab qolinishi manfaatlari nuqtai nazardan amalga

oshiriladi, lekin ayni paytda ushbu ob`ektning xususiyatlari ham hisobga olinadi.

Boshqarishni ekologizatsiyalash usuli «Ekologik menejment» predmetining

o`ziga xosligidan kelib chiqadi va u tabiatdan foydalanishni boshqarishning har

qanday turi tabiat qonunlarini qo`llash bilan uzviy bog’liqligiga asoslanadi. Bu

ekologik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni boshqarishni muvaffaqiyatli amalga

oshirish uchun tabiat qonunlariga bo`ysunish kerak, ya`ni tabiiy muhitga ta`sir

ko`rsatish bilan bog’liq bo`lgan har bir harakat ekologizatsiyalashtirilishi lozim.

Chunki tabiiy muhitda sodir bo`ladigan ko`plab tabiiy jarayonlarning kyechishini

inson o`zgartirishga qodir emas.

«Ekologik menejment» da ekologik imkoniyatlar va xatarlarni tahlil qilish,

atrof-muhit sifatini boshqarish moddalari, ekologik samaralarni

optimizatsiyalashni boshqarish, ekologik barqaror rivojlanish modelini ishlab

chiqish boshqarishni ekologizatsiyalash usullarini keng qo`llashga asoslanadi. Bu

muammolar yyechimini topishda menejmentda qo`yidagi usullardan keng

foydalaniladi: umumfalsafiy (dialektika usuli v.b.), normativ usullar, ekspert

baholash, tarixiy usul, taqqoslash, tizimli usullar, tarkibiy va vaziyatli

yondaShuvlar, modellashtirish, iqtisodiy-matematik yondaShuv, monografik

tadqiqot, kuzatish va tajriba usullari, sotsiologik kuzatuv usullari v.b.

«Ekologik menejment»da ko`rsatilgan ko`plab usullar mahalliy, mintaqaviy,

milliy, global miqyoslarda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni boshqarishni

tadqiq etishda o`zaro bog’liq holda qo`llaniladi.

1.5. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida «Ekologik menejment»ning

maqsad va vazifalari

Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida «Ekologik menejment» ning maqsad

va vazifalari Birinchi Birinchi Prezident I.A.Karimov asarlarida ishlab chiqilgan va

asoslab berilgan O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolga

erishishning davlatni boshqarish tamoyillari, bozor munosabatlariga o`tish

Page 12: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

tamoyillariga, shuningdek, mamlakatning ekologik normativ-huquqiy aktlariga

asoslanadi. Ular ekologik ijtimoiy munosabatlarni boshqarishning maqsad va

vazifalarini belgilashda asosiy manbaa bo`lib xizmat qiladi.

Mamlakatimiz va xalqaro miqyosda e`tirof etilgan va O`zbekistonning

o`ziga xos tabiiy-ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini hisobga olib

bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan davlatni boshqarishning to`rt asosiy

tamoyili, bozor munosabatlariga o`tishning besh tamoyili «Ekologik menejment»

yo`nalishlari va istiqbollarini ham belgilab beradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida O`zbekistonda davlatni boshqarishning

qo`yidagi to`rt tamoyili ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilmoqda:

1) demokratiya tamoyili;

2) iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash tamoyili;

3) yuksak ma`naviyat tamoyili;

4) milliy xavfsizlikni ta`minlash tamoyili.

«Ekologik menejment»da O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tishning

qo`yidagi besh tamoyili rahbariy ahamiyatga ega:

1) iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi;

2) davlat asosiy isloxotchi;

3) qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi;

4) kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish;

5) bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bosqichma-bosqich o`tib borish .

Ushbu tamoyillarga va yaratilgan huquqiy bazaga asosan mamlakatda

«Ekologik menejment»ning konkret mexanizmlari shakllanayotir. Shu munosabat

bilan «Ekologik menejment»ning asosiy maqsadi ekologik siyosatdan kelib chiqadi

va u boshqarishning ekologik maqsadlarini belgilab beradi. «Ekologik menejment»

maqsadlari birinchi navbatda qonunchilik aktlarida, turli texnologiyalar variantini

qo`llashga, nomoliyaviy va ekplutatsiya talablariga, biznes ehtiyojlariga,

Shuningdek, manfaatdor tomonlar qarashlariga bog’liq holda aniqlanadi. Bunda

ekologik ijtimoiy munosabatlarni boshqarishning foydaliligini maksimallashtirish

Page 13: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

printsipiga asoslanib, samarasiz foydalanish va ishlab chiqarishni kamaytirishga

va xarajatlarni minimallashtirishga imkon bermaydigan ishlab chiqarishni bartaraf

etish maqsadga erishishning eng maqbul yo`lidir. Ekologik maqsadlarga asoslanib,

ularni amalga oshirish bo`yicha vazifalar belgilanadi. Shu munosabat bilan

«Ekologik menejment» fanining asosiy vazifasi bozor iqtisodiyotiga o`tish

sharoitida xalq xo`jaligini boshqarish tarkibida ekologik ijtimoiy-iqtisodiy

munosabatlarni boshqarish xususiyatlarini kompleks tadqiq etish hisoblanadi.

Bunda qo`yidagi vazifalarni hal etish maqsadga muvofiq:

«Ekologik menejment»ning nazariyasi va amaliy ekologik-iqtisodiy

muammolarni "Iqtisodiyot va Menejment" fanlari nazariyasining hozirgi darajasiga

asoslanib yoritish va asoslab berish;

ekologik boshqarish usullarini O`zbekistonning tabiiy-ekologik, madaniy,

tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga moslashtirib qo`llash va bunda ilg’or

xorijiy tajribalardan samarali foydalanish, jahon iqtisodiyotidagi globallashuvni,

Shuningdek, O`zbekistonda demokratik, ijtimoiy yo`naltirilgan jamiyat qurishning

shakllanishi xususiyatlarini har tomonlama hisobga olish;

«Ekologik menejment»ning samarali usullarini qo`llash asosida va sohada

peshqadam xorijiy kompaniyalarning amaliy tajribalarini hisobga olib, ekologik

muammolarni hal etishga mamlakat va xorijiy biznesni faol jalb qilish yo`llarini

ilmiy asoslab berish.

Yuqorida bayon etilgan fikrlarga asoslanib, menejer-ekologlar kasbiy

tayyorgarligi va vakolatlariga qo`yidagi talablar qo`yiladi:

1. Boshqaruv mehnatining tabiiy-ekologik jarayonlar va tabiatdan

foydalanish, tabiat muhofazasiga nisbatan mazmun va mohiyatini to`g’ri tushunish.

2. Menejer ekologiya, tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhafazasi

sohalaridagi lavozim va fuknsional vazifalarini bilishi.

3. Odamlar (xodimlar) va jamoani boshqarish san`atini egallashi va

tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo`lishi.

4. Tashqi aloqalarni yo`lga qo`yish mahoratiga ega bo`lishi.

Page 14: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

5. Ma`naviy etuklik, o`z-o`zini to`g’ri baholash qobiliyati, tegishli xulosalar

chiqarishga qodirligi, malakasi, bilimi va kasbiy mahoratini to`xtovsiz oshirishi.

6. Boshqaruv jarayonida zarur bo`ladigan ekologik monitoring asosiy

mavzulari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalaridan foydalanish

mahoratiga ega bo`lishi.

7. Ekologik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni boshqarish samardorligini

ta`minlay olishi.

Qisqacha xulosalar

«Ekologik menejment» umumiy menejment tizimining bir qismi bo`lib, u

boshqa menejment sohalaridan atrof-muhit bilan o`zaro uzviy bog’liqligi orqali

farq qiladi.

«Ekologik menejment» bir vatqning o`zida ekologik-iqtisodiy

munosabatlarni boshqarish tizimi, usullar majmui, fan yo`nalishi, o`kuv fani sohasi

hisoblanadi.

«Ekologik menejment» ekologik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda

boshqaruvchiga tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasini boshqarish sohasida

ilmiy asoslangan tanlovni to`g’ri amalga oshirish va maqbul qaror qabul qilishni

o`rgatadigan fandir.

«Ekologik menejment» fanining predmeti - ekologik ijtimoiy-iqtisodiy

munosabatlarni boshqarish, ob`ekti - turli miqyos va darajadagi ekologik,

ekologik-antropogen tizimlar, sub`ekti - ekologik boshqaruv ishini bajaruvchi

idoralar, tashkilotlar va ularning mas`ul xodimlari (rahbarlari) hisoblanadi.

«Ekologik menejment» tizimi o`z mazmuniga ko`ra, qo`yidagi uchta turga

bo`linadi: 1) menejment tarmog’i; 2) fan; 3) o`quv fani sohasi.

«Ekologik menejment» ko`plab ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tabiiy, texnika

va texnologiya, kibernetika va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liq va aloqador

bo`lib, ularning nazariy, amaliy yutuqlaridan o`z vazifalarini bajarishda samarali

foydalanidi.

Page 15: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

"Atrof-muhit iqtisodiyoti" ("Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti"), "Iqtisodiy

ekologiya" ("Ekologiya iqtisodiyoti") fanlari «Ekologik menejment»ning eng

muhim nazariy asosi bo`lib xizmat qiladi.

«Ekologik menejment» xilma-xil usullar kombinatsiyasidan foydalanadi va

ularni keng miqyosda qo`llaydi. Bunda tadqiqot usullari «Ekologik

menejment»ning o`ziga xos xususiyatlari bilan uzviy bog’liq bo`lib, ular

«Ekologik menejment» predmeti va usulining ma`lum darajada birligini o`zida aks

ettiradi.Shu sababdan boshqarishni ekologizatsiyalash usuli asosiy hisoblanadi.

Boshqa ko`plab tadqiqot usullaridan aynan Shu tadqiqot usuliga mos holda

qo`llanilishi lozim. Shunday usullar qatoriga umumfalsafiy, tizimli, normativ,

modellashtirish, kuzatish va tajriba usullari va boshqalar kiradi.

Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida «Ekologik menejment»ning maqsadi

va vazifalari Birinchi Prezident I.A.Karimov asarlarida ishlab chiqilgan davlatni

boshqarish, bozor munosabatlariga o`tish tamoyillariga, ekologik normativ

huquqiy xujjatlarga asoslanadi.

«Ekologik menejment»ning maqsadi ekologik siyosatdan kelib chiqadi va u

boshqarishning ekologik maqsadlarini belgilab beradi. Bunda ekologik ijtimoiy-

iqtisodiy munosabatlarni boshqarishning foydaliligini maksimallashtirish

tamoyiliga asoslanib, samarasiz foydalanish va ishlab chiqarishni kamaytirishga va

xarajatlarni minimallashtirishga imkon bermaydigan ishlab chiqarishni barataraf

etish maqsadga erishishning eng maqbul yo`lidir.

Ekologik maqsadlarga asoslanib, ularni amalga oshirish bo`yicha vazifalar

belgilanadi. Shu munosabat bilan «Ekologik menejment» fani vazifalariga

muammolarni fanning hozirgi erishgan yutuqlariga mos holda yoritish, boshqarish

usullarini O`zbekiston sharoiti, ilg’or xorijiy tajribalarni hisobga olib qo`llash,

muammolar yyechimini topishga biznesni keng jalb qilish va boshqarlar kiradi.

Shularga mos holda menejer-ekologlar kasbiy tayyorgarligi va holatlariga qator

talablar qo`yiladi.

Page 16: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Tayanch iboralar

Tabiat. Atrof muhit. Biologik xilma-xillik. ekologik tizim. Tabiat

muhofazasi. Tabiiy resurslarni asrash. Ishlab chiqarish. Mahsulotni taqsimlash.

Mahsulotning iste`mol qilinishi. ekologik munosabatlar. ekologik axborotlar.

ekologik ong. ekologik siyosat. ekologik boshqaruv. ekologik ijtimoiy

munosabatlar. Tadqiqot usullari. Kompleks tadqiq etish. ekologizatsiyalash.

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. "Menejment" tushunchasi qanday ma`noga ega?

2. «Ekologik menejment» fani nimani o`rganadi?

3. Uning menejmentning boshqa tarmoqlaridan asosiy farqi nima bilan

belgilanadi?

4. «Ekologik menejment»ning predmeti, ob`ekti, sub`ekti va ular bir-biridan

qanday farq qiladi?

5. «Ekologik menejment» qanday turlarga bo`linadi? Uning ierarxiya

tizimini tuShuntiring

6. «Ekologik menejment»ning fundamental asosini tashkil etuvchi fanlarni

ayting.

7. «Ekologik menejment»ning asosiy ilmiy-tadqiqot usullarini ta`riflang.

Boshqarishni ekologizatsiyalash usuli nima?

8. Boshqarishni ekologizatsiyalash nima?

9. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida «Ekologik menejment»ning

maqsadi va vazifalarini ta`riflang.

10. Menejer-ekologlarga kasbiy tayyorgarlik va vakolatlar bo`yicha qanday

talablar qo`yiladi?

Page 17: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Asosiy adabiyotlar ro`yxati

1. Karimov I.A. O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos

yo`li. T.: "O`zbekiston", 1993.

2. Karimov I.A. O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining

asosiy tamoyillari. T.: "O`zbekiston", 1995.

3. Atrof-muhitni muhofaza qilish milliy harakat rejasi. T.: 1998.

4. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish qonunlar va normativ hujjatlar. T.:

"Adolat", 2002.

5. Национальный доклад. О состоянии окружайшей природной среди и

использовании природных ресурсов в Республике Узбекистан. T.: 2002.

6. Узбекистан на пути истойчывому развитие. Повестка дня на XXI век.

Т.: 2002.

7. Abirqulov Q.N., Jumaev T., Rajabov N. Ekologik menejment. Namunaviy

dastur. Namunaviy-o`quv dasturlari to`plami (bakalavrlar uchun). TDIU. T.: 2001.

8. Пахомова Н., Эндрес А., Рихтер К. Экологический менеджмент.

Учебное пособие. Питер. 2003г.

9. Sharifxo`jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. T.: "Mehnat", 2000.

10. Экологический менеджмент. Русско-Англиский глоссарий. 2-е. изд.

М.: 2002.

11. Х.А. Бахретдинова и.др. Экологический менеджмент . T. ТИИМ.:

2015.

Page 18: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

MAVZU. «EKOLOGIK MENEJMENT» NING

NAZARIY ASOSLARI

REJA:

2.1. Menejment umumiy nazariyasida «Ekologik menejment» ning o`rni va uning

asosiy xususiyatlari

2.2. Ekologik boshqaruv instrumentlari evolyutsiyasi

2.3. «Ekologik menejment» instrumentlarining tarkibi va ularning xususiyatlari

2.4. Barqaror ekologik rivojlanish kontseptsiyasi va «Ekologik menejment».

2.1. Menejment umumiy nazariyasida «Ekologik menejment» ning

o`rni va uning asosiy xususiyatlari

Menejment nazariyasi va amaliyoti uzoq tarixga ega va u jamiyat hayoti va

faoliyatini maqbul usullar va yo`nalishlarda boshqarishga ob`ektiv ehtiyojning

oshib borishi bilan bog’liq holda evolyusion tarzda rivojlangan, turli davrlarda va

mamlakatlarda o`ziga xos ko`rinish va shakllarga, turli mazmun va samaradorlikka

ega bo`lgan. Asta-sekin boshqaruv to`g’risidagi ta`limot shakllangan va

rivojlangan. Bunda boshqaruvdagi tajribani umumlashtirish, maqbul va samarali

usullarni topish va tiklash muhim rol` o`ynagan va ular menejment nazariyasi va

amaliyoti uchun asos bo`lib xizmat qilgan.

Menejment tadqiqotchilari XIX asrning oxiridan XX asrning birinchi

yarmigacha bo`lgan davrda boshqarish ta`limotida qo`yidagi to`rt yo`nalish

(maktab) shakllanib, rivojlanganini aniqlaganlar:

1) Ilmiy menejment 1885-1990 yillarda AQShDA shakllangan. Asoschilari

- F.Teylor, G.Emerson va boshqalar. Ularning boshqaruv ta`limotiga qo`shgan

hissalari: mehnatni tashkil etish va uni boshqarishning ilmiy asoslangan

yo`nalishini ishlab chiqish (boshqaruvning mumtoz maktabi); boshqarish va

mehnatni tashkil qilishning kompleks tizimi, mehnat unumdorligi tamoyillarining

asoslab borilishi va b.

Page 19: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

2) Mumtoz yoki ma`muriy menejment 1920-1950 yillarda Fransiyada

shakllangan. Asoschilari - A.Fayol, M.Veber va boshqalar. Ular boshqaruv

tamoyillari, vazifalari, samaradorligi shartlari, faoliyat turlarini muvofiqlashtirish,

nazorat qilish yo`nalishlarini tizimli yondaShuvga asoslab tadqiq etganlar.

3) "Insoniy munosabatlar maktabi" (1950 yildan hozirgacha). AQSh da

shakllangan. Asoschilari - E.Meyo, D.Mak-Gregar, R.Maykert va boshqalar. Ular

boshqaruvda inson omilini har tomonlama tadqiq etib, "Insoniy munosabatlar"

ta`limotini ishlab chiqqanlar.

4) Miqdoriy tizimli yoki zamonaviy menejment 1950 yillardan hozirgacha.

Asoschilari - G.Saymon, P.Dureker, E.Deyl va boshqalar. AQSH da shakllangan.

Ular ko`p jihatdan zamonaviy menejmentga asos bo`lgan tizimli yondaShuv,

vaziyatli yondashuv, funktsional yondashuv, miqdoriy yondashuvlarni va

boshqalarni ishlab chiqdilar.

Shunday qilib, umumiy menejment nazariyasi va amaliyotida turli davrlarda

boshqaruvning tashkiliy tarkibi, strategik rejalashtirish, strategik rejalashtirishdan

strategik boshqaruvga o`tish kontseptsiyalari ishlab chiqildi va ular turli darjada

amaliyotga tatbiq etildi. Shu munosabat bilan menejmentning muhim va o`ziga xos

tarmog’i - «Ekologik menejment» sohasida ham nazariy modellardan amaliyotga

tomon evolyusion rivojlanish sodir bo`lganligini ta`kidlash lozim.

Shuni aytish kerakki, menejment nazariyasi va amaliyotining uzoq davom

etgan evolyusion rivojlanishi davrida «Ekologik menejment» yo`nalishi

shakllangan menejment ta`limotlari tarkibida deyarli rivojlanmadi. «Ekologik

menejment»ning faoliyati, fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi mahalliy,

mintaqaviy, mamlakatlar va global miqyosda ekologik vaziyatning keskinlaShuvi,

atrof-muhit ifloslanishi va degradatsiyasining kuchayishi davriga to`g’ri keladi.

XX asrning 70-yillaridan boshlangan "Yangi ekologik davr" atrof-muhit

muhofazasi va tabiatdan foydalanishga mas`uliyatli munosabatda bo`lishning

kuchayishi, so`ngi uch o`n yillik tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza

qilishni boshqarish sohasida xilma-xil ma`muriy nazorat va iqtisodiy dastaklar

Page 20: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy qilinishining tez sur`atlarda rivojlanishi bilan

ajralib turadi.

Ekologik menejment nazariyasi va amaliyotining umumiy menejmentdan

asosiy farqi Shundaki, u asosan XX asrning oxirida G’arb mamlakatlarida ekologik

siyosat tarkibida ekologik boshqaruv instrumenti tizimi sifatida shakllandi va

rivojlandi. ekologik menejmentning faoliyat yo`nalishi va fan sifatida

shakllanishining asosida hozir ham qo`llanilishi davom etayotgan qator

fundamental nazariyalar va kontseptsiyalar yotadi. Ular qatoriga bozor

muvaffaqiyatligi, tashqi ekologik samara, tabiiy resurslarga va ekologik

ne`matlarga aniq mulkchilik huquqini belgilash talablari, iqtisodiyotga va tabiatdan

foydalanishga davlat aralashuvining muvaffaqiyatsizligi to`g’risidagi g’oyalar

tushunchalari kiradi. Tashqi ekologik samarani internatsionalizatsiyalash va ushbu

muvoffaqiyatsizlikni neytrallashtirish bo`yicha yondashuvlar katta amaliy

ahamiyatga ega bo`lib, ular ekologik tartibga solishning amaliyotda qo`llaniladigan

instrumentlari va mexanizmlarining muhim xususiyatlarini belgilab beradi.

Tashqi ekologik samaraning mavjudligi (uning bir turi atrof tabiiy muhitga

ifloslanishning etkazadigan iqtisodiy zarari hisoblanadi) bozor

muvaffaqiyatsizligiga olib keladigan optimal individual va ijtimoiy bozor

yyechimlari o`rtasidagi tafovutlarni tushuntirishga imkon beradi. Bozor

muvaffaqiyatsizliklarini tashqi ekologik samarani internatsionalizatsiyalash

vositasida tuzatish qo`yidagi asosiy usullarda amalga oshirishi mumkin:

· R.Kouza yyechimi asosida;

· A.Pigu ekologik soliqlari yoki ularning turlaridan foydalanish yo`li bilan;

· iqtisodiy-huquqiy yondaShuv doirasida ekologik mas`uliyat huquqi

vositasida tashqi samarani internalizatsiyalash.

Ekologik tartibga solish usullarini asoslab berish nuqtai nazaridan, eng

avvalo, R.Kouzaning tabiiy resurslarga va ekologik ne`matlarga mulkchilik

huquqining noaniqligi kabi sabablarni to`g’ridan-to`g’ri bozor muzokaralari

asosida davlatning bevosita aralaShuvisiz neytrallashtirish imkoniyatlari borligi

Page 21: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

to`g’risidagi xulosalari fundamental ahamiyatga ega. Bu yondaShuvni faqat bozor

munosabatlari rivojlangan mamlakatlar uchungina emas, balki tabiiy resurslarga

mulkchilik huquqlarini o`zgartirish tugallanmaganligini hisobga olib bozorga

o`tish iqtisodiyotiga ega bo`lgan mamlakatlarga ham qo`llash muhim ahamiyatga

ega. U atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibga solishda

davlat intervensiyasini (aralashuvini) maqsadga muvofiqlashtirishga, davlat

ishtirokini asosan mulkchilik huquqlari spesifikasi (tasnifi) va ularga amal qilishni

nazoratlash bilan cheklashga imkon beradi.

To`g’ridan-to`g’ri bozor muzokaralari amaliyotda loyiha-investitsiya

faoliyatida keng qo`llaniladi (masalan, transport tizimlarini ratsionallashtirish,

mintaqalar iqtisodiyotini ekologik restrukturalashtirish loyihalarida va boshqalar).

Uning kamchiliklari qatoriga amaliy ahamiyatga ega bo`lgan ba`zi nazariy

muammolarning yyechimi topilmaganligi kiradi. Masalan, bozor muzokaralari

qatnashchilari monopoliya muomalasi elementlarining namoyon bo`lishi, kelajak

avlodlar manfaatlariga amal qilishning muhimligi va boshqalar bo`yicha nazariy

masalalar hal etilmagan.

A.Piguning ifloslantiruvchilarni soliqqa tortish bo`yicha modeli ko`pchilik

mamlakatlarda atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishning nisbatan

o`ylab amalga oshirilayotgan boshqaruv mexanizmini shakllantirish uchun asos

bo`lib xizmat qildi.

Shu bilan bir qatorda ekologik muammolarni ekologik eksternaliyani

internalizatsiyalashning xilma-xil instrumentlarini qo`llash vositasida hal etish ham

keng tarqalgan.

2.2. Ekologik boshqaruv instrumentlari evolyutsiyasi

Hozirgi vaqtda qo`llanilayotgan ekologik boshqaruv instrumentlari, ilgari

qayd qilinganidek, ekologik siyosat doirasida asta-sekin shakllanganligi va

ma`muriy-nazorat va iqtisodiy dastaklarning yetarli darajada muvozanatlashganligi

bilan xarakterlanadi.

Page 22: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishni boshqarish sohasi,

boshqa sohalardan xalqaro miqyosda kelishilgan printsiplarning kuchli ta`sir etishi

bilan ajralib turadi. Bunga BMT ikkinchi Jahon konferensiyasining atrof-muhit va

rivojlanishga bag’ishlangan konferensiyasi qarorlari (Rio-de-Janeyro, 1992), ushbu

qarorni tasdiqlagan va ma`lum darajada rivojlantirgan Barqaror rivojlantirish

bo`yicha Jahon sammiti (Yoxansburg, 2002) xizmat qildi. Shunday printsiplar

qatoriga "ifloslantiruvchi to`laydi" yondashuvchi, barqaror rivojlanish va

ehtiyotkorlik talablari, amalga oshirish mumkin bo`lgan texnologiyalardan eng

yaxshilarini qo`llash va boshqalar kiradi. Bu printsiplar ko`pchilik mamlakatlar

milliy ekologik va tabiiy resurs qonunchiligining ajralmas tarkibiy qismiga

aylangan va ularga kiritilgan. Shunga muvofiq va 150 dan ortiq xalqaro tabiat

muhofazasi bitimlarining qabul qilinishi natijasida ekologik boshqaruv milliy

mexanizmlarining ma`lum muvofiqligi va uyg’unligi ta`minlanayotir.

Shu bilan bir qatorda bu mexanizmlar turli mamlakatlarda hal etilayotgan

ekologik muammolar, qo`llanilayotgan boshqarish va tartibga solishning milliy

modeli, siyosiy, tarixiy, madaniy va boshqa omillarning o`ziga xos xususiyatlarga

egaligi bilan farq qiladi. Buni 1-jadvalda ko`rsatilgan tendensiyalar tasdiqlaydi.

1-jadval

Ekologik siyosat instrumentlari evolyutsiyasi

(manba: N.V.Paxomova va boshqalar., 2003, 194-195 b.)

№ Bosqichlar,

maqsadlar

yo`nalishi

Ekologik

siyosatning

asosiy vazifasi

Boshqaruv

qarorlari

usullari (uslubi)

Asosiy

instrumentlar

1 2 3 4 5

1. 1970-1983.

Tabiatdan

foydalanish va

Atmosfera

havosi va suv

resurslari

Yuqoridan-

pastga:steyk-

xolderlar

Milliy va Evropa

ekologik

qonunchiligi,

Page 23: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

№ Bosqichlar,

maqsadlar

yo`nalishi

Ekologik

siyosatning

asosiy vazifasi

Boshqaruv

qarorlari

usullari (uslubi)

Asosiy

instrumentlar

1 2 3 4 5

atrof-muhit

muhofazasi

sohasining

shakllanishi:

aholi salomatligi

muhofazasi

maqsadlarida

ekologik ahvolni

yaxshilash

ifloslanishini

kamaytirish va

kelgusida sifatini

yaxshilashni

qo`llab-

quvvatlash,

tuproq

ifloslanishini

kamaytirish

bo`yicha birinchi

qadamlar

manfaatlarini

hisobga olmagan

holda milliy

ekologik

qonunchilik va

sifat

standartlarining

shakllanishi

mintaqaviy

hokimiyatning

tabiatdan

foydlanuvchilarni

litsenziyalashi,

"quvur oxiri"

texnologiyasi

2. 1984-1989.

Ifloslanishni

bartaraf qilishni

rag’batlantirish:

aholi

salomatligini va

ekotizimlarni

saqlashni

hisobga olib

atrof-muhitni

muxofazalash

Atmosfera

havosi, tuproq-

yer, suv

resurslari va

bioxilma-xillikni

saqlash

maqsadlarida

atrof-tabiiy

muxitni (ATM)

ifloslanishini

bartaraf etish

Steyk-xolderlarni

texnologiyani va

vaqt chegarasini

(ramkasini)

tanlash

erkinligini berish

yo`li bilan

ekologik

dasturlarni ishlab

chiqish va

bajarishga jalb

etish bo`yicha

dastlabki

harakatlar

Ifloslantiruvchi

moddalarni

chiqarish (tanlash)

ni kamaytirish

bo`yicha

standartlar;

"mas`uliyat va

ehtiyotkorlik

dasturi" (RCP),

atrof-muhit

muhofazasi

bo`yicha agentlik

(EPA), moliyaviy

rag’batlar,

Page 24: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

№ Bosqichlar,

maqsadlar

yo`nalishi

Ekologik

siyosatning

asosiy vazifasi

Boshqaruv

qarorlari

usullari (uslubi)

Asosiy

instrumentlar

1 2 3 4 5

ekologik

mas`uliyat huquqi,

protseduralarni

qo`llashning

qattiqligi

3. 1990-1999.

ekosamarali

tadbirlarni

rag’batlantirish:

avvalgi choralar

parallel ravishda

global darajada

atmosfera havosi

sifati uchun

mas`uliyat qabul

qilish

Xalqaro

aspektlarga

e`tiborni

kuchaytirish:

kislotali

yomg’irlar

muammolari,

iqlimning global

isishi va azon

ekranining

kamayishi

Ekologik

maqsadlar

ko`rsatkichlarini

belgilash, ularni

ishlab chiqish va

amalga oshirish

bo`yicha

mintaqaviy

(mahalliy)

hokimiyatga va

xususiy

kompaniyalarga

katta muhtoriyat

(avtonomiya)

berish

Maqsadlarni

qo`yish, maqsadli

guruhlar, ekologik

shartnomalar;

iqtisodiy,

texnologik, fiskal`,

ijtimoiy

instrumentlar,

kichik va o`rta

firmalar uchun

umumiy qoidalarni

qo`llash

4. 2000-hozirgi

vaqtgacha.

Barqaror

rivojlanishga

yondaShuvlarni

Global bioxilma-

xillik, energiya

resurslari va

minerallar

zahiralaridan

Xalqaro va

milliy darajada

ekologik,

iqtisodiy ijtimoiy

manfaatlarni

Global resurslar

bo`yicha

maqsadlar qo`yish;

ishlab

chiqaruvchilar va

Page 25: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

№ Bosqichlar,

maqsadlar

yo`nalishi

Ekologik

siyosatning

asosiy vazifasi

Boshqaruv

qarorlari

usullari (uslubi)

Asosiy

instrumentlar

1 2 3 4 5

optimizatsiyalash

: atrof-muhit

muhofazasi

muammolarini

tarmoqlararo

yechish

usullarini

topishga va mos

manfaat olishga

aksent

foydalanishni

cheklashga va

boshqarishni

yaxshilashga

qo`shimcha

e`tibor berish

o`zaro

moslashtirish;

maqsad va

manfaatlarni

birlashtirishga

yangi

yondaShuvlarni

rivojlantirish,

Shu jumladan,

munitsipial

darajada ham

iste`molchilar

uchun rag’batlanti-

rishlar; yangi

(tarmoqlararo)

ekologik

formulalar,

"o`piruvchi"

texnologiyalar;

to`g’ri baholarni

o`rnatish;

iste`molchi

jamiyatga muqobil

sifatida barqaror

iste`mol usuli

Birinchi, dastlabki bosqich (1970-1983 y.) uchun ekologik siyosat va

«Ekologik menejment»da qo`yidagi printsiplar etakchi o`rinni egallagan:

"Ifloslantiruvchi to`laydi", ya`ni ifloslantiruvchi tabiiy muhit muhofazasiga

etkazilgan zararni to`lashga va Shunga mos xarajatlarni qoplashga mas`uldir

(javobgardir);

tabiiy muhitning mavjud sifat darajasini yomonlashtirmaslik;

ifloslanishni to`sish ("eksportga" yo`l qo`ymaslik) va uning paydo bo`lish

joylarida nazorat qilish ("quvurning oxiri" texnologiyasini qo`llash asosida);

amalga oshirsa bo`ladigan texnologiyalardan eng yaxshisini qo`llash;

ifloslanishning "shart bo`lmagan" shakllarining oldini olish.

Page 26: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Bu bosqichda atrof-muhitni muhofazalash nuqtai nazaridan qishloq xo`jaligi,

sanoat va transport, Shuningdek yuqori aholi zichligiga ega bo`lgan sanoat

rayonlari iqtisodiyotining maqsadli sektorlari bo`lgan mintaqaviy organlar

tomonidan korxonalarga etkaziladigan emissiya standartlari, Shuningdek, emissiya

standartlariga javob beradigan ifloslanish darajasiga maxsus ruxsatnomalar berish

ekologik siyosatning asosiy instrumentlari qatorida bo`lgan. Bular aksariyat

ma`muriy-nazorat mexanizmlari bo`lib, unda asosiy qarorlar asosiy ijrochilar -

steyk-xolderlar fikrlari va manfaatlarini hisobga olmay yuqoridan-pastga qarab

qabul qilingan edi.

Ekologik boshqaruvning ushbu yondaShuvlari ba`zi muammolar o`tkirligini

pasaytirdi va atrof tabiiy muhitning asosiy nuqtali manbaalardan (sanoat va qishloq

xo`jaligi korxonalari) ifloslanishini kamaytirdi, lekin qator muammolarning

yyechimini topishga imkon bermadi. Shular qatoriga atrof tabiiy muhitning

transport orqali ifloslanishi va ifloslanishini bartaraf etish uchun yangi

texnologiyalarni qo`llash zarurati kiradi. Ekologik siyosat sohasida hal etilmagan

muammolardan qo`yidagilarni ko`rsatish mumkin: umumiy mas`uliyatning

yo`qligi qator xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga atrof-muhit muhofazasida ishtirok

etishdan o`zini olib qochishga imkon berdi; ekologik qonunchilik va uni amalga

oshirish protseduralarining ichki nomuvofiqligi oqibatida ekologik muammolar bir

sohadan boshqasiga ko`chirilishining saqlanib qolishi va boshqalar.

Ikkinchi bosqichda (1984-1989 yillar) ekologik manfaatlar sohasi jiddiy

kengaytirildi, Shu jumladan global ekologikmuammolarga (kislotali yomg’irlar,

bioxilma-xillikni qo`llab-quvvatlash, ozon ekrani qisqarishi), birinchi bosqichda

hal etilmagan masalalarga (chiqindi-larni joylashtirish va utilizatsiyalash, tuproq va

suv havazalari ifloslanishi, shovqin bilan atrof-muhit ifloslanishi, aholi salomatligi

uchun xavfsizlik standartlariga rioya qilish v.b.) e`tibor kuchaydi. Bu davrda

boshqaruv qarorlarining yangi uslubi shakllana boshladi va u ifloslantiruvchilarni u

yoki bu darajada bir xil guruhlarga (maqsadli guruhlarga) identifikatsiyalash

(aynan tenglashtirish) va ularning har bir guruhi uchun eng keskin ekologik

Page 27: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

muammolarni yechish usullarini muhokama qilish va ishlab chiqishga jalb etishda

namoyon bo`ldi. Xususan, hukumat va xususiy korxonalar o`rtasida "ekologik"

muzokaralar o`tkazish va bitimlar tuzish tajribalari to`plandi.

Korxonalar e`tiboriga yetkaziladigan atrof tabiiy muhitni ifloslanishiga

ruxsatlar (litsenziyalar) saqlab qolingan holda tegishli emissiya standartlarini joriy

qilish ko`p darajada ifloslanishni bartaraf etish bo`yicha choralar yo`naltirila

boshlandi. Emissiya standartlarini barcha harakatdagi ifloslantiruvchi manbaalarga,

Shuningdek, turli chiqindilar uchun etkazib berilishi printsipial ahamiyatga ega

bo`ldi. Instrumentlarning (iqtisodiy instrumentlarni ham qo`shib) kengaytirilgan

majmuidan foydalanish yanada ochiqroq ekologik boshqarish uslubiga o`tish

talablariga javob berdi. Ular qatoriga qo`yidagilar kiradi: mikrodarajada atrof-

muhitni muhofaza qilishni boshqarishda qo`llaniladigan mas`uliyat va

ehtiyotkorlik dasturi (RCP), moliyaviy rag’batlar, atrof tabiiy muhitni avariya

holatida ifloslantirish uchun ekologik javobgarlik tizimi, atrof tabiiy muhitga

ta`sirni baholash (ATMTB) kiradi. Ekologik qonunchilikdagi bo`shlik va

nomuvofiqliklarni bartaraf qilishga umummilliy atrof-muhitni muhofaza qilish

to`g’risidagi Akt (EPA) yordam berdi.

Uchinchi bosqich (1990-1999yillar) vazifalari va ekologik siyosatning yangi

instrumentlari bir tomondan, Chernobil (Ukraina), Bxopal (Hindiston) halokatlari,

boshqa tarafdan, 1987 yilda BMT Atrof-muhit va rivojlanish bo`yicha

Komissiyasining "Bizning umumiy kelajagimiz" mavzusidagi hisoboti nashr

qilinishi va ekologik siyosat bo`yicha birinchi Milliy rejaning qabul qilinishi (1989

yil) ta`sir ostida qo`yildi va puxta ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan qo`yidagi

aniq maqsadlar qo`yildi: ifloslanish bo`yicha chiqarib tashlashlarni 70-90%ga

kamaytirish yo`li bilan ekosamaradorlik darajasini oshirish, energetika

resurslaridan foydalanish va CO2ni chiqarish darajasini barqarorlashtirish,

foydalanilgan materiallarni 75%gacha resikllashtirishga erishish va boshqalar.

Ularga erishish uchun yopiq moddiy-xom ashyo tsikllarini shakllantirish, ishlab

chiqarishning energiya sig’imini kamaytirish va tiklanadigan energetika

Page 28: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

resurslarini qo`llash hisobiga barcha choralar bilan energiyani tejash rejalashtirildi.

Milliy ekologik muammolar bilan bir qatorda xalqaro masalalar, ozon ekranini

kamaytirishga olib keladigan parnik (issiqxona) gazlari va freonlarni chiqarib

yuborishni ham qo`shib, maxsus ehtiyoj sohasiga aylandi. Bioxilma-xillik

resurslarini muhofaza qilish maqsadida mamlakatning 15% hududi

ekotizimlarining yuqori sifatini qullab-quvvatlash to`g’risida qaror qabul qilindi.

Shu davrda ochiq va demokratik uslubdagi boshqaruvni va unga mos

mexanizmlarni shakllantirish davom etdi. Atrof-muhit muhofazasi sohasida

mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlarga Shuningdek, xususiy korxonalarga, Shu

jumladan, ekologik siyosat bo`yicha milliy rejalar vazifalarini bajarish va

muvofiqlashtirish bo`yicha ham yanada keng huquqlar berildi. Bu huquqlar,

maqsadli ko`rsatkichlarga erishishda vaqt ramkasini mustaqil aniqlashga

tegishlidir. Natijada ekologik tartibga solish mexanizmining markaziy elementi

sifatida emissiya standartlarini saqlab qolish sharoitida "bajarish jarayonida

o`rgatish" shaklidagi yangi boshqarish uslubi qaror topdi.

Shu bilan bir qatorda qo`yidagi sohalarda keskinlik yuzaga keldi: ekologik

menejmet usullari atrof tabiiy muhit ifloslanishini kamaytirishnigina emas, balki

tabiiy resurslarning adekvat (aynan bir xil) zahiralari ham qamrab olishi lozim;

energiyani tejash sohasida texnologik innovatsiyalarni va unga mos boshqaruvni

amalga oshirish zarurati yyechimi to`liq topilmaganligi; industrial infratuzilmaning

tarmoqlararo asosda hamda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarning

muvozanatlashgan yyechimini topish hisobga olingan hamda rivojlanmaganligi va

boshqalar.

To`rtinchi bosqich (2000 yildan hozirga qadar) uchun bir tomondan,

ekologik muammolarni tarmoqlararo yondaShuv asosida hal etishni izchil amalga

oshirishning qaror topishi, boshqa tomondan, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy

manfaatlar va maqsadlarni muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini

qidirishning davom etishi xarakterlidir. Bu davrda ayrim korxonalar

imkoniyatlariga asoslanish atrof-muhit muhofazasi va resurslarni tejash sohasida

Page 29: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

kordinal siljishlarni amalga oshirish uchun etarli emasligi ma`lum bo`lib qoldi.

Tabiat muhofazasini tarmoqlararo va sektorlararo asosda muvofiqlashtirishga

asosiy e`tiborni qaratish lozim. Shuningdek, ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham ekologik

farovonlikning yuqori darajasiga erishish uchun integral yondaShuvni amalga

oshirish muhimdir.

Yuqorida tahlil qilingan ekologik siyosatning instrumentlari evolyutsiyasi

O`zbekiston uchun ham katta qiziqish uyg’otdi va ulardan mamlakatdagi

«Ekologik menejment»ning ko`plab muammolari yyechimini topishda foydalanish

mumkin.

2.3. «Ekologik menejment» instrumentlarining tarkibi va ularning

xususiyatlari

Ekologik tartibga solish va rag’batlantirishning hozirgi mexanizmi g’oyat

murakkab bo`lib, ular qo`yidagi instrumentlar guruhini o`z ichiga oladi:

1. ekologik boshqaruvning ma`muriy-nazorat instrumentlari.

2. Atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishning iqtisodiy

instrumentlari.

3. «Ekologik menejment»ning axloqiy-ma`naviy ta`sir va ishontirish

instrumentlari.

Ekologik boshqaruvning ma`muriy-nazorat instrumentlari ham yuridik

(korxonalar, tashkilotlar), ham jismoniy shaxslar faoliyatining ekologik natijalariga

to`g’ridan-to`g’ri ta`sir ko`rsatishga mo`ljallangan bo`lib, ular qonunlar va boshqa

tartibga solish vositalari orqali amalga oshiriladi, bunda ushbu shaxslar tomonidan

qo`yilgan maqsadlar, standartlar, reglamentlar va boshqalarga amal qilinishi va

ularga erishilishi nazorat qilinadi.

Ekologik boshqaruvning ma`muriy-nazorat instrumentlariga qo`yidagilar

kiradi:

1. Ekologik va tabiiy-resurs qonunchiligi, Shuningdek, umumiy

qonunchilikda (fuqaro, jinoiy, ma`muriy qonunchilikda) ekologik talablar.

Page 30: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

2. Ekologik monitoring.

3. Ekologik standartlar va normativlar:

· harakatlanuvchi manbalarning ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishi

(tashlashi) normativlar va limitlari;

· chiqindilar (zaharli) paydo bo`lishi va joylashishi normativlari;

· suv olish va o`rmondan foydalanish limitlari;

· bioresurslarni olishga (foydalanish, ovlash) kvotalar;

· alohida muhofaza qilinadigan hududlarni borib ko`rish normativlari;

· yovvoyi ov hayvonlarini ovlash, yovvoyi o`simliklarni yig’ish me`yorlari;

· konkret joylarda ifloslantiruvchi faoliyat turlarini joylashtirishga, toksik

(zaharli) moddalar va og’ir materiallardan foydalanishga taqiqlashlar;

4. Xo`jalik faoliyatini litsenziyalash:

· atrof tabiiy muhitga va odamlar salomatligigata`sir bilan bog’liq bo`lgan

faoliyat;

· ekologik monitoring va nazoratni ta`minlovchi faoliyat.

5. Ekologik sertifikatsiyalash (markirovka).

6. Atrof-muhitga ta`sirni baholash (OVOS) va loyihalarning ekologik

ekspertizasi.

7. Ekologik va resurs maqsadli dasturlari.

8. Ekologik audit.

Bu instrumentlar qattiq richaglarga (1,3,4 raqamdagilar) va yumshoq

tartibga solishga (qolgan boshqa raqamdagilar) bo`linadi. Bu instrumentlarning

ko`pchiligi talabalarga ilgari o`tilgan maxsus o`quv fanlaridan ma`lum (tegishli

o`quv qo`llanmalariga qarang). Ularning ayrimlariga ushbu o`quv qo`llanmaning

navbatdagi mavzularida ta`rif beriladi.

Iqtisodiy instrumentlar ayrim korxonalar yoki umuman jamiyat uchun

maqsadlar va ularga amal qilishning qattiq nazorati bo`yicha to`g’ridan-to`g’ri

topshiriqlar bo`lmay, balki xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning iqtisodiy

manfaatlariga va iqtisodiy xulq-atvoriga ekologik maqbul yo`nalishlarda bozor

Page 31: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

stimullari (rag’batlari) bilan ta`sir ko`rsatish hisoblanadi. Bu holatda iqtisodiy

agentlarga ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan tabiat muhofazasi maqsadlariga

erishishning samarali yo`llarini qidirishga katta erkinlik beriladi.

Iqtisodiy instrumentlarning tarkibi qo`yidagilardan iborat:

1. Bozorga yo`naltirilgan instrumentlar:

· tabiiy resurs to`lovlari va atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun to`lovlar;

· iqtisodiy oborot (aylanish)ga tushadigan tabiiy resurslarga bozor baholari;

· tabiiy muhitni ifloslantirishga huquqlarni sotib-olish sotish mexanizmlari;

· garovga qo`yish tizimlari;

· bozor bohosi korreksiyasi va ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash

maqsadida intervatsiya (Shu jumladan resikllanayotgan chiqindilar uchun ham);

· bevosita bozor muzokaralari usuli.

2. Moliya-kredit instrumentlari:

· tabiat muhofazasi tadbirlarini moliyalashtirishshakllari va instrumentlari;

· atrof-muhit muhofazasining kredit mexanizmi, zayomlar, subsidiyalar v.b.;

· tabiat muhofazasi jihozlarining tezlashgan amortizatsiya rejimi(tartibi);

· ekologik va resurs soliqlari;

· ekologik havfni sug’urtalash tizimi.

Bu usullarning tarkibida bozor va moliya-kredit richaglari va

rag’batlantirishlarini ajratish mumkin. Ular ushbu qo`llanmaning tegishli

mavzularida ta`riflanadi.

Ahloqiy-ma`naviy ta`sir va ishontirish instrumentlari ekologik tirtibga solish

va rag’batlantirishda ko`pincha yuqorida ta`riflangan birinchi va ikkinchi

instrumentlar guruhi bilan birgalikda qo`llanadi. Ular boshqaruv qarorlarini qabul

qilish jarayonida tasir qilish yoki ishontirish, to`g’ridan-to`g’ri bevosita va

bilvosita individual mas`uliyatlarini amalga oshirishda foydalaniladi.

Ahloqiy-ma`naviy ta`sir va ishontirish instrumentlari tarkibiga qo`yidagilar

kiradi:

· ta`lim va tarbiya;

Page 32: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

· axborotlardan foydalanish;

· o`rganish;

· ijtimoiy bosim;

· muzokara jarayonlari;

· ixtiyoriy bitimlar.

Bulardan atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishni samarali

boshqarishni mikrodarajada tashkil etishda ixtiyoriy ekologik bitimlar birinchi

navbatda qiziqish uyg’otadi. Ixtiyoriy ekologik bitimlar ekologik tartibga solish

organlari bilan firmalar o`rtasida hamkorlik to`g’risida shartnoma varianti

hisoblanadi va ular standart buyruq (komanda) - nazorat va bozorga yo`naltirilgan

ekologik siyosat instrumentlariga qo`shimcha bo`lib xizmat qiladi. ekologik

siyosat va kooperatsiyalashtirish sohasida iqtisodiy ekologik bitimlar (IEB)

innovatsiya qarorining misoli hisoblanadi. U (IEB) an`anaviy boshqarish

yondaShuvlarining cheklanganligini bartaraf qilishga mo`ljallangan va hozirgi

zamonning ekologik da`vatiga, Shu jumladan, barqaror rivojlanish va ekologik,

iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarni muvofiqlashtirish talablariga javob tariqasida

shakllangan.

Ixtiyoriy ekologik bitimlarning innovatsionligi shundaki, birinchidan,

firmalar, tarmoqlar va boshqalar birlashib, yangi kuchga aylanadilar va ular bilan

davlat ham hisoblashadi, ikkinchidan, ham siyosiy struktura, ham biznes

o`zlarining ikki strategiyasini anglay boshlaydi va umumiy ekologik boshqarishga

o`ziga xos hissa qo`shish bilan ishtirok etadi. Bunda davlat strategiyasi

qo`yidagicha bo`lishi mumkin: 1) atrof-muhit muhofazasi maqsadlarida biznes

ishlariga "buyruq" (komanda) instrumentini ko`plab aralashtirish; 2) biznes bilan

birgalikda (yoki bizness taklifini qabul qilish) o`zaro kelishuvga asosan kelishilgan

qarorni ishlab chiqish. Biznes, o`z navbatida, davlat tomonidan aralashuvga kutish

va sabr-toqat bilan munosabatda bo`lish strategiyasini yoki kelishuvga asoslangan

qarorni ishlab chiqish strategiyasini qabul qilishi mumkin.

Page 33: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Ixtiyoriy ekologik bitimlar katta individual va ijtimoiy naf keltiradi: biznes

uchun ma`muriy-buyruqbozlik asoratlaridan qutulishga va yangi ekologik

vakolatlarga ega bo`lishga imkon beradi; tartibga soluvchi organlar uchun esa

xarajatlarni va ziddiyatlarni kamaytirishga olib keladi.

Ixtiyoriy ekologik bitimlar tuzish rivojlangan mamlakatlarda XX vsrning 90-

yillaridan amalga oshirila boshladi. AQSHda bunday bitimlar tuzish 1992 yilda

"Atrof-muhit uchun sherikchilik" dasturi doirasida 1300 kompaniya bilan tuzildi.

IEB tuzish, ayniqsa, Evropa Ittifoqi mamlakatlarida keng tarqalgan. Turli

maqsadlarni ko`zda tutadigan bunday bitimlar asosan qo`yidagi ikki xil shaklda

tuziladi: 1) muzokaralar natijasida tuzilgan bitimlar; 2)ixtiyoriy dasturlar.

Muzokaralar natijasida tuzilgan bitimlar tartibga soluvchi organlar bilan

firmalar o`rtasida ma`lum ekologik maqsadlarni amalga oshirish bo`yicha tuziladi.

Ixtiyoriy (ijtimoiy) dasturlar qatnashchilar uchun chegaralovchi shartlar va

talablarni qo`yadi. qatnaShuvchi firmalar, qoida tariqasida, atrof tabiiy muhitni

ifloslantirishni qisqartirish bo`yicha majburiyatlar oladi. Bunga javoban ekologik

tartibga solish organlari ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini

investiyalash, texnik yordam ko`rsatish, reklama va boshqa sohalarda

majburiyatlar qabul qiladi. Bunday dasturlar, masalan, Fransiyada, AQSHda ishlab

chiqarilib, amalga oshirilgan.

2.4. Barqaror ekologik rivojlanish kontseptsiyasi va

«Ekologik menejment»

Ekologik muammolar uzoq muddatli xarakterga ega bo`lib, turli

avlodlarning manfaatlariga daxldor. Shu sababdan global va mintaqaviy ekologik

muammolar dunyoning barcha mamlakatlarida ekologik rivojlanishga printsipial

yangi yondaShuv asosida hal etilishi mumkin. 1992 yilda Rio-de-Janeyro

(Braziliya)da o`tkizilgan BMTning atrof-muhit va rivojlanishga bag’ishlangan

Jahon konferensiyasida ishlab chiqilgan va dunyoning barcha mamlakatlariga

Page 34: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

tavsiya qilingan barqaror rivojlanish kontseptsiyasi ana Shu talablarga javob

beradi.

Barqaror rivojlanish kontseptsiyasiga muvofiq hozirgi har bir avlod kelajak

avlodlarga kamaytirilmagan tabiiy kapitalni qoldirishi kerak. Shunga muvofiq

barqaror rivojlanishga o`tishda har bir mamlakatda boshqarish strategiyasini

o`zgartirish zarur. Bunda barqaror rivojlanish, atrof-muhit, iqtisodiyot, ijtimoiy

adolat va xavfsizlik o`rtasidagi o`zaro aloqalar to`la aks ettirilishi lozim.

Barqaror rivojlanish strategiyasi strukturasi qo`yidagi uch aspektni qamrab

olishi darkor: iqtisodiyot, ekologiya (atrof-muhit) va ijtimoiy natijalar (adolat va

muhofazalanganlik). Shu asosda barcha mamlakatlar uchun kelajakda barqaror

rivojlanishning oltita Shurtini ifodalash mumkin:

1. Tabiatdan foydalanishni, iqtisodiyotni, jamiyatning fe`l-atvorini

boshqarishni qayta o`zgartirish, eng avvalo, jamiyatning fe`l-atvorini qayta

o`zgartirish noosfera g’oyasiga asoslanib, barqaror rivojlanishga tomon

harakatning natijasi esa individual mas`uliyatni oshirish bilan bog’liq bo`lishi

kerak. Bunda hokimiyat xususiy tashkilotlar, individlarning xulq-atvori tubdan

o`zgartirilishi talab qilinadi. Odamlar ongida ishlab chiqarish va iste`molning

noratsional modeli cheklash va bartaraf etish g’oyasi har tomonlama tushunarli

tarzda mustahkam o`rnashishi kerak.

2. Tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish va u bilan bog’liq holda

ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash hamda atrof-muhitga zararli moddalar

chiqarishni keskin kamaytirishga asoslanib, iqtisodiyot samaradorligini oshirish.

Iqtisodiyot yuqori darajada samarador bo`lishi, uning samaradorligini doimiy

ravishda oshirib borish esa har bir mamlakat rivojlanishining asosiy ustuvor

yo`nalishi bo`lishi kerak.

3. Tabiiy tizimlarni muhofaza qilishning yangi yondaShuvi

ifloslantiruvchilarni mutlaq (absolyut) hisobga olishga emas, balki nisbiy hisobga

olishga va jamiyatga foyda keltirishni taqqoslashga asoslanishi kerak. Shunday

yondaShuv va talablar tabiiy resurslar iste`moli harakatining o`zgarishiga va

Page 35: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

doimiy ravishda tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligining oshishiga,

foydalanilmayotgan ichki xo`jalik imkoniyatlarini ishga tushirishga imkon beradi.

4. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi o`zgarishlar shunday bo`lishi kerakki,

mulkchilik shakllari va faoliyat sohalaridan qat`iy nazar barqaror rivojlanishga

o`tish ularga foyda keltiradigan bo`lsin. Ushbu yo`nalishda fiskal siyosat ham

o`zgarishi va u soliqning bo`lg’usi faoliyat natijasini hisobga olib emas, balki

mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va tabiiy resurslarni tejash bo`yicha

real natijalarga qarab amalga oshirilishi kerak.

5. Ekologik tizimlar va aholi sog’lomligi atrof-muhitga inson ta`sirining

uyg’unligi, tabiiy tizimlarning yashovchanligi va unumdorligi bilan belgilanadi. Bu

esa doimiy ravishda tabiiy muhitni yaxshilashni, uning "ishchanligi" ni -

unumdorligini oshirib borishni talab qiladi. Atrof-muhitni muhofaza qilish umumiy

rivojlanish jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo`lishi lozim va undan ajratilgan

holda ko`rilmasligi kerak. Tinchlik, iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhit muhofazasi

o`zaro bog’liq va bo`linmasdir.

6. Barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta`minlash va aholining ko`pchiligi

ehtiyojlarini ta`minlash uchun qashshoqlik va dunyoning turli qismlarida yashash

darajasidagi tengsizlikni bartaraf etish zarur. Ijtimoiy adolat printsipini qaror

toptirish aholining daromadlar bo`yicha tengsizligini tugatish, farovonligini

oshirish bilan uzviy bog’liqdir. Jamiyatning barcha tabaqalari ekologik ne`matlar

va muammolarni o`zaro teng asoslarda bo`lib olishlari kerak. Iqtisodiy va ekologik

muammolar bo`yicha qabul qilinayotgan qarorlar kelajak avlodlar farovonligini va

manfaatlarini to`la hisobga olishi lozim.

Barqaror rivojlanishning ushbu shartlari eng avvalo barqaror ekologik

rivojlanishga o`tishni boshqarishni chuqur ilmiy asoslarda amalga oshirish bilan

uzviy bog’liqdir. Bunda zamonaviy bilim va yangi texnologiyalarni qo`llash

boshqaruv samaradorligini oshirishning asosiy sharti bo`lib xizmat qiladi.

O`zbekistonda barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirish uchun

qulay sharoit yaratilayotir. Bunda dunyo mamlakatlarining sinovdan o`tgan ijobiy

Page 36: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

tajribalari va mamlakatimizning konkret ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari hisobga

olinib barqaror rivojlanishga o`tishning "o`zbek modeli" ishlab chiqilishi va izchil

amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Barqaror rivojlanishning tizimli

sharoitini shakllantirishga jamiyat, boshqarish, institutsional tuzilishni

demokratizatsiyalash asos qilib olingan. Shu munosabat bilan O`zbekistonda 1997

yilda milliy miqyosda barqaror rivojlanishga harakatni muvofiqlashtiruvchi milliy

struktura tuzildi. 1998 yilda BMT rivojlanish darsturining (PROON) faol yordami

va qo`llab-quvvatlashi bilan barqaror rivojlanish kontseptsiyasi, 1999 yilda esa

barqaror rivojlanish strategiyasi tayyorlandi. 2002 yil avgustda O`zbekiston

Respublikasining XXI asr kun tartibi qabul qilindi. Shuningdek, mamlakatning

qator mintaqalarida XXI asr kun tartibining mahalliy variantlari ishlab chiqilib,

amalga oshirila boshlandi.

O`zbekiston hukumatining «Ekologik menejment» nazariyasi va amaliyoti

uchun bevosita ahamiyatga ega bo`lgan muhim tashkiliy tadbiri O`zbekiston

Respublikasining barqaror rivojlanishi bo`yicha Milliy strukturasi (BRMS) barpo

etilishi hisoblanadi.

Barqaror rivojlanish Milliy strukturasiga qo`yidagi vazifalar yuklangan:

Orol havzasi muammolari yyechimi bo`yicha (xalqaro, milliy, mintaqaviy

darajada qabul qilingan qarorlarni ham qo`shib) harakatlarni koordinatsiyalash

(o`zaro muvofiqlashtirish);

O`zbekistonning BMT ning iqlimning o`zgarishi bo`yicha, cho`llashish va

qurg’oqchilikka qarshi kurash bo`yicha, biologik xilma-xillikni saqlash bo`yicha,

ozon emiruvchi moddalar bo`yicha, transchegara suvlardan foydalanish bo`yicha

va boshqa konvesiyalariga a`zoligidan kelib chiqib, ushbu majburiyatni bajarishga

mas`ul bo`lgan Milliy strukturalar faoliyatini koordinatsiyalash;

Respublikaning barqaror rivojlanishini ta`minlashga yo`naltirilgan yangi

konventsiya va bitimlarni tayyorlashni tashkil etish;

Barqaror rivojlanish masalalari bo`yicha BMT, PROON, Jahon banki,

YUNEP, VOZ (Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti), YUNISEF, YUNESKO, Er

Page 37: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

kengashi vakolatxonalari va boshqa xalqaro, mintaqaviy tashkilotlar va dasturlar

bilan o`zaro harakatlari;

Barqaror riaojlanish bo`yicha dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishda

ishtirok etadigan O`zbekiston vazirliklari va muassasalari, xalqaro va boshqa

moliya va iqtisodiy tashkilotlar faoliyatini koordinatsiyalash;

Barqaror rivojlanish bo`yicha yillik Milliy ma`ruzalarni BMT ning

barqaror rivojlanish bo`yicha Komissiyasiga tayyorlash va berish.

O`zbekiston BRMS ning kelgusidagi asosiy vazifasi iqtisodiy, ijtimoiy-

siyosiy va ekologik muammolarni hal etish bo`yicha maqsadli davlat dasturlarini

amalga oshirishga yordam berish va barqarorlikning umumtizimli jarayonlari

monitoringini amalga oshrish hisoblanadi.

Shu munosabat bilan BRMS ning tarkibiga kiradigan muhim vazifalardan

biri milliy, mintaqalararo, mintaqaviy, mahalliy va xalqaro darajada atrof-muhitni

boshqarish strukturasini mustahkamlashdan iborat. Barcha darajada tabiatdan

foydalanishni, iqtisodiyotni va jamiyatni boshqarishni takomillashtirish barqaror

rivojlanishni amalga oshirishning asosiy shartidir. Shu sababli boshqarishni

ko`plab ijtimoiy va tabiat muhofazasi funktsiyalarini joylarga berish bilan

desentralizatsiyalashni turli hududiy darajada barqaror rivojlanishni tartibga

solishning global tizimiga integratsiyalash zarur.

Qisqacha xulosalar

Ekologik menejment umumiy menejmentning ajralmas tarkibiy qismi bo`lib,

u mustaqil faoliyat va fan sifatida boshqa sohalardan ancha keyin, faqat XX

asrning oxirida tarkib topdi. Shu bilan bir qatorda umumiy menejmentning turli

davrlarda shakllangan yo`nalishlari - ilmiy menejment, mumtoz yoki ma`muriy

menejment, "insoniy munosabatlar maktabi", miqdoriy tizimli yoki zamonaviy

menejment tarkibida ekologik boshqaruv nazariyasi va amaliyoti sezilarli o`ringa

va salmoqqa ega bo`lmagan. Ularda ekologik boshqaruvning ayrim jihatlarigina

ko`rib chiqilgan.

Page 38: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Ekologik menejmentning shakllanishi va rivojlanishi global, mamlakatlar,

mintaqalarda ekologik ahvol va vaziyatning keskinlashishi davriga - XX asrning

oxiriga to`g’ri keldi.

Ekologik menejment nazariyasi va amaliyotining umumiy menejmentning

boshqa sohalaridan farqi Shundaki, u asosan ekologik siyosat tarkibida ekologik

boshqaruv instrumenti tizimi sifatida shakllandi va rivojlandi.

Ushbu fanning fundamental nazariya va kontseptsiyalari qatoriga

qo`yidagilar kiradi: bozor muvaffaqiyatsizligi, tashqi ekologik samara, tarkibiy

resurslarga va ekologik ne`matlarga mulkchilik huquqini belgilash talablari,

iqtisodiyotga va tabiatdan foydalanishga davlat aralaShuvining

muvaffaqiyatsizligi, tashqi ekologik samarani integratsiyalash, ushbu

muvaffaqiyatsizlikni neytrallashtirish va boshqalar. Ularning mazmuni va

mohiyatini bilish talablarga ushbu fan asoslarini chuqur o`rganishga yordam

beradi.

Ekologik boshqaruv instrumentlari evolyutsiyasida xalqaro miqyosda

kelishilgan printsiplarning kuchli ta`sir ko`rsatishi yaqqol sezilib turadi. Shunday

printsiplar qatoriga "ifloslantiruvchi to`laydi" yondaShuvi, barqaror rivojlanish va

ehtiyotkorlik talablari, amalga oshrish mumkin bo`lgan texnologiyalardan eng

yaxshilarini qo`llash va boshqalar.

Ekologik siyosat instrumentlari - ekologik menejment evolyutsiyasi

qo`yidagi to`rtta bosqichni o`z ichiga oladi:

1) Tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi sohasining shakllanishi

(1970-1983 yillar); 2) ifloslanishni bartaraf qilishni rag’batlantirish (1984-1989

yillar); 3) ekosamarali tadbirlarni rag’batlantirish (1980-1999 yillar); 4) barqaror

rivojlanishga yondaShuvlarni optimallashtirish (2000 yildan hozirgacha).

Ushbu evolyutsiya bosqichlarining har biri ekologik siyosatning asosiy

vazifasi, boshqaruv qarorlari usullari, asosiy instrumentlari bilan bir-biridan farq

qiladi. Ayni paytda ularni birgalikda o`rganish ekologik menejment nazariyasi va

amaliyoti to`g’risida yaxlit tasavvur olishga imkon beradi. Shu nuqtai nazardan

Page 39: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

ushbu evolyutsiya O`zbekistonda ekologik boshqaruv muammolarining maqbul

yyechimini topishga ham yordam beradi.

Ekologik tartibga solish va rag’batlantirishning hozirgi mexanizmi g’oyat

murakkab bo`lib, u qo`yidagi instrumentlar guruhini o`z ichiga oladi: 1) ekologik

boshqaruvning ma`muriy nazorat instrumentlari; 2) atrof-muhit muhofazasi va

tabiatdan foydalanishning iqtisodiy instrumentlari; 3) ekologik menejmentning

axloqiy-ma`naviy ta`sir va ishontirish instrumentlari. Bu instrumentlar turli amaliy

vazifalarni hal etish va turli yo`nalishlarda keng qo`llaniladi, umumiy va xususiy

samara olishga imkon beradi.

Ekologik muammolar uzoq muddatli xarakterga ega bo`lib, turli avlodlar

manfaatiga dahldordir. Shu sababdan global va mintaqaviy ekologik muammolarni

printsipial yangi yondaShuv - barqaror ekologik rivojlanish kontseptsiyasiga

asoslanib hal etish mumkin. Barqaror rivojlanish atrof-muhit, iqtisodiyot, ijtimoiy

adolat va xavfsizlik o`rtasidagi o`zaro aloqalarni o`zida aks ettiradi. Barqaror

ekologik rivojlanishni amalga oshrish qator shartlarga amal qilishni talab qiladi:

tabiatdan foydalanishni, iqtisodiyotni, jamiyat fe`l-atvorini qayta o`zgartirish;

tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish; tabiatdan foydalanuvchilarni nisbiy

hisobga olish va jamiyatga foyda keltirishni taqqoslash; barcha uchun barqaror

ekologik rivojlanish foydali ekanligini anglash; ekologik tizimlar va aholi

sog’lomligiga erishish; ijtimoiy himoyani kuchaytirish.

O`zbekistonda barqaror rivojlanish strategiyasini, Shu jumladan, barqaror

ekologik rivojlanishni amalga oshrish sohasida muhim tadbirlar tizimi amalga

oshirilayotir. Ular qatoriga O`zbekistonning barqaror rivojlanish bo`yicha Milliy

strukturasini barpo etish va Shu asosda ekologik boshqaruv tizimi samaradorligini

oshirishga yo`naltirilgan tadbirlar tizimining amalga oshirilayotganlgini ko`rsatish

mumkin.

Page 40: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Tayanch iboralar

Umumiy menejment yo`nalishlari. "Ekologik menejment" ning shakllanishi.

ekologik siyosat va "Ekologik menejment". Ekologik samara. Ekologik boshqaruv

instrumentlari evolyutsiyasi. Ekologik siyosat instrumentlari bosqichlari. Barqaror

rivojlanish kontseptsiyasi.

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Umumiy menejment tizimida «Ekologik menejment»ning o`ziga xosligini

nimalar belgilaydi?

2. Umumiy menejmentda qanday yo`nalishlar shakllangan? Ularda

«Ekologik menejment» qanday o`rinni egallaydi?

3. «Ekologik menejment» nazariyasi va amaliyoti qachon shakllangan?

Uning sabablari va manbaalarini tuShuntiring.

4. Ekologik siyosat va «Ekologik menejment» o`rtasida qanday bog’liqlik va

farqlar bor ?

5. Bozor muvaffaqiyatsizligi, tashqi ekologik samara, tabiiy resurslarga va

ekologik ne`matlarga aniq mulkchilik huquqlarini belgilash talablari, iqtisodiyotga

va tabiatdan foydalanishga davlat aralaShuvining muvaffaqiyatsizligi to`g’risidagi

g’oyalar tuShunchalari nima? Ularni bilishning ahamiyatini tushuntiring.

6. Ekologik boshqaruv instrumentlari evolyutsiyasi nima? Uni bilishning

ahamiyatini tuShuntiring.

7. Ekologik siyosat instrumentlari evolyutsiyasi qanday bosqichlarga

bo`linadi? Bosqichlar bir-biridan qanday farq qiladi?

8. «Ekologik menejment» instrumentlari qanday guruhlarga bo`linadi?

Ularning farqi va qo`llanish sohalarini tushuntiring.

9. Barqaror ekologik rivojlanish kontseptsiyasi xususiyatlarini va ularni

amalga oshirish yo`nalishlarini ta`riflang.

10. O`zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish bo`yicha Milliy

strukturasi barpo etilishi ekologik menejment uchun qanday ahamiyatga ega?

Page 41: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Asosiy adabiyotlar ro`yxati

1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka tahdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: "O`zbekiston", 1997.

2. Atrof-muhitni muhofaza qilish milliy harakat rejasi. T.: 1998.

3. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish. qonunlar va normativ hujjatlar. T.:

Adolat, 2002.

4. Natsional’niy doklad. O sostoyanii okrujayuhey prirodnoy sredi i ispol’zovanii

prirodnix resursov v Respublike Uzbekistan. T.: 2002.

5. Uzbekistan na puti k ustoychivomu razvitiyu. Povestka dnya na XXI vek. T.:

2002.

6. Bobilev S.N., Xodjaev A.SH. ekonomika prirodopol’zovaniya. M.: 1997.

7. Girusov e.V., Lopatin V.N. ekologiya i ekonomika prirodopol’zovaniya. M.:

2002.

8. Paxomova N., endres A., Rixter K. ekologicheskiy menedjment. Uchebnoe

posobie. Piter, 2003.

9. Programma deystviy. Povestka dnya na XXI vek i drugie dokumento`

konferentsii v Rio-de-Janeyro v populyarnom izlojenii. Jeneva. TSentr za nashe

obhee buduhee. 1993.

10. G’ulomov S.S. Menejment asoslari. T.: 2002.

11. Baxretdinova X.A. i dr. ekologicheskiy menedjment.. T.: 2015.

Page 42: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

MAVZU. «EKOLOGIK MENEJMENT» QONUNIYATLARI VA

PRINTSIPLARI

REJA:

3.1. «Ekologik menejment»da umumiy ekologik va umumiy menejment

qonuniyatlarining namoyon bo`lishi

3.2. Ekologik boshqaruvning umumiy qonuniyati

3.3. Ekologik boshqaruvning xususiy qonuniyatlari

3.4. «Ekologik menejment» printsiplari

3.1. «Ekologik menejment»da umumiy ekologik va umumiy menejment

qonuniyatlarining namoyon bo`lishi

«Ekologik menejment» nazariy-amaliyot fani sifatida o`z tadqiqotlarida

"Umumiy menejment", "Umumiy ekologiya", "Tabiatdan foydalanish

iqtisodiyoti", "Ekologik iqtisodiyot" va boshqa fanlarning nazariyasiga asoslanadi,

ulardan o`z vazifalarini bajarishda keng foydalanadi. Bunda «Ekologik

menejment»ning vazifalari qatoriga ushbu reallik sohasining rivojlanishi va ishlab

turishni boshqarish qonuniyatlarini aniqlashi ham kiradi. Lekin "Umumiy

ekologiya", "Umumiy menejment", "Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti",

"Ekologik iqtisodiyot" va boshqa tutash fanlarda aniqlangan qonun va

qonuniyatlardan, printsiplardan «Ekologik menejment»da foydalanish va Shu

asosda ekologik boshqaruv qonuniyatlarini aniqlash masalalari to`la hal

qilinmagan. Ushbu masalalar eng qiyin muammolar qatoriga kiradi. Masalan,

ko`pchilik ekologiya qonunlarini ekologik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni

boshqarishga to`g’ridan-to`g’ri ko`chirib bo`lmaydi. Shuningdek, "Umumiy

menejment" qonunlarida ham ekologik munosabatlarni boshqarish xususiyatlari

o`z aksini topmagan. Shu sababdan tutash fanlarda aniqlangan qonuniyatlarni

tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilishni boshqarish nuqtai-nazaridan

Page 43: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

chuqur o`rganish va ulardan amaliyotda foydalanish yo`nalishlarini ishlab chiqish

kerak.

Tabiat va jamiyat o`rtasidagi ekologik munosabatlarni boshqarish

qonuniyatlari ham tabiat, ham jamiyat qonunlariga bo`ysunadi. Buning birinchi va

zaruriy sharti tabiat va jamiyat yagonaligi bo`lib, u tabiat qonunlari bilan

belgilanadi va tabiatdan foydalanishning umumiy printsiplarida ifodalanadi. Tabiat

va jamiyatning o`zaro aloqalarini ekologik boshqarishning mazmuni va natijalari

esa umumiy ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv xususiyatlariga va qonuniyatlariga

bog’liqdir. Shu bilan bir qatorda ekologik boshqaruv qonuniyatlari tabiiy

resurslarni takror ishlab chiqarish qonunlari va ekologik-iqtisodiy sohaning

mustaqil faoliyat sifatida o`ziga xos xususiyatlariga uzviy bog’liq holda

shakllanadi va harakatda bo`ladi.

Shu nuqtai nazardan tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishni

boshqarish tizimi sohasida ikki xil qonuniyatni ajratish mumkin:

1) Tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro aloqalarni boshqarishning birligini

ifodalaydigan umumiy ekologik boshqaruv qonuniyatlari;

2) ekologik boshqaruvning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga mos kelishi

bilan bog’liq bo`lgan xususiy qonunityalari (boshqaruvchi va boshqariladigan

tizimlar o`zaro munosabatlarining mos kelishi qonuniyati).

Umumiy ekologik boshqaruv qonuniyati tabiatdan foydalanishning umumiy

qonuniyati va boshqaruvning umumiy qonuniyatiga bo`ysunadi. O`z navbatida

tabiatdan foydalanishning umumiy qonuniyati asosini energiyaning saqlanishi va

aylanishi (tabiat qonuni) va vaqtni tejash (iqtisodiyot qonuni) qonunlarining o`zaro

aloqasi va majmui tashkil etadi. Boshqaruvning umumiy qonuniyati mehnat

taqsimoti bo`lib, u boshqaruvning ixtisoslaShuvi va yaxlitligi qonunlarining o`zaro

bog’liq majmuidan iborat holda namoyon bo`ladi.

Ekologik boshqaruvning xususiy qonuniyatlari asosida konkret mamlakat va

rayonlarda tabiatdan foydalanishning mintaqaviy qonuniyatlari va boshqaruvning

markazlashishi qonuniyatlari yotadi. Tabiatdan foydalanishning mintaqaviy

Page 44: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

qonuniyati tabiiy resurslarning ijtimoiy foydaliligini maksimalizatsiyalash va

tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuniyatlari orqali,

boshqaruvni markazlashtirish qonuniyati boshqaruvning markazlashuvi va

boshqaruv irarxiyasi (differensiatsiyasi) qonunlarining o`zaro bog’liq majmuidan

iborat holda namoyon bo`ladi.

3.2. Ekologik boshqaruvning umumiy qonuniyati

Ushbu qonuniyat ham tabiatdan foydalanishning umumiy qonuniyati, ham

boshqaruvning umumiy qonuniyatiga bo`ysunadi. Shu sababdan ekologik

boshqaruvning ham jamiyatga, ham tabiatga bog’liqligi umumiy qonuniyatga xos

bo`lgan xususiyatlarni to`g’ri tuShuntirish, tahlil qilish, Shuningdek, undan

amaliyotda foydalanish yo`nalishlarini asoslash uchun ushbu ikki guruh

qonuniyatlarining mohiyati va mazmunini to`g’ri tuShuntirish talab qilinadi. Ular

asosiy (o`zak) qonuniyatlar sifatida ekologik boshqaruv umumiy qonuniyatining

ekologik iqtisodiy xususiyatlarini belgilab beradi.

Tabiatdan foydalanish umumiy qonuniyatining ekologik boshqaruvda

namoyon bo`lishi mexanizmlari qo`yidagi xususiyatlarga ega: Ushbu

qonuniyatning mohiyatini yuqorida qayd qilingandek, energiyaning saqlanishi va

aylanishi qonuni va vaqtni tejash qonuni belgilab beradi. Ularning birinchisi ushbu

qonuniyatning moddiy, ikkinchisi iqtisodiy tomonini ifodalaydi. energiyaning

saqlanishi va aylanishi qonuni ta`sirida vaqtni tejash qonuni tabiat muhofazasi

mehnat (ekologik mehnat) unumdorligining o`sishi qonuniyatiga aylanadi. Bular,

o`z navbatida, ekologik boshqaruvning faqat ekologik sohaga xos bo`lgan

xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishiga sabab bo`ladi.

Ma`lumki, energiyaning saqlanishi va aylanishi qonuni tabiatdan

foydalanish umumiy qonuniyatining moddiy tomoni mazmunini belgilaydi va u

asosiy harakat qonuni hisoblanadi. Xarakat esa tabiatda barqarorlikning eng

umumiy va asosiy ifodasi bo`lib xizmat qiladi. Shuning uchun tabiat barqarorligini

va uni ekologik boshqarishni diolektik tuShunish kerak.

Page 45: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Barqarorlik tabiatning doimiy o`z-o`zini takror ishlab chiqarishiga va o`z-

o`zini yangilashiga asoslanadi. Tabiatda o`z-o`zini takror ishlab chiqarish va o`z-

o`zini yangilash funktsiyasini Er sharining jonli (tirik) moddalari bajaradi. Ular

biosfera komponentlari o`rtasida asosiy rol` o`ynaydi.

Tabiatda doimo tasir etuvchi kimyoviy kuchlar yo`qligi sababli o`z

ta`sirining oxir-oqibati bo`yicha tabiatda jonli organizmlarga teng keladigan kuch

ham yo`qdir. Jonli moddalar quyosh energiyasini o`zida to`plab, ularni kimyoviy

energiyaga aylantiradi va Shu asosda tabiatda xilma-xil jonli va jonsiz

konmponentlarni yaratadi. Jonli organizmlar tog’ jinslari va minerallarning hosil

bo`lishida, kimyoviy elementlarning qayta taqsimlanishida bevosita ishtirok etadi,

alohida geokimyoviy funktsiyalarni (oksidlash-tiklash, gaz, konsentratsiya,

parchalash va yaratish va b.) bajaradi.

Tirik organizmlar mavjudligining asosi biosferada energetik jarayonlarning

borligi hisoblanadi. So`nggi yillarda atrof tabiiy muhit holatining muvozanati,

tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi ayirboshlash jarayonlarining mazmuni ko`p

jihatdan jahon industriyasi energiyasi bilan belgilanayotir. Uning quvvati har 12-15

yilda ikki marta ko`paymoqda. Jahon industriyasining rivojlanishi katta

miqdordagi tabiiy resurslar iste`moli bilan birga sodir bo`layotir.

Ijtimoiy ishlab chiqarishning va inson hayotiy faoliyatining rivojlanishi

jarayonida ko`p miqdordagi turli chiqindilar to`planib, atrof-muhitni ifloslantiradi.

Hozirgi industriya doimiy ravishda atmosfera kislorodini kamaytirib, havoni turli

zaharli moddalar bilan ifloslantirayotir.

Tiklanadigan ko`plab resurslar iste`moli ularni tabiiy ishlab chiqarishning

yillik hajmiga baravarlashib qoldi.

Biosferadan olinayotgan tabiiy moddlar miqdori va miqyoslarining va atrof-

muhit ifloslanishi sur`atlarining oshib borishi ko`pgina fotosintez va

biogeotsenozlarni tabiiy takror ishlab chiqarish jarayonlarining buzilishiga,

mahalliy va mintaqaviy ekologik buxronlarning paydo bo`lishiga olib kelmoqda.

Page 46: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Tabiat bilan jamiyat o`rtasida to`xtovsiz modda almashinuvi antropogen

sharoitda biosferaning normal ishlashini ta`minlaydigan biogeotsenozlarni

to`xtovsiz takror ishlab chiqarish orqali amalga oshishi mumkin. Bunga tabiat

bilan jamiyat o`rtasida modda va energiya almashinishi maqsadga muvofiq

ekologik boshqarishni amalga oshirish bilan erishish mumkin. Bunday ekologik

boshqaruv ob`ektiv zarurat bo`lganligi sababli u muhim va takrorlanadigan,

umumiy bog’lanish va aloqadorlikka ega bo`lgan ekologik boshqaruv rivoji

yo`nalishi va xususiyatini belgilab beradi. Bundan ko`rinib turibdiki, tabiatdan

foydalanishning umumiy qonuniyati ekologik boshqaruvda ham o`ziga xos

yo`nalishda namoyon bo`ladi.

Tabiat bilan jamiyatning o`zaro ta`siri tirik moddalar holati bilan

belgilanadi. Biosferada tirik moddalarni doimiy takror ishlab chiqarish tabiat bilan

jamiyat o`rtasida ayirboshlash jarayonining zarur shartidir.

Demak, tabiatdan foydalanish umumiy qonuniyatining ekologik (moddiy)

tomoni ayrim tabiiy tizimlar va umuman biosferada zarur miqdor va nisbatlarda

tirik moddalarni doimiy takror ishlab chiqarishda o`z ifodasini topadi.

Ushbu sharoitni yaratish ko`p jihatdan ularga mos keladigan ijtimoiy ishlab

chiqarishni ekologiyazatsiyalash, tabiat muhofazasi texnikasi va texnologiyasini

joriy etish, boshqa so`zlar bilan aytganda - tabiat muhofazasi mehnatini to`xtovsiz

rivojlantirish va uni maqsadga muvofiq boshqarish orqali amalga oshirilishi

mumkin.

Shunday qilib, biosferaning tub mohiyatini belgilaydigan tabiiy jarayonlar

ijtimoiy ishlab chiqarishning boshqaruv xususityalarini ham o`ziga moslashtirishni

taqazo etadi. Bularni hisobga olmaslik tuzatib bo`lmaydigan oqibatlarga olib

kelishi mumkin.

Ekologik boshqaruv tizimida tabiat va jamiyatning birligi va farqlarini har

tomonlama hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ular o`zaro bog’liq holda yaxlit

tizimni tashkil etadi.

Page 47: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Ayni vaqtda tabiat va jamiyat printsipial farq qiladigan tizimlardir. Tabiat

va jamiyat strukturasi sxemasi qo`yidagi jadvalda aks ettirilgan. Ular o`rtasidagi

o`zaro aloqa va o`zaro ta`sir uzuq-uzuq (punktir) chiziqda ko`rsatilgan.

2-jadval

Tabiat va jamiyat tizimlari strukturasi

Tabiat

Jamiyat

Jonsiz tabiat Ishlab chiqarish kuchlari Ishlab chiqarish munosabatlari

Jonli tabiat

Tabiat tizimida ikkita asosiy kichik tizim - jonli tabiat va jonsiz tabiat

ajratiladi. Jamiyat tizimida ham ikkita kichik tizim ajratiladi:

Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari. Ishlab chiqarish

kuchlari tabiat bilan jamiyat o`rtasida bog’lovchi zveno (bo`g’in) vazifasini

bajaradi. Ushbu bog’lanish, o`z navbatida, ularga mos boshqaruv mexanizmi orqali

amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish kuchlari ishlab chiqarish munosabatlari bilan

uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`lib, ular insonning tabiat qonunlaridan va kuchlaridan

foydalanish darajasini ko`rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari bir

tomondan, ilmiy texnika taraqqiyoti tufayli tabiat kuchlarini o`zida ko`p darajada

singdiradi, boshqa tomondan esa, atrof muhitga salbiy ta`sirni (yukni) ko`paytiradi

va Shu sababdan mehnat unumdorligi darajasini pasaytiradi.

Jamiyat erishgan mehnat unumdorligi ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish

darajasining muhim ko`rsatkichi hisoblanadi. Mehnat unumdorligining o`sishi

asosida esa vaqtni tejash qonuni yotadi. Ushbu qonun, o`z nisbatida, ekologik

ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni boshqarish bilan uzviy bog’liqdir. Vaqtni tejash

umumiy qonunining ta`siri xalq xo`jaligining barcha sohalariga, Shu jumladan,

ekologik boshqaruvga ham taalluqlidir. Buning sababi shundaki, ijtimoiy ishlab

Page 48: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

chiqarish rivojlanishining natijasi faqat moddiy ne`matlar bilan belgilanmaydi, u

atrof tabiiy muhitning ahvoliga, tabiat ne`matlariga ham ko`p darajada bog’liqdir.

Shuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining ekologik oqibatlarini

hisobga olmay ijtimoiy mehnat unumdorligi darajasini, ishlab chiqarish

kuchlarining rivojlanishi darajasining haqiqiy ahvolini, ularning atrof tabiiy muhit

bilan o`zaro ta`siri natijalarini, demak, jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi ayriboshlash

jarayonining samaradorligini aniq ta`riflab bo`lmaydi. Bu holat ekologik

boshqaruv samarasini ham aniqlashga imkon bermaydi.

Shularga asoslanib xulosa chiqarish mumkinki, tabiatdan foydalanish

umumiy qonuniyatining iqtisodiy tomoni tabiat muhofazasi (ekologik) mehnat

unumdorligining o`sishida o`z ifodasini topadi. O`z navbatida, tabiat muhofazasi

(ekologik mehnat) unumdorligi bevosita va bilvosita ekologik boshqaruv

samarasiga bog’liqdir. Bu umumiy bog’lanish va aloqadorliklar ekologik

boshqaruvning umumiy qonuniyati sifatida namoyon bo`ladi.

Ekologik boshqaruv umumiy qonuniyatining xususiyatlari va harakatini

qo`yidagi ikki qonuniyat belgilaydi:

1) tabiatdan foydalanishning umumiy qonuniyati;

2) boshqaruvning umumiy qonuniyati (mehnat taqsimoti qonuniyati).

Ekologik boshqaruvning umumiy qonuniyatida tabiatdan foydalanish

umumiy qonuniyatining asosini tashkil etadigan ikki qonun-energiyaning

saqlanishi va aylanishi (tabiat qonuni) hamda vaqtni tejash (iqtisodiyot qonuni) -

bir butun holda ekologik boshqaruv yo`nalishlari va hususiyatlariga ta`sir

ko`rsatadi, ularning o`ziga xosligini belgilab beradi. Masalan, odamlar uchun zarur

bo`lgan energiyaning saqlanishi va aylanishi biosferaning asosiy komponenti-tirik

moddalarning mavjudligi va holatiga bevosita bog’liq. Bunda ekologik boshqaruv

hal qiluvchi rol` o`ynaydi. Boshqa tomondan esa ekologik soha ekologik

boshqaruvning o`ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Bunday bog’liqlik va

aloqadorlik ekologik boshqaruvning umumiy qonuniyatlarida o`z ifodasini topadi.

Page 49: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Tabiatdan foydalanishning etakchi tomoni iqtisodiyot ekanligi sababli,

tabiatdan foydalanish umumiy qonuniyatining mohiyatini vaqtni tejash qonuni

belgilab beradi. energiyaning saqlanishi va aylanishi qonuni ta`sirida vaqtni tejash

umumiy iqtisodiy qonuni tabiat muhofazasi mehnat unumdorligining o`sishi

qonuniyatiga aylanadi.Shu bilan bog’liq holda ekologik boshqaruv umumiy

qonuniyatining asosiy mohiyatini ham tabiat muhofazasi mehnat unumdorligining

o`sishi qonuniyati (vaqtni tejash qonuni) belgilab beradi.

Umumiy boshqaruvning (menejment) asosiy qonuni mehnat taqsimoti

bo`lib, u boshqaruvning ixtisoslashishi va yaxlitlanishi qonunlari integratsiyasi va

sintezi asosida shakllanadi.

Bu qonunlar ekologik sohada ekologik boshqaruv umumiy qonuniyatlariga

dastlabki asos bo`lib xizmat qiladi va ular ekologik mehnat taqsimoti shaklida

namoyon bo`ladi. ekologik boshqaruv tizimida mehnat taqsimoti boshqaruvning

turli yo`nalishlarida ixtisoslanishi va yaxlitlanishi orqali amalga oshiriladi.

Yaxlitlanish, o`z navbatida, differensiya va ierarxiyaga asoslanadi.

Bunda ekologik boshqaruv tizimida pog’onalikka amal qilinadi: bir

tomondan, markaziy (yaxlitlanish), ikkinchi tomondan esa, viloyat, shahar,

tumanlar, korxonalar darajasidagi (differensiatsiya va ierarxiya) davlat hokimiyati

hamda boshqaruv idoralarining ekologik-iqtisodiy vazifalari aniqlanadi.

3.3. Ekologik boshqaruvning xususiy qonuniyatlari

Ekologik boshqaruvning xususiy qonuniyatlari konkret mamlakat va

rayonlarda tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilishni boshqarish

jarayonining umumiy bog’lanishi va aloqadorligi mazmuni va natijasi sifatida

namoyon bo`ladi. Ular o`z navbatida, tabiat va jamiyat o`zaro aloqadorligini

konkret mamlakatlarda ekologik boshqarishning shakli va tarkibini belgilaydi.

Page 50: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ekologik boshqaruvning qonuniyatlari asosida

tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasining qo`yidagi ikkita mintaqaviy

qonuniyati yotadi:

1) tabiiy resurslar ijtimoiy foydaliligini maksimizatsilash qonuniyati;

2) tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuniyati.

Ularning mazmunini tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish

umumiy qonuniyatlari va pritsiplari belgilab beradi. Bu ikki qonuniyat ekologik

boshqaruvning foydaliligini maksimizatsiyalash qonuniyatining namoyon

bo`lishiga asos bo`lib xizmat qiladi.

Resurslarning foydaliligi ijtimoiy zarur (ijtimoiy maqsadga muvofiq)

mehnat sarflari va tabiiy resurslarga ijtimoiy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liqdir.

Resurslarning ijtimoiy foydaliligini ekologik boshqaruv maqsadlarida qo`yidagi

usulologik qoidalarni hisobga olib o`lchash (aniqlash) mumkin:tabiatdan

foydalanish va tabiat muhofazasining foydaliligi jamiyatning tabiiy resurslarga

ehtiyojining ta`minlanishi darajasi bilan bog’liq (ta`minlash darajasi qancha yuqori

bo`lsa, tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasining ijtimoiy foydaliligi ham

Shuncha yuqori bo`ladi); jamiyat ehtiyojlarini ta`minlash inson mehnati sarflari

bilan bog’langan va uning samaradorligiga bog’liq Bu sarflarning o`lchami

normativ bo`lishi kerak. Solishtirma xarajatlarning normativ o`lchamini aniq

(faktik) daraja bilan taqqoslash ularning samarasi darajasini ko`rsatadi. So`ngra

ulardan ekologik boshqaruv muammolari yyechimini topishda foydalaniladi.

Tabiiy resurslarni takroriy ishlab chiqarishga yo`naltirilgan ijtimoiy

xarajatlar samaradorligini jamiyatning tabiiy ne`matlar bilan ta`minlanishi

darajasiga chambarchas bog’lab izohlash mumkin. Ular tabiatdan foydalanish va

uni muhofazalashning ijtimoiy foydaliligini miqdoriy baholashga nazariy asos

bo`lib xizmat qiladi. Shunday qilib, tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasining

foydaliligi ijtimoiy ehtiyojlarni ta`minlash maqsadida resurslarni takror ishlab

chiqarish samaradorligi nuqtai nazaridan ko`rib chiqilishi kerak. Tabiatdan

foydalanishning mazmuni ijtimoiy mehnat sarflarini imkoni boricha tejashda,

Page 51: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

jamiyatning energiya-resurs ehtiyojlarini imkon boricha maksimal ta`minlashda

ifodalanishi, uni qo`yidagi formulada ko`rsatish mumkin:

IfqSf/Sn,

Bunda: If - tabiatdan foydalanishning ijtimoiy foydaliligi, butunning

bo`lagida ifodalanadi; Sf - energiya-resurs ehtiyojlarini ta`minlashning hozirgi

darajasida tabiatdan foydalanishning faktik samaradorligi; Sn - energiya resurs

ehtiyojlarini ta`minlash maksimal darajasida tabiatdan foydalanishning normativ

samaradorligi.

Ekologik boshqaruvning foydaliligini makimalizatsiyalash qonuniyati

talablariga muvofiq korxonalar yakuniy mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun

foydalaniladigan ko`plab tabiiy resurslardan eng kam xarajat talab qiladiganlarini

tanlaydilar. Ishlab chiqarish hajmining minimal xarajatlarga bog’liqligi

korxonaning xarajat funktsiyasini belgilaydi. Shu sababdan firmaning foydani

maksimallashtirish vazifasini yechishni boshqarish qo`yidagi uch bosqichni o`z

ichiga oladi: 1) samarasiz ishlab chiqarish usullarini bartaraf etish; 2) xarajatlarni

minimallashtirishga imkon bermaydigan ishlab chiqarish usullarini bartaraf etish;

3) ishlab chiqarish hajmini belgilash. Firmalarning ko`rsatilgan sxemada

ishlashlari ularning muvozanat holatini ta`minlashga imkon beradi. Ushbu

vaziyatda ular o`z maqsadlariga erishadilar. Bunday sharoitda erishilgan

muvozanat holat o`zgartirishga muhtoj bo`lmaydilar.

Ekologik ehtiyojlar jamiyatning konkret tarixiy sharoitlarda normal

yashashni ta`minlashga xizmat qiladigan tabiatning xilma-xil mahsulotlarini

doimiy takror ishlab chiqarish zaruratini yuzaga keltiradi. Shu munosabat bilan

ekologik boshqaruvning ekologik maqbul yo`nalishda bozor xususiyatlari va tabiat

muhofazasi tadbirlarini to`la hisobga olib, tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror

ishlab chiqarish nazariyasini ishlab chiqish kerak. Resurslarni kengaytirilgan

takror ishlab chiqarishning ekologik maqbul sharoitlarini yaratishni optimal

ekologik boshqaruv nuqtai nazaridan qo`yidagicha ifodalash mumkin:

Page 52: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

1) undiruvchi (tog’-kon) sanoat tarmoqlarining o`sish sur`atlari moddiy

ishlab chiqarishning o`sish suratlaridan past bo`lishi;

2) ishlab beruvchi tarmoqlarning o`sish sur`atlari xom ashyodan ratsional

foydalanishi tufayli undiruvchi tarmoqlarning o`sish sur`atidan yuqori bo`lishi

kerak;

3) chiqindisiz, kam chiqindili ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari

Shuningdek, tabiat muhofazasi jihozlarini tayyorlash ifloslantiruvchi tarmoqlar

o`sishi sur`atlaridan yuqori bo`lishi;

4) tabiatni tiklovchi tarmoqlarning o`sish sur`atlari undiruvchi tarmoqlarning

sur`atlaridan past bo`lmasligi;

5) tabiat muhofazasiga kapital qo`yilmalarning o`sish sur`atlari moddiy

ishlab chiqarishga kapital qo`yilmalarining o`sish sur`alaridan yuqori bo`lishi

kerak.

Ushbu shartlarga ekologik boshqaruvda amal qilish mamlakatning tabiatdan

foydalanishdagi ekologik manfaatlarini to`la hisobga olishga imkon beradi.

ekologik boshqaruvning foydaliligini maksimizatsiyalash qonuni talablariga

muvofiq tabiat resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda ekologik

boshqaruvda qo`yidagi yo`nalishlarga alohida e`tibor berish kerak: tabiatni

bevosita tiklash miqyoslarini kengaytirish (o`rmonzorlarni ko`paytirish, er

rekul`tivatsiyasi v.b.); tabiiy xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashning o`sishi;

tabiiy xom ashyodan kompleks foydalanish; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish.

Ekologik boshqaruvning foydaliligini maksimizatsiyalashqonuniyati

talablariga amal qilish va ularni amaliyotga joriy etishda umumiy menejmentning

boshqaruvni ixtisoslashtirish qonuni, boshqarishning yaxlitligi qonuni,

boshqaruvni zaruriy markazlashtirish qonuni, boshqaruvni

demokratizatsiyalashtirish qonuni, vaqtni tejash qonuni va boshqalar har

tomonlama to`la hisobga olinishi kerak.

Page 53: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

3.4. «Ekologik menejment» printsiplari

«Ekologik menejment»ning umumiy va xususiy qonuniyatlari amaliyotga

jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan rahbariy qoidalar - printsiplar orqali joriy

etiladi. «Ekologik menejment» printsiplari ekologik boshqaruv amaliyotida

ob`ektiv qonuniyatlardan ongli yo`nalishda foydalanishni bildiradi.

Ekologik boshqaruvning umumiy qonuniyati qo`yidagi uchta asosiy umumiy

ekologik boshqaruv printsipini belgilaydi: ekologik boshqaruvda tabiatning

ustunligini hisobga olish printsipi, ekologik boshqaruvda tabiatni

ijtimoiylashtirishni hisobga olish printsipi, ekologik boshqaruvda ishlab

chiqarishni ekologizatsiyalashni hisobga olish printsipi.

Ekologik boshqaruvda tabiatning ustunligini hisobga olish printsipiga

muvofiq tabiat jamiyatning dialektik birligi tabiat qonunlari bilan belgilanadi.

Tabiat-jamiyat rivojlanishining tabiiy asosi. Tabiat bilan aloqani buzmaslik uchun

jamiyat ekologik boshqaruvda ularning birligini hisobga olish va boshqaruvni

tabiatning ob`ektiv rivojlanishiga asoslanib amalga oshirish kerak. Boshqacha

aytganda tabiat bilan jamiyatning o`zaro ta`sirini boshqarishning eng muhim

printsipitabiatning ustunligini hisobga olishdir. Bu printsip jamiyatning tabiatga

ta`sirini ekologik boshqarish jarayonlarida tabiat qonunlari mohiyati va ta`sirini

har tomonlama to`la hisobga olishni talab qiladi. Bu printsipni buzish jamiyat

rivojlanishining tabiiy asoslarini, demak, uning o`zining asoslarini ham emirishga

olib keladi. Shunday qilib, tabiat - jamiyat integral tizimini ekologik boshqarishda

tabiat qonunlari birlashtiruvchi zveno rolini bajaradi.

Ekologik boshqaruvda tabiatni ijtimoiylashtirishni hisobga olish printsipi

tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofazalashda jamiyat manfaatlarini ayrim

shaxslar, tarmoqlar, tashkilotlar, mintaqalar va boshqalar manfatlaridan ustun

qo`yishni taqazo etadi. Unga muvofiq zarur qoidalar va normativlarga amal qilgan

holda tabiiy resurslardan faqat jamiyat va xalq farovonligi uchun foydalanish

lozim. Tabiat ijtimoiy ne`matdir. Tabiatdan foydalanishni boshqarishni jamiyat

nomidan davlat amalga oshirish kerak.

Page 54: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Ekologik boshqaruvda ishlab chiqarishni ekologizatsiyalashni hisobga olish

printsipiga muvofiq texnologiyani moddiy ishlab chiqarishni tashkil etishni

takomillashtirish, ekologik sohada mehnat samaradorligini oshirish asosida tabiiy

resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni boshqarishni amalga oshirish

talab qilinadi.

Ekologik boshqaruv amaliyotida «Ekologik menejment»ning xususiy

qonuniyatlari talablari boshqaruvda ilmiylik, optimallik, mintaqaviylik,

komplekslik, resurslarga pul to`lash kabi xususiy printsiplar orqali amalga

oshiriladi.

Ekologik boshqaruvning ilmiylik printsipi tabiatdan foydalanish va tabiatni

muhofazalashni boshqarishni tabiat va jamiyat rivojlanishining ob`ektiv

qonunlarini chuqur bilishga, fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslanib

amalga oshirishni ko`zda tutadi.

Ekologik boshqaruvning optimallik printsipi boshqaruvda ekologik

manfaatlarni hisobga olib, tabiatdan foydalanishning samaradorligini oshirishni,

tabiiy resurslarni ishlab chiqarishning eng yaxshi variantlarini tanlashni, xo`jalik

vazifalarini oqilona amalga oshirishni nazarda tutadi.

Ekologik boshqaruvning mintaqaviyligi printsipiga muvofiq, tabiadan

fodalanishni va tabiat muhofazasini boshqarish doimo ma`lum hududda

(ma`muriy-hududiy birliklar bo`yicha), ularning tabiiy va iqtisodiy sharoitlari,

rivojlanishi istiqbollarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Tabiatdan

foydalanishni boshqarish mintaqalarning tabiat muhofazasi manfaatlariga mos

bo`lishi kerak.

Ekologik boshqaruvning kompleksligi printsipi boshqaruvda dastlabki tabiat

xom ashyolaridan ratsional foydalanish va ularni chuqur qayta ishlashni tashkil

etishni talab qiladi. Bunda yopiq, chiqindisiz yoki kam chiqindili ishlab chiqarishni

tashkil etish boshqarishning asosiy maqsadi va vazifasi hisoblanadi.

Page 55: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Ekologik boshqaruvda tabiiy resurslarga to`lovlarni hisobga olish printsipi

boshqaruvda resurslarga pul to`lash, ularni tejash, tabiatdan yuqori samarada

foydalanishni rivojlantirishga asoslanadi.

Ekologik boshqaruvning umumiy va xususiy printsiplaridan boshqaruvda

foydalanishda umumiy menejmentning qo`yidagi printsiplariga har tomonlama

asoslanish kerak: demokratiyalash; ierarxiya tizimi; yakka hokimlik va mas`uliyat;

mehnat taqsimoti; harakat birligi; tartib intizom; shaxsiy manfaatni korxona

manfaatiga bo`ysundirish; rag’balashtirish; markazlashtirish; haqqoniylik; qulay

iqlim (sharoit); korporativ ruhiy kayfiyat va boshqalar.

Qisqacha xulosalar

«Ekologik menejment» qonuniyatlari ekologik iqtisodiy qonunlar va

ekologik iqtisodiyot sohasining xususiyatlariga bog’liq holda ekologik

boshqaruvda namoyon bo`ladi, shakllanadi, harakatda bo`ladi. Ular ikki xil

bo`ladi: 1) umumiy ekologik boshqaruv qonuniyatlari; 2) xususiy ekologik

boshqaruv qonuniyatlari.

Ekologik boshqaruvning umumiy qonuniyatlari energiyaning saqlanishi va

aylanishi (tabiat qonuni) va vaqtni tejash qonuni (iqtisodiyot qonuni) integratsiyasi

asosida harakat qiladigan tabiatdan foydalanish va muhofazalash qonuniyatining

ekologik boshqaruvda namoyon bo`lishi hisoblanadi.

Ushbu qonuniyatlarning mohiyatini energiyaning saqlanishi va aylanishi

qonuni ta`sirida ekologik boshqaruvning moddiy tomoni - tirik moddlar (biosfera),

vaqtni tejash qonuni ta`sirida ekologik boshqaruvning ekologik iqtisodiy tomoni -

tabiat muhofazasi mehnat unumdorligi belgilab beradi. ekologik boshqaruvning

umumiy qonuniyatida boshqaruvning umumiy qonuniyati - mehnat taqsimoti

qonuniyati ekologik boshqaruvning ixtisoslashishi va yaxlitlanishi (differensiya va

ierarxiya) orqali namoyon bo`ladi.

Ekologik boshqaruvning xususiy qonunlari konkret mamlakat va regionlarga

xos bo`lib, ular ekologik boshqaruvning shakli va tarkibini belgilaydi. Bu

Page 56: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

qonuniyatning asosini tabiiy rusurslar ijtimoiy foydaliligini maksimizatsiyalash

qonuniyati va tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuniyati

tashkil etadi. Shu munosabat bilan ekologik boshqaruvning foydaliligini

maksimizatsiyalash qonuniyati namoyon bo`ladi.

Ekologik boshqaruvning foydaliligini maksimizatsiyalash qonuniyati

talablariga muvofiq korxonalar yakuniy mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun

foydalanadigan ko`plab tabiiy resurslardan eng kam xarajat talab qiladiganlarini

tanlaydilar. Bu qonuniyat undiruvchi, ishlab beruvchi sanoat, tabiat muhofazasi

sohalaridan ekologik boshqaruvning optimal yo`nalishini belgilashga imkon

beradi.Ushbu qonuniyat ekologik boshqaruvda tabiatni bevosita tiklash

miqyoslarini kengaytirish, tabiiy xom ashyodan kompleks foydalanish, atrof-

muhitni muhofaza qilishga alohida e`tibor berishni talab qiladi. Shu bilan bir

qatorda ekologik boshqaruvda umumiy menejment qonuniyatlaridan samarali

foydalanish ham muhimdir. «Ekologik menejment»ning umumiy va xususiy

qonuniyatlari amaliyotga ularga mos keladigan jamiyat tomonidan ekologik

boshqaruvning umumiy va xususiy printsiplari orqali amalga oshiriladi.

Ekologik boshqaruvning umumiy printsiplariga qo`yidagilar kiradi:

1) Ekologik boshqaruvda tabiatning ustunligini hisobga olish; 2) Ekologik

boshqaruvda tabiatning ijtimoiylashtirilganini hisobga olish; 3) Ekologik

boshqaruvda ishlab chiqarishni ekologizatsiyalashni hisobga olish.

Ekologik boshqaruv amaliyotida «Ekologik menejment»ning xususiy

qonuniyatlari talablari boshqaruvda ilmiylik, optimallik, mintaqaviylik,

komplekslik, resurslarga pul to`lash kabi xususiy printsiplar orqali amalga

oshiriladi.

Ekologik boshqaruvning umumiy va xususiy printsiplaridan boshqaruvda

foydalanishda umumiy menejment printsiplariga har tomonlama asoslanish kerak.

Bunda umumiy mnejment printsiplariga demokratiyalash, ierarxiya tizimi, yakka

xokimlik va mas`uliyat, mehnat taqsimoti, harakatlar birligi, tartib-intizom, shaxsiy

Page 57: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

manfaatni korxona manfaatiga bo`ysundirish, rag’batlantirish, markazlashtirish,

haqqoniylik, qulay sharoit, korporativ ruhiy kayfiyat va boshqalar kiradi.

Tayanch iboralar

Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish. Tabiat bilan jamiyat tizimlari.

Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlar. ekologik boshqaruvning umumiy

qonuniyati. energiyaning saqlanishi va aylanishi hamda vaqtni tejash qonuni.

ekologik boshqaruvning xususiy qonuniyatlari. Tabiiy resurslar ijtimoiy

fodaliligini maksimizatsiyalash. Tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab

chiqarish. Umumiy menejment qonuniyati. ekologik boshqaruvning umumiy va

xususiy printsiplari.

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. «Ekologik menejment» qonuniyatlari va printsiplari qaysi fanlar

aniqlagan qonuniyatlar va printsiplarga asoslanib aniqlanadi?

2. Ekologik boshqaruv qonuniyatlarining asosiy mohiyati va mazmunini

bilib oling.

3. Ekologik boshqaruv qonuniyatlari nyecha turga bo`linadi?

4. Ekologik boshqaruvning umumiy qonuniyati nima? U qanday namoyon

bo`ladi va harakat qiladi?

5. Energiyaning saqlanishi va aylanishi qonuni va vaqtni tejash qonuni

ekologik boshqaruvning umumiy qonuniyati ta`rifida qanday o`rinni egallaydi?

6. Ekologik boshqaruvning umumiy qonuniyatida umumiy menejmet

qonuniyatlari ta`siri qanday hisobga olinadi?

7. Ekologik boshqaruvning xususiy qonuniyati nima? U qaysi qoidalar

ta`sirida namoyon bo`ladi?

8. Tabiiy resurslar ijtimoiy foydaliligini maksimizatsiyalash qonuniyati,

tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuniyati, umumiy

menejmet qonuniyatlari xususiyatlarini bilib oling. Ular ekologik boshqaruvning

xususiy qonuniyatlariga qanday ta`sir ko`rsatadi?

Page 58: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

9. Ekologik boshqaruvning umumiy va xususiy printsiplari nima? Ular

qanday aniqlanadi?

10. Ekologik boshqaruvning umumiy va xususiy printsiplarining mazmuni,

mohiyati, qo`llanilishi xususiyatlarini tuShuntiring. Ular umumiy menejment

printsiplari bilan qanday bog’langan?

Asosiy adabiyotlar ro`yxati

1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka tahdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: "O`zbekiston", 1997.

2. Atrof - tabiiy muhitni muhofaza qilish qonular va normativ hujjatlar. T.:

"Adolat", 2002.

3. Uzbekistan na puti k ustoychivomu razvitiyu. Povestka dnya na XXI vek.

T.: 2002.

4. Gorelov A.A. ekologiya. Uchebnoe posobie. M.: 2002.

5. Odun YU. Osnovo` ekologii. M.: 1975.

6. Reymers N.F. Prirodopol’zovanie. Slovar’ - spravochnik. M.: 1990.

7. Reymers N.S. ekologiya (teoriya, zakono`, pravila, printsipo` i gipotezo`).

M.: 1994.

8. SHarifxo`jaev M., Abdullaev YO. Menejment.T. Mehnat, 2000.

9. G’ulomov S.S. Menejment asoslari. T.: 2002.

10. Baxretdinova X.A. i dr. ekologicheskiy menedjment.. T.: 2015.

Page 59: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

MAVZU. «EKOLOGIK MENEJMENT»NING ASOSIY

INSTRUMENTLARI

REJA:

4.1. «Ekologik menejment»ning instrumentlari to`g’risida tushuncha va ularni

klassifikatsiyalash

4.2. Ekologik axborot tizimlari va ularning ekologik balanslardagi o`rni

4.3. Ekologik hisob va ekologik auditning «Ekologik menejment» tizimidagi o`rni

4.4. Korxonalar faoliyati ekologik natijalarining indikatorlari

4.5. Mahsulot ekologik hayotiy tsiklini baholash

4.6. Ekologik kontrolling

4.1. «Ekologik menejment»ning instrumentlari to`g’risida tushuncha va

ularni klassifikatsiyalash

"Instrument" tushunchasi "vosita", "usul" ma`nolarini bildiradi. Shunga

muvofiq "Ekologik menejment instrumenti" tushunchasi "ekologik boshqaruv

vositalari", "usullari" ma`nolarida qo`llaniladi. Turli xududiy-ma`muriy ierarxiya

darajalarida ekologik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlar

to`planadi va tayyorlanadi, ular baholanadi va turli maqsadlarda ishlatiladi. Shu

nuqtai nazardan instrumentlarni «Ekologik menejment» uchun axborotlarni

aniqlash va topish, qo`llash usullari sifatida tuShunish mumkin.

Ko`p xil va turdagi axborot oqimlari mavjudligi va ularni qo`llash

usullarining ham xilma-xilligi ularni to`liq klassifikatsiyalashga imkon bermaydi

va har qanday klassifikatsiyalash shartli bo`ladi. Shu sababdan «Ekologik

menejment» instrumentlarini muhim belgilari, mohiyati va mazmuni bo`yicha

turlicha klassifikatsiyalash mumkin.

«Ekologik menejment» instrumentlari foydalanish holatiga ko`ra, oddiy

(statik) va faol (dinamik) instrumentlar tizimiga bo`linadi. Oddiy (statik)

instrumentlarga quyidagilar kiradi: 1) ekologik balanslar; 2) ekologik hisob va

Page 60: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

ekologik audit; 3) ekologik indikatorlar; 4) mahsulot hayotiy tsiklini ekologik

baholash. Faol (dinamik) instrumentlarga quyidagilar kiradi: 1) ekologik

kontrolling; 2) ierarxiya jarayonlarining tahlil usullari. Dinamik (faol)

instrumentlar yordamida ma`lum qoidalar ishlab chiqiladi va ular «Ekologik

menejment»ning turli sxemalarini amalga oshirish uchun statik (oddiy)

instrumentlardan foydalanishga imkon beradi.

Statik (oddiy) instrumentlar qamrab olish sohasi, o`lchovi, amaliy

yo`nalishlariga bog’liq holda farq qiladi. Masalan, qamrab olish sohasi va o`lchovi

bo`yicha instrumentlar aniq adresatlarga (oluvchilarga) foydali amaliy axborotlarni

etkazib berishga asosiy e`tiborini qaratadi. Amaliy yo`nalishlarga bog’liq

instrumentlar esa axborotlarni ma`lum adresatlarga etkazib berishni aniq ko`zda

tutmaydigan vaziyatni qamrab oladi. Dinamik instrumentlar asosan o`zlarining

umumiyligi (bir xilligi) va formalizatsiya darajasi bilan ajralib turadi. Masalan,

eko-kontrolling menejmentni zarur axborotlar bilan ta`minlashning g’oyat umumiy

sxemasi hisoblanadi; ierarxiya jarayoni tahlili usuli «Ekologik menejment»

maqsadlarining mos tizimlarini jamoaviy ishlab chiqish yo`li bilan strategik

qarorlarni asoslashga yordam beradi.

4.2. Ekologik axborot tizimlari va ularning ekologik balanslardagi o`rni

Korxonalar, tumanlar, viloyatlar va mamlakat ekologik axborotlar tizimi ular

faoliyatining ekologik aspektiga taalluqli bo`ladi. Masalan, ma`lum mahsulotlarni

ishlab chiqarishda suv iste`moli yoki energiya va xom ashyo resurslarini sarflash

darajasiga bog’liq axborotlar Shular qatoriga kiradi. ekologik axborotlar tizimlari

(EAT) korxonalar va boshqa ierarxiya birliklari faoliyatining atrof tabiiy muhitiga

(ATM) ta`sirini (nagruzkasi) aks ettiradi va uni baholashga imkon beradi. eAT

tabiatdan foydalanuvchilar faoliyatining ekologik muhiti va xavf xatarini

aniqlashga yo`naltirilgan maxsus boshqaruv instrumentlari tizimi bo`lib xizmat

qiladi. U faoliyatning uzoq muddatli, preventiv (oldini oluvchi, ogohlantiruvchi),

innovatsiya aspektlari faolligini ham qamrab oladi.

Page 61: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

EAT ichki va tashqi adresatlar uchun ekologik axborotlarni aniqlaydi, qayta

ishlaydi va ularga miqdoriy shaklda etkazib beradi. Ichki adresatlarga aksionerlar,

iste`molchilar, sug’urta kompaniyalari, buyurtmachilar, xaridorlar, hokimiyat

organlari, kasaba uyushmalari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar kiradi.

Tashqi adresatlar qatoriga oliy rahbarlar, menejerlar, Shu jumladan, menejer-

ekologlar, bo`limlarning rahbarlari va mutaxassislari kiradi.

Ichki va tashqi adresatlarning ehtiyojlari har-xil bo`ladi. Ichki adresatlardan,

masalan, menejerlarni, eng avvalo, yangi mahsulotlar va ishlab chiqarish

jarayonlarining imkoniyat va xatarlarini oldindan ko`rishga imkon beradigan,

ularni realizatsiya qilishning jarayoni kyechishining reja topshiriqlaridan chetga

chiqishi ehtimoli to`g’risidagi, Shuningdek, tuzatishlar kiritiladigan tadbirlarning

oqibati to`g’risidagi axborotlar qiziqtiradi. Bo`limlarning rahbarlariga, eng avvalo

marketing va moddiy-texnika ta`minoti bo`limlari mutaxassislariga salbiy

samarani kamaytirishga yoki negativ (keraksiz) mahsulot va ularni qadoqlashni

(joylash, o`rash, solish) kamaytirishga imkon beradigan axborotlar kerak. Ishlab

chiqarish jarayonida qanday resurslar (xomashyo va materiallar) qatnashishi va

mahsulotni iste`molchiga yetkazib berish jarayonida qanday transport oqimlari

paydo bo`lishi eng ko`p darajada ta`minotga bog’liq bo`ladi. Shunga mos ekologik

oqibatlar korxonalardagi barcha jarayonlar uchun, Shuningdek, barcha

mutaxassislar va xodimlar ish faoliyatlari uchun aniqlanishi kerak.

Tashqi adresatlar, masalan, mahsulotning ekologik sifati to`g’risidagi

axborotlar bilan doimiy ta`minlashga ehtiyoj sezadilar. Bular iste`molchilar uchun

ekologik markirovka orqali amalga oshiriladi. Ta`minotchilar uchun etkazib

beriladigan mahsulotlarga qo`yiladigan talablar asosiy o`rinni egallaydi. Banklar

va sug’urta kompaniyalari uchun, masalan, firmalar joylashgan er uchastkalarining

ekologik holati to`g’risidagi ma`lumotlar va ular bilan bog’liq bo`lgan

tavakkalchilik va xatarlar muhim ahamiyatga ega. Davlat organlari uchun atrof-

muhitga chiqariladigan (tashlab yuboriladigan) chiqindilar to`g’risidagi axborotlar

kerak. Jamoatchilik uchun esa ekologik rEkonstruksiyalarning ijtimoiy oqibatlari,

Page 62: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Shu jumladan korxonalarda ish o`rinlarining o`zgarishi to`g’risidagi axborotlar

muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekologik axborot tizimlarining shakllanishi va ishlashi qo`yidagi qator

muhim muammolar yyechimiga bog’liq:

· firmalar, korxonalar, tumanlar viloyatlarning moddiy va energetik oqimlar

va tsikllar tizimini modellashtirish va limititsiyalashga tayyorligi. Ular orqali

korxonalar doirasida xomashyo material va energiyaning har qanday turining

harakati aks ettiriladi;

· ekologik ma`lumotlarni tanlash, olish va agregatsiyalashning qiyinligi;

· korxonalarning turli ekologik ta`sirlarini bahlashning murakkabligi. Ular

o`rtasidagi o`zaro ta`sir, o`zini o`zi tartibga solish va sustkashlik (kyechikish)

ehtimollari bunday murakkablik sabablari qatoriga qiradi.

Ekologik balanslar (ekobalanslar)-korxonalar axborot tizimlarining elementi

bo`lib, ular korxonaning atrof tabiiy muhit (ATM) ta`sirini hisobga olishning turli

tizimlarini o`z ichiga oladi. ekologik balanslar moddiy va energetik oqimlarning

ekologik yo`naltirilgan hisobidir. ekobalans ma`lumotlari turli sohalarda

qo`llaniladi. Masalan, ular upakovka materiallar turli xillarini taqqoslashda,

investitsiya loyihalarining xarajat-natijalarini tahlil qilish jarayonida, toksik

(zaharli) materiallarning milliy balansni tuzatishda zarur bo`lib, ayrim

korxonalarning, iqtisodiyot va uning tarmoqlarining ATMga ko`rsatadigan ta`siri

yuklarini ifodalaydigan axborotlarga talabning borishi bilan uzviy bog’liqdir.

Shunday qilib, ekobalans ko`plab mahsulotlar, ularning guruhlari, tizimlari

jarayonlari, yoki iqtisodiy fe`l-atvori usullarining ekologik oqibatlarini mumkin

qadar to`liq taqqoslashni ta`minlaydigan instrument hisoblanadi.

Ekologik balanslarning to`liq hajmi bir-biriga asoslangan qo`yidagi uchta

instruksiyadan tuziladi:

1) energiya va materiallar balansi (predmet balansi). Ular yordamida

korxonaning ishlab chiqarish tizimi va chiqim oqimlari majmuasi to`g’risida

Page 63: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

tasavvur hosil bo`ladi va ular tahlil qilinadi. Uning ma`lumotlaridan ekologik

siyosatni ishlab chiqishda foydalaniladi.

2) Oqibatlar balansi. Predmet balansi asosida ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy

ta`sir ko`rsatiladi va tahlil qilinadi. Ular qatoriga, masalan, qo`yidagilar kiradi:

YAqin yoki uzoq rayonlarning atmosfera havosiga, suviga eriga, flora, faunasiga

gazsimon moddalar emissiyasi ta`siri; resurslarni olishning mahalliy (lokal) va

mintaqaviy tizimlariga ta`siri.

3) Xo`jalik faolligining sohalari va ustunligini aniqlash maqsadlarida

oqibatlar balansi natijalarini balans baholashni amalga oshirish. Bunda reja- fakt

taqqoslash vsitasida normativ (reja) ko`rsatkichlar maksimal ruxsat beriladigan

ko`rsatkichlar, fan va texnika rivojlanishi darajasi bilan taqqoslab tahlil qilinadi va

ekologik oqibatlar bo`yicha ma`lum xulosalar chiqariladi.;

Balans ma`lumotlari qo`yidagi printsiplarga mos bo`lishi kerak: balans

tuzish protsedurasining yaqqol ko`rinib turishi protseduralarni tasivirlash (aks

ettirish) imkoniyati; protsedura qoidalarining majburiyligi; ma`lumotlar

manbaalarining ochiqligi;

1-chizmadan ko`rinib turibdiki, bu xususiy balanslar vositasida korxona

xo`jalik faoliyatining asosiy ekologik oqibatlari qamrab olinadi va baholanadi. Bu

to`rtta xususiy balanslar bir-birini to`ldiradi va bir-biri bilan ma`lum darajada

kesishadi.

Xarajat-ishlab chiqarish balansi (yoki korxona balansi) tahlilining dastlabki

bosqichi hisoblanadi. Bunda bir tomondan barcha moddiy (material) va energetik

resurslar hajmi (kirim oqimlari), boshqa tomondan esa korxona ishlab chiqarish

(chiqim oqimlari) tadqiq etiladi. Bunda korxona ichida sodir bo`ladigan jarayonlar

hisobga olinmaydi. CHiqim oqimlariga ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat

turlari) bilan bir qatorda turli-tuman chiqindilar (qattiq, suyuq, gazsimon va

boshqalar) ham kiradi.

Page 64: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Ekologik balanslarning O`zbekiston uchun ibratli bo`lgan yaxlit kontseptsiyasi

Germaniyada ishlab chiqarilgan va keng qo`llaniladi. Germaniyada qo`llaniladigan

ekobalans tizimlari qo`yidagi to`rtta xususiy balanslardan tashkil topadi; xarajat-

mahsulot va ishlab chiqarishning joylashgan o`rni balansi. Uni qo`yidagi chizmada

ifodalash mumkin (1-chizma).

1-chizma. ekologik balans sistematikasi

Bunday tipdagi balanslarning xususiyati Shundaki, korxonaga olib

keltiriladigan barcha material va energiya boshqa shakllariga o`tadi. Masalan,hom

materiallar ishlab chiqarish resurslariga aylantiriladi yoki boshqa holatga o`tadi

(masalan, blokli issiqlik elektrstansiyalarida ishlatiladigan gazning bir qismi

issiqliq chiqindilariga aylanadi). Kirim va chiqim oqimlarining balansini tuzish

Shu bilan xarakterlanadiki, tabiiy (fizik) hajm birliklarida ifodalaniladigan bunday

oqimlar bir-birlari bilan taqqoslanadi. Material va energiya oqimlarini yozib

Xarajat ishlab

chiqarish balansi

Jarayonlar

balansi

Mahsulotlar

balansi

Xarajat ishlab

chiqarish balansi

ATMga ishlab chiqarish ta'sirini baholash uchun asos.

ATMga ishlab chiqarish ta'sirini baholash uchun asos.

Korxonaning material-energetik balansi.

Ayrim ishlab chiіarish jarayonlarining moddiy-

energetik balansi

Transport parki, ustaxonalari, to`plash usullari va

boshqalar balansi.

Page 65: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

qo`yish turli darajada olib boriladi. Korxonaning ekologik balansi qo`yidagi

jadvalda keltirilgan (3-jadval).

3-jadval

Korxonaning ekologik balansi

1-daraja Kirim oqimlari CHiqim oqimlari

I. Materiallar.

II. energiya

I. Mahsulotlar.

II. Moddiy material

ifloslanishi:

1.CHiqindilar

2.Oqavalar.

3.Atmosfera chiqitlari.

III. energetik ifloslanish:

1.Issiqlik chiqitlari

2.SHovqin bilan iflos-

lanish.

3.Boshqa ifloslanishlar

(yorug’lik ta`siri va

boshqalar).

2-daraja Ayrim materiallar, chiqindilarni utilizatsiya qilish

yo`llarini differensial ko`rib chiqish.

3-daraja Ayrim materiallar tarkibi.

Jarayonlar balansi (ichki xo`jalik jarayonlari) orqali ATMga birgalikda ta`sir

ko`rsatishda ayrim jarayonlarning hissasi ko`rsatiladi.

Mahsulotlar balansi ma`lumotlari ishlab chiqariladigan tovarning ekologik

ta`siriga nisbatan baholashga xizmat qiladi. Shunday baholash uchun mahsulotning

umumiy ekologik hayotiy tsikllarini ko`rib chiqish zarur. Uning doirasida energiya

va materiallarning aylanishi har tomonlama hisobga olinadi. Gap Shundaki, ishlab

chiqarish jarayonida, Shuningdek, xizmatini o`tab bo`lgan mahsulotlarni

utilizatsiyalash va ulardan samarali foydalanish jarayonida ATMga katta bosim

(ta`sir) yuzaga keladi.

Page 66: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

4.3.Ekologik hisob va ekologik auditning «Ekologik menejment» tizimidagi

o`rni

Ekologik hisob muhim boshqaruv va axborot instrumentlari qatoriga kiradi

va u korxonalar, tumanlar viloyatlar va mamlakat tabiat muhofazasi faoliyati va

ATMga turli shakldagi ta`sirning to`plamini va samaradorligi tahlili va nazoratini

amalga oshirdi.

Ekologik hisob umumiy holatda moliyaviy va boshqaruv hisobini,

Shuningdek, ekologik ko`rsatkichlar bo`yicha hisobotni o`z ichiga oladi. Zarurat

bo`yicha u amalga oshirgan hisob operatsiyalarining tahlili va baholanishi bilan

to`ldiriladi. So`nggi holatda u ko`p darajada ekologik audit bilan bog’lanadi. Bu

instrumentlarning hammasi korxona va boshqa ierarxiya bo`g’inning «Ekologik

menejment» tizimiga kiradi va bir vaqtning o`zida korxonalar ekologik axborot

tizimlari blokining tarkibiy qismini shakllantiradi. ekologik hisob (hisob-

kitob)larga nisbatan XX asrning 90 yillarida qo`yidagi yondaShuvlar ishlab

chiqilgan:

1) Korxona schetlari (hisoblari) atrof-muhitga munosabatni va tabiat

muhofazasi faoliyati bilan bog’liq xarajatlarni, tavakkalchilik va majburiyatlarni

aks ettirishi kerak.

2) Investorlar investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun tabiat muhofazasi

faoliyati bilan bog’liq bo`lgan ekologik tadbirlar va xarajatlar bo`yicha

axborotlarga ega bo`lishi zarur.

3) Tabiat muhofazasi tadbirlari boshqaruv faoliyati predmeti bo`lganligi

sababli menejarlar tabiat muhofazasi xarajatlarini Shunday aniqlashi va qayta

taqsimlashi kerakki, unda mahsulot to`g’ri baholanishi, investitsiya qarorlari esa

real sarflar va manfaatga (foydaga, nafga) asoslangan bo`lishi kerak.

4) ekologik hisob ekologik samaradorlik printsipiga rioya qilishga asoslanib,

barqaror rivojlanishning kalitiga aylanishi kerak. Bunda ekosamaradorlik bir

vaqtning o`zida korxona daromadining o`sishiga va korxonaning ATMga ta`sirini

kamaytirishni ko`zlashi lozim. Bular tabiat muhofazasi bo`yicha xarajatlar,

Page 67: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

jamg’armalar va xo`jalik faoliyatining atrof-muhitga ta`siri bo`yicha aniq

axborotlarni taqdim qilish orqali o`lchanishi mumkin.

5) qonunchilik, banklar, investorlar, jamoatchilik, raqobat (Shu jumladan,

xalqaro raqobat) tabiat muhofazasi tadbirlari va ularning samaradorligi bo`yicha

hisobot berishni rag’batlantiradi.

Ekologik hisobda korxonalar, tumanlar, viloyatlar, mamlakat ekologik

faoliyati to`g’risidagi ekologik axborotlar aks ettiriladi. ekologik axborotlar

iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari (kimyo va neftkimyosanoati, avtomobilsozlik,

farmatsevtika, metalurgiya, o`rmon sanoatini qo`shib) xususiyatlarini hisobga olib

to`planadi. Hozirgi ekologik axborotlar qo`yidagi pozitsiyalarni o`z ichini oladi.

1. Assiy yo`nalishlar bo`yicha maqsadli ko`rsatkichlar, standartlar va

natijaviy tadbirlar.

2. Korxonalar va boshqa ierarxiya darajalari faoliyatining eng samarali

muhim ekologik aspektlari (chiqindilar, turli chiqarmalar va boshqalar).

3. Korxonalar, tumanlar, viloyatlar, mamlakatning moliyaviy ko`rsatkichlari

va mulklari bo`yicha ma`lumotlar (joriy xarajatlar, kapital qo`yilmalar, ilmiy

tadqiqot va tajriba konstruktorlik bo`yicha xarajatlar, avariyadan keyingi

tadbirlarga xarajatlar, tabiat muhofazasi ob`ektlarini sotib olish (egallash) va

boshqalar).

4. ekologik avariyalar bo`yicha javobgarlik (zararni undirish bo`yicha sudda

ishni ko`rishni ham qo`shib).

5. Moliyaviy hisobotlarga ilovalarda beriladigan axborotlar.

Odatda 1 va 2 pozitsiya axborotlari ekologik hisob yoki statistik hisob

tuShunchasi bilan ifodalanadi. 3-5 pozitsiyadagi axborotlar buxgalteriya hisobida

beriladi va ular buxgalteriya balansi, daromad va zararlar to`g’risida hisobot,

Shuningdek, auditor xulosalarini ham o`z ichiga oladi.

Ekologik hisob (hisob-kitob)da qo`yidagi umumiy printsiplarga amal qilish

muhim ahamiyatga ega: taqqoslashlik, bir xillik, ishonchlilik, ahamiyatlilik,

Page 68: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

xolislik va ma`lumotlar to`laligi. Shu munosabat bilan bugungi kunda qo`yidagilar

o`zlarining dolzarbligini saqlab qoladi:

· ekologik axborotlar sifatini oshirish, tasvirlovchi materiallar va qisman

ma`lumotlardan tizimlashtirilgan, raqamli, taqqoslanadigan (tarmoqlar, rayonlar,

mamlakatlar bo`yicha), ishonchli (tasdiqlanadigan) axborotlarga o`tish;

· Kompaniyalarning ekologik hisoboti (axborotlari) va moliyaviy hisobotlari

(axborotlari) o`rtasida zaruriy amaliy aloqalarni ta`minlash. Ular

integratsiyalashgan «Ekologik menejment»ga o`tish uchun birinchi navbatdagi

ahamiyatga ega.

· Tabiat muhofazasi xarajatlari va boshqa xarajatlar o`rtasida aniq

chegaralarni o`tkazish.

Korxonalar xarajatlarining hisob-kitobida faktik (aniq) xarajatlar (ya`ni

o`tmish xarajatlari) va reja (ya`ni kelajak) xarajatlarini ajratish kerak. CHunki

hozirgi zamon biznes kontseptsiyalarida Shunday hisob-kitoblardan istiqboldagi

jarayonlarni ongli rejalashtirish uchun keng foydalaniladi. Shu nuqtai nazardan

ekologik hisob-kitob tashqi samarani (xarajat) pul birligida aniqlash va aks ettirishi

kerak. (4-jadval).

4-jadval

Ekologik eksternallar va ularning korxona hisob-kitob tizimida ifodalanishi

Tashqi xarajatlar

(samaralar)

Ekologik ahamiyatga

ega bo`lgan

Ekologik ahamiyatga ega

bo`lmagan

Hisob-kitob tizimida

Hisobga olinmagan bo`lsa Birinchi xil -

Hisob to`g’risidagi masala

ochiq (oxirigacha hal

qilinmagan)

Ikkinchi xil -

Uchinchi xil To`rtinchi xil

Ekologik hisobotning usulik instrumentariyalari 5-jadvalda berilgan.

Page 69: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

5-jadval

Ekologik hisobotning usullik instrumentariyalari.

Ekologik yo`naltirilgan

Hisobotning an`anaviy shakllari Ekologik samarani hisobga

olish.

Atrof-muhitni

muhofaza qilish

bo`yicha tadbirlar

yordamida aylanishni

ko`paytirish.

Atrof-muhit muhofazasi

bilan bog’liq xarajatlar

Internallashgan

ekologik

xarajatlar

Eksternalla

shgan

ekologik

foydalilik

Eksternallashgan

ekologik

xarajatlar

Bevosita Bilvosita Xarajat

kamayishi

Xarajat

ko`payish

i

Binolar, o`rmon,

tuproq, suv

holatining

samarasi

Landshaft,

iqlim

sharoitlari

salomatlik,

yashash

tarzi

holatining

samarasi

CHiqindila

rdan qayta

foydalanis

hdan

olingan

qo`shimch

a tuShum

(daromad)

Imidj

Ishlab

chiqarishga

qo`shiladigan

omillarning

kamayishi

Ishlab

chiqarish

xarajatlari

Baho

oshishi

Gudvill

(sezilib

turmaydig

an

aktivlar)

Nomaqbul

qo`shimcha

mahsulotlarni

kamaytirish.

Nomaqbu

l

qo`shimc

ha

mahsulotl

arni

o`sishi

YAngi

mahsulot

Nou - xau

Moliyaviy hisobotlarning differensiallaShuvi Moliyaviy hisobotlarning

kengayishi

Page 70: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

4-jadvaldan moliyaviy hisobotlarning differensiallaShuvi va moliyaviy

hisobotlarning kengayishi yondaShuvlari o`rtasida aniq chegaralar yo`qligi

ko`rinib turibdi. Shu munosabat bilan korxonalar ekologik faoliyati to`g’risidagi

to`liq axborotning qismlari (moddalari) 6 jadvalda ko`rsatilgan.

6-jadval

Atrof-muhit muhofazasiga aloqador bo`lgan balans qismlari (moddalari)

Aktivlar Passivlar

I.Nomoddiy aktivlar. Atrof-muhit

muhofazasi uchun inshootlardan

birgalikda foydalanish huquqi

I.Xususiy kapital. Atrof-muhit

muhofazasini o`tkazish uchun

investitsiyalarning foyda hisobidagi

rezervlari.

II. Asosiy kapital. Atrof-muhit

muhofazasiga xizmat qiladigan

inshootlar va qurilmalar, atrof-muhit

muhofazasiga xizmat qiladigan boshqa

qurilmalar, ishlab chiqarish va firma

jihozlari, atrof tabiiy muhit uchun

amalga oshirilgan oldindan haq to`lash

va tugallanmagan jihozlar qurilishi

II. Rezerv fondlari. Atrof-muhit

muhofazasi bo`yicha nomalum

majburiyatlar uchun rezerv fondlari

ajratmalar, tog’ massivlari emirilishi

uchun to`lovlarga rezerv fondiga

ajratmalar, rekultivatsiya uchun rezerv

fondiga ajratmalar, chiqindilarni

bartaraf etish uchun rezerv fondiga

ajratmalar.

III. Aylanma kapital. ekologik toza

xomashyo va yekologik toza mahsulot

zahiralari.

III. Tabiat muhofazasi maqsadlari

uchun moliya- kredit muassasalari

tomonidan berilgan kreditlar bo`yicha

majburiyatlar

Ekologik hisob va ekologik hisobotda ekologik audit (Ekoaudit) muhim

o`rin egallaydi. ekoaudit yordamida biznesda ishlab chiqarish jarayonlariga tobora

Page 71: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

qattiqroq ekologik talablar qo`yiladi va ular amalga oshiriladi. ekoaudit - bu ichki

firma potensiali, ekologik tavakkalchilik (xavf-xatar) va imkoniyatlarni tizimli

tekshirish instrumentidir. Birinchi marta ekologik audit tizimi 1970 yillarda

AQSHda firmalar tomonidan o`sha davrdagi amerika tabiatni muhofaza qilish

qonunchiligida qo`yiladigan talablarga erishish maqsadlarida qo`llanilgan edi.

1980 yillarning oxiriga kelib ba`zi, kompaniyalar qonunchilikda nazarda tutilgan

ekologik ko`rsatkichlarga erishdilar. Shundan buyon faol ekoaudit va faol

«Ekologik menejment» AQSH kompaniyalari bilan bir qatorda Evropa firmalarida

ham ko`p ishonchga sazovor bo`ldi. Xalqaro ISO1400 va EMAS (1998)

standartlari qabul qilinishi bilan auditorlik tekshiruvlarini vaqti-vaqti bilan

o`tkazish kompaniyalar tegishli sertifikatlarni olishlari uchun eng muhim

shartlaridan biri bo`lib qoldi.

Ekologik audit - bu tashkilotlar ekologik faoliyati aspektlarini

tizimlashtirilgan hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan tekshirish jarayoni, Shuningdek,

ob`ektiv olinadigan va baholanadigan ma`lumotlar bo`lib, ular iqtisodiy faoliyat

turi va shartlarining, ma`muriy boshqarish tizimining yoki bu ob`ektlar

to`g’risidagi axborotlarning atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik

sohasida normativ qonunchilik talablariga va samaradorlik mezonlariga mos

kelishini aniqlash maqsadlarida o`tkaziladi.

Ekologik auditning asosiy maqsadiga qo`yidagilar kiradi: 1)korxonalar

faoliyatining ekologik aspektlari va ularning belgilangan standartlari,

normativlariga va tegishli tekshirishni o`tkazish tashabbuschilarining talablariga

mos kelishi to`g’risida ob`ektiv axborotlarni taqdim qilish; 2) «Ekologik

menejment», ekologik kontroling va boshqalarni tashkil etishni yanada

yaxshilashga taalluqli foydali tavsiyalarni ishlab chiqish, Shuningdek, firmalar

o`tkazadigan tabiat muhofazasi tadbirlarining samaradorligini oshirish.

Ekologik audit qo`yidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:

Page 72: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

· firma faoliyatining ekologik qonunchilik va firmaning atrof-muhit

muhofazasi sohasida deklaratsiyalangan siyosatiga, Shuningdek, uning iqtisodiy

maqsadlariga mos kelishini aniqlash;

· tashkilotning ekologik menejment tizimi samaradorligini belgilashi;

· atrof-muhit muhofazasi sohasida qarorlar qabul qilish uchun menejerni

axborot bilan ta`minlashga imkon berish;

· korxona xodimlari, mahalliy aholi va atrof tabiiy muhitni zararli ta`sir

ehtimolidan himoya qilishni ta`minlash;

· ekologik xavfli avariyalar paydo bo`lishi ehtimolini tahlil qilish;

· firmaning atrof tabiiy muhitga real ta`sirini aniqlash;

· tashkilotni ekologik siyosatni va ishlab chiqarish faoliyatini ularning

ekologik xavfsizlik darajasini oshirish maqsadlarida ta`minlashga yo`naltirish.

Xalqaro standartlarga muvofiq (ISO14010) ekologik audit tekshirishining

asosiy printsiplariga qo`yidagilar kiradi:

1) Maqsad va hajmni aniq belgilash. Bunda auditor tekshiruvlarning

maqsadini uning tashabbuskorlari belgilaydi, hajmi va tafsiloti, chuqurligi

maqsadlar hisobga olinib aniqlanadi.

2) Ob`ektivlik, xolislik va asoslilik. Bu talablarga rioya qilish uchun auditor

guruhi a`zolari ular tekshirayotgan faoliyatdan xolis bo`lishlari kerak, ular ob`ektiv

va noto`g’ri fikrga ega bo`lishdan ozod bo`lishlari lozim.

Auditor guruhi a`zolari tegishli bilimlarga, malaka va tajribaga ega

bo`lishlari kerak. eko-auditorlarga kasbiy va boshqa talablarning to`liq tarkibi ISO

14012 standartida berilgan.

3) Tegishli kasbiy ehtiyotkorlik. Auditor guruhi a`zolari bilan mijozlar

o`rtasidagi munosabatlar konfidensial (maxfiy, yashirin) va oqilona bo`lishi kerak.

Audittor guruhi a`zolari, agar qonun Shuni talab qilmasa, audit jarayonida olingan

axborotlar yoki hujjatlarni yoki oxirgi xulosalarni har qanday uchinchi tomonga

mijozdan (ya`ni audit tashabbuskoridan) ruxsat olmasdan oshkor qilishi mumkin

emas. Bu holat tashkilotdan ruxsat olishga ham tegishlidir.

Page 73: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

4) Tizimlilik. ekologik auditni tegishli turdagi tekshirishlar uchun ishlab

chiqarilgan asosiy tamoyillar va rahbariy ko`rsatmalarga muvofiq o`tkazish kerak.

5) Audit mezonlarini belgilash; o`rnatilgan mezonlarga asoslanib auditor

ma`lumotlari to`liqligi va zarur sifati aniqlanadi.

6) Audit natijalari va xulosalarining ishonchliligi.

7) Auditning kelishilgan maqsadlari va hajmini hisobga olib auditor

xulosasining to`liqligi.

Bu printsiplardan ko`rinib turibdiki, eko-audit tashqi, ya`ni korxonadan

tashqaridan yuborilgan tashabbus bilan o`tkaziladigan, Shuningdek, ichki ekoaudit,

ya`ni tekshiriluvchi tashkilot qarori bilan o`tkaziladigan turlarga bo`linadi.

Mamlakat milliy qonunchiligini hisobga olib auditni majburiy (ya`ni normativ

huquqiy aktlar bevosita o`rnatilgan harakatlarda o`tqaziladigan) va tashabbus

auditiga (ya`ni xo`jalik faoliyati sub`ektining o`z tashabbusi bilan o`tqaziladigan)

ajratish mumkin. Barcha hollarda audit tashabbuschisi (u yana buyurtmachi yoki

mijoz deb ham ataladi) auditor tashkiloti bilan tegishli shartnoma tuzadi.

SHartnomada auditor tekshiruvining maqsadi, hajmi, davriyligi belgilanadi.

Majburiy auditda shartnoma shakli mamlakatning normativ-huquqiy aktlari bilan

belgilanishi mumkin.

Amaliyotda ekoauditning qo`yidagi turlari qo`llaniladi:

1. Tizimli audit - korxona tashkil qilinishini va uning jarayonlarini ularning

struktura va funktsional ishga layoqatliligi nuqtai nazardan tadqiq etish.

2.Jarayonlar auditi - ma`lum ishlab chiqarish jarayonlari va protseduralari

atrof-muhitni muhofaza qilish uchun tadbirlar nuqtai nazaridan tekshirish.

3. Nazorat auditi - masalan, qonunchilik ko`rsatmalarining bajarilishini

tekshirish.

4. Alohida sabablar bo`yicha audit, masalan,

· maxsus chiqindilarni ishlash audii;

· aholi salomatligiga ishlab chiqarish jarayonlarining ta`siri auditi;

· mahsulot auditi (mahsulotnng ekologik hayot tsikli);

Page 74: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Xodimlarni tanlab

so`rash

Texnik aspeksiyalash

Dastlabki bosqich Audit bosqichi Yakuniy bosqich

Audit sohasini rejalashtirish

Audit o`tqazish uchun kadr tanlash

Tarmoq xususiyati tahlili

Xodimlarni jalb etish

Hisobotni tekshirish

Kompaniya siyosatini tadqiq etish

Menejment yo`nalishini tahlili

Hisobot tayyorlash

Harakat rejasini yaratish

· mahsulot sifati auditi;

· atrof-muhitga korxronaning tashlanmalari (oqavalari) auditi.

5. Atrof-muhitni muhofaza qilishni boshqarish tizimi auditi - tashkilotlarga

ularni ekologik siyosati va maqsadlariga taalluqli bo`lgan talablarni doimiy

bajarilishini aniqlashga yordam berishga yo`naltiiladi.

Ekologik auditni o`tkazish rejasi qo`yidagi asosiy bosqichlarni o`z ichiga

oladi:

2-chizma. ekologik audit bosqichlari

O`zbekistonda ekologik auditning normativ asosi "Ekologik ekspertiza

to`g’risida"gi (2002y) qonun bilan belgilanadi.

4.4. Korxonalar faoliyati ekologik natijalarining indikatorlari

Korxonalar faoliyati ekologik natijalarining indikatorlari (KFENI) uning

axborot ekologik tizimining muhim elementi bo`lib, ekologik boshqaruvning

asosiy muammolari yyechimini topishga yordam beradi. KFENI korxonalarning

atrof-muhitga ta`sirini rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish, Shuningdek

ularning tabiat muhofazasi bo`yicha harakat usullari, xarajatlari va natijalarining

muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi.

Page 75: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Indikatorlar tizimi qo`yidagi ikki guruhga bo`linadi:

1) Korxona faoliyatining ekologik natijalari indikatorlari;

2)Korxona faoliyatining ekologik sharoitlari indikatorlari. Birinchi guruh, o`z

navbatida, menejment tizimi ekologik idikatorlari va operatsiya jarayonlari

indikatorlariga bo`linadi. KFENI strukturasi 3-chizmada ko`rsatilgan va qisqacha

ta`riflangan.

I. Korxonalar faoliyatining ekologik natijalari indikatorlari (KFENI)

1.1. Menejment tizimi ekologik

indikatorlari (MTEI)

1) Siyosat va dasturlarni amalga

oshirish (erishilgan maqsadli va reja

ko`rsatkichlari, Shu jumladan,

bilimlar bo`yicha; ekologik qayta

tayyorgarlikdan o`tgan, ekologik

takliflar bergan, atrof-muhit

muhofazasi dasturlarida

qatnashadigan xodimlar soni).

2) Tartibga soluvchi normalarning

bajarilishi (bajarilgan va bajarilmagan

normalar soni, ekologik mojarolar

soni, ularning xarajatlari; auditor

tekshirishlari bo`yicha rejalarning

bajarilishi va boshqalar).

3) Moliyaviy natijalar (ekologik

xarajatlar (operatsiya va kapital

xarajatlar) ekoinvetitsiyalar

rentabelligi, resurslarni tejash

1.2. Operatsiya jarayonlarining

ekologik indikatorlari (OJEI)

1) Tahlil asosida aniqlangan

xomashyo, materiallar va energiya

oqimlari, Shu jumladan:

ishlab chiqarish va upakovka uchun

materiallar (turlar bo`yicha dastlabki

xom ashyo. Umumiy hajmi va

mahsulot birligiga, Shu jumladan, suv

iste`moli, rejalangan materiallar,

upakovka, Shundan qayta

foydalanilganlari), energiya (turlar

bo`yicha, umumiy hajmi va

foydalanish samaradorligi),

a) mahsulotlar (asosiy va qo`shimcha

mahsulotlar ishlab chiqarish, Shu

jumladan resikllanishga qodir bo`lgan,

resikllangan va qayta ishlangan

chiqindilar hajmi);

b) korxona qo`llab-quvvatlanishida

Page 76: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

natijasida xarajatlarni tejash, tadqiqot

ekofondlari, eko-mojarolar bo`yicha

eko-javobgarlik razmeri).

4) Tashqi muhit bilan o`zaro aloqalar

(ommaviy axborot vositalarida

firmaning eko faolligi to`g’risida

chiqishlar soni, mahalliy aholi uchun

o`quv dasturlari, mahalliy eko-

tashabbusini moliyaviy qo`llash

(sponsorlik), Shu jumladan, tabiatni

asrash bo`yicha va boshqalar)

ekologik xizmat (masalan, korxona

foydalanilgan toksik (zaharli)

chiqindilar hajmi).

2) Korxonaning quvvati va jihozlari

(Shu jumladan, ekologik jihozlari

quvvati va jihozlari (Shu jumladan,

ekologik jihozlar quvvati, transport

vositalarining yoqilg’i sarfi, Shu

jumladan zaharli gazlarni chiqarishni

kamaytiruvchi qurilmalar, egallagan

maydoni va boshqalar).

2. Korxona faoliyati ekologik sharoitlari indikatorlari (KFESHI)

CHiqindilar bo`yicha (umumiy hajmi va mahsulot birligiga toksik

resikllangan chiqindilar hajmi (massasi); mustaqil qayta ishlangan boshqa

korxonalarga berilgan va poligonlarda joylashtirilgan hajmi);

Atmosfera havosiga chiqarmalar bo`yicha (yillik chiqarmalar

massassi, mahsulot birligiga va boshqalar);

suv havzalari va joy rel`efiga tashlanmalar (yillik tashlanmalar

massasi, mahsulot birligi va boshqalar)

emissiyaning boshqa turlari (ma`lum joylarga shovqin ta`siri,

radiatsiya, vibratsiya va issiqlik ta`siri);

3-chizma. Korxonalar faoliyatining ekologik

natijalari indikatorlari (KFENI) strukturasi

KFENI strukturasi menejment amaliyotining asosan sifat ko`rsatkichlaridan

zamonaviy miqdoriy va sifat ko`rsatkichlariga o`tayotganligini ko`rsatadi. Ushbu

tizimning afzalligi, uning asosida yotgan yondaShuvlar bilan belgilanadi va

qo`yidagi tadbirlar zanjiriga asoslanadi: rejalashtir - bajar - tekshir - harakat qil.

Page 77: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

4.5. Mahsulot ekologik hayotiy tsiklini baholash

Mahsulot ekologik hayotiy tsiklini baholash (MEHTSB) amaliyotda keng

qo`llaniladi. Bu instrument asosiy e`tiborni korxonaning ishlab chiqarish va

mahsulot iste`moli (xizmatlari) bilan bog’liq bo`lgan ekologik ta`siriga qaratadi.

Bunda ushbu ta`sir (real va potensial) mahsulot hayotiy tsiklining hamma

ko`lamida, "beshikdan qabrgacha", ya`ni xom ashyoni olishdan va unga

korxonaning ega bo`lishidan to mahsulot ishlab chiqarishgacha va so`ngra

foydalanish va utilizatsiyagacha tadqiq etiladi. Atrof tabiiy muhitga ta`sirni

baholashning asosiy paramertlari bo`lib tabiiy resurslardan foydalanish, aholi

salomatligiga ta`sir, ekologik oqibatlar xizma qiladi.

1) MEHTSBni qo`llash va usullarining xizmat qilish sohasi qo`yidagilar

belgilanadi:

· mahsulot hayotiy tsiklining turli paytida ekologik aspektni yaxshilash;

· sanoat, davlat yoki nodavlat tashkilotlarida qaror qabul qilish (masalan,

mahsulotlar yoki jarayonlarni strategik rejalashtirishda, muqobilini (ustuvorlikni)

aniqlashda, loyihalashda, qayta loyihalashda);

· tegishli ekologik samaradorlik ko`rsatkichlarini, o`lchash usullarini

qo`shib, tanlash;

· marketing (masalan, ekologik markirovka tizimi yoki mahsulotning

ekologik tozaligi to`g’risidagi deklaratsiya bilan bog’liq ekologik da`vo

arizalarida).

2) MEHTSBning asosiy bosqichlariga qo`yidagilar kiradi:

· foydali qazilmalarni qazib olish jarayoni;

· energiya va xom ashyoni egallash (olish);

· yog’och resurslardan foydalanish;

· suv va energiyadan foydalanish;

· tashish va u bilan bog’liq bo`lgan atrof-muhit uchun xavflar yoki

resurslardan foydalanishning samaradorligi;

Page 78: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

· mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida atrof tabiiy muhitga turli

chiqarmalar;

· xavfli substansiyalarni ishlab chiqarish;

· yakuniy mahsulot iste`moli jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan

xavflar;

· chiqindilardan qayta foydalanish, resikllashtirish va chiqindilarni

joylashtirish.

MEHTSBni sut ishlab chiqarish misolida tahlil qilamiz:

4-chizma. Sut etishtirishning ekologik hayotiy tsiklini baholash bosqichlari

(Gedellergch., Mattsson B., 2000, r. 51).

Shakar-qand ishlab chiqarish

industriyasi Xom ashyoni qayta ishlash;

ozuqa chiqindilari

Yem ishlab chiqarish

Moyli, kraxmalli ekinlarni

yetishtirish

Qand lavlagi

yetishtirish

Omuxta yem

Sigirlar

O`g`it, harakat vositalari, pestitsidlar, urug` ishlab chiqarish.

Mahalliy don va dukkakli

ekinlarni ishlab chiqarish

Shakar-qand ishlab chiqarish

chiqindilari

Sut ferma

Buzoqlar Haydaladigan yerlar: silos, hashak, yaylov, don,

dukkaklilar

Sigirlar

Buzoqlar

Go`ng

Yem

Sut Go’sht

Sigirlar

Page 79: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

3) Mahsulot ekologik hayoti tahlili mahsulot ekologik balansini tuzish bilan

yakunlanadi. Bunday balansni tuzishda korxonaning atrof tabiiy muhitga

strukturaviy aralaShuvi qo`yidagicha tadqiq etiladi:

maydonlardan foydalanish: foydalanish turi va intensivligi;

imorat qurmoq: ko`rinishi va shakli, qurilayotgan erga ta`siri;

yer qazish ishlari: ishlab chiqarish va ma`muriy binolarni qurishda,

kommunikatsiyalarga qo`shishda;

asosiy vositalar;

ombor zahiralari;

atrof tabiiy muhitga uzoq muddatli salbiy ta`sir ko`rsatish (masalan,

tuproqning og’ir metall tuzlari bilan ifloslanishi).

4.6. Ekologik kontrolling

Ekologik kontrolling «Ekologik menejment»ning nisbatan yangi axborot-

tahlil instrumentlari qatoriga kiradi. Hozirgi paytda ekologik kontrolling firmani

boshqarish tizimida axborot bilan ta`minlash va foydalanish jarayonlarini

muvofiqlashtirishga yo`naltirilga menejerial funktsiyani bajaradi. Boshqacha

aytganda, kontrolling tashkilotnig samarali ishini menejment funktsiyasi orqali

axborot instrumentlarini asoslab berish va qo`llash yo`li bilan ta`minlashi kerakki,

unda ayrim, o`ziga xos mehnat taqsimoti natijasida tobora ixtisoslashgan axborot

instrumentlarini muvofiqlashtirish amalga oshadigan bo`lsin.

Kontrollingning konkret instrumentlari maxsus (yoki ayrim) va to`ppa-

to`g’riga bo`linishlari mumkin. Maxsus kontrolling instrumentlari menejmentning

ayrim kichik tizimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, to`ppa-to`g’ri kontrolling

instrumentlari esa ana Shunday bir nyechta kichik tizimlarni birlashtiradi.

Kontrollingning maxsus instrumentlari, masalan, tashkiliy tizim, xodimlarni

boshqarish tizimi, axborot tizimining o`zi, rejalashtirish tizimi va nazorat tizimi

kabi muhim kichik tizimlarning faoliyatini moslashtirish va axborot bilan

Page 80: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

ta`minlashga yo`naltiriladi. To`ppa-to`g’ri instrumentlarga, ya`ni barcha asosiy

kichik tizimlarni va menejmentning kichik funktsiyasini tizib turadigan,

birlashtiradigan va muvofiqlashtiradigan instrumentlarga, masalan, ichki firma

narxlari kiradi. Bu narxlar korxona kichik tizimlari ishlarining samaradorligini

aniqlashda yoki firma bo`limlarini to`g’ridan-to`g’ri boshqarish uchun

byudjetlashtirish tizimida qo`llanilishi mumkin.

Eko-kontrolling qo`yidagi uchta asosiy funktsiyani bajaradi:

axborot ta`minlashini muvofiqlashtirish (atrof-muhit muhofazasi uchun

ma`lumotlarni aniqlash va ishlash).

firmaning rejalarini muvofiqlashtirish (strategiya va operativ tadbirlarni

ishlab chiqish).

nazoratni muvofiqlashtirish (taktik va reja ko`rsatkichlarini taqqoslash).

4) eko-kontrolling menejmentni qo`llab-quvvatlovchi, to`ppa-to`g’ri

muvofiqlashtiruvchi, korxona faoliyatini takomillashtiruvchi funktsiyani bajaradi.

Bunda eko-kontrolling ko`p usullarni qo`llaydi. Bular qatoriga tahlil, chetga

chiqishni tahlil qilish, erta aniqlash tizimi, ssenariya tahlili, qiymatning ekologik

zanjiri tahlili, eko-audit, ekologik buxgalteriya hisobi eko-balans, ekologik

indikatorlar, nazorat ro`yxatlari, ekologik hayotiy tsikllar tahlili, ekologik loyihalar

uchun loyihalar raschyoti(hisobi) va boshqa usullar kiradi.

Eko-kontrolling maqsad qo`yish, qo`yilgan vazifalarni (rejalarni) bajarish va

ularning bajarilishini nazorat qilish tsikli jarayonlarini amalga oshiradi. (5-chizma).

Page 81: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Tashkiliy struturani rivojlantirish (masalan,

ekologik bo`limni ta'sis etish); strategik

xarakterdagi choralar (texnologiyani

o`zgartirish, assortimentni

korrektirovkalash); operativ xarakterdagi

choralar (xavfli materiallarni xavfsizlariga

almashtirish)

Atrof-muhit muhofazasi bo`yicha

maqsadlarni ta'riflash

Eko-balans, nazorat listlari, bir mahsulot

uchun tuzilgan eko-balans

Faktik va reja ko`rsatkichlarini taqqoslash,

ekologik hisobot tuzish, ekobalans

ma'lumotlarini aktuallashtirish

Mezonlar bo`yicha baholash, ma'lumotlarni

ayrim muammoli guruhlarga birlashtirish

Ekologik masalalar bo`yicha komissiyaning

muntazam majlisi, ekologik bo`lim

tomonidan qo`llab-quvvatlash, oliy

menejment tomonidan topshiriqlar

Menejeral qarorlarni qabul qilish uchun

axborotlar tayyorlash

Rejalashtirish va muvofiqlashtirish

5-chizma. Eko-kontrolling funktsiyalaShuvining mexanizmlari.

Eko-kontrollingni strategik va operativ turlarga bo`lish mumkin. (7-jadval).

Page 82: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

7-jadval

Strategik va operativ eko-kontrolling nisbatlari

Strategik

ekokontrolling

Operativ eko-

kontrolling

Menejment maqsadi

Korxonaning uzoq

muddatda mavjud

bo`lishini ta`minlash

Emissiya, xavf-xatarni va

resurs iste`molini

kamaytirish

Kontrolling maqsadi

Iqtisodiy

muvaffaqiyatning uzoq

potensialini va buning

uchun zarur resurslarni

ta`minlash

Jarayonlarning eko-

samaradorligi

Maqsadli parametrlar

Mahsulotlar,

jarayonlarning ekologik

izchilligi va jamiyatda

ekologik masalalarning

ifoda qilinishiga ta`sir

CHiqindilar hajmi,

energiya iste`moli,

material sig’imi

Razmerligi Imkoniyatlar, xatarlar,

ustunlik, zaiflik

Hajmlar, og’irlik,

toksiklik

Axborot manbai Tashqi muhit Ekologik axborot tizimi

Qisqacha xulosalar

«Ekologik menejment» instrumentlari ekologik boshqaruv vositalari,

usullari ma`nosini beradi. Ularni «Ekologik menejment» uchun axborotlarni

aniqlash, baholash va qo`llash usullari sifatida tuShunish mumkin.

Page 83: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

«Ekologik menejment» instrumentlarini belgilari, mohiyati va mazmuni

bo`yicha turlicha klassifikatsiyalash mumkin: oddiy (statik) va faol (dinamik);

Ekologik axborot tizimlari (EAT) tabiatdan foydalanuvchilar faoliyatining

atrof tabiiy muhit (ATM)ga ta`sirini aks ettiradi va uni baholashga imkon beradi.

eAT ichki va tashqi adressatlar uchun ekologik axborotlarni aniqlaydi, qayta

ishlaydi, baholaydi, ularga miqdoriy shaklda etkazib beradi.

Ekologik balanslar korxonalar axborot tizimlarining elementi bo`lib, ular

korxonaning ATMa ta`sirini hisobga olishning turli tizimlarini o`z ichiga oladi.

Ekologik audit ichki firma potensiali, ekologik tavakkalchilik (xavf-xatar)

va imkoniyatlarni tizimli tekshirish instrumentidir. Shu nuqtai nazardan ekoaudit

o`ziga xos maqsad va funktsiyalarga ega. ekoauditning asosiy printsipi

qo`yidagilar: maqsad va hajmni aniq belgilash; tizimlilik; audit mezonlarini

belgilash; audit natijalari va xulosalarining ishonchliligi; auditning kelishilgan

maqsadlari va hajmini hisobga olib, auditor xulosasining to`liqligi.

Ekoaudit tashqi va ichki, tizimli, jarayonlar auditi, nazorat auditi, alohida

sabablar bo`yicha audit, atrof-muhitni muhofaza qilishni boshqarish tizimi auditiga

bo`linadi.

Korxonalar faoliyati ekologik natijalarining indikatorlari (KFENI)

korxonalarning atrof-muhitga ta`sirini rejalashtirish, boshqarish va nazorat

qilishning, harakat usullari, xarajatlari va natijalarining muhim vositasi bo`lib

xizmat qiladi. Indikatorlar tizimi ikki guruhga bo`linadi: 1) korxona faoliyatining

ekologik natijalari indikatorlari. Ular o`z navbatida qator indikator kichik

ro`yxatlariga bo`linadi. KFENI tizimi "rejalashtir-bajar-tekshir-harakat qil"

tadbirlari zanjiridan iboratdir.

Mahsulot ekologik hayotiy tsiklini baholash (MEHTSB) instrumenti asosiy

e`tiborni korxonaning ishlab chiqarish va mahsulot istemoli (xizmatlari) bilan

bog’liq bo`lgan ekologik ta`siriga qaratadi. Bunda mahsulot hayotiy tsikli xom

ashyosini olishdan va unga korxona egalik qilishidan to mahsulot ishlab

chiqarishgacha va so`ngra foydalanish va utilizatsiyagacha tadqiq etiladi. Atrof

Page 84: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

tabiiy muhitga ta`sirni baholashning asosiy parametrlari bo`lib tabiiy resurslardan

foydalanish, aholi salomatligiga ta`sir, ekologik oqibatlar xizmat qiladi. MEHTSB

ko`p usullarga asoslanadi va bir nyecha bosqichlardan iborat bo`ladi. Mahsulot

ekologik hayoti tahlili mahsulot ekologik balansini tuzish bilan yakunlanadi.

Ekologik kontrolling firmani boshqarish tizimida axborot bilan ta`minlash

va foydalanish jarayonlarini muvofiqlashtirish funktsiyasini bajaradi. ekologik

kontrolling maxsus (yoki ayrim) va to`ppa-to`g’ri (skvoznoy) instrumentlarga

bo`linadi. U strategik va operativ turlarga ham bo`linadi. Barcha hollarda ekologik

kontrolling xilma-xil tadqiqot usullaridan foydalanadi.

Tayanch iboralar

Ekologik menejmentning oddiy va faol instrumentlari. ekologik menejment

instrumentlari klassifikatsiyasi. ekologik axborot tizimlari. ekologik balanslar.

ekologik hisob. ekologik hisobning usuliy instrumentlari. Balansning aktiv va

passivlari. ekologik audit va uning turlari. Korxonalar faoliyatining ekologik

natijalari indikatori. Mahsulot ekologik hayotiy tsiklini baholash. ekologik

kontrolling.

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Ekologik menejment instrumentlari nima? Ularning ahamiyati va

qo`llanilish sohalari hamda yo`nalishlarini tuShuntiring.

2. Ekologik menejment instrumentlari qanday belgilarga qarab

klassifikatsiyalanadi?

3. Oddiy (statik) va faol (dinamik) menejment instrumentlari nima? Ularning

farqini tuShuntiring.

4. Ekologik axborot tizimlari nima? Ularning xususiyatlarini va ekologik

balanslardagi o`rnini tuShuntiring.

5. Ekologik balanslar va ularning xususiyatlarini ta`riflang. ekologik

balanslarning uchta konstruksiyadan tuzilishini bilib oling.

Page 85: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

6. Xarajat - ishlab chiqarish balansi, jarayonlar balansi, mahsulotlar balansi

nima?

7. Ekologik hisob va uning asosiy xususiyatlarini bilib oling.

8. Ekologik hisobning usuliy instrumentlari qanday xususiyatlarga ega?

9. Atrof-muhit muhofazasiga aloqador balansning aktivlari va passivlarini

bilib oling.

10. Ekologik audit nima? Uning maqsad va vazifalarini tuShuntiring.

11. Amaliyotda ekologik auditning qanday turlari qo`llaniladi? ekologik

auditni o`tkazish rejasini tuShuntiring.

12. Korxonalar faoliyati ekologik natijalarining indikatori nima? Ularning

ahamiyati va xususiyatini bilib oling.

13. Mahsulot ekologik hayotiy tsiklini baholash nima? U qanday ahamiyat

va xususiyatlarga ega?

14. Ekologik kontrolling nima? Uning ahamiyati va xususiyatlari.

Asosiy adabiyotlar ro`yxati

1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavsizlikka tahdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: "O`zbekiston", 1997.

2. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish. qonunlar va normativ hujjatlar. T.:

"Adolat", 2002.

3. Golub A., Strukova E. ekonomika prirodnix resursov. M. 1998.

4. Paxomova N., enders A., Rixter K. ekologicheskiy menedjment.

Uchebnoe posobie. Spb: Piter, 2003

5. Serov G. ekologicheskiy audit. M.: 1999.

6. ekologicheskiy uchyot na predpriyatiyax. Konferentsiya OON po torgovle

i razvitiyu. M.: 1997.

7. Baxretdinova X.A. i dr. ekologicheskiy menedjment.. T.: 2015.

8. SHarifxo`jaev M., Abdullaev YO. Menejment. T.: "Mehnat", 2000.

Page 86: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

MAVZU. EKOLOGIK BOSHQARUVNING TASHKILIY

STRUKTURASI

REJA:

5.1. Ekologik boshqaruv tizimining umumiy xususiyatlari

5.2. Ekologik boshqaruv tizimlari va ularning printsiplari

5.3. Ekologik monitoring

5.4. Ekologik boshqaruvning tashkiliy strukturasi va ekologik

boshqaruv idoralari

5.1. ekologik boshqaruv tizimining umumiy xususiyatlari

Ekologik boshqaruv tizimi tabiiy resurslar, jamiyatning tabiiy yashash

muhiti va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o`rtasidagi aloqalarga ma`lum

darajada ta`sir ko`rsatishni va Shu maqsadda ushbu munosabatlarni

muvozanatlashtirishni, yashash muhitini saqlash va takror ishlab chiqarishni aks

ettiradi. ekologik boshqaruv tanlangan mezonlar bo`yicha ushbu munosabatlarni

bir holatdan ikkinchi holatga o`tkazishni ta`minlaydi. Shu nuqtai nazardan

ekologik boshqaruv atrof-muhitga xilma-xil ta`sir ko`rsatishning (foydalanish va

muhofaza qilish) tashkiliy strukturasini, rejalashtirish, mas`uliyatni taqsimlash,

amaliy usullar, protseduralar, jarayonlar va resurslarni ekologik siyosat

yo`nalishida boshqaruvning ko`zlangan maqsad natijalariga erishishni va ularni

amalga oshirishni o`z ichiga oladi.

Ekologik boshqaruv zarur axborotlarga asoslanib amalga oshiriladi va atrof-

muhitning boshqariladigan majmui ishlab turishini qo`llab-quvvatlashga yoki

yaxshilashga yo`naltiriladi. U qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun belgilangan va

izchil harakatlarni ifodalaydigan rejalar, dasturlar asosida maxsus boshqaruv

organlari yoki boshqa boshqaruv mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Bunda

tabiiy tizimlarda amal qiladigan o`z-o`zini boshqarish xususiyatlari har tomonlama

to`la hisobga olinishi kerak.

Page 87: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Ekologik boshqaruv qo`yidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi:

1) u ma`lum maqsadni amalga oshirishga yo`naltiriladi; 2) amalga oshirilgan yoki

oshiriladigan tadbirlarning boshqarilayotgan ob`ektlar majmuiga ijobiy va salbiy

ta`sirini (yoki ularning reaksiyasini) bilish; 3) tabiiy-resurs va ekologik-iqtisodiy

potensialning ob`ektiv cheklanishlarini hisobga olish; 4) barcha jarayonlarning

ijobiy samarasini kuchaytirish asosida ularni kutilgan moddiy energetik teskari

aloqalar paydo bo`lishiga yo`naltirishning maqsadga muvofiqligi; 5) ekologik

boshqaruv ierarxik tashkil etilishi kerak, ular o`z navbatida qo`yidagilarni talab

qiladi: a) qo`yi bo`g’in harakatlari hududiy-vaqt (muddat) ierarxiyasi bo`yicha

yuqori darajani mos holda to`ldirishi; b) oliy bo`g’inlar qo`yi bo`g’inlar ishlashiga

halaqit bermasligi; v) boshqaruv bo`g’inlari eng kam darajaga tushirilishi; 6)

boshqaruvning optimal bo`lishi; 7) boshqaruvni unga mos keladigan boshqarish

shakllari asosida tashkil etish; 8) boshqaruv samaradorligi maqsadlariga ushbu

tadbilar va ijtimoiy zarur harakatlardan kutilayotgan kattalikdagi ijobiy

natijalarning yig’indisini moslashtirish tartiblarining qo`yilishi; 9) boshqaruv

qarorlari jismoniy va ma`naviy harakatlardan xoli bo`lib, o`z vaqtida qabul

qilinishi; 10) boshqaruv doimo bashorat (prognoz) yo`nalishida bo`ladi va muddat

bo`yicha ekologik-ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni har tomonlama chuqur hisobga

oladi va ehtimol tutilayotgan vaziyatning ko`p variantli tahliliga asoslanadi; 11)

boshqaruv tizimi moslashgan bo`lishi, ya`ni o`zini strukturasini va ishlash

usullarini to`plangan ish tajribalari va boshqaruvning tashqi sharoitlari va

maqsadlari o`zgarishlar muvofiq o`zgartirishi kerak.

Ekologik boshqaruv tizimi tabiat tizimlarida amlaga oshiriladigan o`z-o`zini

boshqarish tizimi bilan jonli tabiat tizimining tabiiy boshqarilishi va inson

boshqaruv tizimlari va strategiyalari o`rtasidagi katta farqlar mavjudligi qator

ziddiyatlar kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Bular qo`yidagilarda o`z ifodasini

topadi:

1) Tabiatdagi jarayonlar xilma-xillik optimumi va biologik

mahsuldorlikning minimumida oliy biomassaga erishishga yo`naltirilgan. Odamlar

Page 88: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

esa xilma-xillikning (monokul`tura) va umumiy biomassaning minimumida

(biomassa maksimumi o`simliklar va hayvonlarning foydali qismlarida to`planishi

kerak) yoki ikkilamchi biomassaning (uy hayvonlari) ustunligida maksimal foydali

mahsulotga (hosildorlikka) intiladilar; 2) Tabiat "nuqtai nazaridan" madaniy

o`simlik navlari yoki uy hayvonlari zotlari tabiat tizimlarining o`z-o`zini

boshqaruvida yo`qotib yuborilishi kerak bo`lgan anomal (normal), genetik o`ta bir

xil va biologik yomon moslashgan individlar majmui hisoblanadi. Tabiatdan

foydalanishni boshqarishda ushbu holat hisobga olinishi kerak. Bu konflikt

(qarama-qarshilik) madaniylashgan ekotizimlarni parvarishlashning agrotexnik va

boshqa usullari va hududlarni ekologik optimizatsiyalash tadbirlari orqali bartaraf

qilinadi va Shunga muvofiq ma`lum darajada tabiiy-antropogen muvozanat saqlab

qolinadi.

Ekologik boshqaruv qattiq va yumshoq bo`lishi mumkin. qattiq boshqaruv

bevosita "buyruqbozlik" boshqaruvi bo`lib, unda tabiatdan foydalanish, tabiiy

resurslar va tizimlarni boshqarish, qoida tariqasida, tabiiy jarayonlarga texnik va

texnologik ta`sir qilish va aralashish, tabiatning o`z mexanizmlari va tizimlarini

tubdan qayta o`zgartirish yo`li bilan "tuzatish" amalga oshiriladi (masalan, er

haydash, daryolarga to`g’onlar qurish v. b.). qattiq boshqaruv eng yuqori xo`jalik

samarasini beradi, lekin bu samara qisqa vaqt oralig’ida (intervalida) va mahalliy

va mintaqaviy miqyosda, ularni qo`llash tabiiy-resurs potensialini emirishga olib

kelmagan sharoitda sodir bo`ladi. qattiq boshqaruv tabiiy tizimlarni sun`iy o`ta

o`zgartirish yoki benihoya yoshartirishga asaoslanadi. Shu munosabat bilan u

asosan yumshoq boshqaruv yo`li bilan amalga oshiriladigan ekologik muvozanatni

qo`llab-quvvatlaydigan tadbirlarni ijro etilishini talab qiladi.

YUmshoq boshqaruv tabiatdan foydalanishda bilvosita, chetdan ta`sirga

qoida tariqasida, tabiiy mexanizmlarning o`z-o`zini tabiiy tartibga solishidan

foydalanish yordamida amalga oshiriladi. Bunda ushbu mexanizmlarni texnik

konstruktsiyalash yo`lidan ham keng foydalaniladi. Agroo`rmon melioratsiya

Page 89: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

bunga yaqqol misol bo`ladi. YUmshoq boshqaruv istiqbolli va kelajak (noosfera)

boshqaruvidir.

5.2. Ekologik boshqaruv tizimlari va ularning printsiplari

Ekologik boshqaruv tizimlari g’oyat murakkab bo`lib, ular qo`yidagi

tarkibiy qismlardan tashkil topadi:

· boshqaruv printsiplari va qo`llaniladigan usullar;

· boshqaruv harakatlarining barcha qismlari to`plami (tashkil etish,

prognozlash, normalashtirish, rejalash, nazorat va tartibga solish, hisob va hisobot,

tahlil, axborot to`plash va qayta ishlash);

· boshqaruv strukturasi;

· boshqaruv xodimlari;

· qabul qilingan normalar va qoidalar;

· texnik vositalar.

Ekologik boshqaruv tizimining asosini ma`lumotlar bankidan iborat bo`lgan

axborotlar tashkil etadi. Masalan, foydali qazilma konlarining va foydali qazilma

konlari aniqlanishi ehtimoli bo`lgan istiqbolli er qa`ri uchastkalarining davlat

resurslari axborotlari mineral xom ashyo bazasini o`zlashtrish va yanada

rivojlantirish istiqbollarini aniqlash va ularni boshqarish maqsadida to`planadi.

Davlat reestri sanoat yo`sinida o`zlashtirishga tayyorlangan har bir kon bo`yiga

konni geologik-iqtisodiy baholash natijalari va uni ishlatish sharoiti haqidagi,

chiqarib olinayotgan mineral xom ashyo miqdori va sifati hamda uning bozor

kon`yukturasi hisobga olingan holdagi qiymati haqidagi ma`lumotlarni o`z ichiga

oladi. Bu ma`lumotlar, o`z navbatida, mineral-xomashyo resurslaridan foydalanish

va ularni muhofaza qilishni boshqarishga dastlabki asos bo`lib xizmat qiladi.

Ekologik boshqaruv maqsadga muvofiq ta`sir sifatida boshqaruv

harakatlarining ma`lum ketma-ketligi bo`lib, qator boshqaruv richaglari tizimidan

foydalanadi. Boshqaruv jarayonlari o`z-o`zini tartibga soluvchi tizimlarga xos

bo`lib, ular o`zgaruvchan atrof-muhit sharoitida o`zlarining asosiy xossalarini

Page 90: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

saqlab qolish qobiliyatiga ega bo`ladilar. Boshqaruvning qo`yidagi umumiy

elementlarini ajratish mumkin: boshqaruv ob`ekti va sub`ekti, to`g’ri va teskari

axborot aloqalari, ekologik va ijtimoiy muhit. Boshqaruvning ob`ekti va sub`ekti

ular o`rtasida yuzaga keladigan aloqalarning paydo bo`lishi bilan boshqariladigan

o`zgaruvchan (dinamik) tizimni tashkil etadi.

Tabiiy resurslarni boshqarish ularning manbaalariga sun`iy ta`sir ko`rsatish

bo`lib, tiklanmaydigan resurslarni eng ko`p darajada qazib olish yoki tiklanadigan

resurslarni o`z-o`zini tiklashga to`liq erishish maqsadlarini hamda chiqindisiz

texnologiyani rivojlantirish imkoniyatlarini maksimal hisobga olishni ko`zda

tutadi. Atrof tabiiy muhitni boshqarish atrof-muhitga ishlab chiqarish va ishlab

chiqariladigan mahsulotlarning zararli ta`sirini cheklaydigan norma va talablarning

bajarilishi hamda tabiiy resurslardan ratsional foydalanish, ularni tiklash va takror

ishlab chiqarishni ta`minlaydi.

Bu faoliyat ko`p hollarda qo`yidagi natijalarga erishishga yo`naltiriladi:

1. Foydali qazilma konlaridan ratsional foydalanish;

2. Atrof-muhit elementlari nazorati va boshqaruv tizimlari samarali ishlashi

va ularning barcha birlashmalar, korxonalar, firmalar xizmati bilan aloqalari

samarasini oshirish;

3. Atmosferaning chiqarmalar bilan ifloslanishini to`liq bartaraf etish yoki

normativ talablar darajasida yoki undan pastroq bo`lishiga erishish;

4. Suv sarfini kamaytirish;

5. Suv ob`ektlari tashlanmalar bilan ifloslanishini to`liq bartaraf etish yoki

normativ talablar darajasigacha kamaytirish;

6. Tuproq va er osti boyliklari ifloslanishini normativ talablar darajasigacha

yoki undan kamroq darajagacha kamaytirish;

7. Foydali qazilma konlarini kompleks o`zlashtirish va chiqindisiz

texnologiyani qo`llash asosida yo`ldosh, qo`shimcha mahsulotlar va ikkilamchi

resurslardan to`liq foydalanish;

Page 91: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

8. Foydali qazilmalarning isrof bo`lishini eng kam darajaga tushirish va

ularning ko`payishiga yo`l qo`ymaslik;

9. Tog’-kon sanoati korxonalari mahsulotlariga ekologik asoslangan

talablarga rioya qilinishini ta`minlash.

Bu tadbirlarning ko`pchiligini amalga oshirish iqtisodiy richaglardan to`liq

foydalanish bilan uzviy bog’liqdir.

Ekologik boshqaruv tizimi qo`yidagi asosiy printsiplarga asoslanadi:

1. Bajariladigan funktsiyalar va vakolatning bo`linishi maqsadlarida

boshqaruv mehnati taqsimoti.

2. Dastlabki axborot oqimlari va boshqariladigan ob`ektlar barcha qismlarini

harakatga keltiruvchi komandani markazlashtirish.

3. Xokimiyat mas`uliyatni (javobgarlikni) taqsimlash, farmoyish berish

huquqi va bo`ysunishga majbur qilish organi sifatida.

4. Kelishimlar, normalar, normativlar, standartlarga rioya qilish intizomi.

5. Bir rahbar va bir harakat dasturi mavjudligida rahbarlik birligi va ularning

boshqaruv strukturasining to`g’ri strukturasi va yakkaboshchilik (bir boshliq

rahbarligi) bilan ta`minlanishi.

6. Xususiy manfaatlarni umumiy manfaatlarga bo`ysundirish.

7. O`z vazifalarini yaxshi bajarganlik uchun rag’batlantirish (ish haqi,

mukofotlar, foyda olishda ishtirok etish);

8. O`zining aniq fuksiyalari bo`lgan rahbarlik lavozimlarining oliy

bo`g’inidan tortib to qo`yi bo`g’ingacha zarur ierarxiyasi mavjudligi.

9. Tartibning mavjudligi, ya`ni har bir shaxs uchun ma`lum o`ringa va har

bir shaxs uchun o`z o`rni bo`lishiga erishish.

10. Adolatlilik va uning xayrihohlik va adolatlilik, xodimlarning o`z xizmat

vazifalarini bajarishini rag’batlantirish bilan qo`shilishi.

11. O`z funktsiyalarini stabil bajarishni ta`minlaydigan xodimlar tarkibining

doimiyligi.

Page 92: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

12. Xodimlar faolligi va ularning kasbiy mahorati o`sishini ta`minlaydigan

tashabbuskorlikning mavjudligi.

5.3. Ekologik monitoring

Ekologik boshqaruv tabiat holati va unda turli jarayonlar rivojlanishi

to`g’risidagi ekologik axborotlarni to`plash,qayta ishlash, saqlash va ulardan

foydalanishni o`z ichiga oladi. Monitoring o`rganilayotgan ob`ektning holatini

tartibga solingan kuzatish majmuasi va unda sodir bo`layotgan o`zgarishlar

dinamikasini tasivirlash, vaziyat rivojini prognozlashni bildiradi.

Ekologik monitoring atrof tabiiy muhitning kompleks monitoringini tashkil

etish hisoblanadi. U inson yashaydigan muhit sharoitini va biologik ob`ektlar

(o`simlik, hayvonlar, mikroorganizmlar), ekotizimlarni doimiy baholashni

ta`minlaydi, Shuningdek tabiiy muhit sharoitlarining noqulay tomonga

o`zgarishlariga yo`l qo`ymaydigan tadbirlarni amalga oshirishni tavsiya etadi.

Atrof tabiiy muhit monitoringi O`zbekiston Respublikasi "Tabiatni

muhofaza qilish to`g’risida"gi (1992 yil) qonuni 28-moddasiga muvofiq qo`yidagi

maqsadni amalga oshirishni ko`zda tutadi:

"O`zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitning holati va uning

resurslarini kuzatish, hisobga olish, ularga baho berish va ularning istiqbolini

belgilashni ta`minlash maqsadida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi

tashkil etiladi.

Atrof tabiiy muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish ustidan

kuzatuv maxsus vakolat berilgan idoralar, Shuningdek, faoliyati atrof tabiiy

muhitning holatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi mumkin bo`lgan

korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan amalga oshiriladi...".

Ekologik monitoringning axborot maqsadlariga qo`yidagilar kiradi:

· tabiiy muhit sifati ko`rsatkichlarini olish;

· biosferaning eng ko`p zararlangan uchastkalarini aniqlash va ularni

miqdoriy baholash;

Page 93: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

· erta xabardor qilish ko`rsatkichlarini olish.

Ekologik monitoring qo`yidagi funktsiyalarni bajaradi:

1. Tabiiy muhit, geotizimlar, tabiat ob`ektlari va ularga antropogen ta`sir

ko`rsatuvchi manbaalarni doimiy kuzatish va sifat jihatidan baholashni amalga

oshirish.

2. Tabiat ob`ektlariga sezilarli zarar etkazishdan oldin salbiy ta`sirning

sabablari va yo`nalishini oldindan aniqlash.

3. Aholi yashash muhitining ekologik sharoitlari, biologik ob`ektlarning

holati, Shuningdek, ekotizimlarning funktsional yaxlitligini uzluksiz baholash.

4. Salbiy omillarning kuchayib borishida ob`ekt va tizimlarga tuzatish

ta`sirini belgilash.

Ekologik boqaruv ekologik monitoring xizmatidan tabiat muhofazasi va

ekologik xavfsizlik maqsadalari uchun qo`yidagi ob`ektlar guruhi va ularning

o`zaro aloqalari to`g’risida qo`yidagi ishonchli va to`liq axborotlarni olishi

mumkin:

· biotik muhit (o`simlik va hayvonot dunyosi);

· abiotik muhit (o`zaro bog’liq tabiat komponentlari, sanoat komplekslari va

aholi yashash manzillari);

· antropogen ta`sir ob`ektlari;

· ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar.

Bu ob`ektlar to`g’risidagi axborotlar ularning o`zaro aloqalarini va o`zaro

ta`sirini hisobga olib, asoslangan ekologik boshqaruv qarorlarini qabul qilishga

imkon beradi. Bu ob`ektlardan har birining holatini aniqlash uchun turli

priborlardan foydalanish asosida ekologik nazorat amalga oshiriladi.

Ekologik nazorat O`zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish

to`g’risida"gi (1992 yil) qonunning 29-31-moddalariga muvofiq qo`yidagi uchta

asosiy darajada amalga oshiriladi:

· davlat tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati va tabiatni muhofaza

qilish sohasidagi davlat nazorati;

Page 94: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

· tabiatni muhofaza qilish sohasidagi idoraviy, ishlab chiqarish nazorati;

· tabiatni muhofaza qilish sohasidagi jamoat nazorati.

Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati "tabiiy muhitda

sodir bo`layotgan fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuproq,

er usti va er osti suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning o`simlik va

hayvonot dunyosiga ta`siri oqibatlarini kuzatib borish, manfaatdor tashkilotlar va

aholini atrof-muhitda bo`layotgan o`zgarishlar haqida joriy va shoshilinch

axborotlar hamda bu muhit holatiga oid taxminlar bilan ta`minlash maqsadida

tashkil etiladi" (30-modda). Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazorati

davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, maxsus davlat tabiatni muhofaza qilish

idoralari tomonidan amalga oshiriladi(31-modda).

"Vazirliklar, davlat qo`mitalari v idoralarning ekologiya xizmati Shu

vazirlik, davlat qo`mitasi yoki idora tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlar

faoliyati ustidan tabiatni muhofaza qilish sohasidagi idoraviy nazoratni amalga

oshiradi. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini

korxonalar, bilashmalar, tashkilotlarning ekologiya xizmatlari amalga oshiradi,

tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tiklash,

atrof-tabiiy muhitni sog’lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir

qonunlarning talablari yuzasidan dasturlar hamda ayrim tadbirlar ijrosini tekshirish

maqsadini ko`zlaydi" (32-modda).

"Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi jamoat nazoratini jamoat

birlashmalari, mehnat jamoalari, fuqarolar amalga oshiradilar" (32-modda).

Ekologik monitoring tizimini yanada takomillashtirish muntazam

kuzatuvlarning texnologik darajasini takomillashtirish (namunalar olish,

o`lchovlarning aniqligi, tahlillarning sifati va Shu kabilar) yo`lidan ham,

monitoring tarmog’ini kengaytirish va noaniq ifloslantirish manbaalarini

(kollektor-zovur suvlari, maishiy oqava suvlarini markazlashtirilgan holda tashlab

yuborish, yo`l transporti) to`liqroq qamrab olish yo`lidan ham bormog’i kerak.

Page 95: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Shuningdek, monitoring uchun, tuproq eroziyasi va erlar buzilishiga, sel

oqimlari va tog’ ko`chish xodisalariga, erlarning cho`lga aylanishi va atrof tabiiy

muitga boshqa salbiy ta`sir ko`rsatishga doir ma`lumotlarni to`plash va tahlil qilish

uchun asta-sekin tuzilmalar barpo etish ham zarur bo`lib, tarmoq va ekologik

siyosatini ishlab chiqish vaqtida ularni hisobga olish muhimdir.

Mamlakatning hamma tumanlarida suv va gazning amalda sarflanishini

schetchiklar yordamida o`lchashga o`tish suv va gazdan foydalanishni

ekologiyalash uchun axborot sharoitlarini yaratish sohasidagi eng dolzarb

choradir.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan

Davlat kadastrlari yagona xizmati (DKYAX)ni yanada rivojlantirish va

takomillashtirishga alohida e`tibor berish kerak.

"O`zgeodezkadastr" respublika hududida hamma kadastrlarning (ularning

turi esa 30 dan ortiq) yuritilishini muvofiqlashtiribgina qolmasdan er kadastri

negizida asosiy kadastr axborotining hammasini o`zida jamlaydi. Undan

foydalanish tabiatdan to`la foydalanish, soliq solish va hokazo tizimlarni

takomillashtirish imkonini beradi.

5.4. Ekologik boshqaruvning tashkiliy strukturasi va ekologik

boshqaruv idoralari

Ekologik boshqaruvning tashkiliy strukturasi atrof tabiiy muhitni muhofaza

qilish va tabiat resurslaridan foydalanishning ekologik boshqaruv maqsadlarini

amalga oshiruvchi va ushbu sohada o`z funktsiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan

bog’langan turli ekologik boshqaruv organlari va bo`g’inlarining majmuidan

tashkil topadi. ekologik boshqaruvning u yoki boshqa vazifalarini bajarish uchun

muayyan ekologik organlar tuziladi.

Ekologik boshqaruv organlari tizimi boshqaruvning umumdavlat tizimi

tarkibiga kiradi va uning ekologik funktsiyalarini bajaruvchi maxsus va mustaqil

strukturali bo`g’ini hisoblanadi. Bunda umumdavlat boshqaruvidagi kabi ekologik

Page 96: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

boshqaruvda ham qo`yi organlarning yuqori organlarga bo`ysinishi va ular

o`rtasida o`zaro aloqa ekologik boshqaruvning strukturasi xususiyatini belgilab

beradi. ekologik boshqaruv bosqichlari vazirlik (qo`mita)-birlashma-korxona-tsex-

uchastka(vertikal bo`yicha bo`linish) va hududiy (mahalliy organlar)-yuqori

bo`g’in(viloyatlar va Toshkent shahri)-qo`yi bo`g’in (tuman, shahar) bosqichlariga

(gorizantal bo`yicha) bo`linadi. O`z navbatida, O`zbekiston Respublikasining oliy

vakolatli organlari - Respublikaning umumdavlat organlari - qonun chiqaruvchi,

ijro etuvchi sud hokimiyati organlari atrof-muhitni muhofaza qilishni

boshqarishning oliy tizimini tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda O`zbekistonda atrof tabiiy muhitni boshqarishning qo`yidagi

ekologik tizimiga amal qilinmoqda.

O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi (parlament) tabiatni muhofaza

qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlarini belgilaydi, davlat

ekologiya dasturlarini tasdiqlaydi, qonun hujjatlarini qabul qiladi va Tabiatni

muhofaza qilish davlat qo`mitasining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.

Hududlarni favqulotda ekologik falokat va ekologik ofat mintaqalari deb e`lon

qiladi, bunday mintaqalarning huquqiy rejimini va jafo ko`rganlarning maqomini

belgilaydi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ekologik boshqaruvning eng tepasida

turadi va ekologiya muammolari yuzasidan strategik qaror qabul qiladi, atrof tabiiy

muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikning rivojlanishiga rahbarlik

qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlatning tabiatni muhofaza

qilish siyosatini amalga oshiradi, ekologiya sohasidagi davlat dasturlarini qabul

qiladi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, tabiiy resurslarni hisobga olish va

baholashni tashkil etadi, tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida

davlatlararo munosabatlarni rivojlantiradi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari (viloyatlar, Toshkent

shahri, tumanlar) o`z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo`nalishlarini

Page 97: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

belgilaydi, mintaqaning (hududning)ekologiya dasturini tasdiqlaydi, tabiiy

resurslarni hisobga oladi va ularning ahvoliga baho beradi, ekologiya jihatidan

zarali bo`lgan ob`ektlarni ro`yxatga oladi, tabatni muhofaza qilishga doir

tadbirlarni moddiy-texnik jihatdan ta`minlaydi, tabiiy resurslardan foydalanish

huquqini beruvchi, sanoat chiqindilarini yoki ro`zg’or chiqindilarini to`plash yoki

ko`mib tashlashga ruxsatlarni belgilangan tartibda beradi yoki bEkor qiladi, tabiiy

resurslardan foydalanganlik uchun to`lovlarni undiradi, tabiatning muhofaza

qilinishi ustidan nazorat o`rnatadi, atrof-muhitga zarar etkazayotgan mahalliy

ahamiyatga molik ob`ektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to`xtatadi va qayta

ixtisoslashtirish to`g’risida qarorlar qabul qiladi. O`zbekistonda atrof-muhitni

muhofaza qilish bo`yicha bosh ijro etuvchi organ Tabiatni muhofaza qilish davlat

qo`mitasi bo`lib, u bevosita Oliy Majlisga bo`ysunadi. Uning vakolatlariga

qo`yidagilar kiradi: vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, korxonalar,

muassasalar va tashkilotlar, Shuningdek, ayrim shaxslar tomonidan er, er osti

boyliklari, suv, o`rmon, hayvonot va o`simlik dunyosidan atmosfera havosidan

foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan

davlat nazoratini amalga oshiradi, davlat ekologik ekspertizasini o`tkazadi, atrof-

muhit sifatining me`yorini tasdiqlaydi, ifloslantiruvchi moddalarni havoga chiqarib

tashlash va suvga oqizish, Shuningdek, chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar

beradi va ularni bEkor qiladi, ekologiya masalalarida xalqaro hamkorlikni tashkil

etadi.

Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi qoraqalpog’iston Respublikasida va

viloyatlarda, ma`muriy tumanlar va shaharlarda tabiatni muhofaza qilish

qo`mitalari (inspeksiyalari)dan iborat mintaqaviy tuzilmaga ega.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasidan tashqari tabiat muhofazasi

sohasidagi davlat nazoratini sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib

borilishini nazorat qilish agentligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Ichki ishla vazirligi,

qishloq va suv xo`jaligi vazirligi amalga oshiradi.Tabiatni muhofaza qilish

sohasidagi maxsus vazifalarni bajarish Geologiya va mineral resurslar davlat

Page 98: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Gidrometeriologiya boshboshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya,

kartografiya va davlat kadastrlari bosh boshqarmas zimmasiga yuklatilgan.

Atrof-muhitning holati haqida qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbollarni

belgilash Iqtisodiyot vazirligi, tabiatdan foydalanishning statistika bazasini

rivojlantirish Statistika davlat qo`mitasi, er tuzish va erdan foydalanishni nazorat

qilish (er monitoringgi) Er resurslari davlat qo`mitasi zimmasiga yuklatilgan.Atrof-

muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tuzilmasini takomillashtirish

qo`yidagilarni talab qiladi:

· tabiatdan foydalanish bo`yicha turli hukumat va jamoatchilik institutlari

o`rtasida javobgarlikni aniq chegaralab qo`yish hamda mahalliy hokimiyat va

jamoatchilikning rolini kuchaytirish;

· atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi

boshqaruv vazifalarini markaziy joylarga berishni yanada rivojlantirish va

chuqurlashtirish;

· suv resurslarini muhofaza qilish samaradorligini oshirish va ulardan

oqilona foydalanish maqsadida havzalar bo`yicha yondashish (havzalar bo`yicha

inspeksiyalar tashkil etish) printsipidan kengroq foydalanish;

· davlat nazoratining ta`sirchanligini oshirish, huquqni muhofaza qilish

faoliyatida ekologik yo`nalishni rivojlantirish uchun huquqni amalda qo`llanishini

alohida soha qilib ajratish, bunda maxsus ekologik prokuratura hamda ekologik

militsiya bo`linmalarini rivojlantirish;

· jamoatchilikni qarorlar muhokama qilish, qabul qilishga va ayniqsa

mahalliy darajada ekologiya chora-tadbirlarini amalga oshirishga jalb etish;

· tabiatni muhofaza qiluvchi idoralarning kadrlar potensialini

takomillashtirish, Shu munosabat bilan tabiatni muhofaza qiluvchi organlar

xodimlarining ekologiyaga doir qonunlar, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti,

ekologik ekspertiza o`tkazish, xatarlarni va atrof-muhitga ko`rsatilgan ta`sirlarni

baholash sohasidagi bilimlarini takomillashtirishga alohida e`tibor beriladi.

Page 99: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Qisqacha xulosalar

Ekologik boshqaruv atrof-muhitga xilma-xil ta`sir ko`rsatishning

(foydalanish va muhofaza qilish) tashkiliy strukturasini, rejalashtirish, mas`uliyatni

taqsimlash, amaliy usullar, predmetlar va resurslarni, ekologik siyosat yo`nalishida

boshqaruvni ko`zlangan maqsad natijalariga erishishni va ularni amalga oshirishni

o`z ichiga oladi ekologik boshqaruv qator qoidalarga asoslanib amalga oshiriladi.

Ekologik boshqaruv tizimi tabiat tizimlarida amalga oshiriladigan o`z-o`zini

boshqarish tizimi bilan g’oyat murakkab o`zaro aloqada bo`ladi. Bunda tabiat

tizimi tabiiy boshqaruvi va inson boshqaruv tizimlari va strategiyalari o`rtasida

katta farqlarning mavjudligi qator ziddiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi.

Tabiat tizimida harakatda bo`ladigan tabiiy boshqaruv xilma-xillik optimumi va

biologik mahsuldorlikning minimumida oliy biomassaga erishishga yo`naltirilgan.

Insonning ekologik boshqaruvida esa xilma-xillik (monokultura) va umumiy

biomassaning minimumida yoki ikkilamchi biomassaning (uy hayvonlari)

ustunligida maksimal foydali mahsulotga (hosildorlikka) intiladi. Bunday qarama-

qarshi boshqaruv yo`nalishlarini ekologik optimallashtirish orqali bartaraf etish

mumkin. Shunga muvofiq tabiiy-antropogen muvozanat saqlab qolinadi.

Ekologik boshqaruv qattiq va yumshoq bo`lishi mumkin. qattiq boshqaruv

bevosita "buyruqbozlik"ka, yumshoq boshqaruv esa ekologik muvozanatni qo`llab-

quvvatlashga asoslanadi. YUmshoq boshqaruv tabiiy mexanizmlarning o`z-o`zini

tabiiy tartibga solishidan keng foydalanadi. Shu sababdan yumshoq ekologik

boshqaruv g’oyat istiqbolli yo`nalishdir.

Ekologik boshqaruv tizimlari boshqaruv printsiplari va usullari, boshqaruv

xarakterlari qismlari to`plami (tashkil etish, prognozlash, normallashtirish,

rejalash, nazorat va tartibga solish, hisob va hisobot, tahlil, axborot to`plash va

qayta ishlash), boshqaruv strukturasi, boshqaruv xodimlari, qabul qilingan

normalar va qoidalar, texnik vositalardan iborat bo`ladi.

Ekologik boshqaruv tizimlari ma`lum natijalarga erishishga yo`naltiriladi va

qator printsiplarga asoslanadi. Asosiy natijalar mineral-xom ashyo resurslaridan

Page 100: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

ratsional foydalanish, ularni asrash va muhofazalashda boshqaruv samarasidan

kengroq foydalanish orqali olinadi. ekologik boshqaruvning asosiy printsiplariga

boshqaruv mehnati taqsimoti, markazlashtirish, mas`uliyatni taqsimlash,

kelishimlar, normalar, normativlar, standartlarga rioya qilish intizomi,

yakkaboshchilik, xususiy manfaatlarning umumiy manfaatlarga bo`ysunishi,

rag’batlantirish, ierarxiya mavjudligi, tartibning mavjudligi, adolatlilik, xodimlar

faolligi kiradi.

Ekologik monitoring respublika hududida atrof-tabiiy muhitning holati va

uning resurslarini kuzatish, hisobga olish, ularga baho berish va ularning istiqbolini

belgilashni ta`minlaydi.

Ekologik nazorat qo`yidagi uchta asosiy darajada amalga oshiriladi: 1)davlat

atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati va tabiatni muhofaza qilish

sohasidagi davlat nazorati; 2)tabiatni muhofaza qilish sohasidagi idoraviy, ishlab

chiqarish nazorati; 3)tabiatni muhofaza qilish sohasidagi jamoat nazorati.

Ekologik boqaruvning tashkiliy strukturasi atrof tabiiy muhitni muhofaza

qilish va tabiat resurslaridan foydalanishning ekologik boqaruv maqsadlarini

amalga oshiruvchi va ushbu sohada o`z funktsiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan

o`zaro bog’langan turli ekologik boshqaruv organlari va bo`g’inlari majmuidan

tashkil topadi. ekologik boshqaruv organlai tizimi boshqaruvning umudavlat tizimi

tarkibiga kiradi va uning maxsus strukturali bo`g’ini hisoblanai. ekologik

boshqaruv tizimi vertikal va gorizontal strukturaga bo`linadi.

Hozirgi vaqtda O`zbekistonda atrof tabiiy muhitni boshqarishning qo`yidagi

ekologik tizimiga amal qilinadi: Oliy Majlis, Respublika Prezidenti, Vazirlar

Mahkamasi, Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari, Tabiatni

muhofaza qilish davlat qo`mitasi va boshqalar. Ularning har biri o`ziga xos vakolat

va funktsiyalarga ega. ekologik boshqaruvni tashkillashtirishning qator istibolli

yo`nalishlarini ko`rsatish mumkin.

Page 101: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Tayanch iboralar

Ekologik boshqaruv tizimi. Boshqaruv tizimlarini optimallashtirish. Qattiq

va yumshoq ekologik boshqaruv. ekologik boshqaruv tizimlarining tarkibiy

qismlari. ekologik boshqaruv tizimi printsiplari. ekologik monitoring. ekologik

boshqaruvning tashkiliy strukturasi. Boshqaruv idoralari.

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. ekologik boshqaruv tizimi nima va u qanday xususiyatlarga ega?

2. ekologik boshqaruv qanday qoidalarga asoslanadi?

3. Tabiatning o`z-o`zini tabiiy boshqaruvi va insonning ekologik boshqaruvi

bir-biridan qanday farq qiladi, ular o`rtasida qanday ziddiyatlar bor? Ushbu

boshqaruv tizimlarini optimallashtirish yo`nalishlarini ta`riflang.

4. qattiq va yumshoq ekologik boshqaruv bir-birida qanday farq qiladi?

5. ekologik boshqaruv tizimlari va ularning printsiplarini ta`riflang.

6. ekologik monitoring nima? U qanday maqsadlarni ko`zda tutadi va

qanday ahamiyatga ega?

7. ekologik monitoringni tashkil etishning uchta darajasini bilib oling va

tuShuntiring.

8. ekologik boshqaruvning tashkiliy strategik strukturasi va ekologik

boshqaruv organlari nima? Ularni ta`riflang.

9. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi,

davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari, Tabiatni muhofaza qilish

davlat qo`mitasi va boshqalar atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo`yicha

qanday vakolat, funktsiya, vazifalarga ega? Ularni bilib oling va tuShuntiring.

Asosiy adabiyotlar ro`yxati

1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka tahdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari T.: "O`zbekiston", 1997.

2. Atrof-muhitni muhofaza qilish milliy harakat rejasi T., 1998.

Page 102: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

3. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish. qonular va normativ hujjatlar. T.:

"Adolat", 2002.

4. Natsional’niy doklad. O sostoyanii okrujayushey prirodnoy sredi i

ispol’zovanie prirodnix resursov v Respublike Uzbekistan. T., 2002.

5. Uzbekistan: na puti k ustoychivomu razvitiyu. Povestka dnya na XXI vek.

T., 2002.

6. Gerchikova N. Menedjment. Uchebnik. M.: YUNITI, 1997.

7. Baxretdinova X.A. i dr. ekologicheskiy menedjment.. T.: 2015.

8. Paxomova N., enders A., Rixter K. ekologicheskiy menedjment.

Uchebnoe posobie. Spb: Piter, 2003.

9. SHarifxo`jaev M., Abdullaev YO. Menejment. T.: "Mehnat", 2000.

Page 103: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

MAVZU. KORXONALARNING eKOLOGIK MENEJMENTI

REJA:

6.1. Korxonaning «Ekologik menejment»i to`g’risida tuShuncha

6.2. Korxonalar, ilmiy menejment va atrof-muhit muhofazasi

6.3. Korxonalarning funktsional xususiyatlari va ularning ekologik

menejment tizimida ifodalanishi

6.4. Korxona ekologik siyosatini ishlab chiqish

6.1. Korxonaning «Ekologik menejment» to`g’risida tuShuncha

Korxonada ekologik menejment korxona boshqaruv faoliyatining atrof-

muhit bilan bevosita yoki bilvosita o`zaro munosabatlarining turli shakllari,

yo`nalishlari, tomonlari va boshqalariga taalluqli bo`lgan tizimi hisoblanadi. Bunda

korxonaning «Ekologik menejment»i predmeti bo`lib, korxona faoliyatining ishlab

chiqarilayotgan mahsulot va ko`rsatayotgan xizmatini ekologik (tabiat muhofazasi,

resurs tejash va boshqalar) tomonlari yoki jihatlari xizmat qiladi. Korxona o`z

faoliyatining ekologik tomonini atrof tabiiy muhitga va uning resurslariga

boshqarishda ijobiy yoki salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Shu sababdan korxona ekologik menejmentning maqsadi biznes

faoliyatining atrof tabiiy muhitga salbiy ta`sirini eng kam darajaga tushirish, ishlab

chiqarish jarayonlari va iste`molning, korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot va

ko`rsatayotgan xizmatlarining yuqori darajadagi ekologik xavfsizligiga erishishdan

iborat. Bunda ushbu vazifalarni amalga oshirish korxonaning boshqa ustuvor

maqsadlariga erishishi bilan (Shu jumladan, joriy va uzoq muddatli

raqobatbardoshligiga erishishni ham qo`shib) muvofiqlashtirilishi kerak.

Shunday qilib, korxona ekologik menejmentini uning faoliyatining ekologik

aspektlari belgilab beradigan, korxonaning raqobatbardoshligini qo`llab-quvvatlash

vazifasini amalga oshiradigan korxona menejmentini tizimining tarkibiy qismi

(yoki ma`lum tomoni) deb ta`riflash mumkin. Shu ma`noda korxona ekologik

Page 104: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

menejmenti boshqaruv faoliyatining chegaralari va maqsadlarini kengaytiradi, u

atrof tabiiy muhitini ham Shu ma`noda qamrab oladiki, birinchidan, bundan keyin

ekologik muammolar biznes faoliyatning boshqa tomonlaridan farq qiladigan

tomoni (jihati) sifatida ko`rib chiqilmaydi va ikkinchidan, ekologik masalalar,

oqibatlar, xarajatlar va boshqalar biznesning integral qismiga aylanadi.

Xalqaro standartlar nuqtai nazaridan atrof-muhitni boshqarish tizimi

resurslarni joylashtirish, xizmat vazifalarini taqsimlash, usullari, protseduralar va

jarayonlar orqali korxonalar, tashkilotlarning o`z ekologik masalalari yyechimi

tartibi va izchilligini ta`minlashini bildiradi.

Atrof-muhit muhofazasi boshqaruv tizimini korxonalar boshqaruvi

tizimining ajralmas qismi sifatida rivojlantirish doimiy xarakterga ega. Bunda

ekologik siyosatni amalga oshirish va maqsadli va rejadagi ekologik

ko`rsatkichlarga erishish uchun struktura, ma`suliyat, usullar, protseduralar,

jarayonlar va resurslar boshqa sohadagi ishlar bilan muvofiqlashtiriladi (masalan,

ishlab chiqarish, moliya, sifat, mehnat muhofazasi va umumiy xavfsizlikni

boshqarish sohalarida).

6.2. Korxonalar, ilmiy menejment va atrof-muhit muhofazasi

Korxonalar iqtisodiyotiga zamonaviy yondaShuvda konstitutsional

iqtisodiyot doirasida rivojlanayotgan firmaning menejeral (boshqaruv) nazariyasi,

Shuningdek steyk-xolder nazariyasi korxonaning «Ekologik menejment» tahlili

uchun birinchi darajali ahamiyatga ega.

Menejeral (boshqaruv) nazariyalari, "xokimiyatga asoslanish", "liderlarga

asoslanish" nazariyalari bilan birgalikda asosiy e`tiborni firmaning (korxonaning)

ichki strukturasiga qaratadi. Bu yondaShuvlar amaldagi qonunchilik va ekologik

xavfsizlik standartlari talablaridan chetga chiqadigan ekologik ma`suliyatli

qarorlarni qabul qilish mexanizmlarini ochib berishga imkon beradi.

Steyk-xolder nazariyasi korxona «Ekologik menejment»ning nazariy amaliy

tahlili uchun katta ahamiyatga ega. Steyk-xolder tuShunchasi (Shuningdek,

Page 105: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

"manfaatdor shaxslar" tuShunchasi ham qo`llaniladi) qo`yidagi ma`noga ega:

steyk-xolderlar - bu, shaxslar (ularning guruhlari) bo`lib, ular, bir tomondan, o`z

maqsadlarini amalga oshirish jarayonida firmaga ta`sir ko`rsatish imkoniyatiga ega

bo`ladi, boshqa tomondan esa, firma tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning

ta`sirini o`zlarida sezadi. Steyk-xolderlar (jismoniy va yuridik shaxslar) xuquqiy,

iqtisodiy, axloqiy imkoniyatlarga ega bo`lib, ular firmaga uning o`tish, hozirgi va

kelajakdagi faoliyai (uning qismlari) bo`yicha o`z huquqlari yoki manfaatlari

to`g’risida da`vo qilishi mumkin.

Ushbu menejeral yondashuv uchun firmaning ayrim individlari yoki

ularning guruhlari bilan o`zining (firmaning) ichki va tashqi o`zaro munosabatlari

to`g’risidagi tassavvuri nuqtai nazaridan, bu individlarning ko`plab va ko`pchilik

janjalli manfaatlarini moslashtirish va boshqarish vazifasini hal etishga harakat

qilish asosiy o`rinni egallaydi.

Shunday manfaatlarga, talablarga yoki xuquqqa ega bo`lgan steyk-xolderlar

nisbatan bir xil guruhlarni tashkil etadi va ular boshqa steyk-xolderlardan (ularning

guruhlari) farq qiladi.

Shunday guruhlarga ega firma mahsuloti xaridorlari, ularning savdo

sheriklari (ta`minlovchilari), moliya institutlari (banklar, sug’urta kompaniyalari,

investitsiya fondlari), mahalliy aholi, hokimiyat organlari, norasmiy tashkilotlar,

ommaviy axborot vositachilari va boshqalar misol bo`ladi.

Steyk-xolderlarning barchasi, qoida tariqasida, ikki asosiy sinfga (klassga)

bo`linadi: 1) korxonaga bevosita ta`sir ko`rsatadigan muhitni shakllantiruvchi

dastlabki (birlamchi) steyk-xolderlar; firma ularni hisobga olmasa yashay olmaydi;

2) bilvosita ta`sir muhitini yuzaga keltiradigan ikkinchi darajali (yoki ikkilamchi)

steyk-xolderlar.

Dastlabki steyk-xolderlarga, odatda, mulkdorlarni, investorlarni, firmaning

ishlovchi xodimlarini, tayyorovchilarni, xaridorlar va ularning tashkilotlarini,

raqobatchilarini, tabiatning o`zini (uning resurslari va assimilyasiyali) qo`shadilar.

Bevosita va bilvosita ta`sir muhiti Shuningdek, bog’lanish (kontakt) auditoriyasi,

Page 106: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

deb ham ataladi. ekologik menejment nuqtai nazaridan steyk-xolderlarning alohida

roli Shu bilan belgilanadiki, ular biznesning o`z qarorlarini (Shu jumladan,

ekologik qarorlarini) qabul qilishga tabora kuchli (bevosita va bilvosita) ta`sir

ko`rsatmoqda. Shu sababdan ular ushbu qarorlarning oqibatlari uchun ma`suliyatni

(javobgarlikni) ham bo`lib olishlari kerak.

Steyk-xolderlar tahlili faqatgina ularning faolligini firmani duchor qiladigan

xavf-xatar nuqtai nazardangina emas, balki ular yordamida ochiladigan,

yaratiladigan imkoniyatlar nuktai nazaridan ham (hamkorlik ehtimoli va murakkab

muammolar yyechimini birgalikda qidirishni ham qo`shib) muhimdir.

Bu potensial imkoniyatlarni amalga oshirishning muhim sharti korxona

strategik ekologik menejmentni shakllantirish va uning instrumentlaridan keng

foydalanish hisoblanadi.

Nemis olimi X.Dyukxoffning steyk-xolderlarning ta`siri potensiali farqlarini

va ularning kooperatsiyalaShuviga tayyorligini hisobga olib, tavsiya etgan chuqur

differensiyasi katta qiziqish uyg’otadi (8-jadval).

Steyk-xolderlar nazariyasi korxonalar «Ekologik menejment»i shakllanishi

uchun katta ahamiyatga ega bo`lishiga qaramasdan tayyor amaliy tavsiyalarni

bermaydi. Masalan, amaliyotda ko`pincha steyk-xolderlar guruhini

identifikatsiyalash (aynan o`xshatish, tenglashtirish) juda qiyin bo`ladi.

Shunday steyk-xolderlar guruhlari ham borki, ular firmaning axloqiy

muhitidan tashqarida bo`ladilar, lekin ularning salbiy tashviqoti va targ’iboti

(propogandasi) firmaning biznesini barbod qilishga yordam berib, ular firma uchun

salbiy omillar ta`sirini kuchaytiruvchi kuchga aylanadi.

Page 107: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

8-jadval

Steyk-xolderlar klassifikatsiyasi (X.Dyukxoff, 2000)

Ta`sir potensiali

Arzimagan(kichkina) Katta (sezilarli)

KooperatsiyalaSh

uvga tayyorlik

YUqor

i

A turi: qo`llab

quvvatlash firma

xodimlari kasaba

uyushmalari,

tayyorlovchilar

B turi: aralash aksionerlar,

investorlar, menejerlar,

iste`molchilar, banklar,

sug’urtalar

Past

C turi: oxirgi

raqobatchilar, mahalliy

aholi, universitetlar va

ilmiy jamoatchilik

D turi: qo`llab-

quvvatlamaydiganlar

ommaviy axborot

vositalari, davlat, norasmiy

uyushmalar

Ko`pincha kontakt auditoriya vakillarining tubdan farq qiladigan

manfaatlarining murosaga kelishi imkoniyatlari muammoli bo`lib qiladi, ularni hal

etish qiyinlashadi.

6.3. Korxonalarning funktsional xususiyatlari va ularning ekologik

menejment tizimida ifodalanishi

Hozirgi korxonalar iqtisodiyotning turli sektorlariga qarashli bo`lib, tabora

ko`proq bozorning ma`lum segmentlariga xizmat ko`rsatadigan servis firmalari

sifatida o`z vazifalarini bajarayotir. Bu vazifani bajarishning printsipial

yo`nalishlari ularning strategiyalarida belgilanadi. Umumiy strategiya bilan bir

qatorda eng muhim funktsional vazifalarni bajarish uchun firmalar xususiy

strategiyalarni ham ishlab chiqayotir. Xususiy strategiyalar qatoriga qo`yidagilar

kiradi:

Page 108: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

1. marketing strategiyasi;

2. investitsiya strategiyasi;

3. ishlab chiqarish strategiyasi va logistika strategiyasi;

4. xodimlarni rivojlantirish strategiyasi;

5. moliyaviy strategiyasi.

Bu xususiy strategiyalar (umumiy strategiyalar ham) korxonalarning atrof-

muhit muhofazasiga tarafdorligi maqsadlariga muvofiq ekologik yo`nalishga ham

ega bo`ladi. Xususiy strategiyalar menejmentning turli funktsional vazifalari uchun

orientir beradi. Shu ma`noda umumiy menejmentning qo`yidagi kichikroq turlari

qiziqish uyg’otadi:

1. Marketing menejmenti marketingning ko`p xil instrumentlaridan

foydalanib tanlangan firma iste`molchilari segmentining aniqlangan ehtiyojlarini,

Shu jumladan, ekologik ehtiyojlarini ham qondirishni ta`minlaydi.

2. Investiya menejmenti doirasida marketing aniqlagan uzoq muddatli

ehtiyojlar asosida va tegishli ekspertiza protseduralarini hisobga olib zarur ishlab

chiqarish va xizmat ko`rsatish quvvatlari aniqlanadi va barpo etiladi (Shu

jumladan, atrof-muhit muhofazasiga bevosita xizmat qiladigan yoki qattiq

ekologik normalarga rioya qilishga yordam beradigan quvvatlar ham).

3. Ishlab chiqarish menejmenti va logistika menejmenti xodimlar, texnologik

jarayonlar, xom ashyo, materiallar, boshqarish va rejalashtirish tizimi, yordamida

ekologik maqbul xom ashyo va materiallar ta`minoti, ma`lum marketing miqdori

va sifatiga ega ishlab chiqarish va mahsulotlar, Shu jumladan "yashil" mahsulotlar

bilan ta`minlaydi.

4. Xodimlar menejmenti ma`lum xodimlar va menejerlarni ishga tanlash va

qabul qilish bo`yicha, ularning malakasini shakllantirish va oshirish bo`yicha,

xodimlar harakati bo`yicha (ekologik sabablarga ko`ra ularni ishdan bo`shatishni

ham qo`shib) tadbirlarni, Shuningdek, xodimlarning tabiat muhofazasi

motivatsiyasini ishlab chiquvchi choralarni o`tkazishga xizmat qiladi.

Page 109: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

5. Moliyaviy menejment firmaning ishchanligini ta`minlashga

mo`ljallangan, ya`ni menejmentning boshqa kichik tizimlari belgilangan ma`lum

vazifalarni bajarish, tegishli moliyaviy instrumentlarni tanlash va qo`llash yo`li

bilan moliyaviy maqsadlarga erishish, Shu jumladan, tabiatni muhofaza qilish

choralarini qo`llab-quvvatlovchi instrumentlarni ham, Shuningdek, o`z

mablag’larini ekologik barqaror biznesga qo`yishga xohishi bo`lgan investorlarni

qidirish ham Shular qatoriga kiradi.

Menejmentning barcha ko`rsatilagan kichik turlari ham strategik, ham

operativ yo`nalishga ega. Ularning har biri doirasida ochiladigan strategik

xarakterdagi vazifalarga qo`yidagilarni asoslash va tanlash kiradi:

1. bozorning yangi segmenti;

2. yangi investitsiya loyihasi;

3. distrib`yusiyaning (taqsimlashning) yangi kanallari;

4. xodimlar menejmentining yangi pirinsiplari;

5. yangi yirik investorlar.

Operativ vazifalarni yechishga qo`yidagilar misol bo`ladi:

1. aniq mahsulot uchun reklama shaklini aniqlash;

2. loyiha bajarilishi nazorati;

3. ma`lum davr uchun ishlab chiqarishni rejalashtirish;

4. xodimlarni ma`lum maqsadlar uchun qayta kvalifikatsiyalashning mos

shaklini tanlash;

5. "yashil" kompaniya aksiyalariga mablag’ qo`yish masalasini yechish.

Korxonalarning ko`rsatilgan faoliyatining har bir sohasi salbiy ekologik

ekstrenaliylar paydo bo`lishiga, ya`ni atrof tabiiy muhitning ifloslanishiga sabab

bo`lishi, bu salbiy ta`sir qo`yidagilarning oqibati bo`lishi mumkin:

1. bozorga ekologik xavfli mahsulotlarning kirib kelishi;

2. loyihalarni amalga oshirishda ekologik talablarning e`tiborga olinmasligi;

3. ishlab chiqarishda sanitariya-ekologik qoidalarga rioya qilmaslik;

Page 110: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

4. xodimlarning atrof tabiiy muhit muhofazasiga xurmasiz munosabatda

bo`lishi;

5. ekologiyaga o`zining befarq munosabatda bo`lishi bilan taniqli bo`lgan

kompaniyalarning "Shubhali" aksiyalariga pul mablag’larini qo`yish.

Shu bilan bir qatorda bu sohalarning har biri strategiyani ishlab chiqishda va

operativ faoliyatda atrof-muhit muhofazasiga ma`lum hissa qo`shishi mumkin.

6.4. Korxona ekologik siyosatini ishlab chiqish

Har qanday korxona, tashkilot xalqaro standart talablariga muvofiq (ISO

14001) o`zlarining ekologik siyosatini ishlab chiqishi, tayyorlashi va qabul qilishi

kerak. Umumiy holda korxona ekologik siyosatini uning umumiy ekologik

samaradorligi bilan bog’liq bo`lgan maqsadlari va printsiplari to`g’risida bayonoti

hisoblanadi va u harakatlar uchun, maqsadli va reja ekologik ko`rsatkichlarini

aniqlash uchun asos bo`lib xizmat qiladi.

Ilg’or tajribalarga muvofiq va xalqaro standart (ISO 14004) tavsiyalariga

ko`ra, ekologik siyosatni ishlab chiqishni korxonaning atrof tabiiy muhitiga

ta`sirini dastlabki baholashni (yoki dastlabki ekologik obzorini) tuzishdan boshlash

kerak. Bunday dastlabki baholash qo`yidagi aspektlarni o`z ichiga olishi mumkin:

qonun xujjatlarini va reglamentlari talablarini identifikatsiyalash; korxona faoliyati

uning mahsulotlari yoki xizmatlari ekologik aspektlarini identifikatsiyalash (atrof

tabiiy muhitga sezilarli ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan va javobgarlikka

tortishga olib keladigan aspektlarini aniqlash); atrof-muhitni muhofaza qilishni

boshqarishning mavjud tartibi va protseduralari samaradorligini baholash (ichki

mezonlar, tashqi normativlar, reglamentlar, qoidalar va rahbariy ko`rsatkichlar

to`plami bo`yicha o`tkaziladi); xarid va kontrakt faoliyatiga tegishli mavjud siyosat

va protseduralarni identifikatsiyalash; o`tmish nomuvofiqliklar hollarini

o`rganishdan keyingi teskari aloqalar; raqobat afzalliklari uchun imkoniyatlar;

manfaatdor tomonlarning nuqtai nazarlari; korxonada ekologik samaradorlikka

Page 111: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

yordam beruvchi yoki unga to`siq bo`ladigan boshqa tizimlarning funktsiyalari

yoki operatsiyalari.

Ekologik siyosatni ishlab chiqishda xalqaror standartlarga (ISO 14004)

qisman kirgan va bu sohada ilg’or amaliy tajribali umumlashtirishga asoslangan

qo`yidagi tavsiyalarni hisobga olish foydali bo`ladi.

Tashkilotning o`z ekologik siyosatini ishlab chiqishda diqqat markazida

turadigan savollar ro`yxati:

· tashkilotning belgilangan vazifalari, uning qarashlari, asosiy qadriyatlari va

umidlari;

· tashkilotning atrof-muhit muhofazasiga, resurslarni tejashga, ekologik

xavfsizlikka munosabati;

· tashkilotning umumiy tabiat muhofazasi maqsadlari;

· manfaatdor tomonlarning talablarini hisobga olish va ular bilan aloqalar

o`rnatish;

· atrof-tabiiy muhitning ifloslanishini bartaraf etish tamoyillariga sodiqlik;

· tashkilotning mahsulotlari, xizmatlari va jarayonlari salbiy ekologik

ta`sirini minimallashtirish;

· doimiy yaxshilash kontseptsiyasiga sodiqlik;

· ekologik standartlar, qonunlar, reglamentlarga rioya qilish bo`yicha

majburiyatlar (eng kam darajada);

· auditor tekshiruvlarini o`tkazish va ekologik harakatlarning natijalarini

baholash bo`yicha majburiyatlar;

· mahalliy va mintaqaviy hokimiyat bilan o`zaro ta`sir, mahalliy va

mintaqaviy sharoitlarni hisobga olish bo`yicha majburiyatlar;

· ishchilarning salomatligi uchun xavfsiz bo`lgan mehnat sharoitlarini

ta`minlash bo`yicha majburiyatlar;

· xodimlarni va savdo sheriklarini o`rgatish, o`qitish bo`yicha majburiyatlar;

· energiya bilan ta`minlash, chiqindilar, erdan foydalanish, suv resurslarini

tejash va boshqalar bo`yicha o`ziga xos majburiyatlar.

Page 112: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Qisqacha xulosalar

Korxonaning ekologik menejmenti - uning faoliyatining ekologik

aspektlarini belgilab beradigan, korxonaning raqobatbardoshligini qo`llab-

quvvatlash vazifasini amalga oshiradigan korxona menejmenti tizimining tarkibiy

qismidir.

Korxonalar iqtisodiyotiga zamonaviy yondaShuvda neoinstitutsional

iqtisodiyot doirasida rivojlanayotgan firmaning menejeral (boshqaruv) nazariyasi,

steyk-xolder nazariyasi korxonaning ekologik menejmenti tahlili uchun birinchi

darajali ahamiyatga ega.

Menejeral (boshqaruv) nazariyalari asosiy e`tiborni korxonaning ichki

strukturasiga qaratadi. Bu yondaShuvlar amaldagi qonunchilik va ekologik

xavfsizlik standartlari talablaridan chetga chiqadigan ekologik ma`suliyatli

qarorlarni qabul qilish mexanizimlarini ochib berishga imkon yaratadi.

Steyk-xolder nazariyasi korxona ekologik menejmentining nazariy-amaliy

tahlili uchun muhim ahamiyatga ega. Steyk-xolderlar Shunday shaxslarki (yoki

ularning guruhlari), ular bir tomondan, o`z maqsadlarini amalga oshirish

jarayonida firmaga ta`sir ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ladi, boshqa tomondan

esa firma tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ta`sirini o`zlarida sezadi.

Steyk-xolderlar ikki sinf(klass)ga bo`linadi: dastlabki steyk-xolder va

ikkinchi darajali (ikkilamchi) steyk-xolderlar. Bundan tashqari steyk-xolderlar

boshqa guruhlarni o`z ichiga olgan klassifikatsiyaga ham bo`linadi.

Korxonalar o`ziga xos funktsional xususiyatlarga ega bo`lib, Shunga mos

holda menejment tizimida o`ziga xos o`rinni egallaydi. Korxonalar umumiy

strategiya bilan bir qatorda xususiy strategiyaga ham ega bo`ladilar. Xususiy

strategiyalar menejmentning turli funktsional vazifalari uchun orientir bo`lib

xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan umumiy menejmentning qo`yidagi kichik

turlarini ajratish mumkin: marketing menejmenti, investitsiya menejmenti, ishlab

Page 113: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

chiqarish menejmenti va logistika menejmenti, xodimlar menejmenti, moliyaviy

menejment. Bularning hammasi ham strategik, ham operativ yo`nalishga ega.

Har qanday korxona tashkilot xalqaro standart talablariga muvofiq ekologik

siyosatini ishlab chiqishi, tayyorlashi va qabul qilishi kerak. Korxona ekologik

siyosati uning ekologik samaradorligi bilan bog’liq maqsadlari va printsiplari

to`g’risidagi bayonoti hisoblanadi.

Korxonaning ekologik siyosatini ishlab chiqish korxonaning atrof tabiiy

muhitga ta`sirini dastlabki baholashni tuzishdan boshlanadi va u qator aspektlarni

o`z ichiga oladi. Korxona ekologik siyosatini ishlab chiqishda ilmiy asoslab

berilgan qator tavsiyalardan foydalaniladi.

Tayanch iboralar

Korxona faoliyatining ekologik aspektlari. ekologik siyosat. Menejeral

(boshqaruv) nazariyasi. Steyk-xolder nazariyasi. Steyk-xolder sinflari,

klassifikatsiyasi. Xususiy strategiyalar. Xalqaro standartlar. Korxonaning ekologik

siyosati.

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Korxonaning «Ekologik menejment»i nima? U qanday ahamiyatga ega?

2. Menejeral (boshqaruv) nazariyasi «Ekologik menejment» uchun qanday

ahamiyatga ega?

3. Steyk-xolder nazariyasi nima? Uning mazmuni va mohiyatini

tuShuntiring.

4. Steyk-xolderlar qanday sinf (klass) larga bo`linadi? Steyk-xolder

klassifikatsiyasini izohlab bering.

5. Korxona funktsional xususiyatlari va «Ekologik menejment» o`rtasidagi

aloqalarni belgilab bering.

6. Xususiy menejment turlarini ta`riflang.

7. Korxona ekologik siyosati nima? Uning ahamiyatini tuShunib oling.

Page 114: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

8. Korxona ekologik siyosatini ishlab chiqish nimadan boshlanadi?

9. Korxonaning o`z ekologik siyosatini ishlab chiqishda markaziy o`rinda

turadigan savollar ro`yxatini bilib oling va ularni tuShuntiring.

Asosiy adabiyotlar ro`yxati

1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka tahdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: "O`zbekiston", 1997.

2. Atrof-muhitni muhofaza qilish milliy harakat rejasi. T.: 1998.

3. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish. qonunlar va normativ xujjatlar. T.:

"Adolat", 2002.

4. Natsional’niy doklad. O sostoyanii okrujayuhey prirodnoy sredi i

ispol’zovanie prirodnix resursov v Respublike Uzbekistan. T.: 2002 .

5. Gerchikova N. Menedjment. Uchebnik M.: 1997.

6. Paxomova N., endres A., Rixter K. ekologicheskiy menedjment. Uchebnoe

posobie. Piter, 2003

7. SHarifxo`jaev M., Abdullaev YO. Menejment. T.: "Mehnat", 2000.

10. Baxretdinova X.A. i dr. ekologicheskiy menedjment.. T.: 2015.

Page 115: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

MAVZU. STRATEGIK EKOLOGIK MENEJMENT

REJA:

7.1. Strategik ekologik menejment to`g’risida tuShuncha

7.2. Strategik ekologik menejmentning tahlil usullari

7.3. Firmaning ekologik strategiyasi va ularning klassifikatsiyasi

7.4. Xorijiy mamlakatlarning ekologik strategiya menejmenti tajribalari va ulardan

foydalanish

7.1. Strategik ekologik menejment to`g’risida tuShuncha

Ekologik boshqaruvda strategiya "harakatlar rejasi" bo`lib, u qachon,

qanday, nega va nima qilish kerak degan savollarga javob topishga yo`naltiradi.

Strategik ekologik menejment atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni tejash,

ekologik tadbirkorlik xatarlarini kamaytirish chuqur o`ylangan va samarali

choralarni tizimli amalga oshirish, raqobat ustunligini egallash va qo`llab

quvvatlash bo`yicha kompaniyalarning strategik manfaatlariga mos keladi. Doimiy

ravishda yuzaga keladigan ekologik imkoniyatlar va xatarlar har qanday firma

oldiga chuqur asoslangan strategik maqsadlarni qo`yishni va ularga erishishga

imkon beradigan boshqaruv mexanizmlarini qo`llashni taqozo etadi. Bular

strategik ekologiya menejmentning (SEM) mazmuni va eng muhim funktsiyalarini

belgilab beradi.

Strategik ekologik menejment korxona muvafaqqiyati uchun atrof-muhitni

muhofaza qilish, resurslarni tejash, ekologik xavfsizlikni ta`minlash sohalarida

boshqa korxonalar bilan raqobatda ekologik xarakterdagi potensialni, Shuningdek

uning faoliyati bilan bog’liq bo`lgan ekologik xatarlarni aniqlash va Shu asosda

kompaniyaning uzoq muddatli maqsadini belgilashi va ularni chuqur o`ylanib

tuzilgan choralar va instrumentlar vositasida amalga oshirishni ta`minlashi lozim.

Strategik ekologik menejmentning shakllanishi qo`yidagilarni amalga

oshirishni talab qiladi:

Page 116: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

1) Korxonaning vazifasi (missiyasi) to`g’risida konseptual ishlanmalar va

qarorlar qabul qilish.

2) Korxonaning tashqi muhiti (o`rab turuvchi muhiti) va ichki potensiali

(imkoniyatlari) tahlili.

3) Korxonaning vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladigan maqsadlar

va strategiyani ishlab chiqish. Bular 6-chizmada ko`rsatilgan.

7.2. Strategik ekologik menejmentning tahlil usullari

Strategik ekologik menejment tadqiqotlarida xilma-xil usullardan

foydalaniladi. Korxonaning ichki muhitini tadqiq etish uchun korxonalar, masalan,

SWOT - tahlil (inglizcha SWOT - Strengths) usulini, ya`ni kompaniyaning kuchli,

kuchsiz tomonlari, uning imkoniyatlari va xavf-xatarlaritahlili usulini qo`llashlari

mumkin. SWOT - usuli korxona potensialini tizimli o`rganish va baholashning

samarali vositasi bo`lib, firmaning ekologik vazifasi (missiyasi) va Shunga mos

maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradi.

6-chizma. Korxona strategik menejmenti modeli.

Ekologik SWOT-tahlil qo`yidagi xususiyatlarni aniqlashga beradi:

Ekologik SWOT-tahlil. Kompaniyaning:

Корхонанинг вазифаси

(миссияси)

Ички мущит

тащлили

Таш=и мущит

(ыраб турувчи мущит)

тащлили (имконият-

лар, хатарлар ва

бош=алар)

Ма=садлар

Стратегиялар

Муваффа= былиш ва амалга ошириш

жараёни

Тескари ало=а ва назорат

Korxonaning vazifasi

(missiyasi)

Ichki muhit

tahlili

Tashqi muhit

(o`rab turuvchi muhit)

tahlili (imkoniyat- lar,

xatarlar va boshqalar)

Maqsadlar

Strategiyalar

Muvaffaq bo`lish va amalga oshirish

jarayoni

Teskari aloqa va nazorat

Page 117: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Kuchli tomonlari: ekologik qulay jarayonlar va mahsulotlar, "yashil"

imidjning mavjudligi, xodimlarning reglament va majburiy talablarga rioya

qilishga tayyorligi, "yashil" mahsulotlar va texnologiyalar uchun ilmiy tadqiqot va

tajriba konstruktorlik ishlari potensiali.

Kuchsiz tomonlari: resikllanmaydigan mahsulotlar upakovka materiallari,

butilkalar va hokazolar, "iflos" texnologiya, toksik (xavfli) chiqindilar,

"ifloslantiruvchi" imidji, xodimlar reglament va talablargarioya qilmaydilar.

Imkoniyatlari: YAngi bozorni egallash, ekologik xavfsizmahsulotlarni ishlab

chiqarish va yuiishtirish, "yashil" imidjni shakllantirish hisobiga kompaniyaning

uzoq muddat omon qolishini ta`minlash, tabiat muhofazasi choralarining

natijaliligini atrof-muhit muhofazasi, resurslar va xarajatlarni tejash bo`yicha

tadbirlarni "yuqori" maqsadlarni qo`yish yo`li bilan ta`minlash.

Xavf-xatarlari: ekologik standartning o`ta talabchanligining oshishi,

davlatning aralaShuvi va nazoratning kuchayishi, "yashillar" va boshqa ijtimoiy

guruhlarningnorozilik namoyishi, raqobatchilarning bozordagi "yashil" mahsulot

sektorini qo`lga olishi, malakali xodimlarning firmaning vaqtinchalik bozor va

boshqa qiyinchiliklari, muvaffaqiyatsizligi tufayli kelishi, o`rta muddatli istiqbolda

kompaniyaning omon qolishining xavf-xatarlari va boshqalar bilan bog’iq bo`lgan

qo`shimcha investitsiyalarning zarurligi.

YAxshi natijalarga erishish uchun mutaxassislar umumiy strategik

menejmentda ham qo`llaniladigan "qiymatning ekologik zanjiri" usulidan

foydalanishni tavsiya etadilar. qiymatning ekologik zanjiri o`ziga xos mikroskop

bo`lib, uning vositasida kompaniyaning strategik tabiat muhofazasi maqsadlariga

erishishda uning faoliyatining xilma-xil, lekin bir-biri bilan o`zaro aloqa va o`zaro

bog’liq bo`lgan turlarning hissalari (yoki ularning yo`qligi) aniqlanadi va

baholanadi. Ushbu hissani baholash asosida navbatdagi korxonaga strukturasini

ratsionalizatsiyalash bo`yicha tavsiyalr ishlab chiqiladi, ularda "kam ahamiyatli

bo`g’inlar"ni tugatish (qayta qurish) masalalari ham qo`yiladi. Bu usulning asosiy

g’oyasi Shundaki, u kompaniyaning strategik vazifalarini qiymatning barcha

Page 118: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

zanjiri orqali, ham birlamchi faoliyat tularini (xomashyo etkaxzib berish, ishlab

chiqarish bo`yicha ishlarni bajarish, mahsulotni sotish (o`tqazish), marketing va

sotish, sotishdan keyingi xizmat ko`rsatish), ham qo`llab quvvatlovchi turlarini

(firmaning infrastrukturasi, mehnat resurslarini boshqarish, texnologiya va

logistikani rivojlantirsh) qo`shib, amalga oshirishni ta`minlashga asoslanadi.

Korxona ichki muhiti talilida 7S usulidan (Structure, system, Strategy, Statf,

SkillqSHared valuesG’green ethnics) ham foydalanish mumkin. 7S Shunga mos

holda - Struktura, Sistema (tizim), Strategiya, Stilb (uslub), Personal (xodim),

Kvalifikatsiya (malaka) bo`lib, ular qiymatlar sistemasi (tizimi) (ekologik etinika)

bilan o`zaro bog’langan, kompaniya personali (xodimi) bilan bo`linadi. Bu usul

firma potensialining muhim tarkibiy qismlarini kompaniya ishlab chiqqan va

qabul qilgan ekologik va etika printsiplar nuqtai nazaridan baholash uchun o`ziga

xos ichki karkasni (sinch) olishga imkon beadi. Tashqi muhit (o`rab turuvchi

muhit) tahlili siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik va ekologik omillar, Shu

jumladan global darajada ham ta`sirida shakllanadigan korxonaning ehtimol

tutilgan bozor imkoniyatlari va xavf-xatarni (tavakkalchilikni) o`rganishni o`z

ichiga oladi.

Firma tomonidn ishlab chiqilgan va qabul qilingan qaror ekologik axborot

tizimiga asoslanishi kerak. Korxona uchun ekologik ma`lumotlar ifrastrukturasini

barpo etish alohida ahamiyatga ega.

7.3. Firmaning ekologik strategiyasi va ularning klassifikatsiyasi

Ekologik strategiya strategik darajada «Ekologik menejment»ning asosiy

elementlaridan biridir. ekologik strategiya normativ ekologik siyosat va operativ

ekologik dasturlar o`rtasida bog’lovchi zveno (bo`g’in) hisobla-nadi. Bu o`zaro

aloqani mutaxassislar o`rtasida ken tarqatilgan Sankt-Gal` «Ekologik menejment»

integral modeli orqali to`laroq tuShunib olish mumkin (7-chizma).

Strategik menejment firmaning uzoq muddatli raqobatbardoshlik vazifasini

mavjud va shakllanadigan yani samaradorligi potensiali vositasida (imidj,

Page 119: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

kompetensiya (vakolat), bozordagi xissa va boshqalar) amalga oshiradi. Ґozir

firmaning biznes strategiyasi asosan xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini

oshirish, etkazib berishda liderlik qilish va biznes talablari o`zgarishini tezlikda

sezishga yo`naltirilgan. Biznes uchun ekologik va ijtimoiy omillar ahamiyatining

oshib borishi bilan uning muvaffaqiti potensialini belgilaydigan va firmaning

strategiyasini ishlab chiqishda hisobga olish zarur bo`lgan an`anaviy iqtisodiy va

texnik parametrlar doirasi sezilarli darajada kengaydi. Atrof-muhit muhofazasi

qismida yuqorida ko`rsatilgan o`zgarishlar ikki yoqlama bo`lishi mumkin: yoki

ekologik tarkibiy qismini firmaning strategiyasiga qo`shish yo`li bilan yoki

ekologik strategiyani mustaqil hujjat va instrument sifatida ishlab chiqarish

mumkin.

Iqtisodiyotning uzoq

muddatli istiqboli

Normativ menejment

Ekologik masalani

hisobga oladigan

tadbirkorlik

Ekologik siyosat Ekologik tadbirkorlik

madaniyati

Strategik menejment

Strategik

«Ekologik menejment»

tizimi

Ekologik strategiya

Ekologik

muammolarga

munosabat

Operativ (taktik menejment)

«Ekologik menejment»

tizimi Ekologik dastur

Ekologik

anglangan xulq

Struktura Harakat Xulq

Korxonaning ekologik

maqbul rivojlanishi

7-chizma. Integral «Ekologik menejment»ining Sankt-Gal` modeli doirasida

asosiy elementlarining o`zaro aloqalari (Paxomova N. Enres A. Rixter K., 2003).

Page 120: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Birinchi holda ishlab chiqarishning strategik dasturlari ularning ekologik

talablariga mosligini aniqlashnuqtainazaridan tadqiq etilishi kerak v zarur hollarda

ular kompaniya uchun ustuvor ekologik muammolarning yyechimibo`yicha

strategik maqsadlar bilan to`ldirilishi lozim. Ikkinchi holda kompaniya mustaqil

maqsadli yo ko`rsatma sifaida strategik ekologik potensialni shakllantirish v

ko`paytirish mumkin (samarali ekologik pozitsiyalar vositasida). Ammo har ikki

holda iqtisodiyot va ekologiya o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni doimiy

optimizatsiyalash, korxonaning iqtisodiy va ekologik manfaatlari uning steyk-

xolderi va umuman jamiyat o`rtasidagi tutash nuqtalarni ko`paytirish markaziy

punkt bo`lishi kerak.

Strategiyalar ekologik talablar va normalarni hisobga olish darajasiga

bog’liq holda passiv va aktiv (faol) strategiyaga bo`linadi. Passiv ekologik

strategiya mavjud ekologik qonunlar, standartlar, normativlarni bajarish bilan

cheklanadi. Firmaning aktiv ekologik siyosati va unga mos strategiyasida

iqtisodiyot va atrof-muhit muhofazasi o`rtasida ziddiyatlar chuqur darajada

yechiladi, tabiat muhofazasi imperativlari mahsulotni, texnologiyani o`zgarish,

xodimlarning kompetensiya darajasii ko`tarish va boshqalarning imkoniyati sifatini

ko`rib chiqiladi va hal etiladi. Umuman korxonani boshqarish jarayoniShunday

tashkil qiliadiki, unda ham bozor, kompetensiya va tabiat muhofazasi maqsadlari,

ham ijtimoiy maqsadlar muvofiqlashtirilgan bo`lishi kerak. Aynan ana Shunday

aktiv asosda ilg’or xorijiy biznes ekologik boshqaruvi amalga oshirmoqda.

7.4. Xorijiy mamlakatlarning ekologik strategiya menejmenti

tajribalari va ulardan foydalanish

Xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa Evropa mamlakatlarida biznesni barqaror

rivojlantirish kontseptsiyasi talablariga javob beradigan ekologik strategiya

menejmenti sohasida ko`plab ijobiy tajribalar to`plangan. Shunday ekologik

strategiyalarga "yashil" firmalarning asosiy strategiyalarini misol qilib ko`rsatish

mumkin. "YAshil" firmalarning asosiy ekologik strategiyalariga qo`yidagilar

Page 121: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

kiradi: etarlilik strategiyasi, dematerializatsiya strategiyasi, ekologik samaradorlik

strategiyasi, toza ishlab chiqarishga, tsirkulyarlikka aylanmalilik, kooperatsiyaga

o`tish strategiyalari va boshqalar. Bu strategiyalar zamonaviy «Ekologik

menejment» printsiplariga javob beradi konseptual jihatdan ularni barqaror

rivojlanish innovatsiyasi g’oyalari bilan birlashtiradi. Aynan barqaror rivojlanish

innovatsiyasi (va unga mos keladigan strategi) o`zining xarakteriga ko`ra radikal

hisoblanadi va u o`zida ekologik muammolarni yechishda yorib o`tish samarasi

potensialini olib yuradi.

Barqaror rivojlanish printsiplaridan kelib chiqadigan asosiy ekologik

strategiyalar qo`yidai xususiyatlar bila ta`riflanadi:

· etarlilik strategiyasi - iste`molni ixtiyoriy cheklash va tegishli yashash

tarzini o`zgartirish;

· toza ishlab chiqarish strategiyasi - ayrim korxonaning atrof tabiiy muhitga

salbiy ta`sirini texnologiyani (toza ishlab chiqish), ishlab chiqarilayotgan mahsulot

nomeklaturasini va qo`llanilayotgan xomashyoni va Shu kabilarni o`gartirsh orqali

minimallashtirishni ta`minlash;

· eko-samaradorlik strategiyasi - xomashyo resurslaridan foydalanish

koefitsienti va barcha texnologik jarayonlarining foydali harakati koefitsentini

jiddiy darajada ko`paytirish; (mutaxassislarning hisobotlariga ko`ra hozirgi usullar

texnologik jarayonlarning foydali harakati koefitsentini to`rt martadan o`n

martagacha ko`tarishga imkon beradi);

· tsirkulyarlik (aylanmalilik) strategiyasi - chiqindilarni minimallashtirish va

korxonalar o`rtasida xomashyo va chiqindilar oqimining aylanishini amalga

oshiradigan va tabiatning assimilyasiyalash potensialiga mos keladigan o`ziga xos

industrial ta`minot zanjirini shakllantirish orqali tabiatga nagruzkani (ta`sir

yukini)kamaytirish;

· kooperatsiyalash strategiyasi - tabiiy muhit holatiga salbiy ta`sirni o`zaro

kelishib olingan holda kamaytirishni, ekologik muammolar, resurslar bilan

Page 122: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

ta`minlash va chiqindilarni minimallashtirishni birbirlari bilan kooperatsiyalashgan

qator korxonalar guruhi tomonidan birgalikda yechish.

Barqaror rivojlanishning innovatsiya strategiyalariga munosabatni ishlab

chiqishda korxonalar qo`shimcha ravishda qo`yidagilani hisobga olishlari kerak:

1) ushbu strategiyalar kompaniyaning raqobatbardoshligii

mustahkamlashning katta potensialga ega bo`lib, ularni unikal, alohida va qayta

ilab chiqarish (nusxalash) qiyin bo`lgan kompetensiyalar bilan qurollantiradi; 2)

ularni amalga oshirish an`anaviy ishlab chiqarishning faqatgina ishlab chiqarish-

texnologik asoslarinigina emas balki uning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini ham

radikal o`zgartiradi, Shu jumladan yangi bozor sektorlarining (eskilarining

tugatilishining ham), ularning yangi talablari va ulari ta`minlash usullarining paydo

bo`lishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda ular yuqori darajada noaniqlik va

xatarlar bilan bog’langan; 3) barqaror rivojlanishning innovatsiya strategiyalarini

amalga oshirilishi sharoitlari to`g’ridan-to`g’ri steyk-xolderlar va korxona uchun

tashqi steyk-xolderlar doirasi tomonidan htimol tutilgan reaksiyani ham tahlil

qilishni taqazo etadi; 4) jamoatchilikning ekologik muammolarga

tashvishlanishining o`sib borishini har tomonlama hisobga olishkerak, ularni inkor

etish korxonalar uchun yuqori xavf-xatarlar bilan bog’liq.

Sirkulyarlilik va kooperatsiyalash strategiyalari ekologik muammolarni hal

etisha ayrim korxonalarning imkoniyatlari va resurslaridan tashqariga chiqishga,

konsentratsiya (to`planish) va markazlashtirish afzalliklaridan foydalanishga

imkon beradi. Bu strategiyalar ekologik muammolarni korxonalar guruhi (ishlab

chiqarish-texnologik zanjirini tashkil etuvchi tarmoq korxonalari guruhi yoki

mintaqaviy asosda birlashgan korxonalar guruhi) tomonidan kelishilgan va

moslaShuvchan yo`nalishda yechishini ta`minlashga imkon beradi. Ushbu

innovatsion tashkiliy qarorlariga, yyechimlari tartiblariga ishlab chiqarish

tenologik innovatsiyalar ham javob berishi va mos tushishi erak.

Ushbu strategiyalarni amalga oshirish korxonalar iqtisodiy strategiyalarining

qo`yidagi printsiplarga asoslanishini taqazo etadi:

Page 123: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

· dematerializatsiya va resurslarni tejash - iqtisodiy jarayonlarda

tsirkulyarlilikni amalga oshirish asosida dastlabki resurslar iste`molini sezilarli

qisqartirish;

· energiyani tejash - ishlab chiqarish va mahsulotning energiya iste`moli

hajmini kamaytirish v ekologik toza energiya resurslari va yoqilg’ini qo`llash yo`li

bilan energiyani tejash;

· mintaqalashtirsh - lokal (mahalliy) resurslardan, mintaqalarning lokal

potensiallaridan foydalanish mintaqaviy kelishilgan ishlab chiqarish, iste`mol va

chiqindilarni qayta ishlash va ulardan ikkilamchi foydalanish tizimlarini barpo

etish;

· Adaptatsiya (moslashish) - iqtisodiy rivojlanish sur`atlarini ekologik

tizimlar evolyutsiyasi tezligi va ritmlari (maromlari) bilan muvofiqlashtirish;

· ehtiyotkorlik - tabiiy muhit ifloslanishini bartaraf etishga xizmat qiladi;

· CHiqindilarni minimallashtirish.

Ishlab chiqarishning ekologik strategiyasini ishlab chiqishda, uning ustuvor

yo`nalishlarini belgilashda firmalar qo`yidagi to`rt ekologik harakat doirasida ish

olib borishlari kerak: mahsulot, ishlab chiqarish, xodimlar va kommunikatsiya.

Ishlab chiqarishni tahlil qilish, ishlab chiqarish emissiyalarini kamaytirish,

foydalaniladigan resurslarni tejash va Shu kabilar vositasida atrof tabiiy muxitga

nagruzkani kamaytirsh e`tibor mahsulotning barcha xayotiy tsikli davomida

bevosita atrof atrof-muhitga salbiy ta`sirini kamaytirishga karatiladi.Xodimlarning

ekologik harakatlarining tarqatuvchisi sifatidagi xulqi va motivatsiyasi (asslanishi)

navbatdagi harakat doirasida predmeti hisoblanadi. Korxona turli kommunikatsiya

strategiyalaridan ham fydalanishi mumkin, ular vositasida korxona ichida va uning

tashqarisida atrof-muhit muhofazasi sohasidagi muammolar va harakatlar bo`yicha

teskari aloqalar o`rnatish va konstruktiv dialoglarni tashkil etish mumkin.

Bu ibratli tajribalar O`zbekistonda ekologik strategiyani shakllantirish va

rivojlantirishga ilmiy amaliy asos bo`lib xizmat qilishi mumkin.

Page 124: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Qisqacha xulosalar

Ekologik boshqaruvda strategiya "xarakterlar rejasi" bo`lib, u qachon, nega

va nima qilish kerak degan savollarga javob topishga yo`naltiriladi. Strategik

ekologik menejment atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni tejash, ekologik

tadbirkorlik xatarlarini kamaytirish bo`yicha samarali choralarni tizimli amalga

oshirish, raqobat ustunligini egallash va qo`llab quvvatlash bo`yicha

kompaniyalarning strategik sanfaatlariga mos keladi.

Strategik ekologik menejment tadqiqotlarida xilma-xil usullardan

foydalaniladi. Ular qatoriga SWOT-tahlil, "qiymatning ekologik zanjiri", 7S va

boshqalar kiradi.

Ekologik strategiya va normativ ekologik siyosat va operativ dasturlar

o`rtasida bog’lovchi zveno hisoblanadi. Strategik «Ekologik menejment»

firmaning uzoq muddatli raqobatbardoshligi vazifasini mavjud shakllanadigan

yangi-yangi samaradorligi potensiali vositasida amalga oshiradi. Strategiyalar aktiv

va passiv strategiyalarga bo`linadi.

Passiv strategiyalar ekologik strategiya mavjud ekologik qonunlar,

standartlar, normativlarni bajarish bilan cheklanadi. Aktiv strategiyada iqtisodiyot

va atrof-muhit o`rtasidagi ziddiyatlar chuqur darajada bartaraf qilinadi, tabiat

muhofazasi imperativlari mahsulotni, texnologiyani o`zgartirish, xodimlarning

kompetensiya darajasini ko`tarish imkoniyati sifatida ko`rib chiqadi va hal etadi.

Xorijiy mamlakatlar ekologik strategiyasida "yashil" firmalarning strategiyalari

muhim o`rinni egallaydi. Bunday strategiyalarga etarlilik, toza ishlab chiqarish,

eko-samaradorlik, tsirkulyarlik, kooperatsiyalash, strategiyalari kiradi. Ushbuk

strategiyalarni amalga oshirishda qo`yidagi printsiplarga amal qilish kerak:

dematerilizatsiya va resurslarni tejash, energiyani tejash, mintaqalashtirish,

adaptatsiya, ehtiyotkorlik.

Ishlab chiqarishning ekologik strategiyasini ishlabchiqishda, uning ustuvor

yo`nalishlarini belgilashda firmalar qo`yidagi ekologik harakat doirasida ish olib

borishlari kerak: mahsult, ishlab chiqarish, xodimlar va kommunikatsiya. Xorijiy

Page 125: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

tajribalardan foydalanish. O`zbekistonda ekologik strategiya menejmenti

shakllanishi va rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.

Tayanch iboralar

Strategik ekologik menejment mazmuni. Korxona strategik menejmenti

modeli. Tadqiqot usullari. SWOT - tahlil. Qiymatning ekologik zanjiri. Sankt-Gal`

modeli. 7S - usuli. Passiv va aktiv strategiya. Etarlilik, toza ishlab chiqarish,

ekosamaradorlik, tsirkulyarlilik, kooperatsiyalash strategiyalari.

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Strategik ekologik menejment nima? Uning ahamiyati va asosiy

xususiyatlarini ta`riflang.

2. Strategik ekologik menejmentning shakllanishi nimalarga bog’liq?

3. Strategik ekologik menejment qanday usullardan foydalanadi?

4. SWOT-tahlil "qiymatning ekologik zanjiri", 7S usulning xususiyatlari va

qo`llanilishini ta`riflang?

5. Firmaning ekologik mtrategiyasi nima? Uning ahamiyati va asosiy

xususiyatlarini tuShuntiring.

6. Integral «Ekologik menejment»ning Sankt-Gal` modeli doirasida asosiy

elementlarining o`zaro aloqalarini bilib oling.

7. Passiv va aktiv strategiya nima? Ularning farqi, foydalanish

yo`nalishlarini ta`riflang.

8. Xorijiy mamlaktlarning ekologik strategiya menejmenti sohasida qanday

ibratli tajribalari bor? Ularni bilib oling.

9. Etarlilik, toza ishlab chiqarish, ekosamaradorlik, tsirkulyarlilik,

kooperatsiyalash strategiyalari nima? Ularning ma`nosi, mazmuni, qo`llanish

yo`llarini tuShunib oling.

Page 126: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

10. Korxonalar o`z iqtisodiy strategiyalarida qanday printsiplarga

asoslanadi?

Asosiy adabiyotlar ro`yxati

1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavsizlikka tahdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari T.: "O`zbekiston", 1997.

2. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish. qonunlar va normativ hujjatlar T.:

"Adolat", 2002.

3. Uzbekistan: na puti ustoychivogo razvitiya. Povestka dnya na XXI vek.

T.,2002.

4. Pirusov E.V., Bobilev S.N., Novosyolov A.L., CHepurnik N.V. ekologiya

i ekonmika prirodopol’zovaniya. M.: 2002.

5. Gerchikova .N. Menejment. Uchebnik. M.: 1997.

6. Paxomova N., endres A., Rixter K. ekologicheskiy menedjment.

Uchebnoe posobie. Spb. Piter, 2003.

10. Baxretdinova X.A. i dr. ekologicheskiy menedjment.. T.: 2015.

Page 127: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

“EKOLOGIK MENEJMENT” FANIDAN TEST SAVOLLARI

1. Ekologik menejment fanining predmeti...

A)Ekologik jixatdan tabiiy resurslarni tartibga solish va foydalanishni

samaradorligini aniqlash

V)Tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solish va iqtisodiyotni

rivojlantirish qonuniyatlarini yaratish

S)Mintaqalar tabiatidan foydalanish, ularni asrash, takroriy ishlab chiqarish,

muxofaza qilish jarayonida yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy munosabatlarni

tadqiq etishdir

D)Mamlakatni ekologik va iqtisodiy jixatdan havfsizligini ta`minlash

2. Ekologik menejmentning ob`ekti nimalardan iborat?

A)Turli kattalik va darajadagi ekologik-iqti-sodiy tizimlardir

V)Ekologik va iqtisodiy rayonlar

S)Jamiyat, tabiiy resurslar va ekotizimlar

D)Tabiiy resurslarga bog’liq bo`lgan iktisodiy munosabatlar

3. Ekologik menejment fani qaysi fanlar bilan yaqindan aloqada?

A)Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar bilan

V)Iqtisodiy va tabiiy fanlar bilan

S)Ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan

D)Ijtimoiy, iktisodiy va tabiiy fanlar bilan

4. Xalq xo`jaligining rivojlanishi va uning intensifikatsiyalaShuvida

tabiatdan mintaqaviy foydalanish, uni asrash, tiklash, muxofaza qilishni

iqtisodiy-ekologik mexanizmi nima xisoblanadi.

A)Nazariy asosi

V)Ob`ekti

Page 128: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

S)O`rganish usuli

D)Vazifasi

5. Biologik resurslar deb ... aytiladi

A)Tugamaydigan va tiklanadigan resurslarga

V)Tugaydigan va tiklan-maydigan resurslarga

S)Tugamaydigan, lekin tiklanmay-digan

D)Tugaydigan, lekin tiklanadigan

6. Fanning tabiiy sharoit va tabiiy resurs imkoniyatlaridan ilmiy

asoslangan samarali foydalanish mexanizmlarini tashkil qilish.

A)Ob’ektiga kiradi

V)Maqsadiga kiradi

S)Vazifasiga kiradi

D)Ilmiy metodlariga

7. Insonning asosiy muammolaridan bo`lgan, tabiiy resurslardan iloji

boricha ko`proq foydalanish, kamroq qiyinchiliklar bilan tabiiy resurslarni

o`z maqsadlarida foydalanishni qaysi jarayon osonlashtirgai?

A)Mustaqillikka erishish

V)Fan-texnika inqilobi

S)Urushlarni bo`lmayotgani

D)Dunyoda iqtisodiyotni rivojlangani

8. Fan texnika inqilobini rivojlanishi qaysi yillarda avj olgan?

A)1950-1960

V)1930-1940

S)1970-1980

D)1991 yildan keyin

Page 129: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

9. Fan texnika inkilobi tabiiy resurslarga qanday ta`sir kursatdi?

A)Resurslardan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga o`rganildi

V)YAngi texnologiya va yangi resurslardan foydalanildi, ekologiyaga e`tibor

berila boshladi

S)Ulardan foydalanishni osonlashtirdi, ekotizmlarni buzulishiga sabab bo`ldi

hamda tabiiy resurslarga ehtiyojni oshirdi.

D)Ekologik muammolarni yechish yo`llari ishlab chiqildi va tabiiy resurslardan

kamroq foydalanila boshladi

10. "Ekologik menejment" fanining asosiy maksadiga nimalar kiradi.

A)Ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish, resurslarni xolatini buzulishiga yo`l

qo`ymaslik, tabiiy sharoit va tabiiy resurs imkoniyatlaridan kelajak avlodlar xam

foydalanishini ta`minlashdir

V)Tabiiy sharoit, tabiiy resurslardan foydalanish, ularni muhofaza qilish va

iqtisodiyotni rivojlantirish

S)Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro ta`sir, bog’liqlik, rivojlanish qonuniyatlarini

ochib berish

D)Jamiyatning tabiiy resurslarga bo`lgan va uzluksiz ortib borayotgan ehtiyojlarini

qondirish

11. Tabiat qonunlarini ijtimoiy qonunlardan qanday ustunligi bor?

A)Ularni inson tarafi-dan yaratilganligi

V)Ularni o`zgartira olmasligimiz va ta`sir o`tkaza olmasligimiz

S)Ularni o`zgartirishni osonligi

D)Ular uzoq vaqt davomida yo`qolib ketishi

12. Ijtimoiy qonunlarni tabiat qonunlardan kanday ustunligi bor?

A)Ularni o`ziga moslab o`zgartirib borishi va yaratishi.

Page 130: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

V)Ularga ta`sir o`tkaza olmasligimiz

S)Ularni tabiat yaratganligi

D)Ular uzoq vaqt davomida yo`qolib ketishi

13. O`zbekistonning qaysi xududlarida tuproq sho`rlanishi eng kuchli?

A)Namangan, Jizzax, Toshkent

V)Surxondaryo, Samarkand, Navoiy

S)Xorazm, Sirdaryo, Buxoro

D)Andijon, Farg’ona, Qoraqalpog’iston Respublikasi

14. Cho`llashish muammosi qaysi viloyatlarda mavjud?

A)Qashqadaryo, Buxoro, Qoraqalpog’iston Respublikasi.

V)Andijon, Toshkent, Surxondaryo

S)Fargona, Sirdaryo, Jizzah

D)Samarkand, Namangan, Farg’ona

15. SHahar ekologiyasiga kuchli ta`sir etadigan tarmoqni ayting?

A)Kommunal xo`jaligi

V)Sanoat

S)Qishloq xo`jaligi

D)Transport

16. Ikkilamchi resurslardan foydalanishni yahshilash uchun nimalarga

e`tibor berish kerak deb o`ylaysiz?

A)Foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish, qayta ishlovchi

texnika va texnologiyalarni joriy etish.

V)Ikkilamchi resurslar-dan foydalanish targ’ibotini yahshilash va davlat ko`magini

oshirish

S)CHet el tajribalarini o`rganish va o`zimizda joriy etishni targ’ib qilish

Page 131: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

D)Resurslardan kamroq foydalanish orqali, ikkilamchi resurslardan foydalanishni

kuchaytirish

17. O`zbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof muhit

muhofazasi bo`yicha davlat nazorati kaysi tashkilot zimmasida?

A) “Ekosan” tashkiloti

V)Vazirlar Mahkamasi

S)Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi

D)Prezident apparati

18. Bioxilma-xillik deganda nima tuShuniladi?

A)O`simlik va hayvonot dunesini turli-tumanligi

V)Biomassaning ko`pligi

S)O`simlik va hayvonot dunesini muhofaza qilishni

D)Ekologik muammolarni oldini olishni

19. O`zbekistonda bioxilma-xillikni saqlash uchun nimalar qilinmoqda?

A)Biosfera qo`riqxonalari, qo`riqxonalar, buyurtma-xonalar tashkil qilinmoqda

V)Ekologik muammolarni oldi olinib, ekologik vaziyatlar yahshilan-moqda

S)CHet el tajribalari o`rganilib, BMTning ekologik qonunlari ratifikatsiya

qilinmoqda

D)Atrof muxit muhofazasiga mablag’lar ajratilib ekologik ahvolga ijobiy ta`sir

ko`rsatilmoqda

20. Atrof tabiiy muhit va uning resurslari holatini ma`lum dastur asosida

muntazam kuzatish, baxolash, bashorat-lashning tizimi nima deb aytiladi?

A)Ekologik sertifikatlar berish

V)Ekotizmlardan samarali foydalanish

S)Ekologik monitoring

Page 132: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

D)Tabiiy resurslar salohiyatini belgilash

21. Bioresurslardan foydalanishga kvotalar berishni, tabiatni muhofaza

qilish qo`mitasini qaysi bo`limi amalga oshiradi?

A)Ekologik standartlash va normativlar bo`limi

V)Ekologik monitoring bo`limi

S)Ekologik ekspertiza bo`limi

D)Atrof muxit muhofazasi bo`limi

22. Muhofaza xududlarda ifloslantiruvchi hamda zaxarli moddalardan

foydalanishni ta`qiqlash normalarini, tabiatni muxofaza qilish qo`mitasining

qaysi bo`limi amalga oshiradi?

A)Ekologik monitoring bo`limi

V)Ekologik standartlash va normativlar bo`limi

S)Ekologik ekspertiza bo`limi

D)Atrof muxit muhofazasi bo`limi

23. Suv olish va o`rmondan foydalanish limitlarini, tabiatni muxofaza qilish

qo`mitasini qaysi bo`limi amalga oshiradi?

A)Atrof muxit muhofazasi bo`limi

V)Ekologik monitoring bo`limi

S)Ekologik ekspertiza bo`limi

Ekologik standartlash va normativlar bo`limi

24. Mahsulotning atrof-muxit, hayot, salomatlik, mulk uchun havfsizligini

nazorat qilish tabiatni muxofaza qilish qo`mitasining qaysi bo`limi amalga

oshiradi?

A)Ekologik ekspertiza bo`limi

V)Ekologik monitoring bo`limi

Page 133: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

S)Ekologik standartlash va normativlar bo`limi

D)Atrof muxit muhofazasi bo`limi

25. Ekologik havfsiz, ekologik talablarga mos tushadigan, inson hayotiga va

faoliyatiga, hamda atrof muxitga zarar etkazmaidigan maxsulot va

tovarlariga nima beriladi?

A)Eksportga ruxsat

V)Sotishga ruxsat

S)Ekologik sertifikat

D)Importga ruxsat

26. O`zbekistonda majburiy sertifikatlanadigan maxsulotlar nyechtani

tashkil etadi?

A)80 taga yaqin

V)180 taga yaqin

S)500 taga yaqin

D)50 taga yaqin

27. Rejalashtirilaetgan, loyihalashtirilayotgan va ishlab turgan

ob`ektlarning tabiatga ehtimol tug’ilayotgan salbiy ta`siri va ekologik

xavfsizlik darajasini aniqlash tabiatni muxofaza qilish qo`mitasining kaysi

bo`limi amalga oshiradi?

A)Ekologik monitoring bo`limi

V)Ekologik ekspertiza bo`limi

S)Ekologik sertifikatlashtirish bo`limi

D)Atrof muxit muhofazasi bo`limi

28. O`zbekistonda qonunga muvofiq tabiatni muxofaza qilish tadbirlari va

ekologik dasturlarni moliyalashtirish qaysi katorda kuzda tutilmagan?

Page 134: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

A)Bozor mablag’lari

V)Byudjet mablag’lari

S)Ekologik sug’urta fondlari, bank kreditlari

D)Homiylar mablag’lari

29. Ekologik ekspertiza to`g’risidagi qonun qachon kabul kilingai?

A)1960 yilda

V)1980 yilda

S)1991 yilda

D)2001 yilda

30. Dorivor o`simliklardan samarali foydalanish deganda nimalarni

tuShunasiz?

A)Fitoxo`jaliklarni tashkil etish, dorivor o`simliklar-dan sanoat darajasida

foydalanish, dori-darmonlar bilan o`z ixtiyojimizni ta`minlash va eksport qilish

V)Dorivor o`simliklarni muhofaza qilish, ulardan foydalanishga ruhsat berish, xalq

tabobatini rivojlan-tirish

S)Eng foydali dorivor o`simlik-larni boshka mamlakatlardan keltirish,

ko`paytirish, foydala-nishni yo`lga qo`yish va eksport qilish

D)Dorivor o`simliklarni muhofaza qilish, kelajak avlodlarga etkazish, Qizil

Kitobga kiritib ularni saqlab qolish

31. Ikkilamchi resurslar xosil bo`lishiga ko`ra nyecha guruhga bo`linadi?

A)5 guruhga

V)4 guruhga

S)6 guruhga

D)2 guruhga

Page 135: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

32. Rivojlangan chet mamlakatlarda rangli metalni nyecha foyizigacha

ikkilamchi resurslardan olishadi?

A)50% gacha

V)45% gacha

S)80% gacha

D)35% gacha

33. Qora metalni chiqindilardan olganda nyecha foyizgacha arzonga

tushadi?

A)70%

V)50%

S)40%

D)90%

34. Qog’ozni makulaturadan olganda suv sarfi nyecha foyizgacha tejaladi?

A)90%

V)60%

S)50%

D)40%

35. O`zbekistonda to`planib qolgan chiqindilar miqdori qanchani tashkil

etadi?

A)15 mlrd. t.

V)5 mlrd.t.

S)25 mlrd.t.

D)2 mlrd.t.

36. Har yili nyecha mln. t. chiqindilar chiqindixona-larga chiqariladi?

A)400 mln. t.

V)300 mln. t.

Page 136: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

S)200 mln. t.

D)600 mln. t.

37. CHiqindilardan foidalanish va ularni tartibga solish to`g’risidagi qonun

qachon qabul qilingan?

A)1998 yil

V)1991 yil

S)1993 yil

D)2001 yil

38. Qanday chiqindilarni qayta ishlash oson hisoblanadi?

A)Sanoat chiqindilarini

V)Qishloq xo`jaligi chiqindilarini

S)Kommunal xo`jaligi chiqindilarini

Radioaktiv chiqindilarni

39. Qanday chiqindilarni qayta ishlaganda ko`p daromad olinadi?

A)Radioaktiv chiqindilarni

V)Metallolomni

S)Kimyoviy chiqindilarni

D)Makulaturani

40. Nima uchun chiqindilarni qayta ishlaydigan korxonalarga rivojlangan

mamlakat-larda kam soliq solinadi?

A)Bu soha kam rivojlangani uchun

V)Ekologiyaga ijobiy ta`sir ko`rsatgani uchun

S)Daromadining kamligi uchun

Qonunlarida Shunday bo`lganligi uchun

Page 137: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

41. Amortizatsiya chiqindilari deb qanday chiqindilarga aytiladi?

A)Zaharli chiqindilarga

V)Kimyoviy va radioaktiv chiqindilarga

S)Qishloq xo`jaligi chiqindilariga

D)Foidalanish muddati tugagandan keyingi chiqindilarga

42. O`zbekistonda chiqindilardan foydalanishning asosiy muammosi nima?

A)Xuquqiy asosning etishmas-ligi

V)CHiqindilarning kamligi

S)Iqtisodiy mexanizm va texnologiyalarning etishmasligi

Tajriba va mablag’ning etishmasligi

43. Rekreatsiya xudud iste`molchisi sifatida qaysi soxalardan keyin turadi?

A)Sanoat va qishloq xo`jaligi

V)Qishloq xo`jaligi va o`rmonchilik

S)Sanoat va o`rmonchilik

D)Tog’-kon va kimyo sanoati

44. Muhofaza qilinadigan hududlarni qaysi birining ahamiyati yuqori?

A)Buyurtmaxonalarning (Zakazniklarning)

V)Tabiat yodgorliklari-ning

S)Biosfera qo`riqxonalarining

D)Milliy bog’larnng

45. O`zbekiston hududini nyecha foyizi muhofaza qilinadigan hududlar

hisoblanadi?

A)20%

V)6,5%

Page 138: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

S)10%

D)4%

46. O`zbekistonda nyecha tur baliqlar yashaydi?

A)25 tur

V)54 tur

S)83 tur

145 tur

47. BMTning talabiga ko`ra, mamlakat nyecha foyizidan kam bo`lmagan

xududi muxofaza xududlari bo`lishi kerak?

A)50%

V)%

S)0%

D)5%

48. Ishlab chiqarish kuchlariga nimalar kiradi?

A)Aholi, ishlab chiqarish infratuzilmalari, ishlab chiqarish vositalari

V)Sanoat, transport, qishloq xo`jaligi

S)Mehnat resurslari, sanoat, ishlab chiqarish vositalari

D)Ishlab chiqarish infratuzilmalari, transport, sanoat

49. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish nimalarga asoslanadi?

A)Tabiiy resurslarga

V)Omil va printsiplarga

S)Tabiiy sharoitga

D)Infratuzilmalarga

50. Ekologik siyosat nyecha darajaga bo`linadi.

Page 139: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

A)2 ta

V)6 ta

S)10 ta

D)4 ta

51. Quyidagi .... boshqarish tizimiga kiradi.

A)Tabiatni muhofaza qilish

V)Tabiatdan foydala-nishning strategiya-sini ishlab chiqish

S)Tabiiy resurslardan samarali foydalanish

D)CHet el mamlakkatlari bilan hamkorlik qilish

52. Ma`lum xududlarning tabiiy tizimlaridagi odamlarning harakatlarini

va faoliyatini boshqarish ham ....

A)Tabiiy resurslar tizimiga kiradi

V)Tabiiy sharoit tizimiga kiradi

S)Milliy strategiya tizimiga kiradi

D)Tabiatdan foydalanishni boshqarish tizimiga kiradi

53. Lokal ekosiyosat o`z ichiga nimalarni oladi?

A)Orol muammosini bartaraf etishni

V)Mamlakat ayrim hududlariga tegishli ekologik muammolarni bartaraf etishni

S)Ozon qatlamining emirilishini

D)Mamlakatimizda ekologiyani rivojlantirish uchun mablag’lar ajratadi

54. Ekologik qonunchilik tizimining asosiy qonuni .... hisoblanadi.

A)"Ekologik ekspertiza to`g’risida”gi qonun

V)"Muhofaza qilina-digan hududlar to`g’ri-sida”gi qonun.

S)"Tabiatni muhofaza qilish to`g’risida”gi qonun

D)"Er osti boyliklari to`g’risida”gi qonun

Page 140: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

55. Er resurslari va er tuzish qo`mitasi, o`rmon xo`jaligi qo`mitasi,

gidrometereologiya va atrof muxit monitoring xizmati, geologiya qo`mitasi,

qishloq xo`jalik vazirlik-lari ..... kiradi.

A)Qonun chiqaruvchi hokimiyat tarkibiga

V)Nazorat hokimiyati tarkibiga

S)Ma`muriy tartibga solish tarkibiga

D)Ijroiya xokimiyati tarkibiga

56. Ekologik prokuratura, maxsus ixtisoslashgan ichki ishlar bo`linmalari

…. kiradi.

A)Tabiatdan foydalanishni boshqarish tizimiga

V)roiya hokimiyati tarkibiga

S)Ma`muriy tartibga solish va boshqarish tarkibiga

D)Mahalliy nazorat tizimiga

57. Ekologik normativlashtirishga .... kiradi.

A)Axborotlar bilan ta`minlash

V)Yo`l qo`yish mumkin bo`lgan emissiyalarni belgilash.

S)Qonunlar chikarish va ijro etish

D)Tabiatdan foydalanishni boshqarish

58. Global ekologik muammolar deb .... aytiladi.

A)O`zbekistonga tegishli ekologik muammolarga

V)Hamma mamlakatlarga tegishli ekologik muammolarga

S)Sanoatga tegishli ekologik muammolarga

D)Mamlakatning ayrim hududlariga tegishli ekologik muammolarga

59. Birinchi xalqaro konventsiya qachon va qaerda qabul qilingan?

Page 141: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

A)1991 yilda Toshkentda

V)1960 yilda Londonda

S)1850 yilda Tokioda

D)1882 yilda Parijda

60. Xududiy ekologik muammolar deb .... aytiladi.

A)O`zbekistonga tegishli ekologik muammolarga

V)Bir nyecha mamlakat-larga tegishli ekologik muammolarga

S)Sanoatga tegishli ekologik muammolarga

D)Mamlakatning ayrim hududlariga tegishli ekologik muammolarga

61. Mahalliy ekologik muammolar deb .... aytiladi.

A)O`zbekistonga tegishli ekologik muammolarga

V)Xamma mamlakatlarga tegishli ekologik muammolarga

S)Sanoatga tegishli ekologik muammolarga

D)Mamlakatning ayrim hududlariga tegishli ekologik muammolarga

62. Xalqaro ekologik hamkorlik shakllariga .... kiradi.

A)Konventsiya, xalkaro moliya institutlari

V)Milliy ekologik muommolar, jaxon banklari

S)Iqtisodiy hamkorliklar, moliyaviy yordam

D)Iqtisodiy munosabatlar, ekologik vaziyatlar

63. Ekologik-iqtisodiy rayonlashtirish doirasiga .... kiradi

A)Hududlar xo`jaligining ihtisoslashtirish hamda majmuali rivojlantirish

V)Tabiiy resurs va tabiiy sharoitlarni muhofaza qilish

S)Tabiiy resurs, tabiiy sharoitlarni ekologik holatini boshqarish va monitoringini

olib borish

D)Ekotizmlardan samarali foydalanish va kelajak avlodga qoldirish

Page 142: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

64. O`zbekistonning ekologik - iqtisodiy rayonlashtirish asosini nyechta

makrozona tashkil etadi?

A)8 ta yirik makrozonaga

V)5 ta yirik makrozonaga

S)3 ta yirik makrozonaga

D)10 ta yirik makrozonaga

65. CHo`l va chala cho`l zonasi, sug’oriladigan tekislik (antrogen) zonasi,

tog’oldi-tog zonasi nimani bildiradi?

A)Iqtisodiy rayonni

V) ekologik-iktisodiy makrozonani

S)Ma`muriy bo`linishni

D)Tabiiy-iqtisodiy bo`linishni

66. Ekologik-iqtisodiy rayonlashtirish nima uchun kerak?

A)Bozor iqtisodiyotiga o`tish va iqtisodiyotni rivojlanti-rish

V)Ekologik siyosat shakllantirish va barqaror rivojlanishga erishish

S)Ekologik-iktisodiy jarayonlarni boshqarish, tabiiy resurslardan samarali

foydalanish

D)Atrof muhitni asrash va tabiiy resurslardan kamroq foydalanish

67. Xududiy mexnat taqsimotini takomillashtirish va samaradorligini

oshirish .... kiradi

A)Tabiatni muhofaza qilish jamoatchilik organlari vazifasiga kiradi

V)Ekologik-iqtisodiy rayonlashtirish vazifasiga kiradi

S)Ekologik sertifikatsiya va normalashtirish vazifasiga kiradi

Ekologik sertifikatsiya va monitoring vazifasiga kiradi

68. O`zbekiston nyechta ekologik--iqtisodiy rayonlarga bo`linadi?

A)6ta

Page 143: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

V)8 ta

S)3 ta

D)10 ta

69. Tabiiy resurslardan foydalanish nima uchun kerak?

A)Insonni moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun

V)Insonni oziq-ovqat, kiyim-kyechak bilan ta`mishlash uchun

S)Insonni moddiy va ma`naviy ihtiyojlarini qondirish uchun

Ekotizimlarni asrab qolib kelajak avlodga etkazish uchun

70. Ekologik muammolar nyecha darajaga bo`lib o`rganiladi?

A)3 darajaga

V)2 darajaga

S)6 darajaga

D)5 darajaga

71. O`zbekistonda atmosferaga qancha chikindi chikariladi?

A)22 mln tonnagacha

V)30 mln tonnagacha

S)12 mln tonnagacha

D)2 mln tonnagacha

72. Tabiatdan foydalanish fani Uzbekistonda qachondan boshlab o`qitila

boshlandi?

A)1970 yildan

V)1992 yildan

S)1950 yildan

D)2000 yildan

Page 144: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

73. O`zbekistonda sho`rlanish darajasi nisbatan past bo`lgan viloyat qaysi?

A)Buxoro

V)Samarkand

S)Navoiy

D)Andijon

74. Gidroliz tozalash usuli qaysi resursni tozalashda ishlati-ladi?

A)Suvni

V)Havoni

S)Mayishiy chiqindilarni

D)Sanoat chiqindilarini

75. Erlarning sho`rlanish darajasi nyecha darajada hisoblanadi?

A)5 darajada

V)3 darajada

S)4 darajada

D)6 darajada

76. Havo tarkibidagi modda zarrachalarining o`lchamiga ko`ra changlar

nyecha guruhga bo`linadi?

A)4 guruhga

V)5 guruhga

S)3 guruhga

D)6 guruhga

77. Davlat ekologik ekspertizasi qanday muddatlarda o`tkazi-ladi?

A)1 yil bo`lishi mumkin

V)6 oy bo`lishi mumkin

Page 145: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

S)3 oydan oshmasligi kerak

4 oydan kam bo`lmasligi kerak

78. D.E.E. o`tkazishning tayyorlov bosqichida qanday ishlar amalga

oshiriladi?

A)Ekspertizaga tavsiya etilgan xujjatlarning tarkibi tekshiriladi

V)spertizaning vazi-falari, yo`nalishlari va chegaralari, shakli va o`tkazish usuli

aniqlanadi

S)Ekspertizaning asosiy yo`nalishlari bo`yicha mutahassislardan shtatdan tashqari

ekspert komissiyasi tuziladi

D)Ekspertizaga tavsiya qilingan xujjatlarning tarkibi, ekspertizaning vazifasi,

yo`nalishlari, chegaralari, shakli va o`tkazish usuli aniqlanadi, asosiy yo`nalishlari

bo`yicha mutaxassislardan shtatdan tashqari ekspert komissiyasi guruhlari tuziladi

va uning a`zolari orasida vazifalar taqsimlanadi, ish jadvali tuziladi.

79. Atmosfera havosi tarkibida nyecha foiz azot gazi bor?

A)90%

V)79 %

S)25%

D)35%

80. Atmosfera havosi tarkibida nyecha foiz kislorod bor?

A)80%

V)70%

S)20,95%

D)50%

81. Atmosfera tarkibida inert gazlar nyecha foiz bo`ladi?

A)70%

Page 146: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

V)80%

S)74%

D)0,94%

82. Tuproqning suv ta`siridagi eroziyasining shakllari qanday?

A)YUzlama, jarsimon eroziya, surilmalar va qulash eroziyasi

V)SHamol eroziyasi va surilish eroziyasi

S)YUzlama eroziya va jarliklar

D)CHang-bo`ronli eroziya hamda emirilish

83. Atmosfera havosini iflos-lantiruvchi manbalar nyecha xil?

A)4 xil

V)5 xil

S)3 xil

D)2 xil

84. Atmosfera havosi tarkibida karbonat angidrid nyecha foiz bo`ladi?

A)0,03%

V)15%

S)20%

D)5%

85. Davlat ekologik ekspertizasi kimlar tomonidan amalga oshiriladi?

A)Nodavlat tashkilotlar tomonidan

V)Jamoatchilik vakil-lari tomonidan

S)Davlat ekologiya tashkilot-lari tomonidan

Respublika tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tizimidagi ekspert

mutahassislari tomonidan

Page 147: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

86. Markaziy Osiyoning suv resurslarini qaysi davlat eng ko`p miqdorda

foyda-lanadi?

A)O`zbekiston

V)Tojikiston

S)Qirg’iziston

D)Kozogiston

87. Mamlakatimiz transporti 1 yilda o`rtacha qancha miqdorda gaz

chiqindilari chiqaradi?

A)3,41 mln tonna

V)2,52 mln tonna

S)1,54 mln tonna

D)4,55 mln tonna

88. Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi qachon va qaerda paydo bo`lgan?

A)1992 yil Reode Janeyroda

V)2001 yil Yoxanesburgda

S)1991 yil Toshkentda

D)2000 yil Moskvada

89. Barqaror rivojlanish kontseptsiyasining mazmuni nimadan iborat?

A)Er yuzida ocharchilikni tugatish

V)Ekologik muammolarni yechish

S)Sayyoraviy ekologik muammolarni yechish

D)Er yuzida hayotning davomiyligini saqlab qolish

90. Orol dengizining suv hajmi hozirgi kunda qanchani tashkil etadi?

A)211 km3

V)433 km3

Page 148: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

S)321 km3

D)1090 km3

91. Orol dengizi suvidagi minerallar hozirda nyecha pramellni tashkil

etadi?

A)8-11 pramell

V)40 -51 pramell

S)20 - 30 pramell

D)3-4 pramell

92. Orol dengizi suvidagi minerallar u qurimasidan oldin nyecha pramellni

tashkil etgan?

A)8-11 pramell

V) -51 pramell

S)20 - 30 pramell

D)3-4 pramell

93. Orol dengizi havzasida qancha suv hosil bo`ladi?

A)275 km3

V)80 km3

S)190 km3

D)350 km3

94. Orol dengizining yuzasi hozirgi kunda kanchani tashkil etadi?

A)67 000 km2

V)22 000 km2

S)120 000 km2

D)11000 km2

Page 149: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

95. Bioxilma-xillik deganda nimani tuShunasiz?

A)O`simlik va hayvonot dunyosining miqdorini ko`paytirish

V)O`simlik va hayvonot dunyosining ekologiya-sini o`rganish

S)O`simlik va hayvonot dunyosining xilma-xilligini saqlash

D)O`simliklarni ko`paytirish, o`stirish, areallarini kengaytirish

96. Er kadastri deganda nimani tuShunasiz?

A)Erlarni hisobga olish, holatini yillar davomida nazorat qilish

V)Er ekologiyasini yahshilash

S)Erdan ko`p hosil olish

D)Erni dehqonlarga bo`lib berish

97. Suv kadastri deganda nimani tuShunasiz?

A)Suvning minerallaShuvini tartibga solish

V)Suvning ekologik holatini yahshilash

S)Suvni hisobga olish, foydalilik darajasini oshirish, holatini yaxshilash

D)Suvni davlat nazoratiga olish

98. O`zbekistonda suv resurslarining nyecha foizigacha qishloq xo`jaligida

foydalaniladi?

A)60 % gacha

V)50 % gacha

S)86 % gacha

D)65 % gacha

Page 150: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

99. Korxona, tashkilot va kompaniyalarning ichki ekologik saloxiyatini,

ular-ning havf-hatarlari va imkoniyatlarini doimiy tekshirib turish tabiatni

muxofaza qilish davlat qo`mitasining qaysi bo`limi tomonidan amalga oshiri-

ladi?

A)Ekologik monitoring

V)Ekologik audit

S) “Ekosan” tashkiloti

D)Ekologik ekspertiza

100. O`zbekistonda suv resurslarining nyecha foizigacha sanoatda

foydalaniladi?

A)10%gacha

V)47 % gacha

S)34 % gacha

D)25 % gacha

Page 151: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

GLOSSARIY

Abiogenez - Erda hayotning noorganik moddalar asta-sekin murakkablasha

borishi va biopolimerlar (nuklein oqsillari va boshqa) hosil bo`lish yo`li bilan

paydo bo`lganligi to`grisidagi nazariya. XX asr o`rtalarida oqsil-simon va boshqa

organik moddalarning abiogen yo`l bilan sintez qilinishi A. gipotezasini

tasdiqlaydi.

Abiosfera (< a... + rp. biotios -tirik + sphaira - shar, muhit) - litosferaning

hozirgi kunda ham, ilgarigi vaqtda ham hyech qachon tirik organizmlar yoki

biogen moddalar ta`sirida bo`lmagan qavati.

Absorbent (< lat. absorbens - yutuvchi, shimib oluvchi) - absorbtsiya

jarayonida turli absorbatlarni yutib oluvchi modda. +ar. -Absorbat, Absorbsiya.

Absorbsiya (lot. absorptio - yutilish, shimilish) - 1) suyuqliklar yordamida

zararli gazlar aralashmasini tozalash usuli. A. absorberlarda amalga oshiriladi.

Bunda zararli gazlar aralashmasi pastdan yuqoriga, absorbent (yutuvchi suyuqlik)

esa unga qarshi yuqoridan pastga yo`naltiriladi. Gazsimon aralashmalarni ammiak,

vodorod xloridi va ftorididan tozalashda absorbent sifatida suvdan va ishqorli

eritmalardan, tsianli birikmalardan tozalashda temir kuporosi eritmasidan, tashlama

"dum" nitroz gazlaridan tozalshda ammoniy sulfati yoritmasidan, aromatik

uglevodo-rodlardan tozalashda quyushqoq moylardan foydalaniladi va h.k.z.; 2)

yorug’lik, radioto`lqinlar va tovushning biror moddaga yutilishi. +ar. - Zararli

tashlamalarni tozalash.

Avtogenez (< autos... + gr. genesis - kelib chiqish) - idealistik qarash-laming

umumiy nomi bo`lib, ularga ko`ra organik dunyoning evolyutsiyasi jarayoni tashqi

muhit omillarining ta`siriga bog’liq bo`lmay, balkim qandaydir ichki nomoddiy

omillar orqali boshqariladi va tartibga solib turiladi. Taqqos. -Ektogenez.

Avtoregulyattsiya (tabiatda) (< autos...+ lot. regulo - yo`naltiraman,

tartibga solaman) - tabiatda o`z-o`zini tartibga solib turish. Tabiatdagi barcha

Page 152: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

ekotizimlar doimiy o`zaro ta`sirda bo`lganligidan ularda dinamik muvozanat

saqlanadi (mas., u yoki bu turdagi organizmlar sonining avtoregulyatsiyasi).

Agrobiogeotsenoz (< agros...+ gr. bios - hayot +ge - Er + koinos -umumiy)

- qishloq xo`jalik mahsulotlari olish maqsadida yaratilgan sun`iy ekotizim bo`lib, u

ekologik jihatdan chidamsiz bo`ladi va faqatgina insonning aralaShuvi bilan o`zini

uzoq vaqt saqlab qola olishi mumkin.

Agrolesomeliorattsiya (< agros... + lot. meliorativ - yaxshilash) - cho`l

iqlimini yaxshilash, qurg’oqchilikning oldini olish va tuproqni eroziyadan asrashga

. qaratilgan o`rmon-xo`jalik tadbirlari tizimi. A. daraxtlarning iqlimni yumshatish,

havoning namligini mo`tadillashtirish va tuproq namligini saqlash xususiyatlariga

asoslangan. Unga ixota daraxtzorlari barpo qilish, suv ayirgichlari, oson

yuviladigan qiyalik yonbag’irlar, daryo qirg’oqlari va qumliklarda, kanallar bo`yi

va suv omborlari atrofida daraxtzorlar barpo qilish, cho`l va sahrolarga o`tchil

o`simliklarni ekib o`stirish tadbirlari kiradi. qurg’oqchil rayonlar, sh.j. O`rta Osiyo

hududi uchun alohida muhitni himoya qilish ahamiyatiga ega.

Agroekologiya (< agros...+ gr. Oikos - uy, vatan +- logos - fan) - ekinzorlar

va ularda o`stirilayotgan qishloq xo`jalik ekinlarining ekologik xususiyatlarini

o`rganuvchi fan sohasi.

Akklimatizattsiya (< tot. ad - ga + gr. klima - nishab ( bu erda u iqlim

ma`nosida keltiriladi, qadimgi greklar iqlimdagi o`zgarishlarni quyosh manning

erga tushishidagi nishabligiga bog’laganlar) -1) organizmlar majmuasini inson

uchun foydali bo`lgan turlar bilan boyitish maqsadida bunday turlarning yangi

joylarga ko`chirib kiritish chora-tadbirlari; 2) organizmlarni suniy ravishda yangi

yashash sharoitiga ko`chirganda ularning o`zgargan yangi sharoitga moslashib

yashab ketishi.

Akkumulyatsiya (lot. akkumulatio -to`planish, yig’lish) - biror narsaning

to`planib qolishi. Masalan, organizmlarda ifloslovchi moddalarning

akkumulyattsiyasi - tashqi muhitda siyrak uchrovchi kimyoviy moddalarning

organizmlarda to`planishi. Dengiz hayvonlari gavdasida P, Si va Zn ning

Page 153: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

konsentratsiyasi suvdagidan ko`ra ming marta, S, Fe va u niki yuz marta hamda K,

As,B va F niki esa o`n marta ortiq bo`ladi.

Antropotizim (< gr. anthropos -inson + sistema - birlashma (yaxlit) -

insoniyatning yaxlit rivojlanayotgan tizimi. A. ga odamlar, ishlab chiqarish

kuchlari va jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari kiradi.

Antropoekotizim (< rp. anthropos -inson + oikos - uy, vatan + sistema -

birlashma (yaxlit) - insonlarning hamjihatlikda yashayotgan turli

populyattsiyalarga mansub guruhlari, ularning o`zaro hamda atrofdagi tabiiy va

ijtimoiy muhit bilan o`zaro munosabatlari majmuasi. Sinonim -Antropogeotsenoz.

Atmosfera havosi (< gr. atmos - bug’ + spaira - shar, muhit) -

atmosferaning pastki qatlamida evolyuttsiya jarayonida shakllangan gazlar tarkibi.

Ularning nisbati quyidagicha: azot - 78,08%, kislorod - 20,95%, argon - 0,93%,

karbonat angidridi - 0,03%. Bundan tashqari havoda inert gazlar aralashmasi va

suv buglari mavjud. A.h. ning umumiy massasi 5000 trln t bo`lib, uning 90%

atmosferaning pastki qavati - troposferada joylashgan. Keyingi paytlar havoda

kislorodning miqdori kamayib, karbonat angidrid esa ko`payib bormoqda. Hozirgi

kunda A.h. da karbonat angidrid miqdori 28% (392 mlrd t) ga ko`paygan va

kislorod 0,02% (2095 mlrdt) ga kamaygan.

Antropogen moddalar (< gr. anthropos - inson + genesis-kelib chiqish +

moddalar) - inson faoliyati natijasida hosil bo`lgan va geosferaga kiritilgan

kimyoviy birikmalar. A.m. ikki xil bo`ladi: 1) parchalanadigan - insonning mehnati

natijasida hosil bo`ladigan yoki uning hayot faoliyati jarayoinida tabiiy ravishda

paydo bo`ladigan va mikroorganizmlar ta`sirida oson parchalanadigan, Shunga.

muvofiq biologik modda aylanishida ishtirok etadigan moddalar; 2)

parchalanmavdigan -insonning sanoatdagi ishlab chiqarish faoliyatidan hosil

bo`ladigan, tabiat uchun yot bo`lgan, muhit abiotik va biotik omillarining hatto

birgalikdagi (sinergik) ta`sirida ham osonlikcha parchalanmaydigan suniy sintetik

birikmalar (mas., sintetik kimyoviy moddalar). Bunday moddalar biosferada

to`planib qolaverganligidan organizmlar hayoti uchun xavf tug’diradi.

Page 154: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Atrof muhitni optimallashtirish (lot. optimus - eng yaxshi) - atrof

muhitning holatini tirik organizm-laming hayot kyechirishi uchun o`ta qulay

holatga keltirishga qaratilgan chora-tadbirlar.

Atrof muhitni muhofaza qilish - insonning sog’ligini saqlash maqsadida

uning normal hayot kyechirishi uchun zarur bo`lgan fizikaviy, kimyoviy, biologik

va ijtimoiy-iqtisodiy sharoit-larni yaratishga qaratilgan xalqaro miqyosdagi, davlat

yoki hududiy miqyosda o`tkaziladigan mamuriy-xo`jalik, texnologik, siyosiy va

jamoatchilik tadbirlari kompleksi.

Amaliy ekologiya - inson ta`sirida biosferaning emrilish jarayonini va bu

jarayonning oldini olish mexanizmlarini o`rganish, muhitning ekologik holatini

buzmasdan tabiiy resurslardan ratsional foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish.

Biotexnologiya (<gr. biotios - tirik + tyechne - ustalik) - tirik

organizmlardan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish. B. non mahsulotlari ishlab

chiqarishda, pishloq pishirishda, vino va pivo tayyorlashda qadim zamonlardan

beri qo`llanib kelinadi. Biroq u XX asming 70 - yillarida yanada keng rivojlanib

ketdi. Zamonaviy B. dan biologik usul bilan muhitning ifloslanishiga qarshi

kurashda (mas., suvni biologik tozalashda), qishloq xo`jalik zararkunandalariga

qarshi kurashda, biologik jihatdan aktiv bo`lgan qimmatbaho moddalarni

(gormonal moddalar, antibiotiklar va h.k.z.) ishlab chiqishda keng foydalaniladi.

Keyingi yillarda B. konchilik sanoatiga ham kirib keldi (tog’ jinslarini bakterial

tanlab eritish usuli bilan).

BMT ning atrof muhit bo`yicha Dasturi (UNEP) - erlarning cho`llanishi,

o`rmonlarning kamayishi, chuchuk suvning kamayishi va sifatining yomonlashishi,

Dunyo okeanining ifloslanishi va Shunga o`xshash boshqa jiddiy global ekologik

xavf-xatarga olib keiishi mumkin bo`lgan muammolarni o`rganishga bag’ishlangan

hukumat-lararo Dastur. Dastur BMT ning 1972-y. o`tkazilgan Stokgolm anjumani

tavsiyasiga va BMT Bosh Assambleyasining 1973-yildagi qaroriga ko`ra ish

Page 155: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

boshlagan. YUNEP ning SHtabrfkvartirasi Nayrobi (Keniya) shahrida joylashgan.

+ar. - UNEP.

Butunjahon tabiat xartiyasi - BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tabiat

muhofazasi bo`yicha 1982-y. qabul qilingan Xalqaro hujjat. Bu hujjat dunyoning

barcha davlatlariga sayyoramiz va uning boyliklarini asrash majburiyatini

yuklaydi.

Geoekologiya (< gr. ge - Er + oikos - uy, vatan + logos - fan) -

ekologiyaning yuqori ierarxiya darajasidagi ekotizimlarni (yani biosferani

yaxlitligicha) o`rganadigan bo`limi. Sinonim - Global ekologiya.

Degradattsiya (fr. degradation - asta-sekin yomonlashish) - biror-bir narsa

yoki holatning son va sifat jihatdan oldingi holatidan yomonlaShuvi. Atama

ekotizim-larning tarkibiy qismlariga nisbatan (mas., o`rmonlar D.si, biror joy

hayvonot dunyosining D. si), Shuningdek, suv ob`ektlariga (mas., Orol dengizi

D.si), millat va elatlarga va Shunga o`xshagan ko`pchilik sohalarga nisbatan

qo`llaniladi. Masalan, tuproq degradatsiyasi deganda tuproqning strukturasi

buzilishi, eroziyaga uchrashi, botqoq-lanishi, sho`rlanishi va boshqa sabablarga

ko`ra uning holati yomonlaShub, edasferada hayot jarayonlarining sekinlaShuvi

natijasida tuproq unumdorligi pasayishi tuShuniladi.

Demekologiya (< gr. demos (lot. populus) - xalq, aholi) - ekologiyaning

populyattsiya ichidagi individlarning o`zaro va ularning tashqi muhit bilan

munosabatlarini o`rganadigan bo`limi.

Doza (< gr. dosis... ) - ma`lum biror moddaning, nurlanish va Shunga

o`xshashlarning aniq o`lchangan miqdori.

Er kadastri (< er + kadastri...) - er to`g’risidagi ma`lumotlar to`plami: 1)

ekishga yaroqli va yaroqsiz erlar haqida; 2) qishloq xo`jaligida foydala-niladigan

erlar haqida. y.k. bazan er(tuproq) sifat ko`rsatkichlarining bir qismi hisoblanib,

erlaming bonitirovkasi (unumdorligi) ko`rsat-kichlarini ham qamrab oladi.

"Inson va biosfera" Dasturi (MAB) - YUNESKO ning qator ekologik

masalalarni hal qilishga qaratilagan ilmiy-tadqiqot Dasturi. Dastur 14 ta alohida

Page 156: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

kichik dasturlar - loyi-halardan tashkil topgan bo`lib, ular asosan inson bilan

ekotizimlaming bir-biriga ko`rsatayotgan o`zaro ta`sirini o`rganishga qaratilgan.

Dastur 1970-yil qabul qilinib, 1971-yilda ish boshlagan. +ar. - MAB, YUNESKO.

"Inson va biosfera" MAB (ingl. MAB - The Man and the Biosphere) -

BMTning tabiiy resurslarni boshqarish muammolarini tadqiq qilish bo`yicha

hukumatlararo dasturi. U YUNESKOning 1962-yilda (Parij sh.) o`tkazilgan

hukumatlararo anjumanida qabul qilingan bo`lib, Xalqaro biologik dastvning

davomi sifatida ish ko`radi. MAB ning bosh vazifasi -dunyoning turli regionlarida

insonning biosferaga ta`sirini va tashqi muhitning inson salomatligiga ta`sirini

o`rganish bo`yicha ko`pyillik ma`lumotlarni to`plab o`rganib borish. MAB tabiiy

muhit holatining uzoq muddatli ekologik monitoringini olib borish maqsadida

biosfera qo`riqxonalarini tashkil etadi.

Ichimlik suvi - kimyoviy va bakteriologik ko`rsatkichlari inson organizmiga

zarar etkazmaydigan darajada bo`lgan suv. Ammo dunyoning ko`pgina

mintaqalarida, ayniqsa rivojlanayotgan mamla-katlarda ichimlik suvining sifat

ko`rsatkichlari sanitariya talablariga javob bermaydi. Butunjahon sog’liqni saqlash

tashkiloti (BST, 2005) ning ma`lumotlariga ko`ra sifatsiz ichimlik suvini istemol

qilish oqibatida har yili dunyo bo`yicha 5 mln kishi vafot etadi va 500 mingdan

ortiq kishi turli xildagi yuqumli kasalliklarga chalinadi. Texnik suv - xalq

xo`jaligining barcha sohalari, Shu jumladan sanoat ishlab chiqarishida foydalanish

uchun yaroqli bo`lgan, ammo ichimlik maqsadlarida foydalanilmaydigan suv.

Yo`l qo`yiluvchi chegaraviy doza (PDD) - zararli moddaning u

organizmga tushganida hali uni halok qilish darajasigacha ta`sir ko`rsatmaydigan

eng ko`p miqdori. y.q.ch.d. ning bir yo`la miqdori va malum vaqt (soat, kun va

h.k.z.) oralig’idagi miqdori belgilab qo`yiladi.

Kislotali yog’inlar - sanoat va energetika korxonalari tashlamalari (S02,

NO2, H1 va boshqalar) ning atmosfera namligida erishidan nordonlashgan (Ph 5,6

dan past) yomg’ir va qor. K.y. suv havzalari va tuproqni nordonlashtiradi,

ekotizim-larga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Page 157: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Letal doza (dosis...+ lot. fetalis -halok qiluvchi) - zararli moddaning

organizmga tushganida uni halok qilishi mumkin bo`lgan eng kam darajadagi

miqdori.

Monitoring (< lot. monitor - ogohlantiruvchi) - biror ob`ektni yoki hodisani

kuzatish. To`liq manoda u ko`pqirrali axborot tizimi bo`Iib, uning asosiy

vazifalariga tabiiy muhit holatini kuzatib borish, ma`lumotlar to`plash,

o`zgarishlarni baholash va bashorat qilish asosida tirik organizmlar uchun xavfli

holatlar paydo bo`lishining oldini olish ishlari kiradi. Atama fanga ilk bor 1971-u.

VMT ning ilmiy Kengashi tomonidan kiritildi. M. o`zining o`tkazilish xarakteriga

ko`ra qo`yidagi turlarga bo`linadi: aviatsion monitoring {monitor... + fr. aviation

(< lot. avis - qush) - samolyotlar yordamida o`tkaziladigan monitoring; biologik

monitoring (monitor... + gr. biotikos - tirik) - 1) biologik ob`ektlarni (turlaming

mavjudligi va ularning holatini) kuzatib borish; 2) bioindikatorlar yordamida

o`tkaziladigan monitoring; global monitoring (monitor... + fr. global - umumiy) -

butundunyo miqyosidagi jarayon va hodisalarni, biosferaga inson tomonidan

o`tkazilayotgan antropogen ta`sirni kuzatish; masofali monitoring (monitor... + lot.

distantia - masofa) - aviatsion va kosmik kuzatuvlaming majmui. Buning manosi

Shuki, bunday kuzatuvlar Eming inson qadami etishi qiyin bo`lgan joylarida

(SHimolda va baland tog’larda) o`rnatiladigan maxsus asboblar yordamida

bajariladi. Bu asboblarning ma`lumotlari markazga uzoq masofali axborot uzatish

vositalari (radio, suniy yo`ldoshlar aloqasi va boshq.) orqali etkazib beriladi; atrof

muhit monitorngi - atrof muhitning ekologik holatini kuzatib borish, to`plangan

ma`lumotlarni tahlil qilib, tirik organizmlar uchun xavfli vaziyatlarning sodir

bo`lishi mumkinligi haqida ogohlantirish; regional monitoring {monitor...+< lot.

regio - oblast) - ekologik vaziyati boshqa joyiarning bazaviy fonidan farq qiluvchi

alohida olingan bir regionning ekologik holatini kuzatib borish.

Muhit ko`rsatkichlari GOSTi - yaxlit holdagi tabiiy muhit yoki muayyan

aholi punkti, bino va h.k.z. lar muhitining sifatini belgilovchi davlat standart. U

muhitning fizik, kimyoviy, biologik va kompleks ko`rsatkichlari jihatidan uning

Page 158: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

yashash uchun yaroqliligi, estetik va boshqa talablarga javob bera olishi kabi

sifatlarini mujassamlaydi. Standart sohaga mutasaddi loyiha va jamoatchilik

tashkilotlari mutaxas-sislari tomonidan ishlab chiqiladi va respublika Gosstandarti

tomonidan tasdiqlanadi.

Muhitni rejalashtirish - tabiiy rau-hit tarkibiy qismlari (havo, suv va

boshq. tozaliginining) me`yor va standartlarini belgilash. Bu ish korxonalarda reja

asosida kam chiqitli texnologiyani joriy etish, uni qisman (muhitga jiddiy zarar

etkazuvchi sexlarini) to`xtatib qo`yish, korxonani boshqa turdagi mahsulot ishlab

chiqarishga ixtisoslashtirish yoki uni aholi punktidan chetga ko`chirish orqali

amalga oshiriladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar - zaiflashgan va etalon tabiat

uchastkalarini saqlab qolish maqsadida davlat muhofazasi ostiga olingan hududlar.

Bunday hududlar O`zbekistonda umumiy maydonning 2,5%ni (11,3 ming km2)

tashkil qiladi va ish yurgizish rejimi jihatidan 6 tarkibiy tuzilmaga bo`linadi: 1)

davlat qo`riqxonalari va buyurtma qo`riqxonalari, 2) tabiiy bog’lar, 3) tabiat

yodgorliklari. 4) alohida tabiiy ob`ektlar va komplekslami asrash, ko`paytirish va

qayta tiklash uchun ajratilgan hududlar, 5) muhofazalanadigan landshaftlar va 6)

alohida olingan tabiiy resurslarni boshqarish uchun ajratilgan hududlar. Kelajakda

respublika hududining 10% ni qamrab olish rejasi mavjud. +ar. - Buyurtma

qo`riqxona, +o yiqxona, Tabiat bog’i, Tabiat yodgorligi, Pitomnik, Rezervat.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri (< muhofaza etiladigan

tabiiy hududlar + kadastru...) - muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi muhofaza

etiluvchi, o`zining birlamchi holatini saqlab qolgan maydon va ob`ektlar

to`g’risidagi ma`lumotlar to`plami.

Oqava suvlar - sanoat va turmushda ishlatilib, ulardan qaytib chiqadigan

suvlar. Ular odatda suv havzalariga tashlanishdan (yoki qayta foydalanishdan)

oldin maxsus suv tozalash inshootlarida belgilangan meyorda tozalashdan

o`tkaziladi.

Page 159: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Radioaktiv moddalar tashlamasining yo`l qo`yiladigan miqdori -

korxona uchun tashqi muhitga bir yilda chqarilishi mumkinligi belgilab qo`yilgan

radionuklidlar faolligining nazorat ostidagi darajasi.

Resurslarni boshqarish (< fr. resso-ures - zahiralar) - tabiiy resurslardan

foydalanishda ularning manbalariga ularni to`liq o`zlashtirish (tiklanmaydigan

resurslar uchun) yoki o`zini tiklay-olish qobiliyatiga (tiklanadigan resurslar uchun)

etibor bergan holda ta`sir etish.

Resurslarni hisobga olish (< fr. res-soures - vositalar, zahiralar) - tabiiy

resurslarning soni va sifatini naturada yoki hisob-kitoblar qilish yo`li bilan

aniqlash. Resurslar malum klassifikatsiya asosida o`z xillariga (sut emizuvchi ov

hayvonlari, dengiz hayvonlari, parrandalar va h.k.z.) va tabiiy rezervuarlar xiliga

(chuchuk suv resurslari, okeanlar resurslari, er osti boyliklari resurslari va h.k.z.)

ko`ra hisobdan o`tkaziladi.

Sanoat chiqindilarini utilizattsiyalash (< lot. utilis- foydali) - sanoat

chiqindilaridan ikkilamchi xom-ashyo, yoqilg’i va o`g’it sifatida, hamda boshqa

maqsadlarda foydalanish.

Suv istemoli - biror-bir suv havzasidan suvni olib istemol qilish. S.i. ikki xil

shaklda bo`lishi mumkin: 1) qavtariluvchi S.i. - suv havzasidan oli-nib ishlatilgan

suv unga qaytariladi (bunga qishloq xo`jaligi, sanoat, energetika va kommunal

maqsadlardagi suv istemoli kiradi); 2) qaytarilmavdigan S.i. - havzadan olingan

suv unga qaytarilmay, to`liq erga shimiladi va havoga bug’lanadi (bunga suvning

baliqchilik hovuzlari va boshqa yopiq havzalarda istemol qilinishi misol bo`ladi).

Suv kadastri (< suv + kadastri...) - mintaqadagi barcha suvlar: daryolar,

ko`llar, dengizlar, botqoqliklar, muzliklar va er osti suvlari to`g’risidagi

ma`lumotlar to`plami.

Suvdan takror foydalanish - ishlab chiqarishda foydalanilgan suvdan uni

tozalab, sovutib va zaruriy ishlov berib ko`p martalab ishlab chiqarishga qaytarish

bilan takror foydalanish.

Page 160: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Suvdan foydalanish - xalq xo`jaligi va aholining turli zaruriyatlariga

suvdan foydalanishning belgilangan tartibi va shakllari. S.f. ning bir-biriga

qarama-qarshi ikki xil shakli mavjud: 1) suvni suv arteriyasidan ajratib olmasdan

"o`zidan o`tkazib yuborish" bilan foydalanish (gidroelektrostansiyalarda va suv

tegirmonlarida foydalanish); 2) suvni suv arteriyasidan ajratib olib foydalanish

(qishloq xo`jaligi, sanoat, turmush va boshqa barcha maqsadlarda foydalanish).

Suvni tozalash - suvdan turli xildagi yot aralashmalami (sh.j. tirik orga-

nismlami ham), asosan, mexanik, kimyoviy va biologik usullar bilan ajratib olish.

Bulardan tashqari bazi hollarda S.t. ning elektrofizikaviy va boshqa usullari ham

qo`llaniladi.

Tabiat muhofazasi qonunchiligi - tabiat muhofazasi bo`yicha yuridik

meyorlar va qoidalami o`rnatish hamda bu borada qonunbuzarlarga nisbatan

javobgarlik tadbirlarini belgilash. T.m.q. o`ziga tabiiy resurslarni, muhofaza

etiladigan tabiiy hududlarni huquqiy mu-hofazalashni, Shuningdek tabiat

muhofazasiga doir xalqaro huquqiy hujjatlarni qamrab oladi.

Tabiatni boshqarish - foydalanilayotgan tabiiy hududlarda ekologik

muvozanatni saqlab turish uchun bazi asosiy muhit yaratuvchi kom-ponentlarning

soni va ular orasidagi nisbatni tartibga solib turish. Bunda o`sha komponentlarning

o`z-o`zini tartibga solaolishiga yoki bu ishni bajarish oson va kamchiqimli

ekanligiga etibor beriladi.

Tabiatni muhofaza qilish - 1) tabiiy resurslami asrash va ulami

ko`paytirishni taminlash maqsadida inson faoliyati bilan atrof tabiiy muhitining

o`zaro ta`siri oqilona bo`lishini taminlashga qaratilgan tadbirlar tizimi; 2) tabiiy

resurslami saqlash va ularni ko`paytirishning umumiy prinsipi va usullarini ishlab

chiqish bilan Shug’ul-lanadigan kompleks fan sohasi.

Tabiatni huquqiy muhofaza qilish - 1) tabiat muhofazasi ishi bilan

bog’liq bo`lgan yuridik meyorlami ishlab chiqish; 2) tabiiy sharoitni saqlab qolish,

uni qayta tiklash va yaxshi-lashga qaratilgan hamda huquqiy hujjatlar bilan

Page 161: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

mustahkamlangan davlat tadbirlari majmui. Tabiiy-antropogen

muvozanat (< gr. anthropos, - inson + genos - kelib ehiqish) - inson faoliyati

ta`sirida muhitni tashkil qiluvchi komponentiar va tabiiy jarayonlarda hosil

bo`Igan ikkilamchi ekologik muvozanat. Bu muvozanat turli darajada buzilgan

bo`lib, u qayta tiklanadigan holatdan qayta tiklanmaydigan, hatto maydonning cho

llanishigacha holatlarda bo`lishi mumkin.

Tabiiy atrof muhiti - tashqi muhitning tirik organizmlarga bevosita yoki

bilvosita ta`sir ko`rsatuvchi tabiiy hamda tabiatning insonlar faoliyati (antropogen)

natijasida o`zgartirilgan elementlari majmui. Barcha tirik organizmlar, sh.j. inson

ham T.a.m. ga bo`ysunadi.

Tabiiy muhitni muhofaza qilish - tabiiy muhitni muhofaza qilishga

qaratilgan texnologik tadbirlami bajarish bo`yicha xalqaro, davlat miqyosidagi va

regional doiradagi mamuriy-huquqiy tadbirlar majmuasi.

Tabiiy resurslar (< .tabiiy + fr. resso-ures - vositalar, zahiralar) - 1) moddiy

boylik orttirish va turmush darajasini ko`tarish maqsadlariga xizmat qiladigan

barcha tabiiy ob`ektlar va hodisalar; 2) tabiatning inson faoliyati ta`siri natijasida

umumiy foydaliligi ko`payishi yoki kamayishi mumkin bo`lgan jism va kuchlari

bo`lib, ulardan mehnat vositalari (mas., er, suv, suv yo`llari va h.k.z.), energiya

manbai (mas., suv energiyasi, atom va vodorod yoqilg’isi, qazilma yoqilg’i

resurslari va boshq.), xomashyo va materiallar bazasi sifatida (mas., mineral

boyliklar, o`rmonlar), Shuningdek istemol qilish, hordiq chiqarish, genetik

fondning banki sifatida va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Tabiiy resurslardan intensiv foydalanish (< fr. resoures -zahiralar + lot.

intension - kuchayish) - 1) qayta tiklanadigan resurslardan foydalanish tezligi

ularning muayyan joyda qayta tiklanish tezligiga yaqin bo`lishi; 2) qayta

tiklanmaydigan resurslar umumiy zahirasining katta qismi o`zlashtirilishi, ulaming

yangi zahiralari topilishi va kondagi radani toiiq qazib olish, boy rudadagi xom

ashyoni imkon darajasida ko`proq ajratib olish hamda kambag’al, lekin qayta

ishlanmagan rudadagi xomashyoni ajratib olish bo`yicha takomillashgan

Page 162: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

texnologik jarayon-lami qo`llash. Taqqos - Tabiiy resurslardan ekstensiv

foydalanish.

Tabiiy resurslardan ekstensiv foydalanish (< fr. ressoures - zahiralar +

lot. extensivus - cho`zuvchi) - 1) qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan foydalanish

tezligi ularning muayyan joyda qayta tiklanish tezligidan ancha kam bo`lishi; 2)

qayta tiklanadigan resurslar umumiy zahirasining oz qismi o`zlashtirilishi (foydali

qazilma konlaridan unumsiz foydalanish), rudadan xom ashyo ajratib olishda

isrofgarchilikka yo`l qo`yilishi. Taqqos. - Tabiiy resurslardan ekstensiv

foydalanish.

Tabiiy resurslarni tiklash (fir. res-soures - vositalar, zahiralar ) - tabiiy

resurslar miqdorini suniy ravishda bir maromda tutib turish asosida ekotizimlar

mahsuldorligini ko`tarib turish (mas., baliq ko`paytirish, yovoyi hayvonlarni

ko`paytirish, o`rmon-melioratsiya ishlari va h.k.z.).

Tabiiy resurslarni qayta tiklash (fr. ressoures - vositalar, zahiralar) - tabiiy

resurslar miqdorini, ular kamayib qolgan taqdirda, suniy ravishda oldingi davrlarda

tabiiy holda kuzatilgan foydalanilish darajasigacha ko`paytirish uchun

bajariladigan kompleks tadbirlar (mas., o`simliklar reintroduksiyasi, hayvonlar

reakklimatizatsiyasi, o`r-monlarning qayta tiklanishi va h.k.z.).

Toksik doza (dosis... + gr. toxikon -zahar) - zararli moddaning organizmga

tushganida uni sezilarli darajada zaharlaydigan eng kam miqdori.

Xalqaro biologik Dastur (MBP) - YUNESKO ning, asosan, Sayyoramiz

biomlari mahsuldorligini o`rganishga qaratilgan ilmiy-tekshirish dasturi bo`lib, bu

Dastur 1964-1974 yillarda amalgam oshirilgan.

Xilma-xillik qonuni - to`rtta qonundan iborat: 1) genetik xilma-xillik

qonuni - tabiatda genetik jihatdan mutloq bir xil organizmlar mavjud emas, barcha

tirik organizmlar bir-biridan farq qiladi (bitta tuxumdan chiqqan bazi egizaklar va

klonlar bundan mustasno); 2) zaruriy xilma-xillik qonuni - biror bir ekotizim ham

mutloq bir xil elementlardan iborat bo`lmaydi: 3) tizimlarning notekis hvojlanish

qonuni - tizimda biror farqlanuvchi elementning bo`lishi uning alohida yo`l bilan

Page 163: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

rivojlanishiga olib keladi. Buni yaxlit bitta organizm misolida ham ko`rish

mumkin. Organizmdagi barcha organlar o`zlaricha turli tezlikda o`sib,

rivojlanadilar va keksayadilar; 4) organizmning murakkablashish qonuni -

ekotizimlaming, sh.j. tirik organizmlarning, rivojlanishi ular-ning tuzilishini

murakkablashtiradi, bajaradigan funksiyalari va bu funksiyalarni bajaruvchi

organlaming tabaqalashishiga olib keladi. +onun rus tabiatShunos evolyutsioneri

Karl Frantsevich Rule (1814-1858) tomonidan asoslangan.

CHegaraviy chiqarib tashlash (PDV) - atmosferaga chiqariladigan zararli

moddalarning yo`l qo`yiladigan chegaraviy miqdori. Bu miqdorning chegaradan

oshib ketishi atrof muhitni noqulaylashtirib, inson sog’ligiga salbiy ta`sir qiladi.

CHiqarib tashlash me`yori - korxonaning atrof muhitga chiqarib

tashlaydigan zararli gazsimon va suyuq chiqindilarining raxsat etiladigan umumiy

miqdori. Bunday chiqindilaming hajmini belgilashda regionda joylashgan barcha

korxonalardan chiqariladigan zararli moddalarning yo`l qo`yiladigan chegaraviy

konsentratsiyasi meyordan oshib ketmasligiga etibor beriladi.

CHiqindilarni ko`mib tashlash - tuproqqa, konlaming ishlatilib bo`shab

qolgan shaxtalarida, dengiz va okeanlar tubining chuqur joylari va sh.o`. joylarda

sanoat va turmush chiqindilarini ko`mib tashlash. CH.k.t. tabiatni muhofaza qilish

ishida yechilishi qiyin muam-molardan biridir.

CHiqindilarni zararsiziantirish - chiqindilarni qayta ishlab ulardan tabiiy

biokimyoviy aylanish jarayon-lariga kirishadigan yoki muhitga zararli ta`sir

ko`rsatmaydigan moddalar hosil qilish (mas., sanoat va turmush chiqindilavidan

kompost hosil qilish yo`li bilan uni modda aylanish jarayoniga qaytarish. +ar. -

Kompost.

CHiqindisiz ishlab chiqarish - xo`jalik faoliyatining (sanoat va qishloq

xo`jaligi industriyasi ham Shunga kiradi) shartli tuShunchasi bo`lib, bu faoliyatdan

tabiat uchun zararli bo`lgan chiqindi chiqmaydi. Uning aniq tuShunchasi kam

chiqindili ishlab chiqarish bo`lib, bunday ishlab chiqarish jarayonida amalda

albatta chiqindi chiqadi. Bu chiqindi hyech bo`lmaganda foyda-lanilgan energiya

Page 164: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

shaklida ham bo`lishi mumkin (aks holda termodinamika prinsipi buzilgan

bo`laredi).

CHo`llanish - 1) biror joyda o`sim-liklar qoplamining to`liq yo`qolib,

kelajakda inson aralaShuvisiz tiklana-olmaydigan holatga kelishi; 2) sahrodagi

tabiiy sharoitga o`xshash sharoit vujudga kelib, er yuzi biologik potensialining

yo`qolishi yoki kamayib ketishi. Bu holat uzoq vaqt surankasiga davom etadigan

qurg’oqchilikdan kelib chiqishi mumkin. CH. hozirgi zamon-ning jiddiy ekologik

muammolaridan biri bo`lib, dunyoning yuzga yaqin mamlakatini qamrab oldi.

Hozir u minutiga 40 ha emi egallamoqda, qurg’oqchilik rayonlarida CH. bundan

ham tez davom etmoqda (mas., Sahroi Kabir keyingi yillarda janubiy tomonga

qarab har yili o`rtacha 15 km ga kengaymoqda). BMT ning anjumanida (1977,

Nayrobi) "CHo`llanishga qarshi kurash harakatlari rejasi" tasdiqlangan.

Evolyutsiyani boshqarish (< lot. evoluto - rivojlanish) - inson uchun zarur

bo`lgan yoki ekologik muvozanatni saqlab turish uchun muhim boigan shakliarni

keltirib chiqarish maqsadlarida tabiiy tanlanish yo`li bilan yangi shakllarning

(ulardagi moslanishlar va yangi xususiyatlaming) paydo bo`lishiga inson

tomonidan atayin ta`sir etish.

Ekologik alarizm (< ekologik + fr. alarme - vahima, xavotir) - g’arbiy

rnamlakatlardagi ilmiy oqimlardan biri. Bu oqim insonning tabiatga ko`rsatayotgan

ta`siri halokatli oqibatlarga olib kelishini talqin qilib, "jamiyat-tabiat" tizimini

muvofiq-lashtirish yo`lida tezkor va qatiy choralar ko`rish zarurligini tasdiqlaydi.

Ekologik balans (< ekologik + fr. balane - tarozi) - muayyan ekotizim

kompleksining uzoq muddat bir moromda faoliyat ko`rsatishini yoki ekologik

suksestsiya davomida ekotizim kompleksining galma-gal yasharib-keksayib

turishini tamin-lovchi har qanday (moddiy-energetik yoki komponent) balans.

Ekologik barqarorlik - ekologik tizimning (tizim uchun tabiiy hisoblangan

sutkalik, mavsumiy, ko`pyillik va asriy fluktuatsiyalari) suksessiya davomida yoki

tizim hayotidagi evolyutsion davrning malum bo`lagi davomida uning to`liq qayta

tiklanaolish qobiliyati.

Page 165: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Ekologik valentlik (< ekologik + lot. - valentia - kuch) - organizmlarning

turli sharoitlarda yashay olish qobiliyati. Organizmning e.v.gi qanchalik keng

bo`lsa, u yashash uchun kurashda Shunchalik ko`p muvaffaqiyatga erishadi.

Ekologik divergenttsiya (< lot. divergo - og’aman, chetga chiqaman) - 1)

ichki yoki tashqi omillar ta`siri natijasida organizmlar bir uyushmasi-ning ikkiga

bo`linib ketishi; 2) ajdoddan avlodga beriladigan morfo-fiziologik irsiy

belgilarning yangi avlodlarda o`zgarib ketishi.

Ekotizimlar dinamikasi (< gr. dina-mikos - quvat (harakat) - ichkari va

tashqaridan ko`rsatiladigan qarama-qarshiliklar ta`sirida ekotizimlarning

rivojlanishida sodir bo`ladigan o`zgarishlar. e.d. muhit omillarining davriy

o`zgarishlari (sutkaviy, mavsumiy) hamda inson ta`sirida uyushmalarning alma-

shinishi qaytariladigan va qaytarilmaydigan (ilgarilama) shakllarda bo`ladi.

Ekologik konstantalik qonuni (< gr. oikos - uy, vatan + lot. onstans -

o`zgarmas) - tirik moddaning biror joyda kamayishi uning boshqa joyda

ko`payishiga olib keladi, yani biror ekologik nisha ham uzoq muddatga bo`shab

qolmaydi (Vemadskiy, 1978), chunki ulardagi sharoitga moslashaolgan

organizmlar asta-sekin tarqalib, ularni doimo egallab turadilar.

Ekologik muvozanat (< gr. oikos -uy, vatan) - tabiiy yoki inson tomonidan

o`zgartirilgan va bu o`zgarishlar muayyan ekotizimning uzoq muddat (shartli -

cheksiz) yashab qolishiga olib keladigan muhitni tashkil qiluvchi komponentiar va

tabiiy jarayonlar balansi. Ular: 1) komponentiar e.m. muayyan ekotizim ichidagi

komponentlarning balansi asosidagi muvozanat; 2) maydonlar e.m. - intensiv

(agrotsenozlar, urbakomp-lekslar) va ekstensiv (yaylov-lar, tabiiy daraxtzorlar,

qo`riqxonalar) foydalaniladigan maydonlarning o`zaro nisbatidan kelib chiqadigan

ekologik muvozanat bo`lib, u yirik hududlar ekologik balansiga ta`sir

ko`rsatilishidan saqlab turadi.

Ekologik optimum (< lot. optimus -eng yaxshi) - 1) organizmning

yashashga (ko`payishga, turlararo munosabatlarda ustun bo`lishga, muhitning

abiotik omillariga moslashishga) layoqatlilik darajasi yuqori bo`lishini taminlovchi

Page 166: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

sharoit; 2) bir organizmlar uyushmasi boshqa organizmlar uyushmalaridan ustun

bo`lishini taminlovchi shai-oit.

Ekologik prognoz (ekologik + gr. prognosis (oldindan ko`ra bilish, bashorat

qilish) - tabiiy jarayonlar yoki antropogen ta`sir natijasida ekotizimlar xususiyatida

sodir bo`lishi mumkin bo`lgan o`zgarishlarni oldindan aytib berish.

Bashoratlanadigan hodisalaming masshtabiga ko`ra e.b. global (butunjahon fiziko-

geografik), regional (bir qitada joylashgan birnyecha mamlakatlar doirasida),

milliy (bir mamlakat miqyosida) va lokal ( kichik bir hudud miqyosida) xarakterda

bo`lishi mumkin.

Ekologik rejalashtirish - tabiiy muhitdan ekologik muvozanatni

buzmaydigan darajada foydalanish yoki tabiiy resurslardan foydalanishda muhitga

etadigan zarar sezilarli bo`lmasligini nazarda tutuvchi hisob-kitoblar.

Ekologik takrorlanish (< ekologik + fr. double - ikki hissa, takrorlash) - bir

trofik guruhga kiruvchi populyattsiya turlarining ekotizimdagi modda va

energiyaoqimida bir-birini funktsional almashtirish xususiyati. Bunday xususiyat

ekologik barqarorlikni taminlashning muhim mexanizmi bo`lib hisoblanadi.

ekologik takrorlanish hodisasida yo`qolgan tur o`rnini unga yaqin tur egallaydi

yoki uning o`rnini unga ekologik jihatdan o`xshash bo`lgan boshqa turlar to`ldiradi

(mas., tuyoqlilarni kemiruvchilar, yirtqich-larni parazitlar almashtirishi mumkin).

ekologik takrorlanish hodisasidan texnik qurilrnalarning ishonchliligini

taminlashda foyda-lanish mumkin.

Ekologik tanglik (< ekologik + lot. krisis - keskin o`zgarish davri, hal

qiluvchi natija) - jamiyatining ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish

munosabatlari bilan biosferaning eko-logik-resurs imkoniyatlari mos kelmay

qolishidan insoniyat bilan tabiat o`rta-sidagi o`zaro miinosabatlaming tarang-

lashish holati. Shunday ma`lumotlar borki, qadimda, bundan taxminan 50-10 rning

u liter ilgari yirik hayvon-laniing o`ta ko`p ovlanishidan e.t. kelib chiqib, odamlar

orasida yoppa-siga ocharchilik va halokat sodir bo`lean. Hozirgi kunda yuz

Page 167: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

berayotgan e.t. bazi tabiiy resurslar zahiralarining kamayayotganligi va atrof

muhitning global masshtabda ifloslanayotganligi bilan bog’liq.

Ekologik ta`lim - kishilarda ekologik dunyoqarashni tarbiyalash, ularda

Sayyoramizdagi barcha hayot jarayonlanning o`zaro bog’liqligi va o`zaro

muvofiqligi to`g’risidagi ekologik bilimlami shakllantirish. e.m. - erda hayotni

uzaytirishning kaliti hisoblanadi.

Ekologik fojea (<gr. oikos - uy, vatan + katastrophe - o`lim, vayronalik) - 1)

ko`pincha insonning tabiiy jarayonlarga ko`rsatadigan salbiy ta`siri oqibatida

tabiatda yuz beradigan anomaliya (davomli qurg’oqchilik, hayvonlarning

yoppasiga qirilishi); 2) texnik qurilmalarda (atom elektro-stantsiyalarida,

tankerlarda va boshq.) sodir bo`ladigan avariyalar natijasida muhitda noqulay

(halokatli) vaziyat-ning vujudga kelishi. e.h. tirik organizmlarni yoppasiga qirilib

ketishga olib keladi hamda katta iqti-sodiy zarar keltiradi.

Ekologik xavfsizlik - 1) ekologik xarakterga ega bo`lgan tabiiy yoki

texnogen tusdagi halokatlarning oldini olishni kafolatlash; 2) hozirgi kunda

mavjud bo`lgan yoki yuzaga kelishi taxmin qilinayotgan ekologik vaziyatning

aholi sog’ligini saqlash maqsadlariga moslik darajasi; 3) Er yuzidagi ekologik

balmsni Shunday darajada taminlaydigan holat, hodisa va harakatlar

komplekslariki, bunday sharoitga inson organizrni jiddiy zarar ko`rmasdan

moslashaolishi mumkin.

Ekologik xavf-xatar - asosan antropik omillar natijasida kelib chiqish

ehtimoli bo`lgan ekologik salbiy oqibatlar.

Ekologik xavf-xatar zonasi - er yuzi yoki suvlikning Shunday qismiki,

bunda doimo inson faoliyati xavfli ekologik vaziyatlami keltirib chiqarish ehtimoli

bo`ladi (mas., suv tagidan neftni qazib olish jarayonida, uran va boshqa radioaktiv

element-larning konlaridan foydalanishda va h.k.z.).

Ekologiya (< gr. oikos - uy, vatan + logos - fan) - biologik makrotizimlar

(populyattsiya, biotsenozlar) darajasidagi organizmlarning o`zaro munosabatlari va

ularning atrof muhit bilan bog’lanishlarini o`rganuvchi fan. "E." atamasini fanga

Page 168: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

1866-y. nemis biologi, darvinist olim ernst Gekkel (1834-1919) "organismlaming

atrof muhit bilan o`zaro munosabatlarini" belgilash uchun kiritgan.Bu fan

to`g’risidagi fikrlar rivojida rus zoologi, ekolog Stanislav Sem-yonovich SHvarts

(1919-1976) "men ekologiyaga yuz xil tarif berishim mumkin va ularning barchasi

ham u yoki bu darajada to`g’ri .bo`lib chiqadi!", degan edi. e. rivojlanayotgan

sertarmoq fan. Jahon adabiyotini o`rgangan Valukonis G.YU. va Muradov SH.O.

(2001) uni umumiy e., global e., regional e. va evolyutsion e. ga bo`ladi. Umumiy

e. faktoral ekologiya (autekologiya), populyattsion ekologiya (sineko-logiya) va

biogedtsenologiyaga bo`linadi (qar. -Autekologiya, Sinekologiya,

Biogeotsenologiya). Global e. yaxlit biosferaning ekologik holatini o`rganadi.

Uning bosh vazifasi - tabiiy muhitdagi antropogen o`zgarishlarni o`rganish va

muhitni insoniyat uchun yaroqli holda saqlash usullarini asoslab berishdan iborat.

Regional e. dunyoning alohida regionlaridagi ekologik vaziyatni o`rganadi va i

shahar ekologiyasi, qishloq xo`jalik ekologiyasi hamda sanoat ekologiyasi kabi

tarmoqlarga bo`linadi. Keyingi paytlarda sanoat ekologiyasi rivojlanishi jarayonida

undan muhandislik ekologiyasi ajralib chiqdi. Muxandislik ekologiyasi sanoat

ishlab chiqarishi jarayonida jamiyat bilan tabiiy muhit o`rtasidagi o`zaro

munosabatlarni o`rganadi (muxandislik ekologiya-sining o`rganish ob`ekti sanoat-

tabiat tizimi - STT hisoblanadi). evolyuttsion e. ekologiya va paleontologiya

fanlari to`qnash keli-shidan paydo bo`ldi. U er yuzidagi evolyutsion

rivojlanishning ekologik xususiyatlarini o`rganadi (qar-Paleoekologiya). Hozirgi

kunda kosmik ekologiya, hujayra ekologiyasi, mikroorganizmlar ekologiyasi va

boshqalar shakllanmoqda. Bulardan tashqari ekologiyaning sohalarga tegishli

tarmoqlari ham mavjud. Kimyoviy e. - tirik tabiatdagi kimyoviy bog’lanishlar

majmuini, iqtisodiy e. jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy (iqtisod va texnologiya) va

tabiiy resurslar bilan yaxlit tizim sifatida o`rganadi. Jamiyat bilan tabiiy resurslar

bir-biri bilan o`zaro ijobiy yoki salbiy bog’liqlikda bo`lishi mumkin (tabiiy

resurslar mo`l va ekologik vaziyat yaxshi bo`lsa, iqtisod ham tez rivojlanadi).

Page 169: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Ekotizim (< gr. oikos - uy, vatan + sistema - birikma, birlashma) - birga

yashovchi organizmlar va ularning yashash muhiti majmui. "E." atamasini fanga

1935-y. ingliz botanigi Artur Djordj Tensli (1871-1955) taklif etgan. e. da

muhitning barcha tirik (o`simlik, hayvon va mikroorganizmlar) va tirik bo`lma-gan

(jonsiz tabiat omillari) kom-ponentlari malum qonuniyat asosida o`zaro aloqada

bo`lib, biotik va abiotik hodisa va jarayonlarning o`zaro muvofiqlashgan yagona

tiziminj paydo qiladi. e. ning hajmiy manodagi qismi biogeotsenoz bo`lib, u hajmi

va murakkabligi jihatdan turlicha ob`ektlarga taalluqli. Unga ko`ra e. lar

mikroekotizim (chiriyotgan to`nka yoki daraxt poyasidagi bir siqim zamburug’ e.),

mezoekotizim (suv havzasi yoki o`rmon e.), makroekotizim (okean, qita e.) va

megaekotizim (yaxlit biosferaning e.) ga bo`linadi.

Eroziya (lot. erosio - kemirish) – "tog’" jinslari, tuproq va boshqa tabiiy

hosilalaming xususiyatlari o`zgarib, ularning yaxlit sirti parchalanisi va

zarralarining bir joydan boshqa joylarga ko`chib ketishi. Tuproq eroziyasi ikki xil

bo`ladi: tabiiy (geologik) va suniy (tezlashgan) e. Tabiiy eroziya abiotik muhit

omillari ta`sirida kelib chiqadi. Uning kyechish tezligi tuproq hosil bo`lishi

tezligiga yaqin bo`lgani uchun ham u sezilmaydi va deyarli zarar keltirmaydi.

+ishloq xo`jaligi uchun xavflisi tezlashgan e. Tezlashgan eroziya shamol

yordamida ko`chish (shamol eroziyasi yoki eol eroziyasi - deflyattsiya), suv bilan

yuvilishdan (suv eroziyasi), Shuningdek muhitning kimyoviy va fizik ifloslanishi

hamda biotik omillarning ta`sirida (yaylovda mollarning ko`plab boqilishidan

o`simliklar qoptamasining yo`qolishi va tuproqning tuyoqlar bilan yanchilishidan)

kelib chiqadi. Tuproq e. si otkazilayotgan agrotexnik tad-birlarga ham bog’liq.

Almashlab ekish to`g’ri qo`llanilgan maydon-larda uning yillik tezligi 0,2-0,3 mm

dan oshmaydi, monokulturada esa yillik tezlik 13 mm gacha etishi, yani yo`l

qo`yiladigan darajadan 4-6 marta oshishi mumkin. O`zbekis-tonning sharqiy

qismiga suv eroziyasi, uning g’arbiy hududlariga esa shamol eroziyasi xavf solib

turadi. Tuproq eroziyasi AKSH da "amerikaliklaming milliy kulfati" deb rasmiy

ravishda etirof etilgan.

Page 170: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

YAshash uchun kurash - tur ichra va turlararo munosabatlar, Shuning-dek

organizmlar bilan abiotik muhit omillari orastdagi munosabatlarni o`z ichiga olgan

tuShuncha. Bu atamaga ingliz tabiatShunosi, evolyutsion talimot asoschisi Robert

CHarlz Darvin (1809-1882) keng metamorfik mano berdl: u "kurashish" so`zini

erkin raqobatga kirish, "yashash" so`zini esa nafaqat indibid hayotini saqlash, balki

ko`payish va avlod qoldirishda erishadigan muvaf-faqiyati deb talqin qildi.

YA.u.k. ning natijasi tabiiy tanlanish va turlar evolyutsiyasidir.

O`simliklarni muhofaza qilish - xo`jalik ahamiyatiga molik ekinlar va

tabiiy o`simliklarga zarar etkazuvchi organizmlarga qarshi kurash chora-tadbirlari.

O`.m.q. agrotexnik, biologik, mexanik, fizik va kimyoviy usullar bilan hamda

ulaming barchasini bir vaqtda qo`llash bilan amalga oshiriladi.

"Qizil kitob" - kamyob va qirilib bitish xavfiga tushgan hayvon, o`simlik

va zamburug’ turlarining izohli ro`yxati; tur va kenja turlarning o`tmishdsagi va

hozirgi tarqalish joylari, soni va soni qisqarishining sabablari, ko`payish

xususiyatlari, bajarilgan va bajarilishi lozim bo`lgan muhofaza tadbirlari qisqa

mazmunda keltirilgan ro`yxat. Xalqaro (tabiatni muhofaza qilish Xalqaro

Ittifoqining Q.k.), milliy va lokal Q.k. lar mavjud. Q.k. har besh yilda qayta nashr

etilishi zarur. O`zbekistonning ikki tomlik (umurtqali hayvonlar va o`simliklar

bo`yicha) Q.k. birinchi bor 1983-y. nashr etildi, keyinchalik esa o`simliklar

bo`yicha 2001-y., hayvonlar bo`yicha 2003-y. qayta nashr etildi. O`zbekiston Q.k.

ning hayvonlar bo`yicha birinchi nashriga 63 tur umurtqalilar (sut emizuvchilar-22,

qushlar -31, sudralib yuruvchilar - 5 va baliqlar - 5 tur), ikkinchi nashriga esa 182

tur umurtqali va umurtqasizlar (sut emizuvchilar - 23 tur, qushlar - 48 tur, sudralib

yuruvchilar- 16 tur, baliqlar -17 tur, halqali chuvolchanglar - 3 tur, mollyuskalar -

14 tur va bo`g’imoyoqlilar - 61 tur) kiritildi. Hayvonlarga bag’ishlangan Q.k. ning

uchinchi nashri 2006 y. bosilib chiqdi

Page 171: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

1. Karimov I.A. O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos

yo`li T.: "O`zbekiston", 1993.

2. Karimov I.A. O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining

asosiy tamoyillari. T.: O`zbekiston, 1995.

3. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavsizlikka tahdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari T.: "O`zbekiston", 1997.

4. Atrof-muhitni muhofaza qilish milliy harakat rejasi. T.,1998.

5. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish. qonunlar va normativ hujjatlar T.:

"Adolat", 2002.

6. Natsional’niy doklad. O sostoyanii okrujayushey prirodnoy sredi i

ispol’zovanii prirodnix resursov v Respublike Uzbekistan. T., 2002.

7. Uzbekistan: na puti k ustoychivomu razvitiyu. Povestka dnya na XXI vek.

T., 2002.

8. Bobilev S.N., Xodjaev A.SH. ekonomika prirodopol’zovaniya. M.: 1997.

9. Gerchikova N. Menedjment. Uchebnik. M.: Banki birji. YUNITI, 1997.

10. Pirusov e.V., Bobilev S.N. Novoselov A.L. CHepurnik N.V. ekologiya i

ekonomika prirodopol’zovaniya. M.: 2002.

11. Gorelov A.A. ekologiya. Uchebnoe posobie. M., 2002.

12. Golub A., Strukova E. ekonomika prirodnix resursov. M. 1998.

13. Luk’yanchikov N.N., Potravniy I.M. ekonomika i organizatsiya

prirodopol’zovaniya. M.: Troyka, 2000.

14. Odun. YU. Osnovi ekologii. M., 1975.

15. Meskon M. i dr. Osnovi menejmenta. M., 1997.

16. Paxomova N., endres A., Rixter K. ekologicheskiy menejment.

Uchebnoe posobie. Spb.: Piter, 2003.

17. Programma deystviy. “Povestka dnya na 21 vek” i drugie dokumenti

konferentsii v Rio-de-Janeyro v populyarnom izlojenii. Jeneva. 1993.

Page 172: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

18. Reymus N.F. Prirodopol’zovanie. Slovar’ spravochnik. M.1990.

19. Reymus N.F. ekologiya (teoriya, zakoni, pravila, printsipi, gipotezi). M.,

1994.

20. Serov G. ekologicheskiy audit. M., 1999.

21. TSaregorodtsev M., Senokosov L., Petrunin V. Plateji za pol’zovanie

prirodnimi resursami. M., 1998.

22. SHarifxo`jaev M., Abdullaev YO. Menejment. T.: "Mehnat", 2000.

23. ekologicheskiy menedjment. Russko-angliyskiy glossariy. 2-e izd. M.,

2002.

24. G’ulomov S.S. Menejment asoslari. T., 2002.

25. Baxretdinova X.A. i dr. ekologicheskiy menedjment.. T.: 2015.

Page 173: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………………………………

MAVZU. «EKOLOGIK MENEJMENT» FANINING PREDMETI,

TADQIQOT USULLARI VA VAZIFALARI

1.1. «Ekologik menejment» fanining mazmuni va mohiyati………………………

1.2. Ekologik menejment turlari va ierarxiyasi…………………..…………………

1.3. «Ekologik menejment» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o`zaro

bog’liqligi………………………..…………………………………………………

1.4. «Ekologik menejment» ning tadqiqot usullari…………………………………

1.5. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida «Ekologik menejment» ning maqsad va

vazifalari…………………………………………………………………………….

MAVZU. EKOLOGIK MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI

2.1. Menejment umumiy nazariyasida ekologik menejmentning o`rni va uning

asosiy xususiyatlari…………………………………………………………………

2.2. Ekologik boshqaruv instrumentlari evolyutsiyasi………………………………

2.3. Ekologik menejment instrumentlarining tarkibi va ularning

xususiyatlari………………………………………………………………………

2.4. Barqaror ekologik rivojlanish kontseptsiyasi va ekologik

menejment…………………………………………………………………………

MAVZU. EKOLOGIK MENEJMENT QONUNIYATLARI VA

PRINTSIPLARI

3.1. Ekologik menejmentda umumiy ekologik va umumiy menejment

qonuniyatlarining namoyon bulishi…………………………………………………

3.2. Ekologik boshqaruvning umumiy qonuniyati…………………………………

3.3. Ekologik bosharuvning xususiy qonuniyatlari……………………. …………

3.4. Ekologik menejment printsiplari………………………………………………

MAVZU. EKOLOGIK MENEJMENTNING ASOSIY INSTRUMENTLARI

Page 174: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

4.1. Ekologik menejmentning instrumentlari tugrisida tushuncha va ularni

klassifikatsiyalash…………………………………………………………………

4.2. Ekologik axborot tizimlari va ularning ekologik balanslardagi urni…………

4.3. Ekologik hisob va ekologik auditning ekologik menejment tizimidagi o`rni…

4.4.Korxonalar faoliyati ekologik natijalarining

indikatorlari…………………………………………………………………………

4.5. Mahsulot ekologik hayotiy tsiklini baholash…..………………………………

4.6. Ekologik kontrolling……………………………………………………………

MAVZU. EKOLOGIK BOSHQARUVNING TASHKILIY STRUKTURASI

5.1. Ekologik boshqaruv tizimining umumiy xususiyatlari………………………….

5.2. Ekologik boshqaruv tizimlari va ularning printsiplari…………………………..

5.3. Ekologik monitoring……………………………………………………………

5.4.Ekologik boshqaruvning tashkiliy strukturasi va ekologik boshqaruv

idoralari………………………………………………………………………………

MAVZU. KORXONALARNING EKOLOGIK MENEJMENTI

6.1. Korxonaning ekologik menejmenti to`g’risida tuShuncha……………………

6.2. Korxonalar, ilmiy menejment va atrof muhit muhofazasi………………………

6.3. Korxonalarning funktsional xususiyatlari va ularning ekologik menejment

tizimida ifodalanishi……………………………………..….....................................

6.4. Korxona ekologik siyosatini ishlab chiqish…………………………..................

MAVZU. STRATEGIK eKOLOGIK MENEJMENT

7.1. Strategik ekologik menejment to`g’risida tuShuncha…………………………

7.2. Strategik ekologik menejmentning tahlil metodlari..…………………………

7.3. Firmaning ekologik strategiyasi va ularning klassifikatsiyasi………………….

7.4. Xorijiy mamlakatlarning ekologik strategiya menejmenti tajribalari va ulardan

foydalanish…………………………………………………………………………

«EKOLOGIK MENEJMENT» fanidan test savollari…………………………

GLOSSARIY ……………………………………………………………………

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI……………………………

Page 175: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI ...staff.tiiame.uz/storage/users/11/books/7MbDBJt9mJ9Caqts9nY89... · ekologik menejment usullari tegishli strategiyalar, dasturlar

Baxretdinova Xosiyat Aripovna

Xasanov Baxtiyor Urushovich

Xujamkulova Xosiyat Ishboevna

Dustnazarova Sanobar Ataullaevna

EKOLOGIK MENEJMENT

FANIDAN

O’QUV QO’LLANMA

Muharrir: M.Mustafaeva

Musahhih: M.Abduraxmanova

Bosishga ruhsat etildi

Qog’oz o`lchami 60x84 1/16

Hajmi 10,94 b.t. nusha

Buyurtma №

_____________________________________

TIMI bosmaxonasida chop etildi.

Toshkent 100000, Qori-Niyoziy ko`chasi, 39-uy.