Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf ·...

80
ODOBNOMA Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik To‘rtinchi nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan O. Hasanboyeva, M. Inoyatova, A. Ne’matova “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent — 2018

Transcript of Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf ·...

Page 1: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

ODOBNOMAUmumiy o‘rta ta’lim maktablarining

2-sinfi uchun darslik

To‘rtinchi nashr

O‘zbekiston RespublikasiXalq ta’limi vazirligi tomonidan

tasdiqlangan

O. Hasanboyeva, M. Inoyatova,A. Ne’matova

“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”Davlat ilmiy nashriyoti

Toshkent — 2018

Page 2: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

2

Shartli belgilar:

— buni bilib oling;

— jumboqni yeching;

— lug‘atni daftaringizga ko‘chiringva ma’nosini yodda tuting;

— maqollarni yod oling;

— savol va topshiriqlar;

— savollar;

— topshiriqlar;

— dars tugadi.

Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidanchop etildi.

ISBN 978-9943-07-612-9

Taqrizchilar: M. Quronov — pedagogika fanlari doktori;Z. Zamonov — O‘zDJTU doktoranti;N. Ro‘ziboyeva — Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi

62-maktab o‘qituvchisi;Sh. Egamberdiyeva — Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi

95-maktab direktori.

!

?

?!

UO‘T: 17(075)KBT 74.200.51ya7

O 31

© O. Hasanboyeva va boshq., 2011, 2018.© «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»

Davlat ilmiy nashriyoti, 2011, 2018.

Page 3: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

3

ONA VATAN

Bizning vatanimiz O‘zbekiston deb nom-lanadi. Uning bunday nomlanishi Kons-titutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan.Mamlakatimizning poytaxti Toshkent shah-ridir.

I. BIZNING VATANIMIZ —O‘ZBEKISTON

Page 4: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

4

Vatan – Ona

Sen tug‘ilganQutlug‘ xona.Aziz diyor,Pok ostona.

Qiyosi yo‘q,Bu yagona.Sen-u menga,Vatan – Ona.

Shunday go‘zalUlug‘ yurtkim,Tuprog‘iniKo‘zga surtgin.

Tursunboy Adashboyev

1. Yuqoridagi rasmda nimalar tas-virlangan?

2. “Vatan – Ona” she’rini o‘qing vayod oling.

?!

Page 5: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

5

Inson tug‘ilib voyaga yetgan xonadon,mahalla, qishloq va shahar Vatan ichidagikichik Vatandir.

O‘z kindik qoni to‘kilgan,ota-bobolari xoki yotgan onayurtini dunyoda tengsiz,muqaddas Vatan deb bila-digan odamning maqsad-muddaolari aniq, g‘urur vaiftixori yuksak bo‘ladi.

! “...ona yurtini dunyoda tengsiz,muqaddas Vatan deb biladiganodamning maqsad-muddaolari aniq,g‘urur va iftixori yuksak bo‘ladi”,degan jumlaning izohini kattalardanbilib oling.

Vatani borning davlati b .

Page 6: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

6

Bizning mamlakatimiz buyuk alloma, sar-karda, shoir va mutafakkirlar vatanidir.

Biz ìatanimiz nomini dunyoga tanitganAbu Rayhon Beruniy, Amir Temur, AlisherNavoiy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘plabbuyuk ajdodlarning avlodlarimiz.

Ulardan odob-axloqli bo‘lish va bilimningfazilatlari haqida qimmatli fikrlar merosbo‘lib qolgan.

1. Yurtimizning qadimiy shaharlarinomlarini ayting.

2. Yuqoridagi rasmlarda kimlar tas-virlangan? Kattalar yordamidarasmda tasvirlangan ajdod-larimiz haqida bilib oling.

?!

AJDODLAR MEROSI —FAXR VA IFTIXORIMIZ

Page 7: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

7

Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir.

Abu Rayhon Beruniy

Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur

Alisher Navoiy

Har mamlakatda adolat eshigini ochdim,Zulm-u sitam yo‘lini to‘sdim.

Kuch – adolatda.

Amir Temur

Page 8: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

8

BUYUK AJDODLARIMIZNINGIBRATLI ISHLARI

Husaynning tilagi

Buyuk ajdodlarimiz muntazamravishda o‘z bilimlarini oshiribborganlar. Ko‘plab kitoblar mu-tolaa qilganlar. Masalan, buyukvatandoshimiz Abu Ali ibn Sino10 yoshigacha matematika,mantiq, geometriyaga oid bi-

limlarni o‘rgangan. Uning asl ismi Husaynbo‘lib, Buxoroning Afshona qishlog‘idatug‘ilgan.

Hikoya qilishlaricha, Husayn 17 yoshgato‘lganida Buxoro amiri betob bo‘lib qoladi.Husayn uning kasalini davolagach, amiryosh tabibdan “Nima tilaysan?” deb so‘-raydi. Yosh Husayn amirning kutub-xonasida bebaho bilimlar xazinasi – noyobkitob va qo‘lyozmalar ko‘p ekanini yaxshibilar edi. Shuning uchun u ikkilanib o‘tir-may kutubxonadan foydalanishga ruxsatso‘raydi.

Page 9: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

9

Odobli, bilimdon, aqlli, meh-natsevar, imon-e’tiqodli farzandnafaqat ota-onaning, balki butunjamiyatning eng katta boyligidir.

1. Yuqoridagi hikoya asosida kitob-ning inson hayotida tutgan o‘rnihaqida fikr bildiring.

2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingizqaysi?

3. Abu Ali ibn Sino shogirdlarigaqanday o‘gitlarni yozib qoldirgan?

Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino sho-girdlariga yozib qoldirgan o‘gitlarida 18yoshgacha olgan bilimi butun umrigayetganini aytib o‘tgan.

?!

Page 10: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

10

1. Qaysi rasmda farzand odobigato‘g‘ri kelmaydigan holatlar tasvir-langan?

2. Rasmlarda tasvirlangan oila a’zo-lariga g‘amxo‘rlik nimalarda ko‘ri-nadi?

II. OILA – MUQADDAS DARGOH

OTA-ONA — AZIZ VA MO‘TABAR

?

Page 11: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

11

Farzandlik burchlari(o‘gitlar)

♦Doimo ota-onaga hurmatda bo‘lish.♦Ota-onaning birinchi chaqiriqlari bilan

oldilariga yetib borish.♦Ota va ona bilan gaplashganda yuzni

burishtirmaslik, jahl qilmaslik.♦Ota va ona bilan suhbatlashganda ovoz-

ni baland ko‘tarmaslik.♦Ota-onaning ruxsatisiz sayohatga chiq-

maslik.♦Ota-onaga quvonch keltirishga intilish.♦Ota-onani muqaddas deb bilish, chunki

barcha go‘zalliklar ular tufaylidir.

Husayn Voiz Koshifiydan

Burch – bajarilishi zarur bo‘lganvazifa.

Muqaddas – aziz, mo‘tabar.

?O‘ylab ko‘ring siz qanday far-zandsiz?

Page 12: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

12

OILADA MENING O‘RNIM

Matnga munosabat bildiring.O‘zingizning qanday aka yoki qandayopa ekanligingiz haqida so‘zlab be-ring.

Akam – davlatim,Ukam – savlatim.

!

Aka-uka, opa-singilqanday bo‘lishi kerak

Ey farzand!Aka ukani, opa singilni to‘g‘ri yo‘lga

boshlashi, himoya qilib, qo‘llashi kerak.Unga bilmaganlarini o‘rgatishi, shirin so‘zbilan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishi zarur. Uni yax-shi ko‘rishga harakat qilishi lozim. Uka vasingil ham aka-opaga nisbatan hurmatdakamchilikka yo‘l qo‘ymasligi, ulardan hechnarsasini qizg‘anmasligi, hasad qilmasligikerak.

Page 13: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

13

Oilaviy an’analar

An’ana nima? An’ana – nasldan nasl-ga o‘tuvchi qoida, udum, urf-odat vaboshqa amallar. Mana shularning biroilaga xosligi oilaviy an’ana bo‘ladi.Masalan, biror hunarning avloddan av-lodga o‘tib davom etib borishi, o‘shaavlodgagina xos bo‘lgan ilm-fanga,san’atga ishtiyoq, biror buyumni nasldannaslga yetkazib bera bilishlik kabilardir.

Page 14: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

14

1. Rasmlarda qanday oilaviy an’analartasvirlangan?

2. Oilangiz an’analari haqidaso‘zlab bering.

?!

Page 15: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

15

Katta î‘g‘il(zamonaviy ertak)

Bir qishloqda chol bilan kampir yasharekan. Ularning uch o‘g‘li shaharda turisharekan. Kichik va o‘rtancha o‘g‘il ota-onasi-ning oldiga tez-tez kelishar, katta o‘g‘il sirakelmas ekan.

QARISI BOR UYNINGPARISI BOR

Rasmlarni kuzating. Kattalarga ko‘r-satilayotgan hurmat va ehtirom ha-qida so‘zlab bering!

!

Page 16: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

16

Chol-kampir uni sog‘inishibdi. Osmondagibulutlardan, yerdagi chuchmomalardan, hattoqushlardan ham katta o‘g‘liga salomyo‘llashibdi. Baribir katta o‘g‘il kelmabdi.Ona o‘g‘lini ko‘rish uchun shaharga otlanibdi.

Onani nabiralari kutib olishibdi, u keltir-gan suzma va qurtlar nabiralariga yoqmab-di. Bizga oyimiz: «Birovning qo‘lidan hechnarsa yemanglar, deb aytgan», – deyishib-di. Ona qattiq xafa bo‘libdi. Katta o‘g‘liningishdan kelishini ham kutmay, qishlog‘igaqaytib ketibdi.

M. Ubaydullayeva

? Ona nima uchun o‘g‘li va nabi-ralaridan xafa bo‘ldi?

Page 17: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

17

Ko‘cha, maktab, transport, damolish maskanlari, kino, teatr,muzey va istirohat bog‘i jamoat

joylari hisoblanadi. Jamoat joylaridao‘zini tutishning quyidagi bir qanchaodob qoidalari bor: ozoda kiyining; bar-chaga chiroyli muomalada bo‘ling;transportda kattalarga joy bering; kishi-lardan biror narsa so‘ramoqchi bo‘l-sangiz, avval salom berib, uzr ayting,keyin so‘rang; katta yo‘lda xavfsizlikqoidalariga rioya qiling.

JAMOAT JOYLARIDA O‘ZINITUTISH ODOBI

Chappavoy

Bizning Chappavoy nuqulIsh qiladi chappaga.Kitob-daftar o‘rniga,Yong‘oq solar papkaga.

III. ODOB KISHINING ZEB-UZIYNATI

Page 18: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

18

Tanaffusda boshqalarEshik tomon shoshadi.Chappavoy eshik qolib,Derazadan oshadi.

Xudoyberdi Komilov

1. Shå’rdagi holatni ko‘z oldingizgakeltiring. Nimani his qildingiz? O‘zmunosabatingizni bildiring.

2. Chappavoyning qilgan ishlarininima uchun yomon deb bilasiz?

!?

Page 19: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

19

1. Rasmlarda jamoat joylarida o‘zinitutish odobi buzilganligi nimalardanko‘rinmoqda?

2. Jamoat joylarida o‘zini tutish odo-bi deganda nimani tushunasiz?

?

Intizom – qiladigan ishlarimizning harbirini o‘z vaqtida tartibi bilan qilishdir.

Abdulla Avloniy

Ikki kishining orasiga ruxsatsiz o‘tiril-maydi.

Hadis

Page 20: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

20

1. Rasmlarning qay birida xush-muomalalik, qaysi birida samimiymunosabatni ko‘ryapsiz?

2. Nima deb o‘ylaysiz, ona farzandi-ga nimalardan saboq beryaptiekan? Sizning onangiz nimalarhaqida o‘git beradi?

XUSHMUOMALALIK VASAMIMIY MUNOSABAT

?

Page 21: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

21

HILOLA BILAN ZILOLA

Hilola bilan Zilola yon qo‘shni. Hilolaningfe’li birmuncha chatoqroq. Atrofdagilargamuomalasi qo‘rs, mensimay siltab gapla-shadi.

Zilola esa uning aksi. Barchaga xush-muomala, samimiy munosabatda bo‘ladi.Shuning uchun uni hamma yaxshi ko‘radi.

Bir kuni Hilola ko‘chada chopib ketayotibyiqilib tushdi. Oyog‘i qayrilib, bosolmay qol-di. Buni ko‘rgan Zilola yordamga shoshildi.

– Voy, o‘rtoqjon, tura qol, menga suyan.Zilola Hilolaning turishiga ko‘maklashib, ki-yimining changlarini qoqdi. Shirin gaplar bi-lan tasalli berib uyiga kirishiga yordamlash-di.

Zilolaning bu muomalasidan Hilola uyalibqoldi. U ham Ziloladek bo‘lishga ahd qildi.

1. Hikoyadan qanday xulosa chiqar-dingiz?

2. Nima deb o‘ylaysiz, insonningxushmuomala bo‘lishi nimalargabog‘liq?

?

Page 22: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

22

1. Quyidagi she’rni o‘qing. Mazmu-nini so‘zlab bering.

2. Qiynalsangiz, ustozingizdan yor-dam so‘rang:

Shirin so‘z

Tig‘ yarasi bitar-u,Til yarasi bitmaydi.Tildan ozor cheksa kim,Dil yarasi bitmaydi.

Yaxshi so‘z – jon ozig‘i,Undan dil olar orom.Bir-birovga shirin so‘zAytaylik, jon o‘rtoqjon.

Dilshod Rajab

Bug‘doy noning bo‘lmasa ham bug‘-doy so‘zing bo‘lsin.

Xushmuomalalik haqida she’rlar topibyod oling.!

!

Page 23: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

23

SO‘ZLASHISH ODOBI

Suhbat odobi qoidalari

♦ Suhbatdoshingizga baland ovoz-da gapirmang.

♦ Uning gaplarini e’tibor bilan ting-lang.

♦ Suhbat paytida o‘zingizni maq-tamang.

Qo‘pol so‘zdan saqlan(hikoya)

Bir qo‘pol bola bor edi. Otasi unga hargal qo‘pol gapirganida ayvon ustuniga bit-tadan mix qoqishni buyurdi. Birinchi kunibola ustunga o‘nta mix qoqdi. Ikkinchi kunimix qoqishdan båzillab, kamroq qo‘pollikqildi. Shu tariqa mixlar soni kamayib bor-di. Nihoyat, bola ustunga mix qoqmay qo‘y-di. Shunda otasi: “Shirin gapirganingda bit-tadan mixni sug‘ur”, dådi. Bola otaning

Page 24: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

24

?

aytganini qildi. U barcha mixlarni sug‘uribtashlagan kuni rosa quvondi. Låkin mixlar-ning o‘rni ko‘ziga xunuk ko‘rindi. Shundaota:

— O‘g‘lim, qo‘pol gapdan odamlarningqalbida jarohatlar qoladi. Ko‘rdingmi, endiustundagi tåshiklarni yo‘qotib bo‘lmaydi, —dådi.

Siz qo‘pol so‘zlashdan qanday qilibqutulish mumkin, dåb o‘ylaysiz?

Tig‘ jarohati bitar, til jarohati bitmas.

Donolar suhbat odobi haqida

Shirin so‘z zilol suvga o‘xshaydi.Zilol suv qayerga oqib borsa, u yerdan

anvoyi gullar o‘sib chiqadi.Yusuf Xos Hojib

Zilol — toza, tiniq.Anvoyi — har xil, turli-tuman.

Page 25: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

25

♦ Yumshoqlik bilan so‘zlang.

♦ Ochiq chehra bilan gapiring.

♦ O‘ylab, andisha bilan so‘zlang, o‘ylamay

aytilgan gap pushaymonlik keltiradi.

♦ Kishilar gapirayotganida oraga gap

qo‘shmang, so‘zini bo‘lmang.

♦ Ko‘p gapirmang, zero bu oqillar ishi

emas.

Husayn Voiz Koshifiydan

Page 26: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

26

“Labbay”ga nima yetsin!(hikoya)

Anvar aka hamkasbi Erkin akaning uyi-ga qo‘ng‘iroq qildi. Go‘shakdan yosh bola-

Farzandlarim, insonlar doimo bir-birlari bilan muloqotda bo‘ladilar.Kishilarning dilini ranjitmasdan, ular-

ning ko‘nglini ola bilgan insonlar muloqotmadaniyati yuqori odamlar hisoblanadilar.

Jumladan, telefonda so‘zlashgandaham kishining madaniyati bilinadi.

Telefonda so‘zlashish qoidalari:♦ go‘shakni ko‘tarib, “labbay” deng;♦ suhbatdoshingiz bilan, albatta, sa-

lomlashing;♦ suhbat chog‘ida “Labbay”, “Mar-

hamat”, “Uzr” kabi so‘zlarni ishlating;♦ bir joyga telefon qilsangiz, qisqa va

aniq gapiring.

MULOQOT MADANIYATI VATELEFONDA SO‘ZLASHISH ODOBI

Page 27: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

27

? 1. Bolakayning o‘rnida siz qanday ja-vob bergan bo‘lardingiz?

2. Telefonda so‘zlashish odobi haqi-da nimalarni bilib oldingiz?

ning “Kim kerak?!” degan ovozi eshitildi.Kutilmagan savoldan Anvar aka shoshibqoldi.

— Assalomu alaykum, toy bola, dadan-giz uydamilar? — so‘radi u.

— Kim bu? Kimsiz?! — salom berisho‘rniga yana savol yog‘dirdi bolakay.

Anvar aka sekingina go‘shakni joyigaqo‘ydi-yu, biroz yengil tortgandek bo‘ldi.

Mirvosil Odilov

Muomala — so‘zlashish.Xijolat bo‘lish — uyalish.

Page 28: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

28

TASHQI KO‘RINISH VAORASTALIK

! 1. Rasmlarni izohlang.2. Orasta va tartibli o‘rtog‘ingiz

haqida so‘zlab bering.

Page 29: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

29

A’zoyi badanimniXo‘p yaxshilab yuvaman.Tirnog‘imni, tishimniDoim toza tutaman.

Uyg‘un

Orastalik nima?Avvalo, orasta so‘zining ma’no-

sini bilib olaylik.Orasta bezatilgan, ziynatlangan ma’-

nosini ifodalaydi. Ya’ni, tartibga solingan,oro berilgan, yasatilgan, bezatilgan de-makdir.

Mana shu xususiyatlarga ega insonorasta bo‘ladi. Hammayoqni sarishta qi-lish, ozoda kiyinish, soch, tirnoqlargae’tibor berish, o‘quv qurollarini yaxshisaqlash kabi ishlar orastalik belgisidir.

Ro‘molcham

Olganimda do‘kondan,Eding yangi, bejirim.Shu ahvolga solib tez,So‘rayapman kechirim.

Page 30: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

30

G‘ijimlanib cho‘ntakda,Ko‘p yurding-a, ezilib.Qaramaysan yuzimga,Xafaliging sezilib.

Mehrim senga borligi,Hozirgina bilindi.Tashlar chog‘i bir chetga,Ko‘zimga yosh ilindi.

Vali Ahmadjon

1. Sizning yoningizda doimo ro‘-molcha bo‘ladimi? Uni pokizasaqlaysizmi?

2. Sinfingizda kimlarning orasta yuri-shiga havas qilasiz?

?

Pokiza tanaga d yo‘lamas.

Pokiza — toza, ozoda.

Page 31: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

31

YAXSHI FAZILAT — INSONGAZIYNAT

Sabrlilik – go‘zal fazilat.Sabrli bo‘lish bu xohlagan nar-

sasi bo‘lmay qolsa chidash, noli-maslikdir.

Ustoz Rizouddin ibn Faxriddin “Sabrqilish, qiyinchiliklarga chidash foydali birishdir, bunday fazilatga ega bo‘lgankishi har narsaga xafa bo‘lib, o‘z salo-matligini yo‘qotmaydi”, deb uqtirgan.

Bolajonlarim, siz ham qiyinchiliklargasabrli bo‘lishni hozirdan odat qiling.

Sabrli Ohu(masal)

Sahroda turli hayvonlar suv topa olmay,tashnalikdan juda qiynalishdi. Ular quduqqazimoqchi bo‘lishdi. Eng avval Sher ishboshladi. Lekin darrov charchab qoldi. Ik-kinchi bo‘lib Fil yer kovlashga tushdi.Ammo shunday katta Fil ham tezda

Page 32: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

32

charchab qoldi. Navbat Jirafaga, Bo‘riga vaTulkiga keldi. Ko‘p o‘tmay, ular hamcharchab qolishdi. Chunki sabr qilishnibilishmadi-da. Oxiri ishga hammadan kich-kina Ohu kirishdi. U ingichka oyoqlari bi-lan qaziy-qaziy, oxiri suv chiqardi.

Sabrli Ohu suv ichmoqchi bo‘lganlarnixursand qildi.

? 1. Sahroda hayvonlar nima uchunquduq qazimoqchi bo‘ldilar?

2. Ohuning sabrli ekanligini qayerdanbildingiz?

Sabr achchiq, mevasi sh .

Page 33: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

33

SAXIY VA KAMTAR BO‘LING

1. Rasmda nima tasvirlangan?2. Rasm asosida qizg‘anchiqlikning

yomon odat ekanligi haqida so‘z-lab bering.

Saxiylik va xasislik

Bir donishmanddan so‘radilar:— Qaysi yomon odat boshqa yaxshi fa-

zilatlarni yo‘q qiladi?

?!

Page 34: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

34

— Xasislik, — deb javob berdi u. Yanaso‘radilar:

— Qaysi yaxshi fazilat boshqa yomonodatlarni yo‘q qiladi?

— Saxiylik, — dedi donishmand.

1. Saxiylik qanday fazilat?2. Saxiy bo‘lish uchun nima qilish lo-

zim?

Saxiylik — borini boshqalar bi-lan baham ko‘rish. Xasislik esaqizg‘anchiqlikdir. Xasis moddiy

yordam so‘rab kelgan odamga bor nar-sani “menda yo‘q” deb aldab, bermay-di.

Farzandlarim, saxiylik fazilatlarningeng yaxshisi, xasislik odatlarning engyomoni ekanini yodingizda tuting.

Moddiy yordam — pul yoki buyumbilan yordam ko‘rsatish.

?

Page 35: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

35

Farzandlarim, kamtarlik birorishni “Men qildim” deb maqtan-

may, “Do‘stlarim bilan birga, yaqinkishilarimning yordamida bajardim” de-yish, yordami uchun katta-kichikka rah-mat aytishdir.

Kamtarlik — yaxshi xislat. Kamtarbo‘ling, maqtanchoq bo‘lmang.

Manmanlikdan yiroqda bo‘ling.

Manman o‘z onasiga ham yoqmaydi.

Kamtarga — kamol, manmanga — zavol.

Xosiyat buvisi o‘tirgan xonaga kirdi.— Assalomu alaykum, buvijon, yaxshi ux-

lab turdingizmi? — deb buvisining yuzidano‘pib qo‘ydi. So‘ng pastga o‘tirdi.

— Vaalaykum assalom, oppog‘im, negapastga o‘tirib olding? Kel, yonimga, — dediMukarram buvi.

Page 36: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

36

— Yo‘q, buvijon, yuqoriga, sizning oldin-gizga ota-onam o‘tiradilar, bolalar quyigao‘tirishi kerak, — dedi Xosiyat.

— Voy, o‘zimning odobli qizimdan o‘r-gilay, — yayrab ketdi buvisi.

— Buvijon, odob nima? — qiziqdi Xosiyat.— Odob odamning kimligini bildiradi.

Olamga oftob qanchalik zarur bo‘lsa, odam-ga odob shunchalik zarur. Sening kattalar-ga salom berishing, jilmayib, ochiq chehrabilan “buvijon”, “oyijon”, “opajon” deb ga-pirishingni ko‘rgan kishilar “Xosiyatxon odobliqiz ekan” deydi. Bordi-yu, o‘rtoqlaringnijerkib gapirsang, odamlarga labingni buribqarasang, kir-chir kiyimda yursang, hammasendan qochadi, odobsiz qiz ekan, deydi.

Xosiyat quvonganidan buvisini quchoqlaboldi.

Muhabbat

Hikoyadan xulosa chiqaring: man-manlik va kamtarlikning farqi nima-da ekan?

Dono o‘git durdan aziz.

?

Page 37: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

37

?!

O‘Z-O‘ZINGIZGA XIZMATQILISHNI O‘RGANING

1. Rasmlar haqida gapirib bering.2. Qaysi ishlaringizni o‘zingiz musta-

qil qila olasiz?3. O‘z-o‘ziga xizmat qilish odobi de-

ganda nimani tushunasiz?

Page 38: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

38

Vaqti kelsa

O‘g‘il-qizlar, bolajonlar,Har kimning o‘z xizmati bor.O‘zingizdan kattalargaIsh buyurib yurmang zinhor.

Kiyimlarni taxlab qo‘ying,Toza tuting xonangizni.Tashvishlarga qo‘yib yurmang,Otangizni, onangizni.

Kitoblarni yaxshi saqlang,Qoyil qolsin uni ko‘rgan.Vaqti kelsa, tugmalarniQadashni ham o‘zing o‘rgan.

Tursunboy Adashboyev

Tayyorga a .

Page 39: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

39

MEHMONDO‘STLIK —YAXSHI ODAT

Farzandlarim, mehmondo‘stlikniodat qiling. Mehmonni xursandchi-

lik bilan kutib oling. Oldiga noz-ne’-matlar qo‘yib, yeb-ichib o‘tirishgaundang. Mehmon bo‘lib bir yergaborsangiz, haddan ziyod och yokito‘q bormang. Taom yemay o‘tir-sangiz, mezbon xafa bo‘ladi. Tinmayyeyaversangiz, boshqalarga yomonko‘rinasiz.

Mehmon kutish va mehmonga borishodobi haqida nimalarni bilasiz?

Mehmon aziz(rivoyat)

Shahar boshlig‘ining oldiga asirlarni olibkelishdi. U asirlarni o‘limga hukm qilmoqchibo‘ldi. Asirlar ichida bir bola bor edi. Bolashahar boshlig‘iga:

?

Page 40: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

40

— Hazrat, tashnaman. Suv bering, — dedi.Shahar boshlig‘i unga suv berishni buyur-di. Bola:

— Ey hazrat! Bizni uzoq yo‘ldan haydabolib kelishdi. Barchamiz tashnamiz. Bosh-qalar ichmasa, men ham suv ichmayman.Marhamat qilib buyuring, barcha asirlargasuv berishsin, — dedi. Barcha asirlarga suvberildi. Shunda bola:

?

— Ey marhamatli shahar boshlig‘i, suvin-gizni ichish bilan hammamiz mehmoningizbo‘ldik, fazilatli kishilar o‘z mehmonlarinio‘ldirmaydilar, — dedi.

Shahar boshlig‘i bolaning donoligiga tanberib, hamma asirlarni ozod qildi.

Rivoyatda mehmonning azizligiqanday tasvirlangan?

Page 41: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

41

JAMOAT TADBIRLARIDAISHTIROK ETISH ODOBI

Oilaviy tadbirlar, marosimlarning barchasimehmondorchilik bilan bog‘liqdir.

Mehmonda o‘zini tutish odobini bila-sizmi??

Taom vaqtida sanchqi, pichoq,sochiq va qoshiqni to‘g‘ri ishlating:

♦ pichoqdan o‘ng qo‘lingizda,sanchqidan chap qo‘lingizda foydala-ning. Pichoq va sanchqini idishga sha-raqlatib qo‘ymang;

♦ lagandagi taomni qoshiq bilan kav-lamang;

♦ ishlatilgan qoshiq, sanchqi va pi-choqni taqsimchaga qo‘ying;

♦ taom yegandan so‘ng qo‘lingizniyuvib, so‘ngra sochiqqa arting.

Page 42: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

42

Dastyor qiz

Bugun Lolalarnikida beshik to‘yi marosi-mi bo‘ldi. Lola ham qo‘llarini ko‘ksigaqo‘yib, mehmonlarni kutib olishda qatnash-di. Ularning qo‘llariga suv quyib, toza so-chiq tutdi. Taomlarni tashishda yordamlash-di. Axir bularning barchasini buvijonisi o‘r-gatganlar-da! Lolaga mezbon va mehmon-larning o‘zaro muomalalari juda yoqdi.Mehmon kutuvchilar “Xush kelibsizlar!” de-yishsa, mehmonlar “Xushvaqt bo‘ling!”,“Rahmat!” deb javob qaytardilar. Beshikto‘yi juda chiroyli o‘tdi.

O‘rganganlaringizdan qanday xulosachiqardingiz?

Berilgan noz-ne’matlarning boshharflarini topib, ularni qo‘shib o‘qi-sangiz, uy-ro‘zg‘or buyumi nomi ho-sil bo‘ladi.

D + + + + +

+ R + X + + .

?

Page 43: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

43

KIYINISH MADANIYATI

Orasta kiyinish deganda nimani tu-shunasiz??

Kiyimingiz ozoda va toza bo‘lsin.Kiyimingizni kiyim ilgichda saqlang.Poyabzalingizni juft qilib, o‘z joyiga

qo‘yishni unutmang.

Page 44: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

44

1. Qachon qanday kiyinishni bilasizmi?2. Ota-onangizga yordam berga-

ningizda qanday kiyinasiz?3. Maktab va uy kiyimining farqini

aytib bering.

?!

O‘z yoshiga, mavsumga va joyi-ga qarab kiyinish insonning did-farosatidan, qanday odam ekan-

ligidan dalolat beradi. O‘g‘il-qizlarningmilliy xususiyatlarni å’tiborga olib, o‘z-lariga yarashgan, ozoda liboslar kiyibyurishlari ular madaniyatining belgisihisoblanadi.

Qayerda qanday kiyinish kerakliginibilib oling va unga amal qiling. Mak-tabdan qaytgach, uy kiyimingiznikiying.

!

Page 45: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

45

“MEHMON-MEHMON” O‘YINI(amaliy mashg‘ulot)

Omonmisiz-esonmisiz

— Esonmisiz-omonmisiz,Omonmisiz-esonmisiz?Kulib turar yuzingiz,Dilga yoqar so‘zingiz.Hay-hay, ko‘zim tegmasin,O‘rtoqjonim, bormisiz?

— Esonmisiz-omonmisiz,Omonmisiz-esonmisiz?Ko‘zlarimiz yo‘lingizda,Sizsiz taom o‘tmas bizdan,

Page 46: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

46

?!

Xush kelibsiz, xush ko‘rdik biz,O‘rtoqjonim, bormisiz?

1. “Mehmon-mehmon” o‘yini qandayo‘ynaladi?

2. “Iltimos, oling”, “rahmat”, “kechira-siz”, “marhamat”, “labbay”, “xushkelibsiz” so‘zlarini ishlatib, “Meh-mon-mehmon” o‘yinini o‘ynang.

Savollar:

1. Qishda mehmon kutganda dasturxon-ga qo‘yiladigan ho‘l mevalardan biri.

M N R I N

E S N S I Z

H D L A K

M U R B O

O

N

1

2

3

4

5

6

Page 47: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

47

2. Mehmon bilan so‘rashganda ishlati-ladigan so‘z.

3. Yozda va kuzda mehmon oldigaqo‘yiladigan xushbo‘y poliz mahsuloti.

4. Non botirib yeyiladigan shirinlik.

5. Dasturxonga tortiladigan o‘zbektaomi.

6. Dasturxonga qo‘yilishi shart bo‘lganne’mat.

Page 48: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

48

DO‘STLIKNI QADRLANG

Farzandlarim, doimo do‘stla-shishni odat qiling. Kimning do‘stiko‘p bo‘lsa, uning yaxshi fazilatlari

ko‘payadi.Yangi do‘st topsangiz, eskisidan

kechmang. Do‘stingizga dushmanlik qil-ganni do‘st deb bilmang.

Aqlsiz va dangasa bilan do‘st bo‘lmang,chunki bu qusurlar yuqumli bo‘ladi. Agardo‘stlashsangiz, ularga yomon odatlariniyo‘qotishga yordam bering.

Do‘stingizdan hech narsani qizg‘an-mang.

Qusur — kamchilik.

1. Do‘stlaringizga qanday yumushlar-ni bajarishda yordam berasiz?

2. Do‘stlashish odobi haqida so‘zlabbering.

?!

IV. O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH

Page 49: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

49

1. Rasmda qaysi millat vakillari tas-virlangan?

2. Vatanimizda qanday millat va elat-lar yashaydi?

3. Sizning qaysi millat vakillaridando‘stlaringiz bor? Ular haqidaso‘zlab bering.

?!

Page 50: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

50

!

Farzandlarim, barcha millatbolalari bilan do‘stlashishga in-

tiling. Ular sizning aqlingizga quvvat,qalbingizga quvonch beradi. Ti lo‘rganasiz. Rus do‘stingizdan rus,ingliz do‘stingizdan ingliz tilini o‘rgan-sangiz, o‘z ona tilingizni do‘stla-ringizga o‘rgatsangiz, bilingki, sizgajahonning eshiklari ochiladi.

...millatlararo totuvlik va do‘stlik, ular-ni saqlash va mustahkamlashga intilishdoimo xalqimizning o‘ziga xos fazilatibo‘lib keldi va shunday bo‘lib qolmoq-da.

O‘zbekiston RespublikasiningBirinchi Prezidenti Islom Karimov

“Do‘stlik millat tanlamaydi” mavzusi-da kichik matn tuzing.

Do‘stlik — boylikdan a .

Page 51: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

51

DO‘ST TANLASH VATANISHUV QOIDALARI

Do‘stingiz bilan tanishganingizdao‘zingizni yaxshi tuting. Avvaldo‘stona qo‘l olishib ko‘rishing,

ismingizni, qaysi maktab va sinfdao‘qishingizni ayting.

Do‘stingizga ismini aytib murojaatqilishga odatlaning.

Do‘stingiz bilan uchrashganingizdaochiq chehra bilan so‘zlashing.Do‘stlik shirin so‘z va yordam ko‘r-satishdan boshlanishini unutmang.

Fil bilan Maymun(ertak)

Qadim zamonda, olis o‘rmonda katta vakuchli Fil kichik va chaqqon Maymun bilando‘stlashibdi. Fil har kuni o‘rmonni aylanib,Maymunning holidan xabar olar, Maymunesa Filni turli mevalar bilan siylar ekan. Bir

Page 52: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

52

kuni Maymun yo‘qolib qolibdi. Fil uni izlab-izlab, oxiri daraxt shoxining bir uchidantopibdi. Fil do‘sti Maymundan:

— Nimaga bu yerda o‘tiribsan? — debso‘rabdi.

— Qo‘rqayapman, — debdi Maymunovozi qaltirab. — Yo‘lbars yeb qo‘yadi. Ana,daraxt orqasida poylab turibdi.

Fil kichik do‘stini xafa qilgan Yo‘lbars-ning ta’zirini beribdi.

O‘tkir Hoshimov

1. Nima uchun Filni Maymunningchin do‘sti deb hisoblaysiz?

2. Chin do‘stlik bilan yolg‘ondo‘stlikning farqini so‘zlabbering.

?!

Page 53: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

53

TARTIBLI VA TADBIRLI BO‘LING

Tartibli bo‘lish — barcha narsava buyumlarni o‘z o‘rnida ozoda

saqlash, ulardan unumli foydalanish.Tadbirli bo‘lish esa — “Endi nima qil-sam ekan?” — degan savol tug‘ilganda,yaxshilab o‘ylash, yo‘lini izlash va cho-ra topish degani.

Bolajonlarim, tartibli va tadbirli bo‘ling.

Jamoat joylarida o‘zingizni qanday tu-tishni bilasizmi?

Odobing — ko‘rking

Ko‘cha-ko‘yda, muzeylarda,Istirohat bog‘larida,Yurgan paytda odob saqla,Hatto ta’til chog‘larida.

Tartibli bo‘l, tadbirli bo‘l,Kutar turli ilmlar.

?

Page 54: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

54

Tayyor daftar, rangli qalam,Turli plastilinlar.

“Tejog‘li ish bejog‘lidir”,Yodda tuting, buni sizlar.Isrof qilmang nonni, tuzni,Suvni tejang, o‘g‘il-qizlar.

Dilshod Rajab

Tartiblilik va tadbirlilikning foydasi ha-qida so‘zlab bering.!

Adib-betartib(ertak)

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da,to‘q ekan. Adib ismli bola bo‘lgan ekan.U odobli bo‘lsayam, ishlari juda betartibekan.

Adib o‘spirin yigitcha bo‘lganda dadasiunga duradgorlik kasbini o‘rgatibdi. Birkuni bir bog‘bon uning otasidan rom,eshik tayyorlab berishni so‘rabdi. Dadasi,o‘zi betob bo‘lib qolgani uchun, vaqtinchao‘g‘lini yuboribdi.

Page 55: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

55

Adib ishga kirishibdi. Bog‘bon esa o‘zyumushiga unnabdi. U tok qaychini endiqo‘liga olgan ekan, Adibning ovozinieshitibdi:

– Otaxon, iskanani ko‘rmadingizmi?Bog‘bon payraxalar orasidan iskanani

topib beribdi.Keyin xomtok qilish uchun endi narvon-

ga ko‘tarilganida yana Adibning ovozieshitilibdi:

– Otaxon, buni qarang, arramni qaygaqo‘yibman-a?!

Endi bog‘bonning qoshlari chimirilibdi.Ammo bu gal ham indamay, arrani qidirish-ga tushibdi. Oxiri taxtalarning ostidan chi-qibdi.

Keyin Adib randani qidiribdi.Bog‘bon tutaqib ketibdi-da, Adibning ol-

diga kelib debdi:– Isming Adibmi, yo Betartibmi? O‘z as-

bobingni tayinli biror joyga qo‘ymay, nao‘zing ishlayapsan, na meni ishlatganiqo‘yayapsan. Qani, jo‘nab qolchi, otangtuzalganida o‘zi kelib ishlaydi!

Page 56: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

56

Shunda Adibning xayoliga otasining: «Be-tartib bo‘lsang, keyin qiynalasan», – degangaplari kelibdi. Adib bir xo‘rsinibdi-da, bog‘-bonning uyidan boshini egib chiqib ketibdi.

To‘lqin Ilhomov

1. Ertakdan o‘zingizga qanday xulosachiqardingiz?

2. Nima uchun tartibli va saranjombo‘lish lozim? O‘z so‘zlaringiz bi-lan izohlab bera olasizmi?

Rejali ish — tejamli ish.

?

Betartib va beodob inson bargsiz da-raxtga o‘xshaydi.

Muhammad Ismoil

Ko‘p so‘zlash va betartiblik aqlning kam-ligi nishonasidir.

“Hikmatnoma”dan

Page 57: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

57

MULKINI SAQLAGAN XORBO‘LMAS

Mol-dunyo, narsa-buyum mulkdeyiladi. Uy-joy, avtomobil, ro‘z-g‘or buyumlari, umuman, pulga

sotib olinadigan barcha narsalar mulkhisoblanadi. Mulk kishilarga yaxshilik qi-lish, ota-onani boqish, farzandlarni sog‘-lom katta qilish, ilm-hunar o‘rgatish,savob ishlar qilish uchun kerak.

Mol-mulkka faqat mehnat bilan erishi-ladi. Sizning buyumlaringiz ham ota-onangiz mehnatining natijasi. Shundayekan, ularni avaylab, ehtiyotlab saqlang.

Molning qadrini saxiy bilur(hikoya)

Bir vaqt Andijon shahrida qattiq zilzilabo‘lib, ko‘p kishilar tom va devorlarning os-tida qolib, halok va mayib bo‘ldilar. Ko‘plaruy-joysiz, och qoldilar. Ular uchun har kim-dan non, kiyim va pul yig‘ildi. Mehr-shafqat

Page 58: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

58

jamiyati tuzilib, boylardan mablag‘ jamlan-di. Jamiyat xodimlari yordam so‘rab tosh-kentlik bir boyning uyiga borishdi. Boyningnimadandir qattiq jahli chiqib turgan ekan.Xodimlar undan jahlining sababini so‘rash-di. Bildilarki, boyning xizmatkori uchi yoqil-magan bir dona gugurt cho‘pini yergatashlagan, boy shundan darg‘azab bo‘lib,xizmatkorini qattiq urishgan ekan. Xodim-lar “Bir dona gugurt cho‘pi uchun xizmat-korni shuncha urishgan odamdan pulso‘rash qanday bo‘lar ekan”, deb ikkilanibqolishdi. Lekin indamay qaytib keta olmay,maqsadlarini aytishga majbur bo‘lishdi. Boyularning gaplarini eshitgach, darhol kissa-sidan bechora jabrdiydalar uchun besh yuzso‘m chiqarib berdi. Bu juda katta mablag‘hisoblanar edi. Xodimlar hayron qolishdi.Boy ularga qarab: “Nimaga hayron bo‘la-siz? Agar men gugurt cho‘pini isrof qi-laversam, bunday savob ishlarga qandayqilib pul yig‘ar edim?” – dedi.

Munavvarqori Abdurashidxonov

Yetti o‘lchab, bir k .

Page 59: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

59

DAM OLISH, SOG‘LIQNI SAQLASH,BILIM OLISH HUQUQLARI

1. Rasmlarda nimalar tasvirlangan?2. Sizning qanday huquqlaringiz bor?3. Sizning huquqlaringiz kim tomoni-

dan himoyalanadi?

?

Page 60: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

60

Bosh qomusimiz — Konsti-tutsiyamizda bolalar bilimolish, dam olish va sog‘liq-larini saqlash huquqlarigaega ekanliklari ko‘rsatilgan.

Barini sev

Shu dala-qir, shu bo‘ston,Shu kitobing, shu doston,Shu oromgoh – tog‘ bag‘ri,Soya-salqin bog‘ bag‘ri,Senga boqqan har chechak,Bugun, erta, kelajak,Bari-bari seniki!Qonun bilan seniki!Bolam, shuni uqib ol,Barini sev, sodiq qol.

Shuhrat

She’rdagi satrlardan misol keltirib,o‘z huquqlaringizni aytib bering.!

Page 61: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

61

SOG‘LIG‘INGIZ — BOYLIGINGIZ

Vaqtning tez o‘tishini bilasizmi?Unutmang, salomatligingiz vaqt-

dan to‘g‘ri foydalanishingizga bog‘liq.Sog‘lom bo‘lishingiz uchun kun tarti-

bingizga quyidagilarni kiriting: albatta,uy vazifalarini bajargach, toza havoda30 daqiqa aylaning. Kuniga 8 soatdanuxlang. 2 soatdan toza havoda damoling. Kamida 1 soat jismoniy mehnatqiling. Ertalabki badantarbiyaga 15 da-qiqa vaqt ajrating.

Fursat — g‘animat

Daftari ochiq-sochiq,Qolgan vazifa chala.Soat yurar chiq-chiq-chiq,Yechilmagan masala.Yana jaranglab soat,To‘qqizga zang uradi.Salimjon-chi, betoqat,Endi shoshib turadi.

Page 62: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

62

Salimjon juda nimjon,Hech bir ishga “vaqti yo‘q”,Badantarbiya qayda?Yuvinishga “vaqti yo‘q”.Darslari o‘lda-jo‘lda,Qolgan ishga yog‘ar qor.Kun tartibin foydasinBilmaslikdan qiling or!

Shukur Sa’dulla

Or qilish — o‘ziga ep ko‘rmaslik.

1. She’rni yod oling.2. Kun tartibining salomatlikka foydasi

haqida nimalarni bilasiz?

Vaqting ketdi — naqding ketdi.

?!

Page 63: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

63

QUVONCHLI KUNLARNINISHONLANG

Eng quvonchli kunlaringiz Nav-ro‘z, Hayit, Hosil bayramlari ni-shonlanadigan kunlar bo‘lsa ke-

rak, to‘g‘rimi?Bu bayramlar bir necha yuz yillardan

beri xalqimiz tomonidan nishonlanib ke-linmoqda.

Bu bayramlarda xalqimizga xosbag‘rikenglik, saxiylik, kamtarinlik, sa-mimiylik, mehmondo‘stlik, bolajonlikodatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.

Navro‘z nashidasi

Yana olam bo‘ldi yashil, serfusun,Yana qizg‘aldoqlar ochildi gulgun.Bu yilgi ko‘klaming o‘zgacha butun,Vatanim, muborak bo‘lsin Navro‘zing.Boshingda hurriyat quyoshing bordir,O‘z Tug‘ro, Bayrog‘ing, Yurtboshing bordir.

Page 64: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

64

Vatanim

Chaman-chaman gullarga,Sayroqi bulbullarga,Ko‘kni quchgan uylarga,Baxt keltirgan to‘ylarga,Quvnoq va sho‘x kuylarga,Joydir go‘zal vatanim,Boydir go‘zal vatanim.

O‘tkir Rashid

Milliy bayramlarimiz va urf-odatlarimizhaqida nimalarni bilasiz??

Maqsading, g‘ayrating, bardoshing bordir,Vatanim, muborak bo‘lsin Navro‘zing.

Erkin Vohidov

Tug‘ro — gerb.

Serfusun — juda go‘zal, chiroyli.

Page 65: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

65

OILAVIY TADBIRLAR VA QUTLUG‘ BAYRAMLAR

Tug‘ilgan kun, to‘y, mehmonkutish oilaviy tadbirlar hisoblanadi.

Birinchi sovg‘a

Halima bog‘ga kirdi,Tong payti shosha-pisha.Ilk bahor gulin terdi,Nomi — jajji gunafsha.

Halima gulni terib,Qayga olib ketmoqchi?Chin dildan sovg‘a berib,Kimni xursand etmoqchi?

Uyga kelganda bildik,Quvnagan shod ko‘zidan,Gulni sovg‘a qilibdi,Oyisiga o‘zidan.

Ilyos Muslim

“Onajonimning tug‘ilgan kuni” mav-zusida matn tuzing.!

Page 66: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

66

9-may — Xotira va qadrlashkuni, insoniyat tinchlik dushman-

lari ustidan g‘alaba qozongan qutlug‘kun. Shu kuni tinchlik uchun kurashdahalok bo‘lgan ota-bobolarimizning por-loq xotirasini yodga oling. Xotira may-doniga borib, undagi lavhalar bilan ta-nishing.

O‘zingiz uchun qadrli insonlarni qu-vontirish rejasini tuzing. Nima qilsangizularni ko‘proq xursand qilasiz?

O‘tgan kuningni unutma.

Xotirasi yo‘qning kelajagi y .

1. Siz Xotira va qadrlash kunini qan-day nishonlaysiz?

2. “Xotirangiz qalbimizda manguyashaydi” mavzusida matn tuzing.

?!

Page 67: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

67

Jonivorlarga ozor berishning yomonodat ekanligi haqida do‘stlaringiz bi-lan suhbatlashing.

Tabiat hodisalari, dov-daraxt,o‘simlik, jonivor va qushlar — ta-

biat in’omlari. Bizning yashashimiz vago‘zallikdan quvonishimiz uchun tabiattomonidan taqdim etilgan sovg‘alardir.

Marvarid-lola haqida ertak

Marvarid-lola kam uchraydigan noyobo‘simlik. U “Qizil kitob”ga kiritilgan. Erta-gimiz ana shu go‘zal lola haqida.

Qadim zamonda farovon bir o‘lka bo‘lganekan. Saltanat xonining husnda tengsiz,

!

ONA TABIATNI ARDOQLANG

Page 68: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

68

mehribon va oqila qizi bor ekan. Kunlar-dan bir kun u og‘ir betob bo‘lib qolibdi.Uning ahvolini ko‘rgan saroy tabibi xonga:

— Xonim, yurtimizda bir sehrli lola bor.Uni Yosuman kampir o‘z bog‘iga yashiribqo‘ygan. Agar qizingiz shu lolani hidlasa,shubhasiz, tuzalib ketadi, — debdi.

Xon yurtga: “Lolani olib kelganga qizim-ni beraman”, deb jar soldiribdi.

Baland tog‘larda qo‘y boqib yuradiganqo‘rqmas va dovyurak yigit — Botir poda-chi xonning qizini yaxshi ko‘rar ekan. Ulolani olib kelish uchun Yosumanning bog‘i-ga jo‘nabdi. Yosuman kampir lolani qo‘riq-lashni ilon va yantoqlarga topshirib, qirqkunlik uyquga ketgan ekan. Botir podachibog‘ panjarasiga yaqin kelganida uningdoimiy hamrohi — qo‘y haydab yuradigantayog‘i tilga kirib:

Page 69: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

69

— Ilonlarni men bilan ursang, ular sen-ga yo‘l berishadi, — debdi.

Botir podachi ilonlarni tayog‘i bilan hay-dab, bog‘ga kiribdi. U tayog‘i bilan yan-toq va chirmovuqlarni ura-ura, bog‘ningo‘rtasida atrofga nur taratib, ochilib turganlolaga yetib olibdi. Lolani olib, avaylabqo‘yniga solibdi. Yana yantoq va chirmo-vuqlar bilan kurashib, panjaradagi ilonlarniurib haydab, nihoyat tashqariga chiqib olib-di.

Xon saroyiga kelib, tabibga lolani berib-di. Tabib qizning g‘unchadek lablarigalolani qo‘ygan ekan, malika ko‘zlariniochibdi, yuzlari qizarib, ko‘zlari nurgato‘libdi. Tez kunlarda u butunlay sog‘ayibketibdi. Xon qirq kecha, qirq kunduz to‘y-tomosha qilib, qizini botir podachiga berib-di. Lolani esa o‘z bog‘ida parvarish qilaboshlabdi. O‘shandan beri xalq bu sehrlilolani yaxshi ko‘rib, oq bo‘lgani uchun uni“Marvarid-lola” deb atar ekan.

Ertakdan noyob marvarid-lola haqidanimalarni bilib oldingiz??

Page 70: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

70

BIZNING HAYOTIMIZDA TEATR

? 1. Rasmda qaysi bino ta’svirlangan?2. Qo‘g‘irchoq teatri haqida nimalarni

bilasiz?

Qo‘g‘irchoq teatrida

Shirinoy buvijonisi bilan qo‘g‘irchoq teatr-ga bordi.

Voy-bo‘, bolalarning ko‘pligini!.. – hayrat-landi Shirinoy.

U yerda «Egri va To‘g‘ri» tomoshasiniko‘rsatishdi. Tomoshani ko‘rgach, Shiri-

V. ESTETIKA

Page 71: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

71

noyning hayrati yanada ortdi. To‘g‘ri-da,qo‘g‘irchoqlarning har bir harakat va ho-lati qo‘l bilan boshqarilar ekan. Juda qiziq-da! Qo‘g‘irchoqlar harakat qilib, gapirsa-ya!

Shirinoy teatrdan katta taassurot bilanqaytdi. O‘rtoqlariga tomoshadan nimalarnio‘rganganini so‘zlab berdi.

Nima deb o‘ylaysiz, Shirinoy o‘rtoq-lariga nimalarni so‘zlab berdi ekan?

Estetika biror narsaning go‘zalliginihis qila bilishdir. Teatr ham go‘zalliknihis qilishga o‘rgatadi.

Teatrga borish odobi qoidalari:♦ teatrga orasta kiyinib boring;♦ teatr binosiga turli xil yeguliklar olib

kirmang;♦ spektakl davomida gaplashib o‘tir-

mang.

Ming marta eshitgandan,bir marta ko‘rgan yaxshi.

?

Page 72: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

72

ERTAKLAR – YAXSHILIKKAYETAKLAR

Aziz bolajonlarim, siz ertaklarnijuda yaxshi bilasiz. Chunki bolali-

gingizdan ertak eshitib katta bo‘lyap-siz. Bu ertaklarni dono xalqimiz yarat-gan. Xalq ertaklari bir necha turlargabo‘linadi: hayotiy ertaklar, hayvonlarhaqidagi ertaklar, sehrli-afsonaviy er-taklar.

Ertaklarda xalq orzu-istaklari, ming yil-lik donoligi, tajribasi ifodalangan. Ado-lat va haqiqat ulug‘langan.

Farzandlarim, siz ertaklardan ko‘plabinsoniy fazilatlarni o‘rganasiz. U sizniyaxshilikka yetaklaydi.

Atirgul

...Bir kuni bir bog‘da o‘t-o‘lanlar va dalagullari orasida atirgul ochildi. Atrofidagibarcha o‘simliklar uning go‘zalligi va hidi-dan hayratga tushib, atirgulni olqishlay

Page 73: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

73

boshlashdi. Atirgul bu maqtovlarni eshitibg‘ururlandi va hech kimni nazariga ilmayqo‘ydi.

Bir kuni atirgul tush ko‘ribdi. Tushida biro‘zi cho‘lda o‘sayotgan emish. Atrofida nabir o‘t-o‘lan, na bir daraxt bor ekan. Qu-yosh ayovsiz qizdirarkan. Issiqdan rosachanqabdi, lekin suv ko‘rinmas emish. Tezorada so‘lib, gul barglari qovjiray boshlab-di. Shu payt qattiq shamol turib, qumuyumlarini atirgulning ustiga tashlabdi. Qo‘r-quvdan ovozining boricha baqirib yuboribdiva o‘z ovozidan uyg‘onib ketibdi. Ko‘ziniochib atrofida unga hayron bo‘lib qarab tur-gan o‘tlarga va daraxtlarga birinchi martajilmayib qarabdi hamda ularni cho‘chitibyuborgani uchun uzr so‘rabdi.

1. Atirgul nimani tushunib yetdi?2. Atirgul holatiga tushib qolmaslik

uchun kishi nimalar qilishi kerakekan?

Ertaklar hayolotning so‘ngsizosmonidir.

?

Page 74: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

74

Siz ham ana shu bolalardekrasm chizishga qiziqasizmi?

INSON KAMOLOTIDA TASVIRIYSAN’ATNING O‘RNI

Qadim-qadimdan insonlar go‘-zallikka intilib yashaganlar. Uni

anglaganlar va rasmlarda tasvirlaganlar.Ana shundan dunyoda tasviriy san’atpaydo bo‘lgan. Farzandlarim, agar siz-da rasm chizishga ishtiyoq bo‘lsa, uni,albatta, rivojlantiring.

Asfaltdagi rasmlar

Kim tanimas ko‘chamizdaDilshod, Sora, Nasimlarni.Asfalt yo‘lda uymalashibChizar turli rasmlarni.Vaqtinchalik unutishganKitob, ruchka, daftarlarni.Aks etdirar shar ushlaganBolalarni, kaptarlarni.

Tursunboy Adashboyev

?

Page 75: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

75

Sinfingizda “Tarbiyalilar tanlovi”o‘tkazing.Quyidagi savollarga javob berib,tarbiyalilar tanlovi g‘oliblarini aniqlang:1. Darslarda ustozning savollariga

qo‘l ko‘tarib javob beradigano‘quvchi kim?

2. Qaysi o‘rtog‘ingiz “rahmat”, “ilti-mos”, «marhamat”, “ho‘p bo‘ladi”,“xayrli kun” (“kuningiz hayrli bo‘l-sin”), “sog‘ bo‘ling” kabi so‘zlarniko‘p ishlatadi?

3. Doimo hammaga yordam berish-ga tayyor o‘rtog‘ingiz kim?

4. Siz ko‘proq qaysi o‘rtog‘ingizdanibrat olishni istaysiz?

5. Sizga ismingizni aytib so‘ngramurojaat qiladigan o‘rtog‘ingiz kim?

6. Tanlov g‘oliblarini tabriklab,she’r, ertak yoki rivoyat aytibbering.

TARBIYALILAR TANLOVI(amaliy mashg‘ulot)

!

Page 76: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

76

NAZORAT ISHI

1. “Vatani borning davlati ...” maqolidagitushirib qoldirilgan so‘zni belgilang.a) ko‘p; b) yaxshi; d) bor.

2. Qaysi javobda oilaviy tadbir berilgan?a) tug‘ilgan kun;b) o‘rtog‘i bilan o‘ynash;d) maktabga borish.

3. Estetika nima?a) suhbatlashish;b) go‘zallikni his qilish;d) mehmonga borish.

4. Ertalabki badantarbiyaga necha daqiqavaqt ajratishingiz kerak?a) 15 daqiqa;b) 10 daqiqa;d) 20 daqiqa.

1. Buyuk ajdodlarimizning qandayibratli o‘gitlarini bilasiz?

2. Jamoat tadbirlarida nimalargarioya qilish kerak?

?

Page 77: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

77

MUNDARIJA

I. BIZNING VATANIMIZ — O‘ZBEKISTONONA VATAN................................................................3AJDODLAR MEROSI —FAXR VA IFTIXORIMIZ ..................................................6BUYUK AJDODLARIMIZNINGIBRATLI ISHLARI...........................................................8

II. OILA – MUQADDAS DARGOHOTA-ONA — AZIZ VA MO‘TABAR ............................... 10OILADA MENING O‘RNIM........................................... 12QARISI BOR UYNING PARISI BOR............................. 13

III. ODOB KISHINING ZEB-U ZIYNATIJAMOAT JOYLARIDA O‘ZINI TUTISH ODOBI .............. 17XUSHMUOMALALIK VA SAMIMIY MUNOSABAT.......... 20SO‘ZLASHISH ODOBI ................................................. 23MULOQOT MADANIYATI VA TELEFONDASO‘ZLASHISH ODOBI ................................................. 26TASHQI KO‘RINISH VA ORASTALIK............................ 28YAXSHI FAZILAT — INSONGA ZIYNAT........................ 31SAXIY VA KAMTAR BO‘LING ...................................... 33O‘Z-O‘ZINGIZGA XIZMAT QILISHNI O‘RGANING.........35MEHMONDO‘STLIK — YAXSHI ODAT .........................39JAMOAT TADBIRLARIDA ISHTIROK ETISH ODOBI .....41KIYINISH MADANIYATI ...............................................43“MEHMON-MEHMON” O‘YINI .....................................45

Page 78: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

78

IV. O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISHDO‘STLIKNI QADRLANG .............................................48DO‘ST TANLASH VA TANISHUV QOIDALARI...............51TARTIBLI VA TADBIRLI BO‘LING ................................ 53MULKINI SAQLAGAN XOR BO‘LMAS.......................... 57DAM OLISH, SOG‘LIQNI SAQLASH, BILIM OLISHHUQUQLARI................................................................59SOG‘LIG‘INGIZ — BOYLIGINGIZ.................................. 63QUVONCHLI KUNLARNI NISHONLANG .......................63OILAVIY TADBIRLAR VA QUTLUG‘ BAYRAMLAR .........65ONA TABIATNI ARDOQLANG...................................... 67

V. ESTETIKABIZNING HAYOTIMIZDA TEATR .................................. 70ERTAKLAR – YAXSHILIKKA YETAKLAR .......................72INSON KAMOLOTIDA TASVIRIYSAN’ATNING O‘RNI ....................................................74TARBIYALILAR TANLOVI .............................................75NAZORAT ISHI ........................................................... 76

Page 79: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

79

O‘quv nashri

Oysha HasanboyevaMuhayyo InoyatovaAdolat Ne’matova

ODOBNOMA2-sinf uchun

darslikTo‘rtinchi nashr

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»Davlat ilmiy nashriyoti

Toshkent—2018

Muharrir Iroda SolihovaBadiiy muharrir Asqar YoqubjonovRassom Baxtiyor MuhamedovDizayner Umid Sapayev

Nashriyot litsenziyasi AI ¹ 160, 14.08.2009-y.

02.04.2018-y.da bosishga ruxsat etildi. Bichimi 70x901/16. Kegli 16. Ofset usulida bosildi. Shartli bosma tabog‘i 5,85.

Nashr hisob tabog‘i 4,14. Adadi 490 375 nusxa. 94-sonli shartnoma. 18–182-sonli buyurtma.

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyotiToshkent — 100011, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosmaxonasida chop etildi.Toshkent — 100011, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Hasanboyeva, Oysha.Odobnoma: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun

darslik / O. Hasanboyeva, M. Inoyatova, A. Ne’matova. — To‘rtinchinashr. – T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti,2018. — 80 b.

ISBN 978-9943-07-612-9UO‘T: 17(075)

KBT 74.200.51ya7

O 31

Page 80: Odobnoma 2 UZB 2018 - eduportal.uzeduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/2/odobnoma_2_uzb.pdf · haqida fikr bildiring. 2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz qaysi? 3. Abu Ali ibn Sino

Ijaraga berilgan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval

T/r

1

2

3

4

5

Sinfrahbarining

imzosi

O‘quvchiningismi, familiyasi O‘quv yili

Darslikningolingandagi

holati

Sinfrahbarining

imzosi

Darslikningtopshirilgandagi

holati

Darslik ijaraga berilib, o‘quv yili yakunida yuqoridagi jadval sinfrahbari tomonidan quyidagi baholash mezonlariga asosan

to‘ldiriladi:

Darslikning birinchi marotaba foydalanishga berilgandagi holati.

Muqova butun, darslikning asosiy qismidan ajralmagan. Barcha varaqlari mavjud,yirtilmagan, ko‘chmagan, betlarida yozuv va chiziqlar yo‘q.

Muqova ezilmagan, birmuncha chizilib, chetlari yedirilgan, darslikning asosiyqismidan ajralish holati bor, foydalanuvchi tomonidan qoniqarli ta’mirlangan.Ko‘chgan varaqlari qayta ta’mirlangan, ayrim betlariga chizilgan.

Muqovaga chizilgan, yirtilgan, asosiy qismidan ajralgan yoki butunlay yo‘q,qoniqarsiz ta’mirlangan. Betlari yirtilgan, varaqlari yetishmaydi, chizib, bo‘yabtashlangan. Darslikni tiklab bo‘lmaydi.

Yangi

Yaxshi

Qoniqarli

Qoniqarsiz