Odob Va Odobsizlik Haqida Maqollar

download Odob Va Odobsizlik Haqida Maqollar

of 171

Transcript of Odob Va Odobsizlik Haqida Maqollar

Odob va odobsizlik haqida maqollar Avval salom, bad'az kalom. Bir kattani bil, Bir kichikni bil. Katta izzatda Kichik xizmatda. Ahillik va noahillik haqida maqollar Ayrilmas qo'shningga uyatli so'z aytma. Ahillikda ish bitar, Ish bitsa ham, qish bitar. Dasturxon ustida dushman ham do'st ko'rinar. Ikki qo'chqor kallasi bir qozonda qaynamas. Ta'magirlik va ochko'zlik haqida maqollar Ziqnanikiga mehmon kelmas, Kelsa ham ovqat yemas. : , 09.03.2010, 18:09 | # 4

: : 2292 : 15 : Offline Ko'rgan bilan ko'z to'ymas, Tek turmoqqa nafs qo'ymas. Og'zi kattani uyida sina, Nafsi kattani to'yida. Tulkining tushiga tovuq kirar, Tovuqning tushiga tariq kirar. : , 11.03.2010, 15:34 | # 11

: : 700 : 11 G'amli uyga shodlik kelar, Kambag'alga ozodlik.: Offline Qush tuzoqqa don uchun kelar.

Andisha va andishasizlik haqida maqollar Andishaning oti qo'rqoq. Muhabbat va bevafolik haqida maqollar

Yorim bor deb yorilma, Haqiqiy yor bo'lmasa. Ayriliq o'limdan qattiq. Bevafoning asli ko'ngli begona, Bevafoga ko'ngil qo'ygan devona. Ochlik osh tanlatmas, Oshiqlik yosh tanlatmas. Faqirlik va boylik haqida maqollar

Boyning oshidan Faqirning mushti yaxshi. Bedavlat bozorga borsa, Shum xabar keltirar. Boy bo'lsang, kunda hayit, kunda to'y, Yo'q bo'lsang, kunda hasrat, kunda o'y. Boyga mehmon bo'lsang, baqirasan,

Kambag'alga mehmon bo'lsang, kekirasan. S i n t a k t i k m ye yo r

R e j a:

1. Sintaktik meyor tushunchasi.

2. Gap qurilishining sintaktik meyori.

3. Inversiya.

4. Sintaktik meyorning vazifaviy chegaralanganligi.

5. Badiiy matnda sintaktik meyor.

6. Poetik sintaksis.

7. Ilmiy, sozlashuv uslublarida meyor.

Tayanch soz va iboralar : Sintaktik meyorning amal qilish doirasi. Soz birikmalarida, gapda soz tartibi. Togri tartib. Inversiya. Nasr va nazmiy matn va meyor. Uslublar va gap qurilishi. Sintaksis doirasida meyorning amal qilinishi deganda, avvalo, grammatik jihatdan togri tuzilgan nutqni koz oldimizga keltiramiz. Grammatik jihatdan togri bolishlik gap tarkibidagi sozlarning ozaro mazmuniy muvofiq kelishiga valentligiga bogliq boladi. Bu xususiyat, ayniqsa soz birikmalariga tegishli bolib, ular tarkibidagi semantik va grammatik aloqaning kuchliligi, ulardagi azolar yaxlit holda gap tarkibida paradigma hosil qilishi ana shu azolar ortasidagi aloqalarning turgunligini, binobarin, meyorning muntazamligini taqozo qiladi. Ana shu muntazamlik tilimiz boyligining turgun birikmalar deb ataladigan qismida mavjud va ular asrlar davomida tilimizda deyarlik ozgarishga uchramasdan abjagini chiqarmoq, avjiga minmoq, avzoyi buzilmoq, adabini yemoq, adi-badi aytishmoq, amalga oshirmoq, asabga tegmoq tarzida qollanilib kelinmoqda.

Shuni ham esdan chiqarmasligimiz kerakki, ular ham orni bilan ozgarishlarga uchrashi mumkin. Badiiy nutq va sozlashuv nutqida shunday holatlarga duch kelamiz. Mas., badiiy nutqda muallifni tilda mavjud bolgan turgun birikmaning aynan shu holati qanoatlantirmaydi, deb hisoblaylik. Shunday paytda u oz fikri yoki hissiyotini tolaroq ifoda etish uchun birikmani qisman ozgartirishlarga uchratib ishlatadi yoki mavjud qolip asosida yangilarini yaratadi. Odatda, - deydi A.Mamatov. tilda mavjud frazeologik birliklar obrazi asosida yaratilgan frazeologik xarakterdagi soz birikmalarida norma doirasidagi frazeologizmlarning strukturasi va uning umumiy komponentlari saqlanib qoladi. Shuningdek, asl frazeologik birlikning umumiy manosi ham okkazional variantda oz ifodasini topadi (M a m a t o v A.E. Hozirgi zamon ozbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari. Toshkent, 1991, 266-267betlar). Shundan song ular qiyoslanadi : meyoriy variant muallif varianti : xotin deb qoynimga solganim ilon bolib chiqdi bulbul deb qafasga solganim olaqarga bolib chiqdi; bildim dedim tutildim, bilmadim dedim qutildim qatiq ichgan qutuldi, ayron ichgan tutildi; tili qichimoq tilini burga chaqmoq; janjal boshlagan Turdali, kaltak yegan Berdali aravani ot tortarkan-u, it hansirarkan; jonimjonim deb jonini olmoq boshini qashlab turib qorniga mushtlamoq kabi. Bu holatlarni grammatik meyorning buzilishi deb bolmaydi. Demak, soz birikmalaridagi meyoriy ozgarishlarni turgun birikmalar tarkibidan axtarish togri emas. Ayni paytda, yuqoridagi ozgarishlarni frazeologik meyorning buzilishi deb qarashga ham shoshilmaslik kerak. Chunki uni qollanish jarayonining ozi belgilab beradi. Agar tavsiya etilgan, yaratilgan yangi variant nutqda erish tuyulsa, muomalada ommalashmasdan, lugatga kirmasdan qolib ketaveradi. Binobarin, tilimiz meyoriy buzilishdan saqlanib qoladi. Mabodo qabul qilinib, ommalashsa, uni meyorlashdi deb hisoblashga asos paydo boladi. Erkin soz birikmalarining bitishuvli, boshqaruvli, moslashuvli shakllari mavjud. Ular orasida bitishuvli birikmalar meyorga munosabati bilan ajralib turadi. Ot+ot tipidagi birikmalarni olib qaraylik : kumush qoshiq, movut chakmon, chilvir belbog, zar doppi, gisht devor kabi. Bu birikmalar ongimizda kumush (metall)dan yasalgan qoshiq, movut (material)dan yasalgan chakmon, chilvir (arqon)dan bolgan belbog, zardan tikilgan doppi, gishtdan qurilgan devor tarzida shakllanadi. Ammo ularni aynan shu tarzda qollash meyor sanalmaydi. Tildagi tejamkorlik, qisqalikka intilish qoidalari ularni dastlab qollagan shakllarda aytish va yozishni taqozo qiladi. Nisbiy sifat + ot tipidagi birikmalar orasida ularning yuzaga kelishiga xizmat qiluvchi li qoshimchali shakllari mavjud: mazali ovqat, aqlli odam, kulgili holat, gayratli yigit kabi. Bu birikmalarning aniqlovchi qismi ikki azodan iborat bolgan korinishlari ham uchraydi: otkir tigli pichoq, qora kozli bola, jigar rangli sumka, ota aqlli odam, juda gayratli ayol, nihoyatda kuchli shamol singari. Ularning bir qismini belgisiz otkir tig pichoq, qora koz bola, jigar rang sumka tarzida qollash mumkin bolgani holda, ikkinchi qismini bunday qollash mumkin bolmaydi, meyor buziladi. Shuni ham aytish kerakki, belgili-belgisiz holatlarning nutqda ozaro orin almashinib qollanishi grammatik meyor nuqtai nazardan mumkin bolsa-da, uslubiy meyor jihatdan ular bir-biridan farqlanadi. Ozbek tili grammatikasi da bu fikrni tasdiqlovchi bir tahlil keltirilgan: qora kozli (bola) umuman bolaning kozi qora, lekin qora koz (bola) birikmasi ozaro jipslashganda, rangni emas, butun bir tushuncha gozallikning belgisini ifodalovchi qoshma sozdir (Ozbek tili grammatikasi, 1 tom Toshkent, 1975, 36-bet). Bu tahlilni boshqa misollar asosida ham davom ettirish mumkin. Boshqaruvli va moslashuvli birikmalarda ham belgili va belgisiz holatlarga duch kelamizki, ularga grammatik meyor qoidalri asosida munosabat bildirish mumkin. Masalan, jonalish kelishigi uchun asosan belgili holat meyor sanaladi: vatanga muhabbat, dostga ishonch, xojalikka rahbar, oilaga bosh

kabi. Faqat ayrim holatlardagina belgisiz qollanishi mumkin: Kunlarimiz jilgalarday otdilar oqib, / M a k t a b b o r d i k ogir bolib qoldik dafatan (A. Oripov). Mana shunday belgisiz qollanish qaratqich va tushum kelishiklari uchun ham meyor sanalishi tilimizda kop uchraydi: maktab bogi, sinf jurnali, kitob varagi, orden lentasi, kitob oqimoq, kino kormoq, mol boqmoq, sigir sogmoq, paxta termoq kabi. Yana: Qarshingda turibdi u m- r i m bir kuni (J. Kamol), Elga sabr bardoshdan bolak n a r s a ber (H. Xudoyberdiyeva). Ammo yuqoridagi singari belgisiz shakllar orin-payt va chiqish kelishikli birikmalar uchun meyor sanalmaydi. Sozlarni ozaro grammatik munosabatga kirishtiruvchi kelishik qoshimchalarining, masalan tushum kelishigining i (n), jonalish kelishigining a, -na, -qa, -ga, chiqish kelishigining dan, qaratqich kelishigining (i) m, - n, - nung, - ing shakllari ham mavjud va ularning nutqda qollanishi adabiy til nuqtai nazaridan meyorning buzilishi sanaladi. Ammo vazifaviy uslublar nuqtai nazaridan bunday emas. Ular badiiy va sozlashuv uslublarida ishlatilishi mumkin. Ikkinchi navbatda esa soz ozgartuvchilar yoki yordamchi sozlar shaklidagi grammatik vositalarning oz ornida ishlatilishi muhim sanaladi. Egalik qoshimchalarini olib koraylik. Bu qoshimchalarni olgan sozlar odatda qaralmish sanaladi hamda grammatik jihatdan shakllangan- shakllanmaganligidan qatiy nazar, uning oldida qaratqich boladi: mening ukam, sening ukang, uning ukasi, ukam, ukang, ukasi kabi. Bunday holatlarda meyorning buzilishi kuzatilmaydi. Meyoriy grammatika qoidasiga muvofiq aniqlovchi-aniqlanmish qurilishli birikmalarda aniqlovchi qaratqich kelishigi shaklini olganda aniqlanmish ham uncha mos shaklda turlanishi lozim boladi. Ammo ayrim holatlarda, masalan badiiy matnda misralardagi boginlar sonining qatiy bolishi haqidagi qoidadan kelib chiqib, bunday bolmasligi ham mumkin: ururing sigmaydi polat teringga, / Sharaflar yuki bor s ye n i n g b u n k ye r d a (. ulom). Egalikning bu tarzda ifodalanishi badiiy uslub meyoriga togri kelar, ammo umuman grammatik meyor yoki boshqa vazifaviy uslublar nuqtai nazaridan uni meyor hisoblay olmaymiz. Ayrim tadqiqotlarda tahlil materiali sifatida dadasilar keldilar, togasilar gapirdilar misollari keltiriladi. Bu yerdagi egalikni ifoda etuvchi si qoshimchasining lar dan oldin keltirilishisuniylik bolib, grammatik meyor tarozisiga togri kelmaydi (Qarang: H o j i ye v a H. Ozbek tilida hurmat maydoni va uning lisoniynutqiy xususiyati: Filol.fan.nomz. dis.avtoref. Samarqand, 2001, 17-bet). Egalikning koplik shaklda ifodalanishi ham yuqorida takidlaganimiz aniqlovchi-aniqlanmish birikuvi qoidasiga muvofiq kelishi lozim: bizning sevgimiz, sizning sevgingiz, ularning sevgisi kabi. Ammo nutqda hamma vaqt ham bunday bolavermaydi. Ular bizning uy, bizning mahalla, bizning maktab tarzida qollanishi, egalik qoshimchasi bajaradigan vazifani qaratqich kelishigi korsatkichi oz zimmasiga olishi ham mumkin va bunda grammatik meyor buzilgan hisoblanmaydi. Hatto bizning uy, bizning mahalla shaklida qollanishlar sozlashuv nutqida ommalashib ketgan. Ushbu birikmalarning aniqlovchi qismi nutqda qollanilmaganda esa ularni egalik qoshimchalarisiz ishlatish mumkin bolmaydi. Soz birikmalarining shakllanishiga xizmat qiluvchi grammatik vositalar orasida kelishik qoshimchalarining orni alohida ekanligi malum. Ular haqida Morfologiya mavzusida alohida toxtalganimiz. Bu orinda faqat ularning komakchilar bilan sinonimik munosabatidagi meyoriy holatlarga toxtalamiz. Ozbek tilida kelishiklar va yordamchi sozlar tadqiqiga oid kuzatishlarga tayanib aytish mumkinki, tortta kelishik qoshimchasi komakchilar bilan sinonimik munosabatga kirishadi:

- ga / sari (dushmanga yuzlandi / dushman sari yuzlandi, kochaga otlandi /kocha sari otlandi ), - ga /uzra (olamga chiqqanda quyosh / olam uzra chiqqanda quyosh), - ga /tomon (qizga qaradi / qiz tomon qaradi, unga burildi / u tomon burildi, oziga tortdi / ozi tomon tortdi), - ga /bilan (qahqahaga toldi, qahqaha bilan toldi), - ga /uchun (ukamga oldim / ukam uchun oldim) kabi. Mana shu tarzda ni qoshimchasi bilan, haqda, - da qoshimchasi boylab, ichra, bilan, - dan qoshimchasi sababli, orqali, tufayli, osha, boylab, uzra, ichra, boyicha, togrisida, bilan, uchun komakchilari bilan sinonimik munosabatga kirishadi. Yuqorida takidlaganimizdek, ular bir matnda biri ikkinchisining ornini bosa olishi, ikkinchi bir holatda ana shu vazifani toliq bajara olmasligi mumkin. Bu masalaning uslubiy tomonlari, albatta. Gapda sozlarning ozaro birikishiga xizmat qiladigan grammatik vosita sifatida meyoriy talablarga javob berishbermaslik esa boshqa masaladir. R.Qongurovning quyidagi gaplariga etibor beraylik: Hozirgi ozbek tilida maktab tomon kuzatib bordi, deyish mumkin bolgan holda, funksiyasi bir xil bolishidan qatiy nazar, qarab, qadar kabi komakchilarning belgisiz tushum bilan maktab qarab, maktab qadar tarzida qollab bolmaydi. Bu komakchilar kelganda tobe soz, albatta belgili qollanilishi kerak. Aks holda fikr noaniqligi kelib chiqadi, aytilmoqchi bolgan fikr eshituvchiga yetib bormaydi. Maktab sozini jonalish kelishigi qoshimchasisiz yuqoridagi komakchilar bilan birgalikda qollab koraylik: Karim Salimani maktab qadar kuzatib bordi; Karim Salimani maktab qarab kuzatib bordi; Karim Salimani maktab tomon kuzatib bordi. Bu gaplarning faqat uchinchisi adabiy til normasiga toliq mos keladi. Qolgan ikkitasi esa hozirgi ozbek tili normasiga unchalik mos kelmaydi (Q o n g u r o v R. Ozbek tili stilistikasidan ocherklar. Samarqand, 1975, 97bet). Olimning fikrini qollab-quvvatlagan holda faqat bir narsani qoshimcha qilish mumkinki, maktab tomon birikmasining meyorlashuvi uning kopchilik tomonidan qollanish chastotasi bilan bogliq. Qadar, sari komakchilari oz sinonimlari qarab va tomon ga nisbatan nutqda, ayniqsa sozlashuv nutqida kam qollaniladi. Sozlashuv nutqi esa til biriliklarining meyorlashuvi uchun eng qulay imkoniyat sanaladi. Shu manoda hatto qarab komakchisining qadar va sari ga qaraganda ga ornida qollanishning ommalashib, meyorlashib borayotganini kuzatish qiyin emas. Bu orinda xulosa sifatida shuni qayd qilish mumkinki, nutqiy jarayonda sozlarning ozaro birikuvini tashkil qiluvchi soz ozgartuvchi qoshimchalar va ularning ayrim komakchilar bilan sinonimiyasi ozbek tilining fikrni eng nozik jihatlari bilan ifoda etishdagi imkoniyatlari naqadar kengligidan dalolat beradi. Binobarin, ular uslubshunoslik uchun qimmatli material bera oladi. Masalan, ularning ozaro almashinib qollanishiga meyor nuqtai nazardan qaraganimizda esa grammatik meyor nomuvofiqligi uslubiy meyor buzilishlariga qaraganda nisbatan kam diqqatni tortadi. Uchinchi tomondan, gap tarkibidagi sintaktik bolaklarning joylashish ornining turgunlik darajasi ham meyorni belgilaydi. Biz bu orinda ozbek tilida gap qurilishining ogzaki yoki yozma nutq shakllarida va vazifaviy uslublarida namoyon bolish xususiyatlarini unutmagan holda dastlab gap tizimida sozlarning odatdagi joylashuvi haqidagi qarashlarni eslaymiz. Sozlar tartibi, - deyilgan Ozbek tili grammatikasida, gap bolaklarining nutqda orinlashishini bildiradigan sintaktik hodisadir. Ozbek tilida sozlar tartibi asosan erkin, lekin unda sozlarning bogliq tartibi ham uchraydi. Bu hol ozbek tili gap qurilishining oziga xos xususiyatlarini korsatadi (Ozbek tili grammatikasi, P tom. Toshkent, 1975, 178-bet). Ozbek tili grammatikasi tadqiqiga oid adabiyotlarda gap tarkibidagi sozlarning joylashishi asosan erkin ekanligi takidlansa ham (Ozbek tili grammatikasi, P tom, 184-bet), bu erkinlikning malum mantiqiy-grammatik qonuniyatlar doirasida bolishini unutmasligimiz kerak. Gap qanday shakllar va birliklardan tashkil topgan

bolishidan qatiy nazar, u shakllanish jarayonida oz tabiatidan kelib chiqib, malum meyorlarga boysunadi. Demak ozbek tili sintaktik meyorlarini belgilashda gaplarning erkin tartibini nazariy asos qilib olsak togri boladi. Chunki, Samarqand viloyatimizdagi yirik shahar yoki Viloyatimizdagi yirik shahar Samarqand gaplarida yoki Men qishlogimizdan kecha keldim / Men kecha qishlogimizdan keldim / Qishlogimizdan kecha men keldim gaplarida sozlar va ularning orin almashinishi mazmunni ozgartirib yuborgan emas. Shunday ekan bu yerda grammatik meyor buzilgan deb aytib ham bolmaydi. Sodir bolgan malum matniy ozgarishlar esa uslubga tegishlidir. Tilimizda gaplar tugallangan bir fikrni ifoda etishi, predikativlik xususiyatiga ega bolishi bilan bir qatorda ular malum grammatik shakllar va korinishlarni ham oladi. Shu manoda ular bir tarkibli va ikki tarkibli singari turlarga ajratiladi. Gapning bu shakllari nutqda, tabiiyki, oziga mos imlo va talaffuz meyorlarining bolishini taqozo qiladi. Bu meyorlar garchi bir gap doirasida bolsa ham bir-biriga oxshamasligi mumkin. Modomiki, gapda sozlarning joylashish tartibi haqida mulohaza yuritilayotgan ekan, biz odatda tolaqonli grammatik shakllanish namunasi deb hisoblaydigan ikki tarkibli gaplarni tahlil materiali qilib olsak, togri boladi. Gapning bosh bolagi sanaladigan ega oziga oid sozlar bilan gapning boshida kelishi, kesim esa xuddi shunday sozlar bilan gapning oxirida kelishi, har qaysi bosh bolakka oid sozlar esa ulardan oldin qollanilishi ozbek tili uchun odatdagi togri tartib, yani meyor ekanligi tilshunosligimizda allaqachon malum. Demak, ana shu tartibning buzilishini meyorning buzilishi deb baholaymiz. Ayrim misollar keltirish bilan cheklanamiz: Gazeta oz savollariga qoniqarli javob topolmaydi millat ichidan (I. afurov. Millatning billurlanishi), It - insonning dosti Insonning dosti it. Men gado Xonzodaga konglimni berdim, dostlarim (qoshiqdan), Olmoq uchun sen tugilgan emassan, /Zax tuproqning bagriga sen uvolsan (H. Olimjon). Keyingi ikki misoldagi, ayniqsa uning birinchisidagi gado sozining kimga qaratilganini aniqlash uchun alohida diqqat yoki intonasiya zarur boladi. Grammatik meyorlarni belgilash jarayonida mantiqiy fikrlash va uning natijasida yuzaga keladigan grammatik qurilishlar, shakllar ortasidagi munosabat masalasi ham muhim. Chunki ularning ortasida ajratilib bolmaydigan bogliqlik mavjud. Shu bilan birga, mantiq va til qonuniyatlariga kora ularni aynan bir narsa deb ham bolmaydi. Tafakkurda umumiy tarzda, fikr egasining ifoda maqsadi va niyatidan kelib chiqib, yuzaga kelgan hosila mulohaza nutqda turli grammatik shakllarda ifodalanishi mumkin. Masalan, oling, olib turing, olib otiring, ovqatga qarang, ovqatdan oling, ovqatni oling, boshlang, boshladik, dasturxonga qarang, dasturxonga qarab otiring, qani-qani; qani, mehmon; marhamat, marhamat qiling, qolmasin, shu qolib nima boladi, oling mehmon, yeb otiring, yeb turing, olib turing va hokazo shakllardagi garmmatik qurilmalar sozlashuv uslubida meyor sanaladi va bitta yemoq semasi atrofida birlashadi. Ayni paytda, shu manoni beradigan ovqatdan istemol qilib turing, mehmon; ovqatdan tanavvul qilib turing, mehmon; istemol qiling, tanavvul qiling singari qurilmalar ham garchi yemoq manosini bersa-da, sozlashuv nutqi uchun meyor hisoblanmaydi. Buning ustiga, agar sinchiklab tahlil qilinsa, yuqoridagi sintaktik birikmalarning har biri matnda alohida mano nozikliklarini, uslubiy farqlanishlarni hosil qilishi ham mumkin. U yana oz navbatida har bir holatdan kelib chiqadigan grammatik meyorlar haqida mulohaza yuritishimizga imkon beradi. Agar sintaktik meyor hajmini ana shu qamrov doirasida tasavvur qiladigan bolsak, alohida olingan gap, kichik yoki katta matn tarkibidagi til birliklarini ularga sinonim bolgan boshqa birliklar bilan yoki ozaro

ornini almashtirib qollashning mumkinligi nutq jarayonida katta uslubiy imkoniyatlarni keltirib chiqarish bilan birga, malum darajada meyoriy buzilishlarni paydo qilishi mumkinligi ham aniq bolib qoladi. Shuning uchun ham har bir tilning oziga xos meyori mavjudligi haqidagi fikr , ayniqsa, sintaktik meyor bilan aloqador boladi. Darhaqiqat, har bir milliy tildagi gap qurilishi oziga xos tarzda shakllanadi, jumladan ozbek tilida ham. Nutq uchun faqat malum sozlardagi turlicha manolarni bilish emas, balki ulardan muomala jarayonida foydalana olish, munosabatlarning, fikr-mulohazalar, hissiyotlarning eng nozik jihatlarini ham ifodalab berishga xizmat qildirish muhim sanaladi. Nutqni shakllantirishdagi piravord maqsad ham ana shu. Ammo kozda tutilgan matnni shakllantirish uchun soz va uning manolarini bilishning ozigina yetarli bolmaydi. Sozlovchi yoki yozuvchi niyati ana shu omillar bilan bir qatorda til birliklarining matnda ozaro grammatik aloqasini taminlash tufayligina amalga oshadi. Boshqacha aytganda, nutq jarayonidagi til birliklariaro sintaktik munosabat fikrning tolaqonli ifodasida katta mavqyeni egallaydi. Masala ana shu tarzda qoyilar ekan, tilimiz rivojida sintaktik meyorlarni belgilash ham muhim orin tutadi. Gaplarning ifoda maqsadiga kora bolinishlarida meyoriy mustahkamlik turlicha ekanligini kuzatish mumkin. Masalan, darak gaplarda shakl va mazmun munosabati zich bogliqlikda boladi, sintaktik darak manosi gapning sintaktik darak shakli orqali ifodalanadi (M a h m u d o v N., N u r m o n o v A. Ozbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis. Toshkent, 1995, 49-bet). Lekin soroq gaplardagi mazmuniy ifoda doirasining kengligi, yani bir sintaktik shakldagi gapning matnda har xil manolarni ifodalashi mumkinligi bu gaplarning turli nutqiy vaziyatlardagi meyoriy holatlarni belgilab olishga zarurat tugdiradi. Ozbek tilining nazariy grammatikasi asarining mualliflari bu xildagi gaplarda sof soroq mazmunining bolishidan tashqari taajjub, gumon, buyruq, darak, tashvish, gazab, kinoya singari bir qator qoshimcha manolar ifodalashi haqida mulohaza yuritishib, ularni mazmun va shakl jihatdan mutanosib va nomutanosib bolgan soroq gaplar, deb ikkiga ajratishadi (M a h m u d o v N., N u r m o n o v A. Osha asar, 51-52-betlar). Shu bilan birga, tahlillar, garchand shaklan bir bolsa ham, bu gaplardagi mazmun imkoniyatlarining kengligi ularning hammasiga bir xil meyoriy olchovlarni qollab bolmasligini korsatadi. Boshqacha aytganda, kozda tutilgan mazmunni ifodalash uchun ular maxsus ohang yordamida ijro etilishi lozim boladi (M a h m u d o v N., N u r m o n o v A. Osha asar, 51-bet). Mas.: Bahor keldimi? Bahor keldimi? - dedingmi? Bahor keldimi? emish! Bahor keldimi? ekan. Bahor keldimi? ham gapmi! Bahor keldiming nimang? Bahor keldi? Bahor keldi?! gaplari umumiy manoda bahorning kelishi haqidagi soroq mazmunini va unga munosabatni bildirsa ham yuqoridagi har bir grammatik shakl samimiy, xolisona sorash, eshitmaganini bilib olish uchun sorash, mensimaslik, achchiqlanish, taajjublanish, takidlash singari turli xil mano ottenkalarini ohang yordamida farqlaydi. Darhaqiqat, ohang xususida. Tilimizda, garchi u nutqning barcha korinishlarida yaqqol bilinib turadigan vosita sanalmasa ham, sozlashuv jarayonida ahamiyati juda sezilib qoladi. Gap shakliga sirtdan qarab bu darak, soroq yoki undov gap deb dastlabki yuzaki bahoni beramiz. Ammo yuqoridagi singari soroq gaplardagi maslahat, iltimos, yalinish, kondirishga harakat qilish, avrash, tashviqot qilish singari manolarni gap tarkibidagi hyech bir grammatik yoki tinish belgi ifoda eta olmaydi. Bu masalani faqat ohang hal qilishi mumkin. Ushbu gaplarni qiyoslaylik: Qoy, menga u kunlarni eslatma! Menga u kunlarni eslatma, qoy! Qoygin, menga u kunlarni eslatmagin! Menga u kunlarni eslatmagin, qoygin! Qoygin, u kunlarni eslatma menga! Qoygil, u kunlarni eslatma menga! Bu gaplar ham xuddi yuqoridagi soroq gaplarda kuzatilgani kabi, garchi umumiy manoda otgan voqyea-hodisalarni eslatmaslikka davat qiliyotgan bolsa-da, bu davat

har bir gapda ohang komagida sozlovchi maqsadiga mos tarzda ifoda etilmoqda, vazifaviy uslublar jihatidan ham farqlanmoqda. Nutqda ohangning naqadar muhim omil ekanligini mana bu misollar ham yana bir bor tasdiqlaydi: I m o n s i z, v i j d o n s i z, siz aziz inson / Kamolim, hayotim, aziz onajon (D.Komilova). Parchadagi imonsiz, vijdonsiz sozlarini ozbek tilida urgu odatda oxirgi boginga tushadi, degan qoidaga amal qilib, imonsuz, vijdonsuz tarzida talaffuz qiladigan bolsak, nihoyatda xunuk ifoda kelib chiqadi. Agar bu sozlardagi siz qismi takid yuklamasi vazifasini bajarayapti, shuning uchun urgu sozning ozak qismidagi ikkinchi boginga tushishi lozim degan mulohaza bilan talqin qilinsa, imonsiz, vijdonsiz tarzida talaffuz qilinsa, muallif kutgan mano kelib chiqadi. Aslida sherni bu qoidalardan bexabar oddiy kishi ham oqishi mumkinligi hisobga olinib, Siz imon, siz vijdon, siz aziz inson tarzida tuzilganda edi munozaraga ham, noaniqlikka ham orin qolmasdi. Bu kabi noqisliklarni nutqda koplab uchratamiz. Kishi s a n ch i q soz aytsa, s a n ch i q andin. Yomondin qoch, yomondin qoch, yamondin (Sofi Ollayor) misolidagi sanchiq sozini ham birinchi holatda (urgu oxirgi boginga tushganda sanchuq) ot, ikkinchi holatda (urgu birinchi boginga tushganda sanchiq) sozning olmosh va fel bolib ajralishini va boshqa-boshqa manolar ifoda etishini ham talaffuz, ohang farqlaydi. Nutqda bazan shunday boladiki, bir mano atrofida turlicha ohanglar, aytaylik, har bir kishi nutqida, oziga xos tarzda yuzaga kelishi, manolari vaziyatga qarab kuchli va kuchsiz, tasirli va betaraf hamda befarq ifodalanishi mumkin. Demak, nutq jarayonida ohangga etibor berish meyorga etibor berishning asosiy sharti bolib qoladi. Sintaktik uslubiyat doirasida ega va kesim mosligi hamda uning meyoriy munosabati xususidagi mulohazalar ham muhim orin tutadi. Nutqimizda faol ishlatiladigan bir gap misolida meyoriy munosabatni tahlil qilishga harakat qilib koramiz: dadam keldi dadamlar keldi dadam keldilar dadamlar keldilar. Sonda moslashuvidagi sezilmas darajadagi nomuvofiqlikni hisobga olmaganda, ularning hyech birida grammatik munosabat buzilgan deb bolmaydi. Darvoqye, bu qurilmalarda ega va kesim mosligiga nutqiy zarurat ham yoq. Odatda ozbek tili istemolchilari ularning ana shu korinishlarining barchasidan ham foydalanaverishadi. Shunday ekan, ularda grammatik meyor buzilmagan deb bemalol aytish mumkin. Ammo uslubiy meyor nuqtai nazaridan bunday deb bolmaydi. Uslub nuqtai nazaridan har birimizning nutqimizda ularning oz orni va bahosi bor: dadam keldi shunchaki xabar, dadamlar keldi aytaylik, ozining va turmush ortogining (har ikkalasining) dadasi kelganligini haqida xabar, dadam keldilar xabar bilan birgalikda oz otasiga bolgan hurmat ifodasi, dadamlar keldilar grammatik meyorning saqlangani, ammo uslubiy meyorning bir holatda bitta ota nazarda tutilgan holatida buzilishi. Shunday ekan, nutq uchun eng maqul variant sifatida dadam keldilar tanlanishi maqul boladi. Ega va kesim mosligi haqidagi qarashlarni sinchiklab tahlil qilgan .Zikrillayev Nazariya quruq ogoch maqolasida lar qoshimchasining bu boradagi xizmati haqida maqul fikrni aytadi: Bunday holda -lar sintaktik vazifa bajarmaydi, yani soz ozgartuvchi qoshimcha bola olmaydi. Shunga kora ega-kesim mosligiga dahli yoq. U hurmat kategoriyasi shaklini hosil qiladi (Z i k r i l l a ye v . Nazariya quruq ogoch / Istiqlol va ona tili qurilishi talqini toplami. Buxoro, 1998, 24-bet). Shu orinda, vaziyat talabidan kelib chiqib, . Zikrillayevning bir fikriga munosabat bildirishga majbur bolayapmiz. A. ulomovning shu mavzuga oid fikrlari haqida u quyidagilarni yozgan: Ega koplik formasida kelganda (uchinchi shaxs) ot kesim birlikda ham, koplikda ham qollana oladi deb (A. ulomov tomonidan S.K.) quyidagi misollar beriladi: Ular studentlar Ular student. Bu qizlar shaxmatchilar Bu qizlar shaxmatchi.

Qoshnilarim ham halol odamlar (S. Ozb). Bu qoida boshqa sahifada yana takrorlanadi: Uchqun va Tolib artistlar. Uchqun va Tolib artist. Takid nazarda tutilsa (yani hissiy bayonda), faqat gazetadan olingan misolda qoshimcha qollansa boladi. Boshqa misollarda lar ishlatilishi rus tilining xususiyatiga mos keladi : Oni student. Oni shaxmatist. Ozbek tilida bayon oddiy, nohissiy bolsa, qoshimcha tejaladi, takid nazarida tutilsa, lar emas, boshqa vosita qollanadi. Adabiy normaning namunaviy umummajburiy hodisa (E.Begmatov) ekanligini inobatga olsak, A.ulomov millatning barcha azosiga ruscha fikrlashni namuna qilib korsatayotgan ekan-da, barchani ruscha fikrlashga ajbur qilayotgan ekan-da, degan xulosa kelib chiqadi (Z i k r i l l a ye v . Yuqoridagi maqola, 25-bet). Bizningcha, u darajada emas. Negaki, ozbek tilida ular studentlar, ular student; ular shaxmatchilar, ular shaxmatchi deyish mumkin bolgani holda rus tilida faqat oni student; oni shaxmatist deyish shart, oni student; oni shaxmatist deyish mutloqo mumkin emas. Shu faktning oziyoq A.ulomovni yuqorida qoyilgan ayblardan qutqaradi. Buning ustiga kishining tili qaysi tilda chiqqan bolsa, aslida ana shu tilda tafakkur qiladi. Uning ifoda etilishida esa ozi talim olgan va tarbiyalangan, yashayotgan muhitning tasirida boshqa til namunalaridan foydalanish mumkin. Misollar tahlilidan yana bir narsa - ozbek tilining nafaqat grammatik, shu bilan birgalikda uslubiy imkoniyatlari ham naqadar kengligi ayon bolib qoladi. Ozbekcha variantlarda takidlash, ajratib korsatish kabi manolar oddiy xabardan ana shu lar tufayli farq-lanayotgan bolsa, rus tilidagi shaklda mano ohang yordamida ajratilmoqda. Bu narsa har ikki tilning oz meyoriy xususiyati sanaladi. Bir tarkibli gaplar nafaqat grammatik tuzilishi, shu bilan birga, mazmuniga, fikrni ifoda etish hususiyatiga kora ham ikki tarkibli gaplardan farq qiladi. Ayni paytda, bu uning meyoriy xususityati hamdir. Shaxsi nomalum gaplarni olib koraylik. Ilmiy adabiyotlarda bunday gaplarda ish-harakatni bajaruvchi shaxs grammatik jihatdan ifodalan-masligi takidlanadi. Masalan: Mahmudovni jamoa xojaligining raisi etib tayinlashdi, Hisobot yigilishida qarshi ovoz berishdi kabi. Bu gaplarga grammatik egani qoyish mumkin. Ammo u aniq bir shaxs bolmaganidan, nomalum bolganidan qollanilmaydi. Kesimning odatda III shaxs, birgalik nisbatda bolishi bunday gaplarning mantiqiy grammatik tabiatidan kelib chiqadi va bu holat ular uchun meyor sanaladi: Ertaga soat 10 da universitetga chet eldan mehmonlar kelishini aytishdi. Bu gapni Ular ertaga soat 10 da universitetga chet eldan mehmonlar kelishini aytishdi shaklida tuzish ham mumkin. Ega grammatik jihatdan shakillangan bolsa- da, harakatni bajaruvchi haqiqiy shaxs (shaxslar) baribir nomalumligicha qolmoqda. Kesimi ifodalanmagan gaplarga etibor beraylik: Bahor. Atrofda qushlar chugurlashadi; Tong. Oppoq tong. Orzularim mavjlanar shu dam. Qiyoslaymiz: Bahor keldi. Atrofda qushlar chugurlashadi; Tong otmoqda. Oppoq tong otmoqda. Orzularim mavjlana shu dam. Gaplarning kesimi grammatik jihatdan shakllantirilganda ham mazmunda ozgarish bolmaganini payqash qiyin emas. Ammo uslub nuqtai nazaridan ozgarish bolganligi, malum darajada gapning tasirchanligi yoqolganligi seziladi. Kesim grammatik jihatdan shakllanamagan bolganda ham bu harakat ongimizda mavjud boladi. Nutqda uni tinglovchi va oquvchi ham payqaydi. Bahor, tong sozlarining gapga aylanishidagi asosiy omil ham ana shu kesimlarning shakllanmasligi bolib hisoblanadi. Bu sozlar hukmni ifodalash, gapga aylanish jarayonida kesimning vazifasini, mazmunini ham oz zimmasiga oladi. Faqat farqi shundaki, bu alohida soz gap bolganda alohida bir tugallangan ohang bilan, ehtiros, hayajon bilan talaffuz etiladi hamda bahorning kelishi, tongning otishi haqidagi xabarni berish bilan birgalikda bahor va tongning mavjud va hukmron bolib turganligi ham takidlanadi.

Shuning uchun ham gaplardagi ega yoki kesimning shakllanmaganligini grammatik meyorining buzilishi deb emas, aksincha, malum bir nutqiy vaziyatda kozda tutilgan maqsadning ifodalanishi uchun zarurat deb tushunish kerak. Maqollar tahlili misolida xalq ogzaki ijodi namunalarining sintaktik xususiyatlari haqida yirik tadqiqotlar olib borgan X. Abdurahmonov bu janr nutqiy meyorlarining oziga xos korinishlari togrisida ishonarli xulosalar berganki, ularga tayangan holda gaplarning ikki tarkibli korinishidan boshqa ayrim turlarining meyoriy xususiyalari haqida mulohaza bildirish mumkin boladi. Masalan, maqollarning buyruq gap shaklida berilishi (Avval oyla, keyin soyla) meyoriy holat, soroq va undov gaplar shaklida kelishi esa tilimiz uchun xos xususiyat emas. Gapda ega koproq otlashgan soz yoki soz birikmalari orqali ifodalanadi va u nechta soz va soz birikmalari bilan ifodalansa, kesim ham shuncha sozli birikma orqali ifodalanadi. (Oz soz soz soz, yoz mevasi qish xazinasi). Izohlovchilar uchramaydi. Kop orinlarda soz qaratqich, tushum va boshqa kelishiklar bilan shakllanishi lozim bolganda, belgisiz ishlatiladi. Bir tarkibli gaplarning shaxsi umumlashgan turi maqollar sintaksisi uchun asosiy meyoriy xususiyat sanaladi (Olim bolsang olam seniki; Mard bir olar, nomard yuz olar kabi). Maqollarning boglovchisiz qoshma gap shaklida kelishini ham ularning muhim meyoriy belgilari deb hisoblash lozim (Qoshning tinch sen tinch, Gap kop komir oz, Rahmat olgan omondir, lanat olgan yomondir singari). Shu narsa ham muhimki, bu tipdagi gaplarda qiyoslash, zidlash mazmuni, parallelizm yorqin sezilib turadi. Soz tartibi esa turgun. Qoshning tinch sen tinch tartibida shakllangan gapni Sen tinch qoshning tinch, deb ozgartirish maqsadga muvofiq emas. Demak, komponentlar turgunligi bunday gaplar uchun meyoriy holat hisoblanadi. Tadqiqotchi qoshma gap shaklidagi maqollar ohangiga ham alohida etibor beradi va bunda ham meyorning buzilishi sozlovchi yoki yozuvchini kutilgan natijaga olib kelmasligi mumkinligini uqtiradi. Gaplarning ifoda maqsadidan kelib chiqib, tenglik, davomlilik, jimlik, choziqlik, sokinlik va jiddiylik kabi manolar ohang yordamida yuzaga kelishi hamda ularning qoshma gapning malum turlariga xoslanishi haqida mulohazalar bildiriladi. Aytilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, ozbek tili sintaksisi doirasida meyoriy chegaralarni belgilash nihoyatda murakkab vazifa. Tildagi har bir sintaktik kategoriya, har bir sintaktik birlik matn xususiyatiga qarab, vazifaviy uslublar doirasida qollanishiga kora oziga xos mazmun va shakl kasb etishi mumkin. Demak, kelajakda sintaktik meyorlar har bir uslub, ularning alohida tur va janrlari misolida batafsil tadqiq etilishi lozim boladi. Alisher Navoiy nasriy asarlarining sintaksisi yuzasidan tadqiqotlar olib borgan S.Ashirboyev xulosalari til meyorlarining davriy xarakterini, sintaktik meyorlarining bir muncha turgunlik xususiyatiga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Olimning takidlashicha, Alisher Navoiyning nasriy asarlarida qollangan sodda gaplarning tarkibiy va mano amallari XY asr nasrining ajoyib namunasi bolib, osha davr normasini aks ettiradi. (Uning) nasriy asarlaridagi qoshma gaplargina emas, balki sodda gaplarning shakllanishida ham fors- tojik adabiy tilining tasiri kuchli bolganligi sezilib turadi. Buning ustiga orta asr adabiyoti va tilini diniy tushunchalarsiz tasavvur qilib bolmas edi, binobarin, dunyoviy tushunchalar diniy tushunchalar bilan boglanib kelingan edi. Shu tufayli ham Alisher Navoiyning nasriy asarlarida bunday soz shakllari va birikmalarining qollanishi tabiiydir (A sh i r b o ye v S. Alisher Navoiyning nasriy asarlaridagi sodda gaplarning tarkibiy va mano xususiyatlari: Filol.f.d-ri dis.avtoref. Toshkent,1990,39-41-betlar).

Tadqiqotda keltirilgan Va sart orasida ahli tabu donish va zumrai ilmu zehnu biynish koprakdur, Chun taxti anga muvaffaq boldi, alar hasaddin ittifoq qilib, Erajni olturdilar, Barcha sadot va mashoyix va ulamo va fuqaroning mahbubi qulubi erdi, Oz namozin maqbul taxayyul qilgan jamoat namozi qabuliyatin ham takafful qilgan singari gaplarga koz yugurtirish bu fikrning togri ekanligini tasdiqlaydi. Tabiiyki, oradan 500-600 yil otgandan keyingi ozbek tili gap qurilishi va ularda ishtirok etayotgan leksik-grammatik birliklarda boshqacha manzarani kuzatamiz. Sintaksis nazariyasi asoschilari tomonidan asosiy sintaktik birliklar soz birikmasi va gap ortasidagi grammatik farq yetarli korsatib berilgan. Ammo nutqiy jarayon shunday keng qamrovli va murakkabki, ayrim holatlarda ular bir-biriga teng kelib qolishi mumkinligini korsatadi. Qiyoslaymiz: oppoq tong, oydin kecha, kech kuz soz birlikmalari. Gap: Qaysi yil edi, yodimda yoq. Kech kuz. Daraxtlar barglarini deyarli tokib bolgan. Korinadiki kech kuz bir holatda soz birikmasi, ikkinchi holatda gap. Qaysi holatni meyoriy buzilish deb baholash mumkin? Qanday belgilariga kora ularning birini soz birikmasi, ikkinchisini gap deb ataymiz? Albatta, bu masalani ana shu grammatik birliklar shakllanayotgan nutqiy qurshov hal qiladi. Til tizimidagi sintaktik meyorlarni belgilashda gap qurilishining nazariy asoslariga tayanib ish korish va bunda har bir tilning oz grammatik tabiatini hisobga olish togri boladi. Gap qurilishida turli grammatik vositalar yordamida shakllanadigan grammatik munosabatlar, hokimtobelik xususiyati mavjud ekan, meyoriylikni belgilashda ham ana shu mazmuniy va shakliy munosabatlar etiborga olinishi shart. Tildagi ega-kesimlik, birikmalardagi sozlararo moslik va muvofiqliklardan har qanday chekinish ham meyorning buzilishi deb qaralishi lozim. Togri, til faqatgina aloqa va xabar vositasigina emas, u tasir otkazish quroli hamdir. Ana shu vazifani amalga oshirish yolida, masalan poetik matnda, ayrim grammatik qoidalardan chekinishga yol qoyilishi tabiiy. Shuning uchun bu chekinishlarga vazifaviy uslublar nuqtai nazaridan baho berilsa, ulardagi meyor masalasi ham oz-ozidan hal boladi. Ozbek tili uslblarining vazifaviy chegaralanishida sintaktik meyorlarning ham oz orni bor, albatta. Chunki har bir vazifaviy uslubning muttasil amalda bolib turishi tabiiy ravishda ularning nutqiy meyorini belgilab qoyadi va uning tilda yashovchanligi ham ana shu meyor asosida mustahkamlanib boraveradi hamda bu meyor uni boshqa uslublardan farqlashga imkon beradi. Shu orinda vazifaviy uslublarning umumiy va xususiy tomonlari borasida soz yuritishiga zarurat seziladi. Bu masalaga A.I.Yefimov bir qadar aniqlik kiritib, adabiy tilning barcha uslublari uchun tilning dastavval grammatik qurilishi va umumistemoldagi umumiy sozlar sanalishini takidlagan edi (Ye f i m o v A.I. Stilistika xudojestvennoy rechi. M.,1961, s.66.). Uning barcha vazifaviy uslublar uchun grammatik qurilishning umumiy ekanligi haqidagi fikri nazariy jihatdan togri ekanligini takidlagan holda, bu qarashning ham nisbiy ekanligini, umumiylik har bir vazifaviy uslubda juziy tarzda yuz berishini aytib otish ham lozimdir. Chunki, oz-ozidan ayonki, aytaylik, sozlashuv va ilmiy uslubda shakllangan matnlarni bir-biriga taqqoslashdan aynan ana shu grammatik qurilishda ham farqlar yaqqol sezilib turishi malum boladi. M.N.Kojina ham vazifaviy uslublarning barchasi uchun umumiy bolgan belgilar togrilik, aniqlik, tasirchanlik, mantiqiylikni korsatib otadi va ularning har birining qaysi vazifaviy uslubga koproq xos ekanligini va ularning aks etish meyorini belgilab berishga harakat qiladi. Masalan, aniqlik ilmiy va rasmiy uslubga xos xususiyat, ammo u badiiy obraz yaratish uchun ham zarur, deb hisoblaydi va mantiqiylik badiiy nutqda obraz, obrazli fikrning izchil tuzilishi bolsa, ilmiy nutqda u fikrlar ifodasining

qatiy tartibi bilan farq qiladi, degan xulosaga keladi (K o j i n a M.N. Stilistika russkogo yazka. M., 1983, s.80.). Mana shu farqlarning esa har bir vazifaviy uslubga oid matnlarning grammatik qurilishida reallashuvi oz-ozidan ayon bolib qoladi. Har bir vazifaviy uslubning sintaktik oziga xosligi uni boshqa uslublar bilan qiyoslaganda ochiladi. Masalan, ogzaki nutq meyorini olib koraylik. Odatda suhbatdoshlar nutqqa tayyor bolishmaydi, uni kutilmagan tarzda ijro etishadi. Masalan: Xolmat. Yoq.axir, bu, qoying ey. Polatov. Xolmat ota Xolmat ota (K. Yashin), Maktabni necha bilan bitirib eding? Ay, korsavod-ye! Dotasiya, bu xooshmuttahamlarcha yashash yoq, davlat qaramogida yashash, yoq, qarz bolib yashash demakdir, ha! (T. Murod). Bu uslub doirasida shakllangan gaplar qanchalik uzuq-yuluq, bir biriga boglanmagan bolmasin, nutqiy vaziyat, suhbatdoshlarning ozaro munosabati bu gaplarni tushunishga komaklashadi, sozlarni yoki gaplarni vaziyat bir-biriga boglaydi (Bu haqda qoshimcha malumot olish uchun qarang: Orinboyev B., Orinboyeva D. Hozirgi ozbek adabiy tilining sozlashuv uslubi. Toshkent, 1991). Bazan ogzaki nutq matni asl holatida qogozga tushirilsa, u oquvchi uchun umuman tushunarli bolmasligi mumkin. Chunki, bunday paytda ogzaki sozlashuv jarayonidagi imtiyozlar nutqiy vaziyat, sozlovchining harakatlari, eng muhimi, ohangning ishtirok etishiga imkon bolmaydi. Shunday holatni ham sozlashuv uslubi gap qurilishi uchun meyor deb tushunishimiz lozim boladi. Ilmiy uslubni ham olib koraylik. Bu uslub ozining sintaktik xususiyatlariga va meyorning bir qadar turgunligiga kora boshqa vazifaviy uslublardan farq qiladi. Bu narsa ilmiy matndagi fikrning tugalligi, toliqligi, mantiqiy izchilligida, bir tarkibli va qoshma gaplarning faolligida, fikrni va gaplarni ozaro boglovchi maxsus vositalarning ishlatilishida, ozbek tili gap qurilishining odatdagi tartibiga rioya qilinishida korinadi (Bu haqda yana qarang: Mu k a r r a m o v M. Hozirgi ozbek adabiy tilining ilmiy uslubi. Toshkent, 1984, 111-151-betlar). Misol: Yozma manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi YII- YI asrlarda Ozbekiston hududida sugdiylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shugullanuvchi koplab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud Sogda (Avestoda), Suguda (Behistun yozuvlarida ), Arrian, Strabon, Kursiy Ruf asarlarida Sugdiyona deb nomlangan. Bu hududda yashovchi aholi sugdiylar deb atalgan (Ozbekiston tarixi, 6 - sinf). Biz odatda togrilikni, yani grammatik qurilishning togri bolishini nutqning eng asosiy xususiyatlaridan biri sifatida etirof etayapmiz. Ammo yuqorida keltirilgan misollardan shu narsa ham malum boladiki, mazmun va shakl munosabatidagi birlamchilik va ikkilamchilik qoidasidan bu holatda ham chetga chiqib bolmaydi. Nutqiy ifoda jarayonida fikriy mukammallik, maqsadga muvofiqlik asosiy muddao sanalar ekan, barcha grammatik vositalar va qurilmalar ana shu vazifaga xizmat qilishi lozim boladi. Yuqorida aytilganlardan shu narsa malum boladiki, sintaktik meyor doirasida tildan foydalanuvchilar uchun togrilik, aniqlik, mantiqiylik, maqsadga muvofiqlik va tasirchanlik kabi nutqiy lingvostilistik omillar doirasida amal qilishi zarur bolgan jihatlar anchagina. Bu orinda ularning ayrimlari sanab otildi, xolos. Ammo ozbek tili grammatikasi qoidalarini, ularni amalda qollashni boshqa kurslarda ham organish davomida talabalar ana shu aytib otilgan masalalarga etiborni kuchaytirsalar, sintaktik meyor muammolarini tushunish yanada osonlashadi. . OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Karimov S.A.

HOZIRGI OZBEK ADABIY TILINING MEYORIY MUAMMOLARI

(maruza matnlari)

SamDU oquv-metodik kengashining 2001 yil 11 dekabr yigilishi qarori bilan (3) nashrga tavsiya

etilgan

Samarqand 2001

Karimov S.A. Hozirgi ozbek adabiy tilining meyoriy muammolari. Maruza matnlari. Samarqand: SamDU nashri, 2001. 144 b.

Mazkur maruzalar matni ozbek filologiyasi fakulteti 3-kurs bakalavr talabalari uchun moljallangan bolib, u hozirgi ozbek adabiy tilining meyoriy muammolarini tahlil qilishga bagishlangan.

Masul muharrir: dos.J.Hamdamov

Taqrizchilar:

prof. B.Orinboyev, prof.N.Turniyozov

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti, 2001 yil.

K I R I SH

Tarixdan shu narsa malumki, har bir davr, ijtimoiy tuzum insoniyat oldiga u yashab turgan hayotni real idrok qilish, mavjud ijtimoiy-siyosiy, moddiy-manaviy salohiyatdan yangicha, oz istiqboli manfaatlaridan kelib chiqib foydalanish, turlicha mazmundagi ananalarni zamon talablariga moslab isloh qilish masalalarini kondalang qilib qoyadi. Ozbekiston Respublikasi XX asrning oxirgi on yilligi boshida qolga kiritgan mustaqillik xalqimizning har tomonlama rivojlangan, kamol topgan, oz tarixiy va milliy ananalarimizni yangicha bir tarzda

rivojlantirishga imkon beradigan, ozbek millatini dunyodagi manaviyati eng yuksak xalq darajasiga kotarishga sharoit yaratadigan kelajagimizni barpo qilishga zamin yaratdi. Islohot deb ataladigan kop qirrali va ota murakkab jarayon ijtimoiy-siyosiy hayotimizning, shubhasiz, barcha jabhalarini qamrab oladi. Jumladan, barkamol avlod tarbiyasini milliy istiqlol goyasiga yogrilgan aniq maqsadlarga yonaltirish, yaxlit bir butunlikni tashkil qiladigan uzluksiz talim jarayonini ana shu vazifalarga boysundirish ham yuqorida tilga olingan islohotlar doirasida qaraladi. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustda bolib otgan sessiyasida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Barkamol avlod Ozbekiston taraqqiyotining poydevori mavzusida sozlagan nutqida istiqbolimiz, umidimiz bolgan yosh avlodni tarbiyalash strategiyasini aniq va ravshan belgilab berdi. Binobarin, ijtimoiy hayotning ana shu murakkab jabhasida faoliyat korsatayotgan har bir ziyoli, pedagog uni oziga dastur sifatida qabul qilishi, oz ish rejasini undagi goyalar, taklif va mulohazalar asosida tuzib, ish kormogi lozim boladi. Zero, yosh avlod tarbiyasi bizning istiqbolimiz uchun ne choglik muhim ekanligini hyech birimizning unutishga haqqimiz yoq. Prezidentimiz takidlaydilarki, yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq, manaviyat va marifat, mehnatga vijdonan munosabatda bolish ruhida tarbiyalash zarur ( K a r i m o v I.A. Barkamol avlod Ozbekiston taraqqiyotining poydevori. OzR Oliy Majlisi 1X sessiyasida sozlangan nutq, 1997 yil 29 avgust. Toshkent, 1997, 4-bet.). Binobarin, talim jarayonini, oqitish sifatini tubdan yaxshilash davlatimiz olib borayotgan kop qirrali siyosatda asosiy vazifalardan biri bolib keldi va shunday bolib qoladi. Uni amalga oshirish uchun esa malum mavzu doirasida keng va atroflicha bilim beradigan hamda bu bilimlarni milliy istiqlol goyalari bilan, milliy mafkura va dunyoqarash hamda uzoq yillar davomida shakllangan manaviyatimiz bilan uzviy boglay oladigan darsliklar, oquv qollanmalari zarur. Tabiiyki, ana shu zaruriyat bilan bogliq dunyoqarash tilshunoslik ilmini oqitish jarayonida ham etiborga olinishi lozim. Garchi bu fanni organishdagi koplab qonun-qoidalar, til materiali doirasidagi ozgarishlar juda sekinlik bilan yuz bersa-da, tilning sosiolingvistik jihatlari, uni amalda qollash jarayonining yangicha, zamonaviy talablarga muvofiqlashtirilishi hayot talabidir. Bu, dastavval, til materialidan nutq jarayonida samarali foydalanish, nutq madaniyatini yanada takomillashtirish borasida meyoriy muammolarni malum darajada hal qilish va bunga oid bilimlardan talabalarni, jamoatchilikni xabardor qilib borish bilan bogliq. Negaki, kop asrlar davomida shakllangan manaviy-marifiy qadriyatlarimizga tayangan, bugungi kunda yangi istiqlol mafkurasi bilan oziqlantirilayotgan, shu bilan birga, bizni umumbashariy ulug manaviyat sari yetaklayotgan milliy ongimiz, shuurimiz va dunyoqarashimiz ozbek nutqi madaniyatini, ona tilimizning amaliy jihatlarini zamon talablariga mos ravishda organish barchamiz uchun zarurdir. Ana shu olijanob vazifaning hyech bolmaganda malum qismini amalga oshirish yolida yaratilgan ushbu maruza matnlari nutq madaniyatini idrok qilishda yordam beradi, binobarin, uning tarkibiy qismi bolgan ozbek tilining meyoriy muammolarini organishda filolog talabalarga komaklashadi, deb umid qilamiz.

1-maruza: Meyor hodisasining lingvistik tushuncha ekanligi

R ye j a: 1. Til va nutqning ijtimoiy hodisa ekanligi. 2. Meyor til tizimining obyektiv reallashuvi. 3. Nutqiy ehtiyoj va uning davriyligi hamda uni belgilovchi omillar. 4. Til meyorining milliy xarakteri. 5. Meyordagi tarixiylik va ananaviylik. 6. Nutqning individual jarayon ekanligi. 7. Nutqiy shart-sharoitlar va ulardan kelib chiqadigan nutqiy uslublar. 8. Uzus va adabiy meyor.

Tayanch soz va iboralar : Til aloqa vositasi. Nutq tilning harakat shakli. Ogzaki va yozma nutq. Til tizim. Fonetik, leksik va grammatik birliklar va nutq. Meyor til tizimini nazorat qilish vositasi. Nutq insonning manaviy-marifiy, ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashini aks ettiruvchi omil. Nutq korinishlari, nutq uslublari. Uzus konikmalar yigindisi. Adabiy meyor.

Meyor tushunchasiga til nuqtai nazaridan munosabat bildirishdan avval talabalarga 1- kursda tanishilgan bazi bir til atamalarini eslatib otish maqsadiga muvofiq boladi. Bu, eng avvalo, til va nutq tushunchalari, ular ortasidagi dialektik, chambarchas aloqa masalasidir. Tabiiyki, inson tabiat va jamiyat mahsuli sifatida ularning qurshovida yashaydi. Ayni paytda, ularning oliy mahsuli ham sanalib, ana shu qurshovni narsa va predmet shaklida, voqyea va hodisa tarzida miyasida

aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda material hisoblangan tilning ahamiyatini hyech narsaga qiyoslab bolmaydi. Shuning uchun ham til tafakkur quroli deb bejiz aytilmaydi. Til bilan tafakkur birbirini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bolmaganidek, til ham tafakkursiz bolmaydi (S o d i q o v A., A b d u a z i z o v A., I r i s q u l o v M. Tilshunoslikka kirish. Toshkent: Oqituvchi, 1981, 20-bet). Tilning inson uchun fikrlash vositasi bolishini, moddiy asos sifatida xizmat qilishini hali birinchi bosqich deyishimiz mumkin. Ikkinchi bosqichda esa fikrlash natijasida, tafakkur mahsuli reallashmogi, yani fikrlash markazi bolgan miyadan tashqariga chiqishi lozim. Bunda esa tilga bolgan ehtiyojning ikkinchi bosqichi boshlanadi - u kommunikativ vazifani bajarishga kirishadi. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning turli tillarda turlicha nomlanishidan qatiy nazar, mana shu jarayonda u insonlar faoliyatida fikrlash va ozaro ijtimoiy munosabat - muomala vositasi, materiali bolib qolaveradi. Ammo til muomala vositasiga aylandimi, uning tabiiy ravishda imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Endi u nutq, nutqiy jarayon quroliga aylanadi. Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichlar soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik imkoniyati ham tobora kengayishi malum bolib qoladi. Yani, inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til komagida suhbatdosh yoki tinglovchiga malum axborot ham yetkaziladi. Demak, tilga bolgan munosabatda tortinchi bosqich yuzaga keladi. Shu orinda akad.V.V.Vinogradovning muhim bir fikrini eslamaslik aslo mumkin emas. U tilning uchta eng muhim vazifasi mavjudligini takidlagan edi: aloqa, xabar, tasir etish (V i n o g r a d o v V.V. Stilistika. Teoriya poeticheskoy rechi. Poetika. M.,1963, s.6.). Demak, til insonlar ortasida aloqa vositasi bolishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar togrisida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga malum tasir otkazish, hissiyotini qozgatish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bolsak, takidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz. Mana shu orinda tilning hyech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga amin bolamiz. Til va tafakkurning birligi nutqda oz ifodasini topadi. Nutq ogzaki va yozma holda mavjud bolib, unda fikrimiz moddiy shaklga, yani hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bolib qoladi (X a y r u l l a ye v M., H a q b ye r d i ye v M. Mantiq. Toshkent, 1993, 31-bet). Malum boladiki, til nutqning ota muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, tasir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi olaroq kishilik jamiyati toplagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulugvor ijtimoiy vazifani bajaradi. Asl muddaomiz - tildagi meyor masalasini anglab olishga qarab borayotgan ekanmiz, tilning amalda bolish jarayonidagi yana bir muhim jihatga etibor qilishimiz zaruriyati tugiladi. Oz shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yol va muddatni otaydigan til ana shu jarayonda, asta-sekinlik bilan bolsa-da, takomillashib ham boradi. Bu holni uning ichki qurilishida, amalda bolish qoidalarining malum bir tizimga kela borishida kuzatamiz. Ichki qurilish nuqtai nazardan til malum miqdordagi birbiri bilan chambarchas bogliq bolgan til birliklarining yigindisi va ana shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir (S o d i q o v A., A b d u a z i z o v A., I r i s q u l o v M. Tilshunoslikka kirish, 22-bet).

Tilning takomillashib borishi va nutq jarayonidagi bosqichlarini taniqli tilshunos olimlar H.Nematov va R.Rasulovlar sistem tilshunoslik til-meyor-nutq tarzida ajratishini takidlashib, qayd qiladilarki, Til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat azolarining ongida mavjud bolib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bolgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning ozaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yigindisi sifatida qaraladi. Nutq tilning namoyon bolishi, royobga chiqish, voqyelanish shakli bolib, u bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir. Meyor (norma) - til birliklarini nutqning u yoki bu korinishida ishlatish qonuniyatlari va imkoniyatlari bolib, ular jamiyat tomonidan belgilangan va aniqlangandir (N ye m a t o v H., R a s u l o v R. Ozbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. Toshkent: Oqituvchi, 1995, 7-bet). Aytilganlardan anglashilayaptiki, til va nutq tizimida meyor ham oz orniga ega. Binobarin, til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni meyorlashtirish jamoa, jamiyat ehtiyojiga aylangan, meyoriy muammolar kun tartibiga qoyilgan. Mana shu orinda yuqorida nomlari tilga olingan olimlarimizning quyidagi fikrlarini keltirish muhim: Meyor tarifida jamiyat (ijtimoiy) tomonidan belgilangan, aniqlangan qonuniyatlar va imkoniyatlar tushunchasi mavjud. Bu tushuncha quyidagi izohlarni talab etadi. Birinchidan, tilning moddiy tomoni haqidagi bizning tasavvurimiz nutqda yuzaga chiqar ekan, u qanday shakl va korinishda voqyelanishi jamiyat tomonidan muayyan meyorlar bilan belgilangan boladi. Masalan, bu yoqqa kel tushunchasini imo-ishora bilan ifodalamoqchi bolsak, korsatkich barmoqni yoki qolni ishora qilinayotgan kishidan ozimiz tomon harakatlantirishimiz lozim. Ogzaki nutqda esa jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan maxsus tovushlar tizmasi mavjud bolib, biz ularni talaffuz etishimiz - aytishimiz shart. Aytilganlarning barchasi meyorning tarkibiy qismlaridir. Shunga kora til imkoniyatlari meyor darchasidan otib, nutqda yuzaga chiqadi (N ye m a t o v H., R a s u l o v R. Yuqoridagi asar, 27-bet). Jamiyat taraqqiyoti bilan bab-baravar aholi soni, binobarin, ularning tilga bolgan ehtiyoji ham osib boraveradi. Bu ehtiyojlarni qondirish zarurati esa oz navbatida tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi tabiatini, mohiyatini, vazifasini organishni taqozo qiladi, nutq jarayonidagi istemolda bolish xususiyatlarini kuzatishni keltirib chiqaradi. Agar mana shu aytilganlarni boshqacharoq tarzda izohlash mumkin bolsa, til va nutq meyorini organish, tahlil qilish kuzatuvchilarning asosiy muddaosiga aylanib qoladi. Bunda malum tilning istemolchisi bolgan xalq, bu xalq yashagan va yashab kelayotgan tarixiy sharoit, uning maishiy, manaviy-marifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf odatlari singari qator omillarni ham etiborda saqlab turish lozim boladi. Chunki inson faoliyatining muhim qismi sanalgan tilni va uning oziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini ana shunday qurshovda organishgina atroflicha xulosalar chiqarishga komaklashadi. Shu bilan birga, til hodisalarini, uning meyoriy jihatlarini tadqiq etishda ana shu tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik aslo mumkin bolmaydi. Oz ona tili barcha oziga xosligi bilan shakllangan tili bolgani uchun ham u millat sanaladi. Shunday ekan til tarixini, uning meyoriy nuqtai nazardan shakllanish jarayonini, kolamini millat tarixidan ajratib olib organib bolmaydi. Ana shu manoda meyor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan ananaviylikka ega boladi. Inson tafakkurining borliqni idrok etishi juda murakkab va uzoq davom etuvchi jarayon ekanligi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning tilda tegishli atamalar bilan nomlanishi insonning fikrlash jarayonida komaklashishi barchamizga ayon. Bir xil predmet, narsa va hodisaning turli tillarda turlicha nom olishi esa tilning ijtimoiy-tarixiy-milliy hodisa ekanligini yana bir bor

tasdiqlaydi. Shu bilan birga, bu nomlanishlarning har bir holatda oziga xos tarzda meyor ekanligini ham korsatib turadi. Bundan tashqari, tildan foydalanishdagi tarixiy jarayon shuni isbotlaydiki, malum bir tilda bir tushunchani ifoda etadigan soz mavjud bolishi bilan birga uning boshqa bir tildan ozlashtirilgan mustaqil varianti ham baravar ishlatilib kelinadi. Hatto davrlar otib, ular ozaro sinonimik nozikliklardan ham judo bolib qolishi, bab-baravar lingvistik qiymatga ega bolishi mumkin. Bu holatni ham tildagi meyoriy qonuniyat sifatida qabul qilishga majbur bolamiz. Millatlararo ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, hamkorliklar til birliklaridan shu tarzda foydalanishni keltirib chiqarganligi tushunarli. Mavjud til meyorlarining ana shunday sabablar bilan ozgarishi, oz navbatida yangicha bir meyorlarning yuzaga kelishi uzoq davom etadigan jarayondir. Demak, tildan foydalanishdagi ananaviy meyorlarning davrlar otishi bilan ozgarib, yangilanib turishini ham tarixiy jarayon sifatida qabul qilishga togri keladi. Shu orinda A.Berdialiyevning Soz va atamalar hosil qilishning bazi nazariy masalalariga doir nomli maqolasida keltirilgan ayrim misollardan foydalanamiz: ...manodoshlik paradigmalarida muqobil eshdosh (azo)lar sanaluvchi mehnat, mashaqqat sozlari XI asr ozbek tilida kok (kok) shaklida ishlatilgan. Uy, xona hamda turmushga chiqmagan qiz sozlari ev shaklida ham uchragan. Yaxshilik, ezgulik manolaridagi lisoniy birlik aaz shaklida qollangan. (Devonu lugotit turk. Indeks-lugat. Toshkent, 1967). (B ye r d i a l i ye v A. Soz va atamalar hosil qilishning bazi nazariy masalalariga doir // Davlat tili haqidagi Qonunni amalga oshirishning dolzarb muammolari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tezislari. Navoiy, 1993, 23-bet). Bu kabi davriy meyoriy ozgarishlarni tildagi har bir meyoriy jarayonga tatbiq etish togri bolmaydi, albatta . Meyor ozgarishidagi har qaysi aniq holat alohida tahlil qilinishi va ana shu asosda umumiy nazariy xulosa chiqarilishi maqsadga muvofiq boladi. Anglashiladiki, til meyorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham meyor masalalarining nutq madaniyati doirasida organilishi bejiz emas ... nutq madaniyati problemasining organilishi ... ikki aspektga ega deyish mumkin: birinchisi, ozbek adabiy tili normalarini, imkoniyat doiralarini yanada silliqlash, stabillash bilan bogliq bolgan nutq madaniyati problemalari; ikkinchisi esa ozbek adabiy tilidan bu tilda gapiruvchi jamiyat azolarining (hatto konkret shaxslarning) togri, izchil hamda namunali foydalana olishlari uchun yordamlashishi bilan aloqador bolgan nutq madaniyati problemalari (B ye g m a t o v E. Nutq madaniyati problemasining paydo bolishi va asoslanishi // Nutq madaniyatiga oid masalalar toplami. Toshkent: Fan,1973, 168-bet). Afsuski, tildagi meyoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatlar ichida hal qilishning imkoni yoq. Agar buning aksini aytsak, tilimizning amalda bolish qonunlariga, bugungi real ijtimoiy hayotimizga zid fikr bolishi mumkin edi. Bir tarixiy holatni eslaylik. 1989 yilda Ozbekiston Respublikasining davlat tili haqida qabul qilingan Qonunini katta quvonch bilan kutib oldik va uni amalda tatbiq etishga ishtiyoq bilan kirishdik. Ammo uning hamma moddalarini birdaniga va tezlikda bajarishning imkoni bolmadi. Osha paytda qonuniy bolmasa-da, amaldagi ish yuritish tili rus tili ekanligi, bir qism ozbek millatiga mansub kishilarning sharoit taqozosi bilan rus tilida savod chiqarganligi, farzandlarini ham bogchalar va maktablarda ana shu tilda talim-tarbiya olishga jalb qilganligi, buning ustiga respublikamizda kopmillatli aholining birgalikda yashashlari ana shunday tabiiy tosiqlardan bolib turdi. Oqibatda malum muddat muomala jarayonida, rasmiy ish qogozlarini yuritishda, turli darajadagi anjumanlarni otkazishda rus tilidan foydalanishdagi mavjud ananalar oz kuchini saqlab turdi. Togrisini aytganda, oradan on tort

yildan ortiq vaqt otsa ham bu nuqsonlardan tolaligicha qutila olgan emasmiz. Ozbek tilidan foydalanishdagi qiyinchiliklarning koplari bartaraf etilganligini, til amaliyotiga oid masalalarning bosqichma-bosqich hal bolib borayotganini ham kuzatamiz. Buning obektiv va subyektiv omillari ham bor, albatta. Harqalay otgan vaqt mobaynidagi tildan foydalanish jarayoni bir narsani isbotladi - til meyoriy muammolarining talqin etilishi va ijobiy hal qilinishi vaqt degan hakamga ham bogliqligi ham malum boldi. Shiddat bilan davom etayotgan ijtimoiy tarixiy jarayon til taraqqiyotiga qanday tasir korsatsa, uning amaliy meyorlariga ham shunday tasir qiladi. Demak, ana shu taraqqiyot talablaridan kelib chiqib, meyor darajasini ham doimo kuzatib borish va tartibga solib turish lozim boladi. Til elementlarining malum bir meyorga keltirilishi, bir tomondan, til mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa malum - tilning amalda bolish holatlariga tazyiq otkazib bolmaydi. Lekin tegishli yol-yoriqlar, korsatmalar, tavsiyalar berilib borilishi zarur. Bu meyoriy tavsiyalarning qanchalik hayotiy ekanligini esa amaldagi nutqiy jarayonning ozi belgilaydi. Ikkinchidan, ana shu meyoriy hujjatlarsiz, yol-yoriqlarsiz ham til va nutq rivojini tasavvur etib bolmaydi. Qabul qilingan Davlat tili haqidagi Qonun buni yaqqol isbotladi. Keyingi yillarda tilimiz rivoji, taraqqiyoti va nutq madaniyatida yuz bergan ozgarishlarni nafaqat ozbek tili mutaxassislari, balki shu tilda sozlashuvchi barcha insonlar, hatto respublikamiz hududida yashovchi ona tilisi boshqa bolgan kishilar ham kuzatib, bilib, erishilgan yutuqlarni etirof etib turishibdi. Shu bilan bir qatorda, ozbek tili va nutqi madaniyati uchun olib borayotgan ishlarimiz talablar darajasida emasligidan, bizni qanoatlantirmayotganligidan ham koz yuma olmaymiz. Xulosa shu boladiki, bu boradagi ishlarimizni izchil va doimiy holatga keltirishimiz kerak. Biz Prezidentimiz I.A.Karimovning Manaviyat va marifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish togrisidagi Farmonidan ham jiddiy imkoniyat sifatida foydalanib, bu sharafli vazifani yolga qoyish ishiga hissa qoshishimiz lozim. Buning uchun, eng avvalo, adabiy til meyorini belgilashning amaliy jihati bilan jiddiy shugullanishimiz kerak. Xosh, meyorni belgilashning amaliy jihati nimadan iborat? Bu savol ham xuddi tilni ilmiy jihatdan organish nima uchun kerak, deganga oxshaydi. Yillar davomida olib borilgan yoki olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va kuzatishlar natijasida til elementlarida qanday mazmuniy va shakliy imkoniyatlar mavjudligi sinxronik va diaxronik yonalishda, matniy jihatdan tahlil qilinadi, lingvistik imkoniyatlari ochib beriladi va ulardan nutq jarayonida foydalanish yollari tavsiya qilinadi. Malum manoda bu ham ularning meyorni belgilash va til birliklarining ishlatilishiga oid tavsiyalar berish degan gapdir. Shu mazmunda til mutaxassislari, ziyolilar ozlarining togri maslahatlarini, tavsiyalarini berishlari, bu borada jonkuyarlik qilishlari mumkin. Buning ham ijobiy jihatlari kop, albatta. Ammo hal qiluvchi gapni bu tildan foydalanuvchilar aytadi. Buning ustiga, har bir til elementining meyor holiga kelgunicha malum vaqt otishi ham lozim bolib qoladi. Biz organayotganimiz meyor masalasi ijtimoiy hayotimiz uchun yangilik emas. Til va jamiyat mavjudki, bu masala ham ortada. Ammo, har bir davr oz taraqqiyoti bilan bogliq ravishda tildan foydalanishning oz muammolarini, dolzarb vazifalarni keltirib chiqaraveradi. Masalani ana shunday tushunish togri boladi, deb oylaymiz. Ammo, iqtisodiy muammolarni hal qilishdek suronli bir davrni boshdan kechirib turgan paytimizda til madaniyati bilan shugullanish shartmikan, iqtisodiy qiyinchiliklar hal bolgach, bu masalalar bilan

shugullanishga oz-ozidan imkoniyat paydo boladi, deguvchilar xalq orasida, hatto ziyolilar, rahbarlar ortasida ham topiladi (Bu haqda yana qarang: A b d u l l a ye v M. Manaviyat va iqtisodiy tafakkur // Ozbekiston adabiyoti va sanati, 2000 yil 28 iyul). Nazarimizda, bu tushuncha yanglishdir, hatto keyinchalik tuzatib bolmaydigan xatodir. Jamiyatimizga hamma kasbdagi kishilar va ularning mehnati kerak. Ammo har bir millat dunyo ilmi va madaniyatida qaysi bisoti bilan faxrlana olishi mumkinligiga bugun hammamizning aqlimiz yetib turibdi. Muhtaram Prezidentimizning, yuqorida tilga olganimiz, manaviyat va marifiy ishlarni yanada takomillashtirish borasidagi farmoni ana shu manoda uzoqni kozlab qabul qilingan hujjatdir. Binobarin, til - manaviyat kozgusi, marifat chirogi, bilim kaliti ekan unga hyech qachon ikkinchi darajali narsa deb qarashga haqqimiz yoq.

2-maruza: Adabiy til va adabiy meyor

R ye j a: 1. Ozbek tilining taraqqiyot bosqichlari. 2. Ozbek tilining boyib borishida ichki va tashqi omillar. 3. Dialekt va sheva umumxalq tilining tarkibiy qismi. 4. Adabiy til va uning taraqqiyot davrlari. 5. Adabiy tilning yozma va ogzaki shakllari. 6. Adabiy til va adabiy meyor. 7. Adabiy meyorning tiplari.

Tayanch soz va iboralar : Adabiy tilni davrlashtirish masalasi. Til shakllari: ogzaki va yozma. Ijtimoiy vazifasi : aloqa, xabar, tasir. Umumiy va xususiy meyor. Umumiy - yozma nutq, yozma adabiy til, yozma uslub. Xususiy leksik-semantik, talaffuz, aksentologik, fonetik, grammatik, soz yasalishi, orfografik, grafik, punktuasion, uslubiy.

Necha asrlar davomida sayqal topib, silliqlashib, mukammalashib, bugungi holatga kelgan ozbek adabiy tili xalqimizning umumxalq tili negizida shakllangan va taraqqiy topgan. Turkiy tillar tizimi va oltoy tillar oilasiga kiruvchi ozbek tili hozirgi holatga kelgunga qadar uzoq taraxiy taraqqiyot davrini boshidan kechirganligi malum. Barcha tillarda bolgani kabi ozbek tilining boyib borishida ham ichki va tashqi omillarning tasiri katta. Bu haqda talabalar ona tilimizning Leksikologiya kursidan saboqlar tinglaganlarida malumot olishgan. Ozbek tilining bevosita oziniki bolgan asosiy leksik qismini shu tilning taraqqiyoti prosessida uning ichki imkoniyatlari, oziga xos qonun-qoidalari asosida hosil etilgan yasama sozlar tashkil etadi (Sh o a b d u r a h m o n o v Sh. va boshqalar. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent, 1980, 121-bet). Binobarin, yangi sozlar yasalishining yoki mavjud sozlarning yangi-yangi manolar anglatishining ozbek tilida imkoniyatlari kengdir. Shu bilan birga, tilimizdagi leksik birliklar juda oz bolsa-da, grammatik vositalar orasida tashqaridan olingan, jumladan, hindcha, yunoncha, arabcha, mogulcha, forscha-tojikcha, ruscha-baynalmilal birliklar uchraydi. Bu xalqimizning otgan juda kop asrlik davr mobaynida boshqa xalqlar bilan ijtimoiyiqtisodiy va madaniy aloqadorlikda bolganligi, buning ustiga, ayrim davlatlar va ularning boshliqlarining Orta Osiyo hududida olib borgan bosqinchilik urushlari va harakatlari bilan bogliq. Qanday bolganda ham tilimizga chet sozlar kirib kelganligini inkor qilib bolmaydi va uning, yuqorida takidlaganimizdek, obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Bu birliklar bugungi kunda tilimiz lugaviy boyligining tarkibiy qismi sanaladi. Til meyorining adabiy tilga munosabati haqida mulohaza yuritishni maqsad qilib qoygan ekanmiz, dastlab tilimizning ana shu boyib borish yollariga, taraqqiyot davrlariga, qisqacha bolsa-da, koz yugurtirish lozim boladi. Ushbu masalaga qiziqish qadimgi davrlardayoq, hatto XI asrdan - M.Koshgariy zamonidan boshlanganligini olimlarimiz etirof etishadi. Ammo bu qiziqish va tilimiz taraqqiyot bosqichlarini davrlashtirish hamda uning mukammal tasnifi bilan shugullanish XIX asrdan boshlangan. Turkiy tillarni davrlashtirish boyicha V.V. Radlov, A.N.Samoylovich, S.Ye.Malov, Ye.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.R.Reshetov, N.A. Baskakov, V.A. Bagorodiskiy kabi rus turkiyshunos olimlarining xizmatlari katta bolgan. Keyinchalik, ularning ilmiy qarashlariga tayanilgan holda ozbek tili tarixini davrlashtirish masalasi ham kun tartibiga qoyilgan. Bu borada Tesha Salimov, Faxri Kamolov, A.M.Shcherbak, Olim Usmonov, ani Abdurahmonov, Shamsiddin Shukurov, Ergash Fozilov, Fattoh Abdullayevlar oz qarashlarini bayon qilishgan (Bu haqda qarang:T u r s u n o v U., O r i n b o ye v B. Ozbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1982, 30-33-betlar. T u r s u n o v U., O r i n b o ye v B., A l i ye v A. Ozbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995, 19-26-betlar.; Mu x t o r o v A., S a n a q u l o v U.. Ozbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995, 21-26-betlar). Bu qarashlar bir qadar batafsil tahlil qilingan va umumlashtirilgan ilmiy manbalar ozbek adabiy tili tarixini organishning eng keyingi yutuqlarini mujassam qilgan, darslik va qollanma sifatida tavsiya

etilgan U.Tursunov, B.Orinboyev, A.Aliyev hamda A.Muxtorov, U.Sanaqulovlarning asarlari hisoblanadi (T u r s u n o v U., O r i n b o ye v B., A l i ye v A. Yuqoridagi asar; Mu x t o r o v A., S a n a q u l o v U. Yuqoridagi asar). Bu kitoblardagi har ikkala tasnifni ham keltirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. U.Tursunov, B.Orinboyev, A.Aliyevlar tasnifi: 1. Qadimgi turkiy xalqlar davrida adabiy til (V-X asrlar). Ilk davr ozbek xalq tili (X-XIV asrning yarmi). Ozbek xalq tilining takomillashish davri (XIV asr oxiri XIX asrning II yarmi). Milliy til unsurlarining paydo bolish, shakllanish va rivojlanish davridagi ozbek adabiy tili (XIX asrning II yarmidan hozirgi kungacha bolgan davr) (T u r s u n o v U., O r i n b o ye v B., A l i ye v A. Yuqoridagi asar, 24-26-betlar). A. Muxtorov va U. Sanaqulovlar tasnifi: Qadimgi turkiy adabiy til davri (VII - XIII asrlar). Eski ozbek adabiy tili davri (XIII - XX asr boshlarigacha). 3. Hozirgi ozbek adabiy tili davri (XX asr boshlari keyingi davr) (M u x t o r o v A., S a n a q u l o v U. Yuqoridagi asar, 24-bet). Bu tasniflarning qaysi biri nisbatan mukammal va ilmiyligini tahlil qilish bizning vazifamizga kirmaydi. Ammo adabiy til meyori masalasini bir qadar kengroq organishimiz uchun tasniflardan xabardor bolishimiz zarur . Bu orinda xulosa sifatida faqat shuni takidlash lozim boladiki, ona tilimiz tarixi qanday tartibda davrlashtirilganidan qatiy nazar uning rivojidagi hamma bosqichlarda ham til birliklarini bir meyorga keltirish masalasi xoh ongli, xoh stixiyali tarzda bolsin, muomala jarayonida etiborda bolgan. Ammo shu narsa hayotiy, ilmiy haqiqatga yaqinki, adabiy meyorning shakllanishidagi dastlabki bosqich stixiyali ravishda yuz bergan. Malum til birligining jamoa ortasidagi malum shakl va holatda kop istemolda bolishi meyoriy korinishlarning turgunlik kasb etishiga asos boldi. Tilda yuz, balki ming yillab davom etgan differensiasiya - ajralish, tarqalish jarayoni bu meyorning malum bir til doirasida bir yonalishda umumtil-adabiy, ikkinchi bir yonalishida esa umumxalq tilining tarkibiy qismi bolgan dialekt va shevalar ham mahalliychilik shaklida mustahkamlanib borishiga olib keldi. Tabiiyki, jamiyat taraqqiyoti bilan bab-baravar til, jumladan ozbek tili ham rivojlanib, mukammallashib, ilmiy jihatdan organilib borildi. Natijada uning barcha tarmoqlarida meyoriy tomonlar anchagina barqarorlashdi. Bu yerda ham til meyorlarining mustahkamlanishida nutq jarayonining katta ahamiyat kasb etganini esdan chiqarmagan holda, uning taraqqiyoti tobora ongli boshqarila borganligini, tilshunoslik ilmining tasiri sezilarli darajada kengayganligini kuzatish qiyin emas. Ana shu omillar tasiri va natijasi olaroq til qatlamlaridagi mavjud birliklarga belgilab qoyilgan meyoriy holatlar tildan foydalanuvchi barcha vakillar uchun majburiy korinishga keltirildi va bu majburiylik tegishli hujjatlarda, lugatlarda oz ifodasini topdi (Bugungi kunda amalda bolgan hujjatlar va lugatlar quyidagilar : Ozbek orfografiyasining asosiy qoidalari. Toshkent, 1956; Ozbek tilining asosiy imlo

qoidalari. Toshkent, 1995; Ozbek tilining imlo lugati. Toshkent, 1976; Ozbek adabiy talaffuzi lugati. Toshkent, 1984; Ozbek tilining imlo lugati. Toshkent, 1998). Mazkur oquv qollanmasi talabalarimizga - umidimiz bolgan kelajagimizga, yoshlarimizga moljallab yozilgani sababli, shu orinda ularni, nazarimizda, bir haqiqatdan xabardor qilib qoyishga ehtiyoj seziladi. Barcha tildan foydalanuvchilar uchun meyoriy holatlarning majburiy ekanligi tayin gap. Ammo unga amal qilishimiz qay ahvolda? Tilimizdan foydalanishdagi barcha talablarni bir chetga qoyayligu, soraylik: foydalanuvchilarning hamma vakillari ham, ayniqsa yoshlarimiz oz ona tillarida savodli yoza oladilarmi, adabiy til meyorlariga mos tarzda sozlarni talaffuz etadilarmi? Bu savollar har bir vatanparparvar va millatsevar inson qalbidagi ogriq nuqtalardir. Shuning uchun ham mustaqillik va faqat mustaqillik sharofati bilan yaqin paytlarda ogizda shaklan milliy, mazmunan sosialistik deb atalgan, aslida oshanda ham kopchiligimizga kozda tutilgan maqsadi ayon bolgan mafkuradan butunlay qutulib, oz milliy mafkuramizni, istiqlol goyamizni shakllantira borayotgan paytimizda ona tilimizga bolgan munosabatimizni ham milliy manfaatlarimizga mos keladigan yangicha qarash asosiga qurmogimiz shartdir. Zero, til tarbiyasi ham millat tarbiyasining tarkibiy qismi sanaladi. Shu orinda buyuk Abdulla Avloniyning asrimiz boshlarida aytgan quyidagi sozlari beixtiyor esga keladi: Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur (Ozbek adabiyoti, 11 sinf uchun darslik. Toshkent: Oqituvchi, 1997, 37-bet). Darhaqiqat, Avloniyning oqish, oqitish, tarbiya ishlarida davr talabi asosida islohotni amalga oshirish nihoyatda zarur degan fikri oz zamoni uchun ham, bugungi kun uchun ham qimmatlidir. Prof. E.Begmatovning Nutq madaniyati problemasining paydo bolishi va asoslanishi maqolasida etiborli bir fakt keltirilgan. Sovetskaya Rossiya gazetasining 1965 yil 31 yanvar sonida yozilishicha, bir vaqtlar rus tilining gamxorlari rus tilida togri gapirishni yolga qoyish maqsadida filologik milisiyalar, rus tili oqituvchilaridan tuzilgan ixtiyoriy drujinachilar tashkil qilishni, shuningdek, notogri qollangan soz uchun mamuriy usulda jarimalar undirilishini taklif qilishgan (B ye g m a t o v E. Nutq madaniyati problemasining paydo bolishi va asoslanishi // Nutq madaniyatiga oid masalalar toplami. Toshkent, 1973, 156-bet). Albatta, taklif kulgili. Ammo qanday yol tutilsa, adabiy til meyorlari saqlab qolinadi va ularga amal qilinadi, degan mazmunda bosh qotirish, bu vazifaning yollarini topishga harakat qilish esa etiborga molik. Xosh, ozbek tiliga hali ham shevalarning tasiri kuchli bolib turgan, rus tilining iskanjasidan tolaligicha qutila olmayotgan ayni bir paytda ona tilimizning madaniyligi uchun kim kurashayapti, kim fidoyilik qilayapti? Savollar ana shu tarzda qoyilsa, yuqoridagi takliflarda ham jonkuyarlik uchqunlari borligini koramiz. Vatanni sevish har bir imonli kishining burchi ekan, til ham ana shu ulug muhabbatning bir chetida turadi. Adabiy til haqida, uning meyoriy qoidalariga amal qilishi haqida qaygurish nafaqat filologlarning, balki millatning har bir vakilining, ozbek tilini hurmatlaydigan har bir olijanob insonning vazifasiga aylanadi. Prof. S.Ibrohimov ham bir vaqtlar mana bu taklifni bekorga ortaga tashlamagan edi: Adabiy til normalaridagi kamchilik, noaniqlik va chalkashliklarni organib, muhokama qilib, turliliklarni bartaraf qiladigan normalash komissiyasi tashkil etilishi, uning qaror va tavsiyalari qonun kuchiga ega bolishi lozim. Shuningdek, nutq madaniyatidan konsultasiyalar beradigan markaziy va mahalliy konsultasiya byurolari tuzish zarur (I b - r o h i m o v S. Ozbek tilining nutq madaniyatiga oid masalalar //Nutq

madaniyatiga oid masalalar toplami. Toshkent, 1973, 38-bet). Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil etilgan Atamalar qomitasi malum manoda ana shunday vazifalarni bajarib kelmoqda. Malumki, adabiy tilning yozma va ogzaki shakllari mavjud. Agar tilimizning adabiylik darajasiga kotarilgunga qadar umumxalq, umummilliy korinishda bolganligini inobatga olsak, adabiy tilimizning ogzaki shaklini anglash birmuncha osonlashadi. Shu orinda A.Muxtorov va U.Sanaqulovlarning kitobida keltirilgan jadvalining magzini chaqsak, tasavvurimiz yana ham kengayadi (Mu x t o r o v A., S a n a q u l o v U. Ozbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995, 9-bet). Ammo bu orinda biz nimaga etiborimizni qaratishimiz lozim? Nazarimizda, til va nutqning ushbu korinishlarining farqli va umumiy, afzal va mushkul jihatlariga, paydo bolish davri va imkoniyatlariga. Shunda ham bu jihatlarga adabiy meyor nuqtai nazaridan munosabat bildirilishi togri boladi. Shu manoda til va nutqning ogzaki shakli vaqt nuqtai nazaridan yozma nutqqa qaraganda ancha ilgari paydo bolganligi, undagi meyorlashish jarayonining stixiyali tarzda kechganligini takidlash joiz. Buning ustiga ozbek tilidagi dialekt va shevalarning kopligi, ularning bir-biridan bazan jiddiy farq qilishi tilning ogzaki meyori haqida mulohaza bildirishni nihoyatda chigallashtiradi. Shuning uchun ham prof. F.Abdullayev adabiy tilning qonun-qoidalarini, meyorlarini belgilashda bu xususiyatni hisobga olmaslik kutilgan natijani bermasligini takidlagan edi (A b d u l l a ye v F. Ozbek milliy adabiy tili va uni organishga oid masalalar // Nutq madaniyatiga oid masalalar toplami. Toshkent, 1973, 43-bet). Zero, tilimizning meyori buzilishidagi asosiy kamchilik xuddi ana shu ogzaki korinishda kop sodir boladi va ularni bartaraf etish ham qiyin kechadi. Inson muomalasida, ozaro fikr almashish jarayonida yozuv degan bir nodir nematning paydo bolishi kishilik jamiyati uchun buyuk inqilob bolgani aniq. Bu jarayon juda qadimdan oz yozuviga ega bolgan turkiy ayrim xalqlar, jumladan ozbek tili uchun ham tegishlidir. Yuqorida bir necha bor takidlaganimizdek, meyor adabiy tilning asosini tashkil qilar ekan, u milliy adabiy tilni tariflashda (ham) markaziy tushuncha bolib, xuddi ana shu asosiy belgi yangi davrda misli korilmagan darajada rivojlanadi va adabiy tilning yozma turida yuzaga kelib rivojlanayotgan birlik uning ogzaki turiga ham kuchli tasir korsatadi. Bu hodisa adabiy tilning orfoepik normasini ixchamlashtiradi va borgan sari uning adabiy tilning yozma turiga yaqinlashuvida markazlashtiruvchi rol oynaydi (A b d u l l a ye v F. Yuqoridagi maqola, 39-bet). Prof. F.Abdullayevning aytganlaridan xulosa chiqaradigan bolsak, meyor masalasidagi bugungi ilmiy amaliy vazifamiz ham oydinlashadi. Bu - ogzaki nutqni yozma nutqqa yaqinlashtirish. Xosh, bunda ularning qaysi jihatlari asosiy etiborga olinishi lozim? Talaffuzmi, nutq qurilishimi yoki til birliklarining emosional-ekspressiv imkoniyatimi? Fikrimizcha, bu savollarga bir tomonlama javob berib bolmaydi. Negaki, biz tilimizning qanchalik adabiy, meyoriy va madaniy bolishiga intilmaylik, ogzaki va yozma nutqning oziga xos xususiyatlaridan koz yumib bolmaydi. Kopchilik ozbek tilshunos olimlari millat rivojlangan sari milliy til bilan jonli sozlashuv ortasida ayirma ham asta-sekin zaiflashib boraveradi (A b d u l l a ye v F. Yuqoridagi maqola, 39-bet), degan fikrda edilar. Darhaqiqat, shunday bolishi lozim edi. Chunki ana shu maqsad yolida ziyolilarimiz, filolog olimlarimiz, adiblarimiz, jurnalistlarimiz tomonidan juda kop ishlar amalga oshirildi. Tilning nazariy jihatlarini asoslashdan tortib turli xarakter va hajmda bolgan lugatlar yaratildi, tildan amalda foydalanishga oid tavsiyanomalar berildi. Ammo umumozbek nutqi madaniyatida nega jiddiy ozgarishlar sezilmayapti? Nega belgilab qoyilgan meyorlarga amaliyotda tola rioya qilinmayapti?

Nima uchun adabiy til millatning hamma vakillari, undan barcha foydalanuvchilar uchun emas, balki faqat ziyolilar uchun tegishliday bolib qolayapti? Albatta, til madaniyati milliy va umuminsoniy madaniyatning, qadriyatlarning, manaviyatimizning ajralmas qismi sanaladi. Uning darajasi qaysi bir manoda iqtisodiy omillarga borib taqalishi mumkin. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan manaviyat masalalari bilan shugullanish davlatimiz yuritayotgan siyosatda ustuvor yonalishlardan biri deb elon qilgan bir paytda qachon respublikamiz iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etib bolgandan keyin til madaniyati masalalari bilan shugullanamiz, degan fikrda bolish nodonlikdan boshqa narsa emas. Tildagi meyoriy holatlarni belgilashda, tilning adabiylik darajasini taminlashda ilmiy asoslangan imlo va talaffuz qoidalarining mavjud bolishi, ular vakolatli tashkilotlar tomonidan rasmiylashtirilib, malum manoda til istemolchilari uchun majburiy bolishi, qonuniy hujjat holigi keltirilishining ahamiyati katta, albatta. Ammo til istemolchilarining hammasida ham ana shu qonun-qoidalardan yetarli darajada xabardor bolish imkoni bolavermaydi. Ular til meyorini asosan eshitish va korish natijasida ozlashtiradilar hamda shu asosda gapirib va yozib ketaveradilar. Bunda tildan foydalanuvchining, ayniqsa, yosh paytidagi, tilni endi ozlashtira boshlagan choglaridagi oila qurshovining, atrof muhitning bogchaning, maktabning, umuman, bundan keyingi talim va tarbiya manbalarining ahamiyati katta boladi. Shuning uchun ham kopchiligimiz shevachilik illatlaridan qutula olmaymiz, ayrimlarimizning savodxonligimiz oziga yarasha boladi. Aslida bu jarayon insonning butun umrida davom etishi mumkin. Harqalay, hozirgi davrda bizga tilimizning meyorini belgilab beruvchi, ularni ozlashtirib olishimizga, konikma hosil qilishga yordam beruvchi ommaviy axborot, badiiy adabiyot singari kuchli vositalar ham borki, ularni, ayniqsa, badiiy adabiyot namunalarini, ana shu manoda oziga xos kozgu deyish mumkin. Chunki ularning tilni qamrash imkoniyatlari boshqa manbalarga nisbatan kengdir. Shuning uchun ham til va nutq madaniyatidagi haqiqiy ahvolga, vaziyatga baho beruvchi, mavjud kamchiliklarni tanqid qiluvchi, ularni bartaraf etish yollarini korsatuvchi chiqishlar ommaviy axborot vositalari orqali olib borilishi va bu masuliyatli vazifani amalga oshiruvchi shu soha xodimlariga, jurnalistlarga, adiblarga tayanib ish korilishi lozim. Biz esa nutqiy madaniyatimizdagi kamchiliklar togrisida gap boshlashimiz bilan darhol matbuot, teatr, kino, televidiniye, radio xodimlarini tanqid qilishga otamiz. Vaholanki, insof bilan aytganda, adabiy til meyorlariga asosan oshalar rioya qilib kelishmoqda-ku! Omma bilan koproq ishlaydigan, ularga faoliyat va burch yuzasidan yaqin bolgan kopchilik tarbiyachilar, oqituvchi-pedagoglar, mahallalar, fuqarolar yiginlari faollari va oqsoqollari armiyasi ham mavjud. Afsuski, hayotning ozidan boshqa ularning nutqini nazorat qiladigan, kamchiliklarini korsatadigan til masuliyatini eslatadigan kuch ham, sozlashish madaniyatini, notiqlik sanatini orgatadigan maktablar ham yoq. Rus tilshunosi G.V. Kostomarov shunday degan ekan: Kishilar ataylab yomon sozlamaydilar, balki boshqacha gapirishga organmaganliklari uchun ham shunday sozlaydilar (K o s t o m a - r o v V.G. Nasunye zadachi ucheniy o kulture rechi // Russkiy yazk v shkole, 1965, 4, s.3 ). Demak boshqacha gapirishga organish uchun ham etibor, ham til savodxonligi zarur boladi. Shu manoda meyor tarzida shakllangan, bizga yozish va sozlashda andoza bola oladigan namunalar va tavsiyalar kerak. Gap shundaki, tildan foydalanishda etiborsizlik bilan bir qatorda masuliyatsizligimiz ham bor. Vaholanki, sozni adabiy tilda qabul qilingan normalarga muvofiq - adabiy formalarda qollash.... nutqqa qoyiladigan umumiy talablarning birinchisidir ( u l o m o v A.. Adabiy til normalari // Nutq

madaniyatiga oid masalalar toplami. Toshkent, 1973, 59-bet). Bu hol qachongacha davom etishini aytish qiyin. Ammo shu paytga qadar til ilmini organishda toplagan tajribalarimiz, olib borilayotgan ilmiy kuzatishlar, ularning hayotga, oquv jarayoniga bevosita tatbiqi, kun sayin qalbimizda ravshanlashayotgan milliy ozligimizni anglash, xalqning madaniy va manaviy barkamolligi ertamikechmi barchamizni adabiy til meyorlariga yetarli darajada amal qilishga olib keladi, degan umiddamiz. Garchi ona tilimiz - hozirgi ozbek adabiy tilini E.Begmatov takidlagan oz normativ sistemalarining yuqori darajada shakllanganligi, takomili va boyligi jihatdan yuksak darajadagi madaniy til sifatida faxrlanib tilga olsak-da, uni yanada yuksaltirish borasigi ishlar keng kolamda, izchillik bilan davom ettirilishi lozim. Endilikda ozbek adabiy tilining madaniy normativ imkoniyatlarini organish va bu imkoniyatlardan amaliy nutqda orinli va effektiv ravishda foydalana olish yollarini tadqiq qilish, shuningdek, ozbek adabiy tili normalarini takomillashtirish, ularning yanada stabillashuvi, otkirlashuvi hamda rivoji uchun komaklashish muhim vazifadir (B ye g m a t o v E. Ozbek nutqi madaniyati masalalari // Ozbek tili va adabiyoti, 1980, 4, 54-bet). Til tarbiyasi ham farzand bola tarbiyasiga oxshaydi. Intizom ozroq boshashgan joyda u ham albatta ozining salbiy natijasini korsatadi. Bu boradagi ishlarda stixiyaga, kampaniyachilikka yol qoyib bolmaydi. Aksincha, bu faoliyatni markazlashtirish va muvofiqlashtirish, uni davlat ahamiyatiga ega bolgan, keng jabhada olib boriladigan, odat tusiga kirgan ish darajasiga olib chiqish lozim. Adabiy til umumxalq tilining yashash shakllaridan biri ekan, unga millat uchun nafaqat yagona aloqa vositasi sifatida, shu bilan birga, qalbimizdagi eng nozik his-tuygularni ifoda eta oladigan qimmatbaho boylik sifatida munosabatda bolmogimiz, uning osishi, rivojlanishi uchun doimo gamxorlik qilishimiz, parvarishlashimiz zarur boladi. Nutq jarayonida, ayniqsa, sozlashuv va badiiy ijod jarayonida uning shunday bir imkoniyatlari ochiladiki, biz uni payqashimiz va bir lahza bolsa-da, ochilgan bu xazina boyliklaridan lazzatlana va huzurlana olishimiz lozim. Til uchun belgilab quyilgan meyoriy holatlar doirasidan chiqib, uning har bir vazifaviy uslub doirasida har bir nutqiy vaziyatda ifoda etayotgan nozik manolarini ilgay olish, tahlil qilish va uni turli yollar hamda vositalar bilan xalqqa yetkazish til bilimdonlarining burchi va vazifasidir. Adabiy tilimizning yashovchanligini, obrosini, martabasini saqlab qolish esa unda belgilangan meyorlarga qatiy rioya qilishni taqozo etadi. Chunki zamonlar silsilasida toblangan ozbek tili, bir tomondan, oz maromida sayqal topib, silliqlashib borgan bolsa, ikkinchi tomondan, ozbek tilshunosligi ham fan sifatida koplab olimlarimizning say harakatlari tufayli ozining yuksak taraqqiyot bosqichiga kotarildi. U til birliklarining juda kop jihatlarini ilmiy asosida meyorlashtirishga komaklashdi. Boshqacha aytganda, bugunga kelib til meyorlari ilmiy xulosalarga tayanilgan holda ongli boshqarila boshlandi. Shuning uchun ham ozbek adabiy tilining hozirgi meyorlarini, mavjud kamchiliklardan koz yummagan holda, qatiy qoida va tartibga solingan, yozuvda mustahkamlangan, namuna bola oladigan, uning istemolchilari uchun tushunarli va maqul bolgan, ular tomonidan bab-baravar foydalaniladigan, umummajburiy bolgan, malum manoda turgunlashgan va barqarorlashgan, shu bilan birga, asta sekinlik bilan osib, rivojlanib boruvchi, orni bilan variantlari kopayuvchi, uslublararo tarmoqlanib, kengayib boradigan, ayni paytda ananaviylikni ham saqlab qolishi mumkin bolgan meyorlarga aylandi, deb bemalol ayta olamiz. Ozbek adabiy tili meyorlari xususida toplangan bilim va tajribalarga tayanib yana shuni aytish mumkinki, uning umumiy va konkret korinishlari mavjud. Umumiy tarzda uni ogzaki va yozma nutq meyorlariga ajratamiz. Oz navbatida, yozma adabiy nutq meyori, yozma adabiy til meyori va yozma uslub meyoriga, ogzaki nutq meyori ogzaki adabiy til, ogzaki uslub meyoriga bolinadi. Konkret tarzda

esa, tilimizda leksik - semantik, talaffuz, grafik, punktuasion, fonetik, grammatik, soz yasalishi, orfografik va uslubiy meyorlar mavjudligini qayd qilamiz.

3-maruza: Hozirgi ozbek adabiy tili meyoriy korinishlari va ularning muhim belgilari. Imlo va talaffuz meyorlari

R ye j a: 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. Ozbek tilining tovush va grafik tizimi. Tovush meyori va uning yozuvda aks etishi. Amaldagi rus grafikasi, uning yutuq va kamchiliklari. Davlat tili haqidagi Qonun. Yangi ozbek alifbosi. Orfografik meyor. Orfoepik meyor (talaffuz meyorlari).

Tayanch soz va iboralar :Tovushlar tizimi. Tovush va yozuv. Alifbo sohasidagi muammolar. Bu sohaga oid qonunlar. Lotin grafikasi asosidagi ozbek yozuvi. Fonetik va talaffuz meyori.

Ozbek tilining tovushlar tizimi va ularning yozuvdagi harfiy ifodasi masalasida talabalarga Hozirgi ozbek adabiy tili fanining Fonetika bolimida tegishli malumotlar berib otilgan. Ana shu kursni oqitishga oid darsliklarda ozbek tilda 6 unli, 25 undosh tovush - fonema mavjudligi qayd etiladi. Unlilarning harfiy ifodasi 6 ta: i , e (ye), a, o, u, o. Undosh fonemalar esa 25 ta. Ularni ifoda etish uchun 23 harf va harflar birikmasi qollaniladi: b, v, g, d, z, j, dj, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, s, ch, sh, q, g, h, ng. Demak, hozirgi ozbek tilida 31 ta tovush - fonema mavjud bolib, ularni ifodalashga xizmat qiladigan rus grafikasiga asoslangan belgilar soni 35 ta. Shu belgilar orasida ikki tovushning yigindisidan iborat bolgan ye, yo, yu, ya grafemalari ham mavjud. Aslida 31 ta fonema 33 grafik belgi bilan, jumladan 6 ta unli, 4 grafema va 23 ta undoshni ifodalovchi belgilar bilan ifoda etiladi. Ularga va belgilari qoshilsa, grafik belgilar soni 35 taga yetadi. Ana shu tovushlar tizimi va ularning harfiy ifodasiga ega bolgan ozbek tili bugungi kunga qadar 1956 yil 4 aprelda Ozbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan tasdiqlangan va kuchga kiritilgan Ozbek orfografiyasining asosiy qoidalariga binoan ish korib kelmoqda. Binobarin ozbek tilining imloviy meyorlari hozirgacha ana shu qoidalarga muvofiq amal qilmoqda va bu jarayon Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ozbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonunining yangi tahririni amalga kiritish tartibi togrisidagi 1995 yil 21 dekabr qaroriga asosan 2005 yilgacha davom etadi. Undan keyin esa toligicha Ozbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan Lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosini hayotga joriy qilish togrisidagi hamda 1995 yil 6 maydagi Lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosiga qoshimchalar kiritish togrisidagi qonunlariga asosan ish koriladi. Hozirda ham bu qonunlar amalda. Respublikamizda talimning barcha tizimlarida ushbu qonunlarni bajarish yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustda Ozbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida qabul qilgan qarori asosida oqitilmoqda. Yangi ozbek alifbosiga 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasi va tutuq belgisi kiritildi hamda bu bilan alifbo tizimi anchagina soddalashtirildi. Bu soddalashtirish ikki tovushni ifoda etuvchi ye, yo, yu, ya singari grafemalarni, ona tilimizga xos bolmagan tovush ifodasi - s harfini va - yumshatish belgisini olib tashlash hamda - ayrish belgisini ' - tutuq belgisiga almashtirish, shuningdek, ch, sh, ng tovushlarini ifodalovchi