MAVZU: ISHLAB CHIQARISHNI HUDUDIY TASHKIL ETISHNING ASOSIY OMILLARI. REJA :
Mavzu. QISHLOQ XO`JALIGIDA SUV RESURSLARIDAN …samqxi.uz/attachments/article/480/7-Mavzu....
Transcript of Mavzu. QISHLOQ XO`JALIGIDA SUV RESURSLARIDAN …samqxi.uz/attachments/article/480/7-Mavzu....
Mavzu. QISHLOQ XO`JALIGIDA SUV RESURSLARIDAN
FOYDALANISH.
Reja:
1. Melioratsiya va suv xizmati.
2. Hududiy tamoyildan havza tamoyiliga
o’tish afzalliklari.
3. Sug’orishda yangi texnologiyalarni
qo’llash.
1. Melioratsiya va suv xizmati.
Qirg'iziston
4,03 km3
11%
Qozog'iston
12,29 km3
34%
O'zbekiston
17,28 km3
48%
Tojikiston
2,46 km3
7%
Sirdaryo 36,06 km3
Sirdaryo va Amudaryo havzalarida mavjud va iste’mol qilinadigan suv resurslari
Qirg'iziston 0,4
km3
0,5%
Tojikiston
9,8 km3
12,5%
O'zbekiston
38,91 km3
49,7%
Turkmaniston2
1,73 km3
27,7 %
Afg'oniston7,44
km3
9,5%
Amudaryo 78,34 km3
Mintaqa mamlakatlarida suvdan foydalanishning
o’zgarishi
26,423,7
13,312,5
53,164,5
0
10
20
30
40
50
60
70
1980 2006-2009 1980 2006-2009 1980 2006-2009
Узбекистан Таджикистан Туркменистан
suv o
lish, km
3
Maishiy xizmat
Energetika
Sanoat
Baliqchilik
Qishloq xo'jaligi
92%
5.5% 0.2%
1.5%
0.8%
Iqtisodiyot sohalari bo’yicha suv
iste’moli
Етказиб берилаётган 1 м3 сувнинг таннархи, сум/м3
0
5
10
15
20
25
30
35
Рес
пуб
ли
ка
Ан
ди
жо
н
Нам
анга
н
Фар
гон
а
Жи
ззах
Си
рд
арё
То
шке
нт
КК
Р
Сур
хон
дар
ё
Каш
кад
арё
Бух
ор
о
Нав
ои
й
Сам
арка
нд
Хо
раз
м
Республика вилоятлари бўйича 2013 йилда сув истеъмоли (лимитга нисбатан, %)
Тош
кен
т
Си
рд
арё
Жи
ззах
Фар
ғон
а
Ан
ди
жон
Нам
анга
н
Сам
арқан
д
Нав
ои
й
Бухоро
Қаш
қад
арё
Сурхан
дар
ё
КК
Р
Хораз
м
100 100 100 101
107
101 100
107 108
100 100 100
101
Респ
убл
ик
а
100
2013 ва 2014 йилларда қишлоқ хўжалигига етказиб
берилган сувнинг самарадорлиги
Республика бўйича
- 1 комплекс гектарга берилган сув, минг. м3 - 1 ц пахта хосили учун сарфланган сув, м3
9.1 168
10.5
211
379 412
- 1 ц ғалла хосили учун сарфланган сув, м3
Самарқанд вилояти
7.2
295
147 9.4
400
215
20
13
20
14
20
13
20
14
20
13
20
14
20
13
20
14
20
13
20
14
20
13
20
14
Respublikada suv xo’jaligi kompleksini qayta
qurish jarayoni:
Birinchi yo’nalish – qishloq xo’jaligi korxonlari negizida tashkil etilgan fermer xo’jaliklariga suv xizmati tuzilmasining bozor munosabatlari sharoitiga mos shaklini barpo qilish.
Ikkinchi yo’nalish – Respublika suv xo’jaligi kompleksini boshqarishni takomillashtirish.
Uchinchi yo’nalish – suv xo’jaligi obyektlarini zamonaviylashtirish.
Suv iste’molchilari uyushmasi
muayyan miqdorda suv olish, undan
foydalanish va oqavaga chiqarish
bilan bog’liq xo’jalik faoliyatini va
boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi
yangi tashkil etilgan fermer xo’jaliklari
va boshqa yuridik jismoniy shaxslar birlashmasidir.
www.wuasp.uz
Suv iste’molchilar
fermer, dehqon xo’jaliklari, tomorqa
egalari va boshqalar bo’lib, adolatli
suv taqsimoti hamda irrigasiya-
meliorasiya tarmoqlaridan samarali
foydalanishni yo’lga qo’yish orqali
uyushma hududida sug’orma
dehqonchilikni rivojlantiradilar va
buning uchun o’zlarining moliyaviy va texnik imkoniyatlarini birlashtiradilar
SIU zaruriyati
-yagona teng huquqli suv taqsimlash tizimi yo’lga
qo’yilmaganligi bois suvdan foydalanuvchilar o’rtasida
suv uchun uzluksiz ziddiyatlar vujudga keladi;
-irrigasiya-meliorasiya tarmoqlarining uzluksiz ishlashini
ta’minlashga davlat tomonidan ajratilayotgan
mablag’larning yetishmasligi tufayli ularning holati
yomonlashib boradi;
-suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanmaslik
ularning keskin kamayish havfini keltirib chiqaradi va
kelajakda Orol bo’yi hududida yuz bergan favqulodda
ekologik vaziyat yanada og’irlashadi.
SIUga a’zo bo’lish nafliligi
SIU o’z a’zolari bo’lgan suvdan
foydalanuvchilarga sug’orish
tarmog’idagi suvni taqsimlash va
uyushmani demokratik asosda
boshqarishda faol qatnashish
imkoniyatini beradi.
SIUni tuzish
SIU tuzish uchun, tartib bo’yicha, uyushmaning bo’lajak a’zolaridan iborat tashabbuskor guruh zaruriy hujjatlarni tayyorlaydi. Ushbu guruh SIUning ta’sis hujjati va ustav loyihasini a’zolarning takliflarini hisobga olgan holda tuzadi va buning uchun salohiyatli fermerlar orasida SIUning ta’sis shartnomasi va ustavidan iborat.
SIU a’zosi.
SIU a’zosi uyushma faoliyat ko’rsatadigan
hududda qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan
yerga ega bo’lgan yuridik yoki jismoniy
shaxslardir.
SIU a’zolarining huquq va majburiyatlari
uyushma ustavi va uning faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi boshqa ichki
hujjatlarda ko’zda tutilgan.
SIU a’zolarining huquqlari:
- SIU boshqaruv organiga nomzodlar tavsiya qilish yoki o’z
nomzodlarini qo’yish;
- suvdan foydalanish rejasiga muvofiq sug’orish suvidan adolatli
va teng huquqli foydalanish hamda qo’shimcha suv resurslari
mavjud bo’lsa, birinchi navbatda olish;
- o’z manfaatlari bilan bog’liq masalalar muhokamasida ishtirok
etish;
- shartnoma majburiyatlarini bajarmagan va ustavga rioya
qilmagan hollarda SIUdan da’vo talab qilish;
- suvdan foydalanuvchilar o’z qiziqishi va umumiy manfaatidan
kelib chiqib, SIU faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishish.
SIU a’zolarining majburiyatlari:
- ustav qoidalariga va uyushma tomonidan qabul qilingan barcha me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;
- belgilangan badallarni hamda uyushma xizmatlari haqini o’z vaqtida to’lash;
- sug’orish rejimiga rioya qilish hamda har bir suvdan foydalanuvchi bilan kelishilgan holda belgilangan limitdagi suvni olish;
- uyushmani tasarrufidagi yer va foydalanilgan suv bilan bog’liq ma’lumotlar bilan ta’minlash;
- SIUga qarashli irrigasiya-meliorasiya tarmoqlarini asrab-avaylash.
SIU boshqaruvi.
1. Umumiy yig’ilish
2. SIU kengashi
3. Taftish komissiyasi
4. Ijroiya organi
Umumiy yig’ilishning asosiy vazifalari - SIU ustavi va uning faoliyati bilan bog’liq ichki me’yoriy hujjatlarni
tasdiqlash;
- SIU kengashi va taftish komissiyasi a’zolarini saylash yoki vazifasidan ozod etish;
- boshqaruv tuzilmasi, yollanma ishchi-xizmatchilar soni, ularning ish haqi miqdori va uni berish tartibini tasdiqlash;
- uyushma a’zolari va a’zo bo’lmaganlarning badal to’lovlari miqdorini belgilash;
- uyushmaga a’zo bo’lmaganlar bilan tuziladigan shartnoma qiymatini belgilash;
- uyushmaning istiqbolli rejalari va byudjeti, ularning hisobotlarini tasdiqlash;
- SIUning yillik ish rejasi va sug’orish jadvalini tasdiqlash;
- ustav tartiblari va ichki me’yoriy hujjatlar qoidalari buzilgan hollarda jarimalar turi va miqdorini tasdiqlash;
- SIU kengashi va taftish komissiyasi hisobotlari bilan tanishish va tegishli qarorlar qabul qilish;
- SIU boshqa tashkilotlarga birlashgan holatda uning maqomini belgilash.
SIU kengashi vakolati - kengash tarkibidan uyushma kengashi raisini saylash;
- umumiy yig’ilish kun tartibini tayyorlash va chaqiriq muddatini belgilash;
- yillik hisobotni tayyorlash va uni umumiy yig’ilish a’zolari yoki SIU vakillariga taqdim etish;
- SIU ustaviga tuzatish va o’zgartirishlar kiritish vaumumiy yig’ilishga tasdiqlash uchun taqdim etish;
- umumiy yig’ilish qabul qilgan ustav, qaror, shartnomalarning bajarilishi, hamda suv resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilishni qonun talabi doirasida nazorat qilish;
- byudjet, yillik reja va ish rejasiga muvofiq keluvchi shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish;
- ijroiya organi faoliyatini nazorat qilish;
- uyushma a’zolari o’rtasidagi nizo va kelishmovchiliklarni hal qilish, ularning uyushmaga nisbatan da’volarini ko’rib chiqish;
- ustav va shartnomaga amal qilmaganlarga nisbatan tegishli choralar ko’rish;
- kechiktirib bo’lmaydigan holatlarda umumiy yig’ilish vakolatidagi qarorlarni qabul qilish va navbatdagi umumiy yig’ilishda tasdiqlash;
- uyushmaga qabul qilish yoki a’zolikdan chetlatish arizalarini o’rganib, tegishli qaror qabul qilish.
Taftish komissiyasi vazifalari
- umumiy yig’ilish tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni bajarish;
- uyushmaning moliyaviy faoliyatini nazorat qilish;
- hisob raqamlari, aktivlar va jihozlarni kamida bir yilda bir marta umumiy yig’ilish yoki suvdan foydalanuvchilar guruhi vakillarining qarori asosida tahlil qilish va tekshirish;
- audit nazorati bo’yicha olib borilgan tekshiruvlar natijasi hisobotini umumiy yig’ilish va kengashga taqdim etish.
Ijroiya organining vazifalari - SIU a’zolari hamda a’zo bo’lmagan shaxslar bilan suv xo’jaligi
xizmati ko’rsatish yuzasidan shartnomalar tuzish;
- irrigasiya–meliorasiya tarmoqlarini ishchi holatda saqlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish;
- suv yetkazish va uni SIU a’zolari orasida taqsimlash yillik rejasini tuzish hamda amalga oshirish, shuningdek suvning ta’minotchilar tomonidan yetkazilishini nazorat qilish;
- byudjet loyihasi, sug’orish va zovur tarmoqlarini boshqarish va ishchi holatda saqlash rejasi hamda boshqa talab qilinadigan me’yoriy hujjatlarni tuzish va kengashga taqdim etish;
- umumiy yig’ilish va kengash qabul qilgan qarorlarni bajarish SIUning moliyaviy manbalarini a’zolarning badallari, uyushma a’zosi bo’lmaganlarning shartnoma asosida ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlari, davlat va boshqa manbalarning grantlari tashkil etadi.
Meliorativ texnika va mol-mulk
ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar,
drenaj yuvish agregatlari, avtotransport,
yuk ko’tarish kranlari, bino hamda qayta
tashkil etilayot SIUning yillik ish faoliyati
qishloq xo’jaligi korxonalari hududidagi
suv xo’jaligi obyektlari va boshqa mol-
mulk
Sug’orishni to’g’ri rejalashtirish
suv, energiya va ishchi kuchi xarajatlarini
tejaydi
energiya xarajatlarining o’rtacha 35%
gacha tejaladi
suv yetkazib berish xarajatlarining kamida
25% i tejaladi
Sug’orishni rejalashtirishning afzalliklari. 1. Sug’orishlar sonini kamaytirish orqali suv va ishchi kuchi
xarajatlari tejaladi hamda tuproqdagi namlik saqlanishidan unumli foydalanish imkoniyati yaratiladi.
2. Suvning tuproqqa chuqur singimasdan oqib ketishi va uning tuproqqa chuqur singishini imkon qadar kamaytirish orqali o’g’itlarga ketadigan xarajatlar kamaytiriladi.
3. Ekin hosildorligining oshishi va sifatining yaxshilanishi orqali daromad ko’paytiriladi.
4. Ekinlarga zarur suv hajmini qo’llash zax qochirish ehtiyojini kamaytiradi hamda u bilan bog’liq muammolarning oldi olinadi.
5. Sho’r yuvishni nazorat qilish orqali o’simlik ildizi zonasida yuzaga keluvchi sho’rlanish muammolarining oldi olinadi.
6. Suv tanqis paytlarda asosiy ekinlarga sarflanadigan suvni tejash orqali tomorqa xo’jaliklarida sabzavot-poliz ekinlari yetishtirish imkoniyati paydo bo’ladi va qo’shimcha daromad olishga imkoniyat yaratiladi.
2-jadval
Ekinlarning suv tanqisligiga eng ta’sirchan bo’lgan o’sish davrlari
Ekin turi Eng ta’sirchan davr
Beda O’rib olgandan keyin
Beda (urug’lik uchun) Gullash
Loviya Gullash va don olish
Karam Bosh olish va pishish
Sitrus Gullash va meva tugish davri
Paxta Gullash va ko’sak tugish
Uzum Barg yozish va gullash
Yeryong’oq Gullash va hosil tugish
Makkajo’xori Gullash va don o’ldirish
Piyoz Piyozboshi kattalashishi
Piyoz (urug’lik uchun) Gullash
No’xat/yangi Gullash
Qalampir Butun o’sish davri mobaynida
Kartoshka Yangi ildiz otish va tuganak tugish
Sholi Bosh olish va gullash
Qandlavlagi Unib chiqqandan keyingi birinchi oy
Shakarqamish O’sish (shoxlash va tananing cho’zilishi)
Kungaboqar Gullash
Tamaki Tez o’sish
Pomidor Gullash
Tarvuz Gullash va meva tugish
Bug’doy Gullash
2. Hududiy tamoyildan havza
tamoyiliga o’tish afzalliklari.
Markaziy Osiyo davlatlarida suv resurslari
taqsimoti
1. Umumiy taqsimot. 1983 – 1984 yillari ishlab chiqilgan
«Amudaryo va Sirdaryo havza sxemalariga» asosan
amalga oshirilgan. Shu hujjatlarga asosan
O’zbekistonga 71,69 mlrd. m3 suv belgilangan. Shu
jumladan:
daryolardan - 58,6 mlrd. m3 81,7 %
shundan ichki daryolardan - 11,47 mlrd. m3 19,6 %
yer osti suvlaridan - 10,07 mlrd. m3 14,0 %
zavur-oqova suvlaridan - 3,02 mlrd. m3 4,3%
Markaziy Osiyo davlatlarida suv resurslari
taqsimoti
2. Amudaryo suvlarining taqsimoti bo’yicha 1987 yil 10 sentyabrdagi bayonnoma. Shu hujjatga asosan Amudaryo suvi umumiy suv hajmi 61,5 mlrd. m3 bo’lib, quyidagicha taqsimlangan: Tojikistonga - 9,5 mlrd. m3 15,5%
Turkmanistonga - 20,0 mlrd. m3 35,8 %
O’zbekistonga - 29,6 mlrd. m3 48,1 %
Farg’ona vodiysida joylashgan kichik daryolarning suv hajmlari 1981 yil 2 iyunda tasdiklangan mahsus bayonnomaga asosan taqsimlangan.
Markaziy Osiyo davlatlarida suv resurslari
taqsimoti
3. Andijon va Tuyamo’yin suv omborlaridan
chiqariladigan va boshqa davlatlararo
kanallardagi suv hajmlarining taqsimoti
tegishli loyiha hujjatlari tayyorlashda
amalga oshirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21
iyuldagi «Suv resurslarini boshqarishni
tashkil etishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida»gi qarori bilan
respublikamizda irrigasiya tizimlarini
boshqarish ma’muriy-hududiy
prinsiplardan havza prinsiplariga o’tish
jarayoni huquqiy asosida belgilab berildi
Irrigasiya tizimlari havza boshqarmalari
Norin-Qoradaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;
Norin-Sirdaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;
Sirdaryo-So’x irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;
Chirchiq-Ohangoron irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;
Amu-Surxon irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;
Amu-Qashqadaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;
Amu-Buxoro irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;
Quyi-Amudaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;
Zarafshon irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;
Birlashgan dispecherlik markaziga ega bo’lgan Farg’ona
vodiysi magistral kanallar tizimi boshqarmasini tashkil etildi.
Irrigasiya tizimlari havza boshqarmalarining
asosiy vazifalari suvdan foydalanishning bozor tamoyillari va
mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishni tashkil etish:
ilg’or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo’jaligida yagona texnika siyosatini o’tkazish;
iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o’z vaqtida ta’minlashni tashkil etish;
irrigasiya tizimlari va suv xo’jaligi inshoatlarini texnik ishonchliligini ta’minlash;
havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini oshirish;
suv iste’molchilari bo’yicha suv resurslaridan foydalanishni aniq hisobi va hisobotini ta’minlash.
Suv resurslari boshqaruvi havza prinsipiga
o’tkazish sabablari:
Yildan- yilga kuchayib borayotgan suv tanqisligi;
O’zbekistonga 58,6 mlrd. m3 daryo suvlaridan faqat 11,47 mlrd. m3 (19,6 %) respublika hududida paydo bo’ladi, qolgani esa qo’shni davlatlar hududida paydo bo’ladi, qolgani esa qo’shni davlatlar hududidano’tib keladi;
Markaziy Osiyoda 5 ta mustaqil davlatlar paydo bo’lishi munosabati bilan davlatlararo suv boshqaruvi murakkablashdi va ayrim hududlarda kafolatli suv ta’minoti darajasi pasaydi;
Respublika g’alla mustaqilligini ta’minlash uchun mavjud bo’lgan suv xo’jaligi obyektlarini mavsumiy ishlatishщ davri uzaydi;
Suv xo’jaligi obyektlarini ishlatish uchun ajratilayotgan byudjet mablaglarining hajmini kamaytirish;
Suv xo’jaligi asosiy fondlarining eskirishi. Aksariyat suv xo’jaligi obyektlarini qurilib ishlatilayotganiga 30-35 yil, ayrimlariga esa 40-45 yil bo’ldi. Natijada ko’pgina obyektlar, ayniqsa nasos stansiyalar va yirik gidrotexnik inshoatlar hozirgi kunga kelib qaytadan tiklanishi va modernizasiya qilinishi zarur bo’lib qoldi;
Asosiy suvdan foydalanuvchi bo’lgan qishloq xo’jaligida bozor iqtisodiyotiga o’tish borasidagi islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha jadal olib borilayotgan katta miqyosdagi ishlar suv xo’jaligi tizimiga ham ma’lum talablar qo’ydi
4.3-jadval
«Zarafshon» Irrigasiya tizimlari havza boshqarmasining tarkibiy tuzilishi.
№ Nomi Ma’muriy joylashuvi
1 «Zarafshon» magistral tizimi boshqarmasi Samarqand shahri
2 «Tuyatortor kanali» Irrigasiya tizimi boshqarmasi G’allaorol tumani
3 «Mirza-Pay» Irrigasiya tizimi boshqarmasi Jomboy shahri
4 «Darg’om» Irrigasiya tizimi boshqarmasi Samarqand shahri
5 «Eski Anhor» Irrigasiya tizimi boshqarmasi Chiroqchi tumani
6 «Oq- qoradaryo»Irrigasiya tizimi boshqarmasi Loyish shahri
7 «Miyonqol-Toss» Irrigasiya tizimi boshqarmasi Kattaqo’rg’on tumani
8 «Karmana-Konimex» Irrigasiya tizimi boshqarmasi Karmana shaxri
9 «Narpay-Navoiy» Irrigasiya tizimi boshqarmasi Narpay tumani
4.4-jadval
«Zarafshon» Irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi tarkibidagi Irrigasiya tizimlari hisobida bo’lgan suv xo’jaligi
inshoatlari
№ Magistral va Irrigasiya tizimlari
nomi
Su
g’o
rish
tarm
oq
lari
,
do
na
Su
g’o
rish
tarm
oqla
ri
uzu
nli
gi,
km
Jam
i
insh
oat
lar,
do
na
Jam
i
gid
rou
zel-
lar,
do
na
Su
v
o’l
chas
h
nu
qta
-lari
.
do
na
Um
um
iy
yo
’lla
r
uzu
nli
gi,
km
1. Kattaqo’rg’on suv ombori 3 42,10 12 3 12 55,8
2. Yu.Z.S.T.F.B 7 26,54 24 4 20 13,9
3. Zarafshon magistral 9 660,60 153 21 206 152,16
4. Darg’om 73 561,50 412 69 554 419
5. Karmana-Konimex 28 394,49 60 86 202 83,77
6. Oq-Qoradaryo 21 206,41 66 66 185 109,55
7. Eski-Anhor 16 264,48 427 1 168 175,6
8. Narpay-Navoiy 11 224,19 27 12 195 161,73
9. Mirza-Pay 29 468,70 195 72 462 154,3
10. Tuyatortar kanali 36 370,53 330 7 232 41,41
11. Miyonqol-Tos 29 426,95 542 32 195 178,8
Jami: 262 3616,5 2248,0 373 2431 1546
«Zarafshon» Irrigasiya tizimlari havza
boshqarmasi sug’orish hududi
«Zarafshon magistral tizimi» tizim asosan Zarafshon daryosi suv resurslarini tranzit holda o’tkazish va talabnomalarp asosida Irrigasiya tizimlari hisobida bo’lgan kanallarga yetkazib berish va viloyat hududidagi 8 ta suv omborini ishlatishdan iborat;
«Tuyatortar kanali» Irrigasiya tizimi – tizim asosan Jizzax viloyatining Baxmal, G’allaorol va Jizzax tumanlarining 370 ming gektar sug’oriladigan maydonlariga hizmat ko’rsatadi;
«Mirza-Pay» Irrigasiya tizimi – tizim asosan Samarqand viloyatining Bulung’ur, Jomboy va Poyariq tumanlaridagi 92511 gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat ko’rsatadi;
«Darg’om» Irrigasiya tizimi – tizim asosan Samarqand viloyatining Urgut, Toyloq, Samarqand, Pastdarg’om, Nurobod, Kattaqo’g’on tumanlari va Samarqand shahrining 122237 gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat ko’rsatadi;
«Eski Anhor» Irrigasiya tizimi boshqarmasi – tizim Samarqand viloyatining Pastdarg’om, Nurobod, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Qamashi va Shahrisabz tumanlarining 47 ming gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat ko’rsatadi;
«Zarafshon» Irrigasiya tizimlari havza
boshqarmasi sug’orish hududi
«Oq-qoradaryo» Irrigasiya tizimi boshqarmasi – tizim asosan Samarqand viloyatining Oqdaryo, Jomboy, Ishtixon, Payariq, Samarqand va Qo’shrobod tumanlarining 70034 gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat ko’rsatadi;
«Miyonqol-Tos» Irrigasiya tizimi boshqarmasi-tizim asosan Navoiy viloyatining Xatirchi, Samarqand viloyati Ishtixon va Kattaqo’rg’on tumanlarining 67638 gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat kursatadi:
«Karmana-Konimex» Irrigasiya tizimi boshqarmasi- tizim asosan Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Konimex, Qiziltepa va Navoiy tumanlarning 47961 gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat ko’rsatadi;
«Narpay-Navoiy» Irrigasiya tizimi boshqarmasi- tizim asosan Samarqad viloyatining Narpay, Paxtachi, Nurobod, Kattaqurg’on va Navoiy viloyatining Navoiy tumanlarining 60810 gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat ko’rsatadi.
3. Sug’orishda yangi texnologiyalarni
qo’llash.
Sug’orish
Ekinlarni o’sish davrida
me’yoridagidek rivojlanishi uchun
kerakli oqova suvni sug’orish
maydonida bir tekis taqsimlash, suvni
tuproq va havo namiga aylantirib berishga qaratilgan tadbirlar majmuasi
Sun’iy sug’orish talablari:
- yuqori ish unumdorligi;
- kam suv sarflab, yuqori meliorativ
ko’rsatgichlarga erishish;
- sug’orish tarmoqlarining yuqori texnik
ko’rsatgichlarga ega bo’lishi va boshqalar
Sug’orish usullari
yer ustidan sug’orish;
yomg’irlatib sug’orish;
tuproq ichidan sug’orish;
tomchilatib sug’orish;
sizot suvlari sathini ko’tarib
(subirrigasiya) sug’orish;
tuman hosil qilib sug’orish (dispers
sug’orish usuli).
Yer ustidan sug’orish usuli
suv tuproq ustidan taqsimlanadi hamda
shu orqali namlanadi. Bu usul
O’zbekistonda ko’proq qo’llaniladi. Chunki
u qulay va oz mablag’ talab qiladi. Sug’orish
oddiy bo’lib, tuproq strukturasi yaxshi
saqlanadi va hosildor qatlamni kerakli
chuqurlikda namlantiradi. Suv sifatiga talab
kam, tuproq sho’rini yaxshi yuvadi.
Yomg’irlatib sug’orish usuli
suv maxsus mexanizmlar yordamida ekin maydoniga yomg’ir
shaklida purkaladi va tuproqqa shimiladi. Bunda faqat tuproq
emas, balki o’simliklarning ustki qismi ham namlanadi. Egatlab
sug’orishga nisbatan mehnat unumdorligi 3-4 barobarga
oshadi, 15-20 foiz suv tejaladi. Sug’orish me’yori o’rtacha 700-
800 m3/gani tashkil qiladi va bitta agregat bir kunda 10-13
gektar ekin maydonini sug’ora oladi. Bu usul sug’orish ishlarini
mexanizasiyalash va avtomatlashtirishdan tashqari tez-tez
kam – hajmda sug’orish, qiyin mikrorelyefni suv bilan
ta’minlash, hosildor qatlam chuqurligini kerakli miqdorda
namlash imkonini beradi. Afzalligi – yerdan va suvdan
foydalanish koeffisiyenti yuqori bo’lib, mikroiqlimni
yaxshilaydi.
Tuproq ichidan sug’orish usuli
suv tuproq ustidan emas, balki ichidan
o’rnatilgan quvurlar orqali tuproqning
hosildor qatlamiga yetkazib beriladi.
Hosildor qatlamning namlanishi asosan
tuproqning so’rish kuchi hisobiga sodir
bo’ladi. Tuproq kapillyarlar orqali
namlanadi. Bu usulni sho’r bosgan
tuproqlarda tadbiq qilib bo’lmaydi. Afzalligi
– suv bug’lanib isrof bo’lmaydi.
Tomchilatib sug’orish usuli
suv tuproqqa maxsus quvurlar hamda
ularga o’rnatilgan tomchilatgichlar
yordamida tomchi holida to’g’ridan-to’g’ri
har bir o’simlikning ildiziga yetkazib
beriladi. Afzalligi – suv o’simliklarning
hosildor qatlamida uzluksiz mo’tadil
namlik, havo, ozuqa va tuz rejimlarini
vujudga keltiradi, suv ekin ildiziga
to’g’ridan-to’g’ri beriladi.
Tomchilatib sug’orishda ekinlar hosildorligi
Paxta - 50-55 s/ga
Makkajo’xori - 120-130 t/ga (ko’k poya)
Makkajo’xori - 25-32 t/ga (don)
Pomidor - 130-140 t/ga (ochiq yerda)
Pomidor - 500 t/ga gacha (issiqxonada)
Uzum - 50 t/ga
Olma - 60 t/ga
Kartoshka - 45 t/ga
Sizot suvlari sathini ko’tarib (subirrigasiya)
sug’orish usuli
sun’iy ravishda sizot suvlarining sathi
ko’tarilib (kollektor va zovur tarmoqlarini
yopib qo’yish bilan), tuproqning so’rish
kuchi hisobiga hosildor qatlam namlanadi.
Afzalligi – suv tejaladi, bug’lanib isrof
bo’lmaydi.
Tuman hosil qilib sug’orish usuli
suv maxsus nasoslar yordamida quvurlar
orqali bosim bilan ekin maydoniga tuman
holatida parchalab beriladi. Bu usul asosan
yerning mikro ob-havo sharoitini
yaxshilash maqsadida ishlatiladi. Afzalligi –
yuqori havo harorati me’yoriga keltirilishi
evaziga suv tejaladi.
Суғориладиган ерларнинг шўрланганлик даражаси
кам
шўрланган
31,3%
ўртача
шўрланган
15,0%
кучли
шўрланган
3,3%
шўрланмаган
50,3%
Қишлоқ хўжалигида сув ресурсларидан самарасиз фойдаланиш оқибатлари
020406080
100
Шўрланмаган Кучсиз
шўрланган
Ўртача
шўрланган
Кучли
шўрланган
Вилоятлар Суғориладига
н майдон (минг. га)
Шўрланма-
ган,%,
2008/2009йй
Кучсиз шўрланган,% 2008/2009йй
Ўртача шўрланган,%
2008/2009йй
Кучли шўрланган,%
2008/2009йй
Самарқанд 378,1 97,4/98,1 2,4/1,8 0,1/0,1 0,01/-
Бухоро 274,9 11,1/12,6 56,2/56,1 27,7/26,7 5,0/4,6
Навоий 131,7 12,7/12,8 67,9/68,0 14,6/15,0 4,8/4,3
Республика бўйича
4301.5 49.8/50.4 31.5/31.3 15.2/15.0 3.5/3.3
Экинлар ҳосилдорлигининг тупроқ шўрланишига боғлиқлик графиги
4.5-jadval
Sug’orish usullarining samaradorligi
Sug’orish usuli
Tupro
qni
nam
lash
Hav
oni
nam
lash
Tupro
qda
nam
yig
’ish
Sho’r
yuvis
h
Tupro
q
yem
iril
ishi
old
ini
oli
sh
O’g
’it
ber
ish
Ch
iqin
di
suv
bil
an
sug
’ori
sh
O’s
imli
kni
nam
lash
Beg
ona
o’t
larn
i
old
indan
undir
ish
Yer ustidan + - + + - x x - +
Yomg’irlatib + + - - x x x + +
Tuproq ichidan + - + - + + + - -
Tomchilatib + - - - + + - - -
Subirrigasiya + - + - + - - - -
Tuman hosil qilib x + x - + x - + x
*Eslatma: + - mumkin; - - mumkin emas; × - qisman mumkin
Sug’orish samaradorligini oshirish:
- Barcha suvdan foydalanuvchilarga kerakli hajmda suv yetkazib berish uchun fermerlar o’zaro hamkorlikda samarali suvdan foydalanish rejasini tuzishlari lozim.
- Fermerlar ekin turlaridan kelib chiqib sug’orish jadvalini ishlab chiqishi lozim. Bu ekinni kerakli vaqtda va yetarli xajmdagi suv bilan sug’orish imkonini beradi.
- Zichlashgan tuproq suvdan samarali foydalanish imkoniyatini pasaytiradi. Chunki o’simlik ildizlari chuqurda joylashgan namlikni o’zlashtira olmaydi. Suvdan foydalanish samaradorligini oshirish uchun yerni chuqur yumshatish va qishloq xo’jalik texnikalarining nam tuproq ustida harakatlanishini kamaytirish zarur.
- Sug’orish jadvaliga rioya qilmaslik zaxlanishni vujudga keltiradi. Tuproq yetarli namlangandan so’ng sug’orishni to’xtatish lozim.
- Sug’orishning kechiktirilishi natijasida o’simlikning chanqashiga sabab bo’ladi. U nimjon rivojlanadi yoki kasallikka chalinuvchan bo’lib qoladi. Shuningdek bu holat ekinning sekin o’sishi va poyasining yuqori qismi so’lishiga olib keladi.
- O’simlikning suvga bo’lgan talabini o’z vaqtida qondirish uning yaxshi rivojlanish omillaridan biridir.
Қишлоқ хўжалигида сув ресурсларидан максадли ва самарали фойдаланиш муаммолари
Суғориш тизимларининг ишчи холатини таъминланмаганлиги
Сувдан чекланган миқдорда фойдаланиш (лимит) тартибига риоя қилмаслик
Сув омборларининг иш режимига махаллий хокимликларнинг аралашуви
Бирламчи ва иккиламчи сувдан фойдаланувчилар ўртасидаги сув олиш ва етказиб бериш шартномаларининг тўлик бажарилмаслиги
СФУларнинг моддий техник базасини ривожланмаганлиги
Қишлоқ хўжалигида сувнинг самарадорлигини оширишга қаратилган инвестицион лойиҳалар
Жанубий Қорақалпоғистондан дренаж ўтқазиш лойиҳаси - умумий қиймати 74,5 млн. АҚШ доллари, 2008 йилда 8.33 млн. АҚШ доллари ўзлаштирилди;
Аму-Занг машина каналини қайта тиклаш лойиҳаси –
умумий қиймати 112.6 млн. АҚШ доллари, 2008 йилда 28 млн. АҚШ доллари ўзлаштирилди;
Андижон сув омборидаги ГЭС-2 учун ХХРдан
жиҳозлар келтириш лойиҳаси – умумий қиймати 28.52 млн. АҚШ доллари, 2008 йилда 7.31 млн. АҚШ доллари ўзлаштирилди;
Охангарон сув омборидаги кичик ГЭС учун ХХРдан жиҳозлар келтириш лойиҳаси –умумий қиймати 24.46 млн. АҚШ доллари, 2008 йилда 3.6 млн. АҚШ доллари ўзлаштирилди;
Бухоро, Навоий ва Қашқадарё вилоятлари ерларининг мелиоратив холатини яхшилаш лойихаси - умумий қиймати 76.18 млн. АҚШ доллари, 2008 йилда 0.57 млн. АҚШ доллари ўзлаштирилди;
Қишлоқ хўжалигида сувнинг самарадорлигини оширишга қаратилган инвестицион лойиҳалар
Дон экинлари хосилдорлигини ошириш лойихаси – умумий қиймати 40,0 млн. АҚШ доллари, 2008 йилда 6.16 млн. АҚШ доллари ўзлаштирилди;
Сирдарё вилояти Ок олтин туманида
инфратузилмаларни, таркиби узгартирилган хужаликларни куллаб-кувватлаш лойихаси – умумий қиймати 72.0 млн. АҚШ доллари, 2008 йилда 3.2 млн. АҚШ доллари ўзлаштирилди;
Андижон вилоятидаги Раиш-Хакент 1 насос
станциясининг қайта таъмирлаш лойихаси. Умумий қиймати 6.14 млн. АҚШ доллари, 2008 йилда 6.14 млн. АҚШ доллари ўзлаштирилди;
Марказий Фарғона хайдаладиган ерларининг мелиоратив холатини яхшилаш лойихаси - умумий қиймати 10.71 млн. АҚШ доллари, 2008 йилда 8.48 млн. АҚШ доллари ўзлаштирилди;
Умумий қиймати 310.52 млн. АҚШ доллари, 2008 йилда 77.34 млн. АҚШ доллари ўзлаштирилди;
Сув танқислигини юмшатиш бўйича амалга оширилиши лозим бўлган чора-тадбирлар
Манбааларнинг сув таъминотига қараб сув лимитини белгилаш ва унинг асосида сув ресурсларини оператив бошқариш
Каналлардаги фильтрацион, техник ва ташкилий йўқотишларни олдини олиш хамда уларнинг Ф.И.К. ларини ошириш.
Каналлар бўйича сувнинг айланма графикларини ишлаб чиқиш ва шу асосда сув тақсимотини амалга ошириш.
Коллектор-дренаж, ер ости, сой ва булоқлардан қушимча сув олиш чораларини кўриш
Сувдан фойдаланиш бўйича назоратни кучайтириш, сувнинг бехуда сарфига йул қўйганларга нисбатан жазо чораларини кучайтириш
Сув танқислигини юмшатиш бўйича амалга оширилиши лозим бўлган чора-тадбирлар
Сувни иқтисод қилиш ва ундан самарали фойдаланиш бўйича СФУ ва фермер хўжаликлари мутахассислари иштирокида амалий семинарлар ташкил этиш ва ОАВ орқали тарғибот – ташвиқот ишларини олиб бориш.
Сувни кўп талаб қиладиган экин турларини (шоли) такрорий экинлар экишни ман этиш
Сув тежамкор суғориш технологияларини қўллаш.
Сув танқислигини юмшатиш бўйича амалга оширилиши лозим бўлган чора-тадбирлар
Суғориладиган ерларни текислаш.
Ер майдонининг нишаблигига қараб эгатларни қисқа олиш (50-60м)
Тупроқ шароитидан келиб чиқиб қатор оралаб суғориш
Сувчилар сонини кўпайтириш ва хар 5-6 л/с сувга биттадан сувчи жалб этиш
Тунги суғориш ишларини ташкил этиш ва сувчиларга керакли шароитларни яратиш
Суғоришни шарбат оқизиб ташкил этиш ва қатор орасига ўз вақтида ишлов бериш
Сувни ташлама ва зовурга бехуда ташлаб қўйиш, кўллатиб ва захлатиб суғоришга йўл қўймаслик
Суғоришни экинлар талабидан келиб чиқиб ташкил этиш
Орол денгизи ва орол бўйи муаммолари
«Қуриётган Орол муаммолари - бу Оролбўйи минтақасида яшаётган миллионлаб инсонларнинг муаммосидир»
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг БМТ саммити мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисидаги нутқи
Орол денгизи ва орол бўйи муаммолари
“Қирқ йил мобайнида Орол денгизи акваторияси 7 баравар қисарди, сув ҳажми 13 марта камайди, унинг минераллашуви эса ўнлаб баравар ошиб, денгизни тирик организмлар-нинг яшаши учун яроқсиз аҳволга келтирди. Натижада қарийб барча ҳайвонот ва наботот олами таназзулга учради ва йўқолди.
Бугун Оролбўйида нафақат экологик, балки дунё миқёсида оғир оқибат-ларга олиб келиши мумкин бўлган мураккаб ижтимоий-итисодий ва демографик муаммолар пайдо бўлди”.
БМТ Бош котиби жаноб Пан Ги Мун 2010 йилнинг апрел ойида Оролбўйига ташрифи чоғида Орол муаммоси планетар муаммо эканлигига ишонч ҳосил қилди.
Халқаро сув хўжалиги ташкилотлари
билан ўзаро ҳамкорлик
Бугунги кунда Ўзбекистон Республикаси қуйидаги
халқаро сув хўжалиги ташкилотлари билан
ҳамкорлик қилиб, уларнинг тадбирларида фаол
иштирок этмоқда.
• Халқаро Сув Кенгаши;
• Ирригация ва Дренаж бўйича Халқаро Қўмита;
• Глобал Сув Хўжалиги Ҳамкорлиги;
• Сув Ресурсларини Ривожлантириш ва Бошқариш
бўйича Ислом Давлатлараро Тармоғи.