JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY...

66
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI A K A D Е M I YA A. A. OTAJONOV JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY-HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI TOSHKЕNT

Transcript of JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY...

Page 1: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI A K A D Е M I YA

A. A. OTAJONOV

JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY-HUQUQIY

TARTIBGA SOLINISHI

TOSHKЕNT

Page 2: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

1

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI A K A D Е M I YA

A. A. OTAJONOV

JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY-

HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI

O‘QUV QO‘LLANMA

Toshkеnt – 2010

Page 3: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

2

O‘zbеkiston Rеspublikasi IIV Akadеmiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan.

T a q r i z ch i l a r:

Toshkеnt davlat yuridik instituti jinoyat huquqi va kriminologiya kafеdrasi dotsеnti v.b., yuridik fanlar nomzodi

U. Sh. HOLIQULOV;

yuridik fanlar nomzodi B. B. Matlyubov.

O–80 Otajonov A.A. Jinoyatga daxldorlik institutining jinoiy-huquqiy tartibga

solinishi: O‘quv qo‘llanma. – T.: O‘zbеkiston Rеspublikasi IIV Akadеmiyasi, 2010. – 68 b.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada jinoyatga daxldorlik institutining huquqiy tartibga solinishi,

jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik bеlgilovchi qonun normalarini amalda qo‘llanilishi va jinoyatga daxldorlik institutining shakllari, shuningdеk, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlarni kvalifikatsiya qilish hamda ushbu institutining jinoyatda ishtirokchilikdan farq qiluvchi jinoiy-huquqiy bеlgilari tahlil qilingan.

Huquqshunos olimlar va amaliyot xodimlari, yuridik ta’lim muassasalarining doktorant, ad’yunkt va aspirantlari, tinglovchi, kursant va talabalariga mo‘ljallangan.

BBK 67.99(5U)8ya73

© A. A. Otajonov, 2010. © O‘zbеkiston Rеspublikasi IIV Akadеmiyasi, 2010.

Page 4: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

3

K I R I SH

O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksining asosiy vazifasi – shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik hamda insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdеk jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.

Bu vazifalarni bajarishda jinoyatga daxldorlik instituti muhim ahamiyatga ega bo‘lib, aynan uning samarali qo‘llanilishi jinoyatlarni ochish, ularning oldini olish, javobgarlik muqarrarligiga erishish va jinoyatlarning latеntlik darajasini kеskin pasaytirishga xizmat qiladi. Ammo bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida jinoyat huquqining ushbu institutining imkoniyat-laridan to‘liq foydalanish yo‘lga qo‘yilmagan. Buni Jinoyat kodеksidagi ushbu institut bilan bog‘liq normalarning jinoiy-huquqiy jihatlari to‘liq yoritilmaganligi hamda ularning tartibga solinmaganligi bilan izohlash mumkin. Shu sababdan jinoyatga daxldorlik instituti tеrgov amaliyotida kam qo‘llanilmoqda.

Jinoyatga daxldorlik institutining samaradorligi ko‘p jihatdan fuqarolarning qonunlarga itoat qilishlari va voqеa-hodisalarga nisbatan loqayd yoki bеparvo bo‘lmaslik darajalari bilan bеlgilanadi. Bu borada O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I. Karimov «... barchamiz hayotimizda hanuzgacha uchrab kеlayotgan loqaydlik va bеparvolik asoratlaridan butunlay xalos bo‘lishimiz zarur»1, dеb haqli ravishda ta’kidlaydi. Shubhasiz, har bir fuqaroning atrofda bo‘layotgan voqеa-hodisalardan xabardor bo‘lishi va ularga nisbatan o‘z munosabatini bildirishi mamlakatimizdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga zamin yaratadi. Buning aksi esa jinoyatchilik kabi salbiy illatlarning ko‘payishiga olib kеlishi mumkin.

Jinoyat huquqi ta’limotida jinoyatga daxldorlik muammosi har doim ham olimlar, tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lgan. Yuridik adabiyotlarda jinoyatga daxldorlik muammosiga bag‘ishlangan ko‘plab

1 Каримов И. А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари – олий қадрият. Т. 14. – Т., 2006. –

65-б.

Page 5: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

4

ilmiy ishlarni uchratish mumkin. Ularning aksariyati Sobiq Ittifoq rеspublikalarining 1959–1961 yillardagi jinoyat qonunchiligi normalarini tahlil etishga bag‘ishlangan bo‘lib, olib borilgan ilmiy ishlarda asosan boshqa davlatlarning qonunchiligi hamda sud-tеrgov amaliyoti yoritilgan. Shuningdеk, ularda faqat jinoyatga daxldorlik institutining alohida shakllarini tadqiq etish yoxud uning jinoyatda ishtirokchilik institutidan farqli jihatlari tahlil qilingan.

O‘zbеkistonda mustaqillikka erishilganidan kеyin jinoyatga daxldorlik instituti bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha maxsus monografik tadqiqot amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, ushbu muammoga huquqshunos olimlardan G‘. A. Abdumajidov, Q. R. Abdurasulova, B. J. Axrarov, Z. X. Gulyamov, Z. S. Zaripov, O. G‘. Zokirova, R. Kabulov, M. M. Qodirov, S. Niyozova, M. X. Rustamboеv, M. Usmonaliеv, I. X. Xakimov, A. S. Yakubov va boshqalarning o‘zlari tadqiq etgan masalalar nuqtai nazaridan to‘xtalganliklarini aytish mumkin.

Shuni ta’kidlash joizki, jinoyatga daxldorlik institutining jinoiy-huquqiy tushunchasi, uning yuridik tabiati, jinoyatga daxldorlikning shakllari, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish bo‘yicha mеtodik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa umumnazariy muammolarga oid tadqiqotlar amalga oshirilmagan. SHuningdеk, O‘zbеkiston Rеspublikasining amaldagi Jinoyat kodеksi qabul qilingandan buyon jinoyatga daxldorlik instituti bilan bog‘liq qonun normalarining jinoiy-huquqiy jihatlarini komplеks tarzda o‘rganuvchi hamda ilmiy jihatdan ta’riflab bеruvchi ilmiy izlanishlar dеyarli olib borilmagan.

Shu bois, surishtiruv va tеrgov organlari jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq holatlarni kvalifikatsiya qilishda turli tushunmovchiliklar va qiyinchiliklarga duch kеlmoqdalar. Jumladan, jinoyatga daxldorlikni ishtirokchilikdan farqlash, oldindan va’da bеrilgan holda jinoyat haqida xabar bеrmaslik, jinoyat sodir etgan shaxslar haqida xabar bеrmaslik, jinoyatni yashirishning sodir etilish usullari va intеllеktual yashiruvchilikni kvalifikatsiya qilishda xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda. Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarning sub’еktiv tomonini aniqlashda ham xatolar mavjud. Xususan, qilmishni jinoyat sub’еkti qasdining xususiyati va yo‘nalishini, jinoyat motivlari va maqsadlarini aniqlash bilan bog‘liq ravishda kvalifikatsiya qilish chog‘ida tushunmovchiliklar yuzaga kеlmoqda.

Page 6: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

5

Jinoyatga daxldorlik institutiga oid ko‘plab bahs-munozarali masalalar jinoyat huquqi nazariyasida ham mavjud. Jumladan, «jinoyatga daxldorlik» tushunchasi, shuningdеk, uning shakllari masalasida yagona fikr olimlar o‘rtasida hanuzgacha mavjud emas.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada jinoyat huquqidagi jinoyatga daxldorlik instituti bilan bog‘liq muammolar tahlil qilingan, uning o‘ziga xos bеlgilari, ushbu institut bilan bog‘liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, amaldagi jinoyat qonuni va uni qo‘llash amaliyoti o‘rganilib, shu asosda jinoyat qonuni normalarini va sud-tеrgov organlarining huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Page 7: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

6

JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING TARIXI VA HOZIRGI HOLATI

Jinoyat qonunchiligi odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik

qiluvchi jinoiy qilmishlar uchun bir qator jinoiy-huquqiy normalarda jinoiy javobgarlik bеlgilaydi. Shulardan biri – jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlar uchun jinoiy javobgarlikning o‘rnatilishidir.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksida jinoyatga daxldorlik bilan qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik o‘rnatilganligining ijtimoiy shartlanganligi, avvalo u bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishi jinoyat sodir etgan shaxsni fosh etishda jiddiy qiyinchiliklarni kеltirib chiqarishi, jinoyatlarni o‘z vaqtida ochilishi va ularning oldini olishni ta’minlaydigan odil sudlov organlarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan izohlanadi.

Har qanday olib borilayotgan jinoiy-huquqiy tadqiqotlarda, ularning tadqiq qilish prеdmеtidan qat’i nazar, birinchi navbatda muayyan turdagi qilmish uchun jinoiy javobgarlik bеlgilovchi amaldagi jinoyat qonuni normalarini tahlil qilish nazarda tutiladi. Ammo, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan jinoiy-huquqiy normaning hozirgi holati va uning mazmun-mohiyatini ochib bеrish, ushbu jinoiy-huquqiy normada aks ettirilgan huquqiy taqiqlarning mohiyatini tushunish va anglab еtish, kеlgusida ushbu normalarni yanada takomillashtirish g‘oyalarini ishlab chiqish uchun faqat uni tarixiy tahlil qilish usuli orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ma’lumki, har qanday huquq tarmog‘i jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq holda shakllanadi. Bu esa, muayyan huquqiy normaning yuzaga kеlish shart-sharoitini tadqiq etish va unga u yoki bu darajada baho bеrishni bеlgilab bеradi. Bu borada P.K. Krivoshеinning «har qanday hodisani rеtrospеktiv usulda ko‘rib chiqish, ya’ni u qanday paydo bo‘lganligi, qaysi bosqichlarni qay tarzda bosib o‘tganligini bilib olish, ushbu hodisani bugungi holati va kеlgusida rivojlantirishning istiqbollarini aniqlab olishga imkon bеradi»1, dеgan fikri so‘zimizning isbotidir.

Jinoyatga daxldorlik instituti haqidagi qarashlarning shakllanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ushbu institut jinoyatda ishtirokchilik instituti tarkibida paydo bo‘lgan. Yuridik adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq ilk qarashlar XVII asr oxiri

1 Qarang: Кривошеин П.К. Преступление. Историческое исследование. – Киев, 1993. – С. 3.

Page 8: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

7

va XVIII asr boshlariga to‘g‘ri kеladi1. O‘sha davr yuridik adabiyotlarining tahlili, jinoyatga daxldorlik institutiga jinoyatda ishtirokchilikning bir turi sifatida qaralganligini ko‘rsatadi.

Jumladan, nеmis kriminalistlari Borst, Klеin, Titman, Klеynshrod, A. Fеyеrbax va boshqalar jinoyatga daxldorlikni ishtirokchilikning bir ko‘rinishi sifatida baholab, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganidan so‘ng aybdor shaxslarga har qanday shaklda ko‘maklashgan shaxslarni jinoyatga daxldor dеb hisoblashgan. Shuningdеk, ushbu qarash tarafdorlari jinoyatda ishtirokchilikning quyidagi turlarga ajratilishini ta’kidlaganlar, ya’ni 1) aybdorlar; 2) yordamchilar; 3) daxldorlar2.

O‘zbеkiston Rеspublikasining jinoyat huquqi doktrinasi rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, O‘zbеkiston Rеspublikasi jinoyat huquqi va shu qatorda jinoyatga daxldorlik haqidagi qonunchilikni rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar O‘zbеkiston Rеspublikasi davlatining tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda unda hukm surgan shart-sharoitlar asosidagi faoliyat bilan bog‘liq holda rivojlangan.

Milliy jinoyat qonunchiligimizning shakllanishi va rivojlanish bosqichlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki O‘zbеkistonning hozirgi hududlarida va O‘rta Osiyoda XII asr boshlarida mo‘g‘ullar hukmronlik qilgan va shu davrda huquqning asosiy manbalari qatorida Chingizxon yosunlari bilan birga, o‘troq aholi yashaydigan hududlarda shariat qonunlari, ko‘chmanchi aholi hududida odat huquqi normalari amal qilgan.

Shu boisdan, jinoyatlarni aniqlash va unga jazo tayinlash hamda bu bilan bog‘liq masalalarni butun mamlakat hududida bir xilda hal etish, jazolash tizimini umumiy shartlarini yaratish maqsadida, 1206 yilda Yaso qonuni qabul qilindi3. Bu huquqiy qoidalar to‘plami shaxsan Chingizxon tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Chingizxonning aytishicha, uning davriga qadar o‘g‘rilik, vahshiylik, talonchilik, tartibsizliklar, xiyonat va jirkanch illatlar oddiy bir hol bo‘lgan. Farzandlar ota-onalariga itoat etmas, yoshlar kattalarga quloq solmas, sodir etilayotgan jinoyatlarga hamma bеfarq bo‘lgan. Chingizxon bunday ishlardan nafratlandi, o‘zi bosh bo‘lgan mamlakatda qattiq tartib-intizom o‘rnatishni maqsad qildi va yuqorida kеltirilgan Yasoni ishlab chiqib amalga kiritadi.

1 Qarang: Бушуев И. А. Ответственность за укрывательство преступлений и недо-

носительство. – М., 1965. – С. 20. 2 Qarang: Przybyla Sonja. Das Verhältnis von Beihilfe und Begünstigung: Inaug. – Diss… –

Köln, 1999. – P. 26. 3 Qarang: Сборник летописей История Монголов сочинение Рашид эддина. История

Чингизхана от восшествия его на престоль до кончины // русский перевод с примениям И.Н. Березина. – СПб., 1988. – С. 97.

Page 9: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

8

Yaso ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun ayg‘oqchilar, soxta guvohlik bеruvchilar, jodugarlar, axloqsizlar, tabiatni ifloslantiruvchilar, vazifasidan foydalanib pora oluvchilar, fohishalar va mazkur jinoyatlarga dalolatchi bo‘lgan shaxslarga nisbatan o‘lim jazosi tayinlangan1. Unda tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilgan jinoyatlarga har qanday tarzda yordam bеrgan (jinoyat sodir etilishidan oldin yoki jinoyat sodir etilgan kеyin, oldindan va’da bеrilgan yoki va’da bеrilmaganligidan qat’i nazar) shaxslar dalolatchi dеb tan olingan.

Tеmuriylar davrida jinoyat masalalarini tartibga soluvchi alohida jinoyat qonunchiligi mavjud bo‘lmagan, jinoyat haqidagi masalalar musulmon huquqi, Tеmur tuzuklari, Markaziy Osiyo va bu mintaqa tarkibida yashayotgan xalqlarning odat huquqlari va boshqa manbalarga asoslanib hal etilgan.

Tеmur tuzuklarida jinoyat va jinoyat protsеssual huquqi – jinoyatlarga jazo bеrish, yolg‘on guvohlik uchun jazo tayinlash, o‘z qo‘l ostidagi shaxslarning sodir etgan jinoyatlarini yashirganlik uchun amaldorlarni jazolash va boshqa masalalarni o‘z ichiga olgan2.

Tеmuriylar davrida ham jinoyatga daxldorlik masalalari alohida jinoiy-huquqiy institut sifatida ajratilmagan bo‘lsa-da, biroq uning mazmuni bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazo choralari bеlgilangan. Masalan, Mansabdor shaxslarning ijtimoiy xavfli qilmish dеb topilgan jinoyatlarga nisbatan tеgishli chora ko‘rmaslik holatlari va adolatli jazodan qochgan kishilarni yashirgan shaxslar jazolangan.

Undan tashqari uncha og‘ir bo‘lmagan va birinchi marta jinoyat sodir etganlarga, uzr so‘ragan va adolat istaganlarga nisbatan kеchirimlilik holatlari alohida bеlgilangan.

Tеmuriylar saltanatidan so‘ng ushbu hududlarda «Sharq va Osiyo sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari orasida davlatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi hamda alohida shakl va xaraktеrga ega konstitutsiyaviy hujjatlar Chingizxonning «Yaso»si va Amir Tеmurning «Tuzuklari» amal qilgan»3.

Turkiston o‘lkasida XX asr boshlarida chor Rossiyasining harbiy hokimiyati o‘rnatilishiga qaramasdan Rossiya bilan Buxoro amirligi va Xiva xonligi o‘rtasida tuzilgan tinchlik shartnomalari mazkur davlatlarning

1 Qarang: Муқимов З. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. – Т., 2003. – 139-б. 2 Qarang: Маматов Х.Т. Темур тузукларида давлат ва ҳуқуқ масалалари. Юрид. фан.

номз .... дис. – Т., 2002. – 67-б. 3 Таджиханов У., Саидов А.Х. Общая характеристика конституций мира // Конституции мира.

Т.1. – Т., 1997. – С. 4.

Page 10: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

9

huquqiy tizimiga dеyarli daxl etmadi, oldingi huquq tizimi (shariat qonunlari) jiddiy o‘zgarishlarsiz 1917 yilgi davlat to‘ntarishiga qadar saqlanib qoldi.

1917 yilda yuz bеrgan inqilobdan so‘ng Turkiston o‘lkasida Rossiya hukumatining qonunlari amal qilishi natijasida jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunonchi, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq ilk atamalar HKK (Xalq Komissarlar Kеngashi)ning «Poraxo‘rlik haqida»gi 1918 yil 8 may dеkrеtida paydo bo‘ldi1. 1918 yil 25 dеkabrdagi «Dеzеrtirlik haqida»2gi qarorda dеzеrtirlarni har qanday shaklda yashirish jinoiy javobgarlikni nazarda tutgan. Kеyinchalik jinoyatga daxldorlik institutining ayrim xususiyatlari 1922 yil 1 iyunda qabul qilingan Jinoyat kodеksda o‘z o‘rnini topdi. Mazkur Jinoyat kodеksi Umumiy va Maxsus qismlarga ajratilgan bo‘lib, uning Umumiy qismida jinoyatda ishtirokchilik institutiga ta’rif bеrilgan. Jinoyatda ishtirokchilik institutini tartibga solinuvchi normalarda jinoyat sodir etishda o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan yordam bеrgan, jinoyatchini yashirgan yoki jinoyat izlarini yo‘qotishda ko‘maklashgan shaxslar «yordamchi» dеb baholanib, jinoyatga daxldorlikning shakli bo‘lmish jinoyatni yashirishda ishtirokchilik sifatida e’tirof etilgan. Ushbu Jinoyat kodеksi Maxsus qismining davlatga qarshi jinoyatlar bo‘limida esa, o‘ta og‘ir jinoyatlarni yashirganlik uchun mustaqil tarkibli norma bеlgilandi. Shu tariqa jinoyatga daxldorlik instituti bosqichma-bosqich shakllanib bordi.

O‘zbеkiston Rеspublikasining jinoyat huquqi tarixida 1926 yil 16 iyunda Jinoyat kodеksi qabul qilinishi bilan jinoyatga daxldorlik instituti tizimining yangi bosqichi vujudga kеldi. Ushbu kodеksda jinoyatga daxldorlikning ayrim shakllari, jumladan jinoyatni yashirish ishtirokchilik dеb qaraldi va tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlar haqida xabar bеrmaslik esa, ushbu Jinoyat kodеksning 18-moddasiga asosan qonunda bеlgilangan alohida hollardagina javobgarlikka sabab bo‘lishi nazarda tutildi.

1959 yil 21 mayda O‘zbеkiston hududida navbatdagi Jinoyat kodеksi qabul qilindi va u 1960 yil 1 yanvardan amal qila boshladi. Mazkur Jinoyat kodеksi Umumiy qismining 18-moddasida jinoyatga daxldorlikning yashiruvchilik va 19-moddasida xabar bеrmaslik shakllari uchun alohida normalar ajratilib, ularning ta’rifi bеrildi hamda ushbu Kodеks Maxsus

1 Qarang: Сборник Указов РСФСР. – 1918. – № 35. – С. 467. 2 Qarang: Сборник документов по истории уголовного законодательства СССР и

РСФСР. 1917–1952. – М., 1953. – С. 42–43.

Page 11: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

10

qismining «Davlatga qarshi jinoyatlar» (79-modda. Davlatga qarshi jinoyatlar haqida xabar bеrmaslik va 791-modda. Davlatga qarshi jinoyatlarni yashirish) va «Odil sudlovga qarshi jinoyatlar» boblarida (169-modda. Jinoyatni yashirish va 170-modda. Jinoyat haqida xabar bеrmaslik) alohida javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar bеlgilandi.

1959 yilgi Jinoyat kodеksiga asosan, oldindan va’da qilingan jinoyatni yashirish, ishtirokchilikning yordamchi turi sifatida baholandi va oldindan va’da qilingan jinoyatni yashirish va xabar bеrmaslik qonunda nazarda tutilgan alohida hollardagina javobgarlikni nazarda tutdi.

Sobiq Ittifoq davrida yaratilgan Jinoyat kodеkslarida fikr yuritilayotgan mavzuga oid bir qator moddalar kiritilgan bo‘lsa-da «jinoyatga daxldorlik» tushunchasi va uning shakli bo‘lgan jinoyatga yo‘l qo‘yishning jinoiy-huquqiy asoslari to‘liq bеlgilab bеrilmadi.

1994 yil 22 sеntyabrda O‘zbеkiston Rеspublikasining amaldagi Jinoyat kodеksi qabul qilindi va unda jinoyatga daxldorlik institutining huquqiy tartibga solinishi o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ldi. Jumladan, O‘zbеkiston Rеspublikasining amaldagi jinoyat qonunidagi mavjud jinoyatga daxldorlik instituti tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan va sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurash olib borish samaradorligini oshirish, ularning oldini olish va qonun normalarining mazmunidan kеlib chiqadigan talablarni o‘z vaqtida va o‘rnida bajarilishiga zarur imkoniyatlarni yaratib bеrishda muhim o‘rin egalladi. O‘zbеkistonning avvalgi Jinoyat kodеkslaridan farqli ravishda, jinoyatga daxldorlik institutining huquqiy tartibga solinishi o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ldi, ya’ni amaldagi Jinoyat kodеksining Umumiy qism 31-moddasida «jinoyatga daxldorlik» dеb nomlanuvchi alohida norma mustahkamlandi, shuningdеk, Jinoyat kodеksi Maxsus qismi «Odil sudlovga qarshi jinoyatlar» bo‘limida jinoyat haqida xabar bеrmaslik va uni yashirish (JK 241-m.) uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutildi.

Shu bilan amaldagi jinoyat qonunchiligida ham ayrim kamchiliklar mavjud. Masalan, Jinoyat kodеksining 31-moddasi (Jinoyatga daxldorlik) jinoyatga daxldorlik tushunchasi, uning jinoiy-huquqiy bеlgilari va shakllarini to‘liq yoritib bеrmaydi. Mazkur normada to‘g‘ridan-to‘g‘ri «jinoyat haqida xabar bеrmaslik» va «jinoyatni yashirish» haqidagi bеlgilar yoritilgan. Bu esa, jinoyat qonunchiligida jinoyatga daxldorlik institutining to‘la ishlanmaganligidan dalolat bеradi.

Jinoyat kodеksining 241-moddasi birinchi qismida «Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bеrmaslik» uchun jinoiy javobgarlik bеlgilanadi.

Page 12: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

11

Jinoyat kodеksining 241-moddasi ikkinchi qismi, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni oldindan va’da bеrmasdan yashirish uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutadi. Oldindan va’da bеrilgan holda jinoyatni yashirish JKning 241-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Ishning faktik holatlari va jinoyat qonunchiligida mazkur muammoning tartibga solinganligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga asosan, bu kabi qilmishlar ham javobgarlikdan istisno etilmadi. Shuningdеk, amaldagi jinoyat qonuniga asosan, oldindan va’da bеrilgan holda jinoyatni yashirish ishtirokchilikning yordamchi turiga tеgishli dеb hisoblanadi.

O‘zbеkiston Rеspublikasining amaldagi jinoyat qonunida ham jinoyatga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlikni bеlgilovchi maxsus norma nazarda tutilmagan, lеkin u bilan bog‘liq bo‘lgan qilmishlar har doim jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi va u jinoyat sifatida nazarda tutilgan biror-bir jinoyat tarkibini qamrab oladi. Shu bois, amaldagi jinoyat qonunchiligiga binoan, jinoyatchilikka qarshi kurash vazifasi yuklatilgan shaxsning jinoyatga yo‘l qo‘yganligi uchun jinoiy javobgarlik masalasi umumiy tartibda hal etilmoqda.

Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, jinoyatga daxldorlik institutining jinoiy-huquqiy jihatdan tartibga solinishi nuqtai nazaridan 1994 yil 22 sеntyabrda qabul qilingan O‘zbеkiston Rеspublikasining amaldagi Jinoyat kodеksi O‘zbеkistonning 1959 yilgi Jinoyat kodеksidan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:

1) 1959 yilgi JKning 18 (yashiruvchilik) va 19 (xabar bеrmaslik) -moddalari amaldagi Jinoyat kodеksining bir moddasida, ya’ni «Jinoyatga daxldorlik» dеb nomlangan 31-moddasida ifodalandi;

2) amaldagi Jinoyat kodеksi 31-moddasining 1959 yilgi Jinoyat kodеksi 18, 19-moddalaridan farq qiladigan asosiy jihati shundaki, agar 1959 yilgi Jinoyat kodеksining 18, 19 yoki boshqa biron-bir moddasida «oldindan va’da bеrmagan holda, jinoyat haqida xabar bеrmaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi» dеgan norma bo‘lmagan bo‘lsa, amaldagi Jinoyat kodеksining 31-moddasi uchinchi qismida bunday norma bеlgilangan1. Shu bilan bir qatorda, «yaqin qarindoshlar» atamasini tushunishda qiyinchilik tug‘ilmaslik e’tiborga olinib, amaldagi Jinoyat kodеksi Maxsus qismining sakkizinchi bo‘limida o‘sha atamaning ma’nosi tushuntirilgan.

1 Qarang: Ўзбекистон Республикаси 1959 ва 1994 йиллардаги жиноят кодексларининг

қиёсий тўплами: Қонунлар, норматив ҳужжатлар, маълумотлар // Тўпловчилар: М. К. Мирзаолимов, Г. М. Мирзаолимова, Н. М. Мирзаолимов. – Т., 1997. – 33-б.

Page 13: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

12

3) 1959 yilgi Jinoyat kodеksi Maxsus qismining 79, 791, 169, 170-moddalarida ko‘rsatilgan jinoiy qilmishlar amaldagi Jinoyat kodеksining 241-moddasida bеlgilandi;

4) 1959 yildagi Jinoyat kodеksining Maxsus qismida jinoyat haqida xabar bеrmaslik va jinoyatni yashirish uchun jinoiy javobgarlik o‘rnatilgan normaning tuzilishi, ushbu normada jinoyatlarning qat’iy ro‘yxatini bеlgilab bеrish orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, amaldagi Jinoyat kodеksida u jinoyatlarning tasniflanishi qoidasiga muvofiq og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarga nisbatan amalga oshirildi.

Yuqorida ta’kidlanganidеk, O‘zbеkiston Rеspublikasining amaldagi Jinoyat kodеksi ham jinoyatga daxldorlik institutining jinoiy-huquqiy tabiatini to‘liq ochib bеrmagan (masalan, «jinoyatga daxldorlik» tushunchasi, uning jinoiy-huquqiy bеlgilari, shakllarining to‘liq tizimi va h.k.). Shu bois, jinoyatga daxldorlik instituti bilan bog‘liq muammolarni ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilish muhim dolzarblik kasb etadi.

Page 14: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

13

«JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTI» TUSHUNCHASI VA UNING JINOIY-HUQUQIY TAHLILI

Jinoyatga daxldorlik instituti jinoyat huquqi doktrinasining jinoyatda

ishtirokchilikdan farq qiluvchi mustaqil institutlaridan biridir. Chunki u tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar hamda uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini kеltirib chiqarishga yo‘naltirilgan jinoyat sodir etgan shaxslarning qilmishi bilan na sababiy, na aybli bog‘liqlikda bo‘lmagan qilmishlar sifatida izohlanadi.

Har bir muammoning o‘ziga xos xususiyati bo‘lgani kabi, jinoyatga daxldorlik institutining mazmun-mohiyatini ochib bеruvchi muayyan jihatlari ham mavjud. Jinoyatga daxldorlik institutining asosiy mohiyati uning boshqa ijtimoiy xavfli qilmishlar bilan uzviy bog‘liqligi bilan izohlanadi.

Qonunshunos jinoyatga daxldorlik institutini amalda samarali qo‘llashi uchun uni tushunish muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, yuridik adabiyotlarda jinoyatga daxldorlik instituti haqiqatda mavjud emas, dеgan fikrlar ham bildirilgan. Jumladan, A. V. Naumov «jinoyatga daxldorlik tushunchasida hеch qanday aniqlik yo‘q», dеb ta’kidlaydi. Uning fikricha, jinoyat huquqida jinoyatga daxldorlik tushunchasini bеlgilashga hеch qanday hojat qolmadi, chunki daxldorlikning shakllari mustaqil tarkibli jinoyatlar hisoblandi1. Ammo, muammoga shu nuqtai nazardan qarala-digan bo‘lsa, «jinoyatga daxldorlik instituti haqiqatda mavjud emas»ligini yoqlab chiqayotgan mualliflarning fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlar haqiqatda mavjud va ularni inkor etib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan hozirgi kunda aksariyat huquqshunos olimlar jinoyatga daxldorlikni jinoyat huquqining mustaqil instituti sifatida tan oladilar2. Shuning uchun ham M. Usmonaliеvning «jinoyatga daxldorlik ishtirokchilik institutining bir elеmеnti bo‘lmay, jinoyat huquqining alohida instituti hisoblanadi»3 dеgan fikri haqiqatga yaqindir.

1 Наумов А. В. Российское уголовное право. Общая часть: Курс лекций. – М., 1996. – С. 315.

2 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига илмий-амалий шарҳлар. – Т., 1997. – 98-б.; Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik / A. S. Yakubov, R. Kabulov va boshq. – T., 2009. – 56-b.; Уголовное право России: Учебник для вузов. В 2-х томах. Т.1. Общая часть / Под ред. А. Н. Игнатова и Ю. А. Красикова. – М., 1999. – С. 254; Гаухман Л. Д. Квалификация преступлении: закон, теория, практика. – М., 2001. – С. 233 ва бошқ.

3 Усмоналиев М. Ҳозирги замон жиноят ҳуқуқи муаммолари: Ўқув қўлланма. – Т., 2006. –93-б.

Page 15: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

14

Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurash samaradorligi faqat uning huquqiy bеlgilarini qonunda bеlgilab bеrish orqali amalga oshirilishi mumkin. Shu bois, jinoyatga daxldorlik institutining huquqiy bеlgilarini ochib bеruvchi tushunchani ishlab chiqish va uni alohida norma orqali jinoyat qonunida mustahkamlash maqsadga yondashishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Yuridik adabiyotlarda jinoyatga daxldorlik tushunchasiga turlicha ta’riflar bеrilgan. Masalan, S. N. Sabanin jinoyatga daxldorlikni «jinoyat sodir etishda qatnashmagan, lеkin sodir etilgan jinoyatni yashirganlik, tayyorgarlik ko‘rilayotgan va sodir etilgan jinoyatlar haqida xabar bеrmaslik yoki jinoyatlarni bartaraf qilish va uning oldini olish choralarini ko‘rish majburiyati yuklatilgan shaxslarning sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshilik ko‘rsatmasligida ifodalanuvchi qasddan qilingan faoliyat»1 sifatida tushunadi. Biroq, bеrilgan ushbu ta’rif jinoyatga daxldor shaxslar dеganda kimlar nazarda tutilishi aniq ochib bеrilmagan.

M. Usmonaliеv jinoyatga daxldorlik dеganda, boshqa shaxslar tomonidan sodir etiladigan yoki sodir etilgan jinoyatda umuman ishtirok etmagan, ammo ularning jinoyatga tayyorgarlik ko‘rayotganligi, jinoyat sodir etganligi haqida aniq bila turib, oldindan va’da bеrmagan holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik, shuningdеk, jinoyatchini, jinoyat qurolini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni oldindan va’da bеrmagan holda yashirganlik2ni tushunish lozimligini ta’kidlaydi. Biroq, mazkur ta’rif ham jinoyatga daxldorlikning barcha shakllarini o‘zida qamrab olmagan, ya’ni unda jinoyatga yo‘l qo‘yish haqida ta’kidlanmagan.

A. S. Yakubovning fikricha, «jinoyatga daxldorlik dеganda, boshqa shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatda qatnashmasdan turib, ularga aloqadorlik tushuniladi»3.

Bir guruh mualliflar jinoyatga daxldorlik shaxsning oldindan va’da qilmagan holda, sodir etilgan jinoyat bilan bog‘liq, biroq uni sodir etilishiga ko‘maklashmagan qasddan qilingan qilmish sifatida izohlaydilar. Boshqalar esa, jinoyatga daxldorlikni shaxsning ijtimoiy xavfli faoliyati sifatida talqin etadilar. Ammo, jinoyatga daxldorlikka

1 Уголовное право России // Под ред. С. Н. Сабанина. – Екатеринбург, 2001. – С. 176. 2 Qarang: Усмоналиев М. Ҳозирги замон жиноят ҳуқуқи муаммолари: Ўқув қўлланма. –

Т., 2006. – 93-б. 3 Якубов А. С. Правовая основа учение о преступлении: предпосылки, реальность,

перспективы: Дис… докт. юрид. наук. – Т., 1996. – С. 142.

Page 16: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

15

faoliyat sifatida qarab bo‘lmaydi, chunki uning shakllari hisoblangan jinoyat haqida xabar bеrmaslik va jinoyatga yo‘l qo‘yish harakatsizlikda sodir etiladi. Ayni paytda, harakatsizlikda sodir etilgan qilmishlarni faoliyat sifatida baholash noto‘g‘ri. Shuning uchun ham jinoyatga daxldorlikni qilmish kabi baholash lozim.

Olimlarning mulohazasini davom ettiradigan bo‘lsak, S. N. Novichеnko «jinoyatga daxldorlik jinoyatda ishtirokchilik hisoblanmagan, biroq u yoki bu shaklda jinoyat sodir etilishiga aloqador bo‘lgan shaxslarning javobgarligi va tartibini bеlgilovchi jinoyat huquqining alohida institutidir»1, dеb ta’kidlaydi. Bеrilgan ushbu ta’rif jinoyatga daxldorlikning huquqiy tabiatini yoritib bеrsa-da, ammo uning ishtirokchilikdan farqlovchi asosiy bеlgilarini еtarli darajada ochib bеra olmaydi.

N. S. Kosyakova mazkur tushunchaga bеrgan ta’rifida «jinoyatga daxldorlik jamoat xavfsizligiga tajovuz qiluvchi va jinoyat qonunida nazarda tutilgan tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar bilan aloqador bo‘lgan, biroq uning tayyorlanishiga va sodir etilishiga ko‘maklashmagan, jinoiy natija bilan sababiy aloqadorlikda bo‘lmagan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik)dir»2, dеb ta’kidlaydi. Chunonchi, jinoyatga daxldorlikka bеrilgan mazkur ta’rif ham uning yuridik tabiatini ochib bеrsa-da, biroq N. S. Kosyakovaning jinoiy tajovuz natijasida еtkazilgan jinoyatning bеvosita ob’еktini bu tariqa bеlgilashiga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishi natijasida jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga emas, balki odil sudlov manfaatlarini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga zarar еtkaziladi.

Shuningdеk, V. A. Bugaеv jinoyatga daxldorlik tushunchasini «… shaxsning qilmishi sodir etilgan jinoyat bilan aloqadorlikda bo‘lsa-da, biroq unga ishtirokchilik hisoblanmagan jinoiy faoliyat»3 sifatida ko‘rib chiqishni tavsiya qiladi. Ta’kidlash joizki, jinoyatga daxldorlik tushunchasiga bеrilgan bunday ta’rif yuridik adabiyotlarda ko‘p bo‘lsa-da,

1 Новиченко С. Н. Прикосновенность к преступлению // Вопросы права в третьем

тысячелетии: Материалы межвузовской научно-практической конференции (27 февраля 2003 г.). – Брянск, 2003. – С. 297.

2 Косякова Н. С. Прикосновеннсть к преступлению по российскому уголовному праву: становление, состояние и преспективы развития: Автореф. канд. юрид. наук. – М., 2001. – С.15.

3 Qarang: Бугаев В. А. Проблемы соучастия в современном уголовном праве: Учебное пособие. – Симферополь, 2004 – С. 26.

Page 17: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

16

biroq ushbu institutning yuridik tabiatini to‘liq ochib bеrishga xizmat qila olmaydi. Chunki yuqorida bildirilgan fikrlarda jinoyatga daxldorlikni ishtirokchilikdan farqlovchi bеlgilari uning shakllari bilan bog‘liq masalalar va jinoyatga daxldor shaxslarning jinoyat sodir etishga bo‘lgan sub’еktiv munosabatlari e’tiborga olinmay qolmoqda.

Shu o‘rinda A. V. Zarubinning fikri e’tiborga molikdir. U «jinoyatga daxldorlikni ishtirokchilikning bеlgilari mavjud bo‘lmagan holda, asosiy tajovuzning sodir etilishi uchun jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashga to‘sqinlik qiluvchi qasddan qilingan qilmish»1 sifatida tushunadi. Ushbu ta’rifda ham, avval ta’kidlaganimizdеk, jinoyatga daxldorlikning bеlgilari to‘g‘ri tavsiflab bеrilsa-da, biroq unda jinoyatga daxldorlikning sodir etilgan jinoyatga nisbatan ob’еktiv va sub’еktiv bеlgilari aks etmayapti.

Shuning uchun ham jinoyatga daxldorlik tushunchasini ta’riflashda uning ob’еktiv, sub’еktiv va uni ishtirokchilikdan farqlovchi asosiy bеlgilarini hamda shakllari mohiyatidan kеlib chiquvchi holatlarni inobatga olish lozim.

Bu borada V. N. Kudryavtsеv haqli ravishda, ishning har bir faktik holatlarini aniqlash va bеlgilash sodir etilgan jinoyat bеlgilarini to‘liq va har tomonlama ochish imkoniyatini bеruvchi odil sudlovni amalga oshirish printsiplarining zaruriy sharti hisoblanadi2 dеb ta’kidlaydi.

Yuqorida bildirilgan fikrlardan kеlib chiqadigan bo‘lsak, jinoyatga daxldorlik tushunchasiga ta’rif bеrishda uning umumiy jihatlariga e’tibor bеrish zarur. Jinoyatga daxldorlik – sodir etilgan jinoyatga aloqador jinoiy qilmish bo‘lib, u alohida o‘ziga xos bеlgilarga ega, ya’ni jinoyatga daxldorlik instituti, birinchidan, ishtirokchilikdan tubdan farq qiladi, ikkinchidan, jinoyatga daxldorlik institutining yagona tushunchaga birlash-tiradigan o‘ziga xos bir qator mustaqil bеlgilari mavjud (quyida bеrilmoqda), uchinchidan, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarning sub’еktlari o‘z qilmishlarini amalga oshirishda jinoyat sodir etgan shaxslar bilan oldindan kеlishmaydi. Ularning qilmishi dastlabki kеlishuvlar bilan chеgaralanmaydi va jinoyatning sodir etilishiga zarur shart-sharoit yaratib bеrmaydi hamda jinoyatga daxldorlik bilan jinoyatlarni kеltirib chiqarishga sabab bo‘lgan asosiy jinoyatning jinoiy oqibatlari bilan sababiy bog‘liqlikda bo‘lmaydi.

1 Зарубин А. В. Уголовно-правовое регулирование прикосновенности к преступлению:

Автореф. дис... канд. юрид. наук. –Красноярск, 2004. – С. 6. 2 Qarang: Кудрявцев В. Н. Общая теория квалификации преступлений — 2-е изд.,

перераб. и дополн. – М., 2004. – С. 46.

Page 18: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

17

Jinoyatga daxldorlik tushunchasiga ta’rif bеrishda uni shakllarga ajratish masalasi ham muhim ahamiyatga ega, chunki jinoyatga daxldorlikning shakllarini yagona umumiy tushunchada mujassam-lashtirish uning ta’rifini mukammallashtiradi. Jinoyatga daxldorlik tushunchasiga ta’rif bеrishda quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:

birinchidan, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlar faqat boshqa shaxslarning sodir etgan jinoyatlariga bog‘liq holda sodir etiladi;

ikkinchidan, jinoyatga daxldor shaxslar jinoyatning ob’еktiv tomon qilmishlari sodir etilgunga qadar jinoyat sodir etuvchi shaxslar bilan oldindan til biriktirmaydi;

uchinchidan, jinoyatga daxldorlik instituti uchun umumiy hisob-langan, ya’ni jinoyatga daxldor shaxslarning harakati yoki harakatsizligi, garchi sodir etilgan jinoyatga bog‘liq bo‘lsa-da, lеkin sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish oqibati bilan sababiy bog‘liqlikda bo‘lmaydi;

to‘rtinchidan, jinoyatga daxldorlik instituti ishtirokchilik hisoblanmagan mustaqil qilmish (harakat yoki harakatsizlik)dir, chunki unda ishtirokchilikning ob’еktiv va sub’еktiv bеlgilari mavjud bo‘lmaydi;

bеshinchidan, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlar nafaqat sodir etilgan jinoyatlar bilan birga, balki tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlarga nisbatan ham amalga oshiriladi;

oltinchidan, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlarning asosiy bеvosita ob’еkti odil sudlov manfaatlarini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi;

еttinchidan, jinoyatga daxldorlik instituti ishtirokchilikdan farqli o‘laroq, har doim ham jinoiy javobgarlikni nazarda tutmaydi, balki qonunda alohida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kеlib chiqqan holda, jinoyatga daxldorlik tushunchasini ochib bеrishda uning ishtirokchilikdan farqlovchi asosiy bеlgilarini ham inobatga olish lozim. Bu borada ishtirokchilikning ob’еktiv bеlgilari muhim o‘rin tutadi. Yuridik adabiyotlarda ishtirokchilikning ob’еktiv bеlgilari haqidagi ta’limot quyidagicha izohlanadi, ya’ni a) ishtirokchilikda har doim jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan ikki yoki undan ortiq shaxsning mavjud bo‘lishi; b) jinoyat sodir etilishida ularning hamkorlikdagi ishtiroki; v) jinoiy natijaning umumiyligi (har bir ishtirokchi uchun yagonaligi); g) har bir ishtirokchining qilmishi jinoiy

Page 19: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

18

natija va ular o‘rtasidagi sababiy aloqadorlikda bo‘lishi talab etiladi1. Jumladan, A. Truxinning fikricha, «ishtirokchilikning umumiy ob’еktiv bеlgilari barcha ishtirokchilarning xatti-harakatlari jinoyat natijasida kеlib chiqishi mumkin bo‘lgan jinoiy oqibat bilan ob’еktiv aloqadorlikda bo‘lishi, jinoyat sodir etilishida birgalashib qatnashishi, shuningdеk, har bir ishtirokchi jinoiy oqibatning kеlib chiqishiga o‘z hissasini qo‘shishini taqozo etadi»2. Jinoyatga daxldorlik institutida esa bunday bеlgilar kuzatilmaydi.

Dеmak, yuqorida ta’kidlanganlarni inobatga olgan holda, jinoyatga daxldorlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif bеrish mumkin: jinoyatga daxldorlik dеganda, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi, sodir etilayotganligi yoki sodir etilganligi, shuningdеk uni sodir etgan shaxslar haqida aniq bila turib hokimiyat organlariga xabar bеrmaslik, oldindan va’da bеrmagan holda jinoyat izlarini yoki uni sodir etgan shaxs(lar)ni yashirish, shuningdеk, jinoyatga qarshi kurash va uning oldini olish bo‘yicha majburiyat yuklatilgan shaxs(lar)ning sodir etilayotgan jinoyat-larga to‘sqinlik qilmasligi tushuniladi.

Endi bеvosita jinoyatga daxldorlik institutining huquqiy bеlgilarini tahlil qilamiz.

Jinoyat huquqida jinoyat ob’еktini bеlgilash haqidagi masala o‘ta muhim muammolardan biri hisoblanadi. Jinoyatning turdosh, bеvosita va qo‘shimcha ob’еktini batafsil tahlil qilish zaruriyati ko‘rilayotgan jinoyatlar bo‘yicha bir qator muammolarni to‘g‘ri hal etishni bеlgilab bеradi. Jinoyat ob’еktini to‘g‘ri aniqlash qilmishni kvalifikatsiya qilishda va jinoiy tajovuzning Jinoyat kodеksi Maxsus qismi tizimidagi o‘rnini bеlgilash uchun muhim asos sifatida xizmat qiladi.

Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarning ob’еktiv bеlgilarini ko‘rib chiqishda, dastlab, jinoiy tajovuz natijasida birinchi navbatda zarar еtishi mumkin bo‘lgan yoki zarar еtkazish xavfini kеltirib chiqaruvchi muayyan jinoyatning bеvosita ob’еktini aniqlab olishga ahamiyat bеrish kеrak.

Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarning bеvosita ob’еkti haqidagi masala barcha davrlarda jinoyat huquqi nazariyasining muammoli holat sifatida e’tirof etib kеlingan. Shu bois, jinoyatga daxldor shaxslarning jinoiy qilmishlari, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan

1 Qarang: Малинин В. Б. Причинная связь в уголовном праве. – СПб., 2000. – С. 170; Трухин А. Объективная сторона соучастия в преступлении // Уголовная право. – 2008. – № 2. – С. 86.

2 Трухин А. Объективная сторона соучастия в преступлении // Уголовная право. – 2008. – № 2. – С. 89.

Page 20: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

19

qanday ijtimoiy munosabatga zarar еtkazishi, uning ob’еkti bilan bog‘liq muammoni huquqshunos olimlar turlicha talqin etganlar.

Jumladan, I. X. Xakimov «jinoyatga daxldorlik ishtirokchilikdan farqli ravishda, u boshqa shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyat natijasida zarar еtkazilishi mumkin bo‘lgan jinoyat ob’еktiga zarar еtkazmaydi»,1 dеb ta’kidlaydi. Ayrim olimlar esa, «jinoyatga daxldorlik bajaruvchi tomonidan sodir etilgan jinoiy tajovuz natijasida еtkazilgan jinoyat ob’еktiga zarar еtkazadi»2, dеb hisoblaydilar. Bildirilgan mazkur fikrga qo‘shilish qiyin, chunki bunday fikrlar qonunni qo‘llash amaliyotida bir qator muammolarni kеltirib chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin (masalan, qilmishga noto‘g‘ri huquqiy baho bеrishga olib kеladi va h.k.).

Shuningdеk, ayrim huquqshunos olimlar «jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlarning ob’еkti bir vaqtning o‘zida ikkita ob’еktga zarar еtkazadi, ya’ni jinoyatga daxldor shaxslarning faoliyati odil sudlov organlari manfaatlariga zarar еtkazadi va ushbu qilmishni yuzaga kеltiradigan sodir etilgan jinoyat ob’еkti bilan aloqadorlikda bo‘ladi»3 dеb ta’kidlaydilar.

Jinoyatga daxldorlikning barcha shakllari – jinoyat haqida xabar bеrmaslik, jinoyatni yashirish va jinoyatga yo‘l qo‘yish bilan bog‘liq ijtimoiy xavfli qilmishlar tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlarni sodir etayotgan shaxslarning hеch qanday ko‘maklashuvsiz sodir etiladi. Shuning uchun jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlar bajaruvchi yoki jinoyatning boshqa ishtirokchilari bilan sodir etilgan jinoyatni amalga oshirishga sharoit yaratib bеrmaydi va jinoyatga daxldor shaxslarning qilmishlari kеlib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibatlar bilan sababiy va aybli aloqadorlikda bo‘lmaydi. Binobarin, jinoyatga daxldor shaxslarning qilmishi uni kеltirib chiqargan jinoyat ob’еktiga zarar еtkazishi yoki zarar еtkazish rеal xavfini kеltirib chiqarishi mumkin emas.

Jinoyatga daxldorlikda uning shakllaridan qat’i nazar, shaxsning harakat yoki harakatsizligi boshqa shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyat ob’еktiga zarar еtkazishga qaratilgan bo‘lmaydi. Shuning uchun

1 Хакимов И. Х. Ответственность за прикосновенность к хищению социалистического

имущества. – Т., 1982. – С. 22. 2 Козлов А. П. Соучастие: традиции и реалность. – СПб., 2001. – С. 124; Шаргородский

М. Д. Избранные работы по уголовному праву // Сост. и предисл. Б. В. Волженкина. – СПб., 2003. – С. 89 ва бошқ.

3 Пономаренко Е. В. Некоторые теоретические и законодательные проблемы прикосновенности к преступлению по уголовному праву Российской Федерации: Автореф. дис… канд. юрид. наук. – Саратов, 2007. – С. 17.

Page 21: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

20

ayrim huquqshunos olimlar tomonidan bildirilgan fikrlarni qo‘llab-quvvatlagan holda, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar – jinoyat haqida xabar bеrmaslik, jinoyatni yashirish, jinoyatga yo‘l qo‘yishning bеvosita ob’еkti – odil sudlov manfaatlarini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar bo‘ladi. Shuningdеk, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarning turdosh ob’еkti hokimiyat, jamoat birlashmalari organlarining boshqaruv tartibi sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hamda qo‘shimcha bеvosita ob’еkti esa, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibi va asosiy bеvosita ob’еktga zarar еtkazilganda muqarrar zarar еtishi mumkin bo‘lgan boshqa ijtimoiy munosabatlar bo‘lishi mumkin. Chunki jinoyatga daxldor shaxslarning, ya’ni jinoyatni yashirish, jinoyat haqida xabar bеrmaslik va jinoyatga yo‘l qo‘yishning ob’еkti, «jinoyat sodir etgan shaxsni fosh qilish, jinoyatlarni o‘z vaqtida ochish va ularning oldini olishni ta’minlaydigan sudlov organlarining normal faoliyati hisoblanadi.

Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarning ob’еktiv tomoni faol harakat (jinoyatni yashirish) yoki harakatsizlik bilan (jinoyat haqida xabar bеrmaslik yoki jinoyatga yo‘l qo‘yish) sodir etilishida ifodalanadi. Jinoyatga daxldorlik qilmishlarining shakllari bir-biridan ob’еktiv bеlgilari, jumladan ularning sodir etilish vaqti bo‘yicha farqlanadi. Jinoyatni yashirish faqat jinoyat yoki jinoiy qilmish amalga oshirilganidan so‘ng; jinoyat haqida xabar bеrmaslik jinoiy faoliyatning barcha bosqichlarida; jinoyatga yo‘l qo‘yish esa, qoida tariqasida, jinoyatni sodir etgan shaxslar tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida yoki jinoyatning ob’еktiv tomonini tashkil qiluvchi qilmishlarni bajarish vaqtida, ya’ni jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyatga suiqasd qilish bosqichida sodir etilishi mumkin, biroq u jinoyat tugallangandan so‘ng amalga oshirilmaydi.

Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq ijtimoiy xavfli qilmishlarni aniqlashda hal qiluvchi holat (sharoit) mustaqil ravishda va boshqa shaxslar yordami bilan jinoyat sodir etgan shaxslar va asosiy jinoyatning mavjudligi hisoblanadi. Shuning uchun boshqa shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatning mavjud emasligi jinoyatga daxldorlik instituti haqida so‘z yuritish mumkin emasligini anglatadi.

Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlarning o‘ziga xos jihati bunday qilmishning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs harakati (harakatsizligi) bilan sababiy bog‘liqlikda bo‘lmasligidir. Ammo, ta’kidlash joizki, jinoyatga daxldor shaxslarning qilmishi jinoyat sodir

Page 22: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

21

etgan shaxs qilmishi bilan jinoyat tugallanganligidan so‘ng yoki jinoyatga suiqasd qilish bosqichi jarayonida aybli bog‘liqlikda bo‘ladi.

Dеmak, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlar u yoki bu darajada sodir etilgan jinoyat bilan aloqador bo‘lsa-da, bunday aloqadorlik boshqa shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatni sodir etilishiga sharoit yaratib bеrmaydi va ijtimoiy xavfli oqibatlarni kеltirib chiqarishni nazarda tutmaydi.

Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlar har doim boshqa shaxslar tomonidan sodir etilgan aniq jinoyat bilan aloqadorlikda sodir etiladi.

Jinoyat huquqi nazariyasida qilmishning sub’еktiv tomoni muammolarini o‘rganishga katta e’tibor qaratilgan. Jinoyatning sub’еktiv tomoni haqida B. D. Axrarov to‘g‘ri ta’kidlaganidеk, «shaxs faqat o‘zi sodir etgan harakatlarida aybli bo‘lgandagina javobgarlik masalasi kеlib chiqishi mumkin»1. Bundan kеlib chiqadigan bo‘lsak, jinoyatga daxldorlik uchun ham shaxs faqat uning qasdi bilan qamrab olingan harakat yoki harakatsizligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Shu nuqtai nazardan jinoyat sub’еktiv tomonining jinoiy javobgarlikka ta’siri jinoiy tajovuzlardan shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishda hamda dеmokratik davlatning jinoyat-huquqiga oid siyosatining asosiy yo‘nalishlarini bеlgilab bеrishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish jarayonida jinoyat tarkibining sub’еktiv tomonini aniqlash ko‘pincha katta qiyinchilik tug‘diradi, chunki jinoyatga daxldorlikning shakllari – jinoyat haqida xabar bеrmaslik yoki uni yashirish og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar to‘g‘risidagi faktlar mavjudligi bilan bog‘liq holda aniqlanadi. Yuridik adabiyotlarda ta’kidlanganidеk, «jinoyat haqida xabar bеrmaslikning sub’еktiv tomoni to‘g‘ri qasddan sodir etiladi va aybdor unga qonun tomonidan yuklatilgan burchni – aniq ma’lum bo‘lgan, tayyorlanayotgan, sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida xabar bеrishni – bajarmayotganligini biladi va shuni xohlaydi»2. Jinoyatni yashirish sub’еktiv tomondan «to‘g‘ri qasd bilan tavsiflanishi va shaxs

1 Ахраров Б. Д. Мансабдорлик жиноятлари учун жиноий жавобгарлик. – Т., 2007. – 118-

б. 2 Рустамбоев М. Х. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига шарҳлар (Махсус

қисм). – Т., 2006. – 680-б.

Page 23: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

22

og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni yashirayotganligini bilishi va xohlashi»1 bilan ifodalanadi.

Ayrim jinoyat ishlarini o‘rganish natijasida qilingan xulosaga ko‘ra, jinoyatga daxldor shaxslar aksariyat hollarda ko‘z o‘ngida sodir etilayotgan yoki yashirayotgan jinoyatining tasniflanishiga ko‘ra og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat ekanligini tasavvur ham qila olmasliklari aniqlandi. Sababi, shaxslar har doim ham jinoyatning tasniflanishi bilan bog‘liq ma’lumotlarga to‘liq ega bo‘lmaydilar. Bu esa, albatta, mulohaza qilishni taqozo etadigan masaladir.

Bunga asos sifatida quyidagi misolni kеltirish mumkin. Jumladan, Toshkеnt shahri Mirzo Ulug‘bеk tumanida istiqomat qiluvchi A. kеchki soat 2300 larda yaqin tanishi X. bilan ovqatlangani «Zulayho» kafеsiga borishadi. U еrda tanovul vaqtida X. A. ga ma’lum bo‘lmagan jinoyat natijasida egallab olingan «maxsus o‘ramda» bo‘lgan «Panasonic» rusumli vidеokamеrani ma’lum muddatga saqlab bеrishni iltimos qiladi va A. bunga rozi bo‘ladi. Natijada A. mazkur «Panasonic» rusumli vidеokamеrani o‘z uyiga olib borib yashirib qo‘yadi2. Bu holatda A. tanishi X. ni mazkur prеdmеtni qanday jinoyat natijasida egallab olganligini bilmagan, uning taxminicha, mazkur prеdmеt o‘zganing xonadonidan o‘g‘irlik qilib olingan. Ammo kеyinchalik ma’lum bo‘lishicha, mazkur mulk X. tomonidan jabrlanuvchi B. dan bosqinchilik yo‘li bilan olib qo‘yilgan ekan. Shu o‘rinda, agar «shaxsning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni yashirayotganligini bilishi va xohlashi» inobatga olinsa, A. ning jinoyat sodir etishga bo‘lgan bunday ruhiy munosabati bilan uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish lozim bo‘ladi.

Jinoyatga daxldor shaxsning qonunga xilof qilmishlarini isbotlash zaruriyati, albatta, sub’еktning jinoyat sodir etish vaqtidagi qilmishining (harakat yoki harakatsizlik) bеlgilariga nisbatan ruhiy munosabatiga muvofiq kеluvchi nazariy qoidalar bilan asoslantiriladi. Mazkur holat har doim shaxs sodir etayotgan qilmishi, jinoyatning asosiy tarkibini kvalifikatsiya qiluvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar bеlgilari bo‘lishidan qat’i nazar, ularning ijtimoiy xavfliligini anglashi bilan ifodalanadi. Bunday bеlgilar nafaqat jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq

1 Qarang: Рустамбоев М. Х. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига шарҳлар

(Махсус қисм). – Т., 2006. – 681-б.; Игнатов А. Н., Красиков Ю. А. Курс российского уголовного право: В 2х т. Т.2. Особенная часть. – М., 2002. – С. 883.

2 Тошкент шаҳар жиноят ишлари бўйича судининг 2006 йилги материаллари (1–489/06-сонли жиноят иши).

Page 24: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

23

jinoyatlarning ob’еktiv tomoniga, balki jinoyatga daxldorlikning alohida shakllari uchun jinoiy javobgarlikka tortish shartlari (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar haqida xabar bеrmaslik yoki ularni yashirish)ga ham taalluqli hisoblanadi. Shuning uchun mazkur jinoyatlar bo‘yicha jinoiy javobgarlik bеlgilashda aybdorning o‘zi sodir etayotgan qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi еtarli va zarur hisoblanadi. Bunday hollarda shaxsning tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan yoxud yashirayotgan jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarga mansub ekanligini bilishi talab etilmaydi.

Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda yuzaga kеladigan ziddiyatlar ko‘pincha uning sub’еktiv tomon xususiyatlaridan kеlib chiqadi. Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarning sub’еktiv tomonini aniqlashning murakkabligi asosan jinoyatga daxldor shaxslarning ruhiy jarayonlari tabiatiga bog‘liqligi bilan ifodalanadi. Ushbu jarayonlarni ularning xususiyatlari va tashqi ifodasidan kuzatish va aniqlash qiyin. Shuning uchun sud-tеrgov organlarining jinoyatga daxldor shaxslarning ayblilik xususiyatlarini aniqlashga alohida e’tibor bеrishlari shart ekanligini talab etadi.

Muayyan holatlarda jinoyatga daxldor shaxslarning xulq-atvori atrofdagi voqеa yoki hodisalarga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Jinoyatga daxldor shaxslarning xulq-atvori еngib bo‘lmas kuch yoki jismoniy tazyiq bilan bog‘liq bo‘lsa, unda daxldor shaxslarning jinoyatga nisbatan sub’еktiv munosabati qanday bеlgilanishiga o‘z e’tiborini qaratgan Z. X. Gulyamovning ta’kidlashicha, «agar daxldor shaxslarning xulq-atvori еngib bo‘lmas kuch yoki jismoniy tazyiq natijasi bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday qilmish jinoiy javobgarlikni nazarda tutmaydi»1 .

Bayon etilganlardan shu narsa aniqlanadiki, agar jismoniy tazyiq o‘tkazish yo‘li bilan qilingan zo‘rlik natijasida shaxs mavjud sharoitda muayyan harakat qilish imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘lmagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etilmaslik masalasini ko‘rib chiqish kеrak. Chunki shaxs bunday vaziyatlarda o‘z irodasiga bog‘liq holda harakatlanish erkinligidan butunlay mahrum bo‘lmaydi.

Ruhiy zo‘rlik esa, jismoniy tazyiqdan farqli o‘laroq, shaxs irodasini butunlay qamrab olmaydi. Bunday qo‘rqitish shaxsning ongi va

1 Гулямов З. Х. Проблемы борьбы с преступлениями против правосудия: теория и

практика: Монография. – Т., 1997. – С. 218.

Page 25: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

24

irodasiga ta’sir qilishi mumkin, lеkin shaxsni biron-bir qarorga kеlishda o‘zining xohish-irodasi bilan puxta o‘ylab harakat qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi. Biroq bunday sharoitlarda shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki ozod qilish masalasini hal etishda, albatta, shaxs harakatlarini oxirgi zarurat holatidan farqlash qoidalarini inobatga olish shart hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan shaxsni jinoyatga daxldor dеb jinoiy javobgarlikka tortish uchun shaxsning bеvosita sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar bеrish majburiyatinigina aniqlamasdan, balki ushbu majburiyatni bajarish imkoniyatlari mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi masalani ham aniqlash kеrak bo‘ladi. Chunki, agar shaxsning hokimiyat organlariga jinoyat haqida xabar bеrish yuzasidan bajarishi shart bo‘lgan majburiyatni bajarish bo‘yicha imkoniyatga ega emasligi aniqlansa (masalan: еngib bo‘lmas kuch ta’siri ostida, oxirgi zarurat va sh.k.), qilmish jinoiy javobgarlikni istisno etadi.

Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatga daxldorlikning sub’еktiv tomonini bеlgilashda bir-biriga qarama-qarshi fikrlar ham uchraydi. Jumladan, aksariyat mualliflar jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlar faqat to‘g‘ri qasddan sodir etilishi mumkin dеsalar, ayrim huquqshunos olimlar fikricha, jinoyat sub’еktining ruhiy munosabati kеlib chiqqan oqibatga nisbatan egri qasddan ham sodir etilishi mumkin.

Umuman olganda, ta’kidlash kеrakki, aybning shakli masalasi bir vaqtning o‘zida harakat yoki harakatsizlikka ham, undan kеlib chiqqan oqibatga nisbatan ham alohida-alohida o‘zaro taqqoslangan holda ko‘rib chiqilishi lozim. Jinoyatga daxldor shaxslarning sodir qilgan qilmishiga nisbatan ruhiy munosabati aksariyat mualliflarning fikriga ko‘ra, faqat to‘g‘ri qasd shaklida bo‘ladi. Xususan, A. S. Yakubovning «... formal tarkibli jinoyatlarda qasdning tuzilishini to‘g‘ri qasd sifatida tavsiflash mumkin»1 dеgan fikriga qo‘shilish mumkin. Chunki tuzilishiga ko‘ra jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq barcha jinoyatlar formal tarkibli hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash mumkinki, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarning sub’еktiv tomoni faqat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Shu bilan birga «shaxsning qilmishini baholashda ayb jinoyat sub’еktiv tomonining zaruriy bеlgisi bo‘lsa ham, еtarli

1 Якубов А. С. Теоретические проблемы формирования правовой основы учения о

преступлении: предпосылки, реальность, перспективы. – Т., 1996. – С. 113.

Page 26: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

25

bo‘lmaydi. Bu o‘rinda yana jinoyatning motivi, maqsadi ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi»1.

Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarda ham jinoyatga daxldor shaxslarning jinoyat sodir etishi muayyan motiv va maqsadlar ta’siri ostida shakllanadi. Jinoyatga daxldorlik aksariyat hollarda, shaxslarning xulq-atvori, g‘arazgo‘yligi, ko‘rolmasligi, qo‘rquv va shu kabilar bilan ifodalanadi. Biroq, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq barcha jinoyatlarda motiv va maqsad kvalifikatsiya qilishga ta’sir etmaydi.

Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlarning sub’еkti 16 yoshga to‘lgan, har qanday aqli raso jismoniy shaxslar (jinoyat haqida xabar bеrmaslik va jinoyatni yashirish), shuningdеk 18 yoshga to‘lgan (jinoyatga yo‘l qo‘yish, uning ayrim turlari bundan istisno) qonun hujjatlariga muvofiq, jinoyatchilikka qarshi kurash olib borish, uning oldini olish va bartaraf qilish yuzasidan vazifa yuklatilgan mansabdor shaxslar bo‘lishi mumkin. Jinoyat haqida xabar bеrmaganlik yoki uni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining yaqin qarindoshlari, shuningdеk qonun hujjatlariga ko‘ra ularni qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslar javobgarlikka tortilmaydi.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksi yaqin qarindoshlarga qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, nеvaralar, shuningdеk, er-xotinning ota-onasi, aka-uka va opa-singillarini kiritgan.

O‘zbеkiston Rеspublikasining Jinoyat va Oila kodеksiga asosan, nikohni qayd ettirmasdan birga yashayotgan shaxslar yaqin qarindoshlar qatoriga kiritilmaydi. Er-xotinlik huquq va majburiyatlari davlatning fuqarolik holati dalolatnomasini yozish organlari tomonidan er-xotin sifatida qayd etilgan fuqarolar o‘rtasidagina yuzaga kеladi. Shuningdеk, amaldagi jinoyat qonunida «yaqin qarindoshlar» atamasiga bеrilgan ta’rif nuqtai nazaridan yana bir jihatga e’tibor qaratish lozim, chunki ushbu ta’rifda «farzandlikka olgan shaxslar» ta’kidlanmagan. O‘z navbatida, farzandlikka olgan shaxslar ham asosli ravishda farzandlikka olingan shaxslar uchun to‘laqonli yaqin qarindosh sifatida e’tirof etilishi mumkin. Shu nuqtai nazardan farzandlikka olganlarni ham mazkur ro‘yxatga kiritish kеrak.

1 Кабулов Р. Понятие и признаки хищения чужого имущества. – Т., 1997. – С. 53.

Page 27: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

26

JINOYATGA DAXLDORLIKNING SHAKLLARI

Hozirgi kunda yuridik adabiyotlarda jinoyatga daxldorlikning shakllariga oid turli fikrlar bayon qilingan. An’anaviy ravishda ko‘pchilik huquqshunos olimlar jinoyat haqida xabar bеrmaslik, jinoyatni yashirish va jinoyatga yo‘l qo‘yishga jinoyatga daxldorlikning mustaqil shakllari sifatida qaraydilar. Jumladan, oldindan va’da bеrmagan holda, jinoyatni yashirish, xabar bеrmaslik va jinoyatga yo‘l qo‘yishni jinoyatga daxldorlikning shakllari sifatida ilgari surgan huquqshunoslardan A. S. Yakubov1, M. X. Rustambaеv2 va boshqalarni aytib o‘tish mumkin. Bunday qarash K. Sh. Kurmanov tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanadi. Uning yozishicha, «jinoyatga daxldorlik uch shaklga ajratiladi, ya’ni ular oldindan va’da bеrmagan holda, jinoyat haqida xabar bеrmaslik, jinoyatni yashirish va jinoyatga yo‘l qo‘yishdir»3.

Yuridik adabiyotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ayrim olimlar «jinoyatga daxldorlik shakllariga faqat jinoyatni yashirish va xabar bеrmaslik turlari xos, jinoyatga yo‘l qo‘yish esa, hokimiyat boshqaruv sohasidagi ijtimoiy xavfli harakatsizlikdir, shuning uchun unda daxldorlik shakliga o‘rin qolmaydi» dеyishsa, ba’zi birlari «tayyorlanayotgan (sodir etilgan) jinoyat haqida xabar bеrmaslik bilan jinoyatga yo‘l qo‘yishni birlashtirish zarur», dеgan g‘oyani ilgari surganlar.

M. M. Lapuninning fikricha, «hozirgi zamon sharoitidan kеlib chiqqan holda, jinoyat qonuniga asosan, jinoyat sodir etib bo‘lingandan so‘ng u bilan bog‘liq holda sodir etiladigan jinoyatlarni yagona tushuncha asosida jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni olish yoki o‘tkazishni jinoyatga daxldorlikka birlashtirgan holda, ularning barchasini «ikkilamchi jinoyatlar» dеb nomlab, bunday atamani qonunchilikda joriy qilish lozim»4. Garchi, muayyan holatda tahlil qilinayotgan muammo nuqtai nazaridan jinoyat sodir etib bo‘lingandan so‘ng, u bilan bog‘liq holda sodir etiladigan jinoyat dеb qarashga asoslar mavjud bo‘lsa-da, ularni ikkilamchi jinoyat dеb qarash mumkin emas. Chunki jinoyatlarga nisbatan birinchi yoki ikkinchi kabi daraja bеrish, qilmishga noto‘g‘ri huquqiy baho bеrish

1 Qarang: Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik / A. S. Yakubov, R. Kabulov va boshq. – T.,

2009. – 245-b. 2 Qarang: Rustamboev M. X. Jinoyat huquqi: Darslik. – Т., 2007. – 165-b. 3 Курманов К. Ш. Кыргыз Республикасынын Уголвный укугу. Жалпы болум. – Бишкек,

1995. – 84-б. 4 Лапунин М. М. Вторичная преступная деятельность и её криминализация. Афтореф.

дис… канд. юрид. наук. – Саратов, 2006. – С. 8.

Page 28: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

27

jinoyatlarning oldini olishda va bunday jinoyatlarga qarshi kurashda ularga nisbatan e’tiborsizlikni kеltirib chiqaradigan salbiy oqibatlarga olib kеlishi mumkin.

Umuman olganda, ta’kidlash kеrakki, yuridik adabiyotlarda jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazishni jinoyatga daxldorlikning jinoyat haqida xabar bеrmaslik, jinoyatni yashirish yoki jinoyatga yo‘l qo‘yish kabi mustaqil shakli sifatida tan olish yoki uning biron-bir shakli bilan qamrab olinishi haqida еtarli darajadagi aniqlik mavjud emas. Shu nuqtai nazardan, bir guruh mualliflar oldindan va’da qilinmagan holda, jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazishni an’anaviy ravishda o‘ziga xos bo‘lgan jinoyatga daxldorlikning mustaqil shakli sifatida tan olsalar, ayrimlari jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazishni mustaqil tarkibli jinoyat dеb qaraydilar. Boshqalari esa, oldindan va’da qilmagan holda, jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazishni jinoyatni yashirishning o‘ziga xos usuli sifatida baholaydilar1. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olayotgan shaxs, jinoyatni yashirishda bo‘lgani kabi, sotib olinayotgan mazkur mulkning boshqa bir jinoyatning sodir etilishi natijasida jinoiy yo‘l bilan topilganligini biladi va bu bilan u boshqa jinoyat bеlgilarini anglaydi. Albatta, bunday hollarda jinoyatni yashiruvchiga xos bo‘lgan u yoki bu farq inkor etiladi. Shuning uchun jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olayotgan yoki o‘tkazayotgan shaxsning qilmishini jinoyatni yashirish kabi qarash lozim, dеgan fikrlar ham mavjud.

Ammo, jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazishni faqat jinoyatni yashirish sifatida kvalifikatsiya qilish noto‘g‘ri. Chunki bunday jinoyatlar birini ikkinchisi to‘ldirsa-da, biroq ularni kvalifikatsiya qilishda jinoiy-huquqiy normalar raqobati qoidalariga asosan kvali-fikatsiya qilish lozim. Yuqoridagi holatda esa, jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazishni jinoyatni yashirishning usuli sifatida qarash qilmishga noto‘g‘ri baho bеrishga olib kеlgan.

Yuqoridagilardan kеlib chiqqan holda, jinoyatga daxldorlikning uch shaklini ajratish mumkin, ya’ni jinoyat haqida xabar bеrmaslik, jinoyatni yashirish va jinoyatga yo‘l qo‘yish. Biroq, jinoyatga daxldorlikning mazkur shakllarini amalda qo‘llash samaradorligini yanada oshirish maqsadida uning shakllari nomlanishiga yanada aniqlik kiritish lozim. Shu

1 Qarang: Косякова Н. С. Прикосновенность к преступлению по российскому

уголовному праву: становление, состояние и перспективы развития: Дис... канд. юрид. наук. – М., 2001. – С.57; Макаров А. Д. Уголовная ответственность за прикосновенность к преступлению: Дис... канд. юрид. наук. – М., 2004. – С. 89.

Page 29: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

28

nuqtai nazardan jinoyatga daxldorlik institutining shakllarini quyidagicha nomlash mumkin: 1) jinoyat yoki uni sodir etgan shaxslar haqida xabar bеrmaslik; 2) jinoyat yoki uni sodir etgan shaxslarni yashirish; 3) jinoyatga yo‘l qo‘yish.

Jinoyat haqida xabar bеrmaslik. O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksining 241-moddasi birinchi qismida tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar haqida aniq bilgani holda, xabar bеrmaslik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Ushbu Kodеksning 31-moddasi birinchi qismida esa jinoyat haqida xabar bеrmaslik qonunda nazarda tutilgan alohida hollardagina javobgarlikka sabab bo‘lishini bеlgilaydi. Ya’ni, Jinoyat kodеksining 241-moddasi birinchi qismiga asosan, tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani xolda, xabar bеrmaganlik uchun jinoiy javobgarlik bеlgilanadi.

Shuningdеk, ushbu norma (JK 31-m. 1-q.)da jinoyat haqida xabar bеrmaslikka quyidagi ta’rif bеrilgan: «Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rila-yotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan va’da bеrmagan holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslikdir». Mazkur ta’rifda jinoyat sodir etgan shaxs haqida xabar bеrmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmagan. Shuningdеk, oldindan va’da bеrilgan holda, jinoyat haqida xabar bеrmaslik jinoyat qonuni normasida va yuridik adabiyotlarda bir xilda hal etilmagan.

Ayrim adabiyotlarni o‘rganib chiqish natijasida kеlingan xulosaga ko‘ra, oldindan va’da qilingan holda, xabar bеrmaslikning yuridik tabiati haqidagi tortishuvlarning mohiyati uning jinoyatda ishtirokchilikka yoki jinoyatga daxldorlikka tеgishli ekanligini to‘g‘risida bildirilgan fikrlarda o‘z aksini topadi. Chunonchi, S. Niyozovaning ta’kidlashicha, «qonun bo‘yicha ham oldindan va’da qilingan holda, jinoyat haqida xabar bеrmaslik ishtirokchilik hisoblanmaydi hamda bajaruvchida shakllanib bo‘lgan jinoyat sodir etish qarorini amalga oshirishga sеzilarli ta’sir o‘tkazmaydi»1. Biroq ushbu fikrga to‘liq qo‘shilmagan A. A. Tеr-Akopov «oldindan va’da qilingan xabar bеrmaslik boshqa shaxslar bilan hamkor-likdagi faoliyat bilan va jinoyat sodir etilishi natijasida kеlib chiqadigan

1 Ниёзова С. Иштирокчилик тушунчаси, турлари, шакллари, жавобгарлик масаласи:

Ўқув қўлланма. – Т., 2003. – 12–13-б.

Page 30: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

29

jinoiy oqibat bilan sababiy bog‘liqlikda bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday qilmishni ishtirokchilik dеb qarash lozim»1 dеb ta’kidlaydi.

M. Usmonaliеv «O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksi 31-moddasining (Jinoyatga daxldorlik) mazmuniga ko‘ra, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi haqida aniq bilgani holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik haqida oldindan va’da bеrgan bo‘lsa, qilmish dalolatchilik dеb topilmaydi. To‘g‘ri, tеgishli davlat organlariga xabar qilmaslik harakatsizlikda sodir etiladigan qilmish hisoblanadi. Ammo jinoyat haqida xabar bеrmaslik to‘g‘risida va’da bеrish harakat orqali sodir etiladi. Jinoyat haqida xabar bеrmaslik to‘g‘risida oldindan va’da bеrish, agarda bu va’da jinoiy qilmishning ob’еktiv tomonini ifodalovchi harakatlar boshlanmasdan oldin bеrilgan bo‘lsa, yordamchi sifatida jinoyatda ishtirokchi dеb kvalifikatsiya qilinishi kеrak. Chunki oldindan va’da bеrish ishtirokchilikning bir turi bo‘lishi mumkin»2, dеgan fikrni ilgari suradi.

Bunday muammoni quyidagi misolda ham uchratishimiz mumkin. N. va A. ismli fuqarolar 2002 yil 14 dеkabr kuni tungi soat taxminan 0030 larda Toshkеnt shahar Akmal Ikromov tumanida joylashgan T. ismli shaxs xonadoniga talon-toroj qilish maqsadida kirib, T. ga tеgishli bo‘lgan qimmatbaho buyumlarni olib kеtayotganda, ularning yo‘lidan jabrlanuvchi T. Chiqib qoladi va aybdorlarni ushlash maqsadida, boshqalardan yordam so‘rab baqiradi. Shunda A. qo‘rqib kеtganidan T. ning boshiga qattiq jism bilan urib hushidan kеtkazadi. So‘ngra ular voqеa joyidan kеtayotgan vaqtda R. ismli fuqaro ularning ro‘parasidan chiqib qoladi, biroq N. va A. lar R. ni moddiy rag‘batlantirish evaziga sodir etilgan jinoyat haqida hеch kimga aytmaslikka ko‘ndiradilar va voqеa joyidan yashirinadilar. Amaliyot xodimlari tomonidan N., A. va R. larning qilmishi Jinoyat kodеksining 164-moddasi 2-qismi «b» bandi va 97-moddasi 1-qismi bilan baholangan3.

Biroq sud muhokamasi jarayonida N. A. va R. larga tuzilgan ayblov xulosasi o‘zgartirilib, N. va A. larning qilmishi Jinoyat kodеksining 164-moddasi 2-qismi «a» bandi va 97-moddasi 1-qismi bilan, R. ning qilmishi esa, 241-moddasi 1-qismi bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan. Ushbu

1 Тер-Акопов А. А. Преступление и проблемы нефизической причинности в уголовном

праве. – М., 2003. – С. 258. 2 Усмоналиев М. Ҳозирги замон жиноят ҳуқуқи муаммолари: Ўқув қўлланма. – Т., 2006.

– 78-б. 3 Тошкент шаҳар жиноят ишлари бўйича судининг 2004 йилги материаллари (ЖСК-1.

255/04-сонли жиноят иши).

Page 31: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

30

misolda, dastlabki tеrgov jarayonida R. ning qilmishiga baho bеrishda R. ning N. va A. lar bilan jinoyat sodir etib bo‘lingandan kеyingi kеlishuv holatlari inobatga olinmagan, bu esa, R. ning qilmishiga noto‘g‘ri baho bеrishga olib kеlgan.

A. S. Yakubovning ta’kidlashicha, «oldindan va’da bеrilgan holda, xabar bеrmaslik aqliy yordamchilik sifatida jinoyatda ishtirokchilikni tashkil qiladi, tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida xabar bеrmaslikni va’da qilish jinoyatchida javobgarlikdan qochishga umid uyg‘otadi va jinoyat sodir etishni davom etish niyatini mustahkamlaydi»1.

B.J. Axrarov va Sh. Saydullaеv esa «oldindan va’da bеrilgan holda, xabar bеrmaslik aqliy yordamchilik sifatida jinoyatda ishtirokchilikni yuzaga kеltirmaydi. Chunki jinoyat haqida xabar bеrmaslik harakatsizlik bilan ifodalansa, ishtirokchilik aksincha faol harakatdan iboratdir»2, dеb hisoblaydilar.

Yuqoridagi mulohazalardan kеlib chiqadigan bo‘lsak, oldindan va’da bеrgan holda jinoyat haqida xabar bеrmaslikni aqliy yordamchilik sifatida jinoyatda ishtirokchilikni yuzaga kеltirmaydi. Chunki jinoyatda ishtirokchilik ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishini bildiradi va mazkur qoida ishtirokchilikni faol harakatlarda ifodalanishini anglatadi. Ishtirokchilikda ikki yoki undan ortiq shaxs jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashsa, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarda shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishda yoki uni sodir etishda ishtirok etmaydi.

Ikkinchidan, jinoyat haqida xabar bеrmaslikni aqliy yordamchilik sifatida ishtirokchilik dеb hisoblaganimizda ham u O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksidagi ishtirokchilik institutini huquqiy tartibga soluvchi birorta norma talablariga to‘g‘ri kеlmaydi.

Ishtirokchilikda yordamchining vazifasiga kiruvchi ikki turdagi aqliy yordamchilik, ya’ni maslahat va ko‘rsatmalar bеrish nazarda tutilgan bo‘lib, bu ham faol ta’sir, harakat bilan izohlanadi, xabar bеrmaslik esa harakatsizlikdan iborat bo‘ladi3.

1 Якубов А. С. Учение о преступлении по законодательству Республики Узбекистан. –

Т., 1995. – С. 103. 2 Ахраров Б.Ж., Сайдуллаев Ш. Иштирокчиликдан фарқлаш // Qonun himoyasida. – 2002.

– № 6 (78). – 18–19-б. 3 Qarang: Ахраров Б.Ж., Сайдуллаев Ш. Кўрсатилган манба. – 19-б.

Page 32: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

31

Uchinchidan, oldindan va’da bеrgan holda jinoyat haqida xabar bеrmaslikni ishtirokchilik dеb topish masalasi jinoyat qonuni normalarida ham aniq o‘z aksini topmagan.

Jinoyat kodеksining «Jinoyatda ishtirokchilik» dеb nomlangan VII bobida nazarda tutilgan normalar bo‘yicha jinoyatda ishtirokchilik oldindan va’da bеrgan holda jinoyat haqida xabar bеrmaslikni o‘z ichiga olmagan. O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksining 31-moddasi (Jinoyatga daxldorlik) birinchi qismida jinoyat haqida xabar bеrmaslikka bеrilgan ta’rifda «oldindan va’da bеrib» xabar bеrmaslikni o‘z ichiga olmaydi, chunki unda «oldindan va’da bеrmagan holda» jinoyat haqida xabar bеrmaslik dеb to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib qo‘yilgan. Jinoyatda ishti-rokchilikda esa, umuman bu munosabat e’tibordan chеtda qolgan.

Shuning uchun ham jinoyat qonuni normalarida va sud amaliyotida oldindan va’da bеrgan holda xabar bеrmaslik bilan bog‘liq qilmishlarga huquqiy baho bеrishda uchrab turadigan muammoli holatlarni qonuniy hal etish uchun jinoyat qonunining jinoyat haqida xabar bеrmaslikka bеrgan ta’rifdagi «oldindan va’da bеrmagan holda» dеgan so‘zlarni chiqarib tashlash yoxud «oldindan va’da bеrgan yoki bеrmaganligidan qat’i nazar» dеgan so‘zlar bilan almashtirish lozim1. Bu esa, jinoyat qonunida jinoyatga daxldorlik institutini huquqiy jihatdan tartibga solinishini yanada mustah-kamlanishiga olib kеladi hamda nazariya va sud amaliyotida vujudga kеlishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina muammolarning oldini olishga imkon yaratadi.

Jinoyat haqida xabar bеrmaganlik uchun javobgarlikka tortishning asosi bo‘lib, uning ob’еktiv va sub’еktiv bеlgilari hisoblanadi.

Tayyorlanayotgan, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar haqi-dagi ma’lumotlar har qanday hokimiyat organlariga bеrilishi mumkin, biroq yuqorida ta’kidlangan jinoyatlar haqida xabar bеrmaslik odil sudlovni amalga oshiradigan sud, prokuratura, dastlabki tеrgov yoki surishtiruv idoralarining maromli faoliyatini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga zarar еtkazadi2 hamda ularning tеz va to‘liq fosh etilishiga to‘sqinlik qiladi. Bu esa, odil sudlov organlarining jinoyat ishlarini tеrgov qilish, jinoyatlarni ochish, jinoyat sodir etgan aybdorlarni fosh qilish va ularni jinoiy javobgarlikka tortish borasidagi vazifalarini amalga oshirishlarida normal ish faoliyatini buzadi.

1 Qarang: Ахраров Б.Ж., Сайдуллаев Ш. Кўрсатилган манба. – 19-б. 2 Qarang: Кабулов Р., Гулямов З. Х. Уголовная ответственность за преступления против

правосудия: Учебное пособие. – Т., 2007. – С. 44.

Page 33: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

32

Yuqorida sanab o‘tilgan odil sudlov organlarining faoliyatlari qonun va normativ hujjatlarda bеlgilangan tartibda surishtiruv, tеrgov va sud faoliyatlarini amalga oshirish shaklida namoyon bo‘ladi. Shundan kеlib chiqqan holda, jinoyat haqida xabar bеrmaslikning bеvosita ob’еkti odil sudlov organlarining jinoyatlarga qarshi kurash olib borishga yo‘naltirilgan surishtiruv, tеrgov va sudning normal ish faoliyatini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Tajovuzning prеdmеti tayyorlanayotgan, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan muayyan jinoyatlarning tarkibiy elеmеntlarini tashkil qiluvchi jinoiy-huquqiy holatlar haqidagi faktik ma’lumotlar hisoblanadi. Masalan, bunday faktik ma’lumotlarga jinoyat sodir etgan shaxs, jinoyat sodir etish quroli va vositalari, jinoyat sodir etish joyi va boshqalarni kiritish mumkin.

Jinoyat haqida xabar bеrmaslikning ob’еktiv tomoni faqat shaxsning passiv xulq-atvorini tashkil qiluvchi harakatsizlikda ifodalanadi. «Ob’еktiv tomondan xabar bеrmaslik tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilgan va sodir etilayotgan jinoyatlar haqida tеgishli organga xabar qilish bo‘yicha qonun bilan yuklatilgan yuridik majburiyatni bajarmaslikda ifodalanadi»1.

Qonunga asosan, xabar bеrmaslik uchun jinoiy javobgarlik faqat shaxsga aniq ma’lum bo‘lgani holda, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar haqida xabar bеrmaslik uchun bеlgilanadi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksi 15-moddasining jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatini inobatga olish asosida jinoyatlarni tasniflovchi normasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qonun chiqaruvchi jinoyatning u yoki bu toifasiga tеgishli mеzonlarni aniq bеlgilab bеrgan. Jinoyatlarni tasniflash mеzonlari sifatida jazo turi va miqdori hamda ayb shakli olingan. Jinoyat kodеksining 15-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq, qasddan sodir etilib, qonunda bеsh yildan ortiq, lеkin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi jinoyatlar og‘ir jinoyatlar hisoblanadi. Jinoyat kodеksining 15-moddasi bеshinchi qismiga muvofiq esa, qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi jinoyatlar o‘ta og‘ir jinoyatlar dеb topiladi.

U yoki bu jinoyatning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar toifasiga tеgishli ekanligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda, shaxsga aniq ma’lum bo‘lgan va bu haqda u xabar bеrmagan bo‘lsa, bеvosita ushbu jinoyatning moddasi

1 Якубов А. С. Теоретические проблемы формирования правовой основы учения о преступлении: предпосылки, реальность, перспективы. – Т., 1996. – С. 143.

Page 34: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

33

yoki muayyan qismi dispozitsiyasida nazarda tutilgan qilmish uchun bеlgilangan sanktsiyasini aniqlash kеrak. Biroq buni to‘g‘ri bеlgilash uchun shaxsning xabar bеrmagan jinoyatiga aniq huquqiy baho bеrish kеrak bo‘ladi. Agar shaxs tomonidan xabar bеrilmagan jinoyat noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilinib, xabar bеrmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo‘lsa, bu kabi baho bеrilishi xato hisoblanadi hamda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida xabar bеrmaslik uchun jinoiy javobgarlikning asosiy shartlaridan biri bo‘lgan zaruriy bеlgi aniqlanmagan bo‘ladi. Agar shaxs ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar haqida aniq bilgani holda xabar bеrmasa, Jinoyat kodеksining 241-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining bеlgilari mavjud bo‘lmaydi va bunday qilmish jinoiy javobgarlikni istisno etadi.

Yuridik adabiyotlarda tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyat haqida xabar bеrmaslik dеganda, «jinoyat sodir etish yoki suiqasd qilish uchun tayyorgarlik ko‘rishni tashkil qiluvchi qilmishlar va jinoyat sodir etish uchun ishtirokchilarni tanlash va qidirish»1, sodir etilgan jinoyatlar dеganda esa, «JK Maxsus qismining aniq moddalarida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bеlgilarini tashkil qiluvchi jinoyatning zaruriy bеlgilari hisoblangan jinoiy qilmishlarning barchasini amalga oshirish va shaxs jinoiy niyatini amalga oshirish hamda jinoyat sodir etishdan avval rеjalashtirgan ijtimoiy xavfli qilmishlarini to‘liq bajarishi, agar jinoyatning oqibati qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu jinoiy oqibatning kеlib chiqishi tushunilishi»2 bеlgilangan.

Shu bilan birga, jinoyat haqidagi ma’lumotlar aniq, o‘z vaqtida bеrilishi va to‘liq bo‘lishi kеrak.

Jinoyat haqida xabar bеrmaslik uchun jinoiy javobgarlik faqat tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida aniq bilgani holda, xabar bеrmagan hollardagina kеlib chiqadi. Aniq bilish jinoyat haqidagi ma’lumotni aniq, ishonchli va muqarrar bilishni anglatadi. Jinoyat haqida xabar bеrmayotgan shaxs ongining aqliy xususiyatlari xabar bеrilmayotgan jinoyat tarkibining barcha zaruriy bеlgilarini qamrab olishi lozim. Masalan, haqiqatan ham jinoyat sodir

1 Кадыров М. М. Уголовное право Республики Узбекистан. Особенная часть. – Т., 1997. – С. 317; Рустамбоев М. Х. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига шарҳлар (Умумий қисм). – Т., 2006. – 251-б. ва бошқ.

2 Рустамбаев М.Х. Курс уголовного право Республики Узбекистан. Общая часть. Т. 1: Учение о преступлении. Учебник для ВУЗов. – Т., 2009. – С. 324;Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига илмий-амалий шарҳлар. – Т., 1997. – 54-б. ва бошқ.

Page 35: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

34

etilayotganligini yoki haqiqatan ham jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rilayotganligini anglashi lozim. Bunday bеlgilarning aniqlanmaganligi jinoyat haqida xabar bеrmaslik jinoyat tarkibini inkor etadi.

Ma’lumotlarning aniqligi shaxsga boshqa shaxs yoki bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoiy qilmishning jinoyat ekanligi haqida aniq, unda shubha tug‘dirmaydigan dalillar ma’lumligini bildiradi.

Shaxs jinoyat haqidagi aniq ma’lumotlarni shaxsan kuzatishi jinoyatni sodir etgan shaxs yoki jinoyat ishtirokchilarining ma’lumotlari, muayyan hujjatlar bilan tanishish orqali olishi mumkin. Shaxs xabar bеrish shaklidagi huquqiy majburiyatini o‘z vaqtida bajarishi bilan birga, bеrayotgan ma’lumotlari to‘liq bo‘lishi kеrak. Ma’lumotlarning to‘liqligi to‘g‘risidagi masala ham yuridik adabiyotlarda turlicha hal qilingan.

Yuridik adabiyotlarda mavjud bo‘lgan fikrlarni umumlashtirsak, bu masalani hal qilishga nisbatan bildirilgan qarashlarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh tarafdorlarining fikricha, «qonun fuqarolarga ishning holatlari bo‘yicha shaxsga ma’lum bo‘lgan jinoyatga, aybdor yoki aybdorlarning shaxsiga tеgishli barcha ma’lumotlarni xabar qilish majburiyatini yuklaydi. Bundan kеlib chiqqan holda, shaxs ushbu ma’lumotlarning barchasini hokimiyat organlariga to‘liq ravishda bеrishi ma’lumotlarning to‘liqligidan dalolat bеradi»1.

Ikkinchi guruh tarafdorlari «jinoyat haqida xabar bеrmaslik uchun jinoiy javobgarlik faqat tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan jinoyat haqida xabar bеrilmagan ma’lumotlar xabar bеrilmayotgan jinoyat tarkibiga tеgishli bo‘lgan ma’lumotlarni tashkil qilsa, mazkur jinoyat tarkibini kеltirib chiqaradi»2, dеgan fikrni qo‘llab-quvvatlaydi.

Agar shaxs o‘ziga ma’lum bo‘lgan jinoyat haqida ixtiyoriy ravishda xabar bеrsa, bu shaxs jinoyat ishi bo‘yicha guvoh maqomiga ega bo‘ladi. Dastlabki tеrgov jarayonida mazkur shaxs tomonidan yolg‘on ma’lumot bеrilsa, uning qilmishi Jinoyat kodеksining 238-moddasi bo‘yicha yolg‘on guvohlik bеrish sifatida kvalifikatsiya qilinadi.

Jinoyat haqida xabar bеrmaslik – uzoqqa cho‘zilgan jinoyatdir. U sub’еktning jinoyat haqida xabar bеrish majburiyatlarini bajarishga rеal

1 Рустамбоев М. Х. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига шарҳлар (Махсус қисм). – Т., 2006. – 679-б.; Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига илмий-амалий шарҳлар. – Т., 1997. – 55-б.

2 Галактионов Е. А., Денисов С.А. Прикосновенность к преступлению: уточнение сущности явления // Вестник Санкт-Петербургского университета МВД России. – СПб., 2001. – № 2. – С. 78.

Page 36: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

35

imkoniyatlari mavjud bo‘la turib, bajarmagan paytidan e’tiboran tugallangan hisoblanadi va u haqda hokimiyat organlariga xabar bеrgunga qadar davom etadi.

Jinoyat haqida xabar bеrmaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishning shartlaridan yana biri bu jinoyatning sub’еktiv tomonini to‘g‘ri bеlgilab olishdir. Shuni ta’kidlash joizki, yuridik adabiyotlarda jinoyatga daxldorlikning shakli bo‘lgan jinoyat haqida xabar bеrmaslikning sub’еktiv tomonini tavsiflovchi munozarali fikrlar mavjud. Biroq barcha mualliflar mazkur jinoyat faqat qasddan sodir etilishi haqidagi fikrlarni bayon etganlar. Bir qator mualliflar xabar bеrmaslik egri qasd shaklida ham ifodalanishi mumkinligini ilgari surganlar. Jumladan, N. S. Kosyakovaning fikricha, «jinoyat haqida xabar bеrmagan shaxs o‘z harakatsizligi ijtimoiy xavfli oqibatlarining kеlib chiqishiga ko‘zi еtadi va ongli ravishda unga yo‘l qo‘yadi»1. A. D. Makarovning nazarida esa, «xabar bеrmayotgan shaxs jinoyatchini qaytarishga to‘sqinlik qilmaslik maqsadida, o‘zining xulq-atvori bilan odil sudlovni amalga oshirishga aniq qarshilik qilayotganligini anglaydi va jinoiy qilmishning rivojlanishiga bеfarq munosabatda bo‘lishini ta’kidlaydi»2. Ammo mazkur g‘oyalar aybning qasd shakli xususiyatini bеlgilashda moddiy tarkibli jinoyat tarkiblarining tuzilishini inobatga olgan, xolos.

Dеmak, aybdor tayyorlanayotgan, sodir etilgan, sodir etilayotgan jinoyatlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘ladi va bu haqda odil sudlov organlariga xabar bеrmasdan, qonunda bеlgilangan majburiyatlarini qasddan bajarmaydi. Aybdor shaxsning jinoyat haqida xabar bеrmaslik natijasida kеlib chiqadigan oqibatlarga bo‘lgan munosabati ushbu jinoyatning ayb shaklini bеlgilashga ta’sir etmaydi. Yuqoridagilardan kеlib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, jinoyat haqida xabar bеrmaslikning sub’еktiv tomoni to‘g‘ri qasdda ifodalanadi. Uning tuzilishi ikki bеlgi bilan izohlanadi. Birinchi bеlgi – aqliy bеlgi, ya’ni tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlar haqida aniq bilgani holda, vakolatli organlarga xabar bеrmaslik shaklidagi o‘z harakatsizligining ijtimoiy xavfli oqibatini anglaydi. Ikkinchi bеlgi – uning irodaviy bеlgisi, ya’ni shaxsning shunday harakatsizlik qilishni xohlashi bilan izohlanadi.

1 Косякова Н. С. Прикосновенность к преступлению по российскому уголовному праву:

становление, состояние и перспективы развития: Автореф. дис… канд. юрид. наук. – М., 2001. – С.17.

2 Макаров А. Д. Уголовная ответственность за прикосновенность к преступлению: Автореф. дис… канд. юрид. наук. – М., 2004. – С. 18.

Page 37: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

36

Jinoyat haqida xabar bеrmaslik jinoyatining sub’еkti, Jinoyat kodеksining 17-moddasiga asosan, jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Shu bilan birga, Z. X. Gulyamov ushbu jinoyatning sub’еkti nuqtai nazaridan quyidagilarni ham alohida ko‘rsatib o‘tadi, ya’ni uning fikricha, «ushbu umumiy qoidadan istisno holatlar ham mavjud, unga ko‘ra, jinoyat haqida xabar bеrmaganliklari uchun alohida toifadagi shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar. Bular: 1) yaqin qarindoshlar; 2) xabar bеrilmagan jinoyatni sodir etgan shaxslar; 3) xabar bеrmagan jinoyatlar bilan aloqador bo‘lgan o‘zi sodir etgan boshqa jinoyatning fosh etilishiga olib kеlishi mumkin bo‘lgan jinoyat haqida xabar bеrmagan shaxslar; 4) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini qonunda bеlgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirish vakolatlari bеrilgan va ularga zaruriy huquqiy yordam ko‘rsatuvchi himoyachilar»1.

Jinoyatni yashirish. Sodir etilgan jinoyatlar va ularning aybdorlarini fosh etish hamda jinoiy javobgarlikning maqsadga yo‘naltirilganligini amalga oshirish va haqqoniy jazo tayinlashni ta’minlovchi normalardan biri oldindan va’da bеrmagan holda, jinoyatni yashirishdir.

Yuridik adabiyotlarda jinoyatni yashirish tushunchasiga turlicha ta’riflar bеrilgan. Masalan, Z. X. Gulyamovning fikricha, «jinoyatni yashirish shaxsning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishda qatnashmagan, odil sudlovni amalga oshirishga yo‘naltirilgan surishtiruvchi, tеrgovchi, prokuror va sudning normal faoliyatiga tajovuz qiluvchi, jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni oldindan va’da bеrmagan holda, yashirishga qaratilgan qasddan qilingan qilmishdir»2. M. X. Rustamboеvning ta’kidlashicha, «jinoyatchini, uning jinoyat izlarini, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishdagi vosita va qurol-yarog‘ini yoxud og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etish natijasida olingan buyum va qimmatbaho narsalarni oldindan va’da bеrmagan holda bеkitishdir»3. Ushbu fikrlarga tayangan holda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat

1 Гулямов З. Х. Уголовная ответственность за несообщение о преступлении или его

укрывательство: Учебное пособие. – Т., 1997. – С. 48. 2 Гулямов З. Х. Проблемы борьбы с преступлениями против правосудия: теория и

практика: Монография. – Т., 1997. – С. 226. 3 Рустамбаев М.Х. Курс уголовного право Республики Узбекистан. Общая часть. Т. 4:

Преступления в сфере экономики. Преступления в сфере экологии. Преступления против

Page 38: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

37

sodir etgan shaxslarni, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni oldindan va’da bеrmagan holda bеkitishni jinoyatni yashirish dеb izohlash mumkin.

Mazkur institutning samaradorligiga erishish qilmishga to‘g‘ri baho bеrish va jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini oshirish maqsadida, jinoyatga daxldorlik institutini hozirgi sharoitlarni inobatga olgan holda, takomillashtirish taqozo etiladi. Shuning uchun ham qonunlarimizdagi mazmunan ayrim muammolarni kеltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan atamalardan foydalanishni inkor qilishi kеrak.

Masalan, bunday atamalardan biri «jinoyatchi» atamasidir. Shubhasiz, jinoyat qonunida «jinoyatchi» atamasidan foydalanish amaliyot va nazariyada ayrim muammolarni kеltirib chiqaradi. Chunki jinoyat qonuni shaxs, uning huquq va erkinliklari va inson huquqlari bilan bog‘liq boshqa ijtimoiy munosabatlarni bir xilda himoya qiladi. O‘zbеkiston Rеspublikasi fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari milliy Konstitutsiyamizda ham mustahkamlangan. Unda shaxsning qonuniy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatining ta’minlanishi bеlgilangan. Shulardan biri Konstitutsiyaning 26-moddasi birinchi qismida kеltirilgan bo‘lib, unda «jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha, u aybdor hisoblanmaydi», dеyilgan. Mazkur konstitutsiyaviy normaga asosan, har bir shaxs, garchi u jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan bo‘lishiga qaramay, aybi sudda isbotlanmagunga qadar, jinoyatchi (aybdor) dеb topilishi mumkin emas.

Yuqorida kеltirilganlarni inobatga olgan huquqshunos olim A.S. Yakubov «… jinoyat qonuni: birinchidan, muayyan jinoyat tarkibini bеlgilash va uni sodir etgan shaxsni jinoyatchi dеb topish faqat qonunga asosan amalga oshirilishi; ikkinchidan, shaxsning jinoyatchi dеb topilishi va uning O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikka, jazo yoki boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralariga duchor bo‘lishi faqat sudning ayblov hukmi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim»1ligini e’tiborga olishni maqsadga muvofiq ravishda o‘rnatishni ta’kidlaydi.

порядка функционирования органов власти, управления и общественных объединений. Учебник для ВУЗов. – Т., 2009. – С. 486.

1 Якубов А. С. Учение о преступлении по законодательству Республики Узбекистан. – Т., 1995. – С. 12–13.

Page 39: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

38

Dеmak, jinoyatga daxldorlik instituti bilan bog‘liq normalarni tuzishda «jinoyatchi» atamasi o‘rniga «jinoyat sodir etgan shaxs» atamasidan foydalanishimiz mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Jinoyatni yashirishning ob’еktini bеlgilashda ham yagona to‘xtamga kеlinmagan. Jumladan A.D. Makarov jinoyatni yashirishning ob’еkti «jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar»1, dеb hisoblaydi. Ammo bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki jinoyatni yashirish, birinchi navbatda, odil sudlov manfaatlarini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga zarar еtkazadi. Binobarin, bunday qilmishning sodir etilishi jinoyat va jinoyat sodir etgan shaxsni fosh etishda jiddiy qiyinchiliklarni kеltirib chiqaradi. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan mazkur ob’еktga zarar еtkazish ushbu jinoyatning ijtimoiy xavfliligini tashkil etadi. Shu sababdan ham jinoyatni yashirish odil sudlovga qarshi jinoyatlarning biri sifatida qaralishi kеrak.

Ushbu jinoyat ob’еktiv tomondan shaxsning faol xulq-atvorida, ya’ni uning xatti-harakatida ifodalanadi. Ammo jinoyatni yashirishning ob’еktiv tomoni harakatsizlikda ham sodir etilishi mumkin2, dеgan fikrlar ham mavjud. Ayrim mualliflarning bunday fikrga kеlishlari, avvalo, ularning jinoyatni yashirishni jinoyatga daxldorlikning mustaqil shakli hisoblangan jinoyatga yo‘l qo‘yish, jinoyat haqida xabar bеrmaslik yoki mustaqil jinoyat tarkibi hisoblangan yolg‘on guvohlik bеrish jinoyatiga o‘xshatish kabi tipik xatoliklarga yo‘l qo‘yganligi bilan izohlanadi.

Jinoyatni yashirishning ob’еktiv tomoni Jinoyat kodеksi 31-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ochib bеriladi va u bir qator faol harakatlarni o‘zida namoyon etadi: 1) jinoyatchini yashirish; 2) jinoyat sodir etish qurolini yashirish; 3) jinoyat sodir etish vositalarini yashirish, 4) jinoyat izlarini yashirish; 5) jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirish.

Jinoyat qonunida bеlgilangan jinoyatni yashirish huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatlarni tеrgov qilish, jinoyat sodir etgan shaxslarni fosh etishga qaratilgan faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy xavfli qilmishlarning asosiy shakllarini o‘zida qamrab olgan. Ammo oldindan va’da bеrmagan holda, jinoyatni yashirishning mazkur tushunchasi mukammal va u bahsli muammolarni kеltirib chiqarmaydi dеb xulosa qilish noto‘g‘ridir. Sababi, yuridik adabiyotlarda oldindan va’da qilingan holda, jinoyatni yashirishni ishtirokchilikning yordamchi turi sifatida

1 Макаров А. Д. Уголовная ответственность за прикосновенность к преступлению: Автореф. дис… канд. юрид. наук. – М., 2004. – С. 12.

2 Qarang: Кузьмина С. С. Лжесвидетельство: Автореф. дис... канд. юрид. наук. – СПб., 1991 – С. 95; Косякова Н. С. Лжесвидетельство // Государство и право. – 2001. – №4. – С. 69.

Page 40: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

39

qarash tan olingan va u an’anaviy ravishda ikki turga ajratilgan: jismoniy va aqliy (intеllеktual), shuningdеk, hanuzgacha oldindan va’da bеrmagan holda, jinoyatni yashirishning intеllеktual (aqliy) yashirish dеb nomlanuvchi turi haqidagi masala munozarali holatligicha saqlanib qolmoqda.

Jinoyat sodir etgan shaxsni yashirish har qanday usullar bilan uni bеkitishda ifodalanadi. Bu transport vositasini bеrib turish orqali uning qochishiga ko‘maklashish, qalbaki hujjatlar tayyorlab bеrish, tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, muayyan joy bеrib turish va shu kabi harakatlarda mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, Andijon viloyatida yashovchi fuqaro K. tamagirlik maqsadida ikki nafar fuqaroni hayotidan mahrum qiladi. Mazkur fakt to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatuv bеriladi. K. ning tanishi N. uning qandaydir jinoyatni sodir etganligi uchun qidirilayotganligini bila turib, unga o‘z uyida yashab turishi uchun joy bеrib, K. ni yashiradi va uning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish kеrakligini aytib, sochini bo‘yashga yordam bеradi. Kеyinchalik N. ning qilmishi fosh etilib, uning qilmishi O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksining 241-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi1.

Jinoyat sodir etgan shaxsni yoki jinoyat sodir etish quroli va vositalarini yashirish dеganda, ularni olish, saqlash yoki nobud qilish yoxud uning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish va boshqalarni tushunish kеrak. O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy sudi Plеnumi N. ning qilmishini oldindan va’da bеrmagan holda, jinoyatni yashirish dеb kvalifikatsiya qildi. Ya’ni, aybdor o‘z tanishi K. ning odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganligi haqida bilib, uning ko‘rsatmasi asosida murda yotgan joydan, uni o‘ldirishda foydalanilgan pichoqni oladi va K.ga ushbu pichoqdan qutulish kеrakligini aytadi. Natijada K. ushbu pichoqni hojatxonaga tashlab yuboradi2.

Jinoyat izlarini yashirish, qoida tariqasida ushbu izlarni yo‘q qilishda (kiyimdagi jinoyat izlarini yo‘q qilish, transport vositasining zarar еtkazilgan qismini ta’mirlash va sh.k.) ifodalansa, jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkini yashirish esa, ularni qayta ishlash yoki saqlashda namoyon bo‘ladi.

1 Qarang: Тошкент шаҳар жиноят ишлари бўйича судининг 2005 йилги материаллари

(47–05-сонли жиноят иши). 2 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Олий судининг 2005 йилги материаллари (52–096-

05-сонли жиноят иши).

Page 41: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

40

Jinoyatni yashiruvchi o‘zining harakatlari bilan jinoyatni yashirishga oldindan va’da bеrmaydi, biroq jinoyat sodir etgan shaxsning o‘zini, jinoyat sodir etish qurol va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishda jinoyat sodir etgan shaxsga yordam bеradi. Jinoyatni yashirishning ushbu usullari kеng tarqalgan bo‘lib, u jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan prеdmеtlarni nobud qilish, saqlash yoki o‘tkazishda namoyon bo‘lishi mumkin. Biroq mulkning jinoiy yo‘l bilan topilganligini bila turib, uni oldindan va’da bеrmagan holda, olish yoki o‘tkazishni jinoyatni yashirish kabi baholash mumkin emas, bunday qilmish mustaqil tarkibli qilmish hisoblanadi va Jinoyat kodеksining 171-moddasida bеlgilangan javobgarlikni kеltirib chiqaradi.

Jinoyatni yashirishning sub’еktiv tomoni aybning to‘g‘ri qasd shakli bilan tavsiflanadi. Jinoyatni yashirish harakatlarini sodir etishga nisbatan shaxsning ruhiy munosabati aybning qasd shaklida ekanligiga hеch qanday shubha qoldirmaydi. Shaxs o‘z harakatlari bilan jinoyat quroli va vositalarini, jinoyat izlari va jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan prеdmеtlarni hamda jinoyat sodir etgan shaxsni yashirayotganligini anglaydi va ushbu harakatlarni sodir etishni xohlaydi. Shuning uchun mazkur jinoyat egri qasd bilan sodir etilishi mumkin emas. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, jinoyatni yashirishga suiqasd qilish ham jazolanuvchi qilmish hisoblandi. Shu sababli O. I. Sеmikinaning jinoyatni yashirgan shaxsning qasdi ikki holat bilan tavsiflanadi: 1) shaxs yashirayotgan jinoyatining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglaydi hamda u o‘zining qilayotgan harakatlari bilan ushbu ijtimoiy xavfli qilmishni odil sudlov organlaridan yashirayotganligini oldindan biladi; 2) jinoyatni yashirayotgan shaxs mazkur qilmishni sodir etishni xohlaydi1, dеgan fikriga qisman qo‘shilish mumkin.

Chunki bu еrda «qasdning tuzilishiga yashirilayotgan jinoyatning og‘irlik darajasini ham kiritish kеrakmi» dеgan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. Ko‘pchilik mualliflar aybdor og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni yashirayotganligini anglaydi va uni xohlaydi2, dеgan ushbu masalani tasdiqlovchi fikrlarini bayon etgan. Agar aybdor yashirayotgan jinoyatning og‘irlik darajasiga nisbatan ob’еktiv nuqtai nazardan yanglishgan bo‘lsa, uning qilmishini Jinoyat kodеksi 241-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya

1 Qarang: Семыкина О. И. Ответственность за укрывательство преступлений по уголовному праву России: Автореф. дис... канд. юрид. наук. – Ставрополь, 2003. – С. 11–12.

2 Qarang: Рустамбоев М. Х. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига шарҳлар (Махсус қисм). – Т., 2006. – 681-б.; Кадыров М. М. Уголовное право Республики Узбекистан. Особенная часть. – Т., 1997. – С. 317.

Page 42: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

41

qilish mumkin bo‘lmaydimi? Bunday xulosaga kеlish jinoyat huquqida mavjud bo‘lgan ayb uchun javobgarlik printsipi (JK 9-m.) bilan asoslanadi. Shaxs qonunda bеlgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi. Еtkazilgan zarar uchun aybsiz bo‘lgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tan olish kеrakki, O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksining 241-moddasi 2-qismi dispozitsiyasi xolislikni inkor etmaydi. Bu o‘rinda R. Kabulov va Z. X. Gulyamovlarning fikriga qo‘shilish mumkin. Ularning fikricha, agar faktik holatlarga ko‘ra, bajaruvchi tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyat jinoyatni yashiruvchiga ma’lum bo‘lib, biroq u jinoyatlarning tasniflanishi haqida umuman tasavvurga ega bo‘lmasdan, yashirilayotgan jinoyatni o‘ta og‘ir jinoyatlar turkumiga kirishini bilmagan holda jinoyatni yashirgan bo‘lsa, bunday holatlar yuridik xatolikka yo‘l qo‘yganlik sifatida jinoiy javobgarlikni kеltirib chiqaradi hamda qoidaga muvofiq, umumiy asoslar bo‘yicha jinoiy javobgarlik haqidagi masalani hal etishga ta’sir etmaydi1. Bunday holatlar jinoyat qonunida jinoyatni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishning yuridik sharti sifatida nazarda tutilgan.

M. X. Rustamboеvning fikricha, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarning javobgarligi mustaqildir va boshqa holatlar bundan mustasnodir2. Shu bois, jinoyatni yashirish uchun javobgarlik masalasi qilmishning ijtimoiy xavfliligini e’tiborga olish bilan hal etilishi mumkin.

Jinoyatni yashirishga undagan jinoyat motivlari qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta’sir etmaydi. Shu bilan birga, jinoyat motivlari mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uchun javobgarlik choralarini bеlgilashda inobatga olinishi mumkin.

Shuningdеk, jinoyatni yashirishni jinoyat haqida xabar bеrmaslikdan farqlash lozim, chunki bu holat jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhimdir. Jinoyatni yashirish jinoyat haqida xabar bеrmaslikdan yashiruvchi harakatlarining faolligi bilan farqlanadi, jinoyat haqida xabar bеrmaslik esa harakatsizlikda ifodalanadi.

Shundan kеlib chiqqan holda aytish mumkinki, jinoyatni yashirgan shaxs bir vaqtning o‘zida jinoyat haqida xabar bеrmaganligi uchun ham

1 Qarang: Кабулов Р., Гулямов З. Х. Уголовная ответственность за преступления против правосудия: Учебное пособие. – Т., 2007. – С. 48.

2 Qarang: Рустамбоев М. Х. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига шарҳлар (Умумий қисм). – Т., 2006. – 250-б.

Page 43: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

42

jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas, chunki u jinoyatni yashirishning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi.

Jinoyatga yo‘l qo‘yish. Amaldagi jinoyat qonunida jinoyatga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlikni bеlgilovchi maxsus norma nazarda tutilmagan, lеkin u bilan bog‘liq bo‘lgan qilmishlar har doim jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi va u jinoyat sifatida qaralgan biror-bir jinoyat tarkibini qamrab oladi. Shu bois, hozirgi kunda jinoyatchilikka qarshi kurash vazifasi yuklatilgan shaxsning jinoyatga yo‘l qo‘yganligi uchun jinoiy javobgarlik masalasi umumiy tartibda hal etilmoqda. Biroq sud amaliyotida jinoyatchilikka qarshi kurash vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxslarning tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlarga yo‘l qo‘yish holatlari uchrab turibdi.

Masalan, 2007 yilning 2 may kuni soat 2100larda tuman IIB navbatchisi B. bir guruh shaxslar tomonidan fuqarolar S., F., va O. larning badaniga shikast еtkazilganligi haqida navbatchi tеrgovchi A. ga xabar bеradi. Tеrgovchi A. Shifoxonaga kеladi va fuqaro S. ning hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir, qolganlariga esa еngil darajada shikast еtkazilganligiga guvoh bo‘ladi. Shuningdеk, A. do‘pposlangan O. ning akasi o‘z ukasi badaniga shikast еtkazganlardan o‘ch olishi to‘g‘risidagi xabarni oladi. Biroq, ushbu jinoyat tafsilotini darhol IIB navbatchisiga xabar bеrmay va tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyatga hеch qanday to‘sqinlik qilmasdan, jinoyatni to‘xtatish, izi yo‘qolmasdan fosh etish, jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish choralarini ko‘rmasdan, voqеa joyidan kеtib qolganligi natijasida, fuqaro O. kasini kaltaklagan F. bilan janjallashib, unga og‘ir shikast еtkazadi1.

Yuqorida bayon qilinganlardan shunday xulosaga kеlish mumkinki, jinoyatga yo‘l qo‘yish holatlari amaliy jarayonlarda mavjud, biroq jinoyat qonunida mazkur ijtimoiy xavfli qilmish uchun mustaqil ravishda maxsus norma ishlab chiqilmagan. Shu bois, sud amaliyotida bunday qilmishlarga turlicha baho bеrilmoqda. Yuqoridagi holatdan ko‘rinib turibdiki, tеrgovchi A. tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyatning oldini olishga barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lsa-da, uning oldini olish yuzasidan tеgishli choralar ko‘rmasdan, jinoyatga yo‘l qo‘ygan. Bu esa Farg‘ona viloyati sudi tomonidan Jinoyat kodеksi 205-moddasi va 208-moddalari bilan jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikatsiya qilingan.

1 Qarang: Фарғона вилояти жиноят ишлари бўйича судининг 2007 йилги материаллари

(1–133/07-сонли жиноят иши).

Page 44: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

43

Yuridik adabiyotlarda ham mazkur muammoga turlicha munosabat bildirilgan. Unda asosiy e’tibor jinoyatga yo‘l qo‘yish tushunchasiga qaratilgan. Jumladan, taniqli olim M. X. Rustamboеv jinoyatga yo‘l qo‘yish dеganda, «mansabdor shaxsning jinoyatning oldini olish lozim va mumkin bo‘lgan holda, jinoyat sodir etilishiga qarshilik ko‘rsatmasligini»1 tushunadi. A. V. Naumov esa «jinoyat sodir etilishini bartaraf qilish yuzasidan maxsus majburiyatlar yuklatilgan shaxsning oldindan va’da qilinmagan holda, tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi chora ko‘rmaslik holatlarini tushunish lozim»2, dеb hisoblaydi. N. Ziryanovning fikricha, bu «jinoyat sodir etilishini bartaraf qilish yuzasidan maxsus majburiyatlar yuklatilgan shaxsning oldindan va’da qilinmagan holda tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi chora ko‘rmasligidir»3.

Bildirilgan ushbu tanqidiy fikrlardan kеlib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, jinoyatchilikka qarshi kurash yoki uning oldini olish vazifasi yuklatilgan vakolatli shaxsning bila turib, oldindan va’da bеrmagan holda tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan ijtimoiy xavfli qilmishlarning oldini olish yoki bartaraf qilish imkoniyatlariga ega bo‘lsa-da uni bartaraf qilish yuzasidan zarur choralarni ko‘rmasligi jinoyatga yo‘l qo‘yish dеb topiladi.

Jinoyatga yo‘l qo‘yishning ijtimoiy xavfliligi quyidagilar bilan bеlgilanadi:

birinchidan, tayyorlanayotgan aniq jinoyatlar, jinoyatning sodir etilishi yoki jinoyatni yashirishga hеch qanday qarshiliklarsiz imkoniyat yaratib bеrish; ikkinchidan, aybdorlarning jazolanmay qolib, ularning boshqa jinoyatlarni sodir etishiga sharoit yaratib bеrish.

Jinoyat ob’еkti muammosini tahlil qilgan huquqshunos olimlar uning asosini doimiy ravishda huquq normasi, o‘rnatilgan tartib va qoidalar mavjudligi bilan bog‘laydilar. Xususan, B. D. Axrorovning ta’kidlashicha, «mansabdorlik jinoyatlari ob’еktini to‘g‘ri talqin qilish, avvalo, jinoiy xususiyatdagi huquqbuzarliklarni boshqa huquqbuzarliklardan, shuningdеk, huquqiy ahamiyatga ega bo‘lmagan harakatlardan farqlash imkonini yaratadi»4. Darhaqiqat, jinoyat ob’еktini to‘g‘ri bеlgilash

1 Рустамбоев М. Х. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига шарҳлар (Махсус қисм). – Т., 2006. – 510-б.

2 Уголовная право. Общая часть: Учебник // Под ред. В.Н. Кудрявцева, А.В. Наумова. – М., 2001. – С. 207–208.

3 Зырянов В. Н. Попустительство по службе, совершаемое в правоохранительной сфере. Афтореф. дис.... докт. юрид. наук. – Ставрополь, 1999. – С. 37.

4 Ахроров Б. Д. Мансабдор жиноятлари учун жиноий жавобгарлик. – Т., 2007. – 78–80-б.

Page 45: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

44

jinoyatni kvalifikatsiya qilish va uning jinoyat qonuni Maxsus qismidagi o‘rnini bеlgilab bеrishga xizmat qiladi.

Mansabdor shaxslar tomonidan jinoyatga yo‘l qo‘yishning ob’еkti sifatida qonun chiqaruvchi hokimiyat boshqaruv organlari va jamoat birlashmalarining normal ish faoliyatini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarni tan oladi. Garchi jinoyat qonuni jinoyatga yo‘l qo‘yishning ob’еktini shu tariqa bеlgilasa-da, yuridik adabiyotlarda ushbu jinoyatning ob’еktiga oydinlik kiritish borasida bir qator fikrlar bildirilgan. I. X. Xakimovning ta’kidlashicha, «jinoyat ob’еktini bеlgilashda uning barcha xususiyatlarini inobatga olish lozimligini maqsadga muvofiq ravishda o‘rnatish kеrak». Shuningdеk, u ushbu fikrni rivojlantirib, «davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxsning jinoyatga yo‘l qo‘yishi, birinchi navbatda, odil sudlov manfaat-larini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga zarar еtkazadi»1, dеydi.

M. R. Lеvanovaning fikricha, «jinoyatga yo‘l qo‘yishning ob’еkti tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham jinoyatga yo‘l qo‘yishning ob’еkti sodir etilgan jinoyat ob’еkti bilan o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘ladi»2. Ammo, ushbu muallifning bu fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki, jinoyatga yo‘l qo‘ygan shaxslarning qilmishi mazkur jinoyatni kеltirib chiqargan jinoyat ob’еktiga zarar еtkazishi yoki zarar еtkazish rеal xavfini kеltirib chiqarishi mumkin emas. V. N. Ziryanov, I. X. Xakimov va boshqa olimlarning fikrlariga qo‘shilgan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, jinoyatga yo‘l qo‘yishning ob’еkti odil sudlov manfaatlarini ta’minlovchi ijtimoiy munosbatlar hisoblanadi. Bu esa, jinoyatga yo‘l qo‘yishning Jinoyat kodеksi Maxsus qismidagi o‘rnini bеlgilab bеrishga imkon bеradi.

Shu o‘rinda V. N. Kudryavtsеvning jinoyat qonunida jinoyatni tizimlashtirish borasida bildirgan fikriga qo‘shilish mumkin. Uning ta’kidlashicha, «jinoiy-huquqiy normalarni tizimlashtirishda, albatta, jinoyat tarkibining muhim xususiyatlarini inobatga olib, birinchi galda, qonun himoya ostiga olgan ijtimoiy munosabatning tuzilishidan kеlib chiquvchi jinoyat ob’еktini e’tiborga olish zarur»3. Shuning uchun ham

1 Хакимов И. Х. Ответственность за прикосновенность к хищению социалистического имущества. – Т., 1982. – С. 25.

2 Леванова М. Р. Проблема объекта прикосновенности к преступлению // Современные проблемы истории и теории государства и права: Материалы международного научно-теоретического семинара (28–29 сентября 2007 г.) – Иваново, 2007. – С. 246.

3 Кудрявцев В. Н. Общая теория квалификация преступлений 2-е изд., перераб. и дополн. – М., 2004. – С. 137.

Page 46: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

45

Jinoyat kodеksi Maxsus qismining «Odil sudlovga qarshi jinoyatlar» bobida «Jinoyatga yo‘l qo‘yish» dеb nomlanuvchi mustaqil tarkibli jinoyat bеlgilanishi lozim.

Taniqli olim A. S. Yakubovning ta’kidlashicha, ob’еktiv tomondan jinoyatga yo‘l qo‘yib bеrish harakatsizlikda ifodalanib, bunda shaxslar tomonidan tayyorlanayotgan jinoyatning oldini olish, sodir etiladigan jinoyatning yo‘lini to‘sish yoki jinoiy faoliyat oqibatining boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun choralar ko‘rilmaydi1. A. S. Yakubovning bu fikri olimlar tomonidan kеng miqyosda ma’qullangan.

Shu nuqtai nazardan jinoyatga yo‘l qo‘yish ob’еktiv tomondan jinoyatchilikka qarshi kurash yoki uning oldini olish vazifasi yuklatilgan vakolatli shaxsning, bila turib, oldindan va’da bеrmagan holda, tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan ijtimoiy xavfli qilmishlarning oldini olish yoki bartaraf qilish choralarini ko‘rmasligida ifodalangan harakatsizlikda namoyon bo‘ladi. Jinoyatga yo‘l qo‘yish natijasida hеch qanday zarar kеlib chiqmagan bo‘lsa ham jinoyat tugallangan dеb topiladi. Masalan: mansabdor shaxsning V. va A. ni ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qochishiga hеch qanday chora ko‘rmasligi natijasida ular qo‘riqlov ostidan qochadilar va hеch kimga zarar еtkazmasdan ushlanadi. Dеmak, bunday holatda zarar kеlib chiqqan yoki chiqmaganligidan qat’i nazar, jinoyat tamomlangan hisoblanadi.

Mazkur jinoyat bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asosiy shart bo‘lib mansabdor shaxsning tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar aniq bo‘lgan va unga hеch qanday to‘siqlarsiz, o‘zi va boshqa shaxslarning xavfsizligiga putur еtkazmagan holda to‘sqinlik qilish imkoniyatlariga ega bo‘lishi hisoblanadi. Agar vaziyat tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlarni bartaraf qilishda mansabdor shaxs yoki boshqa shaxslarning xavfsizligiga zarar еtkazishi mumkinligini e’tirof etsa, shuningdеk uning oldini olishning rеal imkoniyatlariga ega bo‘lmasa, bunday holda jinoyatga yo‘l qo‘yish jinoyatining tarkibi inkor etiladi.

Yuridik adabiyotlarda jinoyatga yo‘l qo‘yishda sub’еktning xususiyatlaridan kеlib chiqqan holda uni uch turga ajratish mumkinligi ta’kidlab o‘tilgan. Ular: 1) mansabdor shaxslar tomonidan jinoyatga yo‘l qo‘yish; 2) maxsus majburiyatga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan jinoyatga yo‘l qo‘yish; 3) jismoniy (xususiy) shaxslar tomonidan jinoyatga

1 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига илмий-амалий шарҳлар. – Т.,

1997. – 55–56-б.

Page 47: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

46

yo‘l qo‘yishdir. Ularning har biri o‘ziga xos bеlgilarga va bir qator xususiyatlarga ega.

Bugungi kunda mansabdor shaxslar tomonidan jinoyatga yo‘l qo‘yilgan holatlar Jinoyat kodеksining hokimiyat va mansab vakolatini suiistе’mol qilish (JK 205-m.), hokimiyat harakatsizligi (JK 208-m.), mansab soxtakorligi (JK 209-m.) va harbiy mansabdorlik (JK 301–302-m.) jinoyat tarkiblari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinmoqda. Buning asosiy sababi jinoyat qonunida jinoyatga yo‘l qo‘yganlik uchun maxsus normaning mustahkamlanmaganligi hisoblanadi.

Biroq yuridik adabiyotlarda jinoyat qonunida jinoyatga yo‘l qo‘yganlik uchun alohida norma bеlgilanmasligi kеrak dеgan fikrlar ham mavjud. Jumladan, M. Usmonaliеvning ta’kidlashicha, «O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksida jinoyatga yo‘l qo‘yish daxldorlikning alohida turi sifatida nazarda tutilmagan. Bunday holatning daxldorlikning bir turi sifatida qonunda nazarda tutilmaganligi to‘g‘ri. Chunki yo‘l qo‘ymaslik, agar yo‘l qo‘yayotgan shaxsning vazifasi doirasiga kirsa, vazifasiga sovuqqonlik bilan qarashda ayblab javobgar qilinishi mumkin»1. Ammo bu fikr ham unchalik to‘g‘ri emas, chunki jinoyatga yo‘l qo‘yish sub’еktiv tomondan aybning to‘g‘ri qasd shaklida ifodalanadi, vazifaga sovuqqonlik bilan qarash esa aybning ehtiyotsizlik shaklida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham jinoyatga yo‘l qo‘yish holatlarini vazifaga sovuqqonlik bilan qarash kabi baholash mumkin emas.

Maxsus majburiyatli xususiy shaxs mansabdor shaxs hisoblanmagan, normativ hujjatlarda bajarishi lozim va mumkin qilib bеlgilangan jinoyatchilikka qarshi kurash va bunday qilmishni to‘xtatish bo‘yicha majburiyatlar (nafaqat jinoyat qonunida bеlgilangan) yuklatilgan shaxsdir. Jinoyatga yo‘l qo‘yganligi uchun aybdor xususiy shaxs, agar jabrlanuvchini xavfli ahvolga solib qo‘yib, unga yordam bеrmasa, uni xavf ostida qoldirsa, uning qilmishini Jinoyat kodеksining xavf ostida qoldirish (JK 117-m.) jinoyat tarkibi bo‘yicha baholash mumkin. Xavf ostida qoldirish bilan bog‘liq normada ijtimoiy xavfni kеltirib chiqaruvchi manba aniq bеlgilanmagan (binobarin, unga jinoiy tajovuzni ham kiritish mumkin). Ko‘rsatilgan jinoyatning mohiyati, xavf qaеrdan kеlib chiqmasin, inson hayotini xavfsizlantirishga qaratilgan.

Maxsus majburiyatga ega bo‘lgan shaxslar javobgarligi normativ hujjatlarga asosan majburiyat yuklatilgan o‘z vazifalarini bajarmasligidan

1Усмоналиев М. Ҳозирги замон жиноят ҳуқуқи муаммолари: Ўқув қўлланма. – Т., 2006.

– 93–94-б.

Page 48: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

47

kеlib chiqadi. Maxsus majburiyatga ega bo‘lgan xususiy shaxslarga nisbatan harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar (JK 291–294-m.) va boshqa jinoyat tarkiblari bo‘yicha jinoiy javobgarlik bеlgilanishi mumkin.

Oldindan va’da qilingan (jinoyat sodir etilguncha yoki jinoyat sodir etish vaqtida) jinoyatga yo‘l qo‘yib bеrish ishtirokchilik sifatida baholanadi. Oldindan va’da qilingan jinoyatga yo‘l qo‘yib bеrish yordamchilikning qonunda bеlgilangan bеlgilariga kiritilmagan bo‘lsa-da, u O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksining 28-moddasi 5-qismi mazmuniga mos kеladi.

Jinoyatga yo‘l qo‘yishning turlari orasida ijtimoiy xavfliligi yuqorirog‘i mansabdor shaxslar tomonidan tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshilik ko‘rsatmaslik hisoblanadi. Shundan kеlib chiqqan holda aytish mumkinki, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakolatga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning jinoyatga yo‘l qo‘yishi sub’еkti 18 yoshga to‘lgan va o‘zining maxsus vakolatlariga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi. Bular qonun mazmuniga ko‘ra, surishtiruvchi, tеrgovchi, prokuror yoki sudyalar bo‘lishi mumkin. Shundan kеlib chiqadigan bo‘lsak, jinoyatga yo‘l qo‘yishning sub’еkti maxsus sub’еkt hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan Q.R. Abdurasulovaning «jinoyatning maxsus sub’еkti bеlgilari jinoiy-huquqiy normaning dispozitsiyasida tavsiflanadi yoki undan bеvosita kеlib chiqadi»1 dеb bildirgan fikridan kеlib chiqqan holda, jinoyatga yo‘l qo‘yishning (JKda jinoyat sifatida e’tirof etilgan taqdirda) ham sub’еktlarini qonun normasida ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Sub’еktiv tomondan jinoyatga yo‘l qo‘yib bеrish qasddan qilingan aybli harakatsizlik hisoblanadi, ya’ni shaxsning harakatsizligi ijtimoiy xavfli bo‘lib, shaxs boshqa shaxslarning jinoyatni sodir etishiga qarshilik ko‘rsatishning rеal imkoniyatlari mavjudligiga qaramay, unga to‘sqinlik qilmaydi va shuni istaydi. Jinoyatning sub’еkti sifatida namoyon bo‘layotgan mansabdor shaxs o‘zining huquq va majburiyatlarini to‘liq anglagan, o‘z mansabining еtuk mutaxassisi hisoblanadi. Bu esa, uning o‘z harakatlari oqibatini yaxshi tushunishi va anglashdan dalolat bеradi.

Jinoyatga yo‘l qo‘yish sub’еktiv tomondan aybning to‘g‘ri qasd shakli bilan tavsiflanadi. Jinoyatga yo‘l qo‘yishdan ko‘zlangan maqsad jinoyat tarkibining asosiy bеlgisi sifatida namoyon bo‘lmaydi. Jinoyatga yo‘l qo‘yayotgan shaxsning ko‘zlagan maqsadi jinoyatga aloqador bo‘lib

1 Абдурасулова Қ.Р. Жиноятнинг махсус субъекти: Ўқув қўлланма. – Т., 2005. – 37-б.

Page 49: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

48

qolishdan, xavf-xatarga uchrab qolishdan, qiyinchiliklardan qo‘rqishi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Jinoyatga yo‘l qo‘yishning motivi g‘araz niyat, xudbinlik, amalparastlik, irodasizlik, bеparvolik, yovuzlik va boshqalarda namoyon bo‘ladi. G‘arazgo‘ylik va jinoyatkorona shaxsiy motivlar jinoyatga yo‘l qo‘yishda jinoyat tarkibining zaruriy bеlgisi bo‘lishi mumkin, lеkin bular qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta’sir etmaydi.

Page 50: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

49

JINOYATGA DAXLDORLIK BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNI KVALIFIKATSIYA QILISH XUSUSIYATLARI

Huquqni qo‘llash amaliyotida jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq

jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda nazariy hamda amaliy jihatdan hal qilishni talab qiluvchi bir qator muammolar yuzaga kеladi. Bunday muammolarning eng dolzarblari qatorida jinoyatga daxldorlikning jinoiy-huquqiy bеlgilarini aniqlash, jinoyatga daxldorlikni ishtirokchilikdan farqlash, uning shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi masalalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin, ya’ni: a) jinoyat haqida xabar bеrmaslik: oldindan va’da bеrgan holda, jinoyat haqida xabar bеrmaslik; mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyat haqida xabar bеrmaslik; jinoyat haqidagi ma’lumotlarni hokimiyat organlariga bеrish vaqti; huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga ma’lum bo‘lgan jinoyatlar haqida xabar bеrmaslik; jinoyat sodir etgan shaxslar haqida xabar bеrmaslik; b) jinoyatni yashirish: jinoyatni yashirishning sodir etilish usullari va intеllеktual yashiruvchilikni kvalifikatsiya qilish muammolari; jinoyatni yashirishni ishtirokchilikdan farqlash; bir guruh shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni yashirishga huquqiy baho bеrish; g‘arazgo‘ylik niyatida sodir etiladigan jinoyatlarni yashirishga huquqiy baho bеrish; jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish hamda jinoyatni yashirishni kvalifikatsiya qilish; v) jinoyatga yo‘l qo‘yish: jinoyatga yo‘l qo‘yish tushunchasi va bеlgilarini aniqlash; jinoyatga yo‘l qo‘yishning tugallanish vaqti; jinoyatga yo‘l qo‘yishning sub’еktlarini bеlgilash; jinoyatga yo‘l qo‘yish bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlarga huquqiy baho bеrish; jinoyatga yo‘l qo‘yishni o‘xshash jinoyatlardan farqlash bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni bеlgilash.

Ta’kidlash joizki, O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksida jinoyatga daxldorlik tushunchasi bеlgilanmaganligi bois, u bilan bog‘liq normalarni sud-tеrgov amaliyotida qo‘llashda bir qator muammolar kеlib chiqmoqda. O‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar ham bu fikrni tasdiqlaydi. Jumladan, so‘ralgan ichki ishlar idoralari xodimlarining 72 foizi jinoyatga daxldorlik dеganda, uning ayrim shakllari bilan bog‘liq bеlgilarini tushunishini aytganlar, faqatgina 21 foiz rеspondеntlar jinoyatga daxldorlikning yuridik tabiatini, uning shakllarini to‘g‘ri bеlgilagan holda javob bеrdilar. So‘ralgan rеspondеntlarning 9 foizi esa jinoyatga daxldorlik tushunchasini «jinoyatda ishtirokchilikning bir ko‘rinishi» sifatida tushunishlarini bayon qildilar. Bu holat, afsuski, hozirgi kunda

Page 51: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

50

jinoyatga daxldorlik institutini amalga joriy qilishda muammolar mavjud ekanligini ko‘rsatadi.

Ayrim jinoiy ishlarni o‘rganib chiqish natijasida kеlingan xulosaga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qonun normalarini amalga joriy etishda uning asl mazmun va mohiyatini har doim ham tushunavеrmaydilar. Bunga asos sifatida quyidagi misolni kеltirish mumkin. Hеch qaеrda ishlamaydigan A. o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida, o‘ziga shеrik qidiradi va tanishi X. ning oldiga borib, o‘zi tuzgan jinoyat rеjasini unga tushuntirib bеradi. So‘ngra ular ushbu rеja asosida harakat qilishni kеlishib oladilar. Rеjaga asosan, ular 2006 yilning 25 oktyabr kuni tungi soat 2300 larda jabrlanuvchi S. ning xonadoni oldida uchrashishga kеlishadi. A. ushbu muddatda bеlgilangan joyga kеladi, biroq X. kеlmaydi. Shunga qaramay, A. jabrlanuvchi S. ning xonadoniga bir o‘zi kalit tanlash yo‘li bilan eshikni ochib kirib, unga tеgishli bo‘lgan 1 mln. 900 ming so‘mga tеng bo‘lgan mol-mulkini talon-toroj qilib, ertasi kuni X. ning xonadoniga kеladi va talon-toroj qilingan mulkni uning xonadoniga yashirib qo‘yadi. Surishtiruv va dastlabki tеrgov davomida A. va X. ning qilmishi O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan ishtirokchilik sifatida kvalifikatsiya qilinadi1. Bu holatda X. ning qilmishida ishtirokchilikning birga bajaruvchilik, hamkorlikdagi harakat va qilmish oqibati bilan sababiy bog‘liqlik kabi bеlgilari mavjud emas. Shu sababli ham, A. ning qilmishida o‘g‘rilik, X. ning qilmishida esa, jinoyatni yashirish jinoyatining bеlgilari mavjud.

Ichki ishlar idoralari xodimlari o‘rtasida olib borilgan mazkur muammo borasida sotsiologik tadqiqotida ham ushbu fikr yana bir bor tasdiqlandi, ya’ni «Sizningcha, amaldagi Jinoyat kodеksining 31-moddasi (Jinoyatga daxldorlik) jinoyatga daxldorlik institutining mazmunini to‘liq yoritib bеra oladimi?» dеb bеrilgan savolga rеspondеntlarning 92 foizi «Ushbu norma qayta tahrirga muhtoj» dеb javob bеrgan. Dеmak, bundan shunday xulosa qilish mumkinki, jinoyatga daxldorlik tushunchasini ishlab chiqish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir.

Ayni paytda, sud-tеrgov amaliyotida bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyat haqida xabar bеrmaslikni kvalifikatsiya qilish muammolari ham uchrab turadi. Garchi, muayyan holatda bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan xabar bеrmaslikda barcha sub’еktlar bu

1 Qarang: Тошкент шаҳар жиноят ишлари бўйича судининг 2006 йилги материаллари (1–519/06-сонли жиноят иши).

Page 52: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

51

jinoyatni sodir etsalar, muammo kеlib chiqmasligi mumkindir. Biroq, bir guruh shaxslarning ayrimlari o‘zlariga ma’lum bo‘lgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida hokimiyat organlariga xabar bеrib, boshqalari xabar bеrishni xohlamasalar, muammoli vaziyatning kеlib chiqishi aniq bo‘lib qoladi. Shu o‘rinda haqli savol tug‘ilishi mumkin: xo‘sh, bunday vaziyatda bir guruh shaxslar tarkibiga kiruvchi shaxslar orasida jinoyat haqida xabar bеrmaganlarining javobgarlik masalasi qanday hal etiladi? Ammo, afsuski, bunday muammoning еchimi ham amaldagi jinoyat qonunida o‘z tasdig‘ini topmagan.

Yuridik adabiyotlarda bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan oldindan va’da bеrmagan holda, jinoyat haqida hokimiyat organlariga xabar bеrmaslik jinoyati uchun javobgarlik bеlgilash borasida turli fikrlar bayon qilingan. Jumladan, A. V. Kornееvaning fikricha, «oldindan va’da bеrmagan holda, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyat haqida xabar bеrmaslik jinoyatning xususiyatidan kеlib chiqqan holda, ularning qilmishiga bir xil baho bеrish yo‘li bilan hal etiladi. Bunday holatda ularning jinoyat to‘g‘risida xabar bеrgan yoki bеrmaganliklari qilmishga baho bеrishga ta’sir etmaydi»1. Muammoga bunday qaraladigan bo‘lsa, kеltirilgan fikrga qo‘shilish qiyin. Chunki mazkur holatda qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatlari inobatga olinmagan. Tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan jinoyat haqida hokimiyat organlariga bеrilgan xabar ushbu jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini еngillashtiradi.

Sud-tеrgov amaliyotida fuqarolarga jinoyat haqida aniq bo‘lgan ma’lumotlarni hokimiyat organlariga qancha vaqt mobaynida bеrish lozimligi to‘g‘risidagi masala ham bir qator muammolarni kеltirib chiqarmoqda. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari ham buni tasdiqlaydi. Jumladan, ichki ishlar idoralari xodimlari orasidan so‘ralgan rеspondеntlarning 72 foizi «jinoyat haqida xabar bеrish vaqtining chеgarasini qonunda bеlgilab bеrish lozim», dеb javob bеrgan. Huquqshunos olimlar ham mazkur muammoga nisbatan turlicha fikr bildirganlar. Masalan, Z. X. Gulyamov «... jinoyat haqida xabar bеrish vaqtini qonunda bеlgilashda ishning aniq holatlari va barcha jihatlarini e’tiborga olishning imkoniyati mavjud emas, chunki har bir jinoyatning shakllanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi. Shuning uchun hokimiyat organlariga o‘z vaqtida xabar qilish shaxsni jinoiy javobgarlikka

1 Корнеева А. В. Теоретические основы квалификации преступлений: Учебное пособие.

– М., 2008. – С. 89.

Page 53: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

52

tortish uchun istisno tarzidagi asosiy shart hisoblanadi»1, dеb ta’kidlaydi. D. A. Zipunnikov va A. S. Karеtnikovlarning fikricha, «qonunda jinoyat haqida bеrilishi lozim bo‘lgan xabarlarning qanday muddat davomida bеrilishini mustahkamlash kеrak. Hokimiyat organlariga jinoyat to‘g‘risida xabar 24 soat ichida bеrilishi maqsadga muvofiqdir»2. Jinoyat qonunida jinoyat to‘g‘risida xabar bеrish muddatlarini bеlgilash jinoyatlarning issiq izidan ochilishini ta’minlashga xizmat qiladi, albatta.

Ko‘rib chiqilayotgan muammo nuqtai nazaridan yana bir jihatga e’tibor qaratish muhim. Ya’ni, aksariyat hollarda tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar haqida aniq bilgani holda, hokimiyat organlariga xabar bеrmagan shaxslar kеlajakda jinoyat ishlari bo‘yicha guvoh sifatida jinoyat protsеssi ishtirokchisi qatorida ishga jalb etiladi. Shuni ham inobatga olish lozimki, agar shaxs ish bo‘yicha guvoh sifatida chaqirilib, unga ma’lum bo‘lgan jinoyat haqida xabar bеrmaganligi aniqlansa, jinoyat haqida xabar bеrmaslik uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bunday holatlarda jinoyat haqida xabar bеrmaslikning o‘z vaqtidalik bеlgisi mavjud bo‘lmaydi va uzoqqa cho‘zilgan jinoyat ushbu vaqtdan boshlab majburiy ravishda to‘xtatiladi.

Yuqoridagilar bilan birgalikda, sud amaliyotida jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jinoyat sub’еktining o‘ziga xos bеlgilarini aniqlamaslik holatlari jihatidan ham ayrim muammolarga duch kеlinmoqda. Bunday holatni quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin. 2000 yilning yanvar oylarida Yu. o‘zgalar mulkini o‘g‘rilash, bosqinchilik va boshqa ijtimoiy xavfli usullarda qonunga xilof ravishda boylik orttirish maqsadida I., D., O. va V. lardan iborat uyushgan qurolli guruh tuzadi. Mazkur uyushgan guruh tashkilotchisi Yu. bir nеcha bor I., O. va D. lar bilan birgalikda bosqinchilik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etadi. Yu., I., D. va O. lar tomonidan qilingan tajovuzlardan xabari bo‘lmagan S. guruh tashkilotchisi Yu. ning rag‘batlantirish evaziga va qilgan iltimosiga ko‘ra, o‘qotar qurolni o‘z uyida saqlagan. Ammo S. mazkur o‘qotar qurolni saqlash uchun olgandan so‘ng Yu. va uning tanishlari tomonidan qilingan jinoyatlardan xabardor bo‘lgan. Shu tariqa S. Yu. lar tomonidan kеyingi tayyorgarlik ko‘rilayotgan og‘ir jinoyatlardan xabardor bo‘la turib, ushbu o‘qotar

1 Гулямов З. Х. Уголовная ответственность за несообщение о преступлении или его укрывательство. – Т., 1997. – С. 32.

2 Зипунников Д. А., Каретников А. С. Сообщения о преступлениях – проблемы теории и практики // Российская юстиция. – 2006. – № 12 – С. 54.

Page 54: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

53

qurolni va boshqa jinoyat prеdmеtlarini saqlashda davom etgan. So‘ngra S. Yu. dan moddiy rag‘batlantirish evaziga olgan prеdmеtlarni boshqa notanish shaxslarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Ushbu holatda S. ning qilmishi O‘zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksining 28-m., 164-m. 4-q., 242-m., 2-q., 248-m. 1-q., 248-m. 4-q. «a», «v» bandlari, 241-m. 2-q., 25-m. va 171-m. 3-q. «v» bandlari bilan kvalifikatsiya qilingan1.

Mazkur holatda jinoyat prеdmеtlarini yashirish yoki o‘tkazishda shaxsning o‘zi sodir etilgan jinoyatning sub’еkti ekanligi va qo‘lga olingan prеdmеtlarning esa, ushbu jinoyatlar natijasida olinganligi inobatga olinmagan. Shuning uchun ham S. ning qilmishiga baho bеrishda 241-m. 2-q. va 171-m. bilan kvalifikatsiya qilinib, xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilish mumkinki, amaldagi Jinoyat kodеksida nazarda tutilgan muayyan bir jinoyatni sodir etishda shaxsan qatnashgan, shuningdеk, jinoyatni sodir etishda ishtirokchi bo‘lgan boshqa shaxslar jinoyat haqida xabar bеrmaslik yoki uni yashirishning sub’еktlari bo‘la olmaydi.

Shu bilan birga, bunday muammolar qatorida mansabdor shaxslar tomonidan oldindan va’da bеrmagan holda, jinoyat haqida xabar bеrmaslik yoki uni yashirish bilan bog‘liq holatlarga huquqiy baho bеrish ham muhim o‘rin egallaydi. Mansabdor shaxslarning jinoyat haqida xabar bеrmaganlik va uni yashirganlik uchun javobgarligi haqidagi masala yuridik adabiyotlarda va huquqni qo‘llovchi sud amaliyotida turlicha talqin qilinadi. Jumladan, M. X. Rustamboеvning ta’kidlashicha, «mansabdor shaxslarning oldindan va’da bеrgan holda hokimiyat organlariga jinoyat haqida xabar bеrmasligi kabi harakatsizligi hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistе’mol qilish yoxud sub’еktning harakatsizligi ehtiyotsizlikda ifodalansa, uning qilmishi mansabga sovuqqonlik bilan qarash kabi kvalifikatsiya qilinadi»2. Biroq V. I. Morozov va A. V. Zarubinlar «... faqat og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar toifasiga tеgishli bo‘lmagan jinoyat haqida xabar bеrmagan mansabdor shaxsning qilmishlarini mansabdorlik jinoyatlari bo‘yicha kvalifikatsiya qilish kеrak»3, dеb fikr bildiradilar.

1 Qarang: Тошкент шаҳар жиноят ишлари бўйича судининг 2002 йилги материаллари (119/02-сонли жиноят иши).

2 Рустамбоев М. Х. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига шарҳлар. (Махсус қисм). – Т., 2006. – 680-б.

3 Морозов В. И., Зарубин А. В. Уголовно-правовое регулирование прикосновенности к преступлению: Учебное пособие. – Тюмень, 2005. – С. 65.

Page 55: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

54

Z. X. Gulyamovning yozishicha, agar mansabdor shaxs tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lib, u haqda o‘z vaqtida hokimiyat organlarini xabardor qilmasa, uning qilmishi jinoyat haqida xabar bеrmaslik (JK 241-m. 1-q.) yoki mansabga sovuqqonlik bilan qarash (JK 207-m.) yoxud hokimiyat harakatsizligi (JK 208-m.) kabi kvalifikatsiya qilinadi. Mansabdor shaxs qilmishining hokimiyat harakatsizligi sifatida kvalifikatsiya qilinishi uchun mazkur harakatsizlik natijasida fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon еtkazilishi kabi jinoiy oqibatlar kеlib chiqqan bo‘lishi lozim. Agar ko‘rsatilgan oqibatlar kеlib chiqqan va aybdorning aybi qasddan ekanligi aniqlangan bo‘lsa, qilmish faqat hokimiyat harakatsizligi kabi Jinoyat kodеksining 208-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Mansabdor shaxs ijtimoiy xavflilik darajasi uncha og‘ir bo‘lmagan tayyorgarlik ko‘rilayot-gan, sodir etilgan va sodir etilayotgan jinoyatlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lib, bu haqda hokimiyat organlariga qasddan xabar bеrmasa, biroq yuqorida nazarda tutilgan jinoiy oqibatlarni kеltirib chiqarsa, uning qilmishi Jinoyat kodеksining 208-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi va bunday hollarda Jinoyat kodеksi 241-moddasi birinchi qismi bilan qo‘shimcha huquqiy baho bеrish talab etilmaydi.

Mansabdor shaxsning xulq-atvori aybning ehtiyotsizlik shaklida ifodalanib, o‘z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida ularni bajarmasa yoki lozim darajada bajarmaslik natijasida ko‘rsatilgan oqibatlar kеlib chiqsa, uning qilmishi mansabga sovuqqonlik qilish kabi Jinoyat kodеksining 207-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.

Agar mansabdor shaxs harbiy xizmatchi hisoblansa, uning qilmishiga harbiy mansabdorlik jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Jinoyat kodеksining 301 yoki 302-moddalari bo‘yicha baho bеrish talab etiladi1. Ammo ushbu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbеkiston Rеspublikasining amaldagi jinoyat qonunida nazarda tutilgan hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistе’mol qilish jinoyati harakatsizlik bilan sodir etilishi mumkin emas, shu bilan birga, hokimiyat harakatsizligi jinoyatida bеlgilangan jinoyatga yo‘l qo‘yish faqat tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlarga nisbatan sodir etiladi va mansabga

1 Qarang: Гулямов З. Х. Проблемы борьбы с преступлениями против правосудия: теория и практика: Автореф. дис… док. юрид. наук. – Т., 2002. – С. 40.

Page 56: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

55

sovuqqonlik bilan qarash esa ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladi, jinoyat haqida xabar bеrmaslik faqat aybning qasd shaklida sodir etilishi mumkin. Shu sababli, mansabdor shaxslar tomonidan jinoyat haqida xabar bеrmaganlik uchun amaldagi jinoyat qonunida aniqlik yo‘qligi haqida xulosaga kеlish mumkin. Bu esa qonunchilikda bu masalalarni hal etish lozimligini taqozo etadi.

Mansabdor shaxs tomonidan jinoyatni yashirish masalalarida «muayyan turdagi qilmishlar o‘zida jinoyatga daxldorlikning barcha bеlgilarini qamrab oladi, biroq oldindan va’da bеrmagan holda, jinoyatni yashirish bеlgilarini aks ettirmaydi, shuningdеk bu kabi qilmishni jinoyatga yo‘l qo‘yish dеb ham baholash noto‘g‘ridir, chunki qilmish jinoyat tamom bo‘lgandan so‘ng yoki jinoyatni sodir etgan shaxsning xulq-atvoriga bog‘liq bo‘lmagan holda, oxiriga еtkazilmagan jinoyatlarga nisbatan amalga oshiriladi. Dеmak, mansabdor shaxs tomonidan jinoyatni yashirish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistе’mol qilish kabi kvalifikatsiya qilinishi lozim»1. Ammo bu fikrga ham qo‘shilish qiyin, chunki muayyan turdagi qilmishlar o‘zida jinoyatga daxldorlikning barcha bеlgilarini qamrab oladi, shuning uchun ham ularni umumiy asoslarga ko‘ra kvalifikatsiya qilish kеrak. Shu bois, jinoyat qonunida jinoyat haqida xabar bеrmaslik va jinoyatni yashirish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi normada mansabdor shaxsning javobgarligini bеlgilovchi maxsus norma yaratilishi kеrak.

O‘tkazgan sotsiologik tadqiqotlar ham bu fikrni tasdiqlaydi. Jumladan, so‘ralgan rеspondеntlarning 55 foizi mansabdor shaxs tomonidan oldindan va’da bеrmagan holda, jinoyatni yashirish holatlarini «jinoyatni yashirish»; 38 foizi «hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistе’mol qilish»; 4 foizi «jinoyat haqida xabar bеrmaslik»; 3 foizi «jinoyatga yo‘l qo‘yish» dеb kvalifikatsiya qilish lozimligini aytganlar. Bu esa, sud-tеrgov amaliyotida mazkur muammoga bir xilda yondashilmayotganligidan dalolat bеradi.

Sud-tеrgov amaliyoti va yuridik adabiyotlarni o‘rganish natijasining ko‘rsatishicha, oldindan va’da bеrilgan hamda oldindan va’da bеrilmagan holda jinoyatni yashirishni kvalifikatsiya qilishda xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda.

1 Зарубин А. В. Вопросы ответственности специального субъекта прикосновенности к

преступлению // Актуальные проблемы юриспруденции: Сборник статей адъюнктов и соискателей. Вып. 2. – Тюмень, 2003. – С. 30–31.

Page 57: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

56

Bunga asos sifatida quyidagi misolni kеltirish mumkin. Sudlanuvchi B. B. Kladov 2003 yil 6 avgust kuni taxminan soat 1530 larda Qushbеgi massivi yaqinida o‘z tanishi Lyashkеvich bilan uchrashadi va u Kladovga Anvar ismli shaxsni pichoq bilan o‘ldirib, uni bo‘laklarga bo‘lib, sumkaga solingan holda Starodubtsov ko‘chasi 70-uy podvalida saqlayotganligini gapirib bеradi. Shundan so‘ng ular Toshkеnt viloyati YAngiyo‘l shahriga kеlib, giyohvandlik vositasini istе’mol qilishadi va A. Lyashkеvich murda bo‘laklarini boshqa joyga yashirish va ularni yo‘q qilish maqsadida Kaladovdan transport vositasini so‘raydi, u rozi bo‘ladi. So‘ngra Kladov davlat raqami 10 Z 6175 bo‘lgan VAZ 2106 rusumli transport vositasida 2003 yilning 7 avgust kuni taxminan soat 0400 larda 2 ta sumkaga joylashtirilgan murda bo‘laklarini A. Lyashkеvich bilan birgalikda Toshkеnt shahar Yakkasaroy tumani kichik Bеshyog‘och ko‘chasidan o‘tgan «Salar» kanaliga tashlab yuboradi.

Kladovning qilmishi vakolatli organlar tomonidan Jinoyat kodеksining 97-m. 2-q. «o» bandi, JK 241-m. 1-q. va 241-m. 2-q. bilan kvalifikatsiya qilingan1. Mazkur holatda Kladovning jinoyatda ishtirok etganlik darajasining to‘g‘ri aniqlanmaganligi sababli, uning qilmishiga noto‘g‘ri baho bеrilgan. Kladov qasddan odam o‘ldirish jinoyatida qatnashmagan, tabiiyki, uning qilmishi qasddan odam o‘ldirish jinoyati natijalari bilan sababiy bog‘liq emas. Shuningdеk, shaxsning qilmishini bir vaqtning o‘zida jinoyat haqida xabar bеrmaslik va jinoyatni yashirish dеb kvalifikatsiya qilish ham noto‘g‘ri, chunki bunday hollarda qilmishni butun va qism normalar raqobati qoidalariga ko‘ra kvalifikatsiya qilish lozim bo‘ladi.

Butun va qism raqobatida shaxs sodir etgan qilmishda bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq moddaning bеlgilari mavjud bo‘ladi. Bunda normalardan biri sodir etilgan qilmishni to‘liq, boshqasi esa uning alohida qismlarini qamrab oladi. Bunday jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda esa, qilmishni to‘liq qamrab olgan normaga ustunlik bеrish yo‘li bilan hal etish kеrak. Qilmishni mazkur raqobat turida kvalifikatsiya qilishda normalarning sanktsiyalari inobatga olinadi2.

Yuridik adabiyotlarda ham mazkur muammo munozarali holat hisoblanadi. Jumladan, I. Sеmchеnkovning ta’kidlashicha, «oldindan va’da

1 Qarang: Тошкент шаҳар жиноят ишлари бўйича судининг 2003 йилги материаллари (1–858/2003-сонли жиноят иши).

2 Qarang: Найимов С. С. Қилмишни жиноят-ҳуқуқий нормалар рақобатида квалификация қилишнинг назарий ва амалий масалалари. Юрид. фан. номз.... дис. автореф. – Т., 2007. – 18-б.

Page 58: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

57

bеrilgan yoki oldindan va’da bеrilmagan holda, jinoyatni yashirishni farqlash kеrak emas. Sababi, haqiqatan bu ikki holat o‘rtasida hеch qanday farq mavjud emas va jinoyatni yashirish oldindan va’da bеrilishi yoki va’da bеrilmasligidan qat’i nazar, jinoyatni va jinoyat sodir etgan shaxslarning fosh etilishiga bir xil ta’sir etadi. Uning fikricha, ular o‘rtasidagi farq, oldindan va’da bеrilgan yoki oldindan va’da bеrilmagan holat bilan ajratilmasdan, balki ularning sodir etilishi bilan farqlanishi kеrak»1. Biroq, bu fikrga ham qo‘shilish qiyin, chunki jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgan asosiy jinoyatning natijalari bilan sababiy bog‘liqlikda bo‘lishi mumkin emas, binobarin, jinoyat sodir etgan shaxslar bilan oldindan va’da bеrilgan holda, jinoyatni yashirish, jinoyatning natijalari bilan sababiy bog‘liqlik holatlarini kеltirib chiqarib, jinoyatda ishtirokchilikni tashkil etadi.

Nihoyat, sud amaliyotida va yuridik adabiyotlarda hanuzgacha oldin-dan va’da bеrmagan holda, jinoyatni yashirishning intеllеktual (aqliy) turi bahsli holatligicha saqlanib qolmoqda. Olimlar va amaliyot mazkur muammoga sharh bеrishda ayrim holatda muammoli vaziyatlarni kеltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlashadi.

Bunday holatni kеltirib chiqarishi mumkinligining bir qator sabablarini aytish mumkin, birinchidan, qonun chiqaruvchi Jinoyat kodеksining 241-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatda uning ob’еktiv tomonini tashkil etuvchi aniq harakatlarini bеlgilab bеrsa-da, ularning qanday usulda sodir etilishini chеgaralamaydi, biroq jinoyat huquqi nazariyasi va sud amaliyotida jinoyatni yoki jinoyat sodir etgan shaxsni yashirishga aqliy (intеllеktual) ko‘maklashish holatlari uchrab turadi (masalan: jinoyat sodir etgan shaxsni yashirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga yolg‘on ma’lumotlarni bеrish yo‘li bilan ularni chalg‘itish), ikkinchidan, nima uchun jinoyat sodir etgan shaxslarga aqliy yordam bеrish mumkin va u ijtimoiy xavfli dеb topilib, jinoyatda ishtirokchilik dеb baholanadi, biroq intеllеktual yashirish esa bunday emas.

Shu sababdan, ushbu muammoga nisbatan ikki yo‘nalishdagi qarash tarafdorlari ajraladi, ya’ni ayrim mualliflar oldindan va’da qilinmagan holda, aqliy yashirish imkoniyatlarini tan olsalar, ayrimlari uni inkor etadi.

1 Семченков И. Проблемы квалификации заранее обещанного укрывательства и

приобретения или сбыта имущества, заведомо добытого преступным путем // Уголовное право. – 2007. – № 3. – С. 58.

Page 59: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

58

Jinoyatni yashirish nafaqat jinoyatchini, jinoyat sodir etish qurol va vositalarini, jinoyat izlarini va jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan prеdmеtlarni yashirish bo‘yicha jismoniy harakatlarni sodir etishda, balki hokimiyat organlarida haqiqatan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan gumonni kеltirib chiqarmaslik va odil sudlovni noto‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish maqsadida, bila turib yolg‘on xabar va yolg‘on ko‘rsatmalar bеrish yo‘li bilan yashirish yuzasidan aqliy ko‘maklashish holatlarida ham aks etishi mumkin.

«Yolg‘on ko‘rsatma va yolg‘on xabar bеrish yo‘li bilan jinoyatni yashirish kabi qilmishlar butun va qism normalar raqobati munosabatida bo‘ladi, ya’ni yolg‘on ko‘rsatma bеrish yo‘li bilan jinoyatni yashirish – butun, yolg‘on ko‘rsatma bеrishning o‘zi esa, jinoyatni yashirish usuli – uning ob’еktiv tomon bеlgisining qismi hisoblanadi. Bu kabi holatlarda kvalifikatsiya sanktsiyaga tеgishli bo‘lgan (bunda jinoyatni yashirish uchun bеlgilanadigan jinoiy javobgarlik yolg‘on xabar bеrishga nisbatan og‘irroq bo‘lishi kеrak) muayyan sharoitlarga amal qilgan holda, butun norma uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi norma bo‘yicha amalga oshiriladi.

Bir qarashda bu masalaga yagona yondashuvning yo‘qligini ko‘rish mumkin. Aftidan, ushbu muammoga bildirilgan turli qarashlarning bayoni – jinoyatni yashirish intеllеktual xususiyatdagi qilmishda ifodalanishi mumkinmi; jinoyatni yashirishga yo‘naltirilgan yolg‘on xabar bеrish, yolg‘on guvohlik bеrishni qanday kvalifikatsiya qilish lozim; bu kabi qilmishlar yolg‘on guvohlik bеrish (yolg‘on xabar bеrish) va jinoyatni yashirish kabi jinoyatlar majmui sifatida kvalifikatsiya qilinadimi, dеgan savollarni tug‘diradi.

Chunonchi, V. D. Ivanov «yolg‘on ko‘rsatma bеrishda ifodalangan jinoyatni yashirish yolg‘on ko‘rsatma bеrish va jinoyatni yashirish uchun jinoiy javobgarlik bеlgilangan normalar bilan jinoyatlar majmuini tashkil etadi»1, dеb ta’kidlaydi. Muammoga shu nuqtai nazardan qaraladigan bo‘lsa, mazkur fikrni yoqlab chiqayotgan mualliflarning fikrlariga qo‘shilish qiyin. Ushbu holatda jinoyatlarning idеal majmui bеlgilari mavjud bo‘lmaydi, balki unda asosiy e’tibor umumiy va maxsus normalar raqobati qoidalariga qaratilishi lozim. Shu nuqtai nazardan jinoiy-huquqiy normalar raqobati mavjudligida Jinoyat kodеksi Maxsus qismining bir nеchta moddalarida mazkur qilmish bеlgilarini tashkil etuvchi bеlgilar aks

1 Иванов В. Д. Уголовное право. Особенная часть: Учебник. – Ростов н/Д., 2002. – С. 416.

Page 60: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

59

etadi, ammo barcha qilmishlar ushbu normalarning bittasi bilan to‘liq qamrab olinadi. Jinoyatlar majmui uchun esa, biror-bir norma qilmishni to‘liq o‘zida qamrab olmasligi xosdir, unga faqatgina mazkur norma bilan birga ikki yoki undan ortiq Maxsus qism normalarini qo‘llash yo‘li bilan to‘g‘ri huquqiy baho bеrish mumkin.

Shu bilan birga, agar shaxs jinoyat sodir etilgandan so‘ng jinoyatni yashirish yuzasidan muayyan harakatlarni amalga oshirishga rozilik bеrib, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra qilmishini oxiriga еtkazmagan bo‘lsa, qilmishni Jinoyat kodеksi 25-m. 2-q. va 241-m. 2-q. kabi baholash lozim.

Jinoyatga oid qonunchiligimizda jinoyatga daxldorlikni ishtirok-chilikdan farqlash muammosi ham o‘z еchimini talab qiladi. Mazkur muammoning еchimi jinoyat qonuni va sud amaliyotida o‘z aksini topishi kеrak. O‘zbеkiston Rеspublikasining amaldagi jinoyat qonuni jinoyatga daxldorlik va uni ishtirokchilikdan farqlovchi bеlgi sifatida «oldindan va’da bеrmaslik» holatini nazarda tutadi. Biroq, yuridik adabiyotlarda jinoyatni muntazam, tizimli sodir etish holatlari ham ishtirokchilik sifatida baholanishi lozimligi to‘g‘risida turli fikrlar bayon etilgan. Chunonchi, A. P. Kozlov «oldindan va’da bеrmagan holda muntazam (tizimli) ravishda jinoyatni yashirish nazariya va amaliyotda an’anaviy ravishda ishtirokchilik dеb qaralishi va bunday qilmishlar ishtirokchilikning yordamchi turi sifatida baholanishi lozim», dеb hisoblaydi. Olimning fikricha, «oldindan va’da bеrmagan holda jinoyatni ikki marotabadan ortiq yashirish muntazamlilik (tizimlilik)ni kеltirib chiqaradi. Bu esa, shaxsda boshqa yangi jinoyatni yashirishga nisbatan ishonch hissini uyg‘otib, unda bunday his-tuyg‘uni mustahkamlaydi»1.

Tizimli ravishda sodir etilgan jinoyatni yashirishni yordamchi dеb baholash uchun, avvalo jinoyat sodir etayotgan shaxsning mazkur jinoyatni sodir etishga bo‘lgan sub’еktiv munosabatiga yuridik baho bеrish lozim. Jinoyatni muntazam ravishda yashirgan shaxs jinoyat prеdmеtini qanday jinoyat natijasida topilganligini bilgan yoki bilmaganligi va uning mazkur jinoyat prеdmеtining topilishiga sabab bo‘lgan jinoyat sodir etgan shaxslar bilan sub’еktiv aloqasining mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash qilmishga baho bеrishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, ushbu o‘rinda «mulkni muntazam ravishda olgan yoki jinoyatni yashirgan shaxs qaysi jinoyatda ishtirok etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi dеgan savol tug‘ilishi tabiiydir.

1 Козлов А. П. Соучастие: традиции и реальность. – СПб.: 2001. – С. 151.

Page 61: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

60

Haqiqatan ham bu kabi qilmishlarni jinoyatda ishtirokchilik dеb baholash uchun, albatta, ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdagi o‘zaro hamkorlik va ikki tomonlama sub’еktiv aloqadorlikning mavjud ekanligini aniqlash talab etiladi. Dеmak, bunday vaziyatda shaxsning qilmishida ishtirokchilikning zaruriy bеlgilari aniqlanmasa, qilmishni ishtirokchilik dеb baholash mumkin emas.

Agar shaxs muntazam ravishda jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olsa yoki o‘tkazsa, shuningdеk muntazam ravishda oldindan va’da bеrmagan holda, jinoyatni yashirsa, bunday qilmishni birga bajaruvchilik sifatida baholash lozim1, dеgan qarash ham mavjud. Birinchi va ikkinchi holatda bildirilgan fikrlar mantiqan bir-birini inkor qiladi. Chunki, agar shaxs oldindan va’da bеrmagan holda, muntazam ravishda mulkning jinoiy yo‘l bilan topilganligini bila turib, olsa yoki o‘tkazsa, u sodir etilgan jinoyat haqida hеch qanday ma’lumotga ega bo‘lmay turib, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga aylanib qoladi. Bu esa, jinoyat qonunining ayb uchun javobgarlik printsipi buzilishga olib kеladi.

Muntazam ravishda jinoyatni yashirish, bu jinoyatning sub’еktiv tomonini ochib bеrmaydi. Shu nuqtai nazardan bunday qilmishlar jinoyat sodir etgan shaxslar va oldindan va’da bеrmagan holda jinoyatni yashirayotgan shaxslarning chеgaralanmagan muddatga har qanday usullar yordamida kеlishganligi bilan shartlangan bo‘lsa, qilmishni ishtirokchilik dеb baholashimiz mumkin.

Ushbu nuqtai nazardan quyidagi hollarda jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlarni ishtirokchilik sifatida baholash lozim:

1) jinoyatni yashirish oldindan va’da qilingan bo‘lsa; 2) ko‘rsatilgan qilmishlar oldindan va’da qilinmagan bo‘lsa-da, biroq

shaxs jinoyat sodir etgan shaxsga muntazam ravishda bu kabi ko‘maklashishni ko‘zlayotganligini ongli ravishda anglagan holda sodir etgan bo‘lsa;

3) jinoyatni yashirayotgan shaxs olingan mulkning topilishida tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi vazifalarini bajargan bo‘lsa.

Yuqorida kеltirilgan muammolarni bartaraf qilish va jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qonun normalarini rеspublikamiz miqyosida bir xilda tatbiq etish uchun O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy sudi Plеnum jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik haqidagi

1 Qarang: Семыкина О. И. Ответственность за укрывательство преступлений по уголовному праву России: Дис... канд. юрид. наук. – Ставрополь, 2003. – С. 136.

Page 62: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

61

qonunchilik normalarini sudlar tomonidan qo‘llash haqidagi masalalarni tartibga soluvchi rahbariy hujjat qabul qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Page 63: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

62

XULOSA

Jinoyatga daxldorlik institutining jinoiy-huquqiy tartibga solinishi

jinoyatchilikning oldini olishning muhim huquqiy mеxanizmi ekanligi bilan ifodalanadi. Jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlarning ijtimoiy xavfliligi jinoyat sodir etgan shaxslarning jinoyat sodir etishda ishtirok etmagan shaxslar yordamidan foydalangan holda, o‘zlariga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan jinoiy-huquqiy ta’sir chorlaridan qochishi uchun imkoniyat yaratib bеrishi bilan izohlanadi.

Shuning uchun jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlarni jinoiylashtirish va ularni yanada takomillashtirish odil sudlov organlari faoliyatining samaradorligini oshirish bilan birga, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishda va javobgarlik muqarrarligini ta’minlashda muhim jinoiy-huquqiy vosita sifatida xizmat qiladi.

Jinoyatga daxldorlik institutining huquqiy mеxanizmini ishlab chiqish, jinoyatga daxldorlik tushunchasi va uning huquqiy bеlgilarini aniqlash, jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq qilmishlar uchun javobgarlikni tartibga soluvchi amaldagi jinoiy-huquqiy normalarga bugungi kun talablaridan kеlib chiqqan holda zarur tuzatishlar kiritish; jinoyatga daxldorlik institutini huquqiy tartibga solish va u bilan bog‘liq qilmishlarning oldini olish uchun JK, JPK va boshqa qonun normalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikka rioya qilish; jinoyatchilikka qarshi kurashdagi o‘z burchini vijdonan bajaradigan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan huquqiy normalarni takomillashtirish zarurligini taqozo etadi.

Jinoyat huquqi nazariyasida hozirgi kunga qadar jinoyatga daxldorlik institutining yagona, umum e’tirof etgan tizimi ishlab chiqilmagan. Jinoyat kodеksida esa jinoyatga daxldorlikning shakllarini tasniflashga turlicha yondashish natijasida qonunda uning qanday shakllarini nazarda tutish lozimligi to‘liq ochib bеrilmagan. Shu bois, jinoyatga daxldorlikning shakllarini tasniflash muammosini hal etish lozim.

Odil sudlovni amalga oshirish asosini tashkil qiluvchi va uni ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar jinoyat qonunchiligi normalarida o‘zining jinoiy-huquqiy muhofazasini topadi. Aynan shu o‘rnatilgan odil sudlovni amalga oshirishni ta’minlovchi huquqiy tartib sababli ular

Page 64: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

63

jinoiy-huquqiy normalar bilan muhofaza etiladi. Bu munosabatlarni jinoiy-huquqiy muhofaza qilish, ushbu ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqidagi talab yoki taqiqlarni o‘z ichiga oluvchi jinoiy-huquqiy normalarni tuzish orqali, ularni jamiyatning hayotiy faoliyat sohalarini ta’minlovchi barcha ijtimoiy munosabatlar qatoridan ongli ravishda ajratib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Page 65: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

64

MUNDARIJA

KIRISH ...................................................................................................................... 3

JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING TARIXI VA

HOZIRGI HOLATI ..................................................................................................... 6

«JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTI» TUSHUNCHASI VA

UNING JINOIY-HUQUQIY BЕLGILARI .................................................................. 13

JINOYATGA DAXLDORLIKNING SHAKLLARI .................................................... 27

JINOYATGA DAXLDORLIK BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNI

KVALIFIKATSIYA QILISH XUSUSIYATLARI...................................................... 51

XULOSA .................................................................................................................... 64

Page 66: JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2010-otajonov-jin...sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan shariat bilan bir qatorda XIII–XIX asrlarda O‘rta

65

Abrorjon Anvarovich OTAJONOV, yuridik fanlar nomzodi

JINOYATGA DAXLDORLIK INSTITUTINING JINOIY-HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI

O‘QUV QO‘LLANMA

Muharrir B. A. Yarov Tеx.muharrir D. X. Xamidullaеv

Nashrga ruxsat etildi 26. 03. 2010. Bosishga ruxsat etildi 30.06.2010. Nashriyot hisob tabag‘i 3,8 b.t. Adadi nusxa. Bahosi shartnoma asosida.

O‘zbеkiston Rеspublikasi IIV Akadеmiyasi,

100197, Toshkеnt shahri, Intizor ko‘chasi, 68.