7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

600
U.JуRAYEV, M.LAFASOV, SH.ERGASHEV JAHON TARIXI o’rta asrlar davri Umumtalim maktablarining 7- sinfi uchun darslik O 'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi vazirligi tasdiqlagan Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2005

Transcript of 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Page 1: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

U.JуRAYEV, M.LAFASOV, SH.ERGASHEV

JAHON TARIXI

o’rta asrlar davri

Umumtalim maktablarining 7- sinfi uchun darslik

O 'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi vazirligi tasdiqlagan

Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2005

Page 2: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Mas'ul muharrir: R. Farmonov - tarix fanlari doktori, professor.

Taqrizchilar: E. Xoliqov - tarix fanlari doktori, professor. S. Mirzaxo’jayev - tarix fanlari nomzodi. S. Mahkamov - pedagogika fanlari nomzodi.

Hurmatli o’quvchilar!Siz 7- sinf ,Jahon tarixi” darsligi orqali dunyo

xalqlarining ming yildan ortiq tarixidan xabardor bo’lasiz. Chunonchi, V asrdan XVI asrgacha hukm surgan kishilik jamiyatining nomini, o’ziga xos xususiyatlarini bilib olasiz. VII asrda vujudga kelgan muqaddas din -islomning rivojlanishi, uning jahon dinlaridan biriga aylanishi tarixi bilah tanishasiz. Bundan tashqari, o’rta asrlarda paydo boigan Vizantiya, Faranglar, Arablar, Chingiziylar, Usmoniylar kabi imperiyalar, ularning parchalanib ketish sabablari haqida ma'lumotga ega bo’lasiz.

Buyuk bobolarimizningjahon ilm-u fani taraqqiyotiga qo’shgan hissalarini bilib olasiz.Shuningdek, Sohibqiron bobomiz AmirTemurning

Yevropa, xususan, Rossiya taqdirida o’ynagan roii haqidagi ma'lumotlar Sizlarda milliy urur hislarini mustahkamlaydi.

Mualliflar Jahon tarixining eng muhim hodisalarini o’zbekiston tarixida ro”y bergan voqealar bilan taqqoslab o’rganishingizni tavsiya etib qoladilar.

“Osiyo Rivojlanish Banki kredit mablalari hisobidanDARSLIKLAR AYLANMA JAMARMASI (DAJ)> uchun chop etildi”.

4306020600 - 36 J 360 (04) - 2005ISBN 5-8250-0930-2

© Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005-y.

Page 3: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

KIRISH

“O’rta asrlar tarixi” haqida. Siz 6- sinfda “Jahon tarixi”ning qadimgi davrini o’rgandingiz. 7- sinfda esa “O’rta asrlar davri” tarixini o’qib-o’rganasiz. V -XV asrlarni o’z ichiga olgan bu davrni “O'rta asrlar tarixi” deb atash qabul qilingan. Bu atama qay tariqa vujudga kelgan?

XV - XVI asrlarda ijod etgan Yevropa olimlari insoniyat tarixini “qadimgi tarix”, “o'rta tarix” va “yangi tarix”larga bo’lib o’rganishni taklif etganlar. “Qadimgi tarix” va “o'rta tarix” atamalarini o’zlarigacha o’tgan tarixga, “yangi tarix” atamasini esa o’zlari yashagan davrga nisbatan qo’llaganlar. Shu tariqa “qadimgi tarix”, “o'rta tarix” va “yangi tarix” atamalari vujudga kelgan. “O'rta tarix” deyilganda avvalo o’rta asrlar tarixi tushuniladi.

o’rta asrlar tarixini yaratishda ham olimlar tarixiy manbalarga tayanganlar. Tarixiy manbalarning nima ekanligini Siz 5- 6-sinflar tarix darsliklaridan bilib olgansiz.

o’rta asrlar jamiyati haqida. o’rta asrlar kishilik jamiyati Yevropada feodal, Osiyoda esa yer egaligi jamiyati (tuzumi) deb ataladi. “Feodal” atamasi lotincha “feod” so’zidan olingan. Ma'lum xizmat evaziga qirol tomonidan berilgan va meros bo’lib qoladigan yer-mulkka feod deyilgan.

Binobarin, feodal jamiyati yer egaligiga asoslangan jamiyatdir.Yevropada yer-mulk egasi feodal deb atalgan.

Feodal o’z yeririing bir qismini dehqonlarga chek yer qilib bo’lib bergan. Buning evaziga dehqonlar feodalning yerlarini ishlab berganlar. Ayni paytda o’zlariga berilgan chek yerlarida yetishtirgan hosildan ma'lum qismini feodalga soliq sifatida to’laganlar. Shu tariqa Yevropa dehqonlari feodal oldida ikki xil majburiyatni

Page 4: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

bajarishga majbur etilgan. Dehqonlar bir feodaldan ikkinchi feodalga o’tib ishlash huquqiga ega bo’lganlar.

Ba'zi Yevropa mamlakatlarida esa dehqonlar krepostnoylarga aylantirilgan.

Page 5: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingKrepostnoy dehqon ( qo 'rg 'on ichida

ishlovchi) ~ bir feodaldan ikkinchi feodalga o’tib ishlash huquqidan mahrum etilgan, doimiy ravishda birfeodalga biriktirilib qo’yilgan qaram dehqon.

Page 6: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Feodal krepostnoyga nisbatan deyarli cheklanmagan huquqqa ega bo’lgan. Faqat uni o’ldirishga haqqi bo’lmagan, xolos. Chek yer otadan bolaga meros bo’lib o’tgan. Krepostnoy o’z uyiga, qo’rasiga, ish hayvonlariga, shuningdek, mehnat qurollariga ega bo’lgan.

Feodal jamiyati dastlab natural xo’jalik hukm surgan jamiyat ham edi.

Page 7: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingHayot uchun zarur bo’lgan narsa va

mahsulotlarning deyarli hammasini o 'zi ishlab chiqaradigan xo 'jalik natural xo’jalik deb atalgan.

Page 8: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Ilk o’rta asrlarda dehqonlar qishloq xo’jalik va hunarmandchilik mahsulotlari bilan faqat o’zlarini emas, feodalning oilasini ham ta'minlaganlar. Ular dala ishlaridan bo’sh vaqtlarida gazmol, kiyim-kechak, poyafzal, ish qurollari va turli xil asbob-uskunalar tayyor-laganlar.

Natijada bozordan juda kam narsa xarid qilingan. Shuning uchun ham XI asrgacha Yevropada savdo-sotiq sust rivojlangan.

Natural xo’jalik hukmronligi markaziy hokimiyat (qirol hoki-miyati)ni zaiflashtirgan. Har bir viloyatning mustaqillikka intilishiga sabab bo’lgan.

Oxir-oqibatda natural xo’jalik feodal tarqoqlikka olib kelgan.

Page 9: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingFeodal tarqoqlik - mamlakatning

kichik-kichik davlatlarga bo’linib ketishi.

Page 10: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Osiyoda yer egaligi jamiyati. Osiyoda (xususan, Vatanimiz hududida ham) yer egaligi Yevropadan farq qilgan. Osiyoda davlat hukmdori yerning oliy egasi hisoblangan. Yer maydonlarining ma'lum qismi (ayrim mamlakatlarda katta qismi) bevosita davlat mulki boigan. Davlat ham, katta yer egalari ham yerlarini dehqonlarga ishlash uchun ijaraga bo’lib berganlar. Ular o’sha yerlarda yetishtirgan hosilning belgilab qo’yilgan ma'lum bir qismini yer egalariga topshirganlar.

Osiyo dehqonlarida Yevropadagidek yer egasining yerini ishlab berish majburiyati bo’lmagan.

Yevropada yoingarchilik ko’p bo’lganligi uchun dehqonchilik qilish oson edi. Osiyo esa bunday imkoniyatga ega bo’lmagan. Chunki yomir oz miqdorda yogan, yoinli kunlar, yerlarning namlik miqdori ancha kam bo’lgan. Bunday sharoitda sun'iy suorishsiz dehqonchilik qilib bo’lmas edi.

Shunday sharoitda Osiyoda yer egalari uchun yerlarining hammasini dehqonlarga ijaraga bo’lib berish foydali edi. Shu yo'1 bilan suorish inshootlarini doimiy tozalab turish majburiyati dehqonlar zimmasiga yuklangan.

o’rta asrlar tarixini o’rganish. o’rta asrlar tarixi ikki davrga bo’lib o’rganiladi. Uning birinchi davri V - XI asrlarni o’z ichiga oladi. Bu davrda Rim imperiyasi parchalanib, Yevropada yangi davlatlar tashkil topdi.

Natijada yangi jamiyat - feodal yer-mulk egaligi jamiyati qaror topib, feodal tabaqa vujudga keldi. Feodal yer-mulk munosabatlarida natural xo’jalikning rivojlanishi oqibatida esa arbiy Yevropada feodal tarqoqlik ro’y berdi.

o’rta asrlarning ikkinchi davri (XI - XV asrlar)da yer-mulk egaligiga asoslangan jamiyat uzil-kesil shakllandi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq xo’jalikning muhim tarmoqlariga aylana bordi. Bu omil o’rta asrlarda shaharlarning rivojlanishiga olib keldi. Natijada jamiyat hayotida shaharlar, ularning taraqqiyoti muhim rol o’ynay boshladi.

Page 11: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

XI asr oxirlaridan boshlab arbiy Yevropaning dunyoning boshqa qismlaridan ajralib qolishi barham topa bordi. Bu esa uning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining tezlashishiga ijobiy ta'sir ko’rsatdi.

o’quvchiga eslatma. Aziz o’quvchi! Darslik mavzusi matnini o’rganishga kirishishdan avval tayanch tushunchalarga diqqatingizni qarating. Ular Sizga mavzularni o’rganishingizda yaqindan yordam beradi. Har bir mavzuga qo’yilgan alohida shartli belgilar nimalarni anglatishini ham bilib oling.

Bu belgi matnni o’qib, tushunib o’rganishga da'vat etadi.

Bu belgi muhim tarixiy voqealarni eslashni va yodda ^W^ tutishni talab qiladi.

Page 12: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Bu belgi matnda uchraydigan tarixiy shaxslar, joylar va atamalarni bilib olishga undaydi.

Page 13: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

n Bu belgi mavzu bo’yicha olgan bilimingizrii o’zingiz sinab

ko’rishingiz uchun berilgan savol va topshiriqlarni anglatadi.

Page 14: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

I Bo’LIM.

JAHON XALQLARI o’RTA

ASRLARNING BIREVCHI DAVRIDA

(V - XI ASRLAR)

I bob. V - XI asrlarda Yevropa xalqlari l-§.

Xalqlarning buyuk ko’chishi va uning

oqibatlari

Page 15: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Tayanch tushunchalar

Xalqlarning buyuk ko’chishi. Uning oqibatlari. arbiy Rim imperiyasining barham topishi.

Germanlar

Page 16: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Buyuk ko’chish haqida. IV - VI asrlar Yevropa tarixiga xalqlarning buyuk ko’chishi nomi bilan kirgan. Ko’chish natijasida xalqlarning yashash hududlari keskin o’zgarib ketgan. Bunday

ko’chishga quyidagi omillar sabab bo’lgan: birinchidan, ko’pgina xalqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar o’sgan. Bu hodisa, ayniqsa, german qabilalarida kuchli bo’lgan. Oqibatda germanlarda yangi-yangi yerlarga talab kuchaygan. Bu talabni o’zgalar yerini egallab olishsiz qondirib bo’lmas edi. o’sha davrlarda arbiy Rim imperiyasi holdan toygan edi. Bu hol germanlarga imperiya hududlarini asta-sekin egallab olish, bora-bora butunlay istilo qilish uchun sharoit yaratgan.

Page 17: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Ikkinchidan, Sharqda yashovchi qudratli ko’chmanchi xun qabilalarining arbga istilochilik yurishi boshlangan. Kuchsiz qabilalar o’zlari yashayotgan joylarni tashlab, boshqa yurtlarga ko’chishga majbur bo’lganlar.

Uchinchidan, tabiatdagi iqlim o’zgarishlari ham buyuk ko’chishga sabab bo’lgan. Bu o’zgarishlar ob-havoning keskin sovishi bilan boliq edi. Ekin maydonlari tobora ko’proq yaroqsiz holga kela boshlagan. Turli qabilalar yashash uchun iqlimi qulay joylarga ko’chishga majbur bo’lganlar.

Page 18: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingIV — VI asrlar Yevropa tarixiga

xalqlarning buyuk ko’chishi nomi bilan kirgan.

Page 19: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Buyuk ko’chish oqibatlari. Buyuk ko’chish davrida german qabilalari arbiy Rim imperiyasi hududlarini istilo qildilar. Zulmdan aziyat chekkan qullar va boshqa ezilgan tabaqalar ularga yordam berganlar.

Oxir-oqibatda arbiy Rim imperiyasi halokatga yuz tutgan. arbiy Rim imperiyasining qulashi shunchaki bir davlatning qulashigina emas edi. Bu, ayni paytda, asrlar davomida hukm surib kelgan quldorlik tuzumining Yevropada barham topishi ham edi. Endi Yevropada yangi jamiyat (yuqorida siz nomini bilib olgan) — feodal jamiyati qaror topa boshladi.

Bundan tashqari, xalqlarning buyuk ko’chishi oqibatida turli xalqlarning bir-biri bilan aralashuvi yuz berdi. Ularning madaniy qiyofasi ham keskin o’zgardi.

Germanlarning arbiy Rim imperiyasi taqdirida tutgan o’rni. Hech qanday moddiy manfaatga asoslanmagan qullar mehnatining samarasizligi arbiy Rim imperiyasini tobora zaiflashtirgan.

Ayni paytda olib borilgan tinimsiz istilochilik urushlari imperiyani holdan toydirgan. Bora-bora imperiya hatto istilochilik urushlari olib borishga ham qodir bo’lmay qolgan.

Endi u o’z chegaralarini o’zgalar hujumidan bazo’r himoya qilishga majbur edi. Imperiyadagi bu ahvol german qabilalarining bostirib kirishiga juda qulay sharoit yaratgan.

Page 20: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Bu davrda germanlarda uruchilik tuzumining so’nggi bosqichi davom etardi. German qabilalari bo’lgan vandallar, gotlar, franklar, angl va sakslarning qudrati tobora ortib borgan. Kuchsizlanib qolgan arbiy Rim imperiyasi german qabilalari siquviga bardosh bera olmagan. German qabilalari harbiy kuchlari boshliqlaridan biri Odoakr 476- yilda Rimning so’nggi imperatori go’dak Romul Avgustulni taxtdan tushirdi. Shu tariqa arbiy Rim imperiyasi barham topgan.

/- rasm. Germanlar istilosidan oldingi Rim.

Vandallar sobiq imperiyaga qarashli Shimoliy Afrikani, arbiy gotlar (vestgotlar) Ispaniyani, sharqiy gotlar (ostgotlar) Italiyani, franklar Galliyani, angl va sakslar esa Britaniyani egallab oldilar. Shu joylarda o’z davlatlarini barpo etdilar.

Page 21: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingarbiy Rim imperiyasining qulashi

Yevropada yangi davlatlar qaror topishiga asos bo 'Idi.

Page 22: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Savol va topshiriqlar

1. Xalqlarning buyuk ko 'chishi sabablarini qayd eting. 2. Xalqlarning buyuk ko 'chishi qanday oqibatlarga olib keldi ? 3. G 'arbiy Rim imperiyasining qulashi Yevropa uchun qanday ahamiyatga ega bo’ldi?

Page 23: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

10

2-§. Franklar davlatining tashkil topishi

Tayanch tushunchalarFranklar. Franklar davlati. QirolHk davlati. “Sali haqiqati”'.

Page 24: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Franklar haqida. “Frank” so’zi - jasur, erkin degan ma'-nolarni

anglatadi. Bu atama qator german qabilalariga nisbatan qo’llaniladigan umumiy nomedi. Franklar asosan Reyn daryosining o’rta va quyi oqim bo’ylarida yashaganlar.

Franklar dengiz bo’yi (sali) va qiroq (ripuar) franklariga bo’linganlar.

Franklarning arbiy Rim imperiyasi bilan munosabatlari bir xilda kechmagan. Ular bir-birlari bilan ba'zan dushman, ba'zan ittifoqchi bo’lganlar.

Sali franklari ancha kuchli edi. Ular Xlodvig hukmronlik qilgan yillarda (481-511) nihoyatda kuchaygan.

Davlatning tashkil topishi. Xlodvig tez orada barcha frank qabilalari ustidan hukmronlik o’rnatgan va 486- yilda Shi-moliy Galliyani egallagan. Shu tariqa Franklar davlati (hozirgi Fransiya shu nomdan olingan) tashkil topgan.

Bu davlat qirollik davlati edi.

2- rasm. Frank jangchisi.

Page 25: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tuting486- yilda Franklar davlati tashkil etildi. Xlodvig davlatning asoschisi bo’ldi.

Page 26: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Qirol Xlodvig Franklar davlatida merovinglar sulolasi hukm-ronligiga asos solgan. Sulola nomi Xlodvigning ajdodi Merovey nomidan olingan. U sali franklariga yetakchilik qilganlardan biri edi.

Page 27: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Qirol hokimiyati tobora kuchayib borgan. U davlat boshqaruvining barcha sohalarini o’z qo’liga olgan. Uning hokimiyati yirik yer egaligiga va harbiy kuchga asoslangan. Davlatni o’z mulki kabi boshqargan. Xlodvig mamlakatni viloyatlarga bo’lgan. Ularni qirol tayin-laydigan graflar boshqargan.

“SaIi haqiqati”. “Sali haqiqati” franklar qonunlari to’plami edi. To’plam franklarning asosan dehqonchiiik va chorvachilik bilan shuullanganliklaridan dalolat beradi.

Qonunga ko’ra yer ikki qismga: shax-siy yerlar va jamoa yerlariga bo’lingan. Yaylov hamda o’rmonlardan esa hamma birgalikda foydalangan.

Ayollarga yer berish yoki meros qoldirish taqiqlangan. Bunda ayollarning vaqti kelib urudan chetga chiqib ketishlari hisobga olingan.

“Sali haqiqati” odamlar o’rtasida tabaqalanish ro’y berganligini tasdiqlaydi. Chunonchi, qirol jangchilarining xuni oddiy erkin frank xunidan uch marta ko’p bo’lgan. “Sali haqiqati”ga ko’ra o’ldirilgan uru a'zosi uchun o’ldirgan uru xun to’lagan.

Xristian dinining qabul qilinishi. Xlodvig uzoqni kora oluvchi hukmdor boigan. Bu xususiyat uning dinga munosabatida ham qo'1 kelgan. Xlodvig va uning qurolli kuchlari 486- yilda xristian dinini qabul qildilar. Tez orada barcha franklar shu dinga o’tganlar. Bu hodisa qirollikning yanada mustahkamlanishiga sharoit yaratgan. Nufuzli ruhoniylar Xlodvigni qo’llab-quvvatlaganlar.

VI asrning ikkinchi yarmiga kelib Frank qirolligi barcha german qirolliklari ichida eng kattasi va qudratlisiga aylangan.

Katta yer egaligining o’sishi. Franklarda katta

3- rasm. Sali haqiqati”.

Page 28: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

yer egaligining qaror topishi tobora kuchayib borgan. Bu jarayon IX asrga kelib tugallangan. Jamiyat katta yer egalari (feodallar) va qaram dehqon-(krepostnoy)larga bo’lingan.

Bu hodisa qay tariqa yuz bergan?VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab franklarda

yer xususiy mulkka aylandi. Bu - yeri bor mulkdor o’z yerini xohlasa o’zida

Page 29: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

12

qoldirish, xohlasa sotish, almashtirish, taqdim etish yoki meros qoldirish, yana yer sotib olish huquqiga ega, degani edi. Bunday tartibdan kam yerli oddiy, erkin franklar eng ko’p jabr ko’rganlar.

Tabiiy ofatlar, tinimsiz urushlar, qarzga botib qolish, soliqlarni to’lay olmaslik va boshqa qator omillar ularni xonavayron qilgan. Natijada oddiy, erkin frank o’ziga tegishli yerni boy qo’shnisiga arzon-garovga sotishga majbur bo’lgan.

Bundan tashqari, o’z qo’shiniga ega bo’lish huquqi bor bo’lgan graflar jangchilarga xizmati uchun yer berar edilar. Ular o’z yerlarini kengaytirish maqsadida qashshoqlashib qolgan erkin franklardan yerlar sotib olardilar.

Yeridan ajralgan sobiq erkin frank katta yer egalariga qaram krepostnoyga aylanardi. Yer egasi unga chek yer bergan. Krepostnoy endi ham o’zining chek yerida, ham katta yer egasining yerida ishlashga majbur bo’lgan. Chek yerda yetishtirgan hosilining bir qismini feodalga soliq sifatida to’lagan. Shu tariqa feodal majburiyat shakllari bo’lgan barshchina va obrok vujudga kelgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Barshchina - qaram dehqonning feodal yerini ishlab berishi.Graf - viloyat hokimi.Obrok - qaram dehqonning o’ziga berilgan chek yerda yetishtir-

gan hosilning feodalga soliq sifatida toiaydigan qismi. Qirollik davlati - oliy hokimiyatni meros tariqasida o’z qoiida

tutuvchi hukmdor boshqaradigan davlat.

Savol va topshiriqlar

1. Franklar davlati qay tariqa tashkil topdi? 2. “Sali haqiqati” haqida nimalarni bilib oldingiz? 3. Franklar davlatida katta yer egaligi qay tariqa vujudga keldi?

3-§. Franklar imperiyasi

Page 30: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

13

Tayanch tushunchalarKarolinglar sulolasi. Buyuk Karl imperiyasi.

Imperiyanin, lanishi. Verden shartnomasi.

Page 31: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Karolinglar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi.

Merovinglar sulolasi hokimiyati Xlodvig vafotidan so’ng tobora zaiflashib borgan. Bunga katta yer egaligining kuchayib borishi va o’zaro urushlar sabab bo’lgan. Franklar davlatida merovinglar sulolasi hukmronligi 751- yilgacha davom etgan.

751- yilda Franklar davlatida yangi sulola - karolinglar sulolasi hukmronligi boshlangan. Sulola asoschisi Pipin 751- yilda Frank qiroli deb e'lon qilingan.

Qirol Pipin Rim cherkovi bilan do’stona munosabat o’rnatgan. Rim Papasining ko’rsatmasi bilan Pipinni qirol deb tan olish marosimi o’tkazilgan.

Pipin esa Rim Papasi Stefan II ga Rim viloyatini hadya etgan. Shu tariqa VIII asr o’rtalariga kelib Yevropada Rim Papasi davlati vujudga kelgan.

Uddaburon Pipin mana shu yo'1 bilan cherkovning qo’llab-quvvatlashiga erishgan.

Buyuk Karl hukmronligi. Pipin 768- yilda vafot etgach, taxtga o’li Karl o’tiradi. Unga keyinchalik Frank davlati oldidagi xizmatlari uchun “Buyuk” laqabi berilgan. U mohir sarkarda, davlat arbobi, jasur, zabardast va matonatli shaxs bo’lgan.

o’rta asrlarda Buyuk Karl to’risidajuda ko’p afsonalar to’qilgan, qo’shiqlar yaratilgan. Ularda uning qahramonliklari, adolatparvarligi va donoligi madh etilgan.

Buyuk Karlning istilochilik urush-lari. Buyuk Karl hukmronligi yillarida (768-814) 50 dan ortiq harbiy yurishlar uyushtirgan. Bular istilochilik urushlari edi. 772- yilda u dastlab Italiya hududida tashkil topgan Langobardlar qirolligiga qarshi yurish boshlagan. 776- yilda qirollik hu-dudlari Franklar davlati tarkibiga qo’shib olindi.

778- yilda Ispaniyaga qarshi yurish qilgan. Bu davrda Ispaniyada arablar hukmronlik qilardi.

Buyuk Karl oxir-oqibatda bu mamla- 4. rasm.katning kichik bir viloyatini egallay oldi, xolos. Buyuk Karl.

Page 32: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

14

Unga Ispan mark&si deb nom berilib, keyinchalik bu viloyat Barselona grafligi deyilgan.

Buyuk Karl sakslarni bo’ysundirish uchun ko’p kuch sarflagan. Sakslar franklardan keyingi eng katta german qabilasi bo’lgan edi. Ular Reyn daryosidan Elba daryosigacha cho’zilgan juda katta hududda yashar edilar. U yerlar serunum bo’lganligi sababli frank feodallarini bosqinchilik urushlariga undar edi.Franklar davlati sakslarni bo’ysundirmasdan turib, Boltiq dengiziga chiqa olmas, shuningdek, bu dengiz orqali olib boriladigan savdo-sotiq ishlarida yetakchi o’rinni egallay olmasdi. Dengiz savdosidan tushadigan katta bojga ham egalik qilolmasdi. Sakslarga qarshi olib borilgan urush 30 yildan ortiq davom etdi (772 - 804). Sakslarni bo’ysundirishda Franklar davlatiga Rim cherkovi ham yordam bergan.

Bundan tashqari, Buyuk Karl katta yer maydonlari in'om etish hisobiga saks zodagonlarini o’z tomoniga odirib olgan.

Nihoyat, sakslar bo’ysundirilgach, ularning yerlarida ham grafliklar tuzilgan.

Buyuk Karl imperiyasi. Shu tariqa Frank qirolligi hududlari nihoyatda kengaya borgan. Bunga Buyuk Karl va uning safdoshlari 476- yilda barham topgan arbiy Rim imperiyasining qayta tiklanishi sifatida qaraganlar.

Endi Buyuk Karl imperatorlik tojini orzu qila boshlaydi. Tez orada

uning bu orzusi ro’yobga chiqqan.

Rim Papasi 800- yilda Rimdagis*fe Avliyo Pyotr ibodatxonasida Buyuk

'^.*« ^ ^ Karlga imperatorlik tojini kiydirgan.

Shu davrdan boshlab u rimliklar imperatori deb atala boshlangan. E'tibor bering, u franklar imperatori emas, rimliklar imperatori deb e'lon qilindi. Nega shunday bo’ldi, axir bu davrda rimliklar degan xalq yo’q edi-ku? Bu Rim imperiyasi davri an'a-nasining IX asrda ham odamlarga

5- rasm. Buyuk Karlning hamon katta ta'sir ko’rsatishda da-tanga puli. vom etganligining natijasi

Page 33: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

edi.

Page 34: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

o’sha davrning boshqa mashhur imperiyalari - Vizantiya imperiyasi va Arab xalifaligi ham tez orada Buyuk Karl imperatorligini tan olgan.

Page 35: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tuting

800- yilda Buyuk Karl imperiyasi tashkil topdi.

Yodda tuting

Page 36: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Imperiyaning parchalanishi. Bu davrda katta yer egalari — feodallarning mavqei yanada kuchayib borgan.

Chunki Buyuk Karl bora-bora harbiy xizmatni faqat feodallar imtiyoziga aylantirgan. o’z navbatida bu omil imperatorni franklar jamiyatining asosiy tayanchi bo’lgan erkin franklar madadidan mahrum etgan.

Feodallarga harbiy xizmati evaziga istilochilik urushlari natijasida egallangan katta-katta yer maydonlari in'om etilgan. Bu yerlar otadan bolaga meros bo’lib o’tgan.

Yirik feodallar o’nlab, yuzlab qishloqlarga egalik qilganlar. Imperator tomonidan immunitet yorliqlarining berilishi ularning mav-qeini yanada oshirgan. Feodallar bora-bora markaziy hokimiyatga bo’ysunmay qo’yganlar. Ayni paytda o’zlarining mahalliy hokimiya-tini mustahkamlab borganlar.

Yevropa shu tariqa IX - XI asrlarni o’z ichiga olgan feodal tarqoqlik davrini boshidan kechirgan.

Buyuk Karl 814- yilda vafot etgan. Uning vafotidan so’ng imperiyaning parchalanish jarayoni yanada kuchaygan, taxt vorislari o’rtasida o’zaro kurash avj olgan. Bu omillar markaziy hokimiyatni tobora zaiflashtirgan.

Verden shartnomasi. Oxir-oqibatda Buyuk Karlning uch nabirasi (Lotar, Lyudovik Nemis va Karl) 843- yilda Verden shahrida imperiyani bo’lish haqidagi shartnomani imzolaganlar. Buning natijasida imperiya amalda bir-biridan mustaqil uch davlatga boiingan. Bular: Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari edi. Buyuk Karl tuzgan imperiya shu tariqa parchalangan.

Page 37: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tuting843- yilda imperiya bir-biridan mustaqil

uch davlatga bo 'lindi.

Page 38: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

16

Karolinglar sulolasining Fransiyadagi hukmronligi 987-yilgacha davom etgan. 987- yilda Parij viloyatining birinchi grafi bo’lgan Robert Zo’rning avlodi Gugo Kapet Fransiya taxtini egallagan. Shu tariqa Fransiyada yangi sulola - kapetinglar sulolasi hukmronligi boshlangan.

Bu sulola vakillari yana bir necha asrlardan so’nggina Fransiyani to’la birlashtira olganlar va markazlashgan davlat barpo etganlar.

Atama mazmunini bilib oling

Immunitet yorlii - feodallar yer-mulkining daxlsizligi ha-qidagi hujjat.

Savol va topshiriqlar

1. Karolinglar sulolasi qay tariqa hokimiyat tepasiga keldi? 2. Buyuk Karlning Franklar davlati tarixida tutgan o’rniga

baho bering.3. Buyuk Karl imperiyasi parchalanmasligi mumkin edimi? 4. Verden shartnomasi haqida nimalarni bilib oldingiz?

4-§. Muqaddas Rim imperiyasi

Tayanch tushunchalarGermaniya imperiyasining tashkil topishi.

Muqaddas Rim impe-riyasi. Imperatorlar va Rim Papasi o’rtasidagi kurash. Vorms konkordati.

Karolinglar hukmronligi davri. Muqaddas Rim imperiyasi deyilganda Germaniya imperiyasi tushuniladi. Verden

shartnomasiga ko’ra, “Sharqiy franklar yerlari” (Germaniya) Buyuk Karlning nabirasi Lyudovik Nemisga tekkan edi. Karolinglar sulolasi Germaniyada 919- yilgacha hukmronlik qildi. Garchand kechroq bo’lsa-da, Germaniyada ham feodal tartiblar qaror topgan.

Gersog va graflar yirik feodallardan bo’lib, ular qirol hokimiya-tining zaiflashuvidan birinchi navbatda manfaatdor edilar. Oxir-oqibatda ular shunga erishganlarki, karolinglar sulolasi hokimiyati Germaniyada hech qanday ahamiyatga ega bo’lmay qolgan.

Page 39: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

17

Page 40: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi. 919- yilda Germaniya feodallari Saksoniya gersogi Genrix I ni qirollik taxtiga o’tqazganlar. Shu tariqa Germaniyada saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi davri boshlangan.

Genrix I hukmronligi davrida qirol hokimiyati kuchaydi. Bunga uzluksiz istilochilik urushlari olib borilganligi sabab bo’ldi. Bu urushlar feodallarni o’z kuchlarini birlashtirishga majbur etardi. Qirol feodallar uchun qo’shin sarkardasi sifatida zarur edi. Bu hol ularni istasa-istamasa qirol hokimiyatiga bo’ysunishga majbur etardi.

Qolaversa, Germaniyada qirol hokimiyati ko’p sonli, uyushgan ritsarlarga tayanardi. Genrix I ning bosqinchilik urushlari natijasida qirollik hududlari yanada kengaygan.

Germaniya imperiyasining tashkil topishi. 936- yilda Germaniya taxtiga Otton I o’tirdi. U Genrix I ning o’li edi. Ot-ton I davrida qirol hokimiyati yanada kuchaydi. Hokimiyat bunga cherkov bilan do’stona aloqa o’rnatish, qarindosh-uruchilik munosabatlarini yo’lga qo’yish vositalari orqali erishdi. Yepis-koplarga immunitet huquqini berdi. Ularga ko’plab yer taqdim etdi.

Otton I otasining bosqinchilik urushlarini davom ettirdi. Chunonchi, 951- yilda Shimoliy Italiyani egallashga muvaffaq bo’ldi.

Rim Papasi bilan yaxshi munosabatda ekanligi Otton I ning Italiyani egallashida qo'l keldi.

Bu davrda Papaning Italiya feodallari bilan munosabati buzilgan edi. 961- yilda Otton I Rim Papasi Ioann XII ni Papa taxtiga o’tqazdi.

Rim Papasi minnatdorchilik eva-ziga 962- yilda Otton I ga imperatorlik tojini kiygazdi. Shu tariqa Germaniya imperiyasi tashkil topdi.

Buyuk Karlga imperatorlik toji kiydirilib, u Rim imperatori deb e'lon qilinganidek, Otton I ham Rim impe-ratori deb e'lon qilindi.

Yangi imperiyaga, JVluqaddas Rim imperiyasi” degan nom berildi.

2-Jahon tarixi, 7-sinf.

6- rasm. lmperator toji.

Page 41: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

18

Page 42: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tuting962- yilda Germaniya imperiyasi tashkil

topdi. U “Muqaddas Rim imperiyasi” deb ataldi. Imperiya asoschisi Otton I edi.

Page 43: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Imperatorlik unvoni Otton I ga butun Italiya ustidan o’z nazoratini o’rnatish huquqini berdi. Otton I qo’shni imperiya - Vizantiya bilan munosabatlarini nikohlar orqali yaxshilashga erishdi.

Otton I vafotidan so’ng taxt vorislari otasidek hukmdor bo’laolmadilar. Bu saksoniyaliklar sulolasi hokimiyatini yanada zaiflashtirdi. Gersoglar o’z knyazliklarini to’la mustaqil hukmdorlar sifatida boshqara boshladilar.

Yangi sulolaning hokimiyat tepasiga kelishi. Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi 1024- yilda barham topdi. Shu yili Germaniyada Frankoniya sulolasi hukmronligi o’matildi. Frankoniya Germaniyaning Saksoniyadan keyingi ikkinchi yirik gersogligi edi. Konrad II yangi sulola hukmronligiga asos soldi. Uning hokimiyati ritsarlarga tayanar edi.

Konrad II ritsarlarga beriladigan chek yerlar (len)ni meros qoldirish to’risida qonun chiqardi. Bu qonun Italiya va Germaniyada joriy etildi.

Frankoniya sulolasi hukmronligi (1024 - 1125) davrida imperiyani yuksaltirish va markazlashtirish borasida muvaffaqiyatlarga erishildi. Biroq bu muvaffaqiyatlar bora-bora feodallar va ruhoniylarning o’zaro kurashlari natijasida yo’qqa chiqarildi.

Sulola va Rim papalari o’rtasidagi ziddiyat. Rim Papasi Rim ruhoniylari va dunyoviy feodallar tomonidan saylanar edi. Bu esa hokimiyatning Papa sayloviga aralashishiga yo'1 ochib berardi.

Bundan tashqari, Germaniya imperatorlari cherkov yerlarini davlatga qarashli qirol yerlarining bir qismi, deb hisoblardilar.

XI asrga kelib ruhoniylar Papa saylashda dunyoviy feodallarning ishtirokiga qarshi chiqdilar. Bu harakat tashkilotchisi Rim Papasi Grigoriy VII bo’ldi. U hatto Rim Papasi imperator va qirollarni taxtdan tushira oladi, deb da'vo qildi. Papa ustidan esa hech kim, hech qanday hukm chiqara olmaydi, deb hisoblardi.

Grigoriy VII Papani faqat ruhoniylar saylaydigan tartibni joriy etdi. Yepiskoplarga ruhoniylik lavozimiga tayinlanganlik haqida beriladigan yorliq va maxsus belgi (uzuk va hassa)ni dunyoviy hukmdor berishini bekor qildi.

Page 44: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

19

Tabiiyki, bunday da'volarga imperator va qirollar toqat qila olmas edilar.

Imperatorlar va Rim papalari kurashi. Imperator Genrix IV Rim Papasi qarorlariga keskin norozilik bildirdi. Uning talabi bilan german yepiskoplari va oliy tabaqali feodallar yiilishi 1076- yilda Grigoriy VII ni Papalik taxtidan tushirish haqida qaror qabul qildi.

Bunga javoban Grigoriy VII Rimda Genrix IV ni taxtdan tushirilgan deb e'lon qildi. Ayni paytda imperiya fuqarolarini imperatorga sodiqlik to’risida ichgan qasamlaridan xalos etdi.

Bu hodisalardan so’ng imperator va Papa o’rtasidagi kurash yanada jiddiy tus oldi. Bu kurash deyarli yarim asr davom etdi, nihoyat imperator Genrix V davrida ikki o’rtada shartnoma imzolanishi bilan yakunlandi. Bu shartnoma tarixga Vorms konkordati nomi bilan kirgan. Shartnoma 1122- yilda imzolangan.

Page 45: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutinghnperatorlar va Rim papalari o 'rtasidagi

kurash 1122-yilda Vorms konkordati imzolanishi bilan tugadi.

Page 46: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Unga ko’ra, imperator yoki uning vakillari faqat Germaniyadagina yepiskop saylashda qatnashadigan bo’lganlar. Ko’p yillik kurashlar davrida cherkovdan tortib olingan yerlar yana cherkovga qaytarib berilgan.

Yepiskoplikka saylangan ruhoniyning saylanganligi haqidagi belgi ikki qismga bo’lingan. Birinchisi uzuk va hassa bo’lib, u Papa tomonidan berilgan. Ikkinchisi imperiya hassasi bo’lib, uni imperator taqdim etgan. Imperiya hassasi yepiskoplarning imperator vassali ekanligini anglatib turuvchi ramziy ma'noni bildirgan.

Bundan tashqari, imperator Rim Papasining ruhoniylar saylashi tartibini ham tan olgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Immunitet huquqi - yepiskoplar shaxsi daxlsizligi. Ritsarlar - barcha harbiy anjom va qurol-yaroga hamda maxsus harbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan otliq askarlar.

Page 47: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

20

Savol va topshiriqlar

1. Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi qay tariqa o 'rnatildi? 2. Otton I ning Germaniya tarixida tutgan o 'rniga baho bering. 3. Imperator va Papa hokimiyati o’rtasidagi kurash asosida

yotgan tub maqsadni aniqlang. 4. Vorms konkordati haqida nimalarni bilib oldingiz?

5-§. V - XI asrlarda Angliya

Tayanch tushunchalarGermanlarning Britaniyaga kirib kelishi. Angl-

saks sulolasi. “Donolar kengashi”. Lord.

Page 48: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Angliyaning birlashtirilishi. Bugungi kunda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo’shma qirolligi davlati Angliya deb ham ataladi.

Bu davlatning V - XI asrlardagi tarixi qanday kechgan? V asrgacha Britaniya Rimga qaram edi. Rimliklar V asrda o’z qo’shinlarini olib chiqib ketgach, Britaniya mayda-mayda qirolliklarga bo’linib ketgan. V asrning o’rtalaridan boshlab esa Britaniyaga german qabilalari boimish angllar, sakslar va yutlar bostirib kira boshlagan. Bu bosqinlar natijasida Britaniyada germanlarning o’ndan ortiq qirolliklari tashkil etilgan. Ular gegemonlik qilish uchun o’zaro shiddatli urushlar olib borishgan.

VIII asr o’rtalariga kelib Uesseks qirolligi yetakchi qirollikka aylangan. Uning qiroli Ekbert (802 - 839) 829- yilda butun mamlakatni yagona davlatga birlashtirishga erishgan.

Angliya - Daniya munosabatlari. Birlashgan angl-saks qirolligining asosiy dushmani IX asrda tashkil topgan Daniya qirolligi edi. Daniya qirolligi salkam uch asr davomida Angliyaga hujum uyushtirib turdi.

866- yilgi hujum natijasida Daniya Angliyaning katta qismini bosib oldi. Angliya qiroli Buyuk Alfred 879- yilda daniyaliklar bilan sulh shartnomasi tuzishga erishdi. Unga ko’ra Angliya ikki qismga bo’lindi. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismi Daniyaga berildi.

X asr oxiri - XI asr boshlarida Daniyaning tajovuzi yanada kuchaydi. Buning oqibatida Angliya davlat mustaqilligini butunlay

Page 49: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

21

yo’qotdi. Bu hodisa Daniya qiroli Kanut hukmronligi davrida (1017 -1035) yuz berdi. U bu istilo natijasida Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Angliya va Shotlandiyadan iborat Shimoliy davlat deb ataluvchi davlat tuzdi. Angliya Daniyaga katta miqdorda soliqto’lashgamajburetildi. Biroq kuch bilan birlashtirilgan davlat uzoq yashamadi. Qirol Kanut vafotidan so’ng u parchalanib ketdi.

1042- yilda Angliyada yana angl-saks sulolasi hukmronligi tiklandi. Qirollik taxtini Eduard egalladi. Uning hokimiyati mustahkam emas edi. Shu tufayli u Normandiya gersogligi (Fransiyada) bilan yaqin-lashish yo’lini tutgan.

Normandiya gersogi Vilgelm qirol Eduardning vafotidan so’ng Angliya taxtini bosib oldi. 1066- yili u Angliya qiroli deb e'lon qilindi. Shu tariqa Angliya tarixida angl-saks sulolasi hukmronligi davri barham topdi.

Ijtimoiy hayot. Angl-sakslarda uruchilik munosabatlari uzoq davom etgan. Aholining asosiy qismi erkin kishilardan tashkil topgan. Ular mustaqil dehqonlar bo’lib, gaydalarga ega bo’lganlar.

Ayni paytda jamiyatda tabaqalanish jarayoni ham kuchayib borgan. Chunonchi, katta yer egasining xuni mustaqil dehqon xunidan 6 marta ko’p bo’lgan. Aholi tarkibida yarim erkin kishilar qatlami ham mavjud boigan. Ular o’z yerlariga ega emasdilar. Erkin kishilar ma'lum shartlar evaziga er/lar yerini ishlab berganlar.

Angl-saks jamiyatida jamoa boshqaruvi mavjud edi. Uning asosi qishloq bo’lib, oqsoqol boshqargan. Mamlakat grafliklarga bo’lingan. Ularni sherif deb ataluvchi davlat amaldori boshqargan. Sheriflar qishloq jamoalari vakillarining majlisi (u yuzboshilar majlisi deb atalgan) bilan hisoblashishga majbur bo’lganlar.

Qirol huzurida “Donolar kengashi” (vitenagemont) chaqirilib turilgan. Bu kengash katta vakolatlarga ega edi. Chunonchi, u qirol chiqargan qonunlarni tasdiqlagan. Kengashning tasdiisiz qirolning biror-bir in'omi amalga oshmas edi. Kengash, ayni paytda, davlatning Oliy sudi hisoblanardi.

U qirol saylash va uni taxtdan mahrum etish vakolatiga ham ega bo’lgan.

X asrga kelib ijtimoiy hayotda chuqur o’zgarishlar yuz bergan. Katta yer egaligi tobora avj ola boshlagan. Qirol maxsus yorliqlari bilan yirik feodallar va cherkovga ular foydalanib kelgan yerlarni xususiy mulk qilib bera boshlagan.

Page 50: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

22

Bundan tashqari, katta yer egalariga dehqonlarni sud qilish va ulardan soliq yiish huquqi ham berilgan. Feodal munosabatlarning chuqurlashib borishi dehqonlar chek yerlari hajmining kamayishiga olib kelgan. Oqibatda dehqonlar o’z yerlarining 3/4 qismini yo’qotganlar.

Dehqonlar katta yer egalari “homiyligiga” o’tishga majbur edilar. Qirol Etelstanning 930- yilda chiqargan farmoniga ko’ra, har bir erkin kishi o’ziga xo’jayin (lord) topishi shart edi. Davlat shu tariqa dehqonlarning katta yer egalariga qaram bo’lib borishini qonunlashtirib qo’ygan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Erl - katta yer egasi.Gayda - miqdori 50 gektar (120 akr )ga teng bo’lgan yer may-

doni. Gegemonlik - hukmron bo’lishga intilish.

Savol va topshiriqlar

1. Angliya qay tariqa yagona davlatga birlashtirildi va uni

kim amalga oshirdi? 2. Angliya - Daniya munosabatlari haqida nimalarni bilib

oldingiz? 3. Angliyada angl-sakslar sulolasi hukmronligi qay tariqa bar-

ham topdi? 4. Angliya, Fransiya va Gertnaniya tarixining muhim jihat-

larini bir-biri bilan taqqoslang.

6-§. VI - XI asrlarda Vizantiya imperiyasi

Tayanch tushunchalarVizantiya imperiyasi. Vizantiya taraqqiyotining o

'ziga xos xusu-siyatlari. Foma Slavyun qo’zoloni. Imperiyaning zaiflashuvi.

Page 51: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Imperiyaning tashkil topishi. 395- yilda qadimgi Rim imperiyasi arbiy va Sharqiy qismlarga boiinib ketdi. Sharqiy qism Vizantiya deb atala boshlandi. Shu tariqa yangi davlat - Vizantiya imperiyasi vujudgakeldi. Imperiya 1453-

Page 52: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

23

yilgacha yashadi. Konstantinopol (hozirgi Istanbul shahri) impe-riyaning poytaxti bo’lib qoldi. Bu shahar o’rnida qadimda Vizantiy shahri bo’lgan. Imperiya nomi shu shahar nomidan olingan.

Imperiya tarkibiga Bolqon yarim oroli, Yunoniston, Kichik Osiyo, Misr, Suriya, Falastin, Mesopotamiya, shuningdek, Kavkazortining bir qismi hamda Qrimning janubiy qiroqlaridan iborat hududlar kirgan. Imperiya tashkil topgan davrdan XI asrning birinchi yarmigacha uni beshta sulola vakillari boshqargan.

Page 53: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingVizantiya imperiyasi 395- yilda tashkil topgan.

Page 54: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Vizantiya taraqqiyoti xususiyatlari. Vizantiya imperiyasi arbiy Rim imperiyasiga qaraganda mustahkam davlat edi. Vi-zantiyada arbiy Rim imperiyasini yemirayotgan qulchilik muno-sabatlari deyarli yo’q edi. Yerga ishlov berishda asosan erkin deh-qonlar mehnatidan foydalanilardi. Bu mehnat moddiy manfaat-dorlikka ham asoslangan. Bu esa yerdan yuqori hosil olish imkonini berardi. Bundan tashqari, imperiya hududi boy va madaniy o’lka-lardan iborat edi.

Vizantiya shaharlari savdo-sotiq markazlariga aylangan. Ularda hunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Imperiya hayotida, ayniqsa, poytaxt Konstantinopol shahri katta ahamiyat kasb etgan.

Ayni paytda Konstantinopoldan ikkita muhim savdo yo’li o’tgan. Ulardan biri karvon yo’li, ikkinchisi suv yo’li boigan. Karvon yo’li Yevropani Osiyo bilan, suv yo’li esa Qora dengizni o’rta Yer dengizi bilan bolagan.

Page 55: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingKonstantinopol shahri “oyat katta

zeb-ziynat ustaxonasi” deb atalgan.

Page 56: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Vizantiya oltin puli xalqaro savdo puli vazifasini bajargan.Hunarmandchilik va tashqi savdo imperiya

xazinasini boyit-gan. Vizantiya imperator Yustinian davrida (527 - 565) oyatda yuksalgan.

Page 57: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

24

7- rasm. Imperator Yustinian saroy ayonlari bilan.

Page 58: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

EslangYustinian hukmronligi davrida

Osiyoning Oltoy va Janubiy Sibir hududlarida qanday voqea yuz berdi?

Page 59: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Vizantiyaning zaiflashuvi. Har qanday imperiya kuch bilan tashkil etilgan. Jumladan, Vizantiya ham bundan mustasno bo’lmagan. Bu hol qachondir imperiyaga pand berishi muqarrar edi. Vizantiyada ham shunday bo’lgan. Oir soliqlar mehnatkash aholini tobora xonavayron qilgan. Bunga javoban ular qo’zolon ko’targanlar. Qo’zolonlarning eng qudratlisi 821- yilda Kichik Osiyoda yuz berdi. Unda erkin jamoachi dehqonlar, qaram ijarachi krepostnoylar qatnashganlar. Unga Foma Slavyan rahbarlik qilgan. Qo’zolon 823-yilda bostirilgan bo’lsa-da, imperiyani uzoq vaqt larzaga solgan. Bosib olingan o’lkalarda mustaqillik uchun kurash kuchaygan. Natijada imperiya zaiflasha borgan. Bundan foydalangan slavyan xalqlari Bolqon yarim orolini egallab, o’z davlatlarini tashkil etishga kirish-ganlar. Imperiya yana bir boshqa imperiya - Arab xalifaligi hujumiga ham uchragan. Arablar Suriya, Misr, Kipr va Rodos orollarini bosib olganlar. Imperiya hududi Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolining janubiy qismi bilangina cheklanib qolgan. Aholi tarkibida slavyanlar soni tobora ortib borgan.

IX asrning ikkinchi yarmiga kelib arablar endi Vizantiyaga xavf solmay qo’ydi. Chunki bu davrda xalifalik amalda qator mustaqil davlatlarga bo’linib ketgan edi.

Page 60: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

25

Imperiya o’z hududlarini hatto kengaytirib ham oldi. Biroq bu muvaffaqiyatlar ko’pga cho’zilmadi. Yirik mulkdorlar hokimiyati tobora kuchayib bordi. Ular davlat va qo’shinning yuqori lavozimlarini egallab olganlar. o’z hokimiyatlarini yanada mustahkamlash maqsadida imperatorlarga qarshi fitnalar uyushtirganlar.

Imperiya qo’shini tobora qisqarib borgan. Bunga krepostnoylarning askarlikka olinmasligi sabab bo’lgan. Qashshoqlashgan erkin dehqonlarning ot va qurol-yaro sotib olishga pullari yo’q edi. Ayni paytda imperiyada separatchilik kuchaygan.

Bu omillar imperiyani zaiflashtirmay qo’ymas edi. Oqibatda XI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Vizantiya tashqi dushmanlaridan birin-ketin malubiyatga uchray boshlagan.

Ulardan biri saljuqiylar edi. 1071- yilda saljuqiylar Vizantiya qo’shinini malubiyatga uchratgan. Keyinchalik Kichik Osiyo, Suriya va Falastin ham saljuqiylarga qaram bo’lib qolgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Fitna - biror shaxsni yo’q qilish maqsadida uyushtiriladigan

yashirin til biriktirish. Separatchilik - imperiya tarkibidagi u yoki bu xalqning ajralib

chiqib, mustaqil davlat tuzishga intilishi.

Savol va topshiriqlar

1. Vizantiya imperiyasi qay tariqa vujudga kelgan?2. o’rta Osiyoda davlatlarning vujudga kelish jarayonini Vi-

zantiya davlatining vujudga kelishjarayoni bilan taqqoslang. 3. Vizantiya G 'arbiy Rim imperiyasidan qaysi jihatlari bilan

farq qilardi? 4. Vizantiyaning zaiflashuviga sabab bo 'Igan omillarni qayd

eting.

7-§. Slavyan davlatlarining tashkil topishi

Tayanch tushunchalarSlavyanlar. Chexiya davlati. Polsha davlati.

Bolgariya davlati. Bogomillik.

Page 61: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

26

Slavyan xalqlari haqida. Markaziy va Sharqiy Yev-ropada qadimdan slavyan qabilalari yashab kelganlar. Ular yashagan hududlar Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo’lgan ulkan maydonni egallagan.

VII asrda slavyan xalqlari arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo’linib ketganlar.

Chexlar, polyaklar va slovaklar arbiy slavyanlarni; bolgarlar, serblar va xorvatlar janubiy.slavyanlarni; ruslar, ukrainlar va beloruslar esa sharqiy slavyanlarni tashkil etganlar.

Sharqiy slavyanlarda IX asrgacha davlat bo’lmagan. Bungacha ular uruchilik tuzumida yashaganlar. Yer qishloq yoki uruchilik jamoasining mulki bo’lgan. Qabila hayotiga tegishli masalalar vecheda ko’rib chiqilgan.

Chexiya davlati. X asr boshlarida Chexiya davlati tashkil topdi. Germaniya bu davlatni o’ziga bo’ysundirishga zo’r berib urindi. 1041- yilga kelib Chexiya Germaniyaning vassaliga aylandi. Ayni paytda Chexiya knyazlarining davlat ishlarini boshqarishdagi mustaqilliklari ma'lum darajada saqlab qolindi. Chunki istilochilik urushlarida Germaniyaga Chexiyaning ittifoqchi bo’lishi juda ham zarur edi. Shu tufayli Germaniya imperatori Genrix IV Chexiya knyazi Bratislav II ga (1042 - 1061) Qirol unvonini bergan. Biroq Chexiyaning qirollik maqomi uni Germaniyaga qaramlikdan to’la xalos etmagan.

Polsha davlati. Polsha davlati ham X asrda tashkil topdi. Unga barcha polyak qabilalarini birlashtirgan knyaz Meshko asos soldi. Bu tarixiy voqea 960- yilda yuz berdi.

966- yilda Meshko o’z qo’shini bilan xristian dinining katolik mazhabini qabul qildi.

Polsha knyaz Boleslav I (992 - 1025) davrida kuchli davlatga aylandi. U Polsha hududlarini kengaytirdi. Rim Papasidan Qirol unvonini qabul qildi.

Garchand Boleslav I ning o’limidan so’ng Polsha hududlari qisqargan bo’lsa-da, o’rta asrlar davomida Polsha o’z mustaqilligini saqlab qoldi. Polshani ham tobe etish rejasi Germaniya uchun orzu bo’lib qolaverdi.

Birinchi Bolgariya podsholigi. Xalqlarning buyuk kochishi jarayonida janubiy slavyanlar Bolqon yarim oroliga kelib o’mashdilar.

Page 62: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

27

Page 63: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Ular bu yerda Bolgariya, Serbiya va Xorvatiya deb ataluvchi davlatlarni tuzdilar. Bolgariya podsholigi VII asrda Bolqonning shimoli-sharqida tashkil topdi. Bu davlatga Asparux asos soldi.

IX asrga kelib Bolgariya kuchli, katta davlatga aylandi. Aholi xristian dinini qabul qildi. Podsho Buyuk Simon (883 - 927) bir necha marta Konstantinopolga hujum uyushtirdi. U garchi Konstantinopolni bosib ololmagan bo’lsa-da, o’zini Vizantiya imperatori bilan teng deb hisoblay boshladi.

Buyuk Simon vafotidan keyingi ahvol. Simon vafotidan so’ng Bolgariya zaiflasha bordi. Istilo qilingan yerlar birin-ketin qo’ldan keta boshladi. Ayni paytda mahalliy mulkdor tabaqalar - boyarlar hokimiyati tobora kuchaydi. Bu markaziy hokimiyatning zaif-lashuvi oqibati edi. Bu omil oxir-oqibatda siyosiy tarqoqlikni vujudga keltirdi.

Bundan tashqari, bolgar dehqonlarining ahvoli ham tobora yomonlashib borgan. Turli soliqlar ularning tinka-madorini quritib, xonavayron qilgan.

Dehqonlarning oir ahvoli bogomillik deb ataluvchi harakatni vujudga keltirgan.

Bogomillar davlat cherkovining mavjud adolatsizlikni himoya qilishiga qarshi chiqqanlar. Ular o’zlarini xudoga yaqin deb hisob-laganlar. Davlat cherkovini esa xudoga emas shaytonga xizmat qilishda ayblaganlar. Davlat cherkovi va cherkov yer egaligini inkor etganlar. Krepostnoylikni muqaddas kitob ko’rsatmalariga zid ekanligini ta'kidlaganlar.

Mavjud jamiyat o’rniga jamoa mulkiga asoslangan va o’z-o’zini idora qiladigan jamoa boshqaruvini taklif etganlar. Ular demokratiya cherkovi deb ataluvchi o’z cherkovlarini tashkil qilganlar.

Hokimiyat bogomillarga qarshi ayovsiz kurashgan. Vizantiya Bolgariyaning qiyin ahvolidan foydalanib, unga hujumqilgan. 1018-yilda Birinchi Bolgariya podsholigi deb ataluvchi davlat Vizantiyaga bo’ysundirilgan. Bu qaramlik XII asrning oxirigacha davom etgan.

Bolqon yarun oroli qaysi davlat qo'1 ostida edi?

Page 64: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

28

Atamalar mazmunini bilib oling

Bogomillik (xudoga xush keladigan) - jamiyat a'zolari o’rtasida mulkiy tenglikni tarib etgan diniy harakat.

Slavyanlar - tillari o’zaro yaqin, kelib chiqishi bir boigan Yevropa xalqlarining eng yirik guruhlari.

Veche - xalq yiini.

Savol va topshiriqlar

1. Slavyan xalqlari haqida nimalarni bilib oldingiz?2. Franklar tarixi haqidagi bilimlaringiz asosida slavyan dav-

latlarining tashkil topishi sabablarini tushuntirib bering. 3. Chexiya va Polsha davlatlari haqidagi ma 'lumotlarni tahlil

qiling. Ularning o 'zaro o 'xshash va o 'ziga xos jihatlarini

aniqlang. 4. Bolgariyada bogomillik harakati qay tariqa vujudga kelgan ?

8-§. Kiyev Rus davlati

Page 65: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Tayanch tushunchalarKiyev Rus davlati. Vladimir Svyatoslavich

knyazligi davri. Votchina. “Russkaya Pravda”.

knyazligi

Page 66: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Davlatning tashkil topishi. Kiyev Rus davlati tashkil topishi arafasida sharqiy slavyanlar yerlari kichik-kichik knyazliklarga bo’linib ketgan edi. Ulardan biri Novgorod

knyazligi edi. Novgorod knyazi Oleg 882- yilda Kiyevni egallagan. Bu alaba unga shimoliy va janubiy Rusni birlashtirish imkonini bergan. Kiyev shahri poytaxt etib belgilangan. Shu tariqa Kiyev Rus davlati tashkil topgan.

Page 67: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingKiyev shahri hozirgi Ukraina

davlatining poytaxti. Shaharning nomi uning bunyodkori Kiy nomidan olingan.

Page 68: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Kiyev Rus davlati uch qardosh xalq - rus, ukrain va beloruslarning umumiy tarixiy beshigi edi. Bugungi Rossiya Federatsiyasi va Belorus

Page 69: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

29

Page 70: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Respublikasi nomida qadimgi Rus nomi saq-lanib qolgan. Rus slavyan qabilasi nomida „0” va “u” harflari doimo almashib turgan. Masalan, Ros daryosi yoki “Rus tili”.

Kiyev Rus davlatining mustahkamlanishi. Knyazlar o’z davlati chegaralari xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor berganlar. Chunki xazar va pechenglar deb ataluvchi ko’chmanchi qabilalar Rus yerlariga doimo hujum uyushtirib turganlar. Kiyev Rus davlati knyaz Svyatoslav hukmronligi davridan boshlab (964 - 972) kuchaya boshlagan. Svyatoslav Rusning rivojlanishiga to’siq bo’lib turgan Volga Bolgariyasi va Xazar podsholiklarini malubiyatga uchratgan. U hatto Vizantiyaga qarshi urush harakatlari ham olib borgan. Vizantiya Rusni Qora dengizga chiqarmaslikka urinar, turli ko’chmanchi qabilalarni Rusga qarshi gij-gijlardi.

Knyaz Svyatoslav 972- yilda Vizantiya yurishidan qaytayotganida pechenglar hujumiga uchrab halok bo’lgan.

Svyatoslavning o’li Vladimir Svyatoslavich davlatni mustah-kamlash ishini davom ettirgan. U barcha sharqiy slavyanlarni Kiyev Rusiga birlashtiradi. Bu xizmati uchun Kiyevning Buyuk knyazi deb ataladi. Mustahkam chegara qal'alari qurdiradi. Dushman hujumidan ogohlantiruvchi gulxan yoqiladigan ulkan tepaliklar bunyod ettiradi.

Chegara mudofaasi bilan shuullanuvchi maxsus chegara xizmatini tashkil etadi. Pechenglar hujumi shu tariqa to’xtatilgan. Bu xizmatlari uchun Vladimir yilnomalarda “Qizil Quyosh” deb ululangan. Rus Yevropaning eng yirik davlatlaridan biriga aylangan.

Vladimirning Rus davlati oldidagi yana bir katta xizmati - xristian dinini joriy etganligida edi.

8- rasm. Knyaz

Page 71: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tuting988- yilda Kiyev Rus davlatida xristian dini joriy etilgan.

Page 72: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Bu hodisa Rusni Yevropaning boshqa davlatlari bilan yaqin-lashtirdi. Ayni paytda Vizantiyaning ilor madaniyati yoyilishiga ham

Page 73: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

30

xizmat qildi. Endilikda Kiyevning Buyuk knyazlari Yevropa hukm-dorlari (imperatorlar, qirollar) bilan teng nufuzga ega bo’ldilar.Vladimir Monamax knyazligi. Vladimir Monamax 1113- yilda Kiyevning Buyuk knyazi taxtini egalladi. U Kiyevning Buyuk knyazi -bobosi Yaroslav Mudriy vafotidan so’ng (1054- yil) mamlakatda boshlanib ketgan o’zaro ichki urushlarni bartaraf etishga muvaffaq bo’ldi. Ayni paytda Rusga tobora katta xavf solayotgan yangi dushman -qipchoqlarga qarshi kurashish ham zarur edi. Bu maqsad yo’lida u barcha rus knyazliklarini birlashtirdi. Birlashgan Rus qipchoqlarni tor-mor etdi. Vladimir Monamax 1125- yilda vafot etdi. Vladimir Monamax Kiyev Rus davlatining so’nggi Buyuk knyazi edi. Uning vafotidan so’ng Rusda ham feodal tarqoqlik boshlandi. Kiyev Rus davlati o’ndan ortiq mustaqil knyazliklarga bo’linib ketdi.

Ijtimoiy hayot. Kiyev Rus davlati ham Yevropaning boshqa davlatlaridek monarx tomonidan boshqarilgan. Kiyev Rus davlatida monarxlar knyaz deb atalgan. Davlat tashkil topishi bilan feodal votchina lar qaror topa boshlagan. Votchina uru-qabila zodagonlarining yerga o’z huquqlarini zo’rlik bilan qaror toptirishlari asosida vujudga kelgan. Bosib olingan yerlarni ham ular egallab olardilar.

Kiyev Rusida boyarlar deb ataluv-chi tabaqaning nufuzi katta edi. U

mol-' cr' ■ :?» '““'“*y mulkini meros qilib qoldirish huquqiga

•-.V-V■:”t” E!ilii^*.Trr3 e§a bo’lgan. Knyaz, boyarlar va druji-|fl-”A'“-.”-.”.'“ 1”*.”'.V-*-”^ ' nachilar eng katta yer egalari edilar. <S %”lZZ”jr7,T^” r,”.*f,««'Vr» Votchinalar o’ziga xos mitti “davlatlar”

• “ • ” ! ” “ “ • r — - r - . ,« edi. Yuqorida nomlari qayd etilgant”'.”L\7Jl~ Z”£Z£SZZ hukmron tabaqalarning

qasrlari esa bu “f*1 mitti “davlatlar”ning o’ziga xos “poy-

taxtlari” hisoblanardi. :. Votchina o’z tarkibiga “fuqarolar” ft “ . | . .1-11 I

«- deb ataluvchi jamoachi dehqonlarni; v..,.„.« harbiy xizmat o’tashga majbur kishi- lar — qaram dehqonlarni; zakuplarni, tiun va ryadovichlami, xizmatkorlarni, drujinachi askarlarni biriktirgan.

''

Page 74: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

9- rasm. Davlat jamiyatdagi mavjud tartibni

“Russkaya Pravda”. mustahkamlash choralarini ko’rgan.

Page 75: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

31

Shu maqsadda 1072- yilda Kiyev Rusi knyazining yangi qonuni qabul qilingan. Bu qonun tarixga “Russkaya Pravda” nomi bilan kirgan. “Russkaya Pravda” knyaz amaldorlarining manfaatini himoya qilgan. Masalan, qonunda boshqaruvchini o’ldirganlik uchun 80 bosh ho’kiz yoki 400 bosh qo’y to’lash jarimasi belgilangan.

Bunday jarima butun bir qishloqni xonavayron etar yoki barcha dehqonlarni knyazga butunlay qaram qilib qo’yar edi.

Atamalar mazmunini bilib oling

Boyarlar - uru-qabila zodagonlari avlodi, daxlsizlik huquqiga ega bo’lgan yirik yer egalari.

Monarx - davlatning yakka oliy hukmdori. Hokimiyat mo-narxga meros bo’lib o’tgan.

Ryadovich - boshqaruvchi.Tiun - knyaz topshiriqlari ijrochisi.Votchina - meros, mulk.Zakup - ham o’zining, ham xo’jayinning dalasida ishlovchi.

Savol va topshiriqlar

1. Kiyev Rus davlatining tashkil topishi haqida nimalarni bilib

oldingiz? 2. Kiyev Rusi knyazlari davlatni mustahkamlash borasida qan-

day muvaffaqiyatlarga erishdilar? 3. Rusda xristian dinijoriy etilishining tarixiy ahamiyati nima-

lardan iborat edi?4. Rusda votchina vujudga kelmasligi mumkin edimi? 5. Kiyev Rus davlati mavjudbo 'Igan 882 - 1125- yillaroralig “i-

da o’rta Osiyoda qanday yirik tarixiy voqealaryuz bergan?

9-§. V—XI asrlarda Yevropa xalqlari madaniyati

Page 76: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Tayanch tushunchalarVizantiyaning Yevropa madaniyati markazi bo

'Iganligi. Vizantiya me 'morchiligi. Slavyan yozuvi. Diniy bilimlar.

Yevropa madaniyati markazi. Vizantiya madaniyati Yevropaning boshqa davlatlari madaniyatidan ustun bo’lgan. Buning sababi, Vizantiyada kuchli markaziy hokimiyat

Page 77: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

32

mavjud bo’lganligi edi. Markaziy hokimiyatning mavjudligi imperiya ichki hayotida osoyishtalikni ta'minlagan. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqarishning yuksak taraqqiy etishiga omil bo’lgan.

Vizantiya shaharlari savdo va hunarmandchilik bilan bir qatorda, madaniyat markazlariga ham aylangan. Vizantiya haqli ravishda Yevropa madaniyati markazi edi.

Shaharlarda diniy va xususiy maktablar, davlat maktablari faoliyat ko’rsatgan. Yevropada birinchi oliy o’quv yurti ham aynan Vizantiyada ochilgan. Poytaxt Konstantinopol shahri o’zining oliy tibbiy bilim yurti bilan ham mashhur bo’lgan.

Vizantiyada, ayniqsa, matematika, kimyo, tarix va geografiya fanlari rivojlangan. Chunonchi, kimyo fani yutuqlari asosida “grek olovi” ixtiro qilingan.

Page 78: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

' ■ U

.-.:->' ,

Page 79: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

10- rasm. “Grek olovi”.

Bu olov dushman kemalari va qal'alarini yondirishda ishlatilgan. U maxsus moslama yordamida otilgan.

Vizantiyada tarixga oid qator yirik asarlar yaratilgan. Ular orasida P. Kesoriyskiyning “Urushlar tarixi”, “Sirli tarix”, Agafiyning “Yusti-nianning podsholik qilishi” kabi asarlari alohida ahamiyatga ega.

Me'morchilik. Vizantiyada odamlarni hayratga soluvchi hashamatli saroylar va ibodatxonalar qurilgan. Me'morlar ma-horati kishilarni lol qoldirgan. Bu imoratlar ayni paytda imperator hokimiyatining kuch-qudrati hamda mustahkamligini namoyish etgan.

Page 80: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

33

Page 81: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Vizantiya me'morchiligi-ning yorqin namunasi Konstan-tinopol shahri edi. Imperator Yustinian zamonida qurilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi (532-538)jahonme'morchili-gining ajoyib tarixiy yodgor-liklaridan biri bo’lib, u juda keng va oyat go’zaldir.

Zamondoshlar Avliyo Sofiya ibodatxonasini “mo'jizalar mo’ji-zasi” deb ataganlar.

Bu tarixiy obidaning mustah-kam qurilganligiga tan bermay iloj yo’q. Oradan salkam XV asr o’tganligiga qaramay u hamon tabiat sinovlariga bardosh berib kelmoqda.

Vizantiya madaniyati Sharqiy va Janubiy Yevropa xalqlari ma-daniyatiga ham katta ta'sir ko’rsatdi. Chunonchi, Bolgariya, Serbiya va Kiyev Rusi davlatlari xristian dinini Vizantiyadan qabul qilgan. Yunon missioneri Kirill 855- yilda kirill deb atalgan alifbeni yaratgan. Unga yunon alifbesini asos qilib olgan.

Vizantiyaning Yevropa madaniyatida tutgan o’rni uning kutub-

lalarida qadimgi yunon va rim allomalarining ko’plab nodir asarlari qlanganligi bilan ham belgilanadi. Aynan shu kitoblardan keyingi avlodlar ham bahramand boiganlar.

arbiy Yevropa madaniyati. arbiy Yevropada madaniyat Vizantiya madaniyatidan orqada edi. Buning asosiy sababi bu mintaqada markazlashgan hokimiyatning bo’lmaganligidir. Bundan tashqari, parchalangan arbiy Yevropa xorijiy davlatlar bilan aloqada boia olmagan. Natijada yevropaliklar o’zlarining biqiq hayotlari doirasida cheklanib qolganlar. Bu hol, o’z navbatida, arbiy Yevropada asosan diniy aqidalarning hukmronligiga olib kelgan. Savodli kishilar juda oz bo’lgan. Ularning katta qismini ruhoniylar tashkil etgan. Cherkov qadimgi dunyo madaniyatining faqat o’ziga ma'qul bo’lgan jihatlarinigina qabul qilgan.

11- rasm. Avliyo Sofiya ibodatxonasining tashqi ko 'rinishi.

Page 82: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

3-Jation tarixi, 7-sinf.

Page 83: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

34

Page 84: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

■ I W\ I-

i I \

Page 85: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

12- rasm. Cherkov maktabi.

Monastirlarning Yevropa madaniyatida tutgan o’rni. Maktablar asosan monastirlar qoshida ochilgan. Ular cherkov xizmatchilarini tayyorlagan. o’quvchilar diniy duolarni, cherkov qo’shiqlarini yod olganlar. o’qish, yozish vahisob amallarini o’rganganlar.

Ruhoniylar astronomiyaga oid bilimlardan diniy bayramlar kunini aniqlashda, geometriyaga doir bilimlardan esa ibodatxonalar qurishda foydalanganlar. Kitoblar, duolar, qonunlar lotin tilidayozilgan. Shuning uchun o’qish lotin tilida (Vizantiyada yunon tilida) olib borilgan. Va-holahki, bu davrda hech bir xalq amalda lotin tilida so’zlashmas edi.

Monastirlarda monaxlar kitob ko’chirish bilan ham shuullan-ganlar. Yozuvlar yupqa terilarga yozilgan. Shu tariqa hattotlik sarfati vujudga kelgan. Kitoblar ko’plab kishilar mehnatining natijasi bo’lgan. Xususan, kimdir husnixat asosida matn ko’chirgan, yana kimdir bosh harflarga jimjimador suratlar solgan. Uchinchi birov kitobga naqsh ishlasa, to’rtinchisi miniaturalar chizgan.

Odamlar asosan diniy kitoblarni, jumladan, “Avliyolar hayoti” kitobini o’qiganlar. Unda monaxlarning qahramonliklari va ko’r-satgan mo’jizalari bayon etilgan. Shu tariqa cherkov diniy kitoblar orqali qavmlarni avliyolarga taqlid qilishga chaqirgan. Monastirlarda yilnomalar yozib berilgan. Ular o’ziga xos tarixiy manba vazifasini o’tagan.

Page 86: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

35

Atamalar mazmunini bilib oling

“Grek olovi” - neft va smola aralashmasidan tayyorlangan

olov. Olovning “kuchi” uni suv bilan o’chirib bo’lmasligidaedi. Missioner - biror dinga e'tiqod

qiluvchi xalqlar orasida boshqabir dinni tarib etuvchi. Monastir -

monaxlar jamoasi foydalanadigan ibodatxona,

turarjoy va xo’jalik binolari majmuasi. Monax - bu dunyo noz-ne'matlaridan voz kechgan kishi.

Savol va topshiriqlar

1. Vizantiyaning Yevropa madaniyati markaziga aylanishi sa-

bablarini izohlab bering.2. Vizantiya me 'morchiligining o 'ziga xos xususiyati nimada ? 3. Vizantiya madaniyatining slavyan xalqlari madaniyatiga

ko’rsatgan ta'siri haqida nimalarni bilib oldingiz? 4. G 'arbiy Yevropada madaniy hayotning ortda qolganligining

sabablarini qayd eting.

Page 87: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

I BOB MAVZULARI Bo’YICHA BILIMINGIZNI SINAB Ko’RING

V - XV asrlar -.......................................deyiladi.Xalqlarning buyuk ko’chishi -............yuz berdi.476- yilda -....................................................Xlodvig - ............................................ asoschisi.800- yilda -................ imperiyasi ...............Feodal tarqoqlik -...................................... dir.843- yil -............................................ imzolandi.Otton I -................................ imperiyasi asoschisi.Vorms konkordati - ......................................829- yilda -.....................................................Vizantiya imperiyasi .......................................Knyaz Oleg..........................................asoschisi.988- yilda Rus....................................qabul qildi.

Page 88: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

36

II bob. VI - XI asrlarda Osiyo xalqlari 10-§.

Isloni dinining vujudga kelishi

Tayanch tushunchalarJohiliya davri. Islom dini. lslomning asosiy rukn

(arkon)lari. Vahiy. Qur'on. Umma. Arablarning yagona davlatga birlashtirilishi.

Page 89: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Arabiston islomgacha bo’lgan davrda. Arabiston yarim orolining katta qismi suvsiz cho'1 va sahrolardan iborat. Shu tufayli arab qabilalarining ko’pchiligi ko’chmanchi bo’lib, chorvachilik bilan shuullanishgan.

Arablarning cho'1 va sahroda kechadigan hayotida tuya alohida o’rin tutgan. Suv nihoyatda taqchil bo’lgan bir sharoitda bu tabiiy hol edi. Arablar uchun tuya suti va go’shti oziq-ovqat, juni esa kiyim-kechak hamda boshpana vazifasini o’tagan. Tuya junidan tayyorlangan kigizlardan chodirlar qurishda foydalanilgan.

Ko’chmanchilar o’z chodirlarida yozning jazirama issiidan jon saqlaganlar. Arabistonning dehqonchilik uchun eng qulay o’lkasi -Yaman viloyati edi.

Arablar hayotida uruchilik belgilari kuchli bo’lgan. Ular ko’plab uru va qabilalardan iborat edi. Bu bo’linish - qabilalararo doimiy urushlarning asosiy omiliga aylangan. Uzluksiz urushlar faqat vayronagarchilik keltirgan, xolos.

Bundan tashqari, urular o’rtasida xun olish odati davom etardi. Go’dak qiz bolalar tiriklayin ko’mib yuborilar edi. Jamiyatda qonunsizlik, axloqsizlik va zo’ravonlik hukm surardi. Odamlarda uyat tuyusi yo’qol-gan edi. Ayni paytda tabaqalanish jarayoni tobora kuchayib borgan. Mol-mulk qabila zodagonlari qo’lida to’plangan, sudxo’rlik avj olgan.

Arab jamiyatidagi islomgacha bo’lgan bu davr tarixga johiliya (jaholat) davri nomi bilan kirgan.

Islomning vujudga kelishi. Islom dini VII asrda Arabiston yarim orolida vujudga keldi.

Islom ta'limotiga ko’ra, islom insonlarni to’ri yo’lga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi ta'limot, ilohiy qonundir.

Allohning bu ta'limoti, qonunlari payambar (Allohning elchisi) Muhammad (s.a.v.) tomonidan tarib etilgan.

Page 90: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

37

Islom dinini qabul qilgan va Allohning payambariga ergashgan kishi musulmon (muslim-sadoqatli) deb atalgan. Xo’sh, qanday omillar islom dinining vujudga kelishiga sabab bo’lgan?

Birinchidan, barcha arab qabilalarini yagona davlatga birlash-tirish zarurati. Muhammad (s.a.v.) va uning safdoshlari bunday dav-latsiz Arabistonni tashqi dushmanlar tajovuzidan himoya qilib bo'1-masligini yaxshi tushunganlar. Aynan yagona qudratli davlat arab-larning jahon maydoniga chiqishiga imkon berishini ham chuqur anglaganlar.

Bu maqsadni faqat yagona xudo (Alloh) shiori ostidagina amalga oshirish mumkinboigan. Chunki bu davrda Arabistondako’p xudolik dinlari hukmron edi. Binobarin, yakka xudolikka asoslangan din zaruriyatga aylangan.

Page 91: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingDin - ulamolarning fikricha, Alloh

(xudo) tomonidan o 'z payg 'ambarlari orqali joriy etiladigan ilohiy qonunlar.

Page 92: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Ikkinchidan, arab jamiyatida hukm surayotgan johiliya davri adolatsizliklariga barham berish zarurati.

Yuqorida qayd etilgan omillar aks-sadosi sifatida VII asrda yangi din — islom dini vujudga keldi.

Islom dinining asosi. Islom dinining asosini besh rukn (arkon) tashkil etadi. Bular: 1) kalimai shahodat; 2) namoz o’qish; 3) ro’za tutish; 4) zakot berish; 5) haj qilish.

Kalimai shahodat Allohdan o’zga xudo yo’qligi, Muhammad (s.a.v.) uning bandasi va payambari ekanligiga shohidlik berishdir.

Namoz Allohga shukronalik ramzi sifatida kuniga besh mahal qilinadigan ibodatdir.

Ro’za musulmonlarning ramazon oyida erta sahardan to quyosh botgunga qadar niyat birla yemoq va ichmoqlikdan tiyilmoqliklaridir.

Ro’za insonlarni moddiy va ma'naviy jihatdan sabr-toqatga, irodasini mustahkamlashga o’rgatadi.

Zakot boy-badavlat musulmonlarning o’z boylikJaridan kambaal, beva-bechoralarga berilishi lozim bo’lgan ehson.

Haj Makka shahridagi muqaddas Ka'ba masjidini ziyorat qilishdir. Ka'ba (Baytulloh) Allohning uyi deb ham hisoblanadi.

Page 93: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

38

Muhammad (s.a.v.)ning payambarlik faoliyati. Islom dinining muqaddas kitobi “Qur'on” (luaviy ma'nosi “qiroat”, “o'qish”) deb ataladi. Qur'ondagi so’zlar Allohning so’zlari, u Alloh tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga vahiy qilingan deb tushuniladi.

Page 94: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingVahiy - Islom aqidasiga ko 'ra, Allohning

farishtalar orqali payambarlarga yuborgan buyruq yoki ko’r-satmalari.

Page 95: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

13- rasm. Qur'on.

Diniy kitoblarda ta'kidlanishicha, Alloh Muhammad (s.a.v.)ni payambar etib tanlagach, unga 610- yildan boshlab vahiy kela boshlagan. Vahiy kela boshlagan birinchi kun islom tarixida “Laylat ul-qadr” (Qadr kechasi) deb ataladi. Vahiy kelishi 23 yil davom etgan.

Muhammad (s.a.v.) yangi dinni juda katta qiyinchiliklar bilan tarib etganlar. Chunki ko’p xudolikka o’rganib qolgan arab qabilalari yangi dinni qabul qilishni istamas edilar. Ular hatto Muhammad (s.a.v.)ni o’ldirmoqchi ham bo’lganlar. Natijada Muhammad (s.a.v.) Makka shahridan Madina shahriga ko’chib o’tishga majbur bo’lganlar. Madinada ham islom dinini tarib etganlar.

U yerda musulmonlar jamoasi — Ummani tuzadilar. Umma qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylanadi. Diniy, ma'muriy va harbiy hokimiyat Muhammad (s.a.v.) qo’lida to’planadi.

630- yilda Makka shahri ham bo’ysundirilgan. Makka zodagonlari Muhammad (s.a.v.) hokimiyatini tan olishgan va uning yordamchi-

Page 96: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

39

lariga, islom esa hukmron dinga aylangan. Shu tariqa arab qabilalarini yagona qudratli davlatga birlashtirish hamda islomni yagona dinga aylantirishdek tarixiy maqsad ro’yobga chiqariladi. Muhammad (s.a.v.) 632- yilning 27- may kuni Madina shahrida vafot etganlar.

Atamalar mazmunini bilib oling

Islom dini - Alloh yagona, degan e'tiqod bilan unga bo’ysunmoqlik, itoat etmoqlik va qalb bilan unga ixlos qilmoqlikdir. Alloh buyurgan diniy e'tiqodga imon keltirmoqlikdir.

Ramazon oyi - Muhammad (s.a.v.)ga Qur'on suralari yuborila boshlangan oy.

Rukn - Islom dinining besh asosi.Sudxo’rlik - foiz evaziga qarz berish orqali

olinadigan foyda hisobiga boylik orttirish.

Xun - oidirilgan uru a'zosi uchun olinadigan qonli o’ch, qasos.

Savol va topshiriqlar

1. Arab jamiyatidagi johiUya davri belgilarini qayd eting.2. Islom dini nima?3. Qanday omillar islom dinini vujudga keltirdi?4. Islom dinining besh asosiy ruknini qayd eting. Ularning

musulmonlar hayotidagi o 'rniga baho bering. 5. Muhaminad (s.a.v.)ning payambarlik faoliyatlari haqida

nimalarni bilib oldingiz?

ll-§. Arab xalifaligi va uning istilochilik siyosati

Page 97: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Tayanch tushunchalarXalifa. Xalifalik. Istilochilik

urushlari. Jihod. Umaviylar. Abbosiylar.

Xalifalik haqida. Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, ! davlatni xalifalar boshqara boshladi.

632- yilda dastlab Muhammad (s.a.v.)ning yaqin safdoshi hamda qaynotasi Abu Bakr Siddiq xalifa etib saylandi. Umar, Usmon va Alilar 634—661- yillar davomida xalifalik qildilar.

Page 98: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

40

Page 99: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

“Xalifa” so’ziga davlat nisbati berilib, Muhammad (s.a.v.) tuzgan davlat shu tariqa Arab xalifaligi deb yuritila boshlangan. Davlat hukmdori xalifa deb atalgan.632- yildan 661- yilgacha o’tgan salkam 30 yil davomida xalifalik avloddan-avlodga meros boiib o’tmay, aksincha, xalifalar saylanganlar. Istilochilik urushlari. Arab xalifaligi xalifa Umar davrida (634-644) tashqi siyosatda juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Xususan, bu davrda Suriya, Falastin, Misr, Liviya va Eron bosib olindi. Vizantiya imperiyasiga kuchli zarba berildi. Bunga Vizantiya va Eronning o’zaro urushlarda bir-birini holdan toydirganligi ham sabab bo’ldi. Arablar o’z zamonasiga yarasha qudratli qo’shin tuza olgan edilar. Jangchilarning asosini erkin kishilar tashkil etardi. Arablaming yengil suvoriylari o’zining shiddatkor hujumlari bilan dushman piyoda askarlariga dahshat solgan.

Ayni paytda arablar o’z bosqin-chilik urushlarigaj/TwJtusini berganlar. Shuningdek, islomning Alloh oldida hammaning tengligi haqidagi oyasi arablarni mazlumlar ko’z o’ngida xaloskor etib ko’rsatar edi.

Islomni qabul qilganlarga turli yengilliklar joriy etildi. Ular arablar qatori soliqlardan ozod qilindi.

Hokimiyat uchun kurash. Ulkan istilolar natijasida arab zodagonlari hamda viloyatlarning noiblari katta-katta boyliklarga ega bo’lib oldilar. Ayrim

noiblar hatto xalifalik taxtini egallab olishga ham harakat qila boshladilar. Ulardan biri Suriya noibi Muoviya ibn Abu Sufyon edi.

U xalifa Ali ibn Abu Tolibning xalifaligini tan olishdan bosh tortgan.

Yodda tutingAli ibn Abu Tolib - to’rtinchi xalifa.

Muhammad (s.a.v.)ning amakivachchasi hamda kuyovi. 656—667-yillarda xalifa bo 'Igan.

14- rasm. Arab jangchilari.

Page 100: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

41

661- yilda Ali o’ldirilgach, Abu Sufyon o’zini xalifa deb e'lon qilgan. Uni arab zodagonlari va harbiy boshliqlar qo’llab-quwatlaganlar.

Suriya poytaxti Damashq shahri xalifalik poytaxti etib belgilandi. Shu davrdan boshlab xalifa saylash bekor qilindi. Endi u avloddan-avlodga meros tariqasida o’tadigan boidi.

Shu tariqa Muoviya xalifalik tarixida umaviylar sulolasi deb ataluvchi sulola hukmronligiga asos soldi. Bu sulola 750- yilgacha hukmronlik qildi.

Umaviylar xalifalik hududlarini yanada kengaytirdilar. VIII asr boshlarida Shimoliy Afrika, Pireney yarim oroli, o’rta Osiyo, Hindistonning katta qismi, Kavkazorti egallandi. Xalifalik chegarasi arbda Atlantika okeanigacha, sharqda esa Xitoy va Hindiston chegarasigacha yetdi. Behisob boyliklar qo’lga kiritildi.

Umaviylar davrida barcha musulmonlarga soliq solinadigan bo’ldi. Aholi xiroj, jizya, zakot deb ataluvchi soliqlar to’lardi.

Xiroj — yer solii bo’lib, u hosilning 1/3 qismi miqdorida olingan. Jizya esa jon solii edi. Bu soliq ishga yaroqli erkak kishilardan undirilgan. Ishga yaroqli erkak bir yilga 12 dirham, o’rtahol tabaqa vakillari 24 dirham, boylar esa 48 dirham to’lagan. Zakot esa mol-mulkdan to’langan. Uning miqdori ikki yarim foizni tashkil etgan.

Umaviylar joriy etgan bu soliqlar xalifalik aholisining katta qismida norozilikni tobora kuchaytirgan.

Abbosiylar hukmronligi. Kuchayib borayotgan bu norozilikdan Arab xalifaligining umaviylarga qarshi hukmron tabaqalari unumli foydalanganlar. Ularning maqsadi umaviylar hukmronligiga barham berish edi. Umaviylarga qarshi kuchlarga Muhammad (s.a.v.)ning amakilari Abbosning avlodi Abul-Abbos Abdulloh rahbarlik qilgan.

Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida umaviylarga qarshi ko’tarilgan qo’zolon hukmron sulola al-mashinuvida katta ahamiyatga ega bo’lgan. 750- yilda umaviylar sulolasi hukmronligi tugadi. Xalifalik taxtini Abul-Abbos Abdulloh egalladi. U xalifalik tarixida abbosiylar sulolasi hukmronligiga asos soldi.

Abbosiylar sulolasi hokimiyatni rasman 1258- yilgacha boshqargan.Xalifalik poytaxti Damashqdan Badod shahriga ko’chirildi.Badod shahrini qurdirgan xalifa Mansur, Buyuk

Karlga zamondosh va u bilan diplomatik aloqa o’rnatgan Horun ar-Rashid,

Page 101: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

42

ilm-fanga homiyligi bilan shuhrat qozongan al-Ma'munlar bu sulolaning mashhur xalifalari bo’lishgan.

Xalifalikning parchalanishi. IX asr oxiri - X asr boshlaridan boshlab Arab xalifaligining zaiflashish jarayoni tobora kuchaygan. Buning asosiy sababi qaram xalqlarning mustaqillik uchun kurashining avj olgani edi. Bu kurashga mahalliy hukmron tabaqalar boshchilik qilgan. Ulardan eng nufuzlilari o’zlarining sulolalarini vujudga keltira boshlaganlar. Oqibatda xalifalik parchalanib, birin-ketin mustaqil davlatlar qaror topgan. Shulardan biri Mova-rounnahrdagi Somoniylar davlati edi.

1055- yilda saljuqiy turklar xalifalik poytaxti Badod shahrini bosib oldi. Shu tariqa Arab xalifaligi amalda barham topdi.

Abbosiy xalifa qo’lidadiniy hokimiyatgina qoldirildi, xolos. 1258-yilda mo’ullar istilosi oqibatida xalifaning diniy hokimiyati ham inqirozga yuz tutdi.

Atamalar mazmunini bilib oling

Jihod - Alloh yo’lida islomni yoyish va uni himoya qilish

uchun kurash. Xalifa - Muhammad (s.a.v.)ning o’rinbosari. Muhammad (s.a.v.)vafotlaridan so’ng barcha hokimiyatni o’z qo’liga

to’plaganhukmdor.

Savol va topshiriqlar

1. Arab xalifaligi qay tariqa vujudga kelgan edi?2. Xalifalik tarixidagi uch davrni qayd eting.3. Nega xalifalarni saylash tartibini xalifalikning butun tarixi

davomida saqlab qolish mumkin bo’lmagan? 4. Arab xalifaligi nima sababdan parchalanib ketdi?

12-§. Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati

Tayanch tushunchalarArab xalifaligi mamlakatlari madaniyati

tushunchasi. Ilm-fan taraqqiyoti. O 'rta Osiyo allomalarining xalifalik xalqlari madaniyatiga qo’shgan ulkan hissalari.

Page 102: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

43

Page 103: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati. Arablar yuksak madaniyat yaratganlar. Bu madaniyat tarixga Arab xalifaligi madaniyati nomi bilan kirdi.

Page 104: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

15- rasm. Makka shahri. Ka batulloh.

Xo’sh, buning sabablari nimalardan iborat edi?Avvalo, Arab xalifaligida nisbatan tinch, osoyishta

hayot ta'minlangan. Bu esa xo’jalik (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq)ning yanada yuksalishiga imkon bergan. Bu omil o’z navbatida madaniyatning taraqqiy etishiga shart-sharoit yaratgan.

Ikkinchidan, istilo natijasida xalifalikka birlashtirilgan turli o’lka xalqlari (Suriya, Misr, Eron, o’rta Osiyo, Kavkazorti, Shimoliy Hin-diston)ning ilor madaniyati imkon qadar bir-birini boyitdi. Bu o’rinda yagona davlat tili - arab tilining ilm-fan tiliga aylanganligi katta rol o’ynagan. Buyuk allomalar qaysi xalq vakillari bo’lmasin, arab tilida ijod qilganlar. Bu omil xalifalik tarkibidagi turli xalqlarga bir-birining madaniyati yutuqlaridan foydalanishga imkon yaratgan. Binobarin, xalifalik madaniyatini faqat arablar emas, xalifalik tarkibiga kirgan barcha xalqlar yaratganlar.

Uchinchidan, arablar ham o’zlari istilo etgan o’lka xalqlarining ilor madaniyati durdonalarini qunt bilan o’rganganlar.

Page 105: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

44

To’rtinchidan, Mansur, Horan ar-Rashid, Ma'mun kabi abbosiy xalifalar ilm-fan, madaniyat rivojiga homiylik qilganlar. Bu omillar, shubhasiz, madaniyatning yuksak darajada taraqqiy etishini ta'minlagan.

San'at. Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyatida san'at, ayniqsa, me'morchilik san'ati alohida o’rin tutgan.

Go’zallikda tengi yo’q hukmdorlar saroylari soya-salqin, yam-yashil bolar ichida bunyod etilgan. Ularda favvoralar mavjud bo’lgan.

Shahar me'morchiligi ham juda rivojlangan. Shahar ko’chalariga tosh yotqizilgan. Ko’chalar chiroqlar bilan yoritilgan. Masjidlar shahar ko’rkiga-ko’rk qo’shgan. Masalan, VIII - IX asrlarda Qurdobada bunyod etilgan masjidga 600 dan ortiq marmar ustun ishlatilgan. Ustunlar nihoyatda nafis bo’lib, ular masjidga uluvorlik baxsh etgan. Qohira shahxidagi Hasan masjidi tepasiga qurilgan balandligi 55 metrli gumbaz ham kishilarni hayratga solgan.

Ilm-fan taraqqiyoti. Ilm-fan taraqqiyoti yo’lida arablar qadimgi yunon allomalarining asarlarini qunt bilan o’rganganlar. Ulardan eng muhimlari arab tiliga tarjima qilingan. Bular: Aristotel, Arximed, Gippokrat, Ptolomey, Yevklid kabi allomalarning asarlari edi. Bu asar-larning arab tilidagi nusxalari lotin tiliga qayta taijima qilingan. Yev-ropa olimlari shu tarjimalar orqali bu asarlardan bahramand bo’lganlar.

Yirik shaharlar ilm-fan markaziga aylangan. Badod, Qurdoba, Qohira kabi shaharlarda yirik oliy o’quv yurtlari - madrasalar ochilgan. Ularda diniy bilimlar qatori dunyoviy ilmlar ham o’qitilgan. Minglab kitob xazinasiga ega boigan kutubxonalar qurilgan.

Xalifa Horun ar-Rashid (786-809) Badod shahrida ilm-fan markazi bunyod ettirdi. Bu markaz ,Jiayt ul-hikmat” deb ataldi.

Xalifa Ma'mun (813-833) “Bayt ul-hikmat”ning har tomonlama mustahkamlanishiga katta hissa qo’shgan.

Badod, Damashq kabi shaharlarda katta-katta rasadxonalar bunyod etilgan.

Xalifalik xalqlari madaniyati Yevropaga kuchli ta'sir ko’rsatgan. Bu o’rinda arablarning Pireney yarim oroli (hozirgi Ispaniya)da tashkil etgan Qurdoba xalifaligi alohida o’rin tutgan. Qurdoba shahrida 27 ta oliy o’quv yurti (madrasa) ochilgan edi. Bu o’quv yurtlarida mashhur olimlar, shu jumladan, musulmon bo’lmagan olimlar ham dars berishgan. o’quv yurtlarida arablardan tashqari Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar ham saboq olishgan.

Page 106: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

45

Page 107: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Buyuk bobolarimizning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo’shgan hissalari. Aniq fanlarning yuksak taraqqiyoti bu davr mamlakatlari madaniyatining o’ziga xos xususiyatidir. Bu fanlar ravnaqiga eng ko’p hissani buyuk bobolarimiz qo’shganlar. Ular orasida Muhammad al-Xorazmiy va Ahmad al-Faroniy alohida o’rin tutadi.

Al-Xorazmiy algebra fanining asoschisidir. Xalifa Horun ar-Rashid uni Badodga taklif etgan. Keyin-chalik u “Bayt ul-hikmat”ga rahbarlik ham qilgan. Al-Xorazmiy hindlarning o’nlik raqam tizimini mukammallash-tirgan. Buning natijasida har qanday sonni ham o’nlik sanoq tizimiga kiruvchi raqamlar bilan ifodalash mumkin boigan. Bu hodisa o’sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Uningnomi algoritm tushunchasiga aylandi va tarixda abadiy qoldi.

16- rasm. Al-Xorazmiy

Page 108: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingo’rta asrlarda algoritm tushunchasi

sanoqning o’nli tizimi bo 'yicha to 'rtarifmetik amalning bajarilishi qoidasini anglatgan.

Page 109: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

o’rta asr astronomiya fanini yurt-doshimiz Ahmad al-Faroniysiz tasav-vur etish qiyin. Ahmad al-Faroniy “Bayt ul-hikmat”da al-Xorazmiy bilan birgalikda ijod qilgan.

Uning astronomiya fani rivojiga qo’sh-gan hissasi osmon jismlari radiuslarini birinchi bo’lib aniqlab berganligida edi. Ahmad al-Faroniy, shuningdek, Yer eng kichik yulduzdan ham kichkina ekanini isbotlab berdi. U Yer shari aylanasi uzun-ligini hisoblab chiqdi va hisob-kitobda atigi 792 km xatolikka yo'1 qo’ydi.

17- rasm. Ahmad al-Faroniy.

|

Page 110: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

46

Ahmad al-Faroniy asarlari keyinchalik yangi-yangi ilmiy kashfiyotlarga yo'1 ochdi.

Page 111: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingAhmad al-Farg 'oniy Yevropada

Alfraganus nomi bilan mashhur bo’lgan.

Page 112: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Atama mazmunini bilib oling

“Bayt ul-hikmat “ - Donishmandlar uyi, bilimlar uyi, o’sha davrning Fanlar akademiyasi.

Savol va topshiriqlar

1. Qanday omillar Arab xalifaligi madaniyatining yuksak

darajada rivojlanishiga sabab bo’ldi?2. A rab xalifaligi madaniyati Yevropaga qanday ta 'sir ko 'rsatdi ? 3. Buyuk bobolarimiz - yurtdoshlarimizning jahon ilm-fani

taraqqiyotiga qo 'shgan hissalari haqida nimalarni bilib oldingiz ?

13-§. IV - XI asrlarda Hindiston

Page 113: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Tayanch tushunchalarGupta davlati. Xarsha imperiyasi. Qishloq

jamoasi Yer egaligi. Hind fanining jahon fani taraqqiyotiga qo’shgan hissasi.

Gupta davlati. Hindiston V asrlarga qadar mayda-mayda Idavlatlarga bo’linib ketgan edi. Ularning hukmdorlari roja |deb atalgan.

Shunday rojalardan biri Chandragupta mamlakatni birlashtirish harakatini boshladi. U 320- yilda Gang daryosi havzasida birlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo’ldi. Bu davlat tarixga Gupta davlati nomi bilan kirdi. Chandragupta I ning (320-340) vorislari hukmronligi davrida davlat chegarasi Arabiston yarim oroliga qadar yetkazildi. Shu tariqa Gupta imperiyaga aylandi. Guptalar davrida Hindiston iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksaldi. Imperiya VI asr boshlarigacha yashadi. U o’zaro ichki urushlar va Siz “O'zbekiston tarixi” darsligi orqali bilib olgan eftallarning hujumi oqibatida parchalanib ketdi.

Page 114: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

47

Xarsha imperiyasi. VII asr boshlarida Hindistonning shimolida yangi imperiya - Xarsha imperiyasi tashkil topdi. Bu imperiyaga Kanauja rojasi Xarsha (606-647) asos soldi. Imperiya Gang daryosi vodiysi bo’ylab sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo’ltiigacha boigan hududlarni o’z ichiga oldi.

Markaziy Hindiston rojalari esa vassallarga aylantirildi. Vassal rojalar qirqqa yaqin edi.

Xarsha imperiyasi uzoq yashamadi. Vassal rojalarning sepa-ratchilik harakati imperiyani zaiflashtirdi. Bora-bora rojalar amalda butunlay mustaqil bo’lib oldilar.

Xarsha vafotidan so’ng Hindiston uzoq vaqtgacha chet ellik bosqinchilarga qarshilik ko’rsatishga ojiz, tarqoq mamlakat bo’lib qoldi.

712- yilda Arab xalifaligi Sind o’lkasini bosib oldi. XI asr boshlarida Mahmud aznaviy Shimoliy Hindistonni istilo qilishga urindi. Bir necha yurishlardan so’ng Panjob viloyatining bir qismini o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi.

Ijtimoiy munosabatlar. Hindistonda ham yer egaligi munosa-batlari sekinlik bilan bo’lsa-da, tarkib topa borgan. Bu o’rinda hukmdorlarning grasni joriy etganliklari muhim rol o’ynagan. Bunda hukmdor xonadonining a'zolari, nufuzli zodagonlarning manfaatlari hisobga olingan.

Gras olgan shaxsga harbiy xizmatga hamisha shay turish majburiyati yuklangan. Gras ishlash uchun dehqonlarga ijaraga berilgan.

Rojalar o’z xizmatkorlariga ham ma'lum majburiyat evaziga yer berishgan. Ulardan foydalanish muddati oldindan belgilab qo’yilgan. Yer egaligining bu turi patta deb atalgan.

Patta yerlar shaxslarning davlat, hukmdor oldida ko’rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash uchun ham berilgan.

Qishloq jamoasi. Hindistonda qishloq jamoasi yer egaligi ham mavjud bo’lgan. U har bir qishloqning ma'lum miqdordagi ekinzor va yaylov yerlaridan iborat edi. Qishloq jamoasi o’nlab, hatto yuzlab oilalarning birikmasi edi.

Jamoa oqsoqollar tomonidan boshqarilgan. Jamoa yerlaridan olinadigan soliq imperiya xazinasi tushumining salmoqli hissasini tashkil etgan.

Page 115: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

48

Qishloq jamoasining yemirila borishi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi va mehnat qurollarining takomillashuvi mehnat unumdorligining ortishiga olib keldi. Oqibatda kichikroq oilaning o’zi ham mustaqil ravishda xo’jalik yurita oladigan bo’ldi. Bu o’z navbatida katta-katta oilalarning bo’linishiga olib keldi. Katta oilalarga qarashli chek yerlar endi bo’linib chiqqan kichik oilalarga boiib beriladigan bo’ldi. Katta o’ilga ukalariga qaraganda ko’proq yer ajratib berilgan.

Bu jarayon vaqt o’tishi bilan qishloq jamoasida tabaqalanishni kuchaytirgan, yer egaligi munosabatlarining chuqurlashuviga olib kelgan.

Xo’jalik mashulotining asosiy turlari. Dehqonchilik va hunarmandchilik Hindiston xo’jaligining asosini tashkil etgan. Sholi, paxta, shakarqamish, xilma-xil ziravorlar, choy yetishtirish dehqon-chilikning yetakchi tarmoqlari bo’lgan.

Suoriladigan yerlardan yiliga ikki marta hosil olingan.Hind hunarmandchiligi namunalari - dunyoga

dong taratgan qo’li gul zargarlar tomonidan yaratilgan zeb-ziynat buyumlari, oltin va kumushdan yasalgan ko’zachalar ayniqsa mashhur edi.

Fil suyagi va yoochdan yasalgan ajoyib haykallar hind ibodatxonalariga ko’rk baishlagan. Bunday noyob san'at asarlariga ega bo’lish qo’shni davlatlar hukmdorlarining azaliy orzusi bo’lgan. Hind to’quvchilari to’qigan ajoyib shoyi gazlamalar “tan rohati” deya e'zozlangan,

Savdo aloqalari. Hindiston dengiz savdo yo’llari qulay mintaqada joylashgan edi. Bu omil ko’plab port shaharlarining paydo bo’lishiga olib kelgan.

Port shaharlari tashqi savdo rivojiga katta hissa qo’shgan.Kalikut eng yirik port shahri edi. Kalikut davlati esa

eng kuchli davlat bo’lgan.Uning hukmdori dengiz hokimi deb atalgan.

Hindistonning port shaharlariga Xitoy, Misr, Arabiston va o’rta Osiyodan ko’plab sav-dogarlar kelishardi. Shaharlar doimo chet ellik va mahalliy savdogarlar bilan gavjum bo’lardi.

Hindiston madaniyati. Hindiston dunyo ilm-fani taraqqiyotiga eng ko’p hissa qo’shgan davlatlardan biri sanaladi. Bu mamlakatda matematika, astronomiya va tibbiyot sohasida katta yutuqlarga

Page 116: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

49

erishilgan. o’rta asrlarda qurilgan rasadxonalar bugungi kungacha saqlanib kelmoqda.

Hind astronomlari dunyoda birinchi bo’lib Yerning o’z o’qi atrofida aylanishini va uning shar shaklida ekanligini taxmin qilganlar.

Hind matematiklari ayni shu davrda sanoqning o’nlik tizimini yaratdilar. Bu kashfiyot jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi. Sayyoralarning koinotda turgan joyini aniqlab beruvchi jadvalni ham hindlar kashf etdilar,

Hind tabobat allomalari o’z bilimlari, mahoratlari bilan Sharq olamida katta shuhrat qozonganlar.

Ular inson bosh suyagi chanoini ochib, murakkab jarrohlik ishlarini amalga oshirganlar.

Hind sarfatida me'morchilik ham alohida o’rin tutgan. Hindiston o’zining odamlarni hayratga soluvchi ko’plab ibodatxonalari bilan dong taratgan. Bunday ibodatxonalar katta qoyatoshlar ustiga hamda orlar ichiga qurilgan.

Ibodatxonalar orasida Kandarya ibodatxonasi ayniqsa mashhurdir.Hindiston tarixiga oid ma'lumotlar ibodatxona

devorlariga ishlangan bo’rtma naqsh va suratlarda o’z ifodasini topgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Gras (“qultum”, “bo'lak”) - in'om etilgan yer. Port - suv yo’llarida kemalar to’xtaydigan, yo’lovchi olish, yuk ortish va tushirish uchun maxsus qurilgan joy.

Savol va topshiriqlar

1. Hindistonda yer egaligi munosabatlari qay tariqa shakl-

landi?2. Qishloq jamoasi nima ekanligini izohlab bering. 3. Nima sababdan uzoq vaqtlar davomida Hindiston o 'zini chet

el bosqinchilaridan himoya qila olmaydigan holatga tushibqoldi? 4. Hind allomalarining dunyo ilm-

faniga qo 'shgan hissalariniqayd eting. 5. Buyuk bobomiz al-Xorazmiy

hind matematik allomalarikashfiyotini butun dunyoga yoyilishiga qanday hissaqo 'shgan ?

4-Jahon tarixi, 7-sinf.

Page 117: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

50

14-§. V - XI asrlarda Xitoy

Tayanch tushunchalarXitoyning birlashtirilishi. Suy imperiyasi.

Tan imperiyasi. Dehqonlar qo’zoloni. Xitoy ilm-fanining jahon ilm-faniga qo’shgan hissasi.

Page 118: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Suy imperiyasining tashkil topishi. V-VI asrlarda Xitoy mayda-mayda davlatlargabo’linib ketgandi. Bu ko’chmanchi qabilalar hujumining oqibati edi. VI asrning ikkinchi yarmida Xitoyni Buyuk Turk xoqonligi bosib olishi xavfi tuildi.

Shu xavf Xitoyning birlashuvini tezlashtirdi. Bu tarixiy hodisa 589- yilda o’z davrining yetakchi lashkarboshilaridan biri Vendi tomonidan amalga oshirildi. Vendi Xitoyda suy sulolasi hukmronligini o’rnatdi.

Birlashgan davlat Suy imperiyasi nomi bilan tarixga kirdi.Suy sulolasi mustahkam markaziy hokimiyat barpo

eta olmadi. Hokimiyat amalda mahalliy hukmdorlar qo’lida to’planganicha qola berdi. Buning ustiga ko’chmanchi turkiy qabilalarning uzluksiz hujumlari imperiyaning ahvolini yanada oirlashtirdi. Va nihoyat, imperiyaning istilochilik urushlari uni butunlay holdan toydirdi. Yuqorida qayd etilgan omillar natijasida suy sulolasi barham topdi.

Tan imperiyasi. Xitoydagi oir ichki vaziyatdan foydalangan mahalliy hukmdorlardan biri Li Yuan 618- yilda hokimiyatni bosib oldi. U yangi sulola - tan sulolasi hukmronligiga asos soldi. Tan sulolasi Xitoyda 907- yilgacha hukmronlik qildi. Bu davrda Xitoy ulkan imperiyaga aylandi. Imperiya amaldorlarning juda katta guruhi tomonidan idora etilardi.

Markaziy boshqaruv olti vazirlik: amallar, soliq, harbiy, sud, jamoat ishlari, marosim ishlari vazirliklari tomonidan amalga oshirilgan.

Imperiya viloyatlarga, viloyatlar okruglarga, okruglar uyezdlarga, uyezdlar bo’lislarga, bo’lislar o’z navbatida qishloqlarga boiinib boshqarilgan.

Qishloqlar esa har bir kishi bir-biriga kafil bo’ladigan 5 xonadon birlashmasiga bo’lingan.

Tan suioiasi hukmronligining barham topishi. Imperiyaning istilochilik urushlari haddan tashqari katta xarajatlar evaziga amalga

Page 119: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

5/

oshirilgan. Bu esa soliqlarning tobora ortib borishiga olib kelgan. Oir soliqlar dehqonlarning tinka-madorini quritar edi. To’yib ovqat yemaslik, ocharchilik ularning yo’ldoshi edi. Natijada dehqonlar qo’zolon ko’tarishga majbur bo’lganlar. Dehqonlar qo’zolonining en^ yirigi 875-884- yillarda bo’lib o’tgan. Qo’zolonga sobiq harbiy xi/matchi Xuan Chao rahbarlik qilgan.

Qo’zolon imperiyani larzaga solgan. 880- yilda Xuan Chao o’zini hatto imperator deb ham e'lon qilgan. Tan sulolasi ko’chmanchilarning yordami bilan 884- yildagina qo’zolonni bostirishga erishgan.

Qo’zolon tan sulolasi hokimiyatini zaiflashtirgan. Bundan viloyat hukmdorlari foydalanganlar. Ularda separatchilik kayfiyati kuchaygan. Oxir-oqibat 907- yilga kelib Tan imperiyasi qulagan. Bu hodisadan so’ng Xitoyda bir necha o’n yillar siyosiy tarqoqlik hukm surdi.

Dehqonlar qo’zoloni izsiz ketmadi. Uning oqibatida dehqonlarni holdan toydiruvchi o’ta oir soliq tizimi barham topdi.

Yer egaligi munosabatlari. Xitoyda butun yer rasman davlat mulki hisoblangan. Davlat uni aholiga taqsimlab berardi. 624- yilda qabul qilingan qonunga ko’ra, har bir xo’jalik 100 mu dan yer olish huquqiga ega bo’lgan. Uning 80 mu sidan davlatga soliq to’langan. 20 mu si esa meros qoldirish huquqi bilan berilgan.

Uy-joy hamda bo egallagan yer maydoni 20 mu tarkibiga kiritilgan. Boda mevali daraxtlar bilan birga, albatta tut ko’chati parvarish qilinishi shart bo’lgan. Bu tartib Xitoyda ipak qurti boqish zaruratidan kelib chiqqan.

Aholi davlatdan olgan yerlarini sotish huquqiga egabo’lmagan. Ular faqat uy va bolarini garovga qo’yishi yoki sotishi mumkin edi, xolos.

Davlatdan olingan yer uchun har yili soliq to’langan.Dehqonlar yiliga 30 kungacha davlat uchun turli

majburiyatlarni o’taganlar.Davlat lashkarboshilarga, turli darajadagi

amaldorlarga hamda zodagonlargakatta-katta yer maydonlarini in'om qilgan. In'om hajmi 300 mu dan 10 ming mu ni tashkil etgan. Irfom yerlar soliqdan ozod etilgan.

Tan imperiyasi davrida amaldorlar 9 darajaga bo’lindi. Amaldorlarga darajasiga qarab maosh o’rniga yer-mulk ajratib berilgan. Tan sulolasi hukmronligi davrida davlat chek yer tizimi to’la qaror topgan.

Xitoy madaniyati. VI-XI asrlarda Xitoyda madaniyat yuksalgan. Ilm-fan havas qilsa arzigulik

Page 120: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

darajada rivojlangan. Ayniqsa, ma-

Page 121: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

52

tematika, astronomiya, geografiya va tarix ilmida katta yutuqlarga erishilgan.

Chunonchi, VIII asrda Xitoyda dunyoda birinchi Fanlar akade-miyasi tashkil etilgan. Ayni shu asrda dunyoda birinchi gazeta ham Xitoyda nashr etilgan.

Page 122: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingBirinchi gazeta “Poytaxt axboroti” nomi

bilan chiqarilgan. Bu gazeta XX asr boshlariga qadar chop etib kelingan.

Page 123: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Dunyoda birinchi yozuv qoozi va kitob nashri ham Xitoyda ixtiro etilgan. To’ri, u davrlarda kitoblar juda sodda usulda bosilgan. Bunda bo’lajak kitob matni dastlab taxtaga o’yib yozilgan. So’ng undan qoozga bosib tushirilgan.

IX-X asrlarda Xitoyda dunyoda birinchi bo’lib kompas va porox ixtiro qilingan.

o’rta asrlarda Xitoy o’z yilnomalari bilan ham shuhrat qozongan.Xitoyda minglab qo’lyozmalar saqlanadigan

katta-katta ku-tubxonalar mavjud bo’lgan. Xitoy shaharlarida oliy o’quv yurtlari ochilgan. Ularda davlat amaldorlari tayyorlangan. Xitoyda me'morchi-lik va tasviriy san'at ham yuksak darajada rivojlangan.

Atamalar mazmunini bilib oling

1 mu - olti sotix yer maydoni.Kompas - turgan joyni aniqlab beruvchi

asbob. Uning magnitli strelkasi doimo shimolni ko’rsatib turadi.

Savol va topshiriqlar

1. Suy sulolasining hukmronlik davri haqida nimalarni bilib

oldingiz? 2. Tan sulolasi hukmronligi davrida imperiya qay tariqa

boshqarildi?3. Tan sulolasi nega inqirozga uchradi? 4. Xitoyda o 'rta asr yer egaligi munosabatlari qay tariqa

shakllandi? 5. Xitoy ilm-fanining jahon ilm-faniga qo 'shgan hissasi haqida

nimalarni bilib oldingiz?

Page 124: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

o’zbekiston tarixidan eslangTan imperiyasi tashkil topgan davrda Turk xoqonligida qanday

hodisa yuz berib bo’lgan edi?HHRHHBHHHBI

Mustaqil ish

V-XI asrlarda dunyoda tashkil topgan davlatlar jadvalini xronologik izchillikda to’lazing.

Jadvalga “o’zbekiston tarixi”dan bilib olgan davlatlaringizni ham qo’shing. Bunda “O'zbekiston tarixi” darsligidan foydalaning.

Davlatlarning nomi.

Tashkil topgan vaqti.

Tashkil etgan tarixiy shaxs.

Tashkil topgan qit'a.

Yashagan davri.Yevro Osiy

II BOB MAVZULARI Bo’YICHA BILIMINGIZNI SINAB Ko’RING

Din-.....................................................qonunlari.Johiliya davri - ................................................Islom dini -................................imon keltirmoqlik.Islomning 5 ustuni:a)b)d)e)0Zakot-.............................................................Xalifa-..................................................hukmdor.Arab xalifaligini boshqargan ikki sulola va ularning sanalari:a)b)Xirqj - ...........................................................“Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati” iborasining izohi.“Bayt ul-hikmat” -..........................................Gras -.............................................................Suy, Tan ...........................................imperiyalar.Dunyoda birinchi gazeta.................................

Page 125: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

II Bo’LIM.

JAHON XALQLARI o’RTA ASRLARNING IKKINCHI

DAVRIDA (XI-XV ASRLAR)

III bob. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivoji. Shaharlarning yuksalishi

15-§. Yevropada o’rta asrlar shaharlarining vujudga kelishi

Page 126: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Tayanch tushunchalarHunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib

chiqishi. Shaharlarning vujudga kelishi. Hunarmandchilik. Hunarmandchilik ustaxonasi. Hunarmandlar sexi.

Xo’jalikdagi o’zgarishlar. Sarlavhani o’qib ehtimol lo’rta asrlardan avval shaharlar bo’lmagan ekan-da, degan |fikr

xayolingizdan o’tgan bo’lishi mumkin. Shaharlar qadimgi dunyoda ham bo’lgan. Lekin o’rta asrlar shaharlari jamiyat hayotida tutgan o’rni bilan avvalgi shaharlardan tubdan farq qilgan. XI asrdan boshlab shaharlar jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylangan.

Xo’sh, bunga nimalar sabab bo’lgan? Buning asosiy sababi -Yevropada XI asrdan boshlab hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqish hodisasi ro’y berganligi edi.

Vaqtlar o’tishi bilan hunarmandchilik xo’jalikning alohida mustaqil sohasiga aylangan.

Page 127: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

55

Hunarmandchilikning mustaqil xo’jalik sohasiga aylanishiga avvalo dehqonchilikning yuksak sur'atlarda rivojlanishi sabab boigan.

XI asrga kelib Yevropada katta miqdordagi yerlar o’rmonlardan tozalangan. Ular ekinzorlarga aylantirilgan. Shu tariqa haydaladigan yer maydonlari tobora kengayib borgan. Dehqonchilikda uch dalali almashlab ekishga o’tilgan.

Dehqonchilikni tobora rivojlantirish zarurati qishloq xo’jalik asbob-uskunalarining takomillashuvini ham talab eta boshlagan.

Yevropa aholisining jun gazlamadan tikiladigan kiyim-kechakka bo’lgan talabi tobora ortib borgan. Bu esa qo’ychilikning rivojlanishiga olib kelgan. Endi gazlama to’qish uchun alohida moslamalarga bo’lgan ehtiyoj yanada ortgan. Qishloq xo’jaligi asbob-uskunalarini va jun gazlama to’qish moslamalarini takomillashtirish zarurati hunar-mandchilikning yanada rivojlanishiga turtki bo’lgan. Bu ikki omil hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishini zaruratga aylantirib qo’ygan.

Hunarmandchilikning ajralib chiqishi. Oxir-oqibatda hunar-mandchilik dehqonchilikdan xo’jalikning alohida sohasi bo’lib ajralib chiqdi. Shu tariqa jamiyatda hunarmandchilikni o’ziga asosiy kasb qilib olgan kishilar guruhi vujudga kelgan.

Bu esa o’z navbatida savdo-sotiqning rivojlanishiga asos bo’lgan.

Page 128: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingHunarmand o 'z hunarmandchilik kasbi

orqali tirikchilik qila oladigan, o’zining mehnat qurollari va ustaxonasiga ega, sotish uchun turli buyumlar ishlab chiqaradigan, shaxsan erkin bo 'Igan mayda mulkdordir.

Page 129: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Qishloq xo’jaligining o’sishi ortiqcha mahsulotni vujudga keltirgan. Dehqon ortiqcha mahsulotni shaharga olib borib sotgan. Uning o’rniga hunarmandchilik buyumlarini sotib olgan. Bu omil savdo-sotiqning rivojlanishiga asos bo’lgan.

Shaharlarning vujudga kelishi. V - XI asrlarda shaharlar hunar-mandchilik va savdo markazlari emas edi. Bunga natural xo’jalik hukm surganligi sabab bo’lgan.

o’rta asrlarning ikkinchi yarmida vaziyat o’zgardi. Hunarmandlar dastlab o’zlari yasagan mahsulotlarni sotish uchun xaridor izlaganlar.

Page 130: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

56

Bu noilojlik oqibati edi, albatta. Xaridor izlash oson ish emas edi. Bora-bora hunarmandlar o’zlariga manzilgohlar barpo etganlar. Manzilgohlar uchun katta-katta yo’llar kesishgan chorrahalar, daryo kechuvlari, dengiz gavanlariga yaqin joylar tanlangan.

Ular o’z uylarini monastirlar va feodallar qasrlarining devorlari yoniga qurishgan.

Hunarmandlar nima uchun aynan ana shu joylarga ko’chib kelardilar? Monastir va qasrlarda yashovchi kishilar hunarmandlarga uy jihozlari, qurol-yarolar yasashga, kiyim-bosh tikishga buyurtmalar berardi. Urush bo’lib qolgan taqdirda qal'a devorlari orqasiga bekinib jon saqlash mumkin edi. Bu yerlarga ko’plab savdogarlar tez-tez kelib turar, keyinchalik shu yerda muqim turib qolardilar. Ular qimmatbaho sharq mollari, shu bilan birga, temir, tuz, charm, jun kabi mahsulotlar olib kelardilar. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib, o’zlariga zarur buyumlarni xarid qilish uchun tevarak-atrofdagi qishloqlardan dehqonlar kelardi. Hunarmandlar ularga o’z buyumlarini sotishardi. o’zlariga zarur xomashyolami esa sotib olardilar. Hunarmandlarning qishloq xo’jaligidan ajralishi hamda savdosotiqning rivojlanishi natijasida Yevropada o’rta asr shaharlari vujudga keldi.

Page 131: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingShahar - hunarmandchilik va savdo-

sotiq markazi bo 'Igan yirik aholi manzilgohi.

Page 132: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Shaharlarning vujudga kelishi qishloqning ham keng ko’lamda bozor bilan bogianishiga olib keldi. Bu esa natural xo’jalikka katta zarba berdi.

Shahar mudofaasi. o’rta asrlarda Yevropada Strasburg, Augsburg, Gamburg, Brandenburg, Sen-Jermen, Oksford, Kembridj, Frankfurt, Bryugge kabi ko’plab shaharlar vujudga keldi.

Shaharliklar va qaroqchilarning hujumlaridan himoyalanish uchun o’zlari yashayotgan hududlar atrofida zovurlar qazib, ko’tarma qilib o’rab olar, ustiga qator qoziqlar qoqardilar. Keyinchalik bu istehkomlar isht devorlar bilan almashtirilgan. Shaharga kelayotgan yo’lovchiga uzoqdanoq shaharning devorlari va minoralari yaqqol ko’rinardi. Shaharga osma ko’prikdan o’tib, soqchilar doim hushyorlik bilan qo’riqlab turadigan mustahkam darvozalardangina kirish mumkin edi.

Page 133: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

57

Hunarmandlar ustaxonasi. o’rta asr shahar hunarmandchiligi qoi mehnatiga asoslangan mayda sanoat ishlab chiqarishi edi.

Hunarmand ustaxonasida hunarmand, shogirdlar va xalfalar mehnat qilardi. Hunarmand usta hisoblanardi. Ustaxona tayyor mahsulotni sotadigan do’kon vazifasini ham o’tagan. Shogird hunar o’rganuvchi edi. Xalfaustaning uyidayashagan. U ma'lum miqdorda mabla to’plagach, o’zining ustaxonasini ochishi mumkin edi. Buning uchun u namuna bo’la oladigan bir buyum yasashi ham lozim boigan. Ustaxonada barcha ishlar qo’lda bajarilgan.

Hunarmandlar sexi. Hunarmandlar o’zlarini qishloq hunar-mandlari raqobatidan hamda feodallar talonchiligidan himoya qilish uchun sexga birlashganlar. Ustalarning umumiy yiilishi sex nizomi (qonun-qoidalari)ni tasdiqlagan.

Nizom hunarmandlardan buyumlarni qat'iy nusxada ishlab chi-qarishni talab qilardi. Har bir ustaning ustaxonasida qancha dastgoh bo’lishi, nechta shogird va xalfa saqlashi mumkin ekanligi belgilab qo’yilgan. Nizom ustalarga buyurtmachi va xaridorlarni, shogird va xalfalarni bir-biridan o’ziga odirib olishni taqiqlardi.

Sexlar bir xil hunarmandlarning boshqalar hisobiga boyib ketmasligiga intilardi.

Sexlarga ustalar tomonidan saylab qo’yiladigan oqsoqollar boshchilik qilardi. Ular sex nizomiga rioya qilinishini kuzatib borar va uni buzgan hunarmandlarni qattiq jazolardi. Masalan, London shahrining novvoyi bulka nonni belgilangandan kam oirlikda pishirib sotsa, uni qafasga solishib shahar aylantirishar, xaloyiq oldida sharmandasini chiqarardilar. Parij va boshqa ko’p shaharlarda sifati past buyumlarni bozor maydonidagi “la'nat ustuni” oldiga qo’yardilar. Jarima eng ko’p qo’llaniladigan jazo edi.

Har bir sexning o’z gerbi va bayroi boigan.

18- rasm. Hunarmandchilik sexlarining gerblari.

Page 134: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

55

Atamalar mazmunini bilib oling

Sanoat - xo’jalikning xomashyodan tayyor mahsulot ishlab

chiqaruvchi sohasi. Xalfa - ustaning eng yaqin yordamchisi.

Savol va topshiriqlar

1. Hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi

Yevropa uchun qanday ahamiyatga ega bo 'Idi ? 2. Qanday omillar hunarmandchilikning dehqonchilikdan

ajralib chiqishiga sabab bo’ldi? 3. Hunarmandchilikning ajralib chiqishi qishloq uchun qanday

ahamiyatga ega bo’ldi? 4. Shaharlar vujudga kelishining ahamiyati haqida o 'z xulosa-

laringizni ayting. 5. Hunarinandchilik ustaxonasi va sexlari haqida nimalarni

bilib oldingiz?

16-§. Tovar xo’jaligi va savdo-sotiq

Page 135: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Tayanch tushunchalar *?>.

Tovar. Tovar xo 'jaligi. Yarmarka. Sarrof. Bank. Birja. Broker.

Tovar xo’jaligining vujudga kelishi. Tovar sotish uchun j ishlab chiqariladigan mahsulotdir.

Hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi hunarmandchilik va dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirdi. Hunarmand ham, dehqon ham bir-biri bilan savdo qilishdan birday manfaatdor edi. Shu tariqa hunarmandchilik va dehqonchilik tovar xo’jaligiga aylana borgan. Bu esa savdo-sotiqning tobora rivojlanishiga olib kelgan.

Page 136: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingTovar xo 'jaligi bozorda sotish uchun

mahsulot ishlab chiqaradigan xo 'jalikdir.

Page 137: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Tovar xo’jaligining rivqjlanishi natural xo’jalikning ahamiyatini tobora pasaytirgan.

Page 138: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

59

Savdo-sotiq rivoji yo’lidagi to’siqlar. o’rta asrlarda savdo-sotiq foydali, ammo qiyin va xatarli ish edi. Savdogarlarni quruqlikda yo’lto’sarlar - ritsarlar talardi. Dengizda esa qaroqchilar shilib olardi. Savdogarlar feodal yeridan, ko’prigidan, daryo kechuvidan o’tganligi uchun boj to’lashga majbur edi. Feodallar o’z daromadini ko’paytirish uchun quruq joylarga ham ko’prik solganlar. Savdogarlar ot-aravalaridan ko’tarilgan chang uchun ham soliq to’laganlar.

Yo’llar tor bo’lib, tosh yotqizilmaganligi uchun bahor va qishda yurib bo’lmaydigan darajada botqoq boiib ketardi. Arava ildiraklari sinishi oqibatida yerga adarilib tushgan tovar o’sha yer egasining o’ljasi hisoblanardi. Dovulda halokatga uchragan kema yukini toiqin qiroqqa chiqarib tashlasa, sohil egasi bo’lgan feodal o’sha tovarlarni o’ziniki qilib olardi.

Savdogarlar o’zlarini talonchilikdan himoya qilish uchun gil-diyalarga birlashganlar.

Ular talanishdan omon qolish maqsadida bir to’da bo’lib olishar, soqchilar yollar va ularning qo’riqchiligida safarlarga chiqardilar.

Sharq bilan savdo-sotiq aloqalari. Sharoit oirligiga qaramay savdo-sotiq rivojlanib bordi. Yevropa savdogarlari Sharq mamlakatlari bilan azaldan savdo-sotiq qilardi. Ular o’rta Yer dengizidan Suriya va Misr portlariga borardilar. Arab va Eron savdogarlari bu yerlarga qimmatbaho sharq tovarlarini olib kelardilar. Yevropa savdogarlari ulardan zeb-ziynat buyumlari, ziravorlar sotib olib, ularni o’z mamlakatlaridagi boylarga sotib, ko’p foyda topardilar. Dorixona tarozilarida tortilib, oz-oz miqdorda sotiladigan ziravor oltinga teng turardi.

Italiyadagi Venetsiya va Genuya shaharlarining savdogarlari Sharqqa boradigan savdo yo’llarini o’z qo’llariga oldilar.

Bu ikkala shahar ham mustaqil shahar - respublika bo’lib, hokimiyat boy savdogarlar qo’lida edi. Ularning savdo flotlari, o’nlab uylari, omborlari va do’konlari bo’lardi.

Sharq bilan savdo-sotiq qilish natijasida o’rta Yer dengizi bo’yidagi Yevropa shaharlari, ayniqsa, Italiya shaharlari o’sdi va boyib ketdi.

Page 139: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingRespublika - hokimiyatning oliy

boshqaruv organlari saylov yo’li bilan shakllantiriladigan davlat.

Page 140: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

19- rasm. Venetsiya.

Yevropa shimolidagi savdo-sotiq ishlari. Boltiq va Shimoliy dengizlardan muhim savdo yo’llari o’tardi. Bu yerda tuz, mo’yna, jun, movut, mum, yooch, temir va xo’jalik uchun zarur boigan boshqa tovarlar bilan savdo qilinardi. Bunda Rusdagi Novgoroddan tortib, Angliyaning poytaxti Londongacha Shimoliy Yevropa mamlakatlari va shaharlarining savdogarlari savdo-sotiq qilardi. Savdo-sotiq markazi Bryugge shahri edi.

Yevropa shimolidagi savdo-sotiqda yetakchilikni egallash uchun nemis shaharlarining savdogarlari XIV asrda ganzaga (ya'ni ittifoqqa) birlashdilar. Ganzaga 70 dan ortiq shahar kirardi. Bu ittifoqqa Germaniyaning Lyubek shahri boshchilik qilardi.

Ganza savdogarlari Shimoliy va Boltiq dengizi bo’ylarida olib boriladigan savdo-sotiq ishlaridan o’z raqiblarini siqib chiqarishga urinardilar. Novgorod, Bryugge, London va boshqa shaharlarda ularning mustahkam savdo saroylari bor edi. Ganza katta flotga ega edi.

Yarmarkalar va sarroflar. Yevropaning odamlar eng ko’p to’planadigan savdo-sotiq joylarida bir yilda bir marta o’tkaziladigan bozorlar ochilgan. Bunday bozorlar yarmarka deb atalgan. Savdogarlar yarmarkalarda bozori chaqqon tovarlarni arzonga sotib olib, mayda savdogar va hunarmandlarga ulgurji sotardi.

XIII asrda eng mashhur yarmarkalar Fransiyaning shimoli-sharqidagi Shampan grafligida ochilgan. Shampan yarmarkalarida Sharqning zeb-ziynat buyumlari ham, Shimoliy Yevropaning tovarlari ham sotilardi.

Savdogarlarning do’konlari joylashgan rastalar yonida sarroflar -pul ishlari bo’yicha mutaxassislar o’tirardi. Savdogarlar sarroflar

60

Page 141: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

20- rasm. Shampan yarmarkasi.

yordamiga juda muhtoj edi. Chunki har bir mamlakatda oirligi va zarb shakli turli bo’lgan pullar yurardi. Bu pullarni qirollargina emas, balki yirik feodallar va katta shaharlar ham chiqarardi. Faqat Fransiyaning o’zida kamida 80 xil tanga zarb qilinardi. Sarroflar muayyan xizmat haqi evaziga ularning pullarini yarmarkada muomalada yuradigan pullarga almashtirib berardi.

Sarroflarnng puli asta-sekin ko’payib bordi. Ular qarzga pul beradigan bo’ldilar. Qarzga olingan pulni ma'lum muddatda foydasi bilan qaytarib berish lozim edi. Shu tariqa sarroflar sudxo’rlarga aylanardilar.

Banklarning vujudga kelishi. Savdo-sotiqning rivojlanishi banklami vujudga keltirgan.

Dastlabki bankirlar sarroflar va sudxo’rlar boiishgan. Ular foiz evaziga qarz berishardi. Shuningdek, pullarni saqlash uchun ham qabul qilishardi. Xizmat vazifalariga ko’ra, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatdagi savdogarlarga pul jo’natishar edi.

Shu tariqa yana ikki qudratli tabaqa - savdogarlar va sar-moyadorlar tabaqasi ham shakllangan. Ularning qoiida katta boylik to’plangan.

61

Page 142: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

62

Birjalarning vujudga kelishi. o’rta asrlar Yevropasida dastlabki birjalar 1409- yilda Bryugge (Gollandiya)da, 1460- yilda Antverpen (Belgiya)da, 1462- yilda Lion (Fransiya)da vujudga keldi. Birjalar tovar, valuta, ulgurji savdo bozorlaridir. Tovarlarning birjalar orqali sotilishi yo’lga qo’yila boshlangan. Bunda asosiy o’rinni brokerlar o’ynagan.

Ular mijoz-sotuvchi topshirii bilan uning foydasiga ish yuritgan. Broker mijoz tovarini uni qanoatlantiradigan narxda sotilishini kafolatlashda muhim o’rin tutgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Bank - katta miqdorda pul saqlanadigan joy.Broker - oldi-sotdi shartnomalarini tuzishda vositachilik

qiluvchi shaxs. Gildiya - savdogarlar ittifoqi.

Savol va topshiriqlar

1. Tovar xo’jaligi nima va u qay tariqa vujudga kelgan edi? 2. Nimalar savdo-sotiqning rivojlanishiga to’sqinlik qilgan? 3. Savdo-sotiqning rivojlanishi hciqida nimalarni bilib oldingiz? 4. Yarmarka nima edi va u qanday maqsadda o 'tkazilgan ? 5. Savdo-sotiqning rivojlanishi nimalarni, qanday hodisalarni vujudga keltirgan?

17-§. Yevropa shaharlari hayoti. Osiyo shaharlari

Tayanch tushunchalarShaharlarning feodallarga qarshi kurashi.

Shaharlaming o 'z-o’zini boshqarishi. Shaharliklar turmushi. Osiyo shaharlari. Hunarmandchilik va savdo.

Page 143: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Shahar va feodallar. Shahar qayerda paydo bo’lmasin, u paydo boigan yer albatta qaysidir feodalga tegishli bo’lib J

chiqardi. Bu o’rta asrlarning birinchi davrida qirolning yer in'om etish siyosati oqibati edi.

Dastlab feodallar o’z yerlarida paydo boigan shaharlarga homiylik qilgan edilar. Shaharlar o’sib boyigach, feodallar ulardan olinadigan

Page 144: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

63

soliqlarni ko’paytira borganlar. Bu esa shaharlarning rivojiga to’sqinlik qila boshlagan.

Endi shaharlar feodallar zulmiga qarshi bosh ko’targan. Shaharliklar sabot va matonat bilan kurashish uchun qasamyod qabul qilardilar.

Shaharlar bir necha o’n, ayrimlari hatto yuz yillab o’z mustaqil-liklari uchun kurashganlar. Ularning maqsadi - erkin shahar maqomiga ega bo’lish edi.

XII - XIII asrlarda butun arbiy Yevropada shaharlarning feo-dallarga qarshi kurashlari bo’lib turdi. Ba'zi shaharlar qonli urush va qo’zolonlar yo’li bilan mustaqillikka erishdi. Ba'zilari esa feodalga pul to’lab, mustaqil bo’lib oldilar. Ammo ko’p shaharlar qancha harakat qilmasin, bari bir feodallar hukmronligidan qutula olmaganlar.

Shaharlarning o’z-o’zini boshqaruvi. Mustaqillikka erishgan shaharliklar boshqaruv ishlarini o’z qo’Uariga oldilar. Shahar o’z sudi, xazinasi va qo’shiniga ega bo’ldi. Shaharlar tepasida shaharliklar saylab qo’yadigan shahar kengashi boigan. Fransiya va Angliyada shahar kengashining boshlii mer deb atalardi. Xazina, qo’shin kengash ixtiyorida edi.

Shaharlarning mustaqillik uchun kurashi oqibatida shaharliklar feodallarga qaramlikdan qutuldilar. o’z xo’jayinidan qochib ketgan dehqon shaharga kelib bir yilu bir kun tura olsa, erkin hisoblanardi.

Shaharlar feodallar hukmronligidan ozod bo’lgandan keyin yana-da tezroq o’sa boshladi. Shaharga qishloqlardan qochib keluvchilar ko’paya bordi. Ular o’z mehnatlari bilan shaharlar boyligini orttirardi.

Shaharliklar turmushi. o’rta asr shaharlarining aholisi nisbatan ancha kam edi. Odatda ular 5-6 ming kishidan oshmasdi. arbiy Yevropadagi sanoqli shaharlar, chunonchi, Angliyada London, Fransiyada Parij shahri aholisigina bir necha o’n ming kishidan iborat edi.

Devorlar bilan qurshab olingan kichkina hudud shaharliklarga torlik qilardi. Shuning uchun ham uylar 2-3 qavat qilib solinardi, yuqori qavatlar pastki qavatlar ustida xuddi osilib turganday edi. Ko’chalar tor edi. arbiy Yevropa shaharlarida uzoq vaqtgacha toshko’chalar bo’lmagan. Kechalari ko’chalar yoritilmagan. Yoingarchilik vaqtlarida shahar ko’chalari ko’lmak bo’lib yotardi. Ifloslik yuqumli kasalliklarning tarqalishiga olib kelgan. Bu kasalliklardan ko’plab odamlar halok bo’lgan.

Shahardagi birdan-bir keng joy - bozor maydoni hisoblangan. Shahaming bosh cherkovi - sobori bozor maydoni yonida bo’lardi.

Page 145: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

64

Shahardagi eng baland va ko’rkam bino ham ana shu edi. Shaharliklar ratusha, ya'ni shahar kengashi binosini bozor maydoniga qurardilar.

Shahar imoratlarining deyarli hammasi yoochdan qurilardi.Osiyo davlatlari shaharlari. Yuqorida Yevropa

shaharlari feo-dallarga qarashli yerlarda bunyod etilganligini bilib oldingiz. Ularning o’z mustaqilligi uchun olib borgan kurashidan ham boxabar bo’ldingiz. Osiyo shaharlarida bunday kurashlar bo’lmagan. Chunki Osiyoda yer xususiy mulk bo’lmay, davlat mulki edi. Shuning uchun shaharlar egallagan yer maydoni ham davlatniki hisoblangan.

Osiyoda shaharlar Yevropadagi kabi alohida mustaqil shahar-davlatlarga aylanmagan. Ularni davlat hukmdori tomonidan tayin-langan amaldor boshqargan. Shaharning barcha boshqaruv tashkilotlari davlat hokimiyatiga bo’ysungan.

XI-XV asrlarda Xitoyning Chan'an, Loyan, Xanchjou; Yaqin Sharqning Qohira, Damashq va Badod; o’rta Osiyoning Samarqand va Buxoro; Yaponiyaning Kamakura, Kioto va Osaka, Hindistonning Dehli kabi shaharlari Osiyoning eng yirik shaharlari edi.

XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Samarqand shahri har tomonlama yuksaldL U Temur davlati poytaxti sifatida jahonga mash hur bo’ldi.

Page 146: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingSamarqand o 'zining go 'zalligi tufayli

„ sayqali ro 'yi zamin”, yani “dunyoning husni” deb ta'riflangan.

Page 147: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Buxoro esa islom dini markazi sifatida ululangan.Musulmon mamlakatlarida shaharlar o’ziga xos

usulda bunyod etilgan. Shahar markazida ark-qal'a, ya'ni hukmdorning qarorgohi, uning yonida shahriston - shaharning asosiy qismi joylashgan. Shahar tevaragida hunarmandlarning mahallalari bo’lib, ular rabod deb atalgan. Shaharlar tosh va ishtdan qurilgan. Buning sababi yoochning yetishmasligi edi.

Hunarmandchilik. Osiyo davlatlari shaharlari hunarmandchilik buyumlarining pishiqligi va nafisligi bilan shuhrat qozongan.

Xitoy hunarmandlari o’zlarining zeb-ziynat buyumlari, qoozi, shoyi gazlamalari, chinni buyumlari va nafis kashtalari bilan mashhur

Page 148: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

65

edilar. Xitoy hunarmandlari dunyoda tengi yo’q 600 - 700 kishini sidira oladigan mustahkam kemalar yasaganlar.

Eron gilamlari, Damashq (Suriya) harbiy qurol-aslahalari, Samarqand esa sifatli qoozlari bilan dunyoga dong taratgan.

Osiyo shaharlarida ham sexlar bo’lgan. Ularning vazifasi asosan davlat soliqlarini hunarmandlar o’rtasida taqsimlash, ularni vaqtida yiib, davlat xazinasiga topshirishdan iborat bo’lgan.

Savdo-sotiq. Osiyo shaharlari savdo-sotiq markazlari ham edi. Osiyoda ichki va tashqi savdo bir xil darajada rivojlangan. Tashqi savdoda Buyuk Ipak yo’li muhim ahamiyatga ega boigan. Shahar savdosida bozorlar alohida o’rin tutgan.

o’rta Osiyo va Eronda bozorlar rastalarga boiingan. Har bir rasta qaysidir mahsulotni sotishga ixtisoslashtirilgan.

Savol va topshiriqlar

1. G 'arbiy Yevropada shaharlar nega mustaqillik uchun kurash

olib borishga majbur bo 'Igan ?2. Shaharlar feodallarga qarshi kurashda nimalarga erishdi? 3. Yevropa shaharlaridagi hayot haqida nimalami bilib

oldingiz? 4. Osiyo va Yevropa shaharlari qay jihatdan bir-biridan farq

qilgan ? 5. Osiyo shaharlaridagi hunarmandchilik va savdo-sotiq

haqida so 'zlab bering.

III BOB MAVZULARI Bo’YICHA BILIMINGIZNI SINAB Ko’RING

XI asrdan boshlab Yevropada shaharlar rivojlanishining asosiysababi-............................................................Hunarmand -...............................mayda mulkdor.Shahar -........................................... manzilgohi.Sanoat - .................................................sohasi.Sex -...............................................................Tovar xo’jaligi -.................................... xo’jalik.Kattamiqdordapulsaqlanadiganjoy.................“Dunyoning husni” iborasi ishlatiladigan shahar

5- Jahon tarixi , 7-sinf.

Page 149: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

66

IV bob. Xristian cherkovi va salib yurishlari 18-§.

Xristian cherkovining jamiyatdagi o’rni

Tayanch tushunchalarCherkov. Katolik va pravoslav cherkovlari.

Xristian dinining bo’linishi sabablari. Ikki cherkov ta'limotidagi farqlar.

Page 150: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Xristian dini tarixidan. Sizga 6- sinf “Tarix” darsligidan |ma'lumki, qadimgi Rim imperiyasi 395- yilda arbiy va |Sharqiy imperiyalarga bo’linib ketdi. arbiy imperiya arbiy Rim,

Sharqiy imperiya esa Vizantiya imperiyasi deb ataldi. Ayni paytda imperiyada bir-biridan mustaqil ikkita cherkov tashkil topdi. Bular Rim va Konstantinopol cherkovlari edi.

476- yilda arbiy Rim imperiyasi butunlay qulagan. Bu hodisa xristian dinining keyingi taqdiriga ta'sir etmay qolmadi.

arbiy Rim imperiyasining qulashi bilan markaziy hokimiyat ham barham topdi. Imperiya hududlarida vujudga kelgan davlatlar hali mustahkam emas edi. Bu omil Rim cherkovi va uning boshlii obro’-sini mislsiz darajada oshirib yuborgan. Rim cherkovi xristianlarning birdan-bir tayanchi, madadkoriga aylangan.

Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya)da esa ahvol boshqacha edi. Bu yerda imperatorning kuchli hokimiyati saqlanib qoldi. Natijada sharqiy cherkov (Konstantinopol cherkovi) Rim cherkovidek qudratga ega bo’la olmadi. Imperator hokimiyati uni cheklab qo’ydi. Cherkov imperatorga bo’ysundirildi.

Xristian dinidagi bo’linish. 1054- yilda xristian dini ikki oqimga bo’lindi. Ulardan biri katolik, ikkinchisi esa pravoslav deb atala boshlandi. Bu ikki oqim o’z mustaqil cherkovlariga ega edi.

Bu cherkovlar o’z navbatida katolik (butun dunyo) cherkovi va pravoslav (chin e'tiqod) cherkovi deb atalgan.

Page 151: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tuting“Cherkov” atamasi yunoncha so'z

bo’lib, o’zbek tilida xudoning uyi, degan ma 'noni anglatadi. Bu atama diniy tashkilot hamda ibodatxona ma'nolarida qo'1-laniladi.

Page 152: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

67

Xo’sh, nega xristian dinida bo’linish yuz berdi?Rim cherkovi doimo Konstantinopol cherkovini

o’ziga bo’ysun-dirishga harakat qilgan. Tabiiyki, bu harakat ikki cherkov munosabat-larining keskinlashishiga olib kelgan.

Konstantinopol cherkovi Rim cherkovining o’z ichki ishlariga aralashuviga qattiq qarshilik ko’rsatgan.

Sharqiy Yevropa slavyan xalqlarining xristian dinini Vizantiyadan qabul qilishi bu munosabatni yanada keskinlashtirgan. Ular o’rtasida cherkov daromadlarini taqsimlashda ham murosasiz kurash borgan. Bundan tashqari, ikki cherkov xristian ta'limotini turlicha talqin etgan. Masalan, Rim cherkovi bilan Konstantinopol cherkovining “Muqaddas Ruh-xudo” to’risidagi talqinlari bir-biriga ziddir. Rim cherkovi Muqaddas Ruh-xudo ham Ota xudodan, ham o’il xudodan kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Konstantinopol cherkovi esa Muqaddas Ruh-xudo faqat Ota xudodan kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Rim cherkovi cherkov va'zlarini lotin tilida o’tkazsa, Konstantinopol cherkovi yunon(grek) tilida o’tkazgan. Ayni paytda Rim cherkovi Rim Papasi (Rim cherkovi boshlii)ni apostol Pyotrning o’rinbosari, deb e'lon qilgan.

Oxir-oqibatda 1054- yilda Rim Papasi Lev IX va Konstantinopol patriarxi (cherkov boshlii) Kirudariylar bir-birini anafema qilganlar. Shu sanadan boshlab xristian cherkovi ikkiga bo’lindi. Bu bo’linishdan so’ng ikkala cherkov bir-biridan mustaqil bo’lib oldi. Katolik cherkovi, Rim cherkovi atamalari bir xil ma'noni anglatadi.

Katolik cherkov davlati. 756- yildayoq Rim cherkovi amalda cherkov davlatga aylangan edi. Papaning qarorgohi Rim shahrida joylashgan. Keyinchalik cherkov davlat Vatikan deb atala boshlangan. Vatikan o’z nomini Rim shahri joylashgan yetti tepalikning biri nomidan olgan.

Hozirgi kunda Vatikan shahar-davlat maqomiga ega. Uning hududi 44 gektarni tashkil etadi. Vatikanda katoliklarning bosh cherkovi -Pyotr ibodatxonasi joylashgan.

Vatikan butun dunyo katolik cherkovining markazi bo’lib, Rim Papasi hozir ham shu yerdan turib ularga rahbarlik qiladi.

Papa mutlaq monarxiya hokimiyatiga ega. U kardinallax hay'ati tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan umrbod muddatga saylanadi. Papa lavozimiga saylangan shaxs o’zining ilgarigi ismidan voz kechadi va o’ziga yangi nom oladi.

Page 153: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

68

Hozirgi kunda Benedikt XVI Rim Papasi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Ungacha 264 kishi papalik qilgan.

Pravoslav cherkovi. Dastlab pravoslav cherkovi, Konstantinopol cherkovi atamalari bir xil ma'noni anglatadi. Uzoq yillar davomida pravoslav cherkovlarini Konstantinopol cherkovi boshqarib kelgan. Bu cherkovga patriarx rahbarlik qilgan. Vizantiya imperiyasi qulagach, Konstantinopol cherkovi o’zining rahbarlik maqomini yo’qotgan.

Hozirgi kunda pravoslaviyeda 15 ta mustaqil cherkov mavjud. Rus pravoslav cherkovi ana shu mustaqil cherkovlarning biridir. Binobarin, pravoslaviyeda yagona markaz va yagona cherkov boshlii yo’q.

Katolik cherkovining qudrati. XI asr oxiri va XII asr boshida Rim papalarining qudrati har qachongidan ham oshib ketdi. Turli mamlakatlardagi yuz minglab aholi Papa irodasiga so’zsiz bo’ysunar edi. Hatto arbiy Yevropa davlatlarining qirollari ham Papaga itoat etganlar. o’zlarini vassal deb hisoblaganlar.

Katolik cherkovi istalgan odamni, istalgan viloyatni va hatto butun bir daviatni ham cherkovdan chetlata olgan. Bunday hol yuz berganida o’sha viloyat yoki davlatdagi ibodatxonalar yopilgan. Tuilgan chaqaloqlarga ism berilmagan. Vafot etganlar esa qabristonga qo’yilmagan. Natijada viloyat hokimi yoki davlat qiroli Rim Papasiga tavba qilib borgan. Cherkovdan chetlatilgan odam qonundan tashqari hisoblangan. Uni talash va o’ldirish mumkin bo’lgan. Hech kimning bunday odamga yordam yoki boshpana berishga haqqi bo’lmagan.

Cherkov daromadi. arbiy Yevropadagi jami ekin maydon-larining 1/3 qismi cherkov mulki edi. Cherkov yerlari soliqdan ozod etilgan. Bundan tashqari, aholi cherkovga ushr deb ataluvchi soliq ham to’lab turgan.

Rim papalari dindorlarning gunohlarini pul evaziga kechirish huquqiga ham ega edilar.

Cherkov gunohkorlarning kechirganligi haqida indulgensiya sotardi. Indulgensiya savdosi ham katta daromad keltirgan.

Yeretiklar. Jamiyatda kuchayib borgan adolatsizliklar hamda ruhoniylarning asl xristian adolat tamoyillaridan chekinishi yeretiklarni vujudga keltirgan.

Page 154: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

69

Cherkov yeretiklarni dindan qaytganlar deb e'lon qilgan edi. Aslida shunday edimi? Aslida yeretiklar ham dindorlar, ya'ni ular ham dinga ishonishar edi. Biroq ular cherkovning dabdabali marosimlariga qarshi edilar. Bundan tashqari, ular ruhoniylarni yer-mulkdan, boylikdan, ushrdan voz kechishga chaqirganlar.

Ayni paytda yeretiklar krepostnoy dehqonlarni, kambaallarni himoya qilganlar. Feodallarning oir soliqlariga qarshi chiqqanlar. Ruhoniylarni o’z qoi kuchi bilan yashashga da'vat etganlar. Ayrimlari hatto mulkiy tenglik o’rnatilishini ham talab qilganlar.

Yeretiklarga qarshi kurash. Yeretiklarning talablari hukmron tabaqalar va cherkovni tashvishga solgan. Cherkov ularga qarshi cherkovdan chetlatish jazosini qo’llagan. Ularni inkvizitsiyaga duchor etgan. Yeretiklar ko’p deb hisoblangan viloyatlarga harbiy yurishlar uyushtirgan. Chunonchi, XIII asrning boshlarida Fransiyaning janubiy viloyatlariga qarshi shunday yurish qilingan. Gullab-yashnayotgan o’lka xarobaga aylantirilgan. Aholi qirib tashlangan. Bir shaharning o’zida 20 ming odam o’ldirilgan.

Page 155: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingInkvizitsiya - XIII asrda Papa tomonidan

yeretiklarga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan maxsus cherkov sudi.

Page 156: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Bu sudga tortilganlarga nihoyatda oir qiynoq jazolari qo’llanilgan. Sud nafaqat yeretiklarni, balki cherkov aqidalarining to’riligini shubha ostiga oluvchi har qanday buyuk allomalarni ham oiimga hukm etgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Anafema - cherkovning la'natlashi. U 471 - yilda joriy etilgan bo’lib, cherkov oliy jazolaridan biridir.

Apostol - o’il xudo, Isoning elchisi.Yeretiklar - cherkov mutaassibligiga qarshi kurashganlar.Indulgensiya - maxsus afv yorlii.Kardinal - katolik cherkovida Rim Papasidan

keyingi oliy ruhoniy.Mutlaq monarxiya - cheklanmagan

huquqqa ega yakka hukmdor.

Page 157: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

70

Savol va topshiriqlar

1. Qanday omillar Rlm cherkovining cheklanmagan hoki-miyatga ega bo’lib olishiga sabab bo’lgan?

2. Qanday sabablarga ko 'ra xristian dini ikkiga bo 'linib ketdi?3. Xristian to’limotining qaysi asosiy

masalasida Rim va Konstantinopol cherkovlari kelisha olmagan?

4. Cherkovdan chetlashish nima edi?5. Cherkov daromadining manbalarini qayd eting.6. Yeretiklar kimlar edi va ular nimalarga qarshi kurashganlar?7. Yeretiklarga qarshi kurashda qanday usullar qo’llanilgan?

“Bilimingizni sinab ko’ring” mustaqil ishi

Savollar va topshiriqlar Javoblar1

.Cherkov nima?

2.

Xristianlikning bo’linishi natijasida vujudga kelgan ikki cherkovning nomi.3

.Anafema nima?

4.

«Katolik» va «pravoslav» atamalari qanday ma'nolarni bildiradi?5

.Katolikva pravoslav cherkovlari ta'limotlaridagi asosiy farqlarni qayd eting.

Page 158: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

19-§. Salib yurishlari

Tayanch tushunchalarSalib. Salib yurishlari. Katolik cherkovi salib

yurishining tashkilotchisi ekanligi. Salib yurishi sabablari. Rim Papasining da 'vati.

Page 159: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Salib yurishi nima? Salib yurishi katolik cherkovi va jYevropa feodallari tomonidan Yaqin Sharqqa (Suriya, | Falastin, Misr, Bolqon yarim oroli, Kipr oroli) uyushtirilgan bosqinchilik

urushidir. Bu bosqinchilik urushining nomi xristian dini ramzi nomidan olingan.

Page 160: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingXristian cherkovi ramzi (+) salib

(krest, xoch) deb ataladi. Salib qizil rangli bo’lgan.

Page 161: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

71

Salib yurishida qatnashganlar salibchilar deb nomlangan. Ular kiyimlariga salib belgisini (+) tikib olganlar. Bu o’z roziligi bilan salib yurishida qatnashishga niyat qilganlikni anglatgan, qasam ramzi hisoblangan.

Salib yurishlarining sabablari. arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi bitmas-tuganmas boyliklarni egallab olishdan iborat bosqinchilik maqsadlari salib yurishlarining asosiy sababi bo’ldi.

XI asrga kelib arbiy Yevropa feodallarini o’z boyliklari qanoatlantirmay qo’ydi. Shaharlar va savdo-sotiqning o’sishi ularning boylikka bo’lgan ishtahalarini yanada orttirib yubordi. Ularni yana va yana katta boyliklarga ega bo’lish orzu-istagi chulab oldi.

Feodallarning bosqinchilikdan iborat maqsadlari katolik cherkovi tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Cherkov salib yurishining tashki-lotchisiga aylandi.

Katolik cherkovining maqsadi cherkov ta'sirini yanada kuchay-tirish, pravoslav cherkovini o’ziga bo’ysundirish, Yevropa davlatlari hukmdorlarini ham itoatda tutish, qudratini yanada oshirish hamda ko’proq boyliklarga ega bo’lib olish edi.

Salibchilar qo’shini. Katta qo’shinsiz salib yurishini amalga oshirib bo’lmas edi. Shuning uchun ham Rim Papasi va feodallar shunday qo’shin tuzishga kirishdilar. Qo’shinning asosini ritsarlar va dehqonlar tashkil etdi.

Ritsarlar feodallarning ota merosi tegmagan kichik farzandlari edilar.

Page 162: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingarbiy Yevropada mayorat deb

ataluvchi qoida o 'rnatilgan edi. Unga ko 'ra otadan qolgan mol-mulk faqat katta o’ilgagina meros bo’lib o’tgan.

Page 163: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Mol-mulkka ega bo’lmagan kichik farzand qo’shinda xizmat qilgan. Urushlarda qo’lga kiritilgan boyliklar ular daromadining asosiy manbai bo’lgan.

Ritsarlar salib yurishlarida bajonidil ishtirok etganlar. Ularning maqsadi Sharqda yer-mulkka ega bo’lib olish edi.

Page 164: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

72

Page 165: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

21- rasm.Suvoriy

vapiyoda ritsar.

22- rasm. Piyoda jangchi.

Salib yurishida ishtirok etishga rozi boigan dehqonlarning asosiy maqsadi - tinka-madorni qurituvchi krepostnoy qaramligidan ozod bo’lish, qarzlardan qutulish hamda Sharqda yerga ega boiib olish edi.

Salib yurishlarida Yevropa mustaqil shaharlari xalqaro savdoda yetakchi mavqega ega bo’lib olish uchun ishtirok etgan.

Qulay xalqaro vaziyat. Bu vaziyat -Yaqin Sharqda salibchilar hujumini qaytarib qolishga qodir kuchning yo’qligi edi.

Salibchilar hujumini qaytarishi mumkin bo'1-gan Arab xalifaligi 1055- yilda amalda barham topgan edi.

Ikkinchi kuch - Vizantiya imperiyasi saljuqiy turklar tomonidan qiyin ahvolga solib qo’yilgan edi. Saljuqiy turklar xavfi Vizantiya imperatorini hatto Rim Papasi va Germaniyaga yordam so’rab murojaat etishga majbur etgan. Bora-bora saljuqiy turklar davlati ham mayda-mayda beklikJarga bo’linib, zaiflashib qolgan. Salib yurishi tashkilotchilarining bunday qulay xalqaro vaziyatdan foydalanmasliklari mumkin emas edi.

Urushga da'vat. Maqsad urush boshlash boigach, bahona har doim topiladi. o’tgan butun tarix bunga guvoh. Bu safar ham shunday bo’ldi. Falastin xristianlar uchun ham muqaddas joy hisoblanadi. Xristianlikka ko’ra u yerda Iso pay-ambarning qabri joylashgan.

Falastin bu davrda musulmonlar hukmronligi ostida edi. Aynan shu omil salib yurishini boshlash uchun bahona boidi.

1095- yilda Rim Papasi Klermon shahri (Fran-siya)da xaloyiq oldida nutq so’zladi. U o’z nut-qida Falastinni va Iso qabrini ayridin musul-monlardan tozalashga da'vat etdi. Shu tariqa salib yurishining tub maqsadi niqoblandi.

Page 166: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

73

Page 167: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingSalib yurishining tub maqsadi o 'zga

yurtlami bosib olish va boyliklarini talash edi.

Page 168: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yurish qatnashchilari-ga boyliklar va'da qilindi. Da'vatdagi: “O'z yeringiz kam va unumsiz bo’lgani-dan o’zaro birodarkushlik qilmoqdasiz. “Injil”dayozi-lishicha, u yerlarda sut va asal daryo bo’lib oqadi. Falastin - yerning kindigi. U jannatsifat, hosildor yerli o’lka”, - xitoblari yiilganlarni befarq qol-dirmagan. Bundan tashqari, Papa yurishda halok bo’lganlarning gunohini kechirishga, ularning narigi dunyoda jannatga tushishlarini kafolatlashga, dehqonlarni qarzdan ozod etishga, oilasi va mol-mulkini cherkov himoyasiga olishga va'da bergan.

Savol va topshiriqlar

1. arbiy Yevropa feodallari va katolik cherkovining Sharqqa uyushtirgan urushlari nega salib yurishlari deb nomlangan ?

2. Salib yurishlarining yuz bermasligi uchun qanday omillar bo’lmasligi kerak edi?

3. Salib yurishlarining boshlanishiga qulay imkoniyat yaratgan xcdqaro vaziyatni qayd eting.

4. Nima ucluin Rim Papasi salib yurishiga diniy tus bergan?

Mustaqil ish “Salib

yurishlari ishtirokchilarining

maqsadlari”

T.r.

Yurish qatnashchilari.

Qatnashchilarning maqsadlari.

Qatnashchilarni jipslashtira olgan yagona kuch.

1.2.

23- rasm. Papa Urban II nutq so’zlamoqda.

Page 169: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

74

20-§. Dastlabki salib yurishlari va oqibatlari

Page 170: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Tayanch tushunchalarBirinchi salib yurishi. Dehqonlar va

ritsarlarning yurishdagi ishtiroki. Quddus qirolligi. Diniy-ritsarlik ordenlari.

Salib yurishining boshlanishi. Salib yurishi 1096- yilning I bahoridaboshlandi va 1270- yilgacha davometdi. Sakkiz marta

salib yurishi bo’lib o’tdi. Yurishni dastlabdehqonlarboshlashdi.60-70 ming dehqon 5-6 guruhga bo’linib, bola-

chaqalari bilan aravalarda to’kin hayot izlab, muqaddas yurt sari jo’nab ketdilar. Salibchilar katta qiyinchilik va talafotlar bilan yozda Konstantinopol shahriga yetib kelishdi. Vizantiya imperatori ularni Kichik Osiyoga o’tkazib yubordi. Bu yerda ular saljuqiy turklar qo’shini bilan to’qnashishdi. Salibchilar birinchi to’qnashuvdayoq tor-mor etildi. Ularning katta qismi qirib tashlandi. Qolgan-qutgani bir amallab Konstantinopolga qaytib keldi.

Page 171: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingSharq salibchi-dehqonlarga to’kin hayot

emas, halokat keltirdi.

Page 172: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Shundan so’ng 1096- yilning kuzida yaxshi qurollangan Fransiya, Germaniya va Italiya ritsarlari Yaqin Sharqqa yo'1 oldilar. Ular Konstantinopol shahrida uchrashdilar. Vizantiya imperatori avvalgidek ularni Kichik Osiyoga o’tkazib yubordi.

1097- yilning yozida salibchilar saljuqiy turklar qo’shinini tor-mor etdilar. So’ng Falastinga yo'l oldilar. Va nihoyat, yo'1-yo'lakay qattiq janglardan keyin 1099- yilning 15- iyul kuni muqaddas Quddus shah-rini ishol qildilar.

Salibchilar shaharni ayovsiz taladilar. Aholini shafqatsizlarcha qirdilar. Shu tariqa uch yillik jangu jadallar davomida jami 1200 km uzunlikdagi yer-mulkni bosib oldilar.

Quddus qirolligining tashkil etilishi. Bosqinchi salibchilar bosib olgan hududlarida o’z davlatlarini tuzdilar. Ularning eng yirigi Quddus qirolligi edi. Qolgan mulklar bu qirollikning vassallariga aylantirildi. Salibchilarning yetakchilaridan biri gersog Gotfrid Bulonskiy qirollik taxtini egalladi.

Page 173: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

24- rasin. Quddusning ishol etilishi.

Salibchilar shaxsan erkin mahalliy aholining barchasini krepost-noylarga aylantirdilar.

Diniy-ritsarlik ordenlari. Birinchi salib yurishidan keyin Falastinda ritsarlar oz qoldi. Shunday sharoitda ularni saqlab qolish muhim masala edi. Chunki salibchilar o’z davlatlarini mudofaa qilishga ham majbur edilar.

Ritsarlarni saqlab qolish zarurati diniy-ritsarlik ordenlari tashkil etilishiga olib kelgan. Bular Tamplif, Ioannit ordenlari edi. Uchinchi salib yurishidan so’ng Tevton ordeni ham tashkil etilgan.

Falastinda va Yevropaning turli mamlakatlarida ordenlarga yer-mulk ajratib berilgan. Ular shu yer-mulklardan kelgan daromad hisobiga yashaganlar. Bundan tashqari, dindorlar ham katta xayr-ehsonlar qilganlar.

Ordenlarga salibchilar davlatini va yevropalik ziyoratchilarni himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Rim Papasi yeretiklarga qarshi kurashda Tamplif ordeni xizmatidan bir necha marta foydalangan.

Ordenlar bora-bora Yaqin Sharqda va arbiy Yevropada yirik mulkdorlarga aylangan, keyinchalik salib yurishlari muvaffaqiyatsiz-likka uchragach, Tamplif ordeni Fransiyaga, Ioannitlar ordeni Malta oroliga ko’chirilgan.

Tevton ordeni XIII asr boshlarida Shimoli-sharqiy Yevropaga o’rnashib olgan.

75

Page 174: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

76

Tamplif ordeni Fransiyada hatto qirol hokimiyatiga ham xavf sola boshlagani uchun 1312- yilda butunlay tugatilgan.

Tevton ordeni esa XVI asrda o’z qudrati va ahamiyatini yo’qotgan.Salibchilarga qarshi kurash. Salibchilar o’tkazgan

zulm mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab boigan. Ular zulmga qarshi bir necha marta qo’zolon ko’tardilar. Tez orada Quddus qirolligida separatchilik harakati yuz bergan. Qolaversa, turli musulmon turk bekliklari salibchilarga zarba bera boshladilar. Bu omillar Quddus qirolligini ancha zaiflashtirgan. Oqibatda Quddus qiroli Rim Papasidan yana ritsarlar yuborishini so’ragan.

Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari. 1147- yilda ikkinchi salib yurishi uyushtirildi. Unda Fransiya qiroli va Germaniya imperatori shaxsan ishtirok etdi. Biroq bu yurish tamomila barbod boidi.

Salibchilar Quddus qirolligiga xavf solayotgan Damashq bekligini bosib ololmadilar. Bu orada turklar Salohiddin Ayyubiy (1171- 1193) boshchiligida Misr davlatini tuzishga muvaffaq boidilar.

1187- yilda Misr qo’shini Quddusni zabt etdi. Salibchilar shahardan quvib chiqarildi. Quddusni qaytarib olish maqsadida 1189- yilda uchinchi salib yurishi uyushtirildi. Bu yurishda Fransiya, Germaniya va Angliya dav-latlari qatnashdi. Harbir davlat hukmdori o’z qo’shinlariga shaxsan rahbarlik qildi. Biroq bu yurishdan ko’zlangan asosiy maqsadga erishilmadi.

1192- yilda salibchilar va Salohiddin Ayyubiy o’rtasida shartnoma tuzildi. Unga ko’ra, yevropaliklar xristianlar uchun muqaddas hisob-lanuvchi Quddus va boshqa shaharlarga bemalol ziyoratga kelib-ketishlari mumkin edi.

Uchinchi salib yurishining yevropaliklar uchun muhim ahamiyati Kipr orolining egallanishi bo’ldi. Salibchilar bu yerda Kipr qirolligini tuzganlar.

Atamalar mazmunini bilib oling

Diniy-ritsarlar ordeni - diniy-ritsarlik tashkilotlari. Ioannit ordeni - Italyan ritsarlarining ordeni. Uning nomi

Quddusdagi avliyo Ioann nomi bilan ataluvchi ziyorat-chilar uyi nomidan olingan. Kichik Osiyo

- Qora, Marniar, Egey va o’rta Yer dengizidan

hamda ularni birlashtiruvchi bo’ozlar bilan chegara-langan Osivoning arbiy qismidagi yarim orol.

Page 175: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

77

Tamplif ordeni - fransuz ritsarlari ordeni. Uning nomi Tampli

ibodatxonasi nomidan olingan. Tevton ordeni - german ritsarlari uchun qurilgan shifoxona

negizida tashkil etilgan orden. U Quddusdagi BibiMaryam uyi ordeni deb ham ataladi.

Savol va topshiriqlar

1. Dehqonlaming salib yurishi qanday oqibat bilan tugagan? 2. Birinchi salibyurishining asosiyyakuninimadan iboratbo’ldi? 3. Ikkinchi va uchinchi salib yurishlarining o’xshash va o’ziga

xos jihatlarini aniqlang. 4. Diniy-ritsarlik ordenlari nima va ular qanday maqsadlurda

tuzilgan edi?

21-§. Keyingi salib yurishlari va oqibatlari

Tayanch tushunchalarTo’rtinchi salib yurishi. Keyingi salib yurishlari.

Salib yurishlarining to’xtashi. Salib yurishlarining oqibatlari.

To’rtinchi salib yurishi. 1202- yilda to’rtinchi salib I yurishi boshlandi. To’rtinchi salib yurishi oldingilaridan | xristianlarning xristianlar yurtini bosib olishi bilan farq qiladi.

Bunda Venetsiya shahri katta rol o’ynadi. Uning maqsadi aso-siy savdo raqibi - Vizantiyani kuchsizlantirish edi.

1204- yilda salibchilar Vizantiya poytaxti Konstantinopol shahrini egalladilar.

Bosqinchi salibchilar shaharni ayovsiz taladilar. Barcha ibo-datxonalar, jumladan, Muqaddas Sofiya ibodatxonasi ham ship-shiydon qilindi. Salibchilar Vizantiyaning bosib olingan hududlarida yana bir yangi davlat tuzdilar. Bu yangi davlat Lotin imperiyasi deb ataldi.

1261- yildagina Vizantiya imperiyasi qayta tiklandi, biroq u avvalgidek qudratli bo’la olmadi. To’rtinchi salib yurishining yana bir o’ziga xos tomoni - unda bolalarning yurishda qatnashish ista-gida bir joyga to’planganligidir. Savdogarlar ularni kemalarda Misrga olib borganlar va qullikka sotib yuborganlar.

Page 176: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

25- rasm. Konstantinopolning ishg 'ol etilishi.

Keyingi salib yurishlari. 1217- yildan 1270- yilgacha o’tgan davrda yana to’rt marta salib yurishlari uyushtirildi. Lekin ular samarasiz tugagan. Bu yurishlarda endi butun Yevropa qatnash-magan. Yurishlar oqibatida salibchilar Quddus shahrini butunlay qo’ldan chiqardilar.

1291- yilda turklarning zarbasi natijasida salibchilar Sharqdagi barcha mulklaridan batamom ayrildilar. Kipr oroli XV asrning ikkinchi yarmidan Venetsiya qo’liga o’tdi.

Salib yurishlari oxir-oqibatda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, butunlay to’xtadi.

Salib yurishlari to’xtashining sabablari. XIII asr oxirlariga kelib Yevropada qishloq xo’jaligi yuksala bordi. Hosildorlik ortdi. Bu esa feodallarning daromadlarini yanada orttirdi. Oqibatda ularga oir va xatarli urushlar kerak bo’lmay qoldi.

Dehqonlarning birinchi salib yurishida qirilib ketishi qolganlarning ko’zini ochdi. Endi dehqonlar Papa va feodallar da'vatiga ishonmay qo’ydilar. Uzoqdan to’kin hayot izlash o’rniga feodallarga kuchliroq qarshilik ko’rsatish yoki shaharga qochib ketish afzal edi. Shahar-larning o’sishi ularga ish topish imkonini bera boshladi.

Ritsarlar ham salib yurishlarida qatnashishdan bosh tortganlar. Chunki Yevropa davlatlari o’rtasida nizolarning kuchayishi ritsarlarga bo’lgan talabni oshirib yubordi. Shunday sharoitda ritsarlarga qirol qo’shinida xizmat qilish afzal bo’lib qoldi.

Eng muhimi, Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topa borishi katolik cherkovining oldingi qudratini yo’qqa chiqara bordi. Uning mavqei pasaya boshladi.

7S

Page 177: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

79

Salib yurishlarining oqibatlari. Salib yurishlari o’zining asosiy maqsadiga erisha olmadi. Buning ustiga bu yurishlarda yevropaliklar katta talafot ko’rdilar. Shunday bo’lsa-da, salib yurishlari Yevropa uchun qator ijobiy natijalar keltirdi. Chunonchi, o’rta Yer dengizi orqali olib borilgan savdo-sotiq yanada jonlandi. Savdo-sotiqda yetakchilik Italiyaning Venetsiya va Genuya shaharlariga o’tdi.

Yevropaliklar sharqliklardan tarvuz, limon, o’rik, shakarqamish, sholi kabi qator o’zlari uchun yangi dehqonchilik ekinlari yetishtirishni o’rganib oldilar.

Bundan tashqari, shamol tegirmonidan foydalanish, shoyi to’qish, oyna (ko’zgu) yasashni ham o’zlashtirdilar. Shaxmat o’yini ham shu davrlarda Sharqdan kirib keldi. Bir so’z bilan aytganda, salibchilar Sharq madaniy hayoti Yevropanikidan ustun ekanligiga amin bo’ldilar. Eng muhimi, yevropaliklar Sharqda turli dinlarning bir-biri bilan o’zaro murosada yashayotganligini ko’rdilar.

Savol va topshiriqlar

1. To’rtinchi salib yurishining o’ziga xos xususiyati va uning

oqibatlari nimalardan iborat bo’ldi?2. Keyingi to’rt salib yurishi qanday natijalar bilan tugadi? 3. Salib yurishlarining oqibatlari nimalardan iborat bo’ldi? 4. Salib yurishlari nega to’xtab qolganligining sabablarini

qayd eting.

Mustaqil

ish Jadvalni

toidiring

T.r. Salibchilar tashkil etgan davlatlar va

Tashkil topgan sanalari.

Ularning keyingi taqdiri.

1.

2.

3.

Page 178: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

80

V bob. arbiy Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi

22-§. Fransiyada markaziy hokimiyatning vujudga kelishi

Tayanch tushunchalarFeodal tarqoqlik oqibatlari. Mamlakatni

birlashtirish sabablari. Birlashtirish tarafdorlari va dushmanlari.

Page 179: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Ichki siyosiy ahvol. IX asrda arbiy Yevropada feodal tarqoqlik yuz bergan edi. Buning natijasida davlatlar mayda-mayda bo’laklarga bo’linib ketgan. Ularning har biri deyarli

mustaqil davlat (mustaqil mulk) edi. Oqibatda qirol hokimiyati zaiflashgan. Uning ta'sir doirasi o’ziga qarashli mulk chegarasidan nariga o’tmagan.

Fransiyaning o’zi 14 ta yarim mustaqil mulkka (davlatga) bo’linib ketgan edi. Ularni boshqargan gersog yoki graflar o’zlariga qarashli mulkda aholidan soliq yiganlar, sud ishlarini amalga oshirganlar.

Ba'zi feodallarning yer-mulki qirolnikidan ko’p edi. Binobarin, ular qirollardan boyroq va qudratliroq bo’lgan.

Gersog va graf (yirik feodal)lar “qirol tenglarning birinchisidir” xolos, deb hisoblar edilar.

Birlashish sabablari. X - XI asrlarda mamlakatda ishlab chiqaruvchi kuchlar yanada o’sdi. Bu o’z navbatida savdo-sotiqning rivojlanishiga sabab bo’ldi. Savdo-sotiqning rivojlanishi mamlakat viloyatlari o’rtasida mehnat taqsimotining vujudga kelishiga olib keldi.

Page 180: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tuting Viloyatlar o 'rtasidagi mehnat taqsimoti har bir

viloyatning ishlab chiqarishning u yoki bu sohasiga ixtisoslashu vidir.

Page 181: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Bir viloyatda temir rudasi, ikkinchisida oziq-ovqat mahsulotlari, uchinchisida esa movut ishlab chiqarish yetakchi sohaga aylangan. Bu hodisa viloyatlarning o’zicha yashashi holatiga barham bergan.

Page 182: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

81

Ularni bir-biri bilan chambarchas bolagan. Hatto feodallar ham, krepostnoylar ham bu jarayonga tortilgan.

Feodallar hunarmandchilik buyumlari hamda shahardan keltiriladigan boshqa tovarlarni sotib olish uchun tobora ko’proq pulga muhtoj boia boshlaganlar. Shu tufayli barshchina va obrokni ham pul toioviga o’tkaza borganlar.

Obrokni pul bilan to’lash krepostnoylarni bozor bilan bolab qo’ygan. Ular endi o’z chek yerlarida yanada ko’proq mahsulot yetishtirishga harakat qilganlar. Ortiqcha pulga ega bo’la boshlagan krepostnoy bora-bora pul evaziga o’z erkini sotib ola boshlagan. Shu tariqa krepostnoy qaramlikdan ozod bo’lib, erkin ishlab chiqa-ruvchiga aylangan. Bu esa mamlakatni birlashtirish uchun sharoit yaratgan.

Mamlakatning bundan keyingi taraqqiyoti ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada o’sishi va savdo-sotiqning rivojlanishiga bogiiq boiib qolgan. Biroq mamlakatda davom etayotgan feodallar o’rtasidagi o’zaro urushlar taraqqiyot yo’lidagi asosiy ovga aylangan edi.

Page 183: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tuting Feodal tarqoqlik o 'zaro urushlarning bosh manbai edi.

Page 184: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Bu ovni faqat kuchli qirol hokimiyatigina bartaraf eta olar edi. Bunday hokimiyat mamlakatni yagona davlatga birlashtirish natijasidagina vujudga kelishi mumkin edi.

Mamlakat birlashuvi dushmanlari va tarafdorlari. Mamlakat birlashuvining asosiy dushmani yirik feodallar edi. Ular hamma narsaning eskicha qolishini istashardi. Chunki birlashish mulk egalarini hamma imtiyoz va mavqelardan mahrum etar edi.

Hunarmandlar, savdogarlar va ritsarlar markazlashgan davlat tarafdorlari edilar. Qirol feodallarga qarshi kurashda ularga tayanar edi.

Shaharlar feodallarga qarshi kurashda qiroldan madad so’rardi.Qirol o’zboshimcha feodallarni kuchsizlantirish

maqsadida shaharlarga o’z-o’zini boshqarish huquqini berardi. Buning eva-ziga shaharlar qirolning mamlakatni birlashtirish yo’lidagi hara-katini pul bilan ta'minlardi. Qirol ixtiyoriga o’z qurolli kuchlarini yuborar edi.

6- «Jahon tarixi», 7-sinf.

Page 185: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

82

Birlashtirish harakatining boshlanishi. Fransiyani birlashtirish qirol Lyudovik VI davrida (1108 - 1137) boshlandi.

Birlashtirish yo’lidagi eng katta to’siq Angliyaning Fransiyadagi mulklari edi. o’zboshimcha Normandiya gersogi Vilgelm Angliyani bosib olgan edi. Uning vorislari Fransiyaning yarmidan ortiq hududiga egalik qilardilar.

Qirol Filipp II Avgust (1180 - 1223) Vilgelm vorislarining Fransiyadagi yerlarini musodara qildi. Ingliz qo’shinini tor-mor etib, hatto Normandiya gersogligining o’zini ham bo’ysundirdi. Shu tariqa mamlakatni birlashtirishda katta muvaffaqiyatga erishildi.

Filipp II Avgust boshqaruv sohasida muhim islohot o’tkazdi. Unga ko’ra, mamlakat bir-biriga teng 20 ta okrug (viloyat)ga bo’lindi. Ular qirol tayinlaydigan gubernatorlar tomonidan boshqariladigan boidi. Gubernatorlarga sud, soliqlarni yiish va qo’shin to’plash ishlari yuklatilgan.

Fransiyani birlashtirish ishiga qirol Filipp IV katta hissa qo’shdi. Uning davrida (1285 - 1314) butun Fransiyaning 3/4 qismi birlash-tirilgan.

Filipp IV tanga pul joriy etgan. Uning tarkibida oltin va kumush miqdori ko’p edi. Bu esa savdo-sotiqning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan.

Fransiyada shu tariqa markazlashgan qirol hokimiyati -markazlashgan davlat vujudga keldLMamlakatning barcha hududi qirol hokimiyatiga itoat etgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Imtiyoz - hamma uchun belgilangandan ortiq haq-huquq,

sharoit. Markazlashgan qirol hokimiyati - mamlakat barcha

hududining yagona qirol hokimiyatiga itoat etishi.

Savol va topshiriqlar

1. Qanday omillar feodal tarqoqlikka sabab bo’lganligini

eslang. 2. Qanday omillar markazlashgan qirol hokimiyatining

vujudga kelishini taqozo etgan?

Page 186: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

83

3. Fransiyani birlashtirish uchun kurash jarayoni haqida

nimalarni bilib oldingiz? 4. Fransiyani birlashtirish ishiga Filipp IV qanday hissa

qo’shdi?

Mustaqil ish

Fransiyada Filipp II Avgust hukmronligining so’nggi yillarida bizning yurtimizda qanday voqea yuz berdi? U nimaning oqibati edi? Yevropadagidek doimiy markazlashgan davlatning mavjud bo’lib turishi uchun Osiyo Yevropaning qaysi tajribasini qabul qilishi kerak edi?

Page 187: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

23-§. Fransiyada toifaviy monarxiyaning qaror topishi

Tayanch tushunchalarAholining toifalarga bo’linishi. Uch toifaviy

General shtatlar. Toifaviy monarxiya.

Page 188: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Aholining toifalarga bo’linishi. Fransiya aholisi uch toifaga bo’lingan. Ruhoniylar birinchi toifani; dvoryanlar (katta yer egalari) ikkinchi toifani; shahar boylari va

kambaallari, dehqonlar hamda hunarmandlar uchinchi toifani tashkil etishgan.

Ruhoniylarning vazifasi ibodat qilish, gunohkorlarni xudo oldida himoya qilishdan iborat bo’lgan. Dvoryanlarning vazifasi esa qirol va uning fuqarolarini dushmanlar hujumidan himoya qilish bo’lgan edi.

General shtatlarning chaqirilishi. Fransiyani birlashtirish uchun oir kurash olib borilayotgan bir sharoitda qirol Filipp IV General shtatlar chaqirishga majbur bo’ldi. Bu hodisa 1302- yilda ro’y berdi.

Filipp IV hokimiyatining bo’linishini xohlamas edi, albatta. Shu sababli uning o’ziga qolsa General shtatlarni chaqirmagan 26_ rasm Framiyada bo’lardi. Ichki va tashqi dushmanlarga qarshi aholining uch toifasi.

DvoryanlarRuhoniylar

Eddn dehqonlar Shahar boylari

Page 189: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

84

Page 190: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

kurash katta-katta mablalar talab etayotgan bir sharoitda Filipp IV ning bundan boshqa iloji yo’q edi. Zarur mablaga ega boiish uchun qirol harbiy xizmatni o’tamayotgan yirik dvoryanlarni o’zlariga berilgan imtiyozni to’lov evaziga sotib olishga majbur etgan. Bundan tashqari, cherkov yerlariga ham soliq solgan. Qiroining bu tadbirlari yirik feodallar va Rim Papasi qarshiligiga uchragan. Rim Papasi qiroldan cherkovga qarashli yerlardan soliq olish to’risidagi farmonini bekor qilishni talab etgan. Ana shunday sharoitda qirolning General shtatlarni chaqirishdan boshqa chorasi qolmagan.

Qirolning asosiy tayanchlari o’rta va mayda dvoryanlar hamda shaharlarning erkin fuqarolari edi.

o’rta va mayda dvoryanlar gersog va graflarning o’zboshim-chaligidan jabr chekmoqda edi. Ko’plab shaharlar qirolning qo’llab-quvvatlashi tufayligina o’z-o’zini boshqarish huquqini qo’lga kiritgan edi. Shuning uchun ham shaharliklar qirolning ishonchli tayanchiga aylangan edi.

Filipp IV aynan o’rta va mayda dvoryanlar hamda shaharliklar madadiga tayanib, yirik dvoryanlar va cherkovning qarshiligini sindirishga qaror qilgan.

General shtatlar 8- aprel kuni Parijning bosh ibodatxonasida ish boshladi. Unda yuqori tabaqa vakillari bilan bir qatorda, har shahardan ikki nafardan vakil ham qatnashdi. Shaharliklar vakillari qirolni toia

qo’llab-quvvatlashini ma'lum qilganlar. Bu madaddan

foydalangan Filipp IV Rim Papasiga qarshi kurash olib

borgan.W ^U Vafot etgan Papa o’rniga uning tazyiqi

bilan fransiyalik ruhoniy saylangan. 1309- yilda Papa qarorgohi Rimdan Fransiyaga ko’chirilgan. Rim Papa-sining mavqei pasayib, qirol hokimiya-tining obro’yi orta borgan.

Qirol uchinchi toifaga tayanib, yirikdvoryanlarni yanada ko’proq cheklabqo’yishga erishgan.27- rasm. Franshada Shu tariqa Fransiyada toifaviy mo-

markazlashgan hokimiyat. narxiya qaror topgan.

1 5 “ ■

Page 191: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

85

Page 192: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingToifaviy monarxiya — toifalar

madadisiz mamlakatni iclora qilish uchun yetarli darajada kuchli bo 'Imagan qirol hokimiyati.

Page 193: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

General shtatlardagi ixtilof. Toifalar o’zaro murosaga erisha olmagan. Chunki dvoryanlar shaharliklar nufuzining o’sib borishidan qo’rqar edilar. Ularni tobora boyib borayotgan shaharliklarning bir kuni hokimiyatga da'vo qilishi tashvishga solar edi. Natijada dvoryanlar shaharliklarni o’z qatorlariga qo’shishni aslo istamaganlar. Shuning uchun ham shaharliklar qirol bilan kelishishni afzal ko’rgan.

Dvoryanlar va shaharliklar o’rtasida ittifoq qaror topmaganligi General shtatlarning uch palatadan iborat bo’lganligida o’z ifodasini topdi.

Yuqori palata ruhoniylar vakillaridan (arxiyepiskop, yepiskop va abbatlar), o’rta palata dvoryanlar vakillaridan, quyi palata esa shaharliklar vakillaridan iborat boigan. Ular alohida-alohida majlis qilganlar.

Palata vakillarining o’zaro kelisha olmaganligi Generai shtatlarning qirolga kuchli ta'sir ko’rsata oladigan hokimiyatga ega bo’lishiga imkon bermagan. General shtatlar muntazam chaqirilmagan. Buning ustiga u qonunlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lmagan. Uning vazifasi u yoki bu soliqni joriy etishga rozilik berish bilan cheklanib qolgan.

Qirol Filipp IV General shtatlardan yangi soliq joriy etilishini do’stlarcha so’rash bilan birga, hukmdor sifatida ham talab qilardi.

General shtatlar o’z huquqini oshirish uchun urinib ko’rgan, albatta. Chunonchi, 1357- yilda shunday qilingan. Bu paytda Angliya bilan urush davom etardi. Urushda Fransiya qo’shini malubiyatga uchragan, qirol Ioann esa asir olingan edi.

General shtatlar davlat amaldorlarini uquvsizlikda ayblagan va taxt vorisi oldiga 22 nafaramaldorni lavozimidan ozod etish talabini qo’ygan. Ayni paytda General shtatlar o’ziga soliq yiish va soliqdan tushgan mablalar xarajatini nazorat qilish huquqi berilishini ham talab etgan. Taxt vorisi General shtatlar talabini qabul qilishga majbur bo’lgan.

Biroq o’rta va quyi palata vakillari o’rtasida birlikning yo’qligi tufayli bu alabani saqlab qolishning iloji bo’lmagan. Natijadaqirol hokimiyati yana o’z mavqeini tiklab olishga muvaffaq bo’Igan.

Page 194: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

86

Atamalar mazmunini bilib oling

General shtatlar - Fransiyada mavjud bo’lgan uch toifa

vakillarining kengashi. Toifa - otadan bolaga meros tariqasida o’tadigan huquq va

majburiyatlarga ega boigan kishilarning katta-katta guruhi.

Savol va topshiriqlar

1. Aholi toifasi nima?2. Fransiya aholisi qanday toifalarga bo’lingan?3. General shtatlar nima edi va u nega chaqirilgan?4. Fransiyada toifaviy monarxiya qay tariqa qaror topgan?5. Nega General shtatlar keng huquqlarga ega bo'la olmagan?

24-§. Fransiyani birlashtirishni tugallash yo’lida

Tayanch tushunchalarYuz yillik urush va uning sabablari. Inglizlar g

'alabasi. Jakeriya qo 'zg 'oloni. Qo 'zg 'olonning yengilishi va oqibatlari. Siyosiy inqiroz.

Yuz yillik urushning sabablari. Fransiyani yagona davlatga I birlashtirishni tugallash oson vazifaemas edi. Chunki birlashtirish (siyosati

nafaqat ichki, ayni paytda, tashqi to’siqlarga ham uchragan. Eng katta tashqi to’siq - Angliya edi. Fransiyaning Akvitaniya viloyati Angliya qo'1 ostida edi. U bu viloyatni Fransiyaga qaytarib berishni istamagan. Buning ustiga, markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslik uchun kurashayotgan Flandriya viloyati Angliya tomonidan qo' llab-quvvatlangan.

Angliya qiroli Eduard III Fransiya qiroli Filipp VI (1328 - 1350) (qizining o’gii)ning nabirasi bo’la turib, Fransiyaga qarshi siyosat yurita boshladi. Bu omillar Fransiya - Angliya munosabatlarini tobora keskinlashtirgan. Endi bu ikki davlat o’rtasida urush chiqishi muqarrar edi. Urushning boshlanishi uchun bir bahona kerak edi, xolos.

Filipp VI vafotidan so’ng Eduard III Fransiya taxtiga da'vogarlik qilib chiqdi. Biroq Fransiya qonunshunoslari ayol tomonidan bo’lgan avlod qirollik taxtiga o’tira olmaydi, degan xulosani berdi. Bu esa urush

Page 195: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

boshlashga bahona bo’ldi.

Page 196: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

87

Urushning boshlanishi. Urush 1337- yilda Angliyaning hujumi bilan boshlandi. Flandriya urushda Angliyaning yaqin ittifoqchisiga aylandi.

Page 197: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingAngliya - Fransiya o’rtasida

boshlangan bu urush tarixga yuz yillik urush nomi bilan kirgan. U to 'xtab-to 'xtab 1453-yilgacha davom etgan.

Page 198: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

1340- yilda Angliya floti katta alabaga erishdi. Bu alaba ingliz flotini dengizda hukmron flotga aylantirdi.

1346- yilda inglizlar quruqlikda ham alaba qozondilar.Fransiya qo’shinining umumiy safda turib jang qila

olmasligi, inglizlarning esa 200 metr masofadan turib ham oir kamonlarda moijalni aniq urishga qodir qo’shinga egaligi inglizlar alabasining asosiy sababi bo’ldi.

28- rasm. Yuz yillik urush davri ingliz jangchilari.

Eng yirik jang 1356- yilgi Puate jangi edi. Bu jangda ham inglizlar alabaga erishdilar. Hatto Fransiya qiroli Ioann asir olindi. Shu tariqa Angliya arbiy va Shimoliy Fransiyaning katta qismini bosib oldi.

Mamlakatdagi oir ichki vaziyat. Fransiya qiroli Lyudovik X 1315- yilda qirollik yer-mulklaridagi dehqonlarga haq to’lash sharti bilan ozodlik berish to’risida farmon chiqargan edi. Bu farmon kechagi qaram dehqonni erkin mayda tovar ishlab chiqaruvchiga aylantirishi kerak edi. Biroq erkinlikni sotib olish haqi juda baland

Page 199: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

88

bo’lgan. Bu esa dehqonlarni amalda sudxo’rlar sirtmoiga ilintirib qo’ygan.

Angliya - Fransiya urushi busiz ham ahvoli oir bo’lgan dehqonlarni xonavayron qilgan. Bu esa Fransiya tarixiga ,Jakeriya qo’zoloni” nomi bilan kirgan dehqonlar qo’zolonining yuz berishiga sabab boigan.

Jakeriya qo’zoIoni. Qo’zolon 1358- yilning may oyida Fransiyaning shimoli-sharqida boshlandi. Qo’zolonda 100 mingdan ortiq dehqon qatnashdi. Qo’zolonchilarning shiori barcha zodagonlarni bitta ham qoldirmay qirib tashlash edi. Bunga zodagonlar va harbiylar-ning dehqonlarga o’tkazgan oir jabr-zulmlari sabab bo’lgan. Qo’z-olonga Gilom Kal ismli dehqon rahbarlik qildi.

Qirol hokimiyati tez orada qo’zolonga qarshi katta qo’shin to’pladi. Qirol hatto Angliyadan yordam so’rashga majbur bo’ldi.

Harbiy tayyorgarlik ko’rmagan va yaxshi qurollanmagan dehqonlar qo’shini qirol qo’shiniga qarshi tura olmas edi. Qo’zolon rahbari Gilom Kal aldov yo’li bilan asir olindi. U boshiga qizdirilgan temir toj kiydirilib qatl etildi.

Dehqonlarning dushmanlari Gilom Kalga qarata: “Jaklar qiroliga biz ana shunday toj kiydiramiz”, - deb uni mazax qilganlar.

Yo’lboshchisiz qolgan, jang tartibini bilmaydigan dehqonlar qo’zoloni tor-mor etildi. Qariyb 20 ming dehqon qirib tashlandi.

Ritsarlar qishloqlarga o’t qo’ydilar. Dehqonlarning o’zlarini esa daraxtlarga va uylarning eshiklariga osdilar.

Qo’zolonning oqibatlari. Qo’zolon yengildi, lekin izsiz ketmadi. Dahshatli qo’zolon feodallarni qo’rqitib qo’ydi. Ular bun-dan keyin dehqonlarning majburiyatlarini yanada ko’paytirishga botina olmadilar. Dehqonlarni to’lov evaziga shaxsiy qaramlikdan ozod etishni tezlatdilar.

Dehqonlar qo’zolondan keyin o’z xo’jaliklarini nisbatan muvaf-faqiyatliroq rivojlantirish imkoniga ega boidilar.

Angliya bilan sulh shartnomasining imzolanishi. Fransiya va Angliya o’rtasida 1360- yilda sulh shartnomasi imzolandi. Uning shartlari Fransiya uchun juda oir edi. Chunonchi, Fransiya hududining 1/3 qismi Angliya qo’liga o’tdi. Fransiya bunday oir shartni qabul qilishga majbur edi. Chunki Fransiyaning urushni davom ettirishga qurbi yetmas edi. Ertami-kechmi yana urush harakatlari boshlanishi muqarrar edi. Fransiya vaqtdan foydalanishga harakat qildi.

Page 200: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

89

Chunonchi, qirol Karl V o’ziga bo’ysunishni xohlamagan sepa-ratchi hukmdorlarni tor-mor etdi. Moliya sohasida islohot o’tkazdi. Natijada qirol xazinasi qator doimiy daromad manbalariga ega bo’ldi. Bu qirolga yaxshi harbiy ta'lim ko’rgan qo’shin tuzish imkonini berdi. 120 kemadan iborat harbiy flot tashkil etdi. Tarixda birinchi bor oir artilleriya - to’p ixtiro etildi. Bu o’zgarishlar tez orada o’z samarasini berdi. 1369- yilda qayta boshlangan urushda Angliya qattiq magiubiyatga uchradi. Angliya qo’lida bir necha sohilbo’yi shaharlari qoldi, xolos. Biroq Karl V vafotidan so’ng vaziyat yana oirlashdi. Fransiyada siyosiy inqiroz - saroy nizolari davri boshlandi. Bu mamlakatda hokimiyat uchun kurash avj olganligini anglatar edi. Siyosiy inqiroz Fransiyani halokat yoqasiga keltirib qo’ydi.

Atama mazmunini bilib oling

Jakeriya - feodallar dehqonlarni masxaralab “jaklar” deb atashardi. Bu atama dehqonlarni kamsituvchi laqab edi. Qo’zolonning nomi shu laqabdan olingan.

Savol va topshiriqlar

1. Fransiya - Angliya o’rtasida kelib chiqqan yuz yillik

urushning sabablarini qayd eting. 2. Ingliz qo’shinining muvaffaqiyatga erishish sabablari

nimalardan ihorat edi?3. Jakeriya qo 'zg 'oloni nega yuz berdi va u nima sababdan yengildi ? 4. Jakeriya qo’zoloni qanday oqibatlarga olib keldi? 5. “Siyosiy inqiroz” atamasining mazmunini izohlab bering.

25-§. Fransiyani birlashtirishning tugallanishi

Tayanch tushunchalar1415-yilgiurush. Janna d'Ark. Partizanlar

harakati. Orlean uchun jangning ahamiyati. Yuz yillik urush natijalari. Markazlashgan Fransiya qirolligi. Mutlaq monarxiya.

Yangi urush va uning oqibati. Fransiyadagi oir ichki vaziyatdan foydalangan Angliya 1415- yilda yana urush harakatlarini boshladi. Tez orada Fransiya qo’shini magiub

Page 201: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

90

etildi. Oqibatda Angliya Fransiyaning butun shimoliy qismini egallab oldi. Bunga qanoatlanmagan inglizlar qo’shini mamlakat poytaxti Parij shahrini ham bosib oldi.

1420- yilda Angliya va Fransiya o’rtasida Fransiyani tahqirlovchi shartnoma imzolandi. Unga ko’ra Angliya va Fransiya yakka qirollikka birlashtirildi. Fransiya qirolining o’illari vorislik huquqidan mahrum etildi. Tez orada vafot etgan Angliya qiroli Genrix V ning hali go’dak o’li Angliya va Fransiya qiroli deb e'lon qilindi.

Mustaqil Fransiya tarafdorlari bu holatga toqat qila olmaganlar. Shu tariqa Fransiya bir-biriga dushman ikki qismga bo’linib ketgan.

1428- yilda inglizlar qo’shini Orlean shahrini qamal qilishga kirishganlar. Orlean egallansa, inglizlar Fransiyaning janubini ham qoiga kiritish imkoniga ega bo’lardilar.

Page 202: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingFransiyaning keyingi taqdiri Orlean

shahriga boliq bo’lib qoldi.

Page 203: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

29- rastn. Janna d'Ark.

Janna d'Ark. Fransiya qo’shini alabaga bo’lgan ishonchni yo’qotdi. Taxt vorisi va uning a'yonlari dovdirab qolishdi. Shunday sharoitda fransuz xalqi tashabbusni o’z qo’liga oldi. Ular partizanlar uru-shini boshlashdi.

Xalqning jasorati tu-fayli Orlean mustahkam qal'aga aylandi. Xalq ichidan chiqqan jasur vatanparvarlardan biri dehqon qizi Janna d'Ark edi.

U o’zida mamlakatni inglizlardan xalos etuvchi

Page 204: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

91

kuchni topa oldi. o’zining xaloskorlik vazifasiga xudoi taoloning xohishi deb qaradi.

1429- yilda u Fransiya qiroli Karl VII bilan uchrashib, o’z fikrlarini bayon etdi. Ritsar qurol-aslahalarini taqib olgan Janna otda qirol qo’shinini aylanib chiqdi. Ularni urush harakatlarini Orlean yonida boshlashga da'vat etdi. Bu harakat albatta alaba keltirishini oldindan bashorat qildi. Tez orada Orlean uchun jang boshlandi. Janna d'Arkning jangdagi shaxsiy namunasi fransuz qo’shinini ruhlantirib yubordi.

1429- yil yuz yillik urushda burilish yasagan yil bo’ldi.Orlean to’qqiz kun ichida - 1429-yilning 5-may kuni

butunlay ozod qilindi. Dushman qo’shini Fransiya shimoliga chekindi. Janna d'Ark “Orlean qizi” degan nom oldi. Uning jasorati, shon-shuhrati butun Fransiyaga yoyildi.

Janna d'Ark kabi xalq qahramonlari obro’si hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo’ydi. Endi Janna ularga kerak bo’lmay qoldi. Janna Angliya ittifoqchisi, Fransiya manfaatlariga xoinlik qilgan burgund-larga qarshi kurashda asirga tushib qolgan va katta pul evaziga inglizlarga sotib yuborilgan.

Fransiya qiroli Karl VII Janna d'Arkni inglizlardan qutqarib olishni hatto xayoliga ham keltirmagan.

Cherkov Janna d'Arkni jodugarlikda ayblagan va uni inkvizitsiya -cherkovning sud-tergov tashkilotiga topshirgan. U 1431- yilning 30-may kuni olovda kuydirib o’ldirilgan.

Yuz yillik urushning tugashi. Fransuz xalqi ozodlik urushini davom ettirdi. Janna d'Arkning jasorati ming-minglab kishilarni yurt ozodligi uchun kurashga otlantirdi. Tez orada Angliyaning o’zida ham hokimiyat uchun kurash kuchaydi.

Parijda bosqinchilarga qarshi qo’zolon ko’tarildi. Karl VII qo’shini bilan Parijga kirib keldi. Shu tariqa xalq bosqinchilar zulmidan xalos bo’ldi. Angliya bosib olgan hududlar birin-ketin ozod etila boshlandi.

Nihoyat, 1453- yili yuz yillik urush Fransiyaning alabasi bilan yakunlandi. Angliya qo’lida Kale portigina qoldi, xolos.

Yuz yillik urushda erishilgan alabaning eng yirik oqibati, ahamiyati Fransiyani birlashtirishning oxiriga yetkazilishi bo’ldi. Fransiya markazlashgan yagona davlatga aylandi. Butun mamlakat qirol hokimiyatiga bo’ysundirildi.

Page 205: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

92

Page 206: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Fransiyaning markazlashgan davlatga ayla-nishi mamlakat xo’jaligining ravnaq topishida asosiy omil bo’ldi.

Fransiyada mutlaq monarxiyaning qaror topishi. XV asr oxiriga kelib Fransiyani birlash-tirish asosan nihoyasiga yetdi. Bu tarixiy voqea mashhur siyosatchi qirol Lyudovik XI hukm-ronligi davrida (1461- 1483) yuz berdi. U o’ta oqilona siyosat yuritdi. Mamlakatda doimiy qo’shin tuzdi.

Fransiya toifaviy monarxiyadan mutlaq mo-narxiyaga aylandi.

Qirol davlatning ichki va tashqi siyosatiniyakka o’zi belgilagan. Davlat ishlarini xohlaganicha boshqargan. Urush e'lon qilish yoki sulh tuzish masalasini ham shaxsan o’zi hal etgan. Maosh olib ishlaydigan davlat amaldorlari unga so’zsiz itoat etganlar.

Mamlakatni birlashtirishning oqibatlari. Mamlakatni birlash-tirish avvalo qirolning kuchll hokimiyatini vujudga keltirdi.

Feodal tarqoqlikka butunlaiy chek qo’yildi. Feodallarning qurolli guruhlari shahar va qishloqlarni vayron eta olmaydigan bo’ldi. Chunki endilikda ularda bunday guruhlarning o’zi yo’q edi.

Savdogarlar butun mamlakat bo’ylab erkin savdo qilish imko-niga ega bo’ldi. Qaroqchilar hujumiga barham berildi. Qirolning o’zi shaharlarning o’sishi, savdo-sotiqning yanada kengayishiga homiylik qildi. Mamlakatda yagona pul, o’lchov va oirlik birlik-lari joriy etildi.

Mamlakatning katta savdo floti tashkil topdi. Bu esa chet davlatlar bilan olib boriladigan savdoning yanada o’sishini ta'minladi. Shu tariqa mamlakat yagona iqtisodiy makonga aylandi. Uning bir qismi ikkinchi qismisiz rivojlana olmaydigan bo’ldi.

Atamalar mazmunini bilib oling

Mutlaq monarxiya - huquqi mutlaqo cheklanmagan yakka

hukmdor - qirol hokimiyati. Partizan - dushman bosib olgan hududlarda yurt ozodligi va

mustaqilligi uchun kurashuvchi kishi.

30- rasm. Lyudovi

Page 207: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

9

3 Savol va topshiriqlar

1. 1415- yilda boshlangan urush harakatlari Fransiya uchun

qanday oqibatlar keltirdi?2. Qanday urush partizanlar urushi deb ataladi? 3. Yuz yillik urush davrida fransiyalik bo 'la turib Angliya bilan

ittifoqchilik qilganlarni qanday izohlaysiz? 4. Janna d'Ark haqida nimalarni bilib oldingiz? 5. Yuz yillik urush qachon va qanday natija bilan tugadi? 6. Markazlashgan Fransiya davlati tashkil topishining tarixiy

ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?

Page 208: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Mustaqil ish

..Mamlakutni birlashtirishning oqibatiari”ni jadvalda qayd eting

Siyosiy oqibatlari

Iqtisodiy oqibatlari

ljtimoiy oqibatlart

26-§. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi

Tayanch tushunchalarNormand gersogligi. Kuchli qirol hokimiyati.

“Buyuk erkinlik xartiyasi”. Parlament.

Normandlar istilosi oqibatlari. Sizga ma'lumki, Fransiyaning Normandiya gersogligi 1066- yilda Angliyani I istilo qilgan edi. Shu yili

gersog Vilgelm Vilgelm I nomi bilan Angliya qiroli deb e'lon qilindi. Istilodan so’ng aksariyat mahalliy angl-caks feodallarining yer-mulki tortib olindi. Ular ritsarlarga bo’lib berildi. Cherkov yepiskoplari ham almashtirildi.

Angliya yerlarining 1/7 qismini Vilgelm I o’z mulki qilib oldi. Istilochilarning Angliyani itoatda tutishlari uchun kuchli qirol hokimiyati zarur edi. Buni tushungan barcha yer egalari Vilgelm I ga sodiqlik haqida qasamyod qilganlar.

Istilo shu tariqa Angliyada kuchli qirol hokimiyatini vujudga keltirdi. Bu esa o’z navbatida markazlashgan davlat barpo etish uchun asos bo’ldi.

Page 209: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

94

1086- yilda Angliyada aholini ro’yxatga olish tadbiri o’tkazildi. Aholi bu tadbirni qo’rqinch bilan qarshi oldi. Shu tufayli ro’yxat varaqalarini “Dahshatli sud kitobi” deb atadilar. Vilgelm I ning bu tadbirdan ko’zlagan asosiy maqsadi - mamlakatda haqiqatda qancha yer maydoni borligini aniqlash orqali xazinaga tushadigan daromadni ko’paytirish edi. Vilgelm I Daniyaning uzluksiz hujumlariga butunlay chek qo’ydi. Feodallarning o’zaro urushlariga barham berdi.

Kuchli qirollik hokimiyati. Vilgelm I ning oqilona siyosati kuchli qirollik hokimiyati vujudga kelishini ta'minladi. Avvalo, yirik shaharlar qirol hokimiyatini qo’llab-quvvatladilar. Buning asosiy sababi shaharlarning asosan qirolga qarashli yer-mulklarda joylashganligi edi. Qirol ham shaharlarni qo’llab-quvvatladi. Chunki, birinchidan, shaharlar qirolga katta daromad keltirgan bo’lsa, ikkinchidan, yirik feodallarga qarshi kurashda shaharlar qirolning tayanchi edi. Shu sababli feodallar shaharlarga tazyiq o’tkaza olmaganlar.

Qirol hokimiyatini ritsarlar ham qo’llab-quvvatlashgan. Kuchli qirol hokimiyati ularni katta yer egalari tajovuzidan muhofaza qilishning asosiy kafolati edi.

Xristian cherkovi, aholining erkin toifasi ham kuchli qirol hokimiyati tarafdori bo’lgan. Qirol sudining joriy etilganligi aholining erkin toifasini feodallarning o’zboshimcha mahalliy sudlaridan himoya qilgan.

Qirol hokimiyatining mustahkamlanishi bilan Angliya markaz-lashgan davlatga aylana borgan.

Yuqorida qayd etilgan omillar Angliyada markazlashgan davlat vujudga kelishini Fransiyaga nisbatan yengil ko’chishiga imkon bergan.

“Buyuk erkinlik xartiyasi”. Qayd etilgan omillar Angliyada siyosiy hayot osoyishta kechgan, degan fikrni anglatmaydi. Fransiyada bo’lganidek, Angliyada ham hokimiyat uchun, siyosiy huquqlar uchun murosasiz kurash davom etgan. Biroq bu kurash Angliyani bo’laklarga bo’lib yubora olmagan.

Qirol Ioann (1199 - 1216) davrida hukmron tabaqalar o’rtasidagi nizolar avjiga chiqqan. Bunga qator omillar sabab bo’lgan. Chunonchi, Angliyaning Fransiyaga qarshi urushda malubiyatga uchrashi uning asosiy sababi bo’ldi. Bundan tashqari, yepiskop saylash masalasida

Page 210: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

95

Rim Papasi bilan munosabatlar keskinlashdi. Bu kurashda ham qirol yutqazdi. Papa qirolni vassal sifatida tavba qilishga majbur etdi. Bu malubiyat qirolning obro’sini tushirib yubordi.

Soliqlarning oshirilishi qirolni mayda va o’rta mulkdorlar mada-didan mahrum etdi. Bu hol yirik yer-mulk egalarida hokimiyatga bo’ysunmaslik kayfiyatini vujudga keltirdi. Oqibatda 1215- yilda qirolga qarshi qo’zolon ko’tarildi.

Qo’zolonchilar qirolni “Buyuk erkinlik xartiyasi” deb ataluvchi hujjatga imzo chekishga majbur etdilar.

Unga ko’ra, feodallar o’z yer-mulklarini meros qilib qoldirish huquqiga ega bo’ldilar.

Mamlakatda “Tenglar sudi” deb ataluvchi sud joriy etildi. Bu sudning qarorisiz mamlakatning birorta erkin fuqarosi qamoqqa olinmas, mol-mulki musodara etilmas yoki mamlakatdan haydab chiqarilmas edi. Shaharlarga savdo-sotiq erkinligi huquqi berildi. Shuningdek, shaharlar o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega bo’ldilar. Uzunlik va oirlik o’lchovlarining bir xilligi ta'minlandi.

Erkin dehqonlar va ritsarlarga qarashli yerlar ularga kafolatlab berildi.

Mamlakatda Buyuk qirollik kengashi ta'sis etildi. Uning roziligisiz qo’shimcha soliqlar joriy etilmas yoki mavjud soliqlar miqdori oshirilmas edi.

“Buyuk erkinlik xartiyasi” faqat qaram dehqonlar hayotida hech qanday o’zgarish yasamadi. Shunday bo’lsa-da, bu xartiya Angliya hayotida juda muhim rol o’ynadi. Xartiya mamlakatni bo’lib yuborishga emas, balki uning markazlashgan maqomini to’la saqlab qolishga xizmat qilgan. Mamlakat bunga barcha erkin tabaqalarning ishtirokini ta'minlash orqali erishgan.

Xartiya keyinchalik Angliyada parlamentning vujudga keli-shida, qonunchilikning mustahkamlanishida poydevor vazifasini o’tadi.

Angliya parlamenti. Angliya qirollari “Buyuk erkinlik xartiyasi” qoidalarini bajarishni aslo istamaganlar. Chunki tarixda hech qachon o’z hokimiyatining cheklanib qolishini istagan qirol o’tgan emas. Binobarin, Angliya qirollari ham bundan mustasno bo’lmaganlar. Natijada yana hokimiyat uchun kurash boshlangan. Bu kurash 1265-yilda mamlakatda parlament joriy etilishiga olib kelgan. Parlament

Page 211: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

31- rasm. Lordlar va umum palata majlisi,

1295- yildan boshlab (qirol Eduard I davrida) muntazam chaqirilib turiladigan boidi.

1297- yilda parlament soliqlarni tasdiqlash huquqini qo’lga kiritdi.XIV asrdan boshlab parlamentga qonun chiqarish

huquqi ham berilgan. Bundan tashqari, parlament vazirlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar bo’yicha Oliy sud vazifasini ham bajara boshlagan.

1343- yildan ikki palataga bo’lingan.

Page 212: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingQuyi palata umum palata, yuqori

palata esa lordlar palatasi deb ataldi.

Page 213: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Umum palatasiga har bir graflik ikki nafar ritsarni vakil qilib yuborardi. Har bir shahar ham ikkitadan vakil yuborish huquqiga ega bo’ldi.

Lordlar (oliy tabaqalar) palatasi oliy martabali ruhoniylar, yirik yer egalarining vakillaridan iborat bo’lgan.

Quyi palata o’zining roziligisiz soliq joriy etilmasligi to’risida qonun qabul qilinishiga erishgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Parlament (fransuzcha so’z bo’lib, gapirmoq degan ma'noni anglatadi) - davlatning qonun chiqaruvchi hokimiyati. Xartiya (yorliq) - qo’lyozma hujjat. Yepiskop - cherkovni boshqaruvchi ruhoniy.

Page 214: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

97

Page 215: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Savol va topshiriqlar

1. Qanday omillar Angliyada kuchli qirollik hokimiyatining

vujudga kelishini ta'minlagan? 2. O 'ylab ko 'ring: Angliyadagi kuchli qirollik hokimiyati nega

mutlaq monarxiyaga aylana olmagan?3. “Buyuk erkinlikxartiyasi”ning ahamiyati nimadan iborat edi? 4. Angliyada parlament tizimining joriy etilmasligi mumkin

edimi? 5. Angliya parlamenti haqida nimalarni bilib oldingiz?

Mustaqil

ish Jadvalni

to’Idiring

Page 216: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Fransiya va Angliya parlamentla

Tashkil etilgan yili

Huquqlari

Fransiya: General shtatlarAngliya: ;'arlament

27-§. Angliyaning XIV - XV asrlardagi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti

Page 217: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Tayanch tushunchalarBarshchinaning siqib chiqarilishi. Jon solii. Uot

Tayler qo’zoloni. Qo’zolonchilarning talablari. Qo’zolonning oqibatlari.

Iqtisodiy taraqqiyot. XIV asrda Angliya iqtisodiy I taraqqiyotida katta siljish yuz berdi. Chunonchi, chet davlatlar jbilan savdo aloqalari

o’sdi. Bu esa ingliz qishloini keng bozor aloqalariga tortdi. Ayni paytda Angliyaning o’zida shaharlarning o’sishi qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talabni oshirib yubordi. Natijada tovar-pul munosabatlari yanada rivojlandi. Bunday sharoitda lordlar (katta yer-mulk egalari) uchun barshchinani pul solii bilan almashtirish afzal bo’lib qoldi. Endi lordlar o’z yerlarini ijaraga bera boshladilar. Ijara haqi pul bilan to’lanadigan bo’ldi. Oxir-oqibatda XIV asrning birinchi yarmida barshchina

7-Jahon tarixi, 7-sinf.

Page 218: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

98

butunlay siqib chiqarildi. Bu katta ijobiy ijtimoiy hodisa edi. Ayni paytda lordlarning pul solii miqdorini orttirib borishi ijarachi dehqonni oir ahvolga solib qo’ya boshlagan.

Bundan tashqari, lordlar bekor yotgan yerlarni, shuningdek, dehqonlar foydalanib kelayotgan jamoa yaylovlarini ham egallab olishni davom ettirganlar. Bu omillar dehqonlar noroziligining o’sib borishiga sabab bo’lgan.

Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi. 1348- yilda Angliyada qora o’lat - vabo kasalligi tarqaldi. Buning natijasida aholining 1/3 qismi qirildi. Oqibatda ishchi kuchiga bo’lgan talab nihoyatda oshib ketdi. Lordlar o’zlari istagan miqdorda ishchi kuchi topa olmay qolganlar. Ayniqsa, ritsarlar (mayda feodallar) qiyin ahvolga tushib qolishgan. Chunki ishchi kuchining tanqisligi yollanib ishlovchilar uchun to’lanadigan haq miqdorining oshishiga olib kelgan. Ritsarlar va shahar mulkdorlari qimmatbaho ishchi kuchi yollay olmas edilar. Shunday sharoitda qirol farmon chiqargan. Unga ko’ra, yeri, yashash joyi bo’lmagan, yoshi oltmishdan oshmagan barcha erkak va ayollar taklif etilgan ish joyiga borishga majbur edilar. Buning ustiga, farmonda ish haqi kasallik tarqalganiga qadar qancha bo’lsa, shuncha miqdorda saqlanib qolishi ko’rsatilgan edi. Tabiiyki, parlament qirol farmonini tasdiqlagan. Farmonga itoat etmaganlar qattiq jazolangan.

Bu ham yetmaganidek, 1377- yilda “jon solii” deb ataluvchi soliq joriy etilgan. Bu Fransiya bilan olib borilayotgan urush (yuz yillik urush) xarajatlarining tobora ortib borishi oqibati edi. Bunday soliq Angliya tarixida hech qachon bo’lmagan edi. Qonunga ko’ra, 14 va undan katta yoshdagi barcha fuqarolar jon solii to’lashga majbur edilar. Bu soliqni belgilash choida mulkiy holat hisobga olinmagan. Bu dehqon oilalarini holdan toydirgan. Oqibatda dehqonlar qo’zoloni yuz bergan.

Qo’zolonning yetilishida kambaal ruhoniylar tariboti ham ma'lum rol o’ynagan. Ular krepostnoylikka qarshi edilar. Ruhoniylar dehqonlar orasidagi o’z va'zlarida: “Xudo hamma kishilarni teng qilib yaratgan, binobarin, yer-suv hammanikidir”, - der edilar. Ular: “Odam Ato yer haydab, Momo Havo charx yigirgan paytlarda kim dvoryan (katta yer egasi) boigan, axir?” - degan qochiriqli so’zlarni ko’p qaytarganlar.

Qo’zolonning boshlanishi. Qo’zolon 1381- yilning may oyida Esseks grafligida boshlandi. Qo’zolonchilar katta yer egalarining

Page 219: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

99

yer-mulklarini yakson qildilar. Barshchina va obrok majburiyatlari qayd etilgan hujjatlar yoqib yuborildi. Tez orada qo’zolonchilarga Kent grafligi dehqonlari ham qo’shilganlar. Ayrim shaharlar qo’zolonchilarni qo’llab-quvvatlaganlar. Kentlik Uot Tayler qo’zolongarahbarlikqildi. U vaqtinchabo’lsa-da, qo’zolonchilarni birlashtira oldi. Uot Tayler asli hunarmand edi. U yuz yillik urushda qatnashgan va harbiy sohani o’rgangan edi.

32- rasm. Uot Tayler qo 'zg 'oloni.

Uot Tayler qo’zolonchilarni Londonga boshlab borgan. Ularning maqsadi qirol bilan uchrashish va uning oldiga o’z talablarini qo’yish edi.

13- iyun kuni London shahri egallandi. Qirolning ba'zi vazirlari qatl etildi. Qirol qo’zolonchilar bilan uchrashishga majbur bo’ldi.

Essekslik qo’zolonchilar qirol oldiga 4 banddan iborat talabnoma qo’yganlar. Bu talablar quyidagilar edi: 1. Krepostnoy huquqni bekor qilish. 2. Qo’zolonchilarga umumiy afv berish. 3. Mamlakatning barcha hududlarida savdo-sotiq qilish erkinligini berish. 4. Bir akr (40 sotix) yer uchun 4 pens miqdorida ijara haqi belgilash.

Qirolning bu talablarga rozi bo’lmaslikdan boshqa iloji qolmadi. Qo’zolonchilarga talablari qondirilgan yorliqlar berildi. Bu essekslik dehqonlarni qanoatlantirgan va ular Londondan chiqib ketganlar.

Kentlik qo’zolonchilar ham qirol oldiga o’z talablarini qo’yganlar. Bu talablar esseksliklarning talablaridan keskinroq edi. Chunonchi, bu talablar cherkov yerlari hisobidan yer ajratib berish, jamoa yer-suvidan erkin foydalanish va barcha toifaviy tafovutlarni bekor qilish kabilardan iborat edi.

Page 220: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

100

15- iyun kuni qirol qo’zolonchilar rahbari Uot Tayler bilan uchrashgan. Bu uchrashuvda Uot Tayler o’ldirilgan. Boshqa grafliklardan to’plangan qirolga sodiq ritsarlar qo’shini qo’zolonni shafqatsizlik bilan bostirgan.

Qo’zolonning ahamiyati. Qo’zolon yengilgan bo’lsa-da, Angliya feodallarini dahshatga soldi. Xalq qo’zolonining qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ularni yon berishga majbur etdi. Chunonchi, barshchina bekor qilindi.

Dehqonlarga qarshi qaratilgan qonunlar yumshatildi. XV asr davomida ingliz dehqonlarining deyarli barchasi to’lov evaziga erkin bo’lib oldilar. Mamlakat aholisining juda katta qismi yanada ko’proq mustaqil xo’jalik yurituvchi erkin dehqonlardan iborat bo’lib qoldi. Erkin dehqonlarning chek yerlardan foydalanganligi uchun to’laydigan haqi aniq belgilab qo’yildi.

Tyudorlarning hokimiyat tepasiga kelishi. Yuz yillik urush tamom bo’lgandan keyin ko’p vaqt o’tmay, Angliya davlati ichida 30 yilga (1455- 1485) cho’zilgan o’zaro urushlar boshlanib ketdi. Feodallar bir-biriga dushman ikki guruhga bo’lindi. Ularning har qaysisi taxt uchun kurashayotgan zodagon oiladan birining tarafini olardi. Bu oilalardan birining gerbiga qizil gul shakli, ikkin-chisining gerbiga oq gul shakli solingan edi. Shuning uchun bu urush Qizil va Oq gullar urushi nomini oldi. Feodallar ulardan qaysi birining qo’li baland kelsa, o’sha guruhga o’tib ketaverardi. Urush juda oir kechdi. Halok bo’lganlarning qarindosh-urulari o’z dushmanlarining oilalaridan qasos olganlar. Qasos yo’lida hatto bolalari ham o’ldirilgan. Feodallar bir-birlarini deyarli batamom qirib tashlaganlar. Bu urushda bir-biri bilan kura-shayotgan oilalardan birining namoyandasi Genrix VII Tyudor olib chiqdi. Shu tariqa Angliyada tyudorlar sulolasi hukmronligi boshlandi.

Genrix VII shaharning yirik mulkdorlari bilan aloqa o’rnatgan. Genrix VII (1485 - 1509) itoatsiz feodallarning qasrlarini to’pga tutib, vayron qildi. Feodallardan ba'zilarini qatl etdi, ularning yerlarini o’z yeriga qo’shib oldi.

Genrix VII davrida parlament yiilishlari davom etdi. Yirik feodallarning ko’pchiligi halok bo’lgach, qirol o’z ishonchiga sazovor bo’lgan kishilarni lordlar palatasiga kiritdi. Umum palatasida majlis

Page 221: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

101

qurgan ritsarlar va shaharliklar qirol yuborgan qonun loyihalarini so’zsiz tasdiqlar va unga yangi soliqlar yiishga ruxsat berardi.

XV asr oxiri - XVI asr boshida Angliyada qirol hokimiyati yanada kuchaydi.

Atama maztnunini bilib oling

Sulola - taxtda biri ikkinchisini almashtirib turuvchi bir uru yoki bir oiladan bo’lgan hukmdorlar.

Savol va topshiriqlar

1. Angliyada feodal munosabatlarning boshqa mamlakatlarga qaraganda tez yemirila borishining sababi nimalardan iborat edi?

2. 1381- yilda yuz bergan Uot Tayler qo’zolonining sabablarini qayd eting.

3. Qo’zolon oqibatlari nimalardan iborat edi?4. Tyudorlar sulolasi qay tariqa hokimiyat tepasiga kelgan ?

28-§. arbiy Yevropa xalqlari madaniyati

Tayanch tushunchalarllm-ma 'rifatning rivojlanishi sabablari.

Universitetlar. Ilmiy bilimlar Kitob bosishning ixtiro etilishi.

Dunyo haqidagi tasavvurlarning kengayishi. Salib yurishlari vaqtida yevropaliklar dunyoning kengligini, undagi

rang-baranglikni ko’rdilar. Ularda notanish mamlakatlarga qiziqish paydo bo’ldi. Ba'zi sayyohlar Yevropa mamlakatlaridan ancha uzoq joylarga ham borardilar. Bu yerlardan boshqa xalqlarning hayotiga oid qiziqarli ma'lumotlar olib kelishardi. Shunday sayyohlardan biri venetsiyalik savdogar Marko Polo edi. Marko Polo (1254 - 1324) umrining qariyb yigirma besh yilini o’z vatanidan olisda o’tkazdi. Ko’p yil Xitoyda yashadi. Bu mamlakatning hayotini diqqat bilan kuzatdi. Sayyoh Italiyaga qaytib borgach, Osiyo mamlakatlaridagi xalqlarning hayoti va urf-odatlari haqida kitob yozdi. “Marko Polo kitobi”

Page 222: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

102

uzoq vaqtgacha geografiya xaritalarini tuzishda qo’llanma boiib xizmat qildi.

Ilm-ma'rifatning rivojlanishi. Shaharlarning kengayishi va qirol hokimiyatining ehtiyoji bilimli kishilar ko’proq bo’lishini talab qildi. Savdo-sotiq ishlaridan kelgan daromadlarni hisoblash va shahar kengashlarida ish yuritish uchun savodli, ma 'rifatW odamlar kerak edi. Qirollarga ma'lumotli amaldorlar va sudyalar zarur edi. Shaharlarda xususiy kishilar yoki shahar kengashlari tomonidan ochiladigan va cherkovga qarashli boimagan maktablar vujudga kela boshladi. Bu maktablarda bolalarga o’qish-yozish va arifmetika cherkov maktab-laridagiga qaraganda yaxshiroq o’rgatilardi. Tabiatga doir ma'lumotlar ham berilardi.

XII asrda Yevropada dastlabki oliy maktablar - universitetlar paydo bo’ldi. Ular mashhur o’qituvchilar bo’lgan shaharlarda vujudga keldi. Ularning birinchisi Parij universiteti edi. Universitetlarda darslar lotin tilida olib borilardi. Shuning uchun universitetlarning har birida turli mamlakatlardan borgan yoshlar o’qiy olardi.

Shaharda yashovchi o’qituvchi va studentlar mahalliy aholi bilan bo’ladigan nizo-janjallarda shahar sudining yordamiga umid qila olmasdilar. Shuning uchun studentlar va o’qituvchilar universitetga. birlashganlar.

Universitetlar shahar ma'murlariga qarshi uzoq vaqt kurash olib borib, o’zini-o’zi boshqarish huquqini qo’lga kiritganlar. Endi ular universitet rahbarlarini va sudlarini o’zlari saylaydigan bo’lganlar.

Turli fan o’qituvchilari o’zlarining ayrim-ayrim birlashmalari — fakultetlarini tashkil etdilar. Har qaysi fakultetga dekan boshchilik qilgan. o’qituvchilar bilan studentlar birgalikda universitet boshlii (rektor)ni saylardilar.

Universitetlarda ilohiyot, qonunlar, tibbiyot o’rgatilardi. Studentlar o’qituvchilarning ma'ruzalarini tinglar va yozib olardilar.

Ma'ruzalar disput (munozara)lar bilan to’ldirilardi.XV asrda Yevropada 65 ta universitet bor edi.

Ularning eng mashhurlarini Parij , Bolonya (Italiyada), Oksford (Angliyada), Praga, Krakov (Polshada) universitetlari tashkil etardi.

Shaharlarning o’sishi bilan cherkovning maktab ustidan tanho hukmronligiga putur yeta bordi. Ilm-ma'rifat asta-sekin feodallar va shaharliklar orasiga kirib bordi.

Page 223: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

103

Page 224: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Xo’jalik taraqqiyoti ilmiy bilimlarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Dehqonlar yerga ishlov berish usullarini takomillashtirdilar. Tuproqning xususiyatlarini bilib oldilar. Ob-havoni, chorva mollari va ekinlarning holatini kuzatib bordilar. Hunarmandlar metall va toshlarning xossalarini o’rgandilar. Turli tajribalar o’tkazdilar, bo’yoq va oyna tayyorladilar.

o’rta asrlarda astrologiya va alximiya kabi o’ziga xos fanlar taraqqiy topdi. Astrologlar kelajakda nimalar bo’lishini yulduzlarga qarab bilish mumkin, der edilar. Qirollar, sarkardalar va sayyohlar biror ishga kirishishdan oldin astrologlardan maslahat olardilar. Alximiklar esa har qanday metallni oltinga aylantirishga yordam beradigan “sehrli tosh” qidirganlar. Amalga oshmaydigan, xayoliy maq-sadni ko’zlaganliklariga qaramay, astrolog va alximiklarning olib borgan kuzatishlari, tajribalari astronomiya va ximiya (kimyo)ga oid bilimlarning to’planishiga yordam berdi. Chu-nonchi, alximiklar bo’yoqlar, metall qotishmalari, dorivor moddalar tay-yorlash usullarini kashf qildilar va takomillashtirdilar. Ko’pgina kimyo-viy uskunalar yaratdilar.

Shaharlarda mashhur olimlar pay-do bo’ldi. XIII asrda yashagan ang-liyalik olim Rodjer Bekon shulardan biri edi. U bilimni kuzatishlar va tajribalar yo’li bilangina hosil qilish mumkin, deb hisoblardi. Fanning maqsadi tabiatni o’rganib, uni odam-larga xizmat qildirishdan iborat, degan edi Bekon. U mikroskop va teles-kopning kashf qilinishini, shuningdek, kashfiyotlarni ham oldindan ko’ra bildi. “

Kitob bosishning ixtiro qilinishi. 55. rasm

Hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj- logann Gutenberg.

Page 225: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

104

lanishi bilan shaharlarda savodli odamlar ko’paydi. Maktab o’quvchilari va talabalar uchun ko’proq darsliklar zarur bo’lib qoldi. Shaharliklar adabiyotga qiziqa boshladilar. Kitoblarni ko’paytirishning qo’lyozma usuli shaharliklarning kitobga bo’lgan talabini qondirolmay qoldi.

XV asr o’rtalarida nemis olimi Iogann Gutenberg kitob bosishni ixtiro qildi. Uzoq va qunt bilan mehnat qilib, metalldan ayrim literlar (harflar) quyish usulini kashf etdi. Ixtirochi ana shu harflardan satrlar va sahifalar qolipini tuzdi. Shu qolipdan qoozga nusxa tushirdi. Yiib, tarqatiluvchi shriftlar yordamida istalgan matn terilib, istalgan sahifani tuzish mumkin edi. Gutenberg kitob bosadigan matbaa dastgohini ham kashf etdi.

1445- yilda Gutenberg birinchi bosma kitobni nashr etdi. Yevropada kitob bosish rivojlana boshladi. Gutenberg ixtirosidan keyin o’tgan yarim asr ichida Yevropa shaharlarida 1100 bosmaxona ishga tushdi. Kutubxonalarning tokchalari turli fanlardan Yevropadagi barcha tillarda yozilgan kitoblar bilan to’ldi. Ular endi qo’lyozma kitoblar kabi qimmat emas edi.

Page 226: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingKitob bosishning ixtiro qilinishi insoniyat

tarixidagi eng buyuk kashfiyotdir. U maorif, fan va adabiyotni ilgari siljitdi. Insoniyat tomonidan yiilgan bilimlar bosma kitob orqali tezroq tarqala boshladi. Ana shu bilimlar endi uzoqroq saqlanadigan va kelajak avlodlarga yetkaziladigan bo’ldi.

Page 227: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Atamalar mazmunini bilib oling

Ilmiy bilimlar - insoniyat tomonidan yaratilgan va to’riligi

amalda tasdiqlangan bilimlar. Ma'rifat - kishilarning bilimini, madaniyatini oshirishga

qaratilgan ta'lim-tarbiya. Student - (lotincha so’z boiib, maktab degan ma'noni

anglatadi) qunt bilan o’quvchi universitet talabasi. Universitet-jamoa - student va o’qituvchilar jamoasi. Hozirgi

kundagi oliy o’quv yurtlaridan biri.

Page 228: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

105

Page 229: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Savol va topshiriqlar

1. Dunyo haqidagi tasavvurlarning kengayishiga nimalar ta'sir

etdi? 2. o’rta asr arbly Yevropa maktablari va ulardagi ta'lim

haqida nimalarni bilib oldingiz? 3. Dastlabki universitetlar G 'arbiy Yevropaning qaysi davlatida

vujudga kelgan ? Universitetlar hayoti haqida nimalarni biliboldingiz?

4. Kitob bosishning ixtiro qilinishi haqida so 'zlab bering. 5. Bugungi G 'arbiy Yevropaning eng tnashhur universitetlarini

bilasizmi? Agar bilmasangiz qiziqib ko’ring.

Page 230: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

29-§. arbiy Yevropada san'at va adabiyot. Gumanizm

Tayanch tushunchalarMe'morchilik. Me'morchilikdagi uslubiyat.

Haykaltaroshlik. Kitob miniaturasi. Adabiyot. Gumanizm.

Page 231: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Me'morchilik.

XI asrda arbiy Yevropada katta qu-rilishlar boshlandi. Cherkov ibodatxonalarni kengaytirdi. Mustahkambo'1-magan yooch imoratlar o’r-niga gumbazli ishtin binolar qurildi. Bu binolarning poy-devorlari gumbazlarning oirligiga bardosh berishi uchun juda qalin qilib qu-rilardi. Binokorlar qurilish ishlarida qadimgi Rim me'-morchiligi namunalaridan foydalandilar. Shuning uchun XII - XV asrlardagi inshoot-lar roman uslubidagi inshoot-lar deb ataladi.

34- rasm. Roman uslubidagi ibodatxona.

Page 232: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

106

Roman uslubidagi ibo-datxonalarning devorlari silliq edi. Ularning baland minoralari va yarim doira-simon arklari bo’lgan. Yarim doiraviy ark shakli ibodatxo-naning hamma joyida - gum-bazlarda, derazalarda, ki-rishdagi eshiklarda ham ko’zga tashlangandi. Roman uslubidagi ibodatxonalar katolik cherkovining kuch-qudratiga odamlarda ishonch uyotish uchun qal'aga o’xshatib, salobatli va hay-batli qilib qurilgan edi. Ko’-pincha ular atrofdagi aholi uchun boshpana vazifasini ham o’tagan.

Shaharliklar savdo rasta-lari, ratushalar, kasalxona va mehmonxonalar qura bosh-ladilar. Shaharning eng chiroyli binosi sobor edi.

XII - XV asrlardagi binolar keyinchalik gotik uslubida qurilgan binolar deb ataldi.

Binokorlar mahoratining o’sib borishi yarim doira shaklidagi qo’pol gumbazlarni ancha yengil va o’tkir uchli baland qubbalar bilan almashtirishga imkon berdi. Qalin devorlar keraksiz bo’lib qoldi. Gotik uslubidagi soborlarda juda ko’p katta derazalar boigan. Shu tufayli ular yengil va tiniq ko’rinishi bilan roman uslubidagi yarim qoroni soborlardan farq qilgan. Gotik uslubda qurilgan eng katta soborlar minorasi Misr ehromlaridan ham baland bo’lib, 150 metrga yetgan.

Ibodat qilish uchun hashamatli ulkan soborga kelgan dindorlar xudoning kuch-qudrati oldida o’zlarini zaif va notavon banda deb his qilganlar. Yalinib-yolvorib yaratgandan yordam so’raganlar. Shu bilan birga, soborga kelgan kishi uning nafisligiga qoyil qolardi.

35- rasm. Gotik uslubidagi ibodatxona.

Page 233: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

107

Page 234: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Sobor ko’p vaqtlargacha sha-harning birdan-bir katta binosi bo’lib keldi. Unda cherkov ibo-datlari o’tkazilishi bilan birga, shahar aholisining yiilishlari, diniy mazmundagi teatr tomo-shalari hambo’lib o’tgan. Univer-sitetlarning professorlari ma'ru-zalar o’qiganlar. Davlatlar o’rta-sida tuzilgan shartnomalar im-zolangan.

Haykaltaroshlik. o’rta asr-lardagi haykaltaroshlik sarfati arxitektura bilan chambarchas bolangan edi. Soborlar xudo, avliyolar, yepiskoplar va qirol-larning yuzlarcha va hatto ming-larcha haykallari bilan beza-tilardi.

Ruhoniylar fikricha, san'at “savodsiz kishilar uchun diniy kitob” bo’lib xizmat qilishi, xris-tian kitoblarida bayon qilingan voqealarni tasvirlashi kerak edi. Shuning uchun ham san'at asar-larining asosiy buyurtmachisi cherkov boigan. Ammo ustalar diniy mavzuda yasagan haykallarida hayotni o’zlari tushunganlaricha ifodalaganlar. Insonning olijanobligi va samimiyligini ulu-laganlar. Ustalarni, ayniqsa, onaning bolaga bo’lgan mehr-muhabbatini tarannum etish qiziqtirardi. Bu hol Bibi Maryamning ko’pgina haykallarida aks etgan.

~ msm- Bibi

Page 235: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingarbiy Yevropada Bibi Maryam “bekam”

mo’nosida “madonna” deb atalar edi.

Page 236: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

108

o’rta asr sarfatkorlari odamlarning fikr boyligini, tuyu va kayfiyatlarini ko’rsatib berishga harakat qildilar.

Antik davr haykaltaroshlari esa inson gavdasining go’zalligini ululagan edilar.

Kitob miniaturasi. Kitob miniaturasi rassomlik sarfatining katta yutui boidi.

Miniaturalarda ko’pincha dehqonlar va hunarmandlarning ishlab turgan payti aks ettirilardi. Bu esa xalqning o’z mehnati ahamiyati va qadr-qimmatini tushunishiga xizmat qilgan.

Adabiyot. Shoirlar xalq ashulalari va dostonlarini to’plaganlar. Urush qahramonliklari va sarguzashtlari haqida she'riy roman va poemalar yozganlar. Bular aslida jangnomalar edi. Jangnomalar ichida eng mashhur epik poema Fransiyada XII asr boshlarida yaratilgan “Roland haqida qo'shiq”dir. Bu poemada Buyuk Karlning Ispaniyadan chekinayotgan vaqtda graf Roland harbiy qismining qahramonona halok bo’lishi hikoya qilinadi. Roland mislsiz qahramonliklar ko’rsatadi va o’z xo’jayiniga sodiqlik haqida ichgan qasamini buzmay halok bo’ladi. Poemada vatanga xiyonat qilgan kishilar qoralanadi.

XII asrga kelib shaharlarda badiiy asarlar paydo bo’la boshladi. Shaharliklar she'r bilan birga qisqa, kulgili hikoyalarni ham maza qilib o’qishardi. Bu hikoyalarning qahramonlari ko’pincha epchil va ayyor shaharlik yoki quvnoq va tadbirkor dehqon bo’lardi. Ular o’z muxoliflarini laqillatardilar.

Fransiya shaharlarida ko’p yillar davomida masal va ertaklardan iborat “Tulki haqida roman” degan poema to’qilgan. Bu poemada ayiq niqobi ostida tanbal yirik feodal, bo’ri sifatida o’lja qidirib, izib yuruvchi ritsar, tulki sifatida aqlli, topqir shaharlik ko’rsatilgan. Bo’ri bilan kurashda doim tulki olib chiqqan.

Xalq ozaki ijodi. Qo’shiq, ertak, balladalarda dehqonlarning hayot haqidagi tasavvurlari aks etgan. Mehnatda ham, dam olishda ham qo’shiq dehqonning yo’ldoshi bo’lgan. Ertaklarda tasvirlangan kambaal odatda sehrli kuchlar yordamida murod-maqsadiga yetgan. Balladalar qahramoni hayotdagi nohaqlik, adolatsizliklarga qarshi norozilik bildirgan va jabr-zulmga qarshi kurashgan. Xalq orasida hatto dehqonlar hayoti haqida katta-katta poema (doston)lar to’qiydigan baxshilar bo’lgan.

Page 237: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

109

Gumanizm. arbiy Yevropada Italiya shaharlari boshqa davlatlar shaharlariga nisbatan yuksak rivojlangan edi. Bunda Italiya shaharlarining dengiz bo’ylari - qulay savdo yo’llarida joylashganligi katta rol o’ynagan. Italiya shaharlari Yaqin Sharq bilan savdo qiluvchi yirik savdo markazlariga aylangan. Eng yirik banklar ham shu shaharlarda joylashgan. Ular xalqaro ahamiyatga ega hisob-kitob ishlarini amalga oshirgan.

Sanoat ishlab chiqarishini va savdo-sotiqni yanada kengaytirish zaairiyati tabiiy va aniq fanlarning rivojlanishiga olib kelgan. Shaharning mulkdor tabaqalari (ular burjuaziya deb atalgan) fanlarning rivojla-nishidan ko’proq manfaatdor edilar. Shuning uchun ham ular fanlar rivoji uchun mabla ajratganlar. Shu tariqa ilm-fan taraqqiyoti uchun zarur shart-sharoitlar vujudga kelgan. Shahar mulkdor tabaqalari bilan bir qatorda intelligensiya ham shakllana boshlagan. Intelligensiya vakillari gumanizm deb nom olgan yangi madaniyatning namoyandalariga aylanganlar.

Page 238: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingGumanizm - insonni birinchi o 'ringa qo

'yuvchi, uning qadr-qimmatini hurmat qilishni, inson karnoloti uchun zarur sharoitlar yaratib berishni talab qiluvchi, inson hayotini qadrlovchi oyalar tizimi.

Page 239: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Gumanizm arbiy Yevropada XIII asrdan boshlab Italiyada sxolastika va cherkov aqidalarining yakka hukmronligiga qarshi oya sifatida shakllana boshladi.

o’rta asr universitetlari fani sxolastika deb atalgan. Bu fanning vazifasi katoliklik aqidalarini muqaddas yozuvlar va rivoyatlarga hamda antik davr allomalari (birinchi navbatda Aristotel) asarlariga tayangan holda isbotlashdan iborat bo’lgan.

Sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvinskiy edi (1225 -1274). U mashhur “Ilohiyot to’plami” asarining muallifi. Muallif asarida aql xudoning borligini asoslashga qodir, deb yozgan.

Ilohiyot (xudo to’risidagi ta'limot) - diniy aqidalar va ular haqidagi ilohiy ko’rsatmalarni o’z ichiga oluvchi diniy ta'limot.

Gumanistlar insonni erkin va o’z qadriga ega shaxs deb bilganlar. Qullikni, qaramlikni va tarkidunyochilikni rad etganlar. Insonning

Page 240: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

110

olamga ko’rsatayotgan faol ta'sirini ululaganlar. Bu dunyo ne'matlari inson hayotining muddaosidir. Yer yuzidagi hayot esa birdan-bir real hodisadir, deb uqtirganlar.

Gumanistlar insoniyatning yoru kelajagiga, inson aql-zako-vatiga, qudratiga hamda ma'rifatning kelgusida tantana qilishiga ishonganlar.

o’rta asrlarning dastlabki buyuk gumanistlari. Ulu gumanist siymolardan biri Dante edi (1265 - 1321). U Italiyaning Florensiya shahrida tuilgan, “Ilohiy komediya” asari italyan millatining orzu-armonlarini ifodalagan. “Ilohiy komediya”da dunyoning mashhur allomalari qatori Ibn Sino tilga olingan. Massa-getlar malikasi, buyuk momomiz To’maris qahramonligi ham tasvir-langan.

Yanabir mashhur gumanist RBiondo (1388 - 1463) edi. U “Rim imperiyasining qulashidan boshlanadigan tarix” asarini yozgan. Bu asar ming yillik (410 - 1410) tarixni o’z ichiga oladi. Muallif o’z asarida o’rta asrlarning XV asrdan keyingi bosqichini yangi tarixning alohida davri deb ta'kidlagan edi. Asarning eng qimmatli tomoni ana shundadir.

Atamalar mazmunini bilib oling

“Gotik” atamasi german qabilasi - gotlar nomidan olingan. Intelligensiya (ziyolilar) - ilm-fan, adabiyot va san'at bilan

maxsus shuullanuvchi tabaqa, aqliy mehnatvakillari.

Ratusha - shahar boshqaruvi binosi. “Roman” atamasi - “Rim” so’zidan olingan so’z.

Savol va topshiriqlar

1. Me'morchilik sanatida qanday o’zgarish yuz berdi?2. Haykaltaroshlik haqida nimalarni bilib oldingiz?3. Kitob miniaturasi qanday san'at?4. Gumanizm haqida nimalarni bilib oldingiz?5. Intelligensiya qay tariqa shakllandi?6. Sxolastikaning asosiy vazifasi nima edi?

Page 241: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

V BOB MAVZULARI Bo’YICHA BILIMINGIZNI SINAB Ko’RING

Markazlashgan davlat -..................................Toifa-..............................................................General shtatlar.............davlatida tashkil etilgan edi.1453- yilda yuz bergan ikki tarixiy voqea:a).....................................................................b).....................................................................Yuz yillik urush qahramoni...............................1215- yilda Angliya qiroli „...........“ deb ataluvchihujjatga imzo chekishga majbur bo’ldi........................................mutlaq monarxiya deyiladi.1265- yilda Angliyada.......joriy etildi. U mamlakat-da...................................hokimiyatni amalgaoshirdi.Gutenberg...................................................edi.

VI bob. Yevropada feodal tarqoqlikning davom etishi

30-§. XII - XV asrlarda Germaniya

Tayanch tushunchalar~iermaniya siyosiy taraqqiyotining o’ziga xos

xususiyatlari. Shtaufenlar hukmronligi davri. Gabsburglar hukmronligL Germa-niyada markazlashgan davlatning tashkil topmay qolganligi.

Siyosiy taraqqiyotning o’ziga xosligi. Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti Fransiya va Angliyanikidan farq qilardi. |Bu ikki davlat tobora

markazlashib borgan bo’lsa, Germa-niyada feodal tarqoqlik hukm surardi. Mamlakat kichik-kichik knyazliklarga bo’linib ketgan edi. Imperator hokimiyati zaif edi. Imperator bor-yo’i feodallarning eng yirigi edi, xolos. Knyazliklar unga nomigagina vassal hisoblanardi. Buning asosiy sababi -Germaniya imperatorlarining bosqinchilik siyosati edi. Bunday siyosat

Page 242: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

112

Germaniya imperatorlarini yirik va mayda feodallarga butunlay bolab qo’ygan. Chunki bosqinchilik urushlarini ularning madadisiz amalga oshirib bo’lmas edi.

Fransiya va Angliyada shaharlar qirol hokimiyatining ittifoqchisiga aylangan bir paytda Germaniyada bu hodisa ro’y bermagan. Bunga bosqinchilik urushlarining imperatorlarni shaharlar taqdiriga befarq qilib qo’yganligi sabab bo’lgan.

Shtaufenlar sulolasi hukmronligi. 1125- yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga shtaufenlar sulolasi keldi.

Bu sulolaning imperatori Fridrix I Barbarossa edi. U 38 yil imperatorlik taxtida o’tirgan. Uning hukmronlik yillari bosqinchilik urushlariga to’la bo’ldi. Chunonchi, 1158- yilda Italiya bosib olindi. Bu Germaniya tomonidan Italiyani ikkinchi marta istilo qilinishi edi. Italiya erkin shahar kommunalari shaharlarga imperator noiblarining tayinlanishiga rozilik berishga majbur etilgan.

Sodiq huquqshunoslar imperator Fridrix I ni “yerdagi jonli qonun” deb madh etganlar.

Erkinlikka ko’nikkan Italiya shaharlari ittifoqqa birlashganlar. Bu ittifoqda Milan shahri yetakchi rol o’ynagan. Germaniya ta'sirining kuchayishidan cho’chigan Rim Papasi ham shaharlar ittifoqiga qo’shilgan.

1176- yilgi jangda imperator qo’shini malubiyatga uchragan. Fridrix I Italiya shaharlarining erkin kommuna huquqlarini tan olgan. Buning evaziga shahar kommunalari sifatida imperatorning oliy hokimiyatini tan olganlar. Ayni paytda Fridrix I Rim Papasi davlati ishlariga aralashmaslikka rozi bo’lgan.

Biroq Fridrix I Italiyadan butunlay voz kechgan emas. U mamlakat janubidagi Sitsiliya qirolligini oilaviy nikoh yordamida Germaniya ta'sirida saqlab qolishga erishgan.

Imperator hokimiyatining tushkunlikka uchrashi. 1212-yilda Rim Papasi Sitsiliya qiroli Fridrix II Shtaufen (Fridrix I na-birasi)ni Germaniya imperatori deb e'lon qildi. Ammo u Sitsiliyada yashar edi. Natijada Germaniyada hokimiyat amalda yirik feodallar qo’liga o’tgan.

Fridrix II yirik feodallarning imperatorlikka yangi nomzod ko’rsatib qo’ymasliklari uchun ularga har qanday masalada yon bosgan.

Page 243: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

113

Rim Papasi esa Fridrix II ni o’z vassali deb hisoblardi. Papa hatto Fridrix II ni salib yurishida ishtirok etishga ham majbur etgan. Biroq u Papa kutganidek muvaffaqiyatga erisha olmagan. Bu esa Papani ranjitgan. Rim Papasining Italiya shaharlari ittifoqini qayta tiklashi ularning munosabatlarini keskinlashtirgan. Tez orada imperator bilan Papa o’rtasida urush boshlangan. Papa Rimdan qochib ketishga majbur bo’lgan. U Fridrix II ni dindan qaytgan deb e'lon qilgan. Germaniya knyazlarini yangi imperator saylashga chaqirgan.

1245- yilda Rim Papasi Fridrix II ning barcha fuqarolarini imperatorga sodiqlik qasamlaridan xalos etgan. Imperator tarafdorlari bilan Papa tarafdorlari o’rtasidagi kurashda Fridrix II yengilgan.

1250- yilda uning vafot etishi shtaufenlar sulolasini halokatga uchratdi. 1273- yilgacha Germaniyada amalda imperator bo'l-magan. Bu holat mamlakatda ishlab chiqarishni butunlay izdan chiqargan.

XIII - XV asrlarda Germaniyadagi siyosiy ahvol. Bu davrlarda feodal tarqoqlik tobora kuchaydi. Germaniya yanada maydalashdi. Imperatorlik hokimiyati hech qachon o’z qaddini avvalgidek qayta tiklay olmadi.

1273- yilda gabsburglar sulolasi vakili imperatorlik taxtini egalladi.1347- yilda hokimiyat lyuksemburglar sulolasi

qo’liga o’tdi. Bu sulola davrida Germaniya imperatori yetti nafar saylovchi tomonidan saylanadigan tartib qaror topdi. Ularning to’rt nafari qudratli knyazlardan, uch nafari esa arxiyepiskop (oliy ruho-niy)lardan iborat bo’lgan.

Lyuksemburglar sulolasi 1437- yilgacha hukmronlik qilgan.1437- yilda hokimiyat yana gabsburglar sulolasi

qo’liga o’tgan. Bu sulola hokimiyatni 469 yil davomida o’z qo’lida saqlab turdi.

Xususiy merosiy knyazlik yerlari gabsburglarning tayanchi edi. Ular oilaviy nikoh vositasi orqali o’z mulklarini kengaytirib borganlar. Shu yoi bilan keyinchalik hatto Ispaniya taxtiga ham merosxo’r bo’lib olganlar. Lekin Germaniyaning gabsburglar imperatorlari hech qanday real hokimiyatga ega boimagan. Ularda na doimiy qo’shin, na imperiya markaziy boshqaruv mahkamasi bo’lgan. Imperiyada umumimperiya sudi va umumimperiya solii ham bo’lmagan. Imperator avvalgidek birinchi feodal - knyazlarning nomigagina boshlii bo’lib qola bergan.

Page 244: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

S-Jahon tarixi, 7-sinf.

Page 245: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

114

Page 246: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingFransiya va Angliyada markazlashgan

davlat vujudga kelgan bir davrda Germaniyada feodal tarqoqlik davom etgan.

Page 247: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Feodal tarqoqlik Germaniyani zaiflashtirdi. Oqibatda Polsha Prussiyani, Daniya esa Klezvig-Golshteynni bosib olgan.

1481- yilda Germaniyaning tarkibidan Shveysariya mustaqil davlat bo’lib ajralib chiqqan.

Savol va topshiriqlar

1. Germaniya siyosiy taraqqiyotining o 'ziga xos xususiyatlarini

qayd eting. 2. Shtaufenlar sulolasining tashqi siyosati haqida nimalarni

bilib oldingiz? 3. Germaniyada imperator hokimiyati qay tariqa tushkunlikka

yuz tutgan? 4. XIII - XV asrlar Germaniya siyosiy hayotini Fransiya va

Angliya siyosiy hayoti bilan taqqoslang. 5. Feodal tarqoqlik Germaniyaning xalqaro ahvoliga qanday

ta'sir ko’rsatgan?

31-§. Rusda feodal tarqoqlik va uning oqibatlari

Tayanch tushunchalarMustaqil knyazliklar. Tarqoqlik oqibatlari. Boyarlar

respublikasi. Dvoryanlar. Knyazlar va boyarlar o’rtasidagi kurash.

Page 248: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Kiyev Rusining bo’linib ketishi. Natural xo’jalik hukmronligi mamlakatning turli hududlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni zaiflashtirgan. Bu hodisa XII asrga kelib Kiyev Rusining mustaqil knyazliklarga bo’linib ketishiga olib keldi.

Page 249: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingKiyev Rus davlati 15 ta mustaqil

knyazlikka bo’linib ketdi.

Page 250: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

115

Ular ichida Kiyev, Buyuk Novgorod, Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklari eng yiriklari edi. Ularning har biri mustaqil o’z ichki va tashqi siyosatiga ega edi.

Feodal tarqoqlik oqibatlari. Kiyev Rusining bo’linib ketishi, avvalo, knyazliklar o’rtasida o’zaro urushlarning kuchayishiga olib kelgan. Bundan tashqari, feodal tarqoqlik mamlakat mudofaa qobiliyatini ham pasaytirgan. Ayni paytda knyazlarning o’zlariga qarashli ayrim hududlarni vorislari o’rtasida taqsimlashlari knyaz-liklarning yanada maydalashib ketishiga olib kelgan.

Feodal tarqoqlik knyaz hokimiyati bilan yirik feodal (boyar)lar o’rtasida nizolarning kuchayishiga ham sabab bo’lgan. Chunki knyazlar cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lishga intilganlar. Yirik feodallar esa bunga qarshilik ko’rsatganlar.

Novgorod boyarlar respublikasi. Kiyev Rusidan ajralib chiqqan dastlabki knyazliklardan biri - Novgorod knyazligi edi. Kiyev Rusi tarkibida bo’lgan davrida Novgorod Kiyev Buyuk knyazining o’li tomonidan boshqarilar edi. Novgorod shahri knyazlikning poytaxti bo’lgan. Novgorod eng muhim savdo yo’llari kesishgan yerda joylash-gani uchun “dengiz porti” deb atalgan.

Novgorod knyazligida boyarlar ta'siri kuchli edi.1136- yilda ular knyazni taxtdan adarganlar.

Knyazlik boyarlar respublikasiga aylangan.Novgorod hukmdorini xalq vechesi saylagan. U

“Boyarlar kengashi” oldida javobgar bo’lgan. Xalq vechesini ham boyarlar boshqargan. Shu tariqa butun hokimiyat boyarlar qo’lida to’plangan. Novgorod respublikasi amalda boyarlar respublikasi edi.

Kiyev knyazligi. Kiyev Rusi parchalangach, Kiyev knyazligi kichrayib qoldi. Turli knyazliklar Kiyev knyazligini bo’ysundirishga harakat qilib ko’rganlar. Bu ishda ular boyarlar madadiga tayanganlar. Biroq Kiyev knyazligining katta harbiy kuchga egaligi ularga o’z maqsadlarini amalga oshirishga imkon bermagan.

Knyazlikka qipchoqlar tomonidan solingan xavf knyazni katta qo’shin saqlashga majbur etardi. Bu qo’shin o’z ichki dushmanlariga qarshi kurashishda knyazning tayanchi ham edi.

XIII asrga kelib vaziyat o’zgardi. Knyaz bilan boyarlar o’rtasidagi nizo knyazlikni zaiflashtirdi. Oqibatda 1203- yilda Volin knyazi Roman Mstislavich Kiyevni egalladi.

Page 251: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

116

Knyazlar va boyarlar o’rtasidagi kurash. 15 mustaqil knyazlikning har birida knyazlik sulolasi qaror topa bordi. Shu tariqa hokimiyat meros sifatida qoldiriladigan bo’ldi. Boyarlar, oldini ololmadilar.

Ular har bir knyazlikda o’zlari xohlagan kishini knyazlik tax-tiga o’tqazishni istar edilar. Knyazlar esa boyarlarni hokimiyatdan chetlashtirishga urinardi. Shu tufayli ular boyarlar bilan tobora kamroq maslahatlashadigan bo’lganlar. Ayni paytda knyazlar boyarlardan qo’shin bilan yordam berishlarini talab etardilar. Boyarlar esa buni aslo xohlamas edilar.

Ular knyazlarning bosqinchilik urushlarida qatnashishdan ko’ra o’z yer-mulklarida xo’jalik ishlarini boshqarishni afzal deb bi-lardilar.

Bu omillar knyazlar va boyarlar o’rtasidagi nizolarni yanada kuchaytirgan.

Knyazlar boyarlarga qarshi kurashda keyinchalik dvoryan deb atalgan toifaga tayanganlar. Dvoryanlar soliq va jarima yiuvchi, xo’jalik yurituvchi hamda ish boshqaruvchilar qatlamidan kelib chiqqan. Davlat oldidagi xizmatlari uchun knyazlar ularga yer in'om etardi. Bu toifa shu tariqa dastlab mayda feodallarga, keyinchalik dvoryanlarga aylanganlar.

Knyazlar ayni paytda shaharlarga ham suyanganlar. Knyaz va boyarlar o’rtasidagi kurash, ayniqsa, Galich-Volin va Vladimir-Suzdal knyazliklarida keskin tus olgan.

Galich-Volin knyazligi. Bu knyazlikning poytaxti Dnestr daryosi bo’yidagi Galich shahri edi. XII asr o’rtalarida Galich boyarlari hokimiyat uchun kurash boshlaganlar. Knyaz Yaroslav boyarlar bilan murosa qilishga majbur boigan.

XII asr oxirida Galich va Volin knyazliklari yagona knyazlikka birlashtirildi.

Vladimir-Suzdal knyazligi. Yuriy Dolgorukiy (Vladimir Mo-namaxning o’li) knyazligi davrida Vladimir-Suzdal kuchli knyaz-liklardan biriga aylandi. Ayni paytda u Kiyev knyazligi yerlarini egal-lash uchun ham intilgan va o’z maqsadiga erishgan.

1147- yilda Moskva shahriga asos solgan. Suzdalni boshqarishni o’li Andreyga topshirgan. U Vladimir shahrini poytaxtga aylan-tirgan.

Page 252: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

117

Andrey 25 yil knyazlik qildi. Andreyning keyingi yillarda olib borgan harbiy yurishlari boyarlar tomonidan qo’llab-quvvatlanmagan. Oqibatda ikki tomon o’rtasidagi nizo yanada keskinlashgan. 1174- yilda Andrey boyarlar fitnasining qurboni bo’ldi.

1176- yilda knyazlik taxtini uning ukasi Vsevolod egalladi. U Vladimir-Suzdal knyazligini 1212- yilgacha boshqardi.

Atamalar mazmunini bilib oling

Page 253: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Dvoryan (hovli-mulk egasi) - o’rta asrlarda hukmdorlar oldidagi xizmatlari uchun berilgan merosiy imtiyozlari qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan mulkdor taba-qalardan biri.

“Boyarlar kengashi”- Novgorod respublikasida hokimiyat oliy organi.

Savol va topshiriqlar

1. Rusdagi feodal tarqoqlik arbiy Yevropadagi feodal

tarqoqlikdan qaysi jihati bilanfarq qiladi? 2. Rusdagi feodal tarqoqlik qanday oqibatlarga olib keldi? 3. Nega Rus knyazliklarida knyazlar va boyarlar o 'rtasida doim

keskin kurash borgan?4. Knyazlar boyarlarga qarshi kurashda kitnlarga tayanganlar? 5. Dvoryanlar tabaqasi qay tariqa shakllana borgan?

Mustaqil

ish Jadvalni

to’ldiring

Page 254: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

arbiy Yevropada feodal tarqoqlik qaysi voqeadan

Rus davlatida-chi?

arbiy Yevropada feodal tarqoqlik qachon yuz

Rusda-chi?

Feodal tarqoqlikka asos bo’lgan umumiy

Page 255: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

118

Page 256: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

32-§. Chet el bosqinchilarining Rusga hujumi

Tayanch tushunchalarMo 'g 'ullar bosqini. Rusning tobe etilishi. Oltin O

'rda. Shved va nemis bosqinchilariga qarshi kurash.

Mo’ullar hujumi. XIII asr boshlarida Osiyoda qudratli | Mo’ullar davlati tashkil topdi.

Bosqinchilik urushlari natijasida u qisqa vaqt ichida ulkan imperiyaga aylandi.

1237- yilda esa mo’ullar Rusga hujum boshlaganlar. 140 ming kishilik qo’shinga Botuxon boshchilik qildi. Mo’ullar uchun feodal tarqoqlikni boshidan kechirayotgan Rusni bo’ysundirish qiyin kechmadi. Rus knyazlari umumiy dushmanga qarshi kurashda bir-birlariga yordamga kelmaganlar.

Page 257: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingKnyazlarning bir-biriga yordamga

kelmaganligining asosiy sababi ularning o’zaro dushmanga aylanib qolganliklari edi.

Page 258: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

37- rasm. Yorliq -knyazlik qilish hujjati.

Ryazan mudofaachilari qattiq qarshilik ko’rsatsalar-da, kuchlar teng bo’lmaganligi sababli jangda tor-mor etilgan. Mo’ullar tez orada Moskvani ham egalladilar. Navbat Vladimir-Suzdal knyazligiga kelgan. 1238-yilning mart oyida bu knyazlik ham tor-mor keltirildi. Knyaz Yuriy Vsevolodichning o’zi ham jangda halok bo’lgan.

Botuxon qo’shini 1240- yilda Kiyev knyazligini o’ziga bo’ysundirdi. Shu tariqa Rusning uch knyazligi (Polosk-Minsk, Smolensk va Novgorod-Pskov knyaz-liklari) dan boshqa barcha knyazliklar birin-ketin bo’ysundirildi.

Botuxon Rusdan boshqa istilo etilgan hududlarda Oltin o’rda xonligini tuzgan.

Page 259: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

119

Rus yerlari Oltin o’rda tarkibiga kiritilmagan. Lekin ular Oltin o’rdaga tobe etilgan. Har bir knyazlik har yili katta miqdorda o’lpon to’lab turishga majbur qilingan. Rusning qaysi knyazligida kimning knyaz bo’lishi masalasini ham Oltin o’rda xonlari hal etganlar. Ma'qul ko’rilgan nomzod xondan yorliq olgachgina knyazlik taxtiga o’tira olgan.

Knyazliklardan biriga barcha knyazliklardan Oltin o’rdaga to’lanadigan o’lponni yiish huquqi berilgan. o’sha knyazlik o’lponlarni to’plab, Oltin o’rdaga topshirgan.

Page 260: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingO 'Ipon yig 'ish huquqi berilgan

knyazlikka Buyuk knyazlik yorlig 'i ham berilardi.

Page 261: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Oltin o’rda xonlari cherkovning kuchi va ta'sirini yaxshi bilganlar. Shuning uchun ham pravoslav cherkovidan madad olish maqsadida ruhoniylarga katta imtiyozlar berganlar.

Shved va nemis bosqinchilarining hujumi. Rus bu davrda faqat mo’ullar hujumigagina uchrab qolmadi. 1240-yilda mo’ullar oyoi yetmagan Nov-gorod-Pskov knyazligiga shved qo’shin-lari hujum qildi. Bu davrda Novgorodda 18 yoshli dovyurak sarkarda Aleksandr Yaroslavich knyazlik qilardi. Aleksandr qo’shini shvedlar ustidan alaba qozon-gan. Bu alaba tufayli knyazga Nevskiy degan (Neva daryosi nomidan olingan) faxriy nom berilgan. Endi u Aleksandr Nevskiy deb atala boshlangan.

Shvedlar xavfi bartaraf etilgach, shu yilning o’zida endi nemis ritsarlari Rus yeriga bostirib kirdi. Ular butun Pskovyerlarini egalladi. Nemis ritsarlariga qarshi kurashga ham Aleksandr Nevskiy rahbarlik qildi. 1242- yilning 5- aprelida nemis ritsarlari kuchlarini odatdagi jangovar tartibda - pona shaklida safga tizdilar. Markazda eng kuchli qism harakat qilgan. Ular bir zarba bilan

38- rasm. Aleksandr Nevskiy.

Page 262: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

120

ruslarning mudofaa chiziini yorib o’tmoqchi, rus qo’shinini parchalab yubormoqchi, uni qismlarga bo’lib, qirib tashlamoqchi bo’lganlar. Aleksandr bularning hammasini oldindan ko’rib, o’zining eng kuchli qismlarini markazga emas, balki yon qanotlarga joylashtirgan. Avval boshda ritsarlar ruslarning bo’sh markazini osonlikcha yorib o’tgan. Shiddatli jang boshlangan. Oir sovutlardagi nemislar muzlagan Chud ko’li ustida siranib yiqilaverganlar. Rus askarlari har tomondan zarba beravergach, dushman bardosh berolmay qochishga tushgan. Yengilgan nemislar shu tariqa rus yerlariga bo’lgan da'volaridan voz kechishga majbur bo’lganlar.

Rus mo’ullar zulmi ostida bo’lgan bir vaqtda bu juda muhim edi.

Page 263: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingChud ko 'lidagi tarixiy g 'alaba shunday

qozonilgan edi. Novgorod bilan Pskov yerlari o'z mustaqilligini saqlab qoldi.

Page 264: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Savol va topshiriqlar

1. Mo’ullar Rus yerlarini qay tariqa bo’ysundirganlar? 2. Mo’ullar nega Rusni qisqa vaqt ichida bo’ysundira

olganlar? 3. Aleksandr Nevskiyning Rus yerlari mustaqilligini saqlab

qolishdagi tarixiy xizmatlari haqida nimalarni biliboldingiz ?

33-§. Rusning mo’ullar zulmidan ozod bo’lishi

Tayanch tushunchalarKulikovo jangi. Rusning ozod bo’lishida Amir Temurning o’rni.

Rusni yagona davlatga birlashtirish shart-sha-roitlarining yetila borishi. Rus xalqi mo’ullar istibdodiga | qarshi hamisha

kurashib kelgan. Bu kurash XIV asrda yanada kuchaydi. Ozodlik yo’lidagi kurash avvalo Rusni birlash-tirishni taqozo etardi.

Page 265: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

121

Page 266: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Rusni yagona davlatga birlash-tirmasdan turib, mo’ullar istib-dodidan qutulib bo’lmas edi. Bu haqiqat tobora ko’proq anglana boshlandi. Rusni birlashtirishdek tarixiy vazifa Moskva knyazligi zimmasiga tushdi.

1327- yilda Moskva knyazi Ivan Kalita (1325 - 1340) Rus knyazliklarida o’lpon yiish huquqini qo’lga kiritdi. Ayni paytda knyazlik tobora kuchayib bordi. Rus knyazliklari birin-ketin Moskva knyazligiga bo’ysundirilib borildi. 1367- yilda xarsangtoshlardan qurilgan Kreml Moskvani mustahkam qaTaga aylantirdi.

Kulikovo jangi. Moskva knyaz-ligining tobora kuchayishi, Rusning shu knyazlik qo'1 ostida yagona dav-latga birlasha borishi Oltin o’rdani tashvishga sola boshladi. Oltin o’rda Rusda o’z hukmronligining zaifla-shishiga aslo toqat qila olmas edi. Oltin o’rda xoni Mamay 1380-yilda avvalgi hukmronlikni qayta tiklash uchun Rusga qarshi katta qo’shin surdi. Oltin o’rda va Moskva knyazligi o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1380- yilning 8-sentabr kuni bo’lib o’tdi. Bu jang Don daryosi bo’yidagi Kulikovo deb ataluvchi maydonda bo’lib o’tganligi uchun tarixga “Kulikovo jangi” nomi bilan kirdi. Rus qo’shiniga Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich (Ivan Kalitaning nabirasi) boshchilik qildi.

Jangni Mamayning otliq askarlari boshladi. Ular ruslarning oldingi qismiga hujum qildi. Shafqatsiz olishuvda bu qism halok bo’ldi. Knyaz Dmitriy Ivanovich knyazlik anjomlarini oddiy askar kiyimiga almashtirib, dushman bilan olishdi. Bir necha soat davom etgan jangda o’rdaliklar rus qismlarini siqib qo’ydi.

Jangning hal qiluvchi pallasida pistirmadagi qism jangga kirdi. Rus otliq askarlari hujum qilayotgan dushmanning orqa tomonidagi o’rmon ortidan chiqib qo’qqisdan zarba berdi. Shuncha yerlarni qo’lga kiritgan

39- rasm. Dmitriy Donskoy.

Page 267: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

122

va shu qadar ko’p xalqlarni asoratga solgan mo’ul-tatar xonlari birinchi marta qaqshatqich malubiyatga uchradi. Buyuk knyaz Dmitriy Ivanovich jangda oir yaralandi. Bu alaba sharafiga u Dmitriy Donskoy deb ataladigan bo’ldi.

Oltin o’rdaning malubiyati Moskva knyazligi obro'-e'tiborini oshirdi. Moskva knyazligining Rusni mo’ullar istibdodidan ozod etish uchun kurash markazi sifatidagi o’rni yanada oshdi va mustahkamlandi.

Rusning ozod bo’lishida Amir Temurning o’rni. Kulikovo jangi qanchalik ahamiyatli bo’lmasin, u Rusni Oltin o’rda istibdodidan xalos etgan emas. 1382- yilda Oltin o’rdaning yangi xoni To’xtamishxon (1380 - 1395) Rus yeriga bostirib kirdi va Moskvani ishol etdi. Rus yana o’lpon to’lashga majbur etildi. Oltin o’rda To’xtamishxon hukmronligi davrida Amir Temur imperiyasiga ham tahdid sola boshladi. Oxir-oqibatda Amir Temur unga qarshi yurish qilishga majbur bo’ldi.

1395- yilgi yurishda To’xtamishxon qo’shini butunlay tor-mor etildi. Amir Temur Oltin o’rdaga o’nglanmas zarba berdi. Bu zarbadan so’ng Oltin o’rda o’z harbiy qudratini qayta tiklay olmadi. Amir Temurning alabasi Rusning taqdirida katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Bu alaba Rusning mo’ullar istibdodidan ozod boiish onlarini yaqinlashtirdi. Bu inkor etib bo’lmaydigan tarixiy haqiqat edi.

o’qing va mulohaza yuritingRus tarixchisi va harbiy mutaxassisi MJvankin

bunday deb yozgan edi: “Muhammad payambarni chin yurakdan e 'zozlovchi Amir Temur Oltin O 'rdaning butkul kuchsizlanishi va yiqilishining asosiy sababchisi bo’ldi va bu bilan Rossiyani uning zulmidan xalos bo'lishini...tezlashtirdi”. (“Ikki buyuk sarkarda” asari).

o’qing va mulohaza yuritingRus tarixchi olimlari B.Grekov va

A.Yakubovskiylar esa bunday deb yozgan edilar: „1395- yilda Temurning To’xtamish ustidan qozongan alabasi... Rus uchun ham juda katta ahamiyatga ega bo 'Idi. To 'xtamishni yengish bilan Rus yeriga obyektiv suratda katta xizmat ko 'rsatgan “. („ Oltin O 'rda va uning qulashi” asari).

Page 268: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

123

Nihoyat, 1480- yilda Rus Oltin o’rdaga o’lpon to’lashdan bosh tortdi. Shu tariqa Rusning mo’ullarga qariyb ikki yarim asrlik qaramligi barham topdi. Endi Moskva knyazligi Rusni Rossiya deb atalmish yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy vazifani nihoyasiga yetkazish uchun barcha shart-sharoitga ega bo’ldi.

Savol va topshiriqlar

1. Moskva knyazligining Rusni birlashtirish yo 'lidagi harakati

haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Kulikovo jangining Rus uchun ahamiyati nimadan iborat

bo’ldi? 3. Amir Temur Rusning tarixiy taqdirida qanday rol o'ynagan?

Mustaqil ish “G'arbiy

Yevropa davlatlari va Rusning birlashish

jarayoni”

Fransiyada markazlashgan davlat qay tariqa vujudga

Angliyada markazlashgan davlat qay tariqa vujudga

Rusda markazlashgan davlat qay tariqa

Page 269: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

VII bob. Saljuq va Usmonli turklar

34-§. Saljuq va Usmonli turklar

davlatlari

Tayanch tushunchalarSaljuqlar davlati. Anadolu saljuqlar davlati.

Usmonli turklar davlati. Amir Temurning Yevropa oldidagi xizmati. Vizantiyaning qulashi.

Saljuqlar davlati. Davlatning nomi saljuq turklarining yetakchisi Saljuq ibn Do’kak nomidan olingan. U harbiy I sarkardaedi. Saljuq

turklari Orol dengizining shimoli-sharqiy qiroqlari, Sirdaryoning o’rta va quyi oqimi hududlarida yashaganlar. Ular 992- yilda islom dinini qabul qilishgan.

Page 270: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

124

Saljuqlar 1038- yilda Xurosonda o’z davlatini tuzdilar. Bu davlatning asoschisi Saljuqning nabirasi To’rulbek edi (1038 - 1063).

Saljuqlar davlati keyinchalik jahonning eng yirik imperiyalaridan biriga aylangan.

To’rulbekning avlodlari Alp Arslon va Malikshohlar davrida (1063 - 1092) saljuqlar Yaqin Sharq va Kichik Osiyoda mustahkam o’rnashib oldilar.

1071- yilda Vizantiyaning 200 minglik qo’shini tor-mor etilgan. Bu alaba saljuqlarga butun Kichik Osiyo, Suriya, Falastin va Kavkazortini bo’ysundirish imkonini bergan. Biroq birinchi salib yurishi oqibatida Saljuqlar davlatining parchalanishjarayoni boshlan-gan. Chunonchi, Kermon, Suriya va Anadolu kabi mustaqil sulton-liklarga boiinib ketgan.

Tez orada tarix sahnasida yana bir qudratli davlat - Xorazmshohlar davlati paydo bo’ldi. Bu davlat saljuqlarning Xuroson, Suriya va Kermon sultonliklariga barham berdi.

Page 271: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingFaqat Kichik Osiyodagi Anadolu

saljuqlar sultonligi 1308- yilgacha yashadi.

Page 272: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Saljuqlarning Kichik Osiyoga kelishi turli turkiy qabilalar orasida islom dinining keng yoyilishini ta'minladi.

Turk qabilalarining o’troqlashishi va mahalliy aholi bilan aralashishi natijasida yana bir etnik birlik - turk xalqi shakllana boshladi.

Mo’ullar hujumi Anadolu sultonligini zaiflashtirdi. Oxir-oqibatda XIV asr boshlariga kelib bu sultonlik parchalanib ketdi.

Usmonli turklar davlatining tashkil topishi. Anadolu saljuqlar sultonligi parchalangach, uning hududida ko’plab beyliklar (bekliklar - hokimliklar) vujudga keldi. Ulardan biri - Vizantiya bilan chegara hududda joylashgan Usmon (1282 - 1326) rahbarlik qilgan Usmon beyligi edi. Usmon I Vizantiyaning zaiflashib qolganligidan foydalanib, o’z beyligi hududini tobora kengaytirdi.

Bosib olingan Bursa shahri poytaxt etib belgilandi. Tez orada Anadoludagi boshqa turk beyliklari ham Usmon I tomonidan bo’ysundirildi. Shu tariqa Usmonli turklar davlati tashkil topdi. U

Page 273: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

125

Page 274: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Turkiya deb ham ataladi. Usmon I qo'1 ostiga bir-lashtirgan barcha turkiy xalqlar endi Usmonli turklar deb atala bosh-landi.

Istilochilik urush-lari. Usmon I ning o’-li o’rxon davrida (1326-1359) katta isti-lochilik urushlari olib borildi. o’rxon xalq lashkari deb ataluvchi doimiy qo’shinga ega edi. Ayni paytda harbiy

ishni o’z kasbiga aylantirgan, juda yaxshi harbiy ta'limga ega yanichar - piyoda, sipohiy deb ataluvchi otliqlar qo’shini tuzildi. Harbiy harakatlarda artilleriya (zambarak)dan foydalanish joriy etildi. Shu tariqa Usmonli turklar davlati qudratli qo’shinga ega bo’ldi. 1371- yilda Vizantiya imperatori o’zini Turkiya sultonining vassali deb tan olishga va katta miqdorda o’lpon to’lashga majbur etildi.

Turklar qisqa tarixiy vaqt ichida Bolqon yarim orolini zabt etdi. Bu yerdagi slavyan davlatlari o’zaro ichki urushlar natijasida zaiflashib qolgan edi. Vizantiya esa Turkiyaga qarshilik ko’rsata olmas edi. Bolqon davlatlari mustaqillik uchun qattiq kurashganlar. Turkiya, ayniqsa, Serbiya uchun qonli urushlar olib borishga majbur bo’lgan.

1389- yilda Serbiyaning Kosovo maydonida hal qiluvchi jang bo’lib o’tdi. Bu jangda Turkiya sultoni Murod I o’ldirildi. Shunday bo’lsa-da, serblar qo’shini tor-mor etilgan. 1396- yilda esa Bolgariya bosib olingan.

Yevropaga tahdid. Vizantiyaning tez orada qulashi aniq bo’lib qoldi. Shu tariqa Turkiya Yevropaning boshqa davlatlariga ham hujum uyushtirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu Yevropa uchun ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Turkiyaning imkoniyatlari butun arbiy Yevropani tashvishga solib qo’ydi. Ana

40- rasm. Usmonli turklar jangchilari.

Page 275: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

126

shunday oir bir sharoitda Sohibqiron Amir Temur Yevropani halokatdan saqlab qoldi.

1402- yilning 28- iyunida Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (Chaqmoq) va Amir Temur qo’shini o’rtasida tarixiy jang bo’lib o’tdi.

Page 276: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yodda tutingBujang tarixga Anqarajangi nomi bilan

kirgan. Anqara shahri hozirgi Turkiya Respublikasining poytaxti.

Page 277: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Bu jangda Boyazid qo’shini tor-mor etildi. Uning o’zi asir olindi. Amir Temur arbiy Yevropani shu tariqa halokatdan saqlab qoldi. Bu alaba Vizantiyaning qulashini yarim asr orqaga surdi. Amir Temur tom ma'noda Yevropa xaloskoriga aylandi.

Olqing va mulohaza yuriting

“Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jurofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi”.

/. Karimov

“Amir Temur 1402- yilda Anqarada erishgan alabasi bi-lan...ikkinchi marta Yevropa xalqlariga xizmat ko’rsatdi”.

A. Yakubovskiy

* * *“Amir Temurning Boyazid ustidan alabasi

xristian olamini saqlab qoldi”.R. Grousit

Turkiyaning keyingi taqdiri. Amir Temur Turkiya davlatini yo’q qilib yubormadi. Sababi salib yurishlarining oqibati hali musulmon olamining yodidan ko’tarilmagan edi. U Boyazidning asir olingan o’illarini Turkiya imperiyasining turli mulklariga hokim etib tayinladi.

Page 278: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

127

Amir Temur imperiyasining parchalanishi Turkiyaga oldingi qudratini tiklash uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Zaiflashib qolgan Vizantiya ham bunga qarshilik qila olmas edi. XV asrning 20- yillarida Turkiya yana qaddini tiklab oldi. Uning harbiy qudrati qayta tiklandi.

Vizantiya imperiyasining barham topishi. 1453- yilning 29-may kuni Vizantiya imperiyasining poytaxti Konstantinopol shahri turklarga taslim bo’ldi. Vizantiyaning so’nggi imperatori jangda halok bo’ldi. Turklar shahar nomini Istanbul deb o’zgartirdilar va uni imperiya poytaxtiga aylantirdilar. Shu tariqa Sharqiy Rim imperiyasi - Vizantiya imperiyasi ham quladi.

Vizantiyaning qulashi bilan Yevropa va Osiyoni bolab turuvchi savdo yo’llari turklar nazoratiga o’tdi. Turkiya tez orada Yevropa va Osiyoning juda katta hududlarini bosib oldi. Keyingi asrlarda butun Shimoliy Afrika ham ishol etilgan. Turkiya dunyoning uch qit'asi (Osiyo, Yevropa va Afrika)da ulkan hududlarni egallagan yagona imperiyaga aylangan.

Savol va topshiriqlar

1. Saljuq turklari va ular tashkil etgan davlatlar haqida

nimalarni bilib oldingiz?2. Usmonli turklar davlati qay tariqa tashk.il topdi? 3. Amir Temurning Boyazid ustidan qozongan alabasiYevropa taqdirida qanday rol o’ynagan? 4.

Vizantiya imperiyasi qay tariqa quladi? 5. Turkiya imperiyasi boshqa imperiyalardan qaysi jihatdan farq qiladi?

arbiy Rim imperiyasining qachon qulaganligini

Page 279: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

128

VI - VII BOBLAR MAVZULARI Bo’YICHA BILIMINGIZNI SINAB Ko’RING

Fridrix I Barbarossa-.......................................15 ta mustaqil knyazlikka bo’linib ketgan edi. (Bu qaysi davlatda ro’y bergan hodisa edi?)Dvoryan -......................mulkdor tabaqalaridan biri.1240- yilda.....................................bo’ysundirildi.1380-yilda.........................................bo’libo’tdi.B.Grekov va A.Yakubovskiylar.........................Usmonli turklar davlati....................tashkil topdi.1402- yilning 28- iyunida.................................“Yevropa xaloskori” - bu ibora kimga nisbatan aytilgan vanega?1453- yilda..............................................quladi.

VIII bob. XI - XV asrlarda Osiyo, Amerika va Afrika xalqlari

35-§. Mo’ullar davlati va uning istilochilik urushlari

Tayanch tushunchalar“Yakka mo’ul ulusi”. Istilochilik urushlari.

Mo’ullar istilosining oqibatlari. Mo’ullar davlatidagi ichki ziddiyatlar.

Page 280: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

..Vakka mo’ul ulusi”ning tashkil topishi. Ko’pdan-Iko’p mo’ul qabilalari qabilalar ittifoqiga birlashib lyashaganlar. Ularning eng yirigi va qudratlisi tayjiutlar qabila

ittifoqi edi. Uning xoni (hukmdori) Temuchin (1155- 1227)bo'lib, u barcha qabilalarni bir ittifoqqa birlashtirish uchun kurash olib borgan.

1206- yilda qabilalar ittifoqi xonlarining qurultoyi Temuchinni Buyuk xon deb e'lon qilgan va u Chingizxon deb atala boshlangan.

“Chingiz” Buyuk xonning unvoni hisoblanib, “dengiz”, “okean” degan ma'nolarni anglatadi.

Page 281: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

129

Page 282: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Shu tariqa Osiyo qit'asida qudratli yangi bir davlat tashkil topgan. U “Yakka mo’ul ulusi” deb atalgan. Tarixda bu davlat Mo’ullar davlati deb ham, Chingizxon davlati deb ham yuritiladi.

Chingizxon davlatni har biri ming oiladan iborat birlikka bo’lib idora etgan. Ularga Chingizxonga sadoqat bilan xizmat qilgan kishilar boshliq etib tayinlangan. Minglik o’z navbatida yuzlik va o’nlik oila birliklariga bo’lingan.

Istilochilik urushlariga tayyorgarlik. Chingizxon katta istilochilik urushlari olib borish uchun zarur shart-sharoitni yarata olgan. Avvalo, 15 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan barcha erkak kishilar harbiy xizmatga yaroqli, deb belgilab qo’yilgan. Bu esa qo’shinning katta zaxirasini vujudga keltirish imkonini bergan. Ayni paytda mo’ullar a'lo darajadagi qo’shinga ega bo’lganlar. Bunga ular otsiz tasavvur qilib bo’lmaydigan ko’chmanchilik hayoti tufayli erishganlar. o’troq hayot kechirayotgan davlatlarning otliq qo’shini ularga bas kela olmas edi. Mo’ullar, shuningdek, Xitoyning ilor harbiy texnikasini ham puxta o’zlashtirib olgan edilar. Jumladan, ular devor teshadigan va o’t sochadigan qurollarga ham ega bo’lganlar.

Chingizxon saralangan harbiy qism ham tashkil eta olgan edi.Va nihoyat, qo’shinda juda

qattiq tartib, intizom o’rnatilgan, bu tartibni buzganlar ayovsiz jazolangan. Yuqorida qayd etilgan omillar Chingizxon va uning vorislariga istilochilik urushlari olib borish imkonini bergan.

Istilochilik urushlari. Chingizxon1207- yildan 1227- yilgacha kattaistilochilik urushlari olib bordi. Shuyillar ichida Janubiy Sibirni, SharqiyTurkistonni, Shimoliy Xitoy, Xorazm-shohlar imperiyasi hududlarini, Kav-kazortining bir qismi, Dashti Qipchoq,Volgabo’yi va boshqa o’lkalarni bosiboldi. Shu tariqa Mo’ullar davlati o’zdavrining ulkan imperiyalaridan biriga 41- rasm.aylandi. Chingizxon.

r

Page 283: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

9- «Jahon tarixi», 7-sinf.

Page 284: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

130

Chingizxon 1224- yilda imperiyani to’rt nafar o’liga taqsimlab berdi.

Katta o’li Jo’jiga Xorazm, Shimoliy Kavkaz va Janubiy Sibir hududlari berilgan. Ikkinchi o’li Chiatoyga esa Sharqiy Tur-kiston, Yettisuv va Movarounnahr tekkan. Mo’uliston va Xitoyni uchinchi o’li va taxt vorisi o’qtoyga bergan. Va nihoyat, kenja o’li Tulu Xuroson, Sharqiy Eron hamda Shimoliy Hindistonga ega bo’lgan.

Imperiyaning bu to’rt tarkibiy qismi ulus deb atalgan. Uluslar rasman Buyuk xonga bo’ysungan.

Chingizxon 1227- yilda vafot etgach, uning vorislari yana 73 yil istilochilik urushlarini davom ettirganlar. Bu urushlar natijasida Rus yerlari, butun Kavkazorti, Eron va Suriya bo’ysundirilgan. 1258-yilda Iroqning bosib olinishi bilan Arab xalifaligi butunlay barham topgan.

1279- yilda Xitoyning qolgan yerlari, keyingi yillarda Koreyaning katta qismi bo’ysundirilgan.

Istilochilarning yurishlari 1300- yilda Birma urushi bilan nihoyasiga yetgan.

Mo’ullar istilosining oqibatlari. Mo’ullar istilosi xalqlarga oir kulfatlar keltirgan. Mo’ul qo’shini o’tgan yurtlar kultepaga aylangan. Shaharlar va madaniyat obidalari vayron etilgan.

Suorish tizimlari buzib tashlangan. Tobe etilgan xalqlar oir soliqlar to’lashga majbur bo’lgan. Shu tariqa istilo etilgan o’lkalarda iqtisodiy va madaniy taraqqiyot butunlay izdan chiqqan.

Mo’ullar madaniyati rivojlangan, katta yurtlarni idora qilish tajribasiga ega bo’lmagan. Chunki ularning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti bo’ysundirilgan xalqlarnikidan orqada edi. Davlatni boshqarish ishlarida asosan uyurlardan, shuningdek, musulmon davlatlari savdogarlari xizmatidan foydalanilgan.

Mo’ullar davlatidagi ichki ziddiyatlar. Mo’ullar davlatida Buyuk xon taxti hamda har bir ulusning o’zida ulus taxti uchun ayovsiz kurash davom etgan.

XIII asrning 50- yillariga kelib Mo’ullar davlati parchalana boshlagan.

Botuxon tuzgan Oltin o’rda, Xuloku tashkil etgan Eron davlati amalda mustaqil bo’lib olgan.

Page 285: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

131

1348- yilda Chiatoy ulusining o’zi ikki qismga bo’linib ketdi. Buyuk xon taxti uchun olib borilgan shafqatsiz kurashda Xuloku avlodlari o’qtoy avlodlarini butunlay qirib tashlagan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Dashti Qipchoq - Sirdaryoning yuqori oqimi va Balxash

ko’lidan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigachabo’lgan hudud. Yettisuv -

Qozoistonning janubi-sharqiy qismi. Bu nom

Balxash ko’liga quyiladigan yetti daryo joylashganhududga nisbatan qo’ilaniladi.

Ulus (mo’ulcha) - A). Chingizxon tuzgan davlat.

B). Bosib olingan hududlarni bo’lish natijasida Chin-gizxon farzandlariga tekkan ulush. Keyinchalik ularning

har biri alohida davlatga aylangan. Sharqiy T\irkiston - Bugungi Xitoy Xalq Respublikasi tarki-

bidagi tarixiy viloyat.

Savol va topshiriqlar

1. „ Yakka mo 'g 'ul ulusi” davlati qay tariqa tashkil topgan ?2. Chingizxon haqida nimalarni bilib oldingiz?3. o’ylab ko’ring, nega Chingizxon imperiyani o’illariga

bo 'lib bergan ? 4. Imperiya bosqinchilik urushlari qanday oqibatlarga olib

kelgan? 5. Chingiziylar nega davlat boshqaruv ishlarida chet elliklar

xizmatidan foydalangan?

36-§. Oltin o’rda xonligi

Page 286: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Tayanch tushunchalarJo 'ji ulusi. Oltin O 'rda. Ijtimoiy hayot. Oltin O 'rdaning qulashi.

Xonlikning tashkil topishi. Oltin o’rda xonligi XIII asrning 40- yillarida Chingizxonning nabirasi Botuxon (Jo’jining o’li) tomonidan tashkil etilgan. Bu davlat Rus

Page 287: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

132

manbalarida “Oltin o’rda”, sharq manbalarida esa “Jo’ji ulusi” deb atalgan.

Botuxon keyinchalik olib borgan istilochilik urushlari natijasida Dashti Qipchoqni, Volga, Qrim va arbiy Sibirni Jo’ji ulusiga qo’shib olgan. Shu tariqa Oltin o’rda davlati tashkil topgan.

Quyi Volga Oltin o’rdaning markaziga, xon qarorgohiga aylantirilgan.

Botuxon tez orada o’z davlati poytaxti - Saroy Botu shahrini bunyod ettirgan.

Botuxon o’ta tadbirkor, uddaburon va uzoqni ko’ra oluvchi chingiziy hukmdor edi. U im-periyada Buyuk xondan so’ng ikkinchi shaxsga aylangan.

Berkaxon hukmdorligi davrida Oltin o’rda. Botuxon 1255-yilda 48 yoshida vafot etgan. o’illarining qisqa vaqt hukm-ronliklaridan so’ng Oltin o’rda taxtini Botuxonning ukasi Berkaxon egallagan (1257 - 1266). Berkaxon tez orada yangi poytaxt - Saroy Berka shahrini qurdirgan.

Berkaxon davrida Oltin o’rda to’la mustaqil davlatga aylangan.Berkaxon Misr sultonligi bilan qizin aloqalar

o’matgan. Misr xon uchun boshqa chingiziylarga qarshi kurashda zarur edi. Ayni paytda Xuloku Eronining Suriya va Iroqni ishol etganligi Misr sultoni Beybarsni tashvishga solib qo’ygan. Eron Misr sultonligiga ham tahdid sola boshlangan. Binobarin, har ikki hukmdor yaqinlashishdan manfaatdor edi.

Berkaxon islom dinini qabul qilgan.U 1257- yilda Rusda umumiy aholini ro’yxatga olish

tadbirini o’tkazgan. Bundan ko’zlangan maqsad - o’lpon to’lovchilarning sonini aniq bilish edi. Berkaxon Xulokuga qarshi Kavkazga yurish qilgan vaqtida 1266- yilda vafot etdi. U Saroy Botu shahriga dafn etilgan.

Imperiyada ziddiyatlarning kuchayishi. Buyuk xon Munke vafot etgach, (1259- y.) imperiyada ichki kurash yanada avj oldi. Bundan foydalangan Chiatoy va o’qtoy xonadonlari o’z uluslarini yana qaytarib olishga erishganlar. Oltin o’rdaning Movarounnahrga ta'siri butunlay barham topgan.

42- rasm. Botux

Page 288: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

133

XIV asrda o’rdaning gullab-yashnashi o’zbekxon (1312 - 1342) nomi bilan boliq. U Oltin o’rda taraqqiyotiga xizmat qilishi mumkin bo’lgan barcha ishlarni amalga oshirgan. Saroy Berka shahrini obcxl qildirib, poytaxtni shu shaharga ko’chirgan.

Oltin o’rdada ijtimoiy munosabatlar. Mo’ullarning o’zi aholi tarkibida ko’pchilikni tashkil etmagan. Ular nihoyatda oz bo’lganliklari sababli hatto bora-bora o’z tillarini ham yo’qotganlar. Aholi tarkibida turkiy xalqlar ko’pchilikni tashkil etgan.

Shahzodalar eng katta yer-mulk egalari edi. Beklar va noyonlav ham katta yer egalari bo’lgan. Yaylovlar aslzodalar o’rtasida qat'iy taqsimlab qo’yilgan. Davlat rahbarlari amaldorlar, shahzodalar va no-yonlardan shakllantirilgan.

Oltin o’rdada ayl xo’jaligi deb ataluvchi xo’jalik ham bo’lgan. Bu o’z xo’jaligini yakka tartibda olib boruvchi ko’chmanchi oila xo’jaligi edi.

Ayl shahzodalar, beklar, noyonlar, tumanboshi, mingboshi, yuzboshi kabi yirik mulkdorlar tomonidan ajratib berilgan yaylovlarda ko’chib yurgan. Buning evaziga turli majburiyatlarni ado etgan.

Shahzodalar, beklar va noyonlarning ko’pchiligi suorma dehqonchilik yerlarida tarxon yorliqlariga ega bo’lganlar. Boshqa tabaqa vakillari ham davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun tarxon yorliqlarini olishgan.

Xon qo’shinining qo’mondonlari yuqori tabaqa vakillari -shahzodalar, beklar, noyonlar va tarxonlardan tayinlangan.

Erkak kishi qo’shin safiga chaqirilganida xo’jalik va oila ishlarida uning o’rnini ayoli egallagan. Oltin o’rdada dehqonlar sabonchi deb atalgan. Ular qishloq jamoasining oddiy a'zolari bo’lganlar.

Yerni ijaraga olib ishlovchi dehqonlar ham boiib, ular o’troqchi deb atalgan. Aholidan kalon va qopchur deb ataluvchi soliqlar olingan.

Oltin o’rdaning qulashi. o’zbekxon vafotidan so’ng tushkunlik davri boshlandi. Toj-taxt uchun kurash avj oldi. Oqibatda 1360- yildan 1380- yilgacha 25 marta xon almashgan.

1380- yilda Mamayning Rusdan yengilishidan so’ng toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Bunday sharoitda ayrim shahzodalar jon saqlash maqsadida turli tomonlarga qochib keta boshlaganlar. Shulardan biri To’xtamish edi. U Jo’jining o’li o’rda Ichenning beshinchi avlodi bo’lgan.

Page 289: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

134

To’xtamishxon Amir Temur huzuriga qochib kelgan. Amir Temur o’z davlati manfaatini ko’zlab uni qo’llab-quvvatlashga qaror qilgan. Chunki bu davrda harn Oltin o’rda Xorazmni Movarounnahr davlatiga birlashtirish yo’lidagi asosiy to’siq edi.

Nihoyat, 1380- yilda To’xtamish Amir Temur yordamida Oltin o’rda taxtini egallagan. Afsuski To’xtamishxon Amir Temur bilan do’stona munosabat o’rnatmadi. Aksincha, Amir Temurga qarshi siyosat yurita boshlagan. 1383- yilda Xorazmda o’z nomi bilan pul zarb ettirishga jur'at etgan. Bu hodisa To’xtamishxonning o’la-o’lguncha unutmasligi kerak bo’lgan Amir Temur bilan ochiqdan-ochiq aloqani uzganligini anglatar edi. To’xtamishxon hatto Amir Temurga qarshi Misr sultoni bilan ittifoq tuzishga uringan. Qolaversa, 1388- yilda Movarounnahrga bostirib kirgan. Bu davrda Amir Temur Eronning Sheroz shahrida edi. Bu ham yetmaganidek, Xorazmda Amir Temurga qarshi qo’zolon tashkil etgan.

Tabiiyki, Amir Temur bu hodisalar oldida qo'1 qovushtirib o’tira olmas edi. Endi har ikki hukmdorning to’qnashishi aniq edi.

Amir Temur To’xtamishxonga qarshi uch marta yurish qilgan. 1395- yildagi uchinchi yurishdaTo’xtamishxonning qo’shinini to’la tor-mor etgan.

Amir Temurning bu zarbasidan so’ng Oltin o’rda o’zining avvalgi shuhratini qayta tiklay olmagan. Shunday bo’lsa-da, To’xtamishxon Buyuk Litva knyazligi yordamida Oltin o’rda taxtini qaytarib olishga urinib ko’rgan. Buning uddasidan chiqa olmagan To’xtamishxon 1405-yilning yanvar oyida Tyumenda vafot etgan.

Oltin o’rdada taxt uchun boshlangan o’zaro urushlar uni halokat girdobiga tobora ko’proq torta boshlagan. Bu hodisa oxir-oqibatda Oltin o’rdaning parchalanishiga olib kelgan. XV asrda Sibir, No’oy, Qozon, Qrim, Qozoq va Astraxan xonliklari ajralib chiqdi.

Oltin o’rda XVI asr boshlariga kelib butunlay barham topdi.

Atamalar mazmunini bilib oling

Kalon - o’troq aholidan olingan yer solii. Uning hajmi

hosilning 1/10 qismini tashkil etgan. Noyon - yirik mulk egasi.

Page 290: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

135

Qopchur - chorva mollari sonining bir foizi miqdorida olingan

soliq. Tarxon - har qanday majburiy va soliqdan ozod qilingan yer-

mulk. Tarxon yorlii bo’lgan kishilarning ketma-ketsodir etgan 9 ta aybi kechirilgan. Sodir etgan 10-

aybidanboshlab javobgarlikka tortilgan. o’rda -

mo’ullarda harbiy-ma'muriy tashkilot, manzilgoh.

Oliy hukmdorlar qarorgohi ham o’rda deyilgan.

Savol va topshiriqlar

1. Oltin o’rda xonligi qay tariqa tashkil etilgan?2. Botuxon va Berkaxonlarning Oltin O 'rda tarixidagi o 'rnini

taqqoslang. 3. Oltin o’rdadagi ijtimoiy munosabatlar haqida nimalarni

bilib oldingiz? 4. Amir Temur va To’xtamishxonning to’qnashishi muqarrar

bo 'lib qolganining sabablarini tushuntirib bering. 5. Oltin O 'rda nega parchalangan ?

37-§. XIII - XV asrlarda Xitoy

Tayanch tushunchalarSun sulolasi. Yuan sulolasi. Min sulolasi. Sulolaning

ichki va tashqi siyosati. Xitoy madaniyati.

Xitoyning zaiflashuvi. Sun sulolasi hukmdorlari qanchalik urinmasin, mamlakat tarqoqligiga barham bera olmagan. Aksincha, u

tobora kuchayib borgan. Natijada Xitoy amalda to’rtta davlatga bo’linib ketgan. Buning ustiga ko’chmanchi xalqlar hujumi ham imperiyani qiyin ahvolga solib qo’ygan. Oqibatda u zaiflashgan. Bu omil mo’ullar istilosini muqarrar qilib qo’ygan.

Mo’ullar bosqini va uning oqibatlari. 1211- yilda mo’ullar Xitoyga hujum qilgan. Tez orada Shimoliy Xitoy bosib olingan. 1215-yilda Pekin shahri egallangan. Mo’ullar Xitoyni to’la bosib olish uchun qariyb 70 yil vaqt sarflaganlar. Nihoyat, 1279- yilda Xitoy to’la bosib olingan. Bu bosqinchilik Chingizxonning nabirasi Xubilay

Page 291: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

136

(Tuluning o’li) tomonidan amalga oshirilgan. Oqibatda Sun imperiyasi barham topgan. Shu tariqa Xitoyda mo’ullar sulolasi hukmronligi o’rnatilgan. Bu sulola yuan sulolasi deb atalgan.

Mo’ullar istilosi Xitoyga ham xarobalik keltirgan. Istilochilar Xitoy yerlarini o’z mollari uchun yaylovlarga aylantirganlar.

Shahar va qishloqlar bearmon talangan. Xitoy xalqi oir soliqlar to’lashga majbur etilgan. Qo’li gul hunarmandlar qulga yoki yollanma askarga aylantirilgan. Yangi sulola hukmdorlari barcha yerlarni unda yashovchi aholi bilan birgalikda mo’ullarga mulk qilib bo’lib berganlar. Bu mulklardagi dehqonlarning ahvoli nihoyatda oir bo’lgan. Ular sotilgan va sotib olingan.

Shaharlar ham tushkunlikka tushgan. Qo’shinga jalb etilmagan hunarmandlar, savdogarlar soliq uchun juda katta pul to’lashga majbur etilgan.

Istilo o’ziga xos oqibatlarga olib kelgan. Chunonchi, mo’ullar

xitoylar tarkibiga tobora singib keta boshlagan. Ular xitoy tilida

gaplashadigan bo’lganlar. Xitoy yozuvini va xitoycha boshqaruv

•usulini qabul qilganlar. Ayni paytda Xitoy yangi sulola davrida tash-

qi savdoda har qachongidan ko’ra ko’proq qatnasha boshlagan.

Xitoy ipagi, chinnisi, temir va misi dunyoning ko’p davlatlarida sotilgan.

Biroq bu savdodan tushgan daromad xitoylarni emas, asosan mo’ul zodagonlari hamda chet ellardan jalb etilgan savdogarlarni boyitgan. Shu tariqa mo’ullar sulolasi hukmronligi davrida Xitoy mahalliy aholisi barcha tabaqalarining ahvoli tobora yomonlashib borgan. Bu omil oxir-oqibatda Xitoyda ozodlik harakatining kuchayishiga olib kelgan.

Min sulolasi hukmronligining o’rnatilishi. 1351- yilda Xitoyda mo’ullarzulmigaqarshi qo’zolon ko’tarilgan. Qo’zolonchilarning asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan. Bu qo’zolon tarixga “qizil peshanaboliklar” nomi bilan kirgan. Qo’zolonga rohib Chju Yuan-Chjan rahbarlik qilgan. Qo’zolonchilar 1368- yilda Pekin shahrini ishol qilganlar. Qo’zolon natijasida mo’ullar sulolasi hukmronligi barham topgan. Chju Yuan-Chjan imperator deb e'lon qilingan. U Xitoy tarixida min sulolasi deb atalgan sulola hukmronligiga asos solgan. Minlar 1644- yilgacha hukmronlik qilganlar.

Page 292: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

137

Min sulolasining ichki siyosati. Chju Yuan-Chjan ichki siyosatda mamlakat iqtisodiyotini ko’tarishga katta e'tibor bergan. Avvalo, soliq tizimi tartibga solingan. Soliqlar miqdori kamaytirilgan.

Mo’ullar egallab olgan yerlar musodara qilingan. Yerlar yana davlat yerlariga aylantirilib, dehqonlarga chek yer sifatida bo’lib berilgan. Bu esa davlat dehqonlari sonining ko’payishiga olib kelgan. Dehqonlarning qarzlari kechib yuborilgan. Qullar ozod etilgan.

Dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida suorish tizimlari barpo etish sohasida katta ishlar amalga oshirilgan.

Ipak yetishtirish keskin sur'atda ko’paydi. Ayni paytda hunar-mandchilikni rivojlantirishga ham alohida e'tibor berilgan. Shoyi va ip gazlamalarga pardoz berish, qooz, shisha, chinni, bo’yoq tayyorlash kabi sohalar yanada rivojlangan.

Ipakdan kiyim-kechak tikilgan, yelkanlar yasalgan, shuningdek, musiqa asboblari uchun torlar tayyorlangan.

Hunarmandlarning metall, fil suyagi va qimmatbaho yoochdan yasagan buyumlari nodir san'at asarlari edi.

Dehqonchilik va hunarmandchilikning taraqqiy etishi tashqi savdoning rivojlanishiga sabab bo’lgan.

Buyuk Ipak yo’li orqali Xitoydan o’rta Osiyo, Eron va Vizan-tiyaga savdo karvonlari qatnagan. Mamlakat mudofaasi qurollarni tako-millashtirishni ham taqozo etgan.

Chunonchi, XIII asrda miltiq, XIV asrda esa tosh va o’q solib otadigan metall zambaraklar ixtiro qilingan.

Tashqi siyosat. Min sulolasi mamlakat ichki ahvolini mustah-kamlab olgach, istilochilik urushlari olib borgan. Chju Yuan-Chjan davridayoq Koreya va Tibet Xitoy hukmronligi ostida edi. Indo-neziya va Hindi-Xitoy davlatlari Xitoyning vassallariga aylanti-rilgan.

U yerlarga ko’plab xitoylar ko’chib borganlar. XV asr boshlarida imperiyaning Amir Temur imperiyasi bilan munosabati keskinlashdi. Natijada ikki imperiya o’rtasida uaish kelib chiqishi muqarrar bo’lib qoldi. Biroq Amir Temurning vafoti bunga imkon bermadi.

1407- yilda Min qo’shini Vyetnamni ishol etgan. Vyetnam Xitoyning bir viloyatiga aylantirilgan. Keyinchalik hozirgi Mo’ulis-ton ham bosib olingan.

Page 293: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

138

XV asrning o’rtalaridan boshlab Min imperiyasi taraqqiyoti sekinlasha boshlagan. Bunga mamlakatda yuz bergan moliyaviy inqiroz sabab bo’lgan. Natijada vaqt o’tishi bilan Min imperiyasi o’zga yurtlarga hujum qilish qobiliyatini yo’qotgan. Endi u o’z chegaralarini tashqi hujum xavfidan mudofaa qilishga majbur bo’la boshlagan.

Madaniyat. oyat ulkan davlatni idora qilish uchun hukumat o’qimishli kishilarga muhtoj edi. Shu tufayli katta shaharlarda ko’plab maktablar ochilgan. Davlat amaldori bo’lish uchun talaba bir nechta oir imtihonlardan o’tishi shart qilib qo’yilgan.

Xitoyda tibbiyot ilmi ham rivojlangan. Chunonchi, Xitoy tibbiyoti kishilarni chechak kasalligiga qarshi emlashni kashf etganligi buning yorqin dalilidir. Xitoyda tarix ilmiga ham katta e'tibor berilgan. Bu xitoylarning o’z mamlakatlari tarixiga qiziqish bilan qarashlari natijasi edi. Xitoylarning bu qiziqishlari ularning: “O'tmish - kelajakning ustozi, shuning uchun o’tmishni unutma”, - degan maqolida o’z ifodasini topgan edi. Imperatorlar tarix uchun barcha davlat hujjatlarining saqlanishiga alohida e'tibor berganlar.

Xitoyda geografiya fani ham taraqqiy etgan. Bunga asosan harbiy maqsadlarda uyushtirilgan dengiz ekspeditsiyalan sabab bo’lgan. 62 kema va 30 ming dengiz harbiy jangchisidan iborat Xitoy harbiy dengiz floti yetti marta (1405 - 1433) harbiy dengiz ekspeditsiyasi uyushtirgan. Ularga admiral Chjan Xe qo’mon-donlik qilgan edi. Bu ekspeditsiyalar natijasida Janubi-sharqiy va Janubiy Osiyo dengiz sohillarining mukammal xaritalari tuzilgan.

Atomalar mazmunini bilib oling

Ekspeditsiya - biror alohida topshiriq bo’yicha uyushtirilgan

safar. Hindi-Xitoy - Osiyo qit'asining janubi-sharqiy qismida

joylashgan yarim orol. Bu yarim orolda Birma, Vyetnam,Kampuchiya, Laos, Malayziya va Tailand kabi davlatlar

joylashgan. Moliyaviy inqiroz - davlatning pul jamarmasini hosil qilish,

uni taqsimlash va ishlatish tizimining izdan chiqishi.

Page 294: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

139

Savol va topshiriqlar

Page 295: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

1. Xitoyda yuan sulolasi hukmronligi qay tariqa o’rnutildi? 2. Mo’ullar istilosining oqibatlari haqida nimalarni bilib

oldingiz ?3. Min imperiyasining tashkil topishi haqlda so’zlab bering. 4. Min imperiyasi ichki va tashqi siyosatining muhimjihatlarini

qayd eting. 5. Xitoylar ilm-fan sohasida qanday yutuqlarga erhhgunlar?

Mustaqil ish “XI - XV

asrlarda Xitoyda hukmronlik qilgan

sulolalar”

Page 296: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

T.T.

Sulolalarning nomi.

Hokimiyat tepasiga kelgan yili.

Sulola asoschisi.

Sulolaning barham topgan yili.

Barcha sulolalarning barham topishiga olib kelgan umumiy

1.2.3.

Page 297: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

38-§. o’rta asrlarda Yaponiya

Tayanch tushunchalarYer-mulk egaligi. Syogun hokimiyati. Minamoto

va Xodzyo xonadonlari hukmronligi. o’zaro ichki urushlar. Xo’jalik hayoti. Yaponiya madaniyati.

Yaponiyada yer egaligi jamiyatining qaror topishi.

IVII asrdan boshlab Yaponiyada yer-mulk egaligi jamiyati vujudga kela boshladi. 646- yilda barcha yer davlat mulki deb e'lon qilingan. Aholi davlat chek yerlari egasiga aylangan. Ayni paytda yirik aslzodalarga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer-mulklar in'om etila boshlangan. Bu yerlar syoen deb atalgan. Syoen otadan bolaga meros qoldiriladigan bo’lgan va soliqdan ozod etilgan.

Yerlarning bir qismi monastirlar ixtiyoriga ham berilgan.

Page 298: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

140

XI - XII asrlarga kelib syoen yer egaligining asosiy shakliga aylangan. Shu tariqa Yaponiyada yer egaligi jamiyati to’la qaror topgan.

Imperator va syogun hokimiyati. XII asrda Yaponiyada imperator hokimiyati o’rnatilgan. U barcha yerning oliy mulkdori, deb e'lon qilingan. Shu jumladan, diniy hokimiyat ham uning qo’lida to’plangan edi. Imperatorning qarindosh-urulari davlatda eng yuqori lavozimlarni egallaganlar. Ayni shu davrdan boshlab, Yaponiyada yirik yer egalari va harbiy yetakchilar xonadonlarining mavqei ham tobora kuchayib borgan. Bu xonadonlarning har biri tanho hukmronlikka intilganlar. Oqibatda tez orada ular o’rtasida qonli urushlar boshlangan. Harbiy-feodal xonadonlarning eng qudratlisi Minamoto xonadoni edi. U 1192-yilda o’zining barcha asosiy raqiblarini tor-mor etgan. Uning samuraylari poytaxt Kioto shahrini egallagan. Yaponiyada shu vaqtdan boshlab hokimiyat syogun Minamoto qo’liga o’tgan. Imperator amalda hech qanday hokimiyatga ega emas edi. Uning qo’lida diniy hokimiyatgina qoldirilgan. Minamoto imperator nomidan davlatni idora qila boshlagan. Shu tariqa Yaponiyada syogun hokimiyati qaror topgan. Harbiy-feodallar tabaqasi va samuraylar syogunning asosiy tayanchi edi.

Vaqt o’tishi bilan samuraylarning bir qismi mayda harbiy yer egalariga aylanganlar. Asosiy qismi esa malakali asosda harbiy xizmatni davom ettirgan. Ular urushlarda qo’lga kiritilgan o’lja va syogun to’laydigan maosh hisobiga yashaganlar.

Xodzyo xonadoni hukmronligi. 1199- yilda Minamoto vafot etgach, hokimiyat uning xotini va qaynotasi qo’liga o’tdi.

1219- yilda esa hokimiyatni Minamoto xonadoniga qarindoshlik aloqasi bo’lgan Xodzyo egallagan. Shunday sharoitda sobiq imperator Gotoba hokimiyatni egallash maqsadida isyon ko’targan. Biroq Gotoba ko’zlagan maqsadiga erisha olmagan. Uning qo’shini tor-mor etilgan. Isyonchilarga tegishli barcha mol-mulk musodara qilingan.

Xodzyo imperator xonadoni ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Kioto shahriga o’zining alohida vakilini yuborgan. Uning ixtiyoriga maxsus harbiy qism ajratib berilgan.

Xodzyo mamlakatda diktatorlik tartibini joriy etgan.1232- yilda sobiq imperator xonadoni

tarafdorlarining ikkinchi isyoni bostirildi. Bu voqeadan so’ng Xodzyo o’zining mavqeini yanada mustahkamlash uchun kichik dvoryan xonadonlariga alohida e'tibor

Page 299: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

141

bergan. Chunonchi, kichik dvoryanlar ixtiyoridagi chek yerlar endilik-da ularning xususiy mulkiga aylantirilgan.

Yaponiyaning tashqi ahvoli. Mo’ullarning Xitoyda qaror topgan yuan sulolasi Yaponiyani vassalga aylantirishga zo’r berib uringan.

Shu maqsadda Xubilay Yaponiyaga bir necha marta elchilar jo’natgan. Elchilarga Yaponiyani Xitoy vassali deb tan oldirish vazifasi topshirilgan edi. Biroq Yaponiya hukumati bunday talablarni rad etgan. Shundan so’ng Xubilay 1274- va 1281- yillarda Yaponiyaga qarshi harbiy yurish uyushtirgan. Har ikki yurish ham Xubilay uchun halokatli tugagan.

1281- yilda Yaponiya qo’shini Xubilay qo’shiniga juda qattiq qarshilik ko’rsatgan. Bu yurishda Xubilay qo’shinining yarmi halok bo’lgan.

Buning asosiy sababi Xubilayning harbiy xatosi edi. Birinchidan, Yaponiya harbiy floti yengil va ixcham kemalardan tashkil etilgan bir sharoitda Xubilayning harbiy floti dengiz jangi sharoitiga tez moslasha olmaydigan oir kemalardan iborat edi.

Ikkinchidan, yaponlarning misli ko’rilmagan darajadagi birligi va qahramonona kurashi Yaponiya mustaqilligini saqlab qoldi.

Uchinchidan, kuchli dengiz to’foni ham Xubilay flotining halo-katga uchrashiga katta ta'sir ko’rsatdi. Bu to’fon Yaponiya tarixiy adabiyotlarida kamikadze deb atalgan.

o’zaro ichki urushlarning avj olishi. o’rta asr yer egaligi jamiyati sharoitida toj-u taxt uchun kurash hech qachon to’xtamagan. Yaponiya ham bundan mustasno emasdi.

Yirik yer egalari qudratining o’sishi barobarida Xodzyo xonadoni hokimiyati zaiflashib borgan.

U amalda yirik feodallar ustidan hukmronligini yo’qotgan.Shu sharoitda imperator xonadoni yana o’z

hokimiyatini tiklash uchun kurash boshlagan. Va nihoyat, 1333- yilda imperator o’z niyatiga erishgan. Biroq bu hokimiyat uzoq yashamagan. Bunga imperator xonadoni bilan uni qo’llab-quvvatlagan yirik feodal xonadonlar vakillari o’rtasida yuz bergan ixtilof sabab bo’lgan. Natijada harbiy sarkarda Asikaga Takauden 1335- yilda hokimiyatni bosib olgan va o’zini syogun deb e'lon qilgan. Bu xonadon Yaponiyada 1573- yilgacha hukmronlik qilgan.

Page 300: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

142

Xo’jalikning rivojlanishi. Yaponiya qishloq xo’jaligida sholichilik va ipakchilik yetakchi tarmoq bo’lgan. Yaponlar ipakchilikni Xitoydan o’rgangan edilar. Ayni paytda shaharlar, hunarmandchilik va savdo jadallik bilan rivojlanib borgan.

Yapon hunarmandlari qurol-aslaha yasashda dong taratganlar. Chunonchi, ular yasagan qilichlar pishiqligi bilan chet ellarda ham mashhur bo’lgan. Bu qurol juda ko’p miqdorda chetga chiqarilgan. Bundan tashqari, yapon badiiy hunarmandchiligi namunalari ham chet ellarda xaridorgir edi. Ular ichida chinni, yelpiich, laklangan, suyak va toshdan yasalgan buyumlar, ip va shoyi gazlamalar alohida o’rin tutgan.

Yaponiya Koreya, Xitoy, Filippin orollari, Vyetnam va Siam (Tailand) bilan qizin savdo-sotiq olib borgan. Tashqi savdoning rivajlanishida Yaponiyada port shaharlarning ko’pligi muhim rol o’ynagan. Yaponiya shaharlari Osiyoning boshqa davlatlari shaharlari kabl mustaqil, o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega emas edi. Shunday bo’lsa-da, eng yirik port shahari Sakai alohida mavqega ega bo’lgan. Shaharni 36 kishidan iborat Shahar kengashi boshqargan. Bu shahar JSharqning Venetsiyasi” deb atalgan.

Yaponiya madaniyati. Yaponiya madaniyatiga Xitoy madaniyati katta ta*sir ko’rsatgan.

VIII - IX asrlar Yaponiyaning Xitoy va Koreya bilan madaniy alaqalari rivojida alohida davr hisoblanadi.

VIII asrda Yaponiyada dastlabki yozuv paydo bo’ldi.IX asrdan boshlab yapon iyeroglif alifbosi keng

tarqala boshladi.Alifbe va yozuvning paydo bo’lishida monaxlar muhim rol o’ynashgan.Chunonchi, monaxlar Kibi Makibi va Kukaylar yapon alifbesiningasoschilari hlsoblanishadi. Dastlabki yozma yodgorlik namunasi1TQadimgi Ishlar yilnomasi” deb ataladi.

Yaponiyada VIII asrdan boshlab boshlanich, o’rta va markaziy deb ataluvchi maktablar faoliyat ko’rsata boshlagan. Dorishunoslik ilmining rivojlanganligi ham diqqatga sazovordir. Chunanchi, choy bargi va boshqa dorivor o’simliklardan dorilar tayyarlangan.

X asr boshlariga kelib, tabiatshunoslikga oid dastlabki ensiklo-perftyffnashretilgan. Uning muallifi saroy dorishunosi Fukae Sukexitobo’lgan.

Page 301: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

143

Dehqonchilikning rivojlanishi astronomiya va meteorologiyaga oid bilimlarga bo’lgan ehtiyojni oshirgan.

Ayni paytda yapon xaritashunosligi ham vujudga kelgan va rivojlangan.Ruhoniy Gyogu Bosasu Yaponiyaning birinchi

xaritasini yaratgan. XII - XIII asrlarda kitob nashr etishda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan.

XIV asrdan Xitoy noshirlari Yaponiyaga kela boshlaganlar. Bu hodisa xususiy nashrlarning paydo bo’lishiga xizmat qilgan.

XII - XIII asrlarda Yaponiya adabiyotida ikki yo’nalish vujudgakeldi. Ulardan biri “Urushlar haqidagi qaydnomalar”da o’z ifodasinitopgan, o’zaro ichki urushlarda olib chiqqan xonadonlar kayfiyatiniaks ettiruvchi adabiyot bo’lsa, ikkinchisi malublar kayfiyatini aksettiruvchi adabiyot edi. Bu davrda muhim tarixiy asarlar ham yaratildi.Ana shulardan biri “Sharq ko’zgusi” asari bo’lib, u Yaponiyaning 1180-yildan 1266- yilgacha bo’lgan tarixini aks ettiradi.

XIV asrda yozilgan “Ilohiy monarxlik vorisligining haqqoniy tarixi” asarida xonadonlarning toj-taxt uchun kurashi o’z Ifodasinl topgan. Muallif imperatorni birdan-bir qonuniy monarx deb hisoblaydL

“Ulkan dunyo haqidagi hikoya” deb ataluvchi tarixiy asar imperator Godaygoning syogun hokimiyatini adarish yo’lidagi urinishlariga baishlangan.

XIII - XV asrlarda Yaponiyada uch turdagi maktab rivojlandi. Bulardiniy, dunyoviy va harbiy maktablar edi.

1397- yilda Yaponiya me'morchiligining eng nodir yodgor-liklaridan biri “Oltin pavilon” bunyod etildi. U diniy marosimlarni bajarish joyi bo’lib xizmat qilgan.

1483- yilda “Kumush pavilon” ham bunyod etilgan. Shuningdek, Yaponiyada tasviriy san'at, musiqa ham rivojlangan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Diktator - yakka hukmdor. Ensiklopediya - tizimlashtirilgan bilimlar

to’plami.Iyeroglif - suratli yozuv. Kamikadze - ilohiy shamol. Samuray (yaponcha xizmat qilmoq) - harbiy xizmatni

Page 302: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

kasb qilib olgan harbiy tabaqa. Syogun - hukmdor, zodagon, harbiy sarkarda.

Page 303: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

144

Savol va topshiriqlar

1. Yaponiyada yer-mulk egaligi qay tariqa shakllana borgan ?2. Syogunlar hokimiyati qay tariqa vujudga kelgan edi?3. Yaponiyada uzoq davom etgan o’zaro ichki urushlarning

sababi nima edi?4. Yaponiya madaniyati haqida nimalarni bilib oldingiz? 5. Yaponiya va Xitoy tarixini taqqoslang. Uning o 'xshash va

o 'ziga xos jihatlarini aniqlang.

39-§. XI - XV asrlarda Hindiston

Tayanch tushunchalarDehli sultonligi. ljtimoiy hayot. Sultonlikning keyingi taqdiri.

Dehli sultonligining tashkil topishi. XI asrda Shimoliy j Hindiston aznaviylar davlatiga bo’ysundirilgan. Shu

tariqa I Shimoliy Hindiston aznaviylar davlatining bir viloyatiga aylangan.

1206- yilda aznaviylar noibi Qutbiddin Oybek Shimoliy Hindistonni mustaqil deb e'lon qilgan. Bu yangi davlat Dehli sultonligi deb atalgan. Dehli shahri sultonlik poytaxti etib belgilangan.

XIII asr oxiri - XIV asr boshlarida Dehli sultonligi yanada kengaygan. Bu ulkan davlat viloyatlarga bo’lib boshqarilgan.

Sultonlikdagi ijtimoiy hayot. Dehli sultonligida ham barcha yerlar davlatning mulki hisoblangan. Yerlarning ma'lum qismini sulton iqto' sifatida in'om etgan. Iqto’ yerlar musulmon zodagonlariga harbiy xizmatlari uchun berilgan. Iqto’dor boyligining asosiy qismini iqto’ yerlarida yashovchi aholidan olinadigan soliq tashkil etgan. Shuning-dek, xolisa yerlar ham bo’lib, u sultonga qarashli bo’lgan. Undan yiilgan soliq sultonlik xazinasiga tushgan.

Ayni paytda mahalliy knyazliklar saqlanib qolingan. Rojalar ularni amalda mustaqil idora etganlar. Ularning Dehli sultonligiga qaramligi belgilangan soliqni to’lab turishdan iborat bo’lgan.

o’rta va mayda hind yer egalari o’zlarining meros yerlarida, shuningdek, harbiy xizmatlari evaziga hukmdordan in'om sifatida olgan yerlarida xo’jalik ishlarini yuritganlar.

Page 304: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

145

Har ikki diniy tashkilot (islom va hinduiylik) katta-katta yerlarga egalik qilgan. Bu yerlar vaqf yerlari deb atalgan. Bundan tashqari, Hindistonda jamoachi dehqon xo’jaligiga qarashli yerlar ham mavjud bo’lgan.

Sultonlikning zaiflashuvi. Bir tomondan, viloyatlar markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka intilar edilar. Ikkinchi tomondan, sulton mustaqillikka intilayotgan vassal hind rojalariga qarshi muttasil urush olib borishga majbur bo’lgan.

Bu urushlar jamoachi dehqonlardan olinadigan soliqlarning yanada oshirilishiga olib kelgan. Hosilning 1/4 qismi hajmida soliq to’lagan jamoachi dehqonlar endilikda 1/2 qismi hajmida to’lashga majbur etilgan. Bu sultonlikdagi ichki vaziyatni yanada keskinlashtirgan.

XIV asrning 30- yillariga kelib, aholi hatto 1/4 hajmdagi soliqni ham toiay olmay qolgan.

Muttasil yetti yil davom etgan quroqchilik iqtisodiyotni butunlay xonavayron qilgan. Mamlakatda ocharchilik yuz bergan. Aholi yoppasiga qirila boshlagan. Bu ham yetmagandek, sulton Muhammad Tuluq puxta o’ylamay o’tkazgan ikki islohot mam-lakatni halokat yoqasiga keltirib qo’ygan. Ulardan biri mamlakat poytaxtining Dehlidan Davlatobodga ko’chirilganligi bo’lsa, ikkinchisi mis pulning joriy etilishi edi. Mis pul tezda qadrsizlangan. Shunday qilib, to’xtovsiz davom etgan o’zaro urushlar va mamlakat iqtisodiyotining izdan chiqishi Dehli sultonligining inqirozga yuz tutishiga olib kelgan. Oxir-oqibatda Dehli sultoni o’z qo’lida qolgan ozgina hududni ham himoya qilishga qodir bo’lmay qolgan.

Sulton hokimiyatining zaiflashuvi salbiy oqibatlarga olib kel-gan. Endi Hindiston chetdan bo’ladigan hujumlarni qaytarishga ojiz edi.

Dehli sultonligining keyingi taqdiri. Ana shunday bir sharoitda 1398- yilda Amir Temurning Hindistonga yurishi boshlangan. Tajribali sarkarda Amir Temur hech bir qarshiliksiz Dehlini egalladi, sultonlik tobe etildi. Amir Temurning oldida Usmonli turklar imperiyasiga qarshi kurash vazifasi turganligi uchun u tez orada Samarqandga qaytdi. Shunday bir sharoitda Dehli sultonligi yana avvalgi qudratini tiklashi mumkindek edi. Biroq o’zaro ichki urushlar bunga imkon bermagan. Mamlakatda tarqoqlik tobora kuchaya borgan. Dehli sultoni Buyuk sulton hisoblansa-da, amalda oddiy bir davlat hukmdoriga aylanib qolgan. o’zaro urushlar natijasida sultonlikda hokimiyat sayyidlar

Page 305: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

10- «Jahon tarixi», 7-sinf.

Page 306: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

146

sulolasi qo’liga o’tgan (1414 - 1451). Biroq bu sulola hokimiyat tepasida uzoq tura olmagan.

1451- yildan hokimiyatni afonlar qabilasi boshlii Bahlul Lodi boshqara boshlagan. Yangi sulola to Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistonni egallaguniga qadar (1526- yil) hukmronlik qilgan.

Yevropaliklarning kirib kela boshlashi. XV asr oxirlaridan boshlab janubi-arbiy Hindistonga yevropaliklarning kirib kelishi boshlangan. 1498-yilda portugaliyalik sayyoh Vasko da Gama eskadrasi Kalikut shahriga kelib tushgan.

Portugallar qisqa muddat ichida Hindistonning arbiy va janubiy qiroqlarida bir qancha joylarni egallaganlar. Ular tez orada Hind okeani, Fors qo’ltii va Qizil dengizda hukmron bo’lib olib, dengiz qaroqchiligi bilan shuullanganlar. Keyingi asrlarda gollandlar va inglizlar ham kirib kela boshlaganlar. Shu tariqa Hindistonning bosqichma-bosqich yevropaliklar asoratiga tushish jarayoni bosh-langan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Eskadra - harbiy kemalar qo’shilmasi.Iqto’ - hukmdor tomonidan katta xizmat

evaziga in'om etilgan chek yer. Iqto’ olgan shaxs iqto’dor deb atalgan. Iqto’ yerlar dastlab ma'lum muddatga berilgan. Iqto’ iqto’dorning xususiy mulki hisoblanmagan. Hukmdor uni qaytarib olib, boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo’lgan. Iqto’dor yerga emas, shu yer-mulkdan olina-digan soliqning ma'lum qismiga yoki hammasiga egalik qilgan.

Hinduiylik - milodning birinchi ming yilligi boshlarida Braxma dinini isloh qilish natijasida vujudga kelgan din. VIII asrdan boshlab Hindistonda ham islom dini tarqala boshlagan. Bu dinni qabul qilmaganlar shartli ravishda “hindlar”, dinlari esa “hinduiylik” deb atalgan.

Savol va topshiriqlar

1. Dehli sultonligi qay tariqa tashkil topgan edi? 2. Sultonlikdagi yer egaligi shakllarini qayd eting.

Page 307: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

147

3. Dehli sultonligining zaiflashuviga sabab bo 'Igan omillarni

birma-bir sanang.4. Dehli sultonligi qay tariqa barham topgan ? 5. Yevropaliklarning Hindistonga kirib kelishining asosiy

maqsadlari nima edi?

40-§. Amerika va Afrika xalqlari o’rta asrlarda

Tayanch tushunchalarHindular. Hindular hayoti. Oliy Inka. „ Quyosh o 'g

'illari “Afrika xalqlari hayoti.

Amerikaning tub aholisi va ularning mashulotlari.

Amerikaning tub aholisi hindular deb ataladi. Bu aholi hozir ham mavjud. Ularning ajdodlari bir necha o’n ming yillar avval Osiyodan Bering bo’ozi orqali Amerikaga kelib qolgan. Hindular o’rta asrlarda ham uruchilik tuzumida yashar edilar. Ko’pdan-ko’p hindu xalqlari orasida mayya, atstek va ink xalqlari xo’jalik hamda madaniy jihatdan boshqalardan ustun edilar. Aholining ko’pchilik qismi ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan. Biroq Shimoliy Amerikaning janubida, Markaziy va Janubiy Amerika qirlari hamda tolarida dehqonchilik ham rivojlangan. Dehqonlar toshboltalarda o’rmon kesib, daraxtlarni yoqib, yer ochishgan. Yemi yooch so’qalar bilan adarib yumshatishgan. Ilgari paytlarda yevropaliklarga ma'lum bo’lmagan makkajo’xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki kabi ekinlarni o’stirishgan.

Qit'aning kattagina qismida hayvonlarni ishga o’rgatishni bilishgan. Amerikada otlar yo’q edi. Faqat shimolda itlarni, lamaga o’xshash tuyalarni qo’lga o’rgata boshlashgan. Parrandalardan kurka va o’rdaklarni boqishgan.

Hindular temir asbob-uskunalar, omoch, ildirak, o’tochar qurollar nimaligini bilishmagan. Ular mehnat

Page 308: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qurollarini yooch, tosh va jez (bronza)dan yasar edilar.Mayyalar. Markaziy Amerikaning Yukatan yarim

orolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi.

Yerlar jamoalarga tegishli edi. Jamoalar o’zlariga qarashli oilalarga o’rmondan tozalangan bo’liq yerlarni foydalanish uchun berardi.

Page 309: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

148

Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Har bir shaharga “Ulu inson” hukmdorlik qilardi. Hokimiyat nasldan-naslga meros bo’lib o’tgan.

Zodagonlar shahar markazidagi tosh qasrlarda, “past odamlar” -dehqonlar va hunarmandlar esa shahar atrofidagi tomi qamishdan yasalgan kulbalarda yashar edilar.

Yangi eraning boshlarida mayya xalqida yozuv vujudga keldi. Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni qoozga tushirishardi. Shuningdek, ular qasrlarning devorlari va ustunlariga surat harflarni o’yib, duo, oyat, afsona va tarixiy voqealarni ham yozib qoldi-rishardi.

Kohinlar jamoa a'zolariga dala ishlarining muddatlarini belgilab berishardi. Dehqonchilik ehtiyojlari uchun taqvim zarur edi. Mayya hindulari taqvimlari qadimgi xalqlarning eng aniq taqvimlaridan hisoblanadi.

Matematika muvaffaqiyatlari ham shu bilan boliq. Mayyalar dunyoda birinchi boiib, „0” raqamini ishlata boshlashgan. Mayya shaharlaridan astronomik rasadxonalar topilgan. Kohinlar sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish vaqtlarini hisoblab chiqqanlar. Ular Quyosh va Oy tutilishlarini oldindan bashorat qila olganlar.

Arxitektura-me'morchilikda ham mayyalar ulkan muvaffa-qiyatlarga erishgan edilar. Ular yuksak poydevorlarda va sun'iy tepaliklarda zinali piramidalar shaklida qasrlar va ibodatxonalar qurishgan. Imoratlarni re/e/lar, ma'budalarning haykallari vafreskalai bilan bezashgan. Mayyalar binolarni derazasiz qurishgan. Xonalarga yorulik darvozalarning tirqishlaridan tushgan. Shaharlar orasida tarashlangan toshlardan yo’llar yotqizilgan.

Atsteklar. XIII asrda Meksikaga shimoldan atsteklar ko’chib kelganlar. Ko’l o’rtasidagi orollarda Tenochtitlan shahrini bunyod qilganlar. Orollarni dambalar bilan birlashtirishgan. Shaharni kesib o’tgan to’ri ko’chalar va kanallar yoqasida ibodatxonalar hamda qasrlar qurishgan. Vaqt o’tishi bilan atsteklar qo’shni qabilalarni o’zlariga bo’ysundirganlar, ularni oir xiroj to’lashga majbur etganlar. Atsteklar barcha zarur narsalarni o’zlariga qaram qishloqlardan olardilar. Urush vaqtlarida 150 mingga yaqin jangchidan iborat qo’shin tuzilardi.

Page 310: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

43- rasm. Mayya piramidasi. To 'rt tarafdagi zinalar soni yil kunlari sonlari - 365 ga teng.

Atsteklar hunarmandchilikda katta yutuqlarga erishganlar. o’ymakor-zargarlar oltin, kumushdan bezaklar yasashgan. Javohir toshlarni mohirona tarashlaganlar. Kamalakdek tovlanuvchi tovus patlaridan gazlama va kashtalar to’qishgan.

Poytaxtda oddiy atsteklar va zodagonlar uchun alohida-alohida maktablar bor edi. Oddiy maktablarda dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ishlar o’rgatilardi. Oliynasab bolalarga tarix, din, yozuv, o’qish, hisob, astronomiya fanlari, nazm, notiqlik san'ati o’rgatilardi. Shoirlar qasidalar, dostonlar, tabiat haqida she'rlar yozishardi. Har yili poytaxtda shoir-qo’shiqchilarning aytishuvlari o’tkazilib, oliblar mukofotlanardi.

Inklar. Inklar davlati XII asrda tashkil topgan. Inklar qo’shni qabilalarni zabt etganlar. Davlat tepasida cheklanmagan hukmdor -Oliy Inka turardi.

Oliy Inkaning yaqin qarindoshi bo’lgan erkaklar o’zlarini “Quyosh o’illari” deb atashardi. Bunga inklarning quyoshni bosh xudo deb hisoblashlari sabab bo’lgan. “Quyosh o’illari” davlatda yuqori lavozimlarni egallaganlar. Bo’ysundirilgan davlatlar xalqlari ularga

149

Page 311: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

150

Page 312: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

44- rasm. Fil suyagidan ishlangan niqob.

to’la itoat etib, inklar tilida gaplashish-gan va inklarning qonunlari, rasm-rusumlari asosida yashashgan.

Aholi jamoa bo’lib yashar, har bir jamoa dehqon oilalaridan iborat edi. Hokimiyat ruxsatisiz jamoa a'zosi qishloqdan tashqariga chiqolmasdi.

Ular yetishtirgan hosilning bir bo’lagi kohinlarga, ikkinchi qismi -Oliy Inkaga, uchinchi qismi jamoa a'zolariga qolgan. Davlat omborlaridan jangchilar va amaldorlarga, qahatchilik yillarida esa zoriqqanlarga ham oziq-ovqat berilgan. Barcha fuqaro buyuril-gan joylarda, dalada, qurilishda yoki qo’shinda xizmat qilishi kerak edi. Jangchilar va jamoat ishlariga yubo-rilgan odamlarning oilalarini jamoa boqardi.

Ulkan mamlakatning barcha qism-lari o’rtasida pochta aloqasi mavjud edi. Yo’lning ma'lum bir qismida nav-batchilik qiladigan, maxsus tayyor-garlikdan o’tgan choparlar joylardan xabarlarni poytaxtga keltirib turishardi.

“Quyosh o’illari”ning bolalari maxsus maktablarda o’qishardi. Hali yozuv yo’q paytlarda bolalar inklar dini, boshqarish tartiblari, qonunlari va urf-odatlari haqidagi ma'lumotlarni yodlab o’rganishardi.

Me'morlar ibodatxonalar, qasrlar, qaFalar qurishardi. Inklarning asosiy qal'asi - Kusko baland qoyalikka qurilgan. Bu qal'a shaharlar bilan yerosti yo’llari orqali birlashtirilgan bo’lgan.

Page 313: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

151

Afrika xalqlari hayoti. Afrikaning tropik o’rmonlarida pigmeylar, bushmenlar kabi turli qabilalar yashashardi. Ular ovchilik bilan shuullanishgan. Nayza, kamon va o’q-yoy bu qabilalarning asosiy qurollari edi. Qarindosh-urularning kichik-kichik guruhlari chaylalarda yoki shox-shabbalar ostidagi ayvonlarda istiqomat qilishardi. Janubiy Sahroyi Kabir ko’chmanchilari chorvachilik bilan shuullanganlar.

Suvga serob o’lkalar xalqlari esa dehqonchilik bilan shuul-lanishgan. Ular yerni temir uchli so’qa bilan adarishgan. So’qa mahalliy tuproqqa moslashtirilgan ish quroli edi. Tariq, sholi, paxta va shakarqamish yetishtirish qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan edi. Afrikaliklar qadim zamonlardayoq sopol o’choqlarda temir eritishni bilishgan. Hunarmandlar mehnat qurollari, qurol-aslaha, idish-tovoq, gazlama, shisha va charm buyumlar yasar edilar.

Niger va Senegal daryolari orasidagi pasttekislikda arbiy Sudan joylashgan edi. Niger daryosi sohillarida arbiy Sudanning asosiy shaharlari - Tombuktu, Gao, Janna qad ko’targandi.

arbiy Sudanning janubida juda ko’p oltin konlari bo’lgan.arbiy Sudan orqali Gvineya ko’rfazidan o’rta Yer

dengizi sohillarigacha eng muhim savdo yo’llari o’tgan. Dehqonlar Sahroyi Kabir chegarasida yashovchi ko’chmanchilar bilan savdo-sotiq qilishardi. Ko’chmanchilar mahalliy aholiga zarur bo’lgan tuz, teri va chorva mollarini budoy hamda hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlar edilar.

Afrika davlatlari. Afrikaning eng qadimiy davlatlaridan biri Gana edi. Oltin va tuz savdosi bu davlatga juda katta daromad keltirgan. Gana kamonchilar va suvoriylardan iborat qo’shinga ega bo’lgan.

XI asr oxirida arablarning Marokash sultonligi Gana poytaxtini bosib olgan va vayron qilgan. Gana shohi sultonga xiroj to’lab turishga majbur etilgan. Zodagonlari islom dinini qabul qilgan. Tez orada mustaqillikka erishgan Ganani keyinchalik Mali davlati o’ziga tobe etgan.

Malining gullab-yashnashi XIII asrga to’ri keladi. Kuchli qo’shini bo’lgan Mali hukmdori karvon yo’llari va oltin qazib oladigan qo’shni yurtlarni bosib olgan. Hukmdor va uning yaqinlari islom dinini qabul qilishgan. Shundan so’ng Mali shaharlariga

Page 314: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

152

Shimoliy Afrikadan kelgan musulmon savdogarlari joylasha boshlagan.

Mali aholisi jamoa bo’lib yashardi. Jamoa oqsoqollari yerlarni jamoaga bo’lib berar, ularning mehnatini boshqarib, harbiy yurishlarda jangchilarga qo’mondonlik qilishardi.

Mali hukmdori bosib olingan viloyatlarga qo’shin boshliqlari va qarindosh-urularidan noiblar tayinlardi, jangchilariga yerlar in'om qilar, jangchilar aholidan soliq undirardi. Shu tariqa Malida yer egaligi tartiboti qaror topa borgan.

Vaqt o’tishi bilan Mali kuchsizlana boshladi. Bunga viloyatlarning mustaqillikka intilishlari, taxt uchun kurashning avj olganligi sabab bo’ldi. o’zaro nifoqlardan foydalangan qo’shni davlatlar mamlakatni bosib olib, vayron qildi. XV asrda Mali butunlay inqirozga uchradi.

Mana shu davrda Songai davlati mustahkamlandi. Mamlakat zodagonlari 500 dan 1000 gacha tobe aholisi bo’lgan qishloqlarga egalik qilishardi. Tobe aholi yer-mulk egasiga obrok, davlatga esa soliq to’lashardi. Ozod jamoa a'zolari ham zodagonlarga qaram bo’lib qolishardi.

XVI asr o’rtalarida Songai zaiflasha boshlagan. Hukmdorning oliy martabalarni egallagan qarindoshlari taxtni egallash uchun fitna uyush-tirar edilar. Shaharlardagi musulmon zodagonlar (qozilar, ruhoniylar, savdogarlar) hukmdor bilan deyarli hisoblashmay qo’ygan edi. Ichki janjal va nizolar davlatni zaiflashtirgan. XVI asr oxirida Marokash sultonligi Songaini bosib olgan.

Gvineya ko’rfazi sohillarida ham bir qancha davlatlar vujudga kelgan. Bulardan eng kuchlisi Benin edi. Undan janubroqda XIII asrda Kongo davlati tashkil topdi.

Afrika xalqlari madaniyati. Afrika xalqlarida ko’pgina qadimiy afsona va ertaklar saqlanib qolgan. Ular qimmatli tarixiy manbalar bo’lib ham xizmat qiladi.

Ayniqsa, arbiy Sudan xalqlari madaniyati rivojlandi. Islom qabul qilinganidan keyin bu yerda arab mamlakatlari me'morlari machitlar, saroylar, qasrlar, jamoat binolari (kasalxona, hammom, istirohat bolari va boshqalar) qurganlar. Musulmon maktab, madrasalari ishga tushirilgan. Tombuktu madrasasida ilohiyot bilan birga tarix, fiqh (qonunchilik), matematika, astronomiya ham o’qitilgan.

Page 315: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

153

Afrikaliklar sarfatda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Yooch va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar ifodaviyligi bilan kishilarni hayratga solgan. Benindagi shoh saroyi zallari va galereyalarida podsholaru a'yonlarning jez lavhalarga ishlangan bo’rtma rasmlari topilgan. Bu lavhalarda ov, urush, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Freska - devoriy surat.Lama - tuyasimonlar oilasiga mansub o’rkachsiz hayvon turi.Relef - bo’rtma surat.

Savol va topshiriqlar

1. Hozirgi Amerika tub aholisini kimlar tashkil etadi va ular

qay tariqa Amerikaga borib qolganlar? 2. Hindular xo 'jaligining asosiy turlarini qayd eting. 3. Mayya hindularida jamiyat qanday boshqarilgan? 4. Mayyalar madaniy taraqqiyotda qanday yutuqlarga

erishganlar?5. Inklar davlati haqida nimalarni bilib oldingiz? 6. o’rta asrlarda Afrika qifasida mavjud bo’lgan davlatlar-

ning nomlarini qayd eting. 7. Amerika va Afrika xalqlari madaniyatini taqqoslang va

xulosalaringizni daftaringizga qayd eting.

Page 316: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

155

MUHIM TARIXIY SANALAR

IV - VI asrlar - Yevropada xalqlarning buyuk ko’chishi.476- yil - arbiy Rim imperiyasi quladi.486- yil - Franklar davlati tashkil topdi.570 - 632- yillar - Muhammad (s.a.v.) yashagan yillar.589- yil - Xitoyda Suy imperiyasi vujudga keldi.610- yil - Muhammad (s.a.v.) ning payambarlik

faoliyati boshlandi.618- yil - Xitoyda Tan imperiyasi tashkil topdi.VII asr - Hindistonda Xarsha imperiyasi tashkil topdi.630- yil - Arab qabilalari yagona davlatga birlashtirildi.632- yil - Arab xalifaligi tashkil topdi.661- yil - Xalifalikda umaviylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi.750- yil - Xalifalikda abbosiylar sulolasi hukmronligi o’rnatildi.800- yil - Buyuk Karl imperiyasi tashkil topdi.829- yil - Angliya yagona davlatga birlashtirildi.843- yil - Verden shartnomasi imzolandi.875 - 884- yillar - Xitoyda Xuan Chao boshchiligida

dehqonlar qo’zoloni bo’lib o’tdi.882- yil - Kiyev Rus davlati tashkil topdi.

X asr - Chexiya va Polsha davlatlari vujudga keldi.962- yil - Muqaddas Rim imperiyasi tashkil topdi. 998- yil - Rusda xristian dini qabul qilindi.

XI asr - Yevropada shaharlar jamiyat taraqqiyotida muhimomilga aylanishi jarayoni boshlangan.

1038- yil - Saljuqiylar davlati tashkil topdi. 1054- yil - Xristian cherkovi ikkiga bo’linib ketdi. 1096- yil - Birinchi salib yurishi boshlandi.

Page 317: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

756

XII asr - Inklar davlati tashkil topdi.XII asr - Yaponiyada imperator hokimiyati vujudga keldi.XII asr - Rusda feodal tarqoqlik boshlandi.1204- yil - Salibchilar Konstantinopol shahrini ishol qildilar. 1206- yil - Hindistonda Dehli sultonligi tashkil topdi. 1206- yil - Yakka mo’ul ulusi davlati vujudga keldi. 1215- yil - Angliyada “Buyuk erkinlik xartiyasi” qabul qilindi. 1224- yil - Mo’ullar imperiyasi to’rt ulusga bo’lindi. 1237- yil - Mo’ullarning Rusga bosqini boshlandi. 1240- yil - Kiyev knyazligi taslim bo’ldi.

XIII asrning 40- yillari - Oltin o’rda xonligi tashkil topdi.1265- yil - Angliyada parlament joriy etildi. 1279- yil - Xitoyda yuan sulolasi hukmronligi o’rnatildi. 1291- yil - Salibchilar Sharqdagi barcha mulklaridan ajraldilar. 1302- yil - Fransiyada General shtatlar chaqirildi.

XIV asrning 20- yillari - Usmonli turklar davlati tashkil topdi.

1337- yil - Yuz yillik urush boshlandi. 1368- yil - Xitoyda min sulolasi hukmronligi o’matildi. 1381- yil - Angliyada Uot Tayler boshchiligida dehqonlar qo’zoloni bo’lib o’tdi.

XIVasr so’nggi choragi - Mo’ullar imperiyasi barham topdi.

1380- yil - Kulikovo jangi bo’lib o’tdi. 1380- yil - To’xtamish Oltin o’rda taxtini egalladi. 1395- yil - To’xtamishxon qo’shini Amir Temur qo’shini tomonidan tor-mor etildi.

1402- yil - Mashhur Anqara jangi

Page 318: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

boiib o’tdi. 1453- yil - Yuz yillik urush tugadi. 1453- yil - Vizantiya imperiyasi quladi.

XV asr oxiri - Fransiya markazlashgan davlatga aylandi.Mamlakatda mutlaq monarxiya o’rnatildi.

XV asr boshlari - Oltin o’rda xonligi quladi.

DARSLIK BILAN ISHLASH TARTIBI

Aziz o’quvchilar! Ushbu kitob sizlar 6-sinfda zo’r qiziqish bilan o’qigan Jahon tarixi qadimgi davrining tarkibiy qismi va davomidir.

Jahon tarixining o’rta asrlar davri milodning V asr oxirlaridan XVII asr o’rtalarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.

O’rta asrlar tarixi insoniyatning o’tmishdagi hayotini, jamiyatning tabiiy, ijtimoiy taraqqiyotini va unga bog’liq bo’lgan voqealarni o’ziga xos va xilma-xil ko’rinishda o’rganadi. Uni o’qitish sohasida davr talabidan kelib chiqib o’zgarishlar sodir bo’ldi. Jumladan, sovet tarixshunosligi mafkurasi asosida yozilgan jahon tarixi darsliklaridan xalos bo’la borib, milliy istiqlol mafkurasi ruhida haqqoniy, xolisona tarixni yaratish sari yo’l tutildi.

Bu jihatlar ushbu darslikda o’z ifodasini topgan. Chunonchi, tarixiy voqea va hodisalar umuminsoniy qadriyatlarning barcha jabhada ustivorligi nuqtai nazaridan turib yoritiladi.

Kitobda birinchi marta O’zbekiston tarixining

Page 319: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

jahon tarixida tutgan o’rnini ko’rsatishga doir materiallar: O’rta Osiyo uyg’onish davrining Yevropa uyg’onish davri madaniyatiga ta’siri, Amir Temur va Boburiylarning jahon tarixida tutgan o’rni, mamlakatimiz shaharlarining jahon miqyosidagi o’rni va mavqei hamda boshqa masalalarni haqqoniy yoritishga harakat qilindi.

Umuman, siz o’rta asrlar tarixini o’rganar ekansiz, yirik yer egaligining shakllanishi va rivojlanishi davrida xalq ommasining qanday yashagani va mehnat qilganini, o’z ozodliklari uchun jasorat bilan kurashganliklarini bilib olasiz. Bu kitob sahifalari sizga noma’lum mamlakatlarni izlab, uzoq dengiz safarlariga chiqqan jasur sayyohlar haqida, ajoyib olimlaming fikrlari va ishlari haqida, buyuk san’at ustalari haqida hikoya qilib beradiki, ular yaratgan asarlardan hozir ham butun insoniyat zavqlanadi.

Darslik bo’lim va boblarga, boblar paragraflarga, paragraflar esa bir qancha kichik-kichik qismlarga bo’lingan.

Har bir bo’lim so’ngida xulosa bo’lib, unda bo’limning mazmuni umumlashtirilgan. Mavzular puxta o’zlashtirilishini ta’minlash uchun savollar va topshiriqlar berilgan.

Savollar va topshiriqlarning aksariyati mustaqil ravishda fikr yuritib, mantiqiy xulosalar chiqarishni talab etadi. Bu hol tarix fanidan Davlat ta’lim standartlari va dastur doirasida o’quvchilarning tarixiy tafakkurini o’stirishga yordam beradi.

Har bir mavzu bo’yicha topshiriqlar jamiyat hayotining turli sohalarini qamrab olib, o’quvchilarning ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan. Oddiy vazifalardan tortib murakkabroq, izlanishga undovchi topshiriqlar ham berilgan.

Topshiriqlar darsning turli bosqichlarida: yangi materialni tushuntirish, bilimlarni tekshirish, takrorlash jarayonida va uyda bajarilishi mumkin. Ularni qo’llash

Page 320: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

usuli va o’rnini o’qituvchi o’zining shaxsiy tajribasi, o’quvchilarning bilim va ko’nikmalari darajasiga qarab aniqlaydi. Topshiriqlarni bajarishda darslikda berilgan tushuncha, faktlar bilan birga lug’at, xronologik jadval, kartalardan unumli foydalanish tavsiya etiladi.

K I R I SH

Ma’lumki, o’tmishni o’rganmay kelajakni yaratib bo’lmaydi. Zero, bugunning qadru qimmati, mohiyati va salmog’i kechagi kun tarozusi orqaligina to’liq idrok etiladi. Darhaqiqat, tarixdan kelajakka xizmat qiladigan amaliy xulosalar chiqarilmagunicha hech bir jamiyat

Page 321: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ilgarilab rivojlanmaydi.Jahon tarixi fani insoniyat taraqqiyoti haqida to’la

va batafsil tasavvur, bilim hamda tushunchalar berib, yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs bo’lib yetishishida muhim o’rin tutadi. Zotan, komil inson tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustivor sohasidir.

Jahon xalqlarining tarixiy tajribalaridan foydalanish, ya’ni tarixda bo’lib o’tgan voqealardan, hodisalardan, turli shaxslar hayotidan, iqtisodiy taraqqiyotidan, yangi farovon jamiyat qurish yo’lida insonlarni fozil, komil kishilar qilib tarbiyalashda foydalanish va hozirgi davrga xizmat qildirish eng dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi.

Biz insoniyatning o’tmish tarixini o’rganganimizda uni sobiq sovetlar davrida hukmron bo’lgan g’oya, ya’ni tarixni sinfiy kurashlar nuqtai nazaridan talqin etishlardan yoki noo’rin bo’rttirib ko’rsatishlardan saqlanishimiz zarur. Chunki “Biz xalqni noini bilan emas, balki madaniyati orqali bilamiz, tarixning tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”. Binobarin, haqqoniy tarix dillarga hayot qonini quyuvchi, tillarga so’z baxsh etuvchi, kunpayakun saltanatlarni qayta yaratuvchi, o’tib ketgan asrlar silsilasini butun hayajonlari, egalari bilan ko’z o’ngimizda namoyon etib, hayotimiz sarhadlarini kengaytiruvchi mo’jizadir. Uning ma’naviy qudrati ila biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga hamdamu hamnafas bo’lamiz, ular bilan goh suyib, goh kuyib, dilimizni rag’batlantiruvchi, hislarimizga ozuqa beruvchi turli voqealar, ajabtovur fe’1-atvorlar dunyosiga oshno bo’lamiz.

Tarixni insoniyat taraqqiyotining dardu quvonchlari, g’alabalaru mag’lubiyatlari, yaratuvchilik qudratiyu barbod etuvchi qora kuchlari, jasorat va xiyonat, oq va qoraning shiddatli to’qnashuvlari haqida hikoyalar bitilgan kundalik daftar deyish mumkin.

Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., «Sharq», 1998, 4-bet

Page 322: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Shubhasiz, “Har qanday sivilizatsiya ko’pdan-ko’p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir. Bir so’z bilan aytganda, ko’chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy bo’lib qolaveradi, uning madaniyati abadiy yashaydi”.

Umuman, to’g’ri anglab yetilgan, chuqur idrok etilgan tarix ulkan ma’naviy kuchga aylanib, buyuk kelajakni yaratish omili bo’ladi.

Diqqatingizga havola qilinayotgan mazkur darslik insoniyat tarixida muhim bosqich bo’lgan o’rta asrlarning uzoq davrini (V–XVII asrlar) o’z ichiga olganki, binobarin, uni jahon xalqlarining deyarli barchasi o’z boshidan kechirgan. Darslikda ilk bor jahon tarixining o’rta asrlar davrida O’zbekiston tarixining o’ziga xosligi, Vatanimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan ulkan hissasini aniq va ravshan ifoda etishga harakat qilindi.

Ushbu darslikni yozish jarayonida uzoq yillar davomida nashr qilib kelingan G.M.Donskoy va Ye.G.Agibalovalar qalamiga mansub “O’rta asrlar tarixi” darsligidan foydalanildi. Ammo qo’lingizdagi darslikning aksariyat qismi yangi ma’lumotlar asosida to’liq qaytadan yozildi. Darslik maxsus rasmlar, kartalar, sinf va uyda ishlash uchun topshiriqlar bilan to’ldirildi. Sharq tarixi, xususan, O’zbekiston tarixining jahon tarixida tutgan o’rniga alohida e’tibor qaratildi, ularga doir tegishli mavzu va materiallar kiritildi.

O`sha asar, 21-bet.

Page 323: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

O’RTA ASRLAR TARIXI NIMANI O’RGATADI?

O’rta asrlar tarixi uchta katta davrga bo’linadi:1. O’rta asrlarning birinchi davri milodiy V

asrdan boshlanib, taxminan XI asr oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davr insoniyat tarixida yer, mulkchilik munosabatlari bilan bog’liq iqtisodiy ishlab chiqarish usuliga, ya’ni feodal munosabatlariga (“feod” – o’rta asr G’arbiy Yevropa manbalarida yer, mansab va daromadlarni belgilashda qo’llanilgan lotincha atama) o’tish, feodal pomestesining vujudga kelishi, feodal tabaqalarining tashkil topishi, katolik cherkovi ta’sirining G’arbiy Yevropaga yoyilishi, islom dinining paydo bo’lishi va keng tarqalishi hamda ularning xalqlar madaniyatini shakllantirishi davridir.

2. O’rta asrlarning ikkinchi davri XI asrdan XV asr o’rtalarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi va bu davrda feodal ishlab chiqarish usuli qishloqda to’la rivojlanibgina qolmay, balki sex hunarmandchiligiga va o’ziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga ega bo’lgan o’rta asr shaharlari ham rivojlanib, muvaffaqiyatga erishdi. Bu tuzumning xususiyati shaharlarning feodallar hukmronligidan ozod bo’lishi, erkin shahar deb atalgan shaharlarning yoki shahar-respublikalarning vujudga kelishidir. O’rta asrlarning birinchi davridagi siyosiy tarqoqlikka qarama-qarshi o’laroq, ikkinchi davrda markazlashgan yirik davlatlar tashkil topdi, shu bilan birga qirol hokimiyatining obro’-e’tibori oshdi, tabaqalar vakillari muassasalari vujudga keldi. Salib yurishlari, mehnat taqsimotining o’sishi natijasida savdo rivojlandi va natural xo’jalik asta-sekin yemirila

Page 324: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

boshladi hamda O’rta Osiyoda jahon miqyosidagi ulkan madaniy yuksalish yuz berib, keyinchalik u Yevropada uyg’onish jarayoni, ya’ni Renessansning vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatdi.

3. O’rta asrlarning uchinchi davrl XVI asrni hamda XVII asrning birinchi yarmini o’z qamroviga olib, bu davr Yevropada Uyg’onish davri madaniyatining rivoji, dastlabki jamg’arishning (kapitalning) vujudga kelishi, Buyuk geografik kashfiyotlar va ixtirolar,Yevropa diniy reformatsiyasi, dehqonlar urushlari va ilk burjua inqiloblari davridir.

O’rta asrlar tarjxiga oid manbalar. Tarixiy manbalar deganda, biz inson faoliyati yoki uning ta’siri natijasida yaratilgan barcha ashyolarni tushunamiz. Jahondagi ko’pgina tarix muzeylarida o’rta asrlar davriga oid ashyoviy yodgorliklar, mehnat qurollari, qurol-yarog’lar, tanga-chaqalar, kiyim-kechaklar, uy jihozlari va idishlar saqlanmoqda.

Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikaning ko’hna shaharlarida ham hozirgi kunga qadar feodal davriga oid ko’plab uy-joylarni, butun-butun mahallalarni, qal’a devorlari va minoralarni, ajoyib ibodatxonalar, me’morchilik san’atining boshqa durdonalarini kuzatish mumkin.

Albatta, ashyoviy manbalarning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini inkor qilib bo’lmaydi. Lekin shu bilan birga feodal jamiyati tarixini, madaniyatini, xalqning ahvoli va turmushini o’rganishni yozma tarixiy manbalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Bu xildagi manbalar dunyodagi barcha mamlakatlar hujjatxonalarida – arxivlarida saqlanmoqda.

O’rta asrlar tarixiga oid yozma manbalarni uch turga bo’lishimiz mumkin:

1. Tarixiy yilnoma va qissalar. Ularda kopincha siyosiy voqealar o’z aksini topib, xalqning kundalik hayoti nisbatan kam tasvirlangan.

2. Hujjatlar. Ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy

Page 325: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

hayotni ko’rsatuvchi, shuningdek, jarimalar, soliqlar. boshqaruv va sud faoliyatlari bilan bog’liq yozma manbalardan tashkil topgan.

3. Qonunchilik bilan bog’liq manbalar. Ular tuzilishi jihatidan huquqshunoslikka oid bo’lgan manbalardir. Bu davr tarixida ko’pincha imperator yoki qirollar tomonidan mavjud qonunlarga kiritilgan o’zgartirishlar va ularning hukmronligi faoliyatlariga oid yozma manbalar shular jumlasiga kiradi.

O’rta asrlarning ikkinchi davrida (XIII–XIV asrlar) yozma manbalarning yangi turi, badiiy adabiyot shakllandi. Germaniyada Iogann Guttenberg tomonidan kitob bosish kashf etilgunga qadar (1445-yil) yozilgan barcha hujjat va kitoblar qo’lyozmalar sifatida xattotlar tomonidan yaratilgan.

Va nihoyat, manbalarning o’ziga xos turi san’at asarlari bo’lib, ular xususida alohida to’xtalib o’tish lozim. Badiiy san’at asarlari me’morchilik, rassomchilik, haykaltaroshlik va amaliy san’at sohalaridagi ashyoviy manbalarda ilohiy va oddiy insonlarning jonli siymolarini ko’z oldimizda gavdalantirib, bizga davr ruhini, g’am-tashvishlariyu, quvonchlarini yetkazib beradi.

Tarixchi olimlar yuqorida ko’rsatilgan xilma-xil manbalardan foydalanib, ularni qiyoslab o’sha zamonlar kishilari hayotini, qiziqarli voqealar va butun bir tarixiy davrlarni izohlab beradilar.

Page 326: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

I b o’ l i m. Ilk o’rta asrlar

I b o b. V–XI asrlarda Yevropa

l-§. German qabilalari va Rim imperiyasi

1. German qabilalari. German qabilalari va ularning buyuk ko’chishlari Yevropa tarixida milodning dastlabki asrlaridagi muhim voqealardan biridiiv Rim imperiyasining shimoliy chegaralarida joylashgan varvar* qabilalari milodiy II–IV asrlarda ham

* Rimliklar o`z mamlakatlaridan chetda yashab, ularga notanish tilda gaplashgan

Page 327: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

tabaqaviy jamiyat, yemirilayotgan urug’chilik jamoasi doirasida yashamoqda edi. Bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot varvar qabilalarining Rim yerlariga keng koiamda bostirib kirishi (IV–VI asrlar) ularda mulkiy tabaqalanish, ilk davlatlar paydo bo’lishiga imkoniyat yaratdi.

Qadimgi germanlar haqida Yuliy Sezarning “Galliya urushi haqidagi sharhlar” va Rim tarixchisi Tatsitning “Germaniya” degan kitoblarida anchagina ma’lumotlar berilgan.

2. Germanlarning mashg’ulotlari. German qabilalari qadimda Reyn daryosidan Elba daryosigacha bo’lgan yerlarda o’rnashganlar. Ular urug’-qabila tarzida yashab, uy-joylari ko’pincha yog’ochdan qurilgan. Tomlari poxoldan yopilgan, uy, qo’rg’onning atrofi yog’och devor va chuqur xandaqlar bilan o’ralgan bo’lib, ehtiyoj tug’ilganda mudofaa qilish ham ko’zda tutilgan edi. “Ular qunt bilan dehqonchilik qilishsa-da, taomlarining asosiy qismi non emas, sut, pishloq va go’shtdir”, deb yozadi Yuliy Sezar o’z xotiralarida. Asrlar davomida germanlar xo’jaligining asosini chorvachilik tashkil qilib kelgan. Lekin aholi sonining oshib bdrishi asta-sekin dehqonchilikka e’tibor kuchayishiga olib keldi. Natijada milodiy IV asrga kelib xo’jalikda dehqonchilikning ahamiyati chorvachilik egallagan mavqega yaqinlashdi.

Germanlarda yer xususiy mulk bo’lmagan. Qabila boshliqlari – oqsoqollari muayyan urug’ va yirik oila a’zolariga har yili ma’lum miqdorda ekin maydonlarini ajratishgan. Erkaklarning asosiy mashg’ulotlari urush bo’lgan germanlarda dehqonchilik bilan ayollar, qariyalar va bolalar shug’ullanishgan. Janglardan bo’sh paytlarida erkaklar ov bilan mashg’ul bo’lganlar.

Qon-qarindosh urug’ jamoalari o’rmonlar hududida

aholini «varvarlar» deb ataganlar.

Page 328: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

hamkorlik-da daraxt kesib, kundakov qilib, shox-shabbalarni yondirib, yangi yerlarni ochardilar. Dehqonchilik qilgan yerlari o’g’itlanmaganidan tez oriqlab, yaxshi hosil bermay qo’ygan. Yerga omoch bilan ishlov berilgan va zarur paytda mola bosilgan. Omochdan temir plugga o’tilishi keskin o’zgarishlarga, mehnat unumdorligi hamda don va boshqa ekinlar hosildorligi oshishiga oljb kelgan.

Dehqonchilikda vaqt o’tishi bilan almashlab ekish ham joriy qilina boshlandi. Milodiy IV asrga kelib ikki dalali almashlab ekish: bahorgi va kuzgi bug’doy o’rniga dukkakli ekinlar ekish, haydalgan yerni ikki dalaga ajratgan holda biriga don sepib, ikkinchisini esa shudgor qilib, dam berish va ularni har yili almashtirib turish yo’lga qo’yildi. Bu ishlab chiqarish unumdorligini oshirdi. Germanlarda boshoqli ekinlardan tashqari ba’zi poliz mahsulotlari va sabzavotlar, jumladan, karam yetishtirilgan.

Tatsitning qaydidan ma’lumki, germanlar temir va boshqa metallarni eritib olishni bilishgan. Milodiy II–IV asrlarda to’qimachilik, kemasozlik, zargarlik, ko’nchilik kabi hunarmand-chilik sohalari ham kozga ko’rinarli o’rin egallagan. Ichki savdoda ko’pincha temir buyumlar muhim o’rin egallagan, rimliklar bilan savdoda qullar, chorva mollari, teri, mo’yna, qahrabo yetkazib berib, ulardan turli nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari, vino olishgan. Savdo ko’pincha mol ayirboshlash shaklida bo’lib, faqat chegara tumanlarida rirnliklaming oltin solidlari (puli) ishlatilgan.

3. Germanlarda ijtimoiy hayot. Germanlarda urug’chilik jamoasi uch davrni o’z boshidan kechirgan:

1. Urug’chilik qon-qardoshligi – hamkorlikda xo’jalik yuritish, yer maydonlariga jamoa bo’lib ishlov berish.

2. Dehqonchilik jamoasi bo’lib yerni ishlash: bu davrda yer ma’lum yirik oilalar o’rtasida taqsimlangan.

Page 329: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

3. Qo’shnichilik yoki marka-jamoasida kichik oilalarning ekin yerlariga nisbatan shaxsiy mulki mavjudligi barobarida qolgan yer, o’rmon, o’tloqlarga nisbatan umumiy jamoa egaligi tartiboti saqlanib qolgan edi.

Milodning dastlabki asrlarida germanlar urug’ jamoasi kundalik hayotda hali ham muhim ahamiyat kasb etgan bo’lsa-da, lekin keyingi davrda kundalik xo’jalik hayotida jamoaning roli pasayib bordi. Jismoniy yumushlar, jumladan, o’rmondan daraxt kesib yer ochishni ham bemalol uddalaydigan yirik (patriarxal) oilalar germanlar jamiyatining asosiy xo’jalik birligiga aylandi. Xulosa qilib aytganda, urug’chilik jamoa tuzumining uchinchi davrida (V–VI asrlar) urug’doshlik jamoasi qo’shnichilik jamoasiga aylanib bordi. Germanlarda qulchilikning patriarxal shakli bo’lib, ular quldan faqat xo’jalik yumushlarida foydalanishgan. Faqatgina xalqlarning buyuk ko’chishlari davridan boshlab german qabilalarida yer egaligi munosabatlari o’zgara boshladi.

Milodiy I asrdan boshlangan ijtimoiy va mulkiy tengsizlik germanlarda uzoq davr yaqqol ko’zga tashlanmagan. Xonadon egasi – ushbu jamiyatning erkin, hech kimga tobe bo’lmagan vakili edi. U dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanishdan tashqari, jangchi, xalq yig’inlarining to’laqonli a’zosi, o’z qabilasi udumlarini, an’analarini yosh avlodga singdirish uchun mas’uliyatli klshi ham edi.

Keyingi uch-to’rt asr davomida germanlar jamiyati mulkiy tengsizlik, tabaqalanish borasida birmuncha oldinga siljidi (zodagonlar va ularning drujinalari o’sdi va kuchaydi, chunki ularga faqat yergina emas, balki ishchi kuchi va har turli o’ljalar ham zarur edi). Biz buni arxeologik qazilmalarda topilgan moddiy madaniyat qoldiqlari, qabrlardagi asbob-anjomlar, qurol-aslahalardan ham yaqqol kuzatishimiz mumkin.

4. Ijtimoiy-siyosiy tuzum. Germanlarning

Page 330: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

dastlabki davlatlari V–VI asrlarda Rim imperiyasi yerlarida tashkil topdi. Madaniyat jihatidan o’zldan yuqori bo’lgan xalqlar ustidan hukmronlik qilish zaruriyati germanlarni boshqaruv tartibini yangi sharoitga moslashtirishga majbur etdi.

Milodning boshlarida germanlar orasida mulkiy tabaqalanish boshlanib, zodagonlar – “konung” (hind-yevropa tillarida “keni” – urug’) paydo bo’ldi. Konung sara, hurmatli zodagon kishilar toifasining oliy vakili edi. Milodiy II asrda, Tatsitning yozishicha, konung hokimiyati cheklangan bo’lib, u o’z qabiladoshlarini buyruqdan ko’ra, shaxsiy namuna, ishontirish bilan boshqargan. Konung saylab qo’yilgan. Uni xalq yig’inida hurmatli, e’tiborli qabila a’zolari orasidan tanlab saylashgan. Saylangan konungni qalqon ustida ko’tarib olqishlashgan.

Qadimgi germanlar jamiyatida asosiy o’rinlardan birini harbiy drujina (bo’linma) yo’lboshchilari egallagan. Qabilalar xalq lashkaridan farqli ravishda harbiy drujina (bo’linma) jangchilari turli kishilardan iborat bo’lgan. Ko’pincha boy xonadonlardan chiqqan yigitlar harbiy bo’linmaga yozilganlar. Ular janglarda qatnashmagan paytlarda bazmi jamshid qurib, urushdan topgan boyliklarini sarf qilganlar, ovlar uyushtirishgan. Harbiy o’ljalarning ko’pi bo’linma boshlig’iniki hisoblangan, evaziga u o’z jangchilarini qurol-aslaha, ot, yashash joyi, oziq-ovqat bilan ta’minlagan.

Milodiy IV–V asrlarga kelib germanlar siyosiy tuzumida muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Endilikda qabila birlashmalari yuksalib1; qabila ittifoqlariga aylandi. Ularning ba’zilari (allemann, got, frank) bir necha yuz ming kishidan iborat bo’lib, yirik yer maydonlarini nazorat qilganlar. Umumittifoq yig’inlarining ahamiyati susayib, ularda faqat urush va tinchlik hamda konung saylash huquqlari qoldi. O’z navbatida, harbiy bo’linmalar va ularning boshliqlari

Page 331: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

mavqei oshib bordi.Milodiy IV asrdan boshlab ba’zi german

qabilalari harbiy boshliqlari Rim noiblariga harbiy xizmatga o’ta boshladi. German harbiy bo’linmalari Rim armiyasi tarkibida alohida jangovar birlik ittifoqchilari sifatida qatnashganlar. Ko’p hoilarda german harbiy bo’linmalari Rim imperiyasi chegaralarini dushmanlar hujumlaridan himoya qilish majburiyatini olishgan.

German konunglarining ijtimoiy-siyosiy yuksalishiga xizmat qilgan tadbirlardan yana biri varvar qabilalarida ibtidoiy dinlar o’rniga xristianlikning tarqalishi bo’ldi. Milodiy 341-yili birinchi bo’lib yepiskop unvoniga erishgan vestgotlik Ulfila xristianlikning keyinchalik dahriy deb e’lon qilingan arianlik mazhabining keng yoyilishiga xizmat qildi. Xristianlikning german qabilalari orasida tarqalishi ularning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini tezlashtirib yubordi.

5. Germanlarning Rim imperiyasi yerlariga bostirib kirishi. Yevropa tarixida IV–VI asrlar xalqlarning buyuk ko’chishlari davri deb ataladi. Ushbu uch asr davomida qit’aning deyarli hamma yerlarini qamrab olgan ko’chishlar aholining etnik, madaniy va sotsial qiyofasini keskin o’zgartirdi. Bu davr antik madaniyati halokati va yangi feodal jamiyati paydo bo’lishi bilan yakunlandi.

Xalqlarning buyuk ko’chishlariga sabab nima edi? Eng avvalo, germanlar ishlab chiqaruvchi kuchlarining o’sishi, xususan, dehqonchilikda erishgan muvaffaqiyatlari va tobora o’sib borayotgan aholining yangi yer maydoniga oshayotgan talabi, qabilalarda mulkiy tabaqalanishning kuchayishi ularda yangidan-yangi yer, boyliklarni bosib olishga intilishni kuchaytirdi. Sharqdan IV asrdan boshlangan ko’chmanchi xun qabilalari yurishlari ham yuzlab, minglab varvar qabila-urug’larini o’z joylaridan

Page 332: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ko’chishga majbur qildi. Lekin eng so’nggi tadqiqotlar ko’chishlar asosiy sabablaridan yana biri tabiiy iqlimdagi keskin o’zgarishlar bo’lganligini ko’rsatmoqda. Jumladan, milodiy II asrdan boshlab havoning keskin sovushi V asrga kelib, ayniqsa, kuchaygan. Natijada ekin yerlari qo’riqqa, suvli yerlar esa botqoqlarga aylanishi chorvachilikka ham, dehqonchilikka ham birday katta zarar yetkazdi.

Shu sababdan Yevroosiyo ko’chmanchilari ham, Yevropa shimolidagi o’troq aholi ham yashash va xo’jalik yuritish uchun iqlimi qulay yerlarni izlashga majbur bo’ldilar. Ko’chishlarga tashqi omil, ya’ni Rim imperiyasining zaifligi va o’z qo’shnilariga yetarlicha qarshilik ko’rsata olmagani harn qo’l keldi. Shuningdek, Rim jamiyatida barcha ezilgan tabaqalarning og’ir zulmdan qutulamiz deya, varvarlarga xayrixoh bo’lganligi ham katta ahamiyatga ega bo’ldi. Rim quldorlik imperiyasi bilan urushlar natijasida Pireneya yarimorolida germanlarning dastlabki Vestgot qirolligi tashkil topdi. Keyinchalik vandallar (Shimoliy Afrikada), ostgotlar (Italiyada), franklar (Galliyada), anglo-sakslar (Britaniyada) joylashib, o’z davlatlarini barpo etdilar.

Germanlarning bostirib kirishi 476-yilda G’arbiy Rim imperiyasining qulashiga olib keldi. Yevropa qit’asida yangi ijtimoiy-iqttsodiy (feodal) munosabatlarga o’tish davri boshlandi.

2-§. Franklar. Franklar qirolligining tashkil topishi

1. Frank qabilalari. Buyuk ko’chishlar boshlanishi arafasida frank qabilalari Reyn daryosining quyi, o’ng qirg’og’ida yashaganlar. Ularda urug’chilik tuzumi saqlanib qolgan bo’lib, qabila boshliqlari harbiy ishda alohida jasorat ko’rsatgan shaxslardan saylab qo’yilardij Franklarga qo’shni bo’lgan Rim viloyati –

Page 333: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Sena va Luara daryolari havzasida milodiy V asr o’rtalarida Rim imperiyasi noibi Egidiy mustaqil knyazlik tuzgan edi. Franklarning bu hududlar tomon siljishi shu davrdan kuchaydi.

Frank qabilalaridan biri meroveylar yo’lboshchisi Xlodvigning yuksalishi (Merovinglar sulolasi) G’arbiy Rim imperiyasining qulashidan keyin boshlandi. Uddaburon va shafqatsiz Xlodvig tez orada franklarning barcha qabilalari ustidan hukmronlik o’rnatdi. Imperiya yemirilgach, Rim Galliyasining amalda qiroli bo’lib qolgan Egidiyning vorisi Siagriy bilan Suasson shahri yonidagi jangda (486-yil) Xlodvig qo’shinlari rimliklar ustidan g’alabaga erishdi. Buning natijasida kartada yangi, hozirgi kunda Fransiya nomi bilan atalib kelayotgan davlat tashkil topdi.

Istilochilik siyosatini davom ettirgan Xlodvig 507-yilda vestgotlar qiroli Alarixni yengib, o’z davlati yerlarini yanada kengaytirdi.

2. Franklarda mulkiy tabaqalanishning boshlanishi. Arxeologik qazilmalar va aerofotosyomka orqali olingan yangi ma’lumotlarning dalolat berishicha, V–VI asrlarda ham franklar bosib olgan yerlarida Rim quldorlari saroylari saqlanib qolgan. Keyingi davrda ham ularda asosiy ishchi kuchi qullar va kolonlar bo’lib qolavergan. Aholining asosiy qismi rim-galliklardan iborat bo’lgan.

Dastlab franklar rim-gallik mahalliy aholidan alohida yashaganlar. Shu sababli Luara daryosidan shimoldagi german qabilalarida urug’-jamoa tuzumi uzoqroq saqlanib qolgan. Mamlakat janubida burgundlar, vestgotlar, keyinroq franklar ham mahalliy rim-gallik aholiga nisbatan kamroq bo’lgan. Buning natijasida rimliklar madaniy ta’siri oqibatida Janubiy Galliyada urug’chilik jamoasi tartiblari tezroq yo’qolgan.

Xlodvig vorislari zamonida qirollar davlat

Page 334: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

hokimiyatini mustahkamlash maqsadida o’z harbiy bo’linmasiga va yaqin kishilariga yirik yer maydonlarini benefitsiy* (in’om) tariqasida bera boshladi.

Asta-sekin qirol va uning drujinachilari, ruhoniylar, qirol saroyiga yaqin rim-gallik zodagonlar, quldorlar, yirik yer egalari – feodallar toifasi vakillariga aylandi. Ularning yerlarida VI asr oxiridan yarim ozod littlar, rim-gallik qullar, kolonlar bilan birga o’z erkinligidan mahrum bo’lgan franklar ham ishlardi. Franklar istilosidan so’ng Galliyada yangi jamiyat – feodal davlati hamda uning asosi – yirik yer egalari va dehqonlar toifasi shakllanadi.

3. Franklarda ilk o’rta asr davlatining paydo bo’lishi. Yevropada feodal davlatlarining shakllanishi uzoq muddatli, murakkab jarayon sifatida kechdi. Shimoliy Galliyada tashkil topgan Franklar qirolligi Xlodvig vorislari davrida Burgundiyani (534-yil) hamda Provans (536-yil) viloyatlari yerlarini bosib oldi. Natijada VI asr o’rtalarida Rim Galliyasining deyarli barcha yerlari Franklar qirolligi tomonidan bo’ysundirildi. Franklar, shuningdek, tyuring, alleman, bavar qabilalari ustidan hukmronlik o’rnatdilar va ularni har yili xiroj to’lashga majbur qildilar.

4. Davlatning idora usulidagi o’zgarishlar. Franklarda bir paytning o’zida ikki jarayon: jamiyat feodallashuvi hamda ilk o’rta asr davlatining tashkil topishi sodir bo’ldi.

Ibtidoiy “harbiy demokratiya” davriga oid qabila tuzumi boshqaruv tashkilotlari mavqei kuchayib borayotgan harbiy boshliqlar qo’liga o’ta boshladi. Keyinchalik xuddi shu harbiy yoiboshchilardan qirollar, yirik yer egalari, gersoglar va graflar yetishib chiqdilar. Istilo qilingan rim-gall aholisini boshqarish zaruriyati, jamiyatda vujudga kelgan o’zgarishlar esa yangi idora usullarini, tashkilotlarini yaratishni taqozo etardi.

* Benefitsiy – ilk o`rta asrlarda G`arbiy Yevropada senor o`z vassaliga muayyan xizmatlar o`talishi evaziga in`om qilgan yer-mulk.

Page 335: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yillar o’tishi bilan Franklar qirolligi markaziy boshqaruvida muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Qirol hokimiyati kuchayishi bilan germanlarda an’anaviy, zarur qonunlarni qabul qilish uchun chaqirilib turiladigan xalq yig’inlaridan voz kechildi. Endi hamma qonun va qarorlar qirol tomonidan qabul qilinadigan bo’ldi. Qonunlar xususiy mulkchilikni himoya qilar va tengsizlikni mustahkamlar edi. Zamonlar o’tib franklarda qabila-urug’chilik davriga oid urf-odatlar, udumlar kundalik turmushda saqlanib qoldi, xolos. Ulardan biri har yili mart oyida o’tkazilib turiladigan xalq lashkarlarining an’anaviy ko’rigi edi.

Qirol davlat boshqaruvining barcha sohalarini o’z qo’liga oldi. Uning hokimiyati davlatdagi eng yirik yer egasi ekanligiga va ko’psonlik sodiq harbiy lashkariga asoslangan edi. Qirol davlatni o’z mulki, xo’jaligidek boshqarardi. U ilgari jamoa mulki hisoblangan yer maydonlarini yaqin kishilariga in’om etar, davlat xazinasini istaganicha sarflardi. Yangi tashkil topgan feodallar tabaqasi vakillari qirol hokimiyatining uzoq asrlar davomida eng muhim tayanchi bo’lib xizmat qildi. Qirol davlati esa, o’z navbatida, hukmron tabaqa vakillarining yangi yerlarni bosib olishga maylini, oddiy xalqning yerlariga, erkinliklariga tajovuzini rag’batlantirardi.

Franklarda Xlodvig zamonidayoq mamlakat viloyatlarga bo’linib, ularni qirol tomonidan tayinlangan graflar boshqarardi. Graf o’z yerlarida aholidan soliq yig’ib olar, jangchi bo’linmalarga qo’mondonlik qilar, sudya vazifasini ham bajarib, yig’ilgan sud jarimalafidan 1/3 qismini qirol xazinasiga yuborardi. Umuman, sud ishlarini badavlat franklar hal qiladigan bo’ldi.

Urug’chilik tuzumi an’analari faqat mahalliy boshqaruvda saqlanib qoldi. Qabila asosini tashkil etgan yuzliklar kichik tuman boshqaruv birligiga aylandi. Erkin franklarning yuzlik yig’ilishlarini saylab

Page 336: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qo’yiladigan rais – tungin boshqarardi. Eng qadimgi boshqaruv tashkilotlari, qishloq jamoalari o’z ahamiyatini uzoq vaqt saqlab qoldi. Soliqlar tizimi tartibini franklar Rim imperiyasidan to’liq qabul qildilar.

Ushbu o’zgarishlar milodiy V–VII asrlar davomida franklarda dastlabki tabaqalar tashkil topishi imkoniyatini yaratdi. Yangi jamiyatning vujudga kelgan hukmron tabaqasi feodal yer egalari manfaatlarini qo’riqlash barobarida ming yillar davomida erkin hayot kechirgan frank aholisini ham asoratga tushirdi.

5. Qirolning cherkov bilan ittifoqi. Turli ibtidoiy dinlar – Quyosh, Yer, osmon va boshqa tabiat kuchlariga sajda qilib kelgan german qabilalari rimliklardan moddiy madaniyat barobarida monoteistik – yakka xudo g’oyasiga asoslangan xristianlik dinini ham qabul qildilar. Yangi davlat yaratishda Rim katolik cherkovining qo’l kelishini sezgan franklar qiroli Xlodvig 486-yilda o’z harbiy bo’linmasi a’zolari bilan xristianlikni birinchilardan bo’lib qabul qildi. Boylikiarini, yirik yer maydonlarini saqlab qolishga intilgan xristian cherkovi ham hukmron tabaqa vakillari bilan yaqin munosabatda bo’lishdan manfaatdor edi. Qirollar cherkovga yangi yerlarni in’om etdilar. Natijada Xlodvig va uning vorislari davrida xristian cherkovi o’z yer-boyliklarini yanada ko’paytirdi.

6. Feodal yer egaligining vujudga kelishi va dehqonlar ahvoli. Erkin frank jamoasi tartiblari Galliya istilo etilganidan so’ng asta-sekin yemirila boshladi. Franklarning chek yerlari VI asr oxiridan dehqon oilalarining shaxsiy, sotish va in’om etish huquqiga ega bo’lgan allodi (mulki)ga aylandi. Qirol Xilperik (561–584-yillar) zamonidayoq, yangi qonun yerni o’g’il, voris bo’lmasa, ilgaridagidek jamoaga emas, marhumning qizi, singlisi yoki ukasiga o’tishi kerakligini tasdiqladi.

Yerni meros sifatida qoldirish, in’om etish,

Page 337: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

keyinchalik esa oldi-sotdi imkoniyatlarining paydo bo’lishi aholi orasida mulkiy tabaqalanishni tezlashtirdi. Feodal jamiyatining dastlabki davrida qulchilikka butunlay barham berilmadi. Aksincha, istilochilik urushlari asirlari, jinoyatchilar, jarima yoki xun (vergeld) to’lay olmaganlar, xo’jalik yurita olmay qarzdor bo’lganlar hisobiga qullar soni birmuncha ko’paydi. Lekin franklarda qul mehnati Rim imperiyasidagi kabi dehqonchilik va hunarmandchilik ishlab chiqarishi asosi emasdi. Endi qullardan uy xizmatchisi, hunarmand, cho’pon sifatida yoki boshqa xo’jalik yumushlarida ko’proq foydalanadigan bo’lishdi.

Tarixiy yozma manbalarda franklar orasida VI asrdan boshlab mulkiy tabaqalanishga oid ma’lumotlar uchraydi. Ularda qarzlar, qarz majburiyatlari haqidagi hujjatlar bilan birga, boy-badavlat “sara kishilar”, kambag’al, soliq to’lay olmaydigan yersiz, daydi gadoylar haqida ham yozilgan.

Kichik xususiy yer egaligi – allodning paydo bo’lishi, o’z navbatida, feodal yer egaligi o’sishiga turtki bo’ldi. Frank qirollari Rim imperatori xona-donining Galliyadagi yirik yer maydonlarini musodara qilib, uning bir qismini o’z yaqinlariga va cherkovga in’om etdilar.

Yangi turdagi yer egaligining o’sishi jamoa yerlari hisobiga ham bo’ldi. Tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanib turishi, hosilsizlik, insonning tabiat kuchlari oldidagi ojizligi dehqonlarning yersizlanishiga ko’maklashdi.

O’z yerlaridan mahrum bolgan dehqonlar feodallardan ijaraga yer olib xo’jalik yuritishga majbur bo’lardilar. Olingan yer evaziga dehqon o’z erkini yo’qotar, feodal yerida ishlab berishga, olingan hosilning bir qismini unga soliq tariqasida to’lashga majbur bo’lardi. Dehqonlarning yirik yer egalariga krepostnoy qaramligi ko’p asrlar mobaynida davom

Page 338: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

etdi. (Bu haqdagi ma’lumotlarni siz qo’llanma-ning keyingi sahifalaridan ham topishingiz mumkin).

7. Diniy hayot. Ilk o’rta asrlardagi tinimsiz feodal urushlari, tabiiy ofatlar, turli yuqumli kasalliklarning tez-tez sodir bo’lishi odamlarni ilohlardan najot so’rashga, toat-ibodatga zo’r berishga majbur qilardL Yevropada VI asrdayoq paydo bo’lgan monastirlar, yuzrab tarki dunyo qilgan, o’zini diniy ibodatga bag’ishlagan monaxlar (“monax” grekcha so’z, “yolg’iz” degani; o’zbekchada “rohib”)ni to’plagan. Monaxlar oila qurmaslikka, qashshoqlikda yashashga, abbatga (monastir boshlig’i) so’zsiz itoatda bo’lishga qasamyod etgan kishilar edilar.

Xristian cherkovi feodal jamiyati talabiga javob beradigan kuchli tashkilot sifatida shakllandi. Uning eng quyi pog’onasida qishloq cherkovi ruhoniysi – pop turardi. Tuman va viloyatlarda yepiskop va arxiepiskoplar cherkovni boshqarar edilar. Eng yuqori pog’onada katolik cherkovi rahnamosi – Rim papasi turardi.

Xristian cherkovi o’z maqsadi va mazmuni bilan hukmron tabaqa manfaatiga xizmat qilsa-da, uning maorif, madaniyat va ma’lum darajada fanning rivojlanishidagi qo’shgan hissasini alohida qayd etish lozim. Dastlabki kutubxonalar monastirlarda bo’lgan. Monax xattotlar, ko’pincha diniy mavzuda bo’lsa-da, kitoblarning yangi nusxalarini yaratganlar. Yevropada XI asrga qadar maktablar ham cherkovlar qoshida bo’lib, ularda o’rta asrlarning barcha buyuk allomalari ta’lim olganlar. Xristian dinining xaloskorlik kuchiga ishongan xalq ko’pincha o’z xohishi bilan, ba’zida majburan yerlarini cherkov va monastirlarga sovg’a qilar edi. Bu borada cherkovning naqadar katta imkoniyatlarga ega bo’lganligini Parij yaqinidagi Sen-Jermen monastiriga qaram dehqonlar soni 80 mingdan ortiq bo’lganligidan ham bilish mumkin.

Xullas, VI–VII asrlardan franklarda davlat tashki-

Page 339: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

lotlari, tabaqa va toifalar, shuningdek, feodal yer egaligi vujudga kelganligini qayd etishimiz mumkin.

3-§. Buyuk Karl imperiyasi

1. Buyuk Karl. Zabardast hukmdorlardan biri Buyuk Karl Franklar qirolligini 768–814-yillarda idora qildi. “Buyuk” laqabi Karlga, avvalambor, uning 53 ta yirik harbiy yurishlarga boshchilik qilgani, buyuk istilochi bo’lgani uchun berilgan. Qolaversa, bu Karlning qonunchilik sohasida qilgan salmoqli ishlariga va, nihoyat, uning ilm-ma’rifat sohasidagi xizmatlariga keyingi avlodlar tomonidan berilgan yuksak baho belgisidir.

2. Franklar qirolligining kengayishi. Tarixda urushlar turli maqsadlar bilan: shon-shuhrat, ba’zida yangi yerlarni bosib olish, harbiy o’ljalarni qo’lga kiritish uchun uyushtirilardi. Franklar qiroli Karl olib borgan urushlarga diqqat bilan nazar solsak, ularning barchasi ham chuqur o’ylab, davlat maqsadlarini nazarda tutgan holda tashkil qilinganligiga guvoh bo’lamiz. Bu urushlar, eng avvalo, xalqlarning buyuk ko’chishlariga chek qo’ydi. Karlning otasi Pipin Pakana zamoni (741(751)–768-yillar)da, qirolning asosiy sa’y-harakati saks, friz qabilalari tazyiqini qaytarishga, mamlakatdagi ichki dushmanlarni yengishga qaratilgan edi. Karl esa o’z hukmdorligi davrida hujumkorlik siyosatini olib bordi. U urush harakatlarini dushmanlari hududlarida olib borib, Franklar qirolligi yerlarini kengaytirdi, uning chegaralarini mustahkamladi.

Buyuk Karlning harbiy yurishlari natijasida Britaniya, Skandinaviya, Kiev Rusi va Vizantiyadan tashqari Yevropa qit’asidagi deyarlik barcha yerlar, ko’plab xalq va qabilalarni birlashtirish imkoniyati vujudga keldi.

3. Italiya va Ispaniya urushlari. Karlning Italiya

Page 340: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

yerlarida tashkil topgan Langobardlar qirolligiga qarshi urush harakatlari 772-yilda boshlandi. Langobardlar qiroli Dezideriy qo’shinlari 774-yilda butunlay tor-mor qilindi. Dezideriy esa sochi olinib, Korvey monastiriga monaxlikka jo’natildi. (Tabiiyki, sizda nima sababdan langobardlar qiroli sochi olinganligi haqida savol tug’iladi. Ilk o’rta asrlarda faqat qirollardagina uzun soch qo’yish udumi bo’lgan. Demak, qaysidir qirolning sochi olib tashlansa, bu uning taxtdan mahrum ekanligining belgisi edi). Keyinchalik, 776-yilda langobardlar qo’zg’olonini bostirish uchun yurish qifgan Karl Italiya yerlarini grafliklarga bo’lib, o’z qirolligiga qo’shib oldi.

Buyuk Karlning arablar Ispaniyasiga qarshi birinchi harbiy yurishi 778-yilda bo’ldi. Dastlabki urush muvaffaqiyatsizlik bilan tugab, chekinish paytida qo’shin ancha talofot ko’rdi. Jangda pistirmaga duch kelgan Karlning jasur lashkarboshilaridan biri graf Roland o’z bo’linmasi bilan birgalikda halok bo’ldi. Keyinchalik Roland fransuz xalq og’zaki ijodining sevimli qahramoniga aylanib, u haqda “Roland haqida qo’shiq” dostoni yaratiladi. Ispaniyaga qarshi ikkinchi yurish natijasida bosib olingan yerlarda 801-yilda Ispan markasi tuzilib, Franklar davlatining chegara viloyatiga aylantirildi.

4. Saks qabilalarining bo’ysundirilishi. Karl olib borgan urushlar ichida eng og’ir kechgani va uzoq davom etgani saks qabilalariga qarshi 30 yillik (772–802-yillar) urushlar bo’ldi. Saksoniya, Reyn va Elba daryolari havzasida joylashgan sakslar haligacha urug’chilik jamoa-sining yemirilishi davrida yashamoqda edi. Saks qabilalari aholisi orasida zodagonlar – edelinglar, erkin kishilar – frilinglar va yarim ozod kishilar – latssilar toifalari paydo bo’lsa-da, ularda hali tabaqalar vujudga kelgan emasdi.

Saks aholisining barchasi, ayniqsa, ularning ko’pchiligini tashkil etgan frilinglar o’z yerlari va

Page 341: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ozodligini saqlab qolish uchun bosqinchilarga jasorat bilan qarshilik ko’rsatishdi. Karl qo’shinlari sakslarga qarshi hammasi bo’lib 8 marta harbiy yurishlar qildi. Germanlar har bir urushdan keyin yangidan kuch to’plab qo’zg’olon ko’tarar, mamlakatda frankiar qurgan mudofaa qal’alarini buzib tashlar ypki yondirib yuborardilar.

Qirol Karlga sakslarni bo’ysundirishda xristian dini peshvolari yordam ko’rsatishdi. Ko’pincha aholi xristianlikka majburan qabul qilindi. Karl chiqargan qonunga ko’ra, zarracha itoatsizlik yoki dindan qaytish hollari o’lim jazosiga hukm qilish bilan yakunlanardi. Vezer bo’sag’alaridagi jangdan so’ng (782-yil) u garovdagi 4500 kishini qatl qilishni buyurdi. Qattiq choralar ko’rilishiga qaramasdan, sakslar ozodlik uchun kurashishni to’xtatmadilar.

Shundan so’ng Karl saks zodagonlariga yirik yer maydonlari in’om etib, katta sovg’alar evaziga o’z tomoniga ag’darib oldi. Jumladan, vestfallarning yo’lboshchisi Vitekindning Karl tomoniga o’jtishi (785-yil) va xristianlikni qabul qilishi saks qabilalarining qarshiligini ancha susaytirdi. Umuman, zodagonlarning xoinligi sakslarning itoat ettirilishiga yordam berdi. Istilo qilingan yerlarda frank zodagonlari, yepiskoplar, cherkov va monastirlar yirik yer-mulklarga ega boldilar. Erkin sakslar esa qaram dehqonlarga aylandilar.

5. Buyuk Karl imperiyasi. Franklar davlati IX asr boshlarida juda ko’p yerlarni birlashtirdi. Ushbu hududda o’z taraqqiyoti jihatidan turli darajadagi turli xalqlar, elatlar va qabilalar yashardi. Karl va uning safdoshlari Franklar qirolligiga G’arbiy Rim imperiyasining tiklanishi sifatida qarab, qirolning o’ziga imperatorlik tojini kiydirishni orzu qila boshladilar.

Buyuk Karl 800-yili Rim papasi Lev III ga yordam berish uchun Rimga keldi. Xuddi shu yili 25-dekabr kuni Avliyo Petr ibodatxonasida Rim papasi Karlni

Page 342: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

imperator deb e’lon qildi va unga toj kiydirdi. Yevropadagi Vizantiya imperatoridan tashqari hamma katta-kichik hukmdorlar Karlning imperatorligini tan olishdi. Ulaming barchasi Buyuk Karlning homiyligiga muhtoj bo’lib, u bilan ittifoqda bo’lishga intilardi.

Ushbu davrda Franklar imperiyasida Karlning mavqei haddan tashqari kuchaydi. U yiliga ikki marta yirik yer egalaridan iborat kengash chaqirib, uning qaroridan zarur topganlarini farmonlar sifatida e’lon qilgan.

Karl o’z davlatida harbiy islohotlar ham o’tkazdi. Yangi islohotlar natijasida otliq, ya’ni ritsarlar* qo’shinida faqat ot, qurol-aslahalar sotib olish imkoniyatiga ega bo’lgan o’ziga to’q dehqonlar xizmat qilishi mumkin edi. Qolgan aholi baholi qudrat birlashib, o’z hisoblaridan bitta jangchi tayyorlashlari zarur edi. Ma’lum muddat o’tishi bilan qo’shinda xizmat qilish faqat feodallarning imtiyoziga aylandi.

Imperator qurol-yarog’ sotib olishi, xizmat paytida oilasi kun kechirishi uchun harbiylarga yer-mulk ajratib berardi. Dastlab harbiy xizmat evaziga taqdim etilgan bu xildagi “feod”lar (yer-mulk) keyinchalik merosiy, ya’ni otadan farzandga o’tadigan mulkka aylandi.

“Feod” egasi “feodal” deb yuritilardi. Yirik feodallar o’nlab, yuzlab qishloqlarni qamrab olgan butun bir viloyatga egalik qilsa, mayda feodallarga bitta qishloq yoki uning ma’lum qismi qarardi. Buyuk Karl imperiyasi yangi bosqichdagi ilk feodal davlati edi. Bu davlat vujudga kelayotgan yirik yer egalari – feodallar tabaqasining bosib olingan yerlarda yer-mulklarga egalik qilishlari, erkin kishilarning esa qaram dehqonlarga aylanishiga xizmat qildi.

6. Buyuk Karl davrida franklarda davlat, iqtisod va madaniyat. Karl tuzgan imperiya uzoq vaqt hukm surmadi. Lekin uning olib borgan urushlari G’arbiy Yevropadagi ko’chishlarga chek qo’ydi.

* Ritsar – nemischa «Riter» so`zidan olingan.

Page 343: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Deyarlik barcha german qabilalarini o’z qo’l ostida birlashtirgan Karl davlat chegaralarida mustahkam tartib o’rnatdi. Imperator o’z davlatini qonunga bo’ysunuvchi chegara viloyatlari – markalar bilan o’rab oldi. Markalarni uning tomonidan tayinlangan markgraflar boshqarib, ular chegara bo’ylab yangi istehkom va qal’alar qurdilar. Keyinchalik imperiya bo’linib ketsa-da, parchalanish ushbu chegara doirasida bo’ldi.

Buyuk Karl yirik hududda yangi maorif tizimini tashkil qildi. Hozirgi Yevropaning qit’a sifatidagi madaniyati va maorifi tushunchalariga ham xuddi shu davrda asos solindi.

Karl qonunchilik siyosatiga ham katta e’tibor qildi. Xlodvigdan keyingi merovinglar zamonasida ayrim zodagonlarning tartibsizlikka yo’l qo’yishi, mamlakatdagi feodallarning o’zaro urushlari mazkur sulolaning halokatiga sabab bo’lgandi. German qabilalari tuzgan davlatlarning hammasida qonun to’plamlari tuzilgani bizga ma’lum. Tarixda langobardlar, allemanlar “haqiqat”lari, qo’lyozmalari saqlanib qolgan va bugungi kungacha yetib kelgan.’ Ular ichida eng to’liq holda saqlanib qolgani franklarning “Sali haqiqati” qonunlar majmuasidir. Qonunlar capita (lotincha so’z; ma’nosi bob, bo’lim) deb atalgan, ko’plab boblardan iborat bo’lgan. Qonunlar demokratik tarzda, har yili mart oyida chaqiriladigan arfanaviy harbiy ko’rik paytida qirol vassallari tomonidan taklif qilinib, qirol tomonidan tasdiqlanar, kapitulyariylar sifatida qabul qilinar edi. Kapitulyariylar fuqarolar boshqaruvining turli sohalarini qamrab olgan va franklar tarixiga oid muhim ma’lumotlar beradi. Qonunda eng oddiy narsalarga ham, masalan, xonaki parranda va hatto tuxum sotish qonun-qoidalariga ham batafsil to’xtab o’tilgan.

Karl taxtga kelganda franklarda maorif markazi hisoblangan cherkov ham inqirozni boshdan

Page 344: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

kechirmoqda edi. Din peshvolari esa ov va maishat bilan mashg’ul edilar. Ruhoniy zodagonlar ovni kitoblar bitish uchun terilar zarurligi bilan izohlar edilar. Karl cherkov vakillariga ovni cheklab qo’ydi.

Qirol 789-yilda xalq maktablarini joriy etish haqida qonun chiqardi. Ushbu qonunga binoan maktablar cherkov qoshida tuzilib, ruhoniylarga xalq farzandlarini bepul o’qitish vazifasi yuklandi. Qo’shiqchilik san’atini rivojlantirish maqsadida Karl Italiyadan ikki mashhur xonandani taklil qilib, saroyda xor to’garagini tuzdi. Saroy tarixchisi Eyngardning yozishicha, Karlning o’zi chuqur ilmli kishi hisoblanmasa-da, lotin va yunon tillarini bilgan.

Qirolning ilm, maorif va madaniyatga homiylik qilishi saroyda o’ziga xos akademiyaning vujudga kelishiga imkoniyat yaratdi.

Buyuk Karl Yevropa hukmdorlari orasida benihoya katta hurmatga erishgan. Uning saroyiga turli mam-lakatlardan elchilar tashrif buyurganlar. Yilnomalarda yozilishichaj arab xalifasi Horun ar-Rashiti o’z elchilari orqali Karlge qimmatbaho sovg’alar bilan birga Qud-dusdagi Iso payg’ambar qabri joylashgan yerni ham taqdim etgan.

Karl umrining so’nggi yillarini mamlakatning yangi poytaxti, o’zi qurdirgan Axen shahrida o’tkazib, 814-yil vafot etdi.

4-§. Yevropada yirik yer egaligining uzil-kesil shakllanishi

1. Feodal va dehqon yerlari. O’rta asrlarda “Xo’jayinsiz yer yo’q!” naqli bo’lgan. Buning boisi: asrlar mobaynida yer inson uchun yagona yashash vositasi bo’lib, aholining ko’pchilik qismi dehqonchilik va chorvachilik orqasidan kun kechirardi. G’arbiy Yevropada VIII–IX asrlarda dehqonlarning barcha yerlari, shuningdek, jamoa mulki bo’lgan: o’rmonlar,

Page 345: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

o’tloqlar. hatto daryo va ko’llar ham feodallar mulkiga aylantirildi. Natijada aholining ko’pchilik qismi feodaldan ma’lum to’lovlar evaziga yer olib, tirikchilik qilishga majbur bo’ldi.

Yirik feodallar tomonidan dehqonlar yerlarining tortib olinishi IX asrdan ayniqsa kuchaydi.

Avvalgi jamoa yerlarida feodal pomestesi – yirik xo’jalik mulki tashkil topdi. Unda yer egasi bo’lgan feodal o’ziga qaram bo’lgan dehqonlarni ishlatardi. Yer-mulkning markazida xo’jayinning atrofi devor bilan o’ralgan hovlisi bo’lardi. Hovli ichida feodalning ikki qavatli imorati, omborlari, molxona, tovuqxona, ba’zida chorbog’i va polizi ham joylashardi.

Mulkdagi haydalanadigan yerlar ikki qismga bo’linib, xo’jayin (domenial) yeri, dalalari va dehqonlarning chek yerlaridan iborat edi. Xo’jayin yerlaridan olinadigan butun hosil uning omboriga to’kilardi. Qaram dehqon tomorqasida uning ish qurollari, ish hayvonlari va yyi bo’lardi. Dehqon omochi va molasi bilan ham o’zining, ham xo’jayinining yerida ishlardi.

Dehqonlar jamoalari saqlanib qolgan bo’lsa-da, endi ular ham feodalga qaram edi. Jamoaning barcha a’zolari bir xil sharoitda xo’jalik yuritishlari uchun ekinzorlar unumdorligiga qarab har xil cheklarga bo’lingan edi. Jamoaning har bir a’zosiga ana shunday cheklardan ma’lum bo’laklar ajratilib berilardi.

Hosil yig’ib-terib olingach, ekinzorlar umumiy yaylovga aylanar va unda qishloqdagi barcha aholining mollari boqilardi. Shu sababdan jamoa a’zolarining barchasi dala ishlarini bir vaqtda boshlab, bir paytda tugatishar, dalaga ham bir xil ekin ekilardi. Dehqonlar o’zaro maslahatlashib, qaysi maydonga qanday ekinlarni ekishni, o’rimni qachon boshlashni kelishib olishardi.

2. Qaram dehqonlarning majburiyatlari. Graflar, yirik feodallar, amaldorlar mahalliy aholini

Page 346: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

zo’ravonlik bilan qaram dehqonlarga aylantira bordilar. Erkin dehqonlarni qaramlikka tushirishda keng qo’llaniladigan usullardan biri ularga prekariy*ga yer berish fedi. Prekariy olgan yersiz yoki kam yerlik dehqon hosilning ma’lum qismini xo’jayinga to’lashdan tashqari, unga barshina** ham o’tab berardi.

Dehqonlar xo’jayinning yerini haydab ekin ekishar, so’ngra hosilni o’rib, xirmonga to’plab yanchishlari va omborlarga joylashtirishlari zarur edi. Ular feodal xo’jaligidagi barcha yumushlarni bajarardilar. Aholi feodalning uyini, omborlarini qurardi. Feodalning yeridagi ko’prik, yo’llarni qurish, ta’mirlash, hovuzlarni tozalash ham qaram dehqonlar zimmasida edi.

Dehqonlarning ayollari va qizlari feodalga mato to’qib, bolalari esa o’rmondan qo’ziqorin va mevalar terib kelishardi. Feodalning ish boshqaruvchisi va xizmatkorlari dehqonlar ishini nazorat qilib turishardi. Qaram dehqonlarning feodal xo’jaligidagi barcha ishlari barshina hisobidan bo’lar edi.

Dehqonlar o’z xo’jaligidan olgan mahsulot: don, chorva, parranda, tuxum, yog’ va asalning bir qismini feodalga berishlari kerak edi. Shuningdek, qo’lida hunari bor kishilar dala ishlaridan bo’sh paytlarida tayyorlagan buyumlari: mato, kalava ip, terining bir qismini ham feodalga berishlari shart bo’lgan. Dehqonlarning o’z xo’jaliklaridan feodalga bergan bunday mahsulot va buyum turidagi to’lovlar obrok deb atalgan.

O’rta asrlarning keyingi davrlarida yangi turdagi: tegirmon, tandir, uzumdan vino olishda iskanjadan (press) foydalanganliklari uchun to’lanadigan soliqlar ham paydo bo’ldi. Feodal o’z yerlaridagi yo’llardan, ko’priklardan, daryodan o’tganlardan ham soliq undirardi.

* Prekariy – iltimosga binoan berilgan yer maydoni.** Barshina – ishlab berish majburiyati bo`lib, haftaning uch-to`rt kunini dehqon xo`jayinga ishlab bergan.

Page 347: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Og’ir to’lovlardan biri cherkov ushri (desyatina) bo’lib, dehqon har yili olgan hosilning, mavjud mollarining 1/10 qismini cherkovga in’om etishi majburiy edi.

3. Feodal hukmronligining paydo bo’lishi. Qirol VI–Vll asrlardayoq yirik yer maydonlarini in’om etish orqali feodal mulki va qaram dehqonlar tabaqalarining vujudga kelishini ta’minladi. Keyinchalik, VIII–IX asrlarga kelib feodallar davlatning ko’magisiz ham mayda dehqon xo’jaliklarining ommaviy qaramlikka tushishiga erishdilar. Dehqon uchun yerdan ajralish o’z erkini yo’qotish bilan barobar edi. Vaqtida obrok to’lamagan, barshinani yaxshi o’tamagan dehqonni feodal hukmiga olib kelishardi. Qirol bergan huquqdan foydalangan xo’jayin unga ayb qo’yar, o’zi sud qilar va hukm chiqarar edi. Feodal dehqonni jazolash, qamash, savalatish, jarima solish huquqlariga ega edi.

Feodalning o’ziga qarashli qishloqlardan to’planadigan harbiy bo’linma boshlig’i bo’lishi dehqonlarni itoatda saqlashga yordam berardi. Dehqonlarni xonavayron qiladigan narsalardan yana biri feodal va uning yaqinlari tomonidan tez-tez uyushtirib turiladigan ovlar turilgan. Sababi: ov paytida ekinzorlarga qochib kirgan hayvonlarni ta’qib etish davomida ko’plab ekinlar ayovsiz payhon qilingan.

Asrlar davomida dehqonchilikda boshoqli ekinlardan olinadi-gan hosil juda past bo’lgan. Sun’iy sug’orish deyarli bo’lmagan G’arbiy Yevropada asosiy don ekinlari 7–8 sentnerdan hosil bergan, xolos. Bu, demak, ekilgan bitta urug’ga 7–8 tadan don olingan. Yuqorida sanab o’tilgan soliqlar chiqarib tashlansa, dehqonga qancha don qolishini hisoblash unchalik qiyin emas. Buning ustiga. tez-tez takrorlanib turadigan tabiiy ofatlar, qurg’oqchilik, chigirtkalar va qush galalarining xurujlari dehqonlarning hayotini yanada og’irlashtirardi.

Page 348: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Qaram dehqonlar ahvoli bundan ham og’irroq bo’lgan. Ular feodalning ruxsatisiz o’z farzandlarini turmushga chiqarishi yoki uylantirishi, biron yerga ruxsatsiz ketishlari ham mumkin emasdi. Xo’jalik boshlig’i vafot etsa, uning o’g’li uyidagi eng sara molini berish hisobiga vorislikka o’tishi udumga, yozilmagan qonunga aylangan edi. Mabodo qaram dehqon qochib ketsa, uni qidirishar, topishsa qattiq jazolab egasiga qaytarilardi.

IX–XI asrlar mobaynida G’arbiy Yevropada feodal munosabatlar to’liq o’rnatildi. Natijada jamiyat va ishlab chiqarish asosi bo’lgan yer, shuningdek, ko’psonli qaram dehqonlar ommasi feodallar qo’l ostiga o’tdi.

4. Natural xo’jalik. Ilk o’rta asrlarda dehqonlar qishloq xo’jalik va hunarmandchilik mahsulotlari bilan faqat o’zlarini emas, shuningdek, o’z xo’jayinining oilasi va xizmatkorlarini ham ta’minlardi. Ular dala ishlaridan bo’sh paytlarida gazmol, kiyim-kechak, poyabzal, kerakli asbob-uskunalarni, ish qurollarini tayyorlar edilar. Natijada feodallar ham, dehqonlar ham chetdan deyarlik hech narsa sotib olmas edilar.

Shuning uchun ham Yevropada XI asrgacha savdo-sotiq sust rivojlangan. Pomestelarda bir xil mahsulot yetishtirilganidan ularni sotish oson emasdi. Shu sababli feodallarda pul kam bo’lib, eng zarur narsalargina sotib olingan.

Hayot uchun zarur narsalarning deyarli hammasini o’zi ishlab chiqaradigan xo’jalik – natural xo’jalik deb ataladi. Bunday xo’jalikda mahsulot va buyumlar sotish uehun emas, balki o’z ehtiyojini qondirish uchun yaratiladi.

Hujjat

Buyuk Karlning “Pomestelar haqidagi farmon”ida

Page 349: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

shunday deyiladi: “...bizning odamlar bilan yaxshi munosabatda bo’lish lozim, hech kim ularni xonavayron qilmasin”.

Qirolning o’z dehqonlari to’g’risidagi bunday g’amxo’rligini qanday tushunasiz? o’ylab ko’rib xulosa chiqaring va fikringizni isbotlang.

5-§. VI–XI asrlarda slavyanlar. Slavyan davlatlarining tashkil topishi

1. Slavyanlar. Qadim zamonlardan Markaziy va Sharqiy Yevropada, german qabilalarining sharq tomonida slavyan qabilalari istiqomat qilganlar. Milodiy VI asrga kelganda slavyanlar g’arbda Elba daryosidan, sharqda Dnepr daryosining o’rta oqimigacha, shimolda Boltiq dengizi, janubda esa Dunay daryosi va Qora dengizga qadar bo’lgan, nihoyatda katta hududni egallagan edilar. Keyingi asrlarda ko’psonli slavyan qabilalari uch katta tarmoqqa: sharqiy, g’arbiy va janubiy slavyanlarga bo’linib ketdi.

G’arbiy slavyanlar – chexlar, polyaklar va slovaklardan iborat edi. Keyinchalik Germaniya tomonidan bosib olingan Sharqiy Elbabo’yi qabilalari hamda Boltiq dengizi sohilida yashagan pomor qabilalari g’arbiy slavyanlarga mansub edi.

Janubiy slavyarrlar Bolqon yarimorolida yashaganlar. Ular hozirgi kundagi bolgar, serb, xorvat, sloven, chernogor xalqlariga asos bo’ldi.

Sharqiy slavyanlar, o’z navbatida, yirik uch xalq: ruslar, ukrainlar va beloruslarning shakllanishida asosiy rol o’ynadi.

Page 350: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

2. Slavyanlarning mashg’ulotlari. Arxeologik qazilmalar natijasida slavyanlarning qadimiy manzilgohlaridan ko’plab xo’jalik qurollari, omochlaming temir tishlari, bolta, o’roq, chalg’ilar topilgan. Bronza hamda temirdan yasalgan qarmoqlar slavyanlarda baliqchilik qadim zamonlardan boshlab rivojlanganligidan dalolat beradi. Qazishmalar paytida, jumladan, g’alla saqlanadigan xandaqlar, uiarnmg ichidan kuyib ko’mirga aylangan don qoldiqlari ham chiqqan. Shuningdek, ot, sigir, qo’y, cho’chqa kabi hayvonlar suyaklari ko’plab topilgan. Arxeologlar hunarmandchilikka oid ioy o’choqlar, charxda yasalgan nafis sopol idishlar, bronza va kumushdan yasalgan zeb-ziynat buyumlarini ham ko’p uchratganlar.

Tilshunos olimlar slavyanlarda ish qurollari, oziq-ovqatlar va hayvonlarning nomlari bir-biriga o’xshashligiga doimo e’tibor berib kelganlar. Slavyan xalqlarining hammasida don – “jito” deyilgan, u “hayot” (jit) so’zidan olingan. Umumiylik, shuningdek, omoch, omoch tishi, o’roq, chalg’i, ketmon, ho’kiz, qo’y so’zlarida ham mavjud. Slavyanlar o’z kalendari, oy nomlarini ham dehqonchilik dala yumushlariga qarab ataganlar. Masalan, yig’im-terim oyi avgustni “serjen” (o’roq), don yanchiladigan sentyabrni “vresen” (“vreshch”, yanchish so’zidan) deb ataganlar.

Slavyan xalqlarida IX asrga qadar yozuv bo’lmagan. Ularning bu davrga qadar tarixiga oid ma’lumotlarni vizantiyalik yilnomachi-lar asarlaridan olamiz.

Masalan, Vizantiya yozma manbalaridan birida slavyanlar xo’jaligi to’g’risida: “Ularda xilma-xil chorva mollari va dehqonchilik mahsulotlari, bug’doy va tariq juda mo’l bo’ladi”, deb yozilgan. Nemis yilnomachisi esa pomor qabilalari yerlariga shunday baho beradi: “Dengizda, daryo, ko’l va hovuzlarda aql bovar qilmas darajada baliq ko’p bo’ladi. Mamlakatning hamma yerlarida bug’u,

Page 351: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ohu, ayiq, to’ng’iz kabi hayvonlar serob. Aholida sariyog’, qo’y go’shti hamda yog’i, asal va xilma-xil sabzavot, mevalar oshib-toshib yotibdi”.

3. Slavyanlarning ijtimoiy tuzumi. Slavyan qabilalarida yer egaligi va ijtimoiy tuzum haqidagi ma’lumotlarni ham vizantiyalik tarixchilar asarlaridan topamiz. Kimlar yerga egalik qilganini va undan qanday foydalanganini esa biz VIII asrda Vizantiyada tuzilgan “Dehqonchilik qonuni”dan o’qib bilamiz. Unda yozilishi-cha, slavyanlarda yerga nisbatan xususiy mulkchilik bo’lmagan. Yer qishloq yoki urug’chilik jamoasiniki hisoblangan.

Tarixchi Kesariyalik Prokopiy VI asrda yashagan slavyanlar haqida quyidagilarni yozib qoldirgan: “Bu qabilalarni bir odam boshqarmaydi. Ular azaldan xalq boshqaruvi (demokratiya) asosida yashaganligidan, inson hayotidagi quvonch, qayg’u va turli muammolarga umumiy ish sifatida qaratadi”. Nemis yilnomachisi pomor qabilalarida ham asosiy muammolar, xalq yig’inida - vecheda (“veshchat”, ya’ni bilish, xabarlamoq so’zidan) hal qilinishini tasdiqlaydi.

4. Slavyan davlatlarining tashkil topishi. Ilk feodal davlati slavyanlar tarixidagi dastlabki tabaqaviy jamiyatdir. Ularda urug’chilik jamoa tuzumining inqirozi, mulkiy tengsizlik va tabaqalarning tashkil topishi jarayoni ilk feodal davlatlarining yaratilishiga imkon berdi.

Dunay daryosining quyi oqimida, Bolqon tog’ tizmalarining shimolida, VII asrning oxirida birinchi slavyan davlati – Bolgar podsholigi vujudga keldi. Uning shimolida ruminlar, janubida esa Vizantiya imperiyasl joylashgandi. Keyinchalik XI asrda boshlangan feodal tarqoqligi natijasida Bolgariya podsholigi Vizantiya tomonidan bosib olindi.

Sharqiy slavyanlarning kuchli Kiev Rusi feodal davlati esa IX asrda dastlab qabila uyushmalari

Page 352: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

darajasida vujudga keladi. Sharqiy slavyanlarda dastlabki kezlarda knyaz hokimiyati kuchli ma’muriy yoki harbiy muassasaga ega emasdi. Natijada ma’lum muddat davlatda urug’chilik tuzumining an’analari – harbiy demokratiyaga oid xususiyatlar, veche va qon to’kilgani uchun xun olish udumlari saqlanib qoldi.

Slavyanlarda davlatning tashkil topishi ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi bilan bog’liq edi. U dehqonchilikning keng yoyilishi va takomillashuvida ilodalandi. Dehqonchilik madaniyati-ning o’sishi xo’jalikda ortiqcha mahsulot paydo bo’lishi imkonini berardi. Natijada VIII–IX asrlarda shakllangan qabila zodagon-larida anchagina muikiy imtiyozlar vujudga kelgan.

Mabodo davlatning tashkil topishi davrida dehqonlar faqat iqtisodiy jihatdan feodallarga qaram bo’lsa, asrlar o’tishi bilan ular dehqonlarni shaxsiy qaramlikka, krepostnoylikka tushirdilar. Kiev Rusi knyazlarining tashqi siyosati feodal davlatini mustahkamlashga qaratildi. Tashqi siyosatdagi asosiy vazifa – sharqiy slavyan qabilalarining barcha yerlarini birlashtirish X–XI asrlarda ham davom etdi. Kiev knyazlari Oleg, Igor, Svyatoslav, Vladimir Svyatoslavich, Yaroslav Mudriylar qo’shni yerlarni bosib olish siyosatini izchil o’tkazdllar. Rusda 988-yili xristianlikning qabul qilinishi ham bu boradagi katta ahamiyatga molik voqea bo’ldi.

Nihoyat, XI asr boshlariga kelib sharqiy slavyanlarning barcha yerlari birlashtirildi. Bu borada yuritilgan siyosat, ayniqsa, Svyatoslav knyazligi davri (964–972-yillar)da sermahsul bo’ldi. Uning qo’shinlari Volga daryosi bo’yidagi Bulg’or va Xazar xoqonliklari yerlarini bosib oldi. Svyatoslav, shuningdek, pecheneg-lar, Dunay bulg’orlariga va hatto Vizantiya imperiyasiga qarshi muvaffaqiyatli urush harakatlarini olib bordi.

Vladimir Svyatoslavich hukmronligi yillarida (980–

Page 353: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

1015-yillar) Kiev Rusi ko’chmanchi qabilalar bilan chegara rayonlarida qator yangi qal’a – shaharlarga asos solindi. Kiev Rusining so’nggi buyuk knyazi Vladimir Monomax (1113–1125-yillar) bo’lib, uning o’limidan so’ng mamlakatda feodal tarqoqlik kuchaydi va mayda knyazliklarning mustaqil taraqqiyoti markaziy hokimiyat zaiflashuviga olib keldi.

Sharqiy Yevropada, X asrda yana bir slavyan davlati Chexiya tashkil topdi. Chex qabilalarining Praga shahri atrofida birlashuvi ushbu davlatning asosi bo’ldi. Keyinchalik Chexiya qirolligi Germaniya tomonidan bosib olindi va “Muqaddas Rim imperiyasi”* tarkibiga kiritildi. Mamlakatni deyarlik mustaqil boshqargan chex knyazlari ma’lum muddatdan so’ng yana qirol unvonini olishdi.

Visla daryosi havzasida X asrning o’rtalarida polyak knyazi Meshko tomonidan bir necha qabilalar birlashtirilib, Polsha davlatiga asos solindi. Polyak qabilalarini birlashtirish siyosati knyaz Boleslav Jasur davrida ham davom etdi. Polsha bu paytda german imperatorlariga qarshi urush ham olib bordi. Bu urushda Polsha faqat o’z mustaqilligini saqlabgina qolmasdan, qirollik yerlarini birmuncha kengaytirishga ham muvaffaq bo’ldi.

Slavyanlarning ilk feodal davlatlari VII–X asrlarda tashkil topdi. Ularning shakllanishida Rim madaniyatining ta’siri deyarlik bo’lmadi.

Buni o’qing!

Bolgar podsholigi haqida

681-yili Volga bo’yidan Dunay daryosi havzasiga ko’chib kelgan turkiylarning bulg’or qabilasi xoni

* Muqaddas Rim imperiyasi 962-yili Germaniya qiroli Otton I Rimni bosib olishi va imperator deb e`lon qilinishi asnosida vujudga kelgan.

Page 354: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Asparux slavyan qabiialarini birlashtirib kuchli davlat tuzadi. Lekin birinchi Bolgar podsholigining keyingi taraqqiyoti davomida turkiy qabilalar ko’psonli slavyanlarga singib ketadi. Tarixda esa “bolgar” atamasida slavyan davlati saqlanjb qoladi.

(M.Boysov, R.Shukurov. O’rta asrlar tarixi. M., 1995, 146-bet.)

6-§. IX–XI asrlarda Yevropada siyosiy tarqoqlik

1. Franklar imperiyasining parchalanib ketisbi. Franklar imperiyasida olib borilgan markazlashtirish siyosati mahalliy boshqaruvning feodallashuvini to’xtata olmadi. Asta-sekin graflar davlat lavozimidagi kishilardan o’z viloyatining xo’jayinlariga aylanib, yirik yer maydonlarini, xususiy mulk qilib oldilar. Grafliklarning erkin aholisi esa qaram dehqonlarga aylandi. Qirol hokimiyatining daxlsizlik (immunitet) yorliqlarini keng tarqatganligi ham bu jarayonni tezlashtirdi.

Buyuk Karldan keyingi qirollar ham bu jarayonni to’xtata olmadilar. Uning vafotidan keyin taxt vorislari orasidagi kelishmovchiliklar, nizolar hokimiyatni yanada zaiflashtirdi. Natijada 843-yili Karlning uch nabirasi Verden shahrida tuzilgan bitimga binoan imperiyani bo’lib oldilar. Keyinroq G’arbiy Franklar qirolligi – Fransiya, Sharqiy Franklar qirolligi – Germaniya va, nihoyat, imperiyaning janubiy viloyatlarida – Italiya davlatlari vujudga keldi.

Feodal tarqoqlik sharoitida bu davlatlarning har biri, yana graflik yoki gersoglikka, ular esa o’z navbatida yirik va O’rta Yer egalari bo’lgan feodal mulklariga bo’linib ketgan edi. Shunday qilib, G’arbiy Yevropada feodal tarqoqlik davri boshlandi.

Page 355: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

2. Feodallarning mustaqilligi. Natural xojalik sharoitida mamlakatning turli qismlari o’rtasida iqtisodiy aloqalar deyarlik bo’lmagan va bo’lishi ham mumkin emasdi. Sababi: har qaysi qishloq aholisi o’z boshiga, alohida-alohida yashar va boshqa joylardagi kishilar bilan deyarlik aloqa qilishmasdi. Har bir yirik feodal o’z yer-mulkida deyarlik mustaqil davlat bo’lib, markaziy hokimiyatga umuman muhtoj emasdi. O’z imkoniyati darajasida qurollangan jangchilar guruhiga ega bo’lgan feodallar aholidan soliqlarni o’zlari yig’ar, feodal lozim topsa ularni o’zi sud qilar va jazolardi. Bu davrda kuchli qirol hokimiyatining yo’qligi ham o’zaro feodallar urushlarining to’xtovsiz davom etishiga sabab bo’ldi. O’z yer boyliklarini, qaram dehqonlari sonini muttasil ko’paytirish harakati o’zaro feodal urushlarining asosiy sababi edi. Urushdan bo’sh paytlarda ular ov, turli musobaqalar, mashq va poygaiar uyushtirganlar.

Feodal urushlarida asosan dehqonlar xonavayron bo’lardi. Sababi: dushman tomoni o’z raqibini zaiflashtirish maqsadida uning qishloqlariga o’t qo’yar, aholining mollarini haydab ketar, ekinlarini payhon qilardi. Feodallarning mustahkam qal’alari mavjudligi esa o’zlari ko’p talofot ko’rmasligini ta’minlar edi.

Feodallarning qasrlari to’xtovsiz urushlar, dehqonlarning qo’zg’olonlari va boshqa xavf-xatardan jon saqlovchi qal’a, shuningdek, turar-joy bo’lib xizmat qilganidaii ularni har tomonlama mustahkam, puxta qilib qurishga harakat qilingan.

3. Senorlar va vassallar. Feodallar shohsupasi. Yevropa davlatlarida senorlik va vassallik munosabatlari o’ziga xos bo’lib, Sharq mamlakatlaridagidan tubdan farq qilardi. Jumladan, bu yerda shunday naql bo’lgan: “Vassalimning vassali mening vassalim emas”. Uning mazmuni nimadan iborat? Avvalambor, shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu xildagi munosabatlar faqat siyosiy tarqoqlik hukm

Page 356: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

surgan davlatda bo’lishi mumkin. Qirol mamlakatdagi barcha feodallarning boshlig’i hisoblanardi. Lekin amalda u faqat gersog va graflarning senori edi. Qirol in’om qilgan yirik yer maydonlari xuddi shu toifa vakillari qo’lida to’plangandi. Ularda esa yuzlab qishloqlar, minglab qaram dehqonlar, ko’psonli jangchi bo’linmalari bor edi.

Graf va gersoglar o’z navbatida benefitsiyga olgan yerlarini baronlarga in’om qilardi. Baron 20–30 qishloqqa ega bo’lib, u ham o’z homiyligiga oddiy ritsarlarni olardi. Ritsarlar bu silsiladagi oxirgi halqa bo’lib, ularning vassallari yo’q edi. Shunday qilib, o’zidan kichik feodalning senori bo’lgan feodal, o’z navbatida, o’zidan katta feodalning vassali hisoblanardi. Mavjud udumga binoan vassallar faqatgina o’z senoriga itoat qilardi. Qirol vassali bo’lmagan feodallar uning buyrug’ini bajarmasligi mumkin edi.

Feodallar o’rtasidagi munosabatlarni shohsupaga o’xshatish mumkin. Shohsupaning eng yuqori pog’onasida qirol, undan quyiroqdagi pog’onada gersoglar va graflar, so’ngra baronlar va, nihoyat, eng quyida ritsarlar joylashgan. Dehqonlar bu shohsupaga kirmaganlar. Qizig’i shundaki, settaiiar ham, vassallar ham feodallar bo’lganlar. Vassal, “feod” egasi bo’layotganda, senor oldida tiz cho’kib, unga sadoqatli bo’lishga qasamyod qilardi. Senor feod topshirish belgisi sifatida vassalga bir hovuch tuproq va daraxt shoxchasini berardi.

Shohsupaning barcha pog’onalaridagi feodallar qaram dehqonlar mehnati hisobiga yashardilar. Ko’rinishidan aytarlik ahamiyatsizdek tuyulgan vassal va senor munosabatlari zarur paytda o’z vazifasini bajarishi, jumladan, xabar yetishi bilan vassal senorning buyrug’iga binoan harbiy qo’shin vakili sifatida yoki o’zining harbiy birligi bilan xizmatga darhol yetib kelishi shart edi. Shuningdek, vassal senor

Page 357: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

maslahatchisi bo’lishi, senor asirga tushib qolsa, to’lov berib uni qutqarib olishi lozim bo’lgan. O’z navbatida, senor vassalni boshqa feodal hujumlaridan ehtiyotlar, qo’zg’olonlardan himoya qilishi lozim edi. Chet mamlakatlar bilan urush chiqsa, feodallar shohsupasi pog’onalari birvarakayiga harakatga kelardi. Qirol gersog va graflarni urushga chaqirar, ular o’z navbatida baronlarni, baronlar esa ritsarlar bo’linmalarini jangga boshlab kelardi. O’rta asrlardagi qirol qo’shini xuddi shu tariqa tuzilar edi.

4. Ritsarlarning qurol-yarog’lari. XII asrga kelib Yevropada harbiy ish faqat hukmron tabaqa mashg’ulotiga aylandi. Tarix sahnasidan an’anaviy xalq lashkari ketib, qo’shin og’ir qurollangan otliq ritsarlardan tuzila boshlandi.

Yevnopada otliq qo’shin qanday paydo bo’lgan? Italiyalik tarixchi olim Franko Kardinining fikricha, qit’aga otlar Osiyodan oltoy xalqlari va eronliklardan german qabilalari orqali o’tib, keyirrchalik ulardan xo’jalikda keng foydalana boshlashadi. Rim manbalarida bu haqdagi ma’lumotlar V asrdan boshlab uchraydi. Jumladan, sarmat qabilalarining otliq qo’shini Farg’ona otlaridan tashkil topganligi ham fanda tasdiqlangan. Yevropalik tarixchilarning fikricha, sovut ham dastlab O’rta Osiyoda kashf qilingan. Uni birinchi bo’lib Xorazmning tub dehqon aholisi miloddan avvalgi IV asrdayoq ko’chrnanchi massagetlarning o’q-yoylaridan saqlanish uchun kiyishgan. Ushbu sovutlar temir va terilardan ishlangan bo’lib, keyinchalik qo’shni mamlakatlarga tarqalgan. Yig’ma, mol shoxlari suyaklaridan qilingan, haddan tashqari kuchli jarohatlash qudratiga ega bo’lgan yoy-kamonning tarixi ham O’rta Osiyoga borib taqaladi. Demak, Yevropa mamlakatlarida otliq qo’shin, sovut va yangi turdagi kamonlarning tarqalishida siz va biz yashayotgan hudud aholisining xizmatlari nihoyatda katta bo’lganligi tarixan tasdiqlangan.

Page 358: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

XI asrning boshlariga kelib Yevropa otliq ritsari – jangchisining asosiy himoya vositasi po’lat sovut edi. Po’lat halqachalardan to’qilgan sovut ba’zida 2–3 qatlamli bo’lgan. Otda yurishda xalaqit bermasligi uchun sovutning oldi va orqa tomonlarida yoriq joy qoldirilgan. Sovutdan qo’lqop; va paypoq hamda boshlariga dubulg’a kiyishgan. Bu kiyimdagi jangchi urush paytida otdan yiqilsa, birovning yordamisiz tura olmas va ko’pincha asir tushardi.

7-§. VI–XI asrlarda Yevropa madaniyati

1. O’rta asr madaniyati va cherkov. O’rta asr madaniyati cherkov-diniy g’oya bilan yaqindan bog’langan edi. Cherkov ta’siri o’rta asr madaniyatining turli-tuman sohalarida: fanda, maktabda, adabiyotda, san’atda aks etdi. Ilk o’rta asrlar davrida, taxminan XI asrning ikkinchi yarmigacha o’rta asr jamiyatiga g’oyaviy rahbarlik asosan cherkov monopoliyasida bo’ldi.

Ko’pchilik kishilarning olam to’g’risidagi bilimlari eng baland bo’lgan mahalliy cherkov jomminoridan ko’z ilg’agan doira bilan cheklanardi. Boshqa mamlakatlar to’g’risida ma’lumotlar juda oz bo’lganligidan yevropaliklar ancha vaqtgacha olis yurtlar haqida har qanday uydirmalarni to’qishardi. U vaqtlarda ko’pchilikning dunyo haqidagi tasavvurlari tor bo’lgan. Fan va texnika taraqqiyotining darajasi juda past bo’lganiigidan odamlar qurg’oqchilik, toshqin va kasalliklar oldida ojiz edi.

2. Maktablardagi ta’lim. Savodli kishilar dehqonlar orasida-gina emas, feodallar drasida ham oz edi. Ritsarlarning ko’pi imzo ehekish o’rniga belgi qo’yardi. G’arbiy Yevropada uzoq vaqtlar-gacha ruhoniylargina savodxon bo’lib keldi: ular diniy kitoblarni o’qishlari, ibodat duolarini bilishlari, xudoning qudratinrdindorlarga chiroyli qilib tasvirlab,

Page 359: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ularni unga ishontirishlari lozim bo’lgan.Cherkov va monastirlar huzurida tashkil etilgan

quyi maktablar savodxon dindorlar tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi. Bu maktablarda asosan lotin tilini o’rgatishga, ibodat qilish va duolar o’qish tartiblarini o’rganishga e’tibor berilar edi. Ko’proq yepiskop-lik kafedralari huzurida vujudga kelgan o’rta maktablarda dunyoviy fanlar o’rganilgan. Buyuk Karl davrida cherkov yepiskoplik maktab-lari rivojlanib, keyinchalik ular zaminida o’rta asr universitetlari vujudga keldi.

Diniy maktablarda sakkiz yoshli bolalar ham, o’smir yigitlar ham baravar o’qishgan, o’quvchilar yoshiga qarab sinflarga bo’linmagan.

G’arbiy Yevropadagi mamlakatlarning hammasida o’sha vaqtda biron xalq gapirmaydigan lotin tilida o’qitganlar. Ko’pincha butun maktabda faqat bir dona kitob bo’lgan, muallim uni navbat bilan bolalarga berib, undan parchalar o’qitgan.

Bolalarda o’qishga havas tug’dirishga harakat qilinmas, itoatsiz talabalar esa qattiq kaltaklanardi.

3. Qo’lyozma kitob san’ati. Katta monastirlarda rohiblar kitoblarni ko’chirib yozadigan ishxonalar bo’lardi. Yozuv buzoq yoki qo’y terisidan maxsus ishlangan yupqa teri – pergamentga bitilardi. Bitta kitob ko’plab kishilarning ancha vaqt sarflagan mehnati bilan yuzaga kelardi: birovlar (xattotlar) matnni xushxat qilib yozar, boshqalari bosh harflami chiroyli, jimjimador suratlar solib chizar, uchinchi birovlar kitobning lavhalari va naqshlarini ishlar va yana birovlar miniatyuralar chizardi. VIII–IX asrlarda qadim zamon allomalarining ko’pgina asarlari ko’chirib yozilgan edi.

Kitoblar kam bo’lib, juda qimmat turardi va qirol yoki aslzoda zodagonlar eng muhim tantanali voqealar munosabati bilan bir-birlariga kitob sovg’a qilishardi.

4. Slavyan yozuvining paydo bo’lishi. Slavyan

Page 360: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

xalqlarining aksariyati xristian dinini Vizantiya imperiya-sidan qabul qildi. Diniy kitoblarni slavyan tiliga ko’chirishga zarurat tug’ildi, ammo buning uchun avvalo slavyanlarning yozuvini yaratish kerak edi.

Rohib olimlardan Kirill bilan Mefodiy slavyanlarning to’ng’ich ma’rifatparvarlari hisoblanadi. Kirill bilan Mefodiy Solun shahridan chiqqan greklar bo’lib, slavyan tilini yaxshi bilar edilar. Ular g’arbiy slavyanlarga xristian dinini targ’ib qilish uchun Vizantiyadan yuborilgandi. Kirill IX asr o’rtalarida (850-yillar) yunon alifbosi asosida slavyan alifbosini yaratdi (u “kirillitsa” deb ataladi). U Mefodiy yordamida yunon diniy kitoblarini slavyan tiliga tarjima qildi.

Keyinchalik ularning nemis feodallari ta’qibiga uchragan shogirdlari Bolgariyaga kelib joylashdi. Izdoshlari ham ko’pincha yunoncha kitoblarni slavyan tiliga tarjima qilishardi. Slavyan yozuvi Bolgariyadan Kiev Rusiga tarqaldi.

5. Me’morchilik va xalq ijodi. O’rta asrning dastlabki yuzyilliklarida binokorlik san’atidagi qoloqlik o’rnini keyingi asrlarda binokorlik sohasidagi katta yuksalish egalladi. Ayniqsa, diniy inshootlar – cherkov ibodatxonalarini qurish avj oldi.

Karolinglar (VIII–X asrlarda Buyuk Karl nomi bilan atalgan sulola) zamonidagi me’morchilikda roman uslubi (nomi Qadimgi Rimdagi binolarga taqlid qilishdan, uning an’analaridan ko’p foydalanilganidan kelib chiqqan) rivojlana boshladi.

Roman uslubidagi soborlarning devorlari qalin, gumbazlari nisbatan past, ustunlari yo’g’on va kalta, derazalari kambar va kichik bo’lib, baland jomminorlari hamda deraza va eshiklari usti, peshtoqlari yarim doira (yoy) shaklida qurilgan. Bu uslubdagi binolarni qal’aga o’xshatib, salobatli qilib qurishga intilganlar.

Roman me’morchilik yodgorliklaridan eng mashhurlari – Fransiyadagi Puate va Klyuni, Arl

Page 361: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ibodatxonalari, Germaniyadagi Shpeyer, Vorms, Maynts, Axen ibodatxonalaridir.

Dastlab cherkov binolaridan faqat toat-ibodat uchun foydalanilmasdi. Ularda yangi yurish va janglarning rejalari tuzilib, muhokama qilinar, kengashlar o’tkazilar, bitimlar tuzilar hamda dushman hujumlar qilgan paytlarda aholi qochib klrib jon saqlardi. Bundan tashqari, cherkov teatr vazifasini o’tab, ularda “misteriya” deb atalgan diniy dramalar o’ynalardi.

Oddiy xalq yaratgan madaniyat asosan folklor, og’zaki ijod tarzida bo’lib, avloddan avlodga o’tib tobora ravnaq topib va takomillashib, xalq hayotini, uning orzu-umidlarini aniq-ravshan aks ettirdi.

Qishloqlarda va qasrlarda, yo’llarda va karvonsaroylarda, shahar yarmarka va bozorlarida darbadar artistlar jonglyorlar (huqqaboz sirk artistlari) va shtilmanlar (dorbozlar) tomosha ko’rsatardilar. Qishloq to’ylari va ritsarlarning turnirlari ularning ishtirokisiz o’tmas edi. Huqqabazlar musiqa asboblari chalib, harbiy yurishlar va janglar to’g’risidagi qo’shiqlar va dostonlarni, qisman esa o’zlari yozgan yangi qo’shiqlarni ijro etar, qahramonliklarni rnadh aylardilar. Ular o’zlari bilan birga ayiq va maymunlar olib yurar, fokus ko’rsatar, akrobatika mashqlarini bajarar, kichik-kichik pesalarni o’ynab tomosha ko’rsatardilar.

Huqqabozlarning ruhoniylar va zodagonlar ustidan kulish hollari bo’lganligidan cherkov ularga yomon ko’z bilan qarardi va hatto ularning jasadlarini xristianlar mozoriga ko’mishni taqiqlardi.

II b o b. IV–XI asrlarda Vizantiya imperiyasi

8-§. Ilk o’rta asrlarda Vizantiya imperiyasi

1. Vizantiya imperiyasining tashkil topishi.

Page 362: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Vizantiya (Sharqiy Rim imperiyasi) o’z tarixini raustaqil davlat sifatida Rim imperiyasining G’arbiy va Sharqiy qismlarga bo’linishidan (395-yil) boshladi. Sharqiy Rim imperiyasiga hunarmandchilik va savdosi yaxshi rivojlangan boy shaharlar, viloyatlar, o’lkalar: Bolqon yarim-oroli, Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Mesopotamiyaning bir qismi, Kipr va Krit orollari kirdi. Rim imperatori Buyuk Konstantin zamonida-yoq (306–337-yillar) ilgarigi Megar koloniyasi bo’lgan Vizantiy o’rnida yangi davlatning bo’lajak poytaxti Konstantinopol shahriga asos solindi.

Erkin dehqonlar toifasi nisbatan ko’p bo’lgan Vizantiyada ekin yerlarining qadimdan sun’iy sug’orishga asoslangan bo’lishi unda qulchilikning inqirozini birmuncha sekinlashtirdi.

G’arbiy Rim imperiyasida shaharlar inqirozi kuchaygan bir paytda Vizantiyada VI asrda ham aholisi gavjum, savdo-sotiq rivojlangan Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa, Bayrut kabi yirik shaharlar mavjud edi. Ularda oynasozlik, yung va ipak gazlamalar to’qish, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish kabi hunarmandchilik sohalari yuksak darajada rivojlangandi.

Vizantiyaning qulay quruqlik va dengiz savdosi yo’llari ustida joylashganligi, Konstantinopol shahrining Osiyo va Yevropani bog’lab turuvchi ko’prik vazifasini o’tashi ham mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Vizantiya oltin solidi xalqaro valyuta vaziiasini o’tardi. Vizantiyalik savdogarlar sharqda Hindiston va Xitoy, janubda Aksum (Habashiston) va Arabiston yarimoroliga kirib borgan, Eron va So’g’diyona bilan qizg’in savdo munosabatlari o’rnatilgan edi.

2. Davlat hokimiyati. Vizantiyada kuchli imperator hokimiyati saqlanib qolgandi. Imperator (yunoncha “vasilevs”) o’z qo’lida butun qonunchilik va boshqaruv hokimiyatini birlashtirgan edi. Uning

Page 363: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

hokimiyati faqat nazariy jihatdangina senat, davlat kengashi va dim*lar tomonidan birmuncha chegaralangandi. U mamlakatni ko’psonli amaldorlar yordamida idora qilardi. Imperatorning boy xazinasi dehqonlar va hunarmandlardan olinadigan soliqlar, savdodan tushadigan boj hisobiga to’lib borardi. Natijada davlat kuchli qo’shin va dengiz flotini saqlash imkoniyatiga ega bo’ldi. Kuchlik qo’shinning bo’lishi esa, faqat ko’chmanchi qabilalardan davlat chegaralarini saqlab qolmasdan, chetda istilochilik urushlari olib borishga ham imkon berardi.

Vizantiyaning gullab-yashnagan davri Yustinianning impera-torlik qilgan yillari bo’ldi (527–565-yillar). Yustinian Rim quldorlik imperiyasining avvalgi chegaralarini tiklashga va mustahkamlashga harakat qildi.

Yustinianning o’limidan ko’p o’tmay imperiya G’arbda istilo qilgan yerlarning deyarli barchasidan mahrum bo’ldi.

3. Yer-mulk egaligining yangi shakliga o’tilishi. Vizantiya-ning zaiflashuvi. Vizantiyaning Bolqon yarimorolidagi qismiga VI asr o’rtalaridan slavyan qabilalarining hujumlari boshlandi. Imperiyaning janubiga VII asrda Arab xalifaligi yurish qilib, Suriya va Misrni bosib oldi. Vizantiya Kichik Osiyo bilan Bolqon yarim-orolining janubiy qisminigina o’z qo’lida saqlab qoldi. Mamlakatda VII–X asrlar davomida erkin dehqonlar qashshoqlashib xonavayron bo’la boshladi. Qishloqda mulkiy tabaqalanish kuchayib, yersiz dehqonlar va tobora yeri ko’payib borayotgan yangi turdagi boylar, feodallar toifasi vujudga keldi.

Vizantiyada feodal yer egaligi ana shu tariqa paydo bo’ldi. Asta-sekin feodallar va qaram dehqonlar tabaqalari tashkil topdi. Imperiyada yangi feodal yer

* Dim (yunoncha “demos”, ya`ni xalq) – Vizantiya shaharlarining ozod fuqarolari kengashi. Xo`jalik, siyosiy va harbiy vazifalarni bajargan.

Page 364: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

egaligi VIII–XI asrlar davomida shakllandi. Imperatorlarning X–XI asrlar davomida ko’plab yer maydonlarini cherkov, monastirlar va amaldorlarga in’om etishlari bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Bu davrda Vizantiyada ham yirik feodallar o’z yerlarida qal’alar qurib, harbiy bo’linmalar tuzdilar. Mamlakatda imperatorlarning zaifligidan foydalajigan feodal zodagonlari ularga qarshi saroy fitnalari, to’ntarishlar uyushtirardi. Ular o’z talablariga javob beradigan imperatorlarni taxtga o’tqizardilar.

G’arbiy Yevropa mamlakatlaridan farqli ravishda Vizantiya feodal tarqoqlik paytida ham o’z hududiy yaxlitligini saqlab qoldi. Ammo iqtisodiy va siyosiy tushkunlik boshlanishi davlatni ko’p qo’shin saqlash imkoniyatidan mahrum etdi.

4. Maorif va ilm-fan taraqqiyoti. O’rta asrlarning asosiy ko’pchilik davrida Vizantiya o’ziga xos madaniyati bilan Yevropaning eng ilg’or mamlakati edi. Qit’ani german qabilalari bosib olgan bir paytda yunon-rim madaniyati davomchisi bo’lgan Vizantiyada maorif, ilm-fan va san’at yuksak darajada rivojlandi. Vizantiyaliklar ta’limning har qanday turiga, ilm-fanga katta e’tibor bilan qarar edilar. Mamlakatda grek tili davlat tili bo’lib, Qadimgi Rim maorif tartibi to’la saqlanib qolgandi. Bolalarni 6–7 yoshdan maktabga berib, ularga 2–3-yil davomida yozish, o’qish va hisobni o’rgatilardi. Diniy maktablar bilan birga davlat maktablari va xususiy maktablar ham faoliyat ko’rsatgan. Umuman, boshlang’ich ta’lim olish aholining barcha toifalari uchun imkoniyat darajasida edi.

Konstantinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi ochildi. Poytaxtda 1045-yili tashkil qilingan universitetda ikkita: huquqshunoslik va falsafa fakultetlari mavjud edi. Shaharda, shuningdek, oliy meditsina maktabi ham bo’lgan.

Vizantiyada matematika, ayniqsa, uning algebra

Page 365: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

sohasi muvaf-faqiyatli rivojlangandi. Matematika va astronomiyaning taraqqiyoti kundalik amaliy hayot: hunarmandchilik, dengizchilik, savdo, harbiy ish, qishloq xo’jaligining rivojlanishiga bo’ysundirilgan edi. Muvaffaqiyat qozongan muhim sohalardan yana biri tibbiyot bo’lgan. Tibbiyot va hunarmandchilik ehtiyojlari kimyoning rivojlanishini rag’batlantirdi. Vizantiyada shisha, sopol, emal bo’yoq tayyorlashning antik davrdan saqlanib qolgan sirlaridan xabardor bo’lishgan. Imperiyada VII asrda kashf qilingan “grek olovi” (neft va smola qorishmasidan tayyorlangan yonuvchi modda) dengiz floti va quruqlikdagi qo’shinlarga janglarda ko’p marta g’alaba keltirgan.

Vizantiyada tarix va geografiya fanlari ham yaxshi taraqqiy qilgan edi, Geograflar yaratgan kartalar, shahar chizma rejalari o’z davrida ushbu sohaning yuksak muvaffaqiyatlari edi. Tarixchilar yaratgan asarlar ham o’zining haqqoniyligi, aniqligi va xolisona baho berishi bilan alohida ajralib turardi.

5. Tasviriy san’at, me’morchilik va madaniy aloqalar. Tasviriy san’at – mozaika, freska hamda ikonalar Vizantiya madaniyatining eng mashhur va betakror sohalaridir. Ibodatxona va saroylar devorlarini mozaikalar: har xil rangdagi mayda-mayda toshlar yoki rangli xira shisha parchalari – smaltalar qadab ishlangan suratlar bilan bezatish benihoya yuksak san’at darajasiga ko’tarilgandi. Ushbu mozaikalar har xil qiyalikdagi xomsuvbqqa qadab terilardi. Tomoshabin bino ichida yurganda bezaklarda aks etgan nur unda rang-barang xilda chaqnab, jilvalanib ko’rinardi.

Ushbu davrning ajoyib yodgorliklaridan biri Xori monastiri mozaika va freskalari edi (hozirgi Qahriya jome’ masjidi, Istanbul). Me’morchilik sohasining oliy cho’qqisi, shak-shubhasiz, Konstantin-opoldagi Muqaddas Sofiya ibodatxonasi va uning mozaikalaridir.

Ibodatxonalarga ikonalar – payg’ambarlar,

Page 366: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

avliyo-anbiyolar va farishtalar surati solingan butlar, “Injil”dan olingan sahnalar tasvirlangan suratlar joylashtirilardi.

Me’morlar V–VI asrlardayoq shaharlarni rejalashtirishning yangi uslublarini yaratishdi. Ushbu uslub butun o’rta asrlar me’morchiligi uchun qo’llanma bo’ldi.

Yangi ko’rinishdagi shahar markazida bosh maydon va ibodatxona joylashib, undan shaharning turli tomonlariga ko’chalar tarqalgan. Xuddi shu paytdan ko’pqavatli, peshtoqli uylar, boylaming mustahkam koshonalari, saroylari paydo bo’ldi. Vizantiyada cherkov va ibodatxonalar qurilishi ham yuksak san’at darajasiga ko’tarildi.

Uning beqiyos timsoli Muqaddas Sofiya ibodatxonasidir. Ibodatxona Yustinianning buyrug’i bilan 532–537-yillarda bunyod etilgan bo’lib, faqat bino gumbazi diametrining o’zi 30 metrdan ortiqroqdir. Ibodatxona ichidagi ustunlar, uning devorlari turli rangdagi marmarlar va mozaikalar bilan qoplangan.

Sharqiy Rim imperiyasi o’z inqiroziga qadar madaniyati yuksak mamlakat edi. Ko’plab mamlakatlar qjrollari, knyazlar va yepiskoplar rassomlar, me’mor va zargarlarni Vizantiyadan taklif qilishardi. Ilmga chanqoq yoshlar matematika, tibbiyot va Rim qonunlarini o’rganish uchun turli mamlakatlardan Konstantinopolga kelishardi.

Vizantiya madaniyati qo’shni mamlakatlar madaniyatining o’sishiga salmoqli ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bolgariya, Serbiya va Kiev Rusi xristian dinini Vizantiyadan qabul qildi. Ko’pgina diniy kitoblar yunon tilidan slavyan tillariga tarjima qilindi. Rus yerlaridagi dastlabki g’ishtin ibodatxonalar ham vizantiyalik me’morlar tomonidan qurildi. O’rta Osiyolik buyuk allomalar Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, al-Xorazmiylar ham antik dunyo olimlari asarlari bilan Rumdan

Page 367: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

(Vizantiyani o’zimizda shunday atashgan) keltirilgan nusxalari orqali tanishganlar, o’zlarining buyuk kashfiyotlarida ulardan foydalanishgan.

III b o b. VI–X asrlarda Osiyo xalqlari

9-§. VI–VII asrlarda arablar

1. Islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi. Feodal munosabatlari dunyo miqyosidagi jarayon bo’lib, u Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada ham o’rnatilgan. Jumladan, arablarda ushbu ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o’tish yangi islom dinining vujudga kelishi bilan chambarchas bog’liqdir. Xristian dinining G’arb mamlakatlari madaniyatida qanchalik rauhim ahamiyati bo’lsa, islom dini Sharq dunyosida o’shanchalik ahamiyat kasb etadi. Arablar zabt etgan mamlakatlarda islom dini tarqaldi va feodallashuv jarayoni tezlashdi.

2. Arabiston tabiati va aholisining mashg’ulotlari. Arabiston... Tog’lar, qirlar, dashtlar, cho’lu biyobonlar mamlakati. Arabiston yarimorolining eng qadimgi aholisi dehqonchilik bilan shug’ullangan. Ular janubiy rayonlardagi va yarimorolning markazidagi suvli vohalarda yashaganlar.

Cho’lu biyobonlarda aholi ancha keyin, ko’chmanchi chorvachilik paydo bo’lganidan so’ng yashay boshlagan. Tabiiy savol tug’iladi: ko’chmanchilik qachon, qaerda va qaysi xalq tomonidan kashf qilingan? Bu savolga bugungi kunda to’liq javob berish ancha mushkuldir. Faqat bir narsani aniq aytish mumkin: ko’chmanchi chorvachilik dehqonchilikdan ancha keyin paydo bo’lgan. Chorvachilik jismoniy kuchga nisbatan yuksak idrokni talab qilgan va dehqonchilikka nisbatan unumliroq mahsulot bergan. Xo’jalikning unumli bo’lishi esa o’z navbatida chorvadorlarga beqiyos kuch bergan. Uzoq o’tmishga, tarixga nazar solsak, chorvadorlar doimo

Page 368: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi yerlarini istilo qilganlar. Mavzuimizning asosiy qahramonlari bo’lgan ko’chmanchi arablar – badaviylar (sahroyilar) ham boshqa chorvador qabilalar kabi, tuyachilik, qo’ychilik va yilqichilik bilan shug’ullanganlar. Ular turli dag’al o’tlar va yantoqlar bitadigan sahrolar bo’ylab o’z mollarini boqib, yaylavdan yaylovga ko’chib yurardilar.

Badaviylar og’ir hayotidagi asosiy yo’ldoshlafi va yordamchisi tuya edi. “Ularda tuyalar bo’lmaganda, – deb yozadi fransuz arabshunosi Anri Lammens, – ko’chmanchilarning yarmi suvsizlikdan halok bo’lar edi”. Tuyaning suti va go’shti badaviyning ovqati, yungi kiyim-bosh bo’lardi; ular jazirama issiqdan, shuningdek, qish sovug’idan ham tuya yungidan qilingan kigiz chodirda jon saqlardilar. Tuyalar ko’chmanchilar hayotidagi muhim yuk tashish vazifasini ham bajarardi.

Arabiston yarimorolining g’arbiy va janubiy qismidagi (Yaman, Ummon) o’troq arablar sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanardilar. Quduq va oqar suvlardan foydalanib ekinzor, bog’lar, xurmozoru tokzorlarni yaratgan o’troq aholida qadimiy madaniyat, miloddan avvalgi I mingyillikdayoq yozuv paydo bo’lgandi. Vizantiyadan Airikaga va Hindistonga boradigan savdo yo’llari qadim zamonlardan Qizil dengiz qirg’oqlari bo’ylab o’tardi. Urushlar paytida ipak yo’lidagi savdoning to’xtashi Arabistondagi karvon yo’lining jonlanishiga olib kelardi. Karvon yo’llari atrofidagi mollar saqlanadigan omborlar, karvonsaroylar paydo bo’lardi. Unga xizmat qiladigan, kishilar yashaydigan shahar va qishloqlar ana shu karvon yo’llari ustida vujudga kelgandi. Ularning ichida eng yirigi Makka shahri edi. Ko’chmanchi qabilalar karvonni tuyalar va sarbonlar bilan ta’minlardi.

Mamlakatda ichki savdo ham yaxshi rivojlangan bo’lib, ko’chmanchilar chorva mahsulotlarini, dehqon

Page 369: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

va hunarmandlar esa don, gazmol, qurol-yarog’larni o’zaro ayirboshlardilar.

3. Arablarda ijtimoiy tengsizlikning boshlanishi. Ko’chmanchi arablar ko’plab qabila va urag’lardan tashkil topgan edilar. Qadimiy an’analarga binoan ularda yer, suv umumiy bo’lsa-da, chorva mollari ayrim oilalarga qarashli edi. Olimlarning fikricha, IV–VI asrlar davomida Arabiston yarimorolida iqlimning birmuncha nam kelishi aholi sonining o’sishiga, natijada ko’chishlar va qabilalar orasidagi to’q-nashuvlarning ko’payishiga olib keldi. Shu sababdan qabila-urug’chilik tuzumining yemirilishi tezlashdi. Pirovardida VI–VII asrlardan shaharlarda ham ijtimoly inqiroz, tanglik sezila boshladi. Arabistonning o’ziga xos sharoitida urug’chilikning yemirilishi boshqa mamlakat-lardagiga o’xshash bo’lmagan tarixiy natijalarga olib keldi.

Ushbu vaziyatda ko’pxudolilikning bo’lishi o’zaro nizolarni yanada kuchaytirardi. Arab qabilalari boshliqlari asta-sekin boyib, zodagonlar toifasi tashkil topa boshladi. Urushlarning kuchayishi jamiyat boy va kambag’allarga ajralishini tezlashtirdi. VII asr boshlariga kelganda arablarda urug’chilik tuzumi butunlay inqirozga uchrab, yangi feodal jamiyati shakllana boshladi.

4. Islom dini va arablarning birlashishi. Arabiston yarimorolida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat arab qabilalarini birlashtirishni taqozo etardi. Ijtimoiy zaruriyat qabilalar ichidagi paydo bo’lgan mulkiy tabaqalanish, boylar va kambag’allar munosabatlarini hal qilishni talab qilardi. Iqtisodiy vaziyat yangi yerlarni bosib olishni, yayloviarni ko’paytirishni, kambag’al urug’doshlarga boyish imkoniyatini yaratishni taqozo etardi. Siyosiy jihatdan vujudga kelgan tashqi muhit hamma muammolarning yechimini osonlashtirdi. Vizantiyada, Eronda, Yaqin Sharqda, Shimoliy Afrikada, keyinchalik arablar bosib

Page 370: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

olgan mamlakatlarda bu paytda kuchli va yirik jangovar qo’shin bo’lmagan.

Vujudga kelgan vaziyatda yangi din – islom arablarni birlash-tiruvchi omilga aylandi. Islom dinining asoschisi makkalik Muhammad alayhissalom bo’ldilar. Islom tarixchilari bo’lajak payg’ambarni 570-yil 29 avgustda tug’ilgan deb yozadilar. Otalari Abdulloh o’sha paytda savdo ishlari bilan Suriyada bo’lib, Makkaga qaytishda qo’qqisdan vafot etadi. Ikki oylik chaqaloq qolgan Muhammadga otasidan 5 ta tuya, bir necha qo’y va habashistonlik Barakat ismli qul ayol merosga qoladi. Har yili bahorda arfanaga ko’ra shaharlik yosh bolalarni Makkaga kelgan Banu Sa’d qabilasiga mansub ayollar jaziramadan asrash maqsadida tog’dagi yaylovga olib ketardilar. Muhammad ham olti oyligida shu qabilalik Halima ismli ayol tarbiyasiga o’tib, ko’chmanchilar bilan to’rt yil yashadi. Muhammadning keyingi hayoti bobosi Abdulmutallib homiyligi ostida o’ta boshladi. Onasi va bobosining o’limidan so’ng u amakisi Abu Tolib tarbiyasida qoladi.

Islom dini manbalarida yozilishicha, Muhammad alayhissalom-ga 610-yildan boshlab Olloh taolodan ilohiy oyatlar ayon bo’la boshladi. U qudratli yakka-yagona xudodan, ya’ni Olloh taolodan o’zga hech qanday xudo yo’q deb, o’zini rasululloh – xudoning elchisi, payg’ambari deb e’lon qildi.

Islom dini kitoblarida aytilishicha, Qur’oni karim Olloh subhonahu va taolo tomonidan payg’ambar Muhammad alayhis-salomga tushirilgan vahiylar to’plamidir. Yigirma uch yil davomida nozil qilingan bu ilohiy kitobda 114 ta sura bo’lib, har bir sura uch yoki undan ko’p oyatlardan tashkil topgan.

Muhammad alayhissalom arablarni o’zaro nizolarni tugatishga va yangi dinni qabul qilishga chaqirdi. Keyingi 10–12 yil uning va’zlarini aholi orasida yoyilishiga, yangi islom dinining qaror

Page 371: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

topishiga sarflandi.Tarqoq arab qabilalarining ko’pchiligi 630-yildan

islom dinini qabul qilib, Muhammad alayhissalomning hokimiyatiga bo’ysundi-lar. Makka islom dinining markazi, barcha musulmonlarning muqaddas shahriga aylandi.

Islom dinining yoyilishi barobarida Arabistonda ko’chmanchi va o’troq qabilalar birlashib yagona davlat vujudga keldi.

10-§. Arab xalifaligining vujudga ketishi va taraqqiyoti

1. Arab xalifaligining tashkil qilinishi. Muhammad payg’ambar-ning vafotlaridan so’ng xalifa lavozimiga sahobalaridan biri Abu Bakr saylandi. Uning hukmronligi davrida (632–634-yillar) Arabiston yarimorolining butun aholisi islom diniga o’tdi. Keyingi xalifa Umar (634–644-yillar) o’zining soddadilligi, adolatparvarligi va din sohasida qattiqqo’lllgi bilan islom dunyosiga tanilgan. Uning davrida arab lashkarboshilari Falastin va Suriya, Misr va Liviya, shuningdek, Eronning katta qismini bosib oldilar. Uchinchi xalifa Usmon davrida islom fathi davom ettirilib, Eron to’liq zabt etildi. Islom qo’shinlari Dog’istonni oldilar, Amudaryo havzasiga qadar yetdilar. Usmon xalifaligi davrida (644–656-yillar) Qur’oni karimni to’plash yakunlandi. Ilgari turli bo’laklarga bitilgan muqaddas suralar yig’ilib, tekshirilib yagona kitobga aylantirildi. Payg’ambarning safdoshlaridan so’nggi to’rtinchi xalifa Ali (656–661-yillar) bo’lib, uning hukmronligi o’z raqiblari bilan to’xtovsiz urushlarda o’tdi.

Arablar VIII asr boshlarida Shimoliy Afrikani o’ziga bo’ysundirdilar. Ular 711-yili Jabal at-Tariq boshchiligida (Gibraltar bo’g’ozining nomi uning ismi sharifidan olingan) Ispaniyani bosib oldilar.

Page 372: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Arablar Fransiyaning Bordo shahri bo’sag’alariga qadar bo’lgan yerlarni bosib oldilar. Faqat 732-yili Franklar qiroli Karl Martell arablar hujumlariga chek qo’ydi.

Sharqda arablar Kavkazorti va O’rta Osiyoni ham bosib olib, aholisini islom diniga o’tkazdilar. Ularning sharqdagi yurishlari Shimoli-g’arbiy Hindistonga qadar davom etdi.

Keng ko’lamdagi istilochilik harakatlari VII asr va VIII asrning birinchi yarmida nihoyatda katta davlat – Arab xalifaligining tashkil topishi bilan yakunlandi. Mag’ribdan mashriqqa qadar cho’zilgan bu davlatning poytaxti Damashq shahri edi.

2. Arab xalifaligida feodal munosabatlar. Arab davlati Eron va Vizantiyaning ulkan hududlarini egalladi. Bosib olingan mamlakat-lardagi barcha yerlar davlatniki deb e’lon qilinsa-da, mahalliy hokimiyat ularning ilgarigi egalarida qolgandi.

Dastlab Suriya va Eron istilo qilingandan so’ng arab zodagonlari xalifa oldiga yemi taqsimlash masalasini qo’ydilar. Lekin xalifa yerni egalarida qoldirishni buyurdi. Manbalarda yozilishicha, xalifa Umar “Istilo qilingan yerlarni musulmonlarga bo’lib bersak, bizdan keyin kelganlarga nima qoladi?” degan fikrni aytib, bu ishni ma’qul topmasdan taqiqlagan.

Ilgarigi xonlar, imperatorlar, janglarda halok bo’lgan hokimiyat vakillarining yerlari xalifalik xazinasi hisobiga o’tkazilardi. Ushbu yerlar nihoyatda katta maydonlarni tashkil qilgan. Faqat Iroq janubidagi davlat yerlaridan yiliga 7 million dirham daromad olingan.

Arablarda in’om etilgan yerlar – iqto’ deb atalib, uni olgan kishi faqat soliq to’labgina qolmasdan, yerni albatta ishlatishi shart edi. “Agar yer olgan kishi unda uch yil dehqonchilik qilmasa, shu yerda ishlagan kishi uni olishda birinchi navbatda imtiyozga ega bo’ladi”, – bu so’zlar ham xalifa

Page 373: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Umarga tegishlidir. Iqto’dan tashqari xalifalikda mulk sifatidagi xususiy mulk turi va yerga nisbatan jamoa mulkchiligi ham saqlanib qoigan.

Xalifalikda yer solig’i – xaraj (hosilning 1/3 qismi) deb atalgan. Shuningdek, musulmon bo’lmagan, mehnatga yaroqli erkak aholidan juzya, boylardan 48, o’ziga to’q aholi vakillaridan 24, kambag’al dehqonlardan va hunarmandlardan 12 dirhamdan soliq olinardi. Xalifalikda qul mehnati ham saqlanib qolgandi.

3. Arablarga qarshi xalq qo’zg’olonlari. Xalifalikda VIII–IX asrlarda bir qancha xalq qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi. Bu qo’zg’olonlar arablar hukmronligi va feodallar zulmiga qarshi ko’tarilgan edi. Eronning Qufa shahrida 685-yili ko’tarilgan qo’zg’olonda arab va fors aholi, shaharlik kambag’allar va hunarmandlar qatnashgan. Ushbu qo’zg’olon 687-yili bostirildi.

O’rta Osiyoning Marv vohasida 747-yili Abu Muslim boshchi-ligida ko’tarilgan dehqonlar va hunarmandlar qo’zg’olonida mahalliy savdogar va boylar ham ishtirok qilganlar. Xuroson va Movarounnahrni qamrab olgan bu qo’zg’olon natijasida Umaviylar hukmronligi tugatilib, xalifalik hokirniyatining Abbosiylar qo’liga o’tishida sarkarda Abu Muslimning xizmatlari katta bo’lgan. Ammo Abu Muslimning taxtga daVogar bo’lishidan qo’rqqan Abbosiylar uni xoinona o’ldirdilar:

Nihoyat, 769–783-yillari Movarounnahrning markazi So’g’di-yonada Muqanna laqabli Hoshim ibn Hakim (“Muqanna”, ya’ni niqobdor ma’nosini anglatadi) rahbarligida katta xalq qo’zg’oloni bo’lib o’tdi. Qo’zg’olonchilarning jangovar guruhi oq kiyingani uchun tarixda u “oq kiyimliklar qo’zg’oloni” deb ataladi. Arab xalifaligini larzaga keltirgan Movarounnahr xalqining ozodlik harakati arablar

Page 374: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

tomonidan zo’rg’a bostirildi. Ozarbayjonda 815-yilda boshlangan qo’zg’olonga Bobek boshchilik qildi, u 20 yildan ortiq vaqt davom etdi.

Qo’zg’olonlarda ko’pincha diniy, qabilaviy va siyosiy kelishmovchiliklar, muammolar aralashib, ularning ijtimoiy mohiyatini aniqlash juda qiyin. Arab xalifaligining parchalanib ketishida mamlakat ichidagi kelishmovchiliklar, urushlar, hokimiyat uchun kurash, shu jumladan, xalq qo’zg’olonlari ham o’z hissasini qo’shdi.

4. Xalifalikning parchalanishi. O’nlab xalqlarni, yuzlab qabila-urug’larni birlashtirgan g’oyat katta Arab xalifaligi mustahkam davlat emas edi. Xalifalikdagi taxt uchun talashlar, saroy nizolari, bo’ysundirilgan yerli xalqlarning qo’zg’olonlari mamlakatning asta-sekin zaiflashuviga olib keldi. Markaziy hokimiyat viloyatlardagi noiblarini nazorat qilmaganligi sababli bu lavozimlar ba’zi qabila vakillariga berilib, vaqt o’tishi bilan vorisiy lavozimga aylanib bordi.

Xalifalikdagi birinchi mustaqil amirlik Ispaniyada 756-yili tashkil topdi. U X asrdan Qurdoba xalifaligi nomini oldi. Xalifalikdan IX asrda Misr, O’rta Osiyo, Eron va Afg’oniston ham ajralib chiqdi. Natijada Abbosiylar sulolasi vakillari qo’lida Yaqin Sharq va Arabiston yarimoroli qoldi, xolos. Arablarning qolgan yerlarining ko’pchilik qismini XI asr davomida saljuqiy turklar bosib oldilar. Xalifalikning tarix sahnasidan butunlay yo’qolishi 1258-yili Bag’dodning mo’g’ullar tomonidan istilo qilinishi bilan bog’liqdir.

Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi, yirik feodallarning kuchayishi va bo’ysundirilgan xalqlarning o’z mustaqilligi uchun olib borgan kurashi Arab xalifaligining parchalanib ketishiga olib keldi.

11-§. Xalifalik mamlakatlari madaniyati

Page 375: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

1. Xalifalik madaniyatining vujudga kelishi. Insoniyat tarixida arablarga qadar va ulardan keyin ham ko’chmanchi qabilalarning madaniyati yuksak bo’lgan xalqlarni istilo qilganlariga guvohmiz. Demak, arablar istilosi harbiy jihatdan bizni unchalik taajjubga soladigan voqea emas. Ajablantiradigan narsa shundaki, arablardan tashqari hech qaysi ko’chmanchi xalqlar istilosi insoniyat tarixida yangi sivilizatsiyani, yangi madaniyatni yaratgan emas. Arablar istilo qilgan mamlakatlarda esa yangi madaniyat vujudga keldi, u haqli ravishda “arab madaniyati” deb ataladi. Arab madaniyati Yer yuzidagi beshinchi sivilizatsiya bo’lib, u hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Ushbu madaniyatning tug’ilishida Makka shahrida, quraysh qabilasi vakili Abdullohning oilasida dunyoga kelgan Muhammad alayhissalomning xizmatlari beqiyosdir.

Istilolar arab davlati tarkibiga ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti turli darajada bo’lgan ko’plab mamlakatlar va xalqlarni birlashtirdi. Natijada madaniy boyliklarning o’zaro ta’siri, bir-birini boyitishi uchun yaxshi imkoniyatlar vujudga keldi. Xalifalikda davlat tili – arab tilining boshqaruvda, sudda, adabiyot va ilm-fanda qo’llanilishi bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Buning natijasida Sharq dunyosining olim-ulamolari qaysi xalqdan bo’lishidan qafi nazar arab tilida ijod qildilar. Demak, xalifalik mamlakatlari madaniyatini faqatgina arablar emas, balki uning tarkibidagi barcha xalqlar yaratdilar.

Arab xalifaligidagi iqtisodiy yuksalish mamlakat madaniyatining yuksak taraqqiy qilishini ta’minladi. Sug’oriladigan maydonlarda bug’doy va arpa ekilardi.

Keng maydonlarda xurmo va shakarqamish yetishtirilardi. Janubi-sharqiy Osiyodan keltirilgan paxta va sholi, apelsin va limon daraxtlari xalifalikda keng tarqalishi ham iqtisodiy rivojlanish omili bo’ldi. Sholi, sitrus mevalar va tut daraxtlarini ekish Ispaniya yerlariga qadar tarqaldi.

Page 376: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Usta hunarmandlar paxta va yungdan to’qigan nafis, sifatli gazlamalari xalifalikning turli viloyatlariga tarqalardi. O’rta asrlardayoq Eron o’zining gilamlari bilan nom taratdi. Suriyada rang-barang gazlamalar to’qilar, shisha buyumlar chiqarilardi. Damashq po’latidan yasalgan qilich, shamshir va sovutlar barcha mamlakatlarda, shuningdek, Yevropada ham mashhur edi. Arab savdogarlari Sharq va G’arbning uzoq o’lkalarini faqat savdo-sotiq bilan bog’labgina qolmasdan, ularda madaniyat sohasida erishilgan yutuqlarni tarqalishiga ham yordam berdilar.

2. Ilm-fan. Jahon adabiyoti durdonalari VIII asrdan arab tiliga ko’plab tarjima qilina boshlandi. Xalifa Horun ar-Rashid va uning o’g’li al-Ma’mun davrida (VIII asr oxiri – IX asr boshlari) ma’lum rejaga asoslanib tarjima ishlariga yanada keng yo’l ochildi. Xalifa saroyidagi ilmiy markaz Baytulhikma – “donishmandlik uyi”da tashkil etilgan maxsus hay’at tomonidan qadimgi yunon, rim, vizantiya, fors va hind olimlari va allomalari asarlarini asl nusxalaridan tarjimalar qilish yo’lga qo’yildi.

Ilk uyg’onish davriga qadar G’arb dunyosida: Ptolomey, Aristotel, Evklid, Gippokrat, Galen, Arximed asarlarining arabchadan lotinga o’girilgan holda o’rganilganligi ham bu faoliyat mahsuli bo’lgan edi. Arab madaniyatining o’ziga xos xususiyati shundaki, unda aniq fanlar juda taraqqiy topgan edi. Ayniqsa, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan bog’liq bo’lgan fanlar: matematika, astronomiya, geografiya yaxshi rivojlandi.

Xorazmlik Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. U algebrani (“aljabr”, ya’ni hisob ilmi) kashf etdi. Matematikada hind raqamlaridan foydalanish boshlandi. Keyinchalik Yevropaga o’tgan bu raqamlar hozirgi kunga qadar “arab raqamlari” deb nomlanadi.

Bag’dod va Damashqda rasadxonalar qurildi.

Page 377: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Astronomlar murakkab asboblardan foydalanib, Yer sharining hajmini hisoblab chiqa oldilar. Geografiya fanining taraqqiyotiga ham arablar katta hissa qo’shdilar. Arab sayyohlari boshqa mamlakatlar haqidagi ma’lumotlarni faqat kitoblardan olish bilan chegaralanib qolmasdan, yevropalik Marko Polo, Rui de Klavixo va Plano Karpinilardan bir necha asr avval Hindiston va Xitoy, Afrika hamda Sharqiy Yevropaning eng ichki rayonlariga kirib bordilar. Arab sayyohlaridan Mas’udiy, Ibn Dast, Ibn Fadlan va boshqalar bu o’lkalar haqida asarlar yozib, kartalar tuzdilar.

Xalifalik va uning madaniy ta’sirida bo’lgan mamlakatlarda tibbiyot ravnaq topdi. O’rta Osiyolik ulug’ olimlar Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr ar-Roziylarning tavsiyalari va asarlaridan Yevropa tibbiyotida XVII asrga qadar keng foydalanildi. Umuman, O’rta Osiyo keyinchalik xalifalikdan ajralib mustaqil bo’lsa-da, bu diyordan arab madaniyati bilan bog’liq madaniy uyg’onishning ma’naviy yutuqiarini o’zida mujassamlashtirgan buyuk allomalar yetishib chiqdi.

3. Adabiyot. Savdogar va sayyohlar uzoq mamlakatlardan faqat qimmatbaho mollar keltirib qolmasdan, ajoyib sarguzashtlar, ertaklar ham eshitib kelardilar. Ular bu ertaklarni xalifa saroyida, zodagonlar bazmlarida, bozor va ko’cha-ko’ylarda so’zlab berardilar. Bu ertak va afsonalar to’plamlari asosida dunyoga mashhur arab adabiyoti durdonasi “Ming bir kecha” yaratildi. She’riyat yulduzlaridan al-Mutannabiy, Abul A’lo al-Maariylar merosi jahon madaniyati tarixida alohida o’rin tutadi.

4. Me’morchilik va san’at. Xalifalikda bafcha san’at turlariga nisbatan me’rnorchilik ravnaq topdi. Muhtasham saroylar, masjidu madrasalar, qal’alar eng ko’p quriladigan binolar hisoblanardi. G’arnotadagi (Grenada, Ispaniya) Al-Hamro (Algambra) saroyi hozirgi kunga qadar hammani hayratga solayotgan me’morchilik durdonalaridan biridir. Qurdobadagi

Page 378: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

(Kordova, Ispaniya) masjidi, Qohiradagi Hasan masjidi, Quddusdagi Umar masjidi, Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbaralari fikrimizning yorqin dalilidir. Me’morlar qurgan binolar, toshga o’yilgan naqshlar va koshinlar bilan ziynatlangan devorlar, bino sahnidagi qadama naqshlar arablarning o’ziga xos bir-biriga chirmashib ketgan bezagi – “arabeska”lari bilan bezatilardi. Toshlarga o’rnatilgan kungurali naqshlar va rang-barang bezaklar. vaznsiz holatda turganday taassurot qoldiradi.

5. Xalifalik madaniyatining ahamiyati. Yevropaliklar ko’plab ilm-fanga oid bilimlarni xalifalik mamlakatlaridan o’rgandilar. Sharq mamlakatlaridan faqat tibbiyot yoki matematika sohalaridagi yutuqlargina emas, balki astronomiya, kartalar chizish, globus, kompaslardan foydalanish ham dunyo mamlakatlariga mazkur mintaqadan tarqaldi. XVI asrdan boshlab rivojlanish markazi Yevropaga o’tgan bo’lsa, bu jarayonda islom Sharqi fani va madaniyatining hissasi beqiyosdir.

Buni o’qing!

Yashash san’ati

Qo’shiqchi va musiqachi Ziriyab IX asrda yashagan. U mashhur xalifa Horun ar-Rashid saroyida xizmat qilgan. Keyinchalik Ziriyab Ispaniyaga ketadi. Bu yerda u kiyinish va bazmlar borasida ko’plab yangiliklarni “ixtiro” qiladi. Jumladan, mavsumga moslab kiyinishni Ziriyab o’ylab topgan. Bazm dasturxonlarida nozik va nafis shisha idishlar, oltin yoki kumush idishlarga nisbatan chiroyli turishini, dasturxonga taomlar: avval sho’rvalar, so’ng go’shtli quyuq taomlar, undan keyin parranda eti va oxirida shirinliklar qo’yilish tartibini harn u joriy qiladi.

Page 379: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

(M.Boysov, R.Shukurov. O’rta asrlar tarixi. M., 1995, 102–103-betlar.)

12-§. IX– XII asrlarda O’rta Osiyoda madaniy yuksalish

1. Xo’jalik hamda fan va madaniyatning yuksalishi sabablari. IX asrning ikkinchi yarmiga kelib O’rta Osiyo mustaqillikka erishdi va bu yerda Arab xalifaligi ta’siridan qutulgan Somoniylar hukmronligi ostida markazlashgan davlat tashkil topdi. So’ng bu hududda mahalliy turkiy davlatlar: Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlati vujudga keldi.

Bu davrda Buxoro, Samarqand, Marv, Ko’hna Urganch, Termiz, Toshkent kabi shaharlar xo’jalik, fan va madaniyatning yirik markazlariga aylandi. Mintaqada me’morchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq, ijtimoiy-siyosiy hayot, madaniy aloqalarning rivojlanishida Sharq va G’arb o’rtasida “oltin ko’prik” bo’lgan “Buyuk Ipak yo’li” muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni shu davrda ushbu zamindan o’z ijodi bilan jahon ilm-fan va madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan ulug’ allomalar yetishib chiqdi.

Xo’jalik va madaniy hayotning turli sohalaridagi bunday yuksalishga, avvalo, arab istibdodidan qutulish, markazlashgan mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, shuningdek, arab tilining davlat, islom va fan tili darajasiga ko’tarilishi natijasida musulmon Sharqi mamlakatlari bilan yagona din va til asosida madaniy aloqalarning kuchayishi muhim sabab bo’lib xizmat qildi.

2. O’rta Osiyoda uyg’onish va Sharq dunyosining buyuk daholari. IX–XII asrlarda O’rta Osiyo madaniy yuksalishining ilk uyg’onish davri madaniyat tarixida so’nmas iz qoldirdi va Yevropa

Page 380: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Renessansining vujudga kelishiga katta ta’sir ko’rsatdi.Bag’dodda xalifa Horun ar-Rashid (786–809-

yillar) tomonidan asos solingan ilmiy markaz – “Baytulhikma”ga monand holda Urganchda (hozirgi Ko’hna Urganch) X asr oxiri – XI asr boshlarida faoliyat ko’rsatgan “Ma’mun akademiyasi” bu yerda ilm-fanning yanada ravnaq topishiga xizmat qildi. Bu ilm markazida ulug’ allomalar – Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk zotlar ilmiy ish olib borganlar.

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (taxminan 783–850-yillar) asli Xiva shahridan bo’lib, matematika, astronomiya, geografiya va boshqa fanlar sohasida barakali ijod qildi hamda “aljabr” (algebra) fani va “algoritm” tushunchasiga asos soldi. “Algebra” so’zining o’zi esa uning “Kitab al-Jabr val-muqobala” (Tiklash va qiyoslash kitobi) degan risolasi nomidan olingan. Uning arifmetikaga oid risolasi hind raqamlariga asoslangan bo’lib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o’nlik pozitsion hisoblash tizimi va shu tizimdagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab bo’ldi. Olimning “al-Xorazmiy” nisbasi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy o’rnashib qoldi. Uning XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan “Zij” (Astronomik jadvallar), “Hisob al-Hind”, “Quyosh soati haqidagi risola” va boshqa asarlari Sharq va G’arb mamlakatlarida o’rta asrlar ilmiy tafakkurining taraqqiyotiga samarali ta’sir ko’rsatdi.

Movarounnahrning Farg’ona viloyatidagi qadimgi Qubo (hozirgi Quva) shahrida tavallud topgan Ahmad al-Farg’oniyning (798–865-yillar) ijodiy faoliyati Bag’doddagi ilmiy markaz (akademiya) bilan bog’liq bo’lib, hozirgi kunda uning 8 asari bizga ma’lum. Allomaning eng mashhur asari “Yulduzlar ilmi va samoviy harakatlar haqida to’plam”i hisoblanadi. Uning bu kitobi Yevropada Kopernikkacha bo’lgan astronomiya fanida asosiy qo’llanma bo’lib xizmat

Page 381: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qilgan. U sferik trigonometriya asoschilaridan biridir. Al-Farg’oniy nisbasi lotinchada “alfraganus” shaklida yozilib, shu nom ostida u fanga abadiy kirdi.

Buyuk faylasuf, qomusiy olim Abu Nasr al-Farobiy (873–950-yillar) Sirdaryo qirg’og’idagi Farob degan joyda tug’ilib, Farob, Toshkent, Buxoro va Samarqandda o’qidi. Keyinroq Bag’dod va Damashqda yashab o’z ma’lumotini oshirib, umrini ilmga baxshida etdi. U fanning barcha sohalarini qamragan 160 dan ortiq asarlar yozgan va ayrim ma’lumotlarga ko’ra 70 dan ortiq tilni bilgan.

Al-Farobiy barcha ilmlar rivojiga katta hissa qo’shganligi, xususan, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga tanishtirganligi uchun Sharq mamlakatlarida “Ikkinchi Aristotel” deb ulug’langan.

o’rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy (973–1048-yillar) Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug’ildi. Uning ilmiy merosi turli fan sohalariga doir 150 dan ortiq asardan iborat bo’lib, ulardan faqat 30 tasi bizgacha yetib kelgan.

Beruniy fanning turli sohalarida yangi fikrlar va kashfiyotlarni olg’a suradiki, bu kashfiyotlar o’rta asr Sharqida uzoq vaqtgacha fan taraqqiyotini belgilab berganligidan g’oyat katta ahamiyatga ega bo’ldi. Jumladan, u birinchi bo’lib Yerning Qayosh atrofida aylanishi haqidagi ajoyib fikrni ilgari surdi va Yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi hamda Yer globusini yaratdi. Shuningdek, olim dunyoning geografik kartasini tuzib, Amerika qit’asi borligini ilmiy bashorat qilgan.

Beruniy turli joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlash yo’llarini tanlab olishda novator hisoblanadi. Uning foydali qazilmalar qatlamining paydo bo’lishi, jinslar yemirilishining ahamiyati, tog’ jinslarining nurashi kabi xulosalari katta ilmiy ahamiyatga ega bo’ldi. Olim zichlik tushunchasini birinchi bo’lib fanga kiritish bilan qazilma boyliklarni

Page 382: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qidirib topish qonuniyatlari ochilishini boshlab bergan edi.

Beruniy o’rta asr sharoitida haqiqiy tajribaga, kuzatish, eksperimentga asoslanuvchi aniq ilmiy tafakkurni boshlab beruvchilardandir.

Sharqning buyuk siymolaridan biri – qomusiy olim, mutafakkir, tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino (980–1037-yillar) bo’lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan, iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni o’tkir bo’lganligidan o’z davrida ma’lum bo’lgan ilmlarni tez egallagan. U 16 yoshdayoq mashhur tabib – hakim bo’lib tanildi va keyinchalik “Olimlar boshlig’i”, “Tabiblar podshohi” kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo’ldi.

Ibn Sino asarlarining umumly soni 450 dan oshadi, biroq bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Uning, ayniqsa, “Tib qonunlari” asari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, 800 yil davomida G’arb mamlakatlari universitetlarida asosiy qo’llanma bo’lib kelgan va hozir ham bir qancha tibbiy o’quv yurtlarida o’rganiladi.

3. Movarounnahrda islom madaniyatining yuksak taraqqiyoti. Dunyoviy fan olimlari bilan birga bu davrda islom ta’limoti va mafkurasining takomili yo’lida movarounnahrlik diniy ulamolarning xizmati katta bo’ldi. Zero, islom Arabistonda vujudga kelgan bo’lsa hamki, u Movarounnahrda ravnaq topdi. Bu diyor allomalari o’z durdona asarlari bilan o’rta asrlarda Qur’on tafsiri, hadisshunoslik, arab filologiyasi, fiqh (islom huquqshunosligi), kalom (islom falsafasi) ilmlarining turli sohalari taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdilar.

Qur’on mazmunini sharhlab, tafsirini bayon qiluvchilar bo’lmish mufassirlarning aksariyati (Imom al-Moturidiy, Imom Abu Lays as-Samarqandiy, Imom az-Zamaxshariy, Imom an-Nasafiy) ushbu diyor

Page 383: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

vakillari edi.Hadis islomda Qur’ondan keyingi muqaddas

manba hisoblanib, Muhammad alayhissalomning diniy va axloqiy ko’rsatmalari, hikmatli so’zlaridan iboratdir. Hadislar to’plami sunna deb nom olgan bo’lib, islom dunyosida eng nufuzli deb e’tirof etilgan 6 ta ishonchli hadislar to’plami mualliflarining ham aksariyati O’rta Osiyolikdir. Shular ichida “Hadis ilmida amiral mo’minin” degan sharafli nomga sazovor bo’lgan buyuk muhaddis olim Imom al-Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” to’plami eng mo’tabari hisoblanadi.

Bu davrda ushbu zaminda islom huquqi – shariat ancha rivoj topgan bo’lib, bu sohada ham movarounnahrlik allomalar boy meros qoldirganlar. Ayniqsa, bu borada Burhoniddin al-Marg’inoniyning “Hidoya” asari islom olamida mashhur bo’ldi. Shuningdek, islom diniga asoslanuvchi musulmon olamida keng tarqalgan buyuk ta’limot – tasavvuf jamiyat ma’naviy hayoti rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu’ yerda yassaviya, naqshbandiya, kubraviya kabi turli sufiylik tariqatlari shakllandiki, ular orqali insoniyat islom dinining ichki va tashqi go’zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Chunki, tasavvuf ta’limotining o’zagi – inson va uni ma’naviy jihatdan kamol toptirishdir.

13-§. Ilk o’rta asrlarda Xitoy

1. Xitoyning birlashishi. Milodiy III asrga kelib Xitoyda qadimgi Xan quldorlik imperiyasi inqirozga uchrab, o’rnida uchta mustaqil podsholiklar vujudga keldi. Keyinchalik Yevropaga qadar ko’chib borgan hun qabilalarining bir qismi III–IV asrlarda Xitoy yerlariga ham bostirib kirdi. Mayda podsholiklarga bo’linib ketgan Xitoy ko’chmanchi hunlar qabilalariga qarshilik ko’rsata olmadi. Faqat VI

Page 384: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyoda vujudga kelgan Turk xoqonligi istilosi xavfi Xitoyning birlashishiga turtki bo’ldi. Yangi shakldagi feodal davlatini cheklanmagan hokimiyatga ega bo lgan Suy sulolasi vakili boshqarar edi. Imperatorning ixtiyorida ko’psonli amaldorlardan tashqari, kuchli armiya ham bor edi. Ilk feodal Suy imperiyasining (589-yil) tashkil topishi Xitoy tarixida keskin burilish davri bo’ldi. Mamlakatning birlashtirilishi 4 asrdan buyon davom etayotgan o’zaro urushlarga chek qo’yish, iqtisodiy yuksalish va madaniy rivojlanish imkoniyatini yaratdi. Xitoyda ekin maydonlari kengaydi. Aholi soni birmuncha ko’paydi, shaharlar qayta tiklanib, savdo-sotiq joniandi. Yangi hokimiyat soliqlarni tartibga soldi va mamlakatda pul islohotini o’tkazdi.

Viloyatlar orasida aloqani mustahkamlash, soliqqa olingan mahsulotlarni tashish maqsadida Xuanxe va Yanszi daryolari orasida Buyuk kanal qurilib, mamlakat miqyosida yagona suv yo’li barpo etildi. Ushbu suv yo’li Xitoyning sharqida dengizga chiqish imkoniyatini berdi. Ammo Xitoyda Suy sulolasining idora qilishi uzoqqa bormadi

618-yilda Shimoli-g’arbiy Xitoyning knyazlaridan biri Li Yuan hokimiyatni bosib olib, Tan sulolasiga (618– 907-yillar) asos soldi.

2. Agrar munosabatlar. Yangi imperiya butun yerlarni davlatniki deb e’lon qildi. Aholiga yer taqsimlab berish tartibi butun mamlakatga yoyildi. Xitoyda 624-yili qabul qilingan qonunga ko’ra har bir xo’jalik, uyi hamda bog’ hovlisidan tashqari, 80 mu* haydaladigan yer olish huquqiga ega bo’ldi. Bog’da mevali daraxtlar bilan birga albatta tut ko’chati o’tqazilishi shart bo’lgan. Dehqon o’z xo’jaligidagi bog’ va hovlisini sotishi, garovga qo’yishi mumkin edi. Lekin davlat tomonidan ajratilgan yer daxlsiz hisoblanardi. Dehqon olingan yer hisobiga davlatga turli soliqlar

* Mu – 1 mu 0,06 gektarga teng yer maydoni.

Page 385: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

to’lardi.Imperator hokimiyatining kuchayishi dehqonlar

mehnat majburiyatlarining yiliga 30 kungacha ko’payishiga olib keldi. Keyinchalik davlat barshinasi uzluksiz, muhlati chegaralanmaydigan qilib qo’yildi. Manbalar bunday dehqonlarning qul kabi ishlatilishi: Loyan Buyuk kanali qurilishida – 2 million, Buyuk Xitoy devorini qurish va ta’mirlashda – 1 million, Koreyani istilo qilishda – 1 milliondan ortiq kishi jalb qilinganligi haqida ma’lumotlar beradi.

Imperator lashkarboshilari, amaldorlar va feodallar yirik yer maydonlariga egalik qilganlar. Feodal zodagonlarga ularning unvoniga va lavozimiga qarab yer berilgan. Eng yuqori unvonli zodagon 10 ming mu, eng quyi toifadagi kishi 500 mu yer olishi mumkin bo’lgan. Alohida xizmat ko’rsatgan harbiylar va davlat amaldorlariga 30 mudan 6 ming muga qadar yer in’om etishlari manbalarda ko’rsatilgan. Imperator lash

Buni o’qing!

Ko’zoynakdan qachon foydalana boshlangan?

O’rta asrlarda aholining asosiy ko’pchiligi savodsiz bo’lib, kitob eng kamyob narsalardan biri edi. Universitetlar tashkil topishi va rivojlanishi XIII asrdan boshlab ko’zoynaklarga ehtiyoj tug’diradi. Yevropada 1299-yili – italyan yilnomalaridan birida – uning yaqinda ixtiro qilingani haqida yozilgan. Olimlaming fikricha, ko’zoynak o’rta asrlarda Xitoy yoki Hindistonda kashf etilgan.

(A.Yastrebitskaya. XI–XIII asrlarda G’arbiy Yevropa. M., 1978, 34-bet).

14-§. Ilk o’rta asrlarda Hindiston

Page 386: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

1. Hindistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat. Kushon imperiya-sining yemirilishidan keyin hind rojalaridan biri Chandragupta I (320–340-yillar) boshchiligida vujudga kelgan Guptalar davlati va uning vorislari davrida Hindistonda feodal munosabatlari shakllana boshladi. Imperiya IV–V asrlar chegarasida Arabiston yarimoroliga qadar bo’lgan yerlarni birlashtirdi. Guptalar davrining asosiy xususiyatlaridan biri feodal yer egaligining shakllanishi bo’ldi. Imperatorlar keng miqyosda yer in’om qilishlari natijasida IV–VI asrlar davomida amaldorlar, harbiylardan iborat yirik yer egalari soliq yig’ishdan tashqari, dehqonlar mehnatidan foydalanish huquqiga ham ega bo’ldilar.

2. Jamoa-kasta tuzumi. Hindistonda boshqa mamlakatlarda uchramaydigan jamoa-kasta tuzumining qadimgi an’analari saqlanib qolgandi. Bu qishloq jamoasining ko’pqatlamli bo’lishi, uning xususiy mulki oz-ko’pligiga emas, balki kasta toifasiga bog’liq edi.

Qadimgi Hindistondayoq dastlabki toifalanish munosabatlari paydo bo’lgan edi. Ijtimoiy darajadan keyin varna qatorida, kastalar tartibiga ma’lum belgilari asosida kishilar jamoasi birligiga qarab, meros kasb-kor, etnik kelib chiqishi, diniy o’ziga xosligi, urf-odatlari, nikoh-larining endogamligi* va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslanib bo’lingan:

1. Braxmanlar – yirik yer egalari, kohinlar, amaldorlar va aslzodalar;

2. Kshatriyalar – harbiylar, jangchilar toifasi;3. Vay’shilar – dehqonlar;4. Shudralar – xizmatkorlar, hunarmandlardan

iborat bo’lgan.Hindistonning barcha joylarida ma’lum ishlarni

bajarish biron-bir kastaga biriktirib qo’yilgan. Oliy kasta

* Endogamiya («endo» – ichki, «gamus» – nikoh) – nikohning faqat qabila-urug` doirasida ruxsat etilishi.

Page 387: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

a’zolari o’lgan molga qo’llarini tekkizishlari ham mumkin emasdi. Buning uchun, shudra – ko’nchi hunarmand kelib, uning terisini shilib olishi kerak bo’lgan. Braxmanlarga o’likka tegish diniy jihatdan taqiqlangan. Qishloqlarda axlatlarni tozalashni iaqat shudralarga mansub farrosh bajarishi zarur edi. Oliy kasta a’zolari hatto o’z soqollarini olishlari ham man etilgan. Ularga, shuningdek, kir yuvish ham taqiqlangandi.

Ilk o’rta asrlar davrida ham Hindistonda qulchilik saqlanib qolgandi. Qullar ko’pincha uy xizmatkori vazifasini bajarishgan. Rasman din qul mehnatidan dala ishlarida foydalanishga ham ruxsat bergandi. Xo’jayin qulni oziq-ovqat bilan ta’minlashdan tashqari, unga yiliga bir marta lungi, ayollariga sari uchun gazmol olib berishi lozim edi.

Hindistonda ishlab chiqarish munosabatlari ana shu tarzda murakkab bo’lib, ularni sof feodal munosabatlari deb aytish ancha mushkul. Guptalar imperiyasi zaif siyosiy birlashma ekanligi VI asrdayoq ma’lum bo’lib qoldi. G’arbdan kelgan eftaliylar zarbalari ostida davlat parchalanib, uning katta qismi istilochilar qo’liga o’tdi.

3. Hindistonda feodal tarqoqlik. Xitoylik sayyoh Syuan Szanning yozishicha, Hindistonda VII asrda 70 ga yaqin katta-kichik knyazliklar bo’lgan. Bu knyazliklarni rojalar boshqargan. Knyaz-rojalar hashamatli saroylarda yashardilar. Har bir roja qarindoshlari, o’ziga yaqin kishilari, amaldorlari va jangchilariga xizmatlari evaziga yer-mulk in’om qilardi. Mamlakatdagi qolgan yerlar esa dehqonlarga ijaraga berilardi. O’rta asrlarda Hindistonda kohin-braxmanlar qo’lida, turli ibodatxonalar ixtiyorida ham yirik yer maydonlari to’plangan edi. Manbalarda rojalardan biri ibodatxonalarga 1400 ta qishloqni in’om qilganligi qayd etilgan.

Rojalar o’rtasida o’zaro urushlar deyarlik

Page 388: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

to’xtovsiz davom etardi. Bosib olingan yerlar g’olib roja tomonidan harbiy o’lja sifatida taqsimlanardi. Rojaning eng yaqin qarindoshlari, nufuzli zodagonlarga o’z mavqelariga qarab, o’nlab, ba’zida yuzlab qishloqlar, oddiy rajputga esa bitta, gohida bir qishloqning yarmi ham tegishi mumkin edi. In’om etilgan yer – gras (“qultum” yoki “bo’lak”) deb atalgan va uni olgan kishining asosiy majburiyati harbiy xizmatga doimo shay turish bo’lgan. O’z xonadoniga kirmagan xizmatkorlariga rojalar yerni ma’lum xizmat muddatiga berishardi. Yer egaligining bu turi – patta deyilgan (“yorliq” yoki “yorliqqa olingan yer”). Pattadan alohida xizmat ko’rsatganlarni taqdirlash uchun ham foydalanilgan. Feodallashuv jarayonining yuksalib borishi patta ham asta-sekin merosiy mulkka aylanishini ta’minladi.

O’zaro urushlar natijasida zaiflashib qolgan Hindiston o’rta asrlarning deyarllk barcha davrlarida chet mamlakatlarning talonchilik maydoniga aylanib qoldi. Arab xalifaligi parchalanishidan vujudga kelgan kuchli musulmon davlatlaridan biri hozirgi Afg’oniston o’rnida bo’lib, uning poytaxti G’azna shahri edi. G’aznaviylar davlatining hukmdori Sulton Mahmud G’aznaviy XI asr boshlarida Hindistonga 17 marta bosqinchilik yurishlari uyushtirdi. Musulmon davlatlarining Hindistonga asrlar davomida hujumlari uning xarobaga aylanishiga olib keldi. Musulmonlar asta-sekin mamlakatning shimoliy qismini butunlay bosib oldilar.

4. Aholining xo’jalik mashg’ulotlari. Sharq xalqlarining ertaklarida Hindiston afsonaviy boyliklar mamlakati sifatida tasvirlangan. G’arbiy Yevropada ham hind rojalarining behisob boyliklari mavjudligi haqida afsonalar keng tarqalgandi.

Hindistonning tillarda doston g’aroyib boyliklari faqat tabiat in’omi bo’lib qolmasdan, asosan uning mehnatsevar xalqi tomonidan yaratilgan edi.

Page 389: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Dehqonlar og’ir mehnati bilan kanallar qazilib, yangi yerlar obod qilinardi. Qishloq xo’jaligida qadim zamonlardan buyon sholi, paxta, shakarqamish va xilma-xil ziravorlar, choy yetishtirilar edi. Hind dehqoni sug’oriladigan yerlardan yiliga ikki marta hbsil olardi. Osiyodagi ko’plab mamlakatlarga paxta va sholi ekinlari Hindistondan tarqalgan. Hind hunarmandlari ko’p sohalarda yuksak san’at darajasida ma-horatga erishgan edilar. Zargarlar yaratgan zeb-ziynat buyumlari, oltin va kumushdan qilingan ko’zachalari, idishlari uzoq mamlakatlarda ma’lum va mashhur edi. Fil suyagidan va yog’ochning qattiq navlaridan yasalgan haykal va haykalchalar faqat Hindistondagi ibodatxonalarni bezab qolmasdan, balki qo’shni mamlakatlar hukmdorlari, boy zodagonlari saroylarida ham bag’oyat qadrlangan.

To’quvchi kosiblar oddiy yog’och dastgohlarda nihoyatda nafis va sifatli gazlamalar to’qishardi. Ularning qanchalik Hind haykaltaroshlari hayvonlar haykallarini yaratishda ham yuksak mahoratga erishganlar. Ibodatxonalar ya maqbaralar yaqinida fil va otlarning haykallari ayniqsa ko’p uchraydi.

I bo’lim xotimasi

Umumlashtiruvchi takrorlash darsi

Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o’tish qanday usullarda amalga oshirildi? Biz o’rta asrlar tarixining birinchi davrini (V–XI asrlar) o’rganib bo’ldik. Tarixshunoslikda bu davr ilk o’rta asrlar davri deb ataladi. Jahon mamlakatlarining asosiy

Page 390: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ko’pchiligida: Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda ushbu davrda feodal munosabatlari o’rnatildi.

Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga Rim, Gretsiya, Xitoy, Hindiston va Misr xalqlari quldorlik davri orqali o’tdilar. Germanlar, slavyanlar, arablar singari o’nlab qabilalar esa quldorlikni chetlab, urug’chilik tuzumining inqirozidan so’ng feodal munosabatlarga o’tdilar. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ilg’orligi, avvalambor, kichik dehqon xo’jaligining jamiyat ishlab chiqarishi asosiy kuchiga aylanishida namoyon bo’ldi. Erkin dehqon xo’jaligida mehnat qurollarining takomillashuvi mehnat unumdorligini oshirishga zamin yaratdi. Bu esa, o’z navbatida, dehqonchilikning o’sishiga yordam berdi, undan olinadigan mahsulot unumdorligi va miqdorini oshirdi. Feodal jamiyati davridagi dehqonning o’z mehnatidan manfaatdor bo’lishi esa uning shak-shubhasiz qul mehnatiga qaraganda unumliroq bo’lishini ta’minladi. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tishda noiqtisodiy majburiy mehnat turlari saqlanib qolsa-da, qaram dehqonning ahvoli qulnikiga nisbatan birmuncha yengil edi.

Rim imperiyasida yashagan xalqlar yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga qulchilikning inqirozi orqali o’tdilar. German qabilalarining G’arbiy Yevropani, slavyanlarning Vizantiyani va arablarning Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniyani istilo qilib ularda joylashishi bu yerdagi qulchilikning inqirozini tezlashtirdi.

Bu davrda ikki asosiy tabaqa – feodallar va qaram dehqonlar tarkib topdi.

Buni o’qing!

Page 391: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Vikinglar kimlar?

Skandinaviyalik “normanlar” (“shimol odamlari”, yevropaliklar qo’ygan nom) yangi yerlarga, uzoq o’lkalarga talonchilik yoki savdo maqsadida xatarli safarga chiqqan yurtdoshlarini “viking”lar deb ataganlar. Jumladan, X asrda Islandiyada o’z qo’shnisini o’ldirgan, laqabi “Malla” bo’lgan Eyrik ismli viking o’z hamrohlari bilan qayiqda shimoli-g’arb tomonga suzayotib, qo’qqisdan Grenlandiya oroli qirg’oqlariga borib qoladi. U asos solgan qo’rg’on XIV asrda Yevropada iqlimning keskin sovushiga qadar gullab-yashnaydi.

Otasidan uzoq xatarli safarlarga qiziqishni meros olgan Eyrikning o’g’li Leyv 1000-yillar atrofida g’arbga suza borib, yangi yerlarni kashf qiladi. Vikinglar afsonalarida shaffof daryolarida losos baliqlari, yorqin mayin o’rmonlarida esa uzum o’sgan bu o’lkaga Vinland (“uzumlar mamlakati”) deb nom berishgan.

Tarixchilar Vinland Shimoliy Amerika qirg’og’i ekanligini tan olishdi. Nyufaunlend orolidan esa vikinglar qo’rg’oni qoldiqlarini arxeologlar topib o’rganishgan.

(M.Boysov, R.Shukurov. o’rta asrlar tarixi. M., 1995, 155–156-betlar.)

Page 392: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

II bo’lim

O’rta asrlarning ikkinchi davrida jahon xalqlari (XI–XV asrlar)

IV b o b. Shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdo-sotiqning o’sishi

15-§. Yevropada o’rta asr shaharlarining paydo bo’lishi. Xo’jalikning rivojlanishi,

hunarmandchilik va sexlar

Natural xo’jalik hukmronligi ostida o’tgan ilk o’rta asrlarda Yevropada shaharlar juda oz edi. Feodal davlatlarning rivojlangan davrida esa hunarmandchilik o’sishi va savdo-sotiq ravnaqi qit’ada yuzlab shaharlarning vujudga kelishini ta’minladi. Yevropa xalqlari hayotida asosiy o’zgarishlar XI–XV asrlardagi o’rta asr shaharlarining vujudga kelishi va yuksalishi bilan belgilanadi.

1. Xo’jalik sohasidagi taraqqiyot. Feodal munosabatlarning X–XI asrlardagi uzil-kesil g’alabasi G’arbiy Yevropa xo’jaligi hayotida muhim o’zgarishlarga olib keldi. Bu jarayon ishlab chiqarish qurollari takomillashuvi bilan uzviy bog’liq bolib, u eng avvalo hunarmand-chilikda bo’ldi. Texnika taraqqiyoti hunarmand mahorati o’sishi, uning ish doirasi kengayishi va mukammallashuvini ta’minladi. Ayni mahalda mol ayirboshlash jarayonlari kengaydi. Doimiy bozorlar va yarmarkalar paydo bo’lishi, tanga-pul zarb qilinishi va muomalaga kiritilishi, transport vositalari hamda yo’llarning birmuncha yaxshilanishi ham bo’lajak taraqqiyotga zamin hozirladi.

Dehqonchilik rivojlanishi o’z navbatida

Page 393: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

hunarmandchilik va savdoning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishiga imkoniyat yaratdi. Yevropada don va texnik o’simliklar ekin maydonlari kengaytirildi. Dehqonchilikda ikki dalalab almashlab ekishdan uch dalali almashlab ekishga o’tildi. Endi ekinzorlar ikki emas, uch dalaga bo’linib: biriga kuzgi g’alla ekilsa, ikkinchisida bahorgi ekin ekilib, uchinchi bo’lagiga dam berilar edi. Buning natijasida avvalgidek ekinzorlarning yarmi emas, uchdan ikki qismi hosilda band bo’lib, tabiiyki, olinadigan mahsulot ko’paydi.

Dehqonchilikda temirdan ishlangan takomillashgan mehnat qurollari ham birmuncha ko’paydi. Yengil plug bilan birga, yerning sharoitiga qarab, g’ildirakli og’ir pluglar ham qo’llana boshlandi. Natijada kuzgi don ekiladigan maydonlarni 2–3 marta haydash imkoniyati paydo bo’ldi. Plugga otning qo’shilishi yerni haydashni tezlashtirdi. Dehqonchilik ekinlari turlari ko’payishi, yerga ishlov berish takomillashuvi hosildorlikning sezilarli oshishiga olib keldi. Poliz, bog’ va tokzorlar ko’payib, ularni Yevropaning markaziy va shimoliy viloyatlarida ham barpo eta boshladilar. Mollar nasli ham yaxshilandi. Xo’jaliklarda sigir, ho’kiz va qo’ylar tuyog’i ko’payib bordi. Soliqlar to’xtovsiz o’sishiga qaramasdan, dehqonlar qo’lida ortiqcha mahsulot qolar edi. Natijada dehqon xo’jaligida ortib qolgan mahsulotlarni hunarmandchilik buyumlariga almashtirish imkoniyati tug’ildi.

Mehnat qurollari yasash, ritsarlar uchun jang yarog’lari tayyorlash temirga bo’lgan talabni kuchaytirdi. Yevropada temir qazib olish ko’payib, uni eritish va ishlov berish jarayonlari takomillashib bordi. Aholining yung gazlamalarga bo’lgan ehtiyoji movutchilik rivojlanishini ta’minladi. Yotiq dastgoh kashf qilinib, unda gazlama to’qish, mato sifatini oshirish va hajmini ko’paytirishga imkon berdi.

Yangi turdagi mehnat qurollarini hamda

Page 394: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

to’qimachilik dastgohlarini yasash murakkab jarayon bo’lib, ustadan muayyan bilim va mahorat talab qilardi. Natijada dehqonlar orasidan turli kasb ustalari ajralib chiqib, hunarmandchilikka ko’proq vaqt ajrata boshladilar. Avvaliga hunarmand qishloqdan butunlay ko’chib ketmasdan dehqonchilik bilan ham shug’ullandi. Lekin vaqt o’tishi bilan hunarmandchilik uning asosiy kasbiga aylana bordi. Qishloq xo’jaligi taraqqiyoti hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqib alohida sohaga aylanishiga imkon berdi.

2. O’rta asr shaharlari. Nima sababdan biz mavzuni o’rta asr shaharlarining paydo bo’lishi deb atadik? Axir, undan avval ham Yevropada Rim quldorlik imperiyasi davridan Rim, Florensiya, Parij, London, Kyoln, Sevilya va yana bir qator shaharlar qolgan edi-ku?! Buning asosiy sababi: natural xo’jalik hukm surgan ilk o’rta asrlarda shaharlar o’zlarining asosiy, hunarmandchilik va savdo markazi sifatidagi vazifasini o’tay olmagani bo’lgan. Demak, o’rta asr shaharlari deganda, biz, avvalambor, yangi turdagi shaharlarni, ya’ni hunarmand-chilik va savdo-sotiq markazlari tiklanishi yoki vujudga kelishini tushunishimiz lozim. Italiya va Fransiya janubida hunarmand-dehqonlar qishloqdagi og’ir hayotdan qochib, boshqaruv, cherkov va harbiy faoliyat markazi bo’lgan shaharga joylasha boshladilar. Venetsiya, Florensiya, Genuya, Marsel, Narbonn, Tuluza va boshqa shaharlar IX–X asrlarda hunarmandchilik va savdo markazlariga aylandi. Shimoliy, G’arbiy va Markaziy Yevropada hunarmand qochoq dehqonlar feodal qasrlari, cherkovlar, monastirlar, yo’llar kesishgan joylarda, daryo kechuvlari yaqinida o’z do’konlarini qurganlar. Hunarmandlar nega aynan shu joylarni tanlaganlar? Sababi xuddi shu yerda odamlar ko’proq to’planib, hunarmand o’z buyumlariga xaridor topishi, xavf bo’lgan taqdirda bekinib jon saqlash imkoniyati bo’lgan. Yevropada qal’alar va monastirlar

Page 395: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

tevaragida Myunster, Strassburg, Gamburg, Augsburg, Sen-Gallen; daryoning yuqori oqimi bo’ylab Padeborn, quyi oqimida Bremen; ko’prik yonida Sveybryuken, kechuv yonida Oderdagi Frankfurt va Mayndagi Frankfurt shaharlarining vujudga kelishi tarixi fikrimizga dalildir. Mazkur shaharlar X–XI asrlar davomida hunarmandchilik va savdo markazlari sifatida shakllandi.

Shaharlar qay tarzda va qaerda paydo bo’lishidan qafi nazar, bu jarayon Yevropa uchun ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ro’y berdi. U ijtimoiy-iqtisodiy sohada: hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi, savdo-sotiq va mol ayirboshlashda o’z ifodasini topdi.

3. Hunarmandchilik. O’rta asr shaharlari hayotlning asosini hunarmandchilik tashkil qilardi. Shahar bozorlarida sotiladigan turli xil buyumlar hunarmandlarning kichik ustaxonalarida tayyorlanardi. Ustaxona ko’pincha hunarmand uyi ichida joylashgan bo’lardi. Barcha buyum tayyorlash jarayonlari oddiy mehnat qurollari yordamida qo’lda bajarilardi. Hunarmand mehnati nihoyatda og’ir edi. Jumladan, temirchi usta plug tishini tayyorlash uchun qip-qizil cho’g’ bo’lib turgan temirni qo’radan ombir bilan olib, sandon ustiga qo’yar, kerakli shaklga kiritgunga qadar ancha vaqt bolg’alardi.

Hunarmandchilik texnikasi feodal jamiyat davrida juda sekin rivojlandi. Hunarmand odatda o’z kasbi sirlarini, bolaligidan yonida mehnat qilayotgan o’g’liga o’rgatar, asbob-uskunalarini ham unga qoldirar edi. Uzoq yillar davomida muttasil, ma’lum kasb bilan shug’ullanish ustada yuksak mahoratni shakllantirardi.

Page 396: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

4. Sexlar*. G’arbiy Yevropadagi hunarmandchilikning, o’ziga xosligi unda sex tashkilotlarining bo’lishi edi. Hunarmandchilik sexlari shaharlar bilan bir paytda vujudga keldi. Sexlarning paydo bo’lishi hunarmafidlar uchun zarur edi. Avvalo, ular o’z asbob-uskunalarini, mahsulotlarini feodaldan himoya qilishlari kerak bo’lgan. Qolaversa, shaharga kelib joylashayotgan qishloqlik yangi hunarmandlar raqobatidan saqlanish zarurati ham bo’lgan. Bozor endigina tashkil topib, molga ehtiyoj kam bo’lgan dastlabki davrda raqobat xavfli bo’lishi tabiiy. Demak, hunarmandlarning mushtarak manfaatlarini muhofaza qilish uchun tuzilgan bir xil kasb ustalari uyushmalari sex deb atalgan.

Sex a’zolari umumiy yig’ilishida uning qonun-qoidalari, majmuasi – risolalari ishlab chiqilgan. Risolada, saylab qo’yilgan sex oqsoqollariga: chiqarilgan buyum turi va sifatini, sonini nazorat qilish topshirilgan. Jumladan, sex gazlama eni, bo’yoqlari, asosida qancha ip bo’lishi, usta qanday asbob-uskunalardan foydalanishi va hokazolarni oldindan tartibga solib turgan. Ishlab chiqarishni nazorat qilish hunarmandlar inqirozga uchrab, ishsiz qolmasligi uchun yo’lga qo’yilgan. Risolada ustaning qancha xalfasi va shogirdi, ish vaqti, dastgohi, ashyosi miqdori qancha bo’lishiga qadar aniq belgilab qo’yilgan. Tayyor mahsulot tannarxi ham sex tomonidan ma’lum chegarada tiyib turilgan.

5. Ustaxonada ishlovchilar tarkibi. Hunarmandlardan har biri – usta bo’lishi barobarida ustaxonadagi asbob-uskunalar egasi ham edi. Hunarmand xom ashyo sotib olib, undan buyumlar tayyorlardi. Tayyor buyumlar ham ko’pincha

* Zehe – nemischa so`z bo`lib, dastlab xalfalik muddati tugab. yasalgan buyumni sinovga topshirishga bag`ishlangan ziyofatni shu so`z bilan atashgan. Keyinchalik u hunarmandlar uyushmasiga o`tdi. Fransiyada sex – atelier, Italiyada – artel deb atalgan.

Page 397: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ustaxonaning o’zidan sotilgan. Hunarmandchilikda yangi soha vujudga kelishi alohida sex tashkil qilinishi bilan yakunlanardi. Yillar o’tib ko’pgina shaharlarda o’nlab, ba’zilarida yuzlab sexlar paydo bo’lgan.

Sex hunarmandi ishida, uning oila a’zolari bilan birgalikda, 1–2 nafar xalfa, bir necha shogird-o’quvchilar yordamlashardi. Ularning o’zaro munosabatlari sex tomonidan nazorat qilib turilardi. Xalfalik muddati 2–7-yil bo’lib, u sifatli nodir buyum yasash va uni sex oqsoqollari sinovidan o’tkazish bilan yakunlanardi. Ustaxonada mehnat taqsimoti deyarlik bo’lmagan, har bir buyumni boshdan oxiriga qadar usta va xalfalarning o’zlari tayyorlaganlar.

6. Shahar hayotida sexlarning roli. Hunarmandlar hayoti sexlar bilan uzviy bog’liq edi. Sex a’zolari bayramlarni birgalikda o’tkazardilar. Sexning biron a’zosi vafot etsa, umumiy jamg’armadan uning beva qolgan xotini va sag’ir bolalariga yordam qilinar edi. Sex a’zolari, shuningdek, shaharni qo’riqlashda va mudofaasida ishtirok qilardilar. Urush paytlarida sex uyushmalari harbiy bo’linmalari shahar qo’shini tarkibida alohida birlik sifatida qatnashardi. Sexlarning o’z gerbi, bayrog’i, ibodatxonasi va hatto alohida qabristoni ham bo’lgan.

Hunarmandehilik rivojlanishining dastlabki davrida sexlar ijobiy rol o’ynadi. Lekin, XIV–XV asrlarga kelib, ular o’z ijobiy xususiyatlarini yo’qotib, ishlab chiqarishga xalaqit bera boshladi. Ichki va tashqi bozorning o’sishi hunarmandlar o’rtasidagi tabaqalanish kuchayishiga olib keldi. Natijada ustalar orasida mulkiy tabaqalanish ham tezlashdi. Vaqt o’tishi bilan xalfalar ham oddiy mehnatchilarga aylandilar. Ularning xalfalik muddatlari 10–12 yilgacha cho’zilar, ish vaqti esa kuniga 14–16 soatni tashkll etar edi.

O’z huquqlari uchun kurash olib borish maqsadida xalfalar va o’quvchi-shogirdlar “birodarlik” tashkilotlarini tuzishardi. Bunday tashkilotlar orqali ular

Page 398: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

o’z huquqlari uchun kurashni amalga oshirardilar. Shaharlarning kambag’al aholisi XIV–XV asrlar davomida – Florensiya, Perudja, Sienna, Kyoln va boshqa shaharlarda boylarga qarshi qo’zg’olonlar ko’tardilar.

Buni o’qing!

Yevropada yangi ekinlarning tarqalishi

O’rta asr Yevropasi qishloq xo’jaligining katta yutuqlaridan biri arablar keltirgan sitrus ekinlari, paxta va shakarqamishning Ispaniya va Italiyada tarqalishi bo’ldi. Dastlab poliz ekinlari sholg’om, piyoz, qovoq, sarimsoq bilan chegaralangan bo’lsa, XIV asrda karam, latun, shpinat, lavlagi hisobiga kengaydi. Yong’oq XI asrda to’siq sifatida qo’ralar tevaragida o’stirilgan. XIII asrdan esa bog’dorchilikning rivojlanishi davomida uni Normandiyaga qadar hududlarda yetishtiradigan bo’ldilar.

O’rta asrlar davri aholisi uchun doimo ochlik xavfi bo’lgan. Bunga eng avvalo donli ekinlarning kam hosilligi, poliz va bog’dorchilikning O’rta Yer dengizi havzasidan tashqarjda yaxshi rivojlanmaganligi, xonaki chorvachilik taraqqiy etmaganligi, oziq mahsulotlarini konservatsiya qilib uzoq saqlash yo’llarini bilishmagani sabab bo’lgan.

(A.Yastrebitskaya. XI–XIII asrlarda G’arbiy Yevropa. M., 1978, 75-bet).

16-§. O’rta asrlarda savdoning rivojlanishi: bozorlar va yarmarkalar

1. Tovar xo’jaligining vujudga kelishi. Hunarmandlar savdoga tayyorlagan buyumlar miqdori,

Page 399: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

sexlar nazoratiga qaramasdan, tobora ko’payib bordi. Bunitig natijasida xom ashyoga, qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab ham tabiiy ravishda oshib bordi. Bozor munosabatlari rivojlanishi feodallar va dehqonlarning ortiqcha mahsulotlar chiqarishdan manfaatdorligini oshirdi. Ular sotilgan mahsulot o’rniga hunarmand tayyorlagan buyumlarni xarid qilardilar. Shaharlar atrofidagi yerlar dehqonlar uchun savdo markaziga aylandi. Yirik shaharlar faqat olis viloyatlargina emas, hatto chet mamlakatlar bilan ham savdo-sotiq qilardi. Yevropada asta-sekin tovar xo’jaligi rivojlana borishi natijasida natural xo’jalikning ahamiyati pasaydi.

Mahsulotlarni bozorda sotish yokl ayirboshlash uchun ishlab chiqaradigan xo’jalik tovar xo’jaligi deb ataladi.Savdo-sotiq jonlanishi yo’llarni yaxshilashni talab qilar edi. Ayrim mamlakatlarda, jumladan, Fransiyada qirollar farmoniga binoan asosiy yo’llarga tosh yotqizish boshlandi. Daryolarga yog’ochdan va toshdan ko’priklar qurish ishlari yo’lga qo’yildi. Savdo rivojlanishi kemasozlikning ham takomillashishiga olib keldi.

2. Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari. Yevropa savdogarlari Sharq mamlakatlari bilan qadimdan savdo-sotiq qilardi. Ular O’rta Yer dengizidagi Suriya, Misr portlariga, Konstantinopol orqali Eron va O’rta Osiyoga borishardi. Yevropaiiklar Sharq mamlakatlaridan ziravorlar, shoyi gazlamalar, zeb-ziynat buyumlari xarid qilardilar. Unda G’arb bilan Sharq o’rtasida savdo va madaniy aloqalarni mustahkamlashda Xitoydan Markaziy Osiyo orqali O’rta Yer dengiziga qadar cho’zilgan “Buyuk Ipak yo’li” muhim o’rin tutardi.

Yevropa savdosi XIII–XV asriarda ikki yo’l bilan olib boriladi. Birinchisi: O’rta Yer dengizi havzasidagi Ispaniya, Italiya va Janubiy Fransiyani – Vizantiya orqali

Page 400: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Sharq mamlakatlari bilan bog’lab turadigan Levant savdo yo’li edi. Ikkinchisi: Yevropaning shimoli va Boltiq dengizi orqali – Novgorod, Bryugge, London, Lyubek shaharlari o’rtasidagi savdo yo’lidir. Shimoliy savdo yo’lidagi Ganza shaharlar ittifoqiga Germaniyaning 70 dan ortiq katta-kichik shahariari kirar edi.

Levant savdo yo’lidagi Venetsiya va Genuya shahar-respublikalari kuchli dengiz flotlariga ega bo’lib, savdo ustunligiga erishish uchun raqobat qilib, hatto o’zaro urushlar ham ollb borardilar.

3. Bozorlar. Yevropaning ko’pchilik shaharlarida bozor haftaning 1–2 kunida bo’lgan, xolos. Faqat yirik shaharlardagina doimiy bozorlar mavjud edi.

Mol ayirboshlash va savdoning o’sishi shaharlarda bozorlar qurishni taqozo etardi. Jumladan, Londondagi birinchi yopiq bozor – Blekuelxoll 1397-yildayoq qurilgan edi. Bozorlar turli xil mollarga ixtisoslashgandi. Fransiyaning Tuluza shahrida 1203-yili g’alla bozori qurilib, shaharda undan tashqari: vino, teri-mo’yna, poyabzal sotadigan maxsus bozorlar ham bo’lgan. Manbalarda yozilishicha, Parij shahri atrofidagi mol bozorlarida har haftada: 1300 bosh ho’kiz, 8200 bosh qo’y, 200 bosh buzoq go’shtga sotilgan. Demak, o’rta asrlarning so’nggi davrida parijliklarni bir yil davomida go’sht mahsulotlari bilan ta’minlash uchun yuzlab ming bosh chorva zarur bo’lgan. Angliya va Uelsda XVII asrda 800 ta bir yoki bir necha bozori bo’lgan shaharlar mavjud edi. Ulardan 300 tasi ixtisoslashgan bo’lib: 133 ta don, 6 meva, 32 qo’y, 13 ot, 14 cho’chqa, 30 baliq, 21 parranda, 12 sariyog’ va pishloq, 27 ta movut bilan savdo qiladigan bozorlar bo’lgan.

4. Yarmarkalar. Mol ayirboshlashdagi doirani kengaytirishga yarmarkalar ham xizmat qilardi. Yirik yarmarkalar katta miqyosdagi hududlar iqtisodiyotini o’ziga jalb qilardi. Yarmarkalarda ko’plab erkinlik va

Page 401: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

imtiyozlar, jumladan, yo’l soliqlari vaqtinchalik olinmasligidan foydalanib, ularda Yevropaning turli burchaklaridan kelgan savdogarlar qatnashardilar.

Yarmarkalarda faqat savdo-sotiq bo’libgina qolmasdan, ular ommaviy xalq bayramlariga’ aylanardi. Turli xil tomoshalar, musiqa, qo’ng’iroqlar jaranglari, mushakbozlik atrof-tevarakdan to’plangan minglab kishilar uchun ko’p hollarda yagona ko’ngil ochadigan bayram edi. Parij yaqinidagi Sen-Jermen yarmarkasida hatto sahna tomoshalari (spektakllar) qo’yilardi. Venetsiyadagi Iso me’roji (Vozneseniya) yarmarkasida ikki hafta davomida 100 mingga yaqin kishi qatnashardi.

Yarmarkalar, odatda, savcbgaflar uchun ulgurji savdo bozori deb ham yuritilardi. Lekin ular hammaga ochiq edi. Lion shahri qahvaxona xo’jayinlarining “Yarmarkaga kelganda yaxshi xonada yashashni istagan bitta otliq puldor savdogarga arzon yoki bepul tunash imkoniyatini izlagan 10 nafar pulsiz kishi to’g’ri keladi” degan kinoyasi fikrimiz dalilidir. O’rta asrlar Yevropasining eng mashhur yarmarkalari Fransiya shimoli-sharqidagi Shampan grafligida bo’lgan. Bu o’lkada yarmarkalar deyarlik yil bo’yi davom etardi.

5. Birjalar. Cavdo-sotiq va pul munosabatlari rivojlanib borishi bilan savdogarlar hamda banklarda katta boyliklar to’planib bordi. Yevropada yangi xildagi moliya muassasalari, turli mamlakatlar savdogarlari to’planib pullarini almashtiradigan joylar vujudga keldi. “Birja” so’zining kelib chiqishi xuddi shu xildagi, Bryugge shahri “Burse” mehmonxonasi oldida savdogarlarning to’planadigan joy nomidan olingan deyishadi. Chinakam birjalar: Bryuggeda 1409-yil, Antverpenda 1460, Lionda 1462, Amsterdamda 1530, Londonda 1554, Berlinda 1776, Venada 1771, Nyu-Yorkda 1772-yilda tashkil topdi.

Xulosa qilib aytganda, hunarmandchilikning

Page 402: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi insoniyat tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Shaharlar, bozor va mol ayirboshlash, yarmarkalar, birja va banklar ushbu jarayonning mahsulidir.

Buni o’qing!

Taomlar

O’rta asrlarda dehqonlar va hunarmandlar go’shtni kam iste’mol qilishganidan ularda oqsil moddasi yetishmagan. Qand deyarli bo’lmagan, tabiiy asalni iste’mol qilishga hammaning ham qurbi yetmasdi. Alp tog’laridan shimolda zaytun yog’ini bilishmagan. Taomlar to’yimliligi o’rni ularning miqdori bilan to’ldirilgan. M.Rushning hisoblashicha, XI asrda har bir odam 1,6–1,7 kg non yegan. Sal keyinroq shaharliklar 1,0 kg va matroslar 700–750 gr non iste’mol qilishgan.

Non asosan javdardan (qora bug’doydan) qilingan, tabiiyki, siiati ancha past bo’lgan. Bundan tashqari: loviya, no’xatli bo’tqalar, har zamonda pishloq va baliq, sabzavot, mevalami iste’mol qilishgan. Meva, sabzavotlarning kam yeyilishi A, D, Ye, K va ayniqsa S vitaminining yetish-masligiga olib kelgan.

Taomlarda achchiq yetishmasligi, ziravorlar qimmatligi natijasida ko’pincha ularning o’rni piyoz, sarimsoq, turli ko’katlar bilan to’ldirilgan. Ovqatdan keyin ko’pincha suv ichilgan. Bulaming barchasi taom yaxshi hazm bo’lishini ta’minlay olmaganidan o’rta asr kishilari qorni katta, xomsemiz bo’lgan.

1279-yili Fransiya sud palatasi tushlikda yeyish mumkin bo’lgan taomlar miqdorini aniqlab bergan. Unga binoan: sho’rva, ikkita quyuq taom, desertlar berish mumkin bo’lgan, lekin badavlat xonadonlarda qarorga bo’ysunilmagan. Manbalardan birida zodagon ruhoniy ritsar do’stini mehmon qilishi

Page 403: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

quyidagicha tasvirlangan: dastlab non va vino, keyin cho’chqa va quyon go’shti, so’ngra esa g’oz, kaplun, qalampir qaylali baliq, so’ngida pashtet. Desertga vino va yong’oqlar bilan meva tortilgan. Lekin zodagonlarning kundalik taomlari, albatta, xuddi ziyofatdagidek bo’lmagan.

Evropada ichimliklar ko’p iste’mol qilingan. M.Rush tadqiqotiga qaraganda, har biri odam kuniga 1,5 litr musallas yoki pivo ichgan. Fransiyada – vinp; Normandiyada– olmali sidr; Angliyada – el (arpa pivosi) ko’p ichilgan. Spirt ishlab chiqarish G’arbiy Yevropada 1100-yili ixtiro qilingan.

Badavlat xonadoniarda ham dasturxonga sho’rva yog’och yoki ikki quloqli kumush kosada har ikki kishiga tortilgan. Go’sht non bo’lagi ustida tortilgan, tishlab yoki pichoq bilan maydalab yeyilgan. Vilka Vizantiya va Italiya shaharlaridagina taom iste’mol qilishda ishlatilgan. Qolgan mamlakatlarda undan oshxonada foydalanilgan, xolos. Go’sht qo’yilgan nonni boy xonadonlarda tushlik tugaganidan so’ng tilanchilarga yoki stol tagida yurgan itlarga berishgan.

Taom ikki marta tanovul qilingan. O’rta asrlarda “farishtalar bir, odamlar ikki, hayvonlar uch marotaba ovqatlanadi” qabilidagi naql bo’lgan.

(A.Yastrebitskaya. XI–XIII asrlarda G’arbiy Yevropa. M., 1978, 68–69-betlar).

O’rta asr shaharlarining hayoti, turmushi va madaniyati

1. Shahar hayoti. Ilk o’rta asr davlatlari qirollarining yer in’orn qilish siyosati XI asrga kelib qiziq bir holatni vujudga keltirdi. Shaharlar qaerda bo’lmasin, u joy albatta qaysidir feodalga tegishli bo’lardi. Natijada shahar-ning barcha aholisi senor qo’l

Page 404: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ostidagi tobe kishilar hisoblanardi. Dastlab feodallar shaharlarga homiylik qilishdi. Aholidan olinadigan soliqlar ma’lum chegarada tiyib turildi. Ammo shahar o’sib, boyib borishi bilan feodallarda soliqlardan ko’proq daromad olish ishtiyoqi tug’ildi. Shaharlar o’zi ham kuchaya borgani sari senor homiyligidan qutulish yo’llarini axtara boshladi.

Natijada XII–XIII asrlardagi G’arbiy Yevropaning qafor shaharlarida feodallarga qarshi kurash bo’lib o’tdi. Ko’plab shaharlar to’lovlar evaziga ozodlik yorliqlarini oldilar. Boshqalari qo’zg’olon orqali erkinlikka erishdilar. Jumladan, Fransiya shimolidagi Lans shahri 200 yil davomida ozodlik uchun kurashdi. Dastlab Lans senori yepiskop Godri (1106-yil) shahar aholisiga katta to’lov evaziga qirol tasdiqlagan erkinlik yorlig’ini berdi. Lekin tez orada o’z fikridan qaytgan Godri pora orqali yorliqni bekor qildi. Bunga javoban shahar ahli qo’zg’olon ko’tardi. Boylar, shuningdek, yepiskop saroyiga o’t qo’yib yuborgan qo’zg’olonchilar Godrini u yashiringan yog’och bochka ichidan topib olib o’ldirishdi. Qirol esa bunga javoban o’z qo’shini yordamida qo’zg’olonni bostirib, yana eski hokimiyatni tikladi. Shahar aholisi 1129-yili yana qo’zg’olon ko’tardi. Lansning qirol bilan kurashi uzoq yillar davom etib, nlhoyat 1331-yili tugadi. Qirol shahar ustidan o’z hukmini to’liq o’rnatdi. Lansni boshqarish qirol tomonidan tayinlangan sudya va amaldorlarga yuklatildi.

Shaharliklar kurashi muvaffaqiyatli tugallansa, ular shaharni mustaqil boshqarish huquqini qo’lga kiritardilar. Shaharda aholi tomonidan saylanadigan kengash bo’lardi. Fransiya, Angliya, Italiyada shahar kengashi boshlig’i – mer, Germaniyada esa burgomistr deb atalardi. Shahar kengashi shahar sudi, qo’shini hamda xazinasini bosh-qarardi.

2. Shahar aholisi. Shaharlar aholisining asosiy qismi hunarmandlar va savdo bilan bog’liq kishilardan

Page 405: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

iborat edi. Xizmat ko’rsatish sohasida, jumladan, bozorlarda ishlaydigan hammol, aravakash, sartaroshlar ham talaygina bo’lgan.

Shahar aholisining eng nufuzli qismi mahalliy savdogarlar edi. Umuman, savdogarlar toifasi shakllanishini ijtimoiy mehnat taqsimotidagi muhim qadam deb atash mumkin.

Yirik shaharlarda qirol va uning a’yonlari, feodallar, ularning xizmatkorlari va jangchilari, davlat xizmatidagi amaldorlar, notarius, vrachlar va o’qituvchilar yashashardi. Cherkov, din namoyandalari ham aholining ma’lum qismini tashkil etardi. Shaharlar aholisining qishloqdan chiqqan qismi uzoq muddat shahar ichida yoki tashqarisida o’z yeriga va chorva mollariga ega bo’lganlar.

Uzoq davr G’arbiy Yevropa o’rta asr shaharlarining aholisi nufusi ko’p bo’lmagan. Ko’pchilik shaharlarda 3–5 ming kishi yashardi. Shaharlar hatto XIV–XV asrlarda ham 20–30 ming aholisi bo’lsa yirik hisoblangan. Faqat: Konstantinopol, Parij, Milan, Florensiya, Kordova, Sevilya shaharlarida 80–100 ming kishi yashagan.

3. Shaharlarning ko’rinishi. Shaharlar ularni o’rab turgan qishloqlardan ko’rinishi va aholisi zichligi bilan ajralib turgan. Shahar atrofi baland tosh devor va chuqur, suv to’ldirilgan xandaq bilan o’rab olingan. Mudofaa devori ustida soqchilar uchun minoralar qurilgan. Dushman xavfidan saqlanish maqsadida shahar darvozasi temirdan, mustahkam qilib ishlangan. Kechasi shaharga kiradigan joydagi ko’prik ko’tarilib, darvoza yopib qo’yilgan. Shahar markazida bozor maydoni, uning yonida ibodatxona va ratusha (shahar kengashi) binolari qurilgan. Shahar mavzelari ko’pincha aholining kasb-koriga qarab bo’lingan. Ko’chalar tor bo’lib, yog’och uylar bir-biriga jipslashtirilib qurilgan. Tor va qing’ir-qiyshiq ko’chalarga quyosh nuri tushishi amrimahol edi.

Page 406: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Ko’chalar yoritilmagan, kanalizatsiya ham bo’lmagan. Axlat va chiqindilar to’g’ridan-to’g’ri ko’chaga to’kilgan. Qo’y, echki, cho’chqalar va parrandalar ham ko’pincha shu ko’chalar bo’ylab yoyilib yurishardi. Shahar ko’chalarining bunday ahvolda bo’lishi yuqumli kasalliklar tez-tez tarqalib turishiga sabab bo’lardi. Turli kasalliklar epidemiyalari paytida shahar aholisi ko’proq qirilardi. O’rta asrlarda ko’plab sodir bo’ladigan yong’inlar ham butun-butun ko’chalar, ba’zida mavzelar butkul yonib ketishiga dib kelardi.

4. Boylar va kambag’aUar. Barcha Yevropa mamlakatlarida shahar aholisi tarkibi deyarlik bir xil edi. Jumladan, Venetsiyada 1573-yili “qora o’lat” tarqalishi arafasida boy xonadonlar vakillari 10 mingga yaqin bo’lib, bu raqam umumiy aholi sonining 5%ini tashkil qilardi. Neapolda 80 ming aholini boshqarish ko’pi bilan 700 kishi qo’lida edi. Germaniyadagi Nyurnberg shahrini 43 zodagonlar oilasiga mansub 150–200 kishi boshqargan. Uning aholisi 40 ming kishidan iborat edi.

Shahar zodagonlari orasida shuhratparastlik, manmanlik keng tarqalgan edi. Tomazzo Kompanelli “Quyoshlar shahri” asarida kambag’allar ochdan o’layotgan bir mahalda Neapolda senorlar “o’z pullarini ov itlariyu otlarga, qiziqchi artistlaru aysh-ishratga sarflaydilar” deb yozgan edi. Senorning 100 ekyu daromadi bo’lsa, unga qaram kishilarning yillik daromadi 3 ekyudan oshmas edi. Ularning uylari ham bir-birinikidan tubdan farq qilardi. Boylarning g’isht va marmardan qurilgan hashamatli koshona-saroylari atrofida kambag’allarning zich, yupun kulbalari joylashgan edi. Shaharlarda yildan-yilga kambag’allar ko’payib bordi. Ular savdogarlar va hunarmand ustalarning og’ir ishlari va yumushlarini bajarar edilar.

Tez-tez takrorlanib turadigan urushlar, yuqumli kasalliklar qayta-qayta bo’lishi, shaharlarda gadoylar, mayib-majruhlar ko’payib ketishiga sabab bo’lardi.

Page 407: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Boylar ehtiyot choralarini ko’rib, dala hovlilariga chiqib ketardilar. Shaharda qolgan kambag’allarning kasallikdan qochib boradigan joyi yo’q edi. Savoyya yerlarida epidemiya tugagandan so’ng boylar o’zlarining tozalangan uylariga biron kambag’al ayolni sinov tariqasida yashash uchun qo’yib ko’rganlar, unga kasallik yuqmasa, keyin o’zlari ko’chib kirganlar.

Qahatchilik yillarida shaharlar qishloqlardan najot izlab kelgan och dehqonlarga to’lib ketardi. Shahar ma’muriyati turli yo’llar bilan ulardan tezroq qutulishga harakat qilardi. Manbalardan birida yozilishicha, Fransiyadagi Lion shahri aholisiga 1656-yildan boshlab “kambag’allarga, gadoylarga homiylik qilish, boshpana va ovqat berish” taqiqlab qo’yilgan edi. XVI asrda begona – gadoyni haydab yuborishdan avval davolashgan yoki ovqatlantirishgan. XVII asr boshlariga kelib uning boshini olishgan. Shu asr o’rtalaridan esa uni qamchi bilan savalashgan, asr oxirida surgun qilib, og’ir ishlarda foydalanishgan. Yevropada ahvol ana shunday edi.

Buni o’qing!

O’z uylarida

Turar-joylar qurilishi va turlari rang-barang bo’lib, mahalliy an’analar, ko’pincha uy egasining ijtimoiy mavqei va mulkiy ahvoliga bog’liq edi. O’rta asrlar oxiriga qadar dehqon va hunarmandlarning uylari aksari sinch yog’och va toshlardan qurilgan. Ularning tomi somon bilan yopilgan, yarim yerto’lalar ham uchrab turgan.

XII asrda shaharliklar uylari ham qishloq ahlinikidan deyarli farq qilmasa-da, toshdan binolar qurish eng avvalo shaharda keng tarqalgan. Dastlab olov bilan ishlovchi hunarmandlar – nonvoy, temirchilar toshdan uylar qura boshladilar. Germaniyada XIII

Page 408: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

asrda boy byurgerlar (shaharliklar) bir xonali baland tosh inshoot qurib (u “Kemenate” deb atalgan), unda yong’indan saqlash uchun eng qimmatbaho ashyo-buyumlarini asrashgan.

Asosiy isitish vositasi ochiq o’choq bo’lib, u devor bo’ylab o’rnatilgan, shiftda tutun uchun tuynuk qoldirilgan. O’choqning tagiga tosh terilib suvalgan.

Derazalar aksariyat holda, xususan, janubda Rim an’analariga binoan ochiq qoldirilgan. Oyna tanqis bo’lib, undan faqat ibodatxonalarda foydalanilgan. Xonadonlardagi derazalar esa osiyoliklarniki kabi pergamentlar (yupqa qog’oz) yoki yog’ga botirllib olingan matolar bilan to’sib qo’yilgan. Qish kezlarida yorug’lik yetishmasa, bir siqim somonni o’choqqa tashlab kuchaytirilgan. Badavlat xonadonlarda sopol, shisha va temir chiroqlar bo’lib, ular devorga ilib qo’yilgan. Imkoniyati bo’lgan xonadonlarda shamdan foydalanilgan.

Ko’chalar

O’rta asrlarda shahar ko’chalari turli ko’rinishda bo’lgan. Shahar markazida eni 7–8 metrli yo’llar bo’lsa, kichik ko’cha va yo’lkalar 2 metrdan keng emasdi. Bryusselda “Bir odam ko’chasi” degan yo’l ham bo’lgan. Axlatni yig’ib olish xizmati Parijda XIV, Am’enda XV asrda tashkil qilingan. XII asrning oxiridan Parijda qirol tashabbusi bilan har bir xonadonga ko’cha yuziga tosh yotqizish majburiyati yuklanadi. Shunga o’xshash qaror Pragada 1331-yili qabul qilinadi.

Ustki kiyimlar

Ustki kiyimlarni uyga kirishda bug’u shoxlariga ilib

Page 409: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qo’yishgan. Boshqa kiyimlar maxsus “lar” – sandiqlarda saqlangan. Ko’ylak va shimni yotish paytida yechib, yostiq tagiga tiqishgan.

(A.Yastrebitskaya. XI–XIII asrlarda G’arbiy Yevropa. M., 1978, 52-bet.)

18-§. Osiyo mamlakatlarida o’rta asr shaharlari. Hunarmandchilik va savdo.

1. O’rta asr shaharlari. O’rta asrlarning rivojlangan davriga Sharq mamlakatlari turli asrlarda: Xitoy, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika – VIII asrning ikkinchi yarmida, Yaponiya – IX–X asrlarda, Hindiston XI–XIII asrlarda o’tdilar. Bu jarayonning turli davrda sodir bo’lishi ishlab chiqarish kuchlari har bir mamlakatda turli darajada bo’lganligi natijasi edi.

Sharq mamlakatlarida ham ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi ijtimoiy mehnat taqsimotini tezlashtirdi. Shaharlarda to’plangan hunarmandchilik yuksak darajaga ko’tarildi. Osiyo shaharlari hunarmandchilik va savdo markazlari bo’lishi barobarida ma’muriy markaz sifatidagi ahamiyatini ham saqlab qoldi.

O’rta asrlarda dastlab ma’muriy markaz yoki harbiy qal’a sifatida tashkil topgan shaharlar tez orada hunarmandchilik va savdoning ta’sirida kengayib ketardi. Jumladan, Arab xalifaligida Abbosiylar sulolasi vakillarining “fustot” – harbiy manzilgohi yonida – X asrda paydo bo’lgan Qobira shahri tez orada eng go’zal, aholisi ko’p poytaxtlardan biriga aylandi.

O’rta asrlarda Osiyoning yirik shaharlari: Chan’an, Loyan, Xanchjou, Qohira, Damashq, Bag’dod, Samarqand, Buxoro, Kamakura, Kioto, Osaka, Dehli edi. Shaharlarda maktablar, kutubxonalar ochilib, ularda olimlar, shoirlar, musiqachi va rassomlar to’plangandi. Sharqdagi shaharlarning keyingi

Page 410: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

taraqqiyotiga ularning davlat yerlarida tashkil topganligi ham yordam berardi. Osiyoda Yevropadagi kabi shaharlar aholisining feodallarga qarshi urushi bo’lmagan.

Osiyoning eng yirik davlatlaridan bo’lgan Xitoyda feodal shaharlari vujudga kelishi va rivojlanishi IX–XIII asrlar davomida bo’ldi. Shaharlarning kjtisodiy yuksalishi ularga erkinlik keltirmadi. Xitoy shaharlaridagi butun boshqaruv tashkilotlari davlat hokimiyatiga bo’ysungan edi.

Hindiston va uning shaharlari biz ko’rayotgan davrda chet el bosqinchilarining talonchilik maydoniga aylandi. Jumladan, Pratijar rojasi 1018-yili Mahmud G’aznaviydan mag’lub bo’lishi poytaxt Kanuj shahrining ayovsiz talanishiga olib keldi. Istilochilik urushlari Hindistonda shaharlar taraqqiy qilishiga imkon bermadi.

Yaponiyada o’rta asr shaharlari turli tarzda paydo bo’lgan: Budda ibodatxonalari tevaragida (Nara, Xeyyan), aloqa bekatlari va yo’llar ustida – Otsu, port shaharlari – Xyogo, Sapai, qal’alar atrofida – Nagoya va boshqalar. Xeyyan shahri 1177-yili yong’in oqibatida butunlay. yonib bitdi. Tez orada qayta tiklangan shahar – Kioto nomini olib, mamlakat poytaxtiga aylandi. Keyingi asrlarda ham Kioto o’zining siyosiy, iqtisodiy va diniy ahamiyatini yo’qotmadi.

Ishlab chiqarish o’sishi Eronda ham shaharlar taraqqiyotini tezlashtirdi. Buyuk Ipak yo’Ii xalqaro savdo yo’lidagi eski shaharlar rivojlanishi barobarida yangilariga asos solindi. Bu shaharlar faqat tranzit savdoga xizmat qilib qolmasdan, mahalliy hokimlarning boshqaruv markazlari va hunarmandchilik o’choqlari edi.

2. Shaharlar hayoti. Osiyo mamlakatlari shaharlari o’ziga xos taraqqiyot yoiini bosib o’tgan. Jumiadan, Xitoyda XI asrga kelganda shaharlar qurilishi yuksak darajaga ko’tarildi. Imperator saroylari,

Page 411: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

zodagonlarning hashamatli uylari 2–3 qavatli qilib qurila boshladi.

Mamlakatda qurilishga yaroqli yog’och kam bo’lgani tufayli g’isht va sopoldan keng foydalanilgan. Bu borada xalqda “Toqqa yog’ochga ketgan ming kishidan faqat besh yuzi qaytib keladi” naqli bor edi. Shuning uchun imperator yangi saroy qurilishini e’lon qilishi atrof yerlardagi dehqonlar uchun tashvishli davr boshlanishidan dalolat berardi.

Xitoyning yirik shaharlarida, Yevropadan farqli o’laroq, kommunal xo’jalik ishi yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Aholini toza suv bilan ta’minlash, shaharni axlat va tashlandiqlardan tozalash, o’t o’chirish ishlari tartibga solingandi. O’rta asrlar davrida ham Xitoyning aholisi ko’p bo’lib, Pekinda (XVI asr) – 1 million, Nankinda esa undan ham ko’proq kishi yashagan.

Musulmon mamlakatlari shaharlari o’ziga xos loyihalashtirilgan: markazda ark-qal’a, uning yonida shahriston, ya’ni shaharning asosiy qismi joylashgandi. Shahar tevaragida rabod nomi bilan hunarmandlarning guzar-mahallalari bunyod etilgan. Islom mamlakatlarining deyarlik barchasida yog’och taqchil bo’lganligidan asosiy qurilish ashyosi tosh va g’isht hisoblanardi. Hukmdor va zodagonlar saroylari pishfq g’ishtdan qurilsa, kambag’allarning paxsadan qurilgan oddiygina kulbalari doimiy ta’mirlashni talab qilar edi. Merosga uy qoldirilganda ko’pincha uni buzib tashlab qayta qurishga majbur bo’lardilar.

Musulmon mamlakatlari shaharlari aholisi ham Yevropadagiga nisbatan zich joylashgan. Eronning yirik shaharlari Isfahon va Sherozda 200 mingdan ortiq aholi yashar edi. Manbalarda yozilishicha, XI asrda, ocharchilik yillarining birida faqatgina Nishopur shahrida 100 ming kishi qirilib ketgan.

XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Samarqand shahri har tomonlama yuksalib, Amir Temur saltanati poytaxti sifatida jahonga mashhur bo’ldi.’ Sohibqiron

Page 412: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, go’zalligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustun turmog’i kerak edi. Samarqand atrofida Bag’dod, Damashq, Misr (Qohira), Sheroz va Sultoniya deb musulmon mamlakatlari bosh shaharlarining nomlari qo’yilgan bir qancha katta qishloqlar bunyod etilganligi bu fikrni tasdiqlaydi.

Darhaqiqat, o’rta asr shoir va mutafakkirlari uni “sayqali ro’yi zamin”, ya’ni butun Yer yuzining sayqali, husni deb ta’riflaganlar. Hatto jahongir Makedoniyalik Iskandar miloddan avvalgi 329-yilda Samarqandni bosib olganda, uning mustahkam va ko’rkamligini ko’rib hayratda qolgan.

o’rta asrlarda Buxoro shahri Sharq olamida islom dini va madaniyati hamda hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri sifatida shuhrat qozondi.

3. Hunarmandchilik. Ishlab chiqarish o’sishi hu-narmandchilikka ham ijobiy ta’sir qildi. Shaharlik hunarmandlar ko’pincha chet ellarga chiqarish uchun qimmatbaho buyumlar, zeb-ziynatlar va boshqa mahsulotlar tayyorlashardi. Qog’oz, shoyi gazlamalar, nafis kashtalar, chinni chiqarish bo’yicha Xitoy hunarmandlari san’ati ndm qozongandi. Eron va Misming zig’ir tolasi, paxta, yung gazlamalariga tashqi bozorda ham talab katta bo’lgan. Damashq po’latidan yasalgan qurol-aslahalar butun dunyoda mashhur edi. Shimoliy Afrikalik ko’nchi hunarmandlar yasagan charm kitob muqovalari ham Sharq va G’arb mamlakatlariga ma’lum bo’lib, yuksak qadrlanar edi.

Osiyo va Afrika mamlakatlarida turli davrda bo’lsa-da hunarmandchilik tashkilotlari – sexlar vujudga kelgan. Sharq mamlakatlarida ham sexlar hunarmandlarning feodallar zulmiga qarshi kurash vositasi sifatida tashkil topdi. Dastlab shahar aholisi maxsus soliqlardan ozod bo’lgan. Lekin keyinchalik feodal davlatlar savdogar va hunarmandlardan turli maxsus soliqlar undira boshladi. Ushbu hol Arab

Page 413: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

xalifaligida, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda sodir bo’ldi. Asta-sekin sexlarning ahamiyati pasayib, ular davlat soliqlarini taqsimlab, uni vaqtida yig’uvchi ijroiya tashkilotiga aylanib qoldi.

Xitoyda sexlar hunarmandlarning majburiy tashkilotlari edi. Birgina Xanchjou shahrining o’zida XIII asrda 414 ta sex bo’lgan. Xitoy hunarmandchiligining yuksak muvaffaqqiyatlarini yana bir sohadan bilishimiz mumkin: bu o’lkada qurilgan mustahkam va katta, 600–700 odam, ko’plab yuklar sig’adigan kemalar boshqa mamlakatlarda deyarli uchramaydi.

Islom mamlakatlarida, jumladan, O’rta Osiyoda ham hunarmandchilikning ko’plab sohalarida sexlar bo’lgan. O’sha davrda yaratilgan hunarmandlar risolalari hozirgi kunga qadar hujjatxonalarda saqlanib qolgan. Bu davrda Marvda yuqori sifatli kiyimlar va gazlamalar tayyorlansa, Samarqandda boshqa hunarmandchilik turlari bilan birgalikda qog’oz ishlab chiqarish yuksak darajada rivojlangan edi.

O’rganilayotgan davrda to’qimachilik sohasi, ayniqsa, Eronda yaxshi rivojlangan edi. Qimmatbaho parchalar, yung va ipakdan gilamlar to’qilar edi. Po’lat va temirdan jang qurollari, sovut, qalqon, jez va kumush idishlar yuksak did bilan yaratilib, ham ichki, ham tashqi bozorni ta’minlardi.

Arab xalifaligi o’lkalarida rivojlangan feodal jamiyati nisbatan erta tashkil topdi. Xalifalikdagi savdo va hunarmandchilik haqida geograf olim al-Muqaddasiy Suriya va Falastindan chiqariladigan mollar haqidagi ma’lumotlaridan keltirishimiz mumkin. “Suriyada savdo yaxshi daromad keltiradi. Falastindan zaytun yog’i, mayiz, shoyi gazlamlardan ko’ylaklar, sovun va meva keltiriladi. Quddusdan – pishloq, paxta, uzum, olma, oyna, chiroq va ignalar; Ummondan – don, qo’zilar va asal; Tabariyadan – gilam, qog’oz, paxta gazlamalar; Kadasdan– ikki asosli gazlama, arqon; Surdan – qant,

Page 414: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

naqshli oyna; Ma’abdan – pista; Baysandan – guruch, xurmo; Damashqdan – zaytun yog’i, gazlamalar, parcha, gunafsha yog’i, mis idishlar, qog’oz, yong’oq, mayiz; Halabdan– paxta, kiyim-kechak chiqarilgan. Tunis kun davomida turli xil tovlanuvchi zarrin gazmoli – “buqalamun” bilan mashhur edi”.

4. Savdo. Sharq mamlakatlarida ichki va tashqi savdo bir xil darajada yuksak rivojlangan edi. Buyuk Ipak yo’li bu sohada muhim o’rin tutgan. Arab xalifaligi, Tan imperiyasi, Dehli sultonligi kabi yirik markazlashgan davlatlar tashkil topishi faqat tashqi savdoni emas, balki mamlakatlar ichidagi savdoni ham foydali sohaga aylantirdi. Shu davrdan Uzoq Sharq, O’rta Osiyo, Yaqin Sharq bilan quruqlik va dengiz savdo yo’llari orqali qizg’in savdo-sotiq olib borildi. Afrikadagi mamlakatlarning o’zaro savdosida doimiy urushlar oqibatida hunar-mandchilik buyumlariga qaraganda xom ashyo ko’proq edi. Afrikaliklar ichki va tashqi savdosi tuz, oltin, fil suyagi, tuyaqush patlari, ziravorlar, qisman qullardan tashkil topgandi.

Sharq mamlakatlarida odamlari gavjum, sershovqin bozor va do’konlarni bugungi kunda ham ko’rishimiz mumkin. Asrlar davomida Sharq bozori bu borada deyarlik o’zgarmagan. O’rta asrlarda an’anaviy bozorlar shahardan chiqish joyiga yaqin yerda bo’lgan. Shahar ichida esa ko’pincha kichik ixtisoslashgan bozorlar bo’lardi. O’rta Osiyo va Eron shaharlarining bozorlari bir qancha rastalardan iborat edi. Har bir rasta ma’lum bir mol bilan savdo qiladigan savdogarlarni yoki muayyan kasb bilan shug’ullanadigan hunarmandlarni birlashtirar edi. Bag’dod, Ishbiliya (Sevilya) va G’arnota (Grenada)da mardikorlar bozori haqidagi maiumotlar ilk o’rta asrlarga oiddir. Tarixchi al-Maqriziyning yozishicha, Qohirada, shahar ichida 35 ta bozor bo’lgan.

Har qanday taqiqlar bo’lishiga qaramasdan,

Page 415: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

dehqon bozorga o’z mahsulotini olib kirishi bilan olibsotar uni qarshi olar edi. Hindistonda pul munosabatlari erta tarkib topganidan bozori bo’lmagan qishloqning o’zi yo’q edi. Soliqlarni pul hisobida to’lash dehqonlarni o’z mahsulotlarini sotishga majbur qilar edi. Bu vaziyatdan hamisha hoziru nozir dallollar foydalanar, har bir oldi-sotdidan o’ziga foyda chiqarishar edi.’

Xitoyda ham, Yevropadagi kabi, qishloqlarda bozorlar bo’lmagan. Lekin bozor tashkil qilinadigan alohida joylar bo’lib, u yerda haftaning 2–3 kuni savdo uyushtirilgan. Uning atrofidagi 5–6 qishloq aholisi shu joyda savdo-sotiq qilardi. Bozor unchalik katta bo’lmagan, aholi qashshoqligidan 4–5 oiladan bozorchaga bir kishi kelib, dehqonlardan xo’jalik uchun zarur igna, gugurt, sovun, tamaki va boshqa shunga o’xshash narsalarni xarid qilardi. Bozorda ovqatlanish joyi choyxona bo’lgan. Mayxonada guruchdan tayyorlangan aroq sotilgan. Bozorda ko’zboylag’ichlar, dorbozlar, qiziqchilar tomoshalar ko’rsatishgan.

Sharqda bozorlar faqat savdo-sotiq joyigina bo’lib qolmasdan, ayni vaqtda ko’pgina Imnarmandchilik ustaxonalari ham shu bozorlarda joylashgan bo’lardi.

Bozorlar bir-birlariga xalaqit qilmasligi uchun haftaning turli kunlarida uyushtirilardi. Savdogarlar, sayyor hunarmandlar, olibsotarlar doimo harakatda bo’lib, bir bozordan ikkinchisiga o’tganlar.

Bugungi kunda G’arb va Sharq o’rtasidagi tafovut juda katta. O’rta asrlarning asosiy salmoqli davrida esa ularning iqtisodiy taraqqiyotida farq deyarlik bo’lmagan. Sharq mamlakatlari V–X asrlar davomida ko’p sohalarda Yevropadan ilg’or bo’lgan. Fikrimizcha, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar buni to’liq tasdiqlaydi.

V b o b. Cherkov va salib yurishlari

Page 416: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

19-§. Xristian cherkovi tarixidan lavhalar

1. Yevropaning xristianlashuvi. Xristianlik Rim quldorlik imperiyasida IV asrda imperatorlar Konstantin I va Feodosiylar davrida davlat dini sifatida tan olindi. Aynan shu davrdan xristianlik german qabilalari orasida ham yoyila boshladi. Tarixchi Turlik Grigoriyning yozishicha, franklar Xlodvig boshchiligida xristian dinini qabul qilishi bilan “Iso va uning yerdagi noiblaridan bo’lajak jangda g’alabani ta’minlashni talab qilganlar”. Shunday ekan, dastlab yangi dinni ma’naviy tushunib, his bilan emas, balki siyosiy va amaliy tadbiriardan kelib chiqqan holda qabul qilganlar.

Angliya va Irlandiya monastirlaridan yetishib chiqqan xristian dini serg’ayrat rohiblari VI–VIII asrlarda Yevropaning eng chekka joylariga ham yetib dinni targ’ib qilib aholini cho’qintirganlar. Markaziy va Janubiy Germaniyadagi friz, saks qabilalari harn shu asrlarda xristianlikni qabul qildilar. Skandinaviya xalqlari IX asrda katolik dinini qabul qilgan bo’lsalar, Kiev Rusi pravoslav mazhabini Vizantiyadan X asrning oxirida o’zlashtirdi. Yevropadagi rasmiy din xristianlikka eng oxiri o’tkazilgan qabilalar: polab slavyanlari (XII asrda), Boltiqbo’yi prus va litov qabilalari (XIII–XIV asrlarda) bo’ldilar.

2. Xristian cherkovining bo’linib ketishi. Rim imperiyasining 395-yili bo’linib ketishi xristian cherkovining ham norasmiy ajralishiga sabab bo’ldi. Keyingi davrda Rim papalari davlati tashkil topdi (756-yil). Vizantiya cherkovi esa o’z faoliyatini davlatga bo’ysungan tashkilot sifatida yuritardi.

Sharqiy Yevropa slavyan xalqlarining aksariyati xristian dinini Vizantiyadagi pravoslayiyadan qabul qilishi Rim papalarining bu ishga aralashuvi bilan yakunlandi.

Rim papalari o`zlarini xudoning yerdagi vakili deb ataganlar.

Page 417: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Xristian cherkoviga hukmronlik qilishga da’vogarlik qilish ular o’rtasida 1054-yildagi nizoga va cherkovning rasmiy ravishda bo’linib ketishiga olib keldi.

Katolik va pravoslav cherkovlari o’rtasidagi diniy bahsning boisi Muqaddas ruh g’oyasining qabul qilinishida edi. Nikey sobori qarorlariga rioya qilgan Vizantiya cherkovida Muqaddas ruh faqat xudodan iborat ekanligi e’tirof etilsa, Rim cherkovida “xudoning farzandi” Isodan ham Muqaddas ruh tarqalishi tan olinadi. Rim cherkoviga qo’yilgan ayblardan yana biri ularning maxsus yorliq – indulgensiyalarni insonni gunohlardan xalos etuvchi vosita sifatida sotishlari edi.

Rim cherkovida faqat ruhoniylar ibodatdan oldin non va vino bilan poklansalar, pravoslaviyada sig’inuvchilarning barchasi bu huquqqa ega edi. Katoliklar beshta, vizantiyaliklar esa uchta barmoqlari bilan cho’qinishlari, G’arbda cherkov va’zi lotin tilida, Sharqda esa grek tilida olib borilishi ham farqlanadi. Katolik cherkovi qonunlari bo’yicha ruhoniylarga uylanish taqiqlangan bo’lsa (“selibat”), pravoslaviyada faqat rohiblargina oila qurmasdi. Rim cherkovida nikohdan chiqish butunlay taqiqlangan. Kelishmovchilikning yana bir sababi Rim papalarining avliyo Pyotr vorisi sifatida xristian dunyosiga yakka hukmronlikka bo’lgan da’volari edi.

3. Xristian cherkovining feodallashuvi. G’arbiy Yevropada boshlangan feodallashuv jarayoni cherkovni ham chetlab o’tmadi. Qit’adagi ekin maydonlarining 1/3 qismi cherkovga qarar edi. Bundan tashqari, cherkov va monastir yerlari davlat soliqlaridan butunlay ozod qilingandi. O’rta asrlarda yepiskop va abbatlarning yuzlab, minglab qaram dehqonlari bo’lardi.

Yepiskoplar va abbatlar boshqa feodallardan deyarlik farq qilishmasdi. Cherkovning taqiqlariga qaramasdan, ular urushlarda ishtirok etishar,

Page 418: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

musobaqalar va ovlar uyushtirishar, qimmatbaho kiyimlar kiyishardi. Cherkov o’z xarajatlarini qoplash uchun dehqonlardan olinadigan soliqlarni, ularning ishlab berish majburiyatlarini tinimsiz ko’paytirardi. Cherkov va monastirlar yerlarida soliq va majburiy ishlab berish ko’p bo’lishi barobarida Yevropada dehqonlar qaramlikdan ozod bo’lishi harn juda og’ir kechdi.

Cherkov boyliklarini ko’paytirishda aholidan yoppasiga olinadigan ushr, nikoh, bolaga ism qo’yib cho’qintirgani uchun soliqlar va boshqa diniy marosimlardan tushadigan pullar ham xizmat qildi. Yevropa mamlakatlari aholisidan tushadigan boyliklarning katta qismi Rim papalari xazinasiga kirim qilinardi. Bular ham kamlik qilganday, dindorlar gunohlarni pul evaziga kechishni da’vo qilishlari katolik cherkovini avvaliga boyitgan bo’lsa, keyinchalik uni obro’sizlantirgan muammoga aylandi.

Indulgensiya (lotincha “afv” demakdir) – gunohlarni kechirish yorlig’ini sotish shahar va qishloqlarda, bozorlarda rohiblar tomonidan keng yo’lga qo’yildi. Bu boradagi andishasizlik shu darajaga borib yetdiki, cherkov insonning faqat qilgan gunohlarinigina emas, balki qilishi mumkin bo’lgan gunohlarini ham oldindan ma’lum pul hisobiga kechirishni o’z zimmasiga oldi. Papalik tomonidan tuzilgan dastur-jadvalda qanday gunohdan kechish necha pul turishi ko’rsatilgan edi.

Xristian cherkovi o’rta asrlarda madaniyat va maorif sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari barobarida mehnatkash xalqqa shafqatsiz zulm o’tkazdi, ba’zan hatto ularning yer-mulklarini olishda firibgarliklardan ham toymadi.

4. Rim cherkovining kuchayishi. Yevropada feodal tarqoqligi hukm surgan bir paytda katolik cherkovi katta kuch edi. Rim katolik cherkovi o’z qudrati cho’qqisiga XIII asrda, papa Innokentiy III

Page 419: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

davri (1198–1216-yillar)da erishdi. Uning “Oy o’z yog’dusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati o’z jilosini papalikdan oladi” degan fikri hayotga tatbiq etildi. Rim papasi o’z hukmini o’tkazish uchun cherkovdan chetlatish va interdikt*dan foydalanib qirollarni taxtdan voz kechishga majbur qilar edi. Shu yo’l bilan Innokentiy III davrida german, fransuz va ingliz qirollari jazolandi. Interdiktning qo’llanishi ushbu davlatlardagi ichki ahvolni og’irlashtirdi. Sababi: interdiktga muvofiq bu mamlakatlarda ibodatxonalar bekitilib, go’daklarni cho’qintirish, nikoh marosimi, vafot etganlarni cherkov udumi bo’yicha dafn qilish taqiqlanar edi.

Papalik siyosiy mavqei oshganligini salib yurishlaridan ham yaqqol kuzatishimiz mumkin.

5. Katolik cherkovining yeretiklarga qarshi kurashi. O’rta asrlardagi yeretik – dahriylar dindan butunlay yuz o’girgan kishilar bo’lmasdan, balki katolik cherkovining boylikka ruju’ qo’yishiga, ushrga, uning yer-mulkiga qarshi, sof, sodda cherkov g’oyasi tarafdorlari edi. “Eretik” grekcha so’z bo’lib, “dindan qaytgan dahriy” ma’nosini bildirardi. Dahriylar harakati vakillari o’z tarafdorlarini itoatkor, sabr-toqatli bo’lishga da’vat qilardilar. Lekin dahriylar g’oyalari rasmiy cherkov vakillarini obro’sizlantirardi.

Dahriylik harakati keng yoyilgan viloyatlarga Rim papalari salib yurishlari uyushtirar edilar. Fransiyaning janubidagi viloyatlarga qarshi XIII asrning boshlarida xuddi shunday salib yurishlari qilindi. Natijada gullab-yashnab turgan ko’plab shaharlar talanib vayron qilindi, aholisi esa qirib tashlandi. Shaharlardan birida katoliklar qo’shini 20 ming kishini qilichdan o’tkazdi. Papa vakilidan dahriylarni katoliklardan qanday farqlash mumkin deb so’rashganida, u: “Yoppasiga o’ldiravering, u dunyoda xudo o’z bandasini ajratib oladi!” deb

* Interdikt — qirollikda diniy cherkov xizmatini vaqtinchalik taqiqlash.

Page 420: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

javob bergan ekan.6. Inkvizitsiya. Dahriylar bilan kurashish

maqsadida katolik cherkovi inkvizitsiya sudlarini tuzdi. Cherkov tarixi boshlanishidayoq dinni mustahkamlash va tozalashda zo’ravonlikka fatvo berijgan edi. Imperator Feodosiy davrida cherkov va din dushmanlarini topib jazolash uchun qidirish va tergov qilish tashkiloti – inkvizatsiya tuzilgandi. Papa Grigoriy IX davri (1227–1241-yillar)da inkvizatsiya sudi – tribunalining qayta tashkil etilishi bu ishni keng va ommaviy tusda avj oldirdi.

Inkvizatorlar dahriylarni va cherkovdan norozi bo’lgan kishilarni josus hamda ayg’oqchilar yordamida topardi. Ayblanuvchilarni turmaga qamab, aybiga iqror bo’lguncha turli qiynoqlarga solishardi. Ularning oyoqlarini olovga tutib kuydirar, maxsus iskanjaga solib suyaklarini majaqlardilar. Inkvizatsiya avj olgan Ispaniyada mahkum etilganlarni gulxanda kuydirish “autodafe” (e’tiqod ishi) deb nom olgan edi. Qatl cherkov bayramiga aylanib, qirol, ko’plab zodagonlar, maydonda jam bo’lgan xaloyiq ko’z oldida o’tkazilardi.

Inkvizatsiya yordamida cherkov qo’zg’olon rahbarlarini, cherkov ta’limotiga qarshi fikr bildirgan olimlarni jazolardi. Turli e’tiqoddagi Janna d’Ark, Jordano Bruno, Yan Gus, Migel Servetlarning gulxanda yondirilishi bunga misol bo’la oladi. O’rta asrlarning so’nggi davrida “jodugarlarga qarshi ov” keng tus olib, u katolik cherkovi tarixida eng qora sahifalarni bitdi.

20-§. Xristian cherkovi va salib yurishlari

1. Salib yurishlari nima? G’arbiy Yevropa feodal-larining O’rta Yer dengizi mamlakatlarida, 1096–1270-yillarda olib borgan salib yurishlari diniy tusdagi bosqinchilik urushlari edi. Salib yurishlarining tashkilotchisi va g’oyaviy targ’ibotchisi xristian katolik

Page 421: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

cherkovi bo’ldi. Cherkov urushlarga diniy tus berib, Iso payg’ambar (Iisus Xristos)ning Quddusdagi qabrini g’ayridinlar – musulmonlar qo’lidan ozod qilishni targ’ib qildi. Yurishlar “salib”ning “yarim oy”ga, xristianlarning musulmonlarga qarshi “muqaddas urushi” deb e’lon qilindi. Salib yurishlari uchun din faqat niqob bo’lganligi Vizantiyaga qarshi qilingan to’rtinchi salib yurishida (1202–1204-yillar) yaqqol ko’zga tashlandi.

Salib yurishlari aslida G’arbiy Yevropa mamlakatlari feodallarining o’sib borayotgan tajovuzkorligi natijasi, Sharqdagi boy yerlarni, shaharlarni egallashga qaratilgan harbiy harakati edi.

2. Salib yurishlarining sabablari. Umumiy iqtisodiy yuksalish, shaharlarning paydo bo’lishi va o’sishi, savdo-sotiq rivojlanishi ham salib yurishlariga turtki berdi. Endigina shakllana boshlagan ishlab chiqarish, tabiiyki, feodallarning kundan-kunga o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondira olmasdi. Natijada feodallar uchun qurol kuchi bilan urushlar orqali boylik orttirish eng oson yo’l bo’lib qolgandi.

G’arbiy Yevropada, arfanaga ko’ra, vorislikning mayorat turi mavjud edi. Unga binoan feodalning yer-mulki katta o’g’ilga o’tib, qolgan farzandlarga esa ko’pincha ot, qurol-yarog’ va dvoryanlik unvonidan bo’lak hech vaqo tegmasdi. Qit’ada xuddi shunday yer-mulki bo’lmagan feodallar toifasi anchagina edi.

Salib yurishlarida, jumladan, hali aytib o’tilganidek, undan manfaatdor bo’lgan katolik cherkovi ham faol qatnashdi. Sharq yerlari bo’ysundirilishi cherkov ta’sir doirasini kengaytirishi barobarida unga yangi yer-mulklar ham keltirishi mo’ljallangan va amalda ham shunday bo’Hb chiqdi.

Dastlab salib yurishlarida minglab oddiy dehqonlar ham ishtirok qildi. Dehqonlarning bu urushlarda qatnashishdan maqsadi ocharchiliklardan va o’z qarzlaridan qutulishdan iborat edi.

Umuman, salib yurishlaridan jamiyatning barcha

Page 422: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

tabaqalari va ijtimoiy toifalarining ma’lum maqsadlari va manfaatlari bor edi.

3. Xristian cherkovi va salib yurishlari. Fransiyaga 1095-yil yozida Alp tog’lari orqali o’tib kelgan Rim papasi Urban II Klermon shahrida o’tkazilgan cherkov sobori (yig’ini) tugaganidan keyin to’plangan 14 arxiepiskop, 225 yepiskop, 400 abbat va ming-minglab xalq vakillari oldida nutq so’zladi. U yig’ilganlarni salib yurishlariga chorladi. “Kimki urushda qatnashib halok bo’lsa, uning gunohidan o’taman. Ilgari o’zaro urushayotganlar, talonchilar, yollanma askarlar endi g’ayridinlarga qarshi urushga otlansinlar. Kimki bu yerda tushkunlik va qashshoqlikda bo’lsa, u yerda xushvaqt va boy bo’ladi. Bu yerda xudoning gunohkori bo’lsa, u yerda uning do’stiga aylanadi”. Urban II so’zida davom etib: “O’z yeringiz kam va unumsiz bo’lganidan o’zaro birodarkushlik urushlari bo’lmoqda. “Injil”da yozilishicha, u yerlarda sut va asal daryo bo’lib oqadi. Quddus yerning kindigidir, u jannatsifat hosildor yerli o’lkadir!”

Bu so’zlarni eshitgan xaloyiq “Xudoning irodasi shu!”, “Xudoning istagi shu!” degan xitoblar bilan papaning fikrini yoqladi. Urban II ning chaqirig’i bilan bu yo’lda umrini tikkanlar ko’kraklariga, muqaddas ishni bajarib qaytishni niyat qilganlar ham yelkalariga salib aksini tushirishlari kerak edi.

Katolik cherkovi salibchilarga bir necha yengilliklar va’da qildi. Jumladan, dehqonlarni qafzlaridan ozod qilish, oila va mol-mulkini cherkov himoyasiga o’tkazish, urush qurbonlarining gunohlaridan kechish va narigi dunyoda jannatga tushishi kafolati berildi. Dastlabki salib yurish-larini tashkil qilishda cherkov vakili, rohib Amenlik Petrning Fransiya va Janubiy Germaniya qishloqlarida aholini o’z va’zlari bilan yurishlarga chaqirishi muhim rol o’ynadi. Keyinchalik u

Page 423: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

dehqonlar yurishining rahbarlaridan biriga aylandi.

21-§. Salibchilar harakatining asosiy davrlari. Salib yurishlarining natijalari va oqibati

1. Birinchi salib yurishlari. Kambag’allar yurishi. Salib yurishlariga 1096-yil bahorida yo’l olgan G’arbiy Yevropa dehqonlari Reyn daryosining yuqori oqimi bo’ylab janub tomonga yurish boshladilar. Bolta, o’roq, to’qmoqlar bilan qurollangan olomon orasida betayin sayoqlar, daydilar ham anchagina edi. Natijada salibchilar o’tgan joylarda talonchilik va zo’ravonlik kundan-kunga kuchaya bordi. Bogemiya va Reyn bo’yidagi shaharlarda olomon yahudiylarga qarshi qirg’in uyushtirdi. Aravalarga bola-chaqalarini ortib olgan dehqonlar shu tariqa Quddusga tomon borar edi. Salibchilar har bir shaharni ko’rganda: “Quddus shu emasmi?” deb so’rardilar.

Nihoyat, katta talofatlar bilan, 1096-yil yozida yurish ishtirokchilari Konstantinopolga to’planishdi. Vizantiya imperatori salibchilardan tezroq qutulish uchun dehqonlarning tartibsiz lashkarini Kichik Osiyoga o’tkazib yubordi. Bu yerda saljuqiy turklar bilan birinchi to’qnashuvdayoq salibchilarning ko’pchiligi qirib tashlandi. Janglardan omon qolgan xalq lashkarining qolgan-qutgani Konstantinopolga qaytib keldi.

2. Feodallar yurishlari. Ritsarlar qo’shini puxta tayyorgarliklardan keyin 1096-yil kuzida Fransiya, Germaniya va Italiyadan Sharqqa tomon yo’l oldi. Ular turli yo’llar bilan Vizantiya poytaxtiga to’planib, 1097-yil bahorida Kichik Osiyoga o’tdilar. Quddusga yurish davomida salibchilar bir necha shaharlarni bosib oldilar. Ular bu yerlarda o’zlarining uchta knyazlik va grafliklarini tuzdilar.

Nihoyat, yurishlarning uchinchi yili salibchilarning

Page 424: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

1/5 qismi Falastinga yetib keldi. Ritsarlar 1099-yil iyulida qattiq janglardan so’ng Quddusni ishg’ol qilishdi. Salibchilar shahardagi- musulmon aholini ayovsiz qirdilar. Ular hatto xotin-qizlarga, bolalarga ham shafqat qilma-dilar. Ritsarlar mahalliy aholining uyiga kirishda o’z qalqonini eshikka osib qo’yardilar. Taomil bo’yicha – bu uy barcha jihozlari bilan yangi xo’jayinniki hisob-lanardi.

3. Salibchilar davlatlari. Keyingi salib yurishlari. Suriya va Falastinning dengiz qirg’og’i bo’ylab 1200 kilometrga cho’zilib ketgan yerlarida salibchilar o’z davlatlarini tuzdilar. Ular ichida eng kattasi Quddus qirolligi edi. Edessa, Tripoli grafliklari, Antioxiya knyazliklari qirollik vassallari hisoblanardi.

Yangi yerlarni bo’lib olish barobarida salibchilar feodal davlatlarini vujudga keltirdilar. Mahalliy dehqonlar qaramlikka tushirildi. Ular hosilning 1/3 qismini, ba’zida yarmini yirik yer egalariga soliq tariqasida to’lashardi. Dehqonlar, shuningdek, qirolga alohida soliq va cherkovga ushr to’lardilar.

Salibchilar istilosi va zulmi mahalliy aholining noroziligiga olib keldi. Aholi yevropalik feodallarga qarshi bir necha marta qo’zg’olonlar ko’tardi. Ustiga-ustak, salibchilar davlatlari o’zaro chiqisha olmasdilar. Vaqt o’tib, musulmon amirlari sharqdan va janubdan salibchilarga tazyiq boshladilar. Nihoyat, Misr sultoni Salohiddin Ayyubiy (1187-yil) Quddusni zabt etdi va yevropalik ritsarlarni shahardan quvib chiqardi.

Quddusni qaytarib olish uchun uyushtirilgan ikkinchi (1147–1149-yillar) va uchinchi (1189–1192-yillar) salib yurishlari muvaffaqqiyatsizlik bilan tugadi.

4. To’rtinchi salib yurishlari. XIII asr oxiriarida Rim papasi Innokentiy III Sharqqa yangi salib yurishini tashkil qilishga kirishdi. Tayyorgarlik vaqtidayoq salibchilar Falastinga dengiz orqali borishga qaror qildilar. Ularga kemalarni Venetsiya respublikasi 85 ming kumush marka hisobiga ijaraga

Page 425: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

berishni zimmasiga oldi.Salibchilar ijara haqini to’liq bera olmasdan,

Venetsiyaning talabiga binoan uning asosiy savdo raqobatchisi Vizantiyaga qarshi urush boshlashga majbur bo’ldilar. Bunda asosiy bahona Vizantiyaning qonuniy imperatori Isaak II ni taxtga tiklash bo’ldi. Natijada salibchilar xristianlarga qarshi urush boshlab, 1204-yilda Konstantinopolni ishg’ol qildilar. Salibehilar talonchiligidan faqat savdogarlar, shahar aholisi aziyat chekib qolmasdan, ibodatxonalar ham ship-shiydon qilindi. Shahar uch kun davomida yong’in girdobida qoldi. Salibchilar hatto Muqaddas Sofiya ibodatxonasini ham talashdi. Qimmatbaho buyumlar sindirilib, bo’lishib olindi. Saiibchilar Vizantiya hududining yarmiga yaqin yerlarda yangi davlat – Lotin imperiyasini tuzdilar. Faqat Nikeya imperatori Mixail VIII tomonidan Vizantiya imperiyasi 1261-yilda qayta tiklandi.

5. Bolalarning salib yurishlari. Fransiyaning Vandom qishlog’ida 1212-yili salib yurishlari tarixida qiziq voqea ro’y berdi. Stefan degan cho’pon bola “Men xudo tomonidan muqaddas yerni ozod qilishga yuborildim”, deb e’lon qildi. U butun mamlakat bo’ylab yurib bolalarni salib yurishlariga chaqirib targ’ibot qila boshladi. Ota-onalarning qarshiligiga qaramasdan, minglab bolalar va qizlar yurishga otlandilar. Fransiya janubidagi Marsel portiga to’plangan bolalarni qul savdosi bilan shug’ullanuvchi ikki savdogar kemalarda Misrga olib borib qullikka sotib yubordilar.

Keyinchalik beshinchi salib yurishlariga boshchilik qilgan Fridrix II o’sha savdogarlarni ushlab dorga ostirdi (1229-yil). Imperator Misr sultoni bilan tuzilgan bitimga binoan bolalarning bir qismini Fransiyaga qaytarishga erishdi.

6. Salibchilar harakati to’xtashining sabablari. XIII asrning oxiriga kelib G’arbiy

Page 426: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yevropada salib yurishlari harakati to’xtadi. Buning asosiy sabablari:

− Yevropa mamlakatlarida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berdi., Chunonchi, ko’pgina mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari o’sib, markazlashtirish siyosati boshlandi.

− Ishlab chiqarish kuchlari va ish qurollarining o’sib takomillashuvi tabiiy ofatlardan keladigan talofatlarni kamaytirib, hosildorlikning ortishiga olib keldi. Dehqonlarning yersizlangan qismi tobora yuksalayotgan shaharlarga o’tdi.

− Ritsarlar ahvolida ham o’zgarishlar ro’y berdi. Endi ular uchun urushlarda ishtirok etishdan ko’ra qirol gvardiyasida xizmat qilish afzal bo’lib qoldi.

− Savdogarlar ham urushlar orqali emas, balki tinchlik bitimlari yo’li bilan savdoni rivojlantirish afzalligiga iqror bo’ldilar.

− Salib yurishlarining g’oyaviy rahbari va targ’ibotchisi bo’lgan Rim papalari XIII asrdan o’z siyosiy mavqeini yo’qota boshladi. Bunga G’arbiy Yevropada markazlashgan davlatlarda qirol hokimiyatining kuchayishi sabab bo’ldi.

XI asr oxiridan to XIII asrning uchinchi choragiga qadar davom etgan Yevropa feodallarining Sharqdagi bosqinchilik urushlari bo’lgan salib yurishlari shu tariqa tugadi.

7. Salib yurishlarining natijalari va ahamiyati. Salib yurishlari o’zining asosiy maqsadi – Sharqdagi hududlarni istilo qilishga erisha olmadi. Yevropa mamlakatlari unga katta mablag’lar sarfladilar. Urushlar yuz minglab odamlarning bevaqt hayotdan ko’z yumishiga sabab bo’ldi. Shunday bo’lsa-da, salib yurishlarining Yevropaga ijobiy ta’siri ham bo’ldi. Jumladan, urushqoq ritsar va feodallarning yurishlarda ishtiroki ko’plab mamlakatlarda qirol hokimiyati kuchayib, markazlashtirish siyosati boshlanishiga imkoniyat yaratdi.

Page 427: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

G’arb feodallarining Sharq mamlakatlarida bo’lishi, yuksak madaniyat va turmush darajasi bilan tanishishlari, ma’lum jihatdan ularning hayot va turmush tarzlariga ijobiy ta’sir qildi. Yevropa feodallari Sharq ta’sirida pul solig’iga o’tib, ba’zida dehqonlarni pul to’lovi evaziga qaramlikdan ozod qilishlari hollari uchray boshladi. Demak, salib yurishlari dehqonlar ahvoliga ham ta’sir ko’rsatdi desak, mubolag’a bo’lmaydi.

Musulmonlarning G’arbiy Yevropa iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri ayniqsa katta bo’ldi. Yevropada XII– XIII asrdan grechixa, sholi, tarvuz eka boshladilar. Sharqdan o’rik va limon daraxtlari keltirildi. Damashqdan olib kelingan atirgul navi ko’plab mamlakatlarga tarqaldi. Qit’aning janubiy hududlarida shakarqamish ekish yo’lga qo’yildi. Salibchilar Suriyada birinchi marta ko’rgan shamol tegirmonlari XII asrdan Yevropada ham qurila boshladi. Sharq hunarmandlari to’qigan ba’zi nafis gazlamalar: “atlas” (arabcha so’z, chiroyli degani), muslin, damast va boshqalar Yevropaga keltirilib, ulardan liboslar tikila boshladi.

Arablardan XII asrda keltirilgan aloqa kaptarlaridan ko’plab mamlakatlarda keng foydalana boshladilar. Asrlar davomida sovuq suvda yuvinadigan, kiyimlarini almashtirmaydigan, ichki kiyimni bilmaydigan jangchilar Sharqda issiq hammomlarda cho’milishni, kiyim almashtirishni o’rgandilar. Bu yangiliklar albatta qiziqarli, lekin ular faqat salib yurishlari natijasida tarqaldi desak, yanglish bo’ladi. Sababi: har qanday madaniy jarayon tinch va savdo yo’li bilan tarqalishi hamda o’zlashtirilishi mumkin edi.

VI b o b. Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi

Page 428: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

22-§. Fransiyada markazlashtirish uchun kurash

1. Feodallarning o’zaro urushlari. Insoniyat tarixida feodal jamiyatidek shaxsiy erkinlik vakolati cheksiz darajadagi jamiyat bo’lmagan. O’rta asrlarda feodal huquqlarining umumiy talablariga bd’ysungan vassal o’z xo’jayinidan boshqa hech kimni tan olmas edi. Ko’pincha leodal qo’shnilari o’ziga teng huquqli kishilar bo’lishiga qaramasdan, ular o’rtasida nizolar bo’lib turardi. Senorning vassallari o’rtasida chiqqan nizo feodallar toifaviy sudida ko’rib chiqilgan. Sud chiqargan hukmga feodal o’z imkoniyatlari, kuchiga, umuman, shaxsiy manfaatiga qarab bo’ysungan. Agar hukm uning foydasiga bo’lmasdan, raqibiga qaraganda kuchliroq bo’lsa, qo’rg’oniga qaytib, sud qarorini pisand qilmasdan yashayvergan.

Kelishmovchiliklarning yagona va uzil-kesil yechimi feodal urushi hisoblanardi. Feodal jamiyatida hech qanday qorrun va huquq urushish huquqi kabi qadrlanmasdi. Har qanday feodal o’z toifasidagi tengiga qarshi urush e’lon qilishi mumkin edi. Bu urushda uning faqat o’zi qatnashmasdan, qarindosh-urug’lari, do’stlari ham ishtirok qilardi. Shu tariqa, mayda yer egalarining janjallari butun bir viloyatni qamragan urushlarga aylanib ketardi. Fransiya qirollari feodal urushlarini jilovlash va ma’lum qonun-qoidalar doirasiga solishga urinishgan. Jumladan, qirollar bu turdagi urushlarda qatnashishi mumkin bo’lgan shaxslar, shuningdek, qarindoshlar doirasini aniqlashgan. Urushni boshlash muddati belgilab qo’yilgan. Urush boshlanishi haqida avvaldan xabar berish tashkil qilindi. Qirolning urush boshlanishiga “qirq kunlik muhlat”da ruxsat bermaganligi shu tariqa qonun kuchiga kirdi.

Xristian cherkovi ham XI asrning boshlarida o’zaro feodal urushlarini jilovlash va yumshatishga harakat qildi. Lekin ruhoniylarning yarash bitimlarini

Page 429: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

xudoni o’rtaga qo’yib tuzishga harakat qilishlari ham ko’p hollarda foydasiz bo’lib chiqardi. Feodal ongi, g’ururi o’z haqligini va o’zi hal qiladigan muammoga boshqalar aralashuviga yo’l qo’yishni qabul qilmagan.

Fransiya qiroli XI asrga qadar o’z vassallari: normand, burgund, akvitan gersoglariga nisbatan birmuncha kuchsizroq bo’lib, ular qirolga o’z xohishlariga ko’ra itoat qilar edilar. Bu ham yetmagandek, qirol o’z domeni* yerlarida ham to’la xo’jayin emasdi. Parijning shundoq yonginasida qirolning o’z yerlarida unga qarshi kurash olib borayotgan feodal qal’alari bor edi. Bu sharoitda qirol chopari hech qanday xavf-xatarsiz Parijdan Orlean-gacha yetib borishi dargumon bo’lgan. Qirol mulkidagi feodallar aholini uning nomidan boshqarar va zarur bo’lganda sud qilar edi. Qirolda na muntazam qo’shin va na maxsus ishonchli tarafdorlari bor edi.

2. Fransiya qishloq xo’jaligi. Fransiyada ham X–XI asrlarda boshqa mamlakatlardagi kabi qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik rivojlandi, shaharlar o’sdi. Mamlakatda ichki savdo rivojlana bordi. Mehnat qurol-larining takomillashuvi, yer haydashda qo’shga qo’shilgan otdan foydalanishga G’tilishi yerga ishlov berishni yaxshiladi va faqat mehnat unumdorligini oshirib qolmasdan, yetishtiriladigan mahsulot ko’payishini ham ta’minladi. Mamlakat shimolida ham uch dalalab almashlab ekish qo’llanila boshladi.

Qo’riq yerlar ochilishi, o’rmonlarning tozalab ekinzorlarga aylantirilishi XII asrga kelganda ayniqsa kuchaydi. Ekin maydonlari kengayishidan manfaatdor bo’lgan feodallar bu ishlarning ko’pchiligiga bosh bo’lishdi. Yangi yerlardagi ziroatchilar qaram dehqonlarga nisbatan yengilroq shartlar asosida xo’jalik yuritardilar. Ular mehnat majburiyatlarini o’tamasdilar. Olingan hosildan natural soliq va oz

* Toj domeni — qirol oilasiga tegishli yerlar, ulardagl shahar va qlshloqlardan iborat edi.

Page 430: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

miqdorda pul solig’i to’lab, feodalga yer va sud ishlarida qaram edilar, xolos.

Yangi xo’jalik yuritish turi majburiy mehnatga nisbatan unumliroq bo’lgani tufayli yerdan olinadigan hosil ko’paydi. Feodallar XII–XIII asrlarda o’z yerlarini ham dehqonlarga merosiy ijaraga (meros qoldiriladigan) taqsimlab bera boshladilar. Natijada Fransiyada majburiy mehnatdan oziq-ovqat solig’iga o’tish boshqa mamlakatlarga nisbatan tezroq sodir bo’ldi. Ortiqcha mahsulot chiqarayotgan dehqonlar bozor munosabatlariga jalb etildilar.

3. Shaharlar. Shahar taraqqiyotida ham XI–XIII asrlar yuksalish davri bo’ldi. Fransiya janubidagi shaharlar nisbatan erta – X asrdayoq savdo-hunarmandchilik markazlariga aylangandi. Mamlakat shimolidagi yangi shaharlarga esa XI asrda asos solindi. Arras, Bove, Sanlis shaharlari XII asrdan movut va zig’ir tolasidan gazlama chiqarish markazlariga aylandi.

Viloyatlarning xo’jalik sohalaridagi ixtisoslashuvi Shimoliy Fransiyada boshlanib, u mamlakat miqyosidagi ichki aloqalar rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qildi. Normandiya: temir, tuz, qoramol va movutchilik; Shampan va Burgundiya: surp, movut hamda vino; Parijning turli buyumlar bilan ichki bozorga chiqishi mazkur viloyatlar o’zaro iqtisodiy aloqada bo’lishini taqozo etardi.

Yuqorida zikr etilgan sabablar: dehqonchilikda ortiqcha mahsulot ko’payishi, shaharlarda hunarmandchilik rivojlanishi, mamlakat viloyatlarining iqtisodiy sohalarda ixtisoslashuvi ichki bozor vujudga kelishi zaruriyatlari – bularning barchasi – Fransiya markazlashuvini taqozo etardi.

4. Markazlashish jarayoni omillari. Ulardan asosiysi shaharlar paydo bo’lishi va rivojlanishi, pul-tovar munosabatlari vujudga kelishi – ayrim viloyatlar o’rtasidagi xo’jalik biqiqligini buzdi. Natijada siyosiy

Page 431: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

birlashuvning asosiy sharti iqtisodiy umumiylik, birlikka erishish imkoniyati tug’ildi. Shaharlar taraqqiyoti, shuningdek, jamiyatda yangi ijtimoiy kuch – qirol hokimiyati kuchayishidan manfaatdor bo’lgan shaharliklar toifasini vujudga keltirdi. O’z navbatida, shaharlar kuchli qirol hokimiyati feodallar tartibsizligiga chek qo’yishi, savdo-sotiqqa xalaqit beruvchi to’siqlarni olib tashlashi, yagona o’lchov birliklari, yagona pulni muomalaga kiritishidan umidvor edilar.

Natijada shaharlar va qirol hokimiyati o’rtasida siyosiy ittifoq vujudga keldi. Markazlashtirish siyosatidagi yana bir omil hukmron tabaqa vakillari orasida ham ichki vaziyat o’zgarishi edi. Dehqonlarning xo’jalik sohasidagi mustaqilligi oshishi, majburiy mehnat va qaram dehqon xo’jaligi inqirozga uchrashi feodallarning qirol atrofiga jipslashuvini taqozo etardi. Qirol saroyida xizmat, qo’shinda lavozim egallash imkoniyatlari feodallarning qo’shimcha daromadga qiziqishini brttirdi. Ayniqsa, moddiy jihatdan chegaralangan mayda va o’rta feodallar kuchli qirol hokimiyatiga muhtoj edilar.

Fransiyaning markazlashuv siyosatiga qarshi bo’lgan asosiy kuch yirik feodallar toifasi bo’lib, ular o’z siyosiy mustaqilligini, aholidan tushayotgan daromadlar va ular ustidan hukmronligini yo’qotishni istamasdilar. Jamiyatdagi yagona tartib vakili bo’lgan qirol esa hukmron sinf vakillari orasidagi ziddiyatlarda, o’z manfaatlarini nazarda tutgan holda, u yoki bu guruhni qo’llab-quvvatlardi.

5. Fransiyani markazlashtirish uchun kurash. Qirol hokimiyati kuchayishi XII asrdan boshlandi. Dastlab Lyudovik VI davrida qirol yerlaridagi o’zboshimcha senorlar bo’ysundirildi. Keyingi qirol davrida esa Burj va Sans shaharlari qirol yerlariga qo’shib olindi.

Filipp II qirolligi davrida (1180–1223-yillar)

Page 432: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

normand gersoglarini (shu vaqtda ingliz qiroli Vilgelm vorislari) vassallik majburiyatlarini buzganlikda ayblab, ularning Fransiyadagi yerlarini musodara qildi. Ingliz qo’shinini yenggan qirol Normandiyani (1202–1204-yillar) o’z domeniga qo’shib oldi. Inglizlar ustidan 1214-yili yana bir g’alabaga erishildi.

Mamlakat janubidagi Tuluza grafligi yerlari bosib olinishi bilan mamlakatni markazlashtirish siyosatining yana bir davri yakunlandi. XIII asr o’rtalarida qirol yerlarining kengayishi, umumdavlat boshqaruv idoralari tashkil etilishi bilan yanada mustahkamlandi. Qirol kengashi, oliy sud va moliya boshqarmasi tuzildi. Endilikda qirol yer-mulklaridagi ayrim viloyatlarni u tayinlagan amaldorlar boshqarar edi. Lyudovik IX davrida (1226–1270-yillar) qirol domenidagi feodallar urushlari taqiqlab qo’yildi. Fransiyaning boshqa viloyatlaridagi feodallar ham o’zaro urush e’lon qilganlaridan keyin 40 kunga qadar urush harakatlarini boshlashi taqiqlandi. Shu vaqt ichida muxoliflardan kuchsizrog’i qirol sudiga murojaat qilishi mumkin edi. Fransiya qiroli o’z tanga pulini zarb qildi va unga mamlakatdagi barcha viloyatlarda erkin muomalada bo’lishi huquqini berdi. Qirol puli tarkibida oltin va kumush miqdori ko’pligi, uning hamma joyda muomalada bo’lishi mamlakatda savdo-sotiq rivojlanishida muhim omil bo’ldi. Fransiyada bu davrda gersog va graflardan 40 kishiga o’z pulini chiqarishga ruxsat berilgan edi.

6. General shtatlar. Qirol Filipp IV Chiroyli (1285– 1314-yillar) olib borgan muvaffaqiyatli urushlar natijasida Fransiya yerlarining3/4 qismi birlashtirildi. Natijada XIV asr boshlarida Bretan, Flandriya, Akvitaniya va qisman Burgundiyalargina o’z mustaqilligini saqlab qoldi, xolos.

Mamlakatni boshqarish va doimiy urushlar katta mablag’larni talab qilardi. Bu borada mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda qirol Yevropada birinchi

Page 433: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

bo’lib xristian cherkovi yerlariga soliq solish to’g’risida qaror qabul qildi. Filipp IV ning bu ishi Rim papasi bilan nizo kelib chiqishi (1296-yil)ga sabab bo’ldi. Bu kurashda madadga ega bo’lish uchun esa 1302-yili Fransiya qiroli birinchi marotaba General shtatlarni chaqirdi. Unda 3 toifa vakillari – dvoryanlar, ruhoniylar va shaharliklar qatnashdilar. Ruhoniylar birinchi toifa bo’lib, ibodat qilish, gunohlarni xudo nazdida ajrim qilish, dvoryanlar toifasiga esa urush qilish, qirol va uning fuqarolarini dushmanlardan himoya qilish vazifalari yuklatilgan bo’lib, ular soliq to’lashdan ozod etilgan edi. Uchinchi toifa aholining qolgan qismiga mansub bo’lib, unda badavlat shaharliklar asosiy o’rin tutardilar. Genaral shtatlar tuzilishi Fransiya davlatchiligida olg’a tashlangan muhim qadam bo’ldi. Sababi – uning timsolida qirolni aholining nufuzli toifaiari bilan bog’lab turadigan yangi tashkilot paydo bo’lgandi.

Yig’inda dvoryanlar, ruhoniylar va shaharliklar vakillari alohida majlis qilar edilar. Uzil-kesil qaror chiqarish zarurati bo’lgan paytlar ular birga yig’ilardilar.

Fransiyada XIV asr boshlarida toifaviy monarxiya – toifa vakillari yig’iniga tayanadigan markazlashgan davlat vujudga keldi. Qirol hokimiyati yetarli darajada kuchli bo’lmagani sababli u toifalar yordamiga muhtoj edi. Bu esa markazlashgan davlatning dastlabki bosqichi bo’lgan.

Buni o’qing!

Angliya va Fransiya qirollari hayotidan

Fransiya qiroli Lyudovik VI (1108–1137-yillar) butun umrini o’z domenida tartib o’rnatishga bag’ishladi. Umri oxirida qirol eng omadli ishlaridan birini amalga oshiradi, u 17 yoshli o’g’li Lyudovik VII

Page 434: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

(1137–1180-yillar)ni 15 yoshli Aleonoraga uylantiradi. Akvitaniya gersogi Gilom IX ning qo’qqisdan o’limi uning barcha yerlari qizi mulkiga va, xususan, Lyudovik VII ga o’tishini ta’minlaydi. Lekin 1147-yili II salib yurishiga Aleonorani birga olib borgan qirol uni Antioxiya knyazi Raymondga rashk qilib, urushdan qaytgandan so’ng xotini bilan ajrashadi.

Ma’lum vaqtdan so’ng Aleonora Lyudovikning ashaddiy raqibi Anjuy (Fransiyaning g’arbida) grafi, Plantegenetlar sulolasi vakili Genrixga turmushga chiqadi... Baxtli tasodii Genrix Normadiyalik Vilgelmning nabirasi sifatida 1154-yili Angliya taxtini egallashi bilan yakunlanadi. Natijada Angliya qirolining Fransiyadagi yerlari fransuz qiroli Lyudovik VII nikidan ko’p bo’lgan vaziyat yuzaga keladi.

Elchilik

Fransiya qiroli Lyudovik Avliyo (1226–1270-yillar) Yaqin Sharqda musulmonlar hukmronligiga chek qo’yishda mo’g’ullar xoniga umid bog’lagan edi. U mo’g’ullar orasida xristianlikni tarqatish, so’ng ularning yordamida Quddusni xalos etish xayolida bo’lgan. Ushbu maqsadda rohib Gilom Rubruk 1253-yili Akradan yo’lga chiqib, Konstantinopol orqali Qrimga keladi. Bir necha oydan so’ng u Volga daryosi quyi oqimidagi Botuxon qarorgohiga keladi. Botu Rubrukni Qoraqurumga – buyuk xon Munke huzuriga jo’natadi. Elchi orqali Fransiya qiroliga maktub yuboriladi. Unda mo’g’ullar xristianlikni qabul qilishi yoki hamkorlikda Sharqqa yurishi xususida hech narsa yozilmagan. Lekin Rubruk elchiligi natijasida yevropaliklar Osiyo haqida nisbatan to’g’ri ma’lumotlarga ega bo’ladi. Marko Polo ham Rubruk izidan Osiyoga yo’l oladi.

Rubruk Lyudovikka Munke xonning xati va

Page 435: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

sovg’alarini topshiradi. Shu paytdan Yevroosiyoning qarama-qarshi tomonlaridagi mamlakatlar birinchi marotaba o’zaro muloqot boshlaydilar.

(M.Boysov., R.Shukurov. O’rta asrlar tarixi. M., 1995, 218–219-betlar).

23-§. Yuz yillik urushning boshlanishi.Uning asosiy davrlari. Jakeriya qo’zg’oloni

1. Yuz yillik urushning sabablari. Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti XIV asrning 30-yillarida Angliya bilan boshlangan urushlar oqibatida to’xtadi. Fransuz xalqiga katta kulfatlar keltirgan bu urush (1337–1453-yillar) tarixda yuz yillik urush deb nom oldi. Urushning boshlanishiga nima sabab bo’ldi?

Eng avvalo, inglizlarning qit’adagi o’z yer-mulklarini qaytarishga harakati urush boshlanishiga sabab edi. Fransiya va Angliya o’rtasidagi raqobat XIV asr boshlarida Flandriya yerlari uchun boshlangan urushlar natijasida yanada keskinlashgandi. Angliya bilan yaxshi iqtisodiy aloqada bo’lgan Flandriyada fransuz qo’shinlari bir necha marta qattiq zarbaga uchradi. Bu urushda inglizlar Flandriya shaharlariga moddiy yordam berib turdi.

Urush boshlanishiga bahona ingliz qirolining Fransiya taxtiga da’vosi edi. Fransiyada Filipp IV ning vafotidan keyin qirollik qilgan o’g’illari birin-ketin vafot etib, ulardan erkak zurriyot qolmadi. Feodallar taxtga Kapetinglar kichik avlodi Filipp VI Valuani saylashdi. Lekin Filipp VI ning qizidan bo’lgan nabirasi Angliya qiroli Eduard III taxtga vorislikni da’vo qildi. Angliya qiroli o’z maqsadiga qurol kuchi bilan erishish uchun Fransiyaga qarshi tez orada urush boshladi.

2. Fransuz feodallarining mag’lubiyati. Fransiyaga 1337-yili bostirib kirgan ingliz

Page 436: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qo’shinlari son jihatidan ko’p bo’lmasa-da, lekin raqiblariga nisbatan bir qancha ustunliklarga ega edi.

1. Ingliz armiyasi intizomli, yaxshi tashkil qilingan edi. Yollanma ritsarlar kapitanga, ular esa bosh qo’mondonga so’zsiz itoat etardilar.

2. Ozod dehqonlardan tuzilgan ingliz piyoda askarlari (asosan kamonchilar) o’z ishining asil ustalari bo’lib, 200 qadamdan otgan o’qlari ritsarlarning himoya qilinmagan joyini bemalol teshib o’tardi.

Fransuz qo’shinlari esa ritsarlardan tashkil topgan bo’lib, armiya mayda bo’linmalardan iborat edi, Jangda bo’linmalardan har biri mustaqil harakat qilib, shaxsiy jasorat ko’rsatishga intilardi. Eski usulda jang qilgan fransuzlar ketma-ket mag’lubiyatga uchradilar. Natijada asirlar uchun to’lov olish va xalqni talash inglizlarning asosiy mashg’ulotlariga aylandi.

Inglizlar 1340-yili dengizdagi Sleys jangida, 1346-yili quruqlikdagi Kresi ostonalaridagi jangda g’alaba qozonib, 1347-yili Kale portini olishga erishdilar. So’ngra ingliz qo’shinlari Akvitaniyaga hujum boshladi. Yuz yillik urushning eng yirik janglaridan biri 1356-yili Puate shahri yaqinida bo’lib o’tdi. Bu jangda ingliz shahzodasi Eduard fransuzlarni mag’lub qilibgina qolmasdan, qirol Ioann II va uning ko’plab a’yonlarini asir oldi. Jangda fransuzlarning 5–6 ming sara ritsarlar qo’shini halok bo’ldi. Bu jangdan keyin o’zboshimcha va manman fransuz zodagonlari o’zining yengilmaslik shon-shuhratidan mahrum bo’ldi.

3. Xalqning ahvoli. Fransuz qirollari XII asrdan boshlab o’z hokimiyatini kuchaytirish uchun olib borgan urushlarining og’irligi har doimgidek yangi soliqlar sifatida mehnatkash xalq boshiga tushdi. Yuz yillik urushning boshlanishi xalqqa yangi azob-uqubatlar keltirdi. Fransuz tarixchilarining yozishicha, Sena va Luara daryolari qirg’oqlarida XIX asrning o’rtalarida ham yuz yillik urush davridan qolgan benihoya katta yerto’la va yer osti uylarini uchratish

Page 437: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

mumkin bo’lgan. Aholi ularda yilning asosiy qismini urushdan, talonchiliklardan yashirinib o’tkazgan. Qishloqlarni goh inglizlar, goh fransuz yollanma qo’shinlari birday talar edilar. Angliya qiroli qo’shini tarkibida fransuz yollanmalari talaygina bo’lsa, fransuzlar qo’shini tarkibida irlandlarrii uchratish mumkin edi. Bundan dahshatliroq manzarani tasavvur qilish qiyin, albatta. Fransiyada bu davrda qo’pollik, shafqatsizlik va irimlarga berilish haddan tashqari kucbayib ketdi. Tarixiy manbalarda Parijda XIV asr boshlarida kechalari bo’rilar dastidan yurib bo’lmaganligi yozib qoldirilgan.

Dehqonlarning og’ir ahvoliga qaramasdan, feodallar ulardan yangi to’lovlarni talab qilishardi. Ular: “Jakning yelkasi keng, u har qanday og’irlikni ko’taraveradi”, der edilar. Keng tarqalgan “Jak” laqabi dvoryanlar shevasida qishloq aholisini kamsitib aytiladigan so’z edi.

4. Jakeriya qo’zg’oloni. Fransiya shimoli-sharqidagi Bove okrugida 1358-yilning may oyida dehqonlar qo’zg’oloni boshlandi. Hech qanday tayyorgarliksiz, rejasiz boshlangan bu qo’zg’olon tez orada boshqa viloyatlarga ham yoyilib, unda 100 mingga yaqin dehqonlar qatnashdi. Qo’zg’olonchilar shiori “Barcha dvoryanlarni so’nggi zurriyotlarigacha bitta qoldirmay qirib tashlash!” edi. Odil, xalqning ahvolidan xabari yo’q qirolga ishongan qo’zg’olonchilar bayrog’ida qirol gerbining belgisi nilufar bilan birga aks ettirilgan edi. Qo’zg’olonchilarning katta guruhlaridan biriga Gilom Kal ismli dehqon boshchilik qildi. Dehqonlarda mahalliychilik kayliyati ustun bo’lganidan ular faqat o’z xo’jayinlariga qarshi kurash bilan cheklanar va o’z yurtlaridan ketishni istamasdilar. Qo’zg’olon bo’lgan viloyatlardan qochib ketgan feodallar esa tez orada o’zlarini G’nglab olib qo’shin to’pladilar. Shaharlar qo’llab-quvvatlamagan Jakeriya qo’zg’oloni

Page 438: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

mag’lubiyatga uchradi.

Buni o’qing!

Kale himoyasi

Yuz yillik urush davrida inglizlar “Fransiyaning dengiz darvozasi” – Kale portini qamal qildilar. Lekin Angliya qiroli Eduard III shaharni 12 oy davomida ishg’ol qilolmaydi. Nihoyat, ochlikdan tinkasi qurib, madad kelishidan umidini uzgan shahar xalqi taslim bo’lishga qaror qiladi. Bu xabarni eshitgan Eduard III jahl ustida Kale shahrining 6 nafar eng nufuzli fuqarolarini ommaviy qatl qilish orqali qolgan kishilarga afv berishini aytadi. Tanlangan olti kishi esa hamshaharlari uchun o’limga ko’ngilli rozi bo’ladilar. Angliya qirolichasi Eduard oldida tiz cho’kib hukm etilganlarga afv so’raydi. Eduard esa 6 kishini afv etish butun shaharni inglizlarga bo’shatib berish evaziga bo’lishini aytadi. Kalening ahil aholisi shaharrii tashlab chiqib ketadi.

(M.Boysov., RShukurov. O’rta asrlar tarixi. M., 1995, 404-bet).

24-§. Fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi kurashi.

Janna d’Ark. XV asr oxirida Fransiya

1. Urushning keyingi davri. Fransiya uchun Angliya bilan 1360-yili tuzilgan tinchlik bitimi nihoyatda og’ir edi. Mamlakatning 1/3 qismi inglizlarga o’tdi. Endilikda ingliz yerlari Luaradan Pireneyagacha bo’lgan viloyatlarni o’z ichiga olardi. Ushbu vaziyatda Fransiya yangi janglarga tayyorlana boshladi. Karl V qirolligi davrida mamlakatda harbiy islohotlar

Page 439: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

o’tkazildi. Endigina paydo bo’lgan artilleriya to’plarini ko’paytirishga alohida e’tibor qaratildi. Konnetabl – bosh qo’mondon mavqei kuchaytirilib, unga keng huquqlar berildi. Bu lavozimga tayinlangan kichik ritsar Dyugeklan katta jangga kirmasdan, kichik-kichik janglarda inglizlarni yengib, ularni asta-sekin dengiz qirg’og’iga chekintirdi.

Ammo fransuzlarning g’alabalari uzoqqa cho’zilmadi. Oradan ko’p vaqt o’tmasdan yana saroy nizolari kuchayib ketdi. Bundan foydalangan inglizlar yangidan hujumga o’tdilar. Ko’p jihatdan hal qiluvchi jang 1415-yili Azenkur shahri yonida bo’ldi. Fransuz ritsarlarining jangdagi mag’lubiyatidan foydalangan inglizlar Fransiyaning shimoliy qismini to’liq egallashdi.

Mamlakatda parokandalik boshlandi. Ruhoniylar, ko’plab viloyatlar Angliya qirolini tan olishga oshiqdilar. Eng qudratli feodallardan biri Burgundiya gersogi ham inglizlar tomoniga o’tdi. Feodallar xoinligi oqibatida inglizlar Parijga kirdilar. Nihoyat, 1420-yili Karl VI Fransiya uchun tahqirli Trua shartnomasiga qo’l qo’yishga majbur bo’ldi. Shartnomaga binoan Fransiya va Angliya Genrix V hukmronligidagi yagona qirollikka aylandi. Lekin taqdir taqozosi bilan 1422-yili Genrix V 36 yoshida to’satdan vafot etdi. Angliya va Burgundiya 10 oylik Genrix VI ni qirol deb e’lon qildilar. Fransiyaning markaziy va janubiy viloyatlari Karl VII (1422–1461 -yillar) qirolligini tan oldilar. Taxt uchun kurash davom etardi. Fransuz qo’shinlarining qolgan-qutganlari Luara Fransiya daryosi qirg’og’idagi qal’alarga joylashdi. Ularning tayanch maskani Orlean shahri edi. Mabodo shahar taslim bo’lsa, mamlakat janubiga boradigan yo’l ochilardi. Vaziyatni tushungan inglizlar Orlearmi qamal qildilar. Fransiya taqdiri Orlean ostonalarida hal bo’lmoqda edi.

2. Fransiya xalqining kurashi. Inglizlar mamlakatda xo’jayinlik qila boshlashi, tahqirlash va talashlar aholining qarshiligini kuchaytirdi.

Page 440: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Feodallarning ojizligini ko’rgan xalq o’z uyini va mamlakatini o’zi himoya qilishi vaqti kelganligini angladi. Fransiya shahar va qishloqlariga talonchilarning hujumlarini qaytarish uchun aholini cherkov qo’ng’iroqlarini chalib to’plashardi.

Bu borada Orlean shahri aholisining 200 kunlik mudofaasini alohida ta’kidlash lozim. Shaharliklar uzoq-uzoq joylardan toshlar keltirib, zambaraklarga o’q tayyorladilar, temirchi ustalar qurol-aslahalar yasadilar. Inglizlar hujumi paytida butun aholi qal’a devorlarida turib ularga qarshi jang qilardilar.

3. Janna d’Ark – xalq qahramoni. Fransiya tarixidagi nihoyatda og’ir bir pallada urushda Janna d’Ark nomi bilan bog’liq keskin burilish bo’ldi. Janna xalq harakati vakillari orasida uning timsoli va qahramoniga aylandi.

Janna d’Ark 1412-yili Fransiyaning Lotaringiya bilan chegaradosh kichikkina Domremi qishlog’ida dehqon oilasida tug’ilgan. Mamlakatning nisbatan tinch bo’lgan bu qismiga urush avj olgan hududlaridan ko’plab qochoqlar kelgandi. Qizcha yoshligidan qochoqlarning urushdagi azob-uqubatlari haqidagi hikoyalarini tinglab katta bo’ldi. Uning ta’sirchan xayollarida qo’shinga qo’mondon bo’lib Fransiyadan inglizlarni haydash istagi va ishonchi tug’ildi. O’ychan va taqvodor qizaloq avliyolar nidosini eshitganligini va ular Jannani harbiy jasoratga daVat etib, yordam berishni va’da qilganlarini ta’kidlardi.

Orlean qamalini eshitgan Janna Vokuler shahriga kelib, qal’a qo’mondonini o’ziga xaloskorlik vazifasi yuklanganligiga ishontiradi. Ot va qurol-yarog’ olib, erkaklar kiyimini kiygan Janna harbiy otryad hamkorligida shahzoda Karl turgan Shinon qal’asiga keladi. Uning haqidagi xabar tez orada butun Fransiyaga yoyilib, xalqda Jannaning mo’jizakor kuchiga ishonch tug’iladi.

Page 441: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Karl VII qobiliyatli hukmdor sanalsa-da, beg’am va dangasa bo’lib, bu paytda behuda harakatlardan toliqqan va hatto taxtdan voz kechishga ham tayyor edi.

Shunday bir vaziyatda holdan toygan saroy ahllari va qo’shinga o’n olti yoshli Janna d’Ark ehtirosli chaqiriqlari bilan murojaat qilib ularni ruhlantirdi. Qirol sinash uchun Jannani tajribali harbiylar hamrohligida Orleanga yubordi. Xalq uni avliyodek kutib oldi va baland ruh bilan jangga kirishdi. Zamqndoshlarining hikoyasicha, janglardan birida yaralangan Janna yig’lab yuboradi, lekin tezda o’zini tutib olib, yana olishuvni davom ettiradi. Inglizlar qurgan istehkomlar bir necha kun davomida zabt etilib, Orlean qamaldan xalos bo’ldi. Dushmanlar chekinishi Janna shuhratining butun mamlakatga yoyilishiga sabab bo’ldi. Janna d’Ark urushga xalq urushi tusini berdi. Shu paytgacha harakatsiz xalq ommasi endi tug’yonga kelgandi. Xalq harakati boshida oddiy oiladan ehiqqan qiz turardi. Janna Fransiyada va fransuzlarda ilk marotaba millat tuyg’usini uyg’otdi.

Janna d’Arkning qafiy tazyiqi bilan Karl VII ning Reymsga yurish uyushtirib toj kiyishi, hukmdorning xalq ko’z oldida va Yevropaning boshqa mamlakatlarida yagona qonuniy qirol sifatida tan olinishiga sabab bo’ldi. Shampan grafligi yerlarini ozod qilishda ishtiroki Jannaning obro’sini yanada ko’tardi. Lekin Janna d’Ark lashkarining Parijni olishga urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

Dastlabki g’alabalardan keyin Janna d’Arkning xalq orasidagi obro’si ko’tarilib ketganligi qirol va uning a’yonlarida xavotirlanish tug’dirdi. Jannaning dehqon qizi ekanligi xalqda o’ziga ishonch va hurmatni orttirdi, feodallarda esa qo’rqinchni vujudga keltirdi. Kompen ostonalarida 1430-yil may oyida bo’lgan jangda Janna d’Ark asir tushib qoladi. Burgundiya gersogi uni 10 ming oltin tanga hisobiga inglizlarga

Page 442: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

sotadi. Yil oxirida inglizlar Janna d’Arkni Ruan shahriga keltirib, xristian cherkovi sudiga topshirishdi. Uni qutqarish uchun Fransiya qiroli hatto harakat ham qilib ko’rmadi.

Inglizlar Janna d’Arkning g’alabalarini kamsitish maqsadida uni jodugarlikda aybladilar. Yepiskop Koshon boshchiligidagi cherkov sudi uni brr necha oy tergov qildi. Tergov hujjatlari Janna d’Ark cherkov vakillarining chalkash savollariga ham aql bilan sodda, baland ruhda javob qaytarganligidan dalolat beradi. Tribunal Janna d’Arkni jodugarlikda ayblab 1431-yil mayida Ruan shahri markaziy maydonida gulxanda yondirdi. Hozirgi kunda Janna d’Ark qatl etilgan joy oq but chekilgan marmar tosh bilan belgilangan.

Janna d’Ark siymosining Fransiya tarixidagi ahamiyati nihoyatda kattadir. Feodallar toifasi davlatni saqlab qola olmasligi kunday ravshan bo’lgan bir paytda u o’z ortidan xalqni ergashtirdi va mamlakatni halokatdan asrab qoldi.

4. Urushning tugashi. Mamlakatda tartibsizliklar hukm surgan bir paytda Karl VII muhim moliyaviy va harbiy islohotlar o’tkazdi. Qirol moliya ishlarida tartib o’rnatishni Jak Kyorga topshirdi. Mashhur savdogar va bankir Fransiyada ham savdogarlar xonadonidagi kabi hisob-kitobni yo’lga qo’ydi. Bu oddiygina usul ajoyib natijalar berdi. Yollanma qo’shin qo’mondonlari bilan tuzilgan shartnomaga birroan qirol eng yaxshi jangchilardan muntazam armiya tuzishni taklif qildi. Har biri 150 qurollangan jangchidan iborat 12 ta jandarmeriya eskadronlari tuzildi.

Endi bu qo’shinni ta’minlash uchun pul qaerdan olindi degan savol tug’iladi. Ma’lumki, o’rta asrlarda soliqlar zaruratga qarab olingan. Jak Kyor Karlga doimiy soliq har bir o’choqdan, ya’ni xo’jalikdan olinishi kerakligini taklif qildi. Ushbu soliq pullari muntazam qo’shinni ta’minlashga ishlatildi.

Mazkur islohotlar va xalq urushining kuchayishi

Page 443: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

mamlakatni inglizlardan xalos qilish imkonini yaratdi. Ingliz qiroli bilan 1453-yili sulh tuzildi. Bitimga binoan Kale portigina inglizlar qo’lida qoldi.

Xalqning qahramonona kurashi Fransiya mustaqilligini saqlab qolishga imkonlyat yaratdi.

5. XV asrning ikkinchi yarmida Fransiya. Mamlakat xo’jaligiga yuz yillik urush yetkazgan zararni qoplash uchun o’ttiz yilcha vaqt kerak bo’ldi. Hukumatning 1451-yildagi qarori bilan hamma dehqonlar 8 yilga soliqlardan ozod etilib, ular o’z yerlariga qaytishlariga da’vat qilindi. Endi feodallar ham o’z yerlarini dehqonlarga belgilangan muntazam pul solig’i hisobiga ijaraga bo’lib bera boshladilar. Davlat keyingi yillarda ham kambag’al dehqonlarni soliqdan ozod qilish usulini qo’llashni davom ettirdi. Buning hisobiga o’rtahol dehqonlardan olinadigan soliqlar ko’paytirildi.

Qishloqlarga nisbatan kam talofat ko’rgan shaharlar ham soliq kamaytirilishi yoki butunlay bekor qilinishi natijasida tezda o’zini o’nglab oldi. Lyudovik XI davrida (1461–1483-yillar) davlatning iqtisodiyotda proteksionizm – sanoat va savdoni rivojlantirishni davlat himoyasiga olish siyosati sezilarli natijalar bera boshladi. Qirol ayniqsa shoyi to’qish, metallurgiya, kitob bosish, shishasozlik, movut to’qish sohalarini rag’batlantirdi. Buning uchun sanoatchilar va savdogarlarga imtiyozlar havola etildi, chet mamlakatlardan usta hunarmandlar olib kelindi. XV asr oxirida yarmarkalar gullab-yashnaganligi Fransiya ichki bozorining yutuqlaridan darak beradi.

6. Siyosiy markazlashuvning yakunlanishi. XV asrning ikkinchi yarmi Fransiya qirollari uchun yirik feodallar bilan kurash bayrog’i ostida o’tdi. Karl VII qirolligining oxirgi yillarida o’g’li, bo’lajak qirol Lyudovik bilan janjali uni ancha qiynadl. Dastlab otasiga qarshi iitnada qatnashgan shahzoda Lyudovik o’ziga ajratilgan Dofine viloyatiga ketib, u yerda bir

Page 444: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

necha yil yashadi. Keyinchalik otasining qahridan yiroq bo’lish uchun Burgundiya gersogf saroyiga kelgan Lyudovik gersogning o’g’li Karl Jasur bilan do’stlashadi. Qirol Karl VII ning o’limi 1461-yili taxtga Lyudovik kelishiga imkoniyat yaratdi. Parijga do’sti Burgundiyalik Karl bilan birga qaytib kelgan Lyudovik shahar aholisida odmi kiyinishi va soddaligi bilan taassurot qoldirdi. Parijga yetib kelmasidanoq Lyudovik otasining ministrlarini iste’foga chiqarib, ularni tergov qilishga va’da bergan. Natijada ularning ko’pchiligi yangi qirolni kutmasdan poytaxtdan qochib qoldilar.

Feodallar bilan kurash Lyudovik XI uchun avvalo Bretan va Anjuy gersoglarini bo’ysundirishga harakatdan boshlandi. Qirolning feodal zodagonlarni yo’qotib, o’z hokimiyatini mustahkamlashi rejasi ma’lum bo’lishi bilan 1465-yilda feodallarning “Jamiyat baxt-saodati ittifoqi” tuzildi. Lyudovikning do’sti Burgundiya gersogi Karl Jasur bu ittifoqqa rahbar bo’ldi. Burgundiyalik Karlning “Men Fransiyani shunday sevamanki, unda bitta emas, oltita qirol bo’lishini istardim!” degan so’zlari bu ittifoq a’zolarining barchasiga xush yoqardi.

Qirol o’z dushmanlari bilan kurashda har qanday vositadan qaytmadi. U dushmanlarini bir necha bor aldadi, ko’p marotaba o’z va’dasini buzdi. Ayyor va xasis qirol zarur paytda dushmanlarini sotib olishga pulni ayamadi, kerak bo’lganda ularga xushomad qilishdan ham qaytmadi. Lyudovikni “tulki” deb atashardi. Qirol bu laqabni manzur ko’rganday: “Mug’ombirlikni bilmagan kishi qirollik qila olmaydi”. derdi. Uni Fransiyaning birinchi mutlaq qiroli deb bejiz aytishmagan.

Lyudovikning ukasi, feodallar jamiyati tarafdori Gienlik Karl 1472-yili to’satdan vafot etdi. Uning o’limiga sabab bo’lgan shaftolini bergan rohib noma’lum tarzda qamoqxonadan izsiz yo’qoldi. Karlning maslahatchisi bu jinoyatda Lyudovikni

Page 445: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

aybladi. Shundan keyin Lyudovik o’zining asosiy raqibi Karl Jasur taqdiri bilan shug’ullanishga kirishdi. Oradan ko’p o’tmay bunday imkoniyat ham tug’iladi. Karl Jasur qo’shinlarini mag’lub qilgan shveysariyaliklarga Lyudovik XI 20 ming luvr pul va’da qilib, ularni yangi urushga undaydi. Nansi shahrini 1477-yili qamal qilgan Karl Jasur uchinchi bor shveysariyaliklar qo’shinidan mag’lub bo’ladi. Karlning o’zi shu jangda halok bo’ladi. Vujudga kelgan vaziyatdan foydalangan Lyudovik Burgundiyaning g’arbiy qismini Fransiyaga qo’shib oldi.

1481-yili mamlakat janubidagi Provans viloyati port shahri Marsel bilan birgalikda qirol hukmi ostiga o’tdi. Keyingi qirol Kari VIII ning Bretan gersogi qizi Annaga uylanishi (1491-yil) va Burgundiya qo’shib olinishi bilan Fransiyaning markazlashuvi to’liq yakunlandi.

25-§. Angliyada markazlashgan davlat tashkil topishi.

Angliya parlamenti

1. Normandlar istilosi. Buyuk ko’chish davrida german qabilalaridan anglo-saks, friz va yutlar V asrda Britaniya orollarini bosib olib, u yerda bir necha kichik qirolliklarini tuzdilar. Ularning 829-yildagi birlashuvi natijasida Angliya davlati vujudga keldi. Mamlakatda feodal jamiyat tiklansa-da, erkin dehqonlar ko’pchilikni tashkil qilardi. Angliyada qirol hokimiyati nisbatan zaif edi. Dastlab Daniyaning istilo maydoniga aylangan Angliya 1066-yili Fransiya shimolida joylashgan Normandiya gersogi Vilgelm qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Istiloda faqat gersog vassallarigina emas, Fransiyaning boshqa grafliklari ritsarlari ham qatnashganlar.

Vilgelm qo’shinlari katta yelkanli qayiqlarda La-

Page 446: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Mansh bo’g’ozidan suzib o’tib Angliyaga tushdilar. Gersog qo’shinlari og’ir qurollangan ritsarlardan iborat bo’lib, ingliz qo’shinlariga nisbatan ko’proq edi. Ingliz qo’shinlari dehqonlardan to’plangan xalq lashkari va qirol Garoldning otliq bo’linmasidan tashkil topgandi. Gastings yaqinidagi jangda normandlar harbiy hiyla bilan chekinib, inglizlarni tekis maydonga chiqarib qurshab oldi va qirib tashladi. Jangda Garold va uning harbiy bo’linmasi halok bo’ldi.

Tez orada Angliya poytaxti Londonni bosib olgan Vilgelm-Uilyam I qirol deb e’lon qilindi. Normand bosqinchilariga qarshi anglo-sakslarning mamlakat shimolidagi qo’zg’olonlari 1071-yilga qadar davom etdi. Vilgelm qo’shinlari qo’zg’olonchilarning asosiy tumanlari York vodiysi va Darem grafliklarini olib, vayron qildi va aholisini qirib tashladi.

2. Angliyada feodallashuv jarayoni tugalla-nishi. Qo’zg’olonlar bostirilganidan so’ng anglo-saks zodagonlarining ko’plab yerlari tortib olinib, normand ritsarlariga bo’lib berildi. Mahalliy kichik va O’rta Yer egalari esa o’z mulklarini saqlab qoldilar, Yangi tartibga binoan ular’ ritsarlar deb nomlandi hamda normand baronlariga vassalikka o’tdilar. Yangi xo’jayinlar istilo qilingan mamlakatni boshqarish va xalqni itoatda saqlash uchun kuchli qirol hokimiyatiga muhtoj edilar. Shu sababdan Vilgelmga yirik feodallar emas, mayda va O’rta Yer egalari, ritsarlar ham sodiqlik haqida qasamyod qildilar. Angliyada feodallar tabaqasining barcha vakillari qirol vassallariga aylandilar.

Feodaliar qirol chaqirig’i bilan harbiy yurishlarda qatnashish uchun to’planar va unga har yili ma’Ium vassallik badalini to’lab borardilar. Cherkovda ham, davlat boshqaruvida ham inglizlar normandlar bilan almashtirildi.

Istilo natijasida Angliyada hukmron tabaqaning yuqori toifasi butunlay yangilandi. Mamlakatdagi

Page 447: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

yerlarning 1/7 qismi qirolning “toj” domeni sifatida uning tasarrufigao’tdi. Bu yerlardagi o’rmonlarning ko’pchiligi qirol ov qo’riqxonalariga aylantirilib, unda aholiga ov qilish, daraxt kesish va o’tin yig’ish taqiqlandi.

Baronlarga nisbatan bir necha baravar ko’proq yer-mulkka ega bo’lishi qirolning zodagonlardan ustunligini ta’minladi. Baronlarga yer mamlakatni bosib olish jarayonida berilgani tufayli ularning mulki turli viloyatlarda tarqoq holda joylashgan edi. Bu esa, o’z navbatida, Fransiyadagi kabi mustaqil grafliklar vujudga kelishiga imkoniyat bermasdi.

Normandlar istilosi Angliyada kuchli qirol hokimiyati vujudga kelishini ta’minladi. Mamlakatda feodallashuv jarayoni tugallanishi ham tezlashdi.

3. “Dahshatli sud kitobi”. Kuchli qirol hokimiyati bo’lishi feodallarga dehqonlarni qaramlikda tufishga yordam berdi. Vilgelm tomonidan 1086-yilda Angliya aholisining ro’yxatga olinishi g’oyat katta tadbirlardan biri edi. Mamlakat tarixida hech ko’rilmagan bu ishga aholi qo’rquv bilan qaradi va ro’yxat varaqalarini “Dahshatli sud kitobi” deb nomladi. Aholini ro’yxatga olishdan qirolning ma’lum maqsadlarr bor edi, albatta. Avvalambor, u o’z vassallarining qancha yer-mulki borligini va qancha daromad olishlarini aniq bilishni istardi. Qolaversa, qirol aholi sonini aniqlash orqali ulardan tushadigan soliqlarni tartibga solishni mo’ljallagan edi.

Aholi ro’yxatga olinishi ingliz dehqonlarining qaramlikka tushishini tezlashtirdi. Ro’yxatda uchraydigan erkin dehqonlar toifasi – “villanlar” XII asrga kelib qaram dehqonlarga aylandi. Normandlar istilosi Angliyada feodal tartiblari tiklanishi va dehqonlar ahvoli og’irlashishiga olib keldi.

Keyingi asrlarda ham ingliz dehqonlari feodallarga qarshi kurashni to’xtatmadilar. Ular ko’pincha o’z xo’jayinlaridan qochib ketar, o’rmonlarda yashab

Page 448: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

kurashni davom ettirardilar. Qochoqlar guruhlari birlashib feodallar, yepiskoplar va qirol amaldorlari, sudyalariga hujumlar uyushtirardilar. Xalq ularni yaxshi ko’rar va doimo qo’llab-quvvatlardi. Xuddi shu davrda xalq og’zaki ijodining mashhur “Robin Gud” haqidagi she’riy qissalari to’qilgan edi. Ularda Robin Gud xalqning sevimli qahramoni, mazlumlarning sodiq do’sti, beva-bechoralarning himoyachisi, boylarning dushmani, xushchaqchaq va mard siymo sifatida tasvirlangan.

4. Angliya taraqqiyotining o’ziga xosligi. Vilgelmning nevaralari davrida yirik yer egalari mamlakatni uzoq yillar davom etgan o’zaro urushlarga mubtalo qildi. Bu urushlar ayniqsa 1135-yilda qirol Genrix I ning o’limidan keyin avj oldi. O’zidan o’g’il taxt vorisi qoldirmagan qirol toji uchun hukmdorning qizi va jiyani talashib urush boshladi. Taxt uchun kurashdan foydalangan yirik feodallar ham muxolif guruhlar tomonida turib jang qildilar. Mamlakat talon-toroj maydoniga aylandi. Faqat Stefan Bluaning 1153-yili taxtga o’tirishi urushlarga chek qo’ydi.

Keyingi davrda mamlakatda tartib o’rnatilib, kuchli qirol hokimiyati vujudga keldi. Angliyada kuchli qirol hokimiyati bo’lishi uchun bir necha omillar mavjud edi. Birinchidan, yirik shaharlar qirol domenida joylashgani uning xazinasiga boylik keltirishi barobarida o’zlari ham qirolga yaxshi tayanch edi. Ikkinchidan, mayda va O’rta Yer egalari ritsarlar ham qirol homiyligiga muhtoj edilar. Ular, bir tomondan, dehqonlar qo’zg’olonidan himoya istasa, ikkinchi tomondan, yirik yer egalari kuchayib ketishidan cho’chirdilar. Xristian katolik cherkovi ham mamlakatda qirolni qo’llaydigan katta kuchlardan edi. Va, nihoyat, erkin dehqonlar toifasi ham qirol tarafdorlari edilar. XII asrdan boshlab Angliyadagi har bir erkin kishi mahalliy feodal sudini chetlab o’tib qirol sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo’ldi.

Page 449: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Genrix II Plantagenet qirolligi davrida (1154–1189-yillar) Angliyada harbiy va moliyaviy islohotlar o’tkazildi. Jumladan, qirol feodallar harbiy xizmat kunlarini kamaytirib, o’rniga “qalqon puli” solig’ini joriy qildi. Bu pullar evaziga mamlakatda yollanma qo’shin tuzildi.

Ayni vaqtgacha o’zligini saqlab qolgan normandlar XII asr oxiridan mahalliy inglizlar bilan aralasha boshladilar. Lekin davlat boshqaruvida fransuz tili saqlanib qoldi.

Qirol hokimiyati mustahkamlanishi bilan Angliya markazlashgan davlatga aylandi. Mamlakat taraqqiyotining o’ziga xos omillari bu jarayon boshqa Yevropa o’lkalaridagiga nisbatan yengil ko’chishiga imkoniyat yaratdi.

5. “Buyuk ozodlik xartiyasi”. XIII asrdagi siyosiy kurashning birinchi davri qirol Ioann davriga (1199–1216-yillar) to’g’ri keldi. Ioann Yersiz o’ziga yoqmagan baronlar yer-mulklarini musodara qilib, feodal udumlarini mensimasligi natijasida muxolif baronlar guruhini vujudga keltirdi. Fransiyada olib borilgan muvaffaqiyatsiz urushlar Angliya uchun o’z yerlarini yo’qotish bilanyakunlandi. Soliqlar ko’payib ketishi faqat baronlarni emas, hatto cherkovni, shaharlarni ham qirolga qarshi qilib qo’ydi. Baronlar 1215-yili bahorda ritsarlar va shahar ko’magida qirolga qarshi urush boshladi. Londonliklar ularga shahar darvozalarini ochib berdilar. Qo’zg’olonchilar talablariga bo’ysunishga majbur bo’lgan qirol 1215-yil 15-iyunda “Buyuk ozodlik xartiyasi” deb nom olgan hujjatga imzo chekdi.

Xartiyaning qator moddalari Genrix II islohotidan keyin mamlakatda tashkil topgan sud-ma’mu.riy tartiblarni tasdiqladi. Ular erkin aholining keng qatlamlari uchun foydali edi. Bu moddalar keyinchalik eng hayotiy va ilg’or bo’lib chiqdi. XIII–XIV asrlardagi qonunlarga kiritilgan bu moddalar Angliya umumdavlat

Page 450: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

huquqidan ham joy oldi. “Buyuk ozodlik xartiyasi” 63 moddadan iborat bo’lib, lotin tilida tuzilgan edi. Keyinchalik xartiya ingliz qonunchiligi poydevoriga aylandi.

6. Angliya parlamenti. Feodallarning qirolga qarshi kurashining ikkinchi davrida 1265-yili birinchi marta keng toifadagi parlament chaqirildi. Aslida, parlament (fransuzcha “parle”, ya’ni gapirmoq so’zidan)ni Vilgelm Istilochi o’ziga yaqin feodallar kengashi sifatida XI asrning oxiridayoq chaqirib turardi.

Angliya parlamenti XIV asrdan ikki majlisga: yuqori, ya’ni lordlar va quyi – umum palatalarga bo’lindi. Lordlar palatasida yepiskoplar, yirik yer egalari, qirol tomonidan maxsus taklif qilinganlar majlis qilardi. Umum palatasida har bir graflikdan chaqirilgan ikki ritsar va yirik shaharlarning ikkitadan vakillari ishtirok etardilar. Quyi palata dastlabki kezlarda faqat moliya masalalarini hal qildi. Bu orqali u davlat siyosatiga ta’sir o’tkazardi. Urushlarga pul ajratish, davom ettirilishi kabi masalalar parlamentda hal etilardi. Keyinchalik Angliya parlamenti qonun chiqarish ishlarida faol ishtirok etadigan bo’ldi.

Buni o’qing!

“Qora o’lat” Yevropada

XI asrdan Yevropa aholisi nufuzining oshib borishi yaroqli yerlar ekin maydonlariga aylantirilishini tezlashtirdi. Lekin hosildorlik pastligi odamlar yolchib ovqat yemasligiga olib keladi. XIV asrdan iqlim keskin sovib, yog’ingarchiliklar ko’payishi ocharchiliklar sonini yanada oshiradi. Doimiy to’yib ovqat yemaslik odamlaming zaiflashib, kasalliklarga chalinishini osonlashtiradi. 1347-yil esa eng dahshatli “qora o’lat” epidemiyasi boshlanadi.

Page 451: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Allaqanday Yevropa kemalari Sharqdan Sitsiliyadagi Messina portiga o’z tryumlarida o’lat kasalligi yuqqan qora kalamushlarni keltiradi. Kasallik tez orada butun Yevropa qit’asiga tarqaladi. Uch yilda qit’a aholisi soni uchdan biriga kamayadi. Ba’zi viloyatlarda aholining 3/4 qismi qirilib ketadi.

Odamlar o’latning tarqalish sabablarini bilishmas, turli mish-mishlar orqali yahudiylarni xristianlarni qirish uchun quduqlarni zaharlashganlikda ayblashardi. Bu xabarlar aholini darg’azab qilib, Yevropa bo’ylab ming-minglab kishilarning o’limi bilan yakunlanadi. Yahudiylarni esa oilalari bilan tiriklayin yondirishgan.

(M.Boysov., R.Shukurov. O’rta asrlar tarixi. M., 1995, 410–411-betlar.)

26-§. Ijtimoiy munosabatlarning keskinlashuvi. Uot Tayler qo’zg’oloni

1. Angliyada ijtimoiy vaziyat. Pul-tovar munosabatlari rivojlanishi bilan dehqonlardan olinadigan soliqlar ham oshib bordi. Angliyaning yuz yillik urushdagi ishtiroki davlatdan katta mablag’larni talab qilar edi. Qirol Richard II davri (1377–1399) da ham urush davom ettirildi. Natijada qo’shimcha mablag’ zarur bo’lib, 1377-yili aholiga qo’shimcha jon solig’i solindi. Bu soliq 1379-yili ham yig’ib olindi. Xalq sabr-kosasining to’lishiga sabab 1380-yili jon solig’ini 3 baravar to’lash talab qili-nishi va uni yig’ishdagi suiiste’mollar bo’ldi. Feodallar zulmi kuchayishi va soliqlar o’sishi xalqni g’azabga keltirdi.

Ushbu vaziyatda XIV asrdan Angliyada xalq voizlari yetishib chiqdilar. Ular aholi orasida yurib o’z va’zlarida tinglovchilarga qirol sudidagi poraxo’rlik, ruhoniylar ochko’zligi, feodallar shafqatsizligi haqida gapirib, ularni keskin qoralardi. Voizlardan biri bo’lgan

Page 452: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Jon Bollni xalq ayniqsa hurmat qilardi. U o’z va’zlarida “Xudovandi karim hammani teng qilib yaratgan ekan, yer ham, suv ham barchanikidir”, der edi. Uning: “Odam Ato yer haydab, Momo Havvo charx yigirganda kim dvoryan bo’lgan?” deya aytgan qochiriqlari qishloqlarda tez-tez qaytarilardi. Kentrberi arxiepiskopi buyrug’i bilan Jon Boll tez orada qamoqqa olindi.

2. Qo’zg’olonning boshlanishi. Londonning shimolidagi Fobing degan baliqchilar qishlog’ida 1381-yil may oyining oxirida soliq yig’ish komissari Tomas Bamiton va uning guruhiga qarshi aholi qo’zg’olon ko’tardi. Mojaro sabablarini aniqlab, uni hal qilishga yuborilgan qirol sudi dehqonlarni aybdor deb topdi. Bundan g’azablangan qo’zg’olonchilar soni kundan-kunga o’sa boshladi. Tez orada mamlakatdagi qo’zg’olonchilar 50 ming kishiga yetdi. Qo’zg’olonchilar tomonidan qamoqdan ozod qilingan Jon Boll ularning maslahatchisiga aylandi. Qo’zg’olonga harbiy ishdan xabari bo’lgan tunukasoz Uot Tayler boshchilik qildi. Esseks va Kent grafliklaridan to’plangan qo’zg’olonchilar ikkita katta lashkar bo’lib Londonga yo’l oldilar. Ularning maqsadi qirol Richard II bilan uchrashib, undan soliqlarni kamaytirishni so’rash edi.

3. Qo’zg’olonchilar Londonda. Shaharliklar darvozani ochib berganliklari sababli dehqonlar poytaxtga hech qanday qarshiliksiz kirib kelishdi. London 3 kun davomida (13–15-iyun) qo’zg’olonchilar qo’lida bo’ldi. Qirol ministrlarining ba’zilari, jumladan, qirollik kansleri, Kentrberi arxiepiskopi Simon Sedberi, xazinachi lord Xeymslar qatl qilindi. Shahar qamoqxonalarining hammasi ostin-ustin qilindi. Qo’zg’olonchilar sudni, markaziy hujjatxonani yondirib yuborishdi.

Dehqonlarning qirol bilan dastlabki uchrashuvlari Londonga yaqin Mayl-End degan joyda bo’ldi. Unda qo’zg’olonchilarning talablari 4 moddadan iborat

Page 453: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

dasturda izoh etilgandi:1. Dehqonlar qaramligini bekor qilish.2. Mamlakatning barcha yerlarida savdo-sotiq

erkinligini berish.3. Har bir akr* yerdan 4 pens miqdorida muntazam

pul solig’ini belgilab qo’yish.4. Qo’zg’olon qatnashchilariga umumiy afv berish.Ushbu mo’tadil dastur kambag’al dehqonlar

manfaatlarini e’tiborga olmagan edi. Qirol talablarni qabul qilib, ularni bajarishga va’da berdi. Shundan keyin qo’zg’olonchilarning bir qismi shahardan chiqib ketdi.

Lekin qo’zg’olonchilarning katta qismi, jumladan, Kent grafligi kambag’al dehqonlari bu dasturdan norozi edilar. Ular Tayler va Boll boshchiligida Londonda qolishdi va qirolni yangi uchrashuvga chaqirishdi. Dehqonlarning qirol bilan ikkinchi uchrashuvi Smitfildda bo’ldi. Qirolga berilgan yangi talabnomaga bir qancha qo’shimchalar kiritilib tayyorlangandi. Qo’zg’olonchilar yirik yer egalari tortib olgan jamoa yerlarini, o’rmon va o’tloqlarni dehqonlarga qaytarishni, cherkov va monastirlar yerlarini musodara qilib xalqqa bo’lib berishni, aholining barcha toifalarini teng huquqli deb e’lon qilishni talab qilgandilar.

Ikkinchi uchrashuv chog’ida Uot Tayler xoinona o’ldiriladi. Boshliqsiz qolgan dehqonlar sarosimaga tushib qoldilar. Shu paytda pistirmadagi qirol ritsarlari maydonga kirib keldilar. Qirol maslahatchilariningva’dalariga ishongan qo’zg’olonchilar esa shaharni tashlab chiqib ketdilar.

4. Qo’zg’olonning bostirilishi va uning ahamiyati. Dehqonlar izidan yuborilgan ritsarlar jazo otryadlari ularni ayovsiz qira boshladi. Qo’zg’olon bo’lgan grafliklarda qirol sudlari bo’lib, unda qo’zg’olonda qatnashganlarni qattiq jazoladi. Qo’zg’olon rahbarlari, shu jumladan, Jon Boll qiynab

* Akr – 0,4 gektarga teng yer maydoni.

Page 454: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

o’ldirildi. Qirol o’zining barcha va’dalaridan tondi.Uot Tayler qo’zg’oloni feodal jamiyati tarixidagi

eng uyushgan dehqonlar qo’zg’oloni bo’lishdan tashqari, unda birinchi marotaba siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy talablaming birgalikda qo’yilishi bilan ajralib turadi. Qo’zg’olon yirik yer egalariga xalq naqadar dahshatli kuch ekanligini ko’rsatdi. Angliyada 1381-yildan so’ng majburiy ishlab berish butunlay bekor qilindi. XV asr davomida esa qaram dehqonlarning deyarli barchasi to’lov evaziga ozodlikka erishdi. Ozod dehqonlarning shaxsiy chek yerlaridan olinadigan soliq ham aniq miqdorda belgilab qo’yildi.

5. XV asrda Angliya. Fransiya bilan bo’lgan yuz yillik urush tugaganidan keyin Angliya tarixidagi eng fojiali davrlardan biri boshlandi. Bu – mamlakatdagi ikki sulola o’rtasidagi qirollik taxti uchun bo’lgan urushlar edi. Unda deyarli barcha feodallar muxolif guruhlar tomonida turib jang qildilar. Zaif va kasalmand Genrix VI yoshligida Fransiyadan ajralgani kabi Angliya taxtidan ham voz kechishga tayyor edi. Lekin uning xotini, Anjuy grafining qizi Margarita bu ishga tish-tirnog’i bilan qarshi edi. Qirolning bosh raqibi gerbida “Oq gul” aksi tushirilgan York gersogi bo’ldi. Qirol gerbida “Qizil gul” bo’lganidan urushlar “Oq va Qizil gullar urushi” nomini oldi. O’ttiz yil davom etgan urush (1455–1485-yillar) Angliya aholisining 1/4 qismini yo’qotdi. Urush davomida qirol xonadoniga qarindosh 80 nafar barondan mahrum bo’ldi. Ko’plab feodal sulolalari to’lig’icha qirilib bitdi. Eski normand zodagonlari halok bo’lib, o’rniga anglo-saks dvoryanlari keldi.

So’nggi jangda ikki tomondan ham bir amallab ozgina qo’shin to’plandi, xolos. Bosvort jangida (1485-yil) qirol sulolasining uzoq qarindoshi Genrix Tyudor g’olib chiqib, Angliya qiroli tojini kiydi. Genrix VII davrida chaqirilgan birinchi parlamentda lordlar palatasiga 20 ga yaqin kishi kelgandi. Vaqt o’tishi

Page 455: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

bilan halok bo’lgan baronlar o’rniga burjuaziya bilan aloqador o’rta dvoryanlardan chiqqan va o’z xo’jaligini yangicha, chinakamiga bozor usullari bilan yurgizuvchi yangi dvoryanlar keladilar.

XIV–XV asrlarda ingliz millati shakllana boshladi. Mamlakatda umumiy ichki bozor tashkil topdi. Shu davrda ingliz adabiy tilining rivojida katta yutuqlarga erishildi. Qirol Eduard III 1362-yiliyoq fransuz tilini ko’pchilik aholi bilmagani uchun sud majlislari ingliz tilida olib borilishiga farmon bergandi. XV asrda Angliyada sodir bo’lgan siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar qirolning mutlaq hokimiyati vujudga kelishini ta’minladi.

Umumlashtiruvchi takrorlash darsi

Evropada XV asr oxirida markazlashgan feodal davlatlari faqat Fransiya va Angliyada emas, boshqa qator mamlakatlarda ham tashkil topdi. Pireneya yarim-orolida aholi asrlar davomida olib borgan kurashi natijasida arablar mamlakatdan haydab chiqarildi. Bu “rekonkista” (qaytadan urushib olish) urushlari davomida Pireneyada mustaqil davlatlar tashkil topdi. Jumladan, Portugaliya qirolligi XIII asrda vujudga kelgan bo’lsa, XV asrda Kastiliya va Aragonning birlashuvi Ispaniya qirolligini maydonga keltirdi.

Markazlashgan feodal davlatlari o’zlarini tashqi dushmandan muvaffaqiyatli himoya qilish qobiliyatiga ega bo’ldi. Ulardagi iqtisodiy yuksalish hunarmandchilik va savdo-sotiq ravnaq topishi va yagona ichki bozor vujudga kelishini ta’minladi. Qirol hokimiyatining kuchayishi muntazam qo’shin tuzishga sharoit yaratdi. Endilikda o’zaro feodal urushlarga barham berildi, yo’llarda beboshliklarga, talonchiliklarga chek qo’yildi.

Markazlashgan davlatlardagi iqtisodiy taraqqiyot

Page 456: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

madaniyatni rivojlantirishga, umumiy tilning tarkib topishiga zamin yaratdi. Jumladan, Fransiyada mamlakat janubi va shimolida yashovchi ikki xalqning asta-sekin yaqinlashuvi, yagona iqtisodiy taraqqiyot doirasida birlashuvi fransuz adabiy tili vujudga kelishini tezlashtirdi. Lekin yuksak madaniyat faqat markazlashgan davlatlardagina vujudga keldi desak, xato bo’ladi. O’rta asrlardagi yetuk Italiya madaniyati: Florensiya, Venetsiya va Milan shahar-respublikalaridagi me’morchilik, rassomchilik, fan va texnika taraqqiyoti fikrimizga dalil bo’la oladi.

Barcha Yevropa mamlakatlarida ham markazlashish jarayoni bir xil tarzda bo’lmadi. Jumladan, hududi va aholisi bo’yicha eng yirik davlatlardan biri bo’lgan Germaniyada, Parij yoki London kabi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan birlashtiruvchi markaz tashkil topmadi. Shunga qaramasdan, siyosiy jihatdan tarqoq Germaniyada ko’plab shaharlar vujudga kelib, ularda hunarmandchilik va savdo keng rivojlandi. Germaniya qirollari XI–XIV asrlar davomida olib borgan buyuk davlatchilik siyosati esa faqat Germaniyaning o’ziga emas, balki istilolar maydoniga aylangan Italiyaga ham ko’p zarar keltirdi. Manbalarda yozilishicha. german imperatori Fridrix II o’ttiz yillik hukmronlik davrida ( 1220–1250-yillar) o’z yurtida bor-yo’g’i 3 marotaba bo’lib, 9 yil yashagan, xolos. Hukmdorning qolgan umri Italiyada, salib yurishlarida va boshqa urushlarda o’tgan. XIV asr o’rtalaridan Germaniya imperatorlik taxti vorisiyligi bekor qilinib, uni yettita yirik knyazlar saylab qo’yadigan bo’ldi. Bu esa imperator ularga tobe bo’lishiga, markaziy hokimiyatning esa yanada kuchsizlanishiga olib keldi.

Italiya yetuk o’rta asrlar davrida ham feodal tarqoqligicha qolaverdi. Lekin Italiya shaharlari, ba’zida hatto qishloqlari ham XI–XII asrlardayoq feodal senorlardan ozodlikka erishgandi. Shaharlar o’z

Page 457: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

tevaragidagi kontado – yerlarni boshqarar edi. Ular uchun esa bozorga mahsulot chiqaradigah erkin dehqonlar zarur edi. Shu sababli Italiyadagi shaharlar o’zlariga qarashli qishloqlarda dehqonlar shaxsiy qaramligiga juda erta barham berdilar. Jumladan, Bolonya shahrida 1256-yili e’lon qilingan “Jannat edikti”ga binoan 400 yer egasining 6000 “serv”i qaramlikdan ozod qilindi. Qiyoslash uchun misol: Rossiyada dehqonlar qaramligi tuzumi 1861-yili bekor qilingan, xolos.

Bu ikki sana qiyoslanishi orqali G’arbiy Yevropaning iqtisodiy taraqqiyoti nima sababdan tez sur’atlarda rivojlanganligini anglab olishingiz mumkin.

VII b o b. Rusda markazlashgan davlatning tashkil topishi (XI–XV asrlar)

27-§. Rusda feodal tarqoqlik va chet elliklar bosqini

1. Rusda feodal tarqoqlik. Rus yerlarida XI asr oxiri – XII asr boshlarida feodal jamiyati uzil-kesil barqarorlashdi. Mamlakatda boshlangan iqtisodiy taraqqiyot uning turli qismlarida yirik yer egalari, knyaz va boyarlarning kuchayishiga olib keldi. Kievdan olis va endilikda yetarlicha rivojlangan Novgorod, Polotsk, Smolensk, Rostov, Suzdal, Ryazan kabi yirik shaharlar o’z viloyatlarining mustaqil markazlari bo’lishga intilardi.

Vladimir Monomax va uning o’g’li Mstislavning qipchoqlarga qarshi harbiy yurishlari ularning xavfini vaqtinchalik bo’lsa-da bartaraf etdi va markaziy harbiy birlikka birmuncha ehtiyoj bo’lmay qoldi. Yirik shaharlar boyarlari bundan foydalanib, Kievga qararn

Page 458: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

bo’lmagan mustaqil knyazliklar barpo qilishga ko’maklashib, ayrim knyazlarni o’zlariga hukmdorlikka taklif qila boshladilar. Knyaz-larning 1097-yili Lyubechda bo’lgan s’ezdi “Har kim o’z yurtiga ega bo’lsin” deb qaror chiqardi. Bu esa feodal tarqoqligi boshlanishining tantanali ravishda e’lon qilinishi edi. Solnomachi 1132-yili “Butun Rus yeri bo’linib ketdi” deb yozgan edi. Rusda feodal tarqoqlik davri boshlandi.

Janubiy viloyatlardagi Kiev Rusi knyazlari hokimiyati-ning zaiflashuvi ham tushkuhlik sababli bo’ldi. Kiev va uning atrofidagi yerlarga turli hukmdorlar tahdidi, shuningdek, ko’chmanchi qipchoqlar hujumlari to’xtovsiz davom etardi. Natijada XII asrdan boshlab ko’plab dehqonlar va shahar aholisi tinchroq joylarni axtarib janubi-g’arbiy va ayniqsa shimoli-sharqiy hududlarga, Volga – Oka daryolari havzasiga ko’cha boshladilar. Yangi yerlarda esa tez orada shahar va qishloqlar barpo etilib, ulardagi aholi soni ko’payib bordi.

Kiev Rusidan mustaqil yerlar: Chernigov, Polotsk, Pereyaslav, Galich, Volin, Smolensk, Ryazan, Rostov-Suzdal, Novgorod yeri, Kiev va bir qator mayda knyazliklar tashkil topdi. Har bir knyazlik butunlay mustaqil bo’lib, o’zining khki tartiblarinigina emas, balki tashqi siyosat olib borish, urush va tinchlik muammolarini hal etish huquqlariga ham ega edi.

Rusdagi feodal tarqoqligining to’rtta salbiy xususiyatini alohida ko’rsatish lozim: birinchidan, o’zaro feodal urushlarining talxtovsiz bo’lishi; ikkinchidan, mamlakat mudofaa qobiliyatining zaiflashuvi; uchinchidan, knyazliklarning vorislar orasida taqsimlanib, yanada maydalasha borishi; to’rtinchidan, knyazlar va mahalliy boyarlar orasida nizolarning kuchayishi hollari ro’y berdi.

2. Novgorod respublikasi. Novgorod yeri Kiev bilan aloqasini ochiqdan-ochiq uzgan birinchi mustaqil

Page 459: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

knyazlik bo’ldi. Kichkina qal’a sifatida paydo bo’lgan Novgorod XI asrga kelib faqat Rus yerlarining emas, balki butun Yevropaning hunarmandchiligi va savdosi yuksak rivojlangan shaharlaridan biriga aylandi. Shahar mo’ynaga boy shimoli-sharqiy hududlarga hukmronlik qilardi. Novgorod bir necha savdo yo’llari kesishgan yerida joylashgan, unga Boltiq dengizi orqali Yevropa, Volga daryosi va Kaspiy dengizi orqali esa Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro savdo aloqalarini olib borishi imkoniyatini bergan. Shu sababdan Novgorodda yaratilgan xalq og’zaki ijodi asarlari qahramonlari kemasoz-dengiz sayyohlari Sadko va Vasiliy Buslaevlar bo’lgan.

XI asrda Novgorodda an’anaga ko’ra noib Kiev hukmdorining katta o’g’li bo’lgan. Lekin bora-bora boyarlarning mavqei oshib ular knyaz hokimiyatini cheklab qo’yganlar va Novgorod boyarlar respublikasiga aylangan. Novgorodliklar yig’ini 1136-yili Monomaxning nevarasi Vsevoiod Mstislavichni knyazlikdan chetlatib qamoqqa olishga qaror qiladi. Shu vaqtdan boshlab shahar butunlay ieodal respublikasiga aylandi. Novgorodning siyosiy hayotida xalq vechesida zodagon boyarlardan saylanadigan shahar hokimi va “shahar kengashi” hamda saylab qo’yiladigan yepiskop bosh rolni o’ynardi.

3. Vladimir-Suzdal yeri. Moskva. Rusdagi Kiev, Galich-Volin, Vladimir-Suzdal yerlarida ham XII–XIII asrlar boyarlarning hukmdorga qarshi kurashi ostida o’tdi. Jumladan, Vladimir Monomaxning o’g’li Yuriy Dolgorukiy XII asrda Rusning shimoli-sharqidagi Volga va Oka daryolari oralig’iga ko’chib kelib joylashgan hamda mahalliy tub fin-ugor qabilalari bilan yaqinlashayotgan aholiga hukmdorlik qilardi.

Vladimir-Suzdal yerlarida XI–XIII asrlar davomida Rostov, Suzdal, Yaroslavl, Vladimir, Yurev, Dmitrov kabi shaharlarga asos solindi. Knyazlik yerlaridagi Kuchkov qishlog’ida 1147-yil bahorida

Page 460: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yuriy DolgorukiyKiev ustidan erishilgan g’alabalardan birini

nishortlagan. Moskva deb atala boshlagan bu joyda birinchi yog’och qal’a 1156-yili qurildi.

Yuriy Dolgorukiyning avlodlari Vladimir yerlarida va Moskvada Ivan IV Grozniy taxtga o’tirgunga qadar (1547-yil) knyazlik qildilar. Vladimir-Suzdal knyazligi esa kelajakda Rus yerlarining birlashishiga asos bo’ldi. Moskva XIV asrda ana jshu birlashish jarayonining markaziga aylandi.

Buni o’qing!

Suv manbalari

Suv quduqdan, imkoniyati bor joylarda esa ariqlar yoki daryolardan olingan. Rim-yunon dunyosida tarqalgan hammomlar ilk o’rta asrlarda kamayib ketdi. Hammomlar xususiy uylarda ham bo’lmagan. Faqat ayrim monastirlarda yuvinish xonalari qurilgan. Lekin XIII asrdan boshlab, salib yurishlari ta’sirida, hammomlar qurilishi avj oladi. Jumladan, 1292-yili Parijda 26 ta jamoa hammomlari bo’lib, ularda sartaroshxonalar ham bor edi.

Oshxonalar

O’rta asrlardagi xonadonlarda maxsus ovqatlanish joylari bo’lmagan. Taom o’choq joylashgan xonada iste’mol qilingan. Faqat feodal qo’rg’onlari va monastirlarda taomlar maxsus xonalarda tayyorlangan.

Ovqat yalang olovda yoki cho’g’da tayyorlangan. Oshxona pechlari XV asrdan qurila boshlagan, xolos. Oshxonalarda idish-tovoqlar, kapgir-cho’mich, qoshiqlar,devor bo’ylamasiga o’rnatilgan stolda tursa, ovqatlanish uchun esa maxsus to’rtburchak stol

Page 461: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

o’rtaga qo’yilgan. Uning tevaragiga stullar, taburetkalar, o’rindiqlar o’rnatilgan.

O’rta asrlarda metall kamyob bo’lganidaru sopol buyumlar yasash hali keng tarqalmagani sababli asosiy idish-tovoqlar yog’ochdan qilingan. Antik davrning yog’, un saqlangan katta sopol “pifos”lari o’rniga yog’ochdan bochkalar, kosalar, qoshiqlar, turli oshxona anjomlari ham tayydrlangan. O’rta asrlarda Yevropada chinnini bilmaganlar va boy xonadonlarda may hamda ichimliklarni billur, oltin yoki kumush qadahlardan ichishgan.

(A.Yastrebitskaya. XI–XIII asrlarda G’arbiy Yevropa. M., 1978, 44–45-betlar.)

28-§. Mo’g’ul-tatarlar va boshqa bosqinchilarga qarshi kurash

1. Mo’g’ullarning Osiyo va Sharqiy Yevropadagi istilolari. Jaloliddin jasorati. Malumki, XII asr oxirida mo’g’ul qabilalarini birlashtirgan va mo’g’ul davlatini tuzgan kishi Temuchin (1155–1227-yilIarda yashagan) bo’lib, u 1206-yilda Chingizxon degan nomni oldi. U mo’g’ullardan ko’psonli, yaxshi qurollangan, uyushgan va intizomli armiya tuzib, Janubiy Sibir, Xitoy, o’rta Osiyo, Afg’oniston, Eron, Hindiston, Kavkazorti o’lkalarini zabt etdi.

Chingizxon istilo qilgan mamlakatlarni va ulardagi shaharlarni g’oyat shafqatsizlik bilan vayron qildi.

Chingizxon 1219-yil oxirlaridan kattaligi jihatdan buyuk davlat hisoblangan Xorazmshohlar saltanatiga yurish boshlaganida Xorazmshoh kuchli qo’shini bo’lgani holda undan foydalana olmay, istilochilarga munosib qarshilik ko’rsatmasdan, 1221-yilda vafot etadi. Uning taxtiga o’tirgan o’g’li Jaloliddin

Page 462: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Manguberdi (1221–1231-yillar) mo’g’ullar bilan Eron, Afg’oniston, Hindiston hududlarida qonli janglar olib borib, ularga bir necha marta qaqshatqich zarbalar beradi.

Jaloliddin bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirib, 1226-yilda jang bilan Ozarbayjon va Gruziyani egallaydi. U mo’g’ullarga qarshi kurashni davom ettirish maqsadida

Page 463: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Kavkazortlda kuchli davlat barpo etmdqchi bo’ldi. Lekin u yerdagi feodallar o’rtasidagi riizolar uning bu orzusini ro’yobga chiqarmadi.

Kichik Osiyo, Suriya va boshqa viloyatlarning huk-mdorlari Jaloliddinga qarshi ittifoq tuzib, 1230-yil avgustdagi jangda Jaloliddin qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratdilar.

U omon qolgan kichik bir guruh qo’shin bilan Ozarbayjon yerlariga chekinib, mo’g’ullarga qarshi kurashni davom ettirdi va 1231-yil avgustdagi janglarning birida kurd qishlog’iga chekingan Jaloliddin halok bo’ladi.

Chingizxon o’limidan keyin uning vorislari istilolarni davom ettirdilar. Jumladan, uning nevarasi Botuxon 1235–1242-yillarda Sharqiy Yevropada juda katta istilolar qildi. U boshchiligidagi mo’g’ullar Rus knyazliklarini, Volga, Don, Kama daryolari etaklaridagi xalqlarni bo’ysundirib, Vengriya, Chexiya, Polshaga va qisman Serbiya hamda Bolgariyaga kirib bordilar. Chingizxonning boshqa nevarasi Xulagu Eron, Iroq va Suriyani butunlay bosib oldi.

Mo’g’ullarning istilolari Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari boshiga og’ir musibatlar soldi.

2. Rus yerlarining mo’g’ul-tatar istilosiga qarshi kurashi. O’rta Osiyo va Kavkazorti yerlarini bosib olgan Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ullar dastlab Rus yerlariga 1223-yilda bostirib kirdilar. Qipchoq xonlarining yordam so’rab qilgan murojaatlariga javoban Janubiy Rus hukmdorining harbiy bo’linmalari Kalka daryosi bo’yida ularga ro’para bo’ldi.

Mo’g’ul-tatarlar go’yo chekingan bo’lib, rus lashkarini chalg’itib, o’z otliq askarlari uchun qulay maydonga chiqardilar va ularni to’la mag’lubiyatga uchratdilar. Asir olingan knyaz va jangchilar ustiga taxta bostirgan g’oliblar uning ustida o’tirib bazm qurdilar. Shundan keyin mo’g’ullar Volgaorti dashtlariga yo’l olib, u yerda bir necha yil davomida Sharqiy Yevropaga yangi yurishlarga

Page 464: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

tayyorgarlik ko’rdilar.Mo’ g’ ul-tatariarning Rusga iqarshi keng ko ‘lamdagi

hujumlari 1237-yil oxirida boshlandi. Ularning 140 ming qo’shiniga Chingizxonning nevarasi Botuxon boshchilik qildi. Rus yerlarida davom etayotgan feodal tarqoqlik mo’g’ul-tatarlarga qo’l keldi. Dastlab qamal qilingan Ryazan shahri aholisining mardonavor qarshiligi kuchlar teng emasligi tufayli natija bermadi. Vladimir hukmdori o’ziga raqib hisoblagan Ryazanga yordamga kelmadi. Mudofaachilarning qafiyatidan g’azablangan Botu shaharni butunlay vayron qilishni buyurdi.

Shimoli-sharqiy Rusning ichkarisiga siljiy boshlagan mo’g’ul lashkarlari Kolornna ostonalaridagi jangda ruslar qo’shinini yengib, Moskvani egalladilar. Botu qo’shini 1238-yilning fevral oyi davomida Volga va Oka daryolari havzasidagi 14 ta rus shahrini, shu jumladan, Vladimirni vayronaga aylantirdi. Vladimir knyazi Yuriy Vsevolodovich qo’shini mart oyida Siti daryosi yaqinidagi jangda tor-mor qilindi, hukmdorning o’zi halok bo’ldi. Butunlay vayrona qilingan Vladimir-Suzdal knyazligi shahar va qishloqlarida ming-minglab aholi halok bo’ldi, ko’plab qo’lyozmalar, moddiy madaniyat yodgorliklari yondirib yuborildi.

Yangi yurishlar 1239-yilda boshlanib, Botuxonning asosiy qo’shlnlari Rus yerlarining janubiy qismiga zarba berdi. 1240-yili Kiev qamal va shiddatli janglardan keyin taslim bo’ldi. Janubiy Rus knyazliklari yerlari ham xarobazorga aylantirildi.

Bosib olingan yerlarda Chingizxon tuzgan imperiyaning bo’linib ketgan qismlaridan biri, yangi davlat – Oltin o’rda qaror topdi. Hozirgi Astraxan shahri yaqinidagi Saroy shahri uning poytaxti edi. XIII asr o’rtalaridan rus knyazliklari Oltin o’rda xonligiga qaram yerlar sifatida katta o’lpon to’lay boshladi. Endi knyazlar mo’g’ul xonlaridan olingan yorliqqa binoan o’z yerlarini boshqarar, xalqqa zulm o’tkazib, ulardan og’ir soliqlar yig’ib olardilar. Rus hukmdorlarining o’zaro urushlarida

Page 465: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Oltin o’rda xonlari o’z manfaatlarini ko’zlab goh birlariga, goho boshqalariga horaiylik qilar, natijada yana Oddiy xaiqning qoni to’kilar, shahar va qishloqlar o’t ichida qolardi.

Mo’g’ullar istilosi Rus yerlaridagi iqtisodiy taraqqiyotga katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Mamlakatda iqtisodiy rivojlanish susaydi.

3. Netnis va shved bosqinchilariga qarshi kurash. XIII asrning boshlarida Boltiq dengizi qirg’oqlarida yashaydigan est, liv qabilalariga qarshi nemis feodallarining urushlarini Rim papalari salib yurishlari deb e’lon qilgan edi. Bu urushlar mahalliy aholini xristian katolik diniga o’tkazish bayrog’i ostida olib borildi. Urushlar natijasida nemislarning Livoniya ordeni ritsarlari estlar yerlarini bosib olib, Novgorod-Pskov davlati chegaralariga yaqinlashib qoldilar. Boltiqbo’yi nemis ritsarlari bilan hamkorlikda harakat qilgan shved feodallarining katta qo’shini 1240-yilning yozida Neva daryosi bo’ylab Novgorod yerlariga bostirib kirdi.

Novgorod hukmdori 18 yoshli Aleksandr Yaroslavich 1240-yil 15-iyulda o’zining unchalik katta bo’lmagan lashkari bilan shvedlar qarorgohiga qo’qqisdan hujum qildi. Yosh knyaz va uning dovyurak lashkari shiddatli jangda shvedlarni yengadi. Aleksandrga berilgan Nevskiy faxriy nomi Rus tarixida asrlar bo’yi saqlanib kelmoqda.

Mo’g’ul-tatar bosqinidan chetda bo’lgan Novgorod-Pskovning boy yerlari nemis ritsarlarini ham o’ziga jalb etadi. Bu borada ularni hatto shvedlarning muvaffaqiyatsizliklari ham to’xtata olmadi. 1240-yilda Pskov yaqinidagi Izborsk qal’asini olgan nemislar, Pskov noibi Tverdila va boyarlar xoinligidan foydalanib, shaharni egallashdi. Nemis feodallari o’sha yili qishdayoq Novgorodning chegara rayonlariga ham bostirib kirishdi. Novgorodning dushmanga qarshi kurashini yana Aleksandr Nevskiy boshqardi. Knyaz Suzdal qo’shini yordamida Pskov va unga qarashli yerlarni ozod qildi.

Aleksandr Nevskiyning nemis ritsarlariga qarshi hal

Page 466: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qiluvchi jangi 1242-yilning 5 aprelida Chud ko’lidagi muz ustida bo’lib, bunda rus qo’shinlari ulkan g’alabaga erishdilar.

4. Rus yerlarining birlashuvi. Oltin o’rda hukmronligining tugatilishida Amir Temurning o’rni. Mo’g’ul-tatarlar istilosi natijasida Rus yerlari og’ir talofot ko’rgan bo’lsa-da, iqtisodiy rivojlanish butunlay to’xtab qolmadi. Rus shaharlarida hunarmandchilik va savdo-sotiqning jonlanishi, turli viloyatlar orasidagi aloqalarning kuchayishi, qishloq xo’jaligidagi siljishlar – Rus yerlarining birlashishiga yordam berdi.

Mamlakatning birlashishiga tashqi dushmanlarga, avvalo, Oltin o’rda xonlari zulmiga qarshi kurash zaruriyati ham ko’p jihatdan ta’sir qildi.

Rusda eng kuchli knyazliklar orasida siyosiy birinchilik uchun kurashda Moskva knyazligining ustunligi va uning kuchayishi Rusning birlashishiga shart-sharoit yaratdi. Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich (1359–1389-yillar) ruslarning mo’g’ul-tatarlarga qarshi urushlaridagi birinchi g’alabasiga 1378-yili Ryazan yerlaridagi Volga daryosi bo’yida bo’lgan jangda erishdi.

1380-yil sentyabr boshida esa Don daryosi sohilidagi Kulikov maydonida Oltin o’rda xoni Mamay lashkarlari ustidan g’alaba qozondi. Bu g’alabasi uchun unga Donskoy nomi berilgan. Lekin oradan ikki yil o’tgach, Oltin o’rdaning yangi xoni To’xtamishxon Moskvani bosib oldi va ruslarni yana soliq to’lashga majbur qildi.

Bu borada bir tarlxiy voqeaga alohida to’xtash lozim.To’xtamishxonning Oltin o’rdani qayta birlashtirishi

va jahongirlik siyosati Movarounnahrda qaror topgan Amir Temur davlati uchun xavf tug’dirdi. Bu xavfni bartaraf qilish uchun Amir Temur To’xtamishga qarshi 1391 va 1395-yillarda alohida ahamiyatga ega bo’lgan katta yurishlar qildi. Oqibatda To’xtamish qo’shinlari tor-mor qilinib, pirovardida uning o’zi Rus knyazliklari yerlari tomon chekindi. Arnir Temur uni ta’qib etib Moskvagacha

Page 467: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

boradi. Ryazan knyazligi yerlarida ikki hafta qo’ngandan keyin Azov va Kaspiybo’yi cho’llariga qarab qayrildi va Quyi Volga bo’yidagi Saroy Berka, Saroy Botu va Hojitarxon (Astraxan) shaharlarini egalladi.

Oltin o’rda xoni bu qaqshatqich zarbadan so’ng o’zini sira o’nglay olmadi. Bu esa faqat o’rta Osiyo uchun emas, balki Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus yerlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etdi va Rusning mo’g’ul-tatarlar zulmidan tezroq qutulishiga shart-sharoit vujudga keltirdi. Nihoyat, Ivan III davrida, 1480-yili Moskva Oltin o’rdaga soliq to’lashdan bosh tortdi va shu tariqa mo’g’ul-tatarlarning Rus yerlaridagi ikki yarim asrlik hukmronligiga chek qo’yildi.

VIII b o b. Saljuqiy tarklar davlati va Yevropa xaiqlari

29-§. Saljuqiy turklar davlatining tashkil topishi va taraqqiyoti

1. Saljuqiylar davlatining vujudga kelishi. Turkiy qabilalar dastlab Vizantiya imperiyasining Kichik Osiyodagi viloyatlariga milodiy IV asrdayoq kirib kelganlar. Lekin Old Osiyoga Saljuqiylar (o’rta Osiyoda Saljuqbek asos solgan sulola) boshchiligidagi o’g’uz qabilalarining kerig ko’lamdagi yurishlari XI asrdan boshlangan.

Tez orada Vizantiyaga qo’shni yerlardan: Eron, Iroq, Ozarbayjon, Sharqiy Armaniston yerlarini o’z ichiga olgan Buyuk Saljuqiylar davlati paydo bo’ldi. O’zaro ichki nizolardan zaiflashib qolgan Vizantiya, tarixchilar hisob-kitobiga qaraganda, 1 millionga yaqin aholisi bo’lgan ko’chmanchi qabilalar hujumlariga dosh bera olmadi.

Imperator Roman IV Diogenning o’z davlati yaxlitligini saqlash uchun harakati ham natija bermadi. U to’plagan katta yollanma qo’shinni 1071-yili Van ko’li

Page 468: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

yaqinidagi Mansikert jangida Saljuqiylar sultoni Alp Arslon qo’shini tor-mor qildi. Bu jangdan so’ng vizantiyaliklar qarshiligi yanada susayib, turk qabilalarining keng oqimi Kiehik Osiyoga yo’l oldi.

2. Turklarda ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. O’rganilayotgan davrda turk qabilalari urug’chilik tuzumi inqirozi va feodal munosabatlarining paydo bo’lishi jarayonini boshdan kechirmoqda edilar. Yangi shaklla-nayotgan feodallar guruhi qo’lida chorvaning asosiy qismi va yaylovlarni boshqarish huquqlari to’plangan. XI asr oxirida Kichik Osiyoni deyarlik to’liq bosib olgan o’g’uz qabilalari bir necha mayda amirliklar tuzdilar. Ularning hammasi Saljuqiylar sulolasining umumiy hukmronligini tan olsalar-da, mustaqil siyosat olib borardilar.

Saljuqiylar davlatinifig gullab-yashnashi XIII asrning birinchi yarmiga to’g’ri kelad. Bu davrda mamlakatda xo’jalik inqirozi tugab, ko’chmanchi turklar o’troqlashdilar. Ular mahalliy aholi bo’lgan grek va armanlar bilan birgalikda dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullana boshlashdi. Natijada XII–XIII asrlar davomida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, yangi turdagi davlat shakilana boshladi. Mamlakatdagi feodal yer egaligi munosabatlari va soliqlar majmuasi Sharqdagi musulmon davlatlarinikidan deyarli farq qilmasdi. Xo’jalik munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat yerlarining xususiy yerlardan ko’proq bo’lishi edi. Davlat yerlarining ko’p qismi ma’lum xizmatlar evaziga – iqto’ sifatida in’om etilgan. Ushbu yerlar merosga qoldirilishi mumkin bo’lmasdan, u faqat xizmat muddatiga berilgan.

3. Shaharlar taraqqiyoti. Bu davrda Kichik Osiyodagi shaharlar ham birmuncha rivojlandi. Ular faqat hunarmandchilik, savdo, idora-boshqaruv birliklari bo’lib qolmasdan, turli xalqlar va ular madaniyatining o’zaro ta’siri markaziga aylandi. Eng yirik: Ko’nyo, Sivas, Qaysariya shaharlarida bir necha o’n ming aholi yashardi. Shaharlarning tashqi qiyofasi asta-sekin o’zgarib

Page 469: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

sharqona tusga kira borsa-da, Kichik Osiyodagi shaharlarning Vizantiya davri xususiyatlari Vizantiyaning boy moddiy madaniyatini Anatoliyada o’troqlashgan turk aholisiga o’tkazishda muhim rol o’ynadi.

Yaqin va o’rta Sharq mamlakatlaridan ko’plab savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va islom ulamolarining Saljuqiylar shaharlariga kelishlari, ularni o’rta asr arab-islom madaniyati o’choqlariga aylanishi imkoniyatini vujudga keltirdi. Turk sultoni devoni hujjatlari fors tilida yuritilardi. O’rta asr musulmon dunyosining buyuk shoiri va mutafakkiri Jaloliddin Rumiy (1207–1273-yillarda yashagan) umrining ko’p qismini Ko’nyo shahrida o’tkazgan edi.

Turk qabilalarining o’troqlashishi va mahalliy aholi bilan aralashishi natijasida yangi etnik birlik – turk xalqi shakllana boshladi. Bu jarayon XIII asrning 20–30-yillarida ayniqsa tezlashdi. Faqat mo’g’ul-tatarlarning bosqini, 1243-yili Saljuqiyiar qo’shinining tor-mor bo’lishi, sultonlikning keyingi taraqqiyotiga katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati XIV asr boshlarida butunlay parchalanib ketdi.

30-§. Usmoniylar davlati ya Yevropa xalqlari

1. Vizantiya imperiyasi va usmoniy turklar. Parchalanib ketgan Saljuqiylar davlatida ko’plab beyliklar tashkil topadi. Ulardan biri – Usmon beyligi Kichik Osiyoning shimoli-g’arbida, chegaraga yaqin Eskishehir hududida tuzilgan. Beylikning keyingi taraqqiyotiga uning Vizantiya imperiyasi bilan qo’shni ekanligi qo’l keldi. Tobora zaiflashib borayotgan imperiyaga qarshi harbiy harakatlar beylik yerlarining yanada kengayishiga imkon yaratdi. Keng miqyosda istilolar olib borilishi esa Usmoniy beylari qo’l ostiga boshqa qabilalarga mansub jangchilarning ham kelib qo’shilishiga sabab bo’ldi.

Sulolaning birinchi vakili Usmon davridayoq (1258–

Page 470: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

1326-yillarda yashagan) bir necha harbiy yurishlar qilinib, Bursa shahri atrofidagi yerlar bosib olindi. Uning o’g’li O’rxon Vizantiyaning Nikeya, Nikomedeya shaharlarini istilo qilib, XIV asrning o’rtalarida Qora dengiz qirg’oqlariga chiqdi.

Dastlab,beylikning,siyosiy tuzumi nihoyatda sodda bo’lib, Usmon va O’rxon qabila boshliqlarining yig’inida bey unvoniga sazovor bo’lgandilar. Beylarning asosiy vazifasi esa ko’chmanchi turk qabilalarining qo’shni yerlarni talashga qaratilgan harbiy yurishlarini boshqarish edi. Beylikning kuchayib borishi uning boshqaruvida ham o’zgarishlarga olib keldi. O’rxon davrida birinchi marta vazir lavozimi ta’sis etildi. Beylikda tanga-pul zarb qilinib, davlat yerlari ma’lum boshqaruv birliklariga bo’lindi. Qo’shinda ham islohotlar o’tkazilib, piyoda va otliq qo’shinlar (ularni “musallam” deb atashgan) alohida birliklarga aylantirildi.

Bolqon yarimorolida Usmoniylar bosqini arafasida bir necha mustaqil davlatlar mavjud edi. Ulardan: Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya nisbatan yirik qirolliklar bo’lgan. Lekin o’zaro nizolar Janubi-sharqiy Yevropa xalqlarining jipslashuviga imkoniyat bermadi va bu davlatlar turklar bosqiniga bardosh bera olmadilar.

2. Bolqon yarimorolidagi bosqinlar. Anqara jangi. Usmoniy turklarning dastlabki bosqinlari 1353–1357-yillarda boshlandi. Ular keyingi o’ttiz yil davomida Bolqon yarimorolining asosiy qismini bosib olishdi. Shundan so’ng Usmoniylar o’z poytaxtini – Edirna (Adrianopol) shahriga ko’chirdilar. XIV asrning 80-yillarida Konstantinopol shahrini chetlab o’tgan turklar Serbiyaga hujum boshladilar. Serblarning Kosovo maydonidagi jangda (1389-yil) og’ir mag’lubiyati mamlakat taqdirini hal qildi. Serbiya o’z mustaqilligini yo’qotib, Usmoniylar davlatiga qo’shib olindi. Turklar 1393-yili Bolgariya poytaxti Tirnovo shahrini olib, 1396-yili Nikopol ostonalarida vengr, valax, bolgar va boshqa yevropalik salibchi ritsarlarning birlashgan 60 minglik

Page 471: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qo’shinini mag’lub qildilar.Kosovo maydonidagi jangda halok bo’lgan Murod I

ning o’g’li Boyazid keyingi janglafda o’zining tezkor harbiy yutuqlari bilan nom chiqardi. Zamondoshlari unga Yildirim, ya’ni shiddatli laqabini berishgan. Usmoniylar davlatini imperiyaga aylantirish borasida Boyazidning harakati Konstantinopolning qamal qilinishi bilan yakunlandi. Bu voqealardan so’ng Yevropa davlatlari tahlikaga tushib qoldi. Xuddi shu paytda Amir Temurning Boyazidga qarshi yurishi boshlandi. Yevropa davlatlari Boyazidga qarshi kurashishi uchun Amir Temur bilan ittifoq tuzishga intildilar. Jumladan, Vizantiya, Venetsiya shunday taklif bilan Amir Temurga murojaat qildi. O’z navbatida Boyazid Amir Temurni birgalikda Yevropaga qarshi kurashga da’vat etadi. Biroq, Sohibqiron uni rad etib, sulton saroyida panoh topgan isyonchi turkman qabilalari boshliqlarini ixtiyoriga topshirishni talab qiladi. Muzokaralar natijasiz tugagach, ikkala tomon katta jangga tayyorgarlik ko’rdilar. Nihoyat, 1402-yil iyulida Kichik Osiyoga Amir Temur qo’shinlari kirib kelishi va turklarning Anqara yaqinida bo’lgan katta jangdagi mag’lubiyati Vizantiya poytaxtini olish orzusi 50 yil keyinga surilishiga sabab bo’ldi.

Amir Temur qudratli Usmoniytar imperiyasini tor-mor qilganidan so’ng G’arbiy Yevropada yana keng shuhrat qozondi. Sohibqironning shuhrati hamma joyda zo’r qiziqish va hayajon tug’dirdi. Natijada yevropaliklarda olis Sharq bilan tanishishga bo’lgan azaliy intilish yanada kuchaydi. Ushbu buyuk g’alaba munosabati bilan “katta xursandchilik” izhor qilgan Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV va Vizantiya imperatori bilan Amir Temur o’rtasidagi diplomatik yozishmalar shundan dalolat beradi.

Dahshatli xavfdan xalos bo’lgan Yevropa Sohibqirondan minnatdor edi. Ammo, Amir Temurning Usmoniy turklar davlatini butunlay yo’q qilib yuborish niyati yo’q edi. Sababi salib yurishlarining oqibati hali

Page 472: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

musulmon olami yodidan ko’tarilmagandi. Shunga ko’ra u salibchilarning O’rta Yer dengizi sharqiy sohillaridagi oxirgi qarorgohini tugatib, Boyazidning asir tushgan o’g’illariga muruvvatlar ko’rsatdi va o’z mulklariga hokim qilib tayinladi.

3. Konstantinopolning olinishi. 1453-yilning erta bahorida sulton Mehmet II (1451–1481-yillar) Konstantinopol qamaliga 100 minglik qo’shin to’pladi. Poytaxtning 400 ming aholisidan shahar himoyasida 5000 kishi qatnashdi, xolos. Himoyada, shuningdek, 2000 jangchidan iborat italiyaliklar harbiy bo’linmasi ham bor edi. Yevropa davlatlari esa Vizantiyada bo’layotgan voqealarga loqaydlik bilan qarashdi.

Manbalarda e’tirof etilishicha, sulton Mehmet II Yevropada xristianlarni tugatmaguncha o’z qilichini qiniga solmaslikka va’da bergan. U o’z davrining eng yaxshi ma’lumot olgan kishilaridan biri edi. Mehmet II forscha, arabchadan tashqari, ivrit, yunon va lotin tillarini ham bilgan.

Konstantinopol 1453-yil 29-mayda turklar tomonidan olindi. Vizantiyaning so’nggi imperatori jangda halok bo’ldi. Usmoniylar esa shaharga Istanbul deb nom berdilar va unga o’z poytaxtlarini ko’chirdilar. Vizantiya qulashi zamonasining ilg’or kishilari tomonidan, asosan Yevropada og’ir fojia sifatida qabul qilindi.

4. Turklarning kuchi nimada edi? Usmoniy turklar hukmron-ligining asosiy tayanchi uch narsadan iborat bo’lgan: an’anaviy kuchli otliq qo’shin, yanicharlardan iborat jangovar piyoda askarlar va, nihoyat, yuksak shaxsiy xususiyat va fazilatlarga ega sultonlarning bo’lishi.

Mayda beyliklarni birlashtirgan Usmoniylar o’z saflarida Kichik Osiyodagi tarqoq qabiladoshlarini mujassamlashtirdilar. An’anaga ko’ra Usmoniylarda otliq qo’shinning har bir jangchisiga harbiy xizmat evaziga yiliga 3–5 ming piastr daromad beradigan yer maydoni – tumori ajratilgan. Tumori yeri merosiy bo’lmasdan, faqat

Page 473: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

turklarga berilishi mumkin edi. XV asrdan urush asosiy yumushiga aylangan turklarda 130 ming otliq qo’shin mavjud edi. Bundan tashqari, Osmoniylar sultoni Yevropadagi eng sara piyodalar qo’shiniga ham ega edi. Turk harbiy boshliqlari XIV asr o’rtalaridan urushda asir olingan sog’lom ypsho’g’il bolalarni tanlab Sultonga sovg’a qilishardi. Bu xristian bolalar 20 yoshiga qadar maxsus tarbiya olib, mohir jangchiga aylanishgan. Keyinchalik o’z dinini, tilini unutgan yigitlar sultonning alohida maxsus lashkariga kiritilgan. Turk sultoni shu yanicharlar bilangina urushga kirardi. Yanicharlar uylanishi mumkin emasdi Va sulton uchun qon kechib, jonini ayamasdan o’z vatandoshlariga qarshi jang qilardilar. Yanicharlar harbiy birlashmalari Varna, Kosovo, Konstantinopol janglarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. XVI asrda turk qurolini mashhur qilgan buyuk vazirlarning barchasi yanicharlar orasidan yetishib chiqqan.

Nihoyat, sultonlarning shaxsiy xususiyatlari ham alohida e’tiborga molikdir. Usmoniylarning, Boyazid II dan tashqari, barcha sultonlari o’z iste’dodlari, shuhratparastligi hamda o’ta faolliklari bilan alohida ajralib turgan. Ular o’z boshqaruv faoliyatlarining asosiy qismini xristianlarga qarshi urushlarda o’tkazganlar. Qo’llarida davlat xazinasi va katta hokimiyat mujassamlashgan turk sultonlari Yevropaga uch asr davomida tahdid solib turdilar.

5. Usmoniylarning keyingi istilolari. Vizantiya poytaxtining bosib olinishi bilan Yevropa va Osiyoni bog’lab turgan savdo yo’llari ustidan nazorat turklar qo’liga o’tdi.

Usmoniylar XV asrning ikkinchi yarmida ham o’zlarining istilochilik siyosatini davom ettirdilar. Jumladan, 1475-yilda Qrim yarimoroli itoat ettirildi. Oradan ko’p o’tmasdan Moldaviya va Valaxiya ham sultonga vassal ekanligini tan oldi. Usmoniylar Osiyoda Messopotamiya, Armaniston va Gruziyaning g’arbiy

Page 474: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qismini ham istilo qildilar. Keyinchalik Suriya va Arabiston ham bosib olindi. Sulaymon I ning sultonligi davrida Misr ham ishg’ol qilinib O’rta Yer dengizining sharqiy qismida turklar hukmronligi to’liq o’rnatildi. Yevropada Usmoniylar Vena shahri ostonalariga qadar (1529-yil) bo’lgan yerlarni bosib oldilar.

Keng ko’lamdagi istilolar g’oyat yirik Usmoniylar imperiyasining tashkil topishiga olib keldi. Bu davlat uch qit’a yerlarida – Yevropa, Osiyo va Afrikaning katta qismini egallagandi.

6. Madaniyat. Usmoniylar jarniyatida XV asr oxiridan madaniyatning turli sohalari: adabiyot, tasviriy san’at, me’rnorchilik ravnaq topdi. Geografik bilimlar va tarixshunoslik ham yaxshi rivojlandi.

Mamlakatda qator iqtidorli shoirlar yetishib chiqdi. Shoira Mehri xotun va shoir Mulla Mahmud asarlari fikrimizga dalit bo’la oladi. Turk me’morchiligi turli mamlakatlardan keltirilgan usta-quruvchilar tajribasidan foydalanib yuksala borgan. Millati grek Xo’ja Sinon (1490–1588-yillarda yashagan) ning qurgan ajoyib me’morchilik durdonalari uni butun jahonga tanitdi. U o’z faoliyati davrida 300 dan ortiq inshootlar: masjidlar, madrasalar, saroylar, favvoralar, hammom va ko’priklar qurilishiga boshchilik qilgan.

Fanning turli sohalari ichida geografiyaning taraqqiyoti ayniqsa e’tiborga molikdir. Turkiyalik dengiz sayyohi Piri Raisning asarlari, uning O’rta Yer, Qora va Egey dengizlari atlasi – “Bahriya” dunyo fanidagi katta yutuq edi. Evliya Chalabiyning “Sayohatnoma” ko’p jildli asari, Xo’ja Xalifaning “Jahonnoma” asarlarida arab va yevropa manbalari asosida jahonning turli mamlakatlari tasvirlangan.

IX b o b. XI–XV asrlarda G’arbiy Yevropa madaniyati

Page 475: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

31-§. Maorif va fanning rivojlanishi

1. O’rta asr kishisining dunyo haqidagi tasavvurlari. Har bir tarixiy davr insonda tabiat, vaqt, fazo, ya’ni borliq haqida o’ziga xos his-tuyg’u va tasavvurlar uyg’otadi. O’rta asrlar kishisining dunyo haqidagi tasavvurlari ko’pincha xristian dini g’oyalari bilan bevosita bog’liq edi. “Injil”dagi g’oya: Yer yuzidagi hayot, narigi dunyodagi “asl hayot”ning musibatlarga to’la aksi ekanligiga odamlar ishonganlar. O’rta asr adabiyoti va sarfati koinotning haqqoniy, aniq tasavvuriga intilmas, xayoliy tasavvurlar kuzatuvlar va tadqiqotlarga nisbatan ustunroq bo’lgan.

O’sha davrlarda vaqt haqidagi tushuncha ham hozirgidagiga nisbatan boshqacha edi. O’rta asrlarning so’nggi davridagina aniq vaqtni belgilash keng tarqaldi. O’rganilayotgan zamon kishisining vaqti: tong-kunduz, kech-kecha; mavsumi oylarda emas, fasllarda: qish-bahor-yoz-kuz doirasida doimo aylanib turgan.

O’rta asrlarda odamlarning yoshi haqidagi tasavvur ham o’ziga xos bo’lgan. Feodal jamiyati demografik jihatdan nihoyatda yosh edi. Inson hayoti qisqa bo’lgani uchun 40 yoshdan oshgan kishi qariya hisoblangan. Ushbu davrda yosh bolalarga nisbatan ham alofrida e’tibor yoki his-tuyg’u bo’lmagan. Botalar o’limining nihoyatda ko’pligi bunga ta’sir qilgani ehtimoldan xoli emas. Yuqoridagi sabablarga ko’ra bu davr san’atida bolalar tasvirlari va haykallari ko’p uchramaydi.

Inson hayotidagi asosiy davr o’smirlikdan boshlangan. O’smirlikka nisbatan munosabat ham boshqacha edi. O’smirlik insonning gullagan o’yinqaroq va beg’ubor davri hisoblangan. Ular uchun deyarli hamma narsa, har qanday sho’xliklar qilish mumkin bo’lgan. O’rta asrlarda odamlar o’rtasidagi munosabatlarda muomalaning tashqi ko’rinishiga, shakliga alohida e’tibor qilingan. Shu sababdan an’analarga, udum va urf-odatlarga to’liq amal qilingan.

Page 476: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Shaharlar va savdo-sotiqning rivojlanishi bilan odamlarda o’z qishloqlaridan boshqa joylarni ham ko’rish imkoniyati tug’iladi. Salib yurishlari esa yevropaliklarda dunyoning keng koiamli, rang-barang ekafiligi, olis mamlakatlarda dini, tili, madaniyati o’zgacha xalqlar yashashligi haqida haqqoniy malumotlarning ko’payishiga imkoniyat berdi.

Evropadan Sharq mamlakatlariga borgan savdogarlar va sayyohlar o’zlari bilan uzoq o’lkalarda yashovchi aholi haqida ajoyib hikoyalar, qiziqarli ma’lumotlar olib kelganlar. Venetsiyalik savdogar va sayyoh Marko Polo shular jumlasidan edi. Mashhur “Marko Polo kitobi” bu buyuk sayyohning Sharq mamlakatlarida 25 yil davomidagi hayoti va sarguzashtlarini tasvirlaydi.

2. Maktab va maorif rivojlanishi. O’rta asrlar maktabi antik davrdan meros qolgandi, Uning asosi “etti erkin san’at” deb atalgan. Maktabning birinchi pog’onasida: grammatika, falsafa asoslari va ritorika o’rgatilardi. Matematika, arifmetika, musiqa, geometriya va astronomiya bilim olishning ikkinchi davrasi hisoblanardi.

G’arbiy Yevropada XII–XIII asrlarda iqtisodiy va madaniy yuksalish boshlandi. Shaharlar taraqqiyoti, hunarmandchilik va savdoning riyojlanishi yevropaliklar dunyoqarashining kengayishiga yordam berdi. Salib yurishlari davrida: Vizantiya va Arab xalifaligi madaniyatlari bilan tanishuv o’rta asr maorifining kamol topishini rag’batlantirdi. Shaharlarda xususiy va shahar kengashlari tomonidan ochilgan maktablar ko’paydi. Ularda cherkov maktablariga nisbatan kengroq va chuqurroq bilim berila boshlandi.

Evropaning yirik shaharlarida XI asrdan boshlab oliy maktablar – universitetlar ochila boshladi. Universitet (lotincha so’z, “majmua” ma’nosini anglatadi) umumiylik ma’nosini berib, unda turli sohalar birlashtirilgani tufayli shunday deb atalgan. Oliy

Page 477: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

maktablar XIII asrda - Bolonya, Monpele, Palermo, Parij, Oksford, Salerno va boshqa shaharlarda tashkil topdi. Umuman, XV asrga qadar Yevropa mamlakatlarida 60 ga yaqin universitet ochilgan.

Universitetlar erkin boshqaruv va moliyaviy mus-taqillik huquqlariga ega bo’lib, bu haqdagi yorliq qirol yoki Rim papasidan olinardi. Universitetlar mustaqilligi, uning ichki hayotida tartib-qoidalarga, intizomga qattiq rioya qilishi bilan mujassamlashgan. O’rta asrlardagi eng yirik universitet Parijda bo’lgan. Unga 1257-yili fransuz qiroli xonadoni ruhoniysi Rober de Sorbon asos solgan. Demak, hozirgi kunga qadar mashhur Sorbonna universiteti shu tariqa tashkil topgan.

Universitetda alohida fan o’qituvchilari yig’ilib o’z birlashma-larini, fakultetlarni tuzib, unga dekan saylaganlar. O’qituvchi va studentlarning umumiy yig’ilishida universitet rahbari – rektor saylangan.

Maktab va universitetlarning ko’payishi kitobga bo’lgan talabni kuchaytirdi. Ilk o’rta asrlarda kitob qimmatbaho buyum bo’lib, uni pergamentga – buzoq terisidan tayyorlangan maxsus varaqlarga xattotlar yozishgan. XII asrdan kitobatda alohida ustaxonalar ochilishi ularning birmuncha arzonlashuviga olib keldi. XIV asrdan qog’ozning keng qo’llanilishi esa, uni yana ham ko’proq chiqarishga yardani berdi. Qog’oz Xitoydari musulmon davlatlari, jumladan, Samarqand orqali Yevropaga kirib keldi. Ispaniyada dastlabki qog’oz ustaxohalari XII asrdan ishga tushgan. Keyinehalik, XIV asrdan Italiyada qog’oz ishlab chiqarish sohasi keng rivojlandi. Yevropadagi dastlabki ustaxonalar qog’ozni eski lattalardan qilishgan.

Germaniyada 1445-yili Iogann Guttenberg kitob bosish dastgohini kashf etdi. Uning kashfiyoti kitobning ommaviy tarqalishiga imkoniyat yaratib, Yevropa madaniy hayotida katta o’zgarishlarga olib keldi.

3. Tajribaga asoslangan bilimlar rivojlanishi. Yevropada ilm-fan XIII asrdan boshlangan deyishadi.

Page 478: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Sababi bunga qadar tajribaviy ilmlar va ialsafa o’rtasida katta farq bor edi. Hayot talabi XII asrdayoq matematika va mexanika sohalarini birmuncha taraqqiy qilishini ta’minladi. Oksford universiteti prolessori Rojer Bekon XIII asrda bilimga kuzatishlar va tajribalar yo’li bilangina erishish mumkinligini isbotladi. Bekon optika, fizika, kimyo fanlariga oid birmuncha ahamiyatga molik ilmiy natijalarga erishdi. Olim o’zi yuradigan kema, izvosh, dengiz tubida va havoda suzuvchi kemalar yasash mumkinligi haqida yozgan edi. Bekonning hayoti qiyinchilik va xavf-xatarlarga to’la bo’lgan. Xristian cherkovi tazyiqi natijasida u uzoq yillar qamoqda o’tirgan.

Xo’jalik taraqqiyoti, cherkov ta’limotidan farqli o’laroq, tajriba asosidagi ilmlarning rivojlanishiga ehtiyoj tug’dirdi. Dehqonlar ishlov berishni yaxshiladilar, tuproqning xususiyatlarini bilishga intildilar, ob-havo, chorva mollari va ekinlar holatini kuzatib bordilar. Hunarmandlar temir, unirig turli qorishmalari va toshlar xususiyatlarini o’rgandilar. Bo’yoq va shisha tayyorladilar.

o’rta asrlarda munajjimlik va alkimyo fanlariga ayniqsa katta e’tibor berildi. Munajjimlar osmon jismlariga qarab kelajakda bo’ladigan voqealarni bilishga intilganlar. Qirollar, sarkardalar, savdogar va sayyohlar ulardan doimo maslahatlar olib turganlar. Har qanday ma’danni oltinga aylantiruvchi “sehrli tosh”ni izlagan kimyogarlar ham o’rta asr olimlari ichida ko’pchilikni tashkil qilgan. Ular tajribalari jarayonida turli bo’yotjlar, ma’danlarning xususiyatlari, bir qancha qotishmalarni, dorivor moddalami tayyorlash amaliy usullarini ixtiro qilganlar.

Buni o’qing!

Dunyo haqidagi tasavvurlar

Mavjud ma’lumotlarning noaniqligi, axborotning juda sekin tarqalishi, kitoblarning kamyobligi, oykumena – Yer yuzidagi insonlar yashaydigan hududlar chegarasini

Page 479: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qisqartirgan. Odamlar: Yer, osmon, havo, suv haqida juda kam va ko’p hollarda “g’aroyib” tasavvurlarga ega bo’lganlar.

Cherkov ta’limotiga binoan dunyoning markazi (“kindigi”) Quddus shahri hisoblanib, uning sharqidagi baland tog’lardan to’rtta buyuk daryo: Frot, Dajla, Fison va Geonlar suv olib Bog’i eram, ya’ni Yerdagi “jannat” tomon oqadi. Bu borada Fison Hind yoki Gang, Geon esa Nil daryosi deb faraz qilingan.

Hind okeani yopiq dengiz deb tushunilib, undagi orollar oltin, ziravorlar, xushbo’y daraxtlar, g’aroyib mavjudotlar yashaydigan hudud sifatida tasvirlangan. Hatto venetsiyalik sayyoh Marko Polo (1254–1324 yillarda yashagan) Xitoy va Shimoliy Hindistonga sayohatida dumli odamlar borligi haqida hikoya qiladi.

Hayvonot olami ham afsonaviy ko’rinish va xususiyatlar bilan ifodalangan.

(A.Yastrebitskaya. XI–XIII asrlarda G’arbiy Yevropa. M., 1978, 35–360-betlar.)

32-§. San’at va adabiyot

1. Me’morchilik. Yevropada qurilish-me’morchilik sohasi XI asrdan boshlab tez rivojlandi. Dastlabki paytda binolar va hatto feodal qal’alari ham yog’ochdan qurilgan edi. G’arb mamlakatlarida, jumladan, O’rta Yer dengizi havzasidagi shaharlar qurilishida toshni ashyo sifatida keng miqyosda ishlatishga o’tilishi uchun bir necha asr kerak bo’ldi.

Toshning ishlovda qulay yumshoq turlari bo’lmagan mamlakatlarda, jumladan, Angliya va Polshada ibodatxona, saroy va uylar pishiq g’ishtdan qurilgan.

Dastlabki tosh binolar xristian cherkovi inshootlari: ibodatxonalar va monastirlar edi.

O’rta asr san’ati va me’morchiligidagi keyingi davr –

Page 480: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

gotika uslubining yaratilishi bilan ma’lum va mashhurdir. Senorlar hukmronligidan ozod bo’lgan shaharlarda XII asr oxiridan savdo rastalari, ratushalar, kasalxonalar va mehmonxonalar qurilishi boshlandi. An’anaviy shahar markazidagi eng chiroyli va hashamatli bino ibodatxona bo’lardi.

Gotika me’morchiligining vatani Shimoliy Fransiya hisoblanib, yangi fransuzcha bu me’moriy uslub XII asr oxirlaridan tezkorlik bilan rasm bo’la boshladi va roman uslubini siqib chiqardi. (“Gotik” nomi gumanist, ya’ni insonparvar arboblar ta’siri ostida keyinroq paydo bo’lgan, chunki ular o’rta asr davridagi barcha narsalar gotlar va “varvarlarniki” deb hisoblardilar).

Gotika uslubining xarakterli xususiyati shunda ediki, me’morlar binoni mumkin qadar balandroq qilib qurishga intilardilar. Buning sababi shahar aholisi soni o’savergach, mustahkam qal’a devorlari uning atrofini o’rab turganidan shahar maydonini kengaytirishga ancha-muncha qiyinchilik tug’dirdi. Eniga o’sishga iloj topa olmagan binolar bo’yiga o’sa boshladi. Yarim doirali qubba peshtoq o’rniga uchi nayzasimon peshtoq qilinadigan bo’ldi, bu uchli peshtoqlar va gumbazlarni Yevropaga musulmon ustalari keltirdilar. Bu gumbazlar sinch ustiga o’rnatilib, ibodatxonaning baland va ko’rkam ishlangan ustunlariga tayanib turardi. Shu tariqa, hozirgi zamon qurilishlarida ishlatiladigan temir-beton va po’lat karkaslar kabi qurilma hosil bo’lardi. Bunday qurilmalar tayanch ustunlar orasidagi bo’shliqni katta derazalar bilan to’ldirish imkonini bergan. Endilikda beso’naqay va qalin devorlar qurish zarur bo’lmay qoldi.

Gotika uslubidagi ibodatxonalar derazalarning katta hamda ko’p bo’lganligidan yengil va yorqin ko’rinishga ega bo’ldi. Ibodatxona ichl keng va ehiroyli bo’lgan. Ibodatxonalar shahaf kengashi buyurtmasi bilan qurilgan. Ular faqat cherkovning qudratini namoyish qilibgina qolmasdan – shaharlar erkinligi timsolini ham o’zida mujassam-lashtirgan. Tik qoya tomlari, o’tkir uchli arklari,

Page 481: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

eng tepasiga ingichka nayza o’rnatilgan baland jomminorlar – bularning barchasi binoni tobora yuqoriga ko’tarilayotganday qilib ko’rsatadi. Gotika uslubida qurilgan eng yirik ibodatxonalar jom”iinofining uchi Misrnlng Xeops ehromi kabi 150 metrga yetardi. (Fransiyaning Shartr shahridagi butxonaning balandligi 115, Strasburgdagisi esa 142 metr, ya’ni 48 qavatli binoning bo’yiga teng). Bu yirik inshootlar ba’zida yuzlab yil davomida qurilardi.

Umuman, Yevropaning o’rta asr me’morchiligida roman va gotika uslublaridan tashqari Italiyadagi vizantiya uslubidan (Venetsiyadagi Avliyo Mark sobori, qisman Dojlar saroyi va boshqalar) hamda Ispaniyadagi arab uslubidan (eng mashhur yodgorliklar: arablarning Granadadagi Al-Hamro nomli sobiq saroyi – masjidi, hozirgi Sevilya sobori va Sevilyadagi Al-Qasar qasri) ham foydalanilgan.

2. Haykaltaroshlik. O’rta asrlarda haykaltaroshlik san’ati me’morchllik bilan uzviy bog’liq edi. Ibodatxona va cherkovlar xudo, payg’ambar, avliyolar, yepiskop va qirollarningyuzlab haykallari bilan bezatilgan. Haykallarga asosiy buyurtmachi cherkov bo’lgani sababli ularni diniy mavzuda yaratganlar. Haykallarni ko’pincha xalq orasidan yetishib chiqqan san’atkor ustalar bunyod qilganlar. Ular haykallarida hayotni o’zlari anglagancha ifodalar, insonning olijanobligi va samimiyligini ulug’lar edilar. Ustalarni ayniqsa onaning bolaga bo’lgan mehr-muhabbatini ulug’lash qiziqtirardi. Bu hol Bibi Mariyamning ko’plab haykallarida o’z aksini topgan. (Evropada uni “xonim”, “bekam” ma’nosida “madonna” deb atashar edi.)

Inson tanasining go’zalligini ulug’lagan antik davr san’atkorlaridan farqli o’laroq, o’rta asr ustalari odamlarning fikrini, his-tuyg’u va kayfiyatlarini ifodalashga harakat qilishgan. Roma uslubidagi haykallarda odamlar aytarlik jozibali tasvirlanmagan. Ustalar odamlarning qayg’u-alamlarini yoki

Page 482: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

xursandchiliklarini bo’rttirib aks ettifish niyatida haykallarning turishini va harakatlarini ko’p hollarda g’ayritabiiy (nimjon, ozg’in, xunuk) aks ettirganlar.

Gotika uslubidagi haykallarda odamlar qiyofasi birmuncha to’g’ri tasvirlangan. Ularning qaddi-qomatlari kiyimlari burmalaridan bilinib turadi. Haykallarning turishlarida ham harakat ko’proq ifodalangan.

Iste’dodli ustalar hayotda ko’rgan narsalarini ko’p hollarda ishonarli qilib tasvirlashga erishganlar. Haykaltaroshlarda esa asta-sekin inson tashqi qiyofasining go’zalligini tasvirlashga qiziqish paydo bo’lgan.

3. Rassomchilik. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalarning ichki devorlariga, shiftiga ko’p surat solinardi. Bu suratlarda aziz avliyolar, payg’ambarlar, xudoning siymolari tasvirlanar edi. Keyingi paytda qurila boshiagan gotika uslubidagi ibodatxonalar devorlafida suratlar nisbatan kam bo’lgan. Ularning o’rniga katta derazalar, qo’rg’oshin gardish bilan bir-biriga ulangan rangli oyna parchalaridan ishlangan vitrajlar, surat va manzaralar ibodatxona ichidagi ustunlarda, gumbaz va polda jilvalanib, unga benihoya chiroyli hamda tantanali tus berardi.

Kitob bezalishi (miniatyuralari) sohasida rassomchilik ayniqsa katta yutuqlarga erishdi. Ushbu yorqin miniatyuralarda o’rta asr kishisi hayotining turli tomonlari o’z aksini topgan. Vitraj va miniatyuralarda ko’pincha dehqon va hunarmandlarning ishlab turgan paytlari tasvirlangan. Ularda xalq mehnatining ahamiyati, uning qadr-qiymati aks ettirilgan.

4. Adabiyot. Jangnoma she’riyati Yevropa adabiyotida VIII–IX asrlarda shakllandi. Jangnoma dostonlari asosan ikki yo’nalishda: tarixiy voqfealarga va xayoliy tasavvurlarga, xalq ertaklari va afsonalariga asoslanib yaratilgan.

Tarixiy jangnomalarga frafisuzlarning; “Roland haqida qo’shiq” yoki ispanadabiyotiga oid “Sid haqida

Page 483: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qo’shiq” asarlarini misol tariqasida ko’rsatish mumkin. Germaniyada yaratilgan “Nebelunglar haqida qo’shiq” dostoni esa tarixiy haqiqat va afsonalarni birgalikda mujassamlashtirgan asardir.

Ritsarlar adabiyoti. O’rta asrlar madaniyatining eng yorqin sahifalari ritsarlarning keyinchalik romantik tus olgan adabiyotlari bilan bevosita bog’liqdir. Udumlarga binoan ritsarlar ko’plab fazilatlarga ega bo’lishlari kerak edi. Dastlab ritsarlar jasurlik, saxiyilk va olijanobiik kabi xususiyatlar haqida unchalik ko’p o’ylashtriagatf’. Ularning hayotidagi ko’p narsalar yuzaki bo’lib, ko’z-ko’z qilish maqsadida qilingan. Ritsarlar g’olib bo’lish va shon-shuhratga erishish yo’lida hech narsadan qaytishmagan. Ularning qahramonliklari va ishqiy sarguzashtlari ham go’yoki hammasi shunday bo’lishi kerakday namoyish qilingan. Ritsarlar hayoti tasvirlangan Tristin va Izolda sevgisi va fojiasi haqidagi qissa fikrimizga dalil bo’la oladi.

Xalq adabiyoti. G’arbiy Yevropa madaniy hayotining markazi XI asrdan shaharga ko’chdi. Shaharlar erkin madaniyatining cherkovga qarshi yo’naltirilganligi shahar adabiyotida o’z aksini to’liq topdi. Bu yo’nalishdagi asarlarda hajv asosiy usul edi. Jumladan, “Tulki haqida roman” asari shahar aholisining sevimli kitobi bo’lgan. Unda topqir va dovyurak tulki Renar, ishbilarmon va oqil shaharlik siymosida, u doimo fahmsiz va qonxo’r bo’ri Izengrining, kuchli, lekin ahmoq ayiq Bren – ritsar va feodallarning – ustidan g’olib chiqadi. Tulki, shuningdek, sher Nobl (qirol) va eshak Boduen (ruhoniy) ahmoqliklari ustidan doimo kuladi. Fransiyada yaratilgan bu asar keyinchalik nemis, ingliz va italyan tillariga tarjima qilinib Yevropada keng yoyilgan.

Har qanday tarixiy davr madaniyati asosi mehnatkash xalq ijodidir. Uningsiz madaniyat taraqqiy etmaydi. Xalq og’zaki ijodi: qo’shiq, ertak, qissalarda dehqonlarning hayoti haqidagi fikr va tasavvurlar o’z aksini topadi. Qo’shiq dehqonning faqat dam olishda

Page 484: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

emas, mehnatda ham doimiy hamdami, yo’ldoshi edi. O’rta asrlarda xalq og’zaki ijodi mahsuli bo’lgan ertak va afsonalarda kambag’allar doimo yaxshilikka, yorug’likka, ezgu niyatlarga intilar va odatda sehrli kuchlar yordamida murod-maqsadlariga yetardilar.

Buni o’qing!

O’rta asr soatlari

Ilk o’rta asrlarda quyosh va suv soatlari qurish faqat Vizantiya hamda Arab xalifaligida saqlanib qolgan. G’arbiy Yevropada bu kabi soatlar kamyob bo’lib, tarixiy manbalarda Horun ar-Rashidning Buyuk Karlga (768–814-yillar) yuborgan sovg’alari orasida suv soati bo’lgani qayd etilgan.

Mexanik soatlarning qachon yaratilgani aniq emas. Lekin mashhur italiyalik shoir Dante Aligerining g’ildirakli va jarangli soat haqida yozishiga qaraganda, u XIII asrda bo’lgan. London Vestministerida 1288-yili dastlabki jomminor soati o’rnatilgan. Bu soatning bitta mlli bo’lib, u faqat vaqtni ko’rsatgan, xolos.

Jomminor soatlari ham o’z ajdodlari kabi faqat vaqtni ko’rsatibgina qolmasdan, ko’pincha yuksak badiiy san’at buyumi, harakatlanuvchi teatr bo’lgan. Xususan, 1354-yili yaratilgan Strassburgdagi jomminor soati: quyoshni, oyni, kunning ma’lum pallalarini, cherkov bayramlarini belgilagan. Kunning qoq o’rtasida soatdagi Bibi Mariyam haykalchasi oldida uchta avliyolar ta’zim qilib turgan, darchadan ko’ringan o’yinchoq xo’roz esa qanotlarini qoqib qichqirgan. Bugungi kunda Strassburg soatidan faqat xo’rozcha saqlanib qolgan, xolos.

(A.Yastrebitskaya. XI–XIII asrlarda G’arbiy Yevropa. M., 1978, 7–8-betlar.)

Page 485: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

X b o b. O’rta asrlarda Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari

33-§. Xitoyda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi

1. Ijtimoiy munosabatlar va dehqonlar ahvoli. Xitoyda uzoq vaqt davom etgan o’zaro urushlarga Sun sulolasi davrida (960–1279-yillar) chek qo’yildi. Urushlarning to’xtashi esa keyingi davrda mamlakat qishloq xo’jaligida birmuncha yuksalish imkoniyatini berdi.

Dalalarda sopol ko’zalar yoki yog’och cho’michli suv ko’tarish charxpalaklari, shuningdek, cho’michli yassi suv chiqarish moslamalarining takomillashuvi va keng qo’llanilishi ilgari ishlatilmay kelgan yerlarga ham suv chiqarib ekin yetishtirish imkoniyatini berdi. Yangi ixtiro qilingan suv tegirmonlari va iskanjalarida: sholi oqlash, yog’ chiqarish, turli donlardan un qilish yo’lga qo’yildi.

Ilk o’rta asrlardayoq dehqonlar almashlab ekishni, dalada bir paytning o’zida turli xil ekinlar ekib, ulardan mavsumda ikki marta hosil olishni bilishgan. Dehqonchilikdagi bu usul hozir O’zbekistonda asosiy ekin orasiga oraliq ekin ekish deb ataladi. Dehqonchilikda urug’chilikka alohida e’tibor qaratilgan. Dehqonlar asosiy ekin sholining urug’i va ko’chatini sinchkovlik bilan tanlashgan, Janubiy vlloyatlar yerlarida shakarqamish ekish kengaysa, shimolda sanoat pillachiligi rivojlandi.

Xo’jalikdagi hamma yutuqlar dehqonning qo’l mehnatini kengaytirishga asoslangan edi. Xitoyda otlar kam bo’lib, bori ham qo’shin xizmatida bo’lgan. Mamlakatda xachir va eshaklar ham yem-xashak tanqisligidan unchalik ko’p bo’lmagan. Shuning uchun

Page 486: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

barcha yumushlar: yer chopish qo’l omochi, so’qa va ketmonlar bilan qo’lda bajarilgan. Suv oqimi kuchsiz joylarda yerga suv chiqarish moslamalari ham insonning qo’l va oyoqlari yordamida harakatga keltirilgan.

Bu davrda imperiyaning ijtimoiy hayotida ham birmun-cha o’zgarishlar ro’y berdi. Davlat yerlari: imperator xonadoni va qarindoshlari, harbiylar hamda amaldorlar, shuningdek, ibodatxona yerlari kamayib bordi. Uning o’rniga xususiy mulkchilik – feodal yer egaligining hukmron yetakchi yo’nalishiga aylanib bordi. Xususiy mulklar qo’riq va bo’sh yerlarning o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan tog’li tumanlarda yangi maydonlar ochilishi, yerni sbtib yoki kuch ishlatib tortib olinishi hisobiga ko’payib bordi.

Xrtoyda XI asr boshidan mamlakatdagi ekin maydonlarining yarmi yirik feodallar qo’lida to’plandi. Feodallar o’z yerlarini sotishlari, in’om etishlari mumkin edi. Lekin asosiy yer maydonlari qaram dehqonlarga ijaraga bo’lib berilardi.

Hukumat imkoniyati boricha 30–40 mu yeri bor erkin yer egalari tabaqasini saqlab qolishga harakat qildi. Ular soliqlarni to’g’ridan-to’g’ri davlatga to’lardi. Yer solig’i dehqondan yiliga 2 marta, yetishtirilgan mahsulot hisobida: sholi, tariq, bug’doy, shoyi va ip gazlamalar sifatida olinar edi.

2. Shaharlar va hunarmandchilik. Xitoyda X–XII asrlarda shaharlarning vujudga kelishi jarayoni davom etdi. Ko’p joylarda ular yangidan tashkil etilsa, ba’zan hunarmandchilik va savdo uchun qulay yirik qishloqlar ham shaharlarga aylangan. Bu paytda Kayfin, Chendu va Uchan shaharlari yirik boshqarttv, hunarmandchilik va savdo markazlari edi. Shahar devorlari ortida savdo-hunarmandchilik guzarlari qurilar, vaqt o’tishi bilan vujudga kelgan tashqi shaharni yangi devor bilan o’rashga to’g’ri kelardi. Xitoy shaharlarining ko’pchiligidan suv yo’llari kesib o’tardi. Suv transporti savdo-sotiqdagi asosiy yuk tashuvchi vosita edi.

Page 487: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Shaharlarning o’sishi hunarmandchilikning jadal sur’atlarda taraqqiy qilishini ta’minladi. Temir qazib chiqarish va eritish ko’paydi. Jumladan, mis ishlab chiqarish IX asrdagiga nisbatan 30 marta, temir esa 12 marta oshdi. Shuningdek, qo’rg’oshin, simob, qalay, oltin, kumush olish ham ko’paydi. Metallarni eritish va ishlov berishda maxsus kimyoviy moddalar, toshko’mir keng qo’llanildi. Temirchilik va metall buyumlar: qurollar, pichoqlar, mix, temir idishlar ishlab chiqarish keng tarqaldi.

Janubiy viloyatlarda shoyi buyumlarning o’nlab turlari to’qilardi. Shoyi so’zanalarning badiiy to’qish uslubi – panno ixtiro qilindi. XI asrda O’rta va Markaziy Osiyo hamda Hindiston orqali Xitoyga paxta ekinining kirib kelishi va keng tarqalishi katta ahamiyatga molik voqea bo’ldi. Mamlakatda chigitni tozalaydigan va ip yigiradigan charx – dastgohlarni ixtiro qilishdi. Natijada XII–XIII asrlardan zig’ir tolasi va kanopsiz, faqat paxta tolasidan gazlama to’qish imkoniyati tug’ildi.

Bu asrlar davomida Xitoyning an’anaviy hunarmandchilik sohalari sopol va chinni buyumlar yasashda ham yangi kashfiyotlar qilindi. Bo’yoqchilik takomillasha borib, yangi nim yashil yoki nim kulrang – nim havorang chinni idishlar yasala boshlandi.

Shaharlar ko’chalarida behisob: kiyim tikish, poyabzal, uy-xo’jalik mahsulotlari, yelpig’ichlar, soyabonlar, zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqaradigan ustaxonalar va do’konlar bo’lardi. Lekin hunarmandchilik ustaxonalarida mehnat taqsimoti bo’lmagan Xitoyga XIII asrning oxirida kelgan venetsiyalik Marko Polo ustaxonalarda 10 tadan 40 tagacha kishi ishlaganligini yozib qoldirgan.

Xitoy himarmandchiligida sex a’zosi bo’lish majburiy edi. Sexlar har bir ustada necha xalfa va shogirdlar bo’lishi lozimligini, mehnat sharoiti va maoshi, tayyorlangan buyumlarni sotish, sex sirlarini saqlash kabi vazifalarni bajarardi.

Page 488: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

3. Savdo. G’arbiy Yevropadan farqli o’laroq Xitoy shaharlarining hunarmandchilik mavzelarida qizg’in savdo bo’lardi. Shaharlarda hatto tungi bozorlar ham bo’lgan.

Shahar maydonlari va shahar darvozalari yaqinida turli mahsulotlar bilan savdo qiladigan kundalik bozorlar bo’lardi. Katta bayram kunlari yarmarkalar ham tashkil qilingan. Bozor va yarmarkalarda qishloq xo’jalik mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlari bilan savdo-sotiq qilingan.

Hunarmandchilik va savdo mamlakatda pul va pul munosabatlarini yuksaltirdi. Temir va mis tangalardan tashqari, kumush va oltin pullar ham muomalaga kiritildi. Xitoyda, shuningdek, qog’oz pullar ham ishlatilgan.

Tashqi savdoda Xitoy turli mamlakatlar bilan aloqada bo’lgan. Quruqlikdagi savdo yo’llari Xitoyni qo’shni Vetnam va Birma, mamlakatning sharqiy va shimoliy qismlarida joylashgan xalqlar bilan bog’lagan. Xitoydan Buyuk Ipak yo’li orqali O’rta Osiyo, Eron va Vizantiyaga karvonlar borardi.

Dengiz bo’yidagi Ninbo, Xanchjou va Guanchjou shaharlari Hind va Tinch okeani havzasidagi mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini olib borishiga imkoniyat bergan. Xitoyning port shaharlarida hind, arab, fors, arman, yahudiy savdogarlari soni 200 ming kishiga yetgan.

34-§. XII–XV asrlarda Xitoyning ichki va tashqi siyosati

1. Xitoyda feodal tarqoqlik va mo’g’ullar istilosi. XIII asrda hozirgi Xitoy yerlarida to’rtta davlat mavjud edi. Mamlakatning feodal tarqoqlikni boshidan kechirishi, 1211-yili boshlangan Chingizxon qo’shinlari hujumini qaytarish imkonini bermadi. Istilochilar Xitoy yerlarini to’liq bosib olishga taxminan 70 yil vaqt

Page 489: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

sarfladilar.Xitoy keyingi asrlarda Mo’g’uliston davlatining asosiy

qismi bo’lib qoldi. Pekin “ulug’ xon” Xubilayning poytaxtiga aylandi. Mo’g’ullar uni Xonbaliq deb atardilar. Mo’g’ullar mamlakatni to’liq bosib olganlaridan keyin Yuan sulolasiga (1279-yil) asos soldilar.

Mo’g’ullar ichki siyosatda mamlakatdagi barcha yerlarni unda yashovchi aholi bilan birga o’z feodallariga bo’lib berdilar. Yangi xo’jayinlar ham xo’jalik yuritishning eski an’anaviy tartibini to’liq qabul qildilar. Soiiqlar majmuasi ham saqlanib qoldi.

Mo’g’ullarning moliyaviy siyosati dehqonlar va hunarmand-larnigina emas, balki savdogarlarni ham og’ir ahvolga solib qo’ydi. Doimiy xarajatlami qoplash uchun qog’oz pul chiqarish ko’paytirildi. Natijada pulning qadrsizlanishi tezlashdi. Turli mahsulotlar va buyumlar narxi oshib ketdi.

Xubilay boshqaruvning xitoycha taomilini olsa-da, davlat xizmatidagi barcha mahalliy amaldorlarni ishdan haydadi. Mo’g’ullar davlati moliyasini o’zbek Ahmad boshqarsa, Nasriddin va Masariylar harbiy qo’mondonlar edilar. Umuman, davlat xizmatida turli xalq va din vakillarini uchratish rnumkin edi. Manbalarda yozilishicha, mo’g’ullar hukmronligi davrida Pekinga 5 ming xristian ko’chib kelgandi., Italiyalik sayyoh Marko Polo ham xon saroyida yuksak lavozimni egallagan.

Xubilayxon va uning vorislari davrida davlat faol tashqi siyosat olib bordi. XIII asrning 90-yillarida Yava oroliga harbiy-dengiz ekspeditsiyasi yuborildi. Mo’g’ul qo’shinlarining zaiflashuvi bilan bosqinchilik urushlaridan voz kechildi.

2. Min sulolasining tashkil topishi. XIV asr o’rtalarida mo’g’ullar imperiyasining inqirozga yuz tutishi Xitoyda ozodlik harakatining kuchayishiga olib keldi. 1351-yili boshlangan qo’zg’olon-ning asosiy ishtirokchilari dehqonlar bo’lib, u butun mamlakatni qamrab oldi. Anxuy viloyatida kichik bo’linmaga

Page 490: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

boshchilik qilishdan faoliyat boshlagan rohib Chju Yuan-Chjanning obro’-e’tibori kun sayin osha boshladi. Raqiblari, mo’g’ullar tarafidagi zodagon va amaldorlarni yenggan Chju 1368-yili Pekinni egallab, yangi Min sulolasining birinchi imperatori bo’ldi.

Xuddi shu sulola davrida mo’g’ullar mamlakatdan haydab chiqarildi. Mo’g’ullarning Gobi cho’lidagi poytaxti Qoraqurum shahri xitoyliklar tomonidan bosib olinib, yondirib yuborildi. Keyingi ikki asr davomida ko’chmanchilarning Xitoyga yangi hujumlariga chek qo’yildi. Faqatgina XVII asrning o’rtalarida manchjurlar mamlakatga hujum qilib, Pekinni bosib oldilar.

Umuman, ko’chmanchi xalqlarning hujumlaridan G’arb va Sharq dunyosida XVIII asrda porox va to’plarning keng miqyosda qo’llanilishi natijasidagina qutul-dilar.

Mo’g’ullar bosqinidan xonavayron bo’lgan mamlakat xo’jaligini tiklashda Chju Yuan-Chjanning soliq sohasida bergan erkinliklari, qullarni ozod qilish, suv omborlari va to’g’onlarni tiklashi birmuncha qo’l keldi. Xitoyda XIV asr oxiri va XV asr boshlarida qishloq xo’jaligining rivojlanishi, ekin maydonlarining kengayishi va aholi sonining oshishi ro’y berdi. Xitoyning janubiy viloyatlari aholisi 1380-yilga kelib, rasmiy manbalarga qaraganda, shimoliy hududlardagiga nisbatan 2,5 baravar ko’p edi. Xususan, janubda 37, shimolda esa 15 million aholi yashar edi. Bunday nomutanosiblikning sababi mamlakatning janubida sholidan 2–3 marta hosil olish imkoniyatining bo’lishida edi. O’rta asrlardanoq Xitoyda sholini sepib ekilmasdan, issiqxonalarda yetishtirilgan ko’chatlar bir-biridan 10–12 sm oraliqda o’tqazilgan. Bu esa faqat hosildorlikni oshirib qolmasdan, sholining pishish vaqtini ham qisqartirgan.

Qiypslash uchun shunday misol keltirish kifoya: Fransiyaning Lavuze rayonida bug’doy 5 sentner hosil bergan bir paytda, Xitoyda sholidan 30 sentner hosil

Page 491: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

olingan. Sholining ertapishar navlari Xitoyga Tailanddan XI asrda keltirilgan bo’lib, u asta-sekin mamlakatning barcha viloyatlariga tarqaldi va buyuk demografik yuksalishga asos bo’ldi. XVI asrda makkajo’xorining keng tarqala boshlashi bilan Xitoyning shimoliy viloyatlarida aholining o’sishi ham ta’minlandi.

3. XV asrda Xitoyning ichki va tashqi siyosati. Mamlakatda dehqonlarga va shahar aholisiga berilgan turli imtiyozlar XV asrdan feodallar tabaqasining mustahkamlanishi bilan bekor qilindi. Xususan, dehqonlarga berilgan yerlar qaytadan tbrtib olindi. Ziroatkor, hunarmandlar va savdogarlardan olinadigan soliqlar yana ko’paytirildi.

XV asrning boshlarida Min imperiyasining g’arbdagi qo’shnisi Amir Temur davlati bilan munosabatlari murakkablashdi. Ikki davlat orasidagi muqarrar urush harakatlari 1405-yili Amir Temurning Xitoyga yurishi boshlanishida qo’qqisdan vafoti sababli to’xtadi. Shundan so’ng Min sulolasi qo’shinlari 1406-yili Vetnamni bosib olib, o’z viloyatiga aylantirdi. Keyinchalik Xitoy Mo’g’ulistonni ham istilo qildi.

Mamlakat tashqi siyosatida shu yillarda Chjan Xe boshchiligida tuzilgan dengiz flotining faoliyati katta ahamiyatga molik bo’ldi. U 62 ta kema, 30 mingga yaqin harbiy dengizchilardan iborat katta kuchga ega edi. Chjan Xe 1405–1433-yillar davomida yetti marta harbiy yurishlar uyushtirib Hindixitoy, Zond arxipelagi, Shri-Lanka va Hindistongacha bordi. Uning kemalari Ormuz shahrida (Fors ko’rfazida) va Afrikaning sharqiy qirg’oqlarida ham bo’ldi. Bu harbiy ekspeditsiyalar mamlakat-ning mavqeini oshirish va tashqi savdoni yuksaltirishga qaratilgan edi. Xitoy 1415–1420-yillari Samarqandga, Ulug’bek saroyiga ham ikki marta o’z elchilarini yubordi. Lekin hali kuchli bo’lgan Temuriylar davlati Xitoyning tajovuzlarini pisand ham qilmadi.

Xitoyda XV asr o’rtalarida boshlangan moliyaviy inqiroz mamlakatning keyingi davridagi taraqqiyoti,

Page 492: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

xususan, tashqi siyosatiga ham putur yetkazdi.4. Madaniyat. Keng miqyosdagi tashqi aloqalarning

yo’lga qo’yilishi, olis o’lkalarga dengiz safarlari turli ilmiy bilimlarning rivojlanishiga turtki bo’ldi. Ilmning turli sohalari: tibbiyot, geomorfologiya va speologiya rivojlandi. Geografik ma’lumotlarning ko’payishi yangi kartalar yaratilishiga olib keldi.

Xitoyda o’rta asrlarda ko’plab ixtirolar qilindi. Dastlab mushakbozlikda ishlatilgan o’q-dori (porox) keyinchalik harbiy sohada ham keng qo’llanila boshlandi. XIII asrdan miltiq, XIV asrdan tosh va temir o’q otadigan zambarak – to’plar yatatildi.

Bosma kitobning yaratilishi Xitoyda xususiy nashriyotlarning vujudga kelishini ta’minladi. Jumladan, poytaxt Pekinning o’zida 2 ta bosmaxona mavjud edi. Falsafa, tarixshunoslik fanlarining ham o’sishiga birmuncha imkoniyat yaratildi. Tasviriy san’atda yangi soha – badiiy asarlarni rasmlar bilan bezash vujudga keldi.

Mamlakatda an’anaviy san’at sohalari saqlanib qolsa-da, asta-sekin fan, adabiyot va san’atda yangi yo’nalishlar shakllanib, zamondoshlar diqqat-e’tiborini jalb qila boshladi.

35-§. O’rta asrlarda Hindiston

1. Dehli sultoirligining tashkil topishi. XI asrda Hindiston yarimorolining shimoliy qismi musulmon feodallari – G’aznaviylar sulolasi tomonidan bosib olinib, bu davlatning doimiy istilochilik urushlari keyingi asrlar davomida mamlakatning ko’plab viloyatlarini xarobaga aylantirdi.

XIII asrning boshlarida G’azna sultonlaridan mustaqil bo’lib olgan, poytaxti Dehli shahri bo’lgan sultonlik tashkil topdi. Bu davlatni shimoldan kelgan musulmon feodallari tuzdilar. Dehlining birinchi sultoni Qutbiddin Oybek bo’ldi. Musulmonlar lashkari turli

Page 493: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qabilalardan tuzilgan bo’lib, uning asosini turk qabiialari tashkil qilgan. Qo’shinning harbiy boshliqlariga mamlakatning bosib olingan yerlarida yirik viloyatlar boshqaruvi topshirildi.

Arab xalifaligidagi kabi mamlakatdagi bareha yerlar Dehli sultonining mulki deb e’lon qilindi. Yangi hukmdorlar ham soliqni hind rojalari kabi – hosilning 1/5 qismi miqdorida belgilashdi. XIII asr oxiridan hokimiyat mustahkamtanishi bilan yer solig’i ko’paytirilib, hosilning 1/4 qismi miqdorida belgilandi.

Ko’pgina mahalliy hind feodallari urush paytida halok bo’lgandi, ba’zilari o’z yerlarini tashlab qochishsa, yirik yer egalarining ma’lum qismi musulmonlar hukmronligini tan olib, o’z yerlarida qolishdi. Keyingi davrda hukmron guruhning mustahkam joylashishida feodallarning xuddi ana shu qismi yordam berdi. Sulton yirik yer egalari orqali aholidan soliqlarni yig’ar, mahalliy xalqni itoatda saqlashda ham shu feodallarga suyanardi.

Dehli sultonligi yerlarida XII–XIII asrlar chegarasida siyosiy vaziyat murakkab bo’lsa-da, musulmonlarning mustahkam hokimiyati o’rnatildi. Sulton Qutbiddin Oybek chavgon o’yini paytida otdan yiqilib o’lgandan so’ng taxtga Shamsiddin Eltutmish (1211–1236-yillar) o’tirdi. Uning davrida Panjob, Sind, Bengaliya yerlari bosib olindi. Sultonlikning shimoliy hududlariga 1221-yili kirib kelgan Jaloliddin Manguberdi Panjob va Sind yerlarida uch yilcha bo’lib, yana o’z yurtiga Chingirxonga qarshi kurashni davom ettirish uchun qaytib ketdi.

2. Mamlakatda feodal yer egaligi munosabatlari. Uzoq vaqt davlatning asosi harbiy tashkilot tarzida saqlandi. Musulmon feodallari sulton atrofida jipslashgan edilar. Ularga nisbatan dushman kayfiyatidagi mahalliy aholining ko’p bo’lganligi shuni taqozo etardi.

Sultonlikdagi yer egaligi boshqa musulmon davlatlaridagi kabi – iqtodan iborat edi. Iqtoga katta yerlarni, ba’zida butun viloyatlarni olgan amir yoki

Page 494: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

maliklar yig’ilgan soliqning 10–20% ini o’zlarida qoldirishlari va uni harbiy qo’shinga sarflashlari zarur edi.

Eltutmish davridayoq Dehli atrofidagi qishloqlarni sulton o’zining shaxsiy gvardiyasi otliq jangchilaridan 2000 kishiga iqto’ sifatida bo’lib berdi.

O’zining ahamiyati jihatklan ikkinchi o’rinda xolisa yer egaligi turardi. U davlat ixttyoridagi yerlar bo’lib, undan yig’iladigan soliqlar sulton xazinasiga tushardi. Xolisa davlat ehtiyojlari va maxsus qo’shinni saqlash hamda ta’minlashda qo’l kelgan.

Dehli sultonligida mahalliy feodallar yerlarini, shartli ravishda “zamindorlar” nomi bilan belgilash mumkin. Ularning yerlari ham ancha bo’lib, sultonlikning katta qismini o’z ichiga olgan. Mamlakatda, shuningdek, ko’p bo’lmasa-da, in’om, mulk, vaqf yerlari ham mavjud edi. In’om aslida buyum sifatida berilgan. Lekin sulton ba’zida ma’lum yerlardan olinadigan soliqlarni ham in’om qilish hollari uchragan. Sultonga yaxshi madhiya yozgan saroy shoirlari, ma’lum vaziyatlafda din peshvolari ham in’om olib, undan faqat o’zlari 6mas, keymchalik ularning merosxo’rlari ham foydalangan. Mulk turidagi yerlar ko’pincha savdogarlarda bo’lgan. Ular bu yerlardan olingan daromaddan davhtga soliq to’laganlar.

Vaqf yerlari masjid, madrasa va boshqa diniy tashkilotlarga taalluqli bo’lgan. Vaqf yerlari ulaming egasi bo’lgan muassasaning doimiy mulki bo’lib, undan soliq olinmagan. Mahalliy mehnatkash hind aholisi jamoalari hayotida esa aytarlik o’zgarishlar bo’lmagan.

3. XV asrda Dehli sultonligi. Eltutmish vafotidan keyin Dehli sultonligida taxt uchun kurash va feodallarning o’zaro urushlari kuchayib ketdi. Davlatning birmuncha yuksalishi sultonlar Alouddin Xiljiy va Muhammad Tug’luqlar davrida bo’ldi.

Dastlab sultonlik taxtiga o’tirgan Alouddin Xiljiy bir, qator islohotlar o’tkazgan. Ularning asosiy mohiyati, davlat daromadlarini ko’paytirish, yirik jangovar qo’shin tuzish va ta’minlash va, nihoyat, feodallar ustidan sulton

Page 495: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

hukraini to’liq o’tkazishdan iborat edi.Sultonning iqtisodiy sohadagi asosiy tadbiri

jamoalardan olinadigan yer solig’ini 2 baravar ko’paytirish bo’ldi. Endilikda dehqon olingan hosilning 1/4 qismini emas, yarmini soliqqa berishi lozirn edi.

Manbalarda yozilishicha, soliq islohoti boshlanishi bilan ko’p o’tmasdan aholining barcha toifalari qashshoqlashib ketdi. Hatto soliq yig’uvchi jamoa oqsoqollarining uyida ham hech vaqo qolmagan. Odamlar ochlikdan pishmagan boshoqlarni yeb tirikchilik qilishgan.

Davlat vaqtinchalik bo’lsa-da o’z qudratini tikladi. Islohot qo’shinni mustahkamlab, shimolda mo’g’ullar hujumlarini qaytarish imkoniyatini berdi. Keyinchalik sulton Dakan yarimorolida istilochilik urushlarini olib bordi. Alouddin Xiljiy o’rta Osiyo va Arabistondan minglab otlar sotib oldirib keldi. Bu borada suiiste’mol bo’lmasligi uchun u Hindiston tarixida birinchi marta otlarni tamg’alashni buyurdi.

Sultonligi paytida Alouddin Xiljiy davlat qonunlarini buzgan amaldorlarga nisbatan beshafqat bo’lgan. Uning o’limidan keyin zindonlardan 17 ming turli jazo muddatini o’tayotgan amaldorlarni bo’shatganlar.

Muhammad Tug’luqqa uning otasidan sultonlik 1325-yili o’tgan. Tug’luq o’z hukmronligini otasi paytida ajralib ketgan knyazliklarni bo’ysundirishdan boshladi. O’zini Iskandar Zulqarnayn davomchisi deb e’lon qilgan sulton davrida Hindiston yarimoroli toiiq birlashtirildi. Harbiy yurishlarda omadli Muhammadning mamlakat ichidagi soliq islohoti, hosilning 1/4 qismini undirish amalga oshmay qoldi. Sultonning “baxti”ga Hindistonda 7 yil qatorasiga misli ko’rilmagan qurg’oqchilik bo’lib, xalqqa katta kulfatlar keltirdi. Ocharchilik aholi yoppasiga qirilishiga olib keldi. Ko’chalarda o’lik otlarning terisi ustida talashayotgan ayollarni ko’rish mumkin edi.

Sulton hokimiyati inqirozini ‘o’zi o’tkazgan ikki muvaffaqiyatsiz tadbiri ham tezlashtirdi. Dastlab u poytaxtni ko’chirdi. Qadimgi Devagiri shahrini

Page 496: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Davlatobod deb nomini o’zgartirdi, unga saroy ahli bilan birga Dehlining ko’plab hunarmandlari va savdogarlarini ko’chishga majbur qildi. Ikkinchi muvaffaqiyatsizlik uning pul sohasidagi islohoti edi. Muhammadning mo’ljali bo’yicha oltin va kumush pullar bilan teng muomalada bo’lishi mo’ljallangan mis pullar tez orada qadrsizlanib mamlakat moliyasiga katta zarar yetkazdi. Keyingi sulton Feruzshoh Tug’luq davrida soliqlarni kamaytirish, davlat yerlarini dehqonlarga ijaraga berishi natijasida qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik va savdoning birmuncha yuksalishiga erishildi. Feruzshohning iqtisodiy siyosati unga xalq rahnamosi sifatida shuhrat keltirdi.

Ammo bu tadbirlar sultonlik tarkibiga kirgan ko’pchilik viloyatlarni XIV asrning o’rtalaridan boshlab undan ajralib, mustaqil davlatga aylanishi jarayonini to’xtata olmadi.

Dehli sultonligi 1398–1399-yillari Amir Temur qo’shinlari hujumiga qarshi kurash olib bordi. Lekin tajribali sarkarda Amir Temur katta qarshiliksiz Dehlini qo’lga kiritdi. Bu yerdan o’lja olingan boyliklar bilan malakali hunarmand-ustalar Samarqandga jo’natildi. Shundan keyin Dehli sultonligi mayda knyazliklarga bo’linib ketdi. Oradan o’n yilcha vaqt o’tib siyosiy maydonga yangi sulola Sayidlar (1414–1451-yillar) sulolasi keldi. Keyinchalik Dehli shimolidagi afg’onlar qabila boshlig’i Bahlul Lodi (1451–1489-yillar) sayidlarni hokimiyatdan chetlatdi. O’rta Osiyodan borgan Bobur Mirzo qo’shinlari uning o’g’li Ibrohim Lodiga (1489–1526-yillar) qarshi urush olib borgan.

36-§. Boburiylar sulotasi davrida Hindiston va uning madaniyati

1. Hindistonning Bobur tomonidan zabt etilishi. Lodi sulolasi Dehli sultonligini 1526-yilga qadar boshqardi. Shu yildan boshlab Zahiriddin Muhammad

Page 497: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Bobur boshchiligidagi turkiy va afg’on qabilalaridan tuzilgan qo’shin hind yerlarini bosib olib, yangi davlatga asos soldilar. O’sha paytlarda hindlar mamlakatida shimoldan kelgan barcha istilochilarni “mugxal” deb atashgan, yevropaliklarning bu so’zni buzib aytishi natijasida Boburiylar davlati tarixshunoslikda “Buyuk Mongollar davlati” deb noto’g’ri nom olgan.

Movarounnahrda markazlashgan davlatni tashkil qilish uchun Shayboniyxonga qarshi urushlarda omadi chopmagan. Sohibqiron Amir Temuming pannevarasi, Farg’ona viloyatining hukmdori Bobur Mtrzo dastlab Afg’onistonning shimolida yangi davlatga asos soldi. Keyinchalik u Kobuldan turib Hindistonning shimoliy viloyatlariga bir necha bor muvaffaqiyatli harbiy yurishlar uyushtirgan. Bobur bu yurishlarda Panjobning katta qismini egallaydi.

Hindistonga 1525-yili 12 ming yaxshi qurollangan otliq qo’shini bilan hujum boshlagan Bobur, Dehli sultonligidagi vaziyatni albatta yaxshi bilardi. U Hindistondagi turli sultonlar va rojalar orasidagi kelishmovchiliklardan ustalik bilan foydalanib, ularning ko’pchiligini yakkama-yakka janglarda yengdi.

Dastlabki jahg 1526-yili Dehlidan uzoq bo’lmagan Panipat nomli shahar yaqinida ro’y berdi. Bobur o’zining qo’shinidan bir necha baravar ko’p bo’lgan raqibi Ibrohim Lodi qo’shinini yengdi. Sulton jangda halok bo’ldi. Bobur Dehli va Agra shaharlarini egalladi.

Hindistonda qo’lga olingan boyliklar o’zaro taqsimlangandan so’ng, Boburning qator safdoshlari unga Afg’onistonga qaytishni taklif qildilar. Harbiy boshliqlardan bir qismi o’z askarlari bilan birga Kobulga qaytdilar. Lekin Boburning niyati o’z Vatanida amalga oshira olmagan niyatini ro’yobga chiqarish, kuchli davlat tuzish edi. Shuni ta’kidlash kerakki, Zahiriddin Muhammadni jasurligi, dovyurakligi, epchilligi, ziyrakligi tufayli yoshligidanoq Mirzo Bobur (yo’lbars) deb atash rasm bo’lgan. U shunchalik kuchli va epchil bo’lganidan

Page 498: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ikki qo’ltig’iga ikki odamni olib qal’a devori ustida yugurib mashq qilgan. Bobur ajoyib suzuvchi va g’avvos bo’lganidan yo’lda uchragan deyarli barcha daryolardan suzib o’tgan, qahraton qishda anhor muzini sindirib, 16 marta suvga sho’ng’igan, quloqlarigacha qorga ko’milib tunni o’tkazgan. Bobur o’z zamonasining iste’dodli davlat arbobi, sarkarda, shoir, tarixchi, san’at va ilm-fanni qadrloychi inson bo’lgan. Bobur o’z tarafdorlariga, shuningdek, mahalliy feodallardan unga qarshi bo’lmaganlarga yirik yer maydonlarini in’om qildi.

Mamlakatda hokimiyatni mustahkamlash ko’p jihatdan Boburning xavfli dushmani Rajput rojasi Rana Sanga bilan munosabatida hal qilinishi kerak edi. Nihoyat, 1527-yili og’ir Sikri jangida Rana Sanga qo’shinlari Bobur lashkaridan yengildi. Mamlakatda hokimiyat mustahkamlanib, yangi islohotlarga tayyorlana boshladi.

2. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat. Boburning Hindistondagi ijtimoiy tayanchi ham unchalik ko’psonli bo’lmagan harbiy feodallar guruhi edi. Avvalambor, ular Boburning o’zi bilan kelgan turk va afg’on harbiylari bo’lgan. Hindistonda asrlar davomida yashab kelayotgan feodallar, xususan, Lodilar sulolasi davrida ko’chib kelganlar ham ancha katta guruhni tashkil qilardi. Ularning asosiy ko’pchiligi yangi ‘hokimiyatga qarshi edilar. Boburning o’limidan keyin afg’on qabilalarining Sur sulolasi olib borgan kurashi bunga dalil bo’la aladi.

Boburiylar davrida podsho qo’l ostidagi ra’iyyat hosilning 1/3 qismini soliq sifatida davlatga to’lardi. Soliqning pul sifatida yig’ilishi haqida farmon chiqarilgan edi. Yirik yer egalari in’omga olgan yerlaridan yuz ming rupiy daromad qilardilar. Uning 1/3 qismini feodal podsho xazinasiga berardi. Har yuz tning rupiy daromad hisobiga feodal 100 tadan otliq jangchini saqlashi va ta’minlashi zarur edi. Demak, yirik harbiy feodallarning bir necha yuz otliq jangchisi bo’lgan. Ba’zi hollarda yirik yer egalari mulki “pargana” deb atalgan ma’lum soliq birligiga to’g’ri kelsa, unga soliq yig’ish uchun pargana taqdim

Page 499: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qilinardi. Bobur ko’p narsa qilib ulgurmadi. Lekin uning ichki siyosati o’z yurtidagi yer egaligi va qabilaviy udumlarga asoslangani shubhasiz. Boburning o’limidan oldin o’g’illariga mamlakat yerlarini bo’lib berganligi ham shundan darak beradi. Katta o’g’li Humoyunga eng boy yerlar, Ganga daryosl havzasi, Panjob, Sharqiy Afg’oniston – Kobul va Qandahor esa uning ukalariga tegdi. 1530-yilda Humoyunga qarshi afg’onlarning sur qabilasi g’alayon ko’tardi. Hindistondagi siyosiy vaziyat ancha vaqt tangligicha qoldi.

3. Boburning vorislari davrida Hindiston va uning madaniyati. Boburiylar sulolasi (1526–1858-yillar) davrida Hindistonning deyarli barcha yerlari zabt qilindi. Mustaqil hind knyazliklari faqat Hindiston yarimorolining eng janubiy qismidagina saqlanib qoldi. Umuman, Bobur va uning avlodlari Hindistonni talamadilar, balki tarqoq knyazliklarni birlashtirib, yirik davlat barpo etdilar. Eng muhimi, ular turli e’tiqodli kishilarni, hind bilan musulmonlarni mumkin qadar birlashtirib, har ikkalasini davlat ishlariga jalb qildilar. Ayniqsa, bu diyorga to inglizlar bostirib kelgunga qadar hukmronlik qilgan Boburiylar (1526–1707-yillar) XVI asrdan XVIII asrgacha Hindistonni mustaqil davlat sifatida saqlab kelganlar. Bu haqda Hindistonning buyuk davlat arbobi Javoharla’l Neru o’zining “Hindistonning kashf etilishi” nomli asarida shunday yozadi: “Bobur dilbar shaxs, uyg’onish davriga xos hukmdor, dovyurak, mard, tadbirkor inson, u san’atni, adabiyotni sevgan, hayot nafosatidan lazzatlana bilgan. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq va ko’p yaxshi fazilatlarga ega bo’lgan... Boburning Hindistonga kelishi tufayli Hindistonda buyuk o’zgarishlar sodir bo’ldi, san’atda, hayotda, me’morchilikda va madaniyatning boshqa sohalarida yangicha serilhom taraqqiyot yuz berdi”.

Umuman, Bobur Mirzo bilan va uning avlodlarini panoh tortib Hindistonga kelgan o’rta Osiyolik shoiru olimlar, tarixchiyu ulamolar, mashhur rassomlar,

Page 500: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

me’morlar barakali ijod etishib, umumhindiston fani va madaniyatiga munosib hissa qo’shganlar. Boburning ko’pqirrali iste’dodi bu yerda uch asrdan ko’proq hukm surgan avlodlarida ham davom etdi.

Boburning vorislaridan Akbarshoh podsholigi (1556–1605-yillar) davri ayniqsa diqqatga sazovordir, Dastlab Akbar qo’shinlari Sind, Kashmir, Madva va Qandahprni o’z hokimligiga qaytardi. Keyinchalik Dakan sultonligi, Gujarat va Bengaliya bosib olindi.

Akbarshoh o’tkazgan islohotlar ham alohida ahami-yatga molikdir. Uning yirik yer egaligi sohasidagi islohotlari mamlakatdagi siyosiy barqarorlikni ta’minladi. Akbarshoh ilm-ma’rifatga tashna bo’lib, uning davrida maxsus davlat iasviriy san’at korxonasi va rasmlar bo’lirimasi– aaqqoshlik ta’sis etilgan. Boburiylar sulolasining eng gullagan davri Shoh Jahon podsholigi davrida (1628–1658-yillar) bo’ldi. Uning podsholigi yillarida Hindistonning iqtisodiy va madaniy yuksalishi ayniqsa kuchaydi. Musulmon me’morchiligi XIII asrdan boshlab Hindiston me’morchiligiga katta ta’sir ko’rsatdi. Yangi hukmdorlar masjidlar, go’zal madrasalar va maqbaralar, sharqona saroyiar qurdirdilar. Jumladan, Shoh Jahon podsholigi yillarida qurilgan va hozirgi kunga qadar “Hindiston marvaridi” yoki dunyoning yetti mo’jizasining biri deb atalib kelinayotgan Agra shahridagi Toj Mahal maqbarasi fikrimiz dalilidir. Uning davrida Dehli shahridagi jome’ masjidi, Qizil Fort qal’a-saroyi va boshqa me’morchilik durdonalari yaratildi. Boburiyiar davrida rassomchilik san’ati ayniqsa gullab-yashnagan. Unga dastlab podsholarning o’z saroylariga Iroq, Eron, o’rta Osiyodan rassom ustalarni – musavvirlarni taklif qilishlari asos bo’ladi. Ular kitoblarni, tarixiy asarlarni ajoyib miniatyuralar bilan bezashgan. Keyingi mingyillik davrida bu mamlakatni asosan turkiy sulolalar boshqargani natijasi o’laroq urdu tilining (turkiycha “o’rda”, ya’ni saroy so’zidan kelib chiqib, saroy tili demakdir) vujudga kelishi va shakllanishida boshqa tillar bilan birga turkiy (o’zbek)

Page 501: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

tili faol ishtirok etdi.O’rta asrlarda Hindiston madaniyati va san’ati

ko’plab Sharq marnlakatlari ustalarining mahoratini va yutuqlarini mujassamlashtirdi.

37-§. O’rta asrlarda Afrika davlatlari

1. Feodal jamiyati davrida Afrika aholisi. Uzoq yillar Yevropada Afrika xalqlari tarixi va madaniyatiga nisbatan qoloq tarix va madaniyat silatida yondashish hukmron bo’lgan, lekin keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bu g’oyaning mutlaqo xato ekanligini to’liq tasdiqladi.

Afrikaning Sahroi Kabirdan janubdagi yerlarida yashagan xalqlar va qabilalar uzoq va o’ziga xos tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Lekin ular kam tadqiq etilgani bois bizda bu xalqlar haqida to’la tasavvur bo’lmagan.

Afrikaning tropik o’rmonlarida: pigmeylar, bushmenlar va gottentot qabilalarining aholisi yashagan. Ularda urug’chilik ijtimoiy tuzumi bo’lib, aholi asosan ovchilik va termachilik bilan turmush kechirgan. Afrika aholisining asosiy ov qurollari nayza, o’q-yoylar edi. Aholi jamoalari chaylalarda yoki shox-shabbalardan qilingan omonat bosh-panalarda yashardi.

Sahroi Kabir atroflarida, ayniqsa uning janubiy qisrrtida ko’psonli ko’chmanchi, yarim ko’chmanchi va o’troq chorvachilik bilan shug’ullanuvchi qabila hamda elatlar yashagan. Janubiy Sahrodagi barbar va tuareglar, G’arbiy Afrikaning fulbe, qit’aning sharqida yashovchi masani, galla, sidamo, tigre xalqlari qoramol, qo’y, tuya, zebu kabi uy hayvonlarini boqib xo’jalik yuritishgan va turmush kechirganlar.

Afrikaning ko’pchilik xalqlari dehqonchilik xo’jaligi bilan ham shag’ullahishardi. Tuproqning unumdor qismi

Page 502: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

nisbatan yupqa bo’lishi yerni temir uchli so’qa bilan yengil chopishni taqozo etgan. Ekinlardan don uchun sorgo, tariq va sholi, shuningdek, paxta, shakarqamish yetishtirilgan. Poliz va yerildizli ekinlar yetishtifish ham keng tarqalgan edi.

Qit’ada hunarmandchilik jamiyat ishlab chiqarishining muhim qismi hisoblangan. Har bir jamoaning temirchi, kulol, ko’nchi, to’quvchi singari hunarmandlari bor edi. Ular ish qurollari, yarog’-aslaha, idish-tovoq, gazlama, shisha va charmdan turli buyumlar yasaganlar.

2. Ilk davlatlar. Gana. Niger va Senegal daryolari havzasida joylashgan G’arbiy Sudan yerlarida milodning VII–VIII asrlarida yirik savdo qo’rg’onlari: Aukar, Mali, keyinchalik Tombuktu va Gao o’rnida shaharlar vujudga keldi, ularning savdosida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari, tuz va oltin alohida o’rin tutar edi. Ayirboshlash birligi sifatida, pul o’rnida, kauri chig’anog’i, mis bo’laklari yoki gazlama parchalaridan foydalanilgan. O’rta asrlarda Niger va Senegal daryolari havzasida ilk davlatlar: Gana, Mali, Songailar tashkil topdi.

Gana – hozirgi Sudan hududidagi eng qadimiy davlat bo’lib, u VIII asrda vujudga kelgan edi. X asrning boshlarida Gana davlati o’z taraqqiyotining eng yuksak davriga o’tdi. G’arbiy Sudanning Mag’rib mamlakatlari bilan olib boradigan oltin va tuz savdosi yo’llari ustidan nazorat Gana podshosi va uning zodagonlariga benihoya katta boyliklar to’plash imkonini berdi. Bu paytda mamiakatda qo’shin soni 200 ming bo’lib, uning tarkibida 40 mingga yaqin kamonchi va ko’psonli otliq lashkarlar bor edi.

Arab savdogarlarining G’arbiy Sudandagi oltin konlari, podsholarning behisob xazinalari haqidagi yarim chin, yarim lof afsonalari Gana davlatini, avvalo Almoravidlar imperiyasi va unga qo’shni davlat hamda, qabilalarfiing hujum jnaydoniga aylantirdi. XI asr oxirida Marokash davlati Garta poytaxtini bosib oldi va shaharni

Page 503: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

vayron qildi. Gana shahri sultonga xiroj to’lash inajburiyatini oldi, aholi esa islom diniga o’tkazildi. Lekin marokashliklar hukmronligi unchalik uzoq cho’zilmadi. Ganada xalq qo’zg’olon ko’tarib 1087-yili chet ellik bosqinchilarni o’z yerlaridan haydab chiqardilar. Biroq zaiflashib qolgan Gana davlati tez orada yana parchalanib ketdi.

3. Mali davlati. Malining iqtisodiy va sjyosiy taraqqiyoti XIII asrga to’g’ri keladi. Davlatda Keyt sulolasining eng buyuk vakili bq’lgan Sundiata hukmronligi davrida (1230–1255-yillar) kuchli va intizomli qo’shin tuzilib, u qo’shni mamlakatlarning asosiy karvon yo’llarini hamda oltin qazib chiqaradigan joylarini bosib oldi. Hukmdor va uning amaldorlari islom dinini birinchi bo’lib qabul qildilar. Shundan so’ng Mali poytaxti – Niaraga va boshqa qator shaharlarga arab savdogarlari kelib joylashdilar.

Mali davlati aholisining ijtimoiy tuzumida jamoaning roli katta edi. Jamoaning asosini yirik patriarxal oilalar tashkil qilgan. Qabila oqsoqollari yertarni jamoa a’zolariga bo’lib berardilar. Ular xo’jalikni va ijtimoiy hayotni nazorat qilish bilan birgalikda harbiy yurishlarda o’z qabilasiga qo’mondonlik vazifasini ham bajarishgan.

Jamoa xo’jaligini yuritishda urushlarda asir olingan qullar mehnatidan ham foydalanganlar. Lekin davlatda qulchilikning ahamiyati katta bo’lmagan. Ularning keyingi avlodlari ozod kishilar hisoblanardi. Qullardan tuzilgan harbiy gvardiya hukmdorlar qo’shinida muhim o’rin tutardi. Mulkiy tabaqalanish urug’ zodagonlarining orasidan hukmron tabaqa vakillarining vujudga kelishini ta’minladi. Mali hukmdorlari benihoyat katta boylikka ega bo’lganlar. Makkaga haj ziyoratini qilgan hukmdorlardan biri o’zi bilan birga yuz xurjun oltin ortilgan karvonini 8 ming jangchi kuzatib borganligi haqida tarixiy ma’lumot yozib qoldirilgan.

Mali hukmdorlari bosib olingan viloyatlarga o’z qarindosh-urug’laridan noiblar tayinlaganlar. Viloyat

Page 504: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

noiblari o’z jangchilariga ularning xizmatlari evaziga yer in’om qilganlar. Noiblik vazifasiga mahalliy aholidan soliqlar yig’ib olish ham kirardi. Shu tariqa, Malida ham feodal munosabatlari vujudga keldi va yangi feodal davlati o’rnatildi. XV asrda Malida feodal tarqoqligi boshlanib, mamlakat inqirozga yuz tutdi.

4. Songai davlati. Mali kuchsizlangan bir davrda Songai davlati ravnaq topdi. Mamlakat poytaxti Goa shahrida joylashgandi. Songai o’zining gullab-yashnagan davrida Niger daryosi havzasidagi yerlarni to’la egalladi.

Songai davlati o’zining ijtimoiy tuzumida quldorlikdan feodal jamiyatiga o’tish davrini boshidan kechirgan. Mamlakat hukradorlari va zodagonlar yerlarida 300, 500 va hatto 1000 dan ortiq qullar mehnat qilganlar. Yillar o’tishi bilan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar o’zgarib, qullar asta-sekin qaram dehqonlarga aylandilar. Ularning uchinchi-to’rtinchi avlodlari kichik yer-mulk egasiga, davlatga soliq to’laydigan shaxsiy erkin, lekin iqtisodiy qaram kishilar bo’ldi.

XVI asr o’rtalaridan Songai davlati zaiflasha bordi. O’zaro urushlar, toju-taxt uchun kurashlar natijasida kuchsizlangan davlatni XVI asrning oxirida Marokash sultoni bosib oldi.

Afrikaning Gvineya ko’rfazi sohillarida ham o’rta asrlarda bir qancha davlatlar paydo bo’ldi. Ulardan eng kuchlisi Benin edi. Uning janubida XIII asrda Kongo davlati tashkil topdi. Angola hukmdori Kongo davlatining vassali hisoblanardi.

5. Aksum davlati. Afrikadagi eng qadimiy davlatlardan biri, hozirgi Efiopiya (Habashiston) shimolida vujudga kelgan – Aksum davlati edi. Aksum milodning IV–V asrlarida o’zining eng rivojlangan davrini boshidan kechirdi. Janubiy Arabiston karvon yo’llari va Sharqiy Sudanning bir qismi Aksum podshosi hukmronligi ostida edi. Aksum Rim imperiyasi, keyinchalik Vizantiya bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqalarda bo’lgan. Habashistondagi rasmiy din – xristianlik xuddi shu davrda

Page 505: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qabul qilingan edi.Arab xalifaligi VII asrda Aksumning Arabistondagi

yerlarini tortib olib, keyinchalik uning Afrikadagi yerlariga ham xuruj qiladi. Davlatning parchalanishi, o’zaro urushlar va tashqi dushmanlar hujumlari Aksumning X asrga kelib butunlay yo’qolib ketishiga sabab bo’ldi.

Efiopiya davlatining qayta tiklanishi XIII asrga, ya’ni imperiya taxtiga Solomon sulolasi chiqqan davrga to’g’ri keladi. Bu sulolaning oxirgi vakili Xayle Selassie 1974-yili taxtdan ag’darilgan.

Afrika qit’asining sharqiy sohillarida ham o’rta asrlarda bir qancha shahar-davlatlar vujudga keldi. Ulardagi aholining ko’pchilik qismi arab, eron, hind hunarmand va savdogarlari bo’lgan. Bu shahar-davlatlar savdogarlari o’z kemalarida Hind okeani bo’ylab suzib Hindiston, Eron va boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq qilardilar. Ularda yirik kemasozlik ustaxonalari bo’lib, dengizchilik san’ati yuksak rivojlangandi.

6. Afrika xalqlari madaniyati. Afrika xalqlarida avloddan-avlodga o’tib kelgan ajoyib afsona va ertaklar ko’p edi. Ular biz uchun qimmatli tarixiy manba bo’lib xizmat qiladi.

Afrika xalqlari ichida o’z yozuviga ega bo’lganlari ham bor edi. Jumladan, Aksumda IV asrdayoq mahalliy yozuv islohoti o’tkazildi. Bu alifbo Efiopiyada hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Aksumda moddiy madaniyat yaxshi rivojlangan bo’lib, qurilish sohasida ayniqsa katta yutuqlarga erishilgan. Bu davrda qurilgan saroylar, xristian ibodatxonalari va yerosti dahmalari hozirgi kunga qadar ham saqlanibqolgan.

G’arbiy Sudan xalqlari madaniyatining yuksak taraqqiyotida arablarning ta’siri kattadir. Islom dini qabul qilinganidan keyin bu yerlarda arab mamlakatlaridan kelgan usta va me’morlar: masjidlar, saroylar, qasrlar, jamoat binolari, kasalxonalar, hammom, istirohat bog’lari va boshqa muassasalar qurdilar. Musulmon maktab va madrasalari ochildi. Jumladan, Tombuktu madrasasida

Page 506: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ilohiyotdan tashqari tarix, fiqh, matematika, astronomiya kabi fanlar o’qitilardi. Marokashliklar istilosi paytida Sudanning Tombuktu va boshqa shaharlaridagi ko’plab me’morchilik durdonalari vayron qilindi.

Afrikaliklar san’atning turli sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Yog’och va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar nafisligi bilan odamlarni hozirgi kungacha hayratlantirib kelmoqda. Benindagi shoh saroyi ko’shklari va galereyalarida podsho hamda uning a’yonlari tasvirlangan jezda ishlangan bo’rtma rasmlari topilgan. Ularda ov va urushlar, shuningdek, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan. Quymachilik-ning maxsus sir-asrorlarini bilgan beninlik ustalar san’atning bu sohasida katta muvaffaqiyailarga erishganlar.

Tabiiy, Afrika xalqlarining o’rta asrlardagi taraqqiyoti Osiyo yoki Yevropa davlatlaridagiga nisbatan birmuncha orqada edi. Shunga qaramasdan, aholi xo’jalikda o’ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyat yaratdi.

38-§. O’rta asrlarda Amerika

1. Amerika tub aholisining xo’jaligi va mashg’ulotlari. Amerikaning tub aholisi, hindularning ajdodlari qit’aga bundan 46–48 ming yil avval Shimoliy Osiyodan hozirgi Bering bo’g’ozi orqali ko.’chib o’tgan. Faqat XIX asrdangina Amerika xalqlari tarixini o’rganish ilmiy asosda yo’lga qo’yildi. Tadqiqotchilar hindularning ajoyib olami, qadimiy davlatlari va o’ziga xos madaniyatlari borasida yangidan-yangi kashfiyotlar qila boshladilar.

Amerika qit’asida turli tillarda gaplashadigan xalqlar yashagan. Ular xo’jalikning turli sohalari bilan shug’ullanganlar. Ko’p qabilalar ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar. Shu bilan birga Shimoliy Amerikaning janubiy qismida, Markaziy va Janubiy Amerikaning tog’oldi vodiylari hamda qirlaridagi bir-biriga

Page 507: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ulanib ketgan katta-kichik vohalarida yuksak darajada rivojlangan dehqonchilik xo’jaligi ham bo’lgan. Bu joylarda kechua, mayya, atstek, olmek, toltek xalqlari dehqonlari yashaganlar. Ular toshboltalar bilan o’rmon kesib, daraxtlarni yoqib kuli bilan yerni o’g’itlaganlar. Yer yog’och so’qalar bilan yumshatilgan. Amerika qishloq xo’jaligida Yevropada ma’lum bo’lmagan: makkajo’xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki yetish-tirilgan.

Qit’ada qo’lga o’rgatilgan hayvonlar juda kam bo’lgan. Hammamizga ma’lum ot, sigir, qo’y kabi uy hayvonlari Amerikaga yevropaliklar tomonidan keltirilgan. Amerikada xonakilashtirilgan hayvonlar, shimolda it, janubda tuyasimon lama, kurka va o’rdaklar bo’lgan, xolos.

Hindular boshqa qit’alar aholisiga qadimdan tanish bo’lgan temir eritishni bilmaganlar. Shu sababli ularda temir asbob-uskunalar, omoch, g’ildirak, turli o’tochar qurollar bo’lmagan. Hindular ish qurollarini yog’och, tosh va jezlardan yasar edilar. Aholining ko’pchiligi urug’chilik jamoa tuzumi darajasida yashardilar. Lekin mayya, atstek va inklarda ilk davlatlar paydo bo’lgandi. Ularning xo’jaligi ham, madaniyati taraqqiyoti ham boshqa elat va qabilalarnikidan ustun turar edi.

2. Mayya xalqlari. Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida, hozirgi Meksikaning qalin chakalakzorlarida, mayya xalqlari yashardi.

Mayya davlatida yer jamoalarga qarardi. Jamoa esa o’z tarkibidagi har bir oilaga o’rmondan tozalangan yer maydonini berardi. Jamoa a’zolari yetishtirgan hosilning bir qismini hukmron aslzodalar va kohinlarga soliq sifatida berardllar. Xo’jalikda, shuningdek, urushlarda olingan asirlar, qarzlari tufayli qullikka tushgan kishilar ham ishlardi. Milodning birinchi mingyilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Bu shaharlarda “buyuk kishilar” hukmdorlik qilardilar. Mayyalarda hokimiyat nasldan-naslga o’tardi. Hukmdor aholidan tushgan

Page 508: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

soliqlar evaziga yashar va davlat ishlarini yuritardi.Zodagonlar shahar markazidagi tosh qasrlarda, oddiy

xalq esa shahar atrofidagl tomi qamishdan yopilgan, pastqam, polsiz uylarda yashardilar. Milodning boshlarida mayyalarda yozuv paydo bo’ldi. Ibodatxonalarda kohinlar qiiqalam bilan ierogliflarni (suratli yozuv) yozib turli diniy kitoblar yaratardi. Ularda diniy duo va oyatlar, afsonalar hamda tarixiy voqealar o’z aksini topgan.

Mayya xalqlari hayotida kohinlarning roli ayniqsa katta bo’lgan. Ular jamoa a’zolariga dala yumushlarining muddatlarini belgilab berishardi. Dehqonchilik ehtiyojlari uchun kalendar – taqvim zarur edi. Mayyalar qadimgi xalqlar ichida eng aniq taqvimlardan birini yaratgan. Matematika sohasidagi muvaffaqiyatlar ham xo’jalik zaruriyatlari bilan bog’liq edi. Mayyalar, shuningdek, 0 raqamini ishlata bilganlar. Mamlakat poytaxti – Chichen-Itsadagi rasadxonada kohinlar sayyora-larning Quyosh atrofida aylanish vaqtini hisoblab’ chiqqanlar. Mayya astronomlari Quyosh va Oyning tutilishlarini oldindan aniqlaganlar.

Me’morchilikda ham mayyalar ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan edilar. Ular baland poydevorlarda va qo’lbola tepaliklarda zinali ehromlar (piramidalar) shaklida qasr va ibodatxonalar qurishgan. Saroy va qasrlarni – bo’rtma suratlar, ma’budalarning haykallari, freskalar – devordagi rasmlar bilan bezashgan.

Mayyalarning uylarida derazalar bo’lmagan, xonalarga yorug’lik eshik va darvozalarning tirqishlaridan tushardi. Mayya shahar ko’chalari tekis va ravon hamda tosh yotqizilgan edi. Bunday tekis va sifatli tosh yo’llar shaharlar o’rtasida ham qurilgan.

3. Atsteklar davlati. Markaziy Amerikada, hozirgi Meksikada, dengiz sathidan 2000 metr baland yassitog’likda va tog’oldida mayin iqlimli, tuprog’i unumdor xushmanzara vodiy bo’lgan. Mamlakat shimolidan XIII asrda, atrofini ko’l o’rab turgan yerlarga,

Page 509: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

atsteklar ko’chib kelib – Tenochtitlan shahrini bunyod etdilar. Shahar ko’ldagi orollarni dambalar bilan birlashtirish natijasida vujudga keladi. Uning turli tomonlari bir-birini kesib o’tgan to’g’ri, ravon ko’chalar bilan birlashtirilgan. Kanallar yoqasida esa ibodatxonalar va qasrlar qurilgan.

Atsteklar keng bo’lmagan yarimorollarda yer tanqisligidan ko’l tagidan suv o’simliklari va loyni ko’tarib sollardagi “suzuvchi” dalalarga aylantirardilar. Ana shunday “suzuvchi dalalardan” yiliga 2–3 martadan hosil olinardi.

Harbiy yurishlar uyushtirgan atsteklar qo’shni qabi-lalarni ham bo’ysundirdilar, Bu qabilalar xiroj to’lashdan tashqari har yili ma’lum miqdordagi qullarni atsteklarga yuborib turganlar. Bosib olingan aholini mahalliy zodagonlar boshqarsa-da, ularda soliqchilar va noiblar atsteklardan bo’lardi.

Atsteklarda ham davlatni boshqarish nasldan-naslga o’tib borgan. Zodagonlar davlat xizmati evaziga maosh olganlar. Urush zaruriyati bo’lgan taqdirda esa atsteklar 150 ming kishilik qo’shin tuzishga qodir edilar.

Shaharliklar o’zlari uchun zarur mahsulotlarni atrofdagi qaram qishloqlardan olganlar.

Atsteklar hunarmandchilikda ham katta yutuqlarga erishdilar. Zargarlar oltin, kumushdan o’yma bezaklar, javohir toshlarga ishlov berib zeb-ziynat buyumlari yasashardi. Me’morchilikda ustalar nozlk mozaika ishlarini bajarar edilar. Hunarmandlar naqshin idishlar, ip va tovus patlaridan kamalak ranglarida tovlanuvchi turli gazlamalar va kashtalar to’qishardi.

Poytaxt Tenochtitlanda turli maktablar ochilgandi. Oddiy maktab-larda dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy san’at o’rgatilardi. Zodagonlarning farzandlari o’qiydigan rnaktablarda: yozish, o’qish, hisob, astronomiya, she’riyat, notiqlik san’ati, tarix o’qitilardi. Atstek shoirlari dostonlar, qasidalar va she’riy to’plamlar bitishgan. Poytaxtda har yili shoir-qo’shiqchilar

Page 510: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

musobaqalari o’tkazilib turilgan va g’oliblar mukofotlar bilan taqdirlangan.

4. Inklar davlati. Janubiy Amerikaning g’arbida, haybatli And tog’lari tizmasida, minglab chaqirimga cho’zilib ketgan Beru, hozirgi Peru – inklar mamlakati joylashgan edi. Aholisi milliondan ortiq kishini tashkil qilgan kechua-aymaralar Amerika xalqlari ichida o’ziga xos yuksak madaniyat yaratganligi bilan alohida o’rin tutadi. Inklar davlatining poytaxti atrofi vodiylar bilan o’ralgan Kusko shahri edi.

Inklar davlati XII asrda tashkil topgandi. Qo’shni viloyatlarni bosib olgan bu davlat anchagina katta hududni egallagandi. Inklarda davlatni cheklanmagan huquqqa ega bo’lgan – Oliy Inka boshqarardi.

Mamlakat aholisi quyoshga sig’inishgan. Inka “Quyosh o’g’li” deb atalgan. Inklar bosib olgan yerlarida ham o’z tartiblarini, dinu udumlarini o’tkazishgan. Mahalliy zodagonlar yordamida ular butun mamlakatni, har bir dehqon xonadonigacha, nazorat qilishardi.

Qishloq aholisi jamoa bo’lib yashardi. Jamoalar dehqonlar oilalaridan tashkil topgandi. Hokimiyat ruxsatisiz dehqon o’z qishlog’idan tashqariga chiqa olmasdi. Tog’lik yerlarda dehqonchilik bilan shug’ullanish nihoyatda mashaqqatli edi. Dehqonlar tog’ning tik yonbag’irlarini o’yib, ustini unumli tuproq bilan tekislab, yangi ekinzorlar barpo etishardi. Bunday ekinzorlar tuprog’ini yomg’ir yuvib ketmasligi uchun atrofi tosh devorlar bilan o’rab olingan edi. Yozning issiq kunlarida ekinzorlar kanal-nahrlardan sug’orilardi.

Ekinzorlar hosili uch qismga bo’lingan. Hosilning bir qismi kohinlarga, yana bir qismi Oliy Inkaga, va nihoyat, uchdan biri jamoaga qolardi. Inka va kohinlar, turli toifadagi amaldorlar dehqonlar hisobiga hayot kechirardi. Davlat omborlaridagi zaxira mahsulotdan jangchilar boqilardi. Shuningdek, ocharchilik yillarida dehqonlarga makkajo’xori doni hamda quritilgan kartoshka tarqatilardi.

Page 511: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Davlat aholini o’ziga xos nazorat qilardi. Barcha fuqarolar tayinlangan joylarda, dalada, qurilishda yoki qo’shinda xizmat qilishlari kerak edi. Harbiy yoki majburiy xizmatdagi kishilarning oila a’zolarini jamoa boqardi.

Inklar mamlakatini sharqdan g’arbga qadar 2 ta yo’l kesib o’tgandi. Ularning biri tog’ yo’li bo’lsa, ikkinchisi pastdagi vohalarda qurilgandi. Asosiy yo’llarni ko’ndalangiga kesib o’tadigan yo’llar ham bo’lgan. Yo’llarning har ikki tomoni tosh to’siqlar bilan to’silgan bo’lib, daryo, jarliklar va daralar ustidan esa to’qilgan arqonlardan osma ko’priklar o’rnatilgandi. Yo’l ustidagi bekatlarda shu yerdan o’tadigan amaldorlar yoki qo’shin uchun mehmonxonalar, oziq-ovqat omborlari qurilgandi. Tosh yo’llar nihoyatda sifatli qurilgani tuiayli ularning ba’zi joylaridan bugungi kunga qadar foydalanilmoqda.

Pochta aloqasi yaxshi rivojlangan bo’lib, u mam-lakatning barcha qismini biriashtirib turardi. Ot bo’lmaganidan yo’lning ma’lum joylarida maxsus tayyorlangan choparlar navbatchilik qilardilar. Natijada davlatning eng chekka joylaridagi xabar ham poytaxtga tez yetib kelardi.

Oliy Inkaning farzandlari maxsus maktablarda ta’lim olishgan. Yozuv ixtiro qilinishidan avval ular diniy oyatlar, boshqaruv tartiblarini, qonun va urf-odatlarni, udumlarni yodlab o’rganishardi. Inklarda o’ziga xos “tugunli xat” (kipu) bo’lib uning sirlari faqat kohinlarga ma’lum bo’lgan. Olimlarning fikricha, inklarda grafikaga asoslangan yozuv bo’lganligi ham ehtimoldan xoli emas. Pisarro boshchiligidagi ispan konkistadorlarining 1531–1533-yillari mamlakatni bosib olish davomida keltirgan vayronagarchiliklari uning yo’qolib ketishiga sabab bo’lgan. Ink aholisi ispanlar hukmronligiga qarshi 40 yil davomida kurash olib boradi. Amerika qit’asida bugungi kunda kechua aholisigina o’z tilini davlat tili sifatida saqlab qoldi. Peru respublikasida kechua ispan tili bilan birlikda rasmiy davlat tili hisoblanadi.

O’rta asrlarda Xristofor Kolumb Amerikani kashf

Page 512: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qilishi arafasida qit’ada yashaydigan bir qancha xalqlarda toifalar va davlat paydo bo’lgan edi. Faqat atsteklar, mayya va kechua xalqlari emas, balki boshqa etnoslar ham o’ziga xos madaniyat yaratgan edi.

II bo’lim xotimasi Umumlashtiruvchi takrorlash darsi

1. O’rta asrlarning ikkinchi davrida dunyo. Insoniyat tarixining XI–XV asrlari feodal munosabatlari rivojlangan davridir. Bu davrda quldorlik va uning sarqitlari Osiyo va Afrika qit’asining ba’zi mamla-katlaridagina saqlanib qolgandi, xolos. Biz yuqorida keltirgan ma’lumotlar dunyo xalqlarining asosiy qismi feodal munosabatlari sharoitida yashaganligini tasdiqlaydi.

Rivojlangan o’rta asrlarda insoniyat xo’jaligi va madaniyati olg’a tomon salmoqli qadam tashladi. Uning asosiy omillaridan biri qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositalari hamda ish qurollarining takomillashuvi bo’ldi. Dehqonchilikda ish usullari takomillashib bordi: ikki va uch dalali almashlab ekish, yangi yerlarni o’zlashtirish, ekin maydoniarida mahalliy o’g’itlardan loydalanish, mehnat qurollarining takomillashuvi, g’ildirakli plug, chig’iriqlar, turli xil tegirmonlarning keng yoyilishi shular jumlasidandir. Yaxshi ishlov berilgan yerlardan olinadigan hosil ko’paydi. Dehqon xo’jaligida mehnat unumdorligi o’sa boshladi.

O’rta asrlarda hunarmandchilik birmuncha rivojlandi. Bu jarayon ayniqsa Yevropa qit’asi misolida yaqqol seziladi. Hunarmandchilik qishloq xo’jaligidan ajralib, alohida sohaga aylandi. Feodal shaharlari vujudga kelib, ular hunarmandchilik va savdo markazlariga aylandi.

Mehnat taqsimotining o’sishi savdoning rivojlanishiga olib keldi. Shahar bilan qishloq o’rtasida,

Page 513: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

viloyatlar va mamlakatlar o’rtasida tovar ayirboshlash kuchaya bordi. Natural xo’jalik butunlay yo’qolmagan bo’lsa-da, ayni vaqtda pul-tovar xo’jaligi tarkib topa boshladi.

2. Odamlar hayotidagi o’zgarishlar. O’rta asrlarning rivojlangan davrida qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligining o’sishi qaram dehqonlarni ekspluatatsiya qilish usullarining o’zgarishiga olib keldi. Ishlab berish (barshina) rentasi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan soliq to’lashdan asta-sekin pul solig’iga o’ta boshlandi. Ba’zi mamlakatlarda dehqonlarni shaxsiy qaramlikdan (krepostnoylikdan) pul evaziga, ba’zida esa hech qanday to’lovsiz ozod qilish boshlandi. Feodal munosabatiarning rivojlanishi, shaharlar paydo bo’lishi tufayli tabaqalar o’rtasidagi ziddiyat keskinlashdi. Endilikda ba’zi viloyatlardagina emas, hatto butun bir mamlakatga yoyilgan dehqonlar qo’zg’olonlari bo’ldi. Shaharlarda ham hukmron feodallar – senorlarga qarshi ozodlik harakati kuchaydi.

Shaharlarning ko’payishi va yiriklashishi, savdo aloqalarining kengayishi markazlashgan davlatlar tashkil topishl uchun sharoit tug’dirdi. Qirol hokimiyati kuchayishi, feodal tarqoqligining tugatilishidan manfaatdor shaharlar markazlashish siyosatini qo’llab-quvvatladilar.

Bu borada aholining turli toifalari yordamiga muhtoj qirol hokimiyati: Angliyada parlament, Fransiyada General shtatlar singari toifa vakillari majlislarini tashkil etdilar.

Shaharlarning o’sishi, iqtisodiy yuksalish va mamlakatlar o’rtasidagi savdoning rivojlanishi markazlashgan davlatlar paydo bo’lishiga va madaniy taraqqiyotga yordam berdi. Shahar maktablari tashkil topdi. Dastlabki oliy maktablar – universitetlar ochildi. Asta-sekin ilm-fanning rivojlanishiga asos solindi. Bularning hammasi o’rta asr kishisi hayotining o’zgarishiga imkoniyat yaratdi.

3. Qit’alar va mamlakatlar taraqqiyotidagi

Page 514: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

notekislik. Tarixdan bizga shu narsa ma’lumki, insoniyatning Yer yuzidagi taraqqiyoti doimo bir xilda tekis rivojlanmagan. Yevropada feodal davlatlari tashkil topayotgan bir davrda Sharqda, ya’ni Osiyoda yuksak taraqqiy qilgan islom sivilizatsiyasi madaniyati mavjud edi. Islom madaniyati esa o’z navbatida qadimgi yunon va rim, hind va xitoy olimlarining to’plagan bilimlaridan oqilona foydalanish evaziga yuksaklikka erishdi. O’rta asrlar ikkinchi davrida Yevropa qit’asidagi davlatlarning keskin rivojlanishi boshlandi. Endilikda yevropaliklar Sharq allomalari yaratgan asarlardan keng foydalandilar. Tibbiyot, astronomiya, geografiya, falsafa kabi ianlar va dengizchilikning rivojlanishida islom mamlakatlari fan yutuqlarming hissasi ayniqsa beqiyosdir. Fikrimizni tasdiqlash uchun quyidagi misollarni keltirish kifoya. Yevropaliklar arablardan 210 ta yulduz, jumladan: Aldebaran, Altoir, Vega, Rigel nomlarini o’zlashtirganlar. Yevropa dengiz lug’atida hozirgacha arabcha so’zlar: admiral, arsenal, barja, bizan, galera, kabelt, musson va hokazolar mavjud.

Ta’kidlamoqchi bo’lgan asosiy fikrimiz shundan iboratki, Yer yuzidagi turli qit’alar va mamlakatlar taraqqiyoti doimo to’lqinsimon shaklda yuqoriga va pastga harakatda bo’lgan, ularning notekis rivojlanishi ham tabiiydir. Dunyo xalqlarining bugungi kundagi taraqqiyoti ham shundan dalolat beradi.

Buni o’qing!

Vaqt muammolari

O’rta asrlarning dastlabki davrlarida ibodat vaqtini aholiga yetkazish zaruriyati tufayli uni tartiblashtirishga harakat qilgan yagona tashkilot cherkov bo’lgan.

Keyinchalik vaqtga munosabat o’zgara boradi. Xususan, Fransiya tarixida 1355-yili qirolning Artua viloyatidagi noibi Er-syur-lya Lis shahri ahliga cherkov

Page 515: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

soati emas, movut to’quvchilar ish vaqtini va savdo bitimlarini e’lon qilish uchun jomminor soati qurishga ruxsat beradi. Bu voqea vaqt hisoblashning mazinunini o’zgartishga bo’lgan dastlabki urinish bo’ldi. Daqiqani bilishga ehtiyoj XV asrdan soatga ikkinchi milning kiritilishiga olib keldi.

O’rta asrlarda faqat oddiy kishilargina emas, balki sayyohlar ham shoshilmasdan yo’l bosganlar. Bir kunda nari borsa bir necha o’n kilometr yo’l bosilgan xolos. Shu sababli Italiyaning Florensiya va Neapol shaharlari orasidagi masofa 11–12 kunda bosib o’tilgan. Tabiiy yo’llarning yomon holatda ekanligi ham bunga katta ta’sir qilgan.

(A Yastrebitskaya. XI–XIII asrlarda G’arbiy Yevropa. M., 1978, 9–10-betlar).

III bo’li m. O’rta asrlar uchinchi davrining boshlanishi

(XVI–XVII asrning birinchi yarmi)

XI b o b. XV asr oxiri – XVI asrlardagi ixtirolar, buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik

bosqinlari

Page 516: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

39-§. XV–XVI asrlarda texnikaning rivojlanishi. Geografik kashfiyotlarning sabablari

1. Texnikaning takomillashuvi. Jamiyat – vazmin harakat-lanuvchi murakkab tarixiy jarayondir. U ilgari kashf qilingan ma’lum narsalarni an’ana tarzida takrorlaydi. Lekin u qiyin va xatarli ko’ringan yangiliklarni, ixtirolarni qabul qilmaydigan xususiyatga ham egadir. Natijada asrlar davomida har qanday kashfiyot ham tayyor bo’lganidan keyin yillab, ba’zida yuzlab yil hayotga joriy etilishini kutardi. Hammamizga ma’lum bo’lgan belo’roq (chalg’io’roq, chalg’i)ning taqdiri bunga misol bo’la oladi. Belo’roqni G’arbiy Yevropada ilk o’rta asrlardanoq bilishardi va undan o’t o’rishda keng foydalanilgan. Belo’roqdan foydalanish mehnat unumdorligini keskin oshirgan. Uning bu xususiyati XIV asrda G’arbda katta qirg’in keltirgan “qora o’lat” – vaboning ramziy belgisiga aylanishiga olib kelgandi. Vaboni belo’roq ko’targan “o’lat” ko’rinishidagi rasmini ko’plab kitoblarda uchratish mumkin. Belo’roqdan don o’rishda ioydalanishga o’tilguncha besh asr vaqt kerak bo’ldi. G’alla maydonlari ko’payib, uni tez yig’ishtirib olish zaruriyati tug’ilgandan so’ng, ma’lum miqdorda don to’kilishiga ham qaramasdan, XIX asrda belo’roqdan keng foydalanila boshlandi.

Bunday misollarni ko’piab keltirish mumkin. Jumladan, bug’ mashinasi ham texnika inqilobi boshlanishidan ancha oldin kashf qilingandi. Lekin uning qo’llanilishi bir necha asrdan keyin boshlandi. Shuning uchun niderland tarixchisi Anri Pirenning “Vikinglar tomonidan kashf qilingan Amerika ochilgandan so’ng darhol yo’qotilgandi, sababi Yevropada hali unga ehtiyoj yo’q edi”, degan kinoyasi haqiqatdir.

Inson XV–XVIII asrlar davomida o’z kuchi, shuningdek, uy hayvonlari, shamol, oqar suv, o’tin-ko’mir va toshko’mir quvvatidan foydalangan. Insoniyat tarixiy

Page 517: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

taraqqiyotini quyidagi misollarda kuzatish mumkin: xo’jalikda bitta ot yetti kishining ishini bajarar edi. Demak, otning tortish va yuk tashish kuchidan foydalanish katta ijobiy natijalarga olib kelgan. And tog’lari atrofida savdo-sotiq ishlarini olib borish uchun Peruda 500 ming xachirdan foydalanishgan. Demak, otni yoki ho’kizni omoch va plugga qo’shib yer haydalmaganda, yuk tashishda ularning kuchidan foydalanilmaganda insoniyat taraqqiyotida olg’a siljishini tasavvur qilish qiyin.

Osiyo xalqlari tarixida, ularning iqtisodiy rivojlanishida tuyalarning keng qo’llanilishi ahamiyati ham nihoyatda katta bo’lgan. Xususan, ikki o’rkachli issiqqa chidamli dramoderlar o’rtacha 400–500 kg yuk ko’targan taqdirda ham 6 ming tuyadan iborat karvon 2,5–3 ming tonna yukni uzoq masofalarga olib borgan. Bu raqamlarni Buyuk Ipak yo’li uchun qanchalik ahamiyatga ega bo’lganligi har birimizga ravshan.

Evropa mamlakatlarida XI–XIII asrlar davomida mexanika sohasida katta inqilobiy o’zgarishlar bo’ldi. Osiyoda bir necha asr oldin ixtiro qilingan suv va shamol tegirmonlari endi G’arb davlatlarida keng tarqaldi. Angliyada XI asrning oxirida o’tkazilgan aholi ro’yxatida mamlakatda 5624 tegirmon bo’lganligi qayd etilgan. Olimlaming hisobicha, Yevropada bu asrlarda 500–600 ming suv tegirmoni bor edi.

Shamol tegirmonlariham dastlab Sharqda ixtiro qilingan. Eronda ular VII asrdan qurilgan. Keyinchalik shamol tegirmonlari Xitoy va O’rta Yer dengizi havzasiga tarqalgan. Ispaniyada shamol tegirmonlari X asrda arablar davridan tarqalgan. Angliya va Flandriyada XII asrda, Polsha va Moskva davlatiga esa XIV asrda shamol tegirmonlari Germaniya orqali kirib kelgan va qurilgandi. Atlantika okeanidan Boltiq dengizi tomonga doimo esib turadigan g’arbiy shamolning bo’lishi shamol tegirmonlarini Gollandiya respublikasining ramziy belgisiga aylantirdi.

Page 518: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

XV–XVI asrlarga kelib yangi ixtirolar: suv dvigatellaridan konchilik va hunarmandchilikning boshqa sohalarida keng foydalanishga olib keldi. Dastlab pastdan harakatlanuvchi suv parragining yangi, yuqoridan harakatga keluvchi parrak bilan almashtirilishi bir tonnagacha og’irlikdagi to’qmoqlardan ma’danni ishlashda foydalanish imkoniyatini yaratdi. Qog’oz ishlab chiqaradigan ustaxonalarda suv parragi yordamida harakatlanuvchi iskanjalar qurildi. Konchilikda esa suv parragi yordamida kondan rudani yuqoriga ko’tarishda va maydalashda foydalanilgan. Shaxtadan suv nasos bilan tortib chiqarilishi uni chuqurroq qazish va rudani ko’proq olish imkoniyatini yaratdi.

2. Metallurgiya va metallga ishlov berish sohasidagi ixtirolar. Temirni eritish qadim zamonlarda kashf qilingan edi. Xitoyda miloddan avvalgi V asrdayoq temir eritishni bilishgan. Xitoy XIII asrda Yevropadan ancha avval temir eritishda toshko’mirdan ham foydalangan. G’arbda ma’dan suyultirish XIV asrdan, koks qo’shib cho’yan eritish esa XVII asrdan boshlandi.

Demak, Xitoyda ixtiro qilingan cho’yan eritish domnalari takomillashgan holda o’rta Osiyo, usmoniy turklar davlati va Rossiyadan G’arbga o’tganligi aniq. Osiyoda, Hindiston va Xitoyda kashf qilingan uglerodli po’lat eritish sirlari Yevropaga XIX asrdagina ma’lum bo’ldi. Bu mashhur “Damashq po’lati” deb atalgan po’lat tnavi edi.

Evropada nisbatan kech rivojlangan metallurgiya sanoati tez orada katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Metallga maxsus ishlov berish: yo’nish, pardozlash, vintlar yasash sohalari takomillashib, yangi mexanizmlar yaratish imkoniyatini berdl. Ulardan biri soatsozlik edi. Tez orada ko’plab mamlakatlarda jomminor soatlaridan tortib qo’l va cho’ntak soatlari ham yasala boshlandi.

3. Harbiy texnika. Aniq fanlar sohasida ajoyib tarixchi Aldo Minelli porox, ya’ni o’qni xitoyliklar kashf etgani “afsona” emas degan edi. Xitoyliklar poroxni IX

Page 519: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

asrda selitra, oltingugurt va maydalangan ko’mirdan qilishgan. Miltiqning paydo bo’lishi Xitoyda XI asr, o’q otadigan to’p 1356-yil bilan belgilangan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Yevropada to’pning birinchi bor ishlatilishi 1347-yili Kale jangida inglizlar tomonidan bo’lgandi.

Qayerda va qachon kashf qilinishidan qat’i nazar miltiq, to’p va boshqa qurollar Yevropada tezroq takomillashdi va keng yoyildi. Asrlar o’tib Osiyo mamlakatlari o’zlari kashf qilgan bu sohalarda ham ilg’orlikni qo’ldan boy berdilar,

Arkabuz va mushketlarning paydo bo’lish vaqti aniq emas. Lekin 1512-yili Italiyadagi Breshi shahri qamali paytida “uning himoyachilari to’p va miltiqlardan dushmanni o’qqa tutganliklari” manbalarda qayd qilingan. Ayri yog’och ustiga qo’yib otiladigan bu miltiqlardan 150–200 qadam naridagi nishonni xatosiz urish mumkin edi. O’q otadigan qurollarning paydo bo’lishi va tarqalishi bilan harbiy sohada katta o’zgarishlar yuz berdi. Ritsarlarning qalqon, sovut va boshqa qurol-aslahalarini o’q teshib o’tgani sababli ular o’z ahamiyatini yo’qotdi. Shaharlarning qalin va baland devorlari ham to’pdan vayron qilinishi mumkinligidan zarur bo’lrnay qoldi. Tez orada Yevropa davlatlarida otliq ritsar qo’shinlari o’rnini o’tochar qurollar bilan qurollangan yangi qo’shin egalladi.

4. Kemasozlikning rivojlanishi. Finikiyaliklar Misr fir’avnlari iltimosiga binoan Afrika qit’asini Vasko de Gamadan ikki ming yil avval aylanib chiqishgan edi. Kolumbdan bir necha asr oldin, 690-yili, irland dengizchilari Farer orollarini ochishgan. Irlandiyalik rohiblar esa 795-yili Islandiyaga tushishgani fandao’z tasdig’ini topgan. Skandinaviyalik Erik Malla 982-yili Grenlandiyada vikinglar koloniyasini tashkil qilgandi. Uning o’g’li Leyf Erikson 1003-yilda Amerikaning Nyufaundlend yarimorolini kashf qilgandi.

Osiyo mamlakatlarida dengizchilar XI asrdanoq

Page 520: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

kompasdan foydalanishgan, XIV asrdan esa machtali 12 yelkanli kemalarda suzishgan. Xitoydagi “jonka” kemalariga ming kishi sig’gan. Osiyodagi dengizchilik san’atining yuksak rivojlanganiga ushbu misolni o’qib ishonch hosil qilishingiz mumkin. Xitoylik buyuk dengizchi Chjen Xe (aslida musulmon bo’lgan) XV asrda 7 marta yirik dengiz sayohatlari uyushtirdi. Uning birinchi sayohatida 62 ta katta jonkalardan iborat ekspeditsiyasi Indoneziyaga yetdi. Keyingi ekspeditsiyada harbiylar ham qatnashib xitoylikiar Seylon orolini bosib oldilar. Uchinchi yurishlari Sumatra oroliarining zabt etilishi bilan yakunlandi. Keyingi ikki sayohat savdo-diplomatik maqsadlarda bo’lib, Arabiston va Habashiston qirg’oqlari ziyorat qilindi. Oltinchi yurish yana Sumatraga va nihoyat so’nggi yurishlarda 1433-yili Ormuz qo’ltig’iga va Makkaga borildi. Bu beqiyos 25-yildan ortiq vaqt davom etgan dengiz ekspeditsiyalari tugaganidan so’ng, ko’p o’tmasdan Xitoyda yana ichki mojarolar kuchayib buyuk rejalarga chek qo’yildi.

Arablarda ham dengizchilik san’ati yuksak darajada rivojlangani sir emas. Arab geografi al-Ma’sudiy X asrdayoq Afrika qit’asini dengiz orqali aylanib o’tish mumkin ekanligini yozgandi. Mashhur olim Aleksandr Gumboldtning yozishicha, arab kemalaridan biri Atlantika okeanida 40 kun suzib orqaga qaytgan va 70 kun deganda o’z sayohatini boshlagan joyiga qaytib kelgan. Lekin keltirilgan barcha ma’lumotlarga qaramasdan, Atlantika okeanini suzib o’tish muammosini hal etish Yevropaga nasib etdi. Uning hal etilishi esa boshqa muammolar chigalini yechishga ham ko’mak berdi. Shu sababdan shamolga qarshi suzishga qodir yelkanli, karavella tipidagi kemalar qurilishi, kompas, usturlobningixtiro qilinishi, bularning barchasi faqat ma’lum darajadagi omil bo’ldi, xolos.

5. Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari. Yevropada XIV–XV asrlarda ishlab chiqarish keng rivojlandi. Yirik shaharlarda dastlabki manufakturalar

Page 521: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

paydo bo’ldi. Savdo-sotiq rivojlanib pul zarb qilish uchun qimmatbaho ma’danlar: oltin va kumushga talab kuchaydi. Yevropa Sharq mollarini va ziravorlarni asrlar davomida oltin va kumush hisobiga sotib olardi. Qit’aga keltiriladigan Sharq mollari, arab va italiyalik savdogarlarga 8–10 baravar foyda qoldirardi. Usmoniy turklarning Vizantiyani bosib olishi Sharq mamlakatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini yanada mushkullashtirdi. Savdogarlarning turklarga boj to’lashi olib kelinadigan mahsulotlarni yanada qimmatlashishiga sabab bo’ldi.

Natijada Yevropa Osiyoga boradigan yangi dengiz yo’lini axtarib topishga harakat qila boshladi. Demak, buyuk geografik kashfiyot-larining eng asosiy sababi Yevropada dunyoga chiqish ehtiyojining vujudga kelishi edi. Bunday zaruriyat o’sha vaqtda na Xitoyda va na arablarda bo’lgan. Yevropaning iqtisodiy yuksalishi XIII asrdayoq boshlangandi. Tarixchilar oltinga, ziravorlarga chanqoqlik deb atagan narsa texnika sohasida doimo izlanishlarga, yangilikka intilishni ta’minladi. G’arb aholisi faqat moddiy jihatdan boyib qolmasdan, uning ruhiyati o’zgarib bordi. Yevropaning buyuk kashfiyotlardagi ustunligini belgilagan narsalar, fikrlmizcha, ana shulardan iborat edi.

40-§. Amerikaning kashf etilishi. Hindistonga dengiz

yo’lining ochilishi. Dunyo bo’ylab birinchi sayohat

1. Geografik kashfiyotlarning boshlanishi. Ispaniya va portugaliyaliklar buyuk geografik kashfiyotlarning yo’lchi yulduzlari bo’ldilar. Portugaliya arablar hukmronligidan xalos bo’lganidan so’ng, XIV–XV asrlarda Shimoliy Afrikada arablar bilan urushlarni davom ettirib, yaxshigina dengiz flotini tuzishga erishdi. O’rta Yer dengizidan Shimoliy va Boltiq dengizlariga boradigan muhim savdo yo’li Portugaliya qirg’oqlari

Page 522: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

yaqinidan o’tardi. Shu sababdan Portugaliya portlariga turli mamlakatlardan kemalar kelib turardi. Dengiz kemalarida xizmat qilish va baliq ovlash sohil bo’yida yashovchi ko’pchilik aholining asosiy mashg’uloti edi. Keyinchalik ulardan dovyurak va tajribali dengizchilar ham yetishib chiqdi.

Kashfiyotlarning birinchi davrasida, shahzoda Genrix Dengizchi (1418–1460-yillar)ningiste’dodi, tashkilotchiligi natijasida nafaqat savdogarlar, balki dyoryanlar ham ishtirok etishdi. Natijada XV asrning 20–30-yillaridayoq portugaliyaliklar Madeyra, Kanar va Azor orollarini ochishdi. Afrikaning g’arbiy qirg’oqlari bo’ylab janubga siljiy borgan dengizchilar Boxador burnini chetlab o’tib, 1434-yili Gvineya qirg’oqlariga, Yashil Burun orollariga va 1462-yili S’erra-Leonega yetib bordilar. Portugallar bu joylarda mahalliy aholidan rangdor lattalar, shisha marjonlar, kichkina oynachalar kabi mayda-chuyda buyumlarga oltin aralashgan qum va fil suyaklarini almashtirib olardilar. Keyinchalik boshlangan qul savdosining markazi ham xuddi shu yerda bo’lgan. Kartalarda saqlanib qolgan Qullar qirg’og’i, Oltin qirg’oq, Fil Suyagi qirg’og’i kabi rasmiy nomlar bejiz paydo bo’lmagan.

Portugallarning Bartalomeo Diash boshchiligidagi ekspeditsiyasi 1486-yili Afrikaning janubiy nuqtasini aylanib o’tib, Hind okeaniga chiqdi. Lekin uzoq davom etgan og’ir yo’l mashaqqatlaridan toliqqan dengizchilar safarni davom ettirishdan bosh tortdilar. Afrika qit’asining eng janubiy nuqtasini, portugallar Hindistonga boradigan yo’lni yaqin orada ochilishini umid qilib Yaxshi Umid burni deb atadilar.

2. Kolumbning Amerikani kashf qilishi. Olimlarning Yer shar shaklida bo’lishi haqidagi taxminlari XV asrda dengiz sayyohlarining qiziqishini yanada oshirdi. Italiyalik olim, astronom Paolo Toskanelli bu g’oyadan kelib chiqib dunyo kartasini tuzdi. Kartada Osiyo qit’asi Atlantika okeanining g’arbiy qirg’oqlarida

Page 523: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

tasvirlangan bo’lib, olimning fikricha, Yevropa qirg’oqlaridan doimo g’arbga suzib Hindistonga borish mumkin bo’ladi. Italiyalik olim Yer ekvatori uzunligini xato tasavvur qilib, 12 ming kilometrga yanglishgan. Keyinchalik bu xato – buyuk kashfiyotlarga olib keldi.

XV asr oxirida Ispaniya ham yangi dengiz savdo yo’llarini axtara boshlagandi. Ispaniya qiroli Ferdinand va qirolicha Izabellaga o’zining Toskanelli tasdiqlagan Hindistonga G’arbiy dengiz yo’lini ochishi loyihasini topshirgan Xristofor Kolumb (1451-1506-yillarda yashagan) Italiyaning Genuya shahrida to’quvchi oilasida tug’ilgan. Xristofor 15 yoshiga qadar yaxshigina ma’lumot olgan edi. Keyin oilaviy sharoiti tufayli dengizchilikka yollanib, kefflalarda raatrosdan kapitanga qadar bo’lgan lavozimlarda xizmat qildi.

Nihoyat, 1492-yili Ispaniya qiroli sayohatga ruxsat berdi. Palos portidan 1492-yil yozida Kolumb o’zining 90 kishilik komandasi bilan uchta kemada: “Ninya”, “Pinta” va “Santa-Mariya”larda dengizga chiqdi. Grqadan esayotgan shamol kemalarni g’arb tomonga tez haydab borardi. Kunlar ketidan kunlar, haftalar ketidan haftalar o’tdi, lekin yer hamon ko’rinmasdi. Saragossa dengiziga yetganda suv o’tlari yerning yaqinligi xayolini tug’dirdi. Passat shamollari yo’nalishidagi kemalar ildam oldinga suzardi. Yana bir necha kun o’tgandan keyin dengiz-chilarda qo’rquv paydo bo’ldi. Oradan ikki oy o’tgandan so’ng dengizchilar talabi bilan kemalar janubi-g’arbga tomon yo’l oldi. Nihoyat, 1492-yil 12-oktyabr kuni kechasi kemalardan birining machtasi ustidan matrosning “Yer!”, “Yer!” deya baqlrgan ovozi eshitildi.

Ertasiga kemalar kichik bir orol yoniga kelib to’xtadi. Kolumb qirg’oqqa Ispaniya bayrog’ini tikib, orolni qirol mulki deb e’lon qildi. Ekspeditsiya a’zolari bu yerdan oltin izlab janub tomonga yo’l oldilar va Kuba hamda Gaiti orollarini kashf qildilar. Gaiti qirg’oqlarida o’zining eng katta kemasidan ayrilgan Kolumb dengizchilarning bir qismini yangi qurilgan Navidad fortida qoldirib, o’zi

Page 524: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Ispaniyaga qaytdi. Keyingi yillarda Kolumb g’arbga yana 3 marta sayohat qildi. U Karib dengizidagi ko’plab orollarni kashf etdi. Lekin omad unga kulib boqmadi, u o’zi izlagan Hindistonning oltin-boyliklarini topa olmadi.

Yangi qit’a kashf qilinganini Kolumb umrining oxiriga qadar bilmagan. O’zi kashf qilgan joylarni Hindiston, u yerlar aholisini “hindular” (“indeetslar”) deb atadi. Shu sababdan Amerikaning ko’plab tillarda gaplashadigan, turli nomdagi xalqlari va qabilalarini adabiyotlarda “indeetslar” deb atash rasm bo’lib ketdi. Kolumbdan keyin 1498-yili g’arbda sayohatda bo’lgan Amerigo Vespuchchi Kolumb kashf qilgan yerlarning “yangi qit’a” ekanligi haqidagi fikrlarini o’z do’sti nemis kosmografi Valdzemyullerga yozib yuborgan. Xuddi shu nemis olimining taklifi bilan yangi qlt’a Amerika deb atala boshlandi. Xristofor Kolumbning nomi Koluinbiya davlatiga, Amerika Qo’shma Shtatlari okruglaridan biriga, ko’plab shaharlarga, universitetga, tog’, daryo va hatto fazoni tadqiq etish loyihalaridan biriga qo’yilgan.

3. Vasko de Gamaning Hindistonga sayohati. Ispaniyaliklar tomonidan Amerikaning kashf qilinishi va uni G’arbiy Hindiston deb atalishi ovoza bo’lib, portugaliyaliklarni ham harakatga solib qo’ydi. Portugaliya qiroli Hindistonga boriladigan dengiz yo’lini topish uchun Vasko de Gama boshchiligida (1497–1499-yillar) ekspeditsiya jo’natdi. Ekspeditsiyaga juda puxta tayyor-garlik ko’rilgandi. Vasko de Gama eng yaxshi kemalar, asboblar va kartalar bilan ta’minlanib, ekspeditsiya tarkibidagi dengizchilar harn tajribali bo’lgan.

Safar boshlangandan to’rt yarim oy o’tgach, sayohatchilar Yaxshi Umid burnini aylanib o’tib, Affikaning sharqiy sohiliga chiqdilar. Shundan keyin Hind okeani bo’ylab shimolga suzgan de Gama ekspeditsiyasi Mozambikning – Malinda portiga keldi. Arab lotsmani*

* Lotsman — dengizda yo`1 ko`rsatuvchi kishi.

Page 525: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Ahmad ibn Majid yordamida portugaliyaliklar 1498-yilning may oyida 10 oylik sayohatdan so’ng Kalikut shahriga yetib keldi. Vasko de Gamani hind rojasi qabul qildi. Portugallar kemalariga ziravorlarni yuklab orqaga qaytdilar. Ikki yilga cho’zilgan safar paytida dengiz-chilarning 2/3 qismi halok bo’ldi. Keltirilgan ziravorlardan ekspeditsiyani uyushtirishga sarflangan mablag’dan 60 marta ortiq foyda olindi.

4. Dunyo bo’ylab birinchi sayohat. Amerigo Vespuchchining Kolumb kashf qilgan yerlar yangi qit’a ekanligi haqidagi farazi Fernan Magellanning 1519–1522-yillardagi dunyo aylana birinchi sayohatida to’la tasdiqlandi. Yangi ochilgan yerlardan mo’ljallangan boyliklariga erisha olmagan ispan hukmdorlari Fernan Magellanning Hindistonga G’arbiy dengiz yo’lini ochish loyihasini qo’llab-quvvatladilar.

Jasur va tajribali dengizchi, bag’oyat irodali Magellan o’zining 5 ta kemadan iborat flotiliyasini 1519-yilning 20-sentyabrida San-Lukar portidan dengizga chiqardi. Ekspeditsiyada qatnashgan: “Trinidad”, “San-Antonio”, “Konsepsion”, “Viktoriya” va “Sant-Yago” kabi 105–154 tonna yuk sig’imli kichik kemalarda ikki yilga yetadigan oziq-ovqatlar g’amlab olingandi. Ustiga-ustak Magellanga berilgan kemalar ta’mirlashdan keyin ham talabga to’liq javob beradigan holda emasdi. Portugaliyaninglspaniyadagi elchisi o’z qiroliga Magellan ekspeditsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi muqarrar deb yozgan edi. Magellan kemalarga portugaliyalik hamyurtlaridan ruxsat berilgan 5 o’rniga 37 kishi olishga muvaffaq bo’ldi. Sayohatning boshidayoq juda og’ir sinovlarni yengib, 60 kunlik tinimsiz yomg’irlardan so’ng kemalar 1519-yil 13-dekabrida Rio de Janeyro ko’rfaziga kirdi. Yana bir oylik sayohatdan keyin hozirgi Urugvayning poytaxti Montevideo joylashgan yerda to’xtashdi. Bu joyning ikki okeanni bog’lovchi qo’ltiq ekanligi haqidagi faraz tasdiqlanmadi. Qishlovga to’xtagan ekspeditsiyada birinchi marta isyon

Page 526: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ko’tarildi. Unda uchta kemaning kapitanlari qatnashdi. Kapitanlardan biri isyonchilar bilan to’qnashuvda halok bo’ldi. Ikkinchisi – kapitan Mendosa isyon bostirilishi bilan qatl qilindi, uchinchi kapitan Kartaxena fitnada ishtirok qilgan ruhoniy bilan ko’rfazning qirg’og’iga tashlab ketildi. Isyon boshlanishiga sabab Magellanning oziq-ovqat miqdorini kamaytirishi bo’lgandi. Ekspeditsiya a’zolarining orqaga qaytishni talab qilishlariga javoban Magellan “Qit’a janubidagi bo’g’ozni topib o’z va’damni bajaraman, bu yo’ldan meni faqat o’lim qaytaradi”, – deb aytdi. Ko’rfazning ochilishi arafasida “Sant-Yago” kemasi halokatga uchradi. Magellan ekspeditsiyasi 1520-yil 21-oktyabrida janubiy kenglikning 52-gradusida keyinchalik uning nomiga qo’yilgan qo’ltiqqa kirdi. Ekspeditsiyaning Janubiy dengizga yo’l olgan kemasida 1-noyabr kuni Estevan Gomes boshchiligidagi bir guruh zobitlar isyon ko’tarib, Magellanning sodiq safdoshi “San-Antonio” kapitani Alvaro de Meskituni qo’lga olib, asosiy oziqa zaxirasi bilan Ispaniyaga yo’l oidilar.. Qaytib kelganlar Magellanga tuhmat-bo’htonlar yog’dirdilar. Qirol hukumati esa bunga ishonib Magellanning qaynotasi va xotinini sazoyi qildi.

Bu paytda jasur Magellan o’z maqsadi tomon ishonch bilan bormoqda edi. Ko’rfazdan bir oyga yaqln suzgan kemalarning chap tomonida doim hindular gulxanlari olovi va tutuni ko’rinib turgan. Natijada dengizchilar bu yerlarni “Olovli yer” deb atadilar. Okeanga chiqqan kemalar shimolga qarab suzishdi. To’rt oy davomida hech qanday dovullarsiz olg’a yurildi. Okeanning ularga qilgan muruvvati evaziga sayohatchilar uni “Tinch okean” deb atadilar. Hujjatlarda yozilishicha, sayohatchilar keyingi 110 kun davomida qurtlagan non ushoqlarini, sassiq suvni ichishga majbur bo’ldilar. Kemalarda kalamushning narxi yarim dukat bo’lgan, dengizchilar kemaning charm qoplangan joylarini olib qaynatib ichishgan. Sayohatchilarning ko’pi singa kasaliga chalinib o’la boshladi. Nihoyat, 1521-yilning 6-martida ekspeditsiya

Page 527: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

a’zolari Marian arxipelagi orollaridan biriga tushdilar. O’n kundan so’ng kemalar yaqinlashgan arxipelag Ispaniya shahzodasi, bo’lajak qirol Filipp sharafiga Filippin deb ataldi. Xuddi shu orollarda ro’y bergan bir voqea sayyohlarning qilgan ishlari qanchalik buyuk ekanligini ko’rsatdi. Magellanning qachonlardir Malay orollaridan olib chiqib ketilgan xizmatkori Enrike mahalliy aholi bilan gaplashib bir-birlarini tushunganlar. Demak Enrike o’z yurtidan sharq tomonga chiqib unga g’arbdan qaytib keldi. Sebu orollari aholisini hazrati oliylari, Ispaniya qiroli vassallariga aylantirish uchun qilingan urushda, 1521-yil 27-aprelda Magellan halok bo’ldi.

Molukk orollaridan ziravorlarni ortgan d’Eskato boshchiligidagi ekspeditsiyaning qolgan a’zolari San-Lukarga qaytib kelganda “Viktoriya” kemasida 18 kishi qolgan edi.

Dunyo bo’ylab birinchi sayohat Yerning shar shaklida ekanligini uzil-kesil isbot qilib berdi. Sayyohlar Yer kurrasining anchagina qismini tadqiq etdilar. Endilikda okean yo’llarini o’zlashtirish boshlandi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yer yuzidagi aholi haqida ma’lumotlar ko’paya bordi.

5. Mustamlakalarni istilo qilishda kimlar qatnashdi? Pireneya yarimorolidan arablaming haydab chiqarilishida faol ishtirok qilgan minglab ritsarlar urushdan so’ng bekor qoldilar. Ularning ko’pchiligi qashshoqlashgan dvoryanlar vakillari edilar. Osonlikcha boylik orttirish yo’lini axtargan ming-minglab kishilar Ispaniya va Portugaliya sayyohlarining kashfiyotlari haqida xabar yetishi bilan hech o’ylanib o’tirmasdan yangi o’lkalarga jo’nay boshladilar.

Dengiz ekspeditsiyalarini safariarga tayyorllshda va jihozlashda savdogarlar va kema egalari ham faol qatnashdilar. Ularning maqsadi savdo-sotiqdan, bo’ysundirilgan o’lkalarni talashdan boylik orttirish edi. Amerika qit’asini istilo qilishda xristian dini vakillari, ruhoniylar va rohiblar ham ishtirok etdilar. Ular mahalliy

Page 528: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

aholini xristian diniga o’tkazish bilan shug’ullandilar. Mustamlakalarda o’ljalardan xristian cherkovi ham quruq qolmadi.

Shunday qilib, Yevropaliklar bosib olingan mamlakatlarni o’z mustamlakalariga aylantirdilar. Mustaqilliglni yo’qotib, istilochilar zulmida ezilgan hududlar mustamlakalar deb atala boshlandi.

41-§. Yevropaliklarning mustamlakachilik bosqinlari

1. Portugaliya mustamlakalari. Qirollikning Hind okeaniga har yili o’nlab harbiy kemalarni yuborishi faqat savdo-sotiq maqsadida bo’lmagan, albatta. Lekin Portugaliya bu usulda Hindistonni va Osiyoning millionlab aholisi bo’lgan boshqa mamlakatlarini istilo qilishga qodir emasdi. Portugallar Hindistonda, Arabistonda, Sharqiy Afrika dengiz sohillarida bir necha muhim port shahariarini bosib oldilar. Istilo qilingan shaharlar aholisi qirg’in qilinib, qal’alar vayronaga aylantirildi. Hindistonda “Xayriyatki, portugallar yo’lbars va sherlar kabi ozchilik, aks holda, ular Yer yuzidagi hamma odamlarni qirib, butunlay yo’q qilib yuborgan bo’lardi”, – deb aytishardi.

Portugallar arab va hind savdogarlarining mollarini talar va kemalarini dengizga cho’ktirib yuborar, asir olingan kema a’zolarini esa o’ldirar yoki qul qilib sotardilar. Ular o’qotar to’plari, qurol-aslahalari hamda kema-larining ustunligidan foydalanib arablarni asta-sekin Hind okeanidan siqib chiqardilar va Hindistonga boradigan dengiz yo’lini to’liq egallab oldilar. Keyinchalik portugallar ziravorlar: murch, anbar, mushk, dolchinning eng yaxshi navlari yetishtiriladigan Zond va Molukk orollariga kirib bordilar. Sharqqa tomon suzishda davom etgan portugallar vaqt o’tib Xitoy va Yaponiya sohillariga yetdilar.

Portugaliyaning Amerikadagi istilolari ham o’ziga xos

Page 529: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

bo’lgan. Aslida Hindistonga yo’l olgan Kabral ekspeditsiyasi 1500-yili to’satdan Braziliya qirg’og’iga tushib, uni Portugaliya qiroli yerlari deb e’lon qildi. Qimmatbaho ma’danlarning, ko’psonli zich aholining bo’lmasligi Braziliyaning mustamlakaga aylantirilishini ham o’ziga xos hal qildi. Mamlakatni muttasil o’zlashtirish faqat 1530-yili boshlandi. Qirg’oq rayonlart 13 ta kapitaniyga bo’linib, feodal yer egaligi joriy etildi. Lekin Portugaliyada ortiqcha ishchi kuchi yo’qligidan, kolonistlarning ko’chib kelishi sust edi. Natijada Afrikadan keltirilgan qullar mehnatiga asoslangan plantatsiyalar ko’rinishidagi xo’jalik yuritish ko’proq foyda keltira boshladi. XVI asrning ikkinchi yarmida qul savdosi keng rivojlandi. Braziliyada 1583 yili 25 ming portugal aholisi qo’l ostida yuz minglab qul-negrlar ishlar edilar.

2. Ispanlar tomonidan Meksika va Peruning istilo qilinishi. Dastlab ispanlar Karib dengizi havzasidagi Kuba, Gaiti, Yamayka, Puerto-Riko orollarini bosib oldilar. Ispanlar orollarda qal’alar, yangi ko’chib kelayotgan yurtdoshlari uchun qishloqlar, yo’llar barpo etdilar. Ispanlar oltin kam bo’lgan bu hududlarni xo’jalik maqsadida o’zlashtira boshladilar. Dastlabki paxta, shakarqamish va ziravor plantatsiyalari barpo etildi. Tez orada og’ir mehnatdan, Yevropadan keltirilgan turli yuqumli kasalliklardan mahalliy aholi qirilib, kamayib ketdi. Ularning o’rniga qo’shni orollardan qo’shimcha ishchi kuchi olib kelindi. Keyinchalik Ispaniyadan 20 yilga soliqlardan ozod qilish sharti bilan dehqon-kolonistlar ko’chirib keltirildi. Nihoyat, XVI asrning o’rtalaridan Afrikadan qullar keltirila boshlandi.

Amerikaning istilo qilinishidagi ikkinchi davr 1510-yili boshlandi. Tarixshunoslikda XVII asr o’rtalariga qadar davom etgan bu davr konkista – istilolar davri deyiladi. Konkistadorlar 1510-yili Panamada dastlabki istehkomlarini qura boshladilar. Nunes Balbao 1516-yili Panama yerlarini sharqqa kesib o’tib Tinch okeani sohiliga chiqdi. Qit’adagi dastlabki shahar Panamaga ham 1519-

Page 530: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

yili ispanlar asos soldilar.Yukatan yarimorolida 1517–1518-yillari qullarni

izlab yurgan ispanlar bo’linmasi birinchi marta yuksak madaniyatli – mayya shaharlariga duch keldilar. Mayyalar ko’ziga ot ustidagi ispanlar bahaybat maxluq bo’lib ko’ringan bo’lsa, ispanlar o’z navbatida shahar va ehromlarni ko’rib hayratda qoldilar.

Xuddi shu Mayya davlatini zabt etish uchun 1519-yili o’zining 16 ta otliq va 400 kishilik bo’linmasi bilan Ernan Kortes Meksika qirg’og’iga qayiqlardan tushdi. Atsteklar bosib olgan yerlardagi mahalliy xalq o’z hukmdorlariga qarshi ispanlarga yordam berdilar. Kortes o’z harbiy bo’linmasini hindular bilan to’ldirib, atsteklar poytaxti Tenochtitlan (uni ispanlar Mexiko deb atashgan)ni qamal qildilar. Atsteklar otliqlarni ko’rishlari bilan dahshat va sarosimaga tushib qoldilar. Atsteklar podshosi dastlabki mag’lubiyatlardan esankirab qolib, o’z poytaxtiga ispanlarning kirishiga ijozat berdi. Ko’p vaqt o’tmasdan Kortes hiyla-nayrang ishlatib atsteklar podshosini hibsga olib, uning nomidan davlatni idora qila boshladi. Aholi ispan qiroli hokimiyatini tan olib, ispanlarga oltin hisobida o’lpon to’lashga majbur qilindi. Atsteklarning asrlar davomida to’plagan xazinasiga yashirin eshikni topgan ispanlar uni qo’lga kiritib, bo’lib olishdi. Xazinaning asosiy qismi Ispaniya qiroli va Kortesga tegdi.

Istilochilarning shafqatsizligi va ochko’zligidan g’azablangan atsteklar qo’zg’olon ko’tardilar. Tungi jangda Kortesning ko’pgina askarlari halok bo’ldi, o’zi esa qurshovdan zo’rg’a qochib qutuldi. Oradan ko’p o’tmay o’z harbiy bo’linmasini Kubadan kelgan ispanlar va hindular bilan to’latgan Kortes yana Mexikoni qamal qildi. Qamal 225 kun davom etib, shahar aholisi deyarlik qirib tashlandi. Tenochtitlan olinsa-da, Meksika yerlarini to’liq bosib olishga ispanlarga yana yigirma yil vaqt kerak bo’ldi.

Mustamlakachilarning ikkinchi oqimi Panamadan

Page 531: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

janubga yo’l oldi. Bosqinchilarni hindulardan eshitgan Beru (Peru) afsonaviy boy davlati o’ziga tortardi. Istilochilar bo’linmasini chalasavod, lekin uddaburon va zolim idalgo* Fransisko Pisarro boshqardi. Ispanlarning 250 kishidan iborat bo’linmasi 1532-yili Peruga hujum boshladi. Inklar podshosini aldash yo’li bilan asir olgan Pisarro uni ozod qilish evaziga juda ko’p oltin talab qildi. Katta bir xona to’la oltinni olib bo’lgandan keyin Pisarro o’z va’dalartni bajarmasdaft, podshoni xoinbna sud qilib o’limga hukm qildi. Ispanlar Peru poytaxtidagi ibodatxonalarni beayov taladilar. Ular olingan o’ljalarni taqsimlashda oltin va kumushdan yasalgan san’at buyumlarini eritib yombi qildilar va tashib ketdilar. Ispan istilochilari Amerika tub xalqlarining qadimgi yuksak madaniyatini vahshiyona suratda yo’q qildilar.

3. Amerika aholisining qul qilinishi va qirib tashlanishi. Tez orada ispanlar butun Janubiy Amerikani bosib oldilar. Faqat Braziliya yerlarigina portugaliyaliklarga o’tdi.

Ispanlar hindular yerlarini tortib olib o’zaro taqsimladilar. Mahalliy aholi qul qilindi va qaram kishilarga aylantirildi. Ular nazoratchilar qamchisi ostida yer chopib ekin ekar va mol boqardilar. Oltin va kumush konlarida ishlashga jalb qilingan minglab kishilar og’ir mehnatdan, kasalliklardan qirilib ketdi.

Erksevar hindular istilochilar uchun ishlashni istamasdilar. Natijada ularning ko’pchiligi o’z yaqinlarini va o’z-o’zini o’ldirardi. O’rmon va tog’larga qochib ketgan kishilar xuddi hayvonlarni ovlagandek itlar bilan tutilardi. Ispanlar ularni ot tuyoqlari ostida toptardilar.

Ruhoniylar va rohiblar hindularni xristian diniga o’tishga majbur qilardilar. Cherkov vakillari o’z yovuzliklarini oqlash maqsadida ularni “yovvoyi hayvonga o’xshash ruhsiz maxluq” deb atardilar. Xristian cherkovi mustamlakaning dastlabki davrida aholini qul qilishda istilochilarga yordam beribgina

* Idalgo — zodagon, dvoryan kishilar vakili.

Page 532: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qolmasdan, tub aholi madaniyatini yo’qotishda ham faol qatnashdi. Jumladan, yepiskop Diego de Landa mayya xalqlarining kitoblarini, yodgorliklarini yo’qotishda nom chiqargan edi. Hindular og’ir mehnat, ochlik va turli yuqumli kasalliklar bilan og’rishlari natijasida tez qirilib keta boshladi. XVI asrning o’rtalariga kelib Kuba va Karib dengizi havzasidagi boshqa orollarning tub aholisi ispanlar tomonidan qirib, yo’q qilib yuborildi.

4. Qul savdosi. Hindular qirilib bitgach, ishchi kuchi yetishmasligi sababli Amerikaga Airikadan negrlar qullikka keltirila boshlandi. Portugaliyaliklar boshlab bergan qul savdosiga tezda ispanlar, gollandiyaliklar va inglizlar qo’shildilar. Qul savdogarlari negrlarni mahalliy zodagonlardan sotib olar yoki o’zlari ov qilib tutib keltirardilar. Ovga chiqqan harbiylar guruhi kechasi negrlar qishloqlarini o’rab olib, unga har tomondan o’t qo’yar va sarosimaga tushib qolgan odamlarni tutib, qo’l-oyoqlarini kishanlab kemalarga yuklardilar. Ularni kemaning nihoyatda tor va past tryumlariga qamab olib ketardilar. Uzoq yo’lda asirlarning ko’pi tashnalik va ochlikdan, havo yetishmasligidan halok bo’lardilar. Amerikada negrlar qul bozorida sotilardi. O’sha davr tarixining ilk sahifalari ana shunday qora satrlar bilan bitilgan edi.

5. Geografik kashfiyotlarning oqibatlari. Buyuk geografik kashfiyotlarning jahon taraqqiyotiga benihoya katta ijobiy ta’siri bo’ldi. Kashfiyotlar jahon savdo yo’llarini butunlay o’zgartirib yubordi. Endi savdo yo’llari Levant doirasida O’rta Yer dengizi bo’ylab emas, balki okeanlar orqali o’tadigan bo’ldi. Yangi ochilgan yerlar bilan savdo aloqalari – jahon savdosmi vujudga keltirdi. Geografik sayohatlar kashf etilgan “Yangi dunyo” bilan “Eski dunyo” madaniy o’choqlari orasida bevosita iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatilishiga imkoniyat yaratdi. Buyuk geografik kashfiyotlar yevropaliklarning dunyo haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, bilimlarini oshirdi. O’zga qit’alar va xalqlar to’g’risidagi ko’plab

Page 533: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

afsonalar, noo’rin fikrlar chilparchin bo’ldi.Ilmiy bilimlarning rivojlanishi Yevropada sanoat va

savdoning yuksalishiga, moliya sohasida bank va kredit ishlarida yangicha uslublar yaratilishiga imkon berdi.

Geografik kashfiyotlar va mustamlakalarni bosib olish Yevropa mamlakatlarida tovar ishlab chiqarishning o’sishiga yordam berdi. Lekin bu narsa Amerika, Osiyo va Afrika xalqlarining asrlar davomidagi qulligi, tahqirlanishi, og’ir mehnatlari evaziga bo’ldi. Ular Yevropadagi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yaratilishiga xizmat qildilar.

XII b o b. XVI asrda Angliya

42-§. Angliyada sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi

1. “Qirollikning eng qimmatbaho mahsuloti”. Angliya XVI asrda ham unchalik yirik davlat emasdi. Uning aholisi 3 millionga yaqin bo’lib, bu ko’rsatkich, Ispaniyadan 3, Fransiyadan esa 5 barobar kam bo’lgan. Shu asrda bpshlangan ishlab chiqarishning keskin rivojlana borishi uch asrdan so’ng Angliyani dunyo fabrikasiga va eng kuchli mustamlakachi mamlakatga aylantirdi. Qirollikda savdo-sanoat va qishloq xo’jaligining Yevropadagi boshqa davlatlarga nisbatan erta taraqqiy qilishi uning asosiy omili bo’ldi.

Angliya bugungi kunda ham o’z an’analarini o’ta qadrlaydigan va ularga sodiq davlat hisoblanadi. Mamlakat o’n asrdan buyon o’z qiroliga va yetti asrdan beri esa parlamentiga ega. Aytishlaricha, ingliz parlamentining yuqori palatasida, qirol taxti yjonida qo’y yungi to’ldirilgan qop turadi. Lordlar palatasining raisi, lord-kansler uning ustida o’tiradi. Bu udumning ramziy ma’nosi inglizlarning an’anaviy xo’jaligi qo’ychilik, yung va movut ishlab chiqarishidir. Asrlar davomida Florensiya

Page 534: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

va Flandriyaga ko’p miqdorda yung chiqargan Angliyada XVI asrdan boshlab movutchilik sanoatiga asos solindi. Asrning o’rtalariga kelib movut ingliz tashqi savdosining 81,6%ini tashkil qildi. Hunarmandlarning kichik ustaxonalari chet mamlakatlarda ingliz movutiga bo’lgan talabni qondira olmay qoldi. Natijada mamlakatda yirik manufakturalar, korxonalar qurishga ehtiyoj paydo bo’ldi.

2. Korxonalarning paydo bo’lishi. Movutchilik Angliyaning janubi-g’arbiy va sharqiy rayonlarida, sexlar bo’lmagan joylarda, ko’pincha qishloqlarda keng tarqaldi. Qishloqda kambag’al dehqonlar xo’jalikdan bo’sh vaqtlarida movutchilik bilan avvaldan shug’ullanib kelishardi. Ichki va tashqi bozorda movutga talab ortishi bu sohaga savdodan tushgan foyda, kapital mablag’ sarflanishiga olib keldi.

Movutga bo’lgan talabning kuchayishi, qishloqlarga badavlat movutchi boyiarni jalb qildi. Ular aholidan yungni ulgurji sotib olib, qishloqdagi ip yigiruvchilarga berar, ulardan olingan tayyor kalavalar to’quvchilarga topshirilib, undan movut to’qitilardi. Savdogarlar tayyor movutni shaharlardagi do’konlarda sotishardi. Movutning katta qismi kemalarda chet ellarga chiqarilib, Angliyadagiga nisbatan 2,5–3 baravar qimmatroq sotilardi.

Movutning asosiy qismi qishloqlarda to’qilardi. O’z uylarida movutchi boylar buyurtmasi bo’yicha ishlagan kambag’al dehqonlar mehnatlari evaziga juda oz haq olardilar. Ko’pchilik haq to’lab movutchining to’quv dastgohlaridan foydalanardi. Qishloqda yirik movutchiga yuzlab yigiruvchi va to’quvchilar ishlashardi. Savdogardan yigirish uchun yung, dastgohlarni, ish haqini olgan hunarmandlar vaqt o’tishi bilan yollanma ishchilarga aylana bordilar.

O’z uyida ishlagan dehqonlarni nazorat qilish mushkulligidan, movutchilar ishchilarni ma’lum binolarda to’plab manufakturalar tashkil eta boshladilar. Angliya qishloqlarida o’nlab va hatto yuzlab ishchisi bo’lgan

Page 535: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

sanoat korxonalari shu tariqa paydo bo’ldi.Shaharlarda ham ba’zi boy hunarmandlar, sex

qonun-qoidalariga rioya qilmay o’z ustaxonalarini kengaytirdilar. Ular katta binolar qurib dastgohlar o’rnatar va ko’plab xalfalarni ishga yollardilar. Vaqt o’tishi bilan bu turdagi hunarmandchilik ustaxonalari korxonaga aylanib, undagi xalfalar esa yollanma ishchilar bo’lib qolardi. Dastlabki korxonalarda mashinalar yo’q edi. Ularda barcha ish qo’lda qilinardi. Yigiruv charxlari va to’quv dastgohlari ham qo’l bilan harakatga keltirilgan. Shu sababdan korxonalar – manufaktura (lotincha: “manus” qo’l, “factura” buyum, ya’ni qo’lda yasalgan buyum) deb atalardi.

3. Manufakturalarda mehnat taqsimoti. Mahsulot ishlab chiqarishning ko’payishi hunarmandchilik ustaxonalarida mehnat taqsimotini vujudga keltiradi. Manufakturada mehnat taqsimotiga ham xuddi shu tarzda asos solindi. Manufakturaga birlashtirilgan ishchilar orasida mehnatni unumli taqsimlash va muvofiqlashtirish imkoniyati mavjud edi. Jumladan, movutchilikda ishchilarning bir guruhi yungni qozonlarda qaynatib, so’ng sovuq suvda yuvar va oftobda quritishardi. Boshqa bir guruh ishchilar yungni taroq va cho’tkalar bilan titardi. Keyingi davrada yigiruvchilar ipni yigirib undan kalava qilardilar. To’quvchilar tayyor ipdan mato to’qisalar, bo’yoqchilar uni turli ranglarga bo’yardilar. Demak, manufakturadagi oddly mehnat taqsimoti, ishchilarni faqat ma’lum sohada ixtisoslashib borishini ta’minlardi. Ishchilarning har qaysi guruhi umumiy ishning faqat bir qisminigina bajarardi.

Mehnat taqsimoti ish sifatini yaxshilardi. Ishchining doimo bir ishni bajarishi, uning bu boradagi mahoratini oshirardi. Manufaktura ishchilari soni jihatidan o’ziga teng bo’lgan mayda hunarmandlarga nisbatan ancha ko’p movut ishlab chiqarardi. Manufakturalardagi mehnat taqsimoti – mehnat unumdorligini birmuncha oshishiga yordam berdi.

Page 536: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

4. Burjuaziya va ishchilar. Yangi vujudga kelgan korxonada hamma narsa: bino, xomashyo, asbob-uskunalar va tayyor mahsulot manufaktura egasining mulki edi. O’rta asr hunarmandlaridan farqli o’laroq manufaktura egalari o’zlari ishlamasdilar. Ular korxonani boshqarardilar, xolos. Ishlab chiqarilgan movutni, korxona egalari savdogarlarga sotardilar. Manufaktura egalari va savdogarlar ilk sanoat ishlab chiqarish davrida shu tariqa yangi burjuaziya* tabaqasi vakillariga aylandilar.

Burjua o’rta asrlardagi feodaldan: puldorligi, korxonalari, mol-tovar egasi bo’lishi bilan farq qilardi. Shahar boylari ko’pincha qishloqdan yer sotib olar va hatto dvoryanlik unvonini ham qiroldan pul evaziga olib hukmron tabaqadan chetlab ketmasdi. Burjua vakillari ishchilar yoki qaram dehqonlarni ishlatishi usullarida ham birmuncha farq bor edi. Yollanma ishchilar shaxsi erkin kishilar edi. Ularda na yer va na o’z xo’jaligi bor edi. Ishchilar o’zi va oila a’zolari ochidan o’lmasligi uchun korxona egalariga yollanib ishlardilar. Erta tongdan shomgacha ishlagan ishchining maoshi yarim och hayot kechirishga yetardi, xolos. Manufaktura egalari va savdogarlar esa ishchilar tayyorlagan buyumlaridan yaxshigina daromad qilardi.

Manufakturalar dastlabki (sanoat) korxonalari bo’lib, ular ishchilar mehnatiga asoslangan edi. Manufakturalar movutchilikdan tashqari tog’-konchilikda, metallurgiya, qurol-aslaha ishlab chiqarishda, kitob bosishda ham vujudga keldi. Angliyada 1550–1650-yillarda mis, qo’rg’oshin, qalay chiqarish 6–8, toshko’mir qazib chiqarish esa 8 baravar o’sdi. Tabiiyki, bularning barchasini manufakturalar ning xizmati deyish mumkin.

Shunday qilib, manufakturalar yangi korxona bo’lib, ularda hali qo’l mehnatiga asoslangan dastgohlar ishlatilardi. Manufakturalarda mehnat taqsimoti rivojlana bordi. Korxonalarning paydo bo’lishi bilan yangi:

* Burjuaziya (burjua) — fransuzcha shahar kishisi degani.

Page 537: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

burjuaziya va yollanma ishchilar qatlami shakllana boshladi.

43-§. Angliyada “g’ov tutish” siyosati va uning oqibatlari

1. Dehqonlarning o’z yerlaridan ajralishi. Angliyada movutchilik sanoati va ishlab chiqarishning rivojlanishi muhim o’zgarishlarga olib keldl. Mamlakatda XVIII asr o’rtalariga kelib dehqon xo’jaligi va dehqonlar tabaqalari yo’qolib, ularning o’rnini xo’jalikni yangi usulda tashkil etgan fermerlar egalladi.

Movut ishlab chiqarishning ko’payib borishi yungning narxi to’xtovsiz oshishiga olib keldi. Yung manbasi bo’lgan qo’ychilikni rivojlantirish uchun esa katta yaylovlar zarur edi. Yirik yer egalari dastlab qishloq jamoalariga qarashli yaylovlar va bo’sh yerlarni tortib ola boshladilar. Ma’lum vaqtdan keyin bu ham kamlik qilib, dehqonlarning ekin ekiladigan yerlari ham turli yo’llar bilan olina boshlandi. Dvoryanlar dehqonlarnirig xo’jalik yuritishini qiyinlashtirish maqsadida ularning mollari suv ichishga boradigan yo’llarni qazdirib tashlar, yaylovga kirgan mollarga katta jarimalar solishardi. Yer egalari an’anaviy udumlarni buzib, yer uchun to’lanadigan ijara haqini oshirardilar. O’z yeridan ajralib qashshoqlashgan dehqonlar esa doimiy siquvlarga chiday olmasdan o’z xo’jaliklarini, uylarini tashlab shaharlarga keta boshladilar. Dvoryanlar dehqonlarni yerlaridan zo’ravonlik bilan haydab yuborar, ularning uylarini buzib tashlar, butun-butun qishloqlarni yakson qilardilar, Bu davrdagi kartalarda “Ilgari bu joy qishloq edi, hozir esa yaylovdir” degan yozuvlar paydo bo’ldi. Dvoryanlar tortib olingan yerlar atrofini g’ov tuttirib yoki zovur qazdirib to’sganlar. Shu sababdan Angliyada dehqonlar yerini zo’ravonlik bilan tortib olish tarixshunoslikda “g’ov tutish” deb nom oldi.

Page 538: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Bu jarayonda o’ziga to’q dehqonlar ham qatnashganlar. Ular ham yer-mulklari yaqinida joylashgan jamoa yerlari va yaylovlarini g’ov tutib tortib ola boshladilar. Qirol Genrix VIII ning mamlakatdagi umumiy yerlarning 1/3 qismini tashkil qilgan cherkov yerlarini musodara qilishi ham xalqning zarariga bo’ldi. Bu yerlarni in’omga yoki sotib olgan yangi dvoryanlar, fermerlar ham ijara haqini ko’paytirish, g’ov tutish yoki dehqonlarni bu yerlardan haydash orqali yersizlar sonini ko’paytirdilar. Cherkov yerlari hisobiga kun kechirgan ko’psonli rohiblar ham og’ir ahvolga tushib qoldilar.

G’ov tutish siyosati natijasida Angliyada yeri va yashashi uchun boshqa vositalari bo’lmagan yuz minglab shaxsi erkin kishilar paydo bo’ldi. Angliyada XVI asrda xalq orasida keng tarqalgan “Odamlar qo’ylarga yem bo’lyapti” degan matal ayni haqiqat edi.

2. Yangi dvoryanlar. Dehqonlarning yerlarini tortib olib yaylovlarini kengaytirgan dvoryanlar yirik qo’y otarlarini saqlardilar. Ba’zi yer egalari uni yirik chorvador-fermerlarga katta pul evaziga ijaraga berardilar. Yerlarning ma’lum qismi dehqonlarga qisqa muddatli ijaraga bo’lib berilgan. XVI asrning ikkinchi yarmidan shaharlar aholisi o’sib qishloq xo’jaligi mahsulotlariga: non, sut-go’shtga talab kuchaydi. Natijada dvoryanlar tortib olingan yerlarni yangi turdagi fermer xo’jaliklariga bera boshladilar. Angliyada o’z xo’jaligini yangicha yuritgan yer egalari esa yangi dvoryanlar deb atala boshlandi.

Yangi dvoryanlar urush anjomlarini yig’ishtirib hisob-kitob daftarini qo’lga oldilar. Ular o’z daromadlarini oshirish maqsadida bozorga ko’plab yung, g’alla, go’sht va sabzavotlar chiqara boshladilar. Dvoryanlarning bir qismi movutchilik va ko’nchilik rrianufakturalariga ham ega edilar. Angliyada vorislikka katta o’g’ilning qolishi (mayorat) dvoryanning boshqa o’g’illarini davlat xizmati, savdo va ishbilarmonlik bilan shug’ullanishga majbur qilardi. Ular ma’lum boylik to’plashlari bilan yer-mulk

Page 539: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

sotib olardilar va jentelmenlarga aylanardilar. Dvoryanlar ilgarigidek o’z farzandlarini savdoga qo’yishdan va savdogarlar bilan quda-andachilik qilishdan bosh tortmay qo’ydilar. Zamondoshlardan birining aytishicha, yangi ingliz dvoryanlarining daromadlari XVI asr oxirida, per, yepiskoplar va eski aristokratiya vakillarinikiga qaraganda 3 baravar ko’p bo’lgan. Angliyada asta-sekin yangi dvoryanlar bilan burjuaziyaning yaqinlashuvi boshlandi.

3. Qirollarning “qonli qonunlari”. Manufakturalar va fermer xo’jaliklari XVI asrda o’z yeridan ajragan, quvg’in qilingan kishilarning barchasini ish bilan ta’minlay olmasdi. Natijada Angliyada ishsizlar, qashshoq va daydilar olomoni paydo bo’ldi. Tyudorlar sulolasi vakili Genrix VIII qirolligi davrida daydilik va tilanchilikka qarshi shafqatsiz qonunlar chiqarildi. Agar mehnatga yaroqli kishi tilanchilik qilsa, qonunga binoan uni kaltaklab, boshqa bu ishni takrorlamaslikka qasam ichdirib keyin qo’yib yuborishgan. Ikkinchi marotaba bu gunohi uchun aybdor kaltaklanib qulog’ining yarmi kesib tashlangan va yuziga tamg’a bosilgan. Uchinchi safar ushlanish uning uchun o’lim jazosiga hukm qilinishi bilan yakunlangan. Bu qonunga binoan XVI asrning birinchi yarmidayoq Angliyada 70 ming kishi dorga osildi. Qirol Eduard IV ning 1547-yilgi qonuniga binoan ishlamasdan yurgan daydilar haqida xabar bergan kishiga ularni qullikka berishgan.

Xonavayron bo’lgan dehqonlar ochdan o’lmaslik uchun yoki dorga osilishdan qo’rqib eng kam maoshga ham rozi bo’lib ishga yollanardilar. Bu narsadan manufaktura egalari va yangi dvoryanlar manfaatdor edilar. Angliyadagi bu qonunlar sobiq dehqonlar tabaqasi vakillarini zo’ravonlik bilan yollanma ishchilarga aylantirilishiga yordam berdi.

44-§. Dengiz savdosi va mustamlakalar uchun kurash

Page 540: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

1. Dengiz savdosining taraqqiyoti. XVI asrdagi ichki va tashqi savdoning o’sishi Angliya iqtisodiy taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqdir. Mamlakatda yagona milliy bozor vujudga keldi. Manufakturalar va yollanma ishchilaming ko’payishi uning hajmini oshirdi. XVI asrga qadar Angliyaning Italiya va Sharq mamlakatlari bilan savdosi venetsiyalik va genuyalik savdogarlar qo’lida edi. Shimoliy Yevropadagi savdo-sotiqda esa nemis savdogarlarining mavqei baland bo’lgan.

Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin ahvol butunlay o’zgardi. Endi Angliya eng muhim dengiz savdo yo’llari ustidagi davlatga aylandi. Mamlakat poytaxti London esa kema to’xtaydigan joylari, omborlari ko’p bo’lgan yirik port shahriga aylandi. Aholisi soni 200 mingga yetgan Londonda yirik savdogarlarning ko’pgina idoralari va banklar paydo bo’ldi.

Manufakturalarning rivojlanishi Angliya chet mamlakatlarga chiqarayotgan tayyor mollar hajmining yanada ko’payishiga olib keldi. Ingliz savdogarlari XVI asrdan butun tashqi savdoni o’zlari tuzgan yirik kompaniyalar qo’lida jamladilar. Hukumatdan birmuncha yengilliklar olgan “Sharqiy”, “Moskva”, “Marokash”, “Levant” va “Gvineya” kompaniyalarining kemalari dunyo bo’ylab savdo-sotiq olib bordilar. Angliyada 1600-yili tuzilgan “Ost-Indiya” kompaniyasi inglizlarning Hindistonga kirishini ta’minladi. Qirol ko’pincha har bir kompaniyaga dunyoning ma’lum hududlarida tanho savdo qilish huquqini – patentini sotardi. Bu esa kompaniyalar uchun raqobatchilarsiz savdoni va mollar narxining barqaror bo’lishini ta’minlardi.

Kompaniyalar daromadidan kelayotgan soliqlardan xazinasi muttasil boyib borayotgan qiroflar yangi kompaniyalar tuzish, tashqi savdoni yanada rivojlantirishga hamisha xayrixohlik bilan qarardilar. Tashqi savdodan keladigan daromad benihoyat katta bo’lgan. Unchalik uzoq masofada bo’lmagan Yaqin Sharq mamlakatlarida movut Angliyadagiga nisbatan 2,5

Page 541: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

baravar, Levant paxtasini mamlakatga keltirish esa 3,5 baravar foyda keltirardi.

Iqtisodiy yuksalish Angliyada kemasozlikning o’sishini ta’minladi. Tez orada ingliz kemalari o’zining dengizda suzish sifatlari bilan ko’plab mamlakatlar flotini ortda qoldirdi.

2. Angliya – Ispaniya munosabatlari. Angliya Ispaniya bilan turli sohalarda raqobatda bo’lgan. Ularning birinchisi dengiz savdosi edi. XVI asrda eng ko’p mustamlakalari bo’lgan Ispaniya dengizda savdo qilishni boshqa davlatlarga taqiqlab qo’ygandi. Angliya tashqi siyosatida esa xuddi shu chet mamlakatlar bilan savdo muhim rol o’ynardi. Ispaniya bu siyosatning amalga oshishidagi birinchi va asosiy to’siq edi.

XVI asrning boshida Angliyada qirollik taxti uchun kurash boshlandi. Dastlab kelishmovchiliklarni hukmron sulolalar o’rtasidagi nikoh yo’li bilan yechishga harakat qilindi. Genrix VIII 1509-yili taxtga kelishi bilan akasining bevasi Aragonlik Yekaterinaga uylandi. Keyinchalik ularning qizi Mariya Tyudor ispan qiroli Filipp II ga turmushga berildi. Lekin Angliyada protestantlik mazhabining rasmiy tan olinishi katolik Ispaniya bilan munosabatlarni murakkablashtirdi. Bu kurash ayniqsa qirolicha Yelizaveta I Tyudor (1558–1603-yillar) davrida kuchaydi. Anglokanlik cherkovini har tomonlama qo’llagan qirolicha Yevropada protestantlik homiysiga aylandi. Yelizaveta ispan qiroliga qarshi ko’tarilgan har qanday qo’zg’olonga doimo homiylik qilib, moddiy yordam berdi. Ular qatorida Niderlandiya gyozlari, Fransiyadagi gugenotlar harakati ham bor edi.

Ispaniya hukmronligiga qarshi kurashni Yelizaveta dengiz savdo yo’llarida ham davom ettirdi. Yangi ingliz flotining tuzilishida birinchi marta xususiy mulkdorlar, savdogarlar va hatto dengiz qaroqchilaridan ham foydalanildi. Qirolichaning norasmiy mxsatiga suyanib ingliz dengiz qaroqchilari ispanlarning Amerika qirg’oqlaridagi mulklarini, ularning Yevropaga olib

Page 542: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ketayotgan oltin va kumush ortilgan kemalarini talardilar.Ingliz qaroqchisi Frensis Dreyk kichik bir flot bilan

Magellan qo’ltig’idan o’tib Janubiy Amerikaning g’arbiy sohillaridagi ispan mulklarini taladi. Ulardagi Ispaniyaga olib ketish uchun tayyorlab qo’yilgan oltin va kumush inglizlar qo’liga tushdi. Shundan keyin Dreyk kemalari Tinch va Hind okeani orqali suzib, Magellandan keyingi ikkinchi dunyo bo’ylab sayohatini tugatib, juda katta o’ljalar bilan Angliyaga qaytib keldi. Ispaniya elchisining mamlakatiga yetkazilgan zararlarni qoplashni talab etib Yelizavetaga murojaat qilishi behuda ketdi. Milliy qahramonga aylangan Dreyk ritsarlik unvonini o’z kemasida, shaxsan qirolichaning qo’lidan oldi. Yelizaveta davridagi dengiz flotining ikki mashhur admirali – Dreyk va Gaukinslar qaroqchilardan chiqqan edi.

3. “Yengilmas Armada”*ning maglubiyati. Angliya va Ispaniya kurashning so’nggi davri 1588-yili Ispaniyaning “Yengilmas Armada”sining Angliya qirg’oqlaridagi halokati bilan yakunlandi.

Angliyaga bostirib kirishga tayyorlangan ispanlarning 134 ta og’ir kemasi, 20 ming askari, 2500 to’pi bo’lgan floti 1588-yilning yozida yo’lga chiqadi. Inglizlar dushmanga qarshi 200 ga yaqin katta-kichik harbiy, savdo va qaroqchilar kemalarini to’pladilar. Dastlabki to’qnashuv La-Mansh bo’g’ozida inglizlarning ispanlar flotiga hujumi bilan boshlandi. Plimutda davom etgan ikki haftalik janglarda yengil, tezyurar ingliz kemalari ispanlarning ko’pgina beso’naqay kemalarini to’pga tutib ishdan chiqardi, yondirib va suvga cho’ktirib yubordi. Og’ir ahvolda qolgan ispan floti Shimoliy dengiz tomonga surib chiqarildi. Armada qo’mondonligi Britaniya orollarini shimoldan aylanib o’tib vataniga qaytishga qaror qildi. Lekin kuchli bo’ron ispan kemalarini to’zitib yubordi. Ularning bir qismi qirg’oqdagi qoyatoshlarga urilib parchalandi, ba’zilari dengizga cho’kib ketdi.

Ispan flotining omon qolgan qismi o’z vataniga

* «Armada» — ispancha «katta flot» demakdir.

Page 543: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

zo’rg’a yetib keldi. Bu g’alabadan ruhlangan inglizlar 1596-yili Pireneyadagi Kadis portida ispan flotini tor-mor qildi va Angliya kuchli dengiz davlatiga aylandi.

4. Angliyaning dastlabki mustamlakalari. Ispan flotining mag’lubiyatlaridan so’ng Angliyaning mustamlakachilik siyosatiga yo’l ochildi. XVII asrning boshlarida Shimoliy Amerikaning sharqiy sohillarida birinchi ingliz mustamlakasi – Virginiyaga asos solindi. Uni kashf qilgan Volter Reli aslida afsonaviy boy “Eldorado”ni izlab chiqqandi. Oltin o’rniga inglizlar tamakini topishdi. Dastlabki ko’chib kelgan kolonist-inglizlarni mahalliy xalq – hindular do’stona qabul qildilar. Ularga o’z yerlaridan bir qismini berib zarur paytlarda oziq-ovqat bilan ta’minlab turishdi. Lekin tez orada ingliz va irland mustamlakachilari zo’ravonlik bilan yangi yerlarni bosib olishga kirishdilar. Mahalliy aholi o’z yerlaridan o’rmon va dashtlarga surib chiqarila boshlandi. Hindular bilan bo’lgan talonchilik urushlari ko’plab qishloqlar aholisining qirilishiga olib keldi.

Inglizlarning “Ost-Indiya” kompaniyasi floti 1600-yili “ziravorlar oroli” Molukkga yetib bordi. Ular shu yili Hindistonning Surat portiga ham kirdilar. Kompaniya tez orada sovg’a va pora berish yo’li bilan Boburiylar sulolasi shohlaridan Hindiston bilan bojsiz savdo qilish huquqini qo’lga kiritdi. “Ost-Indiya” savdogarlari Yevropadagi gazlamalar, ziravorlar va boshqa mollarni olib kelardi. Vaqt o’tib inglizlar portugaliyalik savdo-garlarni Hind okeani havzasidan surib chiqara boshladilar. Ular Hindistonda mustahkam o’rnashish maqsadida bir qancha qal’alar qurdilar.

Bir qarashda Angliyada manufakturaning vujudga kelishi, dehqonlarning o’z yerlaridan haydalishi, shafqatsiz qonunlar xalqntag naqadar jabrlanishiga sabab bo’lganiga ishonch hosil qildik. Lekin iqtisodiy munosabatlarning yangi sharoitlarda rivojlanishi, mustamlakalarga ega bo’lish, bularning hammasi oxir-oqibat Angliyaning iqtisodiy rivojlanishiga, uning buyuk

Page 544: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

davlatga aylanishiga imkoniyat yaratdi.

XIII b o b. Yevropada reformatsiyaning* boshlanishi

45-§. Chexiyada umumxalq kurashitling yetilishi. Yan Gus ta’limoti. Guschilar harakati va uning

oqibatlari

1. Umumxalq noroziligining kuchayishi. XIV–XV asrlarda Chexiya iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakat hisoblanardi. Chexlarning kumush konlari, movut to’qishi, surp sanoati rivojlanganligi, qishloq xo’jaligidagi yutuqlari, keng xalqaro savdo aloqalari Chexiyaga Yevropadagi eng boy mamlakatlardan biri sifatida shon-shuhrat keltirdi. Ammo, Chexiyaning boyligiga nemis zodagonlari ko’z olaytirardi. Ular Chexiya qiroli xizmatiga kirar va saroydagi yuqori mansablarni egallardilar hamda xizmatlari evaziga katta pomestelar bilan taqdirlanardilar.

Chexiya shaharlariga nemis savdogarlari va hunarmandlari ko’chib kelib shaharni idora qilish ishlarini o’z qo’llariga ola boshladilar. Kelgindi nemislar mahalliy chexlarga qaraganda ancha imtiyozli ahvolda kun kechirardi.

Katolik cherkovi Chexiyaning g’oyat katta yer egasi edi. Mamlakatdagi eng unumdor yerlarning 1/3 qismi cherkov qo’lida bo’lgan. Behisob cherkov to’lovlaridan dehqonlar va shaharliklarning tinkasi qurigan edi. Ruhoniylar Chexiyadan oladigan daromadlarining ancha qismini Rimga yuborardi. Ruhoniylarning anchagina qismini katta yer-mulkka egalik qiluvchi nemis kelgindilari tashkil qilardi. Chexiyada katolik cherkovi va ajnabiy

* Reformatsiya — xristian cherkovini islohot qilish, yangi tarkib topayotgan tartiblarga moslashtirish.

Page 545: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

nemis zo’ravonligiga qarshi umumiy norozilik kuchayib bordi.

2. Yan Gus talimoti. Yevropada XVI asr – reformatsiya asri deb ataladi. Lekin cherkovni isloh qilish g’oyalarini dastlab chexiyalik Yan Gus (1371–1415-yillarda yashagan) targ’ib qilgan edi. U bu sohada o’z zamonasidan ancha ilgarilab ketgandi.

Praga universiteti professori bo’lgan Yan Gus o’zining cherkovdagi va’zlarida katolik ruhoniylarining qilmishlarini shafqatsizlik bilan fosh etardi. U Rimda cherkov mansablari pulga sotilayotganidan g’azablanib, papani “qalloblar piri” deb atagandi. Gus Chexiyada indulgensiya savdosini qattiq qoraladi. “Bechora kampirning oxirgi chaqasini ham beimon ruhoniy shilib oladi. Shundan keyin cherkov xodimini o’g’ridan ham mug’ombirroq va yovuzroq demay bo’ladimi?”

Tez orada Yan Gus oddiy tanqiddan cherkov tartib-larini o’zgartirishni talab qilishga o’tdi. U cherkovning qalloblik bilan to’plagan boyliklarini, yepiskoplardan va monastirlardan yerlarni tortib olishga da’vat qildi. Bu chaqiriqning sababi Chexiya yerlarining 1/3 qismi, yana 14 ta shahar, 900 qishloq katolik cherkoviga tegishli bo’lganida edi.

Yan Gus fikricha, Chexiyaning o’z mustaqil cherkovi bo’lishi, u papaga emas, qirolga bo’ysunishi kerak edi. Ushbu maqsadga agar tinch yo’l bilan erishib bo’lmasa, Rim papasiga qarshi kurashish zarurligi ham ta’kidlangan. “Birodarlar, urushish payti va qilichga navbat keldi” deb uqtirardi Gus. U aholini cherkov marosimlariga pul to’lamaslikka chaqirdi. Gus g’oyalariga binoan cherkovdagi va’zlar ona tilida o’tkazilishi zarur edi. U ajnabiylarning zo’ravonligiga ham qarshi kurashga chaqirardi. U faqat buyuk reformator bo’libgina qolmasdan, iqtidorli olim ham edi. Gus hozirgi kunga qadar qo’llanilayotgan chex tili grammatikasini yaratdi.

Praga arxiepiskopi Yan Gusga ibodatxonalarda va’z

Page 546: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

aytishni taqiqlab qo’ydi. U murtad deb e’lon qilinib, cherkovdan haydaldi. Shundan keyin Gus o’z faoliyatini Chexiyaning janubida, dehqonlar orasida davom ettirdi.

Rim papasining Germaniyada chaqirgan Konstansa sobori Yan Gusni taklif qildi. Germaniya imperatori bergan himoya yorlig’iga ishongan Gus o’z g’oyalarini himoya qilish uchun Konstansaga keldi.

Katolik cherkovi qarori bilan hibsga olingan Yan Gus zanjirband qilinib, zindonga tashlandi. Oradan olti oy o’tgandan keyin uni sud qildilar. Sobor uni dahriy deb e’lon qilib, o’z g’oyalaridan kechishni talab qildi. Yan Gus “Vijdonimga xiyonat qilmayman. Agar men o’z so’zimdan qaytsam, doimo haqiqatni o’rgatgan xalqimga qaysi yuz bilan qarayman” deb javob berdi. U o’z maslagidan qaytishdan o’limni afzal ko’rdi. 1415-yili gulxanda kuydirilgan Yan Gus o’z o’limini mardonavor qarshi oldi.

3. Guschilarning urushlari. Yan Gusning qatl qilinishi chex xalqini g’azabga keltirdi. Gusning tarafdorlari bo’lgan ruhoniylar xalq ichida uning ta’limoti keng yoyilishiga xizmat qildilar. Ularning hammasi birgalikda o’zlarini “guschilar” deb atardilar.

Guschilar harakatining cho’qqisi Pragada 1419-yili boshlangan xalq qo’zg’oloni bo’ldi. Qo’zg’olonchilar shahar hokimlarini, unda yashovchi nemis boylarini haydab chiqardilar. Xalqning g’azabi ayniqsa katolik cherkoviga va uning muassasalariga qaratildi. Monastirlar ostin-ustin qilindi, ba’zi ruhoniylar o’ldirildi.

Mamlakat bo’ylab qo’zg’olon ko’targan xalq Chexiyaning Tabor tog’lari etagida yig’ila boshladi. Qo’zg’olonchilarning kambag’al xalq vakili bo’lgan qismi o’zlarini “taboriylar” deb atadilar. Boy hunarmandlar, savdogarlar hamda chex feodallarining manfaatiga xizmat qilish uchun kurash boshlaganlar esa “mo’tadillar” nomini oldi. Hukmron nemis feodaliariga qarshi umumiy kurash bu ikki guruhni birlashtiruvchi asosiy maqsad edi.

Page 547: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Katolik cherkovi va nemis feodallari Chexiyadagi o’z boyliklaridan osonlikcha mahrum bo’lishni istamasdilar. Tez orada Rim papasi guschilarga qarshi salib yurishlari e’lon qildi. Germaniya imperatori boshchilik qilgan yttrish qatnashchilari ichida nemis va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan ritsarlar hamda yollanma askarlar bor edi. Salibchilarning Praga ostonalariga 1420-yilgi yurishlari mag’lubiyat bilan tugadi. Salibchilarning keyingi uch yurishlari ham muvaffaqiyatsiz bo’ldi. Ritsarlarga qarshi urushlarda Chexiyaning mashhur lashkarboshisi Yan Jijka faoliyati ayniqsa tahsinga sazovordir.

Chet ellik dushmanlarini yenggan qo’zg’olonchilar o’zaro kelisha olishmasdi. Taboriylarning mahalliy boylarga nafrati va cherkov yer egaligini yo’qotishga harakati mo’tadillarda ularga nisbatan dushmanlik hissini uyg’otardi.

Qarama-qarshiliklar 1434-yili Praga sharqida guschilar harakatining ikki oqimi vakillari o’rtasida jang bilan tugadi. Bu jangda ma’tadillar g’alaba qilib, Chexiyada o’z hukmronligini o’rnatdilar.

Guschilarning ilg’or g’oyalari: jumladan, Rim papalaridan alohida milliy cherkov tuzish, xristian cherkovi yer-mulklarini musodara qilish, indulgensiya savdosini taqiqlash va boshqa qarashlar Yeyropada xalq ommasining keyingi davrdagi kurashiga yordam berdi.

46-§. Germaniyada reformatsiya. Martin Lyuter ta’limoti

1. Germaniya reformatsiya arafasida. Siyosiy jihatdan tarqoq bo’lsa-da, XVI asrda mamlakat xo’jaligi ancha o’sdi. Jumladan, Germaniya tog’-kon sanoatida bu davrda 100 ming kishi ishlaganligi fikiimizga dalil bo’la oladi. Germaniyada konchilik, to’qimachilik, kitob bosish

Page 548: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

sohalarida manufakturalar vujudga kelib, ishlab chiqarish rivojlandi. Shaharlarda mavjud sex tashkilotlarining qarshiligi Germaniyada ham qishloq joylarida manufakturalar vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Germaniya janubidagi Augsburg, Nyurenberg shaharlari savdogarlari shu yo’l bilan katta boyliklar to’pladi.

Evropaning eng boy kishilari sanalgan Fuggerlar xonadoni tarixi bunga misol bo’la oladi. Fuggerlar boyligi to’planishida ikki sana ayniqsa muhimdir. 1367-yil sentyabrida Gans Fugger o’zi tug’ilgan Graben qishlog’ini tashlab Augsburgga keldi. Butun oila a’zolari bilan ko’chib kelgan Fugger faoliyatini oddiy to’quvchilikdan boshladi. Ikkinchi sana 1442-yildir: shu yili uning vorislari savdogarlik bilan shug’ullanib, qo’shni shaharlar va hatto Venetsiya bilan savdo olib borgan. Keyinchalik Fuggerlar uzoq o’lkalar bilan savdo-sotiq qilganlar. Germaniya imperatori, Rim papasi, ko’plab qirollar va knyazlar Fuggerlar xonadonidan qarzga pul olganlar.

2. Dehqonlar ahvoli. Shaharlar ko’payib, ularda aholi sonining oshishi qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabning o’sishiga olib keldi. Bozorda faqat g’alla va go’shtni emas, hatto yungva zig’irpoyani ham yaxshigina pullash mumkin edi. Bunday sharoitda feodallar yetish-tirilgan mahsulotni ko’paytirish maqsadida o’z yerlarini dehqonlarning chek yerlarini tortib olish hisobiga kengaytira boshladilar. Natijada feodallar dehqonlarningjamoa yerlarini bosib olib, ularga o’rmonlardan o’tin yig’ish, daryo va ko’llardan baliq ovlashni, o’tloqlarda o’z mollarini boqishni taqiqlab qo’ydilar. Yer egalari qaram dehqonlarning mehnat majburiyatlarini ko’paytirib, obrok va boshqa soliqlar miqdorini yanada oshirardilar.

Dehqonlar cherkovga ushr, ya’ni hosilning o’ndan birini to’lardilar. Turli soliqlarga puli yetmagan aholi shaharlik sudxo’rlardan qarz olardi. Turmush og’ir bo’lishiga qaramasdan, qaram dehqonlar o’z yerlarini

Page 549: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

tashlab ketishlari mumkin emasdi. Germaniyada dehqonlarning qaramligi yangi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishiga to’sqinlik qildi.

Mamlakatda siyosiy tarqoqlik o’rta asrlarning hamma davrlarida davom etib yagona qonun, xazina va hatto umumiy qo’shin ham yo’q edi.

Germaniyadagi har bir yirik feodal – knyazning yer mulki va ko’plab yirik shaharlar mustaqil davlat hisoblanardi. Knyazlarning yollanma qo’shini bo’lib, ular o’zaro urushlarda ishtirok etardilar. Har bir knyaz pul zarb ettirar, xalqdan soliq yig’ar, aholini sud qilardi. Feodal tarqoqlik Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyotiga, sanoati va savdosining rivojlanishiga to’sqinlik qilardi.

3. Germaniyada katolik cherkovi. Rim papalaridan biri “Iso haqidagi afsonaning biz uchun ko’p foydasi borligi azaldan ma’lum” degan edi. Katolik cherkovi boshqa Yevropa xalqlari kabi nemis xalqiga ham katta jabr-zulm keltirdi. Mamlakatda cherkovga qarashli yerlar ko’p edi, Reyn daryosi sohillaridagi eng go’zal va unumdor yerlar, ularda joylashgan o’nlab shahar va qishloqlar xristian cherkoviga qarardi. Mamlakatda bir necha arxiepiskoplar mustaqil knyaz edilar. Germaniya imperatorini saylab qo’yadigan yetti knyazning uchtasi arxiepiskop edi. Rim papasi esa Germaniyadan ushr sifatida juda katta daromad olardi.

Qirollar hoklmiyati kuchli bo’lgan mamlakatlarda cherkovning Rimga yuboradigan to’lovlari cheklab qo’yilgandi. Imperator zaif, mayda knyazliklardan iborat Germaniyada katolik cherkovi xalqni talar edi.

XVI asrning boshlarida Germaniya aholisining barcha toifalari katolik cherkovidan norozi edilar.

4. Lyuterning reformatsion g’oyalari. XV asrga kelib Yevropada katolik cherkoviga qarshi muxoliflar guruhi tarkib topdi. Ular cherkovni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgan bilimdon va ilg’or kishilar edilar. Ushbu harakat Germaniyada ayniqsa ommaviy tus oldi. Sababi: Rim papasi italyan bo’lib, nemis xalqi manfaatlari unga

Page 550: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

begona edi. Natijada, Rim papasi tez-tez Germaniyaga yepiskoplarni va abbatlarni nemis tilini bilmaydigan hamyurtlaridan tayinlardi. Buning ustiga cherkov tayinlagan diniy amaldorlarning ko’pchiligi o’z o’rniga dyakonlarni qo’yib, faqat olinayotgan daromadlar bilan qiziqqanlar, xolos.

XVI asr boshilarda cherkov aholi orasida gunohlardan kechish yorlig’ini sotishni keng yo’lga qo’ydi. Indulgensiyalarni gunohlardan forig’ qilish “qudratiga” qarab 10 ta turkumga bo’ldilar. Undan tushgan daromadlar Rimda papalar boshlagan ulkan saroylar qurilishiga ishlatilishi mo’ljallangandi.

Xalqnlng umumiy noroziligi kuchaygan bir sharoitda cherkovga qarshi oshkora harakatning boshlanishiga birinchi turtki zarur edi. Martin Lyuter Germaniyaning shimolida indulgensiya yorliqlari savdosini boshlagan rohib Tetselga maktub yo’llab, undan shaharning dindor aholisini bezovta qilmasligini iltimos qildi. Tetselning javobi qo’pol tarzda uning iltimosini rad qilishdan iborat bo’ldi. Rohibning “Pulni cho’zaveringlar! Qavmlaringizni va yaqinlaringizni do’zax azobidan saqlab qolinglar! Mening qutichamga tanga yoki so’lkavoy tashlanishi bilanoq gunohkorning joni jannatga doxil bo’ladi!” degan qichqirig’i bozor maydonidan baralla eshitilib turardi.

Vittenberg universiteti ilohiyot professori, rohib Martin Lyuter indulgensiya yorliqlarini sotishga qarshi chiqdi. U 1517-yilda universitet cherkovi eshiklariga o’zining “95 tezislari”ni yopishtirdi. Ushbu xitobnomada Lyuter papaning gunohlarni kechish yorliqlari – indulgensiyalar sotishini qoraladi va bunga qo’shilmaganlarni munozaraga chaqirdi. Lyuterning chaqirig’i butun mamlakatni junbushga keltirdi.

Lyuter o’z g’oyalarida cherkov, xudo va odamlar orasida vositachi bo’la olmasligini e’tirof etdi. Ko’p o’tmay u cherkov papasiz ham yashashi mumkin, deb fikr bildirdi. Lyuter Yan Gus ta’limotining ko’p tomonlariga

Page 551: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

xayrixohligini ta’kidladi. Rim papalariga qarshi qat’iy kurash olib borishga chaqirgan Lyuter, ularga ushr to’lamaslikni taklif qildi.

Lyuterning chiqishi haqidagi xabar Rimga yetib borgach, papa “Vittenberglik odobsiz monaxni shakkoklikda aybladi”. Papaning Lyuterni la’natlovchi yorliq yuborishi, Germaniyada aholining umumiy fikrini tahqirladi. Lyuter papa yorlig’ini 1520-yili 10-dekabrda Vittenberg universiteti professorlari va talabalari huzurida yondirib tashladi.

Shu yili yozilgan ikki asarida Lyuter katolik cherkovi islohi qanday bo’lishi kerakligini bayon qildi. U Rim papalarining dunyoviy hokimiyatiga ehek qo.’yilishi, cherkov esa davlatga bo’ysunishi kerakligini targ’ib etdi. Yepiskoplarning papaga qasamyodini bekor qilishni, umuman, Germaniyada mustaqil cherkov tuzish g’oyasini yoqlab chiqdi. Lyuterning yangi g’oyalari tez orada butun mamlakatga tarqaldi.

Lyuter cherkovdan quvg’in etilishi bilan vaziyat yanada murakkablashdi. Vorms shahrida, 1521-yili yig’ilgan imperiya majlisida, Lyuterdan o’z g’oyalaridan voz kechishni talab qilishdi. Faqat Saksoniya knyazi Fridrix Donishmandning homiyligi reformatorni omon saqlab qolish imkoniyatini berdi. Keyingi yillar davomida Lyuter Fridrixning Vartburg qal’asida xavf-xatardan xoli yashadi. Xuddi shu yerda u-: “Injil”ni nemis tiliga tarjima qilib, ish davomida uning har bir bobini alohida nashr qildira boshladi. Lyuter asarlarida nemis adabiy tili shakllandi. “Injil” tarjimasining faqat diniy ahamiyati bo’lmasdan, u nemis xalqi maorifi rivojiga ta’sir ko’rsatganligini ham alohida qayd qilish lozim.

5. Reformatsiyaning maqsadlari. Katolik cherkovini isloh qilishni Yevropa mamlakatlari aholisining barcha toifalari yoqlab chiqdi.

1. Shaharlik boylar, savdogarlar va yangi vujudga kelayotgan burjuaziya vakillari “cherkovning kamchiqim” bo’lishi tarafdorlari edilar. Ibodatxonalarga, ruhoniylar

Page 552: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

kiyimlariga, diniy bayramlardagi sarf-xarajatlarni ular yoqlamasdilar. Yangi burjuaziya toifasi, shuningdek cherkov va monastirlar yer egaligi, ruhoniylarning boyliklariga ham qarshi edilar.

2. Feodallarning ham ko’pchiligi islohotlar tarafdori bo’lgan. Ritsarlar xalqning noroziligidan foydalanib, cherkov yerlarini olishga harakat qildilar. Germaniyadagi ko’psonli feodal knyazlar o’z yerlaridagi cherkovni papaga emas, balki o’ziga itoat qilishini istardilar.

3. Dehqonlar va shahar kambag’allari katolik cherkovi soliqlaridan juda ezilgan edilar. Chunki ushr, indulgensiya yorliqlari, turli soliqlarning og’irliklari va tazyiqlar asosan xalqning yelkasiga tushardi.

Cherkovni isloh qilish harakati butun mamlakatga yoyildi. Rohiblar monastirlardan qochib ketdilar, Shaharliklar va ritsarlar cherkovning mol-mulki va yerlarini egallay boshladilar.

6. Tomas Myunser. Myunser (1493–1525-yillar)ning g’oyalari o’z ustozi Lyuternikiga nisbatan ancha xalqchil bo’lib, u ezilgan mazlum omma manfaatlarini ko’zlardi. Myunserning tushunishicha, Refor-matsiyaning asosiy vazifasi dinning yangi ko’rinishini yaratish emas, balki dehqon va shahar kambag’allari yordarnida ijtimoiy-siyosiy to’ntarish qilishda bo’lgan. Uning va’zlarida “Yerdagi hayotni yaxshilash, yovuzlikni yo’qotib, jannatni Yerda yaratish” zarurligi targ’ibot qilinar edi.

Myunserning g’oyalarida dehqonlarning kichik mul-klarini yaratish, ularni feodallar zulfnidan ozod qilish mujassamiashgan edi. U ayniqsa dehqonlarning jamoa yerlarini feodallar tajovuzidan himoya qilishga chaqirardi.

Keng xalq ommasi bilan bog’liq bo’lgan Myunser dehqonlar qo’zg’oloni paytida, uning rahbarlaridan biriga aylandi.

47-§. Germaniyada dehqonlar urushi

Page 553: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

1. Qo’zg’olotining boshlanishi. Germaniyadagi ijtimoiy harakat o’z cho’qqisiga 1524–1525-yillarda yetdi. 1524-yilning yozida Germaniyaning janubiy viloyatida dehqonlar qo’zg’oloni boshlandi. Bu haqdagi xabar mamlakatga tez yoyildi. 1525-yilning boshlarida Germaniyaning boshqa viloyatlarida ham dehqonlar urushi boshlanib ketdi. Mamlakatning janubi-g’arbida dehqonlarning 6 ta lashkari harakat qildi. Bu lashkardagi qo’zg’olonchilarning soni 40 mingga yaqin edi. Dehqonlar harakatiga xayrixoh bo’lgan shahar kambag’allari ularga yordam berib turdilar.

Qo’zg’olonchilar yirik yer egalari qasrlariga, monastirlarga o’t qo’ydilar. Ular dehqonlar majburiyatlari yozilgan hujjatlarni yondirar, xo’jayinlarning mol-mulklarini bo’lib olishardi. Urush davomida feodallarning jamoalardan tortib olgan yerlari aholiga qaytarildi. Ayniqsa ruhoniylar, pop va rohiblar xalqning g’azabiga uchradilar. Yirik yer egalari dehqonlar lashkari yaqinlashishi bilan shaharlarga qochardilar.

2. Urushning borishi va qo’zg’olonchilar dasturlari. Qo’zg’olon ommaviy tus olgan 1525-yilning boshlarida Myunser va uning tarafdorlari dehqonlarga murojaatnoma yubordilar. Unda xalqqa to’liq ozodlikka erishish uchun birlashib ittifoq tuzish, feodallar qasrlari va monastirlami beayov buzish, qarshilik ko’rsatgan yirik yer egalarini shafqatsiz jazolash zarurligi ko’rsatilgandi. Demak, Lyuterning dehqonlar urushiga qarshi chiqishi va ularni qattiq jazolash kerakligi haqidagi so’zlarida chuqur haqiqat bo’lgan. O’zlarining talonchiligi va vahshiyligi bilan dehqonlar harakati, chet ellik bosqinchilar urushlaridan uncha farq qilraagan.

Qo’zg’olonchilar tarkibida dehqonlarning turli toifalari bo’lgan. Yeri bo’lgan yoki badavlatroq dehqonlar o’z mulklarini ehtiyot qilib feodallar bilan kelishuv yo’llarini izlaganlar.

Memmingen shahrida 1525-yil martida to’plangan

Page 554: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qo’zg’olon-chilar yig’ilishida yagona dastur tuzildi. U “O’n ikki modda” dasturi deb atalib, ancha mo’tadil, feodal tartiblarini yo’qotishga emas, balki biroz yumshatishga mo’ljallangandi. Dastur ijodkorlari kichik cherkov ushrini bekor qilishni talab qilishga, katta ushrga jamoa zaruriyatlari uchun ishlatish sharti bilan rozi bo’lish mo’ljallangandi. Muhim hisoblangan 4, 5, 10-moddalarda dehqonlardan tortib olingan jamoa mulklari: o’rmon, o’tloq, ko’llar qaytib berilishi talab qilingandi. Dasturda (3-modda) “Bizni hozirgacha shaxsi qaram kishilar deb hisoblash odat bo’lib qolgan, biz endi erkin kishilar bo’lishni istaymiz!” – deb yozilgan edi. Dasturning qolgan moddalarida: barshina, soliqlar va cherkov ushrini kamaytirish, qishloq popini jamoaning o’zi saylash huquqlari talab qilindi. Dastur kichkina kitobchashaklida nashr qilinib, dehqonlar orasida keng tarqaldi.

Urush davomida Germaniyada endigina paydo bo’lgan burjuaziya vakillari dehqonlar harakatidan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga urindilar. Bu voqealar qo’zg’olonchilar tarkibida byurgerlar (shahar aholisi), ritsarlar bo’lgan Janubiy Frankoniyada bo’ldi. Bu hududdagi qo’zg’olonchilar dasturida Germaniyani markazlashtirish masalasi ko’tarilgan edi. Mamlakatdagi barcha hokimiyat vakillari imperatorga bo’ysunishlari, knyazlar esa imperiya amaldorlariga aylanishi zarur edi. Loyihaning 5-moddasida, ruhoniylar dunyoviy ishlardan butkul chetlatilishi rejalashtirilgan edi. Umumimperiya qonuni, saylab qo’yiladigan toifali sudni tashkil qilish, yagona pul, vazn-o’lchov birliklari bo’lishi ham dasturda hisobga olingandi. Germaniya ichidagi savdoda boj olirtishi bekor qilinishi ham nazarda tutilgan edi. Dasturning asosiy maqsadi mamlakatni birlashtirish va sanoat ishlab chiqarishiga hamda savdo-sotiqqa keng yo’l ochib berish edi.

3. Qo’zg’olonning kuchayishi. Janubiy Frankoniya va Odenvalddan qo’zg’olon alangasi Frankoniyaning shimoliga hamda Saksoniya – Tyuringiya hududlariga

Page 555: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

tarqaldi.Tyuringiyadagi qo’zg’olonchilarga Tomas

Myunserning o’zi boshchilik qildi. Dehqonlar harakati markazi Myunxauzen shahri bo’lib, 1525-yil fevralida Myunserning bu yerga kelishi bilan shaharliklar eski kengashni tarqatib yuborib, yangi kengash tuzdilar. U Myunser taraf-dorlaridan iborat edi. Qo’zg’olonchilar yirik yer egalariga qarshi janglarga tayyorlanib, harbiy mashqlarni o’rgandilar, butxonalardagi qo’ng’iroqlarni eritib to’plar quydilar.

Myunser va’z eshitishga to’plangan aholiga qo’zg’olonchilar o’z kuchlarini birlashtirishi zarur ekanligini uqtirishga harakat qildi.

Lekin qo’zg’olonchilar lashkarlari yagona qo’shin bo’lib birlashishmadi va uning umumiy rahbari ham yo’q edi. Har qaysi viloyatning qo’zg’olonchi lashkarlari o’z holicha harakat qildilar. Shu sababdan avvaliga esankirab qolgan yirik yer egalari tez orada o’zlariga kelib qo’shin to’pladilar. Feodallar qo’shini dehqonlarning tarqoq lashkarlariga qarshi kurash boshladi.

4. Dehqonlarning mag’lubiyati. Qo’zg’olonning ommaviy tus olishi hukmron tabaqa vakillarini tashvishlantirib qo’ydi. Shahar boylari va hatto Martin Lyuter ham yirik yer egalarini qo’llab-quvvatladilar.

Dehqonlarga qarshi to’plangan dvoryanlar qo’shini dastlab Tyuringiyada urush olib bordi. Bu hududdagi qo’zg’olonchilar son jihatidatl dvoryanlar qo’shinidan bir necha baravar ko’p edi. Lekin qo’zg’olonchilar lashkarining harbiy tayyorgarligi zaif, intizomi bo’sh edi. Dehqonlar lashkari tarkibi ham doimo o’zgarib turardi. Dehqonlarning bir qismi kelib lashkarga qo’shilsa, boshqalari o’z uylaridan xabar olish uchun ketib qolardilar. Dehqonlarining soddaligi va ishonuvchanligi ham feodallarga qo’l keldi. Dvoryanlarning hamma talablarni bajarish haqidagi va’dalariga ishongan qo’zg’olonchilarning bir qismi taslim bo’lsa, boshqalari uylariga qaytib ketgan. Bundan foydalangan Georg

Page 556: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Truxzesning ko’psonli bo’lmagan qo’shini dehqon otryadlariga hujum qilib, ularnl yakka-yakka holda yenga boshladi.

Myunser chaqirig’iga binoan Frankgauzen shahri yaqinida to’plangan harbiy bo’linma taqdiri ham fojiali tugadi. Uning 8 ming kishidan iborat yaxshi qurollanmagan lashkari qurshab olindi. Knyazlarning yollanma qo’shinlari yarash bitimi imzolasa-da, uni buzib hujum boshladilar. To’plardan otilgan o’qlardehqonlarga katta talofot keltirdi. Knyaz qo’shinlari dehqonlar lageriga bostirib kirib 5 mingga yaqin qo’zg’olonchini qirib tashladi. Yaralangan Myunserni asirga olishib, qattiq qiynoqlardan so’ng o’ldirishdi.

Germaniyaning ayrim viloyatlaridagi qo’zg’olonchilar yana uzoq vaqtgacha kurashni davom ettirdilar. Feodallar qo’zg’olonni bostirganlaridan keyin unda qatnashganlardan qattiq o’ch oldilar. Qo’zg’olon bo’lgan hamma yerlarda dorlar qurilib unda qatnashganlar dorlarga osildi, gulxanlarda kuydirildi. Qo’zg’olonda va undan keyin halok bo’lganlar soni 100 mingdan oshib ketdi.

5. Urushning natijalari. Germaniyadagi dehqonlar urushi Yevropada feodal munosabatlarini urush yo’li bilan yo’qotish uchun qilingan dastlabki harakat edi. Uning g’alabasi feodal tartibi sarqitlarini yo’qotish, mamlakatni markazlashtirishga, yangi iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishiga imkoniyat yaratgan bo’lur edi. Urushning mag’lubiyati nemis xalqi uchun nihoyatda og’ir oqibatlarga olib keldi. Feodallar zulmi yanada kuchaydi. Ilgari dehqonlar erkin yashagan Elba daryosining sharqiy tomonida ham dehqonlar qaramlikka tushirildi.

Markazlashgan davlatni vujudga keltirishga urinish barbod bo’ldi. Feodal-knyazlarning mustaqilligi kuchayib, shaharliklar va ritsarlar ham ularga itoat qilishga majbur bo’lib qoldilar. Dehqonlar urushining mag’lubiyati Germaniyada dehqonlar qaramligi va feodal tarqoqlikning

Page 557: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

yana bir necha asr davom etishiga olib keldi.

48-§. Reformatsiya g’oyalarining Yevropaga yoyilishi.

Katolik cherkovining reformatsiyaga qarshi kurashi

1. Reformatsiyaning Yevropaga yoyilishi. G’arbiy Yevropa-ning barcha davlatlarida katolik cherkovining diniy tashkilotlari mavjud edi. Natijada Martin Lyuterning indulgensiyaga qarshi g’oyalari deyarlik barcha joylarda xayrixohlik bilan kutib olindi. Zamondoshlardan birining yozishicha, bu xabar “xristian dinidagi barcha mamlakat va o’lkalarga to’rt haftadayoq borib yetdi”. Reformatsiya g’oyalari Germaniyadan keyin boshqa mamlakatiarga ham tarqala boshladi.

O’zining ilgarigi ta’sirini yo’qotgan xristian cherkovining barcha vakillari xalq orasida masxara qilinar va ulaming hajviy suratlari tarqatilardi.

2. Katolik va protestantlar. G’arbiy Yevropada katolik cherkovi reformatslya g’oyalari tarqalishi natijasida bo’linib ketdi. Yangi mazhab, katolik cherkovini isloh qilish tarafdorlari – protestantlar, ya’ni rasmiy katolik cherkoviga e’tiroz qiluvchilarning yangi cherkovi umumiy nomini olib Germaniya, Daniya va Shvetsiyada – lyuteran, Fransiyada – gallikan, Angliyada – anglokan, Shveysariyada, Niderlandiyada – kalvinizm nomi bilan vujudga keldi. Ko’p mamlakatlarda katolitsizm va protestantizm birgalikda faoliyat ko’rsata boshladi. Italiya, Ispaniya, Polsha kabi mamlakatlarda esa katolik cherkovi o’z rnavqeini saqlab qoldi.

Shimoliy Germaniyada knyazlar cherkovni Lyuter g’oyalari asosida isloh qildilar. Monastirlar yopilib, cherkov yerlari musodara qilindi. Knyaz o’z yerlaridagi ruhoniylarning boshlig’i deb tan olindi. Lyuterning cherkov islohoti shaharlik boylar uchun ham foydali edi.

Page 558: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Yangi cherkov “kamchiqim”, dabdabali marosimlarsiz balib, unda ko’plab diniy bayramlar bekor qilindi. Angliya, Daniya, Shvetsiyada islohotni dvoryanlar ko’magida qirollarning o’zlari o’tkazdilar. Ularda cherkov yerlarining bir qismi dvoryanlarga bo’lib berildl. Mamlakatda qirol cherkov boshlig’i sifatida tan olindi. Shveysariya va Niderlandiyada islohotni yangi tashkil topgan boylar, burjuaziya o’tkazdi. Isloh qilingan cherkov asosan bo’lajak jamiyat talablariga mos diniy tashkilot edi.

3. Jan Kalvin ta’limoti. Shveysariyada yangi cherkov g’oyasini tarqatgan reformator Jan Kalvin (1509–1564-yillar) aslida Fransiyada tug’ilib o’sgan. Kalvin Parij va Orlean universitetlarini bitirgandi. Keyinchalik katolik cherkoviga qarshi va’zlari tufayli Fransiyadan qochishga majbur bo’ldi. Dastlabki asari “Xristian dinidan qo’llanma”da Kalvin o’z g’oyalarini qisqacha bayon qildi. G’oyaning asosi “taqdiri azal” haqida bo’lib, unga ko’ra insonning taqdiri xudo tomonidan belgilab qo’yilganligi, boy yoki kambag’al bo’lishi, raqobatda sinishi xullas, hamma-hammasi peshonasida yozilgan, degan g’oya yotadi. Kalvin o’z maslakdoshlarini boylik orttirish uehun tinimsiz mehnat qilishiga chaqirdi. Kimning mol-dunyosi ko’p bo’lsa, u “xudoning sevgan bandasi”, uning to’g’ridan-to’g’ri jannatga borishi muqarrar, deydi Kalvin.

1548-yili Kalvin Jeneva cherkoviga boshliq bo’ldi. Uning faoliyatini qattiqqo’llikdan ko’ra zolimlik deb baholash to’g’riroq bo’ladi. Shahar aholisiga o’yin-kulgi, raqsga tushish, chiroyli kiyimlar kiyib yasanib yurish taqiqlandi. Jenevaliklarning cherkovga borishi qattiq nazorat qilinardi. Erta tongdan ishni boshlash uchun kechqurun barvaqt chiroqni o’chirib uxlash tavsiya etilgandi. Protestant pastorlaridan tuzilgan konsistorium yangi cherkovga qarshi kishilarni jazolash uchun tashkil qilingandi. Protestantizm tarixida birinchi marta 1547-yili jenevalik oddiy fuqaro Jan Gryuye dahriylikda va Kalvin shaxsiga oid yomon gapirgani uchun gulxanda yondirildi.

Page 559: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Oradan 6 yil o’tib Jeneva orqali Germaniyaga ketayotgan mashhur ispan olimi Migel Servett ham o’tga tashlandi. Zamondoshlar Jenevani “protestantlar Rimi”, Kalvinni esa “Jeneva papasi” deb atashlari bejiz emasdi.

Evropa mamlakatlari burjuaziyasining eng ilg’or qismi kalvinizmni qabul qildi. Dastlab Fransiyada keng tarqalgan kalvinizm 100 yilcha katolik cherkovi bilan kurashdi. Undan so’ng Shotlandiya va Angliyada yangi g’oya bilan tanishishdi. Niderlandiyada kalvinizm mustaqillik uchun kurash sifatida o’tgan burjua inqilobiga g’oyaviy bayroq bo’ldi. Germaniyaning Plals va Brandenburg knyazliklari ham ushbu g’oyani qabul qildilar. Keyinchalik kalvinizm Amerikada ham o’zining ko’psonli tarafdorlarini topdi.

4. Katolik cherkovining reformatsiyaga qarshi kurashi. Yevropada yangi g’oyalarning katolik cherkoviga zarba berishiga qaramasdan, u o’zining kuchini saqlab qolgandi. Katolitsizmning asosiy tayanchi eski feodal jamiyati vakillari edilar. Rim papalarini Janubiy Germaniya knyazlari, Germaniya imperatori, Ispaniya va Polsha qirollari ham qo’llab-quvvatlaganlar. 1542-yili kardinallar Karaffa va Burgas papaga Italiyada inkvizatsiya sudini tiklashni taklif qildilar. Karaffa bu ishga g’ayrat bilan kirishib, unga hatto o’z uyini bo’shatib berdi. Kardinal sudga zarur asbob-uskunalarni ham o’z mablag’idan olib berdi.

XVI asrning 50-yillarida ta’qiqlangan adabiyotlar ro’yxati chiqarildi. Endi gulxanda faqatgina yangi g’oyalar tarafdorlari emas, balki bu g’oyalarni tarqatuvchi ruhda deb tan olingan kitoblar ham yondirila boshlandi.

Katolik cherkovi reformatsiyaga qarshi kurashda ommaviy qirg’in qilishdan ham qaytmadi. Xususan, Fransiyada 1572-yili katoliklarning gugenotlarga qarshi xoinona qirg’ini tarixning qora sahifalariga “Varfolomey tuni” nomi bilan bitildi.

Katolik cherkovi Polsha, Italiya va Janubiy Germaniyada reformatsiya harakatini bostirishga

Page 560: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

muvaffaq bo’ldi. Ularda feodal tartiblari, dehqonlar qaramligi reformatsiya g’alaba qilgan mamlakatlarga nisbatan uzoqroq saqlanib qoldi.

5. Iezuitlar ordeni. Reformatsiyaga qarshi tadbirlardan biri, 1540-yili papa tomonidan “Iso jamiyati”ni, ya’ni iezuitlar ordenini tuzish haqidagi qarorga imzo chekilishi bo’ldi. Ordenni papa va katolik cherkovining sodiq muxlisi, ispan dvoryani Ignatiy Loyola tashkil qildi. Iezuitlarning vazifasi “yo’ldan adashgan ommani dinga qaytarish”, degan edi Rim papasi Pavel III.

Ignatiy Loyolaning taqdiri juda qiziq va ibratlidir. Ispan qo’shinining jasur zobiti Loyola 1521-yili fransuzlarning Pampalona qal’asini qamal qilishda oyog’idan qattiq jarohatlanadi. Jarrohning e’tiborsizligidan Ignatiyning kasalligi uzoq davom etib, tuzalganda oyog’i qiyshiq bitganini ko’radi. U oyog’ini qaytadan operatsiya qilishlarini so’raydi. Keyingi tuzalish jarayonida Loyolaning qo’liga muqaddas avliyolar haqidagi diniy kitob tushib qoladi. Kitobning ta’sir kuchidan u o’zini “Bibi Maryam ritsari” deb his qila boshlaydi. Shundan keyin u Falastinga ziyoratga boradi. Dinga xizmat qilish yo’lida o’zining bilimi yetishmayotganligini sezgan Loyola avvaliga Alkala, keyinchalik Salamanka universitetlarida tahsil oladi. O’z ma’lumotini yanada kengaytirish maqsadida, 40 yashar Ignatiy Parij universitetiga o’qishga bordi. Shu paytdan u orden tuzishga kirishdi, 1534-yili uning bor-yo’g’i 6 ta safdoshi bor edi.

Iezuitlar ordeni uchun uning harbiycha tuzilgani va qattiq intizomli bo’lishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ordenni faqat papaga bo’ysunuvchi general boshqargan. Uning a’zolari o’z boshliqlari buyrug’ini so’zsiz bajarishlari lozim edi. Orden qoidasida: “Agar cherkov bizga oq bo’lib ko’ringan narsani qora desa, biz ham uni hech o’ylanmasdan qora deb hisoblashimiz kerak” deb yozilgandi. Iezuitlar papa josuslari va ularning

Page 561: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

buyruqlarini so’zsiz bajarardilar. Ular aholi orasida ayg’oqchilik qilib, Rim papasi dushmanlari ro’yxatlarini yuborib turardi.

Orden a’zolarining o’z monastirlari bo’lmagani uchun, ular boshqa rohiblarga o’xshamasdilar. Iezuitlar xalq qatori, odmigina kiyinib yurishlari tufayli ularning orden a’zosi ekanligim bilib bo’lmasdi. Doimo og’iz poylab yuradigan olg’jr, tilyog’lama va sertavoze’ iezuit o’z maqsadiga erishishda har qanday vositadan qaytmagan.

Ular xushomad va tovlamachilik bilan qirollar va ministrlar, zodagonlar va boy kishilarning ishonchiga kirar, ularni o’z ta’siriga olishga harakat qilardi. Rim papasiga qarshi chiqqan kishini shoh yoki gadoyligidan qat’i nazar, xanjar va zaharni ishga solib jazolashardi. Orden a’zolari katolik cherkovi manfaatlari yo’lida jinoyat va hatto odam o’ldirishdan qaytishmasligi kerak edi.

Iezuitlar ordeni firibgarlik va tovlamachilik bilan katta boyliklar orttirdilar. Ularning yirik yerlari, korxonalari, kemalari, Janubiy Amerikada esa mustamlaka yerlari ham bo’lgan.

XIV b o b. Fransiyada mutlaq monarxiyaning tiklanishi va diniy urushlar

49-§. Fransiyada iqtisodiy va siyosiy tuzum

1. Iqtisodiy taraqqiyot. Fransiya XVI asrga o’z yerlarlni to’liq markazlashtirgan davlat sifatida kirdi. Butun Burgundiya gersogligi, Provans va Bretan grafliklarida qirol hokimiyati o’rnatildi. Natijada Fransiya 15 million aholisi bilan G’arbiy Yevropaning eng yirik davlatiga aylandi. Mamlakatning markazlashishi uriing keyingi iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotiga zamin tayyorladi. XVI asrdan dehqonlar erkin, kichik yer – senziva egasiga aylandilar. Senziva egasi yerni sotish,

Page 562: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

hadya etish yoki merosga qoldirish huquqlariga ega edi. Dehqonning o’z yeridan olinadigan hosil ko’payishidan moddiy manfaatdor bo’lishi qishloq xo’jaligining yana ham taraqqiy etishiga imkoniyat yaratdi. Dehqonlar xo’jalik mustaqilligining oshishi va bozor munosabatlariga tortilishi qishloqda mulkiy tabaqalanishni tezlashtirdi. Shu tarzda qishloq xo’jaligida yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishiga zamin yaratildi.

XVI–XVII asrlarda Fransiyada sanoat ishlab chiqarishi rivojlandi. Hunarmandchilikning ayrim sohalarida manufakturalar (movut va shoyi gazlamalar to’qish, ko’nchilik, tog’-kon va boshqa sohalarda) paydo bo’ldi. Movut ishlab chiqarish Puatu, Overn, Langedok va Dofine viloyatlarida taraqqiy etdi. Ichki bozordan ortgan movut Levant mamlakatlari va Ispaniya bozorlarida sotilardi. Shampan, Pikardiya, Bretan va boshqa viloyatlar qishloqlarida to’qilayotgan bo’z va surp hajmi bo’yicha Fransiya Yevropada birinchi o’rinda turardi. Mamlakatda XVI asr boshlaridan kitob bosish ham keng ko’lamda rivojlandi. Liondagi shoyi to’qish manufakturalarida 12 ming ishchi ishlardi. Parij zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho uy jihozlari, chiroyli kiyim-kechaklar, shisha idishlar ishlab chiqarishda shuhrat qozongandi. Yevropaning eng yirik shahri Parijda 300 ming aholi yashardi.

Mamlakatda yagona ichki bozor vujudga keldi. Fransiyada 1489–1515-yillar mobaynida qirol qarorlari bilan 400 ga yaqin yarmarka va bozorlar ochildi. Fransiyaning dengiz kashfiyotlaridagi hissasi birmuncha kamroq bo’lsa-da, uning sayyohlari 1524-yili Nyufaunlend orolini va 1534-yili esa Kanadani kashf qildilar. Qirollikning asosiy port-shaharlari Marsel va Bordo ayniqsa tez rivojlandi. Fransiyada tashqi savdodan, shuningdek, moliya operatsiyalari orqali yirik pul kapitali jamg’arildi.

2. Ijtimoiy tuzum. Fransuz dvoryanlari tashqi bozor bilan unchalik bog’liq emasdi. Kuchli qirol hokimiyati

Page 563: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

mavjudligi dvoryanlarda qirol xizmatida bo’lib, yetarli daromad qilish imkoniyatini berar edi. Turli nafaqalar, sovg’alardan tashqari harbiy xizmat ham dvoryanlarning moliyaviy manbasi bo’lgan.

XVI asrdan ritsarlikning inqirozi bilan bir vaqtda burjua vakillaridan yangi dvoryanlar toifasi shakllana bordi. Dvoryanlar va ruhoniylarga soliq solinmaganligi tufayli ular xususiy sanoat va savdo korxonalari, yer va lavozim sotib olardilar. Doimo pulga muhtoj bolgan qirol, ko’plab amaldorlik lavozimlarini joriy qilar va ularni badavlat kishilarga sotardi. Shu tariqa boylar sudya, prokuror, maslahatchi bo’lib, oylik – maoshdan tashqari. aholidan turli yig’imlar va pora tarzida daromad olardilar. Badavlat odam amalni yoki yer-mulkni sotib olganidan keyin dvoryanlik unvonini ham olishi mumkin edi.

Fransiyada ham bankirlar va boshqa puldor kishiiar savdo-sotiqqa nisbatan, foiz hisobiga qarz berish, ssudalar orqali boylik orttirishni afzal ko’rardilar. Saroyning haddan tashqari ko’p xarajatlari qirolni yangi qarzlar olishga majbur qilardi. Bergan pullari evaziga boylar malum viloyatlardan soliq yig’ish huquqirii qo’lga kiritardilar. Soliqni yig’ib foyda olish uchun tabiiyki ular oddiy mehnatkashlarni ezardilar.

Mamlakatda shu davrda savdo-sotiq burjuaziyasi ham shakllandi. Tarqoq manufakturalardagi savdogarlar va boy hunarmandlar qishloq ahliga, Angliyadagi kabi, xomashyo, dastgohlar berib ularni ishlatar-dilar. Tayyor mahsulotni esa ichki va tashqi bozorga olib chiqardilar. Shahardagi yana bir toifa, bu kambag’al aholidir. Uning tarkibi kasod bo’lgan hunarmandlar, sexlarning kichik ustalari, shogird va xalfalar hisobiga kengayib bordi. Xizmatkorlar va gadoylarning vakillaridan ishchilar vujudga kelardi.

3. Fransiyada diniy urushlar. Mamlakatdagi cherkovni isloh qilish XVI asrning ikkinchi yarmida diniy urushlarning kelib chiqishi bilan yakunlandi. Urushda qatnashgan feodal-zodagonlar guruhining asosiy

Page 564: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

maqsadlari dinga qaraganda ham ko’proq qirol saroyida o’z mavqeini kuchaytirishga, qirollik taxti uchun kurashish bo’lgan desak, xato qilmaymiz.

Fransisk II saroyidan Gizlar xonadoni vakillarini chetlatish uchun Burbonlar 1560-yili “Ambuaz fitnasini” uyushtfrdilar. Burbonlar gugenotlar mazhabi, Gizlar esa rasmiy katolik cherkovi tarafdorlari edilar. Fransiyada Gizlarning mavqelari nihoyatda kuchli bo’lgan: Fransua Giz qo’shinga bosh qo’mondon, Karl Giz kardinal, umuman, bu oiladan 15 kishi muhim cherkov va davlat lavozimlarini egallab turardi. Qirol o’zining diniy raqiblari gugenotlardan ko’ra, Gizlar xonadonidan ko’proq xavfsirardi.

Fuqarolar urushi 1562-yilda boshlanib 1598-yilga qadar davom etdi. Uning uch davrida goh gugenotlar, goh katoliklarning qo’li baland kelardi. Urushlar tarixidagi muhim voqealardan biri 1572-yili 24 avgustga o’tar (Varfolomey) kechasi katoliklarning Parijda gugenotlarni qirg’in qilishi bo’ldi. Ertasi kuni tushga qadar 2000 kishi qatl qilindi. Qirg’in mamlakat bo’ylab bir necha kun davom etdi. Lekin qirolning buyrug’i hamma joyda ham so’zsiz bajarilmagan. Jumladan, Bayohna hokimi de Ortes qirolga shunday javob yuborgan edi. “Men oliy hazratlari buyrug’ini qo’shinga yetkazdim. Ularning hammasi Siz uchun jonini berishga tayyor, lekin ularning orasida jallodlar yo’q”. Fransiyada bu qirg’in davomida 30 ming kishi qatl qilingan. Lekin bu voqealar qirol Karlning sog’ligiga salbiy ta’sir qildi. Uni vijdon azobi qiynar, tushlariga o’liklar kirib chiqardi. Oradan ikki yil o’tib Karl IX vafot qildi.

Fransiya taxtiga (1589–1610-yillar) o’tirgan Navarlik Genrix IV qaytadan katolik diniga o’tdi. Uning sa’y-harakatlari bilan 1598-yili tuzilgan Nant yarash bitimiga ko’ra Fransiyada katolik cherkovi rasmiy, hukmron cherkov deb tan olindi. Gugenotlarga o’z ibodatxonalarida erkin sig’inish imkoniyati berildi.

Page 565: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Buni o’qing!

“Marshal” so’zining tarixi

Franklarda otboqar lavozimi “mareskalkus” (“ot” va “xizmatchi” so’zlaridan) deb atalgan. Dastlab “mareskalkus” qirol otxonasini boshqargan. Asrlar o’tib fransuz tilida bu so’z “mareshal” sifatida aytiladigan bo’ldi. Endi u otliq qo’shin boshliqlaridan biriga nisbatan ishlatilgan. Yevropa armiyasida otliq qo’shinning ahamiyati kuchaygan paytda “mareshal” eng yuksak va faxriy harbiy unvonga aylanib boradi. O’zbek tilida esa bu so’z “marshal” tarzida aytiladi.

(M. Boysov, R. Shukurov. O’rta asrlar tarixi. M., 1995, 123-betlar).

50-§. XVII asrda Fransiyada mutlaq monarxiyaning tiklanishi

1. Rishele davrida Fransiya. Genrix IV davrida mustahkam-langan qirolning mutlaq hukmronligi XVII asrning boshlarida yanada kuchaydi. Feodal zodagonlarning yosh Lyudovik davridagi (1610–1643-yillar) o’z mavqeini tiklashga harakati zoe ketdi. Fransiyada mutlaq hokimiyatining zafari qirolning birinchi vaziri kardinal Rishele (1624–1642-yillar) nomi bilan bogiiqdir. Keyinchalik o’zining “Siyosiy vasiyat”ida Rishele hukumatga kelganda “Mening birinchi maqsadim qirolning buyukligi, ikkinchi maqsadim qirollikning buyukligini ta’minlash bo’lgan” deb yozadi. Uning davrida General shtatlar chaqirilmay qo’ydi. Rishele ko’p viloyatlardagi o’zboshimcha hokimlarni mansabidan tushirdi. Ularning o’rniga qirolga sodiq amaldorlar – intendantlar xizmati joriy qilindi.

Ko’plab feodal zodagonlar o’zlarining davlat ishlarini

Page 566: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

boshqarishdagi ta’sirini yo’qotishidan norozi edilar. Ular Rishelega qarshi fitnalar uyushtirib, unga qirolning oilasi: onasi, rafiqasi va ukasini ham jalb qildilar. Lekin kardinal bu harakatlarni fosh qilib, unda ishtirok qilganlardan shafqatsiz o’ch oldi. Rishele davrida qirolga qarshi chiqqan dvoryanlarning saroylari buzib tashlanib, o’zlari shafqatsiz jazolandi.

Bosh vazir duelni, dvoryanlarning otishishlari yoki qilich bilan o’zaro janglarini taqiqladi. Rishele dvoryanlar o’z qonlarini faqat qirol xizmatini bajarish paytida to’kishlari mumkin deb aytgandi. Uning davrida Fransiyada 22 ta savdo firmasi tashkil etildi. Bu davrda Fransiya Germaniyaning Ganza shaharlari ittifoqi va Angliya bilan dastlabki savdo-sotiq shartnomalarini tuzdi.

Tashqi siyosatda Fransiyaning milliy manfaatlarini ko’zlab ish olib borildi. Fransiya “O’ttiz yillik urush” (1618–1648-yillar)da qatnashdi va Shvetsiya bilan hamkorlikda Yevropadagi siyosiy munosabatlardagi mavqeini mustahkamladi. Mamlakatni Rishele boshqargan davrda Fransiyada feodal zodagonlarining qarshiligi sindirildi, markaziy hokimiyat mustahkamlandi.

2. Fransiyada mutlaq monarxiya. Lyudovik XIV qirolligi. XVII asrning ikkinchi yarmida Fransiyada cheklanmagan yoki mutlaq monarxiya uzil-kesil qaror topdi. Endilikda mamlakatni boshqarish ishi to’lig’icha qirolning qo’lida edi.

Lyudovik XIV qirolligi davri (1643–1715-yillar) xuddi shu mutlaq monarxiyaning eng kuchaygan payti bo’ldi. Lyudovik taxtga kelganda 5 yoshda edi. Uning nomidan Fransiyani onasi Avstriyalik Anna boshqardi. Amalda hokimiyat 1661-yilga qadar Fransiyaning bosh ministri bo’lgan Mazarini qo’lida edi.

Yillar o’tib Lyudovik: “Davlat – mening o’zim” deya o’z hokimiyati haqida yuksak fikr bildirgan. U fuqarolardan, hatto zodagonlardan ham o’z buyruqlarini so’zsiz bajarishni talab qilardi. “Fuqaroning huquqi yo’q, faqat majburiyatigina bor” der edi qirol.

Page 567: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Qirolning bazm va ovlardan bo’sh vaqtida qabul qilgan qarorlari davlatning qonuni bo’lib qolardi. Qirol “Mening farmonim shu” deb imzo chekkan yangi qonun tasdiqlangan hisoblanardi.

Lyudovikning amrini bajaruvchilar uning amaldorlari edi. Qirol yuqori mansabdagi amaldorlariga o’z imzosi qo’yilgan va muhr bosilgan toza rasmiy qog’ozlarni xat ichida yuborardi. Unga har qanday kishining ismini yozib qamoqqa olish mumkin edi. Bunday sharoitda biron kimsa qirolning g’azabiga uchramasligiga kafolot yo’q edi.

Mutlaq monarxiya hukmronligi davrida Fransiyadagi yangi soliqlarni ham qirolning o’zi kiritardi. Davlat xazinasi sarf-xarajatlari haqida u hech kimga hisobot bermasdi.

3. Qirol saroyi. Mutlaq monarxiyaning o’rnatilishi qirolning shaxsi, qirol saroyi ahamiyatini oshirib yubordi. Saroyda hukmdor va dvoryanlar orasida doimiy muloqot bo’lib turardi. Shuning uchun qirol, dvoryanlardan saroyga doimo kelib turishni talab qilardi. Lyudovik XIV o’zini “qirol-oftob” deb atashlarini yoqtirardi va saroyda shunga arziydigan sharoitni yaratdi. Parijdan 18 kilometr narida, Versalda me’morchilik san’atining yuksak namunasi, go’zal va dabdabali qirol saroyi qurildi. Qurilishga 150 million livr xarajat qilindi. Unda tantanali qabul marosimlari, hashamatli bayramlar o’tkazilardi. Qirolning butun hayoti saroy qonun-qoidalariga, udumlariga buysundirilgan edi.

Qirol saroyida xizmat qilish moddiy jihatdan juda manfaatli edi. Qirol dvoryanlarni tayinlash uchun turli: qirol hassasini, parigi yoki galstugini saqlovchi kabi mansablarni o’ylab topardi. Eng qizig’i shundaki, bu lavozim egalari katta maoshdan tashqari qimmatbaho sovg’alar bilan ham taqdirlanib turilardi.

Saroy amaldorlarining ishi qirol uyg’onishi bilan boshlanardi. Qirolni kiyintirishning o’ziga 20–30 kishi oyora bo’|ardi. Uning oyqatlajushida, uyquga yotishida ham katta hashamlar qilinardi; Qirol qo’shinida xizmat

Page 568: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qilish viloyatdan chiqqan d’Artanyan va uning do’stlariga o’xshagan kambag’allashgan dvoryanlartting asosiy daromadi edi. Lyudovik XIV davrida Fransiyaning yarim millionlik muntazam qo’shini bor edi. Uning qirolligi davomida Fransiya Yevropaning deyarlik hamma joyidagi urush harakatlarida faol ishtirok qilgan.

Ko’rilayotgan davrda ham dvoryanlar qirolning asosiy tayanchi bo’lib qoldilar. Qirol ularning imtiyozlarini himoya qilibgina qolmasdan, dvoryanlarga Saroyda ham, qo’shinda ham yangi lavozimlarni tashkil qildi.

XV b o b. Niderlandiya burjua inqilobi

51-§. Niderlandiya Ispaniya huknironligi ostida. Inqilobning boshlatiishi

1. Niderlandiyaning siyosiy tuzumi. Burgundiyalik Karlning o’limi tufayli gersoglik yerlarining bir qismi Fransiyaga o’tganligini oldingi mavzulardan birida qayd etgandik. Karlning qizi Burgundiyalik Mariyaning Gabsburglar sulolasi vakili Maksimilianga turmushga chiqishi, Fransiya va Germaniya orasidagi 17 viloyatnirig keyingi taqdirini aniqlab berdi. Niderlandiya, ya’ni “daryo etagidagi yerlar” Shelda, Maas va Reyn daryolarining quyi oqimida joylashgan bo’lib, XVI asrdayoq Yevropaning aholisi eng zich joylashgan hududi edi. Ispaniyaoing hokimiyati ostida bo’ldan Niderlandiyada 3 million kishi bo’lib, ular 300 ga yaqin shahar va 6500 ta qishloqda yashardilar. Mamlakat viloyatlari boy, savdo va sanoati yaxshi rivojlangan edi. Har bir viloyat o’z huquqlari, imtiyozlari va boshqaruviga ega bo’lgan. Umumdavlat miqyosidagi muammolarni: ruhoniylar, dvoryanlar va shahar vakillaridan iborat General shtatlar hal etardi. Har bir viloyatning roziligisiz gersog, keyinchalik qirol va hatto Germaniya imperatori ham hukmini o’tkaza olmasdi yoki yangi soliqni

Page 569: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Niderlandiyadan ololmasdi. Imperator Karl V bu viloyatlarning tadbirkor, lekin ziqna boylari biian doimo kelishib ish ko’rgan. Karl ularning huquqlariga tajovuz qilmaganidan niderlandiyaliklar undan pulni ayashmasdi. Niderlandiya qirol xazinasiga Ispaniyaning Amerikadagi mustamlakalariga qaraganda 4 baravar ko’p daromad berardi. Karl hukmronligining so’nggi yillarida viloyatlarda dahriylarning harakatlari birmuncha kengaydi. Dahriylarni jazolash borasida esa aholi orasida ba’zi norozilik kayfiyatlari paydo bo’ldi. Karl taxtni o’g’li Filippga berishi ham avvaliga siyosiy o’zgarishlarga olib kelmadi.

Fransiya bilan urush yillarida ispan qo’shinlari Niderlandiyaga kiritilgan edi. Urush 1559-yili tugadi, lekin Filipp aholining ispan qo’shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborish to’g’risidagi talabiga e’tibor qilmadi. Ispaniyaga qaytgan Filipp II keyingi 39-yillik hukmronligi paytida Madriddan hech qaerga chiqmadi.

Filippning keyingi siyosatida unga ikki narsa: katolik diniga haddan tashqari ruju qo’yganligi natijasida protestantlarga dushman ko’zi bilan qarashi va chet viloyattardagi mahalliy erkinliklarga chek qo’yib umumimperiya qonun-qoidalariga bo’ysunishni talab qilishi pand berdi. Qirolning Niderlandiyadagi noibi uning singlisi Parmalik Margarita edi. Filipp unga ishonmasdan o’zining ayg’oqchisi va maslahatchisi kardinal Granvellani ham Niderlandiyaga yuborgandi. Umuman qiroldan aholi norozi edi. Buning ustiga Karl V paytida, uning asosiy maslahatchisi va tayanchi bo’lgan niderlandiyaliklarning saroydan chetlatilishi norozilikni yanada kuchaytirdi.

Qirolga qarshi muxoliflar guruhidagi 3 kishi: Oranlik Vilgelm, graflar Egmont va Goorn uning ishlaridan ayniqsa norozi edilar. Ular Karl V qo’shinida general bo’lib, uning ko’psonli g’alabalariga katta hissa qo’shgan kishilar edilar.

2. Niderlandiyada bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabat-larning rivojlanishi.

Page 570: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Niderlandiyaning mehnatsevar aholisi asrlar davomida o’z yerlarini dengiz hisobiga kerigaytirdi. Botqoqlarni quritish va yerni dengiz toshqinlaridan saqlash uchun atrofini to’g’onlar bilan o’radi. Niderlandiyaning geografik o’rni qulay bo’lib, u daryolar orqali Fransiya va Germaniya bilan, dengiz orqali esa Angliya va Skandinaviya mamlakatlari bilan savdo-sotiq qilardi. Mamlakatning Flandriya va Brabant viloyatlari hunarmandchiligi rivojlangan boy shaharlar edi. Hunarmandlar Angliyadan keltirilgan yungdan nafis movut to’qishardi. Birgina Xondsxot shahri hunarmandlari XV asr oxirida 15–20 ming bo’lak movut to’qigan bo’lsalar, 1563-yili bu yerdagi manufakturalardan 97 ming bo’lak movut chiqarilgandi. Antverpen – Niderlandiyaning eng yirik porti – yangi tashkil topayotgan jahon bozori markaziga aylanmoqda edi. Shaharda Yevropaning eng yirik bankirlari: Fugger, Velzer, Shets, Grimaldi, de Garolarning idoralari ochilgandi. Gollandiya viloyatida dengizchilik yaxshi rivojlangan bo’lib, uning floti 800 ta yirik kemalardan iborat edi.

Umuman, Niderlandiyani Yevropaning eng rivojlangan va boy mamlakatlartdan biri deyish mumkin. Viloyatlarning shahar va qishbqlarida manufakturalar vujudga kela boshlagandi. Ularda movutdan tashqari gilam, yelkan uchun matolar, kema anjomlari chiqarilardi. Manufakturalarning rivojlanishi sex hunarmandchiligining inqiroziga sabab bo’ldi. Angliyadagi kabi Niderlandiya viloyatlarida ham ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tez rivojlandi.

XVI asrdayoq yollanma mehnatdan faqat manufakturalarda emas, baliq ovlashda, dengiz kemachiligida va qishloq xo’jaligida ham keng foydalanilgan. Janubiy viloyatiarda feodal tartiblari saqlanib qolgan bir paytda, shimoldagi yerlarda erkin dehqonlarning fermer xo’jaligi hukmron edi.

3. Inqilobiy vaziyatning yetilishi. Filipp Ilning

Page 571: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

siyosati Mderlandiyadagi norozilikni yanada kuchaytirdi. Dastlab uning buyrug’i bilan viloyatlardagi 4 ta katolik yepiskopligi 18 taga yetkazildi. Ularga dahriylarni shafqatsiz jazolash – inkvizatsiya huquqi berildi. Cherkov protestantlarni axtarib topardi. Inkvizatsiya sudi qarori bilan yuzlab kishilar dahshatli qiynoqlarga solindi, gulxanlarda kuydirildi.

Bunga javoban aholi orasida kalvinizxn ta’limoti keng yoyildi. Katolik cherkovi esa kutilgan natijalarga erisha olmasdan xalqning g’azabini kuchaytirdi.

Filipp II ning 1557-yili davlatni bankrot deb e’lon qilishidan Niderlandiya boylari katta moliyaviy zarar ko’rdilar. Ispaniyadan chiqariladigan yungga 1560-yili boj narxining ko’tarilishi Niderlandiya-ga keltiriladigan yungning ikki baravar qisqarishiga sabab bo’ldi. Keyinchalik Niderlandiya savdogarlariga Ispaniya mustamlakalarida savdo-sotiq qilish taqiqlandi. Angliya–Ispaniya munosabatlarining yomonlashuvi, Niderlandiyaning inglizlar bilan iqtisodiy aloqalariga katta zarar yetkazdi. Angliyadan keltiriladigan yungning kamayishi minglab ishsizlarni vujudga keltirdi.

Niderlandiyaga og’ir tushgan qonunlarning chet ellik hukmronlar tomonidan qabul qilinishi, mamlakatda ispanlarga nisbatan xalqning ommaviy g’azabini yanada kuchaytirdi.

Hukumatga qarshi muxolif guruhda Niderlandiya dvoryanlarining ko’pchilik qismi bor edi. Davlat kengashi a’zolari, shahzoda Oranlik Vilgelm, graflar Egmont va Goornlar ularning rahnamolari edilar. Ular 1565-yilning oxirida dvoryanlarning “Kelishuv” ittifoqini tuzdilar.

4. Inqilobning boshlanishi. Niderlandiya noibi Parmalik Margarita huzoriga 1566-yil aprelida talabnoma bilan bir guruh dvoryanlar keldilar. Dvoryaniarning oddiygina kiyinganlarini lco’rgan saroy amaldorlaridan biri, ularni “gyozlar”, ya’ni “gadoylar” deb atagandi. Inqilob davrida bu so’z hamma qo’zg’olonchilar nomiga aylandi.

Page 572: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Ispanlar siyosatida hech qanday o’zgarishni ko’rmagan xalq 1566-yili qo’zg’olon boshladi. Bu qo’zg’olon kalvinistlarning “butga qarshi” harakati bo’lib, uning ishtirokchilari katolik ibodatxonalaridagi butlarni va avliyo-anbiyolar haykallarini sindirdilar, ularni cherkovdan uloqtirdilar. Pop va rohiblarni cherkovdan haydadilar. Qo’zg’olonning butun kuchi ispanlar hukmronligi tayanchi – katolik cherkoviga qaratildi. Niderlandiyadagi bir necha ming ibodatxonalar qo’zg’olon davomida buzildi va talon-toroj qilindi. Olomon san’at durdonalarini ham vahshiyona yakson qildi. Qo’lga kiritilgan boyliklarning bir qismi qo’zg’olonchilar uchun qurol-aslaha olishga sarflandi. Niderlandiya dvoryanlari qo’zg’olonni yoqlamadilar. Butga qarshi qo’zg’olon 1567-yil bahorida bostirildi. Qo’zg’olonga javoban Ispaniya gersog Alba boshchiligidagi jazo qo’shinini Niderlandiyaga yubordi.

5. Alba Niderlandiyada. Niderlandiyaga Alba o’z qo’shini bilan kirib keldi. Vaziyatga to’g’ri baho bera bilgan Oranlik Vilgelm Germaniyaga ketdi. Ispan taxtiga qilgan xizmatlariga va uning evaziga olgan ordenlariga ishongan Egmont va Goornlar Alba tomonidan tez orada qamoqqa olindilar. Parmalik Margarita Albaning xatti-harakatlaridan norozi bo’lib Italiyaga ketdi. Yangi noib Egmont va Goorn, shuningdek, yana 18 dvoryanni o’limga hukm etdi. Bu qatl Niderlandiyada va butun Yevropada dahshatli taassurot qoldirdi.

Alba qo’zg’olonda qatnashganlarni topib jazolash uchun oliy sud tuzdi. Sud raisi Vargas “Bu yerda begunohlar yo’q, dahriylar jinoyat qilishgan, katoliklar bunga beparvolik bilan qarashgan, ular ham, bular ham jazolanishi kerak” degan edi. Sudning qarori bitta bo’lgan, u ham bo’lsa faqat o’lim jazosi edi.

Alba xalqni jazolashning yangi usulini hatn o’ylab topdi. O’limga hukm etilganlarning 20 millionlik mol-mulki musodara qilindi. Undan tashqari Ispaniyadagi kabi

Page 573: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

hamma ko’chmas mulkdan – 1%, sotiladigan mulkdan – 5% va boshqa hamma mollardan – 10% muntazam soliq joriy qilindi. Bunga javoban savdogarlar do’konlarini, hunarmandlar ustaxonalarini yopib qo’yishga majbur bo’ldilar. Ko’plab badavlat kishilar mol-mulklarini sotib, shimoliy viloyatlarga va Angliyaga ketishga majbur bo’ldilar.

52-§. Mamlakat shimoliy viloyatlarida burjua inqilobi g’alabasi

1. O’rmon va dengiz gyozlari. Niderlandiyadan quvg’in qilinganlar ancha paytgacha Albaga xavf tug’dirmadi. Shahzoda Vilgelm va uning ukasi Niderlandiyaga 2 marta yollanma qo’shin bilan kirishga urinib ko’rdi. Tajribali qo’mondon Alba bu xavfni osonlikcha bartaraf etdi. Endilikda kurashning yagona yo’li dengiz va o’rmonlar bo’lib qoldi. Mamlakatning shimolida tashkil bo’lgan xalq harakati “dengiz va o’rmon gyozlari” bo’linmalariga birlashib ispanlarga qarshi xalq urushini boshladilar. Ispaniya hukumatining Angliyaga norozilik bildirishi 1572-yili niderlandiyaliklarning 40 ta kemasini Duvrdan chiqarib yuborilishiga olib keldi. Xuddi shu kemalardagi dengiz gyozlari 1-aprelda Bril portini bosib oldilar.

Niderlandiyadagi urushning uzoq davom etishi, xalqning g’azabi unga hech qanday shuhrat keltirmasligini sezgan gersog Alba ispan qirolidan iste’fo so’radi.

2. Kurash davom etadi. Gersog Alba o’rniga kelgan don Luis Rekenzes (1573-yil) ancha tajribali, siyosiy tushunchaga ega bo’lgan kishi edi. Dastlab u afv e’lon qildi va protestantlarga mol-mulklari bilan mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat berdi. Mokre vohasida 1574-yili Vilgelm qo’shinini mag’lubiyatga uchratgan yangi noib, shimolda qo’zg’olon ko’targan

Page 574: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

viloyatlarning bir nechtasini egalladi.Bu voqealar arafasida Niderlandiyaning shimolida

joylashgan Gollandiya va Zelandiya viloyatlari Oranlik Vilgelmni statxauder – hukmdor deb e’lon qilgandi. Rekenzes qo’shinlarining 1574-yili Garlem shahri qamali muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shahar 7 oylik qamaldan keyin ham taslim bo’lmadi. Leyden shahfi aholisining barchasini dorga osish yoki suvga chd’ktirish haqida ispanlarning qarorini eshitgan xalq, hech chorasi qolmaganidan shahar tevaragidagi to’g’onlarni buzib ispanlarni ham, o’zlarini ham suvga bostirganlari manbalarda qayd qilingan. Qamaldan bo’shagan, lekin katta moddiy talofot ko’rgan Leydenga Oranlik Vilgelm ikkita mukofotdan birini tanlashni taklif qiladi. Shaharni uzoq muddatga soliqlardan ozod qilish yoki unda universitet ochishga yorliq berish. Leydenliklar ikkinchisini tanladilar. Leyden universiteti XVI–XVII asrlardayoq Yevropadagi eng ilg’or oliy o’quv yurtlaridan biriga aylandi.

1576-yili Rekenzesning to’satdan o’lishi ispan qo’shinlarini boshliqsiz qolishiga sabab bo’ldi. Ko’pchiligi yollangan jangchilardan tuzilgan qo’shinni tartibda saqlash juda qiyin edi. Buning ustiga ispanlar o’z qo’shiniga ancha vaqtdan buyon maosh bermagandilar. G’alayon ko’targan ispan qo’shini Antverpen va Maastrixt shaharlarini bosib oldi. Antverpenni ayovsiz talash, yondirish barobarida 8 ming begunoh kishi o’ldirildi. Ispan jangchilari bu yerda katta boyliklanri qo’lga kiritdilar. Ular bu janglardan keyin xanjarlari dastalarini oltindan qildirishgan edi. Bu talonchilikdan so’ng Antverpen o’zini o’nglay olmay, moliya, savdo va sanoatdagi hukmron o’rnini Amsterdamga bo’shatib berdi.

3. Gollandiya respublikasining tashkil topishi. Ispan noiblari bilan urush davom etdi. Shimoliy viloyatlarda Oranlik Vilgelmning mavqei tobora ortib borardi. Niderlandiyadagi urushga qo’shni mamlakatlar

Page 575: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ham aralasha boshladilar. 1579-yili mamlakat shimolidagi yetti viloyat Ispaniyaga qarshi kurashni davom ettirish maqsadida Utrext shahrida shartnoma tuzdilar. Bu viloyatlar o’z zimmalariga “bir-birlari bilan abadiy birlashish” va “Rim katolik cherkovini tiklamoq” bahonasida ispan hukmronligiga butun kuchlari bilan kurash olib borish majburiyatini oldilar. Yetti yiloyat davlat bo’lib birlashdi. Uning o’z hukumati, xazinasi va umumiy qo’shini bor edi. Shimoliy Niderlandiya 1581-yili Filipp II ni qirol deb tan olishdan bosh tortdi. Bunga javoban Filipp II gersog Oranlik Vilgelmni o’ldirgan kishiga 25 ming oltin pul va dvoryanlik unvonini berishni va’da qildi. Iezuitlar ordeni vakili fransiyalik Baltazar Jerar 1584-yili Oranlik Vilgelmni otib o’ldirdi. Jerar ushlab qatl qilindi. Filipp ham o’z vaMasining ustidan chiqdi. Jerarning oilasiga va’da qilingan mukofotlar to’liq berildi. Lekin Oranlik Vilgelmning o’limi umumiy vaziyatga o’zgartirish kirita olmadi. Uning o’rniga o’g’li Morits taxtga keldi.

Shimoliy Niderlandiyada yangi davlat – Qo’shma viloyatlar respublikasi tashkil topdi. Bu davlat shimoliy viloyatlarning eng yirigi bo’lgan Gollandiya nomi bilan – Gollandiya respublikasi deb atala boshlandi.

Gollandiya Ispaniyaga qarshi yana 30-yil kurashishga majbur bo’ldi. Faqat 1609-yili Ispaniya bilan Gollandiya o’rtasida sulh shartnomasining tuzilishi urushga chek qo’ydi. Shartnomaga binoan Gollandiyaning mustaqilligi tan olindi.

4. Gollandiya inqilobining natijalari. Ispanlar zulmidan ozod bo’lgan Gollandiyanirig xo’jaligi tez rivojlana boshladi. Yangi manufakturalar tashkil qilindi. Iqtisodiy yuksalishga janubiy viloyatlardan ko’chib kelgan savdogar va ishbilarmonlar o’z pullari, asbob-uskunalari, ishlab chiqafish sirtari hafnda mahorati, yuksak malakali ishchilari bilan katta hissa qo’shdilar. Jumladan, ular Leydenda yangi turdagi jun gazlamatar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydilar.

Page 576: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Gazlama chiqarish 1584–1621-yillarda 27 ming bo’lakdan 97 ming bo’lakka yetdi. Zig’irpoyadan, paxta va shoyi gazlamalar ishlab chiqafish ham keskin o’sdi. Mamlakatda kemasozlik eng muhim tarmoqdan biriga aylandi. Amsterdam, Rotterdam, Zaandam portlarida yiliga 1000 ga yaqin kemalar qurilardi. Gollandiya iqtisodiyotining asosini savdo tashkil qilib, uning yillik hajmi 75–100 million guldenni tashkil qilardi. Mamlakatning birinchi tashqi savdo bilan shug’ul-lanadigan “Ost-Indiya” kompaniyasi 1602-yili tuzildi.

Respubttka iqtisodining yana bir muhim tarmog’i dengiz baliqchiligi va kit ovlash edi. Bu soha to’liq kapitalistik asosda tuzilgan bo’lib, uning yillik daromadi millionlab guldenni tashkil qildi. Gollandiya floti 4300 ta turli xil sig’imdagi kemalardan iborat edi.

Respublika qishloq xo’jaligida 1590–1665-yillar davomida 110 ming gektar botqoq yerlar o’zlashtirildi. Bu yerlardan yangi fermer xo’jaliklari tuzildi. Lekin ilk sarrnoya jamg’arish davrida xalqning ahvoli og’ir edi. Jumladan, manufakturalarda ish kuni 12–16 soatgacha davom etardi.

Niderlandiyada – G’arbiy Yevropaning kichkina bir hududida feodal jamiyatini yemirgan birinchi burjua inqilobi ro’y berdi. U ispan bosqinchilariga qarshi kurash ko’rinishida sodir bo’ldi.

XVI b o b. XVI–XVII asrning boshlarida Rossiya

53-§. Rossiyada markazlashish jarayonining tugallanishi

1. XVI asrda Rusdagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat. Rus yerlarining siyosiy birlashuvi natijasida yangi markazlashgan davlat vujudga keldi. Dastlab buyuk knyaz “Butunrossiya yerlari davlatpanohi” nomini oldi. Knyaz va boyarlar endi vassal emas, buyuk

Page 577: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

knyazning fuqarolariga aylandilar. Yirik feodaflar unga sodiqlikka qasamyod qilib umrining oxirigacha xizmat qilardilar. Vasiliy III knyazligi (1505–1533-yillar) davrida unga bo’ysunmagan boyarlarni qattiqqo’llik bilan jazoladi.

Buyuk knyaz saroyida “Boyarlar dumasi” doimiy maslahat tashkiloti sifatida faoliyat ko’rsatardi. Bu oliy hukumat idorasi davlatning muhim ichki va tashqi muammolarini bamaslahat hal etardi.

Boyar zodagonlar boshqaruvi nimalarga qodir ekanligi Ivan IV ning (1533–1584-yillar) hukmronligi yillarida yaqqol sezildi. Taxtga 3 yoshida kelgan buyuk knyaz saroyida boyarlar guruhi orasida hokimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Boyarlardan Belskiy, Shuyskiy, Glinskiylar to’xtovsiz fitnalar uyushtirar, imkoni boricha bir-birlarining saroydagi mavqeiga putur yetkazishga urinardilar. Boyarlar xazinani talar, o’zlariga yangi-yangi yerlarni, shaharlarni bo’ysundirar edilar. Ivan IV yosh bo’lishiga qaramasdan yangi dvoryanlar, shaharliklar va cherkov yordamida 1547-yili podsholik tojini kiydi. Bu voqea oliy hokimiyatning ichki va tashqi sohalardagi hurmatini oshirishi kerak edi. XVI asrda bo’lgan doimiy markaziy idoralar (prikazlar) soni 10 taga yetdi. Ahamiyatga molik voqealardan yana biri 1535-yili Rusda yagona pulning joriy qilinishi bo4ldi.

XVI asrning o’rtalarida feodal yer egaligi ancha mustahkam-landi. Rus yerlarining 1/3 qismi monastir va cherkovlarga qarardi. O’zlashtirilayotgan yerlarda esa yangi pomeshchik xo’jaliklari paydo bo’ldi. Eski turdagi yirik boyarlar xo’jaligi esa yildan-yilga kambag’allashib o’z mavqeini yo’qota bordi. 1550-yili qabul qilingan “Sudebnik” Yurev kunida dehqonlarning ozodlikka chiqish imkoniyatlarini chegaralab qo’ydi. Shu davrdan boshlab Rusda ham hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib, alohida sohaga aylanishi boshlandi. Tez orada 200 ta hunar turlari shakllartdi. Mamlakatdagi ichki va tashqi savdo rivojlana boshladi. Rusda XVI

Page 578: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

asrning ikkinchi yarmida shaharlar o’sdi. Yangi 50 ta shahar, shu jumladan: Arxangelsk, Oryol, Voronej, Belgorod, Samara, Saratov, Tyumen va boshqa shaharlar tashkil topdi.

2. Markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi. Norozilik harakati va feodallar tabaqasi vakillarining ichki nizolari XVI asr o’rtalarida markaziy hokimiyat mustahkamlanishini taqozo eta boshladi. Ivan IV 1547–1553-yillarda o’z hukumatidagi boyarlarni dvoryan vakillari bilan almashtirdi. Podshoning harbiy sohadagi islohotlaridan biri 1550-yili 3000 kishidan iborat streletslar qo’shinini tuzish bilan boshlandi. Streletslar podshoning shaxsiy qo’riqchilariga aylandi. Asr oxirida Rossiya qo’shini soni 100 ming kishiga yetdi. Dvoryanlar uchun 15 yoshidan umrining oxirigacha harbiy xizmat joriy qilindi. Podshoning harbiy islohotlari mamlakat harbiy qudratini oshirdi.

3. Rossiyaning tashqi siyosati. Rus davlatida markazlashish siyosati tugallangandan keyin, XVI asrning o’rtalaridan u Volgabo’yi va G’arbiy Sibirni bosib olishga kirishdi.

Ivan IV qo’shinlarining Volgabo’yi xalqiariga qarshi dastlabki yurishlari 1547–1550-yillari muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Oradan ma’lum vaqt o’tib yangi urush boshlandi. Podshoning 150 minglik qo’shini 1552-yil avgustida Qozon shahrini qamal qildi. Rus qo’shinlari birinchi marta yagona qo’mondonga bo’ysunuvchi harbiy lashkar sifatida jang boshladi. Qo’shinning 150 ta to’pi tarkibidagi yangi strelets bo’linmalari jangda katta ahamiyat kasb etdi.

Qozon xonligining mardonavor qarshiligini yenggan rus qo’shini 1552-yil 2-oktyabr kuni shaharni oldi. Lekin xonlikdagi ayrim feodallarning qarshiligi 1557-yilga qadar davom etdi.

Volganing quyi oqimidagi Astraxan xonligiga qarshi urush esa 1556-yilda boshlandi. Astraxan shahrini olgan rus qo’shinlari xonlikni tugatib, uning yerlarini qo’shib

Page 579: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

oldi. Keyingi yurishlar boshqirdlarga qarshi va Sibir xonligi yerlari uchun olib borildi. Rus 1557-yilda bu yerlarni ham bosib oldi. Shundan keyin sharqdagi istilolar ba’zi boy savdogarlarga topshirildi. Jumladan, G’arbiy Sibirni Stroganovlar oilasiga qarashli harbiy bo’linmalari Yermak boshchiligida bosib oldi. Bu yurishlar paytida 1582–1598-yillari G’arbiy Sibir xonligi tugatildi.

Rus uchun muhim vazifalardan biri Shimoliy dengizga yo’l ochish muammosi, uning Boltiqbo’yi yerlarini bosib olish uchun olib borgan urushlaridir. Yigirma besh yil davom etgan Livoniya urushi 1558-yilda boshlandi. Keyingi yarim yil ichida Narva, Derpt va Estoniyaning sharqiy qismi bosib olindi. Oradan ko’p vaqt o’tmay Latviya yerlari ham Rus davlati tarkibiga o’tdi. Lekin 1564-yildan urushda ruslar uchun muvaffaqiyatsizliklar davri boshlandi.

Xuddi shu paytda podsho Ivan IV Grozniy mamlakat ichida oprichnina siyosatini qo’llab, eski boyarlar toifasiga qattiq zarba berdi. Ko’plab boyarlar va cherkov yerlari davlat tomonidan musodara qilindi. Dumaga a’zo bo’lgan 33 boyardan 15 tasi qatl qilindi. Uch boyar majburan monastirga jo’natildi.

Livoniya urushining keyingi davrida, Polsha va Shvetsiyaning aralashuvi natijasida, Rus bosib olingan Livoniya yerlaridan voz kechishga majbur bo’ldi. Urush 1583-yili Shvetsiya bilan yarash bitimi tuzilib tugallandi. Rus davlati o’zining Boltiq dengiziga chiqish orzusini keyinroqqa qoldirishga majbur bo’ldi.

54-§. XVII asr boshlarida Rossiya. Rus madaniyati

1. Mamlakatdagi ichki vaziyat. Rossiyada 1601–1602-yillardagi qurg’oqchilik hosilsizlikka olib keldi. Keng ko’lamda boshlangan ocharchilik vabo kasalining tarqalishiga sabab bo’ldi. Xalqning ahvoli og’irlashib 1603-yili dehqonlar va chorikorlarning qo’zg’oloni

Page 580: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

boshlandi. Moskva tevaragida dehqonlar qo’zg’oloniga Xolopko laqabli kishi boshchilik qildi. Qo’zg’olonni hukumat qo’shinlari bostirdilar.

Davlatning ichki iqtisodiy ahvoli og’ir bir paytda podsho Boris Godunovga (1598–1605-yillar) qarshi muxolif boyarlar guruhi tashkil topdi. Ularning Ivan Grozniyning o’g’li shahzoda Dmitriyning o’lmay tirik qolganligi haqidagi mish-mishlaridan foydalangan Polsha qiroli Sigizmund III Rossiyaga bostirib kirdi. Polyaklar 1602-yil Dmitriyni tirik deb e’lon qildilar. Shunday qilib, Rossiyaning XVII asr boshlaridagi tarixida ilk bor soxta Drnitriy I paydo bo’ldi. Ljedmitriy I Polsha qiroli yordami bilan qo’shin to’plab 1604-yil Chernigov viloyatiga bostirib kirdi. Dobrinich ostonalaridagi jangda (1605-yil) Ljedmitriy I qo’shinlari tor-mor qilindi. Lekin podsho Boris Godunovning o’limi dushmanga Moskva tomon yo’l ochdi. Ljedmitriy I 1605–1606-yillari Rossiyaga podsholik qildi. Unga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’olonidan foydalangan knyaz Shuyskiy 1606–1610-yillarda podsholik taxtida o’tirdi.

Feodal mojarolari kuehaygan bir davrda mamlakatning janubi-g’arbiy viloyatlarida 1606-yili Ivan Bolotnikov boshchiligida dehqonlar qo’zg’oloni boshlandi. Qo’zg’olonchilar harakati Rossiyadagi rrizolar tufayli Kursk, Tula, Kaluga, Oryol, Ryazan yerlarida keng yoyildi. Vasiliy Shuyskiy o’zining 150 minglik qo’shini bilan 1607-yil oktyabrida qo’zg’olonchilar bilan bo’lgan jangda g’alaba qozondi. Ivan Bolotnikov ushlab qatl qilindi.

2. Rus xalqining polyaklar bosqiniga qarshi kurashi. Polshalik Ljedmitriy II 1607-yili paydo bo’ldi. O’z qo’shini bilan u Rossiyaga bostirib kirib, 1608-yilning oxirida Rostov, Vologda, Yaroslavl, Vladimir shaharlarini bosib oldi. Dushmanlarning shahar va qishloqlardagi talonchiligi, tinch aholini qirishi, Rossiyada polyak bosqinchilariga qarshi xalq qo’zg’olonining fooshlanishiga olib keldi. 1609-yili Polsha qiroli

Page 581: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Sigizmundning ham Rossiyaga hujum boshlashi vaziyatni yanada og’irlashtirdi. Boyarlarning sotqinligi natijasida Sigizmundning o’g’li Vladislav rus podshosi deb tan olindi.

Polyak bosqinchilarining zo’ravonliklariga qarshi 1611-yili Nijniy Novgorodda Kuzma Minin boshchiligida xalq qo’zg’oloni boshlandi. Mininning taklifi bilan xalq lashkariga knyaz Dmitriy Pojarskiy harbiy boshliq qilib saylandi. Xalq lashkarining 1612-yilgi harakati bilan Polsha qiroli mainlakatdan haydab chiqarildi.

Moskvada 1613-yili yanvarida chaqirilgan Zemskiy sobori mitropolit Filaretning 16 yoshli o’g’li Mixail Romanovni (1613–1645-yillar) podsholikka sayladi. Chet el bosqinchilarining Rossiyaga hujumlariga chek qo’yildi. Rossiyani keyingi 300 yil davomida Romanovlar sulolasi boshqardi. Mustaqilligini saqlab qolgan Rossiya o’zining keyingi taraqqiyotida birinchi navbatda tashqi siyosat sohasidagi maqsad va vazifalarini yechishga kirishdi.

3. Rossiya madaniyati. XVI asrda Rossiya madaniyatining eng katta yutuqlaridan biri Ivan Fyodorov va Pyotr Mstislavetslarning kitob bosishni yo’lga qo’yishlari bo’ldi.

Bu davr rus madaniyatida san’atning yangi turi – cho’yandan quyma buyumlar yasash yuksak darajada rivojlandi. Ular ichida hozir Moskva Kremlida saqla-nayotgan usta Andrey Choxov tomonidan quyilgan “Sar pushka”ni (“Pushkalar podshosi”) ko’rsatish mumkin. XVI–XVII asrlar davomida me’morchilik sohasida yuksak didli milliy uslub yaratildi. Mamlakatda toshdan qurilgan ibodatxonalar ko’payib bordi. Me’morlar Barma va Postniklar tomonidan qurilgan Moskvadagi Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi, Moskva Kremli, Smolensk shahar-qal’asi qurilishi me’morchilikning bu davrda yaxshi rivojlanganligidan darak beradi.

XVII asrda Rossiyadagi geografik bilimlar birmuncha o’sdi. Rus dengizchilari Chelyuskin burnini aylanib o’tib Faddey orolini kashf qildilar. Vasiliy Poyarkov

Page 582: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ekspeditsiyasi 1643–1646-yillari Amur daryosiga chiqib u orqali Tinch okeani qirg’og’iga yetdilar. Semen Dejnev rahbarligidagi dengizchilar esa 1648-yili Osiyoning sharqiy nuqtasini kashf qildilar. Oddiy dehqon Yerofey Xabarov ekspeditsiyasi 1649-yili Uzoq Sharqqa ruslarning ko’chishini boshlab berdi.

Rossiya XVI–XVII asrniag boshlarida o’z tarixining muhim bosqichini boshidan kechirdi. G’arb hamda Sharq dunyosi o’rtasida keyingi asrlarda buyuk iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga erishish imkoniyatiga ega bo’lgan yirik davlat tashkil topdi.

XVII b o b. O’rta asrlar uchinchi davrida Yevropa xalqlari madaniyati

55-§. Yangi fan sohalarining taraqqiyoti

1. Tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi. XVI–XVII asrlarda tabiatshunoslik’ fanlarining keskin yuksalishi boshlandi. Ishlab, chiqarish, jumladan, texnikaning o’sishi ilmiy taraqqiyotga keng yo’l ochdi. Tabiatdagi voqea-hodisalarning amaliy tomonlarini tadqiq qilish yo’lga qo’yildi.

Fizika fanining mexanika sohasi sanoatning ba’zi sohalarida oddiy mexanizmlardan foydalana boshlanilishi, qurilish texnikasining takomillashuvi, chuqur shaxtalarning paydo bo’lishi, artilleriyaning yildan-yilga kengroq qo’llanilishi natijasida ancha rivojlandi.

Murakkab suv inshootlarining paydo bo’lishi, gidrostatika va gidrodinamikaning o’rganilishiga, uzoq dengiz sayohatlari, astronomiya fanining rivoji va kompasning qo’llanilishiga, bo’yoqchilik va tibbiyotning yutuqlari kimyo sohasidagi bilimlarning takomillashuviga olib keldi.

Page 583: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

XVI–XVII asrlarda hunarmandchilik texnikasining rivojlanishi natijasida ko’plab asbob-uskunalar ixtiro qilindi. Jumladan, mikroskop va teleskop, termometr, simobli barometr, gidrometrlar kashf qilindi.

Tabiatshunoslikning o’sishida buyuk geografik kashfiyotlarning roli katta bo’ldi. Bu sohadagi kashfiyotlar yerning shar shaklida ekanligini tasdiqlabgina qolmay balki astronomiya, botanika, zoologiya fanlarini yangiliklar bilan boyitdi.

2. Astronomiya. Fandagi burilish eng avvalo astronomiya sohasida ro’y berdi. XVI asrga qadar G’arbiy Yevropada, shuningdek Sharq mamlakatlarida ham antik davrda yaratilgan geotsentrik g’oya hukmron edi. Unga ko’ra koinot markazida doira shaklida harakatsiz Yer turardi. Yerning atrofida, ma’lum masofada Oy, Quyosh va boshqa sayyoralar, yulduzli osmon aylanib turadi. Bu g’oyaning asosi Aristotel, Gipparx va Ptolomey davrida ishlab chiqilgfan edi.

Yerning harakatdagi fazoviy jism ekanligini tan olish avvalgi farazlarga, kashfiyotlarga zid ekanligidan katta to’siqlarga uchradi. Sababi: “Injil”da “xudo Yerni va odamlarni yo’qdan bor qilgan, Quyoshni va yo’ldoshlarni esa Yerning atrofida aylanadigan qilib qo’ygan” degan oyatni ruhoniylar boshgacha targ’ib qiladigan ta’limot yo’qqa chiqishi kerak edi.

Ushbu asrlarda kishilarning olam haqidagi tasav-vurlarini tubdan o’zgartirgan iste’dodli astronomlardan butun bir guruhi yetishib chiqdi.

3. Ulug’bek. O’rta Osiyodagi Buyuk Amir Temur davlatining hukmdori, o’z davrining eng mashhur allomalaridan biri Ulug’bek (1394–1449-yillarda yashagan) edi. Ulug’bek Samarqandda fanning turli sohalarini rivojlantirish uchun ilmiy muhit yaratdi. Uning o’zi astronomiya va matematika sohalarida buyuk asarlar yozdi. Ulug’bek-ning mashhur rasadxonasi 1428–1429-yillari qurib bitkazilgan. O’z zamonasrning eng mukammal inshooti sanalgan ushbu rasadxona 10 yildan

Page 584: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ortiq vaqt ichida qurildi.Rasadxona Mirzo Ulug’bek uchun olamga mashhur

“Ziji Ko’ragoniy” jadvalini tuzishda katta yordarn berdi. Bu jadval o’rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib, Evropa olimlari orasida keng tarqaldi. Salkam yetti asr davom etgan Sharq astronomiyasining jo’shqin faoliyati Ulug’bek va u yaratgan maktabning boy ilmiy merosi bilan yakunlandi. Mazkur rasadxonada ishga tushirilgan bosh “teleskop”ning aniqlik darajasi qariyib 1 yoy sekundgacha borib, to optik teleskoplar ixtiro etilgan XVII asrga qadar, uning natijalari o’rta asr astronomlari uchun astronomik kuzatishlarda erishilgan rekord natija bo’lib xizmat qildi. Bu asbob Quyosh, Oy va boshqa sayyoralar harakatini o’rganish, tutilishlar nazariyasi va amaliy astronomiyaning asosiy predmetlaridan bo’lgan vaqtni o’lchash ishlarida yuksak aniqlikka erishish imkonini berdi.

Keyinchalik Yevropa astronomiya fanida Ulug’bekka Ptolomey qatorida eng yuksak o’rin berildi.

4. Nikolay Kopernik. Allomalar orasida koinot tuzilishi haqidagi yangi – geliotsentrik talimotni yaratgan ulug’ polyak olimi Nikolay Kopernik (1473–1543-yillar) g’oyat faxrli, muhim o’rin tutadi. Kopernik eng oddiy asboblar yordamida osmon jismlarini 30 yildan ko’proq kuzatdi. Murakkab hisoblar yo’li bilan olim Yerning Quyosh atrofida hamda o’z o’qi atrofida aylanib turishini aniqladi. U Yer osmon gttfjrfjazidagi yo’ldoshlarning biri bo’lib, hamma yo’ldoshlar kabi Quyosh atrofida aylanib turadi, degan xulosaga keldi. Yangi ta’limot tufayli cherkov tomonidan ta’qib qilinishi va qoralanishini oldindan sezgan Kopernik o’z kashfiyotlarini uzoq vaqt sir tutdi. Shu tufayli olimning “Osmon jismlarining aylanishi haqida” asari uning o’limidan sal avvalroq nashr qilindi, xolos. Kopernikning yangi kashfiyoti fanda katta o’zgarish yasadi. Bu kashfiyot xristian cherkovining obro’ va ta’siriga katta putur yetkazdi.

5. Jordano Bruno. Fanga bag’ishlangan hayot.

Page 585: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Kopernik g’oyasining davomchilari katolik cherkovi tomonidan quvg’in qilina boshlandi. Xristian cherkovi tazyiqining birinchi qurboni Jordano Bruno (1548–1600-yillar) bo’ldi. Ulug’ itaiyan mutafakkiri Jordano Bruno hech mubolag’asiz qahramon, fan uchun kurashuvchi fidoyi olim edi. Jordanoni ota-onasi yoshligidanoq monastirga bergan edi. Lekin u umrini dinga emas, fanga bag’ishladi. Jordano monastirdayoq Kopernik ta’limoti bilan tanishib, uning qizg’in davomchisiga aylandi.

Monastirni tashlab ketgan J. Bruno uchun sarson-sargardonlik va tashvishlar bilan to’lib-toshgan, lekin qiziqarli hamda jo’shqin hayot boshlandi. Cherkovning doimiy tazyiqi olimni 16 yil davomida: Fransiya, Germaniya va Chexiyada doimiy safarda yurishga majbur qildi. Bu yillarda olimning ko’pqirrali faoliyati: faqat astronom emas, balki ajoyib notiq, iste’dodli adib va shoirlik xususiyatlari ham yaqqol namoyon bo’ldi.

U Kopernik ta’limotini rivojlantirib: “Koinotning chegarasi yo’q. Olam beqiyos katta va cheksizdir”, degan edi. Uning fikricha, Yer ham koinotning markazi emas. “Olam son-sanoqsiz yulduzlardan iborat bo’lib, ularning har biri bizdan uzoqda turgan Quyoshdir. Mana shu Quyoshning har qaysisi atrofida o’zining aylanib turgan yo’ldoshlari bor”. Jordano Brunoning ushbu dadil fikrlari hozirgi kunda fanda to’liq tasdiqlandi.

O’z vatanini sog’inib Italiyaga qaytgan olimni cherkov ushlab, qamoqqa tashladi. Uni dahriylikda ayblab, o’z g’oyalaridan qaytishga undadilar. Sakkiz yillik qamoqdan keyin Jordano Bruno gulxanda yondirildi.

Bruno qatl qilingan Rimdagi “Gullar maydoni”da keyinchalik uning haykali o’rnatildi. Haykal poyiga: “U hamma xalqlar uchun iikr erkinligini talab qildi va shu talabi uchun qatl etildi” deb yozib qo’yilgan. Bu so’zlar maydondan unchalik uzoqda joylashmagan Rirn papalari oliy idorasi – Vatikanga to’g’ridan-to’g’ri

Page 586: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

tegishlidir.6. Galileo Galiley. Katolik cherkovi mashhur

astronom va fizik Galileyni (1564–1642-yillar) ham butun hayoti davomida ta’qib qildi. Piza shahrida tug’ilgan Galileo 1589-yili universitet professori unvoniga sazovor bo’ldi. Samo ilmi bilan faol shug’ullanishi natijasida boshlangan tazyiqlar uni avval Paduya universitetiga, 1610-yili esa Florensiyaga ketishga majbur qildi, Olirn o’zi kashf qilgan oddiy, 30 marta kattalashtirib ko’rsatadigan teleskop yordamida ko’plab yulduzlarni, Oy ustidagi tog’ga o’xshash jismlarni, Yupiterning 4 ta yo’ldoshini, Veneraning fazalarini, Quyosh dog’larini kashf qildi. Venetsiya ibodatxonalaridan birining ustiga o’rnatilgan Galiley teleskopidan istagan kishi osmondagi jismlarni tomosha qilishi mumkin edi.

Galiley o’z asarlarida Kopernik va Jordano Bruno kashfiyotlarini to’liq tasdiqladi. Rim papasi 70 yoshli olimni inkvizatsiya sudiga berdi. Sud esa Galileyni o’z maslaklaridan voz kechishga majbur qildi. Olim gunohkorlar kiyimida tiz cho’kib “tavba-tazarru” qildirildi. U umrining oxiriga qadar cherkov nazoratida quvg’inda yashadi.

Hozirgi Rim papasi Ioann Pavel II tomonidan 1979–1980-yillari Galileyni sud qilgan inkvizatsiya sudi hujjatlari qayta ko’rib chiqildi va olim gunohsiz deb topildi. Shunday qilib katolik cherkovl o’zining ko’psonli “xatolari”dan birini tan olishiga uch asrdan ko’proq vaqt kerak bo’ldi.

56-§. Yevropaning buyuk yozuvchi gumanistlari

1. Ilk gumanizm. Yangi madaniyat dasturi. Ilk uyg’onish va gumanizmning dastlabki vakili shoir Franchesko Petrarka (1304–1374-yillar) edi. “Qo’shiqlar kitobi”, “She’riy maktublar” kabi lirik she’rlar to’plamlarida shoir o’zining yuksakdarajadagi

Page 587: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

insonparvarlik g’oyalari bilan yangi madaniyatning yaratilishiga asos soldi.

Petrarka yangi madaniyat dasturining ijodkori bo’lsa, uning da’stlari va davomchilari – Bokachcho va Salyutati ijodiyoti bilan XV asrnlng boshlarida Italiyada ilk gumanizm davri yakunlandi.

Jovanni Bokachcho (1313–1375-yillar) hayoti Florensiya va Neapol bilan bevosita bog’liq kechadi. Yangi uslubdagi novellalar muallifi bo’lgan Bokachchoning “Dekameron” asari zamondoshlari orasida benihoya katta muvaffaqiyat qozonib, ko’p tillarga tarjima qilingan. Gumanistik g’oyalar mujassamlashgan “Dekameron” asarida inson fazilati va olljanobligi uning nomdor oilada tug’ilganidan emas, balki ma’naviy qiyofasida, amalda qilgan mardona ishlarida ekanligi o’zining badiiy ifodasini topgan.

Kolyuchcho Salyutati (1331–1406-yillar) Florensiyada yashagan va yirik davlat lavozimida ishlagan. U o’zining ko’psonli xatlari va nutqlarida Petrarka va Bokachchoning yangi renesans madaniyati dasturini yanada rivojlantirdi.

Salyutati yuksak g’oyali va ma’lumotli insonni tarbiyalashda ijtimoiy ianlar majmuasi: filologiya, ritorika, tarix, pedagogika, etikaning benihoya katta ahamiyatga ega ekanligini targ’ibot qiladi.

2. Yangi davr madaniyati. Tomas Mor. Feodal jamiyatining so’ngida Yevropa xalqlari ma’naviy taraqqiyoti yangi davrga kirdi. Eski jamiyat inqirozi, uning ichida yetilib kelayotgan burjua munosabatlari, ma’naviyat sohasida, kishilar dunyoqarashida keskin o’zgarishlar orqali Uyg’onish davri madaniyatining buyuk muvaffaqiyatlarini ta’minladi. Lekin Yevropa madaniyati o’zining ijtimoiy va g’oyaviy mazmuniga ko’ra bir xil emasdi. Yangi madaniyat bilan birlikda, an’anaviy cherkov ta’limotini targ’ib etuvchi o’rta asrchilik madaniyati ham o’z mavqeini saqlab qolgandi.

Ingliz gumanist-yozuvchisi Tomas Mor (1487–

Page 588: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

1535-yillar) chuqur ma’lumot olgan, lotin va yunon tillarini yaxshi bilgan kishi edi. Uning hayoti va ijodi yozgan asarlari kabi ziddiyatlarga boy bo’lgan. Oksford universitetining huquqshunoslik fakultetini tugatgan T. Mor yozuvchilik faoliyati bilan birlikda qirol saroyida yuqori lavozimni egallagan. Katolitsizmning sodiq tarafdori bo’lgan Mor keyinchalik diniy muammolarda qirol Genrix VIII bilan kelisha olmasdan iste’foga chiqdi.

Qirol buyrug’i bilan u 1532-yili “xoinlik”da ayblanib, qatl qilindi. T. Morning “Utopiya” asari 1616-yili nashr qilingan. Yozuvchi bu asarda o’z xayolida tasavvur qilgan uzoq Utopiya orolidagi baxtli mamlakatni, uning ko’rkam va obod shaharlarini, gullab-yashnayotgan bogiarini, ajoyib tartib va qonunlarini chiroyli qilib tasvirlagan. Utopiyada hech kimni majburan ishlatishmagan, u yerda boylar ham, kambag’allar ham yo’q. Oroldagi barcha aholi majburiy mehnat qilgan.

Utopiyaliklar kuniga 6 soat ishlasalar ham, ularda oziq-ovqat mahsulotlari serob, oroldagi kishilar o’zlariga kerakli narsalarning hammasini jamoa omborlaridan tekinga olishgan. Utopiyada bekorchi yoki dangasalar butunlay yo’q. Aholi bo’sh vaqtlarida fan, san’at va sport bilan shug’ultangan.

Utopiya orolidagi uylarning ko’cha eshiklari doim ochiq turadi, ularda o’g’irlik bo’lmagan. Odamlarda ochko’zlik paydo bo’lmasligi uchun ular har o’n yilda uylarini va undagi buyumlarni bir-birlari bilan almashtirib turganlar. Utopiyada puldan jirkanadilar, la’l, yoqut va boshqa qimmatbaho toshlarni bolalarga o’yinchoq qilib beradilar. Unda oltindan jinoyatchilarga kishan yasaganlar. Og’ir va iflos ishlarni jinoiy javobgarlikka tortilgan kishilar bajarishgan.

Tomas Mor, shubhasiz, kelajakni ko’ra bilgan va XX asrda dunyoning katta qismida vujudga kelgan, lekin utopik g’oyalarni amalga oshira olmagan sotsialistik va kommunistik tuzumni ta’rif-tavsif qilib berdi.

3. Fransua Rable. Fransuz hajviy yozuvchisi

Page 589: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

(1494–1553-yillar) Rable jahon adabiyoti durdonasi “Gargantyua va Pantagryuel” asarining muallifidir. Uning romanini bolalar ham, katta yoshdagilar harn bir xil qiziqish bilan o’qishadi. Asar qahramonlari ulkan odamlar hayoti, xalq afsonalari va ertaklaridan olingan. Lekin Rable hajviy asarida qirol va dvoryanlarning urishqoqligi va yeb to’ymasligi, ruhoniylarning ichkilikbozligi masxara qilinadi. Uni o’qigan odamlar asarda zamondoshlari tasvirlanganligini tushunganlar.

Rable romanida xalqqa musibatlar keltiruvchi feodal urushlari qoralanadi. Roman qahramonlaridan biri: “Ilgari dabdabali qilib, qahramonona ishlar deb atalgan narsalarga, endi to’g’ridan-to’g’ri bosqinchilik deb nom beramiz!” deydi. Rable dunyoga hukmron bo’lish orzusida urush olib borib, fuqarolarning qonini to’kayotgan istilochi – qirolni masxaralaydi. Roman muallifi dvoryanlarning maqtanchoqligi va ahmoqligidan nafratlanib ularni hajv qiladi.

Romanda papaga sadoqatli katoliklar yashagan Papamaniya mamlakati tasvirlangan. “Ular bu yerga kelganda qiltomoqday ingichka, ozg’in edilar, bu yerda esa birdaniga cho’chqaday semirib ketdilar”, chunki ularga dunyoning hamma tomonidan. daromad kelib turadi. Papamenlar o’z fikrlariga qo’shilmagan hamma odamlarni yo’q qilishga tayyor edilar. Ular Papafig orollaridagi aholi papaning suratini masxaralagani uchun orolni bosib olib, talon-toroj qiladilar. Romanda tasvirlangan bu voqealar hayotdagi katoliklar bilan protestantlar orasidagi kurashning o’zginasi edi.

4. Vilyam Shekspir. XVI asrning ikkinchi yarmida Angliya badiiy adabiyotida dramaturgiya sohasi ayniqsa mashhur edi. Bu paytda mamlakatda sayyoh aktyorlar truppalari juda ko’p bo’lgan. Londonda 1599-yili ochilgan “Globus” teatri keyinchalik butun jahon madaniyatida chuqur iz qoldirdi. V. Shekspir (1564–1616-yillar) bu teatr tashkilotchilaridan biri edi. U 1590–

Page 590: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

1612-yillarda teatrda dastlab aktyor, keyinchalik muallif sifatida ishladi. Shekspir o’zining 37 ta dramatik asarini shu erda yaratgan va shu teatrda sahnaga qo’ygan.

Uning asarlarida Italiya Ilk Uyg’onish davri namoyandalarining ta’siri yaqqol sezilib turadi. Xususan, “Romeo va Juletta”, “Venera va Adonis” dramalari xuddi shu taassurot ostida yozilgan. Shekspir jamiyatdagi barcha yomon illatlarni qoralaydi. Yozuvchi hamma joyda yovuzlik hukm surishini, uning zahri his-tuyg’ularda, haq va nohaqlikda, hatto sevgida ham bor ekanligini o’z asarlarida tasvirlaydi.

Shekspir insonning ulug’ligini chuqur his qiladi. Uning buyuk tragediyasi qahramoni Hamlet: “Inson naqadar san’atkorona yaratilgan-a! Aqli juda sog’lom, har bir ishni aniq va mohirona bajaradi. U butun olamning ko’rki!” deb xitob qiladi.

Shekspir o’zining “Hamlet”, “Otello”, “Qirol Lir”, “Romeo va Juletta” va boshqa o’nlab tragediyalarida pok vijdonli va dovyurak kishilarning yaxshilik va adolat haqidagi orzulari puchga chiqayotganligini ko’rsatib berdi. U kuchli va jasur qahramonlarni, ulardagi yuksak his-tuyg’ularni: muhabbat va do’stlikni, vafodorlik va mardlikni ulug’ladi. Montekki va Kapuleti oilalarining dushmanligi yosh Romeo va Juletta sevgisiga xalal bera olmaydi. Sevishganlar taqdirga bo’ysunmay, sof muhabbatlari yo’lida halok bo’ladilar.

Shekspir qahramonlari to’rt asrdan buyon jahon teatrlari sahnalaridan tushmay millionlab kishilarni sof muhabbatga, vafodorlikka va yaxshilikka chaqirish bilan birgalikda yovuzlikdan, razolat va yolg’ondan jirkanishga undab kelmoqda.

5. Servantes. Buyuk ispan gumanist yozuvchisi Migel Servantes (1547–1616-yillar) kambag’allashgan dvoryan oilasida tug’ilgan. Servantes og’ir va mashaqqatli hayot yo’lini bosib o’tgan. Papa noibi kotibi, oddiy jangchi, soliq yig’uvchi va nihoyat, Jazoirda 5 yil asirda ham bo’lgan Servantes o’z hayoti davomida ispan

Page 591: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

jamiyatining barcha toifalari bilan yaxshi tanishdi, ularning urf-odatlarini chuqur o’rgandi. U adabiy faoliyatini pesalar yozish bilan boshladi. Migel Servantesni mashhur qilgan romani “Don Kixot”ning birinchi qismi 1605-yili nashrdan chiqdi.

Kitobning bosh qahramoni – kambag’allashib qolgan lamanchalik dvoryan Alonso Kixana. O’z zamonasida mashhur ritsarlar haqidagi romanlarni ko’p o’qigan Don Kixot “xo’rlangan va mazlumlarni himoya qilish uchun safarga jo’naydi. U o’z nayzasi va qalqoni bilan odamlarning nuqsonlarini tuzatishga, dunyoda adolat o’rnatishga intiladi”. Beso’naqay, novcha va ozg’in Don Kixot orqasidan doimo uning sodiq qurolbardori, semiz va pakana Sancho Panso ergashib yuradi.

Servantes ta’kidlaganidek, safarchi ritsarlar zamonasiga o’tib ketgandi. Don Kixotning qurol-aslahasi – ota-bobolaridan qolgan qurollarning zang bosgan siniq bo’laklari, jangovar oti – qirchang’i, qurolbardori esa ayyor dehqon edi. Asar qahramonlari tashqi ko’rinishidan bir-birlarining aksi bo’lsa-da, lekin ko’p jihatlari o’xshash: ular qiyin ahvolga tushib qolganlarga yordam berishga tayyor, mehribon, g’ayratli kishilar. Don Kixot Sanchoni boyib ketishi va gubernator qilib qo’yishni va’da qilib safarga chiqishga ko’ndiradi. Biroq Don Kixot odamlarga yaxshilik qilaman deb ko’pincha zarar yetkazadi. U shamol tegirmonini ulkan odamlar deb tasavvur qilib, unga mardonavor hujum qiladi. Surgundagi jinoyatchilarni ritsarlar degan xayolda asirlikdan ozod etadi; unga karvonsaroy – qal’a, qo’y otari esa dushman qo’shini bo’lib ko’rinadi.

Don Kixotni doim la’natlaydilar va do’pposlaydilar, u mazax va xo’rliklarni boshidan kechirdi. Lekin uning odamlarga bo’lgan muhabbati so’nmadi. Safardagi ritsarning ta’sirida Sancho Panso ham o’zgaradi. Badavlat amaldorlardan biri hazillashib uni orollardan biriga gubernator qilib tayinlaganda, bu savodsiz dehqon

Page 592: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

suddagi janjalli ishlarni oqillik bilan odil va xolis ajrim qiladi. Migel Servantesning asari dunyodagi barcha kishilarning sevimli kitobi bo’lib qoldi. Chunki u insonni yovuzlik va adolatsizlikka qarshi fidokorona kurashga chorlaydi.

57-§. Uyg’onish davri madaniyatining vujudga kelishi.

Italiya madaniyati

1. Madaniyatning yuksalish sabablari. O’rta asrlarning rivojlangan yetuk davrida Italiyaning boy shaharlarida manufakturalar paydo bo’ldi. Iqtisodiy taraqqiyot madaniyatning rivojlanishi uchun yo’l ochdi. Odamlarning fikrida, dunyoqarashidagi o’zgarishlar ham eng avvalo Italiyada boshlandi.

Vujudga kelayotgan burjuaziya dtmyoga yangicha qarardi. Asrlar davomida hukmronlik qilib kelgan feodallarning boylik orttirish usullari: talonchilik urushlari, o’zaro mojarolardan iborat edi. Burjuaziya esa savdo-sotiq, manufakturalarda yollanma ishchilar mehnatidan foydalanib boylik orttirishga intilardi. Feodaldan farqli o’laroq u chaqqon va tadbirkor edi. Savdogarlar boylik orttirish uchun xavfli dengiz safarlariga chiqardilar. Savdo-tijorat kishilari: “Odam umrini uyquda o’tkazish uchun emas, balki harakat uchun tug’ilgan”, degan qoidaga rioya qilar edilar.

Yangi tabaqa vakillari fan va texnikaning rivojlanishidan, ayniqsa manfaatdor edilar. Ishlab chiqarishda raqobatning paydo bo’lishi, yangi mexanizmlar va asbob-uskunalarni ishga solishga sharoit tug’dirdi. Matematika va mexanikaning taraqqiyoti aniq hisoblar asosida, qisqa muddatda ulkan imoratlar, qal’alar, portlar, kanallar qurishga yo’l ochdi.

Shaharlik boylar vaqtni qadrlay boshladilar, chunki boylik ortfirish, rejalashtirilgan ishlarning muvaffaqiyati

Page 593: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

vaqtga bog’liq edi. O’sha zamonlarda: “Kimki vaqtdan foydalanishni bilsa, uning hamma orzusi ushaladi”, degan ibora keng yoyildi.

Bir narsada burjuaziya va feodallar orasida farq deyarli bo’lmagan. U ham bo’lsa, hammalari narigi dunyoda emas, balki shu dunyoda kayfu-safoda yashashga intilganlar. Ular bir-birlarinikidan hashamatliroq saroylar qurdirishga, uylarini zeb-ziynatlar bilan to’ldirishga harakat qilardilar. Badiiy asarlarni, san’at buyumlarini ham har ikki tomon buyurtma qilardi.

Tobora yuksalayotgan shaharlar uchun o’qimishli odamlar: hisobchilar va huquqshunoslar, muhandis va texniklar, o’qituvchilar va vrachlarga talab kuchaya bordi. Me’morlar boylarning buyurtmalariga binoan, dang’illama saroylar qurdilar, rassomlar, haykaltaroshlar ularni bezatdilar. Shaharlarda intelligensiya – aqliy mehnat bilan shug’ul-lanuvchi kishilarning alohida toifasi paydo bo’ldi.

2. Tabiat va insonga qiziqishning paydo bo’lishi. Yangi madaniyat arboblari avvalo inson va uning ishlari bilan qiziqa boshladi. Shu sababdan ularni insonparvar, ya’ni gumanist* deb atadilar. Rasmiy cherkov odamlardan hayot lazzatiaridan voz kechishni talab qilgan bir paytda, dunyoga, tabiat olamiga qiziqish orta bordi. Olimlar Yevropadagi dastlabki muzeylarni, botanika va zoologiya bog’larini, minerallar va o’simliklar majmualarini barpo qildilar. Gumanist yozuvchilar inson fazilatlarini va tabiat go’zalliklarini madh eta boshladilar. Rassomlar bu mavzulardagi buyuk suratlarini chizdilar.

Yangi davr yozuvchilari afsonalar, ertaklar emas, balki jonli kishilar, ularning quvonchi va tashvishlari bilan qiziqa boshladilar. Gumanist yozuvchi va shoirlar o’z davrining qizg’in hayotini, odamlarning his-tuyg’ularini tarannum etdilar.

Rassomlarning asarlari an’anaviy, diniy mazmunda bo’lsa ham endilikda suratdagi odamlarni o’z davrlari kiyimida chizishardi. Qolaversa hukmdorlari bilan bir

* Gumanizm — lotincha «humanism», ya`ni insoniy degan ma`noni beradi.

Page 594: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qatorda endi oddiy fuqarolar suratlari ham paydo bo’ldi. Gumanistlar mehnat qilishni, yashashni eng katta baxt deb hisoblar edilar. Har tomonlama barkamol, fikri va his-tuyg’ulari go’zal inson gumanistlar diqqat markazida bo’lgan.

3. Qadimgi tnadaniyatga qiziqish. Gumanistlar qadimgi Yunon va Rim madaniyatini o’rganish, uni ilmiy tadqiq qilishga alohida e’tibor berdilar. Antik davr asarlari insonning go’zalligini tarannum etishi bilan cherkov sarfati va adabiyotidan tubdan farq qilardi. Gumanistlar sa’y-harakatlari bilan antik, ya’ni xristianlikka qadar bo’lgan, lekin qisman unutilgan va cherkov taqiqlagan madaniyat qayta tiklanib, go’yo uyg’onayotgandek edi. Shu sababdan yangi madaniyat vujudga kelgan davr Yevropada Uyg’onish davri deb ataladi. Gumanistlar qadimgi zamon bilan Uyg’onish davri orasida o’tgan vaqtni nodonlik va jaholat asri deb atadilar. Gumanistlar yashagan davr esa “yangi zamon” nomini oldi.

Evropa madaniyati uchun deyarli unutilgan qadimgi yunon va rim mualliflari asarlari gumanistlarning mehnatlari tufayli ommalashtirildi. Gumanistlar qadimgi yunon va lotin tillarini o’rganib, ular orqali to’plagan bilimlarini yozilajak asarlariga asos qildilar. Ular o’z asarlarida insonni o’z taqdirini o’zi belgilashi, ko’zlagan maqsadiga erishuvi, uning qobiliyati va g’ayrat-shijoatiga bog’liq bo’lgan, yangi bir siymo sifatida tasvirladilar.

Olimlar orasida Uyg’onish davriga keng miqyosda qarash, ya’ni uni jahon tarixiy hodisasi silatida baholash holiari mavjud. Xususan, bir guruh tadqiqotchilar Sharqda, jumladan o’rta Osiyoda Yevropadagi davrdan oldin – IX–XII va XIV–XV asrlarda Uyg’onish davri bo’lganligi va bu Yevropaning uyg’onishiga ta’sir ko’rsatganini asoslab berdilar.

4. Uyg’onish davri madaniyati o’choqlari. O’rta asrlarda Italiyadagi eng mashhur shahar – Florensiya edi. O’rta Yer dengizi qirg’og’ida joylashgan bu shahar muhim savdo va hunarmandchilik markazi

Page 595: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

bo’lgan. Savdo va hunarmandchilikdan keladigan daromadlar Florensiyani eng boy shaharlardan biriga aylantirdi. Shahar hokimlari mavjud boyliklardan: me’morchilik obidalari, san’atning boshqa turlarini rivojlantirishda oqilona foydalanganlar. Uyg’onish davrining engmashhur rassomlari, haykaltaroshlari, me’morlari ilorensiyalik bo’lganlar. Shahar hokimlari ularning unumli ijod qilishlari uchun sharoit yaratib berganlar. Faqat Italiyadagina emas, balki Yevropadagi birinchi akademiya 1582-yili Florensiyada tashkil qilingan. Kruska akademiyasi italyan tilidagi birinchi katta lug’atni nashr qilgan.

Madaniyat markazlaridan yana biri – Venetsiya shahri edi. XV asrdayoq Italiyada keng rivojlangan kitob nashr qilish bosmaxonalari ayniqsa Venetsiyada ko’p edi. Alda Manutsiya bosmaxonasida nashr qilingan antik davr mualliflari va gumanistlar asarlari butun Yevropada ma’lum bo’lgan.

Uyg’onish davri madaniyatining keng tarqalishi bu jarayonga yangi shaharlarning qo’shilishini ta’minladi. Milan, Ferrara, Mantuya, Urbino, Rim, Neapol shular jumlasidandir.

58-§. Italiyalik buyuk san’atkorlar. Leonardo da Vinchi, Mikalenjelo va Rafael

1. Leonardo da Vinchi. Florensiyalik Leonardo da Vinchi (1452–1519-yillar) Italiyadagi Uyg’onish davri madaniyatining eng buyuk arbobi edi. Uning otasi kichkina Vinchi shahrida notarius bo’lib ishlagan. Leonardo da Vinchi yoshligidan yaxshi bilim oldi. U buyuk olim, iste’dodli me’mor, muhandis, konstruktor va rassom bo’lib yetishdi. Leonardo 18 yoshdaligida uning otasi Florensiya respublikasi hukumatiga ishga o’tdi. Florensiyada u o’g’lini haykaftarosh va rassorn Andrea Verrokoga shogirdlikka beradi. tarixchi va san’atshunos

Page 596: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Vazarining yozishicha, Verroko 1476-yili “Isoning cho’qintirilishi” asarida farishtalardan birini chizishni shogirdi Leonardoga topshiradi. Uning chizgan rasmini ko’rgan Verroko shogirdining ustunligini tan olib, surat chizishdan butunlay voz kechib, faqat haykaltaroshlik bilan shug’ullana boshlagan. Leonardoning qobiliyati va zehnining shakllanishida uning oilasi va qadrdon o’lkasi manzarasi asosiy omil bo’ldi. Rassomning bizgacha yetib kelgan ilk imzosi o’zi tug’ilib o’sgan Arno vodiysi chizilgan rasmda qo’yilgan.

Leonardoning dastlabki olgan buyurtmasi Florensiyadagi San-Donato monastirida “Volxvlar ta’zimi” asari bo’lib, uning Milanga yuborilishi tufayli tugallanmay qoladi. Florensiya hokimi Lorenso Medichi Leonardoni Milan gersogi Lyudovik Sforsa huzuriga topshiriq bilan yuboradi. Milanga Leonardo o’zi yasagan yangi musiqa asbobi – lirani olib boradi. Hayotining keyingi 1482–1499-yillardagi eng unumli davrini u Milanda, gersog saroyida o’tkazgan. Santa Mariya Della Gratsiya monastirida Leonardo o’zining mashhur “Pinhoniy tanovul” rasmini chizdi. Uning loyihasiga binoan Milan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan katta kanal qurilgandi.

Leonardo da Vinchi 1499-yili Milandan Venetsiyaga va 1503-yili Florensiyaga qaytdi. Bu yerda u kanallar, uchar apparatlar loyihalarini chizdi. Olim, shuningdek, anatomiya, geologiya, gidravlika va mexanika sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Xuddi shu paytda Leonardo “Mona Liza” portreti ustida ish boshlagan.

Fransiya qirolining Lombardiyadagi noibi Sharl de Ambuaz taklifi bilan Leonardo da Vinchi 1516-yili Milanga keldi. Uni “birinchi rassom, me’mor va mexanik” lavozimiga tayinlashdi. Fransiya qiroli Fransisk I Leonardo uchun Ambuazda 3500 oltin ekyuga Klo Lyuse qal’asini olib berdi. Xuddi shu yerda da Vinchi o’z umrining oxirgi yillarini o’tkazdi. Klo Lyuseda uning eng buyuk asari “Mona Liza” portreti chizib tugallandi.

Page 597: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Leonardo da Vinchi rassom sifatida suratini chizayot-gan kishilar va ularning ruhiy kechinmalariga hammadan ham ko’p e’tibor berardi. Leonardoning “Mona Liza”si (“Jakonda”) – yosh juvonning portreti, hozirgi kunga qadar san’atning shu sohasidagi eng mashhur asardir. Rassom bu suratda yosh juvonning tashqi qiyofasinigina emas, balki uning ichki dunyosini, kechinmalarini va kayfiyatini ajoyib, sirli tarzda aks ettirib bergan. San’at sohasidagi mutaxassislar hozirgi kunga qadar “Mona Liza”ning surati kimdan chizilganligi ustida bahs qilib kelmoqdalar. Jumladan, mashhur psixolog Freyd Leonardo bu portretda o’z onasi haqidagi xotiralarini mujassamlashtirgan deb faraz qiladi. Oxirgi paytda kompyuter yordamida tadqiqotlar olib borgan bir guruh san’atshunoslar portretda Leonardo o’zining rasmini chizgan degan farazni ham aytishdi.

Leonardo da Vinchi 1519-yili 2-mayda vafot etdi. Aytishlaricha, u o’limi arafasida yonida bo’lgan Fransiya qiroli Fransisk I ga odamlar uchun juda kam xizmat qilganini aytib uzr so’ragan.

2. Mikalenjelo. Uyg’onish davrining buyuk arboblaridan biri – haykaltarosh, rassom, me’mor, harbiy muhandis va shoir Mikalenjelo Buanorotti (1475–1564-yillar) edi.

Mashhur rassomning Vatikandagi Sikstin kapellasidagi suratlarining soni 700 ga yaqin bo’lib, u uzunligi 40, eni 13 va balandligi 20 metrli xonada chizilgan. Rassom ishi uchun Rim papasi Yuliy II unga dastlab 3 ming oltin dukat maosh tayinladi, keyin uni 6 ming dukatga yetkazdi. Mikalenjelo o’z shogirdlariga 15 dukatdan pul bergan, o’ziga esa non va vinoga pul sarflagan, xolos. Aytishlaricha, u yangi kiyim olmasdan bor kiyimini yirtilguncha kiyar ekan. “Boy kishi bo’lsam ham doimo kambag’aldek yashadim”, – degan edi rassom keyinchalik.

U o’zi uchun shunday hayotni tanlagandi. Mikalenjelo pulni sovurib, hashamli kiyinib yuradigan daholarni,

Page 598: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

jumladan, Rafaelni yoqtirmasdi. Rim ko’chalaridan bir to’da xizmatkorlari va shogirdlari bilan ketayotgan Rafaelga bir kuni Mikalenjelo istehzo bilan: “Saroyingiz bilan qayoqqa yo’l oldingiz, senor?” – deb so’raganda, Rafael hozirjavoblik bilan: “Jallodga o’xshab, bir o’zingiz qayerga ketyapsiz?” – deb javob qaytargan ekan.

Mikalenjelo to’rt yil davomida mashaqqatli mehnat qilib, 1512-yili kapella freskalarini tantanali ochishga tayyorladi. Uning haykaltarosh sifatida yaratgan eng buyuk ishlaridan biri Dovud haykali edi. Marmartoshdan qilingan haykalning balandligi 5,5 metr bo’lib, zamondoshlari uni “Gigant” deb atashardi. Mikalenjelo bu haykalda dahshatli maxluqni tosh bilan urib o’ldirgan afsonaviy cho’pon yigitni tasvirlagan. Florensiyaning markaziy maydoniga o’rnatilgan “Dovud” haykali o’sha vaqtdan buyon shaharning homiysi hisoblanib keladi,

3. Rafael Santi. Italiyaning buyuk rassomlaridan biri Rafael Santi (1483–1520-yillar) edi. U o’zining qisqa, lekin mazmunli umrini, insonni, uning go’zal qalbdni, qaddi-qomatini, aql-zakovatini, olijanobligini tasvirlashga intildi.

Rafael kichikkina Urbino gersogligida saroy rassomi oilasida tug’ildi. Erta yetim qolgan Rafael 1494–1499-yillari mahalliy rassorn Timeteo Vite ustaxonasida, 1500–1504-yillari Perudja shahrida Petro Perudjino qo’lida saboq oldi. Uning keyingi amaliy faoliyatida ustozi Perudjinoning ta’siri yaqqol seziladi. Lekin Rafaelning shakllarni bo’shliqda joylashtirish, uni tevarak-atrof bilan mujassamlashtirishdagi ustunligi ko’rinib turadi. Buni rassonining dastlabki “Mariyaning unashtirilishi” (1504-yil) asaridayoq ko’rish mumkin.

Rafael 1504-yili Florensiyaga keladi. Shu yerda u o’zining qator mashhur suratlarini – “Madonna”larini chizdi. Oradan 4-yil o’tib Rafael Rimga boradi. Uning faoliyatidagi eng qizg’in damlar shu yerda o’tdi. Rassom Rim papasi Yuliy II ning buyurtmasiga binoan uning yangi

Page 599: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

saroydagi dam oladigan xonalarini bezashga tushadi. Vatikanda ishlash bilan birga, u qator tasviriy asarlar, portretlar chizdi. “Madonna Alba”, “Kursidagi Madonna”, “Madonna di Foli” va nihoyat 1513–1514-yillari “Sikstin madonna”sini yaratdi.

Rafael chizgan rasmlarning eng mashhuri “Sikstin madonna”si Italiyaning kichikroq shaharlaridan biridagi Avliyo Sikst monastiri uchun chizilgandi. Bu buyuk asar insonga g’oyat kuchll muhabbat ruhi bilan sug’orilgan. Rassom unda odamlarning baxt-saodati uchun o’zining eng aziz va sevimli farzandini qurbonlik qila oladigan mard insonni – onani ulug’ladi. “Injil”dan olingan bu sahna tasviri hozirgi kunda Germaniyaning Drezden shahri rasm galereyasida saqlanmoqda.

Uyg’onish davrining buyuk san’atkorlari odamlarni hozirgi kunga qadar qoyil qoldirayotgan nodir asarlarni yaratdilar.

59-§. Germaniya, Niderlandiya va ispaniyalik buyuk rassomlar

1. Albrext Dyurer. Italiyadagi Gumanizm va Uyg’onish san’ati Yevropadagi ko’pgina mamlakatlar san’atining yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Germaniya, Niderlandiya va Ispaniyaning buyuk rassomlari italiyalik san’at ustalairning ta’siri ostida buyuk yutuqlarga erishib, jahon xalqlari madaniyatiga o’z hissalarini qo’shdilar.

O’rta asrlardagi Gumanizm va Uyg’onish madaniyati Germaniyada birmuncha kech boshlandi. Yangi davr san’ati bu yerda XVI asr boshlarida reformatsiya va feodallarga qarshi kurash bilan bog’liq edi. Ko’pgina nemis gumanistlari o’z asarlarida mamlakatdagi feodal tartibsizliklarni va katolik cherkovini keskin qoraladilar. Germaniya san’atining eng ilg’or sohalari rassomchilik va gravyura (o’ymakorlik) edi. Bu sohalarda birinchi islohotchi. Albrext Dyurer (1471–1538-yillar) bo’ldi. U

Page 600: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Nyurnberg shahrida vengriyalik zargar oilasida tug’ilgan.Avvaliga otasining ustaxonasida ish o’rgangan

Albrext keyinchalik rassom Mixael Volgemut ustaxonasida ta’lim oldi. U bilganlaridan qanoatlanmay Germaniya, Shveysariya va Italiyada bir necha marta sayohatlarda bo’lib, u yerdagi rassomlar san’atini mukammal o’rgandi. Dyurer faqat rassom bo’libgina qolmasdan, mashhur gravyurachi, me’mor injener va qadimgi tillarni yaxshi bilgan qalami o’tkir adib ham edi.

Germaniya Yevropada birinchi bo’lib kitob bosish dastgohi kashf qilingan mamlakat edi. Xuddi shu sohaning keng taraqqiy qilishi natijasida yangi san’at turi – gravyura yuzaga keldi. Rassomlar yog’och yoki mis bo’laklariga o’yib rasm tushirishar, so’ngra uni bo’yab va ustiga qog’oz qo’yib ko’chirma olar edilar. Kitob suratlari asosi bo’lgan gravyura shunday tayyorlanar edi. Bazelda 1494-yili nashr qilingan nemis gumanisti Sebastyan Brantning “Ahmoqlar kemasi” hajviy asari rasmlarini chizishda Dyurerning ishtirok qilishi uning birinchi katta muvaffaqiyati bo’ldi.

O’zining Italiyaga qilgan dastlabki sayohatidan qaytgan Dyurer Germaniyada birinchi bo’lib rassomchilikning portret sohasiga asos soldi. Rassom insonning ruhiy olami boyligini ko’rsatishga intilib, irodali, jasur va talantli kishilaming qator portretlarini yaratdi. Uning chizgan portretlaridan: “Osvald Kreal”, “Avtoportret”, “Yosh ayol portreti”, gravyuralaridan esa: “Apokalipsis”, “Odam va Havvo”, “Mariyaning hayoti” va boshqalarni sanab o’tish kifoya.

Dyurer ijodida faqat rassomchilik emas, yog’och va misda gravyuralar tayyorlash ham muhim o’rin egallaydi. Albrext Dyurer Germaniya san’ati namoyandalari orasida eng serqirra va sermahsul ijodkor ekanligini zamondoshlari ham tan olishgan.

2. Rembrandt van Reyn. Niderlandiya san’ati, ayniqsa burjua inqilobi g’alabasidan keyin gullab-yashnadi. Bu davrda, ayniqsa me’morchilik,

Page 601: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

haykaltaroshlik va rassomchilik yuksak darajada rivojlandi. Niderlandiyadagi inqilobning g’alabasi haykaltarosh va rassomlarning ijod qilishlariga keng imkoniyat yaratdi. Ular chizgan asarlarning ko’pchiligida tabiat manzaralari, dengiz, uy jihozlari keng ko’lamda aks ettirildi.

Gollandiya rassomchilik san’atining eng yuksalgan davri Rembrandt Xarmens van Reyn (1606–1669-yillar) hayoti va ijodi bilan mujassam bog’liqdir. Rembrandt turli janrlarda, xususan rassomchilik va gravyuralar sohasidagi tinimsiz mehnati tufayli sermahsul ijodkor hisoblanadi. Dunyoning ko’plab muzeylarida uning 1500 ta rasmi saqlanib kelmoqda.

Uyg’onish davrining barcha buyuk rassomlari kabi Rembrandt ham o’z asarlarida inson, uning fe’1-atvori, aqli va ruhiy kechinmalarini ajoyib tasvirlagan. Rassom qo’l urgan mavzular nihoyatda ko’p: ular ichida kundalik turmushga oid va diniy lavhalar, buyurtmachilarning oila a’zolari portretlari bor. Rembrandt o’zining yuzga yaqin suratini chizgan bo’lib, bu sohada unga yetadigan rassom deyarli yo’q. Uning portretlari inson yuzini tasvirlashda rassom yuksak san’atga erishganligidan dalolat beradi.

Keyinchalik rassomning sarfatda hayotiylikka, haqi-qatga intilishi boy buyurtmachilari bilan munosa-batlarining buzilishiga olib keldi. Yaqin kishilaridan, mol-mulkidan, ustaxonasidan ajralgan rassom, kambag’allar yashaydigan mavzega ko’chib o’tdi. Lekin baxtsizliklar uning irodasini sindira olmadi. Rembrandt qashshoqlikda yashagan paytida o’zining eng tmyuk asarlarini yaratdi.

Bu yillarda rassom qariyalarning qator portretlarini chizdi. Ularda kishilarning g’am-tashvishlari, o’y-xayollari, hayot yo’llari yuzlarida aks ettirilgan. Rembrandtning bu xildagi eng yaxshi rasmlaridan biri – “Oqpadar o’g’ilning qaytishi” deb nomlangan. Uni ko’rgan kishida insonga muhabbat, unga ishonish, tavbasiga tayangan o’g’ilning tuzalishiga ishonch kabi his-tuyg’ular uyg’onadi.

O’z davrida jamiyat buyuk allomaning qadriga

Page 602: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

yetmadi. Rembrandt vafot qilganda, uni jarnoatchilik puliga kambag’allar qabristoniga ko’mdilar. XX asrga kelib Rembrandtning ijodi bilan nafaqat Gollandiya, balki butun Yevropa, qolaversa jahon madaniyati va san’ati haqli ravishda faxrlanadi.

3. El Greko. XVI asrning boshlarida Ispaniyaning yirik imperiyaga aylanishi uning xalqaro madaniy aloqalarining birmuncha kengayishiga olib keldi. Asr boshlaridan Ispaniyada, ayniqsa Italiya Uyg’onish davri san’atiga qiziqish kuchaydi. Rassomlarning Italiyaga o’qishga borishlari, ularning Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo ustaxonalarida saboq olishlari Ispaniyada san’atning rivojlanishiga asos bo’ldi.

Bu davrda mamlakatning o’zida gumanistik g’oyalar rivoj topmagandi. Qirol hokimiyati, cherkov va inkvizasiya har qanday hurfikrlikni ta’qib qilar va jazolardi. Shu sababdan XVI asr rassomlarining asosiy mavzulari diniy, buyurtmachilari esa katolik cherkovi, qirol va zodagonlar edi.

Ispaniyadagi eng mashhur rassomlar qatorida El Greko (1541–1614-yillar) alohida o’rin tutadi. Rassomning asl ismi Domenikos Teotokopulos bo’lib, u Krit orolida tug’ilgan. U avval o’z yurtida ta’lim olgan, keyinchalik Venetsiyaga kelgan va rassom Titsian ustaxonasida ta’limni davom ettirgan. El Greko Ispaniyaga 1576-yili kelib, Toledo shahrida umrining oxiriga qadar yashab ijod qildi. U bir necha ibodatxonalarda rasm solishidan tashqari bir qator portretlar ham yaratadi. “Apostollar Pyotr va Pavel”, “Baadagi xonim”, “Nino de Gevara”, “Toledoning ko’rinishi” va boshqalar shular jumlasidandir.

El Greko ijodi Yevropa badiiy madaniyatining ikki buyuk davri chegarasida turadi. U yoshligida Italiyada So’nggi Uyg’onish davri san’atining gullab yashnagan davri guvohi bo’ldi. Umrining oxirgi yillarida rassom yangi san’atning tug’ilishiga guvoh boldi va unda ishtirok qildi. El Grekoning o’ziga xos san’ati XIX–XX asrlar-dagina

Page 603: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

mutaxassislar va keng jamoatchilik tomonidan yuksak baholandi. U Yevropaning buyuk rassomlari qatoridan o’zining faxrli o’rnini egalladi.

III bo’lim xotimasi

Umumlashtiruvchi takrorlash darsi

O’rta asrlar tarixining uchinchi davri XV asr oxiridan XVII asrning o’rtalariga qadar davom etdi. U o’rta asrlarning so’nggi davri deb ataladi.

Bu davrga dunyo xalqlari o’z taraqqiyotining turli darajasida kirib keldi. Jumladan, Sharq mamlakatlari, Afrika va Amerikadagi davlatlar o’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy munosabat belgilarini mujassamlashtirgan hayot tarzini boshidan kechirayotgan edi. G’arbiy Yevropaning ilg’or mamlakatlarida esa feodal jamiyati inqirozi boshlanib, uning ichidan yangi sanoat ishlab chiqarish kurtaklari paydo bo’ldi.

Insoniyat tarixidagi hech bir jamiyat birdaniga, bir yoki o’n yilda vujudga kelmagan. Ma’lumki, feodal jamiyatining so’nggi chegarasi ham turli mamlakatlar tarixchilari tomonidan turlicha talqin etiladi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda bu Angliya burjua inqilobi (1640–1660-yillar) bo’lsa, G’arb mamlakatlarida Vizantiyaning turklar tomonidan olinishi (1453-yil) yoki Amerikaning kashf qilinishi (1492-yil) bilan belgilanadi.

Feodal munosabatlarining yemirilishi. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy taraqqiyot natijasida feodal jamiyati tanazzul topib, industrial (sanoatlashgan) jamiyatga asos solindi.

Page 604: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

1. Hunarmandchilikning rivojlanishi yangi manufaktura ko’rinishidagi korxonalarning vujudga kelishini ta’minladi. Feodal munosabatlarning so’ngida sex tashkilotlari inqirozga uchradi.

2. Qishloq xo’jaligida taraqqiyot qaram dehqonlar mehnatidan voz kechib, yangi ko’rinishdagi ozod dehqon yoki yangi fermer xo’jaliklarining tashkil topishini tezlashtirdi.

3. Savdo-sotiqning rivojlanishi yangi turdagi moliya munosabatlarini: birja, bank, kredit, ssuda kabi yangi jamiyat iqtisodiga oid atamalarni vujudga keltirdi.

Iqtisodiy taraqqiyotning talablariga binoan fan va texnika sohasida kashfiyotlar qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar ham xuddi shu zaruriyat bilan to’liq bog’liq edi. Iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiy tuzumni ham belgilab, ma’lum chegaraga soldi. O’rta asrlarning so’ngida ko’pgina davlatlarda qirollarning mutlaq hokimiyati o’rnatildi.

G’arbiy Yevropadagi yana bir ijtimoiy harakatga alohida to’xtalish lozim. Bu cherkovni isloh qilish reformatsiya g’oyalaridir. Muammoning negiziga nazar tashlasak yana bir qiziq holatni ko’rishimiz mugikin. Katolik cherkovining ochko’zligi hammaning ham joniga tekkanligi rost, lekin cherkov yerlari, uning boyliklari oxir-oqibat xalqqa tegmadi. Tabiiy, reformatsiyadan eng avvalo yangi dvoryanlar, kuchayib borayotgan burjuaziya manfaatdor edi.

Shunday sharoitda dunyo xalqlarining yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o’tishi XVI asrda boshlanib, hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Ushbu jarayon Niderlandiya, Angliya, Fransiya kabi mamlakatlarda inqilob yo’li bilan sodir bo’lsa, ko’pchilik mamlakatlarda evolyutsion, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning o’sishi natijasida asta-sekin vujudga keldi va kelmoqda.

O’rta asrlar davrining insoniyat tarixidagi

Page 605: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

ahamiyati

Biz o’rta asrlar tarixi kursida V–XVII asrning o’rtalariga qadar bo’lgan davrda dunyo xalqlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda erishgan yutuqlarini o’rgandik. Bu davrda insoniyat tarixida mavjud daviatlarning bir tekisda rivojlanmaganligining guvohi bo’ldik.

O’rta asrlarning ilk davrida Osiyo mamlakatlari: arablar, hindlar, xitoyliklar iqtisodiy va madaniy sohalarda yuksalganligini ko’rdik. Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikning bo’lishi ushbu mamlakatlar iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti uchun yaxshi imkoniyatlar yaratgan edi.

Feodal munosabatlari XI–XV asrlarda G’arb mamlakatlarida yuksak taraqqiyotga erishdi. Osiyoga nisbatan bir necha asr keyin paydo bo’lgan hunarmandchilik, savdo va shaharlar, qit’ada o’zining yangi imkoniyatlarini ko’rsatdi. Siz darslik sahifalari bilan tanishish borasida, o’tgan o’n ikki asr davomida inson hayotining barcha jabhalarida katta o’zgarishlar, taraqqiyot, rivojlanish bo’lganligining guvohi bo’ldingiz.

Dehqonchilik. Mehnat qurollari takomillashdi, yerni o’g’itlash, yangi ekinlar: Sharq mamlakatlaridan sholi, paxta, shakarqamish, choy, limon va apelsin daraxtlari; Amerikadan – kartoshka, makkajo’xori, pomidor, qovoq, kakao dunyoning turli hududlariga tarqaldi.

Hunarmandchilik. Qishloq xo’jaligidan ajralib alohida sohaga aylangan hunarmandchilikning eng katta yutug’i, bozor munosabatlariga asoslangan savdo-sotiqni va shaharlarni vujudga keltirishidir. O’z faoliyatini oddiy buyumlardan boshlagan hunarmandlar asrlar o’tib yangidan-yangi jihozlar va turli nafis buyumlar chiqara boshladilar: chinni idishlar, oyna, sanchqi, sovun, ko’zoynak, tugma, soatning turli xillari; maishiy turmush jihozlari bilan birlikda, shamol va suv tegirmonlari, to’quv dastgohlari, temir va cho’yan eritish domnalarining kashf

Page 606: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

qilinishi insoniyat uchun taraqqiyotning yangi imkoniyatlarini ochib berdi. O’rta asrlarda Xitoyda kashf qilingan porox va o’qotar qurollar ham dunyo xalqlari tarixida muhim o’rin tutadi.

Fan. Tabiatshunoslikdagi dastlabki amaliy tadqiqotlar ham o’rta asrlarda boshlandi. Fanda yangi sohalar vujudga keldi va yangi kashfiyotlar qilindi.

Astronomiyadagi geliotsentrik g’oya, Amerikaning kashf qilinishi, Magellanning dunyo aylana sayohati, kompas, usturlob, teleskop, barometr, mikroskop, termometr va boshqalarning yaratilishi keyingi taraqqiyotga poydevor bo’ldi.

Maorif. O’rta asrlarda shaharlarning vujudga kelishi, maorifning cherkovdan ajralib alohida sohaga aylanishini boshlab berdi. Xuddi shu davrdan dastlabki shahar maktablariga, oliy o’quv yurtlari – universitetlarga asos solindi. Insoniyat tarixidagi muhim voqea – kitob bosish dastgohi ixtiro qilindi.

Madaniyat. Me’morchilikning ravnaqi biz uchun hozirgi kunga qadar saqlanib kelayotgan madaniy yodgorliklarning asosiy ko’pchiligini feodal jamiyati davrida yaratilishini ta’minladi. Muqaddas Sofiya, Toj Mahal, Al-Qambara ibodatxonalari, saroylari bunga yorqin misol. Venetsiya, Florensiya, Parij va Kyoln, Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa o’nlab shaharlardagi tarixiy obidalarning ko’pchiligi shu asrlarda qurilgan edi. Insoniyat o’z taraqqiyoti davomida doimo o’zaro iqtisodiy va madaniy muolaqoda bo’lgan. G’arb va Sharq dunyosi o’rtasidagi bevosita munosabatlarning tiklanishi, rivojlanishi ham xuddi shu davr, ya’ni o’rta asrlardan yo’lga qo’yildi.

XRONOLOGIK JADVAL

Page 607: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

395 – Rim imperiyasining G’arbiy va Sharqiy imperiyaga bo’linib ketishi.

419 – Vestgotlarning Tuluza qirolligiga asos solishi. 439 – Shimoliy Afrikada vandallar davlatiga asos

solinishi. 449 – Britaniyaning anglosakslar tomonidan zabt

etilishi. 476 – G’arbiy Rim imperiyasining qulashi. 481–511 – Frank Qiroli Xlodvigning hukmronlik qilishi. 486 – Franklarning Shimoliy Galliyani Luara

daryosigacha istilo qilishi.493–555 – Italiyada ostgotlar davlati. 507 – Franklarning Janubiy Galliyani bosib olishi.

Vestgotlarning Pireney orqasiga siqib chiqarilishi.

VI asr boshi – Slavyanlarning Vizantiyaga bostirib kira boshlashi.

527–565 – Vizantiyada Yustinian I ning hukmronligi.534 – Franklarning Burgundiyani bosib olishi.535–555 – Italiyadagi ostgotlar davlatining Vizantiya

tomonidan bosib olinishi.568 – Langobardlarning Shimoliy Italiyani istilo

qilishi.589 – Xitoyning birlashishi. Suy davlatining vujudga

kelishi.618–907 – Xitoyda Tan sulolasi.622 – Muhammad alayhissalomning Madinadan

Makkaga hijrati.630 – Arablar musulmon davlatining tashkil topishi.632 – Muhammad alayhissalomning vafoti.632–661 – Xalifalikdagi sahih xalifalar davri.637–651 – Eronning arab qo’shinlari tomonidan bosib

olinishi.661–750 – Ummaviylar xalifaligi. 679–681 – Bolqon yarimorolida Bolgariya davlatining

Page 608: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

vujudga kelishi.711–714 – Ispaniyaning arablar tomonidan bosib

olinishi.715–741 – Karl Martell (franklar qiroli) hukmronligi.741–768 – Pipin Pakana franklar qiroli.747–749 – Xurosonda Abu Muslim qo’zg’oloni.750–1055 – Abbosiylarning Bag’dod xalifaligi.768–814 – Buyuk Karl franklar qiroli.772–802 – Buyuk Karlning Saksoniyada olib borgan

urushlari.769–783 – O’rta Osiyoda Muqanna qo’zg’oloni.800 – Buyuk Karlning imperatorlik tojini kiyishi.815–837 – Ozarbayjonda Bobek qo’zg’oloni.IX asr – Qadimgi Rus (Kiev Rusi) davlatining vujudga

kelishi.843 – Verden shartnomasi. Buyuk Karl imperiyasining

bo’linib ketishi.

X asr – Chex davlatining tashkil topishi.

929 – Qurdoba xalifaligining e’lon qilinishi.960–966 – Polsha davlatiga asos solinishi.960–1279 – Xitoyda Sun sulolasi.968–971 – Svyatoslavning Vizantiyaga yurishi.987–1328 – Fransiyada Kapetinglar sulolasi.988 – Rusning Vizantiyadan xristianlikni qabul qilishi.992–1025 – Boleslav I Botir Polsha qiroli.1018 – Birinchi Bolgar podsholigining yemirilishi.1041 – Chexiyaning Germaniyaga vassal bo’lishi.1054 – Xristian cherkovining Sharqiy (pravoslav) va

G’arbiy (katolik) cherkoviga bo’linishi.1055 – Bag’dodning saljuqiy turklar tomonidan bosib

olinishi.1066 – Angliyani Normandiyalik Vilgelm tomonidan

bosib olinishi.1069–1074 – Xitoyda Van An-shi islohotlari.1071 – Mansikert yaqinidagi saljuqlar bilan jangda

Page 609: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

Vizantiyaning yengilishi.1086 – Angliyada “Dahshatli sud kitobi”.1095 – Klermon sobori (Janubiy Fransiya). Salib

yurishlarining tayyorlanishi.1096–1099 – Birinchi salib yurishi.1099 – Salibchilarning Quddusni olishlari.1147–1149 – Ikkinchi salib yurishi.1154–1399 – Angliyada Plantagentlar sulolasi.1180–1223 – Filipp II Avgust Fransiya qiroli.1187 – Misr sultoni Salohiddin Ayubxon tomonidan

Quddusning olinishi.1189– 1192 – Uchinchi salib yurishi.1198–1216 – Papa Innokentiy III.1202 – Qilichbardorlar ordeniga asos solinishi.1202–1204 – To’rtinchi salib yurishi.1204–1261 – Lotin imperiyasi.1206 – Temuchinning buyuk xon (Chingizxon) deb

e’lon qilinishi.1206–1526 – Dehli sultonligi davri.1211 – Xitoyning mo’g’ullar tomonidan bosib olina

hoshlashi.1215 – Angliyada “Buyuk ozodlik xartiyasi”.1217–1221 – Beshinchi salib yurishi.1226–1270 – Lyudovik IX Fransiya qiroli.1228–1229 – Oltinchi salib yurishi.1237 – Tevtonlar ordenining Qilichbardorlar ordeni

bilan birlashuvi.1237–1240 – Botu tomonidan rus yerlarining istilo

qilinishi.1242 – Rus qo’shinlarining Chud ko’li ustida nemis

ritsarlari ustidan g’alaba qilishi (Muz ustidagi jang).1248–1254 – Yettinchi salib yurishi.1258 – Mo’g’ullar tomonidan Bag’dodning olinishi.1261 – Vizantiya imperiyasining tiklanishi.1265 – Angliyada parlament faoliyatining boshlanishi.1269–1270 – Sakkizinchi salib yurishi.1279–1368 – Xitoyda Yuan sulolasi.

Page 610: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

XIII asr o’rtasi, XIV asr boshlari – Turkiyada Usmoniylar davlatining tashkil topishi.

1285–1314 – Filipp IV Chiroyli Fransiya qiroli.1302 – Fransiyadagi General shtatlarning ish

boshlashi.1328–1389 – Fransiyada Valua sulolasi.1328–1350 – Filipp VI Valua.1331–1355 – Stefan Dushan Serbiya qiroli.1337–1453 – Angliya bilan Fransiya o’rtasida Yuz

yillik urush.1346 – Kresi yaqinidagi jang (Yuz yillik urush).1356 – Puate yaqinidagi jang (Yuz yillik urush).1358 – Jakeriya qo’zg’oloni.1359–1389 – Murod I Turkiya sultoni.1368–1644 – Xitoyda Min sulolasi.1370–1405 – Amir Temur davlati.1378–1417 – Katolik cherkovida “Buyuk ajralish”.1381 – Angliyada Uot Tayler qo’zg’oloni.1389 – Kosovo maydonidagi jang.1389–1402 – Boyazid I Turkiya sultoni.1396 – Nikopol yaqinidagi jang.1398–1399 – Amir Temurning Hindistonga yurishi.1399–1461 – Angliyada Lankasterlar sulolasi.1399–1413 – Genrix IV Lankaster.1402 – Anqara yonida Amir Temurning Boyazid I ni

tor-mor qilishi.1410 – Gryunvald jangi.1415 – Yan Gusning o’tda kuydirilishi.1419–1434 – Chexiyada guschilarning urushlari.1429 – Janna d’Ark ishtirokida Orleanning ozod

qilinishi (Yuz yillik urush).1431 – Janna d’Arkning o’tda kuydirilishi.1445 – Iogann Guttenberg tomonidan kitob bosish

ixtiro qilinishi.1451–1481 – Mahmud II (Muhammad) Turkiya

Page 611: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

sultoni.1453 – Konstantinopolning turklar tomonidan olinishi.1455–1485 – Angliyada “Qizil gul va Oq gul urushi”.1461–1483 – Lyudovik XI Fransiya qiroli.1462–1505 – Ivan III Rus davlatining hukmdori.1480 – Ispaniyada inkivizatsiyaning ta’sis etilishi.1483–1498 – Karl VIII Fransiya qiroli.1485–1509 – Genrix VII Tyudor Angliya qiroli.1492 – Kolumbning Amerikani kashf etishi.1498 – Vasko de Gamaning Hindistonga boradigan

dengiz yo’lini kashf etishi.1509–1547 – Genrix VIII Tyudor Angliyada.1517 – Germaniyada reformatsiyaning boshlanishi.1519–1521 – Meksikaning Kortes tomonidan bosib

olinishi.1519–1522 – Magellanning dunyo bo’ylab birinchi

sayohati.1520–1566 – Sulaymon I Usmoniylar sultoni.1524–1525 – Germaniyada dehqonlar urushi.1526 – Hindistonda Boburiylar imperiyasiga asos

solinishi.1532 – Angliyada reformatsiyaning boshlanishi.1534 – Angliyada qirolning cherkovdan ustun turishi

haqidagi akt.1536 – Jan Kalvinning “Xristian dinidan qo’llanma”

kitobi.1540 – Iezuitlar ordenining ta’sis etilishi.1547 – Ivan IV ni Rus podshosi deb e’lon qilinishi.1556–1605 – Akbar Hindiston shohi.1558–1583 – Livoniya urushi.1560–1574 – Karl IX Fransiya qiroli.1562–1598 – Fransiyada (diniy) Gugenotlar urushi.1566 – Niderlandiya inqilobining boshlanishi.1567–1573 – Niderlandiyada gersog Albaning

hukmronlik qilishi.1569 – Polshaning Litva bilan Lyublin uniyasi.1572 – Parijda avliyo Varfolomey kechasida (24

Page 612: 7-Sinf Jahon Tarixi (Eski)

avgust) gugenotlarning qirg’in qilinishi.1572–1579 – Niderlandiya inqilobi.1581 – Niderlandiyada Filipp II ning taxtdan

tushirilishi.1588 – Angliyaga ispan “Yengilmas Armada”sining

yurishi va uning halokati.1609 – Ispaniya bilan Gollandiya o’rtasida sulh

shartnomasi-ning tuzilishi.1609 – Rus davlatiga Polsha intervensiyasining

boshlanishi.1610–1643 – Lyudovik XIII Fransiya qiroli.1613 – Rossiyada Romanovlar sulolasi

hukmronligining boshlanishi.1618–1648 – o’ttiz yillik urush.1624–1642 – Rishelening Fransiyada vazirlik qilishi.1640 – Angliyada davomli parlamentning chaqirilishi.

Angliya burjua inqilobining boshlanishi.1644 – Xitoyda manjurlar sulolasining boshlanishi.1648 – O’ttiz yillik urush natijasida Vestfaliya sulhi.1648 – Semyon Dejnev tomonidan Osiyo va Shimoliy

Amerika o’rtasidagi bo’g’ozning kashf qilinishi.

Имомкулов Убайдулла Султонович Маълумот учун:

[email protected]