Без названияsaqlanayotgan qo'lyozmada uning janri, xuddi „Navoiy" singari, doston deb...

20
2015 yil son

Transcript of Без названияsaqlanayotgan qo'lyozmada uning janri, xuddi „Navoiy" singari, doston deb...

2015 yil

son

14 – yanvar – Vatan

himoyachilari kuni

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QUROLLI KUCHLARI

TASHKIL TOPGAN KUN

M. Tursunov

Ma’naviy-marifiy

ishlar bo`yicha

direktor o`rinbosari

Harbiy bo`lishni istovchi yoshlar safi yil sayin

kengayib bormoqda. Muhimi, ularning orzulari amalga

oshmoqda. Harbiy xizmat oilaviy kasbga aylanib, harbiylar

sulolalari paydo bo`layapti. Istiqlol tufayli harbiy xizmat

sharafli kasbga aylandi. Yoshlar harbiy kasbga katta havas va

qiziqish bilan qarashmoqda. Bu oddiy qiziqish emas, ulardagi

vatanparvarlik tuyg`usining yuksakligi hamda Vatan tinchligi

va daxlsizligi uchun o`zlarini mas’ul deb bilishlarining

ifodasidir.

Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, harbiy sohada ham

keng ko`lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, mudofaa

ishlari boshqarma va bo`limlarining chaqiruv punktlari,

harbiy qismlarning o`quv sinflari zamon talablari darajasiga

keltirildi. Yigitlarni harbiy xizmatga tantanali kuzatish va

kutib olish mustaqillik yillarida yaxshi an’anaga aylandi.

Bunday marosimlarda ota-onalar, mahalla tizimi, jamoatchilik

vakillari, mehnat va urush faxriylari faol qatnashmoqda. Badiiy jamoalarining konsert

dasturlari namoyish etilmoqda.

Yoshlarning askar bo`lishga havasini kuchaytirayotgan yana bir omil – harbiy

xizmatdan qaytgan yigitlarning ishga joylashishi va o`qishga kirishlarida berilayotgan

imtiyozlardir. Harbiy xizmatni namunali o`tab,

qo`mondonlikning tegishli tavsiyanomasiga ega bo`lgan

yoshlarning ko`pchiligi oliy ta’lim muassasalariga o`qishga

kirayotgani armiyamizning obro`-e’tiborini yanada

oshirmoqda. Harbiy xizmat yoshlarimizni ma’naviy va

jismoniy jihatdan barkamol voyaga yetkazadigan hayot

maktabiga aylangani mamlakatimiz Qurolli Kuchlari

tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasini

yaqqol namoyon etmoqda. Bu jarayonda chaqiriqqacha

yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, boshlang‘ich harbiy

ta’lim berish sohasidagi ishlar samaradorligi oshgani,

harbiy qismlar bilan jamoatchilik o`rtasida doimiy

aloqaning keng yo`lga qo`yilgani ham muhim ahamiyat

kasb etmoqda.

Xususan, har yili Vatan himoyachilari kuni katta tantanalar bilan nishonlanmoqda.

Bizning maktab internatda ham bu bayram qizg`in kutib olindi. Jumladan, Q.Qosimov

rahbarligidagi 9 d sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan kecha barchaning olqishiga

sazovor bo`ldi. Bu kabi tadbirlar muntazam davom etadi.

Tolibjonova

Ruhsoraxon

6 a sinf

o`quvchisi

Qodirova Zarifa

5 b sinf o`quvchisi

Ardog`imizdasiz bobojonlar, momojonlar!

Keksalarga hurmat, extirom, yoshi ulug`larga izzat-ikrom ko`rsatish

bizning eng noyob, eng ezgu qadriyatlarimizdan. Chunki biz ularning

tarbiyasini olib kamol topamiz, o`gitlari, pand-

nasihatlari bilan ulg`ayamiz. Shu ma’noda kirib kelgan

yangi 2015-yilni muxtaram prezidentimiz tomonidan

“Keksalarni e’zozlash yili” deb e`lon qilinganini

butun xalqimiz zo`r mamnuniyat bilin qarshi oldi.

Bundan biz bolajonlar ham juda xursand bo`ldik.

Zotan bugungi baxtli va farovon hayotimizni biz

uchun bobolarimiz, momolarimiz yaratib berishgan.

Ota-onalarimiz bizning kamolimizni ko`zlab mehnat qilishmoqda. Biz ularga

munosib bo`lishimiz, hamisha qadrlab, e`zozlashimiz ham farz ham qarz.

Yaxshi o`qib, yaxshi inson bo`lib kamol topsak, ular bizdan minnatdor bo`ladilar. Eng avvalo shu

bizning ularga ko`rsatgan e`zozimiz bo`ladi.

MUSO TOSHMUHAMMAD O'G'LI OYBEK

Agar M. Behbudiy va A. Avloniy XX asr o'zbek adabiyoti

namoyandalarining birinchi bo'g'inini, Fitrat, Hamza, A. Qodiriy va Cho'lponlar

ikkinchi bo'g'inini tashkil etgan bo'lsalar, Oybek uchinchi bo'g'inga mansub

yozuvchidir. Xuddi shu hol unga ustozlarning adabiy an'analarini yangi tarixiy

sharoitda davom ettirish va rivojlantirish mas'uliyatini yukladi.

Oybek ruhiy olami va adabiy intilishlariga ko'ra, Cho'lpon bilan A. Qodiriyga

ko'prpq yaqin edi. Shuning uchun ham uning shoir sifatida shakllanishida

ChoMrJonmng, adib (nosir) sifatida shakllanishida esa A. Qodiriyning ta'siri

sezilarli bo'ldi. Shu bilan birga, Oybek rus va jahon adabiyoti namoyandalaridan

saboq olib, ularning eng yaxshi an'analarini davom ettirdi.

Oybek XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga nafaqat zabardast shoir va yozuvchi, balki publitsist,

adabiyotshunos va tarjimon sifatida ham ulkan hissa qo'shdi. U o'zbek adabiyotida tarixiy-biografik roman

janrini boshlab berdi, navoiyshunoslik faniga tamal toshini qo'ydi, o'zbek tarjima maktabini yangi bir

bosqichga ko'tardi.

Oybekning tug'ilgan sanasi uning turli yillarga oid tarjimayi hollarida turlicha qayd etilgan. Agar

adib „She'rlar" kitobi (1963) ga ilova qilgan tarjimayi holida tug'ilgan sanasini 1904- yil 22- dekabr deb

ko'rsatgan bo'lsa, o'n jildlik „Asarlar" to'plamining 1-jildi (1968)da: „Men toshkentlikman. 1905- yil 10-

yanvarda Eski shaharda o'rta hol hunarmand — bo'zchi oilasida tug'ildim", deb yozgan. Shu so'nggi

ma'lumot ilmiy muomalada Oybekning tug'ilgan sanasi sifatida qabul qilingan.

Oybek tug'ilgan vaqtda. Turkistonga rus manufakturasining kirib. kelishi sababli holzchilik orqasida

tirikchilik o'tkazgan kishilarning kasbi kasodga uchradi. Shu sababdan ham uning otasi shahar atroflaridagi

qishloqlarda boqqolchilik, onasi esa tikuychilik bilan mashg'ul bo'lishdi.

Oybek bolalik paytlarida otasining safarlariga hamroh, onasining yumushlariga esa madadkor

bo'lishi tufayli oddiy mehnatkash xalq hayoti bilan yaqindan tanishdi va turfa xarakterli kishilar tabiati va

tilini yaxshi o'rgandi.

1925- yilda O'rta Osiyo Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultetining siyosiy iqtisod bo'limiga

o'qishga kirdi. U 1930- yili universitetni tugatib, oliy ma'lumotli bo'ldi.

Oybek universitetda dars berish bilan birga, 1933- yilda Madaniy qurilish ilmiy-tekshirish institutida

ham ishlay boshladi. 1934- yilda bu ilmiy markaz Til va adabiyot institutiga aylantirildi. Xullas, 1935-yilda

Oybek oldida yo iqtisodni, yoki adabiyotni tanlash muammosi

paydo bo'ldi. Oybek bu vaqtda „Tuyg'ular" (1926), „Ko'ngil

naylari" (1929), „Mash'ala" (1932), „Baxtigul va Sog'indiq" (1934)

she'riy to'plamlari, „Dilbar-davr qizi" (1932), ,,O'ch" (1933) kabi

dostonlarini e'lon qilgan, el-yurt mehrini qozona boshlagan shoir

edi. U Til va adabiyot institutida ishlagan holda badiiy ijod olamini

tanladi.

Birinchi yirik nasriy asari — „Qutlug' qon" romanini

yozishga kirishadi.

Mazkur romanning 1941- yilda nashr etilishi Oybekni o'zbek

yozuvchilarining oldingi safiga olib chiqdi. Shu vaqtdan boshlab u

she'riy va nasriy janrlarda baravar samarali ijod etib, „Navoiy"

(1944), „O1tin vodiydan shabadalar" (1949), „Quyosh qoraymas"

(1959), „Ulug' yo'l" (1965) romanlari, „Nur qidirib" (1957),

„Bolalik xotiralari" (1963) va „Bola Alisher" (1967) qissalari,

„Qizlar" (1947), „Hamza" (1948), „Davrim jarohati" (1952) hamda „Guli va Navoiy" (1968) dostonlarini

yaratdi.

Shoirning Zarifaxonimga bag'ishlangan lirik she'rlari orasida shundaylari borki, ularni o'zbek

lirikasining durdonalari sifatida baholash va bu she'rlarni jahon ishqiy lirikasining sara asarlari qatoriga

bemalol kiritish mumkin. Shunday she'rlardan biri „Uzoqdan turib..." deb atalgan. Bu she'r 1928- yil 26-

oktabrda Leningradda yozilgan. (Oybek shu yili o'qishini Leningraddagi Plexanov nomli Xalq xo'jaligi

institutiga ko'chirib olgan edi.)

Oybekning lirik shoir sifatidagi iste'dodi uning tabiat manzaralari tasviriga bag'ishlangan she'rlarida

yana ham yorqin jilva berib turadi.

Ko'ramizki, tabiat tasviri inson ruhidagi hatto oniy o'zgarishlarni ham o'zida lakmus qog'ozidek

yaqqol aks ettiradi.

Oybek nafaqat shoir va yozuvchi, balki adabiyotshunos olim va nazariyotchi ham edi. U lirikaning

drama va eposdan farqli tomonlari to'g'risida so'zlab, bunday yozgan: „Drama va rivoya (epos) turlari

fabulalidir. Bularda xronologik va sababiyat prinsipi bilan bog'liq voqealar, hodisalar, fikrlar tasvirlanadi.

Lirika ko'pincha shoir fikrlarini, tuyg'ularini, orzulari va kayfiyatini kuylaydi. Voqealar tasvir etilsa-da,

maqsad ma'lum bir hayajon uyg'otish uchun vosita, izlanishgina bo’lib qoladi".

„Mashrab" dostoni shu vaqtgacha lirik she'r sifatida e'lon qilinib keladi. Lekin Oybek arxivida

saqlanayotgan qo'lyozmada uning janri, xuddi „Navoiy" singari, doston deb belgilangan. („Lirik doston"

tushunchasi o'zbek adabiyotshunosligida 60- yillarga kelibgina qo`llana boshlagan.)

„Navoiy" romani Oybek Navoiy hayoti va ijodi bilan 30- yillar arafasida faol qiziqa boshladi. U shu

yillarda Yazdiy, Koshifiy, Qazviniy, Muhammad Tolib, Abdurazzoq Samarqandiy, Vosifiy, Mirxond

singari tarixchi olimlarning asarlarini qunt bilan o'rganishga kirishdi.

O'zbek xalqi tarixida XIV—XV asrlar alohida o'rinni egallaydi. Amir Temurning tarix sahnasiga

chiqishi bilan yangi va qudratli o'zbek davlatchiligiga asos solindi. Sharqning hozirga qadar iftixori bo'lib

kelayotgan mahobatli inshootlar — me'moriy obidalar bino etildi. Adabiyot, san'at va fan keng taraqqiy

etdi. Ana shu taraqqiyotning timsoli va natijasi sifatida Alisher Navoiyning buyuk asarlari yaratildi. Navoiy

faqat buyuk shoir bo’libgina qolmay, XV asrning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma'rifiy hayotiga ham

katta ta'sir o'tkazdi.

Navoiyning xalq to'g'risida aytilgan serjilo va serhikmat so'zlarigina emas, balki, birinchi navbatda,

el-yurt dardi bilan to'yingan, uni turmushning ortiqcha tashvishlaridan forig' etish istagi bilan yo'g'rilgan

bunday so'zlari va xatti-harakatlari uning buyuk insonparvar davlat arbobi sifatidagi obrazini nurlantirib

yuboradi.

Oybek shoir, adib va adabiy harakatning rahbafi sifatida XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga

bebaho hissa qo'shdi. U adabiyotimizni turli janr va shakldagi asarlar bilan boyitibgina qolmay, Cho'ipon

va Abdulla Qodiriylar ijodi tufayli shakllangan adabiy tilimizga yanada sayqal berdi. Eng muhimi,

Cho'lponlar qatag'on etilgan, hatto ularning buyuk asarlarini o'qish mumkin bo'lmagan davrlarda Oybek

o'zining ijodiy izlanishlari va badiiy tajribalari bilan kelgusi adabiy avlodlarga mash'al oiaroq, badiiy

ijodning munavvar yo'llarini yoritib turdi.

ADABIY JANRLAR

Yoqubjonova Shohsanam

9 a sinf o`quvchisi

Adabiyot o'z ichiga uch adabiy tur — epos, drama va lirikani olishini yaxshi bilamiz. Bu

adabiy turlar ham, o'z navbatida, turli shoxobchalarga ajraladi. Ana shu bir adabiy tur doirasidagi

asarlar guruhi janr deb ataladi. Binobarin, epos turi doirasida roman, qissa, hikoya; drama turi

doirasida drama, tragediya, komediya; lirika turi doirasida esa she'r, ballada, qasida, lirik doston,

shuningdek, g'azal, tuyuq, ruboiy, muxammas va hokazo janrlari mavjud. Epos va lirika turlarining

tutashgan nuqtasida esa doston janri rivojlanib bormoqda.

Bir qancha adabiy janrlar borki, ular o'z ildizlari bilan xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi. Yana

bir qator janrlar yozma adabiyot namoyandalarining ijodiy tajribalari natijasida maydonga kelgan va

bu namoyandalarning izdoshlari tufayli yana ham shakllanib bormoqda.

Umuman, jahon xalqlari o'rtasidagi adabiy aloqalarning kuchayishi va o'zaro adabiy ta'sir

natijasida qator yangi janrlar paydo bo'lgan va bundan keyin ham paydo bo'lib turadi.

Ma'lumki, eposning hozirgi jahon, jumladan, o'zbek adabiyoti-dagi asosiy ko'rinishi romandir.

Roman o'zbek adabiyotida ilk bor XX asrning 20- yillarida Abdulla Qodiriyning ,,0'tgan kunlar"

romani bilan paydo bo'lgan. Keyinchalik bu janrning taraqqiy etishiga S. Ayniy va Oybek singari

adiblar katta hissa qo'shdilar. 60—80- yillarda O. Yoqubov va P. Qodirov, shuningdek, Asqad Muxtor,

Shuhrat, Hamid G'ulom, Mirmuhsin, 90- yillarda esa Omon Matjon, Tog'ay Murod singari

yozuvchilarning shu janr doirasidagi badiiy izlanishlari bilan roman janrining yangi shoxobchalari

yuzaga keldi.

Hozirgi kunda roman yoki doston janrlarining bu shoxobchalari ham shartli ravishda tarixiy-

biografik roman janri yoki siyosiy roman janri va hokazo deb yuritilmoqda.

KITOBIM OFTOBIM

Sobirjanov Behzodbek

5 a sinf o`quvchisi

Kitob-oftob! Darhaqiqat kitob inson hayotini go’yoki oftob o’z nuri bilan dunyoni yoritsa kitob o’z

ziyosi bilan insonlarga yaxshilik ibrat ulashadi. Mashhur adabiyotimiz vakili Abdurahmon Jomiy aytganlaridek:

Kitobdan yaxshiroq do’st jahonda yo’q,

G’amxo’ring bo’lgay u g’amli zamonda

U bilan qol tanho, hech bermas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror.

Men ham kitob o’qishni juda yaxshi ko’raman. Ba’zan ularni o’qiganmda go’yo qahramonlar bilan birga

yurgandan bo’laman. Yig’lasa yig’lagim, kulsa kulgim keladi. Barcha shoir va yozuvchilarimizning asarlarini

o’qiyman. Ayniqsa men mashhur yozuvchi O’.Hoshimov asarlarini sevib mutolaa qilaman. Ulardan “Ikki eshik

orasida”, “Dunyoning ishlari”, “Tushda kechgan umrlar” asarlarini o’qib chiqqanman.

“Dunyoning ishlari” asari onalarga bag’ishlangan bo’lib, yozuvchi asarda o’z hayotini tasvirlaydi.

Onalarni qadrlash kerak. Ularni ko’nglini og’ritmaslik kerak.

“Tushda kechgan umrlar” asarida Rustam bosh rolda bo’ladi. Rustam bor yog’i 22 yil umr ko’radi.

Umri tushday o’tib ketadi. Shuning uchun asar “Tushda kechgan umrlar” deb ataladi. U dunyo bilan bu

dunyoning orasi “Ikki eshik orasi” deb ataladi. Asar bosh qahramoni Muzaffar arosatda, ikki eshik orasida

qolib ketadi.

Ustozimiz Mashhuraxon Boyxonova ham guruh mashg’ulotlarida bizga ko’proq badiiy asarlar o’qib

beradilar. Ularni tinglab ba’zida ko’zimizga yosh olgan yoki miriqib kulgan paytlarimiz bo’lgan. Sinfimizda

kitoblar burchagi tashkil qilganmiz. Darslarni bajarganimizdan so’ng ana shu kitoblarni mazza qilib o’qiymiz.

Qiziqarli latifalar va xandalarni o’zimiz sahna orqali ijro etib, kayfiyatimizni ko’taramiz.

Men barcha tengdoshlarimga kitob o’qishlarini ularni asrab-avaylab, ehtiyot qilib kerakli xulosa

chiqarishlarini istab qolaman.

Umumjahon e’tirofidagi obidalar

9-b sinf o`quvchisi Bayazov Sadafbek .

Ichan qal`a ansambli me`moriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan va muzeyga

aylantirilgan. 1990-yilda esa Ichan qal`a Butunjahon yodgorliklari ro`yhatiga kiritilgan.1997-yilda

Xivada shaharning 2500 yilligi munosabati bilan katta tamirlash ishlari olib borildi.Biz shu o`rinda

Xiva me`morchiligiga nazar tashlasak.

Xiva me'morchiligi modernizatsiyaga eng kam darajada uchragan bo’lib, XIX asr oxirida

Muhammad Rahimxon II farmoni bilan Xivaning asosiy muqaddas maskani - Pahlavon Mahmud

maqbarasini takomillashtirish davom ettirildi. Ko`hna Arkda ham katta qurilish ishlari olib borildi.

Xivaning so’nggi xonlari qishni shu yerda o’tkazishardi va shu sababli uni yana o’z qarorgohlariga

aylantirishgandi. Kohna Ark nafis naqshlar ziynatlangan ustunlar bilan bezatildi. Xivada diniy

imoratlar qurilishi davom ettirildi. Badavlat shahar ahli va zamindorlar "savob ish" qilish va o’z

nomlarini abadiylashtirish maqsadida masjid va madrasalar qurishardi. Bu inshootlarning hammasi

qadimiy me'morchilik an'analarini saqlab qolgan, o’rta asrlarda qurilgan binolardan birmuncha

ixchamligi bilan farqlanib turardi. Biroq milliy an'analarni mahkam tutgan Xivada ham me'morchilik

va qurilishda yangi yo’nalishlar paydo bo’la boshladi. Xon a'yonlari orasida me'morlikda qurilish

materiallarining yangi turlarini va uslublarni joriy etish muhimligini tushungan kishilar paydo bo’ldi.

Shunday taniqli islohotchilardan biri Islomxo’ja bo’lib, jadid maktablari, shifoxonalar, pochta

idoralari, dorixonalar qurilishi uning nomi bilan bog’liq.

Bu binolarni loyilialashda mahalliy ustalar bilan birga Petro-Aleksandrovsk, Toshkent va hatto,

Moskvadan taklif etilgan me'morlar ishlashdi. An'anaviy Xiva me'morchiligida yangi shakllar va

konstruktiv usullar yuzaga keldi. Bu narsa, ayniqsa, Ichan qal'adan tashqarida XX asr boshida qurilgan

binolarda, Dishan qal'ada qurilgan Nurillaboy saroyida seziladi. U 1906-yildan boshlab, qism-qism

qilib qurildi. Dastavval Muhammad Rahimxon II uni o’z vorisi uchun qurdirdi, so’ng qurilishni

Asfandiyorxon davom ettirdi. Bu inshoot Xiva xonlarining yozgi qarorgohiga aylandi. Saroyda oyoq

ostiga taxta to’shalgani va zinapoyalar qilingani Yevropa me'morchiligi ta'siri edi, biroq inshoot

bezaklarida mahalliy an'analar ustunlik qiladi.

Shahar chekkasidagi ikkinchi qarorgoh - Tozabog’ ham kishini lol qoldiradi. Janub tomonda,

saroyning ikkala qismi bo’ylab qator katta xonalar joylashgan, ularning devorlari alebasterdan

yasalgan o’yma naqshlar bilan bezatilgan.

TILLAQORI MADRASASI

9-B sinf o`quvchisi Normirzayev Jasurbek

1946-yili endi anchagina yoshga borib qolgan Yalangto`sh bahodir yoki o`sha vaqtdagi

atashlariga ko`ra Kichik Temur karvonsaroyini qayta qurishga kirishdilar.Karvon saroy Registon

maydonidagi ansanbilni shimol tomonidan o`rab olishi kerak..Loyiha tuzish vaqtida madrasa binosida

oliy o`quv yurti bilan Jome masjidi birlashtirib,shuningdek sobiq Karvonsaroy poydevoridan

mumkin qadar to`laroq foydalanishko`zda tutilgan edi.Buzib yuborilgan eski peshtoq o`rinida butun

maydonni enlaydigan ikki oshiyondan iborat qush qanotli bahaybat ranoq ko`tariladi.

Shu tariqa boshqa madrasalardan farqli o`laroq,uning peshtoqi bo`ylab bir-birlari bilan

bog`lanmagan,ikki qator bo`lib tuzilgan hujralar paydo bo`ladi.Ichki hujralar-hovliga , tashqilari –

maydonga qaragan edi.Masjid binosi uchun hovlining g`rbiy tomonini tanlagan me`morlar bosh

peshtoq bilan mutanosiblikni saqlash uchun burchaklarga guldastalar-toqlar uzra yuksalib turuvchi

tuyniklar ochilgan qubbador mezanalar o`rnatilgan.

D.MIRSAIDOVA

Biologiya fani o`qituvchisi

QON GURUHINGIZ NIMA DEYDI?

1901-yili avstriyalik olim K. Landshteyner, 1907-yili chex olimi Ya. Yanskiy turli

odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga ko'ra bir-biridan farq qilishini aniqlaganlar.

Qonning eritrotsitlari tarkibida agglutinogen, plazmasi tarkibida agglyutinin moddalari

bo'lib, ularning har biri kimyoviy xossalariga ko'ra ikki turga bo'linadi, ya'ni agglutinogen A

va B, agglyutinin a va b. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xil

belgili modda bo'lmasligi kerak, ya'ni agglutinogen A va agglyutinin a yoki agglutinogen В

va agglyutinin D. Ana shunga ko'ra, barcha odamlar qoni to'rt guruhga bo'linadi.

Dunyodagi ko'p mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon guruhlarini aniqlash

natijasi shuni ko'rsatadiki, qoni I guruh bo'lgan odamlar aholining o'rtacha 40% ini, II guruh

— 39% ini, III guruh — 15% ini va IV gupuh — 6% ini tashkil etadi.

I – guruh. Bu guruhdagi odamlarni qisqagina qilib tinib – tinchimaydigan deb atash mumkin.

Ular juda serharakatdir. Bekor o`tirishni xush ko`rmaydilar. Irodali, kirishimli, serg`ayrat

bo`lishadi. Yuqori tashkilotlar bilan biror narsani hal qilish kerak bo`lsa u yerga aynan shu

kishilarni jo`natmoq kerak. U masalani hal qilib qaytadi. Ular mehnatdan xech nolimaydilar.

Tijorat sohasida ulkan yutuqlarni qo`lga kiritadilar.

II – guruh. Bu guruhdagilar o`ta vijdonli va ishchan xisoblanadilar. Kasbidan boshqa barcha

narsalarga ikkinchi darajali ish sifatida qaraydilar. Ular biror narsani boshlasalar ohiriga

yetkazmay qo`ymaydilar. Buning uchun ularda yetarli iroda va salohiyat mavjud. O`zlariga

yaqin olgan odamlarga juda sodiq bo`ladilar.

III – guruh. Bu guruhdagilar ta’sirchan va o`ta nazokatli xisoblanadilar. Ular katta

imkoniyat va qobiliyatga egadirlar. Ular ishda o`zlariga va boshqalarga n isbatan talabchan

bo`ladilar. O`zlarini hotirjam qilib ko`rsatsalarda aslida ko`ngillari doim bezovta bo`lib

turadi. Ular juda hissiyotli bo`ladilar.

IV – guruh. Bu guruhdagilar vujudini hissiyotlar band qilib turadi. Shuning uchun bo`lsa

kerak bu toifadagi insonlarga ichki kelishmivchiliklar, ishonchsizlik, ikkilanishlar tez – tez

uchrab turadi. Dardini xech kimga aytmaydi. Lekin muhabbat bobida oqibatli. Shaxsiy

manfaatini o`ylamay turmush o`rtog`ini baxtli qilishga intilib yashaydi. Barcha

muammolarini o`zi yechishga harakat qiladilar.

Xudoyqulov Jaloliddin

9 a sinf o`quvchisi

ELEMENTLARNING INSON ORGANIZMDAGI FAOLIYATI

Hujayra tarkibiga jonsiz tabiatda uchraydigan kimyoviy elementlardan 70 taga yaqini kiradi.

Ular ko'pincha biogen elementlar deb ataladi. Masalan Na,K va Cl hujayra membranalari orqali turli

xil moddalarni o'tkazishmi taminlaydi. Nerv hujayralarida hosil bo'ladigan qo'zg'alishlarni o'tishi ham

shu elementlar yordamida amalga oshiriladi. Cl va P suyak to'qimalarini hosil qilishda ularning

mustaxkamligini taminlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari Ca qonning normal ivishini taminlovchi

omildir. Yana shuni aytish lozimki qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan tiroksin garmoni

tarkibiga yod elementi kiradi. Uning yetishmasligi tiroksin hosil bo'lishini kamaytiradi,natijada bez

gipo funksiyaga uchraydi va buqoq kasalligi rivojlanadi.

Abduqahharova M

7-“b”sinf o`quvchisi

UZOQ UMR KO`RISH SIRLARI

Bugun Yaponiyada o‘rtacha umr ko‘rish darajasi dunyo bo‘yicha eng yuqori sanalib, 81,25 ni

tashkil etadi. Fransuzlar esa o‘rtacha 77,7 yil yashaydi va Yevropadagi eng uzoq umr ko‘ruvchi xalq

hisoblanadi. Skandinaviyada bu ko‘rsatkich — 75-78, Italiyada — 77, Kubada esa 76 yoshni tashkil

etadi. Ayni chog‘da, har bir xalqning sog‘lom va uzoq yashash bo‘yicha o‘zlariga xos sirlari ham ko‘p.

Shu narsa taajjubliki, 1941 yilga qadar Yaponiyada o‘rtacha umr qirq yoshdan oshmagan.

Biroq ikkinchi jahon urushidan so‘ng ahvol o‘zgargan. Bu mamlakatda dengizbo‘yi iqlimi uzoq

yashashning muhim jihatlaridan biri hisoblandi. Negaki, dengiz havosi organizmga ta’sir ko‘rsatadigan

zararli moddalarni tozalab, qulay sharoit yaratadi. Taomlarda soya miqdori ko‘pligi esa yurak

xastaliklarining oldini olib, suyaklarni mustahkamlaydi. Ko‘k choy modda almashinuvini yaxshilaydi.

Dengiz mahsulotlari (baliq va boshqa jonivorlar, turli suv o‘tlari) tarkibida yod va ftorning ko‘pligi

ham salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining atigi uch

foizigina ortiqcha vaznga ega.

Sog‘lom va uzoq yashash uchun yaponlardan ko‘k choy ichishni, soya va pishgan baliqni ko‘p

iste’mol qilishni o‘rgansa bo‘lar ekan. Fransuzlar esa taomlarni juda kam iste’mol qilishadi. Hatto

restoranlarda kosaga solib beriladigan bir kishilik ovqat miqdori ham boshqa mamlakatlardagiga

qaraganda ancha kam. Buning ustiga taomni mayda chaynab, sekin iste’mol qilish urf bo‘lgan. Ayni

chog‘da, ular pishloq, qaymoq, go‘sht, yog‘, turli pashtet va vinoni xush ko‘rishadi, shoshilib

ovqatlanishga esa madaniyatsizlik belgisi deb qarashadi. Shoshilmay ovqatlanish tufayli bir oyda 4-5

kilogramm ortiqcha vazndan xalos bo‘lish va organizmni oz miqdordagi taomlarga qanoat qilishga

o‘rgatish mumkin ekan.

Skandinaviyada qish qattiq keladi, yoz esa qisqa. Iqlim ancha noqulay hisoblanadi. Biroq

mamlakat aholisi yog‘li baliq go‘shtini ko‘p iste’mol qiladi. Baliq yog‘i yurak, qon tomirlar,

bo‘g‘imlarni himoya qilib, altsgeymer xastaligining rivojlanish jarayonini susaytiradi. 1970-yillarning

boshiga qadar bu mamlakat aholisi yurak xastaligi bilan bog‘liq o‘lim holatlari bo‘yicha jahonda

birinchi o‘rinda turardi. Toza havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish targ‘iboti keng yo‘lga

qo‘yilgach, ahvol o‘zgardi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining yetmish foizi sport bilan faol

shug‘ullanadi. Ulardan ko‘p baliq iste’mol qilish va sport bilan yopiq zallarda emas, ochiq havoda

shug‘ullanishni o‘rgansa arziydi.

Italyanlar esa Yevropadagi eng ko‘p chekuvchilardir. Shunga qaramay, Apennin yarim orolida

yashovchi bu xalq orasida yurak-qon tomir va saraton xastaliklari kam uchraydi. Uzoq umr ko‘rish

sirlarini italyanlar mo‘‘tadil dengiz iqlimi, achchiq qizil qalampirni ko‘p iste’mol qilish hamda oilaviy-

qarindoshlik munosabatlari mustahkamligi bilan izohlaydilar. Ulardan kengfe’llikni, yayrab yashash,

ishga mukkasidan ketmaslikni o‘rganish mumkin.

Kubada asosiy oziq-ovqat turlari talon orqali sotiladi, odamlar eng o‘tkir sigaralarni ko‘p

chekishadi, kofeni litrlab ichadi. Shunga qaramay, aholining o‘rtacha umr ko‘rishi yuqori. Mamlakat

sog‘likni saqlash tizimi samarali ishlaydi. Kubaliklar nihoyatda optimist odamlar. Ulardan

depressiyalarga berilmaslik va omadsizlikdan aziyat chekmaslikni o‘rganish kerak.

Mahamadaliyeva Nodira

9 a sinf o`quvchisi

O’SIMLIKLARDA URUG’LANISH

O`simliklarda urg’ochi va erkak gametalarning rivojlanishi va urug’lanish xuddi hayvonlardagi kabi

urg’ochi va erkak jinsiy organlarida o’tadi

(rasm).

Yopiq urug’li o’simlik (gulli

o’simlik)larda urug’lanish va urug’ning

rivojlanishiai ko’rib chiqamiz. Yopiq urug’li

o’simliklarda erkak gametalari

chang donachasida yetiladi. Chang donachasi ikkita

hujayradan tuzilgan. Ana shu hujayralarning yirigi

vegetativ hujayra, maydasi esa generativ

hujayra deyiladi. Vegetativ hujayra o’sib uzun,

ingichka naychani vujudga keltiradi. Generativ

hujayra vegetativ naycha ichida ikkiga bo’linib,

ikkita spermiy hosil qiladi. Chang naychalari

tez o’sib, urug’chidagi tumshuqcha hamda

ustuncha ichiga kiradi va tuguncha tomon yo’naladi.

Chang naychalari turli tezlikda o’sadi. Lekin shulardan

faqat bittasi boshqalaridan o’zib ketib,

tuguncha ichidagi urug’kurtakka yetib boradi va uning ichiga kiradi. Spermiyning biri tuxum hujayra bilan qo’shilib, diploid

zigota hosil qiladi, undan murtak rivojlanadi. Ikkinchi spermiy markaziy diploid hujayra bilan qo’shiladi va natijada

yadrosi triploid, ya’ni uchta xromasoma to’plamiga ega boigan yadroli yangi hujayra bunyodga keladi. Undan

endosperm rivojlanadi.

Yopiq urug’lilarda triploid cndospcrm, rivojlanib borayotgan murtak uchun zaxira oziq

materialidir. Binobarin, gulli o’simliklarda qo’sh urug’lanishning mohiyati shundan iboratki, bir

spermiy tuxum hujayra bilan qo’shilib murtakni, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo’shilib esa endospermni

hosil qiladi.

Gulli o’simliklardagi qo’sh urug’lanish hodisasini 1898 yilda akademik S.G. Navasbin kashf etgan,

endospermning triploid tabiatini esa uning o’g’li M.S. Navashin 1915 yilda ochgan.

Bu kashfiyot gulli o’simliklar juda katta guruhning butun rivojlanish jarayonlarini

tushunish va o’rganish uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Avazbekov Abdullo

9 a sinf o`quvchisi

OB-HAVOGA NIMA BO'LDI?...

Biz 2014-yilni kuzatib, yangi 2015-yilni kutib oldik. Yangi yil qishda bo'lishini hamma odam yaxshi

biladi. Bu yil negadir qish bo'lishiga qaramay havo issiq. Bunga sabab nima ?

So'ngi paytlarda havo isib ketmoqda. Hatto yashil ekranda "Dunyoni o'gartirgan 6daraja"nomli ko'ratuv

bir necha marta etiborimizga havola etildi. Bunga sabab Evrodagi neft kimyon sanoati korxonalaridan

chiqayotgan zaxarli havo ekan. Televizorda aytilishicha neft kimyi korxonalari ishchilari bilan

metiarologlarning gapi qarama qarshi kelmoqda. Nima bo'lganda ham hamma o'zini oqlashga urinadi. Bir

taragda neft ham inson hayotida katta ahamiyatga ega kimyosiz esa ishlab chiqarish bo'lmaydi. Barchasidan

ham juda yomoni bu orol dengizini qurishi. So'ngi paytlarda korxonalardan chiqayotgan"Feon"gazi atmosferani

yemirib kelmoqda quyoshdan kelayotgan nurlarning barchasi ham foydali emas ozon qatlami esa bu nurlarni

ushlab qolib, faqat ularni foydalilarini yer yuziga o'tkazib yubiradi. Faraz qilib ko’ring. Yerimiz qchongacha

bularga chidaydi. Bunday savollar ko’p kishini boshini qotirishi aniq olimlar tomonidan juda ko’p dasturlar

ishlab chiqarilmoqda. Ammo buning yagona chorasi nima. Dastur shunday bo’lsinki, uning hammaga nafi

tegsin. Eng avvallo bu hammaga manzur bo’lsin. Kasalni oldini olish kerak deyishadi. Biz bunga ulguramizmi?

Biz ushbu sondan boshlab o`zbekning asl farzandi, samimiy she`rlari ohangrabo qo`shiqlarga

aylanib, har bir o`zbek xonadoniga kirib borgan, XXI asr o`zbek adabiyotida so`nmas yulduz bo`lib

kirgan, o`quvchi qalbida o`chmas iz qoldirgan, otashin shoir Muhammad Yusuf ijodidan she’rlarni

berib borishga oldimizga maqsad qilib qo`ydik.

She’r yozishni niyat qilgan, she’riyat bo`stoniga ilk qadamlarini qo`yayotgan o`quvchilarga

she’rning qanday kuchga ega ekanligini eslatib o`tish bilan birga ularga baland parvozlar tilab qolamiz.

Muhammad Yusuf

TAVALLO

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,

Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni.

Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,

Kunimizga yaragansan o`zing bizni.

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,

Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.

Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,

Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.

Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,

Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.

Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar

Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi.

Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,

Soddadilu ulug`vorlik senga xosdir.

Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat,

Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir.

Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!

Mamatova Dilnavoz

5 b sinf o`quvchisi

SHOIRA Shoira she’r yozadi

Buni hamma biladi.

Bilib qo`ying azizlar,

Bu she’r menga yoqadi.

Boldir uning so`zlari,

Kulib turar yuzlari.

Yaxshi-yomon so`zlari,

Dilnavozxon o`zlari.

Abdullayeva Sarvinoz

9 a sinf o’quvchisi

SO'NGGI TILAGIM...

O'lsam yurahimni asrab qolinglar,

Tanimdan sug'urib oling roziman.

Yuragim ikkiga bo'lib qo'yinglar,

Men o'zga yurakni Sarvinoziman.

Yarimta yuragim bering otamga,

Yarimtasin ko'ming jiyda tagiga.

Faqat bunisini aytmang onamga,

Yo'qlab krlsangiz bas bahor paytida.

O'lsam yuragimni asrab qo'yinglar,

Qabristonda sarson bo'lmasin nogoh.

Yana men yo'g'imda yo'qlab turinglar,

Kaftingizdan o'zga kerakmas panox.

O'lsam yuragimni asrab qo'yinglar,

Gohi sherlarimdan o'qib beringlar.

Junbushga kelsachi shunda yuragim,

Sizga raxmat aytar bilib qo'yinglar.

O'lsam yuragimni asrab qo'yinglar,

U ham atayin-chi qilmagan gunox.

Mayli barcha aybni menga qo'yinglar,

Tavba qilsa bandasin kechirar Ollox.

O'lsam yuragimni asrab qo'yinglar,

Do’stlarimni yodida tutsin yuragim.

Qiyomat qoyunguncha asrab turinglar,

O’limim oldidan so’ngi tilagim.

O'lsam yuragimni asrab qo'yinglar,

Yig’lab ko’z yosh to’kmasin hech ham.

Yig’lolmaydi demang uni bilaman,

Insonlarday ko’z-yosh to’kadi u ham.

O'lsam yuragimni asrab qo'yinglar,

Gulning yaprog’iga mahkam berkitib.

Toki urmasa ham yashayveradi,

Shoir qalbidagi she’rga entikib.

Abdullayeva Sojida

7b sinf o’quvchisi

Muhammad Yusufga bag`ishlov

Qushlarini kuzatolmagan,

Qizlarini uzatolmagan.

Ijodiga to’ya olmagan,

Keling bugun Muhammad Yusuf.

Nishonlarmiz tavallud kunni,

Yuraklarda edingiz tanho.

Yuzingizga olib quvonch, baxt ila

Keling bugun Muhammad Yusuf.

Qushlaringiz kuzatay bugun,

Ijodingiz ettiray davom,

Yuzingizga olib quvonch,baxt ila

Keling bugun Muhammad Yusuf.

Maqtar sizni qari hatto yosh,

Tillarda bo’larsiz doston.

Yuzingizga olib quvonch,baxt ila

Keling bugun Muhammad Yusuf.

Sizni ketar izingizdan,

Barcha shoir, shoiralar.

Yuzingizga olib quvonch, baxt ila

Keling bugun Muhammad Yusuf.

Dillarda mavj urasiz bugun,

Yonimmizda turasiz go’yo.

Yuzingizga olib quvonch, baxt ila

Keling bugun Muhammad Yusuf.

Qizlaringiz kiyar oq libos,

Ko’zlariga olar achchiq yosh.

Kutar sizni ko’zlar miltirab

Keling bugun Muhammad Yusuf.

Ko’zlariga to’la yosh ila,

Sog’inab qo’msardi lola.

Sizni sog’inib yuraklar hasta,

Keling bugun Muhammad Yusuf.

Men ketarman izingizgan,

Ijodingiz ettirib davom.

Yuzingizga olib quvonch, baxt ila,

Keling bugun Muhammad Yusuf.

Satimova Zulayho

9 a sinf o`quvchisi

BOLALIK

Beg'ubor bo'ladi senda har inson,

Sening har bir yo'ling gul-u lolalik.

Shirin xotiralar qilasan in’om,

Ko`ngil mehmonisan go'zal bolalik.

Umrimni eng go'zal xotiralarin,

Bilmadim bu hayot qayga berkitdi.

Shodon yurganimda menga

bildirmay,

Bolalik bog'imni asta tark etdi.

Bilaman bolalik qaytmaydi endi,

Ko'ngil bir umrga to`lmaydi endi.

Muqaddas beshikni bag'riga bosib,

Onam o'z allasin aytmaydi endi.

Ahmadaliyeva Odina

9 a sinf o`quvchisi

LOLAQIZG`ALDOQ

Yuzlaringni siypalab shamol

Qirlaringda kulib turibsan.

Seni o`ylab suribman hayol,

Shu qirlarda turib qolibsan.

O`ylayman men seni har zamon,

Yaprog`ingni siypalab seni,

Turgin bo`lib doimo omon,

Bir o`zimni qoldirma meni.

Mamajonov Asadbek

5 b sinf o`quvchisi

USTOZ

Tiniq tuyg`ularga

Tiniqlik solgan,

Yoza-yoza bazan,

Qo`llari tolgan.

Bolalar ko`ngliga

Yo`l topa olgan.

Maktabimning dono muallimlari!

Sotvoldiyev Alijon

5 b sinf o`quvchisi

BOBOM DEYDILAR

Bobom deydilar

Sog`lom bo`linglar.

Vatanga xizmat qilib,

Sodiq bo`linglar.

Men bobomning gapiga

Doim quloq solaman.

Vatanimga elimga,

Sodiq farzand bo`laman.

Bobom o`zlari,

Qarib qolganlar.

Yuz yoshlarga

Kirib qolganlar.

Bobojonim o`zimning

Jonajonim o`zimning.

Bobojonim, bobojon,

Sog` omon bo`ling har on!

O`rinboyev Jamshid

5 b sinf o`quvchisi

Qish fasli

Qish kelsa hamma yoq

Oppoq rangga kiradi.

Bolalar mazza qilib

Chanalarda uchadi.

Yangi yil bayramida

Qorbobo kelar doim.

Bolalar she’r aytsa gar

Ko`p sovg`alar u berar.

Tursunova Husnida

9 a sinf o`quvchisi

O'xshashimni topmassiz aslo

Qush misoli ko'kka talpinib,

Yulduzlarga bo'lib mahliyo.

Shudring misol gulga ilinib,

O'shashimni topmassiz aslo.

Men yurganda tunlari sokin,

Oy ham borar ortimdan shaydo.

Ortda qolgan daraxtlar ham jim,

O'shashimni topmassiz aslo.

Shoir yozgan sheriga so'zman ,

Mashhurlikka qilmasman davo.

Men shundayin sodda bir qizman,

O'xshashimni topmassiz aslo.

Bir kun kelib ko'kka yetaman,

Yulduzlarga bo'lmam mahliyo.

Men bir marta kelib ketaman,

O'shashimni topmassiz aslo.

Ahmadjanov Doniyorbek

5 b sinf o`quvchisi

QISH

Yetib keldi qish fasli

Oppoq qorlar yog`moqda.

Suvlar bo`ldi muzlama,

Izg`irin soviq keldi.

To`xtamay qor yog`adi,

Bolalar maza qiladi.

Qorbobo yasashadi,

Chang`ida uchishadi.

Qish fasli bayramlardan,

Yangi yil bayrami bor.

Unda maza qilamiz,

Archalar bezatamiz.

Qish kelsa yurtimizga,

Hamma hursandchilik qilar.

Birinchi qor yog`ganda,

Har yili nishonlanar.

Ismoilov Jahongir

5 b sinf o`quvchisi

ANDIJON

Pahlavonlar asl yurti - bu Andijon,

Boburmirzo tug`ilgan yurt - bu

Andijon.

Bu o`lkada ulug`larning izlari bor,

Bu o`lkaga buyuklarning ruhlari

yor.

Andijon ko`ksimda ko`kargan

dalam,

Andijonim mening.

Ulg`aytirgan dalam,

Andijon men uchun,

Bog`u bo`stondir.

Andijon men uchun

Go`zal dostondir.

Ergashev Diyorbek

5 b sinf o`quvchisi

QISH

Qish keldi elimizga,

Qor yog`di uyimizga.

Chang`i uchib bolalar,

Qorbobo yasaydilar.

Yangi yil keladi,

Dekabrning so`ngida.

Kutamiz qorboboni,

Tundan boshlab tonggacha.

POSBONLAR

Vatanimiz madhi tilda

Vatanimiz ishqi dilda.

Yurt tinchligi qo`lida,

Omon bo`ling posbonlar,

Mard va jasur qahramonlar.

Uyqu nima bilmaydi,

Tunni - hech tun demaydi.

Yurt tinchligin o`ylaydi.

Omon bo`ling posbonlar,

Pahlavon va qahramonlar.

Rahmat sizga askarlar,

Shuhrat sizga askarlar.

Ibrat bizga akajonlar,

Omon bo`ling posbonlar,

Pahlavon va qahramonlar.

Abdullayev Dostonbek

7-“b” sinf o`quvchisi

VATAN POSBONLARI

Qadamidan o`t chaqnar,

Vatan mehnatin oqlar,

Yurgan yo`lidir bog`lar,

Vatanimiz posbonlari.

O`zbegim qalqonlari.

Vatan mehri yuragida.

Kulib yurar keragida

Kuchi to`la bilagida.

Vatanimiz posbonlari,

O`zbegim qalqonlari.

Chegara tinchligin saqlar,

Bosh egar hatto tog`lar.

Xalqin ishonchin oqlar,

Vatanimiz posbonlari,

O`zbegim qalqonlari.

Fahr ila onasi,

Baxtli bo`l der otasi.

Sizdekman der bolasi,

Vatanimiz posbonlari,

O`zbegim qalqonlari.

Bayramingiz muborak,

Sizga eng oliy tilak.

Bo`shmasin xech bilak

Vatanimiz posbonlari,

O`zbegim qalqonlari!

Jo`raboyeva Madina

7 a sinf o`quvchisi

TAVALLUDINGIZ

MUBORAK ONAJON

Oq yuvib oq taradingiz

Menga to`la mehr berdingiz.

Yetti yoshga to`lganimda,

Maktabga olib bordingiz.

O`qisin, o`rgansin deya,

Harfni ham o`rgatdingiz.

Jonimga jon onajon,

Mehrigo`yo onajonim.

Yaxshi odam bo`lsin deya

Litseyga ham berdingiz.

Men uchun qayg`urdingiz,

Meni doim o`yladingiz,

Bening uchun sizga rahmat,

Jonimga jon onajon,

Mehrigo`yo onajonim.

Qalbingiz quvonchga to`lsin,

Ayyomingiz qutlug` bo`lsin,

Bayramingiz hayrli o`tsin

Umringiz ziyoda bo`lsin,

Labingiz kulguga to`lsin.

Gullar to`shqy yo`lingizga

Qalbim tutay qo`lingizga.

Jonimga jon onajon,

Mehrigiyo onajonim.

Olimjanova M

5-a sinf o`quvchisi

BUVIJON

Buvijonim buvijon,

Bizni qattiq suyasiz.

Bizni doim erkalab,

Yuzimizdan o`pasiz.

Buvijonim,yagonam,

Ham buvimziz, ham onam.

Deysiz:”Bolam baxtli bo`l”

Barchaga mehribon bo`l.

Gullarni ho`p suyasiz,

Gul-rayhonlar ekasiz.

Gullarni parvarishlab,

Katta bog`bon bo`lasiz.

Abdulboqiyeva Oydinaxon

5 b sinf o`quvchisi

NAMANGAN

O, gullar shahri Namangan,

Bog`laringda gullaring chaman.

Men madhingga she’rlar bitayin,

Ota makonim go`zal Namangan!

Bu Namangan shahri azimdir,

Mashrab bitgan go`zal she’rlarin.

Xamraboyev Dilmurod

9 b sinf o`quvchisi

JAHON CHEMPIONATI REKORDLARI

- JCh da eng ko‘p ishtirok etgan terma jamoa –

Braziliya (20 marta).

- JCh finaliga eng ko‘p chiqqan terma jamoa –

Braziliya (7 marta; 1950, 1958, 1962, 1970, 1994,

1998, 2002). Germaniya (7 marta; 1954, 1966, 1974,

1982, 1986, 1990, 2002).

- JCh ni eng ko‘p yutgan terma jamoa – Braziliya (5).

- Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan terma jamoa – Germaniya

(99).

- JCh o‘yinlarida eng ko‘p g‘alaba qozongan terma jamoa – Braziliya (67).

- Bitta JCh o‘yinlarida eng ko‘p g‘alaba qozongan terma jamoa – Braziliya (2002 yil barcha yettita

o‘yinni yutgan).

- Eng ko‘p g‘alabali seriya – Braziliya (11 ta, 2002-2006).

- Eng uzun mag‘lubiyatsiz seriya – Braziliya (13 ta, 1958-1966).

- Eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan terma jamoa – Meksika (26).

- Penaltilar seriyasida eng ko‘p qatnashgan terma jamoa – Germaniya, Italiya, Fransiya (4 martadan).

- Bitta JCh da eng ko‘p penaltilar seriyasi tepilgan – JCh-1990, JCh-2006 (4 tadan).

- Penaltilar seriyasida eng ko‘p g‘alaba qozongan terma jamoa – Germaniya (4 marta).

- Bitta JCh da penaltilar seriyasida eng ko‘p g‘alaba qozongan terma jamoa – Argentina (JCh-1990 da

2 marta).

- Penaltilar seriyasida eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan terma jamoa – Angliya, Italiya (3 martadan).

- O‘zaro eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan terma jamoalar – Braziliya-Shvesiya (7 marta; 1938, 1950, 1958,

1978, 1990, 1994 da ikki marta).

JChga oid turli rekordlarni e’tiboringizga havosla etishda davom etamiz.

- JChlarda eng ko‘p qatnashgan futbolchilar – Antonio Karbaxal, Meksika (5 marta; 1950—1966)

Lotar Matteus, Germaniya (5 marta; 1982—1998).

- JCh final bosqichida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan o‘yinchi – Lotar Matteus, Germaniya (25 ta o‘yin;

1982—1998).

- JChlarda maydonda eng ko‘p daqiqani o‘tkazgan o‘yinchi – Paolo Maldini, Italiya (2217 daqiqa;

1990—2002).

- JCh finalida eng ko‘p qatnashgan futbolchi – Kafu, Braziliya (3 ta final; 1994-2002).

- Eng yosh o‘yinchi – Norman Uaytsayd, Shimoliy Irlandiya (17 yosh, 42 kun; Shimoliy Irlandiya –

Yugoslaviya, JCh-1982).

- Finalda o‘ynagan eng yosh futbolchi – Pele, Braziliya (17 yosh, 249 kun; Braziliya – Shvesiya, JCh-

1958).

- Saralash bosqichidagi eng yosh o‘yinchi – Suleyman Mamam, Togo (16 yosh, 310 kun; Togo –

Zambiya, 2001 yil 6 may, (JCh-2002)).

- JChda qatnashgan va gol urgan eng yoshi katta o‘yinchi – Roje Milla, Kamerun (42 yosh, 39 kun;

Kamerun – Rossiya, JCh-1994).

- Finalda o‘ynagan eng qariya futbolchi – Dino Zoff, Italiya (Italiya – Germaniya, JCh-1982).

Mirjalilova Mohlaroyim

9 S sinf o’quvchisi

NIGOHINGIZ RAVSHANMI

1. Agar kompyuter qarshisida uzoq vaqt o'tirsangiz, ko'zlaringiz qizaradi, ba'zida yoshlanadimi?

Hech qachon - 1 ball

Ba'zida - 3 ball

Har doim - 6 ball

2. Bazida ko'rish qobilyatingiz pasayadimi?

Hech qachon - 2ball

Juda kam hollarda - 3 ball

Tez-tez - 8 ball

Mening ko'rish qobilyatim yomon - 0 ball

3. Yoshingiz qirqqa yetdi va siz ko'zoynak taqmaysiz, lekin oxirgi paytlarda siz uzoqdan yoki yaqindan yomon

ko'rayotganingizni e'tibor beringiz...

Yoshim qirqda lekin hech qanday muammo yo'q - 2 ball

Bazida sezib qolaman - 3 ball

Ha qirq yoshimdan keyin ko'rish qobilyatimda keskin ravishda o'zgarish bo'ldi - 6 ball

Menga qirq yoshimga hali ancha bor - 0 ball

4. Siz ko'zoynak yoki linza taqasizmi?

xar doim - 2 ball

Doimiy ravishda - 8 ball

Yo'q - 0 ball

5. Xaddan tashqari toliqqanligi sababli kechki payt ko'zlaringiz yomon ko'radimi?

Hech qachon - 2 ball

Ba'zida - 4 ball

Doimo - 4 ball

6. Ko'z sanchib og'rigandagi holat sizga tanishmi?

Yo'q- 3 ball

Shunaqasi bo'lib turadi - 5 ball

Tez-tez - 10 ball

7. Ko'zingizning oldida nimalardir ko'rishga halaqit beradimi.

Yo'q - 3 ball

Kamdan kam hollarda - 5 ball

Tez-tez - 3 ball sizga tanishmi?

8. Ko'zlaringiz toliqqanida boshingiz og'riydimi?

Hech qachon - 3 ball

Bazi hollarda - 4 ball

Har doim - 8 ball

9. Chekasizmi?

Kam - 6 ball

Ha - 8 ball

Yo'q - 0 ball

10. Kun davomida ko'zlaringizni dam berasizmi?

Yo'q - 5 ball

Kamdan kam hollarda - 3 ball

Ha - 1 ball

11. Sizni ko'zlaringiz yaxshi ko'radimi?

Ha- 2 ball

Bunday deya olmayman -6 ball

NATIJALAR

1 dan 11 gacha: Ko’zning ko’rish quvvatining pasayishi bu nafaqat ko’zga tegishli, balki butun tanangizdagi qanaqadir

o’zgarish borligidan darak ham beradi.

11 dan 22 gacha: Sizning ko’rish quvvatingiz yomon emas. Lekin bu xotirjamligingizga sabab bo’la olmaydi. Hech

bo’lmaganda, yilda bir marta ko’z shifokoriga uchrashingiz lozim bo’ladi. Agar 40 yoshdan kattaroq bo’lsangiz, har yili

ko’zni jiddiyroq tekshirtirishingiz kerak.

22 dan 36 gacha: Sizda ko’z bilan bog’liq muammolar paydo bo’lgan. Shunchaki ko’zoynak taqish yetarli emas.

Ko’zingizni davolatmasangiz, ko’z bilan bog’liq muammolar chuqurlashib ketish mumkin.

36 balldan ko’p: Siz nimani kutib turibsiz? Barcha yumushlaringizni bir chetga yig’ishtirib ko’zingiz bilan jiddiy

shug’ullaning va to’liq shifokor ko’rigidan o’ting, kerakli muolajalarni olishingiz shart.

Mazkur sahifada nafaqat maktab – internatimiz ustozlari va o`quvchilari balki “Umid” jurnaliga

bevosita qiziqish bildirgan insonlar, yoshlar va bolajonlarning ijod namunalarida berib borishga qaror

qildik.

QIZIQARLI MASALALAR

1. Alifbe sotib olishga Mashaning 7 tiyin, Mishaning esa bir tiyin puli yetmadi. Ular pullarini

qo`shib, bitta alifbe olmoqchi bo`lishganda, pullari baribir yetmadi. Alifbe qancha turgan?

2. Butilka tiqini bilan 10 tiyin turadi. Butilka iqindan i9 tiyinga qimmat. Tiqinsiz butilka qancha

turadi?

3. G`isht tarozida tortilsa, bir kilogramu yana yarimta g`ishtga teng keladi. G`ishtning og`irligi

qancha?

4. Stakanda yarimdan ko`proq choy bor. Bochkadan bir qoshiq vino olib, stakanga quyildi. Keyin

arashmadan bir qoshiq olib, bochkaga quyildi. Natijada stakandagi choyga qanchadir vino, bochkadagi

vinoga esa qanchadir choy arashib qoldi. Qaysi idishda begona suyuqlik ko`proq: stakandagi choydami

yoki bochkadagi vinodami?

5. A dan B ga va B dan A ga qarab ertalab bir paytda ikki bola yo`lga chiqdi. Ular qoq tush paytida

uchrashdilar va to`xtamay yo`llarida davom ettilar. A dan chiqqan bola B ga kunduz soat 4 da, ikkinchi

bola esa A ga kechqurun soat 9 da yetib keldi. Shu kuni qaysi soatda tong otgan?

Shodiyabonu

Chortoq tumanidagi 40-sonli maktab o`quvchisi

8 yosh

U kichkintoyligidan rasm chizish, musiqa chalishga juda qiziqadi. Xozirda u rus tiliga ixtisoslashgan

maktabda o`qish bilan birgalikda, 14-sonli musiqa maktabining fortepyano sinfida taxsil olmoqda.

Sobitxanov Ilg’orbek

8-B sinf o’quvchisi

ENG, ENG, ENG

Eng ko’p olmos qazib olinadigan mamlakat-Avstraliya

Eng ko’p oltin qazib olinadigan mamlakat-JAR

Eng ko’p neft qazib olinadigan mamlakat-Saudiya Arabistoni

Eng ko’p gaz,qo’rg’oshin qazib olinadigan va qo’rg’oshin yetishtiradigan mamlakat –Rossiya

Eng ko’p po’lat erituvchi va g’alla yetishtiruvchi mamlakat -Xitoy

Eng ko’p qalay qazib olinadigan mamlakat-AQSH

Eng ko’p rux qazib olinadigan mamlakat-AQSH

Eng ko’p kaliy tuzi qazib olinadigan mamlakat-Kanada

Eng katta silitra koni Chilida joylashgan

Eng ko’p elektrenergiya ishlab chiqaradigan mamlakat -AQSH

Eng ko’p avtomabil ishlab chiqaradigan mamlakat -Yaponiya

Eng ko’p kema ishlab chiqaradigan mamlakat -Koreya

Eng ko’p samolyot ishlab chiqaradigan mamlakat-AQSH

Eng ko’p atir ishlab chiqaradigan mamlakat-Fransiya

Eng ko’p shakarqamish yetishtiradigan mamlakat-Braziliya

Eng ko’p qandlavlagi yetishtiradigan mamlakat -Ukraina

Eng ko’p yeryong’oq yetishtiradigan mamlakat-Hindiston

Eng ko’p uzum yetishtiradigan mamlakat-Italiya

Eng ko’p apilsin yetishtiradigan mamlakat-Ispaniya

Eng ko’p xurmo yetishtiradigan mamlakat-Iroq

Eng ko’p choy yetishtiradigan davlat-Hindiston

Eng ko’p kakao yetishtiradigan davlat-Kotduvar

Eng ko’p jun kanop yetishtiradigan davlat-Bangladesh

Eng ko’p gul yetishtiradigan davlat-Niderlandiya

Hamidov Jahongir

9 s sinf o`quvchisi

YERDAGI YULDUZLAR HAQIDA

Enrike Iglesias Preyser 1975-yil 8-may kuni Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tug'ilgan.Otasi mashhur

Ispaniyalik qo'shiqchi Xuliyo Iglesias, onasi Filipinlik Izabel Preyser. Enrike oilada 3-farzand. Uning opasi

Mariya va akasi Xulio bor. Uning bolaligidagi enagasi Mariya Olivares. Enrike Mayamidagi ,,Gullivero

Preparatory"maktabida o'qigan. 2000-yillar boshida Enrike va uning otasi Xulio o'rasida jiddiy ijodiy kurash

kechgan. Buning asosiy sababi Xulio o'z o'g'lini matbuot orqali xurmatsizlantirgan. Bunga javoban

Enrike:,,Xozir otamdan yaxshi qo'shiq aytmasam xam 20 yildan so'ng undan yaxshi qo'shiq aytaman deydi”.

O'sha yili AQSHdan Madridga qaytganda Enrikeni minglab muhlislar kutib oladi. Xulioni esa xech kim. O'sha

yili Enrikening 7000 ta diski Madridda sotiladi. Enrike Pitbull va Jennefer Lopez bilan ko'plab duetlar aytgan. U

futbolga qiziqadi. Aktyorlardan Keanu Reevers, Meryl Strepga va yozuvchilardan Ernest Hemingueyga

qiziqadi. Yoqtirgan ranglari oq, qora, qizil. Jeep avtomobilini, sushi taomini, coca-cola ichimligini, may oyini,

juma kunini, Madrid, Mayami, Mexiko shaharlarini yaxshi ko'radi.

A.Uralov

9 a sinf o`quvchisi

ЗНАЕТЕ ЛИ ВЫ?

Самый большой в мире остров — это Гренландия. А самый отдалённый от суши остров — это

остров Буве. Он расположен в восточной части Антарктиды в тысяче семистах километрах от

ближайшей суши.

Высочайшая гора мира Джомолунгма (восемь тысяч восемьсот сорок восемь метров), которая

возвышается на границе между Тибетом и Непалом, имеет второе официальное название — Эверест.

Это имя дано в честь английского полковника сэра Джорджа Эвереста, который был главным

топографом Индии.

Учёные спорят, какую из рек (Нил или Амазонку) считать самой длинной. А самой короткой

речкой, имеющей название, является Роу, приток Миссури. Её длина шестьдесят один метр.

Самым древним городом считается Иерихон в Израиле. Ему почти двадцать восемь веков. А

самой древней столицей является главный город Сирии Дамаск.

Rustamova Sarvinoz 5 b sinf Davlataliyeva Tillaxon 5 a sinf

Rahmonberdiyev Shohruhbek 5 b sinf Valixanova Sarvinoz 5 b sinf

“Umid” umidlarning porloq oshyoni,

Nurli kelajakning ayni o`zidir!

“Umid” muxlislarning eng qadrdoni,

“Umid” ijodkorning ko`ngil so`zidir!