Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan...

20
2014 yil son

Transcript of Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan...

Page 1: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

2014 yil

son

Page 2: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali
Page 3: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

«Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgim va sadoqatim senga baxshida,

go‘zal O‘zbekistonim!

O`zbekiston Respublikasi o`z davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan buyuk tarixiy sana

– 1 sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o`rin tutadigan, har

yili eng ulug`, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug`

ayyomdir. Bu yil istiqlolning shonli sanasini – milliy mustaqilligimizning yigirma uch

yilligini baland ruh va ko`tarinki kayfiyat bilan kutib oldik.

Xalqimiz o`z oldiga ezgu va ulug` maqsadlarni qo`yib, tinch-osoyishta hayot

kechirayotgan, avvalambor o`z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va

fuqarolik jamiyati qurish yo`lida ulkan natijalarni qo`lga kiritayotgan zamonda yashamoqda.

Biz o`z taqdirimizni o`zimiz belgilab, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga

rivojlangan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, istiqbolli, olijanob intilishlar bilan

yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni

barpo etayotganimiz, barcha imkoniyatlarimiz va bu yo`lda erishayotgan yutuqlarimizni

xalqaro hamjamiyat tan olganligi-aynan, mustaqillikning sharofati ekanligini anglayapmiz.

Bugungi yoshlar mustaqil O`zbekistonning kelajagi. Zotan, mana shu navqiron avlod

namoyandalarini qanchalik ma’naviy jihatdan barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga

yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g`urur ruhini izchil shakllantirib borsak,

ko`zlangan yuksak taraqqiyot marralari sari, shu qadar komilu ishonch bilan ilgarilab

boramiz.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan, joriy yilni ana shunday o`ta muhim

vazifalarni amalga oshirish, bu masalaga davlatimiz va jamiyatimiz, keng jamoatchiligimiz

e’tiborini jalb etish maqsadida, «Sog`lom bola yili» - deb e’lon qilindi.

Maktab – internatimizda ham davlatimiz mustaqilligining yigirma uch yilligini

nishonlash va o`tgan davr mobaynida qo`lga kiritilgan yutuq va natijalarni,

mamlakatimizning salohiyati va qudratini, uning xalqaro maydonda nufuzi tobora yuksalib

borayotganini, keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini o`quvchi-yoshlarga

yanada chuqurroq ochib berish, xususan ta’lim tizimida amalga oshirilgan ulkan islohotlar

va erishilgan yutuqlar mohiyatini ochib beruvchi «Yagonamsan, muqaddas Vatanim,

sevgim va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!» degan ezgu g`oyani

o`zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy ishlar amalga oshirilgani quvonchlidir.

Gulmiraxon Qo`shmonova

5-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan

umumiy o’rta ta’lim maktab-internati

direktori, Xalq ta’limi a’lochisi

Page 4: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

M. Tursunov

Ma’naviy-marifiy

ishlar bo`yicha

direktor o`rinbosari

FARZANDNING KASB TANLASHIDA OTA-ONANING TA’SIRI.

Kasb tanlash inson hayotidagi muhim qadamlardan biridir. Odatda insondan

hayotimizdagi asosiy qadriyatlar nima deb so`ralsa, u «Sevimli insonlar» va «Sevimli

ishim» deb javob beradi. Shuning uchun kasb tanlashda adashish kechirilmas xato.

Ko`p hollarda bu xatolik inson o`z-o`zini yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi.

Ko`ngilga yoqadigan ish topish va bu ishda muvaffaqiyat qozonish uchun,

avvalambor o`zining xohish va moyilligini aniqlab olish kerak, keyin shunday kasb

tanlash kerakki, uning xohish moyilligiga mos tushishi kerak.

Har qaysi insonda turli layoqat, yashashdan maqsadi bo`ladi. Ba’zi birovlar

butun bir korxonani muvaffaqiyat bilan boshqaradilar, boshqalar uchun esa bitta

mas’uliyatli qaror qabul qilish ham azobli kechadi. Bundan shunday xulosa kelib

chiqadiki, bir odamga to`g`ri kelgan kasb ikkinchi insonga to`g`ri kelmasligi mumkin. hayotda xohishi,

qiziqishi layoqati, qadriyatlar tizimi, xarakteri bir-biriga to`la mos keladigan insonlar yo`q, faqat o`xshash

insonlar bor, ya’ni ularning ko`pchiligida shaxs turi bir-biriga to`la mos tushadi. Bu o`xshashlik har qaysi

odam uchun qaysi sohada muvaffaqiyat qozonish, qaysinisida esa ishlolmasligi haqida tasavvurga ega

bo`lishi kerakligi uchun muhim shart – sharoitdir.

Bugungi dolzarb muammolardan biri o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish samaradorligini

oshirish va maxsus ehtiyotga muhtoj bolalarga jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, kasb-hunarga to`g`ri va

ongli ravishda yo`naltirish masalalarini qamrab olgan amaliy uslubiy yordam, yo`naltiruvchi tavsiyalar

berish zarur.

Kasb-hunarga yo`naltirish ishlari butun pedagog jamoaning, mahalla ahlining, oilaning, barcha-

barchaning ishidir. Kasblarni to`g`ri tanlashda ota-onalarning roli beqiyos kattadir.

Xalqimizning bebaho qadriyatlaridan biri shuki, har bir bola ota-onasining, kattalarning bag`rida

tarbiyalanishi lozim. Bir bolaning taqdiri uchun nafaqat ota-ona, balki yetti mahalla mas’ul, degan hikmatli

so`z chuqur ma’noga ega. Agar bolaning hayoti izdan chiqqan bo`lsa, u to`g`ri yo`ldan adashsa, bunga o`z

vaqtida bolaga e’tiborsiz bo`lgan ota-ona, mahalla, maktab, sinf rahbari, umuman shu bola o`sayotgan

muhitga aloqasi bor barcha – aybdordir.

Bola esini tanidimi, uni biror foydali ishga yo`naltirib yuborish kerak.

Bolalarni kelajakda yaxshi inson bo`lishi hayotini to`g`ri tashkil etishi bo`yicha ularni ilk yoshdan

boshlab kasb-hunarga o`rgatib borish zarur.

Bunda ota-onalarning kasb-hunar haqida suhbatlashishlari, oilada ulg`ayayotgan bolalarda kasbiy

tasavvurlarini shakllanishining omili hisoblanadi. Shuning uchun kasb-hunarni, mehnat ko`nikmalari

elementlarini bolalarga maktabgacha bo`lgan yoshlaridanoq o`rgatib borish maqsadga muvvofiq. Bu davrda

bolalarga ma’lum vazifalar yuklatilib, ularda faoliyatiga nisbatan mas’uliyat hissi oshiriladi. Oiladagi muhit

bolaning rivojlanishini ta’minlash bilan birga uning mavjud imkoniyatlarini va aqliy tafakkurini o`stiradi.

Bolani mehnatsevar va intelektual salohiyatli bo`lib o`sishida oilaning roli katta farzandlarni mehnat

orqali tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi.

Oila o`ziga xos turmush o`chog`idir. Bunda mehnat asosiy o`rin egallaydi. Farzandlar ota-onadan

mehnat qilishga, kasbga qiziqishga, shaxslararo ibratli munosabatga o`rganadi. Ota-onalar o`z farzandlarini

maqsadga intiluvchan etib, ishga bo`lgan mas’uliyatlarini shakllantirib borsa, maktab psixologi va

o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar

orqali aniqlansa va olingan natijalar asosida tegishli tavsiyalar berib borilsa, bolalarning kasb tanlashi bir

muncha oson bo`ladi.

Bolaning qanday kasbni tanlashi juda muhim hayotiy masala bo`lib, uni hal qilishda oila hamda

maktab jamoasining hamkorlikdagi olib boradigan kasb hunarga yo`naltirish ishlari ma’lum bir natijalarga

asoslangan hamda rejali bo`lishi darkor. Chunki kelajakda bolaning jamiyatda qanday o`ringa ega bo`lishi,

kasb hunarni egallashi yuqoridagi ishlarni qay tarzda amalga oshirishiga bog`liq.

Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi.

Oilada o`z-o`zini to`g`ri anglagan bolalargina maktabda bilimlarni samarali egallaydi. O`z-o`zini

anglagan va bilimlarni chuqur o`zlashtirgan bolalargina komil inson sifatida shakllanadi.

Page 5: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

Q.Qosimov

Jurnal

muharriri

S. Musaboyev

Mohir pedagog,

iste’dodli yozuvchi.

O`nlab asarlar muallifi

Siz nechanchi sinfda o`qiysiz?

( Maqola jurnalxonlarning talab va istaklariga ko`ra takroran nashr etidi)

Bu savol Sizga qiziq, balki erish tuyulishi mumkin. Lekin...

Biz aynan ana shu lekinga to`xtalib, biroz bosib o`tgan yo`limizga nazar

tashlasak. Biz hozir aytadigan fikrlarni har bir kishi do`ppini bir chekkaga olib

qo`yib, mulohazalarimizni aql tarozisiga qo`yib, o`z xulosasini chiqaradi degan

umiddamiz.

Bu yog`i oddiy arifmetika: Agar bir o`quvchi bitta dars jarayonida

arzimagan 10 daqiqani hayol surib-mi, boshqa keraksiz ishlar bilan chalg`ib-mi, uyqusirab-mi va

hokazolar bilan bekor o`tkazsa – bu bir kunda o`tilgan 6 soat darsda 60 daqiqa yoki 1 soat

yo`qotildi degani. Bu sonni bir o`quv yiliga ko`paytirsak – o`rtacha 204 soat bo`ladi. Agar 9 sinf

o`quvchisi 9 yilni ana shunday bekorchi 10 daqiqalar bilan o`tkazgan bo`lsachi – bu 1836 soatni

tashkil etadi. Agar bu ulkan sonni dars soatlariga aylantirsak nima bo`lishini bilasizmi?!!! 2754 soat

dars havoga uchdi degani. Agar bu sonni yillik o`quv soatlariga aylantirsak salkam 2,5 yillik dars

soatlari bajarilmay qolganiga guvoh bo`lamiz...

Biz arzimagan 10 daqiqani aytayapmiz. Bitta darsda 15 daqiqa yoki 20 daqiqa diqqat –

e’tiborsiz qatnashgan o`quvchi haqida, turli sabablar bilan – masalan, qarindoshnikidagi to`y

bahona 3 kun, dada va onaning tug`ilgan kuni bahonasida 2 kun, turli marosimlaru dangasalik bilan

maktabga bormagan o`quvchi haqida, uning bilim darajasi, odamiyligi haqida fikr yuritishga

yuragimiz bellamadi.

Aziz o`quvchi, haqiqatni o`zingizdan so`rab ko`ringchi - Siz nechanchi sinfda o`qiysiz?...

Maqtalganlar taltaymasinlar, tanbeh eshitganlar ruhan sinmasinlar va

achchiq qilmasinlar... Oldinda sizni yangi sinovlar kutadi.

* * * Hamma o`zicha xaq, har bir kishi o`ziga aloxida e’tiborni talab qiladi.

Nazarimda kelishmovchliklarning barchasi shundan yoxud shunga borib

taqaladi.

* * * Har qanday suhbat ham juda tez g`iybatga aylanib ketishi mumkinligini aslo unutmasligimiz shart!

* * * Garchi o`ylagan fikringiz ilgari boshqa kishi tomonidan zikr etilgan bo`lsa ham siz mana shu fikrga

mustaqil yetib kelgan bo`lsangiz, o`zingiz g`oya kashf eta olgansiz. Bundan faxrli va lazzatli narsa

bormi?!

* * * Biz o`zimiz o`ylab yurganga qaraganda ham saviyasizroqdirmiz.

* * * Kecha televizorda ko`rgan serialni gapirib berib, bir uy odamni og`ziga qaratib o`tirish bu xali bilim

emas, oddiy maxmadonalik xolos.

Page 6: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

Akmaljon Toshboyev

Jismoniy tarbiya o`qituvchisi,

Boks bo`yicha bir qator musobaqalar g`olibi

O`zbek milliy kurashning turkumlarga bo`linishi,

tizimga tushirilishi va atamalari

Jismoniy mashqlarni klassifikatsiyalash ularni bir-biriga bog’liq bo’lgan guruxlarga bo’lish

demakdir. Bu guruhlardagi mashqlarning ba’zi xususiyatlari umumiy bo’lishi lozim. Jismoniy mashqlarni

klassifikatsiyalashni amaliy qiymatni bu mashqning umumiy qaysi xususiyati umumiy xususiyat sifatida

qabul qilinishi hamda mazkur xususiyat qanday muhim jixatlari bilan klassifikatsiyalashning asosi qilib

olinishi bilan belgilanadi.

Hozirgi kunda jismoniy tarbiya vositalarining tarixan tarkib topgan tizim va ularning qo’llanilish

metodlari asos qilib olingan klassifikatsiya amaliy jixatdan o’zini oqlagan klassifikatsiyalardan biri sifatida

namayon bo’ladi.

Milliy sport kurashida ham mashq materiallarining ko’pligi

hamda xilma-xilligiga ko’ra, o’z navbatida yana ham mayday

klassifikatsion birikmalarga bo’linadi. Amalda ko’pincha

mashqlarning ularning jismoniy qobiliyatlari (kuch, chaqqonlik,

chidamlilik va egiluvchanlikni) o’stirish uchun bo’lgan ahamiyatga

qarab klassifikatsiya qilinadi. Turli belgilarga qarab tuziladigan

klassifikatsiyalashning ko’p turlari ularni amaliy ahamiyatini inkor

etmay, mavjud ko’p mashqlarni bilib olishga, tizimga tushirishga

yordamlashadi.

Kurashda qo’llaniladigan amallarni, uslublarni guruhlari

bo’yicha klassifikatsiya chegarasidan chiqmasdan bir xil tartibga

solishni tuzimga tushirilgan deyishadi.

Respublika sport qo’mitasi, xalqaro sport klassifikatsiyasiga

asoslanib milliy sport kurashi bo’yicha musobaqalar qoidasini va

sport ustasi unvonini tasdiqlash to’g’risida 1997 yil qaror qabul qildi.

Shundan keyin milliy kurash respublikada to’liq huquqli sport

turiga aylandi. Hozirgi vaqtda jamoa birinchiligidan tortib, jumhuriyat

miqiyosigacha musobaqalar o’tkazilmoqda.

O’zbek milliy kurash sport klassifikatsiyasi xalqaro sport klassifikatsiyasiga qarab tuzilgan. Milliy

kurash bo’yicha yangi sport klassifikatsiyasi respublika milliy kurashini yanada rivojlantirishga, jismoniy

tayorgarlikni o’quv va tarbiya ishlari sifatini oshirishga ta’sir ko’rsatish kerak.

1. Sport unvonlari va razryadlari:

Milliy kurash bo’yicha quyidagi unvonlar va sport razrydlari beriladi:

Sport unvonlari:

a) O’zbekiston faxriy sport ustasi.

b) O’zbekiston sport ustasi.

c) O’zbekiston sport ustasiga nomzod.

d) Birinchi razryad

e) Ikkinchi toifa

f) Uchinchi toifa

g) Birinchi yoshlar toifasi

h) Ikkinchi yoshlar toifasi

O`zbekiston sport ustasi 18 yoshga va undan katta yoshdagi kurashchilarga shu unvonga belgilangan

norma va talabalarni bajargan, har doim musobaqalarga o’z fizkultura jamoasi nomidan tushadigan, jismoniy

tarbiya sog’lamlashtirish ishlarida faol qatnashuvchilarga beriladi.

Sport ustaligiga nomzod 1-2-3 sport unvonlari 16 va undan katta yoshdagi kishilarga beriladi.

O’smirlar unvonlari ikki yilgacha haqiqiy hisoblanadi, unvonga ega sportchi o’z unvonodan yuqori turadigan

sportchilar bilan olishuvga haqlidir. Unvon olish uchun musobaqada qatnashib unvon talablarini bajarish

zarur.

Page 7: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

Sh. Qosimov

7 b sinf

o`quvchisi

2 sentabr – O`zbek matematik olimi, pedagog, davlat va jamoat

arbobi Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy (1897-1970)

tavalludi

Qori Niyoziy, Sarimsoqov, X.Abdullaev, Sirojiddinov, O.Sodiqov, S.Yunusov,

Y.G`ulomov, Oybek, A.Qahhor, Zulfiya, S.Axmad, O.Sharofiddinov, L.Sarimsoqova,

X.Nosirova, Olim Xo`jaev kabi dunyoga tanilgan ilm fan, adabiyot va madaniyat

arboblari yetishib chiqdilar.

Tariximizda, yurtimizda bunday benazir siymolarning yashab o`tganligi,

mavjudligi o`ziga xos bir fenomen, ya’ni o`ta noyob hodisadir. Bu esa nafaqat

bugungi, balki ertangi avlodlarimizning ham ma’naviy boyligiga aylanib, xalqi-

mizga buyuk va qudratli kuch quvvat va madad berishi muqarrar.

I.Karimov

Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy Xo`jand shahrida kosib oilasida tug`ilgan. U 1917 yili

Farg`onada birinchi o`zbek boshlang`ich maktabini ochdi. 1920

yili Qo`qonda pedagogika texnikumini ochdi va 1925 yilgacha

unga rahbarlik qildi.

U 1925 yili O`rta Osiyo Davlat dorilfununining fizika-

matematika fakultetiga o`qishga kirdi va uni 1929 yilda bitirdi. Qori-

Niyoziy yangi tipdagi maktablar uchun o`zbek tilida matematikadan

darsliklar, o`quv qo`llanmalar yaratdi.

Bundan tashqari, u birinchi bo`lib «Ruscha-o`zbekcha matematika

terminlari lug`ati»ni tuzdi va o`zbek tilida oliy matematikaning

boshlang`ich bo`limlari – analitik geometriya, differensial va integral

hisob, differensial tenglamalar darsliklarini yaratdi. Uning 1928

yili arab alifbosida «Analitik geometriya asoslari», 1931yili

«Tekislikda analitik geometriya», 1932 yili «Fazoda analitik

geometriya» va «Matematik tahlil asosiy kursi» asarlari nashr etildi.

Qori-Niyoziyni shogirdlaridan bir qismi farg`onalik «13 qaldirg`och» nomi bilan mashhur. Uning

ijodida matematika, astronomiya, fan, madaniyat, maorif tarixi katta o`rin tutgan. Buni biz 1950 yilda

«Ulug`bekning astronomiya maktabi» nomli monografiyasidan bilib olishimiz mumkin. Unda Ulug`bek

astronomiya maktabining vujudga kelishi tarixi, bu maktab va Ulug`bek rasatxonasida olib borilgan

kuzatishlar, rasadxonanining asosiy quroli - sekstantning tuzilishi, ishlash prinsipi bayon qilingan.

Qori-Niyoziy faol jamoatchi, Jahon astronomlari jamiyatining a'zosi va “Fan tarixi Jahon

Akademiyasi”ning muhbir a'zosi bo`lgan.

U 1970 yilda vafot etgan.

Avazbekov Abdullo

9 a sinf o`quvchisi

QIZIQARLI MATEMATIKA Ikki xonali sonlar ichida „ 49“ sonidan kvadrat ildiz chiqadi. Buni qarang-ki shu son raqamlaridan ham kvadrat

ildiz chiqadi. Ya’ni 39;24 .

Ikkita sonni sodda arifmetik amallar bilan birlashtirib undan eng katta son chiqarish uchun ularni ko`paytrish

kerak. Ya’ni 2∙3=6

“49” ni quyidagicha yozsak natijada yana 6 chiqadi: 6329449

Pichan uyumi haqidagi masala

Pichan uyumini ot bir oy davomida, echki 2 oyda, qo`y 3 oy davomida yeydi. Ot, echki va qo`y birgalikda

o`shanday pichan uyumini qancha vaqtda yeb bitiradi?

Yechish. Ot pichan uyumini bir oy davomida yegani uchun, yil davomida u 12 ta pichan uyumini yeydi. Echki

uni 2 oyda yegani uchun yiliga 6ta, qo`y esa yiliga 4 ta pichan uyumini yeydi. Birgalikda ular yil davomida 12 + 6 + 4

= 22 ta pichan uyumini yeydi. U ҳolda bir pichan uyumini birgalikda

12

22 oyda yeyishadi.

Page 8: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

Sh.Usmonova

Oliy toifali ona tili

va adabiyot fani

o`qituvchisi

17 sentabr - O`zbekiston xalq yozuvchisi, noshir, tarjimon,

dramaturg Abdulla Qahhor (1907-1968) tavalludi

ABDULLA QAHHOR

O`zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan adib Abdulla

Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo'qonda dunyoga keldi. Otasi Abduqahhor

temirchi tirikchilik o'tkazish uchun Qo'qon atrofidagi Buvayda, Yaypan,

Oqqo'rg'on, Qudash, Olqor qishloqlarining biridan ikkinchisiga ko'chib yurar,

oila biror qishloqda uzoqroq qo'nim topmasdi. Bolajak yozuvchi dastlabki

ma'lumotni Buvaydadagi eski maktabda oldi. So'ng Oqqo'rg'on qishlog'idagi jadid maktabida tahsil

ko'rdi. Sal keyinroq Qo'qondagi maktabda o'qidi. 1922 - 1924-yillarda Qo'qondagi o'qituvchilar

tayyorlash texnikumida tahsil ko'rdi. Abdulla Qahhor

1925-yili Toshkentga kelib, kechasi o'qib, kunduzlari

«Qizil 0'zbekiston» gazetasida ishladi. U 1930-yilda O'rta

Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zMU)ning

pedagogika fakultetini tugatdi.

Abdulla Qahhor ijodi 1924-yilda boshlangan.

Dastlab «Mushtum» jurnalida, «Yangi Farg'ona» va

«Qizil O'zbekiston» gazetalarida uning hikoya,

feleton va xabarlari bosildi. Abdulla Qahhorga katta

shuhrat keltirgan «Sarob» romani 1934-yilda yozildi.

Yozuvchi «Qo'shchinor chiroqlari» (1951) romani,

«Shohi so'zana» (1951), «Og'riq tishlar» (1954),

«Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967)

asarlari bilan o'zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa

qo'shdi. Adibning «Sinchalak» (1958), «Muhabbat» (1968), «O'tmishdan ertaklar» (1965) qissalari

o'zbek nasri taraqqiyotida muhim o'rin tutadi.

Qahhor hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishontirish kuchi bilan kishini hayratda

qoldiradi. Yozuvchi tasviridagi hamma narsa hayot hodisasi, aynan bo'lib o'tgan voqea, real hayotning

bir bo'lagi, epizodi bo'lib gavdalanadi; hikoyalarning ko'pchiligi real hayotiy asosga ega, ular adibning

turmushda o'zi ko'rgan, eshitgan hodisalardan, tanish kishilar hayotidan olingan. Biroq ular hayotning

aynan nusxasi emas.

„Agar yozuvchilik turmushdan nusxa ko'chirishdan iborat bo’lsa, dunyoda bundan oson ish

bo'lmas edi”, - deydi adib.

Hayotdan aynan ko'chirish kitobdan ko'chirishday gap. Nusxa nusxa bo'lib qolaveradi. Bunday

narsalardan originallik kutib boimaydi. Griginallik hayot haqiqatini dildan o'tkazish, uni his qilish, unga

o'ylab yurgan gaplarni singdirish, tilaklaringni qo'shib ifodalash bilan yuzaga keladi". Zotan, yozuvchi

hikoyalaridagi hayotiylik, ishontirish kuchi, siri ana shunda. Bundan ham muhimi, yozuvchining o'sha

hayot hodisalarini o'ziga xos tarzda badiiy idrok etishi, mag'zini chaqib, ulardan xilma-xil original va

teran ma'nolar topishi - kashf etishi hikoyalariga o'ziga xos joziba baxsh etgan.

Mashhur hikoyanavis, qisqa so'zda ko'p ma'no ifodalash mahorati egasi Abdulla Qahhor

1968-yilning 25-mayida vafot etdi.

Page 9: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

ABDULLA QAHHOR

ADABIYOT MUALLIMI

(Hikoya)

O'zining aytishiga ko'ra „nafis adabiyot muallimi"

o'rtoq Boqijon Baqoyev og'ilga kirib ta'bi xira bo'ldi:

sigirning qulog'iga yana kana tushibdi! Kanadan ham

ko'ra sigir uning achchig'ini keltirdi: kanani teray desa

qo'ymaydi - boshini silkiydi, pishqiradi.

- Hayvon! Sigir emas, hayvon! - dedi og'ilning

eshigini qattiq yopib.

- Hayvon!

Xotini Mukarram hovlida samovarga suv quyar edi.

- Hayvon! - dedi Baqoyev, - bu sigirni sotib, puliga

cho'chqa olish kerak!

- Shaharda cho'chqa asrash mumkin emas, - dedi

Mukarram samovarga ko'mir solayotib.

- Nima uchun? Taqiq qilinganmi? Kim aytdi? Men

aytib edimmi? To'g'ri, mumkin emas... albatta, mumkin

emas...

- Uyga kiring, Hamida keldi.

Hamida o'n olti yoshlardagi tiyrak, quvnoq qiz,

pochchasini ko'rib sevinib ketdi.

- Siz uyda ekansiz, bilsam daftarimni olib kelar

ekanman... esizgina...

O'rtoq Boqijon Baqoyevning ta'bi ochildi - sigir,

uning qulog'idagi ko'm-ko'k kana, g'o'qillab tumshug'i

bilan ariq yoqalarini buzib yurgan cho'chqa ko'z oldidan

ketdi.

- Texnikumdan rabfakka o'tibsan deb eshitdim,

rostmi? - dedi. Hmm... yaxshi qilibsan. Rabfakka o't,

deb men aytib edim shekilli? Hmm... Auff, zarda

bo'libman... Rabfak yaxshi. Men bir borgan edim.

Kanselariyaning eshigiga praktikum deb yozib qo'yipti.

To'g'ri emas. Praktikum, minimum, maksimum - bular

hammasi lotincha yoki lotinchaga yaqin so'zlar.

Men shaxsan shunday deb bilaman. Biroz jim qolishdi.

- Boqijon aka, - dedi qiz uyalibroq, - bir narsani

sizdan so'ramoqchi edim: biz sinfda Chexovning „Uyqu

istagi” ni o'qidik, go'dakni o'ldirgan qizni sud

qilmoqchimiz. Da’vogar go'dakning onasi - Rahima

bo'ladi, qoralovchi - Sharifjon. Sudyalar ham bo'ladi.

Men qizni oqlab, butun gunohni uning xo'jayiniga, yosh

qizni bu qadar berahm ekspluatatsiya qilgan kishiga

qo'ymoqchiman. Mana shu... Shuni yozdim. Shu

to'g'rida sizning fikringizni bilmoqchiman. Chexov

shunday demoqchi emasmi? O'rtoq Baqoyev o'ylab

turib, so'radi:

- Nafis adabiyot darsini sizlarga kim beradi?

Hakimov? Ahmoq odam! O'z ustida ishlamaydi. Savol

alomati hammavaqt „mi" dan keyin qo'yiladi desam,

kuladi. Gap bunda ham emas...

Mukarram samovar ko'tarib kirdi. Hamida irg'ib

turib, samovarni opasining qo'lidan oldi va stolga qo'ydi.

U homilador xotinga samovar ko'tartirib, qarab o'tirgan

pochchasidan o'pkalamoqchi edi, biroq uyaldi,

indamadi. O'rtoq Boqijon Baqoyev juda chanqab turgan

ekan, ustma-ust to'rt piyola choy ichdi va terladi.

- Chuchvaradan keyin choy juda yaxshi ketadi-

da, - dedi yuzidagi terni artib. Hmm... soqol ham o'sipti,

sartarosh bo'lmasa odamlar maymun bo'lib ketar edi.

Maymun juni to'kilib, odam bo'lgan. Bu haqda

Engelsning fikri bor...

- Haligini aytmadingiz, Boqijon aka, - dedi qiz, -

Chexov shunday demoqchi emasmi?

O'rtoq Baqoyev yana bir piyola choy so'radi.

- Chexovmi? Hmm... burjuaziya realizmi to'g'risida

so'zlaganda eng avval uning obyektiga diqqat qilish

kerak. Burjuaziya realistlari tushungan, ular aks ettirgan

obyektiv voqelikni

anglash lozim bo'ladi. Turgan gapki, Chexovning ijodi

boshdan-oyoq, butun mohiyati bilan ilk burjuaziya

realizmi, ya'ni... hmm... Mukarram, tovuqqa moyak

qo'ydingmi? Qo'yish kerak, bo'lmasa daydi bo'lib

ketadi... Tavba, tovuqdan ahmoq jonivor yo'q - moyak

qo'ysang tug'adi! Nima uchun moyak qo'ysang tug'adi?

Xo'roz nima uchun saharda qichqiradi? Ajoyib

psixologiya! Biologiya o'qiysizlarmi?

Hamida biologiyadan nimalar o'qiganini, bu

o'quv yilida yana nimalar o'tilajagini so'zlab berdi va

o'zining oqlash nutqida fiziologik asoslar ham ko'rsatish

niyati bor ekanini aytib, yana so'zni Chexov ustiga

burdi.

- Hmm... - dedi Baqoyev, - Chexov to'g'risida

o'zimning fikrim bor. Boshqalar nima desa desin, har

holda uning dunyoga qarashida... Uning dunyoga

qarashi Pushkin va Lermontovlarning dunyoga

qarashidan farq qiladi. Bir davr, bir sinf, bir mamlakat

yozuvchilari bo'lishlariga qaramasdan mutlaqo farq

qiladi!

- Chexov Pushkin bilan bir davrda yashagan emas-

ku,- dedi Mukarram, - bizning kutubxonada uning

Maksim Gorkiy bilan oldirgan surati bor. Chexov 1904 -

yilda o'lgan bo'lsa kerak.

O'rtoq Baqoyev biroz o'ng'aysizlandi.

- Sizlar qaysi Chexov to'g'risida gapirayotibsizlar?

Choydan quy!.. Bu Chexov haqidami? To'g'ri, bu 1904-

yilning birinchi yarmidami, ikkinchi yarmidami o'lgan...

Boshqa ro'molcha ber, bundan piyoz hidi kelayotipti.

Men ana-u Chexov, ilk burjuaziya realizmining

namoyandasi bo'lgan Chexov haqida so'zlayotibman.

- „Uyqu istagi" qaysi Chexovniki? - dedi Hamida.

- Hech shubhasiz, bu Chexovniki. Bu narsa birinchi

marta „Sovremennik" jurnalida bosilgan. Shundan keyin

o'rtoq Boqijon Baqoyev uzundan-uzoq so'zlab ketdi.

Uning nima to'g'rida so'zlayotganini Hamida bilmas edi.

Detirding degan allaqanday mashhur tanqidchi Shelling

degan yozuvchiga „sen dastyorga zor bo'lguncha

o'g'ling dastyor bo'ladi" deb xat yozgan; Marks

Dobrolyubovni Mering bilan bir qatorga qo'ygan;

Stending degan allaqanday bir dramaturg o'lar chog'ida

Demping degan bir tanqidchiga: „Agar butun

jonivorlarni xudo yaratgan bo'lsa, men uning zavqiga

qoyil emasman, echkemar ham jonivor bo'ldimi?"

degan... Hamidaning boshi og'irlashib ketdi, ikki marta

sekin, og'zini ochmasdan esnadi.

Hamida mezbonlar bilan xayrlashib ko'chaga

chiqqanda qorong'i tushgan edi, „Uyqu istagi" to'g'risida

pochchasidan hech qanday fikr ololmadi. Uning

so'zlaridan nima olgani haqida o'ziga hisob berar ekan,

g'uvillab turgan boshida shundan boshqa hech narsa

yo'q edi: praktikum, minimum, maksimum; Detirding,

Stending, Shelling, Mering, Demping...

Page 10: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

Sentabr – geografiya va iqtisod bilim asoslari fanlari oyligi

TURKISTON, O`RTA OSIYO, MARKAZIY OSIYO HAQIDA TUSHUNCHA

A.Akbarov – 1-toifali geografiya fani o`qituvchisi

Turon, Turkiston, Turkiston gubernatorligi O`rta Osiyo,

Markaziy Osiyo kabi atamalarni

uchratamiz. Bunday nomlanishlar tarixiy yillar davomida o`z

mazmunini topgan bo’lib,

ularning birligi tabiiy – geografik o`lka sifatida qo`llanilsa, boshqa

birlari siyosiy – ma`muriy atama

hisoblanadi. Haqiqatdan ham o`rganilayotgan makon o’z

tarixiga ega. Chunki, bu hududda

- Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va Murg`ob daryolari vodiylarida

bizning asrimizgacha va keyingi davrlarda bir necha buyuk

davlatlar bo`lgan. Jumladan ,

Baqtriya, Marg`iyona, Xorazm, Sug`diyona, Buyuk Amir Temur

imperiyasi, Xiva, Qo`qon

xonliklari, Buxoro amirligi va boshqalar, shuningdek , ХVI-

ХVII asr boshlarigacha bu hudud

bo`ylab Osiyoni Yevropa bilan tutashtirib turuvchi “Buyuk ipak

yo`li” o`tgan. Buyuk geografik

kashfiyotlar davridan boshlab (dengiz yo`llarining ochilishi va

taraqqiy etishi bilan) “Buyuk ipak

yo`li”ning mavqeyi sustlashib ketdi. Natijada bu hududda

joylashgan davlatlar dunyo

bozoridan asta – sekin uzilib qoldi. Keyinchalik yana bu

o`lkaning boy tabiiy resurslari,

ma`daniyati xorijiy davlatlarni o`ziga jalb etdi.

Tarixda Amir Temurning

“Mulki Turon, millati turk” degan iborasi bor. Bu iborada haqiqat

bor, chunki turkiy tillarda

so`zlashuvchi xalqlar Yevrosiyoning juda katta qismida

yashashgan. Shu bilan birga

boshqa tilda gaplashuvchi xalqlar bilan birga, doimo aloqada va

munosabatda bo`lib kelishgan.

Albatta bu ibora o`z davriga xos voqea va mezon hamda

mazmunga ega bo`lgan.

Hozirgi kunda Turon bu past tekislikning nomi bo`lib, O`rta

Osiyoning shimoliy – g`arbiy va

Qozog`istonning janubiy g`arbidagi tekislikdir. Shimoliy -

g`arbda Kasbiy bo`yi botig`i,

shimolda Ural oldi bukilmasi va Ural bilan chegaradosh, uni

G`arbiy Sibir tekisligidan

Kustanay soyligi ajratib turadi. Sharqda markaziy Qozog`iston

va Tiyanshanning shimoliy va

janubiy etaklari, Pomir tog`lari, janubda Kopetdog` oldi

bukilmasi, g`arbda Kaspiy

dengizi bilan chegaradosh.

Maydoni 1.5 mln km 2.

Turkiston Turonning kunchiqar va kunbotar kengligi bo`yicha

chamalanganda naq markazidir.

Beruniy Qoshg`ariy, Yassaviylar zamonidayoq Ulug`bek va

Boburlar davrida ham Turon so`zi

bilan birga Turonzamin va Turkiston iboralari ishlatilgan.

Ko`pincha Turkiston deganda

butun Turonni, Turon deganda esa butun Turkistonni

anglashilgan. Birinchi marta

“Turkiston” atamasi mamlakat ma`nosida 539- yili arab xalifaligi

vakillari bu hududga

kelmasdanoq fors mandalarida

uchray boshlagan. Ungacha yurtimiz Turon deb atalgan.

Turkiston- XIX asr va XX asr

boshlarida sobiq O`rta Osiyo va Qozog`istonni shuningdek

Markaziy Osiyoning Turkiy

xalqlar yashovchi qismini o`z ichiga olgan tarixiy geografik

oblast bo`lgan. Turkiston shartli

ravishda G`arbiy yoki rus Turkistoni (Qozog`istonning

janubiy qismi va O`rta Osiyoning

Rossiyaga qo`shilib olingan qismi), sharqiy yoki Xitoy

Turkistoni (Xitoydagi Sin`szan

provinsiyasi tarkibiga kirgan) hamda Afg`on Turkistonni

(Afg`onstonning shimoliy

qismi)ga bo`lingan. 1867 yili Rossiya imperiyasiga qo`shib

olingan G`arbiy Turkiston

xududida Turkiston general gubernatorligini tashkil qilingan.

1886 yildan rasman Turkiston

o`lkasi deb atala boshlagan. Inqilobdan so`ng 1918 yil aprelda

g`arbiy Turkiston hududida

Turkiston Avtonom Sovet

Sosialistik Respublikasi tuzilgan.

O`rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishining o`tkazilishi

natijasida Turkiston nomi

iste`moldan chiqib, O`rta Osiyo termini bilan almashtirilgan.

O`rta Osiyo tabiiy geografik

o`lka. O`rta Osiyo berk havza bo`lib, Yevrosiyo materigining

deyarli qoq o`rtasida joylashgan.

O`lkaning chegarasi juda murakkab. Shuning uchun ham

turli tadqiqotchilar uning

chegaralari va umumiy maydonini turlicha belgilaydilar.

Jumladan N.L. Korjenevskiy

bo`yicha O`rta Osiyoning

maydoni 2mln, 213 ming km2 bo`lsa, I.S.Shukenda 2mln

400ming km2 , A.I.Kaminskiyda

2mln 500 ming km2 M.V.Qoriyev bo`yicha 2 mln 687 ming km2 dir.

Bu albatta olimlarning o`lkaning

shimoliy , janubiy , sharqiy va g`arbiy chekka nuqtalarini

qayerdan olishliklari bilan

bog`liqdir. Ba`zi bir olimlar O`rta Osiyoning geografik o`rnini

belgilashda 4 ta sobiq Ittifoqdosh

Respublika;larning hududini e`tirof etishadilar.

Hozirgi kunda O`rta Osiyo tabiiy

geografik o`lkasining chegaralari ko`pchilik tomoniodan

ma`qullangan va o`quv

adabiyotlarida aniq berilgan. O`lkaning eng shimoliy nuqtasi

38,8 gradus shimoliy kenglikda ,

Ayritov yaqinida, bo`lgan Safedkux tog` tizmasi bilan

Nishopur tog`lari tutashgan joyda

– Xarerud vodiysida (340 shimoliy kenglik) g`arbiy nuqtasi

Kaspiy dengizining Mang`ishloq

yarim orolidagi Tupqarag`ay

burnida (50,3 sharqiy uzunlik) va

sharqiy nuqatasi Savir tog`larining etagidagi Qora Irtish

daryosi vodiysida (85,6 sharqiy

uzunlik) jopylashgan. Shimoldan janubga 2200 km va sharqdan

g`arbga 2750 km ga yaqin

masofaga cho`zilgan. Uning umumiy maydoni 3300000 kv.

km atrofida (I.A.Hasanov,

P.N.G`ulomov, T-2002). Agarda O`rta Osiyoning tabiiy

geografik o`lka sifatida olinsa,

uning hududida 4 ta Respublika (O`zbekiston ,Turkmaniston,

Qirg`iziston, Tojikiston) to`liq

joylashgan. Qozog`iston Respublikasining ma`lum qismi

shu tabiiy – geografik o`lkadir. Iqtisodiy geografik nuqtai

nazardan 5 ta Respublikani

umumiy holda O`rta osiyo mamlakatlari deb bo`lmaydi,

shuning uchun ham Sobiq Ittifoq

davrida O`rta Osiyo va Qozog`iston Respublikalari deb

nomlanar edi.

Istiqlol sharofati bilan Mustaqil Respublikalar tarixiy

aloqalarni qayta tiklashga o`tdilar.

Ona zaminni, tabiiy sharoiti, uzoq tarixi, kelib chiqishi, dini, urf-

odatlari , an`analari, maqsadlari

rivojlanish imkoniyatlari, muommolari bir bo`lgan qozoq,

o`zbek, qirg`iz, tojik, turkman,

qaraqalpoq va boshqa halqlar yangi hayot qurishda va o`zaro

hamkorlik qilishga kirishdilar.

Respublika raxbarlarining 1993 yil Toshkent va Ashhabotda

bo`lib o`tgan yig`ilishida

Prezidentimiz I.A.Karimov Respublika nomlarini e`tirof

etgan holda ularni

umumlashtirib, “Markaziy Osiyo Davlatlari” deb yurutilishini taklif

etdi va bunga barcha raxbarlar

rozilik bildirdilar. Haqiqatdan ham ushbu zamindagi davlatlarni

Markaziy Osiyo davlatlari deb

nomlanishi ham iqtisodiy va ijtimoiy, ham tarixiy va siyosiy -

ma`muriy jihatdan to`g`ri va

asoslidir. (Biroq Markaziy Osiyo

deganda Osiyodagi tabiiy-

geografik o`lkani tushunmaslik kerak). Shu jihatdan olgan holda,

Markaziy Osiyo davlatlari

atamasi hozirgi kunga kelib ko`pchilik tomonidan qo`llab

quvvatlandi va ushbu nom ham

fanga va siyosatga kirib bormoqda. Shuni e`tiborga

olganda o`quv rejasiga kiritilgan .

O`rta Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy va siyosiy geografiyasi

kursining nomini “Markaziy

Osiyo davlatlarining iqtisodiy va

siyosiy geografiyasi” deb

atalishini maqsadga muvofiq va asosli deb o`ylaymiz.

Page 11: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

Sentabr – geografiya va iqtisod bilim asoslari fanlari oyligi

IQTISOD FANIDAN

TESTLAR

1. Makroiqtisodiyot fani — ... o`rganadi.

a) yalpi milliy taklif va talabning katta-kichikligini;

b) mamlakat iqtisodiyotiga tegishli hodisalarni va ularning umumiy sabablarini;

c) bozor haqidagi barcha narsalami;

d) mamlakatdagi eksport va import hajmini.

2. Mamlakatda yalpi taklifning yalpi talabdan ortib ketishi ... olib keladi.

a) bozordagi tovarlar narxining ortishiga;

b) bozordagi tovarlar narxi tushishiga;

c) iqtisodiy Inqirozga;

d) iqtisodiy rivojlanishga.

3. Yalpi milliy mahsulot — bu ...

a) bozordagi barcha tovarlar miqdori;

b) mamlakatdagi yil davomida yaratilgan mahsulot va xizmatlarning umumiy, narxi;

c) yalpi ichki mahsulotning o`zi;

d) markaziy bankdagi umumiy pul miqdori;

e) to`g`ri iavob ko`rsatilmagan.

4. Chakana narxlar indeksini belgilashda uning darajasi necha deb olinadi?

a) 50; b) 550;

c) 500; d) 5500.

5. Mahsulot hamda moliyaviy aktivlarning ,o`rtacha narxini ko`rsatuvchi ko`rsatkich nima deb

ataladi?

a) chakana narx; b) narxlar indeksi;

c) narx; d) indeks ko`rsatkichi.

6. Mamlakatda mehnat va xizmatlar xarid qilishga sarflangan mablag`ning umumiy miqdori nima

deb ataladi?

a) yalpi talab; b) yalpi taklif;

c) YMM; d)YIM.

7. Asosiy fondlarning eskirishini oldini olish maqsadida ... ajratiladi?

a) friksion ajratma;

b) amortizatsion ajratma;

c) mavsumiy ajratma;

d) davriy ajratma.

8. Real YMM bilan nominal YMM orasidagi nisbat nima?

a) narxlar indeksi;

bjrishlab chiqahsh ko`rsatkichi;

c) talab ko`rsatkichi;

d) taklif ko`rsatkichi.

9. Aholining turmush darajasi nima bilan baholanadi?

a) uning daromadi bilan;

b) uning hayoti davomiyligi bilan;

c) uning mulki bilan;

d) aholi jon boshiga to`g`ri keluvchi YIM bilan.

10. Inflyatsiya nima?

a) pulning kuchliligi;

b) pulning qadrsizlanishi;

c) talabning tushishi;

d) taklifning tushishi.

Page 12: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

Ingliz tilini o`rganamiz

Legend of Leopard: The Samarkand Symbol

“By a legend, when Samarkand was built, a pal yang-leopard came down from

the Zerafshan mountains. The leopard roamed about the streets, approved buildings

and came back to the mountains. Since that time Samarkand residents were called

leopards. And all Samarkand’s flags and arms had an image of the leopard.” This

legend is told by Abu-Sand Abdurrahman Ibn Muhammad Idris.

Indeed, in Samarkand there are a lot of

monuments featuring images of leopard or lion

as a symbol of the greatness and power of

Samarkand people. The symbol of leopard can

be found not only in the architecture, but also in

the handicrafts and national currency.

The most famous images of leopards are made on

the portal of the Sherdor Madrassah. “Sher” in Persian

means “a lion”. They say that the symbol of the lion

was brought by Iranians, but during the Arab and

Turkic periods it was changed to the leopard. Since that

time it represents the power and strength of Great

Samarkand.

Bekmirzayev Bekzod Ahmedov Muhammadakbar

6 a sinf o`quvchisi 6 a sinf o`quvchisi

P

R

O

F

E

S

S

I

O

N

S

A.Tursunova

Ingliz tili

o`qituvchisi

A

N

I

M

A

L

S

Page 13: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

O’SIMLIKLAR ATMOSFЕRANI IFLOSLANISHDAN SAQLAYDI

Z.Tursunova – 9 B sinf oquvchisi

Bugungi kunda biologik xilma-xillikni saqlashda o’rmonlarning o’rni katta. So’nggi yillarda

hukumatimiz tomonidan o’rmonlarga, o’rmon bilan bog’liq ekologik muammolarga, o’rmonlar barqarorligini

ta'minlashga e'tibor kuchaymoqda. Har yili 42 ming gеktar yеrda o’rmonlarni ko’paytirish, o’rmonlarning tabiiy

tiklanishiga ko’maklashish ishlari olib borilmoqda. O’rmonlarni qayta tiklash ishlarining 80 foizi cho’l

hududlarida amalga oshirilayapti. Xozir Orol dеngizining qurigan tubida 250 ming gеktar o’rmon ekinzorlari

barpo qilindi. «O’rmon to’g’risida»gi qonunning 27 moddasiga binoan, davlat o’rmon fondi uchastkalarida pichan

o’rish va mol boqish maxsus maydonchalardagina amalga oshirilishi kеrak. Rеspublikamiz o’rmon fondi 8 mln.

gеktar maydonda joylashgan. Afsuski, qonunning daraxtzor va butazorlarni noqonuniy kеsish, chorva mollarini

duch kеlgan joylarda boqish, dorivor va oziq-ovqat mahsulotlari uchun yovvoyi o’simliklardan o’zboshimchalik

bilan foydalanish bilan bog’liq modlalarining buzilishi o’rmon rеsurslariga sеzilarli darajada zarar yеtkazmoqda.

Biz ekologik vaziyat kuchli kеskinlashgan vaziyatda yashayapmiz. Har bir nafasimizda qisman zaharli

havo yutamiz, ba'zan ifloslangan suv ichamiz, eng dahshatlisi, kimyoviy aralashmalarga boy mahsulotlarni

istе'mol qilamiz. Ilmiy-tеxnik taraqqiyot hayotimizning har bir jabhasida insoniyatning boshiga turli ekologik

taxdidlarni solmoqda. Tabiiy olamning zaharlanishi uning halokatli o’sishini kuchaytirib, yurak-qon tomirlari,

o’pka, onkologik va allеrgik kasalliklarning ortib borishiga sabab bo’lmoqda. G’arb olimlari atrof-muhit

muhofazasini barqarorlashtirish yo’lida turli loyihalarni ishlab chiqmoqdalar. Ko’pchilik inson yashash faoliyatini

koinot olamiga yoki Tinch okеaniga ko’chirishni taklif ham qilmoqda. Ishlab chiqarish-xo’jalik, ijtimoiy

faoliyatlar jamiyatining tеmp va masshtabi, turli xalqlar aholisining o’sishi bioolamning "bosimi"ini kuchayishiga

olib kеladi. Insoniyatni ekologik xavfdan saqlab qolishning yana bir yo’li — "tarixiy bioolam" chеgarasidan

chiqib kеtish, dеgan taxminlar ham tug’ilmoqda. Ehtimol, koinotda yashash taklifi ommalashar. Lеkin koinotdagi

hayot ham tеxnik asrda yashayotgan inson ehtiyojlariga dosh bеrolmasligi aniq. Shu bois bioolamga zarari

tеgmaydigan boshqa yo’llarni izlash lozim. Insonga bu ishni bajarishda ulkan aql, donishmandlik kеrak bo’ladi.

Masalan, Yaponiyada 70-yillarda mamlakatning aholisi zichligi haqida xabar tarqalgandi. Zichlik va eng birinchi

o’rinda ishlab chiqarishning tеzkor ildamlashi natijasida atrof-muhitning ifloslanishi boshqa davlatlarga nisbatan

yuqori ko’rsatkichga chiqqan. 1960-yillarning oxiri 70-yillarning boshida yapon iqtisodiyotining tеzkor o’sishi

natijasida ko’plab yangidan yangi korxonalarning barpo etilishi ekologik xavf tug’dirgan. Tokio,

Iokogama, Nagoе, Osaka, Kobе shaharlarida ulkan quvvatga ega korxonalar ishga tushirilib, yapon aholisining

asosiy qismi toza va bеg’ubor osmonni ko’rish baxtidan mosuvo bo’ldilar. Oqibatda yaponlar uchun atmosfеrani

shuningdеk, daryo va dеngizlarni zaharlash asosiy qamchinga aylandi. Turli yuqumli kasalliklar ko’paydi.

Mamlakat o’sha vaqtlarda ozuqalarga simobning tushishi natijasida sodir bo’ladigan minamat kasalligi, ichimlik

suvining ifloslanishi natijasida kеlib chiqqan itay-itay kasalligi avj oldi. Nеft kombinatlarining chiqindilari

atmosfеraga ko’p chiqarilgani sababli zotiljam kasalligi ko’paydi. Ammo o’sha halokatlardan xulosa chiqargan

hukumat qabul qilgan qator ekologik qarorlardan kеyin mamlakatdagi ahvol birmuncha yaxshilandi. Mamlakatda

qabul qilingan birinchi tadbirlardan biri shundaki, o’simliklar atmosfеra havosi tarkibini yaxshilabgina

qolmasdan, uglеrod qo’shoksidi va asosiy ishlab chiqarish kislorodlarini yutadi. Fotosintеz jarayonida o’simliklar

har yili atmosfеradan 170 mlrd t. uglеrod qo’shoksidini «hazm» qiladi. Uning organik moddalarga

almashinuvining siri jonli hujayralarda xlorofill va yorug’lik yordamida yuz bеradi. Ushbu jarayonni tashkil

qilishda asosiy omil quyosh nuri enеrgiyasida kislorodning ozod bo’lishi harakati ostida suv molеkulalari

aylanishida suvning fotolizidir.

Organiklar tonnasining tashkil topishiga 1,5—1,8 t. uglеrod qo’shoksidi kеtadi va 1,1—1,3 t. kislorod

ozod bo’ladi. Yer sharining o’simliklar dunyosi har yili 600 mlrd. tonnaga yaqin uglеrod qo’shoksidi va

atmosfеraga 400 mlrd. t. kislorodni chiqaradi. Kartoshka ekinlari ekiladigan maydon qulay sharoitlarda har kuni

300 kg., don ekinlari — 100 kg. gacha uglеrod qo’shoksidini singdiradi.

Kislorod ishlab chiqaruvchilarning asosiy "fidoyi"lari sayyoramizdagi o’rmonlardir, ularning qissasiga 60

foiz kislorod to’g’ri kеladi. O’rmon daraxtlari atmosfеradagi uglеrod qo’shoksidinigina emas, boshqa zararli

aralashmalarni ham yutadi, changni qurshab oladi. O’rmonning har bir gеktari o’rtacha 18 mln. m3 havoni

tozalashi isbotlangan. Yoz mavsumida yashil ekinlar 1 ga. maydonda bir soat ichida 8 kg. uglеrod qo’shoksidini

qamrab olib, 200 kishiga yеtadigan kislorod yеtkazib bеradi.

Inson yashillik olamida bo’lsa, doim o’zini tеtik va bardam his etadi. Fitontsidlar ta'sirida, fiziologik faol

moddalar ishlab chiqadigan o’simliklar shuningdеk, zararli mikroblarni o’ldiradi, ultrabinafsha nurlarda kislorod

ionlashadi, salbiy zaryad egallaydi, kimyoviylashib, biologik jihatdan faollashadi. Yashil maydonlarda ochiq joylarga nisbatan kislorodning to’yinganligi havoda 3—5,5 foizini tashkil etadi.

O’zbеkiston har jihatdan tabiat manzaralariga boy, o’simliklar dunyosi go’zal diyor. Tog’u toshlarda

miriqib hordiq chiqarish, daryo bo’ylarida sayr qilishga barchaning imkoni bor. Bu bilan inson o’z fiziologik

vujudini chiniqtirib, zaqarli havo ta'siridan qisman saqlab turadi. Kеngliklarga talpinmagan, yashillik olamiga

intilmagan kishi topilmasa kеrak. Zеro o’simliklarni asrash bizning salomatligimizni muhofaza etish dеmakdir.

Page 14: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

1 – oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni

Rahimova Nodirabegim

8 b sinf o`quvchisi

Bayramingiz muborak aziz ustozlar!

Qadrli ustoz! Xayot kitobini ochuvchi Sizsiz. Yaxshi – yomon kuzatuvchi ham Siz. Sizni ko`rib

shodlanamiz. Yuragimiz, qalbimiz bilan Sizga talpinamiz ustoz!

Ustoz deganda, har qaysi inson ko`nglida chuqur hurmat, ehtirom va cheksiz minnatdorchilik

tuyg`ulari aks etadi. Bu yorug` olamda onadek mehribon, otadek mehribon, har birimizga aziz va

mo`tabar bo`lgan ulug` zot bu muallim va murabbiylarimizdir! Olamning gultojisi inson bo`lsa, ular

orasida suyuklisi ustoz – muallimdir. Ustozlar haqida so`z ketganda beixtiyor bolaligimiz, orzu-

intilishlarga to`la yoshlik yillarimiz, ilk bora qo`limizga qalam ushlatib, xat savodimizni chiqarishga, ilm

cho`qqilarini egallashimizda ko`maklashadi. Qalb tubidan joy beradi va nihoyat parvoz qilishimizda

bizga qanot bo`ladi.

Ustozlar! Bugun sizlarni qancha olqishlasak, qancha sharaflasak shuncha oz.! Aziz, mehribon

ustozlar, Sizlarni yana bir bor bayramingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Sizlarga salomatlik,

barkamol avlodni tarbiyalash yo`lidagi mashaqqatli, lekin sharafli ishingizda ulkan zafarlar va omad,

oilangizga esa tinchlik, omonlik va shodu hurramlik tilaymiz.

Qalbimiz g`ururi, ko`zimiz nuri,

Go`zallikda tanho - jannatning xuri.

Mehringiz yoritar dilimiz to`rin,

Muhtaram ustozlar, Sizga ming tazim!

Shodiyaxon Abdug`afurova (9 a sinf o`quvchisi)

Vatan madhi

Ko’z ochib ko’rganim jahonim sensan,

Dunyoda yagona ziyoratgohim.

Onamsan, otamsan, qadrdonimsan,

Yashamoq zavqiga ishontirgansan.

Zilol suvlar ovozi ko’ngilni ochar,

Yurtimning bahori iforlar sochar.

Havas qilar o’zbegimning bog’lariga

Mo’jizakor osmono’par tog’lariga.

Ko’rib quvonaman, ko’chalar go’zal,

An’ana, urf-odat azaldan, azal.

Baralla o’qishar she’rlar va g’azal,

O’zga yurt mehridan, o’zbegim afzal.

Jannatmakon mevalari g’arp pishar.

Bu o’lkaning odamlari zo’r yashar.

O’tar yillar bizni iqbolga chorlab,

Quyoshi nur sochar ko’klarda porlab.

Sening hayajoning sezaman qalban,

Tinchlik so’rayman sen uchun dildan.

Sening kelajaging porloq bilaman,

Sen yagona ulug’, go’zalsan Vatan.

Ustozimga

Chalinganda qo`ng`iroq,

Dil to`rida yonadi chiroq.

Bilim sari qaynagan buloq,

Ustoz, sizga ta’zimdaman men.

Bilim oldik, chiqardik savod,

Yashayabmiz baxtiyor, ozod.

Yurtim go`zal, bo`lmoqda obod,

Ustoz, sizga ta’zimdaman men.

Page 15: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

1. Grek olimi, grek falsafasi va fani asoschisi. U Vavilon astranomiyasini bilgan.

Qadimgi grek olimi Prokl quyidagi ixtirolarni uning nomi bilan bog`lagan: aylanani diametr

teng ikkiga bo`ladi, vertikal burchaklar tengligi, teng yonli uchburchak asosidagi burchaklar

tengligi va hokazolar. U astranomiya sohasida ham bir qancha kashfiyotlar qilgan. Tun va kun

tenglik vaqti va quyosh tutilishini aniqlagan. Yildagi kunlar sonini aniqlagan. Bir marta quyosh

tutilishini aniq aytgan. “Yetti donishmand” dan biri deb tan olingan. Ushbu olim kim?

2. Qadimda ushbu matematik tushuncha Pifagorchilar tomonidan qattiq hurmat qilingan. U

bilan tabiatdagi go`zallik va tartib tushunchalarini, musiqadagi tovushlar va olam tuzilishining

mukammalligini bog`lashgan. U nafaqat matematikada, balki arxitektura, san’atda qo`llanilgan va

qo`llanilmoqda hamda u tasvirning to`g`ri, chiroyli va ko`rgazmali chiqishining asosiy sharti

hisoblanadi.

Ushbu tushunchaning matematik belgilarda zamonaviy yozilishi Gotfrid Vilgelgm Leybnits

tomonidan kirtilgan. Yevklidning VII kitobi 19-bo`limida ushbu matematik tushunchaning asosiy

xususiyati isbotlangan. Undan turli masalalarni yechishda qadimda, o`rta asrlarda va hozirgi vaqtda

ham foydalanishadi. Qaysi tushuncha haqida gap bormoqda?

Mazkur savolarning to`gri javoblarini birinchi bo`lib topgan o`quvchini sovrin kutmoqda.

O`nta masalani bir xil usulda yechgandan, bitta masalani o`n xil usulda yechgan afzalroq.

Qiziqarli

masalalar

Page 16: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

Biz ustozlar o`gitiga quloq solib, barcha fanlardan a’lo baholarga o`qib, mustaqil O`zbekistonga munosib farzand

bo`lishga harakat qilamiz. Bu yil biz uchun juda omadli keldi. Chunki biz imtixonlardan muvaffaqiyatli o`tib, Chortoq

tumanidagi 5-Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internati o`quvchisi bo`lish sharafiga erishdik. Biz maktab-

internatdagi o`quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko`rib juda hursand bo`ldik. Darslar va guruh mashg`ulotlari yuqori

saviyada tashkil etilayotgani, turli badiiy kechalar, tadbirlar o`tkazilayotgani, fan va sport to`garaklarida mashg`ulotlar juda

ham qiziqarli tashkil etilayotgani kuchimizga kuch, g`ayratimizga g`ayrat qo`shmoqda. Biz maktab-internat o`quvchisi

ekanimizdan, mustaqil O`zbekiston farzandi ekanimizdan fahrlanamiz.

Abduvaliyeva Ruxshona Mingboyev Boburjon Nishonov Muhammadibrohim

Mavlonov Ahadjon Rahmonberdiyev Shohruhbek Qodirova Zarifa

Mahmudov Doniyorbek

6 B sinf o`quvchisi. U barcha fanlardan a’lo baholarga o`ish bilan birgalikda,

jamoat ishlarida ham faol. Bo`sh vaqtlarida rasm chizadi, she’rlar mashq qilib turadi.

OTAJONIM SOG` BO`LING

Qalbimizda har doim

Sizning mehringiz,

Yuragimiz to`rida

Sizning nomingiz.

Otajonim sog` bo`ling,

Mehribonim bor bo`ling.

Siz bilan quvonchli

Damlarni eslab,

Siz bilan baxtli

Damlarni eslab,

Ko`zimga yosh kelur,

Otajon!

Otajonim sog` bo`ling,

Mehribonim bor bo`ling.

Bizga bergan sabog`ingiz, Bizga ketgan kuchingiz,

Biz uchun qonun. Bizga ketgan umringiz,

Har bir o`gitingiz Hammasi uchun rahmat,

Biz uchun aziz, Otajon!

Otajon!

Otajonim sog` bo`ling,

Mehribonim bor bo`ling.

Page 17: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

Хабибуллаева Ноила

Ученица 7 А класса

Первый полёт в космос.

Юрий Алексеевич Гагарин родился в 1934 году в деревне Клушино Смоленской области.

Учился в школе, ремесленном училище. Окончил лётное военное училище, служил в частях

военно-воздушных сил.

В 1960 году он начал готовиться к полёту в космос в центре подготовки космонавтов. 12 апреля 1961

году весь мир восторженно приветствовал первого космонавта Земли.

В марте 1968 года в 34 лет во время тренировочного полёта Юрий Гагарин погиб.

Из первых астронавтов США наиболее известными является Нил Армстронг, Майкл Коллинз

и Эдвин Олдрин. 20 июля 1969 года они стали первыми людьми, высадившимися на Луне.

* * * Золотая осень

Пришла осень. Дни стали короткими, а тёмные ночи – длинными. Золотая листва покрыла

деревья. На полях и огородах идут последние осенние работы.

Полетели на тёплый юг птицы.

Всё реже греет осеннее солнышко. Скоро по утрам начнутся первые морозы. Фермеры сдают

государству богатый урожай фруктов, овощей и хлопка. Люди подготовились к зиме.

Утром мы спешим в школу. На уроках мы сидим тихо и слушаем. Отвечаем учителю, читаем,

рассказываем, решаем задачи. На перемене мы завтракаем, играем с друзьями. После уроков мы

посещаем кружки. В кружках готовим доклады, учимся выразительно читать. После занятий идем в

библиотеку. Мы хорошо живём, крепко дружим с одноклассниками.

Nodiraxon Mahamadaliyeva

9 a sinf o`quvchisi

“O’tgan kunlar” asari qahramonlari

ketma-ketligini toping.

O B E U M U S H Z A A B I B I B Y

T A K K M U T L O Y N H U S H R O’

Y U S I O’ L A I M P O S A Y F S H

B F U J Z B X A N A N S A D I U B

E K X O B O Y S A L I K A O Y Q E

I Y O K E O Y T O’ Y B E B B M I G

M O F T O B I M M I E K A S U O N

M M Q U T T S K O L B O’ T U L M Q

I I O D I A O Q O X M A R K A L U

R R R O Y D D I J I N A A Z I Y O

Z A D O B O Z I E K N T L X O H S

A K O Q S A A Z B J A X O I C H I

Page 18: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

O`rinboyev Pahlavon Abdurasulov Muhammad

7 A sinf o`quvchisi 7 A sinf o`quvchisi

Ummataliyev Abdurahmon Mavlanov Ahadjon

7 A sinf o`quvchisi 5 B sinf o`quvchisi

`

Hurmatli jurnal mushtariylari: Siz yuborgan rasmlar, maqolalar, krosvordlar,

topishmoqlarning hammasini jurnalimizda bosib chiqarishning imkoni yo`qligi

sababli, keyingi sonlarda berib borishni rejalashtrirdik.

Page 19: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

Qodirova Zarifa Mingboyev Boburjon

5 B sinf o`quvchisi 5 B sinf o`quvchisi

Mamadjanova Malika

6 a sinf o`quvchisi

Abbosboyev Firdavsbek

5 a sinf o`quvchisi

Page 20: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2014/umid-2014-09.pdf · o`qituvchilar tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali

“Umid” umidlarning porloq oshyoni,

Nurli kelajakning ayni o`zidir!

“Umid” muxlislarning eng qadrdoni,

“Umid” ijodkorning ko`ngil so`zidir!