Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO...

20
2015 yil son

Transcript of Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO...

Page 1: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

2015 yil

son

Page 2: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

Bosh muharrir

Qobiljon Qosimov

Tahrir hay’ati

G.Qo‘shmonova,

M.Tursunov, H.Yunusov,

D.Buvaboyeva

Jamoatchilik kengashi

V.Rajapov, S.Isoqov

Q.Hakimov, A.Asraqulova,

Q.To‘laboyev

9-APREL — AMIR TEMUR TAVALLUDI KUNI

Page 3: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

N.Mirzarahimova

Tarix fani

o‘qituvchisi

Amir Temur merosi - buyuk qadriyat. Mustaqillik davri tom ma’noda hazrati Temurning qayta

tug‘ilish davri bo‘ldi. Amir Temurga munosabat, uning tarixiy xizmatini munosib baholash va izzatini

o‘rniga qo‘yishda shaxsan Prezident I.Karimovning o‘zi tashabbuskor bo‘ldi. Sohibqiron shaxsini ulug‘lash

uchun u butun imkoniyatini ishga soldi. Buning sababi nimada? Buni Prezident quyidagicha izohlaydi:

Birinchidan, Amir Temur qadriyati mustamlakachilik yillarida ongu shuurimizdan o‘chirib tashlangan

milliy tuyg‘ularimizni qayta tiklash, millatni millat, davlatni davlat qilish uchun kerak. Sohibqironning

“Bizkim, mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim, millatlarning eng qadimgi va eng ulug‘i - turkning

bosh bo‘g‘inimiz”, degan gaplari xalqimizga Milliy o‘zligini, buyuk va jahonshumul an’analarga voris

ekanliginigini chuqur anglashga xizmat qiladi. Ikkinchidan, xalqimizning milliy g‘ururini, milliy ongini

yuksaltirish uchun qariyb unutilgan tariximizni qayta tiklash lozim. Amir Temur esa ana shu ko‘hna

tarixning buyuk cho‘qqisidir. Uchinchidan, Amir Temurning hurmatini joyiga qo‘yish farzandlarimizni

kelgusi avlodni ulug‘ ajdodlarimizning nomi va merosi bilan faxrlanishga o‘rgatish, ularni ana shu buyuk

an‘analarning munosib davomchilari qilib tarbiyalash, milliy g‘ururini yuksaltirish uchun kerak.

To‘rtinchidan, Amir Temur qadriyati bizga demokratik, huquqiy, qudratli O‘zbekiston davlatini barpo etish

uchun, «O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat» degan g‘oyani ro‘yobga chiqarish uchun kerak. Yangi

jamiyat, yangi hayot, yangi tafakkur, qolaversa, butun davlatchilik asoslarini qayta tiklayotgan bir paytda

Amir Temur o‘zbek xalqiga tog‘day tayanch bo‘lib xizmat qiladi, uning olijanob ishlariga beqiyos

safarbarhk ruhi baxsh etadi. Beshinchidan, Amir Temur qadriyati mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan

munosib o‘rin egallashi, kelgusi avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish uchun kerak.

Mamlakatimiz tumanlari, xo‘jaliklari, so‘lim ko‘chalariga bobokalonimiz Amir Temur nomi berildi.

Toshkent shahrining markazida Amir Temur xiyoboni bunyod etildi. 1993-yilda mazkur xiyobon o‘rtasida

Sohibqiron Amir Temurga suvoriy haykal o‘rnatildi. Amir Temur faoliyatiga oid turli adabiyotlar nashr

etishga kirishildi. “Temur tuzuklari” nashr etildi. «Amir Temur tuzuklarini o‘qisam, - degan edi Prezident

I.Karimov, - xuddi bugungi zamonning katta-katta muammolariga javob topgandek bo‘laman».

Bugun biz mustaqillik mohiyatini, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni hamda xalq

turmushidagi beqiyos ahamiyatini ulug‘ bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur orqali yana ham chuqurroq

anglamoqdamiz. Bu tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishi ajdodlarimizning muqaddas ruhi va bugungi avlod

xohish-irodasining mushtarakligidan dalolat beradi. Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning

insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda

jonbozlik ko‘rsatdi. Bu, ulug‘ bobokalonimizning jahon tarixidagi beqiyos nufuzidan dalolat bersa,

ikkinchidan, millat sha’ni, uning tarixiy shavkatini tiklash yo‘lida Prezident I.Karimov sa’yi

harakatlarining natijasidir.

Sohibqironning sa'yi-harakatlari va tadbirlari biz uchun o‘rnakdir. Bugun O‘zbekiston o‘z kelajagini

aniq va ravshan ko‘rib turibdi. Chunki, azaldan ozod bo‘lgan, ozodlik va hurriyat gashtini surgan, jahon

taraqqiyotiga ulkan ta'sir ko‘rsatib kelgan buyuk xalqning irodasi ham, daholik qudrati ham, yaratuvchilik

va bunyodkorlik kuchi ham buyuk bo‘ladi. Sohibqiron sabog‘i bizni ana shu haqiqatni chuqur idrok etishga

o‘rgatadi.

Page 4: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

Amir Temur - buyuk ajdodimiz

6-“a” sinf o‘quvchisi

Abdujabborova Mohigul

Amir Temur 1336-yil 9-aprelida (hozirgi Yakkabog‘ tumanidagi) Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida

tug‘ilgan. Amir Temurning otasi Amir Tarag‘ay Bahodir o‘zbeklarning barlos urug‘i va chig‘atoy

ulusing va e‘tiborli beklaridan biri bo‘lgan edi. Onasi Takina Mohibegim o‘z davrining yetuk ilmli

xonadonlardan birining qizi bo‘lgan. Amir Temurning yoshligi Keshda o‘tdi.Yetti yoshga to‘lgach,

otasi uni o‘qishga bergan. Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq ustozlar nazorati ostida chavandozlik,

ovchilik, kamondan nishonga o‘q urish, harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘ldi. U o‘z davrining

ilmlarini egalladi. Otasining piri shayx Shamsiddin Kuloldan saboq oldi. Teran fikrli, yuksak fazilati,

ziyrak va dovyurak, bahodir bo‘lib voyaga yetdi.

17 yoshida otasining butun mulkini o‘zi mustaqil boshqara boshladi. Amir Temur tug‘ilgan

davrda vatanimiz hududi Chingizxonning o‘gli Chig‘atoyga qarashli bo‘lgan mulklar tarkibiga kirar

edi. Chig‘atoyga qarashli hududlar Chig‘atoy ulusi deb atalgan. XIV asrning o‘rtalarida Chig‘atoy

ulusida hokimyat uchun kurash nihoyatda kuchaygan. Natijada ulus parchalanib ketgan. Amir Temur

ana shunday og‘ir vaziyatda tarix sahnasiga chiqqan. U juda katta markazlashgan davlat tuzgan.

Amir Temur o‘z davlatining shon-shuhrati uchun uning markaziy qismi bo’lgan

Movarounnahrning, ayniqsa, poytaxti Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat beradi. Uning har

bir zafarli voqeani, sevinchli hodisani muhtasham me’morlik obidasini barpo etish bilan nishonlash odati

bo‘lgan. Shu maqsadda Hindistondan olib kelingan yuzlarcha mohir g’isht teruvchilar, Sheroz, Isfahon va

Damashqning mashhur usta-hunarmandlari qatorida mahalliy ustalar mamlakatda go’zal imorat-u

inshootlar bino qiladilar. Bu insootlar hozir ham ko`rk bag`ishlab turibdi. 1405-yilda Amir Temur bezgak

kasali bilan vafot etadi.

"Temuri-Tuzuki"

Olimova Muslima

6-“a” sinf o‘quvchisi

There is a book describing Temur's life, "Temuri-Tuzuki", which became famous in the East

and in the West and has been translated into many foreign languages. Nowadays copies of this book are

kept in the state libraries of Uzbekistan, England, France, the USA, Finland, Iran, India, Turkey,

Egypt, Yemen and other countries.

The reason the book became famous is that it includes ways to run a government, rules for

organising an army and ways to win battles. This book was very important and useful to many kings and

governors. Many governors kept it in their libraries and learned the arts of leading governments. For

example: in Bobur's generation, Shah Jahan; the khan of Kokand, Muhammad Ashkoi (1821-

1842); the Amir of Bukhara, Abdullahadkhan (1885-1910) and others ordered their assistants to

make copies of the book.

The book "Temuri-Tuzuki" attracted the attention not only of rulers and governors, but also

of political scientists and historians. It was translated into English in 1830, into Urdu in 1845, into

Russian in 1894 and 1934, and into old Uzbek in 1835. In Temur's motherland, in his native country of

Uzbekistan, it was translated into modern Uzbek and published in 1991.

According to the views of many historians, this book was first written in Turkish and one copy

was kept by the governor of Yemen. Atturbaty from Turkish first translated it.

Page 5: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

M.N. Boyxonova

Uslubiy birlashma

rahbari

Muhammad Yusuf kitoblarini varaqlasangiz, qulog`ingiz ostida qo`shiq

yangrab turgandek har bir she`rni zavq-shavq bilan o`qiymiz. Qat-qatiga ichki dardga

sherik bo`lasiz.

Muhammad Yusuf tezda, hammani hayron qoldirib, og`izga tushib ketdi. Uning

ijodi haqida gap ketganda, ko`pincha qo`shiqlarini tilga oladilar. Uning yozganlari

nihoyatda dolzarb mavzuda, o`ta jiddiy, ammo xalq tiliga juda yaqin va ravon tilde

yozilgan. U qo`shiqlari bilan emas, avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini

hech kimga o`xshamagan misralarda ta`riflagan

she`rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi.

Muhammad Yusuf kamdan-kam

tig`iladigan iste`dod egasi bo`lish bilan birga, kamdan-kam shoirda

uchraydigan xislat egasi-shuhratdan qochadigan kamsuqum inson edi.

Uning yozgan she`rlari bir qarashda juda sodda, jo`n yoziladiganga

o`xshab tuyuladi. Ammo, unga o`xshatib yozish biror bir shoir qo`lidan

kelmaydi. Uning yoziladiganga o`xshab ko`ringan misralari muxlislarini

yig`latadi, kuldiradi, o`z og`ushiga tortib oladi. Odamlar uning she`rlarini

hayajonsiz o`qimaydigan, kitoblarini do`konlardan qidirib yuradigan

bo`ldilar. Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoirlardan edi. Unga mustaqil

yurtni, ozod xalqni ko`rish nasib etdi.. Yurtning eng ulug` bayramlarida

uning qo`shiqlari barilla yangraydigan bo`ldi. O‘zbekiston haqidagi

she`rini yoshlar hatto o`z madhiyalariga aylantirib yubordilar.

Ona- Vatanni sevish, uni ardoqlash, himoya qilish insonning

birinchi darajali burchi, shu bilan birgalikda uning vatanparvarlik fazilati,

qalbning eng oliy tuyg`ularidan biridir. Shuning uchun ham Vatan mehri,

sog`inchi undan ikki qadam uzoqlashmasdan turib qalbga larza soladi.

Vatan mehri, muqaddas ona tuproq sog`inchi o`rnini hech narsa bosa

olmaydi. Muhammad Yusuf o`z she'rlarida ham xalq qo`shiqlari ohangidan muhim uslubiy vosita sifatida

unumli foydalangan. Bu ham shoir asarlarining xalqona, milliy ruhini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Vatan!... Bu so`zdan ulug`roq nima bor jahonda. Uni ulug`lamagan shoir bormikan dunyoda?!. Yana

shunisi borki, har bir ijodkor o`z qalbidagi Vatanni o`zicha kashf etadi.

Muhammad Yusufning vatanparvarlik ruhida yozgan she'rlarini ham o`ziga xos- Vatanga bo`lgan mehr

natijasi, yuksak ilhom samarasi deb aytish mumkin. U Vatanni farzand diliga qanchalik yaqin va bir

butunligidan kelib chiqib madh etadi:

Men dunyoni nima qildim,

O`zing yorug` jahonim.

O`zing hoqon,

O`zing sulton,

O`zing taxti Sulaymonim,

Yolg`izim,

Yagonam deymi

Topganim koshonam deymi,

O`zing mening ulug`lardan

Ulug`imsan, Vatanim...

Shoirning ko`plab she'rlari qo`shiq bo`lib kuylanib kelmoqda. Bu oddiy qo`shiqlar emas, kishini

sehrlovchi, uni allalab tebratuvchi, his- tuyg`ularni junbushga keltiruvchi qo`shiqlardir.

Shoirning ona-Vatan, yurt, xalq haqidagi she'rlari nihoyatda jozibali yozilgan. Uning "Vatan",

"Madhiya", "Samarqand", "Xalq bo`l elim" she'rlari bunga misol bo`la oladi. "Xalq bo`l elim" she'ri el orasida

katta shuhrat qozongan, bayramlarda elni oyoqqa turgazgan tantanali, jozibali qo`shiqqa aylandi:

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,

Qumlar bosib quritmasin daryolarim.

Alpomishga alla aytgan momolarim

Ruhini shod etay desang- xalq bo`l elim!

Dunyoga boq qaddi sendek kim bor yana,

Dovrug`i ham dardi sendek kim bor yana.

Xalq bo`lishga qaddi sendek kim bor yana.

Moziyni yod etay desang- xalq bo`l elim!

Page 6: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

Yu.Sarimsaqova

Rus tili uslubiy

birlashmasi rahbari

СОЛНЕЧНАЯ ВИКТОРИНА

Правда ли, что Солнце – это планета?

Кто целый день печёт, жарит, а пирогами и блинами не угощает?

Кто входит сквозь окно, не разбивая его?

Как называют движущееся пятнышко света от отражённого солнечного луча?

Какой детский писатель создал сказку о путешествии коротышек в Солнечный город?

Название какого дня недели переводится с английского как «день солнца»?

Как называют рыжие пятнышки на лице, появляющиеся от солнечных лучей?

Какой плод в Древнем Египте называли «солнечным яйцом»?

Какой металл средневековые алхимики обозначали символом Солнца?

Какой химический элемент, распространённый на Солнце, в Таблице Менделеева имеет

второй номер?

Кто рисовал солнечный круг в песне «Пусть всегда будет солнце»?

Какого поэта 19-го века современники назвали «солнцем русской поэзии»?

Что находится в центре мироздания по теории Николая Коперника?

К звёздам какого цвета астрономы относят Солнце?

Какой фараон объявил бога Солнца Атона единым богом всего Египта?

К какому типу относятся юлианский и григорианские календари?

Как называется параллель, севернее которой Солнце летом не заходит за горизонт?

Место, где раз в году солнце бывает в полном зените – это… Что?

Сколько раз в году Солнце находится в зените над экватором?

Какое небесное тело, кроме Луны, влияет на величину приливов на Земле?

Чьё сердце, согласно русской пословице, лучше солнца греет?

На каком небесном светиле, согласно поговорке, «тоже бывают пятна»?

Какой месяц года получил своё название от имени древнего италийского бога Солнца?

От какой серьёзной травмы спасает панама?

Из какого растения семейства астровых добывают масло?

В каких очках отправляются на пляж?

Как называется место принятия солнечных ванн в зимнее время?

Они знатоки русского языка и гордость нашей школы-интерната

Уралов

Азамат

ученик 9-а класса

занял 3-место в

областном

олимпиаде

Махамадалиев

Сирожбек

ученик 8-а класса

занял 3-место в

районном

олимпиаде

ученик 6-а класса

занял 1-место в

районном

олимпиаде

Маматвалиев

Жасур

ученик 6-а класса

занял 2-место в

районном

олимпиаде

Жамолиддинов

Жасур

ученик 5-а класса

занял 1-место в

районном

олимпиаде

Page 7: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

Sharipova Jamilaxon

Milliy g‘oya va “Vatan tuyg‘usi” fanlari o‘qituvchisi

Faraz qiling, ertalab o`rningizdan turganingizda ism sharifingizni, kimligingizni,

yaqinlaringizni unutib qo`ydingiz, har qancha urunishlaringiz bekor bo`ldi. O`zingizni qanday his

qilardingiz?

Agar millat o`zligini unutib qo`ysa, bu kim uchun fojea bo`ladi? Albatta millat uchun.

Demak, ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimiy toshyozuv va bitiklar,

xalq og`zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida

saqlanayotgan ming-minglab qo`lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, sanhat,

tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilik va boshqa

sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir.

Bunchalik katta merosga ega bo`lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi. Ota-

bobolarimizning asrlar davomida to`plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy

qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyib uch ming yil

muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan “Avesto” deb ataladigan bebaho ma`naviy obida

alohida o`rin tutadi. Avvalam bor, shuni aytish joizki, ota-bobolarimizning aql –zakovati, qalb

qo`ri mahsuli bo`lmish bu noyob yodgorlikning zamon to`fonlaridan, qanchadan-qancha og`ir

sinovlardan o`tib, bizning davrimizgacha yetib kelganligining o`zida katta mahno mujassam.

Bunday o`lmas osori atiqalar bu ko`hna o`lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan

buyuk madaniyat mavjud bo`lganidan dalolat beradi.

Bizning qadimiy va go`zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan

biri bo`lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne

buyuk zotlar, olimu-ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy

sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy bilimlarning

tarixan eng yuqori bosqichga ko`tarilishida Ona yurtimizda tug`ilib kamolga yetgan ulug`

allomalarimizning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g`urur va iftixor bag`ishlaydi. Bu borada

maktab-intenatimizda olib boralayotgan ishlar diqqatga sazovordir.

Shu ma’noda 6-b sinfida o’tilgan “Vatanparvarlik” mavzusidagi noan’anaviy ochiq darsning

mutaxassislar tomonidan yuqori baholangani bizga yanada kuch, g‘ayrat bag`ishlaydi.

Page 8: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

N.Zokirov

Fizika va chizmachilik

fanlari fani o ‘qituvchisi

Aprel - rasm-chizmachilik, musiqa va mehnat ta’limi fanlari oyligini

Page 9: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

Biz jurnal sahifalarida o`zbekning asl farzandi, samimiy she`rlari ohangrabo qo`shiqlarga aylanib,

har bir o`zbek xonadoniga kirib borgan, XXI asr o`zbek adabiyotida so`nmas yulduz bo`lib kirgan,

o`quvchi qalbida o`chmas iz qoldirgan, otashin shoir Muhammad Yusuf ijodidan she’rlarni berib borishni

oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz. She’r yozishni niyat qilgan, she’riyat bo`stoniga ilk qadamlarini

qo`yayotgan o`quvchilarga she’rning qanday kuchga ega ekanligini eslatib o`tish bilan birga ularga baland

parvozlar tilab qolamiz.

Umid jurnali avvalo yuragida yurt ishqi, hayotga mehri baland bo`lgan insonlar, bolajonlar uchun

o`z sahifalaridan joy ajratishini yana bir bor eslatib o`tamiz. Azizlar. Ba’zi she’rlar asl she’rga o`hshamaydi,

yoki she’r qoidalariga umuman javob bermaydi kabi savollaringizga, e’tirozlaringizga asos yo`q ekanini

eslatib o`tamiz. Zotan barcha buyuk ishlarning zamirida oddiylik hamda tirishqoqlik, mehnat yotganligini

eslatib o`tamiz. Asosiysi - qo`lga qalam olib, mardlarcha ushbu maydonga kirib kelish. Qolganini kelajak

ko`rsatadi.

ONAJON

Muhammad Yusuf

Topmoq - yo‘qotmoqdir,

Yo‘qotmoq – topmoq,

Sen so‘lib,

Men yashab,

To‘lishimga boq.

Sensiz topganimdan

Ko‘proq yo‘qotdim –

Sen meni yupatding,

Seni yig‘latdim,

Sen meni yaratding,

Seni tugatdim.

Uyalmay ONA deb,

Kelishimga boq!..

Sog‘inch haqda she’rlar

Yozdim o‘zimcha,

Mendan peshonangda

Dog‘lar tizimcha.

O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,

Attangb ming attang.

Qiz tug‘sang netardi,

Ko‘proq qiz tug‘sang!..

Tirgak bo‘lolmadim

Bitta qizingga

Uyalmay shoirman

Deyishimga boq.

Joningdan aylanay,

Turgil jonajon,

Yo‘l qarab bo‘ldimi

Jigarginang qon?

Boqma, ko‘zlarimga

Bemajol, xasta,

Mening topganlarim

Gulmi bir dasta,

Yo‘qotganim senmi

Endi onajon?..

O‘z etimni o‘zim

Yeyishimga boq.

Bilsang yuragimni

Bir alam elar.

Buyursang qo‘limdan

Kelmaydi nelar,

Ayt,

Pichan yig‘aymi,

O‘tin yoraymi,

Yerni haydayinmi,

Ko‘k ag‘daraymi?..

Itdek oyog‘ingga

Suykalgim kelar –

Uchib-uchib, mana

Qo‘nishimga boq.

Hech narsa kerakmas,

Bolam, hech deysan.

Endi kech deysan-da,

Endi kech deysan.

Yuzimni bosaman

Muzday yuzingga,

ONAJON,

Zor qilib ketma izingga!

O‘lim oldida ham

G‘amimni yeysan,

Men-chi, jim, taqdirga

Ko‘nishimga boq.

She’rim bitdi,

Xayir,

Do‘stlar xush qoling.

Bedil yashamakka

O‘rganmang menday

Boring,

Volidangiz

Ko‘nglini oling,

Ertaga

Kech qolib

O‘rtanmang menday.

ONAJON

6-“b” sinf o‘quvchisi

Parpiyev Bahromjon

Kechalari uxlamay,

Kunlari tinim bilmay.

Doyim meni ardoqlay,

Zo ‘r bola deb yurasiz

Kunduzlari kulib,

Tunlari yig‘laysiz

Meni bilmaydiku deb,

Doyim erkalaysizku.

DADAJONIM

Mehribonim o`zingiz,

Sirdoshimiz o`zingiz.

Buncha nurli yuzingiz,

Dadajonim bor bo`ling.

Nasixata sexri bor,

Ko`zlarida mehri bor.

Ko`ngli yumshoq oppoq qor,

Dadajonim bor bo`ling.

BAHOR

6-“a” sinf o‘quvchisi

Sharifboyeva Mahliyo

Bahor keldi yana olamga

Qushlar keldi issiq o‘lkaga

Hamma hursand bo‘lib yayradi

Daraxtlar ham o‘z kiydi

Bobo dehqon chiqar dalaga

Yelkasiga qo‘yib ketmoncha

Ketmon bilan zarb urar yerga

Ekin ekar to yoz kelguncha

Page 10: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

KEKSALAR

8-“a” sinf o‘quvchisi

Sobirova Dilshoda

Keksalarga bo‘laylik mehribon

Bo‘lsin doim umrlari uzoq.

Ular bilan fayzli uyimiz,

Ular bizning duogo‘yimmiz.

Danagidan mag‘izi shirin derlar,

Hush ko‘raman bari-barin derlar.

Yorug‘ bo‘lsin deya yo‘llari,

Duodadir har tong qo‘llari.

Shunday ekan nabiralar ham,

Qanot bo‘lsin ularga har dam.

Kam bo‘lmaydi g‘am ko‘rmaydi der

Keksalarni e‘zozlagan el.

GERB

7-“b” sinf o‘quvchisi

To‘lqinov Axrorbek

Gerbimizdur hur go‘zal

Yozilsa doston g‘azal

Unga yarashadi ho‘p

Qanchalar yozsangiz ko‘p

Unda bordir bug‘doyzor

Davlat ramzi paxtazor

Unga ko‘rk qo‘shar quyosh

Va omadli humo qush

Odamlar unga aytar

Gerbimizga ming olqish.

TOPISHMOQ SHE’RLAR

6-“b” sinf o‘quvchisi

Ismoilva Madina

Ikki yo‘rg‘a yiroqda

Biri kunda, biri tunda

Gapda bo‘lar bosh bo‘lak

Bir biriga tirgak.

Udir Gapda poydevor ,

Nima u? Aytib yubor!

Kichkina kelin to‘yga ketadi

Katta kelin uyda qoladi.

Insonlarni davolar ,

Kasbiga sodiq qolar.

Ular shunday fidoiy,

Javob toping bolalar.

Televizorga ukaman,

Ichim to‘la yangilik.

Menga bo‘lsangiz hamroh,

Sizga bo‘laman hamroh .

SO‘Z O‘YINI

Abdulboqiyeva Odinaxon

5-“b” sinf o‘quvchisi

Eh bilimdon bolalar

Gulg‘uncha-yu lolalar.

Beray sizga so‘z o‘yin

Bu sizga emas qiyin

Qo‘lga olib alifbo

Yeching shoshmasdan aslo

Avvalo raqamlarni

Harflarga o‘giring

Topgan so‘zlaringizni

Mos joyga ko‘chiring

Hikmatli so‘zlar shunda

Hosil bo‘lar bir zumda.

OYIJONIM

6-b sinf o’quvchisi

Abduqahharova Nozima

Ey, farishta oyijonim,

Bag’ri osmon mehribon,

Yo’lingizga gul to’shalsin,

Orzularingiz ushalsin!

Sizga tilay uzoq umr,

Omad sizga yor bo’lsin,

Oyijonim tilay doim

Uyingiz gulzor bo’lsin!

Mana bahor, ilk bayram

Kirib kelar kelinchak.

Doim yaxshi niyatlar

Bo’lsin sizga belanchak!!!

OILA MUQADDAS DARGOH

Oila muqaddas dargoh

Ota-onam tayanchi

Ey farzand o’qi ko’proq

Ertaga sen suyanchi.

Buving bo’lsa omading bor

Bobong bo’lsa qomating

Aka-ukang bor ekan

Ushbu erur omading

MENING YURTIM

5-b sinf o‘quvchisi

Sotivoldiyev Alijon

O‘zbek nomin oqlagan

Polvonlar ham bor ekan

Yurti uchun jon bergan

Insonlar ham bor ekan

Yurtim bo‘lsa bog‘ bo‘ston

Mening yurtim jona-jon

Bizlar bo‘lsak jona-jon

Koyiga yaraymiz har on

Yurtda bo‘lsa donolar

Gullatadi bog‘bonlar

Daladagi dehqonlar

Hizmat qilar posbonlar

BOBO DEHQONLAR

6-b sinf o‘quvchisi

Mahmudov Doniyor

Erta-yu kech mehnat qilib

Tinim bilmaysiz doim.

Mehnatingiz qadrin bilib

Ulug‘layapmiz har-doim

Olqishlar bo‘lsin sizga

Mehnatkash dehqonlarga

Dunyodagi mehnatkash,

Odamlardan birisiz.

Mehnatingiz qiyoslab

Nobelni egasisiz

Ulug‘laymiz sizlarni

Mirishkor dehqonlarni

USTOZIM

G‘oyibboyev Muhammadqodir

IIk kitobga mehr qo‘ydirgan,

O‘qish, chizish, yozish o‘rgatgan.

Mening uchun aziz va buyuk ,

Bizga doim bo‘lgandir suyuk.

Ko‘zimizga quvonch to‘ldirgan

Kelajakda olim bo‘l degan

Mening uchun aziz va buyuk ,

Bizga doim bo‘lgandir suyuk.

Bilim sari yetaklab bizni

Umringiz uzoq bo‘lsin sizni

Mening uchun aziz va buyuk,

Bizga doim bo‘lgandir suyuk.

HAFTA

(Shu nomli she’riy to`plamdan)

7 – b sinf o`quvchisi

Abdullayev Dostonbek

Mening farzandlarimdir

Dushanba va Seshanba,

Ularning ukasidir

Chorshanba va Payshanba.

Ulardan keyin turar

Juma va albat Shanba.

Mening to`ng`ich o`g`limdir,

Bilmasangiz yakshanba,

Ular ketma – ket turar,

Tuzilishib bir safda.

Page 11: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

BUVIJONIMGA

Bizga tengsiz mehribon,

So`zlarida sehri bor.

Erkalashib hormaydi,

Mehnatlarda tolmaydi.

Buvijonim, buvijon,

Mehribonim buvijon.

Onaginam onasi,

Sho‘xzabonim buvijon.

Dunyo turguncha turing,

Davru davronlar suring.

Doimo kulib yuring,

Baxtimizga sog` bo`ling

Buvijonim, buvijon,

Mehribonim buvijon.

Bolalarning sog`lig`in So`rashadi har hafta.

Ismoilov Doniyorbek – SHAMS - 5-sonli Davlat

ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 6-b sinfida tahsil oladi. U

yoshligidan san’atga, qo‘shiqqa oshno bo‘lib o‘sdi. O‘qishdan

bo‘sh qoldi deguncha musiqa to‘garagiga oshiqqan Doniyorbek

o‘zi ham she’rlar mashq qilishga, she’rlarini ohangga solib

kuylashga harakat qiladi. Xozirda u Chortoq shahridagi 14-sonli

musiqa va san’at maktabining “An’anaviy xonandalik” sinfida

ustozlari ko‘magida xonandalik sirlaridan voqif bo‘lmoqda.

Quyida Doniyorbekning ijod namunalaridan siz azizlarga

armug‘on etamiz. Doniyorbekka esa ulkan zafarlar tilaymiz.

CHORTOQ

(qo’shiq)

Yursam gullar payondozdir,

Dilim senga dilizkondir

Yuraklarga savdo solib

Go’zal Chortog’im, Chortog’im

Go’zal Chortog’im, Chortog’im

Qizlaring dilbar parivash

Yigitlaring undan dilkash

Yashnasin doim bog’im

Go’zal Chortog’im, Chortog’im

Go’zal Chortog’im, Chortog’im

Nurga to’lgan chaman bog’im

Har bir narsang mening ardog’im

Onadayin mehribonim

Go’zal Chortog’im, Chortog’im

Go’zal Chortog’im, Chortog’im

Senla har otgan tonggim

Go’zal erur har onim

Shirmon erur qo’lda nonim

Go’zal Chortog’im, Chortog’im

Mirzayeva Shahnoza

6-a sinf o`quvchisi

Har kimning o`ziga yarasha qobiliyati bo`ladi. Kimdir qo`shiq aytadi, kimdir raqsga tushadi.

Bizning sinfda ham qobiliyatli o`quvchilar ko`p. Ulardan biri Ahmedov Ismoil. U so`zlarni teskarisiga

ayta oladi. Ismoilga qanday so`z aytsangiz, u bir soniya ham o`tmasdan shu so`zning teskarisini aytib

beradi. Ba’zan unga qiyin-qiyin, notanish so`zlarni ham aytib, uni sinovdan o`tkazamiz. Lekin u har

qanday so`zni hech qiynalmasdan teskarisiga aytib, bizni qoyil qoldiradi.

Ayniqsa, she’rlarni teskarisiga yoddan aytib berganda hamma hayratdanyoqa ushlaydi. Hattoki

qo`shiqlarni ham teskarisiga ayta olishi esa uning juda qobiliyatli ekanidan dalolat. Azizlar, siz ham

biror so`zni tezda teskari aytib beringchi…

Page 12: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

Ismonaliyeva Durdona

8-a sinf o‘quvchisi

Gullar paydo bo‘libtiki, go‘zallik baxtli onlar uchun xizmat qilib keladi. Ularni yoqtirmaydigan

umrida bir marta ham sovg‘a qilmagan yoki sovg‘a sifatida qabul qilmagan odam bo‘lmasa kerak.

Hayotingiz davomida gullarning ko‘plab turlarini uchratgansiz, ko‘rgansiz, eshtgansiz albatta. Ammo

men tanishtirmoqchi bo‘lgan gullar haqida-chi? “Tun qiroli” nomi bilan mashxur qora lolalar

dunyodagi eng qimmatli gullar sirasiga kiradi. Ushbu turdagi gullar ma’lumotlarga qaraganda, 1986-

yil Niderlandiya floristika institutida yetishtirilgan. Ammo ko‘rinishidan tim qora lolalar aslida to‘q

binafsha rangda. Qora atirgul esa hech qanday tadqiqot natijasida emas tabiiy qora rangga ega. U faqat

Turkiyaning Halfeti shaharchasida o‘sadi va har yili 15-kun davomida ochilib ko‘zni quvnatadi.

Kamalak singari turli ranglarga ega bo‘lgan atirgulning barglari bo‘yab chiqilgan . Uni janubiy

Gollandiyadagi gul kompaniyalaridan birining egasi Piter van De Verken kashf qilgan. Bu atirgulning

rangi o‘sish jarayonida turli bo‘yoqlar bilan oziqlantiriladi natijada uning yaproqlari kamalak rangiga

kira boshlaydi.

Dunyo mo‘jizalari

Abdullayeva Sojida

7-“b” sinf o`quvchisi

Hind okeaning “Bab-al mandab” qo‘ltig‘ida sho‘r va chuchuk suvning aralashib ketmasligini

ko‘rishimiz mumkin. Olimlarning fikiricha suvning tarkibidagi qandaydur zarrachalar va moddalar

ularning aralashib ketmasliga sababdur.

Dunyodagi eng katta ilon bu yo‘lbars iloni hisoblanadi. Uning uzunligi 10 m ni tashkil etadi.

Uning zaxri barcha jonzodni o‘ldiradi.

Ukki yapaloq qushlar ichida eng kattasi bo‘lib, u tunda ov qiladi. U o‘ljasini 10m uzoqlikdan

bemalol ko‘radi.

Tasqara-o‘lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi. Tanasining uzunligi 1.5 m ga, qanotini

yozganda 3m gacha yetadi. Uning og‘irligi 6-12 kg gacha yetadi.

No‘manova Sevara

8-“B” sinf o‘quvchisi

25 dona sigaretda 2 tomchi sof nikotin bo‘ladi. Katta yoshli odam 30 yilda o‘rtacha 200 ming

dona sigaret chekadi. Bu 160 kilo tamaki degani. Uning tarkibida 500 gramm nikotin bo‘lib, bu 10

ming kishini zaharlab o‘ldirishga yetadi. 22 ming dona sigaret chekgan kishi sog‘ligini yo‘qotish

bo‘yicha Uran konida ishlagan odam bilan tenglashib qolar ekan. O‘pka rakidan o‘lganlarning 90%

chekuvchilardir. Yer yuzida xozir 1.5 mlrd kashanda bor. Chekish bilan bog‘liq xastaliklar tufayli xar

8 soniyada 1 kishi vafot etyapti. Bu bir yilda 3 mln 679 ming 200 kishi deganidir.

Page 13: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

Mazkur sahifada nafaqat maktab – internatimiz ustozlari va o`quvchilari, balki “Umid” jurnaliga bevosita

qiziqish bildirgan insonlar, yoshlar va bolajonlarning ijod namunalaridan berib boramiz.

Haydarova Umida

43-umumiy o’rta ta’lim maktabi

9-b sinf o’quvchisi

Po‘latov Furqatjon – 26 yosh (Chortoq shahri)

Havaskor rassom

BOBOM XOTIRASI

Bobojonim yurakni yulib ketdingiz,

Dilimizga g’amlar ko’mib ketdingiz.

Yuzimizga yoshlar sochib ketdingiz,

Boshimizga ro’mol solib ketdingiz.

Qanday axir bizni tashlab ketdingiz,

Yonimizdan oppoq bo’lib o’tdingiz.

Otam-akam yelkasida ketdingiz,

Umrbodli uyingizga yetdingiz.

Endi qaytib kelmaysizmi bobojon?

Endi yoshim artmaysizmi bobojon?

Yuzim silab go’zal qizim demaysizmi?

O’zim quchib ona qizim demaysizmi?

Birin ketin nabiralar katta bo’lgach,

To’ylarida duo qilib turmaysizmi?

Hayr endi oppoq yuzli bobojonim,

Hayr endi qora qoshli bobojonim.

Hurmatli maktab – internat o‘quvchilari

hamda “Umid” jurnali tahririyati. Mening

yoshim 26 da. Asli kasbim rassomlik emas.

Bo`sh vaqtlarimda mashq qilib turaman. Men

“Umid” jurnalini ko`rib Sizlarga juda havas

qildim. Aziz ukajonlarim. Sizga ilm olish, ijod

qilish, izlanish uchun keng imkoniyatlar

yaratib berilgani tahsinga sazovor. Shu sababli

o`qing, o`rganing. Asosiysi ijod qilishdan

charchamang. Umid jurnalini asrab avaylang.

Umidga rahmat!!!

Page 14: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

Kvadrat tenglamani yechishning Al-Xorazmiy usuli

8-b sinf o’quvchisi Mahmudova Malika

Al-Xorazmiyning “Al-jabr val-muqobala” asaridan olingan ushbu masalani ko’raylik: “Agar biror

kvadratga uning 10 ta ildiziga teng narsani qo’shsak 39 hosil bo’ladi”. Bu masalani yechish (hozirgi

belgilarda) x2 +10x=39 Tenglamani yechish demakdir. Al-Xorazmiy bu tenglamani yechish qoidasini

quyidagicha tushuntiradi: “1) Ildizlar sonini 2 ga bo’l, bu masalada 5 hosil bo’ladi(10:2=5); 2) Uni o’ziga teng

songa ko’paytir, 25 bo’ladi(5*5=25); 3) Uni 39 ga qo’sh, 64 bo’ladi(25+39=64); 4) Undan kv. Ildiz chiqar, 8

bo’ladi; 5) undan ildizlar sonining yarmini ya’ni 5 ni ayir 3 qoladi (8-5=3) mana shu son sen izlagan kvadrat

ildiz bo’ladi.

Hayvonlar sanashni bilishadimi ?

8-b sinf o‘quvchisi Yusupova Ozoda

Kolumbiya universiteti tadqiqotchilarining kuzatuvlari shuni ko‘rsatadiki shimpanze 5 gacha sanashni

bilar ekan. Masalan sanashga o‘rgatilgan shimpanze tadqiqotchi nechta so‘rasa quti ichidan o‘shancha

tayoqchani chiqarib beradi. Bir safarida qutiga 4 ta tayoqcha solib qo‘yishdi, tajribachi esa shimpanzedan

5tasini so‘radi u bechora sal o‘ylanib turdida baribir yo‘lini topdi. Tayoqchalardan birini sindirib 2 ta qildi va

so‘ralganidek 5 ta tayoqchani uzatdi! Qarang maymun jonivor o‘zining aqlli ekanligini namoyish eta bilgan

Umuman odamsimon maymunlarning barcha turlari boshqa hayvonlarga nisbatan sal aqlliroq. Agar

ularning oldiga miqdori turlicha bo‘lgan ikki to‘plam narsa qo‘yilsa, hech ikkilanmasdan miqdori ko‘proq

bo‘lgan to‘plamni tanlashadi.

Ko‘plab biologic tajribalar o‘tkazgan tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdi: nafaqat maymunlar

balki itlar ham sanashni bilishar ekan. Buni Brazilialik olimlar ilmiy tajriba yo‘li bilan isbot etdilar.

Amerikaning Arizona universiteti zoologi Iren Papperberning aytishicha, uning to‘ti qushi sakkizgacha

sanay bilar ekan. Uning oldiga aralashtirib terib qo‘yilgan ko‘k va qizil kubiklardan aynan nechtasi ko‘k ekanini

adashmasdan ayta olar ekan. Shuningdek bu aqlli qush 4 soni 3 dan katta ekanini ham anglar ekan.

Salamandrlar oldida turgan 2 ta trubadan bittasi ichiga ikkita 2-siga 3 ta meva solingan bo‘lsa bu jonivor

3 ta mevali truba ichiga kirar ekan.

Tajribalarga kabutarlar ham jalb etilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ular 6 gacha sanashni

o‘rganganlar. Kabutarga bitta bittadan don berishgan. Har 6 tada mazzali don izidan 1 achchig‘ini berishgan.

Aqlli qush buni tezda payqab qolgan va har yettinchi donni yemasdan chetga surib qo‘yavergan.

Biologiya fanlar doktori Zorinoy labaratoriyasida esa qarg‘alar ustida tajriba o‘tkazilgan. Aniqlanishicha

ular to‘rttagacha bo‘lgan sonlarni bir-biriga qo‘shish amalini bajara olar ekanlar.

Xayvonot olami

8-b sinf o‘quvchisi Abdullajanova Muxtasar.

Yerdagi xayvonot olami bundan 500 mln yil burun, ya’ni Yerning yuza qismi qurib, ummonlar tarkib

topganidan keyin paydo bo‘lgan. Baliqlar bundan 400 mln yil oldin ,ordaviq davrida paydo bo‘lgan. Bizga

yaxshi tanish bo‘lgan toshbaqalar bundan 200 mln yil avval paydo bo‘lgan. Olimlar tahmin qilishlaricha,

dinozavrlar bundan 180 mln yil avval paydo bo‘lgan va 60 mln ilgari qirilib qirilib ketgan. Hind ummonidagi

Komor orollari yaqinida topilgan Shokila baliqni bundan 100 mln oldin yo‘q bo‘lib ketgan deb hisoblashardi.

Nazariyachilarni fikricha, odamsimon maymunlar bundan 4 mln oldin Afrikada paydo bo‘lgan. Itlar 100 ming

yillik tarixga ega, 5 ming avvalgi Misr dahmalarida itlar tasviri bo‘lgan. Otlarni dastlabki tasvirlari bundan 15

ming yil oldin ibtidoiy odamlar tomonidan chizilgan, ularni birinchi marotaba Markaziy Osiyoda qo‘lga

o‘rgatishgan. So‘ng otlar Durupa va Kichik Osiyoga o‘tgan.

Kimning burni eng sezgir?

6-b sinf o’quvchisi Xolmirzayev Ulug’bek

Eng nozik hid sezuvchilardan biri Kuya kapalagi ekan. Suv hayvonlaridan eng sezgiri akula. U bir

tomchi suvdan 100mln marta kam qon zarrachalari hidini sezar ekan. Baliq bilan oqizlanadigan ba’zi

dengiz qushlari ham sezgir bo’lar ekan. Ular baliq hidini 3 km naridan sezishar ekan. Amerikada

chiqarilgan jurnalda yozishlaricha, o’qining eng nozik hid bilish qobiliyati tufayli ko’r sichqonlar

yerosti yo’llaridan adashmay ozuqa topar ekanlar.

Page 15: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

Mitti, ammo…

Hamidov jahongir

9-“S” sinf o‘quvchisi

Aziz o‘quvchilar bu safargi maqolamiz har safargidan qiziqarli. Bu safar biz kichik bo‘lishiga qaramay

mashhur davlatlar haqida ma‘lumotga ega bo‘lamiz.

Monako. Bu davlat mitti bo‘lishiga qaramay 50 dan ortiq bank, 800ga yaqin xalqaro kompaniya va 66

ta mamlakat elchihonasini o‘ziga sig‘dira olgan. Salkam 2 kv.km maydonga ega bu davlatda ko‘plab kazinolar

ham joylashgan.Shuning uchun ham “kazinolar yurti” ga ko‘plab sayyohlar keladi. Monakoning maydoni 1.95

kv.km, aholisi 33 ming kishi davlat tili fransuz tili , valyutasi yevro,asosiy dini xristian katolik ndini, davlat

konstitutsiyaviy monarhiya yo‘nalishida boshqariladi.Monakoning poytaxti Monako shahri. Monako hududiy

jihatdan 10ta tumanga bo‘linadi, lekin 4ta shaxar bor: Monte-Karlo, Monako, Fonvey va La-Kondamin. Aholi

zichligi bo‘yicha 1-o‘rinda turadi 1kv.kmda 16500 kishi yashaydi. Monakoda dunyoga mashxur “Formula 1”

trasslari ham bor. Shuningdek “Monako ” futbol klubiga tegishli “Lui II” o‘yingohi ham bor. Monako armiyasi

82 kishidan tashkil topgan. Monakoni knyaz boshqaradi.

San Marino. Bir qarashda kichik va Ko‘rimsizdek ko‘rinadigan bu davlat aslida Yevropaning eng

qadimiy davlati hisoblanadi. Bu davlat sanoati yaxshi rivojlanmagan. San Marino turizmga ixtisoslashgani

uchun futbol ham yaxshi rivojlanmagan. Italiya shimolida joylashgan bu davlat maydoni 61 kv.km ni tashkil

etadi. Poytaxti San Marino shahri, aholisi 30 ming kishini tashkil etadi. Davlat tili Italiya tili, valyutasi yevro,

ustuvor din xristian katolik dini, davlat parlamentar respublika hisoblanadi.

Lyuksemburg. Bu nom siz uchun yangilik bo‘lishi mumkin.Lekin bu davlatni dunyoda “milliarderlar

mamlakati” deb atashar ekan. Buning sababi Lyuksemburg aholisining har 1000 kishidan 125 tasi milliarder

hisoblanadi. Bu esa har sakkiz inson milliarder degani. Shu sababli aholi turmush darajasi juda yuqori. Bu

jihatdan aholi boshiga deyarli 150 ming AQSH dollirini tashkil etib, dunyoda 1-o‘rinda bormoqda.Bu davlatda

milliarderlar ko‘pligining sababi Lyuksemburgda soliqlar deyarli yo‘q maydoni 2586 kv.km, aholisi 460 ming

kishi,poytahti Lyuksemburg shahri, valyutasi yevro davlat tili nemis,fransuz va Lyuksemburg tili, ustuvor din

xristian dini. Davlat boshqaruv shakli konstitutsaviy monari. Lyuksemburgni gersog boshqaradi.

BILIB QO`YGAN YAXSHI

Normirzayev Jasurbek

9-b sinf o’quvchisi

Xalqaro mehnat tashkiloti “Bandlikni global tendensiyalari-2013” hujjatiga ko’ra, butun dunyoda ishsizlar soni

197mln ga yetdi. 2012-yilda dunyo bo’yicha ishsizlar yoki ishdan bo’shaganlarning chorak qismi rivojlangan

mamlakatlarda, qolgan 75% i esa, rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ri keladi. O’tgan yilda dunyo bo’yicha

ishsizlar soni 4mln kishiga ko’paygan. Ma’lum bo’lishicha rivojlangan davlatlarda 870mln ga yaqin kishi ishli

bo’lsada 1 kunda 2 dollardan kamroq pul topadi, ulardan 400mln ga yaqini kambag’allikda kun kechirmoqda.

Orzular sotuvchisi

Bir onda mashhur aktyorga yoki yana kimgadir aylanib qolishni orzu qilsangiz Chikagodagi “Orzular

kompaniyasi”ga murojat qilishingizga to’g’ri keladi. U yerda ishlovchi “Orzu sotuvchilari” esa orzuingizni

ro’yobini ta’minlashadi, albatta yaxshigina haq evaziga.

Pullik suhbatdosh

Tokioda o’z shahobchalarida o’tirib olib “Pullik suhbatdosh” vazifasini o’tayotgan bu kishilarni faoliyati

qonuniydir. “Pullik suhbatdoshlarning” har-biri hafta davomida 10ming kishini hasratini tinglar ekan.

Yollanma navbat kutuvchi

Uzundan-uzoq navbatlarda turib vaqt o’tkazishni hohlamaydigan britaniyaliklar uchun “Yollanma navbat

kutuvchi” lar ayni muddao. Ularni istagan joyingizga navbatga qo’yib ketishingiz mumkin. Albatta bunday kasb

Page 16: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

egalarini har-bir soati pullik.

Qiziqarli savolllar va javoblar

9-a sinf o‘quvchisi Karimova Dilnura

1.”Eng o‘tmas qalam ham, eng o‘tkir undan kuchlidir” gap nima haqida ketyapti? (Xotira)

2.Inson a’zolaridan biri har 100 kunda yangilanib turadi, bu qaysi a’zo” (Kiprik)

3.Yusuf hos-Hojibning “Qutatg‘u-bilig” asarida shunday ta’rif keltirigan

“U narsa xovlingdagi arslon, u seni boshqa yirtqichlardan himoya qiladi. Zinhor uni bo‘sh qo‘yish

kerak emas aks holda u qiyofasini buzadi. Bu ta’rif nimaga nisbatan berilgan? (Til)

4.Mutaxasislar unga ta’rif berishganda, shunday so‘zlar bilan e’tirof berishadi: “U shayton kabi qop-

qora, farishta kabi top-toza, muhabbat kabi shirin bo‘lishi kerak” Bu qadar ehtiros bilan aytilgan narsa

nima? (Kofe)

5.Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib (nozik fahm, yaxshi fikrlash) degan ma’noni anglatadi. Bu qanday

so‘z? (Zakovat)

6. Xitoyliklarda bir maqol bor: “A va B bular qandaydir narsalar, A va B orasidagi masofa bir-xil A ga

yetib bo‘lmaydi, yeta olmaysiz ham, lekin B ga yetsa bo‘ladi” nima yoki qanday narsalar haqida gap

ketyapti? (Kecha va ertaga)

Bekmirzayev Bekzod

6 a sinf o`quvchisi

Qiziqarli masalalar

Agar siz hovli sotib olmoqchi bo`lsangiz qaysi shakldagi hovlini olar edingiz? Doira shaklidami,

kvadrat shaklidami, to`g`ri to`rtburchak shaklidami? Qaysi birida ko`proq yer o`lchab olasiz?

6-“b” sinf o‘quvchisi

Abduvohidov Sidiqjon

1

2 1)Bir necha gul birlashib nima hosil qiladi?

4 2)Murakkab shingilga misol.

3)Hashorotlar yordamida changlanadigan o‘simlik

6 4)Su‘niy changlanadigan o‘simlik

3 5)Chin mevaga misol

5 6)Chatnamaydigan o‘simlikka misol

7)2-6-12 sm keladigan dengiz suv o‘ti

Page 17: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

7

Ahmedov Sherzodbek

6-“a” sinf o`quvchisi

Jamoliddinov Diyorbek

6 b sinf

1 F

2 A

3 N

4 L

A

6 R

T

A

O

M

L

A

R

Page 18: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

G‘oyibboyev Muhammadqodir Normatova Mohlaroyim 5 - a sinf To‘ychiyev ulug`bek 6- a sinf

Abduvohidov Sidiqjon 5- b sinf Sobitxonov Abu Lays 5- a sinf

Abdullayeva Sojida 7- b sinf Erkinov Rahmatillo 5-b sinf

Davlataliyeva Tillaxon 5-a sinf

Page 19: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

Yoqubjonova Mushtariybonu Tohirjonova Rodaxon

5-a sinf o`quvchisi 5-a sinf o`quvchisi

Ismoilova Madinaxon

6 – b sinf o`quvchisi

Page 20: Без названияqobiljon.uz/pdf/umid/2015/umid-2015-04.pdf · Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O‘zbekiston

Umid” umidlarning porloq oshyoni,

Nurli kelajakning ayni o‘zidir!

“Umid” muxlislarning eng qadrdoni,

“Umid” ijodkorning ko‘ngil so‘zidir!