XXI tex 002XXI asr texnologiyalari 4 Hozirgi vaqtda mamlakatimizda ulkan iqtisodiy va ilm-fan...

32

Transcript of XXI tex 002XXI asr texnologiyalari 4 Hozirgi vaqtda mamlakatimizda ulkan iqtisodiy va ilm-fan...

BU

GU

NG

I S

ON

DA

:«XXI asr texnologiyalari» —Bolalar va o‘smirlarning ilmiy-texnikaviy,

ma’naviy-ma’rifiy, ommabop nashri

2018-yil, 2 (2)-son (avgust-sentabr)

Muassis: O‘zbekiston RespublikasiInnovatsion rivojlanish vazirligi

Noshir: «XXI asr texnologiyalari»jurnali tahririyati»

Tahririyat manzili:100069, Toshkent shahri

Olmazor ko‘chasi, 171-uy.Telefon: 71 245-62-03 Faks: 71 245-62-03

www.21asrtexnolog.uzE-mail:lndep.uz

[email protected]

02.10.2018-yilda bosishga ruxsatberildi. Ofset usulida chop etildi.

Qog‘oz bichimi 60x84. Yuqoribosma. Shartli bosma tabog‘i: 4,2.

Nashr bosma tabo‘gi: 4,3Adadi: 1000

«O‘zbekiston» NMU da chop etildi.Buyurtma: ¹ 260

Bosmaxona manzili:Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Taqdim etilgan materiallar taqrizqilinmaydi va egalariga qaytarilmaydi.

Muallif fikri tahririyat nuqtayinazaridan farq qilishi mumkin.

Jurnal O‘zbekiston Matbuot va axborotagentligida 2010-yil 4-iyunda

0588-raqam bilan ro‘yxatga olingan.Nashr indeksi: 990

Jurnal tahririyat kompyutermarkazida sahifalandi.

Direktor:Mansur TursunovBosh muharrir:

Fazilat MuhammadiyevaMas’ul kotib:

Sevara Abdullayeva

Tahririyat kengashi raisi:Ibrohim Abdurahmonov

Tahririyat kengashi a’zolari:Behzod YuldashevInomjon Majidov

Noibaxon MamadaliyevaSharof RajabbayevSherzod Shermatov

ISSN 2181-0206

Maslahat kengashi a’zolari:Azimjon NazarovAlisher Umarov

Olimjon To‘ychiyevHotam Ashurov

Zabardast Bo‘riyevNazokat Abduqunduzova

Faxriddin HayitovNavro‘z NorboboyevShahlo TurdiqulovaAzizjon Ermatov

O‘zbek yoshlarijahonda tengsizòåíãñèç

8-9

Dunyogamashhur

ilmiymuzeylar

10-11Qishloq xo‘jaligidayangi texnologiya —

ROBOT-FERMER16-17

22-23

ARPANET — INTERNET o‘tmishdoshi

24-2524-25Gologramma — jonlitasvirlar jilosi

Ìåõàíî-òåðàïåâòè÷åñêîåóñòðîéñòâî äëÿðàçðàáîòêèñóñòàâîâ

14-15

ARPANET — INTERNET o‘tmishdoshi

Gologramma — jonlitasvirlar jilosi

XXI asr texnologiyalari

3

Jahonda bo‘lmasa muallim agar,Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.

Jamiyatimizda shunday kasb egalari borki, ularningmehnati juda mashaqqatli va mas’uliyatli. Ularning mehnatinihech qanday boylikka almashib bo‘lmaydi. Hayot yo‘limizga mayoq tutgan, bilimva ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, qalbimizga yuksak insoniy fazilatlarhissini singdirgan ustoz va murabbiylardan bir umr minnatdormiz.

Biroq hamma ham bu sohani tanlayvermaydi. Negaki o‘qituvchi bo‘lib ishlashuchun insondan kuchli bilim, mustahkam iroda va sabr-toqat talab qilinadi. Maktabostonasiga endigina qadam qo‘ygan bolajonlarning qo‘liga qalam tutqazib, harfo‘rgatish, savodli qilish, ta’lim-tarbiya berish juda murakkab vazifa. Shunday ekan,ularni haqli ma’noda ma’naviyat, ma’rifat va matonat timsollari, desak haq gapniaytgan bo‘lamiz. Shoir Po‘lat Mo‘min ta’kidlaganidek, fan bog‘ining bog‘bonlaribo‘lgan, yuzidan doim mehr nuri yog‘ilib turadigan ustozlarga har qancha ta’zimqilsak, tahsin aytsak arziydi.

Bu kasb egalari azal-azaldan yosh avlodning bilimli va ma’rifatli bo‘libulg‘ayishida, har tomonlama kamol topishida o‘zlarining munosib hissasini qo‘shibkelmoqda. O‘zbek yoshlarining jahon yoshlari bilan har sohada bellasha olishiqanchalik quvonarli bo‘lsa, bu mehribon, aziz va jonkuyar ustozlarimizning sa’y-harakatlari, mehnatlari natijasi ekanligi ularga bo‘lgan ehtiromimizni yanadaoshiradi.

Mamlakatimizda ustoz va murabbiylarning mehnati yuksak qadrlanib, O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil 1-oktabr «O‘qituvchi va murabbiylarkuni» deb e’lon qilindi va bu sana umumxalq bayrami sifatida har yili nishonlabkelinmoqda.

Biz, tahririyat jamoasi, ushbu sana munosabati bilan barcha ustoz vamurabbiylarni, tarbiyachilarni, umuman, ta’lim sohasida faoliyat yuritadigan barchainsonlarni kasb bayramlari bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Mashaqqatli,ammo sharafli ishingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Faoliyatingizdagi yutuqlaringizbardavom bo‘lsin. Shogirdlaringiz orqasidan rahmatlarga, olqishlarga ko‘milibyuring, deymiz.

1-oktabr -ustoz va

murabbiylar kuni

Ehtirom

XXI asr texnologiyalari

4

Hozirgi vaqtda mamlakatimizdaulkan iqtisodiy va ilm-fantaraqqiyoti yo‘lidagi yangiliklar, shujumladan, sog‘liqni saqlashtizimidagi loyihalar innovatsiong‘oyalarga asoslangan holdaamalga oshirilmoqda. 2018-yilning8-oktabr kuni O‘zbekistonRespublikasi Innovatsion rivojlanishvazirligi hamda Doktor Maqsudovako‘p tarmoqli klinikasi bilanHamkorlik to‘g‘risida memorandumimzolanishi bunga yaqqol misoldir.Memorandumning asosiy maqsadi,yurtimizda sog‘liqni saqlashtizimining shakllanishi hamdarivojlanishida tarixiy va hududiyjihatlarni e’tiborga olgan holdasog‘liqni saqlash tizimiga xalqarodavolashning yangi zamonaviyusullarini ishlab chiqish hamdasinovdan o‘tkazishni joriy qilish,shuning barobarida innovatsiontexnologiyalarni qo‘llash orqalitibbiy xizmatlar sifatini jahonstandartlari darajasigachako‘tarishdan iboratdir.

2018-yilning 12-oktabr kuni bo‘lib o‘tganInnovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida DoktorMaqsudova Innovatsion klinikasining ochilishmarosimi aynan shu maqsadlarning amaliy yechimisifatida xizmat qiladi.

Ochilish marosimida Innovatsion rivojlanish vaziriIbrohim Abdurahmonov, Innovatsion klinikaasoschisi O‘zbekiston Respublikasida xizmatko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi, tibbiyot fanlarinomzodi Zulfiya Maqsudova, sog‘liqni saqlash vazirio‘rinbosari Ilmira Bositxonova hamda O‘zbekistonSavdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov so‘zgachiqdilar.

Tadbirda professor-olimlar, shifokorlar,jamoatchilik vakillari, turli vazirlik va muassasalarxodimlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Innovatsion klinikada ko'z kasalliklarinimikrojarrohlik yo‘li bilan davolashning eng yangiinnovatsion texnologiyalarini tatbiq etish,neyrojarrohlik, ortopediya, plastik jarrohlik,somnologiya sohalaridagi jahonning eng so‘nggiyutuqlaridan foydalanish, umurtqa kasalliklarinidavolashda radiochastotali generatorlarni qo‘llash,

XXI asr texnologiyalari

5

insultdan keyingi bemorlarning reabilitatsiyasi, doripreparatlarini qo‘llamagan holda kompyuterbioboshqaruvi yordamida bemorlarningneyrofiziologik reabil itatsiyasi bo‘yicharespublikamizda hali bajarilmagan tibbiy xizmatlarniko‘rsatish orqali aholi sog‘lig‘ini tiklash ko‘zdatutilgan.

Yangi klinikaning ochilish marosimi katta vayorqin taassurotlarga boy bo'ldi. Biz, «XXI asrtexnologiyalari» jurnali ijodiy jamoasi ham mazkurtadbirda ishtirok etib, o‘zimiz uchun zarurma’lumotlarga ega bo‘ldik. Klinika bo‘ylab sayohatqilar ekanmiz, salomatlikni tiklashga shay turganeng so‘nggi texnologiyalar butun e’tiborimizni tortdiva ular bilan yaqindan tanishish uchun shifokorlarnisuhbatga tortdik.

Abdurahmon MANSUROV,

klinika bosh shifokori:«Zarba to‘lqinli muolaja yog‘larnieritadi»

– Germaniyadankeltiri lgan engzamonaviy tibbiyuskunalardan birizarba to‘lqinlimuolaja sanaladi.Bu yangi texnologiyako‘p harakat qilishoqibatida oyoqningtovon qismidao‘simtalar paydobo‘lishiga qarshichora ko'radi.Ayniqsa, balandposhna kiyadiganayollarda kuzatiladigan og‘riqli nuqtalarga samaralita’sir ko‘rsatadi. Apparat, shuningdek, tanadagiortiqcha yog‘larni eritish xususiyatiga ega. Buuskuna kosmetologiya sohasida ham juda kengqo‘llaniladi. Bugungi kunda bu uskuna hech qandayjarrohlik amaliyotisiz, parhezsiz yoki dori-darmonlarsiz ortiqcha yog‘larni eritgani sababliunga, ayniqsa, ayollar o‘rtasida ehtiyoj katta.

HiToP deb nomlanuvchi yana bir yangi apparatesa yuqori tonli fizioterapevtik tibbiy uskunahisoblanadi. Bu uskuna tayanch harakat tizimia’zolari, artrit, artroz, miozit, nevralgiya va boshqabir qator asab kasalliklarini davolashda asqatadi.Qolaversa, tushkunlik va depressiyada bemorgayaxshi yordam beradi. Muolaja davomida bemoro‘ringa yotqizilib, qo‘l, oyoq va tanasiga elektrodlarqo‘yiladi. Bemorning qulog‘iga quloqchin taqilib,unda mayin musiqa ohangi yangraydi. Muolaja 40-50 daqiqa davom etadi. Bu paytda bemorbo‘shashadi va uxlab qolish holatlari ham kuzatiladi.Uxlash jarayonida miyadagi strukturalarda ijobiyo‘zgarishlar yuz beradi.

Shahnoza ABDULHAYEVA,oftalmolog-ortokeratolog:

«Tig‘siz va ko‘zoynaksiz tundadavolovchi linzalar»

– O‘zbekistonda ilk bor bizning markazimizdaortokeratologik linzalardan foydalanish yo‘lgaqo‘yildi. Ortokeratologik linzalar bilan davolashloyihasi XX asrning 60-yillarida ishlab chiqilgan.Biroq bu loyiha 2002-yilga kelibgina AQShda

ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hozirgi kunda bunday linzalarko‘z kasalliklarini davolashda samarali natijalarbermoqda.

Ortokeratologiya usuli ko‘z shoh pardasidajarrohlik o‘tkazish taqiqlangan bemorlarga tavsiyaetiladi. Bunday linzalar, ayniqsa, bolalarga judaqo‘l keladi. Ushbu ortokeratologik usulda bemortunda uxlash oldidan maxsus linzalar taqadi.Mazkur davolovchi linzalar uyqu davomidako‘zning muguz pardasini yassilab berish hisobigauzoqni yaxshi ko‘rish qobiliyatini tiklaydi. Ertalablinzalar yechib qo‘yiladi. Bemor kun davomidahech qanday ko‘zoynak yoki linzalarsiz 100% ko‘ribyuradi. Bu effekt 24-48 soat saqlanadi. Bolao‘sgani sari ko‘zidagi minuslar ham o‘sib boradi.Biz tavsiya qilayotgan davolovchi linzalar esaminuslar o‘sishiga yo‘l qo‘ymay uni bir maromdaushlaydi. Bu esa bolalar va o‘smirlardagi o‘sibboruvchi miopiyada juda ahamiyatlidir. Bu jarayonmutlaqo xavfsizdir.

XXI asr texnologiyalari

6

Nodiraxon ABDULLAJONOVA,

ultratovush tashxisoti shifokori:«Elastografiya – onkologik

kasalliklarda dastlabki tashxis»– Elastografiya tashxislash apparati xuddi UTT

apparati singari ishlaydi. Uning afzalligi shundaki,u UTT ga qaraganda, ko‘pgina kasalliklarnidastlabki bosqichlardayoq aniqlaydi. Jumladan,

ayollarda kuzatiladigan ko‘krak bezlari, bachadonbo‘yinchasi yoki erkaklarda uchraydigan prostatava qalqonsimon bez saratoni kasalliklarini 0,5 smdavridanoq aniqlaydi va elastografiya funksiyasiorqali uning zichligini o‘lchash bilan xavfli o‘simtagaaylanish-aylanmasligi haqida aniq xulosa beradi.

Bundan tashqari, ko‘pchilik qonida gepatit virusiborligini sezmaydi. Agarda biron-bir belgi yokijarrohlik amaliyoti o‘tkazish bo‘yicha qon tahlilitopshirilmasa, ushbu virus yashirin rivojlanishdadavom etadi. Masalan, jigar sirrozini olaylik.Tibbiyotda uni «yoqimtoy qotil» deyishadi. Chunkikasallikka faqat so‘nggi bosqichlarda – bemorqornida suv to‘planishi yoki qon qayd qilishbelgilariga ko‘ratashxis qo‘yiladi.Afsuski, bundaybemorga yordamberishning har doimham iloji bo'lmaydi.Mazkur yangii n n o v a t s i o ntexnologiya esaendigina nishurayotgan fibrozdarajadagi kasalliknitezkor aniqlab beradi.Bunday paytdaqo‘zg‘atuvchi virusgaqarshi davo choralariko‘rilib, uning qaydarajada samaraberayotgani hamnazorat qilinadi.

Bahodir NIGMATOV, vitro-retinal jarroh (to‘rparda va

shishasimon tana jarrohi):

«Eng qimmat jarrohlik amaliyotiendi O‘zbekistonda o‘tkaziladi»

– Dunyo bo‘yicha narx jihatidan eng qimmatjarrohlik amaliyoti endi yurtimizda hamarzonlashtiri lgan holda yangi innovatsiontexnologiyalar va malakali mutaxassislarningtajribasi yordamida o‘tkaziladi. Ilgari bu sohanirivojlantirishda texnologiya va mutaxassisga ehtiyojkatta edi.

Ko‘zning eng asosiy qismi to‘rparda hisoblanadi.U miyaning bir qismi sanalib, nerv tolalari vahujayralari bilan aloqa o‘rnatgan. Ko‘z ichiga kirgannur to‘rparda orqali to‘g‘ri miyaga uzatiladi. Shuninguchun bu patologiyani davolash juda nozikjarayondir. Davo choralari bemor holatiga qarabbelgilanadi. Agar bemor vaqtida murojaat qilsa,yuqori ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish mumkin.Jarrohlik amaliyoti yangi eng zamonaviy mikroinvazitusulida ko‘zda atigi 0,5 mm tirqish ochish vako‘zning geometrik holati saqlangan holdao‘tkaziladi. Oldinlari mazkur jarrohlik amaliyoti ko‘zni

kesish orqali qilinardi. Texnologiyalarning sharofatibilan og‘ir patologik ko‘z kasalliklari qisqa muddatichida Yevropa va Amerikada qanday usulda amalgaoshirilsa, yurtimizda ham aynan shu tarzda davolashyo‘lga qo‘yildi.

Qandli diabet kasalligi asoratlaridan biriretinopatiya, ya’ni to‘rpardaning ko‘chishi, qonquyilib qolishi va hokazo holatlarda aksariyatbemorlarning Hindiston, Germaniya va Rossiya kabidavlatlarga borishiga to‘g‘ri kelardi. Mazkurklinikaga keltirilgan yangi tibbiy texnologiyalar vamalakali mutaxassislar mahorati endi bunga hojatqoldirmaydi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda DoktorMaqsudova innovatsion klinikasining bundankeyingi hamkorlikdagi faoliyati sog‘liqni saqlashtizimidagi innovatsiyalar, ilm-fan va texnikayutuqlarini yuqori cho‘qqilarga olib chiqish hamdaaholi salomatligini yaxshilash borasida xizmatqilishiga ishonamiz.

Sevara ABDULLAYEVA vaFazilat MUHAMMADIYEVA

tayyorladi.

XXI asr texnologiyalari

7

e-Skates Segway Drift W1 ikkitaalohida oq-qora platformadaniborat bo‘lib, har birida g‘ildiraklar

o‘rnatilgan. Bunday zavqli uchishvositasi ko‘pchiligimizga yaxshitanish bo‘lgan giroskuterga judao‘xshash. Qurilma tanaharakatlanishi orqali joyidan siljiyboshlaydi.

Segway kompaniyasi e-SkatesSegway Drift W1 ko‘rinishiniGermaniyaning Berlin shahridao‘tkazilgan IFA 2018 ko‘rgazmasidataqdim etdi. Hozirgi kunda bu ixtirodunyodagi eng ixcham elektrtransporti deb tan olinmoqda.

Ishlab chiqaruvchilarningta’kidlashicha, Segway e-SkatesDrift W1 ham mukammal darajadaishlangan va boshqaruvimkoniyatlari yanada yaxshilangantransport vositasi hisoblanadi. Shusababli e-Skates ham boshqa shumarkadagi qurilmalar singari birqator texnologik afzalliklarga ega.

Har bir qurilmaning o‘lchami291x162x21 mm, vazni 3, 5 kg.Elektr dvigatelning kuchi hozirchanoma’lum. Lekin u platformanisoatiga 12 km/ soat tezlik bilantezlashtira oladi. Bundayko‘rsatkich mashinasiz piyodayuradigan insonlarga juda qo‘lkeladi. Bu elektr qurilmatepalikka bemalol ko‘tariladi.Unga qorong‘i yo‘llarni yoritadiganindikator-faralar ham o‘rnatilgan.

YANGILIKLARGermaniya O‘zbekiston

Kanadaning Qirollik universitetiqoshidagi Human Media Lab

mutaxassislari yangi sensor ekranliMagicScroll deb nomlanuvchi ham

planshet, ham smartfongao‘xshaydigan, biroq har ikkala gajet

vazifasini to‘liq bajara oladigan planshetyaratishdi. Ajoyib ko‘rinishga ega ushbu

planshetdan xuddi qadimiy qog‘ozo‘ramiday bemalol foydalanish mumkin.

MagicScroll mualliflarining aytishicha, ularni qadimiy Misrningpapirusli qog‘oz o‘rami ilhomlantirgan. Bu qurilmani plansheto‘rnida ham, navigator sifatida ham ishlatish mumkin. Qolaversa,odatiy smartfon o‘rnini ham bosadi.

Noodatiy qurilma yangi shakl va faktorga ega bo‘lib, ekrangao‘zgartirishlar kiritish uchun gajetning chekkasida joylashgan«burama»ni aylantirish kerak, ya’ni displey silindr chetidagig‘ildiraklar tomonidan aylantiriladi. Planshet 2K o‘lchamli, 7,5dyuym diagonalli elastik ekran bilan jihozlangan. Undan planshetyoki silindrsimon rulon shaklida foydalanish mumkin. Silindrningkorpusi 3D printerda chop etiladi.

G‘ayrioddiy silindrga o‘xshash ushbu gajet bir qator afzalliklargaega. Ayniqsa, iPad ga qaraganda ancha qulay bo‘lgani uchun uniqo‘lda yoki cho‘ntakda olib yurish mumkin. MagicScroll qurilmasidaham xuddi Nintendo Wiimote uslubi singari imo-ishoralar orqaliboshqarishga imkon beruvchi ichki kamera mavjud.

Kanada

Internet materiallari asosida tayyorlandi.

SEGWAYKOMPANIYASIDANANTIQA ROLIKLARBir necha yillardan buyon

muxlislarini o‘z ixtirolari bilanlol qoldirib kelayotganSegway-Ninebot kompaniyasiyana yangi ko‘rinishdagi e-Skates Segway Drift W1mahsulotini taqdim etdi.

MAGICSCROLL — QADIMIYQOG‘OZ O‘RAMI

SHAKLIDAGI PLANSHET

Ushbu dasturmuassasalarda har qandayhujjatlarning elektronnusxalarini saqlash va qaytaishlash uchun mo‘ljallanganbo‘lib, davlat arxivlaridafoydalanish uchun tavsiyaetiladi.

Dasturdan nafaqat arxivda,balki notarius, kadrlar bo‘limi,buxgalteriya va hokazolar kabiko‘plab hujjatlar bilan ish olibboriladigan muassasalarda hamfoydalanish mumkin. Foydalanuvchilar ro‘yxatlar, fond hamdaxizmatlar bo‘yicha tartiblangan kirish, qidirish va chiqish uchunqulay interfeysga ega. Dasturning server qismiga asosiy fondlar,ishlarning nomi va saqlash muddatlari haqidagi ma’lumotlar, mijozqismiga esa hujjatlar sahifalari va qidirish uchun kalit so‘zlarningskaner qilingan yoki elektron nusxalari kiritiladi. Bu hujjatlarniuzoq muddat saqlash va kerakli hujjatga tezkor kirishga yordamberadi.

ELEKTRON ARXIV TIZIMI ISHLABCHIQILDI

XXI asr texnologiyalari

8

sinfligimdan boshlab matematika fani bilan chuqurshug‘ullanganman va menga bu borada akalarimustozlik qilishgan. Keyinchalik 2007-yilgi xalqaromatematika olimpiadasi g‘olibi O‘tkir Boltayev vaboshqa xalqaro olimpiada g‘oliblari bilan alohidadars mashg‘ulotlari olib borganmiz. Akalarim hammatematikadan respublika va xalqaro fan

olimpiadalarida g‘olib bo‘lishgan.Xalqaro olimpiadalardagi birinchi

ishtirokim 2014-yilda Bolgariyaning Plevenshahrida bo‘lib o‘tgan 31-xalqaro Balkanmatematika olimpiadasida boshlangan.Ushbu olimpiadada kumush medalni qo‘lga

kiritganman. Shu yili Fransiyaning Lionshahrida iqtidorli o‘quvchi va talabalar

ishtirokidagi xalqaro yozgi maktabdaqatnashganman. 2016-yili Kipr

davlatining Protaras shahridabo‘lib o‘tgan 10-xalqaroSEEMOUS olimpiadasida oltinmedal sohibi bo‘ldim. 2016-yili«O‘zbekiston Belgisi» ko‘kraknishoni bilan taqdirlandim. 2017-yili Bolgariyaning Blagoyevgradshahrida bo‘lib o‘tgan 24-xalqaroIMC matematika musobaqasidaoltin medalni qo‘lga kiritib, 2017-

2018-o‘quv yilida Islom Karimovnomli davlat stipendiyasi sovrindori

22-28-iyul kunlari Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida bo‘lib o‘tganmatematika fan olimpiadasida dunyoning 100 ga yaqin oliy o‘quv yurtidan 351nafar talaba ishtirok etdi. Quvonarlisi shundaki, talabalar o‘rtasida har yilio‘tkaziladigan bu yilgi 25-xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlikyoshlar ham munosib qatnashib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.Ulardan ikki nafari oltin va ikki nafari bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulteti talabalari HakimboyEgamberganov va Shohrux Ibragimovlar oltin medal (1-darajali diplom), Toshkentshahridagi Turin Politexnika Universiteti Mexanik muhandislik fakulteti talabasiFarrux Muhammadiyev va O‘zbekiston Milliy Universiteti matematika fakultetitalabasi Tolibjon Ismoilovlar esa bronza medallari (3-darajali diplom) bilantaqdirlanishdi.

Biz ana shunday faxrli yoshlarimizdan ayrimlarini suhbatga chorladik.

— Ziyolilar oilasida tug‘ilganim uchunmi,matematika faniga bo‘lgan qiziqishimyoshligimdan boshlangan. Bobom rahmatliMuhammad Ibragimov kuchli matematikbo‘lganlar va maktabda shu fandan darsberganlar. Amakim, ammam va akalarim hammatematika sohasini tanlashgan.

Yoshligimda men ham hamma bolalarqatori juda o‘yinqaroq bo‘lganman. Birjoyda o‘tirib, dars qilishdan zerikkanpaytlarimda o‘rtoqlarimbilan o‘ynashga chiqibketardim. Ammo uydagikattalardan kimdir ko‘ribqolsa, yaxshigina tanbeheshitardim. Avvaligaulardan tanbeh eshitmaslikuchun dars qilganman.Keyinchalik akalarimningyutuqlarini ko‘rib, ulargahavas qilganman. 7-

Shohrux IBRAGIMOV, O‘zMU magistranti. 1995-yil 18-dekabrda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan:

«MUVAFFAQIYATGAERISHISHDA QUNT, QATTIQMEHNAT VA SABR-TOQAT

JUDA MUHIM»

Iste’dod

XXI asr texnologiyalari

9

bo‘ldim. 2018-yili BolgariyaningBlagoyevgrad shahrida bo‘lib o‘tgan25-xalqaro IMC matematikamusobaqasida oltin medal olishgamusharraf bo‘ldim. Shu yiliPrezidentimiz tomonidanMustaqilligimizning 27 yilligimunosabati bilan «KelajakBunyodkori» davlat mukofoti bilantaqdirlandim.

Matematika va boshqa aniqfanlar yoki istalgan sohada uzoqmuddat shug‘ullanish davomidaqachondir zerikish paydo bo‘lishiyoki ishtiyoq pasayishi mumkin.Shunday paytlarda har xilmusobaqa, olimpiadalardatengdosh raqiblar bilan bellashib,ularni yengish istagi kishigayanada ilhom bag‘ishlaydi vatanlagan fan yo‘nalishida yanadayuqori tezlik bilan o‘sishgaundaydi. Raqobat yo‘q joydao‘sish bo‘lmaydi. O‘quvchilar,yoshlar o‘rtasidagi raqobat esaaynan musobaqa vaolimpiadalarda yuzaga keladi.Nafaqat xalqaro olimpiadalarda,balki istalgan sohada hamsalmoqli natijaga erishish kishidanqunt, qattiq mehnat va sabr-toqattalab qiladi.

Yurtimizda ilmga tashna,ishtiyoqi baland, iste’dodli yoshlarjuda ko‘p. Ammo, nazarimda, ularbilan yetarlicha shug‘ullanilmayapti.Oldimizda ta’lim sohasida vayoshlar masalasida amalgaoshirilishi kerak bo‘lgan islohotlarbisyor. Masalan, turli fanlargaalohida iste’dodi bor yoshlarnichekka-chekka hududlardansaralab olib, alohida tizim asosidashug‘ullanadigan respublikamiqyosida markaz tashkil etilishimaqsadga muvofiq. Misol uchun,sport sohasida bunday tizimyaratilgan. Afsuski, fan musobaqa-larida g‘olib bo‘layotgan yoshlarmaktab yoki litsey-kollejdagi o‘quvdasturlari orqali emas, aksincha,yuqorida aytganimday, oilaviymuhit sabab va darsdan keyino‘zidan oldingi olimpiada g‘oliblaribilan maxsus mashg‘ulotlar olibborib, shu darajaga yetyapti.Ta’lim sohasida hammarkazlashgan tizim yaratishiqtidorli yoshlar sonini keskinoshirishi, shubhasiz.

Ma’lumot o‘rnidaTalabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan ushbu eng nufuzli xalqaro

matematika olimpiadasi 1994-yildan buyon muntazam o‘tkazibkelinadi. Olimpiadada qatnashchilarga ikki kun davomida Algebra(chiziqli va abstrakt), Analiz (haqiqiy va kompleks), Geometriya vaKombinatorika sohalaridan masalalar beriladi va yechimlarini ingliztilida taqdim etishlari talab etiladi. Olimpiadadan so‘ngqatnashchilarning yozma ishlari jamoa rahbari tomonidan himoyaqilinadi va ballar to‘planadi.

— Bolaligimdan matematika fanigamehrim boshqacha edi. Qo‘shishyoki ayirish kabi masalalarnitengqurlarimga qaragandatez yechardim. Matematikafaniga qiziqishimni sezganota-onam fan bilanchuqur shug‘ullanishimuchun barcha sharoitlarniyaratib berishdi. Qolaversa,bu fanni mukammalo‘rganishimda ustozimMehribon Aminovaning hamkatta hissasi bor.

2009–2014-yillar mobaynidaXonqa tumanidagi 48-son aniqfanlarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tahsil oldim. Shu yillar davomida turli viloyat, respublikaolimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarida qatnashib, faxrli o‘rinlarniegalladim. Bunday bilimlar maydonida kuch sinashish jarayonimening matematika faniga bo‘lgan qiziqishimni yanada orttirdi.Shundan so‘ng ko‘plab xalqaro fan olimpiadalarida ham qatnashaboshladim. Jumladan, 2017-yilning yanvar oyida Qozog‘istonningAlmata shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro matematika olimpiadasidasertifikat, 2017-yilning iyul oyida Braziliyaning Rio-de-Janeyroshahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida faxrli 4-darajali diplom, 2018-yilning aprel oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Shimoliy davlatlar universitetlari o‘rtasidagiolimpiadada faxrli 1-darajali diplom bilan taqdirlandim. Bundantashqari, shu yilning 22-28-iyul kunlari Bolgariyaning Blagoyevgradshahrida ham xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalisohibi bo‘ldim. Mazkur olimpiadada 50 dan ortiq davlatlardan 70dan ziyod universitet jamoalari ishtirok etgan bo‘lsa-da, biz —O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi kuchli 25 talikdan joy olishgamuvaffaq bo‘ldik.

Kelajakda matematika sohasidagi bilimlarimni yanada kengaytirib,yurtimizning ilm-fan taraqqiyotiga o‘zimning munosib hissamniqo‘shish niyatidaman.

Nazira SHAKAROVA tayyorladi.

Tolibjon Ismoilov, O‘zMU talabasi. 1999-yil 22-aprelda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug‘ilgan:

«YURTIMIZNING ILM-FANTARAQQIYOTIGA MUNOSIB HISSA

QO‘SHMOQCHIMAN»

XXI asr texnologiyalari

10

Muzeylar insonlar tafakkuri va dunyoqarashinikengaytirib, sohaga oid bilimlarinimustahkamlashda katta yordam beradi.Ayniqsa, ularning o‘quvchi yoshlar tasavvuriniboyitishdagi hissasi beqiyos. Bu borada ilmiymuzeylarning muhim o‘rni borligini alohidata’kidlash joiz.

Birinchi ilmiy muzey 1683-yilda BuyukBritaniyada bunyod etilgan. Keyinchalik boshqadavlatlarda ham shu kabi ilmiy, tarixiy vamadaniy muzeylar tashkil topa boshlagan.Quyida biz dunyoga mashhur ilmiy muzeylarhaqida muhim va qiziqarli ma’lumotlarni taqdimetamiz.

FAN TARIXI MUZEYI

OKSFORD, BUYUK BRITANIYADunyoning birinchi ilmiy muzeyi hisoblanadigan Oksford

Fan tarixi muzeyi 1683-yilda Eshmol muzeyi sifatidaochilgan bo‘lib, hozirga qadar tashrif buyuruvchilarni lolqoldirib kelmoqda. Chunki bu yerda ingliz olimi va antikvarElias Eshmol vasiyat qilib ketgan qadimiy va o‘rta asrlargaoid asboblar to‘plami saqlanadi. Eynshteynning 1931-yilda Oksfordga qilgan tashrifida foydalangan nisbiyliknazariyasi haqida ma’ruza o‘qiyotganida ishlatgan sinfyozuv taxtasi va o‘quv qurollari ham aynan shu muzeydanjoy egallagan. Muzeydan, shuningdek, qadimiy tanga, o‘rtaasrga oid qurol-aslahalar, astronomik to‘plamlar ham o‘rinolgan.

LEONARDO DA VINCHINOMIDAGI FAN VA

TEXNOLOGIYA MILLIY MUZEYI

MILAN, ITALIYADa Vinchi muzeyi Italiyaning eng yirik ilm-

fan muzeyi hisoblanadi. Bu yerda Leonardoeskizlari asosida yaratilgan 130 ta qurilma,jahon ilm-fani va texnologiyalariningrivojlanish tarixiga bag‘ishlangan 16mingdan ortiq eksponatlar saqlanadi. Muzeypavilonlaridagi turli mamlakatlaraviakompaniyalarining aviatsiya namunalari,birinchi ip yigirish va bug‘ mashinalari,shuningdek, haqiqiy dengiz osti kemasi kabiilm-fan taraqqiyotining yuksak namunalarihar bir tashrif buyuruvchida katta taassurotqoldiradi. Muzeyda qadimiy musiqa asboblarito‘plami ham mavjud bo‘lib, kimyo vamaterialshunoslik faniga qiziqqanlarinteraktiv laboratoriyalarni o‘z ko‘zi bilanko‘rishi, xomashyolarning hayotiydavomiyligini kuzatishlari va tadqiqotlardaishtirok etishlari mumkin.

XXI asr texnologiyalari

11

FAN VA SANOATSHAHARCHASIPARIJ, FRANSIYA

Ilm va sanoat shaharchasi 1986-yildaqurilgan bo‘lib, Yevropadagi eng yirik fanva sanoat muzeyi sanaladi. Bu yerga haryili dunyoning turli burchaklaridan minglabsayyohlar tashrif buyuradi. Ushbumuzeydan planetariya, akvarium, ilmiyadabiyotlar kutubxonasi, hujjatli filmlarnamoyish etiladigan IMAX-kinozali o‘rinolgan. Doimiy ekspozitsiya bir nechabo‘limlarga bo‘lingan: miya, genlar, transport,energiya, koinot tarixi, matematika, kosmosva yer, yorug‘lik, ovoz va boshqalar.

UNIVERSUMGETEBORG, SHVETSIYA

Universum – yana bir ajoyibotlarga boy zamonaviymuzey bo‘lib, bu yerda ham tashrif buyuruvchilargaeksponatlarga qo‘l bilan tegish yoki mantiqiy vazifalarnibajarish uchun imkoniyatlar yaratilgan. Universumda 30ming turdagi baliqlar saqlanadigan akvarium, kapalaklar,qurbaqalar va boshqa 600 turdagi hayvonlarning tropiko‘rmonlari, terrarium, bolalar va kattalar uchun o‘yinxonasi hamda kosmonavtlar kiyimini kiyish va vaznsizlikholatida bo‘lish imkonini beruvchi «Kosmos» hududi hamtashkil etilgan.

INSON TANASI MUZEYILEYDEN, GOLLANDIYA

Muzeyni ochish g‘oyasi1996-yilda tug‘ilgan bo‘lsa-da, qurilishi 2006-yildaboshlangan.

Leydendagi tana muzeyisayohatchilarga insontanasining ichiga kiribtomosha qilish imkoniniberadi. Ya’ni bu yerda siztish jag‘iga tashrif buyurishingiz, bachadon faoliyatijarayonlarini kuzatishingiz, oshqozon-ichak yo‘li bo‘ylabyurishingiz, nafas yo‘llarini tekshirishingiz va nihoyat,miyaga kirishingiz mumkin.

NEMO MUZEYIAMSTERDAM, GOLLANDIYA

Ushbu muzey 1923-yilda «Mehnat muzeyi»negizida tashkil etilgan.1950-1960-yi l larda«Gollandiya sanoat vatexnologiya instituti» debnomlangan. NEMOmuzeyining ekspozitsiyasitexno log iya la rn inghayotimizga qanday kiribkelishi va bugungi kunda biz bilgan dunyoni shakllantirganligihaqida so‘zlaydi. Muzeyda, asosan, dastlabki elektr jihozlarisaqlanadi. Ularning aksariyati hali ham qo‘llaniladi.Ekspozitsiya to‘rt qismga bo‘linadi: yoritish, elektrotexnika,energiya ishlab chiqarish va saqlash, elektr maishiy texnika.Qiziqarli NEMO – tortishish, elektr, yorug‘lik va tovush bilanbog‘liq tajriba mashg‘ulotlari degan ma’noni anglatadi.

NEMIS GIGIENA MUZEYIDREZDEN, GERMANIYA

Germaniya gigiena muzeyi, aslida,anatomiya va tibbiyot muzeyi debnomlanadi. Muzey 1911-yilda Xalqarogigiena ko‘rgazmasidan keyin gigienao‘quv markazi sifatida tashkil etilgan.Ikkinchi xalqaro ko‘rgazmadan so‘ngmuzey maxsus mo‘ljallangan binogako‘chib o‘tdi. Muzeyning zamonaviyekspozitsiyasi inson tanasi qurilmasigabag‘ishlangan. Eksponatlarga qo‘l bilantegish, joyini o‘zgartirish, hattoki ulardantest va topshiriqlarni yechish maqsadidafoydalanish mumkin. Eng qizig‘i, muzeydaqarilikni his qilish imkonini beruvchi bo‘limtashkil qilingan. U yerda siz maxsusquloqchinlar yordamida eshitish va ko‘rishqobiliyatingizni qisman yo‘qotish, keksalikbilan bog‘liq boshqa kasalliklardakuzatiladigan og‘riqlar va ularningkechish jarayonlarini bevosita his qilishimkoniga ega bo‘lasiz.

Ahror Ergashevtayyorladi.

12

XXI asr texnologiyalari

Îäíîé èç íàèáîëåå ñåðüåçíûõ ïðîáëåìñïåöèàëèñòîâ, ðàáîòàþùèõ âýëåêòðîýíåðãåòèêå, íåôòåãàçîâîéïðîìûøëåííîñòè, ñôåðàõ êîììóíèêàöèé, âîäî-è òåïëîñíàáæåíèÿ, ñâÿçè è ïðîåêòíî-èçûñêàòåëüñêèõ èíñòèòóòàõ, ÿâëÿåòñÿîáíàðóæåíèå è ëîêàëèçàöèÿ òðóá è êàáåëåé âóñëîâèÿõ ïîâûøåííûõ èíäóñòðèàëüíûõ ïîìåõîò òàêèõ èñòî÷íèêîâ, êàê âûñîêîâîëüòíûåïîäñòàíöèè, âûñîêîâîëüòíûå ëèíèè,ðàäèîïîìåõè, ïîìåõè îò íèçêî÷àñòîòíûõïðåîáðàçîâàòåëåé, ãåíåðàòîðîâ, èíâåðòîðîâ èäðóãèõ ïîäîáíûõ óñòðîéñòâ.

Ëîêàëèçàöèÿ îòäåëüíûõ òðóáîïðîâîäîâ èêàáåëåé â áîëüøèõ ïîäçåìíûõ ñåòÿõ ñòàíîâèòñÿâñå áîëåå ñëîæíîé. Ýôôåêòû èñêàæåíèÿñèãíàëà, îáóñëîâëåííûå ðàçëè÷íûìè òèïàìèïî÷âû è áëèçîñòüþ äðóãèõ ïðîâîäíèêîâ, äåëàþòðàáîòó îïåðàòîðà âñå áîëåå òðóäíîé,îòíèìàþùåé ìíîãî âðåìåíè, ïðèâîäÿò êñíèæåíèþ òî÷íîñòè îïðåäåëåíèÿ, à ïîðîé èâîâñå äåëàþò íåâîçìîæíûì îáíàðóæåíèå, ò.å.èñêëþ÷àþò ïðîöåññ îïðåäåëåíèÿ òðàññïîäçåìíûõ êîììóíèêàöèé èç-çà ñèëüíîãîâëèÿíèÿ ñòîðîííèõ ñèãíàëîâ ñíèæåíèÿîòíîøåíèÿ ñèãíàëà øóìà.

Íå ìåíåå âàæíûìè òðåáîâàíèÿìè âñîâðåìåííûõ óñëîâèÿõ ïðè ýêñïëóàòàöèèïðèáîðîâ, ïðåäíàçíà÷åííûõ äëÿ âûïîëíåíèÿðàáîò ïî îïðåäåëåíèþ è îáíàðóæåíèè òðóá èêàáåëåé – òðàññîèñêàòåëåé, èñêàòåëåéïîäçåìíûõ êîììóíèêàöèé (ÈÏÊ) ñãåíåðàòîðàìè è ëîêàòîðàìè, ÿâëÿþòñÿïîêàçàòåëè ýíåðãîåìêîñòè, óäîáñòâà

ýêñïëóàòàöèè (ìàññà è ãàáàðèòû) èíàäåæíîñòü.

Ðàçëè÷íûìè ñëóæáàìè ãîðîäñêîãî è äðóãèõõîçÿéñòâ ñåãîäíÿ èñïîëüçóþòñÿ óñòàðåâøèåìîäåëè òèïîâ ÒÏÊ-1, ÈÌÏÈ-2, ÂÒÐ-III, ÈÏÊ-3,ÈÊ-50 ïðîèçâîäñòâà Ðîññèè è äðóãèõ ñòðàí. Íîêàê ïîêàçûâàåò ïðàêòèêà, îíè âåñüìà÷óâñòâèòåëüíû ê âíåøíèì ïîìåõàì, àñèãíàëüíûå ãåíåðàòîðû ñ áëîêàìè àâòîíîìíîãîïèòàíèÿ íå îòâå÷àþò ñîâðåìåííûìòðåáîâàíèÿì.

Ïðåäëàãàåìûé îïèñàííûé íèæå ïðèáîðïîçâîëÿåò îáíàðóæèâàòü ïîäçåìíûåêîììóíèêàöèè âáëèçè èñòî÷íèêîâ èíòåíñèâíûõïîìåõ, îïðåäåëÿòü ìåñòîíàõîæäåíèå êàáåëåéòðàññû áåç îòêëþ÷åíèÿ êàáåëÿ, ãëóáèíóçàëîæåíèÿ, à òàêæå ìåñòî ïîâðåæäåíèÿ êàáåëÿáåç âñêðûòèÿ ãðóíòà.

Ðàçðàáîòêè ïî óñîâåðøåíñòâîâàíèþ ÈÏÊâåëèñü ïàðàëëåëüíî ïî äâóì íàïðàâëåíèÿì:ïîâûøåíèå ïîìåõîóñòîé÷èâîñòè äåòåêòîðíîãîóñòðîéñòâà ñî çâóêîâûìè âèçóàëüíûìèèíäèêàòîðàìè, ó÷èòûâàÿ ýðãîíîìè÷åñêèåïîêàçàòåëè ñíèæåíèå ìàññû, ãàáàðèòîâ èýíåðãîåìêîñòü ãåíåðàòîðà.

Äëÿ îáåñïå÷åíèÿ âîçìîæíîñòè óâåðåííîãîïðèåìà ñèãíàëà ãåíåðàòîðà â óñëîâèÿõèíòåíñèâíûõ ïîìåõ â ïðèåìíèê ââåäåí áëîê,ïîçâîëÿþùèé ðåçêî ñóçèòü åãî ïîëîñóïðîïóñêàíèÿ, à â ãåíåðàòîðå ïðåäóñìîòðåíàâîçìîæíîñòü ïåðåñòðîéêè ðàáî÷åé ÷àñòè,ôóíêöèîíèðóþùåé â èìïóëüñíîì ðåæèìå. Âêà÷åñòâå èñòî÷íèêîâ ïèòàíèÿ èñïîëüçîâàíûñîâðåìåííûå ëèòèé-èîííûå àêêóìóëÿòîðû ñ

13

XXI asr texnologiyalari

çàðÿäíûì áëîêîì. Êðîìå òîãî, èçìåíåíûâðåìåííûå õàðàêòåðèñòèêè ìàíèïóëèðóþùåãî,çàäàþùåãî ìóëüòèâèáðàòîðà.

Èçãîòîâëåííàÿ äåéñòâóþùàÿ ìîäåëü ÈÏÊñîñòîèò èç: ïðèåìíîãî áëîêà I (ðèñ. 1),âêëþ÷àþùàÿ â ñåáÿ âûñîêî÷àñòîòíûé óñèëèòåëü(1), ñ ðåçîíàíñíûì ôèëüòðîì,øóìîïîäàâëÿþùèé áëîê (2), êîììóòàöèîííûåýëåìåíòû (3), çâóêîâûå (4) è âèçóàëüíûåèíäèêàòîðû (5, 6) è ãåíåðàòîðà II, âûïîëíåííîãîïî ñõåìå äâóõòàêòíîãî ñ çàäàþùèì òîíàëüíûììóëüòèâèáðàòîðîì ãåíåðàòîðà (7), ðåãóëÿòîðîì(8), äâóìÿ óñèëèòåëÿìè ìîùíîñòè è äâóìÿòðàíñôîðìàòîðàìè (9, 10), áëîêîì ïèòàíèÿ (11),óêîìïëåêòîâàííûé çàðÿäíûì áëîêîì (12) ñêîíòðîëëåðîì.

Çàðÿäíîå óñòðîéñòâî ïðè íåîáõîäèìîñòèìîæåò áûòü èñïîëüçîâàíî êàê âíåøíèé èñòî÷íèêïèòàíèÿ. Íàïðÿæåíèå ïèòàíèÿ ïðèåìíîãî áëîêà- 4,5 Â, ãåíåðàòîð ðàáîòàåò ïðè íàïðÿæåíèè âäèàïàçîíå îò 6 äî 18 Â. Ñ ïîìîùüþêîììóòàöèîííûõ âêëþ÷àòåëåé (3) âûáèðàåòñÿðåæèì ïðèåìà ñèãíàëîâ â óñëîâèÿõèíòåíñèâíûõ ïîìåõ. Ãåíåðàòîð èìååò òðèâûõîäà ñ âûõîäíûìè ñîïðîòèâëåíèÿìè 600 Îì,10 Îì è 1 Îì è îáùèé âûõîä "ìàññû" ñêîíòðîëüíîé ëàìïîé.

ÈÏÊ ðàáîòàåò â òðåõ ðåæèìàõ:

ïîèñê ñ ïîäêëþ÷åíèåì ãåíåðàòîðà;

ïîèñê áåç ïîäêëþ÷åíèÿ ãåíåðàòîðà;

ïîèñê ñèëîâûõ êàáåëåé ïîä íàãðóçêîé.

Ïîèñê òðàññ, êàáåëåé ñ øóìîïîäàâèòåëåì.Îñíîâíûå ýêñïëóàòàöèîííûå è òåõíè÷åñêèå

õàðàêòåðèñòèêè:Äàëüíîñòü äåéñòâèÿñ ãåíåðàòîðîì – äî 2 êìÃëóáèíà îáíàðóæåíèÿ – äî 8 ìÂûõîäíàÿ ìîùíîñòüñ âíóòðåííèì èñòî÷íèêîì òîêà – 15 ÂòÑ âíåøíèì èñòî÷íèêîì òîêà – 50 ÂòÏîëîñà ïðîïóñêàíèÿ ïî óðîâíþ, 3 ä.:ïðè óçêîé ïîëîñêå – 30 ÃöÏðè øèðîêîé ïîëîñêå – 90 ÃöÏîòðåáëÿåìûé òîê:ïðèåìíèêà – íå áîëåå 6 ìÀÃåíåðàòîðà – 35-300 ìÀÎñëàáëåíèå ñèãíàëà ìàãíèòíîé àíòåííû – äî12Òåìïåðàòóðíûé äèàïàçîí ðàáîòû – -25...+450ÑÂðåìÿ íåïðåðûâíîé ðàáîòû – 9-15 ÷

Âíåäðåíèå äàííîãî ÈÏÊ ïîçâîëÿåòçíà÷èòåëüíî óâåëè÷èòü òî÷íîñòü îïðåäåëåíèÿìåñòîðàñïîëîæåíèÿ ïîäçåìíûõ êîììóíèêàöèé(âêëþ÷àÿ îïðåäåëåíèå ìåñòàíåñàíêöèîíèðîâàííîãî îòáîðà â íåôòå- èãàçîïðîâîäàõ), îáåñïå÷èòü ñîáñòâåííóþ áàçóïðîèçâîäñòâà ÈÏÊ âçàìåí èìïîðòíûõ, ñ áîëååíèçêîé ñåáåñòîèìîñòüþ. Âîçìîæíî

èñïîëüçîâàíèå ýòîãî ïðèáîðà äëÿ îáíàðóæåíèÿñèñòåì êàòîäíîé çàùèòû, ÷òî ïîçâîëèòðàñøèðèòü ôóíêöèîíàëüíûå âîçìîæíîñòè.

Äëÿ ñðàâíåíèÿ ñòîèìîñòü ïîäîáíîãî ÈÏÊèìïîðòíîãî ïðîèçâîäñòâà ìàðêè ÐÄ-7000+,ðåàëèçóåìîãî ÎÀÎ «Ïåðãàì-èíæèíèðèíã»,ñîñòàâëÿåò ïîðÿäêà 4000-5000 äîëë. ÑØÀ.Ïðåäëàãàåìûé ïðèáîð ïðè óñëîâèè ïîëíîéëîêàëèçàöèè ïðîèçâîäñòâà îáîéäåòñÿ â 1000-1200 äîëë., ñ ñîîòâåòñòâóþùèì äèçàéíîì èêîìïëåêòóþùèìè, ÷òî ïðèìåðíî â 3-4 ðàçàäåøåâëå èìïîðòíûõ. Êðîìå òîãî, äàííàÿïðîäóêöèÿ ìîæåò ïðîèçâîäèòüñÿ íå òîëüêî äëÿâíóòðåííåãî ðûíêà, íî è äëÿ ýêñïîðòà â äðóãèåñòðàíû.

Òåõíè÷åñêîå ðåøåíèå çàðåãèñòðèðîâàíî âÀãåíòñòâå ïî èíòåëëåêòóàëüíîé ñîáñòâåííîñòèÐåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí.

Ðàçðàáîòàííûé ÈÏÊ áûë ïðîäåìîíñòðèðîâàíè âêëþ÷åí â Êàòàëîã VII Ðåñïóáëèêàíñêîéÿðìàðêè èííîâàöèîííûõ èäåé, òåõíîëîãèé èïðîåêòîâ, ïðîâåäåííîé â 2014 ãîäó, ãäå ïîëó÷èëâûñîêóþ îöåíêó ñïåöèàëèñòîâ ÀÊ "Óçòðàíñãàç"è ÍÊÕ "Óçáåêíåôòåãàç".

Í.Ì. Çàõèäîâ,

ê.ò.í., èçîáðåòàòåëü,À.À. Ñàìáîðñêèé,

ê.ò.í., äîöåíò, íàó÷íûé êîíñóëüòàíòÍàöèîíàëüíîãî öåíòðà ãåîäåçèè è

êàðòîãðàôèè

XXI asr texnologiyalari

14

Ê ÷èñëó ìåõàíîòåðàïåâòè÷åñêèõ ñðåäñòâîòíîñÿòñÿ è óñòðîéñòâà ïðåäíàçíà÷åííûå äëÿðàçðàáîòêè ñóñòàâîâ ïàëüöåâ êèñòè ðóêè.

 ýòèõ àïïàðàòàõ â êà÷åñòâå ìåõàíè÷åñêèõïðèâîäîâ èñïîëüçóþòñÿ ðàçëè÷íûå ñïîñîáû,êîòîðûå èñïîëíÿþòñÿ â ðàçëè÷íûõ âàðèàíòàõ.Ê òàêèì àïïàðàòàì îòíîñèòñÿ óñòðîéñòâî ñïðèìåíåíèåì ðåçèíîâûõ (èëè äðóãèõïëàñòè÷íûõ ìàòåðèàëîâ) ìåøêîâ, ññîîòâåòñòâóþùåé ôîðìîé, îäèí èç íèõðàñïîëîæåí âíóòðè ëàäîíè, äðóãîé – âî âíåø-íåé ÷àñòè. Óñòðîéñòâî îáåñïå÷èâàåòäâóõñòîðîííþþ ðàçðàáîòêó ñóñòàâîâ êèñòè ðó-êè, ïóòåì ïîî÷åðåäíîé ïîäà÷è è âûïóñêà ãàçà(âîçäóõà) èç êîìïðåññîðà ÷åðåç ãèáêèå øëàí-ãè. Ýòîò ñïîñîá íàèáîëåå ýðãîíîìè÷åí èóäîáåí, íî ãðîìîçäêîñòü, ñëîæíîñòüêîíñòðóêöèè è óïðàâëåíèÿ, à òàêæåñðàâíèòåëüíî âûñîêàÿ ýíåðãîåìêîñòü èñåáåñòîèìîñòü îãðàíè÷èâàþò èõ ðàñïðîñò-ðàíåíèå è ïðèìåíåíèå íà ïðàêòèêå.

 êà÷åñòâå ìåõàíè÷åñêèõ ïðèâîäîâ äëÿ ýòèõöåëåé èñïîëüçóþòñÿ êîíñòðóêöèè ñ ïðèìåíåíèåìýëåêòðîäâèãàòåëåé ñîâìåùåííûõ ñ ðåäóêòîðàìèè äîïîëíèòåëüíûìè ìåõàíè÷åñêèìè óçëàìè.Ãëàâíàÿ îòëè÷èòåëüíàÿ îñîáåííîñòü ýòèõñðåäñòâ ÿâëÿåòñÿ êîìïàêòíîñòü è íèçêàÿýíåðãîåìêîñòü, óïðîùåííîñòü êîíñòðóêöèè èñðàâíèòåëüíî íèçêàÿ ñåáåñòîèìîñòü.

Îñíîâíîé íåäîñòàòîê ýòèõ è äðóãèõ óñòðîéñòâçàêëþ÷àåòñÿ â îòñóòñòâèè âîçìîæíîñòèêîíòðîëÿ çà óðîâíåì áîëåâûõ îùóùåíèé âçàâèñèìîñòè îò àìïëèòóäû ñãèáàþùåé èðàçãèáàþùåé íàãðóçêè â ïðîöåññå ïîëíîãîöèêëà ðàçðàáîòêè. Êðîìå òîãî, ïî ìåðåðàçðàáîòêè óãîë ñãèáàíèÿ (èëè ðàçãèáàíèÿ) ñîâðåìåíåì ìåíÿåòñÿ è ïðîñëåäèòü çà ýòèìèçìåíåíèåì â ïðîöåññå íåâîçìîæíî, è êàæäûéðàç ïåðåä íà÷àëîì ïðèõîäèòñÿ çàäàâàòüíà÷àëüíûé óãîë ñãèáàíèÿ ïðè êîòîðîìó÷èòûâàåòñÿ íà÷àëî áîëåâûõ îùóùåíèé, ò.å.íåîáõîäèìî ïîñòîÿííîå ñëåæåíèå çàäàííîéíàãðóçêè, èç-çà îòñóòñòâèÿ èíôîðìàöèè îâåëè÷èíå ðàçðàáîòêè. Íåîáõîäèìî ïîñòîÿííîåïîëó÷åíèå äàííûõ â àâòîìàòè÷åñêîìíåïðåðûâíîì ðåæèìå, äëÿ óñêîðåíèÿ ïðîöåññàëå÷åíèÿ.

Ñ öåëüþ èñêëþ÷åíèÿ âûøåóêàçàííûõíåäîñòàòêîâ ðàçðàáîòàíî çàïàòåíòîâàííîåóñòðîéñòâî (À. Ñ. 1637800) äëÿ äâóõñòîðîííåéðàçðàáîòêè â àâòîìàòè÷åñêîì ðåæèìåêîíòðàêòóðû ìåæôàëàíãîâûõ ñóñòàâîâ ïàëüöåâêèñòè ðóêè, â êîòîðîå äîïîëíèòåëüíî ââåäåí

Òåíäåíöèÿ ðàçâèòèÿ ñîâðåìåííûõýëåêòðîìåõàíè÷åñêèõ èýëåêòðîííûõ ñðåäñòâ ìåäèöèíñêîéòåõíèêè ïðåäïîëàãàåò ïîâûøåíèåýôôåê-òèâíîñòè ôóíêöèîíàëüíûõâîçìîæ-íîñòåé, óðîâíÿ óäîáñòâàýêñïëó-àòàöèè è ýðãîíîìè÷åñêèõïîêàçàòåëåé ïðè îäíîâðåìåííîìñíèæåíèè ñåáå-ñòîèìîñòè èýíåðãîåìêîñòè.

Ðèñ 1. Áëîê-ñõåìà óñòðîéñòâà

XXI asr texnologiyalari

15

äàò÷èê (äèíàìîìåòðè÷åñêîãî òèïà) íàãðóçêè,îáåñïå÷èâàþùèé íåïðåðûâíîå ñëåæåíèå çàíàãðóçêîé è åãî íåèçìåííîå ïîääåðæàíèå íàïðîòÿæåíèè âñåãî ïåðèîäà ëå÷åíèÿ.

Ïðåäëàãàåìàÿ êîíñòðóêöèÿ ýëåêòðîïðèâîäàîòëè÷àåòñÿ êîìïàêòíîñòüþ, ìåíüøåéýíåðãîåìêîñòüþ, ïðîñòîòîé ìåõàíè÷åñêîé÷àñòè è óðîâíåì àâòîìàòèçàöèè.  äàííîìóñòðîéñòâå ðåæèì ðàáîòû è ïàóçû, ñêîðîñòüðàçðàáîòêè çàäàåòñÿ â íà÷àëå, çàòåì ïðîöåññðàçðàáîòêè ïîääåðæèâàåòñÿ àâòîìàòè÷åñêèïîñðåäñòâîì ýëåêòðîííîãî áëîêà (ðèñ.1),êîòîðûé ñîñòîèò èç:

1 – òàéìåðà;2 – áëîêà ïèòàíèÿ;3 – ðåãóëÿòîðà íàïðÿæåíèÿ;4 – óñèëèòåëÿ òîêà;5 – ðåâåðñíîãî áëîêà;6 – R-S òðèããåðà;7 – ýëåêòðîäâèãàòåëÿ.Ìàëûå ãàáàðèòû ïðåäëàãàåìîãî

óñòðîéñòâà ïîçâîëÿþò èçãîòîâèòü åãî âìîáèëüíîì âàðèàíòå ñ ïðèìåíåíèåìàâòîìàòè÷åñêîãî èñòî÷íèêà ïèòàíèÿ (Ni-èîíàêêóìóëÿòîðû) ñ çàðÿäíûì óñòðîéñòâîì.Çàìåíà äèíàìîìåòðè÷åñêîãî äàò÷èêà íàòåíçîìåòðè÷åñêèé ñäåëàåò åãî åùå áîëååêîìïàêòíûì.

Äëÿ ïðîâåäåíèÿ êëèíè÷åñêèõ èñïûòàíèéèçãîòîâëåíà äåéñòâóþùàÿ ìîäåëü óñòðîéñòâà (ñì. ôîòî).

Îñíîâíûìè ïðåèìóùåñòâàìè â ñðàâíåíèè ñèçâåñòíûìè ÿâëÿþòñÿ:

- àâòîìàòèçàöèÿ ïðîöåññà ðàçðàáîòêè, ÷òîóñêîðÿåò ïðîöåññ ëå÷åíèÿ;

- âîçìîæíîñòü ïîääåðæàíèÿ ïîñòîÿííîéäîçèðîâàííîé íàãðóçêè (íåçàâèñèìî îòàìïëèòóäû äâèæåíèÿ ïàëüöåâ), ÷òî óìåíüøàåòâåðîÿòíîñòü îòåêîâ è ïåðåãðóçîê;

- ñîõðàíåíèå íåîáõîäèìîé òî÷íîñòè íàãðóçêèäî îêîí÷àíèÿ ïðîöåññà ðàçðàáîòêè;

- ýðãîíîìè÷íîñòü è óäîáñòâî ýêñïëóàòàöèè,êîìïàêòíîñòü;

- èñêëþ÷åíèå íåîáõîäèìîñòè æåñòêîéôèêñàöèè ðóêè (ëîêòÿ);

- âîçìîæíîñòü ðàçðàáîòêè êàê îäíîãî, òàê èâñåõ ïàëüöåâ îäíîâðåìåííî.

Îñíîâíûå òåõíè÷åñêèå ïàðàìåòðû:1. Íàïðÿæåíèå ïèòàíèÿ ñåòåâîå – 220 Â

ïîñòîÿííîå 12 Â;2. Óãîë ðàçðàáîòêè – 175°;3. Äèàïàçîí ðåãóëèðîâàíèÿ âðåìåíè ðàáîòû

îò 5 äî 30 ìèíóò;4. Ìàññà (áåç èñòî÷íèêà ïèòàíèÿ) – 1200 ã;5. Ãàáàðèòíûå ðàçìåðû – 270õ120õ110 ìì;6. Âèäû èñïîëíåíèÿ – ñòàöèîíàðíûå,

ìîáèëüíûå.Ê íàñòîÿùåìó âðåìåíè âåäóòñÿ ðàáîòû ïî

ñîçäàíèþ óñòðîéñòâà ñ ïðèìåíåíèåìòåíçîäàò÷èêîâ äëÿ àâòîìàòè÷åñêîé ïàññèâíîéðàçðàáîòêè ñóñòàâîâ íîãè, ñ íàñòðîå÷íûì óçëîìãîëåíîñòîïíîãî ñóñòàâà.

Îñíîâíàÿ öåëü ðàáîòû íàïðàâëåíà íàñíèæåíèå ñåáåñòîèìîñòè ïðîäóêöèè.

Ê ïðèìåðó, ñòîèìîñòü àíàëîãè÷íûõ óñòðîéñòâèìïîðòíîãî ïðîèçâîäñòâà êîìïàíèè BTL MedicalTechnologies ìîäåëè BTL-CP Motion ñîñòàâëÿåòáîëåå 50 ìëí ñóìîâ. Ñåáåñòîèìîñòü æåïðåäëàãàåìîãî âàðèàíòà ñîñòàâèò 18-23 ìëíñóìîâ, ò.å. â 2-2,5 ðàçà ìåíüøå èìïîðòíûõàíàëîãîâ.

Í.Ì. Çàõèäîâ,ê.ò.í., èçîáðåòàòåëü;

Ç.Ì. Òàäæèåâ,ñòàæåð-èññëåäîâàòåëü

Òóðèíñêîãî Ïîëèòåõíè÷åñêîãîÓíèâåðñèòåòà â ã. Òàøêåíòå;

Ä.Ì. Áàòèåâ,ñòóäåíò 3-êóðñàÒÃÒÓ, ôàêóëüòåò

èíæåíåðíîé ôèçèêè

Ôîòî äåéñòâóþùåé ìîäåëè

XXI asr texnologiyalari

16

Hozirgi texnika taraqqiyoti davrida qo‘l mehnatigaasoslangan barcha fermerlik xo‘jaliklari rentabelligipasayib bormoqda. Bu esa yuqori malakali yoshmutaxassislar uchun robotlashgan hamdaavtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini yaratishzarurligiga ehtiyoj tug‘dirmoqda. Bunday yondashuvyoshlarni qishloq xo‘jaligiga jalb qilish va busohaning moddiy texnik bazasini mustahkamlashgaimkon yaratadi.

Mexatron texnologiyalar, sun’iy intellekt varobotlashtirilgan tizimlar borasidagi ishlar qishloq

xo‘jaligi uchun dolzarb hisoblanib, bu masala XXIasr ilg‘or texnologiyalari tarkibiga kiradi. Intellektualtizimlar bilan birgalikda o‘rnatilgan mahalliy raqamlinazorat va boshqaruv tizimlari, o‘z navbatida,o‘simliklarni ishlab chiqarishda robot tizimlariningajralmas qismidir. Bu sohada innovatsionyetakchilik uchun raqobatbardoshlik dolzarbmuammo sanaladi.

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligidagi turlijarayonlarni avtomatlashtiruvchi ko‘plabrobototexnik texnologiyalar paydo bo‘la boshladi.Shunday texnologiyalardan biri hisoblanganavtonom uskunalar bugungi kunda o‘zi mustaqilishlash xususiyatiga ega.

Taklif etilayotgan loyiha yangi robotlashgantizimlar, robotlar, avtomatlashtirilgan mashinalar,intellektual boshqaruv tizimlari, qishloq xo‘jalikmahsulotlari sifatini oshirish, o‘simlikshunosliksohasida ishlov berish qurilmalari va ishlabchiqarishni tezkor boshqarish tizimlari bilan bog‘liq.

Mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan robot-fermer ko‘chatlarni ekish, tuproqniyumshatish, har bir o‘simlik ildiziyaqinidagi tuproq namligini o‘lchash vaunga mos ravishda har bir o‘simlikkaalohida-alohida suv va o‘g‘it berishishlarini bajara oladi. Bu texnologiyao‘simliklarni parvarish qil ishgamo‘ljallangan bo‘lib, ularning o‘g‘it vasuvga bo‘lgan ehtiyojini obyektivbaholash xususiyatiga ega. Uskunamikrokontrollerli boshqarish tizimi,tuproqni yumshatish, namligi va havoharoratini o‘lchovchi datchiklar hamdaboshqa bir qator elektronqurilmalardan tashkil topgan.

Yer maydonlaridagi o‘simliklarga ishlovberishda zamonaviy avtomatik tizimlar varobotlarni qo‘llash yaqin kelajakdagidolzarb masalalardan biridir. Ushbumaqolada mualliflar tomonidan ishlabchiqilgan robot-fermer loyihasi haqidama’lumotlar keltirilgan bo‘lib, uo‘simliklarni parvarish qilish bilan bog‘liqbarcha vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.

XXI asr texnologiyalari

17

Robot-fermerning ishlash jarayoni Arduino Unomikrokontrolleri va uning xotirasiga yozilganmaxsus dastur yordamida boshqariladi. Uo‘simlikning optimal rivojlanishi bilan bog‘liqravishda tuproq namligi hamda har bir o‘simlikkoordinatalari haqida ma’lumotlar bazasiga ega.Dastur ishga tushirilgach, robot-fermer dastlabkiholatga keltiriladi. So‘ngra namlikni o‘lchovchimaxsus datchik yordamida har bir o‘simlikatrofidagi tuproq namligini o‘lchaydi va xotirasidasaqlab qoladi. Robot harakati uning har biryuritmasi koordinatalarini belgilovchi qadamli elektrdvigatel orqali boshqariladi. O‘lchash natijalari, ya’nituproqning namlik darajasi ma’lumotlar bazasidasaqlanuvchi nominal qiymatlar bilan solishtiriladi.Har bir o‘simlik uchun zarur bo‘lgan suv va o‘g‘itmiqdori hisoblab chiqiladi. Robot navbatdagi ishquroli – suv va o‘g‘it aralashmasini quyishmoslamasini olib, har bitta o‘simlik tagiga ungazarur miqdordagi aralashmani quyadi.

Robot-fermer quyidagi ish qurollarini avtomatiktarzda almashtira oladi:

- tuproqni yumshatish moslamasi;

- har bir o‘simlik atrofidagi namlikni o‘lchovchidatchik;

- har bir o‘simlik uchun zarur suv va o‘g‘itmiqdorini beruvchi moslama.

Robotning asosiy xususiyati uning to‘liqavtonomligi, ya’ni yer maydoni ustida maxsusyo‘naltirgichlar orqali uch o‘lchamli koordinatalardaharakatlana olishidadir. Bundan tashqari, energiyata’minoti yetishmaydigan hududlarda quyoshbatareyasidan energiya olgan holda ham ishlashimumkin. Robot-fermer uchun doimiy energiyata’minoti zarur emas, chunki u kun davomida faqatzarur vaqtdagina energiya sarflaydi.

Robot-fermer suv va o‘g‘it sarfini ham optimalboshqaradi. Har bir o‘simlik ildizi atrofidagi namliknihisobga olgan holda zarur miqdordagi suv va o‘g‘itsarflanadi.

Robot-fermerning laboratoriya maketidatajribalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Robotni yermaydonida qo‘llash uchun zarur bo‘lgan butlovchiqismlar ichki bozorimizda mavjud bo‘lib, unimarkazlashgan elektr tarmog‘iga ega yoki quyosh

1-rasm. Robot-fermerning realharakatlanuvchi maketi

batareyasida ishlaydigan avtonom manbaga egaochiq yer maydonlari va issiqxonalarda hamqo‘llash mumkin.

Robot-fermerlarni ishlab chiqarish nisbatan arzonbo‘lib, uni dala maydonlarining deyarli barcha joyigao‘rnatish mumkin. Uning konstruksiyasini ixtiyoriyo‘lchamlardagi maydonlar va o‘simlik turlarigamoslashtirish, buning uchun esa o‘simlik turi vaunga ishlov berish texnologik xaritasi kabima’lumotlarni xotirasiga kiritish yetarli.

Va nihoyat, taklif etilayotgan loyihani qo‘llasho‘simliklarni parvarish qilish bilan bog‘liq barchavazifalarni bajarishni avtomatlashtirish orqali ularnisutkasiga 24 soat davomida nazorat qilish va ishlovberishga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda,o‘g‘it va suvni tejash orqali fermerlik xo‘jaliklarirentabelligini oshirish va yoshlar uchun bu sohanufuzini yuksaltirishga xizmat qiladi.

N.B. Alimova, dotsent,A.X. Saidov, Sh.F. Saidov,

T.Yu. Boborahimov, 4-bosqich talabalari,Toshkent davlat texnika universiteti

2-rasm. Innovatsion yarmarkadarobot-fermer taqdimoti

XXI asr texnologiyalari

18

Odatda, dala shiyponlari va chaylalar elektrmanbalari (mahallalar)dan kamida 2-3 kmuzoqlikda joylashgan bo‘ladi.Shu sababli bunday joylargaoddiy yog‘och ustunlaro‘rnatib, xavfsizlik texnikasiqoidalariga amal qilinmaganholda sug‘oriladigan ekinmaydonlari ichidan yokidaraxtlar orasidan elektrsimlari o‘tkazishga to‘g‘rikeladi.

Bu ham yetmaganidek,elektr o‘tkazgichlarningqimmatga tushmasligi uchunfaqat b i r fazadan toko‘tkazib, uning manfiy qismi

yerga ulanadi va oqibatda ko‘plab noxushholatlar kelib chiqadi. Bundan tashqari, kuchlishamol va yog‘ingarchilik paytlarida favquloddavaziyatlar hamda asosiy elektr tarmog‘idaginosozliklar tufayli elektr tarmoqlarida uzilishlarbo‘lib turadi.

Ko‘plab kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, 80-90 %dala shiyponlari va chaylalar ariq hamda kanallaryoniga quriladi. Bunday holatlar yuqoridagimuammoni ijobiy hal etishga yordam beradi.Quyida bir necha bor amaliy sinovlardan o‘tganana shunday omillardan birini havola etamiz.

Buning uchun kichik bir generator (1)(generator s i fat ida ko‘p qutbl i magnit l i

e lektrodvigatel –«shagovoydvigatel» olishmaqsadga muvofiq) olib,o‘qining bir tomoni rezbaochilgan diametri 3 mm.lito‘g‘r i s im (3) bi lanuzaytiriladi. O‘qning uchigaparrak qo‘yilib, shayba (9) vabolt lar (8) yordamidaqotiriladi. So‘ngra taglik (11)kao‘q (3) o‘tishi uchun teshigibor to‘siq (7) joylashtiribyig‘iladi. Parrak (10) ishlashidavomida surilib ketmasligihamda uni bir xil holatda

Dala maydonlari – dehqonlarning yozgiyashash joyidir. Bu zahmatkash insonlardalalarga chayla va shiyponlar qurib, uyerda to yig‘im-terim mavsumi tugagunigaqadar yashaydi. Dala maydonlari uchuneng zaruriy manbalardan biri bu – elektrenergiyasidir. Biroq bu yerlarga elektrtoki o‘tkazishning har doim ham ilojibo‘lmaydi.

Mening ixtirom

19

XXI asr texnologiyalari

kley yordamida maxsus taglik biriktiriladi. Shutarzda tayyorlangan qurilma trubasiga plastmassatruba orqali suv oqimi yuborilsa, parrak katta tezlikbilan aylanib, generatorni ishga tushiradi. Natijadakerakli tok manbayi hosil bo‘ladi.

Bunday mobil mikro GES lar 12 V kuchlanishgaega va 50-60 ta sveta diod lampochkalari yoki3-4 ta 12 W li LED lampochkalarini yoqishgakuchi yetadi. Ushbu qurilma dala chaylalarinitungi yorug‘l ik bi lan ta’minlash, telefonapparatlarini quvvatlash hamda radio qurilmalariniishga tushirish imkoniyatlarini berishi bilan birqatorda turl i xi l obodonlashtirish hamdazararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda«svetolovushka» (yorug‘likni yig‘ib beradiganqurilma)larni ishga tushirishda katta yordamberadi. Shuningdek, tabiat bag‘riga sayohatlardavrida eng kerakli mobil jihozlardan biri bo‘libxizmat qiladi.

Kuzatish va tajribalarimiz shuni ko‘rsatadiki,bunday qurilma uzoq vaqt ishlashi uchun quyidagijihatlarga e’tibor qaratish lozim:

1. Qurilmani ishga tushirish uchun 30-40 smbalandlikka ega maxsus to‘g‘oncha talab etiladi;

2. Oqova suvlardagi xas, cho‘plarning parrakkaqadalib, to‘xtab qolmasligi uchun maxsus

tutib turishi uchun to‘siq (7)ning old tomonigatayanch ftulka (4) kichik gayka (5) orqali qotiribolinadi (1-rasm.) So‘ng diametri 50 mm bo‘lganplastmassa truba olib, uning bir uchi nov shaklidakesiladi va unga 2-rasmda ko‘rsatilganidek qilib

1-rasm. Mobil mikro GES tuzilishi1. Kichik generator. 2. Rezina mufti.

3. O‘q. 4. O‘qqa mahkamlangan tayanchfutulka. 5 Futulkani qotiruvchi gayka.6. Plastmassali friksion shayba. 7. Tayanchto‘siq. 8. Bolt. 9. Shaybalar. 10. Parrak.11. Plastmassa yoki tekstolit taglik.

Maftuna Yo‘ldosheva,Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi

28-maktab o‘quvchisi

to‘g‘oncha oldiga to‘r qo‘yilishi zarur.Bunday kamchiliklardan xoli bo‘lish uchun

konstruksiyaga quyidagicha kichik o‘zgartirishkiritilsa, undan foydalanish ancha qulaylashadihamda soddalashadi.

Yuqorida tayyorlangan tagl ik taxta

plastmassaga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘ndalang

kesimi 2x4 sm bo‘lgan 60-70 sm uzunlikdagi oddiy

reyka taxtachaga quyidagicha qilib joylashtirib

qotiriladi (3-rasm). So‘ngra parrak qismidan

o‘tuvchi oqova suvi tezligini yanada oshirish

maqsadida uning parrak qismiga kesik konus

shakliga ega bo‘lgan yuzali g‘ilof o‘rnatiladi (4-

rasm). Bu g‘ilof ayni vaqtda sun’iy to‘g‘on

vazifasini bajarishi bilan bir vaqtda go‘yoki

charxpalakning kurakchalari kabi oqova suvining

sathi ko‘tarilgan sari generatorni ham yuqoriga

ko‘tarib, uning suvga tegib qolishidan saqlaydi

va aksari holatlarda suvning sathi kamaygan

vaqtlarda parrakning bir xil chuqurlikdagi suv

ichida turishini ta’minlaydi. Buning uchun reykani

tutib turuvchi qismi sharnirli qilib tayyorlanishi

kerak. Bunday qurilmani kichik ariq yoki

latokchalarning suv tez oqadigan joylariga

tushirish mumkin. Qurilmaning afzallik tomoni

shundaki, undan foydalanish juda qulay bo‘lib,

har xil xas va cho‘plarga qadalib qolavermaydi,

boshqa maxsus to‘g‘on ham talab etmaydi.

Mobil mikroGESlarning bizgacha bir qancha

variantlari ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, tavsiya

eti layotgan ushbu variant eng sodda va

foydalanish uchun qulaydir. Konstruksiyaning

yana bir afzallik tomoni shundaki, undagi

generatorlar sonini ko‘paytirish orqali elektr

quvvatini bir necha barobar oshirish ham

mumkin.

2-rasm.Mobil mikro GES – MMGES tagligi

3-rasm

4-rasm

XXI asr texnologiyalari

20

Bugun biz ushbu metodning ta’lim sohasidagio‘rni va ahamiyatiga to‘xtalamiz.

Klaster – bu axborotni tashkil qilishning grafikshakli bo‘lib, asosiy semantik birliklar ajratilgansxema yoki o‘quv materiallarini tizimlashtirish vasintezlashtirishni osonlashtiradigan grafik rasmdir.

Zamonaviy ta‘lim tizimi o‘quvchilar o‘rtasidamustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan.Tanqidiy fikrlash – bu o‘quvchilarning intellektualrivojlanishini rag‘batlantiradigan pedagogiktexnologiyadir. Klaster esa uning asosiy usullaridanbiri hisoblanadi.

Tanqidiy fikrlashning xususiyatlari uchbosqichdan iborat:

chaqirish; tushunish; fikr yuritish.

Chaqirish bosqichida barcha jamoa a‘zolariningjarayonga qo‘shilishi faollashadi. Ta’lim jarayonituriga qarab, tanlangan mavzuga doir bilimlarnibir joyga jamlab, fikr va tasavvurlarinishakllantirish, savollar qo‘yish va qo‘yilgansavollarga javob topish asosiy maqsad sanaladi.

Tushunish bosqichida dars davomida o‘quvchilaro‘rtasida olingan axborotni dalillarga qiyoslash vatushunish jarayoni kuzatiladi: matn o‘qish, olingan

dalillarga tayanib tahlil qilish.Fikrlash bosqichida esa ijodiy faoliyat

natijasida olingan bilimlar qaytaishlanadi va xulosalar chiqariladi.

Klasterni har qanday bosqichdaqo‘llash mumkin:

Chaqiruv bosqichida bolalarmavzu bo‘yicha mavjud barcha bilimlari,taxminlari va tasavvurlarini ifoda etadiva tuzatadi. Bu o‘quvchilar bilimlarinikengaytirib, mavzuni o‘rganishdan oldinfikrlashga undaydi.

Tushunish bosqichida klasterdanfoydalanish ta‘lim materiallarini tuzishga

imkon beradi. Fikrlash bosqichida esa klaster usuli olingan

bilimlarni tizimlashtirish vazifasini bajaradi.Dars davomida yoki darsni mustahkamlash

maqsadida klasterning barcha bosqichlaridanfoydalanish mumkin. Darsning boshida bolalaro‘ylagan narsalarini qog‘ozga yozadilar.Yozayotganda fikr sifati, orfografiyasi va boshqajihatlariga e’tibor qaratilmaydi. Asta-sekinmundarijaga yangi ma’lumotlar qo‘shibborilaveradi. Iloji boricha, ularni ranglar bilan ajratibqo‘yish lozim. Bunday usul taxmin va tahlil qilishqilish qobiliyatini rivojlantiradi.

ASOSIYTAMOYILLARI

Klaster bizni qurshab turgan sayyoramizning biryo‘ldoshi shaklida yaratilgan. Markazda asosiykonsepsiya, fikr, atrofida markaziy konsepsiyagato‘g‘ri chiziqlar bilan bog‘langan katta semantikbirliklar ko‘rsatilgan. Bu so‘zlar, iboralar, jumlalar,fikrlar, dalillar, tasvir, xullas, mavzuga aloqadornimadir bo‘lishi mumkin. Ular orasida ahamiyatsizsemantik birliklar ham kuzatiladi. U orqali ko‘zdatutilgan mavzuni batafsil yoritib, mantiqiy aloqalarni

Keyingi paytlarda tez-tez klaster atamasiqulog‘imizga chalinyapti. Klaster inglizcha «cluster»so‘zidan olingan bo‘lib, guruh, to‘p, to‘plam, bog‘,shoda kabi ma’nolarni anglatadi. Bugungi kunda uturli sohalarda qo‘llanilib, yangi innovatsion usullaryaratilishiga xizmat qilmoqda. Ta’lim sohasida esabu atama metod sifatida ishlatiladi. Klaster metodipedagogika sohasining muhim shakllaridan biribo‘lib, o‘quvchilarga xohlagan mavzulari haqidaerkin, ochiq o‘ylash va fikrlarini bemalol ifoda etishimkonini beradi. Ushbu metod aniq obyektgayo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi va ma’lumbir mavzuning o‘quvchilar tomonidan chuqur hamdapuxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatiningbir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

XXI asr texnologiyalari

21

kengaytirsa bo‘ladi. O‘rganilgan ma’lumotlarni dalilva fikrlar yordamida asoslab olish zarur.

KLASTERNI DARSJARAYONIDA RO‘YXATDAN

O‘TKAZISH QOIDALARI Darsni tashkil etish usuliga qarab, klaster sinf

taxtasida, alohida qog‘ozda yoki o‘quvchiningdaftarida qayd etiladi. Klasterni tuzish uchun, ilojiboricha, turli xil rangdagi qalam va flomasterlardanfoydalanish lozim. Bu esa ayrim jihatlarni ajratib,umumiy tasvirni yanada aniqroq ko‘rsatishga,barcha axborot jarayonini tartibga solib,soddalashtirishga yordam beradi.

KLASTERNI TUZISHBO‘YICHA TAVSIYALAR

Klasterni tuzish bo‘yicha bir nechta tavsiyalarmavjud. Uni yaratayotganda, xayolga nima kelsa,hattoki tasavvur yoki taxmin bo‘lsa ham qayd etish

kerak. Mavzuni chuqur o‘zlashtirish davomidanoto‘g‘ri yoki aniq bo‘lmagan mulohazalarto‘g‘rilanadi yoki to‘ldiriladi. Qatnashuvchilar o‘zhissiyot va tasavvurlarini erkin ifodalashi kerak.Ishni toki g‘oya va fikr yakun topmagunicha davomettirish lozim. Muhim semantik birliklardanfoydalanishdan cho‘chimaslik darkor. Ular bilanimkon qadar ko‘proq aloqa o‘rnatilishi maqsadgamuvofiq. Negaki aytilgan so‘zlar tahlil jarayonidatartibga solinib, o‘z o‘rnini topadi.

MASALAN…Misol tariqasida, darsni mustahkamlash

jarayonida «Hokimiyat» mavzusini o‘rganishdaklasterdan foydalanish mumkin. Dastlab ishningboshida o‘quvchilar ushbu mavzu yuzasidano‘zlarining bilimlari, taxminlari va tasavvurlarinio‘rtaga tashlaydi. Masalan, hokimiyatni boshqarishturlari, davlat boshlig‘i, davlat rahbari, yakkahokimlikva hokazo. Shunday so‘zlarni o‘qituvchi sinf

taxtasiga yozadi. Keyin darslikdagi paragrafgadiqqat qaratiladi. Material bilan tanishish (yoki o‘qishnatijasi) davomida sxema yangi dalillar bilan yanato‘ldiriladi. O‘qituvchi uni rangli bo‘r bilan yozibboraveradi. Xullas, dars davomida hosil bo‘lgansuratning to‘liq tahliliy xulosasi olinishi kerak. Olinganaxborotning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi muhokamaqilinib, fikrlar umumlashtiriladi.

AFZALLIKLARIVA NATIJALARI

Klaster usuli bir qator afzalliklarga ega:

U katta hajmdagi ma‘lumotlarni qamrab olishimkonini beradi;

O‘quv jarayonida jamoaning barchaishtirokchilarini jalb qiladi va bu ular uchun qiziqarli;

Bu metod jarayonida o‘quvchilar faol va erkinbo‘ladi.

O‘quvchida ishga kirishgan mahal quyidagiko‘nikmalar shakllanadi va rivojlanadi:

Savollar berish qobiliyati;

Muhim va asosiy jihatlarnianiqlash;

Tekshirish aloqalari sababinianiqlash va xulosalar chiqarish;

Muammoni to‘liq tushunib,umumiy tafsilotga o‘tish;

Solishtirish va tahlil qilish.

KLASTER USULINIDARS JARAYONIDAQO‘LLASH QANDAY

NATIJA BERADI?Klaster usulini ta‘lim jarayonida

qo‘llash tizimli fikrlash bilan birga bolada o‘zqarorlarini to‘g‘ri baholash, fikrlarini erkin bayonqilish va uni qo‘rqmasdan aytishga o‘rgatadi.Qolaversa, tajriba va yangi bilimlarga ega bo‘lish,bir nechta masalalarni bir vaqtning o‘zida ko‘ribchiqish, ma’lumotlarni ijodiy ishlab chiqishqobiliyatini o‘stiradi.

«Klaster» metodi puxta o‘ylangan strategiyabo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yokiguruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlarjarayonida foydalanish mumkin.

Biroq klaster usulining o‘ziga yarasha salbiyjihatlari ham bor. Ya’ni mazkur metodni darsdaqo‘llash natijasida ba’zan mavzudan chetga chiqishholatlari ham kuzatiladi va bu dars sifatiga ta’sirqiladi. Shuning uchun undan maqsadli tarzdafoydalanish tavsiya etiladi.

Muattar QODIROVA,238-maktab o‘qituvchisi

XXI asr texnologiyalari

22

Harbiy vazifalar – taraqqiyotvositasi

Arpanet rasmiy ravishda 1969-yili dunyogakelgan. Lekin kompyuter tarmog‘i konsepsiyasiniishlab chiqish va uni amalga oshirish bo‘yichaharakatlar 7 yil oldin boshlangan. Dastlab bir qatoramerikalik olimlar kelajakda dunyo ahli birdekfoydalanishi mumkin bo‘ladigan global kompyuterbazasini yaratish kerakligi haqida taklif va fikrlarnio‘rtaga tashlaydi. Boshqa tomondan AQShMudofaa vazirligi xodimlari ma’lumotlarni saqlashva samarali uzatishning ishonchli tizimini ishlabchiqish haqidagi g‘oyani ilgari surishadi.

1964-yildan boshlab faol ravishda kompyutertarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha harakat boshlanadi.

Aynan o‘sha yilda ARPA (Amerika agentliginingilmiy tadqiqotchilari – Advanced Research ProjectsAgency) mutaxassislari Mudofaa vazirligi yonidaIMP (Interface Message Processor)ni tashkiletishga kirishadi. Ushbu qurilma bir-biridan uzoqmasofadagi kompyuterlar o‘rtasida aloqa qilishimkoniyatini ta’minlashi kerak edi. U paytdakompyuterlarning hajmi ancha katta va ishlashprinsipi juda sodda edi. Dastavval olimlar tarmoqorqali xabar yo‘llash uchun masofasi bir-biridan100 kilometr uzoq bo‘lgan kompyuterlargama’lumotlar jo‘natib ko‘rishgan. Bunday urinishsamarali natija bergan.

Uch harfdan iborat so‘z

1969-yili ARPA mutaxassislari Kaliforniya vaStanford universitetlariga ikkala kompyutero‘rtasida birinchi aloqa seansini texnika orqaliamalga oshirish uchun ikki IMP apparatinio‘rnatishdi. Bir-biriga xabar yo‘llaydigan ikkitakompyuter 600 km uzoqlikdagi masofagajoylashtirildi. Avvaliga bu harakat kutilgan natijabermadi. Ikkinchi kompyuter faqat ikki yoki uchtabelgilarni qabul qildi, xolos. Ammo 1969-yili 29-oktabrda axborot uzatish uchun uch harfdan iborat«LOG» so‘zi muvaffaqiyatli yetkazildi. Shundan keyinArpanet kompyuter tarmog‘ining tarixiy davriboshlandi. 1970-yilning yoz oylarida telefon orqalialoqani ta’minlovchi IMP qurilmasi AQShning birnechta universitetlariga ham tarqatildi.

Tarmoq tez orada rivojlanib, undan oddiyfuqarolar ham foydalana boshladi. Birinchi

Internet — butun dunyonibirdek qamrab olgan tarmoqbo‘lib, bugungi kunda umillionlab insonlar uchun engzarur vositaga aylandi. Cheksizma’lumotlar bazasiga egatarmoqning yoshini hisoblasak,endigina 20 ga to‘lgan. Ammo,buni qarangki, bizfoydalanadigan internetningham «ajdod»lari bor ekan.Quyida ilk bor internet olaminiboshlab bergan internetningo‘tmishdoshi – ARPANET haqidaso‘z yuritamiz.

Tarixga nazar

XXI asr texnologiyalari

23

navbatda, universitetlar o‘zlarining ilmiy salohiyatlarinibirlashtirib, o‘zaro ma’lumot almashishdi. Keyin esatalabalar ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishga kirishdi.1973-yilda Arpanet xalqaro miqyosga ko‘tarilib, ungaNorvegiya va Buyuk Britaniya ilmiy tashkilotlari hamqo‘shildi. Ikki yil o‘tgach, tarmoq texnologiyalarinirivojlantirish uchun harbiy bo‘lmagan markazlar hamtashkil etildi. AQSh Energetika vazirligi ushbu sohadayangilik tarqatuvchi sifatida xizmat qildi. Yetmishinchi yillaroxirida, birinchi maxsus kompyuterlar paydo bo‘lgandanso‘ng Arpanet uyda foydalaniladigan tarmoqqa aylandi.

Rivojlanishbosqichlari

Arpanet kompyuter tarmog‘idan uy sharoitidafoydalanish uchun bir necha tarmoq protokollari talabetilgan. Albatta, harbiy birlashmalar, ilmiy tashkilotlarningaloqa tizimlari va texnik jihozlar bilan ta’minlangani boismaxsus kompyuter foydalanuvchilarning imkoniyatlaridansezilarli darajada farq qilardi. Shu sababli maxsus TCP/IP protokollari yaratildi. Protokollarning ishga tushishiArpanetga ommaviy ravishda ulanish imkonini berdi. 1983-yilda kompyuter tarmog‘ini ikkita alohida tarmoqqa bo‘lishkerakligi haqida ko‘rsatma bo‘ldi: biri harbiy maqsadlaruchun bo‘lsa, ikkinchisi fuqarolarga taalluqli edi.

Biroq har qanday tarix jabhalarida bo‘lgani kabi,Arpanet fuqarolar orasida faol rivojlanayotgan bir palladaunga raqobatchi tarmoqlar tashkil etilib, uning ishigaxalaqit bera boshladi. 1984-yili Amerika Qo‘shma

Shtatlarining Milliy Fan Jamg‘armasi vaAmerikadagi aksariyat universitetlarnibirlashtirgan shaxsiy kompyuter tarmog‘itashkil etdi. NSFNet nomini olgan yangitarmoq ancha sifatli texnik xususiyatlargaega bo‘lib, tarmoq orqali soniyalar ichida56 kbit ma’lumot yo‘llash imkoniyati mavjudedi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Arpanetningimkoniyatlaridan anchayin ilgarilab ketganbunday yangi tarmoqning oldida u anchakeksayib qolgan edi.

Keyinchalik tarmoq texnologiyalariningtezkor ravishda rivojlanishi va internetningpaydo bo‘lishi Arpanetning «yashashi»gahech qanday imkoniyat qoldirmadi. Shutariqa 1990-yili Arpanet tarmog‘i o‘z ishiniyakunlashga majbur bo‘ldi.

Sevara Abdullayevatayyorladi.

So‘nggi yillarda spinner qurilmasi katta-yukichik orasida juda ommalashdi. Kimdir uniasabni tinchlantiruvchi vosita desa, yanakimdir bolalar uchun ajoyib ovunchoq debbaholamoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida50 millionga yaqin spinner sotilgan. Shuo‘rinda savol tug‘iladi: ushbu ixtiro nimauchun bunchalik ommalashdi? Uningixtirochisi kim? Kashfiyotning yaralashiga nimasabab bo'lgan?

Spinner – bu antistress-o‘yinchoq bo‘lib,inglizcha «to spin» – «aylantirmoq» so‘zidan olingan.O‘yinchoq oddiy qurilgan: markazida –

«podshipnik», atrofida parraklari. Ya’ni spinnerparraklariga qo‘l tekkizilganda, u o‘z o‘qi atrofidaaylanadi.

Spinner deb nomlanuvchi mazkur qurilmani1993-yili AQShning Florida shtatida istiqomatqiluvchi muhandis Ketrin Xettinger o‘ylab topgan.Ayol miasteniya (mushaklarning tezda toliqishi)kasalligi bilan og‘rigani sababli qizalog‘i bilano‘ynashdan mahrum bo‘ladi va unga ovunchoqsifatida spinnerni kashf qiladi. Spinner nafaqatqizaloqqa, balki uning o‘rtoqlariga ham juda yoqibqoladi. Ketrin ushbu ixtirosi uchun patent oladiva bir qancha spinnerlar sotishga muvaffaqbo'ladi. Biroq ko‘p o‘tmay spinner unutiladi. Ketrinesa patentini yangilamaydi.

«Forbes» jurnalida spinnerlar haqidagi maqolachop etilgandan keyin u keng ommani qiziqtiribqo‘yadi va shu tariqa u butun dunyoga tarqaladi.Spinner – ofis ishchilari uchun stressniyo‘qotadigan va asablarni tinchlantiradigan ajoyibkashfiyot bo‘lsa, bolalar uchun diqqatnijamlaydigan va kichik motorikani rivojlantirishgayordam beradigan o‘yinchoq qurilmadir.

SPINNER — TASODIFANYARALGAN QURILMA

XXI asr texnologiyalari

24

Bugungi kunda bunday maxsus sahnalarsizzamonaviy kinolarni tasavvur qilolmaymiz. Ularkinotasvirlarni boyitib, tomoshabinlarga o‘zgachazavq bag‘ishlaydi. Yaqinda gologramma o‘zining70 yilligini nishonlaydi. Shunday bo‘lsa-da, bu antiqatexnologiya haqida ko‘pchilik yetarlicha ma’lumotgaega emas.

«Golografiya» so‘zi yunon tilida to‘liq tasvirma’nosini ifodalovchi 3 D ko‘rinishida biron-birobyektni yuqori darajada lazer skaneri yordamidasuratga olishdir. Ya’ni gologrammalar lazer bilanyoritilib, obyektning aniq 3D-klonini hosil qilgach,uning xususiyatlaridan nusxa ko‘chiradi. Bu rasmgaolishning o‘ziga xos texnologiyasi bo‘lib, uyordamida obyekt uch o‘lchamli (katta hajmda)tasvirga tushiriladi. Elektron yorug‘lik to‘lqininingikki xususiyati – difraksiya (to‘lqinlarning to‘siqdanaylanib, kesib o‘tishi) va interferensiya (yorug‘likto‘lqinlarining ustma-ust kelib qo‘shilganda bir-birinikuchaytirish yoki susaytirish, shu bilan birga, birqancha ko‘rsatilgan yorug‘likning jadalligini to‘g‘ritaqsimlash)ning qo‘shilishidan gologramma hosilbo‘ladi.

Tasvir qanday olinadi?Vizual gologrammani yaratish jarayonida

muayyan nuqtadagi joydan lazer nurining ikkigabo‘linishi kuzatiladi. Uning bir qismi fotoplastinkagatushib, ko‘zguda aksi ko‘rinadi – bu tayanch nurihisoblanadi. Obyektda aks etgani uchun ikkinchisiobyekt nuri deyiladi. Ikki tomondan taralgan nurlarbir xil to‘lqin uzunligiga ega bo‘lishi va bir xilbosqichda harakat qilishi kerak. Tayanch va obyektnurlari fotoplastinkaga yoziladi va interferensiya

surati (chiroqning yuqori va past intensivligialmashinishi)ni hosil qiladi. Xullas, tasvirni tasmagamuhrlash uchun bir nechta kameralardanfoydalaniladi. Kameralar har xil burchakdan«qarab» turishi lozim va ular qancha ko‘p bo‘lsa,shuncha aniq va jonli tasvir olinadi. Kamera orqaliolingan ma’lumot kodlanadi va lazer impulsishaklida, boshqa «nol daraja»da ishlaydigan lazernurlari yordamida namoyish etiladi. Nurlarning bir-biri bilan o‘zaro aloqasi fotoreaktiv polimer bilanqoplangan plastinkaga yozilib boriladi.

Suratga olingan tasvirni gologramma shaklidayaratish uchun fotosuratga olish jarayoni qayerdabo‘lgan bo‘lsa, fotoplastinka aynan o‘sha yergajoylashtiriladi. Keyin tayanch nurli chiroqlar bilanyoritiladi. Obyektli to‘lqin esa yozilgan obyektdaaks etadi. Tayanch nurlari xuddi shunday obyektaks etgan to‘lqin hosil qiladi. Bu to‘lqin aynanobyekt tasvirini ko‘rsatadi.

Tarixga nazarBirinchi gologramma vengriyalik fizik olim Denesh

Gabor tomonidan 1947-yili yaratilgan. U bunielektron mikroskop ekranida piksellar soninioshirish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida amalgaoshirgan. Olim aynan obyektning optikxususiyatlarini to‘liq qayd etish maqsadida«gologramma» so‘zini o‘ylab topadi. Uning bundaynoyob ixtirosi yuqori baholanib, 1971-yili «Nobel»mukofoti bilan ham taqdirlangan. Biroq Deneshixtiro qilgan gologrammalar sifati ancha pastbo‘lgan. Negaki u ionli lampalardan foydalangan.1960-yillar qizil rubinli va geliy-neon lazerlari ixtiroqilingach, gologramma faol rivojlana boshladi.

1968-yilda rus olimi Yuriy Denisyuk gologrammanishaffof yupqa fotoplastinka shaklida yozib olishsxemasini yaratdi. Natijada yuqori sifatl igologrammalar ishlab chiqarila boshladi. Ilmiytadqiqotchi Lloyd Kross 1977-yili mashhurmultipleks dasturi muallifi bo‘ldi. Uning boshqagologrammalardan muhim farqi shundaki, obyektbir qancha muayyan rakurslardan iborat bo‘lib,

Bundan ancha yiloldin namoyish etilganturli xil maxsuseffektlarga boy«Yulduzlar hujumi»nomli film yodingizdabo‘lsa kerak.Bexosdan paydo bo‘lgan kosmik kema vaertak qahramonlarining antiqa ko‘rinishitomoshabinni go‘yoki sehrlaganday.Bunday ajoyib lavhalarni taqdim etganrejissyor mahoratiga tan bermay ilojimizyo‘q. Gologramma texnologiyasi rejissyorgabu borada juda qo‘l kelgani aniq.

Fanta

stika

XXI asr texnologiyalari

24

kerakli burchak orqali tasvir chiqaradi. Bundayyondashish parallaks (obyektning siljiganday bo‘libtuyulishi) obyektini vertikal ravishda ko‘rsatmaydi(ya’ni gologrammani pastdan yoki yuqoridanko‘rmaymiz), ixtiro qilingan optik asbob yordamidaekrandagi tasvir yiriklashib, lazer to‘lqini uzunligiuzoq masofagacha yetadi. Ilgari lazer nurlari atigibir necha metrni proeksiyalay olgan, xolos.

Ana shunday texnologiyaning yutuqlari tufaylikundalik hayotimizdagi real voqealardan birozchalg‘ib, ertaklar olamiga sho‘ng‘ishga imkontug‘ildi. Ya’ni gologramma orqali turli xil yangiqahramonlar va obyektlar yaratish mumkin.

Golografik proyektorning imkoniyatlari kundan-kun ortib, zamonaviy texnologiyaning rivojlanishitobora kengaymoqda.

Golografiya displey –smartfonda

3D-gologramma inson faoliyatining turlisohalarini qamrab olgan texnologiya. Bungamisollar juda ko‘p. Shulardan biri —gologrammaning havoda namoyish etilishidir(golografik nusxasi (masshtab 1:1) va 3D piramidashaklida). Ulardan taqdimot, tadbirlar vako‘rgazmalarda keng miqyosda foydalanishmumkin.

Uyali aloqalar va smartfonlarning kun sayinyangilanib borishi gologrammaning smartfonlardanham o‘rin olishiga turtki bo‘ldi. Eng oson 3Dproyektor (ekrandagi tasvirni kattalashtirib

ko‘rsatadigan moslama)ni o‘z qo‘limiz bilan

oddiy smartfon orqali amalga oshirsak ham

bo‘ladi. Zamonaviy proyektor nusxalari yuqori

darajada 3D-effektini yaratishga qodir.

Raqamli surat va videokameralar ishlab

chiqaradigan RED kompaniyasiga bunday

g‘oya juda qo‘l keldi. O‘tgan yilining iyun

oylarida dunyo bo‘yicha 5,7 dyuymli golografik

ekranli RED Hydrogen One smartfoni

namoyish etildi.

2020-yilda yaponiyalik muhandislar birinchi

golografik televizor nusxasini taqdim etishni

va’da qilishmoqda. Uning asosiy texnologik

qismlari MIT xodimi Deniyel Smoll tomonidan

ishlab chiqilgan. Bunday mo‘jizaviy

televizorlarni ishlab chiqarishga qo‘l urgan

olimlarning fikricha, TeleHuman texnologiyasi

yordamida odamlar golografik qiyofalar bilan

ham suhbatlashishlari mumkin ekan.

Furqat Nurjonov,

Toshkent Axborot texnologiyalari

universiteti doktoranti

Eng oddiy golografik sxema:

BS — nur splitteri; M1-M3 — ko‘r ko‘zgular; L —qisqa fokusli linzalar; C — kollimator; H —gologramma.

Bu qiziq!Eng qizig‘i, gologramma orqali hozir

oramizda yo‘q insonlarni ma’lum muddatga«tiriltirish» imkoni mavjud. 2014-yilning 19-mayida Las-Vegas Billboard Music Awardsmukofoti taqdimotida marhum Maykl Jeksongologramma texnologiyasi yordamidatomoshabinlar oldida qo‘shiq aytib, barchanihayratlantirdi. Pulse Evolution kompaniyasitomonidan yaratilgan muvaffaqiyatligologramma omma e’tiboriga sevimlisan’atkorni qayta «tirilganday», xuddi eskidamlarni yodga solgani olam-shumul voqeabo‘ldi.

XXI asr texnologiyalari

26

Tomas Alva Edison – mashhur amerikalikixtirochi, ishbilarmon va elektrotexnik. U past bo‘yli,ozg‘in hamda eshitish qobiliyatida muammolarbo‘lishiga qaramay, mingdan ortiq ixtirolari bilanAmerika kashfiyotchilari tarixida chuqur izqoldirgan. Unga ilk olamshumul muvaffaqiyatnielektr toki va fonograf (tovushni yozib oladigan vaqayta eshittiradigan asbob)ning yaratilishi olib keldi.Keyin telegraf, telefon va Amerika kinosanoatirivojiga katta hissa qo‘shgan kinetograf(harakatlantiradigan tasvirni tasmaga yozadiganapparat) kabi ko‘plab ixtirolar muallifiga aylandi.Tom Edison birinchilardan bo‘lib ilmiy tekshirishmarkazini yaratishga muvaffaq bo‘lgan olimsanaladi.

Atigi uch oygina maktabgaborgan

Olim 1847-yil 11-fevralda Amerikaning Ogayoshtati Milan shahrida dunyoga kelgan. Uning otasiSamuel bug‘doy savdosi bilan shug‘ullanadigan

tadbirkor bo‘lgan. Biroq Tomas dunyoga kelgandanso‘ng savdosi inqirozga uchraydi. Natijada ularningoilasi qiyin ahvolga tushib qoladi va Michiganshtatidagi Port-Guron shahriga ko‘chib ketadi.O‘sha paytda bo‘lajak olim 7 yoshda edi.

Edison bolaligida qizilcha kasalligi bilan og‘ribqoladi. Biroq iqtisodiy tomondan mushkul ahvolgatushib qolgan oilaning bu kasallikni davolatishgaqurbi yetmaydi. Davosiz qolgan xastalik yillar o‘tibo‘z asoratini ko‘rsatadi. Tomas butun umr eshitishqobiliyati yaxshi emasligidan qiynalib yashaydi.Sog‘lig‘idagi bu nuqson uning maktabda tahsilolishiga ham xalaqit beradi. Darslarni yaxshio‘zlashtirolmasligi va diqqatini jamlashga qiynalishinatijasida o‘qituvchisi tomonidan keskin tanqidlargauchraydi. Oxir-oqibat onasi bunday munosabatgabarham berish maqsadida Tomasni maktabgajo‘natmay qo‘yadi va savodini chiqarishni o‘zzimmasiga oladi. Tomas bor-yo‘g‘i uch oymaktabga borgan. Nensi xonim bir vaqtlaro‘qituvchi bo‘lib ishlagani uchun o‘quv dasturlariniunga bosqichma-bosqich o‘rgata boshlaydi.

Ilk tajribaUyda tahsil olishni boshlagan bolakay kimyo

faniga mehr qo‘yadi. Har xil tajribalar o‘tkazishgaqiziqadi. 10 yoshida uyining yerto‘lasida birinchilaboratoriyasini ochadi. Biroq uni mablag‘ masalasiqiynaydi. Dastlab Tomas meva va sabzavotlar,keyinchalik ko‘p daromad topish maqsadida aholigavjum joylarda, poezd bekatlarida gazeta va obakishirinliklar sotadi. Bo‘sh vaqtlarida ilmiy-tajribaviykitoblar o‘qiydi. Otasi uning bolaligini shundayxotirlaydi: «Tomas bolalar o‘yinlari haqida hechnarsa bilmasdi. Asosiy ovunchog‘i tutunli mashinava mexanik asbob-uskunalar bo‘lgan».

Tomasning asosiy vaqti poezdda o‘tgani uchunu o‘z laboratoriyasini vagonga ko‘chiradi. Lekin

Har qanday mamlakat rivojida u yerdayaratilgan kashfiyot va ixtirolarning o‘rnibeqiyos. Ular insonlar turmush tarziniyaxshilab, taraqqiyotning olg‘a siljishigazamin yaratadi. Dunyoning engrivojlangan davlatlaridan biri Amerikaxalqi, mana, necha asrdirki, ana shundaybuyuk-buyuk ixtirolarga guvoh bo‘libkelmoqda. Bunday kashfiyotlar nafaqatAmerika, balki butun dunyoda mislsizo‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Mazkurdavlatning eng mashhur ixtirochilaridanbiri bo‘lgan Tom Edison ham o‘ziningyorqin iste’dodi va bilimi bilan dunyotexnika ilm-fani rivojiga katta hissaqo‘shdi.

Buyukla

r hayotidan

XXI asr texnologiyalari

27

ko‘p o‘tmay ushbu vagon yonib ketadi. Ko‘pchilikbu hodisaga Tomasning tajribalari sabab bo‘ldi,deb bor aybni unga ag‘daradi.

Baxtsiz tasodif –baxtli kelajak

1962-yili Edison bexosdan poezd bosib ketishigabir baxya qolgan bolakayni ko‘rib qoladi va uniqutqaradi. Uning bu qahramonligi unga chinakamomad olib keladi. Negaki falokatdan omon qolganbolakayning otasi Port-Guron yaqinidagi «MontKlemens» bekati boshlig‘i bo‘lib chiqadi. U yoshyigitni cheksiz minnatdorligining ifodasi sifatidatelegrafda operator lavozimiga tayinlaydi. Bu ishEdisonni butunlay o‘ziga maftun qiladi. Bir nechayillar mobaynida Edison «Western Union»kompaniyasining har xil telegraf filiallarida faoliyatolib boradi. Mazkur soha olimga kashfiyotlaryaratishi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

Edison telegraf sohasida besh yil davomidaishlaydi. 1868-yil Maykl Faradeyaning «Elektrustidan ilmiy tajribaviy tadqiqot olib borish» kitobinio‘qib chiqadi. Mutolaadan qattiq ta’sirlanganEdison o‘zini ixtirochi sifatida sinab ko‘rishga ahdqiladi. Bir necha oy o‘tgach, birinchi patentiniolishga muvaffaq bo‘ladi. Usaylovlarda qo‘llash mumkin bo‘lganelektr hisoblagich uskunasini ishlabchiqadi. Ixtiroda saylovchilardan «ha»yoki «yo‘q» tugmachasini bosish talabetilgan. Biroq bu ixtiro o‘zini udarajada oqlamagan. Shundan so‘ngu odamlarga foydali bo‘lgan ixtirolaryaratishga ahd qiladi.

1870-yilning oxirida fond birjasiniko‘chirib olish uchun 40 ming dollaroladi. Bu mablag‘ yordamida NyuYorkda o‘zining birinchi dastgohiniishga tushiradi. U har qandaynarsaga pulni tejasa ham, tajribalariuchun eng sifatli uskunalarni xaridqilgan.

Edisonning muhim ixtirolaridan biriyangicha telegrafning maxsussxemasini yaratishi bo‘ldi. Yangiapparat bir tizimda ikkitadanto‘rttagacha bo‘lgan xabarlarni uzata olgan.«Western Union» kompaniyasi o‘zining yillikhisobotlaridan birida Edison haqida shunday deydi:«Uning ixtirolari bizga yiliga yarim million dollarnitejab qolish imkonini berdi». Ixtirochi uni 4-5 mingdollarga baholadi. Natijada 1874-yili «WesternUnion» kompaniyasiga 10 ming dollarga sotadi.Olingan mablag‘ga Menlo-Park qishlog‘ida birinchiilmiy-tadqiqot sanoat laboratoriyasini ochadi. Uyerda mehnatsevar olim 16-19 soatlab tinimsiztadqiqot olib boradi. Shu yillar Edison haqida turlibalandparvoz gaplar tarqaladi. «Daho degani bu –1 % ilhomlanish va 99 % mehnatdir» – bu ta’rifEdisonga aynan mos edi.

Elektr tokining yaratilishi1874-yilda rus muhandisi Aleksandr Lodigin

birinchi lampochkani ixtiro qildi. Bu ixtiro Edisonniqiziqtirib qo‘yadi. Tez orada olim uning kashfiyotinisotib oladi. U barcha uy va ko‘chalar yorug‘bo‘lishini orzu qilgani bois lampochkaning

xususiyatini yanada yaxshilash uchunko‘p vaqt sarflaydi. Edison elektrlampasining patronga biriktiriladiganmetall qismini o‘yib, ichiga volfram(kimyoviy element)dan spiralsimonshakl yasab, o‘rnatadi. Natijadaxuddi niyat qilganidek uy va ko‘chalarcharog‘on bo‘ladi.

Olim katta masshtabdalampochkaning keng imkoniyatlariniko‘rsatish maqsadida elektrostansiyaochadi va butun Nyu-York ahlinielektr toki bilan ta’minlaydi. Tadqiqotishlari yuksak muvaffaqiyatlargaerishgandan so‘ng Edison: «Bizelektrni shu darajadaarzonlashtiramizki, faqat boylarginasham yoqishi mumkin», deydi.

Edison hayot ining so‘nggidamlarini oilasi davrasida rafiqasi,bolalar i va nevaralar i bi lano‘tkazadi. Biroq uzoq yillar qandli

diabet kasalligidan aziyat chekadi. 1931-yil 18-oktabrda kasallik alomatlari zo‘rayib, hayotdanko‘z yumadi.

Ilmiy unvonlar

Tomas Ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasiuchun bir qator davlat mukofotlariga loyiq topilgan.Gremmi vasiylik kengashi unvoni, Franklin,Mateuchchi, Jon Skot, Albert shular jumlasidan.Shuningdek, Rumford mukofoti va AQShkengashining oltin medaliga sazovor bo‘lgan.

Mahliyo Shukurova tayyorladi.

XXI asr texnologiyalari

28

uni Tomsk universitetining radioelektronika fakultetitomon yetakladi. U oliygohning ikkinchi bosqichidao‘qib yurganida, har xil turdagi xizmatlargato‘lovlarni terminal orqali amalga oshirish bo‘yichadastur ishlab chiqqan. Keyin esa o‘zining shaxsiyloyihasi ustida izlanishlar olib borib, turli elektronmoslamalarni ishlab chiqara boshlagan.

Hammasi bilyardxonadanboshlangan

Qahramonimizning hikoya qilishicha, 2013-yildabilyard o‘yiniga qiziqishi ortib, uni o‘rganish

uchun bilyard klubiga boradi. Biroqklubda unga bu o‘yinni o‘rgatishni

hech kim xohlamaydi. Shu paytunda bir fikr paydo bo‘ladi:

«Qaniydi bir virtualo‘rgatuvchi uskunabo‘lsa-yu, u bilyardniyangi kelgan odamgao‘rgatsa». U bu fikrnitexnikaga oid bilimlaribilan uyg‘unlashtirib,uning ustida faol izlanisholib boradi. Dastlab

«o‘rgatuvchi» holataynan katta stol atrofida

bo‘lishini tasavvur qiladi.Sharni harakatga

keltiradigan yog‘och cho‘pniproyektor orqali ekranda

kattalashtirib, burchakka to‘g‘ri borishininazorat qilish mumkinligini aniqlaydi. Shu tariqag‘oya sekin-asta shakllanib boradi. U o‘z atrofigaloyihani qo‘llab-quvvatlovchi guruh to‘playdi va ularbilan ish boshlaydi. Avval ular Kinect nomli o‘yinninazorat qiladigan ixtiro yaratmoqchi bo‘ladi. Biroqular qiyin algoritmga to‘qnash kelishadi. Negakidatchikning parametrlari sharni aniq belgilashgaqodir emas edi. Keyin esa Alekseyda bunday

Bolalar atrof-muhitgajuda qiziquvchanbo‘lishadi. Ko‘zlarigako‘ringan narsalarni ushlabko‘rishga harakat qiladi. Buesa har doim ham ota-onalarga yoqavermaydi.

Natijada ular tomonidan bir talay cheklovlarqo‘yiladi. Agar bola uchun tuzilgan «cheklovlarro‘yxati»ga erkinlik ham kiritilsa, samarali natijagaerishish muqarrar. Masalan, xayol surish, orzularmamlakatiga sayohat qilish kabi bolaning ijodkorlikmahoratini shakllantirishga turtki bo‘ladigan xislatlarkelajakda uning bilimli va ijodkor shaxs bo‘libyetishishiga, har qanday holatda ham kerakli yo‘lnitanlashiga yordam berishi mumkin.

Boladagi qo‘rquv, shubha va g‘azabni birginasehrli vosita — qum orqali yo‘qotishga erishsabo‘ladi. Yana bir muhim jihati shundaki,qum bola dunyoqarashinishakllantirib, orzulari ro‘yobitomon yetaklaydi.

Ma’lumki, qum bilano‘ynash bolaningemotsional holatiga judakatta i jobiy ta’sirko‘rsatadi. U o‘ziga xosxususiyatga ega bo‘lib,bolalarni birpasda jalbqiladi. O‘yin davomidabarcha salbiy energiyanio‘ziga tortib olib, yaxshikayfiyat ulashadi.Shuningdek, u juda faolbolalarni tinchlantirib,tortinchoqlarga zavq beradi.Agarda qum o‘yingohi innovatsiontexnologiyalar asosiga qurilgan bo‘lsa,bu bola uchun yanada zavqli va foydali bo‘ladi.Bugun ana shunday ixtirolardan biri – interaktivqumdon haqida so‘z yuritamiz.

Zavqli o‘yin ixtirochisi

Ushbu interaktiv qumdon ixtirochisi AlekseyKumovdir. Aleksey bolaligidan ixtirolar vakashfiyotlar qilishga juda qiziqqan. Bu qiziqishlari

Psix

olo

giy

a v

a t

exnolo

giy

a

XXI asr texnologiyalari

29

texnologiyani boshqa usulda, ya’ni qum orqaliamalga oshirish g‘oyasi tug‘iladi.

Qum yordamida nimalar qilish mumkin? Undantog‘ yasash, chuqur qazish va yana boshqa turlimanzaralar yaratsa bo‘ladi. Biroq har qandayholatda ham qum o‘z ko‘rinishida qolaveradi. AmmoAleksey yuqori texnologiyalarning sharofati bilanbunday manzaralarni «jonlantirish» usulini o‘ylabtopdi. U yaratgan texnologiya asosida qurilgantog‘lar, vulqon, sharshara va o‘rmonlar realvoqelikka yaqin bo‘lib, bola zakovatini o‘stirib, ongishakllanishiga xizmat qiladi. Loyiha 2013-yil ishgatushib, dekabr oyidan chiqara boshlandi.

Interaktiv qumdon qandayishlaydi?

Apparat keng stol ko‘rinishiga ega bo‘lib, kattaquti rezervuar qum bilan to‘ldirilgan. O‘rtasidabaland proyektor ulangan bo‘lib, unda o‘yinniboshqaradigan va tartiblarini belgilab beradiganpriyomnik mavjud. Uning ichida kompyuter hambor. Shuningdek, qumning ichki qismiga skaner

ham joylashtirilgan. O‘yinchi qumning shaklini o‘yindavomida qo‘llari bilan o‘zgartirganda, maxsuso‘rnatilgan sensorlar qumning chuqurligi vabalandligini aniqlab beradi, so‘ng bu haqidakompyuterga signal jo‘natadi. U esa o‘yinni o‘ynashuchun qanday tasvir kerakligiga aniqlik kiritadi.Jumladan, qayerda o‘t-o‘lanlar, qaysi joylardavulqon to‘lqinlari, okean borligi va hokazo. O‘yintuzilishi to‘g‘risida bir xulosaga kelgan kompyuternavbatni proyektorga beradi. U esa aynan keraklijoyga nurli ranglar uzatadi. O‘yinni ko‘rgan vao‘ynagan odam uchun u haqiqiy mo‘jizadaytuyuladi. Qo‘lni qumga botirsangiz, shu zahotichuqurlik yuzaga keladi va suv hosil bo‘ladi. Qumni

biroz olib, tepadan sepsangiz, tog‘ cho‘qqisi, tog‘cho‘qqisining uchini o‘pirsangiz, vulqon otilib, suyuqcho‘g‘ otilib chiqqaniga guvoh bo‘lasiz. Buninghammasi xuddi haqiqatan ham yuz berayotgangao‘xshaydi.

Interaktiv qumdon quyidagi o‘rgatuvchirejimlardan iborat:

Quruvchilik rejimi

«Balandlik xaritasi» rejimi

Vulqon rejimi

Sharshara rejimi

Geometrik shakl,rang va raqamlari rejimi

«Bazani himoyaqilish» va «qarshilikko‘rsatish» o‘yinrejimlari

KamolaToshmatova,bolalar psixologi:

— Interaktivqumdon — maktabgacha yoshdagibolajonlar uchun juda qiziqarli va zavqli,mulohazaga chorlaydigan o‘yin sanaladi.

Qum o‘ynash jarayoni bolalardagi kichikmotorikani rivojlantirib, taktil sezgiga hamta’sir ko‘rsatadi. Asab tolalari faoliyatigachambarchas bog‘langan barmoq«yostiqchalari»ni rag‘batlantiradi. O‘zo‘rnida so‘zlashuv nutqini ham rivojlantiradi.

Qurilmaning har bir dasturi boladagiqaysidir sifatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.Masalan, bolaning og‘zaki hisoblashjarayoniga diqqat qaratishi kerak bo‘lsa,har xil o‘yinlar yordamida bil iminimustahkamlashi mumkin. Bu qiziqarlijarayon bo‘lib, bir xil zayldagi masalalarhar xil o‘yin shaklida taqdim etiladi.

Dasturda asosiy e’tibor xotira, diqqat va intellektualfikrlashni o‘stirishga qaratilgan. Qolaversa, uningreal voqelik rejimida million yillar mobaynida sodirbo‘lgan, yer yuzasining evolyutsiyasi jarayonlari,muzlik davri va vulqon portlashlarini ko‘rish mumkin.Ayniqsa, bunday qumdonlar psixologlardantashqari bolalar bilan ishlaydigan logoped,defektologiya sohasi mutaxassislariga ham judaqo‘l keladi. Tabiiyki, o‘z mahorati, xayolidagifantaziyalarini qum orqali ro‘yobga chiqarayotganboladan kelajakda ko‘p kashfiyotlarni kutishmumkin.

Sevara tayyorladi.

XXI asr texnologiyalari

30

Zamonning shiddat bilan o‘zgarishiixtirolar olamini yanada boyitmoqda. Ularorasida shunday ixtirolar borki, kishiniajablantirib, lol qoldiradi. Aksariyati hattokihayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan.

Mevalar sifatini aniqlaydi

IxtirochilarDorora

Sharon vaDamianaGoldring

ConsumerPhysics

kompaniyasibilan

hamkorlikdaScio deb

nomlanuvchiyangi qurilma yaratishdi. Qo‘l kaftidek keladigan

mazkur kichik qurilma turli narsalarningmolekulyar tarkibini aniqlashga yordam beradi.

Ya’ni bozor rastalarida qaysi mevalar shirinekanligi, sizning porsiyangizda qancha kaloriya

borligi yoki dorining tarkibi va hokazolar haqidakerakli ma’lumotlarni taqdim etadi.

Shishali bo‘yinbog‘Ixtirodan ko‘rinib turibdiki, uni aniq erkak kishi

o‘ylab topgan. Lekin hozircha uning kimligi bizganoma’lum. Bu yangil ik ish yoki idoralardaishlovchilarning noqulay vaqtda suv ichish yoki quriganog‘izni namlash istagini qondiradi. G‘ayrioddiyko‘rinishdagi bo‘yinbog‘ning ichiga katetir paketjoylashtirilgan. Uning ichiga istalgan ichimliginizniquyib ichishingiz mumkin.

Ekranni tozalovchi robotHozir ko‘pchiligimiz

telefon va planshetlargajuda bog‘lanibqolganmiz. Ulardeyarliqo‘limizdantushmaydi.Bu esa ularningtezda kirlanishigaolib keladi.«Hamroh»larimizning «yuz-qo‘li»ini o‘z vaqtida tozalabturmasak, mikroblar makoniga aylanishi aniq.Biroq har doim ham dangasaligimiz sabab bungaqunt qilmaymiz.

Bir guruh olimlar tomonidan bu muammogayaxshigina yechim topildi. Ya’ni ular telefon vaplanshet ekranlarini yuvadigan yangi robot kashf

Solepower — quvvat beruvchiyangi qurilma

Anchadanbuyonkashfiyotchiolimlar yangiquvvat beruvchimanba yaratishhaqida boshqotirayotgan edi.

Ixtirochilarningurinishlari behuda ketmadi. Ular barchaniajablantirgan holda quvvat beruvchipoyabzal ixtiro qilishdi. Ushbu oyoq kiyiminikiygan inson qancha ko‘p kilometr masofabosishi yoki yugurishiga qarab, telefon,planshet va noutbuklarni quvvatlantirishimumkin.

Bolalar aravachasi — kattalaruchun samokat

Juda hamqiziqarli ixtiro. U

bolalar vaularning ota-

onalari uchunzavqli

mashg‘ulot.Ayniqsa, sport

bilan shug‘ullanishga vaqt topa olmaydigan ota-onalarga bu turdagi aravachalar organizmni

chiniqtirishda qo‘l kelishi aniq.Hulkar Mamitova tayyorladi.

XXI asr texnologiyalari

31

Healbe GoBe2: kaloriyalarni hisoblaydigan«aqlli braslet»

Zinadan bemalol ko‘tariladigan minirobot

Ekologik magnitli konditsioner

Smart televizorlari uchunqulay o‘rindiq

O‘rindiqsiz va haydovchisizyuk mashinasi

Teleskop bilan jihozlangan antiqatransport

Xuelin pleerlari repertuari