baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher...

47
Ona tili va adabiyoti fanidan DIKTANTLAR TO’PLAMI

Transcript of baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher...

Page 1: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Ona tili va adabiyoti fanidan

DIKTANTLAR TO’PLAMI

Page 2: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u
Page 3: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

DIKTANT Ikki do'st

Ikki oshna yoshlikdan birga o'sdilar. Davr kelib ikkalasi ham o'z baxtini izlab yo'lga chiqsalar, ikki yo'l uchraydi. Biri bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga yo'l oladilar. Ulardan biri shaharma-shahar yurib ilm-u hunar orttiradi. Ikkinchisi, borgan shahrida podshoh saylash uchun uchirilgan semurg' qush tasodifan uning boshiga qo'nib, shu shaharga shoh bo'lib qoldi. Yillar o'tib, do'sti shu shaharga keladi. Har yerga qo'yilgan shahar shohining rasmiga ko'zi tusha-di. Do'stining iqbolidan shodlanib, uni ko'rishga oshiqdi. Podshoh saroyiga borib uning huzuriga kirdi. Podshoh uni tanib, tanimaslikka oldi. U kuyunib, yonib «Axir men sening do'sting falonchiman-ku!» deb o'zini tanitdi. Podshoh esa: «Xo'sh, mendan nima istaysan», dedi. Do'sti esa «Sendan hech qanday iltimosim yo'q. Shahringga kelsam, xalq orasida podshohning ko'zlari ojiz bo'lib qolibdi, degan xunuk xabarni eshitdim. Shuning uchun do'stimning holidan xabar olay deb huzuringga kelgan edim», debdi-yu, yo'liga qaytibdi.

(133 so 'z. «Saodatnoma»)Go'zallik ta'rifi

Go'zallik deganda, ko'z oldimga birinchi bo'lib gul tasviri keladi. Balki gul go'zallik ramzidir. Go'zallikni his qilmay turib, u haqida gapirish go'yoki gulni ko'rmasdan uni tavsiflashga o'xshaydi. Go'zallik hech qanday qolipga sig'maydi. U o'z nomi bilan go'zallik. U haqida gapirganda uzoq yo'lga otlanish oldidan kerakli buyumlarini chamadonga solayotgan sayyohni eslayman. Sayyoh barcha kerakli narsalarai chamadonga joylab, uni arang berkitadi, kerakli nimasidir esiga tushib, yana ming azobda ochib yopadi, yana kerakli narsalar chiqaveradi-chiqaveradi. qoldirib ketishga ko'zi qiymaydi...Insonda ichki go'zallik muhim deyishadi. Lekin sonlar xotirasida siz birinchi taassurotni chehrangiz bilan qoldirasiz. Qalbi go'zal insonlarning yuzi ham go’zal bo'ladi, deydiganlar yuz foiz haq. Chunki qalbdagi yuzlardan va nigohlardan taraladi. Go'zallik nafi yuzdan, so'zdan va amaldan, balki o'zingiz yashaydi maskandan ham ufurib turishi lozim. Inson xulq-atvorining atrofini go'zallashtirgani sari o'zi ham go'zallashib boradi.

(134 so 'z. D. Abdusattorova “Ezgulik”)Kamtarlik

Kamtarlik - inson qiyofasini bezovchi bebaho fazilatlardan biri. Haqiqiy kamtarlik, insonparvarlik, odamiylik kabi xislatlar bilan uzviy bog'liqdir. Kamtar odam o'zini hech qachon mehnatkash xalqdan ustun qo'ymaydi. Xalq bilan doimo bir tan, bir jon bo'lib yashaydi. Oilada, turmushda, yurish-turishda, kiyinishda oddiy odamlarga nisbatan samimiy munosabatda bo'ladilar.«Kamtar kam bo'lmas», «Kamtarga kamol», - deydi dono xalqimiz. Isbot talab qilmaydigan bu haqiqat ming yilliklarning sinovidan o'tib kelmoqda. Shu bois, kuyunchak birodarlarimiz o'z yaqin qadrdonlariga doimo kamtar bo'l, kamsuqum bo'l, kam bo'lmaysan deb nasihat qiladilar. Chinakam kamtar, chinakam kamsuqum kishilardan har qanday buyuklikni, har qanday fidoyilikni kutish mumkin. Chunki, undaylar ota-ona-yu do'st - birodarlarga samimiy mehr-muhabbat ko'rsatishni, ko'zlagan maqsad sari sabr bardosh bilan intilishni o'z hayotlarining mazmun-mohiyati deb biladilar.

Page 4: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”)Qush tili

Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u o'zini ajoyib bir bog' ichida yurgandek his qiladi. Bugun ham uning ko'z o'ngida bahaybat semurg' qushining Xitoy ustida parvoz qilib yurgani gavdalandi. Semurg' qanotidan bir pat yerga tishib, butun mamlakatni nurga g'arq qilib yubordi. Nurga cho’mgan bir vodiyda kengash qurib o'tirgan to'ti, hudhud, qumri, tovus, bulbul, lochin va boshqa parrandalar Semurg' qushini o'zlariga boshliq qilib olishga qaror qilib, uni topib keltirish uchun parvoz qildilar. Biroq yo'lda qushlarning ba'zilari charchab, izlariga qaytmoqchi bo'ladi. Ularga boshchilik qilgan hudhud ajoyib hikoyalarni aytib, yarim yo’ldan qaytish yaramasligini tushuntiradi: Qushlar uning gapini ma'qul ko'rib, yana parvoz qiladilar. Parrandalardan faqat o'ttiztasi bir manzilga borib yetadi. Semurg' qush bunda ham topolmaydilar. Nihoyat, ular Semurg' o'zlari ekanini, tojikcha «simurg'» o'ttiz qush demak ekanini anglaydilar. Charchamay-hormay bir maqsadga intilish ularni semurg' darajasiga ko'targan.

(137so'z. Mirkarim O.KEKSALIK – DONOLIK

Haqiqatan ham, keksalar juda dono bo'lishadi. Chunki ular o'z umrlari davomida ko'p narsalarni ko'rib-bilib, kerakli xulosalar chiqaradilar. Xalqimiz keksalarni e'zozlab: «Qarisi bor uyning - parisi bor» yoki «Qari bilganni - pari bilmas» maqollarini yaratgan. Bu maqollarda chuqur ma'no bor: qariyalar bor uy fayzli bo'ladi, chunki ular yoshlarga yo'l-yo'riq ko'rsatib, to'g'ri yo'lga boshlaydilar. Ularning ibratlari va nasihatlariga amal qilsangiz xonadoningiz nurga to'ladi. Otaxon shoirimiz Quddus Muhammadiy «Aziz bobom» she'rida qariyalarni: Bir aziz bobom bor dunyoda tanho, Xushtabiat, xushqomat, muloyim, dono, Ko'nglining kengligi yer, kurra, osmon. Ko'zlari nuroniy oynayi jahon, deb maqtaganlar. Inson hayoti bamisoli aylanguvchi charxpalakka o'xshaydi. U - bugun bola, so'ngra ulg'ayib ota-ona, keyin esa bobo, buvi bo'ladi. Buvilik, bobolik baxtiga muyassar bo'lganlar farzand va nabiralarini mehr-muhabbat bilan tarbiyalab, voyaga yetkazadilar. Shuning uchun ham biz keksalarni doim e'zozlashimiz lozim. Prezidentimiz 2015-yilni «Keksalarni e’zozlash yili» deb e'lon qilganlari bejiz emas.

NAVRO`ZNavro’z — quyosh yil hisobida yilning birinchi kuni O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida

yashovchi xalqlarning qadimiy, an’anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka, ya’ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to’g’ri keladi. Xivada «Navro’z» bayrami shodiyonasini boshlash bayrami ham hisoblanadi. Navro`z bayramida ommaviy xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan ko’katlardan tansiq taomlar pishirilgan, ba’zi ekinlarni ekish boshlangan. Dastlab, Navro`z bayramini o’tkazish o’troq dehqonlarda rasm bo’lgan, keyinchalik ular orqali yarim o’troq va ko’chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan. Asrlar utishi bilan turli xalqlarda Navro`z bayramini o’tkazish marosimlari ularning turmush tarziga, mafkurasiga moslashgan.

Page 5: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Tarixiy manbalarga ko’ra, Navro`zni bayram qilish ahamoniylar davridan boshlangan va O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan. Bu o’lkalarga islom dini kiritilganidan keyin Navro`z bayrami man qilingan, ammo xalq o’z sevgan bayramini nishonlashda davom etgan. O’rta Osiyo va Eron xalklari arab xalifaligi hukmronligidan qutulgan davrdan boshlab, Navro`z bayramini o’tkazish yana rasmiy tus olgan.

NON HIKMATI

Nonning nomi ulug‘, nomidan ham o‘zi ulug‘. Bolaga ins-jins ziyon yetkazmasin deb, ona o‘z go‘dagi yostig‘i ostiga non qo‘ygan. Ota o‘g‘lini o‘zga yurtga safarga otlantirib, oq fotiha berarkan, «balo-qazolardan saqlaydi» degan ma’noda farzandining qo‘liga non tutqazgan.

Yo‘lga chiqqan bahodirga ota-onasi yoki suyuklisi non tishlatgan. Toki non-nasiba tortib, u uyga sog‘-salomat, beshikast qaytsin. Xastani, keksalarni ko‘rish, ustozni ziyorat qilish, hol-ahvol so‘rash uyiga non tugib borishdan boshlangan.

(«Oltin sandiq ochildi» kitobidan).MAHALLAM - FAXRIM

Ikki tomoni shinam uylardan iborat ko'chadan o'tib bormoqdasiz. Har bir xonadon atrofi supurilgan, suv sepilgan. Ariqchadan suv oqib turibdi. Kimdir uyning ko'cha tomoniga tok ekib, so'ri qilingan. Boshqalar esa mevali daraxt ekkan. Kichik-kichik pollarga oshko'k sepilgan. Pomidor, baqlajon, bolgar garmdorisi o'sib yotibdi. Yana bir xonadon esa o'z hududiga zich qilib terak ekib tashlagan. Shu serfayz ko'chaning gavjumroq joyida "...mahalla idorasi" degan yozuvga ko'zingiz tushadi.

Mahalla haqida X asrda yashab o'tgan buxorolik tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiyning "Buxoro tarixi" kitobida ma'lumot ilk bor uchraydi. Hozir esa "mahalla" so'zini kunda bir necha bor eshitamiz va tilga olamiz. Buning sababi ko'pchiligimiz mahallada istiqomat qilamiz hamda uning ishida qatnashib turamiz.Mahalla - asosan O'zbekistonga xos nodir hodisa. Mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi umumiy qoidalar va an'analar bilan bog'langan.

E'tibor bergan bo'lsangiz, mahallalarda ko'pincha katta ko'cha bir tomonning ma'lum qismini va uni oralab ketgan ko'chalar, torko'chalar, berk ko'chalarni qamrab oladi. Mahallalar qanday tarkib topgan? Mahallalar odatda, asrlar davomida kasb-hunar yoki milliy belgilar asosida vujudga kelgan. Hozir biz Qoshiqchi, O'qchi, Degrezlik kabi mahallalar nomini eshitib qolamiz. Demak bu mahallalardan, qosliiq, o'q yasovchi, qozon quyuvchi ustalar yashagan. Ayrim mahallalar o'sha joyning relyefidan yoki boshqa belgilaridan kelib chiqib nomlangan. Ganchtepa, Shahidontepa, Chuqurqishloq, Balandmachit, Qatortol singari nomlar shu tarzda kelib chiqqan. Hozirgi paytda mahallalar aholi bilan ishlaydigan g'oyat muhim organga aylangan. Unga maxsus qonun bilan o'zini-o'zi boshqarish huquqi berilgan. Binobarin, mahallaning, unda istiqomat qiluvchi aholining barcha muammolari o'sha yerning o'zida hal etiladi.

BOZOR VA FAROVONLIK

Page 6: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Qaysi yurtning tuprog'i hosildor, iqlimi yaxshi, eng asosiysi odamlari mehnatkash bo'lsa, o'sha yerda to'kin-sochinlik, farovonlik va fayz-baraka bo'ladi. Qadimdan qolgan bir naql bor: «Yurtning farovonligini, elning kayfiyatini bilishni istasang, bozorga bor».

Yoz va kuzning serbaraka hosili bozorlarimizni to'ldirib, elimiz dasturxonini noz-ne'matlar bilan bezamoqda. Sharqona bozorlarimizni tomosha qilgan sayyohlar uning turli-tuman, shirindan shakar meva-chevalarga boyligini ko'rib, yurtimizga havas qilishmoqda. O'zbekistonning barcha shahar va tumanlarida qadimiy, ko'hna bozorlar qayta ta'mirlanmoqda hamda yangi, ko'rkam zamonaviy bozorlar barpo etilmoqda.

Sotiladigan mahsulot turiga ko'ra bozorlarning dehqon bozori, yoyma bozor, qurilish mahsulotlari bozori kabi turlari bor.

Ota-bobolarimiz sotuvchi va xaridor o'rtasidagi muomala odobiga alohida e'tibor berganlar. Bu borada Yusuf Xos Hojib bobomiz: «Savdoda kimki rostgo'y, fe'li to'g'ri bo'lsa, zarur bo'lganda unga mol topilmay qolmaydi», - deya nasihat qilganlar. Kaykovus bobomiz esa «Qobusnoma» kitobida: «Ey, o'g'lim, bozorda narsa sotmoqchi bo'lsang, oz foydaga qanoat qil, xaridorlarni o'zingdan uzoqlashtirma, molingning narxini oshirma. Xalq sening oldingga bir narsani olish yoki sotmoq uchun kelsa, shunday xushmuomala, shirinso'z bo'lginki, ular o'z mollariga qimmat narx qo'yishdan sharm qilsinlar. Hamisha to'g'ri so'zla, baxil bo'lma, kambag'allarga ehson qil», - deganlar. Xalq orasida bozor haqida qadim-qadimdan turli naqllar to'qilgan: «Bozorda - boriga baraka», «Bozorga borib, baxtingni sina». Husayn Voiz Koshifiy bozorga borganda quyidagi yetti qoidaga rioya qilish zarurligini ta'kidlaganlar: 1. Hech kimni yelkang bilan turtma. 2. Kishilarning orqasidan tikilib qarama. 3. Og'zingni ochib anqayib yurma. 4. Birovni uzoqdan baland ovoz bilan chaqirma. 5. Ishing bo'lmasa, peshtaxta oldida turma. 6. Xarid qilmaydigan bo'lsang, molning narxini so'rama. 7. Zaruriyat bo'lmasa, oldi-sotdiga aralashma. Shunday ekan, bozorda turli qo'pol so'zlarni ishlatib, xaridor haqiga xiyonat qilib, tarozidan urib qolish, nopok yo'l tutib, pul qaytimini to'g'ri bermaslik kabi yaramas odatlardan saqlanish lozim.

BOLALIK – BEG`UBORLIKBolalik! Naqadar beg'ubor, sershovqin, qiziquvchanlig-u soddadillikka to'la umr fasli

bu. Bolalikni bahor fasliga o'xshatadilar. Haqiqatan ham bolalik o'zining barcha xislatlari bilan bahorni eslatadi. Siz, aziz bolajonlar, hozir umringizning eng go'zal, shirin, beg'ubor faslida yashamoqdasiz. Siz atrofingizda bo'layotgan barcha narsalarni kuzatib ulgurishga, uni tushunishga, o'rganishga, taqlid qilishga intilasiz. Sizning zavqlanishingiz ham, ranjishingiz ham juda oson. Biror narsadan xafa bo'lsangiz bormi, tezda ko'zingizga marjondek yosh keladi. Agar ko'nglingizni ko'tarib, tasalli berilsa, yana quyoshdek charaqlab ketasiz. Mana shu xislatlaringiz xuddi bahor havosini eslatadi.

Page 7: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Bolalikni bahorga o'xshatilishining yana boshqa sabablari ham bor. Ya'ni kuzda ko'tariladigan xirmon bahorda sepilgan urug'ga bog'liq bo'lgani kabi, sizning qanday insonlar bo'lib yetishishingiz, albatta, bolalikda nimalarni o'rganishingiz, qanday odatlarga ega bo'lishingiz, odob-axloqni qay yo'sinda egallashingizga bog'liqdir. Mana shuning uchun ham sizning eng birinchi vazifangiz ota-onangizning, el-yurtingizning odobli farzandi bo'lishdir. «Bola aziz, odobi undan aziz», - deydi dono xalqimiz. Bolalikdan boshlab shirinso'z, atrofdagi kishilarga nisbatan mehr-shafqatli bo'lish, rostgo'ylikka intilish, o'jarlik qilmaslik kabi odatlarga o'rganib borish lozimdir.

Bolalik orzularga to'la davr: bolalar «Katta bo'lsam baland binolar quraman», «Uchuvchi, kosmonavt, san'atkor, yozuvchi bo'laman», «Hammaga yaxshilik qilishni istayman» deb orzu qiladilar.

Maktabki jon, ilm-u havo-yu odob erur . . . Maktab, bolalik, o’quvchilik onlari . . . Bular qanday totli, ma’noli, yoqimli va unutilmas

kunlar . . . Har qanday buyuk yoki mashhur kishilarga: “O’quvchilik davringiz haqida gapirib bering”, - desak, albatta, ularning lablarida tabassum ko’ramiz. Chunki har bir inson o’quvchilik davrini ana shunday bir zavq bilan esga oladi. Bizning quvonchimiz, Shodligimiz, bilimimiz poydevori – shu maktab!

Chingiz Aytmatov aytganlaridek, unga beparvolik bilan qarab bo’lmaydi. Bizni o’qishga, yozishga, hisoblashga, . . . kelajakda qanday yo’lni tanlashga o’rgatadigan – shu maktab.

Biz fidoyi ustozlarimiz Latifa opa, Saodat opalarni bir umr tabarruk va ardoqli insonlar deb bilamiz. Ustoz borki, ularning har biridan qarzdormiz.

Chunki ustoz bilim chashmalari ko’zini ochadi, navqiron tadbirlar yo’nalishlarini belgilaydi. Ilm so’qmoqlari behadligi sababli ularga yo’l boshlaydi. Ularning barchasi cheksiz ehtirom va hurmatga sazovordirlar. (114 so’z)

She’riyatmiz malikasi Zulfiya opa deganda, daf’atan ko’z oldimizda turfa chechaklar bilan ziynatlangan bir chamanzor namoyon bo’ladi . Zulfiya opa qahramon, ulkan jamoat arbobi , murabbiy va muharridir. Shoira o’z suhbatlarida, maqolalarida o’zlarini g’oyatda kamtar tutib, kam ijod qilganliklarini chiroyli bir nadomat bilan aytib turadilar . Mamlakatimizning eng nomdor adiblari Zulfiya opaga she’r bag’ishlaganlar yoki asarlarida opaning nomlarini ko’p bora ehtirom bilan zikr etganlar. Ular qatorida Nikolay Tixonov, Mirzo Tursunzoda, Chingiz Aytmatov , Rasul Hamzatov, Mustay Karim kabi siymolarning nomlarini keltirish mumkin. Adabiy davralarda Zulfiya opaga juda katta mehr bilan boqib, u kishini “ she’riyatimiz malikasi “ deb atab keladilar . Opaning hayot jasorati esa qalamkashlar uchun go’zal va afsonaviy mavzu bo’lib kelayotir . Xalqimiz hayoti sadoqat va vafo bilan yo’g’rilgan farzandini, albatta, ardoqlaydi . (110 so’z ) ( A.Oripov)

Sakkizinchi mo’jiza Tasavvur qiling : siz tasviriy san’at muzeyiga kirdingiz . Polotnolardagi ranglarni, odamlarning qiyofasini ko’zingiz bilan ko’rib, hayajonga tushasiz. Tasavvur qiling : siz musiqa tinglayapsiz . Cholg’u ohanglari , xonandaning ovozini qulog’ingiz bilan eshitib , hayajonga tushasiz …

Page 8: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Deylik, konsertga tushdingiz. Sozanda soz chalyapti, xonanda qo’shiq aytyapti. Raqqosa raqs tushyapti. Siz tomoshani ko’zingiz bilan ko’rib, qulog’ingiz bilan tinglab zavqlanasiz. Endi, Tasavvur qiling : siz kitob o’qiyapsiz. Oq qog’ozda qora chizig’lar- harflardan bo’lak hech nima yo’q . Rang ham, ovoz ham, raqqosaning harakatlari ham … Ammo asarni o’qishga kirishishingiz bilan ko’z o’ngingizda rangin manzaralar paydo bo’ladi. Qulog’ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. Kitobdagi odamlarning qismatiga sherik bo’lib, o’zingiz bilmagan holda beixtiyor larzaga tushasiz … Hech shubhasiz, badiiy adabiyot – dunyodagi sakkizinchi mo’jiza ! ( 108 so’z) ( O’.Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “ )

5-sinf .Ona tili. Diktantlar matni. DIMIlar uchun.Gimnastika

Gimnastika-jismonan kamol topishga,salomatlikni mustahkamlashga har tomonlama yordam beradigan maxsus jismoniy mashqlar tizimi. Gimnastika bilan muntazam shug’ullanganda yurak-tomir va nafas sistemalari faoliyati yaxshilanadi, tayanch –harakat apparati mustahkamlanadi,moddalar almashinuvi kuchayadi,turli jismoniy yuklamalarga moslashuv takomillashadi. Gimnastika jismoniy jihatdan har tomonlama o’sishga yordam beradi,gavdani to’g’ri shakllantiradi,qo’l,yelka kamari,qorin mushaklarini mustahkamlaydi,epchil,harakatchan bo’lishiga yordam beradi. Gimnastika jismoniy tarbiya tizimida keng qo’llaniladi. Gimnastika mashg’ulotlarini shifokor maslahatisiz boshlab bo’lmaydi.Gimnastika mashg’ulotlari paytida shifokor nazoratidan muntazam o’tib turishi zarur.Bolalar va keksalar uchun uning ahamiyati ayniqsa katta. Gimnastika mashg’ulotlari go’dak va maktabgacha yoshdagi bolalarni o’z vaqtida jismoniy va ruhiy jihatdan kamol toptirishning,to’g’ri tarbiyalashning muhim omillaridan biridir,bu mashqlar bolaning umumiy ratsional kundalik rejimiga kiritish lozim . (117 so’z) Charxpalak Maktabimiz biqinida ariq oqardi . Ariqda charxpalak bor edi. Katta tanaffusda charxpalakni tomosha qilishni yaxshi ko’rardim… Yog’och gardishi ko’hna, temir paqirchalari zanglab ketgan . Parraklariga ko’kimtir suv o’tlari yopishgan … Birov yolg’ondan turtib yuborsa, rostdan qulab ketadigandek … Charxpalak nolali g’iyqillab aylanadi. Kaftida suv ko’tarib, yuqoriga olib chiqadi… Tepaga chiqib olgan suv ortiga qaytmaydi … Charxpalak ham bunga ranjimaydi. Yangidan yangi suv tomchilarini yuqoriga ko’tarib beraveradi … Nolali g’iyqillaydi … Oradan ko’p yillar o’tib, o’sha charxpalak tushlarimga kiradigan bo’ldi. Nega shunday bo’lganini uzoq o’yladim … So’ng … Bir haqiqatni angladim. Men charxpalakni emas, ustozlarimni qo’msar ekanman. Suv – suv emas, men ekanman ! Charxpalak – charxpalak emas, o’qituvchilarim ekan ! Meni katta hayot yo’liga olib chiqib qo’ygan ustozlarim zahmatini oqlay oldimmikan ? (108 so’z ) ( O’.Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “ )

Page 9: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Non Xalqimizning ajib udumlari bor. Beshikda yotgan chaqaloqning yostig’i tagiga bir burda non qo’yib qo’yadilar. Bola yo’lga kirsa, oyog’i orasidan kulcha dumalatib, nishonlaydilar. Buvilarimiz sovchilikka non tugib boradilar. Ikki yosh taqdiri qo’shilganining ramzi sifatida non ushatiladi . Olis va xatarli safarga ketayotgan odamning nasibasi uzilmasin deb, non tishlatib qoladilar. Chavandoz ko’pkari to’dasiga kirayotib, beliga non tugib oladi. Dasturxonga eng avval non qo’yiladi . Ota – bobolarimiz farzandlariga : “ Ko’chada yotgan non bo’lagini ko’rsang, ko’zingga surtib, pokiza joyga olib qo’y” ,-deb o’git beradilar. “ Nondek aziz bo’l “, degan duo eng ulug’ olqish sanaladi. Bu udumlar Alloh tomonidan insonga berilgan ne’matni qadrlash, uvoldan qo’rqish, farzandlariga halol luqma yedirish uchun odat tusiga kiritilgan… Nonni iymon darajasiga ko’targan xalqqa ta’zim qiling! (110 so’z ) ( O’.Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “ )

Osiyo Qadimiy “Osiyo” so’zi “Sharq” degan ma’noni anglatadi. Bu qit’a Yevroosiyo materigining tarkibidadir. Osiyo bilan Yevropa o’rtasidagi chegara Ural tog’lari, bo’ylab o’tadi.

Osiyoda aholi shunchalik ko’pki, yer yuzidagi har ikki kishining birini osiyolik desa bo’ladi. Osiyo butun yer yuzidagi quruqlikning uchdan bir qismini egallaydi. Osiyo maydonining to’rtdan uch qismi tog’lar va yassi tog’liklardir.Osiyo markaziy qismida Tibet yassi tog’ligi joylashgan. U yuqoriga ko’tarilgan kosaga o’xshaydi, janubiy chekkasidagi Yerdagi eng baland tog’lar – Himolay tog’lari qad ko’targan. Osiyoning eng janubiy nuqtasi yer sharini ikki yarim shar – shimoliy va janubiy yarim sharlarga ajratib turuvchi hayoliy chiziq o’tadigan joy – ekvator yaqinida. Osiyoning eng shimoliy nuqtasi Shimoliy Muz okeani qirg’og’ida. Osiyoning shimolida yil bo’yi qor saqlanib turadi, qorbo’ron va izg’irin, sovuq shamollar esadi. Qutb yog’dusi tovlanadi. Bu yerlar tundra deb ataladi. (126 so’z)

Tilni bilgan elni biladiNutq eng katta boylikdir. Inson nutqi, gapira olishi bilan ulug’dir. Barcha asrlarda

xalqlarni bir-biriga bog’laydigan, yaqinlashtiradigan asosiy vosita til bo’lgan. Ayrim tillar hatto xalqlar o’rtasida ko’prik vazifasini o’tagan. Shuning uchun “Til bilgan – el biladi” deydilar. Hikoya qilishlaricha, kunlardan bir kun ulug’ vazir va shoir Alisher Navoiy Samarqand shahrida bir-biri bilan tortishib savdo qilayotgan ikki insonga duch kelib qolibdi. Ular bir-biriga baqirar,biri “se” desa, ikkinchisi “uch” derdi. Atrofdagi odamlar esa “Narxini tushirma” deb, ularni yanada urushtirar edi. Navoiy ularning oldiga yaqin keldi va har

Page 10: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

ikkoviga o’z tilida gapirib tushuntirdi. “Ey, odamlar ! Axir ikkovingiz ham bir xil narxni aytyapsiz-ku. Tojik tilidagi “se” o’zbek tilidagi “uch” degani-ku!”. Barcha odamlar xaxolab kulib yuborishibdi. Shuning uchun odamlar hamisha bir-birini tushunishi, ahil va inoq yashashi uchun bir-birlarining tillarini o’rganishga harakat qilib keladilar. Boshqa tillarni bilish har bir bilimli kishining ko’rkidir.

(140 so’z. “Oz-oz o’rganib dono bo’lur”)Belbog’

O’sha paytlar juda yosh bola edim. Ko’zimda o’t chaqnab turardi. O’yindan boshqa tashvishim yo’q edi. Ba’zi narsalarga aqlim ham yetardi. Bir kuni onam chaqirib qoldi. Qo’llarida nimadir bor edi. Qand bo’lsa kerak. Yo’q. Boshqa narsa ekan. Borganimdan so’ng uni belimga bog’lab qo’ydilar. Onamdan buni nima ekanligini so’radim. – Bu belbog’ seniki. Otangda ham bor, bobongda ham bor, uning bobosida ham bo’lgan. Baxting shunda, belbog’ingni yecha ko’rma! – dedilar onam. Shu-shu bu belbog’ menga aziz bo’lib qoldi. Uni hech kimga ishonmadim. Chang-dog’ tegmasin deb asradim. Iplari so’kilmasin, deb juda juda hushyor bo’ldim. Yoshim ulg’aygan sari uni ham yaxshi ko’raverdim. Birovga berishni xayolimga ham keltirmadim. Endi u orim, nomusim, g’ururimga aylangandi. Unda otamning qo’llari, onamning nurli siymosi, yaqinlarimning tafti bor. Ajdodlarimining bo’ylari bor unda. Shukur, belbog’im – orim, faxrim, bor-budim o’zimda. Belbog’imdagi “Vatan” degan yozuvni ko’zlarimga surtaman.

(133 so’z. Behzod Fazliddin, “Hikoyalar”)Kuz

Bo’ston qishlog’ida og’ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to’ldi. Qishloqni halqaday o’rab oqayotgan anhor birdan tiniqlashdi. Telba to’lqinlar endi jilovlanib, yuvosh tortib qoldi.

Odamlar qishdan cho’chiganday, shosha-pisha harakatga tushdilar. Kimdir chorbog’idan o’tin arraladi, kimdir qo’shnisining bog’ ishlariga hasharga chiqdi.

Hamma yagona bir tashvish – kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan yotadigan bo’ldi.

Faqat bitta hovlida – qishloq chekkasidagi shundoqqina anhor yoqasida joylashgan hovlida sukunat hukm surar, faqat bir kishi o’z tashvishi bilan band edi.

Alimardon oz’ ovozidan cho’chib uyg’onib ketdi. Anchagacha qayerda yotganini bilolmay, ko’zlarini katta-katta ochgancha shiftga tikilib qoldi. A’zoyi badani o’t bo’lib yonar, peshonasini muzday ter bosgan, bir tutam sochi ter aralash qoshlariga yopishib qolgan edi.

(116 so’z. O’tkir Hoshimov)Karvonsaroy

Xuroson mamlakati poytaxtiga aylangan G’azna shahriga kirish darvozasi yonida bunyod etilgan karvonsaroyda dunyoning hamma chekkalaridan savdo-sotiq ishlari bilan kelgan turli millat, qavm, elatlarga mansub savdo ahliga yo’liqasiz. Nariyog’i Iroq, Misr Yunoniston, Makka-yu Madinadan, berirog’i Qoshg’ar, Hindiston va Chindan, Buxoro, Samarqand singari mamlakat va shaharlardan kelganlarining son-sanog’i yo’qdek. Kashmiriy zarbof

Page 11: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

shohilar, turli qimmatbaho zargarlik buyumlari, nodir xitoyi chinni asboblar, don-dun, meva-cheva deysizmi, hamma-hammasi bor bunda. Bir tomondan turli gazlama, uy-ro’z’gor buyumlari ortilgan aravalar, tuyalar, ot-ulovlar tirband. Odamlar chehrasiga boqib, kelgan yurtini bilib olish qiyin emas.

Ayniqsa, Hindistondan keltirilgan mollar, turli, rangorang shohi sarilar yoki zargarlik buyumlari behisob.

Savdo ahlining G’aznaga oqib kelishiga tag’in bir sabab, bunda kundan-kun rivoj topib, keengayib borayotgan G’aznaviylar salatanati dovrug’i bo’ldi.

(121 so’z. M.Qoriyev)Qаlаm

Аjdоdlаrimiz siyoh bilаn yozilаdigаn qаmish yoki sаvаg`ich qаlаmdаn kеng fоydаlаnishgаn. Bu mumtоz аdаbiyotimizdа хоmа dеb tilgа оlinаdi. Qаlаmning o`qqаlаm, tеmirqаlаm, tоshqаlаm dеgаn turlаri hаm bоr. Mo`yqаlаm tаsviriy sаn’аtdа ishlаtilsа, tоshqаlаm vа tеmirqаlаmlаrdаn qаttiq jismlаrni o`yish, kеsish, birоr nаrsаni tаsvirlаsh, yog`оchlаrgа gul sоlishdа fоydаlаnilgаn.

Qаlаmning tаkоmil yo`li insоniyatning rаvnаq etа bоrishi bilаn chаmbаrchаs bоg`liqdir. Bugungi mаdаniyatning ibtidоsi qаlаmgа bоrib tаqаlаdi. Ilk qаlаm- tоshqаlаm. Hоzir esа eng kеng tаrqаlgаn turi stеrjеnli ruchkаdir.

Yo`l usti bo`lsа-dа, tilimizning bоyligini ko`rsаtish mаqsаdidа, qаlаm so`zining ko`chmа mа’nоlаrigа qisqаchа to`хtаlib, bir nеchа misоl kеltirаmiz. Mаsаlаn, qаlаm аhli: yozuvchi vа shоirlаr, jurnаlist vа оlimlаr. Qаlаmi o`tkir: fikrini tа’sirchаn qilib yozа оlаdi.

(101 so`z. А.Ibrоhimоv «Yorug`lug`» kitоbidаn)Odobli bola

Оdоbli bоlа ko`chаdа yurgаnidа оyoq оstigа qаrаb yurаdi. Tо mаktаbgа bоrgunchа bir rаvishdа bоrsinki, hаr bir ko`rgаn kishi ungа tаhsin qilib, rаhmаt аytsin. Оdоbli bоlа mаktаbgа kirgаndа, kаmоli tа’zim ilа ustоzu dоmlаsigа sаlоm bеrаr vа hаr kuni o`tirаdigаn jоyigа o`tirаr. Sаlоmаtlik ilа shukurlаr izhоr etib, hоl so`rаshаr...

Оdоbli bоlа mаktаbdа hаmmа vаqt o`z ishigа mаshg`ul bo`lаr. Birоr vаqt umrini bеkоr o`tkаzmаs. Hаr nаfаsdа bir ishni shаhоnа qilib mаktаbdаn tаshqаri chiqib, bеhudа so`zlаrni so`zlаb yurmаs. Mаktаbdа bоlаlаr rоhаtlаnmоq uchun hаm bir оz vаqt bоrdir. O`shа vаqtdа ustоzlаrning ijоzаti bilаn rоhаtlаnib o`ynаshlаri kеrаk. U ota-onasiga doimo rahmatlar yodiradi. Odobli bola har joyda el nazaridan qolmay yurar. (105 so`z)(“Nаsihаtnоmа” dаn)

Vatan Vatan - keng va ko’p miqyosli tushuncha. Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan sen yashab kelayotgan, ulg’ayayotgan uy , ota-onang, aka-uka, opa-singillaring, xovlidagi daraxtlar, har kuni non yopiladigan tandir. Vatan - katta-kichik to’yga keladigan, azada jamlanadigan, chollari guzarda gurunglashadigan, maschitlaridan azon eshitiladigan qadrdon mahalla.

Page 12: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Vatan – paxta rejasi sal ilgariroq bajarilsa, boshing osmonga yetadigan viloyat. Vatan tuprog’idan oltin unuvchi, tog’larining boshi ko’kka yetgan, bog’-bo’stonga to’la O’zbekiston.

Vatan - biz yashab turgan kurrai zamin. Besh barmoq bir bo’lsa musht bo’ladi. Kim g’araz va adovat bilan tajovuz qilsa, ta’zirini berishadi. Neki yumish, neki mushkul ish bo’lsa, osongina xal etadilar. O’zbek, tojik, qozoq, qirg’iz, turkman – besh barmoqqa qiyos. Islom Karimovning “Bu aziz Vatan, ko’hna Turkiston barchamizniki”,- deyishlari shunga joizdir.

Aqlli bola Bir kuni kechasi ot ustida borayotgan Alisherni uyqu bosib, ko’ziga qum tiqila boshladi. Kunduz kuni salqin bir buloq bo’yida chodir tikib, hamma orom olgan paytda, Alisher bir- ikki bola bilan saxrodagi katta kaltakesaklarni quvib, juda charchadi. Mana endi yarim kechada uyqu bosib, boshi garang bo’lib qoldi. Kichkina chavandozning egar ustida uxlab qolganini sezgan ot esa yurishini sekinlatib orqada qolib ketdi. Tong payti Alisherning oti nimanidir xurkib ketib, uni yiqitib yubordi. U qaerdaligini bilmay hayron bo’lib o’tirdi. Nihoyat, xushi o’ziga kelgach, bepoyon cho’lda bir o’zi qolganini ko’rib, juda qo’rqdi. Alisher otasidan, Iroq viloyati kun botish tomonda, Hirot- kun chiqishda, degan gapni eshitgan edi. Aqlli bola kun yorishib kelayotgan tomonga qarab yurib ketdi

Insonning eng qudratli boyligi Inson o’z aql-idroki,bilimi bilan barcha qiyinchiliklarni yengib o’tishga qodir. Bilim insonlarni barcha yomon,yaramas ishlardan tiyib turadi. Bilim egalari hamisha elda aziz bo’lganlar va hurmat qozonganlar. Mamlakat ishiga nafi tegadigan kishilar avvalo bilimli va donishmand kishilardir. Jahonda bilimdan ulug,bilimdan aziz narsa yo’q. Insoniyat rivojiga o’z hissasini qo’shadigan bilimli kishilar hozir olimlar deb ataladilar. Olimlar tabiat va jamiyat bilan bog’liq hodisalarni o’rganadigan,ulardan xulosa chiqaradigan va qonuniyatlarni aniqlab,o’zidan keying avlodlarga yetkazadigan insonlardir. Ularning mehnati bilan bebaho fikrlar xazinasi bo’lmish kitoblar dunyoga kelgan. Qadimgi vaqtda esa olimlar donishmandlar deb atalib,ular bir necha sohalar bilan shug’ullanganlar. Shunday qomusiy sharq olimlaridan Abu Ali ibn Sino,Muhammad al-Xorazmiy,Abu Rayhon Beruniylarning yaratgan asarlari jahon ilm xazinasining poydevorlari hisoblanadi. Barcha kashfiyotlar,insoniyat erishgan yutuqlar va hozirgi taraqqiyot olimlarining mehnati natijasidir. (130 so’z ,,O’zbek tili’’ darsligi)

Ilm xosiyati haqidaHadisi Sharif va islomning boshqa muqaddas kitoblarida ilm ezgulik, poklik,

insonlarni turli ofatlardan asrovchi vosita sifatida qaraladi. Ilm – bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik jaholatdir, deb uqtiriladi. Ilm - imon-e’tiqoddir va ular egizak sanaladi. Har qanday ilmli kishi esa o’z bilimiga amal qilgan holda odamlarga to’g’ri yo’l ko’rsatib, maslahat bermog’i lozim. Ilm-u hikmatlar o’tkinchi bir narsa emas, u uzoq yillar insonlar bilan birga yashaydi.

Hikmatlarda ilmli kishi mevali daraxtga o’xshatiladi. Ilm kishilarni odillik va odamiylikka undaydi. Suv yer chanqog’ini qondirganidek, ilm ham kishilarga ezgulik,yaxshilik keltiradi.

Page 13: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Ilm va hikmat o’rganmoq mo’min kishining yuksak fazilatidir. Chunki ilm-kishilarga tayanch, rahnamo, zeb-u ziynat.

Ilm - sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlarda madadkor.

(115 so’z. “Oz-oz o’rganib dono bo’lur”)Sumalak

Sumalak – xushxo`r va tansiq taom. Sumalak tayyorlash uchun bug`doy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. So`ng uch kun ivitib qo`yiladi. Bug`doy nish urgach, toza taxta ustiga 1-1,5 santimetr qalinlikda yoyilib, quyosh tushmaydigan joyga qo`yiladi. Bug`doy unib chiqqunga qadar har kuni ertalab suv sepib turiladi. Bug`doy maysasi igna bo`yi bo`lgach, maysa qiymalanadi, ustidan suv quyib aralashtiriladi, sharbati dokadan suzib olinadi. Shu tariqa sharbati uch marta olinadi. Qozonda paxta yog`i dog`lanadi, yoqqa un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olovda qaynatiladi. So`ngra, ikkinchi, uchinchi suzilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Sumalak tagiga olmasligi uchun qozonga 15-20 ta yong`oq yoki silliq toshchalar yuvib solinadi va beto`xtov kovlab turiladi. Sumalak 10-12 soat qaynashi lozim. Sumalak pishgach, qozonning olovi olinib, 2-3 soat davomida dimlab qo`yiladi.

Inson quvvatlariOdamzod ibtidosidan bo`ladigan quvvatlar so`zlash quvvati, tanlash quvvati, xayol

quvvati, sezish quvvatlaridir. Bulardan so`zlash quvvati shunday quvvatki uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq-atvoridagi xunuk va go`zal harakatlarni ajrata biladi va bajarilishi zarur bo`lgan –bo`lmagan ishlarni ado etadi, shu bilan birga zararli yoki foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni fahmlaydi.

Tanlab olish xosiyatiga kelsak buning yordamida inson biror narsani istaydi yoki undan qochadi, unga beriladi yoki undan jirkanadi, undan ta’sirlanadi yoki tortinadi. Buning natijasida nafrat va muhabbat, do`stlik va dushmanlik, qo`rqinch va qo`rqmaslik, g`azab va rozilik kabi his–tuyg`uga oid holatlar paydo bo`ladi. Xayol etish xosiyati esa his etilgan, sezilgan narsalar ko`zdan yo`qolgandan keyin uning shakli va qiyofsini xotirada saqlab qolishdir.

Kitob – oftobKechqurunlari uyimizda hamma kechki ovqatga yig‘ilganida dasturxon atrofida

suhbat qizib ketar edi.Dadam shunda o‘zlarining yoshliklari o‘tgan zamondan, o‘sha biz uchun afsonaga

o‘xshagan voqealarni aytib, ba`zan kuldirib, ba`zan o‘yga toldirib qo‘yar edilar.Bu suhbatlar bir xil mavzularda bo‘lar edi.Ba`zan suhbatlar munozara, bahsga aylanib ketar edi.

Dadam bir pas bo‘sh vaqtlari bo‘lsa o‘qirdilar, mashinada ketayotib ham, samolyotda uchayotib ham, kemada suzayotib ham kitob o‘qir edilar. Agar bizning uyimizga keladigan gazeta, jurnallarning nomini eshitsangiz hayron bo‘lardingiz. Dadam obuna uchun pul ayamas edilar. Shuncha yozishlari, do‘stlari, qarindosh-urug‘lari, yor-birodarlari bilan muloqotda bo‘lishlaridan tashqari o‘qishga, albatta, vaqt topar edilar. Eng yaxshi ko‘rganlari

Page 14: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

kechasi o‘qish edi. Yotoqxonalarida tumboсhkada har kuni kechasi o‘qish uchun kitob g‘amlab qo‘yar edilar.

(113 ta so‘z)

RayhonShiyponning o‘ng tomoni katta gulzor. Atrofiga jambil, rayhon o‘rtasiga anvoyi xil

rangdagi atirgullar ekilgan. Choyxonaga kelgan kishi bir nafas gulzor yonida turib, rayhonlarni silkitishdan, to‘yib-to‘yib hidlashdan o‘zini tiyib turolmaydi. Shu zaylda rayhonlar ertayu kech tinim bilmay silkinadi. Райҳон hidini butun tolzor bo‘ylab taratib, dimoqlarni chog‘ qiladi.

Gul shaydosi Orif otaning-ku, ertayu kech chakkasida rayhon. Tong pallasida bir dastasini do‘ppi tagidan qistirib olganicha, yostiqqa bosh qo‘yadi-yu, rayhonni yoniga tashlaydi. Hidi kelib turmasa ishidan yanglisharmish, uyqusi qocharmish. Orif ota gullar ta’rifini hikoya qilguday bo‘lsa, hamsuhbatining og‘zini ochirib qo‘yadi. Bitta rayhonning necha turini sanab, biridan-birining farqini aytib beradi. Uning nazarida, gullar ichida, nainki gullar, jamiki nabotot olamida rayhondek xushbo‘yi yo‘qmish. Huda-behudaga so‘lib, qurimaydi. Dimog‘ingni chog‘ qilsa, oshingni xushta’m qiladi.

(115 сўз, Rahmat Fayziy)Vijdon

Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati,qilmishi,fe`l-atvori uchun oila,jamoat ,jamiyat va Vatan oldida ma`naviy mas`uliyat his etishidir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsni ijobiy xatti –harakatlarga undab va shunga moyil qilib,o‘z faoliyatiga o‘zi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi nohaq , adolatsiz ishlardan g‘azabga keladi, bularga qarshilik bildiradi; o‘z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand bo‘lsa, yomon tomonlaridan norozi bo‘lib, ruhan eziladi, ya`ni vijdon azobiga uchraydi. Vijdon- tug‘ma xislat deyuvchilar ham bor. Vijdon – kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta`lim – tarbiyasiga bog‘liq , deb hisoblovchilar ham mavjud. Biz o‘zimizning turmush tajribamizda aslida vijdonsiz kimsaning voyaga yetib, o‘qimishli, katta odam bo‘lib yetishganidan keyin vijdonli bo‘lib qolganini uchratmadik. Vijdon ko‘p yoki oz bilimlilikka , boy yoki kambag‘al bo‘lishlikka, oddiy yoki mashhurlikka bog‘liq emas.

(120 ta so‘z) Ota-ona – oltin qanot

Jahonning hamma xalqlari kabi o‘zbek xalqi ham qadim-qadimdan ota-onani olamda eng ulug‘, eng mo‘tabar, eng muqaddas zot deb biladi va o‘z dunyoqarashida, yozma va og‘zaki adabiyotida, san`atda, kundalik muomalasida, ibratli so‘zlarida ota-onaning farzand uchun qanchalar qadr-qimmatli, mehribon, madadkor, ma`naviy tayanch ekanligini qayd etadi. Ularni umrbod e`zozlash, izzat-hurmat qilish, qadriga yetish, boshiga ko‘tarib yurish, ularning gapini yerda qoldirmaslik, aytganini qilish, nasihatlariga quloq solish, dilini og‘ritmaslik, la`nat-u qarg‘ishiga qolmaslik, aksincha, yaxshilik qilib, oq sutini oqlab, ularni rozi qilib, olqish-u duosiga sazovor bo‘lish, ularning boshlagan ishlarini, an`analarini davom

Page 15: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

ettirish nihoyatda zarur, eng muqaddas burch ekanligi qayta-qayta uqtiriladi. Buyuk shoirimiz Navoiy bu haqda shunday deganlar: Boshni fido ayla ato qoshig‘a, Jismni qil sadqa ano boshig‘a. Tun-kuningg‘a ylagali nur fosh, Birisin oy ayla, birisin quyosh.

(127 ta so‘z. “Hikmatnoma” kitobidan)Ona allasi

Musiqa hayratli va takrorlanmas hodisa. Bu bizning tuyg‘ularimizni junbushga keltiradi, to‘lqinlantirib, ko‘ngillarimizga huzur beradi, ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi, ezgulikka undaydi, ma`naviy boyitadi. Musiqaning mudom “yashashi” uchun tabiiy sharoit va ehtiyoj mavjud. Ajdodlar tomonidan to‘plangan musiqaviy san`atlar muntazam ravishda boyib, takomillashib boradi. Mana shu jarayonda bola ilk qadamlaridanoq hayotbaxsh musiqadan bahramand bo‘ladi. Ona allasini ham san`atning musiqiy-hayotiy shakllari silsilasiga kiritish mumkin. Alla bolani uxlatish uchungina mo‘ljallangan oddiy qo‘shiq emas. U ona va bola orasidagi umumiy, asrlar davomida saqlangan maxsus munosabatlar uchundir. Ona allasi shaklini olgan bu munosabatlar onadan bolaga o‘tmishdagi ajdodlar donishmandligining o‘tishiga, bolaning hayotga tabiiy kirib kelishiga imkon yaratadi, uni tarbiyalaydi. Ona allasi faqat onaga xos bo‘lgan hissiy noziklikni ifodalaydi hamda qalbining tub-tubidan chiqib keladi. Ona butun vujudi, ruhiyati bilan sug‘orilgan ohanglar vositasida o‘zining eng muqaddas, eng ezgu tuyg‘ularini, orzu-istaklarini farzandiga yetkazadi, ana shu asnoda uni tarbiyalaydi.

Vatan tarixiHar bir viloyatda yoki qishloqda tariximiz zarvaraqlariga oltin harflar ila bitilsa arzigulik

kashfiyotlar yashirin . Bular odob va odatimizda ,tabiatimizda yashaydi . Rahmatlik bobom aytgan edilar:Forobiy Toshkentga kelganida Beshyogochdagi madrasada tahsil olgan ekan . Abdulla Avloniy uning ruhini shod etib , xuddi o‘sha yerga o‘z maktabini qurdi . Chirchiq daryosi toshib , Forobiy kitob mutolaa qilgan kutubxona binosi buzilganda bir hafta suvda kitob oqqan ekan. O‘sha kitoblarni kim o‘qigan ? Qadimshunoslar uzoq Surxondaryodagi Dalvarzintepadan Budda haykalini topishibdi.Budda dini hukmron bo‘lmish Yaponiya ziyolilari esa hayratda qolishibdi.Endi esa o‘sha yapon olimlari o‘zbek arxeologlari bilan hamkorlikda Dalvarzintepani o‘rganishmoqda. Budda dini bizning sarhadlarimizga qaysi yo‘l bilan tarqalgani-yu u Yaponiyaga qanday borib qolganini aniqlashmoqda.Sarhadimizda qanday qonunlar kashf qilingan yoki hukm surgan bo‘lsa, o‘sha odatimizda qolgan desam ishonasizmi? (117 so‘z)

Vaqting ketdi — baxting ketdi Insonning hamma vaqti ham ish, o‘qish bilan band bo‘lavermaydi. Aytaylik, ota-onaga qarashish, darsda bo‘lish, darsga tayyorlanish, maktab yoki boshqa muassasalarda,

Page 16: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

jamoat ishlarida qatnashish bilan bir qatorda orada bo‘sh vaqt ham bo‘ladi. Ana shu bo‘sh vaqtdan unumli, maqsadli foydalana bilish, uni bekorga ketkazmaslik ham oqilona ishlardandir. Ammo, ayrim bolalar bo‘sh vaqtlaridan to‘g‘ri foydalanmaydilar. Eng noyob boylik — bo‘sh vaqtini behudaga o‘tkazib, bir-birlari bilan gaplashib o‘tirish, arzimagan mayda-chuyda narsalar ustida bahslashish, ko‘cha-ko‘yda sanqib yurish bilan kun o‘tkazuvchi bolalarni ko‘rib afsuslanasan, kishi. Жismoniy va aqliy yetuk inson bo‘lib yetishuvida bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, undan oqilona foydalana bilish muhimдир. Dono xalqimizning: «Vaqtning qadriga yet», «Vaqting ketdi — baxting ketdi» deyishi xuddi ana shu bo‘sh vaqtni qadrlay olish, undan unumli foydalanishni ko‘zda tutib aytilgan.

( 114 So‘z, Malik Murodov “Oltin sandiq ochildi” to‘plamdanAjoyib qo’lyozma

G‘iyosiddin kichkina qish kunlari o‘z uyida bo‘lgan o‘tirishlardan birini unutmaydi. Anchagina mehmonlar yig‘ilgan. Shirin suhbat boshlangan.-Aziz mehmonlar, bugun men sizlarga san’atning nodir bir asarini ko‘rsatmoqchiman. G‘iyosiddin shunday dedi-yu, tokchadan bir ajoyib qo‘lyozma asarini oldi. Kitobga xattotning ham, naqqoshning ham, muqovasozning ham xiylagina mehnati singganligi ko‘rinib turardi. Shohidbek silliq qog‘oz betiga zo‘r mahorat bilan zarhal naqsh chizilgan. Sahifaning keng havorang hoshiyalari zarhal kumush rasmlar bilan bezalgan. Qo‘lyozma qo‘ldan qo‘lga o‘tar ekan yuqoridanmi, o‘ymakor eshik ortidanmi mayin musiqa eshitildi. Kuy gohi yaqinlashar, goh yana uzoqlashardi. Uyga naychi kirib keldi. Unga javob qilganday, uyning bir burchagida o‘tirgan yana bir sozanda g‘ijjak chalib yubordi. Hamma jim bo‘lib, mungli, lekin orombaxsh kuyga quloq soldi.

(110 ta so‘z)Uloqda

Handalak tilimi shaklidagi jarlik tepasida tumonat odam. Baqir-chaqiriqlar avjida. Ko‘pchilikning ko‘zi uloq olib ketayotgan chavandozga qadaldi. Chavandozning birinchi bor omadi yurgan bo‘lsa kerak, otining tez chopayotganiga ham qoniqmay, qamchilagani-qamchilagan. Hovliqqanidan atrofdagilarga qo‘shilib ovozi boricha “hayt-huyt” lab, o‘zini ko‘rsatish uchun pakkaga to‘g‘ri yo‘l qolib, egri yo‘ldan aylanib borardi. Yigit uloqni pakkaga tashlagach, ortidan quyundek yopirilib kelgan uloqchilar uymalashib qolishdi. Ular yerdan echkini olgunlariga qadar orqadan yana bir to‘da uloqchilar ham yetib kelishdi. Chavandozlar uloqqa yopishar, otlar tuyog‘idan qadam bosishga joy yo‘q. G‘ij-gij to‘daning ustidan quyuq hovur ko‘tariladi. Ur-sur, to‘polon. Qamchilar havoda uchar, otlar jon-jahdlari bilan kishnar, chavandozlar baqirardi. Qo‘llar uloqqa cho‘zilgan, ba’zilar tutgan, ba’zilari tutolmagan.

Page 17: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Chavandozlar soydan esayotgan izg‘irinni ham, kutilmaganda kelib tushgan qamchi zarbini ham o‘yin qizig‘ida sezishmasdi. Go‘yo ular tasodiflarga boy mana shu uloq o‘yini uchun tug‘ilishgandek.

(133 ta so‘z)Navro‘z

Navro‘z juda ham qadimiy, shu bilan birga muttasil yangilanib borayotgan bayramlarimizdan biridir. U sharq xalqlarining muhtarak ijodi bo‘lib, har bir millat va elat o‘z turmush va yashash tarzi, uf-odatalri doirasida uni nishonlab keladi. Shuning uchun ham Navro‘z, bir tomondan sof milliy, ikkinchi tomondan, baynalminal bayram sifatida rivojlanishda davom etmoqda. U uzoq o‘tmishdan bizning kunimizgacha ulug‘vor qadryatlarimizdan biriga aylandi. Navro‘z bayrami, uning tarkibi va ota-bobolarimizning ko‘klamni e’zozlashi, suv, olov, tuproq, quyoshga e’tiqod bilan bog‘liq urf-odatlari, marasimlari, qadimiy e’tiqodlardan tortib, bugungi zamondoshlarimizning ilmiy, badiiy qarashlarigacha bo‘lgan ma’naviyat olami singib ketgan bo‘lib, bu bayramn insoniyat, madaniyat rivojining har bir yutug‘idan doimo, kuch va quvvat olib turdi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va insoniyat falsafiy-estetik tafakkuri darajasiga ko‘ra doimo boyib boradi.

(117 so‘z) To‘g‘rilik

Aytishlaricha, qadim-qadim zamonda bir podsho koshona qurdirishni ixtiyor etibdi. U mashhur hunarmand ustalarni huzuriga chaqirib, maqsadini aytibdi. Ustalar reja tuzib, eng to‘g‘ri, kam-ko‘sti yo‘q, baland ustun axtarishib, shahar-u qishloqlarni kezib chiqishibdi. Nihoyat, yolg‘iz yashovchi keksa ayol hovlisidagi azim terakni tanlashibdi. Ular kampirga tilla tangalar berib, terakni kesib olib ketibdilar. Uni saroyning o‘rtasiga o‘rnatibdilar, zarhal naqshlar bilan-ishlov beribdilar. Ustun esa saroy chiroyini yana ham ochib yuboribdi. Saroy bitgach, odamlar uni tomosha qilgani kelishibdi. Saroyni ko‘rish uchun kelgan kampir ham ustunga qarab: «To‘g‘ri o‘sganing uchun mana shunday bezanib, el e'tiborini tortib turibsan. Egri bo‘lib o‘sganingda o‘tin bo‘lib, yonib kul bo‘larding. To‘g‘rilik senga shunchalar izzat-ikrom baxsh etdi. Shu tufayli men ham yo‘qchilikdan qutulib, turmushim yaxshilanib ketdi», - degan ekan.Demak, to‘g‘rilik, halollik insonni kamolot sari yetaklaydi.

Maktab-ulug‘ dargoh Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l avvalo ta`lim-tarbiyadan boshlanadi.

Shuning uchun qachonki bu haqida gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot- o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.

Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas`uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma`naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini yaxshi tasavvur qilamiz.

Bu yorug‘ olamda har bir odam o‘zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimiga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Inson o‘z umri davomida qanday

Page 18: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz.

Muxtasar aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi.Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o‘ylaymanki , ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chindan ham, o‘qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, o‘z o‘quvchilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mo‘tabar zotdir. Ona tilimizda “maktab ko‘rgan”, “maktab yaratgan” degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning , zahmatkash o‘qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o‘rin tutishidan dalolat beradi. (I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asaridan)

Har narsadan aziz Olam gultoji hisoblanmish inson uchun tabiat bitmas-tuganmas ne`matlar ato etgan. Bug`doy-shu ne`matlarning bittasi xolos, oltinday sarg`ayib egilgan, hududsiz maydonlarda mavjlanib yotgan bugdoyzorlar ming yillardan buyon odamzot rizqining manbai hisoblanib kelgan. Bug`doyning inson hayotidagi ahamiyati haqiqatan beqiyos. Hozirgina tegirmonda tortilgan undan yopilgan yangi nonning xushbo`y ta`mini tasavvur etib ko`ring. U har bir kishida qaytarilmas, latif xotiralarni uyg`otadi. O`zbek xalqining milly belgilaridan biri tandir bo`lsa, ikkinchi belgi, shubhasiz, nondir. Nonning turfa xil turlari bor: patir, gijda ,shirmon, gulobi, obinon, yog`lama, kulcha, xon noni, lochira… Ularni sanab chiqishning iloji bormikin? Nima bo`lganda ham ajdodlarimiz asrlar bo`yi ko`zga surtib, e`zozlab kelgan nonda chindan ham g`aroyib xususiyatlar bor. U zakovatning takrorlanmas mo`jizasi, quyoshning kichik bir ramzidir. U hech qachon ko`ngilga urmaydi, aziz-u mo`tabar ne`mat bo`lib qolaveradi.

(123 so’z)Yil fasllari

Yer quyosh atrofini bir yilda bir marta aylanib chiqadi.Shu davrda u o`z sirtini quyoshga har tomonlama tutib beradi.Quyosh osmonda baland ko`tarilganda uning nurlari yerga to`g`ri tushib,uni kuchliroq qizdiradi va yer yuzi issiq bo`ladi.Quyosh uncha baland ko`tarilmay,uning nurlari yerga qiyalab tushganda,u yerni paypaslab o`tib ketgandek bo`ladi va yer yuzida sovuq turadi.qishdan keyin bahor,bahordan keyin yoz keladi.Yozning qoq o`rtasida,22-iyunda yozgi quyosh turishi yuz beradi.Endi yoz o`zining haqiqiy kuchini ko`rsaatdi.Kunlar juda isiydi,bolalar suvdan chiqmay qolishadi.Meva va sabzavotlar,poliz

Page 19: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

ekinlari g`arq pishadi.Bozor va ko`chalar qovun,tarvuzlarga to`lib toshib ketadi.Biroq hademay kuz yaqinlashib,uning ba’zi alomatlari paydo bo`la boshlaydi.

(110 ta so`z)Ona yurt sog`inchi

Tug`ilib o`sgan uyim,mushtipar onajonim,bolaligim o`tgan qishlog`imni,mehridaryo hamqishloqlarimni sog`indim.

Qishlog`imni eslaganimda yuzidan nur yog`ilib turuvchi,oppoq ro`molli momolar,nuroniy bobolar,qoshlariga o`sma tortgan dilbar kelinchaklar,tog`ni ursa talqon qiladigan,Alpomishdek hushsurat yigitlar ko`z oldimda gavdalanadi.U yerda shirinso`z,qalbi qaynoq,bir-biriga mehribon insonlar bir-birining baxtidan quvonib,g`amlariga sherik bo`lib yashashadi. Qishloqning sho`x,chaqqon kelinchaklari hali quyosh ko`tarilmay turib,hovli va ko`chalarni orasta qiladilar.Qishloq shunisi bilan qadrdon,shunisi bilan sevimli…

Ona qishlog`im,sening so`lim go`shalaringni,shildirab oqib turgan jilg`alaringni ko`cha to`la bolalaringni qo’msayman.Ajabo,qanchalar shirin-a,vatan tuyg`usi…(96 so’z)

Milliy bog` O`zbekiston poytaxti Toshkentdagi katta Milliy bog` har kuni dam oluvchilar va bolalar bilan gavjum. Bog`ning kiraverishidagi yangi oshxona mijozlar xizmatiga shay.Baquvvat to`sinlarga o`rnatilgan oshxona tomi ertaklardagi bahaybat qo`ziqoringa o`xshaydi.Suv to`ldirilgan marmar hovuzda tanga baliq va xon baliqlar suzib yurishibdi.Orqa tarafdagi archazor xiyobonda oq,qizil,sariq atirgullar barq urib ochilgan.Bahor tashrifidan yashnagan gulzor,hazrati inson mehnatiga tasannolar aytayotgandek,mayin,yoqimli hidlar taratib asta tebranadi.Atirgullar iforiga maftun turfarang kapalaklar guldan gulga qo`nib,yayraydilar… Har xil attraksionlar bolalarga quvonch ulashadi.Ularning shodon qichqiriqlari farovonlik, tinchlikdan darak beradi. Bolalarning beg’ubor ko’zlaridagi quvonchni ko’rib, ota-onalar shunday kunlarga shukronalar aytadilar. Jannatmakon yurtimizda tinchlik barqaror bo’lsin!

Alla O`tgan zamonda bir oilaning qizchasi yo`qolib qoladi.Qizchasi katta bo`lib voyaga yetgan chog`ida ota-onasi uni topishga muvaffaq bo`lishadi.Biroq qizcha ota-onasiga yotsirab qaraydi,uydan chiqib ketishini hamda avvalgi joyiga qaytishini istaydi.Shunda bechora ota-onasi hech bo`lmasa bir kecha tunab ketishini undan iltimos qiladi.Qiz rozi bo`ladi.Yarim kechada onasi uyqudan turib beshikda yotgan ukasini uxlatish maqsadida alla aytadi.Shu payt qizning uyqusi qochib allaga quloq tutadi va ona mehrini tuyib,o`zini ona bag`riga otadi. Siz mening chin onam ekansiz,-deydi u onaizorni quchoqlab.Chunki uni ham yoshligida onasi alla aytib uxlatar edi.Alla sehri orqali ular murod-maqsadiga yetishadi. (100 ta so`z)

Samoviy “radioko`z” Yaqinda Ukraina Fanlar akademiyasining radiofizika va elektronika institutida samoviy “radioko`z” yaratildi.Ko`zning o`tkirligi bilan endi u shimol yo`llarida har qanday navbatchining ishini bajarishi mumkin.Bu yo`l bilan kemalar kuzatuvini ta’minlasa ham

Page 20: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

bo`ladi.Yer sathining tuzilishini masofada o`rganadigan radiolokatsio sistemaning yangi,sanoat uchun mo`ljallangan nusxasi yerning “Kosmos-1976” sun’iy yo`ldoshiga o`rnatilgan. “Radioko`z” qorong`uda ham qalin butalar orasida Qutb kechasini ko`ra oladi.Radio to`lqinlar yer sathidan bir xil bo`lib qaytmaydi.Signallarning intensiv oqimidan quruqlik hamda suvni,har xil qalinlikdagi muzliklarni,yoriqlarni,tepaliklarni,muzdagi kanallarni,aniq ilg`ash mumkin.Yangi lokator birinchi sinovdayoq Antarktida muzliklarida yo`qolib qolgan “Mixail Somov”dizelelektroxodini qutqarishda katta yordam berib,o`zini oqladi.(95 ta so`z)

Yangi yil dasturxoni Yangi yil dasturxoni alohida did va mahorat bilan bezatilgan bo`lishi

kerak.Ziyofatning chiroyli va serfayz o`tishi uchun qanday mahsulotlar,taomlar tayyorlash kerak ? Axir yangi yildagi har bir taom o`zining ramziy mazmuniga ega.Go`shtli,baliqdan tayyorlangan taomlar yangi baxt-saodat va to`kinlik timsolidir.Agar dasturxon shirinliklar va noz-ne’matlarga to`la bo`lsa, butun yil bo`yi hayot shirin kechadi, degan naql bor.Uzum shingili esa mo`l-ko`llik,xonadondagi tinchlik va baxtiyorlik ramzidir.Naq soat 12 da, soat bong urishi bilan 12 dona uzumni yeyish kerak,deb hisoblashadi.Bunda har bir dona uzum bir niyatni ko`zlab yeyilar emish.Bayram ko`ngildagiday o`tishi uchun kuyunchak uy bekalari oldindan qizg`in taraddud ko`rishlariga to`g`ri keladi.Mana, keeling, ularning pazandalik mahoratlariga baho bering: bu yerdan sarxil mevalar va chiroyli tortlar,baliq va xamirdan tayyorlangan taomlar,shakarpazlik mahsulotlarini va yangi salatlarni tanlab olishingiz mumkin.

DAVLAT MADHIYASIJahondagi har bir mustaqil davlat o'z madhiyasiga-gimniga ega.Madhiya - muayyan maqsadni ko'zlab bitilgan she'r asosida yaratilgan tantanali

qo'shiq.O'zbekiston Respublikasi mustaqil bo'lgach, Davlat madhiyasiga tanlov e'lon

qilindi.Tanlovda musiqasini mashhur bastakor Mutal Burxonov, she'rini taniqli shoir

Abdulla Oripov yozgan madhiya g'olib chiqdi.Bu madhiya 1992-yil 10-dekabrda O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi sifatida tasdiqlandi.

Madhiyada buyuk Vatanimiz, ozod va obod yurtimiz, buyuk tariximiz,porloq kelajagimiz kuylanadi. O'zbek zaminining boyliklar-ga konligi, xalqimizning ilm va ma'rifat bayroqdori ekanligi tarannum etiladi. Tinchliksevar elning asosiy boyligi uning istiqloli ekanligi madhiya mazmunining negizini tashkil qiladi.

O`zbеk udumlаriO`zbеk milliy udumlаri qаdimiy qаdriyatlаrimiz singаri uzоq o`tmishgа egа.

Хаlqpаrvаr vа mа’rifаtpаrvаr hukmdоrlаr аjdоddаn аjdоdgа o`tib kеlаyotgаn bundаy mаrоsimlаrni аvlоdlаrgа yеtkаzish, ulаrni ulug`lаshgа bоsh-qоsh bo`lgаnlаr. Shu tufаyli bu udumlаr хаlqimiz yurаgidаn jоy оlib, shоdlik kunlаrigа аylаnib qоlgаn.

Page 21: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

O`zbеk хаlqidаy bоlаjоn vа оrzu-hаvаsli хаlq bo`lmаsа kеrаk. Fаrzаnd ko`rish bilаn uning quvоnchi vа unutilmаs kunlаri bоshlаnаdi. Аqiqа to`yi, sunnаt to`yi, fоtihа to`yi, nikоh to`yi shulаr jumlаsidаndir. Bоlа tug`ilgаndа uning qulоg`igа аzоn аytish, to`ylаrdа ko`pkарi chоptirish, qiz bоlаni uzаtishdа yor-yor аytish kаbi udumlаr hеch qаchоn o`lmаydigаn, umrbоqiy аn’аnаlаrdir. Bulаrsiz o`zbеklаr hаyotini tаsаvvur qilish mumkin emаs. O`zbеk udumlаrigа bоshqа millаt vаkillаri hаm kаttа qiziqish bilаn qаrаshmоqdа. Bu udumlаr o`zbеk millаtining shоn-shаrаfi, fахr-iftiхоridir. (98 tа so`z)

Navro`z tashrifiMa'lumki, navro`z kelishi bilan butun tabiat uyg`onadi… Navro`z bizning

zamonamizda yangicha mazmun kasb etmoqda. Bu davlat bayrami, uni qanday millatga mansubligidan qat'iy nazar, har bir xalq-elat birgalikda baham ko`rib, tantana qiladi.

O`zbek xalqi qadimdan bag`rikengligi va mehmondo`stligi bilan tanilgan. Navro`z bahor bayramidan mehmondo`stlik ayyomiga aylanadi. Shuning uchun u baynalminal bayramga aylangan.

Xalqimiz yaxshi niyat bildirganda: «Tinchlik xotirjamlik bo`lsin, el-yurtimiz omon bo`lsin», - deb niyat bildiradi. Navro`zda inson ulug`lanadi va dillarda ezgu niyatlar tug`iladi.

Aytishlaricha, Navro`z tongi nimani orzu etsang, albatta, maqsadingga yetgaysan. Bobodehqonlarimiz to`kin-sochinlik bo`lsin, hosilimiz mo`l bo`lsin, deb duo qiladilar, biz yoshlar, ota-bobolarimizning eng yaxshi an'analarini, urf-odatlarini davom ettiramiz. Bahorni, Navro`zi olamni katta xursandchilik bilan kutib olamiz. (99 tа so`z)

Nаvro`z udumlаriShаrq хаlqlаridа Nаvro`z bilаn bоg`liq judа ko`p udumlар bор. Nаvro`z kuni оdаmlаr

оtа-оnаsi, yaqin kishilаri bilаn diydоrlаshgаnlаr. Nаvro`z kuni оsh bеrilgаn, urushlаr to`хtаtilgаn, оdаmlаr bir-birlаrining gunоhidаn kечib, bаyrаmni хursаndchilik bilаn nishоnlаshgаn.

Nаvro`zdа аtrоf-muhit, аriq-zоvurlаr tоzаlаnаdi, hоvli-bоg`lаr tаrtibgа kеltirilаdi.Nаvro`z dаsturхоnigа yеtti хil dаrахt shоhidаn nаmunа kеltirib qo`yilаdi. Ulаr: mаjnuntоl, zаytun, bеhi, аnоr, bоdоm, pistа, yong`оqdir. Shulаr qаtоridа qаtiq, sut, pishlоq, tuхum, bаliq vа yonib tuрgаn shаmlаr hаm qo`yilgаn. Sumаlаk Nаvro`zning аsоsiy tаоmi hisоblаnаdi. Sumаlаk ko`pчilik bo`lib tаyyorlаnаdi. Qishdаn esоn-оmоn chiqib оldik, dеb хоnаdоnlаrdаn bir kоsаdаn bug`dоy yig`ib оlinаdi. Аytishlаrichа, bir qоzоndаn tаоm еgаnlаr bir-birigа qаrindоshdеk yaqin bo`lib qоlishаr ekаn.(98 tа so`z)

MusiqaMusiqa odamlar e'tiboridagi san'at bo`lgani holda, uning o`ziga xos yashirin, sirli

jihatlari ham bor.Yaratgan biz – insonlarga ko`rish, hid bilish, ta'm bilish, sezish kabi xislatlar bilan bir

qatorda eshitish, tinglash ne'matini ham ato etgan. Og`zaki nutq orqali bayon qilingan fikrlarni eshitib idrok etamiz. Lekin musiqa ba'zan til tasvirlashga ojiz tuyg`ularni kishi qalbiga, ongiga osongina yetkaza oladi. Musiqalar turlicha bo`lib, ba'zilari insonni

Page 22: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

ruhlantirib, qalbini yumshatib, ezgu his-tuyg`ular uyg`otgani holda, ba'zilari odamlarning asabiga tegib, ongida parokandalik uyg`otadi. (75 tа so`z)

Navoiy obidalariUlar atrofga ko`z yugurtirishdi. Uzoqda qorli Muxtor tog`lari. Pastda kuz kirib, suvi

shildirab qolgan Injil anhori. Uning chap sohilida mashhur Gavharshod begim madrasasi savlat to`kib turibdi. Navoiy qurdirgan Ixlosiya madrasasi Injilning o`ng qirg`og`ida –Gavharshod begim madrasasiga yuzma-yuz tushgan edi. Ixlosiyadan narida bemorlar davolanadigan, ayni vaqtda yoshlarga tibbiyot o`rgatadigan Infoiya nomli shifoxona-madrasa. Undan narida ulkan gumbazli Xosiya xonaqohi. Katta bir mahallaning o`rnini oladigan joy Alisher Navoiy qurdirgan nodir obidalarga to`lib, Hirotning salobatiga salobat qo`shgan edi.

RivoyatBuyuk alloma Abu Rayxon Beruniy haqida shunday rivoyat bor. Olim o`lim

to`shagida yotganida huzuriga shogirdlaridan biri kiribdi. Bilibdiki, ustozining sanoqli daqiqalari qolibdi. Kutilmaganda ustozi xuquqshunoslikka oid bir masalani sharhlab berishni so`rabdi. Bu ancha chigal masala ekan. Shogird uning qiynalishini istamabdi.«Avval sog`ayib oling, keyin bir gap bo`lar, hozir shu muammoni bilishingiz shartmi?-debdi.Beruniy hazil qilibdi. «Bilaman, ahvolim og`ir, ammo ketadigan bo`lsam, shu narsani bilmasdan ketgandan ko`ra bilib ketganim yaxshida!!-debdi.Shogird Beruniyning huzuridan chiqib ellik qadam yurar-yurmas, chopar kelib alloma hayotdan ko`z yumganini aytdi.

BoburBobur yozi bilan tog`larda yurdi. Shahrisabzdan Hisorga, undan Fondaryo bo`ylariga

oshib o`tdi. Samarqand beklari butun navkarlari bilan Hisor hokimi Hisravshoh tomoniga o`tib ketdi, Andijondan Bobur bilan kelgan odamlarning ko`pchiligi Iskandarko`l bo`ylaridan O`ratepa orqali Farg`ona vodiysiga qaytdilar.

Jang-dovullar bu xabarlarning hammasini Shayboniyxonga allaqachon yetkazgan edilar. Boburning bir necha yuz kishi bilan tog` orqasida qiynalib yurganini aniq biladigan Shayboniyxon endi uning Andijonga qaytib ketishiga yoki O`zgantdan narida xonlik qilayotgan tog`asi Olachaxon oldiga borishiga shubha qilmas edi. Shayboniyxon yov hujum qilishini kutmas, shuning uchun shaharda besh yuz kishilik qo`shin qoldirib, o`zi asosiy lashkari bilan shahardan naridagi Xo`ja Diydor degan joyni qarorgoh qilgan edi.

Ota yurtga muhabbatOta yurtga cheksiz muhabbat degani atrofdagi bepoyon dunyodan yuz o`girib, bir umr

o`z yurtingdan tashqari chiqmasdan yashash kerak degan ma’noni anglatmaydi. Agar biz o`z qobig`imizga o`ralib qolsak, hech qachon har taraflama taraqqiyotga erisha olmaymiz.

Misol uchun, yurtimiz yoshlari hozir dunyoga sochilib ketganlar. Birlari ta'lim olgani oshiqqan bo`lsa, boshqalari xorijdan kasb-hunar o`rganib kelish uchun ketganlar. Axir, ota-bobolarimiz: «Yurgan – daryo, o`tirgan – bo`yra», deb bekorga aytishmagan. Aslida ham

Page 23: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

shunaqa: kuch quvvating bor paytda dunyo kezib, ilm olishing, boshqa xalqlar va mamlakatlar hayotini o`rganishing lozim. Biroq, yer yuzasining qay bir burchagida yurmagin, ota yurt sen uchun yagona. U bilan ma’naviy aloqani uzib yubormasang, hayotda o`z munosib o`rningni yo`qotmaysan. Chunki, begona yurt, begona havo, begona suv hech qachon Vatan o`rnini bosolmaydi.

Nafsilambirini aytganda, qachonki Vatan omon ekan, biz ham omon bo`lamiz! Mutal Burxonov

Tabiatdagi o`ziga xos nozik tarovatlarni shoirlar she'rga solsa, musavvirlar bo`yoqqa ko`chiradi, musiqachi esa kuy va qo`shiqlarda ijro etadi. Kompozitor Mutal Burxonov qadimiy Buxoroda o`sdi. U qadimiy obidalar sehri, tabiat go`zalligidan qattiq ta'sirlanar, qalbida ajib tuyg`ular jo`sh urar, quvonchdan vujudi to`lib-toshib nimadir aytgisi, cho`qqilarga qarab hayqirgisi kelardi. Bularning hammasi bir kuni kuy, qo`shiq, yirik shakldagi musiqa asarlari bo`lib otilib chiqdi. Uning ijodi o`zbek musiqasining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etdi.

Ustoz asarlarining fazilatlaridan biri milliylikdir. Mutal Burxonov musiqa, san'atimizni rivojlantirib, bir qator yangi musiqa asarlari bilan boyitdi. Ustoz yaratgan nodir asarlar asl san'at namunasi sifatida yillar osha yashaydi. (94 tа so`z)

Yunus RajabiyO`zbek xalqi dunyoga fan va madaniyatning boy yodgorliklarini berdi. Sharq olimlari

qoldirgan asarlar hali ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Ular respublikamizda fan va madaniyatning rivojlanishi va gullab yashnashiga katta ta'sir etmoqda.

Boshqa ilmlar qatorida musiqa ham san'atga oid fanlarning yirik tarmog`i - qadimiy merosidir. Xalq yaratgan kuy va qo`shiqlar avloddan – avlodga o`tib, hozirgi kungacha yetib keldi.

O`zbek musiqasining bilimdonlaridan biri bastakor va olim Yunus Rajabiy bu sohada faol ish olib bordi. U o`zbek musiqasini o`rgandi, to`pladi, qayta ishladi. 1960 yilda Yunus Rajabiyning «O`zbek xalq musiqasi» nomli besh tom`li kitobi nashr etildi. Bu besh to`mlik asar o`zbek musiqa madaniyatida katta voqea bo`ldi. Xalq madaniy merosini hurmat ila saqlab kelgan, o`zbek musiqasini yanada rivojlantirgan akademik Yunus Rajabiy haqiqiy musiqashunos olim edi.

(98 tа so`z) Vatan tuyg`usi

Bizning orzu- niyatlarimiz ko`p va ulug`. Xalqimizda o`zi pok, dili pok, niyati holis kishilarni yaratganing o`zi qo`llaydi, degan gap bor. Maqsadlarimizga erishish uchun oldimizda turgan to`siq va g`ovlarni yengib o`tishimizga ishonchim komil. Butun aql –zakovatimiz, salohiyatimizni yurtimizning gullab –yashnashi, xalqimizning farovon hayoti, xalqaro maydondagi obro`-e'tiborining yanada oshishi uchun safarbar eta olishimizga shubha yo`q. Bugun har bir vatandoshimizning Vatan menga nima berdi, deb emas, men o`zim xalqim, jonajon vatanim uchun nima qilmoqdaman, mustaqillikka, elimga qanday hissa

Page 24: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

qo`shmoqdaman, degan tuyg`u bilan yashashiga erishsak, yurtimiz obod, davlatimiz ozod, bobolarimiz ruhi shod bo`lar edi.

BoburBugun o`n yetti kundirki, Bobur Hirotda, Alisher Navoiy istiqomat qilgan muhtasham

Unsiyada yashaydi. Unsiyaning baland peshtoqlari, milliy gumbazi, oftobda jilolangan rang - barang naqshlari Boburga Samarqanddagi Ulug`bek madrasasini eslatadi. Lekin Unsiyaning to`rt tomonidagi to`rtta minorasi Ulug`bek madrasasinikidan balandroq, binoning hajmi, bezaklari yap-yangi edi. Unsiyaning ichidagi xonalardan bir qanchasini Navoiyning shaxsiy kutubxonasi egallagan. Bobur kutubxonadagi kitoblarni varaqlaganda, ularning ba'zi joylarida ulug` shoirning dastxatini ko`rdi-yu, Samarqandda undan olgan maktubni esladi. Navoiyni ko`rishga muyassar bo`lolmagani uchun yuragini ma'yus tuyg`ular chulg`adi.

Kutubxona eshigi oldiga chiroyli bir javonga o`xshash katta soat qo`yilgan. Belgili vaqtlarda bu soatning tepasidagi jajji haykalcha harakatga keladi-yu, oltin bolg`achalar bilan ohangdor qilib zang chaladi. Bunday soat yasash g`oyasini soatsozga Navoiyning o`zi aytib, maxsus buyurtma bergan edi. (109 tа so`z)

Ulug`bekUlug`bek yoshlik davrida bobosi Amir Temur bilan ko`p yurishlarda qatnashgan.

Temur vafotidan keyin hokimiyat Ulug`bekning otasi Shohrux qo`liga o`tdi. Shohruh Xurosonda hukmronlik qiladi. Movarounnahrni o`g`li Ulug`bekka topshiradi. U vaqtda Ulug`bek 15 yoshda edi. Ulug`bek «Bibixonim» masjidi, «Go`ri Amir» maqbarasi, «Shohizinda» inshootlarining qurilishini tamomladi. U ko`p yerlarda bog`lar yaratdi. 1417-1420 yillarda ajoyib madrasa qurdirdi. Bu madrasa tarixda Ulug`bek madrasasi deb ataladi. Ulug`bek keyinchalik Samarqandda rasadxona qurdirdi.Rasadxonani o`sha vaqtdagi eng mukammal asboblar bilan ta'minladi.

Ulug`bek o`z davrining buyuk olimi, astronomi, shoiri va faylasufi edi. U rasm, musiqa kabi san'at turlari bilan ham shug`ullangan.

Ulug`bek davrida Samarqand ilm markaziga aylangan edi.Ulug`bek yaratgan ilmiy ishlarning eng kattasi «Astronomiya jadvali» asaridir. U o`rta asr Sharq astronomiyasining eng so`nggi asari hisoblanadi. 97 tа so`z

Abu Rayhon BeruniyO`rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy 973 yili Xorazmda tug`ildi.

U boshlang`ich ma'lumotni shu erda oldi. O`sha vaqtda Xorazmda fanning turli sohalarida shuhrat qozongan ko`plab olimlar yashagan. Abu Rayhon Beruniy ulardan ta'lim olgan. U sharqning boy fan va madaniyatini yaxshi o`rgangan, qadimgi yunon klassik ilmi bilan tanishib, yirik olim bo`lib etishgan. U Xorazmdan ketgandan keyin, Hindistondagi Nandna qal'asida yashaydi. Hindistonda sanskrit tilini o`rganadi. Bu uning hind madaniyati, adabiyotini o`rganishiga va Hindistonning o`sha davr olimlari bilan tanishishiga, bu mamlakat haqida o`lmas asarlar yaratishga imkon beradi. Olimning «Hindiston» asarida hind adabiyoti, falsafasi, geometriya, etnografiya, din, hind yozuvchilarining turlari kabi masalalar yoritiladi.

Page 25: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Buyuk olim 1035-36 yillarda o`z ilmiy ishlarning ro`yxatini tuzadi. Bunda o`sha vaqtgacha yozgan asari 113 taga etganini ko`rsatadi. Keyingi asarlarini ham qo`shsa, u qoldirgan meros 152 kitobdan iborat bo`ladi.

Abu Rayhon Beruniyning nomini abadiylashtirish maqsadida Abu Rayhon Beruniyning nomini abadiylashtirish maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti ta'sis etilgan. (140 tа so`z)

ASALARIAsalning asalari uyasidagi mum kataklaridan olinishini hamma yaxshi biladi.

Asalarilarni bolari deb ham atashadi. Asalari ne'matidan qadim zamonlardan beri foydalanib kelinayotganiga qaramay, yaqin-yaqingacha odam uning fe'1-atvori haqida deyarli hech narsa bilmas edi. Kuzatishlardan shu narsa ma'lum bo'ldiki, «razvedkachi» asalari-ning raqsga tushishiga qarab boshqa asalarilar uyadan qancha masofa uzoqda gulzor borligini, ular qanday gul ekanligini va oz-ko'pligini bilib olishar ekan! Bo'lajak ona asalarini boqadigan maxsus aralashma - asalari suti qimmatbaho shifobaxsh dori hisoblanib, u yurak faoliyatini yaxshilaydi.

GIGIYENAO'quvchilar lagerida hamshira qizlar tinib-tinchimaydilar. Har bir kishidan gigiyenaga

rioya qilishini talab qiladilar, chunki gigiyenaga rioya qilish -sog'liqning garovi. Ertalab yuzlarni yuvish va tishlarni to-zalash yaxshi odatdir. Voleybol, basketbol yoki boshqa o'yinlardan ke-yin, albatta, qo'lni yuvish kerak. Ovqatlanishdan oldin ham qo'lni yuv-masdan dasturxon atrofiga o'tirish juda yomon. Qo'l yuvilmasa, odam tanasiga har xil zararli bakteriyalar, mikroblar kirib olishi mumkin. Ularni maxsus mikroskoplar yordamidagina ko'rsa bo'ladi. Bunday zararli bakteriyalar to'planadigan joy - tirnoqlar osti. Shuning uchun tirnoqlarni olib, qo'llarni yuvib, tishlarni doim tozalab yuvish kerak. Bolalar, siz bu qoidalarga doimo rioya qiling! (85 so'z)

SARISHTALIK - NOYOB FAZILATUy tartibi, intizomi, saranjomligi, asosan, oila bckasining zimmasida bo'lishi

tabiiy. Bunga e’tiroz yo'q, lekin oilada zahmatkash onadan boshqa liech kirn yo'qmi? Ishga yaroqli boshqa erkaklar, o'g'il bolalar-chi? Nahotki hamma ishni oila bekasiga tashlab qo'yilsa. Bu vijdon burchidan faqat qo'lidan ish kelmaydigan kichkina bolalaru qarilargina ozod, xolos. Supurgi hamma vaqt bir yerda tursin! Pichoq, sanchqi, qoshiq, taqsimcha, lagan, kosa, xullas, shularga o'xshash narsalarni doimo tayinli joyga qo'yinglar. Qaychi, ip, tugma, ignalarni hamma vaqt bir joyda saqlang, olib ishlatgandan keyin yana joyiga keltirib qo'ying. Ko'zga xunuk narsalarni ko'zdan qochirishga harakat qiling. Yana bir xil oilalarda oshxonadagi idishlari yuvilmasdan pashsha bosib yotadi, qani endi parvoyiga kelsa? Bolalar! Bilib qo'yinglar, har qaysi inson saranjom, toza, tartibli bo'lishi kerak!

(II4so‘z. Mirzakaton Ismoiliy.)ABADIY TUYG‘ULAR TIMSOLI – VATAN

Inson yaratganning luikmi bilan qaysi makonda tug'ilsa, voyaga yetsa, unga o'shajoy Vatan bo'ladi. Vatanda insonning avlod-ajdodlari, davlati va xalqi bilan

Page 26: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

bog'liq an’ana va oMmas qadriyatlar shakllanadi. Inson nafaqat o'/ yurlining yen va liavosi, suvi va tabiatidan foydalanadi, balki Vatan inson uchun bebaho boylik, Vatanning borligi odaniga beqiyos kuch-qudrat, g'nyrat shijoat baxsh etadi. Clumki insonning eng pokiza va muqaddas tuyg’ulari o‘zi tug'ilgan, voyaga yetgan zamin — Vatani bag‘rida uyg'onadi. Kishi qadrdon yurtida o'zini ozod va erkin his qiladi. Shuning uchun xalqimiz «O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l» deydi. Deinak o'z yurtimizda oddiy kasb egasi bo'lmoq, o'zga yurtda podshoh bo'lishdan afzal ekan. Vatanning o‘zi qanchalik bebaho bo'lsa, u bilan bog'liq (uyg'ular ham shunchalik qadrlidir. Shuning uchun Vatan tuyg'usi insonning doimiy ehtiyoji, abadiy tuyg'ular darajasida gavdalanadi. Bu tuyg'u qanchalik mukammal bo'lsa, inson shunchalik barkamoldir.

(135 so ‘z , « Dillarda Vatan madhi» to ‘plamdan)TINCHLIK - ENG ULUG' NE’MAT

Vatan! Bu so'z bizning qalbimizga ona allasidan, uning qaynoq muhabbatidan singadi. Agar ma'lum bir muddat o'z uyimizdan sal olisroqda yashab qolsak, ko'nglimiz g'ash bo'laveradi. Har qanday ko'ngilochar narsalar ham bizni quvontira olmaydi. Negaki, biz o'z go'shamizni qo'msay boshlaymiz. Bu Vatanni sevishning bir ko'rinishi emasmi? Vatanga muhabbat, uni ardoqlash, ona-Vatanga tegishli bo'lgan har bir narsani muqaddas bilish, o'zini shu Vatan kengliklariga daxldor deb his qilish haqiqiy insonlarga xos fazilatdir.Bu aziz kunlarga xalqimiz osonlicha erishgani yo'q. Begunoh kishilarning muborak ruhlarini shod etmoq uchun Vatanimizning har bir fuqarosi qo'lidan kelganicha xayrli ishlarni bajarishi shart. Shukurlar bo'lsinki, mustaqillik degan buyuk ne’matga erishgach, buyuk kelajak barpo etishga kirishildi. Buning uchun esa mustaqilligimizni yanada mustahkamlash uchun intilishimiz kerak. O'zbekistonning kelajagi biz yoshlarning qo'lida.(120 so'z. "Dillarda vatan madhi")

OLTIN YAPROQLARDam olish kunlaridan biri edi. Ko'chaga chiqdim. Kech kuz bo'lsa ham havo

ochiq, quyosh charaqlab turardi. Hamma yoqda yaproqlar: oq, sariq, yashil yaproqlar. Go'yo ko'chaga chiqishingizni kimdir bilganu yo'lingizga gilam to'shab qo'ygan.Har yili kuzda, xazonrez paytida menga shunday tuyuladi. Shuning uchun ham ko'chaga chiqaman, serdaraxt xiyobonlarni uzoq-uzoq aylanaman.Quyoshning so'nggi shu'lalari so'ndi. Tepaga qaradim. Ko'k betini parcha-parcha qora bulutlar qoplab olgan edi. Ko'p o'tmay, qayinzorni tasir-tusur tovushlar qoplab, yomg'ir yog'a boshladi.

Yerda tangadek ochiq joy qolmadi. Hammasini xazon qopladi. Yomg'ir zarbidan barglar duv-duv to'kilardi.

Bir mahal qayinzor yorishdi. Yomg'ir siyraklashdi. Yuzimdagi yomg'ir tomchilarini yengim bilan sidirib, tepamga qaradim. Qaradim-u, ko'zlarim qamashib ketdi. Ro'paramdagi qayinning eng yuqori shoxida bir narsa xuddi oltindek tovlanib turardi. Qo'limni soyabon qilib yaxshilab qaradim. Bu oddiy yaproq, sap-sariq qayin yaprog'i edi. Yaproq quyosh nurida oltindek tovlanib, yengil tebranganicha ko'kka dadil bo'y cho'zib turardi. (120 so'z. O'.Umarbekov)

Page 27: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

SUV - MUQADDAS NE'MATSuv- yerda eng ko'p tarqalgan suyuqlik hisoblanadi. U asosan sayyoramizrcing uch

butun o'ndan ikki qismini egallagan. Dengiz va okeanlardan jamlangan. Ko'l va daryolar, Arktika va Antarktida muzlari ham suvdan iborat. Suv havoda bug' ko'rinishida ham bo'ladi. Hatto odam tanasining deyarli 2/3 qismi ham suvdan tashkil topgan.Yer kurrasidagi umumiy suv miqdori o'zgarmaydi. Okean, dengiz, daryo va ko'l yuzidagi suvlar bug'lanib, bulutlar hosil bo'ladi. Ular esa yomg'ir yoki qor bo'lib yog'ib, yana yer va okeanlarga tushadi.Yer yuzida aholi iste'mol qiladigan toza suv miqdori borgan sari kamayib bormoqda. Odamlar sanoat ehtiyojlari uchun mo'ljallangan suvdan ko'proq foydalanmoqdalar. Aksariyat hollarda korxonalar chiqindilari bilan suv ifloslanmoqda. Injenerlar suvni tozalashning turli usullarini topmoqdalar. Mamlakatimizda chiqindilar va oqava suvlarni suv havzalariga oqizish taqiqlangan. Har doim esingizda bo'lsin: suvni asrang, uni isrof qilmang. (121 so'z. " Bolalar ensiklopediyasi"dan)

Y1L FASLLARIYer quyosh atrofini bir yilda bir marta aylanib chiqadi. Shu davrda u o'z sirtini

Quyoshga har xil vaziyatda "tutib" beradi. Quyosh osmonda baland ko'tarilganda, uning nurlari Yerga to'g'ri tushib, uni kuchliroq qizdiradi va Yer yuzi issiq bo'ladi. Quyosh uncha baland ko'tarilmay, uning nurlari Yerga qiyalab tushganda, yerni paypaslab o'tib ketgandek bo'ladi va Yer yuzida sovuq turadi.Qishdan keyin bahor, bahordan keyin yoz keladi. Yozning qoq o'rtasida - 22-iyunda yozgi Quyosh turishi yuz beradi. Endi yoz o'zining haqiqiy kuchini ko'rsatadi. Kunlar juda isiydi, bolalar suvdan chiqmay qolishadi. Biroq hademay kuz yaqinlashib, uning ba'zi alomatlari paydo bo'la boshlaydi. Kunlar qisqarib, tunlar uzayadi. Asta-sekin daraxtlarning bargi sarg'ayib to'kila boshlaydi. Hademay daraxtlar yap-yalang'och bo'lib shumshayib qoladi, tabiat qorni kuta boshlaydi. Shu tarzda fasllar almashina-almashina yil o'tadi. Azaldan bu jarayon takrorlangani- takrorlangan.

(129 so'z. "Bolalar ensikiopediyasi"dan)BAHOR

Lola sayli juda gashtli bo'ldi. Quyosh tepamizga kelguncha, ikki quchoq - ikki quchoqdan lola terib qo'ydik. Sobirjonning sevinchi ichiga sig'masdi. Kasaldan yaqinda turgan bo'lsa ham, xuddi yosh boladek u yoqdan-bu yoqqa sakrab chopar, ko'm-ko'k maysalar ustiga dumalardi. Biz borgan joy haqiqatan ham go'zal edi. Bir tomoni tog', bir tomoni ko'm-ko'k dala. Olisda kumushdek tovlanib daryo oqmoqda. Lolazor esa, xuddi mohir to'quvchi qo'lida to'qilgan chorsi gilamga o'xshardi.

Yo'lga tushdik. Mashina isib ketdi. Dala joyda shunday bo'ladi. Sobirjonning peshonasini hatto ter qoplay boshladi. Oynani tushirdim. Gup etib muzdek havo yuzga urildi. Tez ketayotgan ekanman.

Kun og'a boshlagan edi. Qishloqqa kirdik. Ikki tomonimizdan bargak yozgan tollar lipillab o'ta boshladi. Peshayvonli sariq bino oldidan o'tayotganimizda bir bog'lam siren ko'targan kichkina qizcha bizga qo'l silkib qo'ydi. Tabiat bilan baravar ko'z ochasan.

Page 28: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Go'zallikdan boshqa narsani ko'rmaysan. Mashina soy bo'yiga yaqinlashdi. Choyxona shu yerda edi.(130 so'z. O'.Umarbekov)

ONA YURTING - OLTIN BESHIGINGOna yurting-oltin beshiging. Xalq ona yurtni ana shunday deb ulugiaydi.

Vatanning liar bir qarich yerini muqaddas bilib, uni sevishga, ardoqlashga da'vat etadi. Darhaqiqat, ona yurt - oltin beshik. Biz ana shu oltin beshikda dunyoga kelamiz, birinchi bor ilk qadam tashlaymiz, o'sib-ulg'ayib, voyaga yetamiz, el-yurt xizmatiga bel bog'laymiz. Ha, ona diyorning qadriga yetish, uning kamoloti, gullab-yashnashi, osoyishtaligi uchun qayg'urishni yoshlikdan ongimizga singdirilishida chuqur ma'no bor. Chunki, har qanday inson ona-Vatani, ota-bobolari o'tgan muqaddas zamin bilan faxrlanib yashaydi. Bu tuyg'u unga kuch-quwat beradi, aql-idrok ato etadi, jasoratlarga chorlaydi, mardliklarga undaydi. Insondek yashash, mehnat qilish, hayot kechirishni ta'minlaydi.

Vatanni sevish — bu ona yurtning ravnaqi yo'lida halol mehnat qilish, o'zini qahramonliklarga tayyorlab borish demakdir. O'zing yashab turgan zaminni e'zozlash, tabiatini va nafosatini saqlash, uning go'zalligiga go'zallik qo'shish, odamlarni seva bilish, a'lo o'qish, xushxulq, xushsurat bo'lish demakdir. Vatanni sevish, uning har bir qarich yerini muqaddas bilib qadrlash go'daklik chog'imizdanoq ona allasi bilan qon-qonimizga singadi...

DO'STLIK-OLTINDAN QIMMATDo'stlik! Bu so'z tog'lardan azim, to'fonlardan qudratli, quyosh yanglig'

tuyg'udir. Do'stlik bilan har qanday ofatni daf qilish, har qanday yovni mahv etish, har qanday to'siqni yanchib o'tish mumkin. Do'stlik bor yerda har qanday og'ir yengil, mushkullar oson bo'ladi, hal etilmagan muammo qolmaydi. Haqiqiy do'stlik oldida hatto o'lim ham chekinadi.

Darhaqiqat, «Do'stlik» so'zi elda muqaddas sanalib, mo'jizalar kaliti, omad, baxt-saodat omili, deb ataladi. Haqiqatan ham, qo'shiqdek jarangdor, osmondek musaffo, olmosdek jiloli, po'latdek mustahkam, quyosh nuridek qaynoq va yoqimli, mehrigiyodek hayotbaxsh bu so'zning zamirida olam- olam ma'no yotadi. Insonning azal-azaldan o'ziga do'st izlashi, quvonch va tashvishlarini u bilan baham ko'rishga intilishining boisi ham shunda.

Xalq do'sti yo'q kishini baxtsiz kishi deb ataydi. Do'stlari ko'plar esa dunyodagi eng baxtli insonlardir. Xalqimiz do'stlik va o'rtoqlikni azal- azaldan qo'shiqqa solib kiiylab, bu haqda dostonlarto'qib, afsonalaryaratgan. Bu mavzu xalqda, uning og'zaki ijodida asosiy mavzulardan hisoblanadi.

Do'stlik tufayli bahodirlar haybatli tog'larni teng ajratib, o'zlariga yo'l ochadilar, azim daryolarni kechib maqsad tomon olg'a intiladilar. Cho'lu biyobonlarni bog'-rog'larga aylantiradilar. Dushrnanlami mag'lub qiladilar, baxt-saodatga erishadilar.

IFTIXORMilliy g'urur — bu milliy iftixordir. Milliy iftixor millat o'zini yaxlit ijtimoiy birlik

ekanligini ongli ravishda his qilishidir. Bu shunday bir kuchli ruhiy holatki, u tufayli tarixiy birlik, qon-qarindoshlik, til, madaniyat, ma'naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi millat vakillarining qalbidan chuquro'rin oladi.

Page 29: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Milliy birdamlik tuyg'usi — milliy ongning negizidir. Milliy birdamlik yetuk va mukammal ma'naviy fazilat sifatida milliy ongi rivojlangan millatlarda to'laroq namoyon bo'ladi. Mahalliychilik va guruhbozliklar milliy birdamlik hissiyotining kuchsizlanishiga olib keladi.

Milliy iftixor millat ma'naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarni o'z ichiga oladi. Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilajak iqtisodiy va ma'naviy yutuqlar ko'paygani sari O'zbekiston bilan faxrlanish hissi-milliy iftixor shunchalar kuchayib boraveradi. Milliy iftixor mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar barobar mas'uldirlar.Xullasi kalom, yuqoridagi sharhlarimizdan ham ko'rinadiki, iymon serma'no, tabarruk, muqaddas so'z va xosiyatli tushunchadir. Bir so'z bilan aytganda, iymonli odam risoladagi fuqarodir. Bu CTzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Parlamentimiz tomonidan qabul qilingan fuqarolikka doir qonun-qoidalarga ham mos keladi.(162 so 'z- A.Ibrohimov. «Yorug'lug'» kitobidan)

TILINGNI AVAYLA - OMONDIR BOSHINGO'quv va bilimning tarjimoni tildir. Kishiga ro'shnolik, yaxshilik va ezguliklar til tufayli keladi, buni yaxshi bilib olish kerak. Qadr-qimmatni ham obro'-e'tiborni ham kislli til orqali topadi. Agar tilga e'tibor berilmasa, noo'rin qo'llansa, odam boshining yorilishi hech gap emas: Til arslon misoli yotar qafasda, Bexabar boshini u yer nafasda... So'zingni tiyib yur, boshing yormasin, Tilingni tiyib yur, tishing sinmasin. Dono qardoshlarning tiliga quloq sol. Ular - Ey til egasi, boshingni asra! - deyishgan. O'ziga esonlik tilagan har bir odam tilidan yaroqsiz so'zini chiqarmasin. Bilib so'zlagan so'z donolik sanaladi. Bilimsizning so'zi esa o'z boshiga yetishi mumkin.Hech qachon ko'p gapirma. Juda oz so'zla. Tuman so'z tugunini bitta so'z bilan yozib yubor, ya'ni oz so'zlarga ko'proq ma'no sig'dirish payidan bo'lgin. Chunki: Kishi so'ztufayli bo'ladi malik, Ortiq so'z bu boshni etadi egik. Ortiqcha aytilgan so'z kishi ko'ngliga malol. Ammo so'zlamaslik ham mumkin emas. Bu holda soqov degan nomni orttirib olish mumkin. Shunga ko'ra o'rtacha yo'riq tutish lozim. Yo'riqni o'rtacha tutgan odam qut-iqbolga erishadi: Tilingni avayla- omondir boshing, So'zingni avayla - uzayar yoshing....

SUHBAT ODOBITo'y, ziyofat, ma'raka yoki shularga o'xshagan yig'in joylarga borib, suhbatlashib

o'tirgan odamlar orasiga kirsangiz, quyida zikr qilingan suhbat odobi qoidalariga rioya qiling.Avvalo o'tirganlarning nafratiga sabab bo'lmaslik uchun badaningiz va kiyimingiz ozoda, рок bo'lsin, og'zingizdan sarimsoq, xom piyoz hidlari kelmasin. So'ng, suhbatdoshlar orasiga kirib salom berib, ular bilan ko'rishing, bitta salom hammalari uchun kifoya qiladi. Sizdan

Page 30: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

yoshlari katta bo'lgan odamlardan yuqori o'tirmang. Ikki kishi orasiga ruxsatsiz kirib joylashmang. Sizdan yuqoriroq o'tirgan odam tashqariga chiqib ketishni istasa, o'mingizdan turib yo'l bering. Mutakabbirona o'tirishdan saqlaning. Beuzr yonboshlab, oyoqlarni uzatib o'tirish odobsizlik sanaladi.

O'tirganlarning suhbatiga ishtirok qilishni istasangiz, nojo'ya harakatlardan saqlaning. Katta-kichiklarning har qaysisini hurmatlab, yoshi va martabasiga ko'ra muomala qiling. Qovoq solib, to'ng'illab so'zlamang. Muomalangiz xush, chiroyingiz ochiq, so'zlaringiz shirin va muloyim bo'lsin.

Suhbatda esnab, mudrab o'tirish yarashmaydi. Gapirar ekansiz, boshqalarga so'z bermay, o'zingizni bilarmon ko'rsatib, hadeb so'zlay bermang. Bir kishi so'zini tamom qilgandan so'ng lozim topsangiz, suhbatdoshlarning ruxsati bilan sekinroq va muloyimlik bilan so'z boshlang. Ortiq darajada ko'p so'zlab, ezmalik qilib o'tirmang, so'zingiz qisqa, ma'noli bo'lsin.

NONDAY AZIZXalqimizning ajoyib udumlari, an'analari behisob. Ammo ular orasida bir an'ana

borki, u haqda har qancha so'zlasang shunchalik oz. Bu - kitob bilan bog'liq an'ana bo'lib, elimiz mutolaani sevishi, unga chanqoqligidir.

Kitob uni yaratgan xalqning bebaho ma'naviy boyligidir. U inson aql-idroki va ijodkorligining buyuk kashfiyotlaridan biridir. Kitob - hayot darsligi, barcha bilimlar asosi, dunyo voqea-hodisalari va el-u elatlar hayotidan hikoya qiluvchi birdan-bir manba.

Kitob - insonning eng yaqin do'sti va maslahatgo'yi, aql qayrog'i. Kitob - xazinalar kaliti, tafakkur manbai. Kitob - nonday aziz, mo'tabar va muqaddas. Shu boisdan ham kitobni sevish, qadrlash va e'zozlash qadim- qadimlardan boshlangan.

O'zbek xalqi kitob, uning hayot darsligi, mo'jizakorligi haqida ko'plab afsonalar, naql-rivoyatlar, topishmoqlar, maqol va matallar to'qigan.Xalq «Qat-qat qatlama, qatlamadan hatlama» deb kitobdan, hatto hatlab o'tish mumkin emasligini ta'kidlaydi.Quyida keltirilgan hikmatlarda kitob bamisoli oftob yanglig' ulug'lanadi, uning qadriga yetishlik ta'kidlanadi:

Kitob - oftob.Olim - kitob.Kitob - aql chirog'i.Ko'p yurgan ko'p ko'rar,Ko'p o'qigan ko'p uqar.Kitob bilim beradi,Bilim baxt keltiradi.

OQKO'NGILLIK

Oq ko'ngil odam har qachon boshqalar baxtiga, ularning xizmatdagi yo shaxsiy hayotdagi yutuqlariga xuddi o'z baxti, o'z yutug'i kabi qarab quvonadi. Agar bu quvonch zamiriga chuqurroq razm solinsa, yuksak, olijanob bir ma'no tantanasi ko'zga chalinadi. Oq ko'ngil odam shaxslar baxtida jamiyat baxtining in'ikosini ko'radi!

Page 31: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u

Lekin ichiqora, baxil, ziqna odam birovning baxtini ham, yutug'ini ham ko'rolmaydi. Bundaylar ichiqoralik qilib: «Menda-ku yo'q, senda nima uchun bo'lishi kerak!» deydilar-da, baxillik qutqusining qullari bo'lib qoladilar.

Xo'sh, bunday yaramas qiliq, ya'ni baxillik qayerdan paydo bo'ladi?Albatta, baxillik qon yo jon bilan o'tadigan fiziologik hodisa emas. Har qanday chaqaloq yaxshi fazilatni ham, yomon illatni ham keyin -yashash, o'sish jarayonida orttiradi. Agar shunday bo'lmasa, yomon xulq-atvorli ota-onaning bolasi har vaqt yomon, yaxshi xulq-atvorli ota-onaning bolasi har vaqt yaxshi bo'lib o'sishi kerak edi. Ammo hayotda, haqiqatda bunday emas. Aslida bolani chinakam inson qilib yetishtiradigan, uni yomon xulq-atvordan saqlab tarbiyalaydigan eng katta, eng boobro' murabbiy - ota-ona, oila muhiti yo shu oilada ota-ona o'rnini bosgan katta yoshli odamlardir. Bular nazorati bo'lmasa, maktab ham, jamoat tashkilotlari ham qiyin ahvolga tushib qoladi. Shunisi ham borki, har bir ota-ona bolasining xulq- atvori, aqliy-jismoniy tomoni qanday bo'lishidan qat'i nazar kam-ko'stsiz o'sishini, oilada, hayotda baxtli bo'lishini istaydi. Shu tabiiy istak mayli bilan ba'zi oilalarda ota-onalar bolalarini kichikliklarida qo'g'irchoqdek yasatishadi, qo'llarini sovuq suvga urdirmay papalashadi, erkatoy, tantiq qilib o'stirishadi. Natijada bunday bolalar injiq, ichi tor, ziqna bo'lib yetilishadi. Bularda boriga qanoat qilish, yo'g'iga ko'nikish xislati bo'lmaydi. Aksincha, ko'ngillari tusagan narsani har qanday tadbir bilan, harom-xarish yo'llar bilan bo'lsa ham muhayyo qilish taraqqiy topadi. Agar mana shunday mayl tomiri vaqtida qirqilmasa, u bolani oxirida ma'nan mayib qiladi. Bunaqa bola ota-onasining qudratli panohidan havolanib, uyida hech kimning gapini quloqqa olmaydi, maktabda sinfdoshlarini, hatto muallimlarini ham nazariga ilmaydi, jamoada hamma o'zini baravar tutishi kerakligini pisand qilmaydi. Bu xulq-atvor bolani katta hayot qiyinchiliklaridan, ya'ni har qanday bola katta bo'lganida duch keladigan mehnat mashaqqatlaridan qo'rqadigan qilib qo'yadi.

Page 32: baxtiyor.uz · Web view(116so'z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) Qush tili Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o'qiydi. Bu kitobni o'qiganda u