UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi...

11

Transcript of UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi...

Page 1: UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m 3 bo lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo jaliklararo sug orish
Page 2: UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m 3 bo lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo jaliklararo sug orish

O‘ZBEКISTON RESPUBLIКASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

GIDROTEXNIКA INSHOOTLARINI

LOYIHALASH

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bakalavriatning tegishli kasbiy ta’lim yo‘nalishlari hamda

magistratura mutaxassisliklari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan

TOSHКENT – 2013

Page 3: UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m 3 bo lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo jaliklararo sug orish

2

UO‘К: 331.101(075) KBК 65. 247 G-14 G-14 Gidrotexniкa inshootlarini loyihalash. –T.: «Fan va texno-

logiya», 2013, 432 bet.

ISBN 978–9943–10–974–2 Mazkur o‘quv qo‘llanmada gidrotexnika inshootlarini loyihalash, gid-

rotexnika inshootlarining zaminlarida filtratsiya, suv o‘tkazuvchi inshootlar, gidromeliorativ tizimlardagi rostlovchi inshootlar, tutashtiruvchi inshootlar, gruntli ko‘tarma to‘g‘onlar, gruntli to‘g‘onlarda suv o‘tkazuvchi inshootlar, qoyali zaminlarda gravitatsion to‘g‘onlar, qoyamas zaminlarda gravitatsion to‘g‘onlar, gidrotexnika inshootlarining zatvorlari, suv olish inshootlari, o‘zanlarni rostlash, tindirgichlar mavzulariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning hisoblari haqida batafsil ma’lumotlar, tegishli misol va masalalar atroflicha yoritilgan.

O‘quv qo‘llanma amaldagi dastur asosida yozilgan bo‘lib, «Gidro-texnika qurilishi», «Suv xo‘jaligi va melioratsiya», «Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish», «Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» va bakalavriatning tegishli kasbiy ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan. Undan soha loyihachilari muhandis-texniklar qishloq va suv xo‘jaligi mutaxassisliklari, aspirantlar ham foydalanishlari mumkin

UO‘К: 331.101(075) KBК 65. 247

Mualliflar:

Bakiyev M., Majidov I., Nosirov B., Xo‘jaqulov R., Saidov I.

Taqrizchilar: H.Fayziyev – Toshkent arxitektura-qurilish instituti «Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar» kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent;

A.R. Muratov – Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti «Gidromeliorativ ishlarni tashkil etish va ularning texnologiyasi» kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi.

ISBN 978–9943–10–974–2

© M.Bakiyev va boshq., 2013. © «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2013.

Page 4: UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m 3 bo lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo jaliklararo sug orish

3

SO‘Z BOSHI

Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng iqtisodiyoti-

mizning muhim bo‘g‘inlaridan bo‘lgan qishloq va suv xo‘jaligida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Bu borada qishloq va suv xo‘jaligiga oid Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan Qonunlar, Farmonlar hamda Qarorlar alohida huquqiy munosabatlarni joriy etib, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish bilan bog‘liq katta imkoniyatlarni ochib berdi.

Кeyingi yillarda qabul qilingan qator «Suv va suvdan foydalanish», «Yer kodeksi», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida», «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida» kabi qonun hujjatlari fikrimizning yorqin dalilidir.

Respublikamizning jug‘rofiy joylashgan o‘rni, iqlimning keskin kontinental ekanligi va o‘simliklar vegetatsiyasi davrida atmosfera yog‘inlari yetarli bo‘lmasligi bu yerda sun’iy sug‘orish bilangina madaniy dehqonchilik olib borishni taqozo etib kelgan.

Mamlakatimiz sug‘orma dehqonchilik tarixi juda uzoq o‘tmishga borib taqaladi va u qariyb 10 ming yillik tarixga ega. Sug‘orish va u bilan bog‘liq kanallar, inshootlar qurilish ishlari Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari vodiysida olib borilgan. Olingan tarixiy ma’lumotlar va arxeologik qazishmalar natijalariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda sug‘orish ishlari bilan eramizdan avvalgi IX-VII asrlarda ham shug‘ullanishgan. Qadimgi Baqtriya, Sug‘diyona, Xorazm davlatlari, Farg‘ona vodiysida sug‘orish ishlari olib borilganligi, sug‘orish tarmoqlari, suv to‘plash inshootlari qurilganligi bunga misol bo‘la oladi.

Birgina Zarafshon daryosida bundan 2,5 ming yil avval qo‘l kuchi bilan bunyod etilgan va hozirgacha saqlanib qolgan Darg‘om kanalini olib qaraydigan bo‘lsak, ajdodlarimizning qanchalik zukko mirob hamda ularning yer past-balandligi, nishabligini katta aniqlikda hisoblay olgan fozil insonlar bo‘lganligiga ishonch hosil qilamiz.

Ayni paytda respublikamizda sug‘orish uchun yaroqli yerlar 15,9 mln. gektarga teng bo‘lib, sug‘oriladigan maydon 4,3 mln. gektarni yoki umumiy maydonning 9,3 % ini tashkil etadi, qishloq xo‘jaligida

Page 5: UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m 3 bo lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo jaliklararo sug orish

4

olinadigan mahsulotlarning 95 % dan ko‘prog‘i sug‘oriladigan yerlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hozirgi paytda respublikamiz qudratli suv xo‘jaligi majmuasiga ega, uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m3 bo‘lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo‘jaliklararo sug‘orish tizimida 117 mingdan ortiq gidrotexnika inshootlari, 32,4 ming km xo‘jaliklararo kanallar, 176,4 ming km ichki sug‘orish tarmoqlari, 31 ming km xo‘jaliklararo, 106,3 ming km xo‘jalik ichki zovur tarmoqlari, 13 mingga yaqin nasos agregatlari, 2 mingdan oshiq sug‘orish quduqlari, 4800 dan oshiq tik zovur quduqlar mavjud. Gidrotexnika inshootlari ixtiyoriy meliorativ tizimning asosiy elementi hisoblanadi. Ular yordamida suv to‘planadi va tizimga uzatiladi, tizimning belgilangan ekspluatatsiya jarayoni (rejimi) ta’minlanadi, ya’ni suv oqimini taqsimlash va rostlash, ortiqcha suvlarni chiqarib yuborish, turli konstruksiyadagi suv o‘tkazish inshootlarini tutashtirish va shu kabilar amalga oshiriladi. Inshootlarning konstruktiv yechimi ularning belgilangan vazifasi, qurilish joyining geologik, gidrologik va iqlimiy sharoitlariga, suv taqsimoti sxemasi, qurilish usuli, mahalliy qurilish materiallari mavjudligi, qurilish industriyasi bazasi va boshqalarga bog‘liqdir. Daryolar va meliorativ tizimlardagi suv resurslarini boshqarish daryolardagi va tizim ichidagi (tarmoqdagi) gidrotexnika inshootlari yordamida amalga oshiriladi. Ularning ishonchli va samarali ishlashi esa ko‘p jihatdan ishlab chiqilgan loyihalarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Gidrotexnika inshootlari loyihasini ishlab chiqish – bu ijodiy jarayon hisoblanadi. Inshootning vazifasi va ahamiyatiga qarab ularni loyihalash bir yoki ikki bosqichda olib boriladi. Daryo gidrouzellaridagi yirik inshootlar loyihalarida inshootlar qurilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va texnikaviy imkoniyatini uning barpo etilishi zaruratini asoslash bo‘yicha kompleks masalalar izchillik bilan hal etiladi; konstruksiyalarning va inshootlar joylashuvini bir nechta raqobatbardosh va variantlari bunyod etishga tavsiya etilgan variant keyingi to‘liq maromiga yetkazish bilan ishlab chiqiladi. Tavsiya etiladigan variant inshoot qurilishi amalga oshiriladigan ishchi chizmalarigacha yetkaziladi. Meliorativ tizimlardagi tarmoq inshootlari murakkab va o‘ziga xos bo‘lishi mumkin, lekin ko‘p hollarda ular o‘xshash sharoitlarda qurishga harakat qilinadi, bu yerda esa loyihachining vazifasi inshoot

Page 6: UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m 3 bo lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo jaliklararo sug orish

5

parametrlarini yetarlicha asoslash, namunaviy loyiha (yoki takroriy loyiha) ni tanlash va uni muayyan sharoitga bog‘lashdan iborat bo‘ladi. Loyihani yetarli darajada ishlab chiqish uchun loyihachi mavjud shart-sharoitlar (relyef, gidrologiya, geologiya va boshqalar) ni tahlil qila olishi, inshootlar konstruksiyalarini yaxshi bilishi, inshootlarni barpo etish texnologiyasi va uni qo‘llash imkoniyatlaridan boxabar bo‘lishi, tanlangan konstruksiyalar hisobini bajarish uslublarini qo‘llay olishi va qurilish tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni oldindan baholay olishi kerak. Yuqorida keltirilgan masalalarni hal etish uchun oliy ta’lim muassasasini bitiruvchisi (bakalavr va magistr) keng ma’nodagi nazariy bilimlarga ega bo‘lishi va kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalarini loyihalash davrida oladigan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi. Gidrotexnika innshootlarini loyihalashning ilmiy-metodik konsepsiyasi, ularning hisobini va konstruksiyasini yaratishning nazariy qoidalari mualliflar tomonidan yaratilgan darsliklar («Gidrotexnika inshootlari» 1-jild, T., «Yangi asr avlodi», 2008; «Gidrotexnika inshootlari», 2-jild, T., «Ta’lim», «Iqtisod-moliya», 2009)da keltirilgan bo‘lib, mazkur o‘quv qo‘llanma ularni to‘ldiradi hamda gidrotexnika inshootlarini hisobi bo‘yicha uslubiy tavsiya va qoidalarni o‘z ichiga oladi. O‘quv qo‘llanmada gidrotexnika inshootlarini loyihalash amaliyotida eng ko‘p uchraydigan hisoblarga misollar va ma’lumotlar to‘plami berilgan hamda sohaga oid ayrim nazariy masalalar qisqacha ko‘rinishda yoritilgan. Daryolar, tarmoqlar, maxsus va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalashni tashkil etish masalalari ham ko‘rib o‘tilgan. Кeng qo‘llanib kelingan hisob uslublari va inshootlarda ko‘p qo‘llaniladigan konstruktiv yechimlar, ularni gidrouzel tarkibida joylashtirishga misollar ham keltirilgan. O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda I.M.Volkov va boshqalarning «Проектирование гидротехнических сооружений» (М., «Колос», 1977), V.S.Lapshenkov tahriri ostidagi «Курсовое и дипломное проектирование по гидротехническим сооружениям» (М., ВО «Агропромиздат», 1989) o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi. O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda yaqindan yordam berganligi uchun muhandis Ravshan Normamatovga mualliflar o‘z minnatdor-chiliklarini bildiradilar.

Page 7: UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m 3 bo lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo jaliklararo sug orish

6

I bob. GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINI LOYIHALASH

1.1. Loyihalash to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar

Chizmalar, hisobiy - tushuntirish bayonidan va smetalardan tashkil

topgan texnik hujjatlar to‘plamiga inshootning loyihasi deb ataladi. Gidrotexnika inshootlarini loyihalash iqtisodiy jihatdan

asoslanganligi, suv xo‘jaligi tizimida kompleks masalalarni hal qila olishi, mustahkamligi, ekspluatatsiya qilishga qulayligi, xizmat qilish muddati va hududning sanitariya sharoitlari hisobga olinadi.

Gidrotexnika ishnootlarini loyihalash bir yoki ikki bosqichda olib boriladi. Bir bosqichli loyihada texnik ishchi loyiha, ikki bosqichli loyihada esa texnik loyiha va ishchi chizmalar tuziladi. Texnik loyihalar (texnik-ishchi) loyiha topshirig‘i asosida ishlab chiqiladi, u daryodan foydalanish sxemasi hamda texnik - iqtisodiy asoslash asosida tuziladi.

Loyiha topshirig‘ida qurilishga mo‘ljallangan obyektning xalq xo‘jaligida tutgan ahamiyatiga ko‘ra, inshoot quriladigan o‘rni, suv sathlari, iqlimiy, gidrogeologik, gidrologik va topografik sharoitlar, asosiy inshootlar tarkibi, asosiy energetik va suv xo‘jaligi ko‘rsat-kichlari, mahalliy ishlab chiqarish bazalari va qurilish materiallaridan foydalanish imkoniyati, qurilish joyidagi yo‘llar qurilishni elektr energiyasi bilan ta’minlash, kapital mablag‘larning qiymati va qurilish muddati keltiriladi.

Yirik gidrotexnika obyektlari ikki bosqichda loyihalanadi. Texnik loyiha bosqichida barcha kerakli muhandislik hisoblari bajariladi, ya’ni qurilish uchun maydon tanlanadi va tasdiqlanadi, inshootning bosh plani ishlab chiqiladi, normal va jadallashgan dimlangan sathlar belgilanadi, suv ombori hajmi va suv chuqurligi qabul qilingan asosiy inshootlar konstruksiyalari uchun gidrouzelning so‘ngi joylashuvi qabul qilinadi, vaqtinchalik inshootlar loyihalari ishlab chiqiladi, kerakli bo‘lgan qurilmalarning soni va parametrlari belgilanadi, qurilishning qiymati va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Ishchi chizmalar texnik kengashda tasdiqlangan texnik loyihaga muvofiq tuziladi, bunda ishlab chiqarishda qurilish - montaj ishlarida kerak bo‘ladigan texnik loyihada qabul qilingan detallar aniqlashtiriladi.

Page 8: UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m 3 bo lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo jaliklararo sug orish

7

Bir bosqichli loyihalash (texnik - ishchi loyihani ishlab chiqish) qurilish obyekti namunaviy yoki iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lgan qayta qo‘llaniladigan hamda texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan obyektlar uchun qo‘llaniladi.

Loyihani tuzishda mutaxassislar loyihalarni va meliorativ obyektlar smetalarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarga, texnik shartlar (TSh), qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ), namunaviy loyihalar, industriallashgan namunaviy konstruksiyalar kataloglari, qurilish materiallari va konstruksiyalar standartlari, qurilish muddati me’yor-lariga amal qiladilar.

1.2.Loyihalashga qo‘yiladigan talablar

Gidromeliorativ tizimdagi inshootlarning loyihalarini tuzishda mu-

handislik-geologik, topografik, gidrologik, biologik va tabiiy muhitning boshqa sharoitlari hamda tizimning texnik tavsifi hisobga olinadi. Gidromeliorativ tizimlarini kelajakda rivojlanishi, suv resurslaridan kompleks foydalanish, tabiiy muhitni o‘zgarishi ehtimoli, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha talablar majburiy tartibda hisobga olinadi.

Inshootlarning ustuvorlik va texnologik talablarga javob berishi, ekspluatatsiyasi qulay, ularning ishlashini, qoplamalar holati va gidro-mexanik qurilmalarni nazorat qilib borish ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Inshootlar konstruksiyalari va gabaritlari hisobiy normal va maksimal suv sarflarini o‘tkazishda oqimning qulay gidravlik sharoitini, sathlar va sarflar o‘zgarganda talab etiladigan boshqarishni, cho‘kindilar va muz hosil bo‘lishida tizimni normal ishlash sharoitini ta’minlashi lozim.

Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini loyihalashda ularning me’moriy jozibadorligi, qurilish materiallaridan imkoniya darajasida to‘liq foydalanish, ta’mirlash va qayta tiklash ishlarini olib borish sharoitlarini ta’minlash hamda ularni qurish sharoitlari, ishlarni yuqori darajada mexanizatsiyalash imkoniyati va qurilish muddatini kamaytirish hisobga olinadi.

Suv dimlovchi inshootlarni barpo etishda aholi istiqomat qiluvchi va ishlab chiqarish obyektlari, tarixiy va me’moriy yodgorliklar, foydali qazilmalar konlarini himoyalash, yuqori va pastki bieflar sathlarining qulay rejimlari, hududni obodonlashtirish masalalari, atrof - muhit muhofazasi, fuqaro mudofaasi kabilarga e’tibor beriladi.

Page 9: UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m 3 bo lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo jaliklararo sug orish

8

Loyihalash jarayonida alohida inshootlar bajaradigan funksiyalarni birga qo‘shish imkoniyati, ya’ni ularning suv o‘tkazuvchanligi, inshootlarni qurish va ekspluatatsiyaga navbat bilan topshirilishi, alohida elementlarni, bo‘g‘inlarni va inshootni to‘liq bir xillashtirish masalalari ham e’tibordan chetda qoldirilmaydi.

1.3.Inshoot sinflari

Foydalanish sharoitlari bo‘yicha gidrotexnika inshootlari amaldagi

qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ 2.06.01-97) ga ko‘ra: doimiy va vaqtinchalik inshootlarga bo‘linadi. Doimiy gidrotexnika inshootlari esa o‘z navbatida asosiy va ikkinchi darajali inshootlarga va sinflarga bo‘linadi. Inshoot sinfiga ko‘ra qidiruv ishlarining hajmi, tarkibi va loyihalash ishlari, inshootlarni hisoblashda zaxira koeffitsiyentlari qurilishda foydalaniladigan materiallar tavsifiga bog‘liq bo‘ladi. Sinfni aniqlashda inshootning xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, buzilish sodir bo‘lganda yoki ularni foydalanish davri qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlaridan keladigan zararni hisobga olgan holda QMQ 2.06.01-97 bo‘yicha qabul qilinadi. Suv dimlovchi inshootlar uchun sinf ularning balandligi, zamin grunti turi va avariya oqibatlariga ko‘ra 1.1-jadvaldan va foydalanish davri qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlariga ko‘ra 1.2-jadvaldan qabul qilinadi.

Asosiy doimiy gidrotexnika inshootlarini balandlik va zamin

gruntlari turiga bog‘liq sinflanishi 1.1-jadval

Inshoot sinfi bo‘yicha balandligi

Inshootlar

Zamin grunt-

lari uchun

I

II

III

IV

Gruntli materiallardan bo‘lgan to‘g‘onlar

A B V

>100>75 >50

70...100 35...75 25...50

25...70 15...35 15...25

<25 <15 <15

Beton va temir-beton to‘-g‘onlar, elektrostansiyalar bi-nolari suv osti qurilmalari va bosim fronti hosil bo‘lishida qatnashuvchi boshqa inshoot-lar

A B V

>100

>50 >25

60...100 25...50 20...25

25...60 10...25 10...20

<25 <10 <10

Page 10: UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m 3 bo lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo jaliklararo sug orish

9

1.1-jadvalning davomiTirgak devorlar A

B V

>40 >30 >25

25...40 20...30 18...25

15...25 12...20 10...18

<15 <12 <10

Daryo, kema to‘xtash joyi inshootlari

A, B, V >25 20...25 <20 -

Sust himoyali daryo ban-dargoh qirg‘oqni mahkam-lashlar, oqimni yo‘naltiruvchi va cho‘kindi ushlab qoluvchi dambalar va b.q.

A, B, V - >15 >15 -

Eslatma: 1. Gruntlar A-qoyali; B-qumli, yirik bo‘laklangan, loyli qattiq va

yarim qattiq holatda; V-loyli, suvga to‘yingan qayishqoq holatda. 2.Gidrotexnika inshooti balandligini aniqlash va uning zaminini baholash

QMQga muvofiq amalga oshiriladi. 3.Ushbu jadvalning 4-bandida inshoot balandligi o‘rniga inshoot oldidagi

chuqurlik qabul qilingan.

Ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlariga bog‘liq holda asosiy doimiy gidrotexnika inshootlarining sinflanishi

(ijtimoiy-iqtisodiy mas’uliyat) 1.2-jadval

Gidrotexnika qurilishi obyekti Inshootlar sinfi Gidravlik, gidroakkumulatsiyalovchi va issiqlik

elektrstansiyalari gidrotexnika inshootlari, quvvati mln. kvt:

>1,5 <1,5

I

II-IV

Ichki suv yo‘llaridagi gidrotexnika inshootlari va

kema qatnovi kanallari (daryo bandargohlari inshootlaridan tashqari magistral va mahalliy ahamiyatli jadvalning 1-eslatmasiga q.):

yirik magistralli

III II

Melioratsiya maqsadlaridagi suv omborlari

dimlovchi inshootlari, hajmi mln. m3 : >1000 200...1000 50...200

I II III

Page 11: UO...uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 250,0 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd, m 3 bo lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo jaliklararo sug orish

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/2 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/2 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайтеhttps://kitobxon.com/ru/asar/2