MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq...

98

Transcript of MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq...

Page 1: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,
Page 2: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

MUQIMIY

TOSHKENT «MA’NAVIYAT» 2009

Page 3: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

‘Г ushbu majmuasi maktab o ‘quvchilari saviyasigamo ja angan bo‘lib, o ‘quv dasturlarida uning hayoti va ijodi bilanmuxtasar tanishgan o ‘quvchilar mazkur to‘plam orqali shoir ijodigayana a teranroq kirib boradilar. Lirik g‘azallari, murabba va muxam-mas andagi tabiat go‘zaIligi, insoniy tuyg‘ulaming rang-barangligidanzavq-s avq olsalar, hajviy, yumoristik asarlari va «Sayohatnoma»lari° r?aj1iS hoimmg ijtimoiy-tarixiy voqelikka faol munosabatini anglab yetadilar.

Nashrga tayyorlovchi filologiya fanlari doktori, professor

G‘ulom Karimov

Mas’ul muharrir fllologiya fanlari nomzodi, dotsent

S. Ahmedov

84(5У)1M95

Muqimiy. hiSaylanma / Muqimiy; Nashrga га>У®г ° vc

G‘. Karimov. — Т.: «Ma’naviyat», 2009- — 9

ББК 84(5У)1

М 4702620204-16 М25(04ў 09~

ISBN 978-9943-04-052-6 © «Ma’naviyat», 2009

L

Page 4: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

G‘AZALLAR

NAVBAHOR

Navbahor ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar, Suhbat aylaylik kelinglar, jo‘ralar, o‘rtog‘lar.

Xush bu mahfilda tiriklik ulfat-u ahbob ila, 0 ‘ynashib, gohe tabiatni qilaylik chog‘lar.

Rux ochib ko‘zdin nihon bo‘lsa paridek, naylayin, Ayrilib hush-u aqldin telba bo‘lmay sog‘lar.

Hayfkim ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan, Oldilar har yerda bulbul oshyonin zog‘lar.

Marham istab kimsadin, zaxmi dil izhor aylasang, Choraye qilmoqdin o‘zga, ustig‘a timog‘lar.

Tobakay mundog‘ malomat kunjida doim Muqim, Bu zamon ko‘z tutgin emdi senga bo‘lsun tog‘lar.

з

Page 5: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

YAKKA BU FARG‘ONADA

Oshiq ermasman yuzingga yakka bu Farg onada, Zohid istar ka’balarda, barhaman butxonada.

Kimga dod aylay bu bedodingni man, ey sangdil, Oshno bo‘ldim desam, ko‘nglung seni begonada.

Sham’i ruxsoring yonar mahfilda gul-gul kechalar, Bormudi qasding magar kuydirgali parvona a.

Man’ etib, ey muhtasib, har dam boshimga kelmag il> Bo‘lsa naylay, mast bo‘Imay, maskanim mayxona

G‘ofilo, fikr aylag‘il, uqboni rohat istasang,Shodlig4 ko‘z tutmakim, bo‘lmaydi mehnatxona a.

Manzilimni so‘rma, ey mag‘ruri mulki dastgoh,Dahr sahroyi junun uy bo‘lmag‘ay devonada.

Bulbul aylar nolalar yolg‘iz dema, ey gul’uzor, Cho‘g‘zdek qilg‘ay Muqimiy ham navo vayronada.

4

Page 6: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

ARZIMNI AYTAY

Arzimni aytay bodi sabog‘a,Shoyad gapurgay ul gulqabog‘a.

Albatta kelsun, holimni so‘rsun, Andisha qilsun ro‘zi jazog‘a.

Necha zamondur, ko‘zga nihondur, Наг kim yomondur, soldim xudog‘a.

Ohim eshitmay, dodimga yetmay,Bir ta’sir etmay, ketti havog‘a.

Mandin chu ohu, ram qildi badxo‘, Bulkim g‘arazgo‘ tushdi arog‘a.

Bo‘ldim fasona, subh-u shabona, Ko‘ksim nishona tiyri jafog‘a.

0 ‘zi uyonsun, hajrida qonsun, Dardig‘a borsun qayda davog‘a.

BoMgay xiromon, boqmay shitobon, Qilmasmu ehson sulton gadog‘a.

Yo‘q zarr-u siymi, lekin samimiy, Oshiq Muqimiy kelsa duog‘a.

5

Page 7: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

FARHOD AYLADING

Bog‘ aro, jono, o‘shal kim jilva bunyod aylading, Kabk ila tovusni raftoringga minqod aylading.

Maqsading shamshod shoxin bo‘lmasa gar sindirish, Qomatingni muncha mundoq sarvi ozod aylading.

Gah salom aylab o‘tib shirin tabassumlar bilan, Ko‘hi g‘am qozsam meni ham misli Farhod aylading.

Hech oshiqlami ohi sanga ta’sir etmadi,Ne balo ko‘nglungni qattig‘lig‘da po‘lod aylading.

Bog‘lar sahnida javlonlar qilib yuz noz ila,Har qadam qo‘yding chaman tarhini ijod aylading.

Fasli asr aylab chiqib ag‘yorlarga boqmading,Yaxshi qilding shul tag‘ofildin dilim shod aylading.

Saxt ko‘ngullar, Muqimiy, g‘am bilan vayron edi, Bir boqib, yolg‘on emas, lekin chin obod aylading.

6

Page 8: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

AYLADING KETDING

Ko‘ngulni g‘uncha yanglig4 tah-batah qon aylading ketding, Xaloyiq ichra ma’yus-u parishon aylading ketding.

Otib tiyra jafo dillarga har yondin solib rahna,Nachuk sultonki, tan mulkini vayron aylading ketding.

Judolig‘ kunjida yetmasmudi hasratda qolg‘onim,Yana sha’nimga bir ortuqcha bo‘hton aylading ketding.

Agar tosh bo‘lsa ham ko‘ngling erib lozim edi rahming, Ko‘zicha dushmanim yer birla yakson aylading ketding.

Avaldin oshnolig‘ qilmasamchi, oxiri tashlab,Umidim shulmidikim, zor-u hayron aylading ketding.

Duoyi davlating ko‘zlar Muqimiy, garchikim mahrum, ВоЧакка ne’mati vasling farovon aylading ketding.

Page 9: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

LOLAZOR AYLAB KELING

Kelsangiz kulbam aro ko‘zni xumor aylab keling,Shum raqiblar ko‘zidin, ey jonim, or aylab keling.

Hasratingda ko‘zlarimdin seldek yoshim oqar, Maqsadimni(ng) g‘unchasin ochib, bahor aylab keling.

Qatra-qatra qon to‘karmen yo‘llaringda termulub,Sanga oshiqni kim aytdi, intizor aylab keling.

Gulshan ichra lof urar shamshod qaddini ko‘rub, Qomatingiz ko‘rsatib bir sharmisor aylab keling.

Uchrasa ag‘yor agar qilmay nazar bismil qilib, Qonlaridin ko‘chalarni lolazor aylab keling.

Manga zohid ta’n etmush emdi, ey oromi jon,Oni ham borib meningdek beqaror aylab keling.

Hech guldin bu Muqimiy tobmadi bo‘yi huzur, Kulbami, ohu ko‘zum, mushki totor aylab keling.

Page 10: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

QACHONGACHA

Ag‘yor eliga lutf Да ehson qachong‘acha?Qilmoq ko‘ngulni lola kabi qon qachong‘acha?

Hajringda tiyra ro‘z o‘lib, zahri g‘am maosh, Mundoq nihonsen, ey mahi tobon, qachong‘acha?

Yuz va’dani birig‘a qachon aylading vafo, Sindurmak oxir ahd ila paymon qachong‘acha?

Vayron ko‘ngulning bo‘lsa binolari maylimu,Qilmak bu ko‘zning yoshini to‘fon qachong‘acha?

Bulbul fig‘on-u qumri chekib oh-u nolalar,Gullar chamanda choki girebon qachong‘acha?

Vaslingg‘a ham yetarmudi, ey Laylivash, kishi, Majnun kezarda dashtda hijron qachong‘acha?

KokiUaringni shonalar aylab Muqimiyni Qilmak bu sheva birla parishon qachong‘acha?

9

Page 11: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

JAMOLINGNI KO‘RUB...

Toqat o‘ldi toq, ey mahvash, jamolingni ko‘rub, Volai shaydoi o‘ldim xatt-u holingni ko‘rub.

Loladek nozik badanlar kokil afshonlar chekib, Dog‘i ko‘nglimda o‘shal ranj-u malolingni ko‘rub.

0 ‘zga bog‘larga bino qo‘ymay, nigoro, qil xirom, Shoxi sinsun sarvni га’по niholingni ko‘rub.

Xomush o‘lturmay gapur, jonoki, bo‘lsun gung-u lol To‘tiyi shirin takallum qiyl-u qolingni ko‘rub.

Oy malohatda yetolmay yuz xijolatlar bilan, Boidi kam-kam kimki bu husni kamolingm ко rub.

Ne ajabkim yuz o‘gursa men kabi zuhd ahli ham,То abad mehrobdan abru hilolingni ко rub.

Nazm ko‘zgusig‘a sayqal berdi vasfmg-la, Muqim, Tobsa shoyad xotiri taskin misolingni ко rub.

ю

Page 12: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

YOLG‘UZ

Banogah uchradi ot o‘ynatib bir diirabo yolg‘uz, Rikobig‘a surib ko‘z, qo‘l ochib qildim duo yolg‘uz.

Dediidm: «Nozaninlar xaylida insof qilganda, 0 ‘zingdur xush takallum, to‘tii shirin ado yolg‘uz».

Tabassum birla pinhona dedi: «Oshiqlarim ichra Vale sen ham asir-u mubtalolig‘da judo yolg‘uz».

Dedim: «Jono, chekardim dardi hijroningni muddatlar, Harimi vaslinga mahramlig‘ erdi muddao yolg‘uz».

Dedi: «Xilvatda tanho ko‘rmagingdin ne g‘araz bordur?» Dedimkim: «Orzu shuldurki, jon qilsam fido yolg‘uz».

Urub bir qamchi aydi: «Oshma haddingdinki, shohlarni Ko‘rolmas hech bir yerda necha sandek gado yolg‘uz».

Muqimiyni panohi ismatingda asrag‘il, yo rab,Xatarlik dasht аго gumgashtai berahnamo yolg‘uz.

li

Page 13: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

QAYDA BORAY

То jilva qildi ul pari, men mubtalo qayda boray?Emdi degaykim, bor nari, men mubtalo qayda boray?

Kokillarin dom ayladi, subhim qaro shom ayladi, Tobora nokom ayladi, men mubtalo qayda boray?

Umre bo‘lub ovoralar, ko‘ksimda bitmas yoralar,Gar qilmas ersa choralar, men mubtalo qayda boray?

Yuz noz ila bir-bir bosib, keldi niqobini ochib,Hayron qilib ketdi qochib, men mubtalo qayda boray?

Yetti falakka nolishim, hal bo‘lmadi mushkul ishim, 0 ‘zga o‘zidan yo‘q kishim, men mubtalo qayda boray?

Yo rab, yomon-u gandaman, osiy-u ham sharmandaman, Ne hukm bo‘lsa bandaman, men mubtalo qayda boray?

Borsang ko‘yig‘a, qosido, ayg‘il Muqimiydin duo, Baskim, zaif-u beaso men mubtalo qayda boray?

12

Page 14: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

DILNI AFGOR AYLADING

Oqibat, ey bemuruwat, dilni afgor aylading, Yaxshi ish qilsang edi, shul ishni bekor aylading.

Men kabi jonso‘zdin yakbora yuzni o‘gurib, Bora-bora, sad darig‘o, mayli ag‘yor aylading.

Ne uchun rashk o‘tlarig‘a sham’dek yoqilmayin, Oshnolardin kechib, begonani уог aylading.

Bog‘ aro yolg‘iz jigar xun, men emas, guUami ham Lola ko‘ksin dog‘ qat-qat diyda xunbor aylading.

Umr o‘tar, jono, bukun mahshami ham andisha qil, Ne gunoh qildimki, oxir javr bisyor aylading.

Yo‘qki g‘amxo‘re desa bechorai sho‘rlik Muqim, Yordin ajrab zahr-u zaqqum birla iflor aylading.

13

Page 15: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

EY YORI JONIM

Oshiq bo‘lubman, ey yori jonim, Vaslingni izlab yo‘qdur majolim.

Bir yo‘qlamaysan kuygan qulingni, Ko‘zlari jallod, nozik niholim.

Rahm ayla manga, ey bag‘ri qattiq, Diydam to‘la qon, ey sho‘xi zolim.

Labtashnalarga ayla nazzora,Qaddi chu shamshod, qoshi hilolim.

Olding ko‘ngulni bir-ikki so‘zlab, Devona bo‘ldim, to‘ti maqolim.

Наг dam kuyarman yodimg‘a tushsang, Bir ko‘rmaguncha yo‘qdur majolim.

Necha zamondur, ko‘zdin nihondur, Oshiq Muqimiy, ey xasta jolim.

14

Page 16: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

AQL-U HUSH

Aql-u hush uchdi boshimdin ey pari, devonaman, Bir iloje qil, el ichra bo‘lmayin afsona man.

Dard-u so‘z-u ashk-u ohimni qiyos et sham’din, Shomdin to subhidam hajringda o‘rtab yonaman.

U1 zamonekim, yiroq vaslingdin o‘ldim, to bu dam Наг kecha yodingda ming yo‘l uyqudin uyg‘onaman.

Lahzaye zahri g‘aming yutmoqqa toqat qolmadi, N o‘sh etib vasling mayidin ham qachon bir qonaman.

Xoma mujgon, ko‘z qarosidin yozib rozi dilim, Arzaye qildim, eshit, ma’yus-u mushtoqonaman.

Ohkim, sensiz qaror-u sabr-u oromim ketib,Bir ilon chaqqan kishidek har taraf to‘lg‘onaman.

Navbati jomim to‘la quyg‘il karamdin, soqiyo,Наг qadamda to qilay yuz lag‘zishi mastonaman.

Mulki Hind-u Marvdin kelsam topardim e’tibor,Shul erur aybim, Muqimiy, mardumi Farg‘onaman.

15

Page 17: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

0 ‘ZGANI YOR ETMAYIN

Ahd qildim emdi sandin o‘zgani yor etmayin,Har guli ra’noga mundog‘ o‘zni ko‘p хог etmayin.

Bora-bora mayli ag‘yor aylading, ketding, netay, Rashk o‘tig‘a o‘rtanib, ko‘zlami xunbor etmayin.

Dardsizlar bilmas erdilar, xush erdim, ohkim, Bo‘lmas erkan ishq sirrin elga izhor etmayin.

Erta-kech vaslingga shod aylardin ortuq demading, Intizor aylab yo‘limda muncha ham zor etmayin.

Lablaringdin zohir et, jono, tabassum oshkor,La’l birlan orzuyi durri shahvor etmayin.

Hech tarso qolmas erdi ko‘rsalar mushkin soching, Dinidin qaytib demongkim yodi zinnor etmayin.

Xurram etsang ne bo‘lurkim, soqiyo, bir jom ila Bu sifat maxmur subhimni shabi tor etmayin.

Ey pari, qaydog4 sohirsanki, olib hushimi, Qo‘ymading ko‘rsam qachon tasviri devor etmayin.

Nazmimi mag‘zig‘a vasfini Muqimiy toj etib Naylayin har dam o‘qib, nomingni takror amayin.

16

Page 18: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

BIR KELIB KETSUN

Sabo, arz ayla to ul zulfi rayhon bir kelib ketsun,Ki topsun bo‘yidin tan har nafas jon, bir kelib ketsun.

Qolib hijronlarida, sog‘inib hasrat biJan oxir —Jahon gulzori bo‘ldi menga zindon, bir kelib ketsun...

Lisoni so‘zga bovar qilmas ersa, qosido, ayg‘il,Uray oshiqlig‘imga maxfi qur’on, bir kelib ketsun.

Qadi sarvi sihini munfail aylib, ochib oraz,Qilib gulni xijil choki giribon, bir kelib ketsun.

Ko‘rarga benihoyat zor-u mushtoq o‘lg‘anim ayting, Agar bo‘lsa ishi ham, hattal-imkon, bir kelib ketsun.

Kelishga fursati gar bo‘lmagan vaqtida ham lekin,Iki toshning arosida shitobon bir kelib ketsun.

Muqimiy holi zorin so‘rg‘ali ayni muruwatdur,Degil, insoflik bo‘lsa musulmon, bir kelib ketsun.

~ M u qi mi y 17

Page 19: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

KIM DESUN

U1 tag‘oful peshag‘a holi xarobim kim desun?Hajrida mundog‘ meni ko‘rgan azobim kim desun?

Kunduzi bir yerda bir dam olmay orom-u qaror, Lahzaye yo‘q kechalar ko‘zlarda xobim kim desun?

0 ‘z ko‘mochig‘a, masalkim, tortadur kul har kishi, Bas, kuyub ishqida chekkan iztirobim kim desun?

Kuymagan bo‘lsa birov mehr-u muhabbat o‘tig‘a, Sham’dek to subh o‘rtab tabbu tobim kim desun?

Hamnishindurlar ulug‘larga xushomadgo‘ylar,Yo‘lida jononimi xayr-u savobim kim desun?

Gar qilich boshimg‘a ham kelsa degayman rostin, So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun?

Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy, erta-kech, Q°n sharob ichsam, jigarlardur kabobim, kim desun?

18

Page 20: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

ZULM ILA QAHR-U G‘AZAB

Zulm ila qahr-u g‘azab izhor qilmoq shunchalar, Oshiqi bechoraga ozor qilmoq shunchalar.

Gul debon sevgan kishining ko‘kragiga nish urib, Xasta-yu ma’yus etib, afgor qilmoq shunchalar.

To‘tiyi shirin suxan ag‘yorlaming bazmida,Bizga kelganda gapirmay zor qilmoq shunchalar.

Sizga kim aydi: muhabbat ahlini qil ihtisob, Qo‘rqutib o‘z aybiga iqror qilmoq shunchalar.

Kelsa oldingizga boy suvrat, yaqosi tugmalik,Izzat ila shod-u minnatdor qilmoq shunchalar.

Garchi kelsa eski to‘n, bizdek duogo‘yi faqir, Kambag‘alning xirqasidin or qilmoq shunchalar.

Har balo-yu jabr kelsa yonmagay hargiz Muqim, Oshiq ahlini urubon xor qilmoq shunchalar.

19

Page 21: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

ANOR

N e’mat ichra xush latofatlikda mustasno anor, «Qoy» agar hikmatda derlar qotii safro anor.

Me’dani pokiza aylab, ishtahoni kelturub,Ko‘p g‘izo qilg‘armi qilg‘ay rangini humro anor.

Achchig‘ida xosiyat ko‘pdur, havosida xusus,Bo‘lsa shirin tashnalik daf igadir tanho anor.

Gar yesang forom har bir dona chun la’li xushob, Bog‘ida sun’i ilohi mevai g‘atmo anor.

Bor masalkim: yaxshi odam der edim, o‘zi bilur, Yo‘qsa aylardim qachon sizlarga men da’vo anor.

Xaltasi birlan yuboring gohi-gohi lutf etib,Bo‘yla kelganda Namangan shahridin savg‘o anor.

Nogahon o‘rtab yurak turganda keltirdi o‘g‘uI Shodlig‘imdin, deb yuboribmen, Muqimiy, yo anor!

20

Page 22: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

RA’NOLIG‘ING BORDUR

Eram gulzoridin har vajhdin ra’nolig‘ing bordur, G ‘araz lutf-u nazokatda chaman orolig‘ing bordur.

Kaloming jonfizoyekim, takallum aylasang shirin, Jahon to‘tilarining oldida go‘yolig‘ing bordur.

Bu gulshan guUari birlan ochishsang nogahon ruxsor, Ruunat avjida har bobdin humrolig‘ing bordur.

Ramaqqa yetsa ham noz-u tag‘oful ishlaring jonlar, Nigoro, saxt oshiqlarga beparvolig‘ing bordur.

Xaloyiq ichrakim qo‘zg‘aldi mundog1 fitnalar bois, 0 ‘zingni ham bir oz lekin ko‘ngul orolig‘ing bordur.

Agar za’fimni rangimdin qiyos etsang bo‘lur baskim, Bayon darkor emas aql-u xirad donolig‘ing bordur.

Nachuk ko‘nglum, Muqimiy, kuymasin rashk o‘tig‘a oxir, Qolib oshnolaring begonag‘a oshnolig‘ing bordur.

21

Page 23: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

I

OSHIQI HAYRONLARING BORDUR

Ajoyib jilva birlan, dilbaro, javlonlaring bordur, Xiromingga aning-chun oshiqi hayronlaring bordur.

Boqib mardumni bismil aylamakka tig‘ emas hojat, Kamon abro‘ otarg‘a novaki mujgonlaring bordur.

Hamisha gul yuzing shavqida chun bulbul navo qildim, Demassan menga mundog‘ nola-yu afg‘onlaring bordur.

Labingdin kom baxshishlar magarkim va’da aylarsan, Nihoniy shum raqibg‘a ahd ila paymonlaring bordur.

Xush o‘lmas xotirim bog‘lami sayri birla bo‘lsang bas, Ruxing - gul, zulflardin sunbul-u rayhonlaring bordur.

Ochib ruxsorini bir necha ko‘rmay borasan vaslin,Bu to‘g‘ridin, netoyin, ey ko‘ngul, armonlaring bordur.

Navo birlan Muqimiy she’r ravshanroq eshitkanga, Qilib yod о qusa bazmingda ham xushxonlaring bordur.

22

Page 24: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

INSON BO‘LDIMU

Ilm o‘qug‘oni bilan har kim musulmon bo‘ldimu? Mouman aylab farishta g‘ayri shayton bo‘ldimu?

Shikvalar aylab tuz ichkon yerlaringizni mudom, Yo magar posi namak tutmog‘liq oson bo‘ldimu?

She’ringizg‘a xalq tolib bo‘lsalar so‘ngra o‘qing,Yo kelib ahbob каг bo‘lmakka mehmon bo‘ldimu?

Kimki muhmaldur o ‘zi ham o‘zgani muhmal bilur, Qilsangiz g‘ayra atoye derki, ehson bo‘ldimu?

Buzda rish, eshshakda jon, to‘ti gapurgoni bilan,Ey afandim, sizga ul albatta inson bo‘ldimu?

Suhbat ahlig‘a qilolmay ul kecha izhori fazl, Fazlingizni paxtasi ham yoki arzon bo‘ldimu?

Bo‘Imagay hosil, Muqimiy, ma’niye har lafzdin, Dona sochqon birla har qishloqi dehqon bo ldimu.

23

Page 25: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

KEL ERTAROQ

Dilbaro, ta’xir qilmasdin bir on kel ertaroq, Muntazir bo‘lmakka yo‘q jism ichra jon, kel ertaroq.

Gar bu oqshom to sahar san birla taskin topmasam, Ishq o‘tiga kuydi mag‘zi ustixon, kel ertaroq.

Siynalar afgor hijroning bilan, boz ustig‘a Xanjari noz birla qilmay imtihon, kel ertaroq.

Hojat ermas o‘zga shamshir istamak qatlim uchun, 0 ‘q otarg‘a kipriging abro‘ kamon, kel ertaroq.

Kecha-yu kunduz visoling orzusinda umr o‘tib, Fe’l-u atvoringni sog‘indim yomon, kel ertaroq.

0 ‘zgalar nomehribonlig4 birla tashlab ketdilar, Boshing haqqi sen bo‘lubon mehribon kel ertaroq.

Eshitib hasrat Muqimiydin, nigoro, bu kecha Garm suhbat birla to vaqti azon kel ertaroq.

24

Page 26: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

OHISTA-OHISTA

Nazardin ketting, ey xurshid uzor, ohista-ohista, Nachuk bas tiyra bo‘lmas ro‘zg‘or ohista-ohista.

Sanovbar qomato, bo‘lmasdin awal oshno, bilsam, Во‘1агкапшап ko‘rarga muncha zor ohista-ohista.

Ravo ko‘rma tarab zulfmgni beparvo el ozorin —Ki har bir torida jon beshumor ohista-ohista.

0 ‘yunda rashkdin kokiUaringdin nega tebranmay, Tegar ruxsoringga oltun tumor ohista-ohista.

Darig‘o, roygon mehr-u muhabbat qo‘ymish erkanman, Yo‘lingda qilding oxir intizor ohista-ohista.

Yuzung ko‘rmakka doirn muntazir nargis bila gulzor, Xirom et bog‘ aro tovusvor ohista-ohista.

Xayol etsam visoling sog‘inib hushum ketib boshdin, Oqar qon yosh ko‘zdimdin shashqator ohista-ohista.

Asir etmas qayu bir fe’l-u atvoring xususankim,Olib ilkingga chalganda dutor ohista-ohista.

Nega asrab nihon tuttimki, hargiz bo‘lmadi, naylay, Boiurkan ishq sirri oshkor ohista-ohista.

25

Page 27: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

01 yuzingdin parda, diydoringdin o‘rgulsun quling, Hur yanglig4 fe’l-u atvoringdin o ‘rgulsun quling.

Boshlaringdin o‘rgulub yuz shavq ila parvonalar, Bazmlarda sham’i ruxsoringdin o‘rgulsun quling.

Ko‘zlaring ovorasi umre g‘azoli Chin bo‘lub,Nofa zulfi anbarin boringdin o‘rgulsun quling.

Bulbuli sho‘ridai bebol-u parman ayrilib,Ochilib o‘lturki, gulzoringdin o‘rgulsun quling.

Qil yurish, kabki dari bo‘lsun xiroming sadqasi, Xush takallum to‘ti guftoringdin o‘rgulsun quling.

Lablaringni rashkidin la’li Badaxshondur xijil, Tishlaringmu durri shahvoringdin o‘rgulsun quling.

Zori dil noahllarg‘a qilmog‘il fosh, ey Muqim, Bulhavaslar sirri asroringdin o‘rgulsun quling.

0 ‘RGULSUN QULING

26

Page 28: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

KO‘ZLARING

Surma qo‘ymay muncha ham, jono, qarodur ko‘zlaring, Har bir jon qasdig‘a boqqan balodur ko‘zlaring.

Oshno begonalarga, bir umr xush-xush nigoh, Oshnolarga g‘araz nooshnodur ko‘zlaring.

Boqmag‘ay oshiqqa sahvan ham qiyo, faryodkim, Rasmu oyini magar javr-u jafodur ko‘zlaring.

Ohuyi Chin ko‘rdi-yu shahlolig‘idin qon yutub, Rashkdin ovorai dashti Xitodur ko‘zlaring.

Nargisi mastingdin uzmak mumkin ermas diydani, Yoki mujgon davrida mehrigiyodur ko‘zlaring.

Intizor aylab o‘zi ham, ajrig‘a oyinasi,0 ‘z jamolini ko‘rolmasdin adodur ко zlaring.

Qumri sarvi qaddu, bulbul gul yuzingning volasi,Men Muqimiyga hamisha muddaodur ко zlaring.

27

Page 29: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

NAZOKAT BOG‘IDA

Ey, nazokat bog‘ida ra’nolig‘ingdin o‘rgulay,Surma qo‘ymay ko‘zlari shahlolig‘ingdin o‘rgulay.

Chok-chok aylab giribon gul, degay beixtiyor, Chehrai oling ko‘rib humrolig‘ingdin o‘rgulay.

Yuz tarafdin dod-u faryod etsa ham oshiqlari,Hech boqmas sho‘xi beparvolig‘ingdin o‘rgulay.

Xandalar, shirin tabassumlar bilan har yon boqib, Alg‘araz bir qamchi bazm orolig‘ingdin o‘rgulay.

«Oh o‘ldum» ham desangkim zarra bovar qilmagan, Sangdil, qattiq ko‘ngul, xorolig‘ingdin o‘rgulay.

Nogahon ko‘rsang Muqimiyni tag‘ofillar qilib, Doimo begonadek oshnolig‘ingdin o‘rgulay.

28

Page 30: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

YO‘Q DILRABOYE SAN KABI

Jilvasi g‘oyat xirad, yo‘q dilraboye san kabi, Sarvdek mavzun qad-u gulgun qaboye san kabi.

Bora-bora oshnoi jonsiporidin kechib,Ko‘rmadim begonaparvar oshnoye san kabi.

Oh urub qumri bilan to‘ti chamanlarda degay, Xush takallum bormukin shirin adoye san kabi.

Rahmsiz jallod ikki ko‘zlaring jon qasdig‘a,Kam erur, insof qilsang, puijafoye san kabi.

Xush kechar umri qachon bir zarrai armoni bor, Har kishini bo‘lsa mahbubi kiroyi san kabi...

Nogahon maijonidin durlar agar tersam, Muqim, Chiqmagay juz vasfi sho‘xi bevafoye san kabi.

29

Page 31: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Orazingni, ey mahvash, bog‘ аго namoyon qil, Lola ko‘ksini dog‘ et, g‘uncha bag‘rini qon qil.

Ko‘rsatib banogohi qoshlaringni mehrobin, Shuncha yilg‘i zohidni zuhdidin pushaymon qil.

Har taraf chamanlarda lof urar xiromig‘a,Kabk to xijil bo‘lsun, jilva birla javlon qil.

Man ham o‘zgaga, jono, yor bo‘lmayin emdi, Bas, inong‘udek san ham ahd birla paymon qil.

Hajr аго qolib sansiz, saxt xastamen — bemor, Bir so‘rab kelib nogoh, dardlarga darmon qil.

Husnni zakoti-chun tobakay rivoj topsun,Har mahal Muqimiyg‘a bo‘sa narxin arzon qil.

ORAZINGNI NAMOYON QIL

зо

Page 32: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

0 ‘YNAYLIK, KULAYLIK

Ey yaxshilar, kelaylik, bir joyga yig‘ilaylik,0 ‘ynaylik, kulaylik, omon bo‘laylik.

Bu umr ekan baqosiz, dunyoyi dun vafosiz,0 ‘ynaylik, kulaylik, omon bo‘lay!ik.

Xush kechgan dam g‘animat, ko‘p chekma ranji zahmat, 0 ‘ynaylik, kulaylik, omon bo‘laylik.

G‘amdin qurib majolim, yo‘q emdi zarra holim, 0 ‘ynaylik, kulaylik, omon bo‘laylik.

Xalloq bandaparvar, qo‘y, qilma vahmi mahshar, 0 ‘ynaylik, kulaylik, omon boiaylik.

Jo‘sh ursa bahri rahmat, jurming tamomi tuhmat, 0 ‘ynaylik, kulaylik, omon bo‘laylik.

Gulbog‘larda xurram borib tur, emdi biz ham 0 ‘ynaylik, kulaylik, omon bo‘laylik.

01 pardani yuzingdin, yur, o‘rgulay ko‘zingdin, 0 ‘ynaylik, kulaylik, omon bo‘laylik.Ey sho‘x, ushlashib qo‘l, kelsangchi toki bir yo 1, 0 ‘ynaylik, kulaylik, omon bo‘laylik.

Aylab g‘amingda giryon, tutting demayki, ey jon, 0 ‘ynaylik, kulaylik, omon bo‘laylik.Yig‘lab Muqimiy tokay topmas murodi, naylay, 0 ‘ynaylik, kulaylik, omon bo‘laylik.

31

Page 33: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

ZOR AYLADING SEN НАМ

Nigoro, bir ko‘rarga oqibat zor aylading sen ham, Desam zaxmimg‘a marham, jonima ког aylading sen ham.

Ko‘ngul qon o‘lgani etmasmudi boz ustig‘a oxir,Bu yanglig4 intizor-u diyda xunbor aylading sen ham.

Chekar tovus oh-u nola aylar kabk rashkidin,Magar javlon qilib bog‘larda raftor aylading sen ham.

Qo‘limdin ixtiyorim ketdi bir dam, qolmadi orom, Parilardek qachonkim fe’l-u atvor aylading sen ham.

Chekib javr-u jafolar, sho‘xlardin kammu ta’zirim,Ki, yakbora osarg‘a begunah dor aylading sen ham.

Muqimiy, qaysi gul ishqida rnundog4 o‘tlu bulbuldek Fig‘on qilding, kuyub faryodi bisyor aylading sen ham.

32

Page 34: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

BEPARVOLIG‘INGDIN DOG‘MEN

Ohkim, begonaga oshnolig‘ingdin dog‘men, Oshnoga, ya’ni beparvolig‘ingdin dog‘men.

Oshiqa aylab itob-u noz-u istig‘no mudom, So‘rmagan bir yo‘l ko‘ngul xorolig‘ingdin dog‘men.

Zulm harfidin bo‘lakni bitmagan azro‘yi lutf,Xat chiqorib yaxshi, xush imlolig‘ingdin dog‘men...

Mardumi puldor birlan uns-u ulfat subh-u shom, Faqr ahlidin hazar, donolig‘ingdin dog‘men.

Xo‘bro‘lar ko‘pdur, ammo vajhida badginalig\Misli kam Farg‘onada tanholig‘ingdin dog‘men.

0 ‘rtanurmen tushsa yodimga xayoli orazing,Husn bog‘ida ko‘mb ra’noIig‘ingdin dog‘men.

Nola-u ohingni gulruxlar eshitmas garchikim,Ey Muqimiy, bulbuli go‘yolig‘ingdin dog‘men.

M u qi mi y 33

Page 35: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

BORMUKIN

Bog‘ аго ham sen kabi sarvi xiromon bormukin, Yuzlari — gul, sochi — sunbul, zulfi rayhon bormukin?

Hur раукаг, to‘tidek shirin takallum, xushsuxan, Tishlari — dur, lablari la’li Badaxshon bormukin?

Bu sifat mehrobi abro‘ying ko‘rub beixtiyor,Bosh egib hozir sukut etmas musulmon bormukin?

Necha ko‘z tutdim yo‘lida, qildi kelmay intizor, Do‘stlar, vaslini ko‘rganlarda armon bormukin?

Ey hakimi muddayi, qilg‘il javobi bosavob,Ishqning dardig‘a ham doru-yu darmon bormukin?

0 ‘zgalar har kun, Muqimiy, komyobi bazmi vasl, Senga ham bore nigoh-u lutf-u ehson bormukin?

34

Page 36: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

QILMASUN

Yor agar lutf aylamas, jabr-u jafo ham qiJmasun, Qilmas ersa manga, g‘ayrig‘a vafo ham qilmasun.

Sunbuli zulfi kabi oshufta aylab har nafas,Kokilidek ro‘zg‘orimni qaro ham qilmasun.

Gar eshitmas bo‘lsa bog‘larda fig‘on-u nolasin,Gul yuzin ko‘rsatmasun, bulbul navo ham qilmasun.

Dardim ishqida kuni-kundin fuzunroq bilmasa,Bir musulmonni o‘zig‘a mubtalo ham qilmasun.

Yig‘lamoqdin xiyra bo‘ldi ko‘z, demish faryodkim, Ko‘zga boskan izlarimni to‘tiyo ham qilmasun.

Quchmasam nozik belidin bir yo‘l oxir muncha ham, Qomatimni g‘am yuki birla duto ham qilmasun.

Gar kafi poyig‘a qo‘ymoqg‘a munosib ko‘rmasa, Yig‘latib ko‘z yoshimi rangi xino ham qilmasun.

Yakka bir oqshom kelib vaslini gar ko‘rsatmasa, Rang-u ro‘yimni bu yanglig‘ kahrabo ham qilmasun.

Kelmasa ko‘ngul so‘rab gohe, Muqim, ag‘yorsiz, Bo‘yla awal ishq o‘tin dillarg‘a jo ham qilmasun.

35

Page 37: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

AYRILMASUN

Hech kim mendek ilohi yoridan ayrilmasun, Mehribon, munis o‘shal dildoridin ayrilmasun.

Xonumonlami berib barbod, yetmay vaslig‘a, Bo‘lubon ma’yus yo‘q-u boridin ayrilmasun.

Hajr osebi xazonida bo‘lib sho‘ridahol,Andalebe men kabi gulzoridin ayrilmasun.

Qosido, ko‘nglum qushi band erdi, ayg‘il zinhor, Ishqilibkim zulfi anbarboridin ayrilmasun.

Do‘stlar, ko‘rsatmasun hargiz judolik dardini, Dushmaning ham bo‘lsa o‘z g‘amxoridin ayrilmasun.

Bandaye, yorab, Muqimiydek bo‘lib хог-u kasod, Sud-u savdodin qolib, bozoridin ayrilmasun.

36

Page 38: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

0 ‘XSHAMAS

Ey munawar, orazingga mohi tobon o‘xshamas, Mardumiga ko‘zlaring Mirrix-u Choipon o‘xshamas.

Yuzlaring ko‘rgach safosin xoki xijlatlar bilan,Oynag‘a sayqal berib o‘zig‘a hayron o‘xshamas.

Rost bilsang shulki, jono, to bo‘lubman oshno, Furqatingga — do‘zax-u vaslingga — ruzvon o‘xshamas.

Ko‘zlaringga ohui Chin, sochlaringga mushki Chin,Dur — tishingga, la’lingga la’li Badaxshon o‘xshamas.

Ulki raftoring ko‘rub, tovus bog‘larda yurub,Aylagay taqlid etib harchand javlon, o‘xshamas.

Sho‘xi beboke ЬоЧак hojat emas qatlim uchun,Isfahoni qoshinga shamshiri burron o‘xshamas.

Xo‘blig‘da ko‘p yoron, ammo barobar kelmagay Sanga, ko‘rdimkim, ukang ham bo‘lsa chandon o‘xshamas.

Aylamas mehrobi abro‘ying ko‘rib, ulkim namoz,Hech mazhabda o‘zin olsa musulmon o‘xshamas.

Nogahon har she’rimi bir-bir agar olsang, Muqim, Nazmi vasfing chiqmasa yolg‘on-u yolg‘on о xshamas.

37

Page 39: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

XAYRIYAT

Jon ramaqqa kelgan erdi, keldi yorim, xayriyat, Topdi jon dubora bu jismi figorim, xayriyat.

Orzular g‘unchasi hargiz ochilmas, der edim, Chiqdi hijron chillasi, keldi bahorim, xayriyat.

Bul kecha bir oh urdim gul yuzingni shavqida, Dahmi kuydirmadi o‘tliq sharorim, xayriyat.

Necha kun bo‘lmishki, vaslidin yiroq tashiab edi, Sog‘inib yo‘qlab kelibdur guruzorim, xayriyat.

Xira erdi sham’i umrim shomi hijroni bilan, Ravshan o‘ldi oy yuzidin ro‘zg‘orim, xayriyat.

Aql ila hushimni olib ketti yodidin chiqib,Qoldi o‘xshaydir magar sabr-u qarorim, xayriyat.

Tog‘larni g‘arq etib seli sirishkim, yiqmadi,Ko‘k binosin ikki chashmi ashkborim, xayriyat.

Va’da qilmay qat’i ummid aylasa neylar edim, Termulib yo‘lida chashmi intizorim, xayriyat.

U1 kunekim bir nigoh qilding Muqiming sorig‘a, Afzun o‘ldi misli gavhar e’tiborim, xayriyat.

38

Page 40: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

ORZU

Fikrimiz bog‘idin unmas juz niholi orzu,Mahfili ahbob-u sham’-u qiyl-u qoli orzu.

Vasfi husni qaysi kun payg‘omdin mafhum o‘lub, Bo‘ldi biz aflodalarg‘a parr-u boli orzu.

La’limu yo bargi gul, shahd-u shakar yo labmidur, Chunki zikridin erur shirin maqoli orzu.

Orzu birlan qolay to chand hijron shomida,Vah qachon yorab tulu’ etkay hiloli orzu.

Davlatim sarvi qadig‘a qumri bo‘ldim tavqdor,Voy ulkim tashna-yu, obi ziloli orzu.

Xoksorini sarafroz etsa naylar lutf ila,Ishtiyoqida erurman poymoli orzu.

Oy yuzig‘a ko‘z tushib, borsak munawar bo‘lmasa, Qonga to‘ldi yig‘lay-yig‘lay az kamoli orzu.

Naqsh qildi xotami nazmig‘a (vasfin durrini),Ot chiqarsun deb, Muqim, sohib jamoli orzu.

39

Page 41: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

BIR MENMU

Asiri chashming ohuyi biyobon o ‘ldi, bir menmu? Ko‘rib oina ham husningga hayron o ‘ldi, bir menmu?

Rux ochding pardadin ul subhidamkim, sayri bog‘ aylab, Qolib xijlatda gul choki giribon o‘ldi, bir menmu?

Kuyar jismim na tanho ishqing o‘tidinJki, sahroda Tushub оЧ, lolalar ham jumla so‘zon o‘ldi, bir menmu?

Na yolg‘iz men xarobi halqai zulf-u xat-u xoling Labingga banda ham la’li Badahshon o‘ldi, bir menmu?

Ko‘yingda telba-yu devonadek yurganda ayb ermas, Sochingdin sunbul-u rayhon parishon o‘ldi, bir menmu?

Ko‘rib ramzi tabassum, bu erur deb husni Yusuflar Giriftori o‘shal chohi zanaxdon o‘ldi, bir menmu?

Visoling lazzatidin mazzalar topgan hariflar ham,Kelib oylar, Muqimiy, Yangiqo‘rg‘on o‘ldi, bir menmu?

40

Page 42: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

JAHON BOG4DA

Jahon bog‘ida ham gulgun qabolar bor ekan mundog‘, Olib ko‘nglungni so‘rmas dilrabolar bor ekan mundog‘.

Ne nuqs husnig‘akim o‘tkanda deb o‘tsa xayolida, Yo‘lumda rang-u ro‘yi kahrabolar bor ekan mundog‘.

Qachon tutkay edim, ahbobtar, gulchehralar nomin, Agar bilsam edi javr-u jafolar bor ekan mimdog‘?!

Necha so‘zi dil izhor aylasangizT qilmagay parvo, Asarsiz, mustajob o‘lmas duolar bor ekan mundog\

Ko‘runub ishq oson, boshlarimg‘a tushdi bildimkim, Judolig‘da qiyomat mojarolar bor ekan mundog‘.

~ Mashaqqatlar chekib hajrimda ne kechdi, — demas,— holi,

Yamon begonadin ham oshnolar bor ekan mundog.

Muqimiy, nega afgor o‘lmasun ko‘nglung, nishon aylab, Otarg‘a tiyri mujgon qoshi yolar bor ekan mundog .

41

Page 43: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

MURABBALAR

YUZNI OYDEK

Yuzni oydek nogah tobon aylading,Chun oyina mahv-u hayron aylading, Oshiqlarga ro‘zi hijron aylading, Ag‘yorimga vasling arzon aylading.Va’da yuz yo‘l, birga vafo qilmading,Xush bo‘lmadi ko‘nglung jafo qilmading, Dardim bilib turib davo qilmading,Qilmas ishni hech musulmon aylading.Lola kabi yashnab chiqsang mastona, Ko‘rgan odam nachuk bo‘lmas devona, Xalq ichida qilib mundog‘ afsona,Ovorai pur besomon aylading.Dilrabolar xaylida, ey tojdor,Qani sendek endi sarvi guFuzor,Shamshir aylab qoshlaringni obdor, Qatlim uchun muncha burron aylading.Ey chehrasi qamardin ham munawar, Labing la’1-11 tishing safoda gavhar,Solib boshga netib g‘avg‘oyi mahshar,Pari yanglig‘ o‘zni pinhon aylading...Xo‘blaming ey sarvari sariri,Husn taxti uzra odil amiri,Men benavo qolib mahrum axiri, Bo‘laklarga lutf-u ehson aylading.Oh-u nolam yetdi yetti samoga,Boqmay o‘tting hargiz men mubtaloga, Faryod etdim, Muqim, o‘xshab gadoga, Bir demading: kimsan, afg‘on aylading?

42

Page 44: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

OSHNOLIG‘ING YODIMGA TUSHTI

Arzim eshit, ayo, sarvi ravonim,Hajr o ‘tig‘a kuyub o ‘rtandi jonim, Nogah oyinag‘a boqtimki, xonim, Mahvi hayroningiz yodimga tushti.

Bog‘da ko‘rib har yon ochilgan gullar, Farshi maxmal yerda sabza sunbullar, Sunbul isi xush aylabon ko‘nguUar,Zulfi rayhoningiz yodimga tushti.

Ilkingizdin no‘sh aylayub paymona, Gohe hudman, gohe behud devona,Har qachonkim ko‘ksim qildim nishona, Tiyri mujgoningiz yodimga tushti.

Ey sarvari mahbublar, ra’nolar,Bo‘ldi afzun boshda sho‘r-u savdolar, Bismil xayol aylab guli humrolar,Tiyg‘i parroningiz yodimga tushti.

Tufrog‘idur mazallatlar maskanim, Notavonlig‘ pesham, ojizlig4 fanim,Qasd aylasa qaysi yerda dushmanim, Manga oshnolig‘ing yodimga tushti.

G ‘aflat bosib oxir sarg‘aydi rangim,Yo‘q darig‘o zarra nomus-u nangim, Xijolatdan suvga tushdim qachonkim, Hozir paydolig‘ing yodimga tushti.

Ishq o‘tig‘a kuydim, yondim, tutashtim, Vasling istab-istab yo‘ldin adashtim, Kasratgakim, Muqimiyyo, ko‘z ochtim, Yo rab, tanholig‘ing yodimga tushti.

43

Page 45: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

EY CHEHRASI TOBONIM

Ey chehrasi tobonim, Oshiqlari hayronim,Yo‘q toqati hijronim,Vasl ila davo aylang.

Ey zulfi parishonim,Ahdi hama yolg‘onim, Sindi, qani paymonim, Bir mehr-u vafo aylang.

Ey sho‘xi diloromim, Yetsa sanga payg‘omim, Kulbamga kelib shomim Pumur-u ziyo aylang.

Ey bulbuli sho‘rida, Tokay dili afsurda, Bo‘lmay dame osuda, Gul vaqti navo aylang.

Bu husn g‘animatdur, Chun bod basur’atdur, Hangomi muruwatdur, Xo‘b lutf-u saxo aylang.

Oxir meni bemora Qil marhami nazzora, Kim aytdiki, xushtora Yuz javr-u jafo aylang.

Gar qilsa Muqimiy xun, Ruxsoralari gulgun, Insofga kelur bir kun, Haqqiga duo aylang.

44

Page 46: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

KO‘NGLUM SANDADUR

Emdi sandek, jono, jonon qaydadur, Ko‘rib gul yuzingni bog‘da bandadur, Saqlay ishqing toki jonim tandadur,0 ‘zim har joydaman, ko‘nglum sandadur.

Mehring o ‘ti nogah tushdi jonlarga, Parvoyim yo‘q zarra xonumonlarga,Lola yanglig4 to‘lib bag‘rim qonlarga, 0 ‘zim har joydaman, ko‘nglum sandadur.

Erta-yu kech fikr-u zikrim xayoling,Bir so‘rmading: nalar kechti ahvoling? Eslarimga tushib shirin maqoling,0 ‘zim har joydaman, ko‘nglum sandadur.

Voqif ermas kishi sening aslingdin,Tokim desam pari sening naslingdin, Vodarig‘o, judo bo‘ldim vaslingdin,0 ‘zim har joydaman, ko‘nglum sandadur.

Yo‘q san kabi malohatlik yagona, Ko‘rganmukan misolingni zamona,Bo‘lib xalq ichida mundog4 afsona,0 ‘zim har joydaman, ko‘nglum sandadur.

Yuzlaringdin xijil mohi tobonlar, Raftoringga shaydo jumJa yoroniar,Qolib har dam o‘z ishimga hayronlar, 0 ‘zim har joydaman, ko‘nglum sandadur.

Sultonisan, barcha xo‘blar nadiming,Doim erdim duogo‘ying, qadiming, Bovujudi so‘rmay o‘tting Muqiming,0 ‘zim har joydaman, ko‘nglum sandadur.

45

Page 47: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

MUXAMMASLAR

KASHMIRLIK QIZGA{Furqat g ‘azaliga muxammas)

Dilbarekim olam istig‘nosidin tashvirda,Yo‘q qoshi oldida burrolig‘ dami shamshirda,Lol etar shirin takallum to‘tini taqrirda,Bir qamar siymoni ko‘rdim baldai Kashmir a, Ko‘zlari masxur-u yuz jodu erur tasxirda.

Qaddi mavzunlig‘da sho‘xekim nazokat intixob, Lablari la’li Badahshon, tishlari durri xushob,Husn taxtida tahammul pesha-yu oliyjanob, Zarra-zarra zar sochar boshig‘a har kun ofto ,Subh kelgach, kecha yotib chashrnai iksirda.

Mast qildi jumlai shoh-u gadoni ishqidin,Ayladi devona rind-u porsoni ishqidin,Dema g‘oful pashshaye tokim humoni ishqidin,Xoli ermas hech kishi ul dilraboni ishqidin,Zulfig‘a dil bastalig1 har bir javonu pirda.

So‘rma parvozim, раг-u bolimni, bo‘lmishman asir, Orzu birlan havaslardin qutulmishman asir,Goh yig‘lab, goh ahvolimg‘a kulmishman asir, Aydim: «Ey jon ofati, zulfmgga boimishman asir», Dedi: «Bu savdoni qo‘y, umring o‘tar zanjirda».

Mohi tobon matlai anvoridin bir nuqtadur,Hur-u g‘ilmon shevasi atvoridin bir nuqtadur,Jilvai kabki dari raftoridin bir nuqtadur,Qoshi o‘rtosida xol asroridin bir nuqtadur,Surai nun o‘qidim payvasta har tafsirda.

46

Page 48: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

«Qomating bog‘ ichra yaktodur», dedim, aydi kulub, «Oshiqa vasling tamannodur», dedim, aydi kulub, «Xatlaringdin diyda biynodur», dedim, aydi kulub, «Nuqta lab ustida bejodur», dedim, aydi kulub: «Sahv qilmish kotibi qudrat magar tahrirda».

Maqdamidin zeb-u oroyish topib sahni chaman, Yo‘lig‘a gullar nisor aylib, Muqimiy, zar tuman, Sochibon nogoh tabassum birla lo‘luyi Adan,Aydi: «Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?» Man dedim: «G‘urbatda Furqat bor ekan taqdirda».

47

Page 49: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

KO‘ZLARING(Furqat g ‘azaliga muxammas)

Gar emas, ey nozparvar, kofiriston ko‘zlaring,Nega ikki marduming badmast-u maston ko‘zlaring, Aylagay xunrezliqqa harso‘ javlon kzlaring,Tcfkkali jallod erur ishq ahlidin qon kzlaring,Lablaring jonbaxsh-u, ammo ofatijon kzlaring.

Kishvari husni malohat taxtida, ey podshoh,Sarv qadlar ichra o‘tmas sen kabi mavzun panoh, Naylayin oshuftaUg‘din chekmayin har lahza oh.Sahl agar bo‘lsa parishon, dillarim qilsang nigoh,Qildi ohuni Xo‘tan dashtida sarson ko‘zlaring.

Bir nazar ummidida yo‘lingda ro‘z-u shab yotib, Xorlig‘lar xori har uzvimg‘a xorodek botib.Ozmidi o‘lg‘onlig‘im zahri g'ami hijron totib,Nogahon oshiqlaringga tiyri mijgonlar otib,Raxna dil mulkig‘a soldi nomusulmon ko“zlaring.

Maqsadingni g‘unchasidin der edingkim, gul qilay, Sog‘ari ayshing mayi vaslim bilan purmul qilay,Tobakay mundog‘ tag‘oful aylay, emdi qul qilay,Bir ishorat birla der erding: boqib bismil qilay, Bo‘lmasin ul ahdidin, yo rab, pushaymon ko‘zlaring.

Kelganingda, dilrabo, nogoh oqshom ketmagMl, Kuydurub kuygan yurak-bag'rimni biryon etmagMl, So‘rmasang arzimni, dodigVa raqib ham yetmail,Ey nigoro, surmani qo"y, qo^yma, qo‘ysang chiqmagil, Qilmag‘ay oshubi dahr ustiga to‘fon koVlaring.

48

Page 50: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Necha muddat, kecha-kunduz ko‘rganing ag‘yor edi, Bu sababdin har tukum jismimda go‘yo mor edi, Shom vaqtidek, Muqimiy, ro‘zgorim tor edi,Shukr, Furqat furqatingda xasta-yu bemor edi,Bir boqishda ayladi dardig‘a darmon ko‘zlaring.

4 — M uqim iy 49

Page 51: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

ОНЫМ, HOLIMNI SO‘RMAS OSHNOLARDIN BIRI

Ey tabib, aylanma, dardim bedavolardin biri,Rangi zardim ko‘r-u ko‘rma kahrabolardin biri, Ro‘zgorim tiyra, men baxti qarolardin biri,Ohkim, holimni so‘rmas oshnolardin biri,Oshnolar, balki xesh-u aqrabolardin biri.

Nafsi shayton bo‘ynima boshlar solib, har yerga g‘ul, Oxiratdin yo‘q g‘amim, fikrim hamisha mol-u pul, Oqibat bo‘ldim yemak-ichmak bila nafsimg‘a qul, Orzular tuxmidin ya’s-u nadomat qildi gul,Bo‘lmadi afsus hosil muddaolardin biri.

Kettilar hasrat bilan mardum yig‘ib dunyo, darig‘, Hirs-u g‘aflat pardasi bosib, bo‘lib a’mo, darig\ Dahrdin bir oli hirrunat bo‘lmadi paydo, darig‘,Joh-u qudrat birla xok o‘ldi g‘aniylar, vo darig1,Xayr-u ehsonin kcfralmay benavolardin biri.

Hech istab topmadim hamdam qilurga sharhi roz, Kimga yondoshtimki qo‘yub mehr, qildi ehtiroz,Olam ahlin bir-bir etdim imtihon-u imtiyoz,Mahfile kim yo‘q, nazarda, mutribo, ul dilnavoz, Ravshan etmas ko‘nglumi zavq-u safolardin biri.

Soch aqordi, tish tushub, quwat belimdin ketti, hayf, Toatim yo qtur, matoimdur gunoh, yuk bitti, hayf, Ayladim zoyi yigitlik, ko‘si rixlat yetti, hayf,Pur xatar vodiyda sargardon abas umr o‘tti, hayf,Yig lamaymu: yo‘lg‘a solmas rahnamolardin biri?

50

Page 52: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Еу muhabbat, shu’laye ur dilg‘akim, tinmay kuyay, Qonlik ashkimdin libosimni qizil guldek bo‘yay, Fe’libadlarg‘a pushaymonlar qilib, yuzni yulay, Holati lutf etki, yo rab, ko‘z yoshim birlan yuvay, Qolmag‘uncha nomada jurm-u xatolardin biri.

Sham’dek jonlar kuyub, jism o‘rtanur monandi xas, Yetkudek dodimg‘a ko‘rmay boramen faryodras,Yo‘q asar nolamda, manzillar yiroqdur chun jaras, Ishq yo‘lida Muqimiykim, dema, ey bulhavas, Shavqida bir sarvqad, qumri navolardin biri.

51

Page 53: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

INTIZOR 0 ‘LTURGUSI(Furqat g ‘az.aliga muxammas)

Domi zulfi ichra xoli donavor o‘lturgusi,Jon qushini mubtalo aylab shikor o‘lturgusi,Ilkiga olsa xususankim dutor o‘lturgusi,Kelsa kulbamg‘a o‘shal berahm yor o‘lturgusi, Kelmasa, kelguncha dardi intizor o‘lturgusi.

Yo‘q dilekim hech bir g‘amdin mukaddar bo‘lmasa, Ko‘rmadim ko‘z hamki motamdin nam-u tar bo‘lmasa, 0 ‘zgalar husnin netay man, ul sumanbar bo‘lmasa, Davlati diydor gar gohe muyassar bo‘lmasa, Mehnati javr-u jafoi ro‘zgor o‘lturgusi.

Sonma oshiq jabrig‘a qilmas tafoxur, ey rafiq,Har jafokim etsa bo‘l shukriga zokir, ey rafiq,Turfa bekas man bu vodiyda musofir, ey rafiq,Eyki dersan: o‘lg‘asan ko‘yida oxir, ey rafiq,Roziman billoh agar bilsamki yor o‘lturgusi.

Yo rab, ul bemehr bemorin kelib so‘rmas dame, Sangdillig4 peshasi insofa kelturmas dame,0 ‘zgalardin o‘zga manga qo‘l tutib yurmas dame, 0 ‘zni o‘ltursam agar man birla o‘lturmas dame, Doimo ag‘yor ila, kelsam, nigor o‘lturgusi.

Umr o‘tar, yuz hayfkim, hosil qilolmay lahza kom, Ro‘zgorim tiyra, baxtimdur qaro monandi shom, Manga sunsangchi visoling bodasidin emdi jom,Во ldi korim bori g‘am ostida jon uzmak mudom, Vahki, har kun mehnati bu kor-u bor o‘lturgusi.

52

Page 54: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Boshdin har dam hushum jodu ko‘zing eltur mani, Fitnadur anga solursanmu qo‘yarsan surmani,Ko‘p yiroq tushtim nazardin vaslinga yetkur mani, Mastman bu kecha, soqiy, lutf ila o ‘ltur mani,Var na qo‘ysang tonglaga ranji xumor oMturgusi.

Yuz yo‘la o‘tdim ko‘yingdin tinmadim el yotgucha, Muntazir boMdim yo‘lingda termulib oy botgucha, Ostonangdin netar yursa Muqimiy sotgucha,Bir kecha borg‘um diyub har kechalar tong otgucha, Furqatiyni aylabon ummidvor o ‘lturgusi.

53

Page 55: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

RUXSORINGIZ CHIROYLIK(Furqat g ‘azaliga muxammas)

Kiygan liboslaringiz, dastoringiz chiroylik,Toza matolaringiz, bozoringiz chiroylik, Payg‘omingiz farahbaxsh, axboringiz chiroylik, Jannatni gullaridin gulzoringiz chiroylik,Hur-u pari yuzidin ruxsoringiz chiroylik.

Наг vajhdin sumanbar, qomatda sarv раукаг, Insof aylasam yo‘q sizdek jahonda dilbar,Наг necha vasfingizg‘a sig‘maydi tang daftar, Ko‘rganda qomatingiz bo‘lg‘ay xijil sanavbar, Tovus jilvasidin raftoringiz chiroylik.

Oydek yetib kamola, ko‘rmang zavol hargiz, La’li labingiz o‘lmas obi zilol hargiz,To‘ti kamolingizdin bo‘lmasmu lol hargiz,Har qancha qilsangiz ham keimas malol hargiz, Yaxshi erur jafongiz, ozoringiz chiroylik.

Umre baland bo‘lsun iqbol-u davlatingiz,Kam bo‘lmasun hamisha Doroyi shavkatingiz, Gul bog‘ orazingiz, rayhon erur xatingiz,Наг bir-biridin ahsan af ol-u xislatingiz, Kirdoringiz yarashkan, atvoringiz chiroylik.

G‘ilmonmusiz basharsiz, qaydog‘siz o‘zingiz, Во lgaymu muncha issig‘ yo o‘tmu yulduzingiz, Jonlar topar halovat, qand-u asal so‘zingiz, Olma qizil yuzingiz, bodom erur ko‘zingiz, Ta’rifi anjiringiz, anoringiz chiroylik.

54

Page 56: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Еу husn kishvarini(ng) taxtida yakka sulton,Mumtoz dilrabosiz, chokar jamii xubon,Yetmakka vaslingizg‘a bormu, Muqimiy, imkon, Furqat, ko‘rib ko‘ngillar bo‘lmas nachuk parishon, Bellarda kokilingiz, zunnoringiz chiroylik.

55

Page 57: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

IXTIYOR ETMAZMIDIM(.Fuzuliy g ‘azaliga muxammas)

0 ‘lmasa g‘am cho‘x hasrat ixtisor etmazmidim, Toqatim yetsaydi tamkin-u viqor etmazmidim,Xush yor o‘lsaydi zulmidin firor etmazmidim,Aql yor o‘lsaydi tarki ishqi yor etmazmidim,Ixtiyor o‘lsaydi rohat ixtiyor etmazmidim.

Jona yetdim, ey jafojo1, zahri hijroning yutub, Aylading bing va’da, bo‘ldi subh kelmassan gedub, 0 ‘lturarsan g‘ayra, ey soqiy, mayi gulgun dutub, Nesha mahram aylading sham’i, bani mahrum edub, Ban saning bazmingda jon naqdin nisor etmazmidim.

Dard-u anduh ila ko‘ngil ko‘zgusi zangordur,Siynalar tiyra jafodin xasta ham afgordur,Toleim shum, yor bemehr-u falak g‘addordur, Dardimi olamda pinhon dutdigim nochordur, 0 ‘g‘rasaydim bir hakima oshkor etmazmidim.

U1 ko‘zi ofatni kam-kam ko‘rmaga o‘lsaydi sabr, 0 ‘zgani vaslina mahram ko‘rmaga o‘lsaydi sabr, Ko‘rmayub bir lahza, bir dam ko‘rmaga oisaydi sabr, Yor ila ag‘yori hamdam ko‘rmaga o‘lsaydi sabr,Tarki g‘urbat aylayub, azmi diyor etmazmidim.

Ishq asrorin bani shaydolig‘imdin qil qiyos,Umr o‘tar g‘aflatda, nafs orolig‘imdin qil qiyos, Saxt gumrahban, dili xorolig‘imdin qil qiyos,Voizing kufri bani rasvolig‘imdin qil qiyos,Anda sidq o‘lsaydi ban taqvo shior etmazmidim.

56

Page 58: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Ravshan aylar el ko‘zin, yo rab, ko‘zimni(ng) mardumi, Xo‘blar rasmida yo oyini mardumlig‘ bumi? G‘amguzorim yo‘qki sharh etsam, Muqimiy, dardimi, Ey Fuzuliy, dog‘i hijron ila yobmish ko‘nglumi, Lolazor ochsaydi sayri lolazor etmazmidim.

57

Page 59: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

KIM DESUN

Soyayedurmenki, boqmas oftobim kim desun? Bora-bora ketdi qadrim, intixobim kim desun?Bir o‘qutmaydur bitib bergan kitobim kim desun?U1 tag‘ofulpeshaga holi xarobim kim desun?Hajrida mundog‘ meni ko‘rgan azobim kim desun?

Oshnosidin kechib, begonalarga yor yor,Bu alamlarga chidolmay ko‘zda yoshim shashqator, Hech dushman bo‘lmasun ko‘yida mendek xor-u zor, Kunduzi bir yerda bir dam olmay orom-u qaror, Lahzaye yo‘q kechalar ko‘zlarda xobim kim desun?

Ko‘rmadimkim, bo‘lmasa boshida mushkul har kishi, Qadri ranji xor bu bog‘din uzar gul har kishi, Teshani chopqay o‘ziga, rasmdur shul, har kishi, 0 ‘z ko‘mochig‘a, masalkim, tortadur kul har kishi, Bas, kuyib ishqida chekkan iztirobim kim desun?

Turfa bir maxmurmen la’li labi yoqutig‘a,0 ‘xshatur odam gapursa xush takallum to‘tig‘a,Zarra maylim yo‘q bu dunyoning hisob-u cho‘tig‘a, Kuymagan bo‘lsa birov mehr-u muhabbat o‘tig‘a, Sham’dek to subh o‘rtab tabb-u tobim kim desun?

Topmadim vasliga yoi aylab xayol-u o‘ylar,Paykarim g‘amdin zaif o‘ldi, chunonchi, mo‘ylar, 0 ‘zgalarga xulqi xush, ammo menga badxo‘ylar, Hamnishindurlar ulug‘larga xushomadgo‘ylar,Yo‘lida jononimi xayr-u savobim kim desun?

58

Page 60: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Qayda bo‘lg‘ay telba, rasvoda yaqo-yu ostin,Ne bilur Majnun degan subh ila shom-u choshtin, Naylayin, o‘ylab tiriklikiiing kami-yu kostin,Gar qilich boshimga ham kelsa degayman rostin, So‘zki haq bo‘lsa savolimga javobim kim desun?

Demakim, forig‘ duosidin Muqimiy, erta-kech, Midhat-u zikr-u sanosidin Muqimiy, erta-kech,Ko‘z tutar davlat asosidin Muqimiy, erta-kech, Do‘stlar, so‘rmang g‘izosidin Muqimiy, erta-kech, Qon sharob ichsam, jigarlardur kabobim, kim desun?

59

Page 61: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

SATIRALAR

TANOBCHILAR

Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar,Arz etayin emdi yozib nomalar.

Adl qulog‘ila eshit holimi,Zulm qilur, baski, menga zolimi.

0 ‘n ikki oyda keladur bir tanob, 0 ‘zgalara rohat-u menga azob.

Sulton Ali Xo‘ja, Hakimjon ikav,Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav.

Ikkalasi bo‘ldi chunon ittifoq,Go‘yo xayol aylaki, (qilmay nifoq),

Osh yesalar o‘rtada sarson ilik,Xo‘ja - chirog‘ yog‘i, Hakimjon - pilik.

Bir-birisiga solishurlar o‘run,Erta-yu kech o‘pushib og‘iz-burun.

Sallalari boshlarida oq savat,Ко rpacha tagda hama vaqt uch qavat.

Birlari moMtoninamo, hiylagar,Birlaridur kundapix-u gavdaxar.

Og izlari maqtanib o‘n besh qarish, Mayda suxan, ezma (churuk), zanchalish.

Qaysiki qishloqqa tushar otidin,Elni yig‘ib, voq if etar zotidin.

60

Page 62: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Derki: «Ko‘zungga hali kal jo‘jaman, Maxtumi a’zamlik o‘zim xo‘jaman.

Bizga bobo hazrati Shohiig4 mazor, Muxlisimiz mardumi ahli diyor.

Ham yana Erhubbi bo‘lodur tag‘o, Ammamizing erlaridur Nurato.

Bibi Ubayda bo‘ladur xolamiz,Goh kelur erdi kichik bolamiz.

Xizr otamlarga burodar erur, Chimlig1 azizlar menga dodar erur.

Garchiki men olim-u shayxi zamon, Qirqingiza emdi beray bir qozon.

Manki tanobingg‘a chiqibman kelib, Xizmatimi yaxshi qilinglar bilib.

0 ‘t qo‘yubon kuyduradurg‘on o‘zim, Hokiming-u o‘lduradurg‘on o‘zim.

Xoh tanobingni duchandon qilay, Xoh karam birla boshingni silay» .

Xo‘ja so‘zini munga bermay qaror, Mardumi sahroyi bo‘lur beqaror.

Derki Hakimjoni — «Ayo oqsoqol, Bizni topibsan magaramkim o‘sol?

Hozir etib to‘rt nafar mardikor, To‘g‘ri qil oldimg‘a qilibon qator.

Arqonimi yeringa sudrab chiqay, Bachchataloq qishloqilami (uray),

Bir burayin mo‘ylabimni chiqib,Tort tanobini jazosi siqib!

61

Page 63: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Yaxshilig‘ingni fuqaro bilmagay,Holi bular ko‘zga bizi ilmagay.

Ikki tanobini qilay o ‘n tanob,Yurtingizi kuydurub aylay xarob.

Xoh o‘ling, xoh qoling, bachchag‘ar», Debki, uzanguga ayog‘in tirar.

Bir-biriga qishloq eli boqishib,Goh uyon, goh buyon chopishib,

Jam’ bo‘lib aylayubon maslahat:— «Do‘g‘mag‘a, — der, — bir nima berib jo‘nat».

Aqcha qo‘lida ikki-uch mo‘ysafid,Derki: — «Bu nazringiz-u bizlar murid».

Zulm bilan ellig-u yuzni olur,Boz tanobini duchandon solur.

Tog‘i bular yaxshi-yu, bizlar yomon,Е1 tamizidin hazar et, аГатоп.

0 ‘zga yana g‘ussa budurkim, deyin, Shunchaki bir qissa bulardan keyin:

Qo‘shti Jalolxon degan o‘g‘lin manga, Dedi: «Ruqum o‘rgatadursiz siz anga».

Yukladi o‘g‘lini menga, muxtasar,Bu dag‘i ortiqcha (menga dardisar)...

So‘zni, Muqimiy, kerak etmak tamom, Mazzasi qolmas uzun o‘lsa kalom.

62

Page 64: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

MASKOVCHI BOY TA’RIFIDA

Hikoyat qilay, turfa davron ekan,Xaloyiq hama mahv-u hayron ekan.

Chiqib yangi maskovchidin boylar,Sinar o‘tmayin ba’zisi oylar.

Xususanki eshoni Hodixo‘jam,Yo‘q og‘zida qarzini vahmida nam.

Kerak bersa Maskovga bir lak, qani,Bitib va’dai pul, (o‘zi mo‘ltani).

Der ermishki, o‘rusga nisfin beray,Kelar yilga yarmiga muhlat so‘ray.

Qachon bo‘lmagan gap qabul aylasin, Muqarrar degaykim, pechat boylasin.

Muning ustiga qarzidur AndijonKim, o‘z xalqidin — barchadin bu yomon.

Bu ham qirq ming so‘m emish, dedi qarz, 0 ‘tub va’dasi bersalar vaqti farz.

Netarmiz, debon qistamas el pulin,— Berurmen, — desa, — so‘miga o‘n tiyin.

Chunonchi xo‘jam, Poshshoxo‘jani Chu Maskov yuborgan bilan mol qani?

Fabrikantlar va’daga molini Berishmay, dedi, yig‘lab ahvolini.

63

Page 65: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Borib mol uchun, mol ololmay kelish Yomon, ahli tujjorga mushkul ish.

Olib sulsini aqchasin xo‘jayin,Berib mol kontorga qildi tayin.Olay desa, kontorda yo‘q bir baqar,Desa olmayin, ul zakolat kuyar.Bu savdo bilan boshida kechqurun,Borur ko‘he yo orqadin, yo burun.Qochib ketdi machchoyilar aksari,Borib shulki yurtiga ta’kidlari:— «Saroyeki, o‘ boshadash, zinhor,Daronjo marav memuri, ey tabor»1.Saroy egasi kambag‘al Bobojon,Ko‘rar tojike yo‘q, bo‘lur toza qon.Ochilgach kelib ertasi hujrasi,Qilur jang-u janjol har ertasi:— «КоЧагтакка yuk deb, malay saqlasam, 0 ‘ziga degay, ishlaturlar akam».0 ‘risga ijora qo‘yib zovutin,Borur erdi ishlik bo‘lib, chiqti kun.Chiqib qochdi bir-bir hama mardikor,Kupes qoldi bu sirga hayron-u zor.Topib mardikorini — «Seychas yuring, Pojalista, — der edi, — emdi turing».Dedi: — «Har kun bersang o‘n so‘m ham, Borilmaydi, qo‘y zovutini, xo‘jam».Dubora yana bordi bir ishga shul,So‘kib: «Net, — dedi, — kelma durrak, poshyol!»

Mazmuni. Agar о sha tomonlarga borib qolsangizlar, zinhor uning saroyiga (zavodiga) tushmanglar, chunki, ey qadrdonlar, siz u yerdan tirik chiqmaysizlar.

64

Page 66: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Xo‘qand ichra essizgina havlilar,Kelib ikki ming aqchaga sotdilar.

Olur erdi uch-to‘rt mingga, qarang,Netar bo‘lsa qarziga o‘lguncha tang?

0 ‘zi oqshom havlisida, har kimi Ko‘rar keldi eshon, qochar odami.

Agar borsalar qaysi hammomga,Chiqar xodimiylar qochib tomga.

Sabab so‘rdi hammomchi qochqonidin, DediJarki: «Biz kechtuk ehsonidin...»

Berib arza ma’murga: «Ey hokimim,— Dedi, — bor to‘qqiz yuz oltmish so‘mim».

Olib buyruq otig‘a Xayrullaxon,Shariatga qamtu o‘turgan zamon,

Kelib qoldi o‘ziga nogah qasam,Sariq bo‘ldi yolg‘onlig‘i muttaham.

Qizini olib go‘rkavi sho‘rlik,Turushlik tushib, boimadi jo‘rlik...

Dedi oh urib: «Bo‘lsa er holi bu»,Fig‘onidin el ichra tushdi g‘ulu.

— «Darig‘oki, baxtim qaro boimasa,Senga tushmas erdim, xudo urmasa».

Chiqib ichlarida nihon qotishib,Bazo‘r qo‘ydi hamsoyalar bosishib.

Vale rastada savlatin ko‘rsangiz Kim, arziydi shayxi zamon bilsangiz.

5 — M uqim iy 65

Page 67: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Ot ustida mardum qilurlar gumon, Mudarrislari «Beg»ni, deb Tosh eshon.

Amoma boshida, safid jomalar,Xayol aylagaysizki allomalar.

Qilib muxtasar, so‘zni qildim tamom, Malolovar o‘lg‘ay cho‘zilgan kalom.

66

Page 68: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

AXTARING

Podshoh yo‘qlatsalar nogah, gado deb axtaring, Tutma hargiz nomimi, baxti qaro, deb axtaring.

Kimsa bilmaydur mani, nom-u nasab qilsang bayon, Lola yanglig‘ dog‘i g‘amga mubtalo, deb axtaring.

Layli topg‘il, desalar, Majnuni sargardonini(ng), Ko‘zlarining yoshidur rangi xino, deb axtaring.

Istagan chog‘da topay deb, bo‘lsa ko‘ngilda xayol, Qomatidur bori mehnatdin duto, deb axtaring.

Hajr vodiysida kezgay doimokim xo‘blar,Xoki poyidur ko‘ziga to‘tiyo, deb axtaring.

Bir shakarlab, zulmparvar hasratidan, do‘stlar, Umrlar umri charog‘i beziyo, deb axtaring.

Dahr zulmidin sirishki tinmay oqib, aylanur Charx javridin boshida osiyo, deb axtaring.

Tolii shum, vojgun baxt-u g‘izosi dard-u g‘am, Notavon mo‘ri zaifdin benavo, deb axtaring.

Yor vaslig‘a yetolmay qolmish ul kunkim Muqim, Ushbu boisdin o‘lumig‘a rizo, deb axtaring.

67

Page 69: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

HAPALAK QISHLOG‘I TO‘G‘RISIDA(.Maxmur g ‘azaliga muxammas)

Ko‘rdi sandek shahi odilni na ins-u na malak, Arraning zulmidin emin hama bog‘-u chakalak, Yangi oy ko‘ziga xasmingni oturg‘a kamalak,Ey jahondori zafar kavkabai davri falak,Eshiting qissai qishlog‘i xarobi Hapalak.

Gajdum-u ofi-yu biy, o‘tlasa charrandalari,Bir gala mo‘r-u malax, bo‘ri-yu darrandalari, 0 ‘ldurur chaqsa mabodo kana, gazandalari,Turfa qishloq, jin urgan oni parrandalari,Tovug‘i — ignachi-yu, o‘rdag-u g‘ozi — kapalak.

Chug‘zi vayrona teshik, uylari so‘roxi kamar, G‘iji-bij tulki-yu kirpitikon-u echkiemar,0 ‘tga qo‘shniga chiqib, bir kechasi yo‘lda tunar, Tepaga chiqsa kishi, unda-yu munda ko‘rinar:Bir кара, ikki кара, uch olochiq, to‘rt katalak.

Chopishur yantog4 o‘tun mard-u zan issiqda kuyub, Yer zag‘ora nonini, topsa otin qand qo‘yub,Jazi yo‘q sho‘rva kadu yeydugan oshida suyub,Ajiriq ildizini mayda kelilarda tuyub,Qaynatib, kunda ichib, otini derlar sumalak.

Otlari log‘ar-u qoqi-yu xarobi-yu xarish,Rahm qilmay minadur, ikki qadam javr minish, Ochilur og‘zi desangiz-da vuz-u g‘o‘sl qilish,Cho‘l, yo‘q qatrai suv, katta-kichik, yoz-u qish, Qo‘lini qumga yuvib (ortiga) surtar guvalak.

68

Page 70: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Ko‘rpacha tagda qomish, boshlarida bolish uvot, Nar-u moda aralash, bilmas alar ayb-u uyot, Soqov-u gung so‘fi, yo‘qtur imomida savod, Masjidi yerto‘la, bir eski qorong‘i zulumot, Ko‘r qilur ko‘zga urub kirsa kishi ko‘rshapalak.

Ko‘chti xalqi yopinib ko‘hna, uvoda to‘nini, Charxdin o‘tkarishib oh-u fig‘on-u unini, Solmasun dushmana ham boshiga kelgan kunini, Kecha nogah eshitib shuhrati tillo pulini, Hapalak qo‘rqishidin uchti misoli kapalak.

Bo‘lsa ul xisravi Jam joh karamdin ne ajab, Fuqaro holidin ogoh, karamdin ne ajab,Ham Muqimin so‘rasa, goh karamdin ne ajab, Kecha Maxmuri uchun shoh karamdin ne ajab, Hapalak yurtig‘a tushgan pul agarchi lak-lak.

69

Page 71: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

DARIG‘0 , MULKIMIZ..

Darig‘o, mulkimizning sohibi ahli sharor o‘lmish, Shariat hukmi qozilar qo‘lida pur g‘ubor o‘lmish,Ba joyi amri ma’ruf, kori munkar oshkor o ‘lmish, Hakim-u olim-u sohib fasohat xor-u zor o‘lmish,Bu kunda kimki imonin sotar ul e’tbor o‘lmish.

Zamona ahlini bir xayli bordur hayf insonliq,Shul insofi bilan ul aylagay da’vo musulmonliq, Birovga hiyla-yu makr aylayur, af oli shaytonliq, Bo‘lur xursand o‘z qilg‘on ishiga buyla nodonliq,Berib qiz keksa boyga faxr ila xesh-u tabor oimish.

Наша modar zinolar hamnishini qoziyul islom, Rasolar bo‘ldilar tortib o‘zin har go‘shada gumnom, Tun-u kun fisqning yo‘lig‘a nodon quydilar iqdom, Buningdek qo‘rqaman, do‘stlarki, badtar bo‘lmag‘ay

ayyom,Nechunkim maslahatdoni zamon ahli qimor o‘lmish.

Hazor afsuskim, ilm ahlig‘a bir zarra izzat yo‘q, G‘aniylarda saxovatdin asar, xayr ila himmat yo‘q, Xiradmand ahli donishlarda ham qadr ila qiymat yo‘q, Faqr ahlig‘a mardumlarda ehson-u muruwat yo‘q, Baxil-u ko‘r kabi el ko‘ngli ham torik-u tor o‘lmish.

Bo‘za, xamr-u musallas bo‘zagardan tark bo‘lmaydur, Xaloyiqlar hujum aylab eshigidin uzulmaydur, Xumini katta odamzodlar kelguncha buzmaydur, Xaloyiq... o‘zgani manzur qilmaydur,Mahalli fisqi mardumlar qadam joyi mazor oMmish.

70

Page 72: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Ketardim bosh olib gar bo‘lsa erdi, ro‘zgorim yo‘q, Netay, bezodi to‘sha yo‘lga yurmakka madorim yo‘q, Turarga qolmadi toqat, ko‘ngulda ixtiyorim yo‘q, 0 ‘zingdin o‘zga, yo rab, rahbari layl-u nahorim yo‘q, Hidoyat aylagaymu deb Muqiming intizor o‘lmish.

71

Page 73: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

VOQIAI VIKTOR

Eshit, turfa so‘zlar hikoyat qilay, Hikoyat agarchi shikoyat qilay.

Janobi o‘shal Hodi Xo‘ja eshon,Olur o‘zlarin ag‘niyoi zamon.

Xayolida Xo‘qonda diydur: «qani, 0 ‘zumdan bo‘lak xo‘ja sayyid, g‘ani?»

Berib oqcha Viktorga o‘n yetti ming, ОЧаг qon bilan ichlaridan yiring.

Qilib maxfi eldin pulin qistag‘ay:— Sango manda jon oshnosi, — degay.

Chunonchi bu yil Andijon odami Hayon ayladi sandin o‘n ming kami.

Olib baski yetti yarim paxtani,0 ‘n ikki yarimg‘a itardi sani.

Ba va’da ipak olibon sanga man, Bahosida bergan edim tan ba tan.

Bo‘naklami bir so‘mig‘a o‘n baqar Berilganda ham shulki haqqing ketar.

Kelib tushtilar boylari Andijon, Afandimni havlisida mehmon.

Muqarrarki, hojim sanga uchragay, Alar oqchasi vajhidin so‘zlagay.

72

Page 74: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Kelib bo‘sh afandig‘a sen zinhor,Butun bermag‘il pullarin zinhor.

Berib ko‘nduray bir so‘mig‘a yarim, Charokim o‘zimni tug‘ushkonlarim.

Biri xolabachcham, birisi akam,Kichigi ukam, mo‘ysafidi dadam.

Xatim ko‘zga surtib qilishgay tumor, Qabul aylagay manda deb ixtiyor.

Degaylar: ishim bor, ketay, bormu may? Yomon diqqat o‘ldim bukun oz ichay.

Ko‘tarilsa shoyad ko‘ngildin g‘ubor,Vale kimsag‘a qilmag‘il oshkor.

Birov ichkanim bilsa yaxshi emas, Icharmanda bo‘lsang kishiga demas.

Ko‘ngullar tilab sanga derman sirim, Degaylar meni barcha mardum: pirim.

Shariatda mayki, bilurman, harom,Kishi bilmagay deb, budur iltijom.

Qilib ichkilik du-badu yoshirin,Ketar chog‘da havlisig‘a kechqurun.

Degaylar Karim oxunum mehmon,Borur bu kecha odaming bir zamon.

Samovar qo‘ysun, deb olib ketib,Eshik, teshik-u darchani berkitib...

Bir oqshom edi: «bor!» dedi, bormadi,Beri qildi Oxun boshin yormadi.

To‘lib o‘pkasi yigiabon zor-zor,Dedi: «Muncha oxir deding, — bor-bor.

73

Page 75: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Eshikingda qo‘ysang agar ot boqay, 0 ‘lumga buyursang boshim-la chopay.

Borib qay kecha bo‘ldi korim tamom, Tomog‘imdan o ‘tmas hanuz ham taom...

Javobimni berg‘il, agar bor desang, Yuray yoki qo‘y bormag‘il, bor desang».

Eshitkach Oxun ushbu hangomani,Olib boshga qotti kulib jomani.

0 ‘tib buyla pinhon qiziq mojaro, Uruslarga bo‘ldi magar bir balo:

Bu ham sindi nogoh Laxtin sabil, Berishtimu bilmamki bir-birg‘a til.

Yig‘ildi tamomi puli borlar,Qilib jonlarig‘a bu g‘am korlar.

Demang ushbu so‘zlami siz o‘truk,0 ‘tuz ikki oyg‘a olishti suruk.

Xabar do‘g‘ma berdi puldor kelib,Olur eski veksilni yangi qilib.

Bo‘shon bist hazor oqchag‘a begumon, 0 ‘n ikkiga veksilni yangilogon;

Sakiz mingig‘a o‘zi maxfi borib,Bo‘nak yangilab keldi charchab-horib.

Bu ishga jamii tijoratchilar,Dedilarki, devona — Majnun magar.

Bu asnoda topdi Musajon shikast,Qilib gardi nakbat yuzig‘a nishast.

Puli bor edi ming so‘m munda ham, Urusdin yomon muncha chekdi alam.

74

Page 76: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

0 ‘shal oqshomi uyqusi kelmadi,Nihon dard-u so‘zi kishi bilmadi.

Dedi uchrab o‘tkanda Mavlon aka:«Siza iltimosim bu kim: jon aka,

Olib bersangiz oqchami olti ming,Boring besh yuzini o‘zingiz oling!»

Dedi boyki: «Andin pul olmoq qiyin, Busotida anqo erur bir tiyin.

Agar yetsa edi unarga ko‘zim,Olur edim awal pulimni o‘zim».

Yo‘liqti bu o‘tib, kelib Rudnik,Debon: «Nu, davay idras» olib ilik.

Musajonga «Aqchang, — dedi, — qancha bor?» Dedi: «Bir ming uch yuz va olti hazor».

Bu so‘z ham, deyin, qolmag‘ay to nihon, Kelib Qosimi suyidin Andijon.

Dedikim: «Qani uch mingimni bering,Va garna shariat desangiz yuring!»

Iki mingchani oldi, bir mingini,Tushib o‘rtasig‘a og‘o-yu ini;

Otang yaxshi deb yelkasiga qoqib,Xalos ettilar otka zo‘rlab toqib.

Bu ham borki, o‘gii edi chitfurush,Do‘konini berkitdi, deb, «qildi kush».

Xo‘qand oldurub keldikim mol olib,Beray yig‘lamay borib, o‘ltur solib;

Kishi bermadi va’daga molini,Kafil nusrat oldi juhud sholini.

75

Page 77: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Qilib mehmon non-u choyi bilan,Jo‘natti yahudini boyi bilan.

0 ‘tib so‘mi bir ming, yoqib jonni ham, Ololmay baholab, olindi gilam.

Okosini o ‘g‘lin yana dam-badam, Yubormoqchi Maskovga — yo‘q bir diram...

Putin olti tiyindan qaror ayladi,Bo‘lush oqchasini shumor ayladi.

Giloba berib uzdi qiymat baho,Olib surdilar ko‘zga aylab duo.

Kelib kimnikim oqchasi bor edi,Unish bir so‘m o‘lguncha dushvor edi.

Agarchand narxi ziyod o‘Isa ham,G‘animat ko‘rib oldilar besh-u kam.

Agar qistasa qarzlar aqcha yo‘q,Va lekin bu yanglig‘ toroqo-turuq;

Sonur o‘zlarin Xo‘ja Ahrori vaqt,Piyoda jilovida iqbol-u baxt...

Agar xayrdin so‘zlasa har kishi,Urarkim, sinar o‘ttuz ikki tishi.

Gado qo‘lida ko‘rsa nogoh non,Degay: — «Bergan odam emas musulmon!»

Qilay man ham emdi so‘zimni tarnom, Malolovar o4g‘ay cho‘zilgan kalom.

76

Page 78: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

VOQIAI KO‘R ASHURBOY HOJI

Ajab xalq ekanmiz, ajab ro‘zg‘or, Qiziq hodisa, turfa layl-u nahor.

Ashurboydin eshiting qissaye,Ayo ey bu Farg‘onada nomdor.

Qorovul uyidin yarim oqshomi Banogoh bo‘ldi fig‘on oshJcor.

Mahalla bu hangomadin uyg‘onib, Eshigiga keldi sag‘ir-u kibor.

Qorovul, istarshi-yu mingboshilar, Chopib keldilar, deb: nachuk kor-zor?!

Bosib kirdilar bu nachuk dod deb, Qorovulning uyig‘a, beixtiyor...

Ko‘rub dedilar: boy ekan, qochiring, Ashur ko‘r o‘zi ham bo‘lub beqaror.

Qo‘yub tomga bir buzuq norvon, Qo‘lidin tutib ko‘mi, qildi duchor.

Iki-uch pog‘ona chiqib, shoshilib, Yiqildi, sinib shoti, ul murdavor...

Itorib ketidin pishanglar bilan,Azob ila tomga qilishdi suvor.

77

Page 79: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Qochar erdi tomda sarosima ko‘r,Chap-u rostig‘a muztar-u beqaror.

Xalojo edi, tuynukidin ani —Ketib boshi birlan o‘sha nobakor.

Turub hovlining sohibi nogihon, Chirog‘ida naqzi vuzug‘a chiqor.

Xalojoda pish-pish qilur bir nima,Dedi: ne balodursan, ovozing chiqor!

— Sekinroq gapir, men Ashurboy... decH’ Qochib o‘lturibman, senga intizor.

Bu so‘zda xaloyiq g‘uluv aylashib,Tutib chiqdilar etgali sangsor.

Qorovulni, xotin, qizi, boyni Garonishga keltirdilar har chahor.

Kirib ilgariroq kordon qoshig‘a,Sirimni ochib qilma deb sharmsor.

Qo‘lingga tushub fe’li shayton bilan,Dedi: tovba qildim hazoron-hazor.

Pristupga ma’lum qilmoq uchun,Olib kirdilar to‘g‘ri aylab qator.

Dedi: nega bosting birovning qizin,Bobo hoji bo‘lsang, kupes — moldor.

— Urushib edi er-u xotin bular, Yaroshturg‘ali qilgan erdim guzor.

0 ‘ris to‘ra oldida munkir kelib,Dedi: tuhmat aylar olurg‘a niqor.

78

Page 80: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Shariatga aylab havola, dedi:Bu da’voga teyishli qozig‘a bor.

Haqorat qilingan kishilar qolib, Topib boy so‘zi bunda zo‘r e’tibor.

Qachon kambag‘allarning so‘zi o‘tar, Agar bo‘lsa aqchang, so‘zing zulfiqor.

Nihoni sochib siym-u zar suv kabi, Bosildi mashaqqat bilan bu g‘ubor...

Xaloyiqg‘a qilmas edi ixtilot,Agar tab’ida bo‘lsa nomus-u or.

Muqimiy, senga ushbu so‘z ne kerak, Bo‘lak har kimi kor-u a’moli bor.

Va lekin eshitkonga tanbih bo‘lub, Qolur safhai dahrda yodgor.

79

Page 81: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

AVLIYO

Boshlarida shapka gohe, goh dastor avliyo,Qo‘llarida subha-yu bo‘ynida zinnor avliyo.

«Tavba» deng oxir zamona chiqsa bu yanglig‘ chibok, Har (xotinga) oshiq-u har (qizga) xushtor avliyo...

Shul erur kashf-u karomatiki bo‘ylab subh-u shom, Chiqsa har yerdin bir is hozir xabardor avliyo.

Doimo beparda so‘z xalq ichra aytur beibo, Bo‘lmagay deb qo‘rqaman nogoh sangsor avliyo.

Toza ilkini yuvib, yeydur halol anglab gumon, Uchrasa har yerdakim makruh-u murdor avliyo.

Gar muqaUid bo‘lsa po‘stun birla toqat qilmasang, Muz qiziqliklar, yog‘ar taqlididin qor avliyo.

(Gavdasidin) yo‘q bo‘lak og‘irligi dunyoda hech, Oxirat sori safar qilsa sabukbor avliyo...

Filhaqiqat, bo‘lma g‘aflatdin badandesha, Muqim, Baski, shuhrat topti rasvolikda bisyor avliyo.

80

Page 82: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

YUMORLAR

TA’RIFI PECH

Sovuq qayda ekan oromi jon pech, Degaykim ba’zi nodonlar: yomon pech.

Eshikdin qaltirab kelsang isitgay,Ki mushfiq volidangdin mehribon pech.

Sovuq dushman bo‘lib ursa shaboxun, Qilurg‘a daf i ul sohibqiron pech.

Zimiston faslida qursang uyingga,Huzuri dil, chu bog‘-u bo‘ston pech.

Chu tortib kelsa lashkar qor-u boron,0 ‘zi tanho qochurg‘ay qahramon pech.

Kelur na sandali to‘g‘ri, na gulxan, Chiqorg‘onin, Muqim, etkay omon pech.

6 — M u q im iy 81

Page 83: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

AROBA

Bozor chiqmay endi zinhor, aroba qursin,То kelganingcha aylar bezor, aroba qursin.

Nogoh kayfi uchkay kelsa agar taraqlab,Ichgan giyohi bo‘lsa ko‘knor, aroba qursin.

Keng ko‘chalami qilg‘ay o‘lguncha besaranjom, Qilmay o‘shal hunar deb najjor, aroba qursin.

Yuklangan ersa g‘alla, yursin omonki ma’zur, Eski so‘log‘i chiqqan, bekor aroba qursin.

Qishloq betamizi bir igna olsa qo‘shib,Tang rastasiga kirgay attor, aroba qursin.

Bo‘lsa kiroyi tushsang puijinalik kalaska, Garchandkim qilurlar guldor, aroba qursin.

Luchchak arobakashlar ko‘kka boqib g‘o‘daygan, Bosqay yurolmaganda hushyor, aroba qursin.

Aylantirib boshingni, dil behuzur doim, Mindim, netay, safarda nochor, aroba qursin.

Chiqsang, Muqimiy, bozor, aylarga daf i savdo Qilg‘ay jahonni ko‘zga ko‘p tor, aroba qursin.

82

!

Page 84: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

SAYOHATNOMA

QO‘QONDAN SHOHIMAKDONGA

Faryodkim, garduni dun Aylar yurak-bag‘rimni xun, Ko‘rdiki, bir ahli funun — Charx anga kajraftor ekan.

Qolmay shaharda toqatim, Qishloq chiqardim odatim,Xohi yayov, bo‘lsun otim,Gah sayr ham darkor ekan.

« 0 ‘ltarma»ga qildim yurush, Yo‘ldosh edi bir chitfurush, Yetdim jadallab vaqti tush, Birdam qiziq bozor ekan.

Bir ша’гака ko‘rdim butun, Jam’i yopingan boshga to‘n, Boqsamki, besh yuzcha xotun, Voiz so‘zin tinglor ekan.

Mingboshilik kimning ishi, Desam, dedi bedonishi,Bir «Qo‘shtegirmonlik» kishi, Xo‘ja Iso badkor ekan.

Mag‘rur, xasis-u besh-u kam,Har gapda yuz ichgay qasam, Takjoy olur moxovdanam,Hoji o‘zi murdor ekan.

83

Page 85: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

«Do‘rmancha»ga ketdim o‘tub, Yoqamni har soat tutub, Yotdim ul oqshom g‘am yutub, Dashti qaroqchizor ekan.

Unda bo‘lus G ‘ozi dedi,Ham mufti, ham qozi dedi, Yurt barcha norozi dedi,Qilg‘on ishi ozor ekan.

Boz izdihomi voizi,Badkayf, ochilmas ko‘zi, Yuqori boshidin tizi,Ermaklari ko‘knor ekan.

So‘rsam dedilar «Bo‘rbaliq», Birmuncha echkilar ariq,Kelsa kishi yeyar tariq,Shom-u sahar tayyor ekan.

«Oq yer»din o‘tdim, boylari — Oliy imorat joylari,Mehmonsiz оЧкау oylari, Kelsa birov nochor ekan.

Ammo nazarda «Roshidon» Firdavs bog‘idin nishon, 0 ‘ynab oqar obi ravon,Sahni gul-u gulzor ekan.

Ma’yus bordim «Zohidon», Bir ko‘cha ketguncha do‘kon, Sho‘x odami, ichmay piyon, Mast, otasi bezor ekan.

Suvlar sepilgan so‘rilar, Bo‘rlangan o‘choq-mo‘rilar,

84

Page 86: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Tab’ing mabodo choy tilar, Damlashlari ishqor ekan.

«Oltiariq» qursin o‘shal,Sellarda qoldim bir mahal, BoMdim ivib yomg‘urda shal,To‘n shilta, ho‘l ezor ekan.

Mingboshisi so‘finamo,Tasbih-u bo‘ynida rido,Cho‘qub qochar zog‘i alo,Bir dog‘uli ayyor ekan.

Xayr-u saxo vajhiga kar,Bir pulni yuz yerdin tugar,Kelsa gadoy nogah agar,Bir non chiqish dushvor ekan.

Ko‘rdim chuqur «Chimyon» erur, Yer ostida zindon erur, Dushmanlari mehmon erur,Bog‘i uning tutzor ekan.

«Vodil» rnaqomi dilfizo, Ko‘chaIaridur dilkusho,Anhorida obi safo,Sebarga, obishor ekan.

85

Page 87: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Chun shahridin chiqdim «Qudash», Ko‘ngul bo‘lib mahzun-u g‘ash, Majnunsifat, devonavash, Serchashma-yu kam chang ekan.

«Yayfan» agarchi xushhavo, Odamlari yengilnamo,Bir-birlari-la doimo Bo‘lar-bo‘lmasga jang ekan.

«Nursux» kabi bir joy kam, Tushmay o‘tib qildi alam,Olma, anor o‘miga ham Bog‘ida tok-u zang ekan.

Ko‘p odamidin «Beshariq», Bog‘larda ekmishlar tariq.Yetim haqi - go‘shti baliq, Qilmishlari nayrang ekan.

Charchashni bilmas yursalar, Purzo‘r ketmon ursalar.Vaqti namozga kelsalar,Masjid soriga lang ekan.

«Rafqon» ajoyib joy ekan,Bir ko‘cha ketgan soy ekan,Salqin supa hoy-hoy ekan,Kim ko‘rsa hang-u mang ekan.

QO‘QONDAN FARG‘ONAGA

86

Page 88: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Ozodadin to‘pori ko‘p, Dukchisidin attori ko‘p. Choyxo‘ridin ko‘knori ko‘p,Bir rasta nos-u bang ekan.

Ayvonchalar misli katak,Bir yo‘lki, odam siqqudak,Chit birla bir yerda alak,Bozori tor-u tang ekan.

Xuftonda kirdim bir do‘kon,Qildi ashula bir juvon,Eshak demang, undin yomon, Hangrarda yaxshi hang ekan.

Qiyg‘ir ko‘targan uch yigit, Uxlatmadilar bir minit,Наш boshda tong otquncha it G ‘ingshib chiqib, vang-vang ekan.

Aylab sayohat endi bas, «Konibodom» qilmay havas,Наг yerda yotgan xor-u xas, Ko‘zga tikan yakrang ekan.

87

Page 89: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

QO‘QONDAN ISFARAGA

Aflok kajraftor uchun,Har dam ko‘ngul afgor uchun, Xo‘qand tang-u tor uchun, Sahro chiqish darkor ekan.

Bordim shahardin «Yakkatut», Baqqoli duzdi badburut,Bir tanga sotkay bir qurut, Insofi yo‘q, tarror ekan.

Qishloq juvoni yig‘lishib, Issig‘da o‘ynashgay pishib, 0 ‘tgan tamoshobin tushib, Seshanba kun bozor ekan...

Mingboshi Eshdavlat akam, Ammo quruq savlat akam, Qilsa chiqim gar bir diram, Uyqu qochib, bedor ekan.

«Yayfan» kabi tolzor kam, Yo‘q soyasida zarra g‘am,Zebo sanam, qoshi qalam, (Jonon)lari bisyor ekan.

Do‘malari ham xo‘b bajo, Volosnoyi uhdaburo,Yurt ishlarini doimo Xayriyatin ko‘zlor ekan.

88

Page 90: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

«Nursux» kabi ham yurt yo‘q, Bog‘dor-u dehqon qorni to‘q, Masjidlari ham ko‘p uluq, Turfa farah osor ekan.

«Rafqon»ni bozor joyi tang, Mullolari chaqqon, garang, Omilari ham mullarang, Ko‘ylak kiyib, dastor ekan.

Gar mevasi bir tup sotar,Bir pulni yuz yerdin tugar, Bersa gadoga non agar,Ming yilda ham dushvor ekan.

Ammo «Raboti» bachchag‘ar, Yo‘q hech odamdan asar,Bir podajoyi gov-u xar,Chun og‘uli tayyor ekan.

Du bora yurdim dashtlab, Bodom koniga qarab;Mirza Umami so‘rag‘lab, Havlisida najjor ekan.

Bo‘lg‘ay o‘shal Burhon ornon, Yaxshi yigitdur begumon, Xursand qildi nogahon, Mingboshi Xol sarkor ekan.

Armonki, ko‘prak yurmadim, Bir-ikki hafta turmadim,«Tikka Rabot»ni ko‘rmadim, Purfayz buzrukvor ekan.

Ma’yus chiqdim «Isfara»,Dil xasta, majruh-u yara,

Page 91: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Issiqqa kuygan qop-qora,Olti jihat ko‘hsor ekan.

Anhor-u soy-u cho‘llari,0 ‘ynab kelodur suvlari,Shirinki zardolulari,Qand-u asal bekor ekan.

Shersiz emasdur beshalar, Bordur saxovat peshalar, Qilmang yomon andeshalar, Yaxshilari ham bor ekan.

Qozi juvonmardi nako‘, Borib-kelibon choijo‘,Nogah bo‘lib dardi gulo\ Sanchiq tutib bemor ekan.

Hoji Zuhur ham 0 ‘rdada, Sarhavzlar, oliy sada,Borsa agar bir g‘amzada, Jonig‘acha esor ekan.

Boyvachchasidur badburush, To‘g‘ri so‘zi achchig‘-turush, Sil, eski bachcha, choyfurush, Hofiz Umar, Qahhor ekan.

Bo‘lma halovatga kasal,Olamda yo‘q benish asal, Beshak mukofoti amal,Dunyo qurulg‘on dor ekan.

Alhamdulillo, bexatar,Keldim Muqim aylab safar, Muztar qolib, ko‘rmay zarar, Haq bandasiga yor ekan.

90

Page 92: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

ISFARA SAYOHATIDAN( Yangi topilgan parcha)

Shahr ichra toqat toq o‘lub, Dubora yo‘Uar qoq o‘lub,Ko‘z Isfara mushtoq o‘lub, Awal chiqish «Yayfon» ekan.

Kun tobishida bu safar,Yo‘llar saqardan ham batar, Tog‘ ichra rahzan bachchag‘ar, Ko‘p elni qaqshatkon ekan.

Ketguncha yo‘llar xorlar,Yo‘l zaxmidin ozorlar,Ko‘kka yetar ko‘hsorlar, Hayhot, xoriston ekan.

Qir pastida sho‘rtang arig\Bir to‘p yigit o‘rgay tariq, To‘nsiz, yalong‘och, hay darig1, Bechora, och dehqon ekan!

Kam g‘ayri Qahhor-u Urnar, Farg‘onada hofiz digar,Bilmas ekanman, bexabar, Navmidlar xushxon ekan.

0 ‘tkan kitobdori zamon,Xattiga hayron ins-u jon,Chun daxmasi go‘yo jinon, 0 ‘qishlari qur’on ekan.

91

Page 93: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

«Chorko‘»ga ham keldim yetib, Otdin yiqildim shilp etib, Behush o‘zimdin men ketib, Man saxt bedarmon ekan.

«Chorko‘» g‘o ‘zorin tor bil, Atrofmi ko‘hsor bil, Panjshanba kun bozor bil, Bir-ikki-uch do‘kon ekan.

Boy mardikori machchoyi, Chuntog4 somonlik loyi, Bechoraga non-u choyi To‘n o‘rnida оЧкоп ekan.

Ammo amin Abdurasul,Kim borsa xizmatkor ul, Yaxshi yigit, ochiq ko‘ngul, Yurt ustida turg‘on ekan.

Page 94: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

MUNDARIJA

.. ..............................................................................................................33

Navbahor...................................................................................... 4

Yakka bu ............................................................................................. ^Arzimni aytay.................................................................................... ^Farhod aylading............................................................................... 7

Aylading ketd ing..............................................................................gLolazor aylab keling.......................................................................9

...............................................................................................................jqJamolingni .......................................................................................ц...................................................................................... 12Qaydaboray............................................................................... 1 3

Dilni afgor aylading............................................................. j4

Ey yori jo n im ......................................................................... 1 5

Aql-u h u sh .............................................................................. 160 ‘zgani yor etm ayin............................................................. 1 7

Bir kelib ketsun................................................................ 18Kim desun............................................................................ 1 9

Zulm ila qahr-u ................................................................ ........20A n or.................................................................................... 21Ra’nolig‘ing bordur........................................................ 2 2

Oshiqi hayronlaring bordur........................................ ........... 23Inson ................................................................................. .............. 24Kel ertaroq.................................................................... .............25Ohista-ohista................................................................ ..............2 6

0 ‘rgulsun quling...................................................... ..............27.. .................................................................................... ...............28Nazokat ...................................................................... ................29Yo‘q dilraboye san kabi...................................... ........... 30Orazingni namoyon ............................................. ............ 310 ‘ynaylik, kulaylik............................................... .................32Zor aylading sen h a m .....................................

93

Page 95: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Beparvolog‘ingdan dog‘m e n ..........................................................33Borm ukin............................................................................................. 34Q ilm asun...............................................................................................35Ayrilm asun...........................................................................................360 ‘xsham as............................................................................................ 37Xayriyat.................................................................................................38O rzu .......................................................................................................39Bir m en m u ......................................................................................... 40Jahon bog‘id a ......................................................................................41

M urabbalar......................................................................................... 42

Yuzni oyd ek ........................................................................................42Oshnolig‘ing yodimga tu sh d i......................................................... 43Ey chehrasi tobonim ........................................................................44Ko‘nglim sandadur........................................................................... 45

M uxam m aslar.................................................................................. 46

Kashmirlik qizga................................................................................46Ko‘zlaring...........................................................................................48Ohkim, holimni so‘rmas oshnolardin b iri...............................50Intizor o ‘lturgusi.............................................................................. 52Ruxsoringiz chiroylik......................................................................54Ixtiyor etm azm idim ........................................................................ 56Kim desun.......................................................................................... 58

Satira lar ............................................................................................ 60

Tanobchilar....................................................................................... 60Maskovchi boy ta’rifida.................................................................63Axtaring.............................................................................................. 67Hapalak qishlog‘i to‘g‘risida.........................................................68Darig‘o m ulkimiz............................................................................70Voqiai Viktor.................................................................................... 72Voqiai ko‘r Ashurboy hoji........................................................... 77A vliyo.................................................................................................80

Yumorlar........................................................ 8 1

Ta’rifi pech .................................................. 81Aroba............................................... .................................... 82

94

Page 96: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Sayohatnoma........................................................................83Qo‘qondan Shohim ardonga........................................................ 83Qo‘qondan Farg‘on a g a .................................................................86Qo‘qondan Isfaraga........................................................................ 88Isfara sayohatidan............................................................................91

Page 97: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

Adabiy-badiiy nashr

M U Q IM IY

SAYLANMA

Toshkent «Ma’naviyat» 2009

Muharrir U. Qo‘chqorovMusawir T. QanoatovTexn. muharrir T. ZolotilovaMusahhih O. BozorovaKompyuterda tayyorlovchi (?. Otaskevich

Bosishga 10.08.2009-y. da ruxsat etildi. Bichimi 84х108/зг Tayms Ofset bosma usulida bosildi. Shartli b. t. 5,04. Nashr t. 2,52. 5000 ni Buyurtma № 668. Narxi shartnoma asosida.

«Ma’naviyat» nashriyoti. Toshkent, BuyukTuron, 41-uy. Shartnoma 22~09.

«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. 700083. Toshkent, Buyuk Turon ko‘chasi, 41-uy. 2009.

Page 98: MUQIMIY - Бош саҳифаferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf · 2018-11-28 · So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun? Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy,

A L i/ui/u /J

ISBN 978-9943-04-052-6