Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq...

23
Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER SOLIG’I. (2 soat) Reja: 1. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i

Transcript of Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq...

Page 1: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER SOLIG’I. (2 soat)

Reja:1. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq2. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i

Page 2: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i to’g’risoliqlar tarkibiga kiradi va mohiyatiga ko’ra bu soliq asosiyfondlar shaklidagi resurslarga nisbatan belgilangan soliqhisoblanadi. Ushbu soliq bo’yicha tushumlar summasi to’liqmahalliy byudjetlarga tushadi va u mahalliy byudjetlarningbarqaror daromad manbalaridan biri hisoblanadi.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar quyidagilardir:

- O’zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar — O’zbekistonRespublikasining rezidentlari;- agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridaboshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekistonRespublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalgaoshirayotgan va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududida o’zmulkida ko’chmas mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar —O’zbekiston Respublikasining norezidentlaridir.

Page 3: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

11.05.2016

Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar bo’lmaydi:

- notijorat tashkilotlar.;- soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridikshaxslar.

Quyidagi mol-mulk soliq solish obyektidir:1) asosiy vositalar, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasibo’yicha olingan asosiy vositalar;2) tugallanmagan qurilish obyektlari;3) belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar.

O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun

quyidagilar soliq solish obyektidir:- O’zbekiston Respublikasining norezidentlari buxgalteriya hisobito’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq doimiy muassasa faoliyatibilan bog’liq qaysi asosiy vositalar bo’yicha hisob yuritayotgan bo’lsa,o’sha asosiy vositalar;- ushbu doimiy muassasa faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan, mazkurnorezidentlarga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan ko’chmas mulk.

Page 4: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

Qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan yeruchastkalari soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi.

Soliq solinadigan baza quyidagilardir:- asosiy vositalar bo’yicha — asosiy vositalarning o’rtachayillik qoldiq qiymati. Asosiy vositalarning qoldiq qiymatiushbu mol-mulkning boshlang’ich (tiklanish) qiymati bilansoliq to’lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardanfoydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmio’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.- normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilishobyektlari va ishga tushirilmagan asbob-uskunalar bo’yicha —tugallanmagan qurilishning va o’rnatilmagan asbob-uskunalarning o’rtacha yillik qiymati.

O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining ushbuKodeksning 266-moddasi ikkinchi qismining uchinchixatboshisida va uchinchi qismida ko’rsatilgan ko’chmas mulkobyektlariga nisbatan ushbu mol-mulkning o’rtacha yillikqiymati soliq solinadigan bazadir.

Page 5: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

Soliq solish obyektlarining o’rtacha yillik qoldiq qiymati soliqdavridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko’ra soliq solishobyektlarining qoldiq qiymatlarini qo’shishdan olingan summaningo’n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.

O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko’chmas mulkobyektlari bo’yicha soliq solinadigan baza mazkur obyektlargabo’lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko’rsatilgan qiymatasosida aniqlanadi.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta’minot, ta’lim,madaniyat va san’at tashkilotlari;2) uy-joy-kommunal xo’jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatgamolik shahar xo’jaligi korxonalari;3) yangi tashkil etilgan korxonalar — davlat ro’yxatidan o’tkazilganpaytdan e’tiboran ikki yil mobaynida;4) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlarini — yuridikshaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatishto’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundane’tiboran.

Page 6: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

2016 yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning stavkalari

№ To’lovchilar

Soliq solinadiganbazaga nisbatan

% larda soliqstavkasi

1 Yuridik shaxslar 52 O’zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)

eksportining erkin almashtiriladigan valyutadagihissasi quyidagi miqdorlarni tashkil etadiganeksportchi korxonalar uchun, bundan ro’yxatiO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10oktyabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlanganxom ashyo tovarlari mustasno*:

sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgachabelgilangan

stavka 30%ga pasaytiriladi

sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqoribelgilangan

stavka 50%ga pasaytiriladi

Page 7: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

11.05.2016 7

Kalendar yil soliq davridir.Joriy to’lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to’lovchilar

joriy soliq davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlatro’yxatidan o’tkazilgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay,davlat soliq organlariga mo’ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan(tegishli yil uchun mol-mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan vabelgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davriuchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasito’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha majburiyatlari soliq davrida yuzagakelgan soliq to’lovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigansoliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzagakelgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar.

Hisoblab chiqarilgan joriy to’lovlar quyidagicha to’lanadi:mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yuridik shaxslar mol-

mulkiga solinadigan soliq yillik summasining to’rtdan bir qismi miqdoridayilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliqto’lovchilar tomonidan yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqyillik summasining o’n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning10-kunidan kechiktirmay..

Page 8: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqaliamalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentidoimiy muassasaning soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlatsoliq xizmati organiga soliq solinadigan mavjud mol-mulkto’g’risidagi ma’lumotnomani hisobot yilidan keyingi yilning 25yanvaridan kechiktirmay taqdim etishi shart. Taqdim etilganma’lumotnoma asosida davlat soliq xizmati organi yuridikshaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi hisob-kitobinio’n kun ichida amalga oshiradi va to’lov xabarnomasini yozibberadi;

O’zbekiston Respublikasining ko’chmas mulkka ega bo’lgannorezidentlariga ko’chmas mulk joylashgan yerdagi O’zbekistonRespublikasi davlat soliq xizmati organlari soliq to’lovchining yokiko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchiorganning ma’lumotlari asosida to’lov xabarnomasini yozib beradi.Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq O’zbekistonRespublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta, soliqhisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmayto’lanishi kerak.

Page 9: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

11.05.2016 9

Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun byudjetga to’lovlar yer solig’iyoki yer uchun ijara haqi tariqasida amalga oshiriladi. O’zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi VazirlarKengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilganyer uchastkalari uchun to’lanadigan ijara haqi yer solig’igatenglashtiriladi.

Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardanolinadigan yer solig’i stavkalari, yuridik shaxslardan olinadigan yersolig’ini to’lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblabchiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to’lash tartibitatbiq etiladi.

Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqiyoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yersolig’i to’laydilar.

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqiasosida yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar, shu jumladanO’zbekiston Respublikasining norezidentlari yer solig’ini to’lovchilaridir.

Ko’chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi yer solig’inito’lovchi bo’ladi.

Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangantaqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotganmaydonidagi o’z ulushi uchun yer solig’ini to’lovchidir.

Page 10: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

11.05.2016 10

Quyidagilar yer solig’ini to’lovchilar bo’lmaydi: notijorat tashkilotlar; soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik

shaxslar.

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijarahuquqi asosida yuridik shaxslarda bo’lgan yer uchastkalari soliq solishobyektidir.

Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi: aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar,

ko’chalar, tor ko’chalar, yo’llar, sug’orish tarmog’i, sohil bo’yiyerlari va boshqa shu kabi yerlar);

aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishiuchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog’lar, sayilgohlar,xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);

kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari,maishiy chiqindilarni yig’ish, qaytadan ortish va saralash joylari,shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizasiya qilishjoylari va boshqa shu kabi joylar);

zaxira yerlar.

Page 11: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

11

Yer uchastkasining soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegiribtashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir.

Qaysi yer uchastkalariga bo’lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi,foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to’lovchiga o’tganbo’lsa, o’sha yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalarigategishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi.Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yeruchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi.

Yuridik shaxslarda yer solig’i bo’yicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgantaqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiborankamaytiriladi. Yer solig’i bo’yicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, soliqsolinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboranhisoblab chiqariladi.

Yer solig’i to’lashdan quyidagilar ozod qilinadi:1) madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilishtashkilotlari — o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishdafoydalanadigan yer uchastkalari uchun;2) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekistonchernobilchilari» assosiasiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy soniningkamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945 yillardagi urush va mehnat frontifaxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar;3) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni davlatro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qarorhaqida xabardor qilingan kundan e’tiboran.

Page 12: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

11.05.2016 12

Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasigaquyidagi yerlar kiradi:

1)bog’dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiyfoydalanishdagi, jamoa garajlarining yerlari;

2)davlat qo’riqxonalarining, landshaft buyurtma qo’riqxonalarining, tabiatbog’larining, davlat tabiat yodgorliklarining yerlari;

3)sog’lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar;4)rekreasiya ahamiyatiga molik yerlar — aholining ommaviy dam olishi va

turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlargaberilgan yerlar;

5)tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;6) suv fondi yerlari;7) elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallaganyerlar;8) umumdavlat aloqa liniyalari;9) madaniyat, ta’lim va sog’liqni saqlash obyektlari egallagan yerlar;10) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari egallagan yerlar;11) umumiy foydalanishdagi temir yo’llar;12) shahar elektr transporti yo’llari va metropoliten liniyalari egallaganyerlar;13) sport va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish majmualari;14) aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizasiya inshootlari egallaganyerlar;

Page 13: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

11.05.2016 13

15) magistral neft va gaz egallagan yerlar;16) magistral issiqlik trassalari hamda shunga o’xshash inshootlar egallagan yerlar;17) samolyotlarning uchish-qo’nish maydonlari egallagan yerlar;18) O’zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishiuchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati davrida;19) konservasiyaga qo’yilishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar;20) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar;21) yuridik shaxs balansida bo’lgan va xo’jalik faoliyatida foydalanilmaydigan fuqaromuhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan obyektlar egallaganyerlar;22) ihota o’rmon daraxtzorlari egallagan yerlar;23) qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yangi o’zlashtirilayotgan yerlar, ularnio’zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o’zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran beshyil mobaynida;24) meliorasiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug’oriladigan yerlar, ishlarboshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;25) yangi barpo etilayotgan bog’lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar,daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidanqat’i nazar, uch yil muddatga. Kuzda o’tkazilgan yangi ko’chatlar uchun beriladiganimtiyoz muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi,bahorda o’tkazilgan ko’chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1 yanvaridan e’tiboranboshlanadi;26) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo’jaligi ahamiyatiga molik va o’rmon fondidagiyerlari, qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarihamda o’quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o’quv-tajriba xo’jaliklariningbevosita ilmiy hamda o’quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari.

davomi

Page 14: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

11.05.2016 14

Soliq stavkasini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari

Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasi, yerdan foydalanuvchiyoki ijarachining aybi bilan qishloq xo’jaligi yerlarining sifatiyomonlashgan (bonitet balli pasaygan) taqdirda, yer solig’i yerningsifati yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar bo’yicha yuridikshaxslar tomonidan to’lanadi.

Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashganqishloq xo’jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig’i qishloqxo’jaligi yerlari uchun belgilangan stavkalarning ikki baravarimiqdorida to’lanadi.

Page 15: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

2016 yil uchun Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig’ining stavkalari

1-jadval1.1.Sug’oriladigan jamoat qishloq xo’jaligi yerlari uchun undiriladigan

yer solig’ining bazaviy stavkalari

Samarqand viloyati

Oqdaryo 17 796,8 Nurobod 14 692,1Bulung’ur 17 630,1 Payariq 17 630,1Jomboy 17 126,6 Pastdarg’om 16 644,8Ishtixon 16 814,3 Paxtachi 14 692,1Kattaqo’rg’on 15 810,0 Samarqand 17 126,6Qo’shrabod 16 310,7 Tayloq 17 126,6Narpay 14 837,7 Urgut 32 619,8

Tuman, shahar

I klass 1 ga yermaydoni uchun yersolig’ining bazaviystavkasi, so’mda

Tuman, shahar I klass 1 ga yer maydoni

uchun yer solig’iningbazaviy stavkasi, so’mda

Page 16: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

Yer maydoniklasslari Ball boniteti Koeffisiyentlar

I 0 — 10 (bazaviy stavka) II 11 — 20 1,50III 21 — 30 2,25IV 31 — 40 3,29V 41 — 50 4,67VI 51 — 60 6,78VII 61 — 70 9,00VIII 71 — 80 11,68IX 81 — 90 14,36X 91 — 100 17,50

Baholanmagan yerlar 4,67

2-jadval1.2.Sug’oriladigan jamoat qishloq xo’jaligi yerlari uchun

undiriladigan yer solig’ining bazaviy stavkalarga nisbatan tuzatish koeffitsiyentlari

Page 17: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

11.05.2016 17

Viloyat

1 ga uchun yer solig’ining zonalar bo’yicha stavkalari, so’mda

Tekislik(yog’ingarchilikbo’lmaydigan)

zonasi

Adir(yog’ingarchiliklar

bilan kamta’minlangan)

zonasi

Tog’ oldi va tog’lik(yog’ingarchiliklarbilan ta’minlangan)

zona

Andijon 2 015,6 2 123,2 3 221,6Jizzax 1 901,2 2 001,5 3 239,2Navoiy 1 901,2 2 001,5 3 239,2Namangan 2 103,6 2 403,2 2 994,5Qashqadaryo 2 103,6 2 403,2 2 994,5Samarqand 1 901,2 2 701,4 3 409,0Surxondaryo 1 691,1 2 403,2 2 994,5Sirdaryo 1 901,2 2 516,8 3 221,6Toshkent 2 015,6 3 332,9 3 998,8

3-jadvalLalmi ekinzorlar, bo’z yerlar va ko’p yillik ko’chatlar

uchun undiriladigan yer solig’i stavkalari

Page 18: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

11.05.2016 18

ViloyatBalandlik mintaqalari bo’yicha 1 ga uchun yer solig’i stavkalari, so’mda

Cho’l Adir Tog’Qoraqalpog’iston Respublikasi 314,2 575,6 816,0Andijon 428,5 596,9 816,0Buxoro 428,5 596,9 816,0Jizzax 390,1 501,5 704,3Qashqadaryo 501,5 501,5 783,7Navoiy 428,5 501,5 704,3Namangan 428,5 596,9 783,7Samarqand 390,1 671,3 1 118,0Surxondaryo 282,6 596,9 783,7Sirdaryo 390,1 501,5 704,3Toshkent 390,1 596,9 816,0Farg’ona 390,1 501,5 816,0Xorazm 314,2 575,6 816,0

4-jadvalSug’orilmaydigan pichanzorlar va yaylovlar uchun

undiriladigan yer solig’i stavkalari

Page 19: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

11.05.2016 19

Shahar, viloyat 1 ga uchun yer solig’i stavkalari, so’mda 1 zona 2 zona 3 zona 4 zona

Oqtosh 10 336 248 8 821 865 7 307 481

Kattaqo’rg’on 10 336 248 8 821 865 7 307 481

Samarqand 17 247 949 16 158 834 15 069 720 13 980 605

Urgut 10 336 248 8 821 865 7 307 481

Boshqa kichik shaharlar

Samarqand 10 336 248 8 821 865 7 307 481

Tuman markazlari hisoblangan qo’rg’onlar va qishloq aqoli punktlari

Samarqand 8 821 865 7 307 481

Shahar va qo’rg’onlarda yer uchastkalaridan foydalanganlik uchunyuridik shaxslardan undiriladigan yer solig’i stavkalari

Page 20: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

Kalendar yil soliq davridir.Yer solig’i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo’lgan

holatga ko’ra hisoblab chiqariladi va yer solig’ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmatiorganiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi.

Yer solig’ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan vabelgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Soliq solinadigan bazada (hisoblangan soliq summasida)soliq davri mobaynida o’zgarish bo’lganda yuridik shaxslar biroylik muddat ichida davlat soliq xizmati organiga yersolig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etishi shart.

Soliq davri mobaynida qishloq xo’jaligi ekinlariningumumiy maydonida va tarkibida o’zgarishlar yuz berganyagona yer solig’ini to’lashga o’tmagan qishloq xo’jaligikorxonalari yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobinidavlat soliq xizmati organiga joriy yilning 1 dekabriga qadartaqdim etadi.

Page 21: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

Yer solig’ini to’lash yuridik shaxslar tomonidanyilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.

Soliq davri mobaynida yer solig’i to’lashningbelgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzagakelganda, ushbu summani to’lash majburiyatlar yuzagakelgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmayamalga oshiriladi.

Yagona yer solig’i to’lashga o’tmagan qishloq xo’jaligikorxonalari tomonidan yer solig’ini to’lash quyidagitartibda amalga oshiriladi: hisobot yilining 1 sentyabriga qadar — yillik soliq

summasining 30 foizi; hisobot yilining 1 dekabriga qadar — soliqning qolgan

summasi.

Page 22: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

Mol-mulk solig’i qachon joriy etilgan?Mol-mulk solig’ini to’lovchilar kimlarYuridik shaxslar mol-mulkiga soliq solish ob’yektini ayting.Mol-mulk solig’i solinadigan baza qanday aniqlanadiKorxona mol-mulkining o’rtacha yillik qoldiq qiymati qanday topiladiMol-mulk solig’idan kimlarga imtiyozlar borMol-mulk solig’i stavkalarini aytingYuridik shaxslar mol-mulk solig’ini qaysi muddatlarda to’laydiKimlar yer solig’ini to’lovchilar hisoblanadiYer solig’ini undirish ob’yekti nimaQanday yerlarga soliq solinmaydiYer solig’ini to’lashdan ozod etilgan yuridik shaxslarni ayting.Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ining stavkalari.Yer solig’ini hisoblash tartibini ayting.Yuridik shaxslar yer solig’ini qachon to’laydi

Nazorat uchun savollar.

Page 23: Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA YER …samqxi.uz/attachments/article/714/Ochiq dars taqdimoti_Ibragimov.pdf · Mavzu: YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I VA

E'TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT!