ОLIY VА O‘RTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI QАRSHI DАVLАT ...
Transcript of ОLIY VА O‘RTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI QАRSHI DАVLАT ...
O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O‘RTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI
QАRSHI DАVLАT UNIVЕRSITЕTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI
KAFEDRASI
XUDOYQULOVA SANOBARNING
5111700-“Bоshlаng‘ich tа’lim vа spоrt tаrbiyaviy ish” yo‘nаlishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun
Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari
mavzusida yozgan
BITIRUV MАLАKАVIY ISHI
Ilmiy rаhbаr: o‘qituvchi F. Choriyeva
“Himoyaga tavsiya etilsin” Pedagogika fakulteti
dekani_________ dots. Sh. Nurullayeva “____” ____________ 2015-yil
Qаrshi – 2015 y
MU N D A R I J A
Kirish ……………………………………………………………………… 3
I bob. Talabalarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirishning nazariy
asoslari
I.1. Shaxsda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish pedagogik muammo
sifatida . . . . ……………………………………………………………………. ..8
I.2. Talabalarda milliy iftixor tuyg’usi shakllanganligining amaliyotdagi
ahvoli ………………………………………………………….…………………19
II bob. Talabalarni milliy iftixor ruhida tarbiyalash metodikasi
II.1. Ta’lim jarayonida talabalarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish
mazmuni………….……………………………..……...........................................23
II.2. Talabalarda milliy iftihor tuyg‘usini shakllantirishning shakl, metod va
usullari ……………….……………….. ..............................................................31
II.3. Olib borilgan tajriba-sinov ishlari tahlili ….……………………........42
Umumiy xulosalar.....................................................................................47
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati . . . . . . . . . . . . …….. . . . . . . . . ... 48
Kirish
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Turli xalq, millat hamda elatlarning
o‘zligini anglashi ularning mustaqilligi, erkini kafolatlovchi muhim shart sanaladi.
Binobarin, milliy o‘zlikni anglash ana shu xalq, millat va elatlarning kishilik
jamiyatidagi o‘rni va mavqeining belgilanishini ta’minlaydi. Millat vakillarining
milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlari ularning milliy o‘zliklarini
anglashlariga boshlang‘ich asosdir.
Milliy tuyg‘u yoshlarni Vatan uchun fidoiy insonlar etib tarbiyalashdagi
beqiyos ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: “Milliy tuyg‘u inson uchun tabiiydir,
chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola o‘z ota-onasiga, butun dunyoga
aytgan birinchi so‘zida ifodalanadi. O‘z xalqiga, uning an’anlariga, tili va
madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o‘z xalqini,
millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi
haqiqiy insonni, o‘z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas”1.
Talabalarning milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlari ularning xalq, millat
va vatan tarixini chuqur bilishlari, ajdodlarga munosib avlod bo‘lib voyaga
yetishlarini ta’minlash bilan birga, vatanparvar insonga xos muhim ma’naviy-
axloqiy sifatlarni namoyon eta olishlari uchun ham sharoit yaratadi. Zero,
vatanparvar insonni tarbiyalab voyaga yetkazish Respublikada amalga
oshirilayotgan ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi etib belgilangan.
Vatanparvarlik milliy o‘zlikni anglash negizida shakllanuvchi ma’naviy-axloqiy
sifatlardan biri ekanligiga e’tiborni qaratgan holda Respublika Prezidenti
I.A.Karimov quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “O‘zbekiston fuqarosining
vatanparvarligi bu qayta o‘zgarishlar yo‘lini ko‘rsatuvchi, ko‘zlangan maqsaddan
chetga chiqmaydigan yo‘lchi yulduz, ishonchli kompasdir. O‘zbekistonga, o‘z
yeriga, tabiatga, bu yerda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o‘lkaning tarixi,
1 Karimov I.A.O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O‘zbekiston, 1996.
77-78
madaniyati, an’analarini teran bilib olishga intilish, respublikaning qudrati va
yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun
qayg‘urish ko‘p millatli O‘zbekiston jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi
hisoblanadi”2 .
Hozirgi davrda mustaqillikni mustahkamlash, istiqlol sari ishonch bilan
borishda shaxs ma’naviyatini shakllantirish masalasi asosiy yo‘nalishlardan
hisoblanadi. Yetuk madaniyatli insongina istiqlol mafkurasi g‘oyalarini
o‘zlashtirib, ularga qat’iy amal qilgan holda ijtimoiy faoliyatni amalga oshiradi.
Millat ma’naviyatini tiklash va rivojlantirishda milliy ong, til va madaniyat
yetakchi o‘rin tutadi. Ulardan samarali foydalanish talabalarda milliy his-tuyg‘u,
g‘urur va iftixorni o‘stirish, shuningdek, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini
shakllantirishga xizmat qiladi.
Milliy g’urur shaxsning muayyan millatga mansubligi, uning milliy
etnopsixologik xususiyatlari hamda ushbu millat tomonidan jahon madaniyatiga
qo‘shilgan hissadan faxrlanish tuyg‘usidir. Milliy iftixor esa - muayyan millatga
mansublik va ushbu millat tomonidan jahon madaniyatiga qo‘shilgan hissadan
faxrlanish, shuningdek, o‘zi mansub bo‘lgan millatga sadoqatli bo‘lish hissini
tuyish va bu yo‘lda amaliy faoliyat ko‘rsatishdan iboratdir. Milliy o‘z-o‘zini
anglash - bu shaxs tomonidan milliy mansublik, ushbu millat tomonidan jahon
madaniyatiga qo‘shilgan hissadan faxrlanish u mansub bo‘lgan millatga xos va
ijobiy xarakter kasb etuvchi etnopsixologik xususiyatlar, milliy qadriyatlar va ular
mazmunida ilgari surilgan g‘oyalar mohiyatini tushunish va ularga muvofiq
ijtimoiy faoliyatni tashkil etish jarayoni demak.
O‘zbek xalqining ma’naviyatida millatning o‘tmishi, hozirgi kuni o‘z
ifodasini topgan. Mustaqil O‘zbekiston madaniyatning barcha yo‘nalishlarida
jahonshumul kashfiyotlarni yarata olgan minglab allomalarni yetishtirib bergan
2 Karimov I.A.O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O‘zbekiston, 1996.
77-b
o‘lka hisoblanadi. Ular umumbashariy ahamiyatga ega ma’rifatning shakllanishiga
o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. Shuning uchun ham o‘zbek milliy-
ma’naviy merosi jahon madaniyatining ajralmas qismi, uzviy bo‘lagidir.
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning shaxs kamoloti va
uni ta’minlash to‘g‘risidagi qarashlari zamonaviy bosqichda jahon ta’limi uchun
muhim asosdir. Milliy pedagogik qadriyatlarni mavjud sharoitda demokratik
qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim mazmuniga insonparvarlik va demokratik
g‘oyalarni singdirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, ta’lim-
tarbiya samaradorligini oshirish - davr talabidir. Shu sababli, O‘zbekiston
Respublikasi mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin istiqlol talablari,
qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatga mos kadrlar
tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
isloh qilishning muhim omillari ko‘rsatib berilgan uchinchi bandida milliy o‘zlikni
anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining
shakllanayotganligi, boy milliy-madaniy va tarixiy an’analarga, xalqimizning
intellektual merosiga hurmatni qaror toptirish lozimligi alohida ta’kidlangan.
Mazkur dasturni hayotga izchil tatbiq etish – talabalarda milliy iftixor
tuyg‘usini shakllantirishning pedagogik asoslarini yaratish o‘z yechimini
kutayotgan dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatmoqda.
Tadqiqot maqsadi: Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning
nazariy asoslarini o‘rganish va uni takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar
ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti: Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish
jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning
mazmuni, vositalari, shakl va metodlari.
Tadqiqot maydoni: Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti
Tadqiqot vazifalari:
tadqiqot mavzusiga oid pedagogik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish.
talabalarda milliy iftixor tuyg‘usi shakllanganligining mavjud ahvolini
o‘rganish;
talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning mazmuni, shakl va
vositalarini aniqlash.
talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga oid tavsiyalarni ishlab
chiqish.
Tadqiqotning ilmiy farazi: -Agar
mavzuga oid pedagogik manbalarni tahlil qilish orqali muammoning dolzarb
pedagogik ahamiyatga ega ekanligi asoslansa;
talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning mazmuni, shakl va
vositalarini asoslansa;
tavsiya etilgan metodikaning samaradorlik darajasini aniqlash orqali tavsiyalar
ishlab chiqilsa.
Tadqiqot metodlari:
Anketa, savol-javob, suhbat, kuzatish.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Malakaviy ishni bajarish
jarayonida mavzuga oid pedagogik manbalar o‘rganildi va tahlil qilindi, milliy
iftixor to‘yg‘usiga ta’riflar keltirildi va uni talabalarda shakllantirishning o‘ziga
xos metodikasi ishlab chiqildi. Qaysikim, ushbu metodika va nazariy qarashlardan
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari va keng jamoatchilik foydalanishi
mumkin.
Tadqiqotning metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi», Respublika Prezidenti I.A.Karimovning bir qator asarlari, shuningdek,
«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida ilgari surilgan
qarashlar; yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan Davlat dasturlari,
meyoriy hujjatlar; o‘zbek xalq pedagogikasi g‘oyalari tashkil qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: BMI kirish, 2 bob, 5 ta
paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Bitiruv
malakaviy ishining umumiy hajmi 50 betni tashkil etadi.
I BOB. Talabalarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirishning nazariy
asoslar
I.1. Shaxsda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish pedagogik muammo
sifatida
Muayyan millatning jahon hamjamiyatida o‘ziga xos mavqe va o‘ringa ega
bo‘lishi uning ko‘p sonli yoki kam sonli bo‘lishiga bog‘liq emas. Aksincha, o‘zida
milliy xususiyatlarni namoyon eta olish, millat vakillarining o‘z haq-huquqlarini
chuqur anglash, o‘zga millatlarga ham moddiy va ma’naviy jihatdan qaram
bo‘lmaslik, mustaqil holda mavjud bo‘lishi uning xalqaro maydondagi maqomini
belgilab beradi.
Xalqaro munosabatlar borasida o‘z qarashlarini dadil bildira olish, millat
sha’ni va obro‘sini oshirish uchun kurashish, o‘zga millatlarda o‘ziga nisbatan
salbiy munosabatlar shakllanishining oldini olishga intilish millat nufuzini yanada
oshiradi.
Millatning xalqaro maydondagi mavqeini belgilashda, shuningdek,
jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi taraqqiyparvar g‘oyalar, jamiyat hayotining ular
negizida yo‘lga qo‘yilishi ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli O‘zbekiston
Respublikasining mustaqilligi yillarida jamiyatda milliy istiqlol g‘oyasi asoslarini
shakllantirish, yosh avlodni ana shu g‘oya ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor
qaratildi.
Binobarin, bugungi kunda xalqaro munosabatlarning barqarorlashuvida
mustaqil davlatlar tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyaviy qarashlar yetakchi o‘rin
tutmoqda. Mafkuraviy g‘oyalar kurashi, mafkuraviy ta’sirlarning tobora
keskinlashuvi mustaqil davlatlar taraqqiyotiga ziyon yetkazishining oldini olish
bugungi kunning dolzarb muammosiga aylanmoqda “Mafkuraviy ta’sirlar salbiy
oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak?
Buning yo‘li – odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini
mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan
barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-
bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini
qaror toptirish, ularning “Men o‘zbek farzandiman” deb g‘urur va iftixor bilan
yashashiga erishishdir” . [ 10 ]
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Respublika
Oliy Majlisining VIII sessiyasida qilgan ma’ruzasida o‘n ikki yil davomida jamiyat
hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning
samaradorligi yoshlarda vatan istiqboli va millat, xalqning ertangi kuniga bo‘lgan
ishonchni qaror toptirishga xizmat qilishini ta’kidlab shunday deydi: “Biz bugun
o‘zining kuchi va salohiyatiga ishongan, o‘z mehnati, g‘ayrat-shijoati bilan xalqaro
maydonda obro‘-e’tibor qozongan, ertangi kunga g‘urur va iftixor, katta ishonch
bilan qarayotgan xalqning vakillari, shunday mard va tanti xalqning
farzandlarimiz.
Mana shunday oliyjanob tuyg‘ular bilan, tarix oldida, xalqimiz oldida
hamisha katta mas’uliyat bilan yashash hammamizning kundalik hayotimiz va
ongu shuurimizdan teran joy olishini istardim.
Bizning endigi vazifamiz – mana shu yo‘ldan og‘ishmay, boshlangan
islohotlarni yanada chuqurlashtirib, pirovard natijaga yetkazish va “biz dunyoda
hech kimdan kam bo‘lmaymiz!” degan shiorni amalda ro‘yobga chiqarishdan
iborat”
Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish muammosi ijtimoiy
xarakterga ega. Binobarin, talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish ularni
vatan ravnaqi, yurt obodligi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilishga
undaydi. Shuningdek, ularda o‘zi yashayotgan jamiyatda tinchlik va xavfsizlikning
barqaror bo‘lishi yo‘lida kurashish, turli millat va elatga mansub kishilar
o‘rtasidagi o‘zaro inoqlikning qaror topishiga o‘z ulushini qo‘shishga intilish
ko‘nikmalarining shakllanishi hamda millat vakili sifatida o‘z qadr-qimmatini
anglab yetishlarini ta’minlaydi.
Talabalarga milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish uzoq muddatli, tizimli va
izchil yondashuvni talab etuvchi pedagogik faoliyat jarayonidir. Bu jarayon
barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy maqsadni
amalga oshirish borasidagi yaxlit jarayonning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida shaxsning har tomonlama
yetuk, barkamol bo‘lib shakllanishini ta’minlovchi muhitning yaratilishiga e’tibor
qaratildi va bu yo‘lda keng ko‘lamli harakat boshlab yuborildi, uning huquqiy
asoslari ishlab chiqildi.
Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usining shakllanganligini aniqlash uchun bu
tushunchaning mohiyatini anglab olish talab etiladi. Shu sababli uning manbalarda
yoritish holatini tahlil qilish asosida talabalarda milliy iftixor tuyg‘usining
shakllanganlik darajasini aniqlashga yordam beruvchi mezonlarni yaratishga urinib
ko‘ramiz.
Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan faoliyat
mohiyatini yoritishda “rivojlanish”, “tarbiyalash”, “shakllantirish”, “omil”,
“pedagogik ta’sir”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor” va “milliy o‘zlikni anglash”
kabi tushunchalar tayanch tushunchalar sifatida namoyon bo‘ladi. tadqiqot
muammosini ijobiy hal etishda bu tushunchalarning mazmunini to‘laqonli anglab
olish taqozo etiladi.
Ko‘plab adabiyotlarda «shakllanish», «rivojlanish», «tarbiyalash», ayrim
manbalarda esa «ijtimoiylashuv» tushunchalarining yagona mantiqqa egaligi qayd
etiladi. «shakllantirish» va «rivojlantirish» tushunchalarining o‘zaro bir-birini
o‘rnini to‘ldiruvchi tushunchalar ekanligi to‘g‘risidagi qarashlar ham mavjud.
ularga ko‘ra, shakllantirish jarayoni rivojlantirish va rivojlantirish jarayoni esa
shakllantirish negizida sodir bo‘lishi g‘oyasi ilgari suriladi.
Shaxsni tarbiyalash tarbiya jarayonini tashkil etish chog‘ida ro‘y berib,
shaxsda ma’lum ma’naviy-axloqiy, irodaviy va shaxsiy xislatlarni qaror toptiradi.
tarbiya ijtimoiy hayotning umumiy va muhim kategoriyasi sanaladi. shu bilan birga
ijtimoiy hodisa sifatida bir qator xususiyatlarga ega. masalan, ajdodlar tomonidan
to‘plangan tajribalarni avlodlarga yetkazish, insoniyat tomonidan yaratilgan
bilimlarni egallash, inson salomatligi va rivojini ta’minlash, dunyoqarashni tarkib
toptirish va boshqalar. tarbiya jarayonining samarasi maqsadning aniq
belgilanganligi, faoliyat asosida tashkil etilgan faoliyatning natijalanganligi va
uning mazmunida aks etuvchi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi.
A.Ibrohimov, X.Sultonov va N.Jo‘rayevlarning fikrlariga ko‘ra «shaxs
g‘ururi – bu faxr», «milliy g‘urur – bu iftixor» bo‘lib, ular garchi bir-birlariga
yaqin ma’nolarni anglatsada, bir vaqtning o‘zida bir-biridan ma’lum darajada
farqlanuvchi tushunchalar ekanligi ta’kidlanadi. Bu o‘rinda mualliflar quyidagi
fikrni ilgari suradilar: «Milliy iftixor millat o‘zini yaxlit ijtimoiy birlik ekanligini
ongli ravishda his qilishidir. Bu shunday bir kuchli ruhiy holatki, u tufayli tarixiy
birlik, qon-qarindoshlik, til, madaniyat, ma’naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak
birligi millat vakillarining qalbidan chuqur o‘rin oladi»3.“Milliy iftixor tuyg‘usi –
o‘z milliy mansubligidan faxrlanish imkoniyati. Milliy iftixor tuyg‘usi o‘z
millatining boy tarixi, madaniy va ma’naviy merosidan, uning jahon
sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasidan g‘ururlanish imkoniyati. Milliy iftixor
tuyg‘usi – o‘zligini anglash va o‘zgalarni tushunishga da’vat etuvchi qudratli
kuch»4 .
Ko‘rinib turibdiki, mualliflar bu o‘rinda g‘urur tushunchasini shaxsga,
iftixor tushunchasini millatga xos tuyg‘u sifatida e’tirof etadilar. Aynan mana shu
holat ular o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich sifatida qabul qilinadi. Har
ikki tushunchaga berilgan ta’rifdan g‘urur tushunchasi individuallik, iftixor
tushunchasi esa ijtimoiylik xususiyatiga ega bo‘ladi, degan xulosaga kelish
mumkin.
“Milliy g‘urur (iftixor), – deb ta’rif beriladi manbalarda, - shaxs yoki
ijtimoiy guruhning milliy o‘z-o‘zini anglashi asosida shakllanadigan ajdodlari
qoldirgan moddiy-ma’naviy meros, o‘z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan
hissasi, o‘zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro‘-e’tiboridan faxrlanish hissini
ifodalovchi tushuncha”5.
Bu tuyg‘u shaxsda quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
3 Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyg‘usi. Toshkent, 1996. 29-30-b
4 Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyg‘usi. Toshkent, 1996. 288-b
5 Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g‘urur. Toshkent, 1999.
- millatning yutuqlari, obro‘-e’tibori bilan faxrlanish, uning muammolariga
befarq bo‘lmaslik;
- xalqi, millatining taqdiri uchun jonkuyar bo‘lish;
- o‘z millatining moddiy-ma’naviy merosini asrab-avaylash;
- xalq odatlari, an’analari, qadriyatlarini hurmat qilish, ularni boyitish va
takomillashtirish to‘g‘risida qayg‘urish;
- xalqi, millatiga mehr-muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish.
Mustaqillik kishilar milliy g‘ururini oshirib, uni xalq, vatan, ajdodlar xotirasi
oldidagi mas’uliyatni his qilishdek mazmun bilan boyitmoqda. Bunday sharoitda
o‘zbek xalqining mustaqilligidan faxrlanish, jamiyatda ozod, farovon va erkin
hayotni yaratish yo‘lida mehnat qilish, faollik ko‘rsatish, jahon hamjamiyati
tomonidan ilm-fan, texnika yutuqlari, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish milliy
iftixor tuyg‘usini shakllantiradigan, rivojlantiradigan omillardir. Bu esa, o‘z
navbatida, ko‘p jihatdan o‘sib kelayotgan yosh avlodning kuchi, salohiyati,
bunyodkorlik faoliyatini belgilaydi, ularni sog‘lom milliy g‘urur, milliy iftixor
tuyg‘usini shakllantirish uchun tinmay izlanishga safarbar etadi. Bu safarbarlik va
milliy iftixorni o‘sib kelayotgan yosh avlodda qaror toptirish uchun ta’lim tizimi
katta imkoniyatlarga ega. Chunki bugungi kunda ushbu maskanlarda o‘zbek
xalqining o‘tmishi, ajdodlarning boy ma’naviy merosi, bugungi bunyodkorlik
faoliyati keng ko‘lamda o‘rgatilmoqda.
"Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi"da kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat
siyosatini insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy
bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni
shakllantirishni nazarda tutadi. Modomiki, davlat barkamol shaxsni tarbiyalashni
talab etar ekan, bu ma’naviy qadriyatlar, ma’naviy meros, milliy iftixorning
ajdodlar siymosida namoyon bo‘lganligini anglab yetishi, bu tuyg‘uni o‘zida
singdira olishi, jamiyatda bu yo‘lda keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
tashkil etish kerak.
Zero, "Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat
qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda
yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li
o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkin"6 .
Milliy iftixor tuyg‘usi milliy mansublikni chuqur anglash, uni e’zozlashga
ma’naviy-ruhiy jihatdan kelib chiqqan ehtiyoj mahsulidir.Milliy iftixor, eng
avvalo, o‘zligini anglash, milliy ravnaqni ta’minlash yo‘lidagi xatti-harakat, o‘z
millati istiqboli oldida mas’ullikning beqiyos namunasidir. Milliy iftixor
tuyg‘usiga ega bo‘lgan har bir kishi o‘z millati o‘tmishini yaxshi bilgan, qadrlay
olgan va ayni paytda uni yangicha sharoitlar, holatlarda boyitib boradigan
barkamol shaxsdir. Shu bilan bir qatorda o‘sib kelayotgan yosh avlod boshqa
millatlar milliy an’analari, san’ati va madaniyatini hurmat qilish qobiliyati, ularni
anglash salohiyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida yashab, ijod etgan
mutafakkirlar o‘z asarlarida bola tarbiyasiga, yoshlarda vatanparvarlik, milliy
iftixor tuyg‘usini kamol toptirishga alohida e’tibor berganlar.
O‘zbek xalqining ardoqli farzandlari bo‘lgan ajdodlarimiz o‘zida milliy
iftixor tuyg‘usini namoyon qila olgan. Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiyning
quyidagi so‘zlarida milliy mansublikdan g‘ururlanish, milliy iftixor tuyg‘usi
yaqqol namoyon bo‘ladi: "Biz o‘z qismatimizni bilamiz. Agar bizning hayotimiz
hurriyat va xalqning baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo‘lsa, biz o‘limni
ham xursandchilik bilan kutib olamiz ... mumkin qadar ko‘proq yaxshi maktablar
ochish, shuningdek, maorif va xalq baxt-saodatini ta’minlash sohasida tinmay
ishlash bizga haykal bo‘ladi ...". [32]
Abdurauf Abdurahmon o‘g‘li Fitrat ham o‘z vatanini sevadi, u bilan
faxrlanadi, uni har narsadan muqaddas tutadi va yoshlarni vatanni sevishga,
ardoqlashga chorlaydi. u "Sayha" to‘plamidagi she’rlaridan birida shunday yozadi:
Vatanni ziyorat qilmoqqa
6 O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» Qonuni //Barkamol avlod – O‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori. – T.: O‘zbekiston, 1997. 67-b
Erta tongda kel.
Hay-hay qanday vatan bu!
U mening sajdagohim,
Osoyishim, izzatim, sharafim,
Ham ka’bam, ham qalbim,
Ham chamanimdir.
Bu misralar vatanparvarlikning yuksak namunasi bo‘lib, yoshlarda milliy
iftixor tuyg‘usini shakllantirishda alohida qimmatga ega. Muallif vatanning ravnaq
topishi uchun yoshlarni dunyoviy ilmlarni egallashga da’vat etadi, bu yo‘lda o‘zi
fidoyilik namunasini ko‘rsatadi.
Fitratning fikricha, har bir inson hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun u
sog‘lom fikrli va pok axloqli bo‘lmog‘i kerak. Har millat o‘z kelajagini o‘ylar
ekan, yoshlarga e’tiborini qaratmog‘i, ularni muntazam jismoniy, aqliy, ruhiy
tomonidan chiniqtirmog‘i lozim.
Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li yoshlar uchun yozgan asarlarida
vatanga sadoqat va mehr-muhabbat, insoniylik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik
fazilatlarini shakllantirishga e’tibor bergan. Uning fikricha, vatanni sevish, uning
gullab yashashi uchun mehnat qilish va ulg‘ayish zarur. Shu sababli alloma yoshlar
qalbiga vatan go‘zalligini singdirib, ularni vatan oldidagi fuqarolik burchini yuksak
darajada bajaradigan kishilar qilib kamol toptirishni, vatan o‘z farzandlaridan najot
kutib turganligini ta’kidlaydi.
Tarbiya - jamiyatning asosiy vazifalaridan biridir. Jamiyat esa nomilliy bo‘la
olmaydi. Tarbiya yordamida avlodlarning sinalgan, eng ma’qul, taraqqiyparvar
tajribasi o‘zlashtiriladi va yangi avlodga yetkaziladi, odamlarning ongi, xulqiga
shu jamiyatda qabul qilingan axloq me’yorlari singdiriladi, yetakchilik qilayotgan
mafkura o‘zlashtiriladi.
Ma’lumki, Mustaqillik, milliy mafkura, milliy taraqqiyot kabi muqaddas
qadriyatlarni xalq keng va teran idrok etmoqda. Qisqa vaqt ichida mamlakatimiz
hayotida olamshumul o‘zgarishlar yuz berdi, O‘zbekiston Respublikasining nomi
xalqaro maydonda mustaqil davlat sifatida e’tirof etildi. Bu o‘zgarishlar
odamlarning ongi va tafakkuriga ham ijobiy ta’sir etmoqda. Binobarin, o‘sib
kelayotgan yangi avlod dunyoqarashida milliy iftixor tarzida namoyon bo‘ lmoqda.
Bu tuyg‘uni rivojlantirish, barqaror e’tiqodga aylantirish ta’lim tizimining muhim
vazifalaridan biridir.
Demak, Mustaqillikning mohiyatini yanada chuqur, puxta anglash, vatanni
sevish, u bilan faxrlanish, vatan sharafini himoya qilish uchun yoshlar nimalarga
e’tibor berishi kerakligini ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarga singdirish muhim
ahamiyatga ega.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan manbalar mazmunidan shu narsa ayon bo‘ldiki,
talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning mazmuni, metodlari, shakl
va vositalarini yoritib bergan maxsus tadqiqotlar amalga oshirilmagan. Muammoni
tadqiq etish mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning quyidagi yo‘llari samarali
ekanligini isbotladi:
1. Xususiy fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarga milliy qadriyatlar,
ularning ijtimoiy ahamiyati, o‘zbek xalqining jahon ilm-fani va sivilizatsiyasiga
qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlarni berishga jiddiy e’tibor qaratish.
2. Tarbiyaviy jarayonda talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga
xizmat qiluvchi tadbirlarning yetakchi o‘rin tutishi hamda tashkil etilayotgan
tadbirlarning g‘oyaviy jihatdan yuksak saviyada bo‘lishi uchun barcha
imkoniyatlarni ishga solish.
3. Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish jarayonida ommaviy
axborot vositalari xizmatidan samarali foydalanish.
4. Bosh g‘oyasi maishiy muammolardangina iborat bo‘lib, g‘oyaviy saviyasi
va ijro mahorati past bo‘lgan musiqa va kino san’ati namunalarining ommaviy
axborot vositalari sahifalaridan o‘rin olishiga nisbatan jamoatchilik ta’sirini
o‘tkazish, shu bilan birga gazeta va jurnallarda imkoni boricha ko‘proq ijtimoiy
ong va shaxs dunyoqarashini boyitish, fuqarolarda fikrlash layoqatini
shakllantirish.
5. Ishlab chiqarish va ijod sohalarida samarali faoliyat yuritayotgan zamona
qahramonlarini yoshlarga tanishtirishga alohida e’tibor qaratish va bu yo‘lda
faollik ko‘rsatish.
6. Yoshlarda umummillat va jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan
yuqori qo‘ya olishlari, jamiyat va millat oldidagi insoniy burchlarini to‘laqonli
anglashlari, xalq baxt-saodati hamda yurt farovonligi yo‘lida mehnat qilishlariga
erishish uchun psixologik va pedagogik sharoit yaratish.
7. Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik va harbiy vatanparvarlik g‘oyalarini
targ‘ib etuvchi tadbirlarning keng ko‘lam va yuksak saviyada tashkil etish
an’anasini qayta tiklash.
8. Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning psixologik-
pedagogik va falsafiy jihatlarini yaxlit holda o‘rganilishiga erishish, mazkur
jarayonni tashkil etishning samarali yo‘llari, omillari va vositalarini yetarli
darajada o‘rganish
Yuqorida ifodalangan fikrlar asosida talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini
shakllantirish jarayonining mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin: talabalarda
milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish ijtimoiy zaruriyat bo‘lib, bu muammoning
hal etilishi milliy mustaqillikni mustahkamlash va millatning xalqaro maydondagi
obro‘sini oshirishga xizmat qiladi. O‘quv fanlarining talabalarda milliy iftixor
tuyg‘usini shakllantirish imkoniyatini aniqlash, pedagogik shart-sharoitlar,
omillarni o‘rganish, ta’lim va tarbiyaviy ishlar mazmunida bu masalaning aks
etishiga erishish, ularning milliy madaniyat, tarix va qadriyatlar mohiyatini
yorituvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jarayonida ko‘ngilli, majburlovlarsiz
ishtirok etishlariga erishish lozim.
Bizning nazarimizda, «g‘urur» va «iftixor» tushunchalari o‘rganilayotgan
obekt nuqtai nazaridan ham individual, ham ijtimoiy xususiyatni namoyon eta
oladi. zero, shaxs g‘ururi – bu muayyan shaxsga xos bo‘lgan psixologik xususiyat
bo‘lib, u shaxsning ijtimoiy mavqei (masalan, ma’lum millat vakili sifatidagi
mavqei), shaxsiy xususiyatlar, turmush tarzi, kasbiy yoki ijtimoiy faoliyat,
erishilgan muvaffaqiyatlardan qoniqish hosil qilish sanaladi. milliy g‘urur
tuyg‘usiga egalik ma’lum millatga mansub shaxsning ana shu millatning jahon
hamjamiyatida tutgan o‘rni, mavqei, insoniyat taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga
qo‘shgan hissasini anglash, faxrlanish va qoniqish demakdir.
Talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, ularning
muvaffaqiyatini ta’minlash hamda ta’lim oluvchilarning har tomonlama yetuk
shaxs bo‘lib tarbiyalanishlariga erishish oliy ta’lim muassasalari faoliyatining
muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. biroq, bu yo‘nalishda amalga
oshiriluvchi faoliyatning samarali kechishida tashkiliy va subektlar ishtiroki
masalasi alohida e’tibor berilishi zarur bo‘lgan jihat sanaladi.
Talabalarning milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlarini ta’minlashda mikro
va makromuhitlarning ta’siri kuchlidir. Shu bois talabalar mansub bo‘lgan muhitda
ijtimoiy sog‘lom munosabatlarning qaror topishiga erishish nihoyatda muhim.Shu
bilan birga o‘quv-tarbiya jarayonida talabalarning milliy iftixor tuyg‘usiga ega
bo‘lishlariga yordam beruvchi samarali shakl, metod va vositalarni belgilash ham
muhimdir.
Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usining shakllanishida ta’limiy-tarbiyaviy
ishlarni muayyan tizim asosida, izchil va uzluksiz tashkil etilishi alohida
ahamiyatga ega. shuningdek, ta’sirchan vositalardan foydalanish talabalarda
tadbirlarning uyushtirilishiga nisbatan befarq bo‘lishlariga imkon bermaydi,
aksincha, qiziqishlarini oshiradi.
Muammoga oid manbalarda talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini
tarbiyalovchi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda amal qilinishi zarur
bo‘lgan qoidalar to‘g‘risida ham so‘z yuritiladi. ular quyidagilardir:
«ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuksak g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishda bo‘lishi;
ishlarning ma’lum bir bo‘limni, formalarini va aniq mazmunini,
o‘quvchilarning qiziqish, qobiliyatlarini hisobga olgan holda ixtiyoriy
tanlashni yo‘lga qo‘yish; ishlarni ommaviy tusda tashkil etish; o‘quvchilarning
mustaqilligi va tashabbuskorligi hamda «kamolot» tashkilotiga tayanish;
ishlarning ijtimoiy-foydali yo‘nalishda va ijodiy xarakterda bo‘lishi; ma’naviy-
ma’rifiy ishlar ta’lim-tarbiya ishlarining umumiy vazifalariga bo‘ysundirilishi;
o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish» [29].
Milliy iftixorni anglashga yo‘naltirilgan «... ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
tashkil qilishda o‘zlashtirilishi muhim bo‘lgan qoidalardan yana biri tarbiyaviy
tadbirlarning ijtimoiy foydali yo‘nalishda va ijodiy xarakterda bo‘lishidir.
ya’ni, tadbirlar ular bilan qamrab olingan o‘quvchi yoshlarda ijodkorlik hissi
va kuch-g‘ayratini rivojlantirish, o‘z jamoasi, xalqi uchun foydali faoliyatga
intilishini kuchaytirishga xizmat qilmog‘i kerak» [29].
Pedagogik va psixologik yo‘nalishlarda yaratilgan manbalarda qayd
etilishicha, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat
muvaffaqiyati uning shakl, metod va vositalarining to‘g‘ri tanlanishiga
bog‘liq. binobarin, ular tashkil etilayotgan jarayonga subektlar (o‘quvchilar,
talabalar, ota-onalar, respondentlar)ni samarali jalb etish, ularning faolliklarini
ta’minlash, jarayonning kechishi va yakunlari to‘g‘risida ma’lum xulosalarga
kelish, natijalarni tahlil etish, erishilgan yutuqlarga baho berish yoki yo‘l
qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilashga imkon beradi.
O‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan
islohotlar nafaqat ta’lim mazmunini tubdan yangilash, shuningdek, ta’lim va
tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashishni ham talab
etmoqda. bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatni
tashkil etishda quyidagi yondashuvlar ko‘zga tashlanmoqda:
An’anaviy yondashuv – ta’lim va tarbiya jarayonlarida o‘qituvchilarning
yetakchi mavqeni egallashlari, talabalarga tayyor nazariy ma’lumotlarni
yetkazib berish, ularning faoliyatini nazorat qilish va baholashda tor doirada
ish ko‘rish (jumladan, bilim darajalarini aniqlashning bir nechta savollar
asosida amalga oshirilishi), standart talablar muhimligining e’tirof etilishi;
Noan’anaviy yondashuv – ta’lim-tarbiya jarayonining pedagog va
talabalar hamkorligida tashkil etilishi, talabalar faoliyatining o‘quv va
tarbiyaviy ishlar jarayonida yetakchi o‘rin tutishi, mustaqil faoliyat
yuritishlarining ta’minlanishi, pedagoglar faoliyatining yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish,
zarur o‘rinlarda maslahatlar berish, shuningdek, talabalar tomonidan tashkil
etilayotgan xatti-harakatlarni nazorat qilish va baholashdan iborat bo‘lishi,
darslar hamda tarbiyaviy ishlarning talabalarni faollikka undovchi, mustaqil va
erkin fikr yuritishlariga imkon beruvchi shakl va metodlar yordamida tashkil
etilishi, nazorat va baholash bosqichlarida talabalar faoliyatining har
tomonlama, batafsil baholanishiga erishish, ushbu maqsadda turli nazorat
usullaridan foydalanish va boshqalar.
Talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, xususan, milliy iftixor
tuyg‘usining shakllanishiga xizmat qiluvchi tadbirlarning ommaviy
(jamoaviy)likka asoslanishi yakka tartibda yoki guruhli ravishda amalga
oshirilishidan ko‘ra ko‘proq ta’sir kuchiga ega.
I.2. Talabalarda milliy iftixor tuyg’usi shakllanganligining amaliyotdagi
ahvoli
Milliy iftixor tuyg’usini shakllantirishda ta’lim jarayoni muhim o’rin
tutadi, chunki xuddi shu davrda shaxs, uning qiziqishlari, moyilliklari shakllanishi
uchun poydevor yaratila boshlandi. Jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli shaxslar
juda asqotayotgan hozirgi kunda talabalarni milliy iftixor ruhida tarbiyalash
davrning dolzarb muammosi bo’lib turibdi.
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida ochiq-oydin yozib qo‘yilgan:
“Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va
harakatlantiruvchi kuchi inson, uning barkamol rivojlanishi va farovonligi, shaxs
manfaatlarining ro‘yobga chiqishi uchun shart-sharoit va amaliy mexanizmlarni
yaratishdan iboratdir”. [8]
XXI asr ta’limining asosiy maqsadlaridan biri sifatida talabalar
mustaqilligini, tashabbuskorligi va mas’uliyatliligini shakllantirish deb qarash
mumkin. Ma’lumki, tashabbuskorlikni o‘qitishning mahsulli metodlarsiz
rivojlantirib bo‘lmaydi. Lekin bu usulni doimiy qo‘llash aks natija berishi ham
mumkin. Talabalarning ijodiy bilish, muloqotga kirishish, tashabbuskorlik kabi
xususiyatlarini rivojlantirilmasa, u so‘nishi mumkin.
Shaxsning milliy iftixor tuyg‘usiga egalik darajasini aniqlash bir qadar
murakkabdir. Binobarin, shaxsning namoyon bo‘luvchi barcha harakatlari ham
uning bu tuyg‘uga egaligini ifoda etavermaydi.
Shu sababli talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish yo‘lida tajriba-
sinov ishlarini olib borishdan oldin tajriba – sinov maydonini belgilashda
pedagogik shart-sharoitlar mavjudligini o’rganib, tahlil qilib ko’rdik va biz tajriba
maydoni etib Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti deb belgilandi
Asoslovchi tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida talabalarda milliy
g‘urur, iftixor va o‘zlikni anglash tuyg‘ulari shakllanganligining mavjud darajasini
o‘rganish maqsadida biz ushbu fakultetning Boshlang’ich ta’lim va sport
tarbiyaviy ishi yo’nalishi I kurs yo’nalishidan 014 30– guruh va 014 31-guruhlarni
tanlab oldik. Va 014 30-guruhni nazorat guruhi deb nomladik va ushbu guruh
23 nafar talabadan iborat bo’lib, Bahodir Berdiyev rahbarlik qilar ekanlar. 014
31-guruhni esa tajriba guruhi etib tayinlab, ushbu guruhga ham 23 nafar talaba
bo’lib, bu guruhning rahbari Manzura Muhammadiyeva rahbarlik qiladi. Ularning
e’tiboriga anketa so‘rovlari va test savollarini havola etdik. Talabalarda milliy
iftixor tuyg’usi qay darajada ekanliklarini aniqlash maqsadida olib borayotgan
tadqiqotimizning anketa so‘rovining mazmunidan quyidagi savollar o‘rin oldi:
1. Vatanimiz qachon mustaqillikka erishdi?
2. Mustaqillik qaytarib bergan allomalardan kimlarni bilasiz?
3. O’zbekistonda qanday avtomobillar ishlab chiqariladi?
4. O’zbekistonning gerbi va bayrog’ida nimalar aks etgan?
5. O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini yod olganmisiz? Undagi
“Serquyosh”, “Hur o’lka”, “Elga baxt najot” kabi so’zlar va iboralarning
ma’nosini qanday tushunasiz?
6. “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat”, -- deganda nimani tushunasiz?
7. “Istiqlol farzandiman” mavzusida insho yozing.
8. Mehmondo’stlik deganda hayolingizdan nimalar tasvirlanadi?
9. Mardlik – bu nima?
10. Bulbul chamanin sevar
Odam – Vatanin deganda nimani tushunasiz?
11. „Ona shahrim” mavzusida insho yozing.
12. O’zingiz bilgan viloyat, shahar va qishloq nomlarini daftaringizga yozing.
13. „Salom” so’zi qanday ma’noni bildiradi?
14. Inson odobi nimadan boshlanadi?
15. Konstitutsiyani biz nima uchun qomusimiz deb ataymiz?
16. Konstitutsiyada yozilgan qaysi huquqlarni bilasiz. O’zingiz qay
huquqlardan foydalanib kelmoqdasiz?
17. Vatanimiz o’tmishiga doir hikoyalar orqali buyuk ajdodlarimizdan
kimlarning hayoti bilan o’rtoqlashdingiz?
18. O’zingiz yashayotgan hudud tarixini bilasizmi?
19. Ota-onani hurmat qilishning sababi nima?
20. Urf-odat deganda nimani tushunasiz?
21. Navro’zgacha va navro’z kunlari qanday ishlar amalga oshiriladi?
22. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch asarida “…xalqimiz uchun eng aziz
va milliy bayram – sharqona yangi yil bo’lmish Navro’z ayyomi misoloda,
ayniqsa, yorqin namoyon bo’ladi”, -- deb e’tirof etiladi. Navro’zning
yurtimizda nishonlanishi xalqimizning qanday fazilatlaridan darak beradi
deb o’ylaysiz?
23. Vatanimiz va xalqimiz tarixida o’chmas iz qoldirgan kishilardan kimlarni
bilasiz?
24. Hukumatimizning talabalarga ko’rsatayotgan g’amxo’rligi haqida gapiring.
25. “Biz tinchlikni istaymiz” mavzusida insho yozing.
Har bir savolga 3 ta va undan ortiq misollar sanab bera olsa – 3 ball, 2 ta
misol sanab bera olsa - 2 ball, faqat 1 ta misol keltira olsa – 1 ball va umuman
sanab bera olmasa – 0 ball qo‘yildi. Shunga ko‘ra 24baldan-30 balgacha – yuqori
daraja, 15 baldan - 21 balgacha – o‘rta daraja va 15 baldan past bo‘lsa – quyi
daraja qilib belgilandi. Natijalar quyidagicha bo‘ldi:
1.2.1. jadval.
Tajriba avvalida talabalarda milliy iftixor ruhining shakllanganlik
darajasi
№ Talabalarning javoblari
Yuqori O‘rta Quyi
Nafar Foiz Nafar Foiz Nafar Foiz
Tajriba
guruhi
4 18% 6 26% 13 56%
Nazorat
guruhi
5 22% 6 26% 12 52%
Natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, faqatgina nazariy bilimlar berish yoki
nazariy bilimlarni hayot bilan bog‘lamay turib talabalarni milliy iftixor ruhida
tarbiyalash mushkul.
II BOB. Talabalarni milliy iftixor ruhida tarbiyalash metodikasi
II.1. Ta’lim jarayonida talabalarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish
mazmuni
Mustaqillik yillarida yosh avlod, jumladan, talabalarni ma’naviy-axloqiy
jihatdan tarbiyalash, ularning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga erishish
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya e’tirof etildi.
O‘zbek xalqi asrlar davomida kelayotgan yil dehqonchiligining xayrli,
barakali bo‘lishi uchun ekin ekish, dalaga ulov chiqarish va urug‘ qadashga
tayyorgarlik, yangi niyatlarning tug‘ilishi ayyomi sifatida navro‘zni ulug‘lab, uni
katta tantana sifatida nishonlab kelgan. navro‘z bayramini nishonlashda millatning
o‘zligi, uning tabiatga bo‘lgan muhabbati namoyon bo‘lgan.
O‘zbekiston respublikasining mustaqillikka erishuvi bilan birga millatning
asriy qadriyati sanalgan navro‘z bayramini nishonlash an’anasi qayta tiklandi.
o‘zbekiston respublikasi prezidentining «navro‘z umumxalq bayramini o‘tkazish
choralari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq 1991 yildan boshlab har yili 21 mart
navro‘z bayrami sifatida ommaviy ravishda nishonlanib kelinmoqda.
Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish uzoq muddatli,
murakkab jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning samarali tashkil etilishi bir
qator omillarning ta’siri asosida kechadi. Tadqiqotni olib borish chog‘ida
talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning muhim omillari
quyidagilar ekanligiga ishonch hosil qilindi.(2.1.1-jadval)
Talabalarning milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlarida alohida ta’sir
kuchiga ega bo‘lgan omillardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratish
maqsadga muvofiqdir. Quyida ana shu masala mohiyati yoritiladi.
Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish, ular tomonidan
islomiy qadriyatlarga to‘g‘ri baho bera olish layoqatini tarbiyalashda respublika
miqyosida islom olamida o‘zlarining alohida o‘rinlariga ega bo‘lgan buyuk
allomalarning yubiley yillarini nishonlash yo‘lida amalga oshirilgan tadbirlar
ham muhim ahamiyatga ega. imom abu iso at-termiziyning 1200 yilligi,
mahmud Az-zamahshariyning 920 yilligi, najmiddin kubroning 850 yilligi,
bahovuddin naqshbandning 675 yilligi, xoja ahrori valiyning 600 yilligi, imom
ismoil al-buxoriy tavalludining hijriy-qamariy tavqim bo‘yicha 1225 yilligining
keng ko‘lamda nishonlanishi» yoshlar uchun o‘zga xos tarbiya namunasi bo‘ldi.
binobarin, bunday tadbirlar orqali ulug‘ allomalarga bo‘lgan cheksiz hurmat va
ularning islom ta’limotini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari oldidagi ehtiromni
namoyish etildi. o‘tganlarni yodlash, ularning faoliyatidan xabardor bo‘lish
hamda mehnatlariga nisbatan ehtirom bildirish o‘zbek xalqining o‘zligiga xos
fazilatdir.
Milliy-madaniy meros, shu jumladan, adabiyot va san’at barcha davrlarda
ham yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularga ajdodlar
an’analarini yetkazish vositasi bo‘lib kelgan. ayni vaqtda ular yoshlarga milliy
o‘zlikni anglatish, ularda vatan va millatga bo‘lgan mehr-muhabbatni qaror
toptirish, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirishda alohida o‘rin tutadi. biroq,
totalitar tuzum davrida milliy ozodlik harakatlarining qayta yuzaga kelishidan
qo‘rqqan ayrim ideologlar milliy-madaniy merosni o‘rganishda qat’iy
cheklovlar bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi taklifni ilgari surdilar. jumladan, 1986
yil 4 oktabrda bo‘lib o‘tgan o‘zbekiston kpmkning iii plenumida shu haqida
alohida so‘z yuritilib, unda quyidagi mulohazalar ilgari surildi: «o‘tmishni
ideallashtirish, nosinfiy va notarixiy yondoshuv shunga olib keldiki, temur kabi
feodal zolimlar teatr sahnalarida, kino ekranlarida, kitob sahifalarida shu vaqtga
qadar ko‘zga tashlanib turibdi, ayrim yozuvchilarning e’tiborida tarix haqiqatiga
zid ravishda u insonparvar va uzoqni ko‘ra biluvchi siyosatchi qilib ko‘rsatilgan.
bu borada tipik o‘rta asrga xos jihatlarni ko‘ra olish uchun pirimqul qodirovda
sinfiy yetuklik yetishmadi. yozuvchi boburning haqiqiy bosqinchilik
faoliyatlarini sezmay, uning go‘yo ma’rifatparvar podsholigi, nozik didli lirik
shoir va ulkan tarixchiligiga qoyil qolib, erib ketadiyu, ko‘z yoshi qiladi.
Talabalarga millatning shonli o‘tmishi, tarixi haqidagi ma’lumotlar
ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish asosida yetkazib beriladi.
Ta’lim muassasasida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy, gumanitar va tabiiy
fanlar ham talabalarni millat ravnaqi, uning taraqqiyoti tarixi, erishgan
yutuqlari, nurli va bo‘ronli kunlari, bugungi hayoti hamda istiqbol rejalari
bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
Talabalarni millat tarixi, o‘tmishini chuqurroq tanishtirishning samarali
yo‘llaridan foydalanish uchun pedagogik faoliyatni quyidagi tahlitda tashkil
etish kutilgan maqsadga olib keladi:
1. Talabalarni millatning shonli o‘tmishi, tarixi bilan yaqindan tanishtirish
imkoniyatiga ega “O’qish”, “Odobnoma”, “Atrofimizdagi olam”, “Ona tili”
kabi ko‘plab o‘quv fanlarini o‘qitish jarayonida bilimlarni yuqori darajada
ruhiy-hissiy ifoda yordamida uzatilishini ta’minlash. Talabalarda milliy iftixor
tuyg‘usi, asosan, ta’lim jarayonida shakllantiriladi.
2. Talabalarni o‘zbek millatining shonli tarixi, o‘tmishi bilan tanishtirishga
yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan o‘zaro
uyg‘unlashuviga erishish.
3. Talabalarni millat o‘tmishi, tarixi bilan tanishtiruvchi tadbirning reja uchun
emas, balki talabalarning ichki ehtiyojlarini inobatga olgan holda ko‘tarinki
ruhda tashkil etilishini ta’minlash.
4. Bunday tadbirlarga boshlovchi sifatida notiqlik iqtidoriga ega
mutaxassislarni jalb etish (bu vaziyatda talabalarning imkoniyatlaridan ham
foydalanish foydadan holi emas).
5. Talabalarni millat tarixiga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishda asosiy
urg‘uni millat faxri va iftixori bo‘lgan voqea-hodisalargagina emas, shu bilan
birga milliy taraqqiyot yo‘lida to‘siq bo‘lgan o‘zaro ichki kurashlar, etnik
yoki diniy nizolar, hokimiyat uchun ayovsiz kurashlar ro‘y bergan
jarayonlarga ham tortish orqali talabalarda milliy ravnaq inqirozini
ta’minlovchi salbiy holatlarga nafrat uyg‘otish, bunday holatlarning oldini
olish uchun shaxsiy hissani qo‘shishga rag‘batlantirish.
6. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar chog‘ida talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini
shakllantirishga alohida e’tibor qaratish. Binobarin, vatanparvarlik tuyg‘usiga
ega bo‘lgan talabagina millatning o‘tmishiga chuqur hurmat bilan qaray oladi,
uning buguni va ertangi istiqboli uchun qayg‘uradi.
Shuningdek, talabalarga o’zbek xalqining jahon sivilizatsiyasiga
munosib hissa qo’shgan vakillari haqida ham ma’lumot berish milliy iftixor
tuyg’usini shakllantirishga bemisl yordam beradi.
Xalq qahramonlarining jasorati. Shiroq, To‘maris kabi afsonaviy
qahramonlar bilan birga Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur,
Najmiddin Kubro va boshqalarning jasoratlari bugungi kun yoshlari uchun
ibratdir. Ularning faoliyatlarini o‘rganish yoshlarni vatanni sevishga, uning
manfaatlari yo‘lida kurashish va jon fido etishga undaydi.
Milliy-madaniy meros. Milliy qadriyatlar (urf-odat, marosim va
an’analar), xalq og‘zaki ijodi, adabiyot, ilm-fan hamda san’at (xalq
hunarmandchiligi, milliy me’morchilik, rassomlik, qo‘shiqchilik, raqs san’ati
va san’atning boshqa turlari (kino, teatr, sirk, milliy dorbozlik) kabi milliy-
madaniy meros namunalari bilan talabalarni tanishtirish ular tomonidan
milliylik, milliy turmush tarzi va milliy o‘zlik xususiyatlarining anglanishiga
xizmat qiladi.
Oliy ta’lim muassalarida milliy-madaniy meros namunalari haqidagi
bilimlarni targ‘ib etish uchun uchrashuv, davra suhbati, ko‘rgazma,
havaskorlik chiqishlari, ilmiy taqdimot va ekskursiyalar shaklida tashkil
etilishi mumkin.
Ta’lim xoh auditoriyada, xoh ta’lim muassasalaridan tashqarida
uyushtiriladigan tadbirlarda bo‘lsin, asosiy e’tibor milliy-madaniy merosning
millat sha’nini yuqori darajaga ko‘targan, uning nomini jahon hamjamiyati
o‘rtasida keng targ‘ib eta olgan, xalqaro ko‘rik - tanlovlarda tan olingan
namunalari bilan talabalarni tanishtirishga qaratilishi zarur.
Talabalarni milliy-madaniy meros namunalari bilan tanishtirish ularda
xalq ijodkorligi, bunyodkorligiga nisbatan hurmat uyg‘otadi. Madaniy meros
namunalari o‘z mazmunida eng ezgu insoniy qarashlarni, ya’ni, tinchlik uchun
kurash, urushshishning, nizolarning har qanday holatlarini qoralash, yurt
ozodligi va xalq farovonligi yo‘lida mehnat qilish, insonlarga, tabiatga bo‘lgan
cheksiz muhabbat, tabiat va insonning o‘zaro uyg‘unligi g‘oyalarini aks ettira
olganligi bilan ham asrlar davomida qadrlanib kelinadi.
Ishlab chiqarish sohasida erishilayotgan yutuqlar. Mustaqillik yillari
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qulay sharoitni yuzaga keltirdi.
1992 yil 2-martda O‘zbekiston Respublikasining bitiruv malakaviy ishiga a’zo
qilinganligi mamlakat istiqboli uchun keng imkoniyatlarni ochdi. Bugungi
kunda Respublika jahonning yuzdan ortiq mamlakatlari bilan iqtisodiy va
madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
Mamlakat qudratini belgilovchi asosiy jihatlardan biri – bu uning
iqtisodiy jihatdan taraqqiy etganligi, ishlab chiqarish samaradorligining
oshganligi, aholi turmush darajasining o‘sganligi bilan belgilanadi. Iqtisodiy
rivojlanish ham mamlakatning kuch-qudrati, obro‘-e’tibori hamda uning jahon
hamjamiyatida tutgan o‘rni, mavqeini belgilab beradi. Yuqori darajada
iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erisha olish esa fuqarolarda milliy g‘urur, faxr va
iftixor tuyg‘usini hosil qiladi.
Oilaviy sulola an’analari. Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini
shakllantirishda, dastlab, ularda o‘z oilasi, oila a’zolari, qarindosh-urug‘lari va
yaqin kishilariga nisbatan oddiy muhabbatni tarbiyalashdan boshlash lozim.
Bunday muhabbat ularning oilaga, tug‘ilib o‘sgan joyiga, xalqiga, o‘z ona
tiliga bo‘lgan muhabbat bilan to‘ldirilib borilishi kerak.
Vatan, avvalo oila demakdir. Shunday ekan, oilaning mavqeini anglash,
uning sha’ni, obro‘-e’tiborini saqlash, g‘ururini yuqori darajaga ko‘tarish har
bir insonning eng oddiy burchi sanaladi. Oila muhitida berilayotgan tarbiya
farzandlarni qon-qarindoshlikni ulug‘lash, oila sulolasi manfaatlari yo‘lida
birlashish, uning sha’nini saqlashga o‘rgatadi. O‘z oilasi uchun fidoiy bo‘la
olgan, uni qadrlay olgan insongina vatanini, xalqini qadrlay oladi.
Oliy ta’lim muassalarining oilalar bilan mustahkam aloqa o‘rnatishi,
turli tadbirlarda ota-onalarning faol ishtirok etishlariga erishish, oilaviy
an’analar va ularning shaxs kamolotidagi o‘rni va rolini ochib berishga
qaratilgan tanlovlar (masalan, insholar, sulolaviy shajaradan xabardorlik
tanlovlari)ni o‘tkazish talabalarning milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlarida
alohida ahamiyat kasb etadi.
Sport. Sport ham musiqa san’atidek millat, yurt nomini jahonga tez
tanitadi, shuningdek, u fuqarolarning faxr, iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlariga
samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli talabalar bilan ishlash jarayonida ularni
o‘zbek sportining buguni va istiqboli bilan tanishtirish ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlarning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Talabalarni o‘zbek sportining yorqin namoyondalari faoliyati bilan
yaqindan tanishishlari uchun sharoit yaratishga alohida e’tibor berish zarur.
Oliy ta’lim muassalarida jahon va respublika miqyosida yuksak
muvaffaqiyatlarga erishgan sportchilar bilan uchrashuvlarni uyushtirish
talabalarga ulardan namuna olishlariga imkon beradi. Shuningdek, ularda sport
bilan doimiy shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantirish ham ularning
kelgusida sport sohasida mamlakat obro‘sini ko‘tarishlari uchun asos bo‘lishi
mumkin.
Davlat ramzlari. Davlat ramzlari har qanday mamlakatning eng oliy
qadriyatlaridan biridir. Binobarin, ularda davlatning shakllanish tarixi,
millatning turmush tarzi, hayotiy yondoshuvlari, ijtimoiy munosabatlari
mazmuni, milliy qadriyatlari mohiyatida aks etgan orzu-umidlari, niyat-o‘ylari,
kelajak intilishlari o‘z aksini topadi.
Davlat ramzlari xalqaro maydonda mamlakat, millat nomini keng
yoyishda muhim vosita hisoblanadi. Shu sababli talabalarda davlat ramzlariga
bo‘lgan cheksiz hurmatni qaror toptirish oliy ta’lim muassasi ma’muriyati
oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Talabalarning milliy iftixor
tuyg‘usiga ega bo‘lishlarida ular tomonidan davlat ramzlarining asl mohiyatini
anglab yetilishiga erishish alohida ahamiyatga ega.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jarayonida davlat ramzlaridan foydalanish
(uni oddiy bir vosita sifatida emas, balki ta’sirchan kuchga ega predmet tarzida
qo‘llashga erishish) muhimdir. Demak, talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni tashkil etishda samarali
bo‘lgan omillardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday omillar sirasida
millatning shonli tarixi, milliy til imkoniyatlari, xalq qahramonlarining
jasorati, milliy qadriyatlar (urf-odat, marosim va an’analar), xalq og‘zaki ijodi,
adabiyot, ilm-fan, san’at, xalq hunarmandchiligi, milliy me’morchilik,
rassomlik, milliy musiqa va qo‘shiqchilik, raqs san’ati hamda san’atning
boshqa turlari (kino, teatr, sirk, milliy dorbozlik) muhim ahamiyatga ega.
Talabalarni ishlab chiqarish sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish,
ularning oilaviy sulola an’analaridan xabardor bo‘lishlariga erishish, ularda
sportga muhabbat uyg‘otish, shuningdek, davlat ramzlariga nisbatan cheksiz
hurmatni qaror toptirish ham bu jarayon samaradorligini ta’minlaydi.