Innovatsion va axborot texnoligiyasining ahamiyati

4
Innovatsion va axborot texnoligiyasining ahamiyati Ha, biz mustaqillikka erishdik. Necha ming yilgi orzularimiz ro’yobga chiqdi. Har jabhada turlicha o’zgarishlar ro’y bermoqda. Jumladan, ilm-fan taraqqiyotidagi o’zgarishlarni ko’z ham ilg’ab ulgurmayapti. O zbekistonni iqtisodiy hayotidagi o zgarishlar kasbiy ta lim tizimi oldiga yangi va murakkab vazifalarni qo ymoqda, ta lim jarayonini ta minlovchilaridan, yuqori darajadagi mahoratni talab kilmoqda. Bo lajak mutaxassislarni kasb ta limi sohasidagi bilimlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik muammolari, kasbiy pedagogik faoliyatning tashkiliy asoslari, kasb ta limining mazmunini nazariy va amaliy tomonlarini o rganishda Pedagogik mahorat fani muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz ta kidlaganlaridek, ...zamon talablariga mos mutaxassis tayyorlamoqchi ekanmiz, birinchi navbatda o quv yurtlarimizning shakli, qiyofasi va tarkibi, moddiy bazasi ham zamonaviy bo lishi kerak1 . Shunday ekan, respublikamiz mustaqillikka erishgach, birinchi navbatdagi e tibor pedagoglarni mahoratlarini oshirish, ularni kasb malakalarini rivojlantirishi uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Ta lim to g risida gi qonun va Kadrlar ‘‘ tayyorlash milliy dasturida asosiy e tibor ta lim tizimiga va uni amalga oshiruvchi o qituvchi shaxsiga qaratildi. Ayniqsa unda o qituvchining pedagogik mahorati va uning tajribasi talabalarning bilimiga, o quviga va ko nikmasiga asosiy e tibor qaratilmog i ko rsatib o tilgan. Pedagog o zining bilimi, tashqi qiyofasi, yurish-turishi va muomala madaniyati bilan o quvchilarga o rnak bo lmog i, shu bilan birga o qituvchi hozirgi zamon iqtisodiy pedagogika 1 .. . И А Каримов Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини . : , 2010. 80 . янада юксалтиришдир – Тошкент «Ўзбекистон» бет

Transcript of Innovatsion va axborot texnoligiyasining ahamiyati

Page 1: Innovatsion va axborot texnoligiyasining ahamiyati

Innovatsion va axborot texnoligiyasining ahamiyatiHa, biz mustaqillikka erishdik. Necha ming yilgi orzularimiz ro’yobga

chiqdi. Har jabhada turlicha o’zgarishlar ro’y bermoqda. Jumladan, ilm-fan

taraqqiyotidagi o’zgarishlarni ko’z ham ilg’ab ulgurmayapti.

O‘zbekistonni iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlar kasbiy ta’lim tizimi oldiga

yangi va murakkab vazifalarni qo‘ymoqda, ta’lim jarayonini ta’minlovchilaridan,

yuqori darajadagi mahoratni talab kilmoqda. Bo‘lajak mutaxassislarni kasb ta’limi

sohasidagi bilimlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik muammolari, kasbiy

pedagogik faoliyatning tashkiliy asoslari, kasb ta’limining mazmunini nazariy va

amaliy tomonlarini o‘rganishda “Pedagogik mahorat” fani muhim ahamiyat kasb

etadi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “...zamon talablariga mos mutaxassis

tayyorlamoqchi ekanmiz, birinchi navbatda o‘quv yurtlarimizning shakli, qiyofasi

va tarkibi, moddiy bazasi ham zamonaviy bo‘lishi kerak”1. Shunday ekan,

respublikamiz mustaqillikka erishgach, birinchi navbatdagi e’tibor pedagoglarni

mahoratlarini oshirish, ularni kasb malakalarini rivojlantirishi uchun bir qancha

yangi asoslar yuzaga keldi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash

milliy dasturida asosiy e’tibor ta’lim tizimiga va uni amalga oshiruvchi o‘qituvchi

shaxsiga qaratildi. Ayniqsa unda o‘qituvchining pedagogik mahorati va uning

tajribasi talabalarning bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmasiga asosiy e’tibor

qaratilmog‘i ko‘rsatib o‘tilgan.

Pedagog o‘zining bilimi, tashqi qiyofasi, yurish-turishi va muomala

madaniyati bilan o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lmog‘i, shu bilan birga o‘qituvchi

hozirgi zamon iqtisodiy pedagogika fanining yangi usul va uslublaridan xabardor

bo‘lishi kerak. Bir so‘z bilan aytganda, pedagog zamonaviy pedagogik

texnologiyalardan foydalanib, yuqori malakali kasb egasi bo‘lib, uning pedagogik

mahorati zamon talablariga mos bo‘lishi lozim.

Hozirgi paytda ko‘p mamlakatlar, shu jumladan respublikamiz uzluksiz

ta’lim tizimida ham turlicha nomlangan texnologiyalardan foydalanmoqda.

1 И.А.Каримов. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. – Тошкент: «Ўзбекистон», 2010. – 80 бет.

Page 2: Innovatsion va axborot texnoligiyasining ahamiyati

Pedagogik texnologiya tushunchasi azal-azalda mavjud bo’lib,bugungi kunga kelib

esa yanada takomillashmoqda.

Pedagogik texnologiya bu “Pedagogik (ta’lim) texnologiya”(si) – ta’lim-tarbiya

va shaxsni rivojlantirish jarayonlarini maqbullashtirish maqsadida inson va texnika

imkoniyatlari hamda ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olib o‘quvchilarda bilim, ish-

harakat usullari va ijobiy shaxsiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishni ko‘zda

tutuvchi loyihalashtirish, tatbiq etish (amalga oshirish), natijalarni maqsad bilan

qiyoslab kerakli tuzatishlarni kiritish bosqichlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi

tizimdir, deya e’tirof etadi YUNESKO ta’rifida.

Biz kelajak yoshlarini yanada bilimli qilish, bilim samarasini oshirish

maqsadida axborot texnologiyasidan ham unumli foydalanmoqdamiz.

Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan

foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi

axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarda bundan tashqari

boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin.

Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi,

zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan

bog‘liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik

variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan

kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi.

Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning shiddatli o‘sishi bilan

belgilanadi. Tahsil oluvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni

boricha eng ko‘p xajmida axborotni o‘zlashtirish, faqat kompyuterlar yordamida

amalga oshirilishi mumkin. YA’ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida

o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga

erishish mumkin.

Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va

sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To‘g‘ri

sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi,

Page 3: Innovatsion va axborot texnoligiyasining ahamiyati

zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishi imkonini beradi, zero Prezidentimiz

ta’kidlaganlaridek farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur.

Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g‘arb

davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan

axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham

mavjud. Ayniqsa bunday ma’lumotlar Internet tarmog‘i orqali keng tarqalmoqda.

Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va

an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo‘lgan nojo‘ya axborotlar yoshlarning

ongini zaharlashi va ularni noto‘g‘ri yo‘llarga boshlashi mumkin. Bunday

holatlarning oldini olish bizning vazifamizdir. Har doim axborotdan o‘rinli va

to‘g‘ri foydalanish zarur.

Bulardan tashqari Internet tarmog’idan foydalanish bilim samarasiga ijobiy

natija ko’rsatadi. Bu ham o’quvchini mustaqil izlanishga, mavzuga bo’lgan

ishtiyoqini osiradi.