Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

16
Лойиҳа

Transcript of Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

Page 1: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

Лойиҳа

Page 2: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

vazirligi huzuridagi Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari

bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi

kengashning 2020-yil 14-avgustdagi № 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan

hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son

buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Tuzuvchi:

O. Najmiddinova “Tabiiy va aniq fanlar”ga ixtisoslashtirilgan

S.H.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi

Ma’naviyat asoslari fani o’qituvchisi

Лойиҳа

Page 3: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

KIRISH

Ma’naviyat inson ruhiy kamolotining muhim mezonlaridan biri sifatida

millat abadiyligini, mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda ustuvor omil hisoblanadi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyatli kishilarni

tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda

farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”, deb ta’kidlagani bejiz emas. Ayniqsa, 1997

yildan boshlab Respublika ta`lim tizimiga “Ma’naviyat asoslari” fanining kiritilishi

bu amaliy ishlardan muhimi bo‘ldi. Chunki jamiyat hayotini tubdan yangilash

borasidagi tub islohotlar sobitqadamlik bilan tatbiq etilayotgan hozirgi paytda

ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, milliy g‘oyani har bir kishi ongiga

singdirish va pirovard natijada ma’naviy barkamol insonni, erkin shaxsni

tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib, o‘zaro

ilmiy va amaliy aloqalarni mustahkamlab borayotgan bir sharoitda turli konfessiya

vakillari bilan muloqot kilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat

kasb etadi.

Markaziy Osiyo xalqlari hayotida milliy qadriyat va an’analar muhim o‘rin

egallab kelgan. Yoshlarni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda ajdodlar

ma’naviy merosining o‘rni beqiyosdir.

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad – komil inson – iymon-e’tiqodi butun,

irodasi baquvvat fuqaro ma’naviyatini shakllantirish va jamiyat ma’naviy

salohiyatini rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, talabalarga milliy va diniy

qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar ila

uyg‘unligi, bu qadriyatlarning hozirgi mustaqil O‘zbekiston sharoitidagi

ahamiyatini yanada aniqroq yoritib berib, ularda dinga nisbatan to‘g‘ri

yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni

tarbiyalashdan iborat.

Fanning vazifalari:

- milliy-ma’naviy qadriyatlar, ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi

o‘rni va ahamiyatini talabalar ongiga singdirish;

- mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy-ma’naviy tiklanish borasida

amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar mazmun-mohiyatini talabalarga

yetkazish asosida ularning bu jarayonda faol ishtirok etish ruhiyatini

mustahkamlash;

- ma’naviy qashshoqlashuvning salbiy oqibatlari haqidagi tegishli bilimlarni

talabalarga yetkazish va ularda bu jarayondan ogoh bo‘lish ruhiyatini

shakllantirish;

- “ommaviy madaniyat” va turli ma’naviy qashshoqlikka olib keluvchi

oqimlarning maqsad va muddaolarini talabalarga yetkazish, ular ongi va

dunyoqarashida “ma’naviy immunitet”ni shakllantirish;

- talabalarga turli dinlarning kelib chiqishi, taraqqiyoti tarixi, ta’limoti,

asosiy manbalari, hozirgi davrdagi holati, ma’lum xalq hayotida tutgan o‘rni

haqida umumiy ilmiy tushunchalar berib, ularga mazkur din vakillarini har

Лойиҳа

Page 4: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

2

tomonlama chuqurroq tushunib yetish va ular bilan muloqot qilishda o‘zlarining

buyuk ma’naviyat egasi ekanliklarini namoyon qilishlari uchun yetarli bilim

berish, shuningdek, ajdodlar merosini o‘rganish va o‘rgatish asosida yosh avlodni

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda o‘zlikni anglashni shakllantirishdan

iborat.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan

talablar

“Ma’naviyat asoslari” fani bo‘yicha ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar:

- ma’naviyatning mohiyatini anglab yetishi, ma’naviyatni shakllantiradigan

asosiy mezonlarni bilishi, ma’naviy va moddiy hayotning uyg‘unligini, ma’naviy

yuksalishda milliy g‘oyaning rolini, ma’naviyatning jamiyat yangilanishidagi

o‘rnini, islohotlar hamda ularning mezonlarini tushunishi va ularni turmushda

qo‘llay olishi;

- milliy-ma’naviy salohiyatimizning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rnini bilishi,

milliy ma’naviyat va umuminsoniy ma’naviyatning uzviyligini, millatlararo

totuvlik, ma’naviyatning tarixiy, nazariy va amaliy zaminlarini bilishi;

- shaxs va jamiyatning ma’naviy yuksalishi, uning kamoloti darajasi

pirovard natijada millatning ma’naviy salohiyatini belgilashini nazarda tutib,

ajdodlarimiz yaratgan benazir ma’naviy merosimizni har taraflama va chuqur

o‘zlashtirishi, uning mazmun-mohiyati va g‘oyaviy-falsafiy asoslarini bilishi,

uslub va uslubiyatlari haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

- globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlarni bilishi, fikrga qarshi fikr,

g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurash olib borish lozimligini, inson qalbiga yo‘l topish

ma’naviy kamolot ekanligini va mamlakat ravnaqi yo‘lida fidoyilik jasorat

ekanligini anglab yetishi hamda g‘oyaviy kurashish usullarini hayotda qo‘llay

olishi lozim.

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi

va uslubiy jihatidan uzviy ketma-ketligi

“Ma’naviyat asoslari” fani o‘quv rejadagi “Etika”, “Estetika”,

“Madaniyatshunoslik”, “O‘zbekiston tarixi”, “Falsafa”, “Psixologiya”,

“Pedagogika”, “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” kabi

ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Mazkur fanlar shaxsning ma’naviy-

intellektual kamolotida, ijtimoiy munosabatlarning ma’naviy-axloqiy asoslari kabi

masalalarda bir-birini to‘ldirib keladi.

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

“Ma’naviyat asoslari” fani yoshlarning mustaqil fikrlashini

rag‘batlantiradigan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev asarlarini qunt bilan o‘qishi

va o‘zlashtirishi, ma’naviy sohadagi masala va muammolar bo‘yicha erkin fikr

yuritish qobiliyatini rivojlantirishga ko‘mak beradigan yangi pedagogik

texnologiyalar asosiga quriladi.

Лойиҳа

Page 5: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

3

Fanni o‘zlashtirish mobaynida interfaol usullarning turli shakllaridan,

zamonaviy elektron texnika va vositalardan, ko‘rgazmali qurollardan samarali

foydalaniladi.

ASOSIY QISM

1-mavzu. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsadi va vazifalari

Ma’naviyat – chuqur mazmunli va keng qamrovli tushuncha.

Ma’naviyatning ma’no-mazmuni, hayotdagi o‘rni va ahamiyati haqidagi turli fikr

va ta’riflar. “Ma’naviyat” tushunchasiga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov

bergan ta’rif. Ruhan poklanish, qalban ulg‘ayish, vijdonni uyg‘otish kabi sifatlarni

tushuncha ta’rifiga kiritilishi.

Ma’naviyat mustaqil predmet. Inson va jamiyat ma’naviy hayotini

o‘rganuvchi fan. Uning maqsadi jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy

rivojlanishining asosi ekanligi. Ma’naviyat va ma’rifat uyg‘unligi.

“Ma’naviyat”ning kategoriyalari. O‘zlikni anglash, bilimdonlik, qalbi

tozalik, sahiylik, samimiylik, xayrixohlik, iymonlilik, halollik, e’tiqodlilik,

diyonatlilik, poklik, mehr-shafqatlilik va boshqalar.

Ma’naviyatning rivojlanish qonuniyatlari. Shaxs va jamiyatning ichki

salohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlar. Shaxslar va millatlarning o‘zaro

munosabatlari natijasida yuzaga keladigan qonuniyatlar.

2-mavzu. Ma’naviyatning tarkibiy qismlari

va ularning o‘zaro munosabatlari

Ma’naviyat va madaniyat. Ularning o‘zaro munosabati. Moddiy va ma’naviy

madaniyatning o‘zaro aloqadorligi. O‘tmishda madaniyat va ma’naviyat, uning

bugun va kelajakni bog‘lovchi omil ekanligi. Madaniy boyliklar va ularning shaxs

ma’naviy kamolotidagi o‘rni. Ma’naviy meros – ma’naviyat rivojlanishining asosi

ekanligi. Madaniy meros. Ma’naviyatning jamiyat va inson hayotida tutgan o‘rni.

Ma’naviy qadriyatlar va ularning inson kamolotidagi ahamiyati. Qadriyat

tushunchasi. Ma’naviy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi, milliy g‘urur va

milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati. Diniy qadriyatlarning inson ma’naviy

kamolotida tutgan o‘rni.

Ma’rifat tushunchasi. Uning mazmun va mohiyati. Ma’rifatchilik.

Ma’rifatparvarlik. Ma’naviyat va ma’rifatdagi o‘zaro uyg‘unlik. Yuksak

ma’naviylik shaxs fazilatining mezoni. Ma’naviyat va ma’rifat – ma’naviy

barkamollikning asosi ekanligi. Ta’lim-tarbiya - shaxs ma’naviy fazilatlarini

shakllantirishga qaratilgan tizim ekanligi. Ta’lim va tarbiyadagi uzviylik. Ta’lim

tizimiga qo‘yilayotgan yangi talablar tizimida ma’naviyatning o‘rni. Ma’naviy

qashshoqlikning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri.

Лойиҳа

Page 6: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

4

3- mavzu. Fuqarolik jamiyatida inson tafakkuri va ma’naviyatining

shakllanish jarayonlari.

Insonning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari vujudga kelishi va

rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo‘lishi. Jamiyatda inson

o‘zini kamolot sari yetaklashida tafakkur va ma’naviyatning o‘zaro bog‘liqligi.

Tafakkur jarayonini faqat insonning ongi bilan emas, balki qalbi va ruhiyati bilan

ham uzviy bog‘liqlikda kechishi. Qomusiy allomalarning inson tafakkur qilish

orqali ta’lim-tarbiyani rivojlantirishi. Inson tafakkuri, aql-zakovati, butun

faoliyatini tizginlab turishda ma’naviyatning o‘rni. Ma’naviyat bor joyda

umuminsoniy qadriyatlar inson aql-zakovati, kuch-qudratini bunyodkorlik sari

yo‘naltirishi. xushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmronligi

ma’naviy qudratdir. Komil insonlarni tarbiyalashda fuqarolik jamiyatining roli.

Jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar, eng avvalo, inson tafakkuri orqali amalga oshishi.

4-mavzu. Moddiy va ma’naviy hayot inson ziynati. Fuqarolik mas’uliyati va

daxldorlik hissi.

Moddiy va ma’naviy hayotning uyg‘unligi inson va jamiyat hayotida

moddiy hamda ma’naviy asoslarning bir-biriga nisbatan mosligi, o‘zaro

aloqadorligi. Insonning kundalik hayoti va faoliyatida moddiy va ma’naviy asoslar

bir-biriga nisbatan qanday o‘rin tutishi. Jamiyat gullab-yashnashida moddiy va m

ma’naviy boylikni roli. Fuqarolik jamiyati rivojlanishida har bir insonning

vatanparvarligi. Insonning hayotiga mazmun kiritadigan, o‘zligini anglatadigan

buyuk qadriyat, bu — xalqimizning moddiy-ma’naviy merosi. Ma’naviyat —

insonning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy qarashlarini belgilab beruvchi

muhim vosita sifatida. Fuqarolik jamiyatini taraqqiy ettirishning muhim sharti

insonlar ongini, ma’naviyatini o‘zgartirish varivojlantirish — tafakkurni

yuksaltirishdan iboratligi. Fuqaro daxldorligi — biror-bir faoliyatga, jarayonga

aloqadorlik, sheriklikdir. Daxldorlik hissi insonlarni birlashtirishi.

5-mavzu. Mustahkam iroda — kuchli ma’naviyat kafolati va ma’naviyat

komillikka yetaklovchi omil.

Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnining oshib borishi. Ma’naviyat

yuksalishining davlat siyosatida ustuvor sohaga ko‘tarilishi va uning sabablari.

Umumma’naviy yuksalishning asosiy mezonlari. Prezident Shavkat

Mirziyoyevning ma’naviyat, uning mezonlari haqidagi konsepsiyasi. Uning

jamiyat va shaxs hayotidagi o‘rnini ko‘rsatib berishda metodologik asos

bo‘lishining asosiy sabablari. Mamlakat miqyosidagi islohotlarning ma’naviy

sohadagi islohotlar bilan uzviy olib borilishining zarurligi. Prezident Shavkat

Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasi.

Mamlakat va jamiyat taraqqiyotida milliy ma’naviy tiklanishning ustuvorligi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va

taraqqiyot yo‘li” asarida jamiyat rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlarining

belgilab berilishi. “Milliy taraqqiyot” va “Milliy tiklanish” tushunchalari. Milliy

mafkura. Uning milliy-ma’naviy tiklanish va demokratik jamiyat barpo qilishdagi

Лойиҳа

Page 7: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

5

ahamiyati. Yoshlar yuksak ma’naviyati - milliy-ma’naviy tiklanishning asosiy

omillaridan ekanligi.

6-mavzu. Inson ma’naviyatini shakllantirishda imijning o‘rni va inson

ma’naviyatida etiketning roli

Imij insonlarning dunyoqarishi, ma’naviyatining ko‘zgusidir. Imij

o‘zgarishi, kishilar ongiga, hissiyotlariga, faoliyatiga hamda xatti-harakatlariga

ta’sir ko`rsatishi. Imij insonlarning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazishi va imij shaxsning

o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirishi. Etiket insonni samimiy munosabati, uning

ma’naviy-madaniy saviyasi, axloqiy me’yorlar sari yetaklovchi tarbiya omili

sifatida. Etiket insonning tashqi madaniyati, o‘zaro munosabatlarda o‘zini tutishi,

odob-axloq qonun-qoidalariga qay darajada amal qilishi bilan belgilanadi. Etiket –

insonning ichki ma’naviy olami va tashqi ma’naviy saviyasini aks ettiruvchi omil.

7-mavzu. Ma’naviyat - millat qiyofasi

Millatning, xalqning ma’naviy qiyofasi jamiyat va davlatning ravnaqi,

kafolatidir. Ma’naviy qiyofasiz inson o‘zligini yo‘qotadi. Ma’naviyat, ma’rifat,

axloq – ma’naviy hayotining negizi sifatida. Ma’naviyatning axloqiy mezonlari

inson tarbiyasi va kamolotida alohida o‘rin tutishi. Ma’naviyatning bosh mezoni

va vazifasi shaxsda axloqiylikni, insonparvarlikni shakllantirishidir. Ma’naviyat –

inson, xalq, jamiyat va davlatning intellectual salohiyati, ma’rifiy kuch-qudratidir.

8-mavzu. O‘zbekiston rivojining ma’naviy axloqiy negizlari va milliy

an’analarning inson ma’naviyati yuksalishida ta’siri

O‘zbekistonning rivojlanishi milliy va umumbashariy qadriyatlarga

asoslanishi. Jamiyatni rivojlantirishda fuqarolar tomonidan ma’naviy fazilatlarning

o‘zlashtirilishi ularning jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi, shuningdek,

jamiyatning barqaror bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviyatning rivoji

iqtisodiy rivojlanish bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ma’naviy-axloqiy

qadriyatlar insoniylik xususiyatining mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Milliy

qadriyatlar millat, shu yurt xalqlari tomonidan tarixdan kelinayotgan, inson

ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladigan qadriyatlardir. Milliy an’analar inson

ma’naviyatini shakllantirishda o‘zlikni anglash omili hisoblanadi. Millatning har

bir avlodi milliy an’analarni o‘tmishdan kelajakka yetkazib beruvchi insonlar

ruhida tarbiyalanishi lozimligi. Milliy an’analar umuminsoniy an’analarning bir

millat miqyosida namoyon bo‘lishidir. Milliy an’analar hisoblangan

ajdodlarimizning bebaho merosi va qadriyatlari yosh avlodni komil inson qilib

tarbiyalashga undaydigan ma’naviy omilga aylanishi kerak.

9-mavzu. Oila — muqaddas qo‘rg‘on. Ma’naviy qadriyatlar rivojida

millatlararo totuvlik munosabatlarining o’rni

Oila - shaxs tarbiyasi va kamolotining ijtimoiy-madaniy muhiti. O’z-o’zini

tarbiyalash va o’z-o’zini kamol toptirishning psixologik-pedagogik asoslari. Shaxs

ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona va oila mas’uliyati. Oila – jamiyatning

Лойиҳа

Page 8: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

6

negizi. O’zbek oilasida bugungi kunda yaxshilik va yorug’lik, bolalarga mehr,

kattalarga hurmat, yaqinlarga va boshqalarning qayg’usiga hamdardlik

mujassamlashganligi. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o’giti

bilan singishi. Xalq jamiyatdagi barqarorlikning oila va mahalla kabi ishonchli

an’anaviy vositalari. Oila va mahalla ruhiyatimiz mustahkamligining tayanchi.

Oilaviy tarbiya – jamiyatimiz uchun bosh masalalardan biri ekanligi. Oila

ijtimoiy institutining ma’naviy-huquqiy asoslari. Globallashuv ta’sirida G’arb

dunyosidagi oila parokandaligi. Oilaviy ajrimlarning sabablari.

10-mavzu. Muloqot va o‘zaro munosabatlarda ma’naviyatning o‘rni

Muloqot madaniyati har bir shaxsning o‘zaro munosabatini belgilovchi

omildir. Insonning o‘zaro muloqotida namoyon bo‘ladigan so‘zlashuv madaniyati

shaxs xulqi go‘zalligini aks ettiradigan ma’naviy axloqiy sifat hisoblanadi. O‘zaro

muloqotda xushfe’llik, xushmuomalalik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik kabi

axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topadi. Yuksak madaniyatli kishilar muomalasida

xayo, andisha, muloyimlik va ibo yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari,

muloqot ham madaniyatning muhim sifatlaridan sanaladi.

11-mavzu. Ekologik madaniyat va ma’naviyat uyg‘unligining ahamiyati

Ekologik madaniyat bu atrof muhit to‘g‘risida chuqur bilimga, tabiatni

asrash tuyg‘usiga ega bo‘lish, o‘simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g‘amxo‘rlik

ko‘rsatishga, tabiat zaxiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko‘paytirish borasida

qayg‘urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko‘rsatkichidir. Iste’moldan

ortiqcha suv oqishiga yo‘l qo‘ymaslik, suv havzalarini ifoslantirmaslik, axlatni

duch kelgan joyga to‘kmaslik, turar joylarni ozoda saqlash, hayvonlarga

g‘amxo‘rlik qilish, qushlarni parvarishlash kabi harakatlarni amalga oshirish

ekologik madaniyatning eng oddiy ko‘rinishlari sanaladi.

12-mavzu. Yoshlar faoliyatida yuksak ma’naviyatni shakllantirish omili

Yoshlarning ma’naviy ruhiyatining shakllanishi va rivojlanishi

qonuniyatlarini o‘rganish hamda tadqiq etish asosida yoshlarga doir siyosatni

amalga oshirish hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlarning

jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy islohotlarni amalga oshirish

jarayonlarida faol qatnashuvini rag‘batlantirish. Barkamol avlodni tarbiyalash —

yoshlarning ma’naviyatini, tafakkurini shakllantirish asosidir. O‘zbekiston yoshlar

mamlakatidir. Shu jihatdan olib qaraganda, davlatimiz kelajagi, millat taraqqiyoti

bugungi yoshlarning bilimiga, g‘ayrat-shijoatiga, dunyoqarashiga, vatanparvarlik

tuyg‘usining qanchalik yuksakligiga, komillik darajasiga bog‘liq. O‘zbekiston

Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlashmilliy

dasturi talablari asosida olib borilayotgan islohotlar yuksak darajada yuqori

malakali, raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash maqsad va vazifalarni

amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan. O‘zbekiston yoshlarining milliy an’ana va

qadriyatlarimizni hurmat qilishda, ma’naviy fazilatlarni o‘zida qaror toptirishda

mustahkam zamin vazifasini o‘taydi.

Лойиҳа

Page 9: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

7

13-mavzu. Globallashuv sharoitida milliy ma’naviyatga qarshi tahdidlar.

Globallashuv sharoitida mamlakatimiz milliy manfaatlarini himoya qilish,

xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash, mustaqillikni mustahkamlash har

qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Milliy davlatchiligimiz

asoslarida milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida shakllantirilgan fuqarolik

jamiyatini rivojlantirish yotadi. Jamiyat rivojiga salbiy ta’sir etadigan, ayanchli

oqibatlarga olib keladigan mafkuraviy tahdidlarga qarshi jamiyat a’zolari,

avvalambor, yoshlarimizning chuqur va har tomonlama bilim olish orqali imon-

e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega

bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash lozimligi. Ma’naviy tarbiya tizimini

yanada takomillashtirish ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashda hal qiluvchi

ahamiyat kasb etishi. Ma’naviy tahdidlar vayronkor kuchlarning o‘z moddiy,

siyosiy manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshiriladigan ma’naviy

buzg‘unchilikning muayyan shaklidir.

14-mavzu. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda media madaniyatning ta’siri

Media madaniyat ommaviy axborot vositalari ta’sirida shakllangan

madaniyat. Media madaniyat — globallashuv jarayonining hosilasi. U insonning

axborotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi, odamlarning qiziqishlarini boshqaradi,

o‘ziga mehrigiyodek jalb qiladi, ta’sirchanlikning turli-tuman ko‘rinishlarini, usul

va vositalarini ishga soladi. Bugun yoshlar ong-tafakkurini media madaniyat

boshqaradi. Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy madaniyat unsurlarini bilish bugungi

dolzarb vazifa hisoblanadi. Axborot texnologiyalari keskin rivojlanib borayotgan

sharoitda axborot xavfsizligi shaxs, jamiyat, davlatning milliy manfaatlarini

ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Yoshlarimizning media-savodxonligini

oshirishda ommaviy-axborot vositalarining roli kattadir. Media madaniyatga ega

bo‘lib borish ma’naviy qadriyatlar va axloq normalarini o‘zlashtirish asosida

insonlarning bir-biriga, Vataniga va butun insoniyat taqdiriga insonparvarlik

munosabatlarini namoyon qiladi va jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

15-mavzu. Ma’naviy barkamol, komil inson tushunchalari va ularning

Sharqona ta’rifi.

Ma’naviy barkamol shaxs hayotda oqilona qarorlar qabul qiladi. Ma’naviy-

axloqiy sifatlarni qaror toptirish yoshlar ma’naviyatining ajralmas bo‘lagidir.

Ma’naviy salohiyatli barkamol avlod yurt tayanchi va kelajak suyanchi ekanligi.

Qadimgi bitiktoshlar va yozma manbalarda bayon etilgan xalqlarning ma’naviy va

madaniy hayoti. Xalq og’zaki ijodiyoti va yozma adabiy meros namunalari. Milliy

ma’naviy qadriyatlarning mumtoz ko’rinishlari. Vatan ozodligi, erksevarlik,

yurtparvarlik, vatanparvarlik - ajdodlarimizning ma’naviy fazilatlari. Jahon

ma’naviyati va ma’rifati rivojiga Markaziy Osiyo xalqlarining qo’shgan hissasi.

Madaniy–ma’naviy taraqqiyotining asosiy bosqichlari. “Avesto” – xalqimiz diniy,

axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bebaho ma’naviy obida. Sharq va

Markaziy Osiyoda g’oyalarning namoyon bo’lishi, ularning gumanistik mohiyati.

Лойиҳа

Page 10: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

8

Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino merosida g’oyalar masalasi. Temuriylar

davri g’oyalari, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy, Boburning milliy va

umuminsoniy g’oyalar to’g’risidagi fikrlari. Ajdodlarimiz merosini o’rganishning

ahamiyati.

16-mavzu. Shaxs ma’naviyati mezonlari.

Shaxs ma’naviyati mezonlari va fazilatlari. Vatan – sajdagoh kabi

muqaddas. Vatanparvarlik – yetuk ma’naviylik mezoni. Insonparvarlik - shaxs va

jamiyat ma’naviy qiyofasi mezoni. Insonparvarlik insonni ulug‘lashdir va uning

ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalashdagi o‘rni. O‘z Vatani va millatiga sadoqatli

bo‘lish – yuksak ma’naviylik mezoni. Millatparvarlik va mustaqillik tafakkuri

ma’naviyatni mustahkamlovchi omil ekanligi. Axloq – ma’naviyatning o‘zagi.

Axloqiy me’yor va tamoyillarning shaxs ma’naviyatini shakllanishida asosiy omil

ekanligi.

17-mavzu. Milliy o‘zlikni anglash, millatlararo totuvlikni ta’minlash,

huquqiy savodxonlik

Milliy o‘zlikni anglash va uning mohiyati. Millatlararo totuvlik. Huquqiy

savodxonlik – ma’naviy yetuklik mezoni. Demokratiyaning ma’naviy-ma’rifiy

jihatlari. Milliy o‘zlikni anglash omili - milliy ma’naviyatni asrashning muhim

sharti. Millatlararo totuvlikni ta’minlash ma’naviylik mezonidir. O‘zbekistonda

milliy siyosatning asosiy tamoyillari. Sharq va g‘arb demokratiyasining mushtarak

tomonlari va farqlari. Mustaqil O‘zbekistonda demokratik jarayonlarning qaror

topishi.

18-mavzu. Fuqarolik burchiga sadoqat – shaxs ma’naviy barkamolligi

mezonlari.

Fuqorolik burchiga sadoqatlik milliy-ma’naviy taraqqiyotdagi ahamiyati.

Jamiyatning faol fuqarosi bo‘lgan har birinson o‘z tafakkur tarzini yuksaltirishi

lozim. O‘z milliy tarixini, tilini, qadriyatlarini saqlab qolish va rivojlantirish har

bir millat va ma’naviyati yuksak shaxsning insoniy burchi ekanligi. Ma’naviy

barkamol shaxs, hayotda oqilona qarorlar qabul qiladi. Ma’naviy-axloqiy sifatlarni

qaror toptirish yoshlar ma’naviyatining ajralmas bo‘lagidir. Ma’naviy salohiyatli

barkamol avlod yurt tayanchi va kelajak suyanchi bo‘lishi. Ma’naviyati

mustahkam bo‘lgan xalqqa ega yurtning kelajagi ham barqaror bo‘ladi.

Ma’naviyati mustahkam millat, fuqaro o‘z yo‘lidan adashmaydi. U jamiyat

hayotini rivojlantirishga nafaqat nazariy qarashlari bilan, balki amaliy faoliyati

bilan ham hissasini qo‘shadi. Vatanni sevish, vatanparvarlik inson ma’naviyatini

belgilovchi asosiy omillardan biridir.

Лойиҳа

Page 11: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

9

Ma’ruza mashg‘ulotlari soatlarining taqsimoti

№ MA’RUZA MAVZULARI

Soatlar

Ja

mi

Naza

riy

Sem

inar

Mu

sta

qi

l is

h

1 Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsadi va

vazifalari.

2 2

2 Ma’naviyatning tarkibiy qismlari va ularning o‘zaro

munosabatlari

2 2 1

3 Fuqarolik jamiyatida inson tafakkuri va

ma’naviyatining shakllanish jarayonlari

2 2 1

4 Moddiy va ma’naviy hayot inson ziynati. Fuqarolik

mas’uliyati va daxldorlik hissi

2 2 1

5 Mustahkam iroda — kuchli ma’naviyat kafolati va

ma’naviyat komillikka yetaklovchi omil.

2 2 1

6 Inson ma’naviyatini shakllantirishda imijning o‘rni

va inson ma’naviyatida etiketning roli

2 2 1

7 Ma’naviyat — millat qiyofasi 2 2 1

8 O‘zbekiston rivojining ma’naviy axloqiy negizlari va

milliy an’analarning inson ma’naviyati yuksalishida

ta’siri

2 2

1

9 Oila — muqaddas qo‘rg‘on. Ma’naviy qadriyatlar

rivojida millatlararo totuvlik munosabatlarining o’rni

2

2 1

10 Muloqot va o‘zaro munosabatlarda ma’naviyatning

o‘rni

2 2 1

11 Ekologik madaniyat va ma’naviyat uyg‘unligining

ahamiyati

2 2 1

12 Yoshlar faoliyatida yuksak ma’naviyatni

shakllantirish omili

2 2 1

13 Globallashuv sharoitida milliy ma’naviyatga qarshi

tahdidlar.

2 2 1

14 Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda media

madaniyatning ta’siri

2 2 1

15 Ma’naviy barkamol, komil inson tushunchalari va

ularning Sharqona ta’rifi.

2 2 1

16 Shaxs ma’naviyati mezonlari. 2 2 1

17 Milliy o‘zlikni anglash, millatlararo totuvlikni

ta’minlash, huquqiy savodxonlik

2 2

18 Fuqarolik burchiga sadoqat – shaxs ma’naviy

barkamolligi mezonlari. 2 2

Jami: 36 32 4 15

Лойиҳа

Page 12: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

10

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Asosiy adabiyotlar-1

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent: O‘zbekiston, 2019.

2. 2019–2023 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy

universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan

takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. PQ-4358-son. 2019-yil 17-iyun.

3. O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining Farmoni. PF-5729-son. 2019 yil 27 may.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi

to‘g‘risida”gi F–4947-son Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari

to‘plami, 2017-yil 13-fevral. 6-son. 70-modda.

5. Mirziyoev Sh. M. Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq –

farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir.

Prezidentning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26

yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 8.12.2018//O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.

6. Mirziyoev Sh. M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. 28.12.2018//O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy

veb-sayti.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘lom ona va bola yili»

Davlat dasturi to‘g‘risidagi PQ-2487-son qarori. (O‘zbekiston Respublikasi qonun

hujjatlari to‘plami, 2016 y., 7-son, 62-modda).

8. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston. 1997.

9. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –Toshkent:

Ma’naviyat, 2008.

10. Karimov I. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat

qilish – eng oliy saodatdir. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015. –304 b.

11. Karimov I. Ozodlik havosidan to‘yib nafas olgan xalq o‘z yo‘lidan hech

qachon qaytmaydi. –Toshkent: O‘zbekiston, 2016.

12. Karimov I. Hayot sinovlarida toblangan Qashqadaryo eli har qanday

yuksak marrani egallashga qodir. –Toshkent: O‘zbekiston, 2016.

Asosiy adabiyotlar-2

1. Abdurahmonov M., Otamurotov S., Ma’naviy salohiyat. O‘quv qo‘llanma.

Toshkent: Universitet, 2009.

2. Abdusamedov A. Dinlar falsafasi. (Magistrlar uchun uslubiy qo‘llanma.) –

Toshkent: -2010.

Лойиҳа

Page 13: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

11

3. Abdusamedov A. Islom dini va ma’naviyati. (Falsafa fakulteti “Milliy

istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari” yo‘nalishi bakalavr bosqichi

talabalari uchun ma’ruzalar matni) –Toshkent: -2007. -199 b.

4. Abdusamedov A.E. Dinlar tarixi. -Toshkent: O‘zMU, 2004. -208 b.

5. Imomnazarov M., Saidov M. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy

asoslari. O‘quv qo‘llanma. “Akademiya” Toshkent, 2005.

6. Islom va xozirgi zamon: o‘quv qo‘llanma. Mas’ul muxarrir Sh.Yovkochev.

- T.: “Toshkent islom universieti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2010. - 207 b.

7. Yo‘ldoshxo‘jaev X. Raximjonov D. Komilov M. Dinshunoslik ma’ruzalar

matni. - T.: ToshDShI nashriyoti, 2000.

8. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. O‘quv qo‘llanma. “O‘zbekiston faylasuflari

milliy jamiyati” nashriyoti, Toshkent, 2006.

9. Mo‘minov A.Q. Dinshunoslik asoslarini o‘qitish va o‘rganishning yagona

konsepsiyasi. - T.: ToshDShI nashriyoti, 1999.

10. Mo‘minov A. va boshq. Dinshunoslik (darslik). -Toshkent: «Mehnat»,

2004.

11. Otamurotov S., Ramatov J., Xusanov S. Ma’naviyat asoslari. O‘quv

qo‘llanma. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. Toshkent, 2002.

12. Sadulla Otamuratov. Sarvar Otamuratov. O‘zbekistonda ma’naviy-ruhiy

tiklanish. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003.

13. Umarov E., Abdullaev M. Ma’naviyat asoslari. O‘quv qo‘llanma. -

Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2006.

14. Quranboev Q., Abdurahmonov M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarini o‘qitish

bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2010.

15. Hamdamova M. Ma’naviyat asoslari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: “Fan

va texnologiya” nashriyoti, 2008.

16. Xasanov A., Komilov M., Uvatov U., Azimov A., Raximjonov D.,

Zoxidov K., Islom tarixi. Darslik. - T.: «Toshkent islom universiteti» matbaa-

nashriyot birlashmasi, 2008.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

1. Aliev A. Istiqlol va adabiy meros. Toshkent: O‘zbekiston, 1997.

2. Otamurotov S., M.Abdurahmonov., Sh.Rizaev. O‘zbekistonda ma’naviyat

sohasidagi islohotlar: rivojlanish bosqichlari, erishilgan natijalar va istiqboli.

Toshkent: Akademiya, 2010.

3. Maxmudov T. Mustaqillik va ma’naviyat. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Islom Karimov asarlari asosida. – Toshkent: Sharq Nashriyoti-matbaa

aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2001.

4. Ergashev F., Ergashev I. Fidoyilik – hayot mazmuni. – Toshkent:

O‘zbekiston, 2001.

5. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent:

O‘zbekiston, 2000.

Лойиҳа

Page 14: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

12

6. Choriev A. Inson falsafasi. II. Mustaqil shaxs. Toshkent: Chinor YeNK.

2002.

7. Erkaev A.P. Ma’naviyat millat nishoni. Toshkent,1997.

8. Eshonqulov A. Ma’naviyat tarbiyasi. Muloqot, 1997. №1.

9. Mahmudov T. Nafosat va ma’naviy qadriyatlar. Toshkent, 2001.

10. Davlat, jamiyat, oila va yoshlar tarbiyasi muammolari. Toshkent, 1997.

11. Ziyoev X. Istiqlol-ma’naviyat negizi. Ma’naviyat. Toshkent, 1999.

12. Sh. Qahharova. Global ma’naviyat- globallashuvning g‘oyaviy asosi.

Tafakkur nashriyoti. Toshkent, 2009.

13. Otamuratov S. Globallashuv va millat. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008.

14. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Tarjima va izohlar muallifi

Abdulaziz Mansur. –Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nash., 2007.

15. Islom ensiklopediya, Zuhriddin Husnidinov tahriri ostida. -

Toshkent:”O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.

16. Imom al-Buxoriy: Al-Jami’ as-sahih: IV jild.-Toshkent: «Qomuslar bosh

tahririyati», 1991-1993.

17. Imom Ismoil Al-Buxoriy. Al-adab Al-mufrad. (Adab durdonalari). -

Toshkent: “O‘zbekiston” -1990.

18. Abu Iso Termiziy. Sahihi Termiziy. Tanlangan hadislar. –Toshkent:

G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1993. 37-b.

19. Timoti J. Uinter. XX1 asrda islom Postmodern dunyoda qiblani topish. –

Toshkent: Sharq, 2005. -232 b.

20. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. –Toshkent: G‘ofur G‘ulom

nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.

21. Global ma’naviyat globallashuvning g‘oyaviy asosi.

Toshkent:”Sh.Qahhorova Tafakkur”, - 2009.

22. Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik. Askar mahkam tarjimasi. –Toshkent

“Sharq”, 2001. 348-bet.

23. “Al-Moturudiy ta’limoti va uning 10-12-asrlarda Movarounnahr

madaniyatida tutgan o‘rni” Ma’ruzalar to‘plami.-Toshkent 1999.

24. Bolshakov O.T. Istoriya xalifata. 1-3 chast.-M.: 1989-1998.

25. Veber M. Izbrannыe proizvedeniya. –M.: 1990.

26. Jabborov Iso, Jabborov Sanjar. Jahon dinlari tarixi.-Toshkent

“O‘zbekiston”, 2002.

27. Islom ensiklopediyasi. –Toshkent 2002.

28. Islom: bag‘rikenglik va mutaassiblik. Mas’ul muharrir Z.I.Munavvarov. –

Toshkent, 1998.

29. Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T.: G‘.G‘ulom, 2009.

30. Mitroxin L.N. Filosofii religii.-M.: 1993.

31. Osnovы religovedeniya. Pod redaksii I.N.Yablokova. Izd. Vtoroe. –M.:

1998.

32. Hasanov A.A. Makka va Madina tarixi.-Toshkent 1992.

33. Husniddinov Z.M. Islom yo‘nalishlari, mazhablar, oqimlar.-Toshkent

“Movarounnahr” 2000.

Лойиҳа

Page 15: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

13

34. Falsafa: qomusiy lug‘at. (Tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov) –

Toshkent “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati.

2004.

35. Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi. Tarjima va izohlar muallifi

Abdulaziz 36. Mansur.-Toshkent. “Toshkent Islom Universiteti” nashriyoti, 2001,

2007.

36. Imom al.Buxoriy: Al.Jome’ as-Sahih: IV jildlik. –Toshkent “Qomuslar

bosh tahririyati”, 1991-1999.

37. At-Termiziy. Sahihi at-Termiziy. A.Abdullo tarjimasi, -Toshkent

G‘.G‘ulom nomli “Adabiyot va san’at” nashriyoti, 1993.

38. Diniy eskremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy

asoslari. Talabalar uchun uslubiy qo‘llanma. Toshkent 2006.

39. Dinshunoslik fanidan talabalar uchun uslubiy tavsiyalar.

(A.Abdusamedov, Sh.Shoabdurahimova tahriri ostida) Toshkent 2006.

40. Dinshunoslik fani va diniy bag‘rikenglik g‘oyasining innovatsion

pedagogik texnologiyalar yordamida nazariy metodologik va uslubiy qo‘llanma.

M.Dehqonov. –Toshkent 2007.

41. Nazarov.Q. Bilish falsafasi.-Toshkent 2006.

42. Obidov R. “Qur’oni karimda Iso payg‘ambar siymosi” (Nomzodlik

dissertatsiyasi) Toshkent 1999.

43. Juzjoniy Sh.A. Islom huquqshunosligi. Hanafiy mazhabi va o‘rta Osiyo

fanlari. – Toshkent.: Toshkent Islom Universiteti.

44. Klimovin L.I. Kniga o Korane. –M.: 1976.

45. Muhammad Yusuf M.S. Hadis va hayot. T.3.–Toshkent. “Sharq” 2003.

255-b.

46. Islom xuquqi. Rahmonov A., Rahmanov A. (Oliy o‘quv yurtlari uchun

darslik) “TDYuI” , -Toshkent: 2007. – 495 b.

47. Karimov I. Imon va maslak tarixi. ( Milliy g‘oya yo‘nalishida tahsil

olayotgan magstrantlar uchun o‘quv qo‘llanma.) “YANGI NASHR” nashriyoti, -

Toshkent: 2010. -210 b.

48. Tashanov A. Mutassiblikning ko‘rinishlari va oqibatlari. –T., Akademiya,

2011. 32 b.

49. O‘tamurodov A. Tashanov A. Bag‘rikenglik va mutassiblik. –T.,

Akademiya, 2011. 48 b.

Лойиҳа

Page 16: Ehcb Z - uzviylik.tdi.uz

14

Лойиҳа