Dars ishlanma: Said Ahmadning "Qoplon" hikoyasi

12
Farg’ona viloyati Quvasoy shahar 8-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Hilola Soipovaning Bir soatlik DARS ISHLANMASI

Transcript of Dars ishlanma: Said Ahmadning "Qoplon" hikoyasi

Page 1: Dars ishlanma: Said Ahmadning "Qoplon" hikoyasi

Farg’ona viloyati Quvasoy shahar8-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona

tili va adabiyotfani o’qituvchisi

Hilola Soipovaning

Bir soatlik

DARS ISHLANMASI

Page 2: Dars ishlanma: Said Ahmadning "Qoplon" hikoyasi

Said Ahmadning

“Qoplon hikoyasi”

Page 3: Dars ishlanma: Said Ahmadning "Qoplon" hikoyasi

Mavzu: Said Ahmadning “Qoplon” hikoyasi

Mavzu Mavzu: S. Ahmadning “Qoplon” hikoyasiМаqsad, vazifalari

Маqsad:Ta’limiy:

O`quvchilarni Said Ahmadning “Qoplon” hikoyasi bilan tanishtirish orqali ma`naviyatini boyitish, merosimizga hurmat, adabiyotimizga esa muhabbat tuyg`ularini kamol toptirish.

Таrbiyaviy:O`quvchilarning jamoada ishlashi orqali o`zaro do`stlik munosabatlari tarbiyalanib, qadriyatlarimizni ulug`lab, ularning qalbini nafosat, go`zallikka oshno etish.

Rivojlantiruvchi:O`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib, mashg`ulotlar o`tkazish orqali mustaqil fikrlash qobliyatlarini rivojlantirish, o`z fikrini erkin bayon qilish malakalarini va ijodkorlik tuyg`ularini kamol toptirish.

O`quv jarayonining

маzmuni

1. “Qoplon” hikoyasi haqida ma’lumot.2. “Qoplon” hikoyasi bilan tanishtirish.3. Matn ustida ishlash.4. Hikoyadagi Qurbonboy timsoli.

O`quv jarayonini

amalga oshirish

texnologiyasi

Меtod: Aralash. “Rezyume” texnologiyasi.Shakl: Suhbat-munozara, amaliy mashg`ulot, kichik guruhlarda ishlash.Vosita:

- darslik;- avtor ( shoir yoki adib) portreti;

Page 4: Dars ishlanma: Said Ahmadning "Qoplon" hikoyasi

- oq qog`oz;- rangli qalam (flomaster);- tarqatma material;- rasm, al`bom;- rag`bat kartochkalari;

Usul: Yozma Nazorat: Savol-javob.Baholash: Savol-javob. “Sarmoya yig`ish” usulida

Кutiladigan natija

(o`qituvchi, o`quvchi)

O`qituvchi:Mavzu haqida ma’lumot beradi, o`quvchilar bilimini oshiradi.Talaba (yoki o`quvchi):Yangi mavzu haqidagi bilimlarga ega bo`ladi. Ifodali o`qishga erishadi.

Кеlgusi rejalari (tahlil,

o`zgarishlar)

O`qituvchi:1.Mavzuni ko`rgazmali qurollar va texnika vositasi bilan keng yoritadi.2. Badiiy adabiyotlar bilan ishlanadi.Таlaba (yoki o`quvchi):

1. Badiiy adabiyotlardan foydalanadi.2. Ko`rgazmali qurollar tayyorlaydi.

Mavzu: Said Ahmadning “Qoplon” hikoyasi.

Darsning ta`limiy maqsadi:Said Ahmadning “Qoplon” hikoyasi bilan tanishtirish

orqali o`quvchilar ma`naviyati boyitiladi, merosimizga hurmat, adabiyotimizga muhabbat tuyg`ulari kamol toptiriladi.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarning jamoada ishlashi orqali o`zaro

do`stlik munosabatlari tarbiyalanadi, qadiryatlarimiz ulug`lanib, ularning qalbi nafosat, go`zallikka oshno etiladi.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

Page 5: Dars ishlanma: Said Ahmadning "Qoplon" hikoyasi

O`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib, mashg`ulotlar o`tkazish orqali mustaqil fikrlash qobilyatlari rivojlantiriladi o`z fikrini erkin bayon qilish malakalari hosil qilinadi, ijodkorlik tuyg`ulari kamol toptiriladi.

Dars turi: Aralash.

Dars jihozi:- darslik;- avtor ( shoir yoki adib) portreti;- oq qog`oz;- rangli qalam (flomaster);- tarqatma material;- rag`bat kartochkalar;- rasm, albom;Darsda qo`llanadigan metod va usullar:

suhbat, ko`rsatish, munozara, guruhlarda ishlash, aqliy hujim, “Rezyume” texnologiyasi.

Darsning borishi.Tashkiliy qism:

a) salomlashish;b) davomatni aniqlash;c) sinf xonasi va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish;

O`tilgan mavzuni so`rash:O`qituvchi: - Aziz o`quvchilar, endi bugungi darsimizni boshlaymiz . Xalqimizda “Moziyga qaytib ish ko`rmoq xayrlidir” degan naql bor. Biz ham shunga amal qilib, o`tgan darsimizdagi mavzumiz va uy vazifamizni esga olsak.

Savol:- Qani aytinglar – chi , o`z asarlarida yumor va satiradan eng ko`p va

unumli foydalangan o`zbek adabiyotining zabardast vakili kim? O`quvchilar bu inson Said Ahmad ekani, uning “Kelinlar qo`zg`oloni”, “Qadrdon dalalar”, “Hukm”, “Kuyov”, “Ufq”, “Jimjitlik” kabi noyob asarlari , o`nlab yumor va satiraga boy

Page 6: Dars ishlanma: Said Ahmadning "Qoplon" hikoyasi

hikoyalari o`zbek adabiyotining oltin fondidan joy olgani, davlatimiz va Prezidentimiz adibning yuksak xizmatlarini yuqori baholab “O`zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlagani haqidagi qiziqarli ma`lumotlarni aytishadi. Sinf o`quvchilari geometrik shakllar yordamida kichik guruhlarga ajratiladi. I guruh- “Doira”. II guruh -“Kvadrat” III guruh – “Uchburchak” IV guruh – “Silindr” Guruhlarga tarqatmalar beriladi. Guruh a’zolari tarqatmalarda berilgan savollarga javob qaytaradilar.Savollar:1. Said Ahmad qachon va qayerda tavallud topgan?2. Said Ahmadning birinchi to`plami qanday nomlanadi va qachon

nashr qilingan?3. 50 – yillar boshlarida yozuvchi hayotida qanday voqea yuz

berdi?4. Said Ahmadning qanday asarlarini bilasiz?

Uy vazifasi nazorati. Uy vazifa sifatida uning bir donadan asari to`g`risida ma`lumot tayyorlab kelish kerak edi. O`quvchilar uyga vazifalarini o`qituvchi nazoratidan o`tkazadilar.

Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi:- Taniqli yozuvchi Said Ahmad o`zbek adabiyoti hazinasiga beqiyos asarlari bilan katta hissa qo`shgan. Adib – serqirra ijodkor. Uning hikoyalari o`lkamiz o`rmonlaridek poyinsiz, qissalari diyorimiz paxtazorlaridek serhosil, romanlari yurtimiz tog`laridek salobatli, dramatic asarlari zaminimiz daryolaridek orombaxshdir. Yozuvchi hikoya janrida ham barakali ijod qilgan. Adibning “Qoplon” hikoyasi satirik asarning yaxshi namunasi bo`lib, kishilardagi hushomadgo`ylik, laganbardorlik, o`z manfaati yo`lida andisha – mulohazaga bormay surbetlarcha ish tutishi, odamlarni amal kursisiga qarab munosabat ko`rsatish kabi yaramas illatlar tanqidiga bag`ishlangan.

Page 7: Dars ishlanma: Said Ahmadning "Qoplon" hikoyasi

- Hurmatli o`quvchilar , endi darslikning 156- betini ochamiz. Adibning “Qoplon” hikoyasini o`qiymiz.

O`quvchilar rollarga bo`linib hikoyani oqib chiqishgach, o`zaro savol – javob boshlaydilar:1. “Qoplon” hikoyasini yozishga yozuvchini nima majbur qilgan? 2. Qurbonboyga o`xshagan odamlarni hayotingizda uchratganmisiz?3. Qurbonboy Qoplonni nima maqsadda Tillayev xonodoniga olib

keldi?4. Qurbonboy bilan Qoplon o`rtasida qanday farq bor?Shu tariqa bahs-munozara o`tkazib bo`lingach o`qituvchi yangi darsni yakunlaydi.

“NIMA BERKITILGAN?” ENERJAYZERI O`quvchilar doira shaklida turib olishadi. Hamma o`quvchi qo`lini orqaga qiladi. O`qituvchi birinchi o`quvchini qo`liga ruchkani beradi. U o`quvchi keyingi o`quvchiga beradi. Shu paytda o`qituvchi sanoqni boshalaydi. 10 raqami aytilganba ruchka kimning qo`lida qolsa, o`sha oquvchi sinf xonasidan tashqariga chiqadi. Qolgan o`quvchilar biror buyumni berkitadilar. Tashqaridan kirgan o`quvchi berkitilgan narsani aniqlash maqsadida to`rtta savol beradi va bu narsani topadi.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

- O`quvchilar, hozir o`tilgan mavzumizni mustahkamlash maqsadida “Rezyume” texnologiyasini amalga oshiramiz. Buning uchun kichik guruhlarga bo`linamiz. Rezyume texnologiyasida o`qituvchi tamonidan berilgan mavzuni afzalligi, kamchiliklarini jadval chizib, unga yozib chiqamiz. Guruhdan bir kishi chiqib taqdimot o`tkazadi.Har bir guruh o`z “Rezyume” texnologiyasini himoya qiladi.

O`qituvchi S. Ahmad asarlari mavzu sifatida yozilgan A-3 formatli qog`ozlarni guruhlarga tarqatadi. O`quvchilar “Rezyume” texnologiyasini yaratib, guruhdan bir kishi chiqib taqdimot o`tkazadi. O`qituvchi hamma guruhlar taqdimotini eshitib bo`lgach mashg`ulotni yakunlaydi va guruhlarni baholaydi.

Page 8: Dars ishlanma: Said Ahmadning "Qoplon" hikoyasi

Mavzu : S. Ahmadning “Qoplon” hikoyasidagi Qurbonboy timsoliga.

Afzalligi Kamchiligi Kirishimli, qo`lidan kelmagan ishi yo`q, xatto pol artadi, gilam tozalaydi, itga uy ham quradi.Nafaqat odamlarga, uy hayvonlariga ham e`tiborli, mehribon, Tillayevni bodi qo`zg`ab qolib kasalxonaga tushsa, har kuni uni ko`rgani boradi.

Laganbardor, munofiq, ikkiyuz-lamachi, o`z manfaati yo`lida birovlarni ishonchiga kirib oladi. Qing`ir yo`llar bilan shifer, qurilish mollarini o`zlashtiradi, o`zini munofiq ishlari yo`lida Qoplondan foydalanadi. It undan afzal. Odamlarning amal kursisiga qarab munosabat ko`rsatadi

Xulosa. Qurbonboy laganbardor, xushomadgo’y, o’z manfaatini ko’zlovchi shaxs timsoli

Uyga vazifa:

S. Ahmadning “Sobiq” hikoyasini o`qib kelish. 159-bet.

Baholash:

Guruhlar tomonidan yig`ilgan rag`bat kartochkalari asosida g`olib guruh aniqlanadi. Yakka holda 5 tadan ortiq rag`bat olgan o`quvchilarga “5” ball, 4 ta rag`bat olgan o`quvchiga “4” ball, 3 ta rag`bat olgan o`quvchiga “3” ball qo`yiladi.