Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov,...

20
2015 yil

Transcript of Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov,...

Page 1: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

2015 yil

Page 2: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

Bosh muharrir

Qobiljon Qosimov

Tahrir hay’ati

G.Qo‘shmonova,

D.Buvaboyeva,

Sh.Usmonova

Jamoatchilik kengashi

V.Rajapov, S.Isoqov

Q.Hakimov, A.Asraqulova,

Q.To‘laboyev

21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB

E’LON QILINGAN KUN

Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da,

O‘lib qolganmishman tushda nogahon.

Ko‘ksimda qo‘rg‘oshin, quyosh tig‘ida,

Tog‘lar orasida yotibman bejon.

Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda,

Borliqda bir ajib dilbarlik hokim.

Men esam o‘ylayman yotib tuproqda,

Mana shu tuproqqa qo‘shilar xokim.

Men o‘lib yotibman kimsasiz, unut,

Hech kimsa qayg‘urmas va chekmas yohu.

Faqat cho‘qqilarda qurqurar burgut.

Faqat vodiylarda ingraydi ohu.

Navqiron yoshimda bo‘ldim-ku ado,

Otash yuragimni o‘ydi axir o‘q.

Na onam, na yorim bermaydi sado,

Do‘st tugul, hattoki yig‘ichi ham yo‘q.

Fig‘on oitladi jonsiz bag‘rimdan,

(Go‘yo fig‘on bordek murda dilida.)

Shu payt ikki kishi o‘tdi naridan,

Quvnoq suhbat qurib avar tilida.

Men-ku bu dunyodan ko‘z yumdim mangu,

Ular kulib-kulib so‘zlashar borin.

Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu,

Qandaydir Alining sho‘x kirdikorin.

Avar so‘zin tinglab kirdi menga jon,

Ohista tirildim va shunda bildim:

Meni tuzatolmas hech dori-darmon,

Jonimga Masihdir shu ona tilim.

Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,

Mening o‘z tilimga ming jonim fido.

Erta ona tilim agar yo‘qolsa,

Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.

Mayli, qashshoq bo‘lsin, mayli, behasham,

Lekin mening uchun aziz va suyuk.

Jahon minbaridan yangramasa ham.

Ona tilim menga muqaddas, buyuk.

(Rasul Hamzatov)

Page 3: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

Inson ko‘ngli borligi, ruhiyatga egaligi bilan boshqa jonzodlardan farq qiladi.

Shu vaqtga qadar o‘tgan barcha buyuk zotlar odamlar ko‘nglini poklash, ruhini

g‘uborlardan tozalashga harakat qilganlar. Inson ko‘ngli va ruhi pokizaligiga bu qadar

katta e’tibor qaratilishining sababi pokiza ko‘ngil va toza ruh bo‘lgan kishidagina

ezgulikka, yaxshilikka, oliyjanoblikka mayl bo‘ladi. Toza ruh hamda pokiza ko‘ngil esa o‘z-o‘zidan

paydo bo‘lib qolmaydi. Ularni qaror toptirish, shakllantirish uchun har bir odam tozarish yo‘lini o‘tashi,

o‘zgalarning ko‘nglidagi holatlarni ilg‘aydigan darajaga ko‘tarilishi lozim boladi. Ayni shu jarayonda

badiiy adabiyotning zimmasiga ulkan vazifa yuklatilgani anglashiladi.

Har bir darsda biz o‘qituvchilar milliy g‘oya prinsiplarini singdirishni bosh maqsad qilib

qo‘yishimiz lozim! Zero ma’naviy haqiqatlar inson mavjudligining maqsadini belgilab bersa, ilmiy

haqiqatlar ana shu maqsadga erishishga xizmat qiladigan vositalarni topib beradi. Bu holat ko‘rsatadiki,

inson faoliyatida ma’naviyat birlamchi ahamiyatga ega, ammo ilmsiz uni shakllantirish mumkin emas.

Chunki ma’naviyatsiz — fan bo‘lmaganidek, ilmsiz ma’naviyat ham yo‘qdir.

Ma’naviyatning mavjudligi insonni olamdagi boshqa jonzotlardan ajratib turadi. Ma’naviyatning

mag‘zini esa badiiy adabiyot tashkil qiladi. Sharqda bu tushuncha, birinchi navbatda, adab (ko‘pligi-odob)

bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, „Adabiyot“ atamasi „adab“ so‘zidan olingan. Adabning ma’nosi keng: yurish-

turish odobi, so‘zlash odobi, ovqatlanish odobi, muomala odobi va boshqalar. Shu jihatdan adabiyot

odobshunoslikdir. Ammo adabiyot odob o‘rgatish bilangina cheklanib qolmaydi. U bizga inson hayotini,

uning sezimlarini ko‘rsatib beradi. Uning qalbi, orzu-intilishlari, sevinch-armonlari, qayg‘u-iztiroblari, bir

so‘z bilan aytganda, ma’naviy borlig‘ini namoyon etadi. Demak, adabiyot insonshunoslik, ruhshunoslik

hamdir.

Odamlar muayyan zamon va makonda yashaydilar, ya’ni har bir kishining hayot sanalari, tug‘ilib,

faoliyat ko‘rsatadigan joyi, o‘z hayoti bor. Ular yashash uchun, muayyan ideallar uchun kurashadilar,

yengadilar, yengiladilar. Biz buni tarix deymiz. Adabiyot inson faoliyatini yoritar ekan, o‘z-o‘zidan uning

tarixini ham yaratadi. Demak, adabiyot tarix hamdir. Biz yashab turgan Turkiston esa dunyoning inson

bolasi bino bo‘lgan eng qadim tarixiy beshiklaridandir. Farg‘ona vodiysining Selungur g‘oridan topilgan

suyaklar bu yerda million yil oldin ham odam yashaganligini ko‘rsatdi. „Avesto" kitobi

davlatchiligimizning salkam uch ming yillik tarixiga guvohdir. „Devonu lug‘otit turk”ka kiritilgan „Alp Er

To‘nga marsiyasi" miloddan yetti asr oldingi qudratli Saqalar davlati va uning mashhur sarkardasi sha'niga

bitilgan yo‘qlov madhiyasidir. „Ko‘kturk bitiklari”, ,,O‘rxun-Enasoy yodgorliklari” nomlari bilan shuhrat

topgan obidalar, xususan, Bilga xoqon va Kultigin e’tiroflari ajdodlarimizning jang-u jadallarga to‘la

hayotidan darak beradi.

Ona vatanni sevish, uni ardoqlash, himoya qilish insonning birinchi darajali burchi, shu bilan

birgalikda uning vatanparvarlik fazilati, qalbning eng oliy tuyg‘ularidan biridir. Shuning uchun ham Vatan

mehri, sog‘inchi undan ikki qadam uzoqlashmasdan turib qalbga larza soladi. Vatan mehri, muqaddas ona

tuproq sog‘inchi o‘rnini hech narsa bosa olmaydi.

Shoir Iqbol Mirzo aytganidek - Vatan menga nima berdi emas, men vatanimga nima berdim

prinsiplari asosida yashashimiz lozim.

AYTGIL, DO‘STIM

Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni guldek erkalagan chaman uchun. Osmonlarda yurgan bo‘lsang, tuproqqa qayt, Aytgil, do‘stim, nima qildik vatan uchun? Ko‘zi qora, yuragi oq shu el uchun, Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun, Ulug‘ inson boshlab bergan shu yo‘l uchun, Aytgil, do‘stim, nima qildik vatan uchun?

Sh.Usmonova

Oliy toifali ona

tili va adabiyot

fani o‘qituvchisi

Page 4: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

21-oktabr - O‘zbek tili davlat tili deb e`lon qilingan kun

Xolmatova Nilufar 6-b sinf o‘quvchisi

TIL – MILLAT KO‘ZGUSI

Mana bu yil O‘zbek tili davlat tili deb e`lon qilinganiga ham 26 yil to‘ldi. Prezidentimiz

I.Karimovning say’i harakatlari bilan 1989 yil 21-oktabrda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining I-bob 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining

davlat tili o‘zbek tilidir” deb yozib qo‘yilgan.

Yana O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning

tillari, urf-odatlari va an`analarini hurmat qilishni ta`minlaydi. Ularning rivojlanishini ta`minlaydi.

Ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deyilgan mazkur moddada.

Haqiqatdan ham, mamlakatning shakl-shamoili o‘z tilida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning

uchun ham ona tili har bir insonning g‘ururi va iftihoridir. Bugun biz tilimizni buyuk muhabbat,

cheksiz fahr bilan talqin etar ekalnmiz, shoir so‘zlari beihtiyor yodga tushadi.

Ona tilim – onam alla aytgan til

Ko‘zlarimga surtay har bir so‘zingni

Sen borsan dunyoda o‘zbek degan el

Kuylab, yashayverar «Qaro ko‘zim»ni

Bir kuni barcha fanlar yi`g‘ilishib o‘zaro “Qay birimiz kuchli?” deya qildilar bahs-mojaro.

Uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan xalqim Mustaqilikka erishish arafasida o‘z tilini ko‘klarga

ko‘tardi.

Aziz vatanimizning, xalqimizning e’zozli tili o‘zbek tilidir. Tilimizda uchraydigan ayrim

kamchiliklar, yoki ayrim so‘zlarning buzib talaffuz qilinishi so‘zlashuv davomida chet so‘zlarni

qo‘shib gapirishlar kishini ranjitadi. Sof o‘zbek tilida so‘zlash bu chiroyli lutf demakdir. Har bir

madaniyatli shaxs o‘z tilini hurmat qilishi lozim. Keling til haqida hikmat va maqollardan ham

eshitaylikchi:

1.Ona tilim - ona xalqim g‘ururi. Ona tili muqaddas va beg‘ubor.

2. Tilimiz boy, tilimiz sof go‘zaldir, bari maqol, bari metal, masaldir

3. Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lar, yomon so‘zga pashsha kuchi yuz bo‘lar.

4. Bir og‘iz shirin so‘z kishini qahraton sovuqda ham isitadi.

5. Yaxshi so‘z- ko‘ngil podshosi.

6. So‘z- qilichdan keskir.

7. Shifokorning dorisi emas so‘zi shirin bo‘lsin.

Turkiy tilda ijod qilib ona tilimizni boyitgan she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning

quyidagi satrlari barhayotdir.

Yetsa maqsad muddao birla,

Meni yod etgaysen duo birla.

Ki Navoiyga u duo etgay,

Bulbuli ruhida navo etgay.

Adolat ila olam yuzini obod qil,

Xulq ila olam yuzini obod qil.

Page 5: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

21-oktabr - O‘zbek tili davlat tili deb e`lon qilingan kun

D.Buvaboyeva

Direktor o‘rinbosari

Maktab-internatimizda 21-oktabr - O‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilingan kun munosabati bilan turli tadbirlar,

badiiy kechalar, mushoiralar o’tkazildi. Jumladan Sh.Usmonova rahbarligidagi 6-b sinf o‘quvchilari tomonidan

“Ona tilim – ona xalqim g‘ururi” mavzusida o‘tkazilgan bayram tadbiri barchada katta taassurot qoldirdi.

Bundan tashqari 7 a va 7 b sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi bellashuv–mushoira ham qizg‘in o‘tdi. Quyida mazkur

tadbirlar bilan siz azizlarni tanishtiramiz.

Tadbir o‘tkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Sahna to‘rida Alisher Navoiy portreti, she’riy misralar, hikmatli

so‘zlar plakatlar osilgan. Magnitofon tasmasidan ohista kuy taraladi.

Sahnaga ikki boshlovchi chiqib kelishadi.

1-boshlovchi: Assalom, davramizning quvnoq o‘g‘il qizlari, she’riyat osmonining eng chaqqon yulduzlari.

2-boshlovchi: Qabul aylang do‘stlarim, bu bizning shirin kalom. Qo‘limiz ko‘ksimizda deymiz sizga assalom.

1-bochlovchi: Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar, aziz ota-onalar. Mana bu yil O‘zbek tili davlat tili deb e`lon

qilinganiga ham 26 yil to‘ldi.

2-boshlovchi: Prezidentimiz I.Karimovning say`i harakatlari bilan 1989 yil 21-oktabrda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi

berildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining I-bob 4-moddasida « O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek

tilidir» deb yozib qo‘yilgan.

1-boshlovchi: Yana O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-

odatlari va an`analarini hurmat qilishni ta`minlaydi. Ularning rivojlanishini ta`minlaydi. Ularning rivojlanishi uchun sharoit

yaratadi, deyilgan mazkur moddada.

2-boshlovchi: “Til o‘zlik ko‘zgusi”. Haqiqatdan ham, mamlakatning shakl-shamoili o‘z tilida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Shuning uchun ham ona tili har bir insonning g‘ururi va iftihoridir. Bugun biz tilimizni buyuk muhabbat, cheksiz fahr bilan

talqin etar ekalnmiz, shoir so‘zlari beihtiyor yodga tushadi.

Ona tilim – onam alla aytgan til

Ko‘zlarimga surtay har bir so‘zingni

Sen borsan dunyoda o‘zbek degan el

Kuylab, yashayverar «Qaro ko‘zim»ni

(Sahnaga kitoblar tasviri tushirilgan mo‘jaz plakatlar tushirilgan o‘quvchilar chiqib keladilar).

1-boshlovchi: Bir kuni barcha fanlar yi`g‘ilishib o‘zaro “Qay birimiz kuchli?” deya qildilar bahs-mojaro.

(Fanlar tilga kiradi).

Matematika: Chet tili:

Bolalar, hamma ishda, Balki orzu qilarsiz,

Kerakdir hisob- kitob. Ko‘ray deb uzoq elni.

Meni o‘rganmasangiz, Buning uchun avvalo,

Bo‘lar holingiz chatoq. Bilib oling chet tilini.

Tarix: O‘qish:

Buyuk bir tarixing bor, Yozuvchilar, shoirlar,

Uni bilmasdan axir. Hayotidan so‘zlayman.

Qayda senda iftixor, Navoiy va Boburlar,

Har bir ko‘hna obida. Ijodidan so‘zlayman.

Tirik tarix demakdir, Ichim to‘la ajoyib,

Uni kitobday huddi. Qissay-u she’r, hikoya.

O‘qiy olish kerakdir. Qiziqib o‘qisangiz,

Men hursand benihoya.

2-boshlovchi: O‘zbek tili: Gapni xo‘p qotirdingiz, - Do‘stlar o‘zbek tiliga,

So‘zlamagan kim qoldi. Oshdi mehr va hurmat.

“O‘zbek tili” orqada, O‘z tilin ulug‘lagan,

O‘tiribdi nega jim. Elimizga ko‘p rahmat.

Xorijlik bizning tilda,

(O‘zbek tili oldingi safga Gapirsa zo‘rga sekin.

o‘tib bir so‘z aytadi) Quvonchim ichga sig‘mas,

Yayrab ketaman lekin.

1-boshlovchi: O‘z tilida kalomin,

Yasha, ey o‘zbek tili, Eplab gapirmasa kim.

Bugun sening bayraming. Ko‘zlarimga olam tor,

Olam bo‘ylab tahslagan, Xafa bo‘laman shu zum.

Qutlug‘ bo‘lsin qadaming. O‘zbeksan shu zaminga,

O‘zbekiston nomini, Mehring bo‘lsa ziyoda.

Dunyoga tant tilim. Uni ona tilingda,

O‘zbekning kalomini, Eta olgin ifoda.

Bilsin har el har iqlim.

Page 6: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

1-boshlovchi:

Uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan xalqim Mustaqilikka erishish arafasida o‘z tilini ko‘klarga kotardi.

Kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi. “Alisher Navoiy va Xusayn Boyqaro”.

Alisher Navoiy o‘z shogirdlari bilan bir she’r husuida bahslashib turgan bir paytda Xusayn Boyqaro o‘z mulozimlari

bilan o‘tib ketayotgan edi. Shunda Xusayn Boyqaro ko‘rsatkich barmog‘i bilan boshini ko‘rsatadi. Alisher Navoiy esa

tilini ko‘rsatadi. Xusayn Boyqaro bir ho‘rsinib yolida davom etadi. Navoiy shogirdlari bu voqea tafsilotini so‘raydilar.

Navoiy hazratlari shunday javob beradilar: Xusayn Boyqaro boshlarini ko‘rsatdilar, bu degani boshga balo nedan kelur?

Men esa tilimni chiqardim, bu deganim-ki “Boshga baloni til keltirur”.

So‘zdurki nishon o‘likka jondin, Yassaviyning xitobisan,

So‘zdurki xabar berur jonga jonondin. Qodiriylar kitobisan.

Insonni so‘z ayladi fido hayvondin, Ey aziz mustaqilim,

Bilginki guhari sharifroq yo‘q ondin Ona tilim,ona tilim.

Tilim chiqqan so‘zing bilan, Oq qorani tanitganim,

Dilim ravshan o‘zing bilan. Senga bog‘liq jonu-tanim.

Fahr etadir ona xalqim, Kitoblaring bergay bilim,

Ona tilim, ona tilm. Ona tilim ,ona tilim.

O‘quvchilar birin-ketin:

1.Ona tilim -ona xalqim g‘ururi, ona tili muqaddas va beg‘ubor.

2. Tilimiz boy, tilimiz sof go‘zaldir, bari maqol bari metal masaldir

3. Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lar, yomon so‘zga pashsha kuchi yuz bo‘lar.

4. Bir og‘iz shirin so‘z kishini qahraton sovuqda ham isitadi.

5. Yaxshi so‘z- ko‘ngil podshosi.

6. So‘z- qilichdan keskir.

7. Shifokorning dorisi emas so‘zi shirin bo‘lsin.

1-boshlovchi:

Hurmatli mehmonlar, bugungi Ona tilim ona xalqim g‘ururi deb nomlangan kechamiz xam o‘z nihoyasiga yetdi.

Biz ham o‘z ona tilimizni vatanimizni onamizni sevgandek sevishimiz, aroqlashimiz, u bilan g‘ururlanishimiz

kerak. Chunki, “Til-millatning oynasidir”.

2-boshlovchi:

Siz tilni asrangiz har nedan ortiq,

Yagona olamni asragansimon.

Bobolardan qolgan noyob bu tortiq,

Toki avlodlarga yetolsin omon.

Page 7: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

An’ana, odat, marosim va bayram tushunchalari

Feruza Muhiddinova

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odat, marosim, bayramlar alohida o‘rin

tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o‘ziga xos hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi.

“An’ana”, “odat”, “marosim” bevosita “bayram” tushunchasi bilan bog’liq.

An’ana – tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, avloddan-

avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana

o‘ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida, kishilar ongiga singan (umum yoki ma’lum guruh tomonidan), qabul

qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi. O‘tkazgantadqiqotimiz natijasida “xalq an’analari”

tushunchasining ijtimoiy-ma’naviy mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin: xalq an’analari – uzoq taraqqiyot

jarayonida etnoslarning ijtimoiy – ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy-ijodiy faoliyati

asosida, atrof-muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog’liq holda avloddan-avlodga o‘tib, taraqqiy etgan va asrlararo

ajdodlar fikri, orzu-o‘ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-

madaniy merosga aylangan.

Odat (urf-odat) – kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-

harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan hulq-atvor qoidalari, ko‘nikmasidir. Masalan, kichiklarning

kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish,m mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram

arafasida keksa qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo‘ni-qo‘shnilarning biror ishiga

yordam berish, hasharga boorish kabilar o‘zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.

“Odat” degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo‘lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib,

kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va keyinchalik o‘z-o‘zidan beixtiyor bajariladigan harakat

ma’nosini bildiradi.

An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani

qamrab oladi. Odat esa muayyan bir kishining turmush tarsi, xatti-harakati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy

munosabatlarida namoyon bo‘ladi.

Marosim-inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik

vaziyatida o‘tadigan, umum qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi. Masalan, ism

qo‘yish, nikohdan o‘tish, dafn qilish, xotirlash, ekishga kirishish (urug’ qadash), o‘rimga kirishish marosimlari

va hokazolar.

Odat kundalik hayotda doimo kuzatilsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir

bo‘lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealarni (masalan, tug’ilish, uylanish,

o‘lim kabilarni) qayd etadi, rasmiylashtiradi. Marosimlarni o‘tkazishda avloddan-avlodga o‘tadigan, ramziy va

rasmiy an’analar, qoidalarga amal qilinadi. Marosimga, bo‘layotgan voqeaga “guvoh” sifatida odamlar

chaqiriladi. Odamlar kimningdir g’ami yoki quvonchiga sherik bo‘lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar

qilishadi. Har bir marosimning o‘ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi (boshlanishi, o‘rtasi, oxiri) bo‘ladi.

Inson hayotida bo‘lib o‘tayotgan muhim voqeani nishonlash jarayonida an’ana ham, odat ham, marosim ham

mujassamlashadi.

“An’ana”, “odat”, “marosim” bir-biri bilan bevosita bog’liq hodisa hisoblanadi. Shu bois an’analarning

tarkibiy qismi odat, odatning tarkibiy qismi esa marosim ham bo‘lishi mumkin. Masalan, bilim yurtini bitirgan

yosh mutaxassislarning ishlab chiqarishga borib ish boshlashi odat tusiga kirib qolgan. Bu muhim voqea

munosabati bilan an’anaviy tadbirlar tashkil qilish mumkin. Bu odatning tarkibiy qismi – yoshlarni tantanali

ravishda mehnat jamoasiga qabul qilish o‘z-o‘zidan marosimga aylanadi.

Ba’zi holatlarda “an’ana”, “odat”, “marosim” tushunchalari alohida ishlatilsa, ular mavhum ma’noni

anglatishi ham mumkin. Bunday paytda ularga aniqlovchi so‘zlar qo‘shilib, masalan, “an’anaviy bayram”,

“an’anaviy festival”, “an’anaviy kecha” yoki “mukofotlash marosimi”, “to‘y marosimi”, “nafaqaga kuzatish

marosimi” tarzida qo‘llaniladi. “Marosim” so‘zi jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan katta tadbir ma’nosini

bildiradi. Ba’zi marosimlar (dafn qilish va qayg’uli hodisalardan tashqari) bayramlarning tarkibiy qismi sifatida

namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zi marosimlar bayram kunidan boshqa paytlarda tashkil qilinsa ham, u bayram

tusini oladi. Masalan, “chigit qadash”, “diploma topshirish” marosimlari o‘z-o‘zidan bayramga aylanadi.

Tantanali ravishda attetstat topshirish marosimi ham har bir o‘spirin uchun katta bayram sanaladi. Bular

marosim bayramlarining tarkibiy (yoki asosiy) qismi ekanligini bildiradi. Keyingi paytlarda ilmiy adabiyotlarda,

davriy nashrlarda “an’anaviy bayramlar”, “yangi an’analar” so‘zlari ishlatila boshladi. “An’anaviy bayramlar”

deganda ma’lum vaqtda muntazam o‘tkazib turiladigan azaliy madaniy-ommaviy tadbirlar – Gul bayrami, Lola

sayli, Qovun sayli, Xirmon to‘yi (hozirgi Paxta bayrami) nazarda tutiladi. Chunki ular qadim zamonlardan

buyon mavjud bo‘lgan xalq bayramlaridir.

Page 8: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

UYALI TELEFONDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BILASIZMI?

XXI asr — axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan davr. Xususan, uyali aloqasiz

hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Biroq telefondan uzzukun foydalanish ham zararli. Bu zararni

kamaytirish uchun quyidagi ayrim tavsiyalarga amal qilinsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.

1. Suhbat 5 daqiqadan ortiq davom etmasligi va suhbatlar orasidagi vaqt 15 daqiqadan kam bo‘lmasligi

kerak.

2. Suhbat davomida mobil telefonni boshdan 3 sm.dan yaqin bo‘lmagan masofada ushlang, chunki bu

oraliq masofada telefon o‘zidan maksimal darajada nur tarqatadi.

3. Telefoningiz elektr tarmoqdan quvvat olayotgan paytda gaplashmang! Signal bu paytda ko‘p

marotaba kuchayadi va bu nurlanish quvvatini oshiradi.

4. Telefonni iloji boricha tananing kam

himoyalangan a’zolaridan uzoqroq tutishga

harakat qiling. Masofaning uzoqlashishi

nurlanishni kamaytiradi. Telefon apparatini

sumkada olib yurishni maslahat beramiz.

Hattoki telefondan foydalanilmaganda ham

tarmoqlararo ma’lumot almashinib turadi.

5. Aloqaga ulanmaguncha telefonni quloqqa

olib bormang: telefon displeyida suhbat

boshlanganini ko‘rganingizdan keyin quloqqa

yaqinlashtirishingiz mumkin.

6. Telefon orqali aldamang va urishmang. Stress holati elektromagnit nurlanish ta’sirini kuchaytiradi.

7. Mashina yoki avtobusning ichida mobil telefondan foydalanmang, chunki elektromagnit to‘lqinlar

metall korpusdan qaytib bir necha bor kuchayadi.

8. Chaqmoq paytida telefondan foydalanmang. Sababi, telefondan foydalanayotgan insonni

foydalanmayotgan insonga nisbatan chaqmoq urish ehtimoli yuqori.

9. Bolalarning telefondan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang. Bolalardagi bosh suyagi juda yupqa, ularning

miyasi esa shakllanish bosqichida.

10. Dars jarayoni va turli tadbirlar oldidan telefonni o‘chirib qo‘ying. Chunki nurlanish

atrofingizdagilarga zarar yetkazishi bilan birga, axloqiy madaniyatga ham to‘g‘ri kelmaydi.

ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLARNING BOLA ORGANIZMIGA TA’SIRI

Bolalarda mobil aloqa vositalariga qiziqishning ortishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki

bola organizmi elektromagnit nurlanishga ta’sirchan, bu esa quyidagi kasalliklarga olib keladi:

- glioma (bosh miya o‘simtasi)dan kasallanish ehtimolini 39 foizga,

- so‘lak bezi o‘simtasi paydo bo‘lishini 50 foizga,

- nevrilemma (quloq va miyani bog‘lab turuvchi) asab tolalari o‘simtasi hosil bo‘lishi ehtimolini 3,9

foizga oshiradi

Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi

Page 9: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

Veb sayt nima?

Veb (inglizcha Web) so‘zi aslida o‘rgimchak to‘ri degan ma’noni bildiradi, internet tarmog‘i hozirda

xuddi o‘rgimchak to‘ri kabi bir biriga ulanib ketgan millionlab kompyuterlardan iboratdir.Sayt esa ana shu

tarmoqda joylashgan va o‘zida biror ma’lumotni jamlagan sahifalardir. Bu sahifalarda asosan matnlar (tekst),

rasm, audio, video kabi malumotlar joylangan bo‘ladi. Dunyoning istagan yeridan bularni ochish va ko‘rish

imkoni mavjud bo‘ladi.

Veb saytlarning qanday turlari bor?

Bugungi kunda saytlarning turlarini aniq sanab aytish qiyin, chunki har sohada, har mavzuda saytlar

ochilmoqda... Lekin asosiy turlarni sanab o‘tamiz. Bular:

- internet do‘konlar (Masalan: amazon.com, souq.com, esavdo.uz, korzinka.uz va hkz)

- ijtimoiy tarmoqlar (facebook.com, ok.ru, vk.ru, muloqot.uz, twitter.com)

- Korxona, tashkilot saytlari (appla.com, ucell.uz, gov.uz, bank.uz)

- Shaxsiy saytlar (Mashur shaxslar, qo‘shiqchilar, shoirlar, davlat arboblari haqidagi saytlar)

-Fotogallereyalar (foto.com)

- Yangiliklar sayti yoki portal (kun.uz , darakchi.uz, ziyonet.uz )

- Qidiruv tizimlari (Google.uz, yandex.ru)

- Forum va chat (tforum.uz, forum.ziyouz.com, forum.islom.uz)

- Media mahsulotlari - Audio, videolar (mytube.uz, mover.uz, mp3.uz)

- Elonlar, umumiy savdo, yoki kataloglar sayti (torg.uz, glotr.uz, zor.uz, kplus.uz)

Va boshqa turdagi saytlar mavjud.

Veb sayt ochish nima uchun kerak?

Sayt ochish turli sohadagi odamlarga har xil maqsadlar uchun kerak bo‘aldi. Masalan, tadbirkorlar

uchun o‘z korxonasining veb sayti bo‘lishi bu – mijozlarga qulaylik tug‘diradi. Hatto yangi mijozlar orttirishga

sabab bo‘ladi. Chunki internetdan biror mahsulot yoki xizmat turini izlagan odam sizni vebsaytingizga duch

keladi va sizning korxonangiz bilan tanishadi.

Agar siz ijodkor bo‘lsangiz yoki ilm-fan bilan shug‘ullansangiz, u holda o‘z sohangiz haqida veb sayt

ochib bilimlaringizni boshqalarga ulashasiz. Yoki ijodingizni namoyish qilasiz. O‘zingiz bilan hamfikr odamlar

bilan tanishasiz.

Savdo bilan shg‘ullansangiz, tovar va mahsulotlaringizni o‘z saytingizga joylab buyurtmalar olishingiz

mumkin. Mahsulotingizni odamlarga reklama qilasiz.

Xullas, har qaysi soha egasi uchun bu kitobdagi bilimlar foyda beradi deb o‘ylaymiz.

Demak siz sayt ochishni boshlamoqchisiz, qanday turdagi sayt bo‘lishi muhim emas. Avvalo, ish

qurollarimiz saranjom bo‘lsin. Bizning asosiy ish qurollarimiz bu dasturlar ya’ni komputer programmalari

bo‘ladi. Kerakli ish qurollarimizni sanaymiz.

- Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuter. - Zamonaviy brauzer (browser). Opera, Mozilla Firefoz

yoki Chrome va hokazolardan biri. Agar hammasi o‘rnatilgan bo‘lsa yanada afzal. - Kod yozish uchun kerakli

matn muharriri (redaktor). Bunday dasturlar hozir juda ko‘p, Masalan: Adobe Dreamweaver, Coffecup html

editor, Notepad++, phpDesigner va hokazo. Biz ushbu darslikda oddiy Notepad (Bloknot) dasturida ishlay

boshlaymiz. Bu dastur har bir Windows tizimi o‘rnatilgan komputerda mavjud. Keyinchalik qo‘shimcha

dasturlarni o‘rnatish haqida gapiramiz, Masalan: Dreamweaver CS yoki Notepad++ (Notepad plus plus)

dasturi...

Notepad++ dasturi kod yozish va uni saqlash uchun juda qulay vositadir. Bu dasturni yuklab olish uchun

http://www.notepad-plus-plus.org/ saytiga kirishingiz mumkin. Agar Notepad++ dasturini olish imkoni

bo‘lmasa u holda Komputeringizdagi Notepad (Блокнот) ham bo‘laveradi.

Internet ma’lumotlari asosida Shohruhmirzo tayyorladi

(Davomi kelgusi sonda)

Page 10: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

N.Qayumova (maktab internat ruhshunosi)

XOTIRANI RIVOJLANTIRISH MASHQLARI

Xotirani mashqlantirish — bu ta’lim jarayonida o‘zlashtirish qobiliyatini oshirish imkoniyati sanaladi.

Shuning uchun taqdim etilayotgan mashqlarni o‘qituvchi tomonidan amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat

qiladi. Arastu o‘z vaqtida “voqea-hodisalar izchilligini fikran tiklash, taassurotlarni qayta tiklash qayta esga

tushirishni yengillashtiradi”, degan edi. Sizga taqdim etiladigan mashqlar ushbu tamoyilga tayanadi. Ular

yordamida sizning xotirangiz imkoniyatlari ancha orttadi.

Bu mashq bo‘sh vaqtda bajarilishi lozim.

1. 5-10 soniya davomida fikrlardan xoli bo‘lgan holatga keling. Siz bir ishdan boshqasiga o‘tganda, oddiy

vazifasidan murakkab vazifani bajarishga kirishganingizda ancha zo‘riqishni bir necha bora his qilgansiz. SHu

sababli esga olib qolish mashqini bajarishdan oldin diqqatni jamlash va uning boshqarish lozimligini e’tibordan

chetga qoldirman. Mashqqa yo‘naltiruvchi topshiriq ancha tushunarli bo‘lishi uchun ko‘zguga qaraganingizda

sizda nima yuz berishini esga oling. Dastlab o‘zingizga baho bermaysiz, ammo ozroq vaqt o‘tgach o‘zingiz

haqingizda har xil munosabatlar bildira boshlaysiz.

2. Ruhiy zo‘riqishlarsiz sharoitda diqqatni to‘plashga e’tibor qarating.

3. Ushbu holatda bo‘lishni yanada o‘stirib boring

1-MASHQ

Ish kuningizni boshida kundaligingizni bir chetga surib qo‘yib, o‘zingizdan “Men bugun birinchi,

ikkinchi, uchinchi navbatda va boshqa qaysi ishlarni bajarishim kerak edi?” deb so‘rang. Agar buni uddalay

olmasangiz kundalikda rejalashtrilgan ishlar ketma-ketligini fikran tiklashga urining. Har birini detaligacha

eslashga harakat qiling. Bu mashqni yana ko‘rinishi ish kuningiz yakunida ertaga qilinadigan ishlar tartibi qayd

etilgan kundaligingiz sahifasini xayolan gavdalantiring. Doimiy ravishda kundalik rejalaringizni obrazli tarzda

gavdalantirishingiz sizda obrazli xotirani o‘sib borishiga imkon beradi.

2-MASHQ

Stol ustiga narsalarni betartib joylashtiringki, ular Sizning diqqatingizni to‘plash uchun faollikni

ta’minlasin. So‘ngra har bir predmetning holatini o‘zgartirishingiz mumkin bo‘lgan munosabatingizni tasavvur

qiling. Uni amalga oshiring. Ma’lum vaqtdan so‘ngra ularning dastlabki holatiga qaytaring.

3- MASHQ

Ushbu mashq alohida so‘zlarni esga olib qolish qobiliyatini rivojlantirishga mo‘ljallangan. Mashqni

imkoni bo‘lsa ikki kishi bajargani maqsadga muvofiq. Ishtirokchilarda biri bir biriga mazmunan bog‘liq

bo‘lmagan o‘ttizta so‘zdan iborat ro‘yxat tuzadi. Ishtirokchilarning boshqasi esa bir soniya vaqt oralig‘ida

ushbu so‘zlarga ma’no jihatdan sinonim bo‘lgan so‘zlarni topadi. Sinonim so‘zlar dastlabki ro‘yxatdagi

so‘zlarning qarshisiga yozilib boriladi. Har bir so‘zni sinonimi yozilgach, u bekitildai. Siz ma’no jihatdan

olingan sinonim so‘z yordamida dastlabki ro‘yxatdagi so‘zlarni topib borishingiz lozim bo‘ladi. Sinonim so‘zni

topishda vaqt miqdori bir soniyadan oshib ketishi kerak emas. Ushbu mashqni muttasil bir oy mobaynida

bajarish ancha samara beradi.

4-MASHQ

Ushbu metodika sizga murakkab matnlarni qiynalmasdan esga olib qolishga yordam beradi.

1. Albom varag‘i hajmidagi matnni oling. U xabarnoma mazmunidagi murakkab bo‘lmagan matn

bo‘lishi lozim.

2. Uni bir necha bora o‘qing va toza varaqqa beshta gap orqali uning mazmunini yozing.

3. Beshta gapning ichidan kalit so‘zlarni tanlab oling. Tanlab olingan kalit so‘zlarni navbatdagi varaqda

yozing.

4. Har bir kalit so‘z yordamida maksimal miqdorda matndagi ikkinchi darajali so‘zlarni esga olib qolishga

harakat qiling.

5. Ikkinchi darajali so‘zlar yordamida yangi kalit so‘zlar hosil qiling va ular orqali matnning umumiy

mazmunini aks ettiruvchi yana beshta gap tuzing.

Shu tarzda so‘zlar algoritmi tuzish yordamida esga olib qolishni amalga oshirsangiz, matnni avtomatik

tarzda yod olish imkoniyatingiz o‘sadi.

Page 11: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

Xarita va globuslar Bugungi kunda Yerni o'rganishni xaritalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Yer haqidagi barcha fanlar o‘z

tadqiqot xulosalarini xaritaga tushuradilar, zero aniq xaritalarsiz bironta ham sayohat uyushtirib bo'lmaydi. Ilk

xaritalar asosan sayohatchilarning hikoya va taxminlari asosida paydo bo(lgan. Bir qancha muddatdan so'ng

safar yo'llarini maxsus yangi uskunalar yordamida aniqlaydigan bo'lindi. Hozirgi zamonaviy aniq xaritalar esa

yangi kosmik texnologiyalar yordamida ishlab chiqariladi.

Navigatsion uskunalar. Quruqlikda ham, dengizda ham aniq safar yo'lini tuzish uchun inson o‘z turgan

joyini iloji boricha to'g'riroq aniqlashi lozim.Qadimda jasur sayohatchilar faqat quyosh va yulduzlarning

joylashuviga asoslanib uzoq safarlarga yo'l olishgan. Katta geografik ixtirolar esa faqatgina maxsus navigatsion

uskunalardan foydaiangan holdagina amalga osha oldi. Bu uskunalarning eng mashhuri - kompasdir. U Xitoyda

2000 yil avval ixtiro qilingan. Xitoy kompasidagi magnit plastinkali temircha biz uchun odatiy bo'lgan shimolga

emas, balki janubga ishora qilardi. Shuning uchun ham Xitoyda bu uskunani «janub ko'rsatuvchi» deb

nomlashgan. XIII asrda taniqli italiyalik sayohatchi Marko Polo kompasni Yevropaga olib keldi.Tez orada

yevropaliklar bu foydali buyumni o‘zlari yasashni o'rganib olganlar. Bizning

kunimizgacha yetib kelgan kompas ko'rinishini esa XIV asrda italiyalik Flavio

Joyya yaratgan. 32 ta bolimga bo'lingan disk yaratilib, unung markaziga o'tkir

uchli temircha mahkamlangan. Unda yerning magnit maydoni ta’sirida bir uchi

bilan shimolga, boshqasi bilan esa janubga ishora qiladigan magnitlangan

ko'rsatkich erkin aylanardi. Dengizchilar azal-azaldan shimol yoki janubga

harakat qilinayotganda atrofning kengligini ufq tepasidagi quyosh va

yulduzlarning joylashuviga qarab aniqlashni bilganlar.

XVII asrda kashf etilgan sekstant va usturlab yorug'lik

tarqatuvchilarning balandligini o'Ichashda qo'llangan. Biroq bu uskunalar

uzoqlikni o'Ichash uchun yetarli emas edi. Zйro, harakat g'arbga yo sharqqa

bo'lishidan qat’iy nazar yorug'lik tarqatuvchilarning balandligi o'zgarishsiz

bo'ladi. Lekin Quyoshning ufkdagi eng yuqori joylashuviga qarab vaqt har 15

gradus bir soatga o'zgaradi. Avval vaqtni qum soatlar yordamida aniqlangan bo'lsa, keyinchalik mayatniklar

yordamida aniqlashgan. XVIII asrda Angliyada juda aniq soatlar bo'lmish xronometr kashf etilgan. Ularning

xatosi - yiliga 33 sekunddan yuqori bo'lmagan.

Globus - uzoq safarlar uchun juda katta buyum hisoblanar edi. Shuning uchun

undan ko'ra toshlar, papiruslar, pergament va qog'ozlardagi yassi xaritalar afzalroq

bo'lgan. Qadimgi xaritalarni tomosha qilib ko'p vaqtlar davomida Yer haqidagi

tasavvurlarni qanchalar o'zgarganini ko'rish mumkin. Ko'p hollarda xaritalarda

nafaqat dengiz va quruqlikning, balki sayohatchi uchun qiziqarli va foydali bo'lishi

mumkin bo'lgan barcha narsalar, ya’ni tog'lar, o'rmonlaru shaharlar, hattoki turli

shaharlarning vakillarigacha aks ettirishar edi. Dengiz bo'ylab sayohatchilarning

o‘ta rivojlangan davrlarda maxsus dengiz xaritasi - portolanlar keng tarqalgan edi.

Ularda qirg'oq chiziqlari hamda dengizchilar safar yo‘nalishini aniqlashtirib

beradigan chiziqlarni ham korish mumkin bo'lgan. Endi ushbu xaritalarda real

obyektlar bilan ularning xaritadagi chizmasi orasidagi aniq o'Icham

nisbati, ya’ni masshtab ham qo‘llanilayotgan edi. Golland «Kartograflar qiroli»

Gerard Merkatorning navigatsion xaritalar va atlaslari kartografiya fani

rivojlanishidagi keyingi muhim bosqich bo'lib hisoblanadi. U yangi kartografiya loyihasini taklif qildi va shu

loyiha sababli uning xaritalari o'sha davrda eng mukammal xaritalar deb e’tirof etilgan. Yangi axborot

texnologiyalari yordamida tuzilgan zamonaviy xaritalar shu kungacha Yer haqida to'plangan barcha

ma’lumotlari o'zida aks etadi. Shunga asosan ular 2 turga – umumgeografik va tematik xaritalarga bo'linadi.

Umumgeografik xaritalarda shartli belgilar yordamida ko'rinadigan ko'rsatmalar, ya’ni relyef, o'simlik olami,

aholi joylashgan punktlar, yo'llar va chegaralarni aks ettiradi.Tematik xaritalar esa atmosferadagi havo

to'lqinlari, okean tubi faunasi, yuklar tashishni va aholi o'sishi hamda yana ko‘p boshqa hodisalarni ko‘rsatadi.

(Geografiya to‘garagi a’zolari)

Page 12: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

BUYUK BOBOLARIMIZ Abdulboqiyeva Odinaxon

6-b sinf o‘quvchisi

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini

birinchilardan bo‘lib asoslab berdi va amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astronomiya fanlari rivojida keskin

burilish yasadi. Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini

ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo

ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari "algoritm" va

"algebra" kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi”.

Ahmad Farg‘oniy tomonidan IX asrda yaratilgan “Astronomiya asoslari” fundamental asarida olamning tuzilishi,

Yerning o‘lchovi haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishga ega ekani xususidagi dalillar

mavjud bo‘lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida

o‘qitib kelingan hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari

uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan”.

Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelganiga qaramasdan, alloma

qo‘lyozmalarining qo‘limizdagi ana shu to‘liq bo‘lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan

dalolat beradi. Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini

yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini

izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500-yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni

ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi”.

Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan Ibn Sino o‘z umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning

aksariyati avvalo tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va

tilshunoslik sohalariga bag‘ishlangan. “Tib qonunlari” deb atalgan o‘zining bebaho fundamental asari bilan Ibn Sino

keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi.Bejiz

emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki kitoblardan biri bo‘lgan va Yevropaning yetakchi

universitetlarida qariyb 500-yil davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan”.

Abu Nasr Forobiy ko‘plab fanlarni ilmiy kashfiyotlar bilan boyitdi, turli mamlakatlar olimlarining falsafiy

qarashlarini rivojlantirdi va 160 dan ortiq asar yozdi. Ulardan eng mashhurlari “Mohiyat xususida so‘z”, “Fanlarning paydo

bo‘lishi haqida kitob”, “Tafakkur mohiyati” va boshqa asarlar hisoblanadi. Forobiy asarlarining asosiy qismi ko‘plab

Yevropa va sharq tillariga tarjima qilingan va hozirgi kunga qadar chuqur tadqiqotlar mavzusi bo‘lib kelmoqda”.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, Amir Temurning nabirasi bo‘lgan, 40-yil Samarqandda hukmdorlik qilgan Mirzo

Ulug‘bek astronomiya sohasidagi buyuk alloma sifatida shuhrat qozongan va uning nomi haqli ravishda Kopernik, Jordano

Bruno, Galiley va boshqa ulug‘ ilm-fan daholari qatorida tilga olinadi. Mirzo Ulug‘bekning XV asrda tuzgan astronomiya

jadvalida 1018 ta yulduzning holati va joylashuvi bayon qilingan bo‘lib, bu asar astronomik o‘lchovlar bo‘yicha 16 asr

davomida yaratilgan birinchi yangi katalog edi”.

PIRAMIDALAR VA MAQBARALAR

Boyxanov Yusufjon

5-a sinf o‘quvchisi

Qadimgi va o‘rta podsholiklar davrida misirliklar barpo etgan ulkan piramidalar - Fir`avnlar dafn etiladigan

joy maqbara bo‘lgan.

Eng mashhur piramidalar Memfiz shahri yaqinida uch fir`avn-Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod

e`tilgan. Bu piramidalar jahonning yetti mo‘jizasidan biri. Boz ustiga, ular orasida ham hozirga qadar saqlanib

qolgan birdan bir inshoatdir. Eng katta piramida Xufu mill avvallgi 2600- yilda qurilgan edi. Uning balandligi 147

m.

Piramida har biri 2 tonnadan og‘irroq bo‘lgan 2,5 millon dona tosh bo‘laklaridan tashkil topgan. Toshlar

shunchalik aniq-raso kesilganki va taroshlanganki ular orasidagi yoriq 0,5 millimetrdan oshmaydi. Piramida ichida 3

ta dahliz tutashtirilgan xonalar mavjud. Ulardan birida fir`avnning mo‘muyolangan jasadi solingan toshtobut

(sarkofag) joylashgan edi.

Yirik piramidalarni o‘rtacha 20 yil davomida qurishgan. Bu og‘ir mehnat ekanligi sir emas. Piramidalarni

sfinkslar – tanasi arslon va boshi odamnikisimon bo‘lgan ulkan haykal qo‘riqlaydi.

Yangi podshohlik davrida ehromlar qurmay qo‘yishdi. Fir`avnlarni tog‘dagi tosh maqbaralarga dafn

etadigan bo‘lishdi.Ularni kirish yo‘llarini berkitib tashlashdi.

Eng mashhur maqbara Tutanxamonga tegishli bo‘lgan. Maqbara ichida tasavvurga sig‘maydigan boyliklar

bizga qadar saqlanib qolgan.

Page 13: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

Biz jurnal sahifalarida o‘zbekning asl farzandi, samimiy she’rlari ohangrabo qo‘shiqlarga aylanib, har bir

o‘zbek xonadoniga kirib borgan, XXI asr o‘zbek adabiyotining so‘nmas yulduzi bo‘lib o‘quvchi qalbida o‘chmas iz

qoldirgan otashin shoir Muhammad Yusuf ijodidan she’rlarni berib borishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

She’r yozishni niyat qilgan, she’riyat bo‘stoniga ilk qadamlarini qo‘yayotgan o‘quvchilarga she’rning qanday kuchga

ega ekanligini eslatib o‘tish bilan birga ularga baland parvozlar tilab qolamiz.

Umid jurnali avvalo yuragida yurt ishqi, hayotga mehri baland bo‘lgan insonlar, bolajonlar uchun o‘z

sahifalaridan joy ajratishini yana bir bor eslatib o‘tamiz. Azizlar. Ba’zi she’rlar asl she’rga o‘hshamaydi, yoki she’r

qoidalariga umuman javob bermaydi kabi savollaringizga, e’tirozlaringizga asos yo‘q ekanini eslatib o‘tamiz. Zotan

barcha buyuk ishlarning zamirida oddiylik hamda tirishqoqlik, mehnat yotganligini eslatib o‘tamiz. Asosiysi - qo‘lga

qalam olib, mardlarcha ushbu maydonga kirib kelish. Qolganini kelajak ko‘rsatadi.

ONAMGA

Muhammad Yusuf

Oh, mening ortimdan ovvora onam,

Bir parcha yuragi ming pora onam.

Bir baloni ko‘rib yorug‘ dunyoda,

Toshkanni ko‘rmagan bechora onam,

Bolang bo‘lib bir bor boshlab

keldimmi,

Endi men ham senga o‘g‘il

bo‘ldimmi!..

Garchi bisotingda "bayram" so‘zi yo‘q,

Bilaman, kutasan sandal to‘la cho‘g‘,

Menda yurak deganlarin o‘zi yo‘q:

Men sovg‘a bermagan qiz yo‘q bu

oqshom,

Senga na gul berdim, na shirin kalom,

Endi men ham senga o‘g‘ilmi, onam?..

Deysan: olislarda omon yursang bas,

Yodingga tushsam goh yo‘qlab tursang

bas,

Bolam, senga hamma qiladi xavas...

Axir, mening dardim She'r emas faqat,

Men mashhur shoirmas — mashhur

beshafqat,

Endi men ham senga o‘g‘ilmanmi,

ayt?...

Sha`ningga she'r bitdim. U seni topsin,

Poyingga tiz cho‘kib, qo‘lingni o‘psin.

Undan ham ulug‘im borligin ko‘rsin,

Men uchun ham aziz holingni so‘rsin,

Sensiz g‘arib ko‘nglim ko‘ngilmi,

onam,

Endi men ham senga o‘g‘ilmi, onam!..

ONA TILIM

Bahramova Dildora

6-b sinf o‘quvchisi

So‘zimga dil qo‘shgan ham,

So‘zga ma`no qo‘shgan ham.

So‘zga chiroy qo‘shgan ham,

Ona tilim jon tilim.

Onamdayin betakror

Otamdayin ulug‘vor.

Vatanimday betimsol,

Ona tilim jon tilim.

Olamdagi yagona,

Dunyodagi birdona.

Onamdayin yagona

Ona tilim jon tilim.

DUNYONING

ISHLARI

6-b sinf o‘quvchisi

Tilanboyev Boburjon

Dunyoning olimlari,

Kompyuterni yaratgan.

Har hil robotlar bilan,

Farzandlarni unutgan.

Aytingchi aziz do‘stlar,

Sizlargab shu kerakmi?

Kelajakdir farzandlar

U sizlarni ardoqlar.

Siz hech qachon farzandni,

Robotlarga tenglamang.

Temir tersak narsani,

Bolalarga o‘xshatmang.

VATAN

5-a sinf o‘quvchisi

Ahmadjonov Barkamol

Mehr ila yaralgan,

Vatan deya atalgan.

Kindik qonim to‘kilgan,

Fido bo‘lsin jon tanim.

Mehribonim vatanim.

Yayrab-yashnab o‘smoqdaman,

Hech narsadan kamim yo‘q.

Qalbimda zo‘r nur chaqnar,

Fido bo‘lsin jon tanim,

Mehribonim vatanim.

BAXT

7-“B” sinf o‘quvchisi

Rahimova Sarvinoz

Baxt so‘zi namoyon bitta gap bilan,

Tasavvur qilaylik bir daraxt bilan.

Yashnagan chog‘ida inson quyoshi,

Tamom qurib bitgay dushmanning

toshi.

ROSTGO‘YLIK

Inson uchun hayot bir marta kelar,

Shu vaqt ichida ro‘stgo‘ylik qilar.

Inson yaxshi bo‘lsa turmush zo‘r

bo‘lar,

Inson rost gapirsa olam munavvar.

Page 14: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

ILM IZLA

7-“B” sinf o‘quvchisi

Abduqahharova Nozima

Yer sharini bo‘lmoqchi bo‘lsang

Yulduzlarni ko‘rmoqchi bo‘lsang.

Mag‘rur yurtda

yurmoqchi bo‘lsang,

Ilm izla, bilim izla.

Bu dunyoning sirlari ko‘p

Adirlar-u qirlari ko‘p.

Quyosh bergan nurlari ko‘p

Ilm izla, bilim izla.

Allomalar hikmat yozar

Har hikmatda hurmat yog‘ar.

Hatto oy ham o‘yga og‘ar

Ilm izla, bilim izla.

Barcha fanni egalla derlar,

Bilmoq bo‘lsang tugalla derlar.

Pishir uni sayqalla derlar,

Ilm izla, bilim izla.

OSMONIMIZ MUSAFFO

BO‘LSIN

7-“B” sinf o‘quvchisi

Olimjonova Gulzoda

Shukronalar aytamiz

Yurtimiz osuda tinch.

Yurt osuda bo‘lmasa

Aytgil bo‘lasanmi tinch?

Bir kun urush bo‘lgan joydan,

Qirq kun fayz ketar.

Yurtim chiroyli oydan,

Bizni baxtiyor etar.

Ba’zi yurt osmonini

Qoplasa qora tutun,

O‘zbekiston yoshlarin

Rizqi doim bus – butun.

BUVIJON

Abdulhamidov Maqsadjon

6-“A” sinf o‘quvchisi

Mening buvim farishta

Maslahatgo‘y har ishda.

Aslo yo‘qdir yomoni

Bo‘sh o‘tmas hech bir oni.

Menga bo‘ladi ustoz,

She’rlar yozar juda soz.

Ko‘ring yana uzoq yosh,

Qilayin sizni e’zoz.

TILAGIM SHU…

Abdulboqiyeva Odinaxon

6-b sinf o‘quvchisi

Qo‘limda olmos qalam,

Orzularim bir olam.

Bo‘lmoqchiman shoira,

Bo‘lg‘usi chiroy ila.

Eng a’lochi o‘quvchi,

Ishonchingiz oqlovchi.

O‘zbekiston nomini,

Dunyoga taratguvchi!

KEKSALAR

9-“A” sinf o‘quvchisi

Sobirova Dilshoda

Keksalarga bo‘laylik mehribon

Bo‘lsin doim umrlari uzoq.

Ular bilan fayzlidir uyimiz,

Ular bizning duogo‘yimiz.

Danagidan mag‘izi shirin derlar,

Xush ko‘raman barisin derlar.

Yorug‘ bo‘lsin deya yo‘llari

Duodadir har chog‘ qo‘llari.

Shunday ekan nabiralar ham,

Qanot bo‘lsin ularga har dam.

Kam bo‘lmaydi, g‘am ko‘rmagay hech

Keksalarni e’zozlagan el!

ALISHER BOBOMIZ

Sotvoldiyev Alijon

6-b sinf o‘quvchisi

Hirot shahrida tug‘ilgan bobom,

Ko‘p she`rlar-u dostonlar bitgan.

Vatan uchun jon bergan bobom,

Alisher bobomiz buyuk insonsiz.

Ko‘p she’rlar-u g‘azallar bitgan,

Elimizga tanilgan bobom.

Bu bizning buyuk bobomiz,

Alisher bobomiz buyuk insonsiz.

She’riyatning sultonisiz,

G‘azallarning bo‘stonisiz.

Donolarning donosisiz,

Mir Alisher bobomiz.

ONAJON

6-“A” sinf o‘quvchisi

Hoshimova Noila

Oq yuvib oq taragan,

Boshimizni silagan.

To‘g`ri yo‘lga chorlagan,

Mehribonim sog` bo‘ling.

Onajonim bor bo‘ling!

Siz mening quyoshimsiz,

Tunlari yulduzimsiz.

Kechalari uhlamay

Alla aytgan oyimsiz.

Uyimizning ko‘rkisiz,

Bizlarni erkalaysiz.

Hech ham tinmaysiz ona,

Olamda siz yagona.

Umringiz uzoq bo‘lsin,

Doimo gulga to‘lsin,

Gullar kabi ochilib,

Barchamizni sevasiz.

Mehribonim sog` bo‘ling.

Onajonim bor bo‘ling!

Page 15: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

Mazkur sahifada nafaqat maktab – internatimiz ustozlari va o‘quvchilari, balki “Umid”

jurnaliga bevosita qiziqish bildirgan insonlar, ijodkorlarning ijod namunalaridan,

maqola va maslahatlaridan berib boramiz.

Aziz Bek

(Azizbek Hakimov)

Iqtidorli shoir, o‘zbek tilshunosligining yuksak bilimdoni, qalami o‘tkir

jurnalist. Bir nechta she’riy kitoblar muallifi. Nodavlat ta’lim markazi rahbari.

MUHR

Umr o‘tar, tun-kun aro poyga ketar,

Bir shirin so‘z qaydan kelib, qayga ketar?

Suvda oqqan chumoliga xas tashlasang,

O‘lgunicha alqab, isming ayta ketar.

Asl inson ekaningga muhr ko‘rsat -

Mehrga zor bu dunyoga mehr ko‘rsat.

Ko‘klam mehr ko‘rsatmasa, kularmi gul,

Yo shoirga dars berarmi yig‘lab bulbul?

Ko‘kda quyosh qizg‘onsa gar tabassumin,

Jilmayarmi jilg‘a xandon otmoq tugul?

Sen ham inson ekaningga muhr ko‘rsat -

Mehrga zor bu dunyoga mehr ko‘rsat.

Salom bersang, erta salom qaytar aniq,

Bir lutfingga ming xush kalom qaytar aniq.

Suvga emas, osmonlarga otilgan tosh -

Sening haqqing, qay kun tamom qaytar aniq.

Erta olar haqqing uchun muhr ko‘rsat,

Mehrga zor bu dunyoga mehr ko‘rsat.

Mehr so‘zda emas, ko‘zda ifodadir,

Ko‘rib tursang, kulib yursang, kifoyadir.

O‘g‘il-qizing o‘zingniki o‘lguningcha,

Lek Xizrday g‘animat - ota-onadir.

Solih farzand ekaningga muhr ko‘rsat -

Mehrga zor bu dunyoga mehr ko‘rsat.

Ay do‘st, onang alla aytib belar ekan -

Senga mehrgiyoh chaynab berar ekan.

Kel, bir lahza unutamiz yomonlarni,

Baliq bilmas bo‘lsa, Xoliq bilar ekan.

Mo‘min bo‘lsang, mo‘minlikka muhr ko‘rsat,

Mehrga zor bu dunyoga mehr ko‘rsat.

ENG GO‘ZAL SHE’R

Kechirim so‘rashday og‘ir shehr yozmoq,

Oson xuddi g‘o‘za chopig‘idayin.

Yozdim satri silliq uzun-uzun she’r,

Uzunki, singlim sochpopugidayin.

«Qaniydi, keng bo‘lsa yelkasi kabi

Yelkam», - deb o‘zimcha qilaman irim.

Otamning ter hidi anqqan choponin

Kiftimga yopganim – eng xushbo‘y she’rim.

Asli-ku yozganim hech biri she’rmas:

Ukam qo‘y boqqanda tutgan tayoqlar,

Do‘stimning ortimdan qilgan duosi

Va… bir qiz men haqda surgan xayollar.

Mayli she’r yozmasam, yozsam ham mayli,

Shu ayanch qismatga bo‘lsin ko‘nganim.

Mening bu dunyoda eng go‘zal she’rim –

Onamni o‘pganim.

SUNBULA

Og‘och quruq qoldi yashil qabodan,

Inonib kuzning zar sarpolariga.

Zamin-da zar bo‘ldi, za’faron bo‘ldi,

O‘xshab Yerning Kabir sahrolariga.

Bag‘riga o‘q ildiz sanchilib yotar

Ufq bilan o‘pishgan paxta dalasi.

Mezonning Mezon bor pallasi og‘ir,

Demakki, yetishmish Mezon pallasi.

Sentyabr so‘nggi bor yig‘adi kuchin —

So‘nggi bor teng bo‘lar tun ham kun bila.

“...yengildimmi?”— deya alam- la so‘rar

Barglarga ilinib qolmish Sunbula.

Page 16: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

Odinaxon Otaxonova

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

OLMALI PIROG

Page 17: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

RASMLARDAGI 10 TA FARQNI TOPING

Krossvord Muhammadjanov Shohruhbek

6-b sinf o‘quvchisi 6 2 5 3

1 D R M U I A

4 M L

L

1.Ijod turi?

2.Qanday so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, “so‘z”

degan ma`noni anglatadi?

3.Imom al-Buxoriyning otasining ismi nima?

4.Majoziy xarakterdagi qismi hikoyacha bo‘lib,

nasriy yoki she`riy yoziladi u qanday so‘z?

5.Ertak Buxoro atrofidagi ba`zi qishloqlarda nima deb ataladi?

6.“Mening o‘g‘rigina bolam” ertagidagi 4 ta yetimni boqqan ayolning ismi?

Erkinov Rahmatillo

6-b sinf o‘quvchisi

1.Gulni tashqi tomonidan o‘rab turadigan qavati nima deyiladi?

2.O‘simliklar bir qolibga solinishiga nima deyiladi?

3.Gulni diagramma bilan ifodalanishi nima deyiladi?

4.Agar bitta umumiy bgndda bitta yoki bir nechta gul joylashgan

bo‘lsa unga nima deyiladi?

5.Yong‘oq, oqqain,tolning to‘pguli qanday topgul?

6.(Mevasi)guli ko1zga ko1rinmaydigan mevani nomi?

7.Bo‘yi 20-25m ga yetadigan terakni nomi?

Muhamadaliyeva Ismigul

6-b sinf o`quvchisi

1.Gulning markazida joylashgan eng muhim qism?

2.Hujayraning asosiy tarkibiy qismi?

3.Urug`chining kengaygan pastki qismi?

4.Changchi va urug`chidagi jinsiy hujayralarning

qo`shilish jarayoniga nima deyiladi?

5. O`zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shox?

6. Gulqo`rg`on ichida joylashgan qism?

7. To`g`ri gulning yana bir nomi?

Page 18: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

Quyidagi masalalarni eng avval to‘liq va aniq yechgan o‘quvchilarni qimmatbaho sovrin

kutmoqda. Shoshiling.

1. 500 dan kichik son 2, 3, 4, 5 va 6 ga bo‘linganda 1 qoldiq, 7 ga qoldiqsiz bo‘linadi. Bu

qanday son?

2. Qanday eng kichik son 2, 3, 4, 5 va 6 ga bo‘linganda mos ravishda 1, 2, 3, 4, 5 qoldiqlar

beradi, 7 ga esa qoldiqsiz bo‘linadi?

3. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 ga bo‘linganda 1 qoldiq beruvchi sonlardan eng kichigini toping.

4. 5 ga bo‘linganda bo‘linmada qoldiqda ham o‘sha son hosil bo‘luvchi barcha sonlarni

toping.

5.Shunday musbat sonni topingki, uning 1/5 qismini, uning 1/7 qismiga ko‘paytirganda o‘sha

songa teng bo‘lsin.

6. To‘g‘ri tenglik olish uchun qavslarni qanday qo‘yish kerak: 9664:32-2*195-37*5=3000?

7.Qanday eng katta sonni to‘rtta bir bilan yozish mumkin?

8. Oldingi barcha sonlar yig‘indisiga teng bo‘lgan natural sonni toping.

9. Agar ikki xonali son raqamlari orasiga ikkita nol yozsak, u holda olingan to‘rt xonali son

dastlabkisidan 89 marta katta bo‘ladi. Bu ikki xonali sonni toping.

10. Uch xonali son 3 bilan tugaydi. Agar bu raqamni son yozuvining boshiga qo‘ysak yangi

son dastlabki son uchlanganidan 1 ga ortiq bo‘ladi. Bu sonni toping.

11. Agar o‘ylangan ikki xonali songa cha’ tarafidan 2 raqami yozilsa, u holda olingan uch

xonali son dastlabkisidan 9 marta katta bo‘ladi. Dastlabki sonni toping.

12. 9 ga ko‘‘aytrilgandan so‘ng o‘sha raqamlari bilan, lekin teskari tartibda yozilgan son hosil

bo‘luvchi besh xonali sonni toping.

13. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 larga bo‘linganda bir qoldiq beruvchi sonlardan eng kichigini toping.

14. 1 dan 99 gacha barcha sonlar ketma-ket yozilgan. Bu yozuvda 5 raqami necha marta

uchraydi?

15. SHunday musbat soni topingkki uning 1/5 qismini uning 1/7 qismiga ko‘‘aytirilgani shu

sonning o‘ziga teng bo‘lsin.

16.Barcha raqamlar ko‘‘aytmasi nimaga teng?

17. Agar uch xonali songa 6 ni qo‘shsak, u 7 ga bo‘linadi, agar 7 ni qo‘shsak, u 8 ga bo‘linadi,

agar 8 ni qo‘shsak, u 9 ga bo‘linadi. Bu qanday son?

18. Bir xil ming va birliklarga hamda bir xil yuzlik va o‘nliklarga ega bo‘lgan son 11 ga

bo‘linishini isbotlang.

19. Biror olti xonali son 7 raqami bilan tugaydi.Agar bu raqamni oxiridan boshiga olib borib

qo‘ysak u holda dastlabkisidan 5 marta katta son hosil bo‘ladi.Dastlabki sonni toping.

20. O‘nli sistemada bir xil raqamlar bilan yoziluvchi va 18 ga bo‘linadigan eng kichik natural

sonni toping.

21. Har biri o‘z raqamlari kvadratlari ayirmasiga teng bo‘lgan faqat ikkita ikki xonali son

mavjud.Bittasi ikkinchisidan 11 taga ortiq. Bu sonlarni toping.

22. Agar ikki xonali son o‘z raqamlari yig‘indisidan 4 marta katta bo‘lsa,u 12 ga bo‘linishini

isbotlang.

23. Birdan boshlab bir nechta ketma-ket natural sonlar yig‘indisi ikkala raqami bir xil bo‘lgan

ikki xonali songa teng. Bu yerda nechta son olingan?

24. Beshta ketma-ket natural son ko‘paytmasi qanday raqam bilan tugaydi?

25. Barcha toq ikki xonali sonlar ko‘paytmasi qanday raqam bilan tugaydi?

Page 19: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

Mamashayev Ibrohim

5-a sinf

Turdialiyeva Feruza

5-a sinf

Jo‘rayeva Shahlo 6 - b sinf Bozorova Ma’mura 6- b sinf

Ro‘ziyev Jahongir 5-a sinf Hasanov Dilshodbek 5-a sinf

Sotiboldiyev Salohiddin 5-a sinf

Page 20: Без названия - qobiljon.uz · Jamoatchilik kengashi V.Rajapov, S.Isoqov Q.Hakimov, A.Asraqulova, Q.To‘laboyev 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI DEB E ...

“Umid” umidlarning porloq oshyoni,

Nurli kelajakning ayni o‘zidir!

“Umid” muxlislarning eng qadrdoni,

“Umid” ijodkorning ko‘ngil so‘zidir!